AbdulAziz haqida forumchilar fikri:
Munira xonim:
Bu kishiga hurmatim juda baland. So'zlaridan juda ilmlik, savyalari baland. Hamma narsaga yahshi ko'z bilan qaraydilar. Doimo post qilganlari og'ir vazmin, o'zini tuta oladigan bo'liub ko'rinadi menga. Din borasida ham juda ilmlari keng. Men u kishiga omad tilayman. Alloh yo'lida qilayotgan ishlarini Alloh taolo mukofatlasin.
Forumning jonkuyari. Hammani do'sti va ularga qo'lidan kelganicha to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi. Holis yordam qo'lini uzatguvchi inson. Ham diniy ham dunyoviy ilm sohibi. Sh'erlari juda go'zal va hayotiy,menga juda yoqadi. Kelajaklari porloq deya umid qilaman. Forumni shu darajaga yetishida bu kishini hizmatlari tahsinga sazovar. Shahsan menga juda ko'p yordamlari tekkan. U kishidan forumda ishlash va shunga o'hshash juda ko'p narsalarni o'rganganman. Shu paytgacha hech kimga yomon gapirib ko'nglini og'ritganlarini guvohi bo'lmadim, bundan keyin ham bo'lmayman,Inshalloh. Bu kishini ishlariga omad tilayman. Alloh taolo O'zi madadkor bo'lsin...
Forumning jonkuyari. Sodda, mard vodiy yigiti.
Boshqa viloyat yigitlarida uchramaydigan soddalik va mardlik bor u kishida.
Ham diniy ham dunyoviy ilmga ega va hamon egallamoqda.
Muslima:
Abdulazizga hurmatim juda baland!
Ular har doim to'g'ri maslahat bera oladilar.
Abdulaziz forumimizni adminilar. Forumdagi eng hurmatga sazovor user hisoblanadilar. Juda ham sabrli inson.
Har qanday savolga erinmay javob beradilar.
Hech qachon yordamlarini ayamaydilar.
Juda ham hayrli ish boshlabsiz Abdulaziz. Sizga bu ishizda Allohdan rivoj tilab qolaman! Inshaolloh barcha hayrli ishlarizni ajrini Alloh taoloni O'zi beradi. Yana sizga alohida rahmat FORUM.ZIYOUZ.COM ni tashkil qilganiz uchun! Alloh rozi bo'lsin sizdan! Smiley
Mubashshir:
Juda yahshi inson. Ilmlik va birodarlariga shirin so'z. Hamma narsani ochiqlik va vazminlik bilan tushuntiradilar. Meni bu forumga a'zo bo'lishimga asosan Abdulaziz aka sababchi bo'lganlar, ya'ni u kishini postlarini ajoyib fikrlarini o'qib keyin a'zo bo'lishga qaror qilganman. Vodiyning javohiri bo'lgan Marg'ilon shahridanlar. Forumni bu holga keltirish uchun anchagina mehnat qilgan bo'lsalar kerak. Alloh u kishini mehnatlarini ulug' mukofotlar ila siylasin. Amiyyn.
Laylo:
Alloh rozi bo'lsin ulardan. Mana shu sayt va forumni ochganlaridan keyin juda ko'p insonlardan ilmdan, iymondan bahramand bo'ldilar. Shu sayt orqali iymonga kirgan, namozga kirgan, hijobga kirgan kishilarni bilaman.
Ularning xayrli ishlarida Allohdan madad, kuch-quvvat, shijoat tilayman.
Mutaallimah:
AbdulAziz akani menimcha forumga kirguvchi har bir inson taniydi.
Men ularniyam juda hurmat qilaman chunki diniy dunyoviy ilmlari judayam ko'p anchagina sabrli insonlar. So'ralgan savollarga malollanmasdan astoydil tushuntiradilar.Alloh ulardan rozi bo'lsin.
Diydor:
bu insonni dunyoqarashini qoldirgan postlaridan tahmin qilishimcha juda go'zal.Yurtimizni mashhur olimlaridan birining chiroyli hikmatli so'zlari bor"Quchga ikki qanot kerak bo'lgandek insonga diniy va dunyoviy bilm juda zarur" deganlar Menim fikrimcha bu inson shu tarifga munosibdek.
Lolo:
O'zlari yozgan maqolalari juda yaxshi! Alloh rozi bo'lsin.
Dilnura:
Bilimlarini juda hurmat kilaman,olloh rozi bo'lsin...
Ikbaljohn:
1 hafta forumga kirmasalar, forum ishlamay qoladi.. Cheesy
AbdurRohman:
Forum prezidenti. "fuqarolar"i bilan yaxshi munosabatda bo'ladila. postlariyam ma'noli. Ilmli, sermulohaza user. Alloh rozi bo'sin!
Mahdiyah:
JUM'A otkrytkalarini joylashimga va ularni boshqa mo'minlarga ham yetkazishda yordam bergan inson haqida nima deyishim mumkin. Abdulaziz haqida gap borganda avvalo haqiqiy o'zbek yigitini tushunaman.
P.S. Doim yordamga qo'l cho'zadilar. Bu manimcha insondagi eng yaxshi xislat
Robiya:
Forum administratorilar.Userlarning xatolarini tuzatadilar.Alloh rozi bo'lsin.
Ertalab tongdan barcha userlarga ajoyib hikmatlaru,hikoyalar,hadislarga to'la maktub jo'natishdek ma'suliyatli,savob ish sohibi.
Shukurulloh:
bu insonni hamma hurmat qiladi forumda, forumning asoschisilar.Man bu insonni juda hurmat qilaman.Olloh rozi bo'lsin
Nozli:
Ula juda hurmatga loyiq insonla, eng chiroyli va ma'noli postla sohibi buladila
Manga juda kotta yordamlari tegdi, uladan Allox rozi bulsin
Murod_bek:
Mazkur forum asoschisi.Ilmlari dunyoqarashlari juda keng.Vaqti kelganda juda qattiqqo'llar.Hurmatim baland.Alloh ilm va amallarini bundanda ziyoda aylasin! (amin)
Mazmunli postlar, ziyouz.com dagi ajoyib maqolalar, loyihalar muallifilar...
Alloh ilmlarini va amallarini ziyoda aylasin! (amin)
Tanqidiy-mushohadaviy maqolalar
Ayol ayol bo‘lgani yaxshi
Alloh taolo insonni juft-juft qilib yaratishi ajib bir hikmatdir. Juftlikdan muhabbat yaraldi. Muhabbatdan qalb yaraldi. Agar juftlik bo‘lmaganida na qalb bo‘lardi va na muhabbat! Xuddi shuningdek inson o‘z juftidan ajrab turishi uchun kiyimni kashf etdi. Juftlik bo‘lmaganida kiyim ham bo‘lmasdi, balki. Kiyimning birinchi vazifasi tanani yopish bo‘lsa, ikkinchisi qarama-qarshi juftdan ajralib turishdir.
Ibtidoda kiyimlar ham oddiy edi"¦ Keyinchalik inson kibrni kashf etdi. Shuning bilan kiyimlar ham o‘zgara bordi. Asta-sekin libosning funktsiyasi almashdi. Endi odamlar modaga qarab (ehtiyojga qarab emas) kiyina boshladilar. Har xil liboslar paydo bo‘ldi. Millatlar, xalqlar o‘z kiyimlarini tanladilar. Kimdir uzun, kimdir keng, kimdir tor, yana kimdir "¦
Afrikada bir qabila bor ekan. Ularning "œmadaniyati"da kiyinish degan tushuncha yo‘q ekan: qip-yalang‘och jamiyat"¦ Bu faktni bekorga keltirganim yo‘q. Negadir taraqqiy etgan davlatlarning "œaqlli" jamoalari o‘sha Afrikadagi qarindoshlari "œmadaniyatlari"ga tobora ergashmoqdalar.
Yaqinda Avstraliyada yana o‘sha qip-yalang‘ochlar namoyishi bo‘lib o‘tibdi. Ular ko‘chalarda ham shunday yurishni targ‘ib qilishibdi. Yaxshiyam politsiyachilar bor ekan. Bo‘lmasa nima voqealar ketardi"¦
G‘arb jamiyatlarida kiyim tanani yopish vositasi emas, namoyish etish vositasi bo‘lib bormoqda. Inson istaganini amalga oshiryapti. U juda ko‘p narsalarni xohlayapti. Endi savol tug‘iladi: erkak erkakni, ayol ayolni xohlayotgan jamiyatlar uchun kiyimning nechog‘li ahamiyati bor ekan?
Oddiydek tuyuladigan bu muammoni fransiyalik Jan Martin degan olim shunday izohlaydi:
"œAgar Yevropada shunaqa holat davom etaversa, yaqin yillar ichida G‘arb juda katta ma’naviy bo‘xronga uchraydi. Yevropa erkaklari va ayollari bir-biridan to‘yib bo‘ldi. Ko‘cha-ko‘yda ham matbuot-jurnallar, televidenieda yalang‘och ayol va erkaklar bijg‘ib yotibdi. Ko‘chalarda behayo kiyingan ayollar hech kimni qiziqtirmay qo‘ydi.
Erkaklar potentsiali aynan shu ayollar harakatlari orqali susayib bormoqda. Bunga Yevropa jamiyatlaridagi aholi ko‘payishning kamayib borayotgani misol bo‘ladi. Mana misol uchun, dunyodagi eng sovuqmijoz germaniyalik oilalarning 4/3 qismi farzandsiz o‘tmoqda. Bu holatni boshqa davlatlarda ham kuzatish mumkin. Endi erkak ayoldan, ayol erkakdan to‘ygandan so‘ng o‘z jinsiga nisbatan qiziqish ortmoqdaki, bunday besoqolboz va lezbian jamiyatlari tobora ko‘payib, o‘z tashkilotlari, qonungiy himoyalariga ega bo‘lmoqdalar. Albatta inson huquqlari hamma narsada ustun. Lekin ma’naviy qadriyatlarimiz toptalishida inson huquqlarining ba’zi bandlari chetga surilsa yaxshi bo‘lardi.
Hozirda Yevropa erkaklarining kamida 20 foizi impotentdir. Men bunga sabab qilib, behayo kiyingan ayollarni ko‘rsataman. Men xristianman. Lekin bu borada musulmonlar an’analarini hurmat qilaman. Chunki musulmon jamiyatlarida kiyinish, ayniqsa, ayollar kiyinishlari yaxshi tartibga tushirilgan. Shuning uchun ham musulmon jamiyatlarida aholi ko‘payishi kuchli, salomatlik darajasi ham normal darajada.
Garchi inson huquqlariga to‘g‘ri kelmasa-da, kiyinishni tartibga tushirish kerak. Shundagina Yevropa tarixdagi muvaffaqiyatlariga yana erishadi".
G’arblik olimning fikrlari bilan tanishdingiz. Bu holat Frantsiyadan boshqa davlatlarda ham kuzatiladi. Bir yil oldin, Angliyada erkaklar namoyishga chiqishdi. Ularning talablari ayollarning liboslari bilan bog‘liq edi. Hatto namoyishchilaro erkak va ayollarning alohida transporti bo‘lishini ham talab qildilar.
Chet-elni tahlil qilib chiqdik. Xo‘sh O‘zbekistonda ham bu muammo mavjudmi? Bu haqdagi fikrlarni o‘rganishga harakat qildik:
Shohida, 24 yosh:
— Tengdoshlarim menga ham nega shim kiymaysan, deyishadi. Men esa: ayol ayol kabi bo‘lmoqi lozim deb aytaman. Uzun ko‘ylak kiyiyshga harakat qilaman. Shim kiygan bo‘lganimda ham ota-onam bunga qarshilik qilgan bo‘lardilar. Ba’zi dugonalarim ota-onalari qarshi bo‘lsalar-da, o‘zlari xohlagan kiyimni kiyishga urinadilar.
Farrux, 20 yosh:
— Qizlarning hozirgidek kiyinishlariga qarshi emasman, lekin"¦ ularga qarab zavq olaman. O‘zbeklarning boshqa millat qizlaridan nima kami bor? Ular ham "œmodniy" kiynsalar boshqalarni ortda qoldiradilar.
Maftuna, 20 yosh:
— Men kiyinishga qarshimasman. Hamma o‘ziga yoqqanini kiyishi kerak. U shim bo‘ladimi, yupkami, o‘ziga yarashsa, qulay bo‘lsa bo‘ldi. Masalan, ota-onam mening kiyinishimga qarshimaslar. Hatto adamlar o‘zlari shim olib beradilar. Shim kiyish yaxshi: "œuyutnс‹y", "œpriyatnс‹y". Umuman yoshlikda o‘ynab qolish kerak. Ba’zi dugonalarim turmushga chiqqanlaridan so‘ng, erlari ularga shim kiygizmay qo‘yishadi. Ba’zilari esa turmushga chiqqanlaridan so‘ng kiyina boshlashadi. Umuman olganda kiyinishda inson erki o‘zida qolishi kerak.
Abdug‘ani, 37 yosh:
— Qizlarning hozirgi shim, miniyubka, tor kiyimlar kiyishiga qarshiman. Lekin bu narsa tobora jamiyatimizga singib bormoqda va oddiy holdek bo‘lib qolgan. Masalan, men ham 5-sinfda o‘qiyotgan qizimga shim sotib olib berdim. Bunga esa quyidagi voqea sabab bo‘ldi: Bir kuni qizim maktabdan yig‘lab keldi. Nima bo‘ldi deb so‘rasam, dugonalari "œadang senga shim olib bersa bo‘miydimi, puli yo‘qmi? Mana mani adamlar shuncha shim olib berganlar", deyishibdi. Shundan so’ng majbur bo‘ldim. Men bu muammoning kelib chiqishiga ota-onalar sababchi deb bilaman.
Abdulfattoh, 21 yosh:
— Jamiyatimizni buxronga olib borayotgan muammolardan biri kiynish bilan bog‘liqdir. Bu narsa faqat ayollar muammosi emas. Yigitlarimizning ham ba’zi kiyimlari axloqqa to‘g‘ri kelmaydi. Qizlarimiz esa, bahor kelishi bilan juda "œochilib" ketishadi. Badanga juda yopishib, tananing eng nozik a’zolarigacha shundoq bilinib turadigan kiyimlarni, afsus, o‘zbek qizlarimizda ham ko‘rib turamiz. Tor shim, bluzkalar kiyib, belini ochganda tanasini namoyish qilib yurgan o‘zbek qizlarimizga ming qaramay desang ham kyozing tushib qoladi. O‘qishda esa qizlar shundoqqina ko‘zing oldida ataylab belini ochib o‘tiradi. Avvallari faqat fohisha ayollar shunday kiyinishardi"¦ Hozir esa"¦
Fikrlar bilan tanishdingiz. Bu mavzu haqida yozilgan boshqa maqolalardan iqtibos keltiramiz:
"œHidoyat" jurnali, 2003-yil. "œGunohlar yo‘lini to‘saylik" maqolasidan. Muallif: Ziyouddin Rahimov:
— Ajnabiy allakimlarning behayo liboslariga havas qilib, ularga taqlid qilgan xotin-qizlar hammaning nigohi tushadigan joylarda yarim-yalang‘och holda yurishibdi. Tor, yupqa, kalta va harir narsalarni kiyganlarida eng nozik, nomahramdan pana bo‘lishi kerak a’zolarigacha shundoq bilinib turadi. Bu bilan o‘zlari gunoh qilganlari holda boshqalarni ham gunohga botiryaptilar. Qolaversa, bunday kiyinish sog‘liklari uchun ham koni zarar, tug‘ilajak farzandlar uchun ham xavfli. Bunga ayollarning o‘zlarigina emas, erkaklarimiz ham aybdordir. Axir shunday sharmandali va behayo kiyinib ko‘chaga chiqqan qiz, ayollar qaysi birimizning opamiz, singlimiz, qizimiz, xotinimiz emasmi? Ularni insofga chaqirish, risoladagidek kiyinishlari uchun jon kuydirish bizning ham burchimiz.
Tribune-uz.info mustaqil internet nashri. "œShimsiz qolgan erkaklar" maqolasidan. Muallif: Nurullo Ostonov:
— Ko‘cha-ko‘yda nega erkaklar yerga qarab yuradigan bo‘lib qoldi? Bu hammasi moda tufayli. Ko‘zingni ko‘tarishing bilan maykasi kindigidan ko‘tarilib, shimining tarangligidan hamma joyi bilinib turgan do‘ndiqchaga beixtiyor qarashga to‘g‘ri keladi. Yana yerga qarab yonidan o‘tib ketayotganingda modaparast moda maykasini kindigiga qarab ikki marta tortib ham qo‘yadi. Erkak bundan battar o‘ng‘aysizlanib, duch kelgan tomonga surib qoladi. Ilgari striptiz ko‘rish uchun odamlar maxsus restoranlarga kirishardi. Endi bunga hojat ham bo‘lmay qoldi. Ko‘chaga chiqsang bas, striptiz!
Islam.uz internet nashriga berilgan savolga sayt muharriri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shunday javob beradilar:
— Kiyinishda umumiy qilib aytadigan narsa shuki, boshqa begona kishilarga ko‘rinishi imkoni bo‘lgan vaqtida muslima ayollar yuzlarini va qo‘llarini, ya’ni kaftlarini ochib yurishga ruxsat berilgan. Endi kiyimga kelsak, bunday kiyimlar chiroyli, sarishta bo‘lishi nihoyatda yaxshi bo‘ladi. Lekin chegara shuki, badanning to‘silishi lozim bo‘lgan joylarga kiyiladigan kiyim birinchidan, o‘ta yupqa bo‘lib kiyim tagidagi badanning ko‘rinishiga sabab bo‘lmasligi kerak. Ikkinchidan ana shu kiyim o‘ta tor bo‘lib tanani shaklini ko‘rsatadigan bo‘lmaslik kerak. Asosiy shartlar shu, avrat hisoblangan joylarni to‘sib turishi kerak. Shu bilan birga ulamolarimiz aytadiki "œjuda ola-bula bo‘lib e’tiborni tortadigan xolda bo‘lmasligi ham odobdan bo‘ladi"œ, deydilar. Bu ko‘chaga chiqqanda kiyiladigan kiyimni vasfi bo‘ldi. Uy ichida, mahramlarini oldida bunday kiyinish shart emas. Shimga kelsak, bu torligi uchun badanni vasf qilgani uchun to‘g‘ri kelmaydi va shariatga muvofiq emas. Lekin uyda va kiyimini ostidan kiysa, ayollar uchun tikilgan shim bo‘lsa bo‘ladi, deyishgan ulamolarimiz.
Kiyinish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarimizning o‘zi bir qancha ekan. Jamiyatimizda axloq-odobni yana-da mustahkamlash yo‘lida albatta bu muammoni ham isloh qilish darkor. Bu borada yana o‘sha milliy an’analarimizga qaytsak yaxshi ish bo‘lardi.
Xulosa chiqarish esa sizdan.
Davronbek Tojialiyev
"œHurriyat" gazetasining 2006-yil 18-oktabr sonida chop etilgan.