forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: ikbaljohn 26 Avgust 2009, 03:13:41

Nom: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: ikbaljohn 26 Avgust 2009, 03:13:41
Toshkentdaligimda Shuhratdan ( Chilonzor 11dan ) Metro M.Ulug'bekdagi ishxonamga piyoda ketardim.Yo'limda bankovskiy uylardegi adreslarga qarab ketardim.Bir uyni (domni) biqiniga "Mehr ko'chasi,19-uy" deb yozib qo'yilgan.Bir tarafdan o'sha paytlarni sog'inaman,qaytish biletimga qarab qo'yaman,qaysi kuni qaytsam ekan deb o'zimcha kunlarni mo'l qo'yaman.Ikkinchi tarafdan,vatanga qaytib borsamu,Istambulni so'ginarmikinman,dengiz sohilida kechki payt semichka chaqib o'tirganlarimni  ;D sog'insam kerak deb o'ylab qolaman.Hayot yomon emas,o'zim yoqtirgan ishim bor,uyim-joyim tayin,hamkasblar yaxshi odamlar,lekin sog'inch yurak-bag'irni o'rtab yuborarkan.Ko'cha-ko'yda birorta oz'bekni uchratib qolsam,sal ko'ngil ko'tarilarmikin deb gap boshlashga harakat qilaman,lekin ular o'zlarini olib qochishga harakat qilishadi.Ba'zan o'zimdan o'zbeklarimiz chala turkchada mana bu joyga qanaqqilib borsam bo'ladi deb so'rab qolishadi ;D Manam turkcha javob beraman,ular tushunishmaydi.Shunda kulib,o'zbekcha tushuntiraman.Darrov nima ish qilishimni,qancha oylik olishimni,o'zlariga ish bor yo'qligini so'rashadi ::) Ehh devoraman ichimda.Va o'zbeklar nega mandan,yoki bir birlaridan qochishini tushinib yetganday bo'laman ;D
Neyse deyilarmidi  : )
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: mutaallimah 30 Avgust 2009, 06:49:19
 :as:

Bloglar muborak bo'lsin!
Ajoyib mavzu tanlabsiz lekin. Yana ozgina shunaqa hayotga sabr qilib tursez o'rganib ketasiz. Garantiya :D
Hatto O'zbekistonga qaytib ketgiz kelmay ham qoladi  ::)
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: Ansora 30 Avgust 2009, 13:01:42
İnson, nimaga ehtiyoji bo'lsa shu haqda gapiradi..
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: ikbaljohn 15 Sentyabr 2009, 02:39:06
:as:

Bloglar muborak bo'lsin!
Ajoyib mavzu tanlabsiz lekin. Yana ozgina shunaqa hayotga sabr qilib tursez o'rganib ketasiz. Garantiya :D
Hatto O'zbekistonga qaytib ketgiz kelmay ham qoladi  ::)
Qulluq!
Chet elda yashab ishlashiz uchun yonida yaqin insoniz bo'lsihi kerak ekan,dardlashadigan,fikr almashadigan.Bu yerga kelishdan oldin uzoq muddatga kelyapman deb o'ylagan edim,endi esa ko'zim yetmayapti.Xuddi ma'lum bir muddatga kegandekman.Inshaolloh,1 oydan keyin vatanga qaytaman,Turkiyaga qaytib kelishni o'ylasam yuragim siqilyapti.Bugun 15 kundan oshdi,ofisda faqat o'zimman,bitta o'zim ishlayapman.Ofis yutvoraman deydi.Ko'chaga chiqsam yo Batmanlik arablar,yo kurdlar,yo negrlar.Dardini ochib-sochadigan,dardlashadigan odam yo'q.Uylanib,xotinni opkemasam bo'lmaydi shekilli.
Bir hafta forumda bo'lmasam,jaa ostin-ustun qivoribsizlar.Moderatorlik tayoqcham qaniydi?
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: mutaallimah 15 Sentyabr 2009, 21:24:23

Misrga borishimizdan oldin 4 yil o'sha yerda o'qiymiz-u qaytib kelamiz deb rosa hursand edik... Borib 2 hafta yashagach yig'laganmiz..... 5 oydan keyin o'qishga kirdim qosh ko'zi qoraroq kimni ko'rsam "qayerdansiz?" derdim.. Lekin bittasiyam "O'zbekman" demasdi...... 2.5 oycha shunday o'qidim.. keyinchalik markazda mendan boshqa o'zbek yo'qligini bilganimdan keyin umidimni uzib o'beklarni qidirmaydigan bo'lganman.. Boshqa millat vakillari bilan tanishib, do'stlashib, shunaqa yaqin bo'lib ketganimdan hozir O'zbekistonga qachondir boraman deymanu lekin qancha yashashga sabrim yetarkin deb o'ylab qolaman..... Vaqt hamma narsaga da'vo deb shunga aytishsa kerak-da..
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2009, 21:32:18
Turklar bazan hazillashib "Tug'ilgan joying emas, to'ygan joying Vatan" deb qo'yishadi.
Siz va sizga o'hshaganlar ham İlmga "to'ygani" ketgansizlar.

Ollohga omonat:)
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: Ansora 19 Dekabr 2009, 15:05:09
"Mehr ko'chasi", mavzusi mehrsiz qolib ketibdi-ku  : )
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: gayrat17 01 Aprel 2010, 18:03:13
IKBALJOHN TIRIKMISAN. Telefoningni yoq.
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: BelleQizcha 01 Aprel 2010, 18:48:15
Commenlarni oqib juda tasirlanib kettdim.. Bilmadim nimaga..
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: ikbaljohn 15 Iyul 2011, 21:23:19
Bir kuni ikbaljohn 1-2 1-2 deb ketayotgan ekan,yonida ketayotgan odam:-E,uyatmaysizmi,yaqinda 30ga kirasiz,kop-kotta odam bo'pqoldiz deb so'kibdi. ikbaljohn ham uyalib ketibdi,do'ppini mundoq olib o'ylab qarayman desa,socham to'kilyaptikan ;D
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2011, 21:33:21
Bir kuni ikbaljohn 1-2 1-2 deb ketayotgan ekan,yonida ketayotgan odam:-E,uyatmaysizmi,yaqinda 30ga kirasiz,kop-kotta odam bo'pqoldiz deb so'kibdi. ikbaljohn ham uyalib ketibdi,do'ppini mundoq olib o'ylab qarayman desa,socham to'kilyaptikan ;D

Bir kuni uzooq mamlakatning kichkiina bir shahrida ikbaljohn one-two-one-two deb osmonga qaraab ketayotsa, bir odamga urilib ketibdi. Ikbaljohn unga qarab, "I'm sorry" desa, u ham "hechqisi yo'q, oshna" dermish.

Bormisiz aka?
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: Bonuxon 16 Iyul 2011, 19:32:10
A.A.V.R.V.B Ikabaljohn yozganlarizzi uqib ta'sirlandim! Va savollar tug'ilib qoldi! Haliyam 4etdamisiz? Uylanib kennayimlani opkettizmi? Uzr savollarim noörin bulsa :-D
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: ikbaljohn 24 Iyul 2011, 18:05:46
Bir kuni ikbaljohn 1-2 1-2 deb ketayotgan ekan,yonida ketayotgan odam:-E,uyatmaysizmi,yaqinda 30ga kirasiz,kop-kotta odam bo'pqoldiz deb so'kibdi. ikbaljohn ham uyalib ketibdi,do'ppini mundoq olib o'ylab qarayman desa,socham to'kilyaptikan ;D

Bir kuni uzooq mamlakatning kichkiina bir shahrida ikbaljohn one-two-one-two deb osmonga qaraab ketayotsa, bir odamga urilib ketibdi. Ikbaljohn unga qarab, "I'm sorry" desa, u ham "hechqisi yo'q, oshna" dermish.

Bormisiz aka?
Shukr,yuribman Marg'ilonda. O'zizda nima gaplar, Marg'ilondamisiz?
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: ikbaljohn 24 Iyul 2011, 18:07:15
A.A.V.R.V.B Ikabaljohn yozganlarizzi uqib ta'sirlandim! Va savollar tug'ilib qoldi! Haliyam 4etdamisiz? Uylanib kennayimlani opkettizmi? Uzr savollarim noörin bulsa :-D
W.A.A.W.W.B. Yo'q,xozir Marg'ilondaman,uylanganman.
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: Ansora 26 Iyul 2011, 13:00:40
 :asl3:

Iqboljon, uylanibsiz, "mehr uyida" ekansiz, bundan keyin mehrsiz qoldim, demasangiz ham bo'laverarkan, kelin hafa bo'lib qolmasinlar tag'in : )
Nom: Re: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: gayrat17 20 Mart 2012, 01:36:22
Shu ikbaljohn ablax odam. mexr ko'chasi 17ga tel.qilib tur yaramas.  :2
Nom: Javob: Mehr ko'chasi,19!
Yuborildi: ikbaljohn 14 Avgust 2015, 08:31:54
Assalomu alaykum, do'stlar! Juma muborak. Ushbu blogga yozilmaganigayam ancha bo'libdi. Yangiliklardan gapirsam, yangilik ko'p. gayrat17, qayerlardasan?