forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo => Darsxona => Mavzu boshlandi: MaxCmd 20 Iyul 2006, 15:23:25
-
Assalomu alaykum!
Forumning hamma a'zolariga sog`lik, salomatlik tilagan holda sizlarning "Darsxona" bo`limining kelajagi,uni rivojlantirish borasidagi taklif va mulohazalringizni kutib qolamiz.
-
Assalomu alaykum!
Komputer qurilmalari haqida ham ma'lumotlar bersangiz.
Masalan,
-> Motherboardlar
-> RAM
-> DVD-CD RW Combo
va hokazo.
Shularning qaysi biri yaxshi, qaysi birida ishlash qulay va qaysi biri arzon.
Shular haqida ham ma'lumot-darslar bersangiz.
-
Assalomu alaykum!
Masalan, forumdegi foydali maslahatlar va shunga o'xshash mavzularni ham shu yerga ko'chirish kerak.
Chunki bular ham bir darsdek demakdir.
-
Darshonada Matematikaga oid bulim tashkil qilinsa bulmaydimi?
Masalan oddiy matematik misollar beriladi forumdagilar uni echimini topishadi.
Oddiy taklif holos.
The Alchemist
-
:as:
Ushbu darsxona bo'limida - kompyuter operatsion tizimlarida bo'ladigan muammolar haqida yangi bo'lim ochish kerak degan fikr kep qoldi. To'g'ri Windows operatsion tizimi bo`yicha savol-javoblar degan mavzu bor-ku lekin unda biror bir muammoni yechimini topmoqchi bo'lsak har bir sahifani qidirib chiqishga to'g'ri keladi. Yangi bo'limda esa har bir savol uchun yangi mavzu ochib to'ldirib borar edik va javob topish ham osonlashar edi. Yoki o'sha mavzudagi savollarga berilgan javoblarni alohida mavzu qilib chiqish kerak. Moderatorlar qarab yuborishsa yaxshi bo'lar edi.
-
Tezkor qidiruv tizimini yaratish kerak, kerakli ma'lumotni oson topish uchun. Saytning mobil versiyasida bu narsa yo'q ekan.