NOZAga berilgan savollarga javoblar:
1. Savol: Hayotingizda ziyouz.com qanday iz qoldirdi?
Javob: Bu forum avvalo manga o'z dinimini yaxshiroq tushunishimga yordam berdi va yordam berib kelmoqda.
Ko'pgina yaxshi insonlar bilan tanishdim...
Manimcha iz qoldirdi deyish notog'riroq bo'lsa kerak.
Bu forum Alhamdulillah hali faollikda, Inshaolloh har doim shunday bo'lsin.
Demak iz qoldirmoqda...
2. Savol: Cardlar, presentationlar tayyorlashda sizga kimdir sizga g'oya berib turadimi? Rasmlar, ma'lumotlar topishda qiynalmaysizmi?
Javob: G'oya o'zidan o'zi bo'lib ketaverar ekan.
Lekin agar kimdur qandaydir g'oya bersa o'zimga yoqs albatta qabul qilaman.
Lekin asosan kitoblardan ayniqsa Taqvimlardagi o'zimga yoqqan hadislardan foydalanaman.
Rasmlarga kelsak, komp.imda bor rasmlardan foydalanaman. Kerak bo'lsa internetdan ham olaman.
3. Savol: Sizningcha, jomiyatimizning hozirgi muslima qizlariga qanday fazilatlar yetishmaydi?
Javob: Avvalo 5 qo'l baravar emas.
Ayrim muslimalarda ibrat yo'q. Muslimada avvalo boshqalarga ibrat bo'lishi kerak hox uyda, hox ko'chada, hox kiyinishda.
Chunki muslimani ko'rgan odam unga havas ila qariydi.
Biron bir nojo'ya qilig'i bilan muslima boshqalarga dinni yomon ko'rsatib qo'yishi mumkin.
Ayrimlarida hayo yo'q, ayrimlarida sabr yo'q, ayrimlarida qanoat yo'q...
Lekin har bir muslimani orqasida uga mahramlar (otasi, akasi, turmush o'rtog'i) turadi.
Mahrami muslimani yo'lga sola olsa jamiyatdagi muslimlar ham muslimalar ham hammamiz uchun ibrat bo'la olardilar
4. Savol: Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?
Javob: Forum bilan emas, forumdoshimiz bilan bog'liq holat desam to'g'riroq bo'ladi.
Forumdosh birodarlarimizdan 2 dugonamning hijobga kirishlari va ularga qarshi chiqqanlaridagi sabrlari.
Mahdiyahga berilgan savollarga javoblar:
5. Savol: 1. Sizning hayot yo'lingini belgilab bergan 3 ta hadis?
2. Siz doim o'qib yuradigan 3 ta duo?
Javob: 1. Har bir hadis mo'min hayotining har bir bo'lagida mavjud.
Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning hayotlari biz uchun har holatimizda o'rnakdir.
Shuning uchun aynan shu hadis yo bu hadis mani hayotimni belgilab bergan deya olmiman.
Shunday bo'lsa ham hayotimda o'zim uchun hamisha shior kabi o'zimga tez-tez takrorlab eslatib turadigan hadislarimdan 3 tasini yozaman.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "O'zingizga ravo ko'rganingizni birodaringizga ravo ko'rmaguningizcha haqiqiy mo'min bo'la olmaysiz".
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Poyafzalingizning bog'ichini yo'qotsangiz ham istirjo' - "INNA LILLAHI VA INNA ILAYHI ROJI'UN" (Ma'nosi: Biz Allohnikimiz va Allohga qayguvchimiz) deb ayting", deganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "Amallarning Alloh taologa seviklisi - oz bo'lsa ham davomlirog'idir"
2. 1)Allohim haq yo'lda, iymonda, islomda sobitqadam qilgin!
2) Allohim Sani sevmoqlikni, Sani sevganlarni sevmoqlikni va San sevgan amallarni bajarmoqlikni nasib qilgin!
2) Allohim barchamizga ham Jannatul-Firdavsingda sevganlarimiz bilan bo'lmoqlikni nasib qilgin!
6. Savol: Chet elda o'qiydigan yoki ishlab yashaydigan hayotingizda umuman ko'rmagan bir yigit sizni int orqali forumlarda yoki umuman ba'zi manbaalardagi fikrlaringizga tayanib sizni "yoqtirib qoldim menga turmushga chiqing" deb aytsa bu taklifni qanday qabul qilasiz?
Javob: Man net orqali turmushni maqullamiman. Lekin Alloh taqdir qilgan bo'lsa biz ojiz bandalarni qo'lidan hechnima kelmaydi!
7. Savol: "Ilm boshqa, amal boshqa" degan gapni qanday tushunasiz?
Javob: Bu gap ko'proq "Dilda bo'lsa yetadi" ga o'xshidi, aniqrog'i man 2 chi variantni ko'proq eshitganman.
Yana biri "Domlani etganini qilu, qilganini qilma" hazil
Hamma ham ilmiga amal qilavermidi. O'rganganimizni tushuib, anglab, uqqanimiz va hayotimizga tatbiq qilganimiz unga amal qilishdir.
Faqat o'qiyversak, o'rganaversak amalda o'zgarish bo'lmasa o'rganganimiz 1 chaqaga ham arzimaydi!
Bizni olgan ilmimiz amalimiz bilan bilinadida.
Boshiga do'ppi kiyganni hammasi ham namozxon emas! (Bu ham shunga bir misol)
8. Savol: Sizningcha armon bu nima? Sizning armoningiz? (sir bo'lmasa)
Javob: Armonni ushalmagan orzu, niyat deyishadi.
Armonim bor deya olmiman, yo'q ham deya olmiman chunki hayot hali oldinda.
Alloh nasib qilsa bizga armon tuyilgan ishlar tez orada sodir bo'lishi hech gap emas.
9. Savol: Ko'chadami, boshqa joydami, qayerda bo'lsa ham begona odam sizni rashk qilsa qanday tushunasiz?
Javob: Rash - iymondan
Begona diganingiz musulmon birodarimiz, qizmi yigitmi kim bo'lsa ham rashk qilsa to'g'ri tushunaman va hursand bo'laman. Ya'ni deylik mo'minalarga boshqa odam tarafidan sha'niga yo o'ziga to'g'ri kelmaydigan bir ish sodir bo'lishi mumkin, shundan qo'rqibmi yo boshqa sababdanmi birodar rashk qilsa hursand bo'lamiz.
O'zim ham akamnimi, opamnimi yo umuman barcha musulmon yigitlarini va qizlarini boshqalardan juda rashk qilaman!!! :D
10. Savol: Инсон сз Виждони ва ҳоҳишига қарши боришдек бахтсизлик бслмаса керак (сьни схши маьнода). Аллоҳ йслидаги бирор бир амалингизда бошқалар тинчлиги учун сз раьйингизга қарши чиққан ҳолатлар бслганми ва сшандай вақтда бу вазистдан қандай чиқиб кета олгансиз?
2. савол: Она фарзанд тарбиссида снг аввало нимага аҳамист бериши ва тарбисни снг аввало нимадан қай йссинда бошлаши лозим?
Javob: 1. Boshqalar tinchligi uchun ko’pam o’z ra’yimga qarshi bormaganman. Balki bu hudbinlikdir, lekin bor gapni etdim. Ra’yimga qarshi bo’rgan vaqtlarim ham bo’lgan. Bunaqa vaziyatda hammasidan voz kechaman-qo’yaman. Talashib tortishmiman.
Lekin Alloh yo’lida, dinimga qarshi hech qachon birovni tinchligini o’ylab voz kechmaganman! InshaAlloh kelgusidaham bunday bo’midi digan umiddaman. Man uchun hamisha Allohni kalomi BIRINCHI O’RINDA , xoh onam, xoh otam, xoh eng sevikli insonim gapirsa ham!!!
2. Bu savolingizga javob berish manga sal vahliroq bo’lsayam, lekin fikrimni etib o’taman.
Manimcha ona avvalo farzandlarni birdek ko’rishi kerak! — bu bir. To’g’ri ona uchun qaysiduri sevikliroq, qaysiduri mehribonroqdir, lekin ajratish bo’lmasligi kerak (bu holni ko’p oilalarda ko’raman, shuning uchun etib o’tdim).
Nafaqat ona balki ota ham, ikkalasi avvalo bola tarbiyasida o’zlariga savol berishlari kerak: "œFarzandim uchun ibrat bo’la olamanmi? Qay odatim kelajakda farzandim man hohlagandek inson bo’lishi uchun ibratu, qay odatim uni man hohlagandan teskari bo’lishiga sababchi bo’la oladi?"
Avvalo o’zlarini isloh qilishlari kerak.
Chunki misol uchun namoz o’qimagan ota hech qachon o’g’liga "œNamoz o’qi? Nima uchun namoz o’qimisan?" deya olmidi va bunga haqqi ham yo’q bo’ladi. O’zida yo’q narsani boshqadan talab qilishga haqqi yo’q!
Man hamisha farzandlar hususida gap ketsa, yoki kelajak haqida o’ylab qolsam avvalo ular uchun o’rnak bo’lishni, har sohada, ibodatdami, dunyoviy ishdami, hamma hammasida o’rnak bo’lishni o’yliman.
Chunki "œqush inida ko’rganini qilar" digan gap bor. Andoza bilan bichilgan kiyim hatosiz bo’ladi.
Yoshligida keragidan ortiq erkalatib, kn "œQulog’iga gap kirmidigan darajada sho’x" disa, 12 kirganda "œnamozga erinchoqlik qiladi, hijobni xohlamayabdi" disa, 20 ga kirganda "œo’qishni zo’rg’a tamomladi, yomonlarga qo’shilib ketayabdi" "¦ (Alloh asrasin) degandan ko’ra, hamma narsani vaqti-soatida bajarish kerak.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga hamma narsada muallimdirlar.
Bir kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning nabiralari hazrati Hasanni quchoqlab o‘pgan vaqtlarida Aqro ibni Habis otli do‘stlari buni ko‘rib, payg‘ambarimizga shunday dedi: "Demak, siz bolalarni o‘pasiz. Mening o‘n bolam bor, men ularni hech qachon o‘pmaganman".
Payg‘ambarimiz bu kishiga tabassum bilan boqdilarda, shunday dedilar: "Marhamat qilmagan kishiga marhamat qilinmas".
Yana bir hadisda esa Fotima onamiz farzandlari betob bo’ladiyu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni chaqirtiradilar. Shunda Nabiy alayhissalom kelgan odamga "œQizimga borib ayt, Allohdan shifo so’rab duo qilsin" deydilar.
Ikkisida ham ummat uchun oladigan ko’p foydalar bor.
Albatta farzand shirin, lekin uning go’zal hulqiyu, iymoni InshaAlloh ikki dunyoda ham biz uchun shirinroq bo’ladi.
Hali ona bo’lmay og’zimni ko’pirtirayotgandurman.
Lekin niyatim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiyomatda "œMANI UMMATIM" deya fahrlanadigan solih va solihalarga ona bo’lishlik, Jannatul firdavsda ota-onasiga Toj kiydiradigan haqiqiy mo’min va mo’minalarga ibrat bo’lib ona bo’lishlik. Alloh o’sha kunlarga yetkazsin! OMIN!