forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => Mavzu boshlandi: forumnnb 18 Iyul 2006, 09:10:04

Nom: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: forumnnb 18 Iyul 2006, 09:10:04
Assalomu alaykum!

Menimcha bu asarni o`qimagan o`zbek kam topilsa kerak. Juda ham yaxshi yozilgan tarixiy asar to`g`rimi? U yerda barcha havas qilguvchi bir obraz bor - Tohir obrazi. Shu asarni o`qigandan keyin bir savol tug`ildi menda. Tohir badiiy to`qimami yoki tarixiy qahramonmi? Badiiy to`qima desangiz, ko`prik buzilishi haqiqatdan tarixda kuzatilgan ekan, qolaversa Tohir bir necha marotaba Bobur Mirzoni o`limdan qutqarib qolgan. Tarixiy qahramon deyishimga hech qanday asosim yo`q, hech qayerda u to`g`risida eshitmaganman.

Bunga nima deya olasiz?
Nom: Re: Pirimqul Qodirov "Yulduzli tunlar"
Yuborildi: Abdusalom 18 Iyul 2006, 14:44:37
Tohir badiiy to'qima.
Aynan Tohir atalmish yigit bo'lgani, uning Boburni qutqargani haqida tarixiy ma'lumotlar yo'q. "Boburnoma"da ham u haqda aytilmagan.
Lekin Tohirning prototiplari bo'lgan. "Boburnoma"da Zahiriddin Muhammadga yordam bergan yigitlardan ba'zilari sanab o'tilgan.
Nom: Re: Pirimqul Qodirov "Yulduzli tunlar"
Yuborildi: Akmal 22 Iyul 2006, 01:58:40
Hindistongacha Bobur bilan yetib borgan Tohir ismli kishi bo'lgan, lekin bu aynan Tohir obrazi emas
Nom: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Tristor 18 Mart 2008, 14:51:07
Aziz birodarlar Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida qanaqa fikringiz bor? Shaxsan men bu asarni o'qib, Boburni hayotiga kirib qolganimni bilmay qoldim!
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: UighurDadxah 25 Mart 2008, 20:31:14
manda kuplagan fikir yotmaqda , roman muvaffaqiyetli yozilg'an bolsami ,  torixiy foktlarida masala bor !
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: gulasal 03 Aprel 2008, 13:29:33
Menga Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asri juda yoqadi. Unda Boburning hayoti juda ta'sirli bayon etilgan.  Kitobni men 9-sinfda o'qib chiqqandim. Asar menga juda yoqadi
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 21 May 2008, 15:54:52
Man bu kitobni 10-15 marta o'qigan bo'lsam kerak. Uning davomi "Avlodlar dovoni" ham juda zo'r yozilgan. Temuriylar, Boburiylar avlodi, ixtiloflar, zidiyatlar hammasi tarixiy faktlar asoslanib yozilgani uchun xuddi kino ko'rgandek bolasiz. Bugungi kun yozuvchilarining oldi-qochdi ko'chirma detektivlaridan ming chandon yaxshi.
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: sn_uk 04 Iyun 2008, 17:34:29
assalamu aleykum wa rohmatulloh!
Bu kitobni o'qiganimda Bobur boshidan kechirganlarini o'zim ham birga o'tayotgandek bo'lganman, o'qib bo'lmagunimcha tinchimagnman, oxirida esa uning o'lishini chin ko'ngildan hohlamaganman, va nimagadir yig'laganman  :11
asardagi voqealar, hayot sinovlari shunchalik yorqin ifodalab berilganki, bunchalik mahoratga ega bo'lish uchun odam o'zi hayotda ko'p sinovladan o'tgan bo'lishi kerak manimcha, mashAllah man sevgan asarlardan biri.
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Shoxjahon12 04 Iyun 2008, 17:45:51
Menga eng ta'sir qilgan asarlardan biri. Asarda hech qanday bo'rttirish va bachkanalik yo'q...
Qayta-qayta o'qisam ham zerikmaganman. Ulugbek aytganlaridek men ham kamida 10 marta o'qiganman.
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: The_Alchemist 06 Avgust 2008, 11:10:41
Bu asar Uzbek adabiyoti durdonalaridan biri. Judayam chiroyli yozilgan odam uqigan sari uqigisi keladi. Afsuski hozirgi kunda hamma yosh yozuvchilar sevgi muhabbatni yozaman deb hamma joyni sayoz asarlarga tuldirib yuborishdi...
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Abdullоh 26 Yanvar 2009, 20:10:32
Bu asardan parchani ilk marta maktab adabiyot darsliklarida o'qiganman. Manga juda yoqqan. Lekin afsus bu asarni hali to'liq o'qib chiqqanim yo'q. InshaAlloh yaqin kunlarda nasib etar.
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: AbdulAziz 24 Fevral 2010, 08:49:01
Yulduzli tunlar (roman)

(http://www.ziyouz.com/images/books/Bobur.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=24)

Muallif: Pirimqul Qodirov
Hajmi: 1,02 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=24)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1104.0)
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: JaviK 24 Fevral 2010, 09:12:49
Men bu asarni o`qiganimda boburning buyuk shaxs ekanligiga iqror bo`lganman, bunday qiyinchiliklar, xo`rliklarga chidab bardosh bergan. BU asarni o`qishni hammaga tavsiya qilaman.
AbdulAziz akamiz kiritdilar rahmat, shuni saqlab o`qishni tafsiya qilaman
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Abu Muso 24 Fevral 2010, 22:30:30
 :as:

Ushbu asarni ilk bor o'qiganimda, 12 yoki 13 yoshda edim...

Tugatgach, yana qayta o'qiganman. Boshqa hech qaysi

asarni shunaqa takror o'qimaganman. Har ikki marta ham,

oxirgi sahifani o'qib, Bobur mirzo uchun ko'z-yosh to'kkanman.
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Muslima_Abubakr 24 Fevral 2010, 23:11:09
Bu asar mani eng yaxshi ko'rgan asarim!Bu kitobni tugatmagunimcha kuchqurunlari uxlolmaganman.Tugatib bo'lganimdan keyin huddi bir nimamni yoqotgandek tez o'qib qo'ydim deganman.Bobur o'lganida esa ko'zlarimdan rosa yosh to'kilgan.Yaqin kishim vafot etgandek judayam siqilib,qiynalganman.O'tkir Xoshimovning  "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"idagi mana bu:

Yozuvchi o’zi his qilgan hamma narsani idagi to’la to’kis qog’ozga tushira olmaydi. Kitobxon qog’ozga tushira olmaydi. Kitobxon qog’ozga tushganlarning hammasini to’la-to’kis his
qilolmaydi. Binobarin, kitob yozayotgan qalamkash hayajoni kitob o’qiyotgan o’quvchi
hayajonidan o’n karra kuchliroq bo’ladi.
Asar o’qiyotganingizda jinday tabassum qilsangiz, bilingki, o’sha sahifalarni qalamkash
rostmana kulib yozgan. Kitob o’qiyotganingizda ko’zingizga bir qatra yosh kelsa, bilingki,
qalamkash o’sha sahifalarni rostmana yig’lab yozgan.

gaplaridan keyin o'quvchining bunday holatga tushira oladigan asar yozgan Pirimqul Qodirovning o'zi asarni yozvotganida qanday axvolda bo'lgan ekan deb o'ylab qolaman.
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: siddiqa 25 Fevral 2010, 15:50:13
 :as:

Yahshi asar chiqgan 7 -sinfimda judayam qattiq tasirlanib o'qiganman ,

esimda u asarni tugatgach uning mantiqiy davomi sifatidagi Humoyun va Akbar(avlodlar dovoni)asarini qiziqish bn o'qiganman,

 lekin bu yulduzli tunlardek tasir qilmagan  :) :) :)
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: AL_laziz87 24 Avgust 2010, 05:09:11
Asarda Toxir obrazi juda xam yoqqan. Eng tasir qilgan joyitlaridan biri Bobur bilan Cho'pon yigitning adrdagi suxbati va Boburni yalang oyoq xolda tasvirlagan joylarini o'qib ko'zimdan yosh chiqqan.
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Nurilla 24 Avgust 2010, 13:52:00
Adashmasam 9-10 sinflarda o'qiganman. Boburni hayotiga judaham qiziqaman, "yulduzli tunlar", "Humoyun va Akbar" romanlarini juda katta qiziqish bilan o'qiganman. Ayniqsa "Yulduzli tunlar" romani juda ta'sirli edi.
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Sakiina 24 Avgust 2010, 15:13:40
men ham maktab vaqtimda oqiganman judayam qiziq kitob holigacha ueda turibdi...
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2010, 15:18:39
Bobur Mirzo-bolaligimdan beri yaxshi ko'rgan shaxislarimdan biri.
U mening ko'z o'ngimda har doim-yengilmas shaxzoda, qalami o'tkir shoir sifatida jonlangan.
Asarning har bir satri juda ma'noli yozilgan. O'zligimizni o'rganishimizda juda katta rol o'ynagan asarlardan biri. Tabiiy holda bunday asar yozish uchun juda ko'p izlanish, kecha-kunduz tarixiy manbalarni o'qish kerak bo'lgan...
Alloh yozuvchimizdan rozi bo'lsin...
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Zamiraxon 24 Avgust 2010, 15:24:30
Assalomu alaykum
Pirimqul Qodirov judayam yaxshi yozuvchi. Ayniqsa tarixiy asarlari bo'lmish "Yulduzli tunlar" va "Humoyun va Akbar" uyimizdagi kitoblar orasida eng ko'p o'qiladigan kitoblar sirasiga kirgan. Tahminan 8-sinfda o'qigan bu kitoblarim menda Zahiriddin Muhammad Bobur va uning sulolasi, Movarounnahr tarixi bilan juda yaqindan tanishtirgan. Boburning buyuk davlat boshlig'i, yurti uchun jonini fido qiluvchi bir inson ekani tasvirlangan. Asarni o'qiganda hech ham yopgisi kelmaydi kitobni, yana va yana o'qigisi keladi. Buvimlarga ham o'qib berganim yodimda.
O'qishni tavsiya qilaman. Ma'naviy ozuqaga boy kitob :)  
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Nurdinboy 02 Dekabr 2010, 01:14:04
Tarixiy asarlar yaratilganda badiiy to'qimaning ro'li nihoyatda katta bo'ladi. Asarni bir bog' deb oladigan bo'lsak, badiiy to'qima bu bog'ning azim daraxtlari va nafis gullaridir.
Tohir obraziga to'xtaladigan bo'lsak u tamomila to'qima obraz. Yozuvchining mahorati shundaki, badiiy to'qimadan mohirona foydalangan. Qahramonlarni huddi hayotda bo'lgandek tasavvur qilsan kishi. Bu holatni Odil Yoqubovning "Ulug`bek xazinasi" asarida ham ko'rishimiz mumkin. Ya'ni Qalandar Qarnoqiy obrazini. U ham Tohir kabi to'qima obraz.
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: qilich63 11 Avgust 2011, 20:50:48
"Yulduzli tunlar" asari mening ham sevimli asarlarimdan biri.Men bu asarni o'qiganimda Boburning sabr, matonatiga qoyil qolganman.Bu asarni o'zbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri 
deb o'ylayman.Menimcha,asarga Tohir obrazining qo'shilishi asarga  o'zgacha joziba baxsh etgan.
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: azizbek_mx 12 Avgust 2011, 03:49:23
Boburnoma asarini öqishimga, Bobur shaxsiga hurmatim ortishiga sabab bölgan asar. Yulduzli tunlarni öqiganim sari goh kulib, goh quvonib, goh achinib, goh kuyunib ketardim. Eng oxirgi satrlarni... Eslasam hozir ham muzlab ketdim... Eng oxirgi satrlardagi faryodni öqirkanman, közimdan yosh chiqib, butun tanam muzlab ketgandi. Shu gapni yozgunimcha ösha holat takrorlandi yana... Kitobni öqib bölgach, qattiq ta'sirlanib yurganman va bir sinfdoshimdan Boburnoma asarini sörab, öqib chiqqandim. Endilikda özimda ham bor
Nom: Re: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Sayyid90 04 Iyun 2012, 05:03:48
bu asarni 8-sinfda o'qigandim va kino qilsa ham juda yaxshi bo'lardi degan hayol o'tgandi.
Nom: Javob: Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?
Yuborildi: Dilzoda Saydullayeva 11 Fevral 2013, 16:14:58
Ajoyib asar! Bobur tarixiga qiziqqanlar uchun: "Oltin beshik afsonasi " haqida eshitganmisiz?