forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: jasonnur 04 Mart 2010, 21:05:38

Nom: Maqola yozish
Yuborildi: jasonnur 04 Mart 2010, 21:05:38

Maqola yozish usulllari haqida gaplashamiz.Qanaqa turlari bor,qando yozish kere,qaysi qatlamga qanaqa,qaysi avlodga qanaqa,texnikasi,metodi,usullari....

Jurnalistlar ko'pu ichimizda.yaxhsigina maslahatlar kutib qolamiz.

Bo'lajak yozuvchilarga ham qyasidur ma'noda foydasi tegadi...
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: lolo 13 Mart 2010, 07:58:54
Aslida forumchilani hammasi jurnalist.
Post yozaverip-yozaverip jurnalistga aylanip ketasan.
Lekin hozirgi (haqiqiy) jurnalistlarning ko'zga yaqqol tashlanib qolayotgan aybi o'sha biror bir mavzuni oldin atroflicha to'liq o'rganmay turib shartta o'zini nomustahkam fikrlarini maqola qilib yozishadi-qo'yishadi. Shunichun shu mavzuni ochib umrizda bir marta aqlli ish qipsiz, mister Chehmik! Alloh barakasini bersin!
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: muhibb 25 Mart 2010, 16:58:06
qiziq mavzu ochilibdiyu, davom ettirilmaganiga hayronman.

Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: Shokir63 25 Mart 2010, 17:55:37
Haqiqattan ham juda yaxshi mavzu ochilgan ekan, lekin buni qarang-ki, 20 kundir, uni ko'rmay yurgan ekanman. Anchagina passivlashib ketganim shundan ham ko'rinib turibti.
Ammo negadir 20 kun ichida mavzuga oid hech qanday ma'lumot qo'yilgani yo'q, qiziqarli ma'lumotlar u yoqda tursin, hatto Chehmik akamizning takliflariga (savol tariqasidagi) ham hech qaysi jurnalist javob bermabti.
Masalan mening shu postimni tanqid qilib, undagi kamchiliklarni bildirishsa, foydadan xoli bo'lmas edi (balki forumchilar kelishishi ham mumkin, faqatgina shu mavzudagi postlar adabiy til qo'llanuvi va uslubiyati tanqid qilinishi mumkin deb kelishsak ham bo'ladi).
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: JaviK 26 Mart 2010, 11:15:31
Haqiqattan ham juda yaxshi mavzu ochilgan ekan, lekin buni qarang-ki, 20 kundir, uni ko'rmay yurgan ekanman. Anchagina passivlashib ketganim shundan ham ko'rinib turibti.
Ammo negadir 20 kun ichida mavzuga oid hech qanday ma'lumot qo'yilgani yo'q, qiziqarli ma'lumotlar u yoqda tursin, hatto Chehmik akamizning takliflariga (savol tariqasidagi) ham hech qaysi jurnalist javob bermabti.
Masalan mening shu postimni tanqid qilib, undagi kamchiliklarni bildirishsa, foydadan xoli bo'lmas edi (balki forumchilar kelishishi ham mumkin, faqatgina shu mavzudagi postlar adabiy til qo'llanuvi va uslubiyati tanqid qilinishi mumkin deb kelishsak ham bo'ladi).

shu so`zdi ham o`zbekcha yozsez :D, qanday yoziladi: Sust, susayib ma`nosida keladimi?
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: Mars 31 Mart 2010, 16:20:38
Maqola yozishni hohlagan,umuman,kelajakda shoir,yozuvchi,jurnalist bo'laman degan kishi kundalik tutishni va unga yozib borishni kanda qilmasligi kerak.
Maqola yozib berasimi iltimos qilsam?
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: Mars 31 Mart 2010, 16:34:49
Maqola yozishni hohlagan,umuman,kelajakda shoir,yozuvchi,jurnalist bo'laman degan kishi kundalik tutishni va unga yozib borishni kanda qilmasligi kerak.
Maqola yozib berasimi iltimos qilsam?

Xarakat qilaman.
Agar mavzu ma'qul kelsa.

Va sizga va'da berolmaymanki,ma'lum kunda yozib beraman deb.

Lekin,agar yozadigan bo'lsa, rasmiy birinchi maqolam bo'ladi.Shu tomonini ham o'ylab ko'ring :  )
Mayli bo'loradi yozbersez bo'ldi.Biror narsa bering bog'langani
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: akmal bax 22 Aprel 2010, 14:04:50
Hurmatli forumdoshlar bu ruknda maqola yozish sirlari, usullari haqida gap ketishi kerak edi. Shuning uchun iltimos , shunga atroflicha yondashsak.
Unga bog'liq bo'lmagan mavzularni boshqa runklarga muhokama qilsak maqsadga muvofiq bo'lardi.

Salomat bo'linglar!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: JaviK 22 Aprel 2010, 14:15:58
Hurmatli forumdoshlar bu ruknda maqola yozish sirlari, usullari haqida gap ketishi kerak edi. Shuning uchun iltimos , shunga atroflicha yondashsak.
Unga bog'liq bo'lmagan mavzularni boshqa runklarga muhokama qilsak maqsadga muvofiq bo'lardi.

Salomat bo'linglar!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!

Sizni fikrizga qarshi chiqqanim uchun uzru? fikrizga ozgina tushunmadim, hech kim post qoldirmayotgani uchun yozdizmi yoki mana bostlarga rad javobimi?


[/quote]
Maqola yozib berasimi iltimos qilsam?
[/quote]

shu postgami, bu post egasi maqola yozishni bilmaydi va shu mavzu orqali o`rganmoqchi, chexmik akadan maqola so`rayapti,

Maqola yozishni hohlagan,umuman,kelajakda shoir,yozuvchi,jurnalist bo'laman degan kishi kundalik tutishni va unga yozib borishni kanda qilmasligi kerak.
Maqola yozib berasimi iltimos qilsam?

Xarakat qilaman.
Agar mavzu ma'qul kelsa.

Va sizga va'da berolmaymanki,ma'lum kunda yozib beraman deb.

Lekin,agar yozadigan bo'lsa, rasmiy birinchi maqolam bo'ladi.Shu tomonini ham o'ylab ko'ring :  )

Maqola yozishni hohlagan,umuman,kelajakda shoir,yozuvchi,jurnalist bo'laman degan kishi kundalik tutishni va unga yozib borishni kanda qilmasligi kerak.

Mayli bo'loradi yozbersez bo'ldi.Biror narsa bering bog'langani



Maqola yozishga qiziqsishi ortib o`z ustida ishlashga harakat qilmoqda, menimcha bu postlarni hech biri mavzudan chet emas..

Siz Ham Salomat Bo`ling!!!!!!

P.S: Maqola yozishga qiziqqan har bir ijodkor har doim odamlar bilan suhbatda bo`lish kerak, nazarimda,
 
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: munisaxon 22 Aprel 2010, 22:24:06
Assalomu alaykum biroz kechroq bo`lsada taqdim etayapman. Fikrlaringizni kutib qolaman
Ingliz tilini o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalar
[/b][/font]
Yangi pedagogik texnologiyalar deganda ko`pchilikning ko`z oldiga kompyuter va boshqa zamonaviy uskunalar keladi. Yangi pedagogik texnologiyalar yangicha dars o`tish uslublarini yaratish va shu orqali ta`limda muvaffaqiyatli naijalarga erishishdir.   Pedagogikada texnologiyani qo`llash , yangicha uslubda darslarni o`tish kabilar o`tgan asrning 50-yillaridan boshlangan edi. Bu harakat dastavval AQSHda ko`plab qo`llanilgan, shu sababli ham birinchi bo`lib, 1961-yilda "œPedagogik texnologiya" jurnali chop etila boshlandi.Angliya, Yaponiya, bir necha Yevropa davlatlari AQshdan so`ng bu yo`nalishga hissa qo`shganlar. Bizga esa bu kabi texnologiyalar keyinchalik, ya`ni 90-yillarda kirib kelgan bo`lsada, hozirgi kunda bu yo`nalishda ko`pgina yangi loyihalar amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Ta`lim mazmunini isloh qilib, uni jahon ta`lim standartlariga muvofiqlashtirishda ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga juda ko`plab imkoniyatlar yaratilgan.
Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida "œo`quv jarayonini ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash" zarurligi alohida ko`rsatib o`tilgan. Ta'lim-tarbiya jarayonini samarali ro'yobga chiqarish ko'p jihatdan maktabning har bir o'qituvchisi, akademik litsey va kasb-hunar kolleji, oliy maktab muallimining yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning umumiy nazariy va amaliy asoslarini qay darajada egallaganligi bilan belgilanadi.  Pedagogik texnologiyani qo`llashdan asosiy maqsad bu barcha o`quvchilarninig o`zlashtirish bo`yicha tengligiga erishishdir yoki Gerbert Spenser ta`kidlaganidek: "œTa`limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki hatti-harakatlarga o`rgata olishdir".
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: munisaxon 22 Aprel 2010, 22:26:50
V.P. Bespalko esa bunga quyidagicha ta`rif bergan:"Pedagogik texnologiya —  o`qituvchi mahoratiga bog`liq bo`lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, talaba shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash-loyihalashdir". O`tkazilgan tajribalarga ko`ra oddiy guruhda 5% kam qobiliyatli, 5% iqtidorli talabalar bo`lsa, qolgan 90% talaba oddiy  qobiliyatli bo`lar ekan. Agar jarayon to`gri yo`lga qo`yilsa talbalarninig 95% ining mavzuni o`zlashtirishiga erishish mumkin va qolgan 5% talabaning esa to`la bo`lmasada  biroz o`zlashtirishiga erishish mumkin ekan.
 Buni ko`pgina davlatlar tajribasi orqali ko`rishimiz mumkin. Bunday tajribani dastlab Blum o`tkazdi va ijobiy natijalarga erishdi. U dastavval o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini o`rgandi va shu asosda darsni tashkil etdiki,  natija esa hayratlanarli bo`ldi. Blumning tajribasini  J.Keroll nazariy jihatdan asoslagan bo`lsa, J.Blok, L.Andersenlar  to`la o`zlashtirish  asosida  o`qitish uslubini ishlab chiqdilar.
Bu tizimda ishlaydigan o`qituvchilar: barcha talabalar  o`quv materialini o`zlashtira oladilar, mening vazifam  o`quv jarayonini to`g`ri tashkil etib,  ularga ana shuning uchun sharoit yaratishim zarur, deb o`z oldiga maqsad qo`yishi-to`la o`zlashtirish  uslubining dastlabki qoidasidir. Bundan tashqari, darsni  noan`anaviy  tarzda o`tishning yana bir qancha metodlari bo`lib men faqatgina bir nechtasini keltirib o`taman. Quyidagi  metodlar kop`roq xorijiy tillarini  o`rgatishga qaratilgan.
Ular quyidagilar:  6х6х6, klastr metodi, o`yin darslar, matbuot konferensiyasi darslari.
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: munisaxon 22 Aprel 2010, 22:27:23
6х6х6 metodi
 Bu metoddan foydalanish  o`quvchilarning har biridan faollik talab etiladi. Darsda qatnashayotgan o`quvchilar faol bo`lishga harakat qilishadi va shu bilan birgalikda  ular guruh bilan birga ishlashi ya`ni guruhdagi fikrlarni tinglash guruhdoshlarning fikriga munosabat bildirish va o`z fikrini himoya qilishga o`rgatadi. Bu metodni tashkil qilish jarayonida o`qituvchi tajribali shu bilan birga nutqiy pedagokik mahoratga ega bo`lishi shart. Agar o`qituvchi guruhlarni to`g`ri shaklantira olmasa, guruhning ishlari oldinga emas, balki orqaga qarab yuradi. Buning uchun dastavval  sinfda 6ta guruh tuziladi. Dars boshlangandan so`ng o`qituvchi o`quvchilarga ya`ni guruhlarga muayyan topshiriqlar beradi va ularni kuzatib boradi. Agar biror joyda fikrlarni to`g`irlash lozim bo`lsa o`qituvchi ularga yo`nalish beradi . 6x6x6 metodidan foydalanishning  ijobiy tomonlari shundaki, bunda asosiy vazifani  o`qituvchi emas balki o`quvchilar bajarishadi. O`qituvchi esa faqatgina ularga kerakli yo`nalish beradi, xolos.
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: munisaxon 22 Aprel 2010, 22:28:38
Klastr metodi

 Yuqoridagi metod  yordamida biz o`quvchilarni erkin fikrlashga o`rgatamiz . Bu u metodning asosiy mohiyati o`quvchilarni cheklamaslik, ularga fikrlarni erkin bayon qilishga o`rgatishdir. Klastr metodi aniq narsaga yo`naltirilgan  fikrlash shakli sanaladi.  Bu  usulni qo`llashdan oldin bir necha g`oyalar tizimi tanlab olinadi va ular o`rtasidagi o`xshashliklar va bahslar asosida fikrlar to`planadi. Bu juda puxta o`ylangan taktika bo`lib, bunda xoh guruh tarkibida, xoh yakka tartibda bo`lsin ishlatishimiz mumkin. Buning uchun dars boshlangandan so`ng o`quvchilarga bir necha g`oyalar taqdim etiladi va  o`quvchilarga dastavval ularning faktlarini yozma tarzda bayon etilishi so`raladi. Shu narsa ahamiyatliki, talabalar fikrlash erkinligiga ega bo`lishadi. Ularni hech qanday qoida asosida cheklash bo`lmaydi. Natijada ular biroz bo`lsada kenroq doirada fikrashga o`tadilar va ko`p hollarda yangi g`oyalarni ilgari suradilar.
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: munisaxon 22 Aprel 2010, 22:30:22
O`yin darslari: tanlov darslar va turnir darslar
Tanlov darslar

ingliz tili darsida uni quyidagicha o`tkazish mumkin: O`quvchilar mavzuga ikki kun oldin tayyorlanishadi. Darslarni o`quvchilarni juftlik shaklda ham, yakka tartibda ham tuzib o`tkazish mumkin. Bir necha o`quvchilar qatnashuvchi sifatida ishtirok etsa, qolgan o`quvchilar hakamlar hay`ati a`zosi sifatida ularni tekshirishadi. Buning uchun ularga ma`lum mavzudagi rasmlar va ular asosida hikoya tuzish gapirib berish kabi topshiriqlar beriladi. Hakamlar esa ular qanday bajarishganligi jumlani, to`gri yoki noto`g`ri tuzishganligini aniqlashadi va shular asosida o`qituvchi ularning bilimini baholaydi.Tanlov darslari o`quvchilarni shu turdagi majlis konferensiyalarda yoki darslarda fikrini to`g`ri va to`liq tushuntirishga yordam beradi. Darsni kichik konsert va xulosa bilan tugatiladi.
Turnir darslar

Ikki sinf bilan yoki ikki guruh o`rtasida o`tkazish mumkin. Buning uchun bir necha kun tayyorlanish lozim bo`ladi. Ya`ni ularga mavzu beriladi va ular shu mavzu mohiyatidan kelib chiqib darsga tayyorlanishadi. Bu usulni ingliz tili darslarida qo`llashdan maqsad ikki guruh o`rtasidagi tafovutlar, kamchiliklarni ko`rish ularni yo`qotish imkoniyatga ega bo`la olamiz. Misol uchun ularga ikkita yozuvchining hayoti va faoliyati berilgan bo`lsin,  guruh a`zolari yozuvchilarninhg barcha asarlari haqida qisqacha ma`lumotga ega bo`lishlari lozim va ular qarama —qarshi guruhga o`zlarining tayyorlab kelgan topshiriqlarini berishlari mumkin. O`qituvchilar ham skanvord kabilarni tayyorlash orqali ularga ko`maklashishlari mumkin. Bunda ham dars oxirida natijalar e`lon qilinadi va o`quvchilar baholanadi.
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: munisaxon 22 Aprel 2010, 22:32:25
Matbuot konferensiyasi darslari

Mavzuni yoki materialni takrorlash uchun foydalaniladi. Buning uchun ham bir necha kun oldin tayyorgarlik ko`riladi. O`qituvchi bu turdagi darsni o`tish uchun mavzuning o`quvchilarga ilgaridan tanish bo`lganligi muhim ahamiyat kasb etadi . Matbuot konferensiyasi 4 qismdan iborat bo`ladi.
1.Matbuot markazi xodimlarining jurnalistlar savoliga javobi 45-  daqiqa .
 2.Tahrirga oid topshiriqlarni tayyorlash va shaklantirish 20 daqiqa, har bir jurnalist o`z savoliga olgan javoblari asosaida jurnlaga maqola yozadi.
3. Bajarilgan ish haqida hisobot 15- daqqiqa .
4.Xulosa chiqarish va ekspress gazetada maqolasini nashr etish.
 O`qituvchi kelgusi darsda angliyalik mehmon kelishi haqida ogohlantiriadi. Mehmon sifatida esa eng bilimdon o`quvchi tanlanadi qolganlar, jurnalist bo`lib o`z savollarini tayyorlab keladilar va dars xonasi matbut konferensiyasi zali shakliga keltiriladi va mehmonning ro`parasidagi stollarda jurnalistlar o`z gazetalarining  nomi yozilgan taxtachalar ortida turishadi. Mehmon savollarga javob beradi, jurnalistlar esa kelgusi darsda savol- javoblar asosida o`z maqolalarini tayorlab keladilar.


Yuqorida keltirib o`tilgan usullardan agar kamida ikkitasi ishlatilsa ham, o`zlashtirishda muvaffaqiyatga erishgan bo`lamiz. Bizning vazifamiz o`quvchilarga bilimni to`g`ri va to`liq yetkazib berish ekan, bu yo`nalishda izlanishlar davom etaveradi. Ta`lim dargohlarining aksariyatida hozirda bu usullar qo`llab kelinmoqda va ular orqali o`uvchilarning bilim darajasi ancha oshganligi ham ta`kidlanmoqda.
Sizlarga taqdim qilmoqchi bo`lganim shulardan iborat. Bizning oldimizda turgan vazifa endi ularni hayotga tadbiq etish va undan kutiladigan natijalarga erishishdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo`lg`usi o`qituvchi pedagoglar uchun o`z ustida tinimsiz mehnat qilish, barcha mashg`ulotlarga "œTa`lim to`g`risidagi" qonun va  Kadrlar tayyorlash Milly dasturi talablari asosida tayyorlanish asosiy mezon bo`lib hisoblanadi. Bu esa "œBarkamol avlod "œ Davlat Dasturining amalga oshirishning asosiy talabidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1."Zamonaviy pedagogik texnologiyalar" muallifi yodimdan ko`tarildi keyinroq kiritaman agar qiziqsangiz
2www.pedagog.uz
3.el.tfi.uz
4.www.multimedia.uz
5.uz.ref.uz
6.www.best.eu.org
7referats.allbest.ru
8.www.europianschoolnet.org
9.www.eun.org
10.gamesinschools.ning.com/
11.www.ioso.ru
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: munisaxon 23 Aprel 2010, 06:30:03
Maqolaga 5 takam to'rt yarim baho.
Ilmiy izlanishingizga esa 5 baho.
Maqolangizni bu mavzuda va shu forumda qo'yganingiz esa--bebaho.


Kamchiliklarini Pmizga yozaman shu kunlarda,chunki mavzu o'zani burililib ketishi mumkin.

Rahmat ajoyib maqola uchun.


Sizga ham rahmat.
Maqola bo`yicha fikrlarni kutib qolaman
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: muxlisa 14 Aprel 2011, 19:51:59
 :as:

Yaxshi mavzu ochilgan ekan.

"Jurnalistikaning 10 qoidasi" dan iqtiboslar qo'yib borilsa, manimcha ko'pchikikka qiziq bo'lsa kerak deb o'ylayman.
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: Nurdinboy 14 Aprel 2011, 22:21:40
Maqola yoziwdan avval e'tibor qaratilayotgan, talqin qilinayotgan jarayon mukammal o'rganiliwi va uni to'g'rg talqin eta biliw eng muhim jihatlardan biridir.
Nom: Re: Maqola yozish
Yuborildi: Rabella 22 Sentyabr 2011, 23:02:29
"Maqola yozish sirlari" haqida maqola yozadiganlar bormi? :)