forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Sadulla 26 Dekabr 2009, 07:00:55

Nom: Ashuro kuni
Yuborildi: Sadulla 26 Dekabr 2009, 07:00:55
Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar.
Bugun 1431-hijriy yil muharram oyining 10-kuni.Bu kun "Ashuro kuni" nomi bilan mashhur.Bu kuni tutilgan ro'zani Payg'ambarimiz (S.A.W) eng maxbub amallardan biri ekanligini takidlab o'tganlar.Bu kunni nafaqat musulmolar balki yahudiylar va nasorolar ham ulug'lab ro'za tutadilar.Ibn Abbos roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi:

"Nabiy sollalloxu alayhi vassallam Madinaga kelib ,yahudiylar Ashuro kuni ro'zasni tutayotganini ko'rdilar va:
  "Bu nima ?" dedilar.
 "Bu solih kundir.Bu kun Alloh Bani Isroilni dushmandan qutqargan kun.O'shanda Muso uning ro'zasini tutgan" deyishdi
  U zot sollalloxu alayhi vassallam :
  "Men sizlardan ko'ra Musoga haqliroqman" dedilar va uning ro'zasini tutdilar,tutishga amr qildilar".

Uchovlari rivoyat qilganlar.

Payg'ambarimiz (S.A.W) yahudiy va nasorolarlarnikiga o'xshash ishni qilishni yoqtirmas edilar,doimo ularnikidan boshqacha Islom ummatiga xos ishni qilib o'rganganlar.Shuning uchun   yahudiy va nasorolarlarnikiga o'xshab faqat o'ninchi kun emas, balki ularga xilof qilib, to'qqizinchi kunini ham ro'zasini tutishlarini aytdilar.Shuning uchun musulmonlar muxarram oyining 9 va 10-kunlarini ro'zasini tutishlari kerak.
Abu Qatoda roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi:

"Nabiy sollalloxu alayhi vassallam :
  "Allohdan umid qilamanki,Ashuro kunining ro'zasini o'zidan oldingi gunohlarininng kafforati bo'lsa " dedilar".

Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan . (Xadis va Hayot 9-juz Ro'za kitobi)

Alloh barchamizni islom va imonda bardavom qilsin Assalomu alaykum varahmatullohi va barakotu.
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: lolo 26 Dekabr 2009, 07:35:41
Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar.
Bugun 1431-hijriy yil muharram oyining 10-kuni.Bu kun "Ashuro kuni" nomi bilan mashhur.
Wa alaykumussalam.
Kechirasiz, bugin (ya'ni Shanba) 10-emas 9-Muharram! Bu kunning nomi "Tosu'o" deyiladi.
Ertaga inshaalloh (ya'ni Yakshanba) 10-Muharram - Ashuro kuni.

Alloh barchamizni ibodatlarimizni qabul aylasin!
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: AbdulAziz 14 Dekabr 2010, 17:30:22
Inshaalloh, ertaga Muharram oyining 9-kuni. Payshanba kuni - Ashuro kuni bo'lyapti.
Erta, indin ro'za tutilsa, yuqoridagi hadislarga ko'ra, xayrli bo'ladi.
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Saliha 14 Dekabr 2010, 21:48:36
AbdulAziz, Allah rozi bo'lsin.Hech kim bu mavzu haqda gapirmayabdiya deb o'ylab turodim..
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Saliha 14 Dekabr 2010, 21:54:28
 :bsm:
Paygambarimiz (sav) shundey dedilar.
<Kim Muharram oyining 10 kuni ya'ni Ashuro kuni ahli ayolini, faqir insonlarni hursand qilsa Allah uni keyingi yilga qadar hursanchiliklarga qovushtiradi>..
<Kim etimning boshini silasa, Allah taolo har bir soch tolasi uchun hasonotlar yozadi.Kim Ashuro kuni bir mo'minga iftor qilib bersa, jami ummati Muhammad (sav) iftor qilib berganning savobini oladi>dedilar..
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: braupov 14 Dekabr 2010, 22:02:21
Inshaalloh, ertaga Muharram oyining 9-kuni. Payshanba kuni - Ashuro kuni bo'lyapti.
Erta, indin ro'za tutilsa, yuqoridagi hadislarga ko'ra, xayrli bo'ladi.
:as:

Man juma kuni deb  o'ylaganidim. Chunki o'tgan Juma maruzasida bugun muharram oyining 3 kunlari deb etishgandi.

P.s. Aniqlik kirtganiz uchun tashakkur!
  
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Mo'min Mirzo 15 Dekabr 2010, 07:48:20
Bugun 9chi kuni. Ashuro kuni ro'zasi sunnati muakkadadir.

''Rasululloh s.a.v. Aslamdan bir kishiga odamlar ichida kim biror narsa yegan bo'lsa ham kunning qolganida ro'za tutsin, kim yemagan bo'lsa u ham ro'za tutsin, chunki bugun Ashuro kuni, deb jar chaqirishga amr qildilar''.
Salama ibn Akva' r.a.dan Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Shukrona 15 Dekabr 2010, 08:50:42
Assalomu alaykum.
Ibn Abbos r.a. dan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh s.a.v ning ushbu kun-Ashuro kuni ro'zasini boshqasidan afzal ko'rib,sog'inib va ushbu oy-Ramazon oyi ro'zasini istab sog'ingandek,boshqa kun va oy ro'zasini istaganlarini ko'rmadim."
Bu kunlarni ham ibodatda o'tkazishni Alloh barchamizga nasib etsin  :amn:
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Aqoid 15 Dekabr 2010, 08:53:11
O'tgan juma kuni keyingi juma ashuro kuni deb imom aytgandi, buyoda ertaga deyilyapti. Qaysi biri to'g'ri? Biz payshanba, juma ro'za tutamiz deb yurib, ehtiyotdan bugun ham tutvolordik.
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Mo'min Mirzo 15 Dekabr 2010, 13:15:29
bugun 9, ertaga payshanba 10, juma 11 kuni bo'lsa kerak, islamicfinder.org taqvimida shunday ko'rsatilibdi. Muharramning 9,10 hamda 11chi kunlari ro'zador holda o'tkazamiz.
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Habib 15 Dekabr 2010, 13:25:04
bugun 9, ertaga payshanba 10, juma 11 kuni bo'lsa kerak, islamicfinder.org taqvimida shunday ko'rsatilibdi. Muharramning 9,10 hamda 11chi kunlari ro'zador holda o'tkazamiz.
:amn:
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Saliha 15 Dekabr 2010, 13:35:36
:bsm:
Ashura kuni nimalar qilinadi?

< U kun uyimizga (oziq-ovqat) uchun bozorli qilsak, 1-yil u uyda barakot bo'ladi>.
< Eng oz 10-musulmonga salom beriladi yoki 1- musulmonga 10-martta salom beriladi>.
< Faqir insonlar sevintiriladi>.
< U kun g'usl qilinsa 1-yil hastalik ko'rmidi>. Inshaallah
< 10-martta shu duo o'qiladi, < Subhanallohi mil'al-mizan.Va muntaha'l-ilmi va mablag'a'r-riza va zinata'l-arsh>.
mahsus namozlari bor shu namozlar o'qiladi, barchamiz bilsek kerak..
Barchamizni qilgan duo-ibodatlarimizni Allah (JJ)qabul qilsin.. :amn:
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Muhammadali 15 Dekabr 2010, 13:38:23
Muharram va ashuro kuni haqida quyidagi linkdagi Turkiyani ulug shaylaridan biri, Shayh Ahmad Yasin Al-Bursaviy hazratlarini suhbatlarini korishingiz mumkin:

http://www.halilurrahman.com/Ses/AY/wmv/2010/2010.html

Bunda aytilishicha nafaqat Muso a.s.ning qutlgani uchun balki barcha paygambarlarda sodir bolgan muhim voqealar ashuro kuni bolganligi haqida aytilgan. Misol uchun Ibrohim a.s.ning olovga otilishlarida sodir bolgan mo'jiza. Nuh a.s.ning to'fon hodisasi ham 10-muharram kuni bolgani va 10-muharram kuni yana yer yuziga kemalari chiqgani, Ayyub alayhi salom ham oz dardlariga ashuro kuni shifo topgan ekanlar. Davud a.s. tahtga muharramning 10 chi kuni chiqganlari va Sulaymon alayhi salom ham 10chi muharram kuni tahtga otirganlari. hatto Odam a.s ham 10 chi muharram kuni yaratilganlari haqida aytilgan. Va Imomi Husain (Rasululloh s.a.v. nabiralari) ham 10chi muharram kuni o'ldirilgan ekanlar.
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: siddiqa 15 Dekabr 2010, 16:54:50
Muharram va ashuro kuni haqida quyidagi linkdagi Turkiyani ulug shaylaridan biri, Shayh Ahmad Yasin Al-Bursaviy hazratlarini suhbatlarini korishingiz mumkin:

http://www.halilurrahman.com/Ses/AY/wmv/2010/2010.html

 Va Imomi Husain (Rasululloh s.a.v. nabiralari) ham 10chi muharram kuni o'ldirilgan ekanlar.

ha ,shialarga tegishli bir kanalda .hamma odamlar o'zini ko'ksiga o'zi urib ya Huseyn dip baqirib yurishibdi .hayron qolibman .
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Mirоlim 03 Dekabr 2011, 11:32:21
:bsm3:

 :asl3:

Yangi hijriy 1433-yil, kirib kelayotgan Ashuro kuni muborak bo'lsin barchangizga!

InshaAlloh Dushanba (05.12.2011) kuni Ashuro kuni bo'ladi.

Abdu Hurayradan r.a rivoyat qilinadi:

Payg'ambarimiz s.a.v aytdilar:

«Ramazondan keyingi eng afzal ro'za Allohning Muharram oyidagi ro'zadir, farz namozdan keyinngi eng afzal namoz tungi namozdir»


Muslim rivoyati
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Abdumuhaymin 03 Dekabr 2011, 11:50:05
 :bsm3:
عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ: «مَا رَأَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَتَحَرَّى صِيَامَ يَوْمٍ فَضَّلَهُ عَلَى غَيْرِهِ إِلاّ هَذَا الْيَوْمَ: يَوْمَ عَاشُورَاءَ» وَهَذَا الشَّهْرَ يَعْنِي شَهْرَ رَمَضَانَ.

Абдуллох ибн Аббос розисллоху анхумо дедилар: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламни ошуро кунидаги каби бирор куннинг рсзасини афзал билиб, унинг рсзасини тутишга тиришганларини ксрмадим» ва мана шу ой съни рамазон ойи(да хам шундай тиришар сдилар).

روى عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قال: ((حِينَ صَامَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمَ عَاشُورَاءَ وَأَمَرَ بِصِيَامِهِ قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّهُ يَوْمٌ تُعَظِّمُهُ الْيَهُودُ وَالنَّصَارَى فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَإِذَا كَانَ الْعَامُ الْمُقْبِلُ إِنْ شَاءَ اللَّهُ صُمْنَا الْيَوْمَ التَّاسِعَ. قَالَ: فَلَمْ يَأْتِ الْعَامُ الْمُقْبِلُ حَتَّى تُوُفِّيَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ)) رواه مسلم.
Абдуллох ибн Аббос розисллоху анхумо ривост киладилар: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам Ошурода рсза тутиб ва бунга буюрганларида сахобалар айтдилар: Бу схуд ва насоролар улуглайдиган кун. А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам «ин ша Аллох келаси йил бслса тсккизинчи кунни хам тутамиз» дедилар. Келаси йил келмасдан туриб расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам вафот стдилар» (Имом Муслим ривости).

Ошуро рсзаси нимага каффорот бслади
Имом Аававий рохимахуллох шундай дедилар: «Барча кичик гунохларга каффорот бслади, бунинг маъноси у (рсза тутган)нинг катта гунохларидан бошка барча гунохлари кечирилади деганидир».

Яна ссзларида давом стиб дедилар: «Арафа кунининг рсзаси икки йилга каффорот бслади, Ошуроники бир йилга, намоз скувчининг «омини» фаришталарнинг оминларига мувофик келса унинг аввалда килган гунохлари кечирилади. Зикри стган амалларнинг хаммаси каффорот учун сроклидир, агар каффорот килиниши керак бслган гунох сагиралар топилса каффорот килади, кабира хам сагира хам топилмаса бу амаллар сохибига хасанотлар ёзилади, унинг даражаси бир погонага кстарилади. Агар бу амаллар битта ёки бир нечта гунох кабирага йсликсаю гунох сагираларга йсликмаса кабираларни енгиллатишини умид киламиз» («Алмажмуъ шархул-Мухаззаб» 6-жуз Арафанинг рсзаси)

Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Rabella 05 Dekabr 2011, 02:08:35
:bsm:
 :as:
(http://rasm.sb.uz/pics2/119cd5c9e9ccb1a45769869f5d25948f.jpg) (http://rasm.sb.uz/#119cd5c9e9ccb1a45769869f5d25948f.jpg)
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: UzMuslim 06 Dekabr 2011, 00:06:58
А абиъ бинти Муаввиздан ривост: "А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Ошуро куни тонгда Мадина атрофидаги ансорлар қишлоқларига одам жснатиб, қуйидаги хабарни тарқатдилар: - Ким рсза тутган бслса, рсзасини давом сттирсин. А сза тутмаганлар куннинг қолган қисмида рсза тутсинлар. Шундан кейин биз рсза тутардик. Кичкина болаларимизни ҳам рсза туттирардик. Уларни масжидга олиб борардик ва жундан сйинчоқлар ссаб берардик. Ўйинчоқларни сзимиз билан олиб юрардик. Агар кичкинтойларимиз овқат ссраб йиғласа, уларни чалғитиш учун сша сйинчоқларни берардик. Шундай қилиб кун ботгунча болаларимиз ҳам рсза тутарди" (Бухорий ва Муслим ривостлари).
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Sadulla 22 Noyabr 2012, 07:29:41
 :asl3:

Forumdoshlar bugun Muxarram oyining 8-kuni.Ertaga Xudoxohlasa 9-kuni va keyingi kun Ashuro kuni Inshalloh!

Shu Ashuro kuni va u kundan bir kun oldingi kunning ro'zasini tutishni Payg'ambarimiz (s.a.v.) qattiq tayinlaganlar.
Nom: Re: Ashuro kuni
Yuborildi: Abdumuhaymin 22 Noyabr 2012, 08:21:48
 :bsm3:
Ибн Аббос розисллоҳу анҳудан ривост
қилинади:
«А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам
Ашуро куни рсзасини тутдилар ва у куннинг
рсзасини тутишга амр қилдилар.
Одамлар: «А­й Аллоҳниниг А асули, бу кунни сҳудий ва
насоролар улуғлайдилар», дейишди.
У зот соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Қачон келаси йил бслса, иншааллоҳ, тсқ-
қизинчи куннинг рсзасини ҳам тутамиз»,
дедилар. Бас, келаси йил бслмасдан туриб, А асулуллоҳ
соллаллоҳу алайҳи васаллам вафот стдилар».
Муслим ва Абу Довуд ривост қилишган.
Лайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам
сзлари Ашуро куни рсзасини тутиб,
умматларига ҳам сша куннинг рсзасини тутишни амр қилганларида баъзи хабардор
саҳобийлар Ашуро кунини сҳудий ва
насоролар улуғлашини У зот соллаллоҳу
алайҳи васалламга сслатдилар. Чунки саҳобаи
киромлар Лайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи
васалламнинг сҳудий ва насороларникига схшаш ишни қилмасликларини, доимо
уларникидан бошқача, Ислом умматига хос
иш қилишларини схши билар сдилар. У зот
соллаллоҳу алайҳи васаллам доимо саҳобаи
киромларни бошқа дин сгаларига схшашдан,
уларга сргашишдан қайтариб келар сдилар. А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам
саҳобаи киромларнинг Ашуро куни рсзаси
ҳақидаги хабарларини бағрикенглик билан
қабул қилиб олдилар. Уни ҳисобга олдилар ва
снаги йили сҳудий ва насороларга схшаб
муҳаррам ойининг фақат снинчи куни смас, балки уларга хилоф қилиб, тсққизинчи куни
рсзасини тутишларини айтдилар. Аммо сзлари
снаги Ашуро келмасдан А афиқи Аълога риҳлат
қилдилар.
Лекин гаплари сз кучида қолди. У зотнинг
умматлари айтганларини қилиб, муҳаррам ойининг тсққизинчи ва снинчи кунлари
рсзасини тутишга одатланди.
(islom.uz)