forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 05:49:55

Nom: Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 05:49:55
Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy

GUNOHI KABIRALAR

Tarjimon: Dilmurod Qo‘shoqov
Muharrir: Ulug‘bek Mutalov
Musahhih: Abdug‘afur Iskandar

Toshkent
«Movarounnahr»
2004

Gunohi kabiralar

(http://www.ziyouz.com/images/books/gunohi_kabiralar.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=55)

Muallif: Imom Shamsuddin Zahabiy
Hajmi: 494 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=55)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.375)


MUNDARIJA

Imom Zahabiy va uning «Kaboir» nomli asari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6882#msg6882)
1. Katta shirk (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6890#msg6890)
2. Riyo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6895#msg6895)   
3. Kibr, manmanlik, g‘urur (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6904#msg6904)
4. Zo‘ravonlik, haddan oshish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6909#msg6909)
5. Makr va aldov (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6913#msg6913)   
6. Allohning makr-sinovidan xotirjam bo‘lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6915#msg6915)
7. Allohning rahmatidan noumid bo‘lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6921#msg6921)
8. Dunyo uchun ilm o‘rganish va ilmni yashirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9581#msg9581)
9. Alloh azza va jalla hamda Rasululloh s.a.v. sha’niga yolg‘on gapirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9586#msg9586)
10. Taqdirni rad etish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9589#msg9589)
11. Xiyonat va ahdga vafo qilmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9601#msg9601)
12. Tortishuv, bahs-munozara va murosasizlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9605#msg9605)
13. Siydikdan poklanmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9615#msg9615)
14. Namozni qasddan tark etish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9617#msg9617)
15. Uzrsiz jamoat namozini tark etish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11632#msg11632)
16. Juma namozini tark etishga odatlanish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11642#msg11642)
17. Erkaklarning tilla taqishlari va ipak kiyishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11644#msg11644)
18. Ayollarning erkaklarga, erkaklarning ayollarga o‘xshashlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11647#msg11647)
19. Kibr va manmanlik bilan kiyimlarini sudrab yurish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11651#msg11651)   
20. Musibat chog‘ida haddidan oshish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11654#msg11654)
21. Zakot bermaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11676#msg11676)
22. Bergan narsani minnat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11681#msg11681)
23. Ehtiyojdan ortiqcha suvni qizg‘anish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11684#msg11684)
24. Ramazonda uzrsiz ro‘za tutmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11685#msg11685)
25. Qodir bo‘laturib haj qilmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11687#msg11687)
26. Allohdan boshqaga atab jonliq so‘yish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11689#msg11689)
27. Sudxo‘rlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11692#msg11692)
28. Harom yeyish va haromdan topish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11696#msg11696)
29. Tarozi, o‘lchov va shu kabi narsalardan urib qolish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11702#msg11702)   
30. Yetim molini yeyish va unga zulm qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11706#msg11706)
31. Qo‘shniga ozor berish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11712#msg11712)
32. Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11717#msg11717)
33. Allohning do‘stlari – avliyolarga ozor berish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11723#msg11723)
34. Zararli vasiyat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11728#msg11728)
35. Omonatga xiyonat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11730#msg11730)
36. Chaqimchilik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11734#msg11734)
37. Tahlil qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11740#msg11740)
38. Xotinning eriga itoatsizlik qilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11743#msg11743)
39. Dayuslik va qo‘shmachilik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11756#msg11756)
40. Pokiza ayollarga tuhmat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11758#msg11758)
41. La’nat aytish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11761#msg11761)
42. Insonning o‘z nasabidan tonishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11773#msg11773)
43. Ota-onaga oq bo‘lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11774#msg11774)
44. Qarindoshlar bilan aloqani uzish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11782#msg11782)
45. Qulning qochishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11787#msg11787)   
46. Zaiflar va qo‘l ostidagilar – xotin, qul, jonivorlar haqini poymol qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11788#msg11788)   
47. Odam o‘ldirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11797#msg11797)
48. O‘z joniga qasd qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11802#msg11802)
49. Sehr (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11804#msg11804)
50. Folbin va munajjimni tasdiqlash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11807#msg11807)
51. Boshliqning qo‘l ostidagilarni aldashi va ularga zulm qilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11811#msg11811)
52. Zulm (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11816#msg11816)
53. Zino (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11832#msg11832)
54. Bachchavozlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11838#msg11838)
55. O‘g‘irlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11846#msg11846)
56. Yo‘lto‘sarlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11848#msg11848)
57. Xamr (mast qiluvchi ichimlik) ichish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11851#msg11851)
58. Odamlarning sirlariga quloq tutish – josuslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11866#msg11866)
59. Dushman hujumidan qochish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11867#msg11867)
60. O‘ljaga xiyonat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11869#msg11869)
61. Musulmonlarning nozik jihatlarini ochish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15745#msg15745)
62. Yolg‘on qasam ichish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15747#msg15747)
63. Nohaq hukm qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15753#msg15753)
64. Poraxo‘rlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15758#msg15758)
65. Yolg‘on guvohlik berish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15761#msg15761)
66. Yolg‘on gapirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15764#msg15764)
67. Qimor o‘ynash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15771#msg15771)
68. Sahobalardan birontasini haqorat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15775#msg15775)
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 05:51:26
Imom Zahabiy va uning «Kaboir» nomli asari haqida

Islom olamining mo‘’tabar olimlari qatorida, shubhasiz, Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Abu Abdulloh Zahabiy Shofe’iy hazratlarining ham munosib o‘rni bor.
Imom Zahabiy hijriy 673 yili Suriyaning Damashq shahrida tavallud topganlar. «Zahabiy» taxallusi u kishiga otalarining kasbiga nisbatan berilgan bo‘lib, «zargarning o‘g‘li» degan ma’noni anglatadi.
Hadis ilmi bilan 18 yoshdan shug‘ullanishni boshladilar, Ba’labakka, Hims, Hama, Aleppo, Tripoli, Nabulus, Ramla, Qohira, Iskandariya, Quddus, Hijoz kabi jami o‘ttizta shaharda bo‘ldilar. Ilm tahsili uchun juda ko‘p olimlarning xizmatida turdilar. Ibn Zahiriy, Abarquhiy, Shayxul-Islom Ibn Daqiq Iyd (Imom Zahabiy u kishining oldiga ilm o‘rgangani kelganida, imtihon qilib: «Abu Muhammad Hiloliy kim?» deb so‘ragan, Imom Zahabiy: «Sufyon ibn Uyayna», deb to‘g‘ri javob bergach, Ibn Daqiq Iyd u zotni shogirdlikka qabul qilgan), davrining yetuk hadisshunos olimi Sharafiddin Dimyatiy, Jaloliddin Abu Ma’li Ansoriy kabi olimlardan hadis va fiqh ilmini o‘rgandilar. So‘ng Damashq shahriga qaytib, hadis ilmidan dars berdilar, islom olamida nomlarini mashhur etgan kitoblarini yozdilar.
73 yoshda ko‘z nuridan ayrildilar va ikki yildan so‘ng foniy dunyoni tark etdilar. Uchta farzandi bor edi: qizining ismi Amat Aziz va o‘g‘illari Abdulloh bilan Abu Hurayra Abdurahmon. Abdurahmon keyinchalik hadis ilmi peshvosiga aylanib, Ibn Nasriddin Damashqiy va Ibn Hajar Asqaloniy kabi olimlarga dars berdi, otasidan eshitgan ko‘plab hadislarni rivoyat qildi.
Imom Zahabiy 75 yil umr ko‘rdilar, islom olamida hadis ilmining sultoni, qomusiy ilmlarga ega tarixchi, shajarashunos va shayxul islom sifatida nom qozondilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 05:51:44
Imom Zahabiyning mashhur asarlari:
1. Tarixul Islom. Katta bibliografik qomus.
2. Al-Ibar bi axbar man abar. Olimlar haqida keng bibliografik tarix.
3. Duvalul Islom. Siyosiy shaxslar va voqealar haqida.
4. Siyaru a’lamin-nubala.
5. Tazkiratul huffaz. Hadis olimlari tazkirasi. Abu Bakr Siddiqdan boshlab to o‘zlari yashagan davrigacha o‘tgan hadis roviylari va olimlari hayotiga bag‘ishlangan asar. Keyinchalik Imom Suyutiy bu kitobni o‘z zamondoshlari bilan boyitib, «Tabaqatul huffaz» asarini yozganlar.
6. Tabaqatul qurro. Qur’on olimlarining hayotiga bag‘ishlangan kitob.
7. Zikru man yu’tamid qavluhu fil jarhi vat-ta’dil. Ishonchliligi jurh va ta’dil yo‘lida tekshirilgan hadis roviylariga bag‘ishlangan kitob.
8. Muxtasaru Sunan al-Bayhaqiy.
9. At-tajrid fi asmais-sahaba. Sahobalar haqida lug‘at.
10. Muxtasaru al-Mustadrak lil Hakim. Hakimning «Mustadrak» asariga qisqa sharh.
11. Muxtasaru tarixi Naysabur lil Hakim.
12. Nabaud-Dajjal. Dajjol haqidagi hadis va rivoyatlar monografiyasi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 05:52:12
Imom Zahabiyning qirqqa yaqin asarlari bo‘lib, ularning ichida eng ko‘p tarqalgani, shubhasiz, «Kaboir» kitobidir. Qur’on va hadisda tilga olingan, had-jazo belgilangan, Alloh va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam la’natlagan gunoh ishlar ushbu kitobda batafsil yoritilgan.
Inson yomonlikka tushib qolmasligi uchun uni yaxshilab tanib olishi kerak. Ushbu kitob bizga bu borada katta yordam beradi. To‘g‘ri, oldin ham katta gunohlar haqida ba’zi risolalar chop etilgan. Lekin ular Imom Zahabiyning «Kaboir» asaridan parchalar edi.
Alloh taolo bandalari katta gunohlardan saqlansa, mayda-kichik gunohlarni kechishi aytgan. O‘qiyotgan besh vaqt namozimiz, tutayotgan ro‘zamiz, juma namozlarimiz ham, gunohi kabiralardan saqlanar ekanmiz, kichik gunohlarimizni yuvib turadi. Shuning uchun kabiralardan saqlanmog‘imiz, mabodo, beixtiyor ulardan birortasini sodir etib qo‘ysak, tavba va pushaymonlik o‘ti ila uni kuydirmog‘imiz lozim. Gunohlardan chekinish va ulardan poklanish yo‘lida ushbu kitob o‘quvchilarimizga zarur qo‘llanma bo‘lishiga umidimiz bor. Uni o‘qib, uqib, nafsida naf topganlar avvalo Imom Zahabiy hazratlarining haqlariga, qolaversa, ushbu asarni o‘zbek tiliga o‘girib, chop etilishiga hissa qo‘shgan mutasaddilarning haqlariga duoi xayrlar qilgaylar.
Olamlar Parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Barchamizga U zotning huzuriga gunohlarsiz, pokdomon holda yuzlanishimizni nasib aylasin.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:04:50
Bismillahir rohmanir rohiym

Olamlar Parvardigori Allohga hamdu sanolar, taqvodorlar peshvosi sayyidimiz Muhammadga salovot va salomlar bo‘lsin!
Ushbu kitobda qaytarilgan va harom qilingan bir qancha ulkan gunohlar — gunohi kabiralar haqida so‘z boradi.
Alloh va Uning Rasuli Kitobu sunnatda qaytargan ishlar gunohi kabiradir. (Bunday gunohlar uchun dunyoda had-jazo belgilangan, oxiratda tahdid solingan, yoki uni sodir qilgan kishining iymoni inkor qilingan, yoki la’natlangan, yoki «biz undan pokmiz», «u bizdan emas», kabi so‘zlar bilan sifatlangan.)
Alloh taolo gunohi kabiralardan chetlangan kishining kichik gunohlarini kechib yuborishini, so‘ng uni jannatga doxil etishini xabar qiladi:

«Agar sizlar man etilgan gunohlarning (Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, birovni nohaq o‘ldirish kabi) kattalaridan saqlansangizlar, qilgan (kichik) gunohlaringizni o‘chirurmiz va sizlarni ulug‘ manzil — jannatga kiriturmiz» (Niso surasi, 31).

«Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, g‘azablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan zotlardir» (Sho‘ro surasi, 37).

«Ular (ya’ni, jannatga sazovor bo‘lganlar) kichik xatolardan boshqa katta gunohlardan va buzuqliklardan yiroq bo‘ladigan zotlardir. Albatta, Parvardigoringiz mag‘firati keng zotdir...» (Van-najm surasi, 32).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:05:58
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Modomiki, banda katta gunohlardan chetlanar ekan, besh vaqt namoz, juma keyingi jumagacha va ramazon keyingi ramazongacha bo‘lgan kichik gunohlarga kafforatdir» (Muslim va Termiziy rivoyati).

Demak, qaysi gunohlar kabira ekanini bilib olishimiz juda muhim. Toki ulardan chetlanaylik va Rabbimiz rahmatiga musharraf bo‘laylik.

Bir toifa ulamolar gunohi kabiralarni yettita, deganlar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi sharifini hujjat qilganlar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Halok qiluvchi yettita gunohdan saqlaninglar», dedilar. «Ular qaysilar, yo Rasululloh?» deb so‘rashganida, «Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o‘ldirish, yetim molini yeyish, sudxo‘rlik, dushmandan ortga chekinish, buzuq xayol bilan pokdomon mo‘mina ayollarga tuhmat qilish», deya javob berganlar (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhu esa: «Gunohi kabiralar yettitadan ko‘ra, yetmishtaga yaqinroq», deganlar. Yuqoridagi hadisda esa, gunohi kabiralar soni yettita emas, balki mazkur yettita amal gunohi kabiralardan ekani bayon qilingan, xolos.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:06:10
Xullasi kalom, kimda-kim odam o‘ldirish, zino, o‘g‘irlik kabi dunyoda had joriy qilingan, oxiratda azoblanishi yoki g‘azabga uchrashi haqida tahdid solingan, Muhammad sollallohu alayhi vasallam tomonidan la’natlangan yoki «iymonsizdir», «bizdan emas», «biz undan pokmiz (boshqa-boshqamiz)» kabi jumlalar bilan sifatlangan biror amalni qilsa, u gunohi kabira sodir etgan bo‘ladi.
Shuni ham ta’kidab o‘tish kerakki, ayrim gunohi kabiralar boshqalaridan ulkanroq bo‘ladi. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohga shirk keltirishni gunohi kabiralardan, deb zikr qilganlar. Vaholanki, Allohga shirk keltirgan kimsa — mushrikning gunohi hech qachon kechirilmaydi va u do‘zaxda mangu qoladi.

«Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsa yo kimsaning) sherik qilinishini kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan bandalari uchun kechiradi. Kimki Allohga shirk keltirsa, demak, juda qattiq yo‘ldan ozibdi» (Niso surasi, 116).

«Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur, uning borar joyi do‘zaxdir. Zulm qilguvchilar uchun biron yordamchi bo‘lmas» (Moida surasi, 72).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:08:21
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari haqida xabar beraymi?» deb so‘radilar. «Ha, yo Rasululloh!» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suyangan holda edilar, o‘tirib oldilar-da: «Ogoh bo‘linglar, yolg‘on gapirish va yolg‘on guvohlik berish», deya takrorlayverdilar, hattoki, biz, qaniydi to‘xtalsalar, dedik» (Muttafaqun alayh).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ota-onaga oq bo‘lish va yolg‘on gapirish eng katta gunohi kabiralardan ekanini aytdilar. Holbuki, bu gunohlar yettita halok qiluvchi gunohlar sirasida sanalmagan. Gunohi kabiralar yettitadan ko‘p ekaniga shuning o‘zi yaqqol hujjatdir.

Har qanday gunohdan, u xoh katta bo‘lsin, xoh kichik, darhol tavba qilish vojib, tavbani orqaga surish joiz emas. Bu ish Islomning eng muhim jihati va dinning ta’kidlangan qoidalaridandir.
Ahli sunna nazdida tavbaning vojibligi Kitob va sunnatdan olingan.
Qur’oniy hujjatlar, hadisi shariflar va salafi solihlar so‘zlarining zohiri shuki, kim Allohga astoydil tavba qilsa va unda tavba shartlari to‘kis bo‘lsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:08:45
Taassufki, islom ummatining aksariyati amalining gunohi kabira, harom ekanini bilmaydi. Bu boradagi ta’qiq va tahdidlar ularga yetib bormagan. Shuning uchun olim odam johillarga tezlik, qo‘pollik qilmasdan, Alloh o‘ziga ta’lim bergan narsalarni ularga bildirishi, shirinsuxan va xushmuomala bo‘lishi lozim. Chunki banda bilmagan narsasi uchun gunohkor bo‘lmaydi.

«Biz, to biron payg‘ambar yubormaguncha (u orqali o‘zimizning amru farmonlarimizni yuborib, unga itoat qilishdan bosh tortmagunlaricha, biron kimsani) azoblaguvchi emasmiz» (Al-Isro surasi, 15).

Sahobalar Habashistonda ekanliklarida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga vahiy orqali vojib va haromlar nozil bo‘lgan. Bu hukmlar esa ularga bir necha oydan keyin yetib borgan. Ular bu muddat mobaynida bilmaganlari uchun ma’zur hisoblanishgan. (Qolaversa, islom ummatidan bilmagan, unutgan va majbur etilgan amallarining gunohi ko‘tarilgan. — (Tarjimon.)
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:12:03
Birinchi gunohi kabira
KATTA SHIRK

Katta shirk – Allohga biron bir narsani sherik qilish, teng bilish va u zot bilan birga tosh, daraxt, quyosh kabi boshqa narsalarga ibodat qilishdir. U gunohi kabiralarning eng kattasidir. Allohning O‘zi saqlasin.

«Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan kishilar uchun kechirur...» (Niso surasi, 48).
Ya’ni shirkni kechirmaydi. O‘zi xohlagan bandalarining shirkdan boshqa gunohlarini kechiradi.
Shirk Alloh taoloning:

«...Albatta, Alloh (O‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mehribondir» (Zumar surasi, 53), oyati karimasidagi «barcha gunohlar» sirasiga kirmaydi.

«...Chunki shirk keltirish katta zulmdir» (Luqmon surasi, 13).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:14:26
Ya’ni, shirk qabih amal va yaqqol zulmdir, bir narsani o‘z o‘rnidan boshqa o‘ringa qo‘yish, haqqini poymol qilishdir. Kimki yaratuvchi bilan yaralmish — maxluqni, iloh bilan but-sanamni barobar deb bilsa, shak-shubhasiz, u aqlsiz, ahmoqdir. «Zolim» deb nomlanishga, hayvonlar qatorida sanalishga loyiqdir.

«Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur».
Kimki Allohdan boshqani iloh deb e’tiqod qilsa, hech qachon jannatga kirmaydi, degan ma’nolarni uqib olish mumkin. Chunki jannat Allohni bir deb biluvchi muvahhidlar makonidir.

«...uning borar joyi do‘zaxdir. Zulm qilguvchilar uchun biron yordamchi bo‘lmas» (Moida surasi, 72).
Ya’ni, uning uchun Allohning azobidan qutqaruvchi ham, yordamchi ham bo‘lmas. Bu haqda ko‘plab oyatlar mavjud.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:15:00
Kimki Allohga iymon keltirib, mo‘min holida vafot etsa, garchi do‘zaxda gunohiga yarasha azoblansa-da, aniq jannatiy bo‘lganidek, Allohga shirk keltirib mushrik holida o‘lgan kimsa, shak-shubhasiz do‘zaxiydir.

Buxoriy va Muslim rivoyatida kelgan hadisi nabaviyyada shunday deyiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari haqida xabar beraymi?» deb uch bor so‘radilar. Biz: «Ha», dedik. «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. Suyangan holda edilar, shundan so‘ng o‘tirib oldilar-da: «Ogoh bo‘linglar, yolg‘on gapirish va yolg‘on guvohlik berish», deya takrorlayverdilar. Hattoki, biz qaniydi, sukut qilsalar, dedik» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Halok etuvchi yettita gunohdan saqlaninglar», dedilar-da, birinchi navbatda Allohga shirk keltirishni zikr qildilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ey Ibn Xattob, bor, odamlarga «jannatga faqatgina mo‘minlar kiradi», deb jar sol» (Muslim, Ahmad rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:15:21
Foyda

Insonlarning ko‘p so‘zlari ulamolar nazdida kufrdir. Masalan, Alloh ismlaridan birortasini, yo buyrug‘ini, yo va’dasini yoki tahdidini masxara qilish. «Agar Alloh menga falon ishni buyurganida, qilmasdim», «Agar qibla manovi tarafda bo‘lganida, u yoqqa qarab namoz o‘qimasdim» kabi, yoki «Namozni tark etmagin, bo‘lmasa Alloh jazolaydi», deyilsa, «Shunchalik qiyin ahvolda va kasal bo‘lsam ham jazolaydigan bo‘lsa, unda menga zulm qilibdi», deyish. «Agar menga falon narsa haqida payg‘ambarlar-u farishtalar guvohlik berganida ham tasdiqlamasdim», «Falonchi nazarimda yahudiyga o‘xshaydi», «Alloh insof-adolat qilish uchun turdi yoki o‘tirdi», «Agar payg‘ambar aytgani rost bo‘lsa, najot topibmiz», kabi so‘zlarni aytish. Boshiga musibat tushganida: «Bolamni va molimni olding, o‘zi nima qilyapsan?» deb dod solish. Janoza namozidan boshqa namozni mazax qilgan yoki mumkin deb bilgan holda betahorat o‘qish. Ikki kishi tortishib qolib, ulardan biri: «La havla va la quvvata illa billah», deganida ikkinchisi: «La havla va la quvvata illa billah» degan bilan qorin to‘ymaydi», deyishi. Muazzinning azonini eshitganda: «U yolg‘on gapiryapti» deyish. «Alloh taolo odam o‘ldirish, zino, zulm kabi hech bir zamonda halol bo‘lmagan ishni harom qilmaganida edi», deb orzu qilish. «Iymon nima» deb so‘ralganida «Bilmadim», deyish.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:15:32
Yana ayrim so‘zlar borki, ular aniq kufr kalimasi bo‘lmasa-da, harom bo‘lib, aytgan kishi kofir bo‘lib qolishi ehtimoli bor. Masalan, «Tirnoqlaringni olib yur. Bu sunnat» deyilganda, «Sunnat bo‘lsayam olmayman», deyish. Musulmonga: «Alloh oqibatingni xayrlik qilmasin» yoki «Iymoningdan judo qilsin», deyish. Bir kishidan qasam ichishni talab etsa-yu, u Alloh nomiga qasam ichmoqchi bo‘lganida, «Xotinim taloq bo‘lsin», deb qasam ichishini talab etish. Bir kishiga: «Seni ko‘rsam, o‘limni ko‘rganday bo‘laman», deyish. Bir joyga matosini qo‘yib: «Uni Allohga topshirdim», degan kishini «Matoingni o‘g‘riga ergashib yurmaydigan (ya’ni, o‘g‘rini tutib bermaydigan) zotga topshirdingmi?» deyish. Bir kishi teparoq joyga imom-xatibga o‘xshab o‘tirib olsa-yu, boshqalar undan turli masalalarni so‘rashsa, (bu bilan ulamolarni masxara qilmoqchi bo‘lsa) yoki birontasi «Bir kosa sho‘rva ilmdan yaxshiroq», desa. Bir kishining beliga arqon orqalab olganini ko‘rib «Bu nima?» deb so‘rashganida, «Zunnor», deyishi.

Muallimning: «Yahudiylar musulmonlardan yaxshiroq, chunki ular farzandlarimizning ustozlariga ehson qilib turadilar», deyishi. «Nasroniylik majusiylikdan yaxshiroq» deyish.
Musulmonga qarata: «Dinsiz, iymonsiz, e’tiqodsiz. Sen fojirsan, fosiqsan, munofiqsan», deyish.
Alloh taolodan bizni Kitob va sunnatga amal qilgan holimizda vafot ettirishini so‘raymiz.
Albatta, u rahmlilarning rahmlirog‘idir!
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:21:21
Ikkinchi gunohi kabira
RIYO

Alloh taolo munofiqlar haqida xabar bera turib: «Insonlarga riyo qiladilar», deydi. Ya’ni, ularning namoz o‘qishdan ko‘zlagan maqsadlari — Allohning yuzi emas, balki odamlar ko‘rib, eshitishlari — xo‘jako‘rsin uchundir.
«Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. — Holbuki, Alloh ularni «aldab» qo‘yguvchidir.— Va ular qachon namozga tursalar dangasalik bilan, odamlar ko‘rsin, deb turadilar va Allohni kamdan-kam eslaydilar» (Niso surasi, 142).

«Namozlarini «unutib» qo‘yadigan «namozxon»larga vayl bo‘lsin» (Mo’un surasi, 4-oyat). Namozlariga beparvo, yengiltaklik qilib uni o‘z vaqtidan kechiktirib o‘qiydigan kimsalarga halokat, azob bo‘lsin. «... ular riyokorlik qiladigan kimsalardir». Ular odamlar ko‘z o‘ngida «solih» deb aytishlari uchun namoz o‘qiydilar, «taqvodor» deb nom qozonish uchun xushu’li va huzu’li bo‘lib ko‘rinadilar va «saxiy» degan nom olish uchun ehson-sadaqa qiladilar. Ularning har bir amallari riyo va nom qozonish uchundir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:22:23
«Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga halokat bo‘lgayki; Ular riyokorlik qiladigan va ro‘zg‘or buyumlarini ham (kishilardan) man’ qiladigan (ya’ni, biron kishiga foydalari tegmaydigan) kimsalardir!» (Mo’un surasi, 4-7).
Odamlarga kundalik ro‘zg‘or buyumlari — bolta, arra, igna, qozon kabi narsalarni ham berib turmaydilar.

«Ey mo‘minlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang...» (Baqara surasi, 264).
Ya’ni, riyokor riyo qilgani sababli infoq-ehsonlarini yo‘qqa chiqargani singari, sizlar ham minnat va ozor bilan qilgan sadaqotlaringiz ajridan mahrum bo‘lib qolmang, deyilmoqda.

«Bas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda (riyokorlik bilan) biron kimsani (Unga) sherik qilmasin! (Ya’ni, qiladigan barcha amallarini Yolg‘iz Alloh uchun qilsin)» (Kahf surasi, 110).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:22:45
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida birinchi bo‘lib hukm (hisob-kitob) qilinadigan kimsa — shahid kishi. Uni keltirishadi, so‘ng Alloh taolo unga ne’matlarini tanitadi, u tan oladi. «Bular evaziga nima qilding?» deb so‘raydi. «Sening yo‘lingda jang qildim, hattoki shahid bo‘ldim», deydi. «Yolg‘on aytding, sen «falonchi jur’atli» deb aytishlari uchun jang qilding. Sen istagan narsa aytildi», deydi. So‘ng buyuradi va u yuzi bilan sudralib, do‘zaxga uloqtiriladi. Keyin ilm o‘rganib, o‘rgatgan va Qur’on o‘qigan kishini keltirishadi. Alloh taolo unga ne’matlarini tanitadi, u tan oladi. «Bular evaziga nima qilding?» deb so‘raydi undan. «Sen uchun ilm o‘rganib, uni (boshqalarga) o‘rgatdim va Qur’on o‘qidim», deydi. «Yolg‘on aytding, sen olim, deb aytishlari uchun ilm o‘rganding va qori deb aytishlari uchun Qur’on o‘qiding. Bu gap aytildi», deydi. So‘ng buyuradi va u yuzi bilan sudralib, do‘zaxga uloqtiriladi. Keyin Alloh rizqini keng qilib qo‘ygan, turli tuman mol-dunyo ato etgan kishini keltiradilar. Alloh taolo unga ne’matlarini tanitadi, u tan oladi. «Bular evaziga nima qilding?» deb so‘raydi. «Sen infoq-ehson qilinishini yaxshi ko‘rgan biror yo‘lni qoldirmasdan Sen uchun infoq qildim», deydi. «Yolg‘on aytding, sen saxiy, deb aytishlari uchun shunday qilding. Bu narsa aytildi», deydi. So‘ng buyuradi va u yuzi bilan sudralib, do‘zaxga uloqtiriladi» (Muslim, Nasoiy va boshqalar rivoyat qilishgan).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Riyoning ozginasi ham shirkdir!»
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:22:52
Yana: «Sizlar xususingizda qo‘rqadigan narsalarimning eng qo‘rqinchlisi kichkina shirk», dedilar. «Kichkina shirk nima?» deyishdi. «Riyo» dedilar.

Yana: «Insonlar amallariga yarasha jazo-mukofot olgan vaqtida Alloh taolo (riyokorlarga): «Dunyoda kimlar uchun riyo qilgan bo‘lsangiz, o‘shalarga boringlar. Qaranglar-chi, ularning huzurida biron mukofot toparmikansiz?!» deydi», deganlar (Imom Ahmad rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Alloh taolo: «Men sheriklarning shirkdan behojatrog‘iman. Kimki Men uchun biron amalni qilsa, unda boshqani Menga sherik qilsa, Men undan behojatman. U o‘sha «sherik» uchundir», dedi» (Ibn Moja rivoyati).

Yana aytadilar: «Kimki (odamlar) eshitsin desa, Alloh eshittirib qo‘yadi va (odamlar) ko‘rsin desa, Alloh ko‘rsatib qo‘yadi» (Muttafaqun alayh).

Ya’ni, kimki odamlar ko‘rishi yoki eshitishi uchun biron amalni qilsa, qiyomat kunida Alloh taolo uning buzuq niyatini fosh etadi va guvohlar huzurida sharmanda qiladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:22:59
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ko‘p ro‘zadorlar borki, ularning ro‘zasidan oladigan «ulush»lari faqat ochlik va tashnalikdir, ko‘plab kechalari qoim bo‘luvchilar borki, ularning qoimlikdan oladigan «ulush»lari faqat bedorlik, xolos» (Tabaroniy rivoyati).

Ya’ni, agar namoz va ro‘za Alloh taoloning roziligi uchun bo‘lmas ekan, unga savobi berilmaydi.

Ba’zi hukamolar aytishgan ekan: «Riyo va sum’a (odamlar eshitishi) uchun amal qilgan kimsa hamyonini toshlar bilan to‘ldirib olgan kishiga o‘xshaydi. U bozorga bir narsa sotib olish uchun kirib, sotuvchining oldida hamyonini ochsa, ichi to‘la tosh bo‘ladi va sotuvchi toshlarni uning yuziga otadi. Insonlarning: «Hamyoni juda to‘la ekanmi?» degan so‘zlaridan boshqa unga hech bir manfaat yo‘q va unga hech vaqo berilmaydi».

Xuddi shunga o‘xshab riyo va odamlar eshitsin, deb qilingan amallardan zarracha foyda yo‘q, oxiratda unga savob ham berilmaydi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:23:17
«(Zotan), Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon (kabi) qilib qo‘ygandirmiz» (Furqon surasi, 23).

Ya’ni, Allohning roziligidan boshqa narsa uchun qilgan amallarini savobsiz qoldiramiz va ularni quyosh nurida ko‘rinadigan g‘ubor kabi qilib qo‘yamiz, deyilmoqda.

Adiy ibn Xotim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir toifa odamlarni do‘zaxdan jannatga olib borish buyuriladi. Ular jannatga yaqinlashib, uning bo‘ylarini hidlab, undagi qasrlar va Alloh jannat ahli uchun hozirlab qo‘ygan narsalarni ko‘rishgach, «Ularni jannatdan burib yuboringlar, u yerda ularga nasiba yo‘q», deb nido qilinadi. Shunda ular: «Parvardigoro, bizga jannatingni va u yerda do‘stlaring uchun hozirlab qo‘ygan narsalaringni (noz-ne’matlaringni) ko‘rsatmasdan turib do‘zaxga kiritganingda, bizga osonroq bo‘lardi», deyishadi. «Men sizlarga shuni iroda qildim, — deydi. — Chunki sizlar yolg‘iz qolganingizda, ulkan gunohlar bilan Menga qarshi chiqdingiz va odamlarga yo‘liqsangiz, ularga itoatkor — taqvodor bo‘lib ko‘rindingiz. Insonlarga qalbingizdan Men uchun bergan narsalaringizning teskarisini ko‘rsatdingiz. Odamlardan qo‘rqdingiz, Mendan qo‘rqmadingiz. Odamlarni ulug‘ladingiz, Meni ulug‘lamadingiz. Odamlarni deb (biron gunoh ishni) tark etdingiz, Men uchun tark etmadingiz. Mana bugun sizlarni savobdan mahrum etganimdek, alamli azobga giriftor qilaman».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:23:35
Ba’zi hukamolardan: «Muxlis (ixlosli odam, riyokorning ziddi) kim?» deb so‘ralganida: «Muxlis — yomonliklarni yashirgani singari, yaxshiliklarini ham yashirgan kishi», deya javob berishgan.

Ayrim zotlardan: «Ixlosning g‘oyasi-mag‘zi nima?» deb so‘rashganida, «Odamlar maqtashini yomon ko‘rishing», deya javob berishgan.
Alloh taoloning:

«... (Chunki u Kunda) ularga Alloh tomonidan ular o‘ylab ham ko‘rmagan narsalar — azoblar ko‘rindi» (Zumar surasi, 47), oyati haqida shunday deyilgan: «Ular dunyoda ayrim amallarni qilib, ularni yaxshi ish, deb o‘ylab yurishardi. Qiyomat kunida esa, bu amallarning yomon ekani ma’lum bo‘lib qoldi». Ayrim salafi solihlar bu oyatni o‘qigan vaqtlarida: «Riyokorlarga vayl bo‘lsin», der edilar.

Riyokorlar qiyomat kunida to‘rtta nom bilan chaqiriladi: «Ey riyokor, xiyonatkor, ey fojir, ey ziyonkor, bor, kim uchun amal qilgan bo‘lsang, o‘shandan ajr-mukofotingni olaver. Bizning huzurimizda sen uchun ajr yo‘q».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:23:42
Hasan (rahmatullohi alayh) aytganlarki: «Riyokor o‘zi haqidagi Allohning taqdiridan g‘olib bo‘lishni xohlaydi. U o‘zini «solih» deb atashlarini istaydi. Uni qanday qilib solih desinlar, holbuki, u Parvardigori tomonidan tuban o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa. Mo‘minlarning qalblari uni tanib, ajratib olishlari shart».

Qatoda roziyallohu anhu shunday deydilar: «Agar banda riyo qilsa, Alloh: «Bandam Meni qanday masxara qilayotganini qaranglar», deydi.

Rivoyat qilinishicha, Umar roziyallohu anhu bo‘ynini egib olgan kishini ko‘rdilar va unga: «Ey bo‘yin egasi, bo‘yningni ko‘tar. Xushu’ bo‘yinlarda emas, qalblarda bo‘ladi», dedilar.

Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhu masjidda sajda qilgan holida yig‘lab duo qilayotgan kishining oldiga keldi-da: «Sen yaxshisan (ya’ni, bu ishing yaxshi), faqat bu ishni uyingda qilganingda edi», dedilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:23:51
Muhammad ibn Muborak Suvariy aytadilar: «Xushxulqingni tunda izhor qil, bu ish kunduzi izhor qilganingdan yaxshiroqdir. Chunki kunduzgi xushxulqliliging maxluqlar uchun, kechqurungi intilish olamlar Parvardigori uchundir».

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu riyokorning uchta alomati bo‘lishini bayon qilganlar: «Yolg‘iz o‘zi bo‘lsa, dangasalik qiladi, odamlar davrasida serg‘ayrat bo‘ladi, odamlar maqtagan ishni ko‘paytirib, qoralagan ishni kamaytiradi».

Fuzayl ibn Iyoz aytganlar: «Odamlar sababli bir ishni tark etish — riyo, odamlar sababli bir ishni qilish — shirkdir. Alloh seni shu ikkisidan omon saqlashi esa ixlosdir».

Alloh taolodan bizni amallarimiz, so‘zlarimiz va barcha holatlarimizda ixlosli etmog‘ini so‘raymiz.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:30:25
Uchinchi gunohi kabira
KIBR, MANMANLIK, G'URUR

Alloh taolo aytadi:

«Men yerda nohaq kibru havo qilib yuradigan, agar barcha oyat- mo‘’jizalarni ko‘rsalar ham, ularga iymon keltirmaydigan, To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsalar uni (o‘zlari uchun) yo‘l qilib olmaydigan, agar zalolat — noto‘g‘ri yo‘lni ko‘rsalar, uni yo‘l qilib oladigan kimsalarni O‘z oyat-mo‘’jizalarimdan burib yuborurman (ya’ni, anglab yetmaydigan qilib qo‘yurman)» (A’rof surasi, 146).

Ya’ni, takabbur kimsalarni oyatlarimni fahmlash, u haqda fikr yuritib, tadabbur qilishdan mahrum qilaman va kibru havo qilganlariga jazo sifatida qalblarini muhrlab qo‘yaman.

«Muso aytdi: «Albatta men, Parvardigorim va Parvardigoringiz (bo‘lmish Alloh)dan hisob-kitob Kuniga iymon keltirmaydigan barcha mutakabbir (kimsalarning yomonligi)dan panoh so‘raganman» (Fofir surasi, 27).

«Albatta, U Zot mutakabbir kimsalarni sevmas» (Nahl surasi, 23).
Ya’ni, haqqa quloq solib, unga bo‘ysunishdan kibr qilgan kimsalarni sevmaydi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:31:26
«Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girma va yerda kibru havo bilan yurma. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas» (Luqmon surasi, 18).

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlardan ilgari yashab o‘tgan bir kishini takabburlik bilan izorini sudrab yurganida yer yutdi. U qiyomat kunigacha yer (qa’ri)ga kirib ketaverdi» (Buxoriy, Nasoiy va boshqalar rivoyati).

Amr ibn Shu’aybning bobosidan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida mutakabbir kimsalar kishi suratidagi chumolilarga o‘xshash holda qayta tiriladilar. Ularni har tomondan xorlik egallab oladi. Ular jahannamdagi «Bulis» deb nomlanadigan zindonga haydaladilar» (Nasoiy, Termiziy rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi», dedilar. Shunda bir kishi: «Bir odam kiyimi va poyabzali bejirim bo‘lishini yaxshi ko‘radi, shu narsa kibrmi?» deb so‘radi. «Albatta, Alloh go‘zaldir, go‘zallikni xush ko‘radi, u kibr emas. Kibr haqqa unamaslik — rad etish va odamlarni masxara qilish — tahqirlashdir», dedilar Nabiy» (Muslim, Termiziy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:31:35
Abu Said va Abu Hurayra roziyallohu anhumolardan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh azza va jalla: «Azizlik izorim, kibriyo ridoimdir. Kim (bu ikkisini) Men bilan talashsa, uni azoblayman», deydi» (Muslim rivoyati).

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannat bilan do‘zax talashib qolishdi. Do‘zax: «Zo‘ravon va mutakabbir kimsalar menda», degan edi, jannat: «Zaif va miskin musulmonlar menda», dedi. Alloh ular orasida ajrim qilib dedi: «Jannat, sen Mening rahmatimsan, sen orqali xohlagan bandalarimga rahm qilaman. Do‘zax, sen Mening azobimsan, sen orqali xohlagan bandalarimni azoblayman. Ikkingiz ham to‘lib toshasiz» (Muslim rivoyati).

Harisa ibn Vahb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Sizlarga do‘zax ahli kimlar ekanini xabar qilaymi? (Ular) qo‘pol, yaxshiliklardan to‘suvchi va mutakabbir kimsalardir», deganlarini eshitganman» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimki o‘zini boshqalardan afzal, deb bilsa, yoki kibr-havo bilan yursa, Alloh taborak va taoloni g‘azablangan holda uchratadi», deganlarini eshitdim» (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:32:30
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Menga do‘zaxga birinchi bo‘lib kiradigan uch toifa ko‘rsatildi. Zolim amir, molidagi Alloh haqini ado qilmaydigan boy va mutakabbir kambag‘al» (Ibn Xuzayma, Ibn Hibbon rivoyati).

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim takabburlik qilib kiyimini sudrab yursa, qiyomat kunida Alloh unga qaramaydi» (Buxoriy rivoyati).

Salama ibn Akva’ roziyallohu anhudan: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida chap qo‘li bilan taom yedi. «O‘ng qo‘lingda ye», degandilar, «Yeyolmayman», dedi. Shunda Nabiy: «Yeyolmay qol», dedilar. Uni o‘ng qo‘lda yeyishdan faqat kibr to‘sib turgan edi. Shundan keyin u o‘ng qo‘lini og‘ziga olib borolmaydigan bo‘lib qoldi» (Muslim rivoyati).

Ayrim salafi solihlar aytganlarki, Allohga osiylik qilib sodir etilgan birinchi gunoh kibrdir. Alloh taolo aytadi:

«(Ey Muhammad alayhissalom), eslang, Biz farishtalarga Odamga ta’zim qiling deyishimiz bilan ular sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib, kofirlardan bo‘ldi» (Baqara surasi, 34).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:32:43
Kimki Iblisga o‘xshab haqdan kibr qilsa, uning iymoni befoydadir.

Bandalardan ilmi tufayli takabburlik qiladigan va o‘zini boshqalardan afzal deb biladigan kimsa eng yomon mutakabbirdir. Uning ilmi ham befoydadir. Zero, kimki oxirat uchun ilm talab qilsa, ilmi uni bosiq — tavoze’li qilib qo‘yadi, qalbi xushu’ga to‘ladi va nafsi xotirjam bo‘ladi. Ilm uning nafsiga qo‘riqchi-posbon bo‘lib oladi va yalqovlik qilmasdan har vaqt uni nazorat qilib, hisob-kitob qilib turadi. Bordi-yu, g‘aflatda qolsa, nafs haq yo‘ldan bo‘yin tovlaydi va halok etadi.

Kimda-kim faxrlanish, boshliq bo‘lish, musulmonlarni ahmoq qilish, masxaralash va o‘zini ustun qo‘yish uchun ilm talab qilsa, yuqoridagi oyat va hadislarda aytilganidek jannatga kirmaydi».

Kuch va quvvat buyuk va oliy Allohnikidir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:33:31
To‘rtinchi gunohi kabira
ZO‘RAVONLIK, HADDAN OSHISH

Alloh taolo deydi:

«Insonlarga zulm qiladigan va yerda nohaq zo‘ravonlik — kibru havo qiladigan kimsalarning — ana o‘shalarning jazosi alamli azobdir» (Sho‘ro surasi, 42).

Ya’ni, insonlarga zulm qiladigan tajovuzkorlar, odamlarning jonlari-yu, mollariga zug‘um o‘tkazadigan zo‘ravonlarning jazosi alamli azobdir.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Alloh taolo menga tavoze’li bo‘lishingizni vahiy qildi. Toki bir odam boshqasiga zo‘ravonlik qilmasin, bir odam boshqasidan o‘zini ustun qo‘ymasin» (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh gunoh qilgan kimsaga ham bu dunyoda jazo berib, ham oxiratga nasiba — azob hozirlab qo‘yishi uchun zo‘ravonlik va qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzishdan ko‘ra loyiqroq gunoh yo‘q» (Ibn Moja, Termiziy, Hakim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:37:05
Asarlarda kelganki, agar bir tog‘ boshqa toqqa zo‘ravonlik qilsa, Alloh o‘sha zo‘ravon tog‘ni mayda-mayda qilib yuboradi.

Qorun ham qavmiga zo‘ravonlik qilgani uchun Alloh uni yerga yutdirib tashladi. Alloh taolo u haqda shunday xabar qilgan:

«Albatta, Qorun o‘zi Muso qavmidan edi. Bas, u (qavmdoshlariga) kibr havo qildi... Bas, Biz (Qorunni) ham, uning hovli-joyini ham Yerga yutdirdik» (Qasos surasi, 76-81).

Ibn Javziy aytganlarki, Qorunning haddan oshishi borasida bir qancha qarashlar bor:
1. U bir fohishaga Muso alayhissalomga tuhmat qilgin, nomini badnom etgin, deb pul beradi. U shunday qiladi. Muso alayhissalom undan aytgan gapiga qasam ichishini talab etadi. U Qorun bilan o‘rtasida bo‘lib o‘tgan gap-so‘zni xabar qiladi. Qorun shunday qilib haddidan oshgan. Bu gap Ibn Abbosning fikri.
2. U Alloh azza va jallaga kufr keltirib haddidan oshgan. Zahhok shunday degan.
3. Kibr qilib haddidan oshgan. Bu Qatodaning fikri.
4. Kiyimlarini bir qarich uzun qilib sudrab yurgan. Ato Xurosoniy shunday degan.
5. U Fir’avnning xodimi bo‘lgan va Bani Al-Isroilga zulm va tajovuz qilgan. Movardiy shu fikrni bildirgan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:37:49
«Bas, Biz o‘zini ham, hovli joyini ham (erga) yutdirdik» oyati karimasining sharhida shunday deyiladi: «Qorun fohishani Muso alayhissalomga tuhmat qilishga buyurgach, Muso alayhissalom darg‘azab bo‘ldilar va Qorunni duoibad qildilar. Shunda Alloh taolo: «Men yerga senga itoat etishni buyurdim. Bas, unga buyur», deb vahiy qildi. Muso alayhissalom: «Ey yer, uni yut», dedi. Yer uni yutib yubordi. Qorun buni ko‘rgach, Muso alayhissalomdan rahm qilishni o‘tinib, yolvora boshladi. U zot: «Ey yer, uni yut», degan edi, oyoqlarini yutib yubordi. Muso alayhissalom Qorunni butunlay yutib yuborgunigacha, «uni yutgin», deb buyuraverdi. Shunda Alloh taolo u zotga vahiy qildi: «Ey Muso, izzatim va ulug‘ligimga qasamki, agar Mendan yordam so‘raganida, unga najot berardim».

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytdilarki, yer uni qa’riga yutib yubordi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:38:07
Samura ibn Jundub roziyallohu anhu aytdilarki, u tunu kun bo‘yi barobar yer tagigacha kirib ketaverdi.
Muqotil aytganlarki, Qorun halok bo‘lgach, Bani Isroil: «Muso uning hovlisi va hisob-kitobini o‘ziniki qilib olish uchun halok etdi», deb gap tarqatdi. Alloh uning hovlisi-yu, mol-dunyosini ham yerga yuttirib yubordi.

«So‘ng uning uchun Allohdan o‘zga yordam beradigan biron jamoat bo‘lmadi va uning o‘zi ham g‘oliblardan bo‘lmadi» (Qasos surasi, 81).
Ya’ni, hech kim uni Allohning balosidan qutqarolmadi.

Parvardigoro, gunohlarimiz zulmatini ma’rifat va hidoyating nuri ila nurafshon et. Bizni O‘zing iqbol etgan, Sendan boshqalarga yuz burmaydigan bandalaringdan ayla. Bizni, ota-onamizni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qil. Omin.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:41:09
Beshinchi gunohi kabira
MAKR VA ALDOV

Alloh taolo aytadi:

«Yomon makr-hiyla esa faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur» (Fotir surasi, 43).

Ya’ni, yomon makr-hiylaning kasofati makr qilgan, uyushtirgan kimsalarning o‘ziga uradi.
Alloh taolo munofiqlar haqida shunday deydi: «Albatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Holbuki, Alloh ularni «aldab» qo‘yguvchidir» (Niso surasi, 142).

Vohidiy aytganlarki, ular aldamoqchi bo‘lganlari uchun o‘zlariga yarasha muomala qilinadi. Ya’ni, xuddi mo‘minlarga berilgani singari ularga ham nur beriladi. Yo‘lga tushganlarida esa nurlari o‘chib qoladi-da, zulmatda qolib ketadilar.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli besh toifa», dedilar-da, ulardan biriga «tong otsa ham, kech kirsa ham seni ahli oilang va molu dunyoing borasida aldamoqchi bo‘ladigan kimsa», deb ta’rif berdilar (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:41:31
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Mo‘min sodda, ulug‘ bo‘ladi, fojir esa makkor, xor bo‘ladi» (Termiziy, Abu Dovud rivoyati).

Ya’ni, mo‘min odam ochiqko‘ngil, sodda bo‘ladi. Birovga makr qilmaydi. Balki o‘zi ishonuvchan, ochiqko‘ngil bo‘lgani sababli aldanib qolishi mumkin. Fojir esa odamlar orasida fasod qo‘zg‘ab yuradigan aldoqchi bo‘ladi.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Aldoqchi, minnatchi va baxil jannatga kirmaydi», dedilar» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:44:29
Oltinchi gunohi kabira
ALLOHNING MAKR-SINOVIDAN XOTIRJAM BO‘LISH

Alloh taolo aytadi:

«Qachonki o‘zlariga berilgan narsalar bilan shod turganlarida, ularni to‘satdan (azob bilan) ushladik» (An’om surasi, 44).

Ya’ni, ularga o‘ylamagan taraflaridan azobimiz yetdi.

Hasan Basriy: «Alloh kimning rizqini keng qilib qo‘ygan bo‘lsa-yu, «Alloh menga makr qilyapti», deb bilmas ekan, u aqlsizdir. Kimga rizqini qatra-qatra qilib tor qilib qo‘ygan bo‘lsa-yu, «Alloh menga qarab turibdi», deb bilmas ekan, u ham aqlsizdir», deb so‘ng quyidagi: «Qachonki, o‘zlariga berilgan narsalar bilan shod turganlarida, ularni to‘satdan ushladik. Bas, butunlay noumid — mublis bo‘ldilar», oyatni o‘qigan edilar.

Yana aytdilar: «Ka’baning Rabbiga qasamki, qavmga makr qilishi ularga hojatlarini berishi va so‘ng ularni ushlashidir».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:45:01
Mublis — falokatga uchragan paytda najot topishdan umidini uzgan kimsa.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Mublis barcha yaxshilikdan umidlarini uzgan kimsa», deganlar.

«Bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, sizlar Uning huzuriga to‘planursizlar» (Anfol surasi, 24).

Mujohid aytganlarki: «Buning ma’nosi, Alloh banda bilan uning aqli orasini egallab — to‘sib turadi. Hattoki, banda barmoqlari nima qilayotganini ham bilmay qoladi».

Tabaroniy: «Bu oyat Alloh taoloning bandalar qalbiga ularning o‘zlaridan ko‘ra molikroq ekanini, U agar xohlasa, banda bilan uning qalbi orasini egallab — to‘sib olishini va inson Allohning xohishi bilangina biron narsani idrok etishini xabar qiladi», deydilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:52:07
Sahih hadisda keladi: «Albatta, sizlardan bir kishi jannat ahli amallarini qiladi. Hattoki, u bilan jannat orasida bir ziro’ masofa qoladi. Shunda unga kitob (taqdir) yetib keladi-da, do‘zax ahli amalini qiladi va do‘zaxga kiradi» (Muttafaqun alayh).

«Jannat ahlining amalini qiladi», degani, insonlarga shunday ko‘rinadi. Aslida esa u amalning yashirin bir illati bo‘ladi. Agar u rostdan ham solih, maqbul amal bo‘lganida edi, Alloh uni yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan, uning amalini botil qilmagan bo‘lardi. Shuning uchun, oxiri nima bilan tugashini bilmasdan turib, amalning zohiri bilan g‘ururlanmaslik kerak. Chunki amallar xotimasi bilan e’tiborlidir.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘pincha: «Yo‘q, qalblarni o‘zgartiruvchi zotga qasamki», deb ont ichardilar» (Buxoriy rivoyati).

Sahl ibn Sa’d Saidiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi do‘zax ahli amalini qiladi, holbuki, u jannat ahlidandir. Yana bir kishi jannat ahli amalini qiladi, holbuki, u do‘zax ahlidandir. Darhaqiqat, amallar xotimasi bilan e’tiborlidir» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:52:16
Ulamolar aytishganki, yomon xotima botinda gunoh qilishga odatlangan va kezi kelganda gunohi kabira qilishdan ham tap tortmaydigan kimsalarda uchraydi. Ammo kimki zohirda haq yo‘l uzra sobit qadam bo‘lsa va botinda ham gunoh qilishga odatlanmagan bo‘lsa, uning xotimasi yomon bo‘lishini hech qachon eshitmaganmiz, bilmaymiz ham. Buning uchun Allohga hamd bo‘lsin. Endi kimki gunoh ishlarini yaxshi ko‘rsa va gunoh qilib tavba qilmasdan yuraversa, u tavba qilib ulgurmasidan, ajali yetib qolishi mumkin. Mana shunday vaqtda shayton uni vasvasaga soladi va uni dahshat qamrab oladi-da, odamlarga uning badbaxt ekani ma’lum bo‘ladi. Bundan Allohning O‘zi saqlasin. Ayrim kishilar esa butun umri mobaynida haq yo‘lda mustaqim bo‘ladilar-da, ajallari yaqinlashgach, o‘zgarib, haq yo‘ldan og‘ib ketadilar. Bu ham xotimasi yomon, oqibati xunuk bo‘lishiga olib keladi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey qablarni o‘zgartiruvchi Zot, qalbimni diningda sobit-mustahkam qilgin», deb ko‘p aytardilar. Men: «Ey Rasululloh, sizga va siz keltirgan narsalarga iymon keltirdik. Shunda ham bizdan xavotirlanasizmi?» deb so‘radim. «Ha, chunki qalb Alloh taoloning ikki barmog‘i orasida bo‘lib, uni xohlaganicha o‘zgartiradi», dedilar» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:52:24
Asarda kelganki, Iblisga makr qilingach, Jabroil va Mikoil yig‘lay boshlashdi. Shunda Alloh taolo ulardan: «Nima uchun yig‘layapsizlar?» deb so‘radi. Ular: «Parvardigoro, makr-sinovingizdan xotirjam bo‘lolmayapmiz», deyishgan edi, Alloh taolo: «Xuddi shunday bo‘lsin, makrimdan xotirjam bo‘lmanglar», dedi.

Ulamolar shunday deydilar: «Agar Alloh taolo gunoh qilishga mukkasidan ketgan bandasiga o‘zi sevgan narsalarini berayotganini ko‘rsang, bilginki, bu U Zot tarafidan bir makr-sinovdir».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 06:52:39
Hikoya: Rivoyat qilinadiki, Misrda namoz o‘qish va azon aytish uchun masjidga bog‘lanib qolgan bir kishi bor edi. U ibodatga berilgan, taqvodor edi. Kunlardan bir kuni odatdagidek azon aytish uchun minoraga chiqdi. Minoraning yonginasida zimmiy nasroniyning hovlisi bor edi. U hovliga ko‘z tashladi va nasroniyning qizini ko‘rib qoldi. U chiroyli qiz edi. Kishi o‘zini yo‘qotib qo‘ydi va azonni tashlab, qizning oldiga tushdi. Qiz undan so‘radi: «Nima yumushing bor?» «Seni xohlayman va senga uylanaman». «Sen musulmonsan, otam meni senga bermaydi». «Nasroniy bo‘laman». «Unday bo‘lsa, mayli...»

U qizga uylanish uchun nasoro diniga kirdi va ularning hovlisida qoldi. Xuddi shu kunning o‘zida hovlidagi bir tepalikka chiqdi-da, yerga yiqilib o‘ldi. U dini bilan muvaffaqiyat qozonmadi, qiz bilan rohatlanmadi ham.

Allohdan makr-sinovi, xunuk oqibat va yomon xotimadan panoh berishini so‘raymiz.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 07:05:59
Yettinchi gunohi kabira
ALLOHNING RAHMATIDAN NOUMID BO‘LISH

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

«... Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid bo‘lur» (Yusuf surasi, 87).
Ya’ni, Allohning qudratini inkor qiladigan, kofir kimsalargina Alloh taoloning rahmatidan noumid bo‘ladilar.

«Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan bandalari uchun kechirur» (Niso surasi, 48).

«(Ey Muhammad alayhissalom), (turli gunoh-ma’siyatlar qilish bilan) o‘z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (O‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning O‘zigina mag‘firatli, mehribondir» (Zumar surasi, 53).

«...Rahmatim — mehribonligim esa hamma narsadan kengdir» (A’rof surasi, 156).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 07:06:08
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Allohning yuzta rahmati bo‘lib, undan bitta rahmatni jinlar, insonlar, hayvonlar va hashoratlar orasiga tushirdi. Ana o‘sha bitta rahmat bilan ular bir-biriga rahm qiladilar, shafqatli bo‘ladilar. Va shu rahmat bilan vahshiy hayvon o‘z bolasiga mehribon bo‘ladi. Alloh to‘qson to‘qqizta rahmatni olib qoldiki, ular bilan qiyomat kunida bandalariga rahm qiladi» (Muttafaqun alayh).

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Alloh taolo aytdi: «Ey Odam farzandi, rahmatimdan umidvor bo‘lar ekansan, sen tarafingdan sodir bo‘lgan narsalarni kechiraman va hech parvo qilmayman. Ey Odam farzandi, agar gunohlaring osmonga yetsa-da, so‘ng mendan mag‘firat so‘rasang, seni mag‘firat qilaman va hech parvo qilmayman. Ey Odam farzandi, agar sen Menga yer qobig‘icha xato bilan kelsang, so‘ng Menga biron narsani sherik qilmagan holingda yo‘liqsang, senga yer qobig‘icha mag‘firat bilan peshvoz chiqaman» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 07:06:16
Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘limi yaqinlashib qolgan bir yigitning oldiga kirib, «O‘zingni qanday his qilyapsan?» deb so‘radilar. U: «Yo Rasululloh, Allohdan umid qilyapman va gunohlarimdan qo‘rqyapman», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shunday holatda banda qalbida bu ikkisi jam bo‘lsa, Alloh unga umid qilayotgan narsasini berib, qo‘rqayotgan narsasidan omon saqlaydi», dedilar» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh azza va jalla: «Men bandamning Men haqimdagi o‘yidaman va Meni zikr qilgan vaqtda Men u bilan birgaman», dedi» (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Yaxshi gumon ibodatning go‘zalligidandir» (Abu Dovud, Ibn Hibbon rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 07:06:26
Jobir roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘limlaridan uch kun oldin: «Sizlarning har biringiz Alloh azza va jalla haqida yaxshi gumon qilgan holingizdagina vafot etingiz», deganlarini eshitganini aytganlar (Muslim, Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, Arsh tarafdan bir jarchi «falonchi o‘g‘li falonchi qaerda?» deb nido qiladi. Bu ovozni eshitgan har bir kishining hushi boshidan uchadi. Alloh azza va jalla o‘sha kishiga: «So‘ralayotgan sensan. Osmonlaru yerning Yaratuvchisiga ro‘baro‘ bo‘lishga shoshil», deydi. Butun maxluqotlar Arsh tomonga tikilib qoladi. Haligi kishi Alloh azza va jallaning huzurida hozir qilinadi. Alloh azza va jalla unga maxluqotlardan to‘sib turadigan nurini tushiradi-da, so‘ng unga: «Bandam, dunyo hayotidagi har bir amalingni ko‘rib, kuzatib turganimni bilmasmiding?» deb so‘raydi. Banda: «Bilardim, ey Rabbim», deydi. «Bandam, Menga osiylik qilgan kimsalarga azobim va intiqomim borligini eshitmaganmiding?». «Eshitgandim, ey Rabbim». «Ey bandam, Menga osiylik qilding?» «Ey Rabbim, shunday bo‘lgan edi». «Bandam, bugun Meni nima qiladi deb o‘ylayapsan?». «Ey Rabbim meni afv etasan, deb o‘ylayapman». «Bandam, nimaga asoslanib meni afv etadi, deb o‘ylayapsan?» «Ey Rabbim, chunki Sen mening gunoh qilayotganimni ko‘rib, uni yashirgan eding». «Seni afv etdim, kechirdim. O‘ylagan narsangni ro‘yobga chiqardim. Kitobingni o‘ng tarafingdan olgin. Unda nimaiki yaxshilik bo‘lsa, uni qabul qildim va nimaiki yomonlik bo‘lsa, uni kechirdim. Men saxiy, karim zotdirman», deydi Alloh taolo.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 07:06:38
Parvardigoro, mag‘firat qilishni yaxshi ko‘rmaganingda edi, osiy kimsalarga muhlat bermasding. Afv va karaming bo‘lmaganda edi, dillar osoyish topmasdi.

Ey Allohim, albatta, Sen afv qilguvchisan, bizni afv qil. Ey Allohim, bizga rizo nazari bilan boq va bizni pokiza bandalaring qatorida qil, jafokashlar orasida qilma. Ey Allohim, bizning orzu-umidlarimizni ro‘yobga chiqar, barcha holatlarda ham amallarimizni o‘ngla. Roziligingga eltuvchi yo‘llarni qulay et, bizni yaxshiliklarga yo‘lla, bizga dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilik ato et va bizni do‘zax azobidan saqla.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:15:44
Sakkizinchi gunohi kabira
DUNYO UCHUN ILM O‘RGANISH VA ILMNI YASHIRISH

Alloh taolo shunday deydi:

«... Albatta, Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlar qo‘rqur» (Fotir surasi, 28).

Ushbu oyat borasida aytilgan tafsirlar quyidagicha: Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Alloh taolo bu bilan: «Qudratim, izzatim va saltanatimni bilgan bandalarimgina Mendan qo‘rqadi», deydi», deganlar.
Mujohid va Sha’biy aytadilar: «Alloh taolodan qo‘rqqan kishigina olimdir».
Robe’ ibn Anas aytganlar: «Kimki Allohdan qo‘rqmas ekan, u olim emas».

«Biz nozil qilgan hujjatlar va hidoyatdan (Muhammad alayhissalomning haq Payg‘ambar ekanligi haqidagi) narsalarni odamlarga Kitobda (Tavrotda) ravshan qilib berganimizdan keyin yashiradigan kimsalarni, shubhasiz, Alloh la’natlagay va la’natlovchi zotlar (farishtalar va mo‘minlar) la’natlagaylar» (Baqara surasi, 159).
Bu oyat yahudiy ulamolari xususida nozil bo‘lgan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:16:00
Ibn Abbos roziyallohu anhumoning aytishicha, insonlar va jinlardan boshqa barcha narsalar la’natlaydi.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlarki, ikki musulmon bir-biriga la’nat aytadigan bo‘lsa, bu la’nat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haq payg‘ambar ekanliklarini va u zotning sifatlarini yashirgan yahudiy va nasroniylarga qaytadi.

«Eslang, (ey Muhammad), Alloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta, u (Kitobni) odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar!» deb ahd-paymon olgan edi. So‘ng ular bu ahd-paymonni ortlariga tashladilar va uni ozgina qiymatga sotdilar. Ularning bu oldi-sotdilari naqadar yomon ish bo‘ldi» (Oli Imron surasi, 187).

Vohidiy aytishlaricha, bu oyat Madina yahudiylari haqida nozil bo‘lgan. Alloh Tavrotda ulardan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haq payg‘ambar ekanligi, sifatlari va yuborilish zamoni-yu, makonini bayon qilishga, uni yashirmaslikka ahd-paymon olib: «Uni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar», deb aytgan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:16:20
Bu Alloh taoloning yahudiy ulamolaridan Kitoblaridagi narsalarni odamlarga bayon qilib berishlari xususida olgan ahdu paymonidir. Ularning Kitobida esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ham zikrlari kelgan, degan edi Hasan Basriy.

«Uni ozgina qiymatga sotdilar», degani, ular ilmli bo‘lganlari uchun ilmsiz johil kimsalardan narsalar olardilar. Shu arzimas dunyoviy narsadan mahrum bo‘lib qolishdan qo‘rqib ahdlarini buzdilar.

«Ularning bu oldi-sotdilari naqadar yomon ish bo‘ldi» oyati karimasi haqida Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Ularning savdolari jirkanchli bo‘lib, ziyon ko‘rishdi», degan edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki Allohning Yuzi qasd qilinadigan ilmni faqat biron dunyoviy narsaga yetishish uchun o‘rganadigan bo‘lsa, qiyomat kunida jannatning hidini ham topmaydi» (Abu Dovud rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:16:28
Do‘zaxga yuzi bilan sudraladigan uch kishi haqidagi hadis «Riyo» bo‘limida keltirilgan edi. Ulardan biriga: «Olim, deb aytishlari uchun ilm o‘rganding, bu narsa aytildi», deyiladi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Kimdan bilgan narsasi haqida so‘ralsa-yu, uni yashirsa, qiyomat kuni Alloh u kimsani olovdan bo‘lgan yugan bilan yuganlab qo‘yadi» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sendan foydasiz ilmdan panoh berishingni so‘rayman», deb duo qilardilar (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:16:49
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi, u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdi: «Qiyomat kunida bir kishi olib kelinib, do‘zaxga uloqtiriladi. Uning ichak-chovoqlari osilib, yoyilib ketadi-da, xuddi eshak tegirmon atrofida aylanganidek, ularga o‘ralashib qoladi. Do‘zax ahli uning atrofiga to‘planishadi va: «Ey falonchi, senga nima bo‘ldi? Axir sen yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytarmasmiding?» deb so‘rashadi. U: «Sizlarni yaxshilikka buyurardim-u, o‘zim qilmasdim. Yomonlikdan qaytarardim-u, o‘zim qaytmasdim», deydi» (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Kim ilm o‘rganib unga amal qilmasa, ilm faqat uning kibrini ziyoda qiladi».

Hilol ibn A’lo aytganlar: «Ilm talab qilish qiyin, uni yodlash talab qilishdan qiyin, unga amal qilish yodlashdan qiyin, unda salomat qolish amal qilishdan ham qiyinroqdir».

Alloh taolodan barcha balolardan salomat saqlashini va O‘zi yaxshi ko‘rgan, rozi bo‘lgan narsalarga muvaffaq qilishini so‘raymiz. Albatta, U saxiy va karim zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:17:12
To‘qqizinchi gunohi kabira
ALLOH AZZA VA JALLA HAMDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM SHA’NIGA YOLG’ON GAPIRISH

Alloh taolo aytadi:

«Qiyomat kunida Alloh sha’niga yolg‘on so‘zlagan kimsalarni yuzlari qora holda ko‘rursiz...»
(Zumar surasi, 60).

Ya’ni, ular «Allohning bolasi, sherigi bor», deb U zot haqida mumkin bo‘lmagan har xil bo‘hton gaplarni gapirgan kimsalardir. Ular Alloh sha’niga yolg‘on so‘zlaganlari uchun shunday mashaqqat va qayg‘ularga duchor bo‘ladilarki, ranglari o‘zgarib yuzlari qorayib ketadi.

Ibn Javziy tafsirlarida aytishlaricha, bir toifa ulamolar Alloh va payg‘ambar sha’niga yolg‘on gapirish Islom millatidan chiqarib yuboradigan kufr ekanini tasdiqlaganlar. Haromni halol qilish va halolni harom qilish borasida Alloh va payg‘ambar sha’niga yolg‘on gapirish ochiqdan-ochiq kufr ekanida shubha yo‘q. Bu yerda gap boshqa narsalarda yolg‘on gapirish xususidadir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:17:48
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Kim mening nomimdan qasddan yolg‘on gapirsa, o‘ziga do‘zaxdan joy hozirlab olaversin» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati).
(Bu hadis ko‘plab sahobalardan rivoyat qilingan, hattoki mutavotirlik darajasiga yetgan. Allohu a’lam.)

Samura ibn Jundub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki yolg‘onligini bilaturib, mening nomimdan hadis aytsa, u yolg‘onchilardan bittasidir» (Muslim va boshqalar rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:18:47
Mug‘iyra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Mening nomimdan yolg‘on gapirish, boshqa birovning nomidan yolg‘on gapirish bilan bir xil emas. Bas, kimki mening nomimdan qasddan yolg‘on gapirsa, o‘ziga do‘zaxdan joy hozirlab olaversin» (Muslim va boshqalar rivoyati).

Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mo‘min odam yolg‘on va xiyonatdan boshqa har qanday xususiyatga tabiatan moyil bo‘lishi mumkin» (Bazzor, Abu Ya’lo rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:19:19
O‘ninchi gunohi kabira
TAQDIRNI RAD ETISH

Alloh taolo dedi:

«Albatta, Biz har bir narsani (aniq) o‘lchov bilan yaratdik» (Qamar surasi, 49).

Ibn Javziy tafsirlarida bu oyatning nozil bo‘lish sababi xususida ikki xil gap borligini aytganlar: Birinchisi, Makka mushriklari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan taqdir haqida tortishganlar. Shunda mazkur oyat nozil bo‘lgan (Muslim rivoyati). Abu Umoma roziyallohu anhu: «Bu oyat qadariyalar xususida», deganlar. Ikkinchisi, Najron yepiskopi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, gunohlar ham taqdir-qadar bilan sodir etiladi, deb da’vo qilasan. Bunday emas-ku», dedi. Shunda ushbu oyatlar nozil bo‘ldi: «Albatta, jinoyatchi-osiy kimsalar gumrohlik va ahmoqlikdadirlar. Ular yuztuban hollarida do‘zaxga sudraladigan Kunda (ularga): «Do‘zax azobini totib ko‘ringlar!» (deyilur). Albatta, Biz har bir narsani aniq o‘lchov-qadar bilan yaratdik» (Qamar surasi, 47—49).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:19:35
«Holbuki, sizlarni ham, yasab olgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku!» (Vas-soffot surasi, 96).

Ibn Jarir aytganlarki, bu oyatni ikki xil tushunish mumkin. Alloh sizlarni va amallaringizni yaratgan yoki Alloh sizlarni va yasab olgan butlaringizni yaratgan.

Bu oyat bandalarning ishlari maxluq ekaniga hujjatdir. Allohu a’lam.

«Jonga va uni raso qilib-yaratib, unga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib-o‘rgatib qo‘ygan Zotga qasamki...» (Vash-shams surasi, 8).
Said ibn Jubayr aytganlar:  «Alloh nafsga fujurini ham, taqvosini ham yuklab qo‘ydi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:19:45
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo: «Qadar-taqdir yo‘q, ishlar endi sodir bo‘ladi — ular taqdir qilinmagan», deb da’vo qiladigan qavm haqida: «Agar ularga yo‘liqsang, men ulardan begonaligimni, ular mendan begona ekanliklarini ularga aytib qo‘y. Mabodo ulardan birining Uhudchalik tillasi bo‘lsa-yu, uni infoq qilsa, to qadarga iymon keltirmagunicha Alloh uni qabul qilmaydi», dedilar-da, so‘ng Jabroil alayhissalom hadisini zikr qildilar. Jabroil Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Iymon nima?» deb so‘raganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga va oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik qadardan ekaniga ishonmog‘ing!» deya javob berganlar (Muslim rivoyati).

Allohga iymon keltirish — Alloh taolo mavjud, ulug‘ va mukammal sifatlar bilan sifatlangan nuqsonlardan pok, yolg‘iz, behojat, barcha maxluqotlarni yaratgan, ular ustida xohlaganidek tasarruf etadigan va O‘z mulki-saltanatida istagan narsasini qiladigan zot, deb tasdiqlashdir.

Farishtalarga iymon keltirish ularni Allohning bandalari deb tasdiqlashdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:20:04
«...Yo‘q (farishtalar aslo Allohning bolalari emas, balki) ulug‘ bandalardir. (Farishtalar) U zotdan ilgari biron so‘z aytmaydilar (ya’ni, Alloh buyurmagan biron ishni qilmaydilar). Ular (Allohning) amr-farmoni bilangina amal qilurlar. U zot ularning oldilaridagi (qiladigan) va orqalaridagi (qilib o‘tgan) barcha ish-amallarini bilur. Ular (Qiyomat qoyim bo‘lgan Kunda) faqat (Alloh) rozi bo‘lgan kishilarnigina shafoat qilurlar — qo‘llay olurlar. Ularning o‘zlari (Allohdan) qo‘rqib xafvu xatarda tururlar» (Anbiyo surasi, 26—28).

Kitoblarga iymon keltirish — Alloh taolo O‘zining tanlab olgan elchilariga vahiy qilgan kalomini tasdiqlashdir. Bu kalomlar jamlanib, devon qilinib, pokiza sahifalar va qiymatli kitoblarga aylangan. Mo‘min ulardan bilganiga batafsil, bilmaganiga umumiy suratda iymon keltiradi.

Payg‘ambarlarga iymon keltirish — ularning Alloh taolo nomidan bergan xabarlariga ishonishdir. Alloh ularni rostgo‘yliklariga dalolat qiladigan mo‘’jizalar bilan qo‘llab quvvatlagan, ular Allohning risolatini yetkazganlar, mukallaf bandalarga Allohning buyruqlarini bayon qilib berganlar. Ularni ehtirom qilish va ulardan birontasini ajratib qo‘ymaslik vojib bo‘ladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:20:19
Oxirat kuniga iymon keltirish — Qiyomat kunini va u kunda ro‘y beradigan qayta tirilish, mahshargohga to‘planish, hisob-kitob, mezon, pulsirot, jannat va do‘zax, bu ikkisi muhsinlarga savob, nobakorlarga jazo diyori ekanini va bulardan boshqa sahih naqlda kelgan narsalarni tasdiqlashdir.

Taqdirga iymon keltirish quyidagi oyati karimalar ifodalaydigan ma’nolalarni tasdiqlashdir:

«... Holbuki, sizlarni ham, yasab olgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku!» (Vas-soffat surasi, 96).

«Albatta, Biz har bir narsani (aniq) o‘lchov bilan yaratgandik» (Qamar surasi,  49).

«Na yerga va na o‘zlaringizga biron musibat yetmas, magar (etsa), Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda (Lavhul-Mahfuzda bitilgan) bo‘lur. Albatta, bu Allohga osondir» (Hadid surasi, 22).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:20:28
Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Bilginki, agar senga biron narsada foyda berish uchun butun ummat to‘plansa ham, faqat Alloh taolo sen uchun yozib qo‘ygan narsa bilangina foyda beradi. Agar senga biron zarar yetkazish uchun to‘plansa ham, faqat Alloh taolo yozib qo‘ygan narsa bilangina zarar yetkazadi. Qalamlar ko‘tarilgan, sahifalar qurigan» (Termiziy rivoyati).

Salaflar va xalaf imomlarining mazhabi-fikri shuki, kimda-kim bu ishlarni hech shubhalanmasdan va ikkilanmasdan qat’iy tasdiqlasa, mo‘min bo‘ladi. Bu tasdiq yorqin hujjatlar orqali bo‘ladimi yoki qat’iy e’tiqodlar yordamidami, farqi yo‘q. Vallohu a’lam.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh maxluqotlar taqdirini osmonlaru yerni yaratishidan ellik ming yil oldin yozib qo‘ygan» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:20:37
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, bir kishi: «Yo Rasululloh, bugungi amallar nimaga bog‘liq? Qalamlar qurib, taqdirda belgilangan narsagami yoki biz endi qiladigan, endi sodir bo‘ladigan narsagami?» deb so‘radi. «Qalamlar qurib, taqdirda belgilangan narsaga bog‘liq», dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. «Unda amal qilishning nima keragi bor?» deb so‘ragan edi, «Amal qilinglar, har bir kishi muyassar bo‘lguvchidir», dedilar Nabiy. (Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir narsa qadar-taqdir bilandir. Hattoki ojizlik va ziyraklik ham» (Ahmad va Muslim rivoyati).

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qadariyalar va murjialar bu ummatning majusiylaridir. Agar ular kasal bo‘lsalar, ziyorat qilmanglar va agar o‘lsalar, (janozalarida) qatnashmanglar» (Taboroniy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:20:47
Rivoyat qilishadiki, Alloh qiyomat kunida avvalgilaru oxirgilarni to‘plagan vaqtda bir jarchiga buyuradi, u: «Allohning xusumatchilari qani?» deb nido qiladi. Bu nidoni avvalgilaru oxirgilar eshitadi. Shunda qadariyalar o‘rinlaridan turadilar va ularga do‘zaxga kirish buyuriladi. Alloh taolo aytadi: «Do‘zax azobini totib ko‘ringlar. Albatta, Biz har bir narsani aniq o‘lchov — qadar bilan yaratdik».

Alloh bandaga ma’siyat-gunoh ishni taqdir qilib, so‘ng u sababli azoblashi joiz emas, deb tortishganlari uchun ularga: «Allohning xusumatchilari», deyiladi.

Rivoyat qilinadiki, Alloh qaysi payg‘ambarni yuborgan bo‘lsa, uning ummatida qadariyalar va murjialar bo‘lgan. «Alloh yetmishta payg‘ambar tilida qadariya va murjialarni la’natladi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:20:53
Xabarda keltirilishicha, «Qadariyalar bu ummatning majusiylaridir».

Yana aytiladiki: «Har bir ummatning majusiylari bo‘ladi. Bu millatning majusiylari esa taqdir-qadar yo‘q, ishlar endi sodir bo‘ladi, deb da’vo qiladigan kimsalardir».

Hasan Basriy hazratlari aytganlar: «Allohga qasamki, agar bir qadariy arqonday bo‘lib qolguncha ro‘za tutsa, so‘ng simday bo‘lib qolguncha namoz o‘qisa ham, Alloh uni do‘zaxga yuztuban uloqtiradi. Keyin unga: «Do‘zax azobini totib ko‘r. Albatta, Biz har bir narsani aniq o‘lchov — qadar bilan yaratdik», deyiladi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:21:04
Fasl

Tobe’inlar, musulmon imomlari, salaflar va fuqaholardan yetmish kishi quyidagi ishlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qolgan sunnat ekanligiga ijmo’ qilganlar: «Allohning qazo va qadariga rozi bo‘lish, buyrug‘iga taslim bo‘lish, hukmi ostida sabr qilish, buyurgan narsalarini bajarish, qaytargan narsalaridan tiyilish, Alloh uchun xolis amal qilish, yaxshi-yu yomon taqdirga iymon keltirish, din xususidagi tortishuv-munozara va xusumatni tark etish, mahsiga mash tortish, vafot etgan ahli qiblaga janoza o‘qish.

Iymon — so‘z, amal va niyatdir, toat bilan ziyodalashadi, osiylik bilan kamayadi. (Izoh: Bu fikr Shofe’iy mazhabinikidir. Hanafiy mazhabi ulamolari fikriga ko‘ra esa, iymon — til bilan iqror bo‘lish, qalb bilan tasdiqlashdir. Shuningdek, iymon ziyoda yoki kam bo‘lmaydi, balki uning nuri ko‘payib ozayadi. — Muharrir.)
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:21:13
Qur’on Allohning kalomidir. Uni Jabroil Allohning payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga olib tushgan. U maxluq emas.

Sulton tarafidan adolat yoki zulm sodir bo‘lsa-da, uning bayrog‘i ostida sabr qilinadi. Amirlar jabr-zulm qilsalar ham, ularga qarshi qilich ko‘tarmaymiz.

Ahli qibladan birontasini, garchi gunohi kabira qilsa ham, kofir hisoblamaymiz. Faqat o‘sha gunohni halol deb bilsa, kofir deymiz.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:21:21
Ahli qibladan birontasiga qilgan yaxshi amali sababli jannatiy deb guvohlik bermaymiz. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam jannatiy deb guvoh bergan zotlar bundan mustasno.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari orasida bo‘lib o‘tgan narsalar xususida tilimizni tiyamiz, bahslashmaymiz.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin maxluqotlarning eng afzali Abu Bakr, so‘ng Umar, so‘ng Usmon, so‘ng Ali ibn Abu Tolibdir (Alloh barchasidan rozi bo‘lsin).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning barcha azvoji mutohharolari (ayollari), avlodlari va ashoblariga Allohning rahmatini so‘raymiz.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:21:48
O‘n birinchi gunohi kabira
XIYONAT VA AHDGA VAFO QILMASLIK

Alloh taolo aytadi:

«Ahdga vafo qilinglar! Zero, ahd-paymon (Qiyomat kuni) mas’ul bo‘linadigan ishdir» (Al-Isro surasi, 34).

Zajjoj aytadilar: «Alloh buyurgan va qaytargan barcha narsalar ahddandir».

«Ey mo‘minlar, bitimlarga (Alloh taolo bilan o‘rtalaringizdagi bitimlarga — U zotga bandalik qilish haqida bergan ahd-paymonlaringizga ham, o‘zaro bir-biringiz bilan kelishib olgan bitimlaringizga ham) vafo qilingiz!» (Moida surasi, 1).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlarki: «Ahdlar Qur’onda halol-harom, farz qilingan va had belgilangan narsalardir».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:22:29
Zahhok aytadilar: «Alloh taolo bu ummatdan halol-harom qilingan, namoz kabi farz etilgan narsalarga va boshqa ahdlarga vafo qilishga ahd-paymon olgan. Ahdlar ham xuddi shu kabi bo‘lib, Alloh farz qilgan muhkam narsalardandir. Biron bir holatda ham uni buzishga yo‘l yo‘q».

Muqotil ibn Hayyon aytadilar: «Alloh Qur’onda buyurgan Uning O‘zigagina itoat etishingiz va qaytargan narsalardan qaytishingiz xususida sizlarning zimmangizga yuklagan ahdlarga, mushriklar bilan sizlarning orangizdagi ahdlar — bitimlarga va insonlar o‘rtasidagi ahdu paymonlarga vafo qilinglar». Vallohu a’lam.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda to‘rt xislat bo‘lsa, haqiqiy munofiq bo‘ladi. Kimda ulardan bittasi bo‘lsa, to uni tashlamaguniga qadar unda munofiqlikning bitta xislati bo‘ladi. Ular gapirsa, yolg‘on gapiradi, ahdlashsa, ahdida turmaydi va agar bahslashsa, fojirlik qiladi (haddidan oshadi)» (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:22:36
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida har bir (ahdini buzgan) xiyonatchini tanitib turadigan bayrog‘i bo‘ladi. Bu falonchining xiyonati, deyiladi» (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Men qiyomat kuni uch kishining — mening nomimni o‘rtaga qo‘yib (biron narsa) olib, so‘ng xiyonat qilgan kishining, hur-ozod odamni sotib, so‘ngra pulini yegan kishining va mardikorni ijaraga olib, ishlatib, haqini to‘liq bermagan kishining dushmanidirman», dedi» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:22:44
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim itoatdan bo‘yin tovlasa, qiyomat kuni Allohga yo‘liqqanida uning hech bir hujjati bo‘lmaydi. Kimki bo‘ynida bay’at bo‘lmagan holda o‘lsa, johiliyat o‘limida o‘libdi» (Muslim rivoyati).

Payg‘ambar alayhicsalom aytdilar: «Kim do‘zaxdan yiroq bo‘lib, jannatga kirishni yoqtirsa, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan holda o‘ziga berilishini yaxshi ko‘rgan narsani odamlarga bersin. Kim bir imomga bay’at qilib, unga qo‘lining bitimini va qalbining mevasini bersa, agar qodir bo‘lsa, unga itoat etsin. Mabodo boshqasi kelib, u bilan talashib-tortishsa, o‘sha boshqa kimsaning bo‘yniga uringlar (ya’ni, o‘ldiringlar)» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:23:08
O‘n ikkinchi gunohi kabira
TORTISHUV, BAHS-MUNOZARA VA MUROSASIZLIK

Alloh taolo marhamat qiladi:

«(Ey Muhammad), odamlar orasida shunday kimsalar borki, uning gapirgan gapi hayoti dunyoda sizga qiziq tuyuladi» (Baqara surasi, 204).

Ya’ni, shunday kimsalar borki, bayon qilish san’ati yetukligidan gapirayotgan gapidan lol qolasan, hayratlanasan. Lekin ular yolg‘onchi, munofiqdirlar. Ularning «hunarlari» bu dunyodagina o‘tadi. Oxiratda esa qalblaridagi sirlardan boxabar bo‘lgan, g‘ayblarni bilguvchi Zotgina hokim bo‘ladi.

«... Va o‘zi (islomga) ashaddiy xusumatchi bo‘lgan holida dilidagi «iymoni»ga Allohni guvoh keltiradi» (Baqara surasi, 204).

Ya’ni, aslida dili kufr va munofiqlik illati bilan muhrlangan bo‘lsa-da, o‘zini iymonli deb da’vo qiladi va bu da’vosini «Alloh shohid» deb isbotlashga urinadi. Holbuki, u ashaddiy xusumatchi bo‘lib, nohaqlik — botil bilan bahs-munozara qiladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:23:34
«(Oldingizdan) ketganida esa yerda buzg‘unchilik, ekin va nasllarni halok qilish uchun yugurib-elib yuradi. Alloh esa buzg‘unchilik-fasodni sevmaydi» (Baqara surasi, 205).

Ya’ni, fasodni yomon ko‘radi, fasodchilarni yoqtirmaydi. Hujjatul Islom Fazzoliy aytganlar: «Bahs-munozara — o‘zingni bilimdon qilib ko‘rsatib, boshqani tahqirlash niyatida xatosini izhor etib, ta’na qilishingdir».

Tortishuv (mujodala) o‘z mazhabini boshqasidan ustun qo‘yish va fikrini ma’qullashdan iborat.

Xusumat esa mol yoki boshqa bir ko‘zlagan narsasini qo‘lga kiritish uchun aytgan gapida qat’iy turib olishdir. U gohida biron narsani yoqlashi, gohida e’tiroz qilishi mumkin. Bahs-munozarada esa faqat e’tiroz bo‘ladi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:23:43
Imom Navaviy aytadilar: «Bilginki, tortishuv goh haq, goh nohaq bo‘ladi. Alloh taolo aytganki:

«(Ey mo‘minlar), sizlar ahli Kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala-munozara qilinglar» (Ankabut surasi, 46).

«...Ular (siz bilan talashib-tortishadigan kimsalar) bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala — munozara qiling!» (Nahl surasi, 125).

«Allohning oyatlari haqida faqat kofir bo‘lgan kimsalargina talashib-tortishurlar...» (Fofir surasi, 4).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:23:58
Agar mujodala (tortishuv) haqni aniqlash va uni qaror toptirish uchun bo‘lsa, u mahmud — maqtalgandir. Bordi-yu, haqqa qarshilik ko‘rsatish uchun yoki bilmasdan turib qilinadigan bo‘lsa, u qoralangandir. Mujodalaning joiz va nojoizligi xususida vorid bo‘lgan oyatlar mana shu yo‘sinda nozil bo‘lgan».

Ayrim ulug‘lar deydilar: «Xusumatdan ko‘ra dinni ketkazuvchiroq, muruvvatni kamaytiradiganroq va qalbni mashg‘ul qiladiganroq biron narsani ko‘rmadim».

Inson o‘z haq-huquqlaridan to‘la foydalanish uchun tortishib turishdan boshqa iloji yo‘q, desangiz, Imom Fazzoliyning quyidagi so‘zlari sizga javob bo‘ladi: «Bilginki, nohaqlik bilan, ilmsiz bo‘laturib, xusumatlashgan kimsalar qattiq qoralangandirlar».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:24:06
Bu sudda qaysi taraf haq ekanini bilmasdan turib, ilmsiz holda xusumatlashib ketgan da’vogarning vakiliga o‘xshaydi.

Yana haqini talab qilsa-yu, biroq haddidan oshsa, murosasizlik qilib yolg‘on gapirsa, xusumatchiga aziyat yetkazadigan so‘zlarni so‘zlasa, bunday kishi ham qoralangan.

Xuddi shuningdek, xusumatchini bo‘ysundirish va sindirish uchun faqat sarkashlik qilib xusumatlashish ham ta’qiqlanadi.

Biroq mazlumning murosasizlik va isrofga berilmasdan, chegaradan chiqmasdan, sarkashlik va aziyat yetkazishni qasd etmasdan turib, shar’iy yo‘l bilan hujjat keltirishi harom emas. Lekin shunday bo‘lsa-da, xusumatni butunlay tark etgani ma’qulroq. Chunki xusumatlashayotganda tilni mo‘’tadil — adolat chegarasidan chiqarmay tiyib turish juda mushkul. Bundan tashqari, xusumat qalbni nafratga to‘ldiradi, g‘azabni uyg‘otadi. Fazab kelsa, tabiiyki, xusumatchilar orasida kek, gina-kudurat hosil bo‘lib, ularning har biri boshqasining qayg‘usidan shodlanadigan va quvonchidan xafa bo‘ladigan hamda bir-birining or-nomusiga til tekizadigan bo‘lib qoladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:24:17
Xullas, kimki xusumatlashsa, ushbu ofatlarga duchor bo‘ladi. Hech bo‘lmaganda, qalbi mashg‘ul bo‘lib, hatto namozida ham o‘y-yodi xusumatchisida bo‘lib qoladi. Zero, xusumat, shuningdek, tortishuv va bahs-munozara ham yomonlik manbaidir.

Kishi boshqa hech chorasi qolmaguncha, xusumat eshigiga yaqin yo‘lamasligi darkor.

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim nohaq bo‘laturib bahs-munozarani tark etsa, uning uchun jannat chekkasida bir uy bino qilinadi, kimki haq bo‘la turib tark etsa, uning uchun jannatning o‘rtasiga (qasr) bino qilinadi. Kimning xulqi go‘zal bo‘lsa, uning uchun jannatning eng oliy joyiga (qasr) bino qilinadi» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Xusumat juda xatarli ishdir!» deb aytgan ekanlar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:24:38
Fasl

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar hidoyatda bo‘lganlaridan keyin faqat talashib-tortishishga berilganlari sababligina haq yo‘ldan og‘dilar», dedilar-da, quyidagi oyatni o‘qidilar:

«Ular (bu misolni) Sizga faqat talashib-tortishish uchungina keltirdilar. Axir ular xusumatchi-urushqoq qavmdirlar!» (Zuxruf surasi,  58).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qur’on xususida talashib-tortishish kufrdir» (Abu Dovud, Ibn Hibbon rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:24:45
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Alloh eng yomon ko‘radigan kimsa ashaddiy xusumatchidir!» (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, kimki xusumatlashayotganda bilmasdan turib tortishsa, to tortishuvni bas qilmaguncha g‘azab ostida bo‘ladi.

Boshqa bir rivoyatda shunday deyilgan: «Doim xusumatlashib yurishing gunohkor bo‘lishingga kifoya qiladi».

Asarda kelganki: «Sizlarning ustingizdagi narsalarning eng qo‘rqinchlirog‘i — olimning adashishi, munofiqning Qur’on xususida talashib-tortishishi va bo‘yningizni kesadigan dunyo».
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:24:57
Fasl

Gapirganda farosatu balog‘at bilan so‘zlayman deb chiranish, xuddi notiqlarday viqor bilan tushunish qiyin bo‘lgan jumlalarni so‘zlash va saj — qofiyali qilib gapirishga urinish ortiqcha takalluf hisoblanib, makruhdir. Aksincha, tinglovchi darhol anglab oladigan sodda, tushunarli qilib so‘zlash lozim.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta Alloh sigir kavsh qaytargani singari tiliga erk beradigan so‘zamol kishilarni yomon ko‘radi» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:25:08
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta sizlarning menga eng suyukligingiz va qiyomat kuni o‘rningiz yaqini — axloqi go‘zalingizdir. Sizlarning menga eng yoqimsizingiz va qiyomat kuni mendan eng uzog‘ingiz — mahmadonalar, tahqirlovchilar va safsatabozlardir» (Termiziy rivoyati).

Bilginki, agar haddan oshish va bemavridlik bo‘lmasa, xutba-yu, ma’ruzalarda chiroyli uslubda so‘zlash hech qoralanmaydi. Chunki ular qalblarni Alloh taoloning toatiga ishtiyoqli qilish maqsadida aytiladi. Bu borada esa nutqning go‘zal va ravon bo‘lishi katta ahamiyatga molikdir. Vallohu a’lam.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:25:26
O‘n uchinchi gunohi kabira
SIYDIKDAN POKLANMASLIK

Alloh taolo aytadi:

«Liboslaringizni pok tuting» (Muddassir surasi, 4).

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ikki qabr yonidan o‘tdilar-da: «Bu ikkisi (ya’ni, qabrdagilar) azoblanmoqda. Gunohi kabira sababli azoblanayotganlari yo‘q. Ha, u gunohi kabiradir. Ulardan biri chaqimchilik qilib yurardi, boshqasi esa siydigidan saqlanmasdi», dedilar» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qabr azobining ko‘pchiligi siydik sababli bo‘ladi. Bas, siydikdan pok bo‘linglar!» (Doriqutniy rivoyati).
Kimki badani va kiyimlarini siydikdan pok saqlamasa, uning namozi maqbul bo‘lmaydi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:25:38
Hofiz Abu Nua’ym «Hil’a» kitoblarida Shafiy ibn Mati’dan rivoyat qiladi: «To‘rt toifa kimsalar o‘zi azoblanayotgan do‘zax ahliga yana ozor beradilar. Ular «Hamim» (qaynoq suv) va «jahim» (do‘zax olovi) orasida sarson bo‘ladilar, o‘zlariga o‘lim va halokat tilaydilar. Do‘zax ahli bir-birlariga: «Bularga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotganimiz yetmaganiday, yana bizga ozor berishyapti?» deyishadi. Ulardan biri cho‘g‘dan bo‘lgan tobutga qamalgan bo‘ladi. Boshqasi ichak-chavoqlarini tortayotgan bo‘ladi. Yana birining og‘zidan yiring va qon oqayotgan bo‘ladi. Va oxirgisi o‘z go‘shtini yeyotgan bo‘ladi. Tobutdagi kishiga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki: «Bu kishi o‘lib, bo‘ynida odamlarning moli qolgan-da, unga vafo qilmagan». Keyin ichak chavog‘ini tortayotgan kimsaga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki, bu kishi siydik qaeriga tegayotganiga parvo ham qilmasdi, o‘sha yerini yuvib ham tashlamasdi. So‘ng og‘zidan yiring va qon oqayotgan kimsaga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki, bu kishi har bir fahsh va uyatsiz so‘zlarga nazar solib (eshitib), undan rohatlanardi, behayolikdan lazzatlanardi. Oxiri go‘shtini yeyotgan kimsaga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki, bu kishi g‘iybat qilib odamlarning go‘shtini yer va chaqimchilik qilib yurar edi».

Allohdan afv va ofiyat so‘raymiz. Albatta, U rahmlilarning rahmlirog‘idir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:26:07
O‘n to‘rtinchi gunohi kabira
NAMOZNI QASDDAN TARK ETISH

Alloh taolo aytadi:

«Ey mo‘minlar, mol-dunyolaringiz va bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan (ya’ni, Allohga ibodat qilishdan) yuz o‘girtirib qo‘ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchi kimsalardir!» (Munofiqun surasi, 9).

Mufassirlar aytganlarki, oyatdagi Allohning zikridan murod besh vaqt namozdir. Kimki namozni vaqtida o‘qishdan tijoratdagi, oldi-sotdidagi, kundalik hayotidagi mol-dunyosi yoki farzandlari sababli mashg‘ul bo‘lib qolsa, u ziyonkorlardandir.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Bandaning qiyomat kunida birinchi hisob-kitob qilinadigan narsasi namozdir. Agar (namozi) durust bo‘lsa, boshqa amallari ham durust bo‘ladi. Bordi-yu, (namozi) yaroqsiz bo‘lsa, qolgan amallari ham yaroqsiz bo‘ladi» (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:26:22
Alloh taolo do‘zax egalari haqida xabar qilib deydi:

«(Ular do‘zax ahliga): «Sizlarni nima Saqarga kiritdi?» (deganlarida): Ular ayturlar: «Bizlar namoz o‘qiguvchilardan bo‘lmadik. Miskin-bechoraga taom berguvchi ham bo‘lmadik. Bizlar (botil-behuda so‘zlarga) sho‘ng‘uvchi kimsalar bilan birga sho‘ng‘ir edik (ya’ni, Qur’on va Payg‘ambar xususida tuhmat-yolg‘onlar to‘qir edik). To bizlarga aniq (o‘lim) kelgunicha bizlar Jazo — Qiyomat kunini yolg‘on der edik». Endi qo‘llaguvchilarning qo‘llovi ularga foyda bermas!» (Muddassir surasi, 42—48).

«Sahihul Buxoriy»da rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Kimki asr namozini tark etsa, uning amali aniq habata bo‘libdi (ya’ni, behuda ketibdi)».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Namozni tark etmagin. Zero, kimki namozni qasddan tark etsa, darhaqiqat, undan Allohning zimmasi (himoyasi) soqit bo‘ladi» (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:26:34
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Insonlarga qarshi ular to Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning elchisidir, deb guvohlik bermagunlaricha, namozni qoim qilmagunlaricha va zakotni bermagunlaricha jang qilishga buyurildim. Agar shuni qilsalar, mendan qonlari-yu mollarini saqlagan bo‘ladilar. Biroq, islom haqi bundan muntasno. Ularning hisobi Allohga havola» (Muttafaqun alayh).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki namozni muhofaza qilsa, qiyomat kunida u uchun (namozi) nur, hujjat va najot bo‘ladi. Kimda-kim uni muhofaza qilmasa, unga nur ham, hujjat ham, najot ham bo‘lmaydi va u qiyomat kunida Qorun, Fir’avn, Homon hamda Ubay ibn Xalaflar bilan birga bo‘ladi» (Imom Ahmad rivoyati).

Ayrim ulamolar aytishlaricha, «Namozni tark etgan kimsa ana shu to‘rt mal’un bilan birga qayta tiriladi. Chunki uni namozdan yo molu davlati, yo mulk-saltanati, yo vazirlik-mansabi va yo tijorati mashg‘ul qilgan. Kimki namozdan molu davlati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Qorun bilan birga tiriladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:26:41
Kimki namozdan mulk-saltanati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Fir’avn bilan birga tiriladi.

Kimki namozdan vazirlik — mansabi sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Homon bilan birga tiriladi.

Kimki namozdan tijorati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Makkadagi kofirlarning tijoratchisi bilan birga tiriladi».

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu jarohatlangan vaqtlarida: «Ey amiral mo‘minin, namoz (ya’ni, namozni o‘qib oling)», deyishdi. Shunda u zot roziyallohu anhu: «Ha, to‘g‘ri. Namozni zoe qilgan biron bir kishi uchun Islomda nasiba yo‘q», dedilar-da namozni o‘qidilar. Jarohatlaridan esa qon oqib turardi.

Abdulloh ibn Shaqiq Tobi’iy roziyallohu anhu deydilar: «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalari namozdan boshqa hech bir amalni tark etishni kufr deb hisoblamasdilar» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:26:49
Ibrohim Naxa’iy va Ayyub Sahtiyoniylar ham shu gapni aytishgan. Avn ibn Abdulloh deganlar: «Agar banda qabriga qo‘yilsa, birinchi bo‘lib so‘raladigani — namozdir. Agar namozi yaroqli topilsa, uning boshqa amallariga qaraladi. Bordi-yu, yaroqli deb bo‘lmasa, undan keyin boshqa biron amaliga qaralmaydi».

Ibn Hazm: «Shirkdan keyin namozni vaqtidan kechiktirish va mo‘minni nohaq o‘ldirishdan ko‘ra ulkanroq gunoh yo‘q», deganlar.

Rivoyat qilinishicha, qiyomat kunida birinchi bo‘lib namozni tark etguvchilarning yuzlari qorayadi. Jahannamda «Lam-lam» nomli ilonlar darasi bo‘lib, har bir ilonning yo‘g‘onligi tuyaning bo‘ynidek, uzunligi bir oylik masofaga teng bo‘ladi. Ular namozni tark etguvchilarni chaqadilar. Uning zahari namozni tark etguvchining jismida yetmish yil qaynaydi-da, so‘ng uning go‘shtlari erib tushadi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:27:02
Hikoyat

Rivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir ayol Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib qo‘yib, so‘ng bu gunohimdan Alloh taologa tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul qilib, gunohimni mag‘firat etishini so‘rab duo qiling», dedi. Muso alayhissalom undan: «Nima gunoh qilding?» deb so‘ragan edi, u: «Ey Allohning payg‘ambari, men zino qilib, bola tug‘dim-da, so‘ng uni o‘ldirdim», dedi. Shunda Muso unga: «Chiq bu yerdan, ey fojira! Yana kafosating tufayli osmondan olov tushib, bizni yondirib yubormasin», dedi.

Ayol payg‘ambar huzuridan qalbi o‘ksigan holda chiqib ketdi. Jabroil alayhissalom tushib: «Ey Muso, Alloh taolo: «Nima uchun tavba qilgan ayolni qaytarib yubording? Undan ko‘ra yomonroq kimsa borligini bilmaysanmi?» deyapti», dedi. Muso alayhissalom: «Ey Jabroil, undan ham yomonroq kimsa kim?» deb so‘ragan edi, «Namozni qasddan tark etgan kishi», deb javob berdi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:27:11
Fasl

Alloh taolo namozni vaqtidan kechiktirib o‘qishdan ogohlantirib aytadi:

«So‘ng, ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosarlar) albatta yomonlikka (ya’ni, yomon jazoga) yo‘liqurlar. Magar tavba qilib, iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslarlar). Bas, ular jannatga kirurlar va ularga biron zulm qilinmas» (Maryam surasi, 59—60).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Namozni zoe qilgan degani, uni butunlay tark etgani degani emas, balki namozni o‘z vaqtidan kechiktirib o‘qigan deganidir», deganlar.

Tobe’inlar imomi Said ibn Musayyab rahmatullohi alayh aytganlarki: «U to asr bo‘lmaguncha peshinni o‘qimaydi. Asrni shomgacha, shomni xuftongacha, xuftonni bomdodgacha, bomdodni to quyosh chiqquncha o‘qimaydi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:27:26
Shu holatga odatlangan ko‘yi vafot etgan va tavba qilmagan kimsaga Alloh «g‘oyy» bilan tahdid soldi. Foyy — jahannamdagi juda chuqur, o‘ta badbo‘y vodiydir.

Alloh taolo boshqa bir oyatda:

Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga halokat bo‘lgayki», deydi (Mo’uvn surasi, 4—5).

Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar haqida so‘raganlarida: «Vaqtini kechiktiradiganlar», deya javob berganlar.

Ular «namozxon», deb nomlandi. Biroq namozga beparvoliklari va vaqtidan kechiktirganlari sababli ularga vayl bilan tahdid solindi. Vayl — shiddatli azobdir. Yana aytiladiki, Vayl jahannamdagi vodiy bo‘lib, agar unga dunyodagi tog‘lar tushirilsa, harorati yuqoriligidan toshlari erib ketardi. U namozga beparvo bo‘lgan va uni vaqtidan kechiktirib o‘qigan kimsalarning maskanidir. Faqat Allohga tavba qilib, ilgarigi e’tiborsizligiga nadomat chekkanlar bundan mustasno.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:27:41
Alloh taolo yana bir oyatda:

«Ey iymon keltirganlar, mol-dunyolaringiz ham, farzandlaringiz ham sizlarni Allohning zikridan chalg‘itib qo‘ymasin. Kim shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchilardir», deydi (Munofiqun surasi, 9).

Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to Alloh jonlarini olgunicha, (biror marta) namozni oxirgi vaqtiga qadar kechiktirganlari yo‘q» (Hokim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eng afzal amal qaysi, deb so‘ralganlarida: «Eng afzal amal — namozni vaqtida o‘qish, ota-onaga yaxshi munosabatda bo‘lish va jihod», deya javob berganlar (Imom Ahmad rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, kimki namozni vaqtida o‘qisa, tahoratni mukammal olgan, qiyomi, xushu’si, ruku’ va sajdalarini komil qilgan bo‘lsa, namoz oppoq, nurafshon bo‘lib ko‘tariladi va: «Meni saqlaganingdek, Alloh ham seni saqlasin», deydi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:27:49
Kimda-kim namozini vaqtidan boshqa paytda o‘qisa, tahoratni to‘liq olmasa, xushu’, ruku’ va sajdalarini komil qilmasa, namoz qop-qora, zulmatli bo‘lib ko‘tariladi va «Meni zoe qilganingdek, Alloh ham seni zoe qilsin», deydi. Hatto Alloh xohlagan joyga yetgach, xuddi eski kiyimga o‘xshab o‘raladi-da, uning yuziga uriladi.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamning namozini Alloh qabul qilmaydi: qavm uni yoqtirmasa-da, ularga imomlik qiladigan kishining, namozga orqa tomondan keladigan ya’ni, namozni vaqti o‘tganidan keyin o‘qiydigan kishining va o‘zi ozod qilgan odamni qul qilib olgan kishining» (Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, kimda-kim ikki namozni uzrsiz jam qilib o‘qiydigan bo‘lsa, u gunohi kabira eshiklaridan birini ochgan bo‘ladi.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Agar qiyomat kuni bo‘lsa, bir kishini Alloh azza va jallaning huzurida hozir qilishadi. Shunda uni do‘zaxga tashlashni buyuradi. «Ey Rabbim, nima uchun?» deb so‘raganida, Alloh taolo: «Namozni vaqtidan kechiktirganing va Mening nomim bilan yolg‘on qasam ichganing uchun», deydi.
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:28:04
Hikoyat

Salaflardan birining singlisi vafot etib, uni lahadga qo‘ydi. Shunda pul solingan hamyoni mayyitning qabriga tushib qoldi va buni hech kim sezmadi. U qabrdan ketgach, hamyonini esladi va iziga qaytdi. Odamlar tarqab ketganlaridan keyin qabrni kavladi. Bir payt qarasa, unda olov alangalanib turibdi, darhol qaytadan ko‘mib ortiga qaytdi. Keyin onasining oldiga yig‘lab keldi-da: «Ey onajon, singlim nima ish qilardi, menga aytib bering», dedi. «Nima edi?» deb so‘ragan onasiga: «Uning qabrida olov ko‘rdim», deya javob berdi. Shunda onasi yig‘ladi va: «Ey o‘g‘lim, singling namozga beparvo edi va uni vaqtidan kechiktirib o‘qirdi», dedi.

Namozni vaqtidan kechiktirib o‘qigan kishining holi shu bo‘lsa, umuman namoz o‘qimaydigan kimsaning ahvoli ne kechar ekan?!

Alloh taolodan namozni vaqtida ado etishga yordam berishini so‘raymiz. Albatta, U saxiy, muruvvatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:28:12
Fasl

Bola necha yoshdan namozga buyuriladi?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Bolani yetti yoshga yetganida namozga buyuringlar. O‘n yashar bo‘lganida (namoz o‘qimasa) uringlar» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Farzandlaringizni yetti yashar bo‘lganlarida namozga buyuringlar. O‘n yashar bo‘lganlarida (namoz o‘qimasa) uringlar va yotoqlarini alohida-alohida qilinglar» (Abu Dovud rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:28:35
Fasl

Namozni chala o‘qiydigan, uning ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmaydigan kimsaning uqubati

«Bas, namozlarini «unutib qo‘yadigan» «namozxonlarga vayl bo‘lsin» oyatining tafsirida shunday deyilgan: «U namozni chala o‘qiydigan, ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmaydigan kimsadir».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi masjidga kirib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidning chekkasida o‘tirgan edilar. U kishi namoz o‘qidi-da, kelib u zotga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Senga ham salom bo‘lsin, qaytib borib, namoz o‘qi, sen namoz o‘qiganing yo‘q», dedilar. U yana namoz o‘qidi-da, kelib salom berdi. «Senga ham salom bo‘lsin, qaytib borib boshqatdan o‘qi, sen namoz o‘qiganing yo‘q», dedilar. U namoz o‘qidi-da, kelib salom berdi. Nabiy: «Senga ham salom bo‘lsin, qaytib borib boshqatdan o‘qi, sen namoz o‘qiganing yo‘q», dedilar. Haligi kishi keyingi marotaba aytilganida: «Yo Rasululloh, menga o‘rgatib qo‘ying», dedi. «Agar namozga tursang, tahoratni mukammal ol. Qiblaga yuzlangach, takbir ayt va o‘zing bilgan Qur’on sura-oyatlarni o‘qi. Keyin to qanoat hosil qilguningcha ruku’da tur. So‘ngra to‘la tik bo‘lguningcha qaddingni rostla. So‘ng qanoat hosil etguningcha sajda qil. So‘ngra to‘la o‘tirguningcha qaddingni rostla. Keyin qanoat hosil etguningcha sajda qil. So‘ngra to‘la tik bo‘lguningcha qaddingni rostla. Xullas, butun namozingda shunday qil», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:28:42
Abu Mas’ud Badriydan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ruku’ va sajdadan umurtqasini tik qilib ko‘tarmagan kishining namozi namoz hisoblanmaydi» (Ahmad, Abu Dovud va Termiziy rivoyati).

Boshqa bir rivoyatda: «Ruku’ va sajdalardan belini rostlamaguncha...» deyilgan.

Bu hadis namoz o‘qiganda ruku’ va sajdalardan keyin belini rostlamagan kishining namozi botil ekaniga hujjat. Chunki har bir a’zo o‘rnida qaror topishi namozdagi farzlardandir.
(Izoh: Hanafiy mazhabida bu ish vojib sanaladi. — Muharrir.)

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar orasidagi eng yomon o‘g‘ri namozidan o‘g‘irlaydigan kimsa», dedilar. «Yo Rasululloh, qanday qilib kishi namozidan o‘g‘irlaydi?» deb so‘rashganda, «Ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmasdan», deya javob berdilar» (Ibn Xuzayma, Hokim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:28:50
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ruku’ va sajdalari orasida umurtqasini rostlamaydigan bandaga Alloh qaramaydi» (Imom Ahmad rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Munofiqning namozi bunday: u quyoshni kuzatib o‘tiradi, o‘tiradi-da, u shaytonning ikki shohi orasiga kelgach, turib (qush donni cho‘qigandek) to‘rt marta yotib turadi va unda Allohni kamdan-kam eslaydi» (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sajdalarni to‘liq qilmasdan namoz o‘qiyotgan kishini ko‘rdilar va: «Agar bu kimsa mana shu holatda o‘lib ketsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallam millatidan boshqasida o‘lgan bo‘ladi», dedilar (Tabaroniy va Ibn Huzayma rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita a’zo bilan sajda qilishga buyurildim: Peshona (qo‘llari bilan burunlariga ham ishora qildilar), ikki qo‘l, ikki tizza va ikki oyoq bilan», dedilar» (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:29:05
Boshqa bir rivoyatda: «Yettita (a’zo) bilan sajda qilishga, soch va kiyimni yig‘ib olmaslikka buyurildim: peshona va burun, ikki qo‘l, ikki tizza hamda ikki oyoq», deyilgan (Muslim, Nasoiy rivoyati).

Kishi namoz o‘qiyotganda, qaysi a’zosining namozdagi haqini ado etmasa, to namoz o‘qib bo‘lgunicha o‘sha a’zo unga la’nat aytib turadi.

Rivoyat qilinadiki, har bir namozxonning o‘ng tomonida bir farishta, chap tomonida bir farishta bo‘ladi. Agar u namozni to‘liq o‘qisa, namozni olib chiqib ketadilar. Agar to‘liq o‘qimasa, namoz bilan uning yuziga uradilar.

Salmon Forsiy roziyallohu anhu aytganlar: «Namoz o‘lchovdir. Kim vafo qilsa, vafo ko‘radi. Kim urib qolsa, Alloh urib qoluvchilar haqida nima deganini yaxshi bilasizlar. Alloh taolo:

«(O‘lchov va tarozidan) urib qoluvchi kimsalarga vayl bo‘lsin», degan».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:29:13
Imom Buxoriy rivoyat qiladi: Huzayfa ibn Yamon ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmasdan namoz o‘qiyotgan kishini ko‘rib, unga: «Sen namoz o‘qimading. Agar o‘lsang, Alloh Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tabiat qilib bergan fitratdan boshqasida o‘lgan bo‘lasan», dedilar.

Nasoiy rivoyat qilgan asarda kelishicha, Huzayfa roziyallohu anhu undan: «Necha yildan beri shunday namoz o‘qiysan?» deb so‘raganlar. «Qirq yildan beri», deya javob bergan. Shunda ulug‘ sahoba: «Qirq yildan beri namoz o‘qimabsan. Agar namozni shu tarzda o‘qib vafot etsang, Muhammad sollallohu alayhi vasallam fitratidan boshqasida o‘lgan bo‘lasan», deganlar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyul 2006, 08:29:20
Hasan Basriy aytadilar: «Ey Odam farzandi, agar senga namozing qadrsiz bo‘lsa, u holda diningdagi qaysi narsa sen uchun aziz?! Holbuki, sen qiyomat kunida birinchi bo‘lib namozingdan so‘ralasan-ku!»

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Qiyomat kunida bandaning birinchi bo‘lib hisob-kitob qilinadigan amali namozidir. Agar namozi durust bo‘lsa, u, shak-shubhasiz, muvaffaqiyat qozonib najot topibdi. Agar namozi yaroqsiz-fosid bo‘lsa, u aniq muvaffaqiyatsizlikka uchrab ziyon ko‘ribdi. Agar biron farzida yetishmovchilik bo‘lsa, Alloh azza va jalla: «Qaranglarchi, bandamning farzlaridagi kamchiliklarini to‘ldiruvchi ixtiyoriy namozlari bormikan?» deydi. So‘ng qolgan amallari ham shu yo‘sinda bo‘ladi» (Termiziy rivoyati).

Har birimiz farzlardagi nuqsonlarni to‘ldirishimiz uchun ko‘proq nafl namozlar o‘qishimiz lozim bo‘ladi. Tavfiq Allohdan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:39:14
O‘n beshinchi gunohi kabira
UZRSIZ JAMOAT NAMOZINI TARK ETISH

Alloh taolo aytadi:

«Boldir ochiladigan (ya’ni, og‘ir hisob-kitobga chog‘laniladigan) va ular (kofirlar) ko‘zlari (quyiga) egilgan, xorlik ularni o‘rab-egallab olgan hollarida sajda qilishga chorlanishib, (lekin sajdaga) kuchlari yetmay qoladigan Kunni (eslang! Chunki hayoti dunyodalik paytlarida) ular sog‘-salomat bo‘lgan hollarida sajda qilishga chorlanar edilar (ammo sajdaga qodir bo‘laturib, undan bosh tortar edilar)» (Qalam surasi, 42—43).

Bu hol qiyomat kunida ro‘y beradi. Ularni afsus-nadomat xorligi egallab oladi. Holbuki, ular bu dunyoda sajda qilishga chorlanar edilar.

Ibrohim Taymiy so‘zlari bilan aytganda, ular farz namozlariga azon va takbir bilan chorlanar edilar.

Said ibn Musayyab aytganlar: «Ular «Hayya alas-solah, Hayya alal-falah»ni eshitardilar, lekin sog‘-salomat bo‘laturib, unga ijobat qilmasdilar».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:39:30
Ka’bul Ahbor deganlar: «Allohga qasamki, bu oyat faqat jamoatdan ajralib qoladigan kishilar haqida nozil bo‘lgan».

Jamoat namozini uzrsiz tark etgan kimsaga bundan ko‘ra og‘irroq va qattiqroq tahdid bo‘lishi mumkinmi?!

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Allohga qasamki, men o‘tin to‘plashni buyurib, so‘ng namoz o‘qishga amr qilib, unga azon aytilgandan keyin bir kishiga odamlarga imom bo‘lishni aytib, so‘ngra jamoat namoziga kelmagan kishilarga muxolif bo‘lib, ularning uylariga o‘t qo‘yib yuborishni xohlardim» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan boshqa bir hadisda shunday deyilgan: «Yigitlarimga bir uyum o‘tin yig‘ishni buyurib, so‘ngra borib hech bir uzrsiz uylarida namoz o‘qiydigan kishilarning uylarini yoqib yuborishni xohlardim».
Faqat vojib tark etilgani uchun shunchalik tahdid solinmoqda.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:39:40
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir ko‘r kishi kelib: «Rasululloh, meni masjidga yetaklab boradigan kishi yo‘q», dedi va uyida namoz o‘qishga ruxsat berishlarini so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga ruxsat berdilar. U ortiga burilgach, uni chorladilar va: «Azonni eshitasanmi?» deb so‘radilar. U: «Ha», degan edi, «Unga javob ber», dedilar (Muslim rivoyati).

Amr ibn Ummu Maktum roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men: «Yo Rasululloh, ko‘zim ojiz, hovlim ham uzoqda. Meni yetaklab keladigan odam yo‘q. Uyimda namoz o‘qishimga ruxsat berasizmi?» dedim. «Azonni eshitasanmi?» deb so‘radilar. «Ha», degan edim, «Senga ruxsat bera olmayman», dedilar» (Abu Dovud, Ibn Huzayma rivoyati).

Bu ko‘zi ko‘r kishi masjidga kelishi qiyinligidan shikoyat qilyapti. Uni masjidga olib borib qo‘yadigan kishi ham yo‘q. Shularga qaramasdan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga uyida namoz o‘qishga ruxsat bermadilar. Endi ko‘zi ojiz bo‘lmagan, sog‘lom, hech bir uzrsiz kishi haqida nima deyish mumkin?!
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:39:47
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki azonni eshitsa-yu unga ergashishdan man qiladigan uzri bo‘lmasa, uning (uyida) o‘qigan namozi qabul qilinmaydi», dedilar «Uzr nima?» deb so‘rashgan edi, «Xafv yoki kasallik», deya javob berdilar» (Abu Dovud, Ibn Hibbon rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan kunduzlari ro‘za tutadigan, kechalari namoz o‘qiydigan, biroq jamoatga qo‘shilmaydigan va jamoat bilan namoz o‘qimaydigan kishi haqida so‘rashganida: «Agar shu holatda o‘lsa, u do‘zaxda», deya javob berganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytganlar: «Odam farzandi uchun azonni eshitib, unga javob bermaslikdan ko‘ra, qulog‘iga eritilgan qo‘rg‘oshin quyilgani yaxshiroq».

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Masjid qo‘shnisi faqatgina masjidda namoz o‘qish lozim», dedilar. «Masjid qo‘shnisi kim?» deb so‘rashgan edi, «Azonni eshitadigan kishi», deya javob berdilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:39:55
Yana u zot roziyallohu anhudan naql qilinadi: «Kimki azonni eshitsa va biron bir uzrsiz unga kelmasa, uning namozi boshidan nariga ko‘tarilmaydi».

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar: «Kimki ertaga Allohga musulmon bo‘lgan holda yo‘liqishni xohlasa, namozlarni azon aytilgan yerda muhofaza qilsin. Zero, Alloh taolo Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallamga hidoyat yo‘llarini belgilab berdi. Ular (ya’ni, namozlar) hidoyat yo‘llaridandir. Agar sizlar jamoatdan orqada qoluvchi kimsaga o‘xshab, uyingizda namoz o‘qisangiz, Payg‘ambaringiz yo‘lini tark etgan bo‘lasiz. Agar Payg‘ambaringiz yo‘lini tark etsangiz, zalolatga yuz tutasiz. Darhaqiqat, men (ilgari) jamoat namozidan faqat munofiqligi ma’lum kimsagina orqada qolganiga guvoh bo‘lganman. Bir kishini olib kelishardi-da, safda turishi uchun ikki kishi orasiga turg‘izib qo‘yishardi» (Muslim rivoyati).

Ya’ni, u zaifligidan o‘zini tutolmas va ularga suyanib turardi. U bu ishni jamoat fazilatiga ishtiyoqli bo‘lgani va uni tark etsa, gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqqani uchun qilardi.
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:40:04
Ibn Munzir aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir qancha sahobalari: «Kimda-kim azonni eshitib, hech bir uzrsiz unga javob bermasa, uning namozi namoz emas», deganlari rivoyat qilingan». Ibn Mas’ud va Abu Muso Ash’ariylar shular jumlasidandir.

Ato, Ahmad ibn Hanbal va Abu Savrlar jamoatga hozir bo‘lishni farz deb bilishgan.

Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh: «Jamoat namoziga qodir kishi uchun biron-bir uzrsiz uni tark etishiga ruxsat bermayman», deganlar.

Ibn Ummu Maktum roziyallohu anhu hadisini zikr qilgandan keyin Xitobiy shunday degan: «Bu hadisda jamoat namoziga hozir bo‘lish vojibligiga hujjat bor. Agar u mandub (mustahab) bo‘lganida edi, undan qolishga Ibn Ummu Maktumga o‘xshagan kishilar, zaif va nochor odamlar haqli bo‘lishardi».

Ato ibn Abu Raboh aytar edilar: «Shaharu qishloqdagi Alloh maxluqotlaridan birontasi uchun ham, agar azonni eshitsa, namozni o‘qimaslikka ruxsat yo‘q».

Avzoiy aytganlarki: «Juma va jamoatni tark etishga buyursa, ota-onaga ham itoat qilinmaydi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:40:25
Fasl

Jamoat namozining fazilati juda ulug‘. Alloh taoloning:

«Darhaqiqat, Biz (Lavhul-Mahfuzda) zikr qilgandan keyin Zaburda: «Albatta, (jannat) yeriga Mening solih bandalarim voris bo‘lurlar», deb yozib qo‘ygandirmiz» (Anbiyo surasi, 105), oyatining tafsirida «ular besh vaqt namozni jamoat bilan ado qiladigan zotlar», deyilgan.

«... va ularning qilgan ishlarini hamda (qoldirgan) izlarini yozib qo‘yurmiz» (Yosin surasi, 12), oyatiga ko‘ra, Alloh namozxonlarning bosgan qadamlarini yozib qo‘yadi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kishining jamoat bilan o‘qigan namozi uyi va bozorida o‘qigan namozidan yigirma besh barobar ortiq bo‘ladi. Bu shundayki, agar tahoratni chiroyli qilsa, so‘ng masjidga faqat namoz uchungina borsa, uning har bir bosgan qadami sababli darajasi ko‘tarilib, xatosi o‘chiriladi. Agar namoz o‘qisa, modomiki joynamozida turar, tahorati buzilmas ekan, farishtalar uning haqiga: «Ey Alloh, uni salomat qil, unga rahm ayla», deya salovot aytib turishadi. Modomiki, namozni kutib turar ekan, u namozda, deb e’tibor qilinadi» (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:40:34
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga u sababli Alloh xatolarni o‘chiradigan, darajalarni ko‘taradigan narsani ko‘rsataymi?» dedilar. «Ha, yo Rasululloh», deyishdi». «Yoqmay turganiga qaramasdan, mukammal tahorat olish, masjidlarga ko‘p qadam ranjida qilish va bir namozdan keyin boshqa namozga intizor bo‘lish. Bu sizlar uchun (mahkam ushlashingiz lozim bo‘lgan) arqondir», dedilar.

Xususan, bomdod va xufton namozini jamoat bilan o‘qishga alohida e’tibor berilgan. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Munofiqlarga bomdod va xufton namozidan ko‘ra og‘irroq namoz yo‘q. Agar ularda nima (qanchalik ajr) borligini bilganlarida edi, garchi emaklab bo‘lsa ham, ularga kelgan bo‘lardilar» (Muttafaqun alayh).

Ibn Umar aytadilar: «Agar xufton va bomdod namozida biron kishini topa olmay qolsak, u haqda yomon gumonga borar edik». Ya’ni, u munofiq ekan, deb o‘ylardik (Hokim rivoyat qilgan).

Robe’ ibn Xaysamning bir tarafi falaj bo‘lib, ishlamay qoldi. U zot ikki kishiga suyanib, namozga chiqadigan bo‘ldi. Unga: «Ey Abu Muhammad, siz uzrlisiz-ku. Uyingizda namoz o‘qishingizga ruxsat berilgan-ku», deyishganida, «Gapingiz to‘g‘ri. Lekin men muazzinning: «Namozga shoshilinglar, najotga shoshilinglar», deganini eshitaman. Kimki unga emaklab yoki sudralib bo‘lsa-da, javob berishga qodir bo‘lsa, shu ishni qilsin», deya javob berdilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:40:42
Hotamul Asom aytadilar: «Men bir marta jamoat namozini o‘tkazib yubordim. Faqat Abu Ishoq Buxoriygina menga ta’ziya bildirdi. Agar bolam o‘lganida edi, menga o‘n mingdan ko‘proq kishi ta’ziya izhor qilgan bo‘lardi. Chunki, odamlarning nazdida din musibati dunyo musibatidan yengilroqdir».

Ba’zi salaflar aytgan ekanlar: «Kishilar qilgan gunohi sababligina jamoat namozini o‘tkazib yuboradi».

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Umar roziyallohu anhu xurmozoriga chiqdi. Qaytib kelganda odamlar asr namozini o‘qib bo‘lishgan edi. Umar roziyallohu anhu: «Albatta, biz Allohnikimiz va biz Unga qaytguvchimiz. Asr namozini jamoat bilan o‘qishdan kechikib qolibman. Sizlar guvohsizlar, xurmozorim miskinlarga sadaqa», dedilar. U zot qilgan ishiga kafforat bo‘lishi uchun shunday qildilar».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:40:56
Hikoya

Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning shayxi Ubaydulloh ibn Umar Qovariydan rivoyat qilinadi: «Men hamisha xufton namozini jamoat bilan o‘qir edim. Bir kecha uyimga mehmon keldi. U bilan ovora bo‘lib, jamoat namozini o‘tkazib yubordim. Basra masjidlarini aylanib chiqdim. Barcha kishilar xuftonni o‘qib bo‘lgan, masjidlar yopilgan edi. Uyimga qaytdim va o‘zimga o‘zim jamoat namozining darajasi yolg‘iz bo‘lib o‘qilgan namozdan 27 barobar ziyoda bo‘ladi, dedim-da, xuftonni yigirma yetti marta o‘qidim. So‘ng uxladim. Tush ko‘ribman, go‘yo otliqlar bilan birga ekanman. Mening ham otim bo‘lib, biz kimo‘zar o‘ynayotgan ekanmiz. Men otimni choptirar, biroq ularga yeta olmas edim. Shunda ulardan biri menga burilib qarab: «Otingni qiynama, baribir bizlarga yeta olmaysan», dedi. «Nima uchun?» deb so‘rasam: «Chunki biz xuftonni jamoat bilan o‘qidik, sen esa yolg‘iz o‘zing o‘qiding», deb javob berdi. Men uyg‘onib ketdim va ko‘rgan tushimdan g‘amgin bo‘lib qoldim».

Allohdan tafviq va madad tilaymiz. Albatta, U saxiy, marhamatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:41:16
O‘n oltinchi gunohi kabira
JUMA NAMOZINI TARK ETISHGA ODATLANISH

Alloh taolo buyuradi:

«Ey mo‘minlar, qachon jum’a kunidagi namozga chorlansa (ya’ni, azon aytilsa), darhol Allohning zikriga (ya’ni, jum’a namozini ado qilish uchun) shoshib boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar! Agar biladigan bo‘lsangizlar mana shu (ya’ni, Allohning zikriga — jum’a namozini o‘qishga shoshilish) o‘zlaringiz uchun yaxshiroqdir» (Jum’a surasi, 9).

Hafsa (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jumaga borish har bir balog‘atga yetgan kishiga vojibdir» (Nasoiy rivoyati).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jumaga bormaydigan kimsaga qarata: «Bir kishiga odamlarga namoz o‘qib berishni buyurib, keyin jumaga kelmaydigan kishilarning uylarini yoqib yuborishni xohlardim», dedilar» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:41:25
Abu Hurayra va Ibn Umar roziyallohu anhulardan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Yo odamlar jumani tark etishdan to‘xtaydilar, yoki Alloh ularning qalbini muhrlab qo‘yadi. So‘ng ular g‘ofillardan bo‘lib qolurlar» (Muslim rivoyati).

Abu Ja’d Zamriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki beparvolik bilan uchta jumani tark etsa, Alloh uning qalbini muhrlab qo‘yadi» (Termiziy, Ibn Huzayma, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlarki: «Kimda-kim uchta jumani tark etsa, Islomni orqasiga uloqtirgan bo‘ladi» (Abu Ya’lo rivoyati).

Allohdan O‘zi suygan va rozi bo‘lgan narsalarga muvaffaq qilishini so‘raymiz. Albatta, U saxiy, marhamatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:42:13
O‘n yettinchi gunohi kabira
ERKAKLARNING TILLA TAQISHLARI VA IPAK KIYISHLARI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki dunyoda ipak kiysa, oxiratda kiymaydi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Bu hukm barcha erkaklarga taalluqli. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Tilla va ipak kiyish ummatimning erkaklariga harom, ayollarga esa halol qilindi» (Termiziy rivoyati).

Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni tilla va kumush idishda ichish va yeyishdan, ipak va diyboj (kimxob) kiyish va unga o‘tirishdan qaytardilar» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:42:26
Qaysi erkak ipak kiyishni halol deb bilsa, u kofirdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam esa faqatgina qichima, qo‘tir yoki boshqa kasali bor odamlarga va dushman bilan olishayotgan jangchilarga ipak kiyishga ruxsat berganlar. Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Zubayr va Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhumo qichima bo‘lganlari sababli, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga ipak kiyishga ruxsat berdilar» (Muttafaqun alayh).

Biroq erkaklarning ziynat uchun ipak kiyishlari haromligiga musulmonlar ijmo’ qilishgan. Tarkibining ko‘p qismini ipak tashkil etgan kiyimlar ham haromdir.

Shuningdek, erkaklarga tilla buyumlardan foydalanish ham haromdir. Binobarin, tilla uzuk, tilla ayil, tilla dastali qilich ishlatish ham mumkin emas. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kishining qo‘lida tilla uzukni ko‘rib, uni yechib olib: «Sizlardan bir kishi do‘zaxdan bir bo‘lak cho‘qqa intiladi-da, uni qo‘liga taqib oladi», deganlar (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:42:33
Zar jiyakli, tilla bilan oro berilgan liboslarni kiyish ham erkaklar uchun haromdir.

Ulamolar yosh bolaning tilla va ipak kiyishi joiz-nojoizligi xususida ixtilof qilishgan. Bir toifa ulamolar bunga ruxsat bergan bo‘lsalar, qolganlari joiz emas, deb bilganlar va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisini hujjat qilib keltirganlar: «Bu ikkisi (ya’ni, tilla va ipak) erkak ummatimga haromdir» (Abu Dovud rivoyati).

Hadisi sharifdagi hukm yosh bolalarga ham taalluqli. Bu Imom Ahmad va boshqa ulamolarning fikridir.

Allohdan O‘zi suygan va rozi bo‘lgan narsalarga muvaffaq etishini so‘ramiz. Albatta, U saxiy, marhamatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:43:00
O‘n sakkizinchi gunohi kabira
AYOLLARNING ERKAKLARGA, ERKAKLARNING AYOLLARGA O‘XSHASHLARI

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni va erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni la’natladilar» (Buxoriy, Abu Dovud rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayolsifat erkaklarni va erkakshoda ayollarni la’natlaganlar» (Buxoriy rivoyati).

Kiyinish va gapirishda erkaklarga o‘xshaydigan ayollarga erkakshoda ayollar deyiladi. Bir rivoyatda: «Alloh erkakshoda ayollarni la’natladi», deyilgan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:43:15
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar kiyimini kiyadigan erkakni va erkaklar kiyimini kiyadigan ayolni la’natladilar» (Abu Dovud, Nasoiy, Hokim).

Agar ayol kishi erkaklarga xos bo‘lgan liboslarni kiysa, u o‘zini erkaklarga o‘xshatgan hisoblanadi va Alloh va Rasulining la’natiga duchor bo‘ladi. Eri ham agar uning shunday yurishiga imkon bersa (ya’ni, rozi bo‘lsa va uni qaytarmasa) mal’undir (la’natlangandir). Chunki u ayolini Allohga itoat etishga undashi va gunoh ishlardan qaytarishi lozim. Zero, Alloh taolo aytganki:

«Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli-oilalaringizni do‘zaxdan saqlangizki, uning o‘tini odamlar va toshlardir» (Tahrim surasi, 6).

Ya’ni, ularga odob va ta’lim bering, Allohga itoat etishga buyurib, gunoh ishlardan qaytaring, o‘zingizga ham xuddi shunday munosabatda bo‘ling, deyilmoqda.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:43:22
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Har biringiz nozir va o‘z ra’iyatiga mas’uldir. Erkak kishi o‘z ahli oilasiga nozir va qo‘l ostidagilarga mas’uldir» (Muttafaqun alayh).

Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Erkaklar ayollarga itoat etgan vaqtlarida halok bo‘ldilar» (Hokim rivoyati).

Hasan roziyallohu anhu aytganlar: «Allohga qasamki, kishi xotiniga uning havoyi nafsi tilagan narsalarda itoat etsa, Alloh taolo uni do‘zaxga uloqtiradi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Men ko‘rmagan ikki toifa borki, ular do‘zax ahlidandir: Sigir dumiga o‘xshash qamchilari bo‘lib, u bilan odamlarni uradigan toifa hamda kiyim kiygan yalong‘och, yo‘ldan uruvchi, yo‘ldan ozgan ayollar. Ularning boshlari tuyaning o‘rkachi kabi. Ular jannatga kirmaydilar, uning hidini ham topmaydilar. Holbuki, uning hidi muncha-muncha yo‘llik masofadan kelib turadi» (Muslim rivoyati).

Kiyim kiygan — Allohning ne’matlariga musharraf bo‘lgan, lekin yalong‘och — Unga shukr qilmaydigan ayollar yoki badanining shakli va rangi bilinib turadigan darajada yupqa va tor kiyadigan ayollar, deganidir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:43:30
Nofe’ roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Ibn Umar va Abdulloh ibn Amrlar Zubayr ibn Abdulmuttalibning huzurida edilar. Bir vaqt yelkasiga kamon osgan ayol qo‘ylarini haydab o‘tib qoldi. Abdulloh ibn Umar undan: «Sen erkakmisan yo ayol?» deb so‘radilar. «Ayolman», dedi u. Ibn Umar Ibn Amrga o‘girildilar-da: «Alloh taolo Payg‘ambar tili orqali erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni va ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni la’natlagan», dedilar».

Ko‘chaga chiqqanda nomahramlarga zeb-ziynat va taqinchoqlarini ko‘rsatib yuradigan, mushk-anbar va har xil xushbo‘yliklar bilan o‘ziga oro beradigan hamda kalta va tor liboslar kiyadigan ayollar ham mal’undirlar. Bu ishlarning barchasini, ya’ni, o‘zini bozorga solib, jamolini ko‘z-ko‘z qilib yurishni Alloh taolo yomon ko‘radi. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, ko‘p ayollar shaytonning tuzog‘iga ilingandirlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ular haqida: «Do‘zaxga boqib, uning ko‘pchilik ahli ayollar ekanligini ko‘rdim», deganlar (Muslim rivoyati).

Yana u zot sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «O‘zimdan keyin erkaklar uchun ayollardan ko‘ra zararliroq fitna qoldirmadim» (Muslim rivoyati).

Alloh taolodan bizni ayollar fitnasidan saqlashini va O‘z fazlu marhamati ila ularni ham, bizni ham isloh etishini so‘raymiz.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:43:53
O‘n to‘qqizinchi gunohi kabira
KIBR VA MANMANLIK BILAN KIYIMLARINI SUDRAB YURISH

Alloh taolo aytadi:

«Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girmagin va yerda kibru havo bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas» (Luqmon surasi, 18).

Ya’ni, Alloh taolo o‘zini boshqalardan ustun qo‘yadigan, hech kimni mensimaydigan, gerdayib yuradigan va maqtanchoq kimsalarni yoqtirmaydi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «To‘piqdan pastga tushgan izor (ishton) olovdadir» (Buxoriy rivoyati).

(Izoh: Bu o‘rinda e’tibor beriladigan muhim jihat shim pochasining to‘piqdan pastga tushirib yurish emas, balki kibr qilmaslikdir. Bir zamonlarda izorni sudrab kiyish kiborlarga xos illat bo‘lgan. Keyinchalik esa, kibr alomatlari ko‘payib ketdi. Hatto, kishilar pochasini to‘pig‘idan balandga ko‘tarib olgani bilan boshqalarga manmanlik qiladigan bo‘ldi. Quyida keltirilayotgan hadislar, xususan, Abu Bakr roziyallohu anhuning Nabiy alayhissalomga izorlari tushib ketayotganidan shikoyat qilganlari va Rasuli akramning: «Siz bu ishni manmanlik bilan qiladiganlardan emassiz», deganlari izorning to‘piqdan pastga tushirmaslikdan asl murod kibr qilmaslik ekanini ochiq ayon qiladi. — Muharrir.)
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:44:03
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh izorini takabburlik bilan sudrab yurgan kimsalarga qiyomat kunida qaramaydi» (Buxoriy, Muslim va Molik rivoyati).

Abu Zarr roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uch marta: «Uch toifa odamlar borki, Alloh qiyomat kunida ularga gapirmaydi, ularga qaramaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi va ularga alamli azob bo‘ladi», dedilar. Men: «Yo Rasululloh, bu baxtsiz, ziyonkor kimsalar kim?» deb so‘ragan edim: «Kiyimini uzun qilib, yerga sudrab yuruvchi, minnatchi va yolg‘on qasam bilan molini o‘tkazuvchi kimsalar», deya javob berdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi yangi kiyimlarda o‘zidan mast bo‘lib (g‘ururlanib), sochini tarab, gerdayib yurib ketayotgan edi. To‘satdan Alloh uni yerga yutdirib yubordi. U endi qiyomat kunigacha yer qa’riga kirib ketaveradi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh kiyimini manmanlik bilan sudrab yurgan kimsaga qiyomat kunida qaramaydi» (Molik, Buxoriy va Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:44:13
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Izor, ko‘ylak va sallani uzun qilib, yerga sudrab yurishadi. Kimki biron-bir narsani manmanlik bilan yerga sudrab yursa, Alloh unga qiyomat kunida qaramaydi» (Abu Dovud, Nasoiy rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonning izori boldirining o‘rtasiga tushib turadi. To‘piqqacha bo‘lsa ham zarari yo‘q. To‘piqdan past bo‘lgani esa, olovdadir» (Abu Dovud rivoyati).

Bu hukm shim, ko‘ylak, to‘n va boshqa barcha liboslarga taalluqlidir.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi uzun izorda namoz o‘qiyotgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Borib boshqatdan tahorat ol!» dedilar. U borib boshqatdan tahorat olib keldi. Yana unga: «Borib boshqatdan tahorat ol!» dedilar. Bir kishi u zotga: «Yo Rasululloh, nima uchun unga tahorat olishni buyuryapsiz?» dedi-da, so‘ng jimib qoldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «U uzun izorda namoz o‘qiyotgan edi. Alloh esa uzun kiyimli kishining namozini qabul qilmaydi», dedilar (Abu Dovud rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kimki libosini manmanlik bilan yerga sudrab yursa, Alloh unga qiyomat kunida qaramaydi», deganlarida, Abu Bakr roziyallohu anhu: «Yo Rasululloh, izorim shalvirab qolgan, ushlab yurmasam pastga tushib turadi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotga: «Siz bu ishni manmanlik bilan qiladiganlardan emassiz», dedilar (Buxoriy rivoyati).

Ey Allohim, bizga go‘zal lutf marhamating ila muomalada bo‘l. Ey rahmlilarning rahmlirog‘i, O‘zing bizga rahm qil.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:44:35
Yigirmanchi gunohi kabira
MUSIBAT CHOG'IDA HADDIDAN OSHISH

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Yuzlariga uradigan, yoqalarini yirtadigan va johiliyat da’volari bilan baqirib-chaqiradigan kimsalar bizdan emas» (Buxoriy rivoyati).

Abu Burda roziyallohu anhu aytadilar: «Abu Muso Ash’ariy dardga chalindilar. Boshlarini ayolining tizzasiga qo‘ygan holda hushlaridan ketdilar. Ayoli zorlanib dod-voy qila ketdi. Uni biron yo‘sin bilan qaytarishga qurblari yetmadi. O‘zlariga kelgach: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pok-begona bo‘lgan kimsalardan pokman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa, musibat chog‘ida dod-voy solib baqiradigan, sochlarini yuladigan va kiyimlarini yirtadigan ayollardan pokdirlar», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Mazkur hadisda bayon qilingan noo‘rin xatti-harakatlar harom ekanligiga ulamolar ittifoq qilishgan. Xuddi shuningdek, sochini yoyib olish, yanoqlariga shapatilash, yuzini yumdalash va o‘ziga o‘lim — halokat tilash ham haromdir.

Ummu Atiyya (roziyallohu anho) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizdan bay’at chog‘ida dod-voy solib yig‘lamaslikka ahd olganlar» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:44:46
Sarvari olam sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Insonlar o‘zlaridagi narsa sababli kofir bo‘ladilar, nasabga ta’na qilish va mayyitga dod-voy solib yig‘lash» (Muslim rivoyati).

No‘mon ibn Bashir roziyallohu anhu aytadilar: «Abdulloh ibn Ravoha hushlaridan ketdilar. Singlisi yig‘lab: «Ey tog‘im, ey falonim, ey fistonim», deya sanay ketdi. U zot hushlariga kelgach: «Sen nima degan bo‘lsang, mendan «Sen shunaqamisan?» deb so‘rashdi», dedilar».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Dod-voy solib yig‘laganliklari sababli mayyit qabrida azoblanadi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi odam o‘lsa-yu, uning yig‘lovchilari: «Ey suyangan tog‘im, ey sayyidim», desa yoki shu kabi so‘zlarni aytsa, mayyitga ikki farishta vakil qilinadi-da, ko‘kragidan itarishib: «Sen shunaqamisan?» deb so‘rashadi» (Termiziy rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana aytganlar: «Dod solib yig‘lovchi ayol agar o‘lmasidan oldin tavba qilmasa, qiyomat kunida qatrondan (qora yelimdan) ko‘ylak va qora qo‘tirdan sovut kiygan holda turg‘aziladi» (Muslim va Ibn Moja rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:44:53
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Men ikki ahmoqona, gunohkorona ovozdan qaytarildim: xursandchilik vaqtdagi ovoz — o‘yin-kulgi va shayton surnayi (nag‘masi) hamda musibat chog‘idagi ovoz, yuzni yumdalab, yoqani yirtish va zorlanish» (Termiziy rivoyati).

Abu Said Xudriy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dod solib yig‘lovchi va unga quloq soluvchi ayollarni la’natlaganlar» (Abu Dovud rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ikki ovoz dunyo va oxiratda la’natlangandir: ne’mat — xursandchilik vaqtidagi nag‘ma va musibat chog‘idagi zorlanish» (Bazzor rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, dod solib yig‘lovchilar qiyomat kuni jahannamda ikki qator qilib teriladi. Biri o‘ng tarafda, ikkinchisi chap tarafda. Ular do‘zax ahliga qarab xuddi itlar singari akillaydilar.

Avzo’iy aytadilar: «Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir hovlida yig‘i ovozini eshitib, u yerga kirdilar. Yonlarida sherigi ham bor edi. U yerdagi ayollarni turtib-surib o‘tib, dod solib aytib yig‘lovchi ayolning oldiga bordilar-da, uni urdilar. Ayolning ustidan yopinchig‘i tushib ketdi. «Ur uni, — dedilar. — U dod solib yig‘lovchidir, behurmatdir. U sizlarning qayg‘ularingizga sherik bo‘lib yig‘layotgani yo‘q, balki pullaringizni olish uchun ko‘z yoshlarini to‘kyapti. U qabrlardagi o‘liklaringizga ozor beradi. Chunki u sabrdan qaytaradi, holbuki, Alloh sabrga buyurgan. U betoqatlikka buyuradi, holbuki Alloh undan qaytargan».

Dod solib yig‘lash — ovozda mayyitning yaxshi xislatlarini sanab yig‘lashdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:45:07
Fasl

Dod solib yig‘lovchi ayol betoqatlikka targ‘ib qilib, sabrdan qaytarganligi sababli malomat va azobga giriftordir. Holbuki, Alloh va Rasuli sollallohu alayhi vasallam sabrga va savob umid qilishga buyurib, betoqatlik va g‘azablanishdan qaytargan.

«Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar! Albatta Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir» (Baqara surasi, 153).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Alloh taolo: «Men sizlar bilan birgaman, sizlarga yordam beraman, o‘z holingizga tashlab qo‘ymayman», deyapti».

«Va, albatta, sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Biror musibat kelganda: «Albatta, Biz Allohning (bandalarimiz) va, albatta, biz U zotga qaytguvchilarmiz», deydigan sabrli kishilarga xushxabar bering! Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordir. Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir» (Baqara surasi, 155—157).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:45:13
«Sizlarni imtihon qilamiz» jumlasining ma’nosi «sizlarga imtihon qiluvchidek muomalada bo‘lamiz», deganidir. Chunki Alloh taolo barcha ishlarning oqibatini biladi, oqibat — natijani bilish uchun imtihon qilib ko‘rishga muhtoj emas. Endi kimki sabr qilsa, sabriga yarasha savob oladi, sabr qilmasa, savobga ega bo‘lmaydi.

«... xavfu xatar va ochlik bilan», degani dushman xavfi hamda ocharchilik va qurg‘oqchilik bilan, deganidir.

Molga ziyon yetishi, talofatga uchrashi, chorvalarning halok bo‘lishi molni kamaytirish bo‘lsa, o‘lish, qatl etilish, kasalga chalinish va keksayish jonni kamaytirishdir. Meva-chevalarni kamaytirish esa meva-chevayu, ekin-tikinlarga ofat yetishi, hosilning kamayib ketishi bilan bo‘ladi.

Oyat musibatlarga sabr qilgan kishi Alloh taoloning savobiga musharraf bo‘lishi haqidagi xushxabar bilan xotimalangan. Ushbu baxtiyor zotlar mazkur musibatlardan birontasiga duchor bo‘lgan vaqtlarida: «Albatta, biz Allohning bandalarimiz va, albatta, biz U zotga qaytguvchilarmiz», deyishadi. Ya’ni, biz Allohning qullarimiz, bizning ustimizda xohlagandek tasarruf qiladi va biz oxir oqibat U zot huzuriga, hukmiga qaytamiz.

Said ibn Musayyabdan rivoyat qilindiki, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytdilar: «Naqadar yaxshi ikki bashorat va qanday ham yaxshi ilova. «Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordir» — bu ikki bashorat, «Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir» — bu ilova».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:45:22
Said ibn Jubayr aytganlar: «Darhaqiqat, musibat chog‘ida bu ummatga ilgarigi payg‘ambarlarga berilmagan narsa — «Albatta, biz Allohning (bandalarimiz) va, albatta, biz U zotga qaytguvchilarmiz» iborasi berilgan. Mabodo payg‘ambarlarga berilganda edi, Yo’qub alayhissalomga ham berilgan bo‘lardi. U zot o‘g‘lini yo‘qotganda: «Ey bechora Yusuf-a», degan edilar (Yusuf surasi, 84).

Ulamolar aytishganki: «Baland ovozda quyushqondan chiqib yig‘lash haromdir. Dod-voy solmasdan, qichqirmasdan yig‘lash harom emas».

Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhuni ko‘rgani bordilar. Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos va Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhumlar ham u zot bilan birga edilar. Rasuli akram ko‘zlariga yosh oldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yig‘laganlarini ko‘rib, ular ham yig‘lashdi. U zot: «Eshitmayapsizlarmi? Alloh ko‘z yoshi va qalb mahzunligi sababli azoblamaydi. Lekin bu tufayli azoblaydi yoki rahm qiladi», dedilar-da, tillariga ishora qildilar (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qizlarining o‘g‘lini olib kelishdi. Bola o‘lim holatida edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlaridan yosh quyildi. Sa’d u zotdan: «Yo Rasululloh, bu nimasi?» deb so‘ragan edi: «Bu Alloh taolo bandalarining qalbiga joylab qo‘ygan rahmatdir. Alloh rahmdil bandalariga rahm qiladi», deya javob berdilar (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:45:32
Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farzandi Ibrohimning oldiga kirdilar. U zo‘rg‘a nafas olar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlaridan yosh quyildi. Abdurahmon ibn Avf u zotdan: «Yo Rasululloh, siz ham yig‘laysizmi?» deb so‘ragan edi, «Ey Ibn Avf, u rahmatdir», dedilar va yig‘lagan ko‘yi so‘zlashda davom etdilar: «Ko‘z yosh to‘kadi, qalb g‘amgin bo‘ladi, biz faqat Parvardigorimiz rozi bo‘ladigan so‘zni aytamiz, Ey Ibrohim, biz sendan judo bo‘layotganimizdan mahzunmiz» (Buxoriy rivoyati).

«Mayyit yaqinlarining yig‘isi sababli azoblanadi», degan sahih hadisning zohiri olinmaydi, balki ta’vil qilinadi. Ulamolar uning ta’vili xususida turli fikrlarni bildirishgan. Ularning orasida asoslirog‘i — mayyitning o‘zi yig‘lashni vasiyat qilgan yoki boshqa bir sababi bo‘lgan bo‘lsagina azoblanadi.

Mayyitning o‘lishidan oldin ham, keyin ham yig‘lash joiz. Quyidagi sahih hadisga binoan esa oldin yig‘lagan durustroq. «Agar biron kishi vafot etsa, hech kim yig‘lamasin».

Imom Shofe’iy va ashoblari mazkur hadis karohatni ifodalaydi, deb ta’vil qilishgan va mayyit o‘lganidan keyin yig‘lashni makruh deb bilishgan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:45:41
Fasl
Ta’ziya xususida


Amr ibn Hazm roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi bir mo‘min musibat yetgan birodariga ta’ziya bildirsa, Alloh unga qiyomat kuni ulug‘lik libosini kiygazadi» (Ibn Moja rivoyati).

Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fotima roziyallohu anhodan: «Ey Fotima, uyingdan chiqishga seni nima majbur qildi?» deb so‘ragan edilar, qizlari: «Yo Rasululloh, mana bu mayyitning ahli-yaqinlariga borib, mayyitga (Allohning) rahmatini tiladim va ularga ta’ziya izhor qildim», deya javob berdilar» (Abu Dovud rivoyati).

Rivoyatlarda kelishicha, musibatzadaga ta’ziya bildirgan kishi musibatzadaning ajri miqdoricha ajrga ega bo‘ladi; eridan tul qolgan xotinga ta’ziya bildirgan kishiga jannat to‘ni kiydiriladi.
Ta’ziya sabrga undash va musibatni yengillatadigan, qayg‘uni aritadigan so‘zlar bilan tasalli berishdir. U amri ma’ruf va nahiy munkarni o‘z ichiga olganligi bois mustahab bo‘lib, «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz» (Moida surasi, 2) oyati karimasini amalda tadbiq qilishning bir ko‘rinishidir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:45:50
Dafn marosimidan oldin ham, keyin ham ta’ziya bildirish mustahab hisoblanadi.

Imom Shofe’iy ashoblari: «Mayyit o‘lgan paytdan dafn qilinganining uchinchi kunigacha ta’ziya bildirish lozim», deyishgan bo‘lsa, bizning ashoblarimiz: «Uch kundan keyin ta’ziya bildirish makruh. Chunki ta’ziya musibatzadaning qalbini tinchlantiruvchi vosita bo‘lib, odatda, uch kundan keyin qalb tinchlangan bo‘ladi. Uning qayg‘usini yangilashning esa keragi yo‘q», deganlar.

Abu Abbos aytganlarki: «Uch kundan keyin ham ta’ziya bildirilsa bo‘laveradi. Uning vaqti cheklanmagan».

Navaviy aytganlar: «Bu boradagi muxtor (tanlangan, mo‘’tabar) gap shuki, uch kundan keyin ta’ziya bildirilmaydi. Mabodo, ta’ziyachi yoki musibatzoda dafn vaqtida yo‘q bo‘lib, uch kun o‘tgandan so‘ng kelsa, unda ta’ziya bildiriladi».

Dafn qilingandan keyin ta’ziya bildirish ma’qulroq. Chunki mayyitning yaqinlari to dafn qilinguncha, o‘likni jihozlash ishlari bilan ovora bo‘ladilar. Shuningdek, dafn qilingandan so‘ng ularning qayg‘ulari kuchayadi. Agar ular betoqat, besabr bo‘lsalar, ularni tinchlantirish uchun dafndan oldin ham ta’ziya bildirsa bo‘laveradi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:46:00
Mayyitning yaqinlari ta’ziya bildiruvchilarni qabul qilish uchun bir uyda yig‘ilib turishlari makruh. Bu hukm erkagu ayollarga birdek tegishli. Ular o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishlari kerak.

Ta’ziya duosi esa mashhurdir.
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumo aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qizlaridan biri u zotga o‘zining go‘dagi o‘lim holatida ekanini bildirib, odam yubordi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam xabarchiga: «Borib unga ayt: «Albatta olgan narsasi Alloh taolonikidir. Bergani ham Uning O‘zinikidir. Va har bir narsa Uning huzurida aniq vaqt — o‘lchov bilandir. Unga buyurginki, sabr qilib umid etsin», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Imom Navaviy aytadilar: «Ushbu hadis din asoslari (aqida) va furu’laridan (shar’iy hukmlar) sanalib, har xil musibat, kasallik va g‘am-tashvishga mubtalo bo‘lganda o‘zini tutish va sabr qilishdan iborat juda ko‘plab muhim masalalarni o‘z ichiga olgan ulkan Islom qoidalaridan biridir. «Olgan narsasi Allohnikidir» jumlasining ma’nosi shuki, butun olam Alloh taoloning mulkidir. Binobarin, U zot sizlarga tegishli narsani olgani yo‘q. Aksincha, sizlarga omonat qo‘ygan O‘zining narsasini oldi xolos. «Bergani ham Uning O‘zinikidir», degani, sizlarga bergan narsasi Uning tasarrufidan chiqdi, degani emas. U baribir Allohniki bo‘lib qolaveradi, uning ustida xohlagan ishini qiladi. «Va har bir narsa Uning huzurida aniq vaqt — o‘lchov bilandir». Ya’ni, talvasaga tushmanglar, besabrlik qilmanglar. Zero, ajali yetgan har bir inson o‘ladi. Belgilangan ajal — vaqtni oldinga surib ham, kechiktirib ham bo‘lmaydi. Agar bularning barchasini bilgan bo‘lsangiz, u holda o‘zingizga yetgan musibatga sabr qiling va savobga umid bog‘lang. Vallohu a’lam».

Ali roziyallohu anhu Ash’as ibn Qaysga: «Agar sen iymon keltirgan va savob umid qilgan holda sabr etsang, sabr etding. Bo‘lmasa sen ham, hayvon yupangandek yupanib qolasan», dedilar.

Bir donishmand musibatga uchragan kishiga maktub yozdi: «Judo bo‘lgan narsang sendan ketib bo‘ldi. Endi uning o‘rniga berilgan narsa — ajrdan ham mahrum bo‘lib qolmagin».

Bir zot aytgan ekanki: «Oqil kishi musibatning birinchi kunida johil besh kundan keyin qiladigan ishlarni qiladi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:46:15
Ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan musibatga uchragan kishi ko‘nikib, ovunib boradi. Shuning uchun shariatda musibatning ilk zarbasiga yo‘liqqan zahoti sabr qilishga buyurilgan.

Abdurahmon ibn Mahdiy farzandi o‘lib, qattiq talvasaga tushib qoldi. Bu xabarni eshitgan Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh u kishiga quyidagicha maktub yozdilar: «Ey birodar, boshqalarni yupatgan so‘zlaringiz bilan o‘zingizni yupating, o‘zgalarning xatti-harakatlaridagi noma’qul deb bilgan jihatlaringizni o‘z ishlaringizda ham bema’ni deb hisoblang. Bilib olingki, eng achchiq musibat — shodlikning yo‘qolishi va ajrdan mahrum bo‘lishdir. Agar bu ikkisiga gunoh ham kelib qo‘shilsa, qanday bo‘lar ekan?! Ey birodar, siz talab qilmasdan turib, ajrning o‘zi yoningizga kelgan ekan, uni quchoq ochib kutib oling. Zero, marhumingizdan ayrilib bo‘ldingiz. Alloh musibatlar chog‘i sizga sabr bersin, sabr tufayli sizga ham, bizga ham ajr bersin».

So‘ng quyidagi she’rni bitdilar. Ma’nosi:
Hayotga unchalik ishonchim yo‘g‘-u,
Lek sunnat, deb qildim, ta’ziya izhor.
Mayyitdan so‘ng uning yaqinlari-yu
Ta’ziya aytgan ham o‘limga duchor.


Bir kishi o‘g‘li o‘lgan birodariga ta’ziya bildirib xat yozdi:
«...Farzand, modomiki hayot ekan, otasi uchun g‘am-tashvish va fitnadir. Agar otasi qarib qolsa, u duo va rahmatdir. Uning g‘am-tashvishi-yu, fitnasidan ayrilib qolganingizdan ko‘p siqilmang. Alloh taolo uning duosi va rahmatining o‘rniga bergan narsasidan (ya’ni ajrdan) mahrum bo‘lib qolmang».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:46:22
Muso ibn Mahdiy o‘g‘li vafot etgan Ibrohim ibn Salamaga ta’ziya bildirib dedi: «Balo va fitnadan qutilganingizga xursand, duo va rahmatdan mahrum bo‘lganingizga esa xafa bo‘ling».

Bir kuni boshqa kishiga ta’ziya bildirib dedi: «Oxiratda ajr beriladigan kishi dunyoda shodlik va quvonch beriladigan kishidan ko‘ra yaxshiroqdir».

Rivoyat qilinishicha, Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo o‘g‘lini dafn qilib, so‘ngra kuldilar. U kishidan: «Qabr tepasida ham kulasizmi?» deb so‘rashgan edi: «Shaytoning burnini yerga ishqalashni xohladim», deya javob berdilar.

Ibn Jurayj roziyallohu anhu dedilar: «Musibat chog‘ida ajr va savob umidida tasalli topmagan kimsa xuddi hayvonlar tinchlangandek tinchlanadi».

Hamid A’rojdan naql qilinadi: Said ibn Jubayr roziyallohu anhu o‘g‘liga qarab turib: «Men sendagi yaxshi xususiyatni bilaman», dedilar. O‘sha yerdagilar: «U nima?» deb so‘rashgan edi, «U vafot etib, savobini umid qilishim», deya javob berdilar.

Bir kishi o‘g‘lidan xafa bo‘lib Hasan Basriyga shikoyat qildi. Hasan roziyallohu anhu u kishidan: «O‘g‘lingiz g‘oyib bo‘lib turadimi?» deb so‘ragan edi, u: «Ha, ko‘pincha g‘oyib bo‘ladi», deya javob berdi. U zot: «O‘g‘lingiz sizdan uzoqda yuraversin. Zero, u g‘oyib bo‘lgan sayin sizning ajringiz ziyodalashaveradi», deya maslahat berdilar. Haligi kishi: «Ey Abu Said, o‘g‘limga nisbatan saqlagan kekimni tarqatib yuborayozdingiz», deb minnatdor bo‘ldi.
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:46:37
Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhu bemor yotgan o‘g‘lining oldiga kirib: «Ey o‘g‘ilginam, o‘zingni qanday his qilyapsan?» deb so‘ragan edi, o‘g‘li: «Haq yo‘lda barqarorman», deya javob berdi. U zot roziyallohu anhu: «Ey o‘g‘ilginam, men uchun mening mezonimda bo‘lishing, sening mezoningda bo‘lishimdan ko‘ra suyukliroq», dedilar. Shunda o‘g‘li: «Ey otajon, men uchun siz yaxshi ko‘rgan narsa bo‘lishi men suygan narsa bo‘lishidan ko‘ra suyumliroq», deb javob berdi.

Imom Shofe’iy hazratlari o‘g‘li vafot etganda, quyidagi baytni o‘qigan ekanlar:
Dunyo shunday ekan, sabr qil,
Yo moldan judolik, yo habibingdan.


Urva ibn Zubayr roziyallohu anhu Muhammad ismli, xushsurat o‘g‘li bilan Valid ibn Abdumalikning huzuriga yo‘l oldi. Valid olachipor kiyimda, qo‘llari bilan kiyim bog‘ichlarini o‘ynayotgan bolaga qarab: «Quraysh yigitlari mana shunday bo‘ladi», deb unga suqlandi va ko‘zi tegdi. O‘g‘lon uning oldidan behol bo‘lib chiqdi. Chorvalar bog‘langan joyda yiqilib, podaning tagida qolib ketdi. Bola o‘ldi.

Urvaning bir oyog‘i qorason bo‘lib, boldiridan kesib tashlandi. U ancha qarib qolgan edi. Shu kechasi u zorlanib duo qilmadi. Faqatgina: «Bu safarimizdan nasib qilgani shu ekan», deb qo‘ydi xolos va quyidagi misralarni o‘qidi:
Qasamki, shu yengil kaftlarim meni
Shubhali ishlarga tortqilagan yo‘q.
Guvohlik bersinlar oyoqlarim ham,
Zino-yu, faxshlarga yetaklagan yo‘q.
Qulog‘im-u ko‘zim, fikrim-u aqlim,
Ma’siyat va gunoh birla olishgan.
Menga va o‘g‘limga yetgan musibat
Qancha yigitlarning boshiga tushgan.


So‘ngra u zot roziyallohu anhu munojot qilib dedilar: «Ey Allohim, meni sinagan ekansan, aslida salomat qilibsan. Olgan ekansan, yana qoldiribsan. Bir a’zoni olib ko‘p a’zolar qoldirding. Bir farzandni olib, ko‘p farzandlar qoldirding».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:46:46
Xuddi shu kechasi Validning oldiga Bani Abaslik ko‘r kishi keldi. Undan qanday qilib ko‘r bo‘lib qolgani haqida so‘ragan edi, boshidan o‘tganini so‘zlab berdi:

«Dunyoda o‘zimdan ko‘ra badavlatroq abaslik kishi yo‘q edi. Bir kechasi darada tunab qoldim. Tunda sel kelib, butun ahlim, bola-chaqam, mol-holimni oqizib ketdi. Faqat bir bolam bilan, bir tuyam qoldi. Tuya qaysarlik qilib qochib ketdi. Uning ortidan quvlay boshladim. Bir oz yurgan edim, bolamning chinqirgani qulog‘imga chalindi. Qaytib kelib ne ko‘z bilan ko‘rayki, bir bo‘ri jigarbandimni g‘ajib tashlabdi. Bo‘rini o‘ldirdim. Keyin tuyani ushlash uchun orqasidan borgan edim, qo‘qqisdan yuzimga tepdi. Ko‘zim ko‘r bo‘lib qoldi. Shunday qilib butun ahli oilam va mol-mulkimdan ayrildim».

Shunda Valid: «Buni Urvaning oldiga olib boringlar. Toki u yer yuzida o‘zidan ko‘ra qattiqroq musibatga uchragan kishi ham borligini bilib qo‘ysin», deb buyurdi.

Usmon roziyallohu anhuga hamla qilib, jarohat yetkazganlarida, soqollari qonga bo‘yalgan holda shunday degan edilar: «Sendan o‘zga hech qanday iloh yo‘q. Sen barcha aybu nuqsonlardan poksan. Men zolimlardan bo‘lib qoldim. Ey Allohim, ularga qarshi O‘zingdan madad tilayman, barcha ishlarimda yordamingga muhtojman va bu sinovlaringda O‘zing meni sabrli qilgin».

Madoiniy aytadilar: «Men sahroda (sahroiy arablar maskanida) bir ayolni uchratib qoldim. Uningdek go‘zal va rangi tiniq ayolni sira ko‘rmagan edim. Undan: «Shodlik sababli shu qadar go‘zalmisan?» deb so‘ragan edim, u: «Yo‘q, Allohga qasamki, bunday emas. Men g‘am va qayg‘uga nishonman. Boshimdan o‘tganini senga so‘zlab beraman. Mening erim va ikki o‘g‘lim bor edi. Otasi qurbonlik kunida bir qo‘yni qurbonlikka so‘ydi. Bolalar nariroqda o‘ynab yurishgan edi. Kattasi kichigidan: «Otam qo‘yni qanday qilib so‘yganini ko‘rsataymi?» deb so‘ragan edi, u: «Ha», dedi. U bilmay ukasini so‘yib qo‘ydi va qonni ko‘rib qo‘rqib toqqa qochib ketdi. U yerda bo‘riga yem bo‘ldi. Otasi uni qidirib ketdi va adashib, tashnalikdan vafot etdi. Shunday qilib men erim va ikki farzandimdan ayrildim», deya javob berdi. Undan: «Qanday qilib sabr qilyapsan?» deb so‘ragan edim, u: «Agar musibat to‘xtamasdan davom etsa ham, men sabr qilaveraman. Jarohatim bitib ketgan», dedi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:47:04
Fasl

Abu Hasson Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Mening ikkita o‘g‘lim vafot etdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «O‘liklarimiz xususida qalbimizga orom baxsh etadigan biron hadis rivoyat qilib berasizmi?» deb so‘ragan edim, u zot: «Ha», dedilar. — Go‘daklar jannatning ajralmas ahllaridir. Ulardan biri otasini (yoki ota-onasini) qarshi oladi-da, xuddi mana shu kiyimingni chetidan ushlaganimdek, uning kiyimidan (yoki qo‘lidan) tutadi. Hattoki, u Alloh uni va otasini jannatga doxil qilmagunicha to‘xtamaydi» (Muslim rivoyati).

Muoviya ibn Qurra ibn Iyos otasidan rivoyat qiladi: «Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga o‘g‘lini olib kelardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni yaxshi ko‘rasanmi?» deb so‘ragan edilar, u: «Ha, yo Rasululloh, uni yaxshi ko‘rganimdek, Alloh sizni yaxshi ko‘rsin», dedi. Bir qancha vaqt o‘tib o‘g‘lon ko‘rinmay qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Falonchi o‘g‘li falonchiga nima qildi?» deb so‘ragan edilar: «Yo Rasululloh, u vafot etdi», deya javob berishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam otaga: «O‘g‘lingni jannatning qaysi eshigiga borsang, o‘sha yerda seni kutib turgan holida uchratishni yoqtirmaysanmi?» dedilar. Bir kishi: «Yo Rasululloh, (bu bashorat) uning o‘zigagina taalluqlimi yoki barchamizgami?» deb so‘ragan edi, «Barchangizga taalluqli», deya javob berdilar (Ahmad va Nasoiy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:47:12
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi juft (ya’ni, er-xotin) musulmonning uchta farzandi o‘lsa, Alloh u ikkisini ayricha mehribonlik bilan jannatga kirgazadi». «Yo Rasululloh, ikkita bo‘lsa-chi?» deb so‘rashgan edi, «Ikkita bo‘lsa ham» dedilar. «Bitta bo‘lsachi?» deya so‘rashgan edi, «Bitta bo‘lsa ham» dedilar va qo‘shib qo‘ydilarki: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, hattoki chala tug‘ilgan bola ham onasini, agar u savob umidida sabr qilar ekan, kindik ichagi bilan jannatga tortadi» (Ahmad va Tabaroniy rivoyati).

Vaki’ roziyallohu anhu aytadilar: «Ibrohim Harbiyning o‘n bir yashar o‘g‘li bor edi. U Qur’onni to‘liq yod olgan, fiqh va hadisdan ko‘p narsa o‘rgangan edi. Bir kuni uning vafot etganini eshitib ta’ziya bildirgani keldim. Ibrohim Harbiy menga: «O‘zi shu o‘g‘limning vafot etishini istardim», dedi. «Ey Abu Ishoq, o‘zingiz dunyo olimisiz-ku, yana gapirayotgan gapingizni qarang. Axir o‘g‘lingiz Qur’onni yod olgan, fiqh va hadisni o‘rgangan ajoyib o‘g‘lon edi-ku!» dedim. «To‘g‘ri, — dedi u. — Biroq men bir kuni tush ko‘rdim. Tushimda go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Bir to‘da yosh bolalar odamlarni qarshi olib, qo‘llaridagi suv to‘la ko‘zalarni ularga tutishardi. Kun haddan tashqari issiq edi. Men bolalardan biriga: «Suvingdan ber», degan edim, u menga qarab: «Siz otam emassiz-ku», dedi. Undan: «Sizlar kimsizlar?» deb so‘ragan edim, u: «Bizlar islomda vafot etgan go‘daklarmiz. Ota-onalarimiz ortimizdan kelishadi. Biz ularni kutib olib, suv beramiz», deya javob berdi. Shuning uchun ham o‘g‘limning vafot etishini orzu qilardim».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:47:25
Hikoya

Molik ibn Dinordan tavba qilishiga nima sabab bo‘lganini so‘rashdi. U javoban shunday dedi: «Ilgari men o‘yin-kulgi va ichkilikka qattiq berilgan edim. Ko‘ngil xushi uchun bir joriya sotib oldim. Ma’lum muddat o‘tib, qizchalik bo‘ldik. Men qizimni juda yaxshi ko‘rar edim. U o‘sib-ulg‘ayib emaklaydigan, keyin yuradigan bo‘ldi. Qachon men aroq ichmoqchi bo‘lsam, u qo‘limdan tortib aroqni to‘kib yuborar edi. U ikki yoshga yetgach, vafot etdi. Men qayg‘uda qoldim... Sha’bon oyi edi. Bir kuni yarim tunda ichib mast bo‘lib yotib qolibman. Tush ko‘rdim. Go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Qabrimdan chiqib kelibman. Bundoq qarasam, yonimda katta ajdar meni yemoqchi bo‘lib turibdi. Undan qo‘rqib qochdim, u esa orqamdan quvlay boshladi. Har qancha tez chopsam ham, undan butunlay qochib ketolmas edim. Qocha turib yo‘lda oppoq libosli munkillagan cholni uchratdim. Unga: «Ey otaxon, meni anavi ajdardan qutqaring. U meni yemoqchi, halok qilmoqchi», deb yalingan edim, u: «Ey o‘g‘lim, men qarib, kuchdan qolganman, u mendan quvvatli, unga kuchim yetmaydi. Sen qochib, yo‘lingda davom etaver-chi, shoyad Alloh seni undan xalos etsa», dedi. Men tezroq chopa boshladim. Ajdar ham izimdan qolmay kelar edi. Yugura-yugura do‘zax tabaqalariga kelib qoldim. Do‘zax qizib, qaynab yotardi. Unga tushib ketishimga bir bahya qoldi. Shunda kimdir: «Sen mening ahlimdan emassan», dedi. U yerdan burilib yana qocha boshladim. Ajdar hamon quvlab kelar edi. Qocha-qocha ko‘zni qamashtiradigan nurli toqqa yaqinlashdim. Tog‘da qasrlar bo‘lib, ularning eshik va pardalari ko‘zga tashlanib turar edi. Shu payt kimdir: «Dushmani yetib kelib halok etmasdan turib manavi bechorani qutqaringlar!» dedi. Eshiklar ochilib, pardalar ko‘tarilib, u yerdan yuzlari oyday bolalar chiqib kelishdi. Qizim ham ular bilan birga edi. Meni ko‘rib oldimga tushdi. O‘ng qo‘li bilan ajdarni urgan edi, u qochib ketdi. Keyin tizzamga o‘tirdi-da: «Ey otajon,

«Iymon keltirgan zotlar uchun Allohning zikri sababli va nozil bo‘lgan Haq — Qur’onga (tilovat qilinishi) sababli qalblari erib, qo‘rqish (vaqti) kelmadimi?!» (Hadid surasi, 16) dedi. «Ey qizim, sizlar ham Qur’onni bilasizlarmi?» deb so‘rasam, «Ha, sizlardan ko‘ra yaxshiroq bilamiz», dedi. «Bu yerda nima qilasizlar?» «Biz musulmonlarning vafot etgan yosh bolalarimiz. Qiyomat kunigacha shu yerda sizlarni kutib yashaymiz». «Ey qizim, meni quvlab, halok etmoqchi bo‘lgan ajdar nima edi?» «Ey otajon, u sizning yomon amallaringiz. Uni kuchaytirib — ko‘paytirib yubordingiz. Shuning uchun sizni halok qilmoqchi bo‘ldi». «Haligi munkillagan chol kishi kim edi?» «U sizning yaxshi amalingiz. Uni zaiflashtirib — kamaytirib qo‘ydingiz. Shu bois yomon amalingizga uning kuchi yetmadi. Allohga tavba qiling. Halokatga uchraguvchilardan bo‘lmang». Shunday deb u yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Men cho‘chib uyg‘ondim va darhol Allohga tavba qildim».

Ey birodar, xoh o‘g‘ildir, xoh qizdir yoshligida vafot etgan farzandning barakasini ko‘rib qo‘ying. Agar ota-ona savob umidida sabr qilar va «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytguvchimiz», deyishar ekan, ular uchun Alloh va’da qilgan yana boshqa ko‘plab manfaatlar hosil bo‘ladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:47:37
Fasl

Sobit Jumahiydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar birontangizga musibat yetsa, mendan (judo bo‘lgandagi) musibatini eslasin. Zero, bu eng katta musibatdir».

Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonga yetgan har bir musibat, hattoki (badaniga) sanchilgan tikon sababli ham, Alloh uning gunohlarini o‘chiradi» (Muslim rivoyati).

«Biror kishiga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan» (Muttafaqun alayh).

Ummu Salama (roziyallohu anho) aytadilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Biror bandaga musibat yetsa va u: «Albatta, biz Allohning bandalarimiz va, albatta, biz Unga qaytguvchilarmiz. Ey Allohim, musibatim sababli menga ajr bergin va uning o‘rniga yaxshirog‘ini bergin», desa, Alloh unga musibati sababli ajr ato qiladi. Va uning o‘rniga yaxshirog‘ini beradi», deganlarini eshitgan edim. Erim Abu Salama vafot etgach, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sohiblari ichida Abu Salamadan ko‘ra yaxshiroq kim ham bor», dedim. Keyinroq Alloh dilimga solib, jur’at paydo bo‘ldi va shu duoni o‘qidim. Bir oz o‘tib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni o‘z nikohlariga oldilar» (Muslim rivoyati).
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:47:45
Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qabr tepasida yig‘lab o‘tirgan ayolning yonidan o‘taturib: «Allohdan qo‘rqqin, sabr qilgin», dedilar. Ayol u zotni tanimay: «Yo‘lingdan qolma, o‘zingning boshingga tushmagan-da», dedi. Ayolga, bu kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bo‘ladilar, deyishdi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eshigiga keldi. U yerda eshikog‘alarni ko‘rmadi. «Uzr, sizni tanimapman», degan edi: «Ilk zarba chog‘idagi sabr sabrdir», dedilar Nabiy» (Muttafaqun alayh).

Ya’ni, musibatning dastlabki lahzalaridagi sabr go‘zal sabrdir. Keyinroq esa hamma o‘z-o‘zidan yupanib qoladi.

Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Abu Talhaning Umma Sulaymdan ko‘rgan o‘g‘li vafot etdi. Ummu Sulaym yaqinlariga: «To o‘zim aytmagunimcha, Abu Talhaga o‘g‘li haqida hech narsa demanglar», dedi. Abu Talha kelgach, kechki ovqatni keltirdi. U ovqatlandi. So‘ng Ummu Sulaym unga odatdagidan yaxshiroq munosabatda bo‘ldi. Ular birga bo‘lishdi. Abu Talhani to‘ydirib, shahvatini qondirganidan so‘ng ayoli so‘radi: «Ey Abu Talha, nima deb o‘ylaysiz, agar bir kishi boshqa birovga omonatga biron narsa bersa, so‘ng uni talab qilsa, omonatni egasiga qaytarib bermaslikka haqqi bormi?» «Yo‘q». «Unday bo‘lsa, o‘g‘lingiz uchun sabr etib, savob umid qiling». «Bulg‘anganimdan keyin bu xabarni aytyapsanmi?» dedi g‘azablanib Abu Talha. So‘ng borib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan voqeani so‘zlar berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh sizlarga shu kechangizni barakotli etsin», deya duo qildilar (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar bir bandaning farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalaridan: «Bandam farzandini oldilaringmi?» deb so‘raydi. Ular «Ha», deyishadi. «Qalb mevasini oldilaringmi?» deb so‘raydi. Ular: «Ha», deyishadi. «Bandam nima dedi?» deb so‘raydi. Ular: «Senga hamd va istirjo’ aytdi», deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandamga jannatda bir bino quringlar va uni «hamd uyi» deb nomlanglar», deydi» (Termiziy va Ibn Hibbon rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:47:52
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo aytadi: «Dunyoda yaxshi ko‘rgan odamining jonini olsamu, undan savob umid qilgan mo‘min bandam uchun huzurimda jannatdan bo‘lak mukofot yo‘q» (Buxoriy rivoyati).

Rivoyat qilinadi: «Allohning hukmiga rozi bo‘lish Odam farzandi uchun saodatdir. Allohning hukmidan norozi bo‘lish Odam farzandi uchun badbaxtlikdir» (Termiziy rivoyati).

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytadilar: «O‘lim farishtasi alayhissalom mo‘minning jonini olgach, eshik oldida turadi. Uydagilar esa shovqin soladi: ayrimlari yuzini yuladi, ba’zilari sochini to‘zg‘itadi, yana birlari o‘ziga o‘lim tilaydi. Shunda o‘lim farishtasi aytadi: «Nega buncha shovqin, nedan buncha betoqatlik?! Allohga qasamki, birontangizning umringizni qisqartirganim yo‘q, birontangizning rizqingizni olib qo‘yganim ham, birontangizga qilcha zulm qilganim ham yo‘q. Agar mendan shikoyat qilib, norozi bo‘lsangiz, Allohga qasamki, men faqat ma’murman (ya’ni, menga shu ish buyurilgan). Bordi-yu, mayyitingizdan norozi bo‘lsangiz, u majbur — ixtiyorsiz. Mabodo Parvardigoringizdan norozi bo‘lsangiz, unda sizlar kofirsizlar. Men sizlarga qayta-qayta kelaveraman, hattoki birontangiz tirik qolmaysiz».

Shurayh roziyallohu anhu aytgan ekanlarki: «Menga bir musibat yetsa, Allohga to‘rt marta hamd aytaman: bundan-da kattaroq musibat bermagani uchun, unga yarasha sabr bergani uchun, savob umidida istirjo’ aytishga muvaffaq qilgani uchun va nihoyat musibatni dinimga taalluqli qilmagani uchun».

Xullas kalom, musibat yetgan odam o‘ziga o‘lim, vayl tilab duo qilsa, yoki yuziga ursa, yoki yoqasini yirtsa, yoki sochini yulsa yoxud to‘zg‘itib, kesib yuborsa, u erkakmi, ayolmi, Allohning g‘azabi va la’natiga duchor bo‘ladi.

Musibat yetganda songa urish ham ajrni ketkazishi, shuningdek, musibatga uchragan odam kiyimini yirtsa, yoki yuziga shapatilasa, yoki yoqasini yirtsa va yo sochini yulsa, u go‘yo nayza olib Rabbi bilan jang qilmoqchi bo‘lganday ko‘rinishi ham rivoyat qilingan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:48:03
Hikoya

Solih Murriy hikoya qiladi: «Juma tunlaridan birida qabristonda tunab qoldim. Tush ko‘rdim: qabrlar yorilib, o‘liklar chiqib keldi va halqa-halqa bo‘lib o‘tirishdi. So‘ng ularga tepadan og‘zi yopiq tovoqlar tushdi. Ular orasida bir yigit bo‘lib, unga turli qiynoqlar bilan azob berilardi. Unga yaqinlashib: «Ey yigit, bu qavm orasida nega faqat sen azoblanyapsan?» deb so‘radim. «Ey Solih, Alloh haqqi senga tayinlaydigan ishlarimni bajar, omonatni ado et, ahvolimga rahming kelsin. Shoyad Alloh azza va jalla sen tufayli meni bu azoblardan xalos etsa. Men vafot etganimdan buyon onam yig‘lovchi, go‘yanda aytib yig‘lovchi ayollarni to‘plab, ular jo‘rligida kuniga dod-voy solmoqda. Shu sababli men azobdaman. Onamning yomon, bema’ni gap-so‘zi, azasi bois oldim-u ortim, o‘ng-u so‘limda olov. Alloh ularga mening nomimdan yaxshi mukofotlar bermasin», deb yig‘ladi u. Uning yig‘isini ko‘rib men ham ko‘z yoshlarimni tiyib turolmadim. «Ey Solih, Alloh haqi, onamning oldiga borgin. Ular falon joyda turadilar», deb manzilni tushuntirdi va davom etib dedi: «Ularga mening nomimdan aytginki, ey ona, nega farzandingizga azob berasiz. Meni naqadar yomon tarbiyaladingiz, qanchalar xunuk saqladingiz, o‘lganimdan so‘ng esa azobga tashladingiz. Ey ona, ahvolimni bir ko‘rsangiz edi: bo‘ynimda kishan, oyog‘imda taxtakach, azob farishtalari baqirib, urib azob berishmoqda. Avholimni bir ko‘rsangiz edi, menga rahmingiz kelardi. Agar hozirgi azadorligu, dod-voylaringizni bas qilmas ekansiz, u holda osmonlar yoriladigan, barcha xaloyiq hisob-kitobga ro‘baro‘ bo‘ladigan kuni ikkimiz oramizda Alloh hakam bo‘lur!»
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:48:11
Cho‘chib uyg‘ondim va ko‘rgan tushimdan ta’sirlanib tongacha uxlay olmadim. Tong otgach, shaharga kirdim. Mening birdan-bir maqsadim yigitning uyini topish edi. So‘rab surishtirib uyni topib bordim. Darvoza qoraga bo‘yalgan, hovlidan go‘yandalaru azadorlarning yig‘isi eshitilib turardi. Darvozani qoqqan edim, bir kampir chiqib: «Sizga kim kerak?» deb so‘radi. «O‘lgan yigitning onasi kerak edi», dedim. «Unda nima yumushingiz bor, u o‘z qayg‘usi bilan mashg‘ul?» dedi u. «Uni menga chaqirib bering, o‘g‘lidan unga xabar olib keldim», dedim. Kampir hovliga kirib ketdi. Bir ozdan keyin qop-qora kiyim kiygan, yig‘layvergani va shapatilayvergani sababli yuzi ham qorayib ketgan bir ayol chiqdi. «Siz kimsiz?» so‘radi u. «Men Solih Mirriyman. Kecha kechqurun qabristonda shunday-shunday voqealar ro‘y berdi. O‘g‘lingizni ko‘rdim. U azobda qolgan», deb tushimda ko‘rganlarimni aytib berdim. Ayol gapimni eshitgach, yerga yiqilib hushidan ketdi. O‘ziga kelgach: «Ey o‘g‘lim, meni kechir. Agar bu ahvolda ekaningni bilganimda edi, bu ishlarni qilmas edim. Men qilgan ishlarimdan Alloh taologa tavba qildim», deya qattiq yig‘ladi. So‘ng ichkariga kirib go‘yandalarni tarqatib yubordi va boshqa kiyim kiydi. Bir hamyon dirham uzatib: «Ey Solih, buni o‘g‘lim nomidan ehson qil», dedi. Duo qilib pullarni oldim va o‘g‘li nomidan sadaqa qildim. Keyingi juma tunida, odatdagidek qabristonga borib tunadim. Tushimda mayyitlarni ko‘rdim. Ular qabrlaridan chiqib halqa-halqa bo‘lib o‘tirdilar. Ularga tovoqlar tushdi. Haligi yigit shod-xurram, xushchaqchaq edi. Unga ham tovoq keldi. Meni ko‘rib oldimga keldi va: «Ey Solih, Alloh seni mukofotlasin. Onam qilayotgan noma’qul ishlarini tark etgani uchun Alloh azobni yengillatdi. Mening nomimdan qilgan sadaqang ham yetib keldi», dedi. «Bular qanaqa tovoqlar?» deb so‘ragan edim «Bular tiriklarning o‘liklarga xayr-ehson, xatmi Qur’on va duolardan iborat hadyalaridir. Har juma kechasi ularga olib kelishadi-da, bu senga falonchining hadyasi deyishadi. Endi onamning oldiga qaytib borganingda, ularga salomimni va ushbu gaplarimni yetkaz. Onajon, Alloh sizni mukofotlasin, mening nomimdan qilgan sadaqangiz yetib keldi. Siz menga yaqinsiz, tayyorgarligingizni ko‘ring», dedi. Keyin uyg‘onib ketdim. Bir necha kun o‘tgach, ayolning uyiga bordim. Eshik oldida tobut turgan edi. Kim qazo qildi, deb so‘ragan edim, yigitning onasi, deyishdi. Unga janoza o‘qib, o‘g‘lining yoniga dafn qildik. Uning haqiga duo qilib, o‘z yo‘limga ravona bo‘ldim».

Alloh taolo bizni musulmon holimizda vafot etdirishini, solihlar safiga qo‘shishini va do‘zaxdan saqlashini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, rahmli va mehribon zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:48:32
Yigirma birinchi gunohi kabira
ZAKOT BERMASLIK

Alloh azza va jalla aytadi:

«Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar. Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!..» (Oli Imron surasi, 180).

«Zakotni (haqdorlarga) ato etmaydigan mushriklarga esa halokat bo‘lgay!» (Fussilat, 6-7).

Zakot bermaydigan kimsalarni «mushriklar» deb atadi.

«Oltin-kumushni to‘plab, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob «xushxabari»ni bering! U Kunda (qiyomatda) o‘sha (oltin-kumushlar) jahannam o‘tida qizitilib, u bilan ularning peshonalari, yonlari va ketlariga tamg‘a bosilib: «Mana bu o‘zlaringiz uchun to‘plagan narsalaringizdir. Endi to‘plagan narsalaringizning mazasini totib ko‘ringlar» (deyilur)» (Tavba surasi, 34—35).

Butun a’zolar orasidan faqatgina peshona, yonbosh va orqa tomonga tamg‘a bosilishining boisi, baxil boy faqirlarni ko‘rganda, peshonasini tirishtirib, yonboshi bilan turib olar, agar yaqiniga kelsa, orqasini o‘girib olar edi. Jazo qilmishiga yarasha, mos bo‘lishi uchun mazkur a’zolarga tamg‘a bosiladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:48:40
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi bir oltin yoki kumush sohibi boyligining haqini (zakotini) bermas ekan, qiyomat kuni bo‘lganda olovdan qozonlar yasalib, boyligi jahannam olovida qizdiriladi-da, u bilan peshonasi, yonboshi va orqa tomoniga tamg‘a bosiladi. Agar u sovib qolsa, darhol boshqatdan qizdiriladi. Bu miqdori ellik ming yilga teng bo‘lgan kunda, to bandalar orasida hukm qilinguncha davom etadi. So‘ng jannatga yoki do‘zaxga eltuvchi yo‘lini ko‘radi». «Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, tuyalar-chi?» deb so‘rashdi. Rasululloh aytdilar: «Tuya sohibi ham uning haqqini ado qilmas ekan (uning haqqi sug‘orilgan kuni sog‘ib olinishidir), qiyomat kuni o‘sha tuya uchun tekis joy hozirlab beriladi. Tuyaning biror bolasi ham qolmasdan, egasini tuyoqlari bilan toptaydi, og‘izlari bilan tishlaydi, ustidan avvalgisi o‘tsa, yana boshqasi qaytib keladi. (Bu ish) miqdori ellik ming yil bo‘lgan bir kunda toki bandalar orasida hukm qilinib, (tuya sohibi) yo‘li jannatga yoki do‘zaxga ekanini ko‘rguncha (davom etadi)».

Yana aytildi: «Yo Rasululloh, sigir va qo‘ylar-chi?» Rasululloh aytdilar: «Qaysi bir sigir yoki qo‘y egasi uning haqqini ado etmasa, qiyomat kuni bo‘lganda (o‘sha sigir va qo‘y uchun) hamma narsa ko‘rinadigan tep-tekis bir yer kengaytirib beriladi. (U sigir va qo‘ylar) ichida shoxi bir-biriga kirishib ketgan bo‘ladi, shoxsiz yoki shoxi singani bo‘lmaydi, ular uni (egasini) shoxlari bilan suzadilar, tuyoqlari bilan toptaydilar, ustidan bittasi o‘tib ketsa, yana boshqasi kelib bosadi. (Bu ish) miqdori ellik ming yil bo‘lgan bir kunda bo‘lur. Toki hukm qilinib, (mol egasi) yo‘li jannat yoki do‘zaxga ekanini ko‘rguncha (davom etadi)».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Do‘zaxga birinchi bo‘lib kiradigan uch toifa: zolim amir, molidagi Alloh taoloning haqini ado qilmaydigan boy, mutakabbir kambag‘al» (Ibn Hibbon, Ibn Huzayma rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:48:56
Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Kimning Alloh taolo baytini haj qilishga yetadigan mablag‘i bo‘lsa-yu, haj qilmasa, yoki zakot berish vojib bo‘lsa-yu, zakot bermasa o‘layotgan vaqtida hayotga qaytarilishini so‘raydi», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Ibn Abbos, Allohdan qo‘rq, hayotga qaytarilishni kofirlar so‘raydi», deya e’tiroz bildirdi. Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Senga bu haqda Qur’on (oyati) o‘qib beraman. Alloh taolo:

«Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina muddatga (hayotda) qoldirsang, men xayr-sadaqa qilib, solih (banda)lardan bo‘lsam» deb qolishidan ilgari — Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilingiz!» (Munofiqun surasi, 10) degan», deya javob berdilar.

«Zakot qachon vojib bo‘ladi?» deb so‘rashgan edi. «Mol (boylik) ikki yuz dirhamga yetsa, undan zakot berish vojib bo‘ladi», dedilar. «Haj qachon vojib bo‘ladi?» so‘rashgan edi. «Ozuqa va ulovga ega bo‘lganda», deya javob berdilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:49:19
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Alloh kimga boylik ato etgan bo‘lsa-yu, u zakotini bermasa, qiyomat kunida boyligi ikki kokilli ajdarga aylantiriladi. So‘ng u sohibining bo‘yniga o‘raladi-da, ikki lunjidan tutib: «Men sening molingman, sening xazinangman», deydi va ushbu oyatni o‘qiydi:

«Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!» (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Besh ish besh ishga bog‘liq». «Yo Rasululloh, biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘lgan besh ish qaysi?» deb so‘rashdi. «Qaysi qavm ahdini buzsa, ularga dushmanlari hukmron bo‘ladi. Alloh nozil qilgandan boshqa narsa bilan hukm qilsa, ularda faqirlik yoyiladi. Fahsh ishlar avj olsa, ularda o‘lim ko‘payadi. Zakot bermasalar, ularga yomg‘ir yog‘dirilmay qo‘yadi. O‘lchov va tarozidan urib qolishsa, nabototlar o‘smay, bir necha yil qirg‘oqchilikka duchor bo‘ladilar», deya javob berdilar (Tabaroniy).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «(Baxil) kishiga tamg‘a bosilayotganda dirham dirhamga, dinor dinorga tekkan holda bosilmaydi. Balki terisi kengaytirilib, har bir dinor va dirham alohida-alohida qo‘yilib tamg‘a bosiladi». (Tabaroniy rivoyati).

Iste’molda bo‘lgan muboh taqinchoqlardan zakot berilmaydi. Mulk yoki ijara hisobidagi taqinchoqlardan esa beriladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:49:33
Hikoya

Muhammad ibn Yusuf Faryobiy hikoya qiladilar: «Bir necha ashoblarim bilan Abu Sinonni (Alloh rahmat qilsin) ziyorat qilgani bordik. U zotning huzurlariga kirib o‘tirganimizdan keyin: «Qo‘shnimizning akasi qazo qilgan. Yuringlar, unikiga ta’ziyaga chiqamiz», dedilar. Hammamiz turib, azadornikiga bordik. U akasining o‘limidan juda betoqat bo‘lib yig‘lar edi. Biz unga ta’ziya bildirib, tasalli berdik. U ta’ziyaga ham, tasalliga ham quloq solmas edi. Unga: «O‘lim hammaning boshida borligini bilmaysanmi?» degan edik, «Bilaman, biroq akam tunu kun azoblanayotgani meni qon yig‘latmoqda», dedi. «Alloh senga g‘aybni bildirdimi?» deb so‘ragan edik. «Yo‘q, lekin akamning yuziga tuproq tortib dafn qilgandan va odamlar tarqab ketgandan so‘ng qabri yoniga cho‘kdim. Shu payt qabridan: «Oh, meni o‘z holimga qo‘yinglar, meni azoblamanglar. Men namoz o‘qirdim, ro‘za tutardim», degan ovoz eshitildi. Bu gapdan men yig‘lab yubordim va ahvolini ko‘rish uchun qabrini kavladim. Lahadda olov alangalanib turar va uning bo‘ynida olov bo‘yinbog‘ bor edi. Ukalik mehrim qo‘zib, bo‘yinbog‘ni olish maqsadida qo‘limni uzatdim. Barmoqlarim va qo‘llarim kuyib qoldi», dedi-da, qo‘llarini chiqarib ko‘rsatdi. U kuyib qop-qora bo‘lib ketgan edi. So‘zida davom etib aytdi: «Uni qaytadan ko‘mib, qaytib keldim. Uning bu holiga qanday qilib yig‘lamaslik va xafa bo‘lmaslik mumkin?!» «Akangiz tirikligida nima amal qilar edi?» so‘radik biz. «Mol-mulkining zakotini bermas edi», dedi. «Bu Alloh taoloning:

«Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!» (Oli imron surasi, 180) degan kalomining tasdig‘idir. Azob akangizga qiyomat kunigacha qabrida beriladigan bo‘libdi-da», dedik».

Allohdan afv va ofiyat tilaymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:49:57
Yigirma ikkinchi gunohi kabira
BERGAN NARSANI MINNAT QILISH

Alloh taolo aytadi:

«Ey iymon keltirganlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang!» (Baqara surasi, 264).

Kalbiy: «Qilgan sadaqasini Allohga minnat qilish va olgan odamga ozor berish bilan», deb tafsir qilganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Qiyomat kunida Alloh uch toifa odamga gapirmaydi, qaramaydi, ularni poklamaydi va ularga alamli azob bordir: kiyimini uzun qilib yerga sudrab yuruvchi, minnatchi va yolg‘on qasam bilan molini o‘tkazuvchi» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:50:06
Boshqa bir hadisda: «Qiyomat kunida Alloh uch toifa odamga — ota-onasiga oq bo‘lgan, mast qiluvchi narsalarga mukkasidan ketgan va bergan narsasini minnat qilgan odamga qaramaydi. Shuningdek, uch toifa kimsa jannatga kirmaydi: ota-onasiga oq bo‘lgan, dayus va erkakshoda ayol», deyilgan (Nasoiy, Bazzor rivoyati).

Erkakshoda ayoldan murod erkaklarga taqlid qiladigan ayoldir.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Makkor-aldamchi, minnatchi va baxil jannatga kirmaydi» (Termiziy rivoyati).

«Yaxshilikni minnat qilishdan ehtiyot bo‘linglar, chunki u shukrni yo‘q qiladi, ajrni ketkazadi», degan xabar ham rivoyat qilingan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:50:22
Ibn Siyrin bir kishining boshqa birovga, senga yaxshilik qildim, undoq qildim, bundoq qildim, deyayotganini eshitib qoldilar-da, unga: «Jim bo‘l. Agar sanaladigan bo‘lsa, yaxshiliklarda naf yo‘q», dedilar.

Ayrim ulamolar aytgan ekanlarki: «Kim qilgan yaxshiligini minnat qilsa, noshukr bo‘ladi, kim o‘z amalidan g‘ururlansa, ajri ketadi».

Imom Shofe’iy quyidagi ma’nodagi misralarni o‘qigan ekanlar: «Odamlarga og‘irliging tushmasin, toki senga minnat qilishmasin. O‘zingning ulushingni ixtiyor qilib sabr et, zero sabr jannatdir. Birovlarning minnati qalbga tishlagandan ko‘ra qattiqroq ta’sir qiladi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:50:45
Yigirma uchinchi gunohi kabira
EHTIYOJDAN ORTIQCHA SUVNI QIZG’ANISH

Alloh taolo aytadi:

«Ayting: «Xabar beringiz-chi, agar (to‘satdan ichar) suvlaringiz (er tubiga) singib ketar bo‘lsa, u holda kim sizlarga oqar suv keltira olur?!» (Mulk surasi, 30).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Yaylovni xarob qilish maqsadida ortiqcha suvni to‘smanglar» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim ortiqcha suvini yoki ortiqcha o‘t-o‘lanini man qilsa (ya’ni, boshqalarga bermasa), Alloh azza va jalla qiyomat kunida undan O‘z fazlini man qiladi» (Imom Ahmad rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:51:54
Yigirma to‘rtinchi gunohi kabira
RAMAZONDA UZRSIZ RO‘ZA TUTMASLIK

Alloh taolo buyuradiki:

«Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biron kishi xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi...» (Baqara surasi, 183—184).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Islom besh narsa asosiga bino qilingan: Allohdan o‘zga iloh yo‘q hamda Muhammad Uning bandasi va elchisidir, deb guvohlik berish, namozni qoyim qilish, zakot berish, Ka’bani haj qilish va ramazonda ro‘za tutish» (Muttafaqun alayh).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Kim ruxsatsiz va kasal bo‘lmay turib, ramazonda biron kun ro‘za tutmasa, garchi bir umr ro‘za tutsa ham, o‘sha bir kunning qazosini o‘tay olmaydi» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:52:03
Ibn Abbos roziyallohu anhumo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbat berib aytgan ekanlarki: «Islom rishtalari (tayanchlari) va din qoidalari uchtadir. Islom asoslari ham ular ustiga barpo bo‘lgan. Ulardan birontasini tark etgan kishi o‘sha ishga kufr keltirgan bo‘lib, qoni haloldir. Ular: Allohdan o‘zga iloh yo‘q, deb guvohlik berish, farz namozlari va ramazon ro‘zasi» (Abu Ya’lo rivoyati, hasan hadis).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uxlab yotgan edim. Yonimga ikki kishi kelib bilaklarimdan tutdi-da, meni chiqish qiyin bo‘lgan tog‘ oldiga olib borishib, unga chiqing, deyishdi. «Toqatim yetmaydi», degan edim. «Sizga chiqishni oson qilib qo‘yamiz», deyishdi. Men ko‘tarilib tog‘ning tekis joyiga (ustiga) yetganimda kuchli shovqin eshitildi. «Bu qanaqa shovqin?» deb so‘ragan edim, ular: «Bu do‘zaxiylarning faryodi», dedi. So‘ng meni u yerdan olib ketishdi. Bir joyda oyoqlaridan osib qo‘yilgan, lunjlari yirtilib, qon oqib turgan qavmga duch keldim. «Kim ular?» deb so‘ragan edim. «Ular ro‘zalari nihoyasiga yetmay turib iftor qiladigan kimsalardir», deyildi (Ibn Huzayma, Ibn Hibbon rivoyati).

Naxa’iy ramazonning ro‘za tutilmagan har bir kuni uchun uch ming kun ro‘za tutib berishni vojib deb bilganlar.

Said ibn Musayyab: «Har bir kun o‘rniga o‘ttiz kun ro‘za tutib berish vojib» degan bo‘lsalar, Imom Molikning ustozi Robiy’a roziyallohu anhu: «Har bir kun evaziga, o‘n ikki kun ro‘za tutadi», deganlar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:52:22
Yigirma beshinchi gunohi kabira
QODIR BO‘LATURIB HAJ QILMASLIK

Alloh azza va jalla shunday deydi:

«Va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni (Ka’bani) haj — ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir bo‘lsa (ya’ni Ka’bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas, albatta, Alloh butun olamlardan behojat bo‘lgan zotdir» (Oli Imron surasi, 97).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlarki: «Kim hajning farzligini inkor qilsa, u aniq kofir bo‘libdi va Alloh undan behojatdir».

Hazrati Umar roziyallohu anhu aytadilar: «Kimning haj qilishga imkoni bo‘laturib haj qilmasa, u yahudiy bo‘lib o‘ladimi yoki nasroniy bo‘libmi, farqi yo‘q» (Abu Bakr Ismoiliy rivoyat qilgan, sahih hadis).

Yana u zot roziyallohu anhu aytgan ekanlarki: «Mana bu shaharlarga odamlarimni yuborishni xohlardim. Toki odamlarim u yerdagi qodir bo‘laturib haj qilmagan kimsalarni topsalar-da, ularga jizya solsalar. Chunki ular musulmon emaslar» (Said ibn Mansur rivoyati, sahih hadis).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:52:41
Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Kimning haj qilishga yetadigan mablag‘i bo‘lsa-yu, haj qilmasa, yoki zakot berish vojib bo‘lsa-yu, zakot bermasa, o‘layotgan vaqtida hayotga qaytarilishini so‘raydi», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Ibn Abbos, Allohdan qo‘rq, hayotga qaytarilishni kofirlar so‘raydi», deya e’tiroz bildirdi. Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Senga u haqda Qur’on (oyati) o‘qib beraman. Alloh taolo:

«Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina muddatga (hayotda) qoldirsang, men xayr-sadaqa qilib, (ya’ni, haj qilsam) solih (banda)lardan bo‘lsam», deb qolishidan ilgari Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilingiz!» (Munofiqun surasi, 10) degan», deya javob berdilar.

«Zakot qachon vojib bo‘ladi?» deb so‘rashgan edi: «Mol ikki yuz dirhamga yetsa, undan zakot berish vojib bo‘ladi», dedilar. «Haj qachon vojib bo‘ladi?» deb so‘rashgan edi: «Ozuqa va ulovga ega bo‘lganda», deya javob berdilar.

Said ibn Jubayr roziyallohu anhu aytganlar: «Mening badavlat qo‘shnim vafot etdi. U haj qilmagan edi, uning janozasiga qatnashmadim».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:53:01
Yigirma oltinchi gunohi kabira
ALLOHDAN BOSHQAGA ATAB JONLIQ SO‘YISH

Alloh taolo buyuradi:

«Allohning nomi zikr qilinmagan narsalardan yemangiz!» (An’om surasi, 121)

Ibn Abbos roziyallohu anhumo ushbu oyati karimaning tafsirida shunday deganlar: «Undan murod o‘limtik, bo‘g‘ilib o‘lgan va but-sanamlarga atab so‘yilgan jonivorlar».

Kalbiy aytganlarki: «Ular Alloh nomi zikr qilinmagan yoki Alloh taolodan boshqaga atab so‘yilgan jonivorlardir».

Ato aytganlar: «Quraysh qabilasi va boshqa arablar butlarga atab so‘ygan jonliqlar».

«...Zotan, bu ish itoatsizlikdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlarini (ya’ni, mushriklarni) sizlar bilan tortishishlari uchun vasvasaga solurlar».
Ya’ni, mushriklar mo‘minlar bilan o‘limtiklar xususida tortishadilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:53:16
«...Agar ularga bo‘yinsunsangiz, hech shak-shubhasiz, mushriklardan bo‘lib qolursizlar» (An’om surasi, 121).

Ya’ni, sizlar ham o‘limtikni halol deb bilsangiz, unda sizlar mushrik bo‘lib qolasizlar.

Zajjoj roziyallohu anhu aytganlarki: «Bu oyat Alloh harom qilgan narsalardan birontasini halol deb bilgan yoki Alloh halol qilgan narsalardan birontasini harom deb bilgan har bir kimsa mushrik bo‘lishiga dalildir».

Musulmon odam unutib «basmala»ni («Bismillahir rohmanir rohiym»ni) aytmay so‘ygan jonlig‘i halol hisoblanadi. Chunki mazkur oyatdagi: «Allohning nomi zikr qilinmagan narsalar»ni mufassirlar o‘limtiklar, deb tafsir qilishgan. Bironta mufassir uni musulmon odam «basmala»siz so‘ygan jonivor demagan. Shuningdek, musulmonning «basmala»siz so‘ygan jonlig‘idan yegan kishi itoatsizlik qilgan bo‘lmaydi. Qolaversa, mushriklar bilan «basmala»siz so‘yilgan jonliq xususida emas, o‘limtik xususida tortishganlariga mufassirlar ijmo’ — ittifoq qilishgan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:53:26
Oisha (roziyallohu anho) rivoyat qiladilar: «Bir qavm ahli: «Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, bizga bir qabila a’zolari go‘sht olib kelishadi. Unga Allohning ismini zikr qilishganmi, yo‘qmi, bilmaymiz» deyishgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Unga o‘zinglar «bismilloh» denglar-da, yeyaveringlar», dedilar» (Buxoriy va Nasoiy rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlarki: «Kim jonliq so‘ysa-yu, «basmala» aytishni unutsa, unga Allohning ismini zikr qilib yeyaversin. Modomiki, fitrat (sof tabiat) shariatga binoan so‘ygan ekan, uni shaytonga berib qo‘ymasin» (Bayhaqiy rivoyati).

Asarda kelishicha, «Allohning ismi har bir musulmonning og‘zidadir» («Naylul avtor»).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:53:39
Yigirma yettinchi gunohi kabira
SUDXO‘RLIK

Alloh taolo aytadi:

«Ey mo‘minlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib (olish bilan) sudxo‘rlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! (Shunda) shoyad najot topgaysiz!» (Oli Imron surasi, 130).

«Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay’ (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?!» deganlaridir» (Baqara surasi, 275).

Ya’ni, ular Alloh harom qilgan ish — sudxo‘rlikni halol bildilar. Shu sababli qiyomat qoim bo‘lib, Alloh odamlarni qayta tiriltirgan vaqtda sudxo‘rlardan tashqari barcha odamlar qabrlaridan tezda turib ketadilar.

Sudxo‘rlar xuddi tutqanog‘i bor odamdek o‘rinlaridan turishlari bilan yiqiladilar. Ularning dunyoda sudxo‘rlik orqali yegan harom narsalarini Alloh qiyomat kunida qorinlarida ko‘paytirib qo‘yadi va bu ularga og‘irlik qiladi. Ular turmoqchi bo‘ladilar-u, biroq yiqilib tushaveradilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:53:48
Samura ibn Jundub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kechqurun (tushimda) ikki kishini ko‘rdim. Ular kelib meni muqaddas yerga olib chiqishdi. Yurib-yurib qonli daryoga duch keldik. Daryoda bir kishi bor edi. Sohilda boshqa kishi harsang tosh ushlab turardi. Daryodagi kishi kelib chiqmoqchi bo‘lgan edi, narigi kishi tosh bilan og‘ziga urib kelgan joyiga qaytarib yubordi. U qachon kelib chiqmoqchi bo‘lsa, tosh bilan og‘ziga urar va u yana oldingi joyiga qaytib ketar edi. «Daryodagi kishi kim?» deb so‘ragan edim, «Sudxo‘r», deya javob berishdi» (Buxoriy rivoyati).

Sudxo‘r o‘lgan vaqtidan to qiyomat kunigacha qonli daryoda suzib, tosh bilan «siylanadi». Bu azob barzax-qabrda bo‘ladi. Bundan tashqari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sudxo‘rni (foiz yeyuvchini), oldiruvchini, kotibni va guvoh bo‘luvchining hammmasi (gunohda) barobar», deganlar (Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi qavm orasida zino va sudxo‘rlik avj olsa, ular o‘zlariga Allohning azobini halol qilgan bo‘ladilar» (Abu Ya’lo rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:53:56
Abdulloh ibn Hanzala roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kishining bilaturib sudxo‘rlikdan yegan bir dirhami o‘ttiz olti marta zino qilganidan og‘irroqdir» (Imom Ahmad, Tabaroniy rivoyati).

Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sudxo‘rlikning yetmish ikkita turi bo‘lib, ularning eng kichigi kishining onasiga yaqinlik qilishi bilan barobardir. Sudxo‘rlikning eng yaramasi esa, kishining o‘z birodari nomusiga tajovuz qilishidir» (Tabaroniy rivoyati).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytgan ekanlarki: «Sudxo‘rlikda yetmish ikkita gunoh bo‘lib, ularning eng kichigi musulmonning o‘z onasiga yaqinlik qilishi bilan barobar. Sudxo‘rlikdan topilgan bir dirham o‘ttizdan ortiq zino qilishdan og‘irroqdir».

Yana aytgan ekanlar: «Alloh qiyomat kunida yaxshi-yu yomonga turish uchun izn beradi. Sudxo‘rlar esa bundan mustasno. Chunki ular: «jin chalgan — majnun kabi turadilar» (Ibn Abu Dunyo, Bag‘aviy rivoyati).

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytganlar: «Foiz oluvchi (sudxo‘r) ham, beruvchi ham do‘zaxdadir».
Qatoda roziyallohu anhu aytadilar: «Sudxo‘rlar qiyomat kunida jinni holida tiriladilar. Bu ularning alomati bo‘lib, mahshargohdagilar ularni shundan tanib oladilar».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:54:04
Xabarlarda vorid bo‘lishicha, sudxo‘rlar o‘z qilmishlarida ishlatgan hiylalari sababli «shanba sohiblari» kabi it va to‘ng‘iz suratida qayta tiriladilar. «Shanba sohiblari» haddan oshgan yahudiy kimsalar bo‘lib, avvaliga Alloh ularni shanba kuni baliq ovlashdan qaytargan edi. Ular hovuzlar qazib, shanba kuni baliqlarni unga qamab olar va keyingi kuni ovlar edilar. Shunday hiyla ishlatib hadlaridan oshganlari sababli Alloh ularni maymun va to‘ng‘izlarga aylantirib qo‘ygan edi.

Sudxo‘rlar ham o‘zlaricha turli hiylalarni ishlatadilar. Alloh taologa ularning hiylalari maxfiy emas.
Ayyub Saxtiyoniy aytgan ekanlar: «Ular xuddi yosh bolani aldamoqchi bo‘lgandek, Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Agar ishga ongli ravishda yondoshganlarida edi, o‘zlariga oson bo‘lardi».

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Sendan qarzdor kishi biron narsa hadya qilsa, olma. Chunki bu ish sudxo‘rlikdir».

Hasan roziyallohu anhu aytganlarki: «Agar bir kishi sendan qarzdor bo‘lsa, uning xonadonidan yegan narsalaring senga harom bo‘ladi».

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu yana aytadilar: «Kim bir kishi uchun vositachalik qilsa-yu unga (narigi kishi) hadya bersa, u (hadya) haromdir. Quyidagi hadis gapimni tasdiqlaydi: «Kim bir kishi uchun vositachilik qilsa, buning evaziga unga hadya berishsa va u hadyani qabul qilsa, batahqiq, u sudxo‘rlik eshiklarining kattasiga yaqinlashgan bo‘ladi» (Abu Dovud rivoyati).

Din, dunyo va oxirat ishlarida Alloh taolodan afv va ofiyat tilaymiz.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:54:27
Yigirma sakkizinchi gunohi kabira
HAROM YEYISH VA HAROMDAN TOPISH

Alloh taolo aytadi:
«Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq — harom yo‘llar bilan yemangiz!..» (Baqara surasi, 188).
Ya’ni, bir-biringizning molingizni — haqqingizni yemangiz.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Ya’ni, nohaq, yolg‘on qasam bilan kishi birodarining molini o‘ziniki qilib olishdan qaytardi».

Birovning haqini yeyish ikki xil bo‘ladi: zulm orqali — tortib olish, xiyonat, o‘g‘rilik, hazil va o‘yin orqali — qimor va boshqa bekorchi ermaklar kabi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ayrim kishilar Allohning moliga nohaq sho‘ng‘iydilar. Qiyomat kunida ularga do‘zax bo‘lur» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:54:36
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana aytganlar: «Bir kishi uzoq safar qiladi, sochi to‘zg‘ib, ust-boshi chang bo‘ladi. Qo‘llarini osmonga cho‘zib: «Ey Rabbim, ey Rabbim», deydi. Holbuki, yegani harom, ichgani harom, kiygani harom va haromdan oziqlangan. Bas, uning duosi qanday ijobat bo‘lsin» (Muslim rivoyati).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta, Alloh o‘rtangizda rizqlaringizni taqsimlaganidek, xulqlaringizni ham taqsimlagandir. Albatta, Alloh dunyoni yaxshi ko‘rgan va yaxshi ko‘rmagan bandalariga beraveradi, dinni esa faqat yaxshi ko‘rgan bandasiga beradi. Alloh kimga dinni ato etgan bo‘lsa, haqiqatda uni yaxshi ko‘ribdi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, dili va tili musulmon bo‘lmaguncha hech bir banda musulmon bo‘lmaydi, to qo‘shnisi «bavoiq»idan omonda bo‘lmagunicha iymonli bo‘lmaydi». «Bavoiq» nima?» deya so‘rashgan edi, «Aldov va zulm», dedilar-da, davom etdilar: «Qaysi bir banda haromdan mol topib uni sadaqa qilsa, qabul qilinmaydi, infoq-ehson qilsa, barakasi bo‘lmaydi, o‘zidan keyin qoldirsa, do‘zax uchun hozirlagan ozuqasi bo‘ladi. Aniqki, Alloh yomonlikni yomonlik bilan o‘chirmaydi, bil’aks, yomonlikni yaxshilik ila o‘chiradi. Shubhasiz, nopok nopokni o‘chirmaydi» (Imom Ahmad va boshqalar rivoyati).

Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ey Ka’b ibn Ujra, nohaq — haromdan o‘sgan go‘sht (jasad) jannatga kirmaydi» (Ibn Hibbon rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:54:46
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning xiroj to‘laydigan g‘ulomi — quli bor edi. Abu Bakr uning xirojidan tanovul qilar edilar. Bir kuni u zot quli tomonidan olib kelingan taomni tanovul qila boshladilar. Fulom Abu Bakrdan so‘radi: «Bu nimaligini bilasizmi?» «Yo‘q, u nima?» «Johiliyatda bir kishiga fol ochgan edim. Folbinlik yaxshi bo‘lmagan, men uni aldagan edim. Haligi kishi yo‘liqib, o‘sha ishim uchun menga mana shu siz yegan narsani berdi», degan edi, Abu Bakr qo‘llarini og‘izlariga tiqib, qorinlaridagi bor narsani qayt qilib tashladilar» (Buxoriy rivoyati).

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Haromdan oziqlangan hech bir jasad jannatga kirmaydi» (Abu Ya’lo, Bazzor va boshqalar rivoyati).

Rivoyat qilinadiki, dunyo halovatli, yam-yashil maskandir. Kimki unda halol mol topsa va o‘rniga sarflasa, bu ishi uchun Alloh uni mukofotlaydi, jannatiga kiritadi. Kimki dunyoda haromdan mol topsa va noo‘rin joyga sarflasa, Alloh uni do‘zaxga tushiradi. Alloh va Rasulining moliga tajovuz qilganlar qiyomat kunida do‘zaxga mahkum bo‘ladi.

Yana bir rivoyatda keladiki: «Kimda-kim qaerdan mol topayotganiga e’tibor bermasa, Alloh ham uni do‘zaxning qaysi eshigidan kirishiga e’tibor bermaydi». Shuningdek, kimki o‘n dirhamga kiyim sotib olsa va pulning bir dirhami haromdan topilgan bo‘lsa, modomiki, o‘sha kiyim egnida ekan, Alloh uning namozini qabul qilmasligi rivoyat qilingan.
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:54:53
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Sizlardan har bir kishi og‘ziga tuproq solishi harom luqma solishidan ko‘ra xayrliroqdir».

Yusuf ibn Asbot roziyallohu anhu aytganlar: «Agar bironta yigit ibodatga berilsa, shayton o‘z yordamchilariga: «Qaranglar-chi, taomi qanday ekan?» deydi. Agar taomi yomon (harom) bo‘lsa, shayton: «Uni o‘z holiga qo‘yinglar, qiynalib harakat qilaversin. Sizlarga nafsi kifoya qiladi. Harom yeb turib qilayotgan xatti-harakati unga foyda bermaydi», deydi».

Rivoyat qilinadiki: «Har kecha-kunduz Baytul Maqdisda bir farishta: «Kim harom narsa yesa, Alloh undan nafl ibodatlarni ham, farz ibodatlarni ham qabul qilmaydi», deb nido qiladi».

Abdulloh ibn Muborak aytganlar: «Shubhali bir dirhamni tark etishim yuz ming dirham sadaqa qilishimdan ko‘ra afzalroqdir».

Vahb ibn Vard aytadilar: «Garchi ustundek qoim bo‘lsang ham, to qorningga halolmi yoki harommi — nima kirayotganiga qaramas ekansan, foydasi yo‘q».
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:54:59
Ibn Abbosning bu xususidagi so‘zlariga quloq tuting: «Alloh taologa tavba qilmagunicha, qornida harom luqmasi bo‘lgan kishining namozini Alloh qabul qilmaydi».

Sufyoni Savriy roziyallohu anhu aytganlarki: «Kimda-kim toat uchun harom narsani infoq-ehson qilsa, xuddi kiyimni bavl ila yuvgandek bo‘ladi. Kiyimni faqatgina suv poklaydi. Gunoh esa faqatgina sababli halol yuviladi».

Umar roziyallohu anhu deydilar: «Biz harom ish qilishdan qo‘rqib, o‘nta haloldan to‘qqiztasini tark qilardik».

Rivoyat qilinishicha, kim harom mol-dunyo bilan haj qilsa va «labbayka» desa, bir farishta: «Senga «labbayka» bo‘lmasin, hajing marduddir (ya’ni maqbul emas)», deydi.

Solihlardan biri vafot etgandan so‘ng, bir kishi uni tushida ko‘rib: «Alloh sizga qanday muomala qildi?» deb so‘ragan ekan, u kishi: «Yaxshi. Biroq, men birovdan qarzga igna olib, qaytarmagan edim. Shu igna tufayli jannatga kirolmay turibman», deb javob beribdi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:55:07
Ulamolar fatavolarida quyidagi so‘zlar bor: «Xoin, aldoqchi, o‘g‘ri, battol, foiz oluvchi (sudxo‘r) va beruvchi, yetim molini yeyuvchi, yolg‘on guvohlik beruvchi, qarzga biron narsa olib, undan tonuvchi, poraxo‘r, o‘lchov va tarozidan urib qoluvchi, molining aybini yashirib sotuvchi, qimorboz, sehrgar, munajjim, fohisha, dod solib yig‘lovchi, sotuvchidan so‘ramay haqini olib qoluvchi dallol va hur-ozod odamni sotib pulini yeyuvchi kimsalar ham boshqalarning haqini nohaq yeyuvchilar sirasiga kiradi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida ayrim kishilarni olib kelishadi. Ularning Tuhoma tog‘icha keladigan yaxshiliklari bo‘ladi. Ular keltirilgach, Alloh ularning yaxshiliklarini to‘zg‘igan g‘uborga aylantirib qo‘yadi-da, o‘zlari do‘zaxga uloqtiriladi». «Yo Rasululloh, bunday bo‘lishining boisi nedur?» deya so‘rashgan edi: «Ular namoz o‘qir, ro‘za tutar va haj qilar edilar. Biroq, ular biron-bir harom narsaga duch kelsalar, uni olishar edi. Shu bois, Alloh ularning amallarini behuda qiladi», deb javob berdilar» (Tabaroniy rivoyati).

Alloh taolodan afv, ofiyat va O‘zi suygan, rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq qilishini tilaymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, mehribon va rahmli zotdir.
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:55:22
Yigirma to‘qqizinchi gunohi kabira
TAROZI, O‘LCHOV VA SHU KABI NARSALARDAN URIB QOLISH
Alloh taolo aytadi:

«(O‘lchov va tarozidan) urib qolguvchi kimsalarga halokat bo‘lgay! Ular odamlardan (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan, ularga o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kam qilib beradigan kimsalardir» (Mutaffifun surasi, 1-3).

Ya’ni, ular shunday kimsalarki, agar o‘zlari boshqalardan biron narsa olishsa, to‘liq qilib olishadi, boshqalarga biron narsa sotishsa, urib qolishadi.

Suddiy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelgan vaqtlarida u yerda Abu Juhayna ismli kishi bor edi. Uning ikkita «mikyoli» (o‘lchov asbobi) bo‘lib, biri bilan odamlarga o‘lchab berar, ikkinchisi bilan o‘ziga o‘lchab olar edi. Shu bois Alloh mazkur oyatni nozil qildi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:55:35
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Besh ish besh ishga bog‘liq». «Yo Rasululloh, biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘lgan besh ish qaysi?» deb so‘rashdi. «Qaysi qavm ahdini buzsa, Alloh ularga dushmanlarini hukmron qilib qo‘yadi. Alloh nozil etgan narsadan boshqasi bilan hukm qilsa, ularda faqirlik yoyiladi. Fahsh ishlari avj olsa, Alloh ularga o‘lat yuboradi, ya’ni o‘lim ko‘payadi. O‘lchov va tarozidan urib qolsa, nabototlar o‘smay, bir necha yil qurg‘oqchilikka duchor bo‘ladilar. Zakot bermasalar, yomg‘ir yog‘may qo‘yadi», dedilar» (Tabaroniy rivoyati).

«Ular o‘zlarining ulug‘ bir kunda — barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turib (hisob-kitob qilinadigan, o‘rtalarida hukm etiladigan qiyomat) kunida qayta tirilguvchi ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?!» (Mutaffifin surasi, 4-6).

Zajjoj aytganlarki: «Agar o‘ylaganlarida edi, o‘lchov va tarozidan urib qolmagan bo‘lishardi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:55:41
Molik ibn Dinor aytadilar: «Qo‘shnimning oldiga kirdim. U o‘limi yaqinlashib qolgan, qayta-qayta: «Ikkita olovli tog‘, ikkita olovli tog‘», der edi. Undan: «Nima deyapsan?» deb so‘ragan edim, «Ey Abu Yahyo, mening ikkita o‘lchov asbobim bo‘lib, biri bilan o‘zimga o‘lchab olar, ikkinchisi bilan boshqalarga o‘lchab berar edim», dedi. O‘rnimdan turib o‘lchov asbobining biri bilan ikkinchisini ura boshladim. Shunda u: «Ey Abu Yahyo, biri bilan ikkinchisini urganingiz sayin, ish — holatim jiddiylashib, qiyinlashib ketyapti», dedi. U keyinroq shu kasali sababli vafot etdi».

Birovlarning haqidan urib qolish o‘g‘irlik, xiyonat va harom yeyishning bir ko‘rinishi bo‘lib, bu ishni qilganlarga Alloh «vayl» bilan tahdid soldi. Vayl — shiddatli azob, boshqa bir rivoyatda aytilishicha, jahannamdagi vodiy bo‘lib. Agar unga dunyodagi tog‘lar tushirilsa, harorati yuqoriligi bois toshlarini eritib yuboradi.

Salaflardan biri aytgan ekan: «Har bir (o‘lchov asbobida) o‘lchovchi va (tarozida) tortuvchi kishining do‘zaxiy ekanligiga guvohlik beraman. Chunki Alloh saqlaganlardan tashqari biron kimsa salomat qolmaydi bundan».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:55:48
Solihlardan yana biri aytadi: «Bir bemorni ko‘rgani bordim. O‘limi yaqinlashib, o‘zini bilmay yotgan ekan. Unga har qancha «Shahodat» kalimasini talqin qilsam ham, tili hech aylanmasdi. O‘ziga kelgach: «Birodar, shahodatni shuncha talqin qilsam ham, tilingiz sira aylanmadi-ya. Tinchlikmi o‘zi?» deb so‘ragan edim, «Tarozining tili (pallasi) tilimni bosib, gapirtirmay qo‘ydi», dedi. «Nima, tarozidan urib qolarmidingiz?» deya so‘ragan edim, «Yo‘q, Allohga qasamki, unday emas. Biroq vaqtida tarozimning to‘g‘riligini tekshirib turmas edim», deb javob berdi».

Tarozining to‘g‘riligiga e’tibor bermagan kishining holi shu bo‘lsa, urib qoladiganlarning ahvoli qanday bo‘lar ekan?!

Nofi’ roziyallohu anhu aytadilar: «Ibn Umar roziyallohu anhumo sotuvchining oldidan o‘taturib: «Allohdan qo‘rq, o‘lchov va tarozini to‘g‘ri qil. Chunki urib qoluvchilar terlari to quloqlarining yarmigacha ko‘mib yubormagunicha to‘xtatib turiladilar», dedilar.

Salaflardan biri aytgan ekan: «Kam qilib bergan bitta doni sababli kengligi osmonlaru yercha keladigan jannatni sotib yuborgan kimsaga vayl bo‘lsin. Ortiqcha olgan bitta doni sababli vaylni sotib olgan kimsaning holiga voy bo‘lsin».

Alloh taolodan afv va barcha baloyu ofatlardan ofiyat tilaymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:56:09
O‘ttizinchi gunohi kabira
YETIM MOLINI YEYISH VA UNGA ZULM QILISH

Alloh taolo shunday deydi:

«Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar hech shak-shubhasiz, qorinlariga olovni yegan bo‘lurlar. Va, albatta, do‘zaxga kirajaklar!» (Niso surasi, 10).

Yetimlarning mollarini nohaq yeydigan kimsalar aslida olov yegan bo‘lib, qiyomat kuni qorinlarida alangalanib turadi.

Suddiy rahmatullohi alayh aytganlar: «Yetim molini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsa qiyomat kunida qayta tirilganida, olov alangasi uning og‘zi, burni, quloq va ko‘zlaridan chiqib turadi. Uni ko‘rgan har bir odam u yetim molini yeganini darhol bilib oladi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:56:25
Alloh taolo yetim moli haqida:

«U mollarni isrof qilib va (egalari) katta bo‘lib qolmasin, deb shoshilib yeb qo‘ymanglar. (Yetimni o‘z qaramog‘iga olgan) kishi agar boy bo‘lsa, (etimning molidan) parhez qilsin, kambag‘al bo‘lsa, yaxshilik bilan (ya’ni, qilgan xizmatiga yarasha) olib yesin» (Niso surasi, 6).

Ulamolar: «Yaxshilikdan ortiqchasini yeyish harom bo‘ladi», deyishgan. Ibn Javziy o‘z tafsirlarida yaxshilik bilan yeyish haqidagi to‘rt xil qarashni keltirganlar:
1. Qarz hisobida olish.
2. Isrof qilmasdan ehtiyojiga yarasha olib yeyish.
3. Yetim uchun qilgan xizmatiga yarasha olish.
4. Zarur bo‘lib qolganda olib, imkoni bo‘lganda qaytarish, agar imkoni bo‘lmasa qaytarmay qo‘yaveradi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:56:32
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yetimni qaramog‘iga olgan odam men bilan jannatda mana bundaymiz» dedilar-da, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qilib, orasini sal ochib qo‘ydilar» (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «O‘ziga qarindosh yoki begona bo‘lgan yetimni qaramog‘iga oluvchi kishi, men bilan u jannatda mana bunday». So‘ng roviy — Molik ibn Anas ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qildilar (Muslim rivoyati).

Yetimni qaramog‘iga olish degani uni tarbiyalash, yedirib-ichirish, kiydirish va agar mol-mulki bo‘lsa, uni ko‘paytirishdir. Bordi-yu, mol-mulki bo‘lmasa, unga Alloh taoloning roziligini istab infoq-ehson qilinadi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:56:39
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda kim musulmonlar orasidagi yetimni o‘z taomi va ichimligiga (ya’ni, o‘z qaramog‘iga) olsa, mabodo kechirilmaydigan gunoh (ya’ni, shirk) qilmas ekan, Alloh uni jannatga, albatta, kiritadi» (Termiziy rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Men jannat eshigini birinchi bo‘lib ochuvchi shaxsman. Faqat bir ayol mendan ildamroq ekanini ko‘raman. Undan: «Sen kimsan?» deb so‘rayman. U: «Men yetimlarimga qarab o‘tirgan ayolman», deydi» (Abu Ya’lo rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qalbi qattiqligidan shikoyat qildi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Yetim boshini sila va miskinga taom ber», dedilar» (Ahmad rivoyati, sahih hadis).
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:56:51
Hikoyat

Salaflardan biri hikoya qiladi: «Men ilgari gunoh ishlarga, ichkilikka berilgan edim. Bir kuni muhtoj yetim bolani uchratib qoldim. Uni uyimga olib kelib, qornini to‘ydirdim, hammomda cho‘miltirib, sochlarini olib, kiyim kiydirdim. Qisqasi ota o‘z farzandiga marhamat ko‘rsatganiday, balki undan ham ziyodaroq marhamat ko‘rsatdim. Shundan so‘ng kechasi uxladim. Tush ko‘rdim. Go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Men hisob-kitobga chaqirildim va qilgan gunohlarim tufayli do‘zaxga hukm qilindim. Zaboniyalar (azob farishtalari) meni do‘zaxga sudrab keta boshladilar. Ularning qo‘llarida men zaif, haqir edim. Shu payt yo‘lda haligi yetim ro‘baro‘ keldi va: «Ey Rabbimning farishtalari, uni qo‘yib yuboringlar. Men Rabbimdan unga shafoat tilayman. Zero, u menga yaxshilik qildi va marhamat ko‘rsatdi», dedi. Farishtalar: «Bu bizga buyurilmagan», deyishdi. Shu payt Alloh taolo tarafidan: «Uni qo‘yib yuboringlar. Yetimga yaxshilik qilgani va yetim shafoati sababli unga so‘ragan narsalarini berdim», degan nido keldi. Keyin uyg‘onib ketdim-da, Alloh azza va jallaga tavba qildim va butun kuch-g‘ayratimni yetimlarga marhamat ko‘rsatishga sarfladim».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xodimlari Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytganlarki: «Uylarning yaxshisi unda yetim bo‘lib, unga yaxshilik qilinadigan uydir. Uylarning yomoni unda yetim bo‘lib, unga yomonlik qilinadigan uydir. Alloh taologa bandalarining eng suyuklisi yetim yoki bevaga yaxshilik qilgan kishidir».

Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Dovud alayhissalomga: «Ey Dovud, yetimga mehribon otadek, bevaga shafqatli erdek bo‘l. Bilginki, nima eksang shuni o‘rasan», deb vahiy qilgan.

Ya’ni, boshqaga qanday munosabatda bo‘lsang, senga ham shunday munosabatda bo‘lishadi. Bir kun kelib sen ham vafot etasan va yetim farzanding yoki beva ayoling qoladi.

Dovud (a.s.) o‘z munojotlarida: «Ey Ilohim, roziligingni istab yetim va bevani qo‘llab-quvvatlagan kishining mukofoti nima?» deb so‘ragan edilar, «Mukofoti — soyamdan o‘zga soya yo‘q kunda soyamga olishimdir», deya javob berdi.

Ma’nosi, qiyomat kunida arshim soyasida bo‘ladi, deganidir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:57:05
Hikoyat

Alaviylardan biri Balxda istiqomat qilar edi. Uning xotini ham alaviy bo‘lib, qizlari bilan rohat-farog‘atda yashar edi. Kunlardan bir kuni u vafot etdi va xotini-yu qizlari qiyinchilik, faqirlikka mubtalo bo‘lishdi. Dushmanlarning ichiqoraligidan qo‘rqib, ayol qizlarini olib, boshqa shaharga ravona bo‘ldi. Uning safari qattiq sovuqqa to‘g‘ri keldi. Shaharga kirgach, qizlarini eski, kishilardan xoli masjidlardan biriga joylashtirib, ularga yegulik istab yo‘lga tushdi va ikkita jamoat oldidan o‘tdi. Biri musulmon kishi jamoati bo‘lib, u shahar oqsoqoli edi. Ikkinchisi majusiy kishi bo‘lib, u shahar noziri edi. Ayol dastlab musulmon kishiga o‘z holini bayon qilib: «Men alaviy ayolman. Yetim qizlarim bor. Ularni eski masjidlardan biriga joylashtirib, shu kechaga yegulik istab keluvdim», dedi. U kishi: «Oliyjanob alaviy ekaningga hujjat keltir», dedi. Ayol: «Men g‘arib ayolman, bu shaharda hech kim meni tanimaydi», degan edi, haligi kishi undan yuz o‘girdi. Uning huzuridan ayol qalbi o‘ksib uzoqlashdi va majusiy kishi huzuriga borib holini bayon qildi. Yetim qizlari borligini, o‘zi oliynasab, g‘arib ayolligini va musulmon kishi bilan o‘rtalarida kechgan suhbatni so‘zlab berdi. Majusiy borib, ayol bilan qizlarini hovlisiga olib kelishga xotinini jo‘natdi. Kelishgach, ularga mazali taomlar va yaxshi-yaxshi liboslar tortiq qildi. Ayol va qizlari majusiy xonadonida mo‘l-ko‘lchilik va ehtirom ichra tunab qoldilar.

Tun yarim bo‘lgach, haligi musulmon kishi tushida qiyomat qoim bo‘lganini ko‘rdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tepalariga alvon qadalgan edi. Shunda yashil zumraddan bino qilingan, ayvonlari la’l va yoqutdan ishlangan, la’l va marjon qubbali qasrga ko‘zi tushdi. «Yo Rasululloh, bu qasr kimga?» deb so‘ragan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohni bir deb biluvchi musulmon kishiga», deya javob berdilar. «Yo Rasululloh, men Allohni bir deb biluvchi musulmon kishiman», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga javoban: «Alaviy ayol senga murojaat qilganda, unga: «Alaviy ekaningga hujjat keltir», degan eding. Xuddi shunday, sen ham menga musulmon bo‘lganing haqida hujjat keltir», dedilar. Kishi beva ayolni noumid qaytarganidan mahzun bo‘lib uyg‘ondi va shaharni aylanib, uni surishtira boshladi. Ayol majusiynikida ekani ma’lum bo‘lgach, majusiyni chaqirtirib keldi-da, unga: «Sendan oliynasab alaviy ayol va qizlarini menikiga jo‘natishingni xohlayman», dedi. U: «Buning sira iloji yo‘q, chunki ularning barakotidan men ko‘p narsalarga erishdim», dedi. «Ularni menga topshir, evaziga ming dinor beraman», degan edi, «Topshirmayman», dedi. «Ularni menga bermasang bo‘lmaydi», degan edi, u: «Sen xohlayotgan narsaga men haqdorroqman. Tushingda ko‘rgan qasr men uchun yaratilgan. Meni Islomga da’vat qilasanmi? Allohga qasamki, men va xonadon ahlim — barchamiz kecha kechqurun alaviy ayol qo‘lida musulmon bo‘ldik. Uxlab, sen tushingda ko‘rgan narsani men ham ko‘rdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan: «Alaviy ayol va qizlari senkidami?» deb so‘ragan edilar, «Ha, yo Rasululloh», dedim. «Qasr senga va xonadoning ahliga. Sen va xonadoning ahli jannat ahlidandirsiz. Alloh seni o‘zi azalda mo‘min qilib yaratgan edi», dedilar», dedi. Musulmon kishi uyiga qaytdi. U qanchalar afsus-nadomat chekkani va qayg‘uga botgani Allohga ayon.

Birodar, tul va yetimlarga qilingan yaxshilikning sharofati va barakotini ko‘rib qo‘ying. Zotan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bejizga: «Beva va yetimga yaxshilik qilish yo‘lida harakat qiluvchi Alloh yo‘lida jihod qiluvchi kabidir», demaganlar (Muttafaqun alayh).

Mazkur hadis roviyi shunday deydi: «Tolmaydigan qoim (namoz o‘quvchi) va iftor qilmaydigan soim (ro‘zador) kabidir» ham dedilar, deb hisoblayman».

Beva va yetim yo‘lida harakat qiluvchi Alloh taolo roziligini istab, ularning og‘irini yengil qiladigan, tashvishlarini hal etadigan, ular foydasini ko‘zlab, yaxshilik qiladigan kishidir.

Alloh lutf va marhamati ila bizni shunday xayrli ishlarga muvaffaq aylasin. Albatta, U saxovatli, rahmli, mehribon va mag‘firatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:57:29
O‘ttiz birinchi gunohi kabira
QO‘SHNIGA OZOR BERISH

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, mo‘min emas. Allohga qasamki, mo‘min emas. Allohga qasamki, mo‘min emas», dedilar. «Kim, yo Rasululloh?» deb so‘rashgan edi, «Yomonligidan qo‘shnisi xotirjam bo‘lmagan kimsa», deya javob berdilar (Muttafaqun alayh).

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Yomonligidan qo‘shnisi emin bo‘lmagan kimsa jannatga kirmaydi», deyilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Alloh nazdidagi eng ulkan gunoh qaysi?» deb so‘rashgan edi, u zot uchta gunohni zikr qilib: «Allohga boshqa narsani sherik qilishing. Holbuki, U seni yaratgan; ovqatingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib farzandingni o‘ldirishing va qo‘shningning jufti haloli bilan zino qilishing», deya javob berdilar (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:57:40
Sahih hadisda aytiladiki: «Kimki Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ekan, qo‘shnisiga ozor bermasin» (Muttafaqun alayh).

Qo‘shni uch toifa bo‘ladi: Musulmon, kofir, qarindosh qo‘shni.

Musulmon qo‘shnining qo‘shnilik va musulmonlik haqlari bor.

Kofir qo‘shnining qo‘shnilik haqi bor.

Qarindosh qo‘shni — uning qarindoshlik, qo‘shnilik haqlari (agar musulmon bo‘lsa, musulmonlik haqi ham) bor.

Ibn Umarning bir yahudiy qo‘shnisi bor edi. Agar jonliq so‘ysalar: «Yahudiy qo‘shnimizga undan olib chiqib beringlar», der edilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:57:47
Rivoyat qilinishicha, qiyomat kunida kambag‘al qo‘shni boy qo‘shnisiga osilib oladi va: «Ey Rabbim, mana bundan so‘ra-chi, nima uchun eshigini qulflab, mendan fazlini to‘sdi ekan», deydi.

Kishi qo‘shnisining ozor-aziyatlariga bardoshli, toqatli bo‘lishi lozim. Bu ish qo‘shniga yaxshilik qilish jumlasidan sanaladi.

Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, menga jannatga doxil etadigan amalni o‘rgating», degan edi, «Muhsin (yaxshilik qiluvchi) bo‘l», dedilar. «Muhsinligimni qanday bilaman?» deb so‘ragan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Qo‘shnilaringdan so‘ra, agar seni muhsin deyishsa, demak, muhsinsan. Bordi-yu seni yomon deyishsa, demak yomonsan», dedilar (Bayhaqiy rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, kimdan-kim ahli (oila a’zolari) va mol-mulkidan qo‘rqib, qo‘shnisidan eshigini bekitsa, u mo‘min emas. Shuningdek, yomonligidan qo‘shnisi emin bo‘lmagan kishi ham mo‘min emas.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:57:53
Miqdod ibn Asvad roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan: «Zino haqida nima deysizlar?» deb so‘ragan edilar, ular: «U harom ish. Uni Alloh va rasuli harom qilgan bo‘lib, u qiyomat kunigacha haromdir», deya javob berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining o‘nta ayol bilan zino qilishi qo‘shnisining xotini bilan zino qilishidan yengilroq», dedilar-da yana so‘radilar: «O‘g‘irlik haqida nima deysizlar?» «Alloh va Uning rasuli uni harom qilgandir. U harom ish», deya javob berishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Kishining o‘nta uydan o‘g‘rilik qilishi qo‘shnisining uyidan o‘g‘irlik qilishidan yengilroq», dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, qo‘shnisidan shikoyat qildi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Bor, sabr qil», dedilar. Haligi kishi yana ikki yo uch marta keldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oxiri: «Bor, matohlaringni ko‘chaga uloqtirib tashla», deb maslahat berdilar. So‘ng u kishi shunday qildi. Ko‘chadan o‘tayotgan kishilar undan nima uchun bunday qilganini so‘rashar, u esa qo‘shnisi haqida so‘zlab berar edi. Ular bu javobni eshitib, qo‘shnisini la’natlashar, ayrimlari duoibad qilishardi. Shunda qo‘shnisi kelib, unga: «Uyingga qaytaqol, bundan keyin sira mendan yomonlik ko‘rmaysan», dedi» (Abu Dovud, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:57:59
Qo‘shni garchi zimmiy bo‘lsa ham, undan yetadigan ozoru aziyatlarga sabr qilish lozim.

Rivoyat qilishlaricha, Sahl ibn Ubaydulloh Tustariyning zimmiy qo‘shnisi bo‘lib, uning hojatxonasidan Sahlning uyiga iflos-nopok narsalar sizib chiqar edi. Sahl har kuni uning tagiga bir idish qo‘yib qo‘yar, majusiyning hojatxonasidan chiqqan narsalar idishga to‘planar va kechqurun hech kim ko‘rmaydigan joyga olib borib tashlanar edilar. Sahl hazratlari uzoq muddat shu taxlit ish yuritdilar. Vafotlari yaqinlashgach, majusiy qo‘shnisini chorlab: «Mana bu uyga kirib, bu yerda nima borligini ko‘rib qo‘y», dedilar. U kirib idishga tushayotgan iflos, nopok narsalarni ko‘rdi va: «Bu nima?» deb so‘radi. «Bu uzoq muddatdan beri hovlingdan mana shu uyga tushadi. Uni kunduzlari shu idishga to‘plab, kechalari olib chiqarib tashlar edim. Mabodo, ajalim yaqinlashib qolmaganida, buni senga aytmas edim. Boshqa biron kishining xulqi buni o‘ziga singdira olmasligidan qo‘rqdim. Endi xohlaganingni qil», dedilar. Shunda majusiy: «Ey shayx, men kofir bo‘lsam ham, uzoq vaqtdan beri menga shunday go‘zal munosabatda bo‘lib kelayotgan edingizmi?! Qo‘lingizni bering, men Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning elchisi ekaniga guvohlik beraman», deb musulmon bo‘ldi. Sahl roziyallohu anhu shundan so‘ng vafot etdilar.

Alloh taolodan barchamizni xulqlarning, amallarning va so‘zlarning eng go‘zallariga yo‘llamog‘ini tilaymiz. Albatta, U saxovatli, mehribon va rahmli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:58:23
O‘ttiz ikkinchi gunohi kabira
MUSULMONLARGA OZOR BERISH VA HAQORAT QILISH

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan turib ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58).
Ya’ni, iymon ahliga hech bir gunoh-jinoyat qilmasalar-da ozor beradigan kimsalar o‘z ustlariga yolg‘on, bo‘hton va ulkan gunohni yuklab olgan bo‘ladilar.

«Ey iymon keltirganlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm, boshqa bir (mo‘min) qavmdan masxara qilib kulmasin, ehtimol (o‘sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Yana (sizlardan bo‘lgan) ayollar ham (boshqa mo‘mina) ayollar ustidan masxara qilib (kulmasinlar) — ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. O‘zlaringizni (ya’ni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar qo‘yib olmanglar. Iymondan keyin fosiqlik bilan nomlanish (ya’ni, mo‘min kishining yuqorida man qilingan fosiqona ishlar bilan nom chiqarishi) naqadar yomondir. Kim tavba qilmasa, bas, ana o‘shalar zolim kimsalardir» (Hujurot surasi, 11).

Ya’ni, kimki masxaralab kulish, mazax qilish va laqab qo‘yishdan tavba qilmas ekan, ana o‘sha kimsalar o‘zlarini azobga giriftor qilganlari sababli haqiqiy zolimlardir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:58:31
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida Alloh nazdida eng yomon darajali kimsa — beodobligi-uyatsizligidan saqlanish maqsadida odamlar tark qilgan yoki odamlar o‘z holiga tashlab qo‘ygan kishidir» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonga musulmonning nomusi, moli va qoni haromdir. Taqvo shudir. Musulmon birodarini haqorat qilishi kishining yomonligiga yetarli dalildir» (Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmon musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi, uni tahqirlamaydi, yordamsiz tashlab qo‘ymaydi». So‘ng: «Taqvo mana bu yerdadir», deya ko‘kslariga uch marta ishora qildilar va: «Musulmon birodarini haqorat qilishi kishining yomonligiga yetarli dalildir», dedilar (Muslim rivoyati).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonni so‘kish fosiqlik, o‘ldirish esa kufrdir» (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:58:38
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Falonchi ayol kechalari namoz o‘qib, kunduzlari ro‘za tutadi. Biroq tili yomon, qo‘shnilariga behayolik bilan ozor beradi», deyishgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Unda yaxshilik yo‘q, u do‘zaxda», dedilar (Hokim rivoyati, sahih hadis).

Boshqa bir sahih hadisda: «Mayyitlaringizning yaxshiliklarini zikr qilinglar, yomonliklaridan tilingizni tiyinglar», deyilgan (Hokim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim bir kishini «kofir» yoki «Allohning dushmani» desa va u bunday bo‘lmasa, aytgani o‘ziga qaytib tushadi» (Muttafaqun alayh).

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Meni yuqoriga olib chiqishgach, bir qavm yonidan o‘tdim. Ularning tirnoqlari misdan bo‘lib, o‘z yuzlari va ko‘kraklarini timdalar edilar. «Ey Jabroil, ular kim?» deb so‘ragan edim, «Ular odamlarning go‘shtlarini yeydigan va nomuslariga tajovuz qiladigan kimsalardir», deya javob berdi» (Abu Dovud rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:58:55
Fasl

Mo‘minlarning orasiga nifoq solishdan, shuningdek, hayvonlarni urishtirishdan ogohlantirish xususida


Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Shayton arab yarim orolida o‘ziga namozxonlar ibodat qilishidan umidini uzdi. Biroq ular orasiga nifoq solishidan umidini uzgani yo‘q» (Muslim rivoyati).

Ikki odam orasiga nizo soladigan va ular o‘rtasida bir-biriga ozor beradigan gaplarni tashiydigan har kimsa shayton guruhidan bo‘lgan chaqimchidir, eng yaramas odamdir. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Sizlarga eng yomon, eng yaramaslaringiz kimlar ekanini xabar qilayinmi?! Ular chaqimchilik qilib yuruvchilar, yor-do‘stlar orasini buzuvchilardir» (Imom Ahmad rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Chaqimchilar jannatga kirmaydi» (Muttafaqun alayh).

Chaqimchi — odamlar orasida, «falonchi sen haqingda undoq dedi, «falonchi bundoq qildi» kabi gaplarni tashuvchi kimsadir. Biron yomonlikdan ogohlantirish uchun yoki boshqa bir foydani ko‘zlab xabar keltirish bundan mustasno.

Jonivorlarni bir-biriga gij-gijlab urushtirish ham haromdir. Xo‘roz, qo‘chqor, it va boshqa barcha jonivorlarni urishtirishdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytarganlar. Kim bu ishni qilsa, Alloh va rasuliga osiy bo‘ladi. Shuningdek, xotinni eriga, qulni xo‘jayinga qarshi qayrash ham harom.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Xotinni eriga va qulni xo‘jayiniga qarshi aldab yo‘ldan urgan kimsa bizdan emas» (Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbon rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:59:05
Fasl

Odamlar orasini isloh etishga targ‘ib qilish xususida

«Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan — agar sadaqa berishga yo biron yaxshilik qilishga yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurgan bo‘lmasalar — hech qanday foyda yo‘qdir. Kim Alloh rizosini istab bu ishlarni qilsa, unga ulug‘ mukofot berajakmiz»
(Niso surasi, 114).

Ummu Habiba roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Odam farzandining har bir kalomi o‘ziga ziyondir. Magar yaxshilikka buyurish yo yomonlikdan qaytarish yoki Allohni zikr qilish bundan mustasno» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, bir kishi Sufyon Savriyga yuqoridagi hadis haqida: «Bu hadis juda shiddatli ekanmi?!» deganida, u zot: «Alloh taoloning: «Ularning ko‘p maxfiy suhbatlarida hech qanday yaxshilik yo‘q. Magar sadaqa berishga yo biron yaxshilik qilishga yoki odamlar orasini isloh qilishga...» degan kalomini eshitmaganmisan? Bu oyatga o‘sha hadis monanddir», deya javob berganlar.

Hadisi sharifda aytiladiki: «Yaxshilikni oshirib yoki yaxshi gapirib odamlar orasini isloh qiladigan kishi yolg‘onchi emas» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:59:13
Ummu Gulsum aytganlar: «Uch o‘rindan tashqari odamlar gapiradigan biron narsada (yolg‘onga) ruxsat berilganini eshitmadim». Uch o‘rin — urush, odamlar orasini isloh qilish va erning xotiniga yoki xotinning eriga oilani saqlab qolish uchun gapirishida ruxsat berilgan.

Sahl ibn Sa’d Soidiy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Amr ibn Avf qabilasi orasiga sovuqchilik tushgani xabari keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari hamrohligida ular orasini isloh qilish uchun yo‘lga tushdilar» (Buxoriy rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, namozga borish, nizolashganlar orasini isloh qilish yoki musulmonlar orasida joiz qasam ichishdan ko‘ra afzalroq amal yo‘q.

Yana rivoyat qilishlaricha, kimda-kim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh uning ishini isloh qiladi, gapirgan har bir so‘zi evaziga bir qul ozod qilganlik savobini beradi va u gunohlari kechirilgan holda qaytadi.

Tavfiq Allohdan. Ey Allohim, bizga lutf-marhamating ila muomala qil. Ey rahmlilarning rahmlisi, O‘zing bizni afv ayla.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 07:59:34
O‘ttiz uchinchi gunohi kabira
ALLOHNING DO‘STLARI — AVLIYOLARGA OZOR BERISH

Alloh azza va jalla aytadi:

«Mo‘min va mo‘minalarga biron gunoh qilmaslaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58).

«O‘zingizga ergashgan mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni, ularga xush xulq bilan kamtarona muomalada bo‘ling)!» (Shuaro surasi, 215).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Kim mening do‘stimga dushmanlik qilsa, haqiqatda Men u bilan jang qilishga kirishganimni bildirgan bo‘laman», dedi» (Buxoriy).

Boshqa bir rivoyatda: «Menga qarshi jangga kirishibdi», deyilgan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:00:47
Hadisda aytiladiki, Abu Sufyon bir necha sheriklari bilan Salmon, Suhayb va Bilol oldiga kelgan edi, ular: «Allohning qilichlari Allohning dushmanidan oladiganini hali olib bo‘lmadi», deyishdi. Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu ularga: «Quraysh oqsoqoli va sayyidiga shu gapni aytasizlarmi?!» dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Bakr, ehtimol ularni g‘azablantirgandirsiz?! Bordi-yu ularni g‘azablantirgan bo‘lsangiz, shak-shubhasiz, Rabbingizni g‘azablantiribsiz», dedilar. Abu Bakr ularning oldiga kelib: «Ey birodarlar, sizlarni g‘azablantirib qo‘ydimmi?!» deb so‘ragan edi, ular: «Yo‘q, ey birodar, Alloh sizni mag‘firat qilsin», deya javob berishdi (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:00:55
Fasl

Alloh taolo aytadi:

«Siz o‘zingizni erta-yu kech Parvardigorlarining yuzini — roziligini istab, U zotga duo-iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting!» (Kahf surasi, 28).

Bu oyati karimaning nozil bo‘lish sababi quyidagichadir: Barcha payg‘ambarlar bilan ro‘y berganidek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ham dastlab faqir kishilar iymon keltirgan edilar. U zot Salmon, Suhayb, Bilol va Ammor ibn Yosir roziyallohu anhumlarga o‘xshagan faqir kishilar bilan majlis qurib o‘tirar edilar. Dastlab faqirlar ergashishi payg‘ambarlik alomati ekanini eshitgan mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atrofidagi faqir musulmonlarni haydatib yubormoqchi bo‘lishdi. Shu maqsadda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, atrofingdagi kambag‘allarni haydab yubor. Ular bilan birga o‘tirishdan biz jirkanamiz. Agar ularni haydab yuborsang, senga oliynasab, oliymaqom kishilar iymon keltiradi», deyishdi. Bunga javoban Alloh taolo: «Ertayu kech Parvardigorining Yuzi — roziligini istab, Unga duo-iltijo qiladigan zotlarni atrofingizdan haydamang», oyatini tushirdi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:01:04
Faqir musulmonlarning haydalishidan umidlari uzilgan mushriklar, u zotga: «Ey Muhammad, agar ularni haydamasang, unda bir kunni ularga, bir kunni bizlarga tayin qil», deb shart qo‘yishdi. Shunda Alloh taolo quyidagi oyati karimani nozil qildi:

«Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorining yuzini — roziligini istab, U zotga duo-iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)! Va Biz qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi-nafsiga ergashgan va qilar ishi isrofgarchilik bo‘lgan kimsalarga itoat etmang! Ayting: «(Bu Qur’on) Parvardigoringiz tomonidan (kelgan) Haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi iymon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin» (Kahf surasi, 28—29).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam faqirlarni ulug‘lar, hurmat qilar edilar. U zot Madinaga hijrat qilganlarida, faqir sahobalari ham hijrat qildilar va masjid supasiga joylashib, dunyo tashvishlaridan uzildilar. Ularga «Ashobi-suffa» — supa egalari deb nom berishdi. Hijrat qilib kelgan faqirlar ular safiga qo‘shilar va ular kundan kunga ko‘payar edilar. Ular Alloh o‘z do‘stlari — avliyolariga hozirlagan ehsonga guvoh bo‘ldilar, unga iymon nuri ila boqdilar va borliqdagi biron narsaga dillari ketmadi. Aksincha, ular: «Sengagina ibodat qilamiz, Sen uchun bo‘ysunib sajda qilamiz, Sening yordamingda rushdu hidoyatga erishamiz, Senga tavakkul etib suyanamiz, Sening zikring ila huzurlanib shod bo‘lamiz, Sening muhabbating maydonida sayru sayohat qilamiz, Sen uchun amal qilib, harakat etamiz va Sening eshigingdan hargiz ketmaymiz», dedilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:01:24
Faqirlik ikki xil — umumiy va xos bo‘ladi.

Umumiy faqirlik — Alloh taologa muhtojlik bo‘lib, u barcha maxluqotlarning sifatidir. Bu Alloh taoloning: «Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar» (Fotir surasi, 15) oyati karimasining ma’nosidir.

Xos faqirlik — Allohning do‘stlari va suyuklilarining sifati bo‘lib, u Alloh azza va jalla bilan mashg‘ul bo‘lganligi, Unga qattiq berilganligi, Uning zikri ila ulfat bo‘lganligi sababli qo‘l va dilning dunyoga ehtiyoji yo‘qligidir.

Ey Allohim, bizni O‘zing suygan va rozi bo‘lgan amallarga muvaffaq ayla, bizni, ota-onamizni va barcha musulmonlarni mag‘firat qil.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:01:53
O‘ttiz to‘rtinchi gunohi kabira
ZARARLI VASIYAT QILISH

Alloh taolo aytadi:

«(Bu taqsimotlar) merosxo‘rlarga zarar yetkazmaydigan holda qilinagan vasiyat va qarzlar ado qilinganidan keyin bo‘lur. (Ya’ni, vasiyat merosxo‘rlarga zarar yetkazmaydigan bo‘lishi lozim. Yo‘q qarzni vasiyat qilish — zararli vasiyatdir.) (Bu hukmlar) Alloh tomonidan bo‘lgan amr-farmondir. Alloh bilguvchi va halimdir».

Ya’ni, Alloh zararli vasiyatni ham, boshqasini ham, bilguvchidir, osiylarni jazolashga shoshilmaydigan halimdir.

«Mana shu Allohning (belgilab qo‘ygan) hadlaridir. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga itoat etsa, (Alloh) uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritib, o‘sha joyda abadiy hayot baxsh etar. Va bu katta saodatdir. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga itoatsizlik qilib, Allohning belgilab qo‘ygan hadlaridan tajovuz qilsa, uni abadiy qoladigan joyi bo‘lmish do‘zaxga kiritur. Va uning uchun xor qilguvchi azob bordir» (Niso surasi, 12—14).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:02:14
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi yoki ayol oltmish yil Alloh toatida amal qiladi. So‘ng ularga o‘limlari hozir bo‘lib, zararli vasiyat qiladilar-da, do‘zaxga mahkum bo‘ladilar». So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu Niso surasining 13—14-oyatini o‘qidilar (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Haqiqatda Alloh har bir haqdorga o‘z haqini bergan. Shu bois, merosxo‘rga vasiyat qilinmaydi», dedilar (Termiziy rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, kim vorisining merosini olib qochsa (ya’ni, merosidan mahrum qilsa), Alloh qiyomat kunida uning jannatdagi merosini uzib qo‘yadi.
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:02:34
O‘ttiz beshinchi gunohi kabira
OMONATGA XIYONAT QILISH

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan hollaringizda sizlarga ishonib berilgan narsalarga (ya’ni, dinga va boshqa har qanday omonatlarga) xiyonat qilmangiz!» (Anfol surasi, 27).

Vohidiy rahimahulloh aytadilar: «Bu oyat Abu Luboba xususida nozil bo‘lgan. Bani Qurayza yahudiylari qamal qilingach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishini ularga elchi qilib jo‘natgan edilar. U kishining ahli va farzandlari Bani Qurayza yahudiylarining orasida edi. Ular undan: «Ey Abu Luboba, bordiyu Sa’dning hukm qilishiga rozi bo‘lsak, nima bo‘ladi deb o‘ylaysan?» deya so‘rashdi. Abu Luboba tamog‘iga ishora qildi, ya’ni, so‘yadi, demoqchi bo‘ldi. Bu ishi bilan u Alloh va Rasuliga xiyonat qilgan edi. Abu Lubobaning o‘zi: «Turgan joyimdan qo‘zg‘almay turib, Alloh va Rasulga xiyonat qilganimni bildim», degan edi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:02:49
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Omonatlar — Alloh omonat qilib bergan amallar, ya’ni farzlardir».

Kalbiy aytadilar: «Alloh va rasuliga xiyonat qilish ularga osiylik qilishdir. Har bir inson Alloh farz qilgan ishlarda omonatdordir, xohlasa xiyonat qiladi, xohlasa ado qiladi, uni Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi».

Ya’ni, bu va boshqa har qanday omonatga xiyonat qilmaslik darkor.

«Va albatta, Alloh xoinlarning ishini o‘nglamas» (Yusuf surasi, 52).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Munofiqning alomati uchta: gapirsa, yolg‘on gapiradi; va’da bersa, va’dasini buzadi, omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi» (Muttafaqun alayh).

Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon bizga murojaat qilsalar: «Omonati yo‘q kishining iymoni yo‘q, ahdi yo‘q kishining dini yo‘q», der edilar» (Tabaroniy, Ibn Hibbon rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:02:56
Ya’ni, omonatga xiyonat qiladigan kimsa iymonsiz, ahdiga vafo qilmaydigan kimsa dinsizdir.

Har qanday narsadagi xiyonat qabih bo‘lib, ba’zisi yomonroqdir. Ahling va mol-mulkingga xiyonat qilgan kimsa bilan arzimas pulingga xiyonat qilgan kimsa barobar emas.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Senga omonat qo‘ygan kishining omonatini ado et, senga xiyonat qilgan kimsaga sen xiyonat qilma!» (Termiziy rivoyati).

Boshqa bir hadisi sharifda: «Mo‘min har qanday xislatga tabiatan moyil bo‘lishi mumkin, biroq xiyonat va yolg‘onga moyil bo‘lmaydi», deyilgan (Abu Ya’lo, Bazzor rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh: «Men sherigiga xiyonat qilmagan ikki sherikning uchinchisiman. Agar xiyonat qilsa, ular orasidan chiqib ketaman», deydi» (Abu Dovud rivoyati).
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:03:02
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey Allohim, menga ochlikdan panoh berishingni so‘rayman, zero, u juda yomon hamxonadir, hamda xiyonatdan panoh berishingni so‘rayman, zotan u juda yomon astar-yopinchiqdir», der edilar (Abu Dovud rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli beshtadir», deya bir necha toifani zikr qilib: «Arzimagan bo‘lsa-da, o‘zi yoqtirgan narsaga xiyonat qiladigan xoin», deganlar (Muslim rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Alloh yo‘lida qatl etilish barcha gunohlarga kafforat bo‘ladi. Biroq omonat bundan mustasno. Qiyomat kuni bir bandani olib kelishadi. Garchi Alloh yo‘lida qatl etilgan bo‘lsa ham, unga: «Omonatingni ado et», deyiladi. U: «Ey Rabbim, dunyo o‘tib ketgan bo‘lsa, men qanday qilib omonatni ado qilaman», deydi. Uni «Hoviya»ga olib borishadi. Unga omonati ko‘rinadi. U o‘ziga berilgan kundagi shaklda bo‘ladi. Uni ko‘riboq taniydi. Uning izidan «Hoviya»ga tushib, unga yetib boradi-da, yelkasiga ortib, olib chiqa boshlaydi. Endi chiqaman, deganida omonat yelkasidan tushib ketadi. U abadul-abad omonatning izidan pastga tushib ketaveradi». So‘ng: «Namoz omonatdir, tahorat omonatdir, tarozi omonatdir, o‘lchov omonatdir», deb bir qancha narsalarni sanadilar-da: «Bularning eng qattig‘i va’dadir», dedilar (Ahmad, Bayhaqiy rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, odamlardan birinchi bo‘lib, ko‘tariladigan narsa omonatdorlik va oxirida qoladigan narsa namozdir. Holbuki, ko‘pchilik namozxonlarda xayr — yaxshilik bo‘lmaydi.

Ey Allohim, bizga lutf marhamating ila muomala qilgin va barchamizni afv aylagin.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:03:24
O‘ttiz oltinchi gunohi kabira
CHAQIMCHILIK

Alloh taolo buyuradi:

«(Ey Muhammad), yana siz har bir tuban qasamxo‘r, g‘iybatchi-yu, gap tashuvchi (chaqimchi) kimsaga itoat etmang!» (Qalam surasi, 10—11).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Chaqimchi jannatga kirmaydi» (Muttafaqun alayh).

Yana bir hadisda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qabr yonidan o‘taturib: «Bu ikkisi (ya’ni, qabrdagi mayyitlar) azoblanmoqda. Biroq katta narsa sababli azoblanayotganlari yo‘q. Ulardan biri siydigidan saqlanmas edi. Ikkinchisi chaqimchilik qilib, gap tashib yurardi», dedilar. So‘ng ho‘l novdani olib, ikkiga bo‘ldilar va har bir qabrga bittadan bo‘lakni sanchib qo‘ydilar. «Ey Rasululloh, nima uchun bunday qildingiz?» deb so‘rashganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Shoyad bu novdalar qurigunicha, ulardan azob yengillatib turilsa», deya javob berdilar. (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:03:32
«Biroq katta narsa sababli azoblanayotganlari yo‘q» jumlasini qo‘yidagicha tushunish mumkin: bu ishlarni tark etish ular uchun juda qiyin emas edi yoki ularning nazarida juda qiyin emas edi. Shuning uchun boshqa bir rivoyatda: «Yo‘q, u katta gunohdir», deyilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Eng yomon insonlar — ularga bu yuzi bilan, bularga bu yuzi bilan boradigan ikki yuzlamachi kimsalar ekanini ko‘rasizlar» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimning bu dunyoda ikkita yuzi bo‘lsa, qiyomat kunida uning olovdan ikkita tili bo‘ladi» (Abu Dovud rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, kim ikkita tilli bo‘lsa, Alloh qiyomat kunida unga olovdan ikkita til qilib beradi.
«Ikkita tilli» degani, bir toifa odamlar bilan o‘zgacha, boshqa toifa odamlar bilan o‘zgacha gaplashadigan deganidir.

Imom Abu Homid Fazzoliy aytganlarki: «Odatda, birovning gapini ikkinchi kishiga: «Falonchi sen haqingda bundoq dedi», deya yetkazuvchi kimsaga «chaqimchi» deyiladi. Biroq chaqimchilik shuning o‘zi bilangina cheklanib qolmaydi. Chaqimchilik — ochilishi karih — sanalgan narsani ochishdir. Yomon ko‘ruvchi kim bo‘lishining farqi yo‘q: gapiruvchimi, gapiriluvchimi yoki gaplashuvchimi. U yoqimsiz narsa nima bilan kashf qilinishi ham farqsizdir: so‘z bilanmi, yozuv bilanmi, ishora bilanmi va hokazo. Chaqimchilik qilingan — tashilgan narsa so‘z bo‘ladimi yoki amal bo‘ladimi, ayb yoki boshqasi bo‘ladimi, barchasi barobardir».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:03:45
Chaqimchilikning mohiyati sirni fosh qilish va kashf qilinishi karih sanalgan narsani e’lon qilishdir. Inson boshqa insonlardan ko‘rgan har qanday narsasi haqida gapirishdan tilini tiyishi lozim. Gapirsa, musulmonlarga foydali yoki ma’siyatni daf qiladigan narsalarni aytishi mumkin.

Kimga birov gap tashib kelib: «Falonchi sen haqingda bundoq dedi», desa, u kishi quyidagi oltita ishni qilishi lozim:
1. Uni tasdiqlamaslik lozim. Chunki u chaqimchi, fosiq bo‘lib, uning gapi e’tiborga olinmaydi.
2. Uni bu ishdan qaytarib, nasihat qilishi va bu ishni qoralashi lozim.
3. Uni Alloh uchun yomon ko‘rishi lozim. Zero, u Allohning huzurida manfur bo‘lib, uni Alloh uchun yomon ko‘rish vojibdir.
4. Gapirilayotgan kishi haqida yomon gumonga bormasligi lozim. Zero, Qur’oni karimda:
«Ey mo‘minlar, ko‘p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) gunohdir!» deyilgan (Hujurot surasi, 12).
5. Eshitgan gapi uni josuslik qilishga va gapning tagiga yetish uchun harakat qilishga undamasligi lozim. Chunki yuqoridagi oyatning davomida: «(O‘zgalarning ayblari ortidan) josuslik qilib yurmanglar», deyilgan.
6. Chaqimchi keltirgan gaplarni boshqalarga yetkazmasligi darkor.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:03:54
Bir kishi Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhuga bir odam haqida nimadir dedi. Umar unga: «Ey sen, agar xohlasang, gapingni tekshirib ko‘ramiz: bordi-yu yolg‘on gapirgan bo‘lsang, unda sen: «Agar sizlarga bir fosiq kimsa biron yomon xabar keltirsa, (u xabarni) aniqlab, tekshirib ko‘ringlar», degan oyatdagi fosiqlardan bo‘lasan. Agar rost gapirgan bo‘lsang, unda sen «g‘iybatchi-yu, gap tashuvchi» kimsalardan bo‘lasan. Xohlasang, afv qilamiz», dedi. Shunda haligi kishi: «Afu aylang, ey Amiral mo‘minin. Endi sira bu ishga qaytmayman», dedi.

Bir kishi Sohib ibn Ubbodga yetim molini olishga undovchi varaqa ko‘tarib keldi. Holbuki, uning mol-mulki ko‘p edi. U zot varaqaning orqa tomoniga: «Chaqimchilik garchi rost bo‘lsa ham qabih amaldir. Mayyitni Alloh rahmat qilsin, yetimni o‘nglasin, mol Allohning in’omi, unga ko‘z olaytiruvchini Alloh la’natlasin», deb yozdi.

Hasan Basriy hazratlari aytganlarki: «Kim senga bir gapni yetkazsa, bilginki, u sening gapingni ham boshqalarga yetkazadi».
«Kim senga gap tashisa, sening gapingni boshqaga tashiydi», degan jumla odamlar orasida keng yoyilgan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:04:12
Ibn Muborak rahimahulloh: «Haromi (zinodan bo‘lgan) bola gap yashirmaydi», deb chaqimchilik qiladigan har bir inson haromi bo‘lishi mumkinligiga quyidagi oyatni dalil qilganlar:
«Qo‘pol va bulardan tashqari benasab — haromi kimsaga itoat etmang!» (Qalam surasi, 13).

Rivoyat qilishlaricha, salafi solihinlardan biri birodarini ziyorat qilganida, birodari u zotga boshqa birodari haqida yomon gaplarni gapiribdi. Shunda u zot: «Ey birodar, g‘iybatni juda cho‘zib yubordingiz va uchta jinoyat sodir etdingiz: menga birodarimni yomon ko‘rsatib qo‘ydingiz, u bilan qalbimni mashg‘ul qildingiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchdan mahrum qildingiz», degan ekan.

Bir kishi Ali ibn Husayn roziyallohu anhmoga: «Falonchi sizni haqorat qildi va siz haqingizda bundoq, bundoq dedi», degan ekan, u zot: «Meni uning oldiga olib bor», debdilar. U o‘zini himoya qilsa kerak, deb o‘ylabdi. Haqorat qilgan kishining oldiga yetib borishgach, u zot: «Ey birodar, agar men haqimda gapirgan gaping haq bo‘lsa, Alloh meni mag‘firat qilsin. Bordi-yu men haqimda gapirgan gaping noto‘g‘ri bo‘lsa, Alloh seni mag‘firat qilsin», degan ekanlar.

Abu Lahabning xotini chaqimchilik qilib, gap tashib yurgani uchun Qur’oni karimda «o‘tin orqalagan», deb vasf qilingan. Chaqimchilik adovatga sabab bo‘lgani bois «o‘tin», deb nomlangan. Ma’lumki, o‘tin olovning alangalanishiga sabab bo‘ladi.

Aytishlaricha, chaqimchining ishi shaytonning ishidan ham zararliroqdir. Chunki shaytonning amali vasvasa bilan bo‘lsa, chaqimchining amali bevosita bo‘ladi.
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:04:20
Hikoyat

Rivoyat qilishlaricha, bir kishi sotilayotgan bir qulni ko‘rib qoldi. Egasi: «Uning chaqimchilikdan boshqa aybi yo‘q», deb jar solar edi. Kishi g‘ulomning aybini pisand qilmadi va uni sotib oldi. Fulom xo‘jayinining uyida bir necha kun turganidan keyin uning xotiniga: «Xojam sizning ustingizga boshqa xotin olmoqchi yoki o‘ynash tutmoqchi. U sizni yaxshi ko‘rmaydi. Agar sizga mehri tushib, o‘ylagan niyatidan qaytishini istasangiz, unda xojam uxlagan paytida ustarani olib, soqolining tagidan bir necha tukni qirib olingda, ularni asrab qo‘ying», dedi. Xotin parishon holda: «Xo‘p», dedi va eri uxlagach, quli o‘rgatgan ishni qilishga jazm etdi. Keyin g‘ulom xo‘jayinining oldiga kelib: «Xojam, bekam o‘ziga o‘ynash tutib, unga juda o‘rganib qolgan. Shuning uchun sizdan xalos bo‘lmoqchi, bu kecha sizni so‘yishga jazm qilgan. Agar gapimga ishonmasangiz, unda kechqurun o‘zingizni uxlaganga solib yoting. Shunda sizni so‘yish uchun qo‘lida biron narsa ko‘tarib kelayotganini ko‘rasiz», dedi. Xo‘jayini unga ishondi. Qorong‘u tushgach, o‘zini uxlaganga solib yotdi. Xotini uning soqoli ostidagi tuklardan qirqib olish uchun ustara ko‘tarib keldi. Soqolidan qirqib olmoqchi bo‘lib, engashgan kuyi qo‘lini erining tomog‘iga cho‘zgan edi, u sakrab turib, ustarani tortib oldi-da, xotinini so‘yib tashladi. Xotinining qarindoshlari bu voqeadan xabar topib, u kishini o‘ldirdi va ikki urug‘ orasida qirg‘in boshlanib ketdi. Birgina chaqimchi, yolg‘onchi qulning kasofati bilan shunday falokat ro‘y berdi.

Shu bois Alloh taolo chaqimchini «fosiq» deb nomlagan:
«Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar!» (Hujurot surasi, 6).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:04:40
O‘ttiz yettinchi gunohi kabira
TAHLIL QILISH

Tahlil — uchtaloq qilgan kishiga xotinini halollab berish maqsadida, uning xotinini nikohiga olib, so‘ng taloq qilish.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam halol qiluvchini ham, halol qildiruvchini ham la’natladilar» (Termiziy rivoyati).

Imom Termiziy aytadilar: «Ahli ilm nazdida ushbu hadisga amal qilinadi. Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Abdulloh ibn Umarlar shular jumlasidandir. Shuningdek, fuqaho tobe’inlar ham shu so‘zni aytganlar».

Uqba ibn Omir roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga ahmoq ijarachi haqida xabar beraymi?» deb so‘ragan edilar. «Ha, yo Rasululloh» deyishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «U halol qiluvchidir. Alloh halol qiluvchini ham, halol qildiruvchini ham la’natlagan», dedilar (Ibn Moja rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan halol qiluvchi haqida so‘rashdi. U zot: «Yo‘q, faqat rag‘bat-xohish bilan qilingan nikoh joiz. Aldov-hiyla nikohi joiz emas. Alloh azza va jallaning kitobini istehzo qilish mumkin emas. Toki asaldonidan totib ko‘rsin», dedilar (Abu Ishoq Juzjoniy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:04:57
Bir kishi Ibn Umardan: «Bir kishi xotinini uchtaloq qildi. Bir birodari u bilan maslahatlashmasdan, halollab berish maqsadida uning xotiniga uylandi. Endi birinchisiga halol bo‘ladimi?» deb so‘ragan edi, u: «Yo‘q. Faqat rag‘bat-xohish bilan qilingan nikoh joiz. Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrida bu ishni fohishabozlik deb hisoblardik», dedilar (Hokim rivoyati).

Asram va Ibn Munzirlar rivoyat qilishlaricha, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Halol qiluvchi va halol qildiruvchini huzurimga olib kelishsa, ikkalasini ham toshbo‘ron qilgan bo‘lardim», deganlar.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan ayolni eriga halollab berish haqida so‘rashganida: «Bu ish fohishabozlik», deb javob berganlar.

Abdulloh ibn Sharik Omiriy aytadilar: «Ibn Umar roziyallohu anhumodan: «Bir kishi amakisining qizini (ya’ni, xotinini) taloq qilib, so‘ng afsuslanib, xotiniga rag‘bat bildirdi. Boshqa birov u kishiga halollab berish uchun unga uylanmoqchi. Shu ish mumkinmi? deb so‘rashgan edi, u zot: «Agar u halollab bermoqchi ekanini bilsa, garchi yigirma yil yoki shunga yaqin muddat yashasa-da, ikkalasi ham zinokordir», deya javob berdilar.

Bir kishi Ibn Abbos roziyallohu anhumoga: «Amakimning o‘g‘li xotinini uchtaloq qilib, endi afsuslanib o‘tiribdi», degan edi, u zot: «Amakingni o‘g‘li Rabbiga osiylik qilgan edi, Rabbi uni nadomat chektirib qo‘ydi. Shaytonga itoat qilgan edi, shayton unga (bu mushkul holatdan) chiqar yo‘lni paydo qilmadi», dedi. «Birontasi unga xotinini nikohlab bersa bo‘lmaydimi?» deb so‘ragan edi, «Kim Allohni aldamoqchi bo‘lsa, o‘zini aldab qo‘yadi», deya javob berdilar.
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:05:08
Ibrohim Naxa’iy aytganlar: «Birinchi er va yoki ikkinchi er va yo ayol — uchovidan birontasining niyati halollab berish bo‘lsa, ikkinchisining nikohi botil bo‘ladi va birinchisiga halol bo‘lmaydi».

Hasan Basriy: «Agar uchovidan birontasi halollashni istasa, (nikohni) fosid qilgan — buzgan bo‘ladi», deganlar.

Tobe’inlarning imomi Said ibn Musayyab: «Avvalgi eriga halollab berish maqsadida biron xotinga uylangan kishining nikohi halol emas», deganlar.

Molik ibn Anas, Lays ibn Said, Sufyon Savriy, Imom Ahmadlar ham shu gapni aytganlar.

Ismoil ibn Said aytadi: «Imom Ahmaddan: «Bir kishi ayolga avvalgi eriga halol qilib berish maqsadida uylanmoqchi. Biroq ayol bundan bexabar. Shu ish joizmi?» deb so‘ragan edim, u zot: «U halol qiluvchidir. Agar bu bilan halollab berishni xohlar ekan, u mal’undir», dedilar».

Imom Shofe’iy mazhablariga binoan, agar nikoh vaqtida halollab berish shart qilinsa, nikoh botil bo‘ladi.

Alloh taolodan bizlarni O‘zi rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq aylashini, gunoh ishlardan yiroq qilishini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, mag‘firatli va rahmli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:05:31
O‘ttiz sakkizinchi gunohi kabira
XOTINNING ERIGA ITOATSIZLIK QILISHI

Alloh taolo aytadi:

«Xotinlaringizning itoatsizligidan qo‘rqsangiz, avvalo ularga pand-nasihat qilinglar, so‘ng (ya’ni, nasihatlaring kor qilmasa), ularni yotoqlarda tark qilingiz, (ular bilan bir joyda yotmang, yaqinlashmang) so‘ngra (ya’ni, shunda ham sizlarga bo‘yinsunmasalar), uringlar! Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar. Albatta, Alloh eng yuksak va buyuk bo‘lgan zotdir» (Niso surasi, 34).

Vohidiy rahimahulloh aytganlarki: «Bu oyatdagi «itoatsizlik»dan murod — erga osiylik qilish, ya’ni, takabburlik bilan erining buyruqlariga xilof ish yuritishdir».

Ato rahmatullohi alayh aytadilar: «U (ya’ni, itoatsizlik) — eri uchun o‘ziga oro bermaslik (xushbo‘ylik sepmaslik), o‘zi bilan huzurlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va ilgarigi mute’lik holati o‘zgarib qolishidir. Unday xotinlarga Alloh Kitobi ila «pand-nasihat qilinglar», Alloh ularga buyurgan ishlarni eslatinglar».

Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Ularni yotoqlarda tark qilish — to‘shakda xotiniga orqasini o‘girib, gapirmay yotishidir», degan bo‘lsalar, Sha’biy va Mujohidlar: «Xotini bilan bir joyda yotmaslik, yaqinlashmaslik», deyishgan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:05:40
Ularni urishdan murod qattiq, biron a’zosiga jarohat yetkazadigan qilib emas, bilaks sekin urishdir.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Odob berish uchun kafti bilan ko‘ksiga turtish kabi», deganlar.
Er xotinining itoatsizligini ushbu oyatda zikr qilinganiday, Alloh izn bergan suratda tuzatishi, bartaraf etishi lozim.

«Agar sizlarga (talab qilgan narsalaringizda) itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Er xotinini to‘shagiga chorlagan vaqtda (xotini) kelmasa va eri undan norozi bo‘lib tunasa, to tong otguncha farishtalar u ayolni la’natlaydilar» (Muttafaqun alayh).

Boshqa bir rivoyatda «Allohga qasamki, qaysi bir kishi xotinini to‘shagiga chorlasa-yu, xotini bosh tortsa, to eri undan rozi bo‘lmaguncha, osmondagi Zot undan rozi bo‘lmaydi», deyilgan (Muttafaqun alayh).

Yana bir rivoyatda esa: «Agar ayol erining to‘shagini tark etgan holda tunaydigan bo‘lsa, to tong otguncha, farishtalar u ayolni la’natlaydilar», deyilgan (Buxoriy, Muslim, Nasoiy rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamning namozi maqbul bo‘lmaydi va bironta yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi: qochoq qulning, to xo‘jayinlariga qaytib, qo‘lini ularning qo‘llariga qo‘ymagunicha; erini g‘azablantirgan — norozi qilgan ayolning, to eri undan rozi bo‘lmagunicha va mastning, to o‘ziga kelmagunicha» (Ibn Hibbon, Ibn Huzayma rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:05:47
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Eri hozir bo‘lgan (safarda bo‘lmagan) ayolga erining ruxsatisiz ro‘za tutishi va uning iznisiz birovni uyiga kirishiga izn berishi halol emas» (Buxoriy rivoyati).

Ushbu hadisi sharifdagi hukm ixtiyoriy-nafl ro‘zalarga taalluqli bo‘lib, erning haqi ulug‘ va itoati vojib bo‘lgani bois, undan izn so‘ramay turib xotini ro‘za tutishi mumkin emas.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar biron bandani boshqa bir bandaga sajda qilishga buyurgan bo‘lganimda, shubhasiz, xotinni eriga sajda qilishga buyurgan bo‘lardim» (Termiziy rivoyati).

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taboraka va taolo eriga noshukrlik qiladigan xotinga qaramaydi. Holbuki, u eridan behojat emas» (Nasoiy, Bazzor rivoyati).

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi ayol vafot etsa-yu eri undan rozi bo‘lsa, jannatga kiradi» (Ibn Moja, Termiziy rivoyati).

Rivoyat qilinadiki, ayol qiyomat kuni birinchi bo‘lib namozi va eridan so‘raladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:06:02
Rivoyat qilinishicha, ayol uyidan chiqsa-yu, eri norozi bo‘lsa, to (uyiga) qaytgunicha, osmondagi barcha farishtalar hamda insu jindan tashqari, u yonidan o‘tgan har bir narsa unga la’nat aytadi.

Ayol erini norozi qilishdan, g‘azablantirishdan saqlanishi va eri uni xohlagan vaqtida bosh tortmasligi lozim. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Agar er hojati uchun chorlasa, garchi (xotini) o‘choq boshida bo‘lsa ham kelsin» (Termiziy, Nasoiy, Ibn Hibbon rivoyati).

Ulamolar aytadilarki: «Magar ayol uzrli (hayz yoki nifos ko‘rgan) bo‘lsa, erining chaqirig‘iga javob bermasligi lozim. Shuningdek, er ham ayoli uzrli bo‘lgan vaqtda bu ishni talab qilmasligi va uzrli holati tugab, g‘usl qilmagunicha unga yaqinlik qilmasligi darkor. Zotan, Alloh taolo aytganki:
«Bas, hayz paytida ayollaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmangiz!» (Baqara surasi, 222).

Rivoyat qilinadiki: «Kimda-kim hayzli ayolga yoki xotinining orqasiga yaqinlik qilsa yoxud folbinga borib, gapini tasdiqlasa, batahqiq, u Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil qilingan narsaga kufr keltiribdi».

Boshqa bir hadisda: «Ayollarining orqalariga yaqinlik qiladigan kimsalarni Alloh la’natlaydi», deyilgan (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:06:11
Xullas, xotin uzrli holatida eri yaqinlik qilishni xohlasa, bo‘ysunmasligi, bundan boshqa barcha holatda itoat etishi lozim.

Yana ayol bilib olishi lozimki, u o‘z nafsida va erining molida undan izn so‘ramay turib, tasarruf qila olmaydi. Erining haqqi o‘zining haqqidan, eri qarindoshlarining haqqi o‘z qarindoshlari haqqidan muqaddam turadi. Eri u bilan huzurlanishi uchun, poklik-tozalikka e’tibor bergan holda tayyor bo‘lishi lozim. Husn-jamoli bilan eriga takabburlik qilmasligi, mabodo eri xunuk bo‘lsa, uni ayblamasligi darkor.

Asma’iy aytadilar: «Sahroyi arablar makoniga borgan edim. U yerda bir er-xotinni uchratdim. Xotin go‘zal, eri esa xunuk edi. Xotindan: «Mana shunday kishining qo‘l ostida yashashga qanday rozi bo‘lding?» deb so‘ragan edim, u: «Yaxshilab eshitib ol, ehtimol erim o‘zi bilan Yaratuvchisi — Alloh orasini yaxshi qilgandir-u, meni unga mukofot qilib bergandir. Ehtimol, men osiylik qilgandirman-u, uni menga jazo qilib bergandir», dedi.

Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Ey ayollar jamoasi, agar erlaringizning sizlarning ustingizdagi haqlarini bilganingizda edi, sizlardan har bir ayol erining oyoqlaridagi changni yuzining yonoqlari bilan artib qo‘ygan bo‘lardi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:06:19
Rivoyat qilinadiki: «Sizlarning jannatdagi ayollaringiz — har bir suyuvchiyu bolajon (serfarzand) ayollardir. Mabodo g‘azablansa, yoki unga yomon muomala qilinsa va yo eri g‘azablansa: «Qo‘lim qo‘lingizda, to rozi bo‘lmaguningizcha, kiprik qoqmayman», deydi».

Shuningdek, ayol eridan doimo hayo qilishi, uning huzurida yerga boqib turishi, buyrug‘iga itoat qilib, gapirayotganda sukut saqlashi, kirib kelganida yoki chiqib ketayotganida o‘rnidan turishi, unga yoqmaydigan barcha narsalardan uzoq bo‘lishi, uxlashi oldidan unga o‘zini arz qilishi, unga to‘shagi va mol-mulkida xiyonat qilmasligi, doimo pokiza bo‘lishi, misvok ishlatishga odatlanishi, u hozir bo‘lganda o‘ziga zeb berib, xushbo‘yliklar sepib, yo‘qligida ziynatni tark etishi, uning ahli va qarindoshlarini izzat-ikrom qilishi, ozgina narsasini ko‘p o‘rnida ko‘rishi vojib bo‘ladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:06:32
Fasl

Mute’ ayolning fazilati va osiy ayolning uqubati xususida

Alloh taolodan qo‘rquvchi ayol Allohga va eriga astoydil itoat qilishi, roziligini qozonishga jiddu jahd bilan harakat qilishi lozim. Zero, er ayolning jannati yoki do‘zaxidir.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Qaysi ayol vafot etsa-yu, eri undan rozi bo‘lsa, jannatga kiradi» (Termiziy, Hokim rivoyati).

Boshqa bir hadisi sharifda: «Agar ayol besh vaqt namozini o‘qisa, farjini — iffatini saqlasa va eriga itoat qilsa, jannatning istagan eshigidan kiradi», deyilgan (Ibn Hibbon rivoyati).

Rivoyat qilinadiki, eriga itoatkor ayol haqiga, modomiki eri undan rozi bo‘lar ekan, havodagi qushlar, suvdagi baliqlar, osmondagi farishtalar hamda quyosh va oy istig‘for aytadi.

Qaysi bir ayol eriga osiylik qilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati yog‘iladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:06:39
Qaysi bir ayol erining yuziga xo‘mrayib qarasa, to eriga tabassum qilib, ko‘nglini olmagunicha, Alloh undan norozi bo‘ladi.

Qaysi bir ayol uyidan erining ruxsatisiz chiqsa, to qaytgunicha, unga farishtalar la’nat aytishadi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Do‘zaxga boqib, uning ko‘pchilik ahli ayollar ekanini ko‘rdim».

Buning sababi ayollar Alloh va rasuliga hamda erlariga kam itoat qilib, ko‘p yasan-tusan qilishlaridir. Ya’ni, ular ko‘chaga chiqqanlarida pardoz-andoz qilib, o‘zlariga zeb berib, chiroyli, yaltir-yultir kiyimlarini kiyib, begona erkaklarni fitnaga solib yuradilar. Shuning uchun ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ayol kishi avratdir. Agar u uyidan chiqsa, shayton unga ko‘z tikadi», deganlar (Tabaroniy rivoyati).

Ayol qanchalik uyida muqim bo‘lsa, shunchalik Allohga yaqin bo‘ladi.

Boshqa bir hadisi sharifda shunday deyilgan: «Ayollar avratdir. Bir ayol uyidan chiqadi va uning xayolida yomonlik bo‘lmaydi. Biroq shayton unga ko‘z tikadi va: «Sen qaysi erkakning oldidan o‘tsang, uni ajablantirding», deydi. Aniqki, bir ayol kiyimlarini kiyib oladi. Unga: «Qayoqqa ketyapsan?» deyilsa, u: «Kasalni ko‘rib kelaman» yoki «Janozaga qatnashaman» va yo «Masjidda namoz o‘qiyman», deydi. Holbuki, hech bir ayol Rabbiga uyda ibodat qilganidek ibodat qilgan emas» (Tabaroniy rivoyati).
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:06:46
Shayton ayolning yelkasiga minib olishining sababi — u uyidan tashqariga chiqqan va shayton o‘ziga hokim bo‘lib olishiga yo‘l ochib bergan. Hech bir ayol Rabbiga ibodat qilib, eriga itoat qilib, uyida o‘tirganichalik, Alloh roziligini qozonishga intilmagan.

Ali roziyallohu anhu ayollari Fotimadan: «Ey Fotima, ayol kishi uchun eng yaxshi narsa nima?» deb so‘raganlarida, u zoti sharifa: «U (begona) erkaklarni ko‘rmasligi va (begona) erkaklar uni ko‘rmasligi», deya javob berganlar.

Ali roziyallohu anhu: «Uyalmaysizlarmi? Rashkingiz kelmaydimi?! Xotiningiz erkaklar orasiga chiqib yurishiga imkon berasizlar-da, yana u ularga qaraydi, ular unga qaraydi, deysizlar», der edilar.

Ummu Salama roziyallohu anho aytadilar: «Maymuna ikkimiz (bular Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollardir) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. Bir payt Ibn Ummu Maktum kela boshladi. Bu voqea hijobga buyurilganimizdan keyin bo‘layotgan edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Undan hijoblaninglar (o‘zingizni parda ortiga olinglar)» dedilar. Biz: «Yo Rasululloh, u kishi ko‘r emasmi? Bizni ko‘rmaydilar-ku», degan edik, u zot: «Nima, sizlar ham ko‘rmaysizlarmi? Uni ko‘rmayapsizlarmi?» dedilar» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Erkaklar nomahram ayollardan ko‘zlarini tiyishga buyurilganlaridek, ayollar ham nomahram erkaklardan ko‘zlarini tiyishga buyurilganlar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:06:55
Mabodo, ayol kishi ota-onasini yoki qarindoshlarini ziyorat qilish, hammomga borish kabi zaruriy ishlar uchun tashqariga chiqishga majbur bo‘lsa, yasan-tusan qilmasdan, o‘ziga oro bermasdan, keng, qalin kiyim kiyib, erining ruxsati bilan chiqsin. Yo‘lda ketayotganida u yoq-bu yoqqa alanglamasdan, yerga qarab, yo‘l chetidan yurishi lozim. Illo, osiy bo‘ladi.

Hikoya qilishlaricha, bir ayol uyidan tashqariga chiqqanda yasan-tusan qilib yurar edi. U vafot etgach, qarindoshlaridan biri tushida uni ko‘ribdi. U Alloh azza va jalla huzuriga yupqa kiyimda boribdi. Shu payt birdan shamol esib, ayol ochilib qolibdi. Alloh taolo undan yuz o‘giribdi-da: «Uni chap tomonidan ushlab do‘zaxga tashlanglar. U dunyoda yasan-tusan qiluvchilardan edi», debdi.

Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bironta ayol dunyoda eriga ozor bersa, u (kishi)ning hurul iynlardan bo‘lgan xotini: «Alloh halok qilgur, unga ozor berma. U sening oldingda vaqtincha mehmon xolos. U yaqinda sendan ajrab, bizga keladi», deydi» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:07:14
Fasl

Ayol eriga itoat etishga, roziligini qozonishga buyurilganidek, er ham xotiniga ehson qilishga, lutf-marhamat ko‘rsatishga, uning ayrim nojo‘ya harakatlariga sabr qilishga, yaxshi, tinch-totuv yashash, yedirib-ichirish va kiydirish kabi haqlarini ado etishga buyurilgan. Alloh taolo aytadiki:
«Ular bilan xushmuomala bo‘lib, tinch-totuv yashanglar» (Niso surasi, 19).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Ogoh bo‘linglar, ayollarga doimo yaxshi munosabatda bo‘linglar. Ular sizlarning qo‘l ostingizdagi asirlar, xolos. Bundan boshqa ularning biron narsasiga egalik qila olmaysizlar. Magar ular ochiq fahsh ishni qilsalar (unda haqqingiz bor). Agar itoatsizlik qilsalar, ularni yotoqlarida tark etinglar, so‘ngra jarohat yetkazmaydigan qilib uringlar. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar.

Ogoh bo‘linglarki, ayollaringiz ustida sizlarning haqqingiz bor va sizlarning ustingizda ayollaringizning haqqi bor. Ular ustidagi haqlaringiz — to‘shagingizni siz yoqtirmaydigan kimsaga bostirmasligi va siz yoqtirmaydigan kimsani uyingizga kiritmasligidir. Sizning ustingizdagi haqlari — ularga kiyimlari va taomlarini ehson qilishingiz» (Ibn Moja, Termiziy rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilaringiz ahliga yaxshi bo‘lganlaringizdir», dedilar (Ibn Hibbon rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:07:21
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mo‘minlarning iymoni eng mukammali xulqi go‘zalroq bo‘lganidir. Yaxshilaringiz xotinlariga yaxshi bo‘lganlaringizdir» (Termiziy, Ibn Hibbon rivoyati).

Asarda kelganki: «Qaysi erkak xotinining yomon xulqiga sabr qilsa, Alloh unga Ayyubga (a.s.) balolari evaziga berilgan miqdorda ajr beradi. Qaysi ayol erining yomon xulqiga sabr qilsa, Alloh unga Fir’avn xotini Osiyo binti Muzoximga berilgan miqdorda ajr beradi».

Rivoyat qilishlaricha, bir kishi Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga xotinining xulqi yomonligidan shikoyat qilish uchun keldi. Umarning eshigi yoniga kelib, chiqishini kutib turdi. Shu payt Umarga xotini qattiq-qattiq gapirayotganini eshitdi. U kishi esa hech bir so‘z qaytarmay, jim turardi. Haligi kishi: «Amiral mo‘minin bo‘laturib, yana shunchalik shiddati va salobati bilan Umarning holi shu bo‘lsa, mening ahvolim nima bo‘lardi?» deb iziga qaytdi. Shu vaqt Hazrati Umar uyidan chiqdilar va haligi kishining qaytib ketayotganini ko‘rib yoniga chorladilar-da: «Nima ehtiyojing bor?» deb so‘radilar. U «Ey amiral mo‘minin, xotinimning xulqi yomonligidan, tili uzunligidan sizga shikoyat qilish uchun kelgan edim. Qarasam, sizning xotiningiz ham shunday ekan. O‘zimcha, amiral mo‘mininning holi shu bo‘lsa, mening ahvolim nima bo‘lardi, dedim», deya javob berdi. Shunda Umar: «Ey birodar, xotinimning menda bir qancha haqlari bo‘lgani bois bu qilig‘iga sabr qildim. Zero, u ovqatimni pishiradi, nonimni yopadi, kiyimlarimni yuvadi, bolamni emizadi. Holbuki, bularning barchasi ham unga vojib emas. U sababli qalbim taskin topadi, haromdan saqlanaman. Shu bois sabr qildim», dedilar. U: «Ey amiral mo‘minin, mening xotinim ham shunday», degan edi, Umar roziyallohu anhu: «Ey birodar, sabr qil. Bu ozgina muddat, xolos», dedilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:07:34
Hikoyat

Hikoya qilishlaricha, bir solih kishining Alloh yo‘lida solih do‘sti bo‘lib, uni har yili bir marta ziyorat qilar edi. Bir kuni birodarini ziyorat qilish uchun kelib, eshigini taqillatdi. Xotini: «Kim?» deb so‘radi. U: «Eringning Alloh yo‘lidagi birodariman. Uni ziyorat qilish uchun keldim», dedi. Shunda xotini: «O‘tin terishga ketgandi. Alloh uni sog‘ qaytarmasin, salomat qilmasin, undoq qilsin, bundoq qilsin», deya qarg‘ay ketdi. U kishi eshik oldida turgan vaqtda tog‘ tarafdan birodari sherga bir quchoq o‘tin ortib kelib qoldi. Birodari bilan salomlashib, xush kelibsiz deb, o‘tinni ichkariga kirgizdi-da, sherga: «Barakalloh, endi boraqol», dedi So‘ng birodarini ichkariga taklif qildi. Xotini hanuz qarg‘anar, tili bilan ozor berar, eri esa bir so‘z qaytarmay, sukut saqlar edi. Solih kishi birodari bilan bir oz tamaddi qilgan bo‘ldi. So‘ng uyiga qaytdi. U birodarining shunday bema’ni xotiniga sabr qilib yashayotganiga ajablangan edi.

Oradan bir yil o‘tgach, u kishi odatiga binoan, birodarini ziyorat qilish uchun kelib eshigini taqillatdi. Xotini: «Kim?» dedi. U: «Eringizning Alloh yo‘lidagi birodari, falonchiman», degan edi, xotini: «Marhabo, xush kelibsiz. O‘tira turing, u kishi, inshaalloh, sog‘-salomat kelib qoladilar», dedi. Kishi xotinining shirinsuxan va odobliligidan ajablandi. Shu payt birodari o‘tin orqalab kelib qoldi. Kishi bundan ham hayratga tushdi. Birodari kelib u bilan salomlashib, ichkariga taklif qildi. Xotini ularga taom hozirladi va ularni shirinsuxanlik bilan taomga taklif qildi. Kishi ketishi oldidan birodariga: «Sizdan bir narsa so‘ramoqchi edim», dedi. Birodari: «Nima?» degan edi, u kishi: «O‘tgan yili kelganimda xotiningiz beodob, ko‘p qarg‘anar edi, siz esa o‘tinni sherga ortib keldingiz. Vahshiy hayvon amringizga muntazir edi. Bu yil esa, xotiningiz shirinsuxan, qarg‘anmaydi. Biroq o‘tinni o‘zingiz orqalab keldingiz. Buning boisi nima?» deb so‘radi. Shunda birodari javoban: «Ey birodar, o‘sha bema’ni xotinim vafot etdi. Uning axloqsizligi va qiliqlariga sabr qilar edim. U bilan yashash behuzurlik bersa-da, chidaganim bois shekilli, Alloh taolo menga o‘sha sherni bo‘ysundirib qo‘ygan, u og‘irimni yengil qilar edi. Xotinim vafot etgach, mana shu soliha ayolga uylandim. Bu muborak, mute’ ayol bilan rohat-farog‘atda yashayapman. Shu bois, sher kelmay qo‘ydi va o‘zim o‘tinni orqalab kelishga majbur bo‘ldim», dedi.

Alloh taolodan O‘zi yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan narsalarga sabr-bardoshli etmog‘ini so‘raymiz. Albatta, U marhamatli, saxovatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:07:57
O‘ttiz to‘qqizinchi gunohi kabira
DAYUSLIK VA QO‘SHMACHILIK

Alloh taolo aytadi:
«Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya’ni, zinokor ayollarga uylanish) mo‘minlarga harom qilingandir» (Nur surasi, 3).

Mazkur oyati karimada ifodalanishicha, zinokor, fosiq kimsa soliha ayollarga uylanishga rag‘bat ko‘rsatmaydi. Bil’aks, u o‘ziga o‘xshagan nopok, fosiqa ayolga yoki mushrikaga uylanishni xohlaydi. Shuningdek, fosiqa, nopok ayolga uylanishga solih kishilar rag‘bat bildirilmaydilar. Ularga fosiq va mushriklar rag‘bat-xohish bildiradilar.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamlar jannatga kirmaydilar: ota-onasiga oq bo‘lganlar, dayuslar, erkakshoda ayollar» (Nasoiy, Bazzor, Hokim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:08:26
Ammor ibn Yosir roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamlar hech qachon jannatga kirmaydilar: dayuslar, erkakshoda ayollar, xamr (mast qiluvchi narsa)ga mukkasidan ketganlar», dedilar. «Yo Rasululloh, xamrga mukkasidan ketganni, bilamiz. Dayus kim?» deb so‘rashgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ahlining huzuriga kim kirayotganiga parvo qilmaydigan kimsa», deb javob berdilar. «Erkakshoda ayol kim?» deb so‘rashgan edi: «O‘zini erkaklarga o‘xshatadigan ayol», dedilar (Tabaroniy rivoyati).

Musannif rahmatullohi alayh aytadilar: «Kimki xotinini fohishalik qiladi, deb o‘ylasa-yu, biroq uni yaxshi ko‘rgani yoki mahrini to‘lashga qurbi yetmasligi va yo yosh bolalari bo‘lib, ajrashgan taqdirda, ularning nafaqasini talab qilishdan qochganligi sababli, xotinining xiyonatini bilmaganga olsa, unday kimsa bu xotin bilan yashashga loyiq emas. Fayurligi — rashki yo‘q kimsada hech bir yaxshilik bo‘lmaydi.

Pokiza ayolni o‘z holiga qo‘ymay, fohishaga aylanishiga sababchi bo‘ladigan qo‘shmachiga ikki hissa gunoh bo‘ladi.

Allohdan barcha balo ofatdan omon saqlashni so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:08:52
Qirqinchi gunohi kabira
POKIZA AYOLLARGA TUHMAT QILISH

Alloh taolo aytadi:

«Albatta, (buzuq niyatlardan) bexabar, pokiza, mo‘mina ayollarni badnom qiladigan kimsalar dunyoda ham, oxiratda ham la’natga duchor bo‘ladilar. Ular uchun ulug‘ azob bordir. U Kun (qiyomat)da qilib o‘tgan (bo‘htonlari) sababli ularning tillari ham, qo‘lu oyoqlari ham o‘zlarining ziyonlariga guvohlik berur» (Nur surasi, 23—24).

«Pokiza ayollarni (zinokor) deb badnom qilib, so‘ngra (bu da’volariga) to‘rtta guvoh keltira olmagan kimsalar(ni) — ularni sakson darra uringlar va hech qachon ular tomonidan biron guvohlikni qabul qilmanglar! Ular fosiq — itoatsiz kimsalardir» (Nur surasi, 4).

Haromdan saqlangan, pokiza, hur ayolga kimda-kim «zinokor» yoki «fohisha» deb tuhmat qilsa, unga dunyo-yu oxiratda la’nat va ulkan azob bo‘lishini, bu dunyoda esa sakson darra urilib, garchi ishonchli bo‘lsa-da, guvohligi boshqa qabul qilinmasligini Alloh taolo bayon qildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi ishdan saqlaninglar», deb ular orasida: «(Buzuq niyatlardan) g‘ofil, pokiza, mo‘mina ayollarga tuhmat qilish»ni ham sanab o‘tganlar (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:09:00
Tuhmat qilish — pokiza, hur, muslima ayolga «ey zinokor» yoki «ey fohisha» va yo shunga ma’nodosh so‘zlarni aytish, eriga «ey fohishaning eri» o‘g‘liga «ey fohishaning o‘g‘li» qiziga «ey fohishaning qizi» deyish yoki shu kabi so‘zlarni so‘zlashdir.

Bironta erkak yoki ayol boshqa bir erkak yoki ayolga va yo yosh bolaga shu va shunga o‘xshash so‘zlarni aytsa, shu so‘zlarning rostligiga to‘rtta guvoh keltirishi lozim. Agar keltira olmasa, tuhmatga uchragan erkak yoki ayol talab qilsa, unga sakson darra uriladi.

Shuningdek, quliga tuhmat qilgan kimsa ham azobga giriftor bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Kimki quliga «zinokor», deb tuhmat qilsa, qiyomat kunida unga had (jazo) qo‘llanadi. Agar gapi rost bo‘lsa, (jazo) qo‘llanmaydi» (Muttafaqun alayh).

Ko‘p johillar behayo so‘zlarni aytishga odatlanib qolishgan. Holbuki, ular mana shu so‘zlari bilan dunyoda gunohkor, oxiratda azobga giriftor bo‘ladilar. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Banda o‘ylamasdan bir so‘zni aytadi-da, u sababli mashriq bilan mag‘rib orasidagi masofadan uzunroq masofaga do‘zaxga qulaydi» (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:09:07
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odam farzandi xatolarining aksariyati tilidandir», dedilar» (Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyati).

Boshqa bir hadisi sharifda: «Kimki Alloh va oxirat kuniga ishonar ekan, unda yaxshi gap gapirsin yoki sukut saqlasin», deyilgan (Muttafaqun alayh).

Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tiliga egalik qilgan, uyi sig‘dirgan va xatolariga yig‘lagan kishiga jannat bo‘lsin», dedilar (Tabaroniy rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mo‘min ta’na qiluvchi, la’nat aytuvchi, axloqsiz va behayo so‘zlovchi bo‘lmaydi» (Termiziy rivoyati).

Alloh taolo lutf-marhamati ila barchamizni tillarimiz yomonligidan saqlasin. Albatta, u saxovatli, marhamatli zotdir.

Foyda: Musannif rahimahulloh aytadilar: «Kim pok ekanliklarini tasdiqlovchi oyat tushganiga qaramasdan, Oisha roziyallohu anho onamizga tuhmat qilsa, u Qur’onni yolg‘onga chiqargan kofir hisoblanadi va o‘ldiriladi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:09:32
Qirq birinchi gunohi kabira
LA’NAT AYTISH

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonni so‘kish fosiqlik, o‘ldirish esa kufrdir» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mo‘minni la’natlash uni o‘ldirish bilan barobardir» (Muttafaqun alayh).

Abu Dardodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «La’natlovchilar qiyomat kunida shafoatchi ham, guvoh ham bo‘lmaydilar» (Muslim rivoyati).

Imom Muslim rivoyat qilgan boshqa bir hadisda: «Siddiq kishi la’natlovchi bo‘lishi durust emas», deyilgan.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mo‘min ta’na qiluvchi, la’nat aytuvchi, axloqsiz va behayo so‘zlovchi bo‘lmaydi» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:09:38
Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar banda biron narsani la’natlasa, la’nat osmonga ko‘tariladi. Biroq osmon eshiklari uning qarshisida yopiladi. So‘ng yerga qaytadi. Biroq uning qarshisida yer eshiklari ham yopiladi. Keyin o‘ngga-so‘lga yuradi. Agar biron imkon (qo‘nimgoh) topmasa, mabodo la’natlangan kishi munosib bo‘lsa, unga qaytadi. Munosib bo‘lmasa, aytgan odamga qaytadi» (Abu Dovud rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tuyasini la’natlagan ayolni tuyasidan mahrum qilish bilan jazolaganlar.

Imron ibn Husayn roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarda edilar. Bir vaqt ansoriy ayollardan biri achchiqlanib, minib kelayotgan tuyasini la’natladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni eshitdilar-da: «Ustidagi narsalarni olib, o‘zini qo‘yib yuboringlar. Zero, u mal’un-la’natlangandir», dedilar. O‘sha tuya odamlar orasida yurgani-yu, unga hech kim tegmaganini men hozir ham ko‘rib turgandekman» (Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kishi birodarining or-nomusiga tajovuz qilishi eng katta sudxo‘rlikdir» (Bazzor rivoyati).

Amr ibn Qays aytgan ekanlar: «Agar kishi uloviga minsa, ulovi: «Ey Allohim, uni menga mehribon hamroh qilgin», deydi. Agar uni la’natlasa: «Alloh va rasuliga osiy bo‘lganlarimizga Alloh azza va jallaning la’nati bo‘lsin», deydi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:09:52
Fasl

Muayyan, ma’lum bir shaxsni nomlamay, gunohkorlarni la’natlash joizligi xususida

Alloh taolo aytadi:
«Ogoh bo‘lingizkim, bunday zolimlarga Allohning la’nati bo‘lur» (Hud surasi, 18).

«So‘ngra Allohga tazarru bilan iltijo qilaylik-da, yolg‘onchilarni Alloh la’nat qilishini so‘raylik» (Oli Imron surasi, 61).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ribo yeyuvchini, yediruvchini, kotibini va guvohlarini la’natlaganlar» (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh halol qiluvchini ham, halollatuvchini ham la’natladi», dedilar (Ibn Moja rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soch ulovchi va ulatuvchi, badaniga naqsh soluvchi va soldiruvchi ayollarni la’natlaganlar (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:10:00
Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Biron bir dardsiz-uzrsiz soch ulovchi va ulatuvchi, qosh teruvchi va terdiruvchi, badaniga naqsh soluvchi va soldiruvchi ayollar la’natlangan», deganlar (Abu Dovud rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuzini yuluvchi, yoqasini yirtuvchi va o‘ziga o‘lim tilovchi ayollarni la’natlaganlar (Ibn Moja, Ibn Hibbon rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Otasini so‘kkan kimsa mal’undir. Onasini so‘kkan kimsa mal’undir. Allohdan boshqaga atab jonliq so‘ygan kimsa mal’undir. Yer chegaralarini o‘zgartirgan kimsa mal’undir. Hayvonga yaqinlik qilgan kimsa mal’undir. Lut qavmi amalini qilgan kimsa ham mal’undir», dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

Nabiy aytganlar: «Ota-onasiga oq bo‘lgan kimsani Alloh la’natladi» (Tabaroniy, Hokim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xotinining orqasiga yaqinlik qilgan kimsa mal’undir», dedilar (Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dod solib yig‘lovchi va uni tinglovchi ayolni la’natlaganlar (Abu Dovud rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:10:06
O‘g‘ri ham la’natlangandir.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh o‘g‘rini la’natlagandir: u bitta tuxumni o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi, arqon o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi», deganlar.

Oisha roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sahobalarimni so‘kmanglar. Sahobalarimni so‘kkan kimsani Alloh la’natlasin», dedilar» (Tabaroniy rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga taqlid qiladigan erkaklarni va erkaklarga o‘zlarini o‘xshatadigan ayollarni hamda sahroga yolg‘iz safar qilgan kishini la’natlaganlar» (Ahmad rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarini ayollarga o‘xshatadigan erkaklarni va o‘zlarini erkaklarga o‘xshatadigan ayollarni la’natlaganlar» (Buxoriy va boshqalar rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar kiyimini kiyadigan erkakni va erkaklar kiyimini kiyadigan ayolni la’natlaganlar» (Abu Dovud rivoyati).
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:10:13
Huzayfa ibn Usayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonlarga yo‘llarida ozor beradigan kimsaga ularning la’nati vojib bo‘ladi», deganlar (Tabaroniy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki birodariga temir parchasi bilan ishora qilsa, to (bu harakatidan) to‘xtamagunicha, farishtalar unga la’nat aytib turishadi. Garchi u ota bir yoki ona bir akasi bo‘lsa ham», deganlar (Muslim rivoyati).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Ribo yeyuvchi va yediruvchi (agar uning ribo ekanini bilishsa), guvohlari, badaniga naqsh soluvchi va soldiruvchi ayollar, zakotini bermaydigan kimsa, hijratdan keyin a’robiylikka qaytgan kimsalar qiyomat kuni Muhammad sollallohu alayhi vasallam tilida la’natlanurlar» (Ibn Huzayma rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonlar himoyasi bir xil bo‘lib, ularning eng oddiyi ham bunga harakat qila oladi. Kimki bir musulmonni yordamsiz tashlab qo‘ysa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘lur. Qiyomat kunida Alloh undan na farz, na nafl ibodatlarini qabul qilur. Va yana kimki otasidan boshqa kimsani «otam» deb iddao qilsa yoki xo‘jayinidan boshqa kimsaga o‘zini mansub deb bilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘lur, qiyomat kunida Alloh undan na farz, na nafl ibodatlarini qabul qilur» (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:10:21
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yuziga tamg‘a bosilgan eshak yonidan o‘taturib: «Uning yuziga tamg‘a bosgan kimsani Alloh la’natlasin», dedilar» (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuzga tamg‘a bosadigan kimsani la’natlaganlar (Tabaroniy rivoyati).

Erining to‘shagini tark etgan holda tunaydigan ayol qaytmagunicha la’natlanadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Er xotinini to‘shagiga chorlagan vaqtda (xotini) kelmasa va eri undan norozi bo‘lib tunasa, to tong otguncha farishtalar u ayolni la’natlaydilar» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyati).

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ayol uyidan chiqsa-yu, eri norozi bo‘lsa, to uyiga qaytgunicha, osmondagi barcha farishtalar va insu jindan tashqari u yonidan o‘tgan har bir narsa unga la’nat aytib turadi» (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:10:28
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlardan ilgari o‘tgan Bani Isroil qavmida biron kishi xato ish qilsa, boshqa biri uni koyib, bu ishdan qaytarardi. Ertasiga esa, kechagina uning xato qilganini ko‘rmaganday, u bilan birga o‘tirar, yeb-ichar edi. Alloh taolo ularning bu ishini ko‘rgach, ayrimlarining qalblarini ayrimlari tufayli muhrladi hamda ularni Dovud va Iso ibn Maryam tilida la’natladi. Ular osiylik qilganlari va hadlaridan oshganlari sababli shu balolarga duchor bo‘ldilar. Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, albatta, yaxshilikka buyurasizlar, yomonlikdan qaytarasizlar, xatokorning qo‘lidan tutib, haqqa, albatta, yo‘llaysizlar. Bo‘lmasa, Alloh, albatta, ayrimlaringiz qalblarini ayrimlaringiz tufayli muhrlaydi va ularni la’natlagandek, sizlarni ham la’natlaydi» (Tabaroniy rivoyati).

Abu Said Xudriy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha qurayshlik o‘tirgan uyga kirdilar-da, eshikning ikki kesakisidan tutib turib: «Uyda faqat qurayshliklar bormi?» deb so‘radilar. Ular: «Yo‘q, singlimizning o‘g‘li ham bor», deyishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Qavm singlisining o‘g‘li ham ulardandir», dedilar va davom etdilar: «Albatta, bu ish rahm-shafqat so‘rashganda rahm-shafqat ko‘rsatar, hukmda adolat qilar va taqsimotda to‘g‘ri, halol taqsimlar ekan, Quraysh qo‘lida bo‘ladi. Kimki buni qilmas ekan, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘lur» (Tabaroniy rivoyati).

Urva ibn Zubayrdan rivoyat qilinadi: Zubayr roziyallohu anhu bir o‘g‘rini uchratib qoldi va uni shafoatiga oldi. Undan: «Imomga (boshliqqa) olib borguncha shafoatingizga oldingizmi?» deb so‘rashgan edi, u zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, (imomga) yetgan vaqtda shafoat qiluvchini ham, shafoat qildiruvchini ham Alloh la’natlaydi», deya javob berdilar (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:10:38
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biron hukm borasida pora beruvchini ham, pora oluvchini ham la’natlaganlar» (Termiziy, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).

Mazkur hadisi sharifning yana bir rivoyatida: «Ular orasini kelishtiruvchi — dallolni ham la’natlaganlar», deyilgan.

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ayol va qizi orasini jamlagan (ya’ni, ikkalasini ham nikohiga olgan) kimsa mal’undir», dedilar (Tabaroniy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Oldimga Jabroil kelib: «Ey Muhammad, albatta, Alloh xamrni, uning siquvchisini, siqdiruvchisini, ichuvchisini, ko‘tarib keluvchisini, ko‘tarib keltiruvchisini, sotuvchisini, sotib oluvchisini, quyuvchisi va quydiruvchisini la’natlagandir», dedi» (Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).

Abu Juhayfa roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam it daromadi va qon daromadidan qaytardilar. Badaniga naqsh soluvchi va naqsh solingan ayollardan hamda foiz yeyuvchi va yediruvchi kimsalardan qaytardilar hamda musavvirlarni la’natladilar» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:10:54
Ilmni yashirgan kimsa ham mal’undir.

«Biz nozil qilgan hujjatlar va hidoyatdan iborat (Muhammad alayhissalom haq payg‘ambar ekani haqidagi) narsalarni odamlarga Kitobda (Tavrotda) ravshan qilib berganimizdan keyin yashiradigan kimsalarni, shubhasiz, Alloh la’natlagay va la’natlovchi zotlar (farishtalar va mo‘minlar) la’natlagaylar» (Baqara surasi, 159).

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga taqlid qiladigan erkaklarni va erkaklarga taqlid qiladigan ayollarni, «turmush qurmay o‘taman», deydigan zohid erkaklarni va shunday zohid ayollarni hamda yolg‘iz musofirni la’natladilar. Bu (ya’ni, yolg‘iz musofirni la’natlaganlari) sahobalarga yoqmadi. Bu ularning yuzlaridan bilinib turardi. Rasululloh keyin: «Yolg‘iz o‘zi uxlovchi ham (mal’undir)», dedilar» (Imom Ahmad rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:11:07
Fasl

Gunohlardan saqlangan musulmonni la’natlash haromligiga musulmonlar «ijmo’» qilishgan. Biroq qoralangan sifat egalarini la’natlash joiz. Masalan, «Alloh zolimlarni la’natlasin», «Alloh kofirlarni la’natlasin», «Alloh nasoro-yu yahudlarni la’natlasin», deyish mumkin.

O‘g‘ri, zolim, zinokor, sudxo‘r yoki yahudiy bo‘lgan muayyan bir insonni la’natlash, hadislar zohiriga binoan harom emas. Imom Fazzoliy rahimahulloh hazratlari esa buning haromligiga ishora qilganlar va Abu Lahab, Abu Jahl, Fir’avn, Homon kabi kofir holida o‘lgani ma’lum kimsalarnigina la’natlash joiz deb bilganlar. «Chunki la’natlash — Alloh rahmatidan chetlanish deganidir. Biz fosiq yoki kofirning xotimasi qanday bo‘lishini esa bilmaymiz, deydilar.

Biroq Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’natlagan muayyan kimsalarni la’natlash joiz. Chunki u zot sollallohu alayhi vasallam ularning kofir holida o‘lishlarini aniq bilganlar. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Allohim, Alloh va Rasuliga osiylik qilgan Ra’l, Zakvon va Usayya (yoki Asiyya) qabilalarini la’natlagin», deganlar (Muslim rivoyati).

Biror kishini duoibad qilish ham qariyib la’natlash bilan barobardir. Hattoki, zolimni «Alloh jismini sog‘ qilmasin» «Alloh salomat qilmasin» kabi so‘zlar bilan duoibad qilish durust emas. Bularning barchasi qoralangandir.

Shuningdek, jonli-yu jonsiz barcha mavjudotni la’natlash ham nojoiz.
Ayrim ulamolar aytganlarki: «Kimda-kim la’natga munosib bo‘lmagan kishini la’natlasa, darhol so‘zini qaytarib olsin...»
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:11:21
Fasl

Amri ma’ruf-nahiy munkar qiluvchi va har bir nasihatgo‘y qarshisidagi kishiga: «Holingga voy bo‘lsin» «Ey holi zaif», «Ey loqayd», «Ey o‘ziga zolim» kabi so‘zlarni aytsa joiz. Bunda faqat yolg‘onga o‘tib ketmasligi va rost bo‘lsa-da, qo‘pol, behayo so‘z so‘zlamasligi darkor. Odob berish, yomon xulqlardan qaytarish va so‘z ta’sirchan bo‘lishi uchun yuqorida zikr qilingan jumlalarni so‘zlash mumkin, xolos. Vallohu a’lam.

Ey Allohim, qalblarimizni o‘zingdan boshqaga bog‘lanib qolishdan pokla, bizni O‘zing yaxshi ko‘rgan va O‘zingni yaxshi ko‘rgan qavmdan qil. Bizni, ota-onamizni va barcha musulmonlarni mag‘firat ayla.
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:11:43
Qirq ikkinchi gunohi kabira
INSONNING O‘Z NASABIDAN TONISHI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimki bilaturib, otasidan boshqa kishini «otam» deb iddao qilsa, unga jannat haromdir» (Buxoriy rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Otalaringdan yuz o‘girmanglar, kim otasidan yuz o‘girsa, u kofir bo‘libdi» (Buxoriy rivoyati).

Yazid ibn Shurayk aytadilar: «Ali roziyallohu anhu minbarda xitob qilib aytardilar: «Yo‘q, Allohga qasamki, bizning oldimizda Allohning Kitobidan va ushbu sahifadagi narsadan boshqa o‘qiydigan Kitobimiz yo‘q». So‘ng sahifani ochdilar. Unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlari bor edi: «Madina ayrdan savrgacha hurmatlidir. Kimki bu yerda yangi ish (bid’at) paydo qilsa yoki bid’atchiga joy (boshpana) bersa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘lur. Alloh qiyomat kunida unday kimsaning na farz, na nafl ibodatlarini qabul qilur. Kimki otasidan boshqa kishini «otam» deb da’vo qilsa yoki o‘zini xo‘jayinlaridan boshqa kishilarga mansub deb bilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘lur. Alloh qiyomat kunida unday kimsaning na farz, na nafl ibodatlarini qabul qilur» (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi bir kimsa bilaturib, otasidan boshqa kishini «otam» desa, u aniq kofir bo‘libdi. Kimki o‘ziniki bo‘lmagan narsani «meniki» deb da’vo qilsa, bizdan emas. Unday kimsa o‘ziga do‘zaxdan joy hozirlab olaversin. Kimki bir kishini «kofir» yoki «Allohning dushmani» desa va u kishi bunday bo‘lmasa, aytgan so‘zi uning o‘ziga qaytadi» (Muslim rivoyati).

Allohdan afv, ofiyat hamda o‘zi suygan, rozi bo‘lgan amallarga muvaffaq etishini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:12:10
Qirq uchinchi gunohi kabira
OTA-ONAGA OQ BO‘LISH

Alloh taolo aytadi:
«(Ey inson), Parvardigoring sizlarga yolg‘iz Uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar u ikkovidan biri yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut — xokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil)!» (Al-Isro surasi, 23—24).

Farzand hamisha ota-ona xizmatiga tayyor turishi lozim. Chunki ular farzandining xizmatini qoyillatib qilishgan. Shuningdek, ular farzand kamoli, unib-o‘sishi — hayotini umid qilib uning qiliqlariyu ozorlarini ko‘tarishgan. Farzand esa, garchi ular ozoriga sabr qilsa ham, bu ularning o‘limigacha davom etadi, xalos. Qay birining haqi-xizmati ulug‘ ekaniga o‘zingiz baho bering.

«(Biz insonga buyurdikki): «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz o‘zimga qaytajaksan!» (Luqmon surasi, 14).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:12:26
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Uch oyat uch narsaga bog‘liq bo‘lib tushgan. Ularning biri sherigisiz qabul qilinmaydi.

Birinchisi:
«Ey mo‘minlar, Allohga itoat etingiz va Payg‘ambarga itoat etingiz!» (Muhammad surasi, 33).
Kimki Allohga itoat etsa-yu, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga itoat etmasa, bu qabul qilinmaydi.

Ikkinchisi:
«Namozni ado qilinglar va zakotni beringlar!» (Baqara surasi, 43).
Kimki namoz o‘qisa-yu, zakot bermasa, qabul qilinmaydi.

Uchinchisi:
«Sen Menga va ota-onangga shukr qil!» (Luqmon surasi, 14).
Kimki Allohga shukr qilsa-yu, ota-onasiga shukr qilmasa, qabul qilinmaydi».

Shuning uchun ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Parvardigor roziligi ota roziligida. Parvardigor noroziligi ota noroziligida (Ota rozi — Xudo rozi, ota norozi — Xudo norozi)», deganlar (Hokim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:12:34
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib jihodga borishga izn so‘radi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ota-onang hayotmi?» deb so‘radilar. U: «Ha», degan edi, «Ular yo‘lida jihod qilgin», dedilar» (Muttafaqun alayh).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ota-onaga yaxshilik qilishni, xizmatlariga shay turishni jihoddan ustun qo‘yganlariga bir e’tibor bering.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari haqida xabar beraymi? (Ular) Allohga shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish», dedilar (Muttafaqun alayh).

Ota-onaga yomon munosabatda bo‘lish, ularga yaxshilik qilmaslikni shirkdek eng ulkan gunoh bilan yonma-yon zikr qilganlariga ham bir e’tibor bering.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamga Alloh qiyomat kunida qaramaydi: ota-onasiga oq bo‘lgan kimsaga; mast qiluvchi narsaga mukkasidan ketgan kimsaga va bergan narsasini minnat qiluvchi kimsaga», dedilar (Nasoiy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:12:41
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh ota-onasiga oq bo‘lgan kimsani la’natladi», dedilar (Hokim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining o‘z ota-onasini so‘kishi gunohi kabiralardandir», dedilar. «Yo Rasululloh, inson o‘z ota-onasini ham so‘kadimi?» deb so‘rashgan edi, «Ha, — dedilar. — Boshqa kishining otasini so‘kkanda, u buning otasini so‘kadi. Onasini so‘kkanda esa, buning onasini so‘kadi» (Muttafaqun alayh).

Muhtoj bo‘lib qolgan ota-onaga infoq-ehson qilish ham ularga yaxshilik qilish jumlasidandir.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, mening mol-mulkim va bolalarim bor. Otam esa mol-mulkimni olib qo‘ymoqchi», degan edi, u zot: «O‘zing ham, moling ham otangnikidir», dedilar» (Ibn Moja rivoyati).

Bir kishi Abu Dardo roziyallohu anhuning huzuriga kelib: «Ey Abu Dardo, men bir ayolga uylandim. Biroq onam uni taloq qilishimni buyurdi», degan edi, Abu Dardo: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ota-ona jannatning eng o‘rta eshigidir», deganlarini eshitganman. Xohlasang shu eshikni buzib tashla, xohlasang saqlab qol», dedilar (Termiziy, Hokim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:12:52
Amr ibn Murra Juhaniy roziyallohu anhu dedilar: «Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, Allohdan o‘zga iloh yo‘q va siz shubhasiz, Allohning elchisidirsiz, deb guvohlik berdim, besh vaqt namozni o‘qidim, molimning zakotini berdim va ramazonda ro‘za tutdim. Menga nima (qanday mukofot) beriladi?» deb so‘ragan edi, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim mana shu holatda vafot etsa, qiyomat kunida payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan mana shunday birga bo‘ladi», deb ikki barmog‘ini tikladilar va: «Modomiki, ota-onasiniga oq bo‘lmas ekan», deb qo‘shib qo‘ydilar» (Ahmad, Tabaroniy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch xil duoning ijobat bo‘lishida shak-shubha yo‘q, (ular): mazlumning duosi, musofirning duosi va ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi» (Termiziy rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, Alloh gunohlardan xohlaganini qiyomat kuniga olib qo‘yadi. Biroq ota-onasiga oq bo‘lish bundan mustasno. Alloh ota-onasiga oq bo‘lgan odamni o‘lmasidan oldin shu dunyoning o‘zida jazolaydi.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan: «A’rof nima? U yerda kimlar bo‘ladi?» deb so‘rashdi. U zot: «A’rof jannat bilan do‘zax orasidagi tog‘ bo‘lib, jannat va do‘zaxdan balandroq bo‘lgani bois «a’rof» (tepalik) deb nomlangan. U yerda daraxtlar, mevalar, anhorlar va buloqlar bor. A’rofda ota-onalarining roziligisiz jihodga chiqib, jihodda o‘ldirilgan kishilar bo‘ladi. Alloh yo‘lida qatl qilinganlari ularni do‘zaxga tushishidan to‘ssa, ota-onalariga oq bo‘lganlari ularni jannatga kirishdan man qilib turadi. Alloh ular xususida hukmini chiqarmaguncha, ular A’rofda bo‘lurlar», dedilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:13:01
Ka’bul Ahbor rahmatullohi alayh aytadilar: «Banda ota-onasiga oq bo‘lsa, Alloh tezroq azob berish uchun uni tezda halok etadi. Banda agar ota-onasiga mehribon bo‘lsa, yanada ko‘proq yaxshilik va mehribonlik qilishi uchun Alloh bu bandaning umrini uzun qilib qo‘yadi».

Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Alloh taolo Muso alayhissalomga: «Ey Muso, ota-onangni ehtirom qil. Zero, kim ota-onasini ehtirom etsa, uning umrini ziyoda qilaman va o‘zini ham hurmat qiladigan farzand beraman. Kimki ota-onasiga oq bo‘lsa, uning umrini qisqa qilaman va o‘ziga ham itoatsizlik qiladigan farzand beraman», deb vahiy qildi.

Abu Bakr ibn Abu Maryam aytadilar: «Tavrotda: «Kimki otasini ursa, o‘ldiriladi», deyilganini o‘qidim».
Vahb aytadi: «Tavrotda: «Kimki ota-onasiga qo‘l ko‘tarsa, toshbo‘ron qilinadi», deyilganini o‘qidim».

Rivoyat qilinishicha, kimki ota-onasini haqorat qilsa, (dafn qilinganidan) so‘ng uning qabriga, osmondan yerga tushadigan har bir tomchi miqdoricha qizib turgan cho‘g‘ tushadi.

Rivoyat qilinadiki, ota-onasiga oq bo‘lgan kimsa dafn qilinsa, qabri uni qattiq siqadi. Hattoki, uning qovurg‘alari bir-biriga kirib ketadi. Qiyomat kunida eng qattiq g‘azabga giriftor bo‘ladigan insonlar uch toifa bo‘lib, ular mushrik, zinokor va ota-onasiga oq bo‘lgan kimsadir.

Ka’bul Ahbordan: «Ota-onaga oq bo‘lish nima?» deb so‘rashgan edi, u kishi: «Agar otasi yoki onasi uning nomidan qasam ichsa, qasamini oqlamaydi. Biror ishga buyursa, buyrug‘iga itoat etmaydi. Biror narsa so‘rasa, bermaydi va omonat qo‘ysa, xiyonat qiladi», deb javob berdilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:13:15
Onaning fazilati

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, go‘zal muomala-munosatbatda bo‘lishimga eng haqdor inson kim?» deb so‘ragan edi, u zot: «Onang», deb javob berdilar. «Keyin-chi?» degan edi, yana: «Onang», dedilar. «Keyin-chi?» degan edi, yana bir bor: «Onang», dedilar. «Keyin-chi?» degan edi, «Otang» dedilar» (Muttafaqun alayh).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam onaga yaxshilik qilishga uch bora buyurib, keyin otaga yaxshilik qilishga irshod etdilar. Chunki farzand o‘stirishda ona ko‘proq qiyinchilikni boshidan o‘tkazadi va otaga qaraganda mehribonroq bo‘ladi.

Muoviya ibn Johima aytadilar: «(Otam) Johima Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Men g‘azot qilmoqchiman, sizdan maslahat so‘ragani keluvdim», degan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam «Onang hayotmi?» deb so‘radilar. U: «Ha», dedi. «Borib onangni lozim tut (mudom xizmatida bo‘l). Zero, jannat onang oyog‘i ostidadir», dedilar Nabiy (Hokim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:13:24
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Bir ayol: «Yo Rasululloh, mana bu o‘g‘limga qornim joy, bag‘rim boshpana, ko‘kragim esa sug‘oradigan mesh bo‘lgan edi. Endi otasi uni tortib olmoqchi», dedi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Modomiki, nikohlanmas — boshqa erga tegmas ekansan, sen unga haqliroqsan», dedilar» (Ahmad, Abu Dovud, Hokim rivoyati).

Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xola ona maqomidadir», deganlar (Ahmad, Buxoriy, Muslim rivoyati).

Ya’ni, xolaga ham yaxshilik, xayr-ehson, hurmat ko‘rsatish lozim.
Ibn Umar roziyallohu anhumo yelkasiga onasini mingizib olib, Ka’bani tavof qildirayotgan kishini ko‘rdilar. U kishi: «Ey Ibn Umar, men onamning haqqini ado qila oldimmi?» deb so‘ragan edi, u zot: «To‘lg‘oqlaridan bir to‘lg‘oq haqini ham ado eta olmading. Biroq, yaxshi ish qilding. Alloh sening ozgina yaxshigilingga ko‘p savoblar ado etur», dedilar.

Bikir aytganlarki: «Qaysi bir kishi onasiga gapini eshitadigan darajada yaqin bo‘lsa, bu unga Alloh yo‘lida qilich chopishgandan ko‘ra afzalroqdir. Onasiga nazar solish esa barcha narsadan afzaldir».

Allohdan bizni O‘zining roziligiga muvaffaq etmog‘ini, g‘azabiga uchrashdan saqlamog‘ini so‘raymiz. Albatta, U marhamatli, mehribon va rahmli zotdir.
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:13:59
Qirq to‘rtinchi gunohi kabira
QARINDOSHLAR BILAN ALOQANI UZISH

Alloh taolo aytadi:
«Oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi solinadigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh urug‘laringiz (bilan ajralib ketishdan saqlaningiz)!» (Niso surasi, 1).

«Agar (iymondan) yuz o‘girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzursizlar! Unday kimsalarni esa Alloh la’natlagandir, bas, ularning (quloqlarini pand-nasihat etishidan) kar, ko‘zlarni esa (to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmaydigan) ko‘r qilib qo‘ygandir» (Muhammad surasi, 22—23).

Qurtubiy rahimahulloh aytadilar: «Alloh taolo bu ishni qilgan kimsa la’natga duchor bo‘lishini, ko‘zi va qulog‘idan haqiqiy suratda foydalanishdan mahrum etilishini, natijada ko‘rsa ham, yaxshi eshitsa ham, haqqa ergashmasligini va uni aql yuritmaydigan hayvon kabi qilib qo‘yishini xabar berdi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:14:14
«(Bu oyatlardan) faqat Allohga bergan ahdlariga vafo qiladigan va miysoq-va’dalarini buzmaydigan aql egalariga eslatma olurlar. Ular Alloh bog‘lanishga buyurgan narsalarni (ya’ni, qarindosh-urug‘lar bilan aloqani) bog‘laydilar. Parvardigorlaridan qo‘rqadilar va og‘ir hisob-kitobga duchor bo‘lishdan qo‘rqib, (doim chiroyli amallar qilishga intiladilar)» (Rad surasi, 20—21).

«Bu masal sabab (Alloh) ko‘plarni adashtiradi va ko‘plarni (haq yo‘lga) hidoyat qiladi. Bu (masal) sabab faqat Allohning aniq ko‘rsatmalarini buzadigan, U bog‘lanishiga buyurgan narsalarni uzadigan va yer yuzida buzg‘unchilik qilib yuradigan fosiq kimsalarnigina adashtiradi. Ular shubhasiz, ziyon ko‘rguvchilardir» (Baqara surasi, 26—27).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzuvchi kimsa jannatga kirmaydi», deganlar (Mutaffaqun alayh).

Kim boy bo‘lib, kambag‘al qarindoshlaridan takabburlik qilib aloqani uzsa, ularga xayr-ehson qilmasa, mazkur hadisi sharifdagi tahdid unga ham taalluqli bo‘lib, u jannatga kirishdan mahrum bo‘ladi. Magar Alloh azza va jallaga tavba qilib, qarindoshlariga ehson qilganlar bundan mustasno.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:14:22
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Meni haq (din) bilan yuborgan Zotga qasamki, silai rahmga (xayr-ehsonga) muhtoj qarindoshlari bo‘laturib, boshqalarga ehson qiladigan kishining sadaqasini Alloh qabul qilmaydi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, unday kimsaga qiyomat kuni Alloh qaramaydi», deganlar (Tabaroniy rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir inson qarindoshining oldiga borib, Alloh unga ato etgan fazl-boyligidan so‘rasa-yu, u baxillik qilsa, Alloh unga jahannamdan «shujo’» deb nomlangan ilon chiqaradi. Ilon uni chaqib, bo‘yniga o‘ralib oladi», deganlar (Tabaroniy rivoyati).

Kishi agar faqir bo‘lsa, qarindoshlarini ziyorat qilish, hollaridan xabar olish bilan aloqani bog‘lash kerak. Zero, qarindoshlar bilan aloqani bog‘lash buyurilgan. Bu ish iymondandir.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ekan, qarindoshlari bilan aloqani bog‘lasin», dedilar» (Muttafaqun alayh).

Qarindoshlar bilan aloqani bog‘lash rizqning ziyoda, umrning uzun bo‘lishiga sababdir va u yomon o‘limdan saqlaydi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:14:30
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kimki umri uzun, rizqi keng bo‘lishi va yomon o‘limdan saqlanishidan xursand bo‘lsa, Allohga taqvo qilsin va qarindoshlari bilan aloqani bog‘lasin», deganlar (Abdulloh ibn Imom Ahmad va Bazzor rivoyati).

Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Rahm (qarindoshlik) Arshda muallaq turadi va: «Meni bog‘laganni Alloh bog‘lasin, meni uzganni Alloh uzsin», deydi», deganlar» (Muttafaqun alayh).

Qarindoshlar bilan aloqani uzish tez orada jazolanishning, uqubatga uchrashning asosiy sabablaridan biridir.

Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh gunohkorga oxirat uchun hozirlab qo‘ygan uqubatdan tashqari bu dunyoda ham tezda jazo berishiga zo‘ravonlik va qarindoshlar bilan aloqani uzishdan ko‘ra munosibroq gunoh yo‘q», dedilar (Termiziy rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Javob qaytaruvchi (kelgannikiga boruvchi) qarindoshlik aloqalarini bog‘lovchi emas. Biroq qarindoshlik aloqasi uzilsa, uni bog‘lagan kishi qarindoshlik aloqalarini bog‘lovchidir» (Buxoriy va boshqalar rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:14:38
Ummu Gulsum binti Uqba (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Gina saqlovchi qarindoshga qilingan sadaqa-ehson eng afzal sadaqadir», dedilar (Ibn Xuzayma, Hokim rivoyati).
Boshqa bir hadisi sharifda: «Sendan uzilgan kishiga bog‘langin», deyiladi.
Silai rahm qilib, qarindoshlik aloqalarini bog‘lash vojib bo‘lgan qarindoshlar — opa-singillar, xolalar, ammalar va opa-singillarning qizlaridir.

Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning mavlosi — ozod qilgan qul Sulaymon aytadi: «Payshanba oqshomi — jumaga o‘tar kechasida davramizga Abu Hurayra keldilar-da: «Oramizdan turib ketmaguncha qarindoshi bilan aloqani uzgan har bir kishi qiyin ahvolda qoladi», dedilar. Bu so‘zni uch marotaba takrorlasalar ham, hech kim o‘rnidan qimirlamadi. Keyin bir yigit turib, ikki yildan beri aloqasini uzib qo‘ygan ammasining oldiga keldi. Huzuriga kirgach, ammasi: «Ey jiyan, qaysi shamol uchirdi?!» deb so‘radi. U: «Abu Hurayra shunday-shunday dedi», degan edi, ammasi: «Borib so‘ra-chi, nega bunday dedi ekan?» dedi. U borib so‘ragan edi, Abu Hurayra roziyallohu anhuning javobi quyidagicha bo‘ldi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Bani Odam amallari har payshanba oqshomi (jumaga o‘tar kechasi) Alloh taboraka va taologa ro‘baro‘ qilinadi. Shunda qarindoshlari bilan aloqani uzgan kishining amali qabul qilinmaydi», dedilar» (Imom Buxoriy «Adabul-mufrad» kitoblarida keltirganlar).

Alloh taolodan toatiga muvaffaq etishini tilaymiz. Albatta, U saxovatli va marhamatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:15:03
Qirq beshinchi gunohi kabira
QULNING QOCHISHI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qul qochsa, uning namozi maqbul bo‘lmaydi», deganlar (Muslim rivoyati).

Boshqa bir hadisi sharifda: «Qaysi bir qul qochsa, undan zimma (himoya) soqit bo‘ladi», deyilgan (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamning namozini Alloh maqbul qilmaydi va ularning bironta ham yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi: qochoq qulning, to xo‘jayinlariga qaytib, qo‘lini ularning qo‘llariga qo‘ymagunicha, erini norozi qilgan ayolning, to eri undan rozi bo‘lmagunicha va mastning, to o‘ziga kelmagunicha», deganlar.

Fuzola ibn Ubayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamdan so‘ralmaydi: jamoatdan ajrab, imomiga osiylik qilgan kimsa; xo‘jayinidan qochib, osiy holida o‘lgan qul yoki cho‘ri; eri uzoqda bo‘lib, dunyoviy ehtiyojini (oziq-ovqatini) ta’minlab qo‘ygan bo‘lsa-da, eridan yashirincha yasan-tusan etib, husni jamolini ko‘z-ko‘z qilib yuradigan ayol», dedilar» (Ibn Hibbon va Hokim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:15:35
Qirq oltinchi gunohi kabira
ZAIFLAR VA QO‘L OSTIDAGILAR — XOTIN, QUL, JONIVORLAR HAQINI POYMOL QILISH

Alloh taolo aytadi:
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta, Alloh mutakabbir va maqtanchoq bo‘lgan kimsalarni sevmaydi» (Niso surasi, 36).

Alloh taolo O‘zini bir, yakka va yolg‘iz deb bilish, ulug‘lash qatorida quyidagilarga yaxshi munosabatda bo‘lishni buyurdi:
Ota-onaga — ularga mehribonlik ila yaxshi munosabatda bo‘lish, qo‘pol muomala qilmaslik, huzurlarida baland ovozda gapirmaslik va qul ho‘jayiniga itoat etganday itoatkor bo‘lishi lozim.
Qarindosh-urug‘larga — ular bilan aloqani mustahkamlash, ularga yaxshi munosabatda bo‘lish lozimligi ham ta’kidlanmoqda.
Yetimlarga — ularga mehr-shafqat ko‘rsatib, boshlarini silash lozim.
Miskinlarga — imkoni bo‘lsa, ularga xayr-ehson qilish, bo‘lmasa, yaxshi so‘z so‘zlash darkor.
Qarindosh qo‘shni — nasabda yoki dinda qarindosh bo‘lgan qo‘shni. Uning ikkita haqi bor. Mabodo ham dinda, ham nasabda qarindosh bo‘lsa, uning uchta haqi bo‘ladi.
Begona qo‘shni — nasabda yoki dinda qarindosh bo‘lmagan qo‘shni.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘shnining haqi xususida shunday deganlar: «Jabroil menga qo‘shni haqida to‘xtovsiz vasiyat qilaverganidan yaqinda qo‘shnini ham merosxo‘r deb atasa kerak, deb o‘yladim» (Muttafaqun alayh).
Hamroh — safardagi yo‘ldosh bo‘lib, uning qo‘shnilik va hamrohlik haqlari bor.
Yo‘lovchi musofir — musofir to ko‘zlagan manziliga yetib olgunicha, unga taom va boshpana berish vojib.
Qo‘llaringizdagi qullaringiz — qul (cho‘ri)larning rizqini yaxshilab, xatolarini afv etish lozim.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:15:44
Zero, Alloh O‘zining ko‘rsatmalariga amal qilishdan bo‘yin tovlaydigan mutakabbir va U bergan ne’matlar sababli boshqa bandalardan o‘zini ustun qo‘yuvchi maqtanchoq kimsalarni suymas.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyodan ketish oldidan, so‘nggi kasallik chog‘larida namoz va qul-cho‘rilarga yaxshi munosabatda bo‘lish haqida vasiyat qilib: «Namoz, namoz (ya’ni, namozga qattiq e’tibor beringlar). Qo‘l ostingizdagilar xususida Allohdan qo‘rqinglar», degan edilar (Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, yaxshi hulq — baxt, yomon hulq esa — ko‘ngilsizlik (baxtsizlik).
Yana bir hadisi sharifda: «Yomon xulqli kishi jannatga kirmaydi», deyilgan (Termiziy rivoyati).

Abu Mas’ud Badriy aytadilar: «Bir qulimni qamchi bilan urayotgan edim. Ortimdan: «Ey Abu Mas’ud, bilib qo‘y», degan ovoz eshitildi. Fazabdan ovozni anglamay qoldim. Menga yaqin kelgach, qarasam u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanlar. U zot: «Abu Mas’ud, bilib qo‘y, sen bu g‘ulomdan qudratli bo‘lsang, Alloh sendan qudratlidir», dedilar. «Endi bironta ham qulni urmayman, dedim».

Ushbu hadisning boshqa rivoyatida: «U zot sollallohu alayhi vasallamning haybatlaridan qo‘limdan qamchi tushib ketdi», deyilgan. Yana bir rivoyatda: «Yo Rasululloh, u Allohning roziligi uchun ozoddir», degan edim, u zot: «Agar shunday qilmaganingda, shubhasiz, do‘zax olovida kuygan bo‘larding», dedilar», deyilgan (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:15:52
Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Kimki qulini qilmagan ishi uchun jazolab ursa yoki kaltaklasa, uni ozod qilish bilangina shu gunohi yuviladi» (Muslim rivoyati).

Hakim ibn Hizom roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Dunyoda odamlarni azoblaydigan kimsalarni Alloh, albatta, jazolaydi» (Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki zulm qilib qamchi ursa, qiyomat kunida undan qasos olinadi» (Bazzor va Tabaroniy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Xizmatkorni necha marta afv etish lozim?» deb so‘rashgan edi, «Har kuni yetmish marotaba», deb javob berdilar (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Kunlardan bir kuni qo‘llarida misvok tutib turgan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam xizmatkorini chorladilar. U sustkashlik qilgan edi, u zot: «Agar qasos olish xafvi bo‘lmaganida, ana shu misvok bilan senga ozor bergan bo‘lardim», dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhuning qora tanli cho‘risi bor edi. Bir kuni u zot cho‘risiga qamchi ko‘tardilar-da: «Agar qasos bo‘lmaganida, seni, albatta, savalar edim. Lekin seni haqingni to‘la qilib beradigan Zotga sotaman. Allohning roziligi uchun ozodsan», dedilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:16:01
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim pok qulini badnom qilsa (zinokor deb tuhmat qilsa), unga qiyomat kunida had joriy qilinadi. Magar aytgani rost bo‘lsa (jazolanmaydi)» (Muttafaqun alayh).

Bir hadisi sharifda: «Qulga taomi va kiyimidan beriladi hamda toqati yetmaydigan ishga buyurilmaydi», deyilgan (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qullaringizdan o‘zingizga ma’qul kelganlariga yeydigan narsangizdan yediringlar, kiyadigan narsangizdan kiydiringlar. Ma’qul kelmaganlarini esa sotib yuboringlar, Allohning bandalarini azoblamanglar» (Abu Dovud rivoyati).

Salmon Forsiy roziyallohu anhu Madoin shahrining amiri bo‘lib turgan davrida huzurlariga bir jamoat tashrif buyurdi. U xamir qorib turgan edi. «Cho‘ringizga xamir qordirsangiz bo‘lmaydimi?» deyishgan edi, u zot roziyallohu anhu: «Uni bir ishga jo‘natgan edik. Unga yana bir ishni jamlab qo‘yishni ma’qul topmadik», deb javob berdilar.

Salaflardan biri aytgan ekan: «Qulingni har bir gunohi uchun uraverma-da, xatolarini esingda saqlab yur. Agar Allohga osiylik qilsa, uni ur va senga qilgan itoatsizliklarini eslat».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:16:16
Fasl

Qul va cho‘rini farzandi yoki ukasidan judo qilish ularga qilingan eng katta yomonlikdir. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Kimda-kim ona bilan bolani bir-biridan judo qilsa, qiyomat kunida Alloh uni suyganidan judo qiladi (Termiziy, Hokim rivoyati).

Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga ikki aka-uka g‘ulomlarimni sotishni buyurdilar. Men ularni boshqa-boshqa kishiga sotdim. Buni u zot sollallohu alayhi vasallamga zikr qilgan edim: «Ikkalasini bitta odamga sot», dedilar» (Ahmad rivoyati).

Qul, cho‘ri va hayvonlarni och qoldirish ham katta zulmdir. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Qaramog‘idagilarni o‘z holiga tashlab qo‘yish kishining gunohkor bo‘lishiga kifoya qiladi» (Hokim, Abu Dovud, Nasoiy rivoyati).

Hayvonni qattiq urish yoki qamab qo‘yib, qarovsiz qoldirish yoxud toqatidan ortiqcha narsani yuklash ham katta zulmdir.

«Yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi (Bizning qo‘l ostimizdagi) jamoalardir» (An’om, 38), oyati tafsirida quyidagilar aytilgan: «Qiyomat kunida insonlar to‘planib turgan vaqtda jami hayvonlarni olib kelib, ular orasida hukm qilinadi. Hattoki shoxli qo‘chqordan shoxsiz qo‘chqorning o‘chi olib beriladi, hattoki mayda chumolidan boshqa bir chumolining qasosi olib beriladi. So‘ng ularga: «Tuproqqa aylaninglar!» deyiladi. Ana shunda kofir: «Qaniydi, men ham tuproqqa aylansam», deydi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:16:23
Bu tafsir hayvonlarning o‘zaro, shuningdek, hayvonlar bilan insonlar orasida hukm qilinishi dalildir. Binobarin, inson bironta hayvonni nohaq ursa yoki tashna-och qoldirsa va yo toqatidan tashqari narsani yuklasa, o‘sha hayvon qiyomat kunida undan qasos oladi.

Imom Buxoriy va Imom Muslimlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharif yuqoridagi fikrimizga dalil bo‘ladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir ayol mushuk sababli azobga giriftor bo‘ldi. Uni qamab qo‘ygan edi, o‘lib qoldi va u sababli do‘zaxga kirdi. Uni qamaganiga yarasha yedirib ichirmadi. Uni qo‘yib yubormadi hamki, yerdagi hashorotlardan terib yerdi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi sigir yetaklab ketayotgan edi. Bir vaqt uning ustiga minib oldi-da, urdi. Shunda sigir: «Biz bu ish uchun emas, yer haydash uchun yaratilmaganmiz», dedi» (Muttafaqun alayh).

Abu Sulaymon Doroniy aytadilar: «Bir marta eshakka minib, ikki-uch marotaba urdim. Shunda eshak boshini ko‘tarib menga qaradi-da: «Ey Abu Sulaymon, bu ish uchun qiyomat kuni qasos olinadi. Xohlasang ko‘p ur, xohlasang kam», dedi. Shundan keyin biron narsani urmayman, dedim».

Ibn Umar roziyallohu anhumo Quraysh yoshlari yonidan o‘tdilar. Ular bir qushni osib qo‘yib, uni mo‘ljalga olishayotgan, qushning egasiga xato ketgan har bir o‘qni berishga kelishishgan edi. Ibn Umarni ko‘rishgach, tarqalib ketishdi. U zot: «Bu ishni kim qildi? Bu ishni qilgan kimsani Alloh la’natlasin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham jonli narsani nishonga olgan kimsani la’natlaganlar», dedilar (Muttafaqun alayh).
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:16:31
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chorva hayvonlarini o‘ldirish uchun saqlab turishdan qaytarganlar (Muttafaqun alayh).

Ilon, chayon, sichqon va quturgan it kabi shariatda o‘ldirishga izn berilgan jonivorlarni o‘ldirayotganda ham, qiynamasdan bir daf’ada o‘ldirish lozim. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biron narsani o‘ldirsanglar, unga yaxshilik qilinglar. Agar biron jonliqni so‘ysanglar, unga ham yaxshilik qilinglar. So‘yadiganingiz pichog‘ini o‘tkirlab olsin va qurbonligini rohatlantirsin», deganlar (Muslim va boshqalar rivoyati).

Shuningdek, jonivorni yoqib o‘ldirish ham mumkin emas. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men sizlarga falonchi va falonchini yoqib yuborishni buyurgan edim. Vaholanki, olov bilan faqat Alloh azoblaydi. Shuning uchun ularni topsangizlar, o‘ldiringlar», deganlar (Buxoriy rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan safarda edik. Bir vaqt kichkina qush ko‘rib qoldik. Uning ikkita jo‘jasi bor edi. Jo‘jalarini olib qo‘ygan edik, tepamizda gir aylanib ucha boshladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam keldilar-da, aytdilar: «Kim buni bolasi sababli bezovta qildi? Bolasini unga qaytaringlar», dedilar. So‘ng biz yondirgan chumoli uyasiga ko‘zlari tushib: «Bunga kim o‘t qo‘ydi?» deb so‘radilar. «Biz», degan edik, «Parvardigordan boshqaning olov bilan azoblashga haqqi yo‘q», dedilar» (Abu Dovud rivoyati).

Mazkur hadis olov bilan mayda hashoratlarni ham o‘ldirish mumkin emasligiga hujjatdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:16:46
Fasl

Biror bir jonivorni bekordan-bekorga o‘ldirish makruhdir.


Sharid roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimki bironta chumchuqni bekordan-bekorga o‘ldirsa, qiyomat kuni u Allohga: «Ey Rabbim, falonchi meni bekordan-bekorga o‘ldirdi, biron-bir maqsad — foyda uchun o‘ldirmadi», deya chug‘urlaydi», deganlarini eshitdim» (Nasoiy, Ibn Hibbon rivoyati).

Qushlarni jo‘ja ochish davrida ovlash ham, hayvonlarni onasi ko‘z o‘ngida so‘yish ham makruhdir.

Ibrohim ibn Adham aytganlarki: «Bir kishi buzoqni onasi oldida so‘ygan edi, Alloh uning qo‘lini quritib qo‘ydi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:16:57
Fasl

Qul-cho‘rini ozod qilish fazilati haqida

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bir musulmon qulni ozod qilsa, Alloh uning har bir a’zosi evaziga buning a’zosini, hattoki farji evaziga farjini do‘zaxdan ozod etadi» (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi bir musulmon kishi boshqa bir musulmon kishini ozod qilsa, u (qul) uning do‘zaxdan xalos bo‘lishiga to‘lov bo‘ladi. Qulning har bir a’zosi uning a’zosiga badal bo‘ladi. Qaysi bir musulmon kishi ikkita muslima ayolni ozod qilsa, ular uning do‘zaxdan xalos bo‘lishiga to‘lov bo‘ladi. Ularning har bir a’zosi uning a’zosiga kifoya qiladi (badal bo‘ladi). Qaysi bir muslima ayol bir muslima ayolni ozod qilsa, u (cho‘ri) uning do‘zaxdan xalos bo‘lishiga to‘lov bo‘ladi. U (cho‘ri) uning har bir a’zosiga (badal bo‘ladi)» (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:17:10
Qirq yettinchi gunohi kabira
ODAM O‘LDIRISH

Alloh taolo aytadi:

«Kim qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannam bo‘lib o‘sha joyda abadiy qolajak. Va u Allohning g‘azabi va la’natiga duchor bo‘lgan, Alloh uning uchun ulug‘ azobni tayyorlab qo‘ygandir» (Niso surasi, 93).

«Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga duo-iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur» (Furqon surasi, 68—70).

«Ana o‘sha (qotillik) sababli Biz Bani Isroil zimmasiga (shunday farmonni) bitdik: «Kimki biron jonni (o‘ldirmagan) va yerda buzg‘unchilik qilib yurmagan odamni o‘ldirsa, demak, go‘yo barcha odamlarni o‘ldiribdi va kimki unga hayot ato etsa (ya’ni, o‘ldirishdan bosh tortsa yoki o‘limdan qutqarsa), demak, u go‘yo barcha odamlarga hayot beribdi» (Moida surasi, 32).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:17:20
Ya’ni, kimki bir odamni qasos olish yoki qilgan jinoyati uchun jazolash kabi sabablarsiz, bekordan-bekorga o‘ldirsa, go‘yo barcha odamlarni o‘ldirgandek bo‘ladi. Chunki uning uchun odamning farqi yo‘q. Shuningdek, kimki boshqa insonni o‘ldirishni harom deb bilsa va bu jinoyatdan qo‘lini tiysa, undan barcha insonlar salomat bo‘lishadi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi gunohdan saqlaninglar!» deb, ularning ichida «Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o‘ldirish», deya zikr etganlar.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Alloh nazdidagi eng ulkan gunoh qaysi?» deb so‘ragan edim, «Allohga boshqani teng deb bilishing, holbuki, U seni yaratgan», deya javob berdilar. «Bu rostdan ham ulkan gunoh, so‘ng qaysi?» degan edim, «Ovqatingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib, farzandingni o‘ldirishing!» dedilar. «Keyin-chi?» deb so‘ragan edim, «Qo‘shningning xotini bilan zino qilishing», deya javob berdilar» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar ikki musulmon qilichlari bilan to‘qnashsalar, o‘ldirgan ham, o‘lgan ham do‘zaxda», dedilar. «Yo Rasululloh, bu-ku qotil, biroq maqtulning gunohi nima?» deb so‘rashdi. Shunda u zot: «U ham birodarini o‘ldirishga ishtiyoqmand edi», dedilar (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:17:27
Imom Abu Sulaymon Xitobiy aytadilar: «Bu hukm biron ta’vil sabab bilan emas, balki o‘zaro adovat, tarafkashlik yoki dunyo, obro‘, mansab tufayli urushganlarga taalluqlidir. Biroq, kimda-kim bog‘iylarga qarshi jang qilsa yoki o‘zini yo oilasini mudofaa qilsa, bu tahdidning unga daxli yo‘q. Chunki u o‘zini himoya etish uchun jang qilishga buyurilgan bo‘lib, maqsadi birodarini o‘ldirish emas. Axir u zot sollallohu alayhi vasallam: «U ham birodarini o‘ldirishga haris — ishtiyoqmand edi», deganlar!»

Kimki bog‘iy yoki yo‘lto‘sar musulmonga qarshi jang qilsa, uni o‘ldirishga haris-ishtiyoqmand bo‘lmaydi. Aksincha, o‘zini mudofaa qiladi, xolos. Agar tajovuzkor o‘z ishini to‘xtatsa, unga tegmaydi, ta’qib etmaydi. Hadis bunday kishilar haqida vorid bo‘lmagan, ularning daxli yo‘q. Aksincha, hadisda bunday (shar’iy) sabab bo‘lmay turib, jang qilganlar iroda qilingandir. Vallohu a’lam.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ogoh bo‘linglar, mendan keyin ayrimlaringiz boshqalaringizning bo‘yniga uradigan kofir bo‘lib ketmangiz!» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Modomiki nohaq qon to‘kmas ekan, mo‘min inson dinidagi kenglikda bardavom bo‘laveradi» (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Ibn Umar roziyallohu anhu aytganlarki: «Nohaq qon to‘kish sira qutulib bo‘lmaydigan halokatli ishlardandir» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:17:36
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kuni insonlar orasida birinchi bo‘lib qonlar xususida hukm qilinadi» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Allohga dunyoning zavol topishi musulmon kishining qatl etilishidan ko‘ra yengilroqdir» (Muslim va boshqalar rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Gunohi kabiralar (ushbulardir): Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, biron jonni o‘ldirish va yolg‘on qasam» (Buxoriy rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Biron bir jon mazlum holda o‘ldirilsa, uning qonidan bir qismi Odamning birinchi o‘g‘li bo‘ynida bo‘ladi. Chunki u qotillikni birinchi bo‘lib joriy etgan edi» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki ahdlashgan kishini o‘ldirsa, jannat hidini hidlamaydi. Vaholanki, uning hidi qirq yillik masofadan kelib turadi» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:17:45
Islom davlatida yashaydigan, jiz’ya to‘laydigan g‘ayridin muahid (ahdlashgan) hisoblanadi. Endi ahdlashgan g‘ayridinni o‘ldirishning oqibatida shu bo‘lsa, musulmonni o‘ldirishning oqibati qanday bo‘lar ekan...

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ogoh bo‘linglar, kimda-kim Alloh va Rasulining himoyasidagi ahdlashgan jonni o‘ldirsa, aniqki, u Allohning kafolatini barbod qilibdi. Binobarin, u jannat bo‘yini totmaydi. Vaholanki, uning bo‘yi yetmish yillik masofadan kelib turadi» (Termiziy rivoyati).

Muoviya roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh barcha gunohlarni kechirishi mumkin, ammo bir kishi kofir holida o‘lgan bo‘lsa, yoki bir kishi mo‘minni qasddan o‘ldirsa, bu gunohlarni kechirmaydi» (Nasoiy, Hokim rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, «Kimki bir mo‘minning qatl etilishiga yarimta so‘z bilan yordam bersa, ikki ko‘zi orasiga «Alloh rahmatidan noumid» deb yozilgan holida Allohga yo‘liqadi».

Alloh taolodan ofiyat tilaymiz.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:18:00
Qirq sakkizinchi gunohi kabira
O‘Z JONIGA QASD QILISH

Alloh taolo aytadi:
«Bir-birlaringizni (ya’ni, mo‘min-mo‘minni) o‘ldirmangiz» (Niso surasi, 29).

Ya’ni, hindlarning johillariga o‘xshab, o‘zingizni-o‘zingiz o‘ldirmangiz yoki o‘zingizni halokatga tashlamangiz.

Amr ibn Os roziyallohu anhu bu oyatni sovuq (shamollash) xavfi bo‘lganda tayammum qilishga ta’vil etganlari va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bunga e’tiroz bildirmaganlari yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.

Yoki, qatl etilishga sabab bo‘ladigan jinoyatni qilmangiz, degan ma’noda.

Ayrim ulamolar: «O‘zlaringiz»dan murod dindoshlardir. Zero, mo‘minlar bitta jon kabidir, oyat bir-biringizni o‘ldirmangiz, degan ma’noda», deyishgan.

«Albatta Alloh sizlarga mehribon bo‘lgan zotdir».
Ya’ni, sizlarga boshqacha mehribon bo‘lgani bois ayrim ishlarni buyurdi va ayrim ishlardan qaytardi.

«Kim haddan oshib, zo‘ravonlik bilan shunday ishlarni qilsa, Biz uni do‘zaxga kiritajakmiz. Bu Alloh uchun oson bo‘lgan ishdir» (Niso surasi, 29—30).

Ya’ni, kimki Alloh qaytargan ishlarni qilsa, jumladan botil yo‘llar bilan mol yesa yoki nohaq qon to‘ksa, Alloh uni do‘zaxga mahkum qiladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:18:17
Jundab ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlardan ilgari o‘tganlardan bir kishi jarohatlandi. Besabrlik qilib pichoq oldi-da, qo‘l(tomiri)ni kesib tashladi va ko‘p o‘tmay, qon yo‘qotib vafot etdi. Alloh: «Bandam joniga qasd etdi, unga jannatni harom qildim», dedi» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki tog‘dan o‘zini tashlab, joniga qasd qilsa, u jahannam olovida abadul-abad o‘zini pastga tashlaydi. Kimki zahar ichib joniga qasd qilsa, u qo‘lida zaharini tutib, jahannam olovida abadul-abad o‘zini zaharlaydi. Kimki o‘zini temir bilan o‘ldirsa, u qo‘lida temirini tutib, jahannam olovida abadul-abad u bilan o‘zini uradi» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati).

Sobit ibn Zahhokdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mo‘minni la’natlash uni o‘ldirish bilan barobardir. Kim bir mo‘minni kofirlikda ayblasa, uni o‘ldirgandek bo‘libdi. Kimki o‘zini biron narsa bilan o‘ldirsa, qiyomat kunida o‘sha narsa ila azoblanadi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Bir kishi jarohatining og‘rig‘iga chidolmay, o‘limini tezlatib, qilichining tig‘i bilan o‘zini o‘ldirdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam u haqda: «U do‘zax ahlidandir», dedilar (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Alloh taolodan bizlarni hidoyatiga yo‘llashini, nafslarimiz yovuzligi va amallarimiz yomonligidan saqlashini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, mag‘firatli va rahmli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:18:40
Qirq to‘qqizinchi gunohi kabira
SEHR

Sehrgar, shak-shubhasiz, kofirdir. Alloh taolo aytadi:
«Balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar» (Baqara surasi, 102).

Mal’un shaytonning odamlarga sehr o‘rgatishdan ko‘zlagan birdan-bir maqsadi — ularni mushrikka aylantirish.

Alloh taolo Horut va Morut haqida xabar berib shunday deydi:
«Holbuki, u farishtalar: «Biz faqatgina fitnamiz (ya’ni, odamlarni aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib) kofir bo‘lib qolma», demasdan turib hech kimga hech narsa o‘rgatmas edilar. — Va o‘shalardan (Horut va Morutdan) er-xotinning orasini buzadigan narsalarni o‘rganadilar. (Lekin) ular (yahudiylar) Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkaza olmaydilar. Ular o‘zlariga hech foydasiz, bil’aks zararli narsalarni o‘rganadilar. Axir (Allohning Kitobi o‘rniga sehrni) almashgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yo‘q ekanini bilgan edilar-ku» (Baqara surasi, 102).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:18:48
Ko‘plab gumroh kimsalarning sehrga aralashib yurganiga guvoh bo‘lasiz. Ular sehrni faqatgina harom deb o‘ylaydilar va uning kufr ekanini his qilmaydilar. Bu hol ayniqsa, er-xotin orasidagi munosabatlarda — issiq-sovuq va shu kabi narsalarni qilishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular bu ishlarida aksariyat qismi shirk va kufr bo‘lgan so‘zlarni qo‘llaydilar.

Sehrgarning jazosi — o‘lim. Chunki u Allohga kufr keltirgan yoki shunga yaqinroq ish qilgan bo‘ladi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halokat qiluvchi gunohlardan saqlaninglar», deb ulardan biri sehr ekanligini bayon qilganlar (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Har bir banda Alloh taolodan qo‘rqishi va dunyo-yu oxiratini kuydirib yuboradigan buningdek ishlardan saqlanishi lozim.

Jundab roziyallohu anhu aytgan edilar: «Sehrgarning jazosi — qilich bilan chopib tashlash».
Bajola ibn Ubda aytadi: «Umar roziyallohu anhudan vafot etishlaridan bir yil oldin maktub oldik. Unda, «Sehrgar erkagu sehrgar ayolning har birini o‘ldiringlar», deyilgan edi (Ahmad, Abu Dovud rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:18:54
Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Alloh azza va jalla: «Mendan o‘zga iloh yo‘q. Sehr qilgan va sehr qildirgan, fol ochgan va fol ochdirgan, shumlangan va shumlantirgan kimsalar Mendan emas» deydi», deb ayrim kitoblarda o‘qidim».

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Folbin sehrgardir, sehrgar esa kofirdir», deganlar.
Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Uch toifa odam jannatga kirmaydi: «Mast qiluvchi narsaga odatlanib qolgan kimsa, qarindosh-urug‘lar bilan aloqani uzgan kimsa va sehrni tasdiqlovchi kimsa» (Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Albatta, dam solish (afsun o‘qish), tumor taqish va issiq-sovuq qilish shirkdir» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Kimki tumor yoki munchoq taqib, bu ko‘z tegishidan saqlaydi, deb e’tiqod qilsa shirk keltirgan bo‘ladi.
Issiq-sovuq Alloh taolo bitgan taqdirga ta’sir etadi, deb e’tiqod qilishadi. Bu esa shirkdir.

Xitobiy roziyallohu anhu aytadilr: «Agar Qur’on yoki Alloh taoloning ismlari bilan dam solsa, bu mubohdir. Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husayn roziyallohu anhumolarga dam solib: «Sizlarni Allohning to‘liq kalimalari ila har bir shaytonu hasharotdan va har bir yomon ko‘zdan O‘z panohida saqlashini so‘rayman», der edilar» (Hokim rivoyati).

Alloh panoh so‘ralguvchi zot, suyanishga loyiq zot ham Udir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:19:15
Elliginchi gunohi kabira
FOLBIN VA MUNAJJIMNI TASDIQLASH

Alloh taolo aytadi:
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma. Chunki quloq, ko‘z, dil — bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Al-Isro surasi, 36).

Bu oyatning tafsirida Kalbiy: «Bilmagan narsang haqida gapirma», degan bo‘lsalar, Qatoda: «Eshitmagan narsangni eshitdim, ko‘rmagan narsangni ko‘rdim va bilmagan narsangni bildim, demagin», deganlar.

«Chunki quloq, ko‘z, dil — bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur», oyatini tafsir qilib, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Alloh bandalaridan bu a’zolarni qanday ishlarga ishlatganini so‘raydi», deganlar.

Bu oyati karima halol bo‘lmagan narsaga qarash, harom narsani eshitish va joiz bo‘lmagan narsani iroda qilishdan qaytarishga hujjat bo‘ladi. Vallohu a’lam.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:19:29
«(U zot) g‘aybni bilguvchidir. Bas, O‘z g‘aybidan biron kimsani ogoh qilmas. Faqat O‘zi rozi bo‘lgan payg‘ambarnigina (O‘zining g‘aybidagi sir-asrorining ayrimlaridan ogoh etar)» (Jin surasi, 26—27).
Mazkur oyati karima yulduzlar g‘aybga dalolat qiladi, deb iddao qilgan kimsa kofir bo‘lishiga dalildir. Vallohu a’lam.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bashoratgo‘y yoki folbinning oldiga borib, aytayotgan gapini rost deb bilsa, u shubhasiz, Muhammadga tushgan narsaga kufr keltiribdi» (Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati).

Zayd ibn Xolid Juhaniy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz bilan bomdod namozini o‘qidilar. Tuni bilan yomg‘ir yog‘ib chiqqan edi. Namozni o‘qib bo‘lgach, odamlarga yuzlanib: «Rabbingiz nima deganini bilasizlarmi?» dedilar. Ular: «Allohning Rasuli bilguvchiroq», deb javob berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «U zot aytdiki: «Bandalarimdan ayrimlari menga iymon keltirib, ayrimlari kufr keltirib tong ottirdi. Kimki: «Allohning fazli va rahmati ila bizga yomg‘ir yog‘di», desa, u Menga iymon keltirib, yulduzlarga kufr keltiribdi. Ammo kimki: «Bu va u hodisalar (shamol, bulut), bo‘lib bizga yomg‘ir yog‘di», desa, u Menga kufr keltirib, yulduzlarga iymon keltiribdi» (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:19:36
Ulamolar aytadilarki: «Agar bir musulmon: «Falon hodisa bo‘lib yomg‘ir yog‘di», desa va bu gapini shu hodisa, masalan, havo bulut bo‘lishining o‘zi yomg‘irni paydo qiladi va yomg‘ir yog‘averadi, degan ma’noda aytgan bo‘lsa, u, shubhasiz, murtad bo‘lib, kofirga aylanadi. Agar bu gapni shu hodisa yomg‘ir yog‘ishining alomati, odatda shu hodisa bo‘lganda yomg‘ir yog‘adi, biroq yomg‘irning yaratuvchisi Alloh taolo va u Allohning fazli ila yog‘adi, degan ma’noda gapirgan bo‘lsa, kofir bo‘lmaydi.

Har qanday holatda ham, bu jumla kofirlar gapi bo‘lgani bois uni aytish makruhdir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bashoratgo‘yning oldiga borib, undan biron narsani so‘rasa va uni tasdiqlasa, qirq kungacha uning bironta ham namozi qabul qilinmaydi» (Muslim rivoyati).

Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan folbinlar haqida so‘rashdi. U zot: «Ular haq emaslar», dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, ular gohida shunday gaplarni aytadilarki, u haq bo‘lib chiqadi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu haq kalimani jin o‘g‘rincha bilib oladi-da, uni do‘sti-folbinning qulog‘iga quyadi. Folbinlar esa unga yuzta yolg‘onni aralashtirib yuboradilar», dedilar» (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:19:43
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Farishtalar bulutga tushadilar va osmonda hukm qilingan ishni zikr qiladilar. Shayton o‘g‘rincha quloq tutib, eshitib oladi-da, uni folbinlarga yetkazadi. Ular esa unga o‘zlaridan yuzta yolg‘on qo‘shib, yolg‘on gapiradilar» (Buxoriy rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki yulduzlar ilmidan (munajjimlikdan) bironta ilmni egallasa, sehrning bir bo‘lagini o‘g‘irlagan bo‘ladi. U ziyoda bo‘lgan sayin bu ham ziyoda bo‘laveradi» (Abu Dovud rivoyati).

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu aytganlar: «Folbin sehrgardir, sehrgar esa kofirdir».

Alloh taolodan dunyo-yu oxiratda ofiyat va panoh tilaymiz.
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:20:07
Ellik birinchi gunohi kabira
BOSHLIQNING QO‘L OSTIDAGILARNI ALDASHI VA ULARGA ZULM QILISHI

Alloh taolo aytadi:

«Faqat odamlarga zulm qiladigan va yerda nohaq hadlaridan oshadigan kimsalar(ni ayblash va zulmu zo‘ravonliklari uchun jazolash)gagina yo‘l bordir. Ana o‘shalar uchun alamli azob bordir» (Sho‘ro surasi, 42).

«(Ey Muhammad), siz hargiz: «Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g‘ofil», deb o‘ylamang!» (Ibrohim surasi, 42).

«Zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar» (Shuaro surasi, 227).
Bu tahdid har qanday zolimga taalluqlidir. Ya’ni, zolim kimsalar xunuk, yomon oqibatga – azobga, do‘zaxga qarab ketmoqdalar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bizni aldasa, u bizdan emas» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:20:14
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Zulm qiyomat kuni zulmat bo‘lur» (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har biringiz nozir (boshliq) va qo‘l ostingizdagilar xususida mas’uldirsiz» (Muttafaqun alayh).

Abdulloh ibn Mug‘affal roziyallohu anhu aytadilar: «Guvohlik berib aytamanki, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qaysi bir boshliq yoki hokim qo‘li ostidagilarni aldagan holda bir qorong‘u tunni o‘tkazsa, Alloh unga jannatni harom qiladi», deganlarini eshitdim» (Tabaroniy rivoyati).

Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Alloh azza va jalla qaysi bandani bir raiyyatga boshliq qilib qo‘ysa va u raiyyatini aldagan holda vafot etsa, Alloh unga jannatni harom qiladi», deganlarini eshitdim» (Muttafaqun alayh).
Boshqa bir rivoyatda: «... u jannat hidini ham hidlamaydi», deyilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki o‘nta odamga amir bo‘lsa, u qiyomat kunida kishanlangan holda keltiriladi. Alal-oqibat, uni adolat xalos etadi yoki jabr-zulm halok qiladi» (Bazzor, Tabaroniy rivoyati).
Ya’ni, odil bo‘lgan bo‘lsa, kishandan najot topadi, zolim bo‘lgan esa, halok bo‘ladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:20:22
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Amirlarning holiga voy, oriflarning holiga voy, aminlarning holiga voy. Qiyomat kuni kokillaridan Surayyo (yulduzi)ga ilinib, yer bilan osmon orasida muallaq turgan kimsalar: «Bironta ishga ham boshchilik qilmaganimizda edi», deb orzu qiladilar» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).

Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qiyomat kuni shunday bir soat keladiki, unda odil qozi: «Ikki kishi orasida bir meva xususida bo‘lsa-da, sira hukm chiqarmaganimda edi», deb orzu qiladi», deganlarini eshitdim» (Ahmad, Ibn Hibbon rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey Allohim, kimki ummatimning bironta ishiga boshliq bo‘lib, ularni mashaqqatga qo‘ysa, uni Sen ham mashaqqatga qo‘y. Kimki ummatimning bironta ishiga boshliq bo‘lib, ularga mehribonlik qilsa, unga Sen ham mehribonlik qilgin», der edilar (Muslim, Nasoiy rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh kimni musulmonlarning bironta ishiga rahbar qilib qo‘ysa-yu, u musulmonlarning ehtiyojlari, muhtojliklari va faqirliklaridan ko‘z yumsa, Alloh qiyomat kunida uning ehtiyoji, muhtojligi va faqirligidan ko‘z yumadi» (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati).
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:20:29
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mendan so‘ng amirlar bo‘ladi. Kimki ularning huzuriga kirib, yolg‘onlarini tasdiqlasa, zulmlariga yordam bersa, u mendan emas, men ham undan emasman. Va u hovuzga yaqin kelmaydi. Kimki ularning huzuriga kirmasa va zulmlariga yordam bermasa, yolg‘onlarini tasdiqlamasa, u mendan va men ham undanman. Va u hovuzga keladi» (Termiziy rivoyati).

Abu Umoma roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ummatimdan ikki toifasi hargiz shafoatimga noil bo‘lmaydi: «Zolim, adolatsiz rahbar hamda har bir yovuz murtad» (Tabaroniy rivoyati).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kuni eng qattiq azobga duchor bo‘ladigan do‘zaxiy — payg‘ambarni o‘ldirgan yoki payg‘ambar tomonidan o‘ldirilgan kimsa va haq yo‘ldan adashgan rahbar» (Bazzor rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki odamlarga rahm qilmas ekan, unga Alloh ham rahm qilmaydi» (Tabaroniy).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz roziyallohu anhuni Yamanga yuborayotganlarida: «Mazlumning duosidan qo‘rq. Zero, uning duosi bilan Alloh orasida hijob — to‘siq yo‘qdir», deganlar (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh qiyomat kunida uch toifa odam bilan gaplashmaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi ham», deb ulardan biri yolg‘onchi podshoh ekanini bayon qilganlar (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:20:37
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlar yaqinda amirlikka qiziqib qolasizlar. Holbuki, u qiyomat kunida nadomatga sabab bo‘ladi» (Buxoriy rivoyati).

Yana bir hadisi sharifda: «Biz bu ishga (amirlikka) uni so‘ragan kishilarni ham, unga qiziqqan kishilarni ham tayinlamaymiz», deyilgan.

Abdurahmon ibn Samura roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Amirlikni so‘rama. Agar unga so‘ramasdan yetishsang, uni qo‘llab-quvvatlaysan. Bordi-yu, unga so‘rab yetishsang, unga suyanib qolasan», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhuga: «Alloh seni ahmoq amirlardan panohida saqlasin», dedilar. «Ahmoq amirlar kimlar?» deb so‘ragan edi, «Mendan keyin keladigan amirlar bo‘lib, ular men ko‘rsatgan yo‘ldan yurmaydilar va mening sunnatimga amal qilmaydilar», deb javob berdilar (Ahmad, Bazzor rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki musulmonlarga qozi bo‘lishni talab qilib, unga erishsa, so‘ng adolati zulmidan ustun kelsa, unga jannat bo‘lur. Bordi-yu, jabr-zulmi adolatidan ustun kelsa, unga do‘zax bo‘lur» (Abu Dovud rivoyati).

Rivoyat qilinadiki, qiyomat kunida voliy (hokim) olib kelinib, jahannam ko‘prigiga qo‘yiladi. So‘ng ko‘prik shunday qattiq silkinadiki, uning har bir bo‘g‘imi o‘rnidan siljib ketadi. Agar u ishlarida Allohga itoat etgan bo‘lsa, ko‘prikdan o‘tib oladi. Agar ishlarida Allohga osiylik qilgan bo‘lsa, ko‘prik parcha-parcha bo‘lib ketadi va u ellik yil miqdoricha jahannam qa’riga qulab tushadi.

Amr ibn Muhojir aytadilar: «Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhu menga: «Agar meni haqdan og‘ganimni ko‘rsang, ikki qo‘ling bilan yoqamdan tutib: «Ey Umar, nima qilyapsan?!» deb ayt», degan edilar».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:21:01
Ellik ikkinchi gunohi kabira
ZULM

Zulm bir necha turli bo‘ladi. Botil yo‘l bilan mol topish, yetim molini yeyish, bandalarni o‘ldirish, urish, jarohat yetkazish, haqorat qilish, la’natlash, tuhmat qilish va hokazo.

«(Ey Muhammad), siz hargiz: «Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g‘ofil» deb o‘ylamang!»
Ya’ni, Alloh zolimlarning qilmishlarini unutib yuboradi, deb o‘ylamang. Zero, Allohning sunnati (odati) o‘zi shunday – osiylarni ozgina muddat o‘z holiga qo‘yib qo‘yadi-da, so‘ng izzati va qudratiga xos tarzda tutadi-jazolaydi.

«Faqat Alloh ular(ning jazolari)ni ko‘zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo‘rqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoqda, xolos».

Ya’ni, ularni jazolashni dahshati va shiddatidan ko‘zlar ochilgan ko‘yi qimirlamay qoladigan qiyomat kuniga kechiktirmoqda.

«(U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko‘targan hollarida (chorlangan tomonga hisob-kitob uchun) chopurlar. Ko‘zlari o‘zlariga qaytmaydi (ya’ni, qo‘rquvdan qotib qolib, o‘zlarining qanday holda ekanliklarini ham ko‘rmaydilar). Dillari (dahshatdan) bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolur. (Ey Muhammad), odamlarni ogohlantirib qo‘yingki, ularga azob kelar kunda (qiyomatda) zolim kimsalar: «Parvardigoro, bizlarga ozgina muhlat bergin, (ya’ni, bizlarni dunyoga qaytarib, ozgina hayot bergin, albatta) Sening da’vatingni qabul qilurmiz va payg‘ambarlaringga ergashurmiz» deydilar. (Shunda ularga javob qilinur): «Ilgari (hayot paytingizda) hech qachon zavolga yuz tutmasligingiz (ya’ni, hech qachon o‘lmasligingiz va oxirat jazosiga duchor bo‘lmasligingiz) haqida qasam ichmagan edingizlarmi? Holbuki, sizlar o‘zlariga zulm qilgan kimsalarning maskanlariga (ular zavolga yuz tutganlaridan keyin) joylashgan edingizlar. Ularni qanday (halok) qilganimiz ham sizlarga aniq m’lum edi. Biz sizlar uchun (qanchadan-qancha) misollar keltirgan edik (lekin sizlar bu ko‘rgan-bilganlaringizdan ibrat olmadingizlar, haq yo‘lga yurmadingizlar)» (Ibrohim surasi, 42-45).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:21:19
«Faqat odamlarga zulm qiladigan va yerda nohaq hadlaridan oshadigan kimsalar(ni ayblash va zulmu zo‘ravonliklari uchun jazolash)gagina yo‘l bordir» (Sho‘ro surasi, 42).

«Zolim kimsalar yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib olurlar» (Shuaro surasi, 227).

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Zulmdan saqlaninglar. Zero, zulm qiyomat kuni zulmat bo‘lur. Ziqnalikdan saqlaninglar. Zero, ziqnalik sizlardan oldingilarni halok etdi — ularni o‘zaro qonlarini to‘kishga va harom ishlarni halol qilishga olib keldi» (Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Parvardigor azza va jalla aytadi: «Ey bandalarim, Men O‘zimga zulmni harom qildim va uni sizlarning orangizda ham harom qildim. Bas, bir-biringizga zulm qilmanglar» (Muslim, Termiziy, Ibn Moja rivoyati).

Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh zolimga uzoq umr beradi. Uni ushlagan vaqtda esa, qutula olmaydi», dedilar va Hud surasining 102-oyatini o‘qidilar:

«Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo‘lgan shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi — azobi alamli va qattiqdir» (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:21:30
Xavla binti Omir Ansoriya roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ayrim kishilar Allohning moliga tajovuz qiladilar. Qiyomat kuni ularga do‘zax bo‘lur», deganlarini eshitdim» (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz roziyallohu anhuni Yamanga yuborayotganlarida: «Mazlumning duosidan ehtiyot bo‘l, zero, uning duosi bilan Allohning orasida parda-to‘siq yo‘qdir», degan edilar» (Muttafaqun alayh).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bir birodarining nomusi yoki boshqa narsasiga zulm qilgan bo‘lsa, dinoru dirham bo‘lmaydigan (kundan) ilgari qutulib olsin. Aks holda, uning yaxshi amallaridan zulmiga yarashasi mazlumga olib beriladi. Bordi-yu, yaxshiliklari bo‘lmasa, mazlumning yomonliklaridan olinib, unga yuklanadi» (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muflis (o‘ta miskin, nochor) kimligini bilasizlarmi?» deb so‘ragan edilar, sahobalar: «Bizning nazdimizda chaqasi ham, matosi ham yo‘q kishi muflisdir», deya javob berishdi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mening ummatimdagi muflis shunday kishiki, u qiyomat kuni namozi, ro‘zasi va zakoti bilan keladi. Keladi, biroq kimnidir haqorat qilgan, boshqasini badnom etgan, bunisining molini yegan, boshqasining qonini to‘kkan, yana birovni urgan bo‘ladi. Keyin uning yaxshiliklaridan ularga olib beriladi. Mabodo bo‘ynidagi narsalar bitmay turib, yaxshiliklari tugab qolsa, ularning xatolaridan olinib unga yuklanadi. So‘ng do‘zaxga uloqtiriladi» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:21:40
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim qarich yer ustida zulm qilsa (o‘ziniki qilib olsa), o‘sha yerning yetti qavati uning bo‘yniga osib qo‘yiladi» (Muttafaqun alayh).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Minoda xitob qilib: «Ogoh bo‘linglarki, Alloh sizlarga qonlaringizni va mollaringizni ushbu kuningiz va ushbu oyingiz hurmati kabi harom (hurmatli) qildi. Yetkazdimmi?» dedilar. Ular: «Ha», deyishgach, uch marotaba: «Ey Allohim, O‘zing guvoh bo‘l», dedilar» (Buxoriy rivoyati).

Abdulloh ibn Unays roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh qiyomat kuni bandalarni (yoki insonlarni) yalong‘och, xatna qilinmagan va yo‘qsil holda tiriltiradi», dedilar. Biz: «Yo‘qsillik nima?» deb so‘ragan edik, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ularning hech narsasi bo‘lmaydi. So‘ng ularga uzoqdagi kimsa ham yaqindagi kimsa kabi eshitadigan ovozda: «Men hakamman, men podshohman. Bironta do‘zaxiyning bironta jannatiyda haqqi bo‘lsa, to unga qasosini olib bergunimcha do‘zaxga tushishi joiz emas. Va bironta jannatiyning bironta do‘zaxiyda haqqi bo‘lsa, hattoki bir tarsaki bo‘lsa-da, unga ham qasosini olib bermagunimcha jannatga kirishi joiz emas», deb nido qiladi», dedilar (Ahmad rivoyati).

Huzayma ibn Sobit roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Mazlumning duosidan saqlaninglar. Zero, u bulutda ko‘tariladi. Alloh: «Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, garchi ozginadan keyin bo‘lsa-da, senga, albatta, yordam beraman», deydi» (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:21:46
Jobir aytadilar: «Dengiz muhojirlari qaytib kelgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Habash yerida ko‘rgan narsalaringizdan ajoyibini gapirib bermaysizlarmi?» dedilar. Bir yigit: «Aytib beramiz, yo Rasululloh» deb, so‘z boshladi: «Bir joyda o‘tirgan edik. Yonimizdan boshida bir ko‘za suv ko‘targan rohiba kampir o‘tdi. U yerlik bir yigit turgan edi. U bir qo‘lini kampirning kuraklari orasiga qo‘yib itarib yubordi. Kampir cho‘kkalab qoldi, ko‘zasi sindi. O‘rnidan turib unga qaradi-da: «Yaqinda bilasan, ey zolim! Alloh kursini qo‘yib, avvalgilaru oxirgilarni to‘playdigan, qo‘l va oyoqlar qilib o‘tgan ishlarini so‘zlaydigan kunda Uning huzurida sen bilan mening holim qanday bo‘lishini bilib olasan!» dedi». Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rost aytibdi, rost aytibdi. Kuchlilardan zaiflarining haqqi olib berilmaydigan ummatni Alloh qanday qilib aziz qilsin», dedilar» (Ibn Moja rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, besh toifa odamdan Alloh g‘azablanadi. Xohlasa, Uning azobi shu dunyoning o‘zida beriladi. Xohlasa, oxiratda ularni do‘zaxga hukm qiladi. Ular: bir qavmning boshlig‘iki, rayiyatidan o‘z haqqini to‘la-to‘kis oladi, o‘zi esa ularga insof qilmaydi, ularni zolimlardan himoya qilmaydi; bir qavmning yetakchisiki, odamlar unga itoat etishadi, u esa kuchli bilan kuchsizni teng ko‘rmaydi va havoi nafsidan gapiradi; bir kishiki, ahlini va bolalarini Allohga itoat etishga buyurmaydi, ularga diniy ishlarni o‘rgatmaydi; bir kishiki, mardikor yollab ishini qildiradi-da, haqini to‘liq bermaydi; bir kishiki, xotiniga mahri borasida zulm qiladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Tuvaloq qush zolimning zulmidan ozib uyasida jon beradi».

Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu aytadilar: «Alloh taolo maxluqotlarni yaratgach, ular o‘rinlaridan turib, boshlarini ko‘taradilar-da: «Ey Parvardigor, Sen kim bilansan?» deb so‘rashadi. Alloh: «To haqqi olib berilmaguncha mazlum bilan birgaman», deydi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:22:00
Abu Umoma roziyallohu anhu aytadilar: «Qiyomat kuni zolim jahannam ustidagi ko‘prikdan o‘tayotganda, mazlum unga duch kelib, zulmini eslatadi. Zulm qilgan kimsalar to qo‘llaridagi yaxshiliklarni olib qo‘yishmaguncha, mazlumlar oldidan keta olmaydilar. Agar ularning yaxshiliklari bo‘lmasa, qilgan zulmlari barobarida mazlumlarning yomonligi ularga yuklanadi. So‘ng ular do‘zax qa’riga qulaydilar».

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar: «Qiyomat kuni erkak yoki ayol bandaning qo‘lidan ushlab, butun maxluqotlar ko‘z o‘ngida: «Bu falonchining o‘g‘li falonchi. Unda kimning haqqi bo‘lsa, kelib haqqini olsin», deb nido qilinadi. Ayol kishi otasi, akasi yoki erida haqqi qolgan bo‘lsa, bundan shod bo‘ladi».

So‘ng: «U kunda oralarida (qarindosh-urug‘chilik) nasablari bo‘lmas. Bir-birlaridan (biron narsa haqida) so‘ramaslar», oyatini o‘qib, so‘zlarida davom etdilar: «Alloh O‘z haqqidan xohlaganini kechiradi. Biroq, insonlarning haqlaridan biron narsani kechmaydi. Bir banda odamlarga ro‘baru qilinadi. So‘ng Alloh taolo haqdorlarga: «Haqingizni olgani kelinglar», deydi va farishtalarga: «Uning solih amallaridan olib, har bir haqdorga haqqiga yarashasini beringlar», deya amr etadi. Agar banda Allohning valiyi (do‘sti) bo‘lsa va zarra misqolichalik yaxshi amali ortib qolsa, Alloh taolo o‘sha amalini ko‘paytiradi va u sababli bandani jannatga doxil qiladi. Bordi-yu, banda badbaxt bo‘lib, yaxshi amali qolmasa, farishalar: «Parvardigoro, uning yaxshiliklari tugadi, biroq hali talabgorlari bor», deydi. Shunda Alloh: «Ularning yomonliklaridan olib, uning yomonliklariga qo‘shinglar», deydi. So‘ngra u do‘zaxga haydaladi».

Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kuni banda uchun o‘zini taniydigan kishini uchratishdan ko‘ra yoqimsizroq narsa bo‘lmaydi. Chunki u dunyoda qilgan zulmiga to‘lov talab etishidan xafvsirab turadi. Bu xususda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Qiyomat kunida haqlar haqdorlarga olib beriladi. Hatto shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yning o‘chi olib beriladi» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:22:09
Ayrim kitoblarda yozilishicha, Alloh taolo: «Mendan o‘zga yordamchisi bo‘lmagan kishiga zulm qilgan kimsa Mening qattiq g‘azabimga duchor bo‘libdi», deydi.

Bir shoir aytadi: «Qodir bo‘lsang-da, zulm qilma, chunki zulmning oqibati nadomatdir. Mazlum bedor bo‘lib duoibad qiladi, sening ko‘zlaring uxlar, biroq Alloh uxlamas».
Salaflardan biri aytar ekan: «Zaiflarga zulm qilma. Aks holda eng yovuz kuchlilardan bo‘lasan».

Vahb ibn Munabbah aytganlar: «Zo‘ravon podshohlardan biri baland qasr bino qilibdi. Bir kambag‘al kampir qasrning yoniga kichkina kulba qurib unda yashay boshlabdi. Kunlardan bir kuni podshoh otiga minib qasri atrofida aylanib yurib bir kulbaga ko‘zi tushib qolibdi. «Bu kimniki?» «Kambag‘al ayolniki». U kulbani buzib tashlashni buyuribdi. Kampir kelib kulbasi buzilganini ko‘rib, hammasini surishtirib bilgach, boshini osmonga ko‘tarib debdi: «Ey Parvardigoro, men bu yerda bo‘lmagan ekanman, Sen qaerda eding?» So‘ng Alloh Jabroilga qasrni ichidagi kishilari bilan qo‘shib ag‘darib tashlashni buyurgan edi, u darhol buyruqni bajardi».

Xolid ibn Barmak va o‘g‘li hibsga olinganida o‘g‘li: «Kechagina aziz edik, bugun esa kishanlangan mahbusmiz» degan edi, Xolid: «Ey o‘g‘lim, mazlumlar tuni bilan duoibad qilgan. Biz undan g‘aflatda bo‘lganmiz. Alloh esa g‘ofil emas», dedi.

Yazid ibn Hakim aytar ekan: «Bir kishidan qo‘rqqanimdek boshqalardan sira qo‘rqmaganman. Men unga Allohdan o‘zga yordamchi yo‘qligini bilaturib zulm qilgan edim. U esa: «Alloh menga kifoya. Sen bilan mening oramizda Alloh (hakam)dir», der edi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:22:27
Abu Atohi ismli shoirni Rashid hibsga oldi. Shoir unga qamoqdan quyidagi ikki baytni yozib yubordi:

«Allohga qasamki, zulm — yomonlik,
Yomon kimsa esa zolimdir, so‘zsiz.
Ey zolim, ertaga Alloh oldida
«Malomat» tutingay senga og‘a, do‘st...»


Zikr etishlaricha, Kisro (fors podshohi) o‘g‘liga ta’lim-tarbiya beradigan ustoz tayin qildi. Bola fazlu odobda barkamol bo‘lib o‘sdi. Bir kuni ustozi uni qattiq urdi. Bola esa katta bo‘lguncha, ustoziga nisbatan ich-ichidan kek saqlab yurdi. Uning xayolidan o‘sha sababsiz urilgan zarba ketmasdi.

Otasi o‘lib taxtga chiqqach, birinchi ustozini yoniga chorladi:
— Falon, falon kuni hech bir sababsiz, aybim bo‘lmasa-da, meni qattiq urgan edingiz. Bunga sizni nima majbur qildi?
— Ey podshoh, fazlu odobda kamolga yetganingizga, siz otangizdan so‘ng taxtga o‘tirishingizni bilgan edim. Shuning uchun sizga kaltak og‘rig‘ini, zulm alamini tottirishni xohladim, toki biron kimsaga ham zulm qilmagaysiz.
Podshoh bu javobdan mamnun bo‘lib: «Alloh sizga yaxshi mukofotlar ato etsin», dedi va sovg‘a-salom bilan kuzatib qo‘ydi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:22:40
Fasl

Qurbi yetaturib, qarzini to‘lamay yurish ham katta zulmdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Boyning (qarzni to‘lashni) paysalga solishi zulmdir» (Muttafaqun alayh).

Yana bir rivoyatda: «Qodir odamning (qarzni to‘lashni) paysalga solishi zulm bo‘lib, uning sha’niga yomon gap aytish va jazolash (hibsga olish) halol bo‘ladi», deyilgan (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:22:54
Fasl

Ayolning mahr, nafaqa, kiyim-kechak ta’minoti kabi haqlariga tajovuz qilish ham zulmdir.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaramog‘idagilarni zoe qilish (qarovsiz tashlab qo‘yish) kishining gunohkor bo‘lishiga kifoya qiladi» (Abu Dovud, Nasoiy, Hokim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh har bir boshliqdan qo‘l ostidagilarni saqlaganmi yoki zoe qilganmi, albatta, so‘raydi. Hattoki kishidan ahli oilasi haqida so‘raladi» (Ibn Hibbon rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:23:07
Fasl

Mardikor ishlatib haqini bermaslik ham zulmdir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo dedi: «Men uch toifa odamga xusumatchi — raqibman va kimga xusumatchi bo‘lsam, uni aniq yengaman. Ular: Mening nomim bilan berilgan narsaga xiyonat qilgan kimsa, hur odamni sotib pulini yegan kimsa, mardikor yollab, ishini qildirib, haqini bermagan kishi» (Buxoriy rivoyati).

Yahudiy yoki nasroniyga zulm qilgan, xorlagan, toqatidan tashqari ishni buyurgan yoki biron narsasini norozi qilib olgan kimsa ham mazkur hadisdagi insonlar sirasiga kiradi.
Zimmasidagi qarzni inkor qilib yolg‘on qasam ichish ham zulmdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki (yolg‘on) qasam ichib, musulmon kishining haqini o‘ziniki qilib olsa, batahqiq, Alloh unga do‘zaxni vojib etib, jannatni harom qiladi», dedilar. «Yo Rasululloh, arzimagan narsa bo‘lsa hammi?» deb so‘rashgan edi, «Butaning novdasi bo‘lsa ham», deb javob berdilar (Muttafaqun alayh).
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:23:22
Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kunida birinchi bo‘lib er-xotin janjallashadi. Allohga qasamki, xotinining tili gapirmaydi. Balki qo‘l-oyoqlari bu dunyoda eriga qilgan sarkashliklari haqida guvohlik beradi. Erning qo‘l-oyoqlari ham u xotinini qanday boshqargani haqida guvohik beradi. So‘ng kishi va xizmatkorlari orasida mana shunday tortishuv bo‘ladi. Ulardan dinoru dirham olinmaydi. Biroq zolimning yaxshiliklari mazlumga olib beriladi, mazlumning yomonliklari zolimga yuklanadi. So‘ng zo‘ravonlar oldiga temir gurzi ko‘targan (farishtalar) keladi va: «Ularni do‘zaxga haydanglar», deyiladi.

Shurayx Qoziy aytgan ekanlar: «Zolim jazo-uqubatni, mazlum esa nusratu savobni kutib turganini zolimlar yaqinda bilib oladilar».

Rivoyat qilishlaricha, Alloh bir bandasiga yaxshilikni iroda qilsa, unga zulm qiladigan kimsani boshliq qilib qo‘yadi.

Tovus Yamoniy Xalifa Hishom ibn Abdulmalikning huzuriga kirdilar va unga: «Azon kuni borasida Allohdan qo‘rqing», dedilar. Hishom: «Azon kuni qaysi?» deb so‘ragan edi, u zot: «Alloh taolo: «Bas, ularning o‘rtalarida bir jarchi (muazzin): «Zolimlarga Allohning la’nati bo‘lgay», deb jar solur», degan-ku», dedilar. Buni eshitgan Hishom hushidan ketdi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:23:50
Fasl
Zolimlarga aralishib yurish va yordam berishdan qaytarish haqida


Alloh taolo aytadi:
«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga moyil bo‘lmanglar...»
Ibn Abbos roziyallohu anhu ushbu oyatni «Ularga yaxshi gapirib, yaxshi ko‘rib butunlay berilib ketmanglar», deb tafsir qilgan bo‘lsalar, Suddiy va Ibn Zayd: «Zolimlarga tilyog‘lamalik qilmanglar», Abu Oliya esa: «Ularning amallaridan rozi bo‘lmanglar», deb tafsir qilishgan. Ikrima: «Ularni yaxshi ko‘rib itoat etishdan qaytarmoqda», deganlar.

«...Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (zolimlarga ergashsangizlar), sizlarga yordam berilmas» (Hud surasi, 113).«... Keyin (zolimlarga ergashsangizlar), sizlarga yordam berilmas» (Hud surasi, 113).
Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Sizlarni Allohning azobidan saqlovchi hech kim yo‘q», deb tafsir qilganlar.

«(Ey farishtalar, sizlar) zolim-kofir bo‘lgan kimsalar va ularning hamtovoqlarini (ergashuvchilarini) to‘planglar...» (Vas-soffot surasi, 22).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:23:58
Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mendan so‘ng amirlar bo‘ladi. Kim ularning huzuriga kirib yolg‘onlarini tasdiqlasa, zulmlariga yordam bersa, u mendan emas, men ham undan emasman. U hovuzga yaqin kelmaydi. Kim ularning huzuriga kirmasa va zulmlariga yordam bermasa, yolg‘onlarini tasdiqlamasa, u mendan va men ham undanman. U hovuzga keladi» (Termiziy rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, kim zolimga yordam bersa, zolim unga ho‘jayin bo‘lib qoladi.

Said ibn Musayyab aytgan ekanlar: «Solih amallaringiz kuyib ketmasligi uchun zolimlarning yordamchilariga faqat qalbingiz bilan inkor qilgan holdagina nazar tashlanglar».

Makhul Dimashqiy aytganlar: «Qiyomat kuni bir jarchi: «Zolimlar va ularning yordamchilari qani?» deb nido qiladi. Shunda zolimlarning xatcho‘pini siyohga botirib bergan yoxud qalamini uchlab bergan va yo bundan boshqa xizmat qilgan har bir kimsa ular bilan hozir bo‘ladi. So‘ng ular olovdan bo‘lgan tobutga to‘planadilar-da, jahannamga uloqtiriladilar».

Bir tikuvchi kishi Sufyon Savriydan: «Men sultonning kiyimlarini tikib beraman. Ayting-chi, men zolimlarning yordamchilaridanmi?» deb so‘ragan edi, «Yo‘q, sen zolimning o‘zisan. Senga ip-igna sotadigan kishi zolimlarning yordamchilaridandir», deb javob berdilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:24:08
Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kuni do‘zaxga birinchi bo‘lib, zolimlar huzurida odamlarni savalaydigan qamchili kimsalar kiradi.

Ibn Umar roziyallohu anhumo aytganlar: «Zolimlarning yordamchilari va mirshablar qiyomat kunidagi do‘zax itlaridir».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlardan birortangiz musulmon kishi mazlum holda o‘ldirilayotgan joyda turmangiz. Zero, uni himoya qilishmagan vaqtda u yerda hozir bo‘lganlarga la’nat yog‘iladi» (Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, bir bandani qabrida yuz darra urishga buyurildi. U duo qilib so‘rayverganidan bir darraga tushirildi. So‘ng qabri olovga to‘ldi. Undan chetlashgach, o‘ziga keldi va: «Meni nima uchun urdinglar?» deb so‘radi. «Sen tahoratsiz namoz o‘qiding va mazlumning yonidan o‘tding-u, unga yordam bermading», deyildi.

Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birodaringga zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham yordam ber», dedilar. Shunda bir kishi: «Yo Rasululloh, agar mazlum bo‘lsa-ku, yordam beraman. Bordi-yu, zolim bo‘lsa-chi, u holda qanday yordam beraman?» deb so‘ragan edi, u zot: «Uni zulmdan qaytarasan yoki to‘xtatasan. Mana shu unga yordam berishingdir», dedilar» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:24:30
Hikoyat

Bir kishi hikoya qiladi: «Qo‘li yelkasidan kesilgan bir kishini ko‘rdim. U: «Meni ko‘rgan har bir inson biron kishiga zulm qilmasin», deb nido qilardi. Unga yaqinlashib: «Ey birodar, nima bo‘ldi?» deb so‘radim. U: «Faroyib hodisa, — deb boshidan o‘tganini so‘zlab berdi. — Men zolimlarning yordamchilaridan edim. Bir kuni kattakon baliq tutgan baliqchini ko‘rib qoldim va uning oldiga kelib balig‘ini berishini so‘radim. U esa bu baliq puliga oilasiga u-bu narsa olib borishini aytib, bepulga bermasligini tushuntirdi. Men esa unga nisbatan kuch ishlatib, baliqni tortib oldim. Baliqni ko‘tarib uyga kelayotganimda, hali joni uzilmagan jonivor qo‘limni tishlab oldi. Uyimga kelib, baliqni tashlaganimdan so‘ng barmog‘im zirqirab og‘riy boshladi. Og‘riqning qattiqligidan uxlay olmadim. Qo‘lim shishib ketdi. Tong otgach, tabibga borib, og‘riqdan shikoyat qildim. U barmog‘imni ko‘rib: «Bu qorason (suyak chirishi) kasalining boshlanishi. Barmog‘ingni kesib tashlash kerak. Aks holda qo‘lingdan ayrilasan», dedi. Barmog‘imni kesib tashladim. So‘ngra qo‘lim og‘riy boshladi. Og‘riqning zo‘rligidan ko‘zimga uyqu kelmadi. «Kaftingni kesib tashla», deyishdi. Kaftimni ham kesib tashlashga majbur bo‘ldim. Keyin bu dard tirsakka o‘tdi, ko‘rib turibsizki, tirsakdan ham mahrum bo‘ldim. Butunlay qo‘limni kesib tashlaganlaridan so‘ng ba’zilar buning sababini so‘ray boshlashdi. Men baliq voqeasini hikoya qilib berganimdan so‘ng, ular: «Oldinroq borib, baliqchiga uzringni aytganingda, ehtimol biron-bir a’zoing kesilmasdi, haliyam kech emas, borib kechirim so‘ra, aks holda badaningga o‘tib ketmasin!» deb maslahat solishdi. Men baliqchini izlab topdim. Oyoqlariga yiqilib, yig‘lab o‘pa ketdim. «Sayyidim, Alloh haqqi, meni kechiring», deb yolvora boshladim. U: «Siz kimsiz?» deb so‘radi. «Men balig‘ingizni tortib olgan kishiman», deb bo‘lgan voqeani aytib berdim. Qo‘limni ko‘rib yig‘lab yubordi. «Ey birodar, boshingizga shunday balolar tushibdi. Mingdan ming roziman», dedi. «Sayyidim, Alloh haqqi ayting-chi, balig‘ingizni olib qo‘yganimda meni duoibad qilganmidingiz?» deb so‘ragan edim: «Ha, «Ey Allohim, bu bandang kuchliligi sababli menga rizq qilib bergan narsangni zo‘ravonlik qilib tortib oldi. Bas, menga shu bandang ustida O‘z qudratingni ko‘rsat», deb duoibad qilgan edim», dedi. «Sayyidim, mana Alloh mening ustimda O‘z qudratini ko‘rsatdi. Men endi zolimlarga xizmatchi bo‘lganimdan Alloh azza va jallaga tavba qildim. Inshaalloh, tirik ekanman, zolimlarning eshigiga qadam bosmayman va ularning yordamchilaridan bo‘lmayman. Tafviq Allohdandir», dedim».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:24:52
Ellik uchinchi gunohi kabira
ZINO

Alloh taolo bandalarini zinoga yaqinlashishdan va zinoga sabab bo‘ladigan ishlardan qaytarib shunday deydi:
«Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki bu buzuqlikdir va eng yomon yo‘ldir» (Al-Isro surasi, 32).

«Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga duo-iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur» (Furqon, 68–69).

«Zinokor ayol va zinokor erkak – ulardan har birini yuz darradan uringlar...»

Bundan tashqari ular bir yilga shaharlaridan badarg‘a qilinadilar. Bu haqda sahih hadis vorid bo‘lgan.
«Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirguvchi bo‘lsangizlar, Allohning (bu) hukmida (ya’ni, zinokorlarni darralashda) sizlarni ularga nisbatan rahm-shafqat (tuyg‘ulari) tutmasin!»

Agar sizlarning Allohga va oxirat kuniga bo‘lgan iymoningiz haqiqiy bo‘lsa, u holda sekinroq yoki kamroq urish bilan Allohning zinokorlarga belgilagan jazosini bekor qilmanglar. Ularga rahmingiz kelmasin. Chunki zinokor rahm-shafqat ko‘rsatishga arzimaydigan yaramas, tuban jinoyatchidir.

«Ularning azoblanishiga bir toifa mo‘minlar guvoh bo‘lsinlar!» (Nur surasi, 2).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:25:09
Shunda jinoyatchilar ham jisman, ham ruhan qiynaladilar. Boshqalar ham odamlar orasida sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib, bu qabih ishdan o‘zlarini tiyadilar. Chunki ayrimlarga jazolanishdan ko‘ra, sharmanda bo‘lish kuchliroq ta’sir qilishi mumkin.

Ulamolar aytadilar: «Mazkur jazo bo‘ydoq — oila qurmagan zinokorlarga taalluqlidir. Agar zinokorlar oilali yoki ilgari oila qurgan bo‘lishsa, ular toshbo‘ron qilib o‘ldiriladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sunnatlarida bu hukm o‘z ifodasini topgan. Mabodo zinokorlar bu dunyoda jazolarini olmasalar va tavba qilmay o‘lsalar, u dunyoda do‘zaxda olov-qamchilar bilan azoblanadilar».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Zinokor zino qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida zino qiladi. O‘g‘ri o‘g‘rilik qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida o‘g‘rilik qiladi. (Ichuvchi) xamr ichayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida ichadi» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Agar kishi zino qilsa, iymon undan chiqadi va unga soyabon kabi bo‘ladi. Agar (zinodan) bosh tortsa, iymon unga qaytadi» (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki zino qilsa yoki xamr ichsa, xuddi inson boshidan ko‘ylagini yechib olgandek, Alloh undan iymonni yechib oladi» (Hokim rivoyati, sahih hadis).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:25:21
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamga qiyomat kunida Alloh gapirmaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi, ularga qaramaydi va ularga alamli azob bo‘lur. (Ular) zinokor qariya, yolg‘onchi podshoh va mutakabbir kambag‘al» (Muslim, Nasoiy rivoyati).

Samura ibn Jundab roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tush ko‘rdilar. U zotning oldilariga Jabroil va Mikoil alayhissalomlar kelishdi. Nabiy aytadilar: «Yo‘lga tushdik va tandirga o‘xshagan narsa oldiga keldik. Undan shovqin-suron eshitilib turardi. Qarasak, uning ichida yalong‘och erkak va ayollar bor ekan. Ularga taglaridan olov kelib turarkan. Olov kelganda, qichqirar edilar... Tandirga o‘xshagan bino ichidagi yalong‘och erkak-ayollar zinokor erkak-ayollardir» (Buxoriy rivoyati).

Zinokorlar qiyomatga qadar mazkur azobga giriftor bo‘lurlar.
Allohdan afv va ofiyat tilaymiz.

Ato (rahimahulloh) jahannam haqidagi: «Uning yettita darvozasi bo‘lur» (Hijr surasi, 44), oyatining tafsirida shunday deydilar: «Bu darvozalarning eng g‘am-tashvishlisi, qayg‘ulisi, eng issig‘i va eng badbo‘yi — bilaturib zino qilgan zinokorlar kiradigan darvozadir».

Makhul Dimashqiy (rahimahulloh) aytadilar: «Do‘zax ahliga juda ham badbo‘y hid keladi. Shunda ular: «Biz bu hiddan ko‘ra sassiqroq, badbo‘yroq hidni hidlamagan edik», deyishadi. Ularga: «Bu zinokorlar farjlarining hididir», deyiladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:25:28
Tafsir imomlaridan biri Ibn Zayd (rahimahulloh) aytganlar: «Aniqki, zinokorlar farjlarining hidi do‘zax ahliga ozor beradi».

Rivoyat qilishlaricha, shayton qo‘shinlarini yer yuziga yubora turib: «Qaysi biringiz bir musulmonni yo‘ldan ozdirsangiz, uning boshiga toj kiydiraman», deydi. Ularning eng fitnakorrog‘i shaytonga eng yaqini bo‘ladi va uning oldiga kelib: «Falonchini vasvasa qilavergan edim, oxiri xotinini taloq qildi», deydi. Shayton: «Hech ish qilmabsan, u yaqinda boshqasiga uylanib oladi», deydi. So‘ng boshqasi kelib: «Falonchini vasvasa qilavergan edim, oxiri uni birodari bilan urishtirib qo‘ydim», deganida, u: «Hech ish qilmabsan, yaqinda qaytadan yarashib oladi», deydi. So‘ngra boshqasi kelib: «Falonchini tinmay vasvasa qilgan edim, oxiri u zino qildi», deydi. Shayton: «Juda zo‘r ish qilibsan», deb uni yoniga chorlaydi va boshiga toj kiydiradi. Shayton va qo‘shinlarining yomonligidan Alloh saqlasin.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Iymon bir libosdirki, Alloh uni xohlagan kimsasiga kiydiradi. Agar banda zino qilsa, undan libos yechib olinadi. Bordi-yu tavba qilsa, unga (iymon libosi) qaytariladi» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim ichkilikka mukkasidan ketgan holda vafot etsa, Alloh azza va jalla uni «Guvta» daryosidan sug‘oradi», dedilar. «Guvta» daryosi nima?» deb so‘rashdi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «U fohishalarning farjlaridan oqadigan daryo bo‘lib, uning badbo‘yi do‘zax ahliga ozor beradi», dedilar» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:25:34
Ya’ni, do‘zaxda fohishalarning farjlaridan qon, yiring oqadi. So‘ng mast qiluvchi ichimlikni ichishga odatlanib qolgan kimsalar shu jirkanch ichimlik bilan «siylanadilar».

Rivoyat qilishlaricha, jahannamdagi bir vodiyda ilonlar bo‘ladi. Har bir ilonning yo‘g‘onligi tuyaning bo‘ynidek bo‘lib, ular namozni tark qiluvchilarni chaqadilar. Ularning zahari inson jismida yetmish yil o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. So‘ng uning go‘shtlari shalvirab tushadi. Jahannamda «Jubbul huzn» (qayg‘u o‘rasi) deb nomlangan yana bir vodiy bo‘lib, u ilon va chayonlar makonidir. Har chayon xachirdek keladi. Uning yetmishta nishi bo‘lib, har bir nishi zaharga to‘la. U zinokorni chaqib zaharlaydi. Uning og‘rig‘i ming yil azob beradi. So‘ng zinokorning go‘shtlari titilib, farjidan qon, yiring oqadi. Rivoyatlarda kelganki, kim oilali ayol bilan zino qilsa, ularning har ikkisiga qabrda butun islom ummatiga beriladigan azobning yarmi beriladi. Qiyomatda esa Alloh taolo ayolning eri foydasiga hukm qiladi.

Mazkur holat er bu ishdan bexabar bo‘lgan taqdirda ro‘y beradi. Agar erning xabari bo‘lsa-yu, sukut saqlasa, e’tibor bermasa, Alloh unga jannatni harom qiladi. Chunki Alloh taolo jannat darvozasiga: «Sen dayusga haromsan», deb yozib qo‘ygan.

Ahli oilasining fahsh-buzuqlik qilishini bilaturib, sukut saqlaydigan va rashk-or qilmaydigan kimsa dayus hisoblanadi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:25:50
Rivoyat qilishlaricha, kimki o‘ziga halol bo‘lmagan ayolni shahvat bilan ushlasa, qiyomat kunida qo‘li bo‘yniga bog‘langan holda keladi. Agar o‘psa, lablari olovda qirqiladi. Bordi-yu zino qilsa, qiyomat kunida sonlari tilga kiradi-da, uning zarariga guvohlik beradi: «Men haromga mindim», deydi. Shunda Alloh taolo unga g‘azab ko‘zi bilan qaraydi. Bu qarashdan bandanidagi go‘shtlar erib tushadi. U sarkashlik qilib: «Men bu ishni qilmaganman», deydi. Unga qarshi tili guvohlik berib: «Men halol bo‘lmagan so‘zlarni so‘zlaganman», deydi. Qo‘llari: «Men haromni ushlaganman», desa, ko‘zlari: «Men haromga nazar tashlaganman», deydi. Oyoqlari: «Men halol bo‘lmagan ishga yurib borganman», deydi va farji: «Men qilganman», deydi. Yelkasidagi farishtalardan biri: «Men eshitganman», desa, ikkinchisi: «Men yozganman», deydi. Alloh taolo: «Men bilib, uni yashirganman», deydi. So‘ngra farishtalarga: «Uni ushlanglar va azobimdan tottiringlar. Darhaqiqat, behayo kimsaga g‘azabim kuchaydi», deb buyuradi. Quyidagi oyati karima bu fikrni tasdiqlaydi:
«U kunda — qiyomatda qilib o‘tgan (amallari) sababli ularning tillari ham, qo‘l va oyoqlari ham o‘zlarining ziyonlariga guvohlik berur» (Nur surasi, 24).

Ayrim zinolar boshqalaridan ulkandir: kishining onasi, opa-singlisi yoki boshqa mahrami bilan qilgan zinosi.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki mahramiga yaqinlik qilsa, o‘ldiringlar» (Imom Ahmad rivoyati).

Barro roziyallohu anhu aytadilar: «Tugun ko‘tarib kelayotgan amakimni uchratib qoldim. U kishidan: «Yo‘l bo‘lsin?» deb so‘ragan edim: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni otasining xotiniga (ya’ni, o‘gay onasiga) uylangan kimsaning oldiga yubordilar va uning bo‘ynini chopib, molini olishimni buyurdilar», deya javob berdilar» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Alloh taolodan fazlu marhamati ila gunohlarimizni mag‘firat etishini so‘raymiz. Albatta, U marhamatli, saxovatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:26:11
Ellik to‘rtinchi gunohi kabira
BACHCHAVOZLIK

Alloh azza va jalla O‘zining ulug‘ kitobida Lut alayhissalom qavmi haqidagi qissani bir necha o‘rinda eslatib o‘tgan. Jumladan aytadi:
«Endi qachonki Bizning farmonimiz (ya’ni, azobimiz) kelganida, u joylarni ostin-ustin qilib yubordik va ularning (kofirlarning) ustiga Parvardigoringiz dargohida belgilab qo‘yilgan sopol toshlarni paydar-pay yog‘dirdik. U joylar bu zolimlardan (Makka mushriklaridan) yiroq emasdir» (Hud surasi, 82–83).

Islom ummatining zolimlari ham ularning «hunari»ni takrorlasalar, ular kabi jazolanishlari hech gap emas. Shuning uchun ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan edilarki: «Ummatim xususida qo‘rqqan narsalarimning eng qo‘rqinchlirog‘i Lut qavmining amalidir» (Ibn Moja rivoyati).

Boshqa bir hadisi sharifda esa: «Lut qavmi amalini qilgan kimsani Alloh la’natlasin», deb uch bora takrorlaganlar (Ibn Hibbon rivoyati).

Yana bir hadisda: «Lut qavmi amalini qiladigan kimsalarni uchratsangiz, qiluvchini ham, qildiruvchini ham o‘ldiringlar», deyilgan (Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Bayhaqiy rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Bachchavozlarni Lut qavmi jazolagani singari, qishloqdagi eng baland binodan uloqtiriladi. So‘ng ustlaridan tosh yog‘diriladi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:26:26
Alloh taolo payg‘ambari Lut alayhissalomning qavmi bilan munozara qilgani haqida xabar berib, shunday deydi:
«Sizlar butun olamlardan (ajrab — hech bir jonzot qilmagan ishni qilib, ayollarga uylanish o‘rniga) erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! Va Parvardigoringiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisizlar?! Yo‘q, sizlar haddan oshguvchi qavmdirsizlar» (Shuaro surasi, 165—166).

Sizlar hech bir jonzot qilmaydigan ishni qilib, ya’ni, ayollarni qo‘yib erkaklarga yaqinlik qilish bilan insoniylik chegarasidan chiqib, hayvon darajasiga tushib qoldinglar. Hattoki hayvon ham bu ishdan jirkanadi. Sizlar hayvonlardan ham tuban, yaramas kimsalarsiz.

«...va uni nopokliklar qiluvchi bo‘lgan qishloq (ahli)dan najot berdik. Darhaqiqat, ular yomon buzuq qavm edilar» (Anbiyo surasi, 74).

Qishloqlarining nomi «Sadum» bo‘lib, ular Alloh taolo O‘z kitobida zikr qilganidek nopok ishlar bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Ular butun mavjudotlar ichida hech bir jonzot qilmagan ishni qilib, erkaklarning orqasiga yaqinlik qilar va boshqa munkar ishlarni amalga oshirar edilar.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytgan ekanlar: «O‘nta xislat Lut qavmi amallaridandir: sochni silliq qilib tarash, tugmalarni qadamay yurish, yong‘oq otish, mayda tosh otish, kaptar uchirib o‘ynash, barmoqlar bilan hushtak chalish, bo‘g‘imlarni qirsillatish, izor (ishton)ni uzun qilib sudrab yurish, ustki kiyimlar (chakmon)ning orqasini kesish, mast qiluvchi ichimliklar ichishga mukkasidan ketish va erkaklarga yaqinlik qilish».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:26:33
Rivoyat qilishlaricha, to‘rt toifa odamlar Allohning g‘azabiga duchor bo‘lgan holda tong orttirib, Allohning qahrini keltirgan holda kunni kech qiladilar: O‘zlarini erkaklarga o‘xshatuvchi ayollar, o‘zlarini ayollarga o‘xshatuvchi erkaklar, hayvonga yaqinlik qiluvchi kimsa va erkaklarga yaqinlik qiluvchi kimsa.

Rivoyat qilishlaricha, agar bir erkak boshqa bir erkakning ustiga chiqsa, Arsh Alloh taoloning g‘azabidan qo‘rqqanidan titrab ketadi. Osmonlar ham yerga qulab tushishiga bir bahya qoladi. Shunda farishtalar osmonning har tarafidan tutib: «Qul huvallohu ahad»ni oxirigicha o‘qiydilar. Shundagina, Alloh azza va jallaning g‘azabi bosiladi.

Asarlardan birida kelganki, yetti toifa odamlarga Alloh qiyomat kunida qaramaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi, butun olamlar (barcha mavjudotlar) bilan birga to‘plamaydi va ularni do‘zaxga birinchilar qatorida kirgizadi. Agar tavba qilsalar, bu uqubatlardan xalos bo‘ladilar. Zero, kimki tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. (Ular:) qo‘liga aloqa qiluvchi va qildiruvchi, mast qiluvchi narsalarga mukkasidan ketgan kimsa, ota-onasiga qo‘l ko‘taruvchi, hattoki ular uning dastidan dod deydilar, qo‘shnilariga ozor beruvchi, hattoki uni odamlar la’natlaydilar va qo‘shnisining xotini bilan aloqa qiluvchi kimsa.

Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kunida bir toifa odamlar zinodan qo‘llari homilador bo‘lgan holda tiriladilar. Ular bu dunyoda olatlarini o‘ynagan bo‘ladilar.

Yana bir rivoyatda keladiki, quyidagilar Lut alayhissalom qavmi amallaridandir: narda o‘ynash, kaptar uchirib musobaqa qilish, it urishtirish, qo‘chqor suzishtirish, xo‘roz urishtirish, hammomga lungisiz kirish, o‘lchov va tarozidan urib qolish. Bu ishlardan birontasini qilgan kimsaga vayl bo‘lsin.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:26:41
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytgan ekanlar: «Agar bachchavoz tavba qilmay o‘lsa, qabrda to‘ng‘izga aylanadi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Erkak yoki ayolning orqasiga yaqinlik qilgan kimsaga Alloh azza va jalla qaramaydi» (Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati).

Abu Said Sa’lukiy aytgan ekanlar: «Yaqinda bu ummatda «bachchavoz» degan qavm paydo bo‘ladi. Ular uch toifa bo‘lib, bir toifasi qaraydigan, boshqa toifasi qo‘l ushlaydigan, uchinchi toifasi mana shu ishni qiladigan bo‘ladi».

Ayol va o‘spiringa shahvat bilan qarash ham zinodir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Odam farzandiga zinodan bo‘lgan nasibasi bitilgan bo‘lib, u bu nasibasiga, shak-shubhasiz yetishguvchidir: ikki ko‘zning zinosi — qarash, ikki quloqning zinosi — eshitish, tilning zinosi — so‘zlash, qo‘lning zinosi — ushlash, oyoqning zinosi — yurib borish, qalb — xohlaydi, farj esa buni tasdiqlaydi yoki inkor etadi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Shu sababli ham solih zotlar o‘spirinlarga qarash, ular bilan aralashib yurish va birga o‘tirishdan qattiq saqlanganlar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:26:49
Hasan ibn Zakvon aytganlarki: «Boylarning bolalari bilan majlis qurmanglar (birga o‘tirmanglar). Zero, ular bokira ko‘rinishga ega bo‘lib, ayollarga qaraganda fitnakorroqdirlar».

Tobe’inlardan biri aytgan ekan: «Mening nazdimda taqvodor yigit uchun yirtqich hayvondan ko‘ra yosh o‘spirin xatarliroq». Ba’zilar: «Erkak kishi o‘spirin bilan hech qachon bir joyda tunamasin», degan ekanlar.

Ayrim ulamolar o‘spirinlarni ayollarga qiyos qilib, ular bilan uy, do‘kon yoki hammomda holi qolishni harom deb hisoblaganlar. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan edilarki: «Birontangiz mahrami hozir bo‘lmagan ayol bilan xoli qolmangiz» (Muttafaqun alayh).

Xabarlardan aytilishicha, nazar — zinoning elchisidir.

Nazar iblisning zaharli paykonlaridan bir paykon bo‘lib, kimki uni Alloh uchun tark etsa, unga shunday ibodatni beradiki, u qalbida ibodat halovatini tuyadi.

Islom ummati quli bilan shu nopok ishni qilgan kimsa ham bachchavoz, gunohkor bo‘lishiga ijmo’ qilgan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:27:05
Fasl

Xolid ibn Valid chekka arab yerlarida ayol singari erga tegadigan bir kishini uchratganini Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga xabar qildi. Abu Bakr roziyallohu anhu maslahatlashish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashoblarini to‘pladilar. Shunda Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Bu gunohni faqatgina bir ummat sodir etgan. Alloh ularni qanday jazolaganini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Uni yoqib yuborish kerak, deb o‘ylayman», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ashoblari bu fikrni ma’qulladilar. Abu Bakr roziyallohu anhu uni yoqib yuborishni buyurdilar» (Bayhaqiy rivoyati).

Ali roziyallohu anhu aytgan ekanlar: «Kimki xohish bilan o‘ziga yaqinlik qilishlariga imkon bersa, Alloh unga ayollar shahvatini tashlaydi va uni qabrida qiyomat kunigacha toshbo‘ron qilib haydalgan shaytonga aylantirib qo‘yadi».

Rivoyat qilishlaricha, Iso ibn Maryam alayhissalom sayohatlari davomida olovda kuyayotgan bir kishini ko‘rib qoldi. Iso alayhissalom suv olib olovni o‘chirmoqchi bo‘lganlarida olov bolaga, kishi esa olovga aylanib qoldi. Bundan hayratlangan Iso alayhissalom: «Ey Rabbim, ularni dunyodagi holiga qaytar, toki ularga nima bo‘lganini so‘rab olayin», deb duo qildilar. Alloh taolo ularni tiriltirdi. Ular bir kishi va bir bola ekan. Iso alayhissalom ulardan: «Sizlar nima qilgansizlar?» deb so‘ragan edilar, haligi kishi: «Ey Ruhulloh, men dunyoda bu bolaga oshiqu beqaror bo‘lganman. Shahvatim qo‘zib, u bilan buzuqlik qilganman. Ikkimiz ham o‘lganimizdan beri bir safar bola olovga aylanib meni kuydiradi, bir safar men olovga aylanib bolani kuydiraman. Qiyomat kuniga qadar biz shunday azoblanamiz», deya javob berdi.
Allohning O‘zi azobiga duchor bo‘lishimizdan saqlasin. U zotdan afv va ofiyat hamda O‘zi rozi bo‘ladigan, yaxshi ko‘radigan amallarga muvaffaq etishini so‘raymiz.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:27:19
Fasl

Ayolning orqasiga yaqinlik qilish ham bachchavozlik hisoblanib, bu ish Alloh va Rasuli harom qilgan amallardandir.

Alloh azza va jalla aytgan:
«Xotinlaringiz sizlar uchun ekinzordir. Bas, ekinzoringizga xohlagan holatingizda yaqinlashavering» (Baqara surasi, 223).

Ya’ni, xohlasangiz old tarafdan, xohlasangiz orqa tarafdan, faqat bir o‘ringa — farjga. Zero, u ziroatgoh, urug‘lik tashlaydigan o‘rin hisoblanadi. Orqa esa najosat o‘rnidir. Orqaga yaqinlik qilish nopok, jirkanchli ishdir.

Mazkur oyatning nozil bo‘lish sababi quyidagichadir: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam zamonlaridagi yahudiylar: «Agar er xotinining oldiga orqa tomonidan yaqinlik qilsa, bola g‘ilay bo‘ladi», deyishar edi. Bu oyat ularning da’volarini inkor qilib tushgan. «Xotinlaringiz ziroatgohingizdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan holatingizda yaqinlashavering». Xohlasa yuz tuban yotib, xohlasa yuz tuban yotmay, biroq bu ish bir o‘ringa qilinishi lozim» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:27:27
Bir rivoyatda: «Orqaga va hayz ko‘rayotganga yaqinlik qilishdan saqlaninglar», deyilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xotinining orqasiga yaqinlik qilgan kimsa mal’undir», dedilar» (Abu Dovud rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Ayollarning orqalariga yaqinlik qiladigan kimsalarni Alloh la’natlasin» (Tabaroniy rivoyati).

Ko‘pgina johillar bu gunohni sodir etadilar. Bu ularning bilimi kamligi va ilmni tinglamasliklarining natijasidir. Shu sababli ham, Abu Dardo roziyallohu anhu: «Olim yoki ta’lim oluvchi yoki quloq soluvchi yoxud yaxshi ko‘ruvchi bo‘l. Beshinchisi bo‘lma, aks holda halok bo‘lasan», deganlar. Bu beshinchi bilmaydigan, ta’lim olmaydigan, tinglamaydigan va amal qiladiganlarni yaxshi ko‘rmaydigan kimsadir. Har bir banda barcha gunohu xatolari uchun Allohga tavba qilishi, ilgari bilmasdan qilgan gunohlarini afv etishini Allohdan astoydil so‘rashi va qolgan umrining ofiyatli bo‘lishini tilashi lozim. Ey Allohim, biz Sendan din va dunyoyu oxiratda afvu ofiyat tilaymiz. Albatta, Sen rahmlilarning rahmlirog‘idirsan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:27:54
Ellik beshinchi gunohi kabira
O‘G’IRLIK

Alloh taolo aytadi:
«O‘g‘ri erkakni ham, o‘g‘ri ayolni ham qo‘llarini kesinglar! (Toki bu) ularning qilmishlariga yarasha jazo bo‘lsin, Alloh tomonidan berilgan azob bo‘lsin. Alloh qudrat va hikmat egasidir» (Moida surasi, 38).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Zinokor zino qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida zino qiladi. O‘g‘ri o‘g‘irlik qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida o‘g‘irlik qiladi. Ichuvchi xamr ichayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida ichadi. Biroq tavba hali ham taklif qilingandir» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyati).

Ibn Umar roziyallohu anhu aytganlar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qiymati uch dirham bo‘lgan qalqon sababli (qo‘lni) kesganlar» (Jamoat rivoyat qilgan).

Oisha (roziyallohu anho) aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chorak dinor va undan qiymatli (narsalar) uchun o‘g‘rining qo‘lini kesar edilar» (Jamoat rivoyat qilgan).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:28:03
Nasoiyning rivoyatida: «Qalqon qiymatidan arzon narsalar uchun o‘g‘rining qo‘li kesilmaydi», deyilgan. Oisha (roziyallohu anho)dan: «Qalqonning qiymati qancha?» deb so‘rashganda: «Chorak dinor», deya javob berganlar.

Imom Ahmadning rivoyatida: «Chorak dinor sababli (o‘g‘rining qo‘lini) kesinglar. Bundan qiymatsiz, arzon bo‘lgan narsalar sababli kesmanglar», deyilgan.

U paytda bir dinor — o‘n ikki dirham, chorak dinor esa uch dirham bo‘lgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh o‘g‘rini la’natlasin: dubulg‘a o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi, arqon o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi», deganlar.

A’mash (rahimahulloh) aytganlarki: «Ular «dubulg‘a» deganda temir dubulg‘ani, «arqon» deganda bir necha dirham turadigan arqonni nazarda tutishgan» (Buxoriy, Muslim, Ahmad rivoyati).

Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Maxzum qabilasidan bo‘lgan bir ayol qarzga narsa olib uni qaytarmas, tan olmas edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uning qo‘lini kesishni buyurdilar. Ayolning qarindosh-urug‘lari Usoma ibn Zaydning oldiga kelib, u bilan gaplashishdi. Usoma Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ayol haqida gapirgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ey Usoma, Alloh azza va jallaning hadlaridan bironta had borasida ham o‘rtaga tushganingni ko‘rmayin», dedilar. So‘ng turib odamlarga qarata shunday hitob qildilar: «Albatta, sizlardan oldin o‘tganlar agar oralarida sharafli, obro‘li kishi o‘g‘irlik qilsa afv etib, zaif kishi o‘g‘irlik qilsa, qo‘lini kesganlari sababli halok bo‘lganlar. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar o‘g‘ri Muhammadning qizi Fotima bo‘lganida ham, albatta, qo‘lini kesgan bo‘lardim». Keyin o‘g‘ri ayolning qo‘li kesildi» (Ahmad, Muslim, Nasoiy rivoyati).
Ulamolar aytadilarki, o‘g‘irlagan narsani egasiga qaytarmas ekan, o‘g‘rining tavbasidan hech naf yo‘q. Agar hech vaqosi bo‘lmasa, molning egasidan rozilik olishi shart. Vallohu a’lam.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:28:29
Ellik oltinchi gunohi kabira
YO‘LTO‘SARLIK

Alloh taolo aytadi:
«Albatta, Alloh va payg‘ambariga qarshi urushadigan va yerda buzg‘unchilik qilish harakatida yuradigan kimsalarning jazosi — o‘ldirilish yo dorga osilish yoki oyoq-qo‘llari teskarisiga (ya’ni, o‘ng qo‘l va chap oyoq yoki chap qo‘l va o‘ng oyoq) kesilishi yoxud o‘z yerlaridan surgun qilinishlaridir. Bu jazo ular uchun bu dunyoda rasvolik-sharmandalik bo‘lur. Oxiratda esa ular uchun ulug‘ azob bordir» (Moida surasi, 33).

Vohidiy (rahimahulloh) aytganlarki: «Alloh va payg‘amabariga qarshi urushadiganlar» — ularga itoat etmay, osiylik qiladigan kimsalardir. Senga osiylik qiladigan har bir kishi senga qarshi urushuvchidir. «Yerda buzg‘unchilik qilish harakatida yuradiganlar» — odamlarni o‘ldirib, mol-mulkini talon-taroj qiladigan, o‘g‘irlik qiladigan kimsalardir.

Mo‘minlarga qarshi qo‘liga qurol olgan har bir kimsa Alloh va payg‘ambariga qarshi urushuvchidir. Bu Molik, Avzoiy va Shofe’iylarning so‘zidir.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, «Oyatdagi «yoki» so‘zi ixtiyor uchun kiritilgan bo‘lib, ma’nosi mubohlikni anglatadi. Ya’ni, imom-hukmdor xohlasa qatl ettiradi, xohlasa dorga ostiradi, xohlasa surgun qiladi» (Hasan, Said ibn Musayyab va Mujohidlar shu so‘zni aytishgan).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:28:44
Atiyyadan qilingan rivoyatda esa: «Yoki» mubohlikni anglatmaydi. Balki u jinoyatlar turiga qarab hukm martabasini anglatadi:
Kimki odam o‘ldirib, molini olsa, u o‘ldiriladi va dorga osiladi.
Kimki molni olsa-yu, odam o‘ldirmasa, uning qo‘li kesiladi.
Kimda-kim qon to‘ksa-yu, mollarga tegmasa, u o‘ldiriladi.
Kimki xafv solib tursa-yu, hech kimni o‘ldirmasa, u surgun qilinadi.
Bu Shofe’iy roziyallohu anhuning mazhabidir».

Shofe’iy roziyallohu anhu yana aytganlarki: «Har bir jinoyatchiga jinoyatiga yarasha jazo beriladi. Ya’ni, kimni o‘ldirish va osish lozim bo‘lsa, uni azoblash makruh bo‘lgani sababli, u avval o‘ldiriladi, so‘ng uch marta osiladi. Keyin tushiriladi.

Kimni faqat o‘ldirish lozim bo‘lsa, u o‘ldiriladi va dafn qilishlari uchun qarindoshlariga beriladi.
Kimniki kesish lozim bo‘lsa, dastlab o‘ng qo‘li kesiladi. Agar qaytib yana o‘g‘rilik qilsa, chap oyog‘i kesiladi. Mabodo, yana qaytib o‘g‘rilik qilsa, chap qo‘li kesiladi. Chunki Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo shunday qilishgan va bironta sahobiy ularga e’tiroz bildirmagan. Chap oyog‘i kesilishining sababi esa, qo‘ldan keyin oyoq kesilganda, chap oyoqni kesishga ittifoq qilingan bo‘lib, bu «teskarisiga» degan oyatning ma’nosidir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:29:00
«... yoki o‘z yerlaridan surgan qilinishlaridir».

Ibn Abbos roziyallohu anhu bu hukm haqida shunday deganlar: «Imom: «Uni kim uchratsa, o‘ldirsin», deb qonini to‘kishni halol qiladi. Bu hukm qo‘lga tushirib bo‘lmaydigan jinoyatchilarga taalluqli bo‘lib, qo‘lga tushganlari esa hibsga olinib, qamab qo‘yiladi. Chunki u hibsga olinsa, shaharlarda yurishdan mahrum bo‘ladi va yerdan surgun qilingan hisoblanadi.

Ibn Qutayba ayrim mahbuslar tilidan she’r bitgan ekan:
Biz endi undanmasmiz, dunyo ahli bo‘lsak-da,
Na o‘likmiz, na tirik — faqat dil g‘amin yeymiz.
Zindonbon bir ish bilan oldimizga kirsa gar,
Alam bilan: «Bu dunyodan tashrif buyurdi», deymiz.


Yo‘ltasarlik qilib, odamlar ko‘ngliga qo‘rquv solishning o‘ziyoq gunohi kabiradir. Mol-mulkni talon-taroj qilish, odamlarga jarohat yetkazish, qatl etishni esa aytmasa ham bo‘laveradi.

Allohdan barcha balo-yu ofatlardan omon saqlashini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, mag‘firatli va rahmli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:29:18
Ellik yettinchi gunohi kabira
XAMR (MAST QILUVCHI ICHIMLIK) ICHISH

Alloh taolo aytadi:
«Ey mo‘minlar, aroq (mast qiluvchi ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar(ga sig‘inish) va cho‘plar (bilan fol ochish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, ularning har biridan uzoq bo‘lingiz, shoyad najot topsangiz! Aroq, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar!» (Moida surasi, 90—91).

Alloh azza va jalla mazkur oyatlarda xamrdan ogohlantirdi, qaytardi.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xamrdan saqlaninglar. Zero, u barcha yomonlikning kalitidir», deganlar (Hokim rivoyati).

Kimda-kim undan saqlanmas ekan, batahqiq, u Alloh va Rasuliga osiylik qilgan va bu bilan azobga sazovor bo‘lgan bo‘ladi. Alloh taolo aytadi:
«Kim Alloh va Rasuliga itoatsizlik qilib, Allohning belgilab qo‘ygan hadlaridan tajovuz qilsa, uni abadiy qoladigan joyi bo‘lmish do‘zaxga kiritur. Va uning uchun xor qilguvchi azob bordir» (Niso surasi, 14).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:29:29
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Xamr harom qilingach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayrim sahobalari boshqalarining oldiga borib: «Xamr harom qilindi va shirkka tenglashtirildi», dedilar» (Tabaroniy, Hokim rivoyati).

Xamr, shak-shubhasiz, barcha nopok ishlarning onasi bo‘lib, ko‘plab hadislarda uni ichgan odam la’natlangandir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va har bir mast qiluvchi narsa haromdir. Kimki bu dunyoda xamr ichsa va uni ichishga odatlangan holda vafot etsa, oxirat sharobini ichmaydi» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Jobir roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir mast qiluvchi narsa haromdir. Mast qiluvchi ichimlikni ichgan kishini «Tiynatul xobal»dan (chiqindilar aralashmasi) sug‘orish xususida Alloh huzurida ahd, qat’iy qaror bor», dedilar. «Yo Rasululloh, «Tiynatul xobal» nima?» deb so‘rashgan edi, «Do‘zax ahlining terlari yoki do‘zax ahlidan ajralgan suyuqliklar», deya javob berdilar» (Muslim rivoyati).

Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Kim bu dunyoda xamr ichsa-yu, so‘ng u uchun tavba qilmasa, oxiratda sharobdan mahrum bo‘ladi» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:29:37
Ibn Abbos rivoyat qilinadi:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim xamrga mukkasidan ketgan holda Allohga yo‘liqsa, U zotga xuddi butparast singari yo‘liqibdi», dedilar» (Ibn Hibbon rivoyati).

Ya’ni, xamr ichishni halol deb bilgan kimsa butparast bilan barobardir.

Xamrga mukkasidan ketgan kimsa tavba qilmay vafot etsa, jannatga kirmasligi xususida Abu Dardo roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: «Xamrga mukkasidan ketgan kimsa jannatga kirmaydi!»

Boshqa bir hadisda: «Uch toifa odam jannatga kirmaydi: xamrga mukkasidan ketgan, qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzgan va sehrni tasdiq qilgan kimsa», deyilgan (Imom Ahmad, Tabaroniy va Abu Ya’lo rivoyati).

Alloh mastning bironta yaxshiligini qabul qilmaydi. Bu xususda Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Uch toifa odamning namozini Alloh qabul qilmaydi va ularning bironta yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi: qochoq qulning, to xo‘jayiniga qaytib, qo‘lini uning qo‘liga qo‘ymagunicha, erini g‘azablantirgan — norozi qilgan ayolning, to eri undan rozi bo‘lmagunicha va mastning, to o‘ziga kelmagunicha» (Tabaroniy, Ibn Hibbon, Ibn Huzayma, Bayhaqiy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:29:46
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim xamr ichsa, qirq kungacha namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Bordi-yu qaytib ichsa, qirq kungacha namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Yana ichsa, qirq tong uning namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Mabodo, to‘rtinchi marta qaytib ichsa, qirq kungacha namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qilmaydi. Alloh undan g‘azablanadi va uni Xobal daryosidan sug‘oradi», dedilar».

Bir kishi Ibn Umar roziyallohu anhudan: «Ey Abu Abdurahmon, Xobal daryosi nima?» deb so‘ragan edi, u: «Do‘zax ahlining yiringlari oqadigan daryo», deb javob berdilar (Termiziy, Hokim rivoyati).

Xamr ichgan kimsa uni ichayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmaydi. Bu xususda Abu Hurayradan quyidagi hadis vorid bo‘lgan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Zinokor mo‘min bo‘lmagan holida zino qiladi. O‘g‘ri mo‘min bo‘lmagan holida o‘g‘irlik qiladi. (Ichuvchi) mo‘min bo‘lmagan holida ichadi. Biroq hali ham tavba taklif qilingandir» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki zino qilsa yoki xamr ichsa, xuddi inson boshidan ko‘ylagini yechib olganidek, Alloh undan iymonni yechib oladi» (Hokim rivoyati).
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:29:53
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odam jannatga kirmaydi: xamrga mukkasidan ketgan, qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzgan va sehrni tasdiqlagan kimsa. Kimki xamrga mukkasidan ketgan holida vafot etsa, Alloh uni «Guvta» daryosidan sug‘oradi», dedilar. «Guvta» daryosi nima?» deb so‘rashgan edi, «U fohishalarning farjlaridan oqadigan daryo bo‘lib, do‘zax ahliga ozor beradi», deya javob berdilar (Ahmad, Abu Ya’lo, Tabaroniy rivoyati).

Xamr sababli la’natlangan kimsalar xususida Ibn Umar roziyallohu anhumodan vorid bo‘lgan hadis hujjat bo‘ladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh xamrni ham, uni ichuvchini ham, quyuvchini ham, sotib oluvchini ham, sotuvchini ham, tayyorlatuvchini ham, olib keluvchini ham, olib keltiruvchini ham la’natladi» (Abu Dovud rivoyati).

Ibn Mojaning rivoyatida: «Pulini yeyuvchini ham», deyilgan.

Ibn Abbos aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Oldimga Jabroil kelib: «Ey Muhammad, albatta Alloh xamrni ham, uni siqtiruvchini ham, siquvchini ham, ichuvchini ham, olib keluvchini ham, olib keltiruvchini ham, sotuvchini ham, sotib oluvchini ham, quyuvchini ham va quydiruvchini ham la’natladi», dedi» (Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:30:01
Xamr ichuvchilar kasal bo‘lsa, ziyorat qilinmaydi va ularga salom berilmaydi. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu: «Xamr ichuvchilar kasal bo‘lsa, ziyorat qilmanglar», deganlar.

Ibn Umar roziyallohu anhumo: «Xamr ichuvchilarga salom bermanglar», deb aytganlar (Buxoriy rivoyati).

Rivoyatlarda keladiki: «Xamr ichuvchilar bilan birga o‘tirmanglar, kasal bo‘lsa, ziyorat qilmanglar va janozalariga qatnashmanglar. Zero, xamr ichuvchi qiyomat kunida yuzi qoraygan, tili ko‘ksiga osilgan, so‘lagi oqqan holda keladi. Uni ko‘rgan har bir kimsa undan jirkanadi va uning xamr ichuvchi ekanini bilib oladi».

Ba’zi ulamolar aytgan ekanlar: «Ularni ziyorat qilish va salom berish man qilinganining boisi, xamr ichuvchi mal’un, fosiqdir. Agar u sotib olib ichsa, ikki marta mal’un, bordi-yu, boshqa birovga ham quyib bersa, uch marotaba mal’un bo‘ladi. Agar tavba qilsalar, ularni ziyorat qilish va salom berish joizdir. Kimki tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi.

Xamr bilan davolanish mumkin emas. Bu xususda mazkur hadislar so‘zimizga hujjat bo‘ladi:

Ummu Salama (roziyallohu anho) aytdilar: «Qizim betob bo‘lib qolgan edi, bir idishga xurmo solib qaynata boshladim. Shu vaqt Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam kirib keldilar va: «Bu nima?» deb so‘radilar. Men: «Qizim betob bo‘lib qoldi, buni unga tayyorlayotgan edim», deya javob berdim. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Alloh azza va jalla harom narsani davo qilmagan», dedilar (Abu Ya’lo, Bazzor rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:30:09
Voil ibn Hijr roziyallohu anhu aytadilar: «Toriq ibn Suvayd Ja’fiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan xamr haqida so‘ragan edi, uni taqiqladilar: «Uni davo uchun tayyorlayman, axir», degan edi, «U davo emas, aksincha, darddir», deya javob berdilar» (Ahmad, Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Rivoyat qiladilarki, kimning qalbida Allohning Kitobidan birgina oyat bo‘lsa-yu, u kimsa uning ustidan xamr quysa, qiyomat kuni shu oyatning har bir harfi kelib, o‘sha kimsani peshona sochidan tortadi-da, uni Alloh taboraka va taoloning huzuriga olib boradi va u bilan xusumatlashadi. Holbuki, Qur’on kim bilan bahslashsa, uni, albatta yengadi. Qiyomat kunida xusumatchisi Qur’on bo‘lgan kimsaga vayl bo‘lsin.

Rivoyat qilishlaricha, qaysi bir jamoat bu dunyoda mast qiluvchi narsa ustida to‘plansalar, Alloh ularni do‘zaxda to‘playdi. Shunda ular bir-birlarini malomat qila boshlaydilar. Biri ikkinchisiga: «Ey falonchi, Alloh seni yaxshi mukofot bilan siylamasin. Bu joyga tushishimga sen sababchi bo‘lding», desa, ikkinchisi uning o‘ziga shu gapni qaytaradi.
   
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:30:16
Rivoyat qiladilarki, kimda-kim bu dunyoda xamr ichsa, Alloh uni ilonlarning zahari bilan sug‘oradi. U hali ichmasidan turib, yuzidagi go‘shtlari idishga erib tushadi. Ichganidan keyin esa butun terisi-yu, go‘shtlari erib tushadi va do‘zax ahli undan ozorlanadi. Ogoh bo‘linglar, uni ichuvchi ham, siqtiruvchi ham, siquvchi ham, olib keluvchi ham, olib keltiruvchi ham, pulini yeyuvchi ham uning gunohiga sherikdirlar. Toki tavba qilmas ekanlar, Alloh ularning namozini ham, ro‘zasini ham, hajini ham qabul qilmaydi. Bordi-yu, tavba qilmay vafot etsalar, bu dunyoda ichgan har bir qultum xamrlari evaziga jahannam yiringi bilan sug‘orishga Alloh to‘la haqli bo‘ladi. Ogoh bo‘linglar (bilib qo‘yinglar), har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va har bir xamr haromdir.

Rivoyat qilinadiki, xamr ichuvchilar pulsirotga kelganlarida zaboniyalar (azob farishtalari) ularni tutib, Xobal daryosiga olib boradilar-da, ularni ichgan har bir qadah xamrlari evaziga bir qultumdan sug‘oradilar. Mabodo, uning bir qultumi osmonga to‘kilib ketsa, uning haroratidan osmonlar yonib ketadi. Alloh saqlasin.

Abdulloh ibn Abu Avfo (rahimahulloh): «Kimki xamrga mukkasidan ketgan holida vafot etsa, Lot va Uzzoga (mushriklar sig‘ingan butlar) ibodat qilgandek vafot etibdi», dedilar. «Xamrga mukkasidan ketgan», deganda, ichmasa, turolmaydigan odamni nazarda tutyapsizmi?» deb so‘rashgan edi, «Yo‘q, oradan bir necha yil o‘tsa-da, topganda ichadigan kimsani», deya javob berdilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:30:29
Fasl

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu xamr ichishni gunohi kabiralarning eng kattasi deb bilganlar.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Abu Bakr, Umar va boshqa kishilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin o‘tirib eng ulkan gunohi kabiralar haqida zikr qildilar. Bu borada ular ilmsiz bo‘lib, meni Abdulloh ibn Amrdan so‘rab kelish uchun yubordilar. U kishi menga: «Eng katta gunohi kabira xamr ichish», dedilar. Qaytib kelib ularga bu gapni aytgan edim, buni inkor qilishdi va barchalari turib uning hovlisiga yo‘l olishdi. U kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Bani Isroil podshohlaridan biri bir kishini tutib, uni xamr ichish yoki odam o‘ldirish, yoki zino qilish, yoxud to‘ng‘iz go‘shtini yeyish va yo o‘zini qatl etishlaridan birini tanlash ixtiyorini bergan edi, u xamrni tanladi. Xamrni ichganidan keyin esa, undan nimani talab qilishsa, tap tortmadi. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim xamr ichsa qirq kecha uning namozi qabul qilinmaydi. Qovug‘ida biron tomchi xamr bo‘lgan holida vafot etsa, aniqki, u sababli unga jannat harom bo‘ladi. Bordi-yu, u qirq kecha mobaynida vafot etsa, johiliyat o‘limida o‘lgan bo‘ladi», deb ularga xabar berdilar» (Tabaroniy, Hokim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:30:42
Fasl

Xamr aqlni o‘tmaslashtiradigan, aql ko‘zini ko‘r qiladigan narsa bo‘lib, uning ho‘lu qurug‘i, yeyimligu ichimligi bir xil zararlidir.

Nasha o‘simligi yaprog‘idan tayyorlanadigan narsa (nasha) ham harom bo‘lib, xamr ichgan kishi singari, uni chekkan kishiga ham had-darra uriladi. Chunki u ham «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir» hadisiga binoan xamrning bir turidir.

Nasha aql va fe’l-atvorni buzib, kishini dayus, xotinchalish qilib qo‘yishi va bundan boshqa salbiy xususiyatlari bilan xamrdan battarroq bo‘lsa, xamr urish-janjal, qotillikka olib borishi bilan nashadan yomonroqdir. Biroq ikkalasi ham Allohni zikr qilishdan va namozdan to‘sadi.

Nasha suyuq emas, quyuq narsa bo‘lgani bois, ulamolar uning pok yoki najasligi hususida uch xil fikrni bildirganlar:
1) nasha ham aroq kabi najosatdir. Sahih hukm shudir;
2) uning qurug‘i pok, suyug‘i najasdir;
3) quyug‘ining suyug‘idan farqi bor;
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:30:50
Har qanday holatda ham nasha Alloh va Rasuli harom qilgan mast qiluvchi xamr safiga kiradi.

Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Yo Rasululloh, biz Yamanda tayyorlaydigan ikki ichimlik haqida fatvo bering. Biri «bit’a» deb nomlanib, asaldan tayyorlanadi, ikkinchisi «mizar», deb atalib, zarra va arpadan tayyorlanadi», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda balog‘at va fasohat bilan so‘zlar edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Namozdan chalg‘itadigan har bir mast qiluvchi narsadan qaytaraman», dedilar».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Ko‘pi mast qiladigan narsaning ozginasi ham haromdir» (Ahmad, Ibn Moja, Doriqutniy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mast qiladigan narsalarni, quyuq yoki suyuq bo‘lsin, bir-biridan ajratmaganlar (ya’ni, hammasini harom deganlar). Bundan tashqari, unni aroqqa qorib, non qilib yeydiganlar va nashani suvga ezib ichadiganlar ham bor.

Salaf ulamolari nashani zikr qilmaganlarining sababi ularning davrida nasha iste’mol qilinmagan. Bu narsa mo‘g‘ullar Islom shaharlariga kelganlaridan so‘ng yuzaga chiqqan.

Nasha haqida she’r ham to‘qilgan bo‘lib, uning mazmuni quyidagicha: «Johil bo‘lib nasha chekadiganlarga ayt: «Uni chekib juda xunuk umr kechirding. Kishining qadr-qiymati gavhardir, Ey johil, nima uchun uni nashaga sotding».

Allohga qasamki, iblis nashadan shod bo‘lganidek boshqa narsadan quvonmagan. Chunki pastkash kimsalarga ziynatlab ko‘rsatgan edi, uni o‘zlariga halol qilib olishdi.

Uni halol deb bilib chekish va ekish badbaxt uchun ikkita musibatdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:31:03
Hikoyat

Bir yigit mahzun holda Abdumalik ibn Marvonning huzuriga kelib: «Ey amiral mo‘minin, men ulkan gunoh qildim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?» dedi. «Nima gunoh qilding?» deb so‘ragan edi, «Gunohim juda ulkan», dedi. «U nima ekan? Alloh taologa tavba qil. U zot bandalarining tavbalarini qabul qiladi va kechiradi», dedi. «Ey amiral mo‘minin, men qabrlarga o‘g‘irlikka tushar edim. Men g‘aroyib ishlarni ko‘rdim», dedi yigit. «Nimalarni ko‘rding?» deb so‘ragan edi, u boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi: «Bir kecha bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolibdi. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, shu payt qabrda kimningdir: «Mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolganini so‘ramaysanmi?» degan ovozi eshitildi. «Nima uchun teskari bo‘lib qolgan?» deb so‘ragan edim, «Chunki u namozga bee’tibor edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng boshqa qabrni kovladim. Qarasam, mayyit to‘ng‘izga aylanib, bo‘ynidan kishanlangan, zanjirband qilingan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning qanday amal qilganini, nima uchun azoblanayotganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun?» deb so‘ragan edim, «U tirikligida xamr ichar edi va tavba qilmay vafot etgan», dedi. Keyin boshqa qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olov qayish bilan yerga bog‘langan va tili gardanidan chiqib turgan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» degan nido keldi. «U siydikdan saqlanmas va odamlar orasida gap tashib chaqimchilik qilib yurar edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng yana bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olovda kuyayotgan ekan. Undan qo‘qib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun bu ahvolda?» deb so‘ragan edim, «U namozni tark qilgan edi», dedi. Keyin yana bir qabrni kovladim. Qarasam, qabr ko‘z ilg‘aydigan joygacha kengaygan, ko‘zni qamashtiradigan darajada yorug‘, mayyit esa ajoyib liboslarda, nurli so‘rida uxlab yotar edi. Uning haybati bosib, endi chiqib ketmoqchi bo‘lgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu qadar izzat-ikromga sazovor bo‘lganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun izzat-ikromga sazovor bo‘ldi?» deb so‘ragan edim, «U itoatli yigit bo‘lib, Alloh azza va jallaga itoat va ibodatda ulg‘aygan edi», dedi. Shunda Abdumalik: «Albatta bu hikoyatda osiylar uchun ibrat va itoatkor bandalar uchun bashorat bordir», dedi».

Mazkur hikoyatda zikr qilingan aybu nuqsonlarga yo‘l qo‘yayotganlar darhol tavba qilishlari va itoatga o‘tishlari lozim. Alloh bizlarni ham, sizlarni ham itoatkor bandalaridan qilib, fosiqona ishlardan chetlashtirsin. Albatta, U marhamatli, saxovatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:31:22
Hikoyat

Fuzayl ibn Iyoz o‘lim to‘shagida yotgan shogirdini ko‘rgani kelib, unga «shahodat» kalimasini talqin eta boshladi. Biroq uning tili hech aylanmas edi. Kalimani yana takrorlagan edi: «Aytmayman, men undan begonaman», dedi. Fuzayl yig‘lagan ko‘yi u yerdan chiqib ketdi. Keyin oradan bir qancha vaqt o‘tgach, tushida shogirdining do‘zaxga sudrab olib ketilayotganini ko‘rdi. «Ey bechora, nima sababli ma’rifatdan judo bo‘lding?» deb so‘ragan edi, u: «Ey ustoz, mening bir kasalim bor edi. Tabiblarga borgan edim, menga: «Har yili bir qadah xamr ichib turasan. Bo‘lmasa, kasaling tuzalmaydi», deyishdi. Har yili davolanish uchun undan ichib turar edim», deya javob berdi.

Davolanish uchun xamr ichgan kishining holi shu bo‘lsa, ko‘ngil hushi uchun ichadiganlarning ahvoli qanday bo‘larkin?! Allohdan barchamizni afu etishini va barcha balolardan omon saqlanishini so‘raymiz.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:31:33
Hikoyat

Bir kishidan tavba qilishiga nima sabab bo‘lganini so‘rashganida, shunday dedi: «Men qabrlarga o‘g‘irlikka tushar edim. U yerda ayrim o‘liklar qiblaga ters bo‘lib qolganini ko‘rdim. Yaqinlaridan ularning nima qilganlari haqida so‘raganimda: «Ular dunyoda xamr ichgan va tavba qilmay vafot etgan edilar», deb javob berishdi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:31:44
Hikoyat

Bir solih kishi aytgan ekan: «Kichkina farzandim vafot etdi, uni dafn qilganimizdan so‘ng, oradan bir qancha vaqt o‘tgach, tushimda ko‘rdim. Sochi oppoq bo‘lib oqarib ketgan edi. «Ey o‘g‘lim, seni dafn etganimda yoshgina bola eding-ku. Nega soching oqarib ketdi?» deb so‘radim. U: «Ey otajon, yonimga xamr ichgan kishi dafn qilindi. Uning kelganidan jahannam shunday oh urdiki, biron bola qolmay, barchasining sochi oqarib ketdi», deb javob berdi».

Allohdan barchamizni afu etishini va oxiratda azobga duchor qiladigan ishlardan omon saqlashini so‘raymiz. Har bir banda yomon holatda ekanida ajali yetib do‘zaxga uloqtirilmasidan oldin (Alloh saqlasin), Alloh taologa tavba qilishi lozim.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:32:07
Ellik sakkizinchi gunohi kabira
ODAMLARNING SIRLARIGA QULOQ TUTISH — JOSUSLIK

Alloh taolo aytadi:
«(O‘zgalarning ayblari ortidan) josuslik qilib yurmanglar...», degan (Hujurot, 12).

Ya’ni, bir kishi boshqa bir birodarining aybini qidirmasin. Alloh berkitgan narsani qilishga urinmasin.
Mufassirlar: «Josuslik — musulmonlarning aybu nuqsonlarini qidirish», deganlar.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhuga: «Valid ibn Uqbaning soqolidan xamr tomib yuradi», deyishgan edi, u zot: «Batahqiq, biz josuslik qilishdan qaytarilganmiz. Biroq, uning rostdan ham ichuvchi ekani ma’lum bo‘lsa, uni jazolaymiz», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim bir qavmning gaplariga, ular yoqtirmasalar-da, quloq solsa, qiyomat kunida uning quloqlariga eritilgan qo‘rg‘oshin quyiladi».

Allohdan O‘zi yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan ishlariga muvaffaq etishini so‘raymiz. U marhamatli, saxovatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:32:28
Ellik to‘qqizinchi gunohi kabira
DUSHMAN HUJUMIDAN QOCHISH

Alloh taolo aytadi:
«Ey mo‘minlar, kofirlarning lashkariga duch kelganingizda (sanoqlari ko‘pligini ko‘rib) ularga orqa o‘girmanglar (ya’ni, qo‘rqib qochmanglar). Kimki o‘sha (urush) kunida jang yo‘sinini o‘zgartirish yoki boshqa bir guruh (musulmonlarga) qo‘shilishdan tashqari holatda, ularga (kofirlarga) orqa o‘girib qochsa, bas, u Alloh tarafidan bo‘lan g‘azab bilan ketibdi va uning joyi jahannamdir. Naqadar yomon oqibat-a!» (Anfol surasi, 15—16)

Ya’ni, ey iymon keltirganlar, sizlar kofirlar bilan jangga kirishganingizda, jang maydonini tashlab qochmanglar. Balki sabot bilan sabr-matonat ko‘rsatinglar. Faqat boshqa kofir toifaga hujum qilish yoki dushmanni aldash uchun hiyla ishlatib, qochganday ko‘rinib qayta hujum qilish, saflarni tartibga keltirish maqsadida yo bo‘lmasa, boshqa bir musulmon guruhga qo‘shilib, kuchlarni birlashtirish niyatida chekinsangiz, mayli. Kimki shu kabi maqsadlarsiz dushmandan qo‘rqib qochsa, u Allohning g‘azabiga duchor bo‘ladi va boradigan joyi jahannamdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:32:42
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi gunohdan saqlaninglar», dedilar. «Yo Rasululloh, ular qaysilar?» deb so‘rashgan edi, «Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o‘ldirish, yetim molini yeyish, dushman bostirib kelgan kunda (jangdan) qochish va pokdomon mo‘mina ayollarni badnom qilish», deya javob berdilar» (Mutaffaqun alayh).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Agar sizlardan yigirmata sabr-toqatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (dushmanni) yengar!» (Anfol surasi, 65) oyati nozil bo‘lgach, Alloh yigirmata musulmonga ikki yuzta dushmandan qochmaslikni farz qildi. So‘ng: «Endi Alloh sizlarning (yukingizni) yengil qildi...» (Anfol surasi, 65) oyati nozil bo‘ldi va yuzta musulmonga ikki yuzta dushmandan qochmaslik farz bo‘ldi» (Buxoriy, Abu Dovud rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:33:04
Oltmishinchi gunohi kabira
O‘LJAGA XIYONAT QILISH

Alloh taolo aytadi:
«Biron payg‘ambar uchun (urushdan tushgan o‘ljalarga) xiyonat qilish joiz emas. Kim xiyonat qilsa, qiyomat kunida (Allohning huzuriga) qilgan xiyonati bilan birga kelur» (Oli Imron surasi, 161).

Ya’ni, biron-bir payg‘ambar qo‘lga tushgan o‘ljadan biron narsani yashirincha o‘ziga olishi shariatga ham, aqlga ham to‘g‘ri kelmaydi. Bu ish payg‘ambarlik sha’niga sira-sira mos emas.

Endi kimki o‘ljadan biron narsaga xiyonat qilsa, qiyomat kunida o‘sha xiyonat qilgan narsasini bo‘ynida ko‘tarib keladi. Butun guvohlar oldida sharmandai sharmisor bo‘ladi.

«Albatta, Alloh xiyonatkor kimsalarni sevmas» (Anfol surasi, 58)

Ya’ni, Alloh ahdida turmaydigan, va’dasiga vafo qilmaydigan kimsalarni sevmaydi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:33:11
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni oldimizga chiqib, xiyonatni, uning ulkan gunohligini zikr qilib shunday dedilar: «Sizlardan birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida bo‘kirayotgan tuyani ko‘tarib kelganini ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida ot kishnayotgan holda ko‘rmayin U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron ishga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida ma’layotgan qo‘yni ko‘tarib kelayotganini ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida qichqirayotgan insonni ko‘tarib kelganini ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida qimirlayotgan (haq yoziladigan) qog‘ozni ko‘tarib kelganini ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida tilla yoki kumush ko‘tarib kelganini ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman» (Muslim rivoyati).

Kimda-kim g‘animatchilar orasida taqsimlanmay turib, o‘ljadan, yoki imomning ruxsatisiz baytul moldan va yo yig‘ilgan zakotdan yuqoridagi hadisda zikr qilingan narsalardan birontasini olsa, qiyomat kunida o‘sha narsani bo‘ynida ko‘targan holda keladi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ibn Latbiyani zakot yig‘uvchi qilib tayinlaganlarida, u kelib: «Bular sizlarga, bularni esa menga hadya qilishdi», degan edi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam minbarga ko‘tarilib, Allohga hamdu sano aytgach: «Allohga qasamki, sizlardan biron kishi haqi bo‘lmagan biron narsani olsa, u qiyomat kunida o‘sha narsani ko‘targan holda Allohga duch bo‘ladi. Sizlardan birontangizni bo‘kirayotgan tuya yoki mo‘rayotgan sigir yo ma’layotgan qo‘y ko‘tarib, Allohga duch kelganini ko‘rmayin», dedilar. Keyin qo‘ltiqlarining oqi ko‘rinadigan darajada qo‘llarini ko‘tarib: «Ey Allohim, yetkazdimmi?» deb aytdilar (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:33:19
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Xaybarga chiqdik. Alloh bizga uni fath etdi. Biz tilla ham, kumush ham o‘lja olganimiz yo‘q. Har xil buyum, kiyim-kechak o‘lja oldik. So‘ng Quro vodiysiga yo‘l oldik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Bani Jizomlik bir kishi hadya qilgan qullari ham bor edi (U Bani Zobib qabilasidan bo‘lib, Rufo’a ibn Yazid deb atalar edi.) Vodiyga kelib tushganimizdan so‘ng, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilarida turib, ulovlarining tushovlarini yechayotgan edi. Shu payt unga paykon kelib tegdi va shu tufayli o‘ldi. Biz: «Yo Rasululloh, unga shahidlik muborak bo‘lsin», degan edik, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, hali taqsimlanmagan o‘ljadan qolgan yopinchiq uni olov bo‘lib kuydiradi», dedilar. Bundan odamlar vahimaga tushdi. Bir kishi bir yoki ikki dona bog‘ich olib kelib: «Xaybar kunida topib olgan edim», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Olovli bog‘ich yoki olovli ikkita bog‘ich», dedilar» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Nasoiy rivoyati).

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mulozimlari orasida Karkara ismli bir kishi bor edi. U vafot etganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U do‘zaxdadir», dedilar. Odamlar borib uni ko‘zdan kechirdilar va junli yopinchiq (engsiz to‘n) topdilar. U yopinchiqni xiyonat qilib olgan edi» (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2006, 08:33:28
Zayd ibn Xolid roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan biri Xaybar kuni vafot etdi. Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qilishgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Sohibingizga janoza o‘qinglar», dedilar. Bundan odamlarning yuzlari o‘zgarib ketdi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Sohibingiz Alloh yo‘lidagi (narsaga) xiyonat qildi», dedilar. Biz uning kiyimlarini taftish qilib, bir yahudiy bigizini topdik. U ikki dirham ham turmas edi» (Molik, Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Amirlarning hadyalari xiyonatdir», deganlar (Tabaroniy rivoyati).

U zot sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Alloh tahoratsiz namozni ham, xiyonatdan bo‘lgan sadaqani ham qabul qilmaydi» (Muslim rivoyati).

Imom Ahmad roziyallohu anhu aytganlar: «Biz Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xiyonatkor va o‘z joniga qasd qilgan kimsadan tashqari birontasining janozasini o‘qishdan bosh tortganini bilmaymiz».

Allohdan O‘zi yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan ishlariga muvaffaq etishini so‘raymiz. U marhamatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:32:45
Oltmish birinchi gunohi kabira
MUSULMONLARNING NOZIK JIHATLARINI OCHISH

Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni, Zubayrni va Miqdod ibn Asvadni yubora turib: «Xox nomli boqqa boringlar. U yerda bir cho‘rini uchratasizlar. Unda maktub bor. O‘sha maktubni olib kelinglar», dedilar. Biz yo‘lga tushdik. Otlarimizni choptirib, boqqa yetib bordik. U yerda cho‘rini uchratdik. Unga: «Maktubni chiqar», degan edik, u: «Menda hech qanday maktub yo‘q», dedi. «Yo maktubni chiqarib ber yoki kiyimlaringni yechib tintamiz», deganimizdan keyin turmaklangan sochining orasidan maktubni chiqarib berdi. Uni olib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga keltirdik. Unda: «Hotam ibn Abu Balta’adan Makka ahlining ayrim mushriklariga» deyilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba’zi ishlari haqida xabar bergan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Hotam, bu nima?» deb so‘ragan edilar, u: «Yo Rasululloh, xulosa chiqarishga shoshilmang. Men Qurayshlik emasman. Faqat ular bilan qo‘shni edim. Siz bilan birga bo‘lgan muhojirlarning esa Makkada qolgan bola-chaqalarini himoya qiladigan qarindoshlari bor. Mening bunday nasab-qarindoshlarim bo‘lmagani bois ularga yaxshilik qilishni va buning evaziga u yoqda qolgan yaqinlarimni himoya qilishni xohladim. Bu ishni kofir va murtad bo‘lganimdan yoki Islomdan so‘ng kufrga rozi bo‘lganimdan qilmadim», dedi. Rasululoh: «U rostni aytdi», dedilar. Shunda Umar: «Yo Rasululloh, ijozat bering, men bu munofiqlarning kallasini olay», degan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U Badrda qatnashgan. Sen qaerdan bilasan, ehtimol Alloh Badr ahlining qay ahvolga tushganini bilgani bois: «Istagan ishinglarni qilinglar, sizlarni mag‘firat qildim», degandir», dedilar».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:33:01
Mazkur hadisda bayon qilinishicha, Umar roziyallohu anhu Hotam ibn Abu Balta’ani qilgan ishi uchun o‘ldirmoqchi bo‘lganlar. Biroq u Badr g‘azoti ishtirokchisi bo‘lgani bois, uni qatl etishni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam man qilganlar.

Agar Islomning zaiflashishi, musulmonlarning qatl etilib, asirga olinib, talon-tarojga uchrashlariga josus-ayg‘oqchi sababchi bo‘lsa, u fasod tarqatuvchi, ekin va nasllarni halok etuvchilardan hisoblanadi. Binobarin, uni jazolash, qatl etish shart bo‘lib qoladi. Allohdan afv va ofiyat tilaymiz.

Chaqimchilik gunohi kabira hisoblansa, josusning chaqimchiligi yanada ulkanroq, kattaroq gunoh bo‘lishini har bir es-hushli odam yaxshi biladi. Alloh O‘z panohida saqlasin. Undan afv va ofiyat tilaymiz. U mehribon, har narsadan xabardor, marhamatli va saxovatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:33:38
Oltmish ikkinchi gunohi kabira
YOLG’ON QASAM ICHISH

Alloh taolo aytadi:

«Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir. Qiyomat kunida Alloh ularga gapirmaydi, ularga (rahmat nazari bilan) boqmaydi va ularni (gunohlaridan) poklamaydi. Ular uchun alamli azob bordir» (Oli Imron surasi, 77).

Vohidiy (rahmatullohi alayh) aytadilar: «Mazkur oyat Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yer talashib kelgan ikki kishi xususida nozil bo‘lgan. Da’vogarlardan biri qasam ichmoqchi bo‘lganida, Alloh bu oyatni nozil qilgan va u qasam ichishdan bosh tortib, sherigining haqqi borligiga iqror bo‘lgan edi».

Ash’as roziyallohu anhu aytadilar: «Allohga qasamki, bu oyat men xususimda nozil bo‘lgan. Bir yahudiy bilan oramizda yer bor edi. U mening yerimni o‘ziniki deb da’vo qildi. Uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga boshlab bordim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan: «Daliling bormi?» deb so‘ragan edilar, «Yo‘q», dedim. Yahudiyga: «Qasam ich», degan edilar, men: «Yo Rasululloh, u agar qasam ichsa, mening molim ketadi-ku», dedim. Shunda Alloh azza va jalla: «Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar...» deb boshlanuvchi oyatni nozil qildi» (Ahmad, Buxoriy, Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:34:03
Buxoriy va Muslimlar rivoyat qilishgan hadisda: «Kimki musulmon kishining moli xususida nohaq qasam ichsa, Allohga yo‘liqqanida U zot undan darg‘azab bo‘ladi», deyilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki (yolg‘on) qasam ichib musulmon kishining haqini o‘ziniki qilib olsa, batahqiq, Alloh unga do‘zaxni vojib qilib, jannatni harom qiladi», dedilar. «Yo Alloh, arzimagan narsa bo‘lsa hammi?» deb so‘rashgan edi, «Butaning bir novdasi bo‘lsa ham», deb javob berdilar (Muttafaqun alayh).

Hafs ibn Maysaraga: «Bu hadis naqadar shiddatli bo‘lmasa?!» deyishgan edi, u kishi: «Alloh taoloning kitobida: «Alloh bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar...» degan oyat bor emasmi?» dedilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:34:11
Abu Zarr roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamga qiyomat kuni Alloh gapirmas, (rahmat) nazari bilan boqmas, ularni (gunohlaridan) poklamas va ular uchun alamli azob bo‘lur», dedilar. «Yo Rasululloh, kim ular — ziyonkor bechoralar?» degan edim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zni uch bora takrorladilar-da: «Kiyimini uzunligidan yerga sudrab yuruvchi kimsa, yolg‘on qasam bilan molini o‘tqazuvchi, minnat qiluvchi kishi», deya javob berdilar» (Ahmad, Muslim va boshqalar rivoyati).

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Gunohi kabiralar — Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish va yolg‘on qasam ichish», dedilar» (Buxoriy, Nasoiy, Termiziy rivoyati).

Yolg‘on qasam o‘z sohibini bu dunyoda gunohga, u dunyoda esa do‘zaxga botiradi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:34:34
Fasl

Alloh azza va jalladan boshqa narsa bilan qasam ichish ham gunohi kabira hisoblanadi. Masalan, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam, farishtalar, Ka’ba, osmon, suv, hayot, omonat, jon, bosh va shu kabi narsalar bilan qasam ichish mumkin emas.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh sizlarni otalaringiz bilan qasam ichishdan qaytaradi. Kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, Alloh nomi bilan qasam ichsin yoki jim bo‘lsin», degan (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Boshqa bir sahih hadisda esa: «Bas, kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, faqat Alloh nomi bilan qasam ichsin yoki sukut saqlasin», deyilgan.

Abdurahmon ibn Samura roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tog‘utlar bilan ham, ota-bobolaringiz bilan ham qasam ichmanglar», dedilar» (Muslim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:34:50
Tog‘utlar — shayton va but-sanamlar.

Burayda roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim omonat bilan qasam ichsa, u bizdan emas», dedilar» (Abu Dovud rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qasam ichib: «Men Islomdan begonaman», desa va u agar yolg‘on gapirgan bo‘lsa ham, rost gapirgan bo‘lsa ham, aytganidekdir. Agar gapi rost bo‘lsa, u Islomga sira salomat holida qaytmaydi», dedilar (Abu Dovud, Nasoiy rivoyati).

Ibn Umar roziyallohu anhu bir kishining: «Ka’baga qasamki», deganini eshitib qolib: «Allohdan boshqaning nomi bilan qasam ichma. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Allohdan boshqaning nomi bilan qasam ichsa, kufr yoki shirk keltiribdi», deganlarini eshitganman», dedilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:34:57
Ayrim ulamolar mazkur hadisdagi: «Kufr yoki shirk keltiribdi» jumlasini mubolag‘a deb tafsir qilishgan. Bu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: «Riyoning ozginasi ham shirkdir» hadisi shariflariga monanddir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qasam ichib turib: «Lot va Uzzoga qasamki» deb yuborsa, u darhol: «La ilaha illalloh» desin», deganlar. (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Ayrim sahobalar Islomga endi kirgan vaqtlarida, tillari o‘rganib qolgani uchun shunday qasam ichib yuborar edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularga o‘zlari bilmagan holda aytib yuborgan so‘zlariga kafforat bo‘lishi uchun darhol: «La ilaha illaloh», deyishni buyurar edilar. Tafviq Allohdan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:35:40
Oltmish uchinchi gunohi kabira
NOHAQ HUKM QILISH

Alloh taolo aytadi:

«Kimda-kim Alloh nozil qilgan Din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir»
(Moida surasi, 44).

«Kimda-kim Alloh nozil qilgan Din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular zolimlardir
» (Moida surasi, 45).
Ya’ni, Allohning shariatiga xilof qilganlari uchun ular o‘taketgan zolimlardir.

«Kimki Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmas ekan, bas, ular fosiqdirlar»
(Moida surasi, 47).
Ya’ni, ular iymondan va Alloh toatidan chiquvchi, osiy kimsalardir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:35:56
Burayda roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki qozi do‘zaxda va bir qozi jannatda. Haq bilan hukm qilgan qozi jannatda. Zulm bilan (nohaq) hukm qilgan va bilmay turib hukm qilgan qozi do‘zaxda», dedilar». «Bilmaydigan qozining gunohi nima?» deb so‘rashgan edi, «Gunohi — bilmay turib qozi bo‘lganligi», deya javob berdilar» (Hokim rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim qozilikka yoki odamlar orasida qozi qilib tayinlansa, darhaqiqat, u pichoqsiz so‘yilibdi», dedilar» (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati).

«Pichoqsiz so‘yilibdi» jumlasining ma’nosi shuki, pichoq bilan so‘yilayotgan jonliqqa rohat baxsh etiladi. Bordi-yu pichoqsiz so‘yilsa, bu unga azob berish bo‘ladi.

Urfda, odatda pichoq bilan so‘yilsa, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam urf-odatga xilof ravishda «pichoqsiz (boshqa narsa bilan) so‘yilibdi», dedilar. Bu bilan qozilarning badani emas, dini halok bo‘lishidan xafvsiragan bo‘lishlari mumkin.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:36:08
Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qiyomat kunida odil qozi chaqirilib, shunday shiddatli hisob-kitobga duch keladiki, bundan u, butun umrim davomida sira qozilik qilmaganimda edi, deb orzu qiladi», deganlarini eshitdim» (Ibn Hibbon rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, Alloh nozil qilgan narsadan boshqacha hukm qilgan rahbarning namozini Alloh qabul qilmaydi.

Rivoyat qilishlaricha, kim voliy (hokim) yoki qozi bo‘lsa, u qiyomat kunida Alloh azza va jallaning huzuriga olib kelinadi-da, ko‘prikka turg‘azib qo‘yiladi. So‘ng siri (nomai a’moli) fosh qilinib, butun maxluqotlar guvohligida o‘qiladi. Agar u odil bo‘lgan bo‘lsa, adolati sababli Alloh unga najot beradi. Bordi-yu boshqacha (ya’ni, zolim) bo‘lgan bo‘lsa, ko‘prik shunday silkinadiki, uning a’zolarining orasi falon-falon masofaga kengayib ketadi. So‘ng ko‘prik sinib, u jahannamga qulaydi.

Fuzayl ibn Iyoz (rahmatullohi alayh) aytgan ekanlar: «Qozi bir kun qozilik qilishi, bir kun o‘zi uchun yig‘lashi lozim».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:36:23
Muhammad ibn Vose’ aytgan ekanlar: «Qiyomat kuni hisob-kitob uchun birinchi bo‘lib qozilar chaqiriladi».

Makhul (rahimahulloh) aytganlar: «Agar qozilikni yoki bo‘ynim chopilishini tanlashim lozim bo‘lganida, qozilikni qo‘yib, bo‘ynim chopilishini tanlagan bo‘lardim».

Ayyub Saxtiyoniy (rahmatullohi alayh) aytgan ekanlar: «Eng ilmli odamlarning qozilikdan qattiq qochganlarini ko‘rdim».

Sufyon Savriyga: «Shurayx qozilikka tayinlandi», deyishgan edi, u zot: «Shunday ajoyib kishini buzishibdi-da (rasvo qilishibdi-da)» dedilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:36:37
Molik ibn Munzir Muhammad ibn Vose’ni Basraga qozi qilish maqsadida chorlagan edi, u bosh tortdi. Uni qayta chorlab: «Yo qozi bo‘lasan yoki darralanasan», degan edi, u zot: «Sen hukmdorsan, bunday qilishing mumkin. Biroq oxiratda xor bo‘lgandan ko‘ra, dunyoda xorlangan xayrliroq», dedi.

Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Agar hukmdor jabr-zulm qilmoqchi bo‘lsa yoki qilsa, Alloh uning mamlakati aholisidan, ularning bozorlari-yu rizqlaridan, ekinlari-yu chorvalaridan va barcha narsalardan barakani ko‘tarib qo‘yadi. U agar yaxshilik yoki adolat qilmoqchi bo‘lsa, Alloh uning mamlakati aholisiga va barcha narsalarga baraka ato etadi».

Hims hokimlaridan biri Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhuga: «Hims shahri vayron bo‘ldi. U islohga muhtoj», deb xat yozgan edi, Umar roziyallohu anhu unga: «Shaharni adolat bilan mustahkamla (idora qil), ko‘chalarini jabr-zulmdan tozala. Vassalom», deb yozib yubordilar.

Qozi g‘azablanib turganida hukm chiqarishi haromdir.

Agar qozining ilmi kam, niyati va xulqi yomon, taqvosi oz bo‘lsa, u aniq ziyonkorlardan bo‘libdi. U qozilikdan bo‘shashi va do‘zaxdan xolos bo‘lish uchun shoshilishi lozim. Allohdan afv-ofiyat va O‘zi yaxshi ko‘rgan, rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq etishini tilaymiz. U marhamatli va saxovatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:37:13
Oltmish to‘rtinchi gunohi kabira
PORAXO‘RLIK

Alloh taolo aytadi:

«Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq — harom yo‘llar bilan yemangiz! (Ya’ni, bir-biringizning haqqingizni yemang!) Va (gunoh qilayotganingizni) bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh — harom yo‘llar bilan yeyish uchun (mollaringizni pora qilib) hokimlarga uzatmang!»
(Baqara surasi, 188).

Ya’ni, boshqalarning haqqini sizlarga o‘zlashtirib berishlari uchun hokimlarga pora bermanglar.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukmda pora beruvchini ham, pora oluvchini ham la’natladilar» (Termiziy, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).

Yana bir rivoyatda: «O‘rtadagi kishini ham», deyilgan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:37:26
Ummu Salama roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bironta hukmda pora beruvchini ham, pora oluvchini ham Alloh la’natlasin» (Tabaroniy rivoyati).

Ulamolar aytganlarki: «Pora beruvchining maqsadi musulmonga ozor yetkazish yoki haqi bo‘lmagan narsani qo‘lga kiritish bo‘lsa, u mal’undir. Bordi-yu, o‘zining haqqini qo‘lga kiritishi yoki o‘zidan zulmni daf qilish uchun pora bersa, u mal’un bo‘lmaydi. Hokim esa biron bir haqni bekor qiladimi yoki zulmni daf qiladimi farqi yo‘q, uning pora olishi haromdir. O‘rtasidagi kishi esa pora beruvchi kabi maqsadiga qarab baholanadi. Agar niyati yaxshi bo‘lsa, mal’un bo‘lmaydi. Bordi-yu niyati yomon bo‘lsa, u mal’undir».

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar: «Hukmdagi pora kufrdir. Odamlar orasidagi esa haromdir» (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:37:44
Fasl

Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir birodari uchun vositachilik qilsa-yu, buning evaziga unga hadya berganda hadyani qabul qilsa, batahqiq, u sudxo‘rlikning katta eshiklaridan biriga yaqinlashibdi», dedilar» (Abu Dovud rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Birodaringning hojatini bilib, uni ravo qilsang-u, (buning evaziga) senga hadya berganda, qabul qilsang, bu ishing haromdir».

Masruq (rahmatullohi alayh) Ibn Ziyod bilan gaplashib, uni zulmdan qaytardilar. Shunda zulmdan xalos bo‘lgan kishi u zotga xizmatkor hadya qilgan edi, qabul etmadilar va: «Ibn Mas’udning: «Kimki musulmondan zulmni daf etsa-yu, buning evaziga unga oz yoki ko‘p narsa bersa, u narsa haromdir», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Abu Abdurahmon, faqat hukmdagi porani             harom, deb o‘ylardik», degan edi, u zot roziyallohu anhu: «U kufrdir», deya javob bergandilar», dedilar.

Allohdan barcha balo-ofatlardan sog‘-salomat saqlashini so‘raymiz.

Imom Abu Amr Avzo’iy (rahmatullohi alayh) Bayrutda yashayotgan chog‘larida huzurlariga bir nasroniy keldi-da: «Ba’labakka (shahrining) hokimi menga zulm qildi. Unga bir maktub yozib bersangiz», deb bir ko‘za asal uzatdi. Avzo’iy (rahmatullohi alayh): «Xohlasang asalni qaytarib, maktub yozib beraman, xohlasang asalni olaman», dedilar. So‘ngra hokimga: «Bu nasroniyning yer solig‘ini kamaytir», deb maktub yozib berdilar. U asal bilan maktubni olib, hokimga uchrashdi va unga maktubni berdi. Imomning sharofati sababli hokim undan o‘ttiz dirhamni olib tashladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:38:23
Oltmish beshinchi gunohi kabira
YOLG’ON GUVOHLIK BERISH

Alloh taolo aytadi:

«Ular yolg‘on guvohlik bermaslar» (Furqon surasi, 72).

Bu Rahmonga suyukli bandalarning yettinchi sifatidir.

Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yolg‘on guvohlik beruvchining ikki qadami (turgan yeridan) qo‘zg‘almay turib Alloh unga do‘zaxni vojib qiladi», dedilar» (Ibn Moja, Hokim rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:38:55
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Yolg‘on guvohlik berish uch marotaba Allohga shirk keltirishga tenglashtirilgan», dedilar-da, keyin: «But-sanamlardan iborat nopoklikdan uzoq bo‘lingiz, yolg‘on so‘z-guvohlikdan uzoq bo‘lingiz», oyatini tilovat qildilar (Tabaroniy rivoyati).

Musannif (rahmatullohi alayh) aytadilar: «Yolg‘on guvohlik beruvchi odam bir qancha ulkan gunohlarni sodir etadi:
1) yolg‘on va uydirma;

Alloh taolo aytganki:
«Albatta, Alloh haddan oshuvchi, yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas» (Fofir surasi, 28).

Hadisi sharifda esa: «Mo‘minning tabiatida xiyonatkorlik va yolg‘onchilikdan tashqari har qanday xislatga moyillik bo‘lishi mumkin», deyilgan (Bazzor, Abu Ya’lo rivoyati);
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:39:07
2) zulm. Kimning zarariga yolg‘on guvohlik bersa, unga zulm qilgan bo‘ladi. Chunki shu guvohlik sababli o‘sha kishining mol-mulki yoki obro‘si va yo joni ketadi;

3) shuningdek, kimning foydasini ko‘zlab yolg‘on guvohlik bersa, unga ham zulm qilgan bo‘ladi. Zero, uning guvohligi tufayli u kishi harom mol-mulkni egallaydi va do‘zaxga mahkum bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Kimga birodarining haqqini hukm qilib bersam, batahqiq, unga do‘zaxning bir parchasini bo‘lib bergan bo‘laman» (Mutafaqqun alayh);

4) u Alloh taolo harom qilgan va saqlagan o‘zganing mol-mulki, qoni va obro‘siga tajovuz qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch marta: «Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalarini xabar qilaymi?» deb so‘radilar-da: «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish. Ogoh bo‘linglar, yolg‘on guvohlik berish va yolg‘on gapirish», dedilar. Suyangan holda edilar, o‘tirib oldilar-da, bu so‘zni takrorlayverdilar, hattoki biz: «Qaniydi, sukut qilsalar», dedik (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati).

Alloh taolodan barcha balolardan omon saqlashini so‘raymiz.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:39:55
Oltmish oltinchi gunohi kabira
YOLG’ON GAPIRISH

Alloh taolo aytadi:

«Shak-shubha yo‘qki, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas»
(Zumar surasi, 3).

Ya’ni, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsani hidoyatiga muvaffaq qilmaydi, haq dinga yo‘llab qo‘ymaydi.

«Yolg‘on so‘zlarni ham faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalargina to‘qirlar. Ana o‘shalar yolg‘onchidirlar» (Nahl surasi, 105).

Ya’ni, Allohga va oyatlariga iymon keltirmagan kimsagina U zot sha’niga yolg‘on to‘qiydi. Chunki u azobga duchor bo‘lishidan qo‘rqmaydi. U haqiqiy yolg‘onchidir. Yolg‘on gapirish ulkan jinoyat bo‘lgani bois, mo‘min unga yaqinlashmaydi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:40:37
«Albatta, Alloh haddan oshuvchi, yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas» (Fofir surasi, 28).

Ya’ni, Alloh haddan oshib zalolatga botgan va U zot sha’niga yolg‘on to‘qiydigan kimsani hidoyatga, iymonga muvaffaq qilmaydi.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rostgo‘ylikni mahkam tutinglar. Zero, rostgo‘ylik ezgulikka yo‘llaydi, ezgulik esa jannatga boshlaydi. Kishi rost gapirish va rostgo‘ylikka intilishda davom etaveradi, natijada Alloh huzurida rostgo‘y deb yoziladi. Yolg‘onchilikdan saqlaninglar. Zero, yolg‘onchilik fojirlikka (gunohkorlikka), fojirlik esa do‘zaxga boshlaydi. Banda yolg‘on gapirish va yolg‘onchilikka intilishda davom etaveradi, nihoyat Alloh huzurida yolg‘onchi deb yoziladi», dedilar» (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Munofiqning alomati uchta: gapirsa yolg‘on gapiradi, va’da bersa, ustidan chiqmaydi, omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi» (Muttafaqun alayh).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:40:49
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda to‘rt xislat bo‘lsa, u haqiqiy munofiq bo‘ladi. Kimda ulardan biri bo‘lsa, to uni tark etmagunicha unda munofiqlikning bir xislati bo‘ladi: omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi, gapirsa, yolg‘on gapiradi, ahd qilsa, (ahdida) turmaydi, xusumatlashsa (tortishsa), fojirlik qiladi», dedilar» (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning tushlari haqidagi hadisi sharifda shunday deyilgan: «So‘ng orqasi bilan chalqancha yotgan bir kishining yoniga keldim. Tepasida temir changak ko‘targan boshqa birov turardi. Shu payt u (yotgan kimsa) yuzining bir tomoniga yaqinlashdi-da, yuzini burnini va ko‘zini ensasigacha yirtib tashladi. So‘ngra nima qilgan bo‘lsa, shuni qildi. Bu tomonidan bo‘shamay turib, narigi tomoni tuzalib qoldi. So‘ng yana u tomonga o‘tib, birinchi safar qilgan ishini qila boshladi. Men: «Subhonalloh, bu nima?» deb so‘ragan edim, «Yur, ketdik», deyishdi. Keyin ikki farishta Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga buni izohlab: «Endi, yuzi ensasigacha, yuzi, burni va ko‘zi ensasigacha yirtilayotgan kishiga kelsak, u ertalab uyidan chiqib, ufqlargacha yetadigan darajada ko‘p yolg‘on gapiradigan kimsadir», deyishdi» (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamga qiyomat kunida Alloh gapirmaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi, ularga (rahmat nazari bilan) qaramaydi va ularga alamli azob bo‘ladi. (Ular): zinokor qariya, yolg‘onchi podshoh va mutakabbir kambag‘al» (Muslim, Nasoiy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:41:01
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Odamlarni kuldirish uchun yolg‘on gapiradigan kimsaga vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Hadisi shariflardan birida: «Mo‘minning tabiatida xiyonatkorlik va yolg‘onchilikdan tashqari har qanday xislatga moyillik bo‘lishi mumkin», deyilgan (Bazzor, Abu Ya’lo rivoyati).

Navos ibn Sam’on roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birodaring seni tasdiqlab deb turganida, unga yolg‘on gap aytishing katta xiyonatdir», dedilar» (Ahmad rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytgan ekanlar: «Banda yolg‘on gapirish va yolg‘onchilikka intilishdan to‘xtamaydi, nihoyat uning qalbida qora dog‘ paydo bo‘ladi. Borib-borib qalbi batamom qorayadi va Alloh nazdida yolg‘onchilardan deb yoziladi».

Yolg‘on qasam ichish yolg‘on gapirishdan ham yomonroqdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:41:21
Alloh taolo munofiqlar haqida xabar berib bunday deydi:

«Yana ular (o‘zlarining munofiq ekanliklarini) bilib turgan hollarida («Bizlar musulmonlarmiz» deb) yolg‘on qasam ham ichurlar» (Mujodala surasi, 14).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Uch toifa odamga qiyomat kunida Alloh gapirmaydi ularga (rahmat nazari bilan) qaramaydi, ularni (gunohlardan) poklamaydi va ularga alamli azob bo‘ladi: Sahroda ortiqcha suvi bo‘la turib uni yo‘lovchilarga bermaydigan kimsa; asrdan so‘ng aslida unday bo‘lmasa-da, o‘zi uni falon narxga olganiga ishontirish uchun Allohning nomi bilan qasam ichib matosini sotgan kimsa; amirga mol-dunyo ilinjida bay’at bergan, shuning uchun agar unga xohlagan narsasini berib tursa, ahdiga vafo qilib, bermay qo‘ysa, ahdini buzadigan kimsa» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati).

Tush xususidagi yolg‘on ham katta yolg‘ondir.

Imom Buxoriy (rahmatullohi alayh) rivoyat qilgan hadisda: «Kim ko‘rmagan tushini ko‘rdim desa, unga ikki soch tolasini ulash yuklanadi. Biroq bu ishni uddalay olmaydi», deyilgan.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:41:46
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi ikki ko‘zi ko‘rmagan narsalarni ko‘rsatishi — yolg‘onlarning yolg‘onidir (eng katta uydirmadir)» dedilar (Buxoriy rivoyati).

Ya’ni, kishi tushida hech narsa ko‘rmagan bo‘lsa-da, uni ko‘rdim, buni ko‘rdim, deyishi g‘irt yolg‘ondir.

Musulmon kishi yaxshi-foydali so‘zlarnigina so‘zlab, bekorchi, foydasiz so‘zlardan tilini tiyishi lozim. Zero, sukut saqlash salomatlik bo‘lib, salomatlikka biron narsa teng kelmaydi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gap gapirsin yoki sukut saqlasin», deganlar (Mutafaqqun alayh).

Abu Muso roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasululloh, qaysi musulmon afzal?» deb so‘ragan edim, «Qo‘li va tilidan musulmonlar salomat bo‘lgan kishi», deya javob berdilar» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:42:00
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir banda e’tiborsizlik qilib bir so‘zni aytadi-da, u sababli do‘zaxga mashriq va mag‘rib orasidan uzoqroq masofaga qulaydi» (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Bilol ibn Horis Muzaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi Allohni rozi qiladigan bir so‘zni aytadi-da, u sababli Alloh taologa uchrashadigan kunigacha unga roziligini yozib qo‘yadi. U so‘zining bu darajaga yetishini o‘ylab ko‘rmagan bo‘ladi. Yana bir kishi Allohni g‘azablantiradigan bir so‘zni aytadi-da, u sababli Allohga uchrashadigan kunigacha unga g‘azabini yozib qo‘yadi. So‘zining bu darajaga yetishini u ham o‘ylab ko‘rmagan bo‘ladi», dedilar» (Molik, Termiziy rivoyati).

Bu xususda sahih hadislar bisyor bo‘lib, zikr qilganlarimizning o‘zi ham kifoya qilsa, ajabmas.

Bir kishidan: «Odam bolasining qancha aybi bor ekan?» deb so‘rashgan edi, u: «Sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydi. Men o‘zim sanaganman, sakkiz mingta ayb bo‘ldi. Biroq bir xislat borki, u barcha ayblarni berkitib turadi. U — tilni tiyish», deya javob berdi.

Alloh barchamizni gunoh ishlardan chetlashtirsin, O‘zi rozi bo‘ladigan ishlarga yo‘llasin. U marhamatli va saxovatli zotdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:42:39
Oltmish yettinchi gunohi kabira
QIMOR O‘YNASH

Alloh taolo aytadi:

«Ey mo‘minlar, xamr (mast qiladigan ichimlik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni, ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni, cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz!» (Moida surasi, 90).

Ya’ni, bu ishlarning barchasi, garchi shayton ularni chiroyli qilib ko‘rsatsa-da, nopok, harom ishlardir. Ulug‘ savoblarga erishishingiz uchun bu iflosliklardan uzoq bo‘linglar.

«Aroq, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar!» (Moida surasi, 91).

Oyat oxiridagi jumla buyruq ma’nosidagi so‘roq bo‘lib «to‘xtanglar», degan ma’noni ifodalaydi. Shuning uchun Umar roziyallohu anhu: «Ey Parvardigor, to‘xtadik», degan edilar.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:43:03
Abu Hayyon aytadilar: «Alloh taolo xamr va qimordagi ikki fasodni zikr qildi: biri — dunyoviy, ikkinchisi — diniy».

Dunyoviy fasodi: xamr ko‘ngilsizlik va gina-kudrat keltirib chiqaradi hamda yor-birodarlar orasiga rahna soladi. Qimor o‘ynaydigan kimsa esa borib-borib hech vaqosi qolmaydi va oxiri xotini va bolalarini ham qimorga tikib yuboradi.

Diniy fasodi: Xamr ichgan odam sarxush bo‘lib, es-hushini yo‘qotadi va Allohni zikr qilishdan chalg‘iydi. Qimor o‘ynaydigan kimsa esa, yutsa ham, yutqazsa ham Allohni zikr qilishdan chalg‘iydi.

Qimor odamlarning haqlarini botil-nohaq yo‘l bilan yeyish hisoblanib, Alloh undan qaytargandir:

«Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq — harom yo‘llar bilan yemangiz (Ya’ni, bir-biringizning haqqingizni yemang!)» (Baqara surasi, 188).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:43:13
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham: «Ayrim kishilar Allohning moliga nohaq tajovuz qiladilar. Qiyomat kunida ularga do‘zax bo‘lur», deganlar (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir birodariga: «Kel, qimor o‘ynaymiz» desa, darhol sadaqa qilsin», dedilar (Buxoriy rivoyati).

Agar «qimor o‘ynaymiz» degan so‘zning o‘zi uchun kafforat to‘lash yoki sadaqa qilish vojib bo‘lsa, qimor o‘ynashning hukmi qanday bo‘lar ekan?!
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:43:29
Fasl

Ulamolar, garchi o‘rtaga hech narsa tikmasalar-da, narda o‘ynash haromligiga ittifoq qilganlar. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim narda o‘ynasa, u go‘yoki qo‘lini cho‘chqaning go‘shti va qoniga botirgandek bo‘libdi», deganlar (Muslim, Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki narda o‘ynasa, batahqiq, u Alloh va rasuliga osiylik qilibdi», dedilar (Molik, Hokim va boshqalar rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:43:59
Oltmish sakkizinchi gunohi kabira
SAHOBALARDAN BIRONTASINI HAQORAT QILISH

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo: «Kimki Mening do‘stimga dushmanlik qilsa, unga qarshi urush e’lon qildim», dedi», deganlar» (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sahobalarimdan birontasini ham so‘kmanglar. Zero, sizlardan biron kishi Uhud tog‘icha tillo ehson qilsa ham, ulardan birining (ehson qilgan) muddiga (o‘lchov birligi), uning yarmiga ham yetmaydi», deganlar (Muttafaqun alayh).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Sahoblarim xususida Allohdan qo‘rqinglar. Mendan keyin ularni (so‘kish va haqorat qilish uchun) nishon qilib olmanglar. Kimki ularni yaxshi ko‘rsa, meni yaxshi ko‘rgani uchun yaxshi ko‘ribdi. Kimki ularni yomon ko‘rsa, meni yomon ko‘rgani uchun yomon ko‘ribdi. Kimki ularga ozor bersa, batahqiq, menga ozor beribdi. Kimki menga ozor bersa, batahqiq, Allohga ozor beribdi. Kimki Allohga ozor bersa, hech qancha vaqt o‘tmay, uni Alloh jazolaydi», dedilar (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:44:11
Mazkur hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni so‘kish, haqorat qilish va ularga ozor berishdan qattiq qaytarganlar hamda ularni yaxshi ko‘rish o‘zlarini yaxshi ko‘rishning, shuningdek, ularni yomon ko‘rish o‘zlarini yomon ko‘rishning alomati ekanini bayon qilganlar. Bu narsa sahobalarning fazilatlari va darajalarining naqadar ulug‘ ekanligini ko‘rsatib beradi.

Boshqa bir sahih hadisda esa: «Ansorlarni yaxshi ko‘rish — iymon alomati, ularni yomon ko‘rish — munofiqlik alomati», deyilgan (Buxoriy, Muslim, Nasoiy rivoyati).

Buning sababi ansorlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘l ostilarida Allohning dushmanlariga qarshi jihod qilganlari va din uchun jonkuyar bo‘lganlaridir.

Shuningdek, Ali roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rish yaxshilik alomati, u zotni yomon ko‘rish munofiqlik alomatidir. Imom Muslim Ali roziyallohu anhuning bunday deganlarini rivoyat qilgan: «Urug‘ni yorib chiqargan, jonni yaratgan Zotga qasamki, ummiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam meni faqatgina iymonli kishi yaxshi ko‘rishini va meni faqatgina munofiq kimsa yomon ko‘rishini menga bildirganlar».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:44:24
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu gapni agar Ali roziyallohu anhu haqida aytgan bo‘lsalar, Abu Bakr roziyallohu anhu bu martabaga Alidan ko‘ra loyiqroq va haqdorroqdir. Chunki Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu payg‘ambarlardan keyingi eng afzal insondirlar. Umar va Ali roziyallohu anhumolar biron kishini Abu Bakrdan afzal deb bilgan kimsaga tuhmatchiga beriladigan jazo qo‘llanadi, ya’ni, darra uriladi, deganlar.

Sahobalarning hayot yo‘llari, turmush tarzlari bilan yaqinroq tanishgan inson ularning nima sababdan bu darajalarga yetganini anglaydi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlik chog‘larida ham, vafot etganlaridan keyin ham iymonga shoshilishdi — intilishdi, kofirlarga qarshi jihod qilishdi, dinni yoyib, Islom marosimlarini zohir etishdi, Alloh va Rasulining kalimasini oliy qilib, farz va sunnatlarini ta’lim berishdi. Agar ular bo‘lmaganida dinning asli-yu, tarmoqlari bizga yetib kelmagan, farzlaru sunnatlar, hadislaru xabarlardan birontasini   bilmagan bo‘lardik.

Kimki sahobalarni yomon otliq qilsa yoki haqorat etsa, u dindan chiqib, islom millatidan yuz o‘girgan bo‘ladi. Chunki ularni yomon otliq qilgan kimsa o‘zini ularga teng deb bilgan, ularga nisbatan dilida kek saqlagan va Alloh taolo Kitobida ularni maqtab, suyib zikr qilgan martabalari, fazilatlarini inkor qilgan bo‘ladi. Zero, ular dinni yetkazishga, vositachilik qilishga eng munosib, eng haqli zotlar edilar (Alloh ulardan rozi bo‘lsin). Ularga ta’na qilish dinga ta’na qilish, ularni mensimaslik dinni mensimaslik bilan barobardir. Bu munofiqlik, kofirlik va dahriylikdan salomat bo‘lgan va ozgina fikr yuritgan har bir kishiga yaxshi ma’lumdir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:44:36
Quyidagi hadisu xabarlar bu fikrni tasdiqlaydi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taboraka va taolo meni tanlab oldi va men uchun sahobalarimni tanlab, ulardan menga vazirlar, yordamchilar va qarindoshlar qildi. Bas, kimki ularni haqorat qilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘ladi, qiyomat kunida uning na farz, na nafl ibodatlari qabul qilinadi», deganlar (Hokim rivoyati).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Alloh azza va jalla bandalarining qalblariga qarab, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning qalbi ularning orasidagi eng yaxshi qalb ekanini ko‘rdi va u kishini tanlab olib, payg‘ambar qilib yubordi. So‘ng bandalarning qalblariga qarab, sahobalarning qalblari ularning orasidagi eng yaxshi qalb ekanini ko‘rdi va ularni Payg‘ambarining vaziri qildiki, ular Uning dini uchun kurashdilar. Bas, musulmonlar nimani yaxshi deb bilsalar, u Allohning huzurida ham yaxshidir. Musulmonlar nimani yomon deb bilsalar, u Allohning huzurida ham yomondir» (Ahmad, Bazzor, Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:44:52
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «Sahobalarimni haqorat qilmanglar. Sahobalarimni haqorat qilgan kimsani Alloh la’natlasin» (Tabaroniy rivoyati).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar:  «Rasululloh: «Agar sahobalarim zikr qilinsa, jim bo‘linglar. Agar yulduzlar zikr qilinsa, jim bo‘linglar. Agar taqdir zikr qilinsa, jim bo‘linglar», deganlar» (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:45:04
Ulamolar aytadilar: «Buning ma’nosi shuki, kishi taqdirning siri haqida fikr yuritishdan tiyilishi lozim. Bu iymon alomati va Allohning amriga taslim bo‘lish hisoblanadi. Shuningdek, kimki yulduzlar Allohning irodasidan tashqari ham ta’sir qiladi yoki faoliyat ko‘rsatadi, deb e’tiqod qilsa, u mushrik bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini so‘kkan, ayrim kamchiliklarini kuzatib, o‘rganib, ularni aybdor deb bilgan kimsa munofiqdir. Bila’ks, musulmon insonga Allohni va Rasulini, u zot keltirgan narsalarni, u zotning buyruqlarini bajargan, yo‘l-yo‘riqlarini o‘zlariga dasturul amal deb bilgan, sunnatlariga amal qilgan zotlarni, u zotning yaqinlari, sahobalari, ahli ayollari, farzandlari va xodimlarini yaxshi ko‘rish hamda ularni yaxshi ko‘rgan kishilarni yaxshi ko‘rish, yomon ko‘rgan kishilarni yomon ko‘rish vojib bo‘ladi. Zero, iymonning eng mustahkam halqasi Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rishdir».

Ayyub Saxtiyoniy aytgan ekanlar: «Kimki Abu Bakr roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rsa, haqiqatda u dinning ustunini barpo qilibdi. Kimki Umar roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rsa, u haqiqatda u yo‘lni ravshan qilib olibdi. Kimki Usmon roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rsa, haqiqatda u Allohning nuri bilan nurlanibdi. Va kimki Ali roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rsa, haqiqatda u mustahkam halqani ushlabdi. Kimki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari haqida yaxshi gap gapirsa, haqiqatda u munofiqlikdan pok bo‘libdi».
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:45:20
Fasl

Sahobalarning fazilatu martabalarini sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Sunnat ulamolari eng afzal sahobalar «asharai mubashshara» (jannatiyligi bashorat qilingan o‘nta sahoba) ekanligiga va ularning eng afzali Abu Bakr Siddiq, so‘ng Umar ibn Xattob, so‘ng Usmon ibn Affon, so‘ng Ali ibn Abu Tolib ekanligiga ijmo’ qilganlar. Bu narsada faqatgina munofiq, bid’atchi, nopok kimsagina shubhalanadi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Mening sunnatimni va hidoyatlangan, haq yo‘lda yuruvchi xalifalarimning sunnati mahkam tutinglar. Uni oziq tishlaringiz bilan tishlanglar. Yangi paydo bo‘lgan (ya’ni, bid’at) ishlardan saqlaninglar», deganlar (Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Hibbon rivoyati).

«Oziq tishlaringiz bilan tishlanglar», degani, sunnatni mahkam ushlanglar, unga intilinglar, haris — ishtiyoqli bo‘linglar, kabi ma’nolarni anglatadi.

Haq yo‘lda yuruvchi xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhumlardir.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:46:02
Abu Bakr roziyallohu anhuning fazilatlari xususida Alloh taolo bir qancha oyatlar tushirgan. Jumladan:

«Sizlardan fazl va keng mol-davlat egalari qarindoshlariga, miskinlarga va muhojirlarga Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaslikka qasam ichmasin» (Nur surasi, 22).

Bu oyat Abu Bakr roziyallohu anhu haqlarida tushganiga ixtilof yo‘q. Alloh taolo u zotni «fazl egasi» deb sifatladi.

«O‘shanda ikkovlon g‘orda bo‘lgan paytlarida hamrohiga: «Famgin bo‘lma, albatta, Alloh biz bilan birgadir», deyishi bilan, Alloh O‘z tomonidan uning ustiga — qalbiga bir xotirjamlik tushirdi...» (Tavba surasi, 40).

Ushbu oyat ham Abu Bakr roziyallohu anhu haqlarida ekanligida ixtilof yo‘q. Alloh taolo u zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hamrohi — sahobasi ekanligini bayon qilib, xotirjamlik xushxabarini berdi va ikkovlonning ikkinchisi deb ulug‘ladi.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:46:33
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytmoqchi: «Uchinchilari Alloh bo‘lgan ikkovlonning ikkinchisidan afzalroq kim bor?!»

«Rost Qur’onni keltirgan zot (ya’ni, Muhammad) va uni tasdiq etgan zot (mo‘minlar) — ana o‘shalar taqvodor zotlardir» (Zumar surasi, 33).

Ja’far Sodiq aytgan ekanlar: «Rost — Qur’onni keltirgan zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va uni tasdiqlagan zot Abu Bakr roziyallohu anhu ekanliklarida ixtilof yo‘q».

Sahobalar orasida bundan ortiq martaba bo‘lishi mumkinmi?!

Alloh ulardan rozi bo‘lsin.
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 08:08:13
MUNDARIJA

Imom Zahabiy va uning «Kaboir» nomli asari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6882#msg6882)
1. Katta shirk (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6890#msg6890)
2. Riyo (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6895#msg6895)   
3. Kibr, manmanlik, g‘urur (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6904#msg6904)
4. Zo‘ravonlik, haddan oshish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6909#msg6909)
5. Makr va aldov (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6913#msg6913)   
6. Allohning makr-sinovidan xotirjam bo‘lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6915#msg6915)
7. Allohning rahmatidan noumid bo‘lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg6921#msg6921)
8. Dunyo uchun ilm o‘rganish va ilmni yashirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9581#msg9581)
9. Alloh azza va jalla hamda Rasululloh s.a.v. sha’niga yolg‘on gapirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9586#msg9586)
10. Taqdirni rad etish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9589#msg9589)
11. Xiyonat va ahdga vafo qilmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9601#msg9601)
12. Tortishuv, bahs-munozara va murosasizlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9605#msg9605)
13. Siydikdan poklanmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9615#msg9615)
14. Namozni qasddan tark etish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg9617#msg9617)
15. Uzrsiz jamoat namozini tark etish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11632#msg11632)
16. Juma namozini tark etishga odatlanish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11642#msg11642)
17. Erkaklarning tilla taqishlari va ipak kiyishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11644#msg11644)
18. Ayollarning erkaklarga, erkaklarning ayollarga o‘xshashlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11647#msg11647)
19. Kibr va manmanlik bilan kiyimlarini sudrab yurish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11651#msg11651)   
20. Musibat chog‘ida haddidan oshish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11654#msg11654)
21. Zakot bermaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11676#msg11676)
22. Bergan narsani minnat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11681#msg11681)
23. Ehtiyojdan ortiqcha suvni qizg‘anish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11684#msg11684)
24. Ramazonda uzrsiz ro‘za tutmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11685#msg11685)
25. Qodir bo‘laturib haj qilmaslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11687#msg11687)
26. Allohdan boshqaga atab jonliq so‘yish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11689#msg11689)
27. Sudxo‘rlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11692#msg11692)
28. Harom yeyish va haromdan topish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11696#msg11696)
29. Tarozi, o‘lchov va shu kabi narsalardan urib qolish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11702#msg11702)   
30. Yetim molini yeyish va unga zulm qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11706#msg11706)
31. Qo‘shniga ozor berish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11712#msg11712)
32. Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11717#msg11717)
33. Allohning do‘stlari — avliyolarga ozor berish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11723#msg11723)
34. Zararli vasiyat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11728#msg11728)
35. Omonatga xiyonat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11730#msg11730)
36. Chaqimchilik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11734#msg11734)
37. Tahlil qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11740#msg11740)
38. Xotinning eriga itoatsizlik qilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11743#msg11743)
39. Dayuslik va qo‘shmachilik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11756#msg11756)
40. Pokiza ayollarga tuhmat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11758#msg11758)
41. La’nat aytish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11761#msg11761)
42. Insonning o‘z nasabidan tonishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11773#msg11773)
43. Ota-onaga oq bo‘lish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11774#msg11774)
44. Qarindoshlar bilan aloqani uzish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11782#msg11782)
45. Qulning qochishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11787#msg11787)   
46. Zaiflar va qo‘l ostidagilar — xotin, qul, jonivorlar haqini poymol qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11788#msg11788)   
47. Odam o‘ldirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11797#msg11797)
48. O‘z joniga qasd qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11802#msg11802)
49. Sehr (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11804#msg11804)
50. Folbin va munajjimni tasdiqlash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11807#msg11807)
51. Boshliqning qo‘l ostidagilarni aldashi va ularga zulm qilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11811#msg11811)
52. Zulm (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11816#msg11816)
53. Zino (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11832#msg11832)
54. Bachchavozlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11838#msg11838)
55. O‘g‘irlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11846#msg11846)
56. Yo‘lto‘sarlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11848#msg11848)
57. Xamr (mast qiluvchi ichimlik) ichish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11851#msg11851)
58. Odamlarning sirlariga quloq tutish — josuslik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11866#msg11866)
59. Dushman hujumidan qochish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11867#msg11867)
60. O‘ljaga xiyonat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg11869#msg11869)
61. Musulmonlarning nozik jihatlarini ochish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15745#msg15745)
62. Yolg‘on qasam ichish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15747#msg15747)
63. Nohaq hukm qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15753#msg15753)
64. Poraxo‘rlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15758#msg15758)
65. Yolg‘on guvohlik berish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15761#msg15761)
66. Yolg‘on gapirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15764#msg15764)
67. Qimor o‘ynash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15771#msg15771)
68. Sahobalardan birontasini haqorat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.msg15775#msg15775)
Nom: Re: GUNOHI KABIRALAR. Imom Shamsuddin Zahabiy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyun 2009, 22:24:46
Gunohi kabiralar

(http://www.ziyouz.com/images/books/gunohi_kabiralar.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=55)

Muallif: Imom Shamsuddin Zahabiy
Hajmi: 494 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=55)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.375)