forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: jasonnur 15 Dekabr 2009, 00:49:16

Nom: Islomiy istilohlarni o'rganamiz....
Yuborildi: jasonnur 15 Dekabr 2009, 00:49:16
aa
istiloh--termin,atama...

kattalardan eshitgan,kitoblardan o'qigan har qanday tushunmagan so'zingizni shu yerda so'rashingiz mumkin....

Masalan,o'zim boshlab bersam:

1.Farz,sunnat,vojib,mustahab...

bular nima? bularni o'rtasida qanday farqlar mavjud?
Nom: Re: Islomiy istilohlarni o'rganamiz....
Yuborildi: Akbarjоn 15 Dekabr 2009, 11:40:57
"SHAR'IY HUKMLAR TO'PLAMI" Ahmad Hodiy Maqsudiy
MEHRIBON VA RAHMLI ALLOH NOMI ILA!
Pyag'ambarimiz Muhammad alayhis-salomning hadisi shariflarida aytiladiki:
1. "Shariat ilmini bilishga harakat qilish har bir erkak va ayol musulmonlar uchun farzdir".
2. "Din hukmlarini bilib olish har bir musulmon zimmasiga qarzdir".
3. Allohi Taolo bir necha amallarni farz qildi; sizlar ularni zoye qilmay ado etingizlar! Yana bir necha ishlarni chegaralab qo'ydi; sizlar o'sha chegaralardan tajovuz qilib o'tib ketmanglar! Bir necha narsalarni harom qildi; sizlar ularga yaqinlasha ko'rmanglar! Ba'zi narsalar haqida mehribonlik uchun biror hukm aytmadi; sizlar ular haqida bahslashib o'tirmanglar!" (Doruqutniy rivoyati).

SHARIAT
Shariat - bu kishilar amal qilishi uchun islom dini tarafidan buyurilgan hukmlar va nizomlardir. Shariat hukmlarini bilib olish har bir mo'min-musulmonga farzdir.

Qilinadigan amallar 8 xil bo'lur: farz, vojib, sunnat, mustahab, muboh, harom, makruh, mustakrah.

FARZ AMALLAR
Farz - shariatda buyurilgan amaldir. Uni qilgan kishi savobli, qilmagan kishi gunohkor bo'lur. Uning farzligiga ishonmagan kishi imonsiz hisoblanur.
Farz amallar 2 xildir: farzi ayn va farzi kifoya.
Farzi ayn - har bir musulmonning qilishi shart bo'lgan amaldir. Bir jamoa musulmonlar ichidan ba'zilari bajarsalar qolganlar zimmasidan soqit bo'lmaydi. Masalan namoz va ro'za kabi amallar. Bularni ba'zi musulmonlar ado etganlari bilan boshqalardan soqit bo'lmaydi. Har kim ularni o'zi bajarishi kerak.
Farzi kifoya - Bir jamoa musulmonlar zimmasiga farz etilgan amal bo'lib, ba'zi musulmonlar bajarsalar qolganlarning zimmasidan soqit bo'lur. Ya'ni qolganlar o'sha amalni qilmaganlari uchun gunohkor bo'lmaslar. Lekin har qancha ko'p odam uni bajarsa savobi shu qadar ko'p xosil bo'laveradi. Agar jamoadan hech biri bajarmasa hammalari barobar gunohkor bo'lurlar. Masalan yetimlarni, zaif qarilarni, yolg'iz qolgan bemorlarni parvarish qilish, marhumlarni dafn qilish va ularga janoza o'qish kabilar. Bu kabi ishlar bir jamoa ichida sodir bo'lib qolsa ularning hammalariga ularni ado etish farzi kifoya bo'lur. Faqirlarga va yetimlarga yordam uchun hayriya jamiyatlari ochish mazkur farzi kifoya bo'lgan amallarni bajarish uchun juda zarur va qulay tadbir hisoblanadi.

...
Nom: Re: Islomiy istilohlarni o'rganamiz....
Yuborildi: Akbarjоn 15 Dekabr 2009, 11:44:38
FARZI AYN BO'LGAN AMALLAR
Mo'min-musulmon bo'lgan har bir kishiga farz qilingan amallarning umumiy soni yuzdan ortiqdir. Ulardan farzi aynlari quyidagi 54 tadan iboratdir:
1. Allohi Taoloning borligi va birligi hamda go'zal sifatlariga ishonch va e'tiqod qilish.
2. Muhammad alayhissalomni bizlarga islom dinini o'rgatish uchun Allohi Taoloning yuborgan haq payg'ambari deb e'tiqod qilish.
3. Islom dinining haqligiga va islom dini hukmlarining haqligiga e'tiqod qilish.
4. O'zining musulmonligini va islom dinining haqligini til bilan iqror qilish.
5. Bir kechayu kunduzda 5 vaqt namoz o'qish.
6. Ramazon oyida har kun ro'za tutish.
7. Boy kishi molidan har yili zakot berishi.
8. Yo'lga qodir kishi umrida 1 marta Baytullohga borib haj qilishi.
9. Qilgan dehqonchiligining hosilidan 10 dan 1 miqdorda har yili (ushr) berib turish.
10. Farz bo'lgan amal va ibodatlarni o'rganish.
11. Jum'a namozini o'qish.
12. Allohi Taoloning hukmlariga rozi bo'lish.
13. Har bir ibodatni Allohi Taolo uchun ixlos bilan bajarish.
14. Allohi Taoloni mumkin qadar har doim yodda tutish.
15. Allohi Taolodan qo'rqib, gunoh ishlardan saqlanish.
16. Qilgan gunohlari uchun afsuslanib tavba qilish.
17. Yaratilgan har bir narsani ko'rganda Allohi Taoloning qudratini va hikmatini tafakkur qilish.
18. Bergan ne'matlari uchun Allohi Taologa shukr qilish.
19. Sababiga kirishgandan keyin har bir ishni Allohi Taoloning ixtiyoriga havola qilish (Tavakkal qilish).
20. Boshiga kelgan balo va musibatlarni Allohi Taoloning taqdiri va qazoyu qadaridan deb bilib ularga rozi bo'lish.
21. Nafsu havo ko'ngilga biror gunoh ishni qilishga chorlaganda o'zini to'xtatib qolish.
22. So'zda va har bir ishda to'g'ri va haqqoniy bo'lish.
23. Guvohlik berganda ko'rgan va eshitganini to'g'ri ifoda etish.
24. O'zining va oila a'zolarini tarbiya qilishga yetarli moddiy mablag' uchun kasbu hunar qilish.
25. Zarurat miqdorida ovqat yeyish.
26. Zarurat miqdorida suv ichish.
27. Zarurat miqdorida kiyim kiyish.
28. Qo'liga tushgan birovning haqqini egasiga qaytarish.
29. O'qilmay qolgan namozlarining qazosini o'qish.
30. Tutilmay qolgan ramazon ro'zalarining qazosini tutish.
31. Ramazon ro'zasini ixtiyoriy ravishda ochib yuborgan bo'lsa kafforatini ado etish.
32. Vaqtida berilmay qolgan zakot va ushlarini berish.
33. Meros qoldirmay turib qarzlarini ado etish.
34. Merosxo'rlar o'zlariga qolmasa ham avvalo marhumning qarzlarini to'lab qo'yish.
35. Er o'z xotinini adolat, to'g'rilik va zulm o'tkazmay tarbiya qilishi.
36. Er o'z xotini uchun alohida uyni ajratib berishi.
37. Xotinini odatdagi o'rtacha kiyim bilan ta'minlash.
38. Xotinini odatdagi o'rtacha taom bilan ta'minlash.
39. Ota-onaning xizmatlarini qilib ularga itoat va ta'zimni bajo keltirish va ularni rozi qilish.
40. Farzandlarni kerakli darajada tarbiya qilish.
41. Ota-onalar faqir va muhtoj bo'lsalar ularni boqish.
42. Norasida va zaif erkak va ayol qarindoshlarini ham boqish. (Yuqoridagi aytilgan nafaqalar davlati va qudrati yetadigan kishilargagina farzdur. Ammo o'zi faqir yo zaif bo'lgan kishilar ma'zurdurlar).
43. Nazr yo'li bilan o'ziga o'zi farz qilib olgan ibodatlarni bajarish.
44. Qilaman yoki qilmayman deb ichgan qasamini oqlash.
45. Buzib qo'ygan qasami uchun kafforat to'lash.
46. Qur’oni karim tilovatini eshitganda sukut saqlab tinglash.
47. Xotinning mahrini chin ko’ngildan berish.
48. Junub (jinsiy aloqa qilgan) kishining g’usl qilishi.
49. Hayizdan chiqqan ayolning g’usl qilishi.
50. Nifosdan (tuqqandan keyingi qon) pok bo’lgan ayolning g’usl qilishi.
51. So’zi o’tadigan kishilarga farz amallarni qilishni buyurish.
52. So’zi o’tadigan kishilarni harom ishlardan qaytarish.
53. Shariatda man qilingan harom ishlardan saqlanish.
54. Farz qilingan ibodatlarni barcha farzlari bilan bajarish. Masalan tahoratning 4 farzi, tayammumning 4 farzi, g’uslning 3 farzi, namozning 12 farzi, ro’zaning 3 farzi va hajning 3 farzi bilan bajarish.
Nom: Re: Islomiy istilohlarni o'rganamiz....
Yuborildi: Akbarjоn 15 Dekabr 2009, 11:48:23
menimcha yuqoridagilarni xamma bilishligi zarur
shu sbabdan xam faqatgina link berish bilan cheklanmasdan o'zini xam kiritib qo'ydim
Bundan murod, link berilsa erinish vaqt kamligi yoki shu kabi sabablar tufayli unga kirilmasligi mumkin, o'zimdan xam qiyos
lekin bularga be'etibor bo'lishlik yaramaydi
xammasini keltirib o'tmiyman, noroziliklar bo'lmaligi uchun, shu sababdan xam qolganlarini hohlovchilar quidagi linkdan bilib olishligi mumkin bo'ladi

Link: http://forum.islom.uz/smf/index.php/topic,1590.msg19954.html#msg19954