Alloh va Payg'ambar ziyofati
Sevikli Payg'ambarimiz (s.a.v.):"Kim ramazonda umra qilsa, men bilan birga haj qilganning savobini topibdi", deya marhamat qilganlar. Shuning uchun bo'lsa kerak, ramazon oyida butun dunyodan Alloh va rasuliga mehmon bo’lish umidida milyonlab ziyoratchilar Makkai mukarrama va Madinai munavvara sari oqib kela boshlaydi. Muborak oy sharofatidan bu ikki muqadas shahar o’zgacha shukuhli, barakotli ko’rinadi"¦ Allohning marhamati ila bizga ham mohi ramazonda umra ibodatini ado etish muyassar bo’ldi. Ushbu ziyorat chog’ida ko’rgan-kechirgan kichik, ammo bizning nazarimizda ibratli ba’zi voqealarni siz azizlarga ilindik.
Xayr ishlar musobaqasi
Ikki muqaddas shaharda iftor paytida ajib bir manzara namoyon bo’ladi. Masjid darvozalariga yetmasingizdanoq yosh yigitlar qo’lingizdan tutib, dasturxonlariga taklif qilishadi. Masjidi Nabaviydagi yeti yuz-sakkiz yuz ming namozhonga o’sha yerning o’zida dasturhonlar solinib, iftorlik tashkil qilinadi. Allohning buyrug’iga itoatan dunyoning turli burchaklaridan kelib , shomga yaqin "œAllohu akbar" nidosi yangrashini kutib turgan sakkiz uz ming musulmonni bir ko’z oldingizga keltiring-a!..
Allohu akbar!
Hoji Yoqub Umar
"Musulmonlar taqvim kitobi"
2001 yil IV-sonidan olindi.