forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Abdulhafiz 08 Fevral 2010, 23:47:21

Nom: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: Abdulhafiz 08 Fevral 2010, 23:47:21
:as:
Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: Akbarjоn 09 Fevral 2010, 01:26:47
Bir joyda o'qigandim
Hotirani mustaxkamlash uchun misvok qilish kerak, nomozni hushu bilan o'qishga xarakat qilish kerak, qur'on tilovati qilib turish kerak va Qur'ondan yodlashda bardavom bo'lib turish kerak ekan, aga topsam manbasini imkon qadar yetkazamiz

yana bir gap abuturietlik vaqtda o'qishga tayyorlanayotganimizda eshitgandik, shakar kop istemol qilishlik miyya hjayralarini faoliyatini yaxshilarkan va xotirani mustaxkamlanishiga sababchi bolarkan

Yana Alloh bilguvchiroq
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: siddiqa 09 Fevral 2010, 07:29:57
Bir joyda o'qigandim
Hotirani mustaxkamlash uchun misvok qilish kerak, nomozni hushu bilan o'qishga xarakat qilish kerak, qur'on tilovati qilib turish kerak va Qur'ondan yodlashda bardavom bo'lib turish kerak ekan, aga topsam manbasini imkon qadar yetkazamiz

yana bir gap abuturietlik vaqtda o'qishga tayyorlanayotganimizda eshitgandik, shakar kop istemol qilishlik miyya hjayralarini faoliyatini yaxshilarkan va xotirani mustaxkamlanishiga sababchi bolarkan

Yana Alloh bilguvchiroq

Bunga qo'shimcha tarzda parhez qilish  ham hotiraga yahshi ,keyin uydegilar mayiz ,yong'oq asal yedirishardi abuturientlikda .
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: Mahdiyah 09 Fevral 2010, 07:57:13
 :as:
Qur'onni tez-tez va ko'p o'qish bn yodlash xotirani mustahkamlaydi
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: Chustiy 09 Fevral 2010, 18:03:06
Abdulhafiz bir kuchli gap keldiyu, joy torlik qilgani bois indamay qo'ya qoldim,  ;D inshaAlloh onlineda uchrashib qolsak qo'lig'izga pichirlab qo'yaman....  ;D
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: AbdulAziz 09 Fevral 2010, 18:25:55
Xotira qanday shakllanadi?

Fanda xotiraning tabiiy imkoniyatlari uch qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bular taassurot, qaytarish va assotsiatsiyalar.
1. Taassurotga ko‘rish va eshitish orqali ega bo‘linadi. Insondagi ko‘rish hissi boshqa hissiy a’zolarga nisbatan kuchliroq sanaladi. Chunki ko‘zdan miyaga boradigan nervlar quloq nervlariga nisbatan 20 marta qalinroq.
Masalan, Mark Tven sahnada o‘ynashi kerak bo‘lgan rolni qaydlar yordamida yaxshi eslab qola olmagach, rasmlar bilan ishlagan va bu qiyinchiliklarni osonlikcha yengib o‘tolgan ekan.
2. Qaytarish. Qadimda ko‘pchilik olimlar kichik yoshligidayoq butun boshli kitoblarni aynan qaytarish orqali yod olishgan.
3. Assotsiatsiya - o‘xshashlik. Biror faktni boshqa narsa bilan qiyoslash orqali eslab qolish. Misol uchun tanishingizning telefon raqamini uy nomeringiz, tug‘ilgan yilingiz yoki kundalik yuradigan avtobusingiz raqami bilan qiyoslab, assotsiatsiya qilishingiz mumkin.

* * *

Demak, xotirasi zaiflashayotganidan shikoyat qiluvchi erkaklar shaxsiy hayotlarini tartibga solib, shahvatni qo‘zg‘otuvchi turli xil omillardan uzoq turganlari ma’qul. Aslida psixologlarning mazkur xulosalari sharq an’analarida ham o‘z tasdig‘ini topgan. Ma’lumki, qadimda madrasa o‘qituvchilari o‘z talabalarining zakovatiga putur yetmasligi uchun ham ularni nomahramga nazar solishdan qaytarishgan. Imom Shofe’iyning «Begona ayolga qarash, yodlangan narsalarning unutilishiga olib keladi», degan xikmatli so‘zi ushbu qarashni tasdiqlaydi...

Яқинда шу мақолани тслиқ сқийсиз, иншааллоҳ.
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: Mahdiyah 11 Fevral 2010, 07:42:10
AbdulAzizni yozganlariga So’fyoni Savriyning etganlari esimga tushdi:

"Ilmning avvali sukutdir. Keyingisi tinglamoq, so’ng uni asramoqdir. To’rtinchisi unga amal qilmoq, beshinchisi uni yoymoqdir".

qaysidur jihatdan shu mavzuga aloqasi bor
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Fevral 2010, 10:18:21
Yana xotirani mustahkamlash uchun ko'proq she'r yodlash kerak. Bu ham katta yordam beradi. Ham ma'naviyatga, ham xotiraga...
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: AbdulAziz 11 Fevral 2010, 10:24:23
O’tkir xotira sirlari
 Bolaligida Ibn Sino onasidan «Nega osmon oldin katakchalardan iborat edi-yu, hozir o‘sha katakchalar yo‘q?» deb so‘ragan ekan. Bunday deb so‘rashiga sabab go‘dakligida onasi har xil hasharotlardan saqlash maqsadida uning yuzini elak bilan yopib qo‘yar ekan. Keyinchalik o‘sha manzarani bo‘lg‘usi tabib kuchli xotirasi yordamida xotirlay bilgan ekan. Haqiqatan ham xotiraning imkoniyatlari juda keng. Inson 20 mingdan 100 minggacha so‘zni eslab qolishi mumkin.
davomi...
 
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: Akbarjоn 11 Fevral 2010, 10:28:09
Kim biladi hotiraga nechi megabayt gegabayt terabayt ma'lumot ketadi
va ishlash tezligi qanaqa nechi Ghz :) xech o'ylab ko'rganmisizlar....
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: Mr.Twister 17 Fevral 2010, 20:31:11
Mail.runing savolar bo`limiga o`rtog`im bilan ko`z necha mega pixel deb savol beruvdik... )))
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: UzbJADID 17 Noyabr 2010, 00:51:01
Har kuni bir siqim mayiz yeyish kk
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: JaviK 19 Noyabr 2010, 10:15:04
"œKechirasiz, xotiram chatoq"¦"

Xotirani yaxshilovchi va o’z navbatida uni susaytiruvchi omillar bor. Keling, xotira bilan bog’liq muammolar haqida gaplashamiz.

Nega susayadi?
Buning bir qancha sabablari bor:
♦ noto’g’ri ovqatlanish, stresslar, kuchli hissiy zarbalar, ish va dam olish tartibining buzilishi, qattiq charchash"¦
♦ bosh miyaning qon bilan yetarlicha ta’minlanmasligi
♦ nafas yo’llari va o’pka tizimi, qalqonsimon bez, jigar va buyrak faoliyatidagi yetishmovchiliklar, yurak va tomir, foliy kislotasi va B12 vitamini yetishmasligi.
♦ miya chayqalib, lat yeyishi
♦ stresslar"¦


Foydali: ko’proq suv iching. Gazli suvlardan ko’ra oddiy tabiiy suv ichgan ma’qul.
Zararli: spirtli ichimliklar, hatto, juda kam miqdorda qabul qilinsa ham, vitaminlarning o’zlashtirilishiga zarar yetkazadi.
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: JaviK 19 Noyabr 2010, 10:15:52
Xotira va aql ravshanligini yaxshilaydi:

"¢ Bug’doy, yong’oq, yog’li baliq, pomidor, qora smorodina, marmarak, qovoq urug’i, kartoshka, ismaloq, yashil no’xat, sut"¦
Retsept:
"¢ Qirg’ichdan o’tkazilgan piyozning yarim stakan suviga asal qo’shing. Stakan to’lguncha asal qo’shamiz. Aralashmani ovqatlanishdan oldin bir osh qoshiqdan iste’mol qiling.
"¢ Har kuni ertalab bir qoshiq asal yesangiz, bundan quvvatliroq ozuqani tasavvur ham qilolmaysiz. Aynan quvvatga boy bu mahsulot asosan miyaga foyda beradi.
Mustahkamlaydi:
"¢ Sutkasiga 8 soat uxlang. Uyqu vaqtida miya dam oladi va qabul qilingan ma’lumotlarni xotira yacheykalari bo’ylab saralydi, taqsimlaydi.
"¢ Xotirani mashq qildiring. Buning uchun o’tmishingizda yuz bergan voqealarni (mayda tafsilotlarigacha), ismlar, sanalar, manzillarni eslashga harakat qiling.
"¢ Uyingizda tartibni saqlang. Betartiblik — xotiraning birinchi dushmani. Chunki doim chalg’itadi.
"¢ Televizor ovozini balandlatib qo’yib, 10 daqiqa kitob o’qing. Keyin, kitobni qo’yib, 10 daqiqa televizor ko’ring. Shundan so’ng, televizorni o’chirib, o’qiganlaringizni ikir-chikirigacha eslashga harakat qiling.
Nom: Re: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: JaviK 19 Noyabr 2010, 10:17:14
"¢ Eslab qolmoqchi bo’lganlaringizni ovoz chiqarib ayting. She’r yodlash — xotira uchun ajoyib mashq.
"¢ Qon bosimining oshib ketishi xotira susayishida barch omillar orasida birinchi o’rinni egallaydi.
"¢ Kitoblar o’qish, krossvordlar yechish, do’stlar, hamkasblar, qo’shnilar bilan faol muloqot ham xotira uchun mashq hisoblanadi. Faqat krossvordlar yechish, she’rlar yodlashni majburan emas, mamnuniyat bilan bajarish kerak. Aks hola, buning xotira uchun foydasi bo’lmaydi.
"¢ Miya uchun eng asosiy "œdori" — havo. Agar eslash qobiliyatingiz susayib, o’zingizni holsiz va parishonhotir his qilsangiz, demak, miyangiz toza havodagi sayrga yoki vitaminli qo’shimchalarga muhtoj.
"¢ Ishda ko’p vaqtingiz o’tirgan holda o’tsa, boshingizni orqaga-oldiga egish mashqini muntazam bajaring. Bu bo’yin mushaklari zo’riqishini bartaraf etadi, miya qon aylanishini yaxshilaydi.
"¢ Uzum va olma fikrni bir joyga jamlashga yordam beradi.
"¢ B6 vitamini yetishmasligi ham xotira susayishiga sabab bo’ladi. Banan tarkibida bu vitamin bor.
"¢ Sabzi, apelsin organizmning, shu jumladan, miyaning ham qarish jarayonini sekinlashtiradi.
"¢ Og’zaki ma’lumotni yaxshiroq eslab qolish uchun suhbatdoshingizning imo-ishoralariga, qo’llarining harakatiga, mimikasiga e’tibor bering. Lekin, asosiysi, aytilganlarni aniq eslash uchun o’sha hatti-harakatlarni o’zingiz bajarib ko’ring.


Manbaa:  (http://365kun.zn.uz/190#more-190)
Nom: Javob: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: Abdulhafiz 04 Iyul 2016, 02:11:45
Uchta narsa xotirani kuchaytiradi, balg'amni ko'chiradi:
Misvok ishlatish, ro'za tutish, qur'on o'qish.

Ali ibn Abu Tolib r.a
Nom: Javob: Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?
Yuborildi: Lu`lu` 05 Iyul 2016, 00:18:07
Uchta narsa xotirani kuchaytiradi, balg'amni ko'chiradi:
Misvok ishlatish, ro'za tutish, qur'on o'qish.

Ali ibn Abu Tolib r.a

Шундок. Факат коидаси бн бажарилиши керак.