forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2009, 14:43:34

Nom: Imom G'azzoliy. Uylanish odobi
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2009, 14:43:34
Imom G’azzoliy

UYLANISH ODOBI

"Toshkent islom universiteti"
nashriyot-matbaa birlashmasi
Toshkent — 2009

So‘z boshi muallifi va mas’ul muharrir:
Abdulaziz MANSUR

Taqrizchilar:
tarix fanlari doktori Ubaydulla UVATOV
filologiya fanlari nomzodi Abdulla ULUG’OV

Mutarjim:
Yo‘ldosh ESHBEK

Muharrir:
filologiya fanlari doktori Bahodir KARIM

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasining 368 raqamli tavsiyasi bilan chop etildi.

Uylanish odobi

(http://ziyouz.com/images/books/uylanish.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=435)

Muallif: Imom G'azzoliy
Hajmi: 439 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=435)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.0)


MUNDARIJA

So’zboshi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194451#msg194451)

BIRINCHI BOB
Nikohni tashviq etmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194452#msg194452)
Nikohni tashviq etgan oyatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194453#msg194453)
Nikohga aloqador hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194454#msg194454)
Sahobalarning qarashlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194516#msg194516)
Nikohdan ogoh etish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194522#msg194522)
Nikohning foydalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194524#msg194524)
Nikohning birinchi foydasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194525#msg194525)
Nikohning ikkinchi foydasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194623#msg194623)
Nikohning uchinchi foydasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194747#msg194747)
Nikohning to‘rtinchi foydasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194749#msg194749)
Nikohning beshinchi foydasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194751#msg194751)
Nikohning ofatlari: birinchi ofati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg195693#msg195693)
Nikohning ikkinchi ofati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg195695#msg195695)
Nikohning uchinchi ofati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg195697#msg195697)

IKKINCHI BOB
Nikoh aqdining odoblari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg196193#msg196193)
Nikohga to‘siq bo‘lguvchi hollar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg196195#msg196195)
Nikohda e’tibor beriladigan jihatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg196196#msg196196)

UCHINCHI BOB
Nikoh aqdi tuzilgach umrlarining oxirigacha turmush kechirish odoblari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg196603#msg196603)
Erning xotin zimmasidagi haq-huquqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg197579#msg197579)

IKKINCHI KITOB
Shahvatning kesilishi (nafs tarbiyasi) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg197800#msg197800)
Ochlikning fazilati va to‘qlikning yomonligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg197802#msg197802)
Ochlikning foydalari, to‘qlikning zararlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg197810#msg197810)
Me’da shahvatini tiyishda riyozat yo‘li (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg198053#msg198053)
Ochlikning hukmi va insonlarning hollari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg198413#msg198413)
Yegulikni kamaytirilishi va riyoning ofatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg198586#msg198586)
Farjning shahvati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg198587#msg198587)
Farj va ko‘z shahvatidan tiyilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg198853#msg198853)
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2009, 14:44:37
SO’ZBOSHI

Inson hayotini muayyan tartibga solib turguvchi mezonlar bor. Shariatimiz ko‘rsatmalarida shu o‘lchovlar o‘z ifodasini topadi, albatta. Inson hayotda yolg‘iz yashay olmaydi. Juft holda, er-xotin bo‘lib yashashning qonun-qoidalarini, shar’iy hukmlarini teran anglab olish o‘sha oilaviy hayotning baxt-saodatini ta’min etishi mumkin. Bo‘lajak er-xotinlar uchun shariatimiz qoidasiga ko‘ra nikoh o‘qiladi. Ularning bir oila bo‘lib yashashlari yuzasidan guvohlar oldida va’dalari olinadi. Zotan Qur’oni karimda nikoh xususida bir necha oyatlar keladi. Shuningdek, Rasululloh (s.a.v.): «Nikoh mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emas», deya marhamat qilganlar va boshqa bir hadislarida uylanishga, ko‘payishga buyurganlar.

Umuman, nikohning fazilatlari va foydalari bor. Shunga binoan er va ayollarning zimmalaridagi vazifalar ham bir olam. Imom G’azzoliyning ushbu «Uylanish odobi» nomli kitobida ana shu masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.

Nikohda farzandli bo‘lish, shahvatdan tiyilish, uy ishlarining boshqarilishi, sulolaning ko‘payishi, nafs bilan kurashish kabi foydalar borkim, bular mazkur kitobda atroflicha sharhlanadi.

«Uylanish odobi» kitobining ikkinchi qismida inson o‘z nafsi bilan kurashishi, shahvatini tiyish yo‘llari, och yurishning foydalari ortiqcha to‘qlikning inson jismi hamda ruhiga keltiradigan zararlari to‘g‘risida mulohazalar bayon qilinadi. Nafsni tiyish, nafsga qarshi mujohada etishning eng savobli yo‘li inson o‘zini ochlik va suvsizlik bilan imtihon qilishidir. Nafsni turli-tuman noz-ne’matlar bilan tinimsiz siylashning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Bunday badnafs kishi ochlarni, kambag‘al va bechoravash kimsalarni eslamaydi. To‘qlik uning ko‘ngil ko‘zini ko‘r qiladi. Oqibatda Yaratguvchini unutadi, ibodati sustlashadi. Ochlikda esa hikmat ko‘p. Bu xususda o‘tgan ulug‘larimiz ko‘plab purma’no fikrlarni bildirganlar. Mazkur kitobda keltirilgan ana shu fikr durdonalaridan, o‘gitlardan ma’rifiy ozuqa olish ruhiy, ma’naviy turmush tarzingizni pokiza mezonlar asosiga qurishda muhim dastur bo‘lishiga hamda yordam berishiga ishonchimiz komil.

Imom G’azzoliy hazratlarining ushbu kitoblaridan bahramand bo‘lish va undagi ko‘rsatmalarga amal etishni Alloh taolo siz azizlarga nasib aylasin!

Abdulaziz MANSUR
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2009, 14:45:18
BIRINCHI BOB

NIKOHNI TASHVIQ ETMOQ

Islom olimlari nikoh fazilati haqida ixtilof etganlar.

Ba’zi olimlar nikohning Alloh taologa ibodatda yolg‘iz qolishdan afzalroq ekani qanoatiga borganlar.

Boshqa bir toifa olimlar nikohning fazilatini ta’kidlagan holda Alloh taologa ibodatda yolg‘iz qolishning afzal ekanini aytishadi.

Bu qarashlar orasidan haqiqat o‘rtaga chiqishi uchun avval mavzuga aloqador oyat va hadislarni zikr etamiz, so‘ngra nikohning foyda va zararlarini izohlaymiz.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2009, 14:46:21
NIKOHNI TASHVIQ ETGAN OYATLAR

Alloh taolo marhamat etadi:
«Sizlarning orangizdagi tul (erkak va ayol)larni va cho‘rilaringizdan yaroqlilarini uylantiringiz. Agar (ular) kambag‘al bo‘lsalar Alloh ularni o‘z fazli bilan boyitur. Alloh (fazlu karami) keng va doio Zotdir». (Nur, 24/32).
Bu yerdagi buyruq qat’iy emas, balki mandubdir, ya’ni qilsa savob, qilmasa gunohkor bo‘lmaydi yoki ijro etish - savob, tark etish - mubohdir. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, uylanish uylanmasdan umrini ibodatda o‘tkazishdan afzal, balki sunnatdir. Shofe’iy mazhabi bo‘yicha uylanmay, umrini ibodatga bag‘ishlash afzal.

Bu oyatda amr bor. Yana shunday amr etilgan:
«Xotinlarni taloq qilganingizda (idda) muddatiga yetgan bo‘lsalar, (ey, ota-ona va qarindoshlari!) ular o‘zaro yaxshilikcha kelishib olgan bo‘lsalar, erlariga (qayta) nikohlanishlarida ularga tazyiq o‘tkazmangiz!» (Baqara, 2/32)

Bu oyatda nahy bor. Yana marhamat etiladi:
«Darhaqiqat, sizdan ilgari ham (ko‘p) payg‘ambarlar yuborganmiz va ularga xotinlar va zurriyotlar berganmiz». (Rad, 13/38).

Bu oyatda payg‘ambarlarning vasfi bor.
Yana shunday marhamat etilgan:
«Ular: «Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko‘z quvonchini baxsh etgin va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin», - deydigan kishilardir». (Furqon, 25/74).
Bu oyatda imtihon bor. Va avliyoning madhi bor. (Va vasfi bor - «bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin» deyilmoqda.)

Alloh taolo ulug‘ Kitobda uylangan payg‘ambarlarini zikr etgandir.
Hazrati Iso (a.s.) esa yer yuziga tushganda uylanadilar va bolalari bo‘ladi».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 01 Oktyabr 2009, 14:47:15
NIKOHGA ALOQADOR HADISLAR

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Nikoh - meniig sunnatim. Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emasdir».

Yana shunday marhamat etadilar:
«Nikoh - mening sunnatim. Kim mening fitratimni sevsa, mening sunnatim bilan sunnatlansin». (Abu A’lo Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etgan)

Yana shunday deydilar:
«Uylaning, ko‘paying. Chunki tushgan bir bola bilan bo‘lsa ham, qiyomat kuni o‘zga ummatlar oldida siz bilan faxrlangayman». (Abdulloh ibn Umardan (r.a.) Bayhaqiy rivoyat etgan).

Yana marhamat etadilar:
«Tirikchilikdan qo‘rqib uylanmoqni tark etgan kishi bizdan emas». (Anasdan (r.a.) Buxoriy va Muslim rivoyat etganlar).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 09:57:56
Yana marhamat etadilar:
«Sizdan uylanmoqqa qodir bo‘lgan uylansin. Chunki bu ko‘zni tiydiruvchi va farjni sog‘lom etuvchi (buzuqlikdan saqlovchi)dir.
Yo‘qsa, imkoni yetmagan kishi ro‘za tutsin. Chunki ro‘za uning uchun qo‘ruvchi bir qalqondir».
(Abdulloh ibn Ma’suddan (r.a.) Buxoriy va Muslim rivoyat etganlar).

Yana marhamat etadilar:
«Dinidan va omonatdorligidan o‘zingiz rozi bo‘lgan ishonchli bir kishi huzuringizga kelganda (uylanishiga yordam so‘raganda) uni uylantirib qo‘yingiz». (Abu Hurayradan (r.a.) Termiziy rivoyati)

Yana marhamat etadilar:
«Kim Alloh taolo (rizosi) uchun uylansa va Alloh (rizosi) uchun uylantirsa, o‘sha kishi Alloh taolo do‘stligiga erishadi». (Muoz ibn Anasdan (r.a.) Ahmad ibn Xanbal rivoyati.)

Yana marhamat etadilar:
«Kim uylansa, dinining yarmini qo‘rigan bo‘lur. Qolgan yarmi haqida ham Allohdan qo‘rqsin». (Anasdan (r.a.) Tabaroniy «Avsod»ida rivoyat etgan)

Yana Rasululloh (s.a.v.) bildiradilarki, kishi o‘lganda barcha amal savoblari to‘xtaydi. Lekin uch amal savobi davom etib turadi, bulardan biri - solih farzandining xayrli ishlari va u haqdagi duolaridan borib turguvchi savob.
Solih farzand esa shar’iy nikoh tufayli dunyoga keladi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 09:58:13
SAHOBALARNING QARASHLARI

Hazrati Umar (r.a.) marhamat etadilar:
«Zaiflik va fujurdan boshqa hech narsa nikohga mone’ bo‘lmaydi».
Bu ifoda ma’nosicha, din farqi nikohga mone’ emas.
(Usmonlicha yangi lug‘atda fujur - gunoh, zino, nomuslarni poy-mol etmoq kabi shaytoniy ishtaha. Dinsiz va ahloqsizlar ahvoli).
Mone’ bo‘lgan narsa - ikki ahvol (zaiflik va fujur) deyilmoqda.

Abdulloh ibn Abbos (r.a.) deydilar:
«Uylanguncha ibodat etganning ibodati to‘la va mukammal bo‘lolmaydi».
Ibodat kamoli qalbning keraksiz narsalardan ozod bo‘lishiga bog‘liq. Qalbning shahvatdan salomat bo‘lishi ham uylanish tufayli hosil bo‘ladi.

Hazrati Ikrima va boshqa sahobalar shunday deydilar:
«Agar uylanmoq istasangiz, sizni uylantiraman. Chunki bir qul zino qilgan vaqtda imon uning qalbidan so‘kilib chiqur, chiqarilur».

Abdulloh ibn Ma’sud (r.a.) shunday deydilar:
«Bordiyu, umrimdan o‘n kungina qolganini bilsam, Alloh taolo huzuriga uylanmagan holda bormaslik uchun uylangan bo‘lardim».

Hazrati Muoz ibn Jabalning (r.a.) ikki xotini vabodan vafot etadi.Hatto o‘zlari ham vaboga chalinadilar. Shunda ham u:
«Meni uylantiringizlar. Chunki men Alloh taologa uylanmagan holda yetishmoqni istamasman», deydi.
Bu ikki buyuk sahobaning uylanishni istashlari shahvat sababidan emas, balki nikohda fazilat ko‘rganlari uchundir.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 09:58:52
Hazrati Umar (r.a.) ko‘p nikohlanar va shunday derdilar:
«Men faqat farzand ko‘rish uchun uylanaman».

Rasululloh (s.a.v.) sahobalardan biroviga:
- Sen uylanmaysanmi? - dedilar.
- Yo Rasululloh! Men faqirman, hech narsam yo‘q. Hamda sizning xizmatingizdan ajrab qolishni istamayman, - dedi u.
Rasululloh (s.a.v.) bir muddat sukut qildilar va takror so‘radilar.
Sahoba yana o‘sha javobni berdi. So‘ng biroz o‘ylanib shunday dedilar:
«Alloh taologa qasamki, Rasululloh (s.a.v.) mening dunyoim va oxiratim uchun menga eng muvofig‘ini yaxshiroq bilurlar.
Meni Allohga yaqinlashtiradigan narsani ham bilurlar.
Agar mendan uchinchi marta yana o‘sha savolni so‘rasalar, albatta o‘sha ishni qilaman».
Bundan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) uchinchi marta so‘radilar:
- Uylanmaysanmi?
- Mayli yo Rasululloh! O’zingiz uylantirib qo‘ying... Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar:
- Falon kishiga bor va: «Meni uylantirishingizni Rasululloh (s.a.v.) amr etdilar, degin.
U zot yana:
- Yo Rasululloh! Uylanmog‘im uchun hech vaqoim yo‘k, - dedilar. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyurdilar:
- Birodarimiz uchun bir miqdor oltin to‘plangiz! Eshitib turgan sahobalar lozim bo‘lgan oltinni yig‘ib keltirdilar va u zotni uylantirdilar. Rasululloh (s.a.v.) unga aytdilar:
- To‘y qil, ziyofat ber!
Sahobalar yana pul to‘pladilar, ziyofat uchun bir qo‘y sotib oldilar.
Bu voqea, Rasululloh (s.a.v.) uylanish mavzuini qat’iyan takrorlashlari nikoh fazilatiga dalolat etmoqda.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 09:59:27
* * *

...Aytishlaricha, qadimda ibodatga berilgan solih bir zot o‘tgan ekan.
O’sha zamon payg‘ambariga bu zotning ibodatlari va yaxshi insonligi aytildi.
Allohning payg‘ambari u zot haqida shunday dedilar:
- U qanday yaxshi odamdir. Koshki, sunnat bo‘lgan bir narsani ham tark etgan bo‘lmasa.
Obid kishi bu so‘zlarni eshitgach, qayg‘urdilar va bu bilan Allohning payg‘ambari nimani qasd qilganlarini so‘radilar.
- Sen nikohni tark etgan kishisan, - dedilar Allohning payg‘ambari.
- Men atayin o‘zimni nikoh sunnatidan mahrum etmoqdaman. Chunki men faqir kishiman va zotan odamlarga yuk bo‘laman, - dedilar obid kishi.
Shundan keyin o‘sha payg‘ambar dedilar:
- Senga qizimni beraman.
Va qizini u zotga nikohlab qo‘ydilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 09:59:57
* * *

Bishr ibn Xars deydilar:
«Ahmad ibn Hanbal uch sabab tufayli mendan ustunroqdir:
Birinchisi: U zot ham o‘zlari, ham oilasi uchun halol talabida bo‘ladilar. Men esa halolni yolg‘iz o‘zim uchun istayman.
Ikkinchisi: U zot nikoh mavzuida keng ufq sohibidirlar. Men esa, bu mavzuda tor bir qarashga egaman.
Uchinchisi: U zot barchaning imomi sifatida tan olinganlar. Men u zotning yonlarida kim ham bo‘libman(ki)!»

Deydilarki, Ahmad ibn Hanbalning xotini Ummu Abdulloh vafot etdi. Ertasi kuniyoq uylandilar va dedilar:
«Bir kecha bo‘lsa ham yolg‘iz qolib, bo‘ydoq holda o‘lishni istamayman».
Bishr ibn Xarsga deyildiki:
«Sen nikohni tark etganing uchun odamlar sen haqingda mish-mish tarqatmoqdalar va: «U sunnatni tark etgan bir kimsadir», deyishmoqda.
U zot shunday dedilar:
«Ularga aytingki, farzlar bilan mashg‘ul bo‘lish, uni sunnatdan olib qo‘ygandir».
Boshqa payt u zotga yana tirg‘alishganda dedilar:
«Meni uylanishdan tutib turgan Alloh taoloning shu oyatidir:
«Ayollar uchun (belgilangan huquqlar) o‘z me’yorida erkaklar (huquqi)bilan tengdir». (Baqara, 2/228)
Bu holni Ahmad ibn Hanbalga aytganlarida u zot shunday dedilar:
«Qayda o‘sha Bishr ibn Xars kabi insonlar?!»
Rivoyatlarga qaraganda, u zot o‘limidan so‘ng tush ko‘rildi va undan so‘raldiki:
«Alloh taolo sizni qanday kutib oldi? Qanday muomala qildi?»
U zot javob berdilar: «Jannatda manzillarim shunday yuksaldiki, payg‘ambar maqomlari yaqinidan menga joylar ko‘rsatildi. Lekin uylanganlarning jannatdagi darajalariga yetolmadim».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:00:10
Nikoh - davomli bir sunnatdir va payg‘ambarlarning ahloqidan go‘zal bir xulqdir.
Bir zot Ibrohim ibn Adhamga shunday dedi:
«Senga qanchalar yaxshi! Uylanmay o‘zingni ibodatga berding».
U zot shunday javob berdilar:
«Oila sababidan senda paydo bo‘lgan qo‘rquv mening ichimdagi hollarimdan afzalroqdir!»
«U holda seni nikohdan ushlab turgan sabab nedir?» - dedi u zot.
Ibrohim Adham shunday javob berdilar:
«Mening bir ayol (xotin)ga ehtiyojim yo‘q. Men o‘z nafsimni bir xotin bilan mashg‘ul qilmoqni istamayman».
Yana deyilganki:
«Oilali kishining bir rakat namozi, bo‘ydoqning yetmish rakat namozidan fazilatliroqdir».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:03:33
NIKOHDAN OGOH ETISH

Yana shunday deganlar:
«Odamlar uchun shunday bir zamon keladiki, odam halokati xotini va ota-onasining qo‘li bilan bo‘ladi.
Ular uning faqirligini yuziga soladilar va uning kuchi, toqati yetmaydigan narsani unga yuklaydilar.
Shu tariqa u ham dini yo‘q bo‘lib ketadigan yo‘llarga kiradi va halok bo‘ladi».
(Bayhaqiy «Zuhd»da Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etgan).

Abu Sulaymon ad-Daroniy hazratlari nikohdan so‘raldilar. U zot shunday deydilar:
«Birodarlarimizdan uylanganlarning birinchi martabada qolganlarini va ma’naviy darajalarga erishmaganliklarini ko‘rdim».

Yana shunday deydilar:
«Uch narsa borki, bularni talab etgan kishi dunyoga bog‘lanib qolgan bo‘ladi:
1. Dunyo hayotini istash (va oxiratdan afzal ko‘rish.)
2. Uylanish.
3. Hadis (voqea) yozish».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:04:50
* * *

Hasan Basriy hazratlari shunday deydilar: «Alloh bir quliga yaxshilikni iroda qilgan zamon uni bola-baqra va dunyo moli bilan mashg‘ul etmas».

Ibn Abil Xavoriy shunday deydilar:
Bir guruh odamlar bu so‘z haqida munozaraga kirishdilar. Natijada, ittifoq etdilarki, bu so‘z(lar)ning ma’nosi nikohdan qochmoq emas, balki uni (Haq yo‘ldan) to‘smaslik, xalal bermaslik, mashg‘ul etmaslikdir.

Shu o‘rinda Abu Sulaymon ad-Daroniy so‘zlariga ishorat bor. Chunki u zot shunday deganlar:
«Xotin, mol, farzand va seni Allohdan to‘sib, mashg‘ul etuvchi har narsa sen uchun yomondir».

Xulosa qilib, shunday deymizki, mutloq ma’noda nikohni tashviq etuvchi so‘zlar shartlarga bog‘lik holda aytilgandir.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:05:09
NIKOHNING FOYDALARI

Nikohda besh turli foyda bor:
1. Farzandli bo‘lmoq.
2. Shahvatdan tiyilish.
3. Uy ishlarining boshqarilishi.
4. Sulola ko‘payishi.
5. Nafs bilan kurashish.

Endi bu hollarni navbati bilan ko‘rib chiqaylik:
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:05:47
NIKOHNING BIRINCHI FOYDASI

Nikohdan asl maqsad farzandli bo‘lishdir. Yana nikohdan maqsad — naslning davomiyligini saqlamoq va dunyoning inson turidan holi qolmasligini mashru yo‘lda ta’min etmoqdir.

Tuproq surib, haydalib, urug‘ qadalgandan so‘ng, o‘simlik yer yuziga unib chiqqanidek, xotin ham ekinzorga o‘xshatilgan...

Mashru shaklda va mashru asosda urug‘ ekish Alloh taolo irodasi bilan naslning davom etishini saqlaydi.

Qush bir donni cho‘qib olmoq istar ekan, banogoh o‘zi uchun avvaldan tayyorlab qo‘yilgan tuzoqqa tushib qolishi mumkin. Inson ham shunday. Inson atrofi shunday tahlikali tuzoqlar bilan qurshalgandir. Shahvati sabab falokatlarga tushishi mumkin.

Alloh taolo har qanday sharoitda xohlaganini yaratmoqqa qodir.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:06:02
Uylanish va farzandli bo‘lish istagi to‘rt jihatdan Alloh taologa yaqinlikni ta’min etadi.
1. Insoniyat davomiyligini saqlamoq uchun farzandli bo‘lish Allohning muhabbatiga uyg‘un keladi.
2. Qiyomat kuni boshqa payg‘ambarlar karshisida ummatining ko‘pligi bilan faxrlanadigan Rasulullohning (s.a.v.) muhabbatini istagan bo‘ladi.
3. O’lgandan so‘ng solih farzandning duosi barokati bilan amal daftariga savob yozilishini talab etgan bo‘ladi.
4. Agar o‘zidan avval farzandi vafot etsa, uning shafoatini istagan bo‘ladi.

Tayyorgarlik ko‘rmay, jon qiynamay farzandli bo‘lishni istagan kishining holi yerni haydamasdan, urug‘ ekmasdan hosil kutgan kimsaning holiga o‘xshaydi.

Ekinzorni haydamasdan avval bir necha ish qurollari lozim bo‘lganidek, uylanish va farzandli bo‘lish uchun shahvat zarur.

Alloh buyukdir. U erkakni yaratdi. Ayolni ham yaratdi.

Yana u nutfani yaratdi. Nutfa yuradigan tomirlarni yaratdi.

O’sha nutfa joylashadigan rahmni yaratdi, ayol va erkakka shahvatni musallat etdi.

Barcha bu ishlar aql egalarini o‘zlari uchun hozirlangan ne’matlarni o‘ylamoqqa yo‘llaydi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:06:36
Rasululloh (s.a.v.) uylanish va ko‘payishni amr etdilar:
«Uylaningiz, ko‘payingiz!» (Abdulloh ibn Umardan (r.a.) Bayhaqiy rivoyati)

Nikohdan to‘suvchi har narsa ekinzorni haydamoqqa xalal beruvchi sababga o‘xshaydi. Urug‘ga ziyon yetkazadi; Haq taolo yaratgan fitratni va bundan anglashilgan ma’noni buzishga harakat qiladi.

Vaholanki, bu a’zolar ustida raqam, harf va ovoz bilan emas, bevosita Ilohiy bir xat bilan yozilgan yozuvlar bor.

Idrok va basirat sohibi bo‘lgan har kim buni qabul qiladi.

Urug‘ni zoe qilgan kishi hali ona bachadonida yetilib dunyoga kelmasdan avval uning kelishiga to‘sqinlik qilgan bo‘ladi.

Bu bois deyilganki, azl (maniyni rahm tashqarisiga to‘kmoq, oqizmoq) ham shu hollardan biridir.

Umumiy istisno hollardan tashqari Alloh nasl suvini isrof qilib, behuda sarf etilishini yomon ko‘rgandir.

Allohning muhabbati kishilik haqlarining himoya etilishi va naslning davomiyligidadir.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:06:57
Alloh taolo marhamat etadi:
«Allohga "chiroyli qarz" beradigan (Uning yo‘lida o‘z boyligidan sarflaydigan) kishi bormiki, unga bir necha bor barobar ko‘p qilib qaytarsa? Holbuki, Alloh (rizqni) tang ham, keng ham qilur va (sizlar) Uning huzuriga qaytarilajaksiz». (Baqara, 2/245)

Nasl davomiyligi Alloh taolo huzurida sevilgan, naslning yo‘q kilinishi esa, Uning huzurida sevilmagan xususdir.

Alloh taolo o‘lim bilan hayot orasini o‘z irodasiga bog‘lab bir-biridan ayirmishdir.

Har narsa Alloh taoloning xohishi bilan bo‘ladi.

Alloh olamlardan behojatdir. Hech kimsaga muhtoj emas.

U holda ularning hayoti va o‘limlarining, nasl davom ettirishlarining yoki yo‘q qilishlarining, bir-biridan ayrilishdagi - farqlanishdagi hikmat nima?

Bizning fikrimizcha; butun koinotning, yaxshi va yomon, foydali va zararli har narsa Janobi Haqning irodasiga bog‘liq bo‘lishiga bir monelik va ziddiyat yo‘q.

Sevmoq va sevmaslik bir-biriga zid. Lekin har ikkisi ham Allohning irodasiga zid emas.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:07:23
Necha istalgan narsalar borki, ular yomon.
Necha orzu etilgan narsalar borki, ular sevimlidir.
Gunohlar noxushdir. Shu bilan birga orzu etiladi.
Toat-ibodatlar sevilgan va istalgan narsalardir.
Kufr va shirk yomon. Lekin baribir ba’zilar tarafidan orzu etiladi.

Alloh marhamat qiladi:
«U (Alloh) bandalariniig kofir bo‘lishiga rozi bo‘lmas». (Zumar, 39/7).

U holda nasl davomiyligini ta’min etmoq bilan, uni yo‘q qilmoqni Alloh nazdida hech ayni (bir, teng) bo‘lurmi? Bir hadisi qudsiyda Alloh marhamat etadi:
«Musulmon qulimning ruhini qabz etmoq xususida og‘ir muomala qilganimchalik, hech bir narsada taraddudlanmadim. Men uning yomonligidan rozi bo‘lmayman. Muhaqqaqki, uning uchun o‘lim bor». (Abu Hurayradan (r.a.) Buxoriy rivoyat etgan).

«Muhaqqaqki, uning uchun o‘lim bor» ifodasi u haqda avvalroq kelgan bir irodaga ishorat etmoqda.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:07:53
Alloh marhamat etadi:
«Sizlarning o‘rtangizdagi o‘limni (ajalni) ham Biz o‘lchab qo‘ygandirmiz». (Voqea, 56/60).

Yana marhamat etiladi:
«U (Alloh) sizlarning qaysi biringiz chiroyliroq (savobliroq) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun ulim va hayotni yaratgan zotdir». (Mulk, 67/2).

Bu oyatlar bilan hadisi qudsiyda kelgan «Men uning yomonligidan rozi bo‘lmayman» ifodasi orasida hech bir ziddiyat yo‘q.

Allohning zoti bilan mahluqotning sifatlari orasida ko‘p farqlar bor.

Mahluqotning borlig‘i modda va shakldan iborat, nuqsonga to‘la.

Holbuki, Allohning zoti va sifatlari har turli nuqsondan pokdir.

Bu masalalar mukoshafa ilmining mavzulari doirasiga kiradi. Allohning valiy qullari bu sirlarni oshkor qilishdan man etilgan.

Nikohdan qochgan kishi - inson naslining ko‘payishiga qarshi chiqqan sanaladi.

Vaholanki, Odamning (a.s.) yaratilishidan maqsad u inson naslining davomiyligini saqlash va ta’minlash edi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:08:08
Agar maqsad faqat shahvatni ketkazish bo‘lsa, o‘shanda nasabsiz - abtar holda o‘lib ketardi. Yer yuzida boshqa nasl ham, nikoh ham bo‘lmas edi.

Ashobi kirom doimo nikohli yashashni tiladilar. Hatto o‘lim to‘shaklarida bo‘ydoq holda o‘lishdan hayo etdilar va uylanishni istadilar.

Haqiqatda Muoz (r.a.) vaboga chalingan davrlarida shunday dedilar:
«Meni uylantiringki, Alloh huzuriga yolg‘iz holda ketmayin!»

Agar deyilsaki, Muoz (r.a.) o‘sha paytda bola ko‘radigan ahvolda emas edilar. U holda uylanishni istashining asl sababi nima?

Bunga javob o‘laroq, deymanki, bola faqat jimo etmoq bilan bo‘ladi. Jimo esa, shahvat bilan hosil bo‘ladi. Bu esa qulning irodasiga va tanloviga bog‘liq emas.

Faqat qulning irodasi bilan aloqador bo‘lgan va shahvatni junbushga keltirgan bir xususdir. Bu esa har holda mumkin.

Bu bois iqtidorsiz bir kishining ham nikohlanishi mustahab ko‘riladi. Chunki shahvatning junbushga kelishi yashirin, ichki tuyg‘udir.

Kal sochini qirayotganday ustara surishi va yurishga qodir bo‘lmagan kishining hajga olib borilishi ham mustahabdir. Chunki bunda boshqalar uchun ham bir tashviq va o‘rnak bor.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:08:39
Ayni zamonda Rasulullohning (s.a.v.)ning bir sunnatini tiriltirish va uning rizosiga erishishga vasila bo‘ladi. Umar (r.a.) ham ko‘p uylanganlar va shunday deganlar:
«Men faqat farzand ko‘rish uchun uylanmoqdaman».

Bola tug‘moqdan qochgan ayollar haqida Rasululloh (s.a.v.) marhamat etganlar:
«Hatto uyning bir tarafida bo‘lgan bo‘yro ham tug‘ishni istamaydigan xotindan xayrliroqdir». (Abu Umar At-Tavkoniy Umardan (r.a.) marfu o‘laroq rivoyat etgan)

Yana shunday deydilar:
«Sizning xotinlaringizning eng xayrlisi tuqqan va sevimli bo‘lganlaridir». (Bayhaqiy Said ibn Yasordan mursal o‘laroq rivoyat etgan).

Yana marhamat etadilar:
«Tug‘adigan qora xotin tug‘maydigan go‘zal xotindan xayrliroqdir». (Baxz ibn Hokimdan Ibni Hibbon rivoyat etgan).

Ko‘rinadiki, turmush qurib, farzandli bo‘lmoqni istash shahvat ketkazilishidan oldin kelmoqda.

Inson o‘lgan vaqtida ortida solih farzand qoldirsa, o‘sha farzand ota-onasi uchun davomli savob manbai bo‘ladi.

Xabarda kelishicha, qilingan duolar, xayr va hasanot nur (bo‘lib) tovoqlarda o‘lganlar(ruhi)ga yetkaziladi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:09:12
Agar farzand solih bo‘lmasa, ota-onasi uchun foyda keltirmaydi.

Ota-ona farzandining xayrli ishlari sababli savobga erishadi. Lekin, ota-ona farzandi qilgan gunoh amallariga sherik bo‘lmaydi.

Alloh taolo marhamat etadi:
«Hech bir ko‘targuvchi (gunohkor) o‘zga(jon)ning yuki(gunoh)ni ko‘tarmaydi». (An’om, 6/164).

Alloh taolo yana marhamat etadi:
«O’zlari imon keltirib, zurriyotlari ham ularga imon bilan ergashgan zotlarga (o‘sha) zurriyotlarini ham qo‘shamiz. Ularga qilgan amallaridan biror narsani kamaytirmaymiz. Har bir kimsa o‘zi qilgan ishi bilan garovlangandir». (Tur, 52/21)

Agar kichik bolasi o‘zidan avval o‘lsa, ota-ona unga sabr etsa, o‘sha farzand unga shafoatchi bo‘ladi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:09:46
Alidan (r.a.) aytilgan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Shubhasiz, kichik (balog‘atga yetmagan) farzand ota-onasini jannatga eltadi».

Yana shunday deydilar:
«Hozir men sening libosingdan ushlaganimdek, u ham u(lar)ning kiyimi (o‘ngiri)dan tutadi». (Muslim Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etgan).

Yana shunday deydilar:
«Bola uchun (farishtalarga) aytiladiki, uni jannatga kiriting.
Shundan so‘ng o‘sha bola xafa holda jannat eshigi oldida turib oladi va: «Men faqat ota-onam bilan jannatga kiraman», deydi.
Shundan so‘ng (farishtalarga) aytiladiki: «Ota-onasini ham u bilan birga jannatga kiriting!»
(Nasoiy Abu Hurayradan (r.a.)rivoyat etgan).

Xabarda kelishicha, qiyomat kuni hisobga tortilgan odamlar bilan bir qatorda bolalar ham mahshargohda to‘planadilar.
Farishtalarga deyiladiki: «Bu (bola)larni jannatga olib boringiz!»
Bolalar jannat eshigi oldigacha kelib to‘xtaydilar va turib oladilar.
Ularga shunday deyiladi:
«Ey musulmonlarning bolalari! Xush kelibsiz! Marhabo! (ichkari kiringiz!) Sizdan hisob so‘ralmaydi».
Shundan so‘ng bolalar so‘rashadi: «Bizning ota-onalarimiz qaydalar?»
Jannat muhofizi bo‘lgan Malak shunday javob beradi:
«Ota-onalaringiz sizlarday emas edilar. Ularning gunohlari bor edi. Ular gunohlari tufayli hisobga tortilmoqdalar».
Bu javobdan so‘ng bolalar xafa bo‘lishib, kayg‘urishib, chuvlay boshlaydilar. Alloh taolo har neni yaxshi bilgani, har ishdan xabardor bo‘lgani holda so‘raydi:
«Bu qanday shovqin?»
Malaklar shunday deydilar: «Ey Rabbimiz! Bular musulmonlarning bolalari! Biz jannatga faqat ota-onalarimiz bilan birga kiramiz, - deyaptilar».
Alloh taolo aytadiki: «Ularni o‘z holiga qo‘ying!» Va keyinroq bolalarga xitob qiladi: «Ota-onalaringizning qo‘llaridan ushlang va ular bilan birga jannatga kiring!»
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 10:10:39
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Ikki bolasi bo‘lgani holda o‘lgan kishi (bir) devor bilan jahannamdan himoyalanadi». (Zuhayr ibn Alqamadan (r.a.) Tabaroniy rivoyati).

Rasululloh yana shunday deydilar:
«Bir kishining balog‘atga yetmagan bolasi bo‘lib, o‘sha kishining o‘zi o‘lsa, Alloh bolalarga bo‘lgan fazli va karami sababi bilan u kishini jannatga kiritadi».
«Yo Rasululloh! Ikki bolasi bo‘lsa hammi?»
deyishdi.

Marhamat etdilarki:
«Ikki bolasi bo‘lsa ham...». (Hazrati Anasdan (r.a.) Buxoriy rivoyat etgan).

Aytishlariga qaraganda, solih bir zotga uylanishni taklif etdilar. Lekin, u zot bir muddat uylanmadilar.
Bir kun uyqularidan uyg‘onar-uyg‘onmas: «Meni uylantiring, meni uylantiring!» dedilar.
U zotini uylantirdilar va bu qarorga kelish sababini so‘radilar. U zot shunday javob berdilar:
«Balki Alloh taolo menga bir farzand ehson etar va o‘sha bola oxiratda men uchun bir yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lar».
So‘ngra so‘zlarida davom etdilar:
«Ro‘yo(tush)da yana ko‘rdimki, qiyomat qo‘pmish va men mahshargohdagi olomon orasida emishman...
Juda chanqabman. Bo‘ynim uzilguday bo‘ldi. Barcha maxluqot menga o‘xshash, qayg‘u-azobda qovrilmoqda. Biz bunday holda ekanmiz, ne ko‘z bilan ko‘rayki, jannat bolalari izzat-ikromda edilar.
Ustlarida nur yopinchiqlar...
Qo‘llarida kumush suroxiy (jom) va oltin bardoq (qadah)lari bor. Ular ko‘pchilikka yordam beryaptilar.
Men ham qo‘limni ulardan biriga uzatdim va: «Menga ham suv bering, tashnalik holdan toydirdi, chanqash parishon qildi», dedim.
U esa shunday javob berdi: «Bizning oramizda sizning biror farzandingiz yo‘q. Biz faqat o‘z otalarimizgagina suv bera olamiz. (Shunday buyurilganmiz)».
Bundan so‘ng dedimki: «Sizlar kimlarsiz?»
U esa: «Biz - musulmonlarning o‘lgan bolalarimiz», dedi».

Bu voqea quyidagi oyati karimada ifoda etilgan ma’noga muvofiq keladi:
Alloh taolo marhamat etadi:
«Xotinlaringiz sizlar uchun ziroatgohdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan jihatingizdan (mashru holda) kelaveringiz va o‘zingiz uchun (savobli ishlarni) taqdim etingiz».  (Baqara, 2/223)
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 16:46:10
NIKOHNING IKKINCHI FOYDASI

Shaytondan himoyalanish, shahvat iztirobidan qutilish mumkin bo‘ladi.
Ko‘z haromdan tiyiladi.
Odamning farji va nomusi himoya qilinadi.
Bu xususga dalolat etgan bir necha hadisi shariflar bor.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Uylangan kishi dinining yarmini ko‘rigan bo‘ladi. Qolgan yarmi uchun ham Alloh taolodan qo‘rqsin!»

Yana shunday deydilar:
«Orangizdan uylanmoqqa kuchi-qudrati yetgan uylansin. Agar kuchi yetmasa, ro‘za tutsin. Chunki ro‘za u uchun bir qalqondir».

Bizning asarlar va xabarlardan keltirganlarimizning aksariyati bu ma’noga ishorat etmoqda.

Shahvat ham, bola ham Alloh taolo taqdir etgan xususlardir. Bularning orasida bir bog‘lanish bor.

Asl maqsad lazzat ekanini va lazzat tufayli bola bo‘lishini ta’kidlash shart emas.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 16:46:32
Nikohdan asl maqsad - farzandli bo‘lishdir. Shu bilan birga hikmat va shahvat ham uni bu jihatga yo‘llovchi amallardan sanaladi.

Shahvatda boshqa yana bir hikmat ham bor.

Jannatda va’da etilgan lazzatlardan ham ogoh bo‘lish lozim.

Qodir bo‘lmagan bir kishiga jimo lazzatidan so‘z ochilsa va shunga tashviq etilsa yoki kichik bir bolaga mol-mulk va saltanat lazzatidan gap ochilsa va shunga targ‘ib qilinsa, bu ikki tashviq ham foydasizdir. Dunyo lazzatlarining foydalaridan biri - jannatda bu ne’matlarning yanada yuksak navli, yanada mo‘l-ko‘l va davomli bo‘lishiga rag‘bat etmoqdir.

Shu tariqa taqvo kuchayadi, ibodat ko‘payadi.

Alloh taoloning hikmatiga va rahmatiga qarang! Bir shahvat ostida zohiriy va botiniy hayot...

Zohiriy hayot - nasl davom etishi bilan qoim bo‘luvchi hayot.

Botiniy hayot esa - oxirat hayotidir.

O’tkinchi lazzatlarda nuqson va tez bir uzilish bor.

Davomli lazzatlar mukammallikka bo‘lgan rag‘batni kuchaytiradi.

Shu tariqa odamni Haqqa yetkazadigan ibodatga yo‘llaydi.

Qul shiddat bilan ibodatga yuzlanadi, jannat ne’matlariga yetish uchun ibodatda davom etadi va odat holiga keltiradi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 16:46:54
Inson vujudida zohiriy va botiniy qancha zarralar bor.

Yeru ko‘klar saltanatida, malakutda bu zarralar mavjud.

Uning ostida hikmat latoifidan va aqllarga turg‘unlik beruvchi ajib hollardan o‘rnaklar bor. Fakat bu sirlar dunyo zeb-ziynatlariga bo‘lgan rag‘bati va mashg‘uliyati nisbatida pok qalblar uchun ochiladi.

Nikoh shahvat g‘alvasini ketkazadi.

Shahvat ko‘payib, taqvo kuchi bunga bardosh ko‘rsatolmaganda, fahshga moyillik paydo bo‘ladi.

Bu ma’noga ishorat sifatida Rasululloh (s.a.v.) shu oyatni o‘qirdilar:
«Kofir bo‘lganlar (ham) bir-birlariga do‘stdirlar. Agar shuni qilmasangiz, yerda fitna va katta fasod bo‘lur». (Anfol, 8/73)

Agar belida taqvo kamari bo‘lsa, g‘oyasi ham a’zolarini nafsoniy istaklardan himoya qilish bo‘lsa, ko‘zini haromdan tiysa, farjini zinodan himoya etsa, ko‘nglini vasvasa va yomon fikrlardan qo‘risa, uning muqobillari orasiga boshqa narsalar kirolmaydi.

Aks holda, nafs uni jozib holga keltirib, uni jimoga tashviq etadi.

Shayton ko‘p vaqtlar mobaynida uzluksiz vasvasa qiladi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 16:47:20
Ba’zan namoz paytida ham xotiriga jimoni keltiradi. Hatto odamlar yonida aytib bo‘lmaydigan, aytishga uyaladigan boshqa narsalarni ham xayoliga keltiradi.

Alloh bandasining ko‘nglida bo‘lganlarni eng yaxshi bilguvchidir.

Xalq orasida til qanday muhim bo‘lsa, Alloh taolo huzurida ham ko‘ngil shunday ahamiyatli, degan gap bor.

Oxirat yo‘liga kirgan murid uchun qilish kerak bo‘lgan asosiy ishlar boshida ko‘ngilni yomon narsalardan muhofaza etish turadi.

Abdulloh ibn Abbos (r.a.) shunday deganlar:
«Hajga ketgan kishining haj ibodati faqat nikoh bilan to‘la, mukammal bo‘ladi».

Alloh taolo duo o‘rnagi uchun marhamat etadi:
«Ey, Rabbimiz, toqatimiz yetmaydigan narsani bizga yuklab qo‘yma». (Baqara, 2/286).

Alloh yana shunday marhamat etadi:
«(Alloh sizlarga (shariat ahkomlarini) yengillatishni xohlaydi. Axir, inson zaif yaratilgan-da!». (Niso, 4/28).

Ikrima va Mujohid bu oyatni izohlab, zaiflikdan murod - ayollarga nisbatan sabrsizlik ekanini aytganlar.

Fayyod ibn Nujayh deydiki: «Odamning zakari (qo‘zg‘olib) qalqqanda aqlning uchdan biri ketadi».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 16:47:52
Alloh taolo marhamat etadi:
«Zulmatga cho‘mgan tun yovuzligidan... (Panoh tilab iltijo qilurman tong Parvardigoriga)». (Falaq, 113/3).

Abdulloh ibn Abbos (r.a.) bu oyatni «zakarning qalqishi» deya sharhlaganlar.

Qamishning turishi umuman bir balo.

Jo‘shgan vaqtda aql va din unga bas kelishi mushkul!

U odam bolasiga qarshi shaytonning eng kuchli qurolidir!

Rasululloh (s.a.v.) bu xususga nisbatan shunday duo etganlar:
«Yo Rabbiy! Men qulog‘im, ko‘zim, ko‘nglim va ma’niyim yomonligidan O’zingga sig‘inaman!»

Yana shunday duo etganlar:
«Ko‘nglimni poklamoqni va farjimni muhofaza etmoqni O’zingdan so‘rayman!»

Payg‘ambar (s.a.v.) ham Allohga sig‘inib, nomusi muhofaza etilishini so‘rar ekanlar, o‘zgalar holini o‘zing tushunaver!

Bir qism solih zotlar bittadan ko‘p uylanganlar. Nikohlari ostida ikki yoki uch xotinlari bo‘lgan.

Bir qism tasavvuf ahli esa, ko‘p uylanishni xush ko‘rmaganlar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Oktyabr 2009, 16:48:34
Bir zot shunday deganlar:
«Butun umrim bo‘yicha, sizning shu holingiz kabi bo‘lmoqka rozi bo‘lsaydim, aslo uylanmasdim. Lekin qirq yildan beri ko‘nglimni mashg‘ul etib, meni Alloh taolodan g‘ofil qilgan biror hol bo‘lmagan».
Bir kishi tasavvuf ahli bo‘lgan zotlar haqida past-baland, nari-beri so‘zlardi. Din ulug‘laridan biri unga dedilarki: «Siz ularning qay hollarini xushlamaysiz?»
U esa shunday dedi: «Ular ko‘p yeydilar».
U zot dedilarki: «Agar siz ham ularday ochiqqan bo‘lsaydingiz, siz ham ular kabi yerdingiz».

Mish-mish qilgan kishi yana shunday dedi:
«Ular ko‘p uylanadilar».
U zot shunday javob berdilar: «Agar siz ham ularday farjingizni va ko‘zingizni haromdan qo‘rigan bo‘lsaydingiz, ular kabi uylanardingiz».
Junaydi Bag‘dodiy shunday deganlar:
«Men oziqqa muhtoj bo‘lganim kabi jimo qilishga ham ehtiyoj sezaman. Chunki soliha xotin - oxirat ozig‘i va ko‘ngil pokligi uchun zarurdir».
Shu bois Rasululloh (s.a.v.) nomahramga tikilib karagan kishiga o‘z xotining bilan jimo qilgin deya amr etganlar.

Shunday yo‘l bilan shaytonning vasvasasini o‘z nafsidan daf’ etgan bo‘ladi.

Jobir (r.a.) aytgan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) go‘zal bir ayolga duch kelib qoldilar. Darhol Zaynab (r.a.) volidamizning yonlariga kirdilar va ehtiyojini ketkazdilar. Chiqib marhamat etadilar:
«Sizdan biringiz bir ayolni ko‘rib, unga xayoli ketsa, darhol o‘z xotini bilan qo‘shilsin!» (Jobirdan (r.a.) Muslim va Termiziy rivoyat etganlar)

Xotini bilan aloqasiz holda bo‘lmaslikni Rasululloh (s.a.v.) ummatga tavsiya etganlar va shayton qon kabi tomirlarda kezishini bildirganlar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2009, 11:06:35
NIKOHNING UCHINCHI FOYDASI

Zavjalar bilan birga o‘tirmoq, ularga qaramok va ular bilan hazil-huzul qilib o‘ynashmoq, tegishmoq nafslariga rohat beradi. Ko‘ngil rohatlanishi oqibatida ibodatga bo‘lgan sog‘inch va ishtiyoq ortadi.

Muttaqiy zotlar halol yo‘l bilan ko‘ngillarini rohatlantiradilar va ko‘ngildan Allohdan boshqa har neni chiqarib tashlaydilar.

Alloh taolo marhamat etadi:
«U (Alloh) sizlarni bir jondan yaratib, undan uning juftini unga (uylanib) taskin topishi uchun paydo qilgan zotdir» (A’rof, 7/189).

Ali (r.a.) shunday deganlar: «Vaqti-vaqti bilan ko‘ngillaringizni rohatlantiringiz. Chunki agar ko‘ngil bir nimadan quvonmasa, xushlanmasa, unga qarshi bo‘ladi».

Abu Zar (r.a.) rivoyat etgan xabarda shunday deyiladi: «Oqil kishi zimmasida bo‘lgan zarur narsa - vaqtini uch kismga ajratmoqdir:

Bir qismida Robbiga duo qilib yolvoradi.

Bir qismida o‘z nafsini hisobga tortadi.

Bir qismida yeb-ichishi bilan mashg‘ul bo‘ladi».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2009, 11:06:49
Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Jabroilga (a.s.) jimo quvvatim susayganidan shikoyat qildim. U Zot (a.s.) menga halim (harisa) yemog‘imni tavsiya etdilar».

Bu hadisning sahih yoki sahih emasligi haqida turli fikrlar bor.

Agar sahih bo‘lsa, faqat shahvatni kuchaytirish uchun emas, ayni vaqtda ko‘ngilni mosivo etmoq va zikrullohga hozirlamoq uchundir.

Ko‘ngilning xotirjamlikka erishishi va huzur topishi kishilarning xos hollariga ko‘ra o‘zgaradi.

Ba’zilar uylanib ko‘ngil huzuriga erishadi. Ba’zilar oqar suvlarga qarab sokinlik topadi. Ba’zilar esa, yaxshilikka boqib huzurlanadi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2009, 11:07:30
NIKOHNING TO’RTINCHI FOYDASI

Uylanmay yolg‘iz yashaydigan kishi dunyo(viy) ehtiyojlari bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun vaqtini zoe etadi va oxirat ishlariga ko‘p vaqt ajrata olmaydi.

Soliha ayol uy ishlarida eriga yordamchi bo‘lishi oxirat ishlari uchun vaqtdan foydalanishiga ham yordam beradi.

Shu bois Abu Sulaymon ad-Daroniy shunday deydilar:
«Soliha xotin - dunyo ne’matlaridan emas, oxirat ne’matlaridandir.

Chunki u sening oxirat uchun hozirlik ko‘rishingga yordam beradi.

Yana u uy ishlarida senga yordamchi bo‘ladi hamda shahvat taskinligini saqlaydi».

Muhammad ibn Ka’b shunday deganlar:
«Baqara surasining 201-oyatida kelgan «hasana» dan murod - soliha xotindir»

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Sizdan biringiz shukr etuvchi bir ko‘ngil, zikr etuvchi til, oxirati uchun yordamchi, imonli soliha bir juft sohibi bo‘lsin!» (Termiziy rivoyat qilgan va Hasan hadisdir, degan).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2009, 11:12:54
Diqqat qil!
Rasululloh (s.a.v.) zikr, shukr va soliha juftni bir joyda tavsiya etmoqdalar.

Alloh taolo marhamat etadi:
«Biz unga yoqimli hayot baxsh eturmiz». (Nahl, 16/97)

Bir qancha mufassirlar bu oyatdagi «yoqimli hayot»ni «soliha juft» deya tafsir qilganlar.

Umar (r.a.) deydilarki: «Alloh taologa imondan so‘ng bandaga soliha bir xotindan xayrliroq ne’mat berilmagan».

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Ikki xislat sababli men Odamdan (a.s.) afzal etildim. Uning zavjasi (Hazrati Havo) ma’siyatda unga yordamchi bo‘ldi. Mening xotinlarim esa, toat-ibodatda menga yordamchi bo‘lishadi.
Yana uning shaytoni kofir edi.
Mening shaytonim esa, musulmon bo‘ldi. Xayrdan boshqa Hech narsani buyurmaydi».
(Abdulloh ibn Umardan (r.a.) Al-Xotiyb rivoyati).

Bularning barchasi solih zotlar nazarda tutgan foydalardir.

Tabiiyki, bu foydalar yonida nasl ko‘payishi ham bor. Chunki baloni daf’ etmoq va tan sihatlikni talab etmoq kuch-quvvatli bo‘lish bilan qo‘lga kiritiladi.

Aytiladiki: «Yordamchisiz kishi pastlashadi. Baloni o‘zidan daf’ etuvchi birini topgan kishi o‘zini xotirjamlikka erishtirgan va ko‘nglini esa ibodatga hozirlagan bo‘ladi».

Chunki zillatga tushmoq ko‘ngilni parishon aylaydi. Izzat esa zillatni butunlay daf’ etadi».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2009, 11:14:10
NIKOHNING BESHINCHI FOYDASI

Nafs mujodalasi va riyozati;
Oila huquqiga rioyat;
Xotinlarning o‘zgaruvchan fe’li va aziyatiga sabr;
Ularning islohi uchun g‘ayrat qilmok;
Ularni din yo‘liga irshod etmoq;
Ular uchun halol foyda ta’minotiga harakat qilmoq;
Bolalarni ta’lim-tarbiya bilan o‘stirmoq.
Mana bularning barchasi juda qimmatli, fazilatli amallardir.
Bularning barchasiga rioyat etishning fazilati ham ko‘p.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
«Adolatli sultonning bir kun adolat bilan ish tutishi yetmish yillik (nafl) ibodatdan ustundir».

Yana shunday deganlar:
«Diqqat qilingiz! Barchangiz cho‘pon (boshliq)siz va har qaysingiz o‘z boshqaruvingizda bo‘lganlar uchun javobgarsiz». (Buxoriy va Muslim Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat etganlar).

Ham o‘z nafsining hamda boshqalarning islohi bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi faqat o‘z nafsining islohi bilan mashg‘ul bo‘lgan kabi emas.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar:
«Kishining o‘z oilasi uchun sarflagan narsasi sadaqadir. Shubhasizki, kishi xotinining og‘ziga solgan luqma tufayli savobga erishadi». (Buxoriy va Muslim Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a) rivoyat qilishgan).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2009, 11:14:44
Abdulloh ibn Muborak hazratlari birodarlari bilan birga bir jangda ishtirok etardilar.
- Biz qilayotgan shu amaldan afzalroq ishni bilasizmi? - deb so‘radilar u zot.
- Bilmaymiz, - dedilar.
- Men bilaman, - dedilar Abdulloh ibn Muborak.
- Nedir?
Abdulloh ibn Muborak shunday javob berdilar:
- Oilali, nomusli kishi kechasi turib, bolalariga qarasa, ustlari ochilib qolgan bo‘lsa, yopsa va zarur bo‘lsa o‘z libosini ularga yopinchiq qilsa, ana shu amali biz qatnashayotgan jangdan fazilatlidir.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Kimning namozi go‘zal, bola-baqrasi ko‘p va moli oz bo‘lsa hamda musulmonlarni g‘iybat qilmasa, ana o‘sha kishi jannatda men bilan birga bo‘lajak!» (Abu Ya’lo Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat etgan)

Yana shunday deganlar:
«Qulning gunohlari ko‘paygan vaqtda, gunohlariga kafforat bo‘lishi uchun Alloh qulini bola-chaqa tashvishlari (o‘ylari) bilan imtihon qiladi». (Ahmad ibn Hanbal Oishadan (r.a.) rivoyat etgan).

Yana shunday deganlar:
«Gunohlar ichra shunday gunohlar borki, faqat bola-chaqaning g‘am-tashvishi, qayg‘u-kadarigina bu gunohlarga kafforat bo‘ladi». (Tabaroniy «Avsot»da Abu Hurayradan rivoyat etgan).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2009, 11:15:13
Yana shunday deydilar:
«Kimning uchta qizi bo‘lib Alloh ularni mustag‘niy (behojat, boy) qilguncha, ularning tirikchiliklarini ta’minlasa va ularga yaxshi muomala qilsa, Alloh albatta unga jannatni vojib qiladi. Faqat kechirilmas (gunohi) ishi bundan mustasnodir». (Al Haroitiy Abdulloh ibn Abbosdan(r.r.) rivoyat etgan).

Rivoyat etilganiga qaraganda, obidlardan bir zot xotini o‘lguncha yaxshi muomala qildilar: Xotini vafot etgach, uni uylantirmoqchi bo‘ldilar. Lekin u zot bu taklifni qabul qilmadilar va sevgili xotini o‘rniga boshqa xotin olmadilar. Xotini o‘lgach, bir haftadan so‘ng ul zot bir tush ko‘rdilar. Osmon eshiklari ochilib, odamlar u yerdan tushib kezmishlar! Ular biri-birining ketidan kelar, go‘yo har biri samodan enishda u zotga qarar va: «O’sha yomon odam mana shu», deyishardi.

Nihoyat eng so‘ng yoshdan o‘sha zot so‘radilar:
- Siz so‘zlagan o‘sha yomon odam kim?
- Siz! - dedi yigit.
- Nechun?
Yigit shunday javob berdi:
- Chunki avvallari solih amallaringizni jang qilganlarning amallari orasida ko‘klarga ko‘tarar, yuksaltar edik.
Bir haftadan beri amallaringizni jangdan qolganlarning amallari bilan birga yerda qoldirmoqqa amr etildik.
Siz nima qildingizki, bunday amr berildi?! Buni ham bilmaymiz.
U zot tongda uyg‘onib turishi bilan birodarlariga:
«Meni uylantiring! Meni uylantiring!» dedilar.
Ko‘p o‘tmasdan uni uylantirdilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Oktyabr 2009, 11:15:24
* * *

Yana aytishlaricha, bir guruh odam Yunus (a.s.) huzurlariga kelishdi. Yunus (a.s.) ularni mehmon qilib, ikromda bo‘ldilar. Ichkari kirib, tashqari chiqqanlarida xotini aziyat berib, u zotni (so‘z bilan) uzib oldilar. U Zot (a.s.) sukut qilar va sabr etardilar.
Mehmonlar bu holdan hijolat bo‘ldilar.
Shundan so‘ng Yunus (a.s.) marhamat etadilar:
«Hijolat chekmang! Chunki men Alloh taologa duo qildim va: «Yo Rabbim! Meni oxiratda jazolantirma!» deya yolvordim. U esa duomni qabul etdi va marhamat ayladi: «Sening jazoing, falon kishining qiziga uylanishing bo‘lur». Shundan so‘ng men unga uylandim. Mana, ko‘rib turibsizki, hozir ham uning aziyatlariga sabr etmoqdaman. Bunday sabrda nafs uchun riyozat bor. Ayniqsa, g‘azab tiyilishi va xush fe’llanish, ya’ni xulqni go‘zallashtirish bor».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Oktyabr 2009, 08:57:31
NIKOHNING OFATLARI

Nikohning uchta ofati bor.

Nikohning birinchi ofati:
Halol luqmadan ojiz qolish ehtimoli. Chunki tirikchilik tangu tor vaqtlarda halol luqmani ta’min etmoq mushkul va nikoh harom yemoqqa sabab bo‘lib qolishi mumkin.

Bo‘ydoq, beva bo‘lgan kishi o‘shanday holga tushib qolishdan o‘zini osonroq qo‘riydi va aminroq bo‘ladi.

Oilali kishi umuman yomon va harom yo‘lga osonroq kiradi. Chunki u xotinining orzu-havasiga, istagiga tobe bo‘ladi va dunyosining muqobili o‘laroq oxiratini sotadi.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Bir qul mezon (qiyomatda tarozi) yonida turg‘iziladi.
Uning tog‘larcha savobi bor:
Oilasining kechimidan so‘roqqa tutiladi.
Molini qaydan topib, qayga sarf-xarj etganidan so‘raladi.
Barcha savoblari (haqdorlar tarafidan) qo‘lidan olinadi. Bitta ham savobi qolmaydi.
Shunda malaklar shunday nido qiladilar: «Dunyoda qozongan barcha savoblarini oilasi yegan va bugun barcha amallari garovga qolgan kishi mana budir!».


Aytilmoqdaki, qiyomat kuni bir kishidan eng avval talab etilajak bo‘lgan - oilasi va bolalaridir. Ular Alloh huzuriga chaqirilib shunday derlar: «Ey Robbimiz! Bizning haqqimizni undan olib ber. Chunki u bizga bilmaganimizni o‘rgatmadi. Bizga harom yedirdi.
Biz uning harom ekanini bilmadik».

Bundan so‘ng ularning haqqi undan olinadi.
Salafi solihiyndan bir zot shunday deganlar:
«Alloh taolo bir quliga yomonlik tilasa, dunyoda unga oilani musallat etgay».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Oktyabr 2009, 08:57:52
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Hech kim oilasi jaholatidan kattaroq gunoh bilan Alloh taoloning huzuriga chiqmas». (Abu Mansur «Musnad»ida Abu Saiddan (r.a.) rivoyat etadi).

Bu ofat barcha uchun umumiydir. Undan qutulganlar (soni) oz. Faqat xoh meros yo‘li bilan yoki xoh ishlab, halol yo‘ldan mol topgan kimsa ortiqcha ochko‘zlik qilmasdan haloli bilan kifoyalansa, uni o‘zi va oilasi uchun xarjlasa, o‘sha kishi mustasnodir. O’sha kishi bu tur ofatlardan qutiladi.

Ibni Solimdan uylanganlik haqida so‘rashdi. U zot shunday javob berdilar:

«Shahvat haddidan oshgan bu zamonda uylanmoq yolg‘izlikdan fazilatliroqdir».

Shahvat haddan oshganligiga shahvoniy buzuq bir eshakni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Eshak urg‘ochisini ko‘rsa, urgan bilan ham istagidan voz kechmaydi. Shahvati ortgan kishi ham shunday. Nafsiga osonlik bilan hokim bo‘lolmaydi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Oktyabr 2009, 08:58:31
NIKOHNING IKKINCHI OFATI

Oilasining haqlarini himoya qilmoq, ularning turli fe’llariga sabr etmoq va ulardan kelgusi aziyatlarga bardosh bermoqdir. Bu ofat birinchisiga ko‘ra, biroz yengilroq. Chunki halol topmoq va halol luqma yemoq juda mushkuldir.

Ayollarning haqlarini ta’minlashda tahlikalar bor. Chunki oila boshlig‘i bo‘lgan kishi, go‘yo, cho‘pon, uning zimmasida majburiyatlari bor.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
«Oilasini (haqlariii) zoe etishi gunoh o‘laroq kishiga yetar». (Abu Dovud va Nasoiy rivoyat etganlar)

Aytiladiki, oilasining javobgarligidan qochgan kishi xo‘jayinidan qochgan xizmatkor kabidir. Ularga qaytmaguncha namozi va ro‘zasi qabul bo‘lmaydi.

Alloh taolo marhamat etadi:
«O’zlaringizni va oila a’zolarngizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lmish do‘zaxdan saqlangiz». (Tahrim, 66/6)

O’z jonimizni otashdan qo‘riganimiz kabi ular (ahlimiz, oila a’zolarimiz, xizmatchilarimiz)ni ham himoya kilish bizga amr etildi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Oktyabr 2009, 08:58:59
Inson ba’zan o‘z haqqini ham qo‘rishdan ojiz bo‘ladi. Nafs esa aksariyat hollarda yomonlikni amr etadi. Alloh taolo marhamat qiladi:

«Nafs yomonlikka undovchidir». (Yusuf, 12/53)

Shu sababli ba’zilar uylanmoq uchun buni bir bahona o‘laroq olg‘a surganlar: «Men o‘z nafsim bilan imtihon etilganman. Ayricha boshqa bir nafsni uning zimmasiga qanday ilova eta olaman!».

Ibrohim ibn Adham Hazratlari ham ayni bahona bilan uzr aytganlar va shunday deganlar:

«Mening ularga ehtiyojim yo‘q. Buning ustiga ularning haq-huquqlarini qo‘rimoqda mening ojizligim bor».
Yana ayni sabab tufayli Bishri Xofiy ham uzr aytganlar va shunday deganlar:
- Meni nikohdan to‘sguvchi shu oyatdir:
«O’sha ayollarning ham (erkaklar) zimmasida (mashru bo‘lgan) haq-huquqlari bor». (Baqara, 2/228)

Birinchi ofat kabi bo‘lmasa-da, bu ofat ham har kim uchun umumiydir.

Faqat bilimdon, oqil, xushfe’l, xushxulq, ayollarni yaxshi biluvchi, ularning tillariga sabr etuvchi, haq-huquklariga (sodiq) vafo ko‘rsatuvchi kishilar bu ofatdan o‘zlarini qo‘riy oladilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Oktyabr 2009, 08:59:27
NIKOHNING UCHINCHI OFATI

Oila va bolalari kishini molparast bo‘lishga majbur qilishlari, qiyinchilikka yo‘llashlari va oqibat Alloh taolodan g‘ofil etishlaridir.

Bola-chaqa ehtiyojlarini ta’min etish uchun har turli yo‘ldan mol to‘plagan va jamlab qo‘ygan kimsa yomon odam sanaladi.

Oilasi, moli va bolalari Alloh taologa bandalikdan chalg‘itgan kishi g‘ofildir.

Abu Sulaymon deydilarki: «Uylangan kishi dunyoga bog‘langan bo‘ladi».
Uylanmoq fazilatlimi?
Yoki yolg‘iz qolmoq afzalmi?

Bu xususlardagi hukmlar turlicha va odamga karab hukm ham o‘zgaradi.

Agar yosh bo‘lsa, shahvatini taskin topdirish ehtiyoji bo‘lsa va turmush qurish uni Alloh taologa bandalikdan chalg‘itmasa, uylanishi afzal.

Agar uylanish kishini Alloh taolodan chalg‘itsa nikohning unga foydasi bo‘lmaydigan va uylansa turli ofatlarga duch keladigan bo‘lsa, u holda yolg‘iz qolmoq afzaldir.

Uylanish yoki uylanmaslik masalasi ko‘ndalang kelganda qay taraf og‘ir bossa, o‘sha tomonda harakat etish kerak.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Oktyabr 2009, 08:59:37
Alloh taolodan chalg‘ituvchi narsalarda aslo xayr yo‘q. Harom molda ham yaxshilik yo‘q.

Me’yoriy shahvatga ega kishining uylanishida farzand ko‘rish uchun bir g‘ayrat bo‘lsa, bu yo‘lda harakat etish foydalidir.

Din esa sarmoyadir.

Taqvo sohibi bo‘lmagan va nafsining orzu-istaklariga ergashgan, zino yo‘liga kirib qolishdan qo‘rqqan kishi uchun uylanish foydali bo‘ladi.

Harom daromad ikki yomonlikning manbaidir.

Agar zino qilmayajagiga qat’iyan amin bo‘lsa, lekin shu bilan birga haromga boqmoqdan ko‘zini tiya olmasa, qo‘riy olmasa, (u holda) uylanmaslik uyg‘un(roq) bo‘lur.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Oktyabr 2009, 08:59:57
Qaramoq - ko‘zning zinosi. Faqat (lekin) farjning iffatini qo‘risa, o‘sha vaqtda qaramoq harom yemoqdan ahvondir (yaxshiroqdir) va afvga yaqinroqdir.

Agar ko‘ngilni mashg‘ul etgan yomon o‘ylarni daf’ etmoqqa kuch yetkazolmasa (quvvat topolmasa), ham tadbiq etmoqqa turmaguncha (harakat, boshlamaguncha) ko‘ngilda qolgan o‘ylar afv(kechirilish)ga yaqinroqdir.

Xuddi mana shu tariqa turmush (oila) qurishning foydalari bilan ofatlarini har tomondan muqoyasa qilish kerak va shaxsga ko‘ra eng uyg‘un bo‘lgan hukmni tarjih etish (afzal ko‘rish) lozim.

Nikoh - aqd va ko‘ngilning ibodatga hozirlanishiga mone’ emas. Lekin faqat ehtiyoj yuzasidan qozonchga zarurat bor. Agar halol luqma kuchi yetsa, o‘sha taqdirda uylanmoq yanada afzal bo‘ladi.

Chunki kecha va kunduzning ma’lum qismida ibodat uchun ko‘ngilni forig‘ qilib, ibodatda davom etish mumkin.

Vaqtini rejali holda qismlarga ajratish insonning o‘z ixtiyorida.

Farz ibodatlar, uyqu, taomlanish va poklanish uchun ajratgan vaqti tartib-intizomga olinmog‘i lozim.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Oktyabr 2009, 09:00:09
Kishi agar nafl namoz, haj va shunga o‘xshash jismoniy amallarda oxirat yo‘liga kirgan bir kishi bo‘lmasa, u holda uylanishi o‘zi uchun uyg‘unrok bo‘ladi.

Chunki halol luqmani qo‘lga kiritishga kirishish, oilasining haq va huquqini o‘ylash farzand ko‘rish uchun harakat qilmoq va ayollarining turli fe’llariga sabr etmoq ham ibodat turlaridan hisoblanadi.

Bularning fazilati ham nafl ibodat savobidan kam emas.

Agar u qilayotgan qullik ilm, fikr va botiniy yo‘lda ilgarilamoq bilan bo‘lsa, u holda uylanmaslik uyg‘unroq bo‘ladi.

Agar deyilsaki: «Fazilati bo‘lishi bilan birga Iyso (a.s.) nechun uylanmadilar?

Yana, agar Janobi Haqqa ibodat uchun uylanmaslik yanada afzalroq esa, u holda Rasululloh (s.a.v.) nechun ko‘p bor uylandilar?»

Bilingki, jimoga kuchi yetgan, maniysi ko‘p bo‘lgan, dunyoga mashg‘ul bo‘lmay, Alloh taolodan g‘ofil qolmaydigan kishi uchun uylanmoq afzal.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 06 Oktyabr 2009, 09:00:31
Rasululloh (s.a.v.) ibodat va nikohning barcha fazilatini kuchli bir shaklda o‘z shaxsiyatlarida to‘plaganlar. To‘qqiz xotin bilan nikohli bo‘lishlari bilan birga u zotning ko‘nglini Alloh taologa ibodat fikru zikri egallab olgan.

Shubhasiz, xotinlarining dunyoviy ehtiyojlarini ta’min etmoq uchun qilgan amallari ham u Zotni (s.a.v.) Haq taolodan chalg‘itmagan.

Rasulullohning (s.a.v.) darajalari juda yuksak edi. Shu bois hech narsa u Zotning (s.a.v.) ko‘ngil huzurlarini buzmagan, ko‘nglini har doim Alloh taologa bog‘lashlariga, har doim Alloh bilan birga bo‘lishlariga xalal bermagan.

Hatto shunday bir darajaga yuksalgan edilarki, xotinning to‘shagida ham vahiy kelardi.

Anas (r.a.) shunday deydilar:
«U Zot (s.a.v.) xotinining yotog‘ida paytida ham o‘zlariga vahiy tushardi». (Hazrati Anasdan (r.a.) Buxoriy rivoyati).

Hech bir odamni Muhammad Mustafo (s.a.v.) bilan muqoyasa qilib bo‘lmaydi.

Hazrati Iysoga (a.s.) kelsak, u zotning hollari o‘zgacha. U Zot uylanmaslikni - yolg‘izlikni afzal ko‘rganlar.

Ehtimolki, u Zotning (a.s.) hollari uylanadigan bo‘lsalar, Alloh taolodan chalg‘ishi mumkin bo‘ladigan bir ahvolda edilar! Yoki boshqa sabablar bo‘lgandir.

Eng to‘g‘risini Alloh taolo biladi, albatta.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:30:01
IKKINCHI BOB

NIKOH AQDINING ODOBLARI HAQIDA

Nikoh aqdi
Nikoh aqdi haqiqiy bo‘lishining to‘rt sharti bor:
1. Valisining ijozati. Agar vali yo‘q bo‘lsa, sulton yoki vakili valisi bo‘ladi.
2. Ayolning roziligi. Agar ayol tul va bolig‘a bo‘lsa yoki bokira va bolig‘a bir ayol bo‘lsa, otasidan boshqasi uni turmushga berishi mumkin.
3. Ikki odil guvoh.
4. Ijob va qabul. Ya’ni, uylanish taklifi va qabul qilmoq. Nikohdan avval fotiha qilish odobdandir.

Nikoh aqdi tuzgan kishi: «Alhamdulillah vassolatu a’la Rasulillah. Qizim, seni falon kishiga turmushga berdim», degani ma’qul.

Kuyov vakili esa: «Alhamdulillah vassolatu a’la Rasulillah. Bu sadoqatga binoan men ham uni nikohlamoqni qabul qildim», deydi.

Nikoh aqdini ayolga eshittirish ham nikoh odobi sanaladi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:30:11
Nikohdan avval kelinga qarash mustahab.

Ikki guvohdan bo‘lak solih kishilarni da’vat etish ham yaxshi.

Nikoh aqdini tuzayotganda Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlarini bajarishni, ko‘zini haromdan tiyishni, farzandli bo‘lish va yuqorida zikr etilgan foydalarni qo‘lga kiritishni niyat qilish kerak.

Nikohdan maqsad faqat shahvat taskini bo‘lishi kerak emas.

Agar shunday tushunilsa, bu ish faqatgina dunyo amalidan bir amal bo‘lib qoladi.

Nikohning shavvol oyida va masjidda bo‘lishi mustahab.

Muslimning Oishadan (r.a.) rivoyatiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) Oisha (r.a.) onamizga shavvol oyida nikohlanganlar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:30:29
NIKOHGA TO’SIQ BO’LGUVCHI HOLLAR

Nikohga mone’ hollar o‘n to‘qqizta:
1. Ayolning boshqa bilan oilali bo‘lishi;
2. Ayolning idda muddati bitmagan bo‘lishi, eri o‘lishi yoki u bilan ajrashganligi bu muddatni o‘zgartirolmaydi.
3. Kufrni tilga olib, dindan chiqib, murtad bo‘lishi.
4. Ma’jusiy bo‘lmog‘i (olovga sig‘inmog‘i)
5. Budparast yoki dinsiz bo‘lmog‘i.
6. Rasululloh (s.a.v.) payg‘ambar o‘laroq yuborilgandan so‘ng buzib o‘zgartirilgan kitoblarga ishonmoq.
7. Erkakning hur bo‘lib, ayolning cho‘ri bo‘lishi.
8. Ayolning qisman cho‘ri bo‘lishi va nikoh qilganning mulkiyati ostida bo‘lishi.
9. Ayol va erkakning yaqin qarindosh bo‘lishi.
10. Sut qarindosh (emikdosh) bo‘lishi.
11. Nasab yoki quda-andachilik jihatidan yaqin qarindosh bo‘lmoq.
12. Erkakning to‘rt xotini bo‘lsa, beshinchisiga uylanishi harom.
13. Nikohlanuvchi erkak ayolning opasi yoki singlisiga uylangan bo‘lishi. Chunki opa-singillarning bir nikoh ostida bo‘lishi harom.
14. Erining uch taloq bilan qo‘yilmagan xotini boshqaga tegolmaydi.
15. Uylanmoqchi bo‘lgan erkak nikohlanadigan ayolga lion qilgan bo‘lishi.
16. Haj va umra asnosida uylanish mone’ bo‘lgan payt nikohga to‘siqdir.
17. Hali balog‘atga yetmagan bir tul bo‘lmoq.
18. Hali balog‘atga yetmagan yetim bo‘lish.
19. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) xotinlaridan bo‘lishi. Chunki ular mo‘minlarning onalari o‘laroq kabul etilganlar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:31:10
NIKOHDA E’TIBOR BERILADIGAN JIHATLAR

Uylanayotganda diqqat etilishi kerak bo‘lgan tarjih sabablar sakkizta:

Birinchi jihat:
Soliha va dindor bir xotin bo‘lishi kerak. Chunki agar dini zaif bo‘lsa, erining haq-huquqini va o‘zining nomusini qo‘rishi mushkul.

Bir odam Rasulullohning (s.a.v.) huzuri muboraklariga kelib dedi: «Yo Rasululloh! Mening bir xotinim bor, o‘ziga uzalgan qo‘lni qaytarmaydi!»
- Qo‘yib yubor! - dedilar Rasululloh (s.a.v.).
- Yo Rasululloh! Men uni sevaman-ku! - dedi u. Bundan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
- Uni yoningda mahkam tut.
Ayol dindor bo‘lmasa, erining molini ham muhofaza qilolmay zarar keltiradi.

Alloh taolo marhamat etadi:
«O’zlaringizni va oila a’zolarngizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lmish do‘zaxdan saqlangiz». (Tahrim, 66/6).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:31:34
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Ayol moli, chiroyi yohud dini uchun nikohlanadi. Bulardan sizga zaruri dindor bo‘lganini afzal bilib tanlashingizdir».

Yana shunday deganlar:
«Kim bir ayolni moli uchun va go‘zalligi uchun nikohiga olsa, uning go‘zalligidan ham, molidan ham mahrum etiladi.
Kim ayolni dindorligi uchun nikohiga olsa, Alloh taolo uning moliga ham, go‘zalligiga ham barokat ehson etadi».


Yana shunday deydilar:
«Ayolni faqat go‘zalligi uchun iikohingga olma. Chunki uning go‘zalligi o‘zini razillikka tushirishi mumkin.
Faqat moli uchun ham uylanma. Balki uning moli o‘zini yo‘ldan ozdiradi.
Sen ayolni dindorligi uchun nikohingga ol».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:32:15
Ikkinchi jihat:
Xushfe’l ayolga uylanish kerak. Ayol agar badfe’l va nonko‘r (kofir) bo‘lsa, undan keladigan yomonlik ham yaxshilikdan ko‘proq bo‘ladi. Hech narsaga kanoat qilmaydi. Doimo vaysab, quloq-miyangni qoqib, qo‘lingga beradi, huzursiz qiladi.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Shubhasiz, Alloh taolo sergap-ezmalarni va odamlarni kalaka-mazah qiluvchilarni sevmaydi». (Termiziy Jobirdan (r.a.) rivoyat etgan).

Aytishadiki, bir sayyoh sayohatga chiqqandi. Bu safari asnosida Ilyosga (a.s.) duch keldi. U zotdan nasihat so‘radi. Ilyos (a.s.) unga yolg‘izlikdan voz kechib, uylanishni tavsiya etdilar.

So‘ng shunday dedilar:
- To‘rt xil ayolga uylanma:
a) Eridan ajrashgan tul xotinga uylanma. Chunki u har doim bo‘lar-bo‘lmasga ajrashishdan gap ochadi;
b) Dunyolik mollari bilan maqtanuvchi ayolga uylanma;
v) Fosiq ayolga ham uylanma;
g) Osiy, badfe’l ayolga uylanma. Chunki osiy xotin so‘z bilan ham, bevosita fe’li bilan ham eridan ustun bo‘lishga intiladi.

Alloh taolo marhamat etadi:
«Fohishalik qilmagan va mahfiy o‘ynash tutmaganlariga uylanaveringlar!» (Niso, 4/25)

Ali (r.a.) marhamat etadilar: «Erkaklar uchun yomon bo‘lgan ba’zi xulq-atvorlar ayollar uchun yaxshi odat, xulq bo‘lishi mumkin.

Fe’l va odatlarning eng yomonlari: xasislik, unutuvchanlik va qo‘rqoqlikdir.

Agar ayol xasis bo‘lsa, ham o‘z molini ham erining molini juda yaxshi qo‘riydi.

Agar unutuvchan bo‘lsa, o‘shanda shubhaga tushish ehtimoliga qarshi har kim bilan suhbatlashavermaydi va betaraf qoladi.

Agar qo‘rqoq bo‘lsa, har nimaga ergashmasdan, uyda o‘tiradi va o‘zini bir talay tuhmatlardan saqlagan bo‘ladi».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:32:40
Uchinchi jihat:
Ayolning chehrasi ochiq bo‘lishi kerak. Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Alloh taolo sizdan kimningdir ko‘ngliga bir ayol bilan turmush qurish fikrini solsa, unga qarasin». (Ibn Moja Muhammad ibn Maslamdan (r.a.) rivoyat etgan).

Yana shunday deganlar:
«Ansor ayollarining ko‘zlarida qusur bor. Shuning uchun ulardan biriga uylanmoqni istagan vaqtda, ularga qarasin». (Muslim Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etgan).

Hazrati Umar (r.a.) davrlarida bir kishi uylandi. Uning xino qo‘yib bo‘yanganini bilgan qiz taraf Umarga (r.a.) murojaat etdilar: «Biz uni yosh (yigit) deb o‘ylagan edik...»

Bu so‘zni eshitib, Umar (r.a.) uni urdilar va: «Sen qavmni aldading», dedilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:32:48
* * *

Aytishlariga qaraganda, Bilol va Suhayb (r.a.) bir arab oilasiga borib, ular bilan tanishmoqchi va nasib etsa qizlariga uylanmoqchi ekanini aytdilar.
« - Sizlar kimsizlar?
- Men - Rabah o‘g‘li Bilolman. Bu esa din birodarim Suhayb Rumiydir.
Biz zalolatda edik. Alloh taolo bizni hidoyatga yetkazdi.
Biz xizmatkor qul edik. Alloh taolo bizni ozod qildi.
Biz faqir edik. Alloh taolo bizni boy-badavlat etdi.
Agar bizni uylantirib qo‘ysangiz, biz Alloh taologa hamd aytamiz.
Agar bizning talabimizni rad etsangiz, biz Alloh taoloni nuqson sifatlardan tanzix etamiz (pok holda yod etamiz)».
Bu so‘zlardan so‘ng ular: «Sizni uylantiramiz», dedilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:32:55
* * *

Nikohdan avval ayolni ko‘rish mustahab. Shu tariqa ba’zi ikkilanishlar ketkaziladi.
Agar bir kishi chiroyga qaramasdan faqat sunnatni jonlantirmoq uchun yoki farzand ko‘rish yohud uy ishlarini yuritish uchun uylansa, bu hol zuhdga yanada yaqinroq bo‘lgan bir holdir.
Abu Sulaymon ad-Daroniy shunday deydilar:
«Zuhd har neda bo‘ladi. Hatto xotin xususida ham. Masalan, bir odam dunyoda zuhd uchun ajuza (keksa, badfe’l) ayolga uylanadi».
Malik ibn Dinor shunday deydilar:
«Sizdan kimdir yetim qizga uylansa, bu sababli savobga erishadi, hamda o‘sha yetim qiz yeb-ichish xususida oson narsalarga rozi bo‘lgani uchun tirikchilik osonlashadi. Lekin, siz buni tark etib, mol-dunyo ahlidan bo‘lganlarni afzal ko‘rsangiz, ularning ko‘zi to‘ymaydi va har neni istaydi».
Opa-singildan biri go‘zal, boshqasining bir ko‘zi ojiz bo‘lgani holda Ahmad ibn Hanbal hazratlari bir ko‘zi ko‘r bo‘lganini afzal ko‘rib, unga uylandilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:33:43
Uchinchi jihat:
Ayolning chehrasi ochiq bo‘lishi kerak. Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Alloh taolo sizdan kimningdir ko‘ngliga bir ayol bilan turmush qurish fikrini solsa, unga qarasin». (Ibn Moja Muhammad ibn Maslamdan (r.a.) rivoyat etgan).

Yana shunday deganlar:
«Ansor ayollarining ko‘zlarida qusur bor. Shuning uchun ulardan biriga uylanmoqni istagan vaqtda, ularga qarasin». (Muslim Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etgan).

Hazrati Umar (r.a.) davrlarida bir kishi uylandi. Uning xino qo‘yib bo‘yanganini bilgan qiz taraf Umarga (r.a.) murojaat etdilar: «Biz uni yosh (yigit) deb o‘ylagan edik...»

Bu so‘zni eshitib, Umar (r.a.) uni urdilar va: «Sen qavmni aldading», dedilar.
* * *

Ayolning dindorligi haqida ma’lumot bo‘lmasa, ikkinchi muhim xusus go‘zalligiga qaraladi. Chunki muboh bo‘lgan narsalar bilan lazzat topmoq - din kal’asini mustahkamlab, kuchaytiriladi.

Aytiladiki, agar ayol go‘zal bo‘lsa, xushfe’l, xushxulq, sochlari qora, ko‘zlari katta, oq tanli va ko‘zlari faqat eriga qaraydigan bo‘lsa, o‘sha ayol jannatdagi hur suratida bo‘ladi. Chunki Alloh taolo jannat ahli bo‘lgan ayollarni shu shaklda vasf etgan:
«U (jannatlardan) shunday ko‘zlarini (begona erkaklardan) tiyuvchi (hur qiz)lar borki, ularga ilgari na inson va na jinlar tekkan». (Rahmon, 55/70).

Yana marhamat etadi:
«Ularni bokira qizlar qildik. (Ular) jozibali va tengqurdirlar. (Ular) o‘ng tomon egalari uchundir». (Voqea, 56/36-37-38)

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Sizning ayollaringizning eng xayrlisi eri unga qaraganda sevintiruvchi, unga bir ish buyurganda itoat etuvchi, undan uzoqlashib bir yerga ketganda o‘zida bo‘lgan (erining haq-huquqlarini) muhofaza etuvchisidir». (Abu Hurayradan (r.a.) Nasoiy rivoyat etgan)
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:34:07
To‘rtinchi jihat:
Xotinning mahri yengil bo‘lishi. Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Ayollarning eng xayrlisi chehrasi ochiq, go‘zal bo‘lib, mahri ma’qul o‘lchovda (oz) bo‘lganidir».

Mahrni uylanishni qiyinlashtiradigan darajada ko‘paytirishni Rasululloh (s.a.v.) ta’qiqlaganlar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xotinlaridan ba’zilarini o‘n dirham mahr bilan nikohlaganlar. Uning mahri bir idish (ko‘za yoki chelak), bir yostiq ichi tola (yoki yaproq) to‘la to‘shak kabi yengil uy ashyolari edi. Ba’zi xotinlarning mahri ikki mud (o‘lchov birligi) miqdorda arpa bilan to‘y qilmoq edi. Ba’zi xotinlarning mahri esa ikki mud miqdor xurmo va ikki mud o‘lchovdagi qovurmoch edi.

Umar (r.a.) mahr talabini ko‘paytirishni man qilib, shunday deganlar:

«Rasululloh (s.a.v.) to‘rt yuz dirhamdan oshiq mahr bilan uylanmaganlar va qizlarini ham (shundan ziyodiga) uzatmaganlar».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:34:42
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Uzatilishi, ko‘z yorishi va mahri yengil bo‘lishi ayolning barokatidandir». (Oishadan (r.a.) Ahmad ibn Hanbal)

Yana shunday deganlar:
«Ayollarning eng barokatlisi - mahri oz bo‘lganidir». (Oishadan (r.a.) Bayhaqiy rivoyat etgan)

Biror erkakning ayolga moli uchun uylanishi makruh va chirkin ishdir.
Sufyoni Savriy deydilarki:
«Uylanuvchi kishi xotinning ashyolarini so‘rab-surishtiraversa, bilingizki, u bir o‘g‘ridir».

Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Hadyalashingiz, bir-biringizni sevingiz». (Abu Hurayradan (r.a.) Buxoriy rivoyat etgan).

Alloh taolo marhamat etadi:
«Ko‘p yaxshilik qilgan bo‘lsang-da, minnat qilma». (Mudassir, 74/6)
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:35:09
Beshinchi jihat:
Ayolning serfarzand bo‘lishi. Agar uning bepusht ekani ma’lum bo‘lsa, nikoh uchun tanlanmaydi.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Sizga serpusht (ayol)lar yarashadi». (Ma’qal ibn Yasar (r.a.)dan Abu Dovud rivoyat etgan).

Agar bokira kiz bo‘lib, serpusht yoki bepusht ekani noma’lum bo‘lsa, o‘shanda sog‘lomligi va yoshligiga qaraladi. Chunki sog‘lom va yosh bo‘lganlarning ko‘pchiligi serpusht bo‘ladi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:35:28
Oltinchi sabab:
Olinadigan qiz bokira bo‘lishi kerak.

Rasululloh (s.a.v.) tulga uylangan Jobirga (r.a.) shunday deganlar:
«Bokira qiz yo‘qmidi? U bilan o‘ynasharding. U ham senga tegishib, hazillashardi». (Jobirdan (r.a.) Buxoriy va Muslim rivoyat etganlar)

Bokira bo‘lishda uch foyda bor:
1. Erini sevadi va u bilan yaxshi yashaydi;
2. Erining ham unga bo‘lgan muhabbati yuksalib, komil bo‘ladi. Chunki inson fitrati nikohdan tashqari qo‘l tekkizmoqni chirkin ko‘radi va nafratlanadi.
3. Bokira bo‘lmagan tul xotinlarning aksariyati birinchi erlariga muhabbat qo‘yadilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:35:58
Yettinchi jihat:
Nikohlanuvchi ayol nasl-nasabli, dindor oiladan bo‘lishi kerak. Chunki ular bolalarini yaxshi ta’lim-tarbiya bilan ulg‘aytiradilar.

Agar farzand kichik yoshdan tarbiya qilinmasa, keyin uning tarbiyasi mushkullashadi.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Yomon sharoitda yetishtirilgan go‘zal ayollardan sizni ehtiyot qilaman». (Abu Said al-Xudriydan (r.a.) Doriqutniy rivoyat etgan).

Yana shunday deganlar:
«Nutfangiz uchun (yaxshi muhitdan yaxshi ayol) tanlangiz. Chunki irq (nasl) riyokor bo‘ladi». (Oishadan (r.a.) Ibn Moja rivoyat etgan).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Oktyabr 2009, 09:36:33
Sakkizinchi jihat:
Juda yaqin qarindoshlardan bo‘lmasligi kerak. Chunki bu holda shahvat ozayadi va susayadi.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Yaqin qarindoshga uylanmangiz. Chunki bola zaif bo‘ladi».

Qiz taraf ham erkak tomonni surishtirishi va qizlarini badfe’l yohud dini zaif bo‘lgan kishiga uzatmasligi kerak.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Nikoh nozik bir masaladir. Shuning uchun sizdan biringiz qizini qayga berayotganiga qarasin». (Abu Umar at-Tavkoniy Oishadan (r.a.) rivoyat etadi).

Bir kishi qizini zolimga, fosiqqa, bid’atchiga yoki mayxo‘rga uzatsa, o‘z diniga qarshi jinoyat qilgan bo‘ladi.

Silai rahmni tark etgan kishi ham Allohning g‘azabini o‘ziga qaratadi.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
«Kim qizini bir fosiqqa (turmushga) bersa, uning silai rahmini kesgan bo‘ladi». (Anasdan (r.a.) Ibni Hibbon rivoyat etgan).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2009, 12:06:07
UCHINCHI BOB

NIKOH AQDI TUZILGACH UMRLARINING OXIRIGACHA TURMUSH KECHIRISH ODOBLARI HAQIDA

Erning itoat etishi kerak bo‘lgan qoidalar.
Er itoat etishi kerak bo‘lgan adab o‘n ikkita.

Birinchi adab:
To‘y qilib, ziyofat bermoq. Chunki bu mustahab. (Sunnat deguvchilar Payg‘ambarimizning (s.a.v.): «Uylanganinglarda ziyofat beringlar, ya’ni to‘y qilinglar», degan hadisini hujjat qilishadi. Mustahab deguvchilar sharoitni e’tiborga olib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) asirlardan uylanganlarida urush bo‘lgani uchun to‘y qilolmaganini aytishadi).

Anasning (r.a.) aytishlaricha, Rasululloh (s.a.v.) Abdurahmon ibn Avfning (r.a.) ustida za’faron asarini ko‘rib:
- Bu nima? - deya so‘radilar.
- Mahr sifatida bir danak miqdorida oltin berdim va bir ayolga uylandim, - dedi u.

Bundan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Alloh taolo muborak aylasin. Bitta qo‘y bilan bo‘lsa ham to‘y qilib, ziyofat ber». (Anasdan (r.a.) Muslim rivoyati).

Rasululloh (s.a.v.) Sofiyaga uylanganlarida to‘y ziyofatiga xurmo va qovurmoch berdilar.
So‘ngra shunday dedilar:
«Birinchi kun taom yedirmoq haq. Ikkinchi kun taomi sunnat. Uchinchi kun taomi shon-sharafdir. Kim shon-sharafli ish tutsa, Alloh taolo ham uni sharaflaydi». (Abdulloh ibn Mas’uddan Termiziy rivoyati).

Nikohning oshkora qilinishi mustahab. Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Bu nikohni har kimga (ko‘pchilikka) e’lon etingiz. Nikohni masjidlarda qilingiz. So‘ng daf chalib, eshittiringiz». (Termiziy Oishadan (r.a.) rivoyat etgan).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2009, 12:07:25
Ikkinchi adab:
Xotinlar bilan yaxshi yashab, yaxshi muomala qilmoq. Ularga ozor bermaslik, aziyat yetkazmasdan qusurlariga sabr-toqatli bo‘lish.

Alloh taolo shunday buyurgan:
«Ular bilan totuv turmush kechiringiz!» (Niso, 4/19).

Alloh taolo yana marhamat etadi:
«Ular (xotinlaringiz) sizlardan qat’iy va’da - ahd-paymon olganlar». (Niso, 4/21)

Yana shunday deydi:
«... Qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh-qo‘shniyu begona qo‘shni, yoningizdagi hamkoringiz, yo‘lovchi (musofir)ga va qo‘l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)!» (Niso, 4/36)

Rasululloh (s.a.v.) ham ayol haq-huquqini himoya qilishni vasiyat qilib, shunday marhamat etganlar:
«Ayollar haqqida Alloh taolodan qo‘rqing! Alloh taolodan qo‘rqing! Chunki, ular sizning qo‘lingizdadir. Xotinlaringiz sizga Allohning omonatidir. Alloh taoloning kalomi bilan ularning farjini (o‘zingizga) halol qildingiz». (Nasoiy va Ibn Moja Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat etganlar).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2009, 12:09:30
Yana shunday deydilar:
«Kim xotinining yomon fe’liga sabr etsa, Alloh taolo unga Ayyubning (a.s.) balolarga sabr etgani darajadagi savobini beradi. Kim erining yomon fe’liga sabr etsa, Alloh taolo unga Fir’avnning xotini Osiyoga bergan savobichalik savob beradi».

E, og‘a! Birodar! Qardosh-qarindosh!

Rasulullohning (s.a.v.) xotinlari ham ba’zan u Zotga gap qaytarar, u Zot (s.a.v.) esa sabr etardilar.

Bir kuni Hazrati Umarning (r.a.) xotini gap qaytarib, u zotni xafa qildilar. Umar (r.a.):
- Sen menga gap qaytaryapsanmi? - dedilar. Xotini esa shunday javob berdilar:
- Ha. Rasululloh (s.a.v.) sizdan ko‘ra xayrliroq bo‘lganlari holda xotinlari u Zotga gap qaytarganlar.

Rasululloh (s.a.v.)ning xotinlaridan biri qizishib, g‘azab bilan Rasululloh (s.a.v.)ga shunday dedilar:
- Siz Alloh taoloning Payg‘ambari ekaningizni gumon qilib yurgan kimsasiz!

Buni eshitgach, Rasululloh (s.a.v.) tabassum qildilar. Sabr etib, muloyim muomala etdilar:
- Men sening g‘azabing roziliging tufayli ekanini bilaman. Hazrati Anas (r.a.)dan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) ayollarga va bolalarga nisbatan insonlarning eng marhamatlisi edilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 08 Oktyabr 2009, 12:10:17
Uchinchi adab:
Xotinlardan kelish ehtimoli bo‘lgan aziyatlarning oldini olish uchun ular bilan hazillashib o‘ynashmoqni ko‘paytirish lozim. Chunki tegishib, hazillashish ayollar ko‘nglini xushnud qiladi.

Rasululloh (s.a.v.) xotinlari bilan hazillashardilar.

Aqllari, amallari va fe’llari xususida ularning saviyalariga tushgan bo‘lardilar.

Oisha (r.a.) onamiz bilan bellashar, musobaqalashar edilar. Ba’zan Oisha (r.a.) onamiz, ba’zan Rasululloh (s.a.v.) yengardilar. Oisha (r.a.) rivoyatiga ko‘ra, Xabashistondan ba’zi odamlar kelishib, Ashuro kuni bir o‘yin o‘ynadilar. Rasululloh (s.a.v.):
- Yo Oisha! Ularning o‘yinlarini tomosha qilasanmi, - dedilar.
- Ha.

Rasululloh (s.a.v.) ularga birovni jo‘natib, chaqirtirdilar; kelishdi.
Ikki eshik orasida turdilar va qo‘llarini eshik ustiga qo‘ydilar.
Oisha (r.a.) jag‘larini Payg‘ambarimiz qo‘llari ustiga qo‘ydilar va o‘yinni kuzatdilar.
Rasululloh (s.a.v.):
- Yo Oisha, bu qadari senga kifoyami? - deb so‘radilar.
Bu savolni ikki-uch bor takrorladilar. So‘ngra:
- Yo Oisha, bu qadari senga kifoya (etar), - dedilar. Oisha (r.a.) ham:
- Ha. Yetarli, - dedilar.
Shundan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) ularga ishorat etdilar. Ular ketdilar.

So‘ng u Zot (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Iymon jihatidan mo‘minlarning eng komili (mukammali) xushfe’l bo‘lgani va oilasiga xushmuomala qilganidir».

Odamlarning eng yaxshisi Muhammad Mustafo (s.a.v.)dir.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Sizning eng xayrlingiz, ayollarga yaxshi bo‘lganingizdir, men ayollarimga muomalada sizning eng yaxshingizman, eng xayrlingizman». (Nasoiy va Termiziy Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etganlar).

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Shubhasizki, Alloh taolo o‘z oilasiga dag‘al va mutakabbir munosabatda bo‘lganlarni la’nat etadi (yomon ko‘radi)».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Oktyabr 2009, 15:19:21
To‘rtinchi adab:
Ma’lum miqdorda ilmli bo‘lish.

Xotinlarning haromga qochmasdan qilgan ba’zi xatti-harakatlarini ko‘rmaslikka olish kerak.

Umar (r.a.) deydilarki:
«Xotinlarning noxush ko‘rinish va harakatlariga qarshi chiqing. Chunki noxush hatti-harakatlarning, noxush muomalaning teskarisini qilishda barakot bor». (Chunki, noxushning ziddi xush, yaxshi. Yaxshilikda esa barakot bor).

Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Xotiniga qul bo‘lganlar naqadar baxtsizdir!» (Buxoriy shunga o‘xshash ifoda bilan Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etgan)

Alloh taolo erkaklarni ayolga nisbatan kuch-quvvatliroq qilib yaratgan va shunday deydi:
«Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir». (Niso, 4/33).

Alloh erkaklarni rahbar o‘laroq baholadi va shunday dedi:
«Eshik oldida (Zulayhoning) xojasi (eri)ga yo‘liqdilar». (Yusuf, 12/25).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Oktyabr 2009, 15:20:20
Hazrati Imom Shofe’iy marhamat etadilar:
«Uch xil odam borki, sen ularga ikromda bo‘lib, yaxshilik qilsang, ular senga butunlay nonko‘rlik qiladilar. Agar ularni kamsitsang, ular senga ikromda bo‘ladilar va hurmat ko‘rsatadilar. Bular ayol (xotin), xizmatchi va safix (buzuq) odam».

Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Ayollar orasida soliha xotin - yuz dona (qora) qarg‘a ichidagi ola qarg‘a kabidir». (Abu Umomadan Tabaroniy rivoyat etgan).

Hazrati Luqmon (a.s.) o‘g‘liga nasihat berib, shunday deydilar: «O’g‘lim! Yomon xotindan saqlan, extiyot bo‘l! Chunki u seni vaqtidan avval - erta qaritib qo‘yadi. Xotinlarning ko‘p gunoh qiladiganidan nihoyatda ehtiyot bo‘l! Chuiki, ular xayrga da’vat etmaydilar».

Rasululloh (s.a.v.) xotinlariga xitoban shunday deydilar:
«Shubhasizki, siz Yusuf (boshiga balo yog‘dirgan)ning dugonalarisiz!». (Buxoriy va Muslim Hazrati Oishadan (r.a.) rivoyat etganlar).

Yana shunday deganlar:
«Xotini hokim bo‘lgan qavm najot topmas (ozod bo‘lmas)». (Abu Bakrdan (r.a.) Buxoriy rivoyat etgan).

Alloh taolo marhamat etadi:
«Agar ikkingiz Allohga tavba qilsangiz, ozgan toygan ko‘nglingizni isloh etilgan - tuzatgan bo‘lur». (Tahrim, 66/4)

Oyati karima to‘la holda bunday:
«(Ey, Payg‘ambarning ikki xotini) agar sizlar Allohga tavba qilsangizlar, sizlarning dillaringiz moyil bo‘libdur. Va agar sizlar ittifoq qilsangizlar, (Payg‘ambar) xilofiga, tahqiq, Xudo aning madadkoridir. Jabroil ham va yaxshi musulmonlar ham va farishtalar bundan keyin madadkordirlar». (Hazrati Oltinxonto‘ra tarjimalari).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Oktyabr 2009, 15:21:04
Beshinchi adab:
Ishning boshlanishida g‘ofil qolmasdan ilmli bo‘lishdir.

Rasululloh (s.a.v.) xotinlarga tobe’ bo‘lishdan qaytarganlar va shunday deganlar:
«Agar ayollarning xayrsiz va yomon yo‘lboshchilariga ergashilsa...» (Tabaroniy «Asvot»ida Hazrati Jobirdan (r.a.) rivoyat etgan).

Yana shunday deganlar:
«Muhaqqaqki, qizg‘anmoq tuyg‘ulari ichida bir qizg‘onish borki, Alloh uni sevmaydi, yomon ko‘radi, bu hech qanday (sabab va) shubha bo‘lmagani holda er xotinini rashk qilishidir». (Jobir ibn Atiqdan (r.a.) Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Moja rivoyat etganlar).

Chunki bunday qizg‘anishda yomon gumon-shubha bor. Alloh ba’zi gumonlar gunoh ekanini bayon etgan va shunday degan:
«Shubhasizki, gumonlarning bir qismi (vabol) gunohdir». (Xujurot, 49/12)

Me’yoriy holda juftini boshqalardan kizg‘anish, xush fe’llardan, go‘zal ahloq va odatlardandir. Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Shubhasizki, Alloh taolo (kulining nomusini) qizg‘onur. Mo‘min ham rashk qilur. Alloh taoloning rashki odamning o‘z zimmasiga harom bo‘lgan bir narsani keltirishi tufaylidir». (Abu Hurayradan (r.a.) Buxoriy va Muslim rivoyat etganlar).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Oktyabr 2009, 15:21:38
Yana shunday deydilar:
«Sa’dning rashk (qilish)idan hayron qolyapsizmi? Vallohi, men undan rashkliroqman. Alloh taolo esa mendan ham rashkliroqdir». (Mug‘iyra ibn Shu’badan (r.a.) Buxoriy va Muslim rivoyat etganlar).

Alloh rashk sohibi bo‘lishi sababli, yashirin-oshkor barcha fahsh ishni man qilgan.

Shu bois ham qo‘rqituvchi, ogohlantiruvchi va bashoratchi, xushxabar eltuvchi sifatida payg‘ambarlar yubordi.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Isro kechasi jannatda bir saroy ko‘rdim. Bir chetida joriya bor edi.
- Bu saroy kimniki? - deb so‘radim.
- Umarniki, - deyildi.
Men o‘sha joriyaga qarashni istamadim, yo Umar! O’shanda sening rashkchi ekaningni esladim».
(Hazrati Jobirdan (r.a.) Buxoriy va Muslim rivoyat etganlar).

Yana shunday deydilar:
«Alloh sevadigan va sevmaydigan, qizgonishlar-rashklar bor. Shubhali hollarda qizg‘anib ayolni himoya qilish Alloh sevgan rashklardan sanaladi. Hech qanday sabab va shubhali vaziyat bo‘lmagani holda rashk qilmoq esa Alloh taolo sevmagan qizg‘anishlardandir». (Abu Dovud, Nasoiy va Ibni Moja Jobir ibn Atiykdan (r.a.) rivoyat etganlar).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Oktyabr 2009, 15:22:16
Yana shunday deganlar:
«Shubhasizki, men juda ham rashkchiman. Rashkchi bo‘lmagan kishi yo‘q. Faqat ko‘ngli illatli (buzuq) kimsa (ayolini) qizg‘anmas».
(Abu Umar at-Tavkoniy Abdulloh ibn Muhammaddan (r.a.) rivoyat etgan).

Rasululloh (s.a.v.) qizlari Fotimadan (r.a.) so‘radilar:
- Ayol uchun eng xayrli narsa nima?
Fotima (r.a.) shunday javob berdilar:
- Hech bir erkakka o‘zini ko‘rsatmasligidir.
Bu javob Payg‘ambarimizga (s.a.v.) yoqdi va shu oyatni o‘qidilar:
«Ba’zilari ba’zilariga avlod bo‘ldi». (Oli Imron, 3/34)

Ashobi kirom uyning mahramiyati himoyasi uchun devorlardagi yoriq-teshiklarni, tirqishlarni berkitardilar.

Rasululloh (s.a.v.) ayollarga masjidga kelishlari uchun izn bergandilar. Faqat bu zamonda ayollarning masjidga kelmasliklari yanada to‘g‘riroq bo‘lur. Faqat keksa ayollar kelishida to‘siq va zarar yo‘q.

Payg‘ambar (s.a.v.) shunday deganlar:
«Alloh taoloning ayol qullarini Alloh taoloning masjididan man’ etmangiz!» (Buxoriy va Muslim Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat etganlar).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 09 Oktyabr 2009, 15:23:05
Oltinchi adab:
Oilasining nafaqasini ta’minlashda haddan oshmaslik, nafaqadan qismaslik, lekin isrof ham etmaslikdir.

Alloh shunday deydi:
«Yeng, iching, faqat isrof qilmang!» (A’rof, 7/31)

Yana shunday deydi:
«Qo‘lingni bo‘yningga bog‘lab olma (xasislik qilma). Uni butunlay ochib ham yuborma (isrof etma)». (Isro, 17/29)

Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
«Sizning eng xayrlingiz, oilasiga eng xayrli bo‘lganingizdir». (Termiziy Hazrati Oishadan (r.a.) rivoyat etgan)

Yana shunday deydilar:
«Alloh yo‘lida xarjlaganing (bir) dinor, (bir) qul ozod etish uchun sarflaganing (bir) dinor, o‘z oilang uchun sarflagan (bir) dinoring ichida savobi eng kattasi o‘z oilang uchun sarf etgan dinoringdir». (Muslim Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etgan).

Uy bekasi nafaqadan va ortib qolsa buzilishi ehtimoli bo‘lgan ortiqcha oziq-ovqatlarni faqirlarga berishi kerak.

Bu xayr qilishning eng past darajasidir.

Erkakning o‘zi tashqarida laziz, tansiq taomlar yeyishi va o‘zi yeydiganidan oilasiga yedirmasligi to‘g‘ri emas.

Oila boshlig‘i taomlanayotganda oila a’zolarini dasturxon atrofida to‘plashi va birga tanovul etishlari kerak.

Hazrati So‘fyon (r.a.) marhamat etadilar:
«Bizga tablig‘ etilganiga ko‘ra, Alloh va farishtalari to‘planib taomlanadigan uy ahlini duo kiladilar.

Uy erkagi oilasining ta’minotiga kirishar ekan, luqmani halol yo‘ldan topishi shart».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:10:24
Yettinchi adab:
Uylangan kishi hayz bilan aloqador mavzular va hayz hukmlarini o‘rganishi kerak.

Ayolining hayz vaqtida nimalarga e’tibor etishini o‘rgangan kishi o‘zini gunohlardan qo‘rigan bo‘ladi.

Uylangan kishi namoz hukmlari bilan bog‘liq mavzularni oilasiga o‘rgatishi lozim.

Yana u oilasiga «Ahli sunnat» e’tiqodini o‘rgatishi va bu aqidadan ayrilmaslikni talqin etishi shart.

Yana u oilasini bid’atlardan ehtiyot qilmog‘i, qo‘rimog‘i, ko‘ngildagi shubhalarni ketkazmog‘i zarur.

Hayzning muddati va bunga alokador o‘laroq namoz qay vaqt o‘qilishi haqida unga rahbarlik qilish kerak.

Agar shom namozining vaqti hali kirmasdan va hali bir rakat namoz o‘qiladigan vaqt bor ekan, hayz to‘xtasa, u taqdirda hali asrning vaqti chiqmagan hisoblangani uchun darhol tahorat olib shom namozini o‘qishi kerak, asr namozini ham qazo qilib o‘qishi kerak.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:10:40
Agar bomdod namozining vaqti hali kirmasdan va hali bir rakat namoz o‘qilishi qadar vaqt bor ekan, hayz to‘xtasa, o‘sha taqdirda hali xufton namozining vaqti chiqmagan hisoblangani uchun tez tahorat olib, bomdod namozini o‘qishi kerak, xufton namozini ham qazo qilib o‘qishi kerak.

Ayollar eng kam holda rioyat etadigan xusus budir.

Agar erkak xotinining bilmagan xususlarini o‘rgatsa, ayol boshqa olimlarga murojaat qilib so‘rashining hojati va zarurati yo‘q.

Agar erning bu xususdagi bilimi yetarli bo‘lmasa, bilib kelib, xotiniga o‘rgatadi.

Agar er buni ham qila olmaydigan vaziyatda bo‘lsa, u holda xotin o‘zi ishongan, bilimdon ayollarni uchratib, hayz hukmlarini o‘rganadi.

Sakkizinchi adab:
Er agar ikki oilali bo‘lsa, ular orasida adolatli bo‘lishi kerak...
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:11:08
To‘qqizinchi adab
Agar taraflar orasida biror ko‘ngilsiz voqea yoki kelishmovchilik sodir bo‘lib, uni o‘nglashga kuchi yetmasa, ikki hakamga murojaat etadi.

Bu hakamlardan biri er tarafdan, ikkinchisi xotin tomondan bo‘lishi kerak.

Hakamlar er-xotin orasidagi muammoni o‘rganadi va masalani yechishga harakat qiladi.

Agar ular oradagi ko‘ngilsizlikni tuzatib, isloh etsalar, Alloh ularga ajru savob ato qiladi.

Agar kelishmovchilik va ahloqsizlik xotindan o‘tgan bo‘lsa, erkak uni yengilroq adabini beradi - sekingina uradi va itoat etishga undaydi. Chunki Alloh shunday deydi:
«Erkaklar xotinlarni qo‘ruvchi rahbardirlar». (Niso, 4/33).

Lekin uning adabini berishi va yumshoqroq muomalada bo‘lib, sekin ko‘niktirmog‘i kerak.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:11:30
Avval nasihat qiladi. Buning foydasi bo‘lmasa, ozorlaydi. Bu ham foyda bermasa, Alloh taoloning azobi bilan qo‘rqitiladi.

Bordiyu, buning ham foydasi bo‘lmasa, yengilgina uradi (silaganday yoki turtganday). Lekin zinhor yuziga urmaydi. Chunki dinimizda yuzga urish taqiqlanadi.

Rasululloh (s.a.v.)dan so‘rashdi:
«- Ayolning erkak zimmasidagi haq-huquqi nima?
Rasululloh (s.a.v.) shunday javob berdilar:
- O’zi yeganda uni ham yedirishi kerak.
- O’zi kiyganda, uni ham kiydirishi kerak.
- Yuzini burishtirmasligi kerak.
- Og‘ritmaydigan darajada yengilgina urishdan tashqari ortiqcha urmasligi kerak».
(Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Moja Muoviya ibn Hoydodan (r.a.) rivoyat qilishgan).

«Zarur bo‘lganda uni yotoqda yolg‘iz qoldirishdan tashqari undan ayrilmaslik kerak». (Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Moja Muoviya ibn Hoydadan (r.a.) rivoyat etganlar).

Agar xotin atayin din ishlarida tanballik qilaversa, eri o‘rni-joyiga qarab, o‘n-yigirma kun yoki o‘ttiz kungacha yotog‘ini alohida qilishi kerak.

Rasululloh (s.a.v.) ham bir masala tufayli xotinlaridan xafa bo‘ldilar va yotoqlarini ulardan bir oy ajratib qo‘ydilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:12:03
O’ninchi adab:
Jimo adabi bo‘lib, uni «Basmala» bilan boshlash mustahabdir.

So‘ngra «Ixlos» surasi o‘qiladi.

Keyinroq takbir va tahlil aytilib, Alloh taolodan xayrli, solih farzand so‘raladi.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Agar sizdan biringiz, xotini bilan qo‘shilganda: «Yo Rabbiy! Shaytonni bizdan uzoqlashtir! Bizga ehson etadiganingdan ham uzoqlashtir!» desa va agar (xotini bilan) oralarida bola bo‘lsa, shayton unga zarar berolmaydi». (Buxoriy va Muslim Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etganlar).

Bo‘shanish vaqti ichida shu oyatni o‘qiydi:
«U suvdan inson(ni) yaratgandir». (Furqon, 25/44)

So‘ngra yonini qibladan o‘giradi. Chunki qiblaga hurmat yuzasidan jimo asnosida qiblaga qaralmaydi.

So‘ngra o‘zini va juftining ustini yopadi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.), boshlarini ham yopardilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:12:29
Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Sizdan biringiz xotini bilan qo‘shilgan vaqtida, ikki eshak juftlashganday qo‘shilmasinlar». (Ibn Moja Utba ibn Abddan (r.a.) rivoyat etgan).

Rasululloh (s.a.v.) yana shunday deydilar:
«Sizdan biringiz xotini bilan jimo qilayotganda hayvonlarga o‘xshab qo‘shilmasin. Oralarida bir elchi bo‘lsin!
- Yo Alloh taoloning Rasuli! Elchi nedir? - deyishdi. Marhamat etdilarki:
- O’pmoq va suhbatlashmoqdir!»
(Hazrati Anasdan (r.a.) Abu Mansur Ad-Daylomiy rivoyat etgan).

Odam bolasi ojizu nuqsonli yaratilgandir.

Kishilarning ojizliklari xususida Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
«Uch narsa odamning ojizligidan:
Birinchisi, o‘zi bilan tanishmoqni istagan kishi bilan uchrashgani holda, uning ismi va jismini ham bilmay turib undan ajralishi.
Ikkinchisi, bir kishi unga o‘zicha ikromda bo‘lgan paytda, uni rad etishi.
Uchinchisi, kishi o‘z joriyasiga yoki xotiniga yaqinlashishiki, hali u bilan suhbatlashmasdan, sevishmasdan va jufti qoniqmasdan, faqat o‘z ehtiyojinigina ketkazishi».


Har oyning boshida o‘rtasida va oxirida, ya’ni oyning uch kechasida jimo qilmoq makruh sanalgan.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:13:03
Aytishadiki, shayton o‘sha kechalarda ularning yonlarida bo‘ladi.

Ba’zi olimlarga ko‘ra juma kuni va kechasi jimo qilmoq mustahabdir.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Juma kuni yuvingan va g‘usl kilganga Alloh taolo rahmatini yog‘diradi».

Xotinning inzoli ba’zan kechikishi mumkin. Shuning uchun erkak shoshilmaydi va unga ham fursat qoldiradi, vaqt beradi.

Har doim oldin erkak inzol bo‘lishi xotinga yoqmaydi. Har ikkisi bir vaqtda inzol bo‘lishini ayol xush ko‘radi.

Xotin hayo qilib taklif qilmasligi mumkin. Lekin erkak xotini bilan kam deganda to‘rt kunda bir jimo qilishi kerak. Chunki erkak ko‘pi bilan to‘rt oilali bo‘lishi mumkin. Shu muddatning oz-ko‘pligi xotinlariga bog‘liq.

Hayzli paytda zinhor jimo qilmaslik kerak. Faqat o‘pish va silash joiz.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:13:23
Yana Alloh taolo amr etgan joydan (oldidan) jimo qilish kerak va aslo orqadan yaqinlik qilmaslik kerak. Chunki bu Alloh taolo tomonidan taqiqlangan va harom qilingan.

Alloh taolo marhamat etadi:
«Xotinlaringiz - ekinzorlaringizdir. U holda ekinzoringiz (oldi)ga xohlaganingizcha boringiz». (Baqara, 2/223)

Ya’ni xohlagan paytingizda (va o‘zingiz xohlagan holda) jimo qiling, demakdir.

Jimo qilmasdan xotinining vujudini silab, foydalanishi joiz.

Hayzli xotini pishirgan taomni yemoq, u bilan bir dasturxon atrofida o‘tirmoq va u bilan yotmoq joiz.

Jimo qilgach, ikkinchi bor jimo qilishni istagan kishi tanosil a’zosini yuvmaguncha yoki idror (bavl) qilmaguncha, jimo qilmasligi kerak. Junub holda uxlab qolmaslik uchun kechaning avvalida jimo qilmoq makruh hisoblangan.

Agar uxlamoqchi yoki bir narsa yemoqchi bo‘lsa, namoz tahorati kabi tahorat olsin.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:13:48
Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) so‘radilar:
«Oramizda bir kishi junub holda uxlashi mumkinmi?»
Rasululloh (s.a.v.) javob berdilar: «Ha, tahorat olgan holda...»
(Buxoriy va Muslim Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat etganlar).

Junub kishi soch oldirmaydi. Soch-soqolidan yoki vujudining har qanday bir joyidan tuk olinmaydi. Uchidan bir miqdor kesib, qisqartirmaydi. Tanasining hech joyidan qon chiqarmasligi kerak.

Agar g‘usl etmasdan yuqoridagilarni qilsa, oxiratda junub holicha tiriltiriladi.

Aytilganki, junubning vujudidagi har bir tuk janobatining hisobini undan so‘raydi.

Itoat qilinishi kerak bo‘lgan adablardan biri esa nasl suvini rahmdan boshqa joyga to‘kmasligidir.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Alloh taolo bor qilishni taqdir qilgan yaratiq, muhaqqaqki, bor bo‘ladi». (Buxoriy va Muslim Abu Saiddan (r.a.) rivoyat etganlar).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:14:06
Nasl suvini rahmdan boshqa joyga to‘kish xususida olimlar orasida turli qarashlar mavjud.
1. Ba’zi olimlar fikricha, har holda, har vaziyatda azl etmoq muboh (halol)dir.
2. Ba’zi olimlar, har vaziyatda, har holda azl qilishni harom sanaydi.
3. Uchinchi bir toifa olimlar fikricha, xotinining rizosi bilan azl etmoq halol.
4. Ba’zi olimlar, hur bo‘lganlar uchun azl joiz bo‘lmasdan, hur bo‘lmaganlarga muboh, deydi,

Bizning qanoatimizga ko‘ra azl etish mubohdir.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Shubhasizki, bir odam xotini bilan qo‘shilganda, bu jimo sababli unga Alloh taolo yo‘lida jang qilgan va bu yo‘lda o‘ldirilgan bir (shahid) erkak bola savobi yoziladi».

Jimoning mevasi bo‘ladigan bolaga ota bo‘lish ehtimoli bor. Shu sababli savobga erishadi.

Azl etishda esa, bunday ehtimol yo‘q.

Maniyning rahmga to‘kilishidan so‘ng turli bosqichlar bor.

Ilk bosqich - maniyning rahmga o‘rnashishi va xotinning nasl suvi bilan qo‘shilib, bir borliq hayot topishi uchun hozirlanishidir. Bu bosqichda uni buzish jinoyat sanaladi. Mudg‘a deyiladigan bir luqma et parchasi holiga kelgandan keyin buzmoq katta bir jinoyat bo‘ladi. Homilaga ruh uflanib, jon qozongach buzmoq esa, yanada ulkan jinoyatdir.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:14:55
Avvalroq aytganimizdek, yaratmoq sababining boshlang‘ichi - maniyning rahmga to‘kilishidir. Chunki faqat bir tarafning maniysi bilan bola paydo bo‘lmaydi.

Azl etishni muboh qilgan sabablar beshta.
Birinchi sabab: qo‘li ostidagi joriyaning homilador bo‘lishining oldini olish va undan yana ziyoda foydalanmoq.
Ikkinchi sabab: Xotinining qad-qomati va go‘zalligini ko‘proq saqlash va undan foydalanmoq.
Uchinchi sabab: Bolalari ko‘payishi tufayli chekiladigan iztiroblardan qo‘rqish. Vaholanki, Alloh taolo rizqqa kafildir.

Alloh taolo marhamat etadi:
«Yer yuzida yashagan barcha jonzot rizqini berish Allohga maxsusdir». (Hud, 11/6).

Bola bo‘lsa, uni boqishdan qo‘rquv va andisha-o‘y bilan azl etmoq-tavakkulga teskari, shu bilan birga muboh sanalgan.

To’rtinchi sabab: Qiz bola ko‘rishdan ko‘rqmoq! Bu qo‘rquv - buzuq tushuncha mahsuli sanaladi. Chunki Islomiyatdan avval arablar qiz bolalarni o‘ldirar edilar.

Bunday buzuq fikrlar bilan nikohni tark etmoq, nikohlansa ham, jimoni tark qilish; jimo qilsa ham, maniyni rahmdan tashqariga to‘kmoq nikohning asl g‘oyasiga uyg‘un emas va sunnatga ham ziddir.

Beshinchi sabab - xotinning poklik mavzuida haddan oshishi, ajrashmoqdan, nifosdan va bolani emizmoqdan qo‘rqishi. Xavorij ayollarining odatlari shunday edi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:15:25
Poklik mavzuida shu qadar xaddan ortiq hatti-harakat qilishardiki, liboslari bulg‘anmasin uchun hojatxonaga qip-yalang‘och kirishardi.

Bu harakatlar - bid’at. Rasulullohning (s.a.v.) sunnatiga zid. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Oilasini boqishdan qo‘rqib, nikohni tark etgan kishi bizdan emas».

Azl etmoq - nikohni tark qilishga o‘xshagan amaldir.

«Bizdan emas» ifodasiga kelsak, «Bizning sunnatimizga uyg‘un emas», demakdir.

Rasululloh (s.a.v.) bir hadisi shariflarida (hadisi qudsiyda) azl etmoqni yashirin shaklda bolani tirik ko‘milishi bilan bog‘liq o‘laroq Alloh taolo bunday deganini aytganlar:

«U (azl) - xufya shaklda farzandni tirik ko‘mmoqdir!» (Muslim Juzoma binti Vahbdan rivoyat etgan)

Bolaning tirik ko‘milishi bilan bog‘liq o‘laroq Alloh taolo marhamat etadi:
«Tiriklay ko‘milgan qizdan qaiday gunoh sababli o‘ldirilgani so‘ralgan (payt)da...» (Takvir, 81/8, 9).

Hadisi sharifda kelgan «Va’dul-xofiy» - yashirin tiriklay ko‘mmoq ifodasi «Shirku’l-xofiy» - maxfiy shirk» ifodasi kabidir. Bu ifodalar azlning makrux ekaniga dalolat etmaydi. «Azl etmoq - qiz farzandini o‘ldirmoq kabidir» sharhi Abdulloh ibn Abbosning (r.a.) o‘z sharhidir va zaifdir. Chunki Ali (r.a.) uning bu so‘zlarini eshitib bo‘lgach, shunday deganlar:

«To‘l - nasl suvini rahmdan tashqari joyga to‘kmoq qiz bolani o‘ldirmoq kabi bo‘lmaydi. Chunki maniy ona rahmida shakldan shaklga o‘tib yetiladi va bola bo‘ladi. Rahmga to‘kilmagan maniydan bola bo‘lmaydi».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 12 Oktyabr 2009, 08:15:50
So‘ng Ali (r.a.) shu oyatni o‘qidilar:
«Qasamki, biz inson (Odam (a.s.)ni loy sulolasi (asli, mag‘zi)dan yaratdik. So‘ng biz uni (barcha Odam bolalarini) mustahkam qarorgoh (rahm)da nutfa (maniy) qildik. So‘ngra nutfani qon parchasi - alaqa holiga keltirdik. Laxta qondan parcha et yaratdik. Et parchasini esa suyakka aylantirdik, o‘sha suyakka et qopladik. So‘ng unga boshqa bir yaratilish (maxluq jon) ato etdik (va bir jonzod holiga keltirdik). Bas, eng go‘zal Yaratuvchi Allohning sha’ni buyuk va barokatlidir». (Mo‘‘minun, 23/12-13-14).

Buxoriy va Muslim rivoyatlariga ko‘ra, Jobir (r.a.) shunday deganlar:
«Biz Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida azl qilardik. U zot (s.a.v.) bizni bundan man’ etmagan edilar».

Yana Jobirdan (r.a.) qilingan rivoyatga ko‘ra, bir odam Rasululloqning (s.a.v.) huzurlariga keldi.

Bir joriyasi borligini, ularning o‘zlariga xizmat qilishini, lekin homila orttirishni istamasligini aytdi. Bundan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:

«Agar xohlasang, undan azl qil. Chunki qanday bo‘lmasin u uchun taqdir bo‘lgan narsa mutlaqo unga kelgusidir». (Muslim Jobirdan (r.a.) rivoyat etgan).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2009, 09:03:58
O’n birinchi adab:
Tug‘ilgan bola bilan bog‘liq bo‘lgap xatti-harakatlar, muammolar haqida.
Bu xususda lozim bo‘lgan muomala beshta:

Birinchi muomala:
O’g‘il bola tug‘ilsa, haddan tashqari sevinmaslik va qiz bola bo‘lsa xafa bo‘lmaslik. Chunki qaysi biri xayrli ekani noma’lum.

Qancha o‘g‘il ko‘rgan kishilar ularning qiz bo‘lishini orzu qilganlar.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
«Kimning bir qizi bo‘lib, uni yaxshilab tarbiyalab (o‘stirsa) yetishtirsa, uni eng yaxshi (halol rizq) bilan oziqlantirsa va Alloh taologa ehson etgan ne’matlarni undan ayamasa, o‘sha qizi uni jahannamdan uzoqlashtirish va jannatga yaqinlashtirishga vasila bo‘ladi». (Tabaroniy Abdulloh ibn Masuddan (r.a.) rivoyat etgan).

Yana shunday deydilar:
«Ikki qiziga ehsonda bo‘lgan (turmushga uzatgan)ga qizlari u kishining jannatga kirishiga vasila bo‘ladi». (Ibn Moja Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etgan).

Yana shunday deganlar:
«Ikki qizi yoki opasi yoki singlisiga ehsonda bo‘lgan  (turmushga chiqargan) bilan men jannatda xuddi shu ikki barmoq kabi birga bo‘laman». (Al-Haroitiy Anasdan (r.a.) rivoyat etgan).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2009, 09:05:02
Yana shunday deydilar:
«Kim musulmonlarning bozoridan bir narsa sotib olib, uyiga eltib, erkaklardan oldin qizlarga bersa, Alloh taolo unga (Rahmat nazari bilan) qaraydi. Alloh kimga qarasa, (Rahmat nazari tushsa) unga azob bermaydi».
(Al-Xaroitiy Anasdan (r.a.)rivoyat etgan).

Yana shunday deydilar:
«Kim bozordan tarovatli, yangi chiqqan yegulik olib, oilasiga keltirsa, ularning og‘izlari tegmay turib unga sadaqa savobi beriladi.
Ularga ulashayotganda erkaklardan avval qizlardan boshlash kerak. Chunki kim qizlarni sevintirsa, Alloh taolodan ko‘rqib yig‘lagan kishi kabi bo‘ladi.
Kim Alloxdan qo‘rqib ko‘z yosh to‘ksa, Allox taolo uning badani uchun jahannamni harom qiladi».

(Ibni Adiy Anasdan (r.a.) rivoyat etgan).

Yana shunday deydilar:
«Kimning uch qizi yoki uch opa yoki singlisi bo‘lib, ularning turmush (kechirish) og‘irligiga va tashvishlariga sabr etsa, Alloh taolo ularga bo‘lgan fazli va marhamati sababli u kishini jannatga kiritadi».
(Al-Xaroitiy Abu Xurayradan (r.a.) rivoyat etgan).

Bundan so‘ng bir odam savol berdi:
- Yo Allohning Rasuli! Ikki qizi bo‘lsa-chi? Rasululloh (s.a.v.) javob berdilar:
- Ikki qizi bo‘lsa ham shunday bo‘ladi. Kishi yana so‘radi:
- Yo Allohning Rasuli! Bir qizi bo‘lsa-chi? Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar:
- Bir qizi bo‘lsa ham, yana ayni o‘shanday bo‘ladi!
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2009, 09:05:27
Ikkinchi muomala:
Chaqaloqning qulog‘iga azon aytmoq.

Abu Rofidan (r.a.) qilingan rivoyatga ko‘ra, Hasan (r.a.) tug‘ilganda Rasululloh (s.a.v.) u zotning kuloklariga azon aytdilar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar:
«Kimning bir bolasi bo‘lsa, uning o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga qomat o‘qisa, sara (qo‘yonchiq, tutqanoq) kasalligini undan daf’ etgan bo‘ladi». (Abu Ya’lo Husayn ibn Alidan (r.a.) rivoyat etgan).

Bola gapiradigan paytga kelgach, ilk so‘zlaydigan so‘zi kalimai tavhid bo‘lishi uchun qulog‘iga: «Laa, ilaaha, illalloh!» demoq mustahabdir.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2009, 09:06:18
Uchinchi muomala:
Chaqaloqqa go‘zal ism qo‘yish. Chunki bu bolaning otasi zimmasidagi haqlaridan biridir.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«(O’g‘il bolaga) ism qo‘yayotganingizda (Abdulloh, Abdurahmon kabi) Abd bilan boshlanuvchi ismlar qo‘yingiz!» (Tabaroniy Abdulmalik ibn Abi Zuhayrdan (r.a.) rivoyat etgan).

Yana shunday deydilar:
«Alloh taologa eng sevimli bo‘lgan ismlar — Abdulloh va Abdurahmondir». (Muslim Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat etgan).

Yana shunday deydilar:
«Mening ismim bilan ism qo‘yingiz. Faqat mening kunyam (Abul Qosim) bilan kunyalanmangiz». (Ahmad ibn Hanbal va ibni Hibbon, Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etganlar).

Bolalarga ism qo‘yayotganda yaxshi, solih zotlarning ismlaridan qo‘yish kerak. Chunki, insonlar qiyomat kuni o‘sha ism va otalarining ismlari bilan chaqiriladi.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Muhaqqaqki, sizlar qiyomat kuni o‘z ismlaringiz va otalaringizning ismlari bilan chaqirilajaksiz! Bas, ismlaringizni go‘zallashtiring!» (Abu Dovud Abud-Dardodan (r.a.) rivoyat etgan).

Agar bir kishining ismi yoqimsiz, yomon bo‘lsa, o‘zgartirishi mustahab.

Rasululloh (s.a.v.) ba’zi ismlarni o‘zgartirganlar. Masalan, Os nomini Abdulloh deya almashtirganlar. Ayollar ismi bo‘lgan Burro nomini esa Zaynab deya o‘zgartirganlar.

Yana, ba’zi ismlar aytilishini man qilganlar, masalan, Aflok, Yasor, Burka va h.k.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2009, 09:06:36
To‘rtinchi muomala:
Aqiqa marosimi o‘tkazmoq. Bunda o‘g‘il bola uchun ikki jonliq va qiz bola uchun bir jonliq so‘yiladi. Jonlining erkak yoki urg‘ochi bo‘lishining zarari yo‘q.

Termiziyning Alidan (r.a.) rivoyatiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) Hasan (r.a.) uchun qilingan aqiqada bir qo‘y so‘yganlar.

Bundan anglashilmoqdaki, o‘g‘il bola uchun ikki jonliq o‘rniga bitta so‘yilsa ham joiz.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning sochi olinib, tortiladi va soch og‘irligicha oltin yoki kumush yoki bularga teng miqdorda pul sadaqa qilinadi.

Al-Hokimning Alidan (r.a.) rivoyatiga ko‘ra, Husayn (r.a.) tug‘ilgach, yettinchi kuni Rasululloh (s.a.v.) qizlari Fotimaga (r.a.) o‘g‘lining sochlarini olib tortishni va og‘irligi mikdorida oltin yoki kumush sadaqa qilishni amr etdilar.

Oishadan (r.a.) rivoyatga ko‘ra, aqiqa uchun so‘yilgan jonliqning suyaklari sindirilmaydi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2009, 09:06:54
Beshinchi muomala:
Xurmo yoki biror shirinlik bilan chaqaloqning og‘ziga tutiladi.

Asmo binti Abu Bakr (r.a.) shunday deganlar:
«Abdulloh ibn Zubayrni Quboda tuqqan edim. Uni Rasululloh (s.a.v.) huzuriga olib bordim. U zot bir xurmoga duo o‘qidilar. So‘ng uni og‘izlariga solib chaynadilar. Keyin uni bolaning tomog‘iga surttilar va barokatli bo‘lishi uchun unga duo qildilar».

Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) Islom jamiyatida ilk tug‘ilgan boladir. Shu sababdan hamma sevindi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2009, 09:07:46
O’n ikkinchi adab:
Ajrashmoqka aloqador hukmlarni bilmoq haqida. Shuni ham yaxshi bilish kerakki, ajrashish muboh bo‘lishi bilan birga Alloh taoloning huzurida eng sevimsizdir.

Alloh taolo marhamat etadi:
«Agar sizga itoat etishsa, endi ularga (xotinlaringizga) qarshi boshqa biror dalil axtarmang!» (Nisa, 4/34).

Abdulloh ibn Umar (r.a.) shunday deganlar:
«Mening nikohimda bir xotinim bor edi. Men uni juda yaxshi ko‘rardim. Otam esa uni hech yoqtirmasdilar. Va uni (ba’zi fe’li uchun) qo‘yib yuborishimni aytdilar. Men Rasululloh (s.a.v.) oldiga borib ahvolni anglatdim. Rasululloh (s.a.v.) menga buyurdilar.
- Ey Umarning o‘g‘li! Xotiningni qo‘yib yubor!»
(Termiziy Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat etgan).

Ayol erini, oila ahlini xafa qilishi va ularga aziyat berishi badfe’llik, badxulqlik sanaladi. Alloh taolo marhamat etadi:
«...O’sha (xotin)larni uylardan (haydab) chiqarmanglar. Va o‘zlari ham chiqmasinlar. Illo, fahsh ishni qilsalargina chiqariladilar». (Taloq, 65/1).

Agar aziyat yetkazuvchi taraf erkak bo‘lsa, xotin mol berib o‘zini ajratib olishga haqqi bor.

Erkak kishi mahr qilib bergan narsadan ziyodasini olishi makruhdir.

Xotin agar sababsiz ajrashmoq istasa, gunohkor bo‘ladi. Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
«Hech kanday sababsiz eridan ajrashmoqchi bo‘lgan xotin jannatning hidini ham ololmaydi». (Abu Dovud va Termiziy Savbondan (r.a.) rivoyat etganlar).`
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2009, 09:08:06
Xotini ajramoqni so‘ragan kishi esa shu to‘rt xususga rioyat etishi kerak:

Birinchi xusus:
Xotinini hayzli bo‘lmagan pok holida qo‘yishi va shu muddat ichida jimo qilmasligi kerak.

Abdulloh ibn Umar (r.a.) xotinini hayzli holda qo‘ygandilar.

Rasululloh (s.a.v.) bu holni bilganlarida Abdullohning otasi Umarga (r.a.) murojaat qilib, shunday dedilar:
«Yana unga qaytishini (o‘g‘lingga) buyur. Toki, poklansin. So‘ngra, yana hayz ko‘rsin. So‘ngra, takror poklansin. Keyin xohlasa uni qo‘yar, xohlamasa, (ajrashmay) yonida olib qoladi». (Buxoriy va Muslim Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat etganlar).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2009, 09:08:20
Ikkinchi xusus:
Xotinidan ajrashmoqni istagan kishi uni darhol «uch taloq» bilan qo‘ymasdan bir taloq bilan qo‘yishi kerak. Chunki bir taloq bilan qo‘ygan kishi pushaymon bo‘lib, xotinini qo‘ymoqdan voz kechsa, yana unga qaytmoq va nikohni yangilamoq haqqi bo‘ladi.

«Uch taloq» aytib, so‘ngra pushaymon bo‘lsa, xotiniga qaytish yo‘li bekiladi.

Faqat ajrashgan xotin boshqaga turmushga chiqib, eri vafot etsa yoki kelishmay ajrashsa, o‘shanda yana eski - sobiq eri bilan turmush qurishga haqqi bo‘ladi.

Aks holda «Sulhli oila (nikoh)» va hulla dinimizda harom qilingan. Ajrashmoq uchun uch taloq alohida-alohida zamon (vaqt)da va makon (joy)da bo‘lishi kerak. Bir joyda va ayni vaqtda uch taloqni birdan bermoq joiz bo‘lish bilan birga makruh.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2009, 09:09:00
Uchinchi xusus:
Ajramoqchi bo‘lgan kishi xotinini haqorat qilmasdan, kamsitmasdan va ko‘nglini og‘ritmasdan madaniy bir holda ajrash kerak.

Alloh taolo marhamat etadi:
«O’sha xotinlarni foydalantiringiz!» (Baqara, 2/236).

Alloh taolo nikohda fazilat, boylik va barokat borligini bildirganidek, o‘rniga ko‘ra, ajrashishda fazilat va barokat borligini ham aytgan.

Alloh taolo marhamat etadi:
«Oralaringizdagi bevalarni, bo‘ydoqlarni va qulu cho‘rilaringizning yaxshi (solih)larini uylantiring (nikohlab qo‘ying). Agar faqir bo‘lsalar, Alloh ularni lutfi, fazlu karami bilan boy-badavlat qilur. Alloh (karami) keng, o‘ta olim (ya’ni juda ham, juda ham bilguvchi) Zotdir». (Nur, 24/32).

Yana shunday deydi:
«Agar (er-xotin) ajrashadigan bo‘lsalar, Alloh ularning har ikkisini ham O’zining fazli bilan behojat qilib qo‘ygay». (Niso 4/130).

To‘rtinchi xusus:
Xoh oilalik (nikohlik) muddatida va xoh ajrashgandan so‘ngra bo‘lsin, ayolning sirini oshkor qilmaydi. Chunki ayollarning sirli (maxfiy, yashirin) jihatlarini boshqalarga ochish Alloh taolo huzurida katta gunohdir.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Oktyabr 2009, 09:15:08
ERNING XOTIN ZIMMASIDAGI HAQ-HUQUQLARI

Imom Shofe’iyga ko‘ra, nikoh aqdi bir tur xizmatchilik shartnomasi kabidir. Shu sababli xotin erga itoat etishi kerak.

Faqat Alloh taologa qarshi gunoh ishga buyurilsa, erga itoat etishi kerak emas.

Boshqa xususlarda erini mamnun qilishi jannatga kirishiga vasila bo‘ladi.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Eri o‘zidan rozi bo‘lgan holida o‘lgan ayol jannatga kirgay». (Termiziy Ummu Salamdan (r.a.) rivoyat etgan).

Aytishlariga karaganda, bir odam sayohatga chiqdi. Chiqayotganda xotiniga yuqori qavatdan pastki qavatga tushmasligini aytib, ogohlantirdi. Pastki qavatda otasi yashardi. Otasi xastalandi. Ayol Rasulullohga (s.a.v.) elchi yuborib, otasining yoniga tushishga izn so‘radi.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Erga itoat etish va ahdga sodiq bo‘lish, vafo qilish kerak»

Bu orada otasi vafot etdi. Uni dafn qildilar.

So‘ng Rasululloh (s.a.v.) o‘sha ayolga elchi yubordilar va eriga itoati sababli Alloh taolo otasini afv etganini va dunyodalik paytida qilgan xato-kamchiliklarini kechirgani to‘grisida xabar berdilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Oktyabr 2009, 09:15:34
Yana Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
«Ayol besh vaqt namoz o‘qib, bir oy ro‘zasini tutsa, farjini qo‘risa va eriga itoat etsa Parvardigorining jannatiga kiradi». (Ibn Hibbon Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etgan)

Islom shartlaridan so‘ngrayoq erga itoatni zikr etgan.

Yana Rasululloh (s.a.v.) ayollardan so‘z ochib, ular haqida shunday deganlar:
«Ular homilador bo‘lganlardir. Ko‘z yorganlardir. Emizganlardir. Farzandlariga ko‘p marhamat qilganlardir. Erlariga qarshi adabsizlik qilmasalar, namoz o‘qiganlari jannatga kiradilar».

Yana shunday deganlar:
«Jahannamlik (odam)lardan (xabardor etildim) voqif bo‘ldim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, do‘zax ahlining ko‘pchiligi ayollardir!» (Buxoriy va Muslim Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etganlar).

Yana Rasululloh (s.a.v.) bildirishlariga ko‘ra, jannatiylarning juda ozi ayollardir. Chunki pul va bezakli liboslar ularning ko‘pchiligini solih amal qilishdan qoldirgan.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Oktyabr 2009, 09:16:07
Abdulloh ibn Abbosning (r.a.) aytishlariga ko‘ra, bir ayol Rasulullohning (s.a.v.) muborak huzurlariga kelib dediki:

«Men tul xotinman. Va turmush qilmoq istayman. Erning xotini (zimmasi)dagi haq-huquqlari nimalardan iborat?»

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar:
«Erning xotini zimmasidagi haq-huquqlaridan biri - uning nafsidan murodini olmoqni istagan vaqtida, tuyaning ustida (mingan) (holda) bo‘lsa ham, uni man’ (rad) etmasligidir.
Yana uning haqlaridan biri, erining iznisiz uyidan biror narsani boshqaga bermaslik, agar bersa, gunohi xotinning zimmasiga, savobi esa erga bo‘ladi.
Erning haqlaridan yana biri, xotin erining iznisiz nafl ro‘za tutmasligidir.
Erining iznisiz uyni tark etib, chiqqan xotinga uyiga qaytgunicha yoki tavba qilgunicha farishtalar la’nat aytib turadilar».
(Bayhaqiy Abdullohibn Umardan (r.a.) rivoyat etgan)

Yana shunday deydilar:
«Agar bir kishiga sajda etish mumkin bo‘lsa edi, zimmasidagi haqqining buyukligi tufayli xotinni eriga sajda etishga buyurgan bo‘lardim». (Termiziy va ibn Xibbon Abu Xurayradan (r.a.) rivoyat etganlar).

Yana shunday deydilar:
«Uyining tubida (chetida, burchida) bo‘lsa ham, uyining o‘rtasida bo‘lsa ham ayolning Parvardigor rizosiga eng yaqin o‘laroq o‘qigan namozi jome’da (jamoat bilan) o‘qilgan namozdan yanada fazilatliroqdir». (Ibn Hibbon Abdulloh ibn Ma’suddan (r.a.) rivoyat etgan).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Oktyabr 2009, 09:16:31
Yana shunday deydilar:
«Ayol avrat (zaif va qusur)lidir. Tashqari chiqishi bilan shayton uni nazorat ostiga oladi. (Uni nazorat qilishni shayton qo‘liga oladi)».
 
Yana shunday deydilar:
«Ayolning o‘n avrati (zaifligi va qusurlari) bor. Turmushga chiqqan vaqtida eri uning bir qusurini yopadi. O’lganda esa, qabr uning o‘n qusurini bekitadi». (Tabaroniy, Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etgan).

Erning xotin zimmasidagi haqlari juda ham ko‘p. Fakat eng muhimlari ikkita:

Birinchi haqqi - nomusini qo‘rimoq va mahramiyatga ergashmoqdir.

Ikkinchi haqqi - luzumsiz (keraksiz, shart bo‘lmagan) istak-xohishlarni tark etmoq va erining halol rizq topishida yordamchi bo‘lmoqdir.

Salafi solihiyn davrida ayollar shunday edilar.

Erkak ishiga borish uchun uyidan chiqar ekan, xotini yoki qizi unga shunday der edi:
«Harom qozonmoqdan saqlaning! Chunki biz ochlikka va iztirobga sabr etamiz. Faqat jahannam oloviga (azobiga) chiday olmaymiz!»
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Oktyabr 2009, 09:16:46
Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Erining uyidan boshqalarga yedirishi xotin uchun halol bo‘lmaydi. Faqatgina erining izni bilan yedirishi mumkin. Faqat o‘zlaridan ziyoda va boshqalarga yedirmagan xolda buzilishidan qo‘rqilgan toza yeguliklarni ikrom etishi mumkin. (Ya’ni uvol bo‘lishidan - ortib qolishidan xavotirlanilgan, behuda isrof bo‘lishidan qo‘rqilgan tarovatli, pokiza, yangi, ziyoda taomlari bilan siylashi mumkin). Agar erining rizoligi, ruxsati bilan yedirsa, o‘zi ham eri qozongan savobiga erishadi. Agar erining izni bo‘lmasdan yedirsa, u taqdirda ularning savobi eriga tegadi. Gunohi esa xotinning zimmasiga bo‘ladi». (Bayhaqiy Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat etgan)

Turmushga chiqadigan kizning ota-onasi unga odobi muosharatni - eri bilan yaxshi muomalada bo‘lishni o‘rgatishi lozim.

Aytishlariga karaganda, Asmo binti Horisa qizini turmushga chiqarar ekan, unga shu tavsiyalarni berganlar:

«Qizim! Sen endi o‘zing o‘rganib qolgan uyingdan chiqib, hali notanish, yangi bir uyga bormoqdasan.
Sen unga yer-zamin bo‘lki, u senga osmon bo‘lsin! Sen unga beshik bo‘lki, u senga tirak bo‘lsin!
Sen undan uzoq bo‘lmaki, u senga yaqin bo‘lsin! U senga yaqin bo‘lsa, sen unga yanada yaqinroq bo‘l!»
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 14 Oktyabr 2009, 09:17:17
Ayol eriga go‘zalligi bilan maqtanmasligi kerak. Uning chirkinligini, xunukligini ham yuziga solmasin.

Al-Asmoiyning aytishlariga qaraganda, o‘zlari bir qishloqqa bordilar. U yerda gul yuzli, oy chehrali, go‘zal bir ayol diqqat-e’tiborlarini tortdi. Insonlar orasida eng xunuk suratli bir kishi bilan turmush qurgandi.

Usha ayolga dedilarki:
«Siz shunday xunuk kishining nikohi ostida yashamoqqa rozimisiz?»
Ayol bunday dedi:
«Yo falonchi! Jim bo‘ling! So‘zlamang. Siz naqadar yomon, qanchalar xunuk so‘zladingiz.

Balki u bilan Parvardigori orasidagi munosabat juda yaxshi bo‘lgani uchun mukofot sifatida meni unga loyiq ko‘rgandir!

Yoki men bilan Rabbim orasidagi munosabat juda yomon bo‘lgani uchun jazo sifatida meni unga loyiq ko‘rgandir! Alloh taoloning rizosi bo‘lgan narsaga men rozi bo‘lmayinmi?!»

Muoz ibn Jabal (r.a.) rivoyatiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Hech bir xotin dunyoda eriga aziyat bermasin!»

Ayolga kerak bo‘lgan nikoh haqlaridan biri ham eri o‘lgan vaqtda to‘rt oyu o‘n kunlik idda muddatiga rioyat etishi va bu fursat ichida bezanmasligidir.

Yana ayol kuch-qudrati yetguni qadar uyning barcha ishlarini ado etmoqqa harakat qilishi va saranjom-sarishtalikka, poklikka e’tibor va amal etishi kerak bo‘ladi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:31:48
IKKINCHI KITOB

SHAHVATNING KESILISHI (NAFS TARBIYASI)

Bismillahir rohmanir rohiym
Alhamdulillah. Vassolatu vassalamu a’la Rasululloh!


Yuksaklik, oliylik va buyuklik sifatlari faqat O’ziga oid bo‘lgan, hamd, taqdis va tasbiyhga mustahaq Alloh taologa hamd bo‘lsin!

Adolatni saqlovchi - Udir.

Barcha ishlarida qullarini ko‘zlagan Mehribon, ularning rizqlariga kafil bo‘lgan Udir.

Qullarini hidoyatga yetkazgan va yetkazuvchi Udir.

U o‘ldiruvchi, yashatguvchi - hayot baxsh etuvchidir.

Xastalarga shifo beruvchi Udir.

Zaiflarga quvvat - qudrat berguvchi Udir.

Qullariga muvaffaqiyat ato etguvchi Udir!

Qullarini yediruvchi, ichiruvchi, halokatdan qutqaruvchi Udir!

Qullariga qanoat berguvchi — oziga rozi etguvchi va shu tariqa o‘ziga yaqin qiluvchi Udir!

Qullariga yordam berib tomirlarini - shayton kezguvchi yo‘llarni tang aylovchi, ularning nafsoniy xohish-istaklarini, shahvatlarini tiyguvchi va shu tariqa undan kelajak yomonlikni qullaridan uzoqlashtiruvchi, so‘ng esa qullarini O’ziga yaqinlashtiruvchi va ularni taqvo sohibi qiluvchi Udir.

U quli lazzat deb bilgan va orzulagan narsalarni ehson etguvchidir.

U qullariga endirgan turli yaxshiliklar va yomonliklar bilan ularni imtihon etuvchi, amr va taqiqlari ijrosini ta’qib aylovchidir.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:32:17
Duoi salom Uning quli va payg‘ambari Muhammad Mustafoga (s.a.v.), u zotning ol va ashobiga va bu yo‘lda ketganlarga bo‘lsin!

Bundan so‘ng deymanki, Odam bolasini halok etguvchi narsalarning eng ulkani me’da shahvati (eb-ichish istagi)dir.

Alloh taolo xuddi shu sabab tufayli Odamni (a.s.) va Havoni saodat vatani - Jannatdan chiqarib, zillat va faqirlik yurti - Dunyoga tushirib qo‘ydi. Chunki ular ta’qiqlangan mevadan yeb qo‘ydilar. Ularni bu xatoga me’da shahvati yo‘lladi.

Qat’iyan ma’lum bo‘lmoqdaki, me’da - shahvat va xohish-istaklarning bosh manbaidir. Balo va musibatlarning asosiy sababchisidir.

Buning ketidan farjning istaklari va jimo uchun shiddatli mayl keladi.

So‘ng esa, mol va maqom (mansab) sevgisi (havasi) keladi. Keyin mol olish, mol sotish, mol to‘plash va turli shunga o‘xshash mayllar keladi.

So‘ngra bularning orasidan riyo (o‘zini ko‘rsatish), maqtanish, kibrlanish, buyuklanish - ulug‘lik ofatlari paydo bo‘ladi.

Keyin, kin, hasad, dushmanlik va g‘azab o‘rtaga chiqadi.

So‘ng bu badxulqlikning barchasi sohibini yomonlikka - buzuqlikka, yo‘ldan ozishga va fahshiyatga boshlaydi.

Mana shularning barchasi me’dani to‘ydirishning samarasi sifatida maydonga keladi.

Qul agar nafsini ochlik bilan tarbiya etib, xor qilsa, shayton o‘tadigan tomirlarni toraytirgan bo‘ladi. Shu tariqa yo‘ldan ozmas va Alloh taologa itoat yo‘liga kiradi. Dunyoga ahamiyat bermasdan oxirat uchun ozuqa to‘plaganlar afzal ko‘riladi...
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:33:12
OCHLIKNING FAZILATI VA TO’QLIKNING YOMONLIGI

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Nafslaringizga qarshi ochlik va suvsizlik bilan mujohada etingiz. Chunki bu xususdagi savob Alloh taolo yo‘lida jang qilgan mujohidning savobi kabidir.
Alloh taolo uchun ochlik va suvsizlikdan sevimliroq amal yo‘q».


Yana shunday deganlar:
«Qornini tiqib-bosib to‘ldirgan kishi ko‘klarning malakuti (saltanati)ga erisholmas».

Yana shunday deydilar:
«Amallarning janobi (xojasi) — ochlikdir. Nafsning zillati esa - jun libosdir».

Deyildiki:
«Yo Rasululloh! Insonlarning eng fazilatlisi kim?»
Rasululloh (s.a.v.) shunday javob berdilar:
«Yeyishini ozaytgan, kulishini kamaytgan va satri avratini yopadigan kiyimga rozi bo‘lgan».

Abu Said al-Xudriyning rivoyatiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Kiyingiz, yengiz, ichingiz. Chunki bu payg‘ambarlikdan bir juzdir».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:33:49
Hasan (r.a.) rivoyatiga ko‘ra, Rasululloh shunday deganlar:
«(Alloh taoloni, U Zotning buyukligini, oliyligini) o‘ylamoq (tafakkur qilmoq) - ibodatning yarmidir. Oz yemoq esa ibodatning (asli) - o‘zidir».

Yana shunday deydilar:
«Alloh taolo xuzurida qiyomat kuni sizning eng ustun darajada bo‘lganingiz, eng uzoq, eng ko‘p och qolganingiz va Alloh taoloni eng ko‘p o‘ylaganingizdir. (Tafakkur va zikr qilganingizdir).
Yana Alloh taolo huzurida qiyomat kuni sizning eng sevimsiz bo‘lganingiz, kun bo‘yi ko‘p uxlaydiganingiz, ko‘p yeydiganingiz va ko‘p ichadiganingiz».


Bayhaqiyning Oishadan (r.a.) qilgan rivoyatiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) ba’zan istamaganlari holda och qolardilar.

Ibni Adiyning «Al-Komil» asarida bildirilishicha, Alloh taolo yeyish-ichishini kamaytirgan kullari bilan farishtalarga faxrlanar va ularga jannatda yuksak darajalar ato etar ekan.

Rasululloh (s.a.v.) yana shunday deganlar:
«Ko‘p yeb-ichish bilan ko‘ngillarni o‘ldirmangiz. Chunki ko‘ngil ekin (kabi)dir. Ular ko‘p sug‘orilsa, o‘ladi».

Yana shunday deydilar Rasululloh (s.a.v.):
«Odam bolasi me’dasidan ko‘ra yomonroq bir qopni to‘ldirmagan. Belini tik tutishi uchun odam farzandiga bir nechagina luqma yetarlidir.
Agar mutlaqo shunday qiladigan bo‘lsa, me’dasini uch qismga ajratsin:
Uchdan birini yeyish, uchdan birini ichishi uchun, uchdan birini esa nafas uchun (bo‘sh qoldirsin)».


Usoma ibn Zayd va Abu Hurayradan (r.a.) qilingan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
«Qiyomat kuni Alloh taologa odamlarning eng yaqin bo‘lgani - dunyoda ochligi, suvsizligi va g‘am-tashvishi, qayg‘usi ko‘p, uzun bo‘lganidir».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:34:32
Iyso (a.s.) marhamat etadilar:
«Ey havoriylar! Me’dalaringizni och qoldiringiz!
Vujudlaringizni (hashamatli liboslardan) holi qo‘yingiz (engil qilingiz!) Umid qilinurki, bu ish harakatingiz bilan Alloh taoloni ko‘rursiz!»

Aytilishicha, Tavrotda shunday yozilgan:
«Shubhasizki, Alloh taolo qorni katta (semiz) olimni sevmaydi (yoqtirmaydi). Chunki semizlik g‘aflatga va ko‘p yemoqqa dalolat etadi. Bu esa yomon hol. Ayniqsa, olimlar uchun yomon».

Xabarda kelishicha, Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
«Shubhasizki, qorni to‘q holda yemoq ustiga yemoq olachipor kasalligiga sabab bo‘ladi».

Yana shunday deydilar:
«Mo‘min birgina me’daga yeydi. Munofiq esa yetti me’daga yeydi».

Ya’ni, yetti barobar ko‘p ishtaha bilan yeydi. Chunki bu yerda zikr etilgan me’da - shahvatga kinoyadir.

Oishadan (r.a.) kilingan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) yana shunday deganlar:
«Ochlik va suvsizlik bilan jannat eshigini chertingiz. Sizga ochiladi!»
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:34:58
Yana shunday deganlar:
«Qiyomat kuni odamlarning eng uzoq och qolganlari dunyodagi paytida eng ko‘p to‘q bo‘lganlaridir».

Anas (r.a.) aytishlariga karaganda, Fotima (r.a.) bir kun Rasulullohga (s.a.v.) biroz non ushog‘i, talqon keltirdilar.
- Bu talqon nimadan qilingan? - deya so‘radilar Rasululloh (s.a.v.).

Fotima (r.a.) esa non tolqoni ekanini aytdi. Bundan so‘ng Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar:
«Shubhasizki, bu uch kundan beri otangiing og‘zidan ichiga kirayotgan ilk taomdir».

Abu Hurayraning (r.a.) aytishlariga qaraganda, Rasululloh  (s.a.v.) bu dunyodan ayrilgunlariga qadar qorinlarini ketma-ket uch kun bug‘doy noni bilan to‘ydirmaganlar.

Rasululloh (s.a.v.) yana shunday deganlar:
«Shubhasizki, bu dunyoda och bo‘lganlar oxiratda to‘q bo‘lganlardir». (Abu Muaym «Hilya»da Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etgan).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:35:17
Umar (r.a.) deydilarki:
«Me’dani tiqib, bosib to‘ldirmoqdan saqlaning! Chunki bu yashaganda og‘ir. O’lganda badbo‘y (bo‘ladi)!»

Shaqiyqi Balxiy hazratlari shunday deganlar:
«Qulluq qilmoq bir san’at. Uning do‘koni - yolg‘izlik. Dastgohi (ish quroli) - ochlikdir».

Luqmon (a.s.) o‘g‘liga shunday nasihat berganlar:
«O’g‘ilginam! Bolajonim! Me’da to‘lganda, fikr uxlaydi. Hikmat tilsizlashadi. Barcha a’zo ibodatdan qoladi».

Fuzayl ibn Iyoz o‘z nafsiga murojaat etadilarki:
«Ey nafsim! Sen mendan qo‘rqyapsan! Och qolmoqdan qo‘rqyapsanmi? Bu xususda qo‘rqma! Sen Alloh taolo huzurida bir yengil narsasan».

Muhammad (s.a.v.) va ashobi ham och qolardilar. Faqat ular shivirlashib, shunday derdilar:
«Yo Rabbiy! Sen meni och va yalang‘och qoldirding. Yo Rabbiy! Qay vasila bilan meni yetkazgan maqomingga yetkazding?!»
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:35:36
Fatxi Musuliy xastalik va ochlik shiddati ortganda shunday deganlar:
«Yo Rabbiy! Meni xastalik va ochlik bilan imtihon etding. Sen valiy qullarni shunday imtihon qilar eding.
Yo Rabbiy! Mening qay amalimning mukofoti sifatida bu ne’matni menga ehson aylading?!»

Tavrotda shunday bir oyat bor:
«Alloh taolodan qo‘rq! To‘yishing bilan ochlarni xotirla!»

Abu Sulaymon shunday deganlar;
«Oqshom taomidan bir luqmani tark etishim — men uchun tonggacha ibodat qilmog‘imdan sevimliroqdir!»

Abu Sulaymon yana shunday deganlar:
«Ochlik - Alloh huzurida Uning xazinalaridan bir xazinadir. Ochlikni faqat sevgan kishilariga beradi».

Sahl ibn Abdulloh Tustariy uzoq vaqt hech narsa yemasdan och qolardilar va shunday derdilar:
«Dunyo va oxirat uchun ochlikdan foydaliroq narsa yo‘q!»

Yana shunday derdilar:
«Oxiratni talab etguvchilar uchun to‘ymoqdan zararliroq narsani bilmayman».

Yana shunday derdilar:
«Ochlikda ilm va hikmat topdim. To‘qlikda Alloh taologa qarshi gunoh va johillik ko‘rdim».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:36:08
Hadisi sharifda bildirilishiga ko‘ra:
«Me’daning uchdan biri yemoq uchun taxsis etilishi kerak. Bundan ko‘pini yegan kishi o‘z savoblaridan yegan bo‘ladi».

Yana shunday derdilar:
«Ko‘k yuzidan yer yuziga endirilgan barcha yaxshiliklarning boshi ochlikdir. Yer-ko‘k orasidagi barcha yomonliklarning boshi esa to‘qlikdir».

Yana shunday derdilar:
«Kim nafsini och ko‘ysa, vasvasa ham tinch qo‘yar».

Yana shunday derdilar:
«Bilingizki, bu zamonda hech kim ozodlikka - najotga erisholmas. Faqat bundan nafsini jilovlagan, ochlik, tongda uyg‘oq bo‘lish va mujohada bilan nafsini o‘ldirganlar mustasnodir».

Hikmat ahlidan bo‘lgan bir zotdan so‘rashdi:
«Qaysi bog‘ bilan nafsimizni bog‘laylik?»
Ul zot shu javobni berdilar:
«Uni ochlik va suvsizlik bog‘i bilan bog‘lang!»

Abu Bakr ibn Abdulloh al-Muzaniy shunday demishlar:
«Uch xildagi kishilar borki, Alloh taolo ularni sevadi. Bular oz uxlovchi, oz yeyuvchi, oz dam oluvchi - oz rohatlanuvchi kishilardir».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:36:24
Rivoyat etilishicha, Iyso (a.s.) oltmish kun biror narsa yemasdan bir yerda qolib, tonglar Alloh taologa munojotda bo‘lardilar.

Bir kun yodlariga non keldi va darhol Alloh taolo bilan bo‘lgan bog‘lanish uzildi, munojot to‘xtadi.

Shu onda oldilarida bir non ko‘rdilar. Shu non tufayli munojot to‘xtaganidan kayg‘urib yig‘lay boshladilar. Bu payt oldilarida bir keksa kishi paydo bo‘ldilar. Iyso (a.s.) u zotga dedilarki:

«Ey Alloh taoloning valiy bandasi! Haq taolo sizni muborak aylasin.

Men uchun Alloh taologa duo qiling. Chunki men Alloh taolo bilan munojot holida ekanman, yodimga non keldi va oramizdan munojot uzildi».

Bundan so‘ng keksa kishi duo kildilar:

«Yo Rabbiy! Seni tanigan kunimdan buyon agar yodimga non kelganini biladigan bo‘lsam, meni mag‘firat qilma!»

Deyiladiki, Alloh taolo munojot uchun Musoni (a.s.) Tur tog‘iga chorlaganda Muso (a.s.) ilohiy huzurga chiqmasdan avval qirq kun yemoqni tark aylab, nafsini tarbiya etgan ekanlar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:36:47
OCHLIKNING FOYDALARI, TO’QLIKNING ZARARLARI

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Ochlik va suvsizlik bilan nafslaringizga qarshi mujohada etingiz. Chunki bunda savob va mukofot bor».

Alloh taolo nafslarini ochlik bilan tarbiya qilguvchilarning imon darajalarini yuksaltiradi:
«Orangizda imon keltirganlarning va ilm ato etilganlarning darajalarini Aldoh taolo yuksaltadi».

Ochlikda o‘n turli foyda bor.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:37:18
Birinchi foyda:
To‘q bo‘lmaslik. Chunki to‘qlik ko‘ngilni ko‘r qiladi.

Tez anglash qobiliyatiga va tushunchani tez anglanishiga to‘siq qo‘yadi. Hatto haddan ziyod ovqatlansa, bolaning xotirasi zaiflashadi. Zehni o‘tmaslashadi.
Tushinish qobiliyati sustlashadi.

Abu Sulaymon ad-Daroniy deydilarki:
«Ochlikka ahamiyat bering. Chunki ochlik nafsni xor qiluvchi, ko‘ngilni nazokatli va ilohiy ilmga muvaffaq etuvchi bir hodisadir».

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Oz kulmoq va oz to‘ymoq bilan ko‘ngillaringizni tiriltiring! Yana ochlik bilan ko‘nglingizni poklangiz!»

Yana shunday deydilar:
«Kim qornini ochiqtirsa, uning fikri-o‘yi, tushunchasi buyuk bo‘ladi. Ko‘ngli esa uyg‘oq bo‘ladi».

Yana shunday deydilar:
«Har narsaning zakoti bor. Vujudning zakoti esa ochlikdir».

Shibliy deydilarki:
«Alloh taolo uchun bir kun och qolsam, ko‘nglimga hikmatdan bir eshik ochilayotganini ko‘rdim».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:37:37
Bilmoq kerakki, ibodatdan maqsad Alloh taoloni tanimoqqa yetishtiruvchi tushunchani qo‘lga kiritmoq va ilohiy haqiqatlarni ko‘rmoqdir.

To‘klik bu eshikni yopadi. Ochlik esa bu eshikni ochadi.

Alloh taoloni tanimoq - jannat eshiklaridan bir eshikdir.

Shu sababli Luqmon (a.s.) o‘g‘liga shunday maslahat berdilar:
«O’g‘ilginam! Me’da to‘lganda, fikr uxlaydi. Hikmat tilsiz va sag‘ir bo‘ladi. A’zolar ibodatdan qoladi».

Boyazid Bistomiy hazratlari shunday deydilar:
«Ochlik - bir bulutdir. Qul och qolganda, uning ustiga hikmat yog‘diradi».

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Hikmat nuri - ochlikdir. Alloh taolodan uzoqlashmoq - to‘qlikdir. Alloh taologa yaqin bo‘lmoq bechoralarni - ko‘ngli yarimlarni sevmoq va ularga yaqin bo‘lmoqdir. To‘yib, tiqib-bosib yemangiz. Chunki ko‘nglingizdagi imon nurini so‘ndirgan bo‘lursiz. Kim yemoqdan oz, yengil tunasa, huriylar ham tonggacha uning atrofida kechani o‘tkazadilar (kechiradilar)».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:37:52
Ikkinchi foyda:
Ko‘ngil pokligi.

Ko‘ngilning nozik, sof bo‘lishi lazzatlarni tushunishga zamin hozirlaydi. Agar ko‘ngil qattiq bo‘lsa, go‘yo lazzatlar bilan uning orasida parda borday idrok etmoqdan ojiz bo‘ladi. Me’daning bo‘sh bo‘lishi turli zavq va lazzatlarning o‘rtaga chiqishining asosiy sababidir.

Abu Sulaymon ad-Daroniy shunday deganlar:
«Ochlik tufayli qornimning yopishishi men uchun ibodatga vasila bo‘lgan eng totli narsadir».

Yana shunday deganlar:
«Ochiqqan va suvsagan vaqt ko‘ngil yosharadi va nazokatli bo‘ladi. To‘yganda esa ko‘rlashib, qattiq va dag‘al bo‘ladi».

Junayid Bag‘dodiy deydilarki:
«Sizdan biringiz ko‘ksi bilan o‘z nafsi orasiga ochlikni qo‘ysa, Alloh taologa qilgan munojotning totliligini va zavqini idrok etadi».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 15 Oktyabr 2009, 09:38:16
Uchinchi foyda:
Alloh taologa qarshi yo‘ldan ozishning boshlanishi bo‘lgan ko‘ngilxushlik, nash’a, yengiltaklikning zavoli ochlik bilan mumkin bo‘ladi.

Inson o‘z nafsining zillatini va ojizligini ko‘rmasa, Alloh taoloning yuksakligini va kahrini ham ko‘rolmaydi.

Uning saodati faqat o‘z nafsini zillat va ojizlik nazari bilan ko‘rmoq, Rabbini izzat va qahr nazari sohibi deya bilmoq bilan bo‘ladi.

Bu sabab tufayli inson doimo me’dasi bo‘sh holda mushohadaga hozir bo‘lishi kerak.

Xuddi shu sabab tufayli barcha dunyo xazinalari Rasulullohga (s.a.v.) ko‘rsatilganda u Zot (s.a.v.) shunday dedilar:
«Yo‘q! Bil’aks, men bir kun och bo‘laman, bir kun to‘q. Och bo‘lganimda sabr etaman va Alloh taologa yolvoraman. To‘q bo‘lganimda ham shukr etaman».

Me’da va farj - jahannam eshiklaridan bir eshikdir. Uning asli to‘qlikdir.

Kim jahannam eshiklaridan bir eshikni yopsa, u uchun jannat eshiklaridan bir eshik ochiladi. Chunki bular mashriq va mag‘rib kabi qarama-qarshidir.

Biriga yaqinlashmoq, ikkinchisidan uzoqlashmoq bo‘ladi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Oktyabr 2009, 08:47:12
To‘rtinchi foyda:
Alloh taoloning balo va azobini unutmaslik. Odam bolasi balo va musibatga uchragan kishilarni ko‘rib, hollaridan ibrat olishi kerak. To‘q bo‘lgan kishi ochlikni va och kishilarni unutadi.

Och kishi esa, ochqagan va suvsagan paytida qiyomat kun mahshargohda barcha odamlar suvsizlikdan qiynalayotganini va jahannam ahlining ochligini o‘ylaydi, ibratlanadi.

Dunyoda zillat, xastalik, balo va musibat chekmagan kishi oxirat azobini unutadi.

Aqlli kishi dunyo va oxirat musibatlarini solishtirib, o‘zini oxirat azobidan qutqaradigan amallar qilmog‘i kerak.

Rasululloh (s.a.v.) bildirishlariga ko‘ra, dunyodagi balo va musibatlarning eng shiddatlisi payg‘ambar, avliyo va solih qullar boshiga keladi.

Misrda qurg‘oqchilik boshlanganda Yusufga (a.s.) deyildiki:
«O’lkaning barcha xazinalari sizning qo‘lingizda bo‘lgani holda nechun och qolmoqdasiz?»
U Zot (a.s.) shunday javob berdilar:
«O’zim to‘yib, ochlarni unutib qo‘yishdan qo‘rqaman».

Ochlik Janobi Hakning rahmatini va Uning mahluqotiga shafqatni eslatadi.

To‘q bo‘lgan kishi g‘aflat ichida bo‘ladi va och kishining iztirobini anglamaydi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Oktyabr 2009, 08:47:32
Beshinchi foyda:
Ochlikda gunoh va xohishlarning barchasi sinadi. Yeyishni kamaytirish quvvat va nafs istaklarini zaiflashtiradi.

Saodatga erishish kishining o‘z nafsiga hokim bo‘lmog‘idir.

Zunnun Misriy hazratlari deydilarki:
«Men to‘ygan vaqtimda yo bir gunoh qilaman yoki bir gunoh qilishni o‘ylayman. Shuning uchun men aslo qornimni haddan ortiq to‘ydirmayman».

Oisha (r.a.) shunday deganlar:
«Rasululloxdan (s.a.v.) keyin paydo bo‘lgan birinchi bid’at haddan ziyod to‘ymoqdir».

Deyilganki: «Ochlik - Alloh taoloning xazinalaridan bir xazinadir. Ochlik bilan daf’ etilgan istaklarning eng kami - farj va so‘zlash xohishidir. Chunki och kishi shahvatini o‘ylamaydi va o‘zida ezmalik qilishga majol topmaydi. Shu tariqa g‘iybat, yolg‘on, mish-mish kabi til ofatlaridan ham qutiladi».

Inson to‘yishi bilan farjiga sohib bo‘lishi mushkullashadi. Taqvo, sohibini farj zinosidan qo‘riydi. Faqat ko‘z zinosidan qo‘riyolmaydi. Ko‘z yumsa ham, ko‘ngliga va o‘y-xayoliga hokim bo‘lolmaydi. Xayoliga yomon, razil fikrlar keladi.

Yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishining ko‘ngliga ba’zan shunday yomon o‘ylar kelishi mumkin. Biz tilning va farjning ofatlarini misol uchun zikr etdik. Aslida barcha a’zolar orttirgan gunohlar to‘qlikdan hosil bo‘lgan kuch oqibatida maydonga keladi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Oktyabr 2009, 08:47:49
Oltinchi foyda:
Ochlik uyqu va g‘aflatni yo‘qotib sahar vaqti uyg‘oq bo‘lishni ta’minlaydi.

Shubhasizki, ortiqcha to‘ygan, ko‘p ichadi. Ko‘p ichgan ko‘p uxlaydi. Ko‘p uxlamoq esa, umrni behuda, zoe etmoq bo‘ladi. Yana, ko‘p uxlash tahajjud vaqti o‘tmog‘iga va ko‘ngil qattiqligiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, ko‘p uxlash umr qisqarishiga va barokat kamayishiga sabab bo‘ladi.

Vaholanki, umr barcha javharlarniig eng qimmatlisidir va qulning eng buyuk sarmoyasidir.

Ko‘p uxlagan kishi ibodat totini topolmaydi. Uxlamoq - falokatlar manbaidir.

To‘qlik o‘ziga baloni chaqiradi. Ochlik esa baloni to‘xtatadi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Oktyabr 2009, 08:48:11
Yettinchi foyda:
Ochlikda ibodat qilishda davom etmoq qulay bo‘ladi.

To‘qlik - ibodatga to‘siqdir. Chunki inson qimmatli vaqtining ulkan bir bo‘lagini yemoq uchun sarf etadi.

Ayniqsa, yeguliklarni bozordan olib kelmoq, tozalab to‘g‘ramoq va pishirmoq ham ko‘p vaqtni oladi. Holbuki, bularga ketkazgan vaqtini ibodatga sarf etsa, ko‘p foyda qo‘lga kiritgan bo‘ladi.

Alloh taolo marhamat etadi:
«Ular bu dunyo hayotining zohirinigina bilurlar. Oxiratdan esa tamoman g‘ofildirlar». (Rum, 30/7)

Abu Sulaymon ad-Daroniy fikricha, to‘qlikdan hosil bo‘lgan ofatlar oltitadir:
1. To‘q bo‘lgan kishi Alloh taologa munojotdan tot-lazzat ololmaydi;
2. Hikmatni muhofaza etolmaydi;
3. Maxluqotga nisbatan marhamatli bo‘lmaydi, ularga rahmi kelmaydi. Chunki o‘zi to‘ygan odam hammani to‘q deb o‘ylaydi;
4. Ibodat kilish unga og‘ir keladi;
5. Shahvati ortadi;
6. Och bo‘lgan kishi masjidga shoshiladi. To‘q bo‘lgan kishi esa, hojatxona atrofida kezadi.=
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Oktyabr 2009, 08:48:40
Sakkizinchi foyda:
Oz yegan kishi sog‘lom bo‘ladi, xastaliklarni daf’ etadi.

Ko‘p yemoq ko‘p xastaliklarni keltirib chiqaradi. Xastalik esa ibodatga to‘siq, Alloh taolo zikriga mone’ bo‘lib, tushunchani zaiflashtiradi.

Ochlikda bunday zararlar yo‘q.

Aytishlariga qaraganda abbosiy xalifasi Xorun ar-Rashid huzuriga to‘rt mamlakatdan bittadan tabibni chaqirtiradi. Tabiblar hindistonlik, rumlik, iroqlik, sudanlik edilar. Ularning har biriga xastalikni tamoman yo‘qotuvchi va asar qoldirmaydigan bittadan dorini sifatlashlarini so‘raydilar.
Hindistonlik tabib dediki:
«Menimcha, kasallikni yo‘q qilib, asar qoldirmaydigan dori - qora xamla mevasidir».
Iroqlik tabib dediki:
«Menimcha, bu dori - sutarasidir».
Rum tabibi shunday dedi:
«Menimcha, bu dori - issiq suv».
Sudanlik tabib ularning ichida eng bilimdon edi, u shunday dedi:
«Xamla me’dani burishtiradi. Bu ham bir xastalik. Suturasi me’dani buzadi. Bu ham bir xastalik».
«U holda, sening fikring nedir?» deya so‘rashdi. U shunday javob berdi:
«Menimcha, hech bir kasallikka imkon koldirmaydigan narsa - toza ochqamaguncha, ishtaha butunlay ochilmaguncha, taom yemaslikdir.
Hali ishtahang bor paytda juda ham to‘ymasdan, qo‘lni taomdan tortishdir».
Barisi birdan deyishdiki:
«Ha, shunday. Juda to‘g‘ri aytding!»
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Oktyabr 2009, 08:49:13
Aytishlariga qaraganda, ahli kitob bo‘lgan tabiblardan biriga Rasulullohning (s.a.v.) shu hadisi shariflarini o‘qidilar:
«(Me’daning) uchdan biri yemak uchun. Uchdan biri ichmak uchun. Uchdan biri esa havo uchun (bo‘sh qoldiriladi)».

Buni eshitgan g‘ayri muslim tabib hayratlandi va shunday dedi:
«Oz yeyish haqida bundan hikmatliroq bir so‘z eshitmadim. Chunki bu so‘z hikmat sohibi bir zotning so‘zidir».

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Xastaliklarning asli me’dani tiqib-bosib to‘ldirmoqdir. Dorilarning asli esa, parhez qilmoqdir».

Ibni Solim shunday deganlar:
«Kim adab bilan qo‘shimchasiz, sof bug‘doy non yesa, o‘limdan boshqa xastalikka chalinmaydi».

Dedilarki:
«Ey Solimning o‘g‘li! Adabdan maqsadingiz nima?»
U zot shunday izoh berdilar:
«Butunlay ochiqqach yemoq, juda to‘ymasdan dasturxondan qo‘l tortmoq»;

Ba’zi tabiblar shunday deganlar:
«Inson qorniga tushuvchi narsalarning eng foydalisi anordir. Eng zararlisi tuzdir. Sho‘r narsalarni ozaytirish anorni ko‘paytirishdan yaxshiroqdir».

Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Ro‘za tuting, sog‘-salomat bo‘ling!» (Tabaroniy "Avsot" kitobida Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etgan)

Ro‘za vujudni kasallikdan himoya qilib, ko‘ngilni buzuq illatdan qutqaradi. Ro‘zada ochlik, yemoqni ozaytirish bor.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Oktyabr 2009, 08:49:38
To‘qqizinchi foyda:
Turmush yukining yengillashishi. Chunki oz yeyishga o‘rgangan kishi qanoatkor bo‘ladi va o‘zigagina yetarli mol bilan kifoyalanadi.

To‘qlikka o‘rgangan qorin doim o‘zi ko‘nikkan, odatlangan narsalarni talab qiladi va ko‘nglida doim «Bugun nima yegaysan? Ne qilmoqchisan?» degan tuyg‘u kezinadi. Bunday kimsa ko‘p yeyish ilinjida luqmasiga e’tibor bermaydi. Shu tariqa gunohga kiradi va Alloh taolo huzurida xor bo‘ladi. Ayniqsa, ko‘zi birovning moliga tikiladi. Mo‘min turmushda oz kulfatli bo‘lishga harakat qilishi kerak.

Hikmat sohiblaridan biri shunday deganlar: «Men umuman menga lozim bo‘lgan narsalarning bir qismini tark etish bilan ehtiyojlarimni hal etaman. Bu ko‘nglimni rohatlantiradi».

Boshqa bir zot shunday deganlar: «Istagan bir narsamni olish uchun boshqa xohishlarimni tark etaman». Ibrohim Adham ba’zi do‘stlaridan yeguliklarning bahosini so‘radilar, qimmat deyishdi ular. Bundan so‘ng Ibrohim Ahmad shunday deydilar: «Ularni tark etib, olmaslik yo‘li bilan baholarini arzonlashtiringiz!» Sahl ibn Abdulloh shunday deganlar: «Ko‘p ovqatlanadigan kishi uch hol tufayli yomonlashadi: Agar boylik qo‘lga kiritgan kishi bo‘lsa, balolardan qutulmaydi. Agar boshiga bir kulfat tushgan bo‘lsa, Alloh unga rahm qilmaydi».

Xulosa sifatida shuni aytamizki, odamlar halokatiga sabab - ularning dunyoga bo‘lgan hirslaridir. Dunyoga hirs bilan yopishishlarining sababi esa me’da va farjdir.

Rasululloh sallolohu alayhi vasalam marhamat etadilar:
«Ochlik bilan jannat eshiklarini taqillatishda davom etingiz!»

Kim har kun bitta non bilan kifoyalansa, boshqa xohishlariga ham qanoatkor bo‘ladi va odamlardan hech narsa so‘ramaydi. Alloh taologa yanada ixloslirok holda ibodat qilish uchun ko‘ngli pok bo‘ladi. Oxirati uchun foyda qilgan va hech narsa Alloh taoloning zikridan qoldira olmaydigan zotlardan bo‘ladi. Qanoat sohibi bo‘lgan kishi insonlarga muhtoj bo‘lmasligi sababli halokatga ham tushmaydi. Insonlarga muhtoj bo‘lish - shubhasiz zikrdan judo bo‘lishdir.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 16 Oktyabr 2009, 08:49:52
O’ninchi foyda:
Yetim va yo‘qsillarni, ko‘ngli yarim, ma’yus miskinlarni o‘z nafsi xohishidan afzal ko‘rib to‘ydirish va sadaqa berish bilan Alloh taolo rizosini qozonib, qiyomat kunida sadaqasining soyasida turguvchi kishilardan bo‘ladi. Dunyo molidan qo‘lga keladigan foyda, faqat Alloh taolo rizosi uchun bergan zakoti va sadaqalari sababli qozongan savoblaridir. O’z yeguligini faqirlarga ikrom etib, savob qozonish xayrliroqdir. Rasulullohimiz (s.a.v.) semiz, qorindor bir kimsaga qaradilar va muborak barmoqlari bilan uning qorniga ishorat etib shunday dedilar: «Agar bu (qorin) boshqa bir holatda bo‘lsa, sen uchun xayrliroq bo‘lar edi».

Ya’ni, koshki o‘zing bunchalik yemasdan oxirating uchun ozuqa to‘plasang, yanada yaxshiroq bo‘lur edi, demakdir. Salafi solihiyndan bir zot shunday deganlar: «Men bir kavmga duch keldim. Ular orasida yeguligi faqatgina o‘ziga yetarli faqir bir kishi ham bor edi. Oqshom bo‘lishi bilan u zot yeguligining bir qismini ajratdi va shunday dedi: «Alloh taologa qasamki, men buning bir qismini Alloh taolo rizosi uchun sadaqa qilmagunimcha, qolganini o‘zim yemayman». Ochlik - oxirat sarmoyasi uchun buyuk bir xazinadir. Shuning uchun salafi solihiyn shunday deganlar: «Ochlik - oxiratning kaliti, zuhdning eshigidir. To‘qlik - dunyoning kaliti, rag‘batning eshigidir!»
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2009, 10:28:58
ME’DA SHAHVATINI TIYISHDA RIYOZAT YO’LI

Me’da va yeguliklar borasida murid uchun to‘rt vazifa bor:

Birinchi vazifa. Faqat halol oziq-ovqat tanovul qilishi kerak. Chunki harom yeb ibodat qilmoq - dengiz to‘lqinlari ustiga imorat qurmoqdir. Harom va halol bobida takvoning darajalarini va amal qilishi lozim bo‘lgan xususlarni aytib o‘tdik.

Ikkinchi vazifa. Halol yeguliklarni ham kamaytirish va riyozat yo‘liga kirar ekan, bosqichma-bosqich harakat qilish zarur. Chunki, ko‘p yeyishga o‘rganib qolgan kishi birdan ozuqlanishni to‘xtatsa, uning mijozi bunga sabr-toqat qilolmaydi va zaiflashib qoladi, iztiroblari ko‘payadi. Shuning uchun yeguliklarni sekin-sekin kamaytirib borish kerak.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2009, 10:29:41
Riyozatning to‘rt darajasi bor:

O’z hayotini davom ettira oladigan mikdorda yeyish va ziyodasini tark etish riyozatning birinchi darajasidir.

Bu - eng afzal darajadir. Bu daraja siddiklarning darajasidir. Sahli Tustariy Hazratlari shu yo‘lni tanlagan edilar. U zot fikricha, riyozat chekkani uchun kuchdan qolib, oyoqda turishi qiyinlashgan kishi namozini o‘tirgan joyida o‘qishi mumkin. Chunki ochlik sababli zaiflik bilan o‘tirib o‘qilgan namoz ko‘p yegan, to‘q holda oyoqda o‘qilgan nomozdan fazilatliroqdir.

Riyozatning ikkinchi darajasi.
Bir kecha-kunduzdagi yeguliklar miqdori 460 gr bo‘lishi. Hazrati Umar (r.a.) bu yo‘lni tanlab afzal ko‘rganlar. Bu - qariyb me’daning uchdan birini to‘ldiradigan miqdor yohud sakkiz yo to‘qqiz luqma miqdoridadir.

Riyozatning uchinchi darajasi.
Bir kecha-kunduzdagi yegulik miqdori 920 gr bo‘lishi. Bu me’daning uchdan ikki kismini to‘ldirishga yaqin miqdordir.

Riyozatning to‘rtinchi darajasi.
Bir kecha-kunduzdagi yegulik mikdori 1000 gr atrofida bo‘lishi. Abu Zar (r.a) shunday deganlar:
«Rasululloh (s.a.v.) oramizda paytlarida mening yeguligim haftada uch kilo miqdordagi arpa edi. Qasamki, o‘lgunimcha bu miqdorga hech qo‘shimcha qilmayman. Chunki men Rasulullohning (s.a.v.) shunday deganlarini eshitdim:
«Qiyomat kuni mening majlisimga eng yaqin va menga eng sevimli bo‘lganingiz, bugungi holingizcha o‘lganlaringizdir!» Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida ashobi suffaning yeguligi bir kunda 920 gr ga yaqin xurmo edi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2009, 10:30:19
Uchinchi vazifa.
Taomlanish orasidagi vaqtni sekin-sekin uzaytirishdir. Och qolish muddatini ham darajalari bor:
1. Och qolmoqning eng yuqori darajasi - uch kun yoki yanada ko‘proq muddatda me’dani bo‘sh tutmoqdir. Aytishlariga qaraganda Sufyoni Savriy va Ibrohim Adham uch kunda bir ovqatlanar edilar.

Ularning har biri ochlik yordamida oxirat yo‘liga kirishni istardilar.

Olimlardan biri shunday deganlar: «Kim Alloh taoloning rizosiga yetmoq uchun och qolsa, malakut olamidan bir qancha sirlar unga ochiladi».

2. Och qolmoqning o‘rta darajasi - ikki kun yoki uch kun me’dani bo‘sh qoldirmoqdir.

3. Och qolmoqning eng past darajasi - kechasi va kunduzi bir marta yemoqdir.

Bu esa riyozatning eng ozidir. Bu miqdordan ziyodasi to‘qliq sanaladi. Abu Said Al-Xudriy (r.a) rivoyatiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) tushlik qilsalar, oqshom ovqatlanmasdilar. Agar oqshom ovqatlansalar, tushda yemasdilar. Salafi solihiyn ham kunda bir bor ovqatlanardilar. Rasululloh (s.a.v.) Oisha (r.a) volidamizga xitoban shunday dedilar:
«Ko‘p yemoqdan saqlan! Chunki, bir kunda ikki marta yemoq - ko‘p yemoq sanaladi». (Bayhaqiy «Shuab» kitobida Hazrati Oishadan (r.a.) rivoyat qilganlar)
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2009, 10:30:33
Bir kishi taomlanishni kunda bir martaga tushirishni istasa, tong otishdan avval saharlik vaqti yeyishi u uchun mustahabdir.

Tahajjud nomozidan so‘ng va bomdod nomozidan avval yeyishi kerak.

Agar shunday qilsa, kunduzgi chekkan ochligi uchun ro‘zaning savobiga erishadi. Ayniqsa, me’daning bo‘shligi bois ko‘ngli poklanadi, fikrlari tiniqlashib, huzurga erishadi.

Osim ibn Qulaybning Abu Hurayradan (r.a) qilgan rivoyatiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) tungi namozlarini oyoqlari shishgunicha ham o‘qirdilar.

Buxoriy rivoyatiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
«Qaysingiz tungi ibodatni uzaytirmoq istasangiz, sahargacha yetkazing!»

Agar ro‘zadorning ko‘ngli oqshomdan so‘ng yemoqqa mayl etsa, bu hol sahar vaqtida uni ko‘ngil huzuridan qoldiradi. Bu holda qilinadigan eng yaxshi harakat - taomini ikkiga bo‘lib, bir qismini iftor vaqtida, bir qismini esa sahar vaqtida yeydi. Shu tariqa o‘sha kishining ham nafsi taskin topadi. Tahajjud asnosida vujudi yengillashadi. Kunduz ochligi kuchli bo‘lmaydi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2009, 10:30:50
To‘rtinchi vazifa.
Ovqat turlari va qo‘shimcha ovqatlar (pishloq, zaytun, shirinlik - Muharrir.) tark etilishi. Taomlarning eng afzali toza bug‘doyning o‘zidir. Eng past darajasi esa elanmagan arpadir. Quyuq taomlarning eng afzali - go‘sht va shirinliqdir. O’rta darajasi, go‘shtsiz - yog‘li yeguliklardir. Eng past darajasi - tuz va sirka. Oxirat yo‘liga kirgan kishining odati quyuqlardan qochmoqdir.

Ya’ni - nafs istaklaridan qochmoq. Chunki odam bolasi barcha lazzatlarni istaydi va yeydi. Shu sababli ko‘ngli qattiqlashadi. O’zida dunyoga va dunyo lazzatlariga yaqinlik tuyadi.

O’limni va Alloh taologa qovushmokni sevmaydi. Dunyo uning ko‘ziga jannat bo‘lib ko‘rinadi. O’lim esa unga bir zindon bo‘ladi. Nafsini dunyo hohishlaridan man’ etsa, dunyo u uchun ko‘p iztirob beruvchi bir holga kirib, unga zindon bo‘ladi.

Yahyo ibn Muoz shunday deganlar: «Ey siddiqlar jamoasi! Firdavs jannatidagi ziyofat uchun nafslaringizni ochiqtiringiz! Chunki ovqatlanish ishtahasi nafsning ochiqtirilishi mikdoriga ko‘ra bo‘ladi».

Barcha bu aytganlarimiz - to‘qlik ofatlari sirasiga kiradi. Shuning uchun muboh bo‘lgan xohishlarning tark etilishida juda katta savob bor. Ko‘p yemoqda esa katta tahlika bor.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2009, 10:31:06
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Ummatning eng yomonlari toza bug‘doyning o‘zini (aslini) yeganlardir».

Alloh taolo Musoga (a.s.) shunday vahy etdi: «O’zingni qabrda yotgan (kishi) holda tasavvur et! Chunki, bunday o‘ylamoq, seni bir talay xohishlardan to‘sadi».

Salafi solihiyn lazzatli taomlardan juda qo‘rqishar va ular baxtsizlik alomati deb bilishar edi. Hazrati Umar (r.a) asal aralashgan sovuq suv ichmoqdan saqlanardilar va shunday derdilar: «Buning hisobidan meni qutqaring! Alloh taolo uchun lazzatlarni tark etmoq va nafs xohishiga qarshi chiqmoqdan buyukroq bir ibodat yo‘q!».

Hazrati Nofe’ (r.a.) shunday deydilar: «Abdulloh ibn Umar (r.a) xasta bo‘ldilar. Ko‘ngli baliq tanovul qilmoqni istadi. Men Madinadan baliq izladim, lekin topolmadim. So‘ngra bir joydan topdim va uni bir yarim dirhamga sotib oldim. So‘ngra uni qovurib pishirdim va non ustiga qo‘yib, bemorga eltdim. Xuddi shu payt ostonada bir tilanchi paydo bo‘ldi. Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Baliqni non bilan birga o‘rab unga beringiz!» dedilar. Xizmatlaridagi yigit dediki: «Xudo xayringizni bersin. Siz qay zamondan beri baliqni orzu etardingiz, lekin biz topolmagan edik. Oxiri biz uni topdik va bir yarim dirhamga sotib oldik. Hozir biz buning o‘rniga tilanchiga pulini bera qolaylik». Abdulloh ibn Umar (r.a.) dedilarki: «Yo‘q. Uni o‘rab tilanchiga beringiz!» So‘ng yigit tilanchiga qaradi va: «Senga bir dirham bersak, bu baliqni bizga qaytarib berasanmi?» deb so‘radi.
- Ha, - dedi tilanchi.
Bundan so‘ng unga pul berib, baliqni qaytarib oldi. Keltirib, Abdulloh ibn Umarning oldilariga qo‘ydi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2009, 10:31:24
«Pulini berib, baliqni undan qaytib oldim», dedi. Abdulloh ibn Umar (r.a.) shunday dedilar: «Uni o‘rab yana (tilanchining) o‘ziga bering. To‘lagan pulingizni ham undan qaytarib olmang. Chunki men Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlarida eshitib turdim:
«Bir kishi bir narsani juda istagani holda, o‘z xohishini rad etib, boshqani o‘z nafsidan afzal ko‘rsa, Alloh azza va jalla uni mag‘firat qiladi!» (Ibni Xibbon Hazrati Nofe’dan (r.a.) rivoyat etgan).

Yana shunday dedilar:
«Ochlik ko‘ppagini bir non bilan va bir kosa suv bilan bog‘lab qo‘ysang, dunyo va dunyo ahlidan afzal bo‘larsan».

Yazid ibn Abu So‘fiyonning turli taomlar yeyish xabari Hazrati Umarga (r.a) yetganda, uning xizmatchisini yonlariga chaqirib, shunday dedilar: «Oqshom taomi hozirlanib, dasturxonga tortilayotganda menga xabar ber!» U xabar berdi. Hazrati Umar (r.a.) Yazidnikiga bordilar. Oqshom taomi uchun u zotga pishgan go‘sht keltirdilar. Hazrati Umar (r.a.) ham u bilan birga yedilar. So‘ng qovurma keltirdilar. Yazid undan yemoq uchun qo‘l cho‘zdilar. Hazrati Umar (r.a.) esa, ko‘llarini tortdilar va: «Ey Yazid! Alloh taolodan qo‘rq! Yemak ustiga yemak bo‘lurmi?» dedilar.

Rivoyatga ko‘ra, Utbatu’l-G’ulom undan xamir qorardilar. So‘ngra quyoshda quritib, uni yerdilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2009, 10:31:44
Shaqiq ibn Ibrohim hazratlari kirq yil davomida nafsi xohish-istaklariga qaramasdan et yemadilar. Molik ibn Dinor ham ishtahalari bo‘lsa-da, qirq yil sut ichmadilar. Bir kun toza sut ikrom etdilar. Molik ibn Dinor sutni ichmasdan, do‘stlariga berdilar. Abu Sulaymon ad-Daroniyning joni bir kun sho‘r va issiq non tusab koldi. Istagini bajo keltirdilar. Abu Sulaymon undan sindirar-sindirmas pushaymon bo‘lib, olmadilar, darhol ko‘l tortdilar va yig‘lay boshladilar. Yig‘lash sababini so‘raganlarga shunday dedilar: «Uzoq yillar chidaganim holda hozir nafsim xohishiga shoshilib qoldim va pushaymon bo‘ldim». Abu Xozim bir kun bozorga chiqdilar. U yerda bir mevani ko‘rib, yoqtirib qoldilar. O’g‘lini yuborib o‘sha mevadan sotib olib keltirishini so‘radilar. O’g‘li borib, o‘sha mevadan bir mikdor sotib oldi va otasiga keltirdi. Abu Xozim so‘raganiga pushaymon bo‘ldilar. O’z nafsiga shunday dedilar: «Ey nafsim! Sen menga xiyonat qilding. Men mevaga qaradim va jonim uni istadi. G’aflatga tushdim. Va mevadan sotib oldirdim. Faqat Allohga qasamki, unga boqmayman!». So‘ngra uni faqir yetimlarga tarqatib yubordilar.

Utbatu’l-G’ulomning nafsi yetti yil go‘sht so‘radi. Uni qovurdilar va bir nonning ustiga qo‘ydilar. Endi yeyman deb turganlarida bir bola ko‘rindi. «Siz falon kishining o‘g‘li emasmisiz? Otangiz o‘lgandilar. Shunday emasmi?» «Shunday», dedi u. Shundan so‘ng qo‘llaridagi yegulikni bolaga berdilar. So‘ng yig‘ladilar va shu oyatni o‘qidilar:
«Jon (nafs)lari istagani holda (o‘z) yeguliklarini yo‘qsulga, yetimga va yesirga yedirurlar». (Daxr/Inson, 76/8) .
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2009, 10:31:56
Utbatul G’ulom bir kun Abdulloh ibn Zaydga shunday dedilar: «Falon kishi yetgan nafs darajalari haqida gapiriladi. Men o‘z nafsimda bunday darajalarni sezmayapman». Abdulvohid dedilarki: «Chunki siz non bilan xurmo ham yeysiz. U esa nonga boshqa hech narsa qo‘shmaydi». «Agar xurmo yemoqni tark etolsam, men ham o‘sha darajaga yeta olamanmi?» «Ha shunday», dedi u. Bundan so‘ng Utbatu’l-G’ulom yig‘lay boshladilar. «Xurmo uchun yig‘layapsizmi?», deb so‘rashdi do‘stlari. Abdulvohid ibn Zayd do‘stlariga shunday dedilar: «Uni o‘z holiga qo‘ying! Chunki uning nafsi xurmoni tark etmoq bilan qarorining to‘g‘riligini angladi». Ja’far ibn Nasr shunday dedilar: «Junaydi Bog‘dodiy anjir keltirishimni so‘radilar, olib keldim, ular orasidan faqat bir dona anjir oldilar. Iftor vaqti uni yemoq uchun og‘ziga olib bordilar. Keyin anjirlarni olib ketishimni so‘radilar. Va sho‘nday dedilar: «G’ayb olamidan menga maxfiy bir nido keldiki: «Ey Junayd! Sen uni mening roziligim uchun tark etgan eding. Endi takror unga qaytmoqqa uyalmaysanmi?»

Sirri Saqotiy shunday deydilar: «O’ttiz yildan beri nafsim sharbat istamoqdadir. Lekin men bir marta ham nafsimning xohishini bajarmadim».

Aytishlaricha, bir obid zot birodarlarini taklif qildilar. Ular keldilar va unga ham bir miqdor non keltirdilar. Bu orada birodarlaridan biri nonlarni sindirish uchun ma’qulini izlay boshlaydilar. Obid zot bu birodariga shunday deydilar: «Qo‘yaver, nima qilayapsan, bilmaysanmi, izlayotgan noningda nechalarning mehnati bor. Shular, shular u uchun mehnat qildilar. Dalaga urug‘ini tashlaganlar bor. Uni sug‘ormoq uchun uni u yerga haydab kelgan yomg‘ir bulutlari bor. Yerni sug‘organ boshqa suv manbalari bor. Uning yetilishiga makon bo‘lgan tuproq bor. Odam bolasining mehnati bor. Butun bularning natijasi, oqibati o‘laroq qo‘lga kiritilgan bu nonlar sengacha yetib keladi. Sen buncha mashaqqatlardan so‘ng qismatingga rozi bo‘lmay va yanada qulayrog‘ini izlab, qorishtirib, ag‘dar-to‘ntar qilib titkilayapsan?!»
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2009, 10:32:20
Bir hadisi sharifda Rasulullohning (s.a.v.) aytishlariga qaraganda, «Oldingizga qo‘yilgan bir nonning shu holga kelishi uchun uch yuz oltmish borliqning mehnati bor. Ulardan birinchisi - Mikoil alayhissalomdirlar. Chunki u zot alayhissalom rahmat xazinalaridan bo‘lgan suv qo‘llanilishiga vakil bo‘lganlar. So‘ng bulutlarni boshqaruvchi farishtalar, quyosh, oy, osmonlar, havodagi farishtalar va yerdagi hayvonlar bor. Ularning so‘nggilari dehqon va oxirgisi nonvoydir. Bu ne’matlar ta’rifi bitmas-tuganmasdir.

Alloh taolo marhamat etadi:
«Allohning ne’matlarini sanamoqchi bo‘lsangiz, hisobini topolmaysiz (sanog‘iga yetolmaysiz)». (Ibrohim, 14/34).

Bishr ibn Al-Horis xasta bo‘ldilar. Abdurahmon at-Tabib unga keldilar va Bishr ibn Al-Horis o‘zlariga uyg‘un, ma’qul bo‘lgan yeguliklarni so‘radilar.

«Mendan so‘raysizu, so‘ng mening tavsiya etganlarimni esa qilmaysiz», dedilar tabib. Bishr ibn Al-Horis dedilarki: «Siz ham menga ma’qul narsalarni tavsiya eting-da!»

Tabib bunday tavsiya qildi: «Shakar va sirka bilan qorishiq, mayxo‘sh nordon sharbat ichasiz. Behi suvini ichmaysiz. So‘ng esa chirish o‘t yeysiz». Bishr ibn Al-Horis so‘radilar:
«Nordon sharbat o‘rniga o‘tishi mumkin bo‘ladigan undan yengilroq va ozroq biror narsani bilasizmi?»
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2009, 10:32:34
«Yo‘q, bilmayman», dedilar tabib.
«Men bilaman. Uning eng kami sirka bilan qorishgan hindibo (sachratqi)dir», dedilar Bishr ibn Al-Horis. So‘ng yana so‘radilar: «Behi o‘rniga o‘tadigan yengilroq va ozroq biror narsani bilasizmi?»
«Yo‘q, bilmayman», dedi tabib.
Bishr ibn Al-Horis dedilarki: «Men bilaman, buning eng kami echkimuguzdir». So‘ng yana so‘radilar: «Chirish o‘t o‘rniga yengilroq va kamroq biror narsa bilasizmi?»
«Yo‘q, bilmayman», dedilar tabib. Bishr ibn Al-Horis dedilarki: «Men bilaman, uning eng kami sigir suti saryog‘i bilan qorishgan no‘xot suvidir». Bundan so‘ng Abdurahmon at-Tabib dedilarki: «Tib bobida mendan ko‘p bilar ekansiz, u holda nechun mendan so‘rayapsiz?»
Alloh taoloning valiy qullari shunday edilar. U zotlar o‘zlarini oyoqda tuta oladigan miqdorda yeyishar va ziyodasini istagan nafsiga mone’lik qilishardi.
Abu Sulaymon ad-Daroniy deydilarki: «Tuz ishtaha ochuvchi bir vosita. Chunki u nonga qo‘shimcha bir ziyodalikdir».
Go‘sht yemoqni ozaytirish kerak va (davomli yeyishni) bir odat holiga keltirmaslik lozim. Uni tamoman tark etmok ham to‘g‘ri emas. Hazrati Ali (r.a.) shunday deganlar: «Qirq kun hech et yemagan kishining fe’li ayniy boshlaydi. Qirq kun davomli et yegan kishining esa ko‘ngli qattiqlashadi».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 17 Oktyabr 2009, 10:33:06
To‘q holda uxlamaslik mustahab. Chunki me’dasi to‘la holda uxlovchi kishining ko‘ngli qattiqlashadi. Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Taomingizni zikr va namoz bilan xazm etingiz. Birdan uxlamangiz, yo‘qsa, ko‘nglingiz qattiqlashadi». (Ibnus-Sanno Hazrati Oishadan (r.a.) rivoyat qilgan).

Buning uchun eng kam to‘rt rakat namoz o‘qish va so‘ng uxlash kerak. Yoki yuz marta tasbeh aytmoq, ya’ni "subhanalloh" demak lozim. Yoxud ovqatdan so‘ng darhol Qur’oni karimdan bir juz o‘qimoq kerak.

Sufyoni Savriy Hazratlari kechasi qorin to‘ydirsalar, tongtacha ibodat etib o‘sha tunni jonlantirardilar. Agar kunduz qorin to‘ydirsalar, o‘sha kunni namoz va zikr bilan kechirardilar.

Bir kishining joni shirin taomlar va go‘zal mevalar istamasa, o‘sha kishi non yemoqni tark etib, non o‘rniga yoqtirgan narsalarni yesin. Toki, ulardan kuch olsin, quvvatlanib, ibodatida davom etsin.

Agar o‘sha yengil va og‘ir taomlar ikrom etilsa, yengillaridan boshlasin. Shu tariqa ularni yegach, ishtahasi yopiladi va og‘ir ovqatlardan yemaydi.

Alloh taolo marhamat etadi:
«Yenglar va ichinglar, osh bo‘lsin, bu, u dunyoda o‘tgan kunlarda qilgan amallariigiz mukofotidir!» (Al-Haqqo, 69/24).

Abu Sulaymon ad-Doroniy deydilarki: «Xohishlardan bir xohishni tark etmoq yil bo‘yi kunduzlar ro‘za tutib, kechalar namoz o‘qimoqtsan xayrliroq va ko‘ngil uchun yanada foydaliroqdir!»

Alloh taolo O’zi rozi bo‘ladigan ishlarda bizga muvaffakiyat ato etsin! Amiyn!
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Oktyabr 2009, 11:29:22
OCHLIKNING HUKMI VA INSONLARNING HOLLARI

Barcha ishlarda orzu etilgan g‘oya - o‘rta yo‘lni afzal ko‘rmoqdir. Chunki ishlarning eng xayrlisi o‘rta holli bo‘lganidir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:
«Ishlarning eng xayrlisi o‘rta(cha)laridir». (Bayhaqiy «Shuabul imon»da mursal o‘laroq rivoyat etganlar).

Yegulik va ichimliklarida o‘rta hollikni afzal bilgan kishi me’dasida biror og‘irlik his etmaydi. Ochlik alamini ham sezmaydi. Chunki yemoqdan maqsad - hayotining davom etishi va ibodat uchun kuch yig‘ishdir. Vaholanki, me’daning to‘laligi huzurli ibodatga mone’lik qiladi.

Ochlik alami ham ko‘ngilni mashg‘ul etadi va kishini Alloh taolodan g‘ofil aylaydi. Farishtalar yemoq-ichmoqdan behojat bo‘lganlari uchun yemoqning og‘irligini va ochlikning alamini tortmaydilar.

Insonning oxirgi mo‘ljali va g‘oyasi o‘rta yo‘lni tutib Alloh taologa yetishish bo‘lmog‘i lozim.

Inson to‘kliqdan ham, ochlikdan ham kutulishi mumkin emas. Shu sababli o‘rta yo‘lni tanlab, quvvatini muhofaza etmog‘i darkor.

Bir chumolini o‘ylab ko‘raylik!
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Oktyabr 2009, 11:29:49
Chumoli agar olov doirasida qolgan bo‘lsa, u yerdan qutulishga harakat qiladi. Lekin olov chambaridan chiqish imkonsiz ekanini sezgach, endi markazga qarab chopadi. Olov doirasining markazi esa, o‘sha halqaning o‘rtasidir. Shu tariqa chumoli agar o‘ladigan bo‘lsa markazda o‘lmoqni istaydi. Chunki o‘rta nuqta har tomondan olovga teng uzoqlikda. Inson ham xuddi shunday, chumoliga o‘xshaydi. Chunki u ham har tarafdan shahvat va xohishlar bilan qurshalgan. O’sha doirani yorib chiqishi qiyin. Shu sababli inson undan qutulmoq uchun farishtalarga o‘xshashni istaydi. Chunki farishtalarga olov ta’sir qilmaydi. Farishtalarga yaqin bo‘lishning eng ma’qul yo‘li esa yemoqni ozaytirib, o‘rta yo‘lni tanlashdir. Alloh taolo marhamat etadi:

«Yengiz, ichingiz faqat isrof qilmangiz!» (A’rof, 7/31).

Odam bolasi qachonki ochlik tuysa, unda ibodat etish tuyg‘usi va sog‘lom tushuncha hosil bo‘ladi. Uzida bir yengillik sezadi. Ish qilish uchun ishtiyoqi kuchayadi. Faqat bular tabiiy holning o‘rta bir daraja hosil qilganidan so‘nggina mumkin. Boshlanishda o‘rta yo‘l emas, ziyoda qilmoq ko‘proq foyda beradi.

Keyinroq sekin-sekin ilmli bir shaklda o‘rta yo‘lda qaror topadi. Haqiqatda, vahshiy ayiqlarni ham qo‘lga o‘rgatish uchun avval ko‘proq och qoldiriladi. O’rgatish tarbiya tamomlangach, yana o‘rta yo‘l tutiladi. Endi hayvonga aziyat bermaydilar. Chunki u endi sohibining amriga itoat etadi. Murshidi komil bo‘lgan bir zot ham muridiga ochlikni tavsiya etadi, o‘zi och qolmaydi. Unga meva yemaslik va xohishlariga ergashmaslikni buyuradi. Faqat o‘zi bunga ergashmaydi. Chunki u allaqachon nafs tarbiyasini egallagan.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Oktyabr 2009, 11:30:15
Siddiqlarga kelsak, ularning nafslari ham siroti mustaqiym deyilgan to‘g‘ri yo‘lga erishgan. Nafsiga aldangan mag‘rur kishi o‘zini siddiq maqomiga yetgan deb o‘ylaydi va endi nafs tarbiyasiga ehtiyojim yo‘q deb gumon qiladi!

«Rasululloh (s.a.v.) shunday ro‘za tutardilarki, biz u zotning (sallolloxu alayhi vasallam) xech iftor qilmasalar kerak deya gumon qilardik. Yana, Rasululloh (s.a.v.) shunday iftor qilardilarki, biz u zotning (sallollohu alayhis vasallam) hech ro‘za tutmasliklarini so‘zlardik». (Buxoriy va Muslim Hazrati Oishadan (r.a) rivoyat etganlar).

Yana Oishaning (r.a) aytishlariga qaraganda, Rasululloh (s.a.v.) ba’zan oilalarining yonlariga borar va: «Yoningizda biror narsa bormi?» deb so‘rardilar. Ular: «Ha, bor», desalar Rasululloh (s.a.v.) ham yerdilar. Agar ular: «Yo‘q edi», desalar, Rasululloh (s.a.v.): «U holda, men ham ro‘zadorman», derdilar. (Abu Dovud va Termiziy Oishaddan (r.a.) rivoyat etganlar).

Yana Oishaning (r.a.) aytishlariga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) biror narsa taqdim etilganda: «Men ro‘za tutishni istagan edim», derdilar va so‘ngra esa yerdilar». (Bayhaqiy Oishadan (r.a.) rivoyat etganlar).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 19 Oktyabr 2009, 11:30:32
Ma’ruf Karxiy hazratlari o‘zlariga hadya etilgan halol taomlarni yerdilar. U zotga dedilarki: «Birodaringiz Bishr bunday narsalarni yemaydilar». Ma’rufi Karxiy shunday javob berdilar: «Birodarim Bishrni taqvo o‘ragan. Meni esa ilm tutib olgan. Men Allohning saroyida bir mehmonman. Agar U yedirsa, men yeyman. Och qoldirsa, sabr etaman. Mening e’tiroz etishga va tanlashga haqqim yo‘q».

Malik ibn Dinor shunday deganlar: «Yigirma yildan beri mening uyimga tuz kirmagan».

Sirri Saqotiy hazratlari ham nafsi xohlagani holda qirq yil murabbo yemaganlar. Shayx bo‘lgan murshidi komil bir zot barcha sirlarni muridiga ochishi joiz emas. Unga faqat ochlik fazilatlarining anglatishi va so‘ng sekin-asta o‘rta yo‘lni tavsiya etishi kerak. Murshidi komil darajasiga yetgan bir zotning ortiq riyozatga ehtiyoji qolmaydi. Faqat shayton uning ko‘ngliga vasvasa solishga urinadi va: «Sen komil, mukkamal bir olimsan, sen bilmagan ne borki!» deydi.

Ibrohim Al-Xavvos xazratlarining esa, o‘zgacha bir odati bor edi. U zot muridiga tavsiya etgan riyozatini o‘zi ham bajarar edi. Hazrati Umar (r.a.) o‘g‘li Abdullohga odob o‘rgatar ekanlar, shunday tavsiyalar berdilar:
«O’g‘lim! Bir kun non va et ye. Bir kun non va saryog‘ ye. Bir kun non va zaytun yog‘i ye. Bir kun non va tuz ye. Bir kun nonning faqat o‘zini ye».

Xuddi shu sanalganlar o‘rta darajadagi taomlardir. Doimo go‘shtni va istagan taomlarni yemoqda ortiqcha isrof bor. Go‘sht yemoqni batamom tark etmoq ham to‘g‘ri emas. Bular orasida eng ma’quli o‘rta yo‘lni tanlashdir. Eng to‘g‘risini Alloh taolo biladi!\
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Oktyabr 2009, 08:39:23
YEGULIKNI KAMAYTIRILISHI VA RIYONING OFATLARI

Istalgan narsalarni tark etuvchi kishi ikki ulkan ofatga yo‘liqadi.

Birinchi ofat:
Istagan bir qism narsalarni nafsiga man’ etmaydi. Lekin joni istagan narsalarning ma’lum bo‘lishini ham istamaydi. Istagini maxfiy tutadi. Jamoat ichida yemagan narsalarni yolg‘iz qolganda yeydi. Bu maxfiy shirk. Va buyuk ofat. Qul bir narsani istasa, buni maxfiy emas, ochiqcha amalga oshirishi kerak. Chunki haqiqat budir. Ichki o‘y-tushuncha bilan tashqi amal nomuvofiqligi, zidligi riyo bo‘lgani uchun munofiqlik sanaladi. Uning jazosi jahannam azobidir. Kofirlardan ko‘ra ko‘p azob chekadi. Chunki kofir kufrini ochiqcha ifoda etadi. Munofiq imonsiz holda ichidagi kufrini yashiradi. Riyokorlik qiladi. Alloh taolo ularning jahannam tubiga tushajaklaridan xabar beradi, Niso surasida shunday marhamat etadi:

«Shubhasizki, munofiqlar jahannamning eng past tabaqasida (bo‘ladi)lar». (Niso 4/145).

Ikkinchi ofat:
Istaklarini to‘xtatadi. Lekin bu bilinishini, ma’lum bo‘lishini istaydi. Mashhur bo‘lmoqni yoqtiradi. Ba’zan yemoq istagiga to‘sqinlik qiladi, lekin undan ko‘proq yomon bo‘lgan maqom ishtiyoqiga bo‘yin egadi. Unga ergashadi. Bu ham maxfiy shirk. Xulosa sifatida ayta olamizki, yemoq xohishini tark etuvchi va riyokor kishi - yomg‘irdan qutulib do‘lga, chayondan qochib ilonga tutilgan kishiga o‘xshaydi. Riyo yemoq xohishidan ko‘ra ko‘proq zararlidir.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Oktyabr 2009, 08:39:59
FARJNING SHAHVATI

Jimo istagi ikki foyda uchun insonga berilgan:

Birinchi foyda:
Uning lazzatini anglab, oxirat lazzatlari bilan muqoyasa qilinadi. Chunki agar jimo lazzati davom etgan bo‘lsa edi, badan lazzatlari ichida eng kuchli lazzat bo‘lar edi. Shubhasiz, olov iztirobi ham badanning alamlari ichida eng katta og‘riqdir. Jannatga havaslantirmoq va jahannamdan qo‘rqitmoq odamlarni yaxshilikka, baxtiyorlikka yo‘llaydi! Bu esa faqat his etilgan bir alam va idrok etilgan bir lazzat bilan mumkin bo‘ladi.

Ikkinchi foyda:
Nasl boqiyligi va borliqning davom etishidir. Lekin uni zabt etolmasa va me’yorga aylantirolmasa, unda dini va dunyosini halok etuvchi ofatlar bor. Aytilganki: «Insonning qamishi qalqqanda (turganda) aqlining uchdan biri ketadi». Rasululloh sallollohu alayhis vasallam shunday duo qilardilar:
«Yo Rabbiy! Qulog‘imning sharridan, ko‘zimning sharridan va qalbimning sharridan o‘zingga sig‘inurman!»

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xotinlar haqida shunday deganlar:
«Xotinlar shaytonning arqonlari (tuzoqlaridir). Agar shu shahvat bo‘lmasa edi, xotinlarning erkaklar qoshida, hech qanday nufuzlari bo‘lmas edi».

Said ibn Al-Musayyab (r.a) shunday deganlar: «Iblis xotinlar vositasi bilan insonlarni halokatga sudraydi. Alloh taolo buning mujodalasini qilmagan biror payg‘ambar yubormagandir. Menimcha, ulardan qo‘rqinchliroq bo‘lgan biror narsa yo‘q!»
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Oktyabr 2009, 08:40:15
Olimlardan bir zot shunday deganlar: «Shayton xotinga deydiki: Sen mening lashkarimning yarmi martabasidansan. Sen mening otgan va hech xato ketmagan o‘qimsan. Sen mening sirrimning makonisan. Ehtiyojlarimni qondirish borasida sen mening elchimsan!»

Shayton lashkarining yarmi shahvat, yarmi esa g‘azabdur. Shaxvatlarning eng kattasi ayol shahvatidir. Bu shaxvatning ham o‘ta ko‘pi, o‘ta ozi va o‘rtacha bo‘lgani bor.

Uning o‘ta ko‘pi; butun aqli, fikri-zikri xotinlar va ulardan foydalanishda bo‘lishidir. Bu esa kishini oxirat yo‘liga kirmoqdan mahrum etadi.

Uning o‘ta ozi; turli sabablarga ko‘ra xotinini jimo qilmoqdan uzoq yurishdir. Bu ham yomonlangan bir fe’ldir.

Uning o‘rtacha bo‘lgani - maqtalganidir. Aqlga va shariatga uyg‘un bo‘lgani ham shu. Shahvat o‘ta ko‘payganda uni ochlik va uylanish bilan tiyish kerak. Rasululloh sallollohu alayhissolatu vasallam shunday deganlar:
«Ey yoshlar! Uylanmog‘ingizni sizga tavsiya etaman. Kim uylanmoqqa imkoni bo‘lmasa, unga ro‘za tutishni tavsiya etaman. Chunki ro‘za u uchun bir qalqondir!» (Buxoriy va Muslim Abdulloh ibn Ma’suddan (r.a.) rivoyat etganlar).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 20 Oktyabr 2009, 08:40:37
* * *

Aytilgandiki, boy xotinga uylangan kishi unda shu xususiyatlarni, sifatlarni topadi.
1. Mahri ko‘p bo‘ladi.
2. Kelin olib borish kulfatli bo‘ladi.
3. Xizmatchilarning masrafi bo‘ladi.
4. O’zining xarajatlari ko‘p bo‘ladi. Undan ajrashmoqchi bo‘lsa, moli ketib koladi, molidan ham ajralib qolaman degan ko‘rquv bilan ajrashni amalga oshirolmaydi. Biroq kambag‘al bir ayolga uylangan kishi buning ziddini topadi. Ba’zilariga ko‘ra, ayollar shu to‘rt narsada erkakdan kam bo‘lishi kerak. Aks holda, erni kamsitadi va haqorat qiladi.

To‘rt xusus budir:
1. Ayol (xotin)ning yoshi.
2. Bo‘yi.
3. Moli.
4. Nasabi.

Quyidagi to‘rt xususda esa xotinlar erkaklardan ziyoda bo‘lishlari kerak:
1. Go‘zalligi.
2. Adabi.
3. Taqvosi.
4. Fe’li-ho‘yi va xulq-atvori.

Aytishicha, so‘fiy zotlardan biri badfe’l bir xotinga uylandilar. O’sha xotin har kun so‘fiy zotni xafa qilardi. U zot esa xotinning qiliqlariga qarshilik ko‘rsatmas, biror javob qaytarmasdilar. Uning barcha aziyatlariga sabr etardilar. Do‘stlari u zotdan so‘rashardi: «Nechun uni qo‘yib yubormaysiz?» U zot shunday javob berdilar: «Men uni qo‘yib yuborsam, uning aziyatlariga sabr etolmaydigan bir kishi bilan turmush qurishidan va o‘zining aziyat ko‘rishidan qo‘rqaman».
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2009, 10:32:09
FARJ VA KO’Z SHAHVATIDAN TIYILISH

Bilgilki, farj va ko‘z shahvati odam bolasida bo‘ladigan shahvatlarning eng ko‘pidir. Insonlarning ko‘pi yo ojizligi sababli, yo qo‘rquv tufayli, hayo qilgani yoki vujud salomatligini saqlash kerakligi uchun shahvat majbur qiladigan chirkin ishni bajarmoqdan chekinadilar. Diniy bir sababga tayanmagan xususlarda savob yo‘q. Yuqorida zikr etilgan to‘siqlarning bir foydasi bor, u esa, gunohlarning daf’ etilishidir. Chunki qay sabab tufayli bo‘lsa bo‘lsin, zinoning tark etilishi sababli gunohi o‘zidan daf’ etilgan bo‘ladi. Fazilat va mo‘l savob kuch-qudrati, imkoniyati yetgani holda Alloh taoloning rizosi uchun tark etishidadir. Bu daraja - siddiqlarning darajasidir. Bu sabab tufayli shunday deydilar: «Kim oshiq bo‘lib ham iffatini muhofaza etsa, ishqini pinhon tutsa va shu hol uzra o‘lsa, o‘sha kishi shahiddir!»

Go‘zal va aslzoda bir ayol bir odamni o‘z nafsi sari taklif etganida: «Men olamlarning parvardigori bo‘lgan Alloh taolodan qo‘rqaman!» degan kishi qiyomat kuni arsh soyasi ostida bo‘ladi.

Yusuf (a.s.) kuch-quvvati va rag‘bati bo‘lgani holda Zulayhodan qochishi ma’lum bo‘lgan voqeadir. Alloh taolo Qur’oni karimda u zotning (s.a.v.) bu harakatini maqtaydi. Yusuf (a.s.) shaytonga qarshi muvaffaqiyat qozonganlarning rahbari bo‘ldilar. Aytilishicha, Sulaymon ibn Yasor eng go‘zal yuzli insonlardan biri edilar. Bir kuni uyiga bir ayol keldi va nafsini unga arz etdi. Sulaymon ibn Yasor undan saqlandi va ayolni qoldirib, uyidan chiqib qochdi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2009, 10:32:41
Keyinroq o‘zlarining aytishlaricha, o‘sha kecha tushlarida Yusufni (a.s.) ko‘rdilar: «Siz Yusuf (a.s.) misiz?», dedilar. «Ha», dedilar u zot (a.s) va shu oyatni o‘qidilar:

«Qasamki, ayol uni (Yusufni) xohlagan edi. Agar Parvardigoridan bir ishorat ko‘rmasa edi, u ham uni xohlagan (bo‘lur) edi». (Yusuf, 12/24).

Buxoriyning Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat etganiga ko‘ra, uch kishi bir joyga ketayotganda tunash uchun bir g‘orga kirdilar. O’shanda tog‘dan bir qoya uzilib tushib, ular panalangan g‘or og‘zini bekitib qo‘ydi. «Bizni bu qoya toshdan qutqaruvchi faqat solih amallarimizni eslab, o‘sha amallarimiz hurmatidan Alloh taologa duo qilmog‘imizdir», deyishdi. Bundan so‘ng ulardan biri shunday duo qildi: «Yo Rabbiy! Sen bilasanki, mening keksa ota-onam bor edilar: Ularga oqshom sut ichmasimdan avval o‘zim ichmasdim. Bola-chaqalarimga ham, boshqalarga ham sut ichirmasdim. Bir kun uzoqdagi bir daraxt tagida qolib ketdim. Ularga (sut bermoqqa) ulgurolmadim. Ikkalovi ham uxlab kolgan edilar, ular uchun yangi sut sog‘dim va boshlarida borib kutdim. Ulardan avval bolalarimga va boshqalarga ichirmoqni xush ko‘rmadim. Sut idishni ushlagan holda ota-onam uyg‘onishlarini kutdim. Nihoyat tong vaqti bo‘ldi. Bolalar oyoqlarimga o‘ralashib ochlikdan g‘inshirdilar. Oxir, ota-onam uyg‘ondilar va sutlarini ichdilar. Yo Rabbiy! Agar men bu ishni faqat Sening roziligingga erishmoq uchun qilganim rost bo‘lsa, bizga yordam ber va bizni bu g‘ordan, bu ahvoldan qutqar!»

Bundan so‘ng qoyatosh joyidan qimirladi va g‘orning oldi biroz ochildi. Lekin ular u yerdan chiqadigan darajada g‘or og‘zi kengroq ochilmadi. Ulardan ikkinchisi shunday duo qildi: «Yo Rabbiy! O’zing bilursanki, amakimning bir qizi bor edi. U men uchun insonlarning eng sevimlisi edi. Men unga murodimni aytim. Lekin u rad etdi. Nihoyat, bir yildan so‘ng yonimga kelishga majbur bo‘ldi: Men unga bir yuz yigirma dinor bermoqchi ekanimni aytdim. Ehtiyoji sababli majbur bo‘lganidan pulni afzal ko‘rdi va mening istagimga ko‘ndi. Biroq, men unga yaqinlashmoqchi bo‘lganimda: "œAlloh taolodan qo‘rq! Nikohsiz holda menga yaqinlashma" dedi. Shundan so‘ng men o‘zimni tortdim va o‘sha yomon ishni qilishdan voz kechdim. Unga bergan pullarimni ham qaytib olmadim. Yo Rabbiy! Agar men bu ishdan faqat O’zingning Rizoingga erishmoq uchun shunday yo‘l tutgan bo‘lsam, bizga madad ber va bu ahvoldan qutqar!
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2009, 10:32:49
Bundan so‘ng qoyatosh o‘rnidan harakatlandi va g‘or oldi (og‘zi) yana bir oz ochildi. Lekin, baribir sig‘madilar va chiqmoqqa imkon topolmadilar.

Ulardan uchinchisi esa shunday duo qildilar: «Yo Rabbiy! O’zing bilasanki, men mardikor yollagandim. Hammasining haqlarini berdim. Lekin bittasi haqqini olmasdan chiqib ketdi. Men uning haqqini (ishlatdim va) ko‘paytirdim. Ma’lum vakglar o‘tib, o‘sha kishi keldi va:
- Ey Alloh taoloning quli! Haqqimni ber! - dedi. Men esa:
- Shu ko‘rganingiz; tuyalar, sigirlar, qo‘ylar va xizmatchilar hammasi sizning haqqingiz(sababi)dan ko‘paygan, - dedim.
U kishi:
- Ey Allohning quli, meni mazax qilyapsizmi yo hazillashyapsizmi? - dedi.
Men esa:
- Yo‘q, mazax ham, hazil ham qilganim yo‘q, oling! - dedim.
U hammasini oldi.
Yo Rabbiy!
Agar men bu ishni faqat Sening roziligingni ko‘zlab qilgan bo‘lsam, bu ahvoldan qutqar!
Bundan so‘ng qoyatosh tamoman surilib, g‘or oldi butunlay ochildi va ular g‘ordan qutulib, chiqib oldilar va yo‘llarida davom etdilar.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2009, 10:33:18
* * *

Shahvatiga hokim bo‘lib, iffatini qo‘riganlarning fazilati shunday.

Zinoning boshi (boshlanishi) - shahvat bilan qaramoqdir. Shu sababli ko‘zni haromga qarashdan qo‘rish kerak.

Chunki, uni tiyish ham qiyin va hamda u barcha yomonliklarning bosh manbaidir.

Agar yomon maqsadi bo‘lmasa, birinchi qarash gunoh emas. Lekin, takror qaraladigan bo‘lsa, gunoh bo‘lur va undan hisob beriladi, so‘roqqa tortiladi.

Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
"Birinchi boqish o‘zingga, o‘zingning foydangga, ikkinchi qarash esa, senga qarshi, sening zararinggadir!" (Abu Dovud va Termiziy Hz. Buraydadan (r.a.) rivoyat etganlar).

A’lo ibn Zayd shunday deganlar:
"Sening ko‘zing bir ayol(ning oldi-orti)ga tikilmasin. Chunki unga qaramoq ko‘ngilga shahvat urug‘larini ekadi".

Odamlarning juda kamdan-kamigina nomahram ayolga va bolaga tikilmoqdan, qaramoqdan ko‘zlarini qo‘riy oladilar.

Me’yoriy tarzda qarash - tabiiy(hodisa)dir. Lekin qarashni cho‘zmoq va unga harakat (g‘ayrat) qilmoq durust bo‘lmagan holat va muomaladir.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2009, 10:33:35
Bu qarashdan lazzat, zavq tuygan kishi uning ko‘zdan uzoqlashishi bilan xafa bo‘ladi va yana ko‘rish hasratini chekib qoladi. Shu tariqa, davomli o‘laroq gunohga botib yuradi.

Bu qarash yomon narsa ekanini bilgan va ko‘zini nomahramdan qo‘rigan kishi tasodifan ko‘zi taqalsa ham, bu boqishdan zavq olmaydi.

Uni ko‘rmagan paytda ham xafachilik sezmaydi.

Balo va musibatlarga sababiyat bergan tuyg‘ularni ko‘nglidan chiqarib otgan ma’qul.

Abu Bakr ibn Abdulloh Al-Muzaniyning aytishlariga karaganda bir qassob bo‘lgan. Qassobning qo‘shnilaridan birining esa go‘zal qizi bor edi. Qassob o‘sha qizga ko‘z tashlardi. Qizning uydagilari bir ish bilan uni qo‘shni qishloqqa yubordilar. Qassob ham uning izidan ergashib ketdi. Nihoyat xilvat bir joyda uni ushladi va nafsidan nafsining murodini olmoq istadi. Qiz dediki:
"Qo‘y bunday qilma! Sen meni sevganingdan ko‘ra ziyodaroq seni sevaman. Faqat Alloh taolodan ko‘rqaman!"
Bundan so‘ng qassob:
"Sen Alloh taolodan qo‘rqasanu men qo‘rqmaymanmi?!" - dedi-yu, tavba qilib, ortiga kaytdi.
Yo‘lda ketar ekan juda qattiq chanqadi, suvsizlikdan halok bo‘layozdi. Shunda Isroil farzandlariga yuborilgan payg‘ambarning elchisiga duch keldi.
Elchi uning parishon holini ko‘rishi bilan so‘radi:
- Sizga ne bo‘ldi?
U esa kattiq suvsaganini aytdi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2009, 10:33:54
Bundan so‘ng elchi dediki: — Keling, birga Alloh taologa duo qilaylikki, shu qishloqqa kirgunimizcha bizga soya (himoya) bo‘lishi uchun ustimizga bir bulut yuborsin.
Qassob shunday dedi:
"O’zingiz yolg‘iz duo qiling. Chunki, mening bir yaxshi amalim bo‘lsa ediki, uning hurmatidan duo qilsam..."
Elchi shunday dedi:
"U holda men duo qilay, siz "omiyn" deng".
So‘ng elchi duo qildi.
Qassob "omiyn" dedi.
Bundan so‘ng ko‘p o‘tmay ko‘kda bir bulut bularning ustiga qarab harakatlandi va ularga soya bo‘ldi. Nihoyat qishloqqa yetdilar. Qassob elchining yonidan ajrab, o‘z makoniga qarab yurdi. Bulut ham o‘sha tarafga qayrildi.
Elchi dediki:
"Men sizning yaxshi ishingiz yo‘q deb o‘yladim. Chunki, duo qilgan men edim. Siz faqat "omiyn!" deb turdingiz. Shundan so‘ng bir bulut bizga soya soldi. So‘ng o‘sha bulut siz(taraf)ga moyil bo‘ldi. Buning haqiqatini va hikmatini menga aytib bering!"
Qassob bo‘lgan voqeani aytdi:
"Kimsasiz joyda (Allohdan qo‘rqib, nafsini tiygan) Alloh taologa tavba kilgan kishining Alloh huzurida (aytgan) maqomiga hech kim yeta olmas".
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2009, 10:34:13
Ahmad ibn Said Obidning otasidan rivoyat etishicha, Kufa shahrida ularning bir xizmatchisi bor edi. Juda dindor bo‘lan o‘sha yosh namoz o‘qimoq uchun doimo masjidga borar va u yerdan ajrashni istamasdi. O’zi esa qad-qomati kelishgan, go‘zal yuzli yosh edi. Go‘zal bir ayol uni sevardi. Xizmatchi yigit bir kun jome’ga ketayotganida o‘sha ayol oldiga chiqib, yo‘lini to‘sdi va dedi:
- Ey yigit! Meni tingla. Senga aytmoqchi bo‘lgan bir necha so‘zim bor. Meni tingla, so‘ng xohlaganingni qil!
Yigit unga ro‘yxushlik bermadi va suhbatlashmadi.
Bir kun yigit uyiga qaytayotganda yana o‘sha ayol yo‘lida paydo bo‘ldi va dedi:
- Ey yigit! Meni tingla. Senga aytadigan bir necha so‘zim bor.
Yigit boshini egdi va dedi:
- Bu yer tuhmat joyidir. Men esa tuhmatga mavzu bo‘lmoqni xush ko‘rmayman.
Ayol esa:
- Meni sen bilan topishmoqqa yo‘llagan omil - nafsimdir. Siz dindorlar pokiza bir jonga o‘xshaysiz. Sizdagi ozgina, kichkina dog‘ ham darhol bilinur va qusuringizni oshkor kilur.
Men senga asir bo‘ldim.
Barcha a’zolarim, sen bilan mashg‘ul bo‘lmoqda, sen bilan banddir.
Sen ham mening ishim uchun, hamda o‘zing uchun Alloh taologa duo qil, bizni isloh aylasin!
Yigit uyiga ketdi va borib namoz o‘qimoqchi bo‘ldi. Lekin boshida qarama-qarshi, aralash-quralash o‘ylar bo‘lgani uchun qanday namoz o‘qib, qanday duo qilajagidan parishon edi.
So‘ng qog‘oz, qalam olib maktub bitdi. Uyidan tashqariga chiqdi.
Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, ayol o‘sha joyda kutib turardi!
Darhol o‘sha maktubni ayolga berdi va uyiga qaytdi.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2009, 10:34:32
Maktubda shular bitilgan edi:
"Bismillahir rohmanir rohiym!
Ey Ayol! Bilgilki, qul Alloh taologa isyon qilib gunohga kirganda Alloh Haliym sifati bilan unga yumshoq muomala qilur. Qul takror gunoh qilsa, Alloh taolo buni ham bekitur. Faqat yana gunoh qilsa, Alloh (j.j.) unga shunday g‘azab qiladiki, yeru ko‘klar tor kelib qolur. Barcha tog‘lar, daraxtlar va hayvonlar siqilur. Alloh taoloning g‘azabiga kim ham chiday olurki!.. Agar bu so‘zlarim behuda va botil ersa, unda men senga shunday bir kunni eslatayki, u kun osmon erigan ma’dan kabi bo‘lur. Tog‘lar titilgan jun kabi bo‘lur. Alloh taologa qasamki, men zaiflik kildim va o‘z nafsimni isloh aylamoqdan ojiz bo‘ldim. Qaydan boshqa birovni isloh etay?! Agar so‘zlarim haq va haqiqat ersa, unda seni Hidoyat Rahbari - bir Tabibga havola eturmanki, isloh etur, tuzatur. Barcha dardu og‘riqni tindirur. U - Olamlar Parvardigori Alloh taolodir.

Alloh taolo marhamat etmish:
"U (mushrik)larning yuraklari xalqumiga keladigan (tomog‘iga tiqiladigan), ko‘ngullari dard bilan to‘lib, parishon bo‘ladigan yaqin qolgan Qiyomat Kuni bilan qo‘rqiting! Kofirlarning (o‘sha kun) do‘sti ham, tinglaydigan biror shafoatchisi ham bo‘lmas! Alloh ko‘zlarning xoin (xiyonatli) boqishlariniyu, ko‘ngillar maxfiy tutguvchi sirlarini ham, har neni bilguvchidir". (Mo‘min, 40/18-19).
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2009, 10:35:06
Oradan ma’lum vaqt o‘tdi. Yana bir kun yosh yigit uyidan chiqsa yo‘l bo‘yida kutayotgan o‘sha ayolni ko‘rdi. Darhol qaytib uyiga kirib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin ayol chaqirib qoldi:
- Ey yigit! Qaytma. Chunki endi boshqa ko‘rishmaymiz. Faqat erta (Qiyomat Kuni) Alloh taoloning huzurida ko‘rishgaymiz.
Keyin jim-jim yig‘ladi, ho‘ngradi va shunday dedi:
- Sening ko‘nglingning kalitlari qo‘lida bo‘lgan Alloh taolodan shuni tilaymanki, senga oshiq bo‘lganim tufayli duchor bo‘lgan mashaqqatlarimni menga oson aylasin!
So‘ng shunday dedi:
- Menga bir nasihat berki, uni sendan xotira sifatida ko‘nglimda olib yuray. Yana, sen menga bir tavsiya berki, men u bilan amal qilayin.
Bundan so‘ng yigit shunday dedi:
«Nafsingni o‘z nafsingdan qo‘rimoqni tavsiya eturman. Ayricha, senga Alloh taoloning shu so‘zlarini xotirlatay:
"U (Alloh) kechalar sizni o‘ldiruvchi (uxlatuvchi) kunduz qilgan har ishingizni bilguvchi Zotdir"». (An’om, 6/60)
Ayol boshini egdi va avvalgidan ham kattiqroq yig‘lay boshladi.
So‘ngra ajralib ketdi. O’zini butunlay ibodatga berdi. Qayg‘udan o‘lguncha shu yo‘lda davom etdi. Ayolning o‘limidan so‘ng yigit uni esladi va yig‘ladi. Atrofidagilar undan so‘radilar:
- Sen unga nafsingdan umidini uzdirding. Endi nechun yig‘lamoqdasen?
Yigit shunday javob bergan:
- Ishing avvalida men uning umidini uzdim va uning ayrilig‘i Alloh huzurida bir zahira bo‘lsin dedim. Endi uning Alloh huzuriga eltganini olib, o‘zimga zahira etmoqqa Alloh taolodan uyalmoqdaman.
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2009, 10:43:12
MUNDARIJA

So’zboshi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194451#msg194451)

BIRINCHI BOB
Nikohni tashviq etmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194452#msg194452)
Nikohni tashviq etgan oyatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194453#msg194453)
Nikohga aloqador hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194454#msg194454)
Sahobalarning qarashlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194516#msg194516)
Nikohdan ogoh etish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194522#msg194522)
Nikohning foydalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194524#msg194524)
Nikohning birinchi foydasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194525#msg194525)
Nikohning ikkinchi foydasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194623#msg194623)
Nikohning uchinchi foydasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194747#msg194747)
Nikohning to‘rtinchi foydasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194749#msg194749)
Nikohning beshinchi foydasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg194751#msg194751)
Nikohning ofatlari: birinchi ofati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg195693#msg195693)
Nikohning ikkinchi ofati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg195695#msg195695)
Nikohning uchinchi ofati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg195697#msg195697)

IKKINCHI BOB
Nikoh aqdining odoblari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg196193#msg196193)
Nikohga to‘siq bo‘lguvchi hollar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg196195#msg196195)
Nikohda e’tibor beriladigan jihatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg196196#msg196196)

UCHINCHI BOB
Nikoh aqdi tuzilgach umrlarining oxirigacha turmush kechirish odoblari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg196603#msg196603)
Erning xotin zimmasidagi haq-huquqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg197579#msg197579)

IKKINCHI KITOB
Shahvatning kesilishi (nafs tarbiyasi) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg197800#msg197800)
Ochlikning fazilati va to‘qlikning yomonligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg197802#msg197802)
Ochlikning foydalari, to‘qlikning zararlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg197810#msg197810)
Me’da shahvatini tiyishda riyozat yo‘li (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg198053#msg198053)
Ochlikning hukmi va insonlarning hollari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg198413#msg198413)
Yegulikni kamaytirilishi va riyoning ofatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg198586#msg198586)
Farjning shahvati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg198587#msg198587)
Farj va ko‘z shahvatidan tiyilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.msg198853#msg198853)
Nom: Re: UYLANISH ODOBI. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 21 Oktyabr 2009, 10:48:03
Uylanish odobi

(http://ziyouz.com/images/books/uylanish.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=435)

Muallif: Imom G'azzoliy
Hajmi: 439 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=435)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4001.0)