forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 03 Sentyabr 2009, 08:05:29

Nom: Alloh hamisha qalbimizda lekin ...
Yuborildi: Muhammad Amin 03 Sentyabr 2009, 08:05:29
Har bir insonning qalbida Alloh bordur. Shunday kimsalar borki ular Allohni borligiga shubha qilishadi. Shunday insonlarga bitta savolim bor. Misol uchun o'sha insonlar biron bir ishga kirmoqchi yoki imtihon topshirayotgan paytlarda o'z o'zicha nima ... nima bo'lsayam ishim o'ngidan kelsin yoki ... ishim o'xshasinda... deb aytishadi. O'sha insonlarga bu gapni kimga aytayapsan deging keladi. Ko'rdingizmi ular ham bilmagan holda bo'lsada Allohdan so'rashayapdi. Chunki har birimizning qalbimizda Alloh yashaydi. Biz uni bilmasakda u bizni hamisha qo'llaydi. Chunki Alloh taolo bandalarini hamisha qo'llaydi.
Nom: Re: Alloh hamisha qalbimizda lekin ...
Yuborildi: Ansora 05 Sentyabr 2009, 02:24:36
A.alaykum. Alloh Taolo Baqara surasida:
142. Odamlardan aqlsizlari: «Ular (musulmonlar)ni ilgari qaragan qiblalaridan qanday narsa yuz o‘girtirdi?» — deydilar. Ayting: «Mashriq ham, Mag‘rib ham Allohnikidir. U O’zi xohlagan kishilarni haq yo‘lga hidoyat qiladi», buyuradi.

Bu ma'noda Qur'onda ko'p yerda Ollohning faqat istagan qullarigagina hidoyat yo'lini nasib etishi yozilgan. Yuqorida birodarimiz aytib o'tgan bazi shahislar uchun bizlarga faqatgina haqlarida duo etish tushadi, deb o'ylayman. Yaratganni inkor etgan kishilar bilan tortishib o'tirishning hojati yo'q, ularga faqatgina achinaman. Turkiyaning Haber Turk kanalida 1 oydan beri Darvinizm teoriyasi tortishilyabdi. Birinchi bo'lib, Horun Yahyoni taniganlar bo'lsa bilishadi, u kishi va talabalari chiqishdi. Ular olamlarning Rabbi bor ekanligini, dunyo birdaniga o'zidan o'zi, bir tasodif asari sifatida yaratilmagan ekanligini turli hil ilmiy nazariyalar bilan tushintirib berishdi. Meni hayratlangan tarafim Profesorlar telefon bilan bog'lanishib, ularning fiklariga tamoman zid tushunchalarni himoya qila boshladilar. İnson hayratga tushib qoladi. İshongim kelmadi. Yuqoridagi oyat aqlimga keldi. Shu o'rinda sizlarga bu mavzu bilan bog'liq bir hikoyani aytib beray. Juda eski zamonlarda ikki kishi Olloh bormi, yo'qmi, deb o'zaro tortishib qolishibdi. Dindor kishi butun ilmini o'rtaga tashlasa ham qarshisidagi odamni iymonga keltira olmabdi. Bir kuni dinsiz kishi dindor kishini uyiga taklif qilibdi. İymonli kishi uyga yetib kelgandan keyin, uy egasi yo'lovchilik qanday o'tdi, deb so'rabdi. U bo'lsa, uydan chiqib endi yo'lga tushgan edim, birdan oldimda ot paydo bo'ldi, debdi. Meni ko'lning oldigacha olib kelib qo'ydi. Otdan tushib qarasam, bir qayiq turibdi. Qayiqqa o'tirishim bilan birdaniga qayiq harakatga keldi, meni sohilgacha olib kelib qo'ydi, men ham osongina seni uyingga kelib oldim, deb javob beribdi. İymonsiz kishi esa, sen menga ertak aytyabsanmi, qanday qilib narsalar o'zidan o'zi paydo bo'lsin, seni bu yerga olib kelsin, deb jahli chiqibdi. Dindor kishi esa, ana ko'rdingmi, debdi, men senga birgina men bilan bog'liq qisqa voqeani aytib berganimda, nima narsalar o'zidan o'zi qanaqasiga harakatga kelsin, deb jahil qilyabsan. O'zing o'yla, bu azim dunyo va undagi butun borliqlar qanday qilib o'zidan o'zi harakatga kelsin, demakki bularni harakatga keltirgan bir sohibi, yaratuvchisi muhaqqaq bor, deb javob bergan ekan.
Keyin yana bir narsa, dunyodagi hamma narsaning o’zidan o’zi paydo bo’lib qolganligi, fikrini himoya qilayotgan Prof-lardan biri so’zining orasida, Allah ashkına, Xudo haqqi, degandi. Bu ham uning kabi "œbechora" kishilarning qalblarining tamoman yopiq ekanligini ko’rsatadi.
Nom: Re: Alloh hamisha qalbimizda lekin ...
Yuborildi: yoqutxon 16 Oktyabr 2010, 20:06:13
Assalom aleykum. Ollohning borligiga shubha qiladigan insonlarni afsuski hozir ko'p uchratishga to'g'ri keladi.... Bunda albatta sobiq sho'ro davridagi aqidalarning ta'siri hali hanuz ketmaganligi bilinib turibdi.Ba'zida o'ylab qolaman nahotki  Buyuk zotning borligiga shubha qilayotganlar o'zlarining qanchalar zaif hilqat ekanliklarini his qilmayaotgan bo'lsalar deb. Ahir atrofga, hayotga , qalbimizga bir nazarning o'zi ham Olloh borligini isbotlab bermaydimi ularga?  Olloh bor, yo'qligiga  faqatgina aqlli kalta, befarosat odamgina  shubha qilishi mumkin. Bir o'qituvchim aytib bergandilar. O'qituvchimning maktab paytlari SSSR davrida o'tgan. Hullas qaysidir darsda o'qituvchilari Olloh yo'q(Astag'furillah) deb butun dars davomida o'quvchilarning miyasiga quyibdi darsdan keyin hamma o'quvchilar kallasiga  Olloh yo'q degan fikr o'rnashibdi. Lekin ertasi kuni maktabga kelishganida o'sha kechagi o'qituvchi maktabdan uyiga qaytib ketayotganida katta avariyaga uchrab, hozir ko'mmada yotganini eshitib o'sha darsda bo'lgan barcha o'quvchilar  Olloh borligiga yana bir bor Iymon keltirgan ekan.
 Ollohning o'zi g'ofillardan qilmasin. Hidoyatiga boshlasin bizlarni...