forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Navoiyning izdoshi 10 Noyabr 2009, 16:28:47

Nom: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: Navoiyning izdoshi 10 Noyabr 2009, 16:28:47
Assalomu Alaykum hurmatli birodarlar, sizlarga yangi bir savol bilan murojaat qilmoqchiman albatta ruxsatlaringiz bilan. Aytaylik Allohning qudrati bilan sizning bu foniy dunyoda mavjudlik muddatingiz tugashiga 3 kun qolgani ma'um qoldi. O`lim haq undan hech kim qochib qutulolmaydi. Muhtaram birodar xudo ko`rsatmasinu, bu vaziyatda siz qanday yo`l tutgan, vaqtingizni qanday o`tkazgan bo`lardingiz? Javoblar va ajratilgan e`tibor uchun avvaldan minnatdorchilik bildirib, NAVOIYNING IZDOSHI.
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: shoir 10 Noyabr 2009, 17:03:07
Va alaykum assalom!
Bunday holat to'g'ridan-to'g'ri bo'lib qolishi mushkul. Kimning qachon vafot etishini Yaratgandan o'zgasi bilmaydi.

Siz aytgan holatga yaqin holat quyidagicha bo'lishi mumkin:
Bir kishi og'ir dardga mubtalo bo'lib, organizmning holatiga qarab, doktorlar qancha muddat qolganini taxmin qilishlari mumkin. Undayam Alloh aytgani bo'ladi, shofo beraman desa, shifo topadi, aks holda vafot etish uning taqdiriga yoziladi.

Agar shunaqa vaziyat bo'lib qolsa (Alloh asrasin) unda avvalo ota-onam, yaqinlarimdan rozilik olib, qoklib ketgan qarzlarimdan qutulishga harakat qilardim. So'ng, ba'zi aytolmagan gaplarimni aytib, qolgan muddatni Alloh qodir qilgancha, uning ibodatiga sarf qilardim.
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: gayrat17 10 Noyabr 2009, 17:18:46
3 kun kayf qilardim.
Menimcha shunaqa javob kutyapsiz. ;D
Kayfni noto'gri tushunmanglar ziyokorlar
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: shoir 10 Noyabr 2009, 17:24:59
3 kun kayf qilardim.
Menimcha shunaqa javob kutyapsiz. ;D
Kayfni noto'gri tushunmanglar ziyokorlar

O'ylaymanki, Allohning ishqida maza qilib, ibodat qilib kayf qilasiz shekilli.
Onangizning yuziga so'nggi bor tikilib-tikilib kayf qilasiz, otangizning so'zloarini so'nggi bor eshitib kayf qilasiz...
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: shoir 10 Noyabr 2009, 17:26:14
shunaqa savollarga ham alohida mavzu ochish shartmikin a? ana forumdoshdan forumdoshga savol degan mavzu bor,shunga yozsa yaxhsimasmi???

Birodarimiz balki bu mavzuni bilmaslar.
Balki, ko'proq yuzerlarning fikrini, go'zal javoblarni kutgandirlar-da.
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: registan 10 Noyabr 2009, 17:29:29
3 kun kayf qilardim.
Menimcha shunaqa javob kutyapsiz. ;D
Kayfni noto'gri tushunmanglar ziyokorlar

30 yil umri zindonda o'tgan bir islom ulamosi shunday degan ekanlar: "Mening qalbimdagi halovatni podshoh bilganida, qilich bilan ko'ksimni yorib bo'lsa ham sug'urib olar edi o'sha halovatni"
Siz shu "halovat"ni "kayf" dedingiz, to'g'ri tushundik, hijolat bo'lmang. :)

Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 10 Noyabr 2009, 17:43:18
3 kun kayf qilardim.
Menimcha shunaqa javob kutyapsiz. ;D
Kayfni noto'gri tushunmanglar ziyokorlar

30 yil umri zindonda o'tgan bir islom ulamosi shunday degan ekanlar: "Mening qalbimdagi halovatni podshoh bilganida, qilich bilan ko'ksimni yorib bo'lsa ham sug'urib olar edi o'sha halovatni"
Siz shu "halovat"ni "kayf" dedingiz, to'g'ri tushundik, hijolat bo'lmang. :)



gayrat17ni o'zlari ham hayron bo'lsalar kerak, hech bunaqa o'ylamagandim deb.
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: gayrat17 10 Noyabr 2009, 17:50:05
Y_u_r_i_s_Tga  Illat izlaganga illatdir Dunyo, Xikmat izlaganga xikmatdir dunyo
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: gayrat17 10 Noyabr 2009, 17:51:34
Y_u_r_i_s_T metroda juda ko'p yurasizmi, nuqul ro'paramdan chiqib qolasiz.
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: Munira xonim 10 Noyabr 2009, 18:12:54
Assalomu Alaykum hurmatli birodarlar, sizlarga yangi bir savol bilan murojaat qilmoqchiman albatta ruxsatlaringiz bilan. Aytaylik Allohning qudrati bilan sizning bu foniy dunyoda mavjudlik muddatingiz tugashiga 3 kun qolgani ma'um qoldi. O`lim haq undan hech kim qochib qutulolmaydi. Muhtaram birodar xudo ko`rsatmasinu, bu vaziyatda siz qanday yo`l tutgan, vaqtingizni qanday o`tkazgan bo`lardingiz? Javoblar va ajratilgan e`tibor uchun avvaldan minnatdorchilik bildirib, NAVOIYNING IZDOSHI.

Va alaykum assalam.
Bunday holat bo'lmasligi ko'proq aniq, chunki bu kunni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi.
Agar tasavvur qilib ko'rsak;
Men avvalo ahli oilamdan, yaqinlarimdan va birodarlarimdan rozilik olgan bo'lardim. Kimni ko'nglini og'ritgan bo'lsa ularni rozi qilishlikkaharakat qilardim.
Farzandlarimga go'zal vasiyat qilgan bo'lardim va iloji boricha dunyo so'zalrini so'zlamaslikka harakat qilardim. Faqat Allohning zikri va xolis ibodat qilishga harakat qilardim,Alloh nasib qilganicha.
Alloh barchamizni oxirimizni go'zal qilsin! Amiyn!
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: lolo 10 Noyabr 2009, 20:45:02
Assalamu alaikoum!
Bu alohida mavzu bo'gani yaxshi bo'pti. ChehMik, bu mavzu FKGizdan ming marta yaxshiku!
Bundan tashqari kimni shu mavzudagi fikri qanaqa ekaniga qarab qanday odamligini ham bilib boryapmiz, yoki bu ahvolda, ya'ni o'limiga 3 kun qogani ma'lum bb qoganida nima qilish kereligini bilmaydiganlar endilikda o'rganib, tayorlanib turadilar vallohu a'lam.

Endi esa bu mavzuga bir javob berib ko'rmoqchiman.
Ha, tasavvur qilib ko'rdim, juda daxshat (avvaliga). O'takam yoriladi, keyin esa sekin-sekin o'zimni bosishga va aql bn ish qilishga harakat qilishni boshlab, shoir birodar etganlaridek ish tutishga harakat qilardim.
Va yana bir narsani o'ylab yuraman, va inshaalloh to'satdan o'limga yuz tutmaslikni ham umid qilgan holda, o'zimdan keyn narsalarm qolmasligini xohlardm (negadir), kiyimlarim, va boshqa turli shaxsiy matohlarm..., xattoki rasmlarm ham. Hammasini yig'ishtirib yo'q qilaman inshaalloh. Chunki bu narsalardan qabrda so'ralishdan qo'rqaman!

Aslida musulmon odam doym o'limga tayyor turishi va o'limdan qo'rqmasligi kk.
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: lolo 10 Noyabr 2009, 22:15:00
Gírt xotinboz, yoki gay bir ateist odam o'limiga 3 kun qolganligini bilsa nima qiladi deb oýlaysiz? Siz borib unga,mana o'limingga 3 kun qoldi,Xudoga tavba qil,namoz o'qi...itd-itp desayiz qiladi deb oýlaysizmi?.......
Ha, agar Alloh istasa itd-itp...larimizzi oladi, kechirish Allohning ihtiyorida, u chindildan tavba qilar shoyad!
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: Arbuzchi 10 Noyabr 2009, 22:36:32


Alloh istasa namoz o'qishini manam bilaman...

(javobizdaqa javob bo'ldi)
Chek-Puk... Bo'tta bitta manmi tortishishni yaxshi ko'radigan disam, ha sizam qolishmas ekansizku a?! ;D
Tortishadigan odamizdan hicham hapa bo'masdan tortishin. Shunda o'rteylada adovat urug'i sochilmaydi...

Fikrlarizga qo'shilaman. Ateist agar Allah O'zi rahm qimasa, 3 kun qoladimi o'limi uchun 3 yilmi farqi yo'. Chunki ula hech narsaga ishonmaydi.
Bittasi bo'lardi oldinlari. O'zini Hudoli darajasiga ko'targan. Lekin unga 888 marta dalil, hujjat opkesayam hichnisa qigani yo', faqat tug'yonida battar bo'ldi. Lekin ro'parasiga o'lim kep qoganda, kalimai shahodatni etgani bilan, hech narsa o'zgarmadi...
Tak chto Ateist o'limni to o'z ko'zi bilan ko'rmaginicha, yani qalbi bilan tasdiqlamagunicha, o'sha inkorida davom etuvradi.
Agar shunaqa ateistga sanga 3 kun qoldi nima qilasan, deb so'ralsa, kayp qilaman diydi halos.

Tak chto oyati karimadagi "Kimki Bizning yo'lda jiddu jahd qilsa, albatta uni O'z hidoyatimizga solurmiz" qoidasiga amal qilish kerey.
Prosta tak iymonga hech kim, o'zidan o'zi kirib qolmaydi.
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: Muhseena 10 Noyabr 2009, 23:37:01
Zumar surasi
:bsm:
53. (Ey Muhammad), Mening o‘z jonlariga jinoyat qilgan (turli gunoh-ma’siyatlar qilish bilan) bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta Uning O’zigina mag‘firatli, mehribondir.

54. Sizlarga azob kelib, so‘ngra yordam berilmay qolishidan ilgari (ya’ni Allohning biron balo-qazosiga duchor bo‘lmay turib), Parvardigorlaringizga qaytinglar — Unga bo‘yinsuninglar!

55. Sizlarga, o‘zlaringiz sezmagan holingizda to‘satdan azob kelib qolishidan ilgari Parvardigorlaringiz tomonidan sizlarga nozil qilingan eng go‘zal narsa — Qur’onga ergashinglar!

56-57. Biron jon: «Alloh haqqida (ya’ni U zotga toat-ibodat qilishda) sustkashlik qilganimga nadomat bo‘lgay! Rostdan ham men (Uning dinini va Qur’onini masxara qilguvchilardan bo‘lgan edim», deb qolmasligi uchun; «Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta taqvodorlardan bo‘lur edim», deb qolmasligi uchun;
58. Yoki azobni ko‘rgan chog‘ida: «Qani endi men uchun yana bir karra (yashashning imkoni) bo‘lsa-yu, men ham chiroyli amal qilguvchilardan bo‘lsam», deb qolmasligi uchun (Qur’onga ergashinglar!)

59. (Aks holda unga Alloh tomonidan aytilur): «Yo‘q, (Men senga hidoyat yo‘lini ko‘rsatgan edim, aniqki senga Mening oyatlarim kelganida, sen ularni yolg‘on degan eding va kibr-havo qilib, kofirlardan bo‘lgan eding».
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: lolo 11 Noyabr 2009, 08:08:56
Arbuzchi, o'ziz g'irt bo'sezam bilmasdan aqlli gapla gapirib yuboras. "Tortishadigan odamizdan hicham hapa bo'masdan tortishin. Shunda o'rteylada adovat urug'i sochilmaydi..." Shu maslahatizzi oldim va amal qilaman, rozi bo'lin.

"Lekin unga 888 marta dalil, hujjat opkesayam hichnisa qigani yo', faqat tug'yonida battar bo'ldi." Shu narsayam to'ri gap. Ya'ni da'vat masalasida hamma juda ehtiyot bo'lishi kk. Chunki biror odamga yaxshili qimoqchi bo'sez u odam o'z yomonligida oldingidanda qattiq oyoq tirab turib olishi mn. Shunga u odamni qanaqaligini ham hisobga olgan holda gapirish kk bo'ladi. Chunki "Prosta tak iymonga hech kim, o'zidan o'zi kirib qolmaydi."

Barchamizga iymonli holda jonimiz uzilishi nasib qilsin. aamin!
Nom: Re: O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,
Yuborildi: Arbuzchi 11 Noyabr 2009, 10:32:53
A endi g'irt bo'sagam bir bir miltiq otib turadi... :D