forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Mahdiyah 29 Iyul 2009, 09:17:04

Nom: Kasbingizdagi qiziqarli hodisa va voqealar
Yuborildi: Mahdiyah 29 Iyul 2009, 09:17:04
Assalamu alaykum.
Hammamiz turli kasbda faoliyat yuritamiz.
Ishda nimalar bo’lmaydi deysiz.
Ishxonadami, yoki kasbimiz bo’yichami turli qiziqarli voqealarga duch kelamiz, ayrimlari kulgili ayrimlari taajubli.
Kelin shu mavzuda kasbimizda bo’lib o’tgan qiziqarli voqealarni bayon etamiz.

Chilonzorda FOTOSTUDIYAda ishlab yurganimda 2 yigit do’konimizga muzqaymoq eb, shoshmasdan “Sizlarda taklifnomaham qilinadimi?” deb so’rashdi.
Man “Ha, albatta”, dedim.
Yigitlar: “Nechta bo’lsa bo’lsa ham tayyorlab beraverasizlarmi? Bizga 20-30 tacha kerak, to’yga”.
Man: “Ha, nechta disangiz ham tayyorlab beraveramiz”, dedim.
Gap so’zlaridan Vodiyliklarga o’xshashdi. Keyin o’zlari aytib qolishdi: “Biz asli Marg’ilondanmiz, do’stim ikkalamiz shu yerda ishlaymiz, Marg’ilonda taklifnomalar tarqatib bo’lingan, faqat shu yerdagi hamkasblarimizga tarqatishga kerak.”
Man: “Yaxshi taklifnomaga nimalar yozishni yozib beringlar (ya’ni kelin-kiyovning ismi, to’y kuni, joyi va hokazo)” dedim ungacha boshqa ishlarim bilan band bo’ldim.
Yigitlar birpasda yozib berishdi va: “Biz 15-20 minutlarda kelamiz, shu yerlarni aylanib turamiz, ungacha tayyor bob qolar?”, deyishdi.
Har doim mijoz ketishidan avval taklifnomaga nimalar yozganliklarini o’qib tushunmagan joylarimizni so’rab olamiz.
Taklifnoma mazmuni tahminan shunday edi:

“Assalamu alaykum!
Sizni sevimli farzandlarimiz
Muhammadjon va Madaminjonlarning
nikoh to’ylari munosabati bilan
28 noyabr 18:00 da yozilajak
dasturxonimizga lutfan taklif ertamiz

Hurmat va ehtirom ila _________ oilasi
Manzil: Marg’ilon shahar, ………”


Qayta – qayta o’qidim, keyin yigitlardan; “Man bu yerda nima yozilgan?” deb ismlar yozilgan joyni ko’rsatdim.
Ular: “Muhammadjon va Madaminjon” deyishdi.
Man tushunmagandek qarab turaverdim, keyin; “Bu o’gil to’yimi?” deb so’radim.
Yigitlar: “Yo’q, nikoh to’yi” deyishdi.
Battar hayron bo’lib turgandim, yigitlardan biri kulib yubordi, “Ha singlim bo’ldi tushundim, bu o’zi mana bu do’stim bilan ukasini nikoh to’yiga taklifnoma. Bizda Mrg’ilonda qizlarni ismi taklifnomaga yozilmaydi. Toshkentda sal boshqacha shunga siz ham hayron qoldizda, a? Bizni hayolimizdayam yo’qda bu yerda taklifnomalar mazmuni sal boshaqacha bo’lishi” deb kuldi. Hammamiz kulib yubordik. Mana shunaqa gaplar.

Sizdan ham qiziqarli taasurotlarni kutib qolaman :)
Nom: Re: Kasbingizdagi qiziqarli hodisa va voqealar
Yuborildi: siddiqa 29 Iyul 2009, 11:45:53
dahshat
Nom: Re: Kasbingizdagi qiziqarli hodisa va voqealar
Yuborildi: roziyaa 29 Iyul 2009, 21:50:59
qoil
Nom: Re: Kasbingizdagi qiziqarli hodisa va voqealar
Yuborildi: Imron 30 Iyul 2009, 16:36:12
Баъзи жойларда ср аёлини катта фарзандининг исми билан чақиришини сшитганман, лекин бунақаси.. Ортиқча такаллуф тушунмовчиликка сабаб бслади. Ҳар бир одамнинг сзи исми (ёки кунисси) билан чақириш керак, акс ҳолда исм нега берилади?
Nom: Re: Kasbingizdagi qiziqarli hodisa va voqealar
Yuborildi: Mahdiyah 01 Avgust 2009, 06:23:21
Баъзи жойларда ср аёлини катта фарзандининг исми билан чақиришини сшитганман, лекин бунақаси.. Ортиқча такаллуф тушунмовчиликка сабаб бслади. Ҳар бир одамнинг сзи исми (ёки кунисси) билан чақириш керак, акс ҳолда исм нега берилади?

Bu manimcha ortiqcha takallufmas. Bu odat Marg'ilonda bor ekan, Marg'ilonda urf ekan demak u yerdagilar buni oddiy tushunishadi va qabul qilishadi. Shunchaki Toshkentda bu boshqacha bo'lganligi uchun tushunmovchilik bo'ldi.
Nom: Re: Kasbingizdagi qiziqarli hodisa va voqealar
Yuborildi: Mahdiyah 01 Avgust 2009, 06:58:13
8 sinfdaligimda rassomchilik to'gragiga qatnashardim. Biologiya fanidan "sudralib yuruvchilar" mavzusi bizga berilgandi. Bu fandan dars beradigan o'qituvchi maktab direktori, juda talabchan va qattiqqo'l ayol edilar. Har darsda 4 tadan o'quvchi yangi mavzuga tayyorlanib kelardi, bu degani albatta shu mavzuga oid rasm, krossword, shu mavzu bn bog'liq yangi ma'lumotlar va ho kazo...

Manga rasm chizish tushdi. Kitobda kaltakesakni rasmini zo'r berib ishlangan ekan. Man ham vatmanga shu rasmni katta qilib chizdim. Imkon qadar o'xshatishga harakat qildim. Keyin qurisin dib balkonga ob chiqib, polga tashlab qo'ydim. Bu orada dadam balkonga qandaydur ish bn chiqibdilar. Yerda yotgan kaltakesakni ko'rib qattiq qo'rqib ketibdilar. Yugirib kelib qarasam dadam "Bu nimedi qizim? Qo'rqib ketdim haqiqiy dib o'ylabman" dib rosa kuldilar  :D
Nom: Re: Kasbingizdagi qiziqarli hodisa va voqealar
Yuborildi: Imron 01 Avgust 2009, 16:39:59
Bu manimcha ortiqcha takallufmas. Bu odat Marg'ilonda bor ekan, Marg'ilonda urf ekan demak u yerdagilar buni oddiy tushunishadi va qabul qilishadi. Shunchaki Toshkentda bu boshqacha bo'lganligi uchun tushunmovchilik bo'ldi.
Тушунмадингиз, гап урфнинг қаерда сканлиги ҳақидамас. Мен сзим тошкентлик бсла туриб, баъзи тошкентликлар тсғри тушунадиган минглаб урфларни негадир ҳеч ҳам ҳазм қила олмайман. Демоқчиманки, водийда бирор нарса халқ орасида урф бслса, уни ҳамма водийликлар ҳам бирдек илиқ қабул қилади дегани смас. Унамайдиганлар албатта топилади.
Сснгги йилларда Тошкентда шаклланган айрим маҳаллий урфларимиз ҳақида баъзида ҳатто гапиришга ҳам усламан. Гап кишининг табиати ва нарсаларга қайси дунёқараш билан назар солишига боғлиқ бслса керак.
Nom: Re: Kasbingizdagi qiziqarli hodisa va voqealar
Yuborildi: Ansora 25 Avgust 2009, 18:59:35
Bir paytlar Toshkentdagi "Sharq Mir" savdo markazining 1. qavatidagi foto bo'limida ishlar edim. Hozir nomi nima bo'lgan bilmayman. Odatda magazin 22.00dan keyin yopilar, bizni rasm apparatlari yuvilib joyiga qo'yilguncha ancha vaqt o'tardi. Markaziy eshik yopilgandan keyin darrov kechki navbatchilar kelar, ishimiz tugagandan keyin bizni eshikni ichkaridan ochib chiqarar edi. Hullas, yana kech qolgan kunlarimizdan biri edi, ishlarimiz tugay deb qolgan bir qaradik, bizni bo'limimizga oid rastani ustida kattakon to'rt turibdi, magazinni yon tarafida "Mir burger" bor bilarsizlar, paketni ustida u yerdan olinganligini ko'rsatgan "Mir burger" paketi. Biz 10-15 daqiqa ishlarimiz tugaguncha kutdik, hech kim kelmadi. Himm dedim, kliyentlardan biri esidan chiqib qoldiribdi, qayerga qo'yishni ham bilmaymiz, ertagacha aynib qoladi, eshikda kutib turgan navbatchi ham ko'rinmaydi. Biz ham paketni oldik va burger tarafiga o'tib, tortni paqqos tushirdik qizlar bilan:)
Ertasiga ishga keldik, kechadan qolgan navbatchi bizdan kechqurun tort ko'rdilaringmi, deb so'radik. Biz ham qo'rqa-pisa "ha" dedik. Keyin bilsak, u tort eng katta direktor, Sharq Mirni egasiniki ekan:) bechora tanishini tug'ilgan kuniga tayyorlatib, hozir kelaman, kutib turinlar deb ofisiga chiqib ketgan ekan. Tortni topa olmagandan keyin yana bitta tayyorlatibdi:)
Nom: Re: Kasbingizdagi qiziqarli hodisa va voqealar
Yuborildi: Ansora 25 Avgust 2009, 19:07:03
Yana o'sha ishhonadaman. Toshkent viloyatidan kelib turadigan fotograf otahon bor edilar. Bir kuni suratlari chiqqunicha stolga suyaniiib turgan edilar, kutilmaganda sapchib ketdilar. Ha otahon nima bo'ldi, dedim darrov. Voy qizim, uzoqda turgan sotuvchi qizni maket deb o'ylabman, birdaniga harakat qilgandi qo'rqib ketdim, dedilar:) U kishiga suv berib tinshlantirgandik.