forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Mahdiyah 21 Avgust 2009, 15:45:39

Nom: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 21 Avgust 2009, 15:45:39
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Alloh bandani qalbini islomga burib qo’ymasa boshqalarni qo’lidan hech nima kelmaydi, xuddi shunday agar Alloh bandaning qalbini dinga moyil qilsa ham boshqalar nima desa ham (avval bu inson dunyodagi eng yomon inson bo’lgan bo’lsa ham) baribir DINga qaytadi, Allohni deydi, Rasulini deydi va ularni tanishga harakat qiladi.
Lekin mo’min mo’minning ko’zgusidir.
Bir birimizga amri-ma’ruf, nahiy-munkar qilmasak mo’minmiz deya da’vo qilishimiz notog’ri.
Kelin birodarlar bu mavzuda bir-birimizni Haq yo’lida yurishimizga sabab bo’lgan voqealarni joylaymiz. Shu bilan birga adashgan birodarlarimizni ham tog’ri yo’lga boshlaylik. Alloh Qodir Zot! Balki qaysidur bir birodarimiz biz sabab namoz boshlasa, biz sabab hijob o’rasa, biz sabab tazyiqlar bo’lsa ham hijobini yechmasa, biz sabab ilmga intilsa, biz sabab ko’p hayrli ishlarga urinsa.
BUNDAN KATTA MUKOFAT BORMI?
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 21 Avgust 2009, 15:48:01
Bu mavzuni ochishimga sabab ham o’zimni hayotim misol bo’ldi.
Bundan sal kam 5-6 yil avval man ham barcha qizlar qatori oddiygina o’zi bilan o’zi ovora qiz edim. Din nima? Islom nima? Namoz nima? "¦ bular haqida deyarli o’ylamasdim. Dindorlarni hurmat qilsamda, ular bn qiziqmas, ishim bo’lmasdi.
Kimdur namoz haqida gapirsa "œXudo xohlasa o’qirman" dirdim man ham :)
Birovni gapiga quloq soladigan emasdim, o’z bilganimdan qolmasdim.
Oilamizdagilar orasida namoz o’qidiganlar bo’sa ham, man negadur namozga qiziqmasidim, aniqrog’i namoz o’qishni xohlamasdim.
O’zimga ko’p bahonalar topardim.
Bir kuni bir tanishim namoz haqida gapirdi, man har doimgidek "œXudo xohlasa o’qirman", dedim. U darrov javob qaytardi "œAlloh bandasi unga ibodat qilishini xohlidi, siz xohlashingiz kerak, Xudo xohlasa deb yurishingiz yaxshimas. Mani vazifam aytib qo’yish, chunki ertaga Qiyomatda manga "œSan shu inson bn gaplashgansanu namozni farzligini aytmagansan" deyiladi" deb tushuntirdi.
O’sha payt e’tiroz bildirgan bo’lsamda, yo’l-yo’lakay bu haqida oylab ketdim, uni gaplari hayolimni egallab oldi. 1 kun, 2 kun, 3 kun shu gap hayoldan hech ketmadi. Alloh qalbimga namozni soldi. Opamdan namoz qanday o’qilishini so’rab namoz boshladim.
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 21 Avgust 2009, 16:04:09
Bundan sal kam 3 yil oldin, ayni m’aruzalar tinglashga qiziqardim. Namozdan keyin, kitoblar orqali, internet orqali sekin asta dinimizdagi farzlar, sunnatlarni o’rgana boshladim.
Nima halolu nima haromligini aniq tushuna boshladim.

Bir kuni uylarni yig’ishtirib Hayrulloh Hamidovning ma’ruzasini eshitardim.
Mavzu: "œShayton alayhi la’naning  vasiyati" edi.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3636.msg171733#msg171733
Eshitardimu butun vujudim bilan dir-dir titirardim.
Bir gapi juda qattiq ta’sir qildi.

Hoy go’zal qiz?! Sen erkaklarning hushini oladigan katta kuchsan, sening islom ummati ichida katta vazifang bor. Senda barcha savollarning javobi mavjud, men orzularimni senga bog’laganman. Biz sendan erkaklarning mayilliklrini, qo’zg’ash va shaxvoniy ko’rinishlarini hulas, raqs, qahqaha, bedorlikni talab qilamiz. Azizam, ahir sening ro’zadorliging yetmayabtimi? Sen taroveh va kechalari ibodat bilan bedor bo’lishni bir tarafga qo’y.

Shu gaplarni o’ylayverib, o’ylayverib o’z ichimni yeya boshladim. Ko’zimga HIJOBdan boshqa narsa ko’rinmasdi.
Oxiri qat’iy qaror qildim. Nima bo’lsa ham hijobga kiraman.
Ishdan bo’shadim. Oxirgi oyligimga hijobga mos kiyim olmoqchi bo’ldim. Aksiga olib oylik berish cho’zillib ketdi.
Man esa borgan sari o’zimni qo’yishga joy topa olmasdim. Ko’chada yursam, xuddi hamma manga bo’ridek qarardi go’yo.
Xuddi ko’chada hamma libosdayu, man belibos yurayotkandek tuyilardi o’zimga.

Axiri oylik ham berishdi. Kechagiday esimda 22 min so’mim boridi. Chorsu bozoriga borib qidirib oxiri pulimga yarasha hijob oldim, ro’mol oldim.
O’SHA KUNI DUNYODAGI ENG BAXTLI INSON EDIM.
Bir-ikki qarshiliklarga qaramay hijobga kirdim.
Alloh guvoh 1 soniya bo’lsa ham bunga afsuslanmiman.
Allohdan haq yo’lda bardavom qilishini so’riman.
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 21 Avgust 2009, 16:14:36
Bekobodlik bir birodarimiz tomonidan aytib berilgan hikoyani havola etamiz. Bu hikoyada mo’minlar uchun ibrat, hali ollohning ibodatiga kirmaganlar uchun yuksak bir hitob bor.  
 
      Men deydi birodarimiz ushbu hikoyani so’zlab berar ekan. Bir necha yildan beri namoz o’qiman ollohning ibodatini qoyim qilaman. Payg’ambarimizning o’ziga yaxshi ko’rgan narsalarni  birodariga ilinmaguncha inson komil mo’min bula olmaydi degan so’zlarini eshitganimdan so’ng bor e’tiborimni yaqinlarimga qaratdim. Ko’rgan odamlarimga islomni ilina boshladim. Kimgadir ta’sir qildi kimdir so’zlarimni olmadi. Hidoyat ollohdan deyishadi. Tabiiyki chaqiruvning eng haqdorlari qo’shnilar hisoblanadi.
        Bir qo’shnim bor edi, yoshi 39 kirgan ollohning fazli bilan boy -  badavlat edi. Har yili kotta marakalar qilar, qorilarni chaqirar, va odamlarga  yordam berib turardi. Bu fazilatlari oldida u namoz o’qimasligi kimlargadir sezilmasada meni juda qiynardi. Qo’shnim bo’lgani uchunmi sal qattiqroq gapirishga haddim sig’ardi. Har ko’rganimda bilganlarimni ilinardim unga, ammo qo’shnim  nuqul bir gapni aytib meni go’yoki mot qilardi. Namoz o’qiyman mincha qo’ymaysiz qo’shni boshqalarga o’xshab qarib — qaltayib o’qiyman demiyabmanku, mana kurasiz 2 oydan so’ng qirq yoshimni nishonlay zo’r to’g’ilgan kun qilib beray ertansiga ertalab bomdod namoziga siz bilan chiqmagan erkak bo’lmasin. U so’zlariga o’rganib qolgan bo’lsamda qo’shnimning ollohning baytiga chaqirishga davom etaverardim.
          Usha orziqib kutilgan dam ham yetib keldi. To’g’ilgan kun zamonaviy til bilan aytganda Yubileyning dabdabali o’tgani haqida eshitdim. Kamida 20 marotaba to’g’ilgandan kundan keyingi eng asosiy kunni eshitganim bois ertalab turib qo’shnimning oldiga chiqishga bel bog’ladim. To’g’ilgan kunga shariat ro’xsat bermagani uchun bormadim, ammo kechqurun qo’shnimning eshigini taqillatib, ertani unutmanga deb qo’ydim, ozgina ichganidanmi uning yuzida rozilik alomati sezildi. mayli mayli esimda ertaga ertalab hozirgina mehmonlarni chiqarib yuborgandim dediyu kirishga hozirlandi. Men uydan uzoqlashganim bois ohirgi gapi elas — elas eshitildi, lekin sal boshim og’rib turibdida, mana shu ohirgi gap yuragimni o’rtasi tishib o’tgandey bo’ldi. Unga qarab tasalli bermoqchi edim ammo kirib ketgan ekan ha endi ichganda boshi og’risa ertaga tarqab ketadi degan o’y ila uyga qaytdim.
        Uhladim tushimda qo’shnimni  ko’ribman emishki sahroda yurganmishmiz ikkimiz juda chanqab ketibmiz qani endi suv ko’rinsa edi degan orzu bilan uzoq yuribmiz va nihoyat sahro o’rtasida buloq ko’rinibdiyu ikkalamiz yugurib ketibmiz, men birinchi bo’lib yetib borganimdan so’ng qo’shnimni o’ylamay suv icha ketdim ichib qonib bo’lgach qo’shni iching deb orqaga qarasam qo’shnim yo’q edi eyi qayoqqa ketdi ekana deb turganimda uyg’onib ketdim. Tursam soat 3 ham bo’lmagan edi. Yonimda ayolim yotardi. Payg’ambar alayhi salom yomon tush ko’rsalaringiz birovga aytmalaringiz o’qtirganlari bois uyg’onib ketgan ayolimga ham bu tushni aytmadim, chap tomonimga tuflab qo’yaverdim, lekin bu yog’iga uyqu kelavermadi. Sekin tashaqariga chiqdim yurdim hayolimdan usha mashg’um tush ketmasdi, soat uchda qo’shnimni chaqirish qanday bo’lar ekan yo’q olloh asrasin olloh jonimni omon qilsin ertalab hudo hohlasa bomdodga chiqamiz didimu uyga kirib ketdim.
          Ikki soat o’tmasdan eshik taqqillayotganini eshitib uyg’ondim, chiqsam qo’shnimning ayoli turardi. Yig’layverganidan ko’zlari shishib ketgandi, qo’shnijon erim ikki soat oldin qattiq og’rib qoldi. Doctor chaqirgani bolalimni turg’uzgunimcha kasali battar bo’ldi. Bolalarim doctorga borishga endigina tayyorlanishayotgan edi, erim omonatini topshirdi, soatga qarasam roppa — rosa to’rt bo’lgandi. Men bu hotindi so’zlaridan gangisib qoldim, chunki usha payt bomdod to’rtdan besh daqiqa o’tganda kirardi. Subhanaolloh olloh taolo bu bandasini bomdod vaqtiga kirib borishiga ham yo’l qo’ymabdi. Subhanaolloh qirq yoshli to’yimni o’tkazamanu ertansiga bomdodga chiqaman degan odam aynan bomdod kirishi arafasida jon berishi qayerdan ham bilsin. Subhanaolloh tushimda ayolimga aytmasam ham olloh taolo bu bandasiga o’lim farishtasini aynan usha vaqtda junatib bo’lgan ekan.


             Hikoya shu yerda tugaydi. So’zlamoq bizdan, ibrat sizdan, hidoyat esa yolg’iz ollohdan. Pok Parvardigorimiz o’zi hidoyatga boshlamasa bandasining imkonida faqat dinga chaqirmoq borakan holos. Endi o’zimizning hayotimizga nazar solib ko’raylik o’zimizning amallarimizni bir taftish qilib ko’raylik . Abu hanifa rahmatulloh alayh: o’z farzandlariga pand nasixat qilib shunday degan ekanlar. Bolam bilki Olloh mo’minga amalni farz qildi. Olloh kofirga Iymonni farz qildi. Olloh munofiqqa samimiylikni farz qildi.  

Ko’nglim toza man musulmonman deb yurganlar mazg’abimiz asoschisi Imom Abu  hanifaning so’zlariga quloq ossinlar. U zot agar mo’min bo’lsangiz sizga Olloh amalni farz qildi dimoqda. Agar faqar ko’nggil bilan isha bitadi dimoqchi bo’lsanggiz bilinki sizni hukminggiz kofir bo’lib qolishi mumkin. Agar nifoq alomatlari sezila yotgan bo’lsa samimiy bo’ling o’zingizni aldamang. Olloh taolo chegaraga olib kelib joningizni olishi mumkin. Hammaga ollohdan Tavhid va Hidoyat so’rab qolamiz. OLLOHU AKBAR OMIYN         
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 21 Avgust 2009, 16:18:30
Bu hikoyani avval ham forumga joylagandim.
Bu mavzuga ham ta'luqli deb bildim.

Ka’baga bir odim

Juma kuni edi. Yomg’ir savalab turibdi. Masjid xonaqohi bilan ayvoni qavmga tirband to’la, odamlar asta-sekin hovliga tosh boshladi. Yer esa, shilta. Shunday holda mav’iza tinglandi, shunday holda sunnat o’qildi, hutba tinglandi. Lekin imom baribir imom-da, qavmning yomg’irda shalabbo bo’layotganidan qayg’uda edi. Xutbani tugatar tugatmas, xonaqoh bilan ayvondagilarga murojaat qildi:
-Birodarlar, bir saf-bir saf oldinroqqa jilinglar, tashqarida qolganlar panaga kirib olishsin.
Olamon sal-pal siljigan bo’ldi, ammo aksaran qimir etmadi. Imom gapini yana takrorladi. Yana ko’plar o’tirgan bo’yi o’tiraverdi. Imom bu safar mo’minning jon joyidan ushladi:
-Birodarlar, sal-pal Ka’baga yaqinroq kelinglar axir"¦-dedi.
Olamaon gur-r-r etib oldinga siljidi.

Musulmonlar Taqvim kitobi. 2000 yil. IV chorak
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 21 Avgust 2009, 16:22:52
Umra sabog’i

Bu voqeani mimomlardan biri so’zlab bergan edi: "œHar uch-to’rt yilda Umra ziyoratiga borishni odat qilgandim. Navbatdagi safarim har doimgilaridan boshqacha bo’ldi. Barcha ziyoratchilar kabi hamma amallarni to’la-to’kis ado qildim. Ramazon ro’zasi bilan jismim, Umra mallari bilan ruhim yengillashganini dildan his qilib turardim. Ayniqsa, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va ssalamning qabrlarini ziyorat qilar ekanman, u yerdan taralayotgan muattar bir hid kishi ruhiyatiga boshqacha ta’sir ko’rsatardi"¦
Birdan uyga qaytish oldidan mana shu muattar hid taratayotgan mushki anbardan albatta olib ketaman, degan fikr xayolimga keldi. Chunki bu hidga juda sarmast bo’lib qolgan edim. Safarimizning oxirgi kunlari uyga, qo’ni-qo’shni, qarindosh-urug’ va birodarlarga esdalik sovg’alari olish uchun rastalar yoniga bordim. Olmoqchi bo’lgan narsalarim ichida menga mushki anbar muhim edi. Uni barcha rastalardan astoydil qidira boshladim. Lekin hech bir mushk unga o’xshamasdi. Nihoyat bir yamanlik do’kondordan: "œAssalomu alaykum, kechirasiz, sotayotgan mushklaringiz orasida Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning qabrlari atrofida taralayotgan mushkdan bormi?", deb so’radim. U esa ajablanib shunday dedi: "œSiz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!"
Bu gapdan hangu mang bo’lib qoldim, o’rtamizdagi suhbat arab tilida bo’layotgani uchun unga yaxshi tushuntiraolmadim shekilli, deb o’yladim. Uni gapi meni juda ajablantirganidi. Shunda men unga Qur’oni karimni yod olganimni va bir masjidga imom ekanimni ham aytdim. U baribir yana o’sha: "œSiz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!" degan gapni takrorlardi. Baribir hech nimaga tushunmadim.
Shunda u : "œBirodar, siz aytayotgan mushk sotuvda yoq, bo’lmaydi ham. U zotning qabrlari yoniga hech qanday mushk sepilmaydi. Balki bu hid Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning hidlari bo’lib, o’n to’rt asrdan buyon shu xushbo’ylik taralib turadi"¦"
Bu gapni eshitib o’zimdan uyalib ketdim. Ha, bu men uchun Umra ziyoratidan topgan eng katta hikmat va haqiqat edi. Menimcha, bu mo’jiza dunyoning biror nuqtasida uchramasa kerak.
Shundan buyon masjidlar atrofida mushk olayotgan kishilarning o’zaro suhbatlarini eshitib qolsam, yamanlik sotuvchining so’zlari esimga tushaveradi: "œSiz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!"

Nurali Rizaqulov
Musulmonlar taqvim kitobi 2006 yil II chorak
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 21 Avgust 2009, 16:25:27
 "œRAMAZONNI TO’XTATMA"

Sh’abon oyi oxirlab, muborak Ramazonga bir-ikki kun qolgan, Xayriniso yeti yoshli qizi Mehrinisoga Ramazon oyi fazilatlarini o’rgatib o’tirardi.
- Ishqilib, ikkivoning olim bo’lib ketmasang edi, - degan kesatiq eshitildi. Qizaloq ostonada mastligidan chayqalib turgan otasini ko’rishi bilan qo’rqibgina qo’shni xonaga o’tdi.
Erining oyoq kiyimlarini yechishga ko’maklashar ekan, Xayriniso bo’g’zida turgan alamni chiqarmaslikning ilojini topmadi:
- Ramazonga atigi ikki kun qolgan bo’lsa, bu nima ahvol? Odamlar muborak Ramazonni qanchalar intiqlik bilan kutadi. Sizda Allohdan zarracha qo’rquv, insof bormi?
- Ey, tovuqmiya xotin! Sen menga musulmonchilikni o’qitma! Ramazonda umuman ichmaslik kerakligini bilaman. Shu sabab bugun rosa to’yib ichib oldim. Bir oy ichmasdan yurishning o’zi bo’ladimi?
Xayrinisoning lablari pichirladi:
-Astag’furulloh!..
Muborak Ramazon boshlandi. Barcha musulmonlar qatorida ota, ona va qiz ro’za tuta boshlashdi. Oilada doimgi urush-janjal yo’q, tinchlik-totuvlik va xursandchilik. Ota ishdan vaqtida qaytadi. Birgalikda iftorlik qilishadi. Ammo namozga ona bilan qizigina turishadi.
Ota onasidan keyin ham joynamozdan turmay, nimalarnidir pichirlayotgan yolg’izgina qiziga mehr bilan termulib o’tiraverardi. Har kuni takrorlanayotgan bu holat unga erish tuyuldi. Endigina yeti yoshga to’lgan qizning nimalar deb zorlanayotganiga qiziqardi.
Ramazonning so’ngi kunlaridan birida ota qizining joynamoz ustida o’ksinib-o’ksinib yig’layotganidan cho’chib sekingina yaqinlashib quloq tutdi. U yig’lab-yig’lab duo qilardi: "œAllohim, Ramazonni to’xtatma"¦ Dadajonim ichmasin"¦ Ramzonni to’xtatma"¦ Ramzonni to’xtatma"¦"
Ayolining yoniga qaytgan er titrab zorlanib dedi: "œXayri, endi ichmayman. Manga ham namozni o’rgat!"ERTASIDAN BU MO’JAZGINA XONADONDA YAN BIR JOYNAMOZ TO’SHALDI.

(Gulbahor Abdulloh qizidan)
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 21 Avgust 2009, 16:28:24
Bir yigit shunday hikoya qiladi: "œJuma tongida onajonimning: "œBugun muborak kun, vaqtli turib ibodatingni qilgin," degan ovozidan uyg’onib ketdim. O’rnimdan turarkanman, ko’rgan tushimni esalshga harakat qildim. Tushimda mashinani tez haydab ketayotgan ekanman. Birdan ro’paramda ikki yo’l chiqdi. O’ng tomondagi yo’ldan shundayin bir nur taralardiki, hayratda qoldim. Qay tomon yurishni bilmay turganimda onajonim uyg’otib yubordilar.
Namozdan keyin nonushta qilgach, ishga jo’nadim. "œYaxshi borib kel o’glim! Doimo Allohni yod et. Hech esingdan chiqazmaginki, doimo u Zot sening madadkoring bo’ladi", deya fotiha berdi onam.
Boshlig’im Baxtiyor aka juda jiddiy, salobatli kishi. Birinchi ko’rganimda u kishini oldilarida ozgina dovdiradim ham. G’alati odam ekan, birovni xafa qilmaydi, maqtamaydi ham. Nima demoqchi ekanini ko’z qarashidan bilaman. Yo’lda ketar ekanmiz, Baxtiyor aka peshin payti uchrashuvi borligini tayinladi. "œXo’p" deyishimga qaramay, meni "œBugun juma, xo’jayinni uchrashuvga olib borsam, juma namoziga ulgurmay qolaman, endi nima qildim?", degan o’y qiynay boshladi.
Belgilangan uchrashuvga boorish uchun ketayotganimizda oldimda turgan manzarani ko’rib, hayratdan yoqa ushladim: "œAxir bu tushimdagi yo’llar-ku! O’ng tomondagisida masjid, to’grida keti ko’rinmas yo’l"¦". odamlar masjid tomon oqib ketayotir. "œAllohim menga madad ber! Nima qilay, moshinani masjid tomon buraymi, yoki xo’jayinni manziliga olib boraymi?!" "œYo Parvardigorim, O’zing meni qo’lla", deya moshinani masjid tomon burdim. Baxtiyor aka xayron bo’lib: "œQayoqqa yurding, to’g’riga ketishimiz kerak-ku?", dedi. Men: "œBaxtiyor aka, bugun juma, shundoq juma namozini o’qib chiqay", deganimni bilaman u kishining rangi o’zgarib ketdi: "œJinni bo’lganmisan, soat birda muhim uchrashuvim bor". Bor kuchimni to’plab: "œBaxtiyor aka, mana kalit, men jumaga kech qolamay", degancha masjid tomon yugurdim. Yelkamdan tog’ ag’darilganday yengil bo’ldim, ta’riflashga til ojiz.
Azon aytildi, safga qo’shildim. Ko’zlarim hech narsani ko’rmas, quloqlarim eshitmas edi. Xuddi Rabbimning qarshisida yolg’iz turgandek edim. Bu halovatni tushuntirib berish qiyin.
Namozdan keyin ko’zlarimda yosh bilan duo qildim: "œEy, Allohim, meni hech qachon ikki yo’l orasida qoldirma, O’zing to’g’ri yo’ldan adashtirma! O’zingdan boshqaga muhtoj qilma!"Duodan keyin o’zimga kelib, sal narida o’tirgan kishiga ko’zim tushdi. Qo’lidagi uzuk tanish edi. Hayajon ichra uning yuzlariga boqdim. Ne ko’z bilan qarayki, u boshlig’im Baxtiyor aka edi. Juma ayyomi bilan qutlab, meni quchog’iga oldi"¦"

(Musulmonlar taqvim kitobi 2006 (hijriy 1427) IV chorak)
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Bayern M 21 Avgust 2009, 17:23:00
Bu mavzuni ochishimga sabab ham o’zimni hayotim misol bo’ldi.
Bundan sal kam 5-6 yil avval man ham barcha qizlar qatori oddiygina o’zi bilan o’zi ovora qiz edim. Din nima? Islom nima? Namoz nima? "¦ bular haqida deyarli o’ylamasdim. Dindorlarni hurmat qilsamda, ular bn qiziqmas, ishim bo’lmasdi.
Kimdur namoz haqida gapirsa "œXudo xohlasa o’qirman" dirdim man ham :)
Birovni gapiga quloq soladigan emasdim, o’z bilganimdan qolmasdim.
Oilamizdagilar orasida namoz o’qidiganlar bo’sa ham, man negadur namozga qiziqmasidim, aniqrog’i namoz o’qishni xohlamasdim.
O’zimga ko’p bahonalar topardim.
Bir kuni bir tanishim namoz haqida gapirdi, man har doimgidek "œXudo xohlasa o’qirman", dedim. U darrov javob qaytardi "œAlloh bandasi unga ibodat qilishini xohlidi, siz xohlashingiz kerak, Xudo xohlasa deb yurishingiz yaxshimas. Mani vazifam aytib qo’yish, chunki ertaga Qiyomatda manga "œSan shu inson bn gaplashgansanu namozni farzligini aytmagansan" deyiladi" deb tushuntirdi.
O’sha payt e’tiroz bildirgan bo’lsamda, yo’l-yo’lakay bu haqida oylab ketdim, uni gaplari hayolimni egallab oldi. 1 kun, 2 kun, 3 kun shu gap hayoldan hech ketmadi. Alloh qalbimga namozni soldi. Opamdan namoz qanday o’qilishini so’rab namoz boshladim.

Alloh rozi bo'lsin, juda ham o'z vaqtida to'g'ri aytilgan so'zlarni aytgan ekan tanishingiz. Alloh sizdan va o'sha tanishingizdan rozi bo'lsin.
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Ansora 21 Avgust 2009, 18:27:53
Alloh, uning yo'liga da'vat etishga sabab bo'lgan misralarni yozgan barchadan rozi bo'lsin. Maqol borku: Yaxshi gap bilan ilon inida, musulmon dinidan chqadi, degan. Ham dinni tamsil etishning yana bir yo’li, odob-ahloq bilan ajralib turishimizdir. Bir yerda o'qigandim: "Olloh sevgan qullarigagina O'zidan bahs ettiradi". Rostanam shunday, biz insonlar orasida ham bunga o'hshash voqealar bor, masalan farzandimiz bo'lgandan keyin hamma uni maqtab gapirsin istaymiz. İlk oshiq bo'lgan vaqtimiz tinmay sevgan isnonimiz haqida gapirgimiz kelaveradi. Qolaversa Olloh ishqi hech narsaga o'hshamaydi.
Universitetda o'qib yurgan paytlarimiz, bir domlamiz Saodat opa, edi ismlari, "men insonlardan hech qachon nafrat etmaganman, qanday qilib nafratlanay, chunki butun insonlarda Ollohdan zarra bor, der edi. Bu so'zlar meni ko'p o’ylantirdi,  vaqti kelib u kishining nima demoqchi ekanliklarini anglab yetdim. Gapirayotganda ko'ngilga diqqat qilish kerak, zero Yaratgan "Bir kishining qalbiga ozor bergan kishi menga ozor bergan hisoblanadi, chunki bandalarim meni qalblarida saqlaydilar" buyurgan ekan.
Bir o’rtog’im bor edi, o’zi Rus, otasi bolaligida sirozdan o’lgan, ona kecha-kunduz fabrikada ishlar, akasi esa ichkiga berilgan edi. Qiz bechora na shirin so’z nada oilaning shafqatini ko’ragn biri edi. Vaqti kelib bizning oilalarimizni, dinimizni tanidi, Ramazonni, Hayitlarni biz bilan birga o’tkazdi. Laylatulqadr kechasida iymon keltirib, oilasidan yashirincha bo’lsa ham musulmon bo’ldi. Keyinchalik musulmon biriga turmushga chiqdi endilikda ikki farzandi bor, Xudoga shukr bahtiyor. Qizning dinimizni tanlashiga sabab, faqatgina O’zbekchilik emas, dinim menga amretdi degan, tushunchalar bilan unga yo’l-yo’riq ko’rsatganimiz bo’ldi.  Olloh barchamizni Payg’ambarimiz, sahobalarining odob-ahloqi bilan ahloqlandirsin insholloh"¦
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: siddiqa 23 Avgust 2009, 08:01:47
 :as:

Bir Birodarimning so'zlarini haliyam esliyman ,alloh undan rozi bn ,u har bir yahshi "so'z hidoyat bo'lishi mm ,hattoki aqlini ishlatgan o'zga din vakillari uchun BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM so'zinig o'zi hidoyatdir ,uni tushuntitirib bersangiz ,inshaALLOh ularning tilidan tavhidni eshitasiz."haqiqatdan Mehribon va rahimli alloh nomi ila deb boshlanuvchi bu so'zlar allohning rahmon va Rahim ismlarini qanchalik buyukligini ,Alloh rahmon ismi ila butun yaralgan olamlarga mehribonligini va rahim ismi bn faqatgina mo'minlarga ,qiyomat hech kim yordam bera olmaydigan kunda u ismining mo'jizalarini ko'rsatar ekan .
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 25 Avgust 2009, 16:33:42
Жажжи даъватчи
 
    Ушбу вокеани менга шайх, Жалил Содик айтиб берган сдилар.
Шайх бир куни мендан ссраб колдилар: "œДунёдаги снг жажжи даъватчи кимлигини биласанми?".
- Мен: "œХа, у Исо ибни Марсмдирлар, алайхиссалом". 
- Шайх: "œЙск, мен замонамиздагини ссраспман?"
- Мен кизиксиндим: "œХсш, ким скан у?"
- Шайх: "œУндок бслса, кулок сол", дедилар-да, хикосларини бошладилар.
"œМенинг бир кариндошим бор. Аллох дунё сшикларини унга кенг очиб ксйган. Молу-давлат деганлари окиб келган. Одамлар орасида бойлиги туфайли, жуда обрс-сътибор топган. Хамма нарсада омади чопган, магар Аллох билан алокасидагина омадсиз... У Зотдан умуман узилган. Аамоз нималигини билмайди. Гарчи, сог-саломат жисм ва мсл ризк  сгаси бслишига карамасдан (!), масжид сшигини кокишни хаёлига хам келтирмайди...
Бунинг устига, Аллох унга ёкимтойгина сгил фарзанд хам ато стган. Болакай сндигина олти ёшга тслиб-тслмаган, хали мактабга хам бормаган. Лекин, шу ёшидаёк, Аллох таоло унда кспгина бошка болалардан фаркли равишда, ксркамлик, аклу-заковат, фасохат ва хаё-одобни жамлаб ксйган.
Бир куни у дадасининг олдига кириб келди. Дада, кслида телевизорнинг пулти, у каналдан бу каналга айлантириб стирарди. Телевизор олдида ксп стирганидан, ксзлари толиккан, чарчаган, хаёллари хам тсзгиган, паришонхотир... Кириб келганда, боланинг юзлари хсл, сочларидан сув томчилаб турарди, жажжи кслчалари тирсагигача шимарилган, улардан хам сув томиб турибди... У келди-да, дадасининг олдида тсхтади. Унга болаларча тикилди. Бокишида, дадасига нисбатан норозилик аломатлари юзидан билиниб турарди!
Дадаси унга караб: "œА­-с-с, саломат бссинлар! Шу кетишларида, Худо хохласа, каерга йсл олдилар снди?!" деди, хазилнамо охангда.
Шунда болакай сзининг чучук тилида гапира кетди: "œМашчитка кетсмман, одамлай бийан, йомоз скигайи......йамозхой-йай бийан.. Мен, шизза схшайан йахудий маш-ман... Шизш-чи-и, дадажон, йахудийшиз... Йамоззи йахши ксймейшиш..."   (съни, "œМен масжидга кетаспман намоз скигани, намозхонлар билан. Мен сизга схшаган схудий смасман, сиз-чи, дадажон, схудийсиз, намозни хуш ксрмайсиз").
Дададан совук тер чикиб кетди...
-Б-б-болам, бу нима деганинг?!- деди,  сзини йскотаёзган алфозда.
-Ха тсгйида, йима! (съни, ха, тсгрида, нима)- деди-да, сгирилиб, чикиб кетди...
Дада анграйганча, шу холида, кичкинагина гсдак сгли юзига тушириб кетган иймоний зарбаларнинг таъсиридан сзига келолмай анчагина стирди. Гарангсиган куйи, уй ичида тентираб юрди. Кейин сса, сабрсизлик билан унинг келишини кута бошлади...
Бирдан сшик секин очилди-да, болакай кириб келди.
-Аимага кеч колиб юрибсан..?!
-Айттиму, дада, одамйай бийан йомоз скигани бойамай деб. (съни, айтдим-ку, дада, одамлар билан намоз скигани бораман деб).   
   Дадаси касам ичиб айтадики, Аллох шу болани кандайдир, химос килиб тссиб турарди. Жуда катикксл ва жахлдор бслишига карамасдан, унга каттик, ёмон муомала килишга ёки ксл кстаришга, жилла курса, уришиб-сскишга хам журъат килолмасди...
 
* * *
Шу алфозда орадан роппа-роса икки йил стди...
Шайх хикосни давом сттирадилар: "œБир куни ксчага сйнагани чикиб кетган бола кеч колди"¦Хавотирга туша бошлаган даданинг жазаваси ксзий бошлади. А­нди ксчага кидиргани чикмокчи хам сдики, сшик гийкиллаб очилди"¦Ва...
 -Каерларда юрибсан? Сени излаб хаммаёкни караб чикдик"¦.Кидирмаган хонамиз колмади...Сиз жаноби олийларини топиш учун, снди мелисаларга хабар беришимиз колувди!!!
 -Дада...дада...Сиз тушунмейшиз... Дада, сиз йахудийшиз...Шиз йамоззи схши ксймейшиз! Мен кеч коганим йск...Ўйнадим, кейин шом йаможини скидик...Кейин, кейин ксшшимиз Абдийазиз ака бийан гапйашиб туйдик азгийа...Ундан кейин, уйга тсгйи кейамман...Кеч коганим йй-с-ск, дада... (съни, дада, сиз тушунмайсиз. Сиз схудийсиз. Сиз намозни схши ксрмайсиз. Мен кеч колганим йск. Ўйнадим. Кейин шом намозини скидик. Сснгра, ксшнимиз Абдулазиз ака билан бироз гаплашиб колдик. Ундан  сира тсгри уйга келаспман. Кеч колганим йск, дада)
Дада шундай дейди: "œШу топда сзимни ушлолмай колдим, ксз ёшларим ёнокларимга окиб туша бошлади...Качонгача бу гафлат??! Качонгача бу каби бегубор, соф мавъизаларни кабул килсамда, гунохлар зулмати ичра юришимда давом стаман??! Аллох таоло гсдак тили билан гапиртириб турибди-с Хакни??!...
Шайх ссзида давом стади....
Валлохи (Алллохга касам), уни шу вактгача хеч ким бунчалик таъсирлантира олмаганди. Гарчи, болакайнинг онаси солиха аёл бслиб, ксп марталаб срининг хидостга келишига харакат килган бслсада, бу уринишлар самарасиз кетганди  Лекин, Аллох бирон ишни ирода килса, албатта, у иш амалга ошгувчидир!...
Дада ссзида давом стади: "œУзок хаёлларга чсмиб, сйланиб колдим.. Аллохнинг хайбати тушган сди менга"¦Аллох калбимга Ўзидан бслган ксркув билан бирга мухаббат ташлаганди... Менда авваллари, бунака холат хечам бслмаганди!....Узок вакт сукутга кетиб, сйланиб колдим... Хаммаёк сукунатга чсмгандек сди гсё... Бу сукунатни хуфтон намозига чакирган Хакнинг товуши бслиб юборди...Бу товуш, ёнимиздаги, охирги марта качон борганимни сслолмайдиганим,  масжиддан таралаётган азон товуши сди!
Менга тикилиб турган сглимнинг нигохи, гсёки: "œДадажон, кслимдан тутинг, кетдик, Аллох сари бирга йсл оламиз!" десётгандек сди. Сакраб турдим"¦Тезда тахорат олдим ва калбимнинг ич-ичидан келаётган ксз ёшларим ёнокларимдан куйилганича, сглимни кслимга кстариб олиб, масжидга йсл олдим. 
Масжидга кадам ксйишим биланок, сглим шодлигидан, кслимдан ерга тушиб, худди,  учиб кетгудек бслиб югуриб кетди. Йслида учраган намозхонга караб:
 "œ-Бу менинг дадам! Ахмад амаки, каранг бу дадам бсладилар!...Фахд амаки, мана мени дадам... Дадам...Дадам...Дадажоним.." дер сди шошилиб.
Жажжи даъватчининг намозхон дсстлари келишиб, унинг дадасини намоз неъматига мушарраф бслгани ва ксп йиллардан сснг, нихост, масжидга кайтгани билан табриклашар, муборакбод стишарди.
 
* * *
Шайх айтадилар!: "œВаллохи, бир вактлар, кибр ва бахиллик зохир бслиб турган, юзини губор коплаган  кишидан,  нур ёгилиб турган, очик юзли инсонга айланган сша кишини ксрдим"¦ Юзини чиройли килиб ксйилган сокол безаб турарди... У билан сухбатлашиб стирар сканмиз, у, хар жума срталабдан туриб олиб, типирчилаб, онасидан жума намозига чикиш учун, гусл килдириб, хушбсйликларни суриб ксйишини талаб килиб турадиган сгли хакида ссзлар сди...
Ссзларини давом сттириб, шайх сна шундай дейдилар: "œБолакайни хам ксрдим. Ксчада, болалар билан югуриб, терлаб-пишиб, сйнаб юрибди. Ўзимча фикр килдим: "œБиз катталар, ёши улуглар, даъват майдонида сусткашлигимиз сабабли, омадсизликка учраб турганимизда, шу сйноклаб юрган жажжи даъватчи  биздан ксра илгоррок ва омадлирок смасми?!..."
 
* * *
Сснг.. Аллох азза ва жала бирон ишни ирода стса, уни амалга ошиш сабабларини албатта, пайдо килади. Аллох Ўзининг ибодатида улгайтирган ва Ўз хифзу-химоссида саклаган болакай кандай  хам ажойиб, шундай смасми?
Ўйлаб колади, киши.  Ичимиздаги айрим оталар, кун келиб, фарзандлари уларни масжидлар сари етаклашларини кутиб стирибтиларми?... Кайтанга, хайрли ишларда улар фарзандларига етакчи ва ксмакчи бслишни срнига-с?.. Аки бу кетишда, таълим-тарбис тушунчалари сзгариб, фарзандлар оталарни тарбислашга стиб колинадими?...
Афсусуки, орамизда канчалар ибратлар бору, лекин, жуда кам ибрат оламиз!..
Манба:  Интернетдаги "œСойдул фавоид" сайти. www.saaid.net
Муаллиф: Мусо Мухаммад Хажжод Аз-Захроний.
Мутаржим: Вадуд Ахмад.
1423 йил, сафар ойининг 20-си, 2003 йил, 22-апрел
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 25 Avgust 2009, 17:49:58
Allohga tavakkul

 Allohga tavakkul va Allohga bog‘lanishning turli yo‘llari bor. Ammo inson musibatga tushib qolganida,  xaqiqatan ham tavhid  mohiyatini tushanadi. Toshkentlik jurnalist Birodarimiz tomonidan aytib berilgan  bir xikoya bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Keling ushbu voqeani uning o‘zidan tinglaylik.
 "œ90 yillarning oxirlari edi. Men mustaqillik maydoni tarafdagi markaziy nashrlardan birida ishlardim. Endi-endi gazeta sahifalarida maqolalarim chiqayotgani olinar edi. Nomimni gazetada ko‘rganimda o‘zimni qo‘yarga joy topa olmaganim uchunmi? Ko‘pincha kechki navbatchilikka ham qolardim. Bir kuni ana shunday navbatchilik tugagach, soatga qaradim. Gazetani tungi soat ikkilarda yopdik. Tabiyki uyim nashriyotdan ancha olis bo‘lgani uchun, metro yuradigan vaqtgacha navbatchilar xonasida qolishim kerak edi. Ammo nimagadur sekin ko‘chaga chiqib uyga qaytishga qaror qildim. Toshkent ko‘chalari yorug‘, Xudoning yordamida yetib olamanda deb yo‘lga tushdim. Uyimizning oldida kattakon jarlik o‘tgan. Ana shu jarlik bo‘yiga yetib qolganimda, aniqrog‘i uyimizga 1 kilometr masofa qolganida,  yo‘lda ikkita yigit o‘tirganini ko‘rdim. Ichimdan bir nima o‘tdi, ammo Xudoga tavakkal dedimda. Ularning oldidan o‘ta boshladim. Xaligi ikki ovlon asta o‘rnidan turdi. Orqamdan yo‘lga tushishdi. Men hech narsani sezmagandek yo‘limda davom etaverdim. Shunda ularning biri:
— Ho‘v og‘ayni, sigaret bormi?, -dedi. Men tabiyki:
— Yo‘q, -degan javobni berdim. Ularning niyati buzuq edi. Yarim yo‘lga yetganimizda, hammamiz to‘xtadik. Notanish yo‘lchilar menga o‘zlarini tanishtirishdi. Malum bo‘lishicha,  ularning biri kechqurin ko‘chaga chiqishi taqiqlangan bezorilardan biri ekan. Buni u menga faxr bilan aytdi. Qandaydir xujjatlarni pesh qilish asnosida kurtkasini ichida pichoq borligini ham ko‘rsatib o‘tib ketdi. Men hammasi tushundim. Ularning maqsadi, meni tunash. Endi buyog‘ini eshiting o‘sha kuni oylik olgan edim. Kurtkam ham ancha qimmat kiyim hisoblanardi, o‘sha paytda. Xullas yigitlar menga o‘z maqsadlarini ayta boshlashdi.
— Xo‘sh og‘ayni, nima qilib tunda yuribsan?
— Ishdan qaytayapman.
— Ishdan qaytayapman, nima sen yosh bolamisan? Bunaqa paytda ko‘chada yolg‘iz yurib bo‘lmasligini bilmaysanmi?, -  shama qildi bittasi.
Bezorilarning shu birgina savoli meni tetiklashtirib yubordi. Allohga qasamki "œbunaqa paytda yolg‘iz yurib bo‘lmasligini bilmaysanmi?" degan savol berilmaganda men o‘zimga kela olarmidim yoki yo‘qmi Xudo biladi. Miyamga  ajoyib bir fikr keldi va xaligi o‘zicha dunyoni zabt etgan jahongir misoli tirjayib turgan yigitga qarata:
— Kim aytdi? Cizlarga meni yolg‘iz deb, men yolg‘iz emasman, - dedim. Ular tabiyki:
— Ho‘sh kim bilansan bo‘lmasa? — deyishdi.
— Men Alloh bilanman, - dedim. Mana shu javobim, xaligi tungi bezorilarni, bir-biriga qaratib qo‘ydi. Vaqtni g‘animat bilib so‘zimda davom etdim. 
— Alloh men bilan degan so‘z sizlarni ajablantiryaptimi? Nima? Cizlar Xudoga ishonmaysizlarmi? 
— Ishonamiz! Ammo!?
Ammodan keyingi javob yo‘q edi. Yigitlarning ahvoli tang bo‘lib qoldi. Xaqiqatan ham u yoq, bu yoqdan din xabarini yeshitishganmi? Javob berishda extiyotkorlik bilan gapirishdi, biroq kechki 9:00 dan keyin shaxarda yurish taqiqlangan bezori, baribir o‘zinikida turib oldi.
— To‘hta, o‘zincha chiroylik so‘zlaring bilan bizni orqaga qaytib ketadi deb o‘ylaysanmi? Xo‘sh qo‘lingdan nima keladi?
Menga bu gap juda og‘ir botdi. Chunki o‘sha lahzada nimagadur, men bu ikki ovlondan rostakamiga umuman ko‘qrmasdim. Hammasini qalban Allohga tashlab qo‘ygandim. Shuning
uchun ham ularning ko‘ziga tik qarab javoblarni shartta shartta berib tashladim. Qo‘limdan biron narsa keladi demaymanu, ammo sizlarga bir nozik xabarni yetkazib qo‘ymoqchiman. Sizlar meni qo‘rqqanidan Allohning nomini tilga oldi, desalaring xato qilasizlar chunki sizlar ishonasizlarmi yo‘qmi? Hammasini Alloh taola ko‘rib turibdi. Bu voqea nima bilan tugashini bilmadim, ammo shunisi aniqki Alloh xoxlagandan boshqasi bo‘lmaydi. Endi o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Agar sizlar meni bir narsa qilishlaring yozilgan bo‘lsa, mening qo‘limdan hech qanday qarshilik ko‘rsatish kelmaydi. Ammo, agar Alloh meni uyga eson-omon yetib olishimni istagan bo‘lsa sizlarning qo‘lingizdan hech vaqo kelmaydi. Qizig‘i shundaki  bir kuni baribir uchrashamiz va hammasi uchun kelishmaguncha birortamizning oyog‘imiz qimirlamaydi Yani endi nima qilmoqchi bo‘lsalaring qilaverlaring. Mana shu oxirgi kalimalar haddan tashqari ishonchli chiqqanidan,  sheriklarining biri:
— Qo‘yaqol ketdik, - dedi. Do‘stining bu xolatidan achingan bezori:
— Yo‘q, - dedi.
— Agar xaqiqatan ham Xudo buni saqlamoqchi ekan. Ko‘ramiz karomatini ko‘rsatsin. Bezorilarning biri kurtkamni tortishga, ikkinchisiga qo‘limdan ushlashga kirishdi. Imkon qadar qarshilik ko‘rsatishni boshlagandimki, orqadan kimdirning:
— Hoy nima qilayapsanlar? - degan ovozi eshitildi.
Hammamiz jar tomonga qaradik yaqindagina u yerda hech kim yo‘q edi. Birdan bir militsiya xodimi paydo bo‘ldi. Abjirgina, bo‘yi past xodimning tashrifi, bezorilarni sarosimaga solib qo‘ydi. O’z-o‘zidan kelib qolgan mehmon, mendan nima bo‘layotganini so‘radi. Men nimagadur haligi yigitlarni sotishni istamadimda, bular bilan qaytayapman dedim. Militsiya xodimi hammamizni jar bo‘yidagi uylardan biriga olib ketdi. Yo‘lda xaligi ashaddiy bezori o‘zicha unga qarshilik ko‘rsatdi. Ammo militsioner abjir harakatlari bilan uni osongina yerga yotqizdi  va:
— Uka o‘zingni bosib ol. Indamaygina men aytganni qil, - dedi. Men bo‘layapgan voqealarni  to‘la-to‘kis idrok qilmasimdan, haligi aka menga ruxsat berdi.
— Ketaver senda ayb yo‘q. Men bular bilan o‘zim gaplashib olaman.
 Men deyarli uyimga yaqinlashib qolgan edim. Tungi sheriklarimni militsiya xodimiga topshirib uyga ravona bo‘ldim. Keyin ertasiga postlarni izladim. Tanish militsiya xodimlardan meni bezorilarning hamlasidan qutqargan qo‘riqchini so‘rab surishtirdim. Biroq, uni topishning iloji bo‘lmadi. Haligacha o‘ylayman  ehtimol u odam bo‘lmagandur."
Xikoyani bizga aytib bergan Birodarning  "œextimol" deb ishlatayotgan fikriga biz ham qo‘shilamiz. Chunki inson xaqiqatan ham Allohga ishonib faqat undangina madad so‘ray olsa. Olamlarni yaratgan Zot o‘zining nusratini yuboradi. Bunga hayotiy voqealar to‘lib yotibdi.


Xolislik sari dasturidan
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 25 Avgust 2009, 18:17:43
To‘rt turli qalb          

Abu Nuaymdan rivoyat qilinadi:
«Huzayfa ibn Yamon, roziyallohu anhu, va’z qila turib:
— Bir xil qalb bordirki, bo‘m-bo‘shdir. Bu kofirning qalbidir. Bir  xili borki, goh unday, goh bunday. Bu esa munofiqning qalbidir. Yana bir qalb borki, unda porlaguvchi bir qandil bor. Bu mo‘minning qalbidir. Yana bir qalbda esa, ham imon, ham nifoq bor. Imon pokiza suv bilan oziqlanadigan daraxt kabidir. Nifoq esa yiring va qon bilan to‘yinib, shishib ketgan yaraga o‘xshaydi. Bu qalbda shu ikki ozuqaning qaysi biri ko‘p bo‘lsa, o‘sha g‘olib keladi, — dedilar».
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 25 Avgust 2009, 18:20:32
Imkon va istig‘for

       
— Halok  bo‘lmaslik uchun qo‘lida imkoni bo‘laturib, halok bo‘lgan kishiga hayronman, — dedilar Hazrati Ali, roziyallohu anhu.
So‘rashdi:
— U qanday imkon?
— Istig‘fordir. — deb javob berdilar.
Tahlika nima?
Bir odam Baro‘ ibn Molikdan so‘radi:
— Yey Abu Amora! Alloh taolo Qur’oni karimda: "œO’z qo‘llaringiz ila (baxillik qilish) bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz" (Baqara, 1—3, mazmuni), dedilar. Bu tahlika kishining dushman bilan to‘qnashib, shahid bo‘lgunicha jang qilishimi?
— Yo‘q, bu tahlika emas. Tahlika  kishining bir gunoh ish qilgach: "œYendi Alloh meni kechirmaydi", deb noumid bo‘lmog‘idir", —dedi Baro‘ ibn Molik, roziyallohu anhu.


Xolislik saridan
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 26 Avgust 2009, 09:01:13

Qani endi, bormasaydi"¦

Shayx shunday hikoya qiladilar:
Zalolat, gunohu ma’siyat to‘lqinlari ichra oqib yurgan bir yigit istiqomat-hidoyat yo‘liga tushdi. Ma’siyatlardan to‘xtab, Najot kemasiga mindi...
Namoz o‘qishni boshladi. Masjidga qatnab, kechalari Qur’oni karim tilovati ila mashg‘ul bo‘la boshladi"¦
Hidoyat soyasidagi hayot lazzatini totgan yigit bir kuni o‘zining sobiq do‘stlarini esladi"¦ Ular hali ham ma’siyat va gunoh buxronlari ichra garq bo‘lib yurishibdi. Musulmon do‘stimiz ularni ham o‘zi kabi tavba va najot kemasiga chiqib olishlari va bu bilan najot topganlar karvoniga yetib olishlarini  juda istadi"¦
Ular bilan ko‘rishmoq uchun yo‘l oldi"¦
Ushbu nasixat Haq yo‘lga endigina qaytgan, tavba eshiklarini  endigina  qoqqan har bir insonga qaratilgandir. Siz, ey tavba qilgan do‘stim, eski johil do‘stlaringizning oldiga yolg‘iz bormang. Ularni hidoyatga chaqirishda, albatta, sizga yordam beradigan biror taqvodor birodaringiz bilan boring.  Gohida ko‘pchilikning hamlasi shijoatni ham so‘ndirib qo‘yadi"¦
Yigit do‘stlariga hidoyatni, iymonni ilinib bordi"¦ Lekin fosiq do‘stlar unga har tarafdan ta’nayu malomat o‘qlarini yog‘dira boshladilar"¦
"Ha qori aka, eslaridan chiqib qoldimi,  o‘zlari ham kechagina biz bilan nimalar qilib yurganlari!!"
"Esingizdami, huv falon kundagi yurishlarimiz, yodingizdami falon tungi o‘tirishlarimiz!!""¦
Istehzolar, masxaralar, piching-kesatiqlar, kulishlar"¦
Bu ishlar bilan yigitning eski dardlarini yangilay, endi bitay degan yaralarini  yana ko‘chira boshlashdi"¦ Undagi iztiroblar yanada ortdi"¦ Yigit uyiga maxzun holda qaytib keldi"¦
Kunlardan biri musulmon yigitning oldida "do‘st"lari paydo bo‘lib qolishdi.
"Shu desang, yangi mashina sotib olish uchun falon shaharga ketayotgan edik. Biz bilan borsang yaxshi bo‘larmidi!" deyishdi. Yigit esa taajjubda"¦ Ular yana davom etib:
"Biz bilan borsang, bizni Islomga da’vat qilarding, safar namozlari qanday o‘qilishini o‘rgatarding. Bilasan-ku, biz hali bularni yaxshi bilmaymiz. Keyin, safarda bizga imomlik qilarding" deyishdi.
 Bu safar rejasi yigitga ham yoqib tushdi. Nafsi unga bu safarni ziynatli qilib ko‘rsatdi. U do‘stlari bilan birga ketdi. Qani endi, bormasaydi... 
Yo‘l yurib, kechga tomon bir mexmonxonaga qo‘nishdi. Yigitni xonada qoldirib, ul-bul xarid qilib kelamiz deb ko‘chaga chiqishdi. Fosiq do‘stlar shaharni aylanib yurisharkan, o‘zlaricha turli rejalar tuzishar, maslaxatlar qilishardi. Ularni bu mash’um rejalari nima qilib bo‘lsa-da, yigitni avvalgi jaholat va isyon qirg‘oqlariga qaytarish edi. Nauzibillah min zalik!!!
O’sha kuni ular tunni boshqa yerda ayshu-ishrat, musiqayu kayfu-safoda o‘tkazishdi. Yigit esa ularni xonada kutib yotardi"¦
Ertasi kuni bu fosiqlar bir yaramas, fohisha ayolni topdilar. Unga agar yigit bilan zino qilishga, aroq ichirishga muvaffaq bo‘lsa, xoxlagan pulini berishlarini aytib, ko‘ndirishdi.
"Albatta kofir bo‘lgan kimsalar mol-dunyolarini Allohning Yo‘lidan to‘sish uchun ishlaturlar"¦"  (Anfol: 36).                       
Ular fohisha bilan birga mexmonxonaga qaytishgach, bir qo‘liga ichimliklar va bir quliga musiqa kassetlari bilan magnitafonni berib, yigit yotgan xonaga kiritib yuborishdi. Aroq aqlni oluvchi narsa, musiqa esa zinoga eltuvchi vosita"¦
Fohisha ayol musulmon yigit bilan yolg‘iz qoldi"¦ "Agar bir erkak bilan nomahram  ayol xilvatda yolg‘iz qolsalar, uchinchilari shayton bo‘ladi"  (Hadisi sharif).
Makkora fohisha unga tilyog‘lamalik qilib, suykala boshladi. Yigit o‘zini chetga oldi. Sekin-sekin gapga solib, bir amallab unga aroq ichirdi.. So‘ng yana"¦. So‘ng yana"¦ So‘ng esa eng dahshatlisi sodir bo‘ldi!!!"¦ Ayanchli lahzalar o‘tdi"¦ Bu sharmandalikka guvoh bo‘layotgan xona devorlari bu manzaradan uyalib yorilib, buzilay dedi"¦
Yigit fohishaning qo‘ynida, to‘shakda uyquga ketdi"¦ Yalangoch... G’irt mast"¦Charchagan"¦. Toliqqan"¦ Alloh saqlasin!!!!
Tong otdi"¦ Inson qiyofali "shayton"lar paydo bo‘lishdi.  Niyatiga yetgan fojirlar eshikni taqillata boshlashdi. Butun mexmonxonani boshlariga ko‘tarib shovqin solishar, baland ovozda baqirib, masxaralab kulishardi. Eshikni fohisha ochdi"¦
U: "Ana o‘rtog‘inglar, marhamat ko‘rishinglar mumkin" dedi. Ular: "Nima gap! Nima yangilik?!.." deb so‘rashdi. U: "Xushxabar, hursandchilik!!! Ana, hamma narsani qildi, aroq ham ichdi, mast ham bo‘ldi, birga ham bo‘ldik, ko‘ngilxushlik ham qildik. Mana to‘shakda, qip-yalang‘och holda uxlab yotibdi" deya tirjaydi. 
Hollaringga voy bo‘lsin, ey fosiqlar! Allohga osiy bo‘lgani uchun xursand bo‘lyapsizlarmi, bir-birlaringgizga xushxabar aytyapsizlarmi! Kecha namoz o‘qib, Qur’on tilovat qilib yurgan do‘stlaring bugun shaytonga aldanib, aroq ichib, zino qilib, gunohga burkanib yotganidan shodlanyapsizlarmi, ey johillar!!! 
Xonaga baqir-chaqir, qiyqiriqlar bilan kirib kelishdi"¦ Yigit ko‘rpaga o‘ralib yotardi"¦ Do‘stlari uni turtib, surtib uyg‘ota boshlashdi. "Xoy qori aka, turing endi, bo‘lar endi mazza qilganingiz!!! Turaqolsinlar endi, hazrat!!!" deya masxaralab, uyg‘ota boshlashdi. Negadir yigit javob bermas, uyqudan turay demasdi. "Turing endi, kutib qoldik!!".   Yigit yana jim"¦ Shunda ulardan biri yaqinroq keldi-da yigitni qimirlatib, ustidan ko‘rpani olib tashladi"¦
Yigit esa qimir etmasdi"¦ Ular xayratlanib, uni yonboshiga ag‘dardilar"¦. Ne ko‘z bilan ko‘rishsinki"¦ Yigit o‘lib yotardi"¦"¦
Fojeaga quloq tutinglar!! Namozxon do‘stimiz aroq ichib, zino qilib, fohisha bilan bir to‘shakda uyquga ketgan!!
Shu ketgancha boqiy uyquga ketgan!! Tunda, ma’siyat ichida, to‘shakda, eng yomon xotima bilan vafot topgan!!"¦
"Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun!!!"¦"
Ey Alloh! Axir do‘stlari namoz o‘qishni, Qur’on tilovat qilishni istamaganmidilar axir!
Yigit ularning oldiga ular uchun hidoyatni, iymonni istab kelmaganmidi axir!  Shunisi aniqki, u "do‘stlar" uni Allohning yo‘lidan ozdirish uchun vaqtlarini va mollarini sarf etdilar. Endi o‘sha do‘stlar uni Allohdan, Uning azobidan saqlab qolarmikinlar! Qanaqa do‘stlar bo‘ldi ular!!!!
Alloh taolo qanday ham to‘g‘ri aytganki:
"(Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam) Siz (ma’lum) vaqtgacha ularni o‘z g‘aflatlarida qoldiring! Ular Biz ularga berayotgan mol-davlat va bolalarni o‘zlari uchun yaxshiliklarni tezlatishimiz deb o‘ylaydilarmi! Yo‘q, ular (buni g‘aflatlari yanada ziyoda bo‘lishi uchun qilinayotganini) sezmaydilar." (Mu’minun:54-56)                                         
Boshqa oyatda:
  "(Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam) xabar beringchi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat-salomatlik, mol-davlat bilan) foydalantirsak-da, so‘ngra ularga va’da qilingan narsalari (ya’ni, azob) kelsa, (o‘sha payt) ularga (hayoti dunyoda) foydalangan narsalari asqoturmi!!" (Shuaro: 205-207).

Xolislik sari dasturidan
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 26 Avgust 2009, 09:08:44
O x i r a t   s a f a r i
 
 Opam rangi oqarib, nimjon bo‘lib qolgandi. Lekin u odatiga ko‘ra, doimo Qur’on o‘qirdi. Qidirgan paytimizda uni namoz o‘qiydigan xonasida ruku’, sajda qilib, qo‘lini osmonga ko‘tarib duo qilayotganini ko‘rardik. U erta-yu kech, hatto tun yarmida ham mana shunday charchash nima, zerikish nima bilmasdi. Men esa adabiy jurnallar va hikoyali kitoblarni o‘qishga qiziqardim. Nihoyat darajada ko‘p video tomosha qilardim. Uy vazifalarini to‘liq bajarmasdim va namozlarimni o‘z vaqtida ado qilmasdim.
Mana, uch soat to‘xtovsiz har xil filmlarni ko‘rib bo‘lib, video apparatini o‘chirganimdan keyin, yonimizdagi masjiddan azon ovozi eshitildi. Yotish uchun o‘rnimga bordim. U namoz o‘qiydigan xonasidan meni chaqirardi.
- Ha! Nima deysan, ey, Nura?,- dedim.
U menga muloyim ovozi bilan:
- Bomdod namozini o‘qimasdan uxlama,- dedi.
- Ufff,- dedim.
U yana muloyim ovozi bilan:
- Bomdod namoziga bir soat qoldi, eshitdingmi, birinchi tong azoni aytildi,- dedi.
Og‘ir kasal bo‘lib, to‘shakka yotib qolishidan ilgari u doim mana shunday edi. Meni chaqirdi:
- Ey Hano, yonimga kel.
Men uning talabini umuman rad qilolmayman, uning sofligi va to‘g‘riligini bilganingdan keyin shubhasiz majbur bo‘lib, "œlabbay" deb javob berasan.
- Nima deysan?...
- Yonimga o‘tir.
- Mana o‘tirdim, nima deysan?
U yoqimli mayin ovozi bilan Kur’on o‘qidi:
(كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ وَإِنَّمَا تُوَفَّوْنَ أُجُورَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ)
(آل عمران: من الآية185)
 "œHar bir jon o‘limni totguvchidir. Va Qiyomat Kunida hech shak-shubhasiz, ajr-savoblaringizni komil suratda olursiz".[1]
U bir oz jim turib, keyin mendan so‘radi:
- O’limga ishonmaysanmi?
- Nega, albatta ishonaman.
- Sen katta-kichik barcha gunohlaringga hisob berishingga ishonmaysanmi?
- Albatta ishonaman, lekin Alloh Kechirguvchi, Rahmli Zot, umr esa uzun...
- Ey singlim, tasodif o‘limdan qo‘rqmaysanmi? Mana qara, Hind sendan yoshi kichik bo‘lsa ham avtomashina halokatida vafot etdi. Falonchi va falonchilarchi? O’lim yoshga qaramaydi. Uning chorasi yo‘q...
Uning namoz o‘qiydigan qorong‘u xonasidan vahimaga tushib, titroq ovoz bilan unga javob berdim:
- Men qorong‘udan qo‘rqaman. Sen meni o‘limdan qo‘rqitib qo‘yding. Endi qanday qilib uxlayman? Bu yilgi ta’tilda biz bilan dam olish uchun safarga chiqasan deb o‘ylar edim.
To‘satdan uning ovozi xirillab chiqdi va mening yuragim qattiq urib ketdi.
-Ehtimol, men bu yil boshqa joyga, uzoqqa safar qilsam kerak. Axir, Hano, umrlar Allohning qo‘lida-ku,- dedi.
Mening ko‘zimdan yosh otilib chiqdi. Men uning kasalining og‘irligi to‘g‘risida va shifokorlar dadamga uning bu kasali unga uzoq umr bermasligini yashirincha gapirganlari to‘g‘risida o‘yladim. Lekin buni unga kim aytdi? Yoki u o‘zi buning bo‘lishini kutyaptimi?
Nimaga o‘ylanib qolding?,- bu safar uning ovozi menga kuchli keldi- bu narsalarni kasal bo‘lganligi uchun aytyapti,- deb o‘ylaysanmi? Yo‘q, ehtimol, mening umrim sog‘larnikidan uzunroqdir. Mana sen qachongacha yashaysan, mumkin yigirma yil, mumkin qirq, keyin nima...- korong‘ida qo‘lini ishora qilib, qattiq siltadi — bizning oramizda farq yo‘q, hammamiz bu dunyoni tashlab, Oxirat safariga ketamiz, yo jannatga, yo do‘zaxga. Allohning ushbu so‘zini eshitmaganmisan?
(فَمَنْ زُحْزِحَ عَنِ النَّارِ وَأُدْخِلَ الْجَنَّةَ فَقَدْ فَازَ) (آل عمران:185)                  "œBas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muxaqqaq (baxt-saodatga) erishgay".[2] Endi boraqol, yaxshi yotib tur.
Men tezda ketdim, uning "œAlloh seni hidoyat qilsin, namozingni unutma!" degan ovozi qulog‘imdan ketmasdi. Ertalab soat sakkiz, eshikni kimdir taqillatardi. Bu uyg‘onadigan vaqtim emas. Yig‘i-sig‘i, har-xil ovozlar... Nima bo‘ldi? Bilsam, Nuraning ahvoli og‘irlashibdi. Dadam uni shifoxonaga olib ketibdi.
"œAlbatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz U Zotga qaytguvchilarmiz".[3]
Ishqilib, Nura o‘zi aytganidek uzoqqa safar qilib ketmasin. Uzoq kutgandan keyin, peshin vaqtida, soat birlarda dadam shifoxonadan ko‘ng‘irok qildi:
- Agar hozir uni ko‘rishga kela olsalaring, tezda kelinglar.
Onamning aytishicha, dadamning so‘zi xavotirli, ovozi o‘zgargan.
Qo‘limda plashim...
Qani haydovchi?...
Tezda mashinaga o‘tirdik. Har doim o‘tib yuradigan, qisqa bo‘lib ko‘ringan yo‘l qani? Nima uchun u bugun judayam uzun? O’ng va chapga qarab tomosha qilib ketishligim uchun menga chiroyli bo‘lib ko‘ringan odamlarning gavjumi qani? Onam yonimda Nurani duo qilib ketardi. U soliha, itoatli qiz edi. Hecham vaqtini bekor o‘tkazayotganini ko‘rmaganman.
Shifoxonaning tashqi eshigidan kirdik. Mana bu kasal oh-vohlayapti, bunisi mashina hodisasiga uchragan, unisining esa ko‘zlari kirtayib ketgan... Bilmaysan, u dunyo ahlidanmi yoki Oxirat ahlidanmi? Dahshatli manzara, bunaqasini ilgari ko‘rmaganman. Zinapoyadan tezda tepaga ko‘tarildik. U reanimatsiya xonasida ekan. Hamshira yetib keldi. U yoqimli qiz ekan. "œSizlarni uning oldiga olib boraman",- dedi va hushiga kelganidan keyin Nuraning ahvoli yaxshi ekanligini aytib, onamni tinchlantirdi. Mana reanimatsiya xonasi. "œBir kishidan ortiq kishi kirishi man qilinadi", - deb yozib ko‘yilgan. Xona eshigidagi kichkina derazadan shifokorlarning o‘rtasida Nura opamning ko‘zlari menga tikilib turganligini ko‘rdim. Uning yonida onam turardi. Ikki daqiqadan keyin onam ko‘z yoshlarini yashira olmagan holda chiqdi. Ko‘p gaplashmaslik sharti bilan ikki daqiqaga menga ham ruxsat berishdi.
- Ahvoling qalay, Nura? Kecha kechqurun yaxshi eding, senga nima bo‘ldi?
Qo‘limni siqib ushlaganicha, menga javob berdi:
- Men hozir ham yaxshiman, Alhamdulillah.
- Alhamdulillah deyapsanu lekin qo‘ling muzlab yotibdi, - men krovatning chetiga o‘tirar ekanman, uning oyog‘iga bilmay tegib ketdim.
- Kechir meni, seni siqib qo‘ygan bo‘lsam, - dedim-da, oyog‘ini asta surib qo‘ydim. U bo‘lsa:
- Yo‘q, hecham siqib qo‘yganing yo‘q. Lekin men Allohning ushbu oyati haqida o‘ylab qoldim,- deb, Qur’ondan tilovat qildi:
(وَالْتَفَّتِ السَّاقُ بِالسَّاقِ (29) إِلَى رَبِّكَ يَوْمَئِذٍ الْمَسَاقُ) (القيامة:30)
 "œ... (jon berish qiyinligidan) oyoq oyoqqa chalmashib qolgan bir vaqtda — ana o‘sha Kunda Yolg‘iz Parvardigoringiz (huzuri)ga haydalish bordir!".[4]
- Hano, meni duo qilib tur, men yaqinda Oxirat kunlarining avvalini qarshi olsam kerak. Safar uzoq, lekin ozuqam oz.
U aytgan gaplarni eshitganimdan keyin ko‘zimdan yosh otilib chiqdi va yig‘ladim. O’zimning qaerdaligimni bilmay qoldim. Ko‘zlarim yig‘idan to‘xtamay qoldi. Dadam Nuradan ko‘ra mendan ko‘proq xavotir bo‘la boshladi. Chunki dadam mening bunday yig‘laganimni ko‘rmagandilar.
O’sha qayg‘uli kunning quyoshi botishi bilan uyimizda uzun sukunat hukm surdi. Oldimga xolamning qizi, keyin ammamning qizi kirdi. Uyimizga kelayotgan odamlar ko‘payib ketdi. Ovozlar aralash-kuralash bo‘lib ketdi. Bir narsani bildimki, Nura o‘libdi... Kim kelayotganini ajratolmasdim, nima deyayotganini bilmasdim...
Yo Alloh, men qaerdaman, nima bo‘lyapti, hatto yig‘lashga ham holim qolmadi. Keyin menga aytishlaricha, dadam mening qo‘limdan ushlab opam bilan oxirgi marta vidolashishga olib borgan va men uni o‘pganman. Men faqat bir narsani — uning kafanga o‘ralgan jasadini ko‘rgan vaqtimda uning o‘lim to‘shagida yotgan holida aytgan so‘zlarini esladim: "œ... (jon berish qiyinligidan) oyoq oyoqqa chalmashib qolgan bir vaqtda — ana o‘sha Kunda Yolg‘iz Parvardigoringiz (huzuri)ga haydalish bordir!",[5] va bu oyatning haqiqatini tushunib yetdim.
Birinchi marta o‘sha kecha uning namoz o‘qiydigan xonasiga kirdim. O’sha vaqtda kim men bilan onamning qornida sherik bo‘lganini esladim. U men bilan egizak edi. Kim mening g‘amlarimga sherik bo‘lganligini esladim. Kim mendan kayg‘ularimni ketgazganligini, kim men uchun hidoyat so‘rab duo qilganligini va kim o‘lim va hisob haqida menga gapirib, uzun kechalar ko‘z yoshlarini to‘kkanligini esladim.
"œAlloh — yordam so‘ralguvchi Zot".
Bu Nuraning qabrdagi birinchi kechasi. Alloh unga rahm qilsin va uning uchun qabrini munavvar qilsin. Mana bu uning Qur’oni, bu joynamozi va mana bu esa u to‘yimda kiyaman deb olib qo‘ygan pushti rang ko‘ylagi. Uni eslab, bekor ketgan kunlarimga yig‘ladim. To‘xtamasdan yig‘ladim. Ich-ichimdan yig‘ladim. Menga rahm qilgin, tavbamni qabul qilgin, meni kechirgin deb Allohga duo qildim va u shunday duo qilishini yaxshi ko‘rganidek, Nurani ham qabrida sobit qadam qilishini so‘rab Allohga duo qildim.
To‘satdan o‘zimga savol berdim: agar men o‘lganimda nima bo‘lardi? O’zimni o‘rab olgan qo‘rqinchdan javob topa olmadim. Achchiq- achchiq yig‘ladim.
Allohu akbar... Allohu akbar...
Mana, bomdod namozining azoni aytildi, lekin u bu safar naqadar lazzatli! Men muazzin aytayotgan kalimalarni takrorlagan holimda birinchi marta xotirjamlik va rohatni his qildim. Hijobimni kiyib, vidolashuvchining namozidek, namoz o‘qidim.
Tong otsa kechani kutmayman,
Kech kirsa tongni kutmayman...
________________________________________
[1] "Oli-Imron"- 185.
[2] "Oli-Imron"- 185.
[3] "Baqara"- 155.
[4] "Qiyomat"- 29.
[5] "Qiyomat"- 29.

Abdullox muslim  forum.islom.uz
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 29 Avgust 2009, 08:20:37
Alloh taolo:
«Siz (odamlarni ham yolg‘iz) Parvardigoringizga (ibodat qilishga) chorlang» (Qasos surasi, 87-oyat);
 
«(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li - diniga donolik-hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling» (Nahl surasi, 125-oyat);

«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz» (Moida surasi, 2-oyat);

«Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan jamoat bo‘lsin» (Oli-Imron surasi, 104-oyat), deb aytgan.

Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim hidoyatga chaqirsa, ergashuvchi kishining savobidek unga ham ajr bo‘ladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) savobidan biror narsa kamaymaydi. Kimki zalolatga chaqirsa, ergashuvchi kishining gunohidek unga gunoh yoziladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) gunohidan biror narsa kamaymaydi» dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 29 Avgust 2009, 08:22:18
Alloh taolo:
«Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir» (Oli Imron surasi, 104-oyat);

«(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero, siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz» (Oli Imron surasi, 110-oyat);

«(Ey Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring» (A’rof surasi, 199-oyat);

«Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to‘xtatadilar» (Tavba surasi, 71-oyat)

Abu Said al-Xudriydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki nojo‘ya, yaramas ishni ko‘rsa, qo‘li bilan o‘zgartirsin. Agar unga qodir bo‘lmasa, tili bilan o‘zgartirsin. Agar unga ham qodir bo‘lmasa, qalbi bilan o‘zgartirsin. Mana shu (uchinchisi) imonlarning zaifidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 29 Avgust 2009, 08:23:45
Abulvalid Uboda ibn Somitdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga osonligu qiyinchilikda, rohatda-yu kulfatda, bizdan boshqani ortiq ko‘rilsa ham, ishlarni o‘z ahliga topshirib tortishmaslikka bay’at qildik. Lekin Alloh tomonidan va o‘zingiz tomondan uning kofirligiga ochiq-oydin hujjat borligi ko‘rilsa, unday emas. Va yana malomatchining malomatidan Alloh yo‘lida qo‘rqmasdan qaerda bo‘lsa ham, haqni aytishga ham bay’at qildik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 29 Avgust 2009, 08:47:36
Bu voqeani bandasidan qo’rqib, Allohning emas bandasining roziligini istab Alloh FARZ qilgan amallardan voz kechishiga "œMAJBUR" bo’lganlarga aytib bermoqchiman.

Qo’qonlik bir dugonam bor.
Mandan 5-6 yosh kichkina.
Qo’qonda birga tikuvchilikni o’rgangan paytlarimizda o’z hayotini gapirib bergan. Siz ham bir eshitib ibrat oling!:

"œHijobga kirganimga ko’p bo’lmadi. Turli hil kitoblar o’qib, namoz, ro’za, hijob haqida tushunchaga ega bo’ldim.
Sekin asta islomdagi barcha amallarni o’rganib bajara boshladim.
Uyimdagilar, ota-onam, singlim, ukam umuman muhitimiz umuman dindan yiroq edi. Otam haligacha 1 marotaba bo’lsa ham jumaga chiqmaganlar.
Namoz o’qiy boshladim, keyin hijobga kirdim.
Ota onam umuman qarshi edilar. Ayniqsa onam.
Mani hijobga kirganimni, ro’mol o’raganimni ko’rib juda jaxllari chiqdi, rosa ayamay urdilar. Man baribir qarorimda qat’iy turaverdim.
Har gal ko’chaga chiqishimdan oldin uydagilardan yashirib uzunroq kiyim bilan ro’mol o’rab chiqardim.
Bu o’rada ustoz topib Qur’on o’rgana boshladim.
Albatta bu haqida ota-onamning habarlari yo’q edi.
Ular asosan ishda bo’lishardi.
Bir kuni namoz o’qiyotganimda onam honamga kirib qoldilar, namozda davom etaverdim.
Onam "œbu namoz o’qiyabdiku" demasdan baqirib hammayoqni boshlariga ko’tardilar. Man namozimda davom etaverdim. Keyin gaplarini ta’sir qilmaganini ko’rib boshimdagi ro’molimni tortib oldilarda ura ketdilar.
Bu hol ko’p marotaba takrorlanardi.
Man ham ularga tushuntirishga harakat qilsamda, ko’zlariyu, qalblari ko’r edi.
Bir marta Qu’ron o’qiyotganimni ko’rib onam og’zi burnimgacha qonatib yubordilar uraverib.
Har gal namozlarimda ota-onamga hidoyat berishini so’rab duo qilaman.
Shunday bo’lsa ham bu qiynoqlardan Allohga shukr qilamanki o’tib oldim.
Xozir otam ham onam ham hijobimga ham, namozimga ham til tekkizishmaydi.
Chunki buni ko’r-ko’rona emas, Alloh bergan aql bilan idrok etib o’zim tanladim."

Xozir ham bu singlimizni ahvoliga tushayotganlar oz emas.
Ammo shu singlimiz kabi Allohni amrini sevimli ota-onasining amridan ustun qo’yganlar afsuski juda kamayib ketmoqda.
Allohdan ularga mustahkam iymon, ularga qarshi chiqayotganlarga esa HIDOYAT berishini so’riman.

XOLIQNI kalomi kelganda maxluqnikiga qaralmaydi!!!
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: ziyoda_aliyeva 29 Avgust 2009, 11:41:23
 Aмр ибн Қaйс aйтган скан: "œAгaр бир сxши aмaлни билиб қoлсaнг, гaрчи бир мaртa бслсa ҳaм уни қилгил, сшa сxшилик aҳлидaн бслaсaн".
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: ziyoda_aliyeva 29 Avgust 2009, 11:42:11
Кaттa мaшaққaт билaн тиббий oлийгoҳдa сқишни тугaтдим. Чунки мeн сқишдa интизoмли смaсдим. Лeкин Aллoҳ субҳaнaҳу сқишни битиришни мeнгa oсoн қилди. Шaҳримизгa сқин шифoxoнaлaрдaн биригa ишгa тaйинлaндим. Aлҳaмдулиллаҳ, ишлaрим схши. Oтa- oнaмнинг oлдидa сшaспмaн. Бслaжaк умр йслдoшим учун мaҳр тсплaшгa қaрoр қилдим, бу сса oнaм ҳaр куни мeни унгa қистaйдигaн нaрсa. Ишим ҳaрбий шифoxoнадa бслгaнлиги учун жиддий вa тaртибли шaклдa кeтaрди. Ҳаракатни схши ксраман шунинг учун зeрикaрли нaзaрий сқишимга қараганда ишимдa анча сxши ютуққa сришдим.
Шифoxoна ходимлари турли хил миллат вакиллари. Мeнинг улaр билaн aлoқaм иш бсйичa сди. Шу шaҳaр аҳлидан бслгaним улaр учун қулай фурсат сди. Мeн тaриxий жoйлaр вa бoзoрлaргa улaрнинг йсл ксрсатувчиси сдим. Шунингдeк, гоҳида улaрни дaлa ҳoвлимизгa ҳaм oлиб бoрaрдим. Улaр билaн aлoқaм кучли сди. Oдaтгa ксрa ходимлaрдaн бирoнтaсининг иш муддaти тугaгaн вaқтдa xaйрлaшув мaрoсими сткaзaрдик.
Кунлaрнинг биридa Бритaнислик шифoкoрлaрдaн бири биз билaн ишлaш муддaти тугaгaнлиги учун сз шaҳригa кeтaдигaн бслиб қoлди. Биз у билaн xaйрлaшув кeчaсини сткaзиш тсғрисидa мaслaҳaтлaшдик вa бeлгилaнгaн жoй бизнинг дaлa ҳoвлимиз бслди. Умумий шaклдa ҳaммa нaрсa тaйёр бслди. Лeкин мeнинг фикримни бoшқa нaрсa чулғaб oлгaн сди. Унгa нимa сoвғa қилишимни билмaсдим, aйниқсa мeн у билaн узoқ вaқт биргa ишлaгaнман. Хайрист, мен бир вaқтнинг сзидa ҳaм қиммaтбaҳo вa ҳaм мунoсиб сoвғa тoпдим. Бу шифoкoр мeрoсий ёдгoрликлaрни тсплaшни сxши ксрaрди. Ҳeч қийинчиликсиз унгa шундaй нaрсa сoвғaни топишим мумкин. Oтaмдa бунaқa нaрсaлaр ксп. Ундaн ссрaгaн сдим, у мeнгa қaдимдa минтaқaмиздa ссaлгaн мeрoсий ёдгoрликлaрдaн бирини бeрди. Aмaкимнинг сғли oтaм билaн суҳбaтлaшиб стиргaн скaн. У: "œАимa учун унгa ислoм тсғрисидa бирoн китoб сoвғa қилмaйсaн?" - дeб қсшиб қсйди. Мeрoсий ёдгoрликни oлдим. Aмaкивaччaмнинг ссзини жиддий сътибoргa oлмaдим. Лeкин Aллoҳ, ҳeч қийинчиликсиз ишни мeнгa oсoн қилди. А­ртaсигa гaзeтa ва журнaллaр сoтиб oлиш учун китoб дскoнигa бoрдим вa у ердa инглиз тилидa ёзилгaн ислoм тсғрисидa бир китoбни ксриб қoлдим. Aмaкивaччaмнинг ссзлaри қулoғимда снграгaндeк бслди. Китобнинг нaрxи жудa ҳам aрзoн сди, шунинг учун уни сoтиб oлиш фикри мeни қизиқтирди. Китoбни oлдим... Шeригимиз билaн xaйрлaшув кунидa xудди сширмoқчи бслгaндeк, китoбни мeрoсий ёдгoрлик сртaсигa қсйдим вa сoвғaни бeрдим. Бу шифoкoр ҳаммага суюкли бслгaни учун xaйрлaшув тaъсирли бслди. Дсстимиз жснaб кeтди. Кунлaр, oйлaр тeз стди. Уйлaндим. Фaрзaндли бслдим.
Бир куни Бритaнисдaн мeнгa xaт кeлди. Инглиз тилидa бслгaни учун уни сeкин сқидим. Умуман олганда бaъзи мaънoлaрини тушундим, бaъзилaрини сса тушунмaдим. Xaт биз билaн ишлaб кeтгaн бир дсстимдaн скaнлигини билдим вa мeн уни сслaшгa уриндим. Исмини биринчи мaртa сшитспмaн. Зaйфуллoҳ... Қулoғимгa нoтaниш. Xaтни ёпиб, исми Зaйфуллoҳ бслгaн дсстимни сслашга ҳаракат қилдим, бироқ, сслoлмaдим. Xaтни қайта oчиб, уни ҳaрфма-ҳарф шoшилмaсдaн, xoтиржaмлик билaн иккинчи мaртa сқий бoшлaдим. Бу жумлaлaр унинг xaтидaн бир пaрчa:
"œҲурмaтли бирoдaрим Зайфуллоҳ, aссaламу aлaйкум вa роҳмaтуллoҳи вa бaрoкaтуҳу. Aллoҳ мeнгa ислoмни нaсиб стди вa сeн сабабли мeни ҳидoст қилди. Мeнгa бслгaн сaдoқaтингни ҳeчaм унутмaймaн, дoим сeнинг ҳаққингга дуo қилaмaн. Кeтaётгaнимдa сeн мeнгa сoвғa қилгaн китoбни сслaйсaнми? Мeн бир куни сшa китoбни сқидим вa менда ислoм ҳaқидa кспрoқ билишгa иштиёқ туғилди. Aллoҳнинг мeнгa қилгaн тaвфиқи сабаб, китoбнинг муқовасидa китoбни нaшр қилгaн нaшриётнинг мaнзилгoҳини тoпиб oлдим вa улaргa кспрoқ китoб ссрaб xaт ёздим. Улaр мeнгa ссрaгaнлaримни жснaтишди. Aлҳaмдулиллаҳ, қaлбимдa ислoм нури тaрaлди. Ислoм мaркaзигa бoриб ислoмгa киргaнимни сълон қилдим вa исмимни Джoндaн Зaйфуллoҳгa, съни сeнинг исминггa сзгaртирдим. Чунки сeн Aллoҳдaн кейинги мaрҳaмaт сгaсисaн (съни миннaтдoрчилик билдиришгa лoйиқсaн). Шунингдек мен, Исломни қабул қилганлигим ҳақидаги гувоҳноманинг суратини сeнгa жснaтмоқдамaн. Яқиндa ҳaж фaрзини aдo қилиш учун Мaккаи Мукaррaмaгa бoришгa ҳaрaкaт қиламaн.
Ислoмдaги бирoдaринг - Зaйфуллoҳ. Xaйр, aссaлaму aлaйкум вa роҳмaтуллoҳи вa бaрoкaтуҳ".
Xaтни ёпдим, снa тeздa қaйтaриб oчдим вa бoшидaн сқий бoшлaдим. Ҳaрфлaрининг ҳaр биридa сaмимийликни ҳис қилгaним учун xaт мeнгa қaттиқ тaъсир қилди. Ксп йиғлaдим. Мeн сзим Aллoҳнинг ҳaққини aдo қилишдa oқсоқланиб тургaн ҳолимдa, қaндaй қилиб Aллoҳ мeн сaбaбли бир кишини ислoмгa ҳидoст қилди? Бeш риёл (1.5 $) турмaйдигaн китoб билaн Aллoҳ бир инсoнни ҳидoст қилса-с!.
Мeн бир тарафдан xурсaнд бслсам, бошқа томондан xaфa бслдим. Aллоҳ уни мeнинг ксп ҳaрaкатимсиз ислoмгa ҳидoст қилгaни учун xурсaнд бслдим. Ксп xaфa бслдим, чунки мeн сзим билaн биргa бслгaн ишчилaр ҳaқидa сзимгa сaвoл бeрдим. Шунчa вaқт қaердa сдим? Аимaгa мeн улaрни ислoмгa чaқирмaдим вa улaргa бу динни тaнитмaдим? Қиёмaт куни мeнинг фoйдaмгa гувoҳлик бeрaдигaн бирoртa ҳaм ислoм ҳақидa ссз айтмабман.
Улaр билaн ксп гaплaшгaнмaн, ксп ҳaзиллaшгaнмaн. Лeкин бирoн мaртa ҳaм улaргa ислoм тсғрисидa гaпирмaгaнмaн.
Aллoҳ Зaйфуллoҳни Ислoмгa ҳидoст қилди вa мeни сса сзимни ҳисоб-китоб қилишгa, Унинг тoaтидa бeпaрвoлигимни тузатишгa йсллади. А­нди мeн ҳeчaм сxшиликнинг oзини кaм сaнaмaймaн, гaрчи у фaқaт бир риёллик китoб бслсa ҳaм,.
Ўйлaниб қoлдим... Aгaр ҳaр бир мусулмoн aтрoфидaги кишилaргa фaқaт бир дoнaдaн китoб сoвғa қилсa, қандай бслaди?!
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: ziyoda_aliyeva 29 Avgust 2009, 11:43:00
Мен иккинчи бор қаттиқ таъсирландим, бунга сабаб насронийлаштириш ҳақида сқигaн нaрсaм сди.
Aфрикaда насронийлаштириш тсғрисидaги бaъзи ҳaқиқaтлaр шулaрни ксрсaтaди:
- Aмeрикaдa чeркoв мaқсaдлaри учун 139 миллиoн aмeрикa дoллaри тсплaнгaн.
- Шу йилнинг сзидa 3,968,100 тa насроний (христиaн) миссиoнeрлaри сaфaрбaр қилингaн.
- 112.564.400 нусxa Инжил тaрқaтилгaн.
- Аасроний  рaдиo-тeлeвидeние каналлaрининг сoни 1620 тaгa етгaн.
Мaнa бу стaтистик мaълумoтлaр Aмeрикa насронийлaштириш тaдқиқoтлaрининг xaлқaрo журнaлидaн oлингaн. 1- сoн, 11- жилд, 1987 йил.
Ўзимгa сзим сaвoл бeрдим: "œБиз қaердa юрибмиз? Oиламиздa ислoмгa кирмaгaн қaнчa aкa-укaлaр, oпa-сингиллaр бoр. Oрaмиздa вa aтрoфимиздa қaнчaдaн-қaнчa ислoмгa кирмaгaн қсшнилaр, қaвму қaриндoшлaр, ёру бирoдaрлaр бoр! Қaнчa вa снa қaнчa?! Ксз ёшидaн аввал бслaдигaн aлaм. Лeкин снa сшa сaвoл сaвoллигичa қoлaвeрaди.
Қaни aмaл...?
Қaни aмaл...?"
islom.uz---dan olindi!
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Huseyn 29 Avgust 2009, 12:50:52
Мен илк бор 6 синфдалигимда рсза тутган сдим. Ўшанга қадар оиламизда ҳеч ким рсза тутган смас сди. Илк сураларни дадам 3 синфдалигимизда ёдлатган сдилар. Уйимизда исломий анъаналарга чуқур ва қаттиқ ҳурмат бор сди. Аммо, шунга қарамай негадир сшанга қадар ҳеч ким рсза тутмаган сди.
Ўша кунларни ёрқин сслайман. Дадам сғлим рсза тутибди деб ифторлик пайти бозордан хилма-хил мевалар олиб келар, онам тонгда туриб саҳарликда дастурхон тузатиб берар, акаларим қслимни оғир ишга урдиришмас - хуллас муштдеккина сқувчи-рсзадор болани ҳаммалари авайлашга ҳаракат қилишарди.
Кейинги йил сса мен срнак бслиб-ми оиламиздаги бошқалар ҳам рсза тутишди. Ҳанузгача дадам, акам мени сзларининг бу борада устози деб билишади. Ҳам қувонаман, ҳам...
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Foniy 29 Avgust 2009, 19:32:43
 :as:


Xozir ham bu singlimizni ahvoliga tushayotganlar oz emas.
Ammo shu singlimiz kabi Allohni amrini sevimli ota-onasining amridan ustun qo’yganlar afsuski juda kamayib ketmoqda.
Allohdan ularga mustahkam iymon, ularga qarshi chiqayotganlarga esa HIDOYAT berishini so’riman.

XOLIQNI kalomi kelganda maxluqnikiga qaralmaydi!!!

"Xoru-zorlikni maxluqlar xizmatida, azizu-mukarramlikni esa Xoliq xizmatida bo`lishlikda ko`rdim" - degan ekan Najmiddin Kubro, Olloh rozi bo`lsin,
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Sentyabr 2009, 05:54:44
Shu yili mart oylari edi. Kursdoshlar yig'ilib kichkina bir kafeda yig'ilishdik. Nimagadir Obid degan kursdoshim ha deganda kelavermadi. Kutdik-kutdik kelmadi. Hammamiz nonushta qilishni boshladik. Bir payt Obid kirib keldi. Kayfiyati yo'q, jahli chiqqan umuman bir tushkun holatda edi. Xuddi mastga o'xshardi. Va ko'zlaridan qator-qator yosh tinmasdan oqardi. O'tirolmadi shekilli tashqariga chiqib ketdi. Izidan men va yana Jasur degan kursdoshim chiqdik. Shunda men Jasurga sen ketaver o'zim olib boraman dedim va Obidni oldiga bordim. Nima gapligini so'radim. U o'z muammolari haqida gapirdi. O'shande men unga "... dunyo ishlari shunaqa bir kun keladi yig'latadi... bir kun keladi kuldiradi. Sen siqilma. Senga maslahatim Alloh buyurgan amallarni ado et. Namozni boshla shunda hamma ishlaring o'z o'rniga tushadi. Siqilib o'tiraversang ishlaring yanada orqaga ketadi. Allohni desang u ham seni deydi..." dedimda uni bolalarning oldiga olib kirdim.

Ertasi kuni o'qishga keldik. Obid mendan namozni o'rganish uchun kitob so'radi. Ertasi kuni men unga "Men ham namoz o'qiyman" kitobini olib borib berdim va u namoz o'qishni boshladi Alhamdulillah!!!
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: siddiqa 02 Sentyabr 2009, 13:31:30
Shu yili mart oylari edi. Kursdoshlar yig'ilib kichkina bir kafeda yig'ilishdik. Nimagadir Obid degan kursdoshim ha deganda kelavermadi. Kutdik-kutdik kelmadi. Hammamiz nonushta qilishni boshladik. Bir payt Obid kirib keldi. Kayfiyati yo'q, jahli chiqqan umuman bir tushkun holatda edi. Xuddi mastga o'xshardi. Va ko'zlaridan qator-qator yosh tinmasdan oqardi. O'tirolmadi shekilli tashqariga chiqib ketdi. Izidan men va yana Jasur degan kursdoshim chiqdik. Shunda men Jasurga sen ketaver o'zim olib boraman dedim va Obidni oldiga bordim. Nima gapligini so'radim. U o'z muammolari haqida gapirdi. O'shande men unga "... dunyo ishlari shunaqa bir kun keladi yig'latadi... bir kun keladi kuldiradi. Sen siqilma. Senga maslahatim Alloh buyurgan amallarni ado et. Namozni boshla shunda hamma ishlaring o'z o'rniga tushadi. Siqilib o'tiraversang ishlaring yanada orqaga ketadi. Allohni desang u ham seni deydi..." dedimda uni bolalarning oldiga olib kirdim.

Ertasi kuni o'qishga keldik. Obid mendan namozni o'rganish uchun kitob so'radi. Ertasi kuni men unga "Men ham namoz o'qiyman" kitobini olib borib berdim va u namoz o'qishni boshladi Alhamdulillah!!!

kichik  musibatlar hidoyat kalitlari deb bekorga aytilmaydi .
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Muhammad Amin 03 Sentyabr 2009, 22:26:59
Bundan 3 yil oldin. Men institutga kirganimni 1-yili ya'ni 1-kursda o'qirdim. Dindan ozgina xabarim bo'lsada Islomning haqiqiy mohiyatini bilmasdim. Namoz qaryalarniki biz ham 50-60 ga borsak keyin o'qiymizda deb yurardim. Kunlardan bir kun bir tanishim o'zi siz namoz o'qiysizmi?... deb so'rab qoldi. Nima deb javob berishimni bilmadim. So'ngra hijolatroq bo'lib yo'q o'qimiyman hali. Vaqti kelganda o'qirmiz dedim. Shunda u menga quydagi gaplarni aytdi..."agar inson bugunni qiladigan ishini ertaga qoldirsa hammasi o'zgarib ketishi mumkin. Siz ertaga trikmisiz yoki yo'q kim kafil bo'la oladi. Alloh biladi biz qancha yashaymiz. Agar siz kutub yuraversangiz vaqti keladi deb, lekin o'sha vaqt kelguncha Alloh asrasin omonatimizni topshirsak kim bizni oxirat azobidan qutqaradi, shuni bilingki albatta bunda bizga namozimiz yordamchi bo'ladi. Namoz bizni do'zax azobidan asraydi..." deya gaplarini tamomladi. Shunda uning qanchalar haq ekanligini tushundim. Shu gapdan so'ng u menga Namozni o'rganish uchun kitob berdi va Allohga shukurlar bo'lsin men ham hidoyat yo'lini tanladi.

 Dar haqiqat biz 1 soniyadan keyin nima bo'lishini bilmaymiz. Hammasi Allohdan.
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 04 Sentyabr 2009, 13:35:02
"Bizni musulmon qilgan Qur’ondagi sonlarning siridir"- deydi matematik olim, doktor Matriks.

Baynalmilal bir konferensaga ishtirok etish uchun Budapeshtga kelgan edim. Bu yerdaligimni bilib olgan doktor Matriks menga Turkiyadan qo‘ng‘iroq qilib, Istanbuldagi bir telefon raqamini yozdiribdi. Darhol Turkiyaga sim qoqdim. Telefonni qizi oldi. Istanbulda Taqsim mavzeidagi Hilton mehmonxonasida ekanliklarini aytdi.
Ertasi kuni ertalab Istanbulga uchdim. Tayyoragoxda meni qizi Iva kutib olmoqchi edi. Uchoqdai tushganimda men tomon kelayotgan va hijobga o‘rangan bir xonim diqqatimni tortdi. E’tibor berib qaragach, uning Iva ekanini bildim. Hayron qoldim. Nega bunaqa kiyindi ekan?
Meni ko‘rib:
- Xush kelibsiz, - dedi va unga "žOyisha" deya murojaat etishimni iltimos qildi.
Hayratim battar ortdi. Talmovsirab "žXo‘p", dedim. Otasi, ya’ni, doktor Matriks Amriqo Qo‘shma Shtatlari hukumati nomidan kelgan o‘ta maxfiy bir rasmiy hay’at ichida ekan. Iva, ya’ni, yangi ismi bilan aytganda Oyisha otasi bilan kechki payt ko‘rishishimizni aytib, meni shaharni aylanishga taklif etdi. Qabul qildim.


Galata ko‘prigidan o‘tib, oldin bo‘g‘ozni, so‘ngra orqaga qaytib, Sultonposho jomeini va To‘pqopi saroylarini kezdik.
Chiqishda Oyisha yasama javohirotlar sotayotgan bir ishportachidan (sifati yuqori bo‘lmagan mollar sotuvchidan) uzoq tortishuvlardan keyin to‘rt dona bezak ashyosi sotib oldi. Sotuvchi bola hisoblash mashinasi yordamida narxni chiqardi.
- Olti dollaru yetmish besh sent, - dedi.
Bola hisob mashinasida yakun (teng) tugmasi o‘rniga, uch marta qo‘shuv tugmasini bosganini ko‘rdim. Buni Oyishaning qulog‘iga shivirlab aytdim. U bosh silkib tasdiqdadi. Lekin baribir bola so‘ragan 6,75 dollarni berdi.
- Nega etiroz bildirmading? - dedim nariroq borgach.
- Chunki kallamda hisobladim, ayni natija chiqdi, - dedi Oyisha.
Darrov qog‘oz qalam olib, hisob-kitob qildim. Darhaqiqat, sotuvchi bola haqli edi.
Oyisha menga ma’noli qarab, dedi:
- Sonlarning siri bu. Bizni hayratda qoldirgan va pirovardida ismimizni va dinimizni o‘zgartirishimizga sabab bo‘lgan sirlar...
Gapidan biror narsa tushunolmadim. Uchoqdan tushganimdanoq boshlangan hayronligim hali ham tarqalmagan edi. Rosa charchagan edim balki.
Kechqurun mehmonxonaga qaytganimizda, doktor Matriks bizni xonasida kutib turgan ekan. Yoqasida porloq yashil bir hiloli bo‘lgan moviy kostyum-shim kiyib olgan. Sochlarini qisqagina qilib kesgan, soqol ham qo‘ygan. Hayron turganimni ko‘rib:
- Hech Afg‘onistonda bo‘lganmisiz? - dedi qo‘l siqisharkan.
- Yo‘q, doktor Matriks, - dedim kulimsirab.
- Menga Matriks o‘rniga Abdulloh Yosin, deya xitob etsangiz, yanada xursand bo‘laman, - dedi.
Xayolimga kelmagan holatdan hayratga tushib, yoiimdagi kursiga cho‘kdim.
- Xudo xayringizni bersin, tushuntirib bersangaz-chi, nimalar bo‘lyapti o‘zi? - dedim.
- Musulmon bo‘ldik, - dedi.
- Mayli... Lekin nima uchun? Avval dinsiz edingizmi?


- Yo‘q, ammo endi haqiqiysini va Alloh (J.J.) nazdida yagona bo‘lganini topdik.
Sabablarini so‘radim.
- Islomiyatni qabul qilish uchun har kimga turli narsa sabab bo‘lishi mumkin. Biroq kaminaning bu sharafga noil bo‘lishim o‘zgacha kechdi. Matematika bilan shug‘ullanuvchi olim bo‘lganim uchun, Islomiyatga shu tomondan intisob etdim. Ya’ni, kaminani musulmon qilgan omil Qur’ondagi sonlarning sirlaridir.
Quloqlarim guvillar va miyam lo‘qillar edi. Biroq Oyishaning sotuvchi bola yonida aytgan so‘zlarining ma’nosini endi tushundim.
Matriks so‘zida davom etdi:
- Barcha xususiyatlari qatori, Qur’on bu jihatdan ham mo‘‘jizadir va bu mo‘‘jiza boshidan oxirigacha davom etadi. Kitob javonidan bir kitob oldi. - Bu kitob Qur’on ustida o‘tkazilgan o‘ta hassos bir tadqiqotdir. Amriqoda bioximiya sohasida doktorligini himoya qilgan Kxalifu ismli bir misrlik olim yozgan va 1972 yilda Amriqoda xususiy tarzda nashr ettirgan, - dedi.
Kitobni uzatdi, oldim. Men varaqlayotgan chog‘imda, u:
- Ko‘rib turganingdek, Qur’ondagi sonlarning sirlaridan bahs etadi, - dedi. - Faqat kitoblar yordamida tushuntira olish mumkin buni.
- Bir misol keltira olasanmi? ~ dedim.
- Albatta, - dedi. - Faqat, sen yana bir oz ko‘zdan kechirib tur, men namozimni o‘qib olay.
- Bu tag‘in nimasi?
- Namoz bizlarni Robbimiz huzuriga olib boruvchi eng qisqa yo‘ldir, - deya yonidagi tortmadan kichik bir gilam chiqardi: - Buning nur tezligida uchadigan bir gilam ekanligini bilasanmi?
- Bugun shuncha narsani bildimki, bunisidan ham hayron bo‘lmayman, - dedim.
- Bu joynamozdir, - dedi Matriks. - Robbimizning huzuriga chiqish uchun buning ustiga turib, "žAllohu akbar" deyish kifoya, bir zumda dunyodan ayriyaib, huzuriga qovushasan.
Shippaklarini yechib, joynamozga turib, bir ozdan keyin Makkaga tomon sajda qildi.
Abdulloh namoz o‘qirkan, bir unga, bir qo‘limdagi kitobga qarardim. U hech bir narsaga chalg‘imay hamon sajda qilar, ora-sira tik turib, takror boshlar edi. Namozini tugatgach, qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, bir muddat shunday o‘tirdi, so‘ngra turib yonimga keldi.
- Qaerini tushuntirib berishimni xoxlaysan? - deb so‘radi.
Kitobni ochib:
- Shu yerni tushuntirsangiz yomon bo‘lmasdi har holda, - dedim.
- Kitob muallifi bu o‘rinda "ž19" raqamining Qur’ondagi sirlari ustida fikr yuritadi, - deya anglata boshladi. - Qur’ondagi suralar soni 114 tadir, ya’ni, 6 ta 19 dir. Bir suradan boshqa hammasini ochguvchi mashhur "žBismilloh..." oyati ham 19 harfdan iborat. "žBismilloh..."ning ilk kalimasi bo‘lmish "žISM" lafzi Qur’onda 19 marta keladi. Ikkinchi kalima "žALLOH" esa, 2698 marta uchraydiki, bu xam 19 ga qoldiqsiz bo‘linadi va 142 ga tengdir. Uchinchi kalima bo‘lmish "žar-ROHMAN" 57 daf’a zikr etiladiki, u ham 19 ning 3 ga ko‘paytmasiga tengdir. Oxirgi kalima "žar-ROHIYM" esa, 114 bor zikr etiladi. Va u ham 19 ning 6 barobaridir.
- Haqiqatan juda qiziq, - dedim. So‘zimni tugatar-tugatmasimdanoq, u davom etdi: - "ž19" sonining sirlari shular bilangina tugamaydi. Ma’lumki, Qur’oni karimning ayrim suralari harflar (muqataot) bilan boshlangan. Har bir shunday suralarda ham bu favqulodda va hayratlanarli model-ning aynisini uchratasan. Ya’ni, bu boshlangich harflarning o‘sha suradagi soni sanalsa, har safar bu miqdor istisnosiz 19 ning ko‘paytmasi bo‘lib chiqadiz.
Shu damgacha nihoyatda yumshoq bo‘lgan ovozi borgan sayin yo‘g‘onlasha boshladi.
- Tushunilishi favqulodda qiyin bo‘lgan bu matematik sistemani ijod etishga Asri Saodatda kimning kuchi va vaqti bor edi?! - dedi. - Tarixning eng band insoni bo‘lmish Muhammad alayhissalomning emas, albatta. Agar masxara qiluvchilar va orsizlar hali ham Muhammad (s.a.v.)ning qum ostiga saqlaganlari komputer vositasida Qur’onni 19 soni ustiga qurilgan, o‘zaro o‘tuvchan bir sistema o‘laroq programmalashtirganlariga bizni ishontirmoqchi bo‘lishsa, men o‘z etim va suyaklarim bilan ularga qarshi chiqaman.
Abdulloh Yosin men borligimki unutgan edi go‘yo. Menga bir qarab ovozini yumshatib, o‘rindiqqa o‘tirdi.
- Qur’onda bunday bir inja sistemaiing maydonga kelishi, ya’ni, bunday hodisaning tasodif bo‘lish ehtimoli qanchalik, bilasizmi? - deb so‘radi.
Qisqagina qilib "žYo‘q", dedim.
- Elektron miyaning bergan javobiga ko‘ra, bu ehtimol 626 sentillioidan 1 dir. Ya’ni, raqam bilan ifoda etilsa, Qur’ondagi bu sistemaning tasodifan bo‘lishi 626* 10(24 daraja) = 626.000.000.000.000.000.000.000.000 dan bir ehtimoldir. Buning ustiga, 19 tub sondir. 9 va 10 raqamlari ilk darajalarining yigindisi ikkinchi darajalarining farqidir. Bundan tashqari, Qur’ondagi sonlar yashirin, sirli bir shifrdir. Kelajakka doir bir qancha ishoratlarni ulardan tushunib olsa bo‘ladi.
Men hayron edim. Holatimni ko‘rib, u bunday dedi:
- Kitobning eng tushunarli joylaridai birini ochibsan. Agar emirp va nonemirplarni ham bilsang edi...
- Men sizlar kabi iumerolog (sonlar bilan shug‘ullanuvchi olim) emasman, - dedim. - Ammo bilganimda nima bo‘lardi?
- Agar bilsayding va bu kitobni bir oz mutoala qilsayding bomdod namozini birga o‘qigan bo‘lardik. Islomiyatni qabul qilishing uchun 10-15 sahifa o‘qishing kifoya.
- Agar yana ozgina uxlamay o‘tirsam, haqiqatda sening aytganing bo‘ladi, shekilli o‘zi, - dedim olimga.
Hanuz Islomiyatni qabul qilganimcha yo‘q. Ammo doktor Abdulloh Yosiini ko‘rganimdan va uning hayajonli nutqini tinglaganimdan keyin his etdimki, Islomiyatni tadqiq qilishimga hojat qolmagan edi.
(Martin Gardner)

Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Sentyabr 2009, 06:39:47
Qabr azobi!

Toshkent shahri imomlardan biri hikoya qiladi: Har doimgidek peshin namozini o'z vaqtida o'qib bo'lgach janoza namozini o'qishga tayorgarlik ko'rildi.
 Mayit mening yaqin insonlarimdan birini farzanddi bo'lganligi bois, uni ko'mish marosimida ham qatnashdim. Mayitni qabr tepasiga olib kelishdi.
 SHu payt go'rkov meni bir chetga chaqirib qoldi. Kechirasiz, men sizga hozir bir narsa aytaman faqat buni mayitning otasi eshitmasin. U shunday dediyu men pastga lahat ichiga tushishimni taklif qildi. O'lik qo'yiladigan qil honaga tushdim u yerda 2 ta katta ilon o'rmalab yurardi.
 Shunda gap nima haqda ketayotganini anglab yetdim. Yuqoriga chiqdim o'likning otasini bir chetga chaqirib o'g'lini qabrga o'zim qo'yishimga ruhsat oldim. Bolasining vafotidan hali o'ziga kela olmagan ota rozi bo'ldi. Lekin hali nima voqea bo'lganini bilmasdi.
Qabr ichiga tushdim va ilonlarga qarata shunday dedim: "Bilaman sizlar Alloh taoloning amri bilan kelgansiz, bilaman hozir sizlar mayitni azoblaysizlar, bilaman bunga hech kim va hech qachon to'sqinlik qila olmaydi va yana shuni bilamanki sizlar Alloh nomini o'rtaga qo'yib so'ralgan narsaga to'sqinlik qilmaysizlar. Iltimos dedim ilonlarga qarata men hozir mayitni qabrga qo'ymoqchiman uni yerga qo'yganimdan keyin nima qilselayam o'zinggiz bilasiz. Lekin iltimos qo'yib olgunumcha bu yerni bo'shatib tursangizlar". Shu payt qiziq hodisa yuz berdi. Ilonlar mening ko'zim ilg'amagan oyog'im yonida turgan bir teshikga kira boshlashdi. Oyog'imni biroz buyoqroqga tortmoqchi edim.
 Kutilmaganda teshikka butunlay kirishga ulgurmagan ikkinchi ilonni dumi oyoq kiyimmimga tegib ketti. Daxshat garchi ozgina silab qo'ygan bo'lsa hamki, bu ilonning dumi butun badanimga og'riq sochib yubordi. Biroz turib qoldim chunki oyog'im birdaniga muzlab qolgandi. Joyidan ko'tarilmasdi, Subhanalloh azob beruvchi mahluqotlarninh silab o'tib ketganlari shu bo'sa, birozdan so'ng qabrga qo'yiladigan yigitning ahvoli qanday bo'ladi. Hayolimga kelgan fikrdan seskanib kettim. Oyog'imni bir ammalab ko'tarib tashqariga chiqdim.
 O'likning yoniga keldim ko'zimning yoshini otadan oyog'im og'riyotganini to'planganlardan bekitishga urundim. Eng daxshatli tomoni hozirgina bu dunyoga tegishli bo'lmagan azobni tortganim uchun qabr ichiga tushgim yo'q edi. Ammo mayitning otasiga vada berib qo'yganim bois noiloj o'likni yerga qo'yib chiqdim. Chiqayotganimda yurak betlab qabr ichiga bir qaradim. Ilon shaklida kelgan azob farishtalari o'z joylariga chiqishga ulgurib bo'lgandi. 35 yoshli yigitni ko'mdik. Keyin uning tanishlaridan amallab surishtirdimki malum bo'lishicha yigit tirikligida odamlarni aldab pullarni talon taroj qilishni kasb qilib olgan ekan.  
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 05 Sentyabr 2009, 07:43:34
Musulmonlar taqvim kitobchasi bo'lardi oldin.
Shuniyam ko'p ko'rishdi...

Endigina namoz, hijobni tushungan vaqtlarim edi...
Shu taqvimchada bir hikoyani o'qigandim.
Keyinchalik adashmasam Hayrulloh Hamidov ham o'z dasturlarida bu hikoyani gapirgandilar.
Manga juda ta'sir qilgan.

Bo'lgan voqea.
Bir qiz avtohalokat sababli olamdan ko'z yumadi.
Mayyitni yuvmoqchi bo'lganlarida undan judayam shirin mushk hididi taralib butun xonani egallaydi.
Keyin surishtirishsa shu qiz 14 yoshidan beri Allohga itoatda yurib, namozlarini o'z vaqtida o'qir, har dushanba payshanba kunlari nafl ro'za tutar, hammaga go'zal muomilada bo'larkan.
Sinfdoshlari ham u haqida ijobiy fikr bildirishibdi.

Yana bir qiz ham avtohlokatda bu olamdan ko'z yumadi.
Yuqoridagi voqeadagidan tamoman aksi, bu qiz tez orada, ko'karib ko'zlari olayib qoladi.
Juda hunuk xolatda bo'ladi.
Shu voqega guvoh bo'lgan inson aytadi: "Men bu qizning hayotini yaqinlaridan so'rashga qo'rqdim.
Bu holatni yaqinlari ko'rsa chiday olmaydi.
Allohdan hammaga hayrli oqibat tilayman".
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 06 Sentyabr 2009, 07:33:10
Musulmonlar taqvim kitobchasi bo'lardi oldin.
Shuniyam ko'p ko'rishdi...

Endigina namoz, hijobni tushungan vaqtlarim edi...
Shu taqvimchada bir hikoyani o'qigandim.
Keyinchalik adashmasam Hayrulloh Hamidov ham o'z dasturlarida bu hikoyani gapirgandilar.
Manga juda ta'sir qilgan.

Bo'lgan voqea.
Bir qiz avtohalokat sababli olamdan ko'z yumadi.
Mayyitni yuvmoqchi bo'lganlarida undan judayam shirin mushk hididi taralib butun xonani egallaydi.
Keyin surishtirishsa shu qiz 14 yoshidan beri Allohga itoatda yurib, namozlarini o'z vaqtida o'qir, har dushanba payshanba kunlari nafl ro'za tutar, hammaga go'zal muomilada bo'larkan.
Sinfdoshlari ham u haqida ijobiy fikr bildirishibdi.

Yana bir qiz ham avtohlokatda bu olamdan ko'z yumadi.
Yuqoridagi voqeadagidan tamoman aksi, bu qiz tez orada, ko'karib ko'zlari olayib qoladi.
Juda hunuk xolatda bo'ladi.
Shu voqega guvoh bo'lgan inson aytadi: "Men bu qizning hayotini yaqinlaridan so'rashga qo'rqdim.
Bu holatni yaqinlari ko'rsa chiday olmaydi.
Allohdan hammaga hayrli oqibat tilayman".

Nimaga musulmonlar taqvim kitobchasi bo'lardi deyabsiz hoziram boru musulmonlar taqvim kitobchasi faqat nomi boshqa holos
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: IXLOS 06 Sentyabr 2009, 14:18:22
                                                       HAYRAT.

"Ey Odam farzandi! Kishi o'limga iymon keltirib, yana qanday xursand bo'layotganidan
ajablandim. Hisob-kitob bo'lishiga iymon keltirib, mol-dunyo to'playotganiga ajablandim.
Oxiratga iymon keltirib, nechuk rohatlanayotganiga ajablandim. Dunyo va uning zavoliga
ishonib, nechuk unga xotirjam bo'layotganiga ajablandim. Tilida olim, qalbda johil kishidan
ajablandim. Suv bilan o'zini poklasa ham, qalbi poklanmagan kishidan ajablandim.
Odamlarning ayblari bilan mashg'ul bo'lib, o'zining ayblaridan g'ofil qolgan kishidan
ajablandim. Alloh taolo kuzatib turganini bilgan holda yana qanday Unga osiylik qilayotgan
kishiga ajablandim. O'zining yakka holda o'lishini, yakka holda qabrga kirishini, yakka holda
hisob-kitob qilinishini bilaturib, (nechuk Parvardigoridan o'zgani do'st tutgan kishidan
ajablandim). Haqiqatan Mendan o'zga iloh yo'q. Albatta Muhammad (alayhissalom) Mening
bandam va rasulimdir".
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: IXLOS 06 Sentyabr 2009, 14:24:23
                                          QATTIQ QALBGA NASIHAT BEKOR.

"Ey Odam farzandi! Maxluqlarni la'natlamang, la'nat o'zingizga qaytadi.
Ey Odam farzandi! Osmon Ismlarimdan biri sababli havoda ustunsiz tik turibdi. Ammo
qalblaringiz esa Kitobimdagi mingta va'z-nasihatim bilan ham to'g'ri emas! Ey insonlar! Tosh
suvda yumshamaganidek, va'z ham qattiq qalbga ta'sirini o'tkaza olmaydi.
Ey Odam farzandi! Sizlar Allohning bandasi ekaningizga guvohlik berib, keyin yana
qanday Unga osiylik qilasiz? Ulimni haq deb gumon qilasiz-u, yana uni qanday yomon ko'rasiz?
Bilmagan narsangizni tillaringiz bilan gapirasiz, Allohning nazdida ulug' bo'lgan narsani
arzimas sanaysiz".


HADISI QUDSIYDAN
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 06 Sentyabr 2009, 17:09:20

Nimaga musulmonlar taqvim kitobchasi bo'lardi deyabsiz hoziram boru musulmonlar taqvim kitobchasi faqat nomi boshqa holos

Qaysi taqvimni nazarda tutayabsiz bilmadimu?,

lekin nomiyam boshqa, ichi ham boshqa bo'b ketgan xozirgi taqvimlarni.
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 06 Sentyabr 2009, 17:12:06

Nimaga musulmonlar taqvim kitobchasi bo'lardi deyabsiz hoziram boru musulmonlar taqvim kitobchasi faqat nomi boshqa holos

Qaysi taqvimni nazarda tutayabsiz bilmadimu?,

lekin nomiyam boshqa, ichi ham boshqa bo'b ketgan xozirgi taqvimlarni.


buni bilaman o'zim ham ko'p solishtirganman ilgaritdan uyga musulmonlar taqvim kitobini olib kelardim keyin yo'q bo'lib ketibdi. Hozirda man olib turgan taqvim IRFON taqvimi musulmonlar taqvim kitobidan hech qanaqa farqi yo'q
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Mahdiyah 06 Sentyabr 2009, 17:24:22
Adashtiz juda farqi kooooooooooooooottttaaaaaaaa.

Endi kimga qanaqa? yana bilmadim...
Lekin eski taqvimni rosa sog'indim.
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Hadija 07 Sentyabr 2009, 14:16:11
SO’NGGI O’G’RILIK
Ixlos — Xalqning rioyasini qilishdan saqlanish. 
                                                                             Rostgo’ylik esa nafsga itoat etishdan omonda bo’lishdir.
                                                                             Ixlosli kishida riyo bo’lmaydi, rostgo’yda mag’rurlanish.
                                                                                                     
Abu Ali Daxqoq

Mirolim bilan tanishuvim juda qiziq bo’lgan. Qanday tanishganimizni ikkimizdan boshqa hech kim bilmasdi. Lekin endi men hamma bilishini istayman. Garchi bu bilan o’zimning gunoh ishlarim ochilsa-da, uyalmayman. Chunki hozir hammasi ortda qoldi"¦
***
Navbatdagi mo’ljalim — Mirobod tumanidagi "œbankovskiy dom"lardan biri edi. Boshqalardan farqim — men "œov"ga kunduzi chiqaman. Qulay tomoni ko’p. Birinchidan, kunduz kuni odatda shaharliklarning hammasi ishda bo’ladi. Ayni peshin paytlari "œdom"larning oldida odam tugul pashsha ham bo’lmaydi. Keyin aksariyat kasbdoshlarim kechqurun "œishlagani" uchun kunduzi odamlar hushyorligini yo’qotadi. Shuning uchun men hamkasblarimga zid ravishda kunduzi "œishlayman". Hali biror marta ishkal qilganim yo’q. Balki mana shu voqeani sabab qilib, Alloh meni omon saqlab kelgandir"¦
Xullas, o’sha kuni hamma havas bilan boqadigan "œdom"ga keldim. Qaysi uyda kim yashashi, shart-sharoiti, foyda-zarari"¦ hammasini o’rganganman. O’zim ko’zlagan uyga yaqinlashdim. Eshikni ochishim qiyin bo’lmadi. Tashqaridan o’rnatilgan temir eshikning faqat bitta "œzamog"i qulflangan ekan. Ichkaridagi naqshinkor taxta eshik ochiq. Ajablanmadim. Chunki ko’pchilik ishga shoshayotib eshigining hamma qulfini yopib o’tirmaydi. Bemalol ichkariladim. Keng, hashamatli yo’lakdan o’tib, to’g’ridagi xonaga kirdim. Kirdim-u"¦
To’g’risi, o’g’rilikka kirgan odamni hamma narsa kutishi mumkin. Ammo bunaqasi"¦ Ko’z oldimga besh yil oldin, o’lim to’shagida yotgan dadam keldi. Xona to’ridagi karavotda rangi sap-sariq, ozg’in, ammo qorni do’mbiraday shishib ketgan yoshgina yigit yotardi. U yonidagi xontaxtaga cho’zilar, qorni xalaqit berib, piyolani olomasdi. Yuragim orqaga tortib ketdi"¦
Dadam jigar sirrozi bilan og’rib, bir oyda o’lib qolgandi. O’shanda u kishining ham ko’rinishi shunday edi. Oilada to’ng’ich farzand bo’lganim uchun hamma yuk mening zimmamda, onam sho’rlik o’zini yo’qotib qo’ygandi. Shular yodimga tushib, xayolim qochdimi yoki o’ta rahimdilligim sababmi, yugurib borib, piyolani yigitning qo’liga tutqazdim. U yuzimga ajablanib qaradi. Shundan so’ng o’zim ham taxtadek qotdim. Nima deyman, axir? Biror tashkilotdan keldim, desam, eshikni o’zimning kalitim bilan ochdim. Eshik ochiq ekan, desam, qo’limda rezina qo’lqop! Bir lahzada hamma ko’chaga kirib chiqdim: "œyigitni o’ldirib gunohga botdim, qo’lga tushib, qamaldim, onam o’g’riligimni bilib, hushini yo’qotdi"¦"
Yaxshisi, tan olaman, deb turgandim, yigit meni hayron qoldirdi.
-   rahmat, o’tiring! Rosa chanqab ketdim"¦ - u shunday deya piyoladagi suvni og’ziga olib, yonidagi idishga qaytarib tufladi.
-   Suv ichish mumkinmasmi? — o’zim bilmagan holda savol berdim.
-   Ro’zadorman"¦ Chanqoqqa chidolmay, og’zimni chaydim. Qurib ketyapti"¦
Battar hayratga tushdim. Men gumroh Ramazon oyi kirib kelganini ham unutib yuborgan ekanman.
-   shu holingda ro’za tutishga balo bormi? — tilimdan beixtiyor shu so’z uchdi.
-   Shifo toparman, degan umidda tutayapman. Uydagilar qarshi"¦ Ammo men oyoq tirab turib oldim. Dori-ukollarni ham kechqurun, iftordan keyin olyapman. Jigarni yuvadigan, tozalaydigan, baquvvat qiladigan o’t-o’lan-u, meva-sabzavotlarni yeyapman"¦
-   Sen parhez qilib, tez hazm bo’ladigan ovqat yeyishing kerak, - negadir uni "œsen"lab gapirdim. —Menimcha, och o’tirish senga mumkin emas"¦
-   Do’xtirmisiz, desam"¦
-   Uning ovozi ohangida "œo’g’riligingiz ma’lum-u, buni qayerdan bilasiz", degan ma’no zohir edi.
-   Ko’rmayapsanmi? — qo’llarimdagi rezina qo’lqopga ishora qildim. —Xirurgman. Bir "œoperasiya"ni amalgam oshirgani kelgandim"¦
-   Ha-a-a, men xalaqit berdim, to’g’rimi? "œOperasiya"ngizni davom ettiravering, indamayman. Sizni ko’rganim yo’q. uxlayotganimda kirib-chiqqansiz"¦ -u endi jiddiy gapirayotgandi.
-   Qo’ysang-chi! Hammasini rasvo qilding-ku! — dedim kulib. Keyin piyolaga ishora qildim. — Yaxshisi, suvdan ich! O’zingni qiynab nima qilasan? Joning shundoq ham azobda-ku!
-   Hech qayerim og’riyotgani yo’q"¦
-   Jigaringmi?
-   Ha, sirroz! Uch kun bo’ldi, uyga javob berib yuborishdi. Menimcha, ota-onamga umid yo’q, deyishgan, - uning ko’zlariga yosh to’ldi. — Ammo men yengilmoqchi emasman! Yashagim kelyapti"¦ O’sha kuni keliboq internet titkiladim. Qiziq ma’lumotlar to’pdim. Amerikalik Pol Bregg o’zining ellik yillik shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, "œMo’jizakor ochlik" degan kitob yozibdi. Unda yozilishicha, inson sog’-salomat bo’lay desa, ro’za tutishi zarur ekan. Yana payg’ambarimiz ham "œRo’za tutinglar, salomat bo’lasizlar", degan ekanlar. Eng ajablanarlisi, mutaxasislarning aytishicha, kishi sog’-salomat yurishi uchun yiliga 28-32 kun ixtiyoriy och qolishi lozim ekan. Alloh taolo esa bu muddatning o’rtachasi 30 kun — Ramazonni biz musulmonlarga bundan XV asr ilgari farz ibodati qilib qo’ygan.
-   Uka, bularni kasal bo’lmasdan oldin qilish kerakdir-da! — dedim achinib.
-   Yo’q. Ibn Sino ham kasallarni ochlik bilan davolagan. Yana Suriya bosh muftiysi Shayx Ahmad Kuftaru ham ro’za bilan davolab dong taratgan. Mashhur bokschi Muhammad Ali ham shu kishining qo’lida shifo topibdi. U o’zini davolatish uchun 30 million dollar sarflagan, ammo biror natijaga erishmagan. Yigirma kunlik ochlikdan so’ng shifo topgan. Shuning uchun ham kechadan buyon ro’za tutyapman.
-   Mening dadam ham shu kasal bilan og’rigandi"¦
-   Davomini aytmay qo’ya qoling"¦ Yaxshisi, menga yordamlashing, vannaga kirishim kerak
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Hadija 07 Sentyabr 2009, 14:20:46
Uni suyab, zo’rg’a turg’azdim. Vannaga yetguncha toliqib, tik turgancha menga osilib qoldi. Og’irligidan yerga kirib ketsam kerak, deb o’yladim. Nazarimda qornida qat-qat tosh yig’ilgandek"¦
-   bu azobga chidagandan ko’ra, o’lib qo’ya qolgani yaxshi"¦ - dedi u hars-hars nafas olarkan. — lekin odamzotning o’lgisi kelmas ekan-da! Mening ham o’lgim kelmayapti. Axir endigina yigirmaga kirdim. Hali birorta qizning qo’lini ham ushlaganim yo’q. darding qiz bo’lmay o’l, deng! Hazil-da"¦
Unga rahmim keldi. Dast ko’tarib, vannaga olib kirdim peshanasidagi qatra-qatra ter qoshi bo’ylab, ko’ziga tusha boshlagandi. O’sha yerdagi sochiqni olib artdim.
-   Rahmat! Suvni "œnormalniy" qilib ochib bering. Ketib qolmang. Shu yerda turing"¦
-   Shu holingda cho’milmoqchimisan? Men seni cho’miltirishga kelganim yo’q! — o’zimcha ko’nglini ko’tarmoqchi bo’lib hazil qildim.
-   Zato, sizni menga Xudo yuborgan. Peshin namozini o’qishni niyat qilib o’tirgan edim. Biror kimning yordamisiz o’qiy olmayman. Shunday ekan, qolishga majbursiz"¦
-   Ja-a-a, qiziq ekansan-ku! Zo’rg’a yuribsan-u, namoz o’qiganingga o’laymi?
-   E-e-e, aka"¦ mening o’rnimda bo’lganingizda, o’limingiz naqd bo’lganda qay holga tushardingiz? Odamzotga umid degan bir tuyg’u berilganki, joningiz bo’g’zingizda tursa ham sizni tark etmaydi. Tuzalin ketarman, deb umid qilasiz. Ko’p emas, Alloh menga uch-to’rt yil umr bersin, uylanay, bola-chaqa ko’ray"¦ Umr bermasa ham mayli, dinsiz ketmasam bo’ldi"¦
Gaplaridan larzaga tushdim. Tahorat olishida yordamlashi, yana karavotiga olib keldim.
-   Joynamozimiz ham yo’q. O’zi namozni ham shifoxonada bir chol o’rgatdi. Savobga qoldi, lekin"¦ Shu paytgacha qunt qilmadim. Bugun negadir o’qisammi, deb o’tirgandim. Mana bu uyga kiring, choyshablar bor. Birortasini olib chiqsangiz joynamoz qilamiz"¦
Men so’zsiz unga itoat etayotgandim. Indamay u ko’rsatgan xonaga yo’naldim. U ortimdan baqirdi:
-   Atrofga yaxshilab qarang, balki siz "œoperasiya" qilishga arzigulik narsa chiqib qolar"¦ Men namoz o’qiyotganimda bekor o’tirmaysiz"¦
-   Bugungi "œoperasiya"m sen ekansan, - dedim men ham bo’sh kelmay.
-   Birinchi namoz o’qishim. Adashsam, kulmang yana"¦ - dedi u choyshabni erga to’shayotganimda. — Harakatlarini yaxshi bilaman. Siz yonimda turing, ruku, sajda qilayotganimda yordamlashasiz"¦
Uni tirsagidan ushlab endi turg’azayotgandim, eshik ochilib, o’rta yoshli chiroyli ayol kirib keldi. Shoshib qoldim. Erga qarab salom berdim. Ayol alik olgach, o’g’liga yuzlandi:
-   Doring bu o’rtadagi "œapteka"larda yo’q ekan. Izlab-izlab ikki bekat nariga ketib qolibman, - ayol shunday deya qo’lidagi kalitga ishora qildi. — Eshik ochiq qolgan ekanmi?
Yuragim "œshuv" etdi. Yaxshiyam boya qo’lqopimni yechib qo’ygan ekanman.
-   O’rtog’imning kelganini sezgan ekansiz-da, oyi. Siz ketdingiz, u keldi, - u bor og’irligini menga tashlab, onasiga qaradi. — Kasalligimni eshitib kelibdi.
-   Voy, o’zim aylanay sizdan. Ilgari ko’rmagan ekanman-da, tanimadim. O’g’limni siylab kelibsiz, rahmat! Ismingiz nima, o’g’lim?
Nima deyishni bilmay qoldim. U o’rnimga javob berdi:
-   Ismi — o’g’ri!
Dahshatga tushdim. Yuragim dukullab ura boshladi. Ablah! Kasal bo’lsa ham pishiq ekan. Yaramas! Ana, endi qo’lga tushdim. Igna olmay turib, qamalaman! Kallasini ishlaganini qarang! Mening rahmimni keltirib, onasi kelguncha ushlab turdi-ya, ayyor! Boya o’zi oladiganimni olib, ketishim kerak edi"¦ Shu o’yda uni itara solib qochmoqchi bo’ldim. Ammo"¦
-   Hazillashdim, oyi"¦ Laqabi — O’g’ri! Ismingizni ayting, oyim siz bilan tanishmoqchi, - meni turtdi.
***
O’sha kuni ularnikida kechgacha qolib ketdim. Mirolim oilada katta farzand ekan. Biznes bilan shug’ullanib, kasalini o’tkazib yuboribdi. Otasining yordami bilan beshta do’konni yurg’izayotgan ekan.
-   Vaqtingiz bo’lsa ertaga ham keling. Oyim to’yga ketadi. Ikkalamiz o’tiribmizda! — dedi u ketayotganimda.
Qaytib qadamimni ham bosmoqchi emasdim. Lekin uning iltijoli nigohi ko’z oldimdan ketmadi. Onasi menga ishonib to’yga ketgan bo’lsa, qiynalib yotgandir? Shuni o’ylab yana uyiga bordim. To’g’rirog’i, Ramazon oyi o’tguncha borib turdim. Chunki, meni bu yerga hayrat va qiziqish boshlab kelardi. U ko’z o’ngimda sog’ayib borardi. Rost! Ro’za oxirida uning qornidagi shish ancha qaytdi. O’zi turib-o’tiradigan bo’ldi"¦ Xursandchiligidan o’zini qo’yarga joy topolmasdim.
-   Qara-ya, qizlarning qo’lini ushlaydigan bo’lding, - dedim hazillashib.
-   XXXudoga shukr! Alloh ikkalamizni bir-birimizga sababchi qildi, - dedi u quvonchini yashirolmay. — Nega "œoperasiya" bilan shug’ullanishingizni, qanday qilib bu yo’lga kirib qolganingizni surishtirmayman. Buni ikkalamiz ham unutamiz. Yotib qolishimdan oldin bitta do’konimizni "œremont" qilishga topshirgandim. O’shani sizga beraman. Birga ishlaymiz. Nima dedingiz?
Men jon-jon deb rozi bo’ldim"¦
                                                           
Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga amal qilishga undaydi,
                                                                            narsa haqida o’ylash undan qochishga undaydi. /i]
 
                                                                                                 
Abdulloh ibn Abu Tolib
Oisha IYMON yozdi.
"œDarakchi" gazetasidan.
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Abdumuhaymin 08 Sentyabr 2009, 00:20:10
 :bsm:
Alloh bandasiga aytdi. Agar qodir bo'lsang umringda 1 marta men uchun Haj qil qolgan umring seniki, qodir bo'lsang bisotingdan qirqdan birini zakot qil, qolgan o'ttiz toqqizi seniki, 12 oydan 1 oyini men uchun ro'za tut qolgan 11 oy seniki, har kuningdan 24 soatdan 1 soatini namozing uchun ajrat qolgani seniki.   
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Hadija 12 Sentyabr 2009, 18:27:05
Buxoriyning qabri
[/size]

As Salaamu ‘alaikum.
Afsuski, Shariatda masjid ichida qabr bo’lishligi qat’iy taaqiqlangan bo’lsa ham, yurtimizda Imom Buxoriy rahimahulloh qabrlari atrofida bir masjid qurishdi. Odamlar bu yerni ziyorat qilib Imom Buxoriy qabriga sig’inishni boshladilar.
Sufizm ta’limotlaridan biri bu mana shu kabi narsalarni qo’llashlik va uning to’g'riligini qat’iy isbotlashga urunishlik. InshaAlloh kelgusida, sufiylarning mana shu masalagi shubhalariga birma bir raddiyalar beriladi.

"O’z payg’ambarlarining qabrlarini ibodat joyi qilib olgan Yahudiy va Nasroniylarga Allohning la’nati bo’lsin" Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

(http://s40.radikal.ru/i088/0909/a9/2a3731c64b51.jpg) (http://www.radikal.ru)

Necha yillar muqaddam yashab o’tgan Buhoriy,
Koplab sahih hadisga bo’lgan edi u roviy.
Buhoroda tug’ilib, nom olgan "œImom Buhoriy,
Erta yodlab Furqonni, ham bo’lgandi u qoriy.

Zamon otdi ul zot rihlat qildi baqoga,
Ey, Voh johil vatandoshlar sajda qilmish qabriga.
Biri kelib farzand so’rar, sog’liq so’rar taniga,
Yana biri qo’y so’yadi qasam ichib qoniga.

Odamlar oqib kelar shirk urchigan makonga,
Shoshilishar masjidgamas Buhoriyning qabriga.
Har tarafdan bidat qilar tavba qilmay Allohga,
Sanab o’tsam dosh berolmam tushib telba holiga.

To’htanglar ey odamlar, so’zimga quloq tutib,
Namoz vaqti bo’lganda ketmanglar yuzni burib.
Egamning g’azabiga duchor bo’lmasdan turib,
Baloning boshlanishi orolning suvi qurib.

Yana sizga qandayin balo ofatlar kerak?
Tavhid yo’lin tanlash uchun bular bizga bir darak.
BAS! Buhoriyning qabrini qo’yinglar o’z holiga,
Shod qilay deb ruhin, qo’ymanglar azoblarga.

Qo’rqaman Allohimning g’azabi azobidan,
Duo qilib so’rayman halqimga nusratidan.
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Sentyabr 2009, 22:20:00
MOZORIM TEPASIDA QUR’ON O’QI, BOLAM
(Alloma Helliyning farzandiga qilgan vasiyatidan olingan)



Bismillohir rohmanir rohim

Aziz farzandim. Allohi Taolo seni o’z toatiga bo’yinsuyushingga yordam bersin, O’zi rozi boladigan ishlariga seni muvaffaq qilsin. Umring uzun va barakotli bo’lsin. Bilib qo’yki, men o’zimning bu “Qavoidul ahkom” kitobimda ahkomlarni sodda til bilan tushunarli qilib yozishga harakat qildim. Kitobni yozib tugatganmda men ellikdan oshib oltmish yoshni qarshillashga yuzlandim. Hazrat rasululloh (saov) aytganlaridek: Bu yoshda o’lim odamga hamla qila boshlaydi, men ham agar bu yoshda shu hujumga uchrab, umrim tugashi mumkin. Shuni hisobga olib, senga quyidagi ishlarni vasiyat qilaman:

- Allohdan taqvoda bo’l. taqvogina odamning joniga oro kiradi.

- Allohning farmonlariga itoat qil. Buyurganini bajar, qaytargan narsalaridan esa o’zingni tiygin. Nodon odamlar bilan birga o’tirishdan saqlan, chunki ulardan also naf tegmaydi. Olimlar va ahli fazilat odamlar bilan yaqin aloqada bo’lishga harakat qil, chunki ularga yaqin bo’lsang, bilmaganlaringni o’rganasan, ertangi kun ing bugungisidan yaxshiroq bo’ladi.

Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Sentyabr 2009, 22:22:13
Davomi. . .

- O’z umringni ham ilmi jihatdan va ham mahorat jihatidan kamolotga yetish yo’lida sarflagin.

- Umringning har lahzasini diniy birodarlaringga yaxshilik qilish bilan o’tkaz. Senga birortasi yomonlik qilgan bo’lsa, yaxshilik bilan qaytar. Yaxshilik qilganlarni hech vaqt yoddan chiqarma.

- Doimo sabrli bo’l, hamisha Allohga tavakkal qil. Kechqurunlari har doim o’zingni hisob-kitob qil va istigfor so’ra.

- Mazlumning ayniqsa yetim va bevalarning duoi badlaridan qo’rqqin. Chunki Xudovand ko’ngli yarim odamning qalbini ranjitganlarni kechirmaydi.

- Silai rahim ya’ni qarindosh-uruglar bilan bordi-keldi qilish esingdan chiqmasin.

- Paygambarimiz avlodlarining hurmatlarini saqlagin, zero ularni ezozlash- islom diniga kirganliging shukridir. Qur’onda aytilishicha:

قل لا اسئلكم علیه اجرا الا الموده فى القربى

Ey, Muhammad,) ayting: "Men sizlardan bu (da'vatim) uchun haq so'ramayman, faqat yaqinlarimga nisbatan muhabbatli bo’lishingizni so’rayman, xolos".(Sho’ro surasi, 23-oyat).

- Kecha namozlarini o’qishni tark qilma, zero rasululloh (saov) bunday deb marhamat qilgan edilar:

- «من ختم له بقیام اللیل ثم مات فله الجنه»؛

Ya’ni "œKecha namozlarini o’qiydiganlar vafot etgach jannat ularning nasibasi bo’lgay". Boshqa bir hadisda esa bunday degan edilar: Qiyomat kuni besh xil odamni, garchi gunohlari ko’p bo’lsa-da, shafoat qilaman. Bular: Avlodimga tarafdorlar, boy bo’lmasa-da, avlodimga yordam beruvchilar, qalbi va tili bilab avlodimga muhabbatini izhor qiluvchilar, farzandlarimga yordam beraman deb, yurtidan haydalgan yoki hijrat qilgan odamlar. Imom Sodiq (a.s) dan bunday deb naql qilinadi:

Qiyomat kunida "œJim bo’linglinglar, rasululloh suhbat qiladilar" degan nido keladi. Hamma jim bo’lib qoladi, paygambarimiz o’z ahli baytlari bilan u yarga keladilar, so’ng bunday deydilar:

Qaysi biringiz menga yaxshilik va ehson qilgan bo’lsangiz, mening oldimga kelsin.

Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Sentyabr 2009, 22:23:37
Davomi. . .

Shunda xaloyiq hayron bo’lib bunday deyishadi: Ota-onamiz sizga fido bo’lsin, ya rasululloh. Qanaqa yaxshilik, hamma yaxshilikni siz bizga qilgansiz-ku?shunda paygambarimiz: Mening farzandlarimdan birortasiga yaxshilik qilgan, ya’ni yordam bergan odam bo’lsa aytsin-deydilar. Ba’zi odamlar o’rnilaridan turib kelishadi. Shunda Allohdan nido keladi: Yo Muhammad, ularga o’zing istagan ajrni ber. Paygambarimiz usha odamlarni bir eshikdan jannatga kirishga taklif qiladilar. Usha jannat o’zlari va oilalari joylashgan yerda bo’lib,

oralarida hech qanday parda bo’lmaydi.

وسائل الشیعه، باب 17 از ابواب فعل المعروف، ح 3

- Ulamo va faqihlarning hurmatini saqla, zero rasululloh aytgan edilarki:

«من اكرم فقیها مسلما لقى الله یوم القیامه و هو عنه راض و من اهان فقیها مسلما لقى الله یوم القیامه و هو علیه غضبان»؛

Ulamolarga ehtirom ko’rsatgan odam Qiyomat kunida Allohning roziligiga uchragan holda Parvardigori bilan muloqot qiladi. Ammo din olimiga hurmatsizlik ko’rsatgan odam esa, Allohning g’azabiga uchragan holda muloqot qiladi. Shuningdek ollimning yuziga boqishning o’zi ham ibodat hisoblanadi.

Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Sentyabr 2009, 22:24:42
Oxiri.

- Diniy ilmingni oshirgin, zero diniy ilm sohiblari paygambarimiz merosxo’rlaridirlar.

- Egallagan ilmingni odamlardan darig’ tutmagin va ularni boshqalarga o’rgatgin.

- Bolam, ba’zida mening haqqimga ham duo qilib turgin.

- Gohida qilgan yaxshi amallaringning savobini menga ham bagishlab turgin.

- Meni yoddan chiqarmaginki, vafo ahli seni ko’rib bevafo hisoblamasinlar. Shuningdek haddan oshirib yubormaginki, oily himmat egalari seni notavon hisoblamasinlar. Yolg’izligingda va namozlaringdan keyin meni eslab tur.

- Mening bo’ynimdagi ahdlarimni ado etgin.

- Qodir bo’lganingcha, qabrimni ziyorat qilib tur va Qur’on o’qib tur.

- Yozyotgan kitoblarimni tugatmay turib dunyoni tark etadigan bo’lsam, oxiriga yetkazib qo’y, agar xato va kamchiliklari bo’lsa isloh qilib qo’y.

Vassalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Jalol Ahmad 16 Sentyabr 2009, 04:47:08
                                            Ният
Бир нарсани касд килишга, хохлашга ният килиш дейилади. Аллох таоло Исро сурасининг 84- оятида бундай дейди:

    (قُلْ كُلٌّ يَعْمَلُ عَلَى شَاكِلَتِهِ فَرَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَنْ هُوَ أَهْدَى سَبِيلاً) (الاسراء:84)

Маъноси: «Айтинг, хар бир киши ниятига, холатига караб амал килади. Яхши ва солих инсонлар факат Оламлар Роббиси розилигини излаб, яхши ният ила эзгули амаллар килиб ўтса, фосик ва хор бечоралар одамларнинг кўришлари учун гам чекиб, бузук нафсларининг  хохишига муносиб амаллар, маъсиятлар килиб ўтади”.  (Ас-Саъдий тафсири асосида оят баён килинди).

  عن عمر بن الخطاب رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه و سلم يقول:" إنما الأعمال بالنيات، و إنما لكل امرئ ما نوى،  فمن كانت هجرته إلى دنيا يصيبها، أو إلى امرأة ينكحها، فهجرته إلى ما هاجر إليه"                   (رواه البخاري )
Маъноси: Умар ибн Ал-Хаттобдан (Аллох бу кишидан рози булсин) ривоят килинади, айтадиларки: Расулуллох  :sw:дан эшитдим, Ул зот айтдиларки: «Амаллар факат ниятлар билан эътиборга олинади. (Хар бир кишининг факат ниятига каралади, сўнг унга мукофот ё азоб берилади.) Кимки, молу-дунё топиш учун бир юрт (Макка) дан бошка юрт (Мадина)га кўчган бўлса, уни топади ёки уйланиш максадида хотин кидириб борган булса, турмуш куради. Демак инсон нима нарса учун хижрат килган бўлса, унинг амали максадига мувофик бўлади».           
   Мазкур хадисдан шу нарса маълум бўладики, муъмин киши бир амал килишидан олдин, унинг хукми тўгрисида билим хосил килиши лозим. Шундан кейин ният килиб уни амалга оширади. Билмасдан туриб амал килиши тўгри эмас. Шунинг учун хам мажнуннинг амали кабул бўлмайди. Сабаби, у билмасдан ва фахмламасдан амал килади. Шундай экан, инсон билмаган нарсасига хам ният килиши тугри эмас. (Фатхул-Борий асосида).

   Ибни Можа Жобир ибн Абдуллох  :ra:дан ривоят килади, Расулуллох  :sw:бундай дейдилар:

       " يحشر الناس على نياتهم "       (رواه ابن ماجه)

Маъноси: “ Одамлар Киёмат кунида ниятларига караб тирилади”.
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Jalol Ahmad 16 Sentyabr 2009, 04:55:15
  Юкоридаги маълумотлардан нистнинг качалик ахамити улуг сканлиги маълум бслди. Зеро, нист хакидаги Умар :ra:   нинг юкорида стган хадисини Ахмад ибн Ханбал  Ислом асосларининг учдан бири деб бахолаган.

 (فَمَنْ كَانَ يَرْجُوا لِقَاءَ رَبِّهِ فَلْيَعْمَلْ عَمَلاً صَالِحاً وَلا يُشْرِكْ بِعِبَادَةِ رَبِّهِ أَحَداً) (الكهف:110)

Маъноси: "œКимда ким А оббиси билан учрашишни, Ул зотдан мукофот олишни умид килган бслса, Аллох :jl:нинг шариатига мувофик келадиган солих амал килсин ва А оббисига ибодат килишида бирор кимсани шерик килмасин, (съни ибодатини одамларга ксрсатишни нист килмасин).

   Мана шу остга ксра Аллох  :jl: хузурида ибодатнинг кабул булишида иккита шарт бор:       
 1. Факат Аллохнинг розилигини нист килиш.
 2. Шариатга буйин сгиб, Куръон ва суннатга мувофик амал килиш
Nom: Re: Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!
Yuborildi: Best friend 30 May 2011, 22:27:59
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Alloh bandani qalbini islomga burib qo’ymasa boshqalarni qo’lidan hech nima kelmaydi, xuddi shunday agar Alloh bandaning qalbini dinga moyil qilsa ham boshqalar nima desa ham (avval bu inson dunyodagi eng yomon inson bo’lgan bo’lsa ham) baribir DINga qaytadi, Allohni deydi, Rasulini deydi va ularni tanishga harakat qiladi.
Lekin mo’min mo’minning ko’zgusidir.
Bir birimizga amri-ma’ruf, nahiy-munkar qilmasak mo’minmiz deya da’vo qilishimiz notog’ri.
Kelin birodarlar bu mavzuda bir-birimizni Haq yo’lida yurishimizga sabab bo’lgan voqealarni joylaymiz. Shu bilan birga adashgan birodarlarimizni ham tog’ri yo’lga boshlaylik. Alloh Qodir Zot! Balki qaysidur bir birodarimiz biz sabab namoz boshlasa, biz sabab hijob o’rasa, biz sabab tazyiqlar bo’lsa ham hijobini yechmasa, biz sabab ilmga intilsa, biz sabab ko’p hayrli ishlarga urinsa.
BUNDAN KATTA MUKOFAT BORMI?

Assalomu alaykum.
Bu mavzu meni o'ziga tortdi. Ayniqsa Mahdiya opaning qanday namoz boshlagani va qanday qilib hijobga kirganlari ta'sirlantirdi.
 Menga Alloh va rasulini sevdirgan oyim bo'ladilar. Onam hattoki meni tug'ishidan avval tug'uruqxonaga chiqib ketayotganda ham namozini o'qib keyin chiqib ketgan ekanlar... Garchi yosh bolani qo'rqitib bo'lmaydi deyishsa ham, kichkina bo'lishimga qaramay onam menga qiyomat dahshatlari haqida gapirib berardilar. Har doimgidek quchog'iga boshimni qo'yib yotgandim (Shunaqa yotishni yahshi ko'rardim), onam qiyomat haqida gapirishni boshladilar: "Biz o'lib so'ng qiyomat kuni tirilganimizda, gunohlarimiz va savoblarimiz tarozuga qo'yiladi. Agar tarozuda savob ko'p chiqsa Jannatga, gunoh ko'p chiqsa Do'zaxga, ikkalasiyam teng chiqsa arosatda qolamiz", dedilar. Keyin birin ketin sharhlay boshladilar, Jannatni ta'riflagach: "Gunohlar ko'p chiqsa Do'zaxga maxkum qilinadi, otamiz Odamning a.s. oldilariga borsak ham ota onamiz aka ukamiz qaysi yaqinlarimizning oldlariga borsak ham bizga yordam bermaydi. keyin oxiri payg'ambarimiz s.a.v. oldilariga borganimizda bizni shafoat qiladilar, Allohdan kechirishini so'raydi. Keyin Do'zaxda gunohlarimizga yarasha jazo olib iymonimiz tufayli undan chiqib Jannatga kiramiz", deganlarida payg;ambarimizga s.a.v. nisbatan muhabbat paydo bo'lgan to'g'risi. keyin Allohga ishonmaganlar Do'zaxdan chiqa olmasliklari haqida gapirganlar. Do'zaxni o'ylab rosa qo'rqsamda, undan gunohlarga yarasha jazo olgandan so'ng qayta chiqishimizni o'ylab rosa quvonardim... Arosatdagilar haqida gapirganlarida Jannatga qarab ozgina yahshi amal qilganimizda mana shu yerga kirardik deb afsuslanishlarini va Do'zaxga qarab shu yoqqa kirmaganlari uchun Alloh shukr aytishlarini gapirardilar... Hullas ana shunaqa Islomni menga onam sevdirganlar.
 Aytgan gaplarini yodimda boricha yozdim... Onamdan Allohning o'zi rozi bo'lsin... Tez kunlarda onamni ham ko'raman deb umid qilaman, ularni juda sog'indim. Butun dunyodagi insonlar onamchalik mehr bera olishmaydi baribir... Faqat rasulullohnigina s.a.v. onamdan ko'proq yahshi ko'raman insoniyat ichida. men sevgan zot esa Albatta Allohdir. Ilohim ne'matlarning eng ulug'i bo'lgan iymonimizdan ayirib qo'ymasin Robbimiz.