forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 08:26:03

Nom: Ahmad Abduljavod, Muhammad Umar, Muhammad Ali Qutb. Qahramon mo'mina ayollar
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 08:26:03
«Hidoyat» kutubxonasi

QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR

«Movarounnahr»
Toshkent
2005

Mualliflar:
Ahmad Abduljavod,
Muhammad Umar Dauq,
Muhammad Ali Qutb

To‘plovchi:
Abdul Jalil Xo‘jam

Tarjimonlar:
Muhammad Zarif,
Fathiddii Mansur,
Mahmud Mahkam,
Muhammadkarim Abdujalil o‘g‘li,
Olimjon Rahimjon o‘g‘li

Muharrirlar:
Nurulloh Muhammad Raufxon,
Abdul Jalil Xo‘jam
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 08:27:05
Bismillahir Rohmanir Rohim

Muhtaram o‘quvchi!
Qo‘lingizdagi kitobga turli yillari "Hidoyat" jurnalimizning "Qahramon ayollar" rukni ostida chop etilgan hikoyalar kiritildi. Ular-da dinimiz bunyodining ilk pallalarida sahobiya ayollar ko‘rsatgan sabr va matonat, fidokorlik va yaxshi xulq namunalari samimiy bayon etiladi.
Chindan ham Hazrati Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) pok xotinlari — muhtarama onalarimiz va boshqa sahobiya ayollarning hayoti dinimizning ibratlarga to‘la tarixida juda go‘zal sahifalardir. Ularni o‘rganish zamonamiz uchun ham ko‘p foydali, o‘ta muhim bir ish. Zero, farzandlarimiz tarbiyasida odob-axloqimiz tamoyillarini yemiruvchi turli va juda nozik illatlar urchigan bir davrda yashamoqdamiz. Shu boisdan taqvoli bo‘lish, foydali ilm talab qilish, eriga itoat etish, farzandlarni salohiyatli qilib tarbiyalash kabi xususlarda sahobiya ayollardan ibrat olgan mo‘minalar bugun ham, inshaalloh, ulug‘ natijalarga erishadilar.
Tavfiq Alloh taolodandir.


Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shunday marhamat qildilar: "Tuya minadigan ayollar yaxshiroqdir. Kuraysh o‘z ayollarini yoshligidanoq bolajon va eriga mehribon qilib tarbiyalaydi".
(Imom Buxoriy rivoyati)

* * *

Oyisha onamiz (roziyallohu anho) aytganlar: "Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollardir. Dinni teran o‘rganmoqlari uchun ularga hayolari mone’lik qilmadi".
(Imom Buxoriy rivoyati)

* * *

Sa’d ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu): "Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) "Madina ahliga yomonlik qilmoqchi bo‘lgan odam, tuz suvda eriganidek, erib ketgaydir", deb marhamat qilganlarini eshitganman", dedilar.
(Imom Buxoriy rivoyati)
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 08:27:34
HAZRATI HADICHA
(Mo‘minlar onasi)

Hazrati Hadicha (roziyallohu anho) Rasululohning (sollallohu alayhi va sallam) ilk zavjalari, imon keltirib, «mo‘minlar onasi» sharafini olgan birinchi musulmon ayoldir. Hazrati Hadicha islomiy da’vatning boshlanishida Payg‘ambarimizga dalda va ko‘makchi bo‘ldi va bu da’vatning sobitlik bilan yoyilishiga yordam berdi. Bu ayol Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) Qosim, Abdulloh (Toyyib yoki Tohir), Zaynab, Ruqayya, Ummu Kulsum va Fotima ismli farzandlarining volidai mukarramasidir.
Otalari Huvaylid ibn Asad ibn Qusayy ibn Abduluzza, onalari Zaida ibn Asommning qizi Fotima edi. Asommning to‘liq ismi sharifi Jundub ibn Harm ibn Ravoha ibn Hojar ibn Abd ibi Mois ibn Amir ibn Liay ibn G’olib ibn Fihrdir.
Hazrati Hadicha hijratdan taxminan 68 yil, «Fil voqea»sidan o‘n besh yil oldin sharafli va xayrli oilada dunyoga keldilar. Yoshliklaridan yuksak va go‘zal axloq egasi qilib tarbiyalandilar. Odobli va oqila bo‘lganlari uchun uni «Tohira» (ozoda, pokiza) deb chaqirar edilar.
Otalari Huvaylid Fijor jangidan oldin vafot etdi. Shu sababli marhumning oilasidaga barcha ishlarni Hadichaning amakisi Amr ibn Asad o‘z zimmasiga oldi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 08:36:17
Ilk turmush qurishlari

Yillar o‘tdi. Hadicha o‘sib ulg‘aydi. Sharafli nasab va yuksak odob-axloqqa ega bo‘lgani uchun ko‘p joylardan sovchilar kelar edi. Hadicha Qusay ibn Abduddor o‘g‘illarining ittifoqchisi Tamim qabilasidan Abu Xola ibn Zurora bilan turmush qurdi. Xola va Hind ismli ikki farzand ko‘rdilar. Johiliyat davrida «Ummu Hind» (Hindning onasi) deb kunya olgan edilar. Hind uzoq umr ko‘rdi. Hazrati Payg‘ambarning (sollallohu alayhi va sallam) saodatli zamonlariga yetishdi va musulmon bo‘ldi. Hazrati Alining (karramallohu vajhahu) xalifalik davrlarigacha yashadi. Jamal jangida shahid bo‘ldi.
Abu Xola vafot etgach, Hadicha Mahzum qabilasidan Otiq ibn Oiz Abdulloh ibn Umar ibn Mahzum bilan oila qurdilar. Lekin ular o‘rtasidagi bu turmush uzoq davom etmadi.
Shundan so‘ng Hadicha boshqa turmushga chiqmay, farzand tarbiyasi va tijorat ishlari bilan mamnun bo‘ldilar.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 08:40:05
Savdo safari

Hadichaning sarmoyalari juda katta bo‘lib, tijoriy ishlari to Shomga qadar yoyilgan edi. Shu sababli karvonga boshchilik qiladigan ishonchli va halol bir kishini axtarardi. Bu davrga kelib, Abdulloh o‘g‘li Muhammad al-Aminning to‘g‘riso‘z va ishonchli odam ekani butun Makkada ovoza bo‘lib ketgan edi.
Hadicha Maysara ismli qulini o‘zining savdo karvoniga boshchilik qilish taklifi bilan Muhammad al-Aminning uyiga yubordi. Aminus sodiq bu taklifga rozilik bildirdilar.
Karvon Shom safariga jo‘nab ketdi. Hadicha esa ularni intizorlik bilan kutib, Makkada qoldi.
Bir kuni Maysara xojasi huzuriga yugurib kirdi. Hadicha karvonning eson-omon qaytganini ko‘rib, behad quvondilar. Maysara bu galgi savdo har doimgidan ko‘ra barakotliroq bo‘lganini va safar davomida sodir bo‘lgan bir qancha hayratli voqealarni gapirib berdi. Muhammad al-Aminning go‘zal axloqlari ta’rifini eshitib, Hadichaning bu insonga mehr-muhabbati yanada kuchaydi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 08:46:34
Xayrli turmush

Muhammad al-Amin Hadichaning o‘y-xayollarini butunlay band qilgan edi. «Ajabo, mening yoshim qirq yoshda. Muhammad al-Aminning yoshi yigirma beshda. Men bilan oila qurishga rozi bo‘larmikan?» degan savol Hadichaga sira tinchlik bermasdi.
Ana shunday kunlarning birida Hadichaning huzuriga dugonasi Nafisa binti Munya kirib keldi. Nafisa dugonasini qiynayotgan savoldan boxabar bo‘lgach, unga tasalli berdi. Ikkalasi ancha vaqt gaplashib o‘tirdilar. Nafisa dugonasining huzuridan chiqib, to‘g‘ri Muhammad al-Aminning oldiga bordi. Salom berganidan so‘sh, unga:
- Yo Muhammad, sening uylanishingga nima to‘sqinlik qilyapti? — deya savol berdi.
Muhammad ul-Amin:
- Buning uchun qo‘limda yetarli bisotim yo‘q, - dedilar. Nafisa kulimsiradi va sekingina shunday dedi:
- Agar ehtiyojing qondirilsa, davlatga, go‘zallik va sharaf egasi bo‘lgan aqlli ayol tomonidan taklif bo‘lsa, ijobat etasanmi?
Muhammad al-Amin:
- Kim u? - deya so‘radilar.
- Huvaylidning qizi Hadicha...
- Agar u rozilik bersa, men ham qabul qilaman.
Nafisa darhol yo‘lga tushdi. Muhammad al-Amininng xayrli taklifga rozi ekanini aytish uchun Hadichaning huzuriga qushdek uchib ketdi. Bu xushxabarni eshitganida Hadichaning ham quvonchi cheksiz edi. Alloh taoloning unga ehson etgan baxt, qalbidaga pok orzulari ijobatning shuqronasi uchun faqirlarga xayr-ehsonlar qildi.
Muhammad al-Aminning amakilari Abu Tolib, Hamza va Abbos Hadicha binti Huvaylidning uyiga sovchi bo‘lib bordilar. Hadichaning amakisi Amr ibn Asad bilan maslahatlashib, Muhammad va Hadichaning nikoh marosimi uchun bir kunni tayin qildilar. Bu xabar butun Makka ahlining qulog‘iga yetib bordi. Nikoh kuni eng avval Abu Tolib so‘zga chiqib, marosimni ochdi:
- Bizlarni Ibrohimning zurriyotidan, Ismoilning naslidan etgan, bizlarni Baytning qo‘riqchilari, Haramning idorachilari, insonlarning hakami qilgan Allohga hamdlar bo‘lsin. Bu mening birodarimning o‘g‘li Muhammad ibn Abdullohdir. U odob-axloq, fazilat va aqlda barcha kishilardan ustundir. To‘g‘ri, uning" davlati oz, lekin bu kamchilik hisoblanmaydi. Mol-dunyo har nafasda yo‘qolishga mahkum bir soyaga, qaytarib olish sharti bilan berilgan bir omonatga o‘xshaydi. Jiyanimning Hadicha binti Huvaylidga nisbatan rag‘bati bor. Hadicha ham u haqda ayni shu fikrdadir...»
Abu Tolibdan so‘ng Hadichaning amakisi Amr ibn Asad so‘zga chikdi. Muhammad al-Amin va uning oila a’zolariga tashakkur va salomlarini aytdi. Birodarining suyukli qizi Hadicha bilan Muhammad al-Amnining oila qurishlarini quvonch bilan qabul etganini e’lon kildi. Yigirmata tuya kiymatida mahr belgilandi. Kelinning uyida dasturxonlar yozildi, qurbonliklar so‘yilib, Makka faqirlariga tarqatildi. Shunday qilib, Hadicha binti Huvaylid Muhammad al-Aminga zavja bo‘ldi.
Hadicha Kuraysh yigitlarining eng go‘zali va eng fazilatlisi bilan turmush qurganidan juda baxtiyor edi.
Bizga ma’lumki, bu xayrli nikohdan olti farzaid: Kosim, Zaynab, Ruqayya, UmmuGulsum, Fotima va Abdulloh tug‘ildilar.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 08:58:35
Imon keltirgan ilk inson

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) nubuvvat tushishidan oldin, har yili bir oy davomida Makkadagi hayotdan uzoqlashib, Hiro g‘orida toat-ibodat bilan mashg‘ul bo‘lar edilar. Tog‘dan tushgach, Ka’bani tavof kilib, uyga qaytardilar.
Bir kuni Rasuli Akram butun vujudlari titrab uyga kirib keldilar va Hadicha onamizga:
- Meni o‘rab qo‘ying, meni o‘rab qo‘ying, — dedilar. Hadicha nima voqea yuz berganini so‘raganlarida:
- Yo Hadicha, o‘zimdan qo‘rqdim, - dedilar. Suyukli zavjalari esa e’timod va ishonch bilan:
- Yo‘q, Alloh sizni hech qachon sharmanda qilmaydi. Sabr qiling, balki bu hodisa bir xushxabardir. Chunki sizning to‘g‘riso‘z va halol inson ekaningiz hammaga ma’lum. Umid qilamanki, siz bu ummatga payg‘ambar bo‘lasiz, — dedilar. So‘ngra maslahat so‘rab, amakivachchalari Varaqa ibn Navfal huzuriga bordilar. Varaqa Rasulullohdan (sollallolohu alayhi va sallam) voqea tafsilotini eshitgach:
- Muborak bo‘lsin, ey Muhammad. Bu Musoga (alayhissalom) tushgan faringga Nomusdir. Muhaqqaq sen bu ummatning payg‘ambari bo‘libsan, - deya nido qildi.
Bu xushxabarni eshitgan Hadicha darhol imon keltirdi. Allohga va uning Rasuliga imon keltirgan, Alloh oyatlarini tasdiqlagan ilk inson va ilk musulmon ayol Hazrati Hadicha binti Huvaylid bo‘ldilar. Rasuli Akramni (alayhissalom) eng qiyin vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlagan, mashaqqatlarga to‘la hayotida doimo Alloh Rasulining yonidan ayrilmagan ayol ham Hazrati Hadicha edilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam):
- Yo Hadicha, olamlarning Robbisi Alloh taolodan Jabroil (alayhissalom) senga salom keltiryapti, — dedilar. Hadicha(roziyallohu anho):
- Salom Allohga bo‘lsin. Salom Undan keladi va Unga kaytadi, Jabroilga ham salom bo‘lsin, - dedilar. Shu kundan e’tiboran Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) barakotlar va mashaqqatlarga to‘la bo‘lgan yangi bir hayotni boshladilar.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 09:03:49
So‘nggi oylar

Hazrati Hadicha (roziyallohu anho) og‘ir kasallikka chalinib, yotib qoldilar. O’limlari yaqin ekanini his etib turardilar. Bosh taraflarida qizlari — Zaynab, Fotima va Ummu Gulsum o‘tirishdi. To‘rtinchi qizlari Ruqayya esa Habashistonda edi.
Hazrati Hadicha Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) so‘nggi marta qaradilar. Mo‘minlar onasining nigohlarida sog‘inch va qayg‘u, ayriliq armoni mujassam edi. Biroq Rasullulloh (sollallohu alayhi va sallam) Hadicha onamizga jannatda birga bo‘lish mujdasini yetkazdilar (Hadid, 21).
Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) rahmat ko‘z yoshlari oqdi. Qalblari chuqur alam bilan to‘lib toshdi. Sabrli, mukofotlarni Allohdan kutguvchi mo‘mina ayollar bilan dardlashib Zaynab, Ummu Gulsum va Fotima ham unsiz yig‘ladilar.
Makka zamonasining sayyida ayoli Hadicha binti Huvaylid bilan vidolashdi (Fajr, 27-30).
Hazrati Hadicha (roziyallohu anho) va Abu Tolibning vafotlari bir yilda sodir bo‘ldi. Shu sababli Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bu yilni «Qayg‘u yili» deb nomladilar.
Hazrati Hadicha (roziyallohu anho) hijratdan taxminan uch yil oldin, oltmish besh yoshlarida vafot etdilar. Hojun qabristoniga dafn etildilar. Butun quraysh qavmi Hazrati Hadichaga (roziyallohu anho) va Abu Tolibga aza ochdi. Alloh Hadicha onamizdan rozi bo‘lsin va uni ham oxirat ne’matlari bilan rozi etsin.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 09:04:52
Nabiyning (alayhissalom) vafodorliklari

Hazrati Hadicha huzuri ilohiyga ketdi. Biroq uning xotirasi ulug‘ xonadon axdlari qalbida, barcha mo‘minlar yuragida boqiy qoldi.
Hazrati Hadichaning (roziyallohu anho) siymolari Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) ko‘z o‘ngidan hech ketmas edi. Bu haqda Hazrati Oyisha (roziyallohu anho) shunday deydilar: "Rasulullohni hech qaysi bir zavjalaridan Hadichadan rashk qilganimchalik qizg‘onmadim. Holbuki, uning davriga yetishmagan edim. Biroq Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uni ko‘p eslar edilar».
Hazrati Hadicha (roziyallohu anho) hayotlik paytlarida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) boshqa hech ayolga uylanmadilar.
Hovla binti Hakim:
— Hadicha binti Huvaylidning yo‘qligi bois yolg‘izlikni his qilayotganga o‘xshaysiz, yo Rasululloh! - deb so‘raganida:
— Vallohi, shunday. U uyimning sayyidasi, farzandlarimning onasi edi, — deya javob berdilar.
Hovla binti Hakim boshqa bir kishi bilan turmush qurishni taklif qilganida Rasuli Akram shunday dedilar:
— Hadichadan boshqa kimga uylana olaman?
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Hazrati Hadichani (roziyallohu anho) doimo eslar va shunday der edilar: «Insonlar meni inkor etganlarida, u menga imon keltirdi. Meni yolg‘onchilikda ayblaganlarida, u ishonch bildirdi. Insonlar meni mahrum etganlarida, mol-davlati bilan menga yordam berdi. Alloh menga boshka ayollarimdan bermagan farzandlarimni ehson etdi». Qachon bir qo‘y so‘yilsa, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sahobalarga avvalo: «Hadichaning do‘stlarini to‘ydiring», der edilar.
Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yerga to‘rt chiziq chizdilar va bizdan so‘radilar:
— Bu nima, bilasizlarmi?
— Alloh va Rasuli yaxshiroq bilguchidir, — dedik.
— Olamlarning eng xayrli ayollari to‘rt kishidir: Maryam binti Imron, Fir’avnning xotini Osiyo binti Mazohim, Hazrati Hadicha binti Huvaylid va Fotima binti Muhammaddir, — dedilar.
Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) Hazrati Hadicha hayotlik davrida huzurlarita kelgan ayollardan birini ko‘rsalar, chehralari ochilib, sevinar edilar. Sahobalarga: «Uni ikrom kiling, Hadicha uni sevardi», deb aytar edilar.
Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi va sallam) vafodor zavja bo‘lgan, muttaqiy va karima ayol Hazrati Hadicha onamizni Alloh rahmat aylagan bo‘lsin. Omin.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 09:05:48
HAZRATI OYISHA
(Mo‘minlar onasi)

                                                                    
«Diningizning yarmisini  bu Humayrodan o‘rganinglar».
Hadis

Hazrati Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam) bir kuni tushlarida Jabroilni (alayhissalom) ko‘rdilar. U zot Payg‘ambarimizga Abu Bakr Siddiqning (roziyallohu anhu) qizlari Oyishaning tasvirlari tushirilgan ipak ro‘molchani ko‘rsatib: «Ey Nabiy, dunyo va oxiratda jufti halolingiz bu kishidir», dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dastlab bu tushga uncha ahamiyat bermadilar. Ammo har kuni bir xil tush ko‘ravergach, bunda ilohiy ishora borligini sezdilar. So‘ngra hazrati Abu Bakrning (roziyallohu anhu) huzuriga borib, tushlarini aytib berdilar. Abu Bakr (roziyallohu anhu) nihoyatda xursand bo‘ldilar. Chunki Payg‘ambarni (alayhissalom) kuyov qilish katga sharaf edi. Payg‘ambarimizni (sollallohu alayhi va sallam) uylariga kuzatib qo‘ygach, Oyishani chaqirdilar-da, bir savat xurmo berib, uni Alloh Rasuliga (sollallohu alayhi va sallam) olib borishini va u zotdan: «Yo Rasululloh, bizning uyimizda bor xurmoning hammasi shu. Sizga yoqdimi?» deb so‘rab kelishni buyurdilar. Oyisha hech narsadan xabarsiz holda otasi bergan topshiriqni aytishganidek bajarib keldi. Abu Bakr Siddiq: «Qizim, Allohning elchisi senga nima deb javob berdilar?» deb so‘raganlarida, Oyisha(roziyallohu anho): «Atbatta, Alloh baraka bersin!» deb javob berganlarini aytdi.
Bu javob Abu Bakr Siddiqning (roziyallohu anhu) sevinchlariga sevinch qo‘shdi, ammo ko‘ngillari boshqa bir holatdan tashvishda edi. Ya’ni, Oyisha u paytda yaqin do‘stlari Mug’im ibn Adiyning o‘g‘li Jubayrga unashtirilgan edi. Qanday qilib bo‘lsa ham bu qiyin ahvoldan yorug‘ yuz bilan chiqishni o‘ylar edilar. Ko‘p o‘tmay teran farosat va aql ishlatib, bu muammoni ham hal qildilar.
Oyishani Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi va sallam) unashtirib qo‘ydilar. Bu hodisa hazrati Abu Bakrning (roziyallohu anhu) zavjalaridan boshqa hech kimga bildirilmadi.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) avvalgidek tez-tez hazrati Abu Bakr (roziyallohu anhu) uylariga kelib turar, Oyishaga yaxshi muomalada bo‘lishlarini tavsiya qilardilar. Yosh Oyisha ko‘p vaqtlarshi tengdoshlari bilan o‘ynab o‘tkazar edi. Eng yaxshi ko‘rgan mashg‘uloti qo‘g‘irchoq o‘ynash bo‘lardi.
Shu tarzda oradan yillar o‘tdi... Mo‘minlar Yasribga hijrat qilib, u yerga joylashdilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) muhojirlar bilan ansorlarni hamda o‘zaro doimiy mujodalada bo‘lgan Avs va Hazraj qabilalarini imon va Islom yo‘lida birlashtirdilar. Madina atrofida yashovchi yahudiylar bilan ham do‘stona munosabatlar o‘rnatildi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 09:09:51
Saodatli nikoh marosimi

Hazrati Abu Bakr (roziyallohu anhu) Payg‘ambarimiz (solallohu alayhi va sallam) bu to‘g‘rida so‘z ochavermagach, huzurlariga kirib, masalani izhor qildilar.
To‘y ham bo‘lib o‘tdi. Oyisha (roziyallohu anho) Payg‘ambariing (alayhissalom) mo‘tabar xonadonlariga kelin bo‘ldilar. Seplari orasida qo‘g‘irchoqlari ham bor edi. Bo‘ylari yetib, kelin bo‘lishlariga qaramasdan, bolaliqdagi beg‘ubor havaslari hamon ketmagan edi.
Bir kuni Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Oyisha onamiziing (roziyallohu anho) xonalariga kirsalar, bir nechta ko‘g‘irchoqlariga kelinchak libosini kiydirib, ba’zilariga qanot ham taqib quygan ekanlar. Payg‘ambarimiz (alayhissalom) nima uchun bunday qilganini so‘raganlarida hazrati Oyisha (roziyallohu anho):
— Bular Sulaymonning (alayhissalom) otlaridir, — deb javob berdi.
—U holda qanotlarga ne hojat? - deb so‘radilar Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)
— Sulaymon (alayhissalom) otlarining qanoti yo‘qmidi... Bunga javoban Payg‘ambarimiz (alayhissalom) kulib qo‘yaqoldilar...
Yana bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uyga kirsalar, Oyisha onamiz uxlab qolgan, bir qo‘y kirib, yangi pishirilgan nonlarni yemoqda edi. Rasululloh (sollatlohu alayhi va sallam) kulib ko‘ydilar-da, Oyisha onamizni ohista uyg‘otib, yaxshi so‘zlar aytib, hazillashdilar.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 09:10:30
Suyukli va vafodor zavja

Hazrati Oyisha (roziyallohu anho) muborak xonadonda aql, ilm va fikr jihatidan tez kamol topa bordilar.
Bir beka sifatida Paytambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) butun xizmatlarini bajarar, kerak bo‘lganida tasalli berar edilar. Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) muborak so‘zlari va amallaridan iloji boricha ko‘proq narsa o‘rganishga harakat qildilar. Bu fazilat Oyisha onamizni Alloh Rasulining (sollallohu alayhi va sallam) eng suyukli zavjalariga aylantirgan asosiy sabablardan edi.
Hazrati Oyishada ham ayollar tabiatiga xos rashj va shunga o‘xshash hissiyotlar bor edi. G’azotlardan biriga Oyisha onamiz bilan hazrati Umarning (roziyallohu anhu) qizlari Hafsa onamiz (roziyallohu anho) ham chiqqan edilar. Sarvari olam (alayhissalom) safar asnosida Oisha onamizning mahfaslariga (kajava) tez-tsz kelib turar, u kishi bilan suhbatlashib ketardilar. Bu orada bir kuni Hafsa onamiz (roziyallohu anho) bilan Oyisha onamiz (roziyallohu anho) bildirmay, o‘rnilarini almashtirishdi. Nabiy (alayhissalom) bundan bexabar, hazrata Oyishaning mahfaslariga yaqinlashib kelib, suhbatlasha boshladilar.Har tarafi yopiq mahfasdagi Hafsa onamiz xuddi Oyisha onamizdek so‘zlab, vaziyatni bildirmadilar. Qorong‘i tushib karvon dam olish uchun to‘xtadi. Oyisha onamizning o‘rinlarida Hafsa onamizni ko‘rgan Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) hech narsa bo‘lmagandek, tunni uning huzurida o‘tkazdilar. O’sha kechasi hazrati Oyishaning ko‘zlariga uyqu kelmadi. O’zlaridan qattiq xafa bo‘lib, ikkinchi bunday ish qilmaslikka ont ichdilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ba’zi kechalarda Madina kabristoniga borib, yaqin birodarlarini ziyorat qilar edilar. Mo‘minlarning qabrlariga salom berar, haqlariga duo qilib, o‘lim va oxiratni yod etardilar. Shunday tunlarning birida Oyisha onamiz yarim kechasi uyg‘onib, yonlarida Sarvari olamni topolmagach, ancha qayg‘ulandilar. Birozdan so‘ng qaytib kelgan Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Oyishani mahzun ko‘rdilar va:
- Ey Oyisha, shaytoningga mag‘lub bo‘libsan, — dedilar. Shayton so‘zi Oyisha onamizning diqqatini tortib, so‘radilar:
— Yo Rasululloh, mening ham shaytonim bormi?
Payg‘ambar (alayhissalom) unga javoban:
- Albatga, har bir insonning shaytoni bordir, — dedilar. Oyisha onamiz yana:
- Sizniki ham bormi? - deb so‘raganlarida, Alloh Rasuli (sollallohu alayhi va sallam):
- Ha, faqat men Robbimning yordami bilan uni mag‘lub etdim, - dedilar.
Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) Oyisha onamizga bo‘lgan muhabbatlari shunchalar kuchli ediki, natijada boshqa onalarimiz rashk qila boshlashdi. Payg‘ambarimizning (alayhissalom) qizlari Fotimadan (roziyallohu anho) bu holni u zotga bildirishlarini iltimos qildilar. Avvaliga Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bu haqqa gaplashishni xohlamagan bo‘lsalar, suyukli qizlarining ikkinchi bor murojaatlaridan keyin so‘zlashga majbur bo‘ldilar:
— Kizginam Fotima, mening sevganimni siz sevmaysizmi? Hazrati Fotima:
— Albatga, sevaman, ey Allohning Rasuli, - dedilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam):
— U holda Oyishani sevishingiz kerak!
Fotima onamiz jim bo‘lib qoldilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) so‘zini davom ettirib:
— Oyishadan hech qachon rashk qilmasinlar. Robbimga qasam etib aytamanki, Oyishadan boshqa hech birlarining yotoqlarida menga vahiy kelmaydi, — dedilar.

* * *

Hazrati onalarimiz o‘zlarining hayot sharoitlarini yanada yaxshiroq qilish va ularga ko‘proq e’tibor berilishi xususida Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi va sallam) murojaat qilishganida ul zot nihoyatda ranjidilar. Bir oy ayollaridan hech birining huzuriga kirmaslikka qaror qildilar. So‘ngra Alloh hukmiga ko‘ra, ularga xoxdaganlariday yashashni yoki Payg‘ambar xonadonida qolishni tanlash ixtiyori berildi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) eng avval Oyisha onamizdan so‘radilar. Hazrati Oyisha hech ikkilanmasdan:
— Ey Rasululloh! Boru yo‘g‘im sizga fido bo‘lsin. Shunday bir masalada ixtiyorimni o‘z qo‘limga beryapsizmi? Albatta, Alloh va Rasulnin tanlayman! — dedilar.
Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) boshqa zavjalari ham ayni javobni berishdi. Shunday qilib, muborak xonadonga yana huzur-halovat qaytib keldi.

* * *

Bani Musta’laq g‘azotidan qaytishda munofiqlar Oyisha onamizni badnom qilish uchun tuhmat, mish-mish tarqatdilar. Bundan musulmonlar og‘ir iztirobda qolishdi. Nihoyat, oyatlar (Nur, 11-13) nozil bo‘lib, Oyisha onamiz Kalomulloh guvohlida oqlandi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 09:11:00
Og‘ir judolik

Oradan yillar o‘tdi. Makkai mukarrama fath qilindi. Ka’bai Muazzama shirk va kufrdan, johiliyat qusurlaridan tozalandi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) yuz mingdan ko‘proq musulmonlar bilan vido hajini ado etib, Madinaga qaytganlaridan keyin, betob bo‘ldilar. Kasalliklari og‘irlashib, Hazrati Oyishaning xonalarida qolish uchun boshqa ayollaridan ruxsat so‘radilar. Oyisha onamiz (roziyallohu anho) Sarvari Olamning (alayhissalom) xizmatlarini a’lo darajada bajarib, sevgi va vafoda o‘rnak ko‘rsatdilar.
Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Hazrati Oyishaning (roziyallohu anho) uylariga dafn etishlarini vasiyat qildilar.
Xulafoi roshidin davrida Oyisha onamizning ilmiy saviyalari va fazilatlari alohida o‘ringa ega edi. Juda murakkab masalalardagi hadislar Hazrati Oyishadan (roziayllohu anho) o‘rganildi. Mashhur sahobalar ham ba’zi qiyin mavzularda u zotga murojaat qilar, taklif va tavsiyalaridan foydalanar edilar.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 14 Dekabr 2009, 09:11:23
Vafotlari

Hazrati Oyisha (roziyallohu anho) xastalanganlarida Payg‘ambarimizning (alayhissalom) zavjalaridan ko‘plari dorulbaqoga rihlat qilishgan edi. Oyisha onamiz ham ko‘p o‘tmay bu dunyoda eng yaqin kishilari bo‘lgan hazrati Muhammad Mustafoga (sollallohu alayhi va sallam) qovushdilar va Madinadagi Baqi’ qabristoniga dafn qilindilar.
Hazrati Abu Hurayra (roziyallohu anhu) qabristondan qaytishlarida ko‘zlariga yosh olib, shu unutilmas jumlalarni so‘zladilar:
— Alloh, mo‘minlarning onasi hazrati Oyishani O’z rahmatiga olsin! Iffatli va sadoqatli bu zot ibratomuz bir hayot kechirdilar.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:13:43
UMMU SALAMA
Hind binti Abu Umayya
(Mo‘minlar onasi)

Alloh taolo: «Mo‘minlar orasida Allohga bergan ahdu paymon-lariga sodiq bo‘lgan kishilar bordir. Bas, ulardan (ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi, ya’ni (shahid bo‘ldi). Ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (munofiklarga o‘xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q» (Ahzob, 23), deb buyurdi.
Abu Salama laqabi bilan tanilgan Abdulasad o‘g‘li Abudulloh al-Mahzumiy oyatda aytilgan birinchi guruhga mansub edi. U Allohga bergan so‘ziga vafo qildi. Uning yo‘lida sabr etib, mukofotini Undan kutib, jang kildi va shahid bo‘ldi.
Uning zavjasi Ummu Salama (roziyallohu anho) Alloh taoloning qazo va qadarini kutgani uchun ikkinchi guruhga doxil bo‘ldi.
Er-xotin eng og‘ir qiyinchilik va mashaqqatlarni boshidan kechirdilar, lekin azimiyatlari sinmadi, matonatlarini yo‘qotmadilar va aslo zulmga bo‘yin egmadilar.
Boshlariga shunday ulkan balo va qayg‘ular keldiki, agar bu balolar bir tog‘ning ustiga tushganida, u tog‘ni yiqitardi. Agar mustahkam qoyalarga tushganida, eritib, kul qilardi. Ularning Alloh taologa ishonchlari va Uning arqoniga bog‘lanishlari fitna balosidan ham kuchli edi. Chunki Alloh va Rasulining sevgisi ular uchun dunyo va undagi barcha narsadan qimmatli edi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:16:13
Suhayl al-Mahzumiy

Suhayl ibn Mug‘ira qavmining sayyidi va eng boy kishisi edi. Jo‘mardligi, karami va jasorati bilan mashhur edi. Suhayl al-Mahzumiy «Yo‘lovchilarning ozig‘i» laqabini olgan edi. Safarga chiqqanida hamrohiga oziq-ovqat oldirtirmas, aksincha, hammaning ehtiyojini o‘zi ta’minlar edi. Agar do‘stlari biror yegulik olib kelsa, jahli chiqardi.
Ummu Salama nomi bilan tanilgan Hind ana shu jo‘mard kishining sulubidan tug‘ildi. Otasidan olgan yuksak axloqiy sifatlar uning taqdirlanishi va hurmat ko‘rishiga sabab bo‘ldi. U Abdulasad o‘g‘li Abdulloh al-Mahzumiy bilan turmush qurdi. Soliha, vafoli va itoatli ayol bo‘lgani uchun u bilan baxtli umr kechirdi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:30:24
Musulmon oila

Abu Salama Islom da’vatidan xabar topgach, Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi va sallam) imon keltirdi. Zavjasi Ummu Salama ham u bilan birga musulmon bo‘ldi. Shunday qilib, ular Alloh yo‘lida mujodala va fidokorliklari tufayli Islom da’vati yuksaltirgan ilk insonlardan bo‘ldilar. Islom nuri ulardek fidokorlar bilan butun olamni oydinlatdi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Habashistonga hijrat uchun izn berganlaridan so‘ng Abu Salama bilan Ummu Salama ham hijrat qildilar. Alloh taolo nasib etgan muddatgacha Habashistonda bo‘ldilar. Yana Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) go‘zal yuzini ko‘rish, totli suhbatlarini tinglash orzuida Makkaga qaytdilar.

* * *

Ilk musulmonlar kurayshiylarning zulm va qiynoqlariga bardosh berib, bir qancha vaqt Makkada qoldilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) madinaliklar Alloh diniga yordam berish uchun bay’at etganlaridan so‘ng, hijratga izn berdilar.
Ummu Salama bu hijrat haqida shunday hikoya qiladi: «Abu Salama Madinaga ketishga qaror qildi va tuyasini hozirladi. Meni mindirdi. O’g‘lim Salamani ham quchog‘imga berdi. So‘ngra tuyaning no‘xtasidan ushlab, yo‘lga tushdi. Mening qavmimdan bo‘lgan Mug‘iyra o‘g‘illaridan bir necha kishi uning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lishib:
- O’zingniku bizdan qutqararsan, lekin xotining ham sen bilan ketishiga izn berishadi, deb o‘ylayapsanmi?! — dedilar va tuyaning no‘xtasini qo‘lidan tortib oldilar. Meni ham tuyadan tushirdilar. Shu payt Abdulloh o‘g‘illari, ya’ni, Abu Salama qavmining bu gapdan jahllari chiqdi.
— Agar siz bu ayolni eridan ajratsangiz, biz ham o‘g‘limizni uning oldida qoldirmaymiz, — dedilar Abdulasad o‘g‘illari.
O’g‘lim Salamani o‘zaro talashib, nihoyat, qo‘lini sindirishdi. Abdulasad o‘g‘illari uni olib ketdilar. Mug‘iyra o‘g‘illari esa meni qamab qo‘yishdi. Abu Salama Madinaga yo‘l oldi. O’g‘lim, erim va meni bir-birimizdan ayirdilar.
Har tongda Abtohga chiqib o‘tirar va oqshomgacha yig‘lar edim. Shu holda bir yil o‘tdi. Bir kun Mug‘iyra o‘g‘illaridan bo‘lgan amakimning farzandlaridan biri yonimga keldi. Ahvolimni ko‘rib, menga achindi. So‘ng Mug‘iyra o‘g‘illariga:
— Bu bechorani hanuz qo‘yib yubormadingizmi? Eri va o‘g‘lidan ayirganimiz yetmaydimi?! — dedi.
Shundan so‘ng Mug‘iyra o‘g‘illari:
— Istasang, eringaning yoniga ket, — deb meni qo‘yib yubordilar. Abdulasad o‘g‘illari ham o‘g‘limni qaytarib berdilar.
Tuyamga mindim. O’g‘limni quchog‘imga olib, Madinadagi erimga yetishish maqsadida yo‘lga chiqdim. Yolg‘iz edim. Tan’im degan joyga kelganimda Usmon ibn Talhani uchratdim. U Abduddor o‘g‘illarining birodari edi. Menga:
— Ey Abu Ummayyaning qizi, qaerga ketyapsan? — dedi.
— Madinada yashayotgan erimning oldiga.
— Yoningda biror kishing bormi?
— Alloh va shu farzandimdan boshqa hech kim yo‘q.
— Vallohi, seni yolg‘iz qoldirmayman.
So‘ng u tuyamning no‘xtasidan tutib, men bilan yo‘lga tushdi. Alloh taologa qasamki, undan qadrliroq boshqa biron kishi bilan aslo orqadosh bo‘lmadim. Kunoqlaydigan joyga kelganimizda tuyani cho‘ktirar, o‘zi orqaga o‘tib turardi. Men tushganimdan so‘ng, tuyani bir daraxtga bog‘lardi. Mendan uzoqroq bir joyga, bir daraxtning tagiga borib yotardi. Yana yo‘lga chiqadigan paytimizda tuyamni hozirlab, uzoqroqqa borib turar va «Min!» der edi. Men tuyaga minib, o‘rnashib o‘tirib olganimdan so‘ng kelib, tuyaning no‘xtasidan tutardi. Madinaga yetib borgunimizcha shunday qilishda davom etdi. Amr ibn Avf o‘g‘illarining Kubodagi qishlog‘i ko‘ringach:
«Ering Abu Salama shu yerda qo‘noqlagan edi, uni shu qishloqdan topasan, senga Allohning barakoti bo‘lsin», deb Makkaga qaytib ketdi.
Alloh yo‘lida tarqalib ketgan oila yana jamuljam bo‘ldi. Abu Salama o‘g‘li va zavjasini quvonch bilan qarshiladi. Anchadan beri oila ustida suzib yurgan qora bulutlar tarqalib, ularning o‘rnini sevinch va xursandchilik keltiruvchi rahmat bulutlari eshgladi.

* * *

Abu Salama Alloh yo‘lida jang qiluvchilar safidan joy oldi. Badrda qahramonlarcha jang qildi. Uhud tuprog‘iga toza qoni to‘kildi. Juda og‘ir yaralangan edi. Biroq Alloh taolo unga shifo berdi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Asad o‘g‘illari ustiga yuborilgan lashkarga uni amir qilib tayinladilar. Ular musulmonlarningUhudda yo‘qotgan azamat va haybatlarini qaytarib olish bilan birga ko‘plab ashyo va g‘animatlarni ham qo‘lga kiritib, muzaffar bo‘lib qaytishdi.
Ammo bu jangda Abu Salamaning eski jarohati ochilib ketdi. Ko‘p qon yo‘qotib, ahvoli og‘irlashib qoldi. Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) bosh tarafida turganlarida jon taslim etdi.
Ummu Salama bu o‘limni imon to‘la qalb va sabr bilan, Alloh taoloning amriga bo‘ysunib, eriga Alloh taolo shahidlikni ehson etganiga shukr qilaroq qarshi oldi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:31:17
Vafoli zavja

Abu Salamaning (roziyallohu anhu) vafotidan to‘rt oy o‘tganidan keyin Hazrati Abu Bakr Ummu Salamani (roziyallohu anho) so‘rab keldilar. Jihod va sharaf maydonlarida o‘lgan buyuk kishilarning tul zavjalariga uylanib, ularning nomuslarini ta’minotga olish va shu orqali ularga yordam berish arablarning urf-odatlaridan edi. Lekin Ummu Salama bu taklifni qabul etmadi. Shunday niyat bilan Umar (roziyallohu anhu) keldilar. Uni ham rad etdi.
Bir kuni uyda yolg‘iz o‘tirganlarida eri bilan o‘rtalarida bo‘lgan suhbatni esladi. Ummu Salama shunday degan edi:
«Eshitishimcha, jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi o‘lib, jannat ahlidan bo‘lgan ayoli boshqa bir kishi bilan turmush qurmasa, Alloh taolo u xotin bilan erini jannatda birga qilar ekan. Xuddi shu kabi, ayol o‘lsa va eri uylanmasa ham, jannatda birga bo‘lishar ekan. Kel, sen bilan ahdu paymon qilamiz: Mendan keyin sen uylanma, sendan keyin men turmushga chiqmayman», dedi.
Abu Salama (roziyallohu anhu): «Men o‘lsam, sen turmush qurgin», dedi va: «Allohim! Mendan keyin unga mendan ham xayrliroq bir er nasib et, u eridan hech aziyat, xafalik ko‘rmasin», deb duo qildi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:31:55
Abu Salamadan xayrli zot

Ummu Salama shularni o‘ylab o‘tirarkan, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ichkariga kirish uchun izn so‘radilar. Unga taskin va tasalli bermoqchi edilar. «Bu musibatda Alloh taoloning senga ajr va ehson berishi va xayrliroq bir er nasib etigshini Allohdan tila...» deb buyurdilar.
Har doim bugun g‘am-qayg‘usini eri bilan baham ko‘rgan mahzun beva Ummu Salama yig‘ladi. Erini juda sevardi. Ko‘p kishilar uning qo‘lini so‘rab keldilar. Ular orasida Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) ikki do‘sti Abu Bakr va Umar (roziyallohu anhum) ham bor edi. Lekin u barcha kelganlarga rad javobini berdi.
Ummu Salama Rasulullohga(sollallohu alayhi va sallam) shunday dedi: «Abu Salamadan ham xayrliroq kim bo‘lishi mumkin, ey Allohing Rasuli!..»
Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) uning bu so‘zlarini o‘ylay boshladilar va bu ayolni g‘am-qayg‘u ichida yolg‘iz qoldirmaslik lozimligini angladilar. Natijada Allohdan unga bir ikrom bo‘lishi, darajasining yuksalishi va tasalli topishi uchun Nabiyga (sollallohu alayhi va sallam) Ummu Salamani ham mo‘minlarning onalari safiga olish amri keldi.
Atloh taolodan Ummu Salamaga uylanish amri kelganidan so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Xatib ibn Baltaani (roziyallohu anhu) uning uyiga sovchilikka yubordilar. Ummu Salama: 
«Rasulullohga salom bo‘lsin.. Ammo unga mening yoshim o‘ttanligini, yetim go‘daklarim borligini, qolaversa, juda rashkchi ekanimni so‘yla», dedi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shu gaplarni aytib, yana elchi yubordilar:
«Yoshi o‘tganiga kelsak, mening yoshim unikidan kattaroq. Kishining o‘zidan yoshi ulug‘rog‘i bilan turmush qurishi ayb emas. Yetimlar esa Alloh taologa va Rasuliga oiddir. Juda rashkchiligi xususida men Alloh taologa undan bu hisni olishi uchun duo qilaman».
Ummu Salamaning valiyi Umar ibn Abu Salama edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) unga mahr o‘laroq o‘n dirham qiymatida mol berdilar. Bular ichida xurmo yaprog‘i solingan bir ko‘rpa, qozoncha, tovoq va tegirmon bor edi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) xufton namozidan so‘ng Ummu Salamadan boshlab, zavjalarining huzurlariga kirardilar. Zero, Ummu Salama mo‘minlar onalarining eng yoshi ulug‘i edi. Ummu Salamaning xonasiga birinchi kirishlari unga bir ikrom edi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:32:34
Soliha ayol
Ummu Salama voqealarni g‘oyatda chuqur o‘ylab, juda to‘g‘ri qarorlar beradigan aqlli ayol edi. Shu sababli Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) boshqa zavjalari bilan juda oson til topishib ketdi.
Bundan tashqari Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) yonlarida uning yuksak mavqei bor edi. Hudaybiya kuni bir voqea sodir bo‘ldi:
Kuraysh elchilari bilan tinchlik sulhi tuzilgach, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ashoblariga qurbonliklarni so‘yish va sochlarini oldirishni amr etdilar. Ashob shartlarini og‘ir deb bilgan bu sulhning vaxiy bilan bekor qilinishiga umid bog‘lab, Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) aytganlarini qilmadilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uch marta takrorladilar, lekin hech kim bajarmagach, xafa bo‘lib, Ummu Salamaning oldiga kirdilar. Ahvolni unga tushuntirdilar. Ummu Salama:
«Yo Rasululloh, ashobingiz bu vazifani bajarishini istaysizmi? Chiqing, hech kimga gapirmasdan qurbonlikni so‘ying, sartaroshni chaqiring, sochingizni olsin», dedi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) u ishorat etgan fikrni to‘g‘ri deb topdilar. Bunday qilish insonlarni harakatga tushirish uchun bir fe’liy tashviq bo‘lar edi. Allohning Rasuli o‘rnidan turib, Ummu Salamaning (roziyallohu anho) oldidan chiqdilar va u aytganidek qildilar. Buni ko‘rgach, ashob ham o‘rnilaridan turib, qurbonliklarini so‘ydilar, sochlarini oldirdilar.
Bu voqeaga o‘xshash ko‘p holatlarda Ummu Salama juda to‘g‘ri va foydali fikrlar berardi. U Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) aytgan so‘zlarini eslab qolib, hadislar rivoyat qildi. Ummu Salama (roziyallohu anho) xotirasi kuchli tinglovchi va ishonchli roviy edi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:33:44
Mo‘minlarning nasihatgo‘yi

Mo‘minlar onasi Ummu Salama Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vafotlaridan so‘ng sodir bo‘lgan voqealarni diqqat bilan kuzatib bordi. Insonlar, xususan, ularni idora etuvchi xalifa va voliylarning to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi uchun harakat qildi.
Tarixchilarning yozishicha, bir kuni Ummu Salama xalifalikni olgan Usmon ibn Affon huzurga kirdi va unga nasihat qilib, shunday dedi:
«Ey o‘g‘lim, menga nima bo‘lyaptiki, odamlarning sendan uzoqlashib, himoyangdan chiqayotganini ko‘ryapman. Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) sevgan yo‘lidan boshqa bir yo‘lda xayr qidirma. U o‘chirgan o‘tni yoqma. Do‘stlaring Abu Bakr va Umarning (roziyallohu anhum) yo‘llaridan yur. Ular ishni mahkam ushladilar va aslo zulm qilmadilar. Bir ona sifatida nasihat qilyapman. Bu mening haqqim, vazifam. Sen ham itoat etishing lozim».
Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu): «Albatta, sen aytding, men tingladim. Sen tavsiya etging, men ham qabul etgim», dedilar.

* * *

Oyisha (roziyallohu anhu) Jamal voqeasiga qo‘shilmoqchi bo‘lganida Ummu Salama unga shunday bir maktub yozdi: "Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) zavjasi Ummu Salamadan mo‘minlar onasi Oyishaga! O’zidan boshqa iloh bo‘lmagan Allohga hamd bo‘lsin. Sen Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) zavjalari va ummati orasiga tortilgan pardani yirtding. Qur’on sening etagingni tobladi, sen uni kengaytirma, haddingni bil. Alloh sening tuyangni ushlab qoldi, uni sahroga solma. Agar Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ayollarining jihod yukini ko‘tara olishlarini bilganlarida, senga vasiyat etardilar. U zot seni dinda haddan oshishdan qaytarganini unutdingmi?! Agar dinning ustuni egilsa, xotinlar bilan tiklanmaydi, yiqilsa, ular bilan qaddi rostlanmaydi. Xotinlar qiladigan jihod ko‘zlarini haromdan to‘sish, etaklarini yigish va dunyo sevgisini kamaytirishdir. Agar sen bu cho‘llarda Alloh Rasuli bilan yuzma-yuz kelib qolsang, nima qilarding? Ertaga Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan uchrashasan. Allohga qasamki, agar menga: «Ey Ummu Salama,jannatga kir», deyilganida, men u zot ustimga yopgan pardani yirtgan holda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan uchrashishdan hayo qilaman. U yoping‘ichni ustingga ol. Uning hovlisi sening qal’angdir. Sen bu ummatning birlashishi uchun nasihat qilishing lozim bo‘lgan paytda, ularga yordam berishdan orqada qolyapsan. Agar men Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) eshitganim bir hadisni senga aytsam, yuz-ko‘zingai tirnar eding.
Vassalom».

* * *

Hazrati Muoviya ibn Abu Sufyon xalifa bo‘lgach, insonlarni o‘ziga bayat kildirish uchun Busr ibn Abu Ertani Madinaga yubordi. Busr:
«Jobir kelmagunicha hech bir Bani Salamalikning bay’atini qabul qilmayman», dedi.
Yoshi ulugligiga qaramay, Ummu Salama Jobirga:
«Bay’at qil, men bu bay’atning yomonligini bilsam ham birodarimning o‘g‘li Abdulloh ibn Zam’aga qoni va molini saqlab qolish sharti bilan bay’at qilishini amr etdim», dedi.

* * *

Minbarlarda Hazrati Aliga (roziyallohu anhu) la’nat aytish amr etilganida, Ummu Salama Muoviyaga kishi yuborib, shunday dedi:
«Siz Ali ibn Abu Tolib va uni sevganlarni la’natlash bilan minbarlaringizda turib Alloh va Rasulini la’natlayotganingizni biling. Men shahodat etamanki, Alloh taolo va Rasuli uni sevadi».

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:34:48
Vafoti

Ummu Salama mo‘minlarning onasi edi. Tili bilan ularni zulmdan saqlashga urinar, imkon boricha davlat odamlarini zulm qilishdan qaytardi.
Hijratning 59-yili Zulqa’da oyida behuzur bo‘la boshladi va Alloh taolo undan, u ham Alloh taolodan rozi bo‘lib, jon taslim qildi. Janozasini Abu Hurayra(roziyallohu anhu) o‘qidilar. Baqi’ qabristoniga dafn etildi. Vafot etganida 84 yoshda edi.
U vafodor zavja, sabrli mujohida, buyuk olim, ishonchli roviy, xullas, Haq yo‘lida bayroqdor inson edi.
Alloh taolo Ummu Salama onamizdan rozi bo‘lsin. Omin.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:35:33
UMMU HABIBA
(Mo‘minlar onasi)

Asl ismi Ramla bo‘lgan Ummu Habiba hijratdan yigirma besh yil avval, ya’ni, Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) risolat mas’uliyati tushishidan o‘n uch yil oldin Abu Sufyon oilasida tug‘ildi.
U nasl-nasabi yuksak, juda boy va go‘zal qiz edi. Hammaning ko‘zi unda, makkalik yigitlar unga uylanish uchun musobaqalashishar edi. Uning go‘zalligi otasining qurayshiylar orasidagi mavqeini yanada yuksaltirgan edi.
Ramlaga uylanish istagida bo‘lganlardan biri Ubaydulloh ibn Jahsh sharafli qavmga mansub, yuksak mavqe sohibi va juda yoqimtoy yigit edi. Bundan tashqari, diniy ilmlarga rag‘bati bor edi. Nasroniy Varaqa ibn Navfaldan ayrilmasdi. Varaqa johiliyat davridayoq butlardan nafratlanib, ulardan yuz o‘girgan edi.
Abu Sufyon barcha so‘raganlar orasidan Ubaydullohni tanladi va qiznin unga berdi. Ramla porloq fikr va aql sohibasi, bilimdon va madaniyatli xotin edi. Eri Ubaydulloh hamma masalada unga murojaat qilar, uning fikri bilan qiziqar edi.
Kunlar shunday o‘tardi... Hazrati Muhammadga payg‘ambarlik tushganida, Ubaydulloh ustozi Varaqa ibn Navfaldan eshitgan hikmatli so‘zlar ta’sirida Rasulullohning(sollallohu alayhi va sallam) nubuvvatlariga imon keltirdi. Ammo bu imon yuzaki edi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:36:37
Habashistonga hijrat

Ubaydulloh bilan zavjasi Ramla ham Habashistonga hijrat qilishdi. Najoshiy vataniga oyoq bosar-bosmas Ubaydulloh yana nasroniylikka kaytdi.
Bir kuni Ramla qo‘rqinchli tush ko‘rdi, cho‘chib uyg‘onib ketdi. Tushida erini "g‘alati bir qiyofada — oydin yuzli bo‘lganidan so‘ng qop-qora, go‘zal bo‘lganidan so‘ng chirkin qiyofada ko‘rdi. Bunday tushning yomonligidan Alloh taologa sig‘indi.
Ramla o‘z ishlari bilan kuymalanib yurganida eri Ubaydulloh nasoro bo‘lganini bildirdi va uni ham nasroniylikka da’vat etdi. Ramla bu taklifni qat’iyyan rad qildi. Kechqurun ko‘rgan tushining ma’nosini endi tushundi. Tushini eriga aytib, imon va Islomda qolishga chaqirdi. Ubaydulloh esa, qabul qilmadi. Hatto musulmonlarning oldiga borib, ularga:
 «Biz haqiqatni topdik, siz endi ko‘rishga harakat qilyapsiz. Bundan so‘ng ko‘rolmaysiz», dedi.
Ubaydulloh murtad bo‘lgach, ichkilikka ruju qo‘ydi, oxir-oqibat shu holda o‘lib ketdi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:37:28
Tul muhojir

Ramla hijrat yurtida ikki qaygu orasida yashadi. Biri vatanidan ayrilishi bo‘lsa, ikkinchisi beva qolishi edi. Ammo u mustahkam imoni tufayli bu musibatlarga chiday oldi.

* * *

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Madinaga hijrat etganlaridan so‘ng qo‘shni davlatlarning hukmdorlariga maktub yuborib, ularni Islomga da’vat qildilar. Bunday maktubni Najoshiyga Amr ibn Umayya ad-Damriy olib bordi. Rasululloh( sollallohu alayhi va sallam) maktubda Najoshiyni musulmonlikka chaqirib, so‘ng Ramla binti Abu Sufyonni o‘zlariga so‘rattan edilar. Najoshiy har ikkala taklifni ham qabul etdi va Abraha ismli bir joriyani bu xushxabar bilan Ramlaning qoshiga jo‘natdi.
Abrahaning gaplarini eshittan Ramla sevinchini yashirib o‘tirmadi:
— Alloh sening xayringni bersin... — dedi.
G’urbatda tul qolgan bir ayol uchun Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) o‘zlariga so‘ratishlaridan ham xayrliroq nima bo‘lishi mumkin?!
Ramla to‘y masalalarini aniqlashtirish uchun Xolid ibn Said ibn Osga vakolat berdi. O’sha oqshom Najoshiy musulmonlarni saroyga chaqirib, shunday dedi:
— Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) menga bir maktub yuborib, Ramla binti Abu Sufyonni o‘ziga nikohlashimni xoxlabdi. Men uning xohishini bajo keltirdim va Ramlaga to‘rt yuz dirham mahr berdim.
So‘ngra dinorlarni yig‘ilganlarning oldiga to‘kdi. Shu payt Ramlaning vakili Xolid ibn Said o‘rnidan turdi va:
— Allohga hamd bo‘lsin. Undan bo1pqa iloh yo‘qligiga shahodat keltiraman. Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) Uning to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi qilib, butun dinlar ustiga Haq din bilan yuborgan quli va Rasulidir. Men ham Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) istagini qabul etdim va Ramlani unga berdim. Alloh taolo Rasuli uchun muborak qilsin...
Dinorlar Xolidga berildi. Xaloyiq tarqalmoqchi bo‘lganida, Najoshiy:
— O’tiringlar, uylanayotgan paytda kelganlarga taom berish Payg‘ambarlarning sunnatidir, — dedi.
Taomlar keltirildi. Mehmondorchilik tugagach, duodan so‘ng hamma tarqaldi...
Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) Ramlani so‘rashlarida buyuk hikmat va yuksak maqsadi bor edi. Birinchisi, g‘urbatda beva qolgan Ramlaga yordam berish bo‘lsa, ikkinchisi, o‘zlarining va dinning katta dushmani bo‘lgan Abu Sufyon ibn Harb ibn Umayya ustidan g‘alaba qozonish edi. Abu Sufyonning bu nikoh xabarini eshitgan payti:
"Bu odamning burni yerga tegmaydi", degani rivoyat qilinadi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:38:56
Mo‘minlar onasi

Muhojirlar uzoq ayriliqdan so‘ng Habashistondan qaytib kelishdi. Bu voqea Haybar fath etilgan kunga to‘g‘ri kelgan edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shunday deb shukronalarini bildirdilar:
—  Qaysi biridan quvonay: Haybarning fathidanmi yoki Navfalning kelishidanmi?!
Habashistondan qaytib kelganlar orasida Ramla ham bor edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) u bilan go‘shangaga kirdilar, unga shafqat va marhamat ko‘rsatdilar.

* * *

Ummu Habibaning vafodor, imonida sobit ekanini va dinga sadoqatini ko‘rsatuvchi bir voqea sodir bo‘ldi.
U bir imonli ayol, buning ustiga Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) zavjasi... Ikkinchi yoqdan, otasi haybat va hurmat-e’tibor sohibi, Qurayshning ulug‘laridan, ammo kofir va mushrik... Taqdirida otasi Abu Sufyon bilan yuzma-yuz kelish ham bor ekan...
Hudaibiya sulhi imzolanganidan so‘ng Qurayshning ittifoqchilaridan Bani Bakr bu sulhni buzdi. Shundan so‘ng Rasulullohga(sollallohu alayhi va sallam) ittifoqchi bo‘lgan Xuzo’a o‘g‘illaridan bir kishi u zotdan yordam so‘rab keldi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) unga yordam berishga va’da qildilar va ishonch bildirdilar.
Qurayshning raisi Abu Sufyoning nima bilan tugashini tushunib yetdi. Darhol Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan sulhni sobit tutish maqsadida Madinaga qarab yo‘lga tushdi.
Madinaga kelgach, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan o‘rtalarida vositachilik qilishini so‘rab, qizi Ummu Habibaning (roziyallohu anhu) oldiga kirdi. Endi o‘tirmoqchi bo‘lganida qizi ko‘rpachani taxlab, olib qo‘ydi. Abu Sufyon so‘radi:
— Ey qizim, meni bu ko‘rpachaga loyiq ko‘rmayapsanmi yoki uni menga loyiq ko‘rmayapsanmi?
— Sizni ko‘rpachaga loyiq ko‘rmayapman. Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) ko‘rpachalarida mushrik odam o‘tirishi nixohlamadim.
— Vallohi, senga bir yomonlik yetgan ko‘rinadi, qizim.
— Yo‘q, aksincha, Alloh taolo meni hidoyatga boshladi. Ey ota, siz Qurayning sayyidi va buyugisiz. Qanday qilib ko‘rmaydigan va eshitmaydigan butlarga ibodat qilasiz? Nima uchun Islomni qabul etmaysiz?
Ummu Habiba faqat Alloh va Rasulini sevipshni, ulardan boshqasini sevmasligini aytish bilan, otasining saltanat va azamatidan qo‘rqmay, uning imon va kufr orasidagi o‘rnini buyuk bir jasorat bilan tanitgan edi.
Abu Sufyon bu so‘zlarni eshitib, g‘azabidan tutaqib ketdi. Jahl bilan ko‘chaga chiqdi va Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga bordi. Hazrati Payg‘ambar uni rad etdilar va tarafkashligini qabul qilmadilar. Oxir-oqibat Abu Sufyon hech qanday natijaga erisha olmay, Makkaga qaytdi. Xotini Hind binti Utba uni ayblab:
— Qavming elchiligini yaxshi bajarolmading, xayrli xabar keltirmading, - dedi.

* * *

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Ummu Habiba bilan otasi o‘rtasidagi suhbat haqida eshitgach, unga hurmatlari yanada ortdi. Dinga va Payg‘ambar ahliga hurmat va e’zoz qo‘rsatganining mukofoti o‘laroq, uni yanada ko‘proq ikrom etdilar.

* * *

Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) vafotlaridan so‘ng Ummu Habiba onamiz xonai saodatda qoldilar. Butun musulmonlar uni e’zozlashar edi. Bu hurmatning sababi Payg‘ambarimizga bo‘lgan ulug‘ sadoqatdan edi.
Xalifalar uni ziyorat qilgani kelishar, ro‘zg‘origa qarashishar, kerakli yordamni ayashmas edi.
Kanchalik fitnalar zuhur etsa ham, Ummu Habiba na so‘z, na fe’l bilan hech biriga qo‘shilmadi. Aksincha, musulmonlarni bir safda va yagona din yo‘lida birlashishga, Allohga bog‘lanib, Uning mustahkam arqonidan qattiq ushlashga da’vat etdi.
Ummu Habiba dono, vazmin va jiddiy ayol edi. Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) eshitgan ko‘plab hadislarni rivoyat qilib, islomiy ilmning yuksalishiga hissasini qo‘shdi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:39:52
Vafoti

Ummu Habiba (roziyallohu anhu) faqat namoz uchun uyidan chiqardi. Madinani faqat haj maqsadida tark etgan. Hijratning 44-yili og‘ir kasal bo‘lib qoldi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, yetmish yoshida vafot etdi. Baqi’ qabristoniga dafn etildi. Alloh taolo undan rozi bo‘lsin, uni muborak, mavqeini ulug‘ qilsik. Omin.
 
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:41:25
HAZRATI MAYMUNA
(Mo‘minlar onasi)

Hazrati Maymunaning Islomni qabul qilishi din uchun ham musulmonlar uchun ham xayr va barakot vasilasi bo‘ldi. Chunki uning musulmon bo‘lishi uzoqyillardan beri Islomga qarshi urush e’lon qilgan ba’zi kishilardan jaholat pardasini ko‘tardi, kin va kibr bilan to‘la qalblarni tozaladi.
Hazrati Maymuna (roziyalohu anho) Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) uylangan eng so‘nggi ayoldir. U payg‘ambar xonadonida yashagan qisqa davrda ko‘ngilga og‘ir botuvchi hech qanday voqea ro‘y bermadi. Hazrati Paytambarimizning vafotlaridan keyin uning bugun hayoti Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) xotiralariga hurmat va taqvo bilan yashashning go‘zal bir ramzi bo‘ldi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:42:23
Nasabi

Mo‘minlar onasi Maymuna (roziyallohu anhu) kurayshning obro‘-e’tiborli kishilaridan bo‘lgan Horis ibn Hilolning qizidir. Onasi Makkaning fazilat va yuksak nasabi bilan mashhur ayollaridan biri bo‘lgan Hind binti Avf bo‘lib, Xolid ibn Validning xolasidir.
Maymunaning Ummul Fazl va Salma ismli qiz qardoshlari bor edi. Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) amakilaridan Abbos ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhu) Ummul Fazlga, shahidlarning ulug‘i Hamza ibn Abdulmuttalib (roziyalohu anho) Salmaga uylangan edilar. Shu bois Abdulmuttalib ibn Hoshim o‘g‘illari bilan Hazrati Maymunaning opa-singillari o‘rtasida avvaldan juda mustahkam qarindoshlik rishtalari bor edi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:43:21
Tug‘ilishi

Maymuna Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) payg‘ambar bo‘lishlaridan olti yil avval Makkada tug‘ildi.
Islomiyat kelganida hali yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan bir yosh qizcha edi. Johiliyat davrida tug‘ilgani bois o‘zlari yasab olgan buglarga sig‘ingan ota-ona tarbiyasini olib, buzuq e’tiqod va urf-odatlar ta’sirida o‘sib-ulg‘aydi. Ammo u payg‘ambarlik, vahiy va shu mavzudagi boshqa narsalar haqida eshitar, tushunishga harakat qilar edi.

* * *

Balog‘atga yetgach, uni Makkaning ko‘zga ko‘ringan yigitlaridan Mas’ud ibn Amrga uzatishdi. U Abbos ibn Abdulmuttalibning zavjasi bo‘lgan opasi Ummu Fazlning uyiga tez-tez borib turardi. Opasidan Islom dini, musulmon muhojirlar, Badr va Uhud g‘azotlari haqidagi xabarlarni eshitar, bu voqealar uning qalbiga boshqacha ta’sir qilar edi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:44:10
Ajralish

Haybar g‘azoti haqidagi yolg‘on xabarni eshitgan makkalik quraysh mushriklari juda sevindilar. Abbos ibn Abdulmuttalibga (roziyallohu anhu) aziyat beruvchi so‘zlar aytib, masxaralay boshladilar. Abbos (roziyallohu anhu) mahzun holda uyiga kaytdi. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay, haqiqiy xabar yetib keldi. Musulmonlar jangda g‘alaba qozongan va yahudiylar Haybardan quvilgan edilar.
Abbos (roziyallohu anhu) o‘rnidan turdi, eng chiroyli kiyimlarini kiydi. Xuddi bayramdagidek yasanib, viqor bilan odamlar oldiga chiqqi. Bu safar u mushriklarga gapirdi. Biroz oldin yolg‘on xabarni yoygan kishi uning so‘zlarini tasdikdagach, mushriklar jim bo‘lib, pushaymonda qoldilar.
Abbos musulmonlarning Haybar jangida zafar qozonganini aytayotganida Maymuna opasi Ummul Fazlning uyida edi. Bu xabardan uning ham boshi osmonga yetdi. Uyiga qaytib eri Mas’ud ibn Amrni tushkun holatda ko‘rdi. Mas’ud zavjasining xursandligidan achchiklanib, u bilan tortishib qoldi va oxir-oqibat uni tark etganini aytdi. Maymuna ham ortiq uning oldida qolmay, yana pochchasi Abbos ibn Abdumuttalibning uyiga ketdi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:44:51
Qazo umrasi
Hudaybiya sulhi tuzilganiga bir yil to‘ldi. Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) musulmonlar bilan birga umra ibodatini ado etish uchun Makka tomon yo‘l oldilar. Shaharga yaqinlashgach, barcha musulmonlarni to‘xtashga buyurdilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bu yerda jangdagidek bir usul qo‘llashni rejalashtirib, musulmonlarni ikki kismga ajratdilar. Birinchi kism Ka’bani tavof qilish uchun Makkaga kiradigan, ikkinchi qism esa, qurollangan holatda Makka tashqarisida tayyor turadigan, biror xavf tug‘ilsa, mushriklarga hujum qiladigan bo‘ldilar.
Hammaga vazifalar aniq bo‘lgach, yana yo‘lga chiqishdi. Nihoyat, uzoqdan bir yildirki, ko‘rish istagida intizor bo‘lganlari, ular uchun eshiklari yopilgan Makka ko‘rindi. Uni ko‘rar-ko‘rmas hammayoqni musulmonlarni «Labbayk Allohumma labbayk...» degan ovozlari tutib ketdi.
Musulmonlar ulug‘vorlik va haybat bilan Hazrati Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) atroflarini o‘rab olgan edilar. Hamma bir og‘izdan takbir va tahlil aytardi. Musulmonlarning ovozlarini eshitganlar tog‘larga qarab yugurdilar, darhol shaharni bo‘shatdilar. Chunki ular Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) va ashobi chorasiz kishilardek, necha yillar ilgari qorong‘i tunda Makkani tark etganlaridan so‘ng, quvvatli va haybatli ko‘rinishda, kechqurun emas, kuppa-kunduzi shaharga bemalol kirib kelishlarini tasavvur ham qilolmas edilar.
Makkada faqat erkaklardan bir necha kishi, Alloh taolo va Rasuliga imon keltirgan ayollar qolishdi, xolos.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:46:09
Maymunaning taklifi

Maymuna musulmon bo‘lgan, ammo imonini yashirin tutardi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) va ashobi bir quyoshdek Makka ufqlaridan ko‘tarilgach, u jasoratlanib, Allohga imon keltirganini hammaga bildirdi.
Bu xayrli voqeadan so‘ng, Maymuna Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) zavja bo‘lish istagida Abbos ibn Abdulmuttalibni (roziyallohu anhu) elchi qilib yubordi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uning istagini qabul etdilar va unga mahr sifatida 400 dirham berdilar.
Hudaybiya sulhida ko‘rsatilgan uch kunlik muhlat bitdi. Qurayshliklar Nabiyga (sollallohu alayhi va sallam) elchi yuborib:
 «Makkada qolish payting tugadi, endi chiqib ket», dedilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kulimsiradilar va:
«Meni o‘z holimga qo‘ying. Undan ko‘ra bir to‘y qilib, siz uchun taom hozirlatsam va to‘yimga siz ham kelsangiz bo‘lmaydimi?" dedilar.
Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) Maymunaga uylanishlari sababli Makkada qolish muddatini uzaytirmoqchi va qurayshliklar bilan qayta bitim tuzishni mo‘ljallagan edilar.
To‘y uchun dasturxon tuzaldi. Kurayshning ulug‘lari taklif etildi. Ular taklifni qabul etmadilar.
— Sening amalingga bizning ehtiyojimiz yo‘q. Tezroq chiqib ket, — dedilar.
Ular bu gaplarni Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) Makkada uch kundan ortiq qolishlaridan qo‘rqishlarini yashirish uchun aytdilar. Zero, Payg‘ambarning (sollallohu alayhi va sallam) ziyoratlari ba’zi kishilarning aqli va ruhiga ta’sir qilgani ko‘rina boshlagan edi. Masalan, Maymuna hammadan yashirib kelgan imonini musulmonlar Makkaga kirishlari bilanoq ochiq e’lon etdi. Ustiga-ustak, Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) zavja bo‘ldi. Bu hol mushriklarni g‘azablantirgan edi.
Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) ushbu majlisda Maymunaga uylanganlarini e’lon qildilar. Ammo Hudaybiya sulhiga amal qilib, jarchini chaqirib, darhol Madinaga qaytishni e’lon qilinshi buyurdilar. Makkadan o‘n mil uzoqliqdagi Saraf degan joyga kelganlarida Maymuna (roziyallohu anhu) bilan go‘shangaga kirdilar.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:47:06
Islom yo‘lida xayr va barakotga vasila bo‘lishi

Makkadan chiqayotganlarida Maymuna hayqirib qurayshiylarni musulmon bo‘lishga chaqirdi. Uning ovozi qurayshiylarga kuchli ta’sir kildi. Xolid ibn Valid shunday dedi:
 «Endi har bir aqli joyida bo‘lgan odamga ochiq ayon bo‘ldiki, Muhammad aslo sehrgar yo shoir emas! U olamlar Robbisining kalomi bilan gapiradi».
Ikrima ibn Abu Jahl uning bu gaplariga qo‘shilmadi, Badrda o‘ldirilgan yaqinlarnin eslab, unga qarshi chiqdi. Xolid ibn Valid unga shunday javob berdi: «Bu so‘zlaring johiliyat ishi va g‘ururidandir. Lekin men, vallohi, haq menga ayon bo‘lgan zamon musulmon bo‘ldim...»
Xolid ibn Valid Amr ibn Os bilan birga Madinaga borib, Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) bay’at qildilar. Ularning musulmon bo‘lishi bilan Islom yanada quvvatlandi.
Shubha yo‘qki, Maymunaning ochiq murojaat etishi qurayshdan bir qancha kshnilarning Islomga kirishlariga katta ta’sir ko‘rsatgan edi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:48:44
Muborak xonadonda

Maymuna Madinaga kelganidan so‘ng Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) pokiza xonadonlarida qadrli zavja bo‘lib yashadi. Musulmonlar uchun fazilatli ona bo‘ldi. Itoatli, samimiy, vafodor ayol sifatida zavjalik vazifalarini ado etdi.
Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) unga Hamza ibn Abdulmuttalibdan beva qolgan opasi Salma bilan birga yashashga izn berdilar. Keyinchalik uning turmush qurmagan singlisi Umara ham shu xonadonda qoldi.
Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) katta qizlari Zaynab vafot etgan yili Maymuna hali yigirma besh yoshda edi. U Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) tasalli berib, imkoni boricha dardlariga malham bo‘lish harakat qildi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 15 Dekabr 2009, 08:54:17
Vafo ramzi

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vafot etganlaridan so‘ng, Maymuna uzoq yillar sog‘-omon yashadi. Odam o‘g‘illarining sayyidi, hidoyat elchisi va insoniyatning muallimi bo‘lgan Muhammad Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) xotiralarini hurmat qilib, ellik yilcha umrini taqvo bilan o‘tkazdi.
Uning sadoqati, muhabbati shu qadar samimiy ediki, vafot etganidan so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan turmush qurishgan joyga dafn etishlarini vasiyat qildi. Shunga ko‘ra uni Sarafga dafn etdilar.
Alloh taolo Hazrati Maymuna onamizdan rozi bo‘lsin. Omin
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 06:52:23
HAZRATI HAFSA BINTI UMAR IBN XATTOB
(Mo‘minlar onasi)

Hazrati Hafsa (roziyallohu anhu) bilimli, yuksak axloqli, irodasi mustahkam, sadoqatli bir sayyida ayol edi. U hijratning uchinchi yili Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) oilalariga qo‘shilib, mo‘minlarning onasi bo‘lish sharafiga erishdi.
* * *

Hafsa (roziyallohu anhu) payg‘ambarlik kelishidan besh yil oldin Makkada tug‘ildi. Otasi Islom tarixida adolati bilan mashhur bo‘lgan ikkinchi xalifa Hazrati Umardir (roziyallohu anhu). Onasi Zaynab Usmon ibn Maz’unning singlisi edi. Hafsa otasi bilan birga Makkada musulmon bo‘ldi. Ashobdan Hunays ibn Hazofa (roziyallohu anhu) bilan oila qurdi. Ilk musulmonlar safidan joy olgan bu baxtiyor oila Habashistonga, keyinroq Madinaga hijrat qildi.
Hunays (roziyallohu anhu) Abdulloh ibn Hazofaning qardoshidir. Badr va Uhud janglarida ishtirok etgan. Har ikki jihodda ham mardonavor jang qildi. Uhudda qattiq yaralandi. Madinaga qaytgach, shahodat sharbatini ichdi. Hazrati Hafsa juda yosh tul qoldi.
Hazrati Umar (roziyallohu anhu) qizining beva qolishini xohlamas edi. Bir ota o‘laroq, qizini solih bir kishiga uzatishni orzu qilardi. U bu masalani juda ko‘p o‘yladi va Hazrati Hafsaning iddasi tugagach, Hazrati Usmonga (roziyallohu anhu) nikohlash maqsadida uning oldiga bordi. Hazrati Usmon (roziyalohu anho) ham bu paytda yolg‘iz qolgan edi. Zavjasi Payg‘ambarimizning(sollallohu alayhi va sallam) qizlari Ruqayya vafot etgan edi. Abdulloh ibn Umar otasi va Hazrati Usmonning uchrashuvini otasidan shunday naql etadi:
"Usmon ibn Affonning oldiga bordim. Juda g‘amgin kayfiyatda ekan. Ko‘nglini ko‘tarib, tasalli berish uchun unga Hafsadan so‘z ochdim. Xohlasang, Hafsani senga nikohlab beray, dedim. Usmon darhol javob bermadi. Bu haqda o‘ylab ko‘rish uchun muhlat so‘radi. Oradan bir necha kun o‘tganidan so‘ng u bilan yana uchrashdim. Usmon hozircha uylanmasligini aytib, uzr so‘radi".
Hazrati Umar Abu Bakrga (roziyallohu anhu) ham shunday taklif qilmoqchi bo‘ldi. Hazrati Umar:
— Ey Abu Bakr, agar istasang senga qizim Hafsani nikohlab beray, — dedi.
Hazrati Abu Bakr (roziyallohu anhu) indamadilar. Hatto bir og‘iz so‘z ham aytmadi. Bu holatdan Hazrati Umar (roziyallohu anhu) ranjidilar.
Hazrati Umar ikki samimiy do‘stidan ijobiy javob ololmagach, yuragi siqilgancha, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga kirib, shunday dedi:
— Yo Rasululloh! Men Usmonga hayronman. Hafsani unga nikohlamoqchi bo‘ldim, u esa rozi bo‘lmadi. Abu Bakr ham shunday...
Ikki jahon quyoshi Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) tabassum qilib:
— Yo Umar! Hafsa Usmondan, Usmon ham Hafsadan xayrliroq bo‘lgan birisi bilan oila quradi, — dedilar.
Hazrati Umar bugunlay o‘y-xayol ichida qoldi. Usmondan ham xayrli kuyov kim bo‘lishi mumkin? Shu tariqa bir necha kunni o‘tkazdi. Bir kuni Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Hafsani o‘zlariga so‘rab, Hazrati Umarga:
— Sen qizing Hafsani menga nikohla. Men esa qizim Ummu GulsumniUsmonga nikohlayman, — dedilar.
Bu xabardan Hazrati Umarning boshi osmonga yetdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bu xabar bilan Hafsani o‘zlariga nikohlash  Allohning amri ekanini bildirmoqchi bo‘ldilar. Kisqa fursat ichida to‘y taraddudlari tugallandi. Hijratning uchinchi yili sha’bon oyida Hazrati Hafsa Rasuli Akramga (sollallohu alayhi va sallam) nikohlanib, mo‘minlarning onasi bo‘lish baxtiga erishdi.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bu go‘zal tashabbuslari bilan uch ulug‘ sahobalari o‘rtasidagi do‘stlik-birodarlikni, qarindoshlikni yanada mustahkamladilar. Hazrati Oyishani nikohiga olib, Hazrati Abu Bakrning, Hafsani nikohiga olib esa, Hazrati Umarnint ko‘nglini ko‘tardilar. Har ikkisining ham qizlarini mo‘minlarning onalari bo‘lish baxtiga erishtirdilar.
Hazrati Abu Bakr Hazrati Umar (roziyallohu anhum) bildirgan taklifga aniq javob bermagani uchun ich-ichidan ezilib yurgan edi. Chunki u bir sirni bilar, ya’ni, Hazrati Hafsa bilan Rasuli Akramning (sollallohu alayhi va sallam) turmush qurishlari Hazrati Abu Bakrga ma’lum edi. Bu haqqa gapirish omonatga xiyonat bo‘lardi. Shu sababli sukut saqladi. Nikoh o‘qilgach, Hazrati Abu Bakr Hazrati Umarning oldiga kelib, uzr so‘radi va shunday savol bilan murojaat kildi:
— Hafsaga uylanishimni so‘raganingda, javob bermaganim uchun mendan ranjigan bo‘lsang kerak?
— Ha, — dedi Hazrati Umar. Shunda Abu Bakr (roziyallohu anhu) bo‘lib o‘tgan voqeani gapirib berdi:
— Menga bu masala bo‘yicha gap ochganingda, senga javob bermaganimning sababi shuki, Rasululloh Hafsaga uylanishlarini menga aytgan edilar. Albatta, bu sirni senga oshkor qilolmadim, Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Hafsaga uylanishdan yuz kechsalar, shubhasiz unga uylanardim, — deya Hazrati Umarga tasalli berdi.
Kanday nazokat!.. Kanday yaxshi adab!.. Kanday sadoqat!.. Mana haqiqiy Islom odobi!.. Omonat bir sir... Sukut bir xazinadir... Omonatga rioya va sukutni ixtiyor etish insonga amniyat va bezakdir...

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 06:53:16
* * *

Hazrati Hafsa Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) xonadonlariga Savda va Oyisha onalarimizdan keyin kelin bo‘lib keldi. Saodat uyiga kelganida u yigirma yoshlarda edi. Savda onamiz Oyisha kabi uni ham buyuk bir ko‘ngil xotirjamligi ichida qarshi oldi. Har ikkisiga ham xizmat qildi. Hafsa yosh bo‘lishiga qaramay, oqila, otasi kabi bir so‘zli, irodasi mustahkam edi.
Xonai saodatda bu ikki yosh onalarimiz Payg‘ambarimizga ( sollallohu alayhi va sallam) xizmat qilishda, go‘yo musobaqalashayotgandek g‘ayrat qilar edilar. Juda yuksak darajada sevgi-hurmat ko‘rsatar edilar. Rasululloh bu ikki yosh zavjalari ikki aziz birodarlarining qizi bo‘lgani bois ham imkon boricha sabr-toqat bilan munosabatda bo‘lar, ayollik zaifiyatlarini, yoshliklari nihisobga olib, yanada marhamatli, yanada shafqatli muomala qilar edilar. Lekin barchalari ahli bashar emasmi, og‘ir kunlari ham bo‘lib turardi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 06:55:17
* * *

Bir kun Rasuli Akram (sollallohu alayhi va sallam) Zaynab binti Jahshning xonasida asal sharbati ichdilar va biroz ushlanib qoldilar. Bu holat ikki yosh zavjalarining diqkatini tortdi va ikkovlari kelishgan holda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yonlariga borganlarida ul zoti muborakdan sarimsoq hidi kelayotganini aytishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sarimsoq yemaganini, asal sharbati ichganlarini aytdilar va:
— Demak, asalari sarimsoq yalagan ekan, — deb, bundan so‘ng aslo asal sharbati ichmaslikka qasam ichdilar.
Bu voqea sabab bo‘lib Alloh taolo Tahrim surasining ushbu oyatlarini nozil qildi (mazmuni):
"Ey payg‘ambar, nega siz juftlaringizning roziligini istab, Alloh siz uchun halol qilgan narsani harom qilib olursiz?! Alloh mag‘firatli, mehribondir".
Faxri Koinot Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) zavjalaridan ayrilib, xilvatga yuz burdilar. Bu tadbir bilan yosh zavjalarini tarbiyalamoqchi bo‘ldilar. Biroq ashob orasida Rasululloh zavjalari bilan ajrashibdilar, degan so‘z tarqaldi. Hazrati Umar bu xabarni eshitgach, qizi Hafsadan biror xato o‘tdimikin deb darhol hujrai saodatga yo‘l oldi. Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) ichkari kirishga izn olgach, ko‘ngilga taskin beruvchi shu so‘zlarni aytdi:
— Yo Rasululloh! Zavjalaringiz sababli qanchalik qayg‘u chekyapsiz. Shoyad, ular bilan ajrashsangiz, Alloh ham, farishtalari ham Siz bilan birgadir. Men ham, Abu Bakr ham, mo‘minlar ham Siz bilan birga...
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tabassum kildilar. Guldek yuzlaridan nur sochildi.
— Zavjalarim bilan ajrashganim yo‘q, faqat xilvatga kirdim, — deya Hazrati Umarning qalbiga orom beruvchi va mo‘minlarni sevintiruvchi so‘zlarni aytdilar.
Hazrati Umar masjidga keldi va musulmonlarga vaziyatni tushuntirib berdi.

* * *
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 06:57:21
Hazrati Hafsa tabiatan biroz qattiqqo‘l edi. Hazrati Oyisha uni shunday tavsif etadi: "Hafsa tom ma’noda otasining qizidir. Mustahkam irodasi bor. Bir so‘zli va qat’iyatlidir".
Bir kuni Rasuli Akram Hafsa onamiz oldida Hudaybiyada bay’at etgan ashobni eslab:
— Inshaalloh, Hudaybiyada bay’at etgan ashobim jahannamga kirmaydi, — deb marhamat qildilar.
Hafsa (roziyallohu anhu) esa: "Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir", (Maryam, 71) oyatini o‘kidi. Payg‘ambarimiz ham unga: "So‘ng taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz", (Maryam, 72) oyatini o‘qib, javob berdilar.
Hazrati Hafsa onamiz ibodatda mustahkam edi. Ko‘p namoz o‘qir va nafl ro‘za tutardi. Uning hayoti ham boshqa onalarimiz kabi faqirlikda o‘tdi. Yotoq o‘laroq foydalanadigan birgina sholchasi bor edi. Yoz kunlari uni tagiga to‘shar, qishda esa bir tarafini ostiga to‘shab, bir tarafini ustiga yopardi. Ko‘pincha yeyishga non topolmas edi. Shunday bo‘lsa ham sira shikoyat qilmas, doim shukr qilib yashardi.
U Rasuli Akramga (sollallohu alayhi va sallam) sadoqat va muhabbat bilan bog‘langan edi. O’ziga hadya qilingan narsalarni yeb-ichmay, Rasulullohga iqrom qilardi. Ul zotni doimo o‘z nafsidan yuksak va afzal bilardi. Bir kuni Hazrati Hafsaga bir tulum asal tortiq qilishdi. Rasuli Akram uning xonasiga kirganlarida, Hafsa o‘sha asaldan ikrom etardi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 06:58:11
* * *

Hazrati Hafsa Faxri Koinotning (sollallohu alayhi vasallam) dorulbaqoga irtixollaridan so‘ng ham muhim xizmatlarni ado etdi. Hazrati Abu Bakr davrida Qur’oni karim oyatlari bir yerga to‘planib, Mushaf holiga keltirilgan edi. Bu yagona nusxa Hazrati Abu Bakrda turardi. Vafotidan so‘ng Hazrati Umarning nazoratiga berildi. Hazrati Umar ham yaralanib, shahid bo‘lgach, qizi Hazrati Hafsa onamizga topshirildi. Hazrati Hafsa uni sadoqat bilan muhofaza qildi. Hazrati Usmon davrida bu nusxa ko‘paytirildi.

* * *

Hazrati Hafsa onamiz oltmishga yaqin hadis rivoyat qilgan. Hijratning 45-yili Hazrati Muoviyaning xalifaligi davrida oltmish yoshida vafot etdi. Janoza namozini Madina voliyi Marvon ibn Hakam o‘qidi. Baqi’ qabristoniga, mo‘minlar onalari oldiga, abadiy istirohatgohiga qo‘yildi. Alloh taolo Hazrati Hafsa onamizni rahmatiga olgan bo‘lsin. Omin.


Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:08:59
HAZRATI MORIYA AL-QIBTIY
(Mo‘minlar onasi)

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qildilar: "Qibtiylar uchun xayr so‘rangiz..."
Moriyaal-Kibtiyning nomi o‘zdavrida mo‘minlarning ko‘ngillariga farah baxsh etgan. Bu nom tarixda abadiylanggandir. Alloh taolo undan rozi bo‘lsin.
Tarihda mashhur bo‘lishiga qaramay, u haqda juda kam yozilgan. Tarixiy manbalarda shaxsiyatini oydinlatuvchi ma’lumotlar deyarli uchramaydi.

Elchiliklar

Hazrati Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi va sallam) hijratlarining 6-yilida Islom dini Arab yarim orolining deyarli barcha hududiga yoyilgan edi. Qurayshiylar bilan Hudaybiya bitimi tuzilgan yili, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Eron hukmdori Qisro, Rum hukmdori Qaysar, Habashiston podshohi Najoshiy, Qibtiylar ulug‘i Mukavkis va yana bir qancha davlat raislarini Islomga da’vat etib, elchilar yubordilar. Qibtiylar shohi huzuriga Xatib ibn Abi Baltaa (roziyallohu anhu) elchi bo‘lib bordi.
Mukavkis uni yaxshi kutib oldi. Maktubini o‘qidi. Yaxshi muomalada bo‘lib, izzat-iqromlar qildi. Ammo Islomga kirish da’vatini qabul qilmadi. Xatib (roziyallohu anhu) ketishidan oldin, hukmdor unga kimmatbaho sovg‘alar berib, kuzatdi. Xatib (roziyallohu anhu) bu qimmatbaho hadyalarni Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) yetkazish uchun yo‘lga chiqdi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:10:06
Nasabi

Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) yuborilgan hadyalar ichida Mukavkisning joriyalaridan Moriya va uning singlisi Sirin, ming misqol oltin, yigirma to‘p mato, Duldul laqabli xachir, Ofir degan eshak va Mabur ismli qari qul ham bor edi.
Moriyaning otasi Sham’un misrlik qibtiylardan bo‘lib, onasi Rum aslzodalaridan edi. Moriya oqtanli va jingalak sochli bo‘lib, tana oqligi onasidan, sochining jingalakligi otasidan o‘ggandi. Xushqomat va go‘zal yuzli edi.
Moriya singlisi Sirin va Mabur bilan birga Xatib ibn Baltaa himoyasida Alloh unga tayyorlagan yaxshiliqdan xabarsiz hodda Isqandariyadan Madina tomon yo‘lga chiqdi...
Kelgusi hayotini o‘ylab yuragi siqilar, qaerga ketayottanini bilmasdi. Xatib uni qiynayotgan savollarga javob topishga harakat qilar, unga tasalli berardi. Moriya Islom dini haqida Xatibdan eshitib, Alloh taologa, Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi va sallam) imon keltirdi. Singlisi Sirin ham u bilan birga hidoyat yo‘lini tanladi.
Ammo Mabur Madinaga kelib, Rasulullohni (sollallohu alayhi va sallam) ko‘rmagunicha imon keltirmadi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:11:44
Madinada
Karvon Madinaga kirib keldi. Xatib Mukavkisning maktubi va hadyalarni Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) topshirdi.
Moriya Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) ko‘p marhamatlar ko‘rdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uni joriya etib, Madinaning Oliya degan chekka mahallasidan joy ajratib berdilar.

* * *

Hijriy 8 yilning ilk oylarida Moriyaning homiladorligi ma’lum bo‘ldi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) endi uni tez-tez ziyorat qilib turadigan bo‘ldilar. Oy-kuni to‘lib, Moriya o‘g‘il ko‘rdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) juda xursand bo‘ldilar. Chaqaloqqa esa Ibrohim deb ism qo‘ydilar. Suyunchisiga bir qulni ozod etdilar. Chaqaloq emizish uchun Munzir ibn Zayd ibn Najjorning qizi Ummu Burdaga topshirildi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Ibrohimni juda-juda sevardilar. Qaerga borsalar uni ham quchoqlarida qo‘tarib yurar, hatto boshqa zavjalarining xonalariga xam olib borardilar.
Ibrohimni ularga yaqin tutib, erkalatib mehr bilan:
— Qarang... Uni xuddi mendan olingan bir parchaga o‘xshatmaydimi? — der edilar.
Ibrohimning tug‘ilishi onasi Moriyaning ozod etilishiga sabab bo‘ldi. Rasululloh(sollallohu alayhi va sallam) :
"Uni o‘g‘li ozod etdi", deb marhamat qildilar.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:13:57
Sabrli Moriya

Chaqaloqning tug‘ilishi mo‘minlar onalarining ayrimlarida rashk tuyg‘ularining kuchayishiga turtki bo‘ldi.
Oxir-oqibat Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) :
— Moriyani nafsimga harom qildim, — deyishga ham majbur bo‘ldilar.
Moriya bu so‘zdan ranjimadi, aksincha sabr qildi. Shunda Alloh taoloning ushbu oyati nozil bo‘ldi:
"Ey payg‘ambar, nega snz juftlaringaz roziligani istab, Alloh siz uchun halol qilgan narsani (o‘zingizga) harom qilib olursiz?! Alloh mag‘firatli, mehribondir" (Tahrim, 1).
* * *

Tasalli, umid va sevinch bulog‘i bo‘lgan chaqaloq Ibrohim Hazrati Moriyaning uyida o‘n olti oy yashadi.
Bir yarim yoshli jajji Ibrohim yomon bir dardga chalindi. Onasi Moriya va xolasi Sirin uni mehr bilan parvarish qildilar. Ammo kasallik uni tark etmadi. Nihoyat, yuzida o‘lim ko‘lankasi ko‘rina boshladi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) juda qayg‘urdilar. Avval his qilmagani bir siqinti yuraklarini og‘ritdi. Behol bo‘lishlariga qaramay, ashobdan bir kishiga suyanib, Moriyaning uyiga keldilar.
Ibrohim yig‘layotgan Moriyaning quchog‘ida so‘nggi nafaslarini olayotgan edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shafqat bilan uni qo‘llariga oldilar. Muztarib qalblarini tinchlantirish uchun uni bag‘irlariga bosdilar:
 "Yo Ibrohim, biz sening Alloh taolo huzuriga ketishingga hech qanday to‘siq bo‘lolmaymiz", dedilar va ko‘zlaridan yosh oqa boshladi. Moriya o‘zini tutolmay, faryod cheqdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uni to‘xtatmadilar. Quchoqlaridagi jigarporalariga qaradilar. U unsiz va harakatsiz edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) :
"Yo Ibrohim, agar bu haqiqiy ish, to‘g‘ri va’da bo‘lmaganida va bizdan keyin kelganlar oldin kelganlardan o‘rnak olmaganida, senga bundan ham alamliroq shaklda qayg‘urar edik", deb marhamat qildilar.
Bu so‘zlar bechora Moriyaga bir oz tasalli bergandek bo‘ldi. U ko‘z yoshlarini artdi va shunday dedi:
"Ko‘z qaynoq yosh oqizadi, qalb qayg‘uradi. Ammo biz Alloh taoloni xushnud etuvchi so‘zdan boshqasini aytmaymiz. Yo Ibrohim, biz sening o‘limingga chindan ham juda-juda qayg‘uryapmiz...".

* * *

Baqi’ qabristoniga bordilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) janoza namozini o‘qidilar va Ibrohim shu yerga dafn etildi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bir necha soniya qabr tepasida turdilar. Bo‘g‘izlaridan chiqayotgan so‘zlarni zo‘rg‘a talqin qildilar:
"Rabbim Alloh, otam Rasululloh, dinim Islom...», degin".
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:15:33
Vafoti
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Rafiqi A’lo huzuriga ketganlaridan so‘ng, xalifalar Moriyaning mavqeini saqlab, Baytulmoldan unga maosh tayinladilar. Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umar (roziyallohu anhum) Payg‘ambarimizga bo‘lgan sadoqatlari tufayli uni e’zoz qilishar, hol-ahvolini so‘rab, borib turar edilar.

* * *

Hazrati Moriya hijratning 16-yili kasallikka chalindi. Shifo topmay, oxiri jon taslim qildi. Bundan hamma qayg‘urdi. Xalifa Hazrati Umar (roziyallohu anhu) insonlarni yig‘dilar va janozasini o‘qidilar. Moriya (roziyallohu anhu) ham Baqi’ qabristoniga dafn etildi.
Alloh taolo unga cheksiz rahmat ehson qilsin, undan rozi bo‘lsin. Omin.
 
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:18:14
HAZRATI ZAYNAB
binti Muhammad, sollalohu alayhi va sallam

Zaynab (roziyallohu anhu) Rasuli Akram (sollallohu alayhi va sallam) payg‘ambarlik sharafiga noil bo‘lishlaridan o‘n yil avval dunyoga keldi. Uning yuz-ko‘zlari boshqa farzandlari orasida Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) muborak chehralariga ko‘proq o‘xshardi. Muborak nubuvvat uyida tug‘ilgan ilk farzand bo‘lgani uchun ham xushbo‘y bir chechak kabi bu uyni quvonch nasimiga to‘ldirgan va oydinlatgan edi.
O’sha davr urfiga binoan uni ham enagaga topshirdilar. Go‘dak Zaynab sut onasidan nasibini olgach, yana tabarruk xonadon bag‘riga qaytdi.
Olamlarga rahmat bo‘lib kelgan Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) va mo‘minlar onasi Hazrati Hadichaning (roziyallohu anho) barcha go‘zal sifatlarini o‘zida mujassam etgan Zaynab bolaligidanoq yuksak axloq, go‘zal odob egasi bo‘lib voyaga yetdi.
Balog‘at yoshiga yetganida xolasining o‘g‘li Abul Os ibn Robi’ uni nikohiga oldi. Abul Os savdo bilan shug‘ullanar, ko‘pincha Shom taraflarda tijoriy safarlarda bo‘lar edi. Ba’zan safari cho‘zilib ketsa, Zaynab xojasini sabr bilan kutar, o‘z navbatida, Abul Os ham vafodor yoriga munosib mehr-oqibat ko‘rsatar, uning haqqini himoya qilar edi. Bir gal Shom safarida uzoq qolgan Abul Osning sog‘inch bilan shunday mazmunda she’r o‘qigani rivoyat qilinadi:
«Zaynab Makkada yolg‘iz qolganini o‘ylab, dedim:
Alloh Haramda o‘tirgan bu ayolga ehson aylasin.
U ayol Aminning qizidir.
Alloh uni soliha xotin bo‘lgani uchun ajrga ko‘msin,
Har erkak o‘z ahlini bilgan narsalari bilan madh etar..,»

Ko‘p o‘tmay ularning Ali va Umoma ismli farzandlari dunyoga keldi. Er-xotin qalblari quvonchga to‘lib, o‘zlarini g‘oyat baxtli xis etishardi. Ammo bu mas’udlik onlari uzoqqa cho‘zilmadi...
Abul Os har galgidek safarda bo‘lgan payti bir voqea sodir bo‘ldi. Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) olamlarning Rabbi tomonidan payg‘ambar sifatida tanlanib, buyuk ish bilan vazifalantirildilar. Zaynab onasi va singlisi qatorida otasining da’vatini qabul qildi. Xojasi safardan qaytgach, uni ham Haq dinga da’vat etdi. Abul Os bunga javoban:
«Vallohi, men otangni hech bir ishda ayblamayman. Men uchun siz bilan birga bo‘lish har narsadan avlodir. Ammo men «xotinini deb, o‘z qavmini tark qildi va otalarining ilohlariga kufr keltirdi», degan gapga qolishni istamayman. Mening ahvolimni tushunsiz va meni ma’zur tutsangiz», dedi.
Shu holda ular bir-birlarini bag‘rilariga bosmoqchi bo‘lib, intilishgan edi, nimadir ularga monelik qildi. Go‘yo shu damdan e’tiboran oralarida ko‘rinmas bir devor paydo bo‘lgandek edi... O’sha kecha ularning ko‘zlariga hech uyqu kelmadi. Qalblari g‘am va qayg‘uga to‘lib, uylarini shodlik tark etdi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:22:29
Bu orada kofir va mushriklar yangi da’vat bilan kelgan Payg‘ambarimizga(sollallohu alayhi va sallam) qarshi aziyat va iskanjalarini borgan sari avj oldira boshladilar. Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) ahli oilasi va mo‘minlar Payg‘ambarimizning amakilari Abu Tolib mahallasida bir necha yil qamal holatida qolib ketishdi. Butun qavmdoshlari ularni tark etib, har qanday aloqani uzib qo‘yishgan edi. Zaynab ham bu holdan g‘oyatda g‘amgin bo‘lgan, ba’zan yig‘lar, qayg‘urar, keyin esa qorong‘i kechadan so‘ng nurli bir tong otishiga umid qilib, Allohning hukmiga bo‘yinsunar edi...
Ko‘p o‘tmay Zaynabning mehribon onasi hazrati Hadicha (roziyallohu anho) vafot etdi. Rasulullohning suyangan amakilari Abu Tolib ham hayotdan ko‘z yumdi. Shu bois Qurayshning iskanjalari yanada avjiga chiqdi. Bu holat Zaynabning ham bag‘rini yoqib, jigarini parcha-parcha qilayozgan edi.
Bir kuni Madinaga hijrat qilish uchun chiqqan Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) yo‘lda qurayshliklar hujum qilishgani haqida xabar tarqaldi. Zaynab otasining hayoti xavf ostida qolganidan qattiq qayg‘uga tushdi. Lekin tez orada Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) eson-omon Madinaga yetib olganlarining xabar kelib, ko‘ngli taskin topdi.
Bir necha kundan keyin Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yuborgan bir kishi kelib, Zaynabning singillari Fotima va Ummu Gulsumni Madinaga olib ketdi. Zaynab esa xojasi Abul Osning uyida qolib, Allohning qazosi va amriga muntazir bo‘lib, kuta boshladi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:25:10
Bir kuni quraysh mushriklaridan iborat maxsus qo‘shin Makkadan yo‘lga chiqqan savdo karvonlarini qo‘riqlash uchun Madina sari otlandi. Abul Os ham safga qo‘shildi. Yo‘lda musulmonlarga duch kelishdi. Ikki jamoa orasida bo‘lgan jangda musulmonlarning qo‘li baland kelib, mushriklar yengildi. Abul Os ham asirga tushdi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) asirlarni fidya evaziga ozod qilishni buyurdilar. Bu xabar Makkaga yetib kelgach, Zaynab (roziyallohu anhu) ham bisotidagi birdan-bir boyligi bo‘lgan taqinchog‘ini sandiqdan chiqardi. Bu taqinchoqni to‘yi kuni onasi Hazrati Hadicha (roziyallohu anhu) sovg‘a qilgan edi. Zaynab taqinchoqni qaynisi Amrga berdi va uni asir tushgan erini ozod qilish uchun Madinaga jo‘natdi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) taqinchoqqa ko‘zlari tushishi bilan sevimli zavjalari Hadicha eslariga tushib, qizlari Zaynabga rahmlari keldi. Uzoq jim qoldilar, keyin sahobalariga yuzlanib, marhamat qildilar:
— Agar maqbul ko‘rsalaringiz, Zaynabning asirini ozod qilinglar va molini qaytarib beringlar.
Sahobai kirom shu amrni kutib turganlari uchun bir ovozdan:
— Albatta, maqbul ko‘ramiz, ey Allohning rasuli, — deya rizolik biddirishdi.
Lekin Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Abul Osga Zaynabni Madinaga yuborishini shart qilib qo‘ydilar. Zero, Islom dini mo‘mina ayolning imonsiz erkak bilan oila qurishini man etgan, binobarin, ularning nikohda bo‘lishlari nojoiz edi. Abul Os Makkaga kaytdi. Ayoli uni sevinch bilan kutib oldi. Ammo Abul Osning kayfiyati yomonlish shundoq yuzidan bilinib turardi. Zaynabga qarab:
— Siz bilan vidolashish uchun keldim, ey Zaynab, — dedi va Rasulullohga bergan va’dasini aytib, vaziyatni tushuntirdi.
Zaynab xojasi bilan xayrlashib, g‘amgin bir holatda uyidan chiqqi. Ko‘chaga chiqayotganida Abul Os:
— Nima bo‘lsa ham, toki hayot ekanman, sizga vafodor umr yo‘ldoshi sifatida sevgim aslo so‘nmaydi. Hayotimizning baxtli onlari o‘tgan bu uy har doim sizning yodingiz bilan munavvar bo‘ladi, — deya Zaynab bilan xayrlashdi.
Zaynab (roziyallohu anhu) ko‘z yoshlarini artib, yo‘lida davom etdi. Lekin quraysh mushriklari uning hijratiga to‘sqinlik qilib, Makkadan chiqib ketishiga yo‘l bermadilar. Ularning vajohatidan qattiq qo‘rqqan Zaynab homilasini tushirib qo‘ydi. Sog‘lig‘ini tiklab olguniga qadar yana Abul Osning himoyasida qoldi.
Nihoyat, quraysh ahli g‘aflatda qolgan bir kuni Abul Os ukasi Qinona bilan birga Zaynabni Madinaga jo‘natishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik quraysh karvoni bilan Shom safariga chiqqan Abul Os Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tomonidan yuborilgan Zayd ibn Horisa boshchiligidagi bir yuz yetmish otliq musulmonlarning qo‘liga yana asir tushdi.
Abul Os Zaynabdan himoya qilishini so‘radi. Rasululloh ( sollallohu alayhi va sallam) bomdod namozidan qaytayotganlarida Zaynab u zotning huzurlariga kelib, xojasi uchun shafoat so‘radi va dedi:
— Ey otajon, men Abul Os ibn Robi’ga omonlik berdim, ayting, unga tegmasinlar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yana masjidga qaytib:
— Ey insonlar, men eshitgan narsani sizlar ham eshitdingizmi? — deb so‘radilar.
«Ha, eshitdik», degan javob olgach, yana marhamat qildilar:
— Nafsim qudrati, izmida bo‘lgan Allohga qasamki, siz eshitgan narsadan shu daqiqaga kadar aslo xabarim yo‘q edi. Mo‘minlar boshqalarga kafil bo‘ladilar va omonlik beradilar. Zaynab omonlik bergan kishiga biz ham omonink berdik».
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uylariga qaytganlarida Zaynab (roziyallohu anhu) yana huzurlariga chiqib, Abul Osdan olib ko‘yilgan mollarning qaytarib berilishini so‘radi. Otalari (sollallohu alayhi va sallam) uning istagini bajo keltirdilar. Ammo eri bilan uchrashmasligini kattiq tayinladilar. Chunki eri toki mushrik ekan, Zaynab unga halol bo‘lmas edi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:27:29
Abul Os Makkaga kaytib, haqqorlarning mollarini tarqatib bergach, Quraysh ahliga musulmon bo‘lganini ochiq e’lon qildi. Keyin bir musulmon va muhojir sifatida Madinaga yo‘l oldi.
Madinaga kelganida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uni ochiq chehra bilan kutib oldilar, Zaynabni unga qaytib berdilar. Shu tariqa parchalangan oila qaytadan barpo qilindi, xonadonlari yana huzur-halovatga to‘ldi.
Er-xotin Madinada yana bir yil birga hayot kechirdilar. Zaynab (roziyallohu anhu) hijrat qilish paytida yo‘lda og‘ir bir kasallikka chalingan edi. Bu dard ularni umrbod ayirdi. Hijratning sakkizinchi yili Alloh Zuljalol Zaynabni O’z rahmatiga oldi.
Musibatdan Abul Osning ko‘zlariga dunyo qorong‘i bo‘lgan edi. Uning nolalari atrofdagilarni ham yiglatdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ko‘zlarida yosh va qalblari g‘amgin holatda qizlarining uyiga kelib, shunday marhamat qildilar:
«Uni uch marta g‘usl qildiring. Keyin kofur suring...»
Shundan so‘ng janozasini o‘qib, Zaynabni qabrga qo‘ydilar.
Alloh taolo Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) suyukli qizlari Zaynabdan rozi bo‘lsin. Boshiga tushgan musibatlarga ko‘rsatgan sabri, matonat va g‘ayratlari uchun uni jannati na’imlariga doxil etgan bo‘lsin. Omin.
 
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:45:23
HAZRATI RUQAYYA
binti Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)

Ruqayya Zaynabdan keyin dunyoga keldi. U ham ota-onasining ko‘z qorachig‘i edi. Ruqayya va Ummu Gulsum ikkovlari xuddi egizaklardek o‘sdilar. Bir-birlarini juda sevardilar. Bu sevgi va mehr opalari Zaynab uzatilganidan so‘ng yanada kuchaydi. Go‘yo taqdir ularning hayotini mushtarak bir yo‘lga chizgandek bir-birlariga qattiq bog‘lanib qolgan edilar.

Abu Lahabdan sovchilik

Zaynab (roziyallohu anhu) Abul Os ibn Robi’ bilan turmush qurganidan so‘ng Ruqayya va Ummu Gulsumning ham bo‘ylari yetib qoldi. Abu Tolib ularni birodari Abu Lahabning o‘g‘illari Utba va Utaybaga so‘rab keldi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) unga shunday javob berdilar:
— Ey amaki, qarindoshchilikni siylayman, biroq menga biroz muhlat bering. Bu masala yuzasidan kizlarim bilan gaplashay.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) xonadon ahliga Abu Tolibning maqsadidan gap ochdilar, Hadicha onamiz va qizlariga ahvolni tushuntirdilar.
Hazrati Hadicha (roziyallohu anhu) bu gaplarni eshitib o‘yga cho‘mdilar. Chunki Abu Lahabning xotini Ummu Jamil qahri qattiq, tili achchiq va o‘ylamay ish qiladigan xotin ekanini bilar edilar. Shuning uchun qizlarining bu xonadonga kelin bo‘lishlarini xoxlamay turardilar. Biroq ra’ylarini qaytarmaslik uchun indamadilar. Qizlari ham buni his qilib jim o‘tirardilar. Shunday tarzda, qatiy qaror qabul qilindi. Shafqatli ota qizlariga barakot tiladi. Ularni aziz va jamil bo‘lgan Allohning panohiga topshirdi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:47:53
Payg‘ambarlik davri

Makka osmonida bir nur ko‘rindi. Bugun Makkani oydinlatib, qorong‘ulikni tarqatib yubordi. Bu nur Rasulullohning(sollallohu alayhi va sallam) payg‘ambarlik nuri edi.
Hazrati Hadicha (roziyallohu anhu) qizlari Ruqayia va Ummu Gulsumni o‘ylar edi. Ummu Jamil va uning so‘zidan hech chiqmaydigan Abu Lahab xonadonida qizlarining holi ne kechadi?
Qurayshiylar Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) xususida aniq bir to‘xtamga kelish uchun to‘plandilar. Oralaridan biri:
- Siz Muhammadning ishiga halaqit bermoqchimisiz? U holda qizlarini qaytarib yuboringlar, u qizlari bilan ovora bo‘lib qoladi, - dedi.
Abu Lahab Hazrati Payg‘ambarning qizlari bilan oila qurgan o‘g‘illariga:
— Agar Muhammadning qizlarini qo‘ymasangiz, boshim boshingizga harom bo‘lsin, - dedi.
Ikki qiz ham otalik uylariga qaytib keldilar.
Ummu Jamil va Abu Lahab bu ishlari bilan cheklanib qolmadi. Nabiyga (alayhissalom) doimiy ravishda aziyat yetkazaverdilar. «Abu Lahabning qo‘llari qurigan — halok bo‘lgay! (Aniqki,) u quridi — halok bo‘ldi! Mol-mulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqotgapi yo‘q! Yaqinda uning o‘zi ham, uning o‘tin orqalagan, bo‘ynida pishiq toladan (eshilgan) arqon bo‘lgan xotini ham (lovullab turgan) alangali do‘zaxga kirajak!» (Masad, 1—5).

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:49:45
Qiyinchiliklar

Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) samimiy va vafodor zavjasiga: «Endi bizga uyqu yo‘q, ey Hadicha...» dedilar.
Ruqayya va Ummu Gulsum uylaridagi muhit o‘zgarib qolganini sezdilar. Uyda xursandchilikdan asar ham qolmaganday, g‘am-qayg‘u butkul hukmrondek ko‘rinar edi. Biroq opa-singil ota-onalari bilan birga bu qiyinchiliklarga bardosh berdilar.
Kurayshiylarning taxmini bekor bo‘ldi, sevinchlari uzoqqa bormadi. Ular o‘ylaganidek, qizlarining uyga qaytib kelishi bilan Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) buyuk vazifalarini ado etishdan to‘xtab qolmadilar. Alloh taolo solih, asl bir oilaga mansub, boy va yumshoq tabiatli kuyov berdi. Bu kishi Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) nasab, mavqe va boylikda Qurayshning eng oldi kishilaridan edi.
Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) Ruqayyani Usmonga (roziyallohu anho) nikohladilar va ularga barakot tilab, Alloh taologa duo qildilar.
Quraysh mushriklarining musulmonlarga aziyatlari yanada ortdi. Ularga juda yomon munosabatda bo‘la boshladilar. Shuning uchun Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) fitnaga duchor bo‘lishmasin deb sahobalarning Habashistonga hijrat qilishlariga izn berdilar.
Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) bilan zavjasi Ruqayya ham yo‘l hozirligini ko‘ra boshladilar. Ruqayyaning ko‘zlari yosh, kalbi g‘am-alam bilan to‘la edi. Ayriliq oldidan otasini, onasini va qarindoshlarini bir-bir quchoqladi. Aytmoqchi bo‘lgan gaplarini aytolmay, so‘zlari bo‘g‘ziga tiqildi. Uning butun holati go‘yo:
«Oiladan, vatandan ayrilish juda og‘ir. Ruh bilan tananing ajralishiga o‘xshaydi. Alloh bu ishimizdan rozi bo‘lsin. Ishonchimiz yo‘lida jonimiz fido bo‘lsin», deyayotgandek edi.
Usmon (roziyallohu anhu) ham juda xafa edilar. Sabrli mo‘mina Ruqayya unga yuzlanib, taskin berish uchun:
- Alloh taolo biz bilan va Shu muborak Baytning atrofidagi tuprog‘imizda qolayotgan kishilar bilan birgadir, — dedi.
Hazrati Usmoning (roziyallohu anhu) kayg‘usi tarqaldi. Habashiston tomon yo‘lga tushdilar.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:51:42
Najoshiy yurtida

Muhojirlar ko‘p ikromlarga noil bo‘lib, Najoshiy himoyasida yashadilar. Ularga istaganlariday harakat va ibodat erkinligi berilgan edi.
Bir kun Makka mushriklarining musulmon bo‘lgani haqida yolg‘on xabar keldi. Buni eshitib, hasrat chekayotgan ba’zi muhojirlar oilalariga qovushish orzusi bilan orqaga qaytmoqchi bo‘ldilar.
Bir qismi esa Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qaytishga ruxsat bergunlariga qadar shu yerda qolishga qaror qildilar.
Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) va Rukayya ham Makkaga kaytganlar bilan birga edilar. Vatan tuproqlariga oyoqbosar-bosmas, bolalik va yoshlik yillari o‘tgan yerlarni ko‘rib, ularning ko‘zlari sevinch yoshlariga to‘ldi.
Ruqayya uzoq ayriliqdan so‘ng onasini ziyorat qilish uchun ota uyiga tashrif buyurdi. Biroq onasini ko‘rolmadi. Hamma jim edi, hech kim javob bermasdi. Ammo ko‘z yoshlarini tutib turolmadilar. Oqayotgan ko‘zyoshlar unga eng to‘g‘ri javobni bergan edi. Ruqayya ham yig‘ladi. Bu musibat ham Allohning qazo va qadari edi. Bu alamga ham bir mo‘mina kabi sabr etdi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:55:38
Madinaga hijrat

Ruqayyaning Makkada qolishi uzoqqa cho‘zilmadi. Mushriklarning tazyiqi kundan-kun ortib borardi. Musulmonlar Madinaga hijrat etdilar. Hazrati Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam) ham ular bilan birga edilar. Ruqayyaga olam-olam quvonch keltirgan o‘g‘li Abdulloh Madinada tug‘ildi. Ruqayya bu farzandni o‘tgan kunlardagi musibat, siqinti va iskanjalar badaliga berilgan mukofot deya qabul etdi.
Lekin mo‘min kishi doimo imtihon qilinadi, unga balolar yuborilib, sinaladi.
«U sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq — yaxshiroq amal qilguvchi ekaningizni imtihon qilish uchun o‘lim va hayotni yaratgan Zotdir. U qudratli va mag‘firatlidir» (Mulk, 2).
Go‘dak belanchakda uxlayotganida bir xo‘roz yuzini cho‘qib odqi. Yarasi og‘irligi uchun bir necha kundan so‘ng o‘ldi. Ruqayya bu musibatning og‘irligiga chiday olmadi, hushidan ketdi. Isitmasi ko‘tarilib, bezgakka chalindi.
Suyukli eri Usmon (roziyallohu anhu) uning yonidan hech ayrilmadi. G’am-qayg‘uni yengillatishi uchun Alloh taologa tinmay duolar qildi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 16 Dekabr 2009, 07:58:56
Sevganidan ayrilgan ota
Madinada ansor va muhojirlar Shomdan qaytayotan qurayshiylarga qarshi hujumga tayyorlanayotgan edilar. Usmon (roziyallohu anhu) ham jangga chiqmoqchi bo‘ldi. Lekin Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) unga xasta zavjasi Ruqayianing yonida qolishni buyurdilar.
Ruqayyaning ahvoli og‘irlanshb borardi. Kasallik kuchaydi. Nihoyat, dudokdar orasidan chiqayotgan nafas uzilib qoldi. Ruh tanni tark etgan edi.
Sevimli yoridan ayrilib qolgan Usmon (roziyallohu anhu) uning peshona va qo‘llaridan o‘pib, asta yuzini yopar ekan, Badrdan kelgan chopar musulmonlarning zafarini e’lon qildi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Usmonning (roziyallohu anhu) uyiga kirdilar. Ruqayyaning o‘limi haqidagi xabar qattiq ta’sir etgan edi. Ruqayyaning xonasida yig‘lab o‘tirgan nevaralari Fotimani shafqat ila oxista o‘rnidan turgazib, yenglari bilan ko‘z yoshlariny artdilar.
Hozir bo‘lgan ayollar o‘zlarini tutolmay, yig‘lab yubordilar. Umar (roziyallohu anhu) qamchisi bilan ularni urmoqchi bo‘ldi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uning qo‘lidan ushlab:
«Ko‘zdan va qalbdan nima kelsa, Allohdan, Uning marhamatidandir. Ko‘l va tildan bo‘lsa, shaytondandir», deb uni qaytardilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Baqi’ qabristoniga borib qizlari Ruqayyaning haqqiga duo qildilar. Kabr ustiga o‘z qo‘llari bilan toza tuproq tashladilar. So‘ng yana ortga qaytdilar.
Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) ikki hijrat sohibi bo‘lgan qizlari Ruqayyadan Alloh taolo rozi bo‘lsin. Imoni, hijrati va hayoti davomida ko‘rgan musibatlari uchun eng go‘zal shaklda ajr-mukofotlar bersin. Omin.
 
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 07:36:27
HAZRATI UMMU GULSUM
binti Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)

«Muhammadning qizlardan boshqa farzandi bo‘lmayapti...»
Quraysh mushriklari o‘zaro shunday mish-mishlarni tarqatar edilar. Ularning bunday gapirishlariga chuqur ma’no va yuksak g‘oyadan, ilohiy hikmatdan bexabarliklari sabab edi. Zero, ular johiliyat ahli bo‘lganlarini unutdilar. Ular shunday johil edilarki: «Qachon birovlariga qiz (ko‘rgani haqida) xushxabar berilsa, g‘azabga to‘lib, yuzlari qorayib ketar. Va u (qizni) xo‘rlagan holida olib qolish yoki (tiriklay) tuproqqa qorish (to‘g‘risida o‘y surib), o‘ziga xushxabar berilgan narsaning (ya’ni, qiz ko‘rshnning) «yolg‘on»ligidan (nomus qilib) odamlardan yashirinib olur. Ogoh bo‘lingizkim, ular eng yomon hukm chiqarurlar» (Nahl, 58— 59).
Ular shu kabi botil so‘zlar bilan ovora ekan, Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) yana bir go‘zal, oy yuzli qizlari dunyoga keldi. Bunday sifatlari sababli otasi chaqaloqqa Ummu Gulsum deb ism qo‘ydi.
Qiz o‘sib-ulg‘aygach, opasi Ruqayya bilan birga Abu Lahab o‘g‘illaridan biriga uzatildi. Biroq har ikkisi ham u xonadonda uzoq yashay olmadilar. Kur’oni karimda «hammalatal hatob» deya ta’riflangan Abu Lahabning xotini bilan yashash azobidan qutuldilar.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 07:39:33
Qiyinchiliklar ichida

Ummu Gulsum va Fotima hijrat qilmay, Makkada, otalari yonida qoldilar. Opa-singil onalari Hazrati Hadichaning (roziyallohu anho) dardlariga sherik bo‘ldilar, otalariga mushriklar ko‘rsatayotgan aziyat va pastkashliklar azobini yengillatishga harakat qildilar.
Ummu Gulsum Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) nisbatan qilingan zulm va iskanjalarning, odamlarni haq yo‘lga da’vat etishdagi juda og‘ir mashaqqatlarning guvohi bo‘ldi.
Kuraysh mushriklarining zo‘ravonligi kundan-kunga ortib bordi. Hatto ular Hoshim o‘g‘illari va musulmonlar bilan aloqalarni butunlay uzdilar. Qabul qilingan bu qarorni yozib, Ka’baga osib ko‘ydilar.
Ummu Gulsum juda og‘ir imtihon va sinovlardan o‘tdi. Otasi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) g‘am-qayg‘u ichida... Opasi Zaynab (roziyallohu anhu) eri Abul Os bilan Makkada bo‘lsalar ham, ularga hech qanday yordam bera olmas edilar. Yana bir opasi Ruqayya (roziyallohu anhu) juda uzoq o‘lkada... Onasi ummul mo‘mninn Hadicha (roziyallohu anhu) og‘ir betob bo‘lib qoldilar. Singlisi Fotima esa hali yosh, mehrga, parvarishga muhtoj....
Bu holatda Ummu Gulsum zimmasiga juda katta mas’uliyat tushayotgn edi. Bu mas’uliyatni tushungani uchun, sabr etdi. U sabrining mukofotini Allohdan kutardi. Ko‘lidan kelganicha otasiga yordam qilar, onasiga ham:
— Xafa bo‘lmang, onajon! Ajablanadigan hech narsa yo‘q, - deya tasalli berar edi.
 Hazrati Hadichaning (roziyallohu anhu) ahvoli juda og‘ir edi. Aziz va jalil Allohga qovushadigan kunlarini kuta boshladilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, vafot etdilar.Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qizlarini bag‘rilariga bosib, tasalli berdilar. Ummu Gulsumning mas’uliyati yanada oshdi. Zero, endi u oilaning mehr-shafkat ulashuvchisi edi!
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 07:42:28
Hijrat

Musulmonlar Madinaga hijrat kildilar. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ham ular bilan birga edilar. Bu hijrat insoniyat tarixidagi Alloh yo‘lida qilingan eng buyuk hijrat bo‘ldi. Xavfsizlikni ko‘zlab, Ummu Gulsum va Fotima(roziyallohu anhumo), vaktincha Makkada qoldirildi.
Hazrati Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Madinaga kelgach, ularni olib kelish uchun Zayd ibn Horisani Makkaga yubordilar. Opa-singil yo‘lga chiqishdan oldin Hojunga borib, onalarninng qabrini ziyorat etdilar.
Hijratdan so‘ng juda buyuk voqealarga boy ikki yil o‘tdi. Bu davr mobaynida Ummu Gulsum (roziyallohu anhu) otasi va musulmonlarning Badrda erishgan zafariga, qadrli opasi Ruqayyaning (roziyallohu anho) vafotiga ham shohid bo‘ldi.
Bir qun Hazrati Umar (roziyallohu anhu) jahllari chiqqan holda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga shikoyag qilib keldi. Hazrati Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) buning sababini so‘raganlarida, Hazrati Umar Abu Baqr va Usmonga (roziyallohu anhumo) qizlari Hafsani nikohlariga olishni taklif etganini, biroq ular qabul etishmaganini aytdi. Rasuli Akram (sollallohu alayhi va sallam) uni tinchlantirib, xushnud etdilar.
- Hafsa Usmondan xayrlirog‘i bilan, Usmon ham Hafsadan xayrlirog‘i bilan turmush quradi, — deb ko‘nglini ko‘tardilar.
Hazrati Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Hafsaga uylandilar. Tabiiyki, Rasuli Akram (sollallohu alayhi va sallam) Usmondan (roziyallohu anhu) xayriliroq edilar. So‘ng Hazrati Usmonga (roziyallohu anhu):
- Seni Ruqayyaning singlisi Ummu Gulsumga uylantiraman. Agar o‘n qizim bo‘lib, biri vafot etsa, boshqasini senga berishdan taraddud etmasdim, — deb marhamat qildilar.
 Ummu Gulsum Ruqayyaga (roziyallohu anhu) berilgan miqqordagi mahr bilan Hazrati Usmonga (roziyallohu anhu) nikohlandi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 07:44:53
Hazrati Usmon xonadonida

Ummu Gulsum Hazrati Usmon bilan olti yil hayot kechirdi. Bu davrda Islom yuksaldi, musulmonlar Allohning yordami bilan zafar quchdilar. Hijratning oltinchi yili Zulqa’da oyida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bir ming  besh yuz kishi bilan umra qilishi uchun Makkaga yo‘l oldilar. Kurayshiylar ularning bu istaklariga qarshi chiqdilar va Makkaga kirishlariga yo‘l qo‘ymadilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ikki nur sohibi, kuyovlari Usmon ibn Affonga:
- Kurayshiylarning oldiga bor va hech kim bilan urushish niyatimiz yo‘qligini bildir. Ka’bai sharifni tavof qilish uchun kelganimizni, qurbonliklarimizni so‘yib, qaytib ketishimizni ayt, — dedilar.
Ummu Gulsum mushriklarning eriga biror yomonlik qilishlaridan qo‘rqar, uni kutar ekan, tobora xavotiri ortib borardi. Zero, Usmonning (roziyallohu anhu) ketganiga ancha vaqt o‘tgan edi. Uzoq kutganlaridan so‘ng, Hazrati Usmonning(roziyallohu anho) o‘ldirilgani haqida yolg‘on xabar tarqaddi. Ummu Gulsum qayg‘uga botib, yig‘ladi.
Shu payt Hazrati Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) musulmonlarni bay’at qilishga da’vat etdilar. "Bay’at-tur rizvon" nomi berilgan bu bay’atda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) chap qo‘llarini o‘ng qo‘llariga urib, Hazrati Usmon nomidan ham bay’at oldilar va:
- U Alloh va Rasuli uchun ketdi, - dedilar.
Oradan ko‘p o‘tmay, Hazrati Usmon vazifasini bitirib, hech qanday aziyat ko‘rmasdan qaytib keldilar. Hazrati Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) qurayshliklar bilan Hudaybiya sulhini tuzdilar. Hazrati Umar va Hazrati Usmon bu sulh shartlariga rozi bo‘lmagan muorizlar safida edilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qurbonliklarni so‘yib, sochlarnin oldirgach, ashobi kiromning ko‘pchiligi ham sochlarini oldirdilar. Bir qismi esa bu ishni orqaga surdilar. Hazrati Usmon ham shulardan biri edi. Ummu Gulsum otasining:
- Alloh sochlarini oddirganlarga marhamat etsin, - deganlarni eshitib, taraddudlanib qoldi. Yuziga tushkunlik alomatlari ko‘rina boshladi. Biroq Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) :
- Tanballik qilganlarga ham marhamat etsin», - deb so‘zlarini tugatganlarini eshitib, ko‘ngli tinchlandi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 07:47:29
Ummu Gulsumning vafoti

Makka fathiday so‘ng Ummu Gulsum sevimli onasining qabrini ziyorat etmoqchi bo‘ldi. Otasi va eri uning bu taklifiga rozi bo‘ldilar.
Hijratning to‘qqizinchi yili Sha’bon oyida Ummu Gulsum vafot etdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uni sevimli opasi Ruqayya yoniga dafn etdilar. Hayotliklarida bu ikki mo‘mina Hazrati Usmonying (roziyallohu anhu) zavjalari edilar, vafotlaridan so‘ng ham bir joyga qo‘yildilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sevgan qizlaridan ajralganlari uchun qalblari g‘amga, ko‘zlari yoshga to‘lib, kizlarinint kabri tepasida Allohqan ularga mag‘firat tiladilar.
Alloh taolo Ummu Gulsumdan rozi bo‘lsin. Uni solih va xayrli qullari orasiga doxil etsin. Omin.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 07:48:48
HAZRATI UMMU HONIY
binti Abu Tolib

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) :
"Ey Ummu Honiy! Sen himoya etganingni biz ham himoya etamiz, sen omonlik berganingga biz ham omonlik beramiz", deb marhamat qildilar.
Isro va Me’roj voqealari haqida gapirilganida albatta Ummu Honiyning ham nomi tilga olinadi. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Me’roj kechasi uning uyida musofir bo‘lgan edilar va u Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) Me’roj voqeasini xabar bergan roviylardandir.
Xo‘sh, Ummu Honiy o‘zi kim? Uning asl ismi nima? Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan qarindoshlik darajasi qanday?
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 07:49:41
Nasabi

Ummu Honiy Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) amakilari Abu Tolibning Fahita ismli qizi bo‘lib, Hazrati Alining opasidir.
Ismi qandayligi haqida ixtilofli fikrlar bor. Hind, Atiqa yoki Fotima deguvchilar ham bo‘lgan. Lekin eng mashhur bo‘lgani Fahitadir.
Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) bir necha yosh kichik bo‘lgan. Go‘zal axlokli ayol edi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) onalari Ominaning vafotidan so‘ng Hadicha binti Huvaylidga uylangunlariga qadar amakilari Abu Tolibning uyida yashadilar.
Bu yillar davomida o‘zlarini Abu Tolib oilasining bir a’zosidek ko‘rar, aslo yolg‘izlikni his etmasdilar. U paytda Fahita kichkina bir qiz edi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 07:51:30
Oila hayoti

Hubayra ibn Vahb Mahzum o‘g‘illarining eng ko‘zga ko‘ringan kishilaridan edi. Qavmi ichida mavqei ulug‘ bo‘lib, so‘zini o‘tkaza olardi. U Fahitani so‘rab kelganida Abu Tolib rozilik bildirdi. Fahita Hubayradan ikrom va ehtirom ko‘rdi. Uning himoyasida baxtiyor hayot kechirdi.
Oradan kunlar, kunlar ketidan oylar o‘tdi. Rasulullohga ( sollallohu alayhi va sallam) payg‘ambarlik tushdi. Oila ahlini, qarindoshlarini va qavmini Islomga da’vat etdi. Bir qismi unga ishondi va to‘g‘ri yo‘lni topdi, bir qismi ishonmadi va kofir bo‘ldi.
Hubayra adashganlar orasida edi. Bu yo‘lni tanlaganlar imon keltirmaygina qolmay, zulm va jafo bilan, yangi dinning yoyilipshga to‘sqinlik qilardilar. Ammo Hubayra Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan o‘rtalaridagi qarindoshlikka rioya qilib, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shaxsiyatlarini tahqirlar, hurmat ko‘rsatar edi.
Fahita ham dastlab eriga ergashib, Islomga kirmadi.
Bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Ummu Honiy uyida musofir bo‘lib qoldilar. Bu kecha Alloh taoloning Payg‘ambarmizga eng buyuk ehson va ikromlar bergan xayrli, uzun bir kecha edi.
Ummu Honiy bu kecha haqida shunday hikoya qiladi:
"Isro voqeasi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) mening uyimda qolganlarida bo‘ldi. Bu kecha Alloh Rasuli xufton namozini o‘qib, uxladilar. Biz ham uxlayotgan edik. Erta bilan Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizni uyg‘otdilar va:
— Ey Ummu Honiy! Ko‘rganingdek xufton namozini ham bu yerda o‘qidim. Hozir ham sizning yoningizda bomdod namozini ado qildim, — deya buyurdilar.
So‘ngra uydan chiqish uchun o‘rnilaridan turdilar. Men ketmasin deb, ridolarining bir uchini tutdim. Qorinlari ko‘rindi. Ko‘ylaklari Misrda to‘qilgan, katandan qilingan ohorli ko‘ylakka o‘xshar edi.
— Ey Allohnish payg‘ambari, bupi insonlarga aytmang. Sizni yolg‘onchiga chiqarib, aziyat berishadi, — dedim.
— Allohga qasamki, bu voqeani ularga aytaman, — dedilar. Shunda men bir habash joriyamga:
"Rasulullohni (sollallohu alayhi va sallam) ta’qib et. Insonlarga nima haqida gapirganlarini va ularning javoblarnin eshit", dedim.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizning oldimizdan chiqib, boshqa kishilarga ham bizga aytgan gaplarini aytdilar. Ko‘pchilik o‘zini yo‘qotib qo‘ydi va:
— Buni qanday isbotlaysan, ey Muhammad. Biz bunday narsa haqida hech eshitmaganmiz, — dedilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) :
— Dalil shuki, men falon vodiyda, falon kishilarning karvoniga duch keldim. Ularning tuyalari bir hayvondan hurkib, qochib ketgan ekan. Men ularga tuyalari turgan joyni ko‘rsatdim. Bu men Shomda bo‘lgan paytimda yuz bergan edi.
So‘ngra yo‘limda davom etdim. Makka yaqinidagi Tixoma degan joyda Dajnon tog‘iga duch kelganimda falon-falon kishilarnint karvoniga to‘qnash keldim. Ular uxlab yotardilar. Suv solingan bir idishlari bor edi. Ustiga bir narsa o‘ralgandi. Yopkichni olib, ichidagi suvni ichdim. Keyin qanday bo‘lsa, shunday qilib ustini o‘radim. Hozir esa ularning qofilasi Makka yaqinida, Tan’im yo‘lidagi Bayzo tepaligidan tushyapti. Oldinda ranggi qoraga moyilroq kulrang tuya bor. Tuyaning ustida biri qora, boshqasi oqish ikkita haror* bor, — dedilar.
Bu gapni eshitganlar darhol Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytgan yo‘lga yugurdilar. Ilk ko‘rganlari tuya bo‘ldi. U Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tasvirlaganlaridek ko‘rinishda edi. Keyin karvondan idishni so‘radilar. Ular idishda suv to‘la bo‘lganini, so‘ng ustini o‘rab qo‘yganlarini, uyg‘onganlarida esa ichida suv qolmaganini tasdiqladilar.
Makkaga qaytganlarida boshqa karvonni ham uchratdilar. Berilgan savolga ular ham:
"To‘g‘ri so‘zlabdi, vallohi, u aytgan vodiyda tuyamiz hurkib qochdi. Shunda bir ovoz eshitdik. U ovoz tuyamizningg turgan joyini aytdi. U yerga borib, tuyani topdik", deya javob berdilar".
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 07:52:34
Hijratdan so‘ng

Musulmonlar Madinaga hijrat qilganlarida Fahita Makkada eri va bolalari bilan qoldi. Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) erishgan zafarlari haqida eshitsa, behad quvonardi. Fahita musulmonlar Makkaga kiradigan buyuk zafar kunini intizorlik bilan kutardi.
Makka fath etildi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Ka’baga kirdilar. Barcha butlarni sindirdilar. Bilolning (roziyallohu anho) ovozi tavhid, takbir va shahodatlar bilan jaranglab, Ka’ba uzra yuksaldi:
"Allohu akbar, Allohu akbar! Allohu akbar, Allohu akbar!
Ashhadu alla ilaha illalloh, ashhadu alla ilaha illalloh! Ashhadu anna Muhammadar Rasululloh, ashhadu anna Muhammadar Rasululloh..."
Bu ovozlarni eshitgan Ummu Honiyning eri Xubayra orqa oldiga qaramay, Makkadan qochdi. U Alloh taoloning diniga kirishdan qochayotgan, Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) zafarlarini ko‘rishni xohlamayotgan edi.
Hubayra Ummu Honiyni ham o‘zi bilan ketishga da’vat etdi, ammo Ummu Honiy qabul etmadi. Chunki u Alloh taoloning diniga kirgan, musulmon bo‘lgan edi.
Horis ibn Hishom Makka fath etilgan kun qoni halol qilingan kishilardan edi. Ammo Horis Ummu Honiyning Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qoshidagi mavqeini bilgani uchun, himoya qilishini so‘rab, uning uyiga bordi. Buni ko‘rgan Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) Horisni o‘ldirish uchun izma-iz keldi. Ummu Honiy:
"Ey onamning o‘g‘li! Men unga omonlik berdim", deb uni himoyasiga olganini bildirdi.
Ali (roziyallohu anhu) esa bu gaplarga quloq solmay, qilichini sug‘urdi. Ummu Honiy uning qo‘llaridan tutdi:
 "Alloh xayringni bersin, o‘ldirma. Men unga omonlik berdim", dedi.
Ali (roziyallohu anhu) undan qutulishga harakat qildi, ammo oyoqlarini yerdan ko‘tarolmadi. Shu payt Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kirib qoldilar. Ummu Honiy:
— Yo Rasululloh, men Horis ibn Hishomni himoyamga oldim. Ali esa uni o‘ldirmoqchi. Nimaga buyurasiz? — dedi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) :
— Sen himoya etganingni biz ham himoya etamiz, sen omonlik berganingga biz ham omonlik beramiz. Ammo Alining jahlini chiqarma. U qizishsa, Alloh taoloning g‘azabi keladi. Uni qo‘yib yubor, — deb buyurdilar.
Shundan so‘ng Ummu Honiy Alini qo‘yib yubordi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) hazillashib:
- Yo Ali, bir ayol sendan g‘olib keldi, — deya marhamat kildilar
HazratiAli:
— Allohga qasamki, oyoqlarimni yerdan ko‘tarolmadim, — dedi.
Qahramonlar qahramoni, dovyuraklar dovyuragi Ali ibn Abu Tolibning (roziyallohu anhu) bu gapi Ummu Honiy haqidagi odil bir shahodatdir. Alloh har ikkisidan ham rozi bo‘lsin.
Ummu Honiy eridan ayrilganidan so‘ng, butunlay farzandlarining tarbiyasi bilan band bo‘ldi. Farzandlarining qalbiga fazilat urug‘larini ekdi. Islom va imon bilan ularni o‘stirdi. Farzandlarining barchasi olim, fozil kishilar bo‘lib yetishdilar.
Ba’zi farzandlari Ummu Honiydan hadis rivoyat etgan. Ular orasida nabiralari Ja’da al-Mahzumiy, Yahyo ibn Ja’far va Horunlar ham bor.
Ummu Honiy birodari Hazrati Alining xalifalik davrigacha yashadi. Hijratning 40-yili vafot etdi.
Alloh taolo undan rozi bo‘lsin va uni ham rozi etsin. Omin.
 
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 07:53:48
HAZRATI UMMU KULSUM
binti Ali ibn Abu Tolib

«Yo Ali! Uni menga nikohla. Allohga qasamki, uning suhbatini menchalik orzu qilgan boshqa hech kim yo‘qdir».

«Rasulullohning(sollallohu alayhi va sallam):
 «Qiyomat kuni mening nasabim va aqrabolarimdan boshqa nasab va qarindoshlik kesikdir», deganlarini eshitdim. Islomga kirish va qizimni Alloh Rasuliga berish bilan unga qarindosh bo‘ldim. Bu qarindoshlikni uning naslidan qiz olib, kuyov bo‘lish bilan mustahkam qilmoqchiman».
Umar ibn Xattob (r.a.)
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 07:55:27
Ummu Kulsumning tug‘ilishi

Fotimai Zahro (roziyallohu anhu) juda go‘zal bir kiz chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu vaqtda Ali (roziyallohu anhu) Makkadan uzoqroq yerda edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)  qizlarining ko‘zi yoriganini eshitib, Fotimaning uyiga keldilar. Uni juda sevardilar. Eson-omon kutulgani bilan tabriklab, taskin beruvchi so‘zlar aytdilar. Yaxshi niyat bilan chaqaloqqa xolasi Ummu Kulsumning nomi qo‘yildi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sharafli qo‘llarini go‘dak ustida yurgizib, bu qizni muborak qilishini so‘rab, Alloh taologa duo etdilar.
Safardan qaytgan Ali (roziyallohu anhu) zavjasi bir qiz tuqqanligini va chakaloqqa bobosi Hazrati Muhammad (alayhissalom) tarafidan ism berilganini eshitib juda sevindi.
Kunlar, oylar o‘tgan sari qizaloq o‘sib-ulg‘ayib, go‘zalligi ham ortib borar edi. O’n yoshga yetmasdan bobosi Muhammad (alayhissalom) vafot etdilar. Ummu Kulsum bobosining vafotidan eng ko‘p iztirob chekkanlardan biri bo‘ldi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 08:08:33
Ummu Kulsumning tug‘ilishi

Fotimai Zahro (roziyallohu anhu) juda go‘zal bir kiz chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu vaqtda Ali (roziyallohu anhu) Makkadan uzoqroq yerda edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)  qizlarining ko‘zi yoriganini eshitib, Fotimaning uyiga keldilar. Uni juda sevardilar. Eson-omon kutulgani bilan tabriklab, taskin beruvchi so‘zlar aytdilar. Yaxshi niyat bilan chaqaloqqa xolasi Ummu Kulsumning nomi qo‘yildi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sharafli qo‘llarini go‘dak ustida yurgizib, bu qizni muborak qilishini so‘rab, Alloh taologa duo etdilar.
Safardan qaytgan Ali (roziyallohu anhu) zavjasi bir qiz tuqqanligini va chakaloqqa bobosi Hazrati Muhammad (alayhissalom) tarafidan ism berilganini eshitib juda sevindi.
Kunlar, oylar o‘tgan sari qizaloq o‘sib-ulg‘ayib, go‘zalligi ham ortib borar edi. O’n yoshga yetmasdan bobosi Muhammad (alayhissalom) vafot etdilar. Ummu Kulsum bobosining vafotidan eng ko‘p iztirob chekkanlardan biri bo‘ldi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 08:10:03
Mo‘minlar amiriga nikohlanishi

Ummu Kulsum hayotining ilk bahoridayoq juda fosih va bolig‘ gapirar edi. Shu bilan birga, juda kichkina bo‘lishiga qaramay, quvvatli imon sohibi edi. Uning axloqiy vasflari va fazilatlari xalifa Umarning (roziyallohu anhu) qulog‘iga yetib keldi. Hazrati Umar (roziyallohu anhu) anchadan beri Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) kuyov bo‘lish orzusi bilan yurar edilar. Shu bois Ummu Kulsumning qo‘lini so‘rash uchun qulay fursatni poylay boshladilar.
Umar (roziyallohu anhu) musulmonlar o‘rtasida sodir bo‘lgan muammolarda, ko‘pincha Alining (roziyallohu anhu) hukm chiqarishni so‘rar edilar. Chunki Alining (roziyallohu anhu) fatvo berishdagi bilimdonligi va fiqh borasidagi chuqur ilmiga ishonardilar.
Bir kuni navbatdagi masala ko‘rib chiqildi va Ali (roziyallohu anho) ketmoqchi bo‘ldilar. Umar (roziyallohu anhu) uni to‘xtatib:
— Senda xususiy bir ishim bor edi, yo Ali! — dedilar. Hamma tarqalgach, ikkovlari o‘rtasida quyidagi suhbat bo‘lib o‘tdi:
— Ummu Kulsumni menga nikohlashingni so‘rayman.
— U hali juda yosh...
— Uni menga nikohla, yo Ali! Allohga qasamki, uning suhbatini menchalik orzu qiladigan hech kim yo‘kdir.
— U hodda qizimni sening oldingga yuboray. Agar rozi bo‘lsang, uni senga nikohlab beraman.
Bu suhbatdan so‘ng Ali (roziyallohu anhu) uyga ketdilar. Uyga kelgach, qizlari Ummu Kulsumni chaqirdilar. Unga bir hirqani berib, shunday dedilar:
— Bu hirqani mo‘minlarning amiri Xattob o‘g‘li Umarga olib bor va unga otam sizga aytgan hirqa mana shu, degin.
Ummu Kulsum hirqani olib, Umarning (roziyallohu anhu) huzurlariga keldi. Izn so‘rab ichkariga kirdi va otasi tayinlagan gaplarni aytdi. Asl ko‘zlangan maqsaddan u bexabar edi.
Umarning (roziyallohu anhu) ko‘zlari sevinchdan porlab:
— Otangga mening qabul etganimni, rozi bo‘lganimni ayt, dedilar.
Umar (roziyallohu anhu) uylaridan chiqib, Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) masjidlariga, qabr bilan minbar o‘rtasidagi muhojirlar majlisi bo‘ladigan maydonga keldilar. Ravzai sharifdagi bu joy ashobi kiromning doimiy yig‘iladigan joyiga aylangan edi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 08:11:33
Umar (roziyallohu anhu) kelganlarida hech kim yo‘q edi. Birin-ketin sahobalar kela boshladilar. Birinchi bo‘lib Ali, keyin Usmon ibn Affon, Zubayr ibn Avvom, Talha ibn Ubaydulloh va Abdurahmon ibn Avf keldilar.
Hamma yig‘iltanidan so‘ng Umar (roziyallohu anhu):
— Menga saodat tilang... Meni tabriklang, — dedilar.
— Kimga uylanyapsiz, yo amiral mo‘minin?! - deb so‘radilar.
— Abu Tolibning o‘g‘li Alining qiziga. Men Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) :
"Qiyomat kuni mening nasabim va aqrabolarimdan boshqa nasab va qarindoshlik kesikdir", deb aytganlarini eshitgandim. Islomga kirish va qizimni Alloh rasuliga berish bilan unga qarindosh bo‘ldim. Bu qarindoshlikni uning naslidan qiz olib, kuyov bo‘lish bilan mustahkam qilishni xohladim", dedilar Umar (roziyallohu anhu).
Majlisga yig‘ilganlar Hazrati Umarni tabriklab, unga xayr va saodat tiladilar. Ummu Kulsumga Hazrati Umar 40000 dirham mahr berdilar.
Umarning (roziyallohu anhu) orzusi bir ayolning eri bo‘lish, shahvatini qondirish emasdi. Aksincha, u juda ulug‘, sharafli g‘oya va maqsadni ko‘zlagan edi.
Ummu Kulsum (roziyallohu anho) mo‘minlarning amiri Umar ibn Hattobning xonadonlarida itoatli, vafodor zavja o‘laroq yashadi.
Hazrati Umarning shiddati, oila ehtiyojini ta’minlashda va musulmonlarga, ularning mollariga nisbatan juda ehtiyotkorligi mashhur edi.
* Haror — yuk solingan qop
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 08:12:04
Ummu Kulsum ham mustahkam imon va axloq sohibasi edi. Shu sababli Umarning (roziyallohu anhu) ahvolini juda yaxshi anglar, har bir vaziyatdan rozi bo‘lib, hech qachon nolimasdi. Kunlardan bir kun undagi qanoat va itoat darajasini ochiqcha ko‘rsatuvchi bir voqea sodir bo‘ldi:
Ummu Kulsum Hazrati Umardan beruxsat Rum imperatori Xiroqlning zavjasiga bir hadya yubordi. Chopardan hadyani olgan Rum malikasi xizmatchilar va saroy a’yonlarini yig‘di.Ularga:
- Bu hadya musulmonlar xalifasining zavjasi, Payg‘ambarning nabirasidandir. Bu hadya evaziga menham bir narsa yubormokchiman, - dedi. So‘ng Ummu Kulsumga minnatdorchilik bildirib, bir maktub yozdi va ko‘plab sovg‘a-salomlar bilan jo‘natdi. Tuhfalar orasida qimmatbaho munchoq ham bor edi.
Chopar Madinai Munavvaraga kelgach, maktub va sovg‘alarni Hazrati Umarga (roziyallohu anhu) topshirdi. Hazrati Umar Ummu Kulsumni beruxsat bunday ish qilgani uchun koyidilar. Birozdan so‘ng bir kishidan:
«Namoz to‘planing!» deya chaqirishini so‘radilar. Chaqiriqni eshitganlar muhim bir ish borligini bilib, to‘plana boshladilar. Umar (roziyallohu anhu) ularga ikki rakat namoz o‘qittirdilar. Alloh taologa hamdu sano aygilgach, qavmga yuzlanib:
- Mendan beruxsat qilingan ishlarda xayr yo‘qdir, — dedilar va bo‘lib o‘tgan voqeani so‘zlab berdilar. Munchoqni nima qilish haqida ulardan maslahat so‘radilar.
Bir guruh:
 «Munchoq Ummu Kulsumga tegishli narsa evaziga yuborilgan. Shu bois uning mulki bo‘lishi lozim. Imperator Hiroklning zavjasi zimmiy emaski, sizga xush ko‘rinish uchun sovg‘a yuborsa yoki sizning ko‘l ostingizda emaski, sizdan qo‘rqqa-nidan yuborsa», dedilar.
Boshqa bir guruhga esa:
 «Biz ham evaziga bir narsa berishini istab, birovga ko‘ylak hadya etamiz yoki sotilib, pulini olish uchun birovga ko‘ylak yuboramiz. Bu munchoq ham shunga o‘xshash bir narsa», dedilar.
Umar (roziyallohu anhu) hammaning fikrini olgach:
— So‘zlaringaz to‘g‘ri. Ammo elchi musulmonlar elchisi, chopar ularning chopari, — dedilar va hadyani Baytultohga berishga amr etdilar.
Umar (roziyallohu anhu) o‘ta adolatli va ummatning ishlarini o‘ylaydigan hokim bo‘lganidek, oilasining barkarorligini, huzur-halovat va farovonligini ham saqlovchi kishi edilar. Shuning uchun o‘zlarining xususiy mollaridan hadya miqdoricha nafaqa ajratib, zavjalariga berdilar.
Ummu Kulsum (roziyallohu anhu) Hazrati Umardan ikki farzand — bir o‘g‘il va bir qiz dunyoga keltirdilar. O’g‘ilning ismi Zayd ibn Umar, qizning ismi Ruqayya edi. Xayrli bo‘lishin orzu qilib, unga xolasining ismi berilgan edi. Ummu Kulsum farzandlarining go‘zal tarbiya olib, ulg‘ayishlari uchun g‘ayrat qildi va bunga muvaffaq bo‘ldi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 08:13:55
Beva ayol

Umar (roziyallohu anhu) shahid etilganida Ummu Kulsum qattiq iztirob ichida qoddi. Bir kuni ikki birodari Hasan va Husayn (roziyallohu anhum) uning oldiga kelib:
- O’zingga ma’lumki, sen musulmon ayollarning sayyidasisan. Qolaversa, sen ular ko‘p hurmat qiladigan muhtarama ayolning qizisan. Agar sen ishni otamizga qoddirsang, vallohi seni yetimlaridan biriga nikohlaydi. Ammo sen boy kishiga turmushga chiqmoqchi bo‘lsang, muhaqqaq, bu ishni uddalaysan, - dedilar.
Bu gaplari bilan Ummu Kulsumni o‘z fikriga ko‘ra mustaqil harakat qilishga chaqirayotgan edilar. Bunday qilishlarining o‘ziga xos sabablari bor edi. Chunki otalarining uyida yashirincha Ummu Kulsumning to‘yiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini eshitib qolgan edilar. Bu gaplarni eshitgan Ummu Kulsum o‘ylanib qoldi. Shu payt Ali (roziyallohu anhu) qo‘llarida aso bilan ichkariga kirdilar.
O’g‘illari darhol uni salom berib qarshilashdi. Hazrati Ali (roziyallohu anhu) qizlarini yonlariga o‘tqazdilar. Alloh taologa hamdu sano aytganidan so‘ng dedilar:
- Ey Fotimaning o‘g‘illari! Sizni qanchalik sevishnimni bilasiz. Mening oldimdagi darajangiz ulug‘dir. Men sizni boshqa farzandlarimdan ustun qo‘yaman. Chunki siz Alloh Rasulining nabiralarisiz.
Hasan va Husayn (roziyallohu anhu) otalariga:
- Ha, to‘g‘ri aytyapsiz. Alloh sizga marhamat etsin, biz ila sizga xayr-ehson etsin, - deyishdi.
So‘ng Hazrati Ali (roziyallohu anho) kizlariga shunday dedilar:
- Ey qizim, Alloh taolo sening ishingni menga qoldirdi. Turmushga chiqqan eding, tul qolding. Sening ishingni endi men zimmamga olib, seni uzatmoqchiman...
Ummu Kulsum:
- Otajon, men bir ayolman. Men ham boshqa ayollarning xohlaganini istayman. Ular erishgan mol-dunyoga men ham noil bo‘lishni xohlayman. Meni o‘z holimga qo‘ying, o‘z ishimni o‘zim o‘ylab, bir qaror beray, — dedi.
Hazrati Ali (roziyallohu anhu) vaziyatni tushundilar.
- Allohga qasamki, sen aytgandek bo‘lmaydi, ey qizim! Bu fikr sendan chiqmagan. Bunday gapni shu ikki kishidan boshqa hech kim aytmaydi, - dedilar.
So‘ngra jahl bilan o‘rinlaridan turib:
- Vallohi, sen mening aytganimni qilmaguningcha ular bilan aslo gaplashmayman, — dedilar.
Hasan va Husayn (roziyallohu anhu) otalarining juda ham g‘azablanganini tushundilar. Etaklariga yopishib:
- Otajon, o‘tiring, - dedilar.
— Vallohi, sizning xafa bo‘lishngizga biz chidolmaymiz. Ey Ummu Kulsum, sen ishni otamizga qoldir, — deya yolvorishdi.
Ummu Kulsum ham:
- Mayli, otam aytganidek bo‘lsin, - dedi.
Biroz oldin shiddatli bo‘ronning boshlanishidan xabar bergan qora bulutlar tarqalib, uyning har tarafiga yana huzur-halovat qaytib keldi.
Hazrati Ali (roziyallohu anhu) beva qizini birodarining o‘g‘li Avn ibn Ja’far bilan nikohladilar. Ehtiyojlari uchun Ummu Gulsumga 4000 dirham pul berdilar.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 08:18:17
Hazrati Alining (roziyallohu anhu) shahid bo‘lishi

Ummu Gulsum Avn ibn Ja’far bilan baxtiyor yashay boshladi. Chunki Ibn Ja’far otasi kabi yumshoq tabiatli va nozik qalbli, aqlli kishi edi. Ummu Kulsum ham erining haqlarini hurmat qiluvchi vafodor zavja edi.
Bir kuni Ummu Kulsum otasiga suiqasd uyishtirilgani haqidagi sovuq xabarni eshitib qoldi. Otasining huzuriga kelganida, Hazrati Ali (roziyallohu anhu) vujudlariga tarqalgan zahar ta’siridan hushsiz yotardilar. Kotil Abdurahmon ibn Muljam tutilib, qo‘llari bog‘langan holda olib kelindi.
Ummu Kulsum otasini cheksiz darajada sevar edi.
- Otajan, otajon! Otamga hech narsa qilmaydi, ey Allohning dushmani, Alloh sen razilni rasvo qiladi, - dedi u.
Ibn Muljam:
- Sen kim uchun yig‘layapsan? Bekorga yig‘lama, vallohi, men bu qilichni ming dirhamga oldim. Ming dirhamga zaharladim. Shu qadar zaharladimki, agar bu qilichning zarbasi butun Misr xalqiga urilganida hech kim sog‘ qolmasdi, — dedi.
Hazrati Ali (roziyallohu anhu) zahar ta’siridan vafot etdi. Ummu Kulsumning ko‘z yoshlari seldek oqdi. Bu voqeadan so‘ng musibatlarning keti uzilmay, ustma-ust kela boshladi. Biroq Ummu Kulsum bu alamlarga jasorat va matonat bilan chidadi.
Karbalo tuproqlarida amalga oshirilgan buyuk fitna, dahshatli qatldan so‘ng u butun Kufa xalqiga qarata shunday xitob qildi:
— Alloh taolaga hamd va Rasuliga salotu salom ila so‘zimni boshlayman. Ey Kufa xalqi! Ey vafosizlar, ey yordam etamiz, deb yordam etmaganlar! Ortiq ko‘zyoshlar tinmaydi, faryodlar uzilmaydi. Siz qasamlaringizni buzib, aldov vositasi qilishingiz bilan xuddi o‘zi to‘qigan narsani pishiq-puxta bo‘lganidan so‘ng parcha-parcha qilib, buzib-chuvatib tashlagan xotinga (Nahl, 92) o‘xshaysiz. Siz rosa guldirab, yomg‘ir yog‘magan bulutga o‘xshaysiz. Husaynni chaqirib, dushmanlarga topshirishdan boshqa nima ish qildingiz? Siz ishga yaramaydigan tuproq kabisiz. Qanchalik yomon ish qildingiz?
Ha, yig‘layapsizmi! Vallohi, yig‘lang, shu qadar ko‘p yig‘lashga majbursiz... Ko‘p yig‘lang, oz kuling. Shunchalik chirkin ish qildingizki, bir umr yuvganingiz bilan tozalay olmaysiz.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 08:20:11
Siz nubuvvat muhri, risolat ma’dani, jannatiylar sayyidi va siz yuradigan yo‘lda ziyo taratuvchi Payg‘ambarning naslini qatl ettingiz. Bu dog‘ni ketkaza olmaysiz, ey baxtsizlar!
Endi nima qilinsa ham foydasi yo‘q. Alloh taolo sizning baloingizni berdi. Sizga zalillik va miskinlik tamg‘asi urildi. «Siz shunday og‘ir narsani kildingizki, uning og‘irligidan osmonlar yorilib, yer bo‘linib, tog‘lar parchalanib, qulab ketishga yaqin bo‘lur» (Maryam, 89—90). Alloh Rasulining qaysi jigarporasini qatl etganingizni bilasizmi? Uning qaysi karimasini o‘ldirdingiz? Kimningqonini oqizdingiz?.. Bilasizmi?
Yomonligi yeru ko‘kni qoplagan juda chirkin bir ish kildingiz. Endi samoning yomg‘ir o‘rniga qon yog‘dirishiga hayron bo‘lmang. «Oxirat azobi esa shak-shubhasiz yanada rasvoroq - xor qilguvchiroqdir va ularga yordam berilmas» (Fussilat, 16). Bu azob kul ichida qolggan cho‘g‘ga o‘xshaydi. Aslo yengil deb o‘ylamang. Alloh taolo barchamizning qilayotganlarimizni Ko‘ruvchidir.
Ummu Kulsum shu gaplarni ayttach, u yerdan ketdi va umrining oxirigacha Haqqa bo‘lgan sadoqatidan aslo ayrilmadi. Alloh taolo undan rozi bo‘lsin. Omin.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 08:21:01
HAZRATI FOTIMA
binti Xattob

Payg‘ambarimiz(sollallohu alayhi va sallam) hali ochiq da’vatga chiqmagan paytlar edi. U zotga imon keltirish bilan musharraf bo‘lganlar soni endi o‘n kishiga yetib qolgan. O’shanda imon bilan ilk sharaflanganlardan biri Umar ibn Xattobning singlisi Fotima binti Xattob (roziyallohu anhu) edi.
Fotima Sa’d ibn Zayd (roziyallohu anhu) bilan oila qurgan va ikkalasi ham musulmon bo‘lgan edi. Sa’d ibn Zayd hayotlik davridayoq jannat bilan bashoratlangan o‘n sahobaning biridir. Eru xotin birga-birga ibodat qilishar, Qur’on o‘qishar, o‘rganishar edi. Hazrati Fotima bilan eri Sa’d Alloh va Rasuli(sollallohu alayhi va sallam) yo‘liga fidoyi ekan, Fotimaning akasi Umar u paytda Payg‘ambarimizning dushmani, qalbini jaholat zulmati qoplagan bir kimsa edi.
Qattiq iskanja va zulm ichida ham musulmonlarning soni kun sayin ortib borayotganidan boshqa mushriklar qatori Umar ham qo‘rquv va hayratda qoldi. Makka ahli nima qilib bo‘lsa-da, musulmonlarning yo‘lini kesishni o‘ylardi. Nihoyat, ular Muhammadni (sollallohu alayhi va sallam) o‘ldiramiz, degan bir to‘xtamga kelishdi. O’zlaricha reja tuzishdi. Umar ham ularning ichida edi. Va bu qabohatli ishni shu Umar bo‘yniga oldi. Uning quvvatiga, qat’iyyatiga, jasoratiga ishonganlar o‘zlaricha: «Masala hal bo‘ldi», deya oldindan hukm chiqarib qo‘yishdi. Umar ibn Xattob darhol yo‘lga tushdi. Qo‘lida o‘tkir qilich. Qarangki, Alloh taolo yo‘lda qarindoshi Nuaym ibn Abdullohni yo‘lda unga ro‘baro‘ qildi...
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 17 Dekabr 2009, 08:21:41
Umarning niyatidan xabardor bo‘lgan Nuaym uni butunlay fikridan qaytarolmasa-da, yo‘lni boshqa tarafga burib, muddatni uzaytirishning uddasidan chiqdi: singlisi Fotima va kuyovi Sa’dning musulmon bo‘lganini aytib, uni qattiq g‘azablantirdi.
Hazrati Habbobdan Qur’on o‘rganishayotgan er-xotin Umar kelganini bilib, muallimlarini va Mushaf sahifalarini yashirishdi. So‘ng eshikni ochishdi. Lekin shayton Umarni tobora qattiq vasvasa qilar, g‘azabini o‘t oldirar edi.
— Men sizlarning Muhammad keltirgan dinda ekaningizni bilaman, — dedi Umar va kuyovi Sa’dni kaltaklay ketdi. Fotima (roziyallohu anhu) erini johil akasining qo‘lidan qutqarmoqchi bo‘lganida, uning ham yuziga g‘azabnok quvvatli mungg zarbasi tushdi va yorib yubordi. Ko‘ziga o‘lim ko‘rinib turgani holda, Fotima Umarga bunday deb hayqirdi:
— Sen ayol kishini urishdan uyalmaysanmi? To‘g‘ri, biz musulmon bo‘ldik. Alloh va Rasuliga imon keltirdik. Biz ishonamiz-ki, Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning elchisidir. Endi qo‘lingdan kelganini kil!
Fotimaning bu so‘zlari vajohatli, johil Umar oldida o‘ziga o‘lim hukmini chiqarish bilan barobar edi. Ammo Allohning irodasi va hikmatini ko‘ringki, bu qahramonlik Umarning ko‘ngliga talotum soldi. Singlisi Fotimaning qontalash, lekin jasorat balqib turgan yuzi Umardek bag‘ritosh kimsaning qalbini titratdi, uning tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘ldi, qilmishiga pushaymon etdi, qalbini yumshatdi.
Oradan bir oz o‘tib, Umar sekingina shunday dedi:
— Boya sizlardan eshitganlarimni menga ham beringlar, bir ko‘ray.
Mushafga nisbatan hurmatda bo‘lishni talab qilgan holda Fotima (roziyallohu anhu) javob berdi.
— Akaginam, sen hozirgacha Allohga sherik tuttaning uchun nopok bir holatdasan. Holbuki, bu Kitobga fakat pokiza insonlargina qo‘l tekkiza oladilar. Tur, oldin tahorat ol!
Umar g‘usl qildi. Keyin unga Qur’ondan Toha surasining ba’zi oyatlari yozilgan sahifalarni berishdi. Umar ularni o‘qib, chuqur o‘yga toldi. Yuzida, ko‘zida hidoyat nurlari jilolana boshladi.
«Bu qandayin sharafli, qandayin ulug‘vor kalom! Bundan-da go‘zal, bundan-da shirin so‘z bo‘lishi mumkin emas!»
Umarning qalbi yumshaganini ko‘rib, Hazrati Habbob ham yashiringan joyidan chiqdilar.
Keyin to‘rtovi Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) huzuri muboraklariga borishdi. U yerda Umar kalimai shahodat keltirdi, va ... endi biz sevgan Umarga aylandi, saodatli hayotini boshladi.
Hazrati Fotimaning (roziyallohu anhu) jasorati Hazrati Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) kabi bir zotning islomiyag bilan sharaflanishiga sabab bo‘ldi. Zero, Hazrati Umarning umri oxirigacha qilgan yaxshiliklari hech bir kamaytirilmasdan Fotima binti Xattobning ham amal daftariga yozilgan bo‘lsa ne ajab...
Fotima(roziyalloxu anho) eri Sa’d bilan birga Yasribga hijrat qildi. Umrining so‘nggi nafasiga qadar fazilatli hayot kechirdi. Akasining xalifa bo‘lganini, mamlakatni adolat bilan idora qilganini ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ldi. Hazrati Umarning xalifalik davrida Alloh dargohi sari rihlat kildi.
Alloh taolo barchalaridan rozi bo‘lsin. Omin.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:40:26
HAZRATI UMMU SULAYM

Jannatga kirdim. Qadam tovushlarini eshitdim. Qarasam, oldimda Rumayso turibdi.
Hadisi sharif
Tanishuv

Bu jannati ayol kim bo‘ldi deysizmi? Ansoriya. Xazraj qabilasining Najor urug‘idan. Asl ismi Rumayso. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan o‘rtalarida dindosh birodarliqdan tashqari qondoshlik ham bor: Najor urug‘i Payg‘ambarimizning otalari Abdullohga tog‘a bo‘lar edi.
Bi’ru Mo’una jangida Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) yonlarida jang qilib shahid bo‘lgan yetmish qorining biri -Harom ibn Milhonning singlisi. Uboda ibn Somitning ayoli Kibris fathida shahidlik topgan Ummu Harom binti Milhonga egachi. Va... mashhur sahobiy Anas ibn Molikning (roziyallohu anhu) volidai mukarramasi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:41:39
Ilk turmush

Ummu Sulaym Molik ibn Nazr bilan turmush qurgan edi (Anasni (roziyallohu anhu) shu turmushidan ko‘rgan). Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) da’vatlari yetganida madinaliklar orasida birinchilardan bo‘lib Islomni qabul edi.
Shundan keyin oddiy bir muslima sifatida yaxshiliklar tilab, eri Molikni Islomga chaqirdi. Ammo Molik ibn Nazrning johilligi tutdi, xotinidan qattiq g‘azablandi. Oilasini tashlab, Shomga ketdi va ko‘p o‘tmay o‘sha yerda halok bo‘ldi.
Shunda Ummu Sulaym:
«O’g‘lim Anas ulg‘ayib, majlislarda o‘tiradigan bo‘lmagunicha turmushga chiqmayman», deb so‘z berdi.
Yillar o‘tdi. Anas ulg‘aydi. U onasining haqqiga: «Ey Alloh! Onam tarbiyamni chiroyli qildi. Ajrini O’zing ziyoda yetgin», deb duolar qildi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:42:14
Ona-bolalar
Ummu Sulaym o‘g‘li Anasning tarbiyasi uchun ko‘p qayg‘urdi. Islom dini ta’limotlarini murg‘ak qalbiga quyib bordi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Madinaga kelganlarida esa, o‘g‘lini u zotga (sollallohu alayhi va sallam) batamom topshirdi. Anas uchun Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam) xonadonlari madrasa, Sarvari Olamning o‘zlari muallim bo‘ldi. Bu haqda Anas (roziyallohu anhu) shunday rivoyat qiladi:
«Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) Madinaga keldilar. Men o‘n yoshda edim. Onam qo‘limdan tutdi-da, Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga olib bordi. U zotga qarata:
«Ey Rasululloh! Shahrimizga tashrifingizni qutlab, sovg‘a-salom bilan kelmagan biror erkak yo ayol qolmadi. Faqat men qoldim. Sizga o‘zgacha sovg‘a qilmoqchiman. O’g‘lim Anas sizga tuhfa bo‘lsin. Sizga ma’qul kelganicha xizmatingizni qilsin», dedi. Men Nabiyga (sollallohu alayhi va sallam) o‘n yil xizmat qildim. U zot meni biror marta urmadilar, so‘kmadilar, koyimadilar, hatto qovoqlarini solib qaramadilar».
Ummu Sulaym qachon o‘g‘li bilan ko‘rishsa, albatta, Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) chiroyli xizmat qilishni tayinlar edi. Bir safar ona-bola yo‘lda uchrashib qolishdi.
— Qaerga ketayapsan?- deb so‘radi Ummu Sulaym.
— Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) bir hojatlarini ado etgani. Lekin bu ish sir.
O’g‘lining qat’iyatidan xursand bo‘lgan ona:
— Bolam, Nabiyning sirlarini doim shunday saqla, — deb uqtirdi.
Qaysi ona farzandiga yaxshilik tilamaydi, deysiz. Hamma onalarimiz qatori Ummu Sulaym ham o‘g‘liga barakotlar yog‘ilishini juda-juda istar edi. Va bu borada u boshqalardan ko‘ra yaxshiroq yo‘l tutdi. Bir kuni u Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam):
"Xodimingiz Anasning haqqiga Allohga duo qiling", deb o‘tindi. Payg‘ambarimiz:
 "Parvardigoro, Anasning moliga, bolalariga va yana O’zing ato etgan boshqa narsalariga baraka ber", deb duo qildilar. Shu duo ijobatidan Anas (roziyallohu anhu) uzoq va barakali umr kechirdi, yuzdan ortiq o‘g‘il-qiz va nevaralar ko‘rdi...
     
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:42:53
Eng katta mahr

Anas ulg‘aygach, Ummu Sulaymga Abu Talha ismli boy-badavlat, ammo Islomga kirmagan bir kishi sovchi yubordi.
— O’g‘ling Anas katga bo‘lib qoldi, majlislarda o‘tiradigap, so‘z aytadigan bo‘ldi, — deb niyatini bildirdi. Ummu Sulaym unga qarata:
— Ey Abu Talha, men sen bilan bajonidil turmush quraman. Sendek xaridorning qo‘li qaytarilmasligi kerak. Ammo afsuslar bo‘lsin, sen mushriksan, men muslimaman. Mening senga turmushga chiqishim joiz emas, — deb javob qildi.
Abu Talha:
— Bu ne safsata, Rumayso? Mening oltin-kumushlarim qayoqqa-yu, sen qayoqda?! Nimalar deyayotganingni o‘ylab ko‘r, — dedi. Va qatiyat bilan aytilgan javobni eshitdi:
— Menga oltin ham, kumush ham kerak emas. Sen na eshitadigan va na ko‘radigan, na biror hojatingni ravo etadigan narsaga ibodat qilasan. Ey Abu Talha, falon qabilaning qora qul duradgori ishlab bergan yog‘ochga ibodat qilishdan uyalsang-chi! Agar sen Islomni qabul etsang, sening musulmonliging mening nikoh uchun oladigan mahrim bo‘ladi. Menga boshqa narsa kerak emas!
Ummu Sulaymning kelinlik uchun olinadigan boyliklarni o‘zga bir insonning imoni deya "qurbon berishi" Abu Talhaning vujudiga titroq soddi. Bunday taklifni rad etishga javob topolmadi. Alloh subhonahu va taolo davlatli va hech kimga so‘z bermagan bir johil bandani Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) jannatda ko‘rdim, deb bashorat bergan ayol sababidan hidoyatga boshladi.
— Mening Islomimga kim guvoh bo‘ladi? — deb so‘radi Abu Talha.
— Rasulullohning o‘zlari. U kishiga borib ayt, — dedi Ummu Sulaym.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sahobalar bilan o‘tirgan edilar. O’zlari tomon kelayotgan Abu Talhaga ko‘zlari tushib, marhamat qildilar:
— Abu Talha huzuringizga peshonasida qashqaday ko‘rinib turgan Islomi bilan kelmoqda.
Shunday qilib, Abu Talha Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) huzurlarida musulmon bo‘ldi. Keyin Ummu Sulaymning gaplarini aytdi. U zot Ummu Sulaym bilan Abu Talhani o‘sha shartga muvofiq nikohlab qo‘ydilar. Odatda ayollar o‘zlari uchun tayyorlanadigan seplarga, mahriga beriladigan oltin-u kumush taqinchoqlarga jiddiy e’tibor berishadi. Ammo bizning qahramonimiz Ummu Sulaym bu borada ayol zotiga qiyomatga qadar bir xayrli ibrat qoldirdi. Sobit Banoniy bu haqda: "Ummu Sulaym olgan mahrdan kattaroq mahr olingani ma’lum emas", degan edi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:44:15
Sadoqat va sabr namunasi

Ummu Sulaym Abu Talha bilan saodatli hayot kechirdi. Alloh taolo ularni shirintoy bir o‘g‘il bilan siyladi. Abu Talha o‘g‘liga shu qadar mehr qo‘ydiki, uni hech kimga ishonmas, hayotini suyukli farzandisiz tasavvur etolmas edi...
Alloh taolo mahr bobida Ummu Sulaym sababidan bir ibrat qoldirgani kabi, muslima onalar uchun uning hayotida yana bir namuna bo‘lishini iroda qildi.
To‘satdan uning go‘dak o‘g‘li kasallikka chalindi. Bu hol Abu Talhaning fikru xayolini mashg‘ul etdi. U Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga borib-kelib turar, kelgan zahoti o‘shining ahvolini so‘rar edi. Ana shunday kunlarning birida o‘lim bu ma’sum go‘dakni ularning bag‘ridan uzib oldi. Abu Talha Nabiyning(sollallohu alayhi va sallam) yonlarida edi. Sho‘rlik ona ne qilsin? Ko‘zining oqu qorasini, jigar porasini yo‘qotdi! Hammamiz bilamizki, onalar bunday holatda o‘zlarini yo‘qotadilar, dod-faryod qiladilar, yoqalarini yirtadilar...
Ummu Sulaym bu o‘rinda ham Momo Havo qizlari ichida mumtoz ekanini ko‘rsatdi. Avval bolani yuvdi, kafanladi, xushbo‘y narsalar sepdi, ustiga kiyim yopib qo‘ydi. So‘ng Anasga (roziyalohu anho) bolaning vafoti haqida hech narsa demaslikni tayinlab, Abu Talhani chaqirib kelish uchun yubordi.
Abu Talha kelishi bilan o‘g‘lining ahvolini so‘radi. Ummu Sulaym:
 "Uxladi. Xudodan so‘raymanki, shoyad shu uyqusi rohatli bo‘lsa", deb javob qildi.
Abu Talha xotinining bu javobidan:
"Bola sog‘ayib qolibdi", deb gumon qildi. O’sha kuni u ro‘za tuggan edi. Iftorlik qildi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:46:01
Barakotli kecha

Tun kirdi. Shunda ham Ummu Sulaym qalbidagi mahzunlikni bildirmadi. Xushbo‘ylanib, ziynatlanib, erining yonida bo‘ldi. Tunni birga o‘tkazishdi...
Tong otdi. Eri masjidga otlanar ekan, Ummu Sulaym sekin gap boshladi:
— Abu Talha, agar bir kishidan omonat olinsa, so‘ng egasi u narsani so‘rasa, olganlar uni qaytarmaslikka haqlari bormi? — deb so‘radi.
—Yo‘q, omonat egasiga qaytariladi. Bermaymiz deyishlariga haqlari yo‘q.
Shunda Ummu Sulaym maqsadga ko‘chdi:
— Alloh bizga omonatga o‘g‘il bergan edi. Endi o‘sha omonatini qaytarib oldi...
Abu Talha:
"Inna lillahi va inna ilayhi roji’un" (Biz Allohnikimiz va biz Unga qaytajakmiz), dedi. Boshqa hech so‘z ayta olmadi. Chiqib, Rasulullohning huzurlariga bordi. Namoz o‘qidi. So‘ng kecha shom arafasida o‘g‘li vafot etganini, bundan bexabar tunni xotini bilan o‘tkazganini bayon qildi. Hazrati Payg‘ambarimiz(sollallohu alayhi va sallam) shunda:
— Bu kechangizni Alloh barakotli qilsin, — deb duo qildilar.
Alloh Rasulining duolariga osmon eshiklari ochildi. Suyukli farzandlarini yo‘qotgan bu oilaga Alloh taolo Abdulloh ibn Abu Talhani berdi. Abdullohni esa, to‘qqizta farzand bilan siyladi. Hammalari hofizi Kur’on bo‘lishdi. Ayniqsa, to‘ng‘ichi Ishoq ibn Abdulloh yirik faqih darajasiga ko‘tarildi...
Ushbu hikoya muhtaram onalarimizga, aziza opa-singillarimizga dunyo va oxirat saodati sari oydin yo‘lni ko‘rsatadi, deb umid qilamiz. Zero, Payg‘ambarimiz (sollallahu alayhi va sallam):
 "Jannat onalar oyoqlari ostidadir", deganlarida ana shunday pok va sabrli ayollarni nazarda tugganlar.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:47:07
HAZRATI NUSAYBA
binti Ka’b

Nusayba ertangi kunini o‘ylab, o‘zida yo‘q xursand va shirin xayollar og‘ushida o‘tirar edi. Ertaga Yasribning ko‘zga ko‘ringan yigitlaridan biri Zayd ibn Osim bilan nikoh to‘ylari bo‘ladi.
Bu tong butun xonadon ahli har kungidan ham ertaroq turdilar. Hamma to‘y harakati bilan ovora. Ayollar childirma chalib, o‘lanlar aytishar, erkaklar bo‘lsa, turli xil o‘yin-tomoshalar ko‘rsatishardi. Oqshom payti chiroyli kelinlik libosiga burkangan Nusaybani Zaydning xonadoniga kuzatib qo‘yishdi.
Er-xotin mas’ud va baxtiyor kun kechirardilar. Sevgi va xursandchilik buloqlaridan qonib-qonib ichardilar. Bu orada Abdulloh va Habib ismli ikki o‘g‘il ko‘rishdi. Nusayba farzandlarini juda sevar, ularni ko‘z qorachigidek avaylab-asrar edi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:48:27
Musulmon oila
Bir kuni Zayd uyga juda xursand holda kirib keldi. Aytgan so‘zlari, uning qanchalar shod ekanini bildirib turardi. Xotinining yoniga o‘tirgach, quvonchining sababi bo‘lgan juda muhim xabarni aytish uchun asta so‘z boshladi:
— Nusayba, bu oqshom Yasrib zodagonlarining majlisida qatnashdim. Abdullohning o‘g‘li Muhammad Makkadan elchi qilib yuborgan Mus’ab ibn Umayrning suhbatida bo‘ldik. Uning aytishicha, Muhammad bugun insoniyatga Alloh tomonidan payg‘ambar etib yuborilibdi, insonlarni jaholat qorong‘uligidan qutqaribdi.
— Sen aytayotgan Muhammad Omina binti Vahbning o‘g‘li emas-mi? — deya so‘radi Nusayba.
— Ha, xuddi shunday, — javob berdi Zayd.
— U holda, Muhammad bilan oramizda qarindoshlik bor! Chunki nasabimiz Najor o‘g‘illariga borganida birlashadi. Zayd, nahotki, Quraysh qavmi sen aytgan ishlarga qarshilik ko‘rsatmagan bo‘lsa?
— Arablar orasida obro‘-e’tiborining tushib ketishidan qo‘rqqan Quraysh Muhammadga qattiq qarshilik ko‘rsatibdi. Ayniqsa, but va tangrilarining Muhammad tomonidan tanqid qilinishi Qurayshni g‘azablantirgan. Ular turli yolg‘on, tuhmatlar bilan Muhammadga qarshi kurash boshlaganlar. Ammo Quraynshing butun bu harakatlari Muhammadni yo‘lidan voz kechtira olmabdi...
— Zayd, uning to‘g‘ri so‘zligi haqida nima deya olasan?
— Qurayshning Muhammadga ko‘p mol-dunyo va qabila boshliqligini taklif etishlariga qaramay, uning bu takliflarni rad etishi, kishi ko‘nglidagi shubhalarni tarqatib yuboradi. Agar bu odam davlat yoki kuch-qudrat orqasidan yugursa, nima uchun qo‘lini uzatsa yetgudek bu ikki ne’matdan yuz o‘giradi? Men uning da’vosi haq va samimiy ekaniga ishonchim komil.
— Zayd, — dedi Nusayba. — Gaplaringdan uning muxlisi bo‘lganing ko‘rinib turibdi.
— Nusayba! Vallohi, men unga muxlis bo‘lish bilan cheklanib qolmadim! Ayni damda imon keltirib, Allohdan boshqa haqiqiy iloh yo‘qligiga va Muhammad Allohiing elchisi ekaniga shahodat keltirib, uning ummati bo‘ldim. Mus’abnint Muhammad va Islom dini haqidagi so‘zlarini sen ham eshitganingda, aminmanki, imon keltirarding. So‘zlar uning og‘zidan salsabil kabi oqardi. Har bir kalimasi boldan ham totli. Insonga insonligini va qadrini his ettirgan ilohiy xushxabar bu.
Ko‘zlaridan marvarid donalaridek yoshlar oqayotgan Nusayba ham:
— Rabbim Alloh, payg‘ambarim Muhammaddir, —deya e’lon qildi.
Er-xotin cheksiz quvonch bilai bir-birini tabrikladi. Kelgusi haj mavsumida yasriblik musulmonlar karvoni bilan Makkaga borib, Payg‘ambarga (sollallohu alayhi va sallam) bay’at etishga qaror qildilar.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:49:29
Ikkinchi Aqoba kengashi
Arab yarimorolining turli tomonidan, turli kabilalaridan kelgan kishilar Makka ko‘chalarida seldek oqardilar. Musulmonlarning ulug‘ ibodati bajo kelgariladigan haj mavsumi edi.
Mus’ab ham bir guruh yasriblik musulmonlarga bosh bo‘lib, Makkaga kirib keldi. Payg‘ambarimizning(sollallohu alayhi va sallam) huzuri saodatlariga kirib, salom berdi va xushxabar bilan kelganini aytdi. Yasrib xalqining Islom da’vatini ochiq yuz bilan qabul qilib, bay’at etish uchun kelganlari mujdasini eshitgan Payg‘ambarimizining (sollallohu alayhi va sallam) muborak dudoklarida tabassum ko‘rindi. Yasriblik musulmonlar bilan bo‘ladigan uchrashuv joyi va paytini tayin etdilar.
Makka shahri uzra sukunat hukmron. Biroq ana shu osudalik ichida ko‘zlari uyqusiz, ko‘ngillari buyuk bir muloqotning sog‘inchi bilan yonayotgan insonlar ham bor. Bu insonlar yasriblik musulmonlar edi. Ular tun qo‘ynida Payg‘ambarimizni (sollallohu alayhi va sallam) kutyaptilar. Aqoba tuprog‘ining har bir zarrasi bu kecha insoniyat tarixida eng ulug‘ kelishuv va buyuk vafodorlikning shohidi bo‘ladi.
Kechaning teng yarmida Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) amakilar Abbos bilan birgalikda Aqobaga keldilar. Yasribliklar Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi va sallam) qilichlarining soyasida bay’at etib, moddiy va bashariy barcha imkoniyatlarini sarf etib, Islom dini va Payg‘ambarini mudofaa etishga so‘z berdilar. Nusayba va eri Zayd ham bay’at etganlar orasida edi.
Hamma qatori er-xotin ham Yasribga qaytdi. Biroq bu safar ularning qalblari quvvat va jasorat, Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) qalblaridan ko‘chib o‘tgan kuchli imon bilan to‘la edi.
Islom nuri Nusaybaningbutun ruhini, vujudini qamrab oldi. U o‘zini Alloh va Rasuli yo‘lida fido qilishga tayyor edi.

Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:50:19
Badr jangi

Qurayshning zulmiga uchragan va mol-mulkini Makkaga tashlab Madinaga hijrat etishga majbur bo‘lgan musulmonlarga Janobi Alloh jang qilish ruxsatnin berdi. Musulmonlarning son va ulov jihatidan oz bo‘lgan askarlari Quraysh qo‘shinlari bilan yuzlashdilar. Nusayba ham o‘g‘li Abdullohni Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bilan birga yubordi. Abdulloh mo‘ylovi endi sabza urgan yigit edi. Yuragi imon va jasarot bilan to‘lib toshgan Abdulloh doimo onasining o‘gitlarini unutmay, mushriklar ustiga tashlanardi.
Shonli Badr zafarining xabarlari Madinai munavvaraga yetib borgach, musulmonlar Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) va Badr g‘oziylarini takbir va tahlil ovozlari bilan kutib olishga chiqdilar. Nusayba ham Badr g‘oziysi bo‘lish sharafiga erishgan o‘g‘li Abdullohni cheksiz sevgi va shafqat bilan bag‘riga bosdi va porloq peshonasidan o‘pib tabrikladi.
Hayot har doim bir maromda ketmaydi, o‘ziga yarasha achchiq va shirin kunlari bo‘ladi. Sevimli eri Zayd ibn Osimning vafoti Nusaybaga qattiq ta’sir qildi. Ammo Nusayba tasallini kuchli imonidan topib, Janobi Allohning taqdiriga bo‘yin egdi. Sabr bilan Allohning rizosiga erishishiga harakat qildi. Keyinchalik G’oziyya ibn Amr taklifi bilan unga turmushga chiqdi.
Badrda yengilgan mushriklar intiqom olish uchun katta askariy qo‘shin bilan Madinaga yo‘l oldilar. Shahar yaqinidagi Uhud tog‘i atrofida qarorgohini tikladilar.
Musulmonlar va mushriklar o‘rtasida shiddatli jang boshlandi. Musulmonlarning kuchli hamlasiga qarshilik ko‘rsatolmagan mushriklar ko‘plab g‘animatlarni qoldirib, qocha boshladilar. Bu holatni Quraysh qo‘shinining yengilishi sifatida qabul qilgan musulmon o‘qchilar g‘animat to‘plashga kirishib ketdilar. Qulay fursatdan foydalanib, mushriklar yana musulmonlar ustiga hujum qildilar. Hazrati Hamza ibn Abdumuttalib, Mus’ab ibn Umayr kabi bir qancha ko‘zga ko‘ringan sahobalar shahid etildi. Bundan ruhlanib ketgan mushriklar Payg‘ambarimizni (sollallohu alayhi vasallam) mo‘ljalga olib, ilgarilay boshladilar.
Nusayba (roziyallohu anhu) Uhud jangida hamshiralik vazifasini zimmasiga olgan edi. Jangchilarga yordam berar, yaradorlarning jarohatini bog‘lardi. Ammo musulmonlar ichida paydo bo‘lgan parokandalikni ko‘rgach, qo‘lidagi meshni tashlab, qilichga yopishdi va Alloh yo‘lida jang qila boshladi.
Payg‘ambarmizni (sollallohu alayhi vasallam) qo‘riqlab turgan halqa tobora torayib borardi. Nusayba eri G’oziyya va o‘g‘li Abdulloh bilan birgalikda Rasulullohni (sollallohu alayhi va sallam) mardonavor himoya qilib turardilar. Keyinchalik Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Nusaybaning bu qahramonligi haqida shunday degan edilar:
— Kachon o‘ngimga yoki so‘limga qarasam, meni himoya etish uchun jang qilayotgan Nusaybani ko‘rardim.
Nusaybaning kalqonsiz, dushman qilichining zarbalariga qarshi himoyasiz jang qilayotganini ko‘rgan Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qochib ketayotgan bir musulmon askarga:
— Qalqoningni jang qilayotganlarga qoldir! — deb buyurdilar.
To‘xtovsiz uzilayotgan o‘qlar va dushman hamlalariga qarshi Alloh Rasulini mudofaa qilishda o‘rnak bo‘lgan kishilardan biri Nusayba edi.
Kuraysh suvoriylaridan biri Nusaybaga hujum qildi. Biroq Nusayba dushman qilichining zarbasini qalqon bilan qaytardi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Nusaybaning o‘g‘li Abdullohga:
— Abdulloh, onangga yordam ber! — deya baqirdilar. Onasiga yordam berish uchun dushman ustiga tashlangan Abdulloh yaralandi. Nusayba darhol o‘g‘lining yoniga kelib, jarohatini bog‘ladi. So‘ng:
— Qani o‘g‘lim, dushmanga qarshi jang qilishda davom etaylik, — dedi.
Voqeaga guvoh bo‘lib turgan Rasuli Akram:
— Nusaybaning qilganini kim qila oladi? — deb marhamat qildilar.
Ha, Nusaybaning ko‘rsatgan qahramonligi har qanday er yigitning qo‘lidan kelmasdi! U suvsaganlarga suv tutar... Yaralanganlarning jarohatini bog‘lar... Mardonavor jang qilardi... Bu imonli ayolning buyuk jasoratiga loyiq mukofotni faqat Janobi Alloh ehson eta oladi!
Jang davom etardi va mushriklar Payg‘ambarimiz turgan mavzega tobora yakinlashib kelardi. Quraysh shamshirbozlaridan Ibn Kolsha oldinga chiqib:
— Menga Muhammadni ko‘rsating! Ikkimizdan birimiz, albatta, sog‘ qolmaymiz, — deb baqirdi. Unga qarshi Nusayba va Mus’ab ibn Umayr chiqdilar. Mus’abni shahid etgan Ibn Kolsha Nusaybaga tashlandi. Ikki qavat zirh kiygani uchun Nusayba ustma-ust urgan qilich zarbalari ta’sir etmadi.
Bu jangda Nusayba turli joylaridan o‘n uchta jarohat olgan edi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Abdullohga:
— Onangning oldiga bor va yarasini bog‘la! — deb baqirdilar.
So‘ng:
— Ey Nusayba oilasi! Janobi Alloh sizni muborak qilsin. Sening onangning maqomi falon-falon kishilarning maqomidan ustunroqdir. Alloh bugun oilangizni panohida saqlasin! —dedilar.
Nusayba o‘zi va oilasi haqqiga Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) duo so‘radi.
— Yo Rasululloh! — dedi u. — Jannatda siz bilan birga bo‘lishimiz uchun Allohga duo eting.
Rasuli akram:
—Allohim! Jannatda ularni menga do‘st qil! — deya duo etdilar.
Shundan so‘ng Nusayba:
— Ortiq dunyoda har qanday alam cheksam ham ahamiyati yo‘q, — deb hayqirdi va yanada kuchli azmu iroda bilan mujodalani davom ettirdi.
Asta-sekinlik bilan dushman qo‘shinlari orqaga chekina boshladi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) mushriklarni Hamroul Asad vodiysigacha ta’qib etishga amr etdilar. Nusayba ham ta’qibchilar bilan birga bormoqchi bo‘ldi, ammo butun vujudini qamrab olgan shiddatli og‘riq bunga imkon bermadi, Madinaga qaytishga majbur bo‘ldi.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Hamroul Asaddan Madinaga qaytganlarida, saodat xonalariga kirishdan oldin Nusaybaning ahvolini bilish uchun odam yubordilar. Nusaybaning ahvoli yaxshi ekanini eshitib, juda sevindilar.
Nusayba o‘g‘illari Abdulloh va Habibni ko‘ngillarida Alloh yo‘lidagi fidokorlik sevgasi bilan o‘stirdi. Islom bayrog‘ining yuksalishida ixlos va sadoqat bilan xizmat qilishga o‘rgatdi.
Rasuli akramning (sollallohu alayhi va sallam) vafotlaridan so‘ng, Nusayba qolgan umrini Payg‘ambarimizni sog‘inib, jannatda u zot bilan uchrashadigan kunni kutib o‘tkazdi. Hayotining oxirida imoni bergan buyuk huzur ichida ruhini ulug‘ Rabbiga taslim etdi.
Alloh taolo undan rozi bo‘lsin va uni ham rozi qilsin
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:52:55
HAZRATI OSIYO
binti Mazohim

«Alloh imon keltirgan zotlar uchun (va ular o‘zlari haqiqiy mo‘min bo‘lsalar, yaqin odamlarining kofir holda qolishi ularga ziyon qilmasligi) haqida Fir’avnning ayolini misol keltirdi o‘shanda (ya’ni, Fir’avn u ayolning Muso alayhissalomga imon keltirganini bilib qolib, azoblagan chog‘ida) u: «Parvardigorim, O’zing men uchun huzuringda — jannatda bir uy bino qilgin, menga Fir’avn va uning qilmishidan najot bsrgin va menga bu kofir qavmdan najot bergin», dedi» (Tahrim, 11).
Alloh taolo ushbu oyatda barcha musulmonlarga ibrat tarzida Fir’avnning ayoli Osiyo binti Mazohim onamizni (roziyallohu anhu) misol qilib keltiradi. Bu misol Allohga itoat va dinda mustahkam bo‘lishga bir targ‘ib, mo‘min va mo‘minalarning imon yo‘lida sabrli bo‘lishlariga bir chaqiriqdir. Ibn Kasir va Qurtubiy tafsirlarda bayon qilinishicha, Muso (alayhissalom) va ukalari Horunning Fir’avn sehrgarlari bilan bo‘lgan bellashuvida, imon kufr ustidan g‘alaba qiladi. Bundan xabar topgan Fir’avnning xotini Osiyo (roziyallohu anho): «Muso va Horunning Rabbisiga imon keltirdim», deydi. Bundan xabar topgan Fir’avn g‘azablanib, uni o‘ldirishga amr etadi. O’sha davrda fir’avn xudolik da’vosini qilib:
«Men sizlarning ulug‘ rabbingizman», der edi. U Muso va Horunning diniga imon keltirgan xotinini huzuriga chaqirib:
 «Mendan boshqa ham Rabbing bormi?» deb so‘raydi.
Osiyo(roziyallohu anho):
«Ha, u mening Rabbim, sening Rabbing va barcha narsaning Rabbisi Allohdir, men Unga ibodat qilaman», deb dadil javob beradilar. Shunda Fir’avn askarlariga buyurib, xotinining qo‘l-oyoqlariga qoziqlar qoqtiradi. Quyosh jaziramasi ostiga qo‘yib azoblaydi. Ustlariga ulkan toshni bostirib, qiynaydi. Shu bilan Allohga bo‘lgan imonidan qaytarishga urinadi. Lekin Osiyo (roziyallohu anhu) bu taklifga aslo ko‘nmaydilar.
Fir’avn azoblashdan charchab, saroyta ketganida, Osiyo onamizning oldilarida muakkil farishtalar hozir bo‘lishar va "Rabbim Allohdir" degani uchungana mazlum bo‘layotgan muslimani qanotlari bilan oftob jaziramasidan soya qilib turshnar edi. Osiyo (roziyalloxu anho)azoblanar ekan, Allohga duo qildi: «Parvardigorim, O’zing men uchun huzuringda — jannatda bir uy bino qilgin, menga Fir’avn va uning qilmishidan najot bergin va menga bu kofir qavmdan najot bergin" (Tahrim, 11).
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:54:28
Ulamolar bu duo xususida shunday deydilar:
"Osiyo uyni ixtiyor qilishdan oldin, qo‘shnini ixtiyor etdi". Bu qo‘shni Allohdir. Alloh taolo bu duoni ijobat qildi. Osiyo (roziyallohu anhu) osmonga qarab, shu onda, samoda, jannatda o‘ziga bino qilinayotgan qasrni ko‘rdi. Qasr duru gavharlardan edi. Bu manzarani ko‘rib, xotirjam bo‘ldi va azoblarni unutib, tabassum qildi. Bu hodisa Fir’avn va saroy a’yonlarining ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi. Ayonlarinin ghayratini qo‘rgan Fir’avn battar g‘azablandi. So‘ngra: "Uning jinniligiga ajablanmaysizmi? Men uni azoblayapman-u, u esa kulyapti?" deb qichqirdi va xotinini tezroq o‘ldirishlariga buyruq berdi. Fir’avn odamlari Osiyo (roziyallohu anhu) ustiga ulkan toshni qulatishganida, uning pokiza ruhi allaqachon jannatga olib chiqib ketilgan edi. Ulkan tosh jonsiz jasad ustiga tushdi. "Bunga (ya’ni, Alloh mo‘minlarga yordam berishiga, kofirlarni esa halok qilishiga) sabab, Alloh imon keltirganlarning do‘sti-homiyi ekanidir, kofirlar uchun esa hech qanday homiy yo‘q ekanidir" (Muhammad, 11).
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 18 Dekabr 2009, 08:56:22
Ibn Abbosdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda shunday marhamat qilinadi:
"Payg‘ambarimiz bir kuni yerga to‘rtga chiziq chizdilar va: "Bu nima, bilasizlarmi?" deb so‘radilar. Sahobalar: "Alloh va Rasuli bilguvchiroqdir", deb javob berishdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) : "Bular jannatning eng afzal ayollari — Hadicha binti Huvaylid, Fotima binti Muhammad, Maryam binti Imron va Fir’avnning xotini Osiyo binti Mazohimdir", deb javob berdilar" (Imom Ahmad rivoyati).
Ibn Kasir «Al-bidayatu van-nihaya» kitobida ushbu hadisni zikr qilib: "Osiyo onamiz jannatda Muhammad Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) ayollaridan biri bo‘ladilar", deb quyidagi oyatni dalil keltiradi: "... unga sizlardan yaxshiroq juftlarni — muslima, mo‘mina (Alloh va Uning Payg‘ambariga) itoat etuvchi, tavba-tazarru’ qiluvchi, obida, (mudom Allohning yo‘lida) ketuvchi juvon va qizlarni almashtirib berur" (Tahrim, 5).
Hazrati Osiyo onamizning (roziyallohu anhu) jasoratlari barcha mo‘min va mo‘minalarga yuksak bir ibratdir.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 09 Yanvar 2010, 22:26:34
HAZRATI MARYAM
binti Imron

Alloh taolo Hazrati Maryamni insonlarga o‘rnak qilib ko‘rsatgan va ayollar orasida afzal ekaniga ishorat etgan:

«Alloh imon keltirgan zotlarga iffati saqlangan Imron qizini (misol) keltirdi» (Tahrim, 12).

«Yana o‘z nomusini saqlagan ayolni (ya’ni, Maryamni eslang). Bas, Biz O’z tarafimizdan bo‘lgan ruhni unga pufladik va uni hamda o‘g‘liii barcha olamlar uchun ibrat qildik» (Anbiyo, 91).

«Alloh seni tanlab oldi va pokladi hamda butun olamlarning ayollaridan afzal qildi» (Oli Imron, 42).
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 09 Yanvar 2010, 22:27:55
Maryamning tug‘ilishi

Hazrati Maryamning otasi Imron Dovud (alayhissalom) nasabidan bo‘lgan olim kishi edi. Onasi Hanno ancha vaqtgacha homilador bo‘lmadi. Bir kuni Hanno bir daraxt soyasida o‘tirganida polaponlarini oziklantirayotgan qushlarni ko‘rib qoladi. Bu holat uning farzand ko‘rish orzuini alanga oldirib yuboradi. Farzand ato etishini so‘rab, Alloh taologa duo-iltijo qiladi. Agar farzand ko‘rsa, uni Alloh yo‘lida Baytul Maqdisga nazr qilaman deb ont ichadi. Hanno farzandini o‘g‘il bo‘ladi deb o‘ylagandi. Maryam dunyoga kelgach:
«Robbim, men kiz tug‘dim va unga Maryam deb ism qo‘ydim. Men bu qizga va uning zurriyotiga dargohingdan quvilgan shaytonning yomonligidan panoh berishingni iltijo qilaman», deydi va ichgan qasamiga sodiq qolib, kichkina Maryamni Baytul Maqdisga topshiradi. Maryamni tarbiyalash Hannoning xolasining eri Zakariyo (alayhissalom) zimmasiga tushadi.
Zakariyo (alayhissalom) Maryam uchun masjiddan bir mehrobni ajratadi. Maryam bu yerda davomli ibodat va duo bilan mashg‘ul bo‘ladi. Zakariyo qachon uning hujrasiga kirsa, u yerda qish kuni yoz meva-chevalarini, yoz kunlari esa qishda bo‘ladigan noz-ne’matlarni ko‘rar edi. Zakariyo (alayhissalom):
 «Yo Allohim, bu narsalar senga qayoqdan keladi?» deb so‘raganida, Maryam: «Bular Allohning huzuridandir. Albatta, Alloh O’zi istagan kishilarga behisob rizq berur», deb javob qiladi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 09 Yanvar 2010, 22:28:32
Hazrati Isoning (alayhissalom) dunyoga kelishi

Bir kuni farishtalar Maryamga Allohning amri bilan bir farzand tug‘ishini va unint ismi al-Masih Iso ibn Maryam bo‘lishini xabar qiladilar. Yana tug‘iladigan chaqaloq dunyo va oxiratda sharafli va Allohning rizosiga erishgan bandalardan bo‘lishini, beshikdaligidayoq gapirishini bildiradilar.
Bu xabarni eshitgan Hazrati Maryam:
«Yo Rabbim, menga biror erkak tegmagan bo‘lsa, qayoqqan menda farzand bo‘lsin?» deb so‘raydi. Alloh taolo amr etadi:
«Bu shunday, Alloh O’zi xohlagan narsani yaratadi. Qachon biron ishni iroda qilsa, unga: «Bo‘l!» deydi. Bas, u ish bo‘ladi».
Hazrati Maryam kunchiqar tomonga bir makonga borib, ahli oilasidan berkinib oladi. Shunda Jabroil (alayhissalom) erkak kishi suvratida paydo bo‘ladilar. Maryam uni ko‘rgach, qo‘rquvdan:
«Men Allohga sig‘inib, sendan panoh berishini iltijo qilurman. Agar Allohdan qo‘rquvchi bo‘lsang, menga ziyon yetkazmagin», deydi. Jabroil (alayhissalom) unga faqat bir pokiza o‘g‘il hadya qilish uchun Allohning amri bilan kelganini bildiradilar. Hazrati Maryam yana:
«Menga odamzot tegmagan bo‘lsa, buzuq ayol bo‘lmasam, menda qayoqdan farzand bo‘lsin?» deydi va Jabroildan (alayhissalom) izohlab berishini so‘raydi. Maloika:
«Bu ish Parvadigoringga osondir. Alloh taolo tug‘ilajak bolani odamlar uchun oyat-mo‘‘jiza va O’zi tomonidan bo‘lgan rahmat qilur. Bu ish Allohning amri va taqdiridir», deya javob beradi.
So‘ng Alloh taolo Hazrati Maryamga O’z ruhidan Jabroil (alayhissalom) orqali pufladi va Maryam homilador bo‘ldi. Oy-kuni yaqinlashib, Hazrati Iso (alayhissalom) dunyoga keldi. Hazrati Maryam ko‘zi yorigan damda ochiqqan, chanqagan va nihoyatda qiynalgan edi. Suv va yemish yo‘q, ruhi tushkun edi. U:
«Bu kunimdan ko‘ra ilgariroq o‘lib, unutilib ketsam edi», deydi. Shunda xurmo daraxti ortidan Jabroil (alayhissalom) nido qiladi:
«G’amgin bo‘lma, Rabbing oyoq ostingdan bir ariq oqizib qo‘ydi. Mana shu qurib qolgan xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini tashlaydi. Yeb-ichgin va ruhingni tushirma. Bas, agar odamzoddan birortasini ko‘rib qolsang va u sendan bu bolaning otasi haqida so‘rasa:
«Men Alloh yo‘lida ro‘za tutmoqni ahd qilganman, bugun biror insonga so‘zlamayman», degin».
Hazrati Maryam farzandini ko‘tarib, qavmi orasiga keladi. Uni ko‘rgan kishilar:
«Ey Horunning singlisi, sen hech kim qilmagan ishni qilding-ku! Axir otang yomon odam yoki onang fohisha emas edi-ku!» dedilar. Hazrati Maryam bir og‘iz ham gapirmay, go‘dakka ishora qildi. Insonlar:
 «Beshiqdagi go‘dak bilan qanday so‘zlashurmiz?!» deya ajablandilar. Shu payt chaqaloq tilga kiradi:
«Men Allohning bandasidirman. U zot menga Kitob — Injil ato etdi va meni payg‘ambar qildi. Shuningdek, Alloh meni onamga mehribon qildi va meni sitamkor badbaxt qilmadi. Menga tug‘ilgan kunimda ham, vafot bo‘ladigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham tinchlik-omonlik bo‘lur». Alloh taolo Qur’on karimning Oli Imron surasi 59-oyatida: «Albatta, Isoning (otasiz tug‘ilishining) misoli Alloh nazdida xuddi Odam Atoning misoli kabidirki, uni tuproqdan yaratib, so‘ngra «Bo‘l», dedi. Bas, u (jonli odam) bo‘ldi», deya marhamat qiladi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: G_u_l_i 09 Yanvar 2010, 22:28:54
Hazrati Maryamning fazilati

Alloh taolo tomonidan yuksak fazilat berilgan va farishtalar xizmatini qilgan Hazrati Maryamni payg‘ambarmi yoki Janobi Haqning valiy qulimi, degan mavzu olimlar o‘rtasida ko‘p bahs-munozara bo‘lgan. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shunday deganlar:
 «Erkaklardan kamolga erishganlar ko‘pdir. Ayollardan esa Maryam binti Imron va Fir’avnning zavjasi Osiyodan boshqa kamolga erishganlari yo‘qdir. Ayollar orasida Oyishaning ustunligi tirid*ning boshqa yeguliklar ichida ustunliga kabi-dir»(Buxoriy, «Anbiyo», «Fazoilu Ashabin Nabiy», «At’ima»; Muslim «Fazoilus Sahoba»; Termiziy «At’ima»; Ibn Moja «At’ima»; Ahmad ibn Hanbal). Ba’zi olimlar bu hadisni dalil qilib, Hazrati Osiyo va hazrati Maryamni Payg‘ambar deb ta’kidlaganlar. Chunki inson zotining eng komillari birinchi Payg‘ambarlar, so‘ng valiylar, siddiqlar va shahidlardir.
Ammo bu fikrga ko‘pchilik mujtahidlar qarshi chiqishgan. Hazrati Osiyo va Hazrati Maryam ayollar orasida eng yuksak darajaga ega bo‘lganlari uchun hadisda ularga «kamolga erishgan» deb ta’rif berilganini aytadilar.
 Qirmaniy: «Ayollardan payg‘ambar chikmagani haqida ijmo’ qabul qilingan», deb ta’kidlaydi. Biroq Imom Ashariyning (hijriy 260 yil) ayollardan olti payg‘ambar chiqqanini aytgani naql etilgan. Bular: Hazrati Havo, Sora, Hazrati Musoning onasi, Osiyo, Hojar va Maryamdir ("Sahihi Muslim"). Al-Kurtubiy (hijriy 611 yil) esa shunday degan: «Sog‘lom nuqtai nazarga ko‘ra, Hazrati Maryam bir payg‘ambardir. Chunki Alloh taolo unga farishta orqali vahiy yuborgan. Hazrati Osiyoning payg‘ambarligiga dalolat qiluvchi naql yo‘qdir».
Xulosa o‘laroq, shuni aytish mumkinki, Hazrati Maryam Alloh taoloning O’ziga yaqin etgan valiy qullaridan biridir. Alloh undan rozi bo‘lsin. Omin...

___________
*Tirid — arablarning eng sevikli ovqatlaridan. To‘g‘ralgan non ustidan so‘ng qaynatilgan suv quyib, tayyorlanadi.
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: AbdulAziz 11 Yanvar 2010, 08:45:50
MUNDARIJA

Hazrati Hadicha (Mo‘minlar onasi) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg209222#msg209222)
Hazrati Oyisha (Mo‘minlar onasi) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg209230#msg209230)
Hazrati Ummu Salama (Mo‘minlar onasi) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg209798#msg209798)
Hazrati Ummu Habiba (Mo‘minlar onasi) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg209811#msg209811)
Hazrati Maymuna (Mo‘minlar onasi) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg209825#msg209825)
Hazrati Hafsa (Mo‘minlar onasi) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg209955#msg209955)
Hazrati Moriya (Mo‘minlar onasi) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg209961#msg209961)
Hazrati Zaynab binti Muhammad (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg209966#msg209966)
Hazrati Ruqayya binti Muhammad (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg209970#msg209970)
Hazrati Ummu Gulsum binti Muhammad (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg210052#msg210052)
Hazrati Ummu Honiy binti Abu Tolib (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg210069#msg210069)
Hazrati Ummu Kulsum binti Ali ibn Abu Tolib (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg210126#msg210126)
Hazrati Fotima binti Xattob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg210193#msg210193)
Hazrati Ummu Sulaym (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg210349#msg210349)
Hazrati Nusayba binti Ka’b (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg210356#msg210356)
Hazrati Osiyo binti Mazohim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg210360#msg210360)
Hazrati Maryam binti Imron (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.msg212752#msg212752)
Nom: Re: QAHRAMON MO’MINA AYOLLAR
Yuborildi: AbdulAziz 11 Yanvar 2010, 08:48:48
Qahramon mo'mina ayollar

(http://ziyouz.com/images/books/qahramon.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=480)

Muallif: Ahmad Abduljavod, Muhammad Umar Dauq, Muhammad Ali Qutb
Hajmi: 668 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=480)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4225.0)