forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 07:09:34

Nom: Islom va musiqa
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 07:09:34
SAVOL: Bir hadisda musiqa va qo‘shiqchilar haqida o‘qib qoldim. Bugingi kunda atrof to‘la musiqa ovozi va qo‘shiqchilar ko‘payib ketgan. Islomda musiqa va qo‘shiq tinglash harommi yoki makruhmi?

JAVOB:
Bu savol ham ko‘p takrorlanadigan savollardan. Eng ko‘p ixtiloflarga sabab bo‘lgan savollardan, eng ko‘p ko‘ngil qoldilar, bir birini xafa qilishlarga sabab bo‘lgan savollardan hisoblanadi. Xususan yaqin orada bizni hozirgi yangi tariximizdagi gaplardan hisoblanadi. Tortishadigan narsa ko‘p birov "ting" etgan musiqa ovozini eshitsa "harom"deydi, ikkinchi taraf bekor gap bu narsalar hammasi "halol, mana bo‘p turibdi-ku hamma yoqda" deydi. Yana ko‘p gaplar bor. Urush janjallar ko‘p.

Lekin mana shuni shar’iy kitoblardan batafsil o‘qib, o‘rganib, solishtirib, tahlil qilib ko‘rib keyin javob aytish ma’nosi yo‘q. Savol egasi aytganlarki, "Bir hadisda musiqa va qo‘shiqchilar haqida o‘qib qoldim." deganlar. Bu hadis qanaqa hadis, bu hadisning ma’nosi nima, u yerda qanday iboralar kelgan bu to‘g‘risida birorta gap yo‘q. Ana shunga o‘xshagan falonchi bunday degan, asossiz, hujjatsiz gaplarni aytadilar. Qadimgi ulamolarimiz ham asrlar davomida musiqa haqida turli fikrlarni aytishgan.

Lekin hammalari ittifoq qilib musiqa to‘g‘risida aytgan gaplaridan biri musiqani beodobi, shariatga to‘g‘ri kelmaydigan qiliqlaru, so‘zlardan iborat bo‘lgani mutlaqo harom. Endi odob-ahloq doirasida vatanparvarlik, insoniy qadriyatlar, Islom ta’limotlari ma’nolarini targ‘ib qiluvchi shunga o‘xshash qo‘shiq va musiqa haqida ulamolarning ixtiloflari bor. Ba’zi bir taraflar aytadilarki "bu narsalar harom, mutlaqo bo‘lmaydi", deyishadi. Va bunga dalil Qur’oni Karimdagi "Odamlardan bir kishilar bor-ki, behuda so‘zni Allohni yo‘lidan zalolatga ketkazish uchun sotib oladilar", degan oyatni keltiradilar. Mana shu qo‘shiq deyishadi va o‘sha qo‘shiq ekanligiga Hazrati ibni Abbosni gaplarini dalil qilib keltirishadi.

Boshqa ulamolar esa "yo‘q, bu yerda qo‘shiq degan ma’no yo‘q, Allohning yo‘lidan zalolatga ketkazuvchi har bir gap bo‘lsa hammasi harom. U qo‘shiq bo‘ladimi, ma’ruza bo‘ladimi, kitob bo‘ladimi, gap so‘z bo‘ladimi, har birida Allohning yo‘lidan ketkazadigan narsa bo‘lsa barchasi harom. Buni hech kim inkor qilishi mumkin emas. Ibni Abbosni shu ta’vilini keltiradigan bo‘lsak, Ibni Abbosdan boshqa minglab sahobalar bu ta’vilni qilmaganlar va boshqa ta’vilni qilgan sahobalar Ibni Abbosdan ko‘proqdir", degan ma’noni aytishadi. Musiqa va qo‘shiqni batamom harom deganlar Yana bitta ta’lix, ya’ni Payg‘ambarimiz s.a.v gacha aniq yetib bormasdan oradan gaplari tushib qolgan hadislardan bittasini rivoyat qilib keltiradilar. Bu to‘rtta narsani ichida xamr ichish bor, ipak kiyish va musiqa bor. Ulamolarning ko‘pchiligi aytgan-ki, "Bu o‘sha to‘rt narsani qo‘shiq qilsa deganligi, chunki boshqa yerlardagi hadislarda qo‘shiqqa ijozat berganligi shu ma’noni ta’vil qilishga olib keladi", deb turib, qo‘shiqqa ijozat bergan holatlarni bayon qiladilar. Eng saxix hadislardan dalillar keltiradilar.

Jumladan Rubba’ya binti Muavviz r.a. dan keltirilgan hadisda aytiladi-ki, « Mening nikoh kunim Rasululloh uyimga keldilar va ko‘rpachamning ustiga o‘tirdilar. Ikki qiz mening otalarimni madh qilib qushiq aytishar edi. Shunda ulardan biri "Bizni ichimizda payg‘ambar bor-ki, u kishi ertangi kunni xabarini beradi" dedi. Shunda Rasululloh s.a.v " Buni qo‘y-da, avvalgisini aytgin" dedilar." Mana shu yerda Rasululloh s.a.v o‘zlari shaxsan to‘yda hozir bo‘lganlar va qo‘shiqni tinglab ma’nosi buzilganda ma’noni to‘g‘ri aytishga da’vat qilganlar deb aytadi ulamolarimiz.

Yana mashhur hadislardan bittasi "Bir kuni hazrati Abu Bakr r.a. o‘zlarining qizlari Oisha onamizning hujralariga kirsalar, Payg‘ambarimiz s.a.v. teskari qarab boshlarini o‘rab yotibdilar. Oisha onamiz o‘tiribdilar va u kishining huzurlarida ikkita qiz qo‘shiq aytmoqda. Shunda Rasululloh s.a.vni hollarini ko‘rgan hazrati Abu Bakr r.a. tezda yurib kelib Oisha onamizga duq qilib "Rasuli akramning xonalarida shaytonning nag‘masi bo‘layaptimi?" deganlarida, Rasululloh s.a.v boshlarini ko‘tarib " Ey, Abu Bakr, qo‘y ularni, har bir qavmning o‘zining iyd kuni bor. Bugun bizning iyd kunimizdir." deganlar.

Shuningdek Habashistonlik Axbosh , qora tanli kishilar masjidda xarbiy o‘yinlarni qilib raqsga tushishganda, Oisha onamiz r.a. Payg‘ambarimiz s.a.v yelkalariga boshlarini qo‘yib tomosha qilganlar. Rasululloh s.a.v "Bo‘lding-mi, to‘yding-mi?" deb o‘yin tugaganda tarqalishgan. Bunga o‘xshash bir qancha hadislar bor. Men bu hadislarni «Hadis va Hayot" kitobini 13 juz’ida "Nikox, Taloq va Idda" nomli kitobda keltirganman.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘rtachasi nikox to‘ylarida va iyd kunlarida odob-ahloq doirasidagi shijoatga chaqiruvchchi, vatanparvarlik, dinparvarlik va islomiy ma’nolarga chaqiradigan qushiqlarga ruxsat bor. Bunga ko‘p ulamolar ittifoq qilishgan.

Ba’zi bir "ting" etgan ovoz gunoh deb tushunadigan odamlar bo‘lsa, bu fikrlari o‘zlariga havola. Taqvo yuzasidan o‘zlari shu narsani tutishlari mumkin. Lekin u kishilarni boshqalarga "harom ish qilayapsan, fosiq bo‘lding" degan gaplarni aytishga haqlari yo‘q. Chunki katta ulamolar ixtilof qilgan masalaning u tarafidan olgan ham bu tarafidan olgan ham to‘g‘ri ishni qilgan bo‘ladi.

Shayx Muhammad Sodiq muhammad Yusuf
Nom: Re: Islom va musiqa
Yuborildi: Laylo 15 Iyul 2006, 15:41:22
Assalamu alaykum!
Tashakkur sizga AbdulAziz!
Shayx hazratlari masalaga juda to'g'ri yondoshibdilar.
Chunki hozirgi kunda bu masala bo'yicha juda ko'p tortishuvlar bor.