forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Mahdiyah 09 Noyabr 2009, 06:19:32

Nom: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Mahdiyah 09 Noyabr 2009, 06:19:32
Assalamu alaykum! Bu mavzuni anchadan beri ochaman dib yurardim.
Bugunga nasib qilgan ekan.

Ko'pimiz ko'cha kuyda guvohi bo'lamiz...
Kimdur kimnidur so'kkan, kimdur avtobusda baqirib kulgan, kimdur tel.da hammani o'ziga qaratib gaplashayotgan yana kimdur birov bn ishi yo'q bilganini bajaraveradi ko'chada...

Bunday insonlarni ko'rganda odam birinchi navbatda nafratlanib ketadi.
"Farosatinga o't tushsin", "Tarbiya bergan ota-onangga..." deyishadi odamlar.

Bu ham jamiyatdagi muammolardan biri.
Din doirasidan gapirmaylik (bo'masa ko'pchilik dindan bezib ketganmi, 1 hadisni aytsez ensasi qotadi, nafsi ko'tarolmaydida),
shunchaki insoniy madaniyat har bir insonda bo'lishi kerakmasmi?
Bog'chada, maktabda va ayniqsa uyda bizga o'rgatib kelishadiku:
ko'cha kuyda o'zimizni tutishimiz, ovqatlanish madaniyati, so'zlashish madaniyati, insonlarni hurmat qilish...

Lekin oxirgi payt shu "FAROSAT" ko'chasini aylanib o'tayotganlar jamiyatda ko'paymoqda.
Kecha bir xolatning guvohi bo'ldim.
Bekatga ketayotgandim CHORSUda bir bola shunaqangi qattiq kuldiki sherigini gapiga yonida ketayotgan ayollar qo'rqib ketishdi.
Keyin undan qattiq hammani o'ziga qaratib kuldi.
Haligi ayollardan biri "Vayey namuncha sal sekinroq" diganidi gap ham tayyor: "Ha nima qipti? Kulvommande" didiyu sani gapin... dib kulishda davom etdi.
"FAROSAT" ko'chasi qattaligini ko'rsatib qo'yish kere bunaqa insonlarga.

Ana tarbiya ana FAROSAT.
Hammasi nimadan kelib chiqadi:
vaqtida ota-onaga quloq solmaslik (agar ota onasi vaqtida o'rgatgan bo'lsa lbatta),
boshqalar gapini gap o'rnida ko'rmaslik;
faqat o'zini haq deb bilish;
o'zini katta tutish;...

forumdoshlar silayam fikrilani bildirilar...
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: lolo 09 Noyabr 2009, 07:59:55
Assalamu alaykum!

Boshqa bir forumda ham shunga o'xshash mavzu ochilganidi (nomi ''Befarosatlar'' edi shekli). U yerda ham shu kabi ko'chadagi har xil gaplar tashib opkelinayotgan edi. Keyin man: ''Ba'zi befarosatlar bu kabi forumlarda ilm va ziyo ulashish o'rniga ko'chadagi gaplarni opkelib forumchilarni ham g'iybat qilishalriga majbur qiladilar..." deganimdan keyn o'sha mavzu yopilib ketganidi!

Rostdan ham, ularni qusurlarini taftish qilishdan bizga nima manfaat? Ularni bu kabi ishlarini sanab o'tiradigan bo'lsak umimiz o'tib ketganini ham sezmay qolamiz. Undan ko'ra chiroyli fazilatlarni o'rganib, o'rgatib borsak to'g'riroq emasmi? Yoki birontamiz batamom ulug' fazilatlaru go'zal hulqlarga ega bo'lib bo'lganmizmi???

Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Mahdiyah 10 Noyabr 2009, 05:20:56
Hech kim bu yerda g'iybat qilayotgani yo'q.
G'iybat agar sahxs ismi yo kimligi aytilgan bo'sa o'shanda g'iybat hisoblanadi.

Ko'chadigi gapni forumga tashivotganimizga sabab esa, ko'chada ko'p shunaqa xollarga guvoh bo'lamiz, bu bilan man ulardan ibrat olishni nazarda tutvomman.

Albatta hech kim mukammal fazilatga ega emas.

Shunaqa insonlarni ko'rib nimaga birortamiz indamimiz?
Shu haqida o'ylaganmisiz birortangiz.
Marshrutkada og'zidan boda kirib shoda chiqadiganga "O' Farosat qiroli bu yerda katta kichik bor og'zinga erk berma" dimimiz?

Muammolar ularni orqaga tashlash, yoki ularni muhokama qilish bilan yechilmidi albatta.
Lekin mana shu mavzuni ochishimdan maqsad bir xatolikni ko'rdikmi tanbeh berishlikni ham bilaylik.

Bilganingni qil, dib ketaversak kim ularni ogohlantiradi.
Bu ogohlik birinchi navbatda kimga kere?
Albatta o'zlariga.
Bo'masa ertaga 40 yoshgayam chiqib odamni odam o'rnida ko'rmi "Man bo'tta shefman", "San kim bilan gaplashvossan", "San o'zi kimsan" kabi gaplarni qistiradilar.
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2009, 07:54:16
Assalamu alaykum!

Boshqa bir forumda ham shunga o'xshash mavzu ochilganidi (nomi ''Befarosatlar'' edi shekli). U yerda ham shu kabi ko'chadagi har xil gaplar tashib opkelinayotgan edi. Keyin man: ''Ba'zi befarosatlar bu kabi forumlarda ilm va ziyo ulashish o'rniga ko'chadagi gaplarni opkelib forumchilarni ham g'iybat qilishalriga majbur qiladilar..." deganimdan keyn o'sha mavzu yopilib ketganidi!

Rostdan ham, ularni qusurlarini taftish qilishdan bizga nima manfaat? Ularni bu kabi ishlarini sanab o'tiradigan bo'lsak umimiz o'tib ketganini ham sezmay qolamiz. Undan ko'ra chiroyli fazilatlarni o'rganib, o'rgatib borsak to'g'riroq emasmi? Yoki birontamiz batamom ulug' fazilatlaru go'zal hulqlarga ega bo'lib bo'lganmizmi???

Aytmoqchisizki biz ko'chada nimani ko'rsak unga e'tibor qilmay o'tib ketaverishimiz kerak shunaqami? Unda kim bu xatolarni to'g'irlaydi. Siz qilmasangiz biz qilmasak kim qiladi kim xatolarni tuzatadi. Jamiyat hayotidagi kamchilliklarni bartaraf etish uchun biz harakat qilishimiz kerak. Har bitta xatoni to'g'irlash uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak. E'tiborsizlik, beparvolik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ilm olishimiz bilan birga buni tadbiq qilishni ham boshqalarga o'rgatishni ham shu bilan birga FAROSATni ham o'rgatishimiz talab etiladi bizdan . . .
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Mahdiyah 11 Noyabr 2009, 06:03:11
Poliklinika yoki biror davlat ishxonasi...
Hamma navbat kutmoqda... Kattayu-kichik...

Bir o'zini "MARD" man digani keldida bezrayib eshikni ochib kirib ketdi...
gapirgani gapirib haqqini talab qildi... (ko'pincha bu narsa rus millatiga mansub ayollarda ko'rinadi)
aksariyat xollarda esa indamay turivarishadi...

Haligi mard ishini bitirdiyu chiqib ketdi...
chunki u FAROSAT "ko'chasi"ni aylanib o'tadigan "mardlardan"da...

P.S. loloxon bu g'iybat emas.
Oldindan etib qo'yvomman.
Bu bir misol xolos, ibrat olish yoki undan boshqacha xulosa chiqarish hammani o'ziga havola
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: lolo 11 Noyabr 2009, 07:26:12
Mahdiyah, shu oxirgi postiz mani o'ylantirib qo'ydi, mani oyim poliklinikada ishlaydila. Ish bn birro'ga kirgan paytlarm ko'p bo'ladi. Navbatda turganla man kirayotganmda anqayib turishadi..
O'zi bu kabi navbat kutib turiladigan boshqa joyladayam bir boshqa ish bn 1 minutga kirib chiqayotganla ko'p bo'ladi.
Siz o'sha navbatsiz o'tayotgan birontasidan so'raganmisiz qaysi maqsadda kirmoqchiligini?
Ruslar deb, yo'q aynan rusla juda tartibli hisoblanadi va navbatga turishni yaxshi ko'rishadi. Shifoxonalarda esa odatda raxbarlar ruslarni tashkil etadi va oq halatsiz ham yuraverishadi. Hodimlarini oldigayam tez-tez kirib tekshiradigan bo'lishadi (bizni o'zbek raxbarlarga o'xshab stuliga yopishvalib hodimini o'zini oldiga kirishiga majburlamaydi).
Navbatda o'tirib zerikkanidan bo'mag'ur hulosalar chiqarib o'tirish oson.
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Munira xonim 11 Noyabr 2009, 07:33:56
Assalamu alaykum.
Odobni beodobdan o'rgan, degan maqol bor.
Haqiqatan juda chiroyli gap. Beodoblar qilayotgan, kishilarni nafratiga loyiq bo'layotgan ishlarni ko'rganda, shunga yarasha xulosa chiqarib, shunday beodobchilikka o'z hayotida yo'l qo'ymaslikka yoki farzandlariga tarbiya beryaotganda shu narsalarga ahamiyat berishda foydalanish har bir aql egasini ishi.
Rasululloh SAV:"Go'zal xulq Dinni yarmidir" deganlar. Demak, xoh ko'cha bo'lsin, xoh ishxona bo'lsin yoki net olami bo'lsin, shu narsaga amal qilib kishilarga muomala qilish yoki har bir harakatida, o'zini tutishida shu narsani ko'rsata bilishi haqiqiy mo'minning ishidir.
Alloh barchamizni  Rasuli Akram SAV va u zotning ashoblarining xulqlaridan o'rnak oladigan va u zotlarga ergashadigan buyuk Iymon bersin. Amiyn.
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Munira xonim 11 Noyabr 2009, 07:46:51
Mahdiyah, shu oxirgi postiz mani o'ylantirib qo'ydi, mani oyim poliklinikada ishlaydila. Ish bn birro'ga kirgan paytlarm ko'p bo'ladi. Navbatda turganla man kirayotganmda anqayib turishadi..
O'zi bu kabi navbat kutib turiladigan boshqa joyladayam bir boshqa ish bn 1 minutga kirib chiqayotganla ko'p bo'ladi.
Siz o'sha navbatsiz o'tayotgan birontasidan so'raganmisiz qaysi maqsadda kirmoqchiligini?
Ruslar deb, yo'q aynan rusla juda tartibli hisoblanadi va navbatga turishni yaxshi ko'rishadi. Shifoxonalarda esa odatda raxbarlar ruslarni tashkil etadi va oq halatsiz ham yuraverishadi. Hodimlarini oldigayam tez-tez kirib tekshiradigan bo'lishadi (bizni o'zbek raxbarlarga o'xshab stuliga yopishvalib hodimini o'zini oldiga kirishiga majburlamaydi).
Navbatda o'tirib zerikkanidan bo'mag'ur hulosalar chiqarib o'tirish oson.

lolo, siz Mahdiyahni gaplarini noto'g'ri tushunibsiz. U kishi aytgan holatlarga hamma ham guvoh bo'lgan.Ruslar deganda, ruslar shunday ish qiladi demaganlar, ular ko'proq haq huquqlarini talab qilib, shunday kishilarga qarshilik qiladilar, degan ma'noda gapirganlar. O'zbeklar esa ko'p holatlarda jim turishadi. Buni hamma biladi.
Chunki o'zbek xalqi hamma holatda ham murosa qilgisi keladi. Alloh O'zi tavfiq bersin.
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: lolo 11 Noyabr 2009, 21:24:22
Assalamu alaikoum!
Bu mavzuga solih salaflarimizning go'zal hulqlaridan na'munalarni qo'ysak o'rinli bo'ladi. Xatto mavzu nomiga ham munosib bo'ladi. Haqiqatdan ham, farosatni ulardan o'rganmay, kimdan o'rganamiz? Shu farosatku ularni shu darajaga olib chiqqan! Hozirgi zamonamizda ko'chada yurgan befarosatlarning ishini sanaydigan bo'lsak ham dilimiz hufton bo'ladi, ham vaqtni befoyda ish bn o'tkazgan bo'lamiz va hokazo. Bundan tashqari bu sanab o'tirishlikda hech qanday hikmat ham yo'q. Qani biron kitobni (yoki ma'lumotni) bilamizmi qaysidur zamondagi barcha noloyiq ishlar birma-bir sanab chiqilgani? Solihlarimiz shunday ishlar bilan band bo'lishganmi? Jamiyatdagi har bir illatni nomma-nom sanab, yig'ib, yozib olib yurishganmi, "Chora ko'ramiz!" degan bahona bilan?! Yo'q!
Hamma zamonda ham ko'chada tarbiyasiz, badhulq insonlar mavjud bo'lgan. Lekin solihlarimiz o'zlarining ustilaridagina ishlashgan, va atrofdagilari uchun ulug' na'muna bb kelishgan.
Yana bir gap, o'sha ko'chadagi tarbiyasiz odamlarga biron nima deganimizda bir marta bo'sayam "hop bo'ladi" deyishganmi? Yo'q, aksincha, bolxonador gaplarnigina eshitib olasiz. Eng yomoni esa, ulardagi yomon sifatlar o'zlarida yanada qattiqroq mustahkamlanib qolishidir. Ularning g'ururi hech qachon begona odamning tanbehini ko'tara olmaydi. Va natijada tanbeh beruvchiga nisbatan nafrati paydo bo'ladi. Tembole ro'molda ekansiz, u jamiki ro'mollilarga nisbatan adovatli bb qoladi.
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Muslimа 12 Noyabr 2009, 00:46:00
Ruslar deganda, ruslar shunday ish qiladi demaganlar, ular ko'proq haq huquqlarini talab qilib, shunday kishilarga qarshilik qiladilar, degan ma'noda gapirganlar. O'zbeklar esa ko'p holatlarda jim turishadi. Buni hamma biladi.
Chunki o'zbek xalqi hamma holatda ham murosa qilgisi keladi.

 :as:
    Bir domlani ma'ruzalarida eshitgandim: "Bizni odamlar shunaqada, biror ma'siyatni, yomonlikni, nohaqlikni ko'rsa ham "Ke, QO'Y ortiqcha gapirib nima qilaman?", "Ke QO'Ygin, o'zimga dushman orttirmi..." deydi. Biz QO'Y miz birodarla, shunaqa dib o'tirganimiz uchun!" digandila.
    Agar hamma narsaga ko'z yumib, u baribir tushunmaydi, qabul qilmaydi dib ketaversak, o'sha tushunmaganlarga kim tushuntiradi? Ahir bizni birodarlik vazifamizku, birodarlarimizni haqdan adashmasliklari uchun ko'makdosh bo'lish, bu albatta ularning ham vazifasi bizga to'gri yo'lni ko'rsatish. Mo'min birodarla bir biriga ko'zgu, oyna diyilmagandur bejiz?
    Hikoyat eshitgandim (domlani ismlari esimda yo'q, ma'ruzadan). Bir qishloqda ma'siyat juda avj olib ketibdi. Allah taolo O'z farishtasiga buyuruq berib shu qishloqni yo'q qilishini amr qilibdi. Farishta vazifani bajarish uchun yerga, qishloqqa tushsa bitta odam tinmay duo qilib, tasbeh aytar, Allahga har ishda taqvo qilar ekan. Farishta qayta osmonga ko'tarilib Allah taologa: "Bu qishloqda bir bandang bor ekan, o'ta taqvodor, dindor ekan, shunda ham buyrug'ingni ado etaveraymi?" deganida, Allah subhanahu va taolo "Birinch o'shandan boshlaysan!" degan ekan. Chunki u o'zini taqvosi bilan mashg'ul bo'lib, atrofidagilarga o'rgatmagan, nima ma'siyatu, nima mumkinligi haqida ularga aytmagan. Faqat o'zini ishi bilan mashg'ul bo'lib qolgani uchun. 
     Haqiqatda, muammolar ko'p, lekin ularga ko'z yumib ketish yaxshimas. Bittasiga aytganda tushunmasa, inshaAllah boshqasi tushunib qolishi mumkin, har qalay birodarlik vazifasini bajarib qo'yamiz. Allah barcha hayrli ishlada mo'min va mo'minalarga jasoratni ato qilsin!
   
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Mahdiyah 12 Noyabr 2009, 04:34:54
Ibrat u xoh rus bo'lsin, xoh kichik, xoh katta hammadan olinaveradi.
Bunaqa ishlarda "U rus, uni gapi bizga to'g'ri kelmaydi" dgan fikrlar noo'rin manimcha.

lolo aytganlaridek, shunchaki birrovga boshqa ish bilan kirayotganlar ko'p bo'ladi.
Odamlar ularga ham hayqirib qaradilar. Nimaga?
Chunki 1-2 farosatsizni dib hammani shunaqa dib tushunilib qolgan.

Manda ham lolodek xolat bo'lgan.
Man ham bir tanish doktorimni yoniga boshqa ish bilan borgandim.
Navbat 3-4 kishidan iborat edi.
Man ularni ogohlantirib, ya'ni shifokorga emas boshqa ish bilan kelganimni, doktor tanishimligini tushuntirib kn ichkariga kirgandim.

Rasululloh  :sw: ko'chada bir ayollari bn nimadur sabab gaplashib qoladilar.
Shunda yonlaridan 2 sahoba salom berib o'tib ketadi.
Rasululloh  :sw: haligi 2 sahobani chaqirib: "Bu palonchining qizi (ya'ni ayollari ekaniga ishora qiladilar)"
Shunda haligi sahobalar: "Yo Rasululloh! Sizdan gumonda bo'lamizmi?" dib hijolat bo'ladilar.
Shunda Rasululloh  :sw:: "Hammaning qonida shayton bor, yomon gumonga bormasligingiz uchun aytdim" didilar.

Man bu mavzuni ochib bitta-bitta kamchiliklarni sanab statistika tuzmoqchi emasman!
Shunchaki misol o'rnida etib o'tdim.
Bu mavzuda lolo siz aytganlaridek payg'ambarimiz, sahobalar, salaflarning hayotidan go'zal na'munalarni joylasak maqsadga muvofiq albatta.

Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: lolo 12 Noyabr 2009, 04:45:06
Bir domlani ma'ruzalarida eshitgandim: "Bizni odamlar shunaqada, biror ma'siyatni, yomonlikni, nohaqlikni ko'rsa ham "Ke, QO'Y ortiqcha gapirib nima qilaman?", "Ke QO'Ygin, o'zimga dushman orttirmi..." deydi. Biz QO'Y miz birodarla, shunaqa dib o'tirganimiz uchun!" digandila.
Ha, raxmatli Abug'aniy qorini gaplaridan edi bu.

Darhaqiqat, "Mo'min birodarla bir biriga ko'zgu" va "Bittasiga aytganda tushunmasa, inshaAllah boshqasi tushunib qolishi mumkin, har qalay birodarlik vazifasini bajarib qo'yamiz". Buni kim xohlasa istaganicha qilaverishi mn, bu yerga ko'tarib kelishlik esa yarashadigan ish emas.

Bu mavzuda lolo siz aytganlaridek payg'ambarimiz, sahobalar, salaflarning hayotidan go'zal na'munalarni joylasak maqsadga muvofiq albatta.

Solihlarimizning hulqlaridan na'munalar keltiraylik:

Абу Усмондан ривост қилинишича, у киши бир куни ксчадан стиб кетаётсалар, устиларига катта бир идишда кул ташлаб юборишди. У киши отларидан тушдилар ва шукр саждасини қилдилар. Сснг кийимларидан кулни қоқа бошладилар ва ҳеч нима демадилар.
У кишига «Уларни хақорат қилиб қсймадингизми?» дейишди.
У киши: «Албатта оловга хақли бслган кишига кул билан сулҳ тузилса, унинг ғазаб килиши жоиз бслмайди» дедилар.
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: lolo 12 Noyabr 2009, 04:49:13
* * *
Айтишларича, Увайс Қаранийни ёш болалар ксриб қолишса, у кишига тош отишар скан.
Увайс Қараний уларга: «А­й биродарларим, агар тош отиш зарур бслса, кичкинароқ тошларни отинглар, чунки оёғимни қонга белаб қсйсангиз, мени намоз сқишдан тсхтатиб қсссиз», дер сканлар.

* * *
Бир киши бир куни Ахнаф ибн Қайсни сскди. У киши сса унга жавоб бермадилар.
У орқаларидан сргашиб келарди. У киши махаллага сқинлашиб қолган вақтларида тсхтадилар ва унга: «Кснглингда сна бирор нарса қолган бслса, айтиб ол. Маҳалланинг беақл кишилари сшитиб қолмасин, сенга азист бериб қсйишади», дедилар.

* * *
А ивост килинишича, Али каррамаллоҳу важҳаҳу сз қулларини чақирдилар. У жавоб бермади. Яна иккинчи, учинчи бор чақирдилар. У сса сна жавоб бермади. Олдига бордилар ва ёнбошлаб ётган ҳолда ксрдилар. Унга: «А­шитмадингми, сй бола?» дедилар.
У сса: «А­шитдим», деди.
«Ундай бслса, менга жавоб бермасликка нима мажбур қилди?» дедилар.
«Жазо бермаслигингизни билганим учун дангасалик қилдим», деди.
Шунда Али розийаллоҳу анҳу: «Бор, кетавер, Аллоҳ таоло розилиги учун озодсан», дедилар.  
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: lolo 12 Noyabr 2009, 04:55:58
* * *
Бир аёл Молик ибн Динорга «А­й риёкор», деди.
Шунда у киши: «А­й аёл, Басра аҳли йсқотиб қсйган исмимни топдинг», дедилар.

* * *
Яҳё ибн Зиёд Хорисийнинг ёмон бир қуллари бор сди.
У кишига «Аима учун уни ушлаб турибсиз?» дейишди.
Шунда у киши: «Ундан ҳалимликни срганиб олиш учун», дедилар.

* * *
Hadis:
Жобир родисллоҳу анҳудан ривост қилинади.
А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Менга маҳбубларингиз ва қиёмат кунида мажлис жиҳатидан сқинларингиз ахлоқи схшиларингиздир. Менга ёмон ксрилганларингиз ва қиёмат кунида мендан узоқларингиз сергап - сзмаларингиз, ахлоқсиз ссзларни ссзловчиларингиз ва мутафайқиҳлардир», дедилар.
Шунда саҳобалар: «А­й А асулуллоҳ, сергап ва ахлоқсиз ссзларни айтувчини билдик. Аммо мутафайқиҳлар, деганингиз ким?» дейишганида, А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Мутакаббирлар», деб айтдилар.

Имом Термизий ривостлари.
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Mahdiyah 12 Noyabr 2009, 05:05:52
Baro roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng yuzi chiroylisi va eng hulqi go’zali erdilar"

Buxoriy rivoyati

(shak shubhasizki har ishda)
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Mahdiyah 12 Noyabr 2009, 05:08:01
Xalifa Umar ibn Abdulazizning huzuriga bir odam boshqa odam ustidan shikoyat qilib kirdi. Xalifa shikoyatchiga bunday dedi:
- Xo’p, shikoyatingni tekshiramiz. Agar yolg’on bo’lsa, sen Allohning: "œEy mo’minlar, agar sizlardan bir fosiq biror xabarni keltirsa, aniqlanglar"¦" degan oyatiga muvofiq fosiq nomini olasan. Agar rost bo’lsa, Allohning: "œChaqimchilik bilan yuruvchi"¦" degan oyatiga binoan chaqimchi nomiga ega bo’lasan. Ikkovining ham boradigan joyi do’zaxdir. Xohlasang, tavba qilishing mumkin, kechiraman.
Shikoyatchi darhol tavba qilib, xalifa huzuridan chiqdi.

Musulmonlar taqvimi 1999 yil II chorak
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Muslimа 12 Noyabr 2009, 11:02:07
Bir domlani ma'ruzalarida eshitgandim: "Bizni odamlar shunaqada, biror ma'siyatni, yomonlikni, nohaqlikni ko'rsa ham "Ke, QO'Y ortiqcha gapirib nima qilaman?", "Ke QO'Ygin, o'zimga dushman orttirmi..." deydi. Biz QO'Y miz birodarla, shunaqa dib o'tirganimiz uchun!" digandila.
Ha, raxmatli Abug'aniy qorini gaplaridan edi bu.

Darhaqiqat, "Mo'min birodarla bir biriga ko'zgu" va "Bittasiga aytganda tushunmasa, inshaAllah boshqasi tushunib qolishi mumkin, har qalay birodarlik vazifasini bajarib qo'yamiz". Buni kim xohlasa istaganicha qilaverishi mn, bu yerga ko'tarib kelishlik esa yarashadigan ish emas.
:as:
          Dugonajon bu yerda nima yaxshi nima yo’q, buni siz hal qilmisku, buning uchun admin bor. Forumda hamma hohlagan fikrini bildirishi, hohlagan mavzuni ochib, mavzu yuzasidan bahslashishi, fikr almashishi mumkin. Sizga ma’qul bo’lmas balki, lekin boshqalar shu mavzuda o’z fikrini bildirgisi kelar. Yaxshimas dib fikr bildirishiz ham bir fikr, sizni fikriz. Boshqalarda boshqa fikr bor. Agar yaxshimas dib mavzuda fikr bildirilmasa, forummi nima keregi bor? Hamma o’zaro YM, agent  va hokazolar orqali o’zaro fikr bildirib o’tirishlari kere bo’ladi. Bitta forumdosh ko'p takrorlaganlaride "œYureni keng qiling" :)
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 04 Iyul 2010, 14:55:54
Hech kim bu yerda g'iybat qilayotgani yo'q.

Bekatga ketayotgandim CHORSUda bir bola shunaqangi qattiq kuldiki sherigini gapiga yonida ketayotgan ayollar qo'rqib ketishdi.

Shunaqa insonlarni ko'rib nimaga birortamiz indamimiz?
Shu haqida o'ylaganmisiz birortangiz.

Lekin mana shu mavzuni ochishimdan maqsad bir xatolikni ko'rdikmi tanbeh berishlikni ham bilaylik.

Bilganingni qil, dib ketaversak kim ularni ogohlantiradi.

Siz chorsudagi bolani ogohlantira oldizmi? Nabiy s.a.v.:"Shariatga to'g'ri kelmaydigan biror amalni ko'rsalaring qo'lingiz bilan to'xtating, agar buni uddasidan chiqa olmasangiz tilingiz bilan aytib qaytaring, agar buni ham qila olmasangiz dilingiz bilan yomon ko'rin bu iymonni zaifligidan" dedilar. Mavzu yaxshi ochilgan. Lekin bunday mavzualar faqat forumlarda emas, kattalarimiz ohirgi paytlarda sevib o'qiyotgan 7x7, darakchi, hordiq va shunga uxshash gazetalarda yoritilsa maqsadga muofiq bo'lardi! Muammolar ko'tarilgandan keyin amalda ham chora tadbirlar ko'rilsa yaxshi. Ota onalarimiz "tirikchilik" bilan ovora bo'lib farzandlarga tarbiya bermayaptimi yoki farzandlar ko'chadan tarbiya topib ulg'ayabdimi? Bu muammolarning sababi Oiladagi tarbiyadan!
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: BelleQizcha 04 Iyul 2010, 22:01:23
Yaqindagina Shabna Surayyoni kanserti bo'lib o'ttdi,
O'zim kansertga bormadim-u lekin o'shattan bir o'tib ko'rdim..
Tojiklar tupa-tuzu yurishibdi, lekin Baqirvotgan yosh-yosh uzbek qizlari-yu yigitlarni odami uyaltirvoradi ozgina..

Uzbekcha ashullarni ko'chalada etib, Hammaga I'm proud to be Uzbek diganlari odami jig'iga tegadi...

Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Mo'min Mirzo 05 Iyul 2010, 00:13:11
Belle Qizcha siz qayerda turasiz? postlaringizdan bir horijda deb o'ylayman, bir vatanda ::)
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: BelleQizcha 05 Iyul 2010, 00:14:31
to'ri o'ylabsiz
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Shokir 05 Iyul 2010, 00:52:02
Yaqindagina Shabna Surayyoni kanserti bo'lib o'ttdi,
O'zim kansertga bormadim-u lekin o'shattan bir o'tib ko'rdim..
Tojiklar tupa-tuzu yurishibdi, lekin Baqirvotgan yosh-yosh uzbek qizlari-yu yigitlarni odami uyaltirvoradi ozgina..

Uzbekcha ashullarni ko'chalada etib, Hammaga I'm proud to be Uzbek diganlari odami jig'iga tegadi...

Assalomu Alaykum aytvormaysizmi qayerda konsert bergan edi
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Lu`lu` 15 Iyul 2010, 06:35:08

Siz chorsudagi bolani ogohlantira oldizmi? Nabiy s.a.v.:"Shariatga to'g'ri kelmaydigan biror amalni ko'rsalaring qo'lingiz bilan to'xtating, agar buni uddasidan chiqa olmasangiz tilingiz bilan aytib qaytaring, agar buni ham qila olmasangiz dilingiz bilan yomon ko'rin bu iymonni zaifligidan" dedilar. Mavzu yaxshi ochilgan. Lekin bunday mavzualar faqat forumlarda emas, kattalarimiz ohirgi paytlarda sevib o'qiyotgan 7x7, darakchi, hordiq va shunga uxshash gazetalarda yoritilsa maqsadga muofiq bo'lardi! Muammolar ko'tarilgandan keyin amalda ham chora tadbirlar ko'rilsa yaxshi. Ota onalarimiz "tirikchilik" bilan ovora bo'lib farzandlarga tarbiya bermayaptimi yoki farzandlar ko'chadan tarbiya topib ulg'ayabdimi? Bu muammolarning sababi Oiladagi tarbiyadan!

[/quote][

Манимча,4йил булиб колдиёв.Бухорога 5-6муслима кизлар б-н саёхатга бордик.Автобусга чикдик,кетвотганимизда охирги уриндикдаги болалар "Террористлар..."деб баланд овозда кулиб кичкиришди.Хамма оркага каради,лекин хеч нарса демади.Бекатимизда кизлар олдинги сшикдан тушиш учун харакат килишди,мен сса шартта орка сшик томон йуналдим.Ишонасизми,халиги болаларни ранги учиб кетди.Автобус то тухтагунча ёнларида уларга бир-бир караб куйдим,кейин сса тушиб кетдим.Болалар индамай колишди.
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Mahdiyah 01 Avgust 2010, 06:26:21

...Da'vatlar to'xtagan telba diyorda,
Har kimning ko'nglida katta bir savol.
Indamay ketsa ham ko'zlari yerda,
Katta bir da'vatdir hijobli ayol.
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: BelleQizcha 02 Avgust 2010, 00:54:41
odami parosati bomasayam qiyin ekan..
to'rtta halqi yonida bitta qiz bolani shani mos kelmaydigan gaplarni yigitlar gairsa manimcha judaya hunuk korinadi?

nima keragi bor? ozini kotta korsatib?
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Billur 05 Avgust 2010, 11:37:17
2 oy oldin ishhonamizga bir yigitni vaqtinchalik sinov muddatiga ishga olishgan edi. Agar yaxshi ishlasa butunlay ishga olib qolish uchun. Shu ikki oy mobaynida biror bir tayinli tarjima qilmadi. Faqat Net ni titkilash bilan ovora. Va nihoyat boshlig'imiz honasiga chaqirib mana muddating ham tugadi. Yaxshilab malaka oshirib, tilni yaxshilab o'rgangin deb oyligini berib jo'natgan edi. Bugun ertalab na salom na alik yana joyiga kelib Komputerni yoqib o'tiribdi. Hamma ishchilar hayron,Bir birimizga qaraymiz. Hich bo'lmasa boshliq bilan salomlashib chiqish uchun ham honasiga kirmadi. Boshliqni o'zi honasidan chiqqanida ko'rib qoldi. Iye san nima qivossan deb. U bo'lsa salomlashib indamay yana joyiga o'tirib komp. o'ynab utiribdi. Shunaqa ham befarosat odam bo'ladimi dedim ichimda.
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Lu`lu` 05 Avgust 2012, 06:31:16
Фаросатлининг акли бор. У акл ердамида рост, елгонни ажрата олади, нафи тегадиган тарафидан сса унумли фойдаланади.

Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Nurilla 05 Avgust 2012, 08:35:15
xozirda ko'chalarda befarosat kirakashlar(hammasi emas) ko'p. Klient qo'lini ko'targan zahoti pavarotni ham yoqmasdan darxol toxtavoladi. Yo'l chetidami o'rtadami farqi yo'q. Shu payt avariya bo'lishi mumkinu. Nega bula bunaqa.
Nom: Re: FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...
Yuborildi: Secret 20 Avgust 2012, 11:52:05
 FAROSAT – shartsiz refleks… kerakli o’rinda aqlimiza holatni tez analiz qilib ya’ni fahmlab FAROSATni ishga soladi…Hech kim bu vaziyatga tayyorgarlik ko’rib kutib o’tirmaydi… INSON zotiga berilgan fazilatli sovg’alardan biri… aniqrog’i aytmasdan uqadigan inson – FAROSATLIDIR.

Kunlik hayotimizda FAROSAT egaligi bo’lishga sal yetmayotgan  insonlarga yo’liqib qolsak “Odobni odobsizdan o’rgan” degande xulosa chiqarib ketaveramiz-daa…lekin ul egalar vaziyatni tushunib yetsa hursand bo’lib qolaverasiz… albatta insonlar ustidan -  dunyoda eng tez hisoblanmish fikr orqali XULOSA chiqarishga shoshilmaslik kerkmikann….

Ramazonning issiq kunlarida (o’zi shundoq ham ramazon yozda bo’ldiku … endi-dee..  :)  ) issiq kunlarida avtobusaga chiqqandim. Har galgidek tiqilinchlik cho’qqisini zabt etgan bu transport vositasida o’z hayollarimga ko’milib “tikka turib” ketayotsamm … baklashka qopqog’ining pssssss degan yoqimlik tovushi quloqlarim ostida qo’ng’iroqdek jarangladi…zumda qaraganimni bilaman ul plastmassa egasi biz tomonga o’girilib sanash mumkin darajada suvni luq-luq sipqorganda… FAROSAT  tushunchalari - ong ostimizdaa g’ujg’on o’ynashni boshladii…lokigin o’shal kishimiz bizga ko’zi tushib to’xtadi…va o’girilib yana ne’matni totishni davom ettirdi…balkim ro’za hurmatidandir…balkim u yoq tomon o’girilib ichish qulaydir… qalb ko’rini bilmaymizkuu… na bo’lganda ham FAROSATi yaraqlaganiga tiqilinch avtobusim ko’zimga keng ko’rinib ketti…

ps: Rus tilida farosat  - догадливость, проницательность, сообразительность, восприимчивость degani ekan.  To’grisi FAROSAT haqida so’z yuritilsa faqat o’zbegimm ko’z oldimga keladi…balkim biz xalqchalik bu so’zni qo’llaydiganlar hali shonli o’rinngi egallamagandir…

Ustozim aytganidek : FAROSAT yarim KAROMAT!