forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Fikr va mulohazalar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 19 Iyul 2006, 04:00:04

Nom: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2006, 04:00:04
Assalomu alaykum!

Forumimiz yangi manzilda ish boshlaganiga  uncha ko'p bo'lgani yo'q. Shunga qaramay muxlislarimiz forum haqida qandaydir fikrlarga ega bo'lishdi.

Forumning hozirgi dizayni sizni qoniqtiradimi?
Uni o'zgartirish kerakmi yoki shu holati o'zi sizningcha yaxshimi?
Sizga yoqqan tarafi nima?
Yoqmagan tarfi-chi?

Qanday takliflaringiz bor?
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 05:39:51
Manga forumning hozirgi dizayni judayam yoqadi.
Boshqa forumlardan ham ajralib turadi.

ranglar odamga hush yoqadigan qilib tanlangan.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: muxbir 19 Iyul 2006, 13:00:03
Forumning hozirgi dizayn mangayam yoqadi.

Yana ba'zi elementlarni qo'shish kerak:
- bugun online bo'lganlar
- rasm kiritishni osonlashtirish
- bpg'langan mavzular va h.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Akmal 22 Iyul 2006, 02:45:05
Кушимча фунциялар кушилса яхши буларди.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyul 2006, 07:14:08
Кушимча фунциялар кушилса яхши буларди.

Harakat qilayapmiz.
2-3 ta mod qo'shdim. Lekin muammo chiqaryapti...
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Shoxjahon12 05 Sentyabr 2006, 12:16:50
Assalomu alaykum!

Forumimiz yangi manzilda ish boshlaganiga  uncha ko'p bo'lgani yo'q. Shunga qaramay muxlislarimiz forum haqida qandaydir fikrlarga ega bo'lishdi.

Forumning hozirgi dizayni sizni qoniqtiradimi?
Uni o'zgartirish kerakmi yoki shu holati o'zi sizningcha yaxshimi?
Sizga yoqqan tarafi nima?
Yoqmagan tarfi-chi?

Qanday takliflaringiz bor?

Forumni dizayni yaxshi. Ayniqsa, tugmalarni o'zbekchalashgani ma'qul bo'ldi.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Hojar 09 Fevral 2007, 12:12:26
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ВА А АХМАТУЛЛОХУ ВА БАА ОКАТ! ГУЗАЛ ЖУМА МУБОА АК!
БУ САЙТАИ ТАШКИЛ КИЛГАА ХАЗА АТИ ИАСОАЛАА ГА ТАШАККУА !
СИЗЛАА ДАА ОЛЛОХ А ОЗИ БУЛСИА! ЖУДАЯМ АЖОЙИБ!
ХУА МАТ ВА А­ХТИА ОМ ИЛА БИА ОДАА ИАГИЗ!
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: ikbaljohn 09 Fevral 2007, 16:55:03
Assalomu alaykum.Dizaynga gap yo'q.Faqat shu smayliklar masalasi mani ancha o'ylantirib qo'ydi.Hissiyotlarni ifodalashda smayliklardan keng foydalanardim.Xozir qaysi smaylik qanday hissiyotni isfodalashini tushunmayapman.Ozgina kottaroq va tiniqlashtirilgan variyanti bo'ganda yanayam yaxshi bo'lardi deb o'ylayman.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: AbdulAziz 12 Fevral 2007, 00:34:48
Va alaykum assalom!
Smayliklarning faqat doimo ishlatiladiganlarini olganmiz.
Agar xohlasangiz o'zingiz ham boshqa saytlardan smaylik olib joylashtirishingiz mumkin.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Mahzunabonu 07 Sentyabr 2007, 16:25:50
Assalomu alaykum.Dizaynga gap yo'q.Faqat shu smayliklar masalasi mani ancha o'ylantirib qo'ydi.Hissiyotlarni ifodalashda smayliklardan keng foydalanardim.Xozir qaysi smaylik qanday hissiyotni isfodalashini tushunmayapman.Ozgina kottaroq va tiniqlashtirilgan variyanti bo'ganda yanayam yaxshi bo'lardi deb o'ylayman.
Nozlini amakisi,o'sha smailkaladan kiriting forumga bizayam foydalanib qolarmidu,bizayam hissiyotlani ifodalolmiy diqqatmiza
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: sevar 13 Noyabr 2007, 00:32:06
Assalomu alaykum!
Man ham o'z fikrimi kiritmoqchiman.
Har bir ramkalarni bo'rtib chiqqandek ko'rinishga keltirish yoki  biroz tovlanib turadigan qilish kerak.
Yanada chiroyli bo'ladi mani fikrimcha.
Agarda qo'pol,bachkana ko'rinishda bo'lib qolmasa,harakat qilib ko'rish kerak.
Boshqalarni fikrini ham bilish lozim  albatta.




Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: AbdulAziz 13 Noyabr 2007, 07:48:20
Va alaykum assalom!
Qimmatli fikrlaringiz uchun tashakkur!
Inshaalloh siz aytgandek holatda ham qilib ko'ramiz va havola etamiz, agar userlar ma'qullashsa, amalga oshirishga harakat qilamiz.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Muzayyana 12 Dekabr 2007, 09:54:33
Assalomu alekum!
Ziyouz mani eng yaxshi ko'rgan saytim! Bu yerdagi xar bir narsa did bilan yaratilgan. Mani fikrimcha xamma narsa kamchiliklarsiz!
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Shokir63 03 Aprel 2010, 16:32:24
Assalomu aleykum

Ziyouz haqidagi fikrlarni yozishimiz mumkin bo'lgan mavzu bor edi, o'shani qidira turib, bu mavzuga ko'zim tushdi, fikrimni bu yerda ham qoldira olaman deb, xursand bo'ldim.

Umuman olganda, forumdoshlarimga va ushbu forumni tashkil etgan kishiga minnatdorchilik bildirish uchun "qidiruvni" boshlagan edim.

Yaxshiyamki, shu forumga a'zo bo'lgan ekanman, qanchadan qancha do'stlar orttirdim, ularni hozircha faqatgina fikrlari bilan do'stlashdim, o'zlarini ko'rmadim, amma o'ylaymanki do'stlashish uchun lozim bo'lgan eng muhim ish ortda qoldi, fikrlar hamohang bo'lgandan keyin, bir ko'rishda bir necha yillik birodarlar kabi bo'lib ketamiz, inshaalloh.

Ziyouzning kamchiliklari va yutuqlari haqida gapiradigan bo'lsam, yutuqlariga yuqorida keltirilgan birgina misol ham uning naqadar katta ishlar qilayotganini ko'rsatib turibti, kamchiliklarga keladigan bo'lsam, bilmadim. Dizayn va texnik kamchiliklarga aqlim yetmaydi, manaviy kamchiliklarga keladigan bo'lsam, bu borada ham kamchilik yo'q. Umuman Ziyouzni O'zbekka o'xshataman, u bazan o'ylamay gapiradi, ba'zan o'ta mulohazakor, ba'zan qattiqqo'l, baz'an qalbi shavqatga to'la, ba'zan jahli chiqib post qoldiradi, ba'zan jahli chiqsada olovga cho'g' tashlamay o'tib ketadi, kamtarin, ba'zan xudbinga o'xshab ketadi, ba'zan dardiga darmon topadi, ba'zan dardi dardiga darmon bo'ladi...BUni tugatish qiyin.

O'zbegim yaxshiyamki sendan man. Ziyouz yaxshiyamki sen bilan tanishdim.

Alloh barchangizni hivzu panohida asrasin, ishlaringizga baraka bersin.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: BelleQizcha 03 Aprel 2010, 17:22:29
Yoqqan taraflari  ko'p.. Lekin forumi Rangi yoqmiydi .. Ozgartirishi iloji bormi? masalan PUSHTI RANGIMI? (hazilashdim)
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: UzMuslim 03 Aprel 2010, 19:25:30
Forumning Aynan Mana shu dizayni juda ham Odamni o'zi Jalb qiladigan Va Ranglar o'z o'rnida tanlanga Odamni Jalg'itmeydi,Bazi Forumlarda shunaqa Bachkana qilib bo'yab tashlangan Na O'qib Bo'ladi na Fikrni bir joyga jamlab..
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: BelleQizcha 03 Aprel 2010, 20:11:30
Forumning Aynan Mana shu dizayni juda ham Odamni o'zi Jalb qiladigan Va Ranglar o'z o'rnida tanlanga Odamni Jalg'itmeydi,Bazi Forumlarda shunaqa Bachkana qilib bo'yab tashlangan Na O'qib Bo'ladi na Fikrni bir joyga jamlab..
gapizga qo'shilaman lekin bir hil forumlayam bor Rangi odamga yoqadi.. judayam symatichniy qilingan../ gap keganda etimdee yana jahliz chiqib yurmasin.. XD
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Ansora 03 Aprel 2010, 21:05:15
A.alaykum. Men masalaga biroz boshqacha yondoshmoqchiman.

Ziyouz sayti shunchaki forumdan iborat bir manzil emas. Bu saytning qurilish maqsadi avvalo o'quvchilarga ziyo tarqatish. Yani asosan adabiy asarlarni bizga yetkazish. "Adabiyot" so'zi- "odoblar", degan ma'noni bildirishini ko'pchilik bilsa kerak. Demak maqsad: "Odobga eltuvchi yo'lda bizga yordam beradigan yo'lni ko'rsatish"....

Saytdagi kitoblarning soni xazilga olmaydigan darajada boydir. Hech o'ylab ko'rdingizmi, masalan "Boburnoma" asari shundoqqina qarshingizda, istasangiz saqlab olasiz, istasangiz saytdan online o'qishingiz mumkin. Ho'sh, bu asar bizga "tayyor mahsulot" shaklida kelguncha qancha insonlar buning uchun ko'z nuri to'kkanini hech jiddiy ma'noda o'ylab ko'rdikmi? Vayohud forum moderatori har bir asar uchun qancha qancha inson bilan ko'rishish majburiyatida qolgan ekan ajabo??? Chunki mualliflik huquqi, degan jiddiy masala ham bor...

Shunday ekan men barchamizga bir narsani yaxshi yoki yomon deyishdan oldin: "Men bu ishni qanchalik bajara olgan bo'lardim", dev avvalo o'zimizdan so'rashni tavsiya etgan bo'lardim" ...

To'gri, bazi saytlardagiday "jimjimador" ranglarga ega emas. Ham diqqat tortish uchun ortiqcha ranglarga ham ehtiyoj yo'q, chunki odob (adabiyot) xohlagan kishi "bo'ynini bukib kelaveradi bu "odob manziliga"....

Boshqa saytlarni rang-barang qilgan reklamalar bo'lmaganligi uchun ham ajralib turadi, Ziyouz.

Reklama- degani afsus ko'pincha "virus" degani, shunday ekan, Ziyouz- Ziyo tarqatadi, virus emas....

Barchangizga hayirli hafta ohirlari....
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Mahdiyah 03 Aprel 2010, 22:19:43
Forumning Aynan Mana shu dizayni juda ham Odamni o'zi Jalb qiladigan Va Ranglar o'z o'rnida tanlanga Odamni Jalg'itmeydi,Bazi Forumlarda shunaqa Bachkana qilib bo'yab tashlangan Na O'qib Bo'ladi na Fikrni bir joyga jamlab..
gapizga qo'shilaman lekin bir hil forumlayam bor Rangi odamga yoqadi.. judayam symatichniy qilingan../ gap keganda etimdee yana jahliz chiqib yurmasin.. XD

 :as:
Manimchayam o'zini rangi yaxshi.
Och va insonni tinchlantiriladigan rang.
Qattiq va to'q ranglar insonni charchatadi.
Albatta gap faqat rangdamasu, lekin rang ham insonga ta'sir qiladigan omillardan biri.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: BelleQizcha 04 Aprel 2010, 00:04:25
Commentlaringizni oqib fikrim OZGARDII.. manimcha Rangiga gap yo..
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: braupov 05 Aprel 2010, 10:42:58
 :as:
Forumning xozirgi ko'rinishi juda yahshi holatda. Dizayniga o'zgartirish kiritish ham shart emas menimcha. Misol uchun FORUMNI men boshqa rangda tasavvur qilishim qiyin.


p.s. Bu mening shaxsiy fikrim.   
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Sofdil 20 Fevral 2011, 01:13:00
 :as:
 - Asosan rasmlani hajmini bir qolipga soliw kere,
 - Animatsiyalaniyam shu jumladan
+ "Yilning eng yaxshi unisi", " Yilning eng yaxshi bunisi " digan o'xshamagan Kuboklani umuman optashash kere.
- Wulani avatar tegiga ixsham qip joylashtirsayam buladi

 asosiy menyuni sal pal kottalwtirip "jirniy" ro qiliw keremi digan fikr bor

FIkrila qanaqa birodarla?
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2011, 10:20:47
Va alaykum assalom!
1. Rasmlar hajmi forumdan yuklanganlari uchun 500x500 piksel etib belgilandi.
2. Animatsiyalar hajmi ham shunday.
3. "Yilning eng yaxshilar"i kubogi olib tashlandi.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 20 Fevral 2011, 11:13:24
Newbie, member, mega member degan maqomlarni o'zbekchalashtirish kerak!
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Sofdil 20 Fevral 2011, 14:06:47
Newbie, member, mega member degan maqomlarni o'zbekchalashtirish kerak!

Turi ettis, undan tawqari, etilgan rahmatlar va olingan rahmatlar manimcha uncha muncha odammi umuman qiziqtirmasayam kere, turisidi komi kakoe delo :)
Undan kura user tegiga oddiy qip:
Join date:
Jinsi:
Umumiy postlari soni va
Location i: yani hozirda yashap turgan davlati

Nima didila?
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Ansora 20 Fevral 2011, 14:11:38
Forumda ancha-muncha odam qayerda yashashini sir tutadi...
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Sofdil 20 Fevral 2011, 14:30:59
Forumda ancha-muncha odam qayerda yashashini sir tutadi...

Unda o'sha joyiga "SIR" dip quyishadide  ;)
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: ree7 20 Fevral 2011, 15:33:09
Newbie, member, mega member degan maqomlarni o'zbekchalashtirish kerak!

Qushilmayman. Menga hozirgi turishi maqul. Yilning englari ni ham butunlay olib tashlamasdan nik tagiga yulduzchani sal uzgartirib, yozib quyish kerak.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: AbdulAziz 20 Fevral 2011, 16:56:32
Newbie, member, mega member degan maqomlarni o'zbekchalashtirish kerak!

Bu haqda oldin ham takliflar bo'lgan. Ko'pchilikka shu turishi ma'qul bo'lgan.

Turi ettis, undan tawqari, etilgan rahmatlar va olingan rahmatlar manimcha uncha muncha odammi umuman qiziqtirmasayam kere, turisidi komi kakoe delo :)
Undan kura user tegiga oddiy qip:
Join date:
Jinsi:
Umumiy postlari soni va
Location i: yani hozirda yashap turgan davlati

Nima didila?

A'zo bo'lgan sanasi profilda ko'rinadi.
Jinsi va umumiy postlari soni ayni paytda ko'rinib turibdi.

Yilning englari ni ham butunlay olib tashlamasdan nik tagiga yulduzchani sal uzgartirib, yozib quyish kerak.

Yaxshi taklif. Lekin shuning texnik tomonini eplolmayapman. SMFdan uquvi borlar aytvoringlar, qanday amalga oshirsa bo'ladi?
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: The_Alchemist 22 Fevral 2011, 11:24:09
Assalomu Alaykum,

Forumni dizayni haqidagi fikrim ancha yaxshi, hammasidan ham forumga kirishning tezligi yani boshqa saytlarga nisbatan ancha tez ochilishi maqul kelgan.
Ranglar ham yaxshi tanlangan faqatgina yana ozroq uzgartirish qilish zarar qilmasa kerak deb uylayman, masalan mana shu kuk rang bilan birgalikda yashil rangdan ham foydalalinsa foydadan holi bulmasa kerak.
Misol uchun forum sayti  "www.ziyouz.com" da ham yaxshil-kuk ranglardan foydalanilgan va muaffaqiyatli chiqqan.

The Alchemist
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: AbdulAziz 22 Fevral 2011, 16:10:48
Javoblar panelidagi ushbu arabiy yozuvlar uchun bir xil hajmda, bir xil xat turida yozilgan yozuvlar bo'lsa, almashtirib qo'yardim. Ham chiroyliroq bo'lardi.

Yozuvlar ro'yxati:
 :bs1:
 :bsm:
 :as:
 :vslm:
 :jaza:
 :bar:
 :ms:
 :iyd:
 :jl:
 :sw:
 :ra:
 :amn:
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: registan 23 Fevral 2011, 15:23:12
Javoblar panelidagi ushbu arabiy yozuvlar uchun bir xil hajmda, bir xil xat turida yozilgan yozuvlar bo'lsa, almashtirib qo'yardim. Ham chiroyliroq bo'lardi.

Yozuvlar ro'yxati:
 :bs1:
 :bsm:
 :as:
 :vslm:
 :jaza:
 :bar:
 :ms:
 :iyd:
 :jl:
 :sw:
 :ra:
 :amn:

To'g'risini aytsam, kimga qanday bilmadimu lekin manga shu arabcha yozuvlar yoqmaydi. Haqiqiy o'zbekona forummi o'zbekcha bo'lsin hamma narsa. Arabcha yozmoqchi bo'lganlar, "Arab tili darsligi"mi "Arab tilini o'rganamiz"mi, shunga o'xshash mavzularda yozishaverishsinda.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: Janob X 24 Fevral 2011, 17:57:57
Bir nechta savolim bor edi.

"Xalqaro jurnalistika fakulteti qaldirg'ochlari" - nega bu bo'lim alohida bo'lim? Boshqa fakultetlarni mensimaslikmi yoki boshqa sabab bormi?

Bu forum ishtirokchilar asosan Toshkentliklarmi? fikrlashlari bir biriga juda yaqin ekan. Yana savollar bor edi, lekin keyin so'rayman.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: AbdulAziz 25 Fevral 2011, 10:08:03
Bir nechta savolim bor edi.

"Xalqaro jurnalistika fakulteti qaldirg'ochlari" - nega bu bo'lim alohida bo'lim? Boshqa fakultetlarni mensimaslikmi yoki boshqa sabab bormi?

Bu forum ishtirokchilar asosan Toshkentliklarmi? fikrlashlari bir biriga juda yaqin ekan. Yana savollar bor edi, lekin keyin so'rayman.

1. Ko'rib turganingizdek, "Xalqaro jurnalistika fakulteti qaldirg'ochlari" maxsus bo'limda. Agar boshqa fakultetlardan ham 10-15 ta talaba da'vogar bo'lib, mana shunday bo'lim ochib berishni taklif qilishsa, bajonidil qabul qilamiz.

2. Asosan Toshkentliklar emas. Yurtimizning barcha go'shalaridan foydalanuvchilar mavjud. Shuningdek, taqdir taqozosi bilan ayni paytda xorijda yashayotgan yurtdoshlarimiz ham ko'p tashrif buyurishadi.
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: uzbekweb 24 Iyul 2011, 00:00:40
Assalomu alaykum
yo`qdan ko'ra boladi lekin istasangiz biz sizga forum+site+portal dizayn qilib berishimiz mumkin.
TEL: 458-2562 - uzbekweb@gmail.com
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: akula 24 Iyul 2011, 00:54:02
Assalomu alaykum
yo`qdan ko'ra boladi lekin istasangiz biz sizga forum+site+portal dizayn qilib berishimiz mumkin.
TEL: 458-2562 - uzbekweb@gmail.com
  Teken busa yaxshi ))
Nom: Re: Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari
Yuborildi: NANO 24 Iyul 2011, 20:18:56
Yaqin kunlada forum + saytni TAS-IX ga utqazib qolsala kere!

O'shanda yangi dizayn bo'ladi.

1-2 ta ishlarni xal qilib olsak bo'ldi!