forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:41:42

Nom: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:41:42
Assalomu alaykum!

Chat haqida fikringiz qanday?
Uning qaysi tomoni foyda-yu, qaysi tarafi zarar?
Hozirgi yoshlarning chatga munosabati qanday?
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:42:38
Otabek:

Men odatda koreyscha chatga kiraman. Koreyslar chatda muloqot qilish koreys tilini yaxshi o'zlashtirishingizda yordam beradi... Qolaversa, koreys chatlarida bemaza suhbatlar bo'lmaydi...
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:42:52
Kumushbibi:

Qizlarni chatga kirishini maslahat bermagan bo'lar edim.
Bu meni shaxsiy fikrim.
   
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:44:31
AbdulAziz:

O`zbekcha chatlar bemazami?
To`grisi man chatga kirmaganimga 3 yillar bo`ldi-yov.
O`zbekcha chatlar haqida qanday fikrdasizlar?
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:46:47
Otabek;

 Chatlarning ko'pchiligida bemaza suhbatlar bo'ladi. Bu mani shaxsiy fikrim. Bemaza suhbatlarga ko'p guvoh bo'lganman. Bundan tashqari niklarga ham e'tibor bering: odamni jahlini chiqazadigan niklar ko'p. Xatto yozishga or qiladigan niklar ham bor...
Yana bir gap: o'g'il bolalarning qizlarga xos nikni tanlab, masxaragarchilik qilishi...Yoki aksincha, qizlarning o'g'il bolacha nikdan foydalanishi...Bunaqa xolatlar ko'p...
Koreyada chatda suhbatlashish bunaqa bir-birini masxaralash emas, o'ziga xos dardlashish, do'stlashish vositasidir... Bu mani shaxsiy fikrim, xolos...
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:48:29
Komron:

Man narod.uz ga kiraman... Yaxshi chat...
Chatlarning bemaza ekanligi haqidagi gaplaga qo'shilmiyman. Bizani chatladayam ma'noli gapla bo'ladi..
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:51:22
AbdulAziz:

Iqtibos
Chatlarning ko'pchiligida bemaza suhbatlar bo'ladi. Bu mani shaxsiy fikrim.

Maniyam fikrlarim siznikiga o`xshash. man kirib ko`rgan chatlarning deyarli hammasi bema'ni. Hatto Islamiy ba'zi chatlarga ham ayrim g`oyasi buzuq kishilar kirib olishadi-da, kayfiyatni bulg`ashadi. Shuning uchun ham, mana bir yilki, chatga kirganim yo`q. ???

Iqtibos
Bemaza suhbatlarga ko'p guvoh bo'lganman. Bundan tashqari niklarga ham e'tibor bering: od**ni jahlini chiqazadigan niklar ko'p. Xatto yozishga or qiladigan niklar ham bor...

Gaplarizga yuz foiz qo`shilaman. Aynan o`zbek "milliy" chatlarida (ayniqsa, Oloy, Narod, Choyxona) ham shu holat borki, adminlar nimaga qarayapti hayronman. Yigitlar o`zlarining odam aytsa uyaladigan qismlarini aynan nik qilib olishsa, qizlar esa bunga ehtirosiy tarafdan yondashishadi. (Asalqiz, shakarqiz, s..qiz va h.) ???

Iqtibos
Yana bir gap: o'g'il bolalarning qizlarga xos nikni tanlab, masxaragarchilik qilishi...Yoki aksincha, qizlarning o'g'il bolacha nikdan foydalanishi...Bunaqa xolatlar ko'p...

Bu holatni nima deb baholash mumkin. Kechirasizlaru o`z jinsini o`z haddidini bilmaydiganlarni xotinchalik va ... deydilar. Bunday bema'nilarning makoniga aylangan cahtlarda o`tirishni o`zi or. Kecha bir o`rtog`im aytib qoldi. Chatda endi odamlar o`ziga "xushtor" izlayapti ekan. "Klient" topyaptikan. "Klient" izlovchilar orasida axloqi buzuq, o`z jinsiga moillar ham bor ekan. Bu gaplar hali o`zbek chatlari haqida ketyapti. ???

Iqtibos
Koreyada chatda suhbatlashish bunaqa bir-birini masxaralash emas, o'ziga xos dardlashish, do'stlashish vositasidir... Bu mani shaxsiy fikrim, xolos...

Demak koreyslar chatni ham o`zlarining yaxshi manfaatlariga bo`ysundirishgan ekan. Demak, ularni cahtlari "bardak" emas ekan. Chat qayerniki bo`lmasin, unda madaniyat elementlari saqlansa, u go`zal bo`laveradi. Bu borada koreys birodarlarimizga havas qilsak arzir ekan.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:52:09
AbdulAziz:

Iqtibos
Man narod.uz ga kiraman... Yaxshi chat...

Nimasi yaxshi? Bir-birini jahlini chiqarishi, so`kinib o`tirishimi?
Sizga savol: Chatga nima uchun kirasiz? ???

Ho`p, qaysi chatni ma'noli deya olasiz? Silani chatlarda qanday ma'nili suhbatlar bo`ladi?
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:52:36
Komron:

narod.uzda har kuni o'tiraman... Hali biror nojo'ya suhabtga guvoh bo'lmadim...
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:52:46
Komronbek, manam o`sha siz aytgan chatga kirganman. Lekin bema'niligidan, bir-birini ochiq-oydin so`kishidan uyalib qaytib kirmiy qo`yganman.

manimcha chatda ham azgina emas, ko`pgina filt qo`yish kere. Chunki, odammi oshkora haqoratlash, so`kish, na madaniyatga to`ri keladi, na etikaga. Bu narsa siz etvotgan narod.uzdayam bor.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:53:01
Otabek;

Manam bir kirib, ikkinchi qadam bosmiydigan bo'ldim
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:53:41
AbdulAziz:

Iqtibos
narod.uzda har kuni o'tiraman... Hali biror nojo'ya suhabtga guvoh bo'lmadim...

Komronbek, ko`rib turib ko`rmaslikka olish yoxud bilib turib bilmaslikka olish yoki unga be'etibor bo`lish yaxshi emas.

Nojo`ya suhbatlar u yerda har kuni har soatda bo`ladi. Yoki Sitata olib ko`rsateylikmi?
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:53:55
Otabek:

Sizlarga quyidagi xalqaro chatni taklif qilaman: www.skype.com
Registratsiyadan o'tib, bemalol muloqotga kirishishingiz mumkin. Men shu chatda bo'laman. Harqalay ma'nili suhbatlar ko'p. Ayniqsa, koreyslar bilan suhbatlashganda...
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:54:17
AbdulAziz:

Choyxona haqida nima deysizlar?
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:56:39
Raimjon:

Assalomu alaykum.
Bu saytga chat ochsalaring bo'miydimi?

Otabek:

:o :o :o :o :o :o :o :o :o :o :o :o :o
Zo'r taklif....Lekin.....
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:56:54
AbdulAziz:

Yaxshi taklif!
Lekin mana shu forum ham chatning o`rnini bosa oladi-ku! Qaytanga yaxshi. Yozgan mulohazalaringiz saqlanib qoladi. Hohlagan payt davom ettiraverasiz.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:57:26
Mohinur:

Men javob bersam bo`ladimi?
Men umuman chatlarga kirmayman. Unaqa joylarni yomon ko`raman. U yerda yaxshi suhbatlar bo`lmaydi.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:57:58
Otabek;

 Ma'noliroq chatlardan bizga qaysilarini tavsiya etasizlar?

AbdulAziz:

Unaqasini topsez bizga ham aytarsiz...
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:58:12
Bonu:

Assalomu alaykum!
Chat haqida gap borar ekan, man ham ozimni fikrimni bildirib qoymoqchidim, manimcha, chatda gaplashish KIM bilan gaplashishga bogliq, agar ma'nili odam bilan suhbatlashsangiz hatto u odamdan bir nimadir o'rganishingiz ham mumkin. Hozirda ayniqsa Toshkentliklar orasida rivojlanib ketgan bu chatlar, har bir yosh ni ahloqini buzyapti, yigitlar faqatgina qizlar bilan "chiroyli"gaplarni gaplashish va girlfriend qidirish uchun kiradilar, qizlarga esa hayronman! ???
Masalan, UK da bu unchalik rivojlanmangan. Boshqa aloqa vositalarini afzal deb bilishadi. Lekin har tomonlama ustun bolgan, ozida telefon tarmog'i kabi bepul vositalarni jamlagan www.skype.com ni biz chet eldagilar ma'qul koramiza, Undan turib dunyoni hohlagan mamlakatidagi inson bilan ham ovozini eshitib ham ozini korib gaplashish va fayllar yuborish mumkin. Hohlasangiz masalan odamlarni ozingiz qidirib topishingiz mumkin, masalan man har hil tillarni organganim uchun ham, osha tillarda gapiradiganlarni topaman va tel. qilaman va manga bu juda zor imkoniyatdir. Ayniqsa u orqali USA , Germany va boshqa koplab mamlakatlardagi ozbeklar bilan gaplashaman ularni hayotini organaman, yangiliklar eshitaman. SHuni aytmoqchimanki, iloji bolsa mana shu bemani ozbek chatlariga kamroq kirsanglar, kirganda ham yaqin odamingiz bilan suhbatlashishga yoki malumot almashish maqsadida bolsa nur ustiga a'lo nur bolgan bolardi. Diqqatingiz uchun rahmat,
Bonu
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:58:34
Shohista:

Assalomu alaykum. bilau man qanaqa chatga kirardim oldin. lekin hozir man uchun chatni umuman qizig`i qolmagan. ayrim voqtlada doslarim bilan aniq vaqtni kelishib chatga kirmasam, boshqa oayt umuman kirmiman. Undan hecham foyda yode. Hozir shunaqangi odamla borki exeeeee ula bilan gaplashsa odam ketgan voqtiga pushaymon qiladi undan kora chatga kirmaslik avzalro. Bu albatta mani fikrim ;)
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:59:17
Otabek:

Asosan, qaysi chatga kirardingiz o'shanda?

Shohista:

Assalomu alaykum, hozrida chatga kirish zerikarli holat bolib qolgan. Sababi hammaga ma`lum.
Lekin man qachonlardir chatga kirib turganimdan xursanman.
Sababi man uchun eng qadrli insonlani oshettan topganmande :D
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:59:36
Shahina:

vo aleykum salom farzona!
Ha gaplarizga qo`shilaman, negadir manam chatga qiziqmiyman.
Agar sir bo`lmasa, kim ular - siz uchun qadrli, o`zlarini esa chattan topganlariz? Qiziq-de!
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:59:49
Noza:

Hammaga Salom!
Man ham bir paytlar chatga rosa qiziqib kirardim.
Hozir ham forumda o'tiribman, yonimda o'tirgan dugonalarim esa Narod.uz da o'tirishibdi.
To'g'ri chatda yahshi insonlar ham bor lekin ular 10/1 tasi. 6 oy ichida chatga kirgan bo'lsam har kirganimda 5-6 odam bilan tanishardim.
Umuman agar hisoblasa 50 dan ortiq tanish orttirganman.
Lekin ulardan sanoqlilarigina man bilan do'stona to'g'ri ma'noda gaplashadi.
Qolganlari bilan umuman gaplashmay ketganmiz.
Otabek va Bonu aytgan gapga qo'shilaman.
Man ham www.Skype.com dan foydalanaman.
OTABEK! Siz mabodo Skype da Kebato niki bilan kirmisizmi....................?
skype orqali ko'pgina chet elda o'qiydigan yurtdoshlarimiz bilan tanishdim.
Narod uzda to'g'ri gaplashadiganlar 10/1 bo'lsa , Skype da 10/9 .
Shunaqa gaplar!
hammaga Skype ni tavsiya etaman.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:01:07
Shohista:

Assalomu alaykum Shahinaxon, bilasmi sizzi savolizga javob beradigan bosam, man chatdan topgan inson dunyodigi eng yaxshi insonde :D U bilan tanishishim oddiy bogan, mani nikimga kirganlade bitta narsani etgan bu sir :) Kegin shunfan tanishib ketganimiza, hozirda u kishi mani eng eng yaqin ortog`im biladila shuni uchun ham etganmanki, "og`il bola bilan qiz bola dos boladimi " degan sahifada boladi deb javob berganman :) U kishini ismlari sir...
Ozlari biladila, lekin ula silani oraylada ekanligini etishim mumkin. Etmoqchimanki, ushbu forumning doimiy faol ishtirokchisi...
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:01:35
Ahmadbek:

MSN Messenger, ICQ ham yaxshi, faqatgina o`zing tanigan insonlar bilan gaplashasan.
   
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:02:12
Shahina:

Salom Farzona!
mani nikimga kirganlade bitta narsani etgan bu sir :)
Ho`sh nima deganla ula?
Ozlari biladila, lekin ula silani oraylada ekanligini etishim mumkin. Etmoqchimanki, ushbu forumning doimiy faol ishtirokchisi...
Hmmm.. Kim ekan?
Bu forumga kirganlarning har biri bilan bir umrlik do`st bo`lsang arziydi.
Hammaelaga omad
Do`stligimiz doimo bo`lsin!
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:02:34
Farzonochka:

Assalomu alaykum Shahinaxon,qalyesiz?
Rasa gapizmiz qiziq ketvotti-a? ;) Ozizchi chatga kirib turasmi? Doslariz bormi?
Man ham qiziqb qoldim sizga.. :D
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:02:54
Noza:

To'g'ri etasiz! MSN va Yahoo messanger ni shunisi ham yahshi faqat tanigan va yaqin insonlariz bilan gaplashasiz
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:03:13
Mohinur:

Assalomu alaykum forumdoshlar!
Hammangizga ma'lumki forumning chatdan afzal jihatlari talaygina?
Kelinglar, hammamiz o`z do`stlarimizni shu forumga chorlaylik va birgalikda ishtirok etaylik.
Hammamizga foyda bo`ladi, menimcha chatdagi do`stlar bu yerdagi do`stlardek bo`lmaydi.
Chat bir oniydir, forum esa mangu qoladi.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:03:26
Noza:

Salom Mohinur! Gapingizga 101% qo'shilaman! Man ham ko'proq do'stlarimni bu forumga chorlashga va ular bilan birgalikda doimiy forum azosi bo'lishga harakat qilaman
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:03:40
AbdulAziz:

Va alaykum assalom Mohinur!
Judayam samimiy, va do`stona taklif. Bu taklifni avvalroq men berishim kerak ediyu...
Xullasi kalom chatlarda bema'nio suhbat qurgandek, bu yerda o`zingizning mustaqil fikringizni bering.
Bundan, ham sizga, ham bizga foyda bor!
   
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:03:59
Bonu:

Assalomu alaykum, shu hammamiza bir birimiza bilan dostlashib qolishimiz, kop narsalar organishimiza mumkin, lekin bir birimiza haqimizada umuman malumotga egamasmiza shunga hayron bop turgandim, kopchilik ozlarini e-maillarigacha sir saqlashadi, huddi botta ularga yozvurib jonilariga tegadigandek, shunga iltimos, shu larni ochiq qoldirsanglar. Keyin Bitta taklif, kimnidir tug'ilgan kuni bolsa , bilsak, va tabriklar va istaklar sahifasida oz tilaklarimizani izhor qilsak bolmidimi? shunga iloji bolsa berkitishmasa degandim, mayli yana ozilar bilasla. Man ham chatdan kora ming bora yahshi deb oylayman, qarela qanchadan qancha narsalar bora??? Lekin forumni umuman saytni asoschilariga katta rahmat!
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:04:15
AbdulAziz:

Wa alaykum assalam!
Alohida thread ochsak ham bo`ladi. Forum ishtirokchilari haqida va albatta buni ular hohlasalar. Siz shunday deyapsiz-ku, ko`pchilik, o`z profillariga kirishmagan ham. Shuning uchun kimning qachon tug`ilganligi ham mavhumligicha qolmoqda.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:04:29
Bonu:

Qani kim fikrimizaga qohislarkin yoki qarshi ekana?? ???
Juda qiziq bolardi, kim nima biland band, nechanchi yil, qatta oqiydi, bular hammaga mavhum! Gapirayotgan odamiz haqida tassavur bolmasa, juda ham qiyinde! Chunki u odam 15 yoshmi 85 yoshmi kimga qanaqa gap yoqadi bilmaysiz, shunga ham iloji bolsa ishtirokchilar, iloji bolsa sal pal shu haqida ma'lumot bersela!
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:04:42
Noza:

Hammaga SALOM!
Fikrlaringizga 101% qo'shilaman. Manimcha ham hammamiz bir birimiz haqimizda ko'proq ma'lumotga ega bo'lishimiz kerak.
Rostan ham buni nimasi yomon?
Keyin nafaqat tug'ilgan kunlarda balki hamma bayramlarda bir birimizni tabriklab turardik.
manimcha hech kim bunga qarshi emas!
To'g'rimi?
   
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:05:01
Otabek:

Buning uchun forum ichida o'ziga xos KALENDAR tuzish lozim, menimcha...
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:05:13
Kumushbibi:

Otabek gapingizda jon bor.Men ham ma'qullayman.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:05:37
Bonu:

Qani kimdir harakt qilyaptimi shunga?
Manimcha, shu har kuni sayt tagiga BUGUN: deb boshlanadigan bo'limcha shiqishi kerede, keyin osha kun qanday kunligi yani balki bu kun qaysidir davlatta katta bayramdir, shu haqida yozib..keyin tugilgan kunini nishonlavotganlar chiqib turishi kere. Lekin bizada minglab azolar yoqde, har kuni kimnidir tugilgan kuni bolishi uchun! SHunga hayronman! Davronbek aka, siz nima deysiz?
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:06:01
AbdulAziz:

Bo`lmasa, boshlaymiz, asta-sekin biz yozaylik, qolganlar ham qiziqib yozib qolishar...
Fikr-mulohazalar bo`limida "Forum ishtirokchilari: o`zingizni taniting" degan mavzu ochib qo`yaman. Shu mavzuga kirib, hohlagan odam o`zi haqida ma'lumot qoldirishi mumkin. Agar rasm yoki boshqa ma'lumotlarini joylolmasa menga murojaat qilishsin. Yordam beraman.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:06:13
AbdulAziz:

Bonu, yaxshi taklif. Bugun taklifini ko`proq Otabekdan iltimos qilib ko`ramiz. Bugun qayerda qanday voqea bo`lgani haqida qisqa, bugun qayerda qanday bayram. Bularning hammasi haqida Otabek yaxshiroq biladi.
Ha, afsuski, ko`pchilikning tug`ilgan kunini man bilmiyman. Agar yuqoridagi mavzuga kirib o`zlari to`grisidagi ma'lumotlarni qoldirsalar, man bir hafta oldin, shu-shu kunlari shu ishtirokchilarimiz tug`ilgan kunlari deb e'lon qilardim.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:06:49
Bonu:

Assalomu alaykum! Yoq man etmoqchi edimki bu narsa alohida bolimda ochilishi shart emas, lekin bu saytni tuzilsihiga ozgartirish kirgazish degani, yani har doim saytga kimlar kirayotgani, qaysi azo on-line yoki nechta guest borligi haqida pastda yozilib turadi-a? Osha joyni tagidan bugun qanaqa kunligi kimni bayramiligi yozilsa gap tomom vassalom! keyin agar nobodo kimnidir tugilgan kuni yoki shunga ohshash narsa bolsa unda keyin tabriklanadi tabriklar sahifasi ozi borku!
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:07:13
AbdulAziz:

Wa alaykum assalom Bonu!
Gaplaringizga qo`shilaman. Agar e'tibor qilgan bo`lsangiz, forumning birinchi sahifasida News paneli bor. Shu panelda forum haqida oxirgi yangiliklarni berib boraman. Shu yerga joylasak ham bo`ladi.
Lekin, baribir shunaqa mavzu ochish kerak, chunki newsdagi narsalar bir haftadan keyin eskiydi. Man o`chirib tashashim mumkin. Threaddagilar esa o`chmaydi. Ham Newsga ham Bugunga qo`ysak bo`ladi.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:07:30
Margilamets:

Shu saytlarini ichida biron ma'nili chat ochsalaring bo`meydimi?
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:07:45
Gulhayot:

Institutimizga endigina Internet ulangan kezlari Chat.uz ga kirgandim.To'g'risi unaqa bema'ni yoki qo'pol suhbat bo'lmagan,ammo dugonalarimdan ayrim gaplarni eshinib dunyoda shunaqangi qo'pol-qo'rs,bema'ni gaplar borligini eshitdim.Shu-shu man chatga kirmayman,qolaversa vaqtimni oladi.Bu dunyoda har kashfiyot,yangilik insoniyat ehtiyoji uchun yaratiladi,afsuski ,hamma o'zining ehtiyojini qondirishga harakatqiladi.Har bir kashfiyotdan kimdir to'g'ri kimdir o'z bilganicha foydalanadi.Bunday olib qarasak chat yaxshi narsa do'stlar suhbatidan bahramand bo'lish,olisdagi do'stingizdan maslahat olish va boshqalar...Telefondan arzon menimcha. Yana bir qulayligi ish stolingda o'tirib o'z ishing bilan ham shug'ullansang bo'ladi.Ma'lum bir kunda soatda do'stlaringizga ma'lum nom ostida kirib bemalol davra suhbatini o'tkizishingiz mumkin.Uning qolgan salbiy tomonlarini biz o'zimiz keltirib chiqaramiz.
Bunda :) ham telefondagi singari odob bilan so'zlashish darkor!
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:07:57
AbdulAziz:

To`gri cahtning ham foydali jihatlari bor.
Lekin o`sha foydadan zarari ko`proq.
Agar siz o`z o`rtoqlaringiz bilan muloqotga kirishishni istasangiz, bunday xizmatlar, chatdan ko`ra qula bo`lgan dasturlar mavjud, masalan Yahoo! Messerger, MSN Messenger va hokazo.
Masalan, man aytishim mumkin, Chatga ko`pchilik (hamma ham emas) bekorchi vaqtini sarf qilish uchun va "yangi" do`stlar orttirish uchun kiradi. Orada kim bilandir gijillashadi, urushadi, qarabsizki, keyin boshlanadi, har xil gap so`zlar.
Yana kimdir, kimnidir asabini o`ynash uchun kiradi, kimdir bekorchilikdan, biron yaxshi suhbat bo`lganini o`zbek chatlarida ko`rmaganman.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:08:34
jadid:

 8) O`zbekistonda tuzukroq chat yo`q, deb bemalol aytishimiz mumkin.

Hatto yoshlarimiz orasida chatlar mazza qilib so`kishadigan, bir-birini yerga uradigan makon sifatida tushunilishi odatiy holga aylanib qolgan. Bundan ikki yillar chamasi oldin, chatlarga kirar ekanmiz, vulgar, haqoratli so`zlardan foydalanidigan bo`lsak chiqarib yuborishini, chatdan admin chiqarib yuborishi mumkin ekanligini ogohlantirib qo`yar edi.

Ammo hozir o`sha chatlarning qoidalarini o`zlari buzishmoqda. Qaysidir gal og`aynilarim bilan netcafega kiribman. Bolalardan biri qizishib ketdi, qarasam haqoratli so`zlar bilan to`lib ketgan, keyin bir payt netcafe admini haligi do`stimning otini so`rab qoldi. Keyin birdan kelib so`kib turta boshaldi. Bungacha og`aynim uni (so`kishayotgani u ekanligini bilmagan)
rosa "bo`ktirgan" ekan.... Zo`rg`a ajratib olgan edik.

 :-[ Mana shunaqa ahvol. Bunaqa ko`ngilxiraliklarni nafaqat chatlarda, undan tashqarida ham kuzatish mumkin. Bu oddiy xalq tilida "ishkal" deyiladi. Bularning barchasiga vatandoshlarimizning ong saviyalari biroz pastligi bilan bog`liq bo`lsa ajab emas. O`zlarining qo`llaridan chatga kirvolib xotinchalishlik yoki erkaklashish keladi-yu, ammo birodarlar qilgan ishlarni ko`rib uning ustidan kuladilar, vaholanki, ana shuni qilishga ularda bilim ham, qunt ham sabr ham, yetmaydi.

;) Koreya masalasi.... Koreyada hozir hayot ancha iziga tushib olgan. shuning uchun do`stlashish, dardlashish kabi fazilatlar paydo bo`lgani tabiiy va quvonchli, bizda esa hammaning ko`nglida nimadir yetishmaydi, shundan bo`lsa kerak nima qilarini bilmay, chatda shunda ahmoqgarchilik qilsalar kerak

:) Olloh nasib qilsa biz ham Koreya yetishgan kunlarga yetib olarmiz
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:09:10
Iqtibos
Ammo hozir o`sha chatlarning qoidalarini o`zlari buzishmoqda. Qaysidir gal og`aynilarim bilan netcafega kiribman. Bolalardan biri qizishib ketdi, qarasam haqoratli so`zlar bilan to`lib ketgan, keyin bir payt netcafe admini haligi do`stimning otini so`rab qoldi. Keyin birdan kelib so`kib turta boshaldi. Bungacha og`aynim uni (so`kishayotgani u ekanligini bilmagan)
rosa "bo`ktirgan" ekan.... Zo`rg`a ajratib olgan edik.

Bunday holat ko'p uchrab turadi. Bir kuni men ham internetcafeda o'tirgan edim. Bir payt birqancha bolallar u yerga bostirib kirib adminning yoqasidan olishdi va tashqariga olib chiqib ketishdi. Keyin bilsam, ulayam chatda rosa bir-birlarini haqorat qilishgan ekan...
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:09:37
Shamshir:

Man avval mailni chatiga kirganmanda shunda bir kishi bilan tanishganman faqat u manga savollar bergan togrisini aytganman, shungami u manga ishonib qoldi.U odam Hozir KOreyada. Oilasini ham taniyman, telefon qilib turaman.Shunda chatga chiqardim faqat pravatda shu kishi bilan gaplashardik. Hozir umuman chatga chiqmayman, boshqalarga ham maslahat bermayman.Chat hatto islomiy chatlar ham meni joyim emas ekan.Hozir olloh shohid 90 foiz kishi internetda chatda otiribdi,nima ahvol bu shundan niam topisharkin......
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 06:09:54
Feruza:

Men umuman chatga kirmagandim. internetni faqat xat yozish va darsim uchun kerakli u bu narsani izlashga ishlatardim, xolos. lekin bir kuni kirib ko'rdim. manga umuman yoqmadi. shundan beri qayta kirmaslikka qaror qildim, unless birorta do'stim bilan aniq kelishib kirmagunimcha! Vaqtimni bekorga ketkazgancha birorta bir maqola topib o'qiganim ming marta afzal!
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: islimakhanim 22 Fevral 2007, 16:37:44
alamimdan yozypman _uzur...
   Assalamu alaykum!
Hmmm, Siz ajoyib chiqib qoldizu??? Bu nima deganiz alamizni nega bu yerdagilani asabini buzish bilan olyapsiz? boshqa usulini topolmadizmi, Nadir bey? Sizga bitta zo'r maslahat, kimdandir alamiz bo'lsa, avval o'zizni yaxshilab kontrol qiling, boshqalani alamiga sabab bolib qolmaslik uchun! Yana shuniyam hisobga olib qoyingki, siz bir kishisiz, forumdagila esa kopchilik! Agar shuncha odamni jahlini chiqarsez, unda, qolganini o'ziz tasavvur qilib olavering. Sizni kimdandir alamiz bor degani, forumga kirib istagan gapizni yozib tashlayverishiz mumkin degani emas, tushunarlimi? Lutfen, anovi postlarizni o'chirib, o'zizni hulqizni tuzatib oling! Bo'lmasa, birinchilardan bo'lib Sizni bann qilinishizni iltimos qilaman!
   
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: abdulhamid 26 Fevral 2007, 23:15:33
Assalamu alaykum forumdoshlar chat hakida gap ketar ekan men ham oz fikirimi bildirmokchiman men ozim aslida yangi azoman internetti organganimgayam kop bolmadi hozirda İstanbuldaman ilk keldim zamon zerikkanimda kop chatga kirar edim lekin foydasi yok bekorchi vakit bemani sozlar turklarni chatini tariflashni esa keragi yok keginrok Abdulaziz bilan tanishdim forumni organdim men uchun Ziyo-Uz-Hakiki ozbekona forum chatdan afzaldir.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: lolo 02 Mart 2007, 14:13:20
Chat haqida ko'pchilik salbiy fikrda, chunki 99% odam u bu kim bilan (nomahram bilan) tanishish maqsadida kiradi hamda zerkayotganlarga gap sotib vaqt o'tkazish juda qulaydir.
Ammo yaxshi tamonlari shundaki, masalan, Choyhonaga parallel kanallar #islam va #muslim bor. Bu yerga asosan islomiy odamlar kiradi, ma'ruzalar bo'ladi (zakaz qilingan mavzularda), <muslim> bot orqali savol-javob o'yini ham bo'ladi (juda qiziqarli o'yin), <Haqq> bot.da esa Qur'on mujassam, yani hohlagan surangizni hohlagan oyatni o'qishingiz mumkin (!quran 1 1 kabi so'rash orqali) (ikhil tilda: uzb va eng). Va ko'pchilik hidoyat tobip ketayabdi ham.
Bundan tashqari yana bir chat ishlab chiqildi Server: irc.uzmuslim.com Bunda ham yuqoridagi hamma imkoniyatlar mavjud, hamda ma'ruzalar undanda ko'proq.

Allohdan qo'rquvchi odam hech yerda yomon ishni boshlamaydi.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: Murod_bek 02 Mart 2007, 22:07:10
Choyhonaga parallel kanallar #islam va #muslim bor. Bu yerga asosan islomiy odamlar kiradi, ma'ruzalar bo'ladi (zakaz qilingan mavzularda), <muslim> bot orqali savol-javob o'yini ham bo'ladi (juda qiziqarli o'yin), <Haqq> bot.da esa Qur'on mujassam, yani hohlagan surangizni hohlagan oyatni o'qishingiz mumkin (!quran 1 1 kabi so'rash orqali)

Assalomu alaykum!
BU narsa haqida endi eshtishim Iltimos kengroq ma'lumot berib yuboring!
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: mutaallimah 13 Mart 2008, 16:46:21
     Assalamu-alekum

А­ҳтиёт бсл қизалоғим! Чат(сhat)хоналарда сғрилар ва бсрилар бор
 

Д. Ҳамдон ибн Муҳаммад ал-Ҳамдон

Арабчадан сгирувчи Абу Закариё ал-Маданий

 

Алҳамду лиллаҳ вассолату вассаламу ала расулиллаҳ...

Азиз қизалоғим, менинг ушбу мактубим сенга меҳрибон ота, муҳтарам ака, мушфиқа она орқали етар, сҳтимол уни мажалладан сзинг сқирсан. Сендан умидим Лайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг қизлари, саҳобаларнинг қизлари, замони саодатдан то бугунги кунгача сшаган муъмина қизлардан срнак олиб сшамоғингдир. Сен иймонда, схши ишларда, хусусан, ор-номус, иффат, шараф ва ҳаёни сақлашда улардан намуна ол. Ким бслсин, қандай йсл билан бслсин, интернет ё телефон орқалими, хат ёки учрашув орқалими ёҳуд бундан бошқа йсллар биланми бирон бегона йигит учун сз сшигингни очма!

Сен биронта бегонага (маҳрам бслмаган ҳар бир сркак бегонадир) ҳаётингга киришига изн берсанг, гсёки сен срмондан чиққан ёки ҳавонот боғидан қочган оч бсрига уйинг сшигини очган бсласан. Ўйлаб кср, — Аллоҳ сақласин — сша бсри уйингиз сшиги олдида турибди, сен унга сшикни очасанми? Агар очсанг оила аъзоларингдан биронтаси ундан соғ қолмайди. Бунисини қорнини ёради, унисини ғажийди, бошқасини слдиради... мана шу даҳшатли манзарадан мамнунмисан?!

Чат ёки мессенжер, телефон ёки учрашув орқали сенга боғланаётган йигит инсон қиёфасидаги бсридир. Унинг мақсади ахлоқ, шараф ва ор-номусни овлаш. Ҳаётингнинг вайрон бслиши, расво ва бадном бслишинг у учун қизиқ смас. Оилангнинг обрсси тскилиши, одамлар олдида ёмон отлиқ бслиши, саодати ва барқарорлигини йсқотиши уни қизиқтирмайди. Бу маккор ва ғаддор йигитнинг сгона мақсади жинсий ғаризасини ҳаром йсл билан қондириш, холос. У ҳар қанча ширин ссзларни айтмасин, ром қилувчи ибораларни ишлатмасин, мақсадим уйланиш, бахтли оила қуриш деб ҳар қанча қасамлар ичмасин, буларнинг бари ёлғон... Ана шу сғрилар кундузда ксринмайдилар, улар ксршапалаклар сингари қоронғи зулматда сшайдилар. Улардан тавба қилганлари ёки сз қилмишидан фахрланадиганлари: "œтарбисси бузуқ, тсғри келган одамни —фақат телефон орқали бслсада— сз ҳаётига киритаверадиган аҳмоқ, гсл қиз билан слганда ҳам турмуш қурмаслигини" очиқ айтадилар
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: mutaallimah 13 Mart 2008, 16:46:57
Қизалоғим, сен шуни схши билгин, агар ана шу инсон қиёфали бсрига сен билан гаплашиш, қандай бслмасин замонавий алоқа воситалари билан алоқа қилишга имкон берсанг, у жидду жаҳд билан кейинги босқичларга стишга, сзининг разил нистларига сришиш учун сени алдаш ва авраш учун қслидан келган барча ҳийла найрангларни ишга солади. Ва ниҳост у сен билан учрашувга имкон топса, бир лаҳзада сен унинг олдида қассоб қслидаги қсзичоқдек бслиб қоласан. Қассоб қслидаги қсзи нима ҳам қила олади? Ўзини қассобдан ҳимос қила оладими? Унинг қслидан қутулиш имкони борми? Сен ҳаётингда  ҳеч бслмаганда бир марта бслса ҳам қсй сссётган, унинг терисини шилаётган қассобни ксрган бслсанг керак? Бироқ бу икки қассоб бир-биридан осмон билан ерча фарқ қилади. Қсй сссётган қассоб Аллоҳ таоло учун қурбонлик қилаётгандир, азиз меҳмон учун жонлиқ сссётгандир, ҳеч бслмаганда бу қсйни тирикчилик учун сссётгандир. Аммо анави —бсйнинг узулгур— йигит мусулмонларнинг қиз-жувонларини йслдан уриш, номус ва шарафларини ссйиш билан Шайтон ал-лаинга қурбат ҳосил қилмоқда.

Бу йигит йслдан озган, чунки у ақлидан, билимидан, заковати ва саломатлигидан ёмон йслда фойдаланмоқда. Агар у ақл, билим, заковат ва саломатлик неъматига шукр қилганида, бу нарсалардан маъсист срнига Аллоҳга тоат қилишда, мусулмон биродарларга озор берадиган нарсалар срнига уларга фойда берадиган ишларда  фойдаланган бсларди. У адашгани боис Аллоҳ таолонинг мана бу ссзига амал қилмади: «Аикоҳ (учун лозим бслган мол-давлатни) топа олмаган кишилар то Аллоҳ уларни Ўз фазлу-карами билан бой-бадавлат қилгунича сзларини (ҳаромдан, зинокорликдан) пок тутсинлар!!» (Аур: 33). А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ушбу буйруғига бсйсинмади: «Ўзингга схши ксрган нарсангни биродарингга ҳам раво кср.» (Табароний  Кабир ва Авсатда ривост қилган) Бунинг акс маъноси сзингга раво ксрмаган нарсани биродарингга ҳам раво ксрма
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: mutaallimah 13 Mart 2008, 16:47:32
У ҳар қанча разил бслмасин, бегона одам келиб унинг синглиси ёки онаси билан у бировларнинг қизлари билан қилаётган ишини қилишига асло рози бслмайди.

Қизалоғим, сен сзингдан ҳам оилангдан ҳам снг биринчи масъулсан. Сен анави бсғиб слдирадиган бироқ емай ташлаб кетадиган бсрилар қаршисида сшикни очмасанг, сзинг ҳам дининг ва иффатинг ҳам саломат бслади. Оиланг, унинг шарафи ва саодати сақланиб қолади. Сен оқила, фаросатли ва қатъийстли бслишга қодирсан. Сенинг маъсист ва гуноҳ қилишга, сзингни сзинг улкан мусибатларга ва ечими йсқ муаммоларга йслиқтиришга ҳам имконинг бор. Иккинчи йслни танласанг, адашган аҳмоқ қизлар қилгани каби сз жонигга қасд қилишга қсл урасан ёки шуни сйлаб қоласан. Аллоҳ таоло дейди: «Ҳамда сзингизни сзингиз слдирманг! Албатта Аллоҳ сизларга меҳрибон бслган зотдир. Ким ҳаддан ошиб шундай ишларни қилса, биз уни дсзахга киритажакмиз. Бу Аллоҳ учун осон бслган ишдир.» (Аисо: 29,30)

Бу ҳолат мана бу остга ҳам тушади: «Ким қасддан бир мсминни слдирса, унинг жазоси жаҳаннам бслиб, сша жойда абадий қолгусидир. У Аллоҳнинг ғазаби ва лаънатига дучор бслган, Аллоҳ унинг учун улуғ азобни тайёрлаб қсйгандир.» (Аисо: 93)

Термизий Жобир ибн Самурадан ривост қилган асарда айтилишича: бир одам сзини слдирган сди Лайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам унга жаноза сқимадилар.

Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Ким тиғ билан сзини слдирса, қслида тиғ билан уни қорнига урганича жаҳаннам стида абадий қолади. Ким заҳар ичиб сзини слдирган бслса, жаҳаннам стида уни ичганича абадий қолади. Ким сзини тоғдан ташлаб слдирган бслса, жаҳаннам стида думалаган ҳолида абадий қолади»[1] (Муслим ривости).

Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Ўзига тиғ урган киши дсзахда ҳам сзига тиғ уради, сзини (стга) ташлаган одам дсзахга сзини ташлайди, сзини бсғган одам дсзахда ҳам сзини бсғади» (Аҳмад ривости, Ас-силсилатус-саҳиҳа: 3421).

Собит ибн Даҳҳок розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Ким дунёда сзини бир нарса билан слдирса, қиёмат куни сша билан азоб берилади» (Муслим ривости).

Қизалоғим, агар сен сша иффат сғриларига қулоқ тутсанг, хозиргина айтилган ваҳимали оқибатларга қсшимча слароқ гуноҳи кабиралардан бири бслмиш ота-онангга оқ бсласан. Сен уларни бу қилмишинг билан ночор аҳволга соласан, уларга сени тарбислашда катта хатога йсл қсйганларини ксрсатиб қсссан ва уларнинг обрсларига қаттиқ таҳдид соласан. Мана шундай шармандаликдан ва обрслари тскилишидан қсрқиш жоҳилист арабларини қизларини тириклайин ксмишга мажбур қилган сди. Ота-онанг аччиқ устида қарғаб юборишлари мумкин ва шу қарғиш туфайли бир умр бахтиз бслиб старсан. Лайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам уч тоифа одамларнинг дуоси албатта ижобат бслади деганлар ва ота-онанинг фарзандига қилган дуолари шулар жумласидан деб айтганларини доимо ёдингда тут.

А­ҳтиёт бсл қизалоғим! А­ҳтиёт бсл!

"œДаъват" мажалласи, 1902-сон 24-жумодул ууло 1424 ҳижрий сана -24 июл 2003- мелодий сана.

Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: mutaallimah 13 Mart 2008, 16:55:52
Assalomu-alaykum
Internetdagi tanishuv mavzusida bir ayolni o'z qilmishlari natijasida ne ko'yga tushganini birodarlarga ravo ko'rganim sabab turli so'zlar eshitdim.Rahmat aytib duo qilganlarni barchasidan Alloh rozi bo'lsin.Lekin bu qissa kimlargadir oyna bolib o'z aftlarini korishga sabab bolganidan va bu haqiqat yoqmasdan alamdan titrab har hil nojo'ya hayollarga borgan bo'lsalar qattiq adashadilar!!Men bu qissani forumdagi birodarlarga ilinib behayolik qilmadim ayni qissadagi nojoya harakatlar shuningdek behayo oqibatlarga va fitna va fasodga olib kelishiga hayotimda guvoh bolib ko'rganlarim va o'qiganlarimdan hulosa qilib shu ishni qildim.Biz bu forumga ilm olish maqsadida kirar ekanmiz olgan ilmimizdan hulosa qilishni haqiqatga tik qarashni organishimiz kerak. Alloh har birimizga o'zimizni isloh qilishga aql bersin.....
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: Mars 14 Mart 2008, 12:41:35
Men bir chatga kirgan edim birov rossa so'kdi kimligini bilmadim hayron bo'lib shu bo'yicha kirmay qo'ydim.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: Muzayyana 14 Mart 2008, 15:11:59
Assalomu alekum! Forumdoshlar zo'r mavzu ochilibdiku a?!
Chat-- bunga manimcha xamma xar xil maqsadda kiradi. Masalan bankovskiy chatlar bor, bunda faqat bank xodimlari o'tirishadi, xolos. Albatta ular o'zlarini ishlari xususida suxbat yuritishadi. MAn xam bir vaatlar forumda faqat forumdoshlar uchungina chat ochish tarafdori edim, buni man faqat forumdoshlarni firk almashishi osonroq bo'lishi uchungina aytgandim, xolos. lekin Abdulaziz aka faqat p.m dan foydalanishlarin mumkin deb aytishdi. Bir tomondan ularni fikri to'g'ri.
Keyin, "mars"  xozir chatda faqat so'
kinishlar bo'ladi xolos( astag'firullo), afsuski, ana shu chatda o'tiganlar ko'pchiligi o'zbek, "musulmon" yigitlar, qizlar xam. Lekin bollar chatga qizlarni nomida kirishadi, yana kim yomon qizlar yomon....Bu bilan qizlarni oqlash yoki bolalarni qoralash nimayatim yo'q. beshta barmoq tengmas.O'zim xam bir gunoxkor bandaman. Lekin chatga umuman kirmiman, xoxlamiyman xam. Chunki chat xaqidagi xar xil gaplarni o'qib eshitib turaman, va musulmon va muslima birodarlarimga xam foydasi bo'lmagan chatlarga kirishlarini va vaqtlarini bekorga sarflashlarini maslaxat bermiyman.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: BelleQizcha 18 Avgust 2010, 06:21:07
Bir dugonam chatga kirgin gaplashamiza oshatta digandi  maylu dib kirdu,., bir pasda o'chirtga yozilganla yozib qolishdi ochib qarasam.
Salom, qale , ishla qale, uxlamadizmi?, tanishilu, privetla yozildi maylu dib salomlashdi,. 5 minutdan kiyin. nechi yoshsiz, qattaansiz, telfoniz, rasimizi jo'natin... yana westmenisterda o'qishini etib qoldi,, BEKORCHILA
foydasiz.. FUZUR
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: dildor 10 Yanvar 2011, 17:40:36
salom
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: As-Samarqandiy 10 Yanvar 2011, 19:59:45
 :bsm:

Men chatga kirib turaman. Bunga munosabatim neytral. Har narsadan yaxshi va yomon maqsadlar uchun foydalansa buladi. Shuning uchun ham chat yaxshi maqsadlar uchun foydalanilsa, foydasi biz kutganda ham ziyoda buladi.

Tanganing ikki tarafi bulgani kabi, chatning ham yaxshi va yomon taraflari bor.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: BelleQizcha 11 Yanvar 2011, 03:52:19
yo chatga ohirgi marta 45 yil avval bir ko'z tashab qoygandu.. shundan kiyin kirmiy ketddu..
chat yoshlani joyi bizag noqulay bolur.
Nom: Re: Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?
Yuborildi: Zuxurov 27 Yanvar 2011, 14:30:40
Kirmayman, tavsiya ham etmayman