forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: Shoxjahon12 28 Yanvar 2010, 10:03:57

Nom: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 28 Yanvar 2010, 10:03:57
Kecha Toshkent-Oqqo'rg'on yo'nalishidagi marshrutkalar qatnaydigan bekatga keldim. Qorong'u tushib qolgan, yo'lovchilar ancha siyrak. Marshrutka egasi - o'rta yoshlardagi shofyor sigaretini tutatgancha o'yga cho'mib turibdi.
-Aka, Oqqo'rg'onga yurasizmi?-so'radim shofyordan.
-Ha, chiqavering. Odamlar yig'ilsin. Yuramiz,- dedi u biroz beparvo oxangda.
Men mashinaga chiqmasdan odam to'lishini kutishni ma'qul ko'rdim. Oradan biroz vaqt o'tgach, yoshi o'ttizlarni qoralab qolgan bir ayol keldi. U  shofyorni ko'pdan beri taniydi shekilli:
-Zafar aka, ketib qolmabsiz, yaxshi bo'ldi. Yana sizni mashinangizda ketadigan bo'ldim, -  dedi u quvonib.
Shofyor uni ko'rdiyu, yuzini burdi.
-Nega unaqasiz? dedi shofyor ayoldan arazlagandek.
-Nima bo'ldi?
- Har kuni Toshkentga qatnaysiz. Mendan boshqa mingta taksiga chiqasiz. Lekin nega har doim mening mashinamda yurishingizni eringizga aytasiz. Har doim "Zafar akaning mashinasiga chiqaman",deb eringizga aytib borarkansiz. Nega boshqa taksistlarni aytmaysiz? Kecha eringiz menga:"Xotinimni yolg'iz qoldirmas ekansan. Zeriktirmaydimi yo'lda...?", deb piching qildi. Axir eringiz noto'g'ri tushunadiku. Nega aytib borasiz?
-Buni nimasi yomon?
-Aytib bormang. Agara aytib boradigan bo'lsangiz, mening mashinamga chiqmang. Shundoq ham muammolarim yetarli. Mashinamga chiqishingizni aytib borib, eringizning noto'g'ri xayolga borib, menga kesatib gapirishlari kerakmas.
Ayol jaxli chiqdi, chog'i nari ketdi va boshqa taksini to'xtatdi.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 28 Yanvar 2010, 10:09:35
Komronbek, 6 yosh:
-Men Jumongman!
Sarvar, 7 yosh:
-Yo'q, men Jumongman.
Komronbek:
-Menman Jumong.
Sarvar:
-Menku Jumong.
Dadasi:
-Komronbek, qo'yaver. Sarvar Jumong bo'lsa, sen Dejoyongsan!
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 28 Yanvar 2010, 10:23:22
Internetdagi "lop" etib chiqib qolgan e'londan:
"Green card" yutib olgan oliy ma'lumotli qiz bilan jiddiy munosabatlar uchun tanishaman" (!!!!)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 28 Yanvar 2010, 10:54:19
Er xotini bilan bozorga ketayotgan ekan. Yo'lda er bir eshakni ko'rsatib:
-Qara xotin, qarindoshing ketyapti? -desa, xotin ham:
-Ha, o'sha mening erim tomondan qarindoshim bo'ladi!

(Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 28 Yanvar 2010, 14:10:59
Bir o'rtog'imning hikoyasi:

Internet degan narsani xali tushunaydigan paytlarim. Institutning 2-kursida o'qirdim. Hamma qatori o'zimga e-mail pochta ochdim. Chet elga o'qishga ketayotgan do'stim bilan xabarlashib turish uchun...
Bir kuni e-mail pochtamga xat kelganligini  ko'rdim. Xatni ochib sinchiklab o'qib chiqdim. Elizabet ismli ayoldan kelgan xat. Ingliz tili fakultetida o'qiganligim uchun til masalasida muammo yo'q: xatning mazmuniga bemalol "tishim o'tdi". Yozilishicha, ayol so'qqabosh ekan. Yoshi ham ancha ekan. U rak kasaliga uchraganmish. Nihoyatda rahmim keldi. "Na oilam bor, na bola-chaqam. 2 million dollar qiymatidagi boyligimni kimga qoldirishni o'ylay-o'ylay oxiri seni topib oldim. Senga qoldirishni xoxlayman". Ich-ichimdan quvondim. Xatining oxirida:"Bankda o'zingga hisob raqami ochdir va menga 50 dollar (?????)  yuborsang hammasi xal bo'ladi", debdi. Bankdagi falonchining oldiga kirish uchun necha odamni o'rtaga qo'ydim. Oxiri falonchi akamning oldiga kirishga muvaffaq bo'ldim. U gaplarimni oxirigacha diqqat bilan eshitdi va miyig'ida kulib:
-Ukam, necha yoshsan?-deb so'radi.
-21.
-Xali go'dak ekansan,ukam. Men bunaqa xatlarni bir kunda 50 tagacha olaman.
Men bo'shashib ketdim.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 30 Yanvar 2010, 07:39:50
- Allo Assalomu alaykum
- Vaalaykum assalom
- Kechirasiz Maftunani mumkinmi?
- Maftuna ish qivotudi, sal turib telefon qilin.
- Ha mayli, etganimni qivorarsiz...
-  :D  :D  :D
- Iya uzr uzr qiganimni etvorarsiz  :D
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 13 Fevral 2010, 19:37:26
- obbo... charchadim...

bittasiga ovqat tayyorla...

bittasini tagligini yuv...

bittasini har kuni shimini chang qip keladi...

yana bittasi dib maktabda gap eshitaman...

...jonga tegdi...

Astag'firulloh!
Yetkazganinga shukr... berganingga shukr.
Allohga shukr
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 07 Mart 2010, 22:55:27
Dunyoga kelgan yangi mehmon uni u qadar kutmaganliklarini bilmay shiringina uxlamoqda...

Ota yangi tug'ilgan chaqaloqni ko'rgisiham kelmadi...
U o'g'ilni kutgandi... yana qiz.

"Qiz farzand yaxshi lekin, men ham naslim davom etishini xohlimanda..."

Bu safar o'g'illik bo'lasiz dib UZIda ham aytagdikuya bo'masa.
1 emas ikki emas endi 4 qizli bo'ldi.

Eng alam qiladigani esa ayoli UZIda aytilganidek egizak tug'di, lekin ikkinchisi nimjon tug'ilgani uchun olamdan ko'z yumdi. U ham esa o'gil edi.

Bu ERKAK kishiga juda alam qildi.
Alamini kimdan olishni bilmasdi.
Ayoliniyam farzandiniyam borib ko'rmadi...
Ayolni o'z onasi bag'riga oldi.
Ona onada... Unga qizmi o'g'ilmi farqi yo'q u ONA.
ONA farzandi va nabiralarini yana uyiga qaytardi...

Bir oz vaqt o'tdi. Erkak sal pasaydi... o'ylab qo'lidan hechnima kelmasligini angladi.

oradan 1,5 yil ham o'tdiki Alloh o'g'il farzand berdi.

Sabr og’riqlarni to’xtatuvchi achchiq malhamga o’xshaydi, ham azob beradi, ham davolaydi
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 09 Mart 2010, 09:53:08
6 mart. Taksida ketyapman.
Orqa o'rindiqda 4-5 yoshlardagi o'g'ilchasini yetaklagan orastagina ayol. Bir payt telefoni jiringladi.
-Allo.
Telefondan ovoz keldi:
-Salom,jonim. Sizni sog'indim.
-Manam sizni juda...
-8 martda uchrashamizmi?
-Albatta.
-Ishqilib eringizni xabari yo'qmi? Bilib qolsa rasvoi jahon bo'lamiz-a.
-Bilmaydi. Ishxonadagi ayollar bilan bayram qilamiz,deb bahona qilamanu, yoningizga uchaman.
-Sizga ajoyib sovg'am bor.
-Sizni sevaman, ...... aka.
Xayrlashishdi.
Saldan keyin yana telefon jiringladi.
-Allo.
Bu safar telefondan boshqa erkakning ovozi eshitildi.
-Salom, jonim.
-Oooo, ..... aka. Sizni sog'indim.
-Manam sog'indim. Bugun kechki payt ko'rishsak bo'ladimi?
-Albatta.
-Eringiz bilib qolmasin-a?
-Bolamni yetaklab olganman shubxalanmasligi uchun. Xavotirlanmang. Erim uyda qolgan.
-Sizga zo'r narsa beraman ko'rishsak.
-Nima ekan?
-O'zingiz istagan tilla zanjir-da...
-Vuy, sizni sevaman, ....... aka.
-Mayli, jonim, kechgacha xayr.

Ishqilib Olloh hammamizga insof bersin-da...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 26 Mart 2010, 10:30:19
-Ishga kirbsanmi, ukam?
-Ha. Shunday.
-Qayerga?
-Falonchi firmaga falon lavozimga.
-"Leviy"si bormi ishqilib? (!!!!)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Habib 26 Mart 2010, 10:35:57
6 mart. Taksida ketyapman.
Orqa o'rindiqda 4-5 yoshlardagi o'g'ilchasini yetaklagan orastagina ayol. Bir payt telefoni jiringladi.
-Allo.
Telefondan ovoz keldi:
-Salom,jonim. Sizni sog'indim.
-Manam sizni juda...
-8 martda uchrashamizmi?
-Albatta.
-Ishqilib eringizni xabari yo'qmi? Bilib qolsa rasvoi jahon bo'lamiz-a.
-Bilmaydi. Ishxonadagi ayollar bilan bayram qilamiz,deb bahona qilamanu, yoningizga uchaman.
-Sizga ajoyib sovg'am bor.
-Sizni sevaman, ...... aka.
Xayrlashishdi.
Saldan keyin yana telefon jiringladi.
-Allo.
Bu safar telefondan boshqa erkakning ovozi eshitildi.
-Salom, jonim.
-Oooo, ..... aka. Sizni sog'indim.
-Manam sog'indim. Bugun kechki payt ko'rishsak bo'ladimi?
-Albatta.
-Eringiz bilib qolmasin-a?
-Bolamni yetaklab olganman shubxalanmasligi uchun. Xavotirlanmang. Erim uyda qolgan.
-Sizga zo'r narsa beraman ko'rishsak.
-Nima ekan?
-O'zingiz istagan tilla zanjir-da...
-Vuy, sizni sevaman, ....... aka.
-Mayli, jonim, kechgacha xayr.

Astag'firulloh! U kadar olurmu ya? Sherefsiz.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: JaviK 26 Mart 2010, 10:44:14
-Akahon shu  desez shu tenderda  men yutsam, anavu mehnatkashlarni qo`ya turin, manavuni olsez, keyin bugun bir ziyofat uyishtirdik sizni sharafizga, bizni g`olib deb e`lon qilib yuraberin, buyog`i katta. 
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Habib 26 Mart 2010, 11:20:02
-Dadasi,molimiz kasal, harom o'ladiyov..
-Doktor nima dedi?
-Kasal, o'ladi deyapti...So'yib qo'ya qolaylik.Biiiir go'shtga to'yardik..
-Kallang bormi? Kasal molku?! Undan ko'ra qassobga bersak sotib beradi...

Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: JaviK 26 Mart 2010, 11:27:20
Mahallamizda bir otaxondan eshitdim:
Bir yurtga yangi podshoh bo`libdi, u yurtda musulmonlar ham yashar ekan, shoh vazirlariga :
-men qo`rqyapman, musulmonlar agar meni podshoxlikdan tushishimni so`rab duo qilishsa "Musulmonlarning duosi " vojib bo`ladi debdi.
Bir kuni shox barcha musulmonlarni ziyofatga chaqiribdi va hammasini mehmon qilibdi ziyofat tugagach, shox ko`nglinidan o`tkazibdi
-endi ko`nglim to`q, bular harom so`yilgan go`shtdan tanavul qilishdi, va gunohga botishdi, endi qo`rqmasam ham bo`ladi,

P.S: men eshitganimni yozdim. Olloh bilguvchi zotdir
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 31 Mart 2010, 18:56:12
-Falonchining o'g'li Amerikada o'qib kelibdi.
-Qancha opkepti?
-Nimani aytyapsiz?
-Soqqani-da soqqani.
-U ishlagani emas, o'qigani bordiku Amerikaga.
-Unda bekorga vaqt o'tkazibdi-da savil.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Habib 01 Aprel 2010, 09:36:49
Bo'lgan voqea:
-Mana bu pul yirtiq ekan ozgina. Ozgina joyi yo'q. Nima qilamiz a?
-Ana,qo'shini tijoratidan narsa opchiq.Bilintirmasdan bervor,sezmaydi uncha-muncha narsani.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 01 Aprel 2010, 11:34:27
Kecha XXX bozoriga boruvdim. Bir xolatni ko'rib, juda achchig'im chiqdi. To'rt muchasi soppa-sog' bir yosh yigit tilanchilik qilib o'tiribdi. "Xudo yo'liga sadaqa qiling"...
Yosh va sog'lom odamning pul topishning bunday yo'lini tutganligi jaxlimni chiqardi. "Ex, g'ururing qayerda qoldi, yigit? Ishlasang bo'lmaydimi? Xudo ham sendan harakat, mendan barakat deb bekorga aytmaganku", degim keldiyu... Indamadim.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ziyovuddin 05 Aprel 2010, 17:17:36
Kecha XXX bozoriga boruvdim. Bir xolatni ko'rib, juda achchig'im chiqdi. To'rt muchasi soppa-sog' bir yosh yigit tilanchilik qilib o'tiribdi. "Xudo yo'liga sadaqa qiling"...
Yosh va sog'lom odamning pul topishning bunday yo'lini tutganligi jaxlimni chiqardi. "Ex, g'ururing qayerda qoldi, yigit? Ishlasang bo'lmaydimi? Xudo ham sendan harakat, mendan barakat deb bekorga aytmaganku", degim keldiyu... Indamadim.
Hozir bunaqa "kasb"ni rivojlangan turi ham bor. Bittasi kelib amakisini janozasiga yetib borishi uchun yo'lkira so'rasa, boshqasi dori uchun deb ko'z yosh qiladi. Bunaqalarni ko'p ko'rmoqdaman. Pul bermasez qarg'isham qilib qo'yishadi.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 06 Aprel 2010, 12:30:08
Hayot falsafasi

Munkillab qolgan ammam bo’lardi. O’ta xudojo’y kampir edi. Bolaligimda oldiga o’tkazib qo’yib, bir gapni ko’p aytardi.
- U quloq, bu qulog’ing bilan ham eshitib ol, bolam. Odamning u yelkasida ham, bu yelkasida ham bittadan farishta o’tiradi. O’ng yelkangdagi farishta umr bo’yi qilgan savob ishlaringni, chap yelkangdagisi gunohlaringni hisoblab boradi. U dunyoga borganingda hisob-kitob qilib ko’rishadi. Savobing ortiq bo’lsa, jannatga, gunohing ortiq bo’lsa, do’zaxga tushasan"¦
Savodsiz kampirning sodda falsafasida qanchalik chuqur ma’no borligini endi tushunyapman.

(O'tkir Hoshimovning "Daftar xoshiyasidagi bitiklar"idan)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 06 Aprel 2010, 12:36:00
Bozor iqtisodi

Kecha kolxozda ketmon chopib, biri ikki bo’lmagan dehqon bugun yer olib, bola-chaqasi bilan gullatib qo’ysa-yu, qaddini kerib yursa, quvonaman.
Omadini bersin! Bu — bozor iqtisodi!
Kecha zavoddan olgan maoshini qay biriga yetkazishini bilmay rangi sarg’ayib yurgan injener bugun qo’shma korxona ochsa-yu, nest-nobud bo’lib yotgan mevalardan sharbat olib boyib ketsa, yana quvonaman.
Qandini ursine! Bu-bozor iqtisodi!
Kecha katalakdek xonaga tiqilib, "œeskilik sarqiti" —beshik va sandiq yasagani uchun nalugchidan baloga qolib yurgan hunarmand bugun kattakon sex ochsa-yu, rohatini ko’rsa, tag’in bir bor quvonaman.
Baraka topsin! Bu bozor iqtisodi!
Kecha alifni kaltak deyolmay o’qituvchisidan dakki eshitgan va oxir-oqibat "œxudosizlar jamiyati"da qo’nim topgan notavon bola bugun "œbiznesmen"bo’lsa-yu, xususiy samolyot sotib olsa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi.
Kecha buyuk ixtirolar qilgan olimning iste’dodli shogirdi bugun ilmini tashlab, tadbirkorga aylansa-yu, papkasiga "œdelavoy shartnoma" solib, zipillab yursa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi!
Kecha yurak qoni bilan doston yozgan shoir bugun o’sha dostoniga qalam haqi olsa-yu, puli mashinka haqiga yetmasa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi!
Kecha unvon olish uchun yugura-yugura betob bo’lib qolgan chalasavod "œhofiz" bugun "œotarma-otar" yursa-yu, "œYaguar" mashinasida kataysa qilsa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi!
Kecha bitta rostga bitta yolg’on qo’shmasakuni o’tmagan eshak bozorining daloli bugun "œzamonaviy broker"ga aylansa-yu, uch qavatli "œdacha" solsa, hayron qolmayman.bu ham bozor iqtisodi!
Ammo kecha alifni kaltak deyolmagan ateist bugun ming kishini to’plab "œamri-ma’ruf" qilsa-yu, unga dashnom bergan o’qituvchisi choy tashib yursa, hayratlanmay iloj yo’q!
O’sha o’qituvchi ertasiga maktabni tashlasa-yu, "œIppadrom"ga chiqib sigaret sotsa, hayratlanmay ilojim yo’q!
Kecha buyuk ixtirolar qilgan olim, bugun eng yaxshi shogirdidan ayrilgani uchun ma’yuslanib bekatda tursa-yu, "œkontrakt" bilan o’qishga kirgan birinchi kurs talabasi "œinomarka"sida unga loy sachratib o’tsa, hayratlanmay ilojim yo’q.
Olim shu ahvolda tramvayga chiqishdan iymanib, uyiga piyoda ketsa, hayratlanmay ilojim yo’q!
Kecha eshak bozorida dalllollik qilgan "œzamonaviy broker" bugun uch qavatli dachasini "œyuvsa-yu", chalasavod "œhofiz" bir soat "œhangragani" uchun boshidan dasta-dasta "œko’ki" dan sochsalar"¦
Davraning bir burchida o’tirgan shoir yurak qoni bilan yozgan g’azallari tuproqqa qorishganidan ko’ngli o’ksib izdihomdan bosh egib chiqib ketsa, hayratlanmay ilojim yo’q!
O’sha davraning yana bir burchida xuddi shu "œhofiz"ni bir tiyin ta’masiz davolagan do’xtir ham o’tirgan bo’lsa-yu, "œotarchi" unga ko’zi tushib "œiya, sizam shu yerdamisiz, doxtir?" deb piching qilsa"¦
Do’xtir esa, "œertadan boshlab o’likdan kafanlik tilaganim bo’lsin!" deb qasam ichsa"¦
Hayratlanmay ilojim yo’q!
Bunaqa bozorga o’t tushib, alangasi osmonga chiqsin!!
 
(O'.Xoshimovning "Daftar xoshiyasidagi bitiklar"idan)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 08 Aprel 2010, 16:11:58
Avtobusdaman. Bekatda orastagina bir ayol chiqdi.
-Bolam 16-bolnitsada sil bo'lib yotibdi. Mo'minlar, musulmonlar, sadaqa qiling. Ishlaringiz baroridan kelsin. Sadaqa.....
Bunday "nola"larga ko'p guvoh bo'lganmanu, bunisi yanada ajablantirdi. Ishonasizmi, sadaqa so'rab yurgan ayol, bolasi kasalxonada deb ishontirmoqchi bo'layotgan ayol og'zini to'ldirib "jevachka" chaynar,old-yuqori tishlari yaltirardi (balki tilladandir!). Hammasidan oshib tushgani shu bo'ldiki, avtobusdan "nasibasi"ni yig'ib olib, tushib ketayotganda cho'ntagidagi "sotka"si "ovoz berib qoldi".  :o
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 08 Aprel 2010, 16:26:45
Yigit bilan qiz qiyinchiliklar bilan turmush qurishdi. Oilalarni rozi qilish oson bo'lmadi. To'y ham bo'lib o'tdi.

Bir kuni qizning onasi yigitning onasidan: "Kuyovim qizimni qanchalik yaxshi ko'rgan edi hay quda", deb so'rab qoldi. Kuyovni onasi esa: "Voy qudajon bularni ishqi Layli-Majnunnikidan kam emasdi, sizga bir voqeani aytib beray, deb qoldi.

Kelinim o'g'limga juda chiroyli quti sovg'a qilgandi. O'g'limni xonasida, oynani yonida turardi. Bir kuni xonani tozalab, changlarni artayotib, qutini ichiga qaradim. Qutida esa soch bor edi. Qutida soch nima qilib yuribdi, deb uni darrov ahlatga tashladim. Kechqurun bo'lib, o'g'lim ishdan keldi, xonasidan kiyinar-kiyinmas chiqib, "onajon qutini ichidagi soch qayerda", dedi hovliqib.
Men esa: "Voy o'g'lim men uni ahlat deb o'ylabman", dedim hijolat bo'lib.

O'g'lim: "Onajon qanaqasiga ahlat bo'lsin, u meni sevgilimning, sizning esa keliningizni to'kilgan sochlari edi".
Keyin bilsam, kelinimni sochlari to'kilganda o'g'lim unga sezdirmay hammasini biriktiribdi va o'zi sovg'a qilgan qutini ichiga joylabdi. Kelinimni sog'inganda sochiga qararkan...

Bu gaplarni gaplashib ikki quda anchagacha yig'lashdi....
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 08 Aprel 2010, 16:38:42
Ikki ayolning suhbati qulog'imga chalindi. Asli "chalinmasligi" mumkin ham edi. O'zim Koreya firmasida ishlaganim uchun Koreya degan so'z yangragan har bir davraga "bir bosh suqib ko'raman". :)
Xullas, ikki ayolning suhbatidan:
-O'rtoqjon, qizingni ko'rdim. Biram yetilibdi. Oy desa oydek qizing bor-a.
-Ha, rahmat.
-Sovchilarning oxiri ko'rinmayotgandir unda?
-Ha, lekin hech kimga bergim yo'q. Koreyaga uzatmoqchiman. Mana, ovsinimni qizi o'tgan yili koreyalik kuyovga tegdi. Yomon yashayotgani yo'q. To'g'ri, kuyovning yoshi 55daligini hisobga olmaganda hammasi "cho'tkiy". Zato yegani oldida, yemagani ketida. Eri bir oyog'i yerda, bir oyog'i go'rda. O'lsa, boyligi ham qolib turibdi-da. Man qiynalib yashadim, xotya qizim to'q yashasin.
Shundaylar ham bor oramizda... Afsus... Ex, noshukur banda...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 08 Aprel 2010, 16:52:24
-Ukam, Koreyaga o'qishga ketaman, deb yurganding. Nima bo'ldi?
-Imtihondan o'tolmadim.
-"Soqqa"ni tashlamadingmi?
-Yo'q. Imtihonni koreyalik bir professor oldi. Pul olmas ekan.
-Nega olmas ekan. Ja oladi-da. Olmaydigan odam bor ekanmi. San bo'shlik qilgansan-da.

Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 08 Aprel 2010, 17:09:16
Maktabda ingliz tilidan dars bergan o'qituvchimiz bilan birga tushlik qilib qoldim. Hozir kollejda dars berayotgan ekan. Yonida yana bir yoshroq hamkasbi bor edi. Hamkasbi nuqul kollej direktorini yomonlar, "poraxo'r", ikkiyuzlamachi, vijdonsizga chiqarardi. Ancha bosiq va namozxon ingliz tili o'qituvchimiz hamkasbining gaplariga javoban:
-Insof berib qolar!-derdi.
-O'sha poraxo'r, vijdonini pulga sotgan nusxa qiyomat kuni qilmishlariga qanday javob berar ekan-a, - dedi hamkasbi tutoqib.
Ingliz tili o'qituvchimiz unga uzoq o'ychan tikilib:
-U-ku, mayliya, biz qanday javob berarkanmiz,- dedi.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 09 Aprel 2010, 09:35:32
Kecha qosh qoraygan maxalda ishdan chiqib, taksiga o'tirdim. Yo'lda ketarkanmiz, 35 yoshlar chamasi bir kishi qo'l ko'tardi.
-Shu kishini ola ketaylik, - dedi shofyor.
-Yangiyo'lgacha opketing,aka, - dedi yo'lovchi.
Yo'lovchi o'tirdi. O'n metr ham yurmadik hamki, yana bir yigit qo'l ko'tardi.
 Shofyor yana to’xtamoqchi edi, taksidagi yo’lovchi:
-Aka, shu bolani opketmang. Ichib olgan. Boshingizni qotirgani qoladi. Ichsa mayli, chegarani bilib ichish kerakku. Ichiga yuz gramm kirdimi, bo’ldi, shaytonni malayiga aylanadi, - dedi. Shofyor uning gapi bilan xaligi yigitga to’xtab o’tirmadi.
Yo’lda ketarkanmiz, qaytanga xaligi yo’lovchining o’zi ichib olganligi ma’lum bo’ldi. U telefonda kimlar bilandir gaplashar, og’zidan bodi kirib, shodi chiqardi. U bu yerga yozib bo’lmaydigan darajadagi so’zlar bilan so’kinar, ora-sira tashqariga tuflab qo’yardi. Yangiyo’lga yaqinlashgan bir paytda u mashina ichiga qayt qilib yubordi. Yigirma daqiqa avval bir yigitni  "œmayxo’r"ga chiqargan odam o’zi uning "œustozi" ekanligini bildirib qo’ygan edi.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 09 Aprel 2010, 12:40:56
Yigit sevgan qiziga "ko'zingni yum" dedi. Qiz ham hayajondan ko'zlarini yumdi. Yigit qizning barmog'iga uzuk taqdi...Qiz hayajon bilan ko'zlarini ochib, tezdagina uzukka qaradi. Uzuk qizga juda yoqdi, lekin barmog'iga katta edi.
- Voy kattaroq ekan, dedi.
Yigit esa- Ha haqlisan sendan oldingi qizning barmoqlari katta edi, dedi....

Qizning yuzi birdan bo'zardi...Yigit esa buni farqiga bormasdan oldin sevagn qiziga bu uzukni olganini, undan ayrilayotganda uzukni ataylab so'raganini "sendan keyingi yaxshi ko'rgan qizimga beraman", deganini "sayray boshladi"...

Qiz esa uzukni astagina barmog'idan chiqarib yigitga berdi va uning yonidan uzoqlashdi...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 13 Aprel 2010, 16:30:50
O’sha ingliz tili o’qituvchimizning chet tili borasidagi bilimiga shubxa qilmaydigan bir o’rtog’im savol berib qoldi:
-Aka, hamma Angliya, Amerika, nari borsa Avstraliyaga ketishga harakat qilishyapti. Ingliz tilini "œmixlab qo’yasiz". Lekin nega chetga borishga qiziqishingiz yo’q? — deb so’rab qoldi. — Axir ingliz tilining "œI" harfini  bilmaydiganlar ham ketishyaptiku. Sizni bemalol yuborishadiku.
O’qituvchimiz uning savoliga savol bilan javob berdi:
-Nima qilaman uyoqlarda?
So’ng bir zum tin olib qo’shib qo’ydilar:
-Menga talab bo’lmagan joyga bormayman.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 13 Aprel 2010, 22:22:28
Ular juda baxtli edilar. Chunki farzand kutishayotgan edi. Kelinni onasi kuyoviga nasihat qildi: "O'g'lim endiii qizim sizga har doimgidan yana ham ko'proq omonat, bilasiz ikki jonli"...

Kuyov zotan ayolining xozirgi nozik ahvoli, bo'lajak farzandining xayoli bilan hayajondan kechasi kunduzi aralashib ketgan, qaynonasining gaplarini eshitarkan ko'zlari namlandi: "Onajon, dedi, havotir olmang, albatta ko'zimday qarayman ularga ham qizingiz ikki jonli bo'lsa, men uch jonliman, chunki ularni jonlarini ham jonimda tashiyabman"...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 14 Aprel 2010, 11:34:05
Qishloq o’rtasidan anhor o’tgan. O’tgan hafta anhor ko’prigi oldidan o’tarkanman juda badbo’y xidni xis qildim. Sinchiklab qarasam, ko’prik tagidagi temirga katta eshakning o’ligi ilinib qolibdi.
Eshak o’ligini suvga tashlagan odamning farosatiga la’nat o’qidim. Ko’prikdan sal nariroqda yoz kelishi bilan bolalar cho’miladi. Ikki hafta avval Toshkentdagi XXX sanatoriysi xovlisida o’qigan hikmatli iborani esladim: "œKasallikning kelib chiqishi ham, davolanishi ham o’z qo’limizda".
Ha, kasallikka o’zimiz yo’l ochamiz"¦
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 14 Aprel 2010, 14:37:07
 -O’ng tomondagi qo’shningiz Farxod "œNeksiya" olibdi, deb eshitdim. Shu rostmi?
-Qanaqasiga mashina olsin? Unga mashina tugul eshak arava olishigacha ham ancha qovun pishig’i bor.
-Chap tarafingizdagi qo’shningiz Abdulla magazin ochibdimi?
-Og’zi bo’shlar nimalar deyishmaydiya. U qanaqasiga magazin ochsin. O’zi kunini zo’rg’a ko’rib o’tirgan bo’lsa. Bolalari qishda maktabga kavushda boradiku.
-Qarshi tomondagi qo’shningiz Mansurjonning lavozimi ko’tarilibdi, deyishyapti"¦
-Voy, ko’tarilmay qolsin. U qip-qizil poraxo’rku. Uzoqqa borolmaydi. Unga lavozim tegadigan kunni bilaman — tuyaning dumi yerga tekkan kun"¦
-Ha, qiyin ekan"¦
-Manga juda qiyin. Shunaqa odamlar bilan yonma-yon yashayapman"¦
-Tushunmadingiz. Ularga qiyin ekan. Siz qora balchiqsizku. Yaqinlashgan odamni iflos qilasiz"¦
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: JaviK 15 Aprel 2010, 14:05:53
Ba`zi hollarda mahhallada bir ikkita inson ko`chada turvolib, Birinchisi: Anavu sherzod borku, shu kun bo`yi bekorchi, uyda, ish qilmayapti,
ikkinchisi : Uni qo`yatur qo`shni mahalladagi akmalning hotini borku, ko`chaga gap toshidikan, g`iybatchi ekan,
Birinchisi: G`iybat qilish, chaqimchilik yomonde, Bekorchidan hudo bezor. Suvni ovor
Ikkinchisi: Olaqol, O`tiraverib ham oyoq uyishib qolibdi, bir past o`tirile, kech kiradi uyga kirib ketamiz-a, ertaga davom ettirarmiz!!
 
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 15 Aprel 2010, 15:45:32
XXX yo'nalishida qatnaydigan bir mikroavtobus ichki qismiga yopishtirilgan qog'ozdagi yozuvdan:" Yo'l haqini o'z vaqtida to'lash - ko'zlaringizni bevaqt ko'karishdan saqlaydi!"

Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: registan 15 Aprel 2010, 18:20:44
XXX yo'nalishida qatnaydigan bir mikroavtobus ichki qismiga yopishtirilgan qog'ozdagi yozuvdan:" Yo'l haqini o'z vaqtida to'lash - ko'zlaringizni bevaqt ko'karishdan saqlaydi!"

Shunga o'xshash yana bir yozuv: Хлопнешь дверью - умрешь от монтировки. :)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Aprel 2010, 08:26:48
Taksida ishga kelayapman.  Chilonzordan bir yosh yigit chiqdi. Qo'lida yarimlab qolgan pivo shishasi (!). Qarang, erta tongdan pivo ichib yuribdi. :)
Yo'l-yo'lakay pivodan xo'plab kelmoqda. Biroz yurgach, shishani bo'shatdi.
Kuzatib turibman. Ichimda o'ylab turganimdek ish tutdi: harakatlanayotgan mashina ichidan tashqariga uloqtirdi shishani.
"Nega bunday qilding? San odammisan yoki mol?", - deydigan odam yo'q...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: ibnUyayna 17 Aprel 2010, 08:41:02
shunaqa narsalarri eshitvurib odammi uzbgayam borgisi kemi qoladi
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Aprel 2010, 08:53:58
shunaqa narsalarri eshitvurib odammi uzbgayam borgisi kemi qoladi

Lekin ibrat olsa arziydigan jixatlarimiz ham yo'q emas.
Har bir inson beparvolik va o'zibo'larchilikdan voz kechsa yuqoridagi xolatlar yo'qoladi.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Aprel 2010, 14:24:49
Napaleonni bolaligida:
-Janob, turing, sizni buyuk ishlar kutaypti!- deb uyg'otishar ekan. Qarang, bolaga "janob" deb murojaat qilishyapti. Kichkinaligidan "meni buyuk ishlar kutayapti ekan", deb o'zini shunga tayyorlab borgan ekan. Tarixda qanday jangchi bo'lgan bilmadimu, lekin bundan 1000 yildan keyin Napaleon desa hamma biladi.
Bizda-chi?
-Tur, padaringga la'nat. Soat o'n bo'ldi! Mollar och yotibdi. Enasi, bunga tur desang bo'lmaydimi? Yotishingni qara cho'chqaga o'xshab. San odam bo'lmiysan. San molsan.

Yotishi cho'chqaga o'xshasa, yurishi molga o'xshasa. "Mandan hechkim chiqmas ekan", deb choy ham ichmaydi, nastroeniesi ham yo'q dalaga chiqib ketadi. Oxirida o'sha boladan rostan ham hech kim chiqmaydi. Oramizda ko'pchilik shunaqa so'kish eshitgan.

(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: BelleQizcha 17 Aprel 2010, 17:35:35
Maktabda o'qib yurgan paytlarimda.Farruh digan sinifdoshim bo'lardi. Yaxshi oqimasdi yokiy ozini o'qigizi kemasdi.. Lekin babir yaxshi boholar olardi.. Doim Qo'lida *Plitniy Shkalad* yurardi. -ha nimaga dib sorasak,Bitta besh Bitta *shkalad diyardi.. Mana Khozir Narhozda o'qib yuribdi..
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: JaviK 17 Aprel 2010, 17:45:13
Maktabda o'qib yurgan paytlarimda.Farruh digan sinifdoshim bo'lardi. Yaxshi oqimasdi yokiy ozini o'qigizi kemasdi.. Lekin babir yaxshi boholar olardi.. Doim Qo'lida *Plitniy Shkalad* yurardi. -ha nimaga dib sorasak,Bitta besh Bitta *shkalad diyardi.. Mana Khozir Narhozda o'qib yuribdi..

Hozirgi kunda plitniy shokoladni tishi o`tmaydi, narho`zlarga, Bung ESA Benjivin Fraklinning kallasigani qodir
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Aprel 2010, 18:08:05
Maktabda o'qib yurgan paytlarimda.Farruh digan sinifdoshim bo'lardi. Yaxshi oqimasdi yokiy ozini o'qigizi kemasdi.. Lekin babir yaxshi boholar olardi.. Doim Qo'lida *Plitniy Shkalad* yurardi. -ha nimaga dib sorasak,Bitta besh Bitta *shkalad diyardi.. Mana Khozir Narhozda o'qib yuribdi..

Hozirgi kunda plitniy shokoladni tishi o`tmaydi, narho`zlarga, Bung ESA Benjivin Fraklinning kallasigani qodir
Ja unchalikmas. :)
O'z bilimi bilan o'qishga kiradiganlar ko'pchilikni tashkil etadi, menimcha.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 17 Aprel 2010, 21:21:16
Men o'qishga kirganimda bazilar "Zamirani dadasi 3 million pul beribdi", deb gap tarqatgan ekan. Menga rosa alam qilib, yig'lagandim. Ayamlar bo'lsa: "Nimaga yig'laysan, odamlar bizni juda boy deb o'ylasharkan, qo'yaver qizim", deb xazilga olgandilar : )

Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: BelleQizcha 18 Aprel 2010, 02:49:00
Maktabda o'qib yurgan paytlarimda.Farruh digan sinifdoshim bo'lardi. Yaxshi oqimasdi yokiy ozini o'qigizi kemasdi.. Lekin babir yaxshi boholar olardi.. Doim Qo'lida *Plitniy Shkalad* yurardi. -ha nimaga dib sorasak,Bitta besh Bitta *shkalad diyardi.. Mana Khozir Narhozda o'qib yuribdi..

Hozirgi kunda plitniy shokoladni tishi o`tmaydi, narho`zlarga, Bung ESA Benjivin Fraklinning kallasigani qodir
Ja unchalikmas. :)
O'z bilimi bilan o'qishga kiradiganlar ko'pchilikni tashkil etadi, menimcha.
tori Ozini kuchi bilan kiradiganla judayam ko'p lekin Pora berib kirvotganlayam kam mas.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: BelleQizcha 18 Aprel 2010, 02:56:01
Boshida Chet elga keganimda .. High schoolda kirganman.. hayron qogandim  * BU yodagi Hamma oqtuvchilarni yarmi homiladormi dib bitta uzbek qizdan soragandim... .. U qiz bosa - jinnimisan oquvchila-ku 15-16 yoshli qizla diganda ,, Oshanda Yoo pirrayyy dib qoganman..
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 18 Aprel 2010, 22:27:21
tori Ozini kuchi bilan kiradiganla judayam ko'p lekin Pora berib kirvotganlayam kam mas.

Judayam ko'p emas! Afsuski judayam kam.

Biror bir institutga borib shunchaki tekshirish o'tkazib ko'rilsa 400 boladan uzog'i 20 tasi haqiqiy bilim olish niyatida Institutga qatnidi. Qolganlar 1 daftarni (agar shuyam bo'sa) buklab olib kelib, huddi shunday 1 daftarni bir necha fanlardan tutib o'qishni bitiradi.
Natijada odamlarni davolaydigan doktorlar veterenar bo'lib chiqadi  

Yig'lash kerak bunga kulmoqlik emas diganakan bir yaxshi odam  :)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: BelleQizcha 18 Aprel 2010, 22:30:18

Gapizga qoshilaman.. kiyin bunaqala doxtir advakat bolishadi.. unaqa oqimagan odamlar odmlaga yordam beramiza dib Zarar qilishadi holos.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 18 Aprel 2010, 22:48:09
Kollejda o'qib yurganimizda bir o'qituvchimiz har doim ta'kidlardi:
"Siz hamma narsanini o'rganaman dib vaqtingizni ketkazmang. Eng yaxshisi 1 ishni shunaqa zo'r bilingki, bu sohada sizga tengi bo'lmasin. Shunda insonlar ham, pul ham qolganiham o'zi kelaveradi. Shundagina cho'qqiga erishasiz, shundagina biringiz ikki bo'ladi".

O'sha payt ham uncha ahamiyat bermaganmiz bu gaplarga.
Lekin o'ylab ko'rsam hammasini o'rganib, hazm qila olmaslikdan yomoni yo'q.
Balki 1 narsani mukammal bilgandan zo'ri yo'q ekan
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: munisaxon 18 Aprel 2010, 23:33:12

Yuqorida siz aytgan gaplar o`rdak haqidagi etakni eslatdi.
O`rdakbir kuni maqtanib :"Men suvda suzolaman, osmanda ucholaman, yerda yurolaman"deganida bir jonzot (qaysiligi yodimda yo`q) "lekin sen  baliqday suzolmaysan,burgutday ucholmaysan, ohuday yugura olmaysan "deya javob bergandi
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 19 Aprel 2010, 08:13:03
Men o'qishga kirganimda bazilar "Zamirani dadasi 3 million pul beribdi", deb gap tarqatgan ekan. Menga rosa alam qilib, yig'lagandim. Ayamlar bo'lsa: "Nimaga yig'laysan, odamlar bizni juda boy deb o'ylasharkan, qo'yaver qizim", deb xazilga olgandilar : )

Buni qarangki, menda ham shunday bo'lgan. :)
Odamlar 1 yilcha gapirib yurishgan. Lekin keyingi yili ukam ham davlat granti asosida o'qihsga kirib ketganidan so'ng indamay qolishgan. :)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 19 Aprel 2010, 18:17:31
Kalamushlar kalamushlik ishi qolib,
Talashardi uyasidan chiqib olib.
Men adirning uyog’idan, derdi biri,
Men adirning buyog’idan, derdi biri.
Ikkisi ham qo’ymadi hech kerilarin,
Bir kun ovchi shilib ketdi terilarin.
Aytganlarim hikmat emas, masal emas,
Har kimga ham yoqadigan asal emas.
Ochiq gap shul: ajratmangiz yeringizni,
Toki shilib ketmasinlar teringizni.

Abdulla Oripov
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 20 Aprel 2010, 15:14:19
Bu voqeaga ham salkam 2 yildan oshdi. O'shanda ayolim o'g'limga xomilador edi. Qoni kam ayollar xomiladorligining ma'lum muddatidan boshlab shishib ketarkan. Bunday xodisotni ilk marta ko'rib qo'rqdim. "Buyuk ipak yo'li"dagi kasalxonaga olib borishga qaror qildim. Avtobusga chiqdik. Avtobusda odam ko'p. Shunda o'tirib ketayotgan yoshi 60 lardan o'tgan bir chol o'rnidan turdi va ayolimga qarab: "Kel,qizim, o'tirvolaqol". Men chol bekatda tushsa kerak, shuning uchun o'rnidan turdi, deb o'yladim. Lekin u tushmadi. Odamlar ham sekingina yo'lni ochib, ayolimga yo'l berishdi. Yuzidan nur yog'ilib turgan o'sha chol xaligacha esimdan chiqmaydi. Xudoga ming marta shukurki, xalqimizning o'zaro hurmat, kattami kichikmi bir xilda mulozama ko'rsatish, yordamni ayamaslik kabi insoniy fazilatlari bor va bundan keyin ham bo'ladi.
 
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 21 Aprel 2010, 13:14:39
Gohida shu bazi odamlarga hayron qolaman-da. Bundan bir necha kun oldin bizdan keyingi kursda o'qigan qiz mening haqiqiy ! kursdoshimdan nomerimni olib telefon qilgandi: Falon kuni Turkiya, İzmirga kelyabman" deb. Ho'p, dedim yaxshi keling, lekin ko'risha olmasak kerak toki siz Ankaraga kelguncha, chunki İzmir-Ankara orasi 10 soat....(soatiga 140 tezlik bilan!)
Bugun erta saharda ho'jayinimni ishga jo'natish arafasida telefonimga qarasam ikki marta telefon qilinibdi. Tanimagan nomer. Soat Turkiya vaqti bilan 04.45. O'zbekiston vaqti bilan esa 02.45! Ho'jayinimni ishga kuzatguncha tamom bo'ldim. U kishini ishlari zotan havfli, Xudo saqlasin yana erta sahardan noxush xabar bermay-da, dedim...Chunki bu vaqtda hech kim O'zbekistondan telefon qilmagan, ey Xudoyim tinchlik bo'lsinda.
Keyinroq telefon qildm, telefon o'chirilgan.....Siqilishim yana ortdi. Darrov singlimga telefon qildim. U ham hayron opam hech sahar 06.da telefon qilmasdiku, deb. Ovozim ham g'alati eshitilibdimi deyman, qo'rqibroq so'radi, opa tinchmisiz?
-Sizlar tinchmisizlar asl?

Qong'iroq haqida aytdim, yo'p opa hijolat bo'lmang, bir narsa bo'lsa o'zim aytardim, avvalo Xudo saqlasin.
-Menga telefon nomerni ayting, men urinib ko'raychi....

Oradan yarim soat o'tmay sms keldi: Opa bir kursdoshingiz Turkiyaga uchibdi, uydagilari sizga xabar berib qo'ymoqchi ekan.....
Ha Xudoga shukr, dedim....Hay insonni bolasi, shuni sms bilan 1 soat oldin men uchyabman, deb o’zing  yozsang, nima qilardi??
Qolaversa men 6 yildan beri Turkiyadaman, bir marta salom deb hol-ahvol so'ramagan insonning birdan bunday yaqinlashishi to'g'risi g'ashimga tegdi...

Ham balki bir telefon ham qilmasa kerak, chunki, kod-mod degan narsalar bor, ham boshqa shaharlardamiz.....

Vatandan, ota-onadan uzoqda bo'lgan insongina tushunadi, tanimagan nomerdan, yarim kechasi kelgan telefonning vahimasini!

Xudoyim bazi insonlarga farosat bersin....
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 21 Aprel 2010, 18:03:30
Hozirgina xabar keldi: bir birodarimning onasi bevaqt olamdan o'tib qolibdi. Bo'shashib ketdim.
Ochig'ini aytaman: o'sha birodarim bilan aloqalarim har doim yaxshi bo'lmagan. Biz bitta litseyda o'qidik. Bitta universitetda o'qidik va doimiy ravishda ilm va chet tili borasida raqobatlashib keldik. U meni tan olmasdi , men esa uni... U mening muvaffaqiyatimga sherik bo'lmas, men ham uning quvonchli damlariga qiyo boqmasdim. Bu bir raqobat edi. Mudom, o'sha birodarimdan ortda qolmaslik umidida bo'lardim.  Bugun birodarimning boshiga onasidan ayrilishdek musibat tushib turibdi. Men uning qayg'usiga hamdardman. "Birodarim, do'stim! To'g'ri, sen bilan doimiy raqobatda bo'ldim. Ba'zan g'ashingga tegdim, ba'zan yo'q. Lekin bu dunyoda sen uchun eng aziz inson olamni tark etibdi. Men dardingga sherikman. Joylari jannatdan bo'lsin! Savol-javoblari oson bo'lsin! Umrlarini sen va bolalariga qo'shib bergan bo'lsin! Omin!"
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 21 Aprel 2010, 19:04:42
Assalamu alaykum.
Bir kuni dadam bilan Ilon ota masjidini oldidagi oshxonaga kirdik. U yerda dadamni og'aynilari ko'p bo'lgani uchun hammalari bir joyga yig'ilishdi. Shu payt 10-11yoshlardagi bola qo'lidagi har xil sotiladigan narsalari bilan yaqin keldi. Uni qo'lida ruchka, gaz yoqishga ishlatiladigan zajigalka va yana boshqa narsalar bor edi. U biz o'tirgan joyga yaqinlashishib qo'lidagi narsalarni ko'rsatdi va hech narsa demadi. Hammalari:"Olmaymiz" deyishdi. Men haligi bolani kuzatdim. Keyinroq bilsam u bola soqov ekan. Keyin dadamni oldilariga kelib:"Haligi bola gapira olmas ekan" dedim. Dadam:"ehh, biror narsa olsak bo'larkan" dedila. Shu payt shomga azon chiqdi. Biz masjidga kirdik. Masjidda birinchi qatorlarda haligi narsa sotib yurgan bola qo'llarini qovushtirib turardi. Ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Shomni o'qib chiqib u bolani dadam bilan birga kutib turdik...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Akbarjоn 21 Aprel 2010, 20:11:14
Toshkentda birinchi marta o'zim mustaqil ko'chada yurishim
16 yoshligimda sinfdoshlarim bilan Toshkentga Oliy o'quv yurtiga hujjat topshirdim
DTM varoqchasini olganda bildimki sinfdoshlarimdan boshqa maktabga yolg'iz tushibman
Imtihon kuni imtihooni topshirib kvartiraga qaytdim, oldin sheriklarim bilan ikki uch marta yurgan yo'llar bo'lganligi sababli adashib qolmasligimga xech shubham yo'q edi
o'zimga ishonganimdan Tavakkal dedimda, agar xozir yo'ldan adashib qolmasdan to'g'ri kvartiraga bora olsam demak o'qisga kirdim, agar adashib qolsam unda o'qishga kiraolmagan bo'laman deb niyat qildim
aksiga olib avtobus 1 avgust kuni juda to'lib ketdi, odam sig'miydi, buni qarangkki avtobusda odamlar orasida qolib ketdim, iki yondagi oynalar ko'rinmiydi, deyarli tashqari umuman ko'rinmiydi, Sergili 2 ga AmirTemur hiyobonidan anchagina masfa bo'lganligi uchun indamay kutib ketaverdim
odamlar siyraklashib qoldi, asa avtobus oyasidan qariyman notanish joylar, xa endi kelib qolar deb kutdim kutdim, umuman begona joylarga borib qolibman, Toshkentning eng cheka joyi, daraxt uy yo'q narigi tomon dala...
nima qilarimni bilmay qoldim, avtobuschini oldiga borib men sergili 2 da bozorcha oldida tushub qolishim kerak edi adashib qoldim qanday borsam boladi desam bilmiyman deydi, konduktor tushib ketyabdi ekan, orqasidan yugurdim aka kechirasiz adashib qoldik yordam bering desam e bor qoch oldimdan dedi, 16 yoshli bola ko'chaga mustaqil chiqmagan bola toshkentday katta shaxarda g'irt begona joyda, juda qattiq qo'rqdim, unga borsam qoch deydi bunga borsam bilmiyman deydi
Yana avtobuschini oldiga umid bilan qaytib aka nima qilay Toshkentda yangiman aytvoring desam bitta ketayotgan avtobusga chiqishimni aytdi, minib ketyabman, qarasam kelgan tarafimga mas boshqa tomonga ketyabdi ekan, shunda tushundimki bu boshqa yo'nalish, darrov avtobusdan tushib qoldim
O'shanda juda odamlarni yomon ko'rib ketdim, Shunda Allohdan yordam so'radim, ey Allohim o'zing madad bergin o'zingdan boshqa yordam beradigan kishim qolmadi dedimda tavakkal qilib kelgan tarafimga ketayotgan Avtobusga chiqib oldim

va nihoyat ko'zlagan manzilimga yetib keldim, O'shanda toshkentdagi odamalr xaqida juda salbiy ta'sirot qolgandi, o'shandagi holatdan xozirgacha juda qattiq ta'sirlanaman

O'sha yili o'qishga kiraolmadim, talaba bo'lish keyingi yilga nasib qildi

Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 22 Aprel 2010, 06:18:32
Toshkentda birinchi marta o'zim mustaqil ko'chada yurishim
.................
va nihoyat ko'zlagan manzilimga yetib keldim, O'shanda toshkentdagi odamalr xaqida juda salbiy ta'sirot qolgandi, o'shandagi holatdan xozirgacha juda qattiq ta'sirlanaman

O'sha yili o'qishga kiraolmadim, talaba bo'lish keyingi yilga nasib qildi

Har hil odamlar bor. O'sha shofyor ham konduktor ham yordam bersa o'lib qolmasdi. Manda bunaqa xolat bo'lmagan, doim so'rasam javob berishgan, lekin shunaqa holatlarni eshitsam jaxlim chiqadi.
Boshqa viloyatdan kelgan talaba, o'quvchilarga shunaqa muomila qilishadi nimagadur.
Ularni ham orasida yaxshisi bor, yomoni bor.
Lekin bu yerdagilarga 1 tasi yomon ko'rinib qolsa bo'ldi, hamma shunaqa bo'ladi...

P.S. Bir viloyatdan kelib shu yerda o'qishga topshirgan tanishim etgandi.
Shu gapiga rosa kulgandim.  :D
"Man Toshkentda hamma joy toza. ko'chalarda bittayam kir narsa yotmasa kerak, hamisha hamma joy supirib tozalanib tursa kerak dib tasavvur qilganman" didi  ;D

"Rosa..." dib kulgandim gaplariga. Ha Tvda hamisha hammayoq "bahor" bo'lganidan keyin ularniyam tushunsa bo'ladi  :D
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 22 Aprel 2010, 08:58:38
-Koreya firmasida tarjimonman, dedingizmi?
-Ha.
-"Soqqa"ni rosa ovotgandirsiz?
-Nima edi?
-Shunchaki so'radimde. Har holda koreyaliklarni hammasi (!!!) boy (!!!) bo'ladide.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 22 Aprel 2010, 10:58:11
Assalamu alaykum.
Bir kuni onam bilan Chorsudagi kitob do'kiniga kirdik. Onam Qur'oni Karim kitobini olmoqchi bo'lib bir do'konchini oldiga bordilar. U Kitoblarni ko'rsatdi. Onam kitoblarni ko'rib chiqayotgan edila,sotuvchi bilan bir kishi gaplashib turgan edi. Bu suhbatni yarmi edi menimcha,u kishi sotuvchiga:"O'sha paytda Qur'on kamyob, juda qimmat edi,o'sha hoji doda Qur'onni narxini so'raganlarida sotuvchi:"Bu Kitob qimmat, bitta molni puli bo'ladi"deganida, u hoji doda:"Hech qisi yo'q, o'g'limga necha pulga bo'lsa olib beraman. Keyinchalik ma'raka,to'ylarda uni pulini ortig'i bilan chiqarib oladi"degandila, deb xoxolab kulib yubordi. Bizga Qur'on ko'rsatgan kishini yoshi kattagina edi, lekin u kishi ham xoxolab kulib yubordi. Bu holat onamga yomon ta'sir qildida, og'zilaridan:"Astag'firulloh" so'zi chiqib ketdi. Kitob sotayotgan amaki bu so'zni eshitiboq jim qoldila va yuzlari qizardi.
Onam tezgina Qur'onni narixini so'radila. U amaki hammaga 14000 so'tganman dedila. Onam pulni sanab uzatdilada,sanab oling dedila. U kishi pulni sanab, 2000 so'mni qaytarib berdilada:"Qizim, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin" dedila. Biz do'kondan chiqdik, onam uyga kelgunlaricha jim keldila.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 24 Aprel 2010, 08:26:02
Dadam 48 yoshdalar. Olloh umrlarini uzun qilsin! Sog'lom va baquvvatlar.
Yaqinda Toshkentga ish yuzasidan kelibdilar. Avtobusga chiqqan ekanlarki, konduktor yigit:
-Keling, otaxon, mana bu joyga o'tiring, - deb joy beribdi.
Dadam uyga kelib bizga shu gapni aytib berdilar.
-Shunchalik qarib qoldimmikin. Joy berganiga rahmat. Lekin otaxon, deb murojaat qildi, -  deb rosa o'ksib qoldilar.
"Otaxon", deb dadamni qalbini jaroxatlagan konduktor... Qalban yosh dadam...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 24 Aprel 2010, 18:07:07
Kecha xizmat safariga Samarqandga borgandim. Sangzorda yo'l chetidagi bannaerdagi yozuv menga ta'sir qildi:" Iymonning yarmi sabr qilmoq, qolgan yarmi esa shukur qilmoqdir!"
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 24 Aprel 2010, 21:28:04
Assalamu alaykum.
Onam har doim:"G'am yomon, u kishini uch kunda qaritib qo'yadi" desala hayron qolardim. Hatto kulgim kelardi:"Qanday qilib?" derdim doim....
Bu gapga endi aniq ishondim. Dadamga va oilamizga yaqin 80yoshdan o'tgan qori akamiz bor edila. Kichik o'g'illarini oilasi bilan yashardila.O'g'illari qamalib chiqqani uchun ko'proq uyda bo'lardi. Nabiralari bor edi to'rtta. Dadamni aytishlaricha oldingi qamalgan vaqtida ayoli homilador ekan. Tergovda aytgan narsalarimizga qo'l qo'ymasang ayolingni hozir shu yerga olib kelamiz deyishganidan keyin bu kishi qo'l qo'ygan ekan. Ayoli u kishi qamoqdaliklarida ko'zi yorigandi. U kishi qamoqdan yaqinda chiqqandi. Endi yana shu kishini qamoqqa olishga hukm qilingan ekan. Bu kishi bir kechada oilasi bilan bu yerdan ketishga majbur bo'libdi. Biz dadam bilan u qori akadan habar olgani chiqqandik. U kishini ko'rib lol qoldim, hayronlikdan qotib qoldim. O'g'illarini ketganiga ikki kun bo'lgan bo'lsa bu kishi shunchalik qarib bukchayib qolganki ....
Demak:"G'am kishini uch kundan qaritishga qodir ekan-daa" deb qoldim...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Akbarjоn 24 Aprel 2010, 23:34:22
ha albatta, g'am odamni tez qaritadi

o'zimdan misol, yaqinda dunyoviy tashvish bilan bir sutka g'am chekdim, juda qattiq o'ylandim, xama narsada o'zimni aybdor deb bilib ich ichimdan siqilib ketdim, ertasiga kelinayam, menga qarab turib, iye tinchlikmi nima bo'ldi dedi, xa nima qibdi desam o'ng tarafdagi sochiz oqarib ketibdi dedi, oynaga borib qarasam haqqatanam sochimga oq tushib ketibdi
juda qo'rqib ketdim, kim uchun o'ylandimnima uchun o'ylandim deb qoldim, Allohga beadad shukurlar bo'lsinki hammasi o'z iziga tushib ketdi, shundan hulosa chiqardimki o'ylasang ham o'ylamasang ham bu mushkulliklar o'tib ketadi, eng asosiysi Allohga tavakkal qilib o'zidan najot so'rash kerak ekan, bekorga siqilish tiklab bo'lmas asabarizni zoye ketkizishiz ekan xolos
Shundan keyin ortiqcha asabiylashmaslika qaror qildim, oqargan sochlarni qaychi bilan qirqib tashladim, Allohga shukur bir oydan o'tdi boshqa oq sochim yo'q
InshaAlloh vaqti kelganida oqarishga xam ulgurib qolar...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 25 Aprel 2010, 19:46:30
Bir qo'shnimizni o'g'li bor, ismi Abdulaziz,yoshi 6 da. Adasi qamoqda. U bilan karatega birga qatnaymiz. O'g'il ukam bo'lmagani uchunmi yoshi kichik bolani juda yaxshi ko'raman. Adangni nimaga qamashgan desam:"Namoz o'qiganlayi uchun. Biy kuni namoz o'qib tuygandila milisila bostiyiib kelib olib ketichgan" degandi.
Bir kuni juma namoziga birga chiqdik. Har namozga chiqqanida bir joyda o'tiradi, hech joyini almashtirmaydi. Namozdan chiqqanimizdan keyin bolalar unga hazillashib:"Sen kichiksan, sen masjidga chiqqaning uchun milisala ko'rib qolsa qamab qo'yadi" deyishdi. Abdulaziz bo'lsa:"mayli qamasa,zato adamni oldida bo'laman" dedi.
Unga juda rahmim keldi. Shu kuni kechki namozda:"Ey,Alloh Abdulazizni dadasini qamoqdan chiqargin" deb duo qildim....
Ota-ona bilan har doim birga yashashlik ham katta baxt ekan...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 26 Aprel 2010, 06:54:02
Yetim aniq biladi otasi o'lgandur, onasi o'lgandur, yoki tashlab ketgan... Har xolda endi diydor Qiyomatda...

Lekin tirik yetimlarchi... otasi qamoqda... yo chiqadi... yo...
Alloh mushkulini oson qilsin!

Duolarimizda shu kabi birodarlarimiz haqqiga duo qilishni unutmaylik.
Bizdan ketadigan narsa 3-4 og'iz so'z va IXLOS!
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 27 Aprel 2010, 10:55:11
XADYA

(xajviya)

Ikki  hafta davomida kechani kecha, kunduzni  kunduz demay dars tayyorlaganlarim havoga uchdi-ketdi. Fakultetda "œSattorovning  darsidan besh baho oldim", deb ko’krak kergan talabalarni sanashga bir qo’lning barmoqlari ham ko’plik qiladi. Men ham shular safiga kirsammikin, degandim-da.
-Tak, -  dedi Sattorov burnining ustiga qo’ndirgan ko’zoynagini tepaga ko’tarib. — Ishing "œduoyi salom"ga qolyaptiku, uka.
Kayfiyatim tushib ketdi. Gapirishga endi og’iz  juftlagan ham edimki, u "œtss", dediyu gapida davom etdi:
-Sen meni  noto’g’ri  tushunyapsan. Bilaman, pora berish gunoh demoqchisan. Sen buni pora deb emas, shunchaki xadya deb hisobla. Xo’pmi, uka?
Yomg’irda qolgan kuchukdek shalvirab qoldim . Yuqori bosqichda o’qiydigan bir talaba:"sattorov hammadan oladi", degan edi. Demak, uning gaplari to’g’ri ekan-da"¦ Jaxlim chiqdi.
-Ustoz, xadya dedingizmi?
-Ha.
-O’sha narsani xadya deb emas, bosh-ko’zimdan sadaqa deb bersam qandoq bo’larkin?!
Sattorovning ko’zlari ola-kula bo’lib ketdi:
-Hammang gapga o’qigansanlar. Senga sadaqani ko’rsatib qo’yaman.
Qishki ta’tilni igna ustida o’tirgandek bedor o’tkazdim. "œMana senga", deb baxo qo’yib bermasa-ya"¦ O’zim axmoqman-da. Tinchgina duoyi salomini berib qo’ya qolsam o’larmidim. Ta’til tugashiga uch kun qolganda kursdoshim Abduvali telefon qilib qoldi:
-Sattorovdan besh olishga qachon ulgurding, xumpar?
Men jurnalni o’z ko’zim bilan ko’rmaguncha uning gaplariga ishonolmasdim.

OTABEK YO’LDOSHEV
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 30 Aprel 2010, 17:00:25
-Mana masalan, men ona tili o’qituvchisini bolasiman. Ko’cha-ko’yda odamlar o’zbek tiliga rus tilini qo’shib gapirshadi. Buni ko’rsam vabshe jaxlim chiqadida. Raz o’zbekmisan o’zbekcha gapir.  Nima qilasan odamni nastroeniesini buzib.
-Nimasini aytasan, o’rtoq.  Bu  vabshe ne to-da.  O’rtoqlarim orasida ham ko’p unaqalar. Ularga obyasnit qilish bez polezno.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 02 May 2010, 06:30:13
-Mana masalan, men ona tili o’qituvchisini bolasiman. Ko’cha-ko’yda odamlar o’zbek tiliga rus tilini qo’shib gapirshadi. Buni ko’rsam vabshe jaxlim chiqadida. Raz o’zbekmisan o’zbekcha gapir.  Nima qilasan odamni nastroeniesini buzib.
-Nimasini aytasan, o’rtoq.  Bu  vabshe ne to-da.  O’rtoqlarim orasida ham ko’p unaqalar. Ularga obyasnit qilish bez polezno.

 ;D  :D   :D
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 02 May 2010, 06:35:32
Kecha dugonam bir qo'shnimni otasi aytgan gapni gapirib berayabdi. Og'zim ochilib qoldi.

Qizi 23 yoshga to'ladi yaqinda, stuardessa bo'lib ishlayabdi, ham institutda o'qidi.

Otasi: "Shuncha o'qitayabman kontraktga, hali beri erga tegmaydi, ishlab biz o'qitganlarni "oqlab" (- haqqini to'lab) keyin oila quraveradi..."

Astag'firulloh! Kimni dardi nimada? ... Shunaqa otalar ham borakanda dunyoda

P.S. Shu "ota" gapini oxiriga "Hali yoshakanu, vaqti bor" dib qo'shib qo'ymaptida
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: BelleQizcha 02 May 2010, 08:50:55
-Mana masalan, men ona tili o’qituvchisini bolasiman. Ko’cha-ko’yda odamlar o’zbek tiliga rus tilini qo’shib gapirshadi. Buni ko’rsam vabshe jaxlim chiqadida. Raz o’zbekmisan o’zbekcha gapir.  Nima qilasan odamni nastroeniesini buzib.
-Nimasini aytasan, o’rtoq.  Bu  vabshe ne to-da.  O’rtoqlarim orasida ham ko’p unaqalar. Ularga obyasnit qilish bez polezno.

 ;D  :D   :D
Vopshem hafa-kuu ;D ;D ;D
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 04 May 2010, 21:05:59
Bugun televizordagi kanallardan birida bir ayol dardini aytib qoldi. Turkiyadagi kanallar hususiy bo'lgani uchun insonlar qanchalik ko'p ko'rsa, "reyting" degan narsa bilan buni o'lchab turishadi va shu kanal yana ham ko'proq pul ishlaydi.

Qanchalik ko'p dardi bor odam bo'lsa kanallar orasida talash bo'ladi. Lekin shu dardini aytgan odam uchun davo ham topiladi, shu tarafi yaxshi...

Hullas ayol men 1.5 yil oldin erimdan ajragandim, 7 yoshdagi qizim dadasidan ajragani uchun psixologiyasi buzildi, kecha kunduz yig'layabdi, erim bilan yarashmoqchiman, farzandim uchun, deb qoldi...

Ma'lum bo'lishicha, ayol bundan bir necha yil oldin ko'krak rakiga chalinib, ko'kragini biri kesilibdi...Er esa 27 yillik ayolini !!! jismoniy nogiron bo'lding, deb turtgani turtgan hayhot!!! O'tirsa o'poq- tursa so'poq.

Ayol 13 yoshligida !!! oilasi majburan eriga berishadi. Ayol: Men turmusha shunchalik o'rganib ketgan ekanman-ki huddi turmushga chiqqan holda tug'ilgandayman....

Ayol sabr bilan muolajalariga davom etibdi, rakni ham yengibdi! Lekin yuqorida aytganimday, jismoniy nogiron bo'lib qolganligi uchun eri umuman ayol o'rnida ko'rmay qolibdi. Katta qizi turmush quribi nevarali bo'lishlariga qaramay er ayoliga ega chiqmabdi...

Bir kuni nonushtada boshim aylanib yiqilib tushsam, erim o'rnidan jahl bilan turdi, stulni devorga urib: .....rak mubtalosi, dedi.....Shu kundan keyin erimdan ajralishga qaror berdim.....

Bechora AYOL, shuncha pastga urishlarga qaramay farzandi uchun o'sha er bilan yarashishga tayyor....

Quloqlarimga ishonmadim, eh inson bolasi, qanchalar gunohkorsan, muzlab qoldim to'g'risi, mendan shunchalik, qolganiga siz qaror bering, azizlar....
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 08 May 2010, 09:47:15
Oqqo’rg’onga yuradigan taksidaman.
Yo’lda yoshi 30 lardagi bir ayol chiqib qoldi.
Gaplaridan bama’ni ayolga o’xshadi. Oqqo’rg’ongacha suhbatlashib ketdik. Uning gaplaridan juda ta’sirlandim. Uning hikoyasini o’zgartirmasdan blogga joylayapman:

Toshkentda bozorda mayda-chuyda sotaman. Yolg’iz bolam bor.  Erim ichkilikka berilib, meni tashlab ketdi.  Turmush qiyinchiliklari boshimga tushganligini yanada chuqqurroq xis qildim. Erdan ajrashgan ayollar haqida bo’lar-bo’lmas gaplar ko’p  bo’ladi. Ortimdan gapirganlar ko’p bo’ldi.  E’tibor bermadim.  
Bolam uchun yashashga qaror qildim.
Bir kuni bozordan uyga qaytayotgandim. Biroz kech qoldim. Taksiga chiqdim. Taksichi sergap odam ekan:" Bunday ishlab, qancha ham topardingiz? Mana masalan men xotinimni keying haftada Turkiyaga jo’natayapman", deb qoldi.  "œQanaqa ish ekan u?" — so’radim  o’zimni go’llika solib. "œBilmadim".
Xayron qoldim. O’z xotinining qayerga ketayotganligiyu, qachon qaytib kelishini bilmaydigan erkak. . .
"œXoxlasangiz sizni ham gaplashib beraman".                
"œKerakmas", - keskin rad etdim - "œAka, agar xafa bo’lmasangiz, bir gap aytsam".
"œAytingchi", dedi u xamon xush kayfiyatda.
"œSizdek dayus erlar, dayus akalar, dayus ukalarning o’z xotinini, o’z opasini, o’z singlisini qizg’anmasligi va oriyatsizligi tufayli  iboli o’zbek ayollari "œfoxisha" degan jirkanch tamg’aga ilakishib qolyapti", dedim.
Taksichi bir qizarib, bir bo’zarib indamay qoldi.
Oradan bir oylar chamasi vaqt o’tdi"¦ Bu voqea esimdan ham chiqqandi.
Bir kuni bozorda bir kishi yonimga kelib,  nima deb gapirishni bilmasdan kalovlanyapti.
Oxiri gap boshlab qoldi: "œSinglim, meni tanidingizmi?"
"œYo’q".
"œMen o’sha taksichiman. Kennoyingizni jo’natmadim Turkiyaga", dedi.
"œXursandman. Sizga faqat baxt tilayman", dedim.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: siddiqa 09 May 2010, 17:48:04
-Falonchining o'g'li Amerikada o'qib kelibdi.
-Qancha opkepti?
-Nimani aytyapsiz?
-Soqqani-da soqqani.
-U ishlagani emas, o'qigani bordiku Amerikaga.
-Unda bekorga vaqt o'tkazibdi-da savil.

odamlar qiziqda .......gaplari undan ham qiziq .

akam Agliyaga o'qishga ketgach hammaiz hursand bo'ldik,ayniqsa dadam ...

ular o'qishni bitirib qaytib kelgach opam ham grand asosida  ketadigan bo'ldilar ,kichik akam ham o'qishga tayyorgarlik 

qo'shnilar ,tanishlar ... "qancha pulga gaplashayapsizlar o'qishni ,grandga kirgazish oson emas ,chetda o'qitish ham,

ha rosa yiqqan ekansizlar da deyishsa
" dadam rosa kulgan ekanlar ........ha rosa yiqqanmiz bilasizku o'qituvchilar shunaqa boy bo'lishadi deb ."

Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: JaviK 09 May 2010, 18:35:05
Bir kuni damazda ketayotgan edim oldida ikki ayol gaplashin ketishyapti: biri
-qara qo`llarimni tepasi oftobda qorrayabdi,
-sen qo`lini gapiryapsan uzun kiysang ko`rinmaydi, menchi bo`yin va  yelkalarim qorayib ketdi nima qilsihga ham hayronman.

Gaplaridan yuzaki kulsamda, qalbim ezila boshladi..Astag`firulloh
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 10 May 2010, 21:22:04
Bundan 3 yil oldin Qo'qondan Turkiyaning Adana shaharigacha kelib qolishgan 97 yoshli, Abdulhamid ota bilan shuhbatlashar ekanman, xozirgi kunda Jarroh, Proffesor, (ular ham Andijondan qochib Turkiyalarga kelib qolgan oilani farzandlari), bundan bir necha yil oldin Turkiya Davlat Ministrlaridan biri bo'lgan Ahat Andijon haqida shunday degandilar:

"Ahatni otasi bilan Adanadagi hovlida gaplashib o'tirgandik, Ahat 6-7 yoshlarda, issiq kunda chang-to'zon demay, butun bolalar yugirib o'yin o'ynashardi. Shunda Ahatni dadasi, "Hey Abdulhamid, shularam odam bo'larmikan-ey", dedi. Men esa: "Ey og'ayni, hali bular shunday katta odam bo'lishsin-ki, sen ham, men ham ularni davrida mazza qilamiz inshalloh", degandim...

Ahat Davlat Ministri bo'lib, huzuriga qulluq bo'lsinga borib, ko'zimga yosh oldim, beihtiyor o'sha kunlarni esladim.

Men ham rahmatli (2 yil oldin vafot etdilar) Abdulhamid otani bu gaplarni tez tez eslab turaman, farzandingizga hech qachon : "Odam bo'lmaysan", demang, uni yerga urmang. Uni kim bo'lishida sizni, yani ota-onasining duosi va ishonchi juda katta rol o'ynaydi!!!
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 11 May 2010, 16:21:13
Birpas avval qandaydir yumush bilan ishxonamiz buxgalterining xonasiga kirgandim.
U, 40 yoshlardagi ayol bo'lib, telefonda kim bilandir yig'lamsirab gaplashar edi.
Birovning yig'laganini ko'rsam ko'nglim bo'shab ketadi, negadir...
Keyin bilsam uning onasining tibbiy ko'rik natijasiga ko'ra rak kasaliga chalingan ekan.
Hech kimga bunday ko'rgulikni ravo ko'rmasdim... Juda rahmim keldi unga...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 14 May 2010, 14:41:35
Endigina qadam tashlashni boshlagan, xali tili chiqib ulgurmagan bolasini yetaklab olgan do’stim bilan suhbatlashib turgandim.  Do’stimning qo’lida tutab turgan sigaret.  Bola  nuqul dadasining qo’lidagi sigaretni olishga intilardi. Dadasi:"Otasini bolasi-da"¦ "Shustriy"ligini qara, shu narsaga aqli yetganligini qara"¦", dedi mamnun jilmayib. U bolasining sigaretga intilganligini bolasining aqlliligiga bog’lardi. Ichimda  achindim unga"¦
Telefonimda gaplashayotgan paytimda o’g’limning mening qo’limga intilayotganligini, televizor pultini qulog’iga tutib "œAlu,alu" deyishlarini ko’rib, bola  birinchi navbatda o’z ota-onasidan andoza olishga intilishiga amin bo’ldim. Eng avvalo ota-ona  o’z farzandiga chiroyli fazilatlarini ko’rsata olishi lozim ekan. "œTarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat masalasidir — degandi Abdulla Avloniy. Bu donishona aytilgan so’zlar har qanday davrda dolzarbligini yo’qotmasa kerak, nazarimda.  Bolamning menga taqlid qilayotganligi naqadar yoqimli xolat.  Demak, men o’zimning yomon xislatlarimni yo’qtishim kerak. Demak, biz ota-onalar farzandlarimizga munosib namuna bo’lishimiz kerak ekan.
Bugun 14 may  dunyoga kelganiga endigina 2 yil to’lgan farzandim! Xali hayot oldinda!
Ertalab ishga otlanarkanman shirin uyquda eding.  Peshonangdan o’pib:
-Janob, turing, sizni buyuk ishlar kutyapti! — degim keldi.
Hayot yo’ling oppoq orzularga to’la bo’lsin!
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: muhibb 14 May 2010, 15:39:41

Kuchli falsafa!

Men ham bunaqangi holatlarga ko'p guvoh bo'lganman. Bolalarning kattalarga taqlid qilishlariniku tushunsa bo'ladiyu, hech kim o'rgatmagan arsalarni qilishlarini haliyam tushuna olmayman.

2 yoshga endi qadam qo'yadigan qizim, bir necha kun oldin shamollab qolgan, dorilar ta'sirida o'zini tiklab olgan edi. Ammo haliyam yo'talar edi. E'tibor berib tursam, har safar yo'talayotganida u hoh ko'chada bo'ladimi, hoh dasturxon atrofida bo'ladimi, har qanday holatda qo'lini to'sib "o'xxu" der edi. Vaholanki, maktab yoshidagi bolalarga ularning ota-onalari dasturxonga qarab  yo'talmaslikni, qo'li bilan to'sishni urushib tushuntirishadi. Ular esa, nuqul bu tushuntirishga teskari ish qilishadi.

Shunda bolaninng farosati fitratidan bo'lsa kerak-a?? degan fikr hayolimga keldi.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 15 May 2010, 16:25:55
IBRAT

Dunyoning ajoyib ibratlari bor,
O‘sha boshqaradi umr kemasin.
Do‘stiga mehrini etganda izhor,
Hech kim ko‘kragidan tepki yemasin.
Qanchalik balandga chiqmasin odam,
Aslo unutmasin Halloq — egasin.
Mayli gunohiga iqror bo‘lsa ham,
Savob ishin esa qildim demasin.

Abdulla Oripov
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 15 May 2010, 17:01:01
FARZAND

Bir kuni ranjitdi otani farzand,
Ota o‘z uyidan bosh olib ketdi.
Lekin Alloh mehri bo‘lib sarbaland,
Ota Makkatulloh vasliga yetdi.

Ota fig‘on chekdi Ka’ba qoshida,
Go‘yo unut bo‘lgay alamlar bari.
Najot charx ursa ham garchand boshida,
Sira ketolmadi bir gapdan nari.

Ka’baga sig‘inar ekan keksa chol
Armonin oshkora aytdi olamga.
Dedi:-Ibodatim bo‘lsa ham uvol,
Faqat saodat ber o‘sha bolamga.

Abdulla Oripov
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 19 May 2010, 19:26:43
H a m r o b u v i. Omin, shaytonning bo‘yni sinsin!
O m o n. Hola, shayton — xurofot, yo‘q narsa!
H a m r o b u v i. Bor-bor! Senga qolsa xudoni ham yo‘q deysan...

(Abdulla Qahhorning "Shoxi so'zana" asaridan)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: muhibb 20 May 2010, 15:11:23
o'tgan kun bittasi bilan uchrashib, pochta berib qo'yishim kerak edi. afsuski, u kishi to'yda ekan. soat 21 00 larda telefon qilib, to'ydan chiqqanini aytdi, baxtimga ziyofatlari uyimga yaqin joyda ekan. Avtomobilda bo'lganimiz uchun, uchrashuv joyiga qizimni ham olib olgandim.
Qaytayotganimizda dorixonaga kirish uchun avto dan tushsak, azon aytilyapti. Qizimdan: "Omina, nima devotti?" desam, qizim shu savolni kutib turgandek, darhol "Allooooohu akbaaaa" dedi. Vaholanki azonda "ashhadu anna muhammadar rosululloh" iboralari ishlatilayotgan edi. Qizimni shunchalik ziyrak qilib yaratgan Allohga hamdu-sanolar bo'lsin.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ziyovuddin 20 May 2010, 21:35:35

Odamni havasini keltirishga ustasilade...
Bizagayam nasib qilsin...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 21 May 2010, 17:53:13
Bir so'ngakka sordek qanoat qilg'on,
Afzaldir nokasga bo'lgandan mehmon.
Nokasning shinnilik nonidan yaxshi
O'zing topib yegan burda arpa non.

(Umar Xayyom)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 22 May 2010, 09:51:17
O’tkir Hoshimov

«BUTILKA»  HOJI

(Boshqa hojilarga daxli yo‘q)

Do‘stim o‘g‘lini uylantirayotgan edi. Endi... to‘y bo‘lganidan keyin... o‘zingiz bilasiz... Haligi qurg‘urdan jinday-jinday qilib o‘tirsak, davramizga oq yaktak, oq do‘ppi kiygan ketmonsoqol yigit kelib qo‘shildi. Kelin-kuyovga baxt-saodat tilab, fotiha tortdi.
—  Yaratganga shukronalar bo‘lsin! — dedi qiroat bilan. -Muqaddas safar sharafi kaminaga ham nasib ayladi!
«Qulluq bo‘lsin», dedik. Dasturxonda anavi «shayton suvi» turganidan xijolat chekdik.
—  Ming bor uzr, Hoji aka. — Kosagul shunday deb, shishalarni imi-jimida stol tagiga olib qo‘yayotgan edi, Hoji aka keskin bosh chayqadi.
—  Yo‘q-yo‘-yo‘, taqsir! - dedi dalda berib. — Sizlar bahuzur, taqsir, bahuzur. To‘yda xursandchilik qilishning aybi yo‘q.
Kosagul ikkilanib qoldi.
—  Sizdek mo‘‘tabar odamning oldida...
—  Beziyon, taqsir, beziyon... Biz ham bundan bisyor no‘sh aylaganmiz. - Hoji aka jinday-jinday ichkilik quyilayotgan piyolalardan ko‘z uzmay ta’kidladi: - No‘sh aylaganmiz, bisyor no‘sh aylaganmiz.
Kosagul shumgina yigit ekan, Hoji akaning ko‘zlari suvga tushgan munchoqdek yiltirab turganini payqab qoldi.
-  So‘raganning aybi yo‘q, Hoji aka. Mabodo o‘zlariyam...
-  Yo‘-yo‘-yo‘! — Hoji aka keskin bosh chayqadi. - Biz ham no‘sh aylaganmiz... Aylaganmiz.
-  Ko‘p emas, jichchagina, - dedi kosagul iljayib. Hoji aka og‘ir muammo qarshisida qolgandek, bir zum o‘yga toldi.
-  Kaminani ko‘p xijolatli ahvolga sop qo‘ydilarda, -dedi xo‘rsinib. - Keling, yigitning sazasi o‘lguncha shaytonning bo‘yni uzilsin!
-  Qaysi biridan?
- Kaminaga «qizili»yam bo‘laveradi, - dedi Hoji aka kamtarlik bilan.
Kosagul piyolaga bir qultum konyak quyib uzatgan edi, Hoji aka yanayam siniqroq ohangda qo‘shib qo‘ydi:
-  Jonliroq bo‘laversin, taqsir.
«Jonligina» quyilgan piyolani olib, qisqa nutq irod etdi:
-  Yoshlar qo‘sha qarisin! Uvali-juvali bo‘lsin!
Baayni sovuq choy ichayotgandek, qop-qora soqolining bittayam tuki qilt etmadi. Bodring bilan gazak qilib, «Yaratgan ne’matingga shukr», deb qo‘ydi.
-  Oxirigacha olmabsiz-ku, Hoji aka? - dedi kosagul piyola tagida qolgan jinday konyakka qarab.
-  Har narsaning qonun-qoidasi bor, ukam! - dedi Hoji aka viqor bilan. - Ichkilik xamr, ya’nikim makruh nimarsa. Ammo uning ichida suv ham bor. Suv - eng pokiza ne’mat. Shundaymi? Kamina suvini ichdim. Makruhi tagida qoldi. Aytyapman-ku, kamina ham bundan bisyor no‘sh aylaganmiz. -U qiqirlab kuldi. - Bir ulfatimiz bo‘lardi. G’alati gaplarni topib yurardi. Bir gapi hech esimdan chiqmaydi. «Birinchi qadah bilan ikkinchisining orasiga qil ham sig‘masligi kerak», derdi. Topgan gapini qarang, battolning! Qil sig‘masin, deydi-ya!
Kosagul Hoji akaning ishorasini darrov tushundi. Paysochga solmay, piyolani to‘ldirib uzatdi.
-  Yo‘-yo‘-yo‘! Undoq qilmasinlar-da, ukam! - Hoji aka shunday dedi-yu konyakni sipqardi. «Yaratgan ne’matingga shukr», deb piyolani kosagulga uzatdi. - Ko‘rdilarmi, ukam, makruhi yana tagida qoldi. O’zlariyam o‘rgansinlar!
Davradagilardan biri safar taassurotlarini so‘ragan edi, Hoji aka yayrab ketdi.
-  E, nimasini so‘raysiz, uka! - dedi shang‘illab. - U yoqlar Xizr nazar solgan yurt! Har qadamda magazin! Har qadamda do‘kon. Jamiyki nimarsa muhayyo! Apelsinlarni tekinga tarqatadi-ey! Xohla - bir yashik ol! Xohla - bir tonna ol! Buni qarang, hamma narsa bor-ku, termos yo‘q ekan. Uch-taginasini obketuvdim, olam jahon pul bo‘ldi! Ulfatim, shuni mengayam aytsang, o‘larmiding, deb yomon xapa bo‘ldi.
-  Kechirasiz, qaysi ulfatingiz? - dedim tushunmay.
- Haligi battol-da! Birinchi qadah bilan ikkinchisining orasiga qil sig‘masin, deydigan. Shu battolning yana byr gapi bor. «Ikkinchi qadah bilan uchinchisining orasiga qil sig‘masin, deyman-ku, ammo ip sig‘masligi kerak», deydi!
Kosagul yana piyolani to‘ldirdi. Hoji tagida ozgina qoldirib, piyolani qaytardi.
- Yaratgan ne’matingga shukr, - dedi viqor bilan. - Ko‘rib qo‘y, ukam! Tagida har gal bir xil makruhi qolyapti! U yoqda-chi, vey, vidik, televizor, kamera deganlari kapiyka! «Soni» deysanmi, «Panasonik» deysanmi, «Plips» deysanmi. Ikkita «vidik» olsang, bittasi tekin!
-  Nega, Hoji aka? - dedim hayratlanib. - Bittasini pulga, bittasini tekinga beradimi?
Hoji aka he-helab kuldi.
-  Nega tekinga bo‘larkan? Ikki hissa arzon bo‘lganidan keyin bittasi yonga qoladimi, axir? Tijoratning aybi yo‘q-ku, to‘g‘rimi?! Biz tijorat qilaveribmiz, qilaveribmiz, qarasam, yukim ko‘payib ketibdi. Ikki qo‘limda ikkita chamadon. Orqamda sandiqdek sumka. Salapan xaltaning bog‘ichini tishimga tishlab olganman. Ketyapsam, bittasi yo‘limni to‘sdi. O’zining tilida vajir-vajir qiladi, tushunsam o‘lay! Tarjimon keldi. «Nima deb aljirayapti bu?» desam, tushuntirdi. «Yukingiz yuz kilodan oshib ketibdi-ku», deydi. «Yukimni og‘irligi unga tushibdimi, o‘zim ko‘tarib ketyapman-ku», desam, yana vajir-vajir qildi. «Nima deyapti?» desam, «Janob ziyoratchimilar yo otmilar?» deb so‘rayapti deydi. «Men ot bo‘lsam, bu eshshak», dedim-da, amallab samolyotga chiqib oldim. - Hoji aka xaxolab kuldi. Kosagulga qarab ma’noli tomoq qirib qo‘ydi. - To‘rtta vidik obkelgandim, ikkitasi yonga qoldi. O’g‘ilchayam qiziqadi-da texnikaga. - Shunday deb yana kosagulga qarab qo‘ydi. - U yoqda-chi, dazmol pul ekan. Yanagi gal dazmol oboraman. Battol ikkalamiz o‘nta-o‘ntadan olvolsak, o-key bo‘ladi! Battolning yana bir gapi bor. Uchinchi qadah bilan to‘rtinchisining orasiga qil sig‘masin deyman, ip sig‘masin demayman, ammo-lekin arqon sig‘adigan bo‘p ketsa, yurak siqiladi-da, deydi. Topgan gapini qarang! Voy battol-ey!
Kosagul shishadagi oxirgi konyakni silqitib quyib uzatdi.
Shishani yerga tashladi. Hoji aka tagida ozgina qoldirib, piyolani qaytardi.
-  Yaratgan ne’matingga shukr! Ko‘rib qo‘y, bratan! Makruhi tagida qoldi!
-  U yoqda manavi masalaga qandoq qaraydilar, taqsir? —"dedi kosagul.
-  Unaqangi betamiz gaplarni gapirma, bratan! - dedi Hoji aka achchiqlanib. — Ichkilik ichgan odam o‘limga mahkum qilinadi!
-  Voy-bo‘, bir o‘limdan qopsiz-da, taqsir! - dedi kosa-gul. - Taqsir o‘n beshinchi bo‘chka bilan o‘n oltinchi bo‘chka orasidan samosval o‘tmaguncha qo‘ymaydilar shekilli!
Hoji aka tutaqib ketdi.
-  Og‘zingga qarab gapir, o‘v bratan! - dedi qo‘lini paxsa qilib. - Men suvini ichdim, bildingmi? Makruhi tagida qoldi, bildingmi?! Avval o‘rganib olgin-da, keyin vistupat qil, bildingmi?!
Qarasam, janjal chiqadigan. Sekin turib keta qoldim.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 23 May 2010, 19:30:01
Vannadagi krandan suv tomchilay boshladi. Ho'jayinim bugun shubalariga shoshilinch chaqirilganliklari uchun u kishiga aytishga ulgurmadim. Uydagi asosiy krandan suvni butunlay yopaman, har safarida esa och-yop insonni biram urintirib yuboradiki, asti qo'yaverasiz. Tomchilayvergan joyga idish qo'ydim, ular bilan ovora bo'lish ham ancha vaqt olar ekan. Butun kun qanday uddalayman, bu ishni deb siqilib turgandim eshik qo'ng'irog'i chalindi, qarasam qaynotamlar. Maktabda o'qituvchilar, darslar ham asta-sekin ohirlab, yoz tatiliga chiqishlariga oz qoldi. Shuning uchun o'quvchilarni baholarini internetdagi jurnallariga kiritish maqsadida internetimizdan foydalanish uchun biznikiga kelibdilar.

-Dadajon, dedim, uyalib, kranimizdan suv tomchilayabdi, bir qarab berasizmi?
-Albatta qizim, nima degan gap, darrov qaraymiz-da!

Dadajon darrov kran "qulog'ini" ichidagi yumshab, eriy boshlagan rezinani chiqardilar, yaxshiyam uyda "zapas" bor ekan, shunga almashtirdilar. Bu ishni hammasi faqatgina 3 daqiqani oldi, agar dadajon kelmasalar edi, ertalabgacha men suv tashirdim yoki kranni ochib yopishdan charchagan bo'lardim:)

Xudoga shukr, dedim chuqur nafas olgan holda:)

İymonli ota-onalarimizni har bir qadami farzandlariga foyda beradi, Rabbim ota-onalarimizni panohida asrasin, dedim ichimdan duo qilib...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: BelleQizcha 23 May 2010, 20:45:46
Kecha kechasi, dugonalarim bilan yeg'ilish qildik. Bir-birmizga uzoq qarindoshlarimiz, lekin juda ham yaqin. Har kuni bir-birimizni korib turadigan, har ikki sikunta smslashadigan dugonalarimiz..
Ishqib kecha kechasi uyda yigi'ildik.. Kech tushib kunam issib kettdi... Kiyin ovqatlanishni hovlida yeyaylik dib kelishdik..
Kochada dasturhon yozib gaplashib ottirdik.. Birdan gap Islom haqida kettdi... hammamiz gapirib, Islom haqida organgan gaplarimizni bir birmizga aytib berdik.. hammamizam g'alati bob kettdik.. Hudoni qudratini qara dib bir-birmizga...
Birdan dugonam Lo'illoha ilola diganda.. Darahtda kamida 10 tacha barg tokilib dasturhonga tushdi..
Hammamiz qottib qoldik.. ranglarimiz oqqarib kettdi....
Bittamiz.. "OH MY GOD'
Disak birmiz Kordinmi? kordinmi? dib turibmiz..
Bunaqa holotga hech tushmagandim...

Manimcha bu narsa hech qachon esimdan chiqmasa kere.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 25 May 2010, 18:24:22
Birovning haqiga xiyonat qilish - og'ir gunoh...
Bugun ishxonamizdan ikki xodim sharmandalarcha haydaldi...
Kompaniyadan pul o'g'irlanishi voqeasi kameralarga muxrlanib qolgan ekan.
Boshlig'imiz koreyalik janob Kim bizga hamma sharoitlarni muxayyo qilib qo'yganlar:  ovqatlanish, kiyim-bosh, yo'l-kira  - hammasi kompaniya hisobidan. Bizdan talab etiladigan narsa: vijdonan ishlash! Tuzini yeb tuzlig'iga tupurish deganlari shu bo'lsa kerak-da.
"Men ko'pchilikning haqiga qilingan xiyonatni kechira olmayman! Ko'pchilik - bu mana shu kompaniyamizdir!" Boshlig'imizning oxirgi gaplari shu bo'ldi!
Olloh har birimizga insofu diyonat bersn.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 31 May 2010, 17:37:16
O’g’limning   "œtili chiqa  boshladi". :)
CHL finalidagi "œInter" — "œBavariya"  o’yini  paytida  uyg’onib qoldi  va  yonimda o’tirib, futbol ko’rdi. :)
Shundan keyin har gal:
-O’g’lim, katta bo’lsang kim bo’lasan? — desam,
-Gol-gol-gol, deydi. :)
-Qaysi komandada o’ynaysan?- desam,
-Babayiya, - deydi. ("œBavariya" demoqchi, shekilli)
Aqlini yetganini qarng-a. Ko'z tegmasin...Hamma orzularingga yetib yur, o’g’lim.  Orzularing ro’yobi uchun hamma narsaga tayyorman.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 18 Iyun 2010, 11:16:51
 Kecha kechqurun taksida uyga ketayotgandim. Yonimda o'tirgan bir odam kimgadir telefon qildi. "Qo'ng'iroq qilinayotgan abonent apparati o'chirilgan", degan ovoz baralla eshitildi. U xunob bo'ldi va jaxl bilan:
- Mana shunaqa-da. Pul kerak bo'lsa, odamlar o'zlari telefon qilishadi. O'sha pulni qaytarishga kelganda esa telefonni o'chirib qo'yishadi. Qarz olib qaytarib bermaslik urf bo'ldi-da, dedi...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Lu`lu` 07 Iyul 2010, 04:02:50
                                       ИМОМ ва УСТОЗ

Бир кун уйимиз олдидаги Олимпис масжиди имомига адамиз:"Адаш,нега масжидингизда телефон,радио йук,урнатиб берайми?"- деб илтифот килдилар. Имом кулиб,астагина "А ахмат,уларга мухтожлигимиз йук,калбимиз-телефон,калбимиз-радио"деб жавоб берди.
Шунда шогирдларим б-н булган вокеа ссимга тушди.Укувчиларим:"Устоз,нега хамма кул телефон тутади,сиз тутмайсиз?"деб сурашди.
Мен хам кулиб,астагина:"Аима киламан телефонни,шундок хам хаммангизни ахволингиз менга маълум,айникса, СМСларингизни ахволиздан биламан"дейишим б-н укувчиларимни куллари беихтиёр чунтакларига кетди.

Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 07 Iyul 2010, 10:21:39
O’zgalar haqiga xiyonat qilish -  juda og’ir gunox"¦ Bu voqea yaqinda bo’ldi. Meni ham larzaga soldi bu voqea"¦ Buni bilganlar hayratdan yoqa ushlashdi"¦ XXX qishlog’ilik bir  kishi  XXX degan joydan 5-6 ta ayollarni o’zining yeriga ishga yollabdi. Xullas, ayollarni kun bo’yi ovqatsiz, suvsiz rosa ishlatibdi. Kechki payt ish haqini berishga kelganda, allanarsalarni baxona qilib, xaydab yuboribdi. Ayollar juda norozi bo’lishibdi. Qarg’ishlar, qarg’ishlar, qarg’ishlar"¦ Tun bo’lib qolgan, ayollar ko’chada, o’zga bir joylarda sarson-sargardon"¦ Shu payt ularning oldiga  yengil mashina kelib to’xtabdi. Shofyor ayollardan bo’lgan voqeani eshitgach, "œQani o’tiringlar mashinaga",debdi. Shofyor ayollarni kafega olib borib, rosa mexmon qilibdi va qo’llariga bir dastadan pul tutqazibdi.
-Opajonlar, bugun men ota bo’ldim! Bunday kunni naq o’n bir yil kutdim. Tug’ruqxonadan chiqarkanman birinchi uchragan insonga yaxshilik qilaman, deb dilimga tuggandim. Olloh sizlarni ro’para qilgan ekan, beadad shukurlar bo’lsin!

Oradan bir haftalar chamasi vaqt o’tdi"¦ Ayollarni norozi qilib haydagan odamning uyi oldida beliga belbog’ bog’lab, azadan darak beruvchi faryod ovozlari eshitilib turardi. Kimdir buni bandalik, dedi"¦ Kimdir  haqini ololmay, uy egasini qarg’ab ketgan ayollarni esladi"¦ Tepadagi oliy va odil hakam hammasini ko’rib turibdi"¦
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 10 Iyul 2010, 16:00:29
XATO QILISHINGNI KUTARLAR

Shundaylar bor, senga lutf aylab,
Do'stman, deya qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.

Xato qilsang, ularga bayram,
Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham,
Xato qilishingni kutarlar.

Xatolaring kerak ularga,
Shox-novdangni darhol butarlar.
Tag'in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.

Axtarurlar hamisha illat,
Etti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.

Ular senga bir umr yo'ldosh,
Sodiq hamroh kabi o'tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni kutarlar.

(Abdulla Oripov)

(Ushbu she'rni Oxunjon Madaliyev qo'shiq qilib aytgan. Juda purma'no she'r)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 13 Iyul 2010, 22:18:57
Farzandim tug'ildi.

U dunyoga kelganida ulgurishim kerak bo'lgan samolyot va ko'paytirishim kerak bo'lgan aksiyalar bilan mashg'ul edim. Uzoqlarda ekanman, u atak-chechak yurishni, shirin-shirin gapirishni o'rgandi.
Biroz o'sgandan keyin esa: «Men sizga o'xshashni istayman, adajon..." deya boshladi. "œMen katta bo'lsam sizga o'xshayman".
Doimo ish joyimga qo'ng'iroq qilib: "œAdajon, uyga qachon kelasiz?", deb so'rardi.
"œQachon kelishimni bilmayman, o'g'lim. Ammo kelganimda rosa mazza qilib o'ynaymiz..."
Yillar shu kabi o'tdi. O'g'lim o'n yoshga kirdi. Unga bir to'p sovg'a qildim.
"œRahmat, ada. Yuring, men bilan biroz o'ynang", dedi.
"œShu haftaning ichida bitirishim kerak bo'lgan ishlarim bor, o'g'lim. Dam olish kuni o'ynaymiz, ho'pmi?"
"œHo'p", dedi faqat yuzidagi shodlikdan asar ham qolmagandi. "œKatta bo'lsam men ham siz kabi bo'laman..."     
Umr guyo oqar suv, kechdi-yu ketdi. O'g'lim avval maktabni so'ng oliygohni tugatdi. Bunday hollarda otaning o'g'liga qilgan nasihatlarini berish uchun: "œO'g'lim, men sen bilan juda fahrlanaman. Kel, biroz o'tirib suhbatlashaylik, senga bir-ikki og'iz gapim bor".
U esa sekin kulimsirab: "œDo'stlarim bilan uchrashishga va'dalashgandik. Ada, mashinangizni berib tura olasizmi? Keyin gaplasharmiz...", dedi.
Yana yillar o'tdi. Men endi nafaqaga chiqdim, vaqt serob. O'g'lim esa boshqa shaharda ishlar va o'sha yerda yashardi. Bir kuni unga qo'ng'iroq qilib: "œDam olish kunlari bizni kelib ziyorat qilib ketsang bo'larmidi?!", dedim.
"œHo'p, ada. Faqat ishlarim ko'proq ammo vaqt topib borishga harakat qilaman. Men ham sizlarni juda sog'inganman".
"œHo'p, endi qachon kelasan, o'g'lim?"
"œBilmadim, ada. Hozir bir uchrashuvim bor shunga shoshib turibman. Ammo kelganimda mazza qilib suhbatlashamiz".Shu so'zlar bilan telefon go'shagini qo'ygan o'g'limning bolalik orzusini ro'yobga chiqarganini tushundim.
O'rnak olgan otasiga o'xshaganini... ayni otasi kabi ulg'ayganini...   

Madina.

 Manba:  http://www.bolajon.com/index.php?option=com_content&task=view&id=58&Itemid=81
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 30 Iyul 2010, 12:00:58
Tilimizda "yetti uxlab tushimizga kirmagan" jargonlar paydo bo'lmoqda. Mana masalan, kechagina bir taksiga chiqqandim. Orqa o'rindiqda bir 25 yoshlardagi yigit o'tiribdi. Taksidan tushadigan joyiga yetganda shofyorga qarab:
-Aka, mana shu joyga to'kib keting (!!!), -dedi.
Bu gapga xayron qolganimni ko'rib, shofyor:
-Shunaqa gaplar modaga kirdiku,uka,- dedi. - Kecha bittasi nima deydi degin? "Aka, mana shu joyga tuflab keting", desa bo'ladimi.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 31 Iyul 2010, 14:22:04

Ha endi undaylar o'zini inson emas, tupirikday ko'rsa ne ajab???
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 01 Avgust 2010, 07:49:18
Har kim ertasini o'ylasin...

Xolam etib berdilar:

"Oilada 5 qiz 1 o'g'il edik. Qoshnimizda aksi 6 o'g'li bor edi, qizi yo'q.
Har gal qo'shnim uyimizga chiqsa asabim o'ynardi.
Qo'shni eri-xotinlar ota-onamni shu 5 qizi borligi uchun huddi malomat qilganday, masxaraomuz tazrda gap tashlardi "Ha qo'shni ishlat manabu qizlaringniyam, 1 o'g'il bo'gandan kn ishlasinda qizlar ham..."
Yillar o'tdi... Hozir shu qo'shnimning 6 o'g'lining har birida 5-6 tadan qiz bittayam og'li yo'q, faqat biridagina 1 og'il yana nechtaduram qizi bor"...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 02 Avgust 2010, 16:20:09
Nafaqaga chiqayotgan avtobus haydovchisi o’zi 31 yil haydagan avtobusi bilan xayrlashayotganini ko’rdim. U avtobusni o’pib, ko’zidan duv-duv yosh to’kkancha:
-Seni boshqa haydovchiga tashlab ketayotganligim uchun meni kechir. Sen orqali o’g’limni uylantirdim, qizimni turmushga berdim. Nevara to’ylar qildim. Agar notekis yo’llardan haydab, loyli, qorli yo’llarda haydab seni qiynagan bo’lsam kechir! —deya ko’zlaridan yoshlar tinmasdi. 
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 12 Avgust 2010, 17:21:46
Kecha ishdan uyga qaytarkanman, kechki payt 3-4 ta bolalarning bir darvoza oldida sho'x ovozlari eshitildi:
Ramazon aytib keldik eshigingizga,
Qo'chqordek o'g'il bersin beshigingizga.
O'choqda kul,
Cho'ntakda pul.
Chiqara qoling yuz so'm pul...

Bolaligim esimga tushdi... Biz ham besh-olti yosh paytlarimizda shunday yurardik. Kattalar bizga konfet, pul, qand-qurslar berishardi.
Shularni eslab, xaligi bolalarga chuqur entikish bilan bir zum tikilib qoldim. Shu onda kutilmagan hol yuz berdi: darvoza taraqlab ochildiyu, semiz bir ayol boshini chiqazdi va:
-Ovozlaringni o'chirasanlarmi-yo'qmi? Yo'qollaring, gadoyvachchalar! - deya qichqirdi...
Bolalar ayb ish qilgandek mulzam holda darvozadan uzoqlashishdi.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 18 Avgust 2010, 18:10:08
-Тақсир, фалончи бундай қилади-ку, менам қилсам-чи?
-Тақсир, фалончи ҳожи тсйига ароқ қсйибди-ку, менам қссверайинми?
Азиз биродарим, сиз бунинг срнига «Лайғамбаримиз (с.а.в.) шундай қилганлар, мен ҳам
шундай қилайин», деб айтинг ва шундай қилинг.

(Тоҳир Малик "ОДАМИЙЛИК МУЛКИ")
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 18 Avgust 2010, 19:13:29
Adashmasam bundan 2 yil oldin, Sergeliga bormoqchi bo'lib, Sobir Rahimov shox bekatida Qo'yliq tarafga yuradigan taxilar to'xtash joyiga o'tdim...

Yo'l yo'lakay ketadigan taxi chiqsa ketarman degan niyatda...

Birpas turib bitta oq VAZ 2106 moshinasi kelib to'xtadi. Rulda yoshi taxminan 45lar atrofidagi ayol :
-Qatga borasan?
-Sergeli
-O'tir
-Nechpul?
-1500
-A, yo' (yo'l yo'lakay ketadigan taxilar 600 700ga obketishardi...)
-Nechpul berasan?
-800 so'm
-Bupti o'tir, o'tir...

  Ichkarida yana ikki kishi boridi.
Moshina joyidan qo'zg'algandan keyin haligi ayol gap boshladi:
-Sigaretila yo'mi?
-Yo' (I? tajub ila haligi ayolga boqdim, boshida ro'mol, ro'molni ham hijobga uxshatib o'rab olgan.)
-O'zim namoz uqiman, shu erim o'lgandan keyinmi yoki qamalgandan keyin dedimi (aniq esimda yo'q) sigaret chakishga o'rganib qoldim....
    Haligi ikki kishi, yo'lda tushdi, ular qanchagadir kelishgan ekan kam berdilarin haqini deb ula bilan tortishdi...

Ularni tushirgandan keyin yana gap boshladi...

-E odam bo'mi ketlarin, yuribsanlade, Erkakman dp, hezale, dagavor qigandan kiyin bermisanmi pulni...

Bu ayol rosa qiynalgankan degan hayol o'tdi, shu tushsam 800 mas 1000 so'm beraman deb niyat qildim.

-Sho'tta to'xtatvorin...Mana deb cho'ntagimdan 5 ta 200 so'mlik chiqardim,
-Yo' keremas,
-Nimaga? (Mani hayolimdan o'tgani, man mardlik qilib 200 ko'p berganimga, uyalib omadi shekilli ...)
-Olin...
-Qanaqa bolasan? Sanga ettimu 1500 dp?
Astag'firulloh! Boshimdan bir paqir muzdek suv og'darib yuborgandek bo'di, yana 500 so'm chiqardimda, eshikni yopodim.

Bir nimalar deya moshina yana joyidan qo'zg'adi...namozxon opam....

Ha,...yo'lda tushgan haligi 2 kishiga ham qiyin bo'lgan shekilli...

Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: BelleQizcha 18 Avgust 2010, 22:29:38
Shunaqa erke sipat ayolla va qizla judayam ko'payib kettgan ayol sipat erkelar ham yo'q emas.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Abdumuhaymin 18 Avgust 2010, 23:25:44
Bunga o'xshash hodisala, fantastikala kop bolardi hozirgachayam bor, bilishimcha bu tomoshalani kazzob mushrikla uyushtirardi ulani kimligi ma'lum, yana kochadigi foxshalaniyam romolga o'ratib kop tomoshala uyushtirishardi, bu narsala hozirgachayam bo'lip kevati, bunaqa narsala kimla uchnam povt vazifasini bajaradide
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Zamiraxon 22 Avgust 2010, 22:15:45
 :as:

Mana shu hikoya meni ancha o'ylantirdi. Rostdan ham juda ko'p noliymiz bu hayotdan, turmushdan, baxtimizdan...

                                                                Baxtli bo'lish siri

Бир кишининг сғли бслиб, у: «Мен бахтсизман», деб такрорлайверарди. Ота бахтли бслиш сирини билиб келиш учун сғлини даврининг снг катта донишманди ҳузурига юборди. Йигит чслда қирқ кун йсл босиб, ксзлаган манзилига — тепалик устидаги ҳашаматли саройга етиб борди. Ичкарига кириб қараса, донишманднинг ҳузурига келганлар жуда ксп бслиб, улар бир-бирлари билан суҳбатлашганча навбатларини кутишар сди. Аиҳост йигит ҳам навбати келгач, донишманднинг олдига кирди ва бахтли бслишнинг сирини ссради.
- Ўғлим, ҳозир сенга буни тушунтириб стиш учун вақтим йсқ, - деди донишманд. — Шунинг учун ҳозир чиқиб, саройимни томоша қил. Икки соатдан кейин ёнимга кел, қолганини сшанда гаплашамиз.
Шундай дес йигитнинг қслига қошиқ тутқазди, унга икки томчи ёғ томизиб, тайинлади: «Сайр давомида қслингдаги ёғга ҳушёр бсл, тскиб юборма!»
Йигит донишманднинг айтганини қилиб, қслидаги ёғдан куз узмасдан саройнинг ичкари-ю ташқари — барча жойларини айланиб чиқди. Икки соатдан кейин қайтиб келгач, донишманд ссради:
—  Саройни кездингми?
—  Ҳа, жуда катта скан, — жавоб берди йигит.
—  Ўғлим, деворлардаги ажойиб суратларни ксрдингми? Гулзоримни, ундаги ранго-ранг гулу чечакларни-чи? Уларнинг хуш исларидан баҳра олдингми? Кутубхонадаги ноёб китобларга-чи, сътибор бердингми?..
Йигит бутун диққати қслидаги ёғда бслгани учун ҳам сайр давомида булардан ҳеч бирини ксрмаганини айтди. Шунда донишманд:
 - Унда қайта чиқ ва атрофингдаги барча гсзалликларни сйраб томоша қил. Чунки стирган уйини схши танимаган киши бахтнинг сирига ета олмайди, — деди ва бу сафар ҳам йигитнинг қслига ёғ солинган қошиқни тутқазди.
Йигит снди саройдаги жамики нарсаларни, бутун гсзалликларни катта завқ ва ҳасжон билан томоша қилди. Донишмандга ҳам таассуротларини ана шу мароқ билан ҳикос қилиб берди. У гапини тугатгач, донишманд:
—  Яхши, ҳаммасини ксрибсан, — деди. — Лекин мен сенга омонат қилиб берган ёғ қани?
Шундагина йигитнинг ссига тушиб, шошганича қслидаги қошиққа қаради — ёғ тскилиб битган сди. Донишманд сса табассум билан шундай деди:
—  Хижолат тортма, сғлим, бахтли бслишнинг сири дунёни бор мсъжизалари, ҳаётни бутун гсзалликлари билан бирга ксра олишда. Агар киши жисмидаги қусурлар, ҳаётдаги етишмовчиликлар ҳақида сйлайверса, худди сен қслингдаги ёғ солинган қошиққа андармон бслганинг каби ҳаёт гсзалликларидан бебаҳра қолаверади. Бахтли бслиш сирини сса, қслингдаги ёғ солинган қошиқни унутганингдагина тсла ҳис қила оласан!
                                                                                                                                      "Irfon"  taqvimidan...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Nоdirbek 31 Avgust 2010, 11:12:14
Do'stim boshidan o'tgan bir voqeani aytib bergandi. Moshinada ketayotib, torroq joydan aylanib olishga to'g'ri kelibdi. Aylanib olish jarayonida shu yaqinda turgan moshinaga hiyol tegib ketibdi. Lekin keyingi moshinaga deyarli zarar yetmabdi. Yaxshilab qo'l bilan paypaslab ko'rsa bilinadigan darajada zarar yetibdi. Shunda keyingi moshina egasi tushib, o'zini shaharda nomi chiqqan yozuvchilardan ekanligini, hatto yozuvchilik shani bilan respublikagacha borganligini pesh qilib, hozir hammasini shu yerda kelishamiz, men GAI chaqiraman, bizni kimligimizni bilasizku debdi. Do'stim esa, ha albatta sizlarni kimligingizni sizlardan yaxshiroq bilaman. Kelishsak kelishaveramiz. Hech kimni chaqirish shart emas, o'zimiz kelishamiz debdi. Shunda ular shoshilib turishganligini aytib, do'stim tel nomerini yozib olib, ketaver debdi. Keyin ma'lum vaqt o'tgandan keyin boyagi yigitni akasi kelib, uka men ustaga olib borib, zarar yetgan joyni tuzatsam shunchaga tusharkan, shuncha pul ber debdi. Do'stim, aytgan pulingizni beraman, lekin shuni unutmangki, biz ham siz ham to'rtta g'ildirak ustida yuramiz debdi, u bola men ham buni bilaman, pulni beraver debdi. Do'stim pulni beribdi. Moshinasini ustaga olib borsak , zarar yetgan joyni usta topa olmadi deydi.
Endi o'z boshimdan o'tgan yana bir voqeani yozsam.
Vodiyliklar uchrashuvi-1kuni edi. Forumdoshlar bilan maslahatlashib, peshin namozini shahar markaziy jome' masjidida o'qiydigan bo'ldik. Men forumdoshlarni masjidga olib borib, qarasam moshina qo'yadigan joylar to'lib bo'lidbi. Shunda, sizlar tushib kirib turinglar, man moshinani chetroqqa olib qo'yib kiraman, dedim. Forumdoshlar moshinadan tushishgach, orqani ko'rsatuvchi oynaga qaradim, hech narsa yo'q edi. Orqaga yura boshladim, lekin nimagadir orqaga qaramay yuripman, orqadagi maydon katta bo'lganligi uchun shunday qilgandim, shunda moshina nimagadir urilganini bildim va boshimdan ming xayollar o'tdi, axir orqada hech narsa yo'q ediku...
Ne ko'z bilan qarasam orqada Nexia-2 turipti, ichida bir otaxon kulib turibdilar. Men shoshib tushdimda zarar yetgan joyga qaradim, otaxon hatto moshinadan ham tushmadilar. O'zimcha o'yladim, katta shaharlarda ham bemalol yurardim, oddiygina shu yerda shunday katta joyda shu ahvolga tushib o'tirsam, eng muhimi bu holatni forumdoshlar ham bilishdi, ular ham xijolatga qolishgandi. Boyagi otaxon bilan salomlashdim va, amaki nima qilamiz desam, bolam, peshin vaqti bo'ldi, peshinni o'qib olaylik dedilar. Zarar yetgan joy unchalik bilinmasa ham baribir moshinaga nuqta ham tegmagan, ancha chiroyli holatda edi. Peshinni oq'ib, masjiddan chiqdik va otaxon, tezroq hammasini hal qilsak, mehmonlarimiz bor, ularni ham xijolatga qo'ydim, desam, otaxon yelkamga qo'llarini qo'yib, bolam bu Allohning irodasi, Alloh shuni xohlabdi, shu ish bo'ldi, Bundan boshqacha bo'lishi mumkin emas dedilar. Siz xijolat bo'lmagn dedilar. Bir pas turdilarda, bolam moshina o'glimnikin, men rulga ba'zi-ba'zida o'tiraman. Shunda ham o'g'lim tel qilib, dada qayerdasiz, deb xavotir oladi. Agar yo'q demasangiz, o'g'limga tel qilamiz, shu atrofda bo'lsa kelib, ko'radi, men ham xijolatdan chiqaman, lekin men o'g'limni aniq bilaman, sizlarga hech narsa demaydi dedilar, biz xo'p dedik. Otaxon o'g'illariga tel qildilar, o'g'illarini kuta boshladik, lekin o'rtada vaqt ko'proq o'tib ketdi, bu paytda amaki bilan suhbatlashib turdik, orada u kishi xijolat bo'lib ketaveringlar dedilar, lekin biz ko'nmadik. Nihoyat o'g'illari yetib keldi, biz bilan salomlashdi va yig'ilib turganimizni ko'rib, hayron bo'lib, dada tinchlikmi deb so'radi. Amaki esa, ha bolam tinchlik dedilar, lekin o'g'illariga bo'lgan voqeani aytolmadilar, shunda akam gap boshladilar, aka hozir ukam orqa bilan yurib, moshinangizga urilib ketdi, zarar yetgan joyni ko'ring, yangilab berish kerak bo'lsa, yangilab beramiz dedilar. Boyagi yigit ham zarar yetgan joyni ko'rdi va aka, bu texnika, bundan ham battar holat bo'lishi mumkin, manga hech narsa kerak emas, ketaveringlar dedi. Amaki ham, kulimsirab, shu voqea sabab, bir-birimiz bilan tanishib ham oldik dedilar....
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 31 Avgust 2010, 14:09:01
 :as:

Nodirbekni yozganlarini o'qib, yaqinda forumga joylagan kitobimdagi satrlar esimga tushdi....

Байт:
Бу дунёни лаззатидин кечмай,
А аҳматингдин умидворман деганинг бекоро.
Ҳирс, ҳаво, манманликдин бслмай жудо,
А аҳматингдин умидворман деганинг бекоро.
Ғийбат, шикостдин йироқ бслмай,
А аҳматингдин умидворман деганииг бекоро.
Ҳаром, гуноҳ ишдин сзунгни тортмай,
А аҳматингдин умидворман деганинг бекоро.
Алғон айтиш, бсҳтон ссздин йироқ бслмай,
А аҳматингдин умидворман деганинг бекоро.
Куфр, хато ссздин сзунгни тортмай,
А аҳматингдин умидворман деганинг бекоро.

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4769.msg267306;topicseen#msg267306

Yani u otaxon va o'g'illari Allohning uyini yonida turib, mol-dunyoni janjalini qilsa ham yarashmasdi...
İloyim bunday insonlarimiz ko'payaversin...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Nоdirbek 31 Avgust 2010, 18:14:06
Peshindan keyin bir oz dam olgan edim. Uyqudan tursam, onam iftorlikka bozor qilib kelish kerakligini aytdilar. Xo'p dedimda, jiyanlarim uyda edi, ularni olib, aylanib kelishadi deb,ko'chaga chiqdim. Bozorlikni qilib, moshinaga hamma narsani yuklab, sekin moshinalar orasidan chiqa boshladim va asosiy yo'ldagi moshinani o'tib ketishini kuta boshladim. Lekin yon tomonimda qatordan chiqayotgan damas nimagadir menga yaqin kelaverdi, men signalni qo'yivormay bosaverdim, u esa parvo qilmay, kelib menga urildi. Birdan o'zimni yo'qotganday bo'ldim. Moshinani chetga olib, moshinadan tushdim  akajon nimaga ko'zingizga qaramaysiz, signalni eshitmadingizmi desam, hech nima yo'q ediku dedilar. Bu safargi zarar yaxshigina edi, orqa g'ildirakni tepasi kirib ketgandi. Ehh dedim, nima bo'lsa, bo'lsin dedimda, boyagi yaxshi inson qilgan ishni esladim, va taqdirga tan berib, boyagi insonga ketavering dedim, u kishi esa, kimni o'g'lisiz dedilar, buni nima ahamiyati bor ketavermaysizmi desam, keyin xo'p, rahmat deb ketdilar...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Abdulhafiz 31 Avgust 2010, 22:41:00
Buniyam bir hikmati bordir birodar. Alloh oramizda sizday do'stlarimizni ko'paytirsin. Bunday ko'ngilsiz holatlardan Alloh saqlasin va xayrli amallarizi bardavom qilsin.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: IXLOS 01 Sentyabr 2010, 07:59:41
Assalamu alaykum...

Peshindan keyin bir oz dam olgan edim. Uyqudan tursam, onam iftorlikka bozor qilib kelish kerakligini aytdilar. Xo'p dedimda, jiyanlarim uyda edi, ularni olib, aylanib kelishadi deb,ko'chaga chiqdim. Bozorlikni qilib, moshinaga hamma narsani yuklab, sekin moshinalar orasidan chiqa boshladim va asosiy yo'ldagi moshinani o'tib ketishini kuta boshladim. Lekin yon tomonimda qatordan chiqayotgan damas nimagadir menga yaqin kelaverdi, men signalni qo'yivormay bosaverdim, u esa parvo qilmay, kelib menga urildi. Birdan o'zimni yo'qotganday bo'ldim. Moshinani chetga olib, moshinadan tushdim  akajon nimaga ko'zingizga qaramaysiz, signalni eshitmadingizmi desam, hech nima yo'q ediku dedilar. Bu safargi zarar yaxshigina edi, orqa g'ildirakni tepasi kirib ketgandi. Ehh dedim, nima bo'lsa, bo'lsin dedimda, boyagi yaxshi inson qilgan ishni esladim, va taqdirga tan berib, boyagi insonga ketavering dedim, u kishi esa, kimni o'g'lisiz dedilar, buni nima ahamiyati bor ketavermaysizmi desam, keyin xo'p, rahmat deb ketdilar...

Nodirbek birodar qaytar dunyo deb shunga aytishsa kerak-da...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: yoqutxon 16 Sentyabr 2010, 22:49:48
- Falonchaxon yaxshimisiz? Tinchlimi aptekada nima qib yuribsiz?     -Yaxshiman rahmat. Ko'rmismi kichkinam Palonchajonni tomoqqi og'rivoti.    -Yomon bo'pti. Unda siz shuncha harajat qib o'tirmen. Yaxshisi sala(cho'chqa yog'i) bering Palonchajonga Hudo hohlasa zo'r bo'p ketadi. Man bollarimi mashinaqasiga salada katta qivomanu. O'ziyam konu foyda.   -Rostan shundan berib ko'rimikan.........Aptekada. Ikki haridor ayol suhbatidan.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: BelleQizcha 17 Sentyabr 2010, 01:41:12
bechara bollarni o'zini onasi ohiratda kuydirvottii-yuu.. insof bersin.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 04 Oktyabr 2010, 17:45:51
Ayolim, uch yoshli qizim bilan nonushta qilib o'tirgan edik.
-Dada, menga tug'ilgan kunimga ayiqcha olib berasmi?
-Ha qizim olib beraman...
-Dadang bitiga oberarmidi? deya gapga aralashdi ayolim...

Uzoqdan bu oilani kuzatar ekanman, bundan bir necha yil oldin, bir amakining "Yaxshi ayol yoqani oqartiradi, yomon ayol sochni oqartiradi"deganlari naqadar haqiqatga yaqin ekanligini anglagan edim.
ALLOHim barchamizga solihalardan nasib qilsin...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Robiya 05 Oktyabr 2010, 17:11:37
 :as:

Hozir islom.uz forumida quyidagi postni o'qib qoldim... Juda ta'sirli ekan, Sizlarga ham ilingim keldi:

Gohida qattiq siqilganizda o’qing!!!!

Bir paytlar bir pisohologiya kitobidan bir bo’lim o’qigan edim"¦.
Hayotimiz va turfa ne’matlarning qadrini tushunishimiz uchun bir tavsiya haqida gap ketgandi ichida"¦.
Tavsiya shu : "œGoho tushkunlikka tushib,hayotim men uchun chidab bo’lmaydigan tus oldi dep o’ylay boshlagan damlarda o’zingizga 10 daqiqa vaqt ajrating va o’z janoza marosimingizni o’ylang"¦.
Jumlani dastlab o’qiganimda seskanib ketgandim"¦.
Kirish jumlasini orqasida ijobiy biron tavsiya kutgandim to’grisi"¦"¦Biroq "œo’z o’limimiz va o’z janozamiz"ni o’ylash tavsiya qilingandi"¦.
Badanim muzlab ketdi"¦ va muallif yaxshigina HAZIL qilibti degandim o’shanda..
Lekin o’qishni davom etirdim"¦"¦
Davmida:: "œbuni o’ylaganingizda hayotdagi o’rningizni, tark etganingizda sizdan huvillab qoladigan bo’shliqni, siz sevgan va sizni sevgan insonlar nazdida ahamiyatingizni anglaysiz"¦.

Ayniqsa odamlarning siz haqda nimalar deyishi-yu ular uchun kim ekanliginigizni his qilishga harakat qiling"¦.
U holatdan orqaga yo’l yo’qligini,hayot nomli zahirangiz tugaganini va ularga javob berish imkonidan mahrumligingizni idrok qiling "¦"¦

Yana bir bor bag’ringizga bosish, yana bir marta o’pib qo’yish ehtimolingiz yo’q ekanligini his eting o’z tanangizda"¦.
Duyodagi arazlarning,hijronlarning, janjallarning yonida bu alamni va ortga qayta olmaslikning dahshatli chorasizligini boshdan kechiring"¦..
Mayli joningiz talvasaga tushsin,mayli azoblar ichra qovurilsin ruhingiz
MONE bo’lamang"¦.
O’sha erda, o’sha tobutda hayol qiling o’zingizni"¦"¦"¦..
Tomoshalang sizni ko’rshab turgan yaqinlaringzni yuz ifodasini"¦
Dimog’laridan va qalblaridan kechgn jumlalarni hayol qiling"¦..

O’qishdan to’htab, kitobni chekkaga surib qo’ydim ko’zlarimni yumib, tasavvur qila boshladim"¦
Rafiqamni,o’g’limini, onamni, otamni, opa-ukalarimni va boshqa yaqinlarimni bir bir o’tqazdim janoza marosimidagi o’rinlariga"¦"¦
Bir-birlab joylashtirdim barchasini tobutim atrofiga"¦"¦hayotimda buncha izitrob chekmagan edim"¦. Chunki, ko’rib turgandim"¦..
["œdadaaaaa"¦." dep yig’layatgan yolg’iz og’limni"¦.
Rafiqam ko’lidagi "œyig’layotgan amonatim" bilan zo’rg’a o’zini ko’tarib turishga urinardi, parishon"¦.
Asrlik chinor- otajonim duolar o’qirdi pichirlab, ko’z oldimdan ketmaydi o’sha turishla viqor ila..
Onajonim, bag’ridan bir parcha yulib olinganday ham ichiga, ham tashiga sel qilardi ko’z yoshlarini"¦.
Opa-ukalarim,qarindoshlarim "œbevaqt ketdi,to’ya olmadi o’g’liga" deyishardi titragan ovoz bilan"¦
Va do’stlarim"¦"¦ ular ham karaht edi"¦ ba’zisi "œkechagina birga o’tirgan edik qanaqasiga "¦.." derdi ishonqiramay"¦.
Buni ko’rib ularga "œYo’g’e o’ladim shu erdaman"¦." Deb yuborsihimga oz qoldi hayol ekanligini unutib"¦.
Endi tushundim muallifni nima demoqchiligini hali o’qimasdan davomini kitobni"¦ Ogohlik muhim bir mavhumdir psihologiyada"¦.
Balki also hayolimizga kelmaydigan bir ogohlika diqqatimizni tortmoqchi bo’lgandir muallif..?
Kitobni o’qishga na hohishim qolgandi, na majolim"¦.
Olishim kerak bo’lgan tanbehni oldim"¦ Endi mana kitob nomi ham,muallifi ham hotiramda yoq..
Hozir ham shu satrlani yozib o’tirib juda yomon his qildim o’zimni,"¦ va bunda bir ogohlik ham yo’q ustiga ustak"¦ ozgina o’zimga kelgach ko’ra boshladim hayotimni eng og’ir va eng alamli hayolni"¦
Navbat , atrofimdagilarning o’limim orqasidan nimalar gapirishga kelgandi.. Albatta, nazokatdan bildirilgan ta’ziyalaridan o’zga"¦..
Ulardan qoldigan taasurotlarimni, Boshdan kechirganlamizni bir bir ko’z oldimdan o’tkazib men gapiritirardim hayolda"¦..
Qalblarni o’qirdim,senarisi menga oid bo’lgan holda..Hayotimda nimalar yozgandim o’limimda nimalar o’qirdim..
SHaffof tuyg’lari edi o’qiydiganlarim, o’lim azobi ta’siridagi hissiyotlarimasdi, yechishim kerak chigal matn"¦.
Jigarporam — o’g’limning gapiradigan uncha ko’p narsa yo’q edi..
Qumsardi albatta, yo’qligimni his etardi, yig’lardi balki, esiga tushganim sayin ..
Balki o’limning nimaligini tushinadigan yoshga kelguncha oddiy bir qayg’udan nari o’tmas tuyg’ulari"¦ lekin hayol emasmi, 18-20 yoshga yetkazdim 2 soniyani ichida o’g’limni"¦
"œ uzuq-yuluq eslayman dadajon sizni"¦. Koshki hozir hayot bo’lganingizda,erkaklarcha suhbatlashardik siz bilan"¦Diydoringizga to’yar edim hech bo’lmasa"¦
Mana Bitiruvchilar kechasini ham sizsiz o’tkazdim "¦.Hizmatga otlanyotganimda kimning bo’yniga osilaman sizni o’rningizga??" - deydi yig’isi bo’g’ziga tiqilib

Sevikli rafiqam"¦.: Mening halolim,mahram yo’ldoshim"¦. Qanday chidaydi mensizlikka?
Men uchun bor yo’g’ini fido qilib topshirgan edi o’zini..hayotini suyanchig’I mana toproqqa aylandi endi"¦ Endi hech qachon "œ Sizni sevaman" deya olmaydi.. va har kecha mensizlikni hayqiradi yuziga.. har tong mensiz boshlanadi, hubillagan umrida"¦
FAQAT BITTA GAPI QULOG’IMDA QOLADI ZILDAY:
"œG’IRROMLIK QILDIZ YANA DADASI , QANI BIRGA KO’Z YUMAMIZ DEGANLARIZ??....."
Ota — onam — bugungacha farzand bo’lib dillarini shod etguvchi hech narsa qila olmay ich- ichimdan ezilgan sababi kamolotlarim"¦ Ular Rozi shubhasiz o’g’illaridan "¦ Aslo bilib turib og’ritmagandim dillarini"¦ Umrlarini hazon qilib parvarishlaganlari ulardan avval ko’z yumgandi bu hayotga. Mana oldilarida tobutdaman va duoalariga muhtojman "¦
Qay ota — ona bardosh beradigan alamdirki bu o’z farzandining tobutini kuzatmoq so’nggi yo’lga..
Har holda,insonnig uzun yasha yashaganiga insonning uzun yashaganiga pushaymon bo’ladigan siyrak onlaridan biri bo’lsa kerak bu??
O’zgaglarga o’tmayman bugun bu satlani siz bilan o’rtoqlashganimga ko’ra o’zgalarga endi siz ham dohilsiz.
Faraz qiling bir kuni e-mailizga bir hat keldi o’ldi dep"¦
Sizlar kim biladi nimalar o’ylar va nimalar yozardiz man haqimda.
Umr yo’ldoshim hozir yum yum yig’lamoqda yonimda huddi chindan ro’y bergandek bu voqea"¦
Holbuki muallifni maqsadi "œ Yashashning va hali hafas olayotgan bo’lishni qadrini "œ etmoq edi.
Ho’sha bu hayoldamas haqiqatda ro’y berganda va parda takror ochilmidigan bo’lib yopilgandachi holimiz nima bo’lar edi???
Zero o'lim kimga qachon va qay holatda mehmon bo'lishini Allohdan o'zga hech kim bilmidi.

Assalamu alaykum wr wb..
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: yoqutxon 05 Oktyabr 2010, 22:39:18
Assalam aleykum.Bu voqea yaqinda bir dugonamning akasi bilan bo'ldi .Dugonamning akasi islomni bir muslimaga ko'paytirish maqsadida dindan umumman habari yo'q oilaning qiziga uylandi. Dugonamning oilasini bilaman Olloh buyurgan ishlarni qo'llaridan kelgancha ado etishga harakat qiladiganlardan.Oilada ham islomiy tarbiya. Shunday qilib to'ydan so'ng dugonamni akasi  o'z juft haloliga namoz o'qishi kerakligini aytadi. Bu gapdan keyin kelin hafa bo'lib o'z ota onasiga erining zug'umlari haqida aytib beradi. Shundan keyin kelining ota onasi kelib " Nimaga qizimga namoz o'qisan deding? U nima gunoh qiptiki namoz o'qidi? Namozzi gunohi ko'pla o'qidi" deb yangi kelinchak qizlarini olib ketib qolishibdi. Bilmadim balki dugonamning akasi  islomni bir solihaga ko'paytiraman deb to'g'ri ish qilgandir lekin menimcha u Ollohning  ayrim insonlar qalbiga solgan qulfi  haqida , u qulfni Ollohdan o'zga hech kim ocha olmasligini esidan chiqarib qo'ydimikan deb o'ylab qolaman........................
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Hadija 07 Oktyabr 2010, 13:38:40
Astag'firulloh, tavba tavba...
Bir tomondan Habib akaning ham gaplarida jon bor, teng tengi bilan... Tavba...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Chustiy 10 Oktyabr 2010, 06:47:05
:as:

Hozir islom.uz forumida quyidagi postni o'qib qoldim... Juda ta'sirli ekan, Sizlarga ham ilingim keldi:

Gohida qattiq siqilganizda o’qing!!!!

Bir paytlar bir pisohologiya kitobidan bir bo’lim o’qigan edim"¦.
Hayotimiz va turfa ne’matlarning qadrini tushunishimiz uchun bir tavsiya haqida gap ketgandi ichida"¦.
Tavsiya shu : "œGoho tushkunlikka tushib,hayotim men uchun chidab bo’lmaydigan tus oldi dep o’ylay boshlagan damlarda o’zingizga 10 daqiqa vaqt ajrating va o’z janoza marosimingizni o’ylang"¦.
Jumlani dastlab o’qiganimda seskanib ketgandim"¦.
Kirish jumlasini orqasida ijobiy biron tavsiya kutgandim to’grisi"¦"¦Biroq "œo’z o’limimiz va o’z janozamiz"ni o’ylash tavsiya qilingandi"¦.
Badanim muzlab ketdi"¦ va muallif yaxshigina HAZIL qilibti degandim o’shanda..
Lekin o’qishni davom etirdim"¦"¦
Davmida:: "œbuni o’ylaganingizda hayotdagi o’rningizni, tark etganingizda sizdan huvillab qoladigan bo’shliqni, siz sevgan va sizni sevgan insonlar nazdida ahamiyatingizni anglaysiz"¦.

Ayniqsa odamlarning siz haqda nimalar deyishi-yu ular uchun kim ekanliginigizni his qilishga harakat qiling"¦.
U holatdan orqaga yo’l yo’qligini,hayot nomli zahirangiz tugaganini va ularga javob berish imkonidan mahrumligingizni idrok qiling "¦"¦

Yana bir bor bag’ringizga bosish, yana bir marta o’pib qo’yish ehtimolingiz yo’q ekanligini his eting o’z tanangizda"¦.
Duyodagi arazlarning,hijronlarning, janjallarning yonida bu alamni va ortga qayta olmaslikning dahshatli chorasizligini boshdan kechiring"¦..
Mayli joningiz talvasaga tushsin,mayli azoblar ichra qovurilsin ruhingiz
MONE bo’lamang"¦.
O’sha erda, o’sha tobutda hayol qiling o’zingizni"¦"¦"¦..
Tomoshalang sizni ko’rshab turgan yaqinlaringzni yuz ifodasini"¦
Dimog’laridan va qalblaridan kechgn jumlalarni hayol qiling"¦..

O’qishdan to’htab, kitobni chekkaga surib qo’ydim ko’zlarimni yumib, tasavvur qila boshladim"¦
Rafiqamni,o’g’limini, onamni, otamni, opa-ukalarimni va boshqa yaqinlarimni bir bir o’tqazdim janoza marosimidagi o’rinlariga"¦"¦
Bir-birlab joylashtirdim barchasini tobutim atrofiga"¦"¦hayotimda buncha izitrob chekmagan edim"¦. Chunki, ko’rib turgandim"¦..
["œdadaaaaa"¦." dep yig’layatgan yolg’iz og’limni"¦.
Rafiqam ko’lidagi "œyig’layotgan amonatim" bilan zo’rg’a o’zini ko’tarib turishga urinardi, parishon"¦.
Asrlik chinor- otajonim duolar o’qirdi pichirlab, ko’z oldimdan ketmaydi o’sha turishla viqor ila..
Onajonim, bag’ridan bir parcha yulib olinganday ham ichiga, ham tashiga sel qilardi ko’z yoshlarini"¦.
Opa-ukalarim,qarindoshlarim "œbevaqt ketdi,to’ya olmadi o’g’liga" deyishardi titragan ovoz bilan"¦
Va do’stlarim"¦"¦ ular ham karaht edi"¦ ba’zisi "œkechagina birga o’tirgan edik qanaqasiga "¦.." derdi ishonqiramay"¦.
Buni ko’rib ularga "œYo’g’e o’ladim shu erdaman"¦." Deb yuborsihimga oz qoldi hayol ekanligini unutib"¦.
Endi tushundim muallifni nima demoqchiligini hali o’qimasdan davomini kitobni"¦ Ogohlik muhim bir mavhumdir psihologiyada"¦.
Balki also hayolimizga kelmaydigan bir ogohlika diqqatimizni tortmoqchi bo’lgandir muallif..?
Kitobni o’qishga na hohishim qolgandi, na majolim"¦.
Olishim kerak bo’lgan tanbehni oldim"¦ Endi mana kitob nomi ham,muallifi ham hotiramda yoq..
Hozir ham shu satrlani yozib o’tirib juda yomon his qildim o’zimni,"¦ va bunda bir ogohlik ham yo’q ustiga ustak"¦ ozgina o’zimga kelgach ko’ra boshladim hayotimni eng og’ir va eng alamli hayolni"¦
Navbat , atrofimdagilarning o’limim orqasidan nimalar gapirishga kelgandi.. Albatta, nazokatdan bildirilgan ta’ziyalaridan o’zga"¦..
Ulardan qoldigan taasurotlarimni, Boshdan kechirganlamizni bir bir ko’z oldimdan o’tkazib men gapiritirardim hayolda"¦..
Qalblarni o’qirdim,senarisi menga oid bo’lgan holda..Hayotimda nimalar yozgandim o’limimda nimalar o’qirdim..
SHaffof tuyg’lari edi o’qiydiganlarim, o’lim azobi ta’siridagi hissiyotlarimasdi, yechishim kerak chigal matn"¦.
Jigarporam — o’g’limning gapiradigan uncha ko’p narsa yo’q edi..
Qumsardi albatta, yo’qligimni his etardi, yig’lardi balki, esiga tushganim sayin ..
Balki o’limning nimaligini tushinadigan yoshga kelguncha oddiy bir qayg’udan nari o’tmas tuyg’ulari"¦ lekin hayol emasmi, 18-20 yoshga yetkazdim 2 soniyani ichida o’g’limni"¦
"œ uzuq-yuluq eslayman dadajon sizni"¦. Koshki hozir hayot bo’lganingizda,erkaklarcha suhbatlashardik siz bilan"¦Diydoringizga to’yar edim hech bo’lmasa"¦
Mana Bitiruvchilar kechasini ham sizsiz o’tkazdim "¦.Hizmatga otlanyotganimda kimning bo’yniga osilaman sizni o’rningizga??" - deydi yig’isi bo’g’ziga tiqilib

Sevikli rafiqam"¦.: Mening halolim,mahram yo’ldoshim"¦. Qanday chidaydi mensizlikka?
Men uchun bor yo’g’ini fido qilib topshirgan edi o’zini..hayotini suyanchig’I mana toproqqa aylandi endi"¦ Endi hech qachon "œ Sizni sevaman" deya olmaydi.. va har kecha mensizlikni hayqiradi yuziga.. har tong mensiz boshlanadi, hubillagan umrida"¦
FAQAT BITTA GAPI QULOG’IMDA QOLADI ZILDAY:
"œG’IRROMLIK QILDIZ YANA DADASI , QANI BIRGA KO’Z YUMAMIZ DEGANLARIZ??....."
Ota — onam — bugungacha farzand bo’lib dillarini shod etguvchi hech narsa qila olmay ich- ichimdan ezilgan sababi kamolotlarim"¦ Ular Rozi shubhasiz o’g’illaridan "¦ Aslo bilib turib og’ritmagandim dillarini"¦ Umrlarini hazon qilib parvarishlaganlari ulardan avval ko’z yumgandi bu hayotga. Mana oldilarida tobutdaman va duoalariga muhtojman "¦
Qay ota — ona bardosh beradigan alamdirki bu o’z farzandining tobutini kuzatmoq so’nggi yo’lga..
Har holda,insonnig uzun yasha yashaganiga insonning uzun yashaganiga pushaymon bo’ladigan siyrak onlaridan biri bo’lsa kerak bu??
O’zgaglarga o’tmayman bugun bu satlani siz bilan o’rtoqlashganimga ko’ra o’zgalarga endi siz ham dohilsiz.
Faraz qiling bir kuni e-mailizga bir hat keldi o’ldi dep"¦
Sizlar kim biladi nimalar o’ylar va nimalar yozardiz man haqimda.
Umr yo’ldoshim hozir yum yum yig’lamoqda yonimda huddi chindan ro’y bergandek bu voqea"¦
Holbuki muallifni maqsadi "œ Yashashning va hali hafas olayotgan bo’lishni qadrini "œ etmoq edi.
Ho’sha bu hayoldamas haqiqatda ro’y berganda va parda takror ochilmidigan bo’lib yopilgandachi holimiz nima bo’lar edi???
Zero o'lim kimga qachon va qay holatda mehmon bo'lishini Allohdan o'zga hech kim bilmidi.

Assalamu alaykum wr wb..

 :vslm:

Буни бундан адашмасам агар, беш йилча олдин ман вордга кучирган ва узислам.ком форумига жойлаган сдим (агарда, бошка хам кул урмаган булмаса)
Бу аслида Хан никли бир форумдош окамизи каламларига мансуб булиб, бу аслида повер пайинтда килинган, асл нусхаси снада таъсирли...

Мана уша асл нусхаси, хохловчилар юклаб олиб узлари куришлари мумкин

http://rapidshare.com/files/424135641/Hasbihol-I_1_..zip

Л.С: Хан биродаримиз тайёрлаган слайдлар жуда куп, хохловчилар булса улашишимиз мумкин  ;)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: yoqutxon 16 Oktyabr 2010, 19:30:55
Assalom aleykum.
Bir kuni obet payti edi ishxonada hamma obet qilishga kirib ketgan... Men bir o'zim savdoda qolgan edim. Bir o'rta yoshlardagi ayol kirdi u , bu narsa olganidan so'ng mendan farmasevtika haqida so'rashni boshladi:
- Maniyam bitta qizim bor , bu yil o'qishga kirishi kerak, o'zicha dizaynga kiraman divvoti, dizayner bo'p nima qilasan qizim, bo'midi bu ishing deb, farmasevtikaga topshirtirdik.......
- Ha farmasevtika yaxshi kasb....
- Ha manam o'shani etimde , o'qishshi bitirib u , bu aptekaga ishga kirsen, oylik ham yaxshi aptekada, kasallikla ularga  dori porilaniyam biladigan bo'lasan, keyin dorilani ustiga pul  qo'yib sotsang ham  ancha muncha qoladi o'zinga deb.Mana sizam bekorga , bitta oylikka qarab ishlamayapgandirsiz?
- Iye opa Hudo asrasin birovvi haqini yiyishdan...
- Vay hali yoshsizde, mundo pishiq bo'lish kerak hozirgi zamonda.
Ortiq gapirmadim.Indamiy qo'ya qoldim.U ayol esa bilmadim ichidan nima o'tdi, lekin Tavba degandiy qarab chiqib ketdi..
O'ylab qoldim, Zamonga nima qipti? Hozirgi zamonda birovni haqqini yeyish kerakmi?Nega ota- onalar o'z farzandlariga shunaqa narsalarni o'rgatib pishiq qilib tarbiyalashayapti?..............  deb.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: yoqutxon 31 Oktyabr 2010, 15:18:50
Imkon.

Kunlardan bir kun bir insoning boshiga kulfat tushib, daryoda cho'ka boshlabdi.  U jon holatida Ollohdan suv changalidan qutqarishini so'ray boshlabdi. Shunda uning yonidan bir kemachada baliqchi o'tib qolibdi. Baliqchi unga darrov yordam berishga tushibdi" Kemachamga chiq" debdi. Cho'kayotgan odam esa " Yo'q men Ollohdan yordam so'radim, uning o'zi menga yordam beradi" deb baliqchini taklifini rad qilibdi.
Suv bilan olishib kuchi ketib borayotganda yonidan avvalgidan ancha kattaroq kema o'tibdi. Kemadagi odamlar unga yordam qo'llini cho'zishibdi. Lekin u  " Menga Olloh yordam beradi" deb yana rad qilibdi.Kemadagilar ham hohishing deya yo'llidan qolmay ketishibdi.
Shundan so'ng cho'kayotgan insoning eng ohirgi kuchlari olgan paytda yonidan bir katta parahod o'tibdi. Parahoddagilar tabiiyki yordam taklif qilishibdi. Lekin rad javobini olib yo'llarini davom etirib ketaverishibdi. Shu bilan o'sha odam cho'kib ketibdi.
Ruhi foniy dunyoni tark etib, boqiy dunyoga yo'l olgach. U Haq Taolodan " Sen bizga nimaiki so'rasanglar men, beraman degan eding. Men cho'kayotganimda sendan jonimni asrab qolishingni yolvorib duo qilib so'ragan edim, nega meni duolarimdi ijobat qilmading " deb savol beribdi. Shunda Haq Taolo " Cho'kayotganingda mendan seni suv iskanjasidan qutqarib, omon qoldirishimni so'rading, shunda men senga birinchi kemachani yo'liqtirdim, qabul qilmading, keyin katta  kemani yo'liqtirdim unga ham rad qilding, keyin parahodni yo'liqtirdim unga ham ko'nmading, senga uchta imkon yetmaydimi?" deb javob qaytaribdi.................................

Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 06 Noyabr 2010, 15:09:40
1997 yil.

Tico mashinasini olganimga hech qancha bo'lgani yo'q edi.

Toychoq yap-yangi hali yog'i ham ketmagandi.

Yangiyer-Guliston bo'ylab kira qila boshladim.

Moshina yangiligidanmi, yoki ALLOHim ishimni rivojini berdimi bilmadim, hullas mijozlarim ko'p bulardi.

 Bir kuni yoshlari 30-35 atrofidagi ikki kelishgan, baquvvat yigitlar kelib:

-Aka Buxoroga bormaymizmi deb qoldi.
-Boramiz...
-Qancha bo'ladi bordi-keldi?
-...shuncha,
-Kettik bo'masam...
  
 Taxminan kech soat 20.00larda Buxoroga kirib keldik. Bir choyxonada ovqatlanganimizdan keyin, qandaydir mahallalarga kirib ikki tabaqali darvoza yonida to'xtadik.

-Siz shu yerda kutib turing, biz kechroq yoki ertalab chiqamiz...
-Bo'pti. dedim o'rindiqni yotqizib bir past dam olish ilinjida uxlab qolibman.

Bir uyg'onsam soat 23.00 chiqishmabdi dedimda yaxshilab joylashvolib yana uyquni davom ettiraverdim.

Qadam tovushidan uyg'onib kettim. Tashqarida uch kishi moshina atrofini aylanib, uyga kirib ketishdi, soatga qarasam tungi 1.20.

Chiqishsa bo'lardi dedimda yana uyquda davom ettim.

Bir payt moshina oynasini kimdir taqqillatyapti, qarasam haligi bollardan biri, eshikni ochsam:
-Aka manavini bir joyga qo'yip-qo'ying deb paketga o'ralgan bir nima berdi-da o'zi yana uyga  kirib ketti.

O'rindiqni tagiga haligi yigit berib ketgan paketni joyladim. Soatga qarasam 3.30

Yana ko'zim ilinibdi, tongi soat 5 larda oyna taqqillaganidan uyg'onib kettim.

Haligi ikki yigit, qo'lida katta-katta sumkalar bilan chiqishdi-da:
-Kettik aka endi ishimiz bitti dedi.

Gulistonga yetib kelganimizdan keyin, kelishilgan puldan ikki hissa ko'p berishdi-da:
-Rahmat aka, kechasi bilan bizni kutdiz, rozi bo'li dedi.

Ishlar besh. Uyga keldimda yotib damni oldim.

Ertalab turib, moshinani yuvdim.

Nogahon o'rindiq tagidagi paketga ko'zim tushdi, nima ekan deb ochib qarasam pul! Uch yuz ming! U paytlar bu katta pul edi, nima qilay ekan endi deb rosa o'ylandim. Pulni uyda qoldirib, ishga chiqdim. Haligi bollarni qidirib topa olmadim.

Oradan bir oylar o'tdi chamasi haligi bollardan birini ko'rib qoldim, yugurib oldiga bordim-da:
-Uka yaxshimisan, meni tanidingmi?
-Yaxshimisiz? Yo'q tanimadim?
-Eslisanmi bir oy oldin Buxoroga borgandik meni Ticomda.
-E, ha esladim, sog'lig'iz yaxshimi? Tinchlikmi?
-Ha, usha kuni kechqurun oldimga chiqib bir paket berib shu turip-tursin deganding...Esdan chiqibdi ertasi kuni ko'ribman shu omonatni berib qo'yay deb silarni rosa qidirdim. Mana bugun ko'rib qoldim...
-Haaa, umi, u sizi "dolya"iz edi...
-Tushunmadim?
-Nime tushunmis aka, soat 1larda moshinaizi atrofini aylanib uch kishi uyga kirib ketganini eslisizmi?
-Ha, ha
-Ha, biz o'sha kuni o'yinga borgandik Buxoroga, kartada omadimiz chopmay bor pulimizni yutqazdik, uyinga tikadigan pulimiz qomagandan keyin, tashqarida ticomiz bor xohlasalaring shuni tikamiz degandik, usha uch kishi moshinani ko'rgani tashqariga chiqib kelgandi.
 Sizi moshinaizi o'yinga tikib keyin qo'limiz baland kelib ertalabgacha ularni hamma pulini yutvoldik, siz ko'rgan ikkita katta sumkalar hammasi pul edi...

 Qarshimdagi odamni gapini oxirigacha eshita olmadim...
 
 Qo'l oyog'imdan kuch ketgandi...holsizlana boshladim...Ushandan beri Gulistondan boshqa joyga bormidigan bo'ldim...

Adham akani so'zlarini Shoxruh Mirzo oqqa ko'chirdi.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: siddiqa 10 Noyabr 2010, 05:47:05
    Pashsha  

Pashsha ho'kizning shohiga qo'nib uzoq vaqt o'tirdi .
  keyin ketishdan oldin ho'kizga gap otdi .:

  Nima deysan balki uchib ketmaganim maquldir a?

Ho'kiz : heh ,homtama bo'lma azizim seni qachon qanday

qo'nganingni bilmaganimday ,uchib ketganingni ham sezmayman .

qissadan hissa : pashsha bo'lmang ........

o'zingizni o'rningiz ,
 maqsadingiz .........
   bu dunyoga nimaga kelganingizni unutmang ........

Borlari nimayu ,yo'qlari nima insonga aylanmang .kim uchundir kerakligingizni his qiling .
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shokir 23 Noyabr 2010, 23:18:13
NAMOZ...

BISMILLAHIRRAHMANIRRAHIMI"¦
"¦ ASSALATU I’MADUDDINI"¦
Namoz naqadar qiymatli va
muhim , ham naqadar arzon
va oz bir sarfiyot ila
qozonilishligini , hamda
benamoz odam naqadar
telba va zararli ekanini ikki
karra ikki to’rt ekanligini
bilish darajasida qat’iy
anglamoq istasang , bu
misoliy hikoyachaga boq,
ko ’r"¦

Bir zamon bir buyuk hokim
ikki hizmatkorini har biriga
yigirma to ’rtdan oltin berib ,
ikki oylik masofa
uzoqligidagi hos va go’zal bir
go’shaga istiqomat qilishlari
uchun yuboradi . Va ularga
amr etadi : "œBu pulni yo’l va
chipta harajatiga ishlating .
Hamda u yerdagi
maskaningizga lozim bo ’lgan
narsalarni sotib oling . Bir
kunlik masofadan so ’ng bir
bekat keladi . Ham mashina ,
ham kema , ham poyezd ,
ham tayyora (samolet) bor .
Sarmoyangizga qarab
mining ""¦
Ikki hizmatkor dars
olganlaridan so ’ng yo’lga
ravona bo’ladilar.
Biri bahtiyor ediki , bekatga
yetgunga qadar bir oltin
sariflaydi va shu sarf ichida
Hokimiga yoqadigan
shunday go ’zal bir tijoratni
qo’lga kiritadiki , sarmoyasi
birdan mingga chiqadi .
Ikkinchi hizmatkor badbaht ,
betayin bo ’lganidan ,
bekatga qadar yigirma uch
oltinini sariflab yuboradi .
Qimor —mimorga berib ,
sarmoyasi zoya ketadi va
nihoyat bir dona oltini
qoladi . Hamrohi unga deydi :
"œ Ey , sen bu oltiningni bir
chiptaga ber , toki bu uzun
yo ’lda yayov va och
qolmagaysan . Ham bizning
hokimimiz karamli , balki
rahm qilar , qilgan qusuringni
afv etar va seni tayyoraga
mindirarlar . Bir kunda
istiqomat qiladigan
maskanimizga yetamiz .
Yo ’qsa ikki oylik bir cho’lda
och , yayov , yolg’iz
ketmoqqa majbur bo’lasan"..
Ajabo , bu odam qaysarlik
qilib , u bir oltinini hazina
kaliti hukmida bo ’lgan bir
chiptaga bermay ,
vaqtinchalik bir lazzat uchun
kayfu-safoga sarf etsa , go ’yat
aqilsiz , zararli , badbaht
ekanini eng aqilsiz odam
ham anglamasmi ?!
[/b]

Hullas , ey namozsiz odam !
Va ey namozdan
hushlanmagan nafsim !
Ul hokim — Rabbimiz .
Holiqimizdir.
Uning hizmatkori bo’lgan ul
ikki yo’lchi esa , biri —
namozini shavq ila ado
etuvchi dindor ; ikkinchisi ,
go ’fil namozsiz insonlardir .
Ul yigirma to’rt oltin —
yigirma to’rt soat —har kungi
umrdir .
Ul go’zal go’sha —jannatdir .
Ul bekat esa — qabrdir .
Ul sayohat —qabirga ,
qiyomatga , abadiyatga
ketiladigan inson safaridir .
Amalga ko ’ra , taqvo
quvvatiga ko’ra ul uzun yo’lni
farqli darajalarda bosib
o ’tadilar . Bir qisim taqvo ahli
ming yillik yo’lni yashin kabi ,
bir kunda kesib o’tadi . Bir
qismi esa hayol kabi, ellik
ming yillik bir masofani bir
kunda kesib o ’tadi . Qur’oni
Azimushshon bu haqiqatga
ikki oyat ila ishorat qiladi .
Ul chipta esa — NAMOZDIR.
Besh vaqt namoz uchun ,
tahorati ila , yolg ’iz bir
soatgina vaqt kifoya qiladi .
Ajabo , yigirma uch soatini bu
qisqagina dunyoviy hayotga
sarflagan va ul uzun abadiy
hayotga bir soatini ham
sarflamagan inson naqadar
zarar qiladi, naqadar nafsiga
zulm etadi , naqadar aqliga
hilof ish tutadi ! Zero , ming
odamning ishtirok etgan bir
lotoreya qimoriga , garchi
yutish ehtimoli mingdan
birga teng bo ’lsaham , yarim
molini tikishni aqli qabul
qilsa-yu , ammo yigirma
to ’rtdan bir molini yuzdan
to’qson to’qqiz ehtimol ila
yutishi tayin bo’lgan bir
abadiy hazinaga bermaslik
naqadar aqlga va hikmatga
hilof harakat etganini ,
naqadar aqldan uzoq
bo ’lishini , o’zini oqil
hisoblagan har odam
anglamasmi ?..
Holbuki namozda ruhning ,
qalbning va aqilning buyuk
bir rohati bor . Badanga ham
u qadar og ’ir ish emas .
Ham namoz o’qiganning
boshqa muboh bo’lgan
dunyoviy amallari go’zal bir
niyat ila ibodat hukmini
oladi . Bu shaklda butun umr
sarmoyasini ohiratga mulk
qila oladi , foniy umrini bir
jihatda boqiylashtiradi.

Mo'mining vatani Jannat sobshestwosidan
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 25 Noyabr 2010, 14:57:35
Atrofimga qarayman...

ALLOHU Akbar, ALLOHU Akbar
ALLOHU Akbar, ALLOHU Akbar...

Ashhadu alla ilaha illalloh
Ashhadu alla ilaha illlalloh...

 Ana, uzoqlardan muazzinning go'zal ovozi eshtilmoqda...

 Qalblarni junbushga keltiruvchi azon, insonga hush yoqadi...

 Atrofimga qarayman, yoshu-qari, kattayu-kichik, masjid sari oshiqadi...

 Ie?! Nega anavilar, bemalol bozorlarda yurishibdi?
 
 Beihtiyor yaqinda bir kitobda, yaxshi sanad bilan rivoyat qilingan hadis ma'nosi o'ylarimga qovushadi...

Nabiy s.a.v.:
-Kofir va mushriklarga salom beringlar, lekin ummatimning munofiqlariga salom bermanglar.
-Ummatingizni munofiqlari kim yo RasulALLOH? (s.a.v.) so'rashdi sahobai kiromlar.
-Azon va iqomatni eshitganda namozga kelmaydiganlar.-deya javob berdilar, Sarvari koinot s.a.v.

 ...Axir,
...axir men ularga har kun salom beramanku...?!

 Atrofimga qarayman...Namozga shoshilayotganlardan, najotdan qolayotganlar ko'proq edi...

 ...Hayya alal falah, hayya alal falah...
  ALLOHu Akbar, ALLOHu akbar
  La ilaha illalloh...
 
 Muazzinning go'zal ovozi hayollarimni to'zg'itib yubordi...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 26 Noyabr 2010, 17:11:33
Kecha va Bugun.

O'tmishda bir boy bo'lardi. Haj qilish uchun ikki ming tillo yig'di. Do'stlari bilan safarga chiqishga kelishib yurgan kunlarining birida, o'g'li uyiga yig'lab kirib keldi.
-Ha o'g'lim nega yig'layapsan deb so'radi boy.
-Qo'shnimiznikiga chiqqan edim, go'sht yeyishayotgan ekan, menga ol demadi, biznikidan ancha-muncha narsa yeb turishardi.-dedi o'g'il yig'lab.
 Boy darrov darg'azab bo'lib, qo'shninikiga chiqdi-da:
-Ha, go'sht yeb qoldilaringmi? Bizni o'g'ilchani shu go'shtdan yegisi kelgan ekan, ol demabslar? Bir tutam go'sht berganlaringda bo'lmasmidi? Men silarga qo'y so'yib berardim-dedi.
-Qo'shnijon, bu go'sht o'g'lingizga xarom, bizga halol. Uch kundan beri bollarim bilan tuz totganim yo'q, bollarimning ochlikdan sillasi qurib, o'lib qolay deyishdi. Bugun ertalab ko'chaga chiqsam jar bo'yida bir mol o'lib yotgan ekan.
"Ey ALLOHim bu boshqalarga xarom menga halol" dedimda molni so'yib bollarimga yedirdim.

 Boyni ko'zlaridan duvullab yosh oqa boshladi. Darrov uyiga kirib, Haj uchun niyat qilgan ikki ming tilloni olib chiqdi-da qo'shnisini qo'liga tutqazib, qo'shnini tavof qila boshladi...

 Haj mavsumi tugab, boyni do'stlari Hajdan kelib boyga qarata:
-Sizni Baytullohni tavof qilayotganingizni ko'rdik, lekin yo'lda ko'rmadik, bizdan oldin keldingizmi? -deb so'rashdi...

(Lafz Foziljon qoriniki. ALLOHim rahmatiga olsin.)

Shu kunlarda Hojilarimiz yangi bid'atni o'ylab topishibdi. "Hoji to'y" degan. Emishki Hajga borib kelganidan keyin faloncha kishini chaqirib, mana shuncha kilo osh berish kerak ekan?!
 Yaqinda bir Hoji akamiz, shunday to'ylarini o'tkazibdi. Oradan hech qancha kun o'tmasdan bir qo'shnisi chiqib:
-Hoji aka qo'shnijon, bolam kasal. Obormagan joyim, ko'rsatmagan doktorim qolmadi. Uyimdagi bor narsani sotdim. Davolatish uchun ozgina pul yetmayapti. Operatsiya qilishga ozgina qarz berib turing.-desalar. Hoji akamiz:
-Uyalmaysizmi mendan pul so'ragani?! Yaqinda yangangiz bilan nechchi ming dollar sarflab Hajga borib keldim. Ustiga-ustak, kecha yaqinda hoji to'y qildim menda pul nima qiladi? debdilar...

(Lafz Nuriddin qori akamizniki.)

Hajga borish uchun uch ming dollar harajat qilish kerak bo'lsa, ayrimlarda shu pul bor, lekin Hajga borib kelgandan keyin, u yoqdan do'ppi, tasbeh yana nimalar sovg'aga olib kelish kerak ekan, yana kelgandan keyin odamlarga osh berish kerak ekan. deb, qolganiga pul topolmay Hajga bormayotganlar qancha?

(Lafz Yorqinjon qori akamizniki.)

Kamina ushu yozganlarim bilan:
-Falonchi qori unday dedi, pismadonchi qori bunday dedi demoqchimasman. Bular hammasi kecha bo'lgan va bugun bo'layotgan voqealar.

Har uch voqelikda olam-olam ma'no mujassam...

Xulosa sizdan...

Shu o'rinda ikki og'iz:
Tavofu baytul Halil kori onson ast,
Tavofu baytul Jalil kori mardon ast.

Kimni dunyosi bo'lsa ALLOHning uyini tavof qilish unga oson.
Haqiqiy ALLOHning uyi mo'minning qalbi bo'ladi. Uni faqat mard kishi tavof qiladi. deydi Hazrati Jaloliddin Rumiy...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Habibilloh 26 Noyabr 2010, 18:15:39
Necha yillarki vatandoshlarimiz Xaj ibodatlarini emin-erkin bajarib kelmoqdalar. Buning uchun mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimovga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!!! :amn:
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: BelleQizcha 30 Noyabr 2010, 17:05:16
Khozirgi kunga kelib musulmon va kofirni ajratish qiyin bkb qoldi! Ayniqsa qizlarni"¦
Muhammad isimli yigitam,oysha isimli qiz john va jessicka hammasi bitta kechki clubda raqsga tushishadi!
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Sevdo 15 Dekabr 2010, 14:52:08
Bir holat meni uylantiradi,uylab uyimni ohiriga yetolmayman,shunda bir hulosaga kelaman:ALLOH o'zi istagan bandasinigina hidoyatdga boshlarkan.Bugungi holatni kurib yoqangni ushlaysan kishi.Hali yosh bo'la turib,jahannam azobidan,Allohni qahridan farzand qo'rqa olyapdiyu,ammo negadr janozalarni ko'pini ko'rgan,o'limi kun sayin yaqinlashib kelayotgan ota ona bunday tuyg'udan g'aflatda!Ahir bu ne holatki,farzand men namoz uqiyapman ota,shu arog' uyda turmasin,olib chiqib tashkaylik degan so'zi uchun otasidan dashnomlar eshtsa.Ona dugonalarizi sur'atini albom ichiga solib quyaylik.Tirik jonzotni sur'ati osilgan uyga rizq farishtalari kirmaskan degan gaplari uchun ming ma'lomatlarga qolsa.
Bu holdan qanday yurak ezilmasin.Farzand ming ihlos bn namoz uqib,ruza tutsayu,ota ona aroq ichib mast yursa.Bu holda farzand nima qilsin?Albatda shubha yuqki Alloh bizga mehribon zotdir,Ota ona esa Yer yuzida bizga mehr kursatguvchilardir.Nima un anashu mehribon insonlar farzandini Allohni tanishdan tusyapdi?Islomni yaqindan urganayotgan farzand ota ona tusig'iga duch kelsa nima qilsin?Uham hayron,rosti men ham.UNGA BITTA MASLAHAT BERA OLAMAN halos:aziz dustim Olamlarni yaratgan,seniyu meni hidoyatga boshlagan,ota onamizdanda bizga mehribonroq zot InshaAllah ota onangni ham hidoyatga boshlaydi.SEN FAQAT DUO QIL,qalblaridagi qulflarini och,iymon nuri ila qalblarini nurafshon et deb so'ra.FAQAT CHIN KUNGILDAN,IHLOS BILAN SURA,ALLOH ESHTGUVCHI ZOTDIR.Alloh barchamizni hidoyatga boshlasin amin
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 14 Aprel 2011, 05:06:02
Бир одам Оврупога тақлид қилишни жуда схши ксрарди. Таом ейишдан олдин бақбақасини кстариб турган ёқасига сочиқ қистиради — немисларда шундай одат бор скан. Зиёфатларга борганда биринчи қиладиган иши — қслини ароқ билан ювади — франяузлар микробга қарши шундай курашар сканлар. Ўйнаши билан спишишдан аввал оғзига атир пуркайди — италисликлар бекорга шундай қилишмас. Ҳаммомга тушса, отасидан хафа бслиб кетади — отаси бечора овруполикларнинг суннат қилинмасликларини билмай шу бемазагарчиликни қилиб қсйган-да бир вақтлар. Унинг снг зср одати — зиёфатларга голландисликлар каби керилиб келиб, инглизчасига индамай, бошқаларга сездирмай чиқиб кетарди. Инглизлар еб-ичиб, тсйишгач, ҳеч ким билан хайрлашмай, раҳмат ҳам демай, индамай жснаб қолишаркан. Кетган одамни биров билиб, биров билмай қоларкан.
Тақдирнинг ёзуғини қарангки, бу одамнинг оламни тарк стиши ҳам инглизчасига бслди: оиласи билан рози-ризолик ҳам тилаша олмади, слиб, ксмилганини биров билди, биров билмай ҳам қолди.
Ўзбекчасига сшаб, сзбекчасига слиш ҳам бир бахт скан-да, а?

(Toxir Malik)

Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Aprel 2011, 12:03:52
Davlating borida, avjing zo'rida
Yo'qlab kelar hatto begonalar ham.
Davlating yo'g'ida, baxting sho'rida
Saloming olmaydi devonalar ham.

Nuriddin Haydarov yuksak maxorat bilan ijro etgan ushbu qo'shiqni juda yaxshi ko'raman. Xuddi mening hayotimdan olingandek,go'yo. Ikki kun avval bir "do'stim"dan qo'l telefonimga sms kelibdi. Meni juda sog'inganligidan sms yuborganligini aytgan "do'stim" salomatliklarimdan, ishlarimdan so'rabdi xatida.   Mening o'rnim bilinayotganligini qisitirib o'tibdi so'zini orasida. Ishlarim sal orqaga ketgan paytlarni esladim. O'shanda xuddi o'sha "do'stim" choyxonada ulfatlar davrasida meni kalaka qilganligi, mening chet elda ta'lim olib kelgan esam-da ishlarim yurishmayotganlgiyu, o'zining o'rta maktab shaxodatnomasi bilan ham mendan a'lo darajada hayot kechirayotganligni aytgandi... Endi bo'lsa o'rnim bilinayotganligini aytibdi. Men uning o'sha paytdagi muomalasini butkul unutgandim. Azaldan shundayman. Ichimda kek saqlashni yomon ko'raman. Qaytaga xursand bo'ldim. Meni eslabdiku, harxolda, deb qo'ydim o'z-o'zimga.  Kecha yana sms keldi o'sha "do'stim"dan. Bu safar u:"Seni juda hurmat qilaman. Telefonimdan katta xarajat ketayotgan bo'lsa ham (!!!!) senga , Koreyaga sms yuboryapman. Bir iltimosim bor: XXX  degan apparatning zapchasti kerak bo'lib qoldi. Shunga yordaming kerak edi. O'shani olib, jo'natib yuborsang, pulini uyingdagilarga berib qo'yardim" debdi. Tushunarli. Shunaqangi xafa bo'ldim undan... Va... 3-4 yil avval mendan falon miqdorda pul qarz olib, qaytarib bermaganligi va boshqa narsalar esimga tushdi... Litseydagi ingliz tili ustozim aytgan edilar: "So'zlasa yolg'on so'zlasa, va'da berib bajarmasa - u munofiqdir!" degandilar...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 26 Aprel 2011, 13:53:39
Xaloyiq serqatnov yo'l bo'yicha ikki gadoning g'ijillashib qolganiga guvoh bo'lganman.
-Sen ipirisqi ikkinchi bor bu yerga kelsang, urib oyog'ingni sindiraman. Bu yer uchun o'yiga falon so'm to'laganman.
-Voy past-ey, falon so'm deydiya. Men esa falon so'm to'lab chiqdim bu joy uchun.

Yo'lda davom etarkanman o'yladim: kim ekan anashu gadolatrdan ham boj undirgan? Albatta, amaldor. Tilanchidan ham past turgan yaramas!

(Nusrat Rahmatning "Buni hayot deydilar" kitobidan)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: muxlisa 26 Aprel 2011, 15:31:31
KO'RGULIK
(bo'lgan voqea)

Bir eski qadirdonim shunday voqeani hikoya qilib berdi:

"Bizning quruvchilar jamoamiz juda ahil edi. Asosan qariyb tengqur yigitlar jamlangani uchun gap-so'zimiz olishar, hazil-mutoyiba ham bo'lib turar edi. Birovning gapi boshqasiga og'ir botmasdi, ishqilib.

Yoz edi. Bir necha kun ko'rinmagan Abdulhamid xomush bo'lib ishga keldi. O'zidan katta akasining ta'ziyasiga borgan edik. Marhumni yana bir bor esladik, kasalligidan gapirgan bo'ldik. Birodarimizdan ko'ngil so'radik yana. Ammo oramizdagi yoshligida nobob muhitda o'sgan, musulmonchilikdan uncha xabari bo'lmagan, Jamshid ismlik yigit kutilmaganda:

"Ha, bratan, endi okangiz qurt-qumursqalarga, ilon-chayonlarga yem bo'lar ekan-da", dedi aralash tilda.

Biz norozilandik, xijolat tortdik. Bu manmanlik edimi, ko'ngil so'rashmi, hazilmi, yoki oddiy mulohazami, tushuna olmadik. Adbulhamid ham uning tabiatini bilganidan indamay qo'ya qoldi.

Oradan hafta-o'n kun o'tib Jamshid "gurung" berdi. Bordik. Bazmi jamshid bo'ldi, gurung bo'ldi. Kun peshindan o'tganda tarqaldik...

Ertasi kuni butun jamoa Jamshidlar uyi orqasidagi anhor bo'yida edik. Shu holatda navbatma-navbat suv yoqasida uch kecha-kunduz qolib kettik. Uchinchi kuni Jamshid endi-endi shishib ayniy boshlagan jasadi topildi...
Ma'lum bo'lishicha, biz ketgandan keyin Jamshid qizchasini yetaklab anhor bo'yiga boribdi. Har kuni ko'rib yurgan anhori. Cho'milmoqchi bo'libdi. Kiyimlarini yechib qizchasi oldida qoldiribdi-da, suvga sho'ng'ibdi. Sho'ng'ibdi-yu, qaytib chiqmabdi...

Jamshidning jasadini qabrga joylagandan keyin jamoamiz bir jiyga yig'ildik. Jimlik hukm surdi. Kimdir uh tortdi. Kimdir nimadir demoqchi bo'lib qarab-qarab qo'ydi. Ichimizdan kimdir:

"Allohning irodasi bu,  -  dedi. Ajali shundan ekan. Alloh har bir narsaga qodir, har narsani ko'rib-bilib turguvchi Zotdir".

Bahodir Nurmuhammad o'g'li
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: ummugulsumm 26 Aprel 2011, 17:01:18
Qadimda uzining zolimliga bn nomqozongan shoh\+ biri yangi barpo qildirayotgan bogini tomosha qilmoqchi bulibdi .Bogi=tez bitishini istab undagi ishchi,qul\ini tinimsiz ishlatibdi.SHoh= tashrifi chogida qul\i+ biri holsizlanib qolibdi nima bulsa bu\deb shoh tomon hayqiribdi;-bunchalikshoshihs= nima keragi bor?Baribir bu bog= uzumi+ tayorlangan sharob+ ichish senga nasib qilmasdir.SHoh= gazabi chiqsada uzini bosibdi.Buni aytganga tegmaslikni buyuribdi.Yil\ utib uzum\ hosilga kiribdi.hosil= shoh uchun sharob tayorlanibdi.SHunda shoh haligi gapni aytgan qulni topib kelishni buyuribdi .Qulni ob kelishibdi\SHoh shatobni quliga olib shunday depti;-Hush,sen mengabir payt\bu bog= uzumi+ bulgan sharobni tatib kurish nasib etmasdir deganding.Haliham shu suzinga aminmisan?-Bilmadim,shohim icholmaysiz deya olmayman ammo lab bnqadah= orasishunchalik uzoqki ha ne\ bulishi mumkin.Qul suzini tugatar tugatmas honaga bir soqchi kirib shohga habar berdi;-saroyga bir tungiz kirib hamma yoqni vayron qilmoqda.SHoh qulidagi qadahni quyib shutob bntashqariga chiqib ketibdi.Saroy hovlisiga chiqaverishda duchkelgan tungiz shoh= qornini bir suzishda yorib tashlabdi.SHohga sharob+ tatish nasib etmabdi.                                                 
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Музаффар 26 Aprel 2011, 21:01:41
Бир одам мастликда, кайф устида собутильникларига "чангалзордаги ёввойм тснғизни минмасам хотиним уч талоқ" деб қасам ичиб қсйибди. А­с хушини йиғиб олганч ичган қасамини унга сслатиб, бажаришни талаб қилишибди. Халиги оғзига кучи етмайдиган бетовфиқ одам нима қиларини билмай гангиб қолибди. Чунки хотинини жудасм схши ксраркан. Ўзингиз биласиз, "талоқ" ссзини хазиллашиб хам айтиб бслмайди, бунда хаёлни жойидалигими йсқми, мастми, соғми, фарқи йсқ. айтилган гап отилган сқ!
Хуллас босги нодон чангалзорда анча вақт сарфлаб, барибир тснғизни миниш тугул, сқинига хам боролмабди. "Дсст"лари сса уни мазах қилиб, устидан кулиб қасамини сслатаверишибди. нима қиларини билмай қолган халиги одам қозига бориб ахволини арз қилибди. Қози бу масалани ечими фақат талоқнинг амалий ижроси сканини айтибди. Қасамхср тушкун кайфистда, умидсиз қозикалон хузуридан чиқиб кетаётса, қози уни тсхтатиб, шундай маслахат берган скан:
-"Хозир бориб, хотини, синглиси, опаси, онаси, хуллас ахли аёлини қизғанмайдиган, даюс, аёлларини срим сланғоч хаёсиз юришига индамайдиган, хамистсиз одамни топиб минасиз, шунда қасамингиз соқит бслади".
Қасамхср сзида йсқ хурсанд чиқиб, сшанақа одамни топиб миниб, ахмоқона қасамидан қутилган скан.
------------------------
бу хикосни Хсжа Лорсо даги жомеъда Фаттохон тақсирдан сшитган сдим.
Хикосдан ибратлар шуки, талоқ  ссзини тилга умуман олмаслик керак, уни мисда, луғатдан чиқариб ташлаш керак; хамр - маст қилувчи хар қандай нарсанинг зарарини чуқур англаш керак, шу нодонга схшаб унга умрини бағишлаган аёлга ножоиз қасам туфайли жабр қилиб қсймаслик керак; нодон оғайнилар одамни фақат залолатга етаклаши, масхаралаб нопок ишларга бошлаши; ва нихост снг катта ибрат бу сз ахли аёлига бепарво, бехаё ва хамистсиз даюс одам ТЎАҒИЗдан хам тубан, снг ифлос ва жирканч махлуқ сканлигини англаш даркор...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: BelleQizcha 27 Aprel 2011, 17:48:11
Hudodan kelin-kiyovga baxt tilab-aroq ichishadi......
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 06 May 2011, 17:27:02
Insonlar bor halol topib halolga sarflaydi,
yana insonlar bor halol topib haromga sarflaydi...

Ishxonamiz yonida bir to'da bo'lib yosh-yosh yigitlar turadi...
1 moshina kelsa 30-40 tasi shu moshinaga qarab yuguradi...
bu xolatni ilk bor ko'rgan odam qo'rqib ham ketadi...
ular mardikorlar... oilasini boqaman deb na yashashi na joyi tayinli bir sharoitga rozi bo'lib poytaxtga kelgan aksari yosh yigitlar.
Xozir ham ancha havo ochiq, yaxshi kunlar...
Tasavvur qiling qishning qaxraton sovug'ida ham axvol shu....
Ko'chada qattiq yomg'ir yog'gan kuni ham shu...
Qishda... sovuqda... yomg'irli kunlarda pana joy qidirishardi...
Ular har moshinaga umid bilan qarab turishadi...
Qay biri ish bilan to'xtar ekan degan umidda...
Yashil formali odamni ko'rsa tamom, hammasi gala-gala bo'lib qochadi... ushlanib qolishdan qo'rqib... o'zi shu muammo deb kelgan bo'lsada ulardan jarima puli olishidan havfsirashadi...

Yonimizdagi yana bir ishxonada esa avtoulovlarni ta'mirlashadi...
va deyarli har kuni topgan pullarini  shayton suvi bilan yuvishadi...

Kim 1 nonga zor kim esa ....
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 06 May 2011, 20:38:38
Him, demak "Qutlug' qon"da ta'riflangan mardikor bozori haliyam o'zgarmabdi-da...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: BelleQizcha 08 May 2011, 08:30:02
Kecha biri aytib berdi...
Bir qoshnimiz bolardi, (Toshkentdan turgan afghonlarda) osha qiz bilan haligi qoshni gaplashib turiahganida, qoshni shunaqa dibdi:
Opa, oshanda bozorga borib kalbasa ob kegandim, uyga kelib qarasam "chochqani" goshti ekan... Nima qilishi bilmadim... Harom dib yemadim, lekin isrof bomasin dib oglimga berdim...
Paylusuf...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 29 May 2011, 12:37:47
O'zin dono bilgan uch-to'rtta nodon
Eshak tabiatin qilur namoyon.
Ular suxbatida sen ham eshak bo'l,
Bo'lmasa kofir,deya qilurlar e'lon.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 26 Iyun 2011, 10:56:26
Do'stlar, yaxshilarni avaylab saqlang,
Salom degan so'zning salmog'in oqlang.
O'lganda yuz soat yig'lab turgandan
Uni tirigida bir soat yo'qlang.

Maqsud Shayxzoda
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 03 Noyabr 2011, 18:21:08
Eshitib ota-onangning so'zlarini qadrla,
Molu davlat ko'paysa,mag'rurlanib quturma. (Maxmud Koshg'ariy)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 12 Noyabr 2011, 06:14:31
Juda qiziq-qiziq odamlarni ko'rganmiz. Ramazon oylarining o'rtasida ham pivoni bo'kkancha ichib,kekirib qo'yib:''Xudoga shukur'',deb qo'yishadi.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 18 Dekabr 2011, 16:17:40
Koreyada havo juda sovuq. Osmonda bulutlar ko'rinmasa-da etni junjiktiradigan sovuq xarorat hukm surmoqda. Hozirgina sartaroshxonaga borgandim. Suqsurdekkina sartarosh qiz aytganidek:"Havo sovuq, lekin insonning qalb xarorati va bir-birlariga munosabatlari sovuqlashmasa bas".
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: azizbek_mx 18 Dekabr 2011, 21:15:03
"Havo sovuq, lekin insonning qalb xarorati va bir-birlariga munosabatlari sovuqlashmasa bas".
ular shunday muomala qila olishadi... bizdachi? qani birov shunday gaplarni aytsinchi, g`alati qarab, "g`alati ekanmi"  deb qo`yamiz... chunki g`alati tarbiyaga o`rganib boryapmiz tobora...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 22 Dekabr 2011, 18:11:06
Qo'shni domda er xotin turadi, amaki-70, xola-65 yoshlarda...

Ayol baqiryabdi: Voyey, yomon siqildim sizdan...

Eri: Asl men sendan siqildim...

Tragik-komik holat:)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Donishmand 23 Dekabr 2011, 09:45:56
Qo'shni domda er xotin turadi, amaki-70, xola-65 yoshlarda...

Ayol baqiryabdi: Voyey, yomon siqildim sizdan...

Eri: Asl men sendan siqildim...

Tragik-komik holat:)

Qo'shnilarning gapini poylash mazzadee....
O'zbekchilik...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Humayro 23 Dekabr 2011, 10:23:58
... ba'zi postlarni o'qib fikr qilasan, bazilarini o'qib shukr.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 23 Dekabr 2011, 13:06:04
Qo'shni domda er xotin turadi, amaki-70, xola-65 yoshlarda...

Ayol baqiryabdi: Voyey, yomon siqildim sizdan...

Eri: Asl men sendan siqildim...

Tragik-komik holat:)

Qo'shnilarning gapini poylash mazzadee....
O'zbekchilik...

Ayol baqirdi, teshik quloq eshitadi, xoh O'zbek, xoh Yapon bo'lsin...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 01 Yanvar 2012, 10:27:09
Bir paytlar sevimli shoirimiz Erkin Voxidovning "Muxabbat" deb nomlangan kitoblarida tarjima san'ati haqida shunday satrlarni o'qigan edim:

Oy o'rtanar, ko'zlarida yosh,
Ko'ksi dog'u yuragi qiyma.
Der:"Ey falak, men edim quyosh,
Nega meni qilding tarjima?"

Darhaqiqat, tarjimonlikdek qiyin ish bo'lmasa kerak. Tarjimon hamma soxadan oz-oz bo'lsada bilishi kerak bo'ladi. Biror xalq tilidagi ijobiy so'z boshqa xalq tilida sal boshqacharoq yangrashi ham bor gap.
Mana,masalan, kuni kecha bir koreys tanishim uylandi. To'yga taklif qilingan ekanmiz. Bordik. O'zbegimning to'ylaridek gavjum bo'lmasa ham har holda Koreya miqyosida olsak, "anshlag" - 145ta odam ovqatga navbatga turibdi.
Tanishimni tabriklarkanman, "Bag'ringiz bolalarga to'lsin", dedim. Bu tabrigim do'stimizga unchalik yoqmaganligini yuz tuzilishidan sezdim. "Xali farzand ko'rishga shoshayotganimiz yo'q", dedi u kulimsirab. Bu gapidan keyin tabrigimning davomi deb o'ylab turgan so'zlarim:"Keyingi yil farzand muborak deb tabriklash nasib qilsin"ni ichimga yutib qo'ya qoldim. Sevimli yozuvchimiz Toxir Malik yozganlaridek, "o'zbekcha yashab,o'zbekcha o'lish ham bir baxt ekanda".
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Humayro 03 Yanvar 2012, 10:39:26
BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKR!

(http://s002.radikal.ru/i200/1201/47/dbdc9c07f968.jpg)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 12 Yanvar 2012, 05:35:30
Kecha TV da ko'rib qolgandim Eronlik bir ayol qo'lsiz, oyog'ida deyarli barcha uy yumushlarini bajarar ekan. Undan tashqari rassomchilik bn ham shug'ullanar ekan. Xozirda gilam to'qishni o'rganayotgan ekan.

(http://www.chinadaily.com.cn/photo/images/attachement/jpg/site1/20110125/0023ae6cf3690ea8834319.jpg)

(http://www.chinadaily.com.cn/photo/images/attachement/jpg/site1/20110125/0023ae6cf3690ea8834115.jpg)

(http://www.chinadaily.com.cn/photo/images/attachement/jpg/site1/20110125/0023ae6cf3690ea885951f.jpg)

Allohni bergan ne'matlariga yana bir bor shukr qilaylik!
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 12 Yanvar 2012, 15:50:03
Ha, Mahdiyah, nimasini aytasiz. Inson irodasi temirdan ham chidamli...
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 07 Iyul 2012, 17:40:02
Xozir yozganlarimga balki ishonarsiz, balki yo'q.
Lekin bu xozirgi zamonda, o'zimizda bo'lgan xodisa.
O'qib, qandaydur kinodagi stenariy deb o'ylamen, balki golivuddan ibrat olishgandir ular...

Pastki mahallada bir oila yashardi, ota-ona, bir o'g'il, bir qiz. Bola opamning sinfdoshi edi.
Singlisi ham bizning maktabda bizdan kichkina sinfda o'qigan.
Shu qiz yaxshi ko'rgan yigiti bn bola og'irlashni rejalashtirishgan.
Bir boyroq odamni farzandini o'g'irlab, undan pul talab qilishgan.
Birpastda militsiyani qo'liga tushishgan.
Nima maqsadda bunaqa qilishgan? deb so'rasam
Javob mani batamom xayron qoldirdi...

DABDABALI, ORZU-HAVASLI TO'Y QILISH MAQSADIDA emish.
Shunaqa to'yga mablag' yetmaganidan shu rejani tuzib o'zlaricha pul topmoqchi bo'lishgan.
Ikki yoshni ham bir necha yilga qamashdi...
Qiz 20 dan oshgan, yigit ham 2-3 yosh katta edi..

Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mufazzala 07 Iyul 2012, 18:16:37
 :asl3:

Islom, iymon bo'lmaganidan keyin insoniyat shunaqa tubanlashib ketaveradi.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Mahdiyah 06 Noyabr 2012, 07:07:35
Bunaqa vaziyatni avtobus, boshqa transportda yurganlar ko'p uchratishgan.

Yoshi ulug'roq bir kishi avtobusga chiqdi. Konduktorga 500 so'm uzatdi, yo'lkkira esa 700 so'm.
Konduktor: Qoganiniyam berin! Nima qoganini cho'nchegimnan to'limammi? Ja tekinga yurishshii o'rganvogansala!!!....................................

Chorsu........ Bozor.............
Quyib beriladigan muzqaymoq oldiga bir kampir yaqinlashmoqda.
Yuzidan, ko'zlaridan bu hayotda ko'p narsalarni boshidan kechirgani yaqqol ko'rinib turibdi.
Muzqaymoq sotadigan kishi (chamasi 30-35 lar atrofidagi yigit): "Kelin onajon"
Kampir zo'rg'a: "Marojnimi bolam?"
Yigit kulimsirab: "Ha onaginam marojni" deb bitta muzqaymoqni noniga to'ldirib muzqaymog'idan quyib berdi.
Kampir taraddudlanib, xaltasidan pul olmoqchiday: "Nech pul?"
Yigit: "EEEEEEEEE Onaginam bir duo qisez bo'ldida, qani bir duo qilinchi" deya qo'llarini duoga ochdi.
Kampir ham yigitni chin dildan duo qildi.

1 daqiqada o'zimizga va boshqalarga yaxshilik, yaxshi kayfiyatni bera olishga qodir bo'lib, nimaga qizg'onadi inson?!
Axir bu qilgan yaxshiligi avvalo o'zi, o'z foydasi uchunku
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Lu`lu` 11 Noyabr 2012, 03:15:34
Bunaqa vaziyatni avtobus, boshqa transportda yurganlar ko'p uchratishgan.
...1 daqiqada o'zimizga va boshqalarga yaxshilik, yaxshi kayfiyatni bera olishga qodir bo'lib, nimaga qizg'onadi inson?!
Axir bu qilgan yaxshiligi avvalo o'zi, o'z foydasi uchunku

Лайгамбаримиз соллаллоху алайхи вассалламнинг садака килиш бн инсон камбагал булиб колмаслиги хакида касам ичганларини биладиган бор, билмайдиган хам бор. Буни уккан бор, укиб туриб укмаган бор. Хаааааа, амаллар нистлардандир
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 16 Dekabr 2012, 19:43:38
Mening hayotda ustozim bu - VAQT edi. Kitob menga murabbiy deb o'ylardim. Ammo bu to'g'ri emasligini angladim. Qachon bo'lsa ham hech bir so'zsiz menga ko'p narsani o'rgatgan vaqt... Hayotning yechilmas jumboqlariga javobni ham, tushunish qiyin bo'lgan muxabbatga davoni ham yolg'onsiz vaqt orqali topdim. Kechagi kundagi vaqtim menga bugun ustozlik qilyapti. Shubxasiz, bugungi vaqtim ertaga menga murabbiylik qiladi. (Koreys shoiri Kim Jong Xanning "Uzoq bo'lsa ham baribir u muxabbat" to'plamidan)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 16 Dekabr 2012, 22:28:26
Bu voqea ishga ketarkanman, yo'lda yuz berdi. Mashinam bilan yonma-yon ketayotgan avtomobil yaqinlashib keldi va mashinam eshiklarini "tirnab" o'tib ketdi. O'sha zahoti mashinamni to'xtatdim. "Raqib" mashina egasi - yoshgina juvon ham tushib keldi. U yuzlari xavotirdanmi yoki qo'rquvdanmi qip-qizarib ketgandi. "Kechirasiz. Men mustaqil holda ilk marta rulga o'tirishim edi. Hammasini to'lab beraman",dedi xijolat bo'lib. U o'z qilmishini tan oldi, ammo o'z mashinasining ham "jaroxat" olganligini ko'rib ko'zyoshlarini tiya olmadi. "Erim ko'rsa qattiq xafa bo'ladi",derdi u tinmasdan. U noiloj mashinasi eshigini ochdiyu  xaydovchilik guvohnomasi, sug'urta qog'ozlari va bir qancha xujjatlar solingan katta konvertni oldi. "Erim har extimolga qarshi tayyor qilib qo'ygandi",dedi u. U xujjatlarni olarkan, mashinaning ichki oynasi yoniga yopishtirilgan qog'ozchaga ko'zim tushdi. To'q qora rangli qalamda shunday so'zlar yozilgandi:"Azizam, xudo ko'rsatmasin, agar mashina bilan biror xodisa yuz bersa, unutma: mashina uchun emas, sevib-ardoqlaganim - sen uchun xavotir olaman va achinaman". Buni uning eri yozgandi. Men juvonga boshdan-oyoq tikildim... Uning ko'zlari xamon yoshga to'la edi... (koreys tilidagi "YAXSHI O'Y-FIKRLAR" saxifasidan Otabek Yo'ldoshev tarjimasi)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Sadida 17 Dekabr 2012, 00:27:20
Har doim ovqatlanishdan oldin yoki biror bir ishni qilishdan oldin ''Bismillah''ni aytishini unutaman. Endi hech qachon unutmaydigan bo'ldim. Bunga sabab bir nasroniy bola edi. Dugonam bilan maktabda ovqatlanar ekanmiz ro'paramizdagi joyga bir bola kelib bir narsalar deb nasroniylarni qiliqlarini qilib ovqatini boshladi. Menga shunaqa ta'sir qilib ketdiki, hattoki ovqatim ham tamog'imdan utmadi. Dinlarning eng go'zali va haqiqiysi Islom bo'lgan dinni kaliti bu ''Bismillah''. Hech qachon biror bir xayrli ishga qo'l urishimizda ''Bismillah'' ni unutmaylik.
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 17 Dekabr 2012, 20:34:18
Bir yigitning hayotiga muxabbat kirib kelibdi. Lekin u qiz juda qaysar va rashkchi edi. U nuqul yigitga shunday savol berardi:"Jonim, meni yaxshi ko'rasizmi yoki onangiznimi?". Yigit esa dovdirab:"Bil-bil-bilmadim",derdi. U ikkilanardi: chunki onasi ham, sevgan qizi ham unga qadrli edi. "Jonim,meni sevmas ekansiz-da",derdi qiz astoydil xafa bo'lib."Yo'-yo'q. Sevishim haqida...",yana dovdirardi yigit. "Unda isbotlang",debdi qiz. "Qanday?". "Agar meni sevsangiz onangizni yuragini menga keltiring". Yigit bir zum qotib qoldi.O'zini tug'ib o'sdirgan onasini tanlasinmi yoki unga muxabbatini bag'ishlagan qiznimi...Nixoyat, yigit qizni tanlabdi. U onasining yuragini yulib,qizning xuzuriga chopibdi. Ko'zlaridan tinmay yosh oqardi.Yugurib ketarkan, birdan toshga qoqilib,yiqildi. Qo'lidan tushib ketgan ona yuragiesa tilga kiribdi:"Bolaginam, hech qayering lat yemadimi?"... (Koreys tilidagi "Yaxshi o'y-fikrlar" saxifasidan Otabek Yo'ldoshev tarjimasi)
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 18 Dekabr 2012, 14:40:03
Bu voqea ishga ketarkanman, yo'lda yuz berdi. Mashinam bilan yonma-yon ketayotgan avtomobil yaqinlashib keldi va mashinam eshiklarini "tirnab" o'tib ketdi. O'sha zahoti mashinamni to'xtatdim. "Raqib" mashina egasi - yoshgina juvon ham tushib keldi. U yuzlari xavotirdanmi yoki qo'rquvdanmi qip-qizarib ketgandi. "Kechirasiz. Men mustaqil holda ilk marta rulga o'tirishim edi. Hammasini to'lab beraman",dedi xijolat bo'lib. U o'z qilmishini tan oldi, ammo o'z mashinasining ham "jaroxat" olganligini ko'rib ko'zyoshlarini tiya olmadi. "Erim ko'rsa qattiq xafa bo'ladi",derdi u tinmasdan. U noiloj mashinasi eshigini ochdiyu  xaydovchilik guvohnomasi, sug'urta qog'ozlari va bir qancha xujjatlar solingan katta konvertni oldi. "Erim har extimolga qarshi tayyor qilib qo'ygandi",dedi u. U xujjatlarni olarkan, mashinaning ichki oynasi yoniga yopishtirilgan qog'ozchaga ko'zim tushdi. To'q qora rangli qalamda shunday so'zlar yozilgandi:"Azizam, xudo ko'rsatmasin, agar mashina bilan biror xodisa yuz bersa, unutma: mashina uchun emas, sevib-ardoqlaganim - sen uchun xavotir olaman va achinaman". Buni uning eri yozgandi. Men juvonga boshdan-oyoq tikildim... Uning ko'zlari xamon yoshga to'la edi... (koreys tilidagi "YAXSHI O'Y-FIKRLAR" saxifasidan Otabek Yo'ldoshev tarjimasi)

Buni O'zbeklarga oid hikoya emasligini sezgandim ;D
Nom: Re: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 18 Dekabr 2012, 14:40:44
Bir yigitning hayotiga muxabbat kirib kelibdi. Lekin u qiz juda qaysar va rashkchi edi. U nuqul yigitga shunday savol berardi:"Jonim, meni yaxshi ko'rasizmi yoki onangiznimi?". Yigit esa dovdirab:"Bil-bil-bilmadim",derdi. U ikkilanardi: chunki onasi ham, sevgan qizi ham unga qadrli edi. "Jonim,meni sevmas ekansiz-da",derdi qiz astoydil xafa bo'lib."Yo'-yo'q. Sevishim haqida...",yana dovdirardi yigit. "Unda isbotlang",debdi qiz. "Qanday?". "Agar meni sevsangiz onangizni yuragini menga keltiring". Yigit bir zum qotib qoldi.O'zini tug'ib o'sdirgan onasini tanlasinmi yoki unga muxabbatini bag'ishlagan qiznimi...Nixoyat, yigit qizni tanlabdi. U onasining yuragini yulib,qizning xuzuriga chopibdi. Ko'zlaridan tinmay yosh oqardi.Yugurib ketarkan, birdan toshga qoqilib,yiqildi. Qo'lidan tushib ketgan ona yuragiesa tilga kiribdi:"Bolaginam, hech qayering lat yemadimi?"... (Koreys tilidagi "Yaxshi o'y-fikrlar" saxifasidan Otabek Yo'ldoshev tarjimasi)

Judayam qiziq, bu ozimizni klassik adabiyotga oid hikoyat emasmidi:) demak adabiyotlar ham birbiridan tasirlanarkan:)
Nom: Javob: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Ansora 27 Dekabr 2012, 17:24:09
 :asl3:

Otgan kuni oglimni yonimizdagi magazinni ust qavatida joylashgan bolalar lunaparkiga olib borgandim. Oglim ekranda chiqqan manzaralarga top otib oynashni yaxshi koradi. Jetonlarimizni oldik, u yaxshi korgan oyinga yaqinlashdik, u yerda bir ayol, yonida 4-5 yoshli dumaloqqina ogli va yana 2 10-12 yoshlarda bola bor edi. Oyin uchun jeton tashladik, oglim topchalarni ota boshladi, qolganlar ham:) Birinchi oyin tugadi, boyagi dumaloq bola: jeton tashla, dedi menga. Men jeton tashladim, ikkinchi oyinniam tugatdik bolalar bilan birga. Qarasam boyagi bola, jeton yoqmi, deyabdi yana. Onasiyam hech narsa demadi, nima bolsayam jeton pul, 1 avtobus biletini yarim puli. Hayron qoldim...

Qolgan oyinlardayam biroz oynagandan keyin oglim bilan uyga ketaylik, deb parkdan chiqa boshladik, qarasam birovni ovozi kelyabdi baqirgan: Nima tok, benzin bilan ishlaydimi bu? Nima qilibdi oglim ham minsa?

Masala shunday: Uzun qirqoyoq shaklida poyezdchani 4-5 vagoni bor, 1 jeton bilan ishlaydi, lekin qolgan vagonlarga mingan bola ham jeton tashlashi shart, chunki qonunlar shunday. Boyagi dumaloq bolani dadasi! jetonsiz mindiribdi, u yerda ishlaydigan qiz ogohlantiribdi, bolani otasi esa baqiryabdi...

Osha payt tushindim, bolaning nima uchun bunchalar bezbetligini! Qush uyasida korganini qilarkan!
Nom: Javob: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Shoxjahon12 14 Yanvar 2013, 12:22:49
Sevgan insoningga muxabbatingni namoyish etish uchun olamshumul ishlarni qilishing shart emas,deb o'ylayman... Shunday vaqtlar bo'ladiki bir og'iz shirin so'z ham muxabbatni yuksaltiradi. Har kuni tong maxali ishga ketarkanman bir xil manzara takrorlanaveradi. Ishxonamiz oldidagi katta keraksiz narsalar (axlatlar desam sal qo'polroq chiqar) tashlanadigan konteyner bor. Har kuni tong qorong'usida bir kichikkina yuk mashinasi keladi va yoshlari 40dan o'tgan er va yoshi 60larga yaqinlagan xotini (!!!) o'sha konteynerdagi qog'ozli narsalarni makulaturaga topshirish uchun titkilashadi. Juda mashaqqatli ish. Ikki soatga yaqin qiyinchilik evaziga mashinasini qog'ozga to'ldirishadi. Men doim shu er-xotinga xavas qilaman. Biron marta bir-biriga qattiq gapirganligini ko'rmaganman. Ba'zida gaplashib ham qolaman. Unga bir necha marta ismimni aytganman. Qiyinlik qiladi ismimni aytish. Meni oddiygina qilib "O'zbek",deb ataydi. "Farzandlardan nechta?", so'rayman qiziqsinib. "Afsuski, farzandimiz yo'q. Ayolimga tug'ish mumkin emas. Lekin shunday bo'lsa ham u men uchun qadrli",deydi eri og'zidan bug' chiqarkan. "Nimasi qadrli?" deyman yanada qiziqishim ortib. "Chunki u men bilan yasharkan, biror marta ham NOLIMAGAN". Xotini eridan 14 yosh katta ekan. Kambag'al va befarzand bo'lishsa-da, bir-birlariga hurmati va muxabbatini ko'rib, hayratda qoldim. O'zi bilmagan holda menga ajoyib so'z aytib yuborgandi bu amaki... Darxaqiqat, qiyinchilikdan nolimoqlik muxabbatga darz keltirar ekan,degan xulosaga keldim.............
Nom: Javob: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: Donishmand 14 Yanvar 2013, 13:38:33
Bu postga nega "rahmat" bermay-ki, shundoq ham undan rahmat yog'ilib turgan bo'lsa....
Nom: Javob: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: sadida 04 Fevral 2013, 13:36:43
Ismimni aytisha olmadi deganizga qaraganda u er-xotinlar Uzbekmas. Qaysi millat odamlari edi ular agar sir bo'masa?
Nom: Javob: BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!
Yuborildi: BilmasOY 04 Fevral 2013, 19:38:00
Bu voqea ishga ketarkanman, yo'lda yuz berdi. Mashinam bilan yonma-yon ketayotgan avtomobil yaqinlashib keldi va mashinam eshiklarini "tirnab" o'tib ketdi. O'sha zahoti mashinamni to'xtatdim. "Raqib" mashina egasi - yoshgina juvon ham tushib keldi. U yuzlari xavotirdanmi yoki qo'rquvdanmi qip-qizarib ketgandi. "Kechirasiz. Men mustaqil holda ilk marta rulga o'tirishim edi. Hammasini to'lab beraman",dedi xijolat bo'lib. U o'z qilmishini tan oldi, ammo o'z mashinasining ham "jaroxat" olganligini ko'rib ko'zyoshlarini tiya olmadi. "Erim ko'rsa qattiq xafa bo'ladi",derdi u tinmasdan. U noiloj mashinasi eshigini ochdiyu  xaydovchilik guvohnomasi, sug'urta qog'ozlari va bir qancha xujjatlar solingan katta konvertni oldi. "Erim har extimolga qarshi tayyor qilib qo'ygandi",dedi u. U xujjatlarni olarkan, mashinaning ichki oynasi yoniga yopishtirilgan qog'ozchaga ko'zim tushdi. To'q qora rangli qalamda shunday so'zlar yozilgandi:"Azizam, xudo ko'rsatmasin, agar mashina bilan biror xodisa yuz bersa, unutma: mashina uchun emas, sevib-ardoqlaganim - sen uchun xavotir olaman va achinaman". Buni uning eri yozgandi. Men juvonga boshdan-oyoq tikildim... Uning ko'zlari xamon yoshga to'la edi... (koreys tilidagi "YAXSHI O'Y-FIKRLAR" saxifasidan Otabek Yo'ldoshev tarjimasi)

Shunga judayam o'xshab ketadigan hikoyatni o'qishda arab guruhi arab tilida sahna ko'rinishida ijro etib berishgandi. Arabchani deyarli bilmasam ham, bemalol tushunish mumkin edi mohiyatiga... :-[