ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: Abu Muso 23 Oktyabr 2009, 00:12:00

Nom: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 23 Oktyabr 2009, 00:12:00
                                        IKKI SOHIL

   Keng va sersuv daryo oqib turibdi… Daryoning ikki sohili esa
tumonat odam bilan gavjum. Sohilning bir tomonidagilar hammasi ikkinchi
tomonga o’tish talabidalar. Ikkinchi tarafdagilar esa, ularni harakatsiz va jim
kuzatmoqdalar. Daryoning u tomoniga olib borish uchun, har hil kattalikdagi
qayiq va sollar turibdi(1 kishilik, 2 kishilik va 15-16 kishilikkacha).Garchi
hamma daryoning narigi sohiliga o’tishga intilsada, ularni tanlaydigan va
qayiqqa jamlaydigan mas’ul Zot bor. Ya’ni har kim o’zi hohlagan vaqtda
va o’zi hohlagan kishilar bilan sherik bo’lish huquqidan mahrumdir. Har bir
qayiqda Darg’a(kapitan) va uning yordamchisi tayinlanadi. Daryonning eni
shunchalik kengki, uni suzib o’tish uchun yillar kerak…
   Suzib o’tish jarayonida ham kemaga yangi yo’lovchilar mindiriladi va
yoki aksincha, ayrim yo’lovchilar yo’lda tushirilib qoldiriladi yoki boshqa
qayiqqa mingashtirib yuboriladi. Qayiqdagi oddiy matroslar ham tajriba
orttirgach boshqa qayiqqa Darg’a qilib olib o’tiladi…



Bu keng daryo – Hayot daryosi bo’lib, biz tirik insonlar ayni damda uni suzib
o’tayotgan yo’lovchilarmiz. Sohilning bir tarafidagilar hali yorug’ dunyoga
kelmagan, lekin Allohga Miysoq va’dasini bergan insonlar, narigi sohildagilar
esa hayotdan ko’z yumgan marhumlardir. Katta-kichik qayiq va sollar esa –
oilalardir. Dar’g’alar-otalar, uning yordamchilari esa-onalardir. Bizning qachon
dunyoga kelishimiz, biz bilan bitmaganidek, qaysi qayiqqa tushishimiz ham biz
bilan kelishilmaydi. O’zimiz ulg’ayib yangi qayiq Darg’asi bo’lganimizdan keyin
ham, qanday yo’lovchi(farzand)lar qayig’imizga mindiriladi biz bilmaymiz.
   Ha, birodarlar har bir Inson hayotga yolg’iz dunyoga keladi va qabrda
ham bir o’zi yotadi. Va har bir Inson o’z qilmishiga o’zi javob beradi. Ota-onalarimiz,
aka-ukalarimiz, opa-singilu, farzandlarimiz, Alloh bizlarni bir qayiqqa joylashtirgan
yo’ldoshlarimizdir. Hech kimga qattiq muhabbat qo’yib bog’lanib qolish yaramaydi!
Faqatgina vazifa va burch yuzasidan bog’lanish kerak. Matroslar o’z vazifasini qoyil
qilib bajarishlari kerak, Dar’g’a bo’lgach ham o’z vazifa va burchlarimizni anglab
unga musthkam amal qilmasak, qayiqlarimizda intizomsizlik yuzaga keladi. Agar
qayig’ingizga solih yo’lovchilar minishini hohlasangiz, duoga qo’l oching…
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 23 Oktyabr 2009, 00:59:59
                               Idishlar va suv

Tumonat haloyiqqa har hil hajmdagi idishlar berilgan. Hamma bir hil
vazifa: dengizdan suv olib kelish topshirilgan. Suvni olib kelish manzili
belgilangan. Kimgadir chelak, kimgadir obdasta, kimga piyola, kimga
angishvona. Ba’zilatga hatto 10 tonnalik suv tashiydigan mashina ham
berilgan . Hullas idishlar turli hil va turli hajmda. Dengiz esa undan
qancha ko’p suv olinsa ham sira kamaymaydi. Haloyiqdan kimlardir
qo’lida idishi boru uni nima qilish kerakligini ham bilmaydi. Kimlardir
zudlik bilan idishni to’ldirish bilan band. Vaqt esa o’lchab berilgan, go’yo
imtihondagidek. Lekin, manzilda esa suv o’lchab qabul qilinadi. Kimlardir
angishvonani liq to’ldirgan odamlardan kulib chelakni 1/10 ini to’ldirib
borsam ham undan ko’p meniki deb, beparvoroq yurbdilar. 10 tonna sig’imli
idshi borlar esa umuman ham beparvo, chunki 1/100 ini olib borsam ham,
hammasidan ko’p suv olib brogan bo’laman deydi va hokazo… Kichik,
idihslilar esa, katta idishlilarga havas va hasad qilishadi, ularga mazza deb.

Manzilga ketib kelingach esa, suvning miqdori bilan emas, berilgan idishning
qanchalik to’ldirilgani bilan hisob-kitob qilinadi. Shunda kichik idishlilar
hursand bo’lishadiki, katta idishning o’ziga yarasha mas’uliyati ham bor
ekan, deb. Katta idishlilar esa , uni bekor to’ldirmaganliklaridan afsuslanadilar.
Miqdori ozgina bo’lsada, idishi liq to’ldirganlar esa izzatda bo’ladilar.

Ha birodarlar, suv – solih amal, idishlar – insonga berilgan imkoniyatlar,
manzil – mahshar maydoni. Hulosa qilish esa, sizlardan …
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xuolasalar...
Yuborildi: Mahdiyah 23 Oktyabr 2009, 01:14:12
Alloh rozi bo'lsin
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 23 Oktyabr 2009, 02:15:15
                                                            PIYOLA

Ko'p qavatli uyning yuqori qavati derazasidan choy qoldig'ini to'kmoqchi bo'lib,
qo'lingizdan piyola sirg'alib tushib ketdi... Piyola sinmay qolishi mumkinmi ?
Agar mumkin bo'lsa, siz bilan bitadigan nima amal borki, uni saqlab qola olsangiz ?
Qo'lidan piyolasi sirg'alib ketgan odam faqat 2 narsaga qodir : 1. Piyola sinmay
qolishini qattiq hohlashi, ya'ni orzu qilishi mumkin; 2. Yoki uzining qilgan ishidan
norozi bo'lib , pushaymon bo'lishi mumkin. Baxtga qarshi bu ikala usul ham piyolaga
yordam bera olmaydi. Uning sinmay qolishi esa , Allohning irodasi bilangina bo'ladi.
Shunday ekan mazkur holatda, faqatgina Allohdan so'rash va unga Tavakkul qilishdan
o'zga chora yo'q. Aslida bizning hayotimizda kechayotgan barcha hodisalar, huddi
havoda uchib tushayotgan piyola kabidir. Tug'ilishimiz o'zimiz bilan bitmagani kabi,
o'lishimiz ham biz bilan bitmaydi va hokazo... Shariat esa bizga , choy qoldig'ini
derazadan to'kmaslik kerakligini o'rgatadi (bu misol nisbiy ma'noda). Chunki, piyola
qo'limizda turgan paytda bizda imkon katta edi, sirg'alib tushgach esa, nima bilan
tugashi bizga bog'liq emas. Hayotda ham shariat  imkoniyati  bor amalni qilishga
buyuradi yoki qaytaradi, sizning imkoniyatingizdan tashqaridagilarini esa Allohga
topshirasiz-tavakkul qilasiz. Masalan, mo'minaga uylanish shariat chegarasi, bunga
qattiq turib olib amal qilishingiz mumkin. Lekin, u ayol to'ydan keyin qancha umr
ko'radi, iymondan chiqib ketmaydimi , qisqasi sizga munosib bo'ladimi yo'qmi , erta
nima bo'lishini bilmaysiz-ku. Qani bu orzularni amalga oshirish uchun nima amal qila
olasiz? Faqatgina so'rash va tavakkul qilishingiz mumkin. Ya'ni, siz avvalo shariat
buyurganidek amal qiling va siz bilan bitmaydiganlarini esa Allohga topshiring. Xuddi
oyatda aytilgandagidek, "otingizni avval bog'lang, so'ngra Allohga tavakkul qiling " .
Otni yechib yuborib, Allohga topshirdim deb bo'lmaydi. Mo'min kishi bo'lib o'tgan
narsalarga pushaymon bo'lmasligi, hali bo'lmagan narsani orzu qilmasligi kerak.
Shariat buyurgan chegarada amalga qattiq turib, qolganini Robbisiga topshirsagina,
iymon halovatiga erishadi, inshaAlloh...
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xuolasalar...
Yuborildi: Abu Muso 23 Oktyabr 2009, 11:45:30
:bsm:

                                        Qasri orifon

10 yillar oldin hayotimda bo'lib o'tgan bir voqea yodimga tushdi ...

    Buxoroga Hazrati Bohovuddin Naqshbandiyni ziyorat qilishga boradigan bo'ldik.
Tariqatdan habari bor bir inson , u erda Hazrat Bahovuddinning shogirtlarini oriflik
darajasiga tarbiyalaydigan chillahona borligini aytdi. U er qarovsiz ekanligini va
joylashgan o'rnini tushuntirdi . Bilmadim Buxoroga bo'lgansizlarmi, yo'qmi ziyoratgah
huddi namoyish bo'layotgandek , odam g'ij-g'iz...
   Men esa ziyoratgoh qolib qabristonda timirskilanib yuribman. Ohiri bir kishi arang
sig'adigan tuynukni topdim, pastga zina olib tushar ekan. Tot yo'lak atrofida kichkina-
kichkina 10dan ziyod hujralar joylashgan. Ularda faqat o'tirish mumkin , hatto tik turib
bo'lmaydi. Namoz o'qiladigan alohida kichikroq hona bor. Qorong'ulik shu darajadaki ,
qo'lingizni yuzingizga yaqin olib kelsangiz ham hech narsa ko'rinmaydi ... Qiziq holat
qorong'ulik ham ko'zga tiqilib qolar ekan . Er ostidagi sukunatdan quloq yorilib ketguday
qomatga keladi, bo'lmasa jim-jitlik... Bunday holatlarni er ustida topib bo'lmaydi. Hujralar
ham qabr lahadiga o'hshatib kovlangan . Tayorgarlik bilan borganman, joynamozu tasbeh
 bilan. Bir hujraga joylashdimu, qo'limdan kelgancha istig'for aytishga, Allohni zikr qilishga
harakat qila boshladim. Haqiqiy qbrdagi holat ..! Faqat nimadir ichimdan yorug' dunyoga
tezroq qaytishga undardi, yo'q bu qo'rquv emas, menimcha tiriklik Nafsi edi bu . Qisqasi
er ostida nima bo'lishini ana o'sha holatda his qilganman . Va o'tmish ajdodlarimiz qay
yo'l bilan o'z nafslarini engib, Allohga qurbat hosil qilganlariga tahsinlar aytganman.
O'rtadan dunyo degan tushuncha ko'tarilib , Alloh bilan yakka hilvatda qolinadi, hatto eng
 yaqin do'stlaringiz ko'z va quloq keraksiz narsaga aylanib qoladi...
    O'sha qishloqni adashmasam "Qasri orfon" deb atalardi . Haqiqiy "Qasri orifon" esa
qabristonning o'rtasida kishi bilmas joyda ekan , bilmadim hozir u joylar shunday qolganmi ,
yoki ziyoratgoh ansambliga qo'shib olinganmi , bilmadim. Kimda ma'lumot bo'lsa, yozsin .
Bunga 10 yillardan oshdi...
   Aytadilarku er ustida nima ko'p ?- Orzu havas ko'p ! Er ostidachi ?- Afsus nadomat
ko'p !, deb.
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 23 Oktyabr 2009, 12:20:27
:bsm:

                                               Qiyos...

Hamma forum ishtirokchilari kompyuterdan foydalana olishadi va uning
ishlash printsipini qisman bilishadi. Shunday bo’lsada bir eslab o’tsak,
comp ishga qo’shilganda, Winchester aylana boshlaydi va undagi
ma’lumotlarni  o’qish uchun golovka birinchi kelib  tekshiradigan qismi
“boot sector” deyiladi. Agar compimizda operatsion sistema(OS) o’rnatilgan
bo’lsa, o’sha “boot sectorga” yozilgan bo’ladi. Birinchi bo’lib compga
yuklanadigan dastur OS bo’ladi va u keyin ishga tayyorligini bildiradi.
Agar OS “boot sector”dan boshqa joyda bo’lsa, komp boshqa “nositel”
(DVD ROM, Floppy)larga murojat qiladi. OS ni topa olmasa, u o’z ishini
to’htatadi. Ichida qancha ko’p ma’lumotlar bo’lishiga qaramay, biz ulardan
foydalana olmaymiz, toki OS o’rnatmagunimizcha. Boshqa proga va
ma’lumotlar Winchester hotirasida saqlangani bilan, qachongina biz unga
murojat qilsakkina aktivlashadi, ya’ni ishga tushadi…

Insonni agar compga qiyoslasak, Winchester uning hotirasi, OZU(DDR)
uning aqli, ma’lumotlar va progalar uning bilimlari, “boot sector” qalbi,
OS esa Iymoni bo’ladi! Bilimlarimiz o’zimizda saqlansada, ehtiyoj
bo’lmaguncha ularga murojat(aktivatsiya) qilmaymiz. Iymon(OS) bo’lmasa,
o’rganilgan bilimlardan maqsadli foydalana olmaymiz. Masalan, tahorat
qilmoqchi bo’lsak, o’sha ma’lumotga murojat(aktivatsiya) qilamiz va
hokazo… Lekin, Iymon esa biz ertalab uyg’ongan soniyamizdan yuklangan
bo’lishi va u to uhlagunimizcha (o’chgunimizcha) aktiv holda bolishi
lozim! Buning ucun esa Iymon(OS) Qalb(boot sector)da bo’lishi kerak.
Aks holda, faqat namoz o’qiyotganda, yoki duo qiloyatganda, yoki
biror musibatga yo’liqqandagina Iymonga murojat qilib qolamiz va
o’zimizni kechira olmay yuramiz “nega shunday” deb. Huddi OS
yahshi o’rnatilgan compda hech qaysi proga otkaz qilmay ishlaganidek,
agar Iymonimiz ertadan kechgacha biz uchun Sistemadek hizmat qilib
tursa, inshaAlloh amal va ibodatlarimiz bizga sira ham malol kelmaydi.
Endi bir o’ylab ko’raylik, OS imizni qaerga va qanday o’rnatganmiz?

Agar, noto’gri taqqoslash bo’lgan bo’lsa uzr. Postda hech qanaqa
manbadan foydalanilmadi :)
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 23 Oktyabr 2009, 16:31:14
                                                   :bsm:

                                                     Aql va Qalb

Faraz qiling, uyda non qolmagani uchun ko'chaga non harid qilish uchun chiqdingiz...
Non yo'qligi haqidagi habarni eshitishingiz bilan, bunga qasd qilgan edingiz. Shu qasd
bilan kiyimlarni almashtira boshlaysiz, pul olasiz, idish olasiz va hokazolar... Har bir
amalni qilishingizda aqlga bevosita murojat qilasiz. Masalan shimni kiyishda, tugmalarni
qadashda, hattoki qaysi kiyimingizni ko'chada kiyish mumkinligini ham o'ylab korasiz. Siz
holagan kiyimda biror kamchilik bo'lsa, darhol boshqa variantlarni o'ylab ko'rasiz. Bu hali
uydan chiqmay turib aql yurgizgan narsalarning ayrimlari holos! Ko'chada esa yana yangi
vazifalar bor aqlingiz uchun. Non harid qilish uhun yo'nalish qaysi tarafda bo'lishi kerak,
vaziyatga qarab qaysi transportda borish eng optimal variant, bular zinadan tushayotgan
lahzalarda o'tib ketadi aqldan. Lekin halyam, nonga ketayotganingiz haqidagi qasd o'zgarmay
turipti. Yo'lni kesib o'tguncha ham aql tinimsiz ishlaydi, qizil yondimi yashil, neksiadan oldin
o'taymi tikodan keyin va hokazolar. Agar biror tanishni ko'rib qolsangiz-chi? Endi unga aytilishi
lozim bo'lgan gap va so'zlar ro'yhatini ishlab chiqadi aql bechora:) Chunki har bir tanishga hos
bo'lgan o'z tarihi bor, unga qo'llaniladigan hazil iboralaru, kimi kasalligi haqida ham aqlni
zo'rlaysiz hotira qasriga qayta-qayta kirishga. Lekin shunda ham men o'zi nimaga ko'chaga
chiquvdim, deb qasdingizni unutmaysiz. Bunday tanishlardan yo'lda qanchasi chiqsa han, aql
bechora majbur hammasiga tegishli dokladni tayyorlab berishga. Aqlda sodir bo'lishi mumkin
bo'lgan protseeslarni tasavvur qila oldingizmi? Biz misol keltirganimiz 100 dan biri ham emas!
Aql qancha mashg'ul bo'lmasin ham, biz uydaligimizda qilgan qasd bo'yicha harakatda davom
etaveramiz va uni sira ham unutib qo'ymaymiz. Agar ko'chaga chiqib, yo'lni kesib o'tishda aqlimizni
ishlatganimiz uchun, qaerga ketayotganimizni unutib qo'yaversak, bizga ruhiy shifokor zarur!
Teskari holda ham huddi shunaqa, menga nonga ketyapman deb tinimsiz ichimizda takrorlab
unutib qo'ymasligimiz uchun, tanishlarga salom bermasak, yoki uzr gaplasha olmayman, bo'lmasa
unutib qo'yaman qaerga ketayotganimni, desak:) Yoki Majnunga o'hshab non olish ishtiyoqi
zo'rligidan, yo'lni kesib o'tishda qoidaga rioya qilmay mashinalarni ko'rmay-sezmay qolsak
ham, bizga ruhiy shifokor zarur! Sog' odamning hammasi ana shu protsesslarni joy-joyiga
qo'ya oladi. Demak, bizda bir tokcha bor, unga biror narsani qo'ysak to o'zimiz olmaguncha
uni birov ola olmaydi. Aql qancha ko'plab operatsiyalarni bajarsada, unga bog'liq bo'lmagan
holda informatsiya saqlanib turadigan seyfimiz bor ekanligiga shubha yo'q!

Bu tokcha-seyfni Qalb desak, unda niayt, ihlos, qasd, iymon, umidvorlik, qo'rquv kabilarni
joylashtirsak, aql shar'iy amallar hisobini kontrol qilsa ham, qalbdagi narsalar o'zgarmaydi.
Namozda qalb nima uchun va kimga ibodat qilayotganini his qilib tursa, namozdagi amallar
soni ko'pligi unga tahdid qilmaydi. Agar qalbda turishi zarur bo'lgan narsalarni ham aqlga
joylasak, aql bu bir bozor kabi, maqsaddan og'ib ketamiz. Keyin ko'nglimiz to'lmaydi namoz
o'qidikmi yoki yo'qmi, deya. Yoki aksincha sajda qildimmi, qilmadimmi, necha rakaat bo'ldi,deb.
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, Alloh ne'mat qilib bergan qalb va aqlni tanib farqlay olishimiz
kerak. Masalan, namozdagi farzlar ichida hushu' va huzu' yo'q, lekin ularning har birisiz, ya'ni
farz amallarisiz ham, hushu' va huzu'siz ham namoz namoz bo'lmaydi. Hamma farzni qoyil
qilib bajargan holda namoz o'qish sahnasini o'ynagan aktyorga savob yo'q-ku!
Bu haqda yozsa tugashi juda qiyin ekan :)
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 23 Oktyabr 2009, 16:57:03
                                                       :bsm:

                                                      Ikki shart

Shu o'rinda aql va qalb haqida ba'zi bir qarashlarimni yozishni lozim topdim...

Bizga ma'lumki, solih amalda ikki shart bor: 1. Alloh uchun bo'lishi. 2. Alloh buyurganidek bo'lishi.
Yoki boshqacharoq qilib aytsak, Ihlos va Shariatga mos bo'lishi kerak. Bu ikki omil huddi qushning
ikki qanoti kabidir, ikkovidan biri bo'lmasa ham maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Misol: 1.Teatrda Navoiy
rolini o'ynayotgan aktyor, stsenariy bo'yicha asr namozini o'qidi. Sahnada u yuzlangan tomon qiblaga
mos tushdi, vaqti ham aynan asr vaqtiga mos tushdi. U o'z rolini professional holda o'zlashtirgan,
chunki tomoshabinlar orasida namozhonlar juda ko'p, shuning uchun tahorat va namoz shartlarini
ham pisoladagidek o'rgangan. Hullas tahoratdagi 4 farz va namozdgi 12 farz bajarildi, erta u vafot
etgach, bir martagina bo'lsa ham asr namozini o'qigan edim, desa shu davosi inobatga o'tadimi?
Yo'q! Chunki 1-shart bajarilmagan, Alloh uchun amal bo'lgani yo'q, tirikchilik uchun amal bo'lgan.
2. Alloh uchun bir insonga yahshilik qilishni qasd qilib chiqsanizu ko'chada bir stakan aroqqa eta
olmay qiynalib yotgan alkashga duch kelib qolib, uning istagini bajarsangiz, yoki biror beva ayolga
u ham insonku, deb "yahshilik" qilsangiz(Misolim qo'polroq chiqqani uchun uzr.), maqsad hosil
bo'ldimi. Ya'ni erta Qiyomatda siz ayta olasizmi, men ikki insonning hojatini holis O'zingning
roziliging uchun chiqarganman, deb? Yo'q! Bu misolda 2-shart bajarilmayapti, amal Alloh
buyurganidek bo'lmadi va undan qilingan madsad amalga oshmaydi.

Amallarimizda ikki muhim shart bajarilishi uchun, bizga ham Iymon, ham Ilm zarurligi ma'lum
bo'ldi. Bu ikki faktorning esa, maskani ikki joyda: Iymon qalbda, Ilm esa aqlda bo'ladi. Demak,
mo'min kishi har bir a'zosini Alloh uchun buyso'ndurgani kabi, Aqli va Qalbini ham Alloh uchun
hizmat qildirishi zarurdir. Agar biz aqlan Allohni tan olsagu, qalban unga ishonib iymon keltirmasak,
komil mo'min bo'la olmaymiz. Yoki aksincha, Allohga qalban iymon keltirib, amallarimizni o'zimiz
aqlimiz bilan to'g'ri-noto'g'riligini o'lchab yursak ham, komil mo'min bo'la olmaymiz. Buning misoli
huddi oilada o'g'il namozhonu, ota kofir yoki ona hijobdayu ota qimorboz kabi. Alloh Ta'olo bizlarni
Islomga to'la holda kirishga undaydi Qur'oni Kariymda, demak tanamizdagi hamma a'zolar bilan
birga aqlimiz, qalbimiz va hatto nafsimizni ham musulmon qilishga harakat qilishimiz kerak!
Qalb - bu hohishlar-istaklar, hissiyot va hokazolar markazidir. Aql - bu bilimlar, hotiralar tafakkur
va eng asosiysi foyda va zarar hisob-kitob qilinadigan markazdir. Demak biz hohishu-istaklarimiz
va hissiyotlarimizni ham jilovlab ularni Islomiy holda bo'lishini ta'minlasimiz kerak. Bu bizga
dil ibodatlari(iymon, ihlos, tavo, hushu', Alloh uchun yahshi ko'rish va ...)ni, yana bevosita tana
ishtirok etmaydigan ibodatlarni ko'proq qilishimizga imkon yaratadi. Tafakkur va tadabburimizni
to'g'ri yo'naltirishga ishlatsak esa, bu Aqlimiz endi bizga dunyoviy foyda-zararni emas, balki nima
qilsam savobi ko'proq bo'ladi, deb hizmat qilishini ta'minlaydi. Huddi bir juda ilmli kishi Islomga
kirsa, o'quvchi bolaning Islomga kirganidan farqli ravishda, ilmli  odamning Islomga ko'proq foydasi
tekkani kabi. To islomni qabul qilmagunlaricha Aqlimizni va Qalbimizni da'vat qilishdan to'htamaylik!
Hadislarda aytiladiku, yahshilikna eng avvalo o'zingdan boshla, deb. Alloh Ta'olo hammamizga o'zini
tanitsin va o'zi rozi bo'ladigan holda umr kechirishimizni nasib etsin. Amiyn.
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 23 Oktyabr 2009, 17:08:20
                                    :bsm:

                                Tasbeh...

Shu mavzuga oid yana bir misol haqida gapirmoqchi edim...
Zikr - qanday ibodatligi hammamiz ma'lum. Ana shu ibodat
ham dil ibodatlaridandir. Demak bu ibodat qalb bilan bajarilar
ekan. Ko'p holatda biz, aql va qalbni farqiga bormaganimiz uchun,
zikr qilamiz deb harakat qilamizu, boshimiz zo'riqib-og'rib qoladi.
Nega? Chunki biz zikrni qalb bilan emas aql bilan qilishga harakat
qildik! Aql esa, go'yoki bir bozor, unda nimalar yo'q... Huddi
odam tirband g'ala-g'ovurda bemalaol ibodat qila olmaganimizdek,
aql bozorida zikr ibodatini bajarib bo'lmaydi. Hayotda ham dunyoviy
ehtiyoji bor odam bozorga boradi, ibodat qilmoqchi bo'lgan odam esa,
masjidga boradi. Bizning masjidimiz esa - qalbimizdir! Avvalo masjidimiz
shahrimiz(tanamiz)ning qaerida joylashgan topib olishimiz zarur. Keyin
esa u masjidni tozalab, unda ibodat qilib uni obod qilishimiz zarur.
Albatta bu Aql bozorida yurib bezor bo'lgan va ibodat uchun hilvat
izlaganlar uchundir. Zikr ibodatini qalb bilan qilishimizga , aqlimiz
halaqit beradi. Alloh, deb bir aytamizu, aql bizga boshqa hotiralar
va fikrlar berib, yo qalbdan chqarib oladi yoki yo'ldan qaytaradi.
Bunday bo'lmasligi uchun biz aqlimizni aldashimiz kerak. Huddi bir
kitob o'qish yo dars qilishingizga, yosh bola to'polon qilib halaqit
qilsa, yo uni qo'rqitasiz jim,deb, yoki quvib yuborasiz, yoki o'yinchoq
va yo biror yumush berib ovora qilib qo'yasiz. U ovora bo'lib turgan
vaqtdan esa unumli foydalanib olasiz. Buning yo'lini ajdodlarimiz
o'ylab topihsgan - Tasbeh! Biz qo'lga tasbeh ushlasak, aqlga uning
adadini hisoblashni topshirgan bo'lamiz. Va u hisob bilan ovora bo'lib
bizga halaqit bermay turganda, qalbimiz sari yo'l olsak bo'ladi...
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 23 Oktyabr 2009, 17:11:46
                               :bsm:

                            Aql va Qalb(2).

Bular huddi bir davlatdagi ikki oppozitsion partiya kabidir.
Ya'ni boshqaruvni ba'zan Aql qo'lga olsa, ba'zida  esa Qalb
qo'lga oladi. Bu hokimiyat esa juda qisqa (ba'zan bir necha
soniyagina) vaqtda almashib turadi. Qalb har doim ayni
vaziyatga baho bersa, Aql teskarisi keyingi oqibatni ham
hisobga oladi. Masalan, rahbaringiz sizni juda qo'pol so'z
bilan haqorat qildi. Agar shunda sizdagi ichki hokimiyatga
Aql o'tirgan bo'lsa, Qalbingiz bundan qanchalar ezilsada,
unga javob variantlari taklif qilsada, hokim Aql bularning
hech biriga erk bermaydi, erta ishsiz qolish ehtimoling bor,
deb. Agar hokimiyatga Qalb o'tirgan vaziyat bo'lsa, Aql
sho'rlik ertangi kelib chiqishi mumkin bo'lgan muammolar
ro'yhatini ilova qilsa ham, bo'lganicha-bo'lar, deb yo uni
qaytarib so'kasiz, yoki urasiz va hokazo. Ichki davlatimizda
doimo davlat to'ntarilishi bo'lib turar ekan. Shular chiqargan
hulosaga ko'ra amal qilar ekanmiz, unda har ikalovini ham
musulmon qilmasak, gunohkor bo'lish ehtimolimiz 50/50
bo'ladi. Bu esa ijobiy natija emas! Shuning uchun ham duo
qilishimiz kerakki, Aqlimga Qur'onni va Qalbimga Iymonni
jo qil, deya. Alloh Ta'olo barchamizning ushbu duoimizni
ijobat aylasin. Amiyn.
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Hadija 05 Noyabr 2009, 18:58:49
 :as:

Bizda o'zbekchilikda yaxshi bir udum bor. Biror yangi xonadonga tashrif buyurding-mi?, albatta ko'rmanasi bilan bor. Sizning blogingizda oldin bo'lgan bo'lsamda ko'rmanasini bugun topdim. Avvalo qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo'lsin va ziyoda qilsin...

http://www.mefeedia.com/watch/23282274 "Nega islom ko'rinmaydi nasheed"

P.S: Umid qilaman ko'rmana yoqadi :)
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 05 Noyabr 2009, 20:17:10
 :as:
Ha, rahmat ko'rmana yoqdi ! :)
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Muhyiddin 10 Dekabr 2009, 17:57:37

Aka, bunisi boshqa gap. Tashakkur. Yangicha qiyoslar kutib qolamiz...:)
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 01 Mart 2010, 17:43:16
:as:

        Rahbar va Chol (Yohud, Aql va Qalb 2 ga misol)

Bir kishi deylik, halqqa ijtimoiy yordam ko'rsatadigan qandaydir
davlat korhonasining rahbari. Uning honasiga keksa va yupun
kiyingan bir chol kirib keldi. "Uff, nima so'rab keldi ekan bu chol",
deya o'yladi u, chol tomonga hushlamaygina yuzini burishtirib
qarar ekan.(Qalb hokim). Chol unga kechagi shamol tomiiga
jiddiy zarar etqazganini va undan 20 dona shifer yordam qilishini
so'rab kelganini, aytdi. U hayolan bazada bor shiferlarni hisobladi,
hammasiga haridor topi qo'ygan! U achingan bir qiyofada cholga
yordam berish istagi juda yuqoriyu, lekin sirayam ilojisi yo'qligini
tushuntira ketdi. So'nggi so'zlarini aytgach, chol bilan hayrlashdi.
(Qalb hokimiyati davom etmoqda). Kutilmaganda chol, juda nozik
bir kishining familiyasini aytib, shu kishi uning jiyani ekanini va uni
bu erga o'sha kishi yuborganligini aytdi. (Hokimiyat to'ntarilishi
yuz berdi, endi hokim Aql!). U familiyasi tilga olingan kishini hafa
qilish oqibati nimalarga olib kelishini o'ylab ko'rdi... Cholga sekin
jilmayib, o'zimizdan ekansizku, shundan boshlamaysizmi deb,
cholga kreslodan joy ko'rsatdi va kotibasini mehmonga qahva
olib kelmagani uchun koyib berdi. Telefon trubkasini ko'tarib,
allakimga mashinaga 60 ta shifer yuklashni buyurdi va choldan
manzilini so'radi, o'zimiz olib borib beramiz, deya iljaydi...
Chol rahmat aytib, ketmoqchi bo'lganida, qo'ymadi qahva ishib
ketasiz, deb. (Aql hokimiyati davom etmoqda.) Qahva ham keldi,
ayni suhbat qizigan damda, telefon jiringlab qoldi. Yaqin kishilaridan
biri unga yuqorida nomi tilga olingan familiya sohibi mansabidan
ozod qilinganini habar qilayotgan ekan. U bir zum jim turib qoldi.
(Ichkarida inqilob! Qalb askar to'plab kelib yana hokimiyatni oldi).
Cholga ho'mrayib qarab, bu erda nima qilib turibsiz?, dedi. Sodda
chol, shifer yuklangan mashinani kutayotganini aytdi. U kurakka
turmaydigan so'z bilan cholni so'kib haydab yubordi va telefonda
yuklangan shiferlarni qayta tushirish haqida buyruq berdi. Asabi
taranglashib, stolga qattiq musht tushirqi. (Hokim hamon Qalb.)
Kutilmaganda telefon jiringlab qoldi, yaqin kishisi boya aytgan
habari noto'g'ri bo'lib chiqqanini, aytdi. (Inqilob! Aql hokimligini
qayta tiklab oldi.) Ko'chaga cholni qaytarish uchun halloslab chopib
chiqdi, lekin chol allaqachon ketib bo'lgan edi ...

Bu hangoma bo'lgan voqea emas, bir misol holos. Aslida ana shu
kabi hodisalardan iborat hayotimiz. Yuqoridagi voqea balki yarim
soat, balki 20 minutda bo'lib o'tishi mumkin-ku. Hokimiyat esa,
qo'ldan-qo'lga necha bor almashyapti. Bu ichki inqiloblarga bizdan
tashqari Alloh guvohdir! Zero:


Ey mo’’minlar, Alloh va uning payg’ambari sizlarni abadiy hayot
beradigan narsaga (ya’ni haq dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul
qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning
qalbi o’rtasini egallab turur  va shubhasiz, sizlar uning huzuriga
to’planursizlar.(Anfol 24)


Hulosa qilish esa, sizlardan...
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Akbarjоn 01 Mart 2010, 18:07:34
oldin kirmagan ekanman bu joyga ...
mana xozir kirdim, postni o'qib ko'rdim, Alloh rozi bo'lsin
xuddi oldin xam o'qiganday yoki bigandek go'yo bu postlarni
rahmat aka, shu mavzudagi postlaringiz bardavom bo'lsin
:as:
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Mahdiyah 01 Mart 2010, 23:04:32
Allohni dib emas kimnidur dib (qo'rqib) "yaxshilik" qilish har ikki dunyodayam insonni hor qiladi...
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 02 Mart 2010, 14:10:16
Allohni dib emas kimnidur dib (qo'rqib) "yaxshilik"
qilish har ikki dunyodayam insonni hor qiladi...


 :as:

Bu hikoya bir misol xolos. Aslida esa bu har birimizning
ichimizda kechayotgan jarayon haqida, yohud aql va qalb
o'rtasidagi talashuv haqida. Bu jarayon ichimizdan kechsada,
bunga Alloh guvohdir, hikoya so'ngida keltrilgan oyat buning
isbotidir. Bir kunda bizda necha marta shunaqa ichki inqilob
yuzaga keladi? Agar Allohdan hech narsani yashira olmasligimizni
anglab etsakgina, o'zimizni tarbiya qilishga harakat qilamiz...
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Ummu Muslima 22 Mart 2010, 00:24:51
 :ms:
ajoyib qiyoslar,
ALLOH rozi bo'lsin
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 30 Aprel 2010, 02:15:24
 :as:

Hazrat Navoiy ruboiylarini o'qib...



G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulg‘a tikondek oshiyon bo‘lmas emish.


                                                Alisher Navoiy.


Kalit so'zlar:

G'urbat  - insonning tanasi
G'ariyb - insonning ruh(jon)i
El  - bu dunyodagi jamiyat
Oltin qafas  - bu jilvagar yorug' dunyo
Qizil gul  - dunyo ne'matlari(boylik, mansab, ...)
Bulbul - bu dunyodagi tirik Inson
Tikan - Jannat!


Izoh :  G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish   -
Inson toki tirik ekan, ya'ni Ruh tanda ekan, u hech qachon shod
bo'la olmaydi, chunki u o'limga yaqinlashib boraveradi. Bu esa
dunyodagi Inson uchun yahshi oqibat emas, chunki uni bu dunyoning
hamma lazzatu-farog'atidan ayirib ketadi. El anga shafiqu mehribon
bo‘lmas emish - Hech qachon hamma Insonlarni rozi ham qilib bo'lmaydi.
Yoki, Insonlar qancha siz uchun yahshilik qilmoqchi bo'lsalarda,
faqat qabrgacha kuzata oladilar. Undan naryog'ida sizni yakka
qoldirib ketadilar, aqrabolar ham. El(Insonlar) kishiga Mehribon
(Alloh) kabi bo'la olmaslar. Shu tufayli odamlar nima deb o'ylaydi,
deb emas, Alloh rozi bo'larmikan, deb amal qilib yashash kerak.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa  - agar bu oltin kabi jilvalanib
bizni o'ziga rom etgan dunyoning hamma "baht" deb o'ylaydigan
cho'qqilariga etsak ham, Bulbulg‘a tikondek oshiyon bo‘lmas emish  -
bu dunyodagi hamma yahshilklar, Jannatdagi qamchidek ercha
bo'la olmasligi Hadislarda aytilgan. Garchi bulbul tikanzorda
yashasa ham, uni oltin qafasga bandi qilib, yoniga eng chiroyli
qizil gulni solib qo'ysangiz ham, u sayramaydi. Chunki u shodmon
emas, tutqunlikda. Unga tikan bo'lsa ham, o'z oshiyonida yayrab
yurgani ma'qul. Inson(Odam Ato) ilk Jannatda yaratildi, so'ngra
bu dunyo(oltin qafas)ga badarg'a qilindi. Biz esa qafasda tug'ilgan
poloponlarmiz. Asl oshiyonimiz esa - Jannat! Uning bitta tikaniga
ham arzimaydi bu dunyomiz. Biz gumrohlar qandoq ham u oshiyonning
qadriga etaylik. Biz uchun oltin qafas va qizil gullar bo'lsa bas.
Hazrat Navoiy ana shu haqiqatni, bizga tushuntirmoqchidir...
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: XALIF 05 May 2010, 16:40:01
Allox rozi bulsin.
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Ummu Muslima 05 Iyun 2010, 21:24:34
yahshi mavzu edi...

Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Zulfina 05 Iyun 2010, 21:34:03
Ha davom ettirilsa yaxshi bo'lardi
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 05 Iyun 2010, 23:26:20
 :as:

                                                       I X L O S

Muhtaram forumdosh birodarlar, ko'pchiligimiz yurtimiz ulamolaridan birining 1-darsidagi,
sahroda bir itni sug'organ ayol, haqidagi hadis sharxini tinglaganmiz ...

Qisqacha eslasak,: Bir fohisha ayol sahroda keta turib, nihohayt darajada chanqaydi va
bir quduqqa duch keladi. Quduqning tubida suv bo'ladi va u qiynalib pastga tushib, qonib
suv ichib chiqadi. Yuqoriga chiqsa, suvsizlikdan o'lar holga yetgan itga ko'zi tushadi. Uning
tushib suv icholmasligi, suvsiz esa o'lishi mumkinligi va hozirgina o'zi bu nima ekaini boshidan
o'tkazgani uchun, rahmi keladi. Qaytadan qiynalib quduqqa tushadi va mahsisiga suv olib
chiqib, itga tutadi. Va itni o'limdan saqlab qoladi. Alloh Ta'olo shu amali tufayli, uni gunohlarini
avf etib, Jannatiga doxil qiladi...

Endi fikrlab ko'raylik, shariatda Fohishalikning kafforati - toshbo'ron! Biz umrimiz davomida, hali
it ekan, eh-hey qancha mahluqotdan tortib, to mo'min insongacha suv va taom beramiz. Fohisha
darajasida gunohkor bo'lmasak, unda go'yoki hamma Jannatga kiradigandek tuyuladi. Ammo
bunga suyanib, hotirjam bo'la olmaydi qalbimiz !!!

Unda o'sha ayolda bor, nima bizda etishmaydi ?

IXLOS- deymiz, bir ovozdan.

O'sha IXLOS, insonni gunohlaridan pok bo'lishiga, Jannatga dohil bo'lishiga sabab bo'lyapti!
Maqsadimiz ham shu emasmidi? Unda nega IXLOS, o'zi nima , uni qanday amalga oshiramiz,
nima qilsak u mukammal bo'ladi, izlanmayapmiz. Masalan,Tahoratni ipidan ignasigacha mukammal
o'rgandik-ku. Va yana biz bilmagan tomonlari bo'lsa, izlanishdamiz.

Kelinglar, ana shu IXLOS haqida izlanaylik! Shoyadki, najotga erishsak ...
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 06 Iyun 2010, 00:08:13
Абу Ҳурайрадан (розийаллоҳу анҳу) ривоят қилинган ҳадисда Расулуллоҳ
(соллаллоҳу алайҳи ва саллам) бундай деганлар: «Ð‘ир фоҳиша йўлда қаттиқ
чанқади. Қудуқ топиб, ундан сув олиб ичди ва ўша жойда бир итнинг ташналикдан
тупроқ ялаётганини кўрди. Ит ҳам мендек чан- қабди деб ўйлади. Яна қудуққа тушиб,
маҳсисини сувга тўлдирди ва оғзида тишлаб олиб чиқиб, итга сув берди. Аллоҳ
таоло унинг гуноҳларини кечди
» (Имом Бухорий ва Муслим ривояти).
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: HMF 06 Iyun 2010, 00:21:36
Bilmadim bir narsa deyish qiyin?

Man 2006-2007 yillar Anjonda Masjidda hizmat qilganman va ozgina talim olganman o'qish davirlari edi...

Ushanda Masjidni noib Imomi biz bilan birga huftondan kegin qolardi ancha suhbatlashrdik zo'r bo'lardi ilimli kishi bilan subatlashsang ko'ngling taskin topadida.. hullas bir kun huddi huftondi o'qib bo'lib har doimgidau suhbatlashib utrigandik bir biodarimiz huddo shunday savol berib qoldi va suradi nega endi domla shuncha olimlar,avliyolar,taqvodorlar utishga ularni qilgan ishlari cheksiz lekin shularni ham jannatka kirishga umid qilib yurishkan endi bir gunohkorni bir mart "ixlos" bilan qilgan ishi uchun jannatka kirib ketadi? deb surgandi ushanda domla javob bergandi Alloh karami keng! Unga bizni ertalab uyqisrab turib o'qigan nomoziz yoki boshqa qilgan ammalarimizga zor emas ammo usha ammallarni ichida bironta amalimiz unga maqbul keb qolsa usha amal hurmati uni gunohlarini kechvorishi mumkun deb manabu manodagi hadisin keltrigan edi
"Agar Allohga sen bir dunyo gunoh bilan rubaru bo'lsang ham lekin sen unga shirk keltirmagan bo'lsan senga U zor osmonchalik mag'firati bilan rubaro bo'ladi" degan hadisni aytkandilar va Rahim ham Rahom ham Allohdur! degandi

Endi hulosa qilsak hayotda qancha qancha gunohlar qilamiz ular uchun bazida tavba qilamiz bazida esa hotirjam yuramiz guyoki bizi hali vahtimiz borda hamma narsani qilishga ulgiramiz Lekin ulim haq va qachon kelishini Allohni o'zigina biladi balki usha fohisha ayol qilgan isharidan afsus,nadomatda alam chekim tavba qilib yurgandur ichida u endi bizga mavhum? ushanchun ham Alloh uni kechirgandur......

Lekin Alloh kechirarkan deb hotirjam yurish ham bo'medi Alloh hohlagan bandasini Jannat yoki Duzzahga kiritadi! ushanchun har doim umid qilamiz jannatka kirishlikni va Duzzahdan saqlanishlikni.
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 06 Iyun 2010, 01:06:00
 :as:

                                                   SIGIR   VOQEASI


Birodarlar, kelinglar Qur'oni Karimdagi eng uzun sura, "Baqara" surasining shunday nomlanishiga sabab
bo'lgan mashhur "sigir" voqeasini eslaylik :

2.67 . Мусо ўз қавмига: «ÐÐ»Ð»Ð¾ҳ сизга сигир сўймоқни буюрмоқда», деганини эсланг. Улар: «Ð‘изни
масхара қиляпсанми?» дедилар. У: «Ð–оҳиллардан бўлишимдан Аллоҳдан паноҳ сўрайман», деди.
 
2.68 . Улар: «Ð Ð¾Ð±Ð±Ð¸Ð½Ð³Ð³Ð° дуо қил, унинг қандай эканини баён қилиб берсин», дедилар. У: «Ð£ қари ҳам,
ёш ҳам бўлмаган, икковининг ўртасидаги сигир, деяпти. Бас, буюрилган нарсани бажаринг», деди.
 
2.69 . Улар: «Ð Ð¾Ð±Ð±Ð¸Ð½Ð³Ð³Ð° дуо қил, унинг рангини баён қилиб берсин», дедилар. У: «Ð£, ранги сап-сариқ,
қараганларни хурсанд қиладиган сигир, деяпти», деди.
 
2.70 . Улар: «Ð Ð¾Ð±Ð±Ð¸Ð½Ð³Ð³Ð° дуо қил, унинг қандай эканини бизга баён қилиб берсин, сигир бизга ноаниқ
бўлиб қолди, биз, иншааллоҳ, албатта ҳидоят топувчимиз», дедилар.
    
2.71 . У: «Ð£, ўша сигир минилмаган, ер ҳайдаш, экин суғоришда ишлатилмаган, айблардан саломат,
аралашган ранги йўқ, деяпти», деди. Улар: «ÐÐ½Ð° энди ҳақни келтирдинг», дедилар. Бас, уни сўйдилар.
Сал бўлмаса, қилмасдилар.
 
2.72 . Бир жонни ўлдириб қўйиб, у ҳақида ихтилофга тушганингизни эсланг. Аллоҳ сиз беркитган нарсани чиқаргувчидир.
 
2.73 . «Ð‘ас, уни у(сигир)нинг баъзи жойи билан уринг», дедик. Аллоҳ худди шундай қилиб ўликларни
тирилтиради ва оят-аломатларини сизга кўрсатади. Шоядки ақл ишлатсангиз.

Bani Isroilga bu sigir qanday qimmatga tushganini, tavsir kitoblardan o'qigansiz. Ularning hatosi, Alloh buyrug'iga darhol amal qilmay, ko'p savol berib g'ulu ketganlarida, deb bilamiz. Ahir har birimiz ham, biror
yangi amalni eshitganimizda, unga noto'g'ri amal qilib qo'ymaslik uchun, mukammal bilib
olishga intilamiz, savollar beramiz ... Ya'ni ilm izlanamiz.


SAVOL: Yuqoridagi voqeada Baniy Isroil qavmi  nimada hato qilgan edi?
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 06 Iyun 2010, 01:13:38
Shaxsiy  fikrim:

Baniy Isroil qavmi, Alloh Ta'olo "Bir sigirni so'yib go'shti bilan ursa, o'lik tiriladi",
deganda ular demak, o'likni sigir qo'shti tiriltirar ekan, deb e'tiqod qilddilar ...
Ya'ni, o'likka jon beruvchi Alloh emas, "sigir go'shti" ekan demak, unda bu sigir
oddiy sigir bo'lmaydi, deb izlandilar ... Va shirkka olib boruvchi aqidalariga munosib,
jazolandilar...Bu qissadan oliniadigan ibratning, bir qirrasi deb bilaman...

Bu o'zimning fikrim bo'lgani uchun, agar noto'g'ri bo'lsa, Allohdan istig'for so'rayman.
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 06 Iyun 2010, 16:06:24
:as:

Insonning umri - yillab davom etadigan serial! Bu serialda har birimiz biror bir roldamiz

va ayni damda tomoshabinhammiz... Ammo unutmaylikki, serial baribir tugaydi va filmning

Rejissyori va Stsenariy muallifi ham bor. Bu hayot filmida qaysi rolni o'ynash muhim emas,

har bir inson o'ziga berilgan rolni, hatto u epizod bo'lsa ham, professional holda o'ynay bilishi

muhim. Prezentatsiya kunida ana shu mahoratimizga qarab mukofotlanamiz. Bas shunday ekan,

filmning stsenariysini yoki rollarning qanday taqsimlanganligini tahlil qilmasdan, berilgan rolni

qoyil qilib o'ynaylik!  Atrofimizda bo'layotgan voqealarni ortiqcha hissiyotlarsiz tomosha qilishni ham

bilaylik. Agar stsenariyga o'zimiz hohlagan sahnalarni kiritmoqchi bo'lsak, buni aktyorlardan emas,

filmning Rejissyori va Stsenariy muallifi bo'lgan Zotdan  so'raylik!

Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 06 Iyun 2010, 16:10:05
Ha davom ettirilsa yaxshi bo'lardi

yahshi mavzu edi...

 :as:

E'tibor va tilaklar uchun tashakkurlar...
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 06 Iyun 2010, 16:14:06
 :as:

Bugun kenja o'g'lim mendan qushning polopnini nima yeishini so'radi.

Bilsam kecha qandaydir qushning poloponini ko'chadan topib olibdi.

Mushugim bolalaganmasmi, uni mushuklardan saqlash uchun karton

qutiga solib, uxlaganda ham yonida olib yotibdi. Polopon chivin yeydi,

degandim, qarasam 10-15ta chivin ovlab kelibdi. Og'ziga tutsa yemabdi,

o'gzini o'zi qo'li bilan ochib chivinni tashlasa, yutib qo'yarmish...  ;D

Buvisi poloponinga suv ham tutyapsanmi, desa, bir piyola suv ko'tarib

kelib ichmayotganiga asabiylashyapti...  ;D


Bu holatlarni ko'rib beixtiyor bolaligim ko'z oldimga keldi... Qanday jonzot

bo'lmasin (hatto mayda hashoratlar ham) qo'limga tushib qolsa, darrov

uni boqib katta qilaman, derdim. Yashashiga sharoit yaratardim, butun

mashg'ulotim o'sha jonzot bo'lib qolardi. Mana oradan qancha yillar o'tdi...

Endi esa jonzotlarni emas, Alloh bergan farzandalrimni voyaga etqazyapman.

Bilsam, Alloh insonning yoshligidan ana shu otalik(onalik) tuyg'usini singdirib,

tarbiyalab borar ekan! Alloh naqadar Buyuk va Mehribon Zot!
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 07 Iyun 2010, 11:06:01
 :as:

                                               Donolik va Hikmat

«ÐŸÐ°Ñ€Ð²Ð°Ñ€Ð´Ð¸Ð³Ð¾Ñ€Ð¸Ð½Ð³Ð¸Ð·Ð½Ð¸Ð½Ð³ йўлига – динига донолик-ҳикмат ва чиройли панд-насиҳат билан даъват
қилинг! Улар билан энг гўзал йўлда мужодала-мунозара қилинг!»
(Наҳл сураси, 125-оят)


Kasallikni davolashda e'tibor qaratiladigan ikki muhim omil bor: to'g'ri tashxis va to'g'ri davolash!

Agar bemorga tashxis(diagnoz) to'g'ri qo'yilmasa, har qancha to'g'ri davolansh(naznacheniya,

lecheniya) qilinsa ham foyda qilmaydi. Aksincha tashxis(diagnoz) to'g'ri qo'yilsayu, davolansh

(naznacheniya, lecheniya) noto'g'ri olib borilsa ham, bemor shifo topmaydi. Agar dinsizlikka kasallikka

qaragandek qarasak, dinsiz kishi bemoru, dinga da'vat qiluvchilar shifokor-tabiblar kabidirlar.

Донолик - bu to'g'ri tashxis(diagnoz) qo'ya olish, ҳикмат - bu to'g'ri

davolansh(naznacheniya, lecheniya)ni bilishga bo'lgan ishoradir... Ya'ni bir kishini Haqqa chaqirmoqchi

bo'lsangiz, avval u odam qanday odam(dunyo qarashi, kasbi, qiziqishi, saviyasi va hokazolari...) ekanligini

aniqlay bilish lozim, to'g'ri  tashxis(diagnoz) qo'yib olish lozim! Keyin o'sha taxshis(diagnoz)ga ko'ra,

to'g'ri davolansh(naznacheniya, lecheniya)ni  qo'llash kerak. Ya'ni qarshingizdagi kishiga gapni nimadan

boshlash kerak, nima haqda gapirish mumkin, qaysini ko'tara oladi, qaysini ko'tara olmaydi va hokazolar...

Bu ikalasi to'g'ri qilinganda ham, чиройли панд-насиҳат deyilmoqda. Aytishadiku tabibning so'zi

ham shifo bo'lishi kerak, deb! Tasavvur qiling jarroh bemorga, "yuragingizni operatsiya qilish uchun, orqa

tarafdan 3 ta qovurg'angizni chopib, yurakni ochamiz va uni tasgariga chiqarib olib, yorib ko'ramiz",

desa...

Bemorga operatsiya shart emas, u shu gapdan keyin o'lib bo'ladi.  :D Aslida yuqorida aytgan hamma

ishlarni bajarsada, shifokor buni chiroyli va osongina qilib ta'riflab bermog'i lozim.



Ha azizlar, mo'min kishi ham donishmand, ham hakim(tabib) bo'lishi kerak. Balki ana shu oyatda

eslatilgan sifatlarga amal qilmayotganimiz uchun ham, bemorlar bizdan bezor va qochib yurishibdi...



«ÐžÑ€Ð°Ð»Ð°Ñ€Ð¸Ð½Ð³Ð¸Ð·Ð´Ð°Ð½ яхшиликка (Исломга) даъват киладиган, ибодат-итоатга буюрадиган ва исёндан
-гунохдан кайтаргувчи бир жамоат бўлсин. Ана ўшалар нажот топгувчилардир»
. (Оли Имрон: 104)
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Lu`lu` 10 Iyul 2010, 06:11:50
Shaxsiy  fikrim:

Baniy Isroil qavmi, Alloh Ta'olo "Bir sigirni so'yib go'shti bilan ursa, o'lik tiriladi",
deganda ular demak, o'likni sigir qo'shti tiriltirar ekan, deb e'tiqod qilddilar ...
Ya'ni, o'likka jon beruvchi Alloh emas, "sigir go'shti" ekan demak, unda bu sigir
oddiy sigir bo'lmaydi, deb izlandilar ... Va shirkka olib boruvchi aqidalariga munosib,
jazolandilar...Bu qissadan oliniadigan ibratning, bir qirrasi deb bilaman...

Bu o'zimning fikrim bo'lgani uchun, agar noto'g'ri bo'lsa, Allohdan istig'for so'rayman.

:as: :as:
 :bsm:
2-67.Эсланг! Мусо уз кавмига:"Аллох бир сигир суйишларингни буюрди" деганида, улар:"УСТИМИЗДАН КУЛЯПСАНМИ?" дедилар.(Мусо) деди:"Ундай жохиллардан булиб колишдан Аллох панох беришини сурайман".

Яхудийлар бу саволлари б-н гулувга бордилар,хаддан ошдилар.Хаддан ошганлигига хам мусулмонлар хакида хар хил булмагур фикрларни айтишган ва ханузгача айтишади.
Абу Мусо,сиз келтирган шахсий фикрингизни Ислом олимлари узларини тафсирларида яхудийларни акийдасидаги амални кандайлигини тавсифлашган.Ва шу нотугри эътикод хануз уларни хаётларида уз аксни топяпганини гувохи буляпмиз
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Lu`lu` 10 Iyul 2010, 06:34:34
 O'sha qishloqni adashmasam "Qasri orfon" deb atalardi . Haqiqiy "Qasri orifon" esa
qabristonning o'rtasida kishi bilmas joyda ekan , bilmadim hozir u joylar shunday qolganmi ,
yoki ziyoratgoh ansambliga qo'shib olinganmi , bilmadim. Kimda ma'lumot bo'lsa, yozsin .
Bunga 10 yillardan oshdi...

Тушунишимча,чиллахонани назарда тутдингиз.Хаммаси сакланган,факат яхудийларни хунарига ухшаб Аксо масжидидаги каби ажратилиб ташланмай,халкни  ва саёхатчиларни кузи учун сахнлар бирлаштириб,кенгайтирилган.Чиллахона ва рухий дарсхона тарикатчилар конферециясига келувчи шайхлар у-н кулай шароитлар яратилди.
   
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Lu`lu` 10 Iyul 2010, 06:50:14
Ассаламу алайкум.Аллох хос илми билан зийнатласин. Киёсларингиз жуда керакли экан. Агар малол келмаса,севимли уламоимиздан имом Газзолийнинг "Охиротнома"ларида жуда чиройли мисол келган:"Аллох таоло мархамат килади:"Илмнинг узи кифоя килганида эди,олимларга тиланг тилагингизни демаган булардим". Шунга сизни изох ва фикрингиздан бахраманд булиш истагимизни кабул килсангиз
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 13 Sentyabr 2010, 11:02:16
 :as:

                                             Asosiy vazifa

Har bir yaratilgan narsaning, o'ziga xos bo'lgan eng muhim vazifasi bo'ladi...

Aynan shu maqsadda, ya'ni ko'zda tutilgan vazifani bajarishi uchun, ma'lum bir narsa yaratiladi.

To'g'ri u narsalardan biz boshqa maqsadlarda ham foydalanishimiz mumkin, ammo o'zining eng

muhim bo'lgan vazifasini bajarmasa, biz undan voz kechib qo'ya qolamiz, yoki ta'mirlatamiz.

Masalan, qo'lingizda oltindan yasalgan va olmoslar bilan bezatilgan soat mavjud. Ammo o'sha

soatingiz ishlamasa, ya'ni vaqtni ko'rsatmasa, uni siz taqmaysiz. Chunki, soatning eng oliy

vazifasi vaqtni to'g'ri ko'rsatish. Tasavvur qiling, ko'chada bir odam yuribdi, qo'lida soati bor...

Siz undan vaqtni so'radingiz, u esa soati ishlamasligini, ammo oltindan bo'lgani uchun taqib

yurganini aytdi. Bu holatga izohning hojati ham yo'q... :) Yana bir misol, oddiy qo'l telefonini

olib ko'raylik... Eng asosiy vazifasi aloqa, qolgan qo'shimchalari esa ikkinchi darajali hisoblanadi.

Telefon ishlamaydiyu, ammo soati uchun ko'tarib yuribman degan odamni uchratmaysiz. Ekrani

kuyib qolgan ammo, gaplashib tursa bo'ladi deb tutib yurgan kishini uchratishimiz mukin. Qissadan

hissa shuki, Inson ham yaratilgandir... Insonning eng asosiy vazifasi nima, yoxud nima maqsada

yaratilgan ekan? Bu savolga faqat va faqat Insonni yaratgan Zotgina javob berishi mumkin!

Жин ва инсонни фақат Менга ибодат қилиш учунгина яратдим.(Зарийат сураси, 56-оят.)

Demak Insonning asosiy vazifasi bu - Ibodat ekan! Hayoti davomida Inson erishadigan, qolgan

hamma yutuqlari ikkinchi darajali narsalar ekan. Bir inson haqida gap ketganda, avvalo ibodat

qiladimi, yo'qmi deb so'rashimiz kerak. Xuddi avtomobil haqida gap ketsa, o'zi yurarmikan deb

qiziqqanimiz kabi. O'zi juda ham aqlli, saxovatli, odobli yaxshi inson, ammo ibodat qilmaydi deymiz.

Inson ibodat qilmas ekan, uni yaxshi inson desak, o'rinli bo'larmikan? Go'yo oltin soat misoli kabi...

Ibodat qiluvchi insonni esa, qanaqa kamchiligi bo'lsa ham, kechirishimiz mumkin. Ekrani ko'rsatmay

qolgan qo'l telefoni misoli kabi... Shunday ekan, hech qachon asosiy vazifamizni unutmaylik!

Shundagina bizga boshqa yutuqlarimiz ham yarashib turadi va qadrimiz ham baland bo'ladi...


Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 20 Sentyabr 2010, 14:41:53
 :as:

                                                    Ona va bola

Bola ko'tarib turgan ona, qo'lida chaqaloqni juda ham ehtiyotlab-avaylab ko'tarib turadi...

Ko'targanda ham, chaqaloq uchun eng qulay bo'lgan holatda ko'tarib turadi. Agar bola

ozgina bezovta bo'lsa ham, darrov aniqlaydi: tagini ho'l qildimi, ochqoldimi, uyqusi keldimi?

Har qanday holatda ham, yana bolaga qulaylik tug'dirishga harakat qila boshlaydi...

Agar bular sababchi bo'lmasa, yana boshqa qolgan sabablarni ham tekshirib ko'radi.

Maqsad: bolaga tezroq qulaylik va hotirjamlik yaratish. U kulsa kuladi, u yi'g'lasa yig'laydi.

Ammo shuncha qilinayotgan mehribonlik, e'tibor, beminnat xizmatlarni bola bilarmikan?!

U o'ylaydiki, qornim ochsa yig'lab qo'ysam bas, sut o'zi og'zimga keladi. Boshqa sabab

bezovta bo'lsa ham, muammolari o'z-o'zidan hal bo'lib qolishi shart narsa deb biladi...

Uning sira hayoliga kelmaydiki, uni ushlab turgan mana shu mehribon qo'llar unga ozor

ham etqaza olishi mumkinligini. Ona istamasa unga sut bermaydi, ovuntirib uxlatmaydi,

tagini almashtirmaydi, yoki jahl qilib uni bo'g'ib ham qo'yishi mumkin. Bu ishlarga ham

ona qodir, ammo... Alloh Ta'olo o'z mehri bilan onalarga menr bermaganida edi, biz

go'dakligimizdayoq xoru-zorlik ko'rardik. Balki bu kunimizga yetib kelardik, yoki yo'q...

Mana o'sha bola katta bo'ldi... Biz hali ham hamma narsa shunaqa bo'lishi shart, deb

hisoblaymiz. Bahor bo'ldimi yomg'ir yog'adida, bulut keldimi yomg'ir yog'adida, bu

tabiatning qonunida deb qo'yamiz. Yer yer bo'lgani uchun bizni tortib turishi, osmon

osmon bo'lgani uchun bizga tom bo'lib xizmat qilishi shart, deb bilamiz. Quyosh ham,

oy ham, hamma narsalar shunaqa bizga xizmat qilishi shart deb o'ylaymiz. Lekin...

balki birov buni bizga xizmat qildirib, aynan bizga qulaylik yaratib berishi uchungina

tayyorlagandir deb xayol ham qilmaymiz. Tabiat, tabiat, tabiat deymiz... Bizga hamma

qulayliklarni yaratib bergan Zot, yana nimlarga qodirligini esa, o'ylab ham ko'rmaymiz.

Ey Inson, qachon to'g'ri tafakkur qilib, to'g'ri xulosa qilishni o'rganasan..?
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 28 Sentyabr 2010, 00:21:47
 :as:

                                      Aql mas'uliyati

Kompyuter sotib olganingizda, unga operatsion tizim o'rnatilgan bo'ladi. Ya'ni

ishlashingizga tayyor holda bo'ladi. Endi kim qaysi soha va yo'nalishga kerak

bo'lsa, o'ziga moslab dasturlar o'rnatadi. Demoqchimanki, hayvonlarda tug'ma

operatsion tizim - instinkt o'rnatilgan bo'ladi. Ammo bu tizim yopiq tizim, boshqa

dasturlar o'rnatish cheklangan bo'ladi. Masalan sigirga hech qachon suyak

g'ajishni o'rgata olmaganimiz kabi. Yoki bo'rining bolasini alohida sharoitda boqib

tarbiyalasak ham, ozod bo'lishi bilan u bo'riligini qiladi, uni o'rgatish shart emas.

Inson ham shu tizim - instinkt bilan tug'iladi, ammo unga ko'plab dasturlar o'rnatish

imkoni berilgan. U o'z hayoti davomida ana shu tizimni shakllantirishi, ma'lum miqdorda

boshqara olishi ham mumkin. Insonga bejizga ilm olish farz qilinmagan, agar fahmlab

yetgan bo'lsangiz, o'sha tizimning qolgan qisimi Qur'onda yozilgan. Insonda tanlash

huquqi bor, hayvonlarda esa bu huquq yo'q. Shuning uchun ham ular Qiyomat

kunida tuproqqa aylantirib yuboriladi. Aqlimizning borligi bizga mas'uliyat yuklaydi...

Aqlsiz telbalar esa hisob qilinmaydi... Hadislarda aytilishicha aqldan ozib, aqli joyiga

qaytmaguncha, hushidan ketib, toki o'ziga kelmagunicha va uxlab qolib, toki uyqudan

turmagunicha bandaga gunoh yozilmaydi. Har uchala holatda ham inson aqlidan yiroq

bo'ladi. Yoki aqli komil bo'lmagan, yosh bolalarning  begunohligi ham, bunga misol.
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Abu Muso 28 Oktyabr 2010, 02:18:56
 :as:

                                       Uch do'st

Bir kishining uchta do'sti bor ekan... U birinchi do'sti bilan juda ham inoq va uni

juda yaxshi ko'rar ekan. Kunida eng kamida 5-6 marta ko'rishmasa bo'lmaskan.

Hatto u yonida bo'lmasa, ko'chaga chiqqisi ham kelmas ekan. Ba'zi kunlar uxlash

oldidan va hatto yarim tunda uyg'onib ketsa ham, u do'sti haqida o'y surarkan.

Ikkinchi do'sti bilan esa, unchalik ham inoq bo'lmasa ham, kunida 1 yoki 2 marta

ko'rishib turarkan. Ayrim paytlarda ikki kunda bir, ba'zan haftada bir ko'rishishga

ham to'g'ri kelarkan. Bu do'sti haqida ham o'y surar, ammo birinchi do'sti haqidagidek

emasdi. Bu insonning yana bir do'sti bor edi... Agar shuni ham do'stlik deb atash joiz

bo'lsa, uchinchi do'sti bilan ahyon-ahyonda, oyda bir yoki ikki oyda bir, ba'zida yilida

ikki yoki uch marta uchrasib turardi. Bu do'sti haqida deyarli o'ylamasdi ham...



Bir kuni uyiga Shohning habarchilari kelib, maktub tashlab ketishibdi. Maktubda Shoh

uni o'z Saroyiga chaqirgan, undan bir qancha katta jinoyatlarda gumon qilinayotgani

va agar aybsizligini isbotlay olsa unga zarar berilmasligi, aks holda eng oliy jazoga mahkum

ekanligi, bitilgan edi. Uzoq o'ylab g'amga botgan inson, eng suyangan va eng qalin birinchi

do'stiga boribdi. Vaziyatni bilgach, uning suyangan do'sti sarosimaga tushib, u bilan birga

bora olmasligini aytib uzr so'rabdi va hatto ostonasidan chiqib kuzatib ham qo'ymapti...

Xiyonatdan zarba yegan kishi, ikkinchi do'stiga arz-dod qilibdi. Ikkinchi do'sti esa, dardinga

sherikman, ammo sen bilan to Saroy eshigagacha bora olaman, u yog'iga tanho borasan

debdi. Ammo bu unga taskin beramas edi... Umidsizlikka tushib bir joyda o'tirganida, tasodif

u kam eslaydigan va kam uchrashadigan, uchinchi do'sti kelib qolibdi. Do'sti hol-ahvol so'rasa,

aytishni ham hohlab-hohlamay hikoya qilibdi. Kutilmaganda u umid ham qilmagan do'sti, tur

o'rningdan, Shoh huzuriga birga boramiz, men seni aybsiz ekanliginga vakil o'taman, debdi...


Birinchi do'stimiz - bizning pulimiz, mol dunyomiz. Usiz ko'chada ham yura olmaymiz, o'y-hayolimiz

doimo unda. Agar bizga o'lim kelsa(Shoh huzuriga chaqirganda), ostona hatlab kuztamaydi ham

(hamyon, cho'ntak va allaqaerlarda qolib ketadi). Ikkinchi do'stimiz - ahlimiz, farzandlarimiz. Ularni

ertalab bir, kechqurun bir ko'ramiz... Ba'zida ertalab ketgunimizcha, hali uyg'onishmagan, qaytib

kelganimizda uxlab qolishgan bo'ladi. Shoh huzuriga chaqirgandia, ular bizni g'amgin holda Saroy

darvozasi(Qabr)gacha olib borib, qaytadilar... Uchinchi d0'stimiz - biz oyda-yilda bir qiladigan solih

va savobli hayr amallarimizdir. Biz u bilan juda yaqin do'st bo'lmasakda, bizga vakil bo'ladigan va biz

bilan birga ko'tariladigan - Solih amallarimizdir! Azizlar, uchinchi vafoli do'stimiz bilan inoqroq bo'laylik!



Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Lobar AZIZ 10 Dekabr 2010, 16:10:06
Tog`risi, juda ajoyib! "Rahbar va Chol (Yohud, Aql va Qalb 2 ga misol)" ayniqsa, ibratli ekan. Sizning bitiklaringizda qiyosi yo`q o`xshatishlarni va ajib bir falsafani ko`rish mumkin. Katta rahmat!
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Sadulla 27 Mart 2011, 07:15:54
Abu Muso aka sizni bu qiyoslariz va shaxsiy fikrlariz ma'nodorligi bilan odammi o'ziga tortadi.Bu qilayotgan hayrli ishingizni davom ettirsangiz juda xursand bo'lardik.
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Ummu Muslima 27 Mart 2011, 12:40:51
Abu Muso aka sizni bu qiyoslariz va shaxsiy fikrlariz ma'nodorligi bilan odammi o'ziga tortadi.Bu qilayotgan hayrli ishingizni davom ettirsangiz juda xursand bo'lardik.
Biz ham qo'shilamiz shu fikrga..
shu mavzudan  aancha narsa o'rgansa bo'ladi...

kutamiz :)
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: azizbek_mx 28 Mart 2011, 07:32:25
Abu Muso aka sizni bu qiyoslariz va shaxsiy fikrlariz ma'nodorligi bilan odammi o'ziga tortadi.Bu qilayotgan hayrli ishingizni davom ettirsangiz juda xursand bo'lardik.
Biz ham qo'shilamiz shu fikrga..
shu mavzudan  aancha narsa o'rgansa bo'ladi...

kutamiz :)
:ms:
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Sadulla 16 May 2011, 07:46:52
                       :as:

Abu Muso akamizni ishlari ko'p bo'lgani uchun,bloglarini yolg'iz qoldirmaslikka bir harakat qilib ko'rmoqchiman  ;)
Ularning qiyoslaridan ta'sirlangan holda o'zimiz ham bir harakat qilib ko'ramiz,Abu Muso akaning ma'noli fikrlaridek bo'lmasa ham,yaxshiroq chiqishiga harakat qildik ammo.

                                                      Amallar sandig'i

O'zbek oilasida qiz tug'ilsa onalarning tashvishi boshlanadi.Qiz bola kichikligidanoq unga bir sandiq ajratiladi va uni to'ldirish boshlanadi.Har bir ona o'z qiziga "kelinlikka" deb narsalarning eng oldisi,eng yaxshisini olishga harakat qiladi.Axir qiz bola narsa ota-onaga omonat.Bir kun birovni uyiga ketdi.O'sha ketish paytigacha onalar qizining boshqa hayotga qadam qo'yishi uchun kerakli bo'lgan hamma narsalarni taxt qilib qo'yishin xohlashadi.Qiz bolani bo'yi yetgunicha sandiqni narsalar bilan to'ldirishadi.Sandiq to'ydan oldin ochiladi va ichidagi narsalar olib sarhisob qilinadi.Ayni shu paytda onalarning qanday harakat qilganlari ko'rinadi.Chunki sandiq bilan ulardan boshqa hech kimni ishi yo'q.Ota ro'zg'or tashvishi bilan ovora bo'ladi,uning topib kelgan pulidan onalar siqib-siqib sandiqni to'ldiradilar.Boshqa birov esa,u qarindoshmi,qo'shnimi hech kim boshqaning sandig'iga biror nima tashlamaydi.Qiz shu sandiqdagi narsalar bilan yangi hayotga qadam qo'yadi.Bu yig'ilgan narsalarga qo'shimchalar keyinchalik ham borib turishi mumkin,lekin bu onalarga bog'liqdir.
Bu  - sandiqqa o'xshash sandiq har birimizda mavjud.Bu - amallar sandig'idir.Biz har birimiz o'z sandig'imizga bilib-bilmay onalar kabi narsa,ya'ni amallarni yig'amiz.Bizdan boshqa hech kim bizning sandig'imizga narsa qo'ya olmaydi.Biz ham bu sandig'imizga amallarimizni yangi hayotga qadam qo'yish uchun yig'amiz.Bu yangi hayot - oxirat dunyosi.Amallarimiz sandig'i ochiladigan joy esa - qabrdir.Bizning amallarimiz sandig'iga ham yana amallar kelib turishi mumkin,lekin bu har birimizning o'zimizga bog'liq bo'lgan ishdir.Hozir afsus bilan aytamanki ko'pchiligimiz amallar sandig'i haqida xatto o'ylab ham ko'rishmayapti.Bu foniy dunyoda birgina "To'y" atalmish xursandchilik uchun sandiq to'ldiramizu,oxirat dunyosi uchun kerakli amallar sandig'iga nega befarqmiz ? Axir bu dunyo narsalarining bari o'tkinchi,oxirat dunyosi abadiy-ku!Shuning uchun birodarlar amallar sandig'imizni nimalar bilan to'ldirayotganimizga ahamiyat beraylik.Bu sandig'imiz ochilganda o'z ishlarimizdan pushaymon bo'lib qolmasmikinmiz ?

(Bu mavzuda yozishimga janoza namozida so'zlangan domlaning  nutqi sabab bo'ldi,shu asosga tayanib,ba'zi qo'shimchalar bilan o'z fikrimni bayon qildim.)
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: azizbek_mx 16 May 2011, 20:37:33
 :ms: Juda ajoyib qiyos bo`libdi
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Sadulla 28 May 2011, 11:39:28
                                                              :asl3:

Bu navbatdagi qiyosim,unchalik o'xshamagan bo'lsa meni tajribasizligimdan deb bilishinglarni so'rayman.

                                          Qaldirg’ochlar qaytadi(mi)


 Bahor keldi.Daraxtlar yashil tus oldi.Hamma yoqda xursandchilik,bahor nafasi ko'ngillarni shod etayapti.Bahor qushlari - qaldirg'ochlar ham chug'urlab u yoqdan ,bu yoqqa o'tib,o'zlariga makon izlamoqdalar.Shu qaldirg'ochlarni men juda yoqtiraman,chunki juda aqlli qushda bu qaldirg'ochlar.Avval jufti bilan o'zi uchun in quradigan joy tanlaydi,keyin juda pishiq qilib in quradi,undan so'ng tuxum qo'yib yaxshilab parvarishlaydi.Tuxumdan polaponlar chiqqandan keyin ularni katta qilaman deb tinim bilmaydi,oxiri ularni uchirma qilib,mustaqil hayotga qo'yib yuboradi.Gapirganda oson,ammo juda qiyin ish.Qaldirg'och bilan bog'liq,o'zim guvohi bo'lgan bir voqeani aytib bersam.Bundan ikki yil avval qaldirg'ochlar bizning xonadonga in qurib bir mavsum qolib,kuzda uchib ketishdi.Qaldirg'ochlar ketganidan keyin musichalar bo'sh qolgan in atrofida bir-ikki uchib o'tishdi va ozgina vaqt o'tgandan keyin bo'sh qolgan inni egallashdi.Avvaliga ular inning yarmini o'zlariga moslab buzib tashlashdi,keyin inning hammasini buzib,o'zlari ozgina hashak va boshqa narsalardan in qurib olishdi,ammo ko'p fursat o'tmay inni tashlab ketishdi.Men qaldirg'ochni buzilgan uyasiga achindim va buzilgan indan qolgan ozgina narsani ham olib tashlab,in o'rnini tozalab qo'ydim.Keyin bahorda qaldirg'ochlar yana uchib kelishdi va yana yangi in qurishdi.Ular kuzda uchib ketganidan keyin yana o'tgan yilgi hodisa takrorlandi.Musichalar yana inni buzib,o'zlari hech narsa qurmay uchib ketib qolishdi.Bu yil qaldirg'ochlar yana uchib kelishdi va buzilgan in atrofida bir-ikki aylanib uchishdi.Bu sih ikki kun takrorlandi,keyin esa ular kelmay qo'yishdi.Men esa ozgina xafa bo'ldim,chunki qaldirg'ochlarni juda yaxshi ko'raman.Bir qaldirg'ochlarga raxmim keladi,bir aqlsiz musichalardan jaxlim chiqadi...
   Hozirda yoshlarimizga qarab to'g'risi achinib ketaman.Hayotning eng yaxshi davrini bekorchi narsalarga sarf qilib yuborishayapti.Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilib yozilgandek,bizga bir umr hamroh bo'lishini nahotki ular bilishmasa.Ular qilayotgan xar hil ko'gilxushliklar,bekorchi gaplar uchun sarflanayotgan vaqtni keyinchalik oltinga ham sotib olib bo'lmasligini nahotki tushunmaydilar.Vaqt o'tgandan keyin pushaymon bo'lish foydasiz ish ekanligini nahotki o'ylab ko'rishmasa.Hozir ayni bilim olib,o'z kelajaklari uchun poydevor qurish kerakligini nimaga o'ylab ko'rishmaydi?"Kelajak yoshlar qo'lida" degan gapni eslasam,bu yoshlar bilan kelajak qanday bo'lishi mumkinligi haqida o'ylashni ham xohlamay qolaman.Men ham shu yoshlar qatori oddiy bolaman,men ham vaqtida o'zimning qimmatli vaqtimni keraksiz narsalarga sarf qilganman.Lekin men ulardan farqli o'laroq bu qilayotgan ishim noto'g'ri ekanligini va men uchun hozir eng kerakli narsa bilim olish ekanligini tushunib yetdim va bunga harakat qilmoqdaman.Hozir ham bekorchi ishlarga vaqt sarflayotgan tengdoshlarimni ko'rsam achinib ketaman.Ular bir-ikki nasihatomuz gapga  qo'l siltab qo'yganlaridan keyin esa,qayta gapirging ham kelmay qolarkan.To'g'ri besh qo'l barobar emas,o'z vaqtini bilim olishga sarflab,bu yo'lda bor g'ayrat va shijoatlarini sarflayotgan yoshlar ham bor.Lekin ko'pchilik yoshlar ahvoli yaxshi bo'lmagandan keyin,ular orasida bunday ilmga chanqoq bolalar ham ko'rinmay ketarkan.Huddi daryo toshsa,kichik irmoqchalarni ham bosib ketganiga o’xshab.
  Hozirgi yoshlarimiz ahvoli bilan qaldirg'ochlarni nima aloqasi bor dersiz,men shu yerda bu ikki narsa o'rtasida o'zim ko'rishga muvaffaq bo'lgan ba'zi o'xshash tomonlarni bildirsam.Qaldirg'ochlar mana qancha yillardan beri o'zlari uchun makon tanlab,u yerda yangi avlod qaldirg'ochlarini tarbiyalab,ularni mustaqil hayotga qo'yib yuborishadi va ular ham keyingi avlodni tarbiyalab,mustaqil hayotga qo'yib yuborishadi.Ular qurgan mustahkam in esa ularga juda ko'p hizmat qiladi.Men qaldirg'ochlarni ilmli insonlarga o'xshatdim.Bizdan oldingi bobolarimiz ham biz uchun ilm poydevorini barpo etishgan va mana necha asrdan beri har bir avlod bu ilm poydevorga o'z hissalarini qo'shib,munosib shogirdlar yetishtirib,o'z oldilaridagi burchlarini ado etib kelmoqdalar.Hozir ham qaldirg'och kabi tinim bilmay boshqalarga ilm o'rgatayotgan kishilar bu poydevorga o'z hissalarini qo'shib kelmoqdalar.Ulardan ilm olib kelajak avlodga munosib bo'ladigan shogird qaldirg'ochlar ham yo'q emas.Lekin afsuski,bu poydevorni buzib,o'z burchlari haqida o'ylamayotgan musichalarga aylanib qolagan qaldirg'ochlar ham tobora ko'payib bormoqda.Ular yoshlikda qaldirg'ochlardan ilm olishgan,ya'ni ustozlardan,keyinchalik esa ilm olishdan yuz o'girib,keraksiz narsalar bilan ovora bo'lib qolishgan.Ular bobolari qurib ketgan poydevorga o'z hissalarini qo'shish o'rniga,uni buzib,keraksiz narsalar bilan uni o'rnini to'ldirishga harakat qilmoqdalar.Ular qurayotgan bu mo'rt poydevor qulab ketsa,ulardan keyingi avlod qanday qilib o'zlariga kerakli bo'lgan bilimni olishlari mumkinligini tushunishmayapti.Qaldirg'och inini mustahkam qurmasa, u yerda polaponlarini katta qila olmaydi.Agar bizlar bobolarimiz bizga qoldirgan pyodevorni mustahkamlamasak kelajak avlod qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin.Ular bu hayotda yashashdan maqsad nima ekanligini tushunib yetmay,o’zlariga berilgan umr ne'matini keraksiz narsalarga sarf qilib yuborishlari mumkin.Shuning uchun har birmiz o'z burchimizni unutmaylik,buyuk bobolarimizga munosib avlod bo'lishga harakat qilaylik.Ilm olish yo'lida bor shijoat va g'ayratimizni ayamaylik.Bu keltirgan o'xshatishim balki unchalik ham mos emasdir,axir men ham oddiygina ilm olishga harakat qilayotgan bir bolaman xolos.Agarda bu yozganlarim tufayli o’quvchini o’ylashga majbur qilaolgan bo’lsam men juda xursand bo’laman.Fikrlarimda xatolar bo'lsa,kaminani mazur tutgaysizlar.
  Bahor qaytdi,ko'klam qaytdi,ammo qaldirg'ochlar qaytmadi.Qaytarmikanlar?...

Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Nurdinboy 28 May 2011, 14:57:35
Forumimizda shunday mavzu borakan-u bilmay yurgan ekammiz. Qoyil zo'r mavzu ekan. Bizda ham bor edi. Vaqt topib qoldiramiz.
Nom: Mo'minlar bir biriga birodardirlar!
Yuborildi: Best friend 12 Iyun 2011, 02:02:09
 :asl3:

Mo'minlar bir biriga birodardirlar!

 Akam bilan ozgina birga o'tirsak shu tortishib, chiqisholmay qolamiz. Bugun ham yana shu ahvol. Ko'chaga chiqib ketdim. Ko'chaga chiqsam o'lganni ustiga tepganday mahalladagi o'zimdan katta bollar ham asabimni buzyapti, urushib ketdik. Akam chiqib qolib, o'sha  yigitlarni urushib ketdi: "Nima o'zing tengi yigitlar bilan urusholmay qolishdingmi? Yana bir marta ukamga yaqinlashishsang o'zlaringdan ko'rlaring...!".
 Keyin bir kuni ko'chada ketayotsam, begona yigit, mendan ancha katta, o'zicha pul so'rayapti, qo'lida pichoq. Mahallada men bilan urushgan yigit ko'rib qoldi. Shaharda o'ziga yarasha hurmati bor, shuning uchun haligi yigitga: "O' nima qilyapsan, meni mahallamdan bo'ladi bu ukahon, uni tek qo'y", deb kelib qoldi, haligi pul talab qilayotgan yigit esa, boshqalarga eshitilmaydigan darajada: "Keyin gaplashamiz...", deb yonimdan o'tib ketdi. Keyin mahallamdagi yigit bilan birga uyga ketdik...
 Taqdir qarangki, kurash bo'yicha musobaqaga O'zbekistonga boradigan bo'ldim, Andijonga. U yerga terma jamoa qilib olib ketayotgan edi. Hammamiz yig'ildik, ne ko'z bilan ko'rayki, mendan pul talab qilgan yigit ham ketayotgan ekan. Andijonga bordik, borib yigitchilik deganday u yerda ham ozgina tortishuv, urushlar bo'ldi Andijonlik yigitlar bilan. O'z shaxrimizda mendan pul talab qilayotgan yigit, Andijonda meni tarafimni olardi, "Hamyurtim", "Hamshaxrim" degan gaplarni gapirardi...
 Yillar o'tdi ancha ulg'aydim. Taqdir taqazosi bilan Rossiyaning Novosibirsk shaxriga borishga to'g'ri kelib qoldi. U yerga borib, ancha yurdim. Ko'chada o'zimiznikilarni ko'rsam quvonib ketardim. Shu kunlarning birida bir Andijonlik yigit bilan tanishib qoldik. Ko'ngli ochiq ancha yahshi yigit edi. Keyin gaplashib u yog' bu yog'dan bir birimiz haqimizda so'rab, oxiri Andijondagi bo'lgan ishga gap to'gri kelib qoldi. Bir birimiz bilan urushganimizni o'shanda bildik. Ya'ni bir birimizni tanimayotgandik. O'zimizcha juda inoq bo'lib yurdik. O'zbekchilikni maqtab, O'zbeklarni maqtab yurardik boshqa millatlarni ko'rib... Boshqa millatlarni ko'rganda bir birimizga nisbatan sadoqatimiz jo'shib ketardi, qayerda bo'lsak bir birmizni himoya qilishga harakat qilar edik... Oylar o'tib ikkalamiz ham vatanga qaytishimizga to'g'ri kelib qoldi va ketdik...
 Lekin men rosa o'ylanardim: "Nega endi hamma yerda bir hil munosabatda bo'la olmaymiz insonlar bilan...?", deb.
 Vatanda bir yilcha yurib, endi Rossiyaning Moskva shaxriga ketadigan bo'ldim. Moskvaga keldim ancha katta shaxar. Yaqinda namoz boshlaganman. Lekin, masjidlar ancha uzoqda, shu bois faqat juma kunlari borar edim... Bir kun Juma namoziga bordim, namozni o'qib bo'lganimizdan keyin chap tomonimda o'tirgan rus yigit (musulmon ekan): "Assalamu aliykum", deb ko'rishdi va Juma ayyomi bilan tabrikladi, men ham alik olib uni ham tabrikladim. Masjiddan chiqib Metroga ketayotsam, bo'yniga yo'g'on hoch (krest) taqib olgan yigitlar yo'limni to'sib qolishdi: "Musulman da?", deyishdi, men: "Da...", dedim. Yur biz bilan deb qolishdi, qayoqqa desam, nima qo'rqyapsanmi dedi. Nimaga qo'rqarkanman deb birga ketdim mashinaga o'tirdik. Orqamizdan yana bitta mashina izma iz kelayotgan edi. Lekin, nimagadir ular befarq edi bunga. Qanaqadir bir o'rmonga o'xshagan yerga bordik va mashinadan tushdik. Ular keyin bilsam skin hend ekan, millatchilar. Lekin nimagadir ko'proq musulmonlarni yomon ko'risharkan. O'zlaricha hali u yog'dan hali bu yog'dan gapirib boshimni gangitishga harakt qilishardi. Qo'llarida dubinka, hammasi yo'g'on, boshi kal. Oxiri:
 -Maqsadga o'tlaring mendan nima hohlashasan?
 - O'ligingni!
 - Nimaga gapni cho'zishyapsan unda, qo'lingdan kelganini qilmisanlarmi?
 - Zo'rmisan? sendaqalarni ko'pini ko'rganmiz, bitta kaltakdan keyin oyog'imga yiqlib yalinasan!
 Haqiqatdan ham hech kimni ayshmasdi bu scin hendlar lekin, nimagadir bu safar gapni yomon cho'zishdi. Oxir aytdim:
 - Men faqat Allohdan qo'rqaman. Alloh taqdirimga nima yozgan bo'lsa shuni ko'raman...
 - Yahshi unda Hudoingdan umr so'ra!
 deb endi yaqinlashayotgandi. Orqamizdan kuzatib kelyotgan mashina kelib qoldi. Ichidan men bilan masjidda salomlashgan yigit tushib keldi. Haligi scin hendlarga militsiya ekani haqidagi hujjatini ko'rstib: "Agar hoziroq ketishmasang, chora ko'rishga majbur bo'laman", dedi. Scin hendlar ketishdi. Keyin men:
 - Militsiyamisiz?
 - Islomni qabul qilishimdan avval...
 - Unda bu hujjat...?
 - Ha bu ishlamidiku, qarang buni...
 deb ochib ko'rsatdi. Haqiqatdanam srogi o'tganmi yahshi tushinmaganim uchun hm deb qo'ydim halos.
 - Men uchun hayotiyzni havf ostiga qo'yib nima qilardiyz? Agar militsiya emasligingizni bilishganda... Uni ustiga biz bir birimizni tanimasak...
 - Mo'minlar bir briga birodardirlar!
 Bu voqeadan keyin ancha yaqin bo'lib ketdik. Vatanga qaytdim, lekin tez tez telefonda gaplashib turardik. Bir kun o'tirib o'ylanib qoldim: "Akam bitta ota onadan bo'lganimiz uchun boshqalarga hafa qildirib qo'ymaslikka harakat qiladi, lekin ikkalamiz qolsak bu haqda o'ylamasdi. Mahallada anvi akahon esa, mahallani obro'sini, qolaversa o'zini yanayam hurmatini oshirish uchun yonimni oladi, lekin mahallada bo'lsak bu haqda o'ylamaydi. Hamyurtim esa yurtda hohlagancha urushib yuraveradiyu, boshqa yerga borsa, hamyurtimlab qoladi. Millatdoshim esa, boshqa millatlar bilan bo'lsak meni o'ziga yaqin his qiladiyu, O'zbeklar bilan bo'lsak, vaqti kelsa chiqisholmay qolamiz. Lekin Alloh yo'lidagi birodarim esa, qayerda bo'lmay. Hoh masjidda, hoh nasroniylar orasida, baribir har doim men bilan bir hil munosbatda...". Shularni o'yladimu, o'zimcha bir ibora kashf qildim: "Alloh yo'lidagi birodarlar boshqa boshqa yerlarda ham bo'lsihi mumkin. Lekin, baribir bir brilari bilan bir hil munosabatda bo'lishadi. Chunki ular bir birlarini Alloh cuhun yahshi ko'radilar!"

 (Bu bo'lgan voqea emas. Shunchaki tafakkur etish uchun. Bir insonning so'zlaridan ilhomlanib yozildi.)
Nom: Re: Mo'minlar bir biriga birodardirlar!
Yuborildi: Best friend 13 Iyun 2011, 21:52:19
 :asl3:

 Alloh taolo biz mo'minlarga go'yoki bir arqonni tushirib, unga barchangiz osiling va najot toping demoqda ammo, biz xanuz bu arqonni talashmoqdamiz... Bu ketishda arqonni ushlolmay qolib ketmasak bo'lgani. Payg'ambarimiz s.a.v. shuning uchu ham "Mendan keyin kofir bo'lib bir birinigizning gardangizga qilich urib yurmang!", degan ekanlarda. Demak biz bir birimiz bilan adovatda bo'lsak, bu arqondan mosuvo bo'lib qolamiz. Keling mo'min birodarlarim, bu arqonni barchamiz maxkam tutaylik, aslo talashmaylik, aks holda hammamiz arqondan ayrilib qolmaylik. Sen vaxxobiysan, sen salafiysan, sen mazxabparastsan va yana shunga o'hshagan gaplarni to'xtataylik. Barchamizning aqidamiz bir "Ahli sunna"! Magaram ba'zi bir mustahab, mubox va shunga o'hshash kichik amallaridagina farq bor. Salafiymiz, salaflarga ergashganmiz deb, to'rt imom ta'limotidan biriga ko'ra namoz o'qiyotgan insonning namozini xato deyish bu g'irt fitnaku! Axir ular ham Qur'on va hadisga ko'ra hukm chiqarganar. Yoki Salafiylar namozni rafladan o'qisa, nega Mazxab ushlaganlar ularni noto'g'ri deyapmiz, axir namozni rafladan o'qish ham Hadislarda vorid bo'lganku...
 Keling forumdoshlar bu mavzuda biz ummatlarning hayoti, o'tmishi, buguni va kelajagi haqida fikr almashaylik, inshaalloh zora qalblarimiz dunyo tashvishlaridan chetlashib, Muhammad s.a.v. ummatlarining dardi bilan yonsa...

 Alloh barchamizni to'g'ri yo'lga hidoyat qilsin.
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Habib 15 Iyun 2011, 11:04:25
Бу жазирама иссиқ кунларда Аллоҳ буюрганини қилаётганлар ҳам юрибди, аврати очиқлар ҳам юрибди.

Бировни ҳақидан ҳазар қиладиганлар ҳам юрибди, юзига қараб "Пулингни бермайман, қаерга борсанг боравер" дейдиганлар ҳам юрибди.

Ҳалол-ҳаромни ажратадиган, еганини суриштириб ейдиганлар ҳам юрибди, “Э, иложи йўқ, еб туриш керак, бўлмаса касал бўлиб қоласан” дейдиганлар ҳам юрибди.

“Йўқ, мен бу ишни қилишдан қўрқаман” дейдиганлар ҳам юрибди, “Териш керак, бир  марта терилдими қош, кейинги ўсиб чиқадиганлари ҳаром” дейдиганлар ҳам юрибди.

Берганига қаноат қилиб, шукр қилувчилар ҳам юрибди, “Топганимни баракаси йўқ, жонга тегди ҳаётлариям” дегувчи ношукрлар ҳам юрибди.
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Habib 15 Iyun 2011, 11:05:37
Бозорда аравкашлик қилиб ҳалол меҳнат билан пул топувчилар ҳам юрибди, ўша бозорда тарозидан уриб, бировнинг ҳақини билдирмасдан уриб қолувчилар ҳам юрибди.

Тирноққа зор бўлса-да, сабр қилиб, “бир куни Ўзи берар” дейдиганлар ҳам юрибди, “Э, болани сонини кўпайтирмаслик керак, ортиқча ғалва, боқаман деб ўлиб кетасан” дейдиганлар ҳам юрибди.

Дард берса, шукр қилиб, даволанувчилар ҳам юрибди, “Мен нима гуноҳ қилгандимки, менга буни бердинг” дегувчилар ҳам юрибди.

Никоҳ билан турмуш қурган эру аёл ҳам яшаб юрибди, никоҳсиз, эри ва Ñ‘ аёлига билдирмай зино қилиб яшаётганлар ҳам юрибди.

Етти Ñ‘Ñ‚ бегонага катта миқдорда пулларни эҳсон қилиб юборётганлар ҳам, ака-укасига, опа-синглига фоизга қарз бераётганлар ҳам юрибди.

Охират ҳақида гапирилса Аллоҳдан қўрқиб товба қиладиганлар ҳам юрибди, “Уфф, гапирма, шунақа гапларни эшитсам юрагим сиқилиб кетади,” дейдиганлар ҳам юрибди.

Аллоҳнинг даргоҳи нақадар кенг!!


Habib ©
Nom: Re: Mo'minlar bir biriga birodardirlar!
Yuborildi: Муслимшухрат 15 Iyun 2011, 11:27:03
 Chiroyli va gòzal fikr qhlinibdi. Ustozimiz bip maqolni köq qaytarardilar:
 Yamandasan yonimdasan, yonimdasan yamandasan.
 Bu har qancha menga yaqin bölsang ham iymonu ihlosing yoq ekan mendan uzoqdasan(Yamandasan), va aksincga musulmon ekansan har qancha uzoqda bölsang ham meni yonimdasan degani deb aytar edilar.
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Best friend 25 Iyun 2011, 20:10:27
 :asl3:

Qalbimni qiynaydi turli nolalar,
Maydonni egallar sirli soyalar,
Tuzingiz rejalar, turli g'oyalar,
Bemalol, ixtiyor o'zingizdadir!

Yurakka yetmasa nachora hadis,
Bilmadim bu yurak nelarga haris,
Yo'q aslo bu ishga qarshi emasmiz,
Bemalol, ixtiyor o'zingizdadir!

Necha asr avval hal bo'lgan ishlar,
Bugun zamonaga qarshi kelmishlar,
Ko'paydi yana ko'p har hil mishmishlar,
Bemalol, ixtiyor o'zingizdadir!

Ummatlar bir birin o'qqa tutmishlar,
Birining o'limin, biri kutmishlar,
Yahudlar bu holdan qotib kulmishlar,
Bemalol, ixtiyor o'zingizdadir!

Bir yerda tinmayin urush beayov,
Musulmon bilmasa kim do'stu, kim yov,
Musulmon o'ljayu, kofir qildi ov,
Bemalol, ixtiyor o'zingizdadir!

Mayda chuyda ishdan bo'shay olmaslar,
Ichki nizo desa chetda qolmaslar,
Kofir janga kelsa bora olmaslar,
Bemalol, ixtiyor o'zingizdadir!

Hech yo’q vijdon qulfin ochishga yarang!
Mo’min kufr yurtda sargardon qarang!
Pul topish dardida asablar tarang...
Bemalol, ixtiyor o'zingizdadir!

Mo’min mo’min uchun bo’lolmasa hesh,
Haqiqiy mo’minlar sanalsa darvesh,
Bilaman o’ylashga vaqtingiz yo’q hech!
Bemalol, ixtiyor o'zingizdadir!

Ixtoiyoringiz bor yeb ichib to’ying!
Bezalgan stolga noz ne’mat qo’ying!
Ammo iltimosim mo’minni seving!
Albatta ixtiyor o'zingizdadir!

Ixtiyori bordir! Insonlar bilsin,
Ammo so’roq kunin eslab ham qo’ysin,
Gapimni ortiqcha cho’zgim yo’q do’stim,
Alloh bergan ixtiyor o'zingizdadir!

25.06.2011y


 Alloh taolo Farishtalarga aql berdi, ammo ixtoyor va nafs bermadi. Hayvonlarga nafs va ixtoyor berdi, ammo aql bermadi. Insonlarga esa aqlni ham, ixtoyor va nafsni ham berdi. Endi taffakkur qilib ko'raylik. Farishtalarning aqli bor lekin ixtiyori yo'q ekani uchun ular Allohning iznidan chiqa olishmaydi. Biz insonlarga esa aql bilan birga ixtoyor va nafs berdi, biz endi shu sinov qilib berilgan nafsni aqlni ishlatib, ixtoyorimiz bilan tark qilsak, farishtalar qilmagan ishni qilgan bo'lamiz va buning ajri katta ekani aniq. Hayvon esa aqli yo'q bo'lgani tufayli nafsi hohlagan ishni qilaveradi. Bizga esa nafs bilan birga ixtiyor va aql berdi. Biz shu aql va ixtiyordan to'g'ri foydalana olmay nafsga yengilsak, hayvondan ham past bo'lyapmiz, chunki hayvon aqli yo'q bo'lgani uchun nafsga yengilmoqda. Bunday vaziyatda qanchalik past ish qilayotganimiz va buning jazosi qattiq ekani aniq.
 Mo'min birodarim sizga Alloh ixtiyor berdi, hohlagan ishingizni qilavering lekin, savol javobni esalab qo'ysangiz bas...
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: siddiqa 05 Iyul 2011, 04:20:44
Kitob va ...... Paypoq
hayot men tolibga qachon boshlar dars ,
Nega endi yashash kelmas qo'limdan ?
buyuk bo'lganimda mayda toshlarmas ,
Tog'lar chiqar edi yurgan yo'limdan
 
Talabalar shaharchasidagi bekatda avtobus bekatida turarkanman ,menga tanish shoirning yuqoridagi misralari qulog'imga chalindi ,ko'rinishlaridan talaba shekilli bir necha yigit suhbatlashib turar ,ulardan biri sheriklariga kitobdan she'r o'qib berayotgandi .

Bir ozdan so'ng " she'rhonlik "qilayotgan qilayotgan shoir yigitni do'sti mutolaadan to'htatib ,so'rab qoldi .

kitobni sotib oldingmi ,  


Ha ,

qanchaga olding ?

Aniq esimda yo'q ikki ,uch ming so'm atrofida edi.

e,kitobgayam pul sarflab yurasanmi uni o'rniga kerakliroq narsa olmadingmi ,masalan " noski " .........

avtobus kelib oldi ,suhbatning davomini eshita olmadim .Ammo eshitganlarimning o'zi yetarli bo'ldi .ular tasirida yo'l bo'yi hayolga срщэьши ,manzilga yetganimni ham bilmay qolibman .

kitob- uni oq'ib paypoq to'qishni o'rganish mumkin .

paypoq - uni kiyish kitob o'qishni o'rgatadimi ,

paypoq - oyoqqa kiyiladi .

kitob -Ongimizga ,yuragimizga joylaymiz .

Paypoq - bir necha hafta yoki oy oyoqlarimizni sovuqdan asraydi .

Kitob - unga mehr qo'ygan odamga hayotning barcha issiq sovuqlarida unga hamroh bo'ladi ,uni himoyalaydi .

paypoq - hayoti mobaynida qayerda / qachon / qanaqa / paypoq kiyganligini hech kim hotiralab o'tirmasa kerak .

kitob - o'qigan kitoblarimizni hamisha yodimizda tutishga intilamiz ,ayrimlarini takror takror yangi yangi hikmatlar izlaymiz .
kitoblarning tasiri istasak istamasak hotiramizda ,hulqimizda ,muomalamizda ,tafakkurimizda erishgan yutuqlarimizda namoyon .

paypoq - tezda yirtilib ketadi .

kitob yillar davomida saqlanadi .

paypoq -......

Kitob - bizni o'tmishimizdan ogoh ,kelajagimizdan ogoh etadi ,va qanday yashashni o'rgatadi .

paypoq-..........

kitob - kasbimiz ustasi bo'lishimizga ko'makchi .

paypoq -............

kitob - unga tarif berish ,foydali jihatlarini bir bir sanash uchun umrimiz yetarmikan ????


                                                          G'olib Ahmad og'li .
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Rabella 22 Iyul 2011, 14:35:31
ПИЁЛА ҲИКОЯСИ

Қадим ўтган замонда бир йигитча бўлган экан. У жуда кам нарса билар, аммо кўп савол сўрарди. Унга турли қадимий майда‑чуйдаларни хуш кўрар ва эски‑туски бозорларидан эски нарсаларни сотиб олар ва болаларча қувонарди.

Унга айниқса дастали эски пиёлачалар Ñ‘қарди.

Бир куни у узоқ ва нотаниш ўлкага бориб қолибди. Шаҳарнинг эски‑туски сотиладиган дўконига кирибди ва ҳикоямиз қаҳрамони бўлмиш – бир эски дастали пиёлани кўриб қолибди. Сотувчига бир табассум билан қарабди‑да, пиёлани олиб синчиклаб қарай бошлабди. Бирдан пиёла унга дебди: “Эй мусофир, мен ҳар доим ҳам пиёла бўлган эмасман. Шундай пайтлар бўлганки, бир чақага қиммат кесак бўлаги эдим. Менинг ҳикоямни тинглашни истайсанми?”

Шундай деб у ўз ҳикоясини бошлабди:

Неча асрлар бўйи ер сатҳида ётдим. Асрлар ошиб борар, одамлар бир‑бири билан курашар, сўнгра тинчлик тузишар, янги оламлар барпо бўлиб, нобуд бўларди. Мен эса кутардим...аммо, нимани кутаётганимни ўзим ҳам билмасдим. Ва бир куни Косиб (Ҳунарманд) келди. Мени дарз кўтардию, уйига олиб бордию, тахтага ташлаб эзғилай бошлади. У мени қайта‑қайта эзғиларди. Бу қийноққа чидай олмай ахийри: “Етар! Бас қил!” дея бақирдим. У эса секин кулди‑да, кейин: “Ҳали вақти келмади”, деб ишини давом эттирди.

Шундан сўнг у мени “ўлим айланаси”га ташлади. Олам кўз ўнгимда айланиб кетди, у шунчалик тез айланардики, атрофимни худди туман қоплагандек бўлди. “Нима қилаяпсан? – инградим мен. – Бас қил бу даҳшатни!”. Уста бир хўрсинди‑да, секингина: “Ҳали вақти келмади”, деганча, тегирмонни айлантириб, менга шакл бера бошлади.

Шундан сўнг, у мени эҳтиёткорлик билан қизиб турган қўрга қўйди. Олов чирсиллаб ёниб, бутун танамни куйдирар эди. “Мени қайси жаҳаннамга ташладинг?” – қанчалар бақирмай қўр дарчаси очилмас, олов эса сўнмасди. “Ҳали вақти келмади”, бу устанинг овози эди. Мен учун дунё сўнггини топган, мен ҳаётим билан видолашаётганимда қўр дарчаси очилиб, уста мени дарз кўтарди‑да, устимдаги кўлни тозалай бошлади. Жаҳаннам ўтидан чиқиб, сокин нафас ола бошладим. Қийинчиликлар ортда қолганди назаримда. Аммо адашган эканман.

Уста мени қўлида айлантириб кўргач, менга жило бера бошлади. Бўёқ ҳиди кўнглимни беҳузур қилар: “Менга раҳминг келсин, мени ўз ҳолимга қўй”, деб унга ёлворардим. Уста эса бошини чайқаганча, менга ёд бўлиб кетган сўзларни қайтарди: “Ҳали вақти келмади”.

Бўёқ бироз қотгач, у мени яна қўрга ташлади. Олов ўтган галгидан икки баравар иссиқ, бу мен учун муҳаққақ ўлим эди. Ўтинишимнинг, ёлворишимнинг ва ҳатто йиғлашимнинг ҳам фойдаси йўқ эди. Олов кўз ёшларимни қуритган, умидим ўлиб бўлган эди. Қора бўшлиққа чўкар эканман, қўр очилганини, устанинг қўлларини мени кўтараётганини элас‑элас хотирлайман. У мени токчага қўйди, ичимдаги олов совий бошлади. Энди кутиш онлари бошланганди.

Кейин нима бўлганини билишни истайсанми? Бирор соатлардан кейин Уста келди. Мени эҳтиёткорлик билан қўлларига олиб, кўзгу қаршисига олиб борди. “Аксингга бир қара”, деди у. Кўзгуда бежирим ва гўзал пиёлани кўриб: “Бу мен бўлишим мумкин эмас!” деб юбордим. Аксим шунчалар чиройли эдики, кўзларимга ишонмасдим. Шунда Уста деди: “Сен мана шундай бўлишинг керак эди. Сени лой қилиб қориштирганимда, қанчалар жонинг оғриётганини билардим. Сатҳинг ёрилиб кетмаслиги учун ичингдаги ҳавони чиқариб ташлашим керак эди. Тегирмонга солганимда атрофингни туман қоплаганини ҳам биламан. Шундай қилмаганимда, сенга шакл бера олмасдим. Бўёқлар билан қораликни йўқотдим. Иккинчи марта қўрга ташлаганим сенга энг қийин синов эканлигини ҳам биларди. Аммо шундай қилмаганимда, сени синдириш осон бўларди. Бу қийинчинчиликларнинг барчаси сени пишитди, шаклга солди ва ўзгача жило берди. Сен аввалги бир парча лой бўлаги эмас, нафис пиёласан. Ўша бир парча лойни қўлимга олганимда, бир кун келиб сенинг мана шу ҳолингни тасаввур қилган эдим.”

Шундай қилиб пиёла ўз ҳикоясини якунига етказди. Йигитча эса ҳаётининг энг қийин бўлиб туюлган паллаларида “Етар! Бас!” дея бақиргиси келганда, Устанинг “Ҳали вақти келмади”, деган сўзларини эсларди. Ҳаёт бизни пишитувчи тегирмон, Ñ‘қувчи қўр, ранг берувчи мусаввир. Вақти келганда биз ҳам мисоли пиёладек пишиб, сайқалланиб, гўзаллашиб борамиз.
MuslimaUz Muslimalar Sayti
 (http://www.muslima.uz)
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Муслимшухрат 23 Iyul 2011, 13:16:29
 Alloh rozi bolsin. Keng ma'nosi bor ekan.

 Ha , har bir mò'minning ham shunday hayot hikoyasi bor bölsin. Musulmonlarning har bir holda ohiri bahayr bölsin.
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Ansora 16 Noyabr 2011, 14:01:52
 :asl3:

Har safarida sovunni ishlatganimda o'ylab qolaman:

Sovun- kirlarni tozalovchi modda bo'lishiga qaramay, u ham turgan idishini kirlatadi, ya'ni orada bir idishini yuvib turmasangiz sovundan chiqqan yog'lar birikib, kir hosil qiladi.

Bazan bi Musulmonlar: "nima bo'lsa ham biz namoz o'qiyabmiz, shuni buni qilyabmiz" - deb gumrohlashganimizni payqamay qolamiz, har doim ogoh bo'lishimiz, o'zimizni o'zimiz haqiqiy hisob-kitob kuni kelmasidan avval so'roq savolga tutishimiz kerak.

Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Ansora 16 Aprel 2012, 16:05:14
 :asl3:

Uy tozalaganimda bo'sh qolgan koridor, xonalardagi ovozlar jaranglab chiqadi, bu holatga falsafiy fikrlar bilan yondoshadigan bo'lsak, quyidagi xulosaga kelish mumkin:

Ichi bo'sh odam ko'p baqirib-chaqiradi, to'q esa...
Nom: Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
Yuborildi: Хадича 11 Oktyabr 2012, 14:30:04
Ba'zan boylik qolib,o'qilgan bir varroq ham insonni o'zini aqlli xisoblashiga yo'l qo'yib,bu borada kibrlantirar ekan... Boy-ku mayli, Olim kibrlanmasin ekan... U odamlarni aqlsiz deya haqorat qilish uchun emas,aql sochish uchun Olimdir...


Yurar yo'llarimizga beparvo axlat tashlab ketmoqdamiz. Qo'limizdagi baklashka,avtobus bileti,pista po'choq,kerakmas qog'oz... Bir kun borar manzilimizni iflos qilamiz... O'sha yerni supurib tozalovchilar bizdan ko'ra ma'daniyatli ,ma'naviyatli va Baxtli... Ular borar yerini hozirdan tozalab yerni mehriga ega chiqmoqdalar...


Vaqt... Naqadar vazmin Sudya...
E'tiroz va takliflarga o'rin yo'q... Hohlagan jiyonat,xatolaringizni qiling... Soat strelkasi necha ming yillardan buyon qayta qayta sonlar bo'ylap aylangani singari,xatolaringizga,gunohlaringizga javob beradigan vaqtingiz ham kelib qoladi...

Robbingizni sevasizmi...?
Aldayapsiz...
Robbingiz uchun bir kun tutilgan ro'zada iftorlikni qanchalar intizor kutasiz...

Robbingizni sevasizmi...?
Aldayapsiz...
U cheksiz Qudrat soxibi bo'lgan holda yaratgan ne'matlarini orasida ta'bingizga yoqmaydigan,ba'zan sizni jirkantiradigan darajada tuyulgan ne'matlarni kim yaratganini unutgansiz...
Maxbubini qo'li tekkan har ne narsa oshiq uchun ulug' ne'mat ekanligini xis etolmas ekansiz... Hech nima behikmat yaratilmaydi...

Robbingizni sevasizmi...?
Aldayapsiz...
Aqlan jihatdan majruh bandalardan o'zingizni ulug' qo'yasiz... Juldur kiyim kiyg'azib bandasini sinayotgan yoki gunohiga yarasha jazo bergan,aslida buyuk Qudrat soxibi yaratgan ulug' mavjudot- insondan o'zingizni uzoqroq tutib yurishga urinasiz...jirkanasiz...

Robbingizni sevasizmi...?
Yana aldayapsiz...
Bir qilgan savobingiz siz
ning nazdingizda jannatga yutib olingan biletdek gap... O'zingiz bilmagan holda o'zingizni o'zgalardan ustun qo'yishlik kasaliga yo'liqgansiz...