ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumdoshlar kitobi => Mavzu boshlandi: shoir 23 Dekabr 2009, 09:27:34

Nom: Robiya
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2009, 09:27:34
Foydalanuvchi nomi: Robiya
Ismi-sharifi: Go'zal Ahliddin qizi
Tug'ilgan sanasi: 23 aprel, 1988 yil
Tug'ilgan joyi: Buxoro viloyati Kogon shahri
Ma'lumoti: Oliy (BuxDU)
Faoliyati: O'qituvchilik
Forumga a'zolik sanasi: 14 Oktyabr 2006
Maqomi: Global moderator

Avatari:
(http://forum.ziyouz.com/index.php?action=dlattach;attach=349;type=avatar)

Imzosi:
Ошиклар учун энг яхши жой махбубнинг ёнида. Ж. Румий

Birinchi posti:
Ushbu ajoyib suhbatlarni tashkil qilganliklari uchun ushbu sayt xodimlariga minnatdorchilik bildiraman (futbol intervyusi).
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2009, 09:28:38
Qisqacha tarjimai holi:

Kamina Go'zal Ahliddin qizi! 1988 yil 23 aprelda Buxoro viloyati Kogon shahrida tavallud topganman. 1994 yilda birinchi sinfga borganman. 3 ta maktabda o'qiganman. 4-sinfgacha rus maktabda, keyin beshinchidan to'qqizinchi sinfgacha boshqa maktabda, 9-11 sinflarni litseyda o'qiganman. 2005 yilda talaba bo'ldim, Buxoro Davlat Universitetiga o'qishga qabul qilindim... Gumanitar fakultet "Milliy istiqlol g'oyasi, huquq va ma'naviyat" bo'limini shu yil tugatib, Xudo xohlasa ishlarni boshlab yubordik. Hozirda Kogon shahrida 9-o'rta maktabda tarix,  huquq va milliy g'oyadan dars berib kelyapman.
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2009, 09:30:10
She'rlari:

Oliy maqsad

Qalbim liq to’ladir Sening ishqing-la,
O’tkinchi havaslarni xushlamas ko’ngil.
Til Sening zikringda charchamas sira,
Ko’z faqat Seni ko’rar,xayol ham Senda.

Mendan yiroqlashma, nazaring olma,
Axir ishonganim yolg’iz O’zingsan.
Boshqaga kuhtojlikni boshimga solma,
Qo’limga gul tutma, mayli ber tikan.

Sening har bir so’zing umrim mazmuni,
Buyruqlaring amali-la hayotda borman.
Ayirma qalbimdan nur, muhabbating,
Bir bor soya solsang, ming jon fidoman.

Rahimu, Rahmonim,Qodirim,Egam,
Hamdlar bo’lsin Senga, Allohim behad!
Sening ishqing yo’lida cheksam ham alam,
Jamoling ko’rmoqlik eng oliy MAQSAD!!!

Go'zal Ahliddin qizi
30.08.2009



* * *

Mag’rur bosh bugun egik,
Qora ko’z ma’yus boqar.
U sabab jonim tirik,
Xayol ham Unga shoshar.

Labdan ketdi kulgilar,
Til Uning nomi-la band.
Ko’z yoshim bugun kutar,
Bir ko’rmoq uning-chun baxt.

Habibim, Hayot, Borim,
Asiringdir bugun dil.
Eshit, tinglagin zorim,
Menga bir nazar qilgil.

Abadul mahbus bo’lay,
Nurli manzil,makonda.
Fano fillohga yetay,
Ruh asir bu jahonda.

Robiya arzin so’zlar,
Rahmatingdan umidvor.
Hammaga afzalin tilar,
Niyatga ham xayr bor…

Go'zal Ahliddin qizi
30.08.2009
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: shoir 23 Dekabr 2009, 09:32:03
To'rtliklar

Oh nega qiynaldim deya og'rinib,
Qalb ko'zin Taqdirga tikmang bemajol.
Yaxshisi tavakkul qiling sig'inib,
Yolg'iz Parvardigordan Siz so'rang nurli hol..

***

Alloh dedim, kam qilmadi,
Do'stu yorga qildi oshno.
Tilga zikru fikr berdi,
Hayotim ham nurli, ziyo.

***

Rozimasman, Alloh desa, dil yonmasa,
Rasululloh desa, zahmatga ko'nmasa.
Ruhsiz tanim,nafsga asir bo'lsa abas-
Islomsiz o'tgan kunlarim kerak emas.

* * *

Қизларда ҳаё йўқ, йигитлар беор,
Бухорий, Темурлар йиғлаёди зор-зор:
“Ҳикматли Бухором, Ўзбекистоним,
Наҳот сени бугун қоплади ғубор!?”

* * *

Осмонга боқаман сонсиз юлдузлар,
Аллоҳ ҳикматини сўзлар бетўхтов,
Эсаётган шамол, майса, дарахтлар,
Дейди: “Ҳақ Қиёмат, яқиндир Сўров!”
 
* * *

Намозда хушуъ йўқ, рўзалар қазо,
Қуръони Каримни унутди инсон,
Суннат амал эмас, қилинар риё,
АБАДИЙ ЖАННАТдан юз бурди инсон.

* * *

Бедор ўтказамиз узун тунларни,
“Таҳажжуд”да дуони қилмасдар канда.
Аллоҳдан сўраймиз гўзал ЯКУНни,
Гарчи ўзимиз бир гуноҳкор банда.

* * *

Бу дунё ҳаёти бир меҳмонхона,
Биз-чи, келиб-кетар йўловчи, меҳмон.
Ким яшар Аллоҳни дўст тутиб ўзга,
Кимдир бу дунёдан ўтар беиймон.

* * *

Орзулари бор бўлсина инсонни,
Нафс комига асир қилиб қўяди.
Аллоҳ зикрин, ибодатин қилишдан,
Мол-дунё ҳаваси ортиб боради.

* * *

Тил бердинг зикрингни қилмадим дилдан,
Икки кўзим тиёлмадим зинодан.
Кўксга уриб: “Мусулмонман!” дейману,
“Калима”ни айтолмадим юракдан.
                     
* * *

Ҳақлиманми ёки йўқ, лекин,
СЕН*инг васлинг менинг маслагим!..

Гўзал Аҳлиддин қизи

* - Аллоҳ азза ва жалла
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: shoir 14 Yanvar 2010, 08:25:23
She'rlari:

Anonim she’r

Uyqusirab uyg’onyapti tong
Oppoq qorli belanchagida
Qay tariqa o’tadi bu kun
Kechar doim xayollarimda

Bugun seni ko’ramanmi yo…
Javob topmay o’rtanar yurak
Qarashlaring qilarmi shaydo
Ollohimga ayondir beshak

Bir maqsadda qadam bosaman
Seni ko’rish va faqat seni
Muhabbat-la senga shoshaman
Sevging asir ayladi meni

Qayerdasan sevgilim qayda
Javob bergin bo’lmasidan kech
To urarkan yuragim tanda
Dil qiynalur qiynaydi sog’inch

Sevgim olis ekansan mendan
Izlay izlay oxiri topdim
Seni sevib ishongin chindan
Visolingni men uzoq kutdim

Quvonchlidir faqat sen bilan
Orzularga boy bu hayotim
Azoblisan azobli darddan
Sen o’zingsan shirin orzuim

Muhabbat-la uyg’onib har kun
Malham topdim azobli dardga
Orzuimga erishdim bugun
Visolingni ko’chirdim qalbga

Mana bu kun oxirlab qoldi
Xayr deyman senga hozircha
Aytolmagan bir gapim qoldi
Seni sevgum umrim boricha

Quyosh tog’ga asta qo’yib bosh
Uyqu sari ketdi bemalol
Ertagacha beramanmi dosh
Endi qiynar meni shu savol

Uyqusirab uyg’onyapti tong
Oppoq qorli belanchagida…     
                           
Go'zal
(11.02.05 yil, tonggi 4-00)


Hijron

Bugun men-chun boshlanar hijron
Visoling ko’raman oxirgi marta
Sen-la o’tgan har lahza, har on
Muhrlanar qalbga albatta

Esda qolar beg’ubor kunlar
Unutilmas nurafshon tunlar
Har nafasda seni eslayman
Umrim faqat sen uchun kular

Ishq muhabbat yashar abadiy
Ajratolmas ularni firoq
Ikki qalblar tutashgan sohil
Yodga solar sevgimni ko’proq

O’sha kezlar edim baxtiyor
Har soniya yoningda mamnun
Lek sevgimdan voz kechib majbur
Taqdirga tan beraman bugun             

Go'zal  
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: shoir 14 Yanvar 2010, 08:26:43
She'rlari:

***

Shunday muhabbat berginki, oqibat Seni topay,
Unda Seni ko'ray-u, Seni deb unga shoshay.
Uning har nazarida etsa ilohiy nur tajalliy,
Bir qarashiga mast bo'lib, ikkisida jon beray...

Go'zal Ahliddin qizi


Endi men bahorni sog’inmay qo’ydim…

Endi men bahorni sog’inmay qo’ydim,
Ko’rgim kelmas sira gullarini ham.
Quyoshli bir kunda yurakni so’ydim,
Shu bahor qalbimga berdi ko’p alam.

Bevafo dunyoda quvonch-la yashab,
Tabassum-la yengardim to’siqlarni ham.
Bunda hayotimga bir nurni izlab,
Topganim bo’ldi-ku faqat g’am, alam.

Taqdirimdan mingdan-ming rozilar edim,
Sening suhbatingga shosharedi dil.
Sen-la bu dunyoni nur, go’zal ko’rdim,
Foniy havaslarga aldandi ko’ngil.

O’sha mash’um kun ham hamon yodimda,
Ikkimiz ham qanchalar shod-xurram edik.
Yana o’zing aytding so’nggi so’z shunda
Uchrashmay turib biz nogoh ayrildik,
Mayli, nima bo’lsa, taqdirda dedik…

Seni ayblamayman, lek yarim ko’nglim,
Sendan nafratlanib qarg’aydi  hamon.
Sen-la suhbatlarga shoshgan bu tilim,
Der: “Muhabbat qo’yib, voz kechmoq yomon!”

Mayli, qayda bo’lsang, bo’lgin baxtiyor,
Alloh panohida asrasin Seni.
Senga aytar so’zim, eshit so’nggi bor:
“Endi bu dunyoda izlama meni…”


Аср қазо бўлмасин!

Ўрта намоз дедилар,
Аллоҳ амри билдилар,
ÐŽқидилар,қилдилар,
Аср қазо бўлмасин!

Ўзи савобдан савоб,
Бир ракаати минг китоб,
Расул қилдилар хитоб:
Аср қазо бўлмасин!

Даъват қил оилангни,
Ҳадя бил ушбу пайтни,
Кейин топмайсан,қани,
Аср қазо бўлмасин!

Қалбингни асра киндан,
Амалинг бажар дилдан,
Камчилигинг бор кимдан,
Аср қазо бўлмасин!

Бор-ку дейсан бошқалар,
Уларда бор хайрлар,
Лек Каломуллоҳ айтар:
Аср қазо бўлмасин!

Фаришталар инган пайт,
Дуо-ниятингни айт,
Гуноҳкор бўлишдан қайт,
Аср қазо бўлмасин!

Ҳар не ишни четга сур,
Аллоҳга бош эгиб тур,
Сўнг бунинг хайрини кўр,
Аср қазо бўлмасин!

Гузал Ахлиддин кизи
05.09.2009.
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: shoir 14 Yanvar 2010, 08:27:25
Qatra

Zamonamiz ajoyib...

Ertalabdan imkon bo'lib, yarim soatcha o'tirib odamlarni kuzatdim...

Bolasini qo'lidan yetaklab ketayotgan ONA (!!!) ertalabdan farzandini "chiroyli" so'zlar bilan siylamoqda: "ovozingni o'chir..."

Osmonda esa qishda ovozi ham chiqmagan qarg'alar ovozini baralla qo'yib qag'illashmoqda...

Biri kelib, biri ketayotgan yo'l mashinalari hammani o'z manziliga yetkazmoqda... hozircha shu dunyodagi...

Milliy matomizdan o'ta zamonaviy dizaynda tikilgan ko'ylakni kiygan qiz, qo'l telefonida... undan 100 metrcha narida o'tirgan otaxonlarning boshini achinish hissi ila chayqashiga sabab bo'lguvchi shovqini kuchli chet el musiqasini eshitib ketmoqda...

Kim o'ngga, kim chapga, kim oyoqda, kim esa...

Sekin-asta odamlar gavjumlashyapti... Yana turli xillik, rang-baranglik...

Hamma o'z tashvishida...ish,savdo,oila...

Va ushbu kishilarda bitta umumiylik bor: Dunyosini deb oxiratini unutishyapti, Vallohu a'lam!..

Iye, ana kimdir velosipedda kelayotib yiqilib ketdi gulzorga...

Maqoming muborak, ey notanish birodarim! Payg'ambarimiz SAVdan hadis borki, kimga zarracha shikast yetsa, tikandan ziyon yetsa, Alloh uning ajrini beradi...

Biz ham shunday ajrlardan umidvormiz...InshaAlloh!

Muhimi osmon ko'm-ko'k, musaffo, quyosh porlab turibdi!

Tinchlik, osoyishtalikdan masrur bayrog'imiz hilpirayapti...Muhimi shu emasmi azizlarim!

Yana bir go'zal kun, ibrat kuni muborak, aziz forumdoshlar!

Dunyomizni, kishilarimizni shunday yaratib qo'ygan Allohga beadad hamdlar bo'lsin!

Har qadamda ibratlanish hammamizga nasib etsin!
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: shoir 14 Yanvar 2010, 08:28:05
Aforizmlar

Sevgida intiho bo'lmaydi, judolik uning ibtidosidir!

***

Yashayapmiz, aslida - chi, o'lyapmiz...
O'lyapmiz, aslida - chi, tirilyapmiz!
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: shoir 14 Yanvar 2010, 08:28:48
Qatralar. 2-qism

Daraxtzor...

Daraxtzor...Bu daraxtzorning bino bo'lishi uchun Ochil otaning kuchli belidan quvvati ketib, o'zi qurgan daraxtlariga suyanib qoldi.Ochil ota xotirlaydi: Esimda,mana shu daraxtlarning nihollarini olib kelib o'tkazgan paytlarim kechagidek esimda.Qara-ya,hozir bo'yim yetmas yuksaklikka erishgan daraxtlar xuddi menga minatdorchilik bildirayotgandek tuyulyapti.Mana bu daraxtni sevimli nevaram Jamshidjon o'tkazgan edi."Bobojon,bu daraxt qachon katta bo'ladi?U meva qiladimi?"deb turli savollar berardi tushmagur.Bu daraxtlar meva tugmaydi,bolajonim,bu daraxtlar baland-baland bo'lsa uni odamlar kesib olib uy qurishadi,boshqa ishlariga ishlatishadi deganimda,o'zi qurgan daraxtni yerdan sug'urib olib,unaqada men daraxtni ekmayman.Baribir kesisharkan-ku, deb xafa bo'lgandi nevaraginam.Mana,hozir uning o'z bog'i bor,turli mevali daraxtlar o'tkazgan,onda-sonda kelib mening daraxtzorimdan ham xabar olib ketadi.Faqatgina uzoqdan qarab,essiz,yana 10 ta daraxt kesilibdi deb xo'rsinib qo'yadi.
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: shoir 14 Yanvar 2010, 08:29:19
Qatralar. 3-qism

Kechdim sendan

Inson dunyoga kelar ekan, u o'zini kelajakda qanday ishlar,qanday vaziyatlar,qanday muammolar-u quvopnchli kunlar kutib turganini bilmaydi.Vaqti-vaqti bilan ularni o'zi amalga oshira boshlaydi.Va ularni bajarish davomida ko'p kishilarga va narsalarga "kechdim sendan"  deyishga majbur bo'ladi.).Masalan:
Do'stga: - Sendan buni kutmagandim.Seni o'zimga yaqin olib,dardlarimga hamdard qilgandim.Oqibati ...Bugun hamma ustimdan kulyapti.Menga har qancha og'ir bo'lmasin,senga bu gapni aytish yuragimni pora-pora qilsa-da "kechdim sendan"
Tilga: - Alloh harom sanagan gaplarni gapirganing,uning iymonli bandalarini soatlab g'iybat qilganing sababli gunohlarim yozilgan a'molimni to'ldirganing uchun "kechdim sendan"
Oynayi jahonga: - mening qimmatli vaqtimni behuda ishlarga ,turli foydasi yo'q seriallarga,hidoyatdan yiroqlashtiruvchi qo'shiqlarga jalb qilganing uchun "kechdim sendan"
Orzuga: - menga haddan tashqari ko'p umid berganing(aslida amalga oshmasang-da) uchun,oqibatda haqiqiymaqsadimdan adashtirganing uchun "kechdim sendan"...
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: shoir 14 Yanvar 2010, 08:29:49
Qatralar. 4-qism

Xayr, ey Mohi Ramazon!

Sen bilan xayrlashganimizga ancha bo'lgan bo'lsa-da, sendan ayrilgim yo'q,sevimli Mohi Ramazon!
Bilasanmi,sen tufayli bir oy mobaynida ko'nglim xotirjam,ruhim orom oldi.
 Senga necha marta minnatdorchilik bildirsam ham oz.Sababi,sen bizga bergan narsani hech  kim va hech nima berolmaydi.Ey oylar sayyidi, har bir saharlik qilganimdagi quvonchni,har iftorlik qilgandagi dasturxon atrofidagi aytiladigan bir-biridan ajoyib hikmatlar... Eh,bu onlar qanchalik oz bo'lsa, shunchalik foydali va masrur onlarni taqdim etgandi.
  Sening sharofating ila necha-necha iymonli kishilar suhbatidan bahramand bo'ldim.Ular bilan seni bizga farz qilgan Allohimga hamdlar aytganimiz kechagidek esimda.
  Biz tomonlarga qilgan bir oylik safaring bizga yillarga tatigulik yaxshiliklar,savob amallar,ajrlarga erishishimizga kifoya.

  Mana,Ey Mohi Ramazon, sen bilan yana bir yilga xayrlashyapman.Yo'q, bu xayrlashish emas,senga aytadigan eng so'nggi so'zim: Keyingi yil diydorlashguncha...
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 16 Mart 2010, 04:15:05
Assalamu alaykum!

***

Tun pardasi yopilib asta,
Tong oq ro'mol o'ray boshladi.
Xoja*sidan bo'lib shikasta,
Xo'roz Sen**i alqay boshladi..

Uxlagan har jonzot uyg'ondi,
Maysa, gullar ko'tarishdi bosh.
Faqat inson g'aflatda qoldi,
Hech eshitmas, yurak misli tosh.

Umring lahzasi-da hisobli,
G'ofil banda bo'lma beparvo.
Uyg'on tezroq, hali ham vaqtli,
Senga mushtoq, kutar joynamoz!..


*Xonadon sohibi
** Alloh azza va jalla

16.03.2010
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 19 May 2010, 17:48:58
:as:

Shirinso’z bo’l, bo’l do’stim halim,
Suhbatingga oshiqsin yurak.
Kalomingda jo bo’lsin Rahim,
Uning zikri, afzaldir beshak!

*** 

Xushsuratu, xush xulqing bezab,
Zabonlaring tinmas shukrdan.
Foniy, boqiy saodat so’rab,
Qalb halovat topar zikrdan.

*** 

Eh, Mahbubim, Sening xayoling,
Qalbim mayli aylasin asir.
Faqat ko’rsat, bir bor Jamoling,
Berma, mayli ko’shk, ayvon, qasr!
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 19 May 2010, 17:49:18
Ozorlaring qalbimga rohat,
Sinoving-la to’laman nurga.
Sen unutma, unutma faqat,
Borganimda nazar sol menga!

*** 

Oshig’ingman yuz tuban, gumroh,
Sendan o’zga ko’rinmas ko’zga.
Ishqing sabab, ming nola-yu oh,
Sig’mayapti birgina so’zga.

***

Visolingni tilaydi ko’ngil,
Nazaringga ko’zlar nigoron.
Osmonlarda parvoz etar dil,
Sen bir nigoh tashlaganing on!

07.05.2010
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 19 May 2010, 17:49:43
Sendan boshqa g’amim yo’q mening,
Izhorimni tinglagin mana:
Jonfidongman,umrbod Sening,
Yoding ila quvnar dil yana!

***

Muhabbatni madh etdi qalam,
Do’stlik, vafo, sadoqatni ham.
Oxir bildi, anglabon yozdi:
“Madh Sengadir, Senga hamd Egam!”

***

Alloh inoyati, Alloh rahmati,
Bo’lsin yor, qadrli dindosh birodar!
Ibodat zrohati – mehnat zahmati,
Har ezgu amalga ming-ming savoblar.

09.05.2010
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 24 May 2010, 15:48:15
:as:

Muhabbat-la keldim dunyoga,
Muhabbat-la yashayman bugun.
Muhabbatim muhrlab qalbga,
Muhabbat-la ketarman bir kun..

***

Barokat yomg'iri yog'gan bu damda,
 Allohga yuzlandim ming shukrlar-la.
Kunim xayrli qil, sobit qil hamda,
Siyla bizni ilohiy, nurli nazar-la...

***

Kutgan nomin tinglamoq uchun,
Jon quloqqa aylandi mana.
O'sha Nomla bu ruh-tan butun,
Hayot go'zal shu Ism ila..

***

Har bir kuning bo'libon nurli,
 Hatto kulging bo'lsin hikmatli.
 Umr foniy, unutma aslo,
 Har lahzasi belgili, shartli..!

***

Yulduzchalar ko'zlarim misol,
Boqar mahzun, lek to'la ma'no.
Oy-la birga bo'lmoq nurli hol,
Lek ko'kda Oy yagona, tanho...

***

Sharqiroq bir yomg'irlar yog'ib,
 Dilni yorug' aylasa qani?
Oy yuzini to'sgan bulutlar,
Asli qalbim zulmat "chaman"i...

21/05/2010

Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 06 Iyun 2010, 15:52:22
:as:

***

Ishq bobida bahs ketib nogoh,
Har xil fikr tinglandi hayhot.
Sevgi nima, ishq asli nedir,
Sevganmisiz deyildi bot-bot.
Javobimni tinglamay turib,
Ishqin so'zlay ketdiku birdan.
Men ham buni hikmatli bilib,
Tingladim jim, kuzatib zimdan.
12 da sevganman debon,
Hayratlarda qoldirdi meni.
Qator savol tug'ildi shu on,
Bu aslida O'sha Sevgimi?
Ha dedi u qat'iy va mag'rur,
Sof muhabbat, ishqning asli shul.
Senga buni anglatish bekor,
Der dardsizga tushunmoq mushkul.
Dardizligim javobim bilan,
Hayrat to'la ko'zlar tikildi.
Bilmam qanday so'zu javoblar,
Necha oshiq nomlar kutildi..
Sevgim haqda so'z ochganim dam,
Yana fikr bildirildiku:
Sening ishqing to'g'ri, avvalo,
U bir ne'mat, ilohiy tuyg'u.
Bunga ushbu so'zlarim sabab:
Dindoshim, men bir ishqning quli,
To tirikman, hayotda Alloh
Va Rasulning oshiq bulbuli...
Yana davom etdi muloqot,
Xotiralar bir bir eslandi.
Ishq haqida so'ralib bot-bot,
Ishq haqida rozlar tinglandi...

PS.: suhbat asnosida tug'ilgan ijod namunasi :)


Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Chustiy 07 Iyun 2010, 03:23:06
Qoyil odamlada qanaqip, ilhom, qofiya kelarkin a?
 shundo ko'zini yumsa kevuradimi? yoki ilhom keltruvchi biron bir tabletka bormi?
Manam ovqatlaga qarab biir she'r to'qirdimde :D

Baqlajon, sabzi, piyoz,
Solarman baridan oz-oz,

deb :P
Nom: Robiya
Yuborildi: Robiya 07 Iyun 2010, 08:38:04
Assalamu alaykum!

***

Ilhom nima, ilhom ham albat,
Allohdan bir berilgan ne'mat.
Sizga qanday tushuntirayin,
Yozgim kelar...yozaman faqat.
Yozgum qalbim og'riqlarini,
Ajib so'zla rozlashgum tunlar.
So'rab onam sog'liklarini,
Allohga qilaman duolar.
Ba'zan vafo,do'stlik haqida,
Yozish istab qoladi qalam.
She'r yozila boshlagan onda,
Shodlik emas, ko'p bo'lar alam.
Biror dori ichmoq lozimmi,
Shunday she'rlar bitmoq-chun debsiz.
Dardli dil-u, bedor tunlarni,
She'rga o'rtoq biling, anglang Siz.
Yuqorida ayladim bayon,
She'riy mavzu men uchun bisyor.
Lek bu yurak bir mavzu-la jon,
Unga faqat bir mavzu darkor.
Alloh ishqi, vaslini o'ylab,
Ko'zga uyqu kelmas kechalar.
Faqat Undan rozilik tilab,
So'z qog'ozga tushar nechalar.
Alloh O'zi soladi dilga,
Ko'rinmaslar der: "Bundayin yoz"...
O'sha paytda ko'rinmas ko'zga,
Har na ko'pdir yo bo'lsa ham oz.
Mana shunday yaralar she'rim,
Poklar, Zotlar nazargohida,
Keling, Siz ham she'r yozing do'stim,
Mavzu, imkon, ILHOM borida... :)

Ps.: bu she'r Chustiyning postlariga javoban hozir yozildi.. :) Odatim shunaqa: qog'oz,qalam bo'lmaganda, Telefonning Draftboxidan foydalanaman..:)
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 08 Iyun 2010, 09:08:03
 :as:

Kecha bir rivoyatni eshitgach, undan ilhomlanib yozilgan she'r:

Bir bemor tabib yoniga kelib,
Dardin bayon aylay boshladi.
Tabib ham bemorni tinglagani on,
Nimani davolash kerak deb so'rdi.

Meni qalb ko'zim ko'r, ey qodir tabib,
Davola, qiynalib ketdim bu holdan.
Qo'lingdan ne kelsa, hammasin qilib,
Iltimos, xalos qil jonim yomondan.

Tabib jim tingladi bemor so'zlarin,
Tugatgach, shunday gap boshladi sekin,
Seni davolaring mendamas kechir,
Men tabibman, sen Hakimga murojaat qil.

Hakiming kim, uni qaydan topayin,
Qo'y, ovora qilma, qil menga rahm.
Yo'q, albatta uning qabulida bo'l,
Udir "YASIN. VAL QUR'ANIL HAKIYM"!
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 08 Iyun 2010, 10:23:47
:as:

Qadrli forumdoshlar, Sizlarga jiddiy masala yuzasidan maslahat olmoqchiman :)

Ushbu mavzudan o'rin olgan ijod namunalari va boshqalarini ham birlashtirib, kichik bir risola chiqarish niyatidamiz, inshaAlloh.

Shu kitobchamizga qanaqa nom berishni o'ylab yuribman...

Hech bir aytarli fikr kelmayapti...

Shu sabab Sizlar bilan maslahatlashsamchi degan fikr kelib qoldi...

Menga maslahat beringlar, qanday nom tanlasam ekan?
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 24 Iyun 2010, 17:45:47
:as:

Ostonang toza tut!

Mehmon kelar uyda farishta bo'lar,
Mehmon-la xonadon nurlarga to'lar,
Mehmon kelar bo'lsa, ilk ko'zi ko'rar,
Ostonang toza tut, ozoda, go'zal!

Kaloming xush bo'lib, so'zla quvonch-la,
Mehmoning ko'nglini savob-chun ovla,
Qo'ling or bildirar ishlarga chog'la,
Ostonang toza tut, ozoda, go'zal!

Dasturxonda bo'lsin turfa ne'matlar,
Necha ming - ming so'mlik idish, matohlar,
Biroq mehmon poyin uyingga bog'lar -
Ostonang toza tut, ozoda, go'zal!

Hovlingda anvoyi gullar o'stirgin,
Daraxtlar shoxini zeb-la kestirgin,
Ammo senga obro' keltirar bilgin,
Ostonang toza tut, ozoda, go'zal! (c)
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: shirin_a 24 Iyun 2010, 21:48:01
Sherim bitti ko`chirdim oqqa,
Hamma buni bilsin deb.
Tayyor bo`lgach berdim sizga,
Ey do`stim ko`rin deb.
Bo`lgan ekan bir qizcha,
Toshkent degan shaxarda.
Hamma uni baxtli ekan deb,
Havas qilar ekan mahalla.
Qizcha sho`x edi quvnoq,
Kuchi yetar edi xatto o`g`ilga.
O`qishga kirib o`shal mahal,
Boshda ko`tarishdi uni to`riga.
Hayot shul dam boshlandi unga,
Qani endi quvnoq qizcha.
Endi uning yuragi,
Og`rir edi xar bir ishga.
Baqirishdi yo`qol o`qishdan,
Jar solishdi butun olamga.
Xatto quvnoq do`stlari,
Yech deyishdi rumolni unga.
Hayron qoldi bir zum hayotga,
Yo`q also bundoq qilmam.
Ne qilsangiz qilavering,
Boshimda rumolim qolgum bas.
Shunda u duo qilib,
Yo Rabbii ne bo`ldi ularga.
Yo taqdir shundoqmi deb,
Yo aralashdi shayton ularga.
Yelkamda ikki farishta,
Yozar edi savob-gunohim.
Ulardachi bormikan deb,
Qiynar edi maning hayolim.
Javob topdim men bunga,
Taqdir ekan na chora.
Haydashsa ham meni o`qishdan,
Ketdim endi na chora.
Hayot qiziq ekan bunchalar,
Haydashdiku kecha o`qishdan.
Endi ne bo`ldi ularga,
Gapirishyaptiyu bugun qaytishdan.
Qaytaymi ey do`stim,
Ne deysiz bu o`qishga.
Kecha haydashtiku baqirib,
Haydashmasmu yana ertaga.
Maylin bordim boshim egib,
Mendan katta ustoz deb.
Hayron qoldim bu ishdan,
Menga shirin so`zlar deb.
Hayot yo`lim izga tushib,
Muammolar asta yo`qoldi.
Bilasizmi ne desangiz deng,
Men xursand bo`la boshladim.
Bo`lar edi o`qishda bayram,
Oyda bir xaftada bir emas.
Qilar edim shaxsan o`zim,
O`qishda kun ora bayram.
Xursandligim bilinib qoldi,
Quvonchim sig`masdi ichimga.
Ne bo`ldi ne bo`ldi o`shal mahal,
To`satdan savdo tushdi boshimga.
Bu yo`lni tanlamas edim,
Na chora otam-onam deb.
Rozi bo`ldim boshim egib,
Xursand bo`lsin ular deb.
Qani endi o`shanda,
Oyoq tirab tursaydim.
Hozir bu kunlar bo`lmasmidi,
Yozmas edim bunday she`r.
Olib ketishdi meni,
Juda uzoq yurtlarga.
Ayirishdii yaqinlarimdan,
Almashishdi uzoq yurtlaga.
Hayol suraman yana,
O`tirib bir burchakda.
Nasib qilarmikan deb,
Do`stlarimni ko`rish o`shanda.
She`rim oxiri shudir mening,
Ayriliq azobin ko`rmang ey do`stim.
Menku otam-onam deb,
Boshim egiblar o`sdim.
Yuzimda sohta tabassum,
Ko`zimda to`la yosh.
Sog`indim do`stlarimni,
Sabr qilaman yetarmu bardosh.
Hayotta nelar bo`lmaydi deysiz,
Duo qiling ey do`stim.
Men ham duo qilaman,
Do`stlarimni ko`rmoqlik uchun.

sher muallifi o`z ismini sir tutishimni so`radilar... :3
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Nоdirbek 24 Iyun 2010, 22:39:18
Juda ta'sirli sher ekan, Alloh muallifga chiroyli sabr ato qilsin!
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: shirin_a 24 Iyun 2010, 23:16:08
Juda ta'sirli sher ekan, Alloh muallifga chiroyli sabr ato qilsin!
:amn: Alloh barchamizga yaxshilikni nasib etsin  :amn:
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: SiDDiQ 25 Iyun 2010, 03:58:39
Assalomu Alaykum !

Kitobni masalan:

Qalbga quloq sol.

Hayolimdan o'tkan misralar.

deb nomlasak bo'larmikin.



Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Chustiy 19 Iyul 2010, 00:10:59
Assalomu Alaykum !

Kitobni masalan:

Qalbga quloq sol.

Hayolimdan o'tkan misralar.

deb nomlasak bo'larmikin.





Nomlasak deysizmi?  ::)
Nima kitobni birga yozvosilami?  ::)
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 20 Iyul 2010, 08:56:00
 :as:

Ishqim

Ishq dardiga malham istamam sira,
Ishq ila hayotim etmoqda davom.
Ishqim ketsa dildan, atirgul misol,
Tezgina so’ligum, bo’laman tamom.

Kimga lola, kim atirgul shaydosi,
Gullar ila hayoti go’zal.
Men minnatsiz ishqning gadosi,
Oshiqdirman azaldan-azal.

Men chiroyli hayot oshig’I,
Faqat Ishq-la to’lsa gar nurga.
Undan paydo sevgi qo’shig’im,
Almashmasman inju-yu durga.

Yaxshi insonlarga mehrimni berib,
Ezgu so’zlariga intiq yuragim.
Eshitganda qilib men ta’zim,
Suhbatlarda yuksalar Ishqim.

Bog’da qushlar, gulag boy chaman,
Dilimda xush hislar uyg’otar.
Iforidan sarmast quyosh ham,
Uyg’onib zor, Ishqim-la botar.

Tungi hamroz oyga yukinib,
Izhorlarim yulduz-la aytsam.
Mohim bulut aro bekinib,
Ishqim qabul aylabdi balsam.

Uchgan yulduz bundan nishona,
Elchi misol keltirdi mujda.
Hayron tursam, qalbim pinhona,
Der: “Sen kutgan muhabbat shu-da!”

Ha, muhabbat go’zal bir tuyg’u,
Oshiqlarning tanho ilinji.
Mahbubini ko’rmoq bir orzu,
Unga makon xayollar pinji.

Ishqlarimni ayladim izhor,
Birin – ketin marjonga terdim.
Lekin bunda bitta duri bor,
So’zlay, o’ylay oxiri bildim.

Asl Ishqim Ungadir faqat,
Qalb izhorlar Unga atalgan.
Mahbubimdan so’rayman hojat,
Ishqim qilgin ado bo’lmagan.

Har tong Ismi takrori ila,
Uyg’onaman bo’libon xush hol.
Kun davomda unutmam sira,
Ishqimga bu kelmaydi malol.

Tanada dard, ga’mni gar sezsam,
Darrov uni esga olaman.
Ishqim ila bo’ladi malham,
Usiz yana g’amga to’laman.

Quvonganda albat U ila,
Baxtim baham ko’radi Ishqim.
Usiz olgan nafaslarimdan,
Kelib ketar gohida kechgim.

Mening Yorim shundayin go’zal,
Qarasang, ko’z qamashar zumda.
Oshiqdirman azaldan-azal,
Hayot zavqi, mazmuni shunda.

18.07.2010
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 20 Iyul 2010, 09:02:31


Senga...

Birga jim xayollar surgum,
Baxt nima ekanin ko'rgum,
Taqdirim qurib men Sen ila,
Yashashning ma'nosin bilgim.
Umrbod hayotning yo'lida,
Sen-chun, faqat Seni deb yurgum...

Sen ila...

Boshqalar Seningdek bo'lolmas,
Nur bo'lib umrimga kirolmas,
Hijronlar o'tini o'chirib,
Qalbimda oy bo'lib to'lolmas.

Sen kabi...

Bedor tunlar Sen-la uchrashib,
Xayolan suhbatdan dilim shod,
So'zlaring dardlarim aritib,
Menga g'am yo'latmas umrbod...

Sen borsan...

Olis yaqinimsan qalbim to'rida,
Ishqimiz yuksalar firoq zo'rida,
Har zamon men Seni kutgayman,
Titroq hislarimda, yurak qo'rida...

Kelishing...

Ga'mlaringga izlama qabr,
Mana, mening yurahimga ber,
Men ne uchun yuribman axir,
Bir g'amingga qilmasam sabr...

G'urbatlarda faqat men kuyay,
Shodlikdagi kulgilar Senga,
Sen faqat gullagin, bundan quvonay,
So'lmoq Senga emas, yarashar menga...

Shuni unutma...

Yuzda tabassumim faqat Sen uchun,
Sahar sabo so'zim faqat Sen uchun,
Manzilingga intizor bo'lgan,
Aksi bor ko'zlarim Sen uchun...

Sen uchun... (c)
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 26 Iyul 2010, 11:48:04
 :as:

… Odam


Xafa bo’lgani ham qalbimga yaqin,
Jahli chiqishi-da o’zgacha olam.
Shu dam ko’zlarida ko’riv men chaqin,
Shafqatlar tilayman “jahldor” Odam!

Yovga rahmlidir, do’stga vafodor,
Hammaning dardiga bo’lib u malham.
Ko’rganda deyishar: “U hojatbaror”,
Allohning mahbubi suyukli Odam!

Pand-u nasihati prma’no, hikmat,
Udir xolis inson, odil bir hakam.
Aytgani amalda, bu go’zal ibrat,
Botin-la zohiri chiroyli Odam!

Qarindoshlarga-da e’tibor bisyor,
Silai rahmni unutmay bir dam.
G’amxo’rlik qiladi takror va takror,
Sunnatda sobitdir chin ummat Odam!

Qalbi Haq ishqiga limmo-lim, to’la,
Xayolini chulg’ab Majnun yo Sanam.
To’rt sevgi*ni diliga jo qilib turgan,
Aziz hislariga hukmron Odam!

Omonat dunyoda yaxshilik qilar,
Yaxshilar duosi-la bo’lmayin hech kam.
Gina-kuduratni ortiqcha bilar,
Xusumatdan yiroq, samimiy Odam!

Tilda ezgu kalom, dilda Haq zikri,
Qilgan ishi faqat saxovat, karam.
Bu olijanobga Go’zalning fikri:
HAQ PANOHIDA BO’L, ENG YAXSHI ODAM!

25/07/2010

*- Hadisdan
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Zamiraxon 22 Avgust 2010, 07:55:46
 :as:
Robiya, soliham, Alloh rozi bo'lsin, ijodingiz juda go'zal, qalbingiz undanda go'zal.
Niyatingizga InshaAlloh yeting - Alloh vasliga yetishing,  :amn:

Sh'erlaringiz ta'siridan ko'zlarimdan oqdi yosh,
Qalbimdagi titroqlarga shu on berolmay bardosh.
Qay yerdagi yengil-yelpi misralarmas bu vo-ajab,
Sizni duo qilgan qo'llar ochiqdir abadul-abad!
                                           Solihangiz
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2010, 12:40:13
 :as:

“Inson”

Inson ko’z ilg’amas makkorliging bor,
Hatto do’sting undan baloga duchor,
Yana neni istar bu halak joning,
Qayga ketdi senda nomus birla or.

Tiling diling ila bir bo’la olmas,
Qo’ling g’oyo ko’mak, yordam-la tolmas,
Asl niyatingni bilolmas hechkim,
Asl muddaong ne hech kim bilolmas.

Begona-da bunday ishni etmas ravo,
O’zi xayr qilar garchi bo’lsa gado,
Sen-chi, ey sen o’zni do’st deb yuribsanmi,
Nahot senga ishonganlar qildi xato.

Ha sen inson o’zni odam sanaysan-da,
Do’stlaringga g’oyo xayr tilaysan-da,
Soddagina ko’rinasan tashqaridan,
Ichda ne-ne rejalarni tuzaysan-da.

Bilib qo’ygin, bu umr ham o’tajakdir,
“Yaxshiliklar” bir kun unut bo’lajakdir,
Quvonmagin meni axmoq qildim deya,
Qilgan “xayr”ing bir kun albat qaytajakdir!!!

2/08/2010
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2010, 13:34:45
Dil so'zi

Tunlar Seni zikring ila tong otar,
Sensiz otgan tongdan ko’ngil to’lmaydi,
Necha – necha ishqin bayon etsa ham,
Birortasi Senga bas kelolmaydi.

Orom nisor Seni vasl yo’lingda,
Hijronli kun endi tashvish solmaydi,
Bundan yurak laxta-laxta bo’lsa-da,
Mehring ila Ishqqa rishta bog’laydi.

“Jannatlarda sevganing-la bo’lasan” –
Degan So’zdan ko’z yosh to’kmay qolmaydi,
Bu dunyoda ishqqa asir bo'lsak ham,
Yurak Ishq tolibligida tolmaydi.

Ota-ona, yor qarindosh,birodar,
Og’ir damda meni yolg’iz qo’ymaydi,
Lekin O’zing hammaga hojatbaror,
Hech bir hotam Seningdek berolmaydi.

 Yurak qurg’ur sog’inishni qo’ymaydi,
Turfa go’zal so’zlaringga to’ymaydi,
Butun dunyo sanamlarin yig’sangda,
Bekor, ular Robiyadek bo’lmaydi!

22/08/2010

Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Chustiy 23 Avgust 2010, 16:46:24
:as:

“Inson”

Inson ko’z ilg’amas makkorliging bor,
Hatto do’sting undan baloga duchor,
Yana neni istar bu halak joning,
Qayga ketdi senda nomus birla or.

Tiling diling ila bir bo’la olmas,
Qo’ling g’oyo ko’mak, yordam-la tolmas,
Asl niyatingni bilolmas hechkim,
Asl muddaong ne hech kim bilolmas.

Begona-da bunday ishni etmas ravo,
O’zi xayr qilar garchi bo’lsa gado,
Sen-chi, ey sen o’zni do’st deb yuribsanmi,
Nahot senga ishonganlar qildi xato.

Ha sen inson o’zni odam sanaysan-da,
Do’stlaringga g’oyo xayr tilaysan-da,
Soddagina ko’rinasan tashqaridan,
Ichda ne-ne rejalarni tuzaysan-da.

Bilib qo’ygin, bu umr ham o’tajakdir,
“Yaxshiliklar” bir kun unut bo’lajakdir,
Quvonmagin meni axmoq qildim deya,
Qilgan “xayr”ing bir kun albat qaytajakdir!!!

2/08/2010

She;r nomini Inson deb emas, SHAXS deb qo;yib islom.uz forumigayam qo;yib qo;ysangiz bo;larkan :D

Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2010, 14:32:06
 :as:

Rasulullohning 55 tavsiyalari va 10 nasihatlar (http://islom.uz/content/view/1572/140/)
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 05 Sentyabr 2010, 17:22:54
 :as:

LAYLAT UL QADR

Yerga tushar to'p-to'p maloikalar,
Mo'minlar qalbida surur va faxr.
Islom dunyosida ulug' bu damlar,
Muborak tun bugun LAYLAT UL QADR.

Duo qiling, ijobat erur beshak,
Bedor bo'ling kun ham, tunda ham oxir.
Tilang ezgu niyat, xush go'zal tilak,
Duolar mustajob bu LAYLAT UL QADR.

Haq zikrida bo'lsin tillaringiz nam,
Qur'on o'qing bunda savob ham ajr.
Ehson ziyod bo'lsin, bo'lmay aslo kam,
ALLOHdan hadyadir LAYLAT UL QADR!
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Hadija 06 Sentyabr 2010, 15:18:43
 :ms: :bar:
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Ashurov_uz 11 Sentyabr 2010, 13:10:21
:as:

Qadrli forumdoshlar, Sizlarga jiddiy masala yuzasidan maslahat olmoqchiman :)

Ushbu mavzudan o'rin olgan ijod namunalari va boshqalarini ham birlashtirib, kichik bir risola chiqarish niyatidamiz, inshaAlloh.

Shu kitobchamizga qanaqa nom berishni o'ylab yuribman...

Hech bir aytarli fikr kelmayapti...

Shu sabab Sizlar bilan maslahatlashsamchi degan fikr kelib qoldi...

Menga maslahat beringlar, qanday nom tanlasam ekan?


Kitobni nomini "Tug'yon urgan tuyg'ular" deb nomlasangiz qandoq chiqarkin
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Ashurov_uz 11 Sentyabr 2010, 13:24:08
Foydalanuvchi nomi: Robiya
Ismi-sharifi: Go'zal Ahliddin qizi
Tug'ilgan sanasi: 23 aprel, 1988 yil
Tug'ilgan joyi: Buxoro viloyati Kogon shahri
Ma'lumoti: Oliy (BuxDU)
Faoliyati: O'qituvchilik
Forumga a'zolik sanasi: 14 Oktyabr 2006
Maqomi: Global moderator

Avatari:
(http://forum.ziyouz.com/index.php?action=dlattach;attach=349;type=avatar)

Imzosi:
Ошиклар учун энг яхши жой махбубнинг ёнида. Ж. Румий

Birinchi posti:
Ushbu ajoyib suhbatlarni tashkil qilganliklari uchun ushbu sayt xodimlariga minnatdorchilik bildiraman (futbol intervyusi).
Sizdek istedodli va tiniq fikrlar egasining Buxorodan va aynan Kogon shahridan ekanligingiz menga iftixor tuyg'ularini uyg'otdi. va yana maktabimizda sizdekchin o'qituvchining borligi meni xursand qildi.
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 15 Sentyabr 2010, 04:09:58
:as:

VATAN

Ko'zimni ochdimu, ko'rdim o'zimni,
Go'zal bir go'shada, iforli chaman.
Ulg'ayyapman olib nonu tuzingni,
Kamol topayapman bag'ringda Vatan.

Seni gohi yoddan chiqarib qo'yib,
Manzil axtarsam gar kam-ko'stsiz makon.
Mendan ranjimagin ko'z yoshing to'kib,
Sen mudom qalbimda, men-lasan har on.

Senga ta'rif beray ruxsat et Vatan,
So'zlarim birma-bir marjonga teray.
Sen ila tirikdir mendagi jon tan,
Sening tinchliging-chun jonimdan kechay.

Sensan dunyodagi eng go'zal dunyo,
Odamlar hayratda husning oldida.
Tarixing, san'ating erur bebaho,
Avloding faxr-la ulg'ayar bunda.

Hayratlarga sabab sifatlaring ko'p,
Sensan Buxoroyu Samarqand asli.
Shoirlar nazmda kuyladilar xo'p,
Sen Temur, Bobur-u Jalollar nasli.

Jahon tan berganda farzandlaringga,
G'ururdan yoshlarim to'xtatolmadim.
Ruslanu Arturlar chiqqanda ringga,
Uni olqish ila kuzatding xalqim.

Vatanim, Senga har so'zlarni aytgum,
Kitoblarga sig'mas izhorlarim bor.
Qayerda bo'lmayin bag'ringga qaytgum,
Vatansevarlarga Alloh bo'lur yor!

11/09/2010
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 26 Noyabr 2010, 04:06:40
:as:

Dalda

Men daldaga tayyorman har dam,
So'zlaringni tinglabon har gal.
Umrim so'nggi qadar to'xtamam,
Duo qilgum xayr har mahal.

Men daldani Senga sog'inib,
Boshqasini qilmayman umid.
Qalb ketsa-da parchalar bo'lib,
Sening kaming qilaman xarid.

Mayli, yasha, baxtli bo'l to'kis,
Dalda kerak bo'lsa - tayyorman.
Yuragimda qolajak bir his,
Bir nazaring, so'zingga zorman.

26/11/2010
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Saliha 26 Noyabr 2010, 22:50:02
Rabiya, se'rlani o'zingiz yozasimmi?
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 27 Noyabr 2010, 02:16:35
:as:

Ha Saliha, o'zim yozaman, Alloh qodir qilguncha..
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 27 Noyabr 2010, 03:11:24

***

Sen uxlaysan, qaylardadir, kim,
Bedor.. Seni duolar qilar.
Qarab turib uzoqlardan jim,
Xayrli tun.. Xayrlar tilar.

Sen uyquda, ko'rasan tushlar,
Kimlarnidir xotirlab takror.
U-chi? Xayol, orzuni xushlab,
Seni isming yodlatar ming bor.

Uxlayapsan, beg'ubor, ma'sum,
Nafaslaring tasbeh bo'lgulik.
Muxlisingga aylanib bir zum,
Ko'rdim.. Juda havas qilgulik.

Sen uyquda, men esa bedor,
Uyg'onishing kutib har lahza.
Yulduzlar-la yozyapman ash'or,
Hilol Senga yasar guldasta.

Uxlayapsan.. Uyg'ongin tezroq..


27/11/2010
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Saliha 27 Noyabr 2010, 13:45:54
 :vslm:
judayam chiroyli she'rlar..rahmat Allah sizga yordamchi bo'lsin..
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 01 Dekabr 2010, 04:32:14
:as:

***

Qiynaliblar ketdi bu yurak,
Umid unsiz yosh to'kar mahzun.
Unga Sendan bir xabar kerak,
Kutdi kunlar, endi bedor tun.

Ketsa hamki chok-choklar bo'lib,
Qalb kutishda sobit, mustaqiym.
Quvonch emas, g'amlarga to'lib,
Sen hissizdan so'raydi rahm.

Tamom.. Ketdi.. Yo'q bo'ldi orzu,
Xabar yozib bo'lma ovora.
Javob bormas, darbadar tuyg'u,
Qaylardadir kezar bechora.

Juda bandsan... Vaqting yo'q bir on...

1/12/2010
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 01 Dekabr 2010, 05:31:24
***

Uxlamadim, uxlayolmadim,
Seni yoding uyqudan afzal.
Jamolingga bir to'yolmadim,
Yurak hamon diydorga mahtal.

Seni eslab to'kdim tiyra yosh,
Suhbat kunlarini sog'inib.
Umid menga tilaydi bardosh,
Sog'inchlarda gullar bor qilib.

Sen ham meni eslarmikansan,
Xabaringga arzitib bir bor?!
Boqiy sevgi tilarmikansan,
Duo qilib takror va takror..

1/12/2010
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Hadija 01 Dekabr 2010, 12:48:18
 :jaza: Alloh ilmizga ilm, talantizga yana talant qo'shaversin!

Dinimizning go'zal farz va nafl ibodatlari hususidagi she'rlarni ham kutib qolamiz!...
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Robiya 02 Dekabr 2010, 06:14:45
:as:

***

Sendan nega qilayin gumon,
Savollarga ko'may adoqsiz..
Bag'ishlolmay o'zingga bir on,
Kuning o'tar ish-la, oromsiz..

Nega Sendan bo'layin xafa,
Malomatlar yog'dirib takror..
Bir lahzalik diydor-la qalbga,
Kelding, ortiq yana ne Baxt bor..

Ko'rdim: tinchsan, kayfiyat a'lo,
Masrurlikdan yuzingda kulgu.
Mahzun bo'lma, o'ylama xato,
Qalbimda hech o'zgarmas tuyg'u..

Senga ma'lum yurak davosi,
Eslab nazar tashlasang, shu bas.
Elitmaydi bulbul navosi,
Tun bedorman, uyqu ham kelmas..

Isming aytsam nurli samoga,
Ko'z yoshlarin to'kib dur misol.
Nur to'ldirdi zulmat dunyoga,
Har tomchida nazaring xayol..

Mayli.. Mayli.. Boshqa netaman,
Kutgum Seni umrim boricha.
Istasang gar hozir ketaman,
Qalbga behud umid berguncha...

2/12/2010

Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Ansora 02 Dekabr 2010, 14:58:41
 :as:

Shoirlarga kuz fasli boshqacha tasir qiladi-da : )
Nom: Re: Robiya
Yuborildi: Qodiriy 29 Aprel 2011, 17:48:06
Salom, sir bòlmasa, qaysi fan òqituvchisisiz?