forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Darsxona => Dizayn => Mavzu boshlandi: Nоdirbek 21 Noyabr 2009, 07:07:04

Nom: Photoshop Dasturida Muqova tayyorlash
Yuborildi: Nоdirbek 21 Noyabr 2009, 07:07:04
Mashq daftar uchun muqova tayyolash kerak bo’ldi-yu biz buni bilmaymiz. Buning uchun bizga bu mashq yordam beradi.

1. Photoshop dasturini ishga tushiramiz va 500x300 piksel o’lchamda yangi oyna ochamiz va #6e6e6e rangida bo’yab olamiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_01.jpg)

2. Yanqi qavat (layer) ochamiz(Ctrl+Alt+Shift+N) va asboblardan "œRectangular Marquee" (M) asbobini tanlaymiz.

Ushbu asbob yordamida quyida ko’rsatilgandek shakl chizamiz va ushbu shaklni #eeeeee randiga bo’yab olamiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_02.jpg)

Belgilangan joyni o’z holatiga qaytarish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz va ushbu qavat (layer)ni nusxalaymiz

(Ctrl+J) va oynamizni o’ng tomoniga olib o’tamiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_03.jpg)

Shundan keyin biz muqovamiz bir-biriga bog’lanadigan joyga uch o’lchamli shakl tayyorlaymiz.

Ushbu qavatni Select > Load Selection buyrug’ini tanlash orqali belgilaymiz.

3. Yangi qavat(layer) ochamiz, (Ctrl+Alt+Shift+N) "œGradient" (G) asbobini tanlab,

ranglarni qoradan shaffofga moslaymiz va chap tomondan ichkariga qarab gradiyent chizamiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_04.jpg)

Belgilangan joyni o’z holatiga qaytarish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz va Ctrl+J tugmalarini

bosish orqali ushbu qavatni nusxalaymiz va ushbu qavat hajmini kichraytiramiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_05.jpg)

4. Ushbu qavatni pastdagi qavat bilan birlashtirish uchun Ctrl+E tugmalarini bosamiz. Endi esa ushbu

qavatni nusxalaymiz (Ctrl+J) va bu qavatni gorizontal tomonga o’girish uchun Edit > Transform > Flip Horizontal

buyrug’ini tanlaymiz va ushbu soyani muqovamizning chap tomoniga olib o’tamiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_06.jpg)

5. Endi ushbu qora shakl yoniga oq shakl chizib olishimiz kerak. Buning uchun yangi qavat(layer)ochamiz,

(Ctrl+Alt+Shift+N) "œRectangular Marquee" (M) asbobi yordamida quyidagicha shakl chizamizda tezlik bilan

"œGradient" (G) asbobini tanlab, ranglarni oqdan shaffofga moslab, shaklimizning chap tomonidan ichkariga qarab chiziq chizamiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_07.jpg)


Belgilangan joyni o’z holatiga qaytarish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz va Filter > Blur > Motion Blur:
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_08.jpg)

Ushbu bosqichni muqovamizning chap qismiga ham qo’llaymiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_09.jpg)

6.
Ushbu bosqichda ikkita muqovani bir-biriga bog’lab chiqamiz, demak,

"œLine" (U) asbobini tanlaymiz (Weight: 3 px) va quyidagi rasmda ko’rsatilgan joyga oq rangli shakl chizamiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_10.jpg)

Ushbu qavatni tanlaymiz va Layer > Rasterize > Shape va Select > Load Selection.

7. Yangi qavat ochamiz, (Ctrl+Alt+Shift+N) bu qavatni "œsim1" deb nomlab olamiz va

"œGradient" (G) asbobini tanlab, ranglarni qoradan shaffofga moslab, shaklning qog’ozga birlashgan joylariga gradiyent chizamiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_11.jpg)

Belgilangan joyni o’z holatiga qaytarish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz va Edit > Free Transform buyrug’ini tanlab,

shaklni ozgina o’ng tomonga qiyshaytiramiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_12.jpg)

Layer > Layer style > Inner Shadow:
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_13.jpg)
Outer Glow:
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_14.jpg)

Shundan keyin bizda quyidagicha natija hosil bo’ladi:
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_15.jpg)

8. Endi qog’oz uchun teshik tayyorlaymiz yani shu teshikga sim kirib ikkita qog’ozni birlashtirib turishi uchun.

"œsim1" qavatni ostidan yangi qavat ochamiz (Ctrl+Alt+Shift+N) va "œElliptical Marquee" (M)

asbobi yordamida quyidagicha shakl chizib qora rangda bo’yab olamiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_16.jpg)

Belgilangan joyni o’z holatiga qaytarish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz va ushbu qavatni nusxalaymiz(ctrl+J)

va muqvaning o’ng tomoniga olib o’tamiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_17.jpg)

Endi simli qavat va ikkita qora aylana chizilgan qavatlarni birlashtiramiz (Ctrl+E) va ushbu qavatni

bir necha bor nusxalab(Ctrl+J) ketma-ketlikda joylab chiqamiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_18.jpg)

Simli qavatlarni birlashtirib chiqamiz (Ctrl+E) va Layer > Layer style > Drop shadow:
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_19.jpg)

Natija:
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_20.jpg)

9. Ushbu qavat ustiga sichqonchamiz o’ng tugmasini bosamiz va Create Layer buyrug’ini tanlaymiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_21.jpg)

Ko’rib turganimizdek bizda yana bitta qavat paydo bo’ldi. Ushbu qavat ostida oxirida drop shadow yozuvli qavat bor

o’sha qavatni tanlaymiz. "œEraser" (E) asbobini tanlaymiz va mo’yqalamlardan 13 px, yumshoq mo’yqalamni tanlab,

yon tomondagi soyalarni o’chirib chiqamiz.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_22.jpg)

10. Nihoyat oxirgi bosqichni bajaramiz. Simli qavatni tanlab nusxalaymiz(Ctrl+J) va

Edit > Transform > Flip Horizontal va "œMove" (V) asbobi yordamida ozgina yuqoriga ko’taramiz.

Ushbu nusxalangan qavatni barcha qavatlar ostiga olib o’tamiz, yani orq fon (background) qavat yuqorisiga.
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_23.jpg)

Endi esa, Layer > Layer style > Color Overlay:
(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_24.jpg)

(http://www.photoshopstar.com/wp-content/uploads/2009/05/binding_25.jpg)

Nihoyat mashqimiz tugadi. Ushbu mashqimiz siz uchun foydali bo’ladi deb umid qilamiz.
(http://www.psd.uz/images/stories/muqova.gif)

Muallif: PhotoshopStar (http://www.photoshopstar.com/graphics/how-to-make-binding/)
Tarjima va qo’shimcha: Nodirshoh (http://www.psd.uz)
Nom: Re: Photoshop Dasturida Muqova tayyorlash
Yuborildi: Mahdiyah 21 Noyabr 2009, 07:34:47
Alloh rozi bo'lsin katta rahmat.
Man ham PhotoShopga juda qiziqamanu uncha muncha narsani bilmiman.

Iloji bo'sa odamga yo biror bir obyektga soya qilishni ham o'rgatsangiz.
JUda foydli va qiziqarli maqolalar uchun yana bir bor rahmat.
Nom: Re: Photoshop Dasturida Muqova tayyorlash
Yuborildi: lolo 21 Noyabr 2009, 10:56:01
(http://s06.radikal.ru/i179/0911/70/80ede48ef0bf.jpg) (http://www.radikal.ru)

g'alati chiqtiya?!
Nom: Re: Photoshop Dasturida Muqova tayyorlash
Yuborildi: Nоdirbek 21 Noyabr 2009, 20:34:16
lolo sizniki juda chiroyli chiqipti :)
Nom: Re: Photoshop Dasturida Muqova tayyorlash
Yuborildi: Nоdirbek 21 Noyabr 2009, 20:35:30
Alloh rozi bo'lsin katta rahmat.
Man ham PhotoShopga juda qiziqamanu uncha muncha narsani bilmiman.

Iloji bo'sa odamga yo biror bir obyektga soya qilishni ham o'rgatsangiz.
JUda foydli va qiziqarli maqolalar uchun yana bir bor rahmat.


Mana bu (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4135.new#new) mashqni o'rgansangiz soya tasvirlashni o'rganib olasiz.
Nom: Re: Photoshop Dasturida Muqova tayyorlash
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 09 Fevral 2010, 13:17:57
O'zim ijod qilgan na'munalarini ko'rib bir baho beringizlarchi. 1 haftacha bo'ldi Photoshopni o'rganishga ahd qildim. www.psd.uz sayti judayam yoqdi. Ko'p narsani shu yerdan o'rganayapman. nodirshoh sizga ham rahmat!
1.

(http://img.uz/d/2010/02/4b6ecbb893120.gif)

2.

(http://img.uz/d/2010/02/4b7021d3e2cb4.gif)

Nom: Re: Photoshop Dasturida Muqova tayyorlash
Yuborildi: Nоdirbek 09 Fevral 2010, 18:28:37
Ijodlar yaxshi chiqipti, Yurist saytimizga tashrif buyurib darslarni kuzatyotganingiz uchun tashakkur, darslar haqida savollar bo'lsa dars oxiriga yozib qoldirsangiz, inshaAlloh javob beramiz. Bu narsa, yani reklama banneri, Anwar (muslim-2) birodarimiz boshchiliklarida tashkil qilingan www.tuts.khk.uz saytiga userlar uchun birinchi dars qilib joylagandim, undan keyin psd.uz ga o'tdik, shu kunlarda Photoshop dasturi bo'yicha video darslar proyekti ustida ishlayapman, inshaAlloh 1 oy ichida darslar tayyor bo'ladi. Darslar Photoshop dasturi haqida malumotdan boshlab, sayt chizishgacha bo'ladi, inshaAlloh, duo qilib turinglar...
Nom: Javob: Photoshop Dasturida Muqova tayyorlash
Yuborildi: Ҳанафий 18 Iyun 2014, 21:18:57
:as:

Iqtibos
2. Yanqi qavat (layer) ochamiz(Ctrl+Alt+Shift+N)

Ctrl+Alt+Shift+N tugmalarini birgalikda bossa bo'lmayaptiku?