forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: forumnnb 16 Iyul 2006, 18:42:55

Nom: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: forumnnb 16 Iyul 2006, 18:42:55
Hammamiz oila mavzusi haqida ko`p o`qiganmiz, gaplashganmiz, nima deb o`ylaysiz, oilada erkak va ayolning o`rni qanday? Uning mustahkam bo`lishi ko`proq kimga bog`liq deb o`ylaysiz, oilada muhabbat muhabbat ustunmi yoki bir-birini o`zaro tushunishmi? bu haqda nima deya olasiz!  :)
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: Munira xonim 17 Iyul 2006, 13:03:10
Assalamu alaykum.
Oilada Iymon ustun. Agar eru-hotinni iymon bo'lsa, Allohdan qo'rqsa,o'z farz va majburiyatlarini anglasa, muhabbat ham bo'ladi, bir-birini tushunish ham. Meni fikrim shu. Chunki har bir kishini kamchiliklari bo'ladi. Ba'zi oilalarda sevib turmush qurishadi, sevishib yurishganida bir birini faqat yahshitomonlarini ko'rishadi. Kamchliklaridan, yomon tomonlaridan esa behabar. To'ydan keyin bir-birini har hil kamchiliklarini bilgandan keyin har hil kelishmovchiliklar va janjallar chiqadi.
Agar oilada iymon ustun bo'lsa, bir birini kamchiliklarini kechirib, tushunib yashashadi, Inshaalloh.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: Mohinur 17 Iyul 2006, 15:49:04
Hammamiz oila mavzusi haqida ko`p o`qiganmiz, gaplashganmiz, nima deb o`ylaysiz, oilada erkak va ayolning o`rni qanday? Uning mustahkam bo`lishi ko`proq kimga bog`liq deb o`ylaysiz, oilada muhabbat muhabbat ustunmi yoki bir-birini o`zaro tushunishmi? bu haqda nima deya olasiz!  :)

Oilada mehr-muhabbat va o'zaro bir-birini tushinish bilan birgalikda Nargiza opa aytganlaridek iymon-e'tiqod bo'lsa shu oila mustahkam bo'ladi.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: forumnnb 17 Iyul 2006, 20:40:25
Nargiza va Mohinur (balki opa deyishim kerakdir, balki sizlardan kattadirman, nima bo`lganda ham uzr).
Sizlarning gapingizga qaraganda faqat iymon va e`tiqodga ko`p narsa bog`liq ekan. Men gaplaringiga qo`shilaman, lekin buning o`zi yetarli emas menimcha. Masalan, men o`z turmush o`rtog`imdan erkak sifatida mehr, ozodalik va xullas shunga o`xshash bir qancha fazilatlarni kutaman. Siz ayollar erkaklardan nimani kutasizlar, iltimos ochiqroq gapiringlar! :)
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: Munira xonim 18 Iyul 2006, 08:55:39
Assalamu alaykum.Hurmatli forumnnb! Siz ayolingizdan kutgan narsani hamma erkaklar o'z ayollaridan kutadi. To'g'ri har bir ayol o'z turmush o'rtog'iga mehr ko'rsatishi lozim. Menimcha Islomiy oilada tarbiya topgan qiz albatta, siz aytgan fazilatlarni o'zida jamlagan bo'lishi kerak. Lekin iymon e'tiqodli ayol, albatta eriga har qanday sharoitda mehr ko'rsata oladi, agar u haqiqiy ravishda muslima bo'lsa. Ozodalikka kelsak, Alloh O'zi pok Zot - poklikni sevadi. Buni hamma muslima singillarimiz bilishadi. Hullas, agar iymoni kuchli, Allohdan qo'rquvchi, bandalaridan hayo qiluvchi ayol bo'lsa, oilasini tinchligi va erini rozi qilish uchun hamma narsani qiladi. Albatta qo'lidan kelganini.Inshaalloh.
Ayollar erkaklardan nima kutadi?
Ayol o'z eridan ozgina etibor va mehr kutadi. Meni fikrim shu, chunki men o'z turmush o'rtog'imdan shuni kutaman.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: MaxCmd 18 Iyul 2006, 12:42:58
forumnnb,
sizga biroz qarshi chiqsam, xafa bo`lmaysiz.
nargiza to`g`ri aytdi. Chunki, imon-e'tiqodli ayolda mehr ham, ozodalik ham bo`ladi.
Siz xohlayotgan boshqa shunga o`xshash narsalarni bilmadim. Balki ochiqroq aytsangiz uni ham o`ylashib ko`rarmiz...
Oilada ko`p janjal nimadan chiqishini o`zingiz ham bilsangiz kerak: er va ayolning o`z burchlarini "eplab" bajarolmasligidan. Menimcha, iymonli ayol boshqa ayollarga nisbatan haqiqiy "ER" sifatida qaraydi. Pul, taqinchoqlar manbai yoki "er" sifatida emas. U topganingizga shukur qilib yashaydi. So`zingizni ikki qilmaydi. Aqlli erkak so`zini ikki qilmaydigan ayolini juda hurmat qiladi.
Hozircha shu. Qolganini gaplasharmiz ;).

P.S.: nargiza, sizga bir savol: eringiz undan beruxsat ko`chaga chiqmaslik shartini qo`ysa, shuni to`liq ado etasizmi?
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: Munira xonim 18 Iyul 2006, 14:13:06
Assalamu alaykum,MaxCmd! Men sizni savolingizga javob bermoqchiman.
Erim buni menga shart qilib qo'yishi shart emas,chunki bu meni vazifam.
Erdan ruhsatsiz bir qadam bossa nima bo'lishini juda yahshi bilaman.
Turmushga chiqqanimga 8 yil bo'lyapti. Hali biror marta ham turmush o'rtog'imdan ruhsatsiz ko'chaga chiqmaganman. Allohga shukr. O'zi men ko'chaga deyarli chiqmayman. Faqat ilm olishga(Bir oyda ikki marta) va onamni ko'rishga chiqaman. Bunga esa abatta u kishi ruhsat beradilar.
Sizga hayotimdan bir hodisani aytib beraman. Turmush qurganimizni birinchi yili, turmush o'rtog'im boshqa davlatga(Xitoyga) ketadigan bo'lib qoldilar. Kelgunlaricha ko'chaga chiqmaslikni aytdilar. Ro'zg'orimizga esa bir og'aynilari eshik tagiga kerakli narsalarni tashlab ketardi. O'shanda ikki oyda keldilar. Kelishlariga bir hafta qolganida tishim og'rib qoldi. Doktorga borish kerak. Telefon qilib tusholmadim. ( Ruhsat oilsh uchun)Hamma kasal bo'lganda borsa bo'ladi ruhsatsiz deydi. Men ko'nmayman. Albatta bilaman borsa bo'lishini, lekin sabr qildim. Rosa ikki hafta azob tortdim. Va nihoyat bir haftadan keyin keldila va o'zlri doktorga olib bordilar(ayol doktorga)  :):):)
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: Abdusalom 18 Iyul 2006, 14:38:22
Assalamu alaykum!
Duo qilinglar, manga ham shunaqa islomiy oila nasib qilsin!
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: Munira xonim 18 Iyul 2006, 16:18:14
Assalamu alaykum!
Duo qilinglar, manga ham shunaqa islomiy oila nasib qilsin!
Va alaykum assalam.
Albatta duo qilamiz.
Alloh har bir insonga o'z orzusidagi oilani nasib qilsin.
Yigitlarimiz oriyatli, iymonli,mard va Va'daga vafodor bo'lsalar
albatta niyatlariga yetadilar,Inshaalloh.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: MaxCmd 18 Iyul 2006, 18:02:43
Nargiza opa!
Ming bor uzr!!! Sizga eng ezgu tilaklarim bo`lsin! Olloh sizni o`z panohiga olsin.
Eringizga havasim kelyapti, to`g`ri ma'noda. Sizday soliha ayol bilan yashayotganiga afsuslanmasa kerak.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: forumnnb 18 Iyul 2006, 20:54:59
Assalomu alaykum!

Mensiz ancha narsani hal qilib qo`yibsizlar shekilli!  :D

Xursandman, shuncha fikr-mulohazalar bo`ib o`tibdi.

Mening bir umrlik orzuim bu - islomiy oila.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: Munira xonim 19 Iyul 2006, 09:50:55
Nargiza opa!
Ming bor uzr!!! Sizga eng ezgu tilaklarim bo`lsin! Olloh sizni o`z panohiga olsin.
Eringizga havasim kelyapti, to`g`ri ma'noda. Sizday soliha ayol bilan yashayotganiga afsuslanmasa kerak.

Assalamu alaykum, MaxCmd.
Nega mendan uzr so'raypsiz ahir, tushunmadim.
Menga havas qilibsiz, biznikidan ming marta afzal islomiy oila ato qilsin.
Turmush o'rtog'im men bilan yashayotganlariga afsuslanmasalar kerak.
Yana bilmadim, balki afsuslanarla.:)
Ahir meni ham juda ko'p kamchiliklarim bor.
Beayb Parvardigor.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: mubashshir 19 Iyul 2006, 12:56:20
Assalamu alaykum!
Duo qilinglar, manga ham shunaqa islomiy oila nasib qilsin!
Assalamu alaykum.
Bizlarni ham duo qilinglar.
Shunday islomiy oilani bizlarga ham nasib qilsin.
Men bu oilani bilaman va juda havasim keladi.(Nargiza opani oilasini)
Men ham shunday oila sohibi bo'lishni niyat qilardim.
Alloh yetkazsa, albatta.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: Mashhura 25 Iyul 2006, 16:40:18
Oilada erkak kishi bosh bo'lishi zarur. Oilada... Jamiyatda esa boshqa gap.
Turmushning asosini tushunish, bir-birini qattiq hurmat qilish tashkil etsagina yaxshi oila bo'lsa kerak.
MUHABBAT BO'LSA HAM YOMON BO'LMAYDI.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: forumnnb 25 Iyul 2006, 21:03:40
Oilada erkak kishi bosh bo'lishi zarur. Oilada... Jamiyatda esa boshqa gap.

Assalomu alaykum!

Mashhura, jamiyat oiladan boshlanadi, shuning uchun jamiyatda ham erkak ustun bo`lishi kerak, esingizda bo`lsa insoniyat tarixida faqat bir marta matriarxat tuzumi bo`lgan, shundan beri bu tuzumga qaytilmaydi, fikringizga fikrim shu :-)
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: Munira xonim 26 Iyul 2006, 12:56:45
Oilada erkak kishi bosh bo'lishi zarur. Oilada... Jamiyatda esa boshqa gap.
Turmushning asosini tushunish, bir-birini qattiq hurmat qilish tashkil etsagina yaxshi oila bo'lsa kerak.
MUHABBAT BO'LSA HAM YOMON BO'LMAYDI.

Assalamu alaykum, Mashhura.
Jamiyat, oila bu hammasi bir-biriga bog'liq. Erkak hamisha hamma yerda ustun bo'lishi kerak.
Ayol kishi ustunlik qilgan jamiyatning ohiri nima bo'ladi, bilmadim.
O'z ishlarini ayol kishiga topshirgan qavm horlikka yuz tutadi.
Bu sahobiylarning gapi.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: Tilla 30 Dekabr 2006, 03:20:39
qancha gap-sozlar,ehh , yiglagim keladi
dardimni hech kimga aytolmayman,
hechkimdan maslahat sora olmayman,
ich etimni eyapman
olloh manga judayam kyin sinow berdi
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: shoir 03 Yanvar 2007, 18:04:10
Tillajon, his-tuygúlarga berilmasdan, nima bo'lganini asta-sekin bayon qiling.
Sizga maslahat, dalda beradiganlar albatta topiladi.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: lolo 04 Yanvar 2007, 15:52:59
bu na ko'rgulik XUdoyooo ...shundiy qaro kunlarim ham bormidi
..bu ko'rguliklardan >panaga o'tib to'yib to'yib yig'lagim keladi>yiglashga uylaman o'zimnan..
Alloh sabr bersin. Islomda bunday hunuk voqealar yo'q. Hammasi dinsizlikning oqibati. Islom bu kalima keltirish bilan kifoyalanish emas, musulmonlar doimo bir-biriga yordam qo'lini cho'zishi, oqibatli bo'lishidir.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: Umarbek 04 Yanvar 2007, 16:58:45
 Yuqorida bayon etilgan barcha fikrlarga to'la qo'shilaman, ya'ni oila avvalo iymon bo'lishiga Nargiza opani fikrlaariga, Alloh rozi bo'lsin.
Yana bir fikrni bildirmoqchi edim, albatta siz aziz forumdoshlarning ruhsatlaring bilan, yani oila avvalo ayol kishi o'z turmush o'rtog'ini ayol kishi o'zidan ortiq sevmasligi kerak, aksincha o'z turmush o'rtog'ini undan ko'ra yahshi tushunishi darkor.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: AbdulAziz 24 Fevral 2007, 13:28:04
«Yoshim 32 da. Qishloqda tug‘ilib o‘sganman, hozir poytaxtda bolalar shifokori bo‘lib ishlayman. Peshonamga ikki marotaba uylanish yozilgan ekan, Ilk rafiqamning oqila, qanoatli ayol ekanligini, afsuski, endi anglab yetdim.
S. bilan kursdosh edik. Institutni tugatish arafasida turmush qurdik. O’qishni tugallagunga qadar yotoqxonada yashadik. O’qishni tugallab, farzandli bo‘lgach, ijarada yashay boshladik. Bor-yo‘g‘i bir xonali uydan iborat hotamtoy «akangqarag‘ay»ning xonadoni bozorga keladigan aksari hamqishloqlarimizning mehmonxonasiday bo‘lib qolgandi. Ular bozorga biror narsa sotishga olib kelib, haftalab uyimda qo‘nim topishardi.
Oilamizga sovuqchilik oralay boshladi. Goho oylab to‘shakdagi er-xotinlik munosabati unut bo‘lib ketar, rafiqam o‘g‘lim bilan oshxonada uxlashga majbur bo‘lishardi. Ichkilik, bor-budimni dasturxonga to‘kish xonadonimdan barakani ham ko‘tardi. Rafiqam dasturxonni chiroyli tuzatsa-da, asta-sekin chehrasi yorishmaydigan, qovog‘i soliqroq yuradigan bo‘lib qoldi. Uyga keladigan «mehmonlar orasida kelinposhsha menga munosib emasligini gap ustida qistirib o‘tadigan ayrim maslahatchilar paydo bo‘la boshladi. Oxiri ajralishga borib yetdik.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: AbdulAziz 24 Fevral 2007, 13:28:16
Kaminaga maktabni endi tugallagan, «onasi o‘pmagan suluv» (hamqishloq qiz nasib etdi. O’sha hamqishloqlarimdan qarz ko‘tarib, ijarada yashaydigan bir xonali uyni sotib olishga ham muvaffaq bo‘ldim. Endi uyimga nafaqat bozorchilar balki poytaxtga keladigan uzoq tanishlar ham «bostirib» kelishga odatlanishdi. Yangi kelinchak kir-chiru turmush ikir-chikirlaridan ortmay qoldi. Bora-bora barchasidan charchay boshladim. Shunday sharoitda ikki farzandli bo‘ldik.
Kundan kunga yashash sharoitimiz og‘irlasha bordi. Dasturxonimdan baraka ko‘tarildi, sihatim yomonlashdi. Rafiqam bilan o‘g‘rincha, qisqa muddat er-xotinlik munosabatida bo‘lar edim. Bora-bora rafiqam, farzandlarim, o‘zim ham turli dardlarga giriftor bo‘la boshladik. Chunki uyimizda davolanishga kelgan bemorlar ham yashashardi. Dastlab butun oilamiz bilan «qo‘tir», «qichima» dardiga yo‘liqdik. Chunki bozorchi qarindoshlar eski fufayka va paytavalarda ham kelaverishardi. Choyshablar, sochiqlar, oyoq kiyimlari ham umumiy bo‘lib ketganligi sabablimi, oyogimda zamburug‘li kasallik paydo bo‘ldi. Yosh rafiqamdan ham ko‘nglim sovidi, u meni «boboy» deb chaqirishga ham odatlandi.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: AbdulAziz 24 Fevral 2007, 13:28:28
Shundagina ilk rafiqamning qadriga yeta boshladim. Chunki u mehmonlarni ochiq yuz bilan kutib olmasa-da, ularning kiyim boshlari-yu, poyafzallarini kelganlari hamono tozalab qo‘yar, ular ketgach, choyshabu sochiqlarni qaynatib yuvishdan erinmasdi. Shu bois ham sog‘lom yashagan ekanmiz. Ilk rafiqam ayrim kunlari ishdan ertaroq qaytishimni so‘rar, kelishimga shirin taom tayyorlab, kunduzi bo‘lsa-da er-xotinlik munosabatini amalga oshirishimizga imkon yaratardi. O’ylab qarasam, shuning hisobiga erkaklik quvvatim saqlanib, dardga yo‘liqmagan ekanman.
O’zimdan o‘n yosh kichik ikkinchi rafiqam esa yaqin kunlardan boshlab, arzimagan narsaga janjal chiqarishga odatlandi. O’ning nazarida «chol» bo‘lib qolganligim, paytida erkalashga imkon topa olmasligim, mehmonlardan ortmasligim sabablimi navbatdagi turmushim ham buzilish xavfi ostida».
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: AbdulAziz 24 Fevral 2007, 13:28:58
Bu voqeliklar yetuk mutaxassis olim doktor Nuriiimon Shifoiy tomonidan izohlangan tarzda berilmoqda.

Azizlar, keling, ushbu qismat sohibi kechmishlariga teranroq nazar solib, turmushimizga rahna solayotgan atrofimizdagi ayrim qusurli jihatlarni anglashga harakat qilaylik.
Dastavval, fasohat va farosat bobida zamondoshlarimizga ibrat manbai sifatida xizmat qiluvchi ayrim o‘gitlarga o‘rin beraylik. Zero, bu shar’iy o‘gitlar tib ilmi allomalari fikrlari bilan ham hamohangdir.
1. Ota-bobolarimiz hovli-joy qilganlarida uni bejizga ichki-tashqi qismlarga bo‘lmaganlar. Zero, ichki hovliga nomahram kishining qadam bosishi oila shaniga tahdid deya qabul qilinishida ham olamjahon hikmat bor. Bor-yo‘g‘i bir xonadan iborat hujrada istiqomat qiladigan kishining uyida tunash, er-xotinlik ittifoqiga asta-sekin zarba berishdan o‘zga narsa emas. Oila nafaqat ilohiy mo‘‘jiza, balki mo‘‘jaz vatan hamdir. Uning chegaralari or-nomus, ibo-hayo, sir-sinoatlar bilan muhofaza etilishga muhtoj.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: AbdulAziz 24 Fevral 2007, 13:29:14
2. «Mehmon — otangdek ulug‘» naqli o‘rinli, albatta. Ammo er-xotin yotog‘ida ham muqaddaslik mavjud. Demak, yotoqxona vazifasini o‘tovchi xonada haftalab qo‘nim topish aslida andishasizlik, befarosatlikdan o‘zga narsa emas. Qolaversa, erkakka mehmonning yonida, oila a’zolaridan alohida o‘rin solish ham aslo mezbonlik taomiliga va sihatga muvofiq kelmaydi. Chunki erkak kishining haftalab jinsiy munosabatdan majburiy mosuvo etilishi uni dimlangan prostatit kabi og‘ir dardlarga giriftor etadi. Bejiz, Ramazon oyida ham oqshomlari jinsiy munosabatga ruxsat etilmagan. Qolaversa, ayoli vafot etgan erkak uchun iddadek muddatlar tayin etilmasligi, tez fursatda uylanishga ruxsat mavjudligi ham islomiy ahkomlarning naqadar bekamu ko‘stligidan dalolatdir. Onasi o‘lgach, o‘g‘il otasini uylantirishi shartligida ham hikmat bor.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: AbdulAziz 24 Fevral 2007, 13:29:32
3. Suhbatdoshimiz o‘z hamkasabasi bo‘lgan, oqila shifokor ayoldan ajralib ketishiga ham talay omillar sabab bo‘lgan. Birinchidan, andishadan begona, sanoqsiz mehmonlar er-xotin orasidagi intim munosabatga tashnalik hissiyotiga darz yetkazishgan. Zero, musulmonchilikda oila buzilishiga, ya’ni taloqqa qadar bir qancha bosqichlar mavjud. Dastlab, erkak kishi ayoliga pand-nasihat qiladi, kor qilmasa, to‘shagini alohida qilish bilan jazolaydi. Demak, er-xotinning alohida to‘shakda yotishi taloq tomon qo‘yilgan salmoqli qadam ekan.
Ikkinchidan, jinsiy ehtiyojning muntazam ravishda qondirilmasligi erning ham, xotinning ham asabiy-beqaror bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Qolaversa, ayol kishining lazzat topa olish shartlaridan biri uyida eri bilan xoli qolishi va erkalovchi so‘zlardan imkon qadar ko‘proq bahramand bo‘lishidir.
Uchinchidan, oiladagi ichki masalalarga atrofdagilarning ta’siri nechog‘li salmoqli bo‘lsa, turmush shu qadar omonat bo‘ladi. Afsuski, bugungi kunda ajralishlarning ko‘payib ketayotganligiga sabablardan biri ham oilaning tashqi salbiy ta’sirotlar komida qolib ketayotganligidir.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: AbdulAziz 24 Fevral 2007, 13:30:11
To‘rtinchidan, yigitning ikkinchi oilasi ham buzilish xavfi ostida qolganligida yuqoridagi sabablardan tashqari yoshlari orasidagi farqning ham o‘rni bor. Ammo, eng asosiysi, yigirmadan endi hatlab o‘tgan kelinchakning ruhiy daldaga, suhbatlarga ehtiyoj sezishidir. Qolaversa, o‘ttizdan oshgan yigitning mijozi ancha sust bo‘lib qolishiga ham mehmonlarning ko‘nglini olaman deb oilasiga, vujudiga zulm qilayotganligi sabab bo‘lgan.
Bu yigitni tekshirishlardan o‘tkazib, unga «Murakkablashgan mijoz sustligi, surunkali prostatit, asab-ruhiy beqarorlik» degan tashxis qo‘ydik. U o‘z hayotida ikki inqilobiy o‘zgarish yasashga sabot-imkon topib, hayotini butkul yangi izga soldi:
Birinchidan, u o‘z vujudidagi dardlardan qutulish uchun astoydil harakat qilib, maqsadga erishdi. Ulfatchiliklardan, maishatdan, ichkilikbozliklardan voz kechib, ilmiy ishini qaytadan boshladi. Sport, ibodatni o‘ziga yo‘ldosh qildi.
Ikkinchidan, markazdagi bir xonali uyini bozorlardan yiroq, shahar chetidagi ikki xonali uyga almashtirdi. Rafiqasini, farzandlarini atrof-muhitning zararli ta’sirotlaridan xalos qilib, oilasini tubdan isloh qildi. Hozir ularning xonadoniga faqat yaqin qarindosh-urug‘largina onda-sonda tashrif buyurishayotgan ekan, xolos. Bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlayotgan rafiqasi endilikda eri yo‘q paytda mahram bo‘lmagan mehmonlarning xonadoniga avvalgiday surbetlarcha kirib kelishiga izn bermayotganligi ham aslida ibratli holdir.
Nom: Re: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: AbdulAziz 24 Fevral 2007, 13:30:42
Afsuski, er-xotinlar orasida jinsiy disgarmoniyaning paydo bo‘lishida «odamgarchilik»ka yo‘yiladigan ayrim qusurli odatlarning sabab bo‘lish holatlari borgan sari ko‘proq uchramoqda.
Qabulimda bo‘lgan aksar oilalar orasidagi mojarolarga bir xonadonda ko‘plab oilalarning birgalikda yashashlari, serfarzandlik bois er-xotin to‘shagiga bolajonlarning «sherik» bo‘lib qolishi ham sabab ekanligi kuzatiladi. Qolaversa, olis hududlarimizdagi qishloqlarda bolalarning doimo ota-ona bilan birgalikda, bir xonada yotishlari ham tibbiy jihatdan aslo to‘g‘ri emas. Er-xotinning to‘shakdagi munosabatlari «bolam uyg‘onib qolmasin» qabilida xufyona, qisqa muddatda kechishi oila birdamligiga darz yetkazuvchi omillardandir. Qolaversa, bu hol bora-bora ayoldagi jinsiy sovuqqonlikka va erdagi mijoz sustligiga olib keladi. Ayrim erkaklarning ko‘cha-ko‘yga intilishlari-yu, oilasiga xiyonat qilishlarining ildizi ham ko‘pincha ahamiyat berilavermaydigan mana shunday noo‘ng‘ay sharoitlar bois yuzaga kelishi o‘z ilmiy isbotini topgan. Shuningdek, bola ikki yoshdan hatlab o‘tgan zahotiyoq, alohida xonada, o‘z jinsdoshlari (o‘g‘il bola — aka-ukalari, qiz bola — opa-singillari) bilan yotishiga imkoniyat yaratish lozim. Bu jinsiy tarbiyaning amal qilinishi shart bo‘lgan talablaridan hisoblanadi.

"Odamlar orasida" gazetasidan olindi.
Nom: Javob: Oilam – qoʻrgʻonim, xonumonim
Yuborildi: Muxsiya 13 Mart 2013, 14:55:08
Bir kunlik mehmon oltin mehmon, ikki kunlik mehmon kumush mehmon, uch kunlik mehmon ... bejizga emas bir xonali uyda oila yashayotgan bo'lsa yana ularnikidan oylab qo'nim topish insofsizlik menimcha bunda o'sha nehmonlarning ham aybi katta nima ko'p kunlik ijaraga beruvchi xonadonlar yoki mehmonxonalar ko'p. O'zi zo'rg'a tirikchilik qilayotganlarga o'liginiyam tashavolish insofdan emas. To'g'ri mehmon aoti xudo lekin hamma narsaniyam chegarasi borku mehmon deb uyizi karvonsaroy qilishiga yo'l qo'yib bermaysizku