forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Mahdiyah 06 Noyabr 2009, 07:34:14

Nom: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 06 Noyabr 2009, 07:34:14
(http://www.roboimages.com/image/ri28583/31.gif)

Bu mavzu oldin ham bor edi...
Lekin topa olmaganimiz sababidan qaytadan ochdik  :)

Bu mavzuda hayotimizda biz ko'pincha e'tibor bermaydigan, balki qiziqarli, balki kulgili, balki achchiq ODDIYGINA HAQIQATLARNI yozamiz.
Bu o'z fikringiz, bo'layotgan voqealarga o'z qarashlaringiz yoki boshqa bir odamning fikrilari ham bo'lishi mumkin.

Unda boshladik...

"Qalbimda bo'lsa bo'ldi" ga qarab ish tutilganida,
Rasululloh  :sw: kechasi turib namoz o'qimasdilar...
Ramazonni intiqlik bilan kutmasdilar...,
kuniga 70 marotaba Allohdan avf so'rab duoi-iltijo qilmasdilar...,
xatto o'lim yoqasida ham ummatga "namozga e'tiborli bo'ling, namozga e'tiborli bo'ling, namozga e'tiborli bo'ling" deb qayta qayta ta'kidlamasdilar....
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 06 Noyabr 2009, 07:35:35
3 oyat bo'lsin, 10 oyat bo'lsin, yodlanayotgan surani Zam qilmaguningizcha baribir yodlay ololmasakansiz  
(hayotiy tajribadan) :D
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 07 Noyabr 2009, 01:34:56
Тикилинч автобусга чикким келмай маршруткани кутдим. Маршрутка келгунича 2 та автобус утиб кетди.
Хулоса: Дараги йук маршруткадан бурнингни тагида тухтаган накд автобус схши :)))

 :D  :D  :D
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 07 Noyabr 2009, 01:59:09
Qiziq holat, qabristonga kirsak qo'rquv bosadi...

KImdur etganakan o'liklardan emas, tiriklardan qo'rqqin dib
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 07 Noyabr 2009, 02:04:34
Alloh rahmat qilsin Hijiboy Tojiboyevning ko'p gaplarida oddiygina HAQIQATLAR juda ko'p edi

-Hojiboyaka 1 bilet tashab ketin...
-San ko'chada balon ko'tarib yurmisanku, man ham bilet ko'tarib yurmiman
Man balon olish uchun bozorga tushdimmi?
shuning uchun san ham bilet kere bo'sa Halqlar do'stligi saroyi kassasiga borasan
 ;D

http://www.youtube.com/watch?v=EsMmphHLQag
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Kumush 07 Noyabr 2009, 11:58:30
А аҳматлик самимий инсон сди. Лекин унинг ҳажвлари, қолдирган саънати абадий бархаёт.

Сснгги манзилга кузатиш...

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muvahhid 07 Noyabr 2009, 18:41:28
"Ota-ona bilan Vatanni tanlab bo'lmaydi !!!"

Agar ALLOH taolo shularni ham tanlash imkoniyatini berganda edi,odamlar nima ishlar qilmasdi !!?...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 10 Noyabr 2009, 07:11:50
Ilk ko'rgan insoningizni tashqi ko'rinishiga qarab ".... inson bo'lsa kerak" deb baho berasiza?
Lekin man shuni bildimki bu narsa 90% xatto undan ham ko'p xolda yolg'on ya'ni aksi bo'lib chiqarkan.

Balki Alloh bu bilan insonni sinasa kerak?
Chunki tashqi ko'rinish ming chiroyli bo'lsin, aql, aytganiga amal, muomila odobi bo'masa hammasi bekor ekan.

Xulosalarda shoshilmaylik...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: lolo 10 Noyabr 2009, 07:32:49
Assalamu alaikoum!
Darhaqiqat, Hojiboy Tojiboy (Alloh rahm qilsin) ning gaplari oddiy haqiqatlar edi. Uning gaplari kulgili ko'ringani bn aslida odamlar juda soddaligi, qiziqligi, yoki ularning ahvoli achinarli ekani va hokazolar ko'rsatiladi.
Masalan, hozirgi yoshlarga berilgan savol va uning javobi:
- Isming nima?
- Variantlar bormi?
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 11 Noyabr 2009, 05:43:58
Yana bir oddiy haqiqat...

"Ro'mol o'ravoptide gapirishini qaren...
Kecha masjidda ko'rgandim tuppa tuzuk yigitga o'xshagandi, o'zi g'irt bezori ekan...
Azon etadide ham sigaretni kanda qimidi...

Kecha yurudi dovdirab, bugun dindor bo'b qopti..."


Shunaqa gaplarni ko'p eshitamiza?

Lekin bir narsani unutamiz...
Ro'molli bo'gani bilan, namozxon bo'gani bilan, muazzinlik qilgani bilan u ham bir INSON!
FARISHTA EMAS!
Unda ham nafs bor, unda ham jaxl atalmish minnima bor...

Hamma ro'molliyam namozhon ham ideal bo'lavermaydi.
Unda dunyoni qizig'i qatta qoladi?
Inson farishta bn teng bo'b qoladiku!

Bu bilan muazzin sigaretini tortib yuruvirsin, namozxon so'kib yuruvirsin, ro'molli og'ziga keganini gapiruvirsin dimayabman.

Shunchaki uni tashqi ko'rinishiyu, amaliga baho bergandan ko'ra o'zimizni o'nglaylik avvalo, chunki amali uchun ertaga qiyomatda u sizga otchyot topshirmidi...
Qo'rqmang bu g'am sizni bo'ynizga tushmidi!

Undan hisob-kitob qiladigan ZOT bor.

Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Munira xonim 11 Noyabr 2009, 13:53:56
Unda dunyoni qizig'i qatta qoladi?
Inson farishta bn teng bo'b qoladiku!
Subhanalloh! Mahdiyah ?!
O'zizmisiz? Sizzi tanimayamman!!!
Qaysi kalla bn fikr yuritvas? Nima manbalar asosida gaprvas?
Kim etti dunyo qiziqarli ekanini?
Nima qipti farishtaga o'xshab qosak?
Farishta bn odamni farqini bilasizmi?
Sizga maslahatim "Ahli sunna val jamoa ADIQASI"ni o'qib o'rganin!
Shunda inshaalloh ko'chadagi g'iybatlar bn ishiz bo'miy qoladi.

Assalamu alaykum.
Suhbatlaringizga aralashganim uchun uzr...
Mahdiyah bu yerda umuman boshqacha ma'noda yozganla, lolo siz to'g'ri tushunishga harakat qiling. Ko'chadagi g'iybatlar siz, unga, menga har bir ro'mollikka qaratilgan. Nima ishimiz bor deb yuraversak, biz hech qachon yaxshi tomonga o'zgarmaymiz. Dunyoni qizig'i qolmaydi, degan ibora esa, keng ma'noda aytilgan. Alloh bu dunyoni imtihon dunyosi qilgan. Kimdir farishadek yashaydi, kimdir hayvonsifat umr kechiradi. Agar hamma insonlar ham farishtadek yashaganda edi, bu dunyoda Islom,Iymon,Ibodat tushunchalarini qadri bo'lmasdi. Shu ma'noda aytilgan. Dunyo haqiqatan qiziq, bu yerda dunyoga muhabbat qo'yish haqida gapirilmagan. Shunchaki qiziqligi haqida gap ketgan. Allohning karomatu mo'jizalarni ko'rib, ulardan ibrat olishlik qiziq. Bolalarning beg'ubor ko'zlariga tikilib, ularni shirin so'zlarini eshitishlik va kulgilariga guvoh bo'lishlik qiziq. Xullas, bu dunyoni qiziq tomonlarini sanasak juda ko'p.
Keyin bu yerda biror manbaa asosida gap aytilmagan. Faqat shaxsiy fikr o'rtaga tashlangan. Ko'chadagi oddiy haqiqatlar aytilgan bu yerda. Siz ham guvoh bo'lgan bo'lsangiz kerak bunday narsalarga. Insonlar bir ro'mol o'ragan qizni ko'rishadi, ularni odob chegaralaridan (ISlom chegaralarini hali ular bilmaydilar)chiqqanini ko'radilar va:"MAna ro'mol o'raganni ahvoli, hammasi ham shu ro'mol o'rganlarni. Shuncha ro'mol o'raganni ko'rdim hali birorta tuzukrog'iga uchramadim...." bunday gaplarga biz juda ko'p guvoh bo'lganmiz. Bu kishiga juda og'ir botadi. Albatta, bu gapni gapirgan kishini saviyasi past. Lekin biz hammamiz bu narsaga ahamiyatsiz ketsak, ertaga hamma ishonadi ro'mollanganlarni shundayligiga. Biz birinchi bo'lib, o'sha kamchilik, u qilayotgan xato bizda yo'qmi deb o'zimzini isloh qilishimiz lozim. Ikkinchidan, shu gapni gapirgan ksihiga e'tirozimizni go'zal yo'l bilan tushuntirib, uni fikrini o'zgartirishga harakat qilishimiz lozim.
Xullas, gapirsa gap ko'p. Alloh barchamizni go'zal xulqlilar sohibasi qilsin.
Qiyomat kunida Hisob onida yuzimizni yorug' qilsin. Amiyn.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: lolo 13 Noyabr 2009, 06:40:53
Mahdiyah, endi juda haddizdan oshib kettiz!
Raxmatli Abdug'aniy Qori haqlarida bunaqa deyishga qanday jur'at ettiz? Bu bn nima demoqchisiz? Yoki noto'ri chundimmi sizzi? Nahotki Aqida bo'yicha ma'ruza qiladigan inson avval aqidani o'rganmagan bo'sa? Unda u kishi bu gaplarini qattan olib gapira oladila? U insonni gaplaridan turli joylada keltirib o'tvas, o'zizga ibrat ma'nosidami? yoki kesatib va qattiq qarshi bo'gan ma'nodami?
YMga kirin, ko'p narsani hal qivalamiz, inshaalloh!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: IXLOS 13 Noyabr 2009, 08:36:24
Assalomu aleykum aziz forumdosh muslim va muslima opa-singil va aka-ukalar!!!
Astag'firulloh o'zi sizlarga nimalar bo'lyapti men bazida umuman tushunolmay qolyapman.
Yo sizlar bir-biringizga ilm o'rgatishni shu yo'lini topgansizlar yoki ilmlaringiz oshib ketganidan
endi ularni solishtirib ko'rishga o'tgansizlar yana bilmadim.
Avvallari forumga kirgan odamni chiqib ketgisi kelmasdi sababi bu yerdagi inoqlik, bu yerdagi samimiyat va
bu yerdagi o'zaro hurmatni ko'rib odam lol qolardi. Chunki haqiqatni aytish kerakki xar yerda xam bunday inoqlikni uchratib bo'lmaydi ayniqsa xozirgi paytlarda. To'g'ri xozir xam forumga kirgan odamni chiqib ketgisi kelmaydi, lekin
buning avvalgisidan farqi shuki xozir "yana qanday tomosha boshlanarkin" deb o'tirishadi.

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Badgumon bo‘lmanglar, badgumonlik eng yolg‘on so‘zdir, tirnoq ostidan kir
qidirmanglar, bir-biringizga hasad qilmanglar, bir-biringizdan arazlamanglar va
nafratlanmanglar, aka-uka tutinib, Allohning (solih) bandalari bo‘linglar», dedilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari

Balki kimlargadur bu gaplarim xam yoqmas "ana yana bittasi nasihatni boshladi" deyishi mumkin lekin iltimos
bir-birimizga bo'lgan samimiyatni yo'qotmaylik. Chunki men bu yerdagi musulmonlarni boshqalarga
nisbatan anchagina ilm saviyasi yuqori deb bilaman.
YURIST va Chehmik akalarni gaplariga men xam qo'shilaman haqiqatda bu yerdagi xolat juda xam
"ODDIY HAQIQATLAR"dir
Gaplarim yoqmagan va og'ir botgan insonlardan uzr so'rayman. Uzr tilimni tiyib turolmadim!!!

Alloh barchalarimizni husnihulqlilik bilan siylasin omiyn!!!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Munira xonim 13 Noyabr 2009, 10:06:55
Assalamu alaykum.
Haa, bu forumga ham ishtirokchilariga ham nimadir bo'lyapti.
Yigitlarniku mayli qo'yaylik, qizlar sizlarga nima bo'lyapti?
Mahdiyah,lolo sizlarni tanimay qolyapman. Jin chalib ketganmi sizlarni? Odam munosabatlarini ham shunaqa yo'l bilan hal qiladimi?
Sizlarga maslahatim: bu yerda har xil mavzuda bir-biringizga ozor berib tortishmasdan ilm olishga sarflangla vatinglani. Shunda shoyad foydasi tegib qolsa. Bir-biringizga yoqmagan tomonlarni to'g'ri yo'l bilan bir marta tushuntiring, bo'ldi. Tan oladimi yo'qmi bu uni ishi. Chunki siz hato deb o'ylagan narsa uning uchun to'g'ri bo'lishi mumkin.
Keyin yana bir maslahat, o'zlaringni tortishuvlaringga, har xil olimlarni va u zotlarni fatvolarini aralashtirmanglar. Umuman olimlar haqida, fatvolar haqida fikr qilishga ilmlaring yetmaydi, hozircha.
Forumda ko'pchil;ikka o'rnak bo'lishi lozim bo'lgan qizlarni ahvoli shu bo'lsa boshqalardan hafa bo'lmasa ham bo'ladigan bo'lib qolyapti o'zi...
O'z gaplaringizni o'qib, mulohaza qilib ko'ringla,ikkingiz ham haddingizdan chiqib ketdingiz...
Alloh o'z o'zimizni isloh qiladigan aql, ilm va iymon bersin....
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Ansora 13 Noyabr 2009, 13:06:43
Din mavzularida ohiri bo'lmagan tortushuvlar qilish ham xozirgi kunda afsuski- oddiy haqiqat bo'lib qoldi....

Turkiya tv-larida necha kundan beri Qurbon mavzusi tortishilyabdi. Ko'rgim kelyabdi lekin faqat tortishuv bo'lgani uchun ko'rmayabman.

Din mavzulari insonga huzur berishi kerak, unga vazifalarini eslatishi, qalbini eritishi kerak. Bunday tortishmalar davom etar ekan, afsus faqatgina "uzoq tura qolay" deymiz holos...

Azizlar, kelinglar, dinimizni chiroyli tanitaylik...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mr.Twister 13 Noyabr 2009, 15:30:38
Hech bir narsaga tushunmayman....

Ba'zi joylarda eshitib yoki, ko`rib qolamiz Janozani ham video lentaga tushirayotganlarni, Man Hojiboy Tojiboyevning azalaridagi rasmlarga qarang... Nima shunaqa ko`p kishi kelgan, shunaqa dod - voy bo`lgan deb ko`rish uchunmi??? Allohning o`zi kechirsin...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 15 Noyabr 2009, 07:55:09
Bir inson o'lim to'shagida yotib farzandiga quyidagicha nasixat qilibdi:

"Bolam avvalo o'zingni kamchiligingni tog'irla.
Avvalo o'zingdagi kamchilikni ko'ra bilgin.
Shunda boshqalarning kamchiligini ko'rishga, muhokama qilishga senda VAQT qolmaydi"...


Naqadar ibratli gaplar!

Xulosa: Demak man o'z kamchiligimni to'la xolda ko'ra olmayabman...?

P.S. O'zingdagi toshdek ko'ringan ayb, Boshqada (xuddi shu ayb) tog'dek ko'rinadi.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Hadija 15 Noyabr 2009, 18:52:05
Klientlaga saaal kulib tishini ko'rsat tomoom, sandan yaxshisi yo'q, suzilishni o'rgatishadi hatto...

Birooozgina qo'pollik qil, yoki biror narsani talab qil. Bu dunyoda eeeeeeeeeng yomon odam2ta bo'lsa o'shalardan biri san bo'lasan...

Ehhh, shu uchun ham Alloh ayollarga uyni ravo ko'rgan ekan-da...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Hadija 15 Noyabr 2009, 18:53:49
Bozordagi dallol sotuvchilar, palon narsani faqat sizga juda ilinib turganiz uchun shu narhda sotaman diyishadi... Bechara haridor qayerdan bilsin, undan oldingi va keyingilari ham shu loflarni eshitganini...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Munira xonim 15 Noyabr 2009, 18:57:26
Klientlaga saaal kulib tishini ko'rsat tomoom, sandan yaxshisi yo'q, suzilishni o'rgatishadi hatto...

Birooozgina qo'pollik qil, yoki biror narsani talab qil. Bu dunyoda eeeeeeeeeng yomon odam2ta bo'lsa o'shalardan biri san bo'lasan...

Ehhh, shu uchun ham Alloh ayollarga uyni ravo ko'rgan ekan-da...

Bu ham Oddiy haqiqatlarda...
Kishiga paxta qo'ysang, uni maqtasang uni fikrini ichingda yomon deb tursang ham, maq;ulasang sen yaxshisan...
Aksincha bo'lsa, fikr ham aksincha....
Bu ham Oddiy haqiqatlar....
Eng yomoni hamma o'zini fikrini faqat o'z fikrini haqiqat deydi...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Hadija 15 Noyabr 2009, 19:04:54
Klientlaga saaal kulib tishini ko'rsat tomoom, sandan yaxshisi yo'q, suzilishni o'rgatishadi hatto...

Birooozgina qo'pollik qil, yoki biror narsani talab qil. Bu dunyoda eeeeeeeeeng yomon odam2ta bo'lsa o'shalardan biri san bo'lasan...

Ehhh, shu uchun ham Alloh ayollarga uyni ravo ko'rgan ekan-da...

Bu ham Oddiy haqiqatlarda...
Kishiga paxta qo'ysang, uni maqtasang uni fikrini ichingda yomon deb tursang ham, maq;ulasang sen yaxshisan...
Aksincha bo'lsa, fikr ham aksincha....
Bu ham Oddiy haqiqatlar....
Eng yomoni hamma o'zini fikrini faqat o'z fikrini haqiqat deydi...

Balki nafsiga yoqqani uchun ham shunaqa der...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 16 Noyabr 2009, 06:05:00
Maylida...
Rahmatli Hojiboy Tojiboyevning bir gapi boridi:
"Biz aybdor! Biz!...
Koncertni vahliroq boshlab qo'yibmiz  ;D ...." hazil

Kim qanaqa tushunadi bilmadimu, man o'qiganimni ilm dib hisoblamiman,
amal qilganimni olgan ilmim dib hisobliman, zero O'QIGANmas UQQAN muhimroq to'g'rimi?

oyda 100 ta kitob o'qisin... undagi bitta bo'lsa ham gap... unga, ahloqiga, hulqiga, muomilasiga ta'sir qilmasakan o'qiganidan ne foyda?
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 18 Noyabr 2009, 01:57:46
Xolid ibn Savfon dedi: "œOdamlarning ojizi do’st izlashda qosirlik qilgani. Undan ham ojizi bor do’stini yo’qotganidir".
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 18 Noyabr 2009, 02:20:59
Yangicha qiyoslar

Boy gerdaysa — salobat. Kambag’al ta’zim qilsa — xushomad.
Boy gapirsa — donolik. Kambag’al sukut saqlasa — nodonlik.
Boy "œMersedes" olsa — kamtarlik. Kambag’al velosiped olsa — manmanlik.
Boy jinoyat qilsa — "œsho’xlik". Kambag’al sho’xlik qilsa — jinoyat.
Boy o’lsa — motam. Kambag’al o’lsa — "œbandalik""¦


Hilol taqvimi 2008 (1429) I chorak

P.S. Oxirgi ikki qatoridagi gapga GAP YO'Q
HAQIQATMISAN HAQIQATNI "ODDIYGINA"SIDA...
  :D
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 18 Noyabr 2009, 09:42:28
Yangicha qiyoslar

Boy gerdaysa — salobat. Kambag’al ta’zim qilsa — xushomad.
Boy gapirsa — donolik. Kambag’al sukut saqlasa — nodonlik.
Boy "œMersedes" olsa — kamtarlik. Kambag’al velosiped olsa — manmanlik.
Boy jinoyat qilsa — "œsho’xlik". Kambag’al sho’xlik qilsa — jinoyat.
Boy o’lsa — motam. Kambag’al o’lsa — "œbandalik""¦


Hilol taqvimi 2008 (1429) I chorak

P.S. Oxirgi ikki qatoridagi gapga GAP YO'Q
HAQIQATMISAN HAQIQATNI "ODDIYGINA"SIDA...
  :D

Bu O'tkir Hishomovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"idan olingan...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 19 Noyabr 2009, 05:22:07
He rahmat eslatganiz uchun, man taqvimda o'qiganakanmande shunga asl manbasini eslolmadim, uzrasla...  :)
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 19 Noyabr 2009, 06:26:47
Shu kitobchadan yana bir oddiy haqiqat...

Deraza - oynadan yasaladi. Ko'zgu ham. Farqi shuki, ko'zgu o'zingni o'zingga ko'rsatadi. Deraza esa hammasini ko'rib turadiyu, o'zini ko'rmaganga soladi...
Ko'zguga ko'proq qara!

O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 19 Noyabr 2009, 06:31:10
shu kitobdagi go'zal bir nasixat!

Qo'lingdan kelmaydigan ishga va'da berma.
Qo'lingdan keladigan ishga ham va'da berma.
Qo'lingdan kelmaydigan ishga va'da bersang, uyatga qolasan.
Qo'lingdan keladigan ishni esa, va'da bermasdan bajarsa ham bo'laveradi...
 (raka topiiiiiiinnnnnnnnnnnnnng!  :D)

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 19 Noyabr 2009, 06:33:06
Mustaqillik berilmaydi. Mustaqillik OLINADI!  ;D

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Arbuzchi 19 Noyabr 2009, 08:40:18
Mustaqillik berilmaydi. Mustaqillik OLINADI!  ;D

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

Kimmi daptariykan bu a?! ???
Allah tamonidan berilgan mustaqillik, halq tamonidan olinadi (qabul qilinadi)... (Arbuzchini daptaridan.... :1)
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: lolo 19 Noyabr 2009, 09:47:25
Kimdir islomiy fikrlar ekan, kimdir dunyoviy va yana kimdir ikkalasini qorishtirib. Arbuzchi, agar O'tkir Hoshimovning so'zlarini chunishga urinmoqchi bo'lsak ularning bitiklariga islomiy ko'zoynagimiz bilan emas dunyoviy ko'zoynagimiz orqali qarashimiz kerak bo'ladi!

"Loloni hoshiyasidagi bitiklar"
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 22 Noyabr 2009, 07:39:51
Muvaffaqiyat balki insonga ko’p narsani o’rgatmas. Ammo omadsizlik ko’p narsani anglatadi.

Xitoy halq maqoli
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 22 Noyabr 2009, 08:58:19

chet ellik musofir o'zbek musofirga yeyishga narsa taklif qildi. O'zbek nima deydi? "Yo'q,Rahmat" deydi....Chetellik hayron...ha yemasang,nimaga rahmat aytasan???

O'zbek musofir chet ellik musofirga narsa yoki o'z birodariga narsa taklif qilyapti yeyishga:

A: - Ma, manovi shkalatni yebqo'y, man yegim kemay turibdida...

B:--Eshmatjon, manov olmani yebqo'yarsiz a, oxirgisi qopti....

Qiziq...o'zing istamagan narsani nega birovga ilinasan?
Bu taklif ham xuddi yuqoridagi "Bilmayman" degan javobga o'xshab, biroz qizitadi odamni..O'zbek qiziqda...


Nimaga biz Alloh uchun yoki savob umidida emas, kimdur bizga nimadur bergani uchun unga shu narsani "œqaytaramiz".

"œO’zingga ravo ko’rganingni birodaringga ham ravo ko’rmaguningcha haqiqiy mo’min bo’lolmaysan" mazmunidagi hadisni deyarli barchamiz eshitganmiz "¦ afsuski eshitganmiz xalos"¦.
Mana shu hadisga amal qilishni esa vaziyatga"¦ odamiga qarab amalga oshiramiz.

Bir bayram munosabati bilan hamma mehmonga chaqiqildi.
Deylik to’y.
Yaqin qo’shni bo’lsa"¦ ertaga uning ham to’yida shu narsa qaytishini aniq bilsa"¦ u ham yaxshi narsa qilib chiqishi tayin"¦
Shu to’y egasi kimningdur to’yida qo’li kaltalik qilib katta sovg’a emas, kichikkina "œarzimas" sovg’a olib kelgan bo’lsa, uning to’yida ham xuddi shunday "œarzimas" narsa qaytishi SHART! Axir birovni haqqi birovga o’tishi kerak emasku!!! To’g’rimi? Bunaqa vaziyatda o’zimizga, nafsimizga mos maqol va hadislarni to’girlab olaveramiz ham kerak bo’lsa!!! Astag’firulloh!

Yaxshi ko’rgan insonlarimizga o’zimiz yaxshi ko’rgan narsalarni, xatto o’zimizgada ravo ko’rmayotgan yaxshi narsalarni ilinamiz"¦
Boshqalarga esa"¦ "œoddiysiham bo’laveradi"¦", "œshunaqasiham teshib chiqmaydi"¦",  "œshunisigayam rozi bo’lsin"¦"

Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam: "œMehribon bo’lmaguningizcha mo’min bo’lmaysizlar", dedilar.
Shunda sahobalar: "œYo Rasululloh, bizning barchamiz mehribonmiz", deganlarida, Sarvari Olam sollallohu alayhi vasallam: "œButun insonlarga mehringiz bo’lmasa, o’z yaqinlaringizga bo’lgan mehr e’tiborsizdir", dedilar
.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: _NOSTRA_ 24 Noyabr 2009, 23:02:21

chet ellik musofir o'zbek musofirga yeyishga narsa taklif qildi. O'zbek nima deydi? "Yo'q,Rahmat" deydi....Chetellik hayron...ha yemasang,nimaga rahmat aytasan???

O'zbek musofir chet ellik musofirga narsa yoki o'z birodariga narsa taklif qilyapti yeyishga:

A: - Ma, manovi shkalatni yebqo'y, man yegim kemay turibdida...

B:--Eshmatjon, manov olmani yebqo'yarsiz a, oxirgisi qopti....

Qiziq...o'zing istamagan narsani nega birovga ilinasan?
Bu taklif ham xuddi yuqoridagi "Bilmayman" degan javobga o'xshab, biroz qizitadi odamni..O'zbek qiziqda...


Nimaga biz Alloh uchun yoki savob umidida emas, kimdur bizga nimadur bergani uchun unga shu narsani "œqaytaramiz".

"œO’zingga ravo ko’rganingni birodaringga ham ravo ko’rmaguningcha haqiqiy mo’min bo’lolmaysan" mazmunidagi hadisni deyarli barchamiz eshitganmiz "¦ afsuski eshitganmiz xalos"¦.
Mana shu hadisga amal qilishni esa vaziyatga"¦ odamiga qarab amalga oshiramiz.

Bir bayram munosabati bilan hamma mehmonga chaqiqildi.
Deylik to’y.
Yaqin qo’shni bo’lsa"¦ ertaga uning ham to’yida shu narsa qaytishini aniq bilsa"¦ u ham yaxshi narsa qilib chiqishi tayin"¦
Shu to’y egasi kimningdur to’yida qo’li kaltalik qilib katta sovg’a emas, kichikkina "œarzimas" sovg’a olib kelgan bo’lsa, uning to’yida ham xuddi shunday "œarzimas" narsa qaytishi SHART! Axir birovni haqqi birovga o’tishi kerak emasku!!! To’g’rimi? Bunaqa vaziyatda o’zimizga, nafsimizga mos maqol va hadislarni to’girlab olaveramiz ham kerak bo’lsa!!! Astag’firulloh!

Yaxshi ko’rgan insonlarimizga o’zimiz yaxshi ko’rgan narsalarni, xatto o’zimizgada ravo ko’rmayotgan yaxshi narsalarni ilinamiz"¦
Boshqalarga esa"¦ "œoddiysiham bo’laveradi"¦", "œshunaqasiham teshib chiqmaydi"¦",  "œshunisigayam rozi bo’lsin"¦"

Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam: "œMehribon bo’lmaguningizcha mo’min bo’lmaysizlar", dedilar.
Shunda sahobalar: "œYo Rasululloh, bizning barchamiz mehribonmiz", deganlarida, Sarvari Olam sollallohu alayhi vasallam: "œButun insonlarga mehringiz bo’lmasa, o’z yaqinlaringizga bo’lgan mehr e’tiborsizdir", dedilar
.
Shunday deymiz-ku bularni amalda bajarish salgina og'irroq insonlarga mehr ko'ratsangiz ko'plari to'g'ri tushunishadi lekin ba'zi saviyasi baland birodarlarimizga yaxshilik,to'g'ri yo'lni ravo ko'rsak ular bundan kibirlangan holda o'zi man shunga loyiqman man cheksiz manlarga berilib ketishadi...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: _NOSTRA_ 24 Noyabr 2009, 23:05:29
Inson biror kimsaga  yaxshilig qilishdan oldin shu yaxshiligiga yomonlik qaytishiga chidasagina yaxshilik qilishi durustroq.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: _NOSTRA_ 24 Noyabr 2009, 23:15:58
Ilk ko'rgan insoningizni tashqi ko'rinishiga qarab ".... inson bo'lsa kerak" deb baho berasiza?
Lekin man shuni bildimki bu narsa 90% xatto undan ham ko'p xolda yolg'on ya'ni aksi bo'lib chiqarkan.

Balki Alloh bu bilan insonni sinasa kerak?
Chunki tashqi ko'rinish ming chiroyli bo'lsin, aql, aytganiga amal, muomila odobi bo'masa hammasi bekor ekan.

Xulosalarda shoshilmaylik...

Bu haqiqat insonni yuziga qarab qandayligini bilib bo'lmaydi va yana
 insonni so'zlariga qarab  ichida nima borligini bilish ham shu 90 % ingizga +5 qo'shishga majbur qiladi .
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: _NOSTRA_ 24 Noyabr 2009, 23:37:29
Mahdiyah, endi juda haddizdan oshib kettiz!
Raxmatli Abdug'aniy Qori haqlarida bunaqa deyishga qanday jur'at ettiz? Bu bn nima demoqchisiz? Yoki noto'ri chundimmi sizzi? Nahotki Aqida bo'yicha ma'ruza qiladigan inson avval aqidani o'rganmagan bo'sa? Unda u kishi bu gaplarini qattan olib gapira oladila? U insonni gaplaridan turli joylada keltirib o'tvas, o'zizga ibrat ma'nosidami? yoki kesatib va qattiq qarshi bo'gan ma'nodami?
YMga kirin, ko'p narsani hal qivalamiz, inshaalloh!
Assalom alaykum manimcha sizlar bir birlaringni noto'g'ri tushinyapsizlar Mahdiyah o'z bilganlari haqida yozdilar siz o'z talqinizga to'g'ri kelmaganligi uchun shu so'zlarni yozdiz lekin mulohaza qiladigan bo'lsak hammani o'ziga yarasha fikr mulohazasi bo'ladi mana masalan kimdir shu yozganlarimni to'g'ri tushinadi yana kimdir ,aql o'rgatyapti deydi shu kabi siz nickneymizi lolo qo'ygansiz u kishi Mahdiyah.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Ansora 25 Noyabr 2009, 13:53:45
Yaqinlashayotgan Qurbon bayramida Bazi Musulmonlarni uyida kilo kilolab go'sht bo'ladi-yu bazilarinikida esa oylab qozon qaynamaganuchi qolaveradi afsus,,,,
afsus eng oddiy haqiqatlardan yana biri ham bu....

shularni o'ylaganimda tomog'imdan g'ippa bo'g'ilaman, Qani endi butun ehtiyoji bo'lganlarga "qo'limizni uzata olsak".....
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Hadija 25 Noyabr 2009, 14:04:24
Sog'inch har qanday shubha gumon, o'ylarni olib kelar ekan...
Dining uchun sog'inish esa havotirga yetaklayapti...
Balki shular Allohga haqiqiy tavakkul qilishni o'rgatar...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Robiya 26 Noyabr 2009, 16:04:02
 :as:

Nuqsona kelgay

Maxtumquli

Musulmonlar yovlashsa bir-biriga,
Davlat qaytib, dinlar nuqsona kelgay.
Zulm aylab, bir-birin olsa asirga,
Falak bu ishlardan pushmonga kelgay.

Bir-birini chopmoq emas erlikdan,
Bu ish shaytondandir, balki ko’rlikdan,
Manmanlik ayirgay elni birlikdan,
Davlat ketib, navbat dushmona kelgay.

Yaxshilar kamayib, iymon qisilsa,
Yomonlar quturib, yo’llar kesilsa,
Shariat bo’shashib, nomus ezilsa,
Zamonaning ishi shaytona kelgay.

Tingla, maskan tutgan kishi cho’llarda,
Sadaqa kamaysa ulug’ ellarda,
Xalq ustiga qahat tushib, yillarda,
Xastalik ko’payib, qasd jona kelgay.

Musulmonsan, xabardor bo’l zuloldan,
Haromdan qoch mudom, izla haloldan,
O’lcohvdan ursalarr, yurtning vaboldan (gunoh)
Barakati ko’chib, osmona kelgay.

So’zimni olgaylar bilganlar qalqa,
Murodim — nasihat aylamoq xalqqa,
Qozisi gap uqmas, begi past o’lka,
Yomg’ir yog’may, yeri qizmona kelgay.

Sharrga shuhrat bermoq — shaytonning kori,
Qahrin yutmoq erur rahmonning kori,
Ko’paysa har elning boshliq — sarkori,
Nizomi buzilib, vayrona kelgay.

Parvardigor o’zi faqirga panoh,
U kimdir — bo’lmagay tilida sano?
Qaysi yurtda agar ko’paysa zino,
Yerlari qimirlab, larzona kelgay.

Maxtumquli, tursam so’zim sochmoqqa,
Anglamaslar shaylanadi qochmoqqa,
Qaysi xalq ko’niksa sharob ichmoqqa,
Yurtda o’lat tarqab, vayrona kelgay"¦


Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: registan 26 Noyabr 2009, 16:42:21
Yaqinlashayotgan Qurbon bayramida Bazi Musulmonlarni uyida kilo kilolab go'sht bo'ladi-yu bazilarinikida esa oylab qozon qaynamaganuchi qolaveradi afsus,,,,
afsus eng oddiy haqiqatlardan yana biri ham bu....

shularni o'ylaganimda tomog'imdan g'ippa bo'g'ilaman, Qani endi butun ehtiyoji bo'lganlarga "qo'limizni uzata olsak".....


Shuning uchun ham qurbonlikning hammasini o'zingiz yemasdan uchga bo'lishingiz kerakda opajon. Bir bo'lagini faqir va miskinlarga berasiz. :)
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 28 Noyabr 2009, 06:27:07
Kecha yana bir bor ALLOHDAN O'ZGA SUYANCHIQ, ISHONISHGA ARZIGULIK ZOT yo'qligiga AMIN bo'ldim...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 28 Noyabr 2009, 07:15:28
Sanga doim yomon va qo'pol muomilada bo'lgan inson birdaniga yaxshi gapirsa hayron bo'lasanu, ha insof kiribdi dib qo'yasan...
yaxshi muomilada bo'lgan inson turib-turib "baqirb" qosa lekin qattiq tegarkan...

Balki bu biz "ko'ra olmagan, yoki ko'rishni istamagan" ODDIY HAQIQATdir balki ACHCHIQ HAQIQAT
....
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: JaviK 28 Noyabr 2009, 17:44:09
Insonni ko`zi kulyatgani bo`lsa ham Qalbi yig`lasa bilginki Bu inson hech qachon hech kimg yomonlik ravo ko`rmedi. Chunki azoblangan inson o`zi kabi boshqalar ham azoblanishini hohlamaydi
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Robiya 03 Dekabr 2009, 17:14:17
 :as:

BAXT - bu baxtsizlikni yenga olishdir!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Nurilla 04 Dekabr 2009, 00:34:13
Huddi shu gapni yaqinda qayerdadur eshitgan edim, bir eslatvoring iltimos.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 04 Dekabr 2009, 05:10:02
Abdug'ani qo'ri domla ma'ruzasidan:

"Nega namoz o'qimisiz? NImaga masjidga chiqmayabsiz?" dib so'ralsa, "Ha dunyo ishlari, bola-chaqa tashvishi bilan yuribmizda" didi.
Musulmon odam uchun din ishi dunyo ishi bo'lmaydi.
Musulmon uchun hammasi DIN ishidir.
Oilasini boqish kerakligi, ahliga qarashi kerakligini Alloh amr qilgan emasmi?, shuning uchun ertalabdan kechgacha ishlab uyiga non ob kelayabdimi?
Demak u Allohni etganini qilayabdi. Va yana shunga savob ham oladi.
Bu ham bir ibodat. Faqat asosiy ibodat qolib faqat shuni ushlavolishlik esa noto'g'ri."


Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Nurilla 04 Dekabr 2009, 05:13:54
Birodar HechKiM bu bilan nima demoqchisiz, bir tushuntirib yuboring iltimos. Man u savolni sizga emas Robiya (opamiz yo singlimiz)ga bergan edim shekilli. Burniz og'rimadimi.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 04 Dekabr 2009, 23:35:32
Birodar HechKiM bu bilan nima demoqchisiz, bir tushuntirib yuboring iltimos. Man u savolni sizga emas Robiya (opamiz yo singlimiz)ga bergan edim shekilli. Burniz og'rimadimi.

Mazangiz yaxshimi birodar? O'zizni yaxshi his qilyapsizmi?

Bu dunyoda birovni hojatini chiqarishga ham qo'rqib qoldi odam. Burninga osilib olishadi darrov...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 22:19:07
BAXT

Bir odam o’ziga uzatilgan qo’llarni tutmas, berilgan pullarni olmas, yemas, ichmas, sevolmas edi. Dunyoda qorong’ulik ichra yastangan dahlizlar kabi, ikki qo’rqinchli bo’shliq holidagi ko’zlari ila shunday tikilganicha yotardi. Hech narsaga tegmasdi, na jonliga, na jonsizga"¦
Bir kuni odamlar undan so’rashdi:
- Sen ne sababdan shundaysan? Nega boshqalarga o’xshamaysan? Nega ular kabi yashamaysan?..
U kishi dediki:
- Mening ko’zlarim taqdirning jilvasi o’laroq, bir juft mikroskop qudratida yaratilgandir. Siz eng sevgan, eng yoqtirgan narsalardagi butun mikroblarni ko’raman. Mikroblarga to’la ziyofatlar, mikroblar qoplagan dudoqlar, mikroblarga kon qo’llar, mikroblar yopishgan pullar"¦ Siz ham mening kabi ko’rsangiz edi, yashay olmasdingiz. Hammangiz baxtiyorsiz. Ammo baxtingiz ko’zlaringiz zaifligi tufaylidir"¦


"œO’qituvchining yon daftari" kitobidan

Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 03 Yanvar 2010, 12:26:22
Bir kuni Umayya ibn Xalaf Bilolni yoniga chaqirdi-da so'radi:
"Mana men senga uy-joy berdim, kiyim-kechak berdim. Qorning to'q usting but yuribsan. Lekin Muhammad senga nima berdi?"
Bilol roziyallohu anhu javob berdilar: "HOTIRJAMLIK"


Bizda esa bu hotirjamlik ko'p narsalarda yetmayotganligi bilinmoqda...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Hadija 03 Yanvar 2010, 20:35:32
Allohga sevimli ishlar uchta:  Qasos  olishga qodir bo‘laturib  kechirish , g‘azabi kelganda o‘zini bosish, Allohning bandalariga muloyim bo‘lish. Kim Allohning bandalariga muloyim bo‘lsa unga ham muloyim bo‘linadi. (Umar ibn Abdulaziz)

Ҳозиргина форум.ислом.уз да бир мавзу сқистганимда юқоридаги ҳикматли ссзларни сқиб қолдим!
Ааҳотки Аллоҳга севимли бслишимиз шунчалик қийин, наҳотки бир-бировимизни кечиришимиз, тушунишимиз, сшитишимиз қийин?
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 11 Yanvar 2010, 08:07:08
Aslida hayotta shunaqa yashash kerak ekan...
Dardi boru... Baxtiyor
....

http://www.youtube.com/watch?v=cuT7Mw3bhQw
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 11 Yanvar 2010, 17:03:28
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Eng oddiy haqiqatlar: eng shirin narsa bu - so'z, eng achchiq narsa ham - so'z;
Afsuslanarlisi shuki, bu so'zlar og'iz atalmish maskandan chiqib keladi. Bu ikki so'z bir-biriga naqadar yaqin, buning ustiga hech ajralmaydi. Mana shu "hech ajralmaydi" degan so'zimiz qiyomatgachadir. Bu - haqiqat!
                              Mavjudotlar ichida eng yovuzi ham - odam bolasi, eng yaxshisi ham - odam bolasi. Odam bolasi qilgan ishlarni qilishga hattoki Iblis ham ikkilanadi. Yana ham Olloh mehribondir! Bu - haqiqat! Haqiqat bo'lganda ham oddiy haqiqatlardir. ( Mening shaxsiy fikrim )

Ushbu fikrlarimni ommaga taqdim etganimdan so'ng, meni bir narsa yana yozishga, qo'shimcha qilishga majbur qildi. Oddiy haqiqatlar yana biri insonning insonligidir. Inson o'z nomi bilan insondir, ya'ni esdan chiqaruvchidir. Biz har bir narsani, har holatda esdan chiqaramiz. Xoh u yaxshilik bo'lsin, xoh yomonlik... ! Hattoki umr bo'yi orzu qilgan narsamizni ham vaqti kelsa unutamiz. Bilsangiz edi talaba bo'lishni qanchalik orzu qilgan edim, ayni damlarda esa talaba so'zi menga shunchaki oddiy holat, bo'lishi oson bo'lgan narsadek xolos. Bu hislarni yana jonlantirishim va buning qadriga etishim uchun o'sha davrga qaytishim va yurakdan his qila olashim kerak. Bu nima bo'libdi, bundanda dahshatlirog'i bor. U ham bo'lsa kishi o'zini kimligini unutib qo'yishidir. Ba'zida unutib qo'yamiz kimligimizni! Yoki yolg'onmi? Bir-birimizga bo'lar bo'lmas so'zlar aytishimiz, tortishishimiz, buning ustiga bir-birimizni haqoratlashimiz. Mana shu kimligimizni unutib qo'yganligimiz emasmi? Mana qayerda oddiy haqiqatlar.

Mening shaxsiy fikrim: Xamma bir biridan haqiqat talab qiladi, haqman deb da'vo qiladi. Haq aslida siz ham emas, biz ham emas, xoh siz yaxshi bo'ling, xoh biz yaxshi bo'laylik, baribir biz haq emasmiz. Haq bitta ,u ham bo'lsa OLLOHdir. Mana bu - haqiqiy HAQIQAT! Nima dedingiz aziz yurtdoshim!
 

Ollohim har bir bandani hidoyat sari boshlasin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Shokir63 11 Yanvar 2010, 20:09:31
Oddiy narsa buzilsa, natijasi ham oddiy bo'ladi. Murakkab narsa buzilsa natijasi ham murakkab bo'ladi. Masalan, sut buzilsa ham ishlatish mumkin, lekin buzilishi qiyin bo'lgan yog' buzilsa, zaharga aylanadi.

Insonni hayvon bilan solishtirilganini ko'ramiz. Hayvon buzilsa nari borsa qutirgan hayvon bo'ladi. Inson buzilsa hayvondan battar bo'ladi.

Odam bolasi eng yovuz mavjudot deb umumiy gapirmay, odamiyligini yo'qotganlar eng yovuz mavjudot desak, yaxshiroqdek nazarimda, chunki odam bolasi orasida yovuzlikdan sira nasiba olmaganlar ham ko'p, ularning sultoni Payg'ambarimiz (s.a.v), hech qachon hech kimga yovuzlik qilmagan edilar. U kishining yo'llarida bo'lganlarni ham Alloh hivzu panohida asrab, yovuzlikdan yiroq tutsin.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 13 Yanvar 2010, 07:10:22
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Oddiy haqiqatlar haqida o'y sura turib, bir narsa esimga tushib ketdi. Shu holat meni juda hafa qiladi.
    Issiq jonda isitma bo'ladi deganlaridek, hamma ham kasal bo'ladi. Keyingi paytlarda, ya'ni esimni taniganimdan beri desam ham mubolag'a qilmayman, odamlar og'zida yangi atama paydo bo'lgan, balkim avvaldan bordir, lekin men yaqindan beri bilaman. Birov kasal bo'lsa yoki uzoqroq yotib qolsa,

     - " Duxtirga ko'rsatdilaringmi "? - deb so'rashishadi.
     - " Ha ko'rsatdik, duxtir qurg'ur ham topa olmayapti dardini, bilmasam eskicha qildirsakmikan." - deb javob bergandek bo'lishadi. Xol so'ragich ham,
     - " Ha, eskicha ham qildirib ko'ringlarchi, zora tuzalib ketdi. " - deb qo'shimcha qilib qo'yadi.

    Kundalik hayotimizdan bir parcha keltirdim xolos. Va "Eskichasi" qanaqa bo'lar ekan deb, o'zimga o'zim savol berib qo'yaman. Bunday e'tibor berib qarasam, ular eskicha qildiraylikchi deb mullo huzuriga olib borishar ekan. Olloh davosini bersin har dardni, hech kim kasal bo'lmasin Ilohim! Biz o'sha mullolarimiz o'qigan kalomlarni eskicha deyapmizmi? Dinimiz eskicha bo'ldimi? Islom eskicha bo'ldimi?  Balkim men noto'g'ri anglagandirman. Ilohim, noto'g'ri anglagan bo'layda ishqilib!

Biz bandalaringni Ilohim hidoyat sari boshlagin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 13 Yanvar 2010, 07:36:54
O'shnaqa diganlarni o'zi ESKI!

Man ham ko'p eshitaman bunaqa gaplarni yoshligimdan.
O'ylab qarasak o'zlari eskicha fikrlaydilar.
Sobiq tizim davridan qolgan "odatlarini" maqullashdan uyog'iga o'tishmaydi.

ISLOM ESA HAR DOIM HAQ VA YAGONA DIN BO'LGAN VA QIYOMATGA QADAR SHUNDAY BO'LIB QOLADI! U ESKIRMAYDI, U HAMMA ZAMONGA MOS, HAMISHA YANGI (boshqa dinlarga o'xshab o'zgartirilmagan)LIGICHA QOLADI

P.S. Hichqanaqa mulloham, doktor ham insonni Alloh hoxlamasa davolay olmaydi.
Ko'pchiligimiz shu narsaga ahamiyat bermaymiz aslida (bu diganim kasal bolib o'ranvolib yotish kerak degani emas)
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Hadija 24 Yanvar 2010, 05:21:16
Inson qachon bir odam halok bo’lib, yo’q bo’lib ketganidan keyin ko’zi ochiladi.
Ba’zi insonlar bo’ladi ko’zi yumilgandan keyin ochiladi va ba’zi odamlar bo’ladi ko’zi yumilganda ham ochiq bo’ladi. Insonlar bor o’lgandan keyin tiriladi, insonlar bo’ladi o’lgandan keyin ham tirik bo’ladi.Hayotda ohiratga intilib yashagan odam o’lgandan keyin ham tirik bo’ladi. Chunki nomi doim yaxshilik bilan zikr qilinadi.
"¦ va biram-biram odamlar bor, dunyoni ketidan quvgan, ular tirikligida ham birovga foydasi tekkanmas, tirikligida o’lik bo’lgan"¦
Alloh subhanahu taolo ibrat olishga nasib qilgan bo’lsin!
Abdug'ani qori ma'ruzalaridan
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 24 Yanvar 2010, 08:05:11
Inson qachon bir odam halok bo’lib, yo’q bo’lib ketganidan keyin ko’zi ochiladi.
Ba’zi insonlar bo’ladi ko’zi yumilgandan keyin ochiladi va ba’zi odamlar bo’ladi ko’zi yumilganda ham ochiq bo’ladi. Insonlar bor o’lgandan keyin tiriladi, insonlar bo’ladi o’lgandan keyin ham tirik bo’ladi.Hayotda ohiratga intilib yashagan odam o’lgandan keyin ham tirik bo’ladi. Chunki nomi doim yaxshilik bilan zikr qilinadi.
"¦ va biram-biram odamlar bor, dunyoni ketidan quvgan, ular tirikligida ham birovga foydasi tekkanmas, tirikligida o’lik bo’lgan"¦
Alloh subhanahu taolo ibrat olishga nasib qilgan bo’lsin!
Abdug'ani qori ma'ruzalaridan


Shu maruzani davomida o'lib lekin hamon tirik yashayotgan insonlardan biri imomi Al Buxoriy ekanligi aytiladi.
Shu inson hayoti davomida hozirgilarga o'xshab qasrlar qurmadi, xatto 1 gina uy ham ko'tarmadi, oxirat uchun yashadi... pul yig'madi...
Lekin hamon TIRIK
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Yanvar 2010, 06:49:58
Xayot bir teatrdir, insonlar undagi akterlardir.
Shekspir


Shekspir akaning gapida ham jon bor. Bu yerda ham har xil rollar bor: biri yaxshi, biri yomon, biri qiziq, yana boshqasi...
Ba'zi insonlar rolni qoyilmaqom bajaradilar. yuz ifodalaridan esa soxta nur, ichkarilari esa...
Kimdir rolni sidqidildan ado etadi, kimdir yuzaki.
Kimdir o'zini ming xil qiyofada namoyon qiladi, yana kimningdir o'z qiyofasi ham yo'q.
Kimdir tomoshatalab, boshqasi qarsakboz...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Yanvar 2010, 06:50:31
Hojiboy Tojiboyevdan:

Bir Yangiqishloqlik yigit Moskvaga borgan ekan. Qattiq sovuqda dildirab, qaltirab, ostanovkada tursa, bir us yigiti kastyumchan bo’volib, marojniypurushni oldiga borvolib, qarsillatib qattiq sovuqda marojniy yeyaptikanmish.
O’zi — 40 C sovuq, yana marojniy yeyaptikanmish.
Haligi o’zbek yigitini jaxli chiqib:
-Manga qara, san nima odmni ustidan kulyapsanmi? Shundoq ham sovuq, san boyadan beri mani ro’paramda turib qarsillatib marojniy yeyabsan, - debdi.
Rus yigiti:
-Nima qipti? San qayerdansan o’zi? — deb so’rabdi.
O’zbek yigiti:
-O’rta Osiyodan. Yangiqishloqni bilasanmi?
Rus yigiti:
- Yangiqishloqni bilmimanu, lekin agar O’rta Osiyodan bo’lsang eshit: Sizlar yozda, jaziramada + 50 C issiqdayam qaynagan choy ichaslayu, biz indamayapmizku — debdi.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Yanvar 2010, 06:55:49
ILOJNOMA


Xastaning ismi sharifi: Muhammad ummati
Yashash manzili: Yer yuzi
Yoshi: 1400
Xastalik sabablari: Hasad, g’iybat, shirk, dushmanlik, kibr, yolg’on, riyo, hirs, zulm, shaytonga bo’ysunmoq, qo’rqoqlik va hokazo
Muolaja va tavsiyalar:
1. Sog’lom imon va amali solih (doim).
2. Qur’on o’qimoq va anglamoq (har kuni uch mahal).
3. Namozni xushu’ va xuzu’ bilan ado etmoq (har kuni 5 mahal).
4. Ilm olmoq (har kuni 2 soat).
5. Allohni yod etmoq, zikr qilmoq (doim).
6. Faqat halol yemoq (har kuni 3 mahal).
7. Oz yemoq, oz gapirmoq va oz uxlamoq (doim).Va boshqa "œsalomatlik qoidalari" ga amal qilmoq.
Bosh tabib: Quro’ni Karim va hadisi sharif.

"œSan kimsan" kitobidan :D
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Yanvar 2010, 14:55:16
OXIRAT HAVO YO’LLARI

Parvoz joyi: Dunyo
Qo’nish joyi: Oxirat
Uchish soati: Doimiy
Yo’lovchining ismi: Inson
Jinsi: Tuproq
Manzili: Dunyo
Chiptalar faqat borishi uchun.
Birga olib ketishi mumkin bo’lgan narsalar:
-5 metr oq mato;
-Solih amal;
-Foydali ilm.
Yo’lovchilar bundan boshqa narsa olib keta olmaydilar. Yoqimli safar qilishni istaganlarga Qur’oni karim va hadisi sharifdagi ko’rsatmalarga amal qilish tavsiya qilinadi.
Safar davomida kun tartibiga qo’yiladigan masalalar: umringni nimaga sarflading, yoshligingni qanday o’tkazding, mol-dunyoni qaysi yo’l bilan topib, qayerga xarjlading va ALLOH UCHUN NIMA QILDING???
Eslatma: taqvo kamari bilan belini mahkam bog’laganlar uchun safar bexatar bo’lishi kafolatlanadi!

Bir kuni Boylik, Ilm va Or-nomus uchrashib qolishdi.
Boylik aytdi:
- Agar men yo’qolib qolsam saroyda bo’laman.
Ilm aytdi:
- Agar men yo’qolib qolsam masjid va madrasada bo’laman, o’sha yerdan izlang
- Agar men yo’qolib qolsam, - dedi Or-nomus, - izlab o’tirmanglar, hech qayerdan topolmaysizlar.

Musulmonlar taqvim kitobi 2003 (1424) III chorak
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Yanvar 2010, 14:57:22
Dunyodagi barcha insonlarni tegishli o‘lchovlarni hisobga olgan holda 100 kishiga qisqartirilsa, bu jamoa aholisi quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan bo‘lur edi:

57 osiyolik
21 yevropalik
14 amerikalik (shimoliy va janubiy)
8 afrikalik

ularning
52 nafari ayol
48 nafari erkak

70 tasi oq bo‘lmagan tanli kishi
30 tasi oq tanli kishi

6 kishi dunyodagi ja’mi boylikning 59%iga egalik qiladi va ularning bari AQShlik kishilar bo‘ladi

80 kishida yetarli uy-joy sharoiti bo‘lmaydi
70 kishi savodsiz
50 tasi to‘yib ovqatlanmaydi
1 tasi o‘ladi
2 tasi tug‘adi
1 kishi kompyuterga ega
1 kishi oliy ma’lumotli bo‘ladi.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Yanvar 2010, 14:57:57
Agar dunyoga shu nuqtai nazar bilan qaralsa, birdamlik, bir-birini tushunish, sabru qanoat va ma’lumotga katta ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ladi, bu haqda o‘ylab ko‘ring;

Agar tongda ikki muchangiz sog‘-omon uyg‘ongan esangiz, demak, siz ko‘zini bundan buyon ocholmaydigan 1 million kishidan baxtiyorroqsiz.;

Agar boshingizga urush olovi, turmadagi yolg‘izlik azobi, qiynoq va ochlik talvasasi tushmagan bo‘lsa, demak siz bu dunyodagi 500 million odamdan ba’tiyorroqsiz;

Agar siz ibodat qilishga hayiqmay borayotgan, hibsga olinish yoki o‘lim sharpasini sezmayotgan ekansiz, demak, dunyodagi 3 milliard odamdan baxtliroqsiz;

Agar muzlatgichingizda yeyishga ovqatingiz, kiyishga kiyimingiz va yotishga yotog‘ingiz bo‘lsa, demak, dunyodagi 5% kishidan boyroqdirsiz;

Agar bankda hisobingiz, cho‘ntakda pulingiz va ozroq jamg‘rmangiz bo‘lsa, demak, bu dunyodagi badavlat 8 % odamlar toifasiga kirasiz;

Agar siz ushbu matnni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak, yana ikki karra baxti kulgan insonlardan biri ekansiz, negaki
1)    kimdir siz haqingzida o‘ylaydi
2)    siz dunyodagi o‘qishni bilmaydigan 2 milliard odam sirasiga kirmaysiz va
3)    sizning kompyuteringiz bor!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Yanvar 2010, 14:59:04
Kimdir qachonlardir shunday degan ekan:

-    xuddi pul kerak emasday ishla
-    hech kim senga hech qachon ozor bermaydiganday sevishda davom et
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Yanvar 2010, 14:59:38
Ayol kuchlimi Erkakmi!??
- Ayol kuchli, chunkli ayol kishida qirq tuyaning yuki bo'ladi.
Erkak kuchlimi Ayolmi!???
- Erkak kuchli, chunki qirq tuyaning yukini orqalab chopqillab ketaveradi.   
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Yanvar 2010, 15:00:17
Biz o'lim ustidan kulamiz va dorixonadan kilolab dorilar sotib olamiz;

Bizga ommani fikri farqi yo'q, va biz doimo "ko'rinishim qanday?" deb so'raymiz;

Biz yolg'izlikni yaxshi ko'ramiz va qo'limizda telefonni qattiq siqib yuramiz;

Biz uyimiz - qo'rg'onimiz deb hisoblaymiz, va kechalari uni biz bilan portillatib yuborishlaridan qo'rqamiz;

Biz mutlaqo hotirjamligimizga iqrormiz va qo'limizni navbatdagi sigaretga uzatamiz;

Biz odamlarni hayratda qoldiramiz va "sevaman" deyishga qo'rqamiz;

Biz odamlarga ishonmaymiz, va haftasiga kamida bir marta kimgadir hasratimizni ochamiz; biz sevgiga ishonmaymiz, va kechalari yostiqqa yig'laymiz;

Biz bugungi kun bilan yashaymiz va ertangiga rejalar tuzamiz;

Biz printsipdan yangiliklarni televizordan ko'rmaymiz va ularni internetdan o'qiymiz;

Biz juda ko'p o'zimizni tanqid qilamiz va faqat o'zimizni yaxshi ko'ramiz.

Biz o'zimizga hamma hatolarni kechiramiz va ularni qaytarganlarga yomon ko'z bilan qaraymiz;

Biz ideal odamlar mavjudligiga ishonmaymiz va har kuni omma ichidan o'zimizni idealimizni qidiramiz;

Bizni metrodagi ertalabki tiqilinchdan ko'nglimiz ozadi, va biz har kuni platformada sabr qilib poyezd kutamiz;

Biz nima eshitishni o'zimiz tanlaymiz, va ko'chada ixtiyorsiz qandaydir "fabrikaga" jo'r bo'lamiz;

Biz har doim o'ylaganimizni gapiramiz va chin dildan tabassum qilishni deyarli unutdik;

Biz odamlar bizni qanday bo'lsak shundayligizmizcha qabul qilishlarini hohlaymiz, va soatlab ko'zgu oldida aylanamiz;

Biz dono gaplarni yaxshi ko'ramiz va o'zimizni o'zimiz tushunmaymiz;

Bizni bir to'da ochilmagan iste'dodlarimiz bor, va biz ular ochilishi uchun hech narsa qilmaymiz;

Biz tug'ilgan kunlarni yomon ko'ramiz va har doim ularni nishonlaymiz;

Biz tushlikkacha uhlashni sevamiz va budilnikni ertalabki soat 6-ga to'g'rilaymiz;

Biz har doim hohlagan narsamizga erishamiz va hech kimga kerakmas bo'lib qolishga qo'rqamiz;

Biz shaxsiy kundaliklar tutamiz, va ular o'qilishini hohlaymiz;
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Yanvar 2010, 15:01:18
Ey, haqiqiqiy risolat bulog’I qolib, sarob sari intilayotgan odam!"¦ Ko’zingni och, g’aflat uyqusidan uyg’on"¦Etti qavat samolar uzra olamlar Xojasi tomonidan indirilgan mukammal dinga mukammal nigoh ila nazar sol"¦ Islomni tor va beo’hshov, noqisu nomavzun qolipingga solib qo’yma"¦
   Ey, payg’ambar hadisiga ergashaman deya da’vo qilayotgan tolibi ilm!"¦
Da’voingni bir tekshirib ko’r. Hadisi shariflarning matni qolib sanadi bilan o’ralashmayotganmikin-san!.. Ichidagi ma’no qolib rijjolar qolibilangina mashg’ul bo’lmayotganmikin-san?!"¦ Hadislar kitoblarini faqatgina tirnoqni ostidan kir qidirish, yahshilar nomini bulg’ash maqsadida titkilamayotganmikin-san?!
   Ey, Qur’on mening qonunim deya da’vo qilayotgan do’stim"¦ Har safar Qur’on o’qiganingda o’zingni imtihon qil"¦ Qur’onning hududlari g’olib huruflarini qoim qilmayotganmikan-san!?"¦.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Yanvar 2010, 15:01:54
-   Ajabo, bir necha daqiqa masjidda naqadar  uzoq-u, navbatdagi serial qarshisida naqadar oz.
-   Ajabo, qo’lingdagi ming so’m masjidga naqadar ko’p-u, bozorga naqadar oz.
-   Ajabo, duoda so’zlar naqadar topilmaydi-yu, g’iybatda shu qadar quyilib keladi.
-   Ajabo, agar futbolda qo’shimcha vaqtga o’tadigan bo’lsa, naqadar hayajonlanib turamiz-u, Ramazondagi qo’shimcha namozdan uzoq deb noliymiz.
-   Ajabo, odamlarga juma ma’ruzasini esda saqlab, boshqalarga etkazish naqadar og’ir-u, ig’voyu mish — mishlarni tashib yurish naqadar engil.
-   Ajabo, bo’lar — bo’lmas mish mishlarga, cho’pchaklarga ishonamiz — u, Parvardigorning haq so’ziga shubha qilamiz.
-   Ajabo, sevimli ko’rsatuv oldidan tayyorlanib, har qancha kutamiz-u, namoz vaqti deyarli o’tib ketsa ham, unga hech qancha tayyorgarlik ko’rmaymiz.
-   Ajabo, serial qahramonlarini naqadar sevib, ularni kuyib — pishib muhokama qilamiz-u, masjidda yonimizda turgan namozhonni tanimaymiz.
-   Ajabo, har kim jannatga kirishni har qancha tama’ qiladi-yu, buning uchun bir nima qilish, gapirish yoki ishonish kerakligini qancha o’ylamaydi.
-   Ajabo! — O’zimizni to’g’ri  yo’ldamiz  deb bonglar uramiz-u, aslida to’g’ri yo’ldagilarga tosh otamiz!!!
-   Ajabo! — Din uchun biron narsa qilmadigu, lekin tinmayin dinga hizmat qilayotganlarga tosh otamiz!!!
-   Ajabo! — Ilmimiz hech vale, ulamolar go’shtini eymiz!!!
-   Ajabo! — Jannatning kalitini qo’lga kiritdik-mi, yo, eng to’g’ri yo’lda ekanimiz haqida vasiha oldikmi, va yohud Allohning rahmatini taqsimlovchilarga aylandikmi-ki, odamlarni anavi adashgan, manavi zalolatda deya sinflarga ajratishga tushdik?!.. Ajabo, buning o’rniga o’z nafsimiz bilan shug’ullansak bo’masmidi?!..
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Amin 25 Yanvar 2010, 15:02:55
-   Salaflarga ergashamiz deya olamni buzayotganimizda beshak tillarimiz yolg’on so’zladi. Salaflar bizdan bezorlar. Biz bu pok nomga hali beri loyiq emasmiz"¦Chunki biz ular bilan faqatgina eshakning kuchi halolu, go’shti harom qabilida muomala qilmoqdamiz halos"¦
-   Ey, mangina to’g’ri yo’ldaman deya bong urayotgan bechora!.. Ko’zingni och!.. Dushmaning qolib do’stinnga tosh otma!.. Ahmadu Nu’mondek salaflaringni esla!.. Ibrat ol!.. Payg’ambarning ashobi hayotiga nazar sol, undan keyin o’zingga bir bora nazar sol, so’ngra yana bir bora ko’zlaringni o’zingga qaytar! Ko’zlaring noumid bo’lib o’zingga qaytmasin!..
-   Ilmni chuqurroq egalla!.. Kecha chiqqan, adolatini shubha bo’lgan mutaolimlar og’zidan chiqayotgan safsata-yu ig’volar karnayiga aylanib qolishdan ehtiyot bo’l!.. Salaflarga ergashaman desang kam gapirib ko’proq ilm ol. Ularni odobidan namuna ol. Taqvosidan bahra ol. Qalbingni ihlos suvi ila polka. Aks holda, bechoraligingcha qolib ketasan"¦
-   Senga ne bo’ldi-ki tiling zahridan, qiliching qahridan, nayzang saxmidan faqatgina musulmon birodarlaringgina ozor topmoqda?!..
-   O’zing ersan-u, osmonni qoralaysan!!! Hali o’zing qiyomatda qanday muomala ko’rishingni bilmaysan, gunohlaringga yig’lamaysan, biroq, gunoh ustiga gunohni shodlik ila orttirasan"¦ Ulamolar qabriga g’isht tahlaysan, va buni risolat mohiyati deb o’ylaysan"¦
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 29 Yanvar 2010, 22:33:36
Nomoz qilaverib oyoqlari shishgan Payg'ambarimiz :sw:ning, Uhlayverib ko'zlari shishgan Ummatimiz (Alloh :jl: O'zi asrasin. :amn:
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 31 Yanvar 2010, 22:07:56
Mana shu fikrlar manga juda yoqdi...

Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi! Bu dunyoda yashab bo‘ladi. Shu boisdan-da bu dunyo otini hayot deydi.
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!

Tog'ay Murod

Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 10 Fevral 2010, 08:22:18
"Qo'shiq - qalbda munofiqlikni xuddi suv sabzavotlarni o'stirganidek o'stiradi"
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: JaviK 22 Fevral 2010, 11:29:27
Oddiy haqiqat bu o`zimi, lekin biz bilgan haqiqatni aytishga haqqimiz yo`q
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 08 Mart 2010, 19:04:12
Bissmillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Har bir odam aziz. Har biringiz aziz. Olloh aziz qilgan aziz!!!
Odam bo'lib bino bo'lganimga ham mana chorak asr bo'libdi. Albatta bizning hisobda. O'lim yaqin, juda yaqin, ammo qachon? O'lim so'zini eshitganda kishining tanasidan sovuq ter chiqib ketadi. Ammo nega? Nega bunchalik qo'rqamiz? Qo'rquv!!! Kim qo'rqadi aslida? Mana shu fikrga kelgunimcha eshitganlarim :kishi Ollohdan qo'rqadi, mol - davlatini yo'qotib qo'yishdan qo'rqadi, aziz kishisini yo'qotib qo'yishdan qo'rqadi, obro'i to'kilsihidan qo'rqadi va hakozolar. Birma bir sanasam adog'i yo'q. Men ham mana shu odamlar orasida o'sdim, ulg'aydim, ta'lim oldim, oq va qorani tanidim, o'qib o'rgandim va hozir ham o'rganyapman. Ammo bunday fikrga nega men yoki ba'zilar kelishdi, hamma emas. Chunki shunday bo'lishi kerak edi, shuning uchun shunday bo'ldi. Buni taqdir deydilar. Nega aynan siz ushbu postni o'qiyapsiz, boshqa emas. Aynan siz ushbu postni o'qib o'zingizga nimadir oldingiz-u, boshqa esa yo'q
Kim qo'rqadi? Nimaga qo'rqishadi degan savolga men javob topdim.Aslida Ollohning ko'p suygan bandalari bu savolga javob topishgan. Demoqchimanki men ham shunday fíkrga keldim. Iymonsiz odam qo'rqar ekan. Qo'rqoq odam iymonsiz bo'lar ekan. Agar men iymonli bo'lsam, nima uchun o'limdan qo'rqishim kerak ekan. Aslida odamlar qo'rqayotgan narsalari arzimagan  narsa. (ODDIY HAQIQAT)Qo'rqishimiz kerak bo'lgan narsadan qo'rqmay, qo'rqmasligimiz kerak bo'lganlaridan qo'rqyapmiz.(ODDIY HAQIQAT) Ollohdan qo'rqish emas, aksincha uni sevish kerak. Biz esa unga yaqinlashishdan qo'rqamiz. O'lim desa zir-zir titraymiz. Olloh qahridan shaytonga ergashganlar qo'rqsin, biz esa sevishni o'rgananaylik.Menimcha qo'rqan odam seva olmaydi.
Men dunyoimni mushohada qilib, tafakkur qilib shunday bir fikrga keldimki, men o'lib qolishimdan emas, tirikligimdan qo'rqib ketayapman. O'zimdan o'zim, yashayotganligimdan qo'rqib ketayapman. Bu bir burda tanada mening ojiz ruhim va shayton vasvasasi borligidan qo'rqim ketyapman. Shaytonga ergashib ketishdan qo'rqayapman, ammo Ollohning shaytondan ko'ra menga yaqinroq bo'lganligi taskinlik berib turadi. Bu bilan shaytondan qo'rqaman demoqchi emasman, balki unga buysunib qolishdan, buzuq ,Olloh harom qilgan ishlarga qo'l urib qo'yishimdan qo'rqayapman.  Ollohdan emas, Olloh qahriga duchor bo'lishlikdan qo'rqishmiz kerak.

Salomat bo'ling!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 11 Mart 2010, 05:55:21
Abdug'ani qori domlani bir gapi juda yoqdi.

Bandadagi barcha narsa Allohniki, barchasini Alloh bergan, faqat 1 narsagina o'zinikidir. U nima?

Boylikmi? Yoq, boylikni ham Alloh beradi.
Mansabmi? Uni ham Alloh beradi, xohlasa tortib oladi.
Farzandmi? Uni ham Alloh xohlasa beradi, xohlamasa yo'q.
...

Bandadagi o'ziniki bo'lgan narsa bu uni GUNOHLARIdir.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 21 Aprel 2010, 07:08:46
Onasizlik ... Barcha baxtsizliklarning boshi...

Buni balki onasi borlar tushunmaslar... balki his qila olmaslar...

Onasi yo'qning nigohiga qarasangiz ko'zidagi nam yo'q bo'lsada ichi yonib turadi...

Hamma narsa yarimtadek tuyuladi...

Bir she'rda "Onasi bor insonlar hech qarimaydi" deyiladi.
O'ylab qarasak haqiqatdan ham shunday.
Bir tanishimning hayotidan... Onam borligida boshim osmonda, bilganimcha yurardim, sho'x, quvnoq gohida qo'rs qiz edim. Onamdan ayrildik 1 kunda KATTA ODAM bo'ldim...

Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: BelleQizcha 21 Aprel 2010, 07:22:43
Ertalab yerga yottgan qog'ozni kechasi ham korishimiz mumkin,,, lekin Ertalab korgan insoni har doim ham kechasi korolmaymiz.. Qattandur oqib qogandim.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muzayyana 24 Aprel 2010, 15:16:33
Bir suhbatdan:
-Avvallari nega insonlarda hozirgiday kasalliklarni turi ko'p bo'lmagan , vaholanki avvalli bunchalik ne'matlar ko'p bo'lmaganku?
-...
-Insonlar bir burda nonni yesa ham, hotirjamlik va shukrona bilan yegan, shuningchun shuni o'zginasi ham kifoya qilgan, hozirchi, hozir? Yangi tug'ilayotgan chaqaloq ham Astag'firullo asabiy bo'lib tug'ilayotgan emish.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Akbarjоn 24 Aprel 2010, 20:49:05
Iqtibos
-Avvallari nega insonlarda hozirgiday kasalliklarni turi ko'p bo'lmagan , vaholanki avvalli bunchalik ne'matlar ko'p bo'lmaganku?

aksincha avvalari kasalliklar ko'p bo'lgan, keyinchalik o'sha kasalliklar aniqlanib ularga nom berilgan xolos
deylik SPIT yangi paydo bo'lgan desangiz unda O'lat, Mahov, Bezgak kaslaliklarini yo'qolib ketganligini aytish mumkin
paydo bo'layotgan kasalliklarga ko'ra davosi topilib yo'qolib borayotgan kasalliklar ko'proq bo'lsa kerak
buni odamlarning o'rtacha umri ga nisbatan xam taqriban olish  mumkin
o'tgan asrda 55-60  yosh o'rtacha yosh xisoblangan bo'lsa xozirgi kunda 70-74 yosh kishilarning o'rtacha umr ko'rish yoshi hisoblanadi
shuning o'zi xam fikrimizni asoslab bersa kerak
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Akbarjоn 24 Aprel 2010, 23:24:09
To'g'ri urushlar xam o'rtacha yoshni qisqa bolishligiga sabalardan biri
lekin shu sabablardan yana biri meditsinaning rivojlanishi va kasalliklarning davosini topilishi shu yo'l bilan kasalliklarni qisaqarishi
siz aytganizday meditsinaning rivojlanishi kishilarning o'rtacha yoshini uzaytirgan va tabbiyki bu blan kaslalliklarga qarshi kurashish va uni davolash yo'llarini topish orqali erishlgan
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Sadulla 25 Aprel 2010, 07:42:40
 :as:
Meditsina rivojlangani yaxshilikka yaxshi,lekin buni yomon tomonlari ham yo'g'amas manimcha.Kere keremas dorilarni ko'payib ketgani ayniqsa.Bu dorilar odamni imunitetini tushirib yuboradi.Ko'chalarda ham dori reklamalari to'lib ketgan,televizorda reklama qilinadigan reklamalarning 4 dan 1 qismiyam dori.Bunaqada odamlani boshi aylanib qoladiyu dorilani ko'pligidan.Eng kereli,zarari kam dorilani ishlab chiqarish yo'lga qo'yilsa yaxshi bo'lardi.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Akbarjоn 25 Aprel 2010, 10:04:42
Iqtibos
Eng kereli,zarari kam dorilani ishlab chiqarish yo'lga qo'yilsa yaxshi bo'lardi.

Shunday qilinsa yana bitta dori reklamasi paydo bo'ladi
oldin 4 reklamadan 1 tasida dorini reklama qilishsa endi 5 ta reklamadan 2 tasida dorini reklama qilishadigan bo'ladi...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Robiya 25 Aprel 2010, 16:18:39
Hayot uzooq manzil, yugur - yugur...

Kimdir "u"nga, yana kimdir "U"*nga talpinadi...

Allohim hammamizga xayrlisini nasib qilsin!

* - Alloh azza va jalla

Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Robiya 13 May 2010, 18:41:41
Assalamu alaykum! Jaloliddin Rumiy hikmatlarini o'qiganimda quyidagilarini Sizlarga ilinaman deb niyat qilgandim.

Toki foydadan xabar berilmas ekan, bandasi qimirlamas.

***

Botiniy tuyg'ular zohiriy sezgilardan kuchliroqdir.

***

Javob bermaslik ham javobdir.

***

Tan davosi o'nglamas dil dardini.

***

Begonalarga emas, do'stlarga sitam qilinadi.

Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 14 May 2010, 04:33:17
Aslida Xayotda yomon odamlar yuq, shunchaki yahshi va yomon ko'ruvchi ko'zlar bor holosAslida Xayotda yomon odamlar yuq, shunchaki yahshi va yomon ko'ruvchi ko'zlar bor holos...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: BelleQizcha 14 May 2010, 04:45:00
Kecha sinifda oqtuvchimiza etib qoldi.. Hijob kiygan ayollarda Rak kasaligi uchrashi judayam kam ekan....
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: JaviK 16 May 2010, 12:45:26
Aslida Xayotda yomon odamlar yuq, shunchaki yahshi va yomon ko'ruvchi ko'zlar bor holosAslida Xayotda yomon odamlar yuq, shunchaki yahshi va yomon ko'ruvchi ko'zlar bor holos...

Aslida shunday deb o`ylaymiz-u.., Shu ko`zlarni boshqaruvchi o`zimiz(inson) ekanligimizni unitib qo`yamiz.  
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: JaviK 16 May 2010, 15:27:49
Oz-Oz o`rganib dono bo`lur
Qatra -qatra yig`ilib daryo bo`lur.
 

                            (Alisher Navoiy)
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: BelleQizcha 16 May 2010, 18:27:57
Aslida hayotda mo'molar yoq,, ozimiz mo'mo;lar chiqaramizzz
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: JaviK 16 May 2010, 18:54:43
Aslida hayotda mo'molar yoq,, ozimiz mo'mo;lar chiqaramizzz

Aslida haqiqat har yerda bor, lekin uni biz Boshqa narsalar orqasiga berkitamiz va haqiqat talab qilishdan charchmaymiz.  
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mufazzala 16 May 2010, 19:06:19
 :as:

Aslida o'zimiz yomonmiz ammo, boshimizga kelayotgan
ko'rguliklarda faqat boshliqlarni ayblashdan charchamaymiz.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 28 May 2010, 16:57:02
Bir tanishimni mikroblogida uqib qoldim...:Kechalari namoz uqimoqdan oyoqlari shishgan Payg'ambarning (s.a.v.) kechalari uhlamoqdan ko'zlari shishgan bu ummatning...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Ansora 01 Iyun 2010, 21:47:50
İsroyil xohlaganicha Musulmonlarni ezishi mumkin.

Lekin butun dunyo, asosan Musulmon bo'lmagan o'lkalar bunga chora ko'rmaydi!!!

Huddi dunyo davlatlarini erka o'g'li!!!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: siddiqa 02 Iyun 2010, 05:32:48
İsroyil xohlaganicha Musulmonlarni ezishi mumkin.

Lekin butun dunyo, asosan Musulmon bo'lmagan o'lkalar bunga chora ko'rmaydi!!!

Huddi dunyo davlatlarini erka o'g'li!!!


Musulmonlar ham chora ko'rmayapti ........
Turklar haqiqiqatdan hizmatchi xalq kuni kecha Falastinga yordam olib borishgan ekan nechtadir turklarni qatl qilishibdi Israil odamlariiiiiiiiiiiiiiiiii,,

Isroilga kimlardir yordam beryapti lekin arab bo'lgan xalqlar ,musulmonlar   Palastinga shundoq qarab turishibdi .
Alloh yordam bersin .
Nom: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Robiya 10 Iyun 2010, 15:23:01
Assalamu alaykum!

Shaytonning eng yoqimli so'zlari

- bir martasida hech nima qilmaydi;
- hali yoshsiz;
- Alloh ko'ngil tozaligiga qaraydi;
- nafaqaga chiqqandan so'ng;
- zamon sizga emas, siz zamonga moslashing;
- Alloh kechiradi;
- jahannamda bir muddat azoblangach, baribir jannatga kirasiz!

"Irfon" taqvimi, II chorak.
Nom: Javikdan
Yuborildi: JaviK 10 Iyun 2010, 15:38:42
Eshakni ishi halolu, go'shti harom.
Hozirgi paytda esa andijonda ancha odam qo'lga tushmoqda, bu harom go'sht sotib.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2010, 10:21:43
:as:

Toshkentda ammamlarnikida turdik. Jiyanim bor, yoshi 15 da, shu yil Sharqshunoslik instituti huzuridagi akadem litseyga o'qishga qabul qilindi. Shu jiyanim bilan kech 2-3 gacha o'tirib suhbatlashamiz, hech zerikmaymiz... Yoshiga nisbatan ancha yuqoriroq yoshlardagidek fikrlaydi, juda teran... Mana bir suhbatimizdan parcha:

- Ba'zida meni qanaqadir sharpalar ta;qib qiladigandek, orqamdan nimadir kelayotgandek ko'rinadi...

Meni javobim:

- Bunaqa holatlar bo'lib turadi. Amakimni aytishlariga qaraganda shunaqa paytlarda o'sha sharpa ko'ringan joyga qo'rqmasdan borib, o'shani ushlab yo'qligiga amin bo'lish va shu orqali qo'rquvni yengish lozim...

Biroz o'yda qolgan jiyanimni ko'zlari porlab ketib shunday dedi:

- Voy, men bir narsaga yana bir bor amin bo'ldim. Alloh bor, axir osmonni ushlab, qo'l tegizib bo'lmaydi-ku.......... SubhanAlloh, haqiqatda ham shunaqayaa....

Shu suhbatdan keyin u boshqa bunaqa sharpalar ko'rinmayotganini aytib, sevindi :)
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Zamiraxon 11 Avgust 2010, 15:49:08
:as:

Toshkentda ammamlarnikida turdik. Jiyanim bor, yoshi 15 da, shu yil Sharqshunoslik instituti huzuridagi akadem litseyga o'qishga qabul qilindi. Shu jiyanim bilan kech 2-3 gacha o'tirib suhbatlashamiz, hech zerikmaymiz... Yoshiga nisbatan ancha yuqoriroq yoshlardagidek fikrlaydi, juda teran... Mana bir suhbatimizdan parcha:

- Ba'zida meni qanaqadir sharpalar ta;qib qiladigandek, orqamdan nimadir kelayotgandek ko'rinadi...

Meni javobim:

- Bunaqa holatlar bo'lib turadi. Amakimni aytishlariga qaraganda shunaqa paytlarda o'sha sharpa ko'ringan joyga qo'rqmasdan borib, o'shani ushlab yo'qligiga amin bo'lish va shu orqali qo'rquvni yengish lozim...

Biroz o'yda qolgan jiyanimni ko'zlari porlab ketib shunday dedi:

- Voy, men bir narsaga yana bir bor amin bo'ldim. Alloh bor, axir osmonni ushlab, qo'l tegizib bo'lmaydi-ku.......... SubhanAlloh, haqiqatda ham shunaqayaa....

Shu suhbatdan keyin u boshqa bunaqa sharpalar ko'rinmayotganini aytib, sevindi :)

Robiyaxon, mening ham wunaqa jiyanim bordaaa, uning gaplarini ewitib odam , naxotki wunga aqlim yetmadi, deb öylab qoladi.
Madina 5yowlik jiyanim. Ovqat yeyiwdan avval Bismilloh aytiw esidan 4iqqan odamga "Siz Bismilloh aytmadingiz, endi Bismillahi va avvallahi va axiraxi deng" deydi. Qayerdan örganibdi deb suriwtirsak, ayajonim "Saodat asri"ni öqiwayotganda wu hadis haqida aytib bergan ekanlar.
Hawarotlarga, ösimliklarga vaxwiy munosabatda bölgan örtoqlariga "Hamma narsani Alloh yaratadi" degan wirin til4asiga nima deysiz?!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 17 Avgust 2010, 19:39:57
Bismillohir rohmanir rohiym!

Oddiy haqiqat biz musulmonmiz. Namoz o'qimasak ham musulmonmiz, faqat gunohkor musulmonmiz. Yana bir oddiy haqiqat - Musulmon uchun dunyo qiziq ham emas, zerikarli ham emas. Unda nima? deb savol tug'ilishi tabiiy. Mening fikrimcha, bu dunyo yana jannatga kirishimiz (qaytishimiz) uchun bir imkoniyat.

Haligi imtihondan yiqilganlar uchun ham bir imkonyat berilgani kabi. E'tiborsizligi yoki boshqa sabablardan imtihondan o'taolmaganlarga, adolat yuzasidan yana bir bora imkon yaratiladi. Topshirsa o'tib ketadi, maqsadiga erishadi, topshiraolmasa yiqiladi, orqaga qaytadi, maqsadsiz, ya'ni jannatsiz qoladi. Imtihon na qiziqdir, na zerikarli. Ishonmasangizlar imtihon topshirganlardan so'ranglar.

Ollohim dangasa bo'lib qolishdan asrasin! Hamma narsa bekorchlikdan kelib chiqadi. Quvonsak, dunyoning qizig'i shundada deymiz, hafa bo'lsak dunyoning qizig'i shundada deymiz. Bekorchining hamrohi zerikishdir.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Robiya 19 Avgust 2010, 00:19:13
:as:

Bir ayol so'radi:
- Quvonch nimayu, qayg'u nima?
Donishmand javob berdi:
- Siz quvonch degan narsa qayg'ungizni yashirish uchun niqobdir.

Kulgingiz ko'z yoshingiz bilan to'la quduq qalbingiz tubidan eshitiladi.

Shunday emasmi?

Qayg'u ruhingizga qancha ko'p singsa, shunchalik quvonchga muhtojsiz.

Ruhingizni quvontiruvchi tamburni usta daraxtni kesib va shilib yasamaganmi?

Qalbingiz tubiga diqqat bilan qarasangiz, kechagi qayg'ularingizni bugungi kulgilaringiz toshlari bosib turganini ko'rasiz.

Qayg'u kelganida esa kechagi quvonchlar uchun yig'layotgan bo'lasiz..


Jubron XALIL
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: AL_laziz87 19 Avgust 2010, 20:52:23
Xamma o'z fikrini xaqiqat deb bilgan joyda xaqiqatni yuzaga chiqishi qiyin bo'ladi.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: UzMuslim 21 Avgust 2010, 18:26:38
Statistika:Musulmonlarning umumiy soni qancha?

Hozirgi kunda jahon aholisining har beshtasidan bittasi Islomga e’tiqod qiladi. Oxirgi 50 yillikda Yer yuzining musulmon aholisi soni 235% ga o‘sdi va hozirgi kunda 1.6 milliardni tashkil etmoqda. Islom e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan hatto, AQSh, Frantsiya, Buyuk Britaniyada ham ikkinchi dinga aylandi. Rossiyada esa 16 million musulmon istiqomat qiladi.(Britannica) (Boshqa manbalarda Rossiya musulmonlari soni bir qancha ko‘pdir.  Rossiyada 26 million musulmon istiqomat qiladi.)

* * * * *
Jahon mamlakatlarida musulmonlarning umumiy soni quyidagicha:
1. Indoneziya — 182,2 million;
2. Pokistan — 146,9 million;
3. Bangladesh — 116,0 million;
4. Hindiston — 109,6 million;
5. Eron — 63,9 million;
6. Turkiya — 61,0 million;
7. Misr — 51,6 million;
8. Nigeriya — 40,2 million;
9. Jazoir — 29,1 million;
10. Xitoy — 29,1 million (2,4%);
11. Marokash — 29,1 million;
12. Iroq — 21,4 million;
13. Sudan — 20,4 million;
14. Efiopiya — 18,3 million;
15. Afg‘oniston — 18 million;
16. Yaman — 16,1 million;
17. Rossiya — 16 million;
18. Saudiya Arabistoni — 16 million;
19. O‘zbekiston — 15,9 million;
20. Malayziya — 10,5 million;
21. Mali — 9,4 million;
22. Tunis — 9 million;
23. Somali — 8,5 million;
24. Senegal — 7,7 million;
25. Niger — 7,5 million;
26. AQSh — 7 million;
27. Qozog‘iston — 6,9 million;
28. Gvineya — 6,5 million;
29. Ozarbayjon — 6,1 million;
30. Kot-d’Ivuar — 5,9 million;
31. Frantsiya — 5,8 million;
32. Liviya — 5,2 million;
33. Tojikiston — 5,2 million;
34. Burkina-Faso — 5 million;
35. Iordaniya — 3,6 million;
36. Suriya — 3,5 million;
37. Kamerun — 3,1 million;
38. Turkmaniston — 3,1 million;
   39. Germaniya — 3 million;
40. Chad — 2,9 million;
41. Gana — 2,8 million;
42. Qirg‘iziston — 2,8 million;
43. Falastin — 2,4 million;
44. Mavritaniya — 2,3 million;
45. Mozambik — 2,3 million;
46. Serra-Leone - 2,0 million;
47. Bosniya — 1,8 million;
48. Serbiya — 1,8 million;
49. BAA — 1,8 million;
50. Livan — 1,7 million;
51. Ummon — 1,7 million;
52. Buyuk Britaniya — 1,6 million;
53. Malavi — 1,5 million;
54. Tanzaniya — 1,5 million;
55. Albaniya — 1,4 million;
56. Bolgariya — 1,3 million;
57. Bruney — 1,2 million;
58. Quvayt — 1,2 million;
59. Italiya — 1 million;
60. Benin — 0,95 million;
61. Gambiya — 0,94 million;
62. Togo - 0,85 million;
63. Makedoniya — 0,59 million;
64. Bahrayn — 0,51 million;
65. Komor orollari — 0,51 million;
66. Gvineya-Bisau — 0,49 million;
67. Qatar — 0,47 million;
68. Jibuti — 0,45 million;
69. Singapur — 0,44 million;
70. Liberiya — 0,40 million;
71. Maldiv orollari — 0,25 million;
72. Mavrikiy — 0,19 million;
73. Sahroi Kabir — 0,13 million;
74. Surinam — 0,10 million;
75. Kipr — 0,04 million;
76. Gibraltar — 0,003 million.
     
«Britannica» entsiklopediyasi.

manba: www.islam.ru
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: UzMuslim 22 Avgust 2010, 18:37:16
Allohning Qur’ondagi
matematik mo’jizalari.


Qur'onning biz shu paytgacha ko ‘rib chiqqan mo‘jizaviy xususiyatlaridan tashqari,
«matematik mo ‘jizalari»ham bordir. Qur'onning bunday ajoyib jihatiga ko ‘plab
misollar keltirish mumkin. Bu mo ‘jizalarga bir misol Qur'ondagi ba'zi so‘zlarning
takroriyligidir. Ba'zi so‘zlar esa hayratlanarli tarzda bir xil miqdorda takrorlanadi.
Quyida bunday so ‘zlarning ro‘yxati va ularning Qur'onda takrorlanish soni keltirilgan.
«Yetti osmonlar» (sab'a samaavaat) xabari yetti marta takrorlangan.
«Osmonlarning yaratilishi»(xolq as-samaavaat) ifodasi ham yetti marta
takrorlangan.
«Kun» (yavm) so‘zi 365 marta birlik shaklda takrorlangan bo ‘lsa, uning ko‘pligi va ikkilik shakli «kunlar»(ayyaam va yavmayn) birgalikda 30 marta takrorlangan. «Oy» (shahr) so ‘zi esa 12 marta takrorlangan.
«O'simlik» (nabat) va «daraxt» (shajar) so ‘zlarining takroriyligi bir xil - 26
tadandir.
«To‘lov yoki mukofot» (jazaa) 117 marta takrorlangan bo ‘lsa, Qur'onning asosiy
odoblaridan biri bo‘lgan «afv etish» (mag‘firoh) ifodasi bu raqamdan roppa-rosa 2 marta ko ‘p, ya'ni 234 marta takrorlangandir.
«Ayt» (qul) so‘zini sanasak,uning 332 marta uchrashini ko ‘ramiz. «Aytdilar»  (qolu)so‘zini sanaydigan bo‘lsak,unga ham shuncha marta duch kelamiz.
«Dunyo» (dunyaa) va «Oxirat» (aaxiroh) so ‘zlarining takrorlanishi ham bir xil - 115 martadandir.
Qur'onda «shayton»(shaytoon) so ‘zi xuddi «farishtalar» (malaaikah) so ‘zi kabi 88 marta ishlatilgan.
«Imon» (iimaan) va «kufr» (kufr) so ‘zlari Qur'onda 25 martadan qo‘llanilgan.
«Jannat» (jannah) va «jahannam» (jahannam) so ‘zlarining har biri 77 martadan takrorlangan.
«Zakot» (zakaah) so‘zi Qur'onda 32 marta takrorlangan, shuningdek,«barakot» (barokah) so ‘zi ham.
«Shafqatlilar» (al-abroor) ifodasi 6 marta, «gunoh-korlar» (al-fujjaar) ifodasi esa
uning yarmicha, ya'ni 3 marta ishlatilgan.
«Yoz-issiq» (sayf-harr) va «qish-sovuq» (shitaa-bard) so ‘zlarining takrorlanish
miqdori bir xil - 5 martadir.
«Sharob» (xamr) va «sarxupshik» (saqoro) so‘zlari Qur'onda bir xil miqdorda - 6
martadan takrorlangan.
«Aql» (‘aql) va «nur» (nuur) so‘zlarining uchrashi 49 martadandir.
«Til» (lisan) va «va'z-nasihat» (mav'iza) so ‘zlarining har ikkalasi ham 25 martadan takrorlangan.
«Foyda» (naf) va «buzg ‘unchilik» (fasad) so‘zlari 50 martadan uchraydi.
«Mukofot» (ajr) va «qilmish» (fa'il) so ‘zlarining har biri 107 martadan takrorlangan.
 «Muhabbat» (al-mahabbah) va «itoat» (at-taa'ah) ifodalarining takrorlanishi 83
martadandir.
«Taqdir» (masiir) va «abadiy» (abadan) so ‘zlari Qur'onda bir xil miqdorda - 28 martadan uchraydi.
«Musibat» (al-musiibah) va «shukr» (ash-shukr) so ‘zlari Qur'onda bir xil miqdorda -75 martadan uchraydi.
«Quyosh» (shams) va «nur» (nuur) so ‘zlarining har biri Qur'onda 33 martadan
uchraydi.
«Nur» so ‘zi sanalganda faqatgina so ‘zning sodda shakllari hisobga olindi.
«To‘g‘ri yo‘lga boshlash» (al-hudaa) va «shafqat» (ar-rohmah) ifodalari 79
martadan uchraydi.
«G'am» (dayq) va «shodlanmoq» (tamaniyya) so ‘zlarining har biri Qur'onda
13 martadan takrorlangan.
«Erkak» (rojul) va «ayol»(mar'a) so ‘zlari teng miqdorda - 23 martadan ishlatilgan. «Erkak» va «ayol»so ‘zlarining Qur'onda takrorlanish soni bo‘lgan 23,
ayni zamonda inson embrionining shakllanishida tuxum va spermatozoiddagi
xromosomalar soni hamdir.Inson xromosa-malariningjami soni 46 ta bo ‘lib, ular
ayol va erkakning tuxum va spermatozoididagi xromosomalar sonining
yig ‘indisidir.
«Xiyonat» (xiyaanah) so‘zi 16 marta takrorlangan,shuningdek, «qabih» (xobis)
so ‘zi ham.
«Inson» (insan) so‘zi 65 marta qo‘llanilgan: insonning yaratilish bosqichlariga
ishoratlar soni ham aynan shuncha, ya'ni: tuproq 17 marta, nutfa 12 marta,
embrion (alaq) 6 marta,muzg'o 3 marta, et (lahm) 12 marta, suyak (izham) 17
marta ishlatilgan.
«Solavaat» so‘zi Qur'onda besh marta uchraydi va Alloh
insonlarga bir kunda 5 daf'a namoz (solat) o ‘qishni amr etdi.
«Quruqlik» (barr, yabas) so‘zi Qur'onda 13 marta, «dengiz»(bahr) so ‘zi esa 32 marta,ular jami bo‘lib 45 marta uchraydi. Agar quruqlikning Qur'onda ishorat etilishi sonini, ya'ni 13 ni 45 ga bo ‘lsak, 28,888888888889% raqami chiqadi.
Dengizlarning Qur'onda ishorat etilish soni bo ‘lgan 32 ni 45 ga bo‘lganimizda esa,
71,111111111111% hosil bo ‘ladi. G'ayrioddiy tarzda,bu raqam bugungi kunda
quruqlik va dengizning Yerdagi aniq nisbatlarini aks ettiradi.


Allohning Mo'jizasi...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Fayzbek 04 Sentyabr 2010, 12:05:50
2009- sentyabr
Mana bu rasmlarga nima deysizlar. Zakotni menimcha mana shunday maktablarni ta'mirlash uchun berish kerak. Bu yil borib ko'ruvdim eshikni almashtirishibdi lekin ahvolhaliyam aytarlik yaxshi emas. Bu yilgi holatini ham nasib qilsa, yaqin orada fotolarini joylashtiraman.

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: BelleQizcha 04 Sentyabr 2010, 22:48:22
Bunaqa maktabla haliyam bomi? bunaqa 1992 chi yilda qob ketgan dib oylagandim....

Juda-juda qiziqib qoldim./.. kecha o'zim bilmagan holda uzbek  saytlaridan biriga kirib qobbman.. qanaqa sayt disizmi? qanadur uzbekistondagi artislarni sayti ekan qanadur sayyod. net ishqib....
kirsam, artislar-u aktirisila( torisi hech qaysi birini tanimiman) intervyularni taxlab qoyishibdi.. torisi tanimagan odam gapirsa qiziq tuyulmiydi oshanchun rasimlarni korib chiqdim...
Toshkent yumuman uzbekiston 2yilda unaqa tarraqiy qib kettadi dib hech oylamagandim... Artislarniyam gaplari boshqacha.. unaqa qilamiza bunaqa qilamiza... yarim yalong'och kiyin gaplarini o'rtasiga Hudo hohlasa-yu Alloh nasib qisa dib yozib qoyishadi... Yana stage chiqvolib seni sevaman-u ucharashilu bunaqa unaqa gaplar...
Juda-juda jahlim chiqdi.. nima chet-el saytlariga kirib qoldim-i dodim o'zimga yana qanadur kilip qo'yishibdi ustiga Ro'zaladorlar ko'rmasin yolg'on gapirmiman shu narsa yozilgani uchun ham ko'rdim qiziqib..  shu narsalarn jaa bo'masa ro'zada yopishsa-chi? umuman .. ashula etishsa etishsin lekin o'zligini yo'qotib nima qiladi? Etmoqchi bo'gan gapim, nasroniylarni davlatida yashasam ham ro'za kunlarida musulonlarga hurmati kuchligan o'qishlardan umuman shahar joylarda ashula qo'yishmiydi, nahotkiy uzbekiston musulmon davlat bo'b turib ham shunchalik-a bormasa?
Bitta gap bo'lardi, .. Biza musulmon masmiza, Lekin uzbekmiza...
ko'p eshitaman uzbekladan yuz yil ichida hali olim chiqmagan diyishadi.. bunaqa ketsa yuz yil tugul umuman olim chiqmiydiganga o'xshiydi.. to'risi bir tomonda Toshkentga yashamayotganimga hursand bo'ldim... Gapi ohirida, Agar shu ishlarni chet el davlatlarida bironta musulmon qilsa, manimcha tirik qomiydi (eronlikladan tashqari va no deffense)
 Ishqib qoyil qomadim Uzbekla!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Robiya 05 Sentyabr 2010, 05:08:41
:as:

BelleQizcha, bir soha vakili bilan butun xalq haqida absolyut fikr bildirmang... Nima bo'lgandayam, Siz ham O'zbeksiz! Buni inkor etolmaysiz...

ON: Har bir fikrning muqobili bor... Qaysi olim aytgani yodimda yo'q..
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: BelleQizcha 05 Sentyabr 2010, 09:24:10
Butun Halq haqida absulyut disizmi? nima  hohlismimi? shunaqa klipla Uzbekligizi represent qisa? masalan man hohlamiman,
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: UzMuslim 05 Sentyabr 2010, 15:34:00
Insonlar borki, muhabbatni havas va ehtiros bilan alishtiradilar. Muhabbat deb niyat izhor qiladilar, Sevgi deb hohish tushunadilar, Qalb deb so'z oshkor etadilar. Bir bechora esa unga ishonib, Muhabbatni, dilni, qalbni, sevgini qabul qiladi.
Qalb orosi bilan, hayosi bilan, pinhoni bilan go'zal. Oshkor bo'lgach, uning dog'lari ko'rinadi.

Muhabbatga yetishgan inson bu bahtga o'zi ishonmaydi va inkor etadi. Yangi Muhabbat qidiradi. Bu hol ko'pchilikda kuzatiladi. Ishonmaysizmi? Qalbingizda, sirlaringizga, yuragingizga, hayollaringizga bir erk beringda so'ng uni begona ko'z bilan taxrir qiling.

Muhabbatni qidirish emas, unga sazovor bo'lish kerak, unga intilish kerak, zero g'unchani sevgan uning gulbargi bilan qo'shib sevadi, zero uning mevasini ham seva olishiga ishonarmikin?

Bu Ham Oddiy Bir Haqiqat..
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: BelleQizcha 05 Sentyabr 2010, 18:49:08
Uzmuslim shu gapizga qo'shimcha:
 Sevgi yoshlaga o'yincho bo'b qogan, hamma narsani sevgi dib hisoblashadi, bu albatta kinola-yu serialar-u kilpilar-u ashularni zdachisi?
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2010, 19:01:05
:as:

Bugun Ramazonning oxirgi iftorligi.. :(

Yana bir yilgacha xayrlashib qolamiz..
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: BelleQizcha 13 Sentyabr 2010, 03:53:49
Hayiti ohirgi kuni, yaniy o'sha eski homon eski tos/
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Hadija 23 Sentyabr 2010, 16:45:08
sharoit taqazosi bilan o'z istaklaringga qarshi yashasang o'zligingni yo'qotib boraverar ekansan...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: JaviK 24 Sentyabr 2010, 01:14:28
Inson ba'zida oddiy haqiqatlarni tan olgisi kelmaydi.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: yoqutxon 24 Sentyabr 2010, 06:16:29
Hattoki 1 daqiqadan so'ng nima sodir bo'lishini Ollohdan o'zga hech kim bilmasligini bila turib, uzoq kelajagimiz haqida bir nimalarni  rejalashtirib tashlashimiz ham oddiy bir haqiqat.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: UzMuslim 25 Sentyabr 2010, 20:46:00
Boriga SHukur Qilmaymiz,Yana Yana Deyveramiz,Boridan Ajralib Esa,yana Afsus chekib O'tirishimiz HAm Oddiy Haqiqat..
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: JaviK 28 Sentyabr 2010, 16:35:06
So`nggi pushaymonlik.......
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: UzMuslim 29 Sentyabr 2010, 15:10:14
Ko'z Bilan O'sha Qilib Turgan Aybini KO'rmizda,Indamasdan O'tib Ketamiz..
Och Qornim Tinch Quog'im deb....
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Hadija 21 Oktyabr 2010, 12:40:20
Birovni birovga zor qilmasin! :( Biror bir odamga sal ishing tushsa tamom, o'zini olib qochadi, yoki mensimaslikni boshliydi!!!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Hadija 01 Noyabr 2010, 13:06:07
Odam o`z qilmishini oqlash uchun bir sababdan boshqa har qanday sababni topadi, o`z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o`z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat o`zining QO`RQOQligini o`ylamaydi.
Shou
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 12 Noyabr 2010, 14:58:03
So'zma-so'z esimda yo'qku shunday ma'noda gap bor edi:

Xitoyliklar dunyoni shapkasi bilan oladi!

...Bu ketishda O'zbeklar dunyoni mardikori bilan olsa kerakov...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Said 13 Noyabr 2010, 21:55:41
Birovning aybini va gunohini topishga ustamizu lekin o'zimizga kelganda ko'z yumamiz
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: UzMuslim 18 Noyabr 2010, 00:07:47
Mansabga Qarab muomila Qilamiz,Agar mansabdan Tushsa Tanimaganga Olamiz...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: JaviK 18 Noyabr 2010, 09:35:04
Kelmaydigon narsaga umid qilaveramiz....
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 18 Noyabr 2010, 18:57:45
Assalomu alaykum!

Odam tug'ilishi bilan yig'laydi, hayron qolarlisi dunyoda hamma chaqaloqlar bir xil yig'laydi.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 18 Noyabr 2010, 20:11:53
Assalomu alaykum!

Odam tug'ilishi bilan yig'laydi, hayron qolarlisi dunyoda hamma chaqaloqlar bir xil yig'laydi.
Assalomu alaykum!

Odam tug'ilishi bilan yig'laydi, hayron qolarlisi dunyoda hamma chaqaloqlar bir xil yig'laydi.
:vslm:
tug'ilgandan so'ng yig'lamasdan kulgan chaqaloqlar haqida ham eshitganmiz ( yanayam bilmadim ALLOH  J.J bilguvchi

Men umumiy qilib aytdim, bu deganim kulib tug'ilgan chaqaloqlar yuq deganim emas. Yig'lashga ulgurmagan chaqaloqlar ham bor. Aksaryat chaqaloqlar yig'lashadi, mening bilishimcha. Eng qizig'i butun dunyoda shunday. Bu ham oddiy haqiqatlardan biri degan ma'noda yozib qo'ygandim.

Yana ham siru sinoatigacha bilguvchi Ollohdir. Hammaning ilmini ziyoda qilsin,Ilohim!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: siddiqa 23 Noyabr 2010, 23:17:51
Assalomu alaykum!

 Aksaryat chaqaloqlar yig'lashadi, mening bilishimcha.

Ayrim chaqaloqlar yig'lamaydi ,lekin bu tibbiyot uchun hafli .shuning uchun ularni majburlab sekin shapatilab urib yig'latishadi .chunki ko'karib ketishi mumkin .Buni siri  ham har sohanining Aliymu hakimi bo'lgan Allohga ayon /.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Hadija 24 Noyabr 2010, 10:25:37
Камбағал бслганингда ҳам, бой бслганингда ҳам Қабристонга бор!

Ҳар бир жонинг борар жойи барибир қабир! Истаганда ҳам унутиб бслмайдиган ҳақиқат бу!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: yoqutxon 07 Dekabr 2010, 22:00:34
 :as:
Tushni eng qiziq joyiga kelganida uyg'onib ketishimiz ham oddiy haqiqat :D
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Ansora 08 Dekabr 2010, 17:31:56
Tush ko'rish, tush ko'ra olmaslik, debsizlar, to'g'ri.  Kechalari uxlay olmaydiganlar soni anchaligiyam oddiy haqiqat. Uxlash ham eng buyuk ne'matlardan biri, qadriga yetish kerak!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: BelleQizcha 09 Dekabr 2010, 03:38:18
Moshinamiz-yaponyaniki
Demokratsiyamiza-Greek
Koffemiza-Calombia
choyimiza-Xitoy
Soatimiza-shvetsariya(swiss)
Staylimiza-Fransiya
futbolkamiz-hindiston
oyoq kiyim-taywand
eyyyyy...
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Habib 09 Dekabr 2010, 10:25:25
Moshinamiz-yaponyaniki
Demokratsiyamiza-Greek
Koffemiza-Calombia
choyimiza-Xitoy
Soatimiza-shvetsariya(swiss)
Staylimiza-Fransiya
futbolkamiz-hindiston
oyoq kiyim-taywand

Bu siz yashayotgan joydami?

Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 07 Yanvar 2011, 19:48:47
Moshinamiz-yaponyaniki
Demokratsiyamiza-Greek
Koffemiza-Calombia
choyimiza-Xitoy
Soatimiza-shvetsariya(swiss)
Staylimiza-Fransiya
futbolkamiz-hindiston
oyoq kiyim-taywand

Bu siz yashayotgan joydami?



 :bsm:

Manimcha BelleQizcha biz yashayotgan joyni nazarda tutgan. BelleQizchaning shu gapiga yana bitta oddiy haqiqat. Siz aytayotgan narsalar haqiqatdan ham hozircha ularniki bulishi mumkin, ammo bir narsa hamisha bizniki bulib kelgan va hamisha bulib qoladi. Bu o'zbeklardagi g'urur, milliy g'urur.

O'zbekligimdan g'ururlanaman.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Lu`lu` 08 Yanvar 2011, 08:41:17
Качонлардир инсон тафаккури бош котирган айрим масалалар бугун жуда оддий хакикат булиб колди
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 10 Yanvar 2011, 15:16:24
 :bsm:

Oddiy haqiqatlardan yana biri-biz qo'rqoqmiz.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 10 Yanvar 2011, 15:55:38
 :bsm:

Oddiy haqiqat - biz qo'rqoqmiz. Kuchli iymon sohibini qo'rqmaslar safiga qo'shish mumkin. Bizlarni esa qo'rqoqlar safiga qo'shsa, men anglagan haqiqat bo'ladi.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Nurdinboy 11 Yanvar 2011, 10:22:01
Dexqon odam bozorga yetishtirgan ekinini pishirib sotgani olib kelsa bozordagi olib sotarlar arzon narxda so'raydilar. Dexqon ko'nmasa:
- Beravering aka, ha, dehqonsizku, - deydi.
Ha dehqon bo'lsa arzon berishi kerakmi? Dehqon dehqon, arzon bersa chayqovchi chayqovchiman, deb qimmat sotadilar.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Shokir 11 Yanvar 2011, 13:00:02
 :as:
Bismillahir-rohmanir-rohim

Imomi A'zam rahmatullohu alayh Hajda besh marta hato qildim degan ekan,beshovini ham bitta sartarosh tuzatkan ekan.Imomi A'zam r.a soch oldirgani keldi,sartaroshga necha pulga ob qo'yasiz dedi ? Sartarosh ey Imom savdolashilmaydi dedi,Imomi A'zam r.a hijolat bo'lib shunday o'tirudi ey Imom qiblaga qarab o'tirmaysizmi dedi,Imomi A'zam r.a hijolat bo'lib qiblaga qarab o'tirib chap tomonini sartaroshga tutganedi ey Imom o'ng tarafizni tuting dedi.Imomi A'zam r.a uch ta hato qib qo'ygach yana hato qib qo'ymay deb indamay o'tirgan edi sartarosh ey Imom  tasbeh aytib o'tiring dedi,sartarosh Imomi A'zam r.a ni sochi olib bo'lgach Imomi A'zam r.a shunday ketayotudi  ey Imomi  2 rakat namoz o'qib qo'ymaysizmi dedi,Sartarosh shu tariqa Imomi A'zam rahmatullohu alayhdek faqih insonni 5ta hatosini tuzatdi,chunki u sartarosh o'z hunarini shar'iy fihqini bilgan.

Biz o'z hunarimizni shar'riy fihqini bilamizmi ?...! bugunning odiy haqiqatlaridan biri shu .
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Lu`lu` 05 Fevral 2011, 22:31:02
:bsm:

Oddiy haqiqat - biz qo'rqoqmiz. Kuchli iymon sohibini qo'rqmaslar safiga qo'shish mumkin. Bizlarni esa qo'rqoqlar safiga qo'shsa, men anglagan haqiqat bo'ladi.

УЗИАИ ТААИШ ХАМ ХАКИКАТГА КИА АДИ.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 06 Fevral 2011, 01:54:41
 :bsm:

Oddiy haqiqat - yuvunmasalar kir buladilar. Notoza inson falokatga duchor buladi, har qadamida tuqishadi, bir kun kelib yotsa turolmaydigan bulib qoladi.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 09 Fevral 2011, 18:19:43
 :bsm:

Aksariyat chiroyli qizlar ahmoq buladilar.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: muxlisa 09 Fevral 2011, 19:09:15
Madaniyatning qay darajadaligi ayolga nisbatan munosabat bilan o'lchanadi.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 11 Fevral 2011, 04:08:32
 
:bsm:

Bitta oddiy haqiqatni sizlarga aytaymi? Unda eshiting.

Qorningiz ochsa, ovqatlanasiz. Sovqotsangiz kiyinasiz. Kasal bulsangiz davolanasiz.

Misol uchun: Bir kunda necha marta ovqatlanasiz? Ayrimlar bir mahal, ayrimlar ikki mahal, yana boshqalar uch mahal yoki undan ham kuproq kuniga ovqotlanadilar. Ovqatlanish ham bir ehtiyoj. Ovqatlanmasak bulmaydi, jon saqlash kerak albatta. Bu tananing ehtiyojlari, endi ruhning ehtiyojlariga kelsak. Ruhimiz ham biror narsaga ehtiyoj sezadimi? Ruhimiz ham chanqoqqa, ochlikka ehtiyoj sezarmikin? Menimcha sezadi, ammo tanamiz ehtiyoj sezgan narsalarga emas. Unda nimaga ehtiyoj sezadi? 

Keyingi paytda ruhimizni oziqlantirishni esdan chiqarib quydik.  Mana sizga oddiy haqiqat. Qulochingizga sig'ganicha oling, marhamat!

Faqat qorinni uylamay, ozgina tafakkur qilib kuring, zamondoshim.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: azizbek_mx 11 Fevral 2011, 07:35:17
Ruhning ehtiyoji namoz, tilovat, ibodat...

Shunday demoqchimisiz?
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Aziza_M 11 Fevral 2011, 07:40:46
Ruhning ehtiyoji namoz, tilovat, ibodat...

Shunday demoqchimisiz?

Orasiga taqvo va ilmmiyam qoshish keremidii...
Qanii taqsir Oziz bir maqoladan tashavorinchi, o'qib taskin bolardu.  :1
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: azizbek_mx 11 Fevral 2011, 07:55:03
Taqvo ham, ilm ham, umuman namozu tilovat ham ibodatga kirardi shekilli... Buni bilmasligimiz ham oddiy haqiqat
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: dust 11 Fevral 2011, 13:07:19
Madaniyatning qay darajadaligi ayolga nisbatan munosabat bilan o'lchanadi.

Ayollani hamasi madaniyatli bo'ladi diganimi endi bu  :5
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: azizbek_mx 11 Fevral 2011, 13:34:18
Yo'q unaqamas. Ayolga nisbatan munosabat deyilyapti. Ya'ni, siz ayollarga qanaqa munosabatasiz, shuni nazarda tutilgan. Vallohu a'lam
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: dust 11 Fevral 2011, 13:46:31
Yo'q unaqamas. Ayolga nisbatan munosabat deyilyapti. Ya'ni, siz ayollarga qanaqa munosabatasiz, shuni nazarda tutilgan. Vallohu a'lam

Befahm farosatsiz inson u ayolmi erkemi muomala munosabatiz qando bo'sayam o'z istagicha yo "o'z madaniyati" chegarasida chunadi shunichun shahssi madaniyatini ayni bir jinsga munosabatida o'lchanishi to'rimas dib o'yliman.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 11 Fevral 2011, 20:21:39
Ruhning ehtiyoji namoz, tilovat, ibodat...

Shunday demoqchimisiz?

 :bsm:

Ruhni oziqlantirish uzingizga havola. Avvalo taffakur.

Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Lu`lu` 15 Fevral 2011, 22:13:38
ИАСОА КИАФАСИДА ЮА ГАА ШАЙТОАЛАА ДАА ХАЗИА  БУЛИАГИЗ
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Akbarjоn 16 Fevral 2011, 01:19:07
Avtomat kalashnikov ning eng keng tarqalgan va mashhur modeli AK74 ning ichidan bittagina kichkina detalini olib qo'ysa avtomat yaroqsiz bo'lib qoladi, xech anrsa ota olmiydi
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Umidvor_Banda 16 Fevral 2011, 01:32:45
Ko'zga ilg'amaydigan xarakatlar:
Chumolilar bir biriga duch keganda salom aliksiz o'tishmas ekan.
Odamzot qanchalik balandga sakramasin, burga va kalamushga ( sakrashiga ) yetolmas ekan.
Kapalak bir kun yashab hamma ishga ulguradi-odam kamida 50 yil yashab dunyo yeg'ishga ulgurmasakan.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: As-Samarqandiy 16 Fevral 2011, 05:06:48
 :bsm:

Bugun mana shular haqida uylab qoldim:

Fikr. Fikr bildirish. Men fikr bildirishni bir binoga qiyos qildim.

Bino yasashimiz, qurishimiz uchun bizga qurilish materiallari kerak buladi. Har bir kishi ham bir xil bino ya'ni uy qura olmaydi. Hamma ham uz holiga qarab uy soladi. Kimdir ikki xonali, kimdir besh xonali, kimdir tomini yopa oladi yana kimdir yopolmaydi. Kimdir katta dang'illama, ammo sifatsiz, yana kimdir ixchamgina, ammo chidamli qilib quradi. Yana kimdir uy ham solmay, kapa qurib, bir umr ushanda yashab utadi. Xullas mana shu bino atrofida uralashadigan barcha kiboru bezaklardan tortib, loyshuvoqdan bulgan beshefer binolargacha, bir necha gap bilan ifodalagan fikrimizga qiyos olsak buladi.

Bir tugallagan fikr bildirish uchun bizga bir necha gap bulaklari (qurilmalari) - suz, yordamchi suz, bog'lovchi, yuklama v.h lar kerak buladi. Bu gap qurilmalarini qullash esa usha gap yasovchiga bog'liq. Uy yasovchi uzida bor qurilish materiallarini bilan binosi qursa, gap yasovchi ham uzida bor, shu kungacha uqib urganib egallagan gap qurilmalari , ya'ni suzlari bilan gap yasaydi.
Misol uchun: Binomiz uchun uchta sifatli material topsak, bittasi sifatsiz, yaroqsiz bulib chiqadi. Uni tuzatish uchun, yana bozorga borishimiz, kerak, fikr bildirmoqchi bulgan kishi esa kitobga murojat qilishi kerak. Olib kelgan materialimizdan mamnun bulib, sifatsizini urniga urnatib, mana endi mustahkam buldi deb turgan joyingizda, arzimagan joyidan bir murvati tushub ketadi, buzilmagan bulsa ham, aqllimiz yetmagani sababli ustasiga murojat qilishga majbur bulamiz. Fikr bildiruvchi ham, aqlli yetmagan joyida, zikr ahliga murojat qiladilar.
Biron bir kishi sifatli gap tuzib, tiniq fikr bildirishi qiyin. Gapimizda kamchilik buladi, yomon suzlar bulishi ham mumkin. Yomon deganda gapga munosib tushmagan, uz urnini topmagan demoqchiman. Biz tanlagan suz, notug'ri ma'no kasb etishi mumkin, hullas buyog'e usta kurmagan shogirdning ahvolida, birodar.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Lu`lu` 17 Fevral 2011, 07:09:02
ИАСОА УЗИДАГИ ХОЛАТАИ БИЛМАЙМАА ДЕЙИШЛИК Б-А АЛЛОХ АЗЗА ВА ЖАЛЛА ХУЗУА ИДА УЗИАИ ОКЛАЙ ОЛМАЙДИ.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Lu`lu` 26 Fevral 2011, 07:48:29
Баъзида ёмонни саломидан, насихатчининг калтаги афзал булиб коларкан  ::)
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Husniddin00 17 Mart 2011, 10:25:19
juda chiroyli so`zlar raxmat sizga kapalak xarakat qilamiz
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: BelleQizcha 17 Mart 2011, 17:38:02
keraksiz, bemani sabablar uchun ham insonlar o'sar tusarini bilmay qolarkan.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Elcom 19 Iyul 2011, 16:05:41
MisoL: O`zbekistonda  1  soat  InterNet ishlamay  qolsa ,  qancha  odamlar , tashkilotlar  zarar  ko`radi 
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Yusuf 19 Iyul 2011, 16:24:44
Bugungi kunda ko'chaga chiqqan inson o'zi hohlamasada gunoh qilishga majbur bo'lmoqda.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Secret 30 Iyul 2011, 07:09:32
   
     Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida, bir tabibning havonchada dori maydalayotganini ko‘rib:
    -Behad gunohkorman, - debdilar, - shu kasalimga qarshi doring bormi?
   -Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi.
   -Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko‘proq tanovvul qil. Ko‘rasan xastaligingdan asar ham qolmaydi.
    Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar:
    -Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne tabiblaring bor!!! 

  Amalda qilish lozim bo'lgan ODDIY HAQIQAT!!!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Муслимшухрат 30 Iyul 2011, 12:46:08
 Shu bajarilishi lozim bölgan oddiy haqiqat shunchalar og'irki ancha muncha mana man erkakman deganlarni böynini past qildi,bir qancha zaifalarni esa tojur rijol darajasiga kòtardi.

Alloh barchamizga shu og'irlikni osonlik bilan bajarishni nasib qilsin .Amiin !!!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muhammad Yusuf 06 Avgust 2011, 17:31:16
Biror ishni qilayotganizda yaqin insonlarizda biri yoki begona inson kuzatayotgan bo'lsa, xato qilib qo'ymaslikka nojo'ya harakat qilib uyalib qolmaslikka harakat qilamiz. Lekin, yolg'iz bo'lsakchi. . .
Olloh bizlarni hamisha ko'rib turganini chin qalbdan his eta olmaymiz. Insonlar oldida qilishga uyalgan ishlarimizni, aytishga uyalgan gaplarimizni yolg'iz qolganimizda bemalol qilamiz va gapiramiz, nega?!
X. Hamidov aytganidek:
Amallar bekor, ilmlar befoyda
Ollohni qalb chindan tanimaguncha !
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Secret 18 Avgust 2011, 16:39:42

                                                            Cho’ldagi tashvish

Sahiy bir kuni cho’lning o’rtasida yotgan chalajon kishini uchratib qolibdi. U "œSuv" deb ingrar emish. Shunda sahiy tuyasidan tushib meshidagi suvni unga beribdi.
     
  Shunda yotgan kishi suvni ichar — ichmas sahiyni bir urib meshini olibdi va tuyasiga minib qocha boshlabdi. Sahiy esa "œTo’xta! Bu qilgan ishingni odamlarga ayta ko’rma", deb baqiribdi. Uning so’zlarini eshitgan muttaham tuyani to’xtatib, "œO’zing —ku bor budingdan ayrilding. Yana nega bunday deyapsan" deb so’rabdi. "œAgar odamlar eshitsalar birovga yaxshilik qilmay qo’yishadi.", deb javob beribdi sahovatli kishi.
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Foniy 12 Sentyabr 2011, 10:21:52
 :asl3:
Garchi vaqtinchalik, o`tkinchi ne'matlardan biri bo`lsa-da, mansab ba'zi toifa odamlarni butunlay o`zgartirib yuborish xususiyatiga ega...
Nom: TA'TIL NIMA UCHUN? DARS qilish uchun :)
Yuborildi: Mahdiyah 10 Yanvar 2012, 09:13:22
Qiziq xolatda...

Maktabda ham kollejda ham... yozdaku 3 oy ta'til, qishda 10 kungina shundayam
O'qituvchini gapi "Ta'tilda bekor yurmela, o'tgan darslani qaytarib turila... 256 betdan 266 betgacha bogan misollaniyam ishlab kelasla!"
"Yozgi ta'til qanday o'tdi?" degan mavzuda insho yozib kelasizlar...  :D
yana minnimalar...

Chet elda yashidigan tanishimni gapi: "Bizda ish, o'qish kunlaridan ta'til ko'prog'ey, shuning uchunmi odamlar o'qish bn ishini sog'inib qoladi. O'qishga borishi majburligidanmas, o'qigisi kelganidan boradi"  :)
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Solihatun 10 Yanvar 2012, 09:58:31

Yuqorida yozilgan fikrga qo'shilaman. Mana qishki ta'til tugayapti. Bilsangiz fanlarning barchasidan mustaqil ish(referat, doklad, retsept, prezentatsiya, tablitsalar) va yodlash uchun OB( testlar) berishdi ustozlarimiz. Nima uchun deysizmi? Ta'til vaqti bo'sh qolmasligi uchun. O'zimga rahmim keladi. Afsuslanaman ba'zan shu oliygohni tanlaganimga. Sabablari esa juda ko'p. Umrimning 10 yili shu yerda o'tib ketadi. Shu yerda o'qimaganimda edi yaqinlarim bilan birga dunyo kezib, birga yashash imkoniyatimdan mahrum bo'lmas edim. Yaqin do'stim bilan birga bir oliygohni talabasi bo'lishni va bir guruhda ilm olishni orzu qilardim. Keyinchalik bunga ham ulgurishim mumkin edi. Ko'nglimdagi mashg'ulotlarimga qatnashish imkoniyatim bo'lar edi. Lekin endi kech, bu gaplar befoyda. Shunday bo'lsa ham ichimdagilarni to'kib soldim-da. Bo'g'ilib turibman, dars boshlanadi ertadan. Avval oraliqlar, keyin yakuniy baholashlar. Qaysi darsga kirmang ustozdan eshitadigan birinchi gap- ta'tilda nima qildilaring dars qilmay? 11 kun a..
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: azizbek_mx 10 Yanvar 2012, 12:27:46
unaqada öqishga kirmay qöya qolay, a? :)
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Solihatun 10 Yanvar 2012, 12:55:36
unaqada öqishga kirmay qöya qolay, a? :)

Tanlagan sohangiz o'zingizga yoqsa, darsingiz 8 da boshlanib 4:30da tugamasa, ustozlaringiz hatto o'qigandan ham *** talab qilmasa meni yozganlarim muhim emas. O'qish kerak. O'qing. Siz tanlagan soha biznikichalik qiyin emas.. Ishoning:)
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 11 Iyul 2012, 03:49:53
Tug'ruqxonada hamma lol  :o
Bir ayol farzandini dunyoga keltirib, shu yerning o'zida farzandidan voz kechibdi.
Hammani og'zida shu gap...
Keyin bilsak qiz hali turmushga chiqmagan... viloyatdan kelib Toshkentdagi oliy o'quv yurtida 2 kursda taxsil olarkan...

Shunaqa qilib OLIY MA'LUMOTLI bo'lgandan ko'ra...
Xor qilgan zor bo'ladi!
Lekin eng katta xorlik bu farzandga zorlik!

Dunyoga yig'lab kelgan bu go'dakning umri yig'lash bn o'tmasin ishqilib...
Xarom ishni qilganlar boshqa-yu, "xaromi"san degan tandex bn katta bo'lmasin ishqilib...
ENG ASOSIYSI vaqti kelib o'zi ham onasi, YO'Q ONASI EMAS TUQQANI qilgan ishni QILMASIN!
Nom: Re: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Хадича 20 Sentyabr 2012, 10:14:53
Ko'proq odamlarni kuzatishni yoqtiraman,aralashib yurgandan ko'ra,eshitaman,ko'raman... Shuni kuzatdimki,shuni bildimki, inson kimni gapirsa,kimni g'iybat qilsa,yomon ko'rsa ,shu narsa bir kun o'ziga qaytadi.... Alloh bir nimani sabab etib,shuni o'zini hayotida mavjud etib qo'yarkan. Darhaqiqat, Alloh eng adolatli zot...
Bir kelin erini akasini yomon ko'rardi...garchi,ichida saqlasa ham hammasini... Qiz tug'di... Uchinchi farzandi... Shu qiz xuddi quyib qo'yganday o'sha yomon ko'rgan qaynakasiga o'xshadi...ko'rganlar " Vay,xuddi Fazliddinga o'xshiydiyaaa"... Kelin xijolat bo'lar edi bu gaplardan...

Yana bir kelin mahallada bir maymoq bolani yoqtirmasdi... "shuni yurishi hech yoqmaydida,to'g'ri yursa bo'lmasmikan"
Yillar o'tib o'g'illik bo'ldi,o'g'li xuddi shunday yuradigan bo'ldi. Ming marotaba urushib,tanbeh berib ham o'zgartirolmadi... O'g'il: " O'zim shunaqa tug'ilgan bo'lsam,shunaqa yursam nima qilay" dedi... :(

Bir ayol o'zi katta hovlida yashashar edi. 3 xonalik tor uyda yashaydigan oilani gapirgan edi... " Tor uyda shuncha odam yashaydi. Meni yuragim siqilib ketadi..."
Yillar o'tib bittayu bitta qizi xuddi shunday 3 xonalik uyga kelin bo'ldi... Xonalari ham xuddi shunday...ajabo...

Misollar ko'p... Inson o'zi bilmay qolarkan goho hayotida uchrayotgan,kelayotgan nasibalariga,risqiga qaysidur ma'noda o'zi ham sababchi bo'layotganini... Ko'ngil pokligiga hech nima yetmas ekan...
Bular ham ko'zimizga ko'rinmas, e'tiborimizda ko'p hollarda chetda qolayotgan  oddiy haqiqatlar...

Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Mahdiyah 28 Yanvar 2013, 15:17:27

Inson boshiga qiyinchiliklar tushganida, yoki qiyin bir vaziyatda yashayotganida negadir bu narsa butun umr davom etadigandek tuyiladi...
Shu bn insonda noshukurlik, sabrsizlik paydo bo'ladi.
Aql yritilsa... o'zidanda qiyinroq axvolda qolganlar ham bu dunyoda talaygina ekanligini yodga olish, anglash bilan inson bu sabrizlik, noshukurlikni to'htatib qo'yishi mumkin.

"Hali shunday kunlar keladiki, bugungi kunimizni kulib-kulib eslaymiz..." InshaAlloh.

Alloh aql atalmish ne'matni berganiga qanchalar shukrona keltirsak shuncha oz!
Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muxsiya 28 Fevral 2013, 17:24:04
Qaytar dunyo
 Kunlardan bir kun ishxonaga yangi xodim keldi. U avval yuqori organda ishlab hozirda nafaqada ekan va bizga ishga kelibdi. Kelgan kunidanoq hech kimni mensimas(hatto rahbarniyam) o'zini hammadan ustun qo'yar edi. yoniga ish bilan kirgan odamlarni jerkib, mensimay hatto vazifasi bo'lsa ham bajarmas edi. Ishxonamizda rahbar har doim bizning xonamizni maqtar eng shinam va ozoda xona deb aytardi. chunki xonamizni o'zimizning 2-uyimiz bilib ishga kelib avvalo xonani tartiblar tozalab(garchi farroshlar tozalagan bo'lsa ham) keyin ishni boshlardik. Nima bo'ldiyu o'sha yuqori tashkilotda ishlagan odam bizning xonamizga ko'z tikdi. Rahbarni qanday ko'ndirdi bilmayman har qalay biz boshqa xonaga ko'chishga majbur bo'ldik. Bundan judayam achchiqlandim chunki yangi xona tor bo'lib aksariyat jihozlarimiz avvalgi xonada qolib ketdiva bir odam kompda ishlayotganda ikkinchisi o'tirib kutish kerak edi. Yangi xonani artib narsalarimizni joylar ekanman judayam jahlim chiqdi kelganiga bir oy bo'lmagan xodim bizni sarson qilganiga. oradan hech qancha vaqt o'tmadi, yangi xodimni qanchalik bizni xonamizda ishlagisi kelmasin, buyurmagan ekan. Uni o'sh o'zi ishlagan yuqori organ odamlari o'sha xonadan kishanlab "olib ketishdi" hozir hammasi iziga tushib ketgan lekin baribir har safar shu voqea esimga tushsa bu dunyoning qaytar dunyo ekanligini yana bir bor yodga olaman.
Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 11 Mart 2013, 01:51:05

Inson oziq ovqatlarsiz 2- oy yashar olar ekan.
Oziq ovqatlar bilan tahminan 80- yil...

Inson suvsiz uch kun yashay oladi ekan.
Suv bilan tahminan 80 yil...

Inson havosiz bir necha daqiqa yashay oladi ekan.
Havo bilan tahminan 80 yil....

Inson Allohsiz 80 yil yashay oladi ekan
Alloh bilan esa abadiy....!
Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muxsiya 11 Mart 2013, 09:06:24
yuqoridagi fikrlarga qo'shimcha qilmoqchiman
Ona bolasidan har daqiqa havotir olib, bolasi haqida qayg'uradi
Bola esa onasini Aqalli bir kunda bir marta ham eslamasligi mumkin
Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muxsiya 11 Mart 2013, 09:17:07
jiringlayotgan paytida telefondan uzoqroqda bo'lsangiz telefon yoniga yetib borishingiz bilan chaqiruv to'xtaydi
Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muxsiya 11 Mart 2013, 09:20:15
to'liq ko'rolmagan serialingizni takror namoyishidayam aynan kecha ko'rgan joyingizdan boshlab ko'rasiz
Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 13 Mart 2013, 00:11:17
Quyosh sistemasini Kim yaratgan bo'lsa, pashshani qornidagi ovqat hazm qilishni sistemasini ham U yaratgan.
Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 16 Mart 2013, 09:35:47
Hali qiyomatda SubhanAlloh degan so'zni ham savobiga zor bo'lamiz
Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 27 Mart 2013, 09:01:07
Alloh qarab turibdi menga
Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muxsiya 08 May 2013, 11:01:03
insonga doim nimadir yetishmaydi
Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: NANO 08 May 2013, 17:50:43
Ovqat yetishmaydi
Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: Muxsiya 10 May 2013, 11:31:03
qorniz ochdimi diman pazanda sahifasiga o'ting ajoyib taomlar sizga muntazir
Nom: Javob: ODDIY HAQIQATLAR...
Yuborildi: x.fazl 03 Dekabr 2015, 15:28:49
Ba'zan uzoqlashish kerak yaqinlashish uchun.
Ba'zan xotiralamoq kerak,xotiralanish uchun.
Ba'zan yig'lamoq kerak yengil tortish uchun.
Ba'zan eslamoq kerak eslanish uchun.
Ba'zan jim turmoq kerak eshitish uchun.
Shams Tebriziy