forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Darsxona => Dizayn => Mavzu boshlandi: Nоdirbek 15 Oktyabr 2009, 22:07:52

Nom: Photoshop dasturini sozlash bo’yicha web-dizaynerlarga tavsiyalar
Yuborildi: Nоdirbek 15 Oktyabr 2009, 22:07:52
Bilamizki, bugungi kunda Photoshop dasturini o'rganayotgan yoshlarimiz safi kengayib bormoqda. Ayniqsa Internet rivojlana boshlaganidan keyin ko'pchilik Veb-dizaynerlik kasbini o'zlashtirmoqdalar.
Quyida, Photoshop dasturini o'rnatgandan keyin foydali bo'lgan tavsiyalar keltirilgan.

O’lchov birliklari
Veb-dazyn sohasida ko’proq rastr grafikasidan foydalanilgani uchun, o’lchov birligi sifatida piksel (pixel) ni tanlash maqsadga muvofiqdir.
Yangi varaq (document) ochilish vaqtida eni (width) va bo’yi (height) larni quyidagicha sozlab olamiz.

(http://i082.radikal.ru/0910/98/cda16e9c2adc.png) (http://www.radikal.ru)

Shuningdek, Ranglar modeli (Color Mode) RGB bo’lishi lozim.
RGB (ingliz tilidan olingan abbrevatura — Red, Green, Blue — qizil, yashil, ko’k) — ranglarni 3 rang bo’yicha sintezlovchi modul.

Menyu qismida
Edit -> Preferences -> Units& Rullers ga kirib Rulers va Type maydonlarini sozlaymiz:

(http://s40.radikal.ru/i087/0910/fa/11f67a0eb4b5.png) (http://www.radikal.ru)

-> Guides, Grid, Slices& Count va Gridline every maydonlari uchun ham:
(http://s51.radikal.ru/i131/0910/e6/44650abfdf29.png) (http://www.radikal.ru)

Shuningdek, barcha o’lcham kattaliklari mos ravishda piksel va dyumlarda bo’lishi lozim, (masalan: pixels/cm o’rniga pixels/inch bo’lishi kerak),
negaki, standart  monitor o’lchamlari 1 dyumga 72 pixel qilib olinganligi sababli santimetr emas, balki dyum o’lchamidan foydalanishlik maqsadga
muvofiq sanaladi. (Hozirgi tavsiyalarni  kompyuter monitori uchun moslashtirayotganimizni unutmasligimiz lozim).
Shuningdek, har bir foydalanuvchi o’ziga mos ravishda boshqaruv panelini moslab olishligi maqsadga muvofiq.
Avvalambor ko’zga ko’rinadigan joylarga siz eng ko’p foydalanadigan funksiyalar hamda panellarni joylab olishingiz o’z vaqtingizni tejashga hizmat qiladi.

O’zingizga  moslab olganingizdan so’ng -> Windows — > Save workspace"¦ yordamida ushbu ish maydoni o'zgarishlarini saqlab qo’ying.
(http://s49.radikal.ru/i126/0910/d2/578470c18e52.png) (http://www.radikal.ru)

Tasvir bilan ishlashda belgilab qirqish uchun Polygonal Lasso Tool  dan foydalanishlik qulayroq.
Tasvirdagi bir hil rangdagi joylarni tez belgilab olish uchun esa Magic Wand Tool  dan foydalansa osonroq bo’ladi.
Shuningdek, foydali xossalardan biri «aqlli yo’naltiruvchilar»ni View -> Show -> Smart Guides ham faollashtirib qo’yish maqsadga muvofiq.
(http://s51.radikal.ru/i134/0910/ae/3833d95b5064.png) (http://www.radikal.ru)

Veb sahifalarni maketini Photoshop yordamida tayyorlayotgan bo’lsangiz, matn ko’rinishi brauzerda qanday ko’rinishlini unutmang,
chunki hamma brauzerlar ham matnni silliqlashtirib berish imkoniga ega (asosan Internet Explorer 5 va 6 lar, 7 versiyadan boshlab
bu brauzer ham shriftlarni silliqlashtirish imkoniga ega bo’ldi). Buning uchun matnni anti-alliasing maydonida None (yo’q) ni belgilang.
(http://s59.radikal.ru/i164/0910/e6/685fed36971e.png) (http://www.radikal.ru)

Shuningdek
Edit -> Preferences -> Perfomance ga kirib tezkor History& Cache — (qilingan ishlar ketma-ketligini tarixini) ko’paytirish mumkin.
40-50 gacha ko’paytirsangiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Tasvir bilan ishlash mobaynida biz istamagan natija hosil bo’lganda tasvirni ilk holiga qaytish
yoki kerakli joygacgha orqaga qaytish imkoni kengaytiradi. Agar komyuteringiz imkoniyatlari katta bo’lsa bu sonni 100 gacha ixtiyoriy ravishda kengaytirishingzi mumkin.

(http://s45.radikal.ru/i109/0910/b9/113172cea6bb.png) (http://www.radikal.ru)

Yodda saqlang!
Tasvirlarni saqlash uchun bir echa formatlar mavjud bo’lib ulardan eng keng tarqalgani:
GIF (inglizchadan — Graphics Interchange Format —tarj. — tasvirlar bilan alsmashish uchun format). 256 rangli tasvirlarni saqlash uchun mo’ljalangan. Bu format oddiy geometrik shakllarni, grafik muhharir yordamida chizilgan har oddiy tarvirlarni saqlashda qo’l keladi, Bu format 8-bit kanal shaffoflikni ta’minlab berish hususiyatiga ega. Gif formatini yana bir hususiyati u animatsion tasvirlar yaratish imkonini beradi;


JPG, JPEG
— (inglizchadan — JointPhotographicExpertsGroup — tarj. — fotografiya sohasidagi uyushgan ekspertlar guruhi) — fototasvirlarni saqlashda keng qo’llaniladigan format. U tasvirni siqish uchun foydalaniladi. Veb uchun tayyorlangan fototasvirlarni odatda siqish darajasini 60-80 (Heigh) saqlash urf bo’lgan. Fototasvirlarni 55 dan kam sifatda saqlaganda tarvir sifati keskin yomonlashishi unutmang. Shuning uchun eng optimal ravishda 60 dan 80 gacha bo’lgan sifat darajasida saqlang. (Tasvir sifati 100 qilib saqlashni foydasi yo’q, chunki bu faqat matematik moddulyatsiyaga asoslanib, tasvirni hajmini keskin oshiradi, tasvir sifat aksari hollarda uncha o’zgarmaydi). Eng keng tarqalgan format .jpg bo’lib bu format deyarli hamma platformalarda qo’llaniladi.


PNG-8 — (inglizchadan — portable network graphics —grafik ma’lumotlarni rasst formatda saqlash). GIF formatiga yaqin format bo’lib, ba’zan Gif formatiga qaraganda tasvirlarni ixchamlashtirish hususiyati sezilarli ravishda kattaroq. Gif formatini o’rnini bosish uchun yaratilgan. Keyinchalik bu format takomillashtirilib — PNG-24 formati yaratildi.


PNG-24
— Bugungi kunga kelib keng ommalashayotgan format bo’lib, kelajagi porloq format sanaladi. Sababi, u 24-bit kanalli shaffoflikni ta’minlab berivchi format sanaladi. Tasvirlar bilan ishlashda keng imkoniyatlarni ochib berganligi uchun Dizaynerlar orasida urf bo’lib bormoqda.
O’zingiz yaratgan ijod namunasini web uchun saqlashda File -> Save for Web&Devices"¦ dan foydalaning.

Muallif: Ulug'bek (http://itishnik.biz/blog/photoshop/25.html)