forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumdoshlar kitobi => Mavzu boshlandi: shoir 07 Dekabr 2009, 09:16:04

Nom: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: shoir 07 Dekabr 2009, 09:16:04
Foydalanuvchi nomi: Kapalak
Haqiqiy ismi sharifi: Zamira Hamidova
A'zo bo'lgan sanasi: 14 Avgust 2009

Avatari:
(http://forum.ziyouz.com/index.php?action=dlattach;attach=1488;type=avatar)

Imzosi:
Kuch va Adolat
Adolat Kuchga bo'ysungan yurt- Vayron Yurt.
Kuch Adolatga bo'ysungan yurt- Bo'ston Yurt.
O'tkir Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar.

Birinchi posti:
Assalomu-alaykum aka-uka, opa-singillar:) Barchangizga yaqinlashib kelayotgan Ramazoni Sharif munosabati bilan, bu qutlug' oyni haqiqiy ma'noda his qilib, haqqini ado etgan bandalar bo'lishingizni tilayman.
Mavzuga javob beradigan bo'lsam, Alloh'dan avvalo sog'lik tilayman. Tilak-istaklarimizni cheki-chegarasi yo'q albatta....
Allohdan bir narsa tilab-yolvorgan paytimiz biz qullarning qanchalar ojiz, Yaratganning esa qanchalar Qudratli ekanligini yana bir bor qabul qilgan bo'lamiz...

MUNDARIJA

Tarjimai holi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4198.msg208156#msg208156)
Kapalak haqida forumchilar ta'riflari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4198.msg208157#msg208157)
Kapalakka berilgan savollarga javoblar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4198.msg208158#msg208158)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 07 Dekabr 2009, 09:21:06
Qisqacha hayot yo'lim

Assalomu-alaykum. Avvalambor yangi loyihangiz hayirlarga vasila bo’lsin, deb qolaman.

Men haqimda gapiradigan bo’lsak, Ziyouz forumiga a’zo bo’lgan kunimdan beri asosan o’zimga oid shahsiy hayot bilan bo’g’liq xotiralarni yozishga harakat qilaman. Qolaversa xozirgi kunda Turkiyada bo’lganim uchun (6 yildan beri) Turkiya bilan bog’liq voqealar haqida gapirib, ular haqida fikr yuritmoqdaman. Yozgan postlarimda juda ko’p ma’lumotlar olishingiz mumkin..

Tarjimai holga kelsak, bu narsa istalgan yerga qarab o’z standartlarini o’zgartirishi mumkin. Lekin o’zgarmaydigan narsalar: Tug’ilgan joyimiz, sanamiz, o’qigan o’qishlarimiz vhk.
Men aslida tarjimai hol yozishdan darrov siqiladigan odamman, shuning uchun sizlarga odatdagiday standart shaklda yozmaganim uchun uzr"¦
Men bazan o’zimni 50-60 bazan esa 15-20 yoshlarda his qilaman. Bu duch kelgan holatimga qarab o’zgaraveradi"¦Bazi mavzularda tajribaga ega bo’lsam, o’zimni huddi yoshi o’tib qolgan insonlarday his qilib, bu mavzudan mendan nasihat so’ragan insonlarga uzundan-uzun nasihat qilaman. Yana bazi bir mavzular borki, hech narsa bilmasligimni, qanchalar ajemi(bilmasvoy) ekanligimni ich-ichimdan his qilaman.

Lekin inson bolasi hayotidada uning yoshi unchalik muhim emas, deb o’ylayman. Asos bo’lgan narsa, bu umrini qanchalik foydali yoki foydasiz narsalar bilan o’tkazgani"¦
O’z hayotimda yana bir bor nazar tashladim, yangi loyihangiz bahona. Eh-eee orqada nimalar ko’rdim, nimalar. Qanchadan-qancha sevinch-u, hadsiz-hisobsiz achchiq ko’z yoshlar. Yana qancha to’g’ri berilgan qarorlar-u, hech ko’rishni xohlamagan noto’g’ri fikrlarim.

O’zi shunaqamiz, bir ishning natijasi "œyaxshi" bo’lsa sevinamiz-u, "œyomon" tugallansa, "œehh" deymiz.
Lekin inson yoshi o’tavergan sari, "œkoshki" lari ham kamayaverar ekan, sababi bolalikdan uzoqlashib kattalarday aqlli qadam tashlay boshlaganimiz-mi yoki yanglishlarga o’rganaverganimiz-mi bilmadim..

Men ham hayotimda juda ko’p narsaning ilkini yashadim. İlk qo’rquvlarim, ilk andishalarim, ilk sevinchlarim, ilk qayg’ularim va yana nimalar nimalar.
Hech esimdan chiqmaydigan narsa esa 4-5 yoshlarimda 2 singlimni (biri 3, biri 1 yoshda) qo’shni boladan qo’riyman, deb tir-tir titraganim. Aqlimni tanibmanki menga omonatday his qilgan insonlarimni qo’rish uchun har narsaga tayyorman. Bu his-tuyg’u meni umr bo’yi ta’qib etdi.

Har boladan men ham o’qigan asarlarim va qahramonlarining yillab ta’sirida yashadim.
Hayotga doimo qiziqish bilan birga hurkaklikla qaradim.
Hayotdagi butun narsalarga qiziqishim katta. Menga berilgan aql va farosatni ishlatib, hayotdagi narsalarni qanchalik o’rgana olaman ajabo, degan narsa men uchun birinchi quroldir.

Bazan o’ylab qolaman, juda ko’p insonlar yaqinlaridagi kishilarning hayotlarini o’zlariga o’rnak oladilar. Men boshqasiga o’rnak bo’ladigan hayot yashadim-mi ajabo?

O’qishga, o’rganishga bo’lgan azmim va hirsimdan boshqa o’rnak olinadigan yonim yo’q ekan aslida.
Qolgan voqealar qarshisida asosan his-tuyg’ularim bilan harakat qilganim uchun mantig’im va aqlimni ishlata olmayman. Bu esa unchalik yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Bu satrlarni o’qiganlarga ham hayotda ko’proq aql va mantiqlarini qo’llashlarini tilab qolaman.

Ziyouzga a’zo bo’lganimdan beri juda ko’p inson tanidim. Juda ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldim. Agar psixologiya sohasida o’qiganimda bu forumdagi insonlar bilan bog’liq ancha-muncha ilmiy maqola yozgan bo’lardim"¦

Forumdagilar turfa xil. Hammalariga hurmat nazari bilan qarayman. Doimo qayg’urib kelganimday bir-birimizga qarshi sabrli bo’laylik, bir-birimizga qardosh ko’zi bilan qarab, uning xato va kamchiliklarini o’z ukamizga nasihat qilayotganday chin yurakdan tuzatishga harakat qilaylik. Bu yo’lda meni xatolarim bo’lsa bemalol tuzatishingiz mumkin.

O’qigan o’qishlarim:

Nizomiy nomidadi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, O’zbek va Turk tillari va adabiyoti (5 yil)
Marmara Universiteti, Turk tili bo’limi (Turkiya, Aspirantura 5 yil)

Mail adresim: [email protected]

İnternet o’rtamida turli xil inson bo’lishini hisobga olgan holda o’ta shaxsiy ma’lumotlarimni bermayabman. Bundan bir necha yil oldin qattiq shantajlarga ma’ruz qolganimdan keyin ko’zim ochilgan, uzr. Meni tanigan forumdoshlar haqimdagi ancha-muncha ma’lumotlarga egalar. Sizlar bilan ham vaqti bilan tanishib, yaqinlashamiz, degan umiddaman. "œDin qardoshim", deb harakat etgan barchaga albatta javob beraman.

Alloh bu sinov dunyosida hec birimizni adashtirmasin, deb qolaman.

Aslida gapiradigan gap ko’p, lekin xozirchalik shularni yozdim. İnshalloh sizlarni siqmadim.

Barchangiz Yaratganga omonatsiz"¦.

Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: shoir 07 Dekabr 2009, 09:25:35
Kapalak haqida forumchilar ta'riflari:

Nurzoda:
O'zlarini shirin ovqatlari b-n forumdoshlaga pazandalik sirlarini o'rgatadigan barcha forumdoshla uchun hurmatga loyiq bo'lgan opamizla ....ilmingiz bundanda ziyoda bo'lsin ilohim

Muhammad Amin:
Rahmatni eng ko'p olgan user opamiz. Ajoyib fikrlar egasi. Yaqinda a'zo bo'lishiga qaramay eng 1-uesrlar safiga etib olib o'tib ketay deyapdi...Dunyo qarashlari juda keng user.

Siddiqa:
G'oyibona sirdoshimga aylangan inson, gohida nolib turganimda ajoyib maslahatchilar, har qanday holatdayam samimiyliklarini saqlab qola olgan userka.
O"tkir hoshimov sevimli yozuvchilari, gap ko'p aytsam, hullas yahsilarde.

ZUBAIR:
Qisqa muddatda forumning eng mashhur va faol a'zosiga aylangan user.

Chehmik:
Yangi kelin, hamma photomania ga uchragan opa, 5 yildan beri musofirlikdagi opa, kun bo'yi pishir kuydir qisayam, charchagan bo'salayam, sudralib bo'sayam kompni yoniga kelib rasm qo'yadigan userka :)

AbdurRohman:
bu userkamizni qisqa fursat ichida hamma tanib oldi, qisqa fursatda juda faol bo'ldila. ko'p offtop qiladigan user, ayrim postlari bolalarcha beg'ubor, ayrimlari serjahl. bolajonlani yaxshi ko'rarkanla....

Abdulhafiz:
Ko'pincha "gullar olami"-da uchib yuradigan Kapalak. Hali "chillalari" chiqmay turib super member bo'lgan opamiz.

ikbaljohn:
Offtop nimaligini bilmasdan offtop qiladigan userka.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: shoir 07 Dekabr 2009, 09:27:27
Kapalakka berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Turk qardoshlarimizning Ramazon bilan bog'liq bo'lgan, lekin bizda mavjud bo'lmagan qanday an'ana, odatlari mavjud?

Javob: Ramazon dunyoda Musulmonlarning yashagan har yerida zavq-shavq bilan kutib olinadi. Bu yerlardan biri ham Turkiya. Turkiyaga kelganlar biladi. Ko'chalar, maydonlarga Ramazonni eslatadigan plakatlar osilgan. An'analar haqida shularni aytishim mumkin. Saharga odatda dovul bilan uyg'otishadi. Hozir bomdod azoni 04.32 da o'qiladigan bo'lsa, dovulchilar 03.00dan keyin chalishni boshlashadi. Turkiyaga ilk kelgan sanam bu shovqindan juda qo'rqqan edim:) Tarihiy qal'a bo'lgan joylarda esa albatta to'p(pushka) bor. İftorda esa to'p otilib, habar beriladi. Keyin Ramazonga oid ovqatlar, shirinliklar bor. Shirinliklardan biri "Gullach" yufqa qilib tayyorlangan hamirlar orasiga sut to'kilib yumushatiladi. Eng ustiga esa pista ezmasi va anor donalari sepiladi. Eng mashhur ovqatlardan biri esi "erishta oshi" bizning ugrani esladi, lekin yana ham uzun va sertuhum qilib tayyorlanadi. Taroveh namoziga ayollar ham qatnashadi. Ayollar ertalab yoki iftordan keyin oralarida Qur'on Hatim qilish uchun uy yoki jome'larda to'planishadi. Bunga "Mukabele" deyishadi.


2. Savol: Siz judayam hurmat qiladigan inson Ramazon oyida, birdan oldingizga keldi-da, sizni tushlikka taklif etdi...
Nima qilasiz? Qanday yo'l tutasiz? Munosabatingiz o'zgaradimi?

Javob: Mening har hil toifadan, har hil dindan tanishim, o'rtog'im bor. Hatto mavzulardan biri haqida bir Rus o'rtog'imning musulmon bo'lganligi haqida gapirib bergan edim. U qiz bizning qora qoshimiz, qora ko'zimiz uchun musulmon bo'lmadi albatta. 2-3 yil davomida bizning hayotimizni, musulmonlikning faqatgina kitoblarda yozilgan narsadan iborat bo'lmasdan, yashay olishimiz mumkin ekanligini ko'rib din almashtirdi.
Agar meni juda hurmat qiladigan tanishlarimidan biri Ramazonda tushlikka taklif qilsa, avvalombor shirinsuhanlik bilan, Ro'zador ekanligimni aytib uzr so'rardim. Keyin masalaning boshqa bir tarafi ham bor. Meni tanigan inson avvalombor bir musulmon ekanligimni, bir Oz'bek ekanligimni bilishi shart. Va Xudoha shukr, hozirgi kungacha bu ikki asosiy kimligimni yashirishga hojat qolmadi. Holat bunday ekan, men tanib hurmat qiladigan inson ham mening hayot tarzimdan habardor bo'lishi va unga yarasha muomala qilishi kerak, deb o'ylayman. Turkiyada juda harhil insonlar bilan tanishishga muyassar bo'ldik. Qisqa vaqt uchun qarshimdagi insonning dini, dunyoqarashi muhim bo'lmasligi mumkin, lekin uzoq davom etadigan samimiyat hohlaydigan bo'lsam avvalambor qarshimdagi insonning menga, qolaversa dinimga, butun insonlarning ishonchiga hurmat qiladigan insonlar bilan yaqinlashaman. Bu mening haqqim, deb o'ylayman. Lekin boshqa dindasan, sen nimaga Ro'za tutmayabsan, deb ham hurmatsizlik ham qilmayman. Chunki men faqatgina bir inson emas, Haq dinga mansub bo'lgan insonlardan biriman. Balki bu yerda aytganlarim haddan tashqari bo'rttirmaday kelgandir, lekin uzoq yurtda bir qaltis harakat qildingizmi, haa O'zbeklar shunaqa ekanda, ular ham musulmon emasmi, degan gap eshitib qolishimiz hech gap emas.


3. Savol: Har gal sahobalar hayotini o’qiganimda, huddi shunday filmni ko’rayotgandek tasavvurga ega bo’laman.
Savol:  Siz rejissyor bo’lganingizda qaysi sahobaning hayotini kinofilm qilib ishlagan bo’lardingiz?

Javob: Bugun saharlikda aytib turgandim. Hazrati Alini nimagadir juda yaxshi ko'raman, deb. U kishini ismlarini eshitganimda juda gavdali, lekin o'ta vazmin va ko'zlari ma'noli qaraydigan, yuzi nur to'la bir inson ko'z oldimga keladi. Turkiya tv-da hozir Hazrati Yusuf filmi berilyabdi. Orada ko'zim tushib qoladi. Qaysi davlat olganini aniq bilmayman. Haz Yusufni bolaligidan ko'rsatishgani uchun juda chiroyli bolani Yusuf ro'lida ko'rsatishyabdi. Lekin Payg'ambarlarni va sahobalarni kinolarda ko'rsatish to'g'ri bo'larmikan? Agar gunoh bo'lmasa Haz Ali bilan bog'liq film suratga tushirgan bo'lardim. Masalan The Messaj , O'zbekchasi qanaqa bilmayman, menga juda ta'sir qilgan. Lekin u yerda ham Haz Hamza bor. İnsonlar kinolardan ko'p narsa o'rganishadi, va inson ko'rgan narsasini unutmaydi. Shuning uchun aslida Payg'ambarimiz, sahobalar, aziz avliyolarning hayotlari bilan bog'liq filmlar ko'payishi kerak, deb o'ylayman.
 

4. Savol: Siz ko’rgan va sizga juda ta’sir qilgan filmdagi epizod?

Javob: Yuqorida aytib o'tganim The Mesaj filmida Payg'ambarimizni hassalari ko'rinishi bilan bir musiqa eshitiladiku, o'sha sahnada har safar ko'rganimda hayajondan qotib qolaman. Yana shu filmda Haz Bilolning qiynoqqa olingan yeri bor. Shu filmning rejisyori tarafidan yozilgan "Men Bilol" degan kitobni o'qigandim. Kitobning bir joyida qiynoq asnosida Haz Bilol hushidan ketgan paytida ichidan o'tgan gaplarni yozadi. Kitobni o'qiganimdan keyin kinoning shu epizodidan yana ham ta'sirlanib ko'ra boshlaganman.


5. Savol: Oxirgi marotaba O'LIMni eslashingizga sabab bo'lgan holat?

Javob: O'limni kechagina esladim. Avtobus bilan o'rtog'imnikiga iftorga ketar ekanman ko'zim qabristondagi qabr yozuvlariga tushdi. Usmonli Podshohlari qabristonlarni har doim markazda, insonlarning har kuni ko'zi tushadigan joylarda bo'lsin, deb amir berishgan ekan.
O'limdan hech qachon qo'rqmaganman, jon U'niki, hohlagan payti oladi. Bazilari aytishadi, yana ozgina yashasaydim, qullik vazifalarimni joyiga keltirsaydim.
Bilaman butun vazifalarimni bajaraolmadim lekin U'ndan kelgan har narsaga tayyorman. Jannatning ham jahannamning ham sohibi U! Agar bizlar uchun onadan ham marhamatli bo'lgan Rabbimning buyruqlarini bajarmagan ekanman, demakki jazoni haq etdim. U'ndan kelgan amr qarshisida boshim qildan ingichka, buyruq esa qilichdan keskin. Ollohning marhamatidan, affidan aslo umidimni kesmayman, umidim bo'lmasa nimam borki.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: shoir 07 Dekabr 2009, 09:27:49
6. Savol: Siz uchun [kelajakda] turmush o'rtog'ingizda bo'lishi kerak bo'lgan eng asosiy 3 hislat?

Javob: Men turmushga chiqqanman, lekin turmush o'rtog'imda ko'p hislat bo'lsin, deb kech turmush qurdim. Ko'p o'yladim, turmush qurmasdan oldin. Qanday inson meni baxtli qila oladi, deb. Avvalambor, Ollohning butun farzlarini bajaraolmayotgan bo'lsam ham (Rabbim eng qisqa zamonda bajarishni nasib etsin jumlamiz uchun) Rabbimga shukrlar bo'lsinkim, Musulmonman va bu dunyoning sinov dunyosi ekanligini va asl hayotni ham bu yolg'on dunyoda qozonishimizni mantig'im, miyyam bilan qabul etganlardanman. Shunday ekan, boqiy dunyodagi yerimizni qozonishimizda er-xotin juda muhim, undan bo'ladigan farzandlar ham albatta juda juda muhim. Bola-balodir, derdilar ayam. İymonli qancha insonni, bola shirinlik qilib boshqasinin haqqini yeganini ko'p ko'rganman afsus...
Hullas men turmush o'rtog'imda avvalo shularni so'ragandim.
1. Ollohdan haqiqiy ma'noda qo'rqishini hohladim doimo, nima uchun haqiqiy ma'noda, chunki men Musulmonman, deb Ollohning shartlarini bajarmasdan yurgan qancha "Musulmon" bor afsus, din mavzusida mendan ancha ustun bo'lsin, menga o'rgatsin, namoz o'qiganda men ham ta'sirlanay, duo qilganda barobar hayajonga tushib yig'laylik, dedim.
2. Harom-halolga juda diqqat etsin, deb duo qildim. Rabbimga shukrlar bo'lsinkim, halol bir oilaning farzandi, qaynotam halollik mavsuzida juda "qattiq turadilar". Bir kuni: "Olloh shohid bo'lsinkim, shuncha yillik umrimda bazan och qoldik bollarim bilan, lekin bir luqma harom yedirmadim," degandilar. Shu gaplari "quloqlarimga sirg'a bo'ldi". Rabbim barcha ota-onalarga mana shunday dadil gapira olish nasib etsin insholloh.
3. Ota-onasiga mehribon, oilasiga bog'liq bo'lsin, deya duo qilardim. Chunki erkak kishi oilasiga bog'liq bo'ldimi, bilingki, kelajakda ayoli, farzandlariga ham juda bog'liq bo'ladi. Mehr berish  hayot davomida o'rganilmaydi, u sut bilan birga insonni vujudiga kiradi, eng boshda ota-onani qarashlari bilan mehr tanasiga singadi. Yani mehr ko'rgan insongina mehr bera oladi...

Rabbimga minglarcha shukrlar bo'lsin, duolarimni hammasi ijobat bo'ldi. Men aslida qizg'onchiq inson emasman, "tanigan bilganlarim mendan ham baxtli bo'lishsin, ularning faqat hush xabarlarinigina olayin," deb duo qilaman.
Bu forumda turmushga chiqqan qizlarimizni Rabbim oilalariga tinchlik-barakot bersin, uylarida huzur bo'lsin. Hali turmushga chiqmagan qizlarimizga esa, Rabbim o'zini yo'lidagi, iymonli va ayolini qadriga yetadigan birodarlarimizdan nasib etsin insholloh....


7. Savol: Sizni postlaringizni o'qib juda quvnoq va xushchaqchaq ekanligingizni taxmin qilyapman. Hayotda ham, ayniqsa boshingizga biror yomon kun yoki sinov tushganida ham shunday bo'la olishga o'zingizda kuch topa olasizmi? Yoki kuch topa olganmisiz?

Javob: Savolingizga o'z xarakterim, yashash tarzim, o'qigan-bilganim va eng asosiysi esa boshimdan o'tgan voqealarning menda qoldirgan ta'sirlaridan kelib chiqqan holda javob beraman. İlgari ham ta'kidlab o'tganimday men hech qachon bu forumdagi boshqa bazibir a'zolarday Diniy bilim olgan emasman. Shuning uchun bazi fikrlarimni, "œMusulmon bunday o'ylamasligi kerak", "œShunday yashash kerak," deb qarshilamanglar. Va yoki "œFikrlaringiz boshqalarga ham ta’sir qilishi mumkin", demanglar. Bu mening shahsiy fikrlarim.
Avvalo, "œyomon kun" degan tushunchani har kim har hil qabul qiladi. İnsonlarning yoshlari, diniy inonchlari, ularning hayotdagi voqealarni "œyaxshi kun", "œyomon kun" deb belgilashlarida katta rol o’ynaydi. Masalan, men uchun bundan bir necha yil oldin "œyomon kun" bo’lib sanalgan kunlar endigi kunda yomon hissoblanmaydi. Buning sababi, yoshimning ulg’aygani, tajribalarimning ortgani, ancha-muncha voqeani ko’raverib, "œko’zim pishib ketgani" bo’lsa kerak.

Shu onda men uchun eng yomon kun bir-ikki sabab bo’lishi mumkin. Undan tashqari, xayolingizga ham kelmagan voqealar men uchun oddiy holga aylandi. Masalan, buvim vafot etdilar, Olloh u kishini rahmat aylasin. Yani onamning onalari, onamday aziz, qadrdon, bizga singgan mehnatlarining son-sanog’i yo’q. Nevaralarining ichida ham menga juda boshqacha muhabbatlari bor edi. Men Turkiyada bo’lganim uchun o’lim habarlarini faqatgina 1 oydan keyin singlimdan majbur so’rab bildim. Menga aytishmabdi, uzoq yurtda siqilib yurmasin, ho’jayinini ham ikki oyog’ini bir etikka tiqmasin, deb. Dabdurustdan yo’lga chiqa olmaydigan uzoqlikdaman.. Lekin tushlarimda ayon bo’lgan edi vafot etganlari. İchimda juda g’alati iztirob bor edi. Ho’jayinim ham juda hassos inson, ovozimni qanday chiqqanidan darrov nima bo’lganini tushunadi. Balki u oddiy odamlarday kechasi kunduzi aniq bo’lgan, uyga kelish vaqti belgilangan ishda ishlaganda men ham to’yib to’yib yig’larmidim, balki bir necha kun aza ham tutarmidim. Ayollik vazifalarim ustun keldi, uyqusini to’yib ola olmayotgan, kechasi kunduzi qorishiq, Allohning menga omonat deb bergan qulini, o’lim xabari bilan dunyoviy shaklda o’ylab, yig’lab-siqtab hafa qilgim kelmadi. Xabarni sokin bir shaklda ertasi kuni aytdim"¦. Turmush o’rtog’im bilan birga "œYosin" o’qib, duo qildik, bu dunyoning qanchalar qisqa va vafosiz ekanligi, bir kun bizning ham u diyorlarga ketishi haqida suhbatlashdik.

Masalaning yana bir tarafi bor, Turklarda bir gap bor: Asosiysi aytilgan, yozilganlar emas, aytilmaganlar va yozilmaganlaridir"¦Nima uchun bu gapni aytdim, chunki forumda mening hushchaqchaq postlarim, aslida ichimdagi doimo "œmelanxolik" bo’lgan yonimni so’ndirish uchun. Buning ham sababi mening dunyoga kelmasimdan avval ona qornidaligimdayoq ayamning dard-alamlarini birga yashaganim va xarakterimning ko’proq "œinsonni yig’latadigan, siqadigan narsalarni yaxshi ko’radigan" turdan bo’lishi. "œİbrat izlaganga ibratdir dunyo" mavsuzida qoldirgan rasm va yozuvlarimni ko’rib, o’qisangiz qarshingizga tamoman boshqa Kapalak chiqadi"¦Ayam menga homilador ekanliklari bilmagan paytda dadam taraf bilan arazlashib ota uylariga ketgan ekanlar. Sababi ikki oilaning diniy va dunyoviy fikr va bilimlarining farqli bo’lishi. Qizni uzatayotgandda yigitning hamma narsasini so’rashadi afsus, Diniy Bilimi, Dinni yashashi qandayligini o’ylashmaydi"¦ Ayollarning ko’pchiligi biladi, bola necha oylik bo’lishidan qat’iy nazar onaning butun hissiyotlarini sezar ekan. Menga homila ekanliklari aniqlangandan keyin (u paytlar xozirgiday tibbiyot rivojlanmagan edi) yana bir necha oy uyda turibdilar. Xatto onam tarafdan ko’p qarindosh "œbolangni oldir, nima qilasan ko’paytirib, otasi senga ega chiqadimi yo’qmi", deb ancha zug’um qilishgan ekan. Lekin ayam "œmen bu bolani oldirmayman, o’zim katta qilib olaman", deb gaplarida qattiq turibdilar.

Keyin dadam va oilasi bilan yarashib men 6 oyligimda uyimizga qaytgan ekanlar. Men tug’ilgunimcha sekin-asta eski ginalar unutilsin, deb xarakat qilishibdi. Bolaligim ham oson kechmadi. Men maktabni bitirib ketganimdan keyin maktabimdagi o’qituvchilar doimo singillarimga meni o’rnak qilib ko’rsatishar ekan: "œBiz Zamirani tishining oqini ko’rmaganmiz, sizlar ham opangizday jiddiy bo’linglar," deyisharkan. Maktabni bitirgandan keyin sinfdoshlar uchrashdik, men u payt Nizomiyda o’qirdim. Universitetga kirgandan keyin eski hollarimdan, doimo tund sur’atimdan qutulish uchun ko’p urindim. Chunki eski kunlardan qolgan hotiralar bilan yashasang yangi kunni qadriga yeta olmaysan. Qolaversa men o’qituvchi bo’ladigan, hali har hil joylarda hilma hil inson bilan ishlaydigan biri edim"¦

Hullas sinfdoshlarim ishonasizmi, meni taniy olishmadi, xarakter ma’nosida. İlgari doimo jiddiy sur’atli, qattiqqo’l( klasskom edim 10 yil, ancha muncha sinfdosh bolani urganman, "Bolaligim seni sog’indim" mavzusida yozganman) bo’lgan Zamira kulimsirab gapirar edi.
Ham oilamizda ham opa bo’lganim uchun dadam-ayamdan doim "œSen opasan, singillaringa o’rnak bo’lishing kerak" deyishardi. Psixologiya o’qiganlar biladi, bu tur jiddy talablar bolani bolaligini yashay olmasligiga, soxta va eng asosiysi boshqalar uchungina jiddiy bo’lishga undaydi.

Ho’jayinim, menga so’z bergandi, "œmen senga bolaligingni yashataman", deb. Hayot hikoyalarimni eshitib shunday hulosaga kelgan bo’lishi kerak.
Eng yomon kunlardan biri, o’tgan yillarda, "O’zbegim", deb o’zimizga yaqin olgan singlimiz tarafidan "œshantaj" qilinishim bo’ldi. Shantaj mesaji kelganda men har hil millatlarga oid o’rtog’larim bilan, juda halol bir opamizning uylarida iftor dasturxonida edik. Menga alam qilgan yoni nima bo’ldi, bilasizmi, mehmonlarim bilan hali birga namoz o’qimoqchi, duolar etmoqchi edik. Biz uchun ataylab pishirilgan taomlardan Ozi’ga shukrlar keltirgan holda mehmonlarim bilan yemoqchi edik. İshtaham qolmadi, majbur mehmondan erta ayrildik. To’g’ri qizni uyiga bordim, kelishimni kutmagan ekan, chunki qayerda ekanligini bilmasdim, faqat mehmonga olib borgan o’rtog’larimdan biri aytib qoldi, shu yerda deb. Uzundan uzoq gaplashdik. Qizgina yig’ladi, siqtadi. "Kechiring meni, men yomon kunlarga tushib qoldim. Universitet ishlarimni hal qila olmayabman, sen talabalarni bosh’lig’isan (İstambul Shahar Hokimiyatida İstambulda o’qiydigan O’zbek talabalarning (vojagi) boshi edim) menga yordam berishing uchun shu yo’lni tanladim, men yomon gunoh ishladim,"dedi"¦Men ham nima derdim, sokin edim. Ertasi kuni u bilan Universitetiga borib, dissertatsiya domlamni yordami bilan tanish domla topdik  va qizni ishlarini hal qildik. Qizga esa: Menga qara, men sendan qo’rqqanim uchun emas, Allohdan qo’rqqanim uchun uchun senga yordam berdim, dedim, buni unutma va boshqa hech qachon bunday qilma, chunki boshqalari menday sabrli qabul olmasliklari mumkin"¦.

Qizning uyini aytgan dugonam, "Zamira sendagi sabrga hayron qoldim, men bo’lsam qizni bo’g’ib o’ldirib qo’yardim o’sha payt", degandi. Men esa "œAlloh bilsin, yetar", dedim.

Bunday misollarni sanayversam adog'i, yo'q...
 
Shunday hollarda siz o’ylayotganday kula olmayman, lekin chora topishga, sabrli bo’lishga harakat qilaman. Chunki hayotdagi har bir voqea, asosiysi yomon, deganlarimiz, bizga kuch beradi, ichimizdagi Alloh bergan butun go’zal sifatlarni o’rtaga chiqaradi"¦.
Alloh barchamizni yomon kunlardan saqlasin, men boshimga yomon kun, voqea kelganda nimaga hafa bo’laman, bilasizmi, ota-onamning eshitib, hafa bo’lishlaridan. Shu yoshimga qadar ota-onamga moddiy-ma’naviy dard-iztiroblarimni eshittirmasdan, o’zim Allhoning yordami bilan ustasidan kelishga harakat qildim. Bundan keyin ham shunday bo’lishim uchun duo qilaman. 


8. Savol: Siz yashayotgan joydagi nikoh to'yi bilan bog'liq eng yomon odat qaysi(lar)?

Javob: Hozirda Turkiyadaman. Allohga shukrlar bo'lsin, turmush o'rtog'imning oilasi va bilganimchalik sulolasi dindor va ichkilik degan narsa hech yo'q nikohda yoki boshqa marosimlarda.
Menga nikoh, to'ylarda hamma harakatning ikki yoshning ertangi hayoti uchun qilingani juda yoqdi. To'yga kelgan qarindoshlar orasida pul, oltin yig'iladi. Hammasi kelin-kuyovga beriladi.
To'yda bizga o'hshab (men 5 yil oldingacha ko'rgan to'ylarimda shunday edi, baki xozir yanayam yaxshidir, degan umiddaman) ota-ona butun yiqqan pulini artistga, dasturxondagi noz-ne'matga bermaydi. Meva suvi, yonida torti keyin bodomga o'hshash narsalar beriladi holos. Yani dasturxon asosan bo'm-bo'sh bo'ladi:) shu tarafi menga uncha yoqmaydi lekin aytganimday kelin-kuyovga qolsin pul deb, ko'p harajat qilishmas ekan. Keyin bizga o'hshab hech qanday tabrik so'zi aytilmaydi....


9. Savol: 1.   Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2.   Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3.   Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?

Javob: 1. Ho'jayinim men hohladim deb internet oldilar uyga. Agar sen Universitet o'qimagan biri bo'lganingda internet olmagan bo'lardim. O'qigan odam, oq-qorani tushunadi, deb o'ylayman, degandilar. Qolaversa ilgari ham yozganimday, bir ziyouz forumiga a'zoman. Ho'jayinimga aytganimda, mayli O'zbekcha gaplashib turishing uchun, Vatanni sog'inchini bir navi bo'lsa ham ozaytirishing uchun kerakli, deb bu forumga rozi bo'lgandilar.
2. İnternetda hohlagan saytimga kirishim mumkin. Ho'jayinim uchun ham shunday.
3. Ayol bilan erkak orasida bir-biriga ishonch bo'lmaganidan keyin bu munosabatga "oila" deyish mumkin emas. Hatto do'stliklarda ham qarshingizdagi insonga ishonch berishingiz va olishingiz kerak, aforizmlarda yozganimdek, ishonch bo'lmagan joyda sevgi ham bo'lmaydi.
Ayol ham erkak ham aniq bir maqsad uchun, haloli bilan internetdan foydalansa albatta uni mevasini ko'radi. Keyin meni ho'jayinim kechalari ishlaydi bazan. U uyda bo'lmagan vaqtlari yana uning izni bilan ko'proq internetdan foydalanaman.
Har kim o'z vazifasini vaqtida, haqqi bilan bajarsa hech qachon anglashilmovchiliklar bo'lmaydi.
Butun holatlarda, har doim shaytonning sharridan Allohga sig'inishimiz kerak. Alloh adashtirmasin insholloh...


10. Savol: 1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?

Javob: 1. Oiladagi ishonch hamma narsa. Meni yaratilishim shundayki, hatto bu forumdagi biri ham menga ishonmasa, "boreee, bu shunchaki internet-ku",  deb keta olmayman. Yani bu faqat erkak-ayol munosabatidagi "ishonch" kabi emas, avvalo bir inson bor qarshimda, o'zi haqida shularni yozibdi, demakki aytgan gaplarida jon bor, buniyam yuragidan toshib chiqqani uchun (shunchaki lay-laylom vaqt o'tkazish uchungina emas) bizlar bilan baham ko'ryabdi, deb ishonishim kerak va ishonishlarini hohlardim.
Ki bu oila va inshalloh menga haqiqiy dunyoda ham Allohning saodatini qozonishimga sababchi bo'ladigan har ikki dunyodagi umr yo'ldoshim. Shunday ekan, albatta u insonga ishonishim va ishonch berishim kerak.
Men bolaligimdan beri jonsarak biriman, juda qayg'uraman, ishonasizmi, bu forumga a'zo bo'lganimdan beri o'qigan postlarimni ko'pi tushimga kirgan, kiryabdi...Aslida bu unchalik yaxshi narsa emas, nima qilasiz, yaratilish masalasi...
Kasal tuzalishiga  ishonmasa, shifo topmaydi, Yaratganimizga chin ko'ngildan ishonmagunimizcha Allohning haqiqiy sevgisini qozona olmaymiz....
Hullas İSHONCH men uchun-HAYOT, degani...

2. Yo'q bu ishonchsizlik emas. Har bir insonning ilgari ham aytganimzday o'ziga yarasha vazifasi bor. Avvalo men ayolman. Turmush o'rtog'imni baxti-meni baxtim. U yo'l berib qo'ysa-yu, lekin baxtli bo'la olmasa, bu mashg'uliyatimni tashlayman, ishoning. Uning ovozidan, qarashlaridan sezaman, nimadan behuzur bo'lganini. Ayni holatlarda men ham o'z fikrlarimni bildiraman.
Avvalo "biz bir-birimizni hafa qilmaymiz, omonat ko'zi bilan qaraymiz", deb Allohning huzurida so'z berdik. Bundan ortig'i bormi... Alloh adashtirmasin...

3. Bundaylarga hayron qolaman, hamma narsada chegara bo'lishi kerak.
Keyin bu tur insonlarni oilasini, olgan tarbiyasini surishtirish kerak, qizni bermasdan oldin. Agar erkak, "hamma narsada erkinsan", deyotgan bo'lsa, ayol hafa bo'lmasin, bir kun kelib o'zi ham hamma narsaga "mayli" deyish majburiyatida qoladi. Muslimaxon, insholloh, javoblarim uzab ketmadi : )
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: shoir 07 Dekabr 2009, 09:28:28
11. Savol: Меҳр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: Rabbim sevgan qullariga O’Zİ’ning mehr-muhabbatidan ulashgan ekan"¦.
Shunday ekan, bu dunyoda mehr-muhabbat, shafqat-achinish bilan to’la bir dunyo voqeliklarga juda ko’pimiz shohid bo’lgan bo’lishimiz aniq.

Menga eng ta’sir qilgan va birdaniga esimga kelgan bir-ikki voqeani aytib beray.
Mehr-shafqat deganimizda avvalo ota-onamiz ko’z oldimizga keladi.

Singlim bu voqeani aytib berganida rosa yig’lagandim. Har esimga kelishida o’zimni tuta olmayman, huddi xozirgiday"¦Uyimizga yaqin joyda texnikum bor edi. Bizni xovlimizda ham o’zimizga yarasha meva-cheva yetishardi. Sigirlarimiz bo’lgani uchun sut, qaymoq, qatiq ham serob edi.
Ayam yo’ldan o’tgan talabalarni ko’rganlarida qizmi-yoki o’g’il bolami, hammasiga: "œBolam talabamisiz, meniyam qizim begona yurtlarda yuribdi, sizlarni ham tushunaman, ota-onadan uzoqsiz, issiqqina nona yopgandim 2 ta o’rab beray, olib ketinglar, sut kerakmi yoki qatiqmi, deb so’rar ekanlar. Bazan qovun yoki tarvuz berar ekanlar. Talabalar hayron, boshda uyalishib" yo’q xola kerakmas, qo’ying" deyisharkan, keyin qarashsa ayam jiddiy. "œHa mayli xola hech bo’lmasa pulini beraylik", deyisharkan. Ayam bo’lsa: "œBollarim qizim uchun duo qilsalaring bo’ldi" der ekanlar yig’lamsirab"¦
Ayamni duolari va hatti-harakatlari bilan doimo qarshimga yaxshi insonlar chiqdi, hech kutmagan joyimdan yordamlar keldi, Alloh rizqimni berdi, hamd bo’lsin"¦
Ayam har doim: "œBolalarim sizlar uzoqda ekansizlar, har og’zimga luqma olganimda hammangizni o’ylayman, bolalarim bugun nima yeyishdi ekan, ochmikan, to’qmikan, deb nima yeganimni ham bilmayman""¦.
Onalik qiyin ma’suliyat"¦.Rabbim barcha onalarni panohida asrasin, uzun, hayirli umrlar nasib etsin insholloh.

Bundan 2-3 yil oldin İstambuldaman. Qish. Sovuq. O’qishdan qaytayotgandim. İstambulda yomg’ir yoki qor yog’dimi darrov "œprobka" bo’ladi. Avtobusni ichida qachon harakat etarkan bu avtobus, deb siqila boshlarkanman, birdaniga ko’zim bizga teskari yo’lda turgan chol-kampirga tushdi. İkkalasi ham 65-70 orasida, chol kampirini qo’ltiqlab olgandi. Svetofor yondi, ular bir-biriga suyanib tez tez yo’ldan o’ta boshlashdi. Yo’l ikkiga bo’lingani uchun yo’lni hammasini birdan o’ta olmadilar, yo’lovchilar kutadigan torgina yo’lakchada svetoforning yashil chirog’ini yonishini kuta boshladilar. Kutar ekanlar, chol-kampirning bir-biriga qarashi menga juda ta’sir qildi. Ular bir-biriga mehr bilan qarab kulimsirardilar. Bu yoshgacha bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbatlari hech so’nmaganini ko’rib ichimdan ah ah, deb qo’ygandim"¦

Yana İstambulda talaba ekanman uyda birga turadigan dugonalarim aytib berishgandi. Bizni mahallada o’tiradigan 70 yoshlarda hech kimi yo’q bir kampir bor ekan. U har kuni marketdan tovuqning suyakli qismlarini sotib olib, plastmassa idishlarga solib yo’l chekkalariga tashlab ketarkan. Sababi esa mahallada yashaydigan egasiz it va mushuklar ochlikdan o’lishmasin, deb shunday qilar ekan. Bu odatini esa 15 yildan beri kanda qilmas ekan"¦


12. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Javob: Rabbim barcha mo’min musulmonlar qatorida hammamizga "œMusulmonga yarashadigan" o’lim nasib etsin inshalloh. Kecha Juma bo’lgani uchun Tv’dagi Juma suhbatida juda chiroyli so’z eshitdim bir olima ayoldan.
"œBiz insonlar o’limdan keyingi hayotni har doim ham anglay olmaymiz. Hovuch qadar dunyodan voz kechib aqlimiz bovar qilmaydigan darajada azim va asosiysi boqiy bo’lgan dunyo uchun harakat qila olmaymiz, qo’rqamiz"¦Bu qo’rquv bir navi ona qornidagi bolaning holatiga o’hshaydi. Bola uchun ona qorni bir dunyo, u hali bilmaydiki tashqarida haqiqiy dunyo bor""¦
Ha biz ham bazan "œnarigi dunyo" haqida to’liq tasavvurga ega bo’la olmaymiz va bu dunyoga jon jahdimiz bilan "œyopishib" olamiz.
Qanday o’lim istashimga kelsak, menga yana duo qilishgina tushadi, chunki tasavvurim ojiz boshqa turli o’ylashga.
Rabbimiz Baqara Surasining 186 chi oyatida:  "œBandalarim Sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarining duosini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da’vatimga) javob qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar", deb buyuradi.
Menda Mehmet Dikmen va Bilal Eren’larning " 365 gun dua" degan kitobi bor. Yani har kun uchun bir duo yozilgan. Juda yaxshi ishlangan duo kitoblaridan biri. 
(Turkcha biladigan qardoshlarimizga bu kitobni tavsiya etaman)

Bu kitobda "œXunuk holatda o’lishdan Allohga sig’inish" duosi bor.
Duoning mazmuni quyidagicha: "œAllohim, qattiq yiqilib tushishdan, bo’g’ilishdan, yonishdan, aqlimni yo’qotadigan darajadgi qarilikdan Sen’ga sig’inaman. O’lar  chog’imda shaytonning iymonimni olishidan, Sen’ing yo’lingga teskari bo’lib o’lishdan va zaharli hayvonlar tarafidan chaqilib o’lishdan ham faqat Sen’gagina sig’inaman".
Qo’limdan kelguncha bu duoni o’qishga harakat qilaman, Rabbim ham duolarimni qabul qilgay inshalloh va chiroyli o’lim nasib etgay, deb niyyat qilaman"¦.
Aziz Mahmud Xudoiy Hazratlarini biladiganlar ko’p oramizda. U kishining maqbaralarida shunday duo yozigan:Turkchasi "œSağlığımızda bizi vefatımızdan sonra kabrimizi ziyaret edenler ve türbemizin önünden geçtiğinde fatiha okuyanlar bizimdir
Bizi sevenler denizde boğulmasın ahir ömürlerinde fakirlik çekmesin, imanlarını kurtarmadıkça göçmesin "

O’zbekchasi: "œSog’ligimizda bizni, o’lganimizdan keyin esa qabrimizni ziyorat etganlar va maqbaramizni oldidan o’tganlarida fotiha o’qiganlar bizdandirlar.
Bizni sevganlar dengizda bo’g’ilmasinlar, umrlarining ohirida faqirlik ko’rmasinlar, İYMONLARİNİ QUTQARMAGUNCHA narigi dunyoga ko’chmasinlar".
Bu aziz zotni ham ziyorat qilish nasib bo’ldi, hamd bo’lsin, insholloh duolaridan bizlar ham bahramand bo’lgandirmiz.
(Eslatma: İstambulga keladiganlar bo’lsa Uskudarda u kishining maqbaralari"¦)
Alloh barchamizning hayotimizni ham o’limimizni ham chiroyli qilsin insholloh"¦


13. Savol: Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Javob: Turklarda bir gap bor: Qidirgan Mavlosiniyam, balosiniyam topadi.

(Mevla-Alloh (J. J)ning sifatlaridan biri.

Men ham har ikki dunyomga foydali bo'ladigan bir narsalar qidirdim, topdim bu internet-ummonidan.

Forum sabab ilm oladigan insonlarga kelsak aniq bordir. İnson vaqti kelganda o'z bolasini xarakterini, qiziqishlarini ham bila olmas ekan, men shuncha insonni haqiqiy xarakteri va qiziqishlarini bilishga qodir emasman.

Nasib bo'lgan payt men ham forumga joylangan dinim bilan bo'liq matnlardan bahramand bo'lganman.

Alloh rozi bo'lsin, joylaganlardan, masalan Alouddin Mansurga tegishli Quroni Karim tarjimasini ilk marotaba Ziyouzda o'qiganman. Buning sababi balki Vatanda bo'lmasligim hamdir. Bu yerda O'zbek tilida diniy kitoblar topish amrimahol.
Birgina İslom sahifasida juda ko'p foydali maqola va kitoblar berilgan.

Forumda yoshi kichkina a'zolar borligi uchun ham har bir aytgan gaplarimizga diqqat etishimiz kerak. Yoshlari endigina 13-14 bo'lgan bolalarni ko'rdim. Biz yoshi ulg'aygan insonlar (uylangan, turmushga chiqqan) bir-birimizga yomon munosabatda bo'lsak, ular ham "ha biz hali yoshmiz bularni oldida, men hali og'zimga kelgan gapni yozsam bo'laverar ekan", deydi....

Bu ham bir navi inson hulqi-odobi bilan bog'liq ilm olish nazarimda....

Forumda faqat Diniy ilm emas, dunyoviy ilm bilan bog'liq ham ummon bor.


14. Savol: Бола бслса - шсх бслсин, деган гап бор. Ашлигингиздаги қилган қайси шсхлиг(лар)ингизни ҳалигача сслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган сди?

Javob: Bolalik xotiralari bitmas-tuganmas. Har eslaganimizda o'sha beg'ubor kunlarga qaytamiz hammamiz.
Har bir bolani shirin shirin bolalik xotiralari bo'lsin iloyim...chunki bu muhim....
Men oilada 2 chi, 4 qizning esa eng kattasiman. Bilasiz, O'zbek oilasida butun vazifalar opaga tushadi : )
4 qizdan keyin eng kichkinamiz o'qil bo'ldi. Shu bilan birga 4 ukamni o'zim ko'tarib katta qilganman. Alloh ulardan rozi bo'lsin, ularga bergan mehrimni unutishmadi.
Uydagi ishlar va ukalarimga qarashdan na dugonalarimnikiga bora olardim na mahallada to'yib o'yin o'ynay olardim. Endiii o'yin o'ynayman, deb turganimda,ukalarimdan biri opaaa, ayam chaqiryabdi, yuring, deb yengimdan tortardi....
Bir kuni rosa jahlim chiqdi, "nima meni o'yin o'ynashga haqqim yo'qmi", deb. Ukalarimdan birini urib yig'latdim, alamimni undan oldim, keyin orqa tarafdagi hovlini devoridan oshib qochdim ko'chaga qarab : ) yoshim 9-10 bo'lsa kerak.
Ko'chada hatto narigi mahalladagi o'rtoqlarim bilan rosaaa o'ynadim, to'yguncha, hatto dugonamni onasi bizga ovqat ham berdi. Yani 2-3 soat "yo'q bo'lib ketibman"   : )
Singlimni urganim-u, 2-3 soatlab uydan qochganim esimdan chiqib kech bo'lganda uyga kulibb kirdim, qarasam ayam qo'llarida hipchin meni kutib turibdilar. To2satdan hamma "gunohlarim" esimga tushib ketdi. Birdaniga yig'lab yubordim, "aya kechiring", dedim, boshqa qilmayman : )
Ayam do'q-po'pisa qildilar-u lekin urmadilar.
Men ham boshqa bunday yaramaslik qilmadim : )


15. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Payg'ambarimizni Hadis-i Shariflari bor, mazmunan shunday:

"O'zining gunohlarini o'ylashdan boshqalarni gapirishga vaqt topa olmagan mo'minga mujdalar bo'lsin"...

Qo'limdan kelguncha shu hadisni o'ylashga harakat qilaman...

Aforizmlarni ham,maqollarni ham juda yaxshi ko'raman. Chunki har biri tajribaning mahsulidir....

Eng yaxshi ko'rgan maqolim: "Avval o'zingga boq, keyin nog'ora qoq"....
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: shoir 07 Dekabr 2009, 09:28:48
16. Savol: Avvalo,Alloh sizlarni oilalaringni mustahkam qilsin.Shunchaki faraz qiling.Agar turmush o'rtog'ilar silarga hiyonat qilsa qanday yo'l tutasizlar?O'rtada farzand bor.

Javob: Alloh Mo'min-Musulmonlarning xonadonlaridan eng asosiysi huzurni ayrimasin.
Avvalo umr yo'ldoshi tanlashda Alloh hech kimni adashtirmasin ekan...
Lekin "xom sut emgan banda" yoki "Gunohsiz qul bo'lmas", degan gaplarga qaraydigan bo'lsak, inson bolasini bunday gunoh yo'llariga kirishi ham yana insonga hos, ko'z yumib bo'lmaydigan hodisalardan biridir.
Agar (Xudo ko'rsatmasin) shunday bo'ladigan bo'lsa va o'rtada farzand ham bo'ladigan bo'lsa men turmush o'rtog'imga hech narsa demay, bolamni olib uyimga ketgan bo'lardim.
Unga vaqt berardim. Chunki turmush o'rtog'im dindor oilani farzandi, insonlar nasliga tortadi. Qolaversa hiyonat qilgan inson avvalo mendan emas, Allohdan qo'rqmaganligini ko'rsatgan bo'ladi... Allohga tavba qilsin avvalo...

Uni vijdoni bilan yuzma yuz qoldirib, Allohdan sabr tilagan holda oddiy hayotimga oilamni yonida davom etishga harakat qilardim.
Agar shunday bo'ladigan bo'lsa eng boshda qaynota-qaynonam meni hech qayerga yuborishmagan bo'lishardi, bundan ismimday aminman. Chunki ular meni oilamdan omonat qabul qilib olishdi. Qaynotamlar omonatga hiyonat qiladigan insonlar emas...
Qolaversa farzandimga hech narsani sezdirmaslikka harakat qilardim.
Biz-ku yarim yamaloq yashadik, u bechorani aybi nima? Qo'limdan kelguncha unga ham ona, ham  ota sevgisini berishga harakat qilardim...
Alloh hech kimni bunday og'ir gunoh-hiyonat bilan imtihon etmasin inshalloh.
Chunki hiyonat qilgan ham, hiyonatga uchragan ham qattiq qalb yarasi oladi, bu yara esa osonlikcha bitmaydi....


17. Savol: А­нг сснгги олган фотоларингиздан сзингизга снг ёққан(лар)и қайсилар бслди?

Javob: Keyingi paytlarda rasmga olishga uncha vaqt bo'lmayabdi. Ham ish ko'p, ham mavsum qish. Lekin o'tgan hafta Ankaradagi "Genchlik", (Yoshlik) parkiga borgandik "ozgina bo'lsa ham shahar shovqinidan qulog'imiz uzoq qolsin", deb.
Bu parkka 1 chi marta borishim. O'zimizni "Komsomolskiy"ga o'hshar ekan juda. Xozir "O'zbekiston" bo'lishi kerak parkni nomi.
O'rtada kattakon sun'iy ko'l, hayron bo'lganimiz ko'lda chaykalar bor edi. Bilasiz, chayka asosan dengizda bo'ladi : ) bu yer esa sun'iy ko'l. Favvoralari juda yoqdi.
Sharni markazida bo'lishiga qaramay, hech shovqin yo'q edi. Parkni ichida 2 ta teatr bor.
Men asosan gullarni rasmga oldim. Menekshe-binafshalar qish gullari sanaladi. Mittigina bo'lishlariga qaramay, sovuqqa bardoshlariga hayron qolaman...
Olgan rasmlarimdan bir qanchasini "Bizning fotogallereya" mavzusiga joyladim.
Menga eng yoqqan rasmim binafshalar bo'ldi....


18. Savol: 1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?

Javob:1. Bu kungacha hamdlar bo'lsin, oilam-yaqinlarim tarafidan juda ko'p marotaba sovg'a olganman. Lekin hech esimdan chiqmaydigan sovg'a 3 chi sinfdaligimda tug'ilgan kunimda dadamni 1 korobka (30 dona) muzqaymoq olib kelganlari bo'lgan : ) O'ylab qarang, mavsum qish va siz muzqaymoqni "o'larday" yaxshi ko'rasiz... Shuning uchun aytishadi-ku, bolani ko'nglini olmoqchi bo'lsang, unga sovg'a ber, deb, bola buni hech qachon unutmaydi....
2. Payg'ambarimizni tug'lgan haftalarida Turkiyada ko'chada ko'p atirgul olganman. Bu yerda odat, hamma 1 hafta bo'yicha atirgul beradi bir-biriga. Atirgul-Payg'ambarimizni timsollari...
3. Dinimizda esa, "hadiyani hadiya qilish sunnatdir", degan gap bor. Menda bunday holat ko'p bo'lgan. Eng ohirgi marta dugonam menga sharf sovg'a qilgandi, qaynonamga juda yoqdi, unga hadiya etdim : )
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: shoir 09 Dekabr 2009, 10:54:31
Kapalakning tarjimalaridan. 1-qism

Umar Sayfiddin

ONT

Men Go’nanda* tug’ildim. Yigirma yildan beri ko’rmagan bu qasabam xayolimda sarobday tuyulardi. Tug’ilgan joyimning xayoli ancha avval ko’rgan tushimday tuyulardi. O’sha paytlar yuzboshi* bo’lgan dadam bilan birga har doim yonidan o’tgan bozor oldidagi masjidni, uning qarshisidagi kichkina, harob shodirvonni,* ichida minglab yog’och bo’laklari suzadigan daryochani, bazan yuvinishga borgan issiq suvli xammomning chuqur hovuzini eslashga harakat qilyapman. Faqat ko’p narsalarni aniq eslay olmasdim, oppoq tuman ko’z oldimga yig’ilardi. Bu tuman yodimdagi ranglarni o’chirar, shakllarni yo’q qilardi. Uzoq davom etgan g’urbatdan so’ng, Vataniga qaytgan kishi tug’ilgan yerining ufqini quyuq tuman ostida topib, sevgan narsalarini uzoqdan ko’rolmagani uchun qanday mahzun bo’layotgan bo’lsa men ham xuddi shunday qiziqishga, sabrsizlikka o’xshash alamni his qilardim. Har oqshom sigir va qo’toslardan iborat podaning o’tgan changli, toshsiz yo’llar, yo’sinli, qora keramitli tomlar, yiqiladiganday turgan buyuk devorlar, kichkina taxta ko’priklaru oxiri bo’lmagan dalalar, pastak taxta devorlar, hamma hammasi afsuski doimo bu tuman ichida erib ketardi.
Faqatgina uyimiz bilan maktabimni ko’z oldimga keltira olaman.
Buyuk bir hovli"¦O’rtasida ko’shk tarzida qurilgan oppoq bir uy"¦.O’ng tarafida esa har doim o’tiradigan oq pardali xonamiz"¦Ertalablari onam meni chaqaloq kabi derazaning chekkasiga o’tirg’izib darsimni takrorlattirar, sutimni ichirarardi. Bu derazadan ko’ringan hovlining narigi tarafida tuproq rangidagi binoning oynasiz, romsiz bir dona derazasi bor edi. Bu qora teshik meni juda qo’rqitardi. Ovqatlarimizni pishirgan, kirlarimizni yuvgan, otamning otiga yem bergan, ov itlariga qaragan hizmatchimiz Abil Onaning har kecha anglatgan qo’rqinchli, bitmas-tuganmas hikoyalaridagi ayiqni qorong’u derazada ko’rganday bo’lardim. Bu vahima bilan ro’yo tinglash, uning ta’birini aytish qiziqishida bo’lgan bechora onamga har kuni ertalab ayiqli tushlar to’qir, yirik, quzg’un ayiqning meni ushlab toqqa olib ketganini, o’rmondagi iniga yashirib, qo’llarimni bog’laganini, burnimni, dudoqlarimni yeganini, so’ngra Bayramich* yo’lidagi suv tegirmonining charxiga otganini aytib unga bir necha marotaba "œYahshilikka bo’lsin insholloh" degizardim. Onam tushimning ta’birini aytar ekan, mening kelajakda ulug’ kishi, buyuk bek, mashhur olim bo’lishimni, menga hech kimning yomonlik qila olmasligi aytib tasalli bergani zamon yolg’on to’qiganimni unutar, qanchalar sevinardim!
Qanday ko’chalardan, kim bilan ketardim? Bilmadim"¦Maktabimiz bir qavatli, devorlari suvalmagan edi. Eshikdan kirishda usti yopiq hovli joylashgan edi. Biroz ilgarida kichkina, daraxtsiz bir bog’, bogning orqasida esa hojatxona, tahorat olish uchun kattakon suv to’ldirilgan, jo’mrakli bochka turardi"¦
Sinfda o’g’il bolalar bilan qizlar aralash o’tirishar, birgalikda o’ynashardi. "œKatta muallima" deb ataganimiz o’qituvchimiz esa qo’llariga xina surilgan, sochi to’kilgan, bukri, bo’yi uzun, qari va telbanamo xotin edi. Moviy ko’zlari juda keskin porlar, tumshuq kabi egri, sariq burni bilan tuki to’kilgan xoin kalxatni eslatardi. Kichkina muallim erkak kishi bo’lib katta muallimaning o’g’li edi. Bolalar undan hech qo’rqishmasdi. Ehtimol biroz telbaroq edi. Men orqadagi qatorlarda, katta muallimaning hatto eng uzun tayog’ini yetkiza olmaydigan yerda o’tirardim. Qizlar balki sochlarimning ochiq sariq bo’lganidanmi meni doim "Oq Bek" deb atashardi. O’g’il bolalarning kattaroqlari ismimni aytishar, yoki "œYuzboshining o’g’li" deb chaqirishardi. Sinf eshigining ochilmagan tarafida osilgan "œkeldi-ketdi" lavhasi yapaloq, jonsiz yuzday bizga boqardi. Qalin devorlarning shipga yaqin tor derazalaridan kirgan so’nik oydinlik to’xtamasdan baqirgan, hayqirib kitob o’qigan bolalarning hech tinmas, keskin hayqiriqlari bilan aralashib yana ham og’irlashar, loyqalanardi.
Maktabda faqat bir tur jazo bor edi: Kaltak...Katta nojo’ya ish qilganlar, hatto qizlar ham falaqaga yotardi. Falaqadan hamma qo’rqar, titrardi. Kichik ayblarning jazosi esa bir-biriga o’xshamasdi. Kichik muallimning og’ir mushti"¦Katta muallimning uzun tayog’i tekkan boshni mutlaqo shishirardi. Men hech kaltak yemagan edim. Balki menga yon bosishardi. Faqat bir marta katta muallima yolg’on gapirganim uchun quruq suyak qo’llari bilan chap qulog’imni cho’zgandi. Shunangi qattiq cho’zgandiki, ertasi kun ham qip-qizil bo’lib lov-lov yonardi. Holbuki aybim yo’q edi. Yolg’on gapirmagandim. Hovlidagi tahorat bochkasining jo’mragi sindirilgan edi. Katta muallim bu ishni qilgan kishini qidirayotgandi. Bu ishni qilgan moviy nimchali, qizil belbog’li, kasalmand ozg’in bola edi. Muallimaga xabar berdim. Aybdor falaqaga yotqiziladigan edi, lekin u aybini inkor etdi. So’ngra boshqa bir bola chiqdi. Jo’mrakni men sindirdim, uning aybi yo’q, dedi. Yerga yotib, baqira-baqira kaltak yedi. O’sha payt katta muallima: "œNimaga yolg’on gapirib, bu bechoraga bo’xton qilyapsan?" deb qulog’imga yopishdi. Yuzini burishtirib menga achchiq qildi. Rosa yig’ladim. Chunki yolg’on gapirmayotgandim. Ha, jo’mragni sindirayotganini o’z ko’zim bilan ko’rgandim. Kechki payt dars tugagandan keyin kaltak yegan bolani to’xtatdim va unga:
- Nima uchun meni yolg’onchiga chiqarding, - dedim, - jo’mrakni sen sindirmading-ku?
- Men sindirdim"¦
- Yo’q sen sindirmading. Narigi bolaning sindirganini o’z ko’zim bilan ko’rdim.
U oyoq tirab olmadi. Yuzimga qaradi, biroz shunday tikilib turdi. Agar muallimaga aytmaslikga ont ichsam, sirini aytadigan bo’ldi. Men darrov ont ichdim, chunki buning sababini o’rganishga qiziqayotgandim:
- Jo’mrakni Ali sindirgan edi, - dedi, - men ham bilaman. Ammo u zaif, ham kasal. Sen ham ko’rding, falaqaga chidayolmasdi. Balki o’lib qolardi, yotoqdan endi turdi o’zi.
- Ammo sen nima uchun uning o’rniga kaltak yeding?
- Nimaga bo’lsin. Biz u bilan ont ichganmiz. U bugun kasal, men yaxshiman, quvvatim bor. Uning yeriga kaltak yeyish bilan uni o’limdan qutqardim.
Aytganlarini unchalik tushunmaganligim uchun takror so’radim:
- Ont nima?
- Bilmaysanmi?
- Bilmayman!
U "œmen bilmayman" deyishim bilan kuldi, mendan uzoqlashar ekan javob berdi:
- Bir-birimizning qonlarimizni ichamiz. Ana unga "œOnt ichish" deydilar. Ont ichganlar qondosh aka-uka bo’ladi. Bir-birlariga o’lguncha yordam beradi, har tahlikada yoniga chopadi.
So’ngra diqqat qildim, maktabda bir qancha bola bir-biri bilan ont ichib qondosh aka-uka bo’lishgan ekan. Hatto ba’zi qizlar ham oralarida ont ichishibdi. Bir kuni yangi o’rgangan odatimni qanday qilishlarini ko’zim bilan ko’rdim. Yana orqa qatorlarda o’tirgandim. Kichik muallim tahorat olish uchun tashqariga chiqqandi. Katta muallima esa bizga orqasini o’girib, shilliqqurt misoli sekin-sekin namoz o’qirdi. Ikkita bola taxta sopli bir pichoq bilan qo’llarini chizishdi. Chiqqan qizil tomchi qonlarni qo’llariga chizgan chiziqning ustida surtib aralashtirdilar. So’ngra bir-birlarining qo’llarini shimdilar.
Ont ichib qondosh aka-uka bo’lmoq"¦Bu fikr meni o’ylantira boshladi. Agar mening ham qondoshim bo’lsa, muallimaga qulog’imdan torttirmas, ehtimol falaqaga yotadigan paytim meni qutqarardi. Kattakon maktabning ichida o’zimni yolg’iz, o’rtoqsiz, himoyasiz his qilardim, onamga fikrimni har bola kabi ont ichmoqchi ekanligimni aytdim. Ontning nima ekanligini ta’rif etdim. Rozi bo’lmadi. Onam: "œUnaqa munosib bo’lmagan ishlarni xohlamayman. Aslo qilma bu ishni haa"¦" deb koyidi. Lekin men uni tinglamadim. Ont ichishga ahd qilgandim. Faqat kim bilan? Bir tasodif, kutilmagan voqea menga qon qardoshimni belgiladi. Juma kunlari hovlidagi qo’shni bolalar to’planishardi. Kechga qadar birga o’ynardik. Orqamizdagi uylarning egasi Hoji Budaklarning men bilan tengqur o’g’illari bor edi, eng ko’p uning ismi menga yoqardi: Mistiq"¦Bu so’zni aytar ekanman rosa lazzat olar, ismini doimo takrorlardim. Shunchalar ohangli va jarangdor ediki... Qizlar bu go’zal ismga to’qigan qofiyalarni Mistiqni bog’da, ko’chada ko’rishlari bilan birvarakayiga aytishar edi, haliyam esimda:
Mustafo Mistiq
Arobaya qistik,
Uch mum yoqtik,
Sayriga boqtik!,
deya baqirishar, qo’llarini musht qilib unga qarshi turar edilar. Lekin Mistiq hech jahl qilmasdi, aksiga kulardi. Biz ham uni ko’rishimiz bilan bu she’rni baqirib aytar, maza qilardik.
Bu mittigina she’r xayolimga ham ta’sir etgandi. Tushimda ko’pgina orsiz qizlarning Mustafani buyuk muhojir mashinasida siqishtirib olib, atrofida uchta mum yoqqandan keyin uni tomosha qilishganini ko’rdim. Nima uchun Mistiq shunchalik odobli o’tirardi. Nimaga birdan sakrab qizlarni kaltaklamas, siqilib o’tirgan qatron hidli mashinadan qochmasdi. Chunki u hammamizdan quvvatli edi. Xuddi ismiday har tarafi yumaloq edi: boshi, bilaklari, oyoqlari, vujudi"¦Hatto qo’llari"¦Butun bolalarni kurashda yengardi. Yozda har juma kuni ertalab bir quchoq tol shoxi olib kelardi. Bu shoxlardan o’zimizga ot yasar, chavgon o’ynab musobaqa qilardik. Mustafo musobaqada ham hammamizni yengardi. Uni hech birimiz tutolmasdik. Yana bir juma kuni Mistiq tol shoxlari bilan keldi. Men eng uzunini o’zimga ayirdim. Qolganlarini bolalarga tarqatdim. Bir pichoq bilan shoxlarning uchlarini kesar, qobiqlaridan ikki quloq, bir burun chiqarar, xuddi otga o’xshatardik. Bu ishni eng yaxshi men bajarardim.
O’z otimni yasarkanman, Mistiq bilan boshqa bolalar navbat kutishardi. Qanday bo’lganini sezmay qoldim, tolning qobig’i birdan yorildi. Orqasidan sirg’algan pichoq chap qo’limning ko’rsatkich barmog’ini kesti. Birdan suvli, qizil qon oqa boshladi. Shu payt kallamga bir fikr keldi: Ont ichmoq"¦Barmog’imning achishini unutdim. Mistiqqa:
- Qani, nima bo’lsa ham barmog’im tayyor kesildi. Qondosh aka-uka tutinaylik. Sen ham kes"¦
Mustafo ikkilandi. Qora ko’zlarini yerga qadab buyuk, yumaloq boshini chayqadi:
- Bunaqasi bo’lmaydi"¦.Ont ichish uchun qo’l kesish lozim"¦
- Nima zarari bor, deb uni majbur qildim, qon emasmi? Hammasi bir. Xoh qo’ldan, xoh barmoqdan"¦Qani tezroq bo’l"¦
U rozi bo’ldi. Qo’limdan olgan pichoq bilan o’z qo’lini ancha chuqur qilib kesdi. Qoni shunchalar quyuq ediki, oqmas, bir tomchi shaklida qavarib, yiriklashardi. Barmog’imning qoni bilan aralashtirdik. Avvalo men shimdim. Qon tuzli, issiq narsa edi. So’ngra u mening barmog’imni shimdi.
Bilmadim, oradan qancha vaqt o’tdi. Balki olti oy"¦Balki bir yil"¦Mistiq bilan qondosh bo’lganimizni deyarli unutgandim. U bilan yana o’ynar, maktabdan uyga birga qaytardik. Bir kuni havo juda issiq edi. Katta muallima bizni yarim kundan keyin ozod qildi. Xuddi payshanba kuni kabi"¦ Mistiq bilan ko’chaning changlari ichida sekin-asta yurardik. Men fesimning* ichiga ro’molchamni qo’ygandim"¦.Terimni artmaganim uchun yuzim jiqqa ho’l edi. Katta yo’ldan o’tayotgandik. Burchakda yiqilgan devorning qoldiqlari bor edi. Birdaniga qarshimizdan yirik, qora it chiqdi. U bizga qarab yugurib kelardi. Orqadan ko’ringan bir necha odam qo’llarida qalin tayoqlar bilan itni quvalashardi. Bizga: "œQochinglar, qochinglar, tishlaydi!", deb baqirishdi. Qo’rqib ketganimizdan nima qilishimizni bilolmay joyimizda qotib qoldik. Men biroz o’zimga kelib: "œVoydod, qochaylik"¦" dedim. Ko’zlari olovday yongan it bizga yetib olgandi. Xuddi shu payt Mistiq: "œSen mening orqamga yashirin!", deb hayqirdi, o’zi esa oldimga o’tdi. It uning ustiga tashlandi. Dastlab tezlik bilan bir-birlariga urilishdi. So’ngra xuddi kurashayotganday tikkama-tikka kelishdi. It ham orqa oyog’ida tikka turardi.
Biroz shunday kurashgandan so’ng ikkalasi ham yerga yumaladi. Mistiqning kichkina fesi, moviy ro’molchasi yerga tushdi. Bu jang menga juda uzun tuyuldi. Titrardim. Tayoqli amakilar yetib kelishdi. Itga qo’llaridagi tayoqning bor kuchi bilan bir necha marotaba urishdi. Mistiq itdan qutildi. Bechoraning qo’llaridan, burnidan qon oqardi. It dumini chotiga qisib og’zi yerda xalloslab qochdi. Mistiq esa: "œHech narsa bo’lgani yo’q"¦ Achimayapti"¦ Birozgina chizildi"¦" derdi. Uni, uyiga olib ketdilar. Men ham darrov uyimizga qarab chopdim. Onamga boshimga kelganlarni aytib berdim. Abil Ona meni darrov yerga yotqizib uzoq muddat qovug’imga, "œqo’rquv" tomirlarimga bosdi. Shunday duo o’qib yuzimga puhladiki sarimsoq hididan aksirib yubordim.
Ertasi kuni Mistiq maktabga kelmadi. Uning ertasi kuni yana kelmadi"¦.Onamga Hoji Budaklarning uyiga borib Mistiqni ko’raylik, dedim. "œKasal ekan bolam, insholloh tuzalgandan keyin yana birga o’ynaysizlar, hozir ularni bezovta qilsak uyat bo’ladi", dedi. Undan keyin men har kuni ertalab Mistiqni tuzalgan holda ko’raman, degan umid bilan maktabga borardim. Faqat hayhot"¦. U hech kelmadi"¦It quturgan ekan. Qaratish uchun Mistiqni Bandirmaga* olib ketishibdi. U yerdan Istambulga jo’natar emishlar.
Nihoyat bir kuni eshitdikki, Mistiq o’libdi"¦.
Saharlab turganimda ochiq, bulutsiz havolar hammada bo’lgani kabi menga ham bolaligimni eslatadi. Yodimda azaliy va safsar tongning qizg’ish mamlakatiday qolgan tug’ilgan joylarimni, ko’z oldiga keltirgim keladi. Doimo farqiga bormasdan chap qo’limning ko’rsatgich barmog’iga qarayman. Birinchi bo’g’imning ustida haliyam oq chiziq shaklida turgan bu kichkina yara izi men uchun juda muqaddasdir. Onti uchun o’lgan, hayotini mahv etgan qahramon qon-qardoshimning issiq lablarini takror barmog’imning uchida his qilar, meni qutqarish uchun o’zidan katta quturgan cho’pon iti bilan kurashgan arslon va bahodirning hayolini ko’rganday bo’laman.
O’z qavmimizdan, durust Turklikdan uzoqlashgan paytimiz, battar chirigan chuqurlarga yumalagan qorong’u jarlikning, bu axloqsiz va buzuqilik, vafosizlik, faqatgina o’z dardini o’ylashlik, pastkashlik, miskinlik jahannamining eng tubida ma’yus va shartlangan, to’lg’onarkan sof va nurdan paydo bo’lgan moziy, yo’qolgan bir jannatning haqiqatdan uzoq bir sarobi shaklida qarshimda ochilar, meni ovutib baxtli qilardi. Soatlab Mistiqning hotirasi bilan bu muhtaram va jo’mard motamning eskirib unutilgani sayin yana ham ziyoda qiymati ortgan totli va mahzun achinishi bilan lazzatlanaman"¦

Turk tilidan Zamira Hamidova tarjimasi
_____________
* Go'nan - Turkiyadagi Balikesir viloyatining nohiyalarindan biri.
* Yuzboshi - Leytenant
* Shodirvon - Masjidlarda tahorat olinadigan, atrofidagi jo’mraklardan su oqadigan usti ochiq, kichik hovuz.
* Bayramich - Umar Sayfuddin yashagan joydagi yo’lning nomi.
* Fesim - Qizil duxobadan tikilgan, tepasida popuklari bo’lgan, silindr shaklidagi shapka.
* Bandirma - Turkiyadagi Balikesir viloyatinig nohiyasi.


Manba (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3807&Itemid=227)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: shoir 11 Dekabr 2009, 11:37:37
Kapalakning tarjimalaridan. 2-qism

Umar Sayfiddin

KAROMAT

Yong’in yarim soatdan beri davom etardi. Mahalla aholisi yong’inning ikkita uydan nariga o’tmay so’nishiga ishonishardi. Chunki o’rtada bir ulug’ zotning maqbarasi bor edi. Bu yerning yonishi aslo mumkin emasdi! Shiddatli janub shamoli esar, olov va uchqunlarini sochgan taxta parchalari maqbaraning ustiga, pastdagi uylarning tomlariga uchib tushardi. Yong’in ochiruvchilar so’ng g’ayratlarini sarf qilardi. Politsiyachilar atrofni qurshab olishgan, buyumlarning o’g’irlanishini oldini olishardi. Ahmat tirriq atrofga nazar tashladi. Bu kishi mahallaning tajribali bezorisi edi. Uning fikricha yong’in - mollarni osongina qolga kiritish degani edi. Ammo mahalla xalqi faqir edi. Shu onda yongan kulbalar ichida ko’rpa-to’shakdan boshqa narsa yo’qligini u yaxshi bilardi. Holbuki, yong’inda uning odati "œyuki yengil, bahosi qimmat" ashyolarni topish edi.
- Alloh balosini bersin! Foydasiz yong’in!, - deb boshini chayqadi.
Aholi maqbaraning oldiga to’plangan edi. Bu yerga kelguncha olov so’nadi, deyishardi. Ahmat tirriq yashil rangdagi maqbaraning derazasidan mo’raladi.
Xira yongan mumning yengilgina yoritayotgan mozor sag’anasiga qaradi. Bosh tarafida ikkita katta shamdon turardi. Sag’ananing ikki tarafiga ikkita joynamoz solingan edi. Ochiq lavhlarda buyuk Quroni Karimlar "œyonboshlab yotardi". Ozg’in Ahmat arzon molni ko’rganda porlaydigan yahudiy ko’zi bilan bularga qaradi. O’zicha ashyolarning eng arzon narxini hisobladi. Ichidan:
- Shamdonlar o’n liradan yigirma"¦.Joynamozlar o’n besh liradan o’ttiz"¦Kitoblar aniq qo’l yozma bo’lsa kerak. Yigirma lira ularga "¦Jami yetmish""¦, dedi.
Yashil rangga bo’yalgan eshikning yoniga bordi. Ozg’in suyakli yelkasi bilan eshikning qanchalik mustahkamligini tekshirib ko’rdi. So’ngra qulfiga qaradi. Sekin-sekin eshikni itara boshladi. Xalq yong’in bilan ovora edi.
Ahmat tirriq juda quvvatli edi. Bu mahalladagi urushqoq odamlargagina xos bo’lgan, kuchli mushagi bo’lmasa ham, sport bilan shug’ullanmasa ham o’zidan o’zi yuzaga keladigan telba kuch edi. U eshikni butun kuchi bilan itargani uchun eshik qirsillab, nihoyat "œqars" etib ochildi. Tirriqning ichkariga kirgandan keyingi ilk ishi xira mumni puflab ochirish bo’ldi. Faqat oladigan narsalari har qancha qiymatli bo’lsa ham yuki unchalik yengil emas edi. O’g’irlik rejasi uning zehnida tartiblana boshladi. Bezorining rejasi tayyor bo’lguncha, "œnatija"ni kutmasdan, harakatni boshladi. Shamdonlarning mumlarini chiqarib yerga tashladi. Lavhlardagi kitoblarni olib belidan yechgan Trablus belbog’iga o’radi. So’ngra biroz tin olib, burnini qashidi. Asta-sekin joynamozlarni yig’ishtirib, bularni otning ustiga jul yopganday qilib sag’ananing ustini o’radi. Endi eshikdan chiqishi lozim edi. Ammo tashqari odam bilan to’la edi. Sag’anaga suyandi. Biroz o’yladi. Salla ham tashlab ketiladigan narsa emasdi, ustida kumush ip bilan tikilgan naqsh bor edi. Birdan sag’ana siljiy boshladi. Ahmat tirriq yiqilmaslik uchun o’zini zo’rg’a ushlab qoldi. "œAjabo, avliyo tirilyaptimikan?" — deb o’zicha o’yladi. Joyida turib qoldi. U yerga qaradi va kulimsiradi. "œUh seni, yerga mixlanmagan ekan-ku",- dedi. Egildi, ostiga qarash uchun sag’ana qopqasini ko’tardi. Qopqa ancha yengil edi. Ingichka yog’ochdan yasalib, ustiga yashil mato qoplangan edi. Zehnidagi "œchiqish rejasi" tamomlandi. Kitoblar bilan shamdonlarni quchoqlab sag’ana qopqasining ostiga kirdi. Sekin-asta yura boshladi. To’xtadi. Qopqa ostidan qo’lini chiqarib asta-sekin eshikni ochdi. Chap taraf ko’chaga chiqqani uchun ushlanib qolish ehtimoli bor edi. O’ng tarafdagi ko’chada hech kim yo’q, tanho edi. Ko’chada vayronalar ko’p edi. Ammo yong’in ham shu tarafda edi. Barcha o’sha tarafga yig’ilgandi. Ahmat tirriq qopqaning ostida ko’p o’ylab o’tirmadi. Patir-putur qilib eshikdan chiqdi.
Shovqinni eshitib qayrilib qaragan xalq hayron edi. Hamma joyida dong qotib qolgandi. Ana.. Avliyo o’rnidan turib yura boshlagan edi. Nasoslar to’xtadi. Shiddatli shamol ham birdaniga tindi. O’t o’chiruvchilar qo’rquvlaridan qo’llaridagi bolta, changak, shlanglarni tashlab yubordilar. Sag’ana qopqasi yong’inga qarab yura boshladi. Ikki yonga ochilib yo’l bergan aholi qo’rquvdan titrardi. Sag’ana qo’rquv to’la, ma’naviy haybat bilan silkina silkina-silkina oralaridan o’tib, qorong’ulikda ko’zdan yo’qoldi.
Maqbaradan oldingi ikki uy ham olovdan omonda qoldi.
Yonmasdan avliyosiz qolgan maqbara yana mahallaning aziz maskani bo’lib qolaverdi. Faqat duo qilganlar yuzlarini oldingiday bo’shab qolgan binoga emas, qiblaga qarab "œKo’zimning nuri, yong’in kechasi bu tarafga qarab ketdi" deyishardi.

Turk tilidan Zamira Hamidova tarjimasi

Manba (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3807&Itemid=227)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 14 Dekabr 2009, 20:02:45
"O'zim yasagan kompozitsiyalar"   turkumidan

(http://s61.radikal.ru/i174/0912/5a/b04c4d4eaecb.jpg) (http://www.radikal.ru)


Gullarni qanchalik yaxshi ko'rishim haqida gapirib o'tirmasam ham bo'lsa kerak : )

Orada magazinlardan menga yoqqan gul donalarini sotib olaman, bir fikr kelishi bilan ulardan guldasta yasashga harakat qilaman. Ohirgi shaklini olguncha necha marta almashadi gul bechoralar, bir men bir gullar biladi  : )

Bazan esa menga sovg'a kelgan yoki oldindan sotib olgan guldastalarimni bir zumda o'zgartirish fikri kelib qoladi...


Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 14 Dekabr 2009, 20:13:28
(http://s45.radikal.ru/i107/0912/64/1d301946310a.jpg) (http://www.radikal.ru)

Aslida atirgullar uzun edi, 1 metrga yaqin, ularni kompozitsiya uchun kesishga majbur bo'ldim. Ostida idishi bor, po'kak yopishtirdim, gullarni soplari uzun ingichka metaldan bo'lgani uchun po'kakka bemalol suqib joyladim.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 14 Dekabr 2009, 20:26:11
(http://s49.radikal.ru/i126/0912/30/cbad2cdbb43f.jpg) (http://www.radikal.ru)


Bu gullar aslida boshqacha guldasta edi, ularni tamoman o'zgartirdim. Menga vazasini sovg'a qilishgandi, "nima qilaman kattakon bankani", deb turgandim birdan vaza qilsam-chi degan xayol keldi : )
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 14 Dekabr 2009, 20:31:09
(http://s56.radikal.ru/i152/0912/b5/668ff4e2b908.jpg) (http://www.radikal.ru)


Yuqoridagi guldastadan ortgan mayda gulchalarni ham shu shaklda joyladim....
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 14 Dekabr 2009, 20:38:11
(http://i021.radikal.ru/0912/5c/6fca43d9f7a8.jpg) (http://www.radikal.ru)

Uyda ancha-muncha qizil atirgul yig'ilib qolgan edi. Ularga mos qizil vaza oldim va ichiga 2 dona uzun sumbul joyladim. Rahmatli Gulnidoni atirguli ham guldastani ichida.....Alloh uni va onasini rahmat aylasin....
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 14 Dekabr 2009, 20:43:32
(http://i037.radikal.ru/0912/59/84e6281d5218.jpg) (http://www.radikal.ru)

Koridor burchaklariga odatda uzun bo'yli vaza va uzun gullar qo'yilsa ham chiroyli ko'rinadi hamda oralarni bo'sh korsatmaydi.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 14 Dekabr 2009, 20:49:22
(http://s46.radikal.ru/i112/0912/88/4983b94175fa.jpg) (http://www.radikal.ru)


Eng qiziq vazam bu. Chunki qatiq idishidan yasaganman. Plastmassa. Tagini dumaloq shaklda teshdim. Zarli ip oldim va boshdan pastga qarab o'radim. Tagidan chiqqan doirani yana o'rtasidan teshik ochdim. U yerni ham yana aylanasiga ip bilan o'rab chiqdim. Aslida bu idishni ichiga igna-ip solsangiz ham bo'ladi....
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ulugbek-Uz 15 Dekabr 2009, 13:46:24
Qisqacha hayot yo'lim
O’qigan o’qishlarim:
Nizomiy nomidadi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, O’zbek va Turk tillari va adabiyoti (5 yil)
Marmara Universiteti, Turk tili bo’limi (Turkiya, Aspirantura 5 yil)

Капалак опа, охирги 5 йилликни тугатганмисиз дейман?
Туркисда аспирантура 5 йилми?
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 15 Dekabr 2009, 15:46:32
- Капалак опа, охирги 5 йилликни тугатганмисиз дейман?


- Ha diplomimda "İnstitga kirib, Universitetni tugatdi", deb yozilgan. Allohga shuklrar bo'lsinkim, shoshma-shosharlik bilan qaror beriligan Bakalavr sistemasiga teng kelmaganman. Oldin "Universitetda domlalar bu dasturga tayyormi",  deb so'ralishi kerak. Ayniqsa hamma ham shaharlik emas-ku, viloyatdan kelganlar qanday qilib Magistrni tugatsin.....Eeee gapirsang gap ko'p....


Туркисда аспирантура 5 йилми?

O'zi aslida 5 yil emas. Masalan darslar oktyabrda boshlandi, deylik. 2 yilgacha darslarni berishingiz mumkin. Keyingi 1.5 yil ichida esa dissertatsiyani tugatishingiz shart. Bo'lmasa Universitetdan "otilasiz"....Lekin Turkiyada yana bir narsa bor "Avf qonuni". Bu qonun 1-2 yilda bir chiqib turadi. İlgari Universitetdan "otilgan" talaba bu qonun bo'yicha murojaat qilib, o'qishini tiklashi mumkin.

Mening o'qishimni 5 yilga uzashini sababi, YO'K- Yuksek O'g'retim Kurulu degan tashkilotdan Nizomiyda olgan Diplomimni tasdiq hujjatini olishim "ota go'ri qozixona" bo'lgan. Turkiya bilan O'zbekistonni orasidagi sovuq shamollar menga o'hshaganlarga ta'sir qilgan....2 yil kutganman bu hujjatni. 3 yiga kelganda rasmiy talaba bo'lganman. Ungacha na talabalik haqlarim bor edi, na talabalik hujjatim. O'qish pulini 4 barovarini to'lganman shunga qaramay. Chunki meni o'qishga qabul qilishgan status: "Mahsus talaba" edi, yani puli bor, shunchaki lay lay lom qilib kelgan talaba degan ma'noda  : )

O'qishni tugataman, deb ko'rgan kunlarimni men aytmay, siz eshitmang ukam : )
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 15 Dekabr 2009, 15:47:34
(http://s48.radikal.ru/i121/0912/dd/ae057b37f833.jpg) (http://www.radikal.ru)

Yana plastmassa qatiq idishidan yasagan "igna iplik idishim"  : )
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ulugbek-Uz 15 Dekabr 2009, 16:38:27
Iqtibos
YO'K- Yuksek O'g'retim Kurulu degan tashkilotdan
YO'K - YO'Q тасдиқламайман дегани :)))
Биздаги ОАК билан айқаш скан :))

п.с. Меҳнатларингиз, сабрларингиз самарасини ксрасиз худо ҳоҳласа..


п.сс. Бу идишчангиз оғзини катта қилиб очиб юқорига қараб ҳайратланиб турган кучукчага схшаб қопти, бсйинбоғларини тушганини сна :)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Shoxjahon12 15 Dekabr 2009, 17:31:17
Juda ajoyib chiqibdi tarjimalaringiz. Turk adabiyotiodan bo'lsa kerak?! Iloji bo'lsa muallifi haqida ham qisqacha ma'lumot berib ketsangiz yaxshi bo'lardi.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 16 Dekabr 2009, 15:33:28
Rahmat hikoyalarni erinmay o'qib chiqqaningiz uchun.

O'mer Seyfettin "Turk hikoyanavisligining otasi", desak ham bo'ladi. Ayniqsa Osmanlicha, deyilgan Arapcha- Forsha-Turkcha tillardan iborat qorishiq va asosiysi faqat Saroy ahli qo'llanadigan tildangina iborat bo'lib, oddiy Xalq hech foydalanmaydigan va tushunishda qiynaladigan tilga "Soddalik" olib kelishda bosh rol o'ynagan adiblardan biridir.

O'. Seyfettin 11 chi Martda, Balıkesir Viloyatida Kafkasyadan kelib Turkiyaga joylashgan askar oilasida dunyoga keladi. 6 chi Mart, 1920 da esa İstambulda vafot etadi. Haribiy maktabda ta'lim oladi, I. Jahon urushida qatnashadi. Yillab asir yotadi. Hikoyalarining ko'pi shahsiy hayoti bilan bog'liqdir.

Juda Milliyatchi bo'lgan adib, qurshov ostida qolgan va har kuni qadam qadam Yunon, Frantsuz, İnglizlar tarafidan qo'lga kiritilayotgan Vatan tuproqlarini qaytarib olish uchun hikoyalari, maqolalari bilan xalqiga: "Titra ey Xalqim, sen bu emassan", deb faryod etadi.

İstambul Yunonlilar tarafidan qurshab olingan vaqtda bu mavzuda juda hassos bo'lgan adibning diyabet kasalligini yana ham huruj qiladi va vafot etadi. Mozori İstambulda, Zinjirlikuyu mozorida joylashgan.

Shu kungacha adibning 114 hikoyasi topilgan. So'nggi vaqtlarda bazi hikoyalari topilganligi uchun "haliyam adibning bazi asarlari qayerlardadir bo'lishi, mumkin", degan fikrlar bor.

Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Dekabr 2009, 17:18:30
Rahmat, ma'lumotlar uchun!
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 21 Dekabr 2009, 13:24:09
Sinalmagan yigitga singlim tushdi yor-yor"¦

Uydan xabar oldim: "œ Opa, Oltinoyni unashtirdik""¦.SMS ni o’qib, boshda xazil deb o’yladim. Chunki singlimni birdaniga "œunashtirishlari" menga juda qiziq tuyuldi, "œbiri bor, shunga ho’p desak-mi", qabilida so’zlar aytilmasdan birdaniga unashtirilgani men uchun kutilmagan xushxabar bo’ldi.
Birdan Oltinoyni bolaligindan beri ro’y bergan voqealar bir-bir ko’z oldimdan o’tdi.
Dadamni o’ng oyoqlaridagi barmoqlari 6 dona edi. Ularni buva-buvilari doimo Barakatulloh, deb chaqirarkanlar. Shu barmoqlari sabab armiyaga ham olishmagan ekan. Hullas "œolti barmoqlilik" genetik yo’l bilan Oltinoyga ham o’tib, singlimning ham qo’l ham oyoq barmoqlari 6 donadan bo’lib tug’ilgandi. Tug’ruqxonaga rahmatli muallim Abdulhamid otam ayamni ko’rgani borganlarida ayam yotgan xonaning derazasidan : "œQizim, siz hech hafa bo’lmang, Xudo bizga Oltin beribdi", deb ayamni ko’ngillarini ko’targan ekanlar. Ayam uyga kelganlaridan keyin esa hammalari maslahatlashib yangi mehmonimizni ismini "œOltinoy" qo’yishga qaror berishibdi. Ayam oradan yillar o’tsa ham o’sha kunni ko’p eslardilar, "œrahmatli qaynatam men hafa bo’laman, deb rosa havotir olgan ekanlar, deya kulimsirardilar.
Oltinoyni qo’lidagi 6 chi barmoqlari huddi gilosday edi. İngichka et bor, keyin esa gilos kattaligida dumaloq barmoqcha"¦ Boshda juda sevimli edi. Keyin katta bo’lib, yura boshlagach qiynala boshladi.  Chunki barmoqlar osilib turgani uchun bazan bir yerlarga siqilib qolar, Oltinoy "œdooood" deb yig’lardi..Oyog’idagi barmoqlari esa oyoqkiyim kiyishida qiyinchilik tug’dira boshladi..Singlim 1.5 yoshlidiga qo’l barmoqlarini, 3-4 yoshlarga yetganda esa oyoq barmoqlarini dadam Toshkentdagi jarroh tanishlarini kasalxonalarida kestirib keldilar. Ayam barmoqlarni avaylab, hovlimizni burchagiga ko’mdilar.
Oltinoy 4 qizninq eng kichkinasi bo’lgani uchun juda ham erkatoy edi. Uni o’rnida men bo’lsam men ham erkalanardim. 1 akasi, 3 opasi bor, mazza. Kiygan butun kiyimlari o’ziga yarashardi. Qo’g’irchoqday yasantirardik o’ziyam. Oltinoy ham 4-5 yoshigacha yerga kam bosgan, asosan quchog’imizda katta bo’ldi. Uning nozlarini eng ko’p men ko’targanman. Bir marta yana ko’tarib yurgandim, adashmasam 3 yoshlarda edi. Birdan nimagadir jahli chiqdi va yuzimga chang soldi. Tirnog’i yuzimga shunchalik qattiq botgan ekan-ki 2-3 kungacha qoni to’htamadi. Ayam rosa kuyingandilar, bir tarafdan yuzimda iz qoladi, bir tarafdan esa Oltin zahargina bo’ladiyov, deb"¦.O’ng yuzimdagi 2-3 smlik chandiq izi maktabni bitirginimcha aniq ko’rinib turardi. Keyin o’zidan-o’zi yo’q bo’lib ketdi. İnsonlar odatda bir yerlaridagi yara izlari yo’q bo’lganda xursand bo’lishadi, lekin men "œkoshki ketmasa edi, Oltinimdan hotira edi", deb hafa ham bo’lganman.
Oltinoyimiz maktabga boshladi. Odatda bizni oiladagi butun o’quvchilar "œsinfkom" bo’lishgan. Oltin ham bu "œodatni" buzmadi. Uning qattiqqo’lligi, sharttakesarligi haqida o’qituvchilari, sinfdoshlari ko’p gapirishardi. Bir kuni o’qishdan uyga kelsam, menga Oltinoyga sevgi izhor qilgan bir sinfdoshiga singlimni bergan javobini aytib rosa kuldirishdi. Men qizlarni kattasi bo’lganim uchun dadam-ayamga uncha muncha narsani aytavermasdim. Uyalardim. Oltinoy esa hech tortinmas, hamma narsani ayamga "œyetkazardi". Yana bir kuni sinfdagi bolalardan biri singlimga "œseni yoqtiraman", debdi. U bo’lsa: "œHeee sen oldin yaxshilab burningni artib ol, ho’p-mii?, deb javob bergan ekan. Buni eshitib rosa kulgandim, lekin ayamga qanday aytding, deb hayron bo’lgandim.
Maktabni ham bitirdi"¦Men ham o’qishni tugatib, Toshkentda ishlayotgandim. Oltinoyni o’zimni o’qishimga kirishini hoxlab hujjatlarini topshirish uchun Toshkentga olib keldim. Undan yaxshigina o’qituvchi bo’ladi, deb o’ylagandim. Universitetga bordik, nimalar kerak, deb ma’lumotlar oldik. Uyga qaytgandan keyin esa singlimga opa sifatida uzundan-uzun nasihat qildim. O’qishga kirsang, shunday bo’ladi, ilgarigi erkaliklarni tashlashing kerak. Sabrli bo’lishing kerak"¦.Ertasi ertalab qarasam Oltinim sahardan turib olgan, ko’zlari yig’idan qizargan, menga jovdirab qarab turibdi"¦Hayron bo’ldim, tinchlikmi, deb so’radim. — Opa, dedi, men o’qishga kirishdan voz kechdim"¦!!!
------------?
Men ayamsiz chiday olmayman bu yerda 4-5 yil. Sizga o’hshagan kuchli emasman, erta-indin siz ham turmushga chiqib ketasiz, men bir o’zim qolaman, nima qilaman bu yerlarda? Men sizlar o’ylaganchalik shaddod emasman, meni butun erkaliklarim sizlarga va uyimda edi"¦!
Him,,,nima ham der edim. Singlimni qarori. Turklarda maqol bor: "œMajburan go’zallik bo’lmas", degan. "œSen bilasan singlim", dedim."Bu sening qaroring. O’qish rostdan ham oson ish emas, lekin keyin afsus qilmayman, desang bo’ldi, uyga qaytaver", dedim.
Uyga qaytgandan keyin chevarga shogird bo’ldi. "œHar bir ishda hayir bor", deganlaridek, Oltinoyni o’qishga kirmay uyga qaytishida ham biz bilmagan ancha hayir ishlar bor edi. Vaqti keldi, ayam qattiq kasal bo’ldilar. Uyni og’ir ishlarida doimo ayam-dadamga katta yordamchi bo’ldi singlim. "œHech bo’lmaganda ota-onam yolg’iz emaslar", deb ko’nglimiz hotirjam edi.
Uyim-joyim deb, qanaqa ish bo’lsa erkakday yeng shimargan, paxta tergan, non yopgan, sigir soqqan, uy tozalagan, mol-qo’ylarni tagini tozalab, go’ngini tashigan yana singlim bo’ldi.
Uning yana yaxshi bir odati bor edi, juda vaqtli turardi. Saharlab hovliga suv sepib, yog’ tushsa yalagudek qilib supirardi. Qolganlar turguncha nonushta tayyorlab, dasturxonni ustini topib qo’yardi"¦
Uning bolaligidagi erkaligidan asar ham qolmagandi. Uyim-joyim, otam-onam, akam-opalarim, ukam, deb doimo jon kuydirardi. Oltinoydan keyin tug’ilgan ukamni ham o’zidan 7 yosh kichkina bo’lgani uchun oq yuvib, oq taradi.
Odatda sevgisini, mehr-muhabbatini aytishga uyalgan bir oila bo’lganimiz uchun singlim doimo smslarida oilam va yaqinlarimni menga bo’lgan tug’ularini yetkazishda tarjimon bo’ldi"¦Alloh undan rozi bo’lsin"¦
Mana endi, jonim-jigarim, yuragimni bir parchasi singlim-Oltinim ertaga kelin bo’lyabdi.
İnson hayoti shu ekan. Ko’zlaringni ochasan bolasan, bir qaraysan bola bo’lgan yaqinlaring ko’z oldingda katta bo’lib, turmush egasi bo’lishyabdi"¦
Yonida bo’la olmaganim uchun ancha mahzunman, oilamni baxtli kunida yonlarida bo’lishni juda juda hoxlardim"¦
Qalbim va hayir duoalarim sizlar bilan Oltinim, Tillam, Zumrad toshim"¦
Rabbim har ikki jahonda kuyovi bilan baxtli qilsin iloyim.  



(http://i024.radikal.ru/0912/24/bd996d7f51a4.jpg) (http://www.radikal.ru)


Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: shoir 14 Yanvar 2010, 08:58:04
Umar Sayfiddin

QURBAQA DUOSI

Rashot Nuri Guntekinga

Shahar tashqarisi"¦ Istambulning tashqarisida o’tgan hayot, qanchalar hush! Buni faqat boshidan o’tgan kishi biladi. Bir tarafda nomdor kishilar, ziyolilar! Narigi tarafda esa davlat xizmatchilari, zobitlar, muallimlar"¦So’ngra qasabaning yer-mulk egasi, shu yerlik insonlar"¦ Har tabaqaning, har toifaning ayri-ayri qahvaxonasi, farqli ko’ngilxushligi, bir-biridan farqli zavqlanishlari bor. "œHamma bilan bir xil tabaqada" deya olishimiz mumkin bo’lgan yagona kishi, nohiyaning davlatda ishlaydigan doktori edi. U har doim hamma bilan suhbat qurar, ularning har turli ishlariga qatnashardi. Muallimlarning, ishchilarning, zobitlarning o’tirgan qahvaxonasiga kirardi. Dorixona esa "œnomdor kishilarning klubidir". Yuksak unvonli davlat xizmatchilari ham u yerni ziyorat qilardilar. Advokatlarning idoralari ham bir navi dorixonlarga o’xshardi.
Xullas, shahar tashqarisi o’ziga yarasha g’oyat yoqimli olam sanaladi. Yetti, sakkiz, balki to’qqiz sana bo’lgandir, men ham Istambulga unchalik uzoq bo’lmagan bir qasabada tayyorlov maktabida muallim edim. O’ziga yarasha ayri dunyo bo’lgan shaharchaning maktabi ham ayri olam sanalardi. Go’yo olam ichidagi olamday edi! Dasturlari, g’oyalari bir biriga zid, to’rt-besh maktabning yetishtirgan keksa, yosh, aqilli, ahmoq, safsataboz, kamgap hammasi bo’lib yigirma xildan ortiq odam: Mudir, uning muovini, muallimlar, yordamchi o’qituvchilari"¦ Idora xizmatchilari"¦ Eski zamonlardan qolgan, haligi bir tarafidan quyosh botar ekan, narigi tarafidan quyosh chiqqan eski buyuk sulolamizning eng uzoq burchaklaridan kelgan yotoqxonada qolib o’qiydigan talaba"¦ Har irqdan, har jinsdan. Tillaridan boshqa hech narsalari turklashmagan bir to’da bola"¦Faqat, bunchalik ochiq-oydin qarama-qarshiliklar orasida bu qanchalar samimiy ohang edi! Diniga bog’liq kishilar, yangiliklarga qarshi bo’lgan kishilar, liberallar, so’ngra esa hech bir aniq maslak sohibi bo’lmagan kishilar aka-ukaday yashar edilar. Bir riyoziyot muallimi juda ochiq fikirli edi. Tabiat muallimi hammamizga o’qimagan johil nazari bilan qarab, ichidan bizga juda achingan jiddiy, yoshgina yigit edi. Men adabiyot muallimi edim. Fransuzcha muallimi esa Yahudiy millatidan edi. Maktabda kecha navbatchisi bo’lgan vaqtlarida, kechqurun bolalar bilan qilgan suhbatlarida talabalarning undan so’ragan so’zlarini lotin harflari bilan yon daftariga yozar, ertasi kuni ma’nolarini mendan so’rar edi. Bir kuni "œJezbeyi Rahmon"*ning nimaligini bechoradan so’rashibdi. Domla yaxshi tushinmabdi, daftariga "œJezveyi Rahman"* deb qayd qilibdi. O’qituvchilar xonasida meni to’xtatib:
- "œJevzei Rahmon" nima degani?, deb so’radi.
- Unaqa narsa yo’q, deb kuldim. U esa bor, deb oyoq tirab oldi. O’zidan bu so’zni so’ragan bolani topib keltirdi. Kitobni ochdik. Noto’g’ri tushungani ma’lum bo’lgandan keyin esa bu mavzu oramizda masxaraga sabab bo’ldi. Bechoraning laqabi "œJazvai Rahmon" bo’ldi-qoldi.
Eng qiziq kishilardan biri mudir edi"¦ Bu dunyoda uning qadar intizomparvar, qonunparvar, usulparvar bir odam ko’rmadim. Birinchidan qo’l ostida ihslagan kishilarning hech biri bilan shaxsiy munosabatda bo’lmas; maktab hay’atining tashqarisida xuddi afsonalardagi ma’bud kabi yashardi. Oramizda laqabi "œshu sababdan" edi. O’ta ahamiyat bergan narsasi - majlis kunlari, xonasida to’plangan vaqtimiz hech birimizni gapirtirmas, hammamizga "œshu sababdan, shu sababdan" deb ayri-ayri rasmiy yozuvlar yozdirardi. Har qanaqangi masala bo’lsa, ayni so’zlar bilan ayni jumlalarning oxiriga yuqoridagi "œshu sababdan"ni qo’shib yozdrirgandan keyin, masalani hal qildim deb o’ylardi.
O’rtoqlarimning orasida eng yaxshi ko’rganim din ilimlari fani domlasi Bahir Afandi edi. Madrasadan keyin dorulfununni ham tamomlagan edi. Yoshi ellikka yaqinlashayotgandi. O’z fikrida qat’iy turadigan, insonlar bilan tez kirishadigan, biroz makkor, g’alatiroq va hushchaqchaq odam edi. Men bilan do’st bo’lishining sababi tarbiya haqidagi fikrlarimizning bir xil bo’lishi edi. Chunki men har qancha milliyatparvar bir liberal bo’lsamda "œtarbiya"ning doimo "œmuhofazakorona" bo’lishi lozimligiga" ishongan kishi edim. Ijtimoiy inqilobning joyi maktab emas, hayotdir. Muallimlarning vazifasi bolalarga eski hayotning tarbiyasini majburan o’rgatishdir. U ham menday o’ylagani uchun majlislarda ikkalamiz tarafdorlarimiz bilan birga quvvat tashkil qilar, liberallarga, yangi asrning tarbiya tarafdorlariga kun bermasdik. Bahir domlaning eng maftun bo’lgan taraflari kirishuvchanligi bilan "œmebni aleyh, mebni bih, mebni leh"* kabi ta’birlari edi. Xuddi urishayotganday gapirar, so’zlariga xuddi musht shakli vujudlar bermoqchi bo’lganday o’ng qo’lini bir Qorako’z* qulayligi bilan chayqardi. Kamchiligi faqat nargilasi* edi. Unga shunchalar mubtalo ediki, qahvaxonada, maktabda kunda o’nta chekmasdan turolmasdi. Nargila bu"¦ sigaret kabi narsa emas. Shishaning yonida qo’shimcha shlangi bo’lgani uchun mudirdan, taftishchidan saqlamoq lozim"¦ Bir kuni qahvaxonada o’tirib, sayyor va qulay nargila shakli o’ylay boshladik. Masalan, nargilani chekib bo’lgandan keyin ust qismi chiqarilsin, keyin grafinga o’xshab qolsin, ust qismini esa cho’ntakka yashira olsin. Bahir Domla :
- Shlangni nima qilaman, dedi.
- To’n ostiga, belinga o’rab olasan.
- Qayrilib sinadi.
- Bo’lmasa o’rab shapkangning ichiga sol.
- Sig’maydi"¦
Biz bularni gaplashar ekanmiz shahar hokimligi doktori ichkariga kirib keldi. Doktor yonimizga keldi, biz bilan salomlashib yonimizga o’tirdi. Juma kuni Bektoshiy* Takyasiga ketar emishlar. Qo’zi go’shti, soz, biroz may bor emish. Bizni ham davat etdi. Men:
- Borolmaymiz!, dedim. Biz muallim edik. Unaqa sozli, ashulali, ichkili bazmlarga borolmasdik. Doktor majbur qildi:
- Sizlar ichmaysizlar. Quloqlaringga paxta tiqib, ko’zlaringizni yumasizlar, dedi. Zotan o’rtoqlardan bazilari rozi bo’lipdi"¦ Bahir domla:
- Agar nargilamni ham olsak kelaman, dedi. Doktor:
- Olamiz. Hamda rostanam men o’zim olib boraman, domla!, deb qasam ichdi.
Juda nash’ali, sodda odam edi. Go’yo qasabaning jonli nash’asiydi. Kasallari dorisidan ko’ra ko’proq uning so’zlaridan shifo topishardi.
Juma kuni ko’pchilik bo’lib Bektoshiy Takyasiga qarab yo’l oldik. Bu yer eski zamonlardan top-toza qolgan bir jannatning hayoliga o’hshardi. Tarih deb atalmish bo’ron bu asirlik chinorlarning orasidan, oppoq yakka binoning sokin tomi ustidan hech esmagandaydi go’yo. Atrofida devorlari bo’lmasa tabiiy bir ko’l deb hisoblanarlik darajada buyuk hovuz, zumrad rangidagi ko’lankalar ichida nilufarlar gullar ochgan holda uxlar edi. Darvishlarning yoygan, qamishdan qilingan to’shaklariga cho’zildik. Telegrammachi udini, ko’chmas mulk birjasi xodimi qonunini qo’liga oldi. Bazmga skripka ustasi Aleko ham kelgandi. Musiqa boshladi. Doktor:
- Soqiy menman, deb hammaga ichki ikrom etar, Bahir domlaning yoniga kelganda esa to’htab qolardi.
- Mana mening nargilam bor"¦
- Bir qultum bersam?...
- Umrimda bir tomchi ham og’zimga olmaganman.
- Bir qultum og’zingga ol, g’arg’ara qilib keyin tupirib tashla.
- Nima foydasi bor?
- Xudo haqqi muzadd-i taaffun, ya’ni yomon hidlarga qarshi keladi.
Bahir Domla bu kabi mavzularda o’jar ko’rinishni xohlamasdi. Og’ziga bir qadah aroq oldi. Faqat doktor domlani qitiqlab bir necha tomchi yuttirdi. Domla yutganini inkor etsada bu bir necha tomchi unga bir nechta ko’zaning nashasini berdi. Kula boshladik. Bazmimiz davom etardi. Lekin kallamiz qozon kabi edi! Bu yashil jannatda oxiri yo’q bir jahannam shovqini bor edi: buyuk hovuzning ichida balki bir milliyonta qurbaqa ovozlarini boricha hayqirardilar. Shu darajada ediki hatto bir birimizning nima deganimizni ham eshitmasdik.
 Doktor:
- Obbo!.. - dedi, bularni ovozini qanday qilib o’chiramiz? Qulog’imiz portlab ketadiku endi.
Darvishlar:
- Nima qilsalaring qilinglar lekin ovozini o’chirolmaysizlar, deyishardi.
Bahir dolmadan boshqa hammamiz stoldan turdik. Chunki ortiq chidab bo’lmaydigan shovqin boshlangandi. Tosh, kesak nima topsak hovuzga ota boshladik. Qurbaqalar bizning bu hujumlarimizdan g’azablanganday yana ham battar qurullay boshladilar. Doktor gazetalarni yoqib ularning ustiga qo’rqib qochishsin, deb ota boshladi. Yo’q, yo’q"¦Nima qilsak qilaylik ovozlari tinmas, yana ziyoda qurillay boshladilar. Musiqani eshitish also mumkin emasdi. Ichimizdagilardan bittasi:
- Bu yerdan qochishdan boshqa choramiz yo’q!, - dedi.
- Qayerga ketaylik?
- Hovuzdan uzoq bir yerga"¦
- Biz buning kabi ko’chish muzokarasi qilar ekanmiz nargilasining yonida esimizdan chiqqan Bahir domlaning:
- Hohlasam ularni bir onda jim-jit qilaman, deganini eshittik.
- Qanday qilib?...
- Suflayman.
- E qanday qilib? "¦
- Darrov jim bo’lishadi. Shovqindan nashamiz qochgandi, birdaniga yana kula boshladik. Doktor:
- Bu qurbaqalar yarim bosh og’risi emaski bir nafasda to’xtasin, derdi, bular bosh balosi.
 Faqat Bahir domla yana g’azablangan Qorako’z kabi shijoatlandi. Mushtini cho’zib hammamizni e’tiqodsizligimiz uchun so’kardi. Uning baqirishi bir tarafdan, bir milyon qurbaqaning chiqargan shovqini bir tarafdan"¦Valhosil qorishiq bir ur-to’polon davom etardi. O’tirishimizning nashasi qolmagandi. Bahir domla:
- Hamma joyiga o’tirsin, dedi, men hovuzning bo’yiga borib dam uray. Jim bo’lishmasa yuzimga tupiringlar"¦.
- Ha mayli mayli bo’lmasa domla"¦
Ishonmayotgandik, lekin bir masxara bo’lar, deb joyimizga o’tirdik. Domla o’rnidan turdi. Nargilasini qo’liga oldi. Bizga orqasini o’girib olgandi. Suvga qarab suflaganini ko’rdik. Oradan bir daqiqa o’tmadi. Qurbaqalar birdaniga jim bo’lishdi. Kattakon hovuzdan tiq degan ovoz chiqmasdi. Hayron bo’lib qoldik. U esa mushtini ko’tarib zafar qozongan kishiday qaytib keldi.
- Nima qilding, xudo haqqi!, - deb so’raganlarga esa:
- Ko’rmadilaringmi. Ko’zlaringga ham ishonchlaring yo’qmi, dam urdim, - deb javob berdi.
Yarim soatdan keyin qurbaqalar yana sayray boshladilar. Ortiq qo’rmasdik. Bahir domla o’rnidan turib hovuzning bo’yiga borar, bir nafasda qurbaqalarni tinch qilardi. Hovuz tarafga ketarkan, sevimli nargilasini "œmastsizlar, sindirib qo’yasizlar", deb yonimizda qoldirmasdi. Oqshomgacha ko’ngilhushlik qildik. Bahir domlaning dam urishiga Aleko ham ishondi. Doktor bunga ishonmas, lekin ko’zi bilan ko’rgan natijani ham inkor qilishga jasorat etolmasdi. Shu yerlik xizmatchilar hayratga tushib qolishganindan boshqa aroq ichishga jur’at etolmadilar. Bektoshiy darvishlari o’ychan-o’ychan nafas egasiga qarashar, kim biladi ichlaridan nimalar deyishardi.
Ertasi kuni qahvaxonada Bahir domla bilan yonma-yon o’tirib Istambuldan kelgan gazetalarini o’qirdik. Men o’qiganlarimni tushunmas, uning Bektoshiy Takyasidagi qurbaqalarni buyruq berganday jim qilganini o’ylardim. To’g’ridan-to’g’ri so’rasam aminmanki yana "œKo’zlaringga ishonmaysanmi, dam urdim, ko’rmiding?" deb meni ham qurbaqalarday jim qilishi aniq edi. Faqat men ovsar emasdim. Unga zehniy, ilmiy bir tuzoq qurdim. Avvalambor gazetalarni stolga qo’ydirdim. G’oyat totli, ruhlar haqidagi suhbatga boshladim. Bunaqa mavzularga juda qiziqardi. Hayvonlarda ruh bo’lmaganligini, maxluqotlarning ma’naviyat tashqarisida xuddi o’simliklar kabi yashashlarini anglatardim.
- Men ham bu fikrdaman, - dedi.
- Yo’q, yolg’on aytyapsan, - dedim.
- Xudo haqqi"¦
- Yo’q yolg’on"¦.
- Qayerdan bilasan?
- Chunki sen qurbaqalarga dam urding. Demakki hayvonlarning ma’naviyat tashqarisida yashashlarini bilmaysan. Qo’llarini stolning ustidan tortdi. Orqasiga suyandi, o’ylandi. Ko’zlarimga tikka qaradi. Pastga tupirsa soqoli, yuqori tupirsa mo’ylovi edi. Shunaqangi vaziyatga solgan edimki"¦.Qalin qoshlarini chimirdi:
- Men qurbaqalarga dam urmadim!, - dedi.
- E bo’lmasa qanday qilib jim qilding ularni?
Bahir domla og’zini ocholmasdi, chunki tuzoqqa tushgandi. O’z aqliga qarab, yo johilligini qabul qilishi, yoki haqiqatni so’ylashi kerak edi.
- Ayt bo’lmasa, nima qilganing uchun qurbaqalar jim bo’lib qolishdi?
- Hm, haligi azizim"¦..Ovsarmisan? Dam degan narsa bo’ladimi?... Haligi nima qilgandim a"¦.
- Nima qilding?
- Nargilaning shlangini ko’lga tashladim"¦
- Haa?
- Qurbaqalar uni ilon deb o’ylashdi. Tezda ko’l tubiga qochdilar.
"¦Faqat qasaba hayotining bir xususiyatlaridan biri ham sir saqlamoqdir.
 Bahir domla: "œSof kishilarning e’tiqodlarini buzmaslik kerak. Ularga ilmiy haqiqatlarning keragi yo’q. Zinhor, shlangni qurbaqalarga ko’rsatganimni hech kimga aytma. Mayli qo’yaver dam urdi, deb o’ylasinlar. Men bu sirni hech fosh etmadim. Butun qasaba xalqi domlaning nafas karomatini eshitdi. Hatto Bektashiylar ham bunga shohid edilar. Doktorning ham shubhalari sekin-sekin yumshadi, yo’qoldi. Bahir domlaning bir suflash bilan qurbaqalarni jim qilganligidan gap ketgani zamon bechora bo’ynini bukib:
 - Dunyoda qanchalar majhul narsalar bor. Ilmimiz esa bu majhullarning yuz milliyonda biri ham emas!..., - der va u har paytdagi sho’x qahqahasini otolmasdi"¦

Turk tilidan Zamira Hamidova tarjimasi

__________
* Jezbeyi Rahmon - Ollohning ishqidan hushdan ketish
* Jezveyi Rahman - Qahva qaynatadigan idish.
* Mebni aleyh, mebni bih, mebni leh - Unga qarshi qilingan, O’ziga qarshi qilingan. Uning foydasi uchun, foydasiga.
* Qorako’z - Turk folklorida qo’g’irchoq o’ynatishning ismi.
* Nargila - Asil vatani Osyo bo’lib, "œto’mbeki" nomli tamaki turining suvda suzib chekilishida ishlatiladigan, shishadan qilingan idish.
* Bektoshiy - Hoji Bektoshi Valiy tariqati.


Manba (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3809&Itemid=227)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: shoir 14 Yanvar 2010, 08:59:44
Umar Sayfiddin

YAKKAMA-YAKKA

"œ"¦Turklar oz so’zlab, ko’p ish qiladilar."
Maqtul Ibrahim Pasha*.

Bosniya begi bilan Semendire* begining askarlari mana necha haftadir "œYaycha"ni* o’rab olgan, qo’mondonlarining kelishini kutardilar. Tinmas yomg’irlarning, bo’ronlarning ura-ura yo’sinlatgan kulrang devori buyuk qal’a quvvatiga ishonardi. Na eshigida, na ustida birov ko’rinardi. Burchaklarida hilpiragan bayroqlar bo’lmasa bo’m-bosh bir qoya deb sanalishi mumkin edi.
Ikki otim narida qurilgan oq chodirlarning oldidagi yerga to’shalgan qora teri yopinchiqlarda o’tirgan yosh voyvodalar, keksa bir askarning gapirib berayotlarini tinglashardi. Havo xuddi yoz tongiday go’zal edi. Atrofda navbatchi guruhlar uzun nayzalari bilan chavgon o’ynayotganday yugirishar, yorug’likdan asablangan otlar ko’kka sapchib to’rt oyoqlab oldinga chopishardi. Go’yo, butun harbiy lagerda to’rt kundir quyoshni ko’rsatmagan ho’l tutunning hibsga olgan nash’asi birikib, jonlanganday edi. Moshguruch qalin mo’ylovlarini burnining uchiga qarab, ikki qo’li bilan bukkan keksa zobit:
- Mening katta otam bu yerda shahid bo’ldi, dedi.
- O’tgan safar o’rab olingani mahalmi?
- Qanaqasiga o’tgan safar bo’lsin?
- Yosh bolamisizlar-ey? Men oltmishga kirdim. Katta otam necha yoshda bo’lishi kerak?
Suhbatni tinglaganlar kulishdi:
- Harholda sendan katta bo’lishi kerak, dedilar.
- Tabiiyki ancha katta. Hammaga ma’lumki askar kech uylanadi. Ehtimol menga o’xshab qirqidan keyin uylangandir. Men yuzini ko’rmadim. Faqat hikoyasini eshitdim. Bu qal’aning qo’mondoni emish"¦
- "œYaychaningmi"?, deb hayron bo’ldilar.
- Ha, albatta?
O’ng tarafida o’tirgan yirik, qoramag’iz yigit so’radi:
- Bo’lmasa nimaga shahid bo’ldi, deyapsan?
- Boshqa nima deyay?
- "œOtildi, o’ldi’ de.
- Nima uchun?..
Qoramag’iz yigit tilining uchiga kelgan so’zni aytmadi. Yutindi. Quroldoshlarining yonida sovuq bir gap aytgisi kelmadi. Nasroniy bo’lib o’lgan kishiga "œShahid bo’ldi" deyiladimi? Keksa zobitning atrofida oyoqlarini qovushtirib o’tirgan yo’ldoshlari, narigi voyvodalar, "œnima uchun, nima uchun?" deb yuziga boqar edilar. Jim tursa bu sukunat yanada og’irlashar, o’zi yana ham mushkul vaziyatda qolishi mumkin edi. Qizardi. O’ylamasdan og’zidan chiqarib yuborgan e’tiroziga pushaymon bo’ldi. Ammo ortiq hech bir qochish yo’li yo’q edi. Siqilgan holda:
- Otangning oti nima edi, dedi.
- Sungur"¦
- Voy.. Turkmiydi?
- Ha, butun sulolasi bilan"¦
- Nasroniylarning go’shinida askarmidi?
- Yo’q, bizning qo’shinimizda.
- U holda qanday qilib "œYaycha"da qo’mondon bo’libdi?
- "œYaycha" bizning qalamiz edi axir.
Yosh, jasur, qahramon voyvodalar hayron bo’lib qoldilar. Bular tom ma’noda harb odamlari edi. Faqat olgan buyruqlari bilan qiladigan ishlarini bilar edilar. San’atlari ichida shunchalar g’arq bo’lgan edilarki, sodir bo’layotgan voqealarga hech ahammiyat bermasdilar. Uzoq, yaqin tarixni emas, hatto o’zlarining qilgan ishlarini bilmas, vayron etgan qasabalarning, yag’mo qilgan shaharlarning ismlarini ham unutardilar. Unutmagan narsalari istiqbolga oid bo’lib: "œQizil olmaga"* borilajak edi. Bu hujumlar, bu muhosaralarning hammasi u yerga yo’l oshi uchun edi. U yer dunyodagi jannat edi! Butun dunyoning zafari, shoni, saodati, g’animati u yerda edi. Keksa zobit qalin mo’ylovlariga qaradi. Biroz o’ylanib turib keyin boshini chayqadi. Qalin tomirlari ko’ringan qilli, bug’doyrang qo’lini qal’aga qarab uzatdi:
- Bu yer ikki yil bizda qoldi.
- Qachon?, - deb so’radilar.
- Fotih G’oziy* zamonida"¦
Keksa zobit yosh jangchilarga bu ikki sanalik hokimiyat haqida gapira boshladi. Bobosi bilan kelgan Turkmanlar qal’a ichidagi insonlarning jonlarini bag’ishlagan edilar. Na jonlariga, na mollariga tegilgan edi. Hatto ular asir olinmagan edilar. Mahalliy kishining hokimlardan farqi yo’q edi. Shu darajadaki bir yortu kuni* bozor maydonida to’polon qilgan sarho’sh nasroniyni urganlari uchun ikki sarsari kishining kallasi kesilgan edi. Dalalarida, tijoratlarida ishlagan Yaychaliklarni xuddi "œadolat" qutirtirgan edi. Xalqidan amin bo’lgan Usmonlilarning hammasi juma kuni jome’ga to’planib namoz o’qir edilar. Ko’rgan yaxshiliklarining intiqomini olmoqchi bo’lgan mahalliylar to’planib jome’ni bosishadi. Sungur Alp bilan odamlarini bir onda o’ldiradilar. Burchaklarda qolganlarni esa asir etadilar. Ana shunaqa"¦.
- Mana yetmish yil bo’libtiki "œYaycha" yana ularda"¦, - deb hikoyasini bitirgan qariya qaddini tikladi. Q’ollarini tizzasiga tirab birdan hayqirdi:
- Ammo bu safar qal’ani mutlaqo olamiz.
 - Mutlaqo"¦
 - Avvalo beklar kelishsin bir.
 - Fursat kelib qolsa beklarni ham kutmaymiz.
 -"¦
 - Bir hujum.
 - Ammo hali askar keladi"¦
 - "¦
Qariya bundan oldingi qurshovda ham qatnashgan edi. U safargisi qanchalar qo’rqinch falokat edi. Farhod Beyni tuzoqqa tushirib qirq bayroq bilan birga boshini olgan jangchi popni topish uchun Vuryuzen*, Manastir*, Semendire beklari maydonga otilgan edilar. Husrav Bey, Sinan Bey, Bali Bey-Fran Triyban kontu mashhur jangchi Kristof o’n olti ming kishi bilan yordamga kelguncha Yaychani qurshovga olgan edilar. Qariya birdan jim qoldi. Yuzini burishtirdi:
- Oh bechora Jem"¦, - dedi. Ko’zlari yoshga to’ldi.
- "¦
- Dunyoda bu Jemning tushgan ahvoli qadar yuragimni parchalagan boshqa bir alam yo’q. Qanchalar jasur, qanchalar quvvatli, qanchalar bahodir yigit edi! Zobit yig’lardi. O’tirganlar so’rashdi:
- Hozir qayerda?
- "¦.
- O’ldimi?
- Koshki o’lsa edi"¦
- Nima bo’ldi bo’lmasa?
- Yarim o’lik bo’lib qoldi.
- ?
 - Ha yarim o’lik. Bir askar uchun hayotda bo’lib turib urisholmaslik "œyarim o’lik" deganidir. Jem urush uchun yaratilgan edi. O’tgan safargi qurshovda bir kuni yana xuddi shu yerda o’rtoqlarimiz bilan suhbatlashib o’tirgandik. Jem dediki: "œMening yuragim siqilyapdi. Urishmoqchiman." So’ngra "œQani kelinglar, dushmanning bosh jangchisini yakkama-yakka urishga chaqiray. Qabul qilsa ko’ngilxushlik qilamiz.", dedi. Men, maqsadimiz o’z kuchimizni, quvvatimizni ko’rsatish emasligini aytdim. Maqsadimiz hammamiz birga bo’lib qal’ani olish edi. Fikridan qaytarishga harakat qildim. Gapimga quloq solmadi. O’rnimizdan turib orqasidan bordik. Qal’aga yaqinlashganda Jem otini o’ynatib "Ichlaringdan o’ziga ishongan bor bo’lsa mana maydon"¦Yakkama-yakka urishamiz.", deb hayqirdi. Qal’adan "œbor, bor" deb baqirdilar. Biroz keyin qal’aning eshigi ochilib, bir otliq chiqdi. Bu mudofaachilarning boshlig’i "œBlas Sheri" edi. Boshdan oyog zirh kiygan edi. Oti ham zirhli edi. Jem qilichini chiqarmagan, qo’lida ayzasini tebratardi. Bir-birlariga hujum qila boshladilar.
-  Blas Sheri nima bilan hujum qilardi?
-  Qilich..
- Nayzaga qarshi qilich bo’ladimi?
- U payt biz ham bunga hayron bo’ldik. Bu odam g’oyat yirik, g’oyat quvvatli bir jangchi edi. Ammo Jem undan ham yirik, yanada yosh va chaqqon edi.
- Jemning zirhi yo’qmidi?
  - Bor edi ammo faqat ko’krak qismida. Ikki soatgacha bir-birlarini yaralayolmadilar. Otlari charchadi. Qal’aning to’siqlari tomoshabinlar bilan to’lgan edi. Bizning askarlar ham tizilib uzoqdan bu hayajonli kurashni tomosha qilardilar. Barobarga qolishadigandi. Su payt qanday sodir bo’ldi, ko’rolmay qoldik. "œQars" degan ovoz eshitildi va Jemning nayzasi sindi. Qlichini qinidan sug’urishga fursat topolmadi. Blas Sheri tizzasiga qilichini shunday aylantirib soldi-ki"¦
 - Oh qanday so’zlayin. Shu onda chap oyog’i etigi bilan birga yerga tushdi. Biz unga qarab yugirdik. Otining boshini ushlab uni pastga tushirdik. Blas Sheri "Urra, urra" deb uni olqishlagan qal’aga kirdi. Jem bechoraning yuzi sap-sariq edi. Yerdagi uzilgan oyog’iga qarar: "Xudo haqqi meni o’ldiringlar!", - derdi. Quchog’imizda chodirga olib keldik"¦ Jarroh shovillab oqqan qonni to’xtatdi.
Qariya yig’lab Jemning eski qahramonliklarini aytib berdi. Bunaqa mard zobitni hali go’shin ko’rmagan edi. Endi esa bechora kim biladi Onado’lining* qaysi shaharida, qo’ltiq tayoqlari bilan kezib, chegaraning hayoli bilan oh chekayotgandir. Bir jangchi uchun jangdan uzoq yashash qadar achchiq alam yo’q. O’lmoq,yosh chog’ida nogiron qolishidan yaxshi edi. O’lgan jangchi shon-sharaf ichida abadiy istirohatga o’tar, qo’lsiz, oyoqsiz qolgan qahramon esa harb hasrati ichida hayoti bo’yicha bir jahannam azobi bilan to’lg’onardi. Keksa zobit jasur Jemning nogiron qolganidan keyingi umidsizligini, hirsini, ololmagan intiqomining ruhida ochgan yarani achchiq-achchiq anglatdi. Tinglaganlarning ichidan biri tezlda o’rnidan turdi. Chodirning orqasida turgan askarlarga:
- Mening otim bilan nayzamni olib kelinglar"¦, - deb hayqirdi.
Bu Qosim Voyvoda edi!...
O’tirganlar:
- Nima qilasan?, - deb so’rashdi.
 "œHech narsa" deganday yelkasini uchirdi. Qo’llari orqasida, oldinga qarab yura boshladi. Har jangda, har hujumda qo’shinning boshlarida bo’lgan bu qisqa bo’yli, ozg’in yosh yigit juda kam gapirar, faqat eshitardi. Kiyimidan quvvati unchalik bilinmasdi. Zaif bo’lgani uchun zirhi vujudiga katta kelar, baland dovulg’asidan ingichka mo’ylovli nozik yuzi kichkinagina ko’rinardi. Oti kelishi bilan ustiga sakrab, nayzasini qo’liga oldi. Jiyakli qora yopinchiqlarda o’tirganlar ham o’rinlaridan turdilar. Qariya yo’ldoshlariga:
- Yakkama-yakka urishishga ketyapdi, - dedi. Zirhini kiysaydi koshki"¦
O’rtoqlari: "œQosim, zirhingni kiy!", - dedilar. U hech javob bermay yana yelkasini siltadi. Maydonga qarab otini choptirdi. Qal’aning eshigiga borganda yakkama-yakka kurashish uchun bir jangchi istadi.
Qal’adan hech kim javob bermadi.
Voyvodalar, zobitlar, yayov holda tomosha uchun orqasidan yugurgan edilar. Qosim belidan qilichini chiqarib uzoqqa otdi. Otidan sakrab tushdi, otining soniga nayzasi bilan urdi. Ot qarorgohga qarab chopdi.
- Hay, o’sha sizni qo’rqoqlar!, - deb hayqirdi. Mana otimdan tushdim. Qilichimni otdim. Orqamda zirhim, qo’limda qalqonim yo’q. Ichingizda men bilan yakkama-yakka kurashadigan erkak yo’qmi?
Qal’aning to’siqlaridan qarab turganlar:
- Kimni hohlaysan?, - dedilar.
- Blas Sherini"¦
- U bu yerda yo’q"¦.
- Undan ham ustun birontasini xohlayman!...
- Unday bo’lsa kut!
- "¦
Qal’aning oldida Qosim Voyvoda og’ir temir nayzasini yerga qadadi. Yumaloq soyasini ezib kutar, sabrsizlanardi. Yo’ldoshlari uzoqdan unga boqardilar. Qilgan ishi ham ahmoqlik edi. Chunki, qilichsiz, qalqonsiz, otsiz, zirhsiz hech jang qilib bo’ladimi? Ammo unga gap uqtirishning imkoni yo’q, chunki juda qaysar edi. Qaror bergan narsasidan qarshisida o’lim ko’rsa ham qaytmasdi. Qal’a eshigining g’ijirlashi eshitildi. Qora zirhli ot ustida qora zirhli bir dev ko’rindi. Yonida og’ir bir qilich osilgan, qo’lida qalin bir nayza tutardi. Bu dev, Jan Hobordanskiy edi. Dushman qo’shinida uning qadar quvvatli, uning qadar haybatli, uning qadar yirik jangchi hali yo’q edi. Yakkama-yakka kurashlarda hech kimsa uning qarshisiga chiqa olmasdi. Otini jilovladi va uni Qosim Voyvodaning ustiga qarab soldi. Bu otsiz, qilichsiz, zirhsiz Turkni otiga ezdirmoqchi bo’ldi. Qosim birdan nayzasini sug’urib orqasiga tisarildi. Hobordanskiyning oti ustiga kelar ekan egildi. Ot esa uning ustidan sakradi. Hobordanskiy otini orqaga qaytarib ustiga qarab takror haydar ekan Qosim Voyvoda o’rnidan sakrab turdi va nayzasi bilan unig ko’kragiga shunday sanchdiki"¦bir onda bu harb devi zirhlarini shaqqillab yerga dumaladi. Qalqoni bir tarafga, nayzasi bir tarafga uchdi. Bu yiqilishning dahshatidan hurkkan ot shataloq otib qochdi. Qosim Voyvoda yerda yotgan qo’tosga tashlangan chaqqon qoplon bolasiday raqibining utsiga tashlandi. Dubulg’asini tepasidan ushladi. Uzoqdan:"Yasha, yasha!" deya baqirgan yo’ldoshlari:
- Kallasini kes, kallasini kes!.. - deyishardi.
Qosim javob bermadi yana yelkasini siltadi. Hobordanskiyning temir zirhli keng yelkasini o’ng tizzasi bilan bostirib, qalin qo’llarini orqaga bukdi"¦ Jigarini mo’l bir nechta musht tushirdi. Har musht tushishida nayza zarbasi bilan ko’krak suyaklari ezilgan behush Hobordanskiy "œAh, ah" deb ingrardi. Og’zidan tarnovdan kelganday quyuq qon otilardi. Ingrashi kesilishi bilan Qosim Voyvoda hech narsa qilmaganday sovuqqonlik bilan o’rnidan turdi. Yerdan qilichini, nayzasini oldi. O’rtoglariga qarab yura boshladi. Qal’adan chiqqanlar Hobordanskiyning jasadiga qarab yugurdilar. Keksa zobit:
- Hay Qosim! Nimaga bu odamning kallasini kesmading?, - deb yelkasini siladi.
Narigi Voyvodalar ham atrofini o’radilar:
- Nimaga kesmading-a, nimaga kesmading?, - der edilar.
Qosim kulimsiradi. Qariyaga qaradi. Tambal lablarini zo’rg’a qimirlatib:
- Yigit maydonida o’lishga u loyiqmiki"¦ - dedi.
 So’ngra o’rtoqlariga burilib ilova qildi:
- Ortiq yashagan muddaticha qo’li qurol tutolmaydi. Uni yotoqqa ko’mdim. Dunyoda yotoqdan yanada azobli bir mozor bormi?
Haqiqatan Jan Hobordanskiy boshqa jang qilolmadi. Yillab yotoqda to’lg’ondi"¦.O’rnidan turgan zamon u eski mudhish, quvvatli jangchi emas, hasta, mag’rur bir siyosatchi edi. Istambulga dushman tarafidan ilk marotaba u elchi bo’lib keldi. Vazirlarning anchagina yuragini siqdi. Nihoyat"¦yigit maydonida ham o’lmadi. Sulton Sulaymonning Vengriyaga qirol ta’yin qilgan Yanoshni o’ldirmoq uchun bir kun yashirincha Budapeshtga kirmoqchi bo’lganida ushlandi va qopga solinib Tuna daryosiga uloqtirildi"¦

Turk tilidan Zamira Hamidova tarjimasi

____________
* Maqtul Ibrahim Pasha - Mashhur turk generali
* Semendire - Serbiyadagi shahar.
* Yaycha - Bosniyadagi mashhur qal’a.
* "œQizil olma" - Usmonlilar tarafidan Rim va Avstriyaga berilgan nom.
* Fotih G’oziy - Fotih Sulton Muhammad, VII. Usmonli podishohi.
* Yortu kuni - Nasroniylarning Haz. Iso bilan bog’liq bayramlari.
* Vuryuzen - Serbiyadagi tarixiy yer.
* Manastir - Makedonyadagi shahar.
* Onado’li - Turkiyaning Osiyo qit’asida joylashgan qismi.


Manba (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3810&Itemid=227)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: shoir 14 Yanvar 2010, 09:00:57
Umar Sayfiddin

CHO’QMOR

Karamanning* qo’yini,
So’ngra chiqar o’yini
Turk maqoli

 Kichik poytaxtning qorishiq ko’chalari bugun gavjum edi. Xuddi bahordagi hayit bayramidagi kabi"¦ Yoshi ulug’ xotinlar, keng oq yengli, kumush jiyakli bozor kiyimlarini kiyishgan, oq potur* shimli baquvvat erkaklarning to’la ko’zalarda taqdim etgan sharoblarini ichib jo’shar edilar. Yosh, qari, xotin va bolalardan iborat bo’lgan ohiri ko’rinmagan bir "œUrra" zanjiri baqirib, chayqalib olomonning ichidan o’tar, girdob to’lqini holida aylana-aylana saroy oldida birikar edi. Cherkovlarning qo’ng’iroqlari g’uvullardi. Saroy darvozasining oldida jasur Boyarin otliqlari saf-saf bo’lib kutishardi. Ertalabdan beri ichgan sharoblarining ta’siri bilan anchagina boshi aylangan mashhur qo’mondon dubulg’asining qalqonini biroz orqaga surdi. Otining og’ir uzangilari ustida gavdasini biroz ko’tardi. Oldinga qaradi. Yonidagi birinchi zobitiga:
- Haliyam ko’rinishmadi, - dedi.
- Kech qolishdi.
- Ha..
- Ajabo, nima uchun?
- Ahmoq turklar, nima bo’lardi. Tashrif degan narsadan, marosimdan nima ham tushinishardi?
- Yana "œVizantiyaga loyiqmiz", deyishadi.
- Qayerda u noziklik?
- Qayerda?..
- "¦
Oldilarida birdaniga kengaygan keng "œUrra" halqasi ikkalasini ham jim qildi, otlarining jilovlarini tortib biroz orqaga tisarildilar. Qo’mondon istiqlolini qozongan xalqning bu telbanamo, sarho’sh sevinchiga boqar, kayf olardi. Yarim behush qizlar nash’ali yigitlarning quchoqlarida, gaydalarning* ohangiga sherik bo’lar, "œYashasin Shahzoda! Yashasin Shahzoda!" naqoratlarini hayqirishar, yangi hukmdorlarining sharafiga qadahlarni sindirishib o’ynarlar, sakrashardi. So’ng Eflak* tojini kiygan Popni Tergovichda* yenggan Mehmed Bey bir yildan beri o’zini sanjak begi* e’lon qilgan edi. Ammo Eflakliklar bu hokimga bo’ysinmasdan Zips* Konti* Zapolyadan* yordam so’ragan edilar. Bu tahlikali ittifoqdan hurkkan Mehmed Bey darrov ularning xaqlarini, imtiyozlarini, istiqlollarini bergan edi. Moviy, bulutsiz ufqda yuksalgan quyoshning oydinligi qahramon Boyarin otliqlarining uzun nayzalarini yaltiratardi. Qo’mondon zirhli ko’kragini ko’targan totli bir hayajon bilan bir xalqiga, bir navkariga boqar, etigidagi temir taqa bilan otini turtib ko’kka sapchitardi. Birinchi zobit uning kabi gavdali, kelishgan emasdi. Qora-qura, xunuk biri edi. Uzun sochlariga qirov tushgan, ko’sa yuzi ham zaif, ham burishiq edi. Nash’ali qo’mondon hora* o’ynaganlar o’tgandan keyin yana otini oldinga surdi.
- Qonsiz bir zafar qozondik, dedi. Qora otining yolini silayotgan zobit:
- Qonsiz zafar bo’lmas!, - deb boshini chayqadi.
- Nimaga bo’lmasin?
- Chunki men turklarga ishonmayman"¦
- Shubhalanishga hech o’rin yo’q! Biz hali rasmiy inqilobga harakat qilmasimizdan ular bizga habar jo’natdilar. "œBoringlar, o’zingizga bir bosh tayinlagnlar" dedilar. Biz zotan shahzodamizni tahtga chiqargandik. Mana endi bizga hush keladigan, ko’nglimizni ko’taradigan harakatlar qilishyapti.
- Nishon yorlig’i, bayroq, dovul, cho’qmor yo’llash ko’ngilga hush keladigan harakatmi?
- Bo’lmasa nima?
- "œTobe’ bo’l", degan alomatlar bular"¦
 Jo’shqin qo’mondon ko’rinmagan bir yuzga musht uradiganday qo’lini yuqori ko’tardi. G’azabli bir shiddat bilan:
- Aslo! - deb baqirdi. Biz ortiq mustaqilmiz! Nishon yorlig’i istiqlolimizni tasdiqlaydi. Bayroq, dovul, sho’qmor ham podshohning shahzodamizga hadyalari"¦
- "¦
Zobit javob bermadi. Qo’mondon qadar ichmagani uchun turklarning haqiqatlarini haliyam xotirlay olardi. Qo’lini soniga tiradi. Otining qora yolini silay boshladi. Xalqning shovqini toshib, bir bo’ron kabi saroyning peshtoqlariga urilar, soqchi navkarlarning baland bo’yli otlarini hurkitib, tepindirar edi. O’ynaganlarning ichidan o’ziga zo’rg’a yo’l ochib chiqqan bir otliq qo’mondonga salom berdi:
- Elchi yonidagilar bilan birga manzilidan chiqdi"¦- dedi.
- Juda yaxshi"¦ Yonida necha kishi bor?
- Uch yuz otliq!
Qo’mondonnig chap tarafidan navkarning gaplarini eshitgan zobit:
- Uch yuz otliqmi?, - deb birdaniga rangi o’chdi.
- Ha"¦
Bugungi tashrifdan mas’ul bo’lgan qo’mondon kuldi:
- Ha sizni turklar-ey"¦ Chorasiz qolishganda qanchalik kamayishadi. Qani eski g’ururlari? Endi dunyo o’zgardi. Rumelida* quvvatlari yo’q. Mana endi shahzodamizga buyuk bir imperator muomalasi ko’rsatishyapti!
Birinchi zobit yana ham rangi oqarib so’radi:
- Qayerdan angladingiz?
- Elchilarning darajasi, barobarida kelgan kishilarning soni bilan o’lchiladi. Mana qara endi, podshohning hadyalarini, imtiyoz yorlig’ini uchyuz otliq bilan bir elchi olib kelyapti!
- Elchi bularni yolg’iz olib kelsa edi yana yaxshi bo’lardi.
- Nimaga?
- Yani aytdim qo’ydimda"¦
- Agar shunday qilsalardi biz ularni qabul qilmasdik.
- Nima uchun?
- Chunki sharaf-shonimizga loyiq bo’lmasdi. Bir buyruq, bir lutf-karam, bir ehson kabi"¦Holbuki mulozimlar bilan birga uchyuz otlig’i bo’lgan elchi nima degani bilasanmi?
- Nima degani?
- Podshoh bizning shahzodamizga: "Men bilan ayni darajadasan" demoqchi.
- Koshki bir hil bo’lmasaydida, bu uchyuz otliq Eflakka kirmasa edi!
- Sen aqildan ozibsan Dimko"¦.
Birinchi zobit acchiq acchiq kulimsiradi. Tuksiz yuzini burishtirdi. Xayolchan, so’nik ko’zlarini otining yolidan o’girib qo’mondoniga qaradi:
- Men aqildan ozdim demakki?, - dedi.
- Azim Eflakning ichida uchyuz otliqdan shuphalanyabsan. Bular elchining mulozimlari. Naqshli nayzalariga, bezakli kiyimlariga, jiyakli kimhob to’nlariga, kumush egarlariga aldanma"¦ Yaltirog’ligi bilan ko’zga tashlanadi ammo, qo’llarindan bir ish kelmaydi.
- Bular turk emasmi?
- Turk bo’lsa nima qilibdi.?
- Qilichlari qancha bezakli bo’lsa ham yana keskindir!
- Sen qo’rqoqsan! Bir tutam otliq, uchyuz kishi, buyuk bir davlatning ichida nima qila olardiki?
- "¦
Qo’mondon saroyning oldidagi otliqlarga, ularning atrofida zich nizomda turgan yalang’och qilichli piyodalariga bir nazar tashladi. So’ngra otini o’ynatib zobit tarafga burildi:
- Faqatgina shu maydonda to’rt mingdan ortiq askarimiz bor!, - dedi. Turklar tashrifda bir qo’pollik qilishsa hammasini "œpuf" deb uchirib yuboramiz.
Gaydalar tindi. Maydonning shovqini birdaniga to’xtadi. Hora zanjirlari tarqaldi. O’rtadan keng bir yo’l ochildi. Podishohning yo’llagan elchi Turk, oq bir otning ustida, boshida yuksak sallasi chayqalib kelar, uzun to’nining etaklari esa ikki yonida silkinardi. Orqasidan otlarini tez-tez choptirayotgan jiyak kiyimli, naqshinkor qilichli mulozimlar bu yerlik xalqqa kulimsirab qarardilar. Saroyga ellik-oltmish qadam qolganda soqchilarning mashhur qo’mondoni otini ko’kka sapchitib oldinga intildi. Elchining oldigacha keldi. Salom berdi. Shu holatda to’xtab turdi. Yoniga kelgan tarjimoniga:
- Bu yerda otdan tushasizlar. Shahzodamizning saroyiga piyoda borasizlar, - degizdi.
Kamtarin Turk:
- Ho’p"¦- dedi.
Otidan tushdi. U keng yelkali, o’rta bo’yli, mo’ylovi pastga egilgan, qorachadan kelgan odam edi. Porloq ipak to’nining ostidan ko’ringan qo’yiq yashil rangdagi zarbop kiyimlarining, qimmatbaho toshlar bilan bezalgan qilichining hashamati, qo’polgina vujudiga unchalik uyg’un emas edi. Hatti-harakatlari nozik, kibor kishini emas, sokin askarni eslatardi. Gavjum maydon uch yuz turk bilan og’ziga qadar to’lganday edi. Kelganlarni qarshilashdan mas’ul qo’mondon gerdayib, tarjimonining yordami bilan yana bir taklif keltirdi:
- Mulozimlaring bu yerda qoladi. Shahzodamizning huzuriga yolg’iz kirasan.
Turk tarjimondan so’radi:
- Podshohimizdan olib kelgan hadyalarimni qanday qilib yolg’iz tashiyman?
Tarjimon qo’mondonga tushuntirdi. Olgan javobini Turkcha takrorladi:
- Yoningga uch kishi olasan. Ular ham yayov holda orqangdan podshohimizning huzurlariga hadyalarni olib kelishsin.
- Ho’p"¦
- Qani bo’lmasa.
Qo’mondon otini ko’kka sapchitib "œUrra, urra!" deya o’zini olqishlagan xalqqa bo’ynini egib ko’pirardi. Bu qanday zafar edi! Mana bu yerda ulug’ turk elchisi orqasidan yayov kelardi. Saroyning eshigiga kelganda otdan sakradi. Tarjimon vositasiyla qanday qilib orqasidan huzurga kirishlarini, qanday salom berishlarini, qanday qilib hurmat bilan turishlari kerakligini elchiga va teri qoplamali bir dovul, qizil qopga solingan bir bayroq, og’ir bir cho’qmorni toshigan uch askarga anglatdi. Qilichini sug’irdi. Tosh zinalardan bir hamlada yuqori chiqdi. Katta dahlizdan o’tdi. Yangi shahzodaning mulozimlari turk elchisini ko’rish uchun eshiklarga to’planardilar. Elchi buyuk sallasini tebratib-tebratib qadam tashlardi. Qadamlari ham siyrak, ham og’ir edi. Atrofida unga qaraganlarga kulimsirar, salom berardi. Yirik, qora ko’zlari juda xursand, juda porloq boqardi. O’ng qoshini yuqori chimirib olgan, qo’li bilan sallasini tuzatardi. Qo’mondon toj zaliga kelganda to’htadi, orqaga qaytdi. Turklarning kiyimlarida tashrifga zid bir narsa bormi, deb diqqat bilan hammasiga bir-bir qarab chiqdi. So’ngra qo’li bilan elchining peshonasiga egilgan sallasini biroz orqaga itarib tuzatdi. Shahzodaning huzurida qanday egilajaklarini imo-ishorat bilan anglatdi. So’ngra ikki tarafida qinsiz qilich ushlab turgan navbatchilarning yonidagi baland eshikning pardasini ochdi. Eshikdan birinchi bo’lib kirdi. Taxtda o’tirgan shahzodaga to’g’ri yurdi. Yergacha egilib salom berdi. Keyin orqasiga tisarilib tashqariga chiqdi. Elchi bilan uch turk o’rtada qoldilar. Yuksak taxtning atrofiga butun Boyarin rayislari, mashhur qahramonlar, Voyvodalar tizilgan edilar. Hammasi tippa-tik turardi. Ochiq panjaralardan kirgan namli nur bu og’ir saroy sukunatiga qorishar, gavjum zalga kimsasiz ibodat yeri ko’rinishi berardi. Elchi qo’ynidan chiqargan maktubni o’pib boshiga qo’ydi. So’ngra yerga tikilgancha to’g’riga qarab yurdi. Maktubni taxtida toshlar bilan bezalgan haykalday qimirlamay o’tirgan shahzodaga uzatdi. Shahzodaning o’ng qo’lida oltin bir aso bor edi. Chap qo’li bilan olgan maktubiga g’oyat ahamiyatsiz bir narsaday mensimay qaradi. So’ngra chap tarafida turgan, sallasiga moviy pat qadalgan yosh yordamchisiga berdi. Elchi yana ko’zlarini yerga tikkanicha orqagasiga qarab yurdi va o’rtadagi askarining yelkasidan cho’qmorni oldi. Bu g’oyat og’ir, oltin bezakli, sariq sopli bir jihoz edi. Elchi takror yerga qarab yurar, kulimsirardi. Butun ko’zlar uning harakatini ta’qib qilardi. Elchi taxtning yoniga keldi. To’satdan"¦.ko’z bilan ilg’ab bo’lmas tezlikda yuqoriga ko’targan bu qo’rqinch cho’qmor bilan shahzodaning olmosli tojiga bir tushirdi"¦
"¦Zaldagi hech kim qimirlay olmadi. Hammasi turgan yerida toshday qotib qoldi. Hamon to’nining ostidan buyuk bir qilich sug’urgan elchi rumiy tilida:
- Mana ko’rdingiz a"¦.Istiqlol savdosiga tushgan osiy jazosini yedi! - deb hayqirdi. Elchining ko’zlari olovday yonar, go’yo bo’yi birdaniga devday uzaygan, sallasining uchi keskinlashgan, pastga osilgan mo’ylovlari tikkayganday edi. Boyarin rayislari, zirhli askarlar, qahramon voyvodalar jonsiz kabi qimirlasholmas, taxtida boshi ezilgan hukmdorlariga qarab titrardilar. Elchi zalning o’trasidagi askarlariga qarab:
- Hasan, sen eshikka borib dovul chal! Mustafa! Sen ham rumiycha na’ra ot. Maydondagi askarlar hamon qurollarini yerga tashlab taslim bo’lsinlar, deb buyruq berdi.
So’ngra bayroq tutgan askarga:
- Qani tezda yugir, maydonga bayroqni tik!, amrini berdi.
- Amringiz bosh ustiga"¦
- Amringiz bosh ustiga"¦ - deb uchchalasi ham yugirib tashqariga chiqishdi.
Saroy xalqi qorong’u devorlarga yopishtirilgan porloq, muhtasham zarli rasmlarday ovoz chiqarmasdan, sokin, jonsizday turardilar. Haliyam ichlaridan hech kimsa qimirlamagandi.
Mum rangi chehralarning hayron boqishlari qarshisida to’nining uzun etaklarini yelkasiga otdi. Qilichini qiniga suqdi. Egilib ezgan boshining ustida turgan qonli cho’qmorni oldi. Yerga qo’ydi. So’ngra taxtdagi o’likni yerga tushirib uning yeriga o’tirdi. G’oyat aniq Rumiy tilida:
- Qani podshoh nomiga menga itoat qilinglarchi!, - dedi.
Sababi bilinmagan bir qo’rquvning ajablanarli hayajoni bilan tillari tutilgan bo’ri mo’ynali boy Boyar rayislari, ulkan qilichli jasur jangovarlar, po’lat zirhli voyvodalar , ikki daqiqa oldingi hukmdorlarining hali sovumagan jasadini ezib, bir zarba bilan Eflakni zabt etgan bu qo’rqinch turkning qo’lini o’par, yuziga qaray olmasdilar.
Saroy tashqarisidagi soqchilar ham, ichkaridagilarday dong qotib qolgan, qo’rquvdan qimirlay olmasdilar. Qurollarini yerga tashlab, taslim bo’ldilar. Faqat ikki kishining, ya’ni dovul cholgan askarga "œTashrifni buzyapsan" deb qilich ko’targan sarho’sh qo’mondon bilan, zudlik bilan qochmoqchi bo’lgan zobitning kallasi uchirildi. Faqat bu qadar"¦.

Turk tilidan Zamira Hamidova tarjimasi

____________
* Karaman - Turkiyadagi viloyatlardan biri.
* Potur - Oyoq qismi tor shim.
* Gayda - Skandinaviyaga xos cholg’u asbobi.
* Eflak - Ruminiyaning tarixiy joylaridan biri.
* Tergovich - Vengriyadagi shaharcha.
* Sanjak begi - Usmonli sulolasining so’ng paytlarida davlat tarafidan tayinlangan, bayroqlardan mas’ul bo’lgan shaxs.
* Zips - Vengriyadagi shahar.
* Konti - G’arbda asilzoda erkaklar uchun qo’llanilgan isim.
* Zapolya - Vengriyaning bosh qo’mondonlaridan biri.
* Hora - Bir qancha kishining qo’lma-qo’l ushlashib musiqaga hamohang shaklda o’ynaydigan G’arbga maxsus raqs turi.
* Rumeli - Vizantiya Davlatinin yerlari, ma’nosida aytilgan so’z.
* Voyvoda - Usmonlilarning Eflak va Bogdan beklariga bergan ismlari.


Manba (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3811&Itemid=227)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: shoir 14 Yanvar 2010, 09:01:53
Umar Sayfiddin

BALAND POSHNALAR

Hatija Honim juda vaqtli tul qolgan boy bir xonimafandi edi. O’n uch yoshdaligida oltmish olti yoshli qariyaga tekkani uchun "œerga tegish" degan narsadan nafratlangan edi. O’n yilga yaqindirki, erkak desa uning xayoliga romatizm, balg’am, paxta, banka, yod yig’imlaridan iborat kir, siquvchi, la’nati o’ylar kelar edi.
- Yoshlar boshqachadir! - deganlarga esa:
- Voy, voy! Xudo saqlasiney, ular ham bir kun qarimaydimi? Keyin ularning dardini kim chekadi, - deb hayqirar edi.
Eng asosiy mashg’uloti tozalik bilan nomuslilik edi. Go’ztepadagi ko’shkini har kuni ertalab hizmatkori Eleni, boqindisi Gulter bilan birga tozalar, oshpazi Mehmedni har kun soch-soqolini kestirar, bechora Bolulik bolani boshdan oyog’ oppoq kiyishga majbur qilardi. Eleni ham, Gulter ham juda nomusli edilar. Omborni qulflamas, pullari ham ochiq yerda turar edi. Ayniqsa Mehmedning nomusi haqida shubha bo’lishi mumkin emas edi. Birov bilan gaplashayotganda hech ko’ziga tik qaramas edi. Hatija Honim uydan tashqariga chiqmagani uchun butun ishi hizmatkorlarini taftish qilishdan iborat edi. To’xtamay xonalarni aylanar, chordoqqa chiqar, oshxonaga tushardi. Derdiki:
- Menga o’xshanglar. Men hech birov bilan ko’rishyapmanmi? Siz ham aslo qo’shnilarning xizmatkorlari, yugurdaklari bilan gaplashmanglar. Begona kishilar insonni yo’ldan chiqaradi!
Hattoki Mehmed ham bu nasihatni qulog’iga quyib olgan edi. Orqa hovlidagi oshxonasiga mehmon, hamshahari tugul hatto bir mushuk ham kira olmas edi. Hatija Honim balki kunda oshxonaga o’n marta tushar, uni qozonining yonida yolg’iz turganini ko’rar edi. Hatija Honimning tozalikga moyilligi bilan birgalikda baland poshnalarga ishqibozligi ham bor edi. Go’zal, do’mboqqina va nash’ali bir ayol edi. Faqat bo’yi pastroq bo’lgani uchun, uy ichida ham bir qarichga yaqin baland poshnali tufli kiyar edi. Xuddi dorbozga aylangan edi.
 Bu baland poshnalari bilan zinalardan taqir-tuqir qilib bir hamlada tushar, oyog’ini qayirmasdan bir pastga bir tepaga yugurar edi. Nihoyat bir kun boshi aylana boshladi. Chaqirgan doktori unga dori bermadi.
- Honim afandi, butun rohatsizliklaringizning sababi bu baland poshnalar, - dedi, - ularni yeching. Jundan to’qilgan, qulay, yumshoq bir shippak kiying. Ko’rmaganday bo’lib ketasiz.
Hatija Honim doktorning tavsiyasi bilan junli shippak oldirdi. Rostanam juda qulay edi. Ikki kun ichida boshining aylanishi to’xtadi. Tizzalarida, boldirida zirqirash qolmadi. Faqat vujudi huzurga qovushgan paytda ruhi chuqur bir azobni his etdi. To’qqiz yil unga xizmat qilgan odamlarining ikki kun ichida birdaniga axloqlari buzilgan edi. Elenini o’zining tish cho’tkasi bilan tishini yuvar ekan, Gulterni omborda murabboni oshalayotganini ko’rib qoldi. Mehmedni go’sht yeyiladigan kun bo’lmasligiga qaramay bir tovoq qovurmani paqqos tushirayotgan paytida ushlab oldi.
- Bularga nima bo’ldi, yo Rabbim! Nima bo’ldi, bularga? - derdi.
Bir hafta ichida odamlarining on beshdan ortiq xiyonatini, qing’irliklarini ushladi. Ayniqsa Mehmedni qo’shni generalning uyini qo’riqlayotgan askarlar bilan kattakon laganda palovni paqqos tushirayotganini ko’rganida jahli chiqqanidan nima qilishini bilmay qoldi. Shu kuni hamma tarafga qulf soldi.
 - Mana endi ko’ramiz, nimani o’g’irlashar ekan? - dedi.
Rostdan ham o’g’irlanadigan hech narsa qolmagan edi. Ertasi kuni uyqudan biroz kech turdi. Pastga tushdi. Eleni bilan Gulter atrofda ko’rinmas edi. To’ppa-to’g’ri oshxonaga qarab yo’l oldi. Ochiq eshikka ko’zi tushishi bilan nafasi ichiga tushdi. Mehmed o’chog’ning boshidagi kichkina kursida yoyilib o’tirar, bir tizzasiga Elenini, bir tizzasiga Gulterni o’tirg’izib olgan edi. Baquvvat qo’llari bilan ikkalasining bellarini arqondan qilingan kamarday bog’lab olgan edi. Hatija Honim bu manzaraning razolatini ko’rmaslik uchun darrov ko’zlarini yumdi. Faqat quloqlarining qopqog’i bo’lmagani uchun ularning gaplarini eshitmay qolmasdi.
 Mehmed: "œHey Gulter, sen ko’pdan beri shirinlik olib kelmayapsanku?", dedi.
 Gülter esa: Hamma joy qulf, nima qilay?", dedi. Mehmed g’arip bir shapillagan ovozi bilan Eleniga:
 - Hey sen, kechasi nimaga kelmayapsan? Senga holva qilip saqlayapman!, -  deb so’rar,  Eleni esa: Voy, qo’lga tushamiz. Keyin Honim bizni quvadi, deb uning quchog’ida to’lg’onar edi. Oralarida noz-karashmali dardlashuv boshlandi.
 Hatija Honim ko’zlarini ochmas, yuragi hapqirib diqqat bilan tinglardi. Gulter:
- Voh bu shippaklar!, - dedi. - Hamma ishimizni buzdi. Honimning kelgani hech eshitilmaydi. Nima qilsak qo’lga tushyapmiz. Oldin qanday yaxshi edi. Baland poshnalarining taqir-tuqiridan uyning eng tepa qavatdagi ovozni ham eshitardik".
 Suhbat uzaygan sayin ko’zi bilan ko’rolmagan boshqa razolatlarning mufassal hikoyalarini eshita boshladi. Chidayolmadi. Ko’zlarini ochdi.
 - Hay senimi olchoq, o’g’ri, nomussizlar. Qani uyimdan daf bo’linglar", deb hayqirdi. Shu ondayoq to’qqiz yillik sodiq xizmatchilarini kavushini to’g’rilab qo’ydi.
Shundan so’ng qancha oshpaz, xizmatchi olgan bo’lsa hammasi orsiz, o’g’ri, yuzsiz, nomussiz chiqardi. Ikki yil odamga o’xshagan bir xizmatchiga yolchimadi. Mol-mulki ziyoda, hech bir dardi bo’lmasligiga qaramay bu xizmatchi dardidan ozib, sarg’ayib so’lar edi. Qaradi, bo’lmaydiganga o’xshaydi! Yana baland poshnali tuflilarini kiya boshladi. Xizmatchilarining o’g’riliklarini, nomussizliklarini ko’rolmaydigan bo’ldi.
Yuziga qon yugirdi. Voqea yana boshdan takrorlanib, boshi aylana boshladi. Endi ovozi eshitilmaydigan poshnasiz shippak kiydirishini o’ylab doktorga murojaat qilmas, "œhech bo’lmasa yuragim huzurli-ku", der edi.

Turk tilidan Zamira Hamidova tarjimasi

Manba (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3812&Itemid=227)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 17 Yanvar 2010, 15:52:09
(http://s60.radikal.ru/i168/1001/4e/86a4fe39e435.jpg) (http://www.radikal.ru)

Kecha yasagan buketim. Korzinam bor edi uyda. Atirgul novdasi sotib oldim, korzinani ichida po'kagi tayyor edi, atirgullarni bitta-bitta kalta kesib po'kakka suqib chiqdim. 6-7 dona atirgul ortib qoldi, ular uchun ham rejam bor  : )

Tez kunda inshalloh:)

Gul do'konida aylanib yurib o'ylanib qoldim, o'zi gul sotadigan do'kon ochishim kerak edi, hech qayerda ishlashni ham keragi yo'q. O'zingga xon, o'zingga bek, nimaga ishga kech qolding, hangomasi ham yo'q!
Eng asosiysi umr bo'yi gullar va ularning hushbo'y hidlari bilan ich-ichasan...Eh qani endi. Mayli yaxshi niyyat yarim mol : )


(http://s57.radikal.ru/i156/1001/13/d071d6586b5c.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Afifahon 19 Yanvar 2010, 15:00:35
Uyiz to'la guldir,a opam?Shu,sizdaqangi tirishqoq insonlarni rosa hurmat qilaman. :)
Baraka toping......
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 19 Yanvar 2010, 19:26:23
Alloh rozi bo'lsin. Gullarni sevmagan ayol kamdan kam bo'lsa kerak. İnsonni ichini ochadi. G'uborlarini tozalaydi. İnson o'simlik va gullarga qarab tafakkur qiladi, deb o'ylayman. Alloh (J.J) go'zaldir va go'zal yaratgandir...

Tirishqoqlik masalasiga kelsak, hammasini bosh sababi -qiziqish. Vaqtni foydali va eng asosiysi (hech bo'lmaganda) moddiy-ma'naviy zarar bermaydigan ishlar uchun sarflashga harakat qilaman...
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: BelleQizcha 26 Iyul 2010, 23:45:51
voh voh.. Asal-i qobqog'i-ku bu asal..
Kotta bosa porumi boshiga kotarib. Aqlik man diganlani tahlab yastiqi ichiga tiqqib qoyadigan bollaga oxshavotti
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Abdumuhaymin 26 Iyul 2010, 23:47:16
voh voh.. Asal-i qobqog'i-ku bu asal..
Kotta bosa porumi boshiga kotarib. Aqlik man diganlani tahlab yastiqi ichiga tiqqib qoyadigan bollaga oxshavotti
kamro gapirin bolani qo'rqitvorasiz
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Chustiy 26 Iyul 2010, 23:59:25
MashaAllah, mashaAllah...

Ajoyibliginiya... Koz teymasin tup tup tup {nega mashnaqa tupirisharkina? ;D}

Sochi manikidanam qalinu bu jiyanchamizi?  ::)

Allah umrini uzun, rizqini butun, Haq yolda sobit, ota onasiga ikki dunyoda ham rahmatlar keltiruvchi farzand bolib voyaga yetishishini nasib etsin...

p.s/ biziyam yetqazsin deb duo qivorila jamoat duosi ijobatdir ;D deyishadi :p
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 27 Iyul 2010, 00:02:28
Alloh rozi bo'lsin barchangizdan. O'g'limiz ham sizlarday o'qimishli, Vataniga, Diniga xizmat qiladiganlardan bo'lib yetishsin inshalloh.

Sochi masalasiga kelsak, meni sochim ham huddi shunday bo'lgan ekan:) ayam rasmlarini ko'rib, sochini qaragin-a, huddi sen, qizim dedilar:)

Xozir ancha to'kildi:)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: ZUBAIR 27 Iyul 2010, 00:04:45
(http://s46.radikal.ru/i113/1007/35/bb22296329ea.jpg) (http://www.radikal.ru)

1 oylik bo'lganda, 13 chi iyulda tushdi. Uhlaganda olmasam, harakatlaridan tiniq chiqishi qiyin bo'lyabdi:)

 (http://s58.radikal.ru/i159/1007/32/9ebd14110ff9.jpg) (http://www.radikal.ru)

Dadasi ishdan kelganiga xursaaand o'g'lim : )

Mashaalloh, umri uzoq bo'sin :) Qoshi dadasini qoshiga uxsharkan :-)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: BelleQizcha 27 Iyul 2010, 00:21:29
ada ogil bir hil-ee.. koz tegmasin.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Zulfina 27 Iyul 2010, 04:19:14
Assalamu alaykum.
MashaAlloh! Opajon namuncha shirin bo'masa bu kichkintoy. Allohim panohida asrasin. Ko'z tegmasin (tpu tpu dimadim lekin;) ). O'ylaganingizdanda, niyat qilganinggizdanda ortiq solih farzand bo'lsin!
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2010, 10:16:00
:as:

 :ms:

Opajon, umri komillari bilan bergan bo'lsin!

Niyat qilganingizdan ham afzallariga yetishsinlaru, Sizlar buni ko'rib, quvonib, faxrlanib yuringlar, ilohim!

Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: As-Samarqandiy 28 Iyul 2010, 18:54:23
Bismillohir rohmanir rohim!

Kichkintoyni umrlari uzun, rizqi foriq, ilmda komil bo'lsin,Ilohim. Kapalak opa, pochchamiz bilan farzandlaringizning rohatini ko'ringlar! Serdavlat, serfarzand bo'lingizlar! Ko'z tegmasi,Ilohim!
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Oyshanur 28 Iyul 2010, 21:30:39
MashaAllah!
Abdulazizjon,ayangizni charchatib qo'ymang-a :)
Kapalak honim,solih,Allohni suygan bandalaridan bo'lib voyaga yetsinlar.Omin
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Jamila 28 Iyul 2010, 22:51:11
(http://s51.radikal.ru/i134/1007/75/ab6458f24220.jpg) (http://www.radikal.ru)

Doimo sokin turaverish kerakmas, orada yig'lash ham kerak
Qoshlarini chimirib chimirib yig'larkan   :D ...
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Muallim 06 Avgust 2010, 18:12:39
:bsm:

لَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنسَانَ فِي أَحْسَنِ تَقْوِيمٍ      Tiyn surasi, 4-oyat.
Subhanalloh, Zamira opa aziyz ne'mat farzand muborak bo'lsin. Bolalarni juda ham yaxshi ko'raman. Chunki ulardan Jannat'ning isi kelib turadi. Ular tunu kun, uzluksiz farishtalar bilan birgadir. Ular sababidan xonadon fayzu baraka, nurga to'ladi. Ular bilan bu foniy dunyoimiz yana ham ko'rkam. Ular turli xil gunoh va masiyatlardan omonda bo'ladilar. Juda ham beg'ubor bo'ladilar. Xullas sababi juda ham ko'p. Yoshligingizda amalga oshira olmagan ishlaringizni o'g'lingiz amalga oshirishini, Sizga armon bo'lgan orzuyingiz, farzandingizda amalga oshishini tilab qolaman. Yana bir bor muborak bo'lsin. Alloh barchangizni ikki dunyoda aziyz qilsin.

Biziyam yetqazsin deb duo qivorila jamoat duosi ijobatdir ;D deyishadi :p

Jumlamizni,  :D )

MashaAllah, mashaAllah...
Allah umrini uzun, rizqini butun, Haq yolda sobit, ota onasiga ikki dunyoda ham rahmatlar keltiruvchi farzand bolib voyaga yetishishini nasib etsin...
:amn:

:as:
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ummu Muslima 06 Avgust 2010, 19:31:46
 :as:
shunday zo'r mavzuni endi ko'ribman :(

muncha shirin chaqaloq a, bo'lajak forumchi  : ) bo'ylariyam uzunginami deyman  ;)ko'z tegmasin,,
unaka yiglatmang  Ayasi,man hecham chidamayman yiglagan chaqaloqni ko'rsam   :'(

Iloho farzandingiz ALLOH suygan bandalaridan bo'lsinlar,Ota onasiga  Qiyomatda oltin toj kiydirilishiga sababchi bo'ladigan solih farzand bo'lib , Payg'ambarimiz s.a.v. haqiqiy fahrlanadigan ummatlaridan bo'lsinlar.

Zamirahon , farzandingiz haqqiga ,sizni va barchamizni  qilgan duolarimizni ALLOH ijobat aylasin omin.


(nahotki bu mavzuni  avval ko'rmagan bo'lsam ,))


      
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Akbarjоn 06 Avgust 2010, 20:22:56
Jannatni rayhonlariga qarasangiz ko'zlaringiz zavqlanadiya :)

Alloh umri rizqi bilan bergan bo'lsin, islom umati uchun munosib hizmat qiladigan inson bo'lsin
ota onasining bu dunyosiyu u dunyosiga nafi tegadigan solih farzand bo'lsin
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Nоdirbek 06 Avgust 2010, 20:37:04
MashaAllah, shiringina o'g'ilchangiz bor ekan :)
Ota-onasini ko'zini quvontiradigan, mard yigitlardan bo'lsin!
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Kinjo 11 Avgust 2010, 08:39:22
 Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
pur (chuqur va keng) ma'no so`zlar ekan.

Alloh (a.j.) salohiyat bersin sizga va barcha oila azolaringizga
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Musannif Adham 23 Avgust 2010, 10:31:45
(http://s59.radikal.ru/i165/1007/4c/7bda68f5e475.jpg) (http://www.radikal.ru)

Aya, rasmga olib charchamadizmi?? : )

Alloh ota-onasini rozi qiladigan, Din va Ummat uchun xizmat qiladigan yigitlardan bo'lib yetishishini nasib qilsin.

Allohim, bu jiyanimzni dinda sobitqadam bo'lgan, doimo ota-onasining haqqini ado etadigan solih bandalaringdan qilib ulg'aytirgin! Uning haqqiga qilgan duolarimizni qabul qilgin!
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 26 Avgust 2010, 12:26:16
:bsm:
 :as:
Opajon ancha katta bola bo'p qoptiyu Alloh umrini ziyoda qilsin!!!


 :as:

Alloh rozi bo'lsin. Rabbim barcha begunoh bolajonlar orasida Abdulaziz Ensarni ham qo'risin iloyim.
Qo'llari qo'lpaypoq kiygani uchun oq, taqmasam ko'zini ishqalab, yuzini tirmalayabdi.
Ha u katta bo'lmay kim katta bo'lsin, onasini uyqularini "o'g'irlab" uxlagandan keyin ;D mayli joni sog' bo'lsin...

Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Abu Muso 28 Avgust 2010, 13:23:36
 :as:

Bu Kapalakxonga mendan sovg'a :)

(http://i076.radikal.ru/1008/ce/0835f649d06a.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: BilmasOY 28 Avgust 2010, 13:34:23
(http://s44.radikal.ru/i103/1007/89/5cec94ba9a2d.jpg) (http://www.radikal.ru)

Bu yerda huddi: "Hey forumdagilar, to'palon qilmanglar", deyayotganday : )
Voy hali tishiyam yo'qku! :D
 Rahmat opajon bizni shunchalik o'zizga yaqin olib rasmlarni ko'rsatganiz uchun! Rostanam dadasiga o'xshar ekan!
  Ilohim umri uzoq bo'lsin. Ota-onasiga o'xshab iymon-e'tiqodli bo'lib ulg'aysin. Har doim sog'-salomat o'ynab kulib yursin. Ko'z tegmasin!
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: yoqutxon 02 Sentyabr 2010, 23:02:47
(http://s53.radikal.ru/i141/1009/22/fda3b8a2396b.jpg) (http://www.radikal.ru)

Uyqudan turgan paytim kayfiyatim juda yaxshi bo'ladi-da : )
Biram shirin bola bo'ganey Abdulaziz Ensar. Iloyim ko'z tegmasin.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Abu Muso 15 Sentyabr 2010, 13:57:50
 :as:

O'tirg'izib qo'yibsizmi, yoki menga shunaqa ko'rinyaptimi?

O'g'il bolani bu yoshda o'tirg'izmaydilar...
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2010, 13:58:59
:as:

O'tirg'izib qo'yibsizmi, yoki menga shunaqa ko'rinyaptimi?

O'g'il bolani bu yoshda o'tirg'izmaydilar...


Yo'q yarim yotibdi:) rasmni shunday olganman:)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Abu Muso 15 Sentyabr 2010, 14:04:06
 :as:

Abdulaziz Ensar - baroqvoy va chatmaqosh bo'lar ekanda.  :D

Alloh dini Islomga xizmat qiladigan yigitlardan qilsin. Amiyn!
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 15 Sentyabr 2010, 14:21:38
Ох-хс, қошларини қаранг қошларини ширинтойни. Аллоҳ ёмон назарлардан сзи сақласин. Бизгасм насийб қилсин :)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Abu Muso 19 Sentyabr 2010, 14:27:49
 :as:

Qiziq, bugun tushimda Abdulaziz Ensar ni ko'ribman...

O'zbekchasiga qilib beshikka belab qo'yilgan, uyqusida

jilmayib-jilmayib qo'yarmish. Kapalakxon, adashmasam

turklarda beshik yo'q shekilli? Bilmadim bu nimadan darak. :D
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Mirоlim 19 Sentyabr 2010, 15:38:30
:as:
Opajon mavzuga hech sovg'a bilan kirmagan ekanman  ;)
Bir kun moy mirda bir narsa qidirayotib shu kapalaklarni ko'rib niyyat qilgan edim shu Kapalak opamni mavzusiga joyleman deb
(joy egallamasligi uchun 22-ta kapalakni birlashtirdim, bir fotoga) qo'ygan edim.

Marhamat ko'rib zavqlaning opajon  :).


(http://s50.radikal.ru/i127/1009/92/c35e6f5e0f5c.jpg) (http://www.radikal.ru)

Dunyoning barcha ranglari mujassamdek go'yo  : )

(http://s39.radikal.ru/i083/1009/b6/1e6c47a19f04.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Sakiina 22 Sentyabr 2010, 20:06:30
TUF TUF KUZ TEGMASIN KATTAGINA BOP QOPTI    :)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Sakiina 07 Oktyabr 2010, 17:10:18
 voe aelanae sandan jonim kim bilan mushtlashmoqchi sana :)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Mirоlim 07 Oktyabr 2010, 21:35:37
:as:
Opajon oldidegi haligi oshho'rakmidi o'shani taqip qo'yipsiz endi taqip qo'yip oqatimi berin dep urushayotgandurda  :D.
Alloh umtini uzun- rizqini ulug' qilsin.
Allohga itoatkor va ibodatida doim qoim yigitlardan bo'lsin  :)!
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Sakiina 08 Oktyabr 2010, 21:49:34
yoyo bu shrintoe hozir ki vaqtda qizlar skromnie bolalarni yahshi kuradi kel manam shundae tusha qolae deganda ha jonim  yo katta bolib olae ustimdan kulganlaring uchun  yahshilab s.......gapiraman deyabtimi :13 jonim hozir yonimda bosan edi yiglatip opardim oziyam tuf, tufe hunikcha :13 :13
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: G_u_l_i 10 Oktyabr 2010, 06:42:12
 :as:
Opa rozi bo`lasiz, Abdulaziz beyni ba`zi rasmlarini compga copy qivoldim. Jannat rayhonlaridan birini ko`proq ko`rish u-n.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: UzMuslim 10 Oktyabr 2010, 20:26:00
Abdulaziz Ensarga Ko'z Tegmasin,Ancha Katta Bo'liB Qolibdi,Kundan Kunga Yangi Qiliqlar qiladigan bo'lgan Bo'sa Kerega opam..Alloh Taolo O'z Paohida asrasin..
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Muslim Odilbek 11 Oktyabr 2010, 08:59:42
Ha opajon juda ham shirintoy bola ekan. Hudo hohlasa bu ukajonimiz katta bo'lsa spart-smen  bo'ladi shekilliya turishidan. Insha ollox ko'z tegmasin baquvvat yigit bo'lib insonlarga yurtimizga nafi tegadigon oqila inson bo'lib yetishsin.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Chustiy 13 Oktyabr 2010, 20:55:29
Ota onasiga rahmat keltiruvchi farzand bo'lib voyaga yetisin...
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: braupov 13 Oktyabr 2010, 23:40:02
 :as:
Abdulaziz Ensarga sochini qachon olamiza  o'sib ketibdiku.    : )
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Gabriela 29 Oktyabr 2010, 16:05:18
hayotingiz davomida ulkan baxtlar tilayman, Zamira opa  :)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: azizbek_mx 29 Oktyabr 2010, 23:22:19
Sizga qoyilman! Hayotda o`rnini topgan baxtli inson ekansiz...
Kulishni bilmaydigan baxtsizdir,
Yig`lashni bilmaydigan ikki hissa baxtsizdir.

Siz esa ikki hissa baxtli ekansiz. Siz bilan do`stlasishni, ukangiz bo`lishni havas qildim, lekin, bilmadim, qabul qilasizmi yo`qmi... Ammo ba'zan Net.da yo`q bo`lib ketadigan odatim bor. doimiy emasman. Kim biladi, bugun bormiz ertaga esa yo`q.... Bu mavzuni to`liq o`qib bo`lmadim, lekin boshdagi savol-javoblardan keyin ancha narsalardan tiyilishga harakat qilmoqchiman. Sizning haqqingizga duolar qilaman, Siz ham meni to`g`ri yo`lda mustahkam bo`lishim uchun duo qilishingizga umidvorman. Zero, bandalarning bir-birlariga qilgan duolari eng avval ijobat bo`lguchidirlar. Oldindan raxmat...
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 07 Noyabr 2010, 22:15:11
Sizga qoyilman! Hayotda o`rnini topgan baxtli inson ekansiz...
Kulishni bilmaydigan baxtsizdir,
Yig`lashni bilmaydigan ikki hissa baxtsizdir.

Siz esa ikki hissa baxtli ekansiz. Siz bilan do`stlasishni, ukangiz bo`lishni havas qildim, lekin, bilmadim, qabul qilasizmi yo`qmi... Ammo ba'zan Net.da yo`q bo`lib ketadigan odatim bor. doimiy emasman. Kim biladi, bugun bormiz ertaga esa yo`q.... Bu mavzuni to`liq o`qib bo`lmadim, lekin boshdagi savol-javoblardan keyin ancha narsalardan tiyilishga harakat qilmoqchiman. Sizning haqqingizga duolar qilaman, Siz ham meni to`g`ri yo`lda mustahkam bo`lishim uchun duo qilishingizga umidvorman. Zero, bandalarning bir-birlariga qilgan duolari eng avval ijobat bo`lguchidirlar. Oldindan raxmat...

 :as:

Ma'nodor so'zlaringiz uchun katta rahmat.
Men ham siz uchun duo qilaman inshalloh Abdulaziz:)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Oyshanur 09 Noyabr 2010, 10:08:03
 :as:
Voy,Kapalak,Abdulazizni rasmlarini bu yerga qo'yayotganingizdan behabar ekanman-a.
Shuncha katta bo'lib ketibdiya,MashaAllah.
O'ziyam chimchilab-chimchilab oladigan shirintoy bo'libdi.Xolasini nomidan ikki yuzidan chimchilab,yo'g'e qattiq o'pib qo'ying.  ;)
Endi bularni rossa shirini qaynab chiqadigan davri kelyapti.Yomon ko'zlardan asrasin.
Ota-onasiga mehribon,solih yigit bo'lsin. :amn:
Sizga esa kuch-quvvat.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Hadija 09 Noyabr 2010, 10:24:25
(http://s44.radikal.ru/i104/1009/42/236d87a3dd03.jpg) (http://www.radikal.ru)

Ana mana deguncha 3 oylik ham bo'ldim, alhamdulillah.

Ксз тегмасин бунча ширин бу ширинтой ксрган сари одамни юзига кулги югуради. Қошларини, сочлариничи буни қслчасини кичкиналигини ширинтой. Умри узун ризқи бутун, ахли солиҳлардан бслсин...
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: yoqutxon 15 Noyabr 2010, 22:37:33
 :as:
 Abdulaziz Ensar ko'zini katta katta qilib ochib tursa huddi oyisiga o'xshiydi :)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Firdavsiy 23 Noyabr 2010, 22:03:56
 :as:
Kapalak, savol javoblarizi hammasini o'qib chiqmagan bo'lsam ham, yarimidan ko'pini o'qidim.Sizni ko'rmasam ham gaplaringizdan oqila, muslima o'z yoriga vafodor ayol ekanligizi his qildim..
Allah o'glingizni hayirli avlod qilsin.turmush o'rtogingiz bilan hayirli umurlar kechirilar inshaAllah..doimo Allah yordamchingiz bo'lsin.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Abdulhafiz 12 Dekabr 2010, 17:08:21
 :ms:
opajon jiyanimiz katta bo'p qoptiyu, judayam yarashipti oma...
Alloh :jl: umrini uzun, rizqini butun qilsin.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 12 Dekabr 2010, 17:13:23
:ms:
opajon jiyanimiz katta bo'p qoptiyu, judayam yarashipti oma...
Alloh :jl: umrini uzun, rizqini butun qilsin.

Alloh rozi bo'lsin. Juma kuni ayajonimdan keldi bular:)

Abdulaziz Ensar juda yoqtirdi kiyimlarini:)

Hamdlar bo'lsin, 6 oyini to'ldirdi akasi:)
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: braupov 13 Dekabr 2010, 07:10:18
 :as:
Sarpolar qulluq bo'llsin
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: UzMuslim 13 Dekabr 2010, 14:38:08
 :bs1:
Voyey Ko'z Tegmasin Ancha Kotta Bo'b Qolibdilarku Bizning Abdulaziz,...
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2010, 09:32:44
Opajon, jiyanimiz g'irt o'zbek-ku. Hatto ko'zlari ham qop-qora.
Qoshlarini qaranglar. Mashaalloh!  : )
Vatayt, to'nlarini qarang, voyey, do'ppilarini. M-a, m-a, p-a :)
Yomon ko'zlardan Alloh asrasin!

Uyoqda turklar rashk qilishmayaptimi?  :1
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 17 Dekabr 2010, 15:30:02
Opajon, jiyanimiz g'irt o'zbek-ku. Hatto ko'zlari ham qop-qora.
Qoshlarini qaranglar. Mashaalloh!  : )
Vatayt, to'nlarini qarang, voyey, do'ppilarini. M-a, m-a, p-a :)
Yomon ko'zlardan Alloh asrasin!

Uyoqda turklar rashk qilishmayaptimi?  :1

:bsm:

 :as:

Opajon rahmat bizni shunde go'zallik bilan siylaganiz uchun.

Mana bizni Anjanlik, xexe zo'r yarashipti ko'z tegmasin.


Alloh rozi bo'lsin. Sizlarga ham nasib qilsin iloyim : )
Ha boshlarda aniq emasdi, ko'zlarini rangi, qisiqligi:) xozir ko'rganlarni hammasi: Vay Japon chojuk deyishadi:)
Qaynonamlar o'zi boshqacha narsayu insonlarni yaxshi ko'rarkanlar, mana Xudo berib qo'ydi boshqacha nevarani : )
Ko'ramiz hali nasib bo'lsa, borgan sari o'zgaryabdi to'palonchi:)
Bugun uydagilarga Anjonga bu rasmlarini jo'nataman nasib bo'lsa, qani nima deyisharkan.
Boshiga belbog'ni bog'lab zotan Anjon polkasini aytib turdim : )
Qaynonam: "Kichkina Andijanlı seniiii" dedilar : )
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: As-Samarqandiy 17 Dekabr 2010, 15:52:43
 :bsm:

Kapalak opa qanday bunday shirin bolani qizg'onmay, ko'z tegib qolishidan qo'rmay hammaga ko'rsatdingiz. Bizlar tarafda begona ko'zdan yashirishadi, chunki bunaqa holatlarda kichkintoy kechasi bilan uxlamay yig'lab chiqadi. Shuning ko'rsatmaydilar. Yana irim qilayapti demang, bor gapni aytdim.
Abdulazizbek katta yigit bo'lsin,Ilohim.
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 17 Dekabr 2010, 15:56:58
:bsm:

Kapalak opa qanday bunday shirin bolani qizg'onmay, ko'z tegib qolishidan qo'rmay hammaga ko'rsatdingiz. Bizlar tarafda begona ko'zdan yashirishadi, chunki bunaqa holatlarda kichkintoy kechasi bilan uxlamay yig'lab chiqadi. Shuning ko'rsatmaydilar. Yana irim qilayapti demang, bor gapni aytdim.
Abdulazizbek katta yigit bo'lsin,Ilohim.

 :vslm:

Abrorbek, haqlisiz, men ham o'yladim buni boshda. Lekin bola baribir o'rganishi kerak ko'pchilikni oldiga chiqishni, uydan tashqariga kam chiqadi shundayam:)
Qolaversa forumdoshlarni begonaday ko'rmayman, duo qilishlarini bilaman, barchangizdan Alloh rozi bo'lsin.

Mana siz ham duo qilibsiz:) rahmat...
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Sakiina 17 Dekabr 2010, 20:21:54
sani dopichalaringdan forumdosh holalaring aylansin  joncham,yarashib turganiga qaranglara :D :D
Nom: Re: Kapalak: Hayot - ilm o'rganishimiz uchun berilgan makondir
Yuborildi: Ansora 17 Dekabr 2010, 20:23:43
Nasib bo'lib, Abdulaziz Ensar katta yigit bo'lganida bu yozilganlarni o'qisa rosaaa yuzi qizarsa kerag-a ;D
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: azizbek_mx 29 Dekabr 2010, 00:00:40
Qatuni yaxshi ko'rishimmi qattan bildiz?
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: BelleQizcha 29 Dekabr 2010, 02:24:56
Kotta bogan rasimalrini kormagan ekanman..
ko'z tegmasin huddi o'zimga o'xshab osvottiy-a holasini o'zi disam-de/
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: BilmasOY 01 Yanvar 2011, 18:57:28
Abdulazizbeyga ko'z tegmasin, kaatta bola bo'pketibdiku. Ilohim, umri ziyoda bo'lsin, ota onasiga, vataniga, dini islomga xizmat qiladigan bandalardan bo'lsin :amn:
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ummu Muslima 13 Yanvar 2011, 09:09:47
 :as:
ko'z tegmasin jiyanimizga,
bu, boshlaridagi marg'ilon do'ppimi ;)

aytganchi Kapalakhon kecha rosa hursand qildizda ,
inshaALLOH mehmonga kelganizda beraman sovg'ani : )
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 13 Yanvar 2011, 15:09:01
:as:
ko'z tegmasin jiyanimizga,
bu, boshlaridagi marg'ilon do'ppimi ;)

aytganchi Kapalakhon kecha rosa hursand qildizda ,
inshaALLOH mehmonga kelganizda beraman sovg'ani : )

 :vslm:

Alloh rozi bo'lsin opa:) Rabbim butun ota-onalarga kuch-quvvat, sabr-bardosh bersin...orasida mengayam:)

Dadam ham Andijonlik bo'lishimizga qaramay Marg'ilon do'ppi kiyadilar, uydagilar Abdulaziz Ensargayam bu do'ppidan olishibdi qarang:)

Opa, Alloh uyaltirmasin, bu sinov dunyosida "yo'lini topganlardan" aylasin iloyim...

Diydorga nasib bo'lsa 1 yildan kam qoldi ;D
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: braupov 02 Fevral 2011, 16:22:29
 :as:
Alloh panoxida asrasin juda shirin bo'pti. Endi yurishga xarakatni ham boshlab yuborsalar kerak.  :7

Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 02 Fevral 2011, 16:33:46
:as:
Alloh panoxida asrasin juda shirin bo'pti. Endi yurishga xarakatni ham boshlab yuborsalar kerak.  :7



 :vslm:

Alloh rozi bo'lsin. Biz ham shunday deyabmiz, nasib qilsa:) tishlari yaqin kunlarda chiqib qolsa kerak, tinmay suv oqyabdi og'zidan, injiqliklari ko'paydi...
Unaqa emaklab ketgani yo'g'u lekin qo'llari bilan juda tez harakat qilyabdi, 3-4 metr joy kamlik qilyabdi:)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 02 Fevral 2011, 17:02:02
Heyyy akalari opalari : )

Biroz avval Abdulaziz Ensarga qatiq berayotgandim, qoshiq tiq tiq dedi, qarasam tishi chiqibdi:)

Alloh hayrlik qilsin iloyim, duo qilinglar : )
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: azizbek_mx 02 Fevral 2011, 17:11:29
Eee muboraklar bo'lsin!.. Boy akamizga marvaridlar nasib qiptida. Ko'z tegmasin, adash bo'gandan keyin, xursand bo'pketarkanda odam... Xayrlisini bersin...
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Solihatun 02 Fevral 2011, 17:25:41
Opajon o`tgan kun AbdulAziz Ensarni rasmlarini ko`rgim keldi negadir. Yarim soat qidirdim blogizni. Ohir topomadim. Keyin hayolimga Pm.da yozgan link keldi. Pm.laniyam ag`dar to`ntar qib tashadim, ahir topdim... Lekin kirsam rasmlani o`chiribsiz. Faqat iqtibosga olingan rasmla qobti. O`zimcha hafa bo`b chiqib ketudim : )
 Bugun ko`rib hursand bo`ldim, Yomon ko`zlardim asrasin Robbim :amn:
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: ree7 02 Fevral 2011, 20:01:31
Emaklasa yurasan, yursa yugurasan - degan ekan kimdir )) Hali rosa yugurtiradi sizni, inshaalloh.
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: muxlisa 02 Fevral 2011, 20:31:54
voy-bo'o'o'o' : ).. bu bolakay biza bilan baravar katta bo'lyaptimi deymana  :7

mubore bo'sin, mubore bo'sin! Sultonni ilk tishlari!

(ko'z tegmasin, ilohim.)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: BelleQizcha 03 Fevral 2011, 17:40:44
Qoshlariga man qurbon....
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 04 Fevral 2011, 14:13:56
Qoshlariga man qurbon....

Dada, amaki, tog'alar ham chatma qosh bo'lgadan keyin Abdulaziz Ensar qayoqqa borsin ;D
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: BelleQizcha 05 Fevral 2011, 09:34:34
Haaa qonga boradida bola paqir....
Haa qoshkariga koz tegmasin...
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: y_doniyor_k 05 Mart 2011, 14:38:20
Qoyil
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Zamiraxon 09 Mart 2011, 16:59:38
 :as:
Shirintoy bo'libdi. Tepaga qarab nimani ko'rib qolibdi bu shumtaka-a?! Ko'z tegmasin, asaltoyga  :amn:
Yish bolachalar ayasining yoki har doim unga qarab yuradigan yaqinining kiyimidan ko'pincha tanisharkan-a, Zamira opa? Xolam ba'zida boshqa kiyimda bo'lsalar, tanimay qoladi Abdumalik :)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 09 Mart 2011, 17:06:10
:as:
Shirintoy bo'libdi. Tepaga qarab nimani ko'rib qolibdi bu shumtaka-a?! Ko'z tegmasin, asaltoyga  :amn:
Yish bolachalar ayasining yoki har doim unga qarab yuradigan yaqinining kiyimidan ko'pincha tanisharkan-a, Zamira opa? Xolam ba'zida boshqa kiyimda bo'lsalar, tanimay qoladi Abdumalik :)

Valaykum assalom. Alloh rozi bo'lsin. Butun mittivoylarni joni sog' bo'lsin.
Bular judayam aqlli:) bizga aql o'rgatishadi qo'yib bersangiz. Aytganingizday bir narsani yodlab olishadi, boshqacharoq narsa bo'ldimi, ikkilanib qolishadi:)
Bu albatta vaqtincha. 1 yoshdan keyin yana ham hofizalari kuchayadi nasib bo'lsa.
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: registan 09 Mart 2011, 18:17:10
(http://s010.radikal.ru/i313/1103/8c/305c50b4ff43.jpg) (http://www.radikal.ru)

Mana dunyoga kelganimga 10 oy bo'lay deb qoldi. Dunyo judayam qiziq. Ayniqsa stolni tagi : ) ayam stolni tagiga kirishimni unchalik xushlamasalar ham men paytini poylab qochyabman u yerlarga ;D

Ayam 1-tishimni ko'rganlariga 1 oydan oshibdi. Shu vaqt oralig'ida yana 4 dona tishim chiqdi, unchalik navbat bilan bo'lmasa ham harqalay ust qo'shnimiz Safoga yetib oldim ;D

Allohim, butun dunyodagi o'rtoqlarimni qo'ri, ayajonimga kuch-quvvat ber, meni yerga qo'ymay doimo qo'llarida ko'tarib yursinlar:) ana shunda hech zerikmayman : )

(http://s57.radikal.ru/i155/1103/4c/7dbc41aee70e.jpg) (http://www.radikal.ru)

Allohim seni diniga, millatiga nafi tegadigan, ilmli, bilimli, Rabbini tanib-tanitadigan bandalaridan qilib yetishtirsin. Senida ayangnida sog'-salomat qilsin. Amiyn...
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: ibnUyayna 09 Mart 2011, 18:36:08


Iqtibos
Senida ayangnida sog'-salomat qilsin. Amiyn...
Adasi-chi?? :)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: BelleQizcha 10 Mart 2011, 05:43:30
ko'z tegmassiiiiinnnn bunaqa shirrrin bolaga
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Saliha 15 Mart 2011, 15:03:46
 :ms: bilmadimu man rosmana o'zbek bolachasiga o'hshatdim..turklaga o'hshamabdi..Allah nazardan saqlasin..
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 15 Mart 2011, 15:05:32
:ms: bilmadimu man rosmana o'zbek bolachasiga o'hshatdim..turklaga o'hshamabdi..Allah nazardan saqlasin..

Ona tarafi og'ir bosdi, Osiyo qoni bor nima bo'lsa ham ;)

Alloh rozi bo'lsin.
Nom: Re: userlar haqida latifalar II-qism
Yuborildi: azizbek_mx 22 Mart 2011, 09:16:32
Turklarni O'rta Osiyo haqidagi (3 yoshda otga minib, kamon otadi) fikrlari meni haliyam o'ylantiradi. Ular biz haqda shunday fikrda ekan, biz-chi, o'zlimizni unutib qo'ymadikmi deb qo'rqaman...
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Akbarjоn 04 Aprel 2011, 13:12:16
 :ms:

Alloh go'zal, Alloh yaratgan go'zallikni ko'rib ko'z to'ymaydi

*********************

3 kundanm beri kiryabman ammo Kapalak opa ko'rinmiydilar

opa shu yerdamisiz :)

Seen nik da qidiruvga bersak xam bolardiyu bizdan oldin  qidirish boshlanibdi,
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Abdul_Malik 22 Aprel 2011, 19:47:27
Endi bolalar bosib o'tgan hayot yo'li haqida muayyan bir tasavvurga ega bo'lish uchun,xotiralarini ortiqcha qiynamasa ham bo'ladigan bo'pti ( :

Ko'z tegmasin...

Бунақа "возможность" ҳаммага ҳам насиб қилавермайди.
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Shuhrat_ 24 Aprel 2011, 22:39:10
(http://s53.radikal.ru/i141/1103/ed/4b966f0a8926.jpg) (http://www.radikal.ru)


O'g'limni birinchi marta parkka olib bordik bu shanba kuni. Keyin maysani ustiga o'tqazdik. Odati-da hali tashlamadi, o'tlarni yulib og'ziga sola boshladi, hay haylab qo'lga oldik yana. İlk marta bo'lishiga qaramay o'zini yaxshi tutdi, mazza qilib o'ynadi:)
:as:
Xammani farzandi uziga shirin,
Abdulaziz Ensar ga ko`z tegmasin,
Allox umrini ziyoda qilsin :amn:
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: siddiqa 25 Aprel 2011, 02:46:40
(http://i053.radikal.ru/1104/d7/bf83b959ad8c.jpg) (http://www.radikal.ru)

Abdulaziz Ensar: olma yeyish juda qiyin ekan, ayniqsa 6 dona, faqat oldindagi tishlar bilan. Kiyimlarim ham olmani suvi bo'ldi, uyat qilmanglar ho'p:)

qoshi shirinde shu bolajonizi   :7 :7 :7 Alloh barakasini bersin .
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Chustiy 25 Aprel 2011, 05:14:21


qoshi shirinde shu bolajonizi   :7 :7 :7 Alloh barakasini bersin .

Umrigami, qoshigami? :)

Nima bo`lganda ham omiyin deb qo`laman barcha duolarga.....
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: BelleQizcha 27 Aprel 2011, 17:29:42
qo'rqib kettiman.....
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Shuhrat_ 28 Aprel 2011, 16:04:22
 :as:
Abdulaziz Ensar :)
1 yoshga yetib qopti shekilli a shirintoy?
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 06 May 2011, 12:29:59
:as:
Abdulaziz Ensar :)
1 yoshga yetib qopti shekilli a shirintoy?

 :vslm:

Nasib bo'lsa 13-iyunda 1 yoshini to'ldiradi...
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 09 Iyun 2011, 13:59:37
Assalomu alaykum. Kitobimizga ham yozmaganimga 1 oydan oshibdi:)

Bozor kuni (05.06.2011) Ensarbeyni sochini oldirdik tag tugi bilan.

O'zi anchadan beri oylab yurgandik, o'sha kunga nasib ekan. Dadasi sartaroshga ketar ekanlar, haliyam ishonmasdim Ensarni "kal" bo'lishiga:) yaxshi dadasini qiynamabdi, tv-da reklamalarniko'rib o'tiribdi, sartarosh amaki sochlarini olguncha.

Qalay yarashibdimi ;D


Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Aqoid 09 Iyun 2011, 14:50:52
Abdulaziz kal. Yonimizda bo'lganda bir "usta haqqi" qippo'yardim.
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: azizbek_mx 09 Iyun 2011, 23:10:07
Rosa yarashibdi lekin. menam kichikligimda sochimni oldirishni yaxshi ko`rardim. oldiraverardim, oldiraverardim... hozir juda qalin bo`p ketgan sochim, sinfdosh qizla rosa havas qilishardi  ;D ;D ;D
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: BelleQizcha 10 Iyun 2011, 03:52:53
AHAHAHAHAHAHAHAH
korib olib qomman....
guzal guzal..
qoshlaringdann
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 22 Iyun 2011, 13:22:31
Assalomu alaykum.

Abdulaziz Ensardan xabarlar:

1. 1 yoshini to'ldirdi. Xozirgacha 8 dona tishi chiqdi.

2. Haliyam qo'shni bola, o'zidan 10 kunlik katta Safoni urishda davom etyabdi.

3. Bemalol yura boshlaganiga 10 kuncha bo'ldi.

4. Bodringni tishlab hammayoqni bodring bo'laklari bilan "bezaydi", lekin yutmaydi.

5. Qulupnayni juda yaxshi ko'radi, lekin allergiyasi borligi uchun uncha bermaslikka harakat qildim.

6. Bananni yaxshi ko'radi.

7. 6-oylikdan beri apelsin suvini siqib bera boshladim, 1 yosga kirguncha kunda o'rtalama 200 mml judayam yaxshi ko'rib ichdi, afsus mavsumi tugadi, apelsin suvi ichadigan idishini berkitdim, chunki uni ko'rsa dod deyabdi:(

8. Kunduzi 2 mahal, o'rtalama 3 soat uxlaydi, kechasi 22.30dan keyin ertalab 7.30gacha, 1, bazan 1.5 soatda bir uyg'onib uxlayabdi, albatta haliyam belanchakda uxlaydilar SULTON : )

9. Butun oila a'zolarini taniydi, hamma qo'lma qo'l qilgani uchun butun oila bir joyga to'planganda undan baxtli inson yo'q.

10. Faqat men uyda bo'lsam, injiqlik qilmaydi, lekin buvilarini yonida erkalab, aytganni qilmaydi xozirdan, Alloh sabr bersin...

11. Haligacha xonada yolg'iz qolishdan qo'rqadi, reklama joni dili, sekin harakat qilgan multiklar juda yoqadi.

12. Ko'chada yig'lagan bolalarga hamdardlik bildirishni yaxshi ko'radi.

13. Haliyam oshxo'rak taqyabdi...
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 22 Iyun 2011, 13:58:23
Bizning jiyan ancha sho'x bo'ppoptilayu. Kapalak honim jiyanimiz "dada" diyaptilarmi yoki "baba" diyaptilarmi?

Ag'da sunnat to'yni bizlarnikiga o'xshab qilishadimi yo boshqachami?

Yaaaxshilab betlaridan chap-chup qilib o'pib qo'yin, jiyanni:)

Alloh rozi bo'lsin, sizgayam nasib qilsin:)

Judayam qiziq: Ensar eng boshda "dada" dedi, turk dilida "bobo" degani. Lekin yig'laganda "ba-ba" deydi cho'zib, hali unaqa aniq aytgani yo'q. Lekin kasal bo'lib istimalaganda nuqul "enne" dedi, yani ona:)

Sunnat to'yi bizga o'hshash aslida, unaqa gumbura qasir to'yni o'rnida ko'pincha Hatim qildirishadi, yoki Mavlud o'qitishadi. Bola kattaroq bo'lganda qilishadi, o'ziyam eslasin, o'ynasin to'yida deb:)

kiyimlari juda yoqadi, shaxzodalarday bo'ladi:)

To'y bola kiyimlarini kiyib, butun kun mashinani signaliga bosib, hammaga qo'l silkab yuradi.

(http://s12.radikal.ru/i185/1106/36/c46482aaf82e.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 22 Iyun 2011, 14:04:18
Keyin bizda kichkina bolalarga bir narsaga tegma deyish uchun "qih" deymiz-u, Ensar yoqmagan narsaga "qih" deydi. Suvga 1-2 marta "umma" dedi, hayron qoldim :7
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Abdul_Malik 22 Iyun 2011, 14:39:44
2. Haliyam qo'shni bola, o'zidan 10 kunlik katta Safoni urishda davom etyabdi.

Boshqasini bilmadim-u, lekin mana shu ishi o'zbekka tortibdi.   :)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: BelleQizcha 22 Iyun 2011, 19:00:43
2. Haliyam qo'shni bola, o'zidan 10 kunlik katta Safoni urishda davom etyabdi.

Boshqasini bilmadim-u, lekin mana shu ishi o'zbekka tortibdi.   :)
Haaaa maylii urursin.. sazasi tushmasin.. bu bollani urmasa kim uradi?
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 26 Iyul 2011, 13:16:27
Abulaziz Ensar tarafidan xabarlar:

1. "Allohu akbar" deganimizda, joynamozni yoyganimizda darrov ikki qo'lini qulog'iga olib boryabdi, alhamdulillah.
2. Tashqari jonu dili, tili bo'lmasaham "tashqariga olib chiq" deganini aniq tushunish mumkin.
3. Yegan ovqatlarini turlari ko'paydi, shukr, sabzavotlarni tanlamaganiga xursandman.
4. Mashinalarni judayam yaxshi ko'radi.
5. Balkondan narsalarni ota boshlaganiga 1 oycha bo'ldi, kecha katta buvasi (qaynatamni dadalari) olgan mashinani balkondan otib, pachoq qildi, afsus:(




Ohirgi holimiz, siqildim, stoldan tusihiriiiiiing:)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 14 Avgust 2011, 13:01:50


Xozircha otimiz pılesos bo'lib turibdi:)

Judayam to'palonchi bo'ldi. Parkka chiqqan kuni yaxshi uxlayabdi, demak energiyasini otyabdi ekan tanasidan. 14 oyni ham to'ldirdik alhamdulillah.
Keyingi kunlarda tez tez tishlay boshlagandi meni. Kecha tepada 2, pastda 2 tish chiqayotganini ko'rdim:) demak shundan ekan.

Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Zamiraxon 19 Avgust 2011, 13:47:49
Assalomu alaykum. Zamira opa, Alloh rozi bölsin sizdan. Anchadan beri kirmaganimga körmagan rasmlarim yig'ilib qolgan ekan. Ichki bir hayajon bilan kördim. Mehrim tushdi Abdulazizjonga, Alloh umrini barakotli qilsin!
Özbekistondagi qarindoshlarni qachon körishga keladi bu Sulton? :)
men ham jiyanimning rasmlarini qöyib, uning nomiga duolaringizni öqib, quvonishni xohladim. InshoAlloh, tez orada joylayman.
Abdulaziz Ensar, Abdumalik va barcha jajji qalb egalarini Alloh panohida asrasin, omin.
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 23 Avgust 2011, 11:15:22
Assalomu alaykum. Zamira opa, Alloh rozi bölsin sizdan. Anchadan beri kirmaganimga körmagan rasmlarim yig'ilib qolgan ekan. Ichki bir hayajon bilan kördim. Mehrim tushdi Abdulazizjonga, Alloh umrini barakotli qilsin!
Özbekistondagi qarindoshlarni qachon körishga keladi bu Sulton? :)
men ham jiyanimning rasmlarini qöyib, uning nomiga duolaringizni öqib, quvonishni xohladim. InshoAlloh, tez orada joylayman.
Abdulaziz Ensar, Abdumalik va barcha jajji qalb egalarini Alloh panohida asrasin, omin.

Valaykum assalom, adash:) Alloh barchamizdan rozi bo'lsin iloyim. Alhamdulillah qiynalib bo'lsa ham 15. oyiga yetib keldik. Onajonimni qadrlarini yana bir bor bildim:) Nasib bo'lsa, bazi hujjat ishlarimiz tugagandan keyin kelamiz Vatanga.

Bozorga borgandik Abdulaziz bilan birinchi marta, meva-sabzavotlarni ko'rib kolyaskasidan tushumoqchi boladiyey:) ko'pchiligini tanib yegani uchun, ko'rib rosa hayajonlandi. Eng osoni bodring edi, artib berdik, bodringni hali yutmaydi, tishlab tashlayveradi, maydalab.
Saharlikka biz bilan turib, biroz bir narsalar ham yeb qo'yadi.
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 06 Sentyabr 2011, 19:51:15
Bayram rostdan ham bayramday o'tdi bu yil, mazza qilib Abdulaziz Ensar bilan birgalikda parklarda, qishloqlarda o'tkazdik vaqtimizni. Nasib bo'lsa batafsil yozaman hammasini.



Nonimni yeb bo'lib qaysi tarafga qochsam ekan-a ;D
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 15 Dekabr 2011, 13:17:01



Rabbimga shukrlar bo'lsin, o'g'lim 19. oyiga kirdi. 1.5 yoshdan o'tdi ya'ni.

Eng yaxshi ko'rgan o'yinchog'i xozircha taxtali poyezdi. Uni tilida nomi: "Dıg'ı-dıg'ı"

Uydagilar rosa kulishdi, bun qanday so'z, deb:)

Buvasi kelishi bilan qo'li bilan dig'i-dig'i deb ishorat qiladi, hajayondan yuragi gum gum urib, buvasi poyezdni yo'lini qurgunlaricha atrofda aylanaveradi.

Orada yig'yabman, sovumasin bu o'yinchog'idan ham deb. Poyezd yo'ldan chiqishi bilan yig'laydi, hali kichkina, sabr nima, diqqat nima bilmaydi. Chunki poyezdni o'ynash yoshi 3+ ekan....

Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: azizbek_mx 15 Dekabr 2011, 13:41:52
Kap katta böp qoptilaru adash, köz tegmasin...
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 15 Dekabr 2011, 13:47:41
Kap katta böp qoptilaru adash, köz tegmasin...

Olloh rozi bo'lsin. Sizgayam nasib qilsin iloyim:)

Ha forumni bolasiyu:) katta bolyabdi sizlar bilan birga:)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Abu Muso 15 Dekabr 2011, 14:12:56
Ha forumni bolasiyu:) katta bolyabdi sizlar bilan birga:)

 :asl3:

Maktabda o'qigan vaqtlarimizda, "Polk o'g'li" degan asar bo'lardi...  ;D
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: BilmasOY 25 Dekabr 2011, 10:39:31
Meni ustozimni o'g'illari bor, ismi Abdulloh. Shu bolacha ustozim litseyda o'qib yurgan paytlarida tug'ilgan, keyin uni chaqaloqligidayam litseyga olib kelib turganlar azbaroyi o'quvchilarni, litseyni sog'inganlaridan. Xullas Abdulloh katta bo'lgunicha ko'p marta litseyga kelib LITSEYEVICH degan nom olgan  : )
 Hozir Litseyevich 2-sinfga boryapti...  :)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: ibnUyayna 25 Dekabr 2011, 10:59:50

 Hozir Litseyevich 2-sinfga boryapti...  :)

 ozi shu yetishmi turudi..boldi Abdulazizni Forumbek dimiz..
  Kapalak opaaa Forumbek qale yuriptimi anjanchasiga? :)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: azizbek_mx 09 Yanvar 2012, 16:11:06
Mashaalloh, köz tegmasin!
Tört oylik chaqaloqdan nimalarni kutish mumkin? Jiyanchamiz tez katta bölyapti... Oyisini taniydi, buvisini taniydi, oyoqchalarini qattiq siltab, tik turishga harakat qiladi... Sörg'ichga örganib qolmadi yana :)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 09 Yanvar 2012, 16:12:56
Mashaalloh, köz tegmasin!
Tört oylik chaqaloqdan nimalarni kutish mumkin? Jiyanchamiz tez katta bölyapti... Oyisini taniydi, buvisini taniydi, oyoqchalarini qattiq siltab, tik turishga harakat qiladi... Sörg'ichga örganib qolmadi yana :)

So'rg'ich yaxshi narsa emas, plastik nima bo'lsa ham...

Katta bo'lsin yangi mehmon:)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 28 Fevral 2012, 13:47:29
Alhamdulillah, Allohning bergan ne'mati oglim 22-oyiga kirdi, yaqinda 2 yoshini toldiradi nasib bolsa.

Xozircha aniq va tiniq qilib:
anne- ona,
baba- dada,
dede- buva,
tutu -sut,
chichek- chechak,
mama- suv, yeydigan narsalar,
dıg'ı dıg'ı- poyezd,
buuv- mashina,

va yana bir qancha aniq bolmagan sozlarni aytyabdi:)

Kechqurun yangi so'zni behosdan aytib yubordi, oqqand (Turk tilida* sheker, kesme sheker) shakar- deganimiz uchun oglim- keker dedi:)

Bugun unutmabdi ertalab, oqqandni idishini ko'rsatib- "keker" dedi.

O'tir, kel ni tushunadi. Bir narsa yegin deganda- "ham -ham", uxlasin deganda "huh-pish, huh-pish" deymiz:)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ummu Muslima 27 Mart 2012, 15:50:36
Alloh yomon ko'zdan asrasin,rosa sho'hliklari ko'rinib turibdi : )
mayli,bola bo'lsa sho'h bo'lsin-da

sayyoh jiyanimiz oyoq kiyim kiydilarmi :13

lekin paypoqda mazza qilib yengil bb yurish ham yomonmas ;)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Chustiy 15 Iyun 2012, 20:32:29
Bo`ladigan bola boshidan ma`lum deyishganidek, Abdulaziz hozirdanoq tengdoshlari va davrasidagilar orasida lider ekanligini ma`lum bo`lmoqda...

Rosayam topolonchi bo`libti, shu topolonchi bilan tinmay recept yozib, kitob joylab, savollarga javob yozayotgan Kapalak opaga qoyil qolish kerak...

(http://s58.radikal.ru/i159/1206/a0/381ff65dfed4.jpg)

Yurist: `Bizgayam shunaqa sho`hidan ato qilsin deya niyat qilmoqdalar` :)
(http://a3.sphotos.ak.fbcdn.net/hphotos-ak-snc6/s720x720/282721_10150997682104078_1474233742_n.jpg)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Margiloniy 17 Iyun 2012, 01:17:23
MashaAlloh ko'z tegmasin..

O'sma qo'ygandek-ku qoshlari? (Yuristnikini aytmayapman:P)

Yurist, siz Arshavinni qorachadan kelgani ekansiz... ;D
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Guliqiz 17 Iyun 2012, 11:29:07
Judayam shirin bolacha ekan. Umri uzoq bo'lsin. Rasmidan ham quvnoq, sho'x bolaligi bilinib turibdi. Forumda yangi bo'lsam ham Kapalak opani oz-moz bilaman. Ya'ni postlarini ko'p o'qiganman. Havas qilaman yozganlariga.
Yuristni tanimasdim, rasmini ko'rib tanigandek bo'ldim:)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: NANO 18 Iyun 2012, 09:37:00
Yurist telefon qiliwni he4 urganmadi urganmadide!
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:42:31
 :asl3:

Va nihoyat uyga 6 yil deganda bordim. Uyga kirib borishimizni o'zi kinoday edi:) videochi chaqirishibdi, Turkiyaga kelganda ko'rdim o'sha kuni olinganlarni, ayvonda duo qilib o'tirishgandi onaxonlar, birdan: Kelishyabdi ekan, deb kimdir qichqirdi, (shu yerida "To'ylar muborakda shum bola "kelishdi" deb baqirardi shekilli, shu yeri esimga tushib kuldim)  kamera tashqariga chiqdi va qishloqning chang ko'chalarida oppoq Neksiyani ola boshladi, ichida men, oglim, yangam, singlim va jiyanim bor edik:)

(http://s019.radikal.ru/i606/1208/9f/ff5de6a304c7.jpg) (http://www.radikal.ru)

Mashinadan tushishim bilan yuzga yaqin insonni ko'rib ko'zlarim jimirlab ketdi:) soat 13! O'zbekistonning issig'imi meni terlatgan, onam, yaqinlarimni sog'inchmi yoki, ko'pchilikni nigohimi, yoki begonasirab dod solgan oglimni ovozimi,,,,bila olmadim azizlarim...
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:43:19
Va yoki bu nimaning charchog'i edi? Yillardan beri yig'ilib qolgan charchog'lar shu 2 oyda chiqdimi deyman...

Xullas avvalo onajonim, singillarim, qarindoshlar va qoshni ayollar bilan korishdik, biram charchadim birma-bir korish, opish:) rosa energiya kerak ekan-a:)

Oglimni singlim uzoqlashtirdi, bolmasa hech ruhsat bermasdi korishishimga. Uzoqlardan dodlagan ovozi qulogimga chalinadi elas elas...

(http://s018.radikal.ru/i523/1208/2e/1f38bd87cc74.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:43:55
Ko'chani og'zidan, ayvongacha qizil gilam solishibdi:) poyandoz...bilasizlar qiz bola turmushga chiqqandan keyin uyiga birinchi marta kelganida poyandoz solinadi...videoda kordim, oglim bilan shu qizil gilam-poyandozdan yuribmiz, ustimizdan qandlar sochilibdi, ozimda emasdim, videoda kormasam eslay olmasdim balki:)

(http://s54.radikal.ru/i145/1208/f6/17ec37c165e0.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:44:38
Ichkariga kirildi, duolar o'qildi, birma bir hol ahvol soraldi...mehmonlarni orasida vidochi, 2 togam, 1 amakim va bir usta yigit bor edi holos, qolganlarni hammasi ayol-qiz edi:)

Hamma qiziqsiniz qaraydi, men tohtamay terlayman holos...suv soradim, choy berdilar. Qani endi chanqog'im bosilsa...zotan tomog'im og'riyabdi...

Osh pishgan ekan, solib kelishdi...katta ayvondan, katta mehmonlarni yonidan ruhsat olgan holda ichkaridagi salqinroq uyimizga otdim, u yerda yoshroq kelinlar, qizlar bor edi, biroz bemalol edim:)

(http://s50.radikal.ru/i127/1208/b9/6e4b2e9ca147.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:47:06
O'sha kuni va undan keyingi 1 hafta uydan mehmon arimadi, ayam hammani birdan chaqiray, qolgan kunlar qizim bilan bemalol gaplashay, deb butun yaqin mahalladagi ayollarni, qarindosh urugni chaqirgan bolsalar ham baribir kela olmaganlar 1 haftagacha kelishaberishdi:)

(http://s53.radikal.ru/i142/1208/55/bfd569d8e021.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:49:35
Toshkanga 28-may kuni bordik, propiskam Toshkanda bo'lgani uchun birato'la OVIR'ga topshirib, keyin Anjonga ketay, degan maqsadda 3 kun poytahtda qolib ketdik...bu 3 kun 3 yilday tuyuldi, o'ylab qarang, 5 ming kmga yaqin masofani kelibsiz, 500 km qolganda qandaydir hujjatlar sabab yaqinlaringizni ko'ra olmaysiz...ancha dilxiralik bo'ldi, bularni balki aytgim kelsa keyinroq yozarman, chunki eslagan sarim mazam qochyabdi haliyam, ohiri 1 hujjat qolganda tegishli idoradagi odamni topa olmagach qaydasan anjonnn deb yo'lga tushgandik va yuqorida siz oqiganday kirib borgandik.

Mehmonlar bilan 1 hafta o'tgach yana Toshkanga qaytdik, osha issiqda oglim bilan...mayli, dedim shu bahona tanishlarni ham korarman...Allohga shukr, 1 kunda hujjatlarni topshirib boldik bolam bilan.

Korsangiz, Toshkanni issiqdan erigan asfalt kochalarida qolimda uxlab qolgan bolam bilan yuribman:) hech charchamadim lekin, chunki Toshkanni judayam sogingan ekanman...

Bu safar Zulfina-Mehrinisolarnikida qoldim 3 kun, buvilari vrach ekanlar, yoshlari 75 da:) gaplashib toymadik togrisi...Alloh ulardan rozi bolsin, judayam yaxshi mehmon qilishdi bizni.
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:50:02
Qolgan kunlar sinfdoshim va mendan 1 yil oqishga kirgan yaqin dostim, dugonamni ota-onasini uyida turdik 3 kun. Ota-onasi yagona ogillari bolgani uchun Toshkandan uy olib, shu yerga Anjon forma qilib uy solishibdi....

Dugonamni 1 qiz, 1 ogli bor, kattakon bolib qolishibi. Abdulazizni oynatishdi rosa, ukalaridayam 3 ogil:)

Dugonam bilan kechalari gaplashdik asosan, chunki kunduz kuni 2 marta "ushrashuvga" ketdim:) Ziyouzdagi qizlar va Chustiy, Yuristlar bilan uchrashdik...

Abdulazizni korib hamma charchadi, chunki judayam sho'x, hammani charchatib yubordi.

Ushrashuvda ham qizlardan bazilarini hech otqizmadi, orqasidan muttasil kimdir yugirib turishi kerak edi-da:)

Hozir bularni yozib otirib, qizlar bilan suhbatga umuman toymaganimni his qildim...sogindim sizlarni hozirdan :-[

(http://s49.radikal.ru/i125/1208/3e/c7e5acd873d9.jpg) (http://www.radikal.ru)

Dugonamni ogli velosipedda, oglim esa oftobani to'ntarish bilan band...
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:51:10
Bir kuni Chorsuga tushgandan keyin oglim bilan Sirkni yonida ancha vaqt otkazdik...

Oglim dedim, qaragin bu yer Sirk, onang 5-6 yoshligidan buvang bu yerlarga olib kelardi, xolalaring bilan birga...qani endi sen ham kirsang, ichi zor:) lekin bu hozir mumkin emas, ham kichkinasan, ham Sirk tomoshalari hozir bolmaydi:)

(http://s40.radikal.ru/i088/1208/f6/6d0c31f81872.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s48.radikal.ru/i122/1208/93/084811a33bcc.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:51:40
Sirkni yonida yurar ekanmiz, orqasi Chorsu bozori bolganligi uchun bir amaki bozordan qollarida katta sumkalar bilan qaytayotgan ekanlar. Abdulazizni suyib, olma berdilar:) oglim uni mazza qilib yedi:)

(http://i020.radikal.ru/1208/b6/47a107d76d38.jpg) (http://www.radikal.ru)

Fontanda esa har doimgiday bolajonlar cho'milishayotgandi, oglim oz qolsin ulardan birini kiyimini hovuzga otay dedi:( zorga ushlab qoldim...

(http://s61.radikal.ru/i173/1208/04/c1545b206ae0.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:52:21
(http://s017.radikal.ru/i410/1208/f6/3800345ad19d.jpg) (http://www.radikal.ru)

Yana Sirk maydoni...ha u yerda qari bir ot bor edi:) oglim unga qarab rosa qorqdi, hayronman unga qanday qilib minarkan bolalar:)

Sirkni yonida rosa tut pishgan ekan:) oglimga olib beray, yesin deb, tavakkal qilib tutni yoniga bordim, tagiga rosa suv quyishgan ekan:) oyoqlarimiz loy boldi, maylida:) mazza qilib tut yedik, hammayogimiz qip-qizil boldi, hamma bizga qaraydi, ochofatlar, deyishgandir aniq ;D

Hafa bolmayman, Vatanimni soginganman, ham tekin, mazza ;D

Oglim keng maydon korib, rosa yugirdi, albatta 1 hafta qishloqni keng hovlisiga organdi qoldi:) hovliga sigmay kochaga qochadi-ya:)

Zulfinalarni domida rosa kochaga chiqaylik, deb dod soldi:) eshikni yonida bosonojkasini korsatib, anne akki, (oyoq kiyim) akki derdi, keyin meni tapochkamni olib kelardi:) Sirkni yonida rosa yugirdi:)

(http://s019.radikal.ru/i643/1208/6b/596e295c2b33.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:53:36
Toshkanda yana Chustiy va Yuristlar bilan uchrashdik, oqigandirsizlar:)


Xullas, 6 kun so'ngra yana Anjonga qaytdik oglim bilan...

Yolda perevalni rasmga oldim, soginganlar uchun:

(http://s019.radikal.ru/i634/1208/a9/7fd58a574744.jpg) (http://www.radikal.ru)
(http://s019.radikal.ru/i617/1208/8d/745ce428963b.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:54:15
Endi biroz tabiatga sayohat qilsak, hovlida olingan rasmlar:

Atirgullar:

(http://s004.radikal.ru/i205/1208/a1/726b5f259636.jpg) (http://www.radikal.ru)

Oshrayxonlar:

(http://i072.radikal.ru/1208/4d/68a1467c1536.jpg) (http://www.radikal.ru)

O'smalar:

(http://s017.radikal.ru/i424/1208/29/461ecc588692.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2012, 11:54:32
(http://s15.radikal.ru/i189/1208/7c/9320fb1e9bd7.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://i024.radikal.ru/1208/3a/0a646a0256ca.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s41.radikal.ru/i094/1208/c4/fff1945f58b3.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Hadija 09 Noyabr 2012, 16:25:04
Kapalak opa nickiz Ansora bo'libdideb tahmin qildim...
Toshkentga kelib-ketibsiz deb eshitdim, kelganizdan hursand bo'ldim, ketishiz tez bo'libdi-da? O'gliz ham katta bo'lib qolibdi... Umri uzun bo'lsin... Sizga savolim, Vatanizga kelganda, ehh baribir Turkiya yaxshi degan savol xayolizdan o'tdimi?

Chunki ko'pchilik chet eldagi dostlardan so'rasak, chetga chiqqaningdan k-n Uzbga qaytging kelmaydi deydi....
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 09 Noyabr 2012, 16:50:24
Kapalak opa nickiz Ansora bo'libdideb tahmin qildim...
Toshkentga kelib-ketibsiz deb eshitdim, kelganizdan hursand bo'ldim, ketishiz tez bo'libdi-da? O'gliz ham katta bo'lib qolibdi... Umri uzun bo'lsin... Sizga savolim, Vatanizga kelganda, ehh baribir Turkiya yaxshi degan savol xayolizdan o'tdimi?

Chunki ko'pchilik chet eldagi dostlardan so'rasak, chetga chiqqaningdan k-n Uzbga qaytging kelmaydi deydi....

 :asl3:

Ha ismimni ozgartirdim:) forumdoshlar Kapalak opa, deganiga ozim hijolat boldimda:) Siz ham kelsangiz edi uchrashuvga:) korishardik:)

Vatanni hech narsaga almashib bolarkanmi:) Albatta bu yerda yanayam oson hayot- kirimni, idish tovogimni mashina yuvadi, ishlar osonday goyo.

Uyda gaz yoqligi uchun otin ishlatishyabdi ekan, bilasizmi havasga o'tin yordim:) necha marta barmoqlarimni otinni orasiga qisib oldim, bir marta shikoyat qilmadim.

Ochoqda ovqat qildim, yuzlarim qorayib, issiqdan terlab pishib, lekin rosa mazza qildim:)

Faqat uyda duxovka yoqligi yomon boldida, uydagilarga u bu narsa pishirib berardim, narxini surishtirdik qimmat edi, voz kechdim olishdan...zotan yaqinda elektr yoq boladi, bekora olma deyishdi uydagilar, kim ishlatadi:)

Oglim baxtli edi judayam, uning quvonchi mening quvonchim:) keng hovliga sigmay kochaga "toshdi", yaxshiyam yonimizda maktab va kattakon stadioni bor, bolam jiyanlarim bilan mazza qildi:) birga qoshni bollarni molini boqdi:) akalari bilan kurash tushdi:)

Oglim birinchi marta yerga yalangoyoq bosdi, tuproqda oyoqlari kuydi:) ishtonchan yurdi rosa:)

Xullas men hecham Turkiya yaxshi, demadim. Zotan hech vaqt bolmadiki:)

Qani endi masofalar yaqin bolsa, puli arzonroq bolsa, tez tez borib tursak, uyimdagilar kelsa, qaynonamlar Ozbekistonni korishsa...

Faqat oglim bilan ikkalamizni 2 oylik safarimizga 5 ming dollardan kop pul ketdi...bu katta mablag albatta:) mayli dadamizni jonlari sog bolsin, yana borib qolarmiz:)
Nom: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Akbarjоn 01 Dekabr 2012, 21:18:59
Ие, Катта снгиликдан бехабар қолибмизку, Капалак опамиз никлари снди Ансорами

Янги никлар муборак бслсин опа :)

Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 06 Yanvar 2013, 14:32:21
Assalomu alaykum.


Abdulaziz Ensardan xabarlar:)


Dadasi olib kelgan oyinchoqni erga uravergandi jahlim chiqdi, qoshnimizni ogli bor Ahmad,-Oglim dedim, agar oyinchoging bilan yaxshi oynamasang Ahmadga olib borib beraman, oglimni javobi hammamizni kuldirdi.


-Anne, menni Ahmete dotuuu (Aya, Ahmadga men olib boray)  :D

*********************************************************

-Abdulaziz, sanagin oglim
-Bi, iki, uch,dot, besh, ati, yedi, shekiz, oooonnnn


Nimagadir to'qqiz esidan chiqaveradi:)

********************************************


Birinchi marta qilgan ishi- so'ragan salfetkamni yonimga olib kelib berishi edi:)

********************************************

Telefonda dadasi bilan gaplashsam, darrov telefonni soraydi:


-Anne menni abooo (alo)


-Ma ol gaplash:)


-Baba, Petito ajıkı alliiii (Petito ayiqcha degan shokolad bor, shuni soraydi darrov)


******************************************
Transport vositalarini kopini biladi yoddan anchadan beri, eng qiziq'i vertolyot (helikopter) sozini talaffuz qilishi, eshitishim bilan kulaveraman- taptapta  ;D


******************************************
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 20 Avgust 2013, 23:37:10
Assalomu alaykum. Mavzuda yozmaganimgayam ancha bolibdi:) Abdulaziz Ensarni bugun rasmga oldim balkondagi Petunyalarim bilan:)


Jiyanilarga duo qilib qoyarsizlar:)



Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Salsabil 21 Avgust 2013, 01:00:44
MashaAllah ashalimmi qarelaa... Hayt qoshlarinichi bunii...
Robbim hidoyatda, haqda sobit qadamladan qisin... Jannatul Firdavslada ota-onasiga "syurpriz" nurdan toj kıydirsin...
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Хадича 21 Avgust 2013, 10:12:28
MashaAlloh...

Köz tegmasin.kotta bölib qoptiyu,forumimizni farzandi : ) Salsabilxonni niyatlariga amiyn deb qolamiz. Bo'lajak Uka,singillariga bosh bo'lib yursin : ) ; )
Shirin shirin tillaridan chiqayotgan so'zlardan yozib turing,bolalardagi beg'uborlikni his etib turaylik forum orqali : )

Zamira opa,gullariz judayam chiroyli turibdi. Uyingizga fayz qo'shib,juda chiroyli bo'lib turibdi.
Shu gullaringiz haqidayam biror bo'sh vaqtingizda binnimalar etib bersez mamnun bo'lardik...  ::) ::) :5
Shunaqa gul ochadigan xona gullarini yoqtiraman. Bizada bormikan bunaqa gullar... Qanaqa parvarish qilasiz?
Albatta vaqtingizga qarab...

Abdulazizni o'pib qo'ying...
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Muxsiya 21 Avgust 2013, 13:01:41
Teldan kirganim uchun rasmni ko'rolmadim lekin Abdulazizga uzoq umr, ota onasi orzusidagidek farzand bo'liwini tilab qolamiz
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Zumrad1995 21 Avgust 2013, 13:47:02
Ansora opa o'g'lingiz chiroyli ekan:)
ko'z tegmasin;)
Tan-u joni sog' bo'lsin ota-onasining baxtiga:)
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Zumrad1995 21 Avgust 2013, 13:49:47
Muxsiya, teldan kirsangiz -javobni tagida "Go to full version" bor. O'shanga bosing, rasm ko'rsatadi:)
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Shuhrat_ 21 Avgust 2013, 22:44:35

duodamiz,
katta odam bupqoptilayu jiyanjon.
O'g'lim bilan tengdosh bugami uchunmii, shu bolaga mehrim boshqachada
Nom: Javob: Re: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Shuhrat_ 21 Avgust 2013, 22:55:42
Qoshlariga man qurbon....
shu qiz (qiziga) o'zini qurbon qivordiyov, yarimtayam kurinme qoldila
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 22 Avgust 2013, 15:19:26
Xadichaxon, men Petunyalarimni kichkina ko'chatligida sotib oldim, keyin katta tuvakka kochirdim, 3 xil tuvakda va tuproqlari ham har xil edi, tuproqni sifatiga qarab ular har xil o'sdi, suvdan boshqa hech narsa bermadim:) quyoshda turadi, suvni va quyoshni yaxshi koradi:)
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 25 Sentyabr 2013, 15:53:08
Assalomu alaykum. Bizdan xabarlar:) Abdulaziz Ensar bohchaga boshlaganiga 10 kun boldi. Bu yerlarda shanba, bozor maktabga, bohchaga borishmaydi bolalar.


Eng boshlarda yiglamsirab borib, keldi. U yiglamsiraganiga men ham o'ylanib qoldim, organib ketarmikan, deb. Alhamdulillah 4-5 kundan etiboran ancha kayfiyati yaxshi edi. Bohcha opasi judayam mehribon ayol.
Har kuni bir narsa tayyorlashadi, yo rasm chizishadi, yoki sonlarni yozib, bo'yashadi. Boshlarda ishtahasi yaxshi emasdi, asta sekin bolalar bilan birga yeyishgayam konikdi. 


Umid qilamanki, bohcha oglim uchun foydali boladi, xayrlisi bolsin.
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Muxsiya 25 Sentyabr 2013, 21:53:34
Kecha oyim singlinga uni qiliw kerak ukanga buni qiliw kerak va.ho.k deydiku lekin o'zimga biror nima kerak demaydi. Aya farzand boqib o'qitib odam qildizam tinchimadiza desam bu hayotni wirin tawviwlari deyiladi, hayotni mazmuniyam wunda dedi. Sizda ham wunday tawviwlar bowlanibdi muborak bo'lsin. Hammagayam nasib qilsin bunaqa tawviw chekiw
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Muxsiya 25 Sentyabr 2013, 21:53:49
Abdulaziz Ensarni "ijod na'munalari"ni forumdowlar bn baham ko'ring
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Tistak 27 Sentyabr 2013, 17:18:11
Umm Abdulaziz bog'chadan  yahshilik nasib qilsin.

P.S.Adashmasam postlarizdan birida adabiyotga yaqin sohada magistrlik diplomiga egaligiz haqida o'qigandek bo'luvdim. Bizdeka maktabbi arang tamomlaganlardan farqliroq yozuv sizga munosib dib o'yliman.Bog'cha deb yozilsa toriroq bo'lsa kere.Hafa qigan bosam uzr.
Yana ba'zi katta dargohlarda ilm olgan forumchilarni postlarida din so'zini diyn shaklida yozganlarini kuzataman .Ansora opa bir tilchi sifatida sizdan izoh berishizni iltimos qilaman.Asli yozuvde qoidasi haqida tushuncha berib ketsez.
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Ansora 27 Sentyabr 2013, 18:09:09
Muxsiya, ularni saqlayabman, bir kun vaqt topib rasmga olib, joylarman, hozir rosa ishlarim kop.


Tistak albatta siz aytganday  "bog'cha" sozi togri. Men maqola yoki bu bu jiddiy yozuv yozganimda diqqat qilaman imloviy xatolarimga, bu yerda sozlashuv nutqidagisini yozdimda:) qolaversa bizni tilimizda hech kim "bog'cha" demaydi, bohcha, deydi, shunday sozlarni tilda ham ozgartirish kerak, deb oylayman.


Din sozi hozirgi Ozbek adabiy tilida "din" deb yoziladi. "Diyn" deb kim yozgan bolsa ozlaridan soray qoling, men hech "diyn" deb yozmaganakanmanbu kungacha:)


G'; O' harflariday tepadan vergul bilan ajratish menga rosayam qiyin tuyuladi, shunga tashlab ketaman kopincha. Bu bir navi hozirgi Lotin yozuviga etirozim:)


Men yozgan narsalardan bu yerda kop xato topishiz mumkin, asosan "x", "h" harflarida, bu esa Turk tilini tasiri, deb oylayman. Lekin aytganimday jiddiy bir maqola yoki tarjimalarimda diqqat qilaman. 
Nom: Javob: Kapalak: O'qish, ish, turmush va Abdulaziz Ensar :)
Yuborildi: Zumrad1995 11 Oktyabr 2013, 15:46:09
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblarida ham, "din" ->  "diyn" deb yozilgan..