forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => Mavzu boshlandi: MaxCmd 18 Iyul 2006, 15:47:14

Nom: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: MaxCmd 18 Iyul 2006, 15:47:14
Assalomu alaykum!

Menimcha, oralaringizda bu asarni o`qimaganlar kam topilsa kerak. Chunki bu asar haqiqiy XX asr asari. Haqiqiy o`zbeklar haqida yozilgan asar.
Ba'zida o`ylab qolaman: O`tkir Hoshimov o`z asarlaridagi qahramonlarni juda qiynab yubormasmikan deb. Chunki "Tushda kechgan umrlar" ham o`quvchini qalbini larzaga soladigan asar.
"Ikki eshik orasi" haqidagi fikrlaringni bilmoqchi edim, undagi qaysi qahramonning qaysi jihatlarini yoqtirasiz?
Kimdadir shu asarning elektron varianti bormi? Bo`lsa, iltimos, boshqalarga ham bu durdona asarni yetkazsangiz.
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: forumnnb 18 Iyul 2006, 20:46:40
Assalomu alaykum!

MaxCmdning bu asarni "ko`tarib" chiqqaniga rosa xursand bo`ldim. O`ylaymanki bu mavzu fikr va mulohazaarga boy bo`ladi.

Haqiqatdan O`. Hoshimovning eng yaxshi asarlaridan biridir. Bu asar o`zbeklarning o`ziga xos xarakterin ochib bergan. Menga eng yoqqan obrazlardan biri - Oqsoqol obrzi bo`lgan,  faqat  Robiya bilan Mahkam o`rtasidagi muhabbatga qarshiman, nega deganda, tutingan singil bilan muhabbat.......... xullas bu mening fikrlarim!
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2006, 05:11:14
"Ikki eshik orasi" haqidagi fikrlaringni bilmoqchi edim, undagi qaysi qahramonning qaysi jihatlarini yoqtirasiz?
Kimdadir shu asarning elektron varianti bormi? Bo`lsa, iltimos, boshqalarga ham bu durdona asarni yetkazsangiz.

Agar topsangiz, ziyo uzga joylardik. Shunda hamma bidek bahramand bo'lardi.
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Umarbek 20 Avgust 2006, 02:09:11
Assalomu alaykum,
avvlo mana shu asarla haqida so'z ochganlaring
uchun katta rahmat.
Agar tabir joiz bulsa, sizlarda shu asarni upload qilish imkoni
yoqmi shu forum kutubhonasiga?
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Rakhmat26 06 Fevral 2010, 23:41:06
Assalomu alaykum Men bu asar bilan birga katta bo`ldim desam ham to`g`ri bo`ladi. Chunki yoshligimda faqat kichkintoy Muzaffar hikoyalarini o`qirdim axir menga shu narsalar tushunarli edi bu kitobda. Keyinchalik shu Muzaffar bilan men ham ulg`aydim. Bu asar mening hayotimdagi o`qigan kitoblardan eng ajoyibi va takrorlanmasi. Ta`rifga til ojiz ko`p narsa aytishni hohlayman bu kitob haqida...
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: ZUBAIR 07 Fevral 2010, 00:09:27
Iloji bo'lsa shu kitobni ham ziyouz.com ga joylansa, albatta xursand bo'lardik.
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Rakhmat26 07 Fevral 2010, 00:44:01
Assalomu alaykum!

MaxCmdning bu asarni "ko`tarib" chiqqaniga rosa xursand bo`ldim. O`ylaymanki bu mavzu fikr va mulohazaarga boy bo`ladi.

Haqiqatdan O`. Hoshimovning eng yaxshi asarlaridan biridir. Bu asar o`zbeklarning o`ziga xos xarakterin ochib bergan. Menga eng yoqqan obrazlardan biri - Oqsoqol obrzi bo`lgan,  faqat  Robiya bilan Mahkam o`rtasidagi muhabbatga qarshiman, nega deganda, tutingan singil bilan muhabbat.......... xullas bu mening fikrlarim!

Mahkam???? Kim u??? Robbiya bilan Kimsan bo`ladi u yerda Mahkam, emas. Kechirasiz, adibning asarini sha darajada chalkashtirish mumkinligi erish tuyuldi.
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: OnLine 07 Fevral 2010, 07:15:58
"Ikki eshik orasdi " Bu Nurli Dunyo to'plamida bormidi yoqmidi ? Man hozir qaysi asar haqida gaplashyapganinglarni eslomyaman.
Oqiganlarim "Nur borki Soya bor" "Tushda kechgan umrlar" kein adashmasam shu "Ikki eshik orasi" ni oqigandm adashtrmayapgan bulsam.
Adashmasam bu asarda bir feleton yozgan jurnalist haqida edi a ? Va bir universam hojayinini Ogli boladi usha bilan Sinfdosh boladi u jurnalist hayot davomida to`qnash kelib qovurshadi ular.
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: lolo 07 Fevral 2010, 17:30:24
Ha, bu "Ikki eshik orasi" juda yaxshi yozilgan roman. Judayam kichkinaligimda o'qigandim buni. Munavvara, Muzaffar, Umar zakunchilar esimda qogan. Agar adashmasam, eng esimda qogan joyi, o'sha zamonlarda qo'ni-qo'shnila kechqurin to'planishib "O'kan kunlar"ni (shekli) o'qishadigan bo'lishadi, ko'p o'qishganligidan hammaligiga yod bo'lib ketgan. U payt TV va turli kitoblar, xatto uncha buncha odamni savodi bo'lmagan!
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Akbarjоn 08 Fevral 2010, 01:30:44
"Ikki eshik orasdi " Bu Nurli Dunyo to'plamida bormidi yoqmidi ? Man hozir qaysi asar haqida gaplashyapganinglarni eslomyaman.
Oqiganlarim "Nur borki Soya bor" "Tushda kechgan umrlar" kein adashmasam shu "Ikki eshik orasi" ni oqigandm adashtrmayapgan bulsam.
Adashmasam bu asarda bir feleton yozgan jurnalist haqida edi a ? Va bir universam hojayinini Ogli boladi usha bilan Sinfdosh boladi u jurnalist hayot davomida to`qnash kelib qovurshadi ular.


xa birodar, siz ytgan kitobda, saylanmada ikki eshik orasi bor edi

unda II-jaxon urshi va urush atrofidagi voqealar, urushning ta'sirini davom etib kelganligi Muzafar Minavvar, Robiya Kimsan, Ra'no Umar Zakunchi vahokazo obrazlar bilan ochib berilgan (esizga tushganir ))
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Rakhmat26 09 Fevral 2010, 22:56:21
"Ikki eshik orasdi " Bu Nurli Dunyo to'plamida bormidi yoqmidi ? Man hozir qaysi asar haqida gaplashyapganinglarni eslomyaman.
Oqiganlarim "Nur borki Soya bor" "Tushda kechgan umrlar" kein adashmasam shu "Ikki eshik orasi" ni oqigandm adashtrmayapgan bulsam.
Adashmasam bu asarda bir feleton yozgan jurnalist haqida edi a ? Va bir universam hojayinini Ogli boladi usha bilan Sinfdosh boladi u jurnalist hayot davomida to`qnash kelib qovurshadi ular.

  Yo`q  bu O`tkir Hoshimovning boshqa asari. Ikki eshik orasi  da qatag`on davridan boshlab 80-yillar oralig`idagi voqealar bayon qilinadi. Asarning e'tiborga molik tomoni shuki unda adib voqealarni har bir qahramon nomidan so`zlatgan. Bu bizga nima beradi. Har bir hodisani turli tomondan ko`rish mumkin. Xuddi 3D grafika kabi, hamma voqeani turli tomondan tahlil qilish imkoni bo`ladi. Hammaga o`qishni tavsiya qilaman!
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Abdulhafiz 09 Fevral 2010, 23:01:37
Shu kitobni qayerdan topsa bo'ladi? ancha oldin bir kishi tavsiya qiluvdi topolmagandim.
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Akbarjоn 09 Fevral 2010, 23:12:37
Iqtibos
Yo`q  bu O`tkir Hoshimovning boshqa asari. Ikki eshik orasi  da qatag`on davridan boshlab 80-yillar oralig`idagi voqealar bayon qilinadi.
Yo'q birodar siz nurli dunyo asari xaqida aytyabsiz shekilli
Ikki eshik orasi asari 2 jaxon urushi va uning oqibatlari xaqida, xaqning turmush tarzi kechinmalari xaqida yozilgan asar
siz aytgan asar Nurli dunyo bolib unda Sherzod ismli jurnalist xayti orqali voqe'liklar yoritilib boriladi
VallohiA'lam
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Rakhmat26 09 Fevral 2010, 23:24:57
Iqtibos
Yo`q  bu O`tkir Hoshimovning boshqa asari. Ikki eshik orasi  da qatag`on davridan boshlab 80-yillar oralig`idagi voqealar bayon qilinadi.
Yo'q birodar siz nurli dunyo asari xaqida aytyabsiz shekilli
Ikki eshik orasi asari 2 jaxon urushi va uning oqibatlari xaqida, xaqning turmush tarzi kechinmalari xaqida yozilgan asar
siz aytgan asar Nurli dunyo bolib unda Sherzod ismli jurnalist xayti orqali voqe'liklar yoritilib boriladi
VallohiA'lam
Birodar, Esizda bo`lsa Robiya dadasi bilan Samarqanddan keladi, Robiyaning dadasi NKVD tomonidan olib ketiladi keyinchalik. Bu qatag`on davri. Eng oxirida Muzaffar va Munavvaraning sevgisi bayon etiladi. Bu 80-yillar. Ha endi asosiy voqealar urush davrida bo`lib o`tadi, to`gri. :13
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Akbarjоn 09 Fevral 2010, 23:36:34
Munavvar qachon o'ladi, qayerda o'ladi shunga javob topsak vaqti xam oydinlashadi
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: OnLine 10 Fevral 2010, 03:50:44
Akbarjon Rakhmat26
Agar uwa Saylanma kitobida kelgan bolsa oqigan bolshim kere lekin silarni eslatishiladan eslomadm.
Man bilganim uwa Saylanma toplamida.
1."Nur borki soya bor". Bunda Otkir hoshimov uzi boshidan otqazgan bolalik hatiralari aks etgan.
2. "Nurli Dunyo" Sherzod ismli jurnalist feleton yozib kop muammolarga duch kelaveradi.
3. "Tushda kechgan umirlar" asari edi buni hamma bilsa kere Rustam ismli yigit Shahnoza degan qiz bn sevishb turmush qurishadi. Shu orada Rustam Afgon urushida qatnashib keladi.
4. Kein uzi juda kichkina lekin juda ayanchli fojeali yoritilgan bir kichik hikoya boridi.
"Urushning songi qurboni" Bu asarda bir kishi ocharchilik zamonida qulupnayga ogri tushmasin debmidi yoki ( sigirni ugillab ketishmasin debmi ) tokli simdan tosiq qilib quyadi.
 Usha kishini ukasi betob boladi usha betobga ONAIZOR kotta ogliga bildirmasdan tosiq orqali otib qulupnay (balkim sigirdan sut ) olaman deganda tok urib onasi olib qoladi.

Kein azgina "daftar hoshiyasidagi bitiklar" dan parcha bor.
Balkim sizlar oqigan Saylanmada Ikki eshik orasi ham bordir. Lekin shu asarni nomi juda tanish korindi babir  ::) anu "zakunchi" digan sozlayam juda tanish.
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Abu Muso 10 Fevral 2010, 09:36:21
Iltimos kitobni o'qiganlar gapirsin...

 :as:

Duma chol, Duma chol, lavlagiga sharbat sol...  ;D
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Akbarjоn 10 Fevral 2010, 11:18:58
Duma chol, Duma chol, lavlagiga sharbat sol...

Lokigin manashu gapni bekor aytdingizda Abu Muso bo'tam

Oqsaqol tilidan :
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Ansora 10 Fevral 2010, 11:22:38
Minavar, Minavar cho'ntagingda nima bor...sichqonni dumi bor...

 : )
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: saltanat 10 Fevral 2010, 11:52:49
Munavvar qachon o'ladi, qayerda o'ladi shunga javob topsak vaqti xam oydinlashadi

 Aniq eslayolmaymanu, manimcha Munavvar 196.. nechinchi yildagi yer qimirlashida  u uxlab yotgan uyning devori uning ustiga qulashida o'ladi, bu paytda  u o'zining emikdosh akasidan xomilador bo'ladi (biroq yigit va qiz emikdosh ekanliklarini bilmay bir-birlariga ko'ngil qo'ygan bo'ladilar), bundan faqat sevgilisi xabardor bo'ladi.
  (agar yanglishgan bo'lsam uzr)
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Akbarjоn 10 Fevral 2010, 13:44:32
to'g'ri 1966 yilgi Toshkentdagi kuchli yer qimirlash saxnasi shu asarda keltirilgan
shuning o'zi xam voqe'lik qachon bo'lganligini ko'rsatib turibdi
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: braupov 11 Fevral 2010, 07:31:25
"Rost bilan yolg'onni o'rtasi -to'rt enllik", degangap bor. Qiziq nega endi oz emas, ko'p emas to'rt enllik? Gap shundaki, ko'z bilan quloqning orasi - to'rt enlik ekan. Eshitganinga emas, ko'rganingga ishon..... Maqsad- shu.  (O'.Hoshimov)
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Rakhmat26 11 Fevral 2010, 22:20:55
Tug`ilish va o`lish... Bir eshikdan kirib kelamiz, ikkinchi eshidan chiqib ketamiz. Mana shu ikki eshik orasida bizni hayotimiz. Adib kitobiga shu taxlitda nom bergan. Lekin men yoshligimda bu nomni boshqacha sababga ko`ra berilgan deb o`ylardim. Birinchisi-Qora ammaning o`z uyi va ukasi Shomurod eshigi orasida qatnashi, ikkinchi-Muzaffarning haqiqiy onasi Ra`no va o`z dadasi uyi (Shomurod) orasida qatnashi.


Eng ta`sir qilgan joylari.......... :2 :2 :2 :2.Kichkintoy Muzaffar daraxtga chiqib chumchuq uyasini ko`radi. Polaponlarga ikkita chumchuq yemish olib keladi.Shunda Muzaffar o`ylaydi."Biri dadasi, iya ikkinchisi kim bo`ldi eakan-a haa ammasi bo`lsa kerak"...............Uning oyisi yo`q bo`lgani uchun oyi tushunchasini bilmaydi......
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 22:30:29
"İkki eshik orasi" balki meni xarakterimni aniqlab bergan romanlardan biri. İlgari ham boshqa mavzularda yozganimday bu roman hali bosilmasdan oldin "Sharq Yulduzi" jurnalining har oygi sonida bo'lim bo'lim chop etila boshlaganda o'qiy boshlagandim. Yoshim 8....

Asarni huddi o'zimni hayotimni yashayotganday o'qiganman, hatto asarni ichida qahramonlar bilan birga yashaganman. Asarda dard ko'pligi uchun ichimdan ezilardim....Urushni birinchi marta qanchalar yomon narsa ekanligini, Nemis fashistlarining qanchalar yovuz ekanligini Kimsan va qolgan asirlarga berilgan azoblardan bilganman....

Robiyani ota hasrati, Qatag'on nima, Muhabbat nima, Vafosizlik.....eh yana nimalar nimalar....hammasini shu kitobdan o'rganganman...

O'tkir Hoshimovni juda qattiq hurmat qilishimni sababi ham shu bo'lsa kerak....

Ayamlar kitobni yashirib qo'yishda qanchalar haqli edilar....
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 22:36:24
Umar Zakunchidan shu darajada nafrat etardimki ko'z o'ngimda uni jonlantirib, huddi shunday odam bo'lsa kerak, degan hulosaga kelgandim. Bazan jahldor, yomon deb o'ylagan odamlarni Umar Zakunchiga o'hshatardim...

Ranoga esa rosa jahlim chiqardi. Muzaffar Qo'qonga onasini yoniga borganida nimaga bordi, deb rosa yig'lagandim....

Muzaffarni o'gay singlisini esa ko'rgani ko'zim yo'q edi...

Maktabda urishqoq qizlarni unga o'hshatardim : )
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: braupov 11 Fevral 2010, 22:41:47
Bugun "Qora ammam" nikiga boramiz! (Muzaffar)
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 22:45:04
Qora ammani-ku gapirmang.  :'(

Oq ilon oppoq ilon oydinda yotganing qani....

Nafas olganlarida g'ijirlagan ovoz shunchalar yaqindan kelardi-kiii...

Yaxshi asar o'qirkan inson yashaydi rostdan ham....

Muzaffarni dadasini qo'ltiq ostidagi oskolkadan qolgan chuqurni huddi ko'rganday bo'lardim  : )

Roman kitob emas, huddi teleserialday yozigan,,,,,,
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: braupov 11 Fevral 2010, 22:47:59
Muzaffar ukalik bo'lganida ko'imdan yosh qalqigan negadir ....
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Abu Muso 11 Fevral 2010, 22:48:25
 :as:

Yo'q, lablari kesilgan jigardek
qalin bo'lgan, Parcha xolanikiga
:D
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 22:49:50
Muzaffarni ukasini juda yaxshi ko'rardim, huddi o'zimni ukam tug'ilganday...

Yigitlik paytida sinfdoshlar bilan Munavvar uchun qilgan janjallari....eh.

Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 22:51:17
Kimsan bilan Robiya shaharga borishmoqchi bo'ladi-yu shu sahna juda chiroyli tasvirlangan-da....

Robiyani sochlarini Kimsan hoxlaganday turmaklashi.... : )
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Rakhmat26 11 Fevral 2010, 22:53:11
Devor yorig`idan emaklab chiqib Husan dumaning etagiga osilib "O`laman sattor boshqaga tegmayman" degan ammada... :13
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: braupov 11 Fevral 2010, 22:54:34
menga asarning yana bir yoqqan tarafi har bir qaxramonnig o'z taqdirini o'z tilidan yozilganligi
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 22:55:04
Robiyalar qo'shi ayollar bilan hammomdan qaytayotganda xat bermoqchi bo'lgan yigit.....

Kimsanni Robiyani undan qizg'anishi.....

Rashid abzi....eh...eh eh....
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Rakhmat26 11 Fevral 2010, 22:59:59
Robiyalar qo'shi ayollar bilan hammomdan qaytayotganda xat bermoqchi bo'lgan yigit.....

Kimsanni Robiyani undan qizg'anishi.....

Rashid abzi....eh...eh eh....



Ko`zlarini pirpiratib "Sevish ayb emasku" deydi (ko`zaynak)
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Akbarjоn 11 Fevral 2010, 23:00:45
eng tasirli joyi shu Abze samovar boshida turganida sumkasida qora xat bo'ladi, shuni egasiga qanday qilib berishni bilmay turadi, xalq uni yomon ko'rib qoladi...
shunda xatni eshigi oldiga qo'yib o'zi Qozon shaxriga ketadi
shu vaziyatdagi Rashid Abze ning holati juda ta'sirli, bechoraga rosa rahim keladida, xozir xam nomini eshitib yuragim uvushib ketdi
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 23:01:10
Mangu olov borku Toshkentda shu haykalni ko'rsam nimagadir Qora amma esimga tushib ketaveradi....
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Rakhmat26 11 Fevral 2010, 23:02:38
Rashid abzi ichib olib garmonini chalyapti. Bechora xotinini eslayapti.
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Abu Muso 11 Fevral 2010, 23:02:55
Robiyalar qo'shi ayollar bilan hammomdan qaytayotganda xat bermoqchi bo'lgan yigit.....

 :as:

Hammomdan emas, mo'rchadan...  :)
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 23:03:02
Menimcha roman boshdan oyoq ta'sirli yozilgan....

Munavvarni onasi qanchalar dard chekadi.....

Qizini o'ligini ko'rishi ham juda ayanchli....
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Akbarjоn 11 Fevral 2010, 23:05:17
Toshkentda Yunusobod tumanida xotira muzeyi orqasidagi koprik Shaytonko'prik esimga tushib ketdi
Munavar uchun Muzaffar shu ko'prikdan o'zini tashlamoqchi bo'ladi bezorilar bilan gara o'ynab
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: braupov 11 Fevral 2010, 23:05:55
Ayda molay baozarga
Pirashkilar osharga
Pirashkilar kikirta
Qizlar qashin sekirta....
(Rashid abzi)
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 23:06:51
Toshkentdagi Do'mbirodog massiviga har safar borganimda asardagi Do'mbirobod esimga kelaverardi....

Adashmasam 16 chi trolleybus borardi...
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Rakhmat26 11 Fevral 2010, 23:07:34
Mangu olov borku Toshkentda shu haykalni ko'rsam nimagadir Qora amma esimga tushib ketaveradi....










Qiziq, men ham Qora ammani shunday tasavvur qilardim........?
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Rakhmat26 11 Fevral 2010, 23:11:21
Shomurod kichkintoy Muzaffarni ko`targanicha nima qilishini bilmay qotib qolgan.... Ra`no esa yig`lagancha farzandi nasibasini poyezdda yo`lga sog`ib tashlab ketmoqda....
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Rakhmat26 11 Fevral 2010, 23:13:17
Zakunchi namoz o`qiydi....Xudojo`y... Qilgan gunohlari ko`ziga ko`ringan bo`lsa kerak.
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 23:13:59
Shomurodni urusga ketadigan kuni Rano rosa yig'laydi....Shu sahna ham juda achinarli....

Vayo Kimsan ishkomdan uzum uzar ekan birdan urush xabari keladi....
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: braupov 11 Fevral 2010, 23:18:38
SizLARda qaysi yili chiqanini bilamadimku men 1989 yildagisini o'qiganman avval ham nqshrdan chiqanmi bu asar...?
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: ZUBAIR 11 Fevral 2010, 23:24:44
E bo'ldida, qanaqa odamsilara?! Yoki kitobni i-netga joylab qo'yilar.  :7 Keyin kitobni birga tahlil qilamiz
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Rakhmat26 11 Fevral 2010, 23:28:01
Iltimos ushbu asr kimda bo`lsa ushbu sayt kutubxonasiga joylasangiz o`zim ishlaydigan ziyo maskanidagi 200 dan ortiq yoshlarga ushbu asarni yetkazardim...PLEASE :5
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: braupov 12 Fevral 2010, 10:50:18
Talabgorlar bo'lsa shu kitobni bo'ishib olib skaner qilib FORUMGA JOYLASAKA yahshi bo'lardi....
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Navoiyning izdoshi 12 Fevral 2010, 12:48:58
Inoyat oqsoqol, duma chol, shomurodlarning nomidan ham voqealar haqida hikoyalarni o`qishni juda xohlardim. nasib bo`lsa bu asarni ingliz tiliga tarjima qilmoqchiman.
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: AbdulAziz 12 Fevral 2010, 15:09:55
Inoyat oqsoqol, duma chol, shomurodlarning nomidan ham voqealar haqida hikoyalarni o`qishni juda xohlardim. nasib bo`lsa bu asarni ingliz tiliga tarjima qilmoqchiman.

Boshqa tarjimalaringiz ham bormi?
Kimlardan tarjima qilgansiz?
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Ansora 13 Fevral 2010, 15:02:43
E bo'ldida, qanaqa odamsilara?! Yoki kitobni i-netga joylab qo'yilar.  :7 Keyin kitobni birga tahlil qilamiz

Janob Zubayr bu yerda roman haqida fikr-mulohazalar so'ralibdi, shuning uchun yozgandik.
Hijolat bo'lmang, roman forumga joylana boshlagach, alohida mavzuda bo'ladi....

Menimcha har bir asar uchun alohida shunday fikr-mulohazalar sahifasi ochilishi kerak, deb o'ylayman.
Yozuvchi ham o'z asari haqida yaxshi-yomon fikrlarni albatta o'qigisi keladi....
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Nurdinboy 05 Dekabr 2010, 21:21:39
O'tkir Hoshimov bilan bo'lgan "Mahorat maktabi" darslarida yozuvchi taxminan shunday degandi:
"Qahramoningni ignaning teshigidan ham ingichka tuynukdan o'tkazginki, uning kechmishi kitobxonning qalbida bir umr qolsin"
Bularning barchasi yozuvchining mahoratida albatta.
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Nurdinboy 05 Dekabr 2010, 21:27:29
Zakunchi namoz o`qiydi....Xudojo`y... Qilgan gunohlari ko`ziga ko`ringan bo`lsa kerak.
Umar Zakunchi haqiqiy ZIDDIYATLI obraz. Unaqa qahri qattiq odamlarda MEHR kuchli bo'ladi. Qizi Nasibaga bo'lgan muhabbati...
uzun gapning qisqasi qahri qattiqlarning mehri yumshoq bo'ladi!
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Nurdinboy 05 Dekabr 2010, 21:30:49
Asardagi eng daxshatli va achinarli... yig'larli joy!
Husan Dumaning o'limi...
Oqsoqolning qo'rqib ketganidan azoblanishi...
Mana nos Duma. Chek...
Do'stdan ayrilishning o'zi bo'lardimi.
Husan dumadan keyin Oqsoqolning g'oz qaddi DOL bo'lishi.
Bunaqasini uncha-muncha yozuvchida ko'rish mushkul
Nom: Re: O`tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi.
Yuborildi: Nurdinboy 05 Dekabr 2010, 21:33:50
Ammo eng achinarli joyi Zakunchining mot bo'lishi.
Berlingacha borganlarning nomini harom qilmang. (Olimjon Komilov)
Nom: Re: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: soliha_siddiq 10 Dekabr 2012, 21:56:16
assalamu alaykum....

manga shu asarni elektron varianti bolsa jonatilar iltimos , oldindan rahmat...
Nom: Re: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: kamoliddinov 11 Dekabr 2012, 01:13:15
Manga ham eletron varianti kerak. Shu yerga attach qila qolinglar kimda bulsa.

Rahmat
Nom: Re: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: Shoxjahon12 11 Dekabr 2012, 03:10:21
Inoyat oqsoqol, duma chol, shomurodlarning nomidan ham voqealar haqida hikoyalarni o`qishni juda xohlardim. nasib bo`lsa bu asarni ingliz tiliga tarjima qilmoqchiman.
Menimcha, Inoyat oqsoqol emas, Orif oqsoqol edi. Inoyat oqsoqol obrazi Said Axmadning "Ufq" trilogiyasidagi obraz.
Nom: Re: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: kamoliddinov 11 Dekabr 2012, 19:37:22
Asar amazonda sotilsa nima deysiz:
http://www.amazon.com/gp/product/5635002706/ref=olp_product_details?ie=UTF8&me=&seller= (http://www.amazon.com/gp/product/5635002706/ref=olp_product_details?ie=UTF8&me=&seller=)
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: Зайнаб 09 Mart 2013, 12:10:22
Ассалому алайкум.

Ўткир Ò²ошимовнинг шу "Икки сшик ораси" ва "Дунёнинг ишлари" асарлари интернетда борми? Ссраган юзерларга юборган бслсанглар, илтимос, менга Ò³ам слектрон вариантини юборинглар? Кутубхоналардан топиш имконим йсÒ›. Умид фаÒ›ат шу интернет ва сизлар :)

(Кейин Сайид АÒ³маднинг "УфÒ›" романини Ò³ам Ò›идираётган сдим)

Ò²еч кимда йсÒ›ми, скан варанти Ò³ам бсларди...
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: soliha_siddiq 10 Mart 2013, 11:40:18
Ассалому алайкум.

Ўткир Ò²ошимовнинг шу "Икки сшик ораси" ва "Дунёнинг ишлари" асарлари интернетда борми? Ссраган юзерларга юборган бслсанглар, илтимос, менга Ò³ам слектрон вариантини юборинглар? Кутубхоналардан топиш имконим йсÒ›. Умид фаÒ›ат шу интернет ва сизлар :)

(Кейин Сайид АÒ³маднинг "УфÒ›" романини Ò³ам Ò›идираётган сдим)

Ò²еч кимда йсÒ›ми, скан варанти Ò³ам бсларди...
Va alaykum assalom....
Ziynat opa manam qidirib topolmagandim "Ikki eshik orasi" romanini :(
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: Muxsiya 07 Iyun 2013, 22:46:15
Munavar uyida bir siqim uyqu dori ichib joniga qasd qiladi, lekin o'wa kecha qattiq zilzila bo'lib, uni wundan vafot etgan deb o'ylawadi.
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: munlu 10 Oktyabr 2013, 02:31:45
Munavvar, Toshkentda 1966- yil bo'lgan kuchli zilzilada o'ldi.
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: munlu 06 Avgust 2014, 05:04:33
Munavvar zilzilada o'ldi. Lekin Robiya va otasi (o'qituvchi) judoyam baxtsiz ekan.
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: Muxsiya 03 Sentyabr 2014, 09:05:02
Adashmasam Munavvar zilziladan emas, dori ichib o'zini zaharlagan
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: munlu 07 Sentyabr 2014, 02:22:13
Dori ham ichgan. Lekin osha kecha zilzila bo'lgan.
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: Pofiraxon 07 Oktyabr 2014, 11:30:03
Haliyam bu kitob ziyouzda yöqmi?
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: munlu 13 Oktyabr 2014, 04:52:34
Haliyam bu kitob ziyouzda yöqmi?
http://kitob.uz/files/fayl_Ikki_eshik_ora_-_28.06.2013_11-00-51.pdf
Faqat 200 s.
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: Абдурроҳман 16 Oktyabr 2014, 05:36:11
Havola uchun rahmat. Lekin bu yerda kitob to'liq emas ekan.
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: Pofiraxon 16 Oktyabr 2014, 15:02:59
Assalomu aleykum. Ikki kun böldi ovozli variantini qölga kiritdim
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: Абдурроҳман 17 Oktyabr 2014, 07:40:28
Bu kitobni topib skanner qildim. PDF ko'rinishga keltirib shu saytga joylaydigan odam bo'lsa TAS-IX ga yuklab berishga harakat qilaman. Arhivlangan fayl ~368 MB bo'ldi.
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: Pofiraxon 17 Oktyabr 2014, 10:48:58
Assalomu aleykum afsus qölimdan kelmaydi. (hijolatdan yerga kirgan smaylik)
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: Абдурроҳман 18 Oktyabr 2014, 02:54:22
Ushbu havola (http://dump.uz/72f9fe2e3d26853e0fd7c23ec4333646) ga o'zim joylab qo'yaqoldim.
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: gofurov 07 Mart 2015, 13:41:40
Ўткир Ҳошимовнинг "Икки эшик ораси" романи энди андроид телефонлар учун.
https://drive.google.com/file/d/0B2W6W-9A9rBvUjdjVmx2aWMzR3c/view?usp=sharing
Nom: Javob: O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida
Yuborildi: munlu 18 Aprel 2015, 04:29:23
Assalomu alaykum!

MaxCmdning bu asarni "ko`tarib" chiqqaniga rosa xursand bo`ldim. O`ylaymanki bu mavzu fikr va mulohazaarga boy bo`ladi.

Haqiqatdan O`. Hoshimovning eng yaxshi asarlaridan biridir. Bu asar o`zbeklarning o`ziga xos xarakterin ochib bergan. Menga eng yoqqan obrazlardan biri - Oqsoqol obrzi bo`lgan,  faqat  Robiya bilan Mahkam o`rtasidagi muhabbatga qarshiman, nega deganda, tutingan singil bilan muhabbat.......... xullas bu mening fikrlarim!

Mahkam emas Kimsen...