forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 14:01:38

Nom: AYB KIMDA
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 31 Oktyabr 2009, 14:01:38
Assalomu aleykum!!!

Onami o'zlari o'qituvchi bo'lganlari uchun bu mavzuni olib chiqdim. Hozirda ko'pchilikning tilida o'quvchilarni darslardan qochib ketishiga faqat o'qituvchilar aybdor bo'layotgan gaplarini eshitib turibman. Hosh ayb kimda o'quvchilardami yo o'qituvchilardami. Hozirgi kunda "kompyuter o'yin xonalar" va "Internet klublar" ochilib O'quvchilarni darsdan  chalg'ityapti?
 Ota-onalarimiz o'qigan davrda o'qishga sharoitlar yaxshi emas edi. Kitoblar yo'q, turli adabiyotlar yetishmas edi. Yana bir gap bu yerda ocharchilik bo'lib tursa ko'ngilga o'qish sig'armidi? Hozir biz o'quvchi yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan-ku. Kitoblar hammasi o'z ona tilimizda chop etilayapti. Undan tashqari boshqa ilm manbaalari ham ko'pgina. Mamlakatimizda ta'limga juda kuchli e'tibor berilayapti.

Xech narsaga qaramasdan murabbiylik mashaqqatlarini mardona yengib kelayotgan mana shu ustozlar oldida men bosh egaman! Zinxor darsdan keyin uz fanidan uz ukuvchilariga pulga "repititorlik" kilayotgan va bu guruxlarga katnashgan ukuvchilarga "a’lo" baxolar kuyayotgan "ustoz"lar oldida emas...

Onam sinfdagi ukuvchilar kelmasa uyiga borishadi uglingiz 1 xaftadan buyon ukishga bormayabdi nimaga maktabga junatmisiz deb tushuntirish berishsa, u kishi nima dermish uglim bozorda pul topyabdi, sizi maktabizdan foyda bormi xammasi pul pul diydi undan kura bozorga chikib pul topgani yaxshi derkan.

Haqiqatdan ham ayrim o'quvchilar o'zlarini o'quv qurollariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish va oilasiga yaqindan yordam berish uchun pul topishga harakat qilishadi. Bu odatiy hol!!

Ota-onasining topayotgan mablag'i yetmay, darsdan so'ng ota-onasiga yordam berish uchun bozorga chiqib narsa sotayotgan yoki dalaga chiqib mehnat qilayotgan o'quvchilarni bilaman.
Biroq mehnat odamni hayotga tayyorlaydi, chiniqtiradi. Agar o'quvchilarni o'qimasliklariga sabab deb PUlni olsak, asosiy sabab bu narsa emas. O'qiyman deb o'z oldiga maqsad qilib olgan odam qanday sharoitda bo'lmasin, qanday holatda bo'lmasin , albatta O'QIYDI.

pul topishga harakat qilish... eslab ko'ring-chi, 10-15 yil oldin shu narsa bor edimi maktablarda?...Aynan shu "pul topish dardi" o'quvchilarga tushib qolgani uchun ham ularning o'qish darajasi pasayib ketayapti... Bu bilan ota-onasiga yordam bermasin, demayman, aslo... Yordam bersin, lekin asosiy e'tiborini darsga qaratsin...
aha, albatta, inson mehnat bilan tirik... yoshlikdan uni farzandlarimizga o'rgatishimiz kerak... lekin, hozirgidek, ro'zg'orning ma'lum qismini ularga "yuklab" qo'yish - bizning kelajakdagi inqiroqimizning dalilidir...

Sizlarni ham fikringizni bilmoqchi edim.





Nom: Re: AYB KIMDA
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2009, 21:56:13
Assalamu alaykum.
Mening ota-onam ham o'qituvchi bo'lishgan. Shunga bu mavzuga o'z fikrimni bildrimoqchiman. Biz o'qigan va ota-onalarimiz o'qituvchilik qilgan davrda o'quvchilar ham, o'qituvchilar ham boshqacha edi. Buni tan olishimiz kerak. To'g'ri u paytlarda bunaqa imkoniyatlar yo'q edi. O'qishni xohlagan o'quvchi har qanday sharoitda ham oq'irdi. Hozir esa hamma sharoit bor, hamma narsa yetarli, o'quvchilar hech narsaga zoriqmaydi. Ilm olish borasida  albatta. O'quvchilarda ilm olishga ehtiyoj yo'q yoki kamaygan. O'qituvchilar esa (albatta ayrimlari, lekin ko'p qismi) o'qimgaan bolani ham bahosini qo'yib berishadi. Sinf fondi, maktab fondi, degan narsalarni to'lab qo'ysa bo'ldi. Shu narsaga bolalar o'rgandi. O'qimasa ham baho ola olishini yoki maktabni bitirganidan keyin, ota-onasini puli bilan o'qishga kira olishini, u yerda ham pulni evaziga bitirishini biladi. Shuning uchun,ular xotirjam bo'lib qolishgan. Haqiqiy ilm egasi esa, agar puli bo'lmasa, o'qishga kirolmaydi. Pul sarflab o'qigan, o'qishga olayotgan ilmiga muhabbat qo'yib, uni ikir chikrilari bilan o'rganmagan kishi, kelajakda qanday mutaxassis bo'ladi?
Bu borada ota-onalar ham, o'qituvchilar ham teng aybdor. O'zimni uchta farzandim maktabda o'qiydi. Maktabda bo'layotgan o'yinlarni hammasini bilaman. Hatto, o'qituvchilar, ilm izlab, a'lo o'qiydigan bolalarga ham, agar ota-onang qodir bo'lmasa katta o'qishlarga harakat qilma, degan gapiga ham guvohman.
Ota-onalar esa bolalarini tarbiyasiga bee'tibor. Asosiysi u bolasini chiroyli kiyintirsa, yaxshi yedrisa, ichirsa, o'rtoqlarinikdan qimmatbaho maktab qurollari olib bersa bo'ldi. Bolasi maktabga borib nima qilyapti, o'qiydimi, o'qituvchilarini hurmat qiladimi yoki seriallarda kim kimni sevib qolgani haqida, kim kimdan homilador bo'lib qolgani haqida gapiradimi, bu bilan ishi yo;q. 3-sinfda o'qiydigan qizlar sevgidan, serial qahramonlari kimdan homilador bo'lib qolganidan gaplashyapti hozir maktabda. Bu achchiq haqiqat.
Bunga kim aybdor? Albatta, ota-ona. Biz ota-onamiz bilan o'tirib birga TV ko'rolmasdik. Holbuki, u paytlarda bunaqa filmlar namoyish qilinmasdi. Hozir ota-onalar bilan hamma mavzuda gaplasha oladi yosh qizlar ham yigitlar ham.
Bu yana taqalib oiladagi tarbiyaga boradi. Buni ildizi chuqurlashib bo'ldi. Buni endi tez orada yo'qotishni ilojisi yo'q. Chunki aksariyat bolalar zaharlanib bo'lishdi. Buni yo'qotish oson emas. Oilada haqiqiy islomiy muhit bo'lmas ekan, jamiyat ham tuzalmaydi, insonlar ham.
Iymon, hayo, taqvo birinchi o'ringa qo'yilmas ekan, ravnaq kelajak haqida gap bo'lishi mumkin emas.
Alloh barchalarimizni dinimizni ham, dunyoyimzini ham isloh qilsin. Amiyn.

Nom: Re: AYB KIMDA
Yuborildi: Abdul_Malik 04 Noyabr 2009, 01:45:10
Assalomu alaykum.
Darhaqiqat, bugungi kunda millatning oldida turgan eng katta muammolardan biri - bu yoshlar tarbiyasi ekanligi barchamizga ayon bo'lib qoldi. Garchi, bu muammoni hal etish uchun qilinayotgan ishlar haqida tez-tez ommaviy ahborot vositalari qolaversa, tevarak atrofimizda ko'rib turgan bo'lsak ham, borgan sari jarlikka tomon ketayotganligimizni hamma ham sezmayotgandir balki. Tarbiya borasida Tohir Malikning "Jinoyatning uzun yo'li"  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=153) asarida ayniqsa bu masala juda yorqin ochib berilgan.
    "..."œKim aybdor?" masalasidagi talashuv azaldan mavjud. Yigirmanchi asrning so‘nggi o‘n yilligidagi javoblar bahsida "œtelevidenie" degan fikr tobora kengroq o‘rin ola boshladi. Televidenie va video ayniqsa sharqona tarbiya, odob bilan chiqisha olmay qoldi. Frantsiyalik yozuvchi Mopassan behayo voqealarni tasvir etishi bilan olam aro mashhur bo‘lgan. Hindistonlik ulug‘ adib Tagor "œIshqilib mening xalqimga Mopassan yetib kelmasin", — deb umid qilgan ekan. Tagor millatiga xos odob pokizaligini saqlash qayg‘usida shunday degan. Hind kinolarida sevishganlarning o‘pishishlarini ko‘rsatmaslik shu odob talabi asosidadir. Ne ajabki, ayni shu Hindistondagi yashirin kinostudiyalar ishlab chiqarayotgan behayo filmlar dunyoda yetakchi o‘rinlarda hisoblanadi. Bugungi o‘smir-yoshlarga Otelloning rashkli muhabbati begona, Otabek va Kumushning taqdirini yig‘lab o‘qimaydilar. Ularda surur(romantika) yo‘qmi yoki qahri qattiq bo‘lib o‘syaptilarmi? G‘arb kinolari sel kabi yog‘dirayotgan "œErkin muhabbat" "œg‘oya"si, ya’ni istagan kishisi bilan it singari qo‘shilib ketaverish odati odamiylik odobidan g‘olib kelyaptimi?
Rossiya televideniesida mash’um fojea haqida xabar berilib, bunda g‘arb kinolari ayblandi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘n olti yoshli o‘smir uyiga sal kechroq kelganida onasi va akalari tomonidan tanbeh eshitadi. Bu tanbeh unga yoqmay, oshxonadan bolta ko‘tarib chiqib onasi bilan akalarini sovuqqonlik bilan chopib tashlaydi. Qo‘rqib ketgan ukasiga pul berib, buvisinikiga jo‘natadi. O‘zi esa xotirjam holda ko‘chaga chiqib, pivoxonaga boradi. Men uning javoblarini eshitib hayratga tushdim. U o‘zini mutlaq aybdor his qilmadi. O‘z erkini himoya qilgan emish. Nazarimda, faqat ruhiy kasal odamgina o‘z onasini chopib tashlashi mumkin. Bu o‘smirda ruhiy xastalik alomati sezilmadi. Suhbatlashayotgan muxbirning ta’kidlashicha, yigitcha zulm, o‘ldirishlarni aks ettirgan bir filmni sakson olti marta ko‘rgan ekan. Muxbirning fikricha, aynan shu kino g‘oyasi bolani sovuqqon qilib qo‘ygan va oqibatda onasini chopayotganda qo‘li qaltiramagan. Muxbirning xulosasiga e’tiroz bildirmaymiz. Biroq, bir savolni o‘rtaga tashlab, fikrlashga da’vat qilamiz: televidenie yo‘q paytida, bema’ni kinolar ishlanmagan davrlarda ham jinoyatlar bo‘lib turardi. Bunga nima deymiz?..."
  Uylaymanki, bu asar ham savolingizga yanada to'liqroq javob olshingizga yordam beradi inshaolloh.
Nom: Re: AYB KIMDA
Yuborildi: Muvahhid 12 Noyabr 2009, 21:17:39
Assalomu alaykum !
Musofir bo'lmasdan turib musulmon bo'lmas degan buyuk bobolarimiz.Bu gapda katta ma'no jamlanganini men ham musofir bo'lganimdan keyin anglab etdim.Musofir, ALLOH taolo ham musofirlarga alohida ahamiyat beradi, chunki hadisi shariflarda keltirilishicha duosi ijobat buladigan kishilardan biri musofir banda hisoblanadi.Musofirlik, bu ham ALLOH taoloning taqdiri va he'matidir.Lekin shu ne'matdan  to'g'ri foydalanmayotgan kishilar ham oramizda va vatandoshlarimiz ichida ko'plab topiladi.
Men hozirgi kunda musulmon bulmagan o'lkada, J.Koreyadaman.Mening kuzatuvimga asoslangan statistikaga qaraganda bu davlat ahoilisini 50% toshlarga ibodat qiluvchi mushriklar, 30% adashgan nasorolar, 17% umuman dini yuqlar va 3% musulmonlardan iborat.
Men hozir Sizlarga keltiradigan ma'lumotlar hayotda sodir bo'lgan real hodisalarga asoslangan,ularni o'qib O'zingiz fikr chiqarasiz degan umiddaman...
Xabarlaringiz bor Vatanimizdan ko'plab yoshlar bu yurtga kelib mehnat qilishadi.Bu ham yuqorida aytganimdek ALLOHning taqdiri va sinovidir.Aslida Koreyada qonuniy jihatdan 16 davlatdan odamlar kelib mehnat qilishadi.Shularni ichida O'zbeklarni obrusi nihoyatda baland,men buni xalqimni maqtash uchun aytayotganim yuq ! Yoshlarimizni ko'pchiligi o'zining dini Islomda va musulmon Iymonida sobit, lekin oxirgi vaqtlarda ularni orasida ozchilik bulsada nasaro diniga o'tib ketayotganlari paydo bulib bormoqda.

Bu davlat to'g'risini tan olib aytsak AQSHni chizgan chizig'idan chiqmaydi,shuning uchun ham bu yerda har qadamda cherkovlarni ko'rish mumkin, ularning soni bu xalqning ibodatxonalaridan ham ko'p.Ana shu cherkovlarda faoliyat olib borayotgan missionerlar esa o'zga yurtlardan kelgan yoshlarni o'ziga asosiy nishon qilib olgan.Eng achinarlisi usha nishonlar qatoriga ayrim O'zbek yoshlari ham tushib qolishgan.

Yaqinda bir qadrdon do'stim bir achinarli voqeani so'zlab berdi, ular ishlayotgan hududga missionerlar tashrif buyuribdi.Tasavvur qiling, katta kompaniya 37 ta O'zbek yigiti mehnat qilayapdi.Aksiga olib shu kompaniyani hujayini ham nasaro ekan.Xullas tashrif buyurgan koreys missionerlarini ichida bir 35-40 yoshlar orasidagi o'zbek ayoli ham bor ekan.U o'zbek tilida yigitlarimizga "Bizning dinimiz" deb nasarolikni tushuntira boshlabdi. ALLOHga shukrki usha yerda yig'ilgan yigitlarni Iymoni butun ekan,ular usha "vatandoshlarini" gapining boshida tuhtatishib,uning o'zini savollarga kumib tashlashibdi. U ayolni ovozini uchirgan savol bir og'iz aytilgan-"Opa siz O'ZBEK farzandi bula turib nahotki bir marta bulsa ham "LA ILAHA ILLALLOH"  kalimasini aytmagan bulsangiz degan gap bulibdi. Bu so'zni eshitgan ayol hech narsa demasdan, o'zining missiyoner do'stlarini ham tashlab usha joydan chiqib ketibdi.Qolgan missionerlarni esa 37 O'ZBEK yigiti xushtagu O'zbekcha yaxshi so'zlar bilan kuzatib quyibdi.(Kuzatish qanday bulganini tasavvur qilgandirsiz,axir hammamiz ham bir O'ZBEKMIZ!)
Bu yigitlar-ku Iymonlarini saqlab qolishibdi, lekin aldanib ketganlarchi-ular ALLOH taologa hech qayerga qochib bulmaydigan kunda qanday javob berishar ekan ?

Men bularni yozish yozmaslik haqida ko'p uyladim,oxiri yozaman degan fikrga kelib Sizlarga bayon qildim.Men ko'p bu haqida uylayman, bunday voqealarni bulishida AYB KIMDA ? Balkim Men bilan Sizdadir !
Bizda katta imkoniyat bor, bizda internet va O'zbek yoshlarini Forumi bor ! Shundan foydalanaylik. Oldimizda yurgan musulmonlik da'vosini qilgan do'stimizga ham oddiy o'zimiz bilgan Islom haqidagi ma'lumotni astoydil tushuntiraylik.
Kalimai shahodatni,tasbehni,chuchqa gushti dinimizda harom qilinganligini bilmay yurgan yurtdoshlarimizga aytaylik.Axir qanchadan qancha yoshlarimiz shu oddiy haqiqatlarni bilishmaydi !
Men o'zim 30 yoshimda namoz o'qishni boshlaganman, hozir ALLOH oldida rost gapirsam 4 ta surani yod olganman.Hozirgi kunda qulimdan kelgancha O'z dnimni o'rganishga harakat qilayapman.To'g'ri dinimiz ISLOM haqida kam ma'lumotga egaman, lekin men ALLOH qalbimga shu iymonni solganidan hursandman, ALLOHga Shukr !
Men bu so'zlarni maqtov uchun yozganim yuq, Musofirlikda ALLOH taolo menga dinimizni tushuntirgani uchun yozdim.Axir Payg'ambarimiz s.a.v. hadislarida aytilganidek "Har kim bilganiga olim !".Biz o'z bilimimiz darajasida harakat qilaylik, zora ALLOH taolo bilimimizni oshirsa, Inshaalloh !

Men o'z ojiz fikrimni Sizga bayon qildim, o'qish va fikr bildirish Sizdan, Aziz Forumdoshlar !
Nom: Re: AYB KIMDA
Yuborildi: Muslima.bgm 13 Noyabr 2009, 14:06:36
Assalomu aleykum,
Darxaqiqat musulmonman deb amal qilmayotganlar talaygina. Nafs tufayli chochqa go'shtini haromligini bilib turib iste'mol qilayotganlarga rahmim keladi. Janubiy Koreyaning Vatanimizdagi firmasida ishlaganligim sababli deyarli xar kuni shu go'sht xaqidagi gaplarga duch kelaman. Kecha xam barcha hamkasblar birga tushlik qildik. Xamma o'zi xoxlagan ovqatini buyurdi. Xar doimgidek menga mol go'shtidan tayyorlang deb qayta qayta ofisiantga aytganimda boshlig'imiz kuladi. Bir marta esangiz nima qiladi nima uchun emaysiz deb.... Keyin yonimdagi xamkasb yigitga qarab sen musulmon emasmisan nega cho'chqa go'shti eyapsan deb so'rab qoldi(Ishxonamizda 2 ta o'zbek qolganlar koreyslar). U bo'lsa bamaylihotir "Men musulmonman, aslida cho'chqa go'shtini emayman lekin qornim ochib ketsa, bunday chiroyli qilib bezab kelgandan keyin kim xam emaydi"- desa bo'ladimi.
Asstag'furillah, yoqamni ushlab qoldim. Men bu bilan u kishini g'iybat qilib yozmoqchi emasman. Faqat nafsga qul bo'lib chiroyli ko'ringan harom narsalardan qaytaylik demoqchiman xolos........