forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:49:55

Nom: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 12:49:55
HAYO DEGAN SO’Z BOR

— Yaxshi qiz, tanishsak bo‘ladimi, ismingiz nima?
Bu kabi turli murojatnamo gaplarni ko‘cha-ko‘yda ko‘p eshitamiz. Tabiiyki, bunday tashabbus bugungi kungacha faqat yigitlar tomonidan ko‘tarilgan bo‘lib, bu vaziyatda qizlar uyalganidan yerga qarashgan. Ammo, bugun...
Ko‘pgina yangi urf bo‘lgan «an’ana»lar qatorida yigitlarga "œgap" otadigan qizlar toifasi ham shakllanib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. To‘g‘risi, bu haqda yozishga oldiniga andisha qildim. Ammo baribir kimdir gapirishi kerak, aks holda bundan ham ko‘ngilsizroq voqelar sodir bo‘lmasin, degan niyatda qo‘limga qalam oldim.
Keling, yaxshisi o‘zim bevosita guvohi bo‘lgan bir voqeani aytib bera qolay. Balki ayrim dugonalarim bundan o‘zlariga kerakli xulosani chiqarib olishsa.
Odatdagidek kechki payt ishdan chiqib, metroga tushdim. Metro poezdini kutib o‘rindiqda bir pas o‘tirdim. Yonimda 18-19 yoshlar chamasi ikkita chiroyli qiz ham gaplashib o‘tirishibdi. Shu payt bir yigit kelib yonimizdagi ustunga suyanib turdi. Uni ko‘rgan haligi ikki qiz bir-birini sekin turtib qo‘ydi: "Qara, Nilu, kelishgan ekanmi". Ularning suhbati beixtiyor menga ham eshitilardi. (Bundan boshqa ilojim ham yo‘q edi).
 — Hozir ko‘rasan, men ana shu bola bilan tanishaman, telefon nomerini ham olaman, deb qoldi birinchi qiz o‘rtog‘iga. Unisi bo‘lsa, "œOlolmaysan Nilu, nima qilasan ovora bo‘lib" deganicha kulib qo‘ydi. Endi Nilu degani yigitdan ko‘z uzmasdan uning o‘ziga qarashini kuta boshladi. Va nihoyat, yigitning nigohi qizlarga tushdi. Fursatdan foydalangan qiz unga qarab ikkita barmog‘ini telefon shakliga keltirib qulog‘iga tutdi. Hech narsadan xabari yo‘q yigit avvaliga hayron bo‘lib qaradi va keyinroq nima demoqchiligini tushundi-yu, sekin kelib ularning yoniga o‘tirdi.
Shunday qilib, birinchi bosqich muvaffaqiyatli yakunlangan edi. Qiz bolaning bunday tashabbusiga odatda kamdan-kam yigitgina rad javobini qaytaradi. Voqea davomini kuzata boshladim. Tanishganlariga endigina bir daqiqa bo‘lgan yigit bilan qiz eski tanishlardek suhbatini boshlaganlarida metro poezdi kelib qoldi-yu, voqeaning davomi qanday tugashiga bo‘lgan qiziqish qanchalik ustun bo‘lmasin, o‘z yo‘limda davom etdim.
Xafa bo‘lmasam ham bo‘larkan. Bu ko‘rganim ke¬yingilarining oldida hech narsa emas ekan. Endi har qadamda deyish sal noto‘g‘ri bo‘laru, lekin kunda bir necha bor bu kabi «noodatiy» hollarga duch kela boshladim. Yoshgina qizlarning bu darajada "œjasorati"dan hayratga tushasan ba’zida.
 — Voy, tavba, axir bu teskari zamon bo‘ldi-ku. Qizlar yigitlarga gap tashlab tursa-ya. O‘zbek qizining ibo, hayosi qaerda qoldi? Endi nabiralarimga qanday qilib to‘g‘ri tarbiya beraman. Ko‘chadagi bunday hangomalarga guvoh bo‘lib ul¬g‘ayayotgan qizaloqlarning balog‘atga yetganda qanday kelin bo‘lishini tasavvur qilib ko‘rayapsizmi, qizim?! — deb gapirib qoldi navbatdagi tomoshaga men bilan guvoh bo‘lib qolgan onaxon.

Rayhona Xo‘jayeva,
"œMa’rifat" gazetasidan
Nom: Re: Yaxshi qiz, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Ansora 05 Noyabr 2009, 13:20:01
80 yil Ruslarni tazyiqi ostida yashab, Milliy urf-odatlarimizni yo'qotmaslikka xarakat qilgandik. Hech bo'lmasa yuqorida yozilganday voqeaga men hech qachon shohid bo'lmaganman. Nima bo'ldi bizga? Yaqinda 6 yil bo'ladi Vatandan uzoqlashganimga, sizlarning yozganlaringizdan Vatandagi voqea-hodisalarni ko'rganday bo'laman. Ohiri bahayr bo'lsin. Balki o'sha qizlardan biri eng kamida bu forumdagilardan birining tanishi, hatto yaqini ham bo'lishi mumkin. Shunday ekan, bu tur muammolarni u yoki bu deb huddi begonalar haqida gapirmasligimiz kerak. Chunki u qizlar ham Musulmon ham O'zbek. Befarq bo'lmaylik. Masalan mening ham singillarim bor. Jiyanlarim katta bo'lishyabdi. Boshqalar haqida gapirar ekanman, avvalo ular ko'z oldimga keladi. Alloh ko'rsatmasin, ular shunday bo'lishmasa ham yonidagi insonlardan ta'sirlanib ahloqlari buzilishi mumkin. Katta gapirma, deydi-ku Xalqimiz. Yon-atrofimizda ko'rganlarimizga barchamiz qo'limizdan kelguncha o'z fikrimizni bildirishimiz, noto'g'ri yo'lda bo'lganlarni ogohlantirishimiz kerak. Tabiiyki buni uslubi odobi bilan qilmasak teskari natija bilan qarshilashishimiz mumkin.

Musulmonlar -qardoshtir ,der ekanmiz, ko'cha ko'ydagi insonlarimizga ham shu ko'z bilan qarab, yondoshmas ekanmiz, na Dinimiz nada Jamiyatimiz rivojlanadi...
Nom: Re: Yaxshi qiz, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Ansora 05 Noyabr 2009, 13:28:38
Joyida va uslubi bilan ogohlantirish yaxshi natija beradi. Shu o'rinda yilllar oldin boshimga kelgan voqeani aytib beray. 1 chi kursda edik va yotoqxonada qolardik qizlar bilan. Bir kuni tashqariga biroz yurish uchun chiqdik, hammamiz 17-18 yoshdagi qizlar, yotoqxonaga qaytishda birdan "Kim birinchi boradi", deb yugira boshladik. Hayajon bilan mendan oldinga ketayotgan onaxonni oldilaridan yugirib o'tdim. O'zim ham g'alati bo'lib ketdim. Onaxon kulimsirab, bolam menga shunday qildingiz, boshqa ayolga bunday qilmang, sizni onangizga ham shunday qilishsa qanday bo'lardi, dedilar....Men huddi yuzimga tarsaki yeganday yomon ta'sirlandim. Agar onaxon u yerda menga baqirganlarida balki men ham yomon javob bergan bo'lardim. Lekin ovozlaridagi mayinlik meni juda hijolat qildi va u kishidan uzr so'radim. Oradan yillar o'tdi. Hargal mendan oldinda hoh erkak hoha ayol bo'lsin, shoshilich ishim bo'lsa ham yo'lini kesmaslikka harakat qilaman, chunki onaxonni gaplari esimga tushaveradi.
Alloh o'sha ayoldan rozi bo'lsin, vaqtida kichik ko'rinsa ham meni bir xatoimni tuzatdilar. Chunki keyinchalik sabrsiz birining yo'lini to'sib,ko'ngilsiz voqealar boshimga kelishi mumkin edi....
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2009, 14:01:30
Shu holatning sabablari haqida nima deya olasizlar?
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Ansora 05 Noyabr 2009, 14:12:43
Munira xonimning aforizmlar sahifasida yaxshi gaplari bor edi, "agar farzandlaringizda yomon odatlar boshlangan bo'lsa o'zingizni bir hisob-kitob qiling", degan. Nima uchun farzandlarimiz shunday yo'lga tushdilar, deb o'ylashimiz kerak. Takror aytaman, ko'cha ko'ydagi insonlar tamoman begona emas! Agar u to'g'ri yo'lni topa olmayotgan bo'lsa avvalo men nima qilyabman bu inson uchun, deb so'rashimiz kerak. Dinimizda : Qo'shnisi och ekan, to'q yotgan bizdan emas, degan Hadisi Sharif bor, hammamiz bilamiz. Qo'shnisining qizi yomon yo'lga tushishga boshlagan ekan, meni qizim uyda o'tiribdi-yu aqilligina deb o'ylamasligimiz kerak.
Balki siz shu qiz bilan imtihon qilinayotgandirsiz. Ustidan kulib, yoki g'iybatini qilib orqasidan gapirish ishning eng oson yo'li. Hech bo'lmasa (agar unga bir narsa desam noto'g'ri tushunadi, deb istihola qilsangiz) uning haqqi uchun duo qilib, ko'z yoshi to'kish qo'limizdan keladi-ku.
Yaqinda bir kino ko'rgandim. Rosa ta'sirlandim. Yomon yo'ldagi bir ayol mahalla iymomini yoniga yordam so'rab keladi. İymom ayolni bu yo'ldan qaytarish uchun, unga to'g'ri yo'lni ko'rsatish uchun qo'lidan kelgan hamma narsani qiladi. İymomning jamoati, oilasi unga dushman bo'lishadi. "Sen nima uchun u ayolga yaqin muomala qilyabsan", deb.

İymomni juda ta'sirli gapi bor edi: "Alloh butun gunohlarni avf etar ekan, men kimman. Meni vazifam insonlarga to'g'ri yo'lni ko'rsatish"...
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Ansora 05 Noyabr 2009, 14:23:09
Shu holatning sabablari haqida nima deya olasizlar?

Sabablariga kelsak, men shunday deb o'ylayman: Avvalo halol-harom rizq masalasiga diqqat etmasligimiz. İnsonni me'dasiga harom kirsa, u insonga harom ish ishlatmaguncha badaniga butunlay singmas ekan...

Qolaversa- xozirgi kunda televizorda berilayotgan turfa hil kinolar ham yoshlarning odob-ahloqini buzyabdi. Biz ota-onamiz bilan birga o'tirib kino ham ko'ra olmasdik, kim biladi balki qahramonlar bir-biri bilan ortiqcha yaqinlashib yuborishar, deb qo'rqardik...

Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Mas'ud 05 Noyabr 2009, 19:22:12
Buning sabablaridan yana biri oilada farzandlarga bo'lgan e'tibor, xususan tarbiyaga ot-onalarning vaqt topa olmasligidir... Agar tarbiya qila olmas ekan, nega keragi bor unday farzandlarni dunyoga keltirib? Ota-onalikning eng birinchi sharti - bu solih farzandlarni tarbiyalash-ku... Qandaydir yaraq-yuruq, sharaq-shuruqlar sotib olish uchun ishlaymiz-u, farzandlarga har kuni 1 soatgina vaqt ajrata olmasak, qanday musulmon bo'ldik?...

Ma'lumki, farzandning yurish turishi nafaqat oila, balki u mansub bo'lgan jamiyat (sinfdoshlar, dugonalar) muhiti ta'sirida ham bo'ladi... Agar mana shu kichik jamiyatning ta'siri oiladagidan kuchliroq bo'lsa, tarbiya buziladi... Shu sabab ham, farzandlarning do'stlari kim ekaniga ham katta e'tibor berishimiz kerak. Boshida unchalik ko'zga ko'rinmagan ushbu noqislikni tuzatmasak, kelgusida katta muammolar kelib chiqishi turgan gap... Kerak bo'lsa, o'sha yaqin dugonalar, dostlarning oilasi bilan ham tanishish kerak, va shu orqali ikki farzandning ham tarbiyasini to'grilash mumkin.

Yana bir masala, farzandlarning bo'sh vaqtini foydali saflashga bo'lgan e'tibordir... Ularning bo'sh vaqtlarini, kerak bo'lsa, majburiy tarzda kitob mutoala qilishga o'rgatish kerak... Chunki, buzilgan jamiyatdan ko'ra, kitobdan olinadigan ma'naviy foyda ko'proq va kerakiliroqdir... Hozirda yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqishning susayib ketgani - bizning eng nozik nuqtalarimizdan biridir... Chunki, kitob o'qishdan to'xtgana odam fikrlashdan to'xtaydi... Fikrlashdan to'xtagan inson esa - manqurtdan o'zga narsa emas; o'zi tushib qolgan jirkanch jamiyatning abadiy a'zosizga aylanadi... (alloh shunday bo'lsihdan saqlasin)...
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Mahdiyah 05 Noyabr 2009, 19:51:48
Dolzarb mavzulardan biri...

JaruleUZB va Kapalak ning gaplariga qo'shilgan xolda man ham etmoqchimanki...
Ota-ona farzandiga kuniga 1-2 soat yoki payshanba-hapshanba kuni emas, balki har soniyada shu farzand bilan mashg'ul bo'lishi kerak.
Albatta ishdamiz, boshqa yumushlarimiz bor.
Lekin ota-ona avvalo Allohdan farzandini toparmand tutarmand bo'lishini emas, balki solih, ko'zni quvnatadigan farzand bo'lishini so'rab duo qilishi kerak.
Kngi o'rinda JaruleUZB aytganlaridek atrofida kimlar bilan muloqot qilayotganini nazorat qilishimiz zarur.
Kapalak opa aytganlaridek TV ga ham e'tibor berishimiz zarur.
Bolaning ko'zi qancha haromga ko'p tushsa, unga nisbatan qiziqish paydo bo'ladi.
Bu tabiiy hol bob qoladi u uchun.
Bekorchi qolishidan ehtiyot qilish kerak, hamma yomonliklar bekorchilikdan keb chiqadi...

Qisqasi bolamizni har soniyada nazorat qilishimiz kerak.
Yonida bo'lmagan vaqtimizda esa hech yo'qsa uning haqqiga, yani uning haq yo'lda yurishi uchun duoi-fotiha qilishimiz zarurdir.
Onaning farzandi uchun qilingan duosi qaytarilmaydi. (Hadisdan)
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Munira xonim 16 Noyabr 2009, 15:33:27
Assalamu alaykum.
Shoir,Alloh sizdan rozi bo'lsin. Juda muhim muammo bu hozirda. Qizlarning hayodan yiroqlashishining sabablari juda ko'p. Eng birinchi sabab Kapalak aytganlaridek TV va ota-onalarning vaqti yo'qligidir. Ota-onasidan ololmagan narsani farzand Tvdan, ko'chadan, sinfdoshlaridan, do'stlaridan qidiradi. Va tabiiyki, o'z nafsiga ko'proq yoqqan tomonini oladi. Bu esa fojea.
Yaqinda bir voqeani guvohi bo'lgandim. Namangandan Toshknetga kelayotgandik, shaharga yetib keldik. Haydovchi mashinaga nimadir bo'lgani sabab tushdi, men ham bolalarim bilan oyoqni chigalini yozish uchun mashinadan tushib chetga chiqdik. Shunda birdan yo'l chetidan kelayotgan qizni dugonasiga baqirganidan hammamiz cho'chib tushdik. Nega baqirdi deb hamma o'sha tomonga qaradi. U qiz bechora yo'lni narigi tarafida bir koreys yigitini ko'rib, uni qaysidir serialni qahramoniga o'xshatib qichqirgan ekan....Yana gapi hammasidan o'tib tushdi:"SHu, koreys yigitlari muhabbatda zoooooo' bo'ladide" desa qotib qopman.
Bu qiz o'zi muhabbatni nimaligini tushunarmikin deb qoldim.
Shunaqa endi voyaga yetayotgan qizlarimiz oilasidan ibrat topolmasa, tarbiya topolmasa film qahramonlariga havas qiladi-da.
Buvilarimiz aytishardi:"Bolam, erkak ko'chani odami, ayol esa uyni..." "Erkak yursa yo'li ochiladi, ayol yursa....."
yoshligimda hayron qolardim bu gapni eshitib. Haqiqatan erkak kishi ko'chani odami ekan. Butun oila tashvishlari, moddiy tomondan ta'minlash erkak bechoralarni bo'ynida. Alloh bergan rizqni topaman, deb kechasiyu kunduzi jonlari xalak. Alloh ulardan rozi bo'lsin.
Lekin ayol o'z vaqtini eng ko'p qismini bolasi uchun sarflamas ekan, undan o'zi orzu qilgan kishi yetishib chiqmaydi. Agar ONA bolasini haqiqiy INSON bo'lishini orzu qilsa albatta...

Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Nоdirbek 16 Noyabr 2009, 21:48:51
Assalamu alaykum, mavzu muallifidan Alloh rozi bo'lsin, bugungi kunda uchraydigan xatarli shuningdek oldini olish kerak bo'lgan muammolardan birini ko'taribsiz.
Menimcha ota-onalar dunyo orqasidan yuguravermay farzand tarbiyasiga ozgina vaqt ajratishsa bunday holatlar umuman ro'y bermaydi, shuningdek akalar ham singillari ko'chada yurishiga e'tibor berishi kerak menimcha.
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Afruza 17 Noyabr 2009, 10:16:48

Odamzot biror nopoklikka qo'l urdimi, endi bu yog'iga tishini tishiga bosishiga to'g'ri keladi. Chunki yillar o'tib o'g'il yoki qizingi u qilgan xatoni xech bo'lmaganda bir marotaba qaytarishi bor. Har bir qilingan ishning javobi bor. Bu javobning eng achchig'i esa, asrab avaylab, ne orzu umidlarda  ulg'aytirayotgan farzandi o'zini bir vaqtlardagi holatini ko'zgusi bo'lib turishidir.
Darhaqiqat, sinovli dunyo, javobli dunyo...
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: BelleQizcha 29 Aprel 2010, 05:27:49
Toshkentdagi bir dugonam etib qoldi..
vayy khozir yigitlarni orniga qizla gap otishvottiii ....Sigaretiz bomi dib>??
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Ansora 18 Sentyabr 2010, 13:34:23
Shu mavzuga yaqin she'r.

ЗАМОААВИЙ БИА  ҚИЗГА

Сен беҳаё ҳазилларга
Жилва қилиб куласан.
Ҳар гап отган кимса мени
Севади деб биласан.

Камсуқум бир йигит сени
Тушда ксриб ҳар кеча,
А­рта кснгил очаман деб
Тузади минг хил режа.

Аммо сени ксрган замон
Журъатини йсқотиб,
Хаёллари путраб кетар,
Тили танглайда қотиб.

Тортинчоқлик табиатин
Азоб чекар енголмай.
Васлинг унга туюлади
Қсл етмовчи хаёлдай.

Суратингни билар, аммо,
Билмайди у дилингни.
Билса сди умид билан
Кутмас сди йслингни.

Сен беҳаё ҳазилларга
Ишва қилиб куласан.
Андишали йигитларни
Ландавур деб биласан.

Ma'ruf Jalil
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: _IYMONA_ 05 Oktyabr 2010, 14:55:58
Ассаламу алайкум. А­нг ачинарлиси, ана шунака кизлар сабаб кизларни хаммасини шунака деб уйлашади. Яхши кизни кундузи чирок екиб кидирасан деган гапни куп ва хуп сшитаман.
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Kvartet 05 Oktyabr 2010, 19:41:31
Da..bu og'riqli masala Iymonahon aytganidek deyarli shunaqa o'ylashga majbur bo'lyapmiz..bu narsalarni hammasi ongli bajarilayotgani esa odamni g'azabini qo'zitadi.bir do'stim bor ochiq ...aytadigan bo'lsam qizlarni qo'lqopdek qaysidir fil'mda aytilgandek paypoqdek almashtiradi..Qaerdandir qaytayotgandik man rulda u oldimda uni teli tinmay jiringlayverdi u otkaz qilaveradi.shunda so'radim kim u? e bittasida hit qivordi..unda ayt o'ziga 2-tel qima deb desam u he yo'q undna bunaqa qilib qutula olmayman(LOL) ke yahshisi bir o'rtoqlik qil shunga tel qi san bilan gaplashsin keyin uchrashuv qilasan hullas u qizni manga ag'darmoqchi bo'lyapti rosti boshida ko'nmadim o'zing pishirgan kashani o'zing yevurgin mani aralashtirmagin deb ohiri bo'madi rozi bo'ldim..shu zahoti tel qildim o'sha qizga nu o'rtacha gaplashdi keyin ertasiga o'sha qiz tel qildi tahminan 1 soatlarcha gaplashdik  hullas 1 haftaga borib anuv qiz meni yahshi ko'rib qoldi shu davr ichida kelgan sms larniku aytmasam ham bo'ladi ..ohiri uchrashuvga chiqdim kelishganimizdek balki man bitta qizni ko'nglini sindirgandirman lekin oldindan aytib qo'yay man u qizga hech qanaqa va'da ham bermadim i shunga o'hshagan biron narsa ham demadim....bu erda mani ayblashga shoshilmang man o'ylagandimki u qiz uchrashuvda ikkalamizni birga ko'rsa o'zini yoqotib qo'yadi deb?. qayoqda u umuman hotirjam edi..san nega bu bilan gaplashyapsan desa u mani hohishim hohlasam 10 ta bilan gaplashaman degan gaplarni aytib yuborsa deng...hullas  shunaqa gapla  eng qizig'i oradan 1 hafta o'tkach uyda tv ko'rib o'tirgandim o'sha qiz chiqvolib sebgi-muhabbat haqida shunaqa chiroyli gaplarni gapirdi endu bu yog'i kinode...(aytgacha u jurnalist sizlar ham uni gohida tvdan ko'rib turasla ismini aytmay qo'ya qolay)...
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: JaviK 06 Oktyabr 2010, 14:51:44
Bir qori akamiz oldinlari telda gaplashib o`tirganimizni ko`rib, eh ukam yahshimas bu ishlarin Sen qanday voyaga yetsen(qizlarni shunday aldab gaplashib yursen) senga ham shundey voyaga yetgan qiz uchraydi! Ollohdan soliha qiz so`ragin namozinggni o`qi deb maslahat berardi. Va bir kuni Qori akamga sms yozdim Ollohga shukur Bomdod namozimni o`qidim. Bir ozdan so`ng Hudo hohlasa Jannat muborak degan javob keldi!!! Olloh hamisha yo`limizni hidoyat nuri bilan yoritsin!!
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Dilafruza 06 Oktyabr 2010, 16:30:26
Alloh insofni har kimning o'ziga bersin!
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: _IYMONA_ 07 Oktyabr 2010, 06:07:11
Dugonamni hech shu yo'ldan qaytarolmayapman. Tel qo'lidan tushmaydi. Men ibodat qilsam, ilm o'rgansamu atrofdagi yaqin/im gunoh, jaholatga botib ketgan bo'lsa..... Har qancha tushuntirmay tushunmaydi. Har gapimga javoban: sen vafodor bo'b hech kim bn gaplashmay yurganing bn u sengacha 1000 tasi bn gaplashib, "yurgan" bo'ladi. Ular seni vafodorliginga arzimaydi. Shuning uchun undan ko'ra kel birortasi bn tanishtirib qo'yay.... Hech bo'lmasa telda gaplashib yur deydi. Namoz o'qishni o'rganish kitobni bergandim aylanib yana o'zimga qaytib keldi o'sha kitobcha. Alloh qalbni ochmasa qiyin ekan juda....
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: AbdulAziz-Solih 07 Oktyabr 2010, 07:15:54

Mani ham birodarlarim xuddi shunaqa!!!Hech tushuntirishni iloji yo'q...qancha isbotlar dalillarni ham keltirsang farqi yo'q ular uchun.Hidoyat Allohdan!Sabr qilib baribir tushuntirishga harakat qilaveramiz!!!
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Muslim Odilbek 07 Oktyabr 2010, 08:30:39
Iqtibos
Dugonamni hech shu yo'ldan qaytarolmayapman. Tel qo'lidan tushmaydi. Men ibodat qilsam, ilm o'rgansamu atrofdagi yaqin/im gunoh, jaholatga botib ketgan bo'lsa..... Har qancha tushuntirmay tushunmaydi. Har gapimga javoban: sen vafodor bo'b hech kim bn gaplashmay yurganing bn u sengacha 1000 tasi bn gaplashib, "yurgan" bo'ladi. Ular seni vafodorliginga arzimaydi. Shuning uchun undan ko'ra kel birortasi bn tanishtirib qo'yay.... Hech bo'lmasa telda gaplashib yur deydi. Namoz o'qishni o'rganish kitobni bergandim aylanib yana o'zimga qaytib keldi o'sha kitobcha. Alloh qalbni ochmasa qiyin ekan juda....
Xa sizning gapingizda ham jon bor. Mening ham bir do'stim bor edi uni ham telefoni hech qulog'idan  tushmas edi. endigina tel mo'da bo'lgan paytida o'sha telefondi uning tug'ulgan kuniga sovg'a qilgan edim u bu telefondi ko'proq ish bitkazish uchun emas qizlar bilan gaplashishga ishlata boshladi. buni ko'rib men tug'ulgan kuninga boshqa narsa sovg'a qilsam bo'larkan deb ichimda o'zimga o'zim gapirdim. shundan so'ng bir kuni bir qiz bola bilan gaplashishni ja oshirvordi shunda teldi qo'lidan olib qo'yib qo'ydim u esa menga do'q qilib og'ayni nega qo'yib qo'yding dedi. men esa unga qarata senga telda qizlar bilan gaplashgin deb sovg'a qilganim yo'q buni yana tana qilyabdi deb o'ylamaginu lekin men seni foydeni o'ylab gapiryabman dedim shunda jimgina menga qarab balki telimi berarsan dedi shunda unga telini qaytarsam barcha qizlarni telini o'chirib yubordi. shunda nima qilyabsan ahir u qizlar bilan gaplashmay turolmaysanku deb pichin qildim. og'ayni endi qizlar bilan gaplashmaslikka harakat qilaman u ham kimnidir singlisi kimnidir opasiku ahir mening ham singlim bor deb tog'ri hulosa chiqardi. men bundan juda hursand edim. demak tushunadigon do'stlar va insonlar ham bor bu dunyoda. ular bilib bilmasdan ohirini o'ylamasdan yoki qiziqib ko'rishar ekan aytishadiyu yaxshi gapga ilon inidan chiqadi deb.
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Bayern M 07 Oktyabr 2010, 09:37:24
Nega hamma qizlarni bog'iga tosh otvtotti? :)

Qizlar o'zi shunday axloqsiz bo'lib boryaptimi yoki o'sha indamay tanishib ketaveradigan yigitlar ularni axloqini buzyaptimi?...

Qars ikki qo'ldan chiqadi.
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 07 Oktyabr 2010, 11:13:15
Dugonamni hech shu yo'ldan qaytarolmayapman. Tel qo'lidan tushmaydi. Men ibodat qilsam, ilm o'rgansamu atrofdagi yaqin/im gunoh, jaholatga botib ketgan bo'lsa..... Har qancha tushuntirmay tushunmaydi. Har gapimga javoban: sen vafodor bo'b hech kim bn gaplashmay yurganing bn u sengacha 1000 tasi bn gaplashib, "yurgan" bo'ladi. Ular seni vafodorliginga arzimaydi. Shuning uchun undan ko'ra kel birortasi bn tanishtirib qo'yay.... Hech bo'lmasa telda gaplashib yur deydi. Namoz o'qishni o'rganish kitobni bergandim aylanib yana o'zimga qaytib keldi o'sha kitobcha. Alloh qalbni ochmasa qiyin ekan juda....

Унақалар билан дугона бслмаслик керак аслида. Очиқ-ойдин юзига "мен сенинг шу ифлос одатинг борлиги сабабидан дсст бсла олмайман" деб юз сгириш керак. Албатта, сиз айтгандек бир неча бор уқтиришингизга қарамай шу аҳвол такрорланаётган бслса.
Бир киши билан қариндошлик, сқинлик ришталари бир мактабда сқигани сабабидан ёки бир маҳаллада сшагани билан смас, балким иймон даражаларининг қадоқлиги орқалик боғланади. Валлоҳу аълам. Хақ Таоло сслатилганда Иймонлари куч топадиган кимсаларнинг схшиликка юз тутишидан умид бор иншоАллоҳ.

Шу билан бирга мавзуда муҳокама қилинаётган ҳолат учун фақат қизларга айб қсйиш сринлик смас. Модам, муслима қиз шарм-ҳаё билан бслиб турлик алоқа воситалари орқали бсладиган номуссизликларга йсл қсйишини  истамас сканмиз, йигитларнинг ҳам ҳезалакка схшаб, иржайиб, қийшайиб қизлар билан мулоқотот қилишини истамаслигимиз керак. 

Хақ Таоло ҳар бир мсмин бандага сзи тавфиқ ато стсин.
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Habib 07 Oktyabr 2010, 11:40:38
Yuqoridagi azizlarni aytganlariga qo'shilamiz.
Rostdan ham qars ikki qo'ldan chiqadi. Biroq bu yerda uchinchi qo'lni ham be'etibor qoldirmang. Shayton bu qo'llarni qarsillashiga yordam beryapti.
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: _IYMONA_ 07 Oktyabr 2010, 13:02:05
у киз кушним. Мен унга тел килмасам хам барибир узи мани кидириб топволади. 1 ойда 1 марта булсасм телда у билан гаплашамиз. Еки узи мани кидириб уйимга тушади. Кушним, ешликдан у билан катта булганмиз. Лекин хозир шунака буб кетди. Менимча, йигити ташлаб кетганидан кейин бирданига аламини шу йул билан оласпти деб уйлайман. Ха, тугри дугона булиб у киз билан скинмасман, аммо.... барибир кушничилик, шу пайтгача бир-биримизга огир кунларда далда буб кеганмиз. Ундан воз кечолмайман. Модомики, одатларидан кандай тарк сттирсам буларкин?
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Hadija 07 Oktyabr 2010, 13:12:02
Kecha tushlik vaqtida ishhonaga yangi kelgan qiz, birga tushlik qilaylik deb iltimos qilib yonimga chiqdilar. Tushlikdagi suhbat mahal, dugonalariga sani yoqitirib qolgan inson b-n gaplashaver, san yoqtirmasang ham, zato ishing bitadi deb bergan maslahatlari bilan maqtanib aytib qoldilar. Hayron qoldim, ichimda o'yladimki, siz bugun kimdurdan foydalansangiz ertaga sizdan ham kimdur foydalanib ketib qolmasin deb...
Buni ustimga chiqarib ayta olmasdim... Bir hil toifa insonlar borki, ming gapiravering boshi devorga tegib o'zi tushunib yetmagunicha tushunishni, tan olishni istamaydi!...
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Dilafruza 11 Oktyabr 2010, 16:29:52
2 yil oldin man uchun judayam katta saboqli bir voqea bo'ldi.
U paytda endi 1-kurs bo'ganim uchun ancha muncha shijoatli edi, buni 2-kursga kelib so'ndirishdi. Endi hech kim bilan ishim bo'lmaydigan, so'rasagina gapiradigan bo'ldim.
chunki guruhdagi qizlarimizning yarimi duch kegan yigit bilan gaplashib yurishardi. Man ulaga "O'zila o'ylab ko'rila ertaga turmushga chiqsela, ko'chada ketayotkanilada o'sha sila bir paytla gaplashib yurgan yigit duch kesa, nima bo'ladi, uyalib qomislami turmush o'rtog'ilani oldi-da disam, ula bo'sa gapimga parvo qimi kulishdi. Man gapirurdim hatoki, mani kampirlani orasida o'sganmisan
odam yoshligida o'ynab-kulib qolishi kere diyishardi" orqamdan ne-ne g'iybatlani qilishdi. Eh, mayli o'zligi biladi. Lekin bu "kapirlarning " nasixati emas. oddiy haqiqat-ku.
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: BelleQizcha 11 Oktyabr 2010, 19:28:19
-Bir Ja o'zlarida yo'q qizimiz borla,
kecha ko'rib qogandim, qachon gaplashse gaplari *yigitladan boshlanadi (uzbekla) suhbatimizda:

-Asali bilan tanishdim bugun,
-yaxshi, kiyin nima qildiz?
-5-10 minut uni qarashga o'tddi va nihoyat gaplashishga yonimga keldi.
- siz hursand man hursand, kiyin nima bo'ldi
-Facebookimi so'radi berdim.
-Iya telfonizi qo'shib bermadizmi oson-ro bo'larmidi, (hazilashib)
-Qaribsan hilol, khozir telfon so'rashmiydi,
-Qarichili...

Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Kvartet 18 Oktyabr 2010, 20:52:25

Kecha shok xolatiga tushdim bir dustimizni tuyi edi uzila bilasila tuyda yigit-qizla uyin kulgi.xullas bitta qiz kuzini uzmay tikilib qaraydigan bub qoldi(Ja chiroyliyamasman uzi).lekin usha qiz rostdan chiroyli edi.kuzi bilan imo qilishga utdi man uni restoran chiqishini kuzatib turdim u chiqach man xam orqasidan chiqdim ochigi shu erda sal bulsada uzimni bosganim ish berdiyi-ov tashqarida bir tanishim turardi Xa desam e unashtirilgan qizimni obketgani keldim kutyapsanmi desam yo ana mashinada utiribdi dedi qarasam usha qiz.Jinni bub qolay dedim rost aytaman shunaqa kuzini suzdi endi ip emas zanjir bulsa xam uzulib ketardi..Nima deyishimni bilmay qoldim!!! Allox insof bersin xammamizga
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: Habib 19 Oktyabr 2010, 11:02:43

Xa etmabsizda o'rto'gizga bo'lajak turmush o'rtog'in manga ko'zni "shamg'alat" qilyabti deb. Temirni qizi'gida bosish kerak do'stim.
Yahshi ish bo'lmabdi.
Off: Avataringiz ham yahshi emas ekan.
Nom: Re: Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 19 Oktyabr 2010, 11:31:34

Kecha shok xolatiga tushdim bir dustimizni tuyi edi uzila bilasila tuyda yigit-qizla uyin kulgi.xullas bitta qiz kuzini uzmay tikilib qaraydigan bub qoldi(Ja chiroyliyamasman uzi).lekin usha qiz rostdan chiroyli edi.kuzi bilan imo qilishga utdi man uni restoran chiqishini kuzatib turdim u chiqach man xam orqasidan chiqdim ochigi shu erda sal bulsada uzimni bosganim ish berdiyi-ov tashqarida bir tanishim turardi Xa desam e unashtirilgan qizimni obketgani keldim kutyapsanmi desam yo ana mashinada utiribdi dedi qarasam usha qiz.Jinni bub qolay dedim rost aytaman shunaqa kuzini suzdi endi ip emas zanjir bulsa xam uzulib ketardi..Nima deyishimni bilmay qoldim!!! Allox insof bersin xammamizga

 :bsm:

 :as:

Alloh barchamizga insof bersin. Oka sizzi tanishizga Alloh sabr bersin. Unashtirilgan qiz shunaqa qilib tursa, qolganlardan nimani kutsa bo'ladi. Tanishizga to'yidan keyin keng fe'l va chiroyli sabr bersin Alloh! Allohim bundaylardan bo'lib qolishdan va kelajakda bunday nasllar qoldirishdan o'zi asrasin! Ameen...