forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: ЖАМШИДЖОН 21 Sentyabr 2009, 17:00:50

Nom: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 21 Sentyabr 2009, 17:00:50
Uzr birodarlar ko'p maqola kiritayotganligim uchun shu mavzuni ochishga qaror qilib yubordim sizlardan ro'xsatsiz. sababi ko'p maqolalar xar xiljoylarga post qilib tashlaganim uchun o'zim ham topolmayabman. Shuning uchun qulay bo'lishi uchun shu yerga joylamoqchiman.


YIGIT HUSNI

Shunday bir latifanoma gap yuradi. Afandi uylanibdi, bir kuni ishdan kelsa, xotini yig‘lab o‘tirganmish. Undan nega yig‘layotganining sababini so‘rabdi. Xotini: nasib qilib farzandli bo‘lsak, u yuradigan bo‘lib qolganda sizning orqangizdan ergashib hovuzga borsa va suvga qarayman deb yiqilib tushsa. Axir yosh bola suzishni bilmaydi-ku, keyin cho‘kib o‘lsa nima qilaman, — deya, yana uvvos tortib yig‘lay boshlabdi.
Men ham yaqinda afandining xotinidek fikrladim va yig‘lab yubordim. Avtobusda ketayotgandim. «Otayo‘l»ning orqa o‘rindig‘ida besh nafar bir-biridan kelishgan va ko‘rkam, o‘ktam yigitlar o‘tirib olgan ekan. Men bilan birga avtobusga chiqqan yoshi kattaroq opa ikkalamiz ularga qarab turaverdik. Men-ku hali yoshman, joy berishmasa ham charchab qolmayman, xafa ham bo‘lmayman. Hamrohimning yoshi esa ularning onasi qatori edi. Besh yigitdan birortasi ham joy bermadi. Ularning joy bermaganligidan, ayol zotini hurmat qilmay, izzat-ikrom ko‘rsatmaganligidan achchiqlandim, keyin beixtiyor «e, yigit bo‘lmay o‘l, qanaqa qilib yuribsanlar o‘g‘il bolaman deb» deya qarg‘ashni boshladim. Rost aytyapman, chin dildan qarg‘adim. Keyin beixtiyor yig‘lab yubordim. Nima uchun deng. «Xudo xohlasa turmushga chiqsam, keyin farzand ko‘rsam, farzandim o‘g‘il bo‘lsa, uni eson-omon katta qilib olsam. Bir kuni u xuddi shu yigitlardek yoshga yetganda avtobusga chiqsa va o‘rindiqlarning birida o‘tirib olib, yosh bolalilarga, ayollarga, nogironlarga, katta yoshli kishilarga joy bermasa. O’sha kishilar bolamni hozir men manovi yigitlarni qarg‘agandek qarg‘asa va qarg‘ish tegib bolamdan ajralib qolsam» degan xayoldan o‘zimni tutolmay yig‘lab yubordim. Keyin esa bu holatim o‘zimga ham ta’sir qilib, ichimda rosa kuldim.
Avtobusda joy berish, bolalarni va ojizalarni avaylash, ayollar va keksalarning qo‘lidagi og‘ir yukni olish, albatta, yigitlarning ya’ni er kishilarning ishi.
Maktabni bitirgan jiyanim hujjatlarini oliy o‘quv yurtiga topshirish uchun Toshkentga keldi. Uni universitetga olib ketayotgandim. Metroning bir bekatidan yoshi 60 lardan o‘tgan chol chiqib qoldi. Bir yigit o‘tirgan edi, u hadeganda joy beravermadi. Shunda men «uka, hech qaeringiz og‘rimayaptimi» deb so‘radim. U hayron bo‘lib «yo‘q» dedi. «Tur, bo‘lmasa anovi kishiga joy ber» dedim sensirab. U yigit indamay joy bo‘shatdi.
Metrodan chiqqanimizdan keyin jiyanim «siz bilan yurib bo‘lmas ekan, odamni sharmanda qildingiz, o‘sha bola so‘kib yuborganda nima bo‘lardi» dedi. «Aybi bo‘ynida-ku, qattiq gapira olarmidi» dedim va «sen shunaqa paytda nima uchun joy berasan, kimdir o‘rgatganmi yoki ichingdagi nimadir shunga undab turadimi» deya uni ham savolga tutdim. «Men ham har doim joy beravermayman, vaziyatga qarab bu ishni qilaman. Joy bergin deb ota-onam o‘rgatgan» dedi. «Ana ko‘rdingmi, senga yaxshi tarbiya berishgani uchun kattalarni hurmat qilasan, endi o‘zingdagi yigitlik g‘ururini uyg‘otsang, o‘z-o‘zingni hurmat qilishni boshlasang, har qanday sharoitda ham keksalarga, yosh bolalarga, ayollar, hatto qizlarga ham joy beradigan bo‘lasan. Sen o‘z-o‘zingni tarbiyalashing kerak ekan» dedim. U esa gaplarimni ma’qullagandek bosh silkib turdi.
«Hozirgi zamon faol so‘zlarining izohli lug‘ati»da berilgan ta’rifda shunday deyiladi «Furur — insonning o‘z qadr-qimmatini hurmat qilish hissi». Demak, har bir o‘z qadrini bilgan kishi u yigit bo‘ladimi, qiz bolami yoki katta yoshli odamlarmi, g‘ururli bo‘lishi shart ekan.
Ayollarga azal-azaldan ojiza sifatida qaralgan va ulardan hayoli, iboli, andishali bo‘lish talab qilingan. Erkaklar oila qo‘rg‘oni bo‘lganliklari uchun ham mardlik, kuchlilik, oriyatlilik va hamiyatlilik ularning fazilati sanalgan. Fururli inson, eng avvalo, o‘z-o‘zini hurmat qilar ekan. O’z-o‘zini hurmat qilgan odam esa yon-atrofidagi kishilarning ham qadr va qiymatini yaxshi anglab yeta oladi, insonga insondek muomala qiladi. Inson qachon o‘z qadr-qimmatini hurmat qilgan bo‘ladi, albatta, yon-atrofidagilarning hurmatini joyiga qo‘yganda. Oddiygina avtobusda joy berish misolida bugungi kun Alpomishlarida o‘z g‘ururining qanchalik yerga urayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Aslida esa hamma narsa ana shu oddiyginalardan boshlanmaydimi?
Yuqoridagi fikrlarni balki gazeta sahifalariga olib chiqish shart emasdir? Lekin yuragimizdagi bir niyatni azbaroyi aytgimiz kelyapti — g‘ururli bo‘ling, yigitlar! Axir osmonimizning musaffo, yurtimizning tinch bo‘lishi sizning qanchalik g‘ururli, mard va oriyatli ekanligingizga bog‘liq. Yana bir joyda o‘qigandim. Furur — yigitning husni, degan gapni. Siz qanchalik g‘ururli bo‘lsangiz shunchalik ko‘rkamsiz, shunchalik qizlarga yoqasiz, shunchalik sevimli bo‘lasiz. Sevimli bo‘lish esa eng ulug‘ saodatdir.

Sharifa MADRAHIMOVA.




Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 21 Sentyabr 2009, 17:05:07
Mavzu nomi yo'q

Kuzning oxirlaridagi havoni yaxshi bilasiz. Bahorga o‘xshab ketadi. Havo o‘lchagich bilan o‘lchasangiz, taxminan bahorning boshidagi iliq havo haroratiga teng bo‘ladi. Agar hayotni film orqali tomosha qilish imkoniyati bo‘lganida, o‘sha bahorning ilk kunlaridagi holatingiz bilan kuzning oxiridagi holatingizni tomosha qilsangiz, qandoq bo‘lardi, deb o‘ylaysiz? Lekin bir narsa aniq bo‘ladiki, havo harorati bir xil bo‘lsa-da, ustingizdagi kiyimlar turlicha bo‘ladi. Bahorning ilk kunlarida asta-sekin qalin kiyimlarni yechib, o‘rniga ko‘ylaklar kiyayotgan bo‘lsangiz, kuzning oxirida ko‘ylaklaringizni qaliniga alishtirib, ustidan jemfer kiyib olgan bo‘lasiz. Qizig‘-a, ikkala holatda ham havoning harorati bir xil bo‘lsa, nega kiyimlarda tafovut bor? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Buning sababi bitta: Inson o‘zi ketayotgan tomoniga qarab tayyorlanadi. Ya’ni, bahorning ilk kunlarida paltosini yechib, sandiqqa joylayotgan kimsa uni bahorning issiq kunlari kutayotganini, yozning jaziramasi qarshi olishini his qiladi. Vujudini, ruhini shunga tayyorlaydi. Ikkinchi holatda esa, kuzning oxirgi daqiqalarida turgan kishi qishning ayozli kunlariga taraddud ko‘radi. Qalbi-yu, vujudi bilan og‘ir sovuqlarni qarshi olish uchun tayyorlanadi.
Ushbu taqqosdan ayon bo‘ladiki, inson o‘ziga yarashgan kiyimni kiyishi kerak. To‘g‘riroq talqin etiladigan bo‘lsa, ketayotgan manziliga qarab o‘zgarishi darkor. Qishdan omon-eson chiqib olgan va bahorning ilk onlarida quyoshning zarrin nurlariga ko‘zni qisib qarayotgan bolakay onasiga qarata: «Oyi, yana sovuq bo‘lib qolsa nima qilaman, kurtkamni sandiqa joylamang!» desa, onaizor nima deb javob beradi? Aytadiki», bolajonim, sen cho‘chima, endi ayozbobo ortda qoldi, buyog‘iga chuchmomalar terasan, bog‘larda o‘ynaysan, yengilroq kiyimlaringni tayyorlab beraman!» Kuzning oxirlari kelib, qishdan darak beruvchi qarg‘alarning qag‘illashi eshitilsa, yengil kiyimlar sotiladigan do‘konlarga qulf uriladi. Uning eshigiga birov yo‘lamaydi. Hamma qalin kiyimlar xaridiga otlanadi. Shu paytda birov ko‘chada sovqotmayotgan bo‘lsa ham yengil ko‘ylak kiyib olgan bo‘lsa, uni malomat qiladi odamlar: «Bechoraning kiyimi bo‘lmasa kerak, a?» deb. Ko‘ryapsizmi, azizlar, inson kulgiga qoladi. Ketayotgan joyiga qarab nisbat beriladi. Bu holatlardan o‘zimizga qanday xulosa olamiz: Biz o‘zimizga yarashadigan qiliqlar qilishimiz zarurligi... Oltmishdan oshganda ham quyilmagan chollarni hech kim suymaganidek, katta yoshlilarning jiddiyligini namoyish etishga uringan bolalar ham xushlanmaydilar.
O’rta yoshdagilar esa bir kun kelib qariya bo‘lishlarini va o‘sha paytda nasihatgo‘y bo‘lib, nevaralarini duo qilib o‘tirishlarini shu yoshdanoq his qilib borishlari lozim. Chiroyli mo‘ysafid bo‘lish uchun go‘zal hayot bosqichini bosib o‘tgan bo‘lishlari kerak. Mana shu holatlarni boshidan o‘tkazgan insonga haqiqiy duogo‘ylik yarashur.
Maqolamiz so‘nggida yana bir muhim gap. Yil davomidagi fasllarga bo‘lgan munosabatda bir xillik bo‘lishi mumkin, biroq inson hayotida ba’zi fasllar kirib kelmasidanoq so‘nggisi yetib keladi. Ya’ni, zo‘rg‘a nafas olayotgan buvisining ziyoratiga ketayotgan nevara avtohalokat tufayli olamdan ko‘z yumishi mumkin. Buvisidan oldin qazoga rozi bo‘ladi. Yoki saraton kasaliga duch bo‘lgan otalarini ko‘rish uchun kasalxonaga kirib kelgan kelin-kuyov birdaniga dovdirab qolishganiga e’tibor qarating. Ularning dovdirashlariga sabab, qo‘llaridagi murg‘ak chaqaloq negadir nafas olishi qiyinlashadi. Do‘xtirlar saraton bilan olishayotgan qariyaning oldidan yugurib chiqib, murg‘ak go‘dakning hayotini saqlab qolish uchun kurashishadi va bu kurashda mag‘lub bo‘lishadi. O’lim atalmish o‘q istalgan o‘ljasiga sanchilishini o‘sha paytda anglaydilar.
Shuning uchun ham ogoh bo‘laylikki, hayotimiz uchta faslga bo‘linadi. To‘rtinchisi qishdanda ayozliroq joyga mo‘ljallangan. U yerda kiyim bo‘lmaydi. Lekin bizni isitib, ilitib turadigan yaxshi, solih amallarimiz bo‘ladi. Shu bugundanoq o‘sha liboslarni xarid qilishga yo‘l olaylik. Sovqotib qolmaymiz nasib etsa! Yaxshilik atalmish qalin po‘stinlarni sotib olaylikki, u bilan har qanday ayozni yenga olamiz. Boshimizni issiq tutadigan husni xulq atalmish yopinchiqlarni olish uchun navbatga turaylik. Shunda yerning zax bag‘rida ham boshimiz omon bo‘ladi. Badanimizga sovuq o‘tkazadigan isyoniy amallarni shu bugundanoq yechib tashlashga urinaylik. Shoyad, o‘tgan yilgi O’zbekistonga kelgan qishdan ham ayanchliroq qahratonda bizga hech qanday sovuq tahdid sololmas. Xiyonat ko‘ylagini yirtib tashlang, aldov deb atalmish ichki kiyimlardan xalos bo‘ling, soxtalik degan paypoqlardan oyoqlaringizni ozod eting. Kibr deb nomlangan ro‘molchada burningizni qoqishga urinmang, battar shamollaysiz. Muyulishdagi va’dabozlar bozoriga kirmasdan, chap qo‘ldagi «Ezgulikmarket»ga kirib oling. Narx-navo biroz farqli bo‘lsa ham, ayozli sovuqda asqotadigan kiyimlarni xarid qiling. Bolalaringizni kiyintiring. Ota-onangizga olib bering. Keyin chiqing-da, qiy-chuv olomonga yaxshilab nigoh tashlang. Bugungi kunlarini o‘ylab, bir-birlarini aldayotgan odamlarga yaxshilab qarab oling. Ularning ishidan bezor ekaningizni e’lon qiling-da, o‘zingiz kiyinib chiqqan marketga kirishga taklif qiling. Kirmasa o‘zidan ko‘rsin, asosiysi siz bo‘yningizdagi mas’uliyatdan qutuldingiz. Keyin esa... safarga tayyor ekaningizni va bu safar davomida sizga kerak bo‘ladigan oziq-ovqatdan tortib ko‘rpa-to‘shagingizni ko‘zdan kechirib oling.

Xayrullo HAMIDOV.


Xayrullo Hamidovdan olloh rozi bo'lsin shu maqolani o'qib to'g'risi ................................ hulosa chiqarib oling o'zingiz.
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 21 Sentyabr 2009, 17:10:38
Bir kuni do‘stlarimiz bilan Buxoroga bordik. Dunyoviy ish bilan kelgan bo‘lsak-da, yo‘l-yo‘lakay dunyo muhaddislarining imomi, buyuk vatandoshimiz imom Buxoriyning maqbaralarini ziyorat qilib ketaylik, deb Samarqand viloyatining Chelak tumaniga ham kirib o‘tdik. Hayratdan yoqa ushlamasdan boshqa choramiz qolmadi. Shirk degan tushunchani dunyoga o‘rgatgan zot qabrida vatandoshlarimiz tomonidan shunday xunuk ishlar amalga oshirilmoqdaki, ko‘rsangiz yig‘lamoqdan beri bo‘lasiz. Bir hazilkash do‘stimiz tumor sotayotgan ayollarning oldiga borib, eng zo‘r saqlaydigan tumor qaysi biri, deb so‘radi. Katta tumor uzatildi. Do‘stim qo‘lidagi gugurtni yoqib, tumorni yondirib ko‘rishni taklif etdi. Ayol ko‘nmadi: "Nega endi?" "Sababi shuki, — dedi do‘stim, — u meni qutqaradigan bo‘lsa, avvalambor o‘zini qutqarib olishi kerak!"
Ha, bugungi kunda ko‘p narsalar din nomi bilan aralash-quralash bo‘lib ketgani achinarli holat. Bundan esa hayotdagi mushkulotlar yuzaga chiqadi. Oddiy qilib tushuntiradigan bo‘lsak, Toshkentdan vodiyga yo‘l olish uchun biron bir inson Guliston orqali bormaydi. Faqatgina dovon orqali borish mumkin vodiyga. Buni aqlimiz inkor etmaydi. Hozir biron bir odamga boshqa yo‘l bilan borishni taklif etsangiz, u sizni ahmoqqa chiqaradi. Bir narsaga e’tiqod qo‘yishni ham xuddi shu yo‘sinda o‘rganish payti yetib keldi. Vodiyga faqat bir yo‘l bilan borish mumkinligini ta’kidlagan ongimiz, rizq qaerdan kelishi masalasini, balo va ofatni daf etish choralarini ilmiy o‘rganib olishi kerak. Dunyoviy ishlarimizda naqadar aqlli ekanligimizni yaxshi bilamiz. Endi uxroviy ishlarimizni ham shu qadar o‘rganaylik. Xurofiy ishlardan asl sababi mavjud ishlarni farqlash qobiliyatiga ega bo‘laylik.
Aks holda, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, vodiyning yo‘liga Samarqand orqali borishda qat’iy turib olgan inson singari, oddiy hayotiy muomalotlarimizga ham mushkullik in quradi. To‘g‘risi turganda, noto‘g‘risiga yopishavermaylik.
Jaholatning tubsiz jarliklariga tushib ketmaylik, shuningdek, g‘arbning aldamchi nayranglariga ham aldanib qolmaylik. O’rtadagi muvozanatgina avlodlarimiz salomatligini ta’minlaydi. Orqa muqovani tomosha qiling-da, xulosani o‘zingiz chiqaring!!!
 
Xayrullo HAMIDOV.

Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 21 Sentyabr 2009, 17:16:07
TIRIKLARNI O’YLANG, ODAMLAR!

Bu fikrim uchun kechiringlar-u, ba’zi holatlarda tiriklardan ko‘ra o‘lganlarning hurmatini joyiga qo‘yish kuchayib borayotganday. Motam marosimlari haqida ko‘p o‘qiganmiz, boyvachchalarni o‘zlarini ko‘rsatish uchun ota yoki onasining ta’ziya marosimlarini «to‘y»ga aylantirib yuborganliklari haqida eshitganmiz ham. Lekin eshitgan bilan ko‘rganning farqi bor ekan. Eshitganda, uni unutish osonroq, lekin o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rsangiz... o‘sha manzaralar vaqt-bevaqt ko‘z o‘ngingiza namoyon bo‘laveradi.
Yaqinda ketma-ket ikki insonning ta’ziyasiga borishga to‘g‘ri keldi. Vafot etganlarning ikkalasi ham insonni achintiradigan yoshda edi. Biri o‘ttizdan oshgan yigit va ikkinchisi yigirmaga kirgan qiz. Ikkala xonadonda ham ko‘zlari yig‘idan qizarib ketgan marhumlarning yaqinlari kelib-ketuvchilarga xizmat qilib yurishibdi. Ularning xizmati — kelguvchilarning oldiga yeguliklar tashishdan iborat. Aniq ko‘rdimki, ichkariga olib kirilayotgan yeguliklarga qo‘l ham teginilmagan. Har zamonda kayvoni ayolning ojizgina gaplari eshitilib qolardi:
— Olinglar, dasturxonga qo‘yilgan ne’matlardan tatib ko‘ringlar. Yesalaringiz ularga savobi tegadi.
Tavba qildimku-ya, unday joyda dasturxonga qo‘l uzatishdan og‘iri yo‘q, og‘izga luqma solib bo‘larkanmi?
Marhumani qabrga qo‘yib kelgan kuni kechki payt qo‘ni-qo‘shni, qarindoshlari tovoq-tovoq taom bilan aza bo‘lgan xonadonga kirib kelaveradi. Buyam bir odat, mayit chiqqan uydagilarga hurmat sanaladi. Qishloqdagi bor xonadon va ularga qo‘shilib qarindoshlar olib kelgan taomlarni kechki payt ko‘ngil so‘ragani kelganlar yeb bitira olishmaydi. Qolaversa, marhum yoki marhuma yosh bo‘lsa, tomoqdan ovqat o‘tarmidi? Kayvoni ayol ichkaridan qo‘l urilmay chiqqan taomlarni bir idishga uyub solaveradi, qarabsizki, taomlar aralashmasidan iborat bo‘lgan «tog‘» barpo bo‘ladi. Keyin bu taomlarning taqdiri nima bo‘lishini ziyrak o‘quvchi anglayotgan bo‘lsa kerak. Ha, ularni biror moli bor odamga berib yuboriladi. Qarabsizki, marhuma yoki marhumning hurmati uchun keltirilgan taomlar bo‘rdoqiga boqilayotgan ho‘kiz yoki tananing tomog‘idan o‘tadi.
Bundan dasturxon tuzashlar to qirq kungacha har yakshanba va payshanba kunlari davom etadi. Haftada ikki kun o‘lik chiqqan uyda qozon qaynatiladi. Kelib-ketganlarga berish uchun. Faqat taomgina emas, dasturxon xuddi to‘ydagidek bezatiladi, farqi faqat turfa xil ichimliklar yo‘q...
Bizlar ham yosh bo‘lmadik, yoshimiz ellikning tagiga borib qoldi. Avvallari marhumning xonadonida ma’raka o‘tkazilsa, dasturxonga shirinlik qo‘yilmasdi. Shirinlik — xursandchilik belgisi sanalardi. Hozir esa... hatto asal, turli xil pechenelar, qimmatbaho konfetlar, hatto bo‘laklangan tortlargacha dasturxonga qo‘yilmoqda. Ichkari uyda azadorlar marhumning sifatlarini aytib yig‘lashadi, kelganlar ular bilan ko‘ngil so‘rash maqsadida qo‘shilishib yig‘lashadi va keyin... narigi xonaga o‘tib, turfa xil yeguliklardan tanovvul qilishadi.
Ushbu maqolani yozayotganimda bosh hisobchimiz aytib qoldi.
— Opa, kun ko‘rmaganga kun yo‘q, degan gapga ishonaman. Ertalab eshitmasdan ishga kelaveribman. Qishlog‘imizdagi bir ayol o‘lgan ekan. Endi tumanga o‘sha ayolning ta’ziyasiga borib kelishim kerak. O’sha ayolgina bir yaxshi kun ko‘rmay o‘lib ketdi. Ko‘rgan kuni g‘am va azob bo‘ldi. Esimni tanigandan beri o‘sha ayolning uyida xursandchilik bo‘lganini bilmayman. Avval eri, keyin birin-ketin to‘rt bolasi o‘ldi. Endi o‘zi... Qachon qaramang, ustida aza kiyimi bo‘lardi. Shunchalik nochor yashashardiki, o‘lganlarning ma’rakalarini bazo‘r o‘tkazishardi.
Lekin aniq bilamanki, xuddi ana shunday nochor yashaydiganlar ham motam marosimlarini o‘tkazishadi, qarzga pul olib bo‘lsa-da. «U bechora bu dunyoga kelib nima kun ko‘rdi? Ma’rakasini el qatori o‘tkazmasak nima degan odam bo‘lamiz?» deyishadi. Natijada, ham jon ketadi, ham mol.
Shunday qilib, marhum tirikligida tanovvul qilmagan narsalar uning ma’rakasida dasturxonga qo‘yiladi. Tirikligida ko‘rganda og‘ziga kelgan suvni liq etib yutib, o‘shandan tanovvul qilishni istasa-da, yegisi kelsa-da, ro‘zg‘orini o‘ylab, ko‘rmaganday ketaverishi ko‘pchilikka tanish manzara.
Shu o‘rinda salkam latifaga aylanib ketgan bir voqeani aytib berayin. Bir qishloqda yashovchi nochorgina kishining shaharda o‘qiydigan o‘g‘li baxtsiz hodisa sababli olamdan ko‘z yumibdi. O’g‘lining ma’rakasiga kelgan kursdoshlari uning hurmatini qilib, shahardan ul-bul yeguliklar olib borishibdi. Qishloq toqqa yaqin joyda joylashgan, shuning uchun ham bu qishloq odamlari shaharga uncha-munchaga boraverishmas ekan. Kursdoshlar olib borgan narsalar ichida banan ham bor ekan. Uniyam dasturxonga olmalar bilan qo‘yishibdi. Shunda o‘g‘li vafot etgan otaxon «bu nimasi ekan» deya qiziqqanicha, banandan yeb ko‘ribdi. Ta’mi og‘ziga yoqibdi shekilli, kechki payt oila davrasida o‘tirishganda xotiniga:
— Ol kampir, bundan sen ham yeb ko‘rgin. Mazaligina ekan. O’g‘limiz o‘lib, biz ham shunaqa narsalardan yeb ko‘rdik-a,— dermish.
Boyagina hiqqillab yig‘lab o‘tirgan kampir ham choliga qo‘shilib, bananga qo‘l uzatibdi, undan yebdi va debdi:
— Dunyoda shunday mazaligina narsalar ham bor ekan-u, bizlar bilmay yurgan ekanmizda-a?
Bu voqea «To o‘z uyingdan o‘lik chiqmaguncha azaga ham yolchimas ekansan» degan Afandining holatidan kammi?
Insonning hayotida to‘y ham, aza ham bo‘laveradi.
Keyingi fikrlarim oxirgi paytlarda «moda»ga aylangan beshik to‘ylari haqida. Kelin bo‘layotgan qizlarga atalgan sep-sarpolarni xotinlar o‘rtasiga olib chiqib, mikrafonda nimaligini aytish odamlarning ensasini qotirmaydigan qilib qo‘ydi. Endi buning yoniga yangisi qo‘shildi. Beshik to‘yi ham xuddi kelinga olib borilgan sep-sarpolardan qolishmaydigan bo‘lib bormoqda. Odamning g‘ashiga tegadigani — chaqaloqqa olib borilgan sovg‘alardan iborat kiyimlar, buyumlar va o‘yinchoqlardan iborat ko‘rgazma-sahna tashkil qilish urfga kirib bormoqda. Ularni kuzatar ekansiz, qiz uzatgan kunning ertasigayoq uning bolasiga atalgan buyumlarni, kiyimlarni, o‘yinchoqlarni yig‘ishni boshlash zaruriyatni his etasiz. Bo‘lmasa... ulgurmaysiz. Chunki, bu yil yozda to‘y bo‘lgan qizlarning aksariyati keyingi yil kuzga borib farzandi bo‘ladi, bu yil bahorga yoki yozga chiqib esa beshikto‘yi o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Qo‘lini shimib yotgan chaqaloq qiz bola bo‘lsa uning qulog‘iga tilla sirg‘alar taqishni aytmasa ham bo‘ladi!
Hoy odamlar, baraka topgurlar, pul topish qiyinligidan nolishni bilasizlar, hamma narsaning qimmatlashib borayotganidan soatlab gapirishdan charchamaysizlar, oilangizda yetishmovchilik sabab tez-tez ko‘ngilsizliklar chiqib turganini yashirib ham o‘tirmaysizlar, lekin shuncha narsaga ketgan mablag‘ga nima deyish kerak? Axir siz qiynalib topgan pullar evaziga sotib olingan kiyimlar nari-berisi bilan chaqaloqqa uch-to‘rt oyda kichik bo‘lib qolishini, o‘yinchoqlarni o‘ynashga navbat yetmay, u katta bo‘lib, o‘yinchoq o‘ynashni istamasligini tan olarsiz? Yoki qiz bolaga qilingan sarpo-sovg‘alarning oddiy bir buyumga aylanib qolishini ham unutmassiz? Ayniqsa, bu gaplarimiz buvijonlarga tegishli. Chunki beshik to‘yining asosiy tashkilotchilari va chaqaloqning kiyimlariga xaridorlar ular bo‘lishadi-da.
O’ylab ko‘rilsa, hayotimizga ixtiyoriy, shunchaki va zo‘rlab tiqishtirilayotgan salbiy urf-odatlar shunchalik ko‘payib bormoqdaki, ba’zilarini sanab o‘tishni lozim deb topdim.
Meni tashvishlantiradiganidan boshlay qolaylik. Maktablarda paydo bo‘layotgan odatlar haqida. Keyingi paytlarda maktabning to‘qqizinchi sinfini bitirgan yigit-qizlar xayrlashish kechasi o‘tkazishni an’anaga aylantirib ulgurishdi. O’sha kechaga har bir yigitcha bitta «Neksiya» mashinasini ijaraga olib, yonida o‘zi istagan biror sinfdosh qizni mindirib kelishi shart emish!
Sinf rahbariga esdalik uchun, albatta, tilla zirak sovg‘a qilish lozim emish!
Endi unashtirish marosimi bilan bog‘liq odatga navbat keldi. Avvallari rozi bo‘lingan xonadonga borilib, qizning boshiga oq o‘ratib kelinardi. Endi esa... albatta birorta tilla taqinchoq taqish shart emish. (Agar o‘sha narsani olib berishga yigitning ota-onasining sharoiti bo‘lmasa-chi? Shu bilangina unashtirish marosimi qoldiriladimi?)
Sezyapsizlarmi, insonlardan ko‘ra narsalar ko‘proq qadrliroq bo‘lib bormoqda! Ular uchun ishlanyapti, yashalyapti, kurashilyapti...
Shu o‘rinda yana bir latifabop voqea:
Bir bolakayning onasiga bergan savolini eshitib qoldim.
— Aya, men uylansam kelin biznikiga keladimi yo men ularnikiga boramanmi?
— Albatta kelin biznikiga keladi-da?
— Agar ularning uyi bizlarnikidan chiroyli bo‘lsa, men o‘sha yoqqa ketaman.
Xulosa chiqarish sizlardan. O’sha bolakay nari borsa o‘n yoshlarda edi.

Gulchehra ALIBOYeVA.

Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 22 Sentyabr 2009, 10:52:28
universitetda professor talabalarga shunday savol berdi:
- barcha mavjudotlar xudo tomonidan yaratilganmi?
bir talaba dadil turib javob berdi:
- xa, xudo tomonidan yaratilgan.
- xudo xamma narsani yaratganmi? — so‘radi professor.
- xa, ser, - javob berdi talaba.
professor so‘radi:
- agar xudo xamma narsani yaratgan bo‘lsa, demak xudo yomonlikni xam yaratgan ekan-da, agar u mavjud bo‘lsa. va, biz qanday bo‘lsak, qilmishlarimiz xam shunga yarasha bo‘ladi, tamoyiliga ko‘ra, xudo yomonlik ekan.
talaba bunday javobni eshitib jim bo‘lib qolibdi. professor o‘zi bilan juda faxrlanibdi. u talabalarga, xudoga ishonish - bu afsona ekanligini yana bir bor isbotlaganini maqtanibdi.
yana bir talaba qo‘lini ko‘tarib, so‘rabdi:
- sizga savol bersam maylimi, professor?
- albatta, - javob beribdi professor.
talaba turib so‘rabdi:
- professor, sovuqlik mavjudmi?
- nima deganing bu? albatta mavjud. sen xech qachon sovuq yemaganmisan?
talabalar uning savoliga kulishibdi.
yigit javob qilibdi:
- aslida, ser, sovuqlik mavjud emas. fizika qonunlariga muvofiq, biz sovuqlik deb ataydigan narsa, aslida issiqlikning yo‘qligidir. insonni yoki predmetni, ular energiyani yutadimi yoki ajratadimi, bilish uchun o‘rganish mumkin. mutloq nol — bu issiqlikning umuman yo‘qligidir. bunday temperaturada butun modda inert bo‘lib qoladi. sovuqlik mavjud emas. biz bu so‘zni, issiqlik yo‘q xolatini ta’riflash uchun o‘ylab topganmiz.
talaba davom etdi:
- professor, qorong‘ulik mavjudmi?
- albatta mavjud.
- siz yana noxaqsiz, ser. Qorong‘ulik xam mavjud emas. Qorong‘ulik aslida yorug‘likning yo‘qligidir. biz yorug‘likni o‘rganishimiz mumkin, ammo qorong‘ulikni o‘rganolmaymiz. biz oq nurni turli ranglarga ajratib, xar bir rang to‘lqinining turli uzunliklarini o‘rganish uchun nyuton prizmasidan foydalanishimiz mumkin. biroq siz qorong‘ulikni o‘lchay olmaysiz. oddiy yorug‘lik nuri qorong‘ulikka teshib kirib, uni yoritishi mumkin. biror bir makon qanchalik qorong‘u ekanligini siz qanaqa qilib bilasiz? siz yorug‘likning qancha miqdori borligini o‘lchaysiz. shunday emasmi? Qorong‘ulik — bu yorug‘lik yo‘qligida nima sodir bo‘lishini ta’riflash uchun inson ishlatadigan tushunchadir.
oxir oqibat, talaba professordan so‘radi:
- ser, yomonlik mavjudmi?
bu safar, professor ishonchsizlik bilan javob berdi:
- albatta, xali aytganimdek, biz uni xar kuni ko‘ramiz. insonlar o‘rtasidagi shafqatsizlik, butun dunyo bo‘ylab sodir etilayotgan ko‘plab jinoyatlar. bu misollar yomonlikning namoyon bo‘lishidir.
bunga talaba quyidagicha javob qildi:
- yomonlik mavjud emas, ser, yoki, xar xolda, u uning o‘zi uchun mavjud emas. u xam qorong‘ulikka va sovuqqa o‘xshaydi. yomonlik — bu xudoning yo‘qligini ta’riflash uchun inson o‘ylab topgan so‘zdir. xudo yomonlikni yaratmagan. yomonlik, yorug‘lik va issiqlik kabi mavjud bo‘lgan ishonch yoki muxabbat emas. yomonlik inson yuragida xudoga bo‘lgan muxabbatning yo‘qligi natijasidir. bu xuddi sovuqlikka o‘xshaydi, qaysiki issiqlik bo‘lmaganda keladi, yoki qorong‘ulikka o‘xshaydi, qaysiki yorug‘lik bo‘lmaganda keladi.
professor o‘tirdi. yosh talabaning ismi — albert eynshteyn edi.

Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 22 Sentyabr 2009, 16:00:06
EH, HOZIRGI YoShLAR!

O’zbegimning tanti shoiri «Eh, hozirgi yoshlar!» deb nola qilganida, ko‘p masalalarni ochib bergan ko‘rinadi. She’rni bilgan-bilmagan bor, ozgina ma’lumot beradigan bo‘lsak, unda yoshlar haqida ko‘p so‘zlar aytilgan. Bir qariya otaxon yosh avlodning o‘zgarib ketayotganidan qattiq noliydi. «Bu yoshlar uyalmaydi-ya, biz otamizni ko‘rsak, soyamizni ham topib bo‘lmasdi, hozirgilar ota-onasiga dars o‘qitadi-ya» degan mazmunda yosh avlod xususida mulohazalar qiladi. Ammo she’rning jozibali tomoni shundaki, otaxon oxir-oqibat zamonaning zayli bilan taraqqiylashib ketayotgan yoshlarni oqlashga o‘tadi. «Hozirgi yoshlar biz bilmagan narsalarni biladi, koinotga qadam qo‘ydi, hisob-kitob ilmida katta kashfiyotlarni qo‘lga kiritdi» va hokazolarni sanab, she’r oxirida yoshlarga omadlar tilaydi, o‘zining bilmaganini bilgan avlodning ustunliklarini e’tirof etadi.
She’rning silsilasi hozir ham davom etib kelyapti. Qayoqqa qaramang, katta yoshlilar kelajak avlod xususida salbiy fikrlarini o‘rtaga tashlashadi. «Yoshlar aynib ketyapti-da, oldingi paytda tizzasini ko‘rsatib qo‘ygan qiz fohisha deb gumon qilinsa, hozirgi qizlarga tizza ochish «madaniyat» bo‘lib qoldi. Biz ota-onamizning oldida televizorga qaray olmasdik, hozirgilar esa uyda odam bor-yo‘qligiga e’tibor qilmagan holda, serial tomosha qilishadi» va shunga o‘xshash dashnomlar eshitiladi. Ammo Erkin Vohidov aytganidek, davomidan yosh avlodning kompyuter sohasidagi bilimlari maqtaladi.
«Ular shu yoshda ota-onalarining tushlariga ham kirmagan «uchta dablyu»larni terib, internetning uyog‘idan kirib, buyog‘idan chiqib ketishadi. Biz bilmagan ko‘p sohalarni ham bilishadi deb, kelajak avlod haqiga duolar qilinadi. Xullas, paradoks! Boshida rosa tanqid qilinadi, keyin shiddat ila taraqqiylashib ketayotgan avlod oqlanadi. Nega shunday, degan savol tug‘ilishi turgan gap. Buning javobi kitoblarimizda mukammal suratda berib qo‘yilgan. Keling, ana shu sahih xulosalarga tayanib, ushbu holatni muolaja etaylik.
Yoshlarning ilmda erishayotgan yutuqlari har doim maqtalashiga sabab, umrning asosiy qismini yashab bo‘lgan otaxonlar, o‘rta yoshlilar bu ilmni endi qo‘lga kirita olmasliklariga ishonch hosil qilgan bo‘lishadi. Shu bois, o‘zlari bajara olmagan ishni o‘sib-ulg‘ayayotgan avlod amalga oshirishiga umid bog‘lashadi. Donishmandlardan biri ta’kidlab o‘tgan nasihatga quloq bering-a, naqadar go‘zal: «Farzandlaringizni kelajak zamon tushunchasi bilan tarbiyalang, chunki u sizning zamoningizda emas, balki o‘zining zamonida yashaydi!»
Mana shu buyuk nasihatga binoan farzandlarimizga dunyoviy ilmlarni ko‘proq va mukammal o‘rganishlari uchun zamonaviy vositalarni ko‘proq ishlatishimizga to‘g‘ri keladi. Ammo ma’naviyat masalasida yangilik qidirilmasligi lozim. Chunki bir elning ma’naviyati qanchalik uzoq muddatga borib taqalsa, uning avlodi shu qadar salohiyatli bo‘lib tarbiya topadi. Yapon farzandi kompyuter olamida dunyoni titratib tursa-da, ingliz tilidan oldin yapon tilini mukammal o‘rganib oladi. Bu uning ma’naviyati yetuk ekanligiga dalil. Mana shu ikki nuqtani yaxshilab ajratib olishimiz lozim. Kelajak avlod dunyoviy taraqqiyotga e’tiborsiz holda ulg‘aymasligi kerak, ammo shu bilan birgalikda, buyuk merosimiz sanalmish ma’naviyat gulshanida ham o‘ziga tegishli ne’matlardan rizqlangan bo‘lmog‘i darkor. Aynan shu mo‘‘tadillik natijasida, bizning avlod gazetamizning birinchi sahifasidan o‘rin olgan hunuk holatlarni yuzaga keltirmaydi.
...U kompyuter sahifalarini bemalol varaqlagani bilan kelajak ishlarini yevropacha hal qilishga o‘tib olmasin!
...U dunyoviy ilmlarning eng yangilaridan olsin-u, ma’naviyat masalasida qadimdan davom etib kelayotgan qadriyatlarimizda sobit tursin.
...U zamona zayliga ko‘nib, dunyoning eng sara avtomashinalarida yursa ham, mashina ichkarisida kimlargadir taqlid qilib, fohishalarni olib yurmasin.
...U eng taraqqiy etgan ilmlar bo‘yicha dissertatsiya yoqlasin-u, ota-bobosining urf-odatlari toptalayotganida, kulibgina: «Bu mening muqaddas tarixim, unga qo‘l tekkizmang!» deya olsin.
...U hisob-kitob ishlarida eng oldi ishchilardan bo‘lsin-u, muqaddas kitoblari harom deb hisoblangan yo‘llarda javlon urishlikdan or qilsin!
...U eng go‘zal binolar bunyod etib, ichkarisi-yu, tashqarisini eng chiroyli anjomlar bilan bezab qo‘ysin-u, haqiqiy Bunyodkor haqida o‘y surganida, ko‘zlariga yosh kelsin.
Mana shunaqa farzand tarbiyalaylik, azizlar! Shunda shoyad, munkillab asoga suyanib qolganimizda «Eh, hozirgi yoshlar!» deb afsus chekmasak!

Xayrulla HAMIDOV.

Ajoyib bu maqolalardi endi o'qishim, O'zi Xayrullo Hamidov yozganmikan
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 22 Sentyabr 2009, 16:06:13
O’ChOQ BOShIDAGI MUTOLAA

Kutilmaganda bir oilaning janjaliga aralashib qoldim. Janjalga jiddiy bir sabab ham yo‘q ekan. Lekin pashshadan fil yasagan er xotini, bolalarini ayovsiz haqoratlar va ko‘ngil shishalarini sindirardi. Men bu holatga indamay qarab turolmadim va o‘sha erkakdan so‘radim:
— Siz shu yoshga yetib nechta badiiy kitob o‘qigansiz?
Haligi erkak bu savolimga zaharxandalik bilan javob berdi:
— Hozirgi vaziyatda sizning bu savolingiz hecham yopishmayapti. Qolaversa, oilamdagi janjalga kitobning nima aloqasi bor?
— Judayam aloqasi bor-da. Agar siz ko‘p kitob o‘qiganingizda edi, hozirgi xatti-harakatingizdan o‘zingiz uyalardingiz? Begona bir ayolning oldida oilangiz sha’nini saqlash uchun jahlingizni jilovlay olardingiz. Qolaversa, er kishi uchun o‘z xotini va bolalari oldida o‘zining ojiz, salbiy tomonlarini ko‘rsatib qo‘yishi yaxshilikka olib bormaydi.
Haligi erkak bu safar jahl qilmadi. Uyiga kirib ketdi. Ketarkan, sal yurib orqasiga o‘girildi va dedi:
— O’ylab ko‘rsam, biror marta ham kitob o‘qimagan ekanman. Afsus...
Menimcha, aytganlarim unga ta’sir qilgandi. Bundan negadir mamnun bo‘lmadim. O’sha inson necha-necha yillarni behudaga o‘tkazib yuborganiga, otaday suyanchiq, onaday mehrli, oqil, dono kitoblardan bebahra qolganiga achindim, xolos. Qolaversa, uning bolalariga ham rahmim kelib ketdi. Bunday tor fikrlaydigan, qaltis vaziyatlarda o‘zini qo‘lga olishniyam bilmaydigan otadan ular qanday o‘rnak olishadi? Uning qay bir fazilatlari bilan faxrlanishadi, qalblarida g‘urur tuyg‘usini tuyishadi? Kezi kelganda, biror maslahatga zarurat tug‘ilganini his etishganida erkinsinib otasiga murojaat qilishadimi? Yoki otasiga bu masalani aytib o‘tirmaslikni ham ravo ko‘rib, qo‘l siltashadimi? Undaylar ko‘chadan mehr-maslahat izlab, noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolmaydimi? Ana shu narsalar yurakka yuk bo‘lib botadi. Qaniydi, buni har bir ota-ona o‘ylab ko‘rishsa, bunga fahmlari yetishsa? Ayniqsa, spirtli ichimliklarni xush ko‘ruvchi otalar o‘sha zahri-zaqqumning puliga bolalariga biror xil badiiy kitob olib berishsa edi... Afsuski, unday otalar, onalar (afsuski, oramizda ichuvchi onalar ham ko‘payib ketmoqda) kitob uchun pullarini qizg‘anishadi. Kitobning bolalari uchun naqadar kerakli va zarurligini o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Ular uchun bir necha daqiqalik kayf ustunlik qiladi, xolos. O’shanday ota-onalarning qo‘lida tarbiya topayotgan (aslida qanday tarbiya oladi?) bolalarning taqdirini o‘ylasam, yuragim ezilib ketaveradi.
Kitob — insonning eng oqil va odil maslahatchisi, yo‘l ko‘rsatuvchisi hamdir. Asardagi voqealar rivoji insonni fikrlashga, vaziyatga qarab ish tutishga va xulosa chiqarishga undaydi, to‘g‘ri fikrga kelishga ko‘maklashadi.
Mening hayotimda (ayniqsa, onam vafotidan keyin) kitob eng yaqin maslahatchimga aylanib qolgandi. Onamning o‘limi meni erta ulg‘aytirdi. Yurakdagi dardlarimga esa kitoblardagi voqealar rivoji malham bo‘lardi. Ana shu malhamni izlab, qo‘msab, hatto kechalari oy yorug‘ida ham kitob o‘qirdim. Buning esa, o‘ziga xos bir ramziy sababi ham bor ediki, bu mehribon onajonim bilan bog‘liq edi...
O’shanda... uyimizga otamning do‘stlari kechki payt kutilmaganda mehmon bo‘lib kelib qolishdi. Biz endigina kechki ovqatni yeb bo‘lib, suhbatlashib o‘tirgandik. Kutilmagan mehmonlar onamni shoshirib qo‘ydimi, meni, hatto dars tayyorlayotganimga ham qaramasdan, yumushga «ko‘mib» tashladi. Bu, tabiiyki, menga yoqmadi. Lekin onamga rahmim kelib, o‘choqqa o‘t yoqa boshladim. Lekin qo‘limdan kitobimni qo‘ymasdim. Ko‘zlarim kitob sahifalarida, bir qo‘lim bilan o‘choqqa tinimsiz o‘tin tashlayveribman. Qozondagi ovqat tagiga olib ketibdi. Bir mahal ovqatni suzish uchun tovoq ko‘tarib kelgan onamning tahlikali ovozini eshitib, boshimni kitobdan ko‘tardim.
— Voy, mengina o‘lay, shunchalik ham ko‘p o‘tin yoqasanmi? Ovqat kuyib ketay debdi-ku?!
Bir mahal onamning ko‘zi qo‘limdagi kitobga tushdi va uni qo‘limdan tortib oldi.
— Hali o‘choq boshidayam kitob o‘qib o‘tiribman degin! Meni mehmonlarning oldida sharmanda qilding-ku! Kuygan taomni ularning oldiga qanday olib kiraman! Otangdan rosa gap eshitadigan bo‘ldim-da. Mana, senga! — Onam shunday deganicha kitobni o‘choq ichiga itqitib yubordi.
— Voy, kitobi-im! — ingrab yubordim.
Kitobni kutubxonadan ikki kunga olgandim. Ertasi kuni uni olib borib topshirishim kerak edi. Shuning uchun uni oxirigacha o‘qishni istagandim. Bugungiday yodimda saqlanib qolgan. U o‘sha paytlar maktab o‘quvchilar o‘rtasida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan Parda Tursun degan yozuvchining «O’qituvchi» romani edi. Bu kitobni olish uchun kutubxonada navbatda turganlar juda ko‘p edi. (Ana shu voqealarni eslasam, o‘kinib ketaman. Axir o‘shanda bitta kitobni olish uchun navbatda turganlar bo‘lgan ekan-a? Hozir-chi? Bor kitobni ham o‘qimaydiganlar ko‘payib bormoqda).
Kitobni o‘choqdan bir amallab oldim. Ancha sahifasining uchlari kuyib, qorayib qolgandi. Ertasi kuni kutubxonachimizga bo‘lgan voqeani aytib berdim. Nimagadir kutubxonachimiz Matluba opa bu uchun meni koyimadi. Hozirlari o‘ylaymanki, opa kitobga bo‘lgan mehrimni, ixlosimni saqlab qolish uchun koyimagan bo‘lsalar kerak.
Kundalikning so‘nggi sahifalarida ta’til davrida o‘qigan kitoblarning nomini yozish uchun bir bet bo‘lardi. Men har yili ta’til davrida o‘qigan kitoblarimning nomini o‘sha bir betginaga sig‘dirolmay xunobim chiqardi. Qaniydi, hozir ham o‘shanday o‘quvchilar ko‘p bo‘lsa... Otalar, ayniqsa, otalar, aroqning emas, pulning emas, kitobning hidiga mast bo‘lishsa!!! Qizlarning loaqal bittagina ko‘ylagini kam qilishib, o‘rniga ularga oilada asqotadigan kitoblarni sepiga qo‘shib qo‘yishsa! Hech bo‘lmaganda, pazandachilik, tikuvchilik, bolalar tarbiyasi, muomala madaniyati, qizlar bilishi lozim bo‘lgan tavsiyalar haqidagi kitoblarni sotib olishni unutishmasa. Va qizlarjonimizning o‘zlari ham buni libos sotib olishni unutmaganlaridek, yodlarida tutishsa! Menimcha, eng dono ona — qizi uchun kerakli kitoblarni to‘plab borganidir va uni sandiqqa qimmatbaho buyumdek joylaganidir!
Mening yolg‘izgina o‘g‘lim bor. Qaynona bo‘lishni orzulab yuribman. Qaniydiki, menga kelin bo‘ladigan qizning sepi ichidan loaqal bir donagina kitob chiqsa, buning quvonchini so‘z bilan ta’riflab berolmasam kerak. Dunyodagi eng oqila kelinga ega bo‘lganimdan boshim ko‘kka yetar, o‘shanda... Mana shuni o‘ylashning o‘ziyoq odamni to‘lqinlantirib yuborayapti.
Aziz ota-onalar! Bolalaringizga kitob olib bering, ularni o‘qishga o‘rgating va vaqti-soati kelganda ana shu mehnatlaringizning ajo-o-yib samarasini ko‘rasiz! Farzandlaringizning yomonlik ko‘rmagan nigohlari kitob sahifalari uzra termulishiga erishing va bu uchun kelajakda ming-minglab olqishlarga sazovor bo‘lmasangiz, mana, men kafilman!

Gulchehra ALIBOYeVA.

Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 22 Sentyabr 2009, 16:09:22
KOMPYuTYeRDA IShLAShDAN MAQSAD NIMA?

Yana gapni uzoqdan boshlamoqchiman. Suvni tejash mumkinligini hamma biladi. Uni biror idishga olib qo‘yib, keyin ishlatish mumkin. Yoqilqini ham tejash mumkin. Karbyuratorni yaxshilab sozlasangiz, yoqilg‘ini yaxshigina tejash mumkin. Hatto faqat induktsiya paytida hosil bo‘ladigan, manbadan uzilgan zahoti yo‘qolib qoladigan elektr tokini ham tejash mumkin ekan. Texnologiyalar shu qadar rivojlanib ketdi. Esingizda bo‘lsa, maktabda fizika darsida «sig‘im» degan mavzu bo‘lardi. Ana shu narsa orqali elektr tokini ham «keyin ishlatarman» deb saqlab qo‘yish mumkin. Qo‘l telefonlarining akkumulyatorlari, kompyuterlar ulab qo‘yiladigan uzluksiz ozuqa manbalari (UPS) ham elektr tokini o‘zida saqlab turadi. Xullas, bizga berilgan juda ko‘p ne’matlarni tejash mumkin ekan, keragini ishlatib, qolganini avaylab, keyin ishlatish uchun olib qo‘yish mumkin ekan.
Biroq, shunday ne’mat borki, uni keyinga olib qo‘yib bo‘lmaydi, uni biror vosita yordamida saqlab bo‘lmaydi. Bu ne’mat — vaqtdir. Kompyuterda ishlash haqida gap borar ekan, avvalo ana shu buyuk ne’mat — vaqtni esga olish, vaqtni to‘g‘ri tashkil qilish, vaqtdan unumli foydalanish haqida so‘z yuritish kerak, deb o‘ylayman.
Faraz qiling, daraxtning teparoq bir shoxida g‘arq pishgan olma osilib turibdi. Sakrasangiz ham qo‘lingiz yetmaydi. Nariroqda uzunroq bir cho‘pni ko‘rib qoldingiz. O’sha cho‘p bilan olmani bir amallab yerga tushirdingiz. Xo‘sh, sizga olmani o‘sha cho‘p olib berdimi yoki olmani olish uchun o‘sha cho‘pdan foydalanishga aqlingiz yetdimi? Albatta, cho‘p yordamida go‘yo qo‘lingizni sal uzaytirdingiz. Boshqacha qilib aytsak, cheklangan imkoniyatingizni uning yordamida biroz kengaytirdingiz. Aytmoqchimanki, kompyuter ham aslida insonning cheklangan imkoniyatlarini kengaytirish uchun ishlab chiqarilgan. Millionlab hisob-kitoblarni bir lahzada bajara olmaysiz, kompyuter bajara oladi. Milliardlab sahifalik ma’lumotlarni xotirada saqlab tura olmaysiz, kompyuter saqlab tura oladi. Biroq, boyagi cho‘p o‘zi cho‘zilib olmani sizga olib bermagandek, kompyuter ham sizga kerakli hisob-kitoblarni o‘zicha yechib bermaydi. Unga nimani qanday hisoblashni siz aytasiz, u esa bu ishni misli ko‘rilmagan tezlikda bajarib qo‘yadi, xolos. E’tibor berdingizmi, u sizdan ko‘p VAQT talab qiladigan ishni qisqa VAQT ichida bajaradi. U vaqtingizni tejaydi, bir kishi emas, kattakon bir korxona xodimlari birgalashib bir necha oyda bajaradigan hisob-kitoblarni bir necha daqiqalarda bajarib qo‘ya oladi. Demak, ish to‘g‘ri tashkil qilinsa, kompyuter odamga VAQT ne’matini biroz «ko‘paytirib» beradigan noyob qurilma ekan. Biroq, bugungi suhbatimiz buning teskarisi — kompyuterning VAQTNI isrof qilish vositasiga aylanib qolayotganligi haqida bo‘ladi.
«Vaqting ketdi, naqding ketdi», deydi dono xalqimiz. Bu so‘z pullik kompyuter o‘yinlari klubida bo‘layotgan ishlarga nihoyatda mos tushadi. Naqd pul berasiz, bir soat vaqtingizni bekorga ketkazasiz. Shusiz ham o‘sha vaqtingiz ketardi, lekin siz shunga yana pul ham berasiz. Kompyuter o‘yin klublarining egalari, kompyuter o‘yinlarining ishqibozlari, tarafdorlari bizdan xafa bo‘lmasinlar, biz ularni tanqid qilmoqchi ham, ularni qoralamoqchi ham emasmiz. Mijozlar pulni rozi bo‘lib beryaptimi, topganingiz halol, barakasini bersin. Biroq, men kompyuter klubiga kelganlar shu bir-ikki soat davomida virtual raqiblarni virtual o‘yinlarda yengib, virtual g‘alabalar qozonib, virtual daromadlar topish, virtual sovrinlar olib, VAQTINI, naqdini zoe ketkazish o‘rniga o‘ziga, imkoni bo‘lsa oilasiga, jamiyatga, millatga, Vatanga foydasi bor bir ish qilsa-yu, bundan hamma baravar manfaat ko‘rsa, deb orzu qilaman. Bu mening shaxsiy fikrim.
Endi sarlavhaning mazmuniga tegishli gapga navbat keldi.
Har bir ishdan ko‘zlangan maqsad bo‘ladi. Inson bir xayrli maqsadni niyat qilib, ish boshlaydi. Shu ish amalga oshmay qolsa ham, niyati zoe bo‘lmaydi. Bu xalqimizning qon-qoniga singib ketgan tushuncha. Bugungi kunda kompyuterdan faqat ko‘ngilochar maqsadlarda foydalanayotgan, kompyuterni ko‘rsa, avvalo ichida qanday film, qanday klip, qo‘shiq yoki o‘yinlar borligiga, qo‘l telefonga yozib olsa bo‘ladigan nimalar borligiga qiziqayotgan yurtdoshlarga ana shu tushunchani eslatib turishga to‘g‘ri kelmoqda.
Ha, afsuski, bugungi kunda kompyuterga birinchi navbatda ko‘ngilochar vosita, deb qaraladigan bo‘lib qoldi. Ayniqsa, bolalar kompyuterga ko‘zi tushgan zahoti darrov «O’yinlari bormi?» deb so‘rashadi. Chunki bugungi kunda kompyuter o‘yinlari juda murakkablashib, bolalar uchun nihoyatda qiziqarli bo‘lib ketgan. Besh-olti kishi bo‘lib olib, shunaqangi otishma o‘yinlar o‘ynashadiki, VAQT qanchalik tez o‘tib ketganini sezmay qolishadi. Farzandlaringiz yoki ukalaringiz «Kompyuter o‘ynab kelay», deb pul so‘rayotgandir? Agar shunday bo‘lsa, hurmatli ota-onalarga bir kun erinmay farzandlari bilan kompyuter klubiga borishni maslahat beramiz. O’g‘lingiz u yerdagi o‘yinlarni g‘oyatda chaqqonlik, ustalik bilan o‘ynashini ko‘rib, qoyil qolasiz. Chunki siz bu o‘yinlarni bir daqiqa ham o‘ynay olmaysiz, sizni birpasda «o‘ldirishadi», bittayam «joningiz» qolmaydi. Biroq, o‘yinni zo‘r o‘ynagan bola kompyuterda ishlashni ham zo‘r biladi, degani emas. To‘g‘ri, o‘yin bahona ingliz yoki rus tillardagi shu o‘yinga tegishli so‘zlarni o‘rganish mumkin, bu o‘yinlarni bir kompyuterdan boshqasiga (o‘rtog‘inikiga) o‘rnatishni, hatto kompyuterlar bir-biriga ulashni ham bilib olish mumkin. Biroq maqsad baribir o‘yin bo‘ladi.
Ana endi «Qani o‘g‘lim, kompyuterda ko‘rsatkichli funktsiyaning grafigini chizib bering-chi» deb ko‘ring, natija qanday bo‘larkan («Kompyuterda funktsiyalarning grafigini ham chizsa bo‘ladimi?» — demasa bo‘ldi). Yana bir maslahat, o‘sha sevib o‘ynaladigan o‘yinlarning nomi, bu nomlarning ma’nosi, o‘yinning syujeti qanday kechishi bilan ham bir qiziqib qo‘ring.
Aytmoqchimanki, kompyuterda qilinishi mumkin va kerak bo‘lgan g‘oyatda foydali, muhim, dolzarb ishlar bor. VAQTNI ana shularga sarflash payti keldi. Masalan, xalqimizning necha asrlik boy ilmiy, tarixiy, adabiy merosi hali elektron formatga o‘tkazilmagan, hali o‘zbek tilidagi rasmiy operatsion tizimlar ishlab chiqilmagan, hatto kompyuter texnologiyalariga oid yuzlab atamalar hali o‘zbek tiliga tarjima ham qilinmagan, o‘zbek xalqini dunyoga mashhur qilgan ne-ne buyuk siymolar — na ajdodlarimiz, na zamondoshlarimizning hayoti, ijodi, asarlari na o‘zimizga, na jahonga internet orqali namoyish qilinmagan. Bunga sabab nima? Balki, kompyuterda ishlashdan maqsadimiz, niyatimiz to‘g‘ri bo‘lmaganidandir?
Ustozlarimizdan biri Maldiv orollariga borganda mahalliy tilga tarjima qilingan operatsion tizimlarni ko‘rganligini ham havas, ham umid bilan eslaydilar. Men o‘zim UNIX tizimining mo‘g‘ul tiliga tarjima qilinayotganligini ko‘rganman. O’zbek tilidagi operatsion tizim chiqqaniga esa chamamda endi ikki oycha bo‘lib qoldi...
Bir bobomizning «tig‘i yetmagan joyni qalam bilan olgan» boshqa bir bobomiz tilimizning hech qaysi tildan kam emasligini, hatto ko‘p jihatdan ba’zi tillardan ustunligini isbotlab qo‘ygan edilar. Qani o‘sha buyuk tildagi elektron kutubxonalar, axborot resurslari, multimedia entsiklopediyalar, repetitor dasturlari, elektron kitoblar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, devonlar, kulliyotlar? Alisher Navoiyning, Abu Rayhon Beruniyning, Bobur Mirzoning, Ulug‘bek Mirzolarning to‘la asarlari o‘zbek internetiga qo‘yilganmi? Internetda Abdulla Qodiriy, Oybek, Usmon Nosirlarning saytlari bormi? Ming afsuski, yo‘q. Buning uchun shuncha ma’lumotni kompyuterning xotirasiga kimdir kiritishi kerakmi? Kimdir VAQTNI shu ishga sarflashi, bu matnlarni tahrir qilib, imlo va ma’nodagi xatolarini tekshirib chiqib (Word dasturiga biriktirilgan avtomatik musahhihning ro‘yxatini ochib, qidirib ovora bo‘lmang, u yerga o‘zbek tili kirill va lotin alifbosidagi musahhih kiritib qo‘yilgan bo‘lsa ham, hali bu ish mukammal yo‘lga qo‘yilgan, deb bo‘lmaydi), keyin internetga nashr qilishi kerakmi? Kim qiladi bu ishni? Agar klaviaturada o‘yin o‘ynab bosilgan tugmalar mana shu matnlarni yozish uchun bosilganda, VAQT shu ishlarga sarflanganda, balki bu savollar javobsiz qolmasmidi...
Xalqqa shu yo‘sinda xizmat qilaman, degan niyatda, millatimni, yurtimni dunyoga ko‘z-ko‘z qilaman, degan maqsadda kompyuter yoniga o‘tirayotganlar ko‘pchilikmi? Afsuski, yetarli emas. Men O’zbekistonda kompyuter sohasida hech qanday ish qilinmayotir, degan asossiz fikrdan uzoqman. Biroq, ahvol maqtanishga arzigulik emas.
Nozikta’b gazetxonlar maqtanishga yo‘ymasa, bir gap aytaman. Yillar davomida kompyuterda qiladigan asosiy ishim matn terish bo‘lardi. Biroq, mohir mashinistkalarga o‘xshab klaviaturaga qaramay harf terishni o‘rganishga hech qunt qilmagandim. Lekin ana shu yillar davomidagi tajriba, ko‘nikma shu darajaga yetibdiki, barmoqlarim qaramasam ham harflarni o‘zi topib yozadigan bo‘lib qolibdi. Buni bir kuni noutbukda ishlab o‘tirganimda, tok o‘chib qolganida sezdim. Demak, uzoq muddat tinmay harf teraversangiz, barmoqlar harflarning joyiga ko‘nikib qolib, kerakli tugmani o‘zi bosadigan bo‘lib qolar ekan. Aytmoqchimanki, qaramay yozishga o‘rgatadigan maxsus dastur bilan shuqullanmay turib ham, yozaversangiz qo‘lingiz o‘rganib ketar ekan. Bu gaplarni «kompyuter o‘yinlari barmoqlarni klaviaturaga tez o‘rgatadi», degan fikrlarga qarshi aytyapman. Biror foydali matnni yozib ham barmoqlarni klaviaturaga o‘rgatsa bo‘ladi, demoqchiman.
Afsuski, ko‘pchilik kompyuter oldiga faqat o‘yin o‘ynash uchun, VAQTNI «ko‘ngilli» o‘tkazish o‘tirmoqda. Bu o‘yinlarni kim ishlab chiqargani, nima maqsadda ishlab chiqargani bilan hech kimning ishi yo‘q, faqat shu o‘yinda yutsak bo‘ldi. Ko‘zimizni monitordan uza olmay qolamiz. VAQTning o‘tib ketganini sezmay qolamiz. Monitorning ko‘zga zarari haqidagi suhbatimiz esingizdami? Ha, ko‘zga eng katta zarar shu alfozda ko‘zni yummay o‘tirishdan yetadi. Biz esa o‘ynayveramiz, kimlargadir «o‘q uzamiz», «poyga»larda qatnashamiz, «strategiya»larni boshqaramiz. Keyingi bosqichlarga o‘tamiz.
Shu mavzuda Rossiya internet nashrlarida yozilgan bir maqoladan iqtibos keltirmoqchiman:
Farzandi har lahzada virtual dunyoda kimnidir o‘ldirayotgan ota-onaning holatini tasavvur qiling. Professor A.G.Asmolov buni «Veld sindromi» deb ataydi. Bir qarashda dunyo ikkiga bo‘linib qolgandek. O’rtada tubsiz jarlik hosil bo‘lgan. Bolalar kompyuter o‘yinlari — bu zo‘r, bu maza va hokazo deyishadi. Ularga faqat o‘yin bo‘lsa bo‘ldi. Qo‘yib bersangiz, tinmay o‘ynashsa. Ularni o‘yinga ruxsat bermay jazolash mumkin. O’ynashga ruxsat berib, mukofotlash ham mumkin. Kattalar Veld sindromini eslashadi. Ota-onalarning ko‘z o‘ngida tajovuzkorlikdan, virtual qotillikdan mast bo‘layotgan yosh avlod o‘sib kelmoqda. «Veld effekti»ning soyasida avlodlar o‘rtasidagi uzilish muammosi yashirinib yotibdi. Kompyuter bolalarning eng shirin orzusiga aylandi. Kompyuter o‘yinlar ularning eng sevimli mashg‘ulotiga aylandi. Ota-onalarning oldida esa yana o‘sha an’anaviy «Nima qilmoq kerak?» degan savol ko‘ndalang bo‘ladi. E’tibor berishmasinmi? Yoki hammayoqqa jar solib, kompyuter o‘yinlariga qarshi urush ochishsinmi? Kompyuter o‘yinlari «dunyoni egallagach», insoniyat ikki lagerga — virtual reallikning tarafdorlari bilan dushmanlariga ajralib qoldi. Hatto insonning yangi «navi» — «geymerlar» (o‘yinchilar) paydo bo‘ldi. Bu muammo butun dunyoga tarqaldi, tadqiqotchilar har safar o‘yinlarni oqlaydigan va qoralaydigan yangidan-yangi dalillarni topmoqdalar. Biroq, ahvol o‘zgarmayapti, muvozanat saqlanib turibdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yaqin yillarda elektron o‘yinlar bozori tinimsiz kengayib boradi. Gap yiliga o‘nlab milliard dollar daromad keltirayotgan biznes sohasi haqida boryapti. Qaroqchilik nihoyatda rivojlanib ketgan bugungi kunda ham bu sohada Amerika kinosanoatidan ko‘ra ko‘proq pul topilyapti.
Biroq, ekspertlar qattiq tashvishga tushishgan. «Aksariyat o‘yinlar g‘ayriijtimoiy unsurlar — zo‘rlik, seks va uyat so‘zlarga to‘lib-toshgan, — deydi Amerika Ommaviy axborot vositalari va oila Milliy instituti direktori Devid Uolsh. — Afsuski, aynan ana shunday o‘yinlar 8-15 yoshli bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalgan».
AQShda olib borilgan tadqiqotlardan biriga ko‘ra, yoshlar sevib o‘ynaydigan o‘yinlarning deyarli 80 foizi personajlarning shafqatsizligi bilan ajralib turadi.
«Virtual Image Productions» kompaniyasining prezidenti Rik Dayer shunday deydi: «O’yinlar oddiy o‘yinchoq bo‘lmay qoldi. Ular o‘rgatish vositasiga aylanib ketdi. Va biz bolalarni tepkini bosib, rohatlanishga o‘rgatyapmiz. Ammo biz real hayotda buning oqibati qanday bo‘lishi o‘ylab ko‘rishga ularni o‘rgatmayapmiz».


Ozod MUNAVVAR.

Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 22 Sentyabr 2009, 16:34:37
"Bizni musulmon qilgan Qur’ondagi sonlarning siridir"- deydi matematik olim, doktor Matriks.

Baynalmilal bir konferensaga ishtirok etish uchun Budapeshtga kelgan edim. Bu yerdaligimni bilib olgan doktor Matriks menga Turkiyadan qo‘ng‘iroq qilib, Istanbuldagi bir telefon raqamini yozdiribdi. Darhol Turkiyaga sim qoqdim. Telefonni qizi oldi. Istanbulda Taqsim mavzeidagi Hilton mehmonxonasida ekanliklarini aytdi.
Ertasi kuni ertalab Istanbulga uchdim. Tayyoragoxda meni qizi Iva kutib olmoqchi edi. Uchoqdai tushganimda men tomon kelayotgan va hijobga o‘rangan bir xonim diqqatimni tortdi. E’tibor berib qaragach, uning Iva ekanini bildim. Hayron qoldim. Nega bunaqa kiyindi ekan?
Meni ko‘rib:
- Xush kelibsiz, - dedi va unga "žOyisha" deya murojaat etishimni iltimos qildi.
Hayratim battar ortdi. Talmovsirab "žXo‘p", dedim. Otasi, ya’ni, doktor Matriks Amriqo Qo‘shma Shtatlari hukumati nomidan kelgan o‘ta maxfiy bir rasmiy hay’at ichida ekan. Iva, ya’ni, yangi ismi bilan aytganda Oyisha otasi bilan kechki payt ko‘rishishimizni aytib, meni shaharni aylanishga taklif etdi. Qabul qildim.


Galata ko‘prigidan o‘tib, oldin bo‘g‘ozni, so‘ngra orqaga qaytib, Sultonposho jomeini va To‘pqopi saroylarini kezdik.
Chiqishda Oyisha yasama javohirotlar sotayotgan bir ishportachidan (sifati yuqori bo‘lmagan mollar sotuvchidan) uzoq tortishuvlardan keyin to‘rt dona bezak ashyosi sotib oldi. Sotuvchi bola hisoblash mashinasi yordamida narxni chiqardi.
- Olti dollaru yetmish besh sent, - dedi.
Bola hisob mashinasida yakun (teng) tugmasi o‘rniga, uch marta qo‘shuv tugmasini bosganini ko‘rdim. Buni Oyishaning qulog‘iga shivirlab aytdim. U bosh silkib tasdiqdadi. Lekin baribir bola so‘ragan 6,75 dollarni berdi.
- Nega etiroz bildirmading? - dedim nariroq borgach.
- Chunki kallamda hisobladim, ayni natija chiqdi, - dedi Oyisha.
Darrov qog‘oz qalam olib, hisob-kitob qildim. Darhaqiqat, sotuvchi bola haqli edi.
Oyisha menga ma’noli qarab, dedi:
- Sonlarning siri bu. Bizni hayratda qoldirgan va pirovardida ismimizni va dinimizni o‘zgartirishimizga sabab bo‘lgan sirlar...
Gapidan biror narsa tushunolmadim. Uchoqdan tushganimdanoq boshlangan hayronligim hali ham tarqalmagan edi. Rosa charchagan edim balki.
Kechqurun mehmonxonaga qaytganimizda, doktor Matriks bizni xonasida kutib turgan ekan. Yoqasida porloq yashil bir hiloli bo‘lgan moviy kostyum-shim kiyib olgan. Sochlarini qisqagina qilib kesgan, soqol ham qo‘ygan. Hayron turganimni ko‘rib:
- Hech Afg‘onistonda bo‘lganmisiz? - dedi qo‘l siqisharkan.
- Yo‘q, doktor Matriks, - dedim kulimsirab.
- Menga Matriks o‘rniga Abdulloh Yosin, deya xitob etsangiz, yanada xursand bo‘laman, - dedi.
Xayolimga kelmagan holatdan hayratga tushib, yoiimdagi kursiga cho‘kdim.
- Xudo xayringizni bersin, tushuntirib bersangaz-chi, nimalar bo‘lyapti o‘zi? - dedim.
- Musulmon bo‘ldik, - dedi.
- Mayli... Lekin nima uchun? Avval dinsiz edingizmi?


- Yo‘q, ammo endi haqiqiysini va Alloh (J.J.) nazdida yagona bo‘lganini topdik.
Sabablarini so‘radim.
- Islomiyatni qabul qilish uchun har kimga turli narsa sabab bo‘lishi mumkin. Biroq kaminaning bu sharafga noil bo‘lishim o‘zgacha kechdi. Matematika bilan shug‘ullanuvchi olim bo‘lganim uchun, Islomiyatga shu tomondan intisob etdim. Ya’ni, kaminani musulmon qilgan omil Qur’ondagi sonlarning sirlaridir.
Quloqlarim guvillar va miyam lo‘qillar edi. Biroq Oyishaning sotuvchi bola yonida aytgan so‘zlarining ma’nosini endi tushundim.
Matriks so‘zida davom etdi:
- Barcha xususiyatlari qatori, Qur’on bu jihatdan ham mo‘‘jizadir va bu mo‘‘jiza boshidan oxirigacha davom etadi. Kitob javonidan bir kitob oldi. - Bu kitob Qur’on ustida o‘tkazilgan o‘ta hassos bir tadqiqotdir. Amriqoda bioximiya sohasida doktorligini himoya qilgan Kxalifu ismli bir misrlik olim yozgan va 1972 yilda Amriqoda xususiy tarzda nashr ettirgan, - dedi.
Kitobni uzatdi, oldim. Men varaqlayotgan chog‘imda, u:
- Ko‘rib turganingdek, Qur’ondagi sonlarning sirlaridan bahs etadi, - dedi. - Faqat kitoblar yordamida tushuntira olish mumkin buni.
- Bir misol keltira olasanmi? ~ dedim.
- Albatta, - dedi. - Faqat, sen yana bir oz ko‘zdan kechirib tur, men namozimni o‘qib olay.
- Bu tag‘in nimasi?
- Namoz bizlarni Robbimiz huzuriga olib boruvchi eng qisqa yo‘ldir, - deya yonidagi tortmadan kichik bir gilam chiqardi: - Buning nur tezligida uchadigan bir gilam ekanligini bilasanmi?
- Bugun shuncha narsani bildimki, bunisidan ham hayron bo‘lmayman, - dedim.
- Bu joynamozdir, - dedi Matriks. - Robbimizning huzuriga chiqish uchun buning ustiga turib, "žAllohu akbar" deyish kifoya, bir zumda dunyodan ayriyaib, huzuriga qovushasan.
Shippaklarini yechib, joynamozga turib, bir ozdan keyin Makkaga tomon sajda qildi.
Abdulloh namoz o‘qirkan, bir unga, bir qo‘limdagi kitobga qarardim. U hech bir narsaga chalg‘imay hamon sajda qilar, ora-sira tik turib, takror boshlar edi. Namozini tugatgach, qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, bir muddat shunday o‘tirdi, so‘ngra turib yonimga keldi.
- Qaerini tushuntirib berishimni xoxlaysan? - deb so‘radi.
Kitobni ochib:
- Shu yerni tushuntirsangiz yomon bo‘lmasdi har holda, - dedim.
- Kitob muallifi bu o‘rinda "ž19" raqamining Qur’ondagi sirlari ustida fikr yuritadi, - deya anglata boshladi. - Qur’ondagi suralar soni 114 tadir, ya’ni, 6 ta 19 dir. Bir suradan boshqa hammasini ochguvchi mashhur "žBismilloh..." oyati ham 19 harfdan iborat. "žBismilloh..."ning ilk kalimasi bo‘lmish "žISM" lafzi Qur’onda 19 marta keladi. Ikkinchi kalima "žALLOH" esa, 2698 marta uchraydiki, bu xam 19 ga qoldiqsiz bo‘linadi va 142 ga tengdir. Uchinchi kalima bo‘lmish "žar-ROHMAN" 57 daf’a zikr etiladiki, u ham 19 ning 3 ga ko‘paytmasiga tengdir. Oxirgi kalima "žar-ROHIYM" esa, 114 bor zikr etiladi. Va u ham 19 ning 6 barobaridir.
- Haqiqatan juda qiziq, - dedim. So‘zimni tugatar-tugatmasimdanoq, u davom etdi: - "ž19" sonining sirlari shular bilangina tugamaydi. Ma’lumki, Qur’oni karimning ayrim suralari harflar (muqataot) bilan boshlangan. Har bir shunday suralarda ham bu favqulodda va hayratlanarli model-ning aynisini uchratasan. Ya’ni, bu boshlangich harflarning o‘sha suradagi soni sanalsa, har safar bu miqdor istisnosiz 19 ning ko‘paytmasi bo‘lib chiqadiz.
Shu damgacha nihoyatda yumshoq bo‘lgan ovozi borgan sayin yo‘g‘onlasha boshladi.
- Tushunilishi favqulodda qiyin bo‘lgan bu matematik sistemani ijod etishga Asri Saodatda kimning kuchi va vaqti bor edi?! - dedi. - Tarixning eng band insoni bo‘lmish Muhammad alayhissalomning emas, albatta. Agar masxara qiluvchilar va orsizlar hali ham Muhammad (s.a.v.)ning qum ostiga saqlaganlari komputer vositasida Qur’onni 19 soni ustiga qurilgan, o‘zaro o‘tuvchan bir sistema o‘laroq programmalashtirganlariga bizni ishontirmoqchi bo‘lishsa, men o‘z etim va suyaklarim bilan ularga qarshi chiqaman.
Abdulloh Yosin men borligimki unutgan edi go‘yo. Menga bir qarab ovozini yumshatib, o‘rindiqqa o‘tirdi.
- Qur’onda bunday bir inja sistemaiing maydonga kelishi, ya’ni, bunday hodisaning tasodif bo‘lish ehtimoli qanchalik, bilasizmi? - deb so‘radi.
Qisqagina qilib "žYo‘q", dedim.
- Elektron miyaning bergan javobiga ko‘ra, bu ehtimol 626 sentillioidan 1 dir. Ya’ni, raqam bilan ifoda etilsa, Qur’ondagi bu sistemaning tasodifan bo‘lishi 626* 10(24 daraja) = 626.000.000.000.000.000.000.000.000 dan bir ehtimoldir. Buning ustiga, 19 tub sondir. 9 va 10 raqamlari ilk darajalarining yigindisi ikkinchi darajalarining farqidir. Bundan tashqari, Qur’ondagi sonlar yashirin, sirli bir shifrdir. Kelajakka doir bir qancha ishoratlarni ulardan tushunib olsa bo‘ladi.
Men hayron edim. Holatimni ko‘rib, u bunday dedi:
- Kitobning eng tushunarli joylaridai birini ochibsan. Agar emirp va nonemirplarni ham bilsang edi...
- Men sizlar kabi iumerolog (sonlar bilan shug‘ullanuvchi olim) emasman, - dedim. - Ammo bilganimda nima bo‘lardi?
- Agar bilsayding va bu kitobni bir oz mutoala qilsayding bomdod namozini birga o‘qigan bo‘lardik. Islomiyatni qabul qilishing uchun 10-15 sahifa o‘qishing kifoya.
- Agar yana ozgina uxlamay o‘tirsam, haqiqatda sening aytganing bo‘ladi, shekilli o‘zi, - dedim olimga.
Hanuz Islomiyatni qabul qilganimcha yo‘q. Ammo doktor Abdulloh Yosiini ko‘rganimdan va uning hayajonli nutqini tinglaganimdan keyin his etdimki, Islomiyatni tadqiq qilishimga hojat qolmagan edi.

(Martin Gardner)
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 22 Sentyabr 2009, 16:36:45
SO’NGGI ISTAK

Odmigina kiyingan ayol kasalxona yo‘lagida u boshdan bu boshga borib kelar, hech kimga sezdirmay unsiz yig‘lardi. Har yili o‘g‘ilchasini shu yerga olib keladi. O’zi yaqinda shu yerda yotib chiqqan edi o‘g‘ilchasi. Bugun yana olib kelishga to‘g‘ri keldi. Bu safar shifokori nima der ekan?..

Endigina sakkiz yoshga to‘lgan bolakayga og‘ir dard yopishgan. Bolalarda kam uchraydigan miya saratoni, deya tashxis qo‘yilgan edi. Uzoq muddatli davolanishlar natijasida shu kunlarga yetib kelgan edi u. Ayni damda esa dardi xuruj qilib qoldi. Bu gal esa dard og‘irroq o‘tdi. Ishqilib yaxshilik bo‘lsin-da...

Ayol turmush o‘rtog‘idan ayrilib qolganida bolakay ikki yoshda edi. To‘satdan kelgan o‘lim ayol va o‘g‘ilni yolg‘iz tashlab, otani olib ketgandi. Mana bugun o‘sha bolakay sakkiz yoshga to‘ldi, ammo kutilmagan dard onaizorning ich-etini yeb ado bo‘lishiga sabab bo‘lgandi. Bolasiga kuyaverib bir siqim bo‘lib qolgan ayolni hech kim o‘ttizga kirgan demaydi. Musibat ham kishini tez qaritib yuborar ekan. Ayol taqdirning har qanday sinovlariga dosh berishga ko‘nikkan edi, bo‘lmasa eng yaqinlaridan ayrilishning o‘zi musibatdir.

Bir payt ichkaridan oq xalatli shifokor ko‘rindi. Ayol uning yoniga chopib bordi. Endi og‘iz juftlagan ham edi, shifokorning o‘zi vazminlik bilan gap boshladi:

- Qizim! Masala jiddiy. Bolaning ahvoli yaxshi emas. Mana, necha yildan beri davolanasizlar. Bu safar unga qo‘limizdan kelganini qildik, ammo foydasi yo‘qligini bilib tursam ham sening umidingni uzmoqchi emasman. Bolang hozircha yaxshi, uxlab yotibdi, kirib ko‘rishing mumkin. Lekin og‘ir bo‘lsa ham aytishga majburman. Bu ahvolda u uzoqqa borolmaydi. Taqdirga tan berishdan o‘zga iloj yo‘q. Chiqmagan jondan umid, deganlaridek, Ollohdan darmon so‘rash kerak, ajab emas shifo ato etsa. Ammo haligi aytganimdek... Endi uning so‘nggi istagini bajaringlar, zora u endi boshlangan umrining so‘ngi damlarini shodon va baxtiyor o‘tkazsa. Manavi qog‘ozga kerakli dorilar yozilgan, lekin foydasi bo‘larmikin?..

Ayol yerga qarab yig‘lay boshladi. Keksa shifokor bo‘lsa uning yelkasiga qo‘lini qo‘yib tasalli berdi. Ayolning bu holati taqdirning jumboqli yozug‘iga rozi ekanligini bildirib turardi. Onaizor shifokorning aytganiga ko‘ra, o‘g‘ilchasi uyg‘onguncha qishloqqa borib, qo‘ni-qo‘shni va mahalla oqsoqoliga xabar berdi...

Ayol o‘g‘lini uyga olib keldi. Shifokorning so‘nggi tashxisini bolaga bildirishmadi. Bechora ona yursa ham, tursa ham yig‘lardi, faqat buni o‘g‘liga ko‘rsatmasdi. Bola sezib qolgudek bo‘lsa, sog‘ayib ketgani uchun xursandligidan yig‘layotganini aytardi. Qo‘ni-qo‘shni ham jim qarab turishmadi. Hammasi bir yoqadan bosh chiqarib bolaning ko‘nglini ko‘tarishga harakat qildilar. Biri qo‘yib, biri ko‘rgani kira boshladilar. Maktabdagi tengdoshlari esa muallimi bilan birga sovg‘a-salomlar olib ko‘rgani keldilar. Ayol o‘g‘lining shu paytgacha bunchalik sevinganini ko‘rmagan edi.

Bolakay uylarining orqa tomonidagi o‘yingohda o‘rtoqlariga qo‘shilib futbol o‘ynadi. Qirga chiqib qo‘shni bolalar bilan varrak uchirdi. Onasi esa unga ergashib, bir qadam ham yonidan jilmasdi. Shu tariqa ikki kun o‘tdi. Bolakay bugun-erta bu yorug‘ olamdan ko‘zlarini abadiy yumishini hamma bilar, ammo o‘zi bundan bexabar edi. Ertalab mahalla oqsoqoli keldi.

- O’g‘lim, senga do‘mboqqina kulchalar keltirdim. Xolang berib yubordi. Issig‘ida yeb ol, xo‘pmi? - deya boshini siladi.

- Rahmat, amaki, ayam ham shirin kulchalar yopib beradi menga.

- Qani, ayt-chi menga, hozir nima qilging kelyapti? Tortinmay aytaver.

- Menmi? Otga minishni istayman. Dadam bo‘lganida meni ham otga mindirardi.

Oqsoqol ikki yigitga cho‘ponlarni aytib kelishni buyurdi. Oradan yarim soatlar chamasi vaqt o‘tib darvoza oldida to‘rtta otliq paydo bo‘ldi. Bolakay sevinchdan osmonga uchardi go‘yo. Otliqlardan biri uni oldiga mingashtirib oldi. Oqsoqol va ayol ularning ortidan piyoda keta boshladilar. Ular bolakayni otda rosa sayr qildirdilar. Ayol hammasiga minnatdorchilik bildarar ekan, yig‘idan o‘zini tutolmasdi. O’g‘lini esa kecha-kunduz yasantirib qo‘yardi. Shunda oqsoqol dedi:

- Yig‘lama qizim. Sizlar yolg‘iz emassizlar. Mana biz bormiz, mahalla bor. Bu qishloqda hech kim bir-biriga jim qarab turmaydi. Hammasi sening yaqinlaringdir.

- Rahmat, rahmat sizlarga. Mendan qaytmasa, Xudodan qaytsin. Olloh sizlardan rozi bo‘lsin...

Ertasiga ona o‘g‘lidan so‘radi:

- O’g‘lim! Bugun nima qilishimni istaysan? Qanday ovqatlar pishirib beray, nima yeging kelyapti?

- Hech nima, faqat yig‘lamasangiz bo‘lgani. Menga hech narsa kerakmas. Men endi katta bolaman-ku, hech qaerim ham og‘rigani yo‘q. Axir sog‘ayib qoldim-ku...

- Katta bo‘lsang kim bo‘lmoqchisan? Nima orzuing bor?

- Askar bo‘laman. Vatanimni himoya qilaman. Askar bo‘lib, shapka kiyib kelaman...

Ayol o‘ylanib qoldi. Bu istakni qanday amalga oshiradi? Uni qanday qilib askar qilish mumkin? Otasi bo‘lganida ham bir navi edi.

Darhol mahalla oqsoqoliga chopdi. Holatni tushuntirib yordam so‘radi.

- Xo‘p, yaxshi. Qizim, sen bolang bilan yasanib chiqinglar, men mashina gaplashaman. Bolani harbiy qismga olib boramiz, - dedi.

Ayol aytilganlarni bajardi. Ular tez orada eng yaqin harbiy qismlardan biriga yetib bordilar. Harbiy qism komandiri bilan gaplashib, voqeani tushuntirdilar. Komandir darhol buyruq chiqarib, bolakayni askarlikka qabul qilish uchun tayyorgarlikni boshlab yubordi...

Butun qism bo‘yicha barcha askarlar saf tortdilar. Tantanali ravishda bolani askarlikka qabul qilishdi. O’ziga yarasha forma kiydirilib, boshiga furajka qo‘ndirilganida, bolakay o‘zini dunyodagi eng baxtli inson deb hisoblardi. Oqsoqol ham onaga qo‘shilib ko‘zlariga yosh oldi. Yosh askarni qutladilar. Zero, u kichik askar o‘z mahalladoshi, ertangi kun askari edi.

Bolakay turgan joydan saf tortib o‘tayotgan askarlar bir tekisda "chest" berib o‘tishardi. Bola ham qo‘lchasini chakkasiga qo‘yib ularga "chest" berdi. Askarlar o‘tib bo‘lgach, bolakay o‘tirgan joyida olislardagi oppoq bulutlarga termulgancha ko‘zlarini mangu yumdi. Uning jajji tanasi askarlar yelkasida baland ko‘tarilgancha mahalla qabristoniga yo‘l oldi...

Nodir ShAMS.
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 22 Sentyabr 2009, 16:39:12
Kecha ishdan qaytyapman. Iftorlik vaqti yaqinlarshib turgani uchun uyga tezroq yetib olishni o‘ylab, taksi to‘xtata qoldim. Hamrohim — haydovchi yoshi elliklardan o‘tgan og‘ir-bosiq kishi ekan. Jim ketyapmiz. Bir payt ortimizdan bir «Tiko»cha shiddat bilan kelib, yo‘limizni aylanib o‘tib ketdi. Mashinani bir maromda haydab kelayotgan akamiz shoshib qoldi. So‘ng «uf» tortib:

— E, uka, odamlarda insof qolmadi, — dedi. — Buning qilig‘ini qarang... Yana namozxon bo‘lsa kerak. Oq do‘ppi kiyib olganiga o‘laymi...

— Endi har xil odam bor-da... — dedim taassufona.
— Shu desangiz, oldinlari dinga ruxsat yo‘q edi, odamlar qo‘rqib-pisib ibodat qilishardi, lekin tan olish kerak, insof-diyonat mo‘lroq edi. Hozir-chi? Har qadamda masjid. Hamma emin-erkin namoz o‘qiyapti. Hojilarimiz yil sayin ko‘payib boryapti. Xudoni taniyapmiz. Lekin mehr-oqibat tobora kamayib borayotganday. Nima uchun shunday, tushunmayman...

— Endi shayton ham har kimgayam yopishavermasa kerak-da, — dedim yarim jiddiy, yarim hazil qilib, — imonsiz odam bilan ishi bo‘lmaydi, axir shusiz ham o‘zining yo‘lida-da. Lekin ibodat ahli bilan jiddiy shug‘ullanadi shekilli. Tez-tez yo‘ldan urishga harakat qiladi...

— E, gap undamas. Hamma aybni shaytonga to‘nkab nima qilamiz. Aslida o‘zimizni Xudo urgan. Ibodatni xolis Olloh uchun emas, xo‘jako‘rsinga qilamiz. Shuning uchun ham duolarimiz qabul bo‘lmaydi...

Bir zum jim qoldik. Tashqarida qaysidir masjiddan shom namoziga chaqiriq — azon ovozi kela boshladi.

— Lekin gapingiz to‘g‘ri, hamma birday emas, — dedi bir muddat sukut saqlagach haydovchi murosaga kelganday. — Bir qo‘shnimiz bor. Bir muddat mahallamizdagi kichik masjidda imomlik ham qildi. To‘y-ma’rakaga borsa, tugun-pugun, pul-mul olmasdi. Ozroq yeriga ul-bul ekib tirikchilik qilardi. Biroq rasmiy diplomi bo‘lmagani uchunmi, yo boshqa sabab tufaylimi ishdan bo‘shadi. Mayli, gap bundamas. Muhimi — juda toza odam. Yuzidan nur yog‘ilib turadi. Xullas, shu odam bilan bog‘liq bir voqeani eshitib shu narsaga amin bo‘ldimki, toza odamning duosi baribir ijobat bo‘larkan...

— Albatta! — dedim biron qiziq voqeani eshitishga chog‘lanarkanman.

— O’zi yetmishni qoralab qolgan, — dedi suhbatdoshim hikoyasini o‘zgacha shavq bilan davom ettirishga chog‘lanib, — lekin hamon mashina haydaydi. Eski «Jiguli»si bor. Shu desangiz, bir kuni mashinasini sekin haydab kelayotsa, xuddi boyagiday yon tomonida bir «Matiz» paydo bo‘pti. Yo‘l tor ekanmi, yoki narigi haydovchi tajribasiz bo‘lganmi, ishqilib, «Matiz» oldinga o‘tib ketolmasdan, otaxonning mashinasiga urilib ketibdi. Yaxshiyamki, ja katta avriya bo‘lmabdi — mashinalarga uncha-muncha shikast yetibdi, xolos, lekin baribir dilxiralik-da. Eng qizig‘i, narigi mashinadan bir yigitcha sakrab tushib otaxonga o‘dag‘aylab ketibdi. Yigitchaga bir-ikki og‘iz tanbeh berishga chog‘lanib turgan mulla aka bunaqa surbetlikni ko‘rib, tili kalimga kelmay qolibdi. Haligi olifta yigit esa, sotkasini olib, bir zumda to‘rt tomonga jar solibdi. Tezda otasi, akasi, tog‘asi-yu amakisi, yana bilmadim, qaysi qarindoshlari yig‘ilib kelibdi. Otaxonni o‘rtaga ola boshlashibdi. Xullas, «Matiz»ni ta’mirlashga 600.000 so‘m berasiz, deyishibdi. Mulla aka GAI ga murojaat qilishga andisha qilibdi. Endi shu yoshda birov bilan idorama-idora tortishib yurmayin, mayli, jonim omon qolganiga shukur, deb 300.000 bermoqchi bo‘pti. Bu, endi ikki-uch yil oldingi gap, bilasiz u paytlarda 300.000 so‘m hazilakam pul emasdi... «Yo‘q, — deyishibdi haligilar, — 600.000 so‘m berasiz, vassalom!» Endi o‘zingiz o‘ylang, uka, aybni u tomon qilgan bo‘lsa, yana surbetlik qilib 300.000 ga rozi bo‘lmasdan, 600.000 so‘m talab qilsa, bundan ortiq bedodlik bormi?! «Bo‘pti, — debdi qo‘shnimiz, — mening uyim falon mahallada, «mulla aka» desalaring, hamma taniydi, kechqurun borsalaring pulni albatta berib yuboraman». Shu desangiz, kechqurun haligi «jabrdiydalar» otaxonning darvozasini taqillatib kelishibdi. Otaxon chiqib, ularni yana biroz insofga chaqirmoqchi bo‘pti: «Men bir qari, namozxon odamman, meni bunday qiynamanglar, ko‘nglim og‘risa, o‘zlaringga yaxshi bo‘lmaydi, mayli, ko‘nglimdan chiqarib 300.000 so‘m beray, xudo yo‘liga, roziman». «E, sening namozinggayam, o‘zinggayam tupurdim, — debdi haligi qilg‘ilikni qilib qo‘ygan olfitaning otasi. — O’zing kimsan-u, o‘qigan namozing nima bo‘lardi!» Shunda, o‘zining aytishicha, qo‘shnimizning ko‘ngli yomon og‘ribdi. Shuncha yil yashab, birovdan bunday haqorat eshitmagan edim, ayniqsa, «namozingga tupurdim» degan gap jon-jonimdan o‘tib ketdi, deydi u kishi. Ortiq haqoratga chidolmasdan, ularga bir o‘ram pulni uzatibdi. «Mana bu, debdi, rozi bo‘lib berayotganim 300.000 so‘m — aslida buni ham berishim kerak emas edi, mana bu esa, debdi ikkinchi o‘ramni uzatarkan, norozi bo‘lib berayotganim 300.000 so‘m, ilohi, yomon kunlaringga ishlatinglar, Ollohu akbar» deya shartta uyiga kirib ketibdi. Nima qilib bo‘lsayam murod-maqsadlariga yetishgan «jabrdiydalar» esa, xursand bo‘lganlaricha uylariga qaytib ketishibdi.
Hikoya qilishga berilib ketib, svetoforda sal ko‘proq turib qoldik, shekilli, ortimizdagi mashina ketma-ket signal bera boshladi.

— Buncha shoshilishmasa-ya, — deya old oynakdan orqaga qarab qo‘ydi suhbatdoshim.

— Xo‘sh, keyin nima bo‘pti? — dedim voqeaning davomini eshitishga oshiqib.

— Ana undan keyin haligi «jabrdiyda»larning hayotida ko‘ngilsizliklar boshlanibdi, deng. Birinchi ish shu bo‘libdiki, gazdanmi, tokdanmi o‘t chiqib, yangi qurgan uylari butunlay yonib ketibdi. Hovlidagi barcha jihoz kuyib-kul bo‘lib, yaroqsiz ahvolga kelibdi. Bu falokatdan bir oy o‘tgach, haligi olifta boshqarib ketayotgan «Matiz»ning tormozi ishlamay qolib, oldindagi «Neksiya»ni boplab uribdi. Natijada, o‘zining mashinasi yaroqsiz ahvolga kelibdi, birovning «Neksiya»sini esa falon pul bilan ta’mirlab beribdi.

— Ularning hayotida ro‘y bergan bu falokatlarni kim aytdi sizga? — dedim hayron bo‘lib.

— Boyagi qo‘shnimiz — mulla akaning o‘zlari aytib berdilar.
 
— Nima, mulla aka ularning keyingi taqdiri bilan qiziqib, surishtirib yurganmikan?

— E, yo‘g‘-e, u kishi unaqa mayda odam emas, qolaversa, ularning yashash joyini ham bilmas ekan...

— Unda qanday qilib...

— Shoshilmang-da, asta-sekin aytib kelyapman-ku... — hikoyasi menda qiziqish uyg‘otganini ko‘rib, haydovchi akamiz nash’a qilib kuldi.

— Qolgan gapni mulla akaning tilidan eshiting. Bir kuni, deydi u kishi, darvozamiz qo‘ng‘irog‘i chalindi. Shom mahali edi. Kim ekan, deb chiqsam, bir kishi turibdi. Tanish chehra. Biroz eslolmay turdim-u, salom bergach «yilt» etib xotiram yorishdi: o‘sha! Ha, bu o‘sha olifta yigitning otasi edi. Sir boy bermasdan, ichkariga taklif qildim. Mehmon baribir mehmon-da! Hovliga kirib, chorpoyaga o‘tirdik. Haligi kishining boshi quyi solingan, oldingi shahdidan asar ham yo‘q edi.

— Mulla aka, — dedi biroz jim o‘tirgach «uf» tortib, — oldingizga bir iltimos bilan keldik.

— Xo‘sh, xizmat? Qo‘limizdan kelsa, bajonidil...

— Qo‘lingizdan keladi. Birinchi iltimosim — manavi 600.000 so‘mni olib qo‘ysangiz. Ikkinchisi — shu... duoyibadingizni qaytarib oling. Siz badduo qilganingizdan keyin oilamizdan falokat arimay qoldi. Uyimizga o‘t tushdi, o‘g‘lim yana avariya qildi... Bir-ikki kun oldin xotinim folchiga borgan ekan, oilangizga katta qarg‘ish tushgan, debdi... Iltimos...

— Folchini qo‘ya turing. Lekin nimaga bu yerga bir o‘zingiz keldingiz? O’g‘lingiz qani?
— Tashqarida, mashinada o‘tiribdi. Ichkariga kirishga yuragi dov bermayapti.
— Chaqiring.
Boshi quyi solingancha, haligi yigitcha kirib keldi.
— Qani, mana bu yerga o‘tiring-chi, mulla yigit. Mana endi to‘g‘risini ayting: o‘sha kuni kim aybdor edi? Kimning aybi bilan mashinalarimiz to‘qnashib ketgandi?
Yigit otasiga bir qarab olarkan, bir zum jim qoldi, so‘ng ko‘zlarini lo‘q qilgancha:
— Siz aybdor edingiz!!! — dedi bo‘zarib.
«Nima deyishni bilmay qoldim, — deydi mulla aka. — Shunchalik ham surbetlik, jaholat bo‘ladimi?! Nahotki shunchalik ko‘ngilsizlikdan keyin ham bularning aqli kirmagan bo‘lsa?! Nahotki o‘zimning 600.000 so‘m pulimni qaytarish evaziga meni aybdor qilib ketishmochi bo‘lishsa?! Yo‘q, — dedim oriyatim qo‘zib, — Kechirasizlar. Mana, pulingiz o‘zingizga buyursin. Biz bir-birimizni tushunmaymiz, shekilli. Sizlarning mashinangiz emas, aslida qalbingiz, vijdoningiz avariyaga uchragan ekan. Temir qiyshaysa, to‘g‘rilash mumkin, lekin qalb pachoq bo‘lsa, uni hech qaysi usta tuzatolmaydi. Axir, sizlar meni nazar-pisand qilmaysiz, to‘g‘rimi, unda mening qarg‘ishimdan qo‘rqib nima qilasiz?! Bo‘pti, xayr, xo‘sh!!!» Xullas, yana dilxiralik bilan xayrlashibdilar.

Manzilga yetib kelganimiz uchun suhbatdoshim — haydovchi akamiz mashinani to‘xtatib qo‘yib, hikoyasini davom ettirdi.

— Oradan yana bir muddat o‘tibdi. Bir kuni yana mulla akaning darvozasi taqillabdi. Chiqsa — yana o‘sha kishi, haligi yigitchaning otasi. Bu gal titrab-qaqshab, yig‘lab turibdi ekan. «Mulla aka, iltimos, badduongizni qaytarib oling. Jon aka! Kecha o‘g‘limni bir mashina urib ketibdi. Hozir kasalxonada, reanimatsiya bo‘limida yotibdi. Do‘xtirlar odam bo‘lishi qiyin, deyapti. Iltimos, mulla aka... Sizdan nima ketdi. Mana, pulingiz...» Devkelbatli odamning eshigimda yig‘lab turganini ko‘rib rahmim kelib ketdi, deydi mulla aka. «Inim, — debdi u kishi, — o‘shanda aytgandim-a, ko‘nglimni og‘ritmang, yomon bo‘ladi, deb. O’zimni bilganim uchun shunday degandim. Qirq yil oldin kennoyim tuhmat qilganida, shunday ko‘nglim og‘rigan edi — mana, butun umr shol bo‘lib o‘tyapti. Shuning uchun iloji boricha birovdan ranjimaslikka, xafa bo‘lmaslikka harakat qilaman. Lekin, nima qilay, o‘sha kuni jonimdan o‘tkazib yubordilaring-da. Endi gap bunday: qarg‘ishni qaytarib olish degan gap yo‘q. Chunki men ming badduo qilganim bilan Xudo qabul qilmasa, hech narsa bo‘lmasdi. Shuning uchun, yaxshisi, men sizni, o‘g‘lingizni, butun oilangizni bir yaxshilab duo qilay. Zora butun oshkor-pinhon narsani ko‘rib turguvchi Zot menday bir faqirning duosini ijobat qilsa... Haligi pulni esa, o‘g‘lingizni davolatish uchun ishlating...» Shunday deya, mulla aka qibla tarafga qo‘l ochib, ularni sidqidildan duo qilibdi. Duosi qabul bo‘lganmi-yo‘qmi, buyog‘ini bilmayman...
— Qabul bo‘lgan! — dedim ishonch bilan. — Badduosi qabul bo‘lgan kishining xayrli duosi qabul bo‘lmasligi mumkin emas.
— Balki...

Yo‘l haqini to‘lab haydovchi akamiz bilan xayrlasharkanman, bergan pulimga ming-ming karra rozi bo‘ldim. Chunki nafaqat manzilimga yetib keldim, ayni paytda o‘zim uchun bebaho o‘git oldim. «Xo‘sh, Jamshidjon, dedim o‘zimga, qani sen ham bir eslab ko‘r-chi, mabodo sen ham kimningdir ko‘nglini og‘ritmaganmisan?!» ha  og’ritgan edim lekin kecha kechirim suradim lekin haligacha javob kelmayabdi ismlarini aytmay qo’ya qoli hulas shu voqeadan keyin yana kechirim hati yozdim Insholloh bu  safar kelib qolar — deya xotira sandig‘imni titkilab ketdim. Ishonamanki, aziz forumdoshlar, ushbu hikoyani o‘qib bo‘lgach, siz ham ushbu savolga javob izlaysiz. To‘g‘rimi?!
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 22 Sentyabr 2009, 17:54:22
Oldin mana bu mantiqiy savolga javob topishga harakat qiling. Ushbu savolga bo‘lgan javobingiz maqolani davomini o‘qishingizga bir yo‘nalish bo‘ladi.
Ikki ona o‘z sevimli farzandlarini safarga jo‘natmoqda. Farzandlari boradigan joy — bir kimsasiz o‘rmon deb tasavvur qilaylik. Ular alohida joyga borishadi va u yerda uzoq muddat qoladi. O’rmonga boradigan yo‘l esa uzoq emas, atigi ikki soatlik yo‘l. Har ikki ona ham, umuman barcha onalar ham o‘z farzandlarini juda yaxshi ko‘rishadi va ularga yordam berishga, og‘irini yengil qilishga harakat qiladi. Lekin buni har kim o‘z holicha tushunadi.
Birinchi ona farzandini ushbu safarda qiynalmasligini o‘ylarkan, ko‘proq o‘rmondagi hayotiga urg‘u beradi. Chunki u yerda farzandi uzoq qoladi. Ug‘li uchun barcha narsani tayyorlaydi-yotadigan to‘shak, kiyim bosh, oziq-ovqat, gugurtdan tortib tuzgacha sumkaga joylab beradi. Albatta yuk ancha og‘ir, uni farzandi ancha yo‘l ko‘tarib borishi kerak. Ona hamma narsa kerakligini, yo‘ldagi qiyinchilik albatta ortda qolishini va o‘rmonda qiynalmasdan yashashini tushuntiradi. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin o‘g‘lini barcha yukni ko‘tarishga majbur qiladi.
Ikkinchi ona ham mehribon. Farzandini u ham yaxshi ko‘radi. O’g‘lim bechora yo‘lda qiynalmasin deydi. Hatto sumka ko‘ziga yanada og‘ir ko‘rinib, ba’zi narsalarni qaytarib olib qoladi. O’rmondagi hayoti haqida esa kam o‘ylaydi. U faqat o‘g‘lining ko‘z oldida qiynalishiga chidolmaydi.
Endi savolni eshiting: Qaysi ona mehribonroq?
Boshni qotirma, shu ham savolmi dersiz. Bunaqa holat qaerda ham bo‘lardi deb o‘ylarsiz. Kimsasiz o‘rmonga nimaga boriladi deb kularsiz, lekin savolga chuqurroq yondoshsangiz gap nima haqida ketayotganligini darrov payqaysiz.
Hammamiz ham safarga chiqqanmiz. Hozir esa o‘sha qisqa yo‘lda turibmiz. Bir kun barchamizning yo‘limiz tugaydi. Yo‘l oxiriga qanday tayyorgarligimiz bor? Nimalarni joylab oldik sumkamizga? Farzandlarimiz ham o‘z safarlariga chiqqanligini ularga tushuntiryapmizmi? Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) "œBu dunyo men uchun bir daraxt kabidir, biroz soyada dam olaman va yana turib ketaman" deb marhamat qilganlar. Biz esa daraxtdan soya olish o‘rniga, bu daraxtni bezashga berilib ketmadikmikan? Endi yuqoridagi savolni yana o‘qib ko‘rmang-da, hozirgi kunda qanday ota-onalar ko‘pligini o‘ylab ko‘ring.
"œHali yoshsan, bunaqa kitoblarni o‘qishga yoshlik qilasan", "œKampirga o‘xshab o‘ranib olmasdan zamonaviy kiyinsang bo‘lmaydimi", "œBolam shirin uyquda, bomdodga uyg‘otishga ko‘zim qiymadi", "œYoshligida o‘ynab olsin, ibodat qilish qochmaydi".
Bunday so‘zlarni deyarli har kuni eshitamiz. Shunday so‘zlar orqali go‘yoki ular avlodlariga "œmehribonlik" qilishadi. Bu bilan o‘z jigargo‘shalarini do‘zax o‘tiga tashlayotganliklarini, hozirda qanday fikr bilan ulg‘aysa xuddi shunday yashashda davom etishini kam o‘ylashadi.
Alloh Taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan: "œEy iymon keltirganlar, o‘zingizni va ahli ayolingizni yoqilg‘isi odamlar va toshlardan bo‘lgan o‘tdan qo‘rqiting. Uning tepasida qo‘pol, darg‘azab farishtalar bo‘lib, ular Allohning amriga isyon qilmaydilar va nima buyurilsa shuni bajaradilar". ("œTahrim" surasi 6)
Namoz o‘qish — bu Islom ahkomlari asosida hayot kechirish deganidir. Hozirgi kunimizda esa "œmusulmon" va "œnamozxon" degan kalimalar umuman boshqa ma’noni anglatgandek.
Hazrati Umar yuqorida zikr qilingan oyati karima nozil bo‘lgandan so‘ng:
"œEy Rasululloh! O’z nafsimizni-ku saqlaymiz, ahlimizni qanday saqlaymiz?", deb so‘ragan ekanlar.
Shunda Payg‘ambar alayhissalom:
"œAlloh sizlarni nimadan qaytargan bo‘lsa, ularni ham qaytarasizlar. Alloh sizlarni nimaga buyursa, ularni ham buyurasizlar", deb javob bergan ekanlar.
Aziz ota-ona! Siz farzandingizga qanchalik mehribonsiz?
Siz juma namozini o‘qib qaytayotganingizda ko‘chada allaqachon namoz farz bo‘lgan farzandingizni ko‘chada o‘ynab yurganini ko‘rib ko‘zingiz kuvnaydi. Ertalab bomdod namoziga majburlab turg‘azishga ko‘zingiz qiymaydi. Mayli uxlasin, axir siz mehribonsiz-ku to‘g‘rimi? "œQiynalib ketding, qo‘y ro‘za tutmay qo‘ya qol" deymiz ramazon oyining qoq o‘rtasiga kelib. Lekin hech qachon biror ishni buyurib, "œqiynalib ketding, qo‘y shu ishni qilmagin" demaysiz. Hurmat talab qilasiz. Biror buyrug‘ingizni qilmasa achchiqlanasiz. Lekin sizni va uni yaratgan, bir KUN kelib, sizni va uni hisob qiladigan Alloh buyruqlarini bajarmayotganligiga befarqsiz. Ba’zilaringiz esa hali o‘zingiz ham "œzamonaviy" hayot kechirmoqdasiz. Alloh ibodatini "œeskicha" deb nomlab, nafaqa yoshi uchun rejalashtirib qo‘ygansiz. Qizingizning hali yoshligi u bilan turli bemaza seriallarni muhokama qilayotganingizda yoki ketma-ket sovchilarni kuzatayotganingizda emas, Alloh buyruqlarini bajarishga kelganda esingizga tushib qoladi. Orzu-havas qilasiz. Mashina, tillo taqinchoqlar olib berasiz. O’g‘lim, qizim qiynalmasin, o‘ksimasin, armon qilmasin deysiz. Restoranlarda to‘y qilib berasiz. Bir umr esda qolsin deysiz. Lekin buyuk armon KUNI uchun farzandingiz sumkasiga nimalar solib qo‘ydingiz?
Farzand ota ona uchun omonat. Alloh taolo farzandni berar ekan, rizqlantirishni O’zi tarafidan bo‘lishini bayon qildi va eng avvalo o‘ziga ibodat qiladigan solih amallar qiladigan qilib tarbiya qilishni buyuradi. Buning natijasida ulkan savob va ajrlar va’da qildi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) inson vafot etgandan keyin ham solih farzandining yaxshi amallari tufayli savoblari ko‘payib turishi haqida marhamat qilganlar. Bundan kelib chiqadi-ki, farzandga qilingan chin ma’nodagi MYeHRIBONLIK faqat uning uchun emas, balki ota-ona uchun ham ulkan ajrlarga sabab bo‘lar ekan.
So‘zimiz oxirida sizni yana savol bilan qiynamay-da, bir ertak aytib bera qolay. Bir guruh insonlar oltin izlab sayohatga chiqishibdi va uzun qorong‘u tunel bo‘ylab yo‘l yurishlariga to‘g‘ri kelib qolibdi. Tunel judayam qorong‘u bo‘lsa-da, bir-birlarini ushlab, paypaslanib oldinga harakatlana boshlashibdi. Yo‘l mobaynida ularning oyoqlariga turli toshlar urilib, xalaqit bera boshlabdi. Shunda yo‘lboshchi:
— Ey do‘stlar, bizdan keyin ham bu yerdan boshqalar yurishadi. Kelinglar, o‘zimiz qiynalsak ham yerdagi toshlardan qo‘limizga olib ketaylik, yo‘l tugagach, tashlab yuboramiz. Zora bizdan keyingilar qiynalishmasa, — debdi.
Bu gap birovga yoqibdi, birovga yoqmabdi. Ba’zilar, katta-katta toshlarni olishibdi, ba’zilar hatto qo‘njilarini ham to‘ldirib olishibdi. Ba’zilar ataylab yengil-engilini tanlab olishibdi. Ayrimlar esa go‘yo o‘zlarini olgandek ko‘rsatishibdi, lekin hech narsa olishmabdi. Menga nima deb ochiqchasiga olmaganlar ham bo‘libdi. Eng ahmoqlari esa o‘sha yo‘lboshchini yoqtirmaganliklari uchun aytganini qilishni xohlashmabdi. Xullas yo‘l tugagach hamma yorug‘likka chiqibdi. Qo‘llarini qarashsa tosh deb o‘ylaganlari oltin ekan. Hamma afsus chekibdi. Olmaganlar ham, olganlar ham. Hatto butun qo‘njini to‘ldirib olgan kishi ham yana ozgina olsam ham bo‘lardi deb yig‘larmish.
Biz ham hammamiz oltin dardida yo‘lga chiqqan sayohatchilarmiz. Alloh taoloning o‘zi hammamizni yo‘l oxirida oltinsiz qolishdan asrasin.
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 23 Sentyabr 2009, 08:32:35
Bu voqea Andalusda bo‘lib o‘tgan.
To‘qson yil atrofida hukm surgan umaviylar davlati qulab, o‘rniga abbosiylar davlati o‘rnatilgan davrda, Andalusda umaviylardan tirik qolgan amirlar katta islomiy davlat barpo qilishadi. Sakkiz yuz yil atrofida Andalusda Islom gullab yashnaydi. Tarqoqlik, ichki nizolar va boshqa sabablarga ko‘ra 800 yil gurkiragan yetuk davlat parchalanadi. Oxirgi qulagan shahar G’ornata shahridir. Andalus hozirda Ispaniya va Portugaliya davlatlarini o‘z ichiga olgan.
Andalusda xristianlashtirish ishlari avj oladi. Musulmonlar ayovsiz qirib tashlanadi. Hikoya qilmoqchi bo‘lganimiz o‘sha mudhish davrda sodir bo‘lib o‘tgan. Voqeani yosh o‘spirin yigit hikoya qiladi:
«Onamning ko‘zi yorib o‘g‘il tug‘di. Suyunib ketdim. Ochig‘ini aytsam sevinchim ichimga sig‘masdi. Lekin onam ham, otam ham xursand emas. Go‘yo uyimizda bola tug‘ilmay, balki o‘lganga o‘xshash ota-onam motamsaro. Men hech nimaga tushunmadim. Bola tug‘ilgan kuni otam chaqaloqni kichik bir uychaga olib kirib ketdi. Shu yoshga kirib o‘sha uyga kirganim yo‘q. Ota-onam kirishadi xolos, menga ruxsat berilmaydi. Bugun esa negadir chaqaloqni o‘sha uyga olib kirishdi. Kunlar o‘tib yakshanba keldi. Uyimizga cherkovdan pop kelib bolani cho‘qintirdi. Ota-onam esa boyagidek ma’yus va mahzun.
Bir kuni otam menga arzimagan bir gapni aytib, «bu — sir, hech kimga aytma, onang ham bilmasin», deb qoldi. Ertasi kuni onam meni yoniga chaqirib «o‘g‘lim, otang nima dedi?» deb qoldi. Men «bu — sir, hech kimga aytmayman», dedim. Onam mendan gap olishga rosa urindi. Men otam sirini aytmadim. Shunda onam: «mening ham senga aytadigan gapim bor, hech kimga ayta ko‘rma, hatto otang so‘rasa ham aytma», deb oddiy bir gapni aytdi. Onam sir, deb pichirlab aytgan gapi sirlikka arzimaydigan oddiy gap edi. Noiloj uni ham sir saqladim. Bu gal otam kelib onam menga aytgan gapni bilishni istadi. Aytmadim. Ko‘p urindi, lekin mendan bir dona kalima ololmadi. Shunda onamni chaqirib: «Onasi, o‘g‘ling sir saqlaydigan katta yigit bo‘lib qolibdi. Endi unga qo‘rqmay, bor gapni aytsak ham bo‘laveradi, — deb menga yuzlandi. — O’g‘lim, onang bilan mening sir aytib, u sirni bilishga urinishimiz seni sinash, imtihon qilish edi. Shukurkim, sir saqlaydigan mard yigit bo‘libsan. Biz senga hozir boshqa bir katta sirni aytmoqchimiz. Men bilan yur», — deb meni boyagi kichik uy tomon boshladi. Nahot men ham shu uyga kiraman-a, deb o‘yladim. Uyga kirdik. Uy qop-qorong‘i edi. Otam chiroq yoqdi. Menga uzoq tikilib turdi. Nimalardir demoqchi bo‘ldi, negadir gapirmadi. Tokchaga borib lattaga o‘ralgan bir narsa oldi. So‘ng so‘z boshladi:
«O’g‘lim, biz xristian emasmiz. Biz musulmonmiz. Muhammad alayhissalomning ummatimiz. Mana bu — muqaddas kitob Qur’oni Karim», — dedi.
Keyinchalik bilsam, ota-onam bu uyga kirib namoz o‘qir ekan, Qur’on tilovat qilar ekan. Ukam tug‘ilganda bu xonaga kirishining sababi, ukamga o‘sha kuni o‘ng qulog‘iga azon chap qulog‘iga takbir aytishgan ekan. Otam so‘zida davom etib: «O’g‘lim, amakingga qattiq itoat qil», deb tayinladi.
Ertasi men maktabga keldim. Dars payti amakim kelib, meni chaqirdi.
— Jiyan, yur ketdik, — dedi shoshilib.
— Qayoqqa?
— So‘rama, tezroq bo‘l!
— Kitoblarimni olay.
— Yo‘q, tezroq oldimga tush.
Men amakim bilan shoshib sohilga keldik va kemaga mindik. Men shunda hayratlanib:
— Amaki, qayoqqa ketayapmiz? Ayam-dadamdan izn so‘ramaysizmi? — dedim.
— Dadang «amakingga itoat qil», deb aytganmi?
— Aytgan.
— Bo‘lmasa, har-xil savol bermay jim ket.
— Xo‘p bo‘ladi.
Kema bizlarni men bilmaydigan joyga tashladi. Kemadan tushganimizdan keyin amakim xo‘rsinib gap boshladi:
— Ukaginam, og‘ir bo‘l. Ota-onangni musulmonligini bilib qolishdi, sabr qil. Otang menga «o‘g‘limni olib tezroq qochinglar. Bizni endi tinch qo‘yishmaydi», degani uchun seni shu yerga — musulmonlar yurtiga olib keldim.
Andalus qulagandan keyin musulmonligi aniqlangan erkagu ayol vahshiylarcha o‘ldirilar edi. Tahqiq yo‘llari esa ko‘p. Uyida hammom bo‘lishi, juma kuni cho‘milishi, xatna qilinishi kabilar bilan kishining mo‘min yo mo‘min emasligi aniqlanar edi.
Qissa qahramoni ota-onasi qanday o‘ldirilganidan bexabar. Qaerga ko‘milganini ham bilmaydi. Aslida ular ko‘milganmi yoki yirtqich hayvonlarga yem qilinganmi, unisi ham qorong‘u. Chaqaloq taqdiri noma’lum. Yigit esa katta musulmon olim bo‘lib yetishadi.

Xayrulla HAMIDOV.
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 23 Sentyabr 2009, 08:36:16
Ota-onaga tirikligida ham, o‘likligida ham yaxshilik qilmaydiganlar. Bundaylar o‘z o‘zini mahv qilgan sho‘rolar davrida, dinsizlik avjiga chiqqan paytda juda ko‘payib ketdi. Natijada «Qariyalar uyi» degan mudhish joylar paydo bo‘ldi. Tashidan yaxshiga o‘xshagan bu joylar aslida xasta jamiyatning yarasi edi.
Ko‘rganlarning aytishicha, bir kishi «Qariyalar uyi»ga to‘rt dona issiq non ko‘tarib ziyorat uchun keladi. Xonani issiq kunjutli nonning hidi tutib ketadi. Non hididan junbushga kelgan qariyalar karavotlarni g‘ichirlatib, shosha-pisha o‘rinlaridan tura boshlashadi. Ular xuddi urush davridagidek nonni talasha ketishdi. Ziyoratchi nima qilarini bilmay esankirab qoladi. Shunda xona burchagidagi karavotda o‘z o‘rnidan turolmayotgan bir qariya yosh bolalardek yig‘laydi: «Baraka topgurlar, menga ham bir burda olib qo‘yinglar. Menga bir burda bo‘lsa kifoya, hoy yaxshilar og‘zim tegib qolsin...»
Baqir-chaqir ichida cholning xirillab chiqqan past ovozi eishitilmaydi. Eshitilgan taqdirda ham unga non olib qo‘yishning sira iloji yo‘q edi.
Sarvarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Parvardigordan so‘rab duo qilar edilar: «Allohim, menga berajak rizqingning eng kengi va mo‘lini keksayganimda yo umrim oxirida qilgin».
Oxirat safariga astoydil tayyorgarlik ko‘riladigan paytda nonga, uy-joyga muhtoj bo‘lishdek yomon narsa bo‘lmasa kerak. Keksayganda besh mahal masjidga qatnash o‘rniga rizq ko‘yida ko‘chalarda sarson kezishdek ayanchli hol bormi?! Peshonani xotirjam sajdaga qo‘yib, uzoq-uzoq duo va zikr qilish o‘rniga, bozorda: «Keb qoling! Op qoling!» — deya baqirib, kunni kech qilishdan ko‘ra kattaroq ziyon bormikan?
Alloh o‘zi asrasin, bandasiga muhtoj qilmasin!
Olamdan erta ko‘z yumgan onalar qabri uzra aytilgan so‘zlar
Ma’lumki, o‘lim dalil-isbot talab qilmaydigan haqiqatlardandir. Tongda chiqqan quyosh, shomda botishi qanchalar haqiqat bo‘lsa, dunyoga kelgan insonning dunyodan ketishi shunchalar oydin haqiqatdir.
Yuqorida ota-onaga yaxshilik borasida farzandlarni besh qismga bo‘lgan edik. Yoshgina onalaridan erta ayrilgan go‘daklar qismati ham asosan besh qismga bo‘linar ekan. Bu darsda, kechagina onasi quchog‘ida erkalanib, ona allasi bilan uxlab, ona qo‘lidan issiq kulcha nonlar yeb, bugun yosh, go‘zal onasidan ayrilgan olamdagi turli xil go‘daklarning onasi qabri ustida aytgan so‘zlariga quloq tutamiz. Agarchi bu dil so‘zlarini bolalar jajji tili bilan aytolmasa-da, zaboni holi bilan, ko‘zida yoshi bilan baralla aytmoqda.

Xayrulla HAMIDOV.
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 23 Sentyabr 2009, 08:39:27
Assalomu alaykum, onajon.

Assalomu alaykum, mehribonim.

Tirikligingizda salom berib to‘ya olmadim. Vafotingizdan so‘ng salomimni qanda qilmayman. Alloh qabringizni jannat bog‘chalaridan qilsin. Keng, munavvar qilsin. Qabr azobidan, qabr fitnasidan o‘zi saqlasin. Jannatga behisob, beazob kirgizsin.

Roziman, bo‘ling rizo,

Xudo sizdan bo‘lsin rizo,

Ravzada orom oling

to kelguncha yavmul jazo.

Kun kelib men ham borurman

yoningizga oshiqib,

Iymon bilan yo‘liqmoqdir

mendagi yolg‘iz sazo.

Onajon! Oq yuvib oq tarardingiz. Juda g‘amxo‘r, shirinso‘z, mehribon edingiz. O’ynatib kuldirardingiz, alla aytib uxlatardingiz. O’zingiz qiynalsangiz ham bizni qiynashni istamas edingiz.
O’zingizni, so‘zingizni juda-juda sog‘inib, qo‘msaymiz. Dadamizning jon holiga qo‘ymay har kuni «ayam qachon keladilar?» deyaveramiz. Singlim ham doim «ayam, ayam» deb yig‘laydi. Bechora dadam avvalida bir narsalar deb bizlarni ovutdi, keyin esa «ayangiz kelolmaydilar, ayangiz yoniga biz boramiz», dedilar. Hamisha «ayangni duo qil» deb eslatib turadilar.
O’zlari sizdan keyin ma’yus, mahzun bo‘lib qoldilar. Oshxonaga kirib ham, uyingizga qarab ham yig‘laydilar. Men dadamni kuchli, qo‘rqmas botir deb bilardim. Sizdan keyin yosh boladek yig‘loqi bo‘lib qoldilar. Avval yig‘laganlarini ko‘rmagan ekanman.
Ayajon! Katta bo‘lsam kitoblar yozib savobini sizga bag‘ishlayman. Nomingizdan yaxshi ishlar qilaman. Siz orom olib yoting, onajon. Bizdan xavotir olmang. Dadam yanada mehribon bo‘lib qolgan. Bizni urushmaydi, sizni ko‘p yodlaydi. Ko‘p duo qiladi.

Xayrulla HAMIDOV.

Shunday insonlar borki onalarini qadriga yeta bilishmidi.
Ota-onaga yaxshilik qiladi, lekin minnatu zarda bilan qilgan yaxshiligini yuvib tashlaydi. Ular o‘lgach qabrlari ustini betonlab, marmar tosh bilan bezatib qo‘yadi va buni o‘z yonidan qildirganini bildirib «Farzandlaridan yodgorlik», deb katta harflar bilan o‘yib yozib qo‘yadi. Shu bilan ota-onaga bo‘lgan yaxshilikka yakun yasaladi. Hushiga kelib qolsa yilda ikki marta hayit kunlari bir-bir eslab qo‘yadi, bo‘lmasa yo‘q. Solih farzandlardek besh mahal namozda Alloh taologa yolvorib duo qilmaydi. Tirikligida bir og'iz shirin so'zinga mushtoq bo'lib yashaganda, bir og'iz shirin so'z aytmagansanu endi o'lganida sani marmar toshini pishirib yeydimi. Ota-ona tiriklik paytida ularga yaxshilik qilmaydi. Ota-ona olamdan o‘tgach boshi devorga urilib ko‘zi ochiladi. Ota-ona qadriga ular o‘lganidan keyin yetadi.
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 23 Sentyabr 2009, 08:46:15
Ayajon, bizni tashlab qayoqqa ketdingiz?! Ko‘zimizni jiqqa yoshga to‘ldirib qayon ketdingiz?! Siz ko‘mildingizu, siz bilan birga mehringiz ham ko‘mildi. Sizdan judo bo‘lganimizdan keyin shirin so‘z, yoqimli alla, toza kiyim, totli taomdan ham judo bo‘ldik. Ko‘ylagim ozgina kir bo‘lsa, darrov tozasini kiygizib qo‘yar edingiz, hozir ko‘ylagimning kirligidan o‘rtoqlarim ustimdan kuladigan bo‘lgan. Noiloj o‘zim kir yuvishni o‘rgandim.
Sizdan keyin uyimizga boshqa bir xotin keldi. Kichkina o‘g‘li ham bor ekan. Kelganining ertasiga siz suyadigan tuvakdagi gullarni olib chiqib axlatga tashlab yubordi.

— Xola, bu gulga ayam har kuni suv quyar edilar. Ayajonim bu gulni yaxshi ko‘rar edilar. Axlatga tashlamang, — dedim.

— Ayajoningiz yaxshi ko‘rgan bo‘lsalar, men yomon ko‘raman, tushundingizmi? Bu uyda ayangiz emas, men xo‘jayinman, — dedi.

Dadamga qaradim. Dadam yuzini olib qochdi. Ertasi kuni qarasam, siz suyib kiyadigan ko‘ylagingizni olib, paqirga soldi. Ayam kirni bu paqirda yuvmasdilar, degani qo‘rqdim. Nima qilarkan, deb kutdim. Paqirga suv to‘ldirib singlimga berdi.

— Fotima! Mana bu lattani olib oshxonaning polini yuvib chiq, — deb buyurdi.

— Bu latta emas, ayajonimni ko‘ylagi. Fotima pol yuvishni bilmaydi, u hali kichik, men pol yuvaman, — dedim.

— Huv tirrancha, ko‘p valdirama! Senga hali boshqa ish bor. Ayangni ko‘ylagi pollattadan boshqa narsaga yaramaydi, — deb ko‘ylagingizni suvga botirib-botirib Fotimaning oldiga otdi.

— Tezroq bo‘l, bo‘lmasa kechagi kaltakdan yana yeysan, — dedi.

Keyin bilsam, kecha Fotimani rosa urgan ekan. Fotima qo‘rqoq bo‘lib qolgan. O’lganingizdan keyin kulgani yo‘q. O’lganingizdan beri uning sochini hech kim tuzukroq yuvganini bilmayman.
Fotima oshxonani polini arta boshladi. Men hovli supurishga tushdim. Avvallari sizga ko‘mak bermaganimni o‘ylab, yuragim ezilib ketdi. Eshik ochilib dadam kirib keldi. Qo‘lida sumka bor edi. Haligi xotin tirjayib kelib dadamning ko‘lidan sumkasini oldi. Hammalari siz o‘tiradigan uyga kirib ketishdi. Sizdan keyin u uyga biz kirganimiz yo‘q. Fotimaning karavotida haligi xotinning bolasi yotadi. Fotima esa men bilan.
Bir oz muddatdan keyin uy ichidan kulgi ovozlari eshitildi. Uzoq kulgidan keyin haligi xotinning o‘g‘li ichkaridan chiqdi. Bir qo‘lida «marojniy» ikkinchi qo‘lida «pechene». Fotimaga qaradim. Engashib pol yuvyapti.
Siz doim: «mana buni yeb olsang polvon bo‘lasan», deb ovqat yedirar edingiz. Fotimani yonginangizga o‘tirg‘izib ovqatlantirardingiz. Hozir Fotima ikkimiz alohida o‘tiramiz. Dadam, yangi xotin va uning o‘g‘li alohida o‘tirishadi.
Ayajon, qachon qaytasiz?! Ayajon qachon bizni olib ketasiz?!

Xayrulla HAMIDOV.
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 23 Sentyabr 2009, 09:03:12
Ota-ona tiriklik paytida ularga yaxshilik qilmaydi. Ota-ona olamdan o‘tgach boshi devorga urilib ko‘zi ochiladi. Ota-ona qadriga ular o‘lganidan keyin yetadi.
Ibn Javziy o‘tmishda bo‘lib o‘tgan bir voqeani hikoya qilib deydi:
«Haj mahalda bir solih kishi Ka’ba atrofida tavof qilayotgan hisobsiz hojilarni ko‘rib: «bulardan qaysi birining haji qabul bo‘ldi-yu, qaysi biriniki qabul bo‘lmadi ekan», deb xayolidan o‘tkazibdi. Kech kirib bu odam uyquga ketadi. Tushida «falonchining oldiga bor, u haji maqbullardan», degan ovozni eshitibdi. Tushida nomini eshitgan kishini Makka bo‘ylab qidara boshlaydi. «Siz izlayotgan kishi hobgohda yotmaydilar. U kishini doim ibodatda topasiz», deyishdi unga. Qidira-qidira, oxiri u kishini topibdi. Salom alikdan keyin bor gapni unga aytib beradi. Ma’yus va mahzun ko‘ringan bu obid yuziga tabassum kiradi. Va o‘z qissasini so‘zlab beradi:
«Qirq yildan beri ko‘zimdan yosh tinmaydi, yig‘lab ibodat qilaman, har yili hajga ehrom bog‘layman. Buning sababi bor. Bundan 40 yil muqaddam ramazon oyida uyga mast bo‘lib kirib keldim. Shunchalar ko‘p ichgan ekanmanki, oyoqda turolmay qolibman. Zo‘rg‘a uyga yetib keldim. Nima deb valjirayotganimni o‘zim bilmayman. Eshikni ochib hovliga kirdim. Xotinim non yopmoqchi bo‘lib tandirga o‘t qalayotgan ekan. Meni mast holatda ko‘rib: «voy sho‘rim, Ramazonda ham ichasizmi?! Ichkari uyga kiring, qo‘ni-qo‘shni ko‘rmasin, izza bo‘lmaylik», deb meni ichkariga tortdi. G’azabim keldi. «Qo‘lingni tort! Yo‘qol ko‘zimdan!» deb baqirdim. U meni ichkariga kirgizmoqchi bo‘ldi. Men uni o‘lguday do‘pposladim. Qiy-chuvni eshitib onam yugurib chiqdi. Boshida namoz o‘qiganda o‘raydigan katta ro‘moli, qo‘lida tasbeh. Onam qarib kichkina bo‘lib qolgan edi. O’zi ozg‘in, ro‘za ichi yanada ozib ketgan. «Ichdingmi, Ramazonda ham ichasanmi?! Yo‘ldan urgan o‘rtoqlaring o‘lsin, Ramazonda kayf qilmay o‘l,» deb qarg‘ay ketdi. «O’zing o‘l!» deb onamni shartta ko‘tarib lovillab yonayotgan tandir ichiga otdim. Tandir og‘zini berkitib qo‘ydim. Xotinimni ichkari uyga qulflab qo‘yganman, onamni tandir ichiga tiqib yubordim, o‘zimni esa uyqu elita boshladi. Ertasiga uyg‘ondim. Xotinim yig‘layverib ko‘zi shishib ketibdi. Ustiga qora kiyim kiyib olgan.
— Tinchlikmi, nega yig‘layapsan? Onam qanilar? — dedim.
— Onangizni qaerdaligini bilmaysizmi?! — dedi.
— Yo‘q, bilmayman. Onajonim qanilar? Aya, huv aya, — deb ayam o‘tiradigan uy tomonga qarab baqirdim. Xayolimda onam ichkaridan turib, hozir bolam, ikki rakat sunnat o‘qib olay chiqaman, degandek bo‘ldi.
— Kecha mast holda kelib onajonimni tandirga tashladingiz-ku. Namozxonim, duoxonimni o‘ldirib qo‘ydingiz-ku!!!
Yuragim urishdan to‘xtagandek bo‘ldi. «Yolg‘on!» deb qichqirib yubordim. Onamning uyiga chopdim. Joynamozi soliq, Qur’oni ochiq, demak onam shu o‘rtada. Uzoqqa ketsa Qur’onni yopib ketadi. «Aya! Aya-yu!» dedim. Javob bo‘lmadi. Tandir yoniga chopib keldim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki tandir ostida onamning ro‘moli va tasbehi yotardi.
Aroq insonni ne ko‘ylarga solmaydi-ya?! Goh sher bo‘lib na’ra tortasan, goh qush bo‘lib sayraysan, goh maymundek sakraysan, goh to‘ng‘iz, goh... Xullas, shakl ham, shamoyil ham odamiylikdan chiqib ketadi...
Shundan beri ko‘zimdan yosh tinmaydi. 40 yil bo‘ldiki, tavba-tazarru qilaman. Hajga boraman. Onam uchun haj qilaman, haqlariga erta-kech duo qilib, istig‘forlar aytaman, onam nomidan sadaqotlar beraman. Xullas, onamga yetadigan savob yo‘llarini izlayman».

Xayrulla HAMIDOV.
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 29 Sentyabr 2009, 16:18:31
Ota — onalar bu islomiy farzandlar ham boy berilyabdi. Bular ikki o’t orasida qolgan bir tomondan g’arb madaniyati va zamonaviyligi, ikkinchi tomondan bid’at ishlar. Bu avlod yo’lini yo’qotgan yolg’iz qolgan ularga sohib va homiy kerak. Ular iymon bilan kufrning o’rtasida turibdi. Ertaroq harakat qilmasangiz ularni boy berasiz, ular hur lekin aniq maqsadlari yo’q chunki ularning qalbida dinga nisbatan ishonch yo’q. G’arbning g’oyalari ahloqi va hayot tarzlari ham ularning tabiatiga  o’rnashmaydi. Bu avlod atrofidagi horlik zalolat va jaholatga qarshi kurashishda qalqon bo’la oladigan yo’lini yoritadigan bir aqidani qidirmoqda. Insoniylikni o’rgatadigan hurriyat va azizlikka yetaklaydigan bir manbaani izlamoqda. Agar islom uning bu istaklariga javob bera olishiga unga to’g’ri yo’lni kursata olishiga ishonsangiz,  ham islom uchun ham bu avlod uchun ham ohiratda yuzingiz yorug’ bo’lishi uchun harakat qilib qoling.

     Biz farzandlarimiz qalbiga kirish uchun harakat qilaylik. Bu yoshlar uchun fikriy ozuqalar tayyorlang ular bilan gaplashish uchun ularga ollohni, islomni, payg’ambar va quronni tanitish uchun yangi bir muomala uslubini hozirlang yangicha aloqalar o’rnating shunday usullarni topingki, qalblarini tub — tubigacha yetib borsin, islomiy uyg’onish va jonlanish uchun yangicha bir g’ayrat bilan ishga kirishing diniy xizmatlaringiz islomiy va zamonaviy asoslarga muvofiq bo’lsin. Niyatingizni holis qiling Insholloh natijasini ko’rgaysiz aks holda farzandlaringiz o’zinggizga hasrat bo’ladi. Bu avlodni qo’ldan boy berib qo’yasiz fursat o’tib boryabdi har laxza g’animat o’zinggizga yetkazilgan dinni farzandlaringizga ham yetkazishingiz kerak hali nimadir qilish qo’lingizdan keladi harakat qiling bu avlodni qutqarish uchun butun vujudingiz bilan g’ayrat ko’rsating.

Bismillahi rohmanir rohiym.   Mehribon va rahmli olloh nomi ila.

Quyosh uralib nursizlanib qolganida, yulduzlar ham o’z falaklaridan to’kilganida, tog’lar ham o’z joylaridan jildirilganida, qornidagi bolasi 10 oylik bug’oz tuyalar ham bo’sh qo’yib yuborilganida, vahshiy hayvonlar ham bir joyga to’planib qolganida, denggizlar tandir kabi qizitilganida, suv o’rniga olov bilan to’lganida, jonlar qaytadan badanlariga juftlanganida, tiriklayin ko’milgan har bir qizdan qanday gunox sababli o’ldirilganini suralganida, nomayi amol sahifalari ochilganida, osmon yerning ustidan sidirib tashlanganida, duzax kofirlar uchun lovillab yoqilganida, jannat taqvodor zotlarga yaqin qilinganida, ana usha kunda har bir jon o’zi mana shu kun uchun hozirlab kelgan narsani ya’ni barcha yaxshi — yomon amallarni bilur.

Ey meni mehribon onajonim

Yoshligimda qiynalib voyaga yetkazgan onajonim
Kasal bo’lgan chog’imda boshimda bo’lgan onajonim
Siz bizni qanchalar asrab avaylab parvarish qildingiz onajonim
Qornimiz och bolganda non topib kelib yegin bolam degan onajonim

Dadam yo’qliklarini bildirmagan mening mehribon onajonim
Siz bo’lmasangiz ahvolimiz nima bo’lardi onajonim
Kechqunlari boshimizda bedor o’tirib chiqqan onajonim
Biz uchun tongdi qorong’u, qorong’uni tong qilgan onajonim

Bizlarga Ollohning oyatlarini o’qib nasixat qilgan onajonim
Payg’ambarimizning sunnatlariga ergashishlikka buyurgan onajonim
Kechqurunlari alla aytib emas, Quron tilovat qilib uxlatgan onajonim
Siz mehribonsiz bizga qanchalar, qadringgizga yetaylik ey onajonim

Siz tiriksiz bizning baxtimiz bu mehribon onajonim
Siz bo’lmasangiz bu dunyo biz uchun zulmatdur onajonim
Payg’ambarimizning haqiqiy ummatlari qilib tarbiyalagan onajonim
Maqsadimiz sizni bu dunyoda rozi qilish mehribon onajonim

Muallif G’aniev Jamshidjon
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 29 Sentyabr 2009, 17:29:11
Dunyoda juda ko‘p soha bor. Ularni bir-bir sanaydigan bo‘lsak, haddan tashqari ko‘p vaqt ketadi. Aytish mumkinki, kimgadir shu ish yuklatiladigan bo‘lsa, u ham yangi soha vakiliga aylanib qoladi. Sohalarni hisoblovchi soha! Chiroyli nom-a!
Yo‘q, men hazillashmayapman, chindan-da sohalar borgan sari ko‘payib bormoqda.
Har bir soha vakili o‘z ishini kuzatayotgan paytda istasin-istamasin boshqa insonlar singari oddiy tomoshabin bo‘lib tura olmaydi. Oddiy misol keltiradigan bo‘lsak, rejissyorlik sohasi. Ba’zi rejissyor do‘stlarimiz bilan futbol ko‘rganimizda, men ularning futbol o‘yinini kuzatishlarini kuzatardim. Chunki ular boshqalarga o‘xshab xavfli vaziyat vujudga kelsa hayqirib yuborishmaydi, balki hamma xotirjam o‘tirganda, to‘p maydon markazida ketayotganda "ah" deb qo‘yishadi. Hamma televizorga nigoh qadaydi: "Ha, nima bo‘ldi, gol bo‘ldimi?" Rejissyor do‘stimiz esa: "Yo‘q, noto‘g‘ri plan ketib qoldi", deb javob beradi. Bu so‘zni ozgina tushuntiradigan bo‘lsam, stadionga 8 tadan ziyod kamera o‘rnatiladi. Ularning hammasi bir paytda o‘yinni suratga tushirib turadi, ammo translyatsiya rejissyori eng kerakli vaziyatni ifoda etayotgan kadrni taqdim etadi. Ya’ni, o‘sha kameralardan bitta yaxlit ko‘rsatuv tayyorlaydi. Buni biz bilganimiz uchun indamay qo‘yamiz, ammo o‘sha paytda rejissyor do‘stimga ich-ichimdan achina boshlayman:" Odamga o‘xshab ko‘rolmaydi-ya futbolni!"
Turli filmlarni tomosha qilayotganimizda ham shu manzara. Hamma kino ichidagi voqealarga sho‘ng‘ib ketsa, rejissyor do‘stimiz: "u kadr noto‘g‘ri, bu yerda boshqacha olish kerak edi, aktyorning ijrosi ishonchsiz chiqibdi" va shunga o‘xshash ichezishlar bilan tomosha qiladi. Ammo biron odam uni ayblamaydi. Chunki do‘stimiz futbolni ham, kinoni ham boshqacha, ya’ni muxlis bo‘lib tomosha qila olmaydi.
Yana shunga o‘xshash holat. Men bundan ikki yil muqaddam mamlakatimizning mashhur murabbiylaridan biri bilan futbol tomosha qilganman. O’zim u paytlari televidenieda sharhlovchi bo‘lib ishlaganim bois, ozgina bo‘lsa ham saviyalarimiz tenglashib qolgan deb o‘ylagan ekanman. Bechora murabbiy biron daqiqa bo‘lsin o‘yin ko‘rmadi. Faqat: "falonchi o‘ngga o‘tishi kerak, himoyada to‘rtta bolani qoldir, chap qanot oqsayapti, markazga falonchini darhol tushirish kerak" deyaverib charchadi. Oxiri undan so‘radim: "Siz futbolni har doim shunaqa tomosha qilasizmi?" Uning javobi oddiy bo‘ldi: "Biz murabbiylar futbolni tomosha qila olmaymiz, biz uchun maydondagi har bir futbolchi shaxmat donalari kabi ko‘rinadi. Ularni kerak joyga tezlik bilan qo‘ymasa, o‘yin boy berilishini ko‘rib turamiz. Sizlar u, kerak-nokerak joylarda "unaqa qilish kerak edi, bunaqa qilish kerak edi" deb qoladigan. Murabbiy agar futbolni muxlisga o‘xshab mazza qilib tomosha qilishni boshlasa, bilingki, u o‘sha kuni sohasini tashlabdi!"
Xullas, ikki inson siymosida futbolga bo‘lgan munosabatni ko‘rib chiqdik. Mushtarak bo‘ladigan joyi shuki, rejissyor o‘z sohasidagi kamchiliklarni ko‘radi, garchi bu paytda hamma kino yoki futbolni rohatlanib tomosha qilayotgan bo‘lsa ham. Murabbiy maydonni kuzatadi, uning ko‘zlariga hamma narsa shaxmat donalari bo‘lib ko‘rinadi. Demak, biron bir soha vakili bo‘lish kuzatuv jarayonida xalqqa tanish bo‘lmagan g‘alati holatlarni olib kelishi mumkin ekan.
Nima uchun aynan mana shu soha vakillaridan misol keltirayotganimizni payqamagan bo‘lsangiz kerak. Dunyoda yana bir soha borki, uni shu paytga qadar biron bir kishi soha deb atamagan. Biroq, u asrlarni yelkasida ko‘tarib, insoniyat bilan hamohang yashab kelmoqda. Bu DILOZORLIK sohasi! Ha, hayron bo‘lmang, shunaqa soha bor. Mazkur soha vakillari rejissyor do‘stimga va men bilan futbol tomosha qilgan murabbiyga juda-juda o‘xshab ketishadi. Faqat ularning vazifasi kino yo futboldagi kamchiliklarni ilg‘ash emas. Ular shu kecha-kunduzda yashayotgan odamlar orasida yurib, ularning xatti-harakatlarini kuzatib, ayblarini topish bilan kun kechirishadi. Va aybu kamchiliklarini yuzlariga solishadi. Dilozorlik qilishadi. Ularning dilozorliklari shu qadar ajibki, rejissyor do‘stim hech qanday hujum bo‘lmaganda "ah" deb, hammani o‘ziga qaratgani singari, ular hamma xotirjam yashayotgan bir alfozda dod solishga odalanishgan. Oila ishlari endi-endi iziga tushdi, deganda, hamma yoqni ostin-ustun qilib yuborishadi. Murabbiy akamiz futbolchilarni shaxmat donalari kabi kuzatgani singari, ular ham odamlarni quruq bir yog‘och deb biladilar. Istagan paytda DILLARga tosh otib qolishadi. Buni ular bemalol amalga oshirishadi. Hatto pinaklari ham buzilmaydi bu ishni qilishayotganda, tavba! Chunki ular DILOZORLIK sohasining ota-bobolaridan meros bo‘lib kelayotgan katta silsilaning navbatdagi vakillari hisoblanishadi. Azizlar, g‘irt bekorchi qolib ketsak, shu soha vakili bo‘lib qolishdan Yaratganning O’zi asrasin! So‘nggi sahifamizda «Dilozorlik sohasining rangli ko‘rinishlaridan bahra olishingiz mumkin, marhamat!

Xayrullo HAMIDOV.

Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Oktyabr 2009, 16:23:47
Qadim zamonda ikki aka-uka yashardi. Akasi boy va xasis bo‘lib, ukasi esa juda saxiy va odil ekan. Ukaning bir parcha yeri va bir sigiri bo‘lib, xotini va farzandi bilan tinch-totuv yasharkan. Aka esa boyligini qizg‘angani bois hatto uylanmagandi. 

Bir kuni ukaning xotini sigirini sog‘ib tursa, sal narida turgan go‘dagi birdaniga yig‘lab yuboribdi. Ona shoshgancha bolasiga oshiqibdi. Bolani ko‘tarib, sut sog‘ilgan chelakni olgani sigirning yoniga kelibdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, chelakdagi sutni bir katta ilon ichayotgan emish.

Yaqin atrofda ishlayotgan er ilonni ko‘rib, ayolga «Yaqinlashma!» degan ishorani qilibdi. Birozdan so‘ng ilon sutni ichib, o‘z yo‘liga ravona bo‘libdi. Chelakni olgani borgan ayol uning tagida yotgan oltinni ko‘ribdi. Shu kundan boshlab er-xotin sigirni sog‘ib, chelakni shu joyda qoldiradigan bo‘lishibdi. Ilon ham har kuni chiqib, sutni ichib, o‘rniga oltin tanga tashlab ketarkan. Maxluqotga qilingan saxiylik o‘z natijasini berib, dehqon asta-sekin boyib keta boshlabdi. Buni ko‘rgan aka ichidan zil ketibdi. Hasadgo‘ylik, xasislik, ochko‘zlik balosi uning uyqusini qochiribdi. Qanday bo‘lmasin, bu sirning tagiga yetishga ahd qilibdi. Ukasiga o‘zini do‘st ko‘rsatib, uni aldab ayyorlik bilan boyish sababini so‘rabdi. Sodda uka ham akasiga bo‘layotgan voqealarni aytib beribdi.

Kunlarning birida dehqonning xotini sigirni sog‘ib, chelak to‘la sutni ilon yo‘liga qo‘yibdi. Buni poylab turgan aka tez chiqib, kelinini bir yumush bilan uzoqroqqa jo‘natibdi. O‘zi esa o‘tkir bolta olib ilonni poylay boshlabdi. Hech qancha o‘tmay maysalar orasida ilon ko‘rinibdi. Jonivor har kungiday xotirjam sutni icha boshlabdi. Boy aka paytdan foydalanib, ilonning dumiga bolta urmoqchi bo‘lganda ilon chap berib, boyning o‘zini chaqib o‘ldiribdi va bir qarich dumini qoldirgancha, o‘z uyiga ravona bo‘libdi.

Dehqon uyiga qaytgach, o‘lib yotgan akasi va bir qarich dumni ko‘rib, bo‘lib o‘tgan voqeani tushunibdi. Yig‘lab-yig‘lab akasini ko‘mib kelibdi.

Oradan bir oy o‘tibdi. Dehqon bilan xotini yana chelakka sut to‘ldirib ilonning yo‘liga qo‘yib qo‘yishni davom ettirishibdi. Ammo ilondan darak bo‘lmabdi. Noiloj qolgan dehqon ilon yashaydigan g‘orga borib:

— Ey, ilon! Sen bilan do‘st edik-ku, sening oltining ham kerak emas, senga sut to‘la chelak va biz intizormiz, — debdi.

Ichkaridan ilonning ovozi eshitilibdi:

— E, inson! Sen oqko‘ngil va saxiysan. Sen bergan sutingga, men esa bergan oltinimga rozi bo‘laylik. Senda akang firoqi, menda esa dumim alami bor. Senga dushmanligim yo‘q. Akangning ochko‘zligi boshiga yetdi va bizning do‘stligimizga nuqta qo‘ydi. Endi biz do‘st bo‘lolmaymiz, — debdi.

Qissadan hissa: Aziz yurtdoshim, bu dunyo sizdan ham, bizdan ham qolar. Shunday ekan, birovga hasad qilib yashashga ne hojat? Hasadgo‘y va baxil odamning yashagan umrida baraka bo‘lmaydi. Ochko‘z bo‘lib yashayotganlarning holiga voy. Axir, ko‘za kunda emas, kunida sinadi, deyishadi. "œHavas qiling, havas qilgudek bo‘lasiz", deyiladi hadisi sharifda. Hamisha bir-birimizga mehru muhabbat sog‘inib yashaylik.    

Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Oktyabr 2009, 16:45:48
Hazrat Umar(r.a.)ning o‘g‘li Abdulloh (r.a.) bir kuni tuya so‘ydilar. Tuya so‘yilib, go‘shti nimtalandi. Abdulloh xizmatkoriga:

— Qo‘shnimizni unutma, — dedi. Oradan biroz vaqt o‘tgach yana:

— Yahudiy qo‘shnimizni unutmadingmi? — deb so‘radi.

Xizmatkor:

— Afandim, hozir aytib edingiz. Qo‘shniga go‘sht ajratib qo‘ydik, hozir olib chiqib beramiz, — dedi.

Uch-to‘rt daqiqa o‘tib Abdulloh yana xizmatkorni chaqirdi va:

— Qo‘shni haqini berdingmi? — deya uni so‘roqqa tutdi.

Xizmatkor:

— Afandim, uzr so‘rayman. Shu paytgacha sizga itoatsizlik qilgan emasman, bilasiz. Keyin ham qilmayman. Nega bu qo‘shni to‘g‘risida bunchalik qayg‘urasiz? — deb so‘radi.

Abdulloh (r.a.):

— Rasululloh (s.a.v.) qo‘shni haqi to‘g‘risida ko‘p nasihat qilganlar. "œQo‘shni qo‘shnining moliga merosxo‘r darajasida bo‘ladi, qo‘shni och bo‘lgan holda to‘q tong ottirgan inson imon bilan kamolga erishmaydi, komil imon sohibi bo‘lmaydi", deb buyurmishlar. Sahobalar Rasuli Akramdan: «Yo, Rasululloh, qo‘shnilarimizning hududi qancha?» deb so‘rashganida, ul zot:

«Qirq uy o‘ngdan, qirq uy chapdandir. Har bir kimsa to‘rt tarafdan qirq uydan xabardor bo‘ladi, deganlar,» deb javob qildi. Ashobi Kirom sevikli Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan so‘radilar:

— Yo, Rasululloh! Bizning mahallada bir xotin bor. Kunduzlari ro‘za tutadi, kechalari uyg‘oq, ibodat qiladi. Faqat qo‘shnilari bilan yaxshi muomalada emas. Ularga xunuk gaplar gapiradi. Bu ayol haqida nima deysiz? — deb so‘radilar.

Rasuli Akram (s.a.v.):

— Ul xotinda hech ezgulik yo‘q. U jahannamga borguvchidir. Haqiqiy musulmon ul kimsadirki, uning qo‘lidan, tilidan hech kim jabr ko‘rmaydi, — deb marhamat qildilar.

Qissadan hissa: "œOlisdagi qarindoshdan, yoningdagi qo‘shni afzal", deydi dono xalqimiz. Chindan ham yaxshi va yomon kuningizda qo‘shningizdan bo‘lak yana kim sizga mehribonlik qiladi. Albatta, yaxshi qo‘shni bo‘lsangiz. Bir dono odam: "œQozoningizdagi ovqatdan qo‘shniga ham ilining. Qozon ham qo‘shnining haqini biladi", degan ekan. Bugun oramizda ahil qo‘shnilar oz emas. Faraz qiling, farzandingizni turmushga bermoqchisiz yoki uylamoqchisiz. Siz quda bo‘lmoqchi bo‘lgan insonlar siz haqingizda qarindoshlaringizdan emas, qo‘shnilaringizdan kelib so‘rashadi-ya... Yaxshi bo‘lsangiz, qo‘shni ham sizni yaxshi deydi. Payg‘ambarimiz: "œQo‘shning seni yaxshi desa, yaxshisan. Yomon desa yomonsan", deb marhamat qilganlar. Yaratgan egam qiyomat kunida siz haqingizda ota-ona yoki opa-singlingizdan emas, qo‘shningizdan so‘rarkan. Shunday ekan, ikki dunyoda ham bizga asqotadigan yaxshi qo‘shnilardan nasib aylasin.  
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Oktyabr 2009, 16:51:48
Bir aqlli inson oqila va go‘zal qizga oshiq bo‘lib qolibdi. Har kech qizning yo‘lini poylar, unga sevgi izhor qilishga urinar ekan. Qiz ham yigitning o‘tli muhabbatini javobsiz qoldirmabdi.

 Ular turmush qurishga ahdu paymon qilishibdi. Biroq sinoatdan iborat bo‘lgan bu taqdir ularning ham muhabbatini sinashga qaror qilibdi. To‘y kuni belgilangan paytda qiz kasallikka chalinibdi. Dard natijasida qizning go‘zal yuziga dog‘ tushib, toshma toshib ketibdi. Bir vaqtlar havas bilan boqilgan yuz jirkanadigan ahvolga tushibdi. Qizning ota-onasi tabiblarga yugurishibdi. Afsuski, chora topilmabdi. Hakimlar "œBu chechakka o‘xshagan kasallik", deyishdan nariga o‘tishmabdi. Qiz sho‘rlik husni yo‘qolganidan aziyat chekib, uyalganidan yigitning ko‘ziga ko‘rinmaslikka ahd qilibdi. Yigit esa uning uyiga tinmay qatnarkan.

— Meni kechiring, lekin siz bilan turmush qurolmayman, — debdi qiz o‘kinch bilan.

— Nega? Nima uchun? Men sizni baribir yaxshi ko‘raman, — kuyinib gapiribdi oshiq yigit.

— Bugun yaxshi ko‘rarsiz. Ammo kunlar o‘tgani sayin ko‘zingizga boshqa go‘zallar ko‘rinib, sizga yoqmay qolishim mumkin. Kuni kelib dardimni yuzimga solishingizdan cho‘chiyman, — deya javob qilibdi qiz.

Ertasi kuni qishloq ahliga yigitning ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolgani haqida xabar tarqalibdi. Habibining xasta bo‘lganini eshitgan qiz u tomonga shoshilibdi.

— Go‘zalim, qarang Olloh menga ham dard bermish. Sizning ishqingizda ko‘r bo‘lib qoldim. Endi ikkimizning ham bir-birimizdan farqimiz yo‘q. Keling, turmush quraylik, — deb zorlanibdi yigit. Qiz rozilik beribdi.

Ular turmush qurdilar. Bu aqlli juftlik baxtiyor hayot kechira boshladilar.

Oradan bir necha yillar o‘tib, ayolning dardi battar zo‘raydi. Unga shifo topilmadi. O‘lim haq, qazoi vaqti yetib, ayol vafot etdi.

Xotini vafot etganidan ko‘p g‘am chekkan, vafodor erning endi ko‘zlari ochilib ko‘ra boshlagani ma’lum bo‘ldi. O‘n yil davomida basir bo‘lgan ko‘zlarning birdaniga ko‘ra boshlagani ko‘pchilikni hayratga soldi. Buning sababini yigitdan so‘rashdi. Shunda u odam:

— Buning sababi oilada. Uylanmoqchi bo‘lgan qaylig‘im kasalligi tufayli men bilan yashashga ko‘nmadi. Siz mening xunukligimni yuzimga solasiz, dedi. Chorasiz, uni xastalik asoratidan va siqilish tuyg‘usidan qutqarish uchun o‘zimni ko‘rlikka solgan edim, — dedi.

Qissadan hissa: Ajab savdolari bor dunyo bu. Kimdir muhabbatidan ayrilishni istamay o‘zini ko‘rlikka soladi, yana boshqalar esa osongina oilasidan voz kechadi. Oila muqaddas dargoh.   Shunday ekan, oilani toptashga, unga xiyonat qilishga hech birimizning haqimiz yo‘q. Xiyonatni Olloh ham kechirmaydi!  
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Oktyabr 2009, 17:01:50
Rivoyat qilishlaricha, bir olim fozil kishilar mashvaratida har bir mo‘minning bo‘ynidagi bajarishi shart bo‘lgan farz amallar haqida ma’ruza qilibdi. Amru ma’ruf va naxiy munkar, ya’ni yaxshilikka boshlash, yomonlikdan qaytarish, noshukur banda bo‘lmaslik xususida so‘z yuritibdi.

— Har bir giyoh ham, hayvon ham doimo shukurda bo‘ladi, — debdi.

Shunda dilida imoni sustroq bir kishi so‘rabdi:

— Mol ham shukur qiladimi?

Uning so‘zi o‘tirganlarga yoqinqiramabdi. Ammo olim javob berishi kerak edi. Olim aytibdi:

— Ha, mol: "œEy, Ollohim, meni mol qilib yaratding, go‘shtim, sutim halol kishilarga nasib qilyapti, shu orqali elga nafim tegyapti, meni it qilib yaratmaganingga shukur", deydi.

   Haligi kishi yana so‘rabdi:

— Unda it nima deb shukur qiladi?

— "œEy, Ollohim, meni it qilib yaratding. Rizqimni odamlar orqali berib turibsan. Insonlar meni ko‘rib jirkanmaydilar. To‘ng‘iz yoki cho‘chqa qilib yaratsang, nima qilardim", deydi.

— Iya, bundan chiqdi, eng jirkanch maxluq to‘ng‘iz ekan-da, — debdi ul kishi. — Demak, u shukur qilmaskan-da?!

— Yo‘q,— debdi olim. — U ham Ollohga shukur qiladi. U aytadiki, "œTo‘ng‘iz qilib yaratganingga shukur qilaman. G‘iybatchi, tuhmatchi, ichiqora, yomonlik urug‘ini sochuvchi munofiq odam qilib yaratmading. Shunday qilganingda abadiy do‘zaxda kuyarmidim. U yerda qilgan amallarim uchun hisob berish ham yo‘q. O‘lsam, tuproqqa aylanib keta beraman. Shunisiga ham shukur qilaman".

Ushbu javobdan so‘ng savol berayotgan inson mulzam bo‘lib qolibdi. 

Qissadan hissa: Oramizda noshukur odamlar uchraydi, albatta. Biroq atrofga e’tibor bering... Qo‘l-oyog‘i yo‘q bo‘la turib, hayotidan nolimay yashayotganlar bor. Sizda-chi? Yaratgan qo‘l-oyog‘ingizni but qilib qo‘yibdi-ku! Uyma-uy yurib, tilanchilik qiladiganlar qancha? Sizga esa Razzoq Egam rizq yetkazish uchun kasbu kor beribdi. Boshqalarga muhtoj etmaganiga shukur qilmaysizmi? Mamlakati notinch, o‘t va suv balosiga giriftor bo‘lib umr kechirayotganlar qancha... Biz-chi, Ollohga shukurki, musaffo osmon ostida osuda hayot kechiryapmiz. Bemalol uxlay olamiz. Qulog‘imiz tinch. Jilla qursa, shuning uchun shukrona keltiring, azizlar...
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 06 Oktyabr 2009, 12:22:50
Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda o‘g‘rilik va qaroqchilikda tengi yo‘q Qurbon ismli bir yigit o‘tgan ekan. Undan bezor bo‘lgan xalq qaroqchini "œQiron o‘g‘ri" deb atay boshlabdi.
Dunyoning ishlarini qarangki, Qiron o‘g‘ri birdaniga o‘zgarib, insofga kelibdi. O‘g‘rilik va barcha yomonliklardan qaytibdi. Qaerda yaxshilik qilish, yoki yaxshi ish bo‘lsa, o‘sha joyda hozir bo‘lar va o‘z jo‘ralarini ham yaxshilikka boshlarkan. Elu yurt hayron, birov: "œOlloh insof bersa hech narsa emas ekan-da", desa, yana boshqasi: "œQiron o‘g‘riday odam hech qachon yaxshi bo‘lmaydi. Bu hammasi mug‘ombirlik, u hozir podshohning xazinasini mo‘l, soqchilarni chalg‘itish uchun ataylab reja tuzib yuribdi", dermish. Qiron o‘g‘ri esa hech narsaga parvo qilmay, Ollohga ibodatini qilib, yaxshilik kasbida mudom sobit turardi. Kunlardan bir kun bu mish-mishlar podshohning qulog‘iga ham yetib boribdi. Podshoh ham hayron bo‘lib: "œNahot Qiron o‘g‘riday odam insofga kelgan bo‘lsa", deb uni o‘z huzuriga chorlabdi.
Qiron o‘g‘ri saroyga kelib podshohga ta’zim bajo aylabdi va uning amrini kutibdi. Podshoh Qiron o‘g‘rining odobini ko‘rib lol qolibdi va:
— Ey, sen o‘sha Qiron o‘g‘rimisan? Hatto ko‘zlarimga ishonmayapman. Nahot sen o‘z oyog‘ing bilan huzurimga kelgan bo‘lsang. Axir, sening dastingdan bu yerlarga karvon kelolmasdi. Seni hech qaysi shoh qo‘lga tushira olmagan, hayoting Ollohning harom qilgan ishlari bilan band bo‘lib o‘tgan, seni bir marta emas, o‘n marta dorga osish ham oz edi-ku! Nahot o‘limdan qo‘rqmay ochiq yuribsan? — debdi.
— Ey, shohim, — deb javob qilibdi Qurbon. — Jonim sizga sadaqa, lekin egilgan boshni qilich kesmas. Siz yurt otasi, amringizga muntazirman. Endi o‘lsam armonim yo‘q, chunki men tavbaga keldim, o‘z vaqtida noto‘g‘ri ishlarimni Olloh menga bildirdi.
Hayratda qolgan podshoh bu sirning sababini aniqroq bayon qilishini so‘rabdi.
— Podshohim, — deya ta’zim bilan gap boshlabdi Qurbon. — Bilasizki, qaroqchining makoni sahro, oromgohi xilvat joylar. Bir kuni navbatdagi qaroqchilikdan kelib, charchab uxlab qoldim. Tushimda ajoyib sir ko‘rdim va bu dunyoning o‘tkinchiligini angladim, bor qaroqchilik, o‘g‘rilikdan topgan davlatimni beva-bechoralarga tarqatdim. Ilgari Olloh nimani qilmaslikni buyurgan bo‘lsa, o‘shani qilardim. Hozir esa aksi, dilim ham pok, qotgan non yesam ham xotirjamman.
— Yaxshi, — debdi shoh. — Menga o‘sha ko‘rgan tushingni bayon et.
— Shohim, tushimda bir bepoyon sahroda ketayotgan ekanman. Shunda bir arslon meni quvdi, men jon-jahdim bilan qochib bir quduqqa duch keldim. Quduqqa bog‘lanib turgan arqonga osilib o‘zimni quduqqa tashladim. Arqon quduq tubiga yetmay tugadi. Quduq tubiga qarasam, bir ulkan ajdarho og‘zini ochib turardi. Men nochor qolib qora terga botdim. Tepada arslon, pastda ajdarho. Shu payt yonimdagi quduq teshigidan har xil nozu ne’matlar va asal oqib kela boshladi. Men quyidagi va ustimdagi xavfni unutib, maroq bilan nozu ne’mat, asal va sharoblardan iste’mol qila boshladim. Bora-bora xavflarning menga daxli yo‘qday ko‘rinib, kunim shu taxlitda o‘ta boshladi. Kunlardan bir kuni tepaga qarasam,  biri oq, biri qora sichqon men osilgan arqonni qirqa boshladi. Soch-soqolim oqarib sichqonlar qancha tolani qirqdi-yu, qancha qoldi, bilolmay yana asal va nozu ne’matlarni yeyish bilan band bo‘lib, uyg‘onib ketdim. Uzoq o‘ylab tush ta’birini so‘rab, bir olim kishining yoniga bordim. Ulamo tushimni tinglab: "œO‘g‘lim, siz bu dunyo mo‘’jizasini ko‘ribsiz. Arslon Azroildir, arqon umr arqonidir, oq va qora sichqonlar kunduz va kechadirlar. Ular umr arqonini uzish bilan banddirlar. Quduq tubidagi ajdarho esa lahaddir. Hammamizning umr arqonimiz bir kuni uzilib, lahadga bormog‘imiz aniq. Bir kishining umr arqoni yo‘g‘onroq, boshqaniki esa ingichkaroq, lekin qanchasi uzilib, qanchasi qolgani faqat Ollohga ayon. Arqon uzilib lahadga tushguncha hayot — shirin, teshikdan chiqayotgan nozu ne’matlarga aldanib, umrni behuda o‘tkazmoq — kechirib bo‘lmas xatodir. Yaxshilik mevasini bu dunyoga qanchalik ko‘p eksak, oxiratimiz obod, go‘rimiz yorug‘ bo‘lgay", dedilar. Men olim huzuridan boshqa odamga aylanib chiqdim.
Podshoh bu so‘zlardan juda ta’sirlanib ketibdi va uni o‘ziga vazirlikka taklif qilibdi. Biroq Qurbon rad etib:
— Shohim, men bepoyon sahroning sultoni edim. Bulardan kechdim, endi qolgan umrimni bog‘-rog‘ yaratish, suv chiqarish va ko‘prik qurish bilan o‘tkazmoqchiman, zora, Olloh gunohlarimni kechirsa, — debdi.
Shoh uzoq mulohaza qilibdi va:
— Endi quloq sol, sen shu mamlakatning fuqarosisan. Agar shunday bo‘lsa sen uchun mening amrim vojib. Menga halol bir o‘lponchi, ya’ni soliqchi kerak. Soliqchilarim noto‘g‘ri soliqni ko‘paytirib, xalqni ancha qiynab qo‘yishmoqda. Shu amal senga loyiq. Chunki me’dang to‘q, xalqqa xizmat qilish uchun bel bog‘labsan, soliqdan tushgan pulga ko‘prik qur, suv chiqar, bog‘ yarat. Soliqlar puli beva-bechoralarga va bog‘-rog‘ yaratishga, xullas, yana xalq foydasiga sarf bo‘layotganini xalq ham tushunsin, — debdi.
 
Aziz dindoshlarim: Bu dunyoni o‘tkinchi, deb gapiramiz-u, ammo hamisha ham o‘tayotgan kunlarimiz haqida o‘ylab ko‘rmaymiz. Qorin g‘ami, bu dunyo tashvishlari bilan bo‘lib, u dunyoni unutib qo‘yamiz. Ortingizga bir nazar tashlang. O‘tayotgan kunlar sizdan rozimi? Biror-bir kimsaga zarradek bo‘lsa-da yaxshilik qila oldingizmi? Bir o‘ylab ko‘ring-chi, berilgan savolga javob topa olarmikansiz...

Aziza Saidahmedova tayyorladi.
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 06 Oktyabr 2009, 14:03:28
Kechikish

 

Qaylarda yuribsan, eh bebosh bolam,

Deya ko‘ngli armon, ko‘zda yosh onam.

Mana yetib keldi bag‘ritosh bolang,

Kechir, onajonim, kechikdim biroz.

 

Bekorga ko‘zlarim kuymagan ekan,

Diydorga dil hali to‘ymagan ekan,

Dunyo seni bog‘lab qo‘ymagan ekan,

Kechir, onajonim, kechikdim biroz.

 

Yelibman, jon berib do‘stlaru yor deb,

O‘ylamabman dunyo bunchalar tor deb,

Ko‘nglim to‘q — suyanchim-onamlar bor deb,

Kechir, onajonim, kechikdim biroz.

 

O‘n yil ostonangga qadam bosmadim,

Men ham bolang bo‘lib ko‘ngling yozmadim,

Yuzta she’r yozganda bir xat yozmadim,

Kechir, onajonim, kechikdim biroz.

 

Surating qarayman — qo‘llaring qadoq,

Qachon tushgan edi sochlaringga oq?

So‘qir ko‘zlarimni bosgan ekan yog‘,

Kechir, onajonim, kechikdim biroz.

 

Qabringda marmardan qasr quraymi?

Bag‘ringda bolangday birga turaymi?

Sensiz bu dunyoni boshga uraymi?

Kechir, onajonim, kechikdim biroz.

 

Qo‘yning to‘la lola — yaltirar shabnam,

Ko‘ksing munchalar nam, bilmabman-a man!

Qabringda ham o‘ylab yotgan ekansan,

Kechir, onajonim, kechikdim biroz.
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 09:23:04
Juldur kiyim kiygan chol-kampir Bostondan kelgan poyezddan tushib, ming istihola bilan ko'zlagan manzillari sari yo'l oldilar. Garvard universiteti rektorining qabulxonasiga kirar-kirmas, kotiba ularning yo'lini to'sdi. Yoshi bir joyga borib qolgan bu odamlarning universitet rahbarida qanday ishlari bo'lishi mumkin?

Chol past ovozda rektor bilan ko'rishish istagida ekanini bildirdi. Kotiba rektorning vaqti ziqligi bois ularni qabul qilolmasligini aytdi. Kampir: "Mayli, kutamiz", deya ming'irlab qo'ydi. Bugun qanday qilib bo'lsa ham ishni bitirib ketishlari lozim edi. Kotiba indamay joyiga o'tirdi. Oradan bir necha soat o'tsa ham, qariyalar turay deyishmasdi. Toqati toq bo'lgan kotiba o'rnidan turib, rektor huzuriga yo'l oldi: "Bir-ikki daqiqaga bo'lsa ham qabul qilmasangiz, ketish niyatlari yo'q bularning".

Yosh rektor ularni istamaygina qabul qildi. U oddiy "qishloqilar"dan hazar qilardi. "Menday odamning idorasiga kelishga qanday haddilari sig'di ekan!", deya g'udrandi.

Rahbarning avzoi buzuq, asablari taranglashgan edi.

Kampir dardini to'kib soldi: "O'tgan yili shu yerda tahsil olayotgan o'g'limiz avtohalokatda vafot etdi. U bu yerda o'zini juda ham baxtli his qilardi. Shuning uchun universitet hududida unga atab bir yodgorlik barpo qilsak, degandik".

Rektorning peshonasi tirishib, kinoya bilan: "Xonim,— dedi cho'rt kesib,— biz Garvardda tahsil olgan va o'lgan har bir odam uchun yodgorlik quraversak, universitetning qabristondan farqi qolmaydi-ku!"

— Yo'q-yo'q,— dedi kampir shoshib,— yodgorlikni noto'g'ri tushundingiz. Biz Garvard uchun biror bino qurib beraylik, demoqchi edik.

Rektor ularning juldur kiyimiga nafrat to'la nigohlari bilan bir qarab oldi-da:
— Bino deysizmi? Bir bino qurish uchun qancha pul kerakligini bilasizlarmi? Oxirgi qurgan binomizning o'ziga yetti yarim million dollardan oshiq mablag' sarflandi...

U bu gapi bilan qariyalarning xom hayollariga chek qo'ydim, deb o'ylagandi. Kampir choliga yuzlandi: "Universitet tashkil qilish uchun atigi shuncha mablag' ketar ekan, unda nega biz o'zimizning universitetimizni ochmasligimiz kerak?"
Rektorning yuzlari oqarib ketdi. U "ojiz" qariyalardan yengilgan edi.
Er-xotin Stenfordlar ohista tashqariga yo'naldilar.

Ular uylariga — g'arbiy Kaliforniyadagi Palo Alto shaharchasiga qaytishdi. Keyinroq Garvard mensimagan o'g'illarining nomiga universitet tashkil qilishdi. Bu bilan umri bahorida hazon bo'lgan o'g'illarining nomini abadiylashtirishdi...
Aytmoqchi, o'sha ilmgoh bugungi kunda Amerikadagi eng nufuzli oliy o'quv yurtlaridan biri — Stenford Universitetidir.

"œIrfon" taqvimidan

Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 08 Dekabr 2009, 14:59:32
Halol orzular

Endigina maktab yoshiga yetgan o‘g‘il-qizlar ota-onasini juda yaxshi ko‘rib ketgani sababmi, ba’zan «Katta bo‘lsam, sizga mashina sovg‘a qilaman», «Pulim ko‘paysa, oyimga falon narsa olib beraman» deb aytadilar. Farzandning yoshlikdanoq ota-onasiga bu qadar mehr qo‘yishi, ularga yordam berishni xohlayotgani yaxshi, albatta. Lekin bu qimmatbaho narsalarni faqatgina halol yo‘l bilan pul topib olish kerakligini aytishni unutib qo‘ymayapsizmi? Aslini olganda, bu ham bolani halollikka o‘rgatib borishning bir yo‘li.

Halollik faqat oldi-sotdida emas, biz juda oddiy, arzimas deb o‘ylagan ishlarda ham bo‘y ko‘rsatishi mumkin. Birgina baho olish va qo‘yish tartibini olaylik. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchiga ham katta mas’uliyat yuklanadi. Osongina olgan «5» sizga tatirmikan? Kechayu kunduz demay o‘qib-o‘rganib, darsga imtihondagidan ham ko‘proq tayyorlangan tengdoshingiz zo‘rg‘a «a’lo» baho oladiyu, sizga ham «5». Bahoni ham halollab olish kerak emasmi?

Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirgan yigit-qizlar ko‘pincha o‘qishga kirishning oson yo‘llarini qidiradilar. Qanday qilib bo‘lsa-da, talaba bo‘lish kerak. Ba’zilar qing‘ir­ yo‘llar orqali oliy dargohga kirmoqchi bo‘ladilar. Endigina mustaqil hayotga qadam qo‘ygan yoshlar ilk qadamlarini bunday egri yo‘llar bilan boshlasa, ularning kelajagini qanday tasavvur qilish mumkin?

Behzod Fazliddin
"œMa’rifat" gazetasidan olindi.
Nom: Re: Mulohazalar minbari, yoki hulosa qilish minbari
Yuborildi: Shokir63 09 Dekabr 2009, 02:13:40
Halol orzular

Endigina maktab yoshiga yetgan o‘g‘il-qizlar ota-onasini juda yaxshi ko‘rib ketgani sababmi, ba’zan «Katta bo‘lsam, sizga mashina sovg‘a qilaman», «Pulim ko‘paysa, oyimga falon narsa olib beraman» deb aytadilar. Farzandning yoshlikdanoq ota-onasiga bu qadar mehr qo‘yishi, ularga yordam berishni xohlayotgani yaxshi, albatta. Lekin bu qimmatbaho narsalarni faqatgina halol yo‘l bilan pul topib olish kerakligini aytishni unutib qo‘ymayapsizmi? Aslini olganda, bu ham bolani halollikka o‘rgatib borishning bir yo‘li.

Halollik faqat oldi-sotdida emas, biz juda oddiy, arzimas deb o‘ylagan ishlarda ham bo‘y ko‘rsatishi mumkin. Birgina baho olish va qo‘yish tartibini olaylik. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchiga ham katta mas’uliyat yuklanadi. Osongina olgan «5» sizga tatirmikan? Kechayu kunduz demay o‘qib-o‘rganib, darsga imtihondagidan ham ko‘proq tayyorlangan tengdoshingiz zo‘rg‘a «a’lo» baho oladiyu, sizga ham «5». Bahoni ham halollab olish kerak emasmi?

Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirgan yigit-qizlar ko‘pincha o‘qishga kirishning oson yo‘llarini qidiradilar. Qanday qilib bo‘lsa-da, talaba bo‘lish kerak. Ba’zilar qing‘ir­ yo‘llar orqali oliy dargohga kirmoqchi bo‘ladilar. Endigina mustaqil hayotga qadam qo‘ygan yoshlar ilk qadamlarini bunday egri yo‘llar bilan boshlasa, ularning kelajagini qanday tasavvur qilish mumkin?

Behzod Fazliddin
"œMa’rifat" gazetasidan olindi.


Bu uning ilk muStaqil qadamimikin? yoki qilgan ko'z bo'yamichiliklarining, aytgan yolg'nlarining yana birimikin? Mustaqil hayot qachon boshlanadi? Bu uning ilk qadamimikin, mustaqil hayotidagi.

Ota ona farzandlarining qaysi qadami mustaqil otilganligini bilishlari lozim.


Yana nima deyishadi deng, bola podshoxdan ulug'.


Podshoxlar QARAMMIKIN?