forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 09 Mart 2010, 08:39:03

Nom: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: AbdulAziz 09 Mart 2010, 08:39:03
Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)

(http://www.ziyouz.com/images/books/mantiqut.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=245)

Muallif: Fariduddin Attor
Hajmi: 661 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=245)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4494.0)
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: AbdulAziz 09 Mart 2010, 08:40:28
(http://ziyouz.com/images/books/mantiqt.jpg)

Fariduddin Attor

MANTIQ UT-TAYR
(nasriy bayon)

Tahrir hay’ati:
Aziz Qayumov, Alibek Rustam, Najmiddin Komilov

Forsiydan
Najmiddin Komilov va Mahkam Mahmudov tarjimasi

Mas’ul muharrirlar:
Hamidullo Boltaboev, Vahob Rahmonov
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:04:01
FARIDUDDIN ATTOR MA’NAVIY MEROSI
Qaysi qush, Qofi fano anqosi ul
Jumlai qushlar tili donosi ul.

Kashfi asrori haqoyiqda farid,
Nutqidin ahli haqiqat mustafid...

Alisher Navoiy
Sho‘rolar davrida muqaddas kitobimiz Qur’oni karimni o‘zbekchaga tarjima qilib, nashr etishni, Rasululloh SAV hayotnomalarini, imom al-Buxoriy, imom at-Termiziy, imom al-Motirudiy meroslarini o‘rganishga yo‘l yo‘q edi. Kim diniy qadriyatlarimiz jamlangan kitoblarni, hadisi shariflarni nashr etish tugul, o‘qisa ham, jazoga tortilar edi.
Ming bor shukrki, Istiqlolga erishdik. Qur’oni karim, hadislar ma’naviy hayotimizda yana yuksak qadrini topdi, diniy-falsafiy xazinalarimizni o‘rganishga keng yo‘l ochildi. Abu Nasr Forobiyning «Madinat ul-fozila», imom al-Buxoriyning «Jomi’ as-sahih», «Adab al-Mufrad», imom G’azzoliyning «Kimiyoi saodat» (muxtasari), Aziziddin Nasafiyning «Zubdat ul-haqoyiq», Fariduddin Attorning «Ilohiynoma», Jaloliddin Rumiyning «Fihi mo fih» («Ichindagi ichindadir»), «Masnaviyi ma’naviy», Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvati sultoniya», Abul-Lays Samarqandiyning «Bo‘ston ul-orifiyn», «Tanbeh ul-g‘ofiliyn», So‘fiy Olloyorning «Sabot ul-ojiziyn», at-Termiziyning «Sunani Termiziy», «Shamoyili Muhammadiya», Alixon To‘ra Sog‘uniyning «Tarixi Muhammadiy» kabi durdona asarlari Istiqlol yillarida xalqimizning ma’naviy mulkiga aylandi.
Jahondagi buyuk so‘fiy faylasuflardan biri Fariduddin Attorni daho o‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» asarida bunday ta’riflaydi: «Qushlar tilini tushunish olamda faqat bir zotga, Sulaymon payg‘ambarga nasib etgan edi. So‘ng uning vaziri Osaf tushundi-yu, ammo hech kimga tushuntirmadi. Shundan so‘ng charx aylanib, ming yillar o‘tib, olamga bir zot keldi. U qush tili (falsafiy ramzlar)ni tushuntirishda Sulaymon nabiydan ham, vaziri Osafdan ham o‘zib ketdi. Qushlar tilni go‘yo undan o‘rgandilar. Haq taolo muning nutqini go‘yo (bulbul) ayladi. Nukta deb anjom ila og‘ozdin, oncha gavhar sochti ganji rozdin».
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:04:24
Navoiy aytadiki, bu ilohiy sirlarni forsiy tilni bilganlar tushundilar. Attor asaridagi ganjlarning sirlarini turkiy tilli xalqlar ham tushunsin deb, kamina bu xazinalarni turkiy tilda kashf etishga kirishdim.
Barcha mumtoz ulamolar fikricha, Allohni tanimagan, Uning ma’rifatini bilmagan odam ilohiy olam sirlarini hech qachon tushunolmaydi. Agar odam Allohni-Haqni bilsa, o‘zining ham naqadar aziz, sharafli zot ekanligini tushuna boshlaydi. Buni tushuna boshlagach esa odam o‘zidagi yomon fe’l-atvor, tuban qiliqlar, baxillik, ichi qoralik, badnafslik, boshqa insonlarga jabr-zulm qilish, kibru havo, jahl-g‘azab bilan kamtarin, sofdil odamlarning dilini og‘ritish — inson ishi emasligini, odam tabiatiga nomunosib ekanligini tushuna boshlaydi.
Alisher Navoiy bolalik chog‘larida maktabga qatnab yurganida hayotini barcha tengdoshlaridan boshqacha qilib, tubdan o‘zgartirib yuborgan bir voqea sodir bo‘ldi. Uning qo‘liga Chingizxon davrida yashagan mo‘g‘ul kofirlari qo‘lida shahid ketgan shayx Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush tili mantiqi») kitobi tushib qoldi. Turli nodir hikoyatlar va tamsillarga boy bu asar yosh Alisherning ruhiy olamini cheksiz darajada boyitib yubordi, uning dilini ilohii olam sirlariga oshno qildi.
Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida o‘ta kamtarin-lik bilan, o‘zini tuproq bilan tenglab, ma’naviy ustozi Fariduddin Attorni ilohiy sirlarning kashfiyotchisi deb, ko‘klarga ko‘taradi: «Qushlar tiliga yo‘l topganlardan biri Sulaymon payg‘ambar edi. Keyin vaziri Osaf undan ta’lim olib, qushlar tilini o‘rgandi, ammo bu tildan u hech kimni xabardor etmadi... Boshqa odamlar (shoirlar ham) qush tilini bilmaganlari uchun, uning fahmiga yetmae edilar. Tez aylanuvchi falak shitob bilan oradan necha ming yilni o‘tkazib yubordi. Shundan so‘ng chiqqan sayr etuvchi, chechan nutq aytuvchi va o‘tkir aqlli, omadi yurishgan bir qush (Fariduddin Attorni aytmoqchi) maydonga chiqdi. Uni qush dema, balki, Fano Qofining anqosi de, barcha qushlar tilining donosi de! U, bu yo‘lning boshlovchisi va avliyo qiblasi bo‘lib, ko‘ngli haq yo‘lni ko‘rsatish uchun jilolangandi. U, haqiqat sirlarini kashf etishda farid. yagona va tengi yo‘qdir, nutqidan haqiqat ahli bahramand...» Navoiy jon quydirib aytishicha,
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:04:39
Forsiy oyine ulus fahm etdilar,
Barcha maxfiy diqqatig‘a yettilar.

Ammo, «G’ayr xayli sodda atroki faqir» — soddadil turkiy xalqlar:

Qoldilar mahrum bu iqboldin,
Qush lisoni birla qilu qoldin.

Navoiy turkiy xalqlarni ham bu ma’naviy xazinalardan bahramand etish uchun bu asarni turkiy tilda qayta yozishga bel bog‘ladi. Shoir aytishicha, Fariduddin Attor unga qushlar tilidan saboq berdi, «irshod etdi». ul takallumda uni ustod etib yetishtirdi. Navoiy yana aytadiki, forsiyda bitilgan qushlar tilini o‘rganishda:

Chunki topdim ul kalom ichra kamol,
Turk alfozi birla surdim maqol.

Shoir «Lison ut-tayr» dostonida turkona nag‘malarni, nolau afg‘onlarini «shunday kuyladimki, xushnag‘ma qushga aylandim. ming dostoni bor bulbulga aylandim», deydi.

Men-men ul bulbulki, ming afg‘on aro
Har figon lahnini bir doston aro...

Ushbu gulshan ichra soddim mastvor,
Nag‘maning ohangi andoq ustivor.

Bunday yuksak maqomga yetishda shoir ma’naviy ustozining buyuk xizmatini aytadi:

Shayx ruhidin yetishti bu madad,
Kim bu bulbul lahni bo‘ldi beadad...
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:04:54
Muhammad Abu Bakr b. Ibrohim - Fariduddin Attor (1119—1193) — jahon she’riyati, falsafasi, tasavvuf olamining buyuk namoyandasi, eronlik shoir va mutafakkirdir. Tug‘ilgan va o‘lgan yillari Avfiyning «Lubob ul-albob», Qazviniyning «Tazkirat ul-avliyo», Davlatshoh Samarqan-diyning «Tazkirat ush-shuaro» asarlarida turlicha ko‘rsatilgan. Fariduddin Attorning o‘zi «Mazhar ul-ajoyib» asarida (xorazmlik buyuk avliyo) Najmiddin Kubroni ko‘rganligini yozadi. Najmiddin Kubro esa 1221 yili vafot etganki, bundan Attorning yuz yoshdan oshgani anglashiladi. Attor yana «Mazhar ul-ajoyib» asarini hijriy 584, milodiy 1188 yili ta’lif etgani (tuzgani)ni va o‘sha vaqtda yoshi yuzdan oshganini bitadi. Har holda Attor bu asarini qarilik chog‘larida yozgani shubhasiz. Shundan so‘ng u faqat yana bir buyuk asari - «Lison ul-g‘ayb» («G’oyibot tili»)ni yozgani fanga ma’lum. Davlatshoh Samarqandiy hisobiga ko‘ra, Attor 114 yoshida vafot etgan. Qazviniy, Davlatshoh. Yoqut Hamaviy ma’lumotlariga ko‘ra, Fariduddin Attor Nishopur shahri chetidagi Tun qishlog‘ida dunyoga kelgan. Attor «Mazhar ul-ajoyib»da yozishicha, bolachik chog‘lari xastalanganida, hazrati Achi mozoriga kelib shifo topar edi.
Fariduddin Attor asarlarini mazmun va uslub jihatidan uch davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davrda u she’riyatning barcha san’atlarini yaxshi biluvchi ustoz hikoyachi san’atkor sifatida ko‘rinadi. Attor charjavali (hoshiyalovchi) hikoyatli masnaviylaridagi son-sanoqsiz jajji rivoyatlariga tasavvufiy ma’nolarni mahorat bilan singdira olgan buyuk mahorat egasidir. Ikkinchi davrda ijodiy reja va tartibga unchalik rioya qilmaydi. Shoirning adabiy san’atlaridan biri shuki, ayni so‘z bayt va misra boshida takrorlanib keladi (takrir, anafora) va biridan-biriga ko‘chadi. Attorda bu san’at dunyo adabiyotida ko‘rilmagan darajada tez-tez uchraydi. Ayni so‘zlar sukunat bilmagan bir hayajon ila yuz martadan ziyod birin-ketin bayt boshida keladi. Shoir ba’zan panteistik (borliqni ilohiylashtirish) tuyg‘ulari-la mast va ba’zan ilohiy kull (barcha olamlar) ila birlashmoq ishtiyoqida ko‘rinadi. Shu davr izidan uchinchi davr- ixtiyor, ya’ni qarilik davri yetib keladi. Bu davrda shoirning hayajonlari shiddati so‘nib, asarlarida ijodiy reja va tartib sokinligi ko‘rinadi. Shu davrga oid ba’zi asarlarining markazida hamon hazrat Alining shaxsiyati ilohiylashgan tarzda ko‘zga tashlanadi.
Fariduddin Attor asarlari yozilish tartibi (xronrlogik) jihatidan, quyidagichadir:
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:05:06
1. «Haydarnoma» - bizgacha yetib kelmagan.
2. Devon.
3. «Javohirnoma».
4. «Sharh ul-qalb» (so‘nggi ikki asarni shoirning o‘zi yo‘q qilgan)
5. «Xusravnoma».
6. «Asrornoma».
7. «Mantiq ut-tayr».
8. «Musibatnoma».
9. «Muxtornoma».
10. «Ilohiynoma».
11. «Bulbulnoma».
12. «Pand-noma».
13. «Tazkirat ul-avliyo».
14. «Me’rojnoma».
15. «Gum-gumnoma».
16. «Vuslatnoma».
17. «Ushturnoma».
18. «Javhar uz-zot».
19. «Halosnoma».
20. «Basarnoma».
21. «Mazhar ul-ajoyib».
22. «Lison ul-g‘ayb» (Helmut Ritter. Islom qomusi. Attor).
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:05:22
Bulardan boshqa yana bir turkum asarlar borki, ular Attor kitoblarida ismlari tilga olinmagan. «Haft vodiy», «Hayyatnoma» («Tiriklik haqida»), «Vasiyatnoma», «Kanz ul-haqoyiq» («Haqiqatlar xazinasi»), «Kanz ul-asror» («Sirlar xazinasi»), «Ixvon us-safo» («Pok og‘aynilar»), «Valadnoma» («Tug‘ilish»), «Miftoh ul-futuh» («Kashfiyotlar kalidi») kabi asarlar Attorga nisbat beriladi.
«Xusravnoma» yoki «Gul va Xusrav» - masnaviy tarzida yozilgan majoziy ishq dostoni. Mavzui milodiy ilk asrlardagi ellinistik (yunoniy) ruhdagi ro‘monga borib taqaladi. Asarda Rum qaysarining bir cho‘risidan bo‘lmish o‘g‘li Xusrav ila Xuziston podshohining qizi Gul orasidagi ishqiy mojarolar tasvirlangan.
«Devon» — g‘azallardan iborat va ularda masnaviylardagi tasavvufiy g‘oyalari lirik tarzda ifoda etiladi.
«Muxtornoma» — ruboiylar majmuasi. Bizgacha yetib kelgan ruboiy to‘plamlarining eng qadimgisidir. Ismi noma’lum tarjimon bu asarni sulton Salim II (1566 — 1574) uchun turkchaga tarjima qilgan.
«Asrornoma» — Attorning tasavvufiy ruhdagi masnaviy-laridan birinchisidir. 26 maqoladan iborat bu asarda tasavvufiy fikrlar kichik hikoyatlar vositasida izohlangan. Ahmadiy taxallusli bir zot bu asarni turkchaga o‘girgan.
«Mantiq ut-tayr» — Attorning eng mashhur masnaviysi-dir. Asar bir hikoyat bilan hoshiyalanib, orada yana ko‘p kichik hikoyatlar keltirilgan. Hoshiya hikoyaning asli Muhammad yoxud Ahmad G’azzoliyga nisbat beriladigan «Risola ut-tayr»ga borib taqaladi. Ibn Sinoning ham «Tayr qissasi» tasavvufiy asari bor. Bu risolada qushlar Anqoni podshoh etib saylash uchun uni izlab, uzoq orolga — jaziraga borishga ahd qilishadi. Yo‘lda ularning ko‘pi halokatga uchraydi. Yo‘lning oxiriga yetganlari - Anqoga: «Seni o‘zimizga podshoh saylash uchun keldik», deydilar. Anqo istig‘no ko‘rsatib, podshoh bo‘lmoq uchun ularga muhtoj emasligini aytadi va "œKelgan joylaringizga qayting", deb buyuradi. Nihoyat ularning ahvoliga achinib, podshohlikni qabul qiladi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:05:34
Attor bu hikoyani ko‘pgina tafsilotlar bilan ziynatlagan. Turli-tuman qushlarning Hudhud bilan suhbatlarida Attor husni ta’lil san’atidan foydalanib, g‘oyat yangi bir tarzda tasavvufiy, hikmatli fikrlarni ifodalaydi. Bundan boshqa, Anqo ismi o‘rniga shoir Simurg‘ ismini qo‘yish bilan «tajnisi murakkab» san’atidan foydalanib, «man a’rifa nafsaxu faqad a’rifa rabbahu» so‘zining ma’nosini go‘zal bir tarzda anglatgan (Kim o‘zligini bilsa, Allohi taoloni ham biladi). Simurg‘ni izlab kelgan qushlardan 30 nafari omon qoladi va oxiri «Simurg‘» (30 qush) o‘zlari ekanini anglab yetadilar. Boshqacha aytganda, odamlarning umr bo‘yi izlagan orzusi ularning o‘z qalbidadir. Gulshanriy 717-hijriyda «Mantiq ut-tayr»ga bir nazira yozgan bo‘lib, undan bizgacha kattagina parcha yetib kelgan. (Qarang: F. Teshner. Das futuvvat kapitel in Gulshexris alt osmanissher Barbeytug fon Atgars Mantiqut-tayr. (Olmoncha.) Turk adabiyoti namunalari. Istanbul, 1926).
«Musibatnoma» — bu masnaviyda shoir Allohni Koinotdan izlab, oxiri o‘z qalbidan topgani borasidagi tasavvufiy g‘oyani boshqacha bir tarzda ifodalagan. Bir solik (tariqat, suluk a’zosi) pirining amri bilan ruhan (shuuriy) ko‘klarga sayohat qilib, Isrofil, Mekoil, Azroil va boshqa farishtalar hamrohligida Arsh, Kursi, Lavh, Qalam, Jannat. Jahannam, Ko‘k, Quyosh, Oy, Anosiri-arbaa (To‘rt unsur), Tog‘, Dengiz, Ma’dan, Nabotot, Hayvonot, Qushlar, Iblis, Odam, Nuh, Ibrohim, Muso, Dovud, Iso, Muhammad, His, Xayol, Aql, Qalb va Jon bilan uchrashib suhbatlashadi. Ular birin-ketin husni ta’lil ruhidagi javoblari bilan yo‘lchining umidini yo‘qqa chiqaradilar. Nihoyat, u izlaganini o‘z qalbidan topadi.
Bu asar Pur Muhammad tarafidan «Tariqatnoma» atalib, sulton Murod II topshirig‘i bilan turkiy tilga tarjima qilingan.
«Ilohiynoma»— bu ma’naviy doston ham bir qamrovli hikoya va bir qancha kichik hikoyatlardan tashkil topgan. Qamrovli hikoyaning mazmuniga ko‘ra, bir podshoh olti o‘g‘lidan: «Dunyoda eng sevgan narsalaringiz nima ekanini ayting», deb so‘raydi. Birinchi o‘g‘il parilar podshohining qizini sevishini, ikkinchisi sehrgarlikni yoqtirishini, uchinchisi - Jomi Jamni (Jamshid qadahini), to‘rtinchisi - obihayotni, beshinchisi — Sulaymonning uzugini, oltinchisi — al-kimyoni orzu qilishini aytadilar. Podshoh farzandlariga bu dunyo havaslaridan yuksakroq orzular borligini tushuntiradi. Asosiy hikoya to‘qimasiga singdirilgan kichik hikoyatlarda Attor zuxdiy va tasavvufiy mavzulardan bahs etadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:05:49
«Bulbulnoma» — kichik bir masnaviy bo‘lib, unda qushlar Sulaymon payg‘ambarning huzurida: «Gulga e’timod qo‘ygan Bulbul saharlari gul uchun sharqiylar tarannum etib, bizning rohatimizni buzyapti», deb shikoyat qiladilar. Sulaymon payg‘ambar tabiatni ko‘ndirib, Bulbulni chaqiradi va u ham payg‘ambar huzurida shikoyatchilardan o‘zini muhofaza etadi. Hazrati Sulaymon nihoyat Bulbulni rohatdan kechib, dard chekishga amr etadi.
«Pandnoma» - yaxshi bir axloq-odob kitobidirki, eski vaqtlarda ko‘p maktablarda o‘qitilardi. Attorning boshqa asarlaridan soddarrq yozilgan bu asari turkchadan tashqari, farang, olmon, lotin va hind tillariga tarjima etilgan, ko‘p martalab sharhlangan. Turkcha sharhlari orasida, Shomiy (vaf. 1009) ning «Saodatnoma», Abdurahmon Abdiy poshshoning (vaf. 1103) - «Al-muf’id» (Istanbul, 1250^-1267), Muhammad Murod b. Abdur-Rahim (vaf. 1264) «Mahozir»i ham Istanbulda bosilgan (Islom ensiklopediyasi. Attor).
«Tazkirat ul-avliyo» — Attorning yagona mansur (prozada yozilgan) asari bo‘lib, avliyolarning tarjimai hollaridan bahs etuvchi buyuk bir kitobdir. Tarjimai holi yozilmish so‘nggi avliyo Attorning hurmatiga sazovor Halloj bo‘lib, boshqa boblarda u ko‘p tilga olinadi. «Tazkirat ul-avliyo» turkiyga ko‘p marta o‘girilgan:
1. Asarning sharqiy turkchaga (uyg‘urchaga) o‘girilgan bir nusxasi Parij Milliy kutub-xonasida 100-raqami bilan saqlanadi. Parijda, Milliy kutubxonada yana bu asarning Pave de Kurteyl tayyorlagan farangcha nashri ham bor (1889—90). «Tazkirat ul-avliyo»ning arab alifbosidagi turkiy matni esa Fotih kutubxonasida (Turkiya) 2848-raqami bilan saqlanadi.
2. Asarning Oydin o‘g‘li Mahmudbey (hijriy 707—734) nomiga bitilgan onado‘liy turkchaga tarjimasi Valiuddin Afandi kutubxonasida 1643-raqami bilan saqlanadi.
3. Yusuf b. Hizr Xoja poshsho (vaf. hijriy—891) tarjimasi («Usmonli mualliflari», II jild, 223-bet).
4. Ali-Rizo Qora Hisoriy tarjimasi («Usmonli mualliflari», 111 jild, 223-bet). Istanbul kutubxonalarida bu asar qo‘lyozmalarining qanday tarjimalari borligi hozircha to‘la aniqlanmagan. Yuqorida zikr etilgan qo‘lyozmalardan tashqari, yana Ayo-So‘fiya, Fotih, Hakim o‘g‘li, Qilich Ali, Layli eli, Nuri-Usmoniya, Xolis Afandi, Rizo poshsho kutubxonalarida «Tazkirat ul-avliyo» qo‘lyozmalari bor. O’zbekis-tonda Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari institutida ham bu asarning bir necha qo‘lyozmalari bor.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:06:00
«Me’rojnoma» mazmuni ismidan anglashilib turadi. Payg‘ambar sallallahu alayhi vassallamning ko‘kka ko‘tarilib, Alloh huzurida bo‘lishi falsafiy — irfoniy mazmunda tasvir etilgan.
«Gum-gumnoma» — kichik bir hikoyatdan boshlanadiki, Attorning har bir masnaviysida ham bunday hikoyatlar uchraydi. Hikoyada aytilishicha, Iso payg‘ambar alayhissalom cho‘lda bir o‘likning bosh chanog‘ini topib, uni duo orqali tiriltiradi va u bilan suhbatlashadi. Bu yetti iqlimga hukmron bo‘lgan podshohning bosh chanog‘i bo‘lib, u Iso payg‘ambarga hayotini, kechmishlarini, qabr azoblarini va jahannamdagi ahvolini so‘zlab beradi. Bu kichik asarni V.A.Jukovskiy ruschaga tarjima qilib, nashr ettirgan. Hijriy 770 da Husam kvtib tarafidan «Gum-gum Sulton» nomi bilan kengaytirilib o‘girilgan va hijriy 1289 da Qozon dorilfununi matbaasida «HIKOYATI Gum-gum Sulton fi nubuvvati Ilyos alayhissalom» nomi bilan nashr etilgan. Bu asar onado‘lu turkchasiga ham o‘girilgan. Zotan, bu hikoya mavzui turkiy xalqlar adabiyotida ma’ruf va marg‘ubdir
(Qarang: Fuod Ko‘prulu. Turk adabiyoti tarixi: Istanbul: 1926, 362-bet).
«Ushturnoma»— bu asar bilan Attor ijodining ikkinchi davri boshlanadi. Asarda voqealarni qamrovchi bir hikoya bo‘lsa-da, anglatish tarzi avvalgi masnaviylarga nisbatan ancha tarqoq va cho‘ziqdir. Bundan tashqari, takrordan ko‘p foydalaniladi. Kitob markazida tasavvufiy ma’no berilgan bo‘lib, bir turk xayolbozi (chodirxayol, qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi) san’atkor qo‘g‘irchoqlarni sahnada bir-bir o‘ynatib keyin yana sandig‘iga tashlab berkitgani ramzi bilan Allohning olamdagi barcha maxluq-jonzotlarga hayot berib, so‘ng yana o‘ldirishiga ishora qilinadi.
«Javhar uz-zot» — bu asarda endi qamrovli (qoplama) hikoya yo‘q. Asarga hokim bo‘lgan tuyg‘u - fano, ya’ni vujudning mahv etilishi, yo‘qolishi orqali tomchining dengizga qo‘shiluvi kabi, inson juz’ining ilohiy kull - abadiy ruh bilan qo‘shiluvi yo‘lidagi otashin istakdir. Kitobning asosiy qismini vujudidagi ilohiylikni anglab, o‘zini dengizga otgan bir go‘dak - yosh bolaning namunasi, deb doimo Mansur Hallojni ko‘rsatadi. Shuning uchun ham Mavlono (Jaloliddin Rumiy) «Hallojdagi nurning 500 yil o‘tgandan keyin Attorning ruhida tajalliy etishi» haqida gapirgan edi. Bu asardagi ikkinchi ohang shunda ko‘rinadiki, Attor ruhida asta-sekin Ali shaxsiyatini mujassam etish sezila boshlaydi. Attor uchun ilohiy asrorning homili Alidir va bu asror Aliga payg‘ambar tomonidan berilgandir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:06:17
«Javhar uz-zot» asari uch kitobdan iborat bo‘lib, hozir so‘zlaganlarimiz faqat birinchi kitobga oiddir. Asarning uchinchi kitobi «Hallojnoma» deb ham ataladi va unda Mansur Halloj shaxsiyati asosiy o‘rin tutadi.
Attorning «Vuslatnoma» asarida nafis bir reja va tartib ko‘rinmasa-da, u vahdati vujud g‘oyalari, so‘fiyona hikoyalar va majozlar bilan muzayyandir. Bu hikoyalarda ham Mansur Halloj shaxsiyati yuksak bir mavqe’ni egallaydi.
Shoirning eng kichik masnaviylaridan biri «Basarnoma» bo‘lib, bunda ham so‘fiyona fikrlar, fano, baqo, Alloh ruhiga va nuriga singib ketish g‘oyalari ilgari suriladi. (Ahmad Yassaviyda ham «fano fi-l-loh»ga katta e’tibor berilganini eslang.)
Shoir badiiy-g‘oyaviy izlanishlaridagi uchinchi davr, aytganimizday, «Mazhar ul-ajoyib» asari bilan boshlanadi. Bu masnaviyda shoirning otashin ehtiroslari pasaya boshlaydi, qofiyada ham, vaznda ham g‘alatliklar uchraydi. Dostonda hazrat Ali siymosi markaziy o‘rinni egallaydi. «Javhar uz-zot» masnaviysida ko‘rilgan ilohiy kuy va qamish hikoyasi bu asarda ham o‘zgacharoq bir alfozda takrorlanadi. Bundan tashqari, shoir dostonda ba’zi vaqf yer-mulklarni g‘arazli maqsadlarda suiiste’mol qilgan ba’zi muftiylarni qoralaydi. Olmon sharqshunosi Helmut Ritter fikricha, bunday muftiylarga hujum zaminida shoirning asarlarini qoralab, fatvo bergan muftiyga o‘xshash din peshvolari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, asarda shoirning falsafiylikka mayli ortib borayotganidan dalolat beruvchi hikoyalar, o‘z hayoti, tarjima xrliga oid lirik chekinishlar, o‘quvchisiga qaysi asarlarni o‘qib, qaysilarini o‘qimasligi haqida tavsiyalar beriladi. Asarda mashhur mugasavvif shayx Najmiddin Kubro ismi ko‘p marta tilga olinadi (Abul Janob Ahmad ibn Umar Xevaqiy). Shayx Kubro aslida Fariduddin Attorning ustozi Majdiddin Bag‘dodiyning ustozidir. Demak, Fariduddin Attor shayx Najmiddin Kubroga nevara shogirddir («Tazkirat ul-avliyo» debochasiga qarang). «Nasoyim ul-muhabbat»da Navoiy yozishicha, «Va alarni Shayxi Valiytarosh debturlar. Aning uchunki, vajdu hol g‘alabotida muborak nazarlari har kimga tushsa, valoyat (valiylik) martabasiga yetar ermish...»
Fariduddin Attorning so‘nggi mashhur asari «Lison ul-g‘ayb» bo‘lib, bunda shoir o‘zining xilvatda huzur-halovat topganini, chunki xilvatda oshiq sifatida ma’shuqi (Alloh)ning vasliga yetishganini izhor etadi.
Shayx Fariduddin Attorning g‘oyalari, Haqqa yetishuvi yo‘lidagi izlanishlarining sirlari hali ko‘p asrlargacha adabiyotshunos, ilohiyotshunos, tarix va falsafa olimlarini to‘lqinlantirib, ijod va ilhom sarchashmasi bo‘lg‘uvsidir.

Najmiddin Komilov,
Mahkam Mahmudov

 
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:06:53
ULUG’VOR VA QUDRAT SOHIBI ALLOH TAOLO MADHIDA

Bismillohir rahmonir rahim

BUYUK VA A’LO BORIY TAOLO TAVHIDI HAQIDA

Ofarin, jonofarin, ey pok Ruh,
Jon va iymon oldi sendan xok, ruh.

Xoku suvdan Odamni bunyod aylading,
Oxirin ham xok etib, yana barbod aylading.

Yerni pastu, qilding osmonni baland,
Biri hurdir, o‘zgasida ming kamand.

Ul birisi aylanur davron bo‘lib,
Ul birisi jim turar hayron bo‘lib.

Yerga gumbaz qilding ko‘kni besutun,
Olti kunda bor qilding barcha olamni butun.

Osmon nardasida senga anjum soqqadir,
Har tong rangi o‘char, har kecha topgay qadr.

Ruh qushin sayd etgali domdir badan,
Xush uchib bu qushdin muxtashif ahvolda tan.

Sirli olam naqshidan bahri dil uyg‘onadi,
Tim-qo‘rquv ichra suv ham gohi tonglar yonadi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:07:10
Dengiz bag‘ri suv to‘la, sohil tashnalab o‘tar,
Tomchi yomg‘irdan sadafning bag‘rida gavhar o‘sar.

Tog‘u toshga qoyadan tig‘, daryodan berding kamar,
Go‘iyo jangchiga o‘xshar, yuzi yong‘ay har sahar.

Gulni o‘tga solsang bir zum gil bo‘lur,
Sen jahl qilsang agar pashshalar ham fil bo‘lur.

Fir’avn boshin yedi nimjon pashsha,
Oxiri voy bo‘ldi to‘rt yuz yil yashab.

O’rgumchak to‘rin yoyar g‘ordagi do‘sting uchun,
Chumolidan Sulaymon olg‘ay aqlning kuchin.

Lolalardan qizarib, qon bo‘lur tog‘ cho‘qqisi,
Tuproq bag‘rining qoni la’lga aylanar bir kun...

Jonni yaratuvchi pok Parvardigorga hamdu sanolar bo‘lsin! Tuproqqa jon bag‘ishlagan va imon ato etgan ham Uldir. U tuproqni suv uzra tikladi, tuproqdan bo‘lganlar umrini u yelga berdi. Osmonni zabardastlik — g‘oliblikda (tepada) sakradi. Tuproq — yerni pastlik darajasida tutdi. Ul biriga — osmonga doimiy harakat ato etdi, bul biriga - Yerga doim sokin, tinch turishni buyurdi. Olti kunda yetti yulduz -sayyorani vujudga keltirdi, ikki harf orqali amr etib, osmonni yaratdi. Falak har kecha u yerda nard o‘ynasin deb yulduzlar soqqasi — muhrasini oltin sandiqchalar shaklida yasadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:07:21
Tana tuzog‘ini xilma-xil holatlarda qo‘ydi. Jon qushining domini tuproqqa qo‘ydi. Dengizni eritib o‘ziga taslim qildi, tog‘ni qo‘rquvdan qotirib (hayron qilib) qo‘ydi. Chanqoqlikdan dengizning labini quritdi (sohil quruq), toshni yoqutga va qonni mushkka aylantirdi. Yerning posboni bo‘lsin deb toqqa ham cho‘qqi berdi, ham bel berdi. Gohida olov ustida gul dastaladi*, gohida daryo ostida ko‘prik yasadi*. Dushman boshida yarim pashshani to‘rt yuz yil tutib turdi*. O’rgimchakka hikmat bilan to‘r to‘qishni o‘rgatdi va sadri olam — Muhammad Mustafoni unda yashirib osoyishta saqpadi*.
Chumolining belini qilday ingichka qildi, ammo unga Sulaymon qo‘lida joy berdi*. Abbos avlodiga xil’at - to‘n berdi.* Osmonga tos (to va sin) berdi. Iso bilan birga ignani ko‘rgach, noiloj sir fosh bo‘ldi*. Loladan qonli qilgan tig‘ni (tog‘ cho‘qqisini), tutundan niliy gulshan qildi. Tuproqni pora-pora qilib, qon bilan yo‘g‘irdi, toki qip-qizil la’lni undan chiqardi. Quyosh va oy kecha-kunduz unga sajdadadir, bular o‘z manglaylarini yo‘lining tuprog‘iga surtadilar. Bu ularning sajdadagi siymolaridir - sajdasiz siymo mavjud bo‘ladimi axir!
Kunduz uning bastidan (ochiq-ravshanligidan) oqarib ko‘rinsa, kecha Uning qabza (siquvi)dan qorong‘ilikda kuyadi. To‘qalga oltin bo‘yinbog‘ bog‘ladi, Hudhudga rahbarlik xabarini berdi. Osmon qushi yo‘lida qanot qoqadi, eshigida eshik halqasiday bosh uradi. U falakka kecha-kunduzda aylanib turishni o‘rgatdi, kechani ketkazib, kunduzni keltirib, rizq-ro‘zi berdi (kunduzlik - yorug‘lik keltiradi).
Loyga nafas tegizsa, loyni odam qiladi va ko‘pik bilan tutundan butun olamni yarata oladi. Gohi itga to‘rgacha yo‘l beradi, gohbir mushuk orqali yo‘lni ochadi. Gohi Ul, yakinlik, shermardlikni shu itga nisbat beradi*. Gohi bir aso - tayoqqa Sulaymonlik qudratini beradi, gohida bir chumoliga so‘zlash iste’dodini ato etadi*. Gohida asoni ajdarhoga aylantiradi* va tandirdan to‘fon chiqaradi*. Qishda kumushday qorlarni yog‘diradi, kuzda daraxt shoxlaridan oltin to‘kdiradi. Falakni sarkash ot sag‘risiga aylantiradi, uning hilolidan o‘t sachrovchi taqalar yaratadi. Toshdan o‘rkachli tuyalar chiqaradi, oltin sigirni zorlanib nola qilishga majbur etadi*. Agar kishi o‘qini qon ichiga yashirsa, u g‘unchada qonni o‘q ichiga joylaydi (hali ochilmagan qizil gul g‘unchasi uchida qon to‘ldirilgan kamon o‘qiga o‘xshab ketadi). Yosumanga to‘rt toj yasadi, lolaning boshiga qonli quloh kiydiradi, gohi nargis guli boshiga oltin toj kiygizadi, gohida uningtojiga shabnamdan gavhar qadaydi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:07:32
Aqlning faoliyati (ishlashi), jonningdilbarga oshig‘lig‘i Undan, osmonning aylanishi, Yerningxoru ojizligi Undan, Baliq orqasidan Oygacha nimaiki bor — barcha zarralar Uning zotiga guvohlik beradi. Tuproq — yerning pastligi va falak-ning balandligi — har ikkalasi (Uning qudratiga) alohida-alohida yetarli guvohdir. U shamol (el), tuproq, olov, qonni (tiriklikni) yaratdi va (shu orqali) o‘z sirrini bir-bir oshkor eta boshladi. Odam tuprog‘ini loy qilib, qirq kun saqladi, keyin jonni unga joylab, orom berdi. Jon tanaga kirgandan keyin, ko‘ngil undan tirildi, (so‘nfa) unga akd ato etdi, toki olamni biladigan bo‘ldi. Keyin ilm berdiki, Allohni tanimoqni o‘rgandi. Taniydigan bo‘lgach, (odam o‘z) ojizligiga iqror bo‘ldi, shundan keyin hayratga g‘arq bo‘lib, tanni ishga soldi. Bu olamni xoh dushman, xoh do‘st hisobla, uning hammasi Uning yuki ostidadir. Uning hikmati hammaning yukini belgilaydi va yana ajabki, Uning O’zi barchaning asraguvchisidir. Boshidan boshlab tog‘ni yerning qozig‘i qildi*. Keyin yerni daryo suvi bilan yuvdi. Yer Sigir orqasida tik turgach, Sigir Baliq ustida, Baliq esa Havo ustidadir. Bas, havo nima ustida turadi? Hech narsa ustida turmaydi*. Hech — hechdir, buning hammasi hech, vassalom.
Ul podshohning san’atiga fikr qilki, (butun bu borliqni) hech narsasiz saqlab turadi!
Agar bu borliqning hammasi hech (yo‘klik)ning ustida bo‘lsa, demak (bu dunyoning) barchasi hechdir — yo‘qlikdir. Arsh suv ustida, olam esa — havo ustida. Suv va hayu dema, barchasi Allohdir! Arsh va olam tilsimotdan boshqa narsa emas, hamma Udir, qolganlari nomdir, xolos. Qarang: bu olam ham, u olam ham Udir, Undan boshqa (narsa) yo‘q, agar bo‘lsa, ul ham Udir.
Ey afsus, hech kimning toqati dosh bermaydi, ko‘zlar ko‘r, holbuki jahon Oftob (Alloh) nuri bilan to‘liqdir. Agar ko‘ra olsang, bu aqlni kam qilarding, barchada Uni ko‘rib, o‘zingni yo‘q qilarding. Ajabki, hamma etagini qo‘lga olgan. Uzr aytib, Uni bor deydilar.
Ey, oshkorliging yashirin Zot. Butun olam Sensan, odamlar esa ko‘rinmasdirlar*. Sen hammadan qadim va hammadan oldinsan, hammani O’zingdan (paydo qilding), O’zingni hammada ko‘rasan. Sening toming posbon va qo‘riqchilar bilan to‘la. Sen tomon qanday qilib kishi yo‘l topsin?
Aql va jonga Zoting atrofida yo‘l yo‘q hamda sifatla-ringdan hech kim xabardor emas. Garchi jon ichida yashirin xazina ham Sensan, dilu jon ichra bor haqiqat ham Sensan. Barcha jonlar mohiyatingdan nishon topolmaydilar, anbiyo yo‘ling tuprog‘ida jon bag‘ishlaydilar. Aql agar Sendan bir nishona (mavjudlik) anglasa, ammo haqiqating — mohiyatingga yo‘l topolmaydi. Sen borliging va mavjudligingda butkul abadiysan, hammani bu ishdan qo‘l tortishga majbur qilding.
Ey Rabbim, jon ichida ham, jon tashqarisida ham Sensan, nima desam u emassan, o‘xshashi yo‘qsan. Ey, aql dargohingda sarsonu hayron, aqlu jon yo‘lingda ovorayu sargardon. Butun olamni Sen bilan ayonu aniq ko‘raman, ammo olamda Sendan nishon ko‘rolmayman.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:07:48
Ey sirlarni bilguvchi Zot, har kimki Sendan bir nishon - belgi so‘zladi, ammo u Sening nishoning emas, chunki benishonsan, garchi hamma yerda borsan*. Falak garchi qanchadan qancha ko‘zlar (yulduzlar)ni ochdi, lekin Sening yo‘lingdan bir g‘uborni ko‘rmadi. Yer ham garchi dardingdan boshiga tuproq sochgan bo‘lsa-da, biroq g‘uboringni ko‘rmadi.
Quyosh Sening shavqingda hushini yo‘qotgan, (shu bois) har kecha ikki qulog‘ini Yerga ishqalaydi. Oy ham ishqingda suv bo‘libdi, har oyda hayratdan qalqon tutadi. Dengiz Sening (ishqing) g‘avg‘osida boshdan kechib devonaday etagi ho‘l, labi esa qurib qolibdi. Tog‘ yuz dovoni bilan yo‘lda qolib beligacha loyga botibdir. Olov Sening shavqingda otash bo‘lib yonadi, sarkashlik va kuydiruvchilik xossasini oladi. Shamol (el) Sendan o‘zini yo‘qotib, kaftda havo tuproq ustidan uchadi. Suv (hovliqishdan) jigari qurib, qaqshaydi. Sening shavqingda boshi bilan suvga g‘arqbo‘lgandir. Tuproqqo‘yingda ovorayu dardmand, xoksorlikdan boshiga tuproq qo‘yibdi.
Qancha gapirmayin, Sening sifatingni aytib bo‘lmayapti, na qilayki, mening ma’rifatim yetarli emas.
Ey ko‘ngul, agar tolibsan, yo‘l yurgin, orqa-oldingga qarab, ogoh bo‘lib yur. Solih yo‘lovchilarni ko‘rgin, ular Dargohga kelibdilar, hammasi birin-ketin yo‘ldosh bo‘lib kelibdilar. Har zarrada o‘zgacha dargoh bor, demak, har zarradan Unga tomon o‘zgacha yo‘l bor. Sen qaysi yo‘ldan yurishni, qaysi yo‘l ul Dargohga olib borishini qaerdan bilasan? Uni yashirin (deb) izlasang, (U) ayondir, agar Uni ayon (deb) izlasang, U yashirindir.
Agar birga (ham nihon va ham ayon deb) olib, uni «qanday?» — deya qidirsang, unda U har ikki holatdan ham tashqaridadir. Sen hech narsa yo‘qotganing yo‘q, hech narsa izlama, yo‘q degan so‘zingni yo‘q qil. Nimani aytsang va neki bilsang — bu sensan, o‘zingni tanisang, bundan-da yuz barobarsan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:08:07
Sen Uni U bilan tani, o‘zing bilan emas. Unga tomon yo‘l Undan boshlanadi, aqldan emas*. Vasf etuvchilarga (hamma vaqt ham) Uning vasfi munosib emas, bu ish har bir mard va nomard (nokas)ning ishi emas. Ajz (ojizlik, faqr) shuning uchun ma’rifat bilan hamsafar bo‘ldiki, Uni sharhlash ham, sifatini ta’riflash ham mumkin emas. Xalqning bir qismida U haqda xayol bor, xolos. Undan xabar berish maholdir. Agar g‘oyatda ko‘p, yaxshi-yomon so‘z aytgan bo‘lsalar ham, nimaki U haqda desalar, o‘zlaridan (o‘zlariga uxshatib) aytganlar.
U ilmdan yuqori, ayondan tashqaridir. O’zining qudsiyati (pokligida) nishonsizdir. Uning nishonidan kishilar benishonliqdan boshka nishon topmadilar, jonni bag‘ishlashdan o‘zga chora topmadilar. Hech kimning hushyorligu devonalikda Undan boshqa («illalaziy») nasibasi yo‘q. Ikki dunyoda zarra-zarra sening fahming (tushunchang) bor. Nimaniki Alloh desang — u sening xayolingdir, xolos. U bor bo‘lgan joyga kishi joni borib yetmaydi. Yuz minglab Tur (tog‘) jondan afzal, avlo, yaxshi, balanddir. Nimaiki aytishni ep ko‘rsam, U undan baland (afzal)dir. Aql Uning savdosida (bilishi, tanishi) hayron bo‘ldi. Jon nochorlikdan barmog‘ini tishladi. Jon nima? Uning ishida hayronu sarson narsadir. Ko‘ngil esa jigarini yeb, qonga belangan.
Ey Haqshunos, bunaqa ko‘p qiyos qilma, zero, o‘xshashi yo‘q ish qiyossizdir. Buyukligini (anglashda) aql bilan jon qaridi (nochor bo‘ldi), aql hayron, jon esa mot bo‘ldi. Kullning kullidan birorta payg‘ambar ham biror juzv ogoh bo‘lmadilar*. Hammasi ojiz bo‘lib, yuzlarini tuproqqa surtdilar. «Mo arafnoka» deb xitob qildilar, xolos («Mo arafnoka nafsahu qad arafa Rabbahu» — «Kimki o‘zshi tanisa, o‘z Rabbini taniydi» hadisiga ishora).
Men kim bo‘ldimki, Uni tanish va bilish lofini ursam, o‘zini U bilan birga deb bilgan kishigina Uni taniydi. Chunki ikki olamda Undan o‘zga yo‘q, unda kim bilan bu savdo va havas tahsinini pishiradi? U shunday daryodirki, gavharlari to‘lqin-to‘lqin, sen pastda avjlanib buni bilmaysan(?). Kimki bu daryoning gavharini topmasa, «lo» (yo‘q) bo‘ldi va «lo» (yo‘q) dan boshqa hech narsa topmadi*. Nimaiki, tavsif etilgan bo‘lsa, U emas. Menga buni aytish osonmi, axir?
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:08:18
Ishoratga (to‘g‘ri) kelmagan narsani aytma, ibratga rost kelmasa, indama. U na ishoratni qabul qiladi, na nishoni bor. Hech kimning U haqda na ilmi bor, na biror dalili (Ya’ni, ilm Uni dalillashga ojizdir).
Sen (orada) bo‘lmagin — kamol aslida shudir, xolos.
Sen o‘zlikdan kam bo‘lgin - visol shudir, xolos.
Sen Unda yo‘qolib ket - hulullik (singib ketish) shundan iborat, bundan boshqasi behuda ezmaliqdan boshqa narsa emas.
Birlikka (faqat Allohga) bor va ikkilikdan yiroq tur, bir dil, bir qibla va bir yuz bo‘lgin.
Ey ma’rifatsiz xalifazoda (Allohning yerdagi xalifasi Odam Atoning avlodi ma’nosida), otang bilan ma’rifatda hamsifat bo‘l. Haq adam - yo‘qlikdan nimaiki vujudga keltirgan bo‘lsa, hammalari Uning oldida sajdaga bordilar. Oxiri Odamni yaratish navbati yetganda, uni qizg‘anib, yuz parda orqasiga olib bordi. Dedi: ey odam, saxovat dengizi bo‘l, bular (farishtalar) senga sajda qiluvchilar, sen esa bularga masjud (sig‘inish manbai)san.
Ular orasida biri Insonga sajda qilishdan bosh tortdi, masxara (badbashara) va mal’un (la’natlangan) bo‘ldi va buning ma’nosini tushunmadi. Yuzi qaro bo‘lgach, Allohga nola qidib, ey Ehtiyojsiz Alloh, meni hayf qilma va ishimni o‘nglagil. Haq taolo dedi: Ey mal’un, Odam ham Allohning xalifasi, ham Podshodir. Bugun sen uning yuzida ko‘z bo‘lgin, bundan keyin tong-la (ertaga) sipand (isiriq) yondirgil(?). Juzv va kull jonni jismga qanday sotdi? Kishi bundan ajoyibroqtilsim yasamagan. Jon balandda (osmonda), tan esa tuproqdan bo‘lgani uchun pastda edi, (lekin) pastdagi tuproq bilan pok jon qo‘shildi (jam’ bo‘ldi). Baland va past birga qo‘shilgach, Odam (paydo bo‘lib), u sirlar mujassamiga aylandi. Ammo uning sirlaridan kishi xabardor bo‘lmadi. Har gado uning ishidan ogoh emas (Uning ishini bilmas).
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:08:29
(Buni) bilmadik va tanimadik, bir lahza ko‘ngil bog‘lamadik ham. Jim turishdan boshqa yo‘l yo‘q, chunki odam uchun bir ohdeyishdan boshka iloj yo‘q, chunki ular faqat daryo yuzidan ogohdirlar. Ammo uning tubidan hech kim ogohemas. Xazina esa tubdadir, dunyo - bir tilsimotdir. Oxir-oqibat bu jism bandini tilsim sindiradi. Tilsimot oldingdan yo‘qolgach, xazinani topasan, jism ketgach, u (xazina ko‘rinadi). Bundan keyin joning boshqa tilsimotga tushadi - g‘ayb uchun sening joning boshqa bir jismdir. Shunday ketaverasan, oxiriga yetmassan, bu dardingning darmonini topolmaysan.
Bu dengizning qa’ri - ichi chegarasiz, ko‘plar g‘arq bo‘ldilar, ammo birortasidan xabar yo‘q. Bahri a’zam - Buyuk Ummon deyiladigan bu dengizda olam bir zarradir va zarra olam kabidir.
Bu Ummon ko‘piradi, ana shu ko‘pik (to‘lqin)ni olam deb bil. Shuni ham bilki, bir zarra - bir ko‘pik (to‘lqin)dir. Agar olam yo‘qolsa va zarra ham yo‘qolsa, bu Ummondan ikki ko‘pik (to‘lqin) yo‘qoladi, xolos. Bu chuqur Dengizda toshchalar qadrlimi yo aqiq — inson bilmaydi.
Bir zarraning kamolini bilish (tanish) uchun aql, jon, din va dilni bag‘ishladik. Og‘zingni yum, Arsh, Kursidan so‘rama, agar bittagina so‘z so‘ramoqchi bo‘lsang ham so‘rama! Aqling bitta qil ustida lol qoldi (kuydi), shu uchun (gap) so‘rashdan lablaringni bog‘la*.
Qancha gapirma, qancha so‘rama, kishi bir zarraning mohiyatini batamom bilolmaydi. Osmon nima? — To‘ntarilgan gumbaz, ammo ustunsiz, u beqarorliqda (harakatda), ammo mustahkam turadi. Uning yo‘lida o‘zingni yo‘qotib hayron-san - sen parda ichrasan, undan tug‘ilgansan! Falak boshini yo‘qotgan (ilojsiz) narsadan o‘zga emas, u parda ichida nima borligini qaerdan bilsin? U (falak) necha yildirki aylanadi, bu eshik atrofida boshu oxirsiz holda aylanadi. (Falak) Parda ichidagi sirni bilmaydi, senga o‘xshaganga bu Parda ochilarmshsh?
Olamning ishi hayrat va ibratdir, hayrat ustiga hayrat va yana hayratdir! Shunday ishlar borki, ularning yuzi va orqasi yo‘q, bunga bosh qotirma, yuzingni devorga qaratib, qo‘lingning orqasini tishla.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 23:08:41
Yo‘lni biladigan yo‘lboshchilar o‘z jonlarini hasratda qoldirib, ojizlik va hayratda qoldilar. Avval Odam Safilullohga nima bo‘lganini ko‘r, uning umri motamda o‘tdi, keyin Nuhni ko‘r, u xaloskorlik ishiga bel bog‘lab, ming kofirlardan azob chekti. Yana Ibrohimga boq: dilini yakkayu yagona Alloh taologa bag‘ishlab, olov va manjaniqni manzil qildi1. Yana motamzada Ismoilni ko‘r: maqsadi yor oldida qurbon bo‘lish edi. Yana sarsonu sargardon Ya’qubni qo‘r, o‘g‘li firoqida ko‘zdan ayrildi. Yana Yusufi Siddiqning ahvolini ko‘r: qullik zindonida va quduqda boshidan nimalar kechdi? Yana sitamkash Ayyubga boq: Eshik oldida qurtlar va bo‘rilarga yem edi. Yana yo‘lini yo‘qotgan Yunusga boq: oy osmonidan baliqqorniga tushib qutuldi. Yana Musoni qo‘r: Alloh bilan ahdu paymondan boshlab Fir’avnning doyasi bag‘rida o‘sdi.
Yana Dovudga qara: jigari tafti bilan temirni mumga aylantirardi (eritardi). Yana podsho Sulaymonni ko‘r, dev uning mamlakatini qanday qilib havoga olib chiqdi (barbod qildi). Yana Zikriyoki, Alloh ishqida ko‘ngli jo‘sh urdi, boshiga arra solsalar ham indamadi. Yana Yahyoni ko‘rki, odamlar oldida tog‘oradagi sha’mday boshi kesilgan edi. Yana Isoga qara, u juhudlardan necha marta qochib, jon saqladi. Yana payg‘ambarlar sarvari (Muhammad sallallahu alayhi vassallam) ga qara: kofirlardan qancha jabru jafo ko‘rdi. Sen buni oson deb o‘ylama, ozgina narsa ham kishini jondan ayirishi mumkin, axir. Nima deyin, boshqa so‘zim qolmadi. Shoxidan uziladigan gulim ham qolmadi. Bir yo‘la hasrat qurboniga aylandim, menda bechoralikdan o‘zga chora qolmadi.
Ey Rabbim, yo‘lingda aql — sut emadigan go‘dakday, aql Seni izlab-izlab yo‘qoldi (toliqdi). Oyoqlari qabargan menday odam bunday zotga qanday yetadi, yetganimda ham Ul poklikka qachon yetaman? Sen (Alloh) ilmga ham, bayonga ham sig‘maysan. Sen daromadu chiqimlar, ziyonu foydadan tashqarisan, Musodan Senga foyda va Fir’avndan ham ziyon (yomon so‘z) Senga yetmaydi. Ey chegarasiz Alloh, Sendan o‘zga kim bor, Senki haddu g‘oyatdan buyuksan, sendan o‘zga kim bor? Hech narsa chegarasizlik va gumonu shubhadan tashqarida bo‘lishlikda Senga barobar emas, Sening birliging — Sening barchani kamroving va borliging-dadir. Jahon xalqi hayron qolibdir. Sen esa parda ostida yashirinsan. Axir, ey Do‘st, pardani ko‘targin, jonimni o‘rtama, bundan boshqa pardada yashirin yondirma. Hayrat dengizida birdan yo‘qoldim, bu sarsonlikdan yana O’zing qutqargil! Osmon dengizining o‘rtasida sarson qolibman, parda ichida emas, tashqarida qolibman*.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:35:06
Bandangni bu nomahram dengiz (dunyo)dan chiqar. Sen meni shu joyga (dunyoga) keltirgansan. Sen o‘zing undan chiqar. Mening nafsim butun vujudimni egalladi, agar meni Sen qo‘llamasang, voy mening holimga! Jonim behuda ishlar, narsalar bilan bulg‘angan, men bulg‘anishlarga toqat qilolmayman. Yo bu bulg‘anishdan pok et, yana qonimga bo‘yab, tuproq ayla meni, yo marhamating eshigini ochib, g‘aybingga yetkazgin. Odamlar Sendan qo‘rqadilar, men esa o‘zimdan qo‘rqaman, chunki Sendan yaxshilik, o‘zimdan yomonlik ko‘rganman. O’lgandirman, tuproqqa borurman, jonimni yana qaytar, ey jon bag‘ishlovchi Egam. Agar istamasang buni, bu ovoralik bo‘lur, agar Dargohingdan quvsang — bu yuz o‘girishing bo‘lur.
Ey podshohim, men yuragi qonga belangan odamman, falak kabi butun vujudim aylanishda (sargardon)dir. Xuddi shunday, bir-birimizga hamsoya (qo‘shni)miz. Sen — quyoshsan, biz esa soyamiz, yoding bilan kecha-kunduz birgaman. (Qur’onda) bir lahza talabdan to‘xtamang, degansan. Ne bo‘lardiki, bechoralarga marhamat yuzasidan boqib, qo‘shnichilik haqiga rioya qilsang.
Dardli dil va afsuslangan jon bilan Sening ishtiyoqingda (shavqingda) bulutday ko‘z yoshi to‘kaman. O’z dardimdan Senga so‘zlasam, yo‘qolib ketaman (yodingda), qachongacha Seni izlayin. Gumrohdirman, yo‘lboshchim bo‘l, kechikib (bevaqt) kelgan bo‘lsam ham, davlat ato et menga. Kimki sening ko‘yingda davlatli bo‘lgan bo‘lsa, Senda yo‘qolib, o‘zidan bezor bo‘ldi. Noumid emasman va ishonaman, chunki Sening marhamating cheksiz, yuz ming sham’ingning biri mening qalbimda yongay!
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:35:33
OJIZ VA DILXASTA ODAM HIKOYATI

Bir intizomli, ammo hayronu sargardon odam bor edi, kecha-kunduz mudom safarda edi. Unga bir ayyor (javonmard) uchrab qoldi va qo‘lini bog‘lab, uyiga olib bordi, keyin qilich bilan uning boshini chopmoqchi bo‘ldi. Shu payt ayyorning xotini dilxasta gadoga bir parcha non berdi. Eri qilich ko‘tarib kelganda, ul bechora gadoning qo‘lida nonni ko‘rib qoldi. Dedi: ey noshud, bu nonni senga kim berdi? Dedi: bu nonni sening ayoling berdi. Er bu gapni eshitgach, dedi: seni o‘ldirish bizga harom bo‘ldi (man’ bo‘ldi). Chunki, bizning nonimizni yegan har bir odamga biz tig‘ tortolmaymiz. Nonimizni yegan kishiga jonimizni ham beramiz, men qanday qilib uning qonini tig‘ bilan to‘kayin.
Xoliqo, toki (o‘zimni topib), yo‘lingdaman. Sening dasturxoningdan noningni yeyman. Kimki birovning nonini sindirsa, u bu non haqini esdan chiqarmagay. Sening yuz ming saxovat dengizing bor, Sening noningni ko‘p yedim, buni hisobga olgin, haq berguvchi Egam. Ey olamlar Ilohi, yo‘lda qolgan bandiman, quruqlikda qonga g‘arq bo‘lgan kemani suribman. Mening qo‘limni olib, faryodimga yet, pashshaga o‘xshab qachongacha qo‘limni boshimda tutib turaman. Ey mening gunohlarimni kechiruvchi, uzrlarimni qabul qiluvchi (egam): yuz marta kuydim, yana kuydirmoqchimisan? Sendan uyalib, qonim uyushmoqda, ko‘p nomardliklar qildim, ayblarimni berkit. Men gofillikdan yuz gunohlar qildim, Sen buning evaziga yuz rahmatlar ato etding.
Ey, Podshohim, men miskin bandangni kechir, agar mandan yomonlik ko‘rgan bo‘lsang ham, afv etgin. Bilmasdan xato qildim, kechirgin, jonu dilim bilan azobdaman (pushaymonman): kechirgin! Ko‘zlarim oshkoro yig‘lamasa ham, Sening ishqingda jonim yashirin holda zor yig‘laydi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:35:51
Xoliqo, agar yaxshi yoki yomon ish qilgan bo‘lsam ham, nima qilgan bo‘lsam ham, o‘z tanim bilan qildim. Mening pasthimmatliklarimni afv et, hurmatsizligimni berkit. O’zimga mubtalo, ammo Sening hayroningman, yomonmanmi yoki yaxshimanmi — Senikiman. Holimga boq, Sensiz yarimta uzvman. Agar Sen menga boqsang, Kull — butun bo‘laman. Qonli ko‘nglimga bir bor nazar sol, bu (dunyo)ning barcha tashvishidan olib chiq. Agar Sen meni nokas desang, hech kim mening gardimni topolmaydi. Men kimmanki, sening oldingda qadrim bo‘lsa (odam desang), Sen uchun bir arzimas (nokas) bo‘lsam, shu menga yetarli, ming shukr deyman. Sening bir qora quling deyishga, Sening ko‘ying itining tuprog‘iga belangan qulingman, demoqqa haddim bormi? Sen uchun qullikni jonimda saqlarman, habashlar kabi tamg‘ang qulog‘imdadir. Agar hindu quling bo‘lmasam, qanday qabul bo‘layin, hindu quling bo‘lsam, zanji kabi dildan bo‘layin. Tamg‘ali hindu qulingni sotma, uning qulog‘iga halqa qilib qo‘y, egam (Ya’ni, qulog‘im doimo Seni tinglasin).
Ey, Rabbim, Sening fazlingdan kishi noumid emas, abadiy sening tamg‘angning halqasidaman. Kimningki dili Sening darding bilan xursand bo‘lmasa, u hech ham xursand bo‘lmasin, chunki bunday odam Sening (yo‘lingga kirgan) mard emas. Ey dardimning darmoni, bir zarra dardingdan menga ber, zero Sening dardingsiz mening jonim o‘lgusidir. Kofirga — kufr, dindorga — din. Attorga esa — sening dardingning bir zarrasi kifoya!
Ey Rabbim, mening «Yo Rab» deb chekkan ohlarimdan xabardorsan, tungi motamlarim (nolalarim)ni ko‘rib turibsan. Motamim haddan oshdi - Isrofil surini yubor, zulmat ichraman, bir nur yubor. Bu motamimda kafilim Sen bo‘lgin, boshqa suyanchig‘im yo‘q, boshqa yo‘ldoshimu yo‘lboshlovchim yo‘q. Musulmonlik nurining lazzatini ber, zulm qiluvchi nafsimni yo‘qotishga madad ber. Soyangda yo‘qolgan bir zarraman, borlig‘imdan hech vaqo qolmagan. Oftob kabi porloq huzuringning soyasiman, koshki shu oftob nuri torlaridan vujudim eshilsaydi. Toki men bir hayronu sarson zarraday qutulib, shu nur toriga osilsaydim. Shunda bu darchadan tashqari (otilib) chiqardim, ravshan charogon olamga peshvoz chiqardim. Jonim labimga kelguncha, ko‘nglimning armonli orzusi shu edi. Agar jonim chiqsa, Sendan o‘zga hech kimim yo‘q, oxirgi nafasimda ham jonimning yo‘ddoshi Sen bo‘lgin. Agar mening jonim mendan xoli qolgan paytda Sen mening yo‘ldoshim bo‘lmasang, ahvolimga voy! Umidvormanki, Sen yo‘ldoshim bo‘larsan, chunki agar istasang, buni qila olasan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:36:21
HAZRATI RASUL SALLALLOHU ALAYHI VA OLIHI VASALLAM NA’TIDA

Ey dunyo va din xojasi, vafo xazinasi, ikki olamning sarvari va to‘lin oyi bo‘lgan Mustafo. Ey shariat oftobi, e’tiqod osmoni, olam nuri, ikki olam rahmati.
Poklarning joni uning pok jonining tuprog‘i. Jonni unga bag‘ishla, dunyo uning (yo‘lidagi) tuproq. Ikki dunyo xojasi va hammaning sultoni, jonning oftobi-yu hammaning iymoni. Me’roj egasi va koinot boshlig‘i (sadri), Haqning soyasi, zot oftobining xojasi. Bu dunyo va ul dunyoning peshvosi, oshkoro va yashirin (narsalar) imomi. Anbiyoning eng ulugi va eng yaxshisi, soflar va valiylarning rahnamosi. Islom maqdysi va tariqat hadisi (yo‘lboshchisi), g‘aybning muftisi, juzv va kullning (yakkalik va umumiylikning) imomi. Nimaiki aytsam, barchasidan ulug‘roqxoja, u hamma narsada hammadan oldindadir. Haqtaolo uni Arasot (qiyomat) xojasi deb aytdi.
Ikkala olam vujudidan nom topdi. Arsh ham uning nomi bilan orom oldi (tinchidi). Olam xalqi xuddi saxovat dengizidan paydo bo‘lgan shabnamlar kabi u tufayli yaratildilar. Haq taolo ul pokiza nurni o‘z huzurida ko‘rgach, uning nuridan yuz nur dengizini yaratdi, mavjudotlar yaratilishidan maqsad uning nuri edi. Barcha ma’lum va mavjud narsalar uning asli (ildizi) edi. Haq taolo o‘zi uchun Ul pok jonni, uning uchun esa jahonni yaratdi. Yaratilishdan maqsad faqat udir, undan pokroq zot mavjud emas. G’aybning qo‘ynidan avval paydo bo‘lgan narsa hech shubhasiz uning pok nuridir. Ul oliy nur bayroq tikkandan keyin Arshu Kursi va Lavhu Qalam ishga tushdi. Pok nuridan bir yalov - olamdir, yana bir yalov — zarralar (jismlar) bilan Odamdir. Bu muazzam nur oshkora bo‘lgach, u Ulug‘ Alloh huzurida sajdaga bosh qo‘ydi. Ming-ming yillar sajdada edi, shuncha davr ruku’da turgan edi. Yillar davomida qiyomga mashg‘ul edi, tamomi umr shahodat kalimasini qaytarardi. Bu sirlar daryosining namozi nuridan, jumla ummatga namoz farz bo‘ldi. Haq taolo ul nurni Quyosh va Oyday o‘z yonida uzoq saqlardi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:36:32
Keyin Haqiqat daryosiga birdan ul nurni zohir etib, yo‘lladi. Ul nur sirlar dengizi yuzini ko‘rgach, unda izzat (ulug‘vorlik) va noz (ehtiyojsizlik)dan mavjlanish (jo‘shqinlik) paydo bo‘ldi. U talab bilan o‘z-o‘zining atrofida yetti marta aylandi va shu tufayli yetti osmon pargori (tsirkuli) paydo bo‘ldi. Haq taolo tomonidan unga har nazar tushganda, bir yulduz paydo bo‘ldi. Keyin ul pok nur orom oldi — oliy Arshga aylanib, Kursi deb ataldi. Arshu Kursi zotining aksini tiladilar (topdilar), farishtalar sifatlarini tiladilar (topdilar). Nafaslaridan (ruhlaridan) nurlar yuzaga keldi, fikrga to‘liq dilidan sirlar oshkora bo‘ldi. «Ruhning siri Haq Amri olamidandir, bilgin. Bas, ey ruh, nafas bilan odam ichiga kir!» — degan sado yangradi. Ul ruhlar (nafaslar) va sirlar yig‘ilgach, shu sababdin ko‘plab nur jam’ bo‘ldi. Ummatlar ham uning nuri tufayli yig‘ildilar, ul jamoa (ummatlar) kull (payg‘ambar) tomon beixtiyor intildilar. Odamlarning Alloh tomon jamlanishi, bir e’tiqodga kelishi uchun u qiyomatgacha mab’us (atrofiga ergashuvchilarni yig‘adigan) bo‘ldi. Da’vat bilan shaytonni islomga chaqirgach, shayton ham musulmon bo‘ldi*. Parvardigor izni bilan jinlarni jinlar kechasida oshkora da’vat etdi. Qudsiy malaklarni ham rasul bilan o‘tkazdi. Hammasini bir kechada da’vat qilib yig‘di. U hayvonlarni da’vat qilishga kirishdi. Guvohlari echki bolasi bilan echkiemar edi. Butun olam butlarini ham da’vat qildi va hammalari uning oyog‘i ostiga yiqildilar. Ul pok zot jamiki zarralarni da’vat qildi.
Hech bir anbiyo bu izzat va yuksalishni ko‘rmadi - biror-bir ummat uning da’vatidan bosh tortmadi. Uning nuri mavjudotning asli - mohiyati edi. Uning zoti har bir zotning matla’i edi. Ikki jahon da’vati unga vojib (zarurat) bo‘ldi, oshkora va yashirin zarralar da’vati ham. Juz’ va kull uning ummati bo‘ldilar — uning himmati xirmonidan don teradigan bo‘ldilar. Mahshar kuni amalsizlar uning shafoatiga muhtoj va intizordirlar.
Hamma ishda u ustoz edi. U hech qachon dunyolikdan hech narsaga qiziqmagan, narsa uchun yig‘lamas edi ham. Barcha mavjudot uning e’tiboridadir, barcha maqsadlar uning roziligi ostidadir. Har joyda olamning siri udir, har bir dilxasta qalbiga malham ham u. Uning xosiyati shu darajada ulug‘vorki, bunday ulug‘vorlikni biror kimsa tushida ham ko‘rolmaydi. O’zini kull (umumiy) ko‘rdi va kullni o‘zi deb bildi, orqadagini ham, oldinni ham ko‘ra bildi*.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:37:15
Haq taolo payg‘ambarlikni u bilan yakunladi — xatm etdi. - Mo‘jiza, xushxulqlilik va futuvvatni ham u bilan oxiriga yetkazdi. Da’vatini xoslar va avomga buyurdi, o‘z ne’matini u bilan tugatdi. Kofirlarga azob ichra muxlat berdi, uning zamonida.
Uning hashamati panohida qolgan payg‘ambarlar ummatiga ham yashash imkonini berdi. Tun yarmida uni me’roj sari yo‘lga boshladi, kullning sirini u bilan yashirin yubordi. Izzat va sharaf ichra ikki qibla edi, uning soyasiz soyasi. Haq taolo unga eng ulug‘ kitob yubordi, ham kullning kullini hisobsiz topdi. Payg‘ambarlar ehtiromi uning me’rojida. Muhammad ularga peshvou sarvar. U ummatlari orasidagi olimlar bamisoli nabiylarday. Uning ishlarining ehtiromu e’tirofi Tavrot va Injilda tilga olingan. Tosh undan yuksalish qadrini topdi, u yaminalloh - Allohning o‘ng tomoni ramziy xil’atini topdi. Hurmati yuzasidan uning tuprog‘i qiblaga aylandi. Ummatida masxu nasx yo‘q. Uning tufayli butlar yiqildi, uning ummati ummatlarning eng yaxshisi.
Qurg‘oqchilik yilida qurigan quduq u tufayli zilol suvga to‘ldi, oy uning barmog‘idan yorildi, quyosh uning farmonidan tashqari emas. Uning yelkalari orasida paig‘ambarlik muhri quyoshday porlab turibdi. Ka’ba u tufayli Baytulloh sharafini topti - unga yo‘l topgan kishilar omonlik topti. Jabrail uning qo‘lidan xirqa kiydi va jubba libosida oshkora bo‘ldi. Tuproq uning zamonida kuch topdi -ham masjid bo‘ddi va Tur tog‘i izzatini qozondi. Har bir zarraning siri unga ayon edi, savodu daftar o‘qimay barcha narsalar mohiyatini bildi. Haq tili uning tili bo‘lgach, bas, zamonasining eng yaxshisi (a’losi) udir. Oxirgi nafasigacha, uning shavqi - istagi Allohdan savol qilardi. Sirlar - roz dengizida qalbi bexud bo‘lgach, uning to‘lqini namozda sel bo‘lib oqardi. Uning qalbi tubsiz dengiz bo‘lganidan, bu chuqur dengiz ko‘p to‘lqinlangach, ey Bilol, azon ayt, toki bu tang xayoldan chiqayin, deb aytardi.
Bunday holdan holga ko‘chishlarda agar aqlni ishlatsang, yuz jondan bir jon qolmagay. Uning xilvatida aqlga yo‘l yo‘q, ilm ham bu voqeadan ogohbo‘lolmaydi. Xilvatda u Halil (Ibrohim) bilan bazm quradi, agar o‘tda kuysa, Jabrail ham unga yaqinlasholmaydi. Jonining Simurg‘i oshkoro bo‘lgach, Muso dahshatdan musichaga o‘xshab kichrayib qoladi. Muso ul janob (Muhammad mustafo)ning bisotiga (doirasiga) kirdi (Me’roj vaqtida hazrat Musoning ul zotga tazim qilganiga ishora).
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:37:26
Zul-jalol sha’mining me’rojida Bilol kovushlarining ovozini eshitardi, Imron o‘g‘li Muso agarchi shoh bo‘lsa ham, ammo sajdagohga kovushlari bilan borishiga unga ruxsat yo‘q edi. Bu inoyatni ko‘rki, uning mansab-darajasini Haq Uning dargohi xizmatkoriga nasib etdi. Uning chokari — xizmat-koriga o‘z dargohini ochdi, kovush bilan o‘z huzuriga kirishga ruxsat berdi. Muso bu martabani ko‘rgach, uning xizmatkorida bunday qadru qimmat, yaqinlikni ko‘rgach, dedi: Yo Rab, meni uning ummatidan qilgin, uning himmati himoyasiga kirgiz meni!
Garchi Muso bu hojatni tilagan bo‘lsada, ammo bunday oliy maqom Isoga nasib bo‘ldi. Ko‘nglida bu xilvatni (osmonni) tark etib, xalqni Muhammad diniga da’vat qilish fikri paydo bo‘ldi. To‘rtinchi osmondan yerga tushish, Muhammad oyog‘i ostidagi tuproqqa yuzini qo‘yib, jonini unga bag‘ishlashga chog‘landi*. Nomi ulug‘ Maseho Muhammadning xabarchisi bo‘ldi, shuning uchun uni Alloh Mubashshar deb nomladi.
Agar birov: «Shunday bir odam bo‘lsaki, u bu jahondan ketib, yana qaytib kelsa, bizning mushkillarimizni bir-bir hal etsa, toki dilimizda hech shak qolmasaydi» deydigan bo‘lsa, (bilgilki), bu olamda Muhammaddan boshqa hech bir boshqa zot qaytib kelmadi. Hech kim u kabi qalban ko‘radigan tug‘ilmadi, u kabi donolik darajasiga yetmadi. U - sultondir, boshqalar u tufayli (yaratilgan), u - shahanshoh, boshqalar esa uning raiyati. Bamisli «laamrak» boshiga toj bo‘ldi, xalq uning eshigi yo‘lida tuproq bo‘ldi. Uning sochining hididan jahon mushk hidiga to‘ldi, dengiz uning ishtayoqida chanqadi (qirg‘oqlarga bosh urdi). Uning diydoriga tashna bo‘lmagan kim bor? Tosh-yog’ochlargacha uning ishi bilan bandlar. U nur daryosi minbarga chiqqanda qalblar ham nur, ham durga to‘lardi. Ustunsiz osmon ham nurga to‘ldi, ustun esa uning firoqida g‘amgin bo‘ldi. Uning vasfini qanday qilib til bilan aytay, bunda uyatdan terlab, badanimdan qon oqadi. U olam fasohati, men esa lolu hayron, bunday ahvolda uning holini sharhlay olamanmi? Uning vasfi bu nokasning loyig‘imi, axir? Uning vasf etuvchisi xalloqi olamdir, shu yetarli emasmi!
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:37:41
Bu jahon barcha martabalari bilan uning oyog‘i tuprog‘idir, yuz jahon uning pok jonining tuprog‘idir. Payg‘ambarlar uning vasfida hayrondirlar, sirni biluvchi dono boshlar ham ovora bo‘ldilar. Ey, sening kulging tufayli oftob mavjud, sening yig‘ing bulutlardan yomg‘ir yog‘diradi, ikki jahon sening oyoqlaring ostidagi gard kabidir, sen yotgan gilam — eng ulug‘ joy. Ey karamli zot, gilamingdan bosh chiqar, so‘ngra gilam bo‘yicha oyoq uzat. Barcha shariatlar sening shariatangda mahv bo‘ldi, sening far’ing (qisming)da barcha asllar yo‘qoldi. Sening shar’ing va hukming toki barqaror ekan, Iloh nomi bilan sening noming hamrohdir. Anbiyo va rasullarning jami sening dininggy kelib qo‘shilishi muqarrar. Sendan oldin sen kabi yo‘q edi, sendan keyin ham sen kabi bo‘lmagay. Olamdan oldin va olamdan keyin ham. Avvalu oxir ham sensan. Hech kim sening gardingga yetmadi, hech kim senday izzatga ham erishmadi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:38:14
RASUL SALLALLAHU ALAYHI VASSALLAMNING SHAFOATXOHLIGI

Allohi ahad Ahmadi mursalni toabad har ikki olam xojasi deb tanladi. Yo Rasululloh, juda ham ojizu dardmandman, qo‘limda yel (shamol), boshimda tuproq (sochib) turibman. Kimsasizlarga har nafasda qo‘mak etuvchi sensan, ikki olamda sendan boshqa odamim yo‘q. Men g‘ambodaga bir nazar sol, men bechora ishining chorasi (iloji)ni qil. Garchi gunoh bilan umrim zoe’ qildim, lekin tavba qildim, uzrimni Parvardi-gordan so‘ra.
Kecha-qunduz yuz motam ichraman, shoyad gunohlarimni shafoat qilsang. Sening eshigingdan shafoat yetsa, men osiyga toat mehri yetab kelsa (koshki). Ey shafoatxoNhim, kunlarim tunday. Lugf qilib, shafoat sha’mini yondirgin. Toki parvonaday sening jam’ing aro, sham’ing aro qanot qoqib yetab kelsam. Kimki sening sham’i jamolingni ko‘rsa, paryuna kabi jon taslim etadi. Jon diydasi (ko‘zi) uchun sening chehrangni ko‘rish kifoya, ikki olam uchun sening rizoying kifoya.
Dilim dardining dorusi sening mehring, jonimning nuri sening yuzing quyoshidir. Eshigingda jonimni tutib turibman, tilimningtig‘i (ta’rifi) gavharini ko‘r. Tilim-dan to‘kkanim har bir gavharni, yo‘lingda jon qa’ridan to‘kkanman. Jonimningdengizi sendan nishona bergani uchun jondan gavhar to‘kaman. Mening jonim sendan nishona topgandan keyin mening nishonim nishonsizlik bo‘ldi. Ey oliyguhar, bir qur menga boqsang deb umidvorman. Shu nazar bilan meni mahv etsang, abadiy nom-nishonsizlikda tutib tursang. Bu gumonu shirku fikrlardan meni poklasang, ey pok zot. Gunohlardan yuzimni qora qilmasang, otdoshligim-ning haqini saqlasang'. Men sening yo‘lingda ado bo‘lgan go‘dakman, mening gardim qora suvday ko‘lmakka o‘xshab turibdi. Bu qora suv hamlasidan qo‘limni tutib yo‘lga boshlasang, degan umiddaman.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:39:05
YOSH BOLASI SUVGA TUSHGAN ONA HIKOYATI

Bir onaning go‘dagi suvga tushib ketdi, shunda onaning joni halqumiga keldi. Go‘dak hayron bo‘lib, qo‘l-oyoqlari tipirchilardi, suv uning ko‘kragigacha chiqar va haydab tegirmon novi tomon eltardi. Suv orqadan surib kelar va ul aziz go‘dak suvning ketidan oqib ketardi. U tegirmon noviga yaqinlashgach, ona buni ko‘rib, ariqlabiga borib, uni tortib oldi. Ona uni bag‘riga bosib, keyin emiza boshladi.
Ey shafqatdan onalarga ulug‘ mehr bergan, bu suvga g‘arq bo‘lishlarda og‘ir nov bor. Agar hayrat girdobiga tushib qolsam, hasrattarnovi oldiga kelib qolsam, o‘sha go‘dakday suvda nochoru hayron qolib, iztirobda qo‘l-oyoqlarim tipirchilab turibdi. Ey tul go‘daklarining mushfiq va mehriboni, karam yuzasidan o‘z xalqingga boq. Ham bizning suvga g‘arq ahvolimizni qo‘rgin va bizning azobda qolgan qo‘nglimizga rahm qil. Karam siynasidan bizga sut ber, oldimizdan karam dasturxonini yig‘ishtirib olma.
Ey ta’rifu idrokdan baland, maqgovchilar sifatidan pok bo‘lgan zot, sening uzangingga qo‘l yetmaydi, na qilaylikki, tuprog‘ingning tuprog‘imiz. Sening tuprog‘ing sening pok yorlaring bo‘ldilar. Olam ahli sening tuprog‘ingning tuprog‘i bo‘ldilar. Kimki sening yorlaringning tuprog‘i bo‘lmasa, u sening do‘stlaringni dushmanidir.
Ularning birinchisi Abubakr va oxirgisi Murtazo (Ali)dir, ular sidqu safo ka’basining ustunidirlar. Ul biri siddiqlikda sirdoshing va vaziring. Boshqasi adolatda nurli quyoshing. Yana biri xilmu hayo daryosi, yana biri ilm va safo podshosidir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:39:38
BIRINCHI XALIFA ABUBAKR SIDDIQ MADHIDA

Birinchi Xoja (Muhammad Mustafo)ning birinchi yori, payg‘ambarning aziz yo‘ldoshi, g‘ordagi hamdamu hamnafasi, dinning qalbi (sadri), siddiqi akbar, Haqning qutbi, hamma narsada hammadan saboq olgan Haq Mustafoning muborak qalbiga Kibriyo olamidan to‘kkan jam’i narsalarni Abubakr Siddiq qalbiga ham soldi. U ikki olamni bir nafasda qalbiga joylagach, tosh kabi labni mustahkam yumib, xomushlikda xushnud bo‘ldi. Butun tunlar boshini (yoqasiga) yashirib, (tafakkur ayladi), yarim kechada boshini ko‘tarib «huv» deya o‘tli oh chekardi. Uning «huv» degan ohi mushk kabi Xitoygacha borib yetardi va Xo‘tan ohusining qonini mushkka aylantirardi. Shu sababdan shariat va din oftobi (Muhammad rasululloh) «Ilmni Chinda bo‘lsa ham izlab toping» deb aytdi. Tili tosh va g‘orlar tiliga odatlangach. og‘zi hikmat toshlariga to‘la bo‘ldi*. Ilohdan o‘zga nomni tilga olmaslik uchun faqat toshlar uning nafasi — yo‘lini tanlagan emas. Tosh o‘z viqori — ulug‘vorligini yashirishi kerak, toshi yo‘q odamlar ishga yararmidi? Umar uning qadridan bir soch tolasiday qadr ko‘rgach, «Kani edi uning ko‘ksida o‘sha soch tolasiday bo‘lsaydim» dedi. Sen (Umar) ikkinchi navbatda xalifalikni qabul qilding, ammo Rasuldan keyin ikkinchi odam u (Abubakr) edi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:40:08
IKKINCHI XALIFA UMAR FORUQ VASFIDA

Shariat xojasi, dinni jam’ etuvchi oftob, Haqning soyasi, foruqi a’zam - ulug‘ ajratuvchi, dinning sham’i. U (Umar) adolat va insofni haq oldida xatm etgan, farosatda mardlardan saboq olgan edi. Avvaldan «tah» (poklik: muqad-daslik) unvoni bilan Haq taolo ulug‘lagan kishi u, shu bois u mutahhar (pok, muqaddas) bo‘ldi. U sirot ko‘prigidan birinchilar qatorida o‘tadi, Payg‘ambar so‘zi ila u Umar (obod etuvchi) bo‘ddi. Dorussalom (jannatdan) birinchi bo‘lib to‘n -xil’at qo‘lga kiritgan kishidir, oliy maqomingta ofarin. Din ishi uning adolatidan rivoj topti, Misrning Nil daryosi zilziladan tinchidi. U jannat sham’i edi, ammo hech kimda sham’dan soya yo‘q edi. Sham’da nurdan soya bo‘lmaydi, uning soyasidan devlar qochib ketdi. So‘z aytganda Haq haqiqati tilidan tomardi, qalbaki oltindan haqiqiysi ajralib ko‘rinardi. Gohida ishq dardidan joni o‘rtanardi, gohida Haqni so‘zlab tili kuyardi. Payg‘ambar uning zorlanib, yonib gapirishlarini ko‘rgach, dedi: «Aniqki u jannat sham’idir».
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:40:30
UCHINCHI XALIFA USMON MADHIDA

Sunnat xojasi, mutlaq nuru, balki haqiqatda ikki nurning egasidir1. Irfon dengiziga cho‘mgan zotu, dinning peshvosi Usmoni Affondir. Imon yo‘lining taraqqiysi amiralmo‘minin Usmondan boshlandi. Ikki dunyo maydoni Usmon Zunnurayn (ikki nur sohibi)dan ravnaq topti. Hayo koni va taqvo dengizi ekanligidan Mustafo uni Yusufi soniy deb atadi. Odamlarga mehribonligidan o‘zgalar ishi uchun jonini tikardi. O’tirgan joyida boshini kesdilar, garchi hech kimga zarar yetkizmay, doimo rahmu shafqatda edi. Uning zamonida jahonga hidoyat va ilmu hunar yoyilgan edi. Uning adli bilan imon keng tarqaldi ham hukmi bilan Qur’on (kitob bo‘lib) tarqaldi*. Falaklarda farishtalar sayyidlar sayyidi Usmondan uyaladilar. Ham Rasul pardalar ochilganda «Haqtaolo Usmonga qahr qilmagay» dedi. U bay’at qabul qilayotganda hamavaqt uning qo‘li o‘rnida Rasul qo‘li bo‘lardi. Hozir kishi aytdikim, men Zunnurayndan uzoq bo‘lsam-da, ammo uning qo‘lini yuzimga surtib o‘pardim. Dunyo va din peshvosi (Payg‘ambar) dedikim: «Uning oxirat azobidan zarra xavfi yo‘q».
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:40:53
AMIRALMO’MININ ALI IBN ABU TOLIB KARAMALLOHU VAJHAHU HAZRATLARI MADHIDA

Haqiqat xojasi (egasi), rostlik peshvosi, ilmning koni, hilm (yumshokdik)ning dengizi va din qutbi. Kavsar havzi soqiysi, yo‘l qo‘rsatuvchi imom, Mustafo ilmining vorisi, Allohning sheri. Murtazoyu Mujtabo, Ahli Baytdan -Fotimaning jufti haloli, ma’sumlik xojasi va Rasulning kuyovi. Rahbarlikni bayon etuvchi sirining egasi Zdi. U din peshvoligiga sazovordir. U har qanday masala - muammo va bandlar, mushqulliklarni yechuvchi mutlaq muftiydir. Ali Haq taolo chashmalaridan biridir, shunday bo‘lgach, qanday qilib, aql uning oldida shubha-gumonga borsin? Alining joni qozilik — hukm chiqarishda ogoh ham, u Iloh zoti sirgohi ham. Iso nafasidan o‘lik tirilgan edi, u (Ali) bir nafasda kesilgan qo‘lni joyiga qo‘yib tuzatdi*.
Tashri qabuliga erishgan bu inson Ka’bada Rasul orqasida turib butlarni sindirish (yo‘qotish) baxtiga musharraf bo‘ldi. Zamirida g‘ayb asrori bor edi, shuning uchun ham yaqosidan yadi bayzo — oq qo‘lini chiqardi1. Agar yadi bayzosi oshkor bo‘lmasa edi, Zulfiqor u yerda (uning qo‘lida) turarmidi? O’z ishidan gohida jo‘shib, hayajonlanardi, gohida quduqqa o‘z sirini so‘ylardi. Butun dunyoda o‘ziga yo‘ldosh -hamdam topolmasdi, o‘z ichida (sir bo‘lib) kezardi, ammo mahram topolmasdi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:41:24
TAASSUB   TANQIDIDA

Ey taassubga berilgan odam, har doim sen do‘stu dushman, bizniki - sizniki deb ajratasan. Agar sen ong va lab bilan lof urar ekansan, nega endi ayirmachilik - taassubdan gapirasan? Xalifalikda mayl - xohishga qaralmaydi. Abubakr va Umarning (xalifalikka) hech bir mayl-xohishlari bo‘lmagan. Agar bu ikki rahnamoda mansab mayli bo‘lganida edi, ikkalasi ham o‘g‘illarini o‘rinlariga tayinlagan bo‘lardilar. Har ikkalasi ham agar o‘z haqini talab qilganda edi, boshqalarning (xalifa bo‘lishiga) mone’lik vojib bo‘lardi. Ular mone’lik yo‘liga kirmadilar, man’ qilish zaruratini tark etish lozim deb toptilar. Agar birov man’ qilish ishiga tarafdorlik qilmasa, hammani yolgonga chiqar yoki qabul qilgin. Agar sen Rasulullohsahobalarini yolgonchi-ga chiqarsang, unda payg‘ambar so‘zini durust anglamabsan*. Holbuki, payg‘ambar sallallahu alayhi vassallam dedi: «Har bir yorim — sahobam yorqin yulduzdir, eng afzal va eng yaxshi asr mening asrimdir. Odamlarning eng yaxshisi mening yorlarim. Yakinlarim va sevganlarimdir».
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:41:37
Agar payg‘ambar sallallahu alayhi vassallam aytgan eng yaxshi odamlar sening nazaringda eng yomon bo‘lsa, unda seni qanday qilib «sohibnazar» (valiy) deyish mumkin? Rasululloh sahobalari nomunosib kishini (xalifalikka haqli deb topilmagan odamni) shu mansabga munosib deb qabul qilishlari mumkin deb aytishga qanday tiling bordi? Yoki shunday nomunosib odamni ular Mustafo o‘rniga o‘tqazishlari mumkinmidi? Sahobalar bu botil ishni hargiz qilmasdilar. Bu ularga nisbatan tuhmat! Agar ul jamoaning ixtiyor-irodalari, so‘zlari rost bo‘lmasa, unda Qur’on sahifalarini jamlab kitob qilganlari ham rost emas ekan-da!
Yo‘q, Payg‘ambar sahobalari nimaiki qilgan bo‘lsalar, rost va to‘g‘ridir, payg‘ambar so‘ziga muvofiqdir. Agar bir kishini yolgonchiga chiqarsang (ishini xato deb bilsang), o‘gtiz uch ming odamni yolg‘onchilikka chiqarasan. Haq yo‘lidan adashmay, faqat Haqning aytganini qilgan odam, tuyaning tizzasigacha tushovini kam qilmaydi. U qanchalarning ishini Haq sari o‘nglagan (odam)dir, Haqqa manzur kishidan gumon-shubha qilma. Agar Abubakri Siddiqqa (mansab) mayli bo‘lganida edi, oqillar safida hech ham bo‘lmagan bo‘lardi. Agar Abubakrda mansabga zarracha mayl bo‘lganda edi, o‘z o‘g‘lini darra urib jazolatmas edi. Siddiq hamma vaqt yo‘lda (safarda) edi, dargoh (taxtu toj) tashvishidan ozod edi. Qizi, molini, jonini din yo‘lida sarfladi, bunday odam hech qachon, zulm qilmaydi, uyalgin. Rivoyatu afsonalar changidan xoli edi, chunki aqlu zakovat mag‘zi edi. Minbarda odob saqlagan (odam) o‘zgalarning o‘rnini egallashga intilmaydi. Buning hammasining orqa-oldi (oqibati)ni qo‘ra bilgan odam uni nohaq ravishda kamsitishi, unga tuhmat qilishi noo‘rin.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:41:50
Yana Umari Foruqkim, adolati bisyor edi, o‘zi gohida g‘isht quyar, gohida tikan (o‘tin) yig‘ardi. O’zi o‘tin orqalab keltirardi, bir diram bilan to‘qqiz shaharni (piyoda) kezardi. Har kun mana shunday qafas hibsida edi, yetti luqma non uning taomi edi, xolos. Uning dasturxonida sirka va tuzdan boshqa narsa yo‘q edi, u baytulmol (xazina)dan non yemasdi. Agar yotsa, to‘shagi qum edi, belidagi charm kamarini yostiq qilardi. Saqqo (suv tashuvchi) kabi suv to‘ldirilgan meshni yelkasiga ko‘tarib, kechqurunlari qariyalarga suv ulashardi. Kechalari uyg‘oq o‘girib, lashkarini qo‘riqlardi. O’zini kam tutib aytardi: «Ey, insof bilan boquvchi kishi, Umarda biror ziddiyat, nifoq ko‘rasanmi, kimki mening aybimni yuzimga aytsa, menga eng ulug‘ tuhfa keltirgan bo‘ladi», derdi. Umar xalifalikni xato qilib (qasddan, mansabparastlik qilib), zo‘rlik bilan qo‘lda saqlaganda edi, og‘ir va dag‘al namatdan tikilgan kiyimda yurmas edi. Hech vaqt yangi libos kiymas, jun xirqasini o‘zi yamab olardi. Shohligi mana shunday faqirona bo‘lgan odamni xalifalikka maylu rag‘bati bor deb aytish mumkinmi? Ba’zan g‘isht, ba’zida loy tashib, imorat qurish hasharida qatnashib yurgan odam bu azoblarni ataylab mansab uchun chekardi deyish tuhmatdan boshqa narsa emas. Agar xalifalikni kibru havo, manmanlik bilan boshqarganda, saltanat taxtida o‘tirgan bo‘lardi. Uning zamonida qanchadan-qancha munkir (imonsiz)larning shaharlari imonga kirib, taslim bo‘ldi.
Agar shuning uchun unga taassub qilayotgan bo‘lsang, insofing yo‘q ekan, o‘z olovingga o‘zing qovurilib o‘l! U (Umar) zahrdan o‘lmadi, ammo sen bu hasaddan o‘lgin, uning zahrini totima-gansan, totganingda yuz bor o‘larding! Ey Haqni tanimagan, Haqiqatni tan olmagan (kishi), bu ishni qilma, o‘zingningxojaliging, ahvolingga boqib, xalifalikni qiyos qil. Agar sening shu xojaliging (oilangga bosh bo‘lishing, ishing, mansabing) yemirilsa, g‘am chekib jigaringga ming olov o‘rlaydi. Agar ul zotlardan birov xalifalikni tortib olganda edi, yuz xil ofatni boshiga olgan bo‘lardi. Toki jon badanda ekan, xalqning mas’uliyatini bo‘yinga olish oson emas.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:42:50
UMAR ROZIALLOHU ANHUNING UVAYS BILAN SUHBATI

Umar to‘lqinlanib Uvaysning oldiga keldi va dedi: «Xalifalikni bo‘ynimdan soqit qildim. Bu xalifalikka agar xaridor topilsa, bir dinorga bo‘lsa ham sotishga tayyorman». Uvays Umardan bu so‘zni eshitgach, dedi: «Sen tinchlan va xotirjam bo‘lgin. Har kim agar yuki yo‘lda qolganlarning yukini ko‘tarib oldinga intilsa, manzilga o‘zini ham, boshqalarni ham olib boradi va eng to‘rga o‘tib qoladi. Agar amiralmo‘minin xalifalikni bo‘ynidan soqit qilsa, yorlari ohu nola qilib keladilar. Hammasi bir bo‘lib, ey rahnamo, bu ishni qilma, deb zorlanadilar, agar bunday qilsang, Alloh haqqi, xalqni sarson qilasan. Buni sening bo‘yningga Abubakr Siddiq yuklagan, u taxminan emas, balki tahqiq qilib (tekshirib), bu ishni qilgan edi. Agar sen uning farmonidan bo‘yin tovlasang, unda sendan uning ruhi, joni ranjiydi».
Bu mahkam hujjat (dapil)ni Uvaysdan eshitgan Umar, mas’uliyatni yana ham chuqurroq anglab, qattiq ishga berildi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:43:19
AMIRALMO’MININ ALI KARAMULLOHNING O’Z QOTILIGA LUTFU MARHAMATI

Ul badbaxt (odam) qazodan bilintirmay Murtazoni tig‘ bilan yaraladi. Ali behush bo‘ldi, sharbat ichirdilar. O’ziga kelgach, «Mening qonimni to‘kkan kishi qani?» deb so‘radi. Aytdi: «Sharbatni avval unga beringlar, so‘ngra menga beringlar. Chunki u menga yo‘ldosh bo‘lmoqchi». Qotil oldiga sharbat olib keldilar, lekin u: «Bu Alining qahridir, u meni o‘ldirish uchun zahar bermoqchi», dedi. Ali dedi: «Parvardigor haqqi, agar ul nobakor bergan sharbatimni ichganda, men Haq oldida usiz jannatul ma’voga qadam qo‘ymagan bo‘lardim». Ul nobakor kishi agar Murtazoni o‘ldirmaganda, Murtazo usiz bihishtga kirmagan bo‘lardi.
Dushmaniga shafqati shu darajada bo‘lgan odam, nahotki Abubakr Siddiqday do‘stiga kina-adovat saqlasa. Dushmanga shuncha g‘amxo‘r bo‘lgan kishini qadimiy do‘stiga dushmanlik qiladi, deb gumonga borish mumkinmi?
Abubakr Siddiqqa Ali kabi bir do‘stni Allohyi taolo boshqa yaratmaydi. Nega buncha Murtazo (Ali) zulm ko‘rgan (mazlum) edi, xalifalikdan badarg‘a qilingan edi deb javraysan? Ali Haqning sheri va boshlardagi tojdir. Sherga kim ham zulm qila olardi, ey o‘g‘il!
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:43:48
AMIRALMO’MININ ALINING QUDUQQA SIRRINI AYTGANDA, QUDUQ SUVI QONGA AYLANGANI

Muhammad Mustafo sallallahu alayhi vassallam yo‘lda bir joyda to‘xtab, lashkarga quduqdan suv chiqarib beringlar, deb buyurdi. Bir odam quduq oldiga borib, yana zudlik bilan qaytib keldi va «Quduqto‘la qon, suv yo‘q», deb xabar berdi. Mustafo sallallahu alayhi vassallam dedi: «Anglagil, Murtazo dardu ishlari, asrorini quduqqa so‘ylamish. Quduq uning dardu hasratini eshitgach, toqat qilolmasdan suvi qonga aylandi».
Jonida shunchalik hayajon va dardi bo‘lgan odamning dilida kina va hasad bo‘ladimi? Axir u besabab chumoliga ozor bermagan-ku! Sening joning tarafkashlik, hasad ichra qaynaydi, ammo Murtazo joni bunday bo‘lmagan, og‘zingni yum! Murtazoni o‘zingga qiyos qilma, zero ul Haqparast Haq ishqida g‘arq edi. U (Alloh yo‘lida) ish bilan shunchalik g‘arq ediki, senga o‘xshaganlarning fikru xayolidan bezor edi. Sen kina-adovatga berilgansan. Murtazo esa Payg‘ambar xayli oldida jangda mardonalik ko‘rsatardi. U senga o‘xshagan tarafkashlardan o‘n chandon mardonaroqedi, biroqhech kim bilan behuda tarafkashlik jangiga kirishmadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:43:58
Siddiq ham, Umar, Ali ham Haq eranlari edilar va haqni tilardilar, ular hech qachon o‘zaro adovatda bo‘lmaganlar. Ularning maqsadlari ahli mo‘minni birlashtirish edi, ajratish, janjal va fitnalar qo‘zg‘atish emas edi.
Mo‘minlar oldida din xayri yo‘lidagi harakatni hech kim Haydar (Ali)chalik istagan emas. Holbuki u qanchadan-qancha jang va fitnalarni ko‘rdi, fitnachi qavmlarning qanchasini zo‘r bilan bartaraf etdi.
Ey (taassubchi) o‘g‘lon, sen Alidan bexabarsan, «Ali» so‘zidan «ayn», «lom» va «yo» ni bilib olgansan, xolos. Sen o‘z joning ishqi g‘amidasan, Ali esa o‘zgalar joniga yuz jon fido qilishga tayyor odam edi.
Agar sahobalardan biri o‘ldirilsa, pahlavon Haydar (Ali) behad g‘am chekardi: nega men ham o‘ldirilmadim, aziz jonim ko‘zimga xor ko‘rinmoqqa, deb aytardi. Rasul aytardi: Ey Ali, nima bo‘ldi, sen Haqning gurzisisan, kofirlar boshiga tushadigan, ammo joning ipakdan ham muloyim.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:44:14
BILOLNING AHVOLI

Bir kuni mushriklar Bilolning nozik taniga yuz cho‘p urdilar, beadad tayoq zarbidan tanasidan qon oqa boshladi, ammo har zarbdan keyin «Ahad», «Ahad» deb aytardi. Agar oyog‘ingga to‘satdan bir tikan sanchilsa, yo‘lingda sevgi va g‘azab qolmagay. Sahobalar, xalifai roshidinlar ana shunday edilar, sen esa unday emassan, sen taassub va ozor berishni xush ko‘rasan, shu uchun qavmni ergashtirolmaysan1. Sening ziyoningdan butparastlar qutulib qoldilar (ko‘paydilar), tilingdan esa sahobalar ranjiydilar. Behuda gaplar bilan devonni qoralama, agar tilingni tiysang — yutuq seniki bo‘ladi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:44:37
CHAHOR YORLARNING JON FIDO QILISHDAGI ITTIFOQI

Xoh Ali bo‘lsin, xoh Siddiq bo‘lsin, har birining joni Allohyi taolo zikru fikriga cho‘mgan edilar. Agar Mustafo sallallahu alayhi vassallam bilan g‘orda Abubakr bo‘lsa, Murtazo kechalari payg‘ambar yonida uxlardi, toki bu ulug‘ insonning joniga ziyon yetmasin deb, jonini unga bag‘ishlagan edi. Siddiqham g‘orda Mustafo yori bo‘lib, jonini joniga tikkan edi. Har ikkalasi Payg‘ambar uchun jonbozlik ko‘rsatardilar, uni asrab joniga jon bilan hamdam bo‘ldilar. Sen ana shunga taassub qil (shundan o‘rnak ol), ularning mardligini qara va ibrat olginki, har ikkisi Jononga jon bag‘ishladilar. Agar sen ham mard bo‘lsang, ana shu mardlar qilgan ishni qil, ular kabi jon bag‘ishlashni fikr qil yoki jim turib, o‘zga fikru andeshadan voz kech.
Ey o‘g‘il, sen Ali yo Abubakrni bilasan, biroq Alloh, aql va jondan bexabardirsan. Sen bu behuda voqealar, gaplarni bahridan o‘tib, Robia kabi kecha-kunduz Haqning oshig‘i bo‘lgin. U bitta ayol edi, yo‘q-yo‘q, u yuzta erkakdan afzal edi. Oyog‘i uchidan to boshining farqigacha dard edi, dard! Undan birov so‘radi: «Ey ohu nolasi qabul bo‘lgan zot, sen Rasululloh yorlari haqida nima deysan?» Dedikim: «Men Haq (Yor) yodidan o‘zimga kelolmasman, qanday qilib yorlardan xabar berayin. Jon-dilim Haqyodida mahv bo‘lgandan keyin, xalqyodi bilan nima ishim bor. Men shundaymanki, joynamoz ustida sajdaga borganda ko‘zimga tikan kirib qolib, yerga qon oqdi, ammo men o‘z qonimdan bexabar edim, ana shunday dardi bo‘lgan kishining odamlar bilan kancha ishi bor. Haqni taniydigan bo‘lganimcha, boshqalarni qiyos qilib tanirdim, endi tanimasman».
Sen bu yo‘lda Alloh ham, Rasul ham emassan, bu raddu qabul (inkor va tasdiq)dan qo‘lingni tort. Birovlarning ishiga aralashish, ajratish va qo‘shishlar, tasdiq va inkorlardan pok bo‘l, sen bir hovuch tuproqsan, bu yo‘lda (Haq yo‘lida) tuproq bo‘l. Bir hovuch tuproq ekansan, tuproqdan gapir, barchani pokiza deb bilib, pok degin.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:44:58
PAYG’AMBAR SALALLOHU ALAYHI VASSALAM SHAFOATI

Payg‘ambari oxir zamon (me’roj tuni) Parvardigordan ummatimning ishini menga topshir, deb so‘radi. Toki ummatimning gunohidan hech kim xabar topmasin. Haqtaolo dedi: «Ey ulug‘ Payg‘ambarim, agar sen bul gunohni behisob ko‘rsang, unga chidash berolmaysan, hayron bo‘lib qolasan. Uyatdan yashirinib olasan. Bibi Oishakim, senga jon kabi edi, bir bo‘hton oqibatida dilingga shubha dardi bo‘lib qadaldi, sen ahli majoz so‘zlarini eshitding, so‘nfa uni avvalgiday o‘z joyiga yubording (kechirib, pokiza tutding). Shuni bilki, ummating orasida gunohkorlari ko‘p. Sen bu barcha gunohlarga chidash berolmaysan, ummatingni Allohga topshir. Agar sen jahonda ummating gunohidan boshqalar xabarsiz qolishini istasang, ularning gunohidan sen ham xabarsiz bo‘lishingni istayman. Sen oyoqni tirama va yuzingni yonga burma, ummatning ishini kecha-kunduz menga topshir. Ummatning ishi Mustafo ishiga o‘xshamaydi, bu ish sening hukmingdan o‘nglanmaydi. Hukm etishni qo‘y va tilni tiy, taassub (tarafkashlik)ga berilma va yo‘lingga qayt? Ular (qolgan payg‘ambarlar) qilgan ishni qilgin, salomat borib, o‘z yo‘lingdan qolma», dedi.
Ey, shubhaga berilgan odam. Sen ham Payg‘ambar shafoatidan umid qilsang, Siddiq kabi sadoqat bilan qadam qo‘ygin yoxud Foruq kabi adolatni ixtiyor et. Yoki Usmon kabi hayoli va halim bo‘l yoki Haydar singari saxovat va ilm dengiziga aylan. Yoki xomush bo‘lib, mening pandimni eshitib, ketaver. Oyog‘ingni ko‘tarib, boshingni saqlab yuraver. Sen sidqda Abubakru ilmda Haydar kabi mard emassan, nafs mardisan, shu bois xam har zamon kofirroqsan. Kofir nafsingni o‘ldir, mo‘min bo‘lgin, nafsni o‘ldirgan bo‘lsang, endi xotirjam va omonlikdasan. Taassub (tarafkashlik)da bu behad so‘zlarni so‘zlaysan, o‘zboshimchalik bilan payg‘ambarlik qilasan (payg‘ambar nomidan gapirasan). Shar’ingda qabul qiladigan so‘zing bo‘lmasa, Rasulning yorlaridan so‘zlashga nima haqqing bor?
Ey Alloh, meni bunday behuda so‘zlar aytishdan, yo‘q, taassubchilar, mazhabparastlarga qo‘shilishdan saqla! Mazhabparastlikdan jonimni pok qilg‘il. Koshkiydi bu qissa devonimda (kitobimda) bo‘lmasaydi!

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:45:43
KAKLIKKA XITOB

DOSTONNING BOSHLANISHI

BIRINCHI MAQOLA

QUSHLARNING SIFATI

Ey yo‘lboshchi bo‘lgan Hudhud, marhabo, haqiqatda, har bir Vodiyning xabarchisi bo‘lgan, marhabo. Ey, Sabo chegarasiga sayring xushdur, Sulaymon bilan suhbating ham xushdur. Sen Sulaymon sirlarining sohibisan, shuning uchun senda faxrlanish toji bor.
Devni zindonda band qilib tur, Sulaymonga munosib bo‘lib sirni saqla. Devni (nafsni)zindonband qilganingda Sulaymon bilan G’ayb soyaboni qasdida parvoz etajaksan.*

MUSICHAGA XITOB

Ey Muso sifatli janob musicha, o‘rningdan turib ma’rifat haqida musiqor (asbobini) chalgin. Musiqashunos odam jon-dildan Xilqat lahni ovozining asosini musiqa qilib oladi. Sen Muso kabi Tur tog‘ida olov — mash’alani ko‘rgansan, axir. Ham jafogar Fir’avndan uzoqlash, ham kuylashda Tur tog‘i qushi bo‘lgin, tilsiz va hayajonsizni aqlsiz angla va quloq solib, nayni eshit.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:46:21
TO’TIGA XITOB

Ey Tubi daraxtida o‘tiruvchi To‘ti, marhabo, sening kiyiming harir shohi, tavqing (bo‘yinbog‘ing) esa olovday qizg‘ish rangda tovlanadi. (Ammo) olov rangli tavq do‘zax uchundir, harir esa jannatdan nishona beradi. Halil (Ibrohim) singari kimki Namruddan qutulgan bo‘lsa, olov o‘rtasida ham bemalol o‘tirishi mumkin. Namrud boshini qalam boshini kesganday kesib tashla, Halilullohday olovga qadam qo‘y. Namrud vahshatidan pok bo‘lsang agar, harir kiiimingni kiy, u holda olovday bo‘yinbog‘ing qo‘rqinchli emas.
Ey olijanob Kaklik, haq yo‘lida hormay xirom et, irfon ko‘chasida noz bilan sayr et. Bu yo‘l ravishini qahqah etib, dadil yur. Baytulloh sandoni (temirchilarning temir kundasi) uzra halqa urib joy olgin. Qashshoqlikdan o‘z tog‘laringdan voz kech, toki tog‘ingdan urg‘ochi tuya chiqsin*. Agar yosh urg‘ochi tuyani topib egallasang, sut va asal arig‘ining oqishini ko‘rasan. Agar masalliq kerak bo‘lsa senga, tuyangni hayda, u tuya o‘zi solih (komil) inson qoshiga olib boradi.

QARCHIG’AYGA XITOB

Ey qanotlari chiroyli, ko‘zi o‘tkir qush, marhabo, qachongacha g‘azabli, tund bo‘lib yurmoqchisan? Azal ishqi nomasini oyoqlaringga bog‘la va bu bandni toabad yechma. Tug‘ma aqlingni Ko‘ngilga almashtir, toki abad va azalni bir deb tushungil. Mardlarcha tabiat chorcho‘basi — to‘rt unsurni sindirgin va Vahdat g‘ori ichidan joy olgin. G’orda qaror topganingdan keyin, Sadri olam (Muhammad Mustafo) g‘orda sengayorbo‘lg‘usi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:46:55
DURROJGA XITOB

Ey, olijanob Alast me’roji Durroj(qirg’ovul) «bale» farqida alast tojini ko‘rgansan. «Alast» ishqini jon bilan eshitding, nafsni «bale»dan bezor qilgin. Negaki nafsning «bale»si (ha deb turishi) balo girdobidir, sening ishing axir girdobda o‘nglanadimi? Nafsni Iso eshagiday yondirib tashla, keyin xuddi Iso kabi jonni Jonongatopshirgin. Nafs eshagini yondirib, jon qushini erkin parvoz ettirgin, toki senga Ruhulloh (Jabrail) peshvoz chiqsin.

BULBULGA XITOB

Ey ishq bog‘ining bulbuli, marhabo, ishqning dardu dog‘idan bir nola qil. Dovud kabi dilning dardidan yoqimli nola et, toki oshikdar har damda yuz jonni bag‘ishlasinlar. Ma’nida Dovudiy bo‘g‘zing (halqing)ni och, halquming kuyi bilan xalqqa yo‘l ko‘rsat. Shum nafs yo‘liga bog‘lanishni qo‘y, Dovud kabi o‘z temiring (vujuding)ni mumga aylantir. Agar o‘sha temiring (vujuding) mum kabi yumshasa, sen ishqda Dovud kabi qiziysan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:49:17
TOVUSGA XITOB

Ey sakkiz eshik tovusi, marhabo, yetti boshli ilon zaxmi (yarasi)dan quyding. Bu ilon bilan birga bo‘lish qoningga ta’sir etib, seni jannatdan quvib chiqardi. Tubi daraxtini yo‘ldan oldirdi, tabiat bandiga solib, sening qo‘nglingni qora qildi. Toki sen shu ilonni o‘ldirmasang, ushbu asror (ilohiy sirlar)ga oshno bo‘lolmaysan. Agar sen shu palid ilondan xalos bo‘lsang, Odam seni o‘zi bilan jannatga olib kiradi.

TAZARVGA XITOB

Ey uzoqni ko‘ruvchi zebo husnli Tazarv (Tustovuq), marhabo, kelgin, ko‘ngil chashmasini nur dengiziga cho‘mgan holda ko‘r. Ey zulmat qudug‘ida qolgan, tuhmat qamoqxonasida mubtalo bo‘lib qolgan, o‘zingni bu qorong‘u quduqdan qutqar va Rahmoniy arsh (ostidan) boshingni chiqar! Yusuf kabi o‘zingni zindon va quduqdan olib chiq, toki Izzat Misrida podshoh bo‘lg‘aysen. Agar shunaqa mamlakatni zabt eta olsang, Yusufi siddiq senga rahbar bo‘lg‘uvsi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:50:00
QUMRIGA XITOB

Damsozu xushnavo qumrining ovozi keladir. U shod borib, yana diltang(xafa) bo‘lib qaytadi. Xafaligingning sababi qon ichra qolganing Zunnunning ziqligi hibsida qolganing uchundir. Ey, nafs nahangi yo‘lida sargardon bo‘lgan. Qachongacha badxohlik azobini chekasan, ul badxoh (yomon yo‘lga boshlovchi) baliqning boshini uz, toki oyning boshini silashga (oyga ko‘tarilishga) qurbing yetadigan bo‘lsin. Nafsing nahangidan qutula olsang, ulug‘lik masnadida (taxtida) Yunusga hamdam bo‘lasan.

FOXTAGA XITOB

Marhabo, ey foxta (choliqushi), qo‘shig‘ingni boshla, toki yetti osmon boshingga gavhar (nur) sochsin. Bo‘yningda vafo bo‘yinbog‘i bor ekan, bevafolik qilishing mumkin emas. Vujudingdan toki bir tuk boqiy qolar ekan, seni boshdan-oyoq bevafo deb atayman. Agar botiningga sho‘ng‘ib, o‘zingdan qutilib chiqsang, ma’no sari aql bilan yo‘l topa olasan. Aql seni ma’nolar olamiga olib kelgach, Xizr senga tiriklik suvini ichiradi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:50:33
QIRG’IYGA XITOB

Qah-qah qilib qarchig‘ay parvoz qiladi, u boshini qutarib (mag‘rur) uchib, yana boshini egib kelayotir. Boshingni pastga tushurdingmi, mag‘rur (itoatsiz) bo‘lma. Tumshuq qonga botganidan keyin tan berganing ma’qul. Sen dunyo o‘laksasining asirisan. Shu bois ham uqbo (oxirat)dan mahrum bo‘lib qolgansan? Dunyodan ham, uqbodan ham kech, keyin kuloh (toj)ni boshingdan olib qaragin. Agar ikki olam ilinjidan kechsang, sening joying Iskandar qo‘li bo‘lardi.

OLTIN QANOTLI QUSHGA XITOB

Ey, oltin qanotli qushim, xush kelibsan, marhabo. Ishga qizg‘in kirishib, olovday bo‘lib yashna. Oldingga nima kelsa issig‘ing bilan yondir, jon ko‘zini maxluqot olamidan bir yo‘la yumgil. Agar nimaki oldingga kelsa, kuydirsang, Haq taolo nuri shuncha senga ko‘proq yog‘iladi. Ko‘ngling Haq asroridan voqif bo‘lgach o‘zingni ham Haq ishidan voqif et. Haq ishida yetuk qushga aylansang, unda sen qolmassan, balki (Haqqa aylanib) Haq qolur, vassalom.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:51:06
IKKINCHI MAQOLA

SIMURG’ TALABIDA HUDHUDNING QUSHLARGA DEGANI

Jahon qushlari yig‘ilib, majlis qurdilar va yashirin ham oshkora fikrlarini o‘rtaga tashladilar. Dedilarki: bu zamonda hech bir shahar yoki mamlakat podshohsiz emas, shunday bo‘lgach, nega bizning mamlakatimizda shohyo‘q, bundan keyin biz shohsiz yasholmaymiz, shoh bizga rahnamolik qilishi, boshimizda soyabon bo‘lishi lozim. Endi, kelinglar, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, podshoh talab qilaylik. Negaki yurt podshohsiz bo‘lsa, mamlakatda va qo‘shinda intizom va tartib bo‘lmaydi. Shunday qilib, barcha qushlar bir joyga to‘planib, shoh qidirishga jazm etdilar.
Ko‘ngli Alloh yodi bilan band, Alloh diydoriga intizor Hudhud ular o‘rtasida yetakchi bo‘ldi. Hudhud egnida tariqatning harir kiyimi, boshida esa haqiqat toji bor edi. Uning zehni o‘tkir, har narsani tez tushunardi, yomon va yaxshi ishlardan ogoh edi. Hudhud dedi: Ey qushlar, men hech shubhasiz, Alloh huzuridan keldim va g‘ayb ishlaridan xabardorman, aslu naslimga ko‘ra sirlar egasidirman. Minqori (tumshug‘i)da «Bismilloh» yozilgan kishi ilohiy sirlarga sherik bo‘lishi ham haqiqatdan uzoqemas. Uz g‘amnm bilan birga yashayman, hech kimning men bilan hech bir ishi yo‘q. Men jahon xalqlaridan ozodman, xalq ham, shubhasiz, mendan ozodtsirlar. Menki Podshohdardida mashg‘uddirman, sipoh (qo‘shin) g‘ami bilan ishim yo‘q. Oxirat g‘amim bilan qo‘rquvda g‘arqman, bundan-da boshqa sirlarni saqlayman.
Sulaymondan avval so‘z aytdim, Sulaymon qavmidan oldin kelgandirman. Kimki mulkidan ajraldi (g‘oyib bo‘ldi), keyin bu mulkni so‘rab-surishtirmadi. Men, bu (mulk)dan qutulgandan keyin, har yoqda uning talabgorlari paydo bo‘ldi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:51:27
Sulaymon nomasini (Bilqisga) olib borib, qaytib keldim, Uning oldida parda orqasida turib sirlashdim (suhbatlashdim). Kimki Payg‘ambar alayhissalom talabgori bo‘lsa, boshiga toj qo‘ysa (boshlarga toj bo‘lsa) arziydi. Kimki ezgulikda Alloh yodiga tushsa, uning boshi atrofida aylanishga biror qushning parvozi yetarmi? Yillardirki, dengiz va quruqliklarda kezarman, oyog‘im yerda, ammo boshim (tafak-kurim) bilan yo‘l bosardim, vodiylar, tog‘u cho‘llarni kezganman, olamni to‘fon paytida aylanganman. Sulaymon bilan safarlarda birga bo‘lganman. Olam maydonini chunon kezib chiqqanman. O’z Podshohimni tanib olganman, ammo Uning oldiga yolg‘iz borolmadim*.
Bas, agar menga yo‘ldosh bo‘lsangiz, Sizga yo‘l ko‘rsatay, toki ul Shohning va Uning Dargohining mahrami bo‘lgaysiz. O’z xudbinliklaringizdan, g‘am, tashvish va dinsizlikdan qutularsiz. Unga oshiqkishi o‘zjonidan kechadi. Oshiq jonon yo‘lida yomon-yaxshidan kechadi. Jonni sarflab, yo‘lga qadam qo‘ying, oyoq bilan yurib, boshni Ul Dargohga qo‘ying. Hech shubhasiz bizning Podshohimiz bor, ammo Uning makoni Qof tog‘i orqasidadir. Uning nomi Simurg‘ — U Qushlar sultoni, U bizga yaqin, ammo biz Undan xiyla uzoqmiz. U izzat Humoyi oromdadir (barqarordir). Uning nomini har qanday til atashga haddi sig‘maydi. U yuz mingdan ortiqparda ichradir, u nur va zulmatdan ham balanddadir. Ikki olamda hech bir kishi Undan bahra olishga jur’at etolmaydi. U abadul abad Mutlaq Podshohdir, o‘z izzatiga g‘arqdir.
Aql U turgan joyga parvoz etolmaydi. Ilm va aql u tur-gan joyga yetolmaydi.
Yuz ming odamlar Undan savdoyi-devona. Uning vasfu ta’rifi faqat pok jonlarga munosib. Aqlda Uni idrok etish quvvati yo‘q. Nima qilaylik, (bu yo‘lda) akd ham, jon ham xiralashadi. Uning sifatlarini ko‘rolmay, ko‘zlar nuri ketdi. Hech bir dono Uning kamolini ko‘rgan emas, hech bir ko‘zi o‘tkir ham Uning jamolini ko‘rgan emas. Uning kamoliga maxluqot yo‘l topolmaydi. Ilmu donish hayf ketadi. Ko‘zlar nurini yo‘qotadi. Odamlarning toifalarida Ul kamol va Ul jamol haqida yig‘ishtirib kelsang, bir hovuch xayol bor, xolos.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:51:47
Xayol bilan bu yo‘lni bosib o‘tish mumkinmi, mohiyga qarab mohni — baliqqa qarab oyni idrok etib bo‘ladimi? U yerda yuz ming bosh koptok (go‘y)day sargardon, yuz minglab hoy-hoy va hay-huvlar (ya’ni so‘zlar, ovozlar) u yerda izsiz yo‘qolgan. Yo‘lda qancha daryo, qancha quruqlik bor, yo‘l yaqin ekan deb sira o‘ylama. Bu yo‘lni bosib o‘tadigan sherday mardlar kerak, chunki yo‘l uzoq, daryo va dengizlar esa g‘oyat serto‘lqin, chuqur va xavfli. Bunday paytda hayronu oshufta xrlda yuraman, Uning yo‘lida goh yig‘lab, kulib, devonalarday boraman. Agar Undan bir nishona topsam — baxt meniki, agar topmasam, Usiz yashash menga ulug‘ baxtsizlik, ordir. Jononsiz jonning nimaga va kimga keragi bor? Agar sen mard bo‘lsang, Jononsiz jonni saqlama.
Butun bu yo‘lni jonsiporliq bilan bosib o‘ta olgan marddir. Chunki bu Dargohga jondan kechganlar musharraf bo‘la oladi. Mardlarcha jondan ilik yuvmoq darkor. O’shanda seni ilmiga amal qiluvchi - Allohga sodiq odam desa bo‘lur. Jononsiz jon hech narsaga arzimaydi, mardlar kabi aziz joningni nisor et! Agar sen mardlar misoli joningni bag‘ishlasang, unda Jonon ham senga jon nisor etajak!
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:52:09
SIMURG’ ISHINING BOSHLANISHI

Simurg‘ ishining ajablanarli boshlanishi shu bo‘ldiki, U yarim tunda Chin mamlakati ustidan jilva bilan uchib o‘tdi. Chin mamlakati o‘rtasida undan bir par (pat) tushdi va undan barcha kishvarlar: yurt va viloyatlar nurga go‘lib, hayajon va g‘avg‘o ko‘tarildi. Har bir odam ul pardan bir naqsh oldi, kimki bu naqshni ko‘rgan bo‘lsa, ajoyib nasiba oldi. Ul par Chin mamlakatining suratxonasidadir*.
Agar Uning parining naqshi ayon bo‘lmaganda, jahonda bu g‘avg‘olar bo‘lmas edi. Bu san’at va go‘zalliklar asari Uning farri-nuridandir. Dunyo naqsh-suratlarining hammasi Uning parining naqshi-nuridandir. Uning ta’rifi-tavsifining boshi va oxiri ko‘rinmaydi. Bundan ortiq so‘z aytish munosib emas. Endi har qaysingizki, yo‘lga kirgan mard yo‘lovchioiz, boshni shu yo‘lga fido qilib, oyoqni olg‘a bosing.
Barcha qushlar Simurg‘ dargohi haqida eshitdilar va Uning ulug‘vorligidan beqaroru betoqat bo‘ldilar. Uning shavqi ular joniga tahchika, hayajon soldi, har biri o‘zicha besabru betoqat bo‘la boshladi.' Hammasi bu yo‘lga kirib, maqsadga erishish uchun chog‘landilar. Uning oshig‘i va o‘z vujudlarining dushmaniga aylandilar. Ammo yo‘l chunon yiroq va xatarli edi, kimki bu yo‘lga kirsa ranju azob chekardi. Garchi har biri bu yo‘lni bosib o‘tish talabida bo‘lsa ham, (lekin uqubatlarni ko‘z oldiga keltirib) bir-bir o‘z uzrlarini bayon qila boshladilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:52:40
UCHINCHI MAQOLA

BULBULNING UZRI

Shaydo bulbul mastlarcha o‘rtaga chiqdi, ishqda o‘zini yo‘qotgan, aql ham uni tark etgan. Har ovozida ming ma’no bor, har bir ma’no zamirida bir jahon roz-sir bor edi. Maoniy asrorida nola qilardi. Qolgan qushlar uni ko‘rib, so‘zga og‘iz ocholmasdi. Bulbul dedi: «Ishq siru asrori menda oxiriga yetgan, har kecha ishq kuyini takrorlab kuylayman. Dovuddan o‘zga bir ishqiboz, boshiga ishqishi tushgan bormi, toki unga ishqi «Zaburiy»ni so‘ylab beray. Nayning zorlanib figon qilishi mening so‘zimdandir, changning nolalari kuchi nolamning zo‘ridandir. Gulistonlarning kuy-qo‘shiqlari avji men tufayli, oshiqlar qalbidagi hayajon mendandir. Har zamonda o‘zga bir sir oshkoro etaman. Har lahzada o‘zga ovozda kuylayman. Ishqhar lahza kuchayib, daryo kabi jonimga to‘lqin soladi. Kimki hayajonli xonishlarimni eshitsa, holimni ko‘rsa, o‘zini yo‘qotadi, hushyor oldimga kelsa, mast bo‘ladi. Yillar davomida o‘zimga biror mahram topolmayman. O’z-o‘zim bilan suhbatdaman, biror kishiga sirrimni aytmay-man. Mening ma’shuqam (gul) navbahorda o‘z xushbo‘ylarini olamga taratgach, men uning jamolidan dilimni yayrataman, uning tal’ati — yuzidan mushqulimni hal etaman. Ma’shuqam so‘lib, yashiringach, bulbul nolasi ham kamayadi. Chunki, sirrimni boshqalar anglamaydi, bulbulning sirrini gul biladi, xolos. Men gul ishqida shunchalik g‘arqmanki, hatto o‘z vujudimni - borlig‘imni butkul unutaman. Boshimda gul ishqi savdosi yetib ortadi, zero ra’no gul ma’shuqamdir, shu bois menda biror Simurg‘ni izlashga toqat yo‘q, bulbulga gul ishqi kifoya. Menga sadbarg (atir gul) kabi dildor bo‘lgach, behosil ishni nima qilaman? Gul hali dilkash bo‘lib ochilsa, mening ham ko‘nglim yayrab, yuzimga kulgi yuguradi. Gul yaproq-pardalar ostidan bosh ko‘targach, uning xandon chehrasi mening ham yuzimda aks etadi. Axir bulbul bunday xandon chehra va go‘zal labdan bir kecha ham xoli (ayriliqda) turolmaydi-ku!
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:53:18
HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud Bulbulga dedi: «Ey surat bandida qolgan, buncha ham ra’nolar ishqidan lof urma! Gul yuzning ishqi seni zor qilibdur, har bahor yangilanib, oshufta etib o‘ziga zor qilibdur. Gul juda sohibjamol bo‘lsa ham, uning husni bir haftada zavol topadi. Biror narsa tufayli zavol topadigan ishqni komillar ishqdemaydilar va bunday ishqdan bezorlar. Gulning kulgisi garchi seni tikanga (xorlikka) tortgan bo‘lsa-da, lekin kecha-kunduz nola chekishingga sabab bo‘ldi. Guldan va uning ishqidan voz kech, zero gul har bahorda senga jilva qilib kuladi, uyal bundan. Agar senda uyat bo‘lganida edi, gulning yuziga faqat g‘azab bilan qaragan bo‘larding*.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:53:52
TO’RTINCHI MAQOLA

SHU MA’NODA HIKOYAT

Bir podshoning oydek bir go‘zal qizi bor edi. Butun olam yigitlari unga oshiq edilar. U bir fitna manbai edi, chunki yarim uyquda bo‘lgan xumor ko‘zlari mastona boqib, dillarni maftun etardi. Yuzi kofurday oq, zulflari mushk kabi qop-qora va xushbo‘y edi. Obi hayot uning lablari armonida qurib qolgan edi. Agar jamolidan bir zarra ko‘rinsa edi, Aql o‘zini yo‘qotib, shaydo bo‘lardi. Agar shakar bu qiz labining ta’mini totiganda edi, xijolatdan erib, yonib ketardi.
Qazoi taqdir bo‘lib, bir darvesh yo‘lda ketayotib, ko‘zi shu go‘zalga tushib qoldi. Bu sho‘rlikning qo‘lida yarimta qotgan non bor edi, uning joni novvoyda qolgan edi. Uning ko‘zi ushbu oyyuzga tushganda, qattiq noni qo‘lidan yo‘l ustiga tushdi. Ul qiz gadoning oldidan olovday o‘tib ketdi, unga qarab iliq kuldi va xushhol o‘tib ketdi. Gado ul oyning kulgusini ko‘rgach, hushidan ketib, yo‘l uzra yiqildi va tuproqqa belandi. Miskin gadoning yarimta noni va yarimta joni bor edi, bir zamonda har ikkisidan ham ajraldi. Na kecha, na kunduzlari qarori bor edi. Yig‘i va o‘rtanish zo‘ridan gapira olmasdi. Ul go‘zalning kulgisini eslardi, navbahor bulutiday ko‘z yoshi to‘kardi. Alqissa, yetti yil shunday oshufta hol edi, qizning ko‘chasida itlar bilan birga yotardi. Qizning qullari va xizmatkorlari hammasi bundan voqif bo‘ldilar. Ular birgalashib, gadoni o‘ldirish rejasini tuzdilar. Shunda buni bilgan qiz gadoni xilvatga chorlab dedi: «Sen kabi gadoga menday qizning juft bo‘lishi aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Seni o‘ldirish payiga tushganlar, qochib ket, joningni qutqar. Bunaqa ostonamda o‘tirma, tur, ket».
Ul gado dedi: «Men seni ko‘rib, ishqingda mast bo‘lgan kunimdan beri jonimdan umidimni uzganman. Men kabilardan yuz mingtasining joni yo‘lingda har soatda fido bo‘lsin. Agar menday begunohni o‘ldirmoqchi bo‘lsalar, bitta savolimga lutf etib javob ber. Meni shubhasiz boshimdan judo qiladilar, ayt-chi, nega menga qarab kulding?»
Qiz dedi: «Seni haqir va aftoda, behunar, ojiz ko‘rib, soqolingga kulgim keldi, ammo sening yuzingga kulish xatodir». Qiz shunday deb tutun kabi darvesh oldidan g‘oyib bo‘ldi. Nimaiki bor edi. yo‘q bo‘ldi, go‘yo aslida hech narsa yo‘q edi*.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:54:39
TO’TINING UZRI

Og‘zini shakarga to‘ldirib pistoqi libos va oltin rangli tavqi bilan To‘ti o‘rtaga chiqdi. Har bir shohda uning parron toshidan nishona bor. Har yerda uning paridan yashillik qoidasi tuzilgan. So‘zlaganda guftoridan shakar tomar, shakar yeyishga ham chaqqonu uddaburo edi. Dedi: «Har bir toshyurak va nokas menga o‘xshaganga temir qafas yasaydi. Men ana shu temir zindonda qolganman, Xizr suvi orzusida o‘rtanuvchiman. Qushlarning Xizriman, shu bois kiyimim yashildir. Iloji boricha Xizr suvini ichib to‘ymoqchiman. Men Simurg‘ yonida toqat qila olmayman, menga Xizr chashmasidan bir qultum suv bo‘lsa, shunga qanoat qilaman.

DEVONA VA XIZR HIKOYATI

Bir oliy maqom devona bor edi. Xizr unga qarab dedi:
- Ey komil mard, menga do‘st bo‘lishni xohlaysanmi?
Devona dedi:
- ...Sen bilan mening ishim yo‘q. Negaki, sen joningni uzoq saqlash, ya’ni abadiy umr ko‘rish uchun tiriklik suvini ichgansan. Men esa jonni tark etishni istab turibman, chunki jononsiz jonimdan halovat topolmayapman. Sen kabi jonni saqlashga tirishmayman, balki har kun jonni fido qilishga tayyorman. Yaxshisi shuki, qushlar tuzoqdan qochganday, men va sen bir-birimizdan uzoqpashaylik, vassalom.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:55:21
BESHINCHI MAQOLA

TOVUSNING UZRI

Keyin oltin rang bilan tovlanib, Tovus o‘rtaga chiqdi, parlaridagi naqshlar yuz ming xilda jilvalanardi. U, kelinlarday jilva qila boshladi, qanotlaridagi har bir par alohida jilolanardi. Dedi:
- G’ayb naqqoshi mening naqshimni chiza boshlaganda, xitoyliklarning qo‘l panjalari qalam bo‘ldi, (ya’ni xitoyliklar rasm-naqsh chizishni mendan o‘rgandilar). Garchi men qushlarning Jabrailiman, ammo taqdir shuki, mendan yomon ishlar ham sodir bo‘lgan. Men bilan bir joyda yovuz ilon do‘st bo‘ldi. Shuning oqibatida xor bo‘lib jannatdan quvildim. Mening joyimni ko‘ngil xilvati, deb tayin qildilar, oyoqlarimning kishani o‘z oyoqlarim bo‘ldi. Mana shu qorong‘u joydan jannatga eltuvchi bir rahbar topishni istayman. Men Sultonga yetishadigan qushlardan emasman, eshik qo‘riqlovchisi bo‘lolsam — shunga roziman. Simurg‘ning men bilan qanchalik ishi bor. Menga firdavsi a’lo bo‘lsa bas. Jannatga yana bir marta yo‘l bersaydi, murodimga yetardim, dunyoda boshqa umidim yo‘q.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:56:18
HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey yo‘lini yo‘qotgan jon, ul Podshoh uyini (jannatni) istar ekansan: kelgin va Unga yaqinlash, axir uy Sulton huzuridan yaxshiroq emas-ku. Sen aytgan Xuldu Bihisht nafs uyidir, sen Ko‘ngil uyiga talpin, chunki haqiqiy maqsad - Ko‘ngil uyidadir. Haqning huzuri — azim daryo, jannat shu daryodan bir qatra, xolos. Kimdaki daryo bo‘lsa, qatraga qaramas, daryodan o‘zga narsalar savdo -tashvish va bog‘lanish, tama’girlik, oldi-sotgiga o‘xshashdir. Daryoga yo‘l topsang, bir tomchi shabnamga yuz burib nima qilasan? Quyosh bilan so‘zlasha oladigan odam bir zarra bilan qanoatlanishi mumkinmi? Kullga aylangan kishining juz’ bilan nima ishi bor, jonga aylanganga uzvlar parvo qilmaydi. Agar sen kullga aylangan mard bo‘lsang, kullni ko‘r, kullni talab qil, kull bo‘l va kullni tanla!

SHOGIRDNING USTOZDAN SAVOL SO’RAGANI HIKOYATI

Bir shogird o‘z ustozidan so‘radi:
- Ustoz, ayting-chi, nega Odam jannatdan quvildi?
Ustozi dedi:
- Odam juda oliyguhar zot edi, u jannatga kirganda, hotifdan bir baland ovoz keldiki, ey, jannat, seni yuz xil band bilan bog‘lagan, kimki ikki olamda Bizdan tashqaridadir, Bizdan past turadigan arzimas narsani boshpana qilib oladi. Biz zohiriy ko‘ringan jam’i narsani yakson qilurmiz. Chunki Do‘stdan o‘zgaga e’tibor qilmagaymiz. Jonon oldida yuz mingjonning nima qiymati bor, Jononsiz jon hech narsaga yaramaydi. Kimki Jonondan boshqa narsa bilan bog‘lanib qolgandir, garchi u Odam bo‘lsa ham, zabun bo‘ldi. Jannat ahliga u yerda beriladigan dastlabki taom jigardir, deb xabar berdilar. Jannat axli siru asror ahli emaslar, shu bois jigar yeyishdan to‘xtamaydilar*.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:57:00
OLTINCHI MAQOLA

O’RDAKNING UZRI

Poklarning poki bo‘lib o‘rdak suvdan chiqdi, boshqa qushlar ichida u yaxshilik va poklik ramzi edi. Dedi:
- Ikki jahonda biron kishi mendan ko‘ra pokroq, pok yuzliroq emas. Har lahzada savob uchun g‘usl qilib, suv uzra joynamoz to‘shayman. Menga o‘xshab hech kim suv ustida tik turolmaydi. Karomatimga shubha qilolmaysiz. Qushlarning pok niyatli zohidi menman, joyim ham, to‘nim ham tozadir. Men jahonda suvsiz yasholmayman, chunki men tug‘ilganimdan suvdaman va suv mening borlig‘imdir. Agarchi dilda bir olam g‘amim bo‘lsa ham, bu g‘amlarni suv yordamida yuvib yubordim. Bu yerda har doim arig‘imdan suv oqadi. Men quruqlikda baxtiyor bo‘lolmayman. Mening taqdirim suv bilan bog‘liq, (shu uchun ham) suvdan tashqariga chiqolmayman. Suvdagi narsa suv bilan tirik, shu bois suvdan ko‘ngil uzib bo‘lmaydi. Men Simurg‘ bilan birga ucholmayman, shuning uchun vodiyning qiyin yo‘llarini kesib o‘tishim dargumon. Qiblasi faqat suv bo‘lgan kishi qanday qilib Simurg‘dan murod-maqsadiga erishadi?

HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey suv bilan xushbaxt bo‘lgan (kishi), joning atrofini suv o‘tday o‘rab olgan. Suv o‘rtasida seni uyqu bosibdi (g‘aflatdasan). Bir qatra suv kelib obro‘yingni olib ketadi. Shuni bilki, suv yuzi yuvuqsizlar uchundir, agar sen ham yuvuqsiz bo‘lsang, suv qidir. Qachongacha suv bilan maqtanasan, suvday tiniqlikni ista, har bir yuzi yuviqsizni ko‘rib yurishing qachongacha?
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:57:34
BIR DEVONANING SAVOLI

Bir kishi devonadan:
- Bu ikki olam o‘ylab ko‘rsang, nimadir, - deya so‘radi.
Devona dedi:
- Ikki olamning biri yuqorida, biri pastda, ammo ma’noda go‘yoki bir qatra suvday, uni yo bor deb, yoki yo‘q deb o‘yla*.
Eng avval suv olamni oshkor qildi. Bu jahon bir qatra suv va u yuz ming rangu suratdadir. Suv yuziga qurilgan har bir imorat, agarchi temirdan bo‘lsa ham, bir kun qulab, xarob bo‘ladi. Holbuki, temirdan qattiq narsa yo‘q, boqsang - u imoratni suv ustida tik tutadi. Nimaiki suv ustiga bunyod etilgan bo‘lsa, u temirdan bo‘lsa ham, tush kabi o‘tkinchi va xayoldir. Hech kim suvning bir joyda mustahkam turganini ko‘rgan emas, suv yuzasida tiklangan narsa ustivor bo‘ladimi, axir!
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:58:18
YETTINCHI MAQOLA

KAKLIKNING UZRI

Chah-chah etib, xursand bo‘lib, noz bilan yurib, kaklik o‘rtaga kirib keldi, u go‘yo dur konidan sarmast, mag‘rur holda kelardi. Tumshug‘i qizil, qanotlari shafaqday edi, ko‘zlari ham qaynoq qoni tufayli qizargan edi. Gohida tog‘lar, goh o‘ngirlarda uchardi, gohida tig‘ oldiga bosh qo‘yardi.
Dediki:
- Men ko‘p vaqtlar konlarda sayr qilganman, beqiyos ko‘p gavharu oltin-javohirni ko‘rganman. Tog‘ va o‘ngirlarda uchib yurishim gavharlarning a’losini izlashimdandir. Gavharning ishqi dilimga o‘t solgan, bas, mana shu xush yoqadigan o‘t-olov mening hosilimdir. Bu o‘tning tafti agar bosh chiqarsa, mayda toshni ichimda qonga aylantiradi. Utning ta’sir etib, toshni eritib, qonga aylantirganini ko‘rgach, tosh va o‘t orasida qolganman, mahtal bo‘lib, hayronlikda turibman. Isitma tafti ichra mayda toshlarni terib yeyman, uyqu toshi zarbidan yurakni o‘tga to‘ldiraman. Ey suhbatdoshlarim, ko‘zlaringni ochinglar, mening ahvolimga boqinglar. Tosh ustida uxlab, tosh yeydigan kishini nima sababdan koyish mumkin.
Gavharni sevadigan odamning maslagi ham shundan boshqa emas. Gavhar va davlat (mamlakat) nizom-tartibni talab qiladi. Chunki gavhar (boylik) davlat bilan bog‘liq, shu bois davlatga berilgan odamningjoni toqqa, konga bog‘langan bo‘ladi. Men (shuninguchun) tog‘ning sinashtasi va gavhar izlovchiman. Bir lahza tog‘ cho‘qqisi va o‘ngirlardan xalos bo‘lolmayman. Chunki cho‘qqida gavhar koni bor. Shu sabab tog‘-cho‘qqida gavhar izlaganim-izlagan. Ammo gavhardan, biror mohiyat - javhar topolmadim, gavharlar ichra ho‘l gavhar (toza, yangi gavharni) ko‘rmadim. Simurg‘ yo‘li mushkul yo‘ldir, mening esa oyog‘im toshda, gavhar bo‘lsa loydadir. Olov kabi boshimni toshdan ololmayman, yo o‘laman, yoki gavharni ko‘lga kiritaman. Gavha-rimni odamlar ko‘rishi kerak. Gavharsiz odamni kim ham qadrlardi?

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:58:57
HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud aytdi:
- Ey gavhar kabi tovlanuvchi, turfa rangli Kaklik. Buncha oqsaysan, buncha oqsoq uzrlar aytasan (oqsoqlik uzrini qilasan)? Sening tumshug‘ing va oyoqlaring jigar qoniday qizil, sen o‘zingni gavhar deysan, ammo toshdirsan, oddiy tosh. Gavharning asli ham toshdir, faqat uni biroz bo‘yaganlar, xolos. Sen ana shu tosh savdosida (g‘avg‘osida, ishqida) diling toshday qotib qolibdi. Agar bu rangni ko‘chirib tashlasang, gavhar toshlardan bir toshdir, kimningkim rangi yo‘q, u shubhasiz, toshning o‘zi bo‘ladi. Kimdaki ruh bo‘lsa, u rangni istamaydi, chunki mard (asl inson) tosh istamaydi.

SULAYMON VA UZUK HIKOYATI

Hech gavharda Sulaymon uzugidagi gavharday izzat-qadr yo‘q edi. Shu uzuk tufayli shohning shuhrati ziyoda edi. Ajabki, bu gavhar tosh yarim dong edi.*
Sulaymon mazkur gavharni uzugiga joylaganda, yer yuzi unga qaram bo‘ldi. Shoh Sulaymon mamlakatu davlatining behisob ekanligini bilgach, yeru osmon o‘ziga qaramligini ko‘rgach, uzunligi (eni) qirq farsax (taxm.280 km.) keladigan soyabon yasatdi va shamol ham uning farmoniga bo‘ysunardi. Garchi eni qirq farsax keladigan soyaboni bo‘lsa ham, lekin bu o‘sha yarim dong keladigan tosh tufayli edi. Dedi: ushbu mamlakat, bu savlatu shon-shuhrat o‘sha tosh tufayli doimo mustahkam turadi. Men dunyo va din ishida bunday mulkka ega bo‘lishni xohlamayman. Ey Podshoh (Allohvand), men o‘z ko‘zim bilan shuni aniq ko‘rdimki, bu mulku boylikning ofati muqarrardir. Bu uqbo (oxirat) tarafida muxtasar qolsin. Bundan keyin hech kimga bunday mulku boylik berma. Mening lashkar va mulk bilan ishim yo‘q. Men zambil to‘qishni ixtiyor etaman.
Garchi o‘sha gavhardan Sulaymon shoh bo‘lgan bo‘lsa-da, xuddi shu gavhar uni yo‘lda bandi-qul qildi. Bu gavhar Sulaymonday shohga nima qildiki, senga vafo qilib, xotirjam etsa? Ul gavhar uchun qanchalik kon qazib, mehnat qilmagin, u bir toshdir, xolos. Sen esa faqat Jonon yuzini ko‘rish uchun jon bergin. Ey gavhar (asl) talab, toshdan bo‘lgan gavhardan ko‘nglingni uz va doimo yagona Javhar talabgori bo‘l!

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 11:59:45
SAKKIZINCHI MAQOLA

HUMOY UZRI

Humoy soya solib qushlar oldiga chiqdi. Uning soyasi shohlarga toj bag‘ishlaydi. Shu bois ham Humoy hammadan baxtiyor va himmatbalanddir. U dedi:
- Ey dengizlaru quruqliklarning qushlari! Men boshqa qushlarga o‘xshamayman. Oliy himmatim menga yor bo‘lib, xalqdan uzlatga chekinganman. Nafs itini har doim xor tutaman, hatto Faridun va Jamshid kabi shohlar men tufayli izzat-obro‘ topganlar. Podshohlar mening soyamning tarbiyasida yetishganlar, ammo ular tabiatan gadolar, shu bois mardliqda menga teng kelolmaydilar. Nafs itiga suyak tashlab, shu orqali ruhni bu itdan omonlikda saklayman. Nafsga mudom suyak berib turganim uchun, jonim bunday oliy maqomga erishdi. Soyasida shohlar parvarish topgan zot farmonidan bo‘yin tovlash mumkinmi? Hamma uning qanoti ostida o‘tirsin, toki soyasidan bir zarra nasiba olsinlar. Shunday ekan, sarkash-mag‘rur Simurg‘ mening do‘stim bo‘ladimi? Shohlarga taxtu toj bag‘ishlayman, shu yetarli emasmi?

HUDHUD JAVOBI

Hudhud aytdi:
- Ey g‘ururga bandi bo‘lgan jon, soyangni yig‘ishtir, o‘zingni kulgiga qo‘yma! Bu zamonda toju taxt bag‘ishlash yo‘q. Hozir sen it kabi suyak izlaysan. Koshki edi shohlarni taxtga o‘tqazmasayding, buning o‘rniga qani edi o‘zingni suyakdan xalos qilsayding? Deylik, jahon shohlari bu dunyoda sening soyang tufayli tojdor bo‘ldilar, ammo tongla qiyomat kuni hammasi balolar ichra hech narsasiz qoladilar. Agar shahriyorlar sening soyangni ko‘rmaganda edi, qiyomat kuni balolarga giriftor bo‘lmasdilar.*
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 12:00:24
SULTON MAHMUD POK NIYATLI ODAMNING TUSHIGA KIRGANI

Savob yo‘lida yuradigan pok niyatli bir odam bor edi. Bir kecha u sulton Mahmudni tushida ko‘rdi. Sultonga dedi:
- Ey yaxshi ishlarni amalga oshirgan podshoh, dorulqaror-baqo dunyosida ahvoling nechuk?
Dedi:
- Meni qiynama, jonimning qonini to‘kma, yaxshisi gapirma, bu yer sultonlik joyi emas ekan.
Bir hovuch tuproq (dunyo)dan saltanat tuzib bo‘ladimi? Jahonning egasi Haq taolo, sultonlikka U sazovor. O’zimning ojizligim, hayronligimni ko‘rgach, sultonligimdan uyalib ketdim. Agar meni bilmoqchi bo‘lsang, parishon b^r banda deb bil. Sulton Udir, zinhor meni sulton dema. Saltanat Uniki, koshki men dunyoda bir gado bo‘lsaydim, qadrim oshgan bo‘lardi. Koshki joh (taxt) o‘rniga yuz choh (quduq) bo‘lsaydi, shoh emas, boshoqterib yuradigan oddiy odam bo‘lsaydim. Bu damda menga hech bir yoru madadkor, xizmatimda intizor turganlar yo‘q, bir-bir so‘roq berurman har zamon. Meni o‘z soyasiga olgan Humoyning qanotlari qurib ketsin. Sultonligim xayol va xato ekan.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 12:00:43
TO’QQIZINCHI MAQOLA

BURGUTNING  UZRI

Mag‘rur bosh ko‘tarib, burgut qushlar o‘rtasida paydo bo‘ldi va ma’nilar asrori yuzidan pardani ko‘tardi. Lashkaru askaridan va kuloh-tojidan g‘ururlanib lof urardi. Dedi:
- Men shahriyorim qo‘liga qo‘nish, ya’ni unga mahram bo‘lib xizmat qilish shavqi bilan jo‘shib, boshqa odamlardan ko‘zimni yumganman (ularga e’tibor qilmayman). Oyog‘im podshoh qo‘liga tegsin deb ko‘zimni kuloh ostiga berkitganman. O’zimni odob qoidalariga shunday o‘rgatganmanki, darveshlarday riyozat chekkanman. Toki bir kun shohimning yoniga olib borsalar va xizmat rasmu qoidasidan ogoh etsalar, deb kutib o‘tiribman.
Shunday ekan, men Simurg‘ni sog‘inib tushimda ko‘rishim mumkinmi, u tomon azmu iroda qilishimga hojat bormi? Rizqimni o‘z shohimning qo‘lidan olaman, dunyoda mana shu hayot menga kifoya. Yo‘lga tushishga asosim yo‘q, chunki shoh qo‘lida izzat-ikromim bor. Kimki sulton dargohiga munosib-dir, sulton oldida nimaiki desa ma’qul va maqbuldir. Men agar sulton e’tiborini qozonib, shunga munosib bo‘lsam, bu bepoyon vodiylarni kezishdan afzal emasmi? Aftidan, men shoh yuzidan bahra olib, uning dargohida umrimni shodu xurramlikda o‘tkazurman. Gohida shohni sog‘inarman, gohida shavqida ov bilan mashg‘ul bo‘laman.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 12:01:05
HUDHUDNING JAVOB BERGANI

Hudhud aytdi:
- Ey, majoziy dunyoga giriftor kishi, sifatdan uzoqlashib, suratga giriftorsan. Mamlakatda o‘ziga o‘xshashi bo‘lgan shohga podsholik uncha tatimaydi va abadiy emas. Saltanatga Simurg‘dan o‘zgasi munosib emas. Chunki uning o‘xshashi, sherigi yo‘q, shoh faqat Uning o‘zidir, tamom. Har bir yurtda o‘ziga o‘xshaganlar bilan talashib yuradigan itoatkoru hamfikrlari bor shoh asl shoh emas. O’shanday shohasl shohdirkim, uningtengi bo‘lmasa, qudrat, vafo va boqiylik sifatlariga ega bo‘lsa. Dunyo shohi agar bir nafas vafodorlik qilmoqchi bo‘lsa, bir nafasdan keyin jafo qila boshlaydi. Kimki unga yaqinroq bo‘lsa, uning tashvishi ham ko‘proqdir, chunki u har doim shohdan qo‘rquvdadir, joni har lahza xatardadir. Dunyo podshosi olov kabidir, uning atrofida bo‘lganlar parvonaday yonib kul bo‘ladilar.
Ey shohlarga yaqinlashgan, qanchalik izzatda bo‘lmagil, ammo shohdan uzoqroq turganing yaxshi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 12:01:27
PODSHOHNING QULGA OSHIQ BO’LGANI HIKOYATI

Bir oliynasab podshoh bir chiroyli qulga oshiq bo‘lib qoldi. Shunchalik oshiq bo‘ldiki, ul qulsiz bir dam o‘tirolmas yoki dam ololmasdi. Bu qulni boshqalardan ajratib, yasantirib qo‘ygan edi va undan ko‘zini uzolmasdi. Shoh agar qasrda o‘q otish bilan shug‘ullansa, u qul qo‘rquvdan titrardi. Chunki shoh olmani qulning boshi ustiga qo‘yib, nishonga olardi. O’q bilan olmani teshardi, shunda bechora qul sarg‘aygan giyoh yaprog‘iday titrardi. Ahvoddan bexabar bir odam quldan:
- Qip-qizil yuzlaring nega oltinday sarg‘ayib qolibdi, shoh oldida shuncha hurmatdasan, nega ahvoling bu qadar aftoda bo‘lib qoldi?, - deb so‘radi.
Qul dedi:
- Boshimga olmani qo‘yib nishonga oladi, agar menga o‘q tegib yaralansam, u bunaqa qulim yo‘q edi, lashkarimda bundan kamchilik ham ko‘rmayman, deb aytadi. Agar o‘qi nishonga teksa, hamma bu podshohning omadi va mahorati deb aytadilar. Men shu ikki g‘am ichida qiynalurman, jonimni nimaga xatarga qo‘yganman? Hech narsaga!*

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 12:01:56
O’NINCHI MAQOLA

BALIQCHI QUSH UZRI

Shundan so‘ng baliqchi qush o‘rtaga chiqdi. Dedi:
- Ey qushlar, men va mening g‘amu tashvishim sizlarga ayon: joyim hamma vaqt daryo yoqasidir, hech kim mening ovozimni eshit-maydi. Men shunday beozor qushmanki, hech kim mendan ozor chekmaydi.
Dengiz bo‘yida dard bilan o‘tiraman. Doim g‘amli, becho-raman. Suv orzusida yuragim qondir. O’zimga rahmim keladi, lekin na iloj? Shunga majburman. Ey qushlar, men suv ahlidan emasman, dengiz qirg‘og‘ida og‘zim qurib, tashna o‘tiraman. Dengiz yuz xilda to‘lqinlanadi, lekin men undan bir qatra icholmayman. Agar dengiz (daryo)ning suvi, ozgina kamaysa ham tashvish va behalovatlikdan yuragim kabob bo‘ladi. Menga o‘xshaganga daryo ishqi yetarlidir. Shu savdoning o‘zi menga oshib-toshib ketadi.
Hozir daryo g‘amidan boshqa g‘amim yo‘q, Simurg‘ga hech bir toqatim yo‘q. Asl orzusi bir qatra suv bo‘lgan kishi Simurg‘ vasliga yetarmidi?
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 12:02:15
HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey, daryodan bexabar! Daryo (dengiz)da nahang baliklar va boshqa jonivorlar to‘lib yotibdi. Dengiz suvi achchiq va sho‘rdir, gohida osoyishta turadi, gohida esa to‘lqinlanadi. Dengiz o‘zgaruvchan va doim bir xil emas, suv goh chayqalib oqadi, gohida yana surilib qaytib keladi. Qanchadan qancha ulug‘lar kema yasab suzdilar, ko‘plari girdobda g‘arq bo‘lib o‘ldilar. Kimki g‘avvos kabi dengizga sho‘ng‘isa, jon g‘amidan nafasini ichiga yutadi. Dengiz qa’riga sho‘ng‘ib nafasini chiqarmaydigan odam o‘zini to‘lqinlar ixtiyoriga topshirgan xas kabidir. Bunday odamdan vafo tilab bo‘la-dimi, birov dildorim deb undan umidvor bo‘la oladimi? Agar sen ham o‘zingni dengaz qiryug‘iga olmasang, bu hunaring oxir-oqibat seni halok etajak. Dengiz o‘zi Do‘st shavqida to‘lqinlanayotganday, gohida po‘rtanali, gohida to‘fonlidir. Dengiz ana shunday notinch ekan, demak u o‘zini topolgani, o‘z maqsadiga erishgani yo‘q. Shunday ekan, sen qanday qilib dilingga orom topasan?
Shuni bilki, dengiz Uning ko‘yidan bir buloqdir, xolos. Sen Uni izla, Uning yuzini ko‘rish shavqida talpin.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 12:02:43
BIR KISHINING DENGIZGA SAVOLI

Qalb ko‘zi ochiq bir odam dengiz qirg‘og‘iga keldi. Dedi:
- Ey dengiz, nega suvingning rangi ko‘k, nega motam kiyimini kiyding, ostingda olov bo‘lmasa ham, qaynab turasan?
Dengiz bu ezgu fikrli odamga javob berib dedi:
- Do‘st firoqida iztirobu motamdaman. Nomardligimdan, uning yo‘lida mard bo‘lolmadim, shu sabab Uning dardida ko‘k kiyim kiydim. Lablarim (qirg‘oqlarim) qurigan, o‘zim behushman. Uning ishqi olovida suvlarim qaynab jo‘sh uradi. Agar Uning kavsaridan bir qatra topsaydim, eshigida abadiy tirik turgan bo‘lardim. Bo‘lmasa Uning yo‘lida ming-minglab kishilar lablari qaqshab, qurib jon beradilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 12:03:06
O’N BIRINCHI MAQOLA

BOYQUSHNING UZRI

Boyqush devonalarga o‘xshab o‘rtaga chiqib dedi:
- Men vayronalarni tanlagan kishiman. Xarobazorda tug‘ilgan ojizu nochorman, oxiri xarob bo‘lib nom-nishonsiz ketaman. Garchi yuzlab obod joylar toptim, ammo ularni tashvishli va o‘zimga muxoliflikda ko‘rdim. Kimki biror jam’iyatda o‘tiradigan bo‘lsa, oxirida mastlar kabi xarobotga (so‘fiylar yig‘iniga) borishi aniq. Vayronalarda ranju mehnat bilan yashayman, chunki vayronalarda xazina yashiringan bo‘ladi. Xazina ishqi vayronaga yo‘lladi meni, zotan xazinaga faqat xaroblik orqali yo‘l bordir. Hamma odamlardan dardimni uzoqqa olib ketdim, shoyadki o‘z xazinam — ganjimni tilsimsiz toparman deb o‘yladim. Agar oyoqlarim xazinaga botsa, bu sarkash ko‘ng-lim yana undan qutulardi.
Simurg‘ga bo‘lgan ishq afsonadan boshqa narsa emas, chunki bu ishqqa giriftorlik har qanday devonaning qo‘lidan kelmaydi. Men Uning ishqiga chidaydigan mardlardan emasman, shu vayronam va undagi xazina ishqi menga kifoya.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 12:03:33
HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud aytdi:
- Ey xazina ishqidan mast bo‘lgan, deylik, xazinani qo‘lga kiritding. Bu xazina ustida o‘zingni bir o‘lik deb faraz qil, ketgan umring, ishlaring, bosgan yo‘llaring hayf bil. Ganj ishqi, oltin ishqi kofirlik alomatidir, kimki oltinga butga sig‘inganday sig‘insa, u - butparast, Ozar qavmidandir. Zarparastlik kofirlikdir, axir sen oltin buzoqqa sig‘ingan Somiriy qabilasidan emassan-ku? Kimning qalbi oltin ishqi bilan yaralangan bo‘lsa, qiyomat kuni aft-angori sarg‘ayib, shu oltin shakliga kiradi.*

OLTINLI ODAM VA UNING O’G’LI

Bir kishining bir qutichada oltini bor edi, uni yashirib, hech kimga aytmay o‘lib ketdi. Bir yildan keyin o‘g‘li uni tushida ko‘rdi: «Surati sichqonga o‘xshardi, ko‘zlari esa to‘la yosh edi. Oltini yashirilgan joyning agrofida sichqon kabi gir aylanardi. Farzandi undan: «Bu yerga nega kelding, ahvolingni tushuntir», deb so‘radi. Otasi dedi: «Bu yerga oltinlarni yashirgan edim, birov uni topdimi-yo‘qmi, bilmoqchiman». O’g‘li so‘radi: «Nega sichqon suratiga kirding?» Dedi: «Kimningkim qalbidan oltin ishqi joy olsa, u sichqon suratiga kirar. Ey o‘g‘il, menga boqib ibrat ol va oltin-kumush, xazina-boylikka dil bog‘lama».

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 12:04:05
O’N IKKINCHI MAQOLA

SA’VANING UZRI

Nimjongina, tani ozurda, titrab-qaqshab Sa’va o‘rtaga chiqdi. U boshdan-oyoq yonayotgan olovday beqaror edi. Dedi:
- Men hayron, ojiz bir qushchaman, hushim o‘zimda emas, quvvatu qudratim yo‘q. Qo‘llarim soch tolasiday ingichka, oyoqlarimda mador yo‘q, zaiflikdan chumoliday bo‘lib qolganman. Menda qanot ham, par ham yo‘q. Shu ahvolda Simurg‘ huzuriga yetamanmi, ey aziz? Simurg‘ oddiga bu ojiz qushcha qachon borib yetadi, Sa’va Simurg‘ga yetadi deb kim aytadi?
Dunyoda Uning talabgorlari ko‘p, men kabi nochizga uning vasli yo‘l bo‘lsin. Uning visoliga yetishishga qudra-tim yo‘q, bu yo‘lni bosib o‘tishga majolim ham yo‘q. Agar men Uning dargohiga yuz bursam, yo‘lida yo o‘laman, yoki yonib ketaman. Men unday baland maqomga loyiq emasman, Yusufimni quduq ichidan izlarman, xolos. Quduqlarda Yusufimni yo‘qotganman, o‘shani topsam - murodimga yetardim. Agar Yusufimni quduqda topsam, u bilan oygacha uchib chiqardim.

HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey, zebolik va sho‘xu shanglikdan o‘zini ojizu zaif sanayotgan tannoz, sening so‘zlaring agar diqqat qilib qarasam, lofu yolg‘ondan boshqa narsa emas. Men bu nayranglarga uchmayman. Oyoqlaring bardam qo‘y, so‘zlamay og‘zingni yum. Agar boshqalar o‘rtanar ekan, sen ham o‘rtan, yon! Misol uchun agar sen ma’noda Ya’qub bo‘lsang ham, hiyla qilsang o‘g‘ling Yusufni bermaslar. G’ayrat o‘tida yonganlar oshiqdirlar, Yusufning ishqi olim uchun haromdir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 12:04:23
YA’QUBNING YUSUF FIROQIDA AZOB CHYEKKANI

Yusuf otadan ajralgandan keyin, otasi Ya’qub uning firog‘ida ko‘zi ko‘r bo‘ldi. Ko‘zlaridan qonli yosh oqardi, Yusuf nomi tilidan tushmasdi. Jabrail alayhis salom Ya’qubning oldiga kelib, dedi:
- Agar bundan keyin yana Yusuf nomini takrorlasang, nomingni mursal payg‘ambarlar qatoridan o‘chiramiz.
Haq amri shunday bo‘lgandan keyin Yusuf nomi tilidan yo‘qoldi. Yusuf nomi garchi suyanchig‘i edi, ammo bu nom tilidan ketib, dilidan mustahkam joy oldi. Bir kecha Yusufni tushida ko‘rdi, uni o‘z oldiga chaqirmoqchi bo‘ldi. Biroq Haq farmoni esiga tushdi, ojizu aftoda bo‘lsa ham tilini tiydi. Ammo toqati tugab, dilidan dardli oh chekti. U uyqusida joyidan qo‘zg‘olganda,
Jabrail kelib, dedi:
- Alloh deydiki, Yusuf nomini tilga olmagan bo‘lsang ham, lekin dardli oh chekting, sening ohingning sababi kimligini bilaman. Sen haqiqatda tavbani yengdirding, endi foydasi yo‘q.
Aql bu ishda sudu savdo (foyda-zarar) bilan ish ko‘radi, ammo qara, ishq bizni ne ko‘ylarga soladi...

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:20:53
O’N UCHINCHI MAQOLA

BOSHQA QUSHLARNING UZRI

Shundan keyin boshqa qushlar ham birin-ketin o‘z uzrlarini bayon qila boshladilar. Har biri nodonlikdan bir uzr-bahona keltirardi, hech kim (uy)ning to‘ridan gapirmadi, balki dahlizu poygakdan ovoz kelardi. Qushlarning uzrlarini birma-bir aytsam, gap cho‘zilib ketadi. Shu uchun o‘quvchidan uzr so‘rab, umumlashtirib aytaman. Qushlarning har birida ko‘pdan-ko‘p uzrlar bor edi, bundaylar Anqo (ko‘zga ko‘rinmas qush, ya’ni Simurg‘) sari uchishga loyiqmi axir? Kimki Anqoni jonidan istasa, u qo‘lini jonidan yuvib, mardlarcha olg‘a intiladi. Kimdakim oshiyoni (uyasi)da o‘ttiz dona (ozug‘i) bo‘lmasa, u bu safarga azm etolmaydi. Bir donachalik hafsalang, himmatu g‘ayrating bo‘lmasa, sen Simurg‘ bilan hamxona bo‘lolmaysan, bir xum mayni ichib bo‘shatgan pahlavon kosadan may ichib to‘yarmidi? Zarraga toqat qilolmagan odam oftob vasliga qanday qilib yetishasan. Pok zotning nazariga tushish uchun kishi nazari avval yerda (tuproqaa)gi yuz minglab soyalarga tushishi lozim. Arzimas qatraga g‘arqbo‘lsang, daryoda boshdan-oyoqcho‘milasanmi? Bunda asl javharni tanish kerak, hid bilan qanoat qilib bo‘lmaydi. Bu ish har qanday yuvuqsizning qo‘lidan kelmaydi.
Barcha qushlar holdan xabardor bo‘lgandan keyin, ketma-ket Hudhudga savol bera boshladilar. (Chunonchi): «Ey, bizga rahbar bo‘lish ilmini o‘rgangan zot, sen ulug‘vorlik va donolikni xatm qilgansan. Biz bir hovuch zaif va notavonlarmiz, na qanoatimiz, na tanu jonimiz bor. Baland maqom Simurg‘ga qanday yetamiz, agar bizdan biror kishi yetishsa, uni qanday bilamiz, taniymiz? U yangi (boshqacha) bo‘ladimi? Uning biz bilan qiyosu nisbatini ayt, qanday bo‘ladi, axir kishi ko‘r bo‘lsa, sirlarni anglab yetishi mumkinmi? Agar biz bilan U (Simurg‘) orasida bir o‘xshashlik (nisbat) bo‘lsaydi, har birimizda U tomon rag‘bat bo‘lardi. U — Sulaymon, biz esa chumolimiz, sen qaragin: U qaerdayu biz qaerdamiz! Chumoliday quduqtubida banddamiz, shu ahyudda biz balanddagi Simurg‘ga yeta olamizmi? Bu biz zaiflar qo‘lidan kelmaydi, Podsho qachon gadolarning yori bo‘lgan?
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:21:15
HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud shunda ularga qarab dedi:
- Ey, umri besamar o‘tganlar, badniyat, ko‘ngli buzuqlarda ishq bo‘larmidi? Ey, gadolar, qachongacha xomxayollar: shubha-gumonlar ichida yurasiz, oshiqlik bilan badniyatlik tuyg‘usi bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Ishq bilan dunyoga ko‘z ochgan kishi har doim betoqat va joni iztirobda bo‘ladi. Shuni bilingki, Simurg‘ niqob ochib, quyoshday yuz ochgan chog‘da tuproq yerga yuz ming soya soladi, keyin pok soyaga nazar soladi. U O’zining soyasini olamga bag‘ishlaydi (sochadi): bu soyadan har lahzada qanchadan-qancha qushlar paydo bo‘ladi. Olam qushlarining hammasining suvrati, bilsang, Uning soyasidir. Buni bil, buni bilganing-dan keyin Ul Hazratga nasabingni to‘g‘rila. Agar bilmagan bo‘lsang, endi ko‘rgin, bilgin va tanigin. Bilib, taniganing-dan keyin Uning izzat-hurmatini joyiga qo‘y!
Kimki Unga aylansa, u Unga g‘arq bo‘lgan hisoblanadi. Alloh haqi, Haqqa aylandi u, desang ham xato bo‘lmaydi. Mustag‘raq (g‘arq bo‘lgan) kishini hululiy deb bo‘lmaydi, bu so‘z kaltafahmlikdan boshqa emas. Kimning soyasi ekaningni bilganingdan keyin, xoho‘lik bo‘l, xohtirik - sen ozodsan. Agar Simurg‘ namoyon bo‘lmaganda, biror-bir qush soyali-nurli bo‘lmasdi. Yana agar Simurg‘ yashiringanda, jahonda hech bir soya (tajalliy nuri) ham bo‘lmasdi. Bu yerda (dunyoda) soya har narsani paydo qiladi, lekin buning boshlanishi — ibtidosi u yerda (Iloh olamida)dir.
Agar senda Simurg‘ni ko‘ruvchi ko‘z bo‘lmas ekan, demak oinaday munavvar ko‘ngil ham bo‘lmaydi. Agar Ul jamolni ko‘ruvchi ko‘z bo‘lmasa, Jamoli ishtiqiyoda sabr qilolmaymiz. Jamoli bilan bog‘lanib ishqbozlik qilish qiyin, o‘zining lutfi kamolidan oina yasamoq kerak bo‘ladi. Ushbu oina-ko‘zgu — bu qalbdir, qalbga boq, shunda ey sohibnazar kishi, o‘z qalbingda Uni ravshan ko‘rasan!
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:21:32
GO’ZAL SHOH HIKOYATI

Husnu jamolda tengsiz bir podshoh bor edi. Go‘yo yuzida ilohiy ruh aks etganday edi. Tong uning yuzidan bir shu’la, muqaddas xushbo‘yliklar esa uning huzuri bog‘idan esgan bir shabada. Olamning go‘zalligi, nafosati uning asroridan bir sahifa, zeboligu dilbarlikda uning diydoridan bir oyat kabi edi. Bu go‘zal shohning ovozasi olamga tarqaldi, barcha uning husniga oshufta bo‘ldilar, uning yuzini ko‘rish ishtiyoqida jonbozlik ko‘rsatib, g‘avg‘o ko‘tardilar. Uning nomini tilga olish mumkin emas edi, chunki nomini tilga olish bilan dilda sho‘rish qo‘zg‘olardi.
Podsho yuziga parda tutib yurardi, chunki agar yuzini ochsa odamlar uning quyoshday husniga toqat qilolmasdilar. Hech kim jur’at qilib, podshoga boqolmas, jur’at etgan kishining boshini tanasidan judo kilardilar. Uning jamoli haqida o‘ylagan, fikr yuritgan odamlar ham xarob bo‘lardi, chunki uning ishqi kirgan ko‘ngilni tinchitib bo‘lmas edi. Mabodo yuzini ko‘rgan kishi bo‘lsa, shu zahoti jon berardi, toqat qilolmasdi.
Erkaklar ham, ayollar ham unga maftun edilar, uning asrori - rozini bilish shavqi barchaning qalbini band etgan edi. Ko‘rmaslikka sabrlari chidamas, ammo ko‘rishga ham toqat qilolmasdilar. Odamlar uni qo‘rishga tobu tokat kilolmagandan keyin, fakat nomini eshitish bilan lazzat topadigan bo‘ldilar. Zero, agar shoh o‘z yuzini ochsa, hech kim uning yuzi shu’lasiga chidab turolmas edi. Jahon xalqlari uning yo‘lida majnunday ovora bo‘ldilar, barchaning yodida-xayolida o‘sha edi.
Podsho bu holni ko‘rib, ulkan bir ko‘zgu yasashni buyurdi. Ko‘zgu tayyor bo‘lgach, shoh kelib unga qarar, yuzining shu’lasi ko‘zguda aks etib, bu aksdan nur atrofga tarqalardi va odamlar shu nurdan bahramand bo‘lib, shodu xursand edilar.
Ey inson, sening Podshohing ham Hilol - Oy qasridir, qasr esa quyosh nuridan ravshandir. O’z Podshohingni ko‘nglingda tanigin, al-hosil Arshni zarrada ko‘rgin! Bu bepoyon olam sahrosida vujudga kelgan har bir surat, har bir libos Go‘zal Simurg‘ning soyasidir. Ammo soya Simurg‘dan ayri emas, sen buni tasavvur qilolmaysan ham. Soya bilan Simurg‘ bir-biriga sirdosh va mahramdirlar, bir-birini qo‘msaydilar, izlaydilar, qidiradilar, bilsang. Agar Simurg‘ga yetishsang, parda ichida oftobni ko‘rasan, shunda soya bilan Simurg‘ birlashadi, sen o‘zingni ham Quyosh o‘rnida ko‘rasan.*
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:21:57
G’OYIB BO’LGAN ISKANDAR

Jahongir Iskandar bir kun bir mamlakatga elchilar yubormoqchi bo‘ldi. Bir necha odamga bir xil kiyim kiydirdi va o‘zi ham o‘shalarning libosidan kiyib oldida, elchilarga qo‘shilib jo‘nadi. O’sha mamlakat odamlaridan-hech kim Iskandarni ko‘rmagan edi, agar birortasi men Iskandarman desa ham hech kim ishonmasdi...
Iskandar esa hammani ko‘rib turar va hammaning ahvolidan xabardor edi. Shohning har bir ko‘ngilga yo‘l topishga imkoni, ixtiyori bor edi. Ammo gumroh dillarga yo‘l topish qiyin. Gumrohlarning yo‘li gumrohlik va g‘aflat, adashish yo‘lidir. Shoh garchi hujra tashqarisida begonaday bo‘lib tuyulsa-da, lekin hujra ichida hammaga mahram — hamxona edi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:22:19
SULTON MAHMUD VA AYOZ

Ayozga yomon ko‘z tegib, kasal bo‘ldi, shu bois Sulton oldiga borolmay, undan uzoqlashdi. Ayoz notavonlik to‘shagida yotar, bemorlik unga azob berar, nola chekardi. Sultonga xabar berdilar. U o‘zining bir xodimini Ayoz oldiga yuborib, dedi:
- Avval mendan salom yetkaz, ahvolini so‘ra, so‘nfa degilki, ey mening aftodahol shohim, men hozir sendan uzoqdaman, sening g‘amu anduhingda sendanam nochorroqman. Sening dard chekib qiynalishing o‘ylasam, jonim bo‘g‘zimga keladi: bilmadim, sen kasalmi yo men? Agar tanim hamnafas do‘stdan uzoqda bo‘lsa ham, ammo mushtoqjonim sening bilan birgadir. Sening jonu taningni sog‘ ko‘rish ishtiyoqidaman, bir nafas ham sendan g‘oyib emasman. Yomon ko‘z badkirdorlik qilib, senday nozaninni bemor etibdur.
Xodimga shunday deb, keyin qo‘shib qo‘ydi:
- Tez yo‘lga tush, olov kabi borib, tutun kabi sur’at bilan qaytgin. Zinhor yo‘lda to‘xtama, bulut kabi yuqoridan yugur va chaqmoqni ushlab chopgin. Agar yo‘lda bir soat hayallasang, ikki olamni senga tangu tor etarman.
Xodim zudlik bilan yo‘lga tushib, shamolday bir zumda Ayozning oldiga yetib keldi. Qaysi ko‘z bilan ko‘rsinki, Sulton Ayoz oldida o‘tirgan edi. Xodim bundan aqlu hushini yo‘qotib, hayratda qoldi. Xodimning vujudi titrar edi, go‘yo behushday oh urib yiqiddi. Ichida:
- Sulton meni osadi yoki boshimni kesib qonimni to‘kadi.
Sulton oldida u:
- Yo‘lda hech joyda to‘xtaganim, o‘tirib dam olganim yoxud birov bilan so‘zlash-ganim yo‘q, ey podshoh, sen ko‘rinmas zarra kabi qanday qilib mendan oldin kelding? Shoh so‘zimga ishonadimi yo‘qmi - bilmayman, ammo agar yolg‘on gapirsam kofir bo‘layin! - deb hasrat bilan qasam ichardi.
Sulton dedi:
- Bunda sening gunohing yo‘q. Sen axir oshiqlar yo‘lini qachon bilarding? Mening Ayoz tomon yashirin (o‘g‘rincha) yo‘lim bor. Chunki uning yuzini ko‘rolmay turolmayman. Oramizdagi sirli yo‘l bizni o‘zaro bog‘laydi, oramizda jonlarimiz mag‘ziga tutash sirlarimiz bor, axir. Agar men odamlardan sirni yashirsam, botinda jonimni uning yo‘lida garovga qo‘yganman. Tashqarida u haqda xabar olib turaman, ichkarida esa parda ichida undan ogohdirman.

 
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:22:48
O’N TO’RTINCHI MAQOLA

QUSHLARNING YO’L SAFARI HAQIDA HUDHUDGA SAVOLLARI

Qushlar Hudhudning so‘zlarini tinglab, ko‘hna sirlarni yaxshi anglab yetdilar. Hammalari o‘zlarini Simurg‘ bilan bog‘liq deb bildilar. Shu bois U tomon sayr etishga rag‘bat bildirdilar. Shu ma’noda o‘zaro yana ittifoq tuzdilar. O’zlarini hamdard va hamovoz deb his etdilar. Hudhuddan boshqa yo‘lni biladigan bo‘lmagani sababli u bilan xiyla suhbatlashdilar. Undan:
- Ey tajribali, dono ustoz, bu yo‘lda nimalar bizni kutadi, qanday qilib bu yo‘lni bosib o‘tamiz? Bunday oliymaqomga ko‘tarilish tartibi - qoidasini biz ojizlar batamom bilmaymiz, siz ko‘rsating, - deya so‘radilar.
Rahbar Hudhud daf’atan dedi:
- Kimki oshiq bo‘ldi, u jonining g‘amini yemaydi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:23:06
HUDHUD JAVOBI

Xoh zohid bo‘lgin, xoh badaxloq fosiq bo‘lgin, ammo oshiq bo‘lsang, jon tarkini qiluvchi chin oshiq bo‘lgin. Sening qalbing joning dushmaniga aylansa, albatta jonfidolik bilan yo‘l oxiriga yetasan. Bu yo‘l mingjonga arziydi, jonni baxshida qil, shundan keyin ko‘zni ochib diydorlashgin. Agar seni iymondan chiq desalar yoki jonni topshir deb xitob qilsalar, sen buni ham, uni ham topshir — iymonni tark et va jonni bag‘ishla!
Agar biror kishi:
- Bu kofirlik-ku, desa, sen aytgin:
- Ishq kufru imondan yuqoriroq, afzalroqdir. Ishqning kofirlik va mo‘minlik bilan nima ishi bor, oshiqlarning tanu jon bilan nima ishi bor?
Oshiq dunyo xirmoniga o‘t qo‘yadi, agar boshi ustidan arra tortsalar, tanasini, ma deb tutadi. Ishq dardini didning qoni biladi, ishq qissasi uzun va mushkuldir, u har kimga nasib bo‘lmaydi.
Ey soqiy, jomni jigar qoni bilan to‘ldir, agar darding bo‘lmasa, bizdan qarz ol! Ishqning dardi bedarmon, ko‘z yum, goh jonning pardasini yirt, gohida uni parda qilib tik!
Ishqning bir zarrasi butun olamdan afzal va azizdir, uning bir zarra dardi barcha oshiqlardan qimmatli. Ishq azaldan koinotning mag‘zi —mohiyati bo‘lib kelgan, ammo dardsiz ishq— komil ishqemas. Qudsiy farishtalarda ham ishq bor, ammo ularda dard yo‘q. Dard faqat odam bolasiga yuklatilgan, faqat Odam bunga munosib, faqat Odam unga chiday oladi. Kimningki ishqda qadami mustahkam bo‘ldi, u kufr va islomdan ham voz kechdi. Ishq faqr tomon eshik ochadi senga, faqr esa senga kufr tomon yo‘l ko‘rsatadi. Ishqning kofirlik bilan qarindoshligi bor, aslida kofirlik - darveshlikning mag‘zi-mohiyatidir." Senda bu kufr va iymon qolmasa, dunyoviy tanu diling yemirilib, joning ham qolmaydi. Shundan keyin bu ishda (Yor huzuri, vaslida) shunday darajaga erishasanki, ilohasroriga hamdam ruhga aylanasan, komil eran bo‘lasan.
Sen eranlar kabi yo‘lga qadam qo‘y va qo‘rqma. Kufr va iymondan ham kechgil va qo‘rqma. Nimaga bolalarday qo‘rqasan, bolalikni tashla, balog‘at sari intil, bu ulug‘ safarga shermardlar singari shaylan!
Agar yo‘lda senga yuz xavfu xatar, uqubat yetkazuvchi g‘ovlar uchrasa ham, qo‘rqma. Mardonavor intilsang, murodingga yetasan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:23:45
SHAYX SAN’ON VA TARSO QIZI QISSASI

Shayx San’on o‘z zamonasining piri murshidi edi. Ilmu irfon, karomatu kashfda yagona edi. Uning kamoli haqida so‘z aytish ortiqcha, chunki Makkaning o‘zida ellik yil shayxlik qilgandi, to‘rt yuzta muridi bor ediki, har biri tariqatda bir yorqin siymo edi. Ammo o‘zi ham, muridlari ham riyozat va toatdan to‘xtamas edilar, kecha-kunduz Allohni yod etib yashardilar. Shayxning ilmi va amali barobar bo‘lib, yashirin va oshkora ravishda ishora va asror ko‘rsatib turardi. Ellik marta haj qilgandi, bundan tashqari umra hajini ham umr bo‘yi kanda qilmadi. Biror sunnatni tark etmadi va namozu ro‘zani behad ko‘p ado etar edi. Barcha peshvolar bu peshvo shayxni o‘zlaridan baland hisoblardilar. Bemorlar va kasalmand odamlar undan shifo topardi. Xullas, shodligu g‘amda xalq bilan birga va madadkor edi u.
Davrining yagonasi bo‘lgan bu ulug‘ murshid bir kecha tush ko‘rdi. Tushida ko‘rsaki, Rumda sayr etib yurgan emish va bir but-sanamga sajda qilayotgan emish. Ko‘ngli bedorlarning bedori, ogohlarning ogohi bo‘lgan bu ulug‘ shayx ko‘rgan tushidan g‘amgin bo‘ldi:
- Ey attang, imon eltay deb shuncha jon chektim, nahotki toatlarim Allohvandi karimga ma’qul bo‘lmadi? Doyunlar oshib, manzilga yetaman degan odam oxirgi dovonda butun ishlari abas ekanini sezganday, nahotki men ham parvardigor marhamatidan noumid bo‘lib qolsam?
Oqibat, Shayx San’on muridlarini yig‘ib, Rumga borishni niyat qilganini aytdi. Bu tushningta’birini bilmoqchiman, dedi u. To‘rt yuz muridi ham shayxga ergashib, Rum safarida unga yo‘ldosh bo‘ldilar. Ka’badan Rum mamlakatigacha uzoq yo‘l bosishga to‘g‘ri keldi.
Billo nihoya, shayx bilan muridlari bir necha oy yo‘l yurib, oxiri Rum mamlakatiga yetib keldilar. Ular bir shaharning ko‘chalaridan o‘tayotganda, baland ayvonli hashamatli bir binoga ko‘zlari tushib, unga yaqinlashdilar. Baland ayvonda bir go‘zal nasroniy qiz o‘tirardi. Ruhoniy qiyofali (monax qizi) bu nasroniy qiz husnu jamolda tengsiz, nafosat olamining quyoshiday porlab turardi. Uningjamoliga qara-ganning ko‘zi qamashar, aqlu hushi shoshar edi. Halqa-halqa zulfi oshiqlar domi, fatton ko‘zlari, kamon qoshlaridan yuraklarga sinon o‘qini otar, qip-qizil yoqutday lablari cho‘g‘ bo‘lib dilni o‘rtar, og‘zi obi hayotday jonbaxsh edi. Sochlarining har tolasi ming musulmonni kufrga yo‘llab, beliga zunnor bog‘lashga majbur etardi. Olovday lovullab turgan yuzining yarmini bir dasta sochlari berkitib turar, go‘yo quyosh bulut pardasi ortidan boqqanday edi. Qizning bugun vujudi dilkash va malohatli, dilbar va halovatbaxsh edi. Nafosat haykaliday muhtasham ayvonda o‘tirar, sochiga taqilgan bir dona gavhar kunday porlar, yuziga tortilgan qora harir to‘r goh-gohida shamoldan lipillab, ochilganday bo‘lardi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:24:01
Qizga yaqinlashganda, Shayx San’on otini to‘xtatib, unga tikildi. Ne ajabki, shu payt tarso qizi yuzidan harir qora parda ko‘tarildi - bulut ortidan quyosh charaqlab chiqqanday olam munavvar bo‘ldi. Shayx San’on bu go‘zal chehrani ko‘rdi-yu, o‘zini yo‘qotdi, holsizlanib, a’zoyi badani bo‘shashdi. Avva-lida sir boy bermaslikka harakat qilib ko‘rdi, ammoyshq otashi nishona urib, atrofidagilarga sirini oshkor etdi. Bu qiz o‘sha Makkada shayx tushiga kirgan sanam edi.
Shayxning vujudi titrar, ichga olov tushganday betoqat bo‘lar edi. Uning ixtiyoru inoni qo‘ldan ketgan, dili dilbar ixtiyoriga o‘tgan edi. Shayx ellik yillik toat-ibodati, obro‘-e’tibori, imon-e’tiqodini tarso qizi ishqiga almashdi-qo‘ydi, tarsozoda uning imonini sotib olgan, imonu din o‘rniga rasvolik va badnomlik in’om etgan edi. Shayx San’on hammasiga ko‘nika boshladi. Ko‘nglidan umidini uzdi, chunki ko‘ngil endi unga itoat etmas edi. Jonini ham jononasi uchun qurbon qilishga tayyor turardi. Shayxning so‘zi ham, sozi ham ishq bo‘lib qoldi. O’zga gap qulog‘iga kirmas, o‘zga narsalar mutlaqo e’tiborini tortmas edi. Tarso qizi uning muhibi, qiblasiga aylandi.*
Shayxning muridlari bu holni ko‘rib, qattiq qayg‘urdilar, nima qilishlarini bilmay hayron qoldilar. Sarsonu rargardon bo‘lib, goh shahar kezar, goh shayx oldida yig‘ilib, uni bu yo‘ldan qaytarishga urinardilar. Ammo shayx San’onga gap ham, nasihat ham kor qilmas, olamni unutgan edi u. Qalbi tarso qizi farmonida bo‘lgach, boshqaning gapi qulog‘iga kirarmidi? Oshufta oshiqning podshosi ham amru farmon beruvchisi ham ma’shuqadir. Bu dardning bedavoligini ishq dardiga chalinganlar biladi, bedardlar buni qaerdan bilsin? Shayx uchun kecha va kunduz barobar edi. Kunduz kechaday qorong‘i, tun esa firoq zulmatiday uzun va vahimali edi.
Shayxning ishqi tug‘yon urib, o‘zini ham, olamni ham unuta boshladi, boshiga tuproq sochib, o‘z holiga o‘zi motam tutdi. Ko‘ziga uyqu kelmas, goh nola chekar, gohida o‘rtanib yonardi. Qopqora tunlarning zulmati - firoq zulmati poyonsizday edi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:24:13
- Ey Alloh, — deb nola qilardi Shayx San’-on, - nahotki, bu tunlarning oxiri ko‘rinmasa, nahot mening quyoshim porlab chiqmasa? Yo falak mashali o‘chdimi abad, so‘ndimi tiriklik olovi? Behad ko‘p tunlarni riyozatda o‘tkazgan edim, ammo bunday zulmat tunlarni ko‘rmagan edim. Sham’day yonib ado bo‘lyapman, jigarim yonib, ichimdagi olov alanga urmoqqa! Nafasimdan o‘t chiqadi, ey parvardigor! Ishq meni o‘z qonimga tashna qildi-qu, yo‘q-yo‘q, bosh-oyog‘imni qonga beladi. Bir kechada yuz kechaning azobini tortayotirman, bilmadim, kunduzim qanday o‘tar ekan? Tun odamzod uchun shuncha mashaqqatlimi, shuncha azob ekanmi, endi bildim buni. Kecha-kunduz isitma ichidamanki, qachon kunduz boshlanib, qachon kech kirishini anglamasman. Magar vujudim tarhini tuzganda parvardigor shu bir kecha uchun asrab qo‘yganmidi meni? Dunyoda g‘am shuncha ko‘pmi, ishq shunday beintiho qudratmi? Bu qiyomatning alomatimi yo ohimdan gardun sham’i xiralashdimi yo dilbarimdan uyalib, quyosh parda ichiga kirib ketdimi?
Kuydimu yondim bu tun azobidan, ilojin topolmadim ishq dardining, endi toqatim ham qolmadi bu g‘avg‘olarga. Tog‘day sabotim-sabrim qani, hashamatu matonatim qayon ketdi, o‘tkir zehnim, zakovatimdan ayriddim: qilni qirq yorib, ne-ne mushkil masalalarga javob topgan aqlim xiralashdi. Biroq oshiq uchun aql nima kerak, ishqqa aqlning kuchi yetarmidi? Yorni izlab eshigiga boray desam, oyog‘im qimirlamaydi. Ovoz chiqarib, mahbubamni chaqiray desam, tilim so‘zga kelmas, qon oqaverib ko‘zlarim ko‘rmaydigan bo‘ldilar.
Aql ketdi, sabr ketdi, ketdi jon, Bu ne savdo, ne azobu ne fig‘on?!
Shayx San’onning muridlari yig‘lashib, uning qo‘nglini ko‘tarmoqchi bo‘ldilar. Yaqin mahramlaridan biri dedi:
— Ey shayxi kibor, o‘rningdan tur, vasvasani o‘zingdan uloqtir, tahorat olib, namoz qil, shaytoni la’inni quvgin nari.
Shayx dedi:
—   Ey bexabar, bu kecha jigar qoni-la yuz daf’a tahorat qildim, yuz rakaat namoz qildim Allohga, mahbubim visoliga etkizgin deb.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:24:26
Boshqasi dedi:
—   Tasbehing qani, tasbehsiz shayx shayx bo‘ladimi? Tasbehni qo‘lga olib zikrga tush.
Shayx dedi:
—   Belimga zunnor bog‘lash qulay bo‘lsin uchun qo‘llarimni tasbehdan bo‘shatib oldim.
Boshqasi dedi:
—   Ey mo‘ysafid, agar gunohu xato sodir bo‘lgan bo‘lsa, tavba qil, parvardigor rahm qiluvchidir.
Shayxdedi:   
—   Allaqachon tavba qilganman, ammo shayxlik oru nomusidan, qilu qolidan tavba qilganman.
Boshqasi dedi:
—   Pushaymon emasmisan, shayx? Axir musulmonlikdan emas bu ishing.
Shayx dedi:
—   Ha, nega shu paytgacha oshiq bo‘lmadim, deb pushaymonman.
Boshqasi dedi:
—   Seni dev yo‘ldan uribdi, badbaxtlik o‘qi bilan qalbingni pora qilibdi.
Shayxdedi:
—   To‘g‘ri aytding, ishq devi bizning ko‘raga olov qo‘yadi, aytgin, yana ham gurkiratsin olovini. Oh, qanday chiroyli olov qalar u!
Boshqasi dedi:
—   Xabar topgan oshnolar, birodarlarimiz nima deydi, bundan ogoh bo‘lganlar shayxi kabir gumroh bo‘libdi, demaydilarmi?
Shayx dedi:
—   Men nomu nang, ya’ni obro‘-izzat talashishdan qutuldim, riyo shishasini toshga urib chil-chil qilib sindirdim.
Boshqasi dedi:
—   Kel, do‘stlaringga qo‘shilgin, bu kecha Ka’baga qarab yo‘l olaylik.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:24:37
Shayx dedi:
—   Agar Ka’ba bo‘lmasa, dayr (nasroniylar ibodatxonasi) bor-ku. Qaragin, men hushyoru ka’bam dayrda mastdir, ya’ni ma’shuqam nasroniylar ibodatxonasida yashar husni bilan mag‘rur.
Boshqasi dedi:
—   Qadimiy yoru do‘stlaring sendan xafa, ko‘ngillari yarim bo‘lib, sarson-sargardon yuribdilar, axir.
Shayx dedi:
—   Tarso qizi qanday go‘zal! Ko‘nglim boshqa aloiqlar, ranjlardan begona. Mening do‘stim dayrda, parda ortida.
Boshqasi dedi:
—   Tur, yo‘lga tush. Makkaga borib uzrxohlik qil, tavba keltir.
Shayx dedi:
—   Boshimni ul nigorning ostonasiga qo‘yib, uzr so‘rayman. Boshqa narsa kerak emas, meni yo‘ldan urma, tanho qo‘y!
Boshqasi dedi:
—   Ey shayx, bu yo‘l — do‘zax yo‘li. Ogoh bo‘lmagan odam do‘zaxiydir.
Shayx dedi:
—   Mayli, menga do‘zax hamroh bo‘lsin, illo bir emas, etti do‘zax mening ohimdan kuyar.
Boshqasi dedi:
—   Jannatdan noumid bo‘lma, ey shayx. Jannatdan umidvor bo‘lsang, bu yomon ishni qilma.
Shayx dedi:
—   Jannat mening yorimning yuzidir. Agar jannat kerak bo‘lsa, uning ko‘yi-ko‘chasiga boraman.
Boshqasi dedi:
—   Ey shayx, Allohdan uyalgin, haqtaolodan insofu adolat, hayo va imon tila.
Shayx dedi:
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:24:50
—    Bu o‘tni mening vujudimga haqning o‘zi soldi, men buni o‘z ixtiyorim bilan o‘zimdan ketkizolmayman
Boshqasi dedi:
—    O’zingga kelib, hushingni yig‘, xotirjam’ bo‘l, yangidan imon keltirib, musulmon bo‘lgin.
Shayx dedi:
—    Mendek hayronu zordan kufrdan boshqasini so‘rama, kofir bo‘lgan odamdan imon talab qilasanmi?
Shayx San’onga so‘z ta’sir qilmadi. Muridlarning qalbi qonga to‘ldi. Ular oldinda yana qanday hodisalar yuz beri-shini bilmasdan hayron edilar. G’ayb pardasi ortida ne hikmatlar bor, qismat kimning boshiga nima soladi — noma’lum edi.
Tun yorishib, yorug‘lik sultoni — quyosh lashkarini tortib chiqib keldi. Shunda xilvatda o‘ltirgan Shayx San’on tarso qizi uyi tomon yo‘l oddi. Qizning uyiga kirmoqchi bo‘lgandi, ammo xizmatkorlar uni quvib haydadilar, orqasidan itlarni qo‘yib yubordilar. Shayx noiloj tashqariga chiqib turdi, tashqarida nigori uyining tuproq yo‘lida o‘tirib oldi. Yorim chiqarmikan deb ikki ko‘zi to‘rt edi. Ma’shuqasi dargoxi yo‘lidagi tuproqni ko‘ziga surtar, kecha-kunduz uy yonidan ketmas, dashnom-ta’nalarga, malomatlarga chidab, sabru trqat bilan qizning tashqari chiqishini kutardi. Oqibatul amr, sillasi qurib, kasal bo‘lib qoldi. Nola-fig‘on o‘tgan-ketganlarning bag‘rini ezar, odamlar atrofiga to‘planib, qiziqish bilan tamosho qilardilar, achinardilar. Bu yuqeani eshitgan qiz bir kun tashqariga chiqdi va shayxni ko‘rib, undan so‘radi:
-   Agar sen chindanam oshiq bo‘lsang, bu yo‘lga mardonlardek kirishgan bo‘lsang, quyidagi to‘rt ishni bajarishing kerak: birinchidan, butga sajda qilasan, ikkinchidan, Qur’onni o‘tga solib yondirasan, uchinchidan, sharob ichasan, to‘rtinchidan, imondan qaytasan.
Shayx dedi:
-   Mayli sharob ichaman, qolgan uchtasi bilan hech bir ishim yo‘q. Jamoling haqi may ichishga roziman, husningni mayga qo‘shib icharman, ammo qolgan uch shartni bajara olmayman.
Qiz dedi:
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:25:04
-   Mayli, turgin, may beray, ich, qoningni qizitib, hushingni zoyil etsin, keyin ko‘ramiz.
Shayxni dayri mug‘on — ibodatxonaga olib kirdilar. Murillarning fig‘oni osmonu falakka ko‘tarildi. Shayxni bir majlisga olib bordilar. Qiz unda tengsiz husnini namoyish qilib, mezbon kabi mehribonliklar ko‘rsatardi. Shayx bu husnu jamolni mushohada etib, aqlu hushidan bir zarra qolmadi, oh chekib, bir go‘shada o‘tirdi. Shayx o‘zini qizning yonida ko‘rdi: uning la’l lablari, xushbo‘y zulfi bilan o‘rtoqlashdi, qizning kulgilarini ko‘rdi, qiz qo‘li-dan boda olib ichdi, mahbubasi sochlarini ushlab siladi. Din ilmida yuz xil kitobni to‘rt mazhabda tushirgan edi. Qur’onni yoddan bilardi. Ammo hammasi birdan yodidan ko‘tarildi, boda kelib barini barbod berdi. May uning zamiridagi lavhni yuvib, xotiradagi yozuvlarni o‘chirib tashladi. Ul sanam qo‘lidan boda ichib, shayxning butun ixtiyori qo‘ldan ketdi. May ta’sirida sarxush bo‘lib, qo‘lini qizning bo‘yniga solmoqchi bo‘ldi. Qiz dedi:
—   Ey shayx, sen ma’no odami emas ekansan, ishqda mudtsao ahli - da’vogar kishi mard emas. Muddao ahlining haqiqiy ishq bilan ishlari yo‘q, oshiqlikni kufr ustuvor saqlaydi. Agar ishqda qadaming mahkam bo‘lsa, bu halqa zulfimning mazhabiga kirmokchi bo‘lsang, mening fikru odatimga iqtido qil, o‘shanda men bilan o‘tirib, qo‘lingni bo‘ynimga solasan. Agar iqtido qilmas ekansan, mana tayog‘ing va mana rido (to‘ning), ol-da, jo‘na!
Shayx San’on endi oshiq bo‘lib qolgan, ishq domiga giriftor odam edi. Oshiq shayx mast bo‘lib, dilini qo‘ldan berib, o‘zi ham butkul behush va bexud ahvolda edi. May eski va o‘tkir edi, shayxning miyasiga tez ta’sir etdi, may eski, ishq - yosh, oshiq esa qari edi. Ammo dilbar oshiqning oldida hozir edi, shunday bo‘lgach, sabr qilib bo‘ladimi?
Shayx dedi:
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:25:23
—   Ey oy yuzligim, toqatim qolmadi, men bedildan yana nima istaysan, ayt. Hushyorligimda butparast bo‘lmagan bo‘lsam ham, biroqmastliktsa butga sig‘inib, Qur’onni ham yondirishga tayyorman.
Qiz dedi:
—   Mana, endi mening odamim bo‘lding, mening mazhabim, tab’imga bo‘yin egding. Shu paytgacha sen ishqda xom eding, endi pishding, vassalom! Bu xabar barcha tarsolar orasiga
tarqaldi, shunday ulug‘ shayx tarsolar mazhabiga kiribdi deb shodlandilar.
Shayx San’onni mast holida ibodatxonaga olib keldilar va beliga zunnor bog‘ladilar. Shayx o‘z dinidan ko‘nglini uzdi. Ka’bani ham, shayxlikni ham butkul esdan chiqardi.
Shayx tarso qizga qarab dedi:
-   Ey dilbar qiz, nima degan bo‘lsang, qildim, barcha shartlaringni bajardim, xo‘sh, bizning oramizda mone’lik qiladigan yana nima qoldi? Ishq tufayli may ichdim, butga sajda qildim. Ishq yo‘lida ko‘rgan azoblarimni hech kim ko‘rmasin. Ellik yil shayxlik qildim, ko‘nglimda roz daryosi
mavj urardi. Ammo ilmdagi puxtalik ishqda abjadxon — alifbo sabog‘iday gap ekan. G’aybning sirshunosi ishq yo‘lida sargardonu ovora ekan.
Qiz yana dedi:
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:25:35
-   Ey asiri ishq bo‘lgan pir, sen juda faqir - qashshoqsan, ammo mening qalinim katta - kuching yetarmikin? Men ko‘p miqtsorda oltin va kumush talab qilaman, oltining bo‘lmasa, ishingning natijasi bo‘lmaydi. Shuning uchun mendan umidingni uz, quyosh kabi yolg‘izlik yo‘lini tanla,
mardlar kabi sabr qilib, tanholikka chidagin.
Shayx dedi:
—   Ey sarv qaddu siymbarim, aytganlaring to‘g‘ri, lekin meni sendan o‘zga odamim yo‘q bu shaharda. Bu so‘zlaringni qo‘y. Sening ishqing yo‘lida bor-budimdan ajralganman, barcha yoru muridlarim ham mendan yuz o‘girganlar, mening dushmanimga aylanib qolganlar. Sen bilan do‘zaxga borishga ham tayyorman, ammo sensiz bihisht men uchun do‘zaxdir.*
Oqibat ul go‘zalning shayxga rahmi keldi, shayxning sidqu vafosi mustahkamligini yana sinash maqsadida dedi:
—   Qalin puli o‘rniga menga bir yil cho‘chqalarimni boqib berasan. Bir yil o‘tgach, sening xohishing amalga oshadi. Birga umr o‘tkazamiz.
Ka’ba shayxi, piri kibor shayx San’on cho‘chqaboqarlik kasbini qabul qildi. Voqean, har bir odam ichida yuz cho‘chqa bor, kishi ichidagi cho‘chqani o‘ldirishi kerak yo zunnor bog‘lashi kerak. Sen bu ish faqat shayx San’on boshiga tushgan deb gumondasan. Lekin bu xatar har bir kishi ichida bor. U har zamon boshini chiqarib, odam bolasini bezovta etadi. Agar sen o‘zingdagi cho‘chqadan ogoh bo‘lmasang, tariqat yo‘liga kirgan solik emassan, meni ma’zur tut. Ey mard, agar tarikatga qadam qo‘ymoqchi ekansan, bu yo‘ldagi butlar, cho‘chqalar kabi ming turli balolardan qo‘rqma. Agar tariqat yo‘li shunday azobli bo‘lmaganda, Shayx San’onday din odami rasvo bo‘lib, Rum shahrida g‘avg‘o ko‘tarmas, sargardon bo‘lmas edi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:25:55
SHAYX SAN’ON MURIDLARINING CHORA TOPOLMAY KA’BAGA QAYTISHLARI

Shayx San’onning muridlari nima qilishlarini bilmay hayron qoldilar. Shayxning shaydo va oshiqligini, tarso qizi uchun tarsolar diniga kirib, musulmonlikni tark etganini ko‘rib, uning yonidan ketdilar, g‘amgin va diltang bo‘lib, attang-afsus deb shayxdan yuz o‘girdilar. Muridlar orasida shayxga yaqin bir kishi bor edi, u shayxning oldiga kelib dedi:
—   Ey ishqda inonu ixtiyorini qo‘ldan bergan pir, biz endi Ka’ba tomon qaytamiz, nima istaging bor, ayt. Balki biror ko‘rsatma berarsan bizga. Yoki hammamiz sen kabi tarsolik ko‘yiga kirib, rasvo bo‘lishimiz kerak, yoxud bu erdan ketib, sening bu ahvolingni ko‘rmay, uzoqroq turganimiz ma’qul. Ka’baga borib, xotirjam ibodat bilan shug‘ullanganimiz bu yerda ko‘rayotganimizdan yaxshiroq emasmi?
Shayxdedi:
—   Qaerga borsalaring boringlar, meni tinch qo‘yinglar. To tanimda jonim bor ekan, nasroniylar dayri mening joyimdir. Menga shu nasroniylarning ruhoniy qizi (rohiba) bo‘lsa bas. Agar siz ham oshiq bo‘lganingizda menga hamdamu hamroz bo‘lardingiz. Ey azizlar, qaytib boringlar, mening holim nima kechishini Alloh biladi. Agar mendan so‘rasalar, rost gapni so‘zlang, shayx San’on oshiqu xasta deng, ko‘zlarida qonli yosh, shakar yesa zaharga aylanadi deb ayting. Hech bir musulmon boshiga bu savdoni solmasin. Agar meni ta’na bilan tilga olsalar, dard ko‘rmagan bedardlardir ular.
Shayx San’on shu gaplarni aytib, yuzini yorlaridan o‘girdi, vidolashmadi ham ular bilan. Tayog‘ini olib, cho‘chqala-riga qarash uchun dalaga yo‘l oldi. Muridlar esa uning orqasidan yig‘lab qoldilar, har qancha «ey shayx, qayting», dedilar, ammo shayx e’tibor qilmadi. Go‘yo muridlarni hech ko‘rmaganday, ular mutlaqo begona kishilarday edilar uning uchun. Shayx beparvo cho‘chqaboqarlikni davom ettirar edi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:26:06
Shundan keyin muridlar barchasi Makkaga qarab yo‘lga tushdilar, jonlari kuyar, yuraklari achir, ammo ilojsiz edilar. Muridlar Makkaga borib yetdilar, lekin hech kimga hech bir narsa demadilar. Shayx ahvolidan so‘z ochmadilar. Pirsiz, rahbarsiz edilar, pirlari Rumda tarso bo‘lib qolgan edi.
Pir yo‘lini yo‘qotgandan keyin muridlar nima qilsin, pir ka’badan yuz o‘girgach, muridlar Ka’baga qarab yuzlanishlari ajab.
Ey ishq, nimalar qilding sen, ey falak, odam boshiga ne ko‘rgiliklarni solasan sen?
Shayx San’onning yana bir zakovatli muridi bor edi. Shayx Rumga ketgan vaqgda u Makkada emas edi. Shayx yo‘kdi-gida safardan qaytib, Makkaga kelgan va shayxni kutib, xilvatda o‘tirardi. Muridlarning shayxsiz qaytib kelganini ko‘rib, ko‘ngli buzildi va ulardan pirining ahvolini so‘radi. Birodarlar unga shayx boshiga tushgan savdoni bir-bir hikoya qilib berdilar. Shayxning oshiq bo‘lgani, tarsolarga qo‘shilib, mayxo‘rlik qilgani, hozirgi vaqtda cho‘chqaboqar bo‘lib yurganini aytib berdilar.
Zakovatli murid birodarlaridan bu qissani eshitgach, g‘amgin qiyofada dedi:
-   Ey, noahlu bevafo yorlar, yorlik va do‘stlikka muvofiq ish qilmabsizlar, aksincha, nomardlarning ishini qilibsizlar. Sadoqatli murid, jon payvandli yor bo‘lsangiz og‘ir paytida quniga yarang edi, birga bo‘lib, dardiga malham bo‘ling edi. Agar o‘z shayxingizning yori bo‘lsangiz, har qanday sharoitda uning yonida bo‘lmog‘ingiz lozim, axir. Uyalinglar, shumi sadoqatu vafo, pir haqqini ado etish? Agar shayxingiz beliga zunnor bog‘lagan ekan, siz ham darhol belga zunnor bog‘lang edi, agar tarso bo‘lsa, hammangiz unga qo‘shilib tarso bo‘ling edi. Siz qilgan ish esa yorlik va muvofikdik emas, balki munofiqlik va dushmanlikdir. O’z yorining do‘sti bo‘ladigan odam, yori agar kofir bo‘lsa ham yorlikni tark etmasligi kerak. Shayx dengizga cho‘kib, nahang komiga tushibdi, siz esa qo‘rqib, uni tashlab qochibsiz.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:26:16
Hammasi o‘zlarini oqlash uchun: biz shayxni ko‘p marta ogohlantirdik, birga yurib, dardiga sherik bo‘lmoqchi bo‘ldik. Ammo shayx bizdan bezor edi, bizni ko‘rishdan og‘rinardi. Oldidan bizni quvib haydadi. Chunki bizning yorligimizdan unga hech foyda yo‘q edi, bizning Makkaga qaytishimiz ham uning hukmi farmonidir, dedilar. Zakovatli sodiq murid esa dedi:
—   Sizning muridmiz deyishga haqqingiz yo‘q, nomard- larning ishini qilgansizlar. Haq nazdida piringizga zulm qildingiz. Shu bilan haq yo‘lidan ham qaytdingiz.
Muridlar bu so‘zni eshitgach, o‘z-o‘zlarini koyiy boshladi-lar. Noto‘g‘ri ish qilganlarini anglab yetdilar.
—   Biz hammamiz haq dargohi deb talabgor bo‘lib yuribmiz, shayxga ham, o‘zimizga ham zulm qilibmiz. Endi qog‘ozdan ko‘ylak kiyib — qanot chiqarib, Rumga uchaylik, pirning huzuriga yetaylik, - dedilar barisi bir og‘izdan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:26:49
RUMGA QAYTIB KELGANLARI

Barcha muridlar Makkadan chiqib, Rum sari yo‘lga ravona bo‘ldilar. Xato qilganlarini anglab, haqdargohiga zoru nola qilib, uzr so‘rardilar. Shu taxlit har biri qirqkecha-kunduz maqomdan bosh tortmay, duo qildilar, shafoat tiladilar. Yashil kiyim kiyib yurgan muridlar endi motam tutib, ko‘k liboslarni kiydilar. Oxirul amr, ularning duosi qabul qilindi: safo va sidq o‘qi nishonga tegdi — tong saharda bir mushk hidli xushbo‘y shabada esdi, kashfu karomat olami oshkor bo‘ldi. Avvaldan pirga sodiq bo‘lgan zakovatli murid Muhammad Mustafoni tushida ko‘rdi. Ko‘rsaki, hazrati Rasululloh sallallohu olihu va ashobihu vassallam, ikki qora zulfini yoyib, xiromon kelar va tabassum qilardi. Kimki uni ko‘rsa madhu sano yog‘dirardi unga. Mustafoni ko‘rgan murid joyidan sapchib turdi va dedi:
—   Ey, Rasuli Akram, qo‘limni olgin, sensan xalqqa rahnamo - haq yo‘lini ko‘rsatuvchi nabii barhaq, Bizning shayximiz yo‘ldan ozdi, uni tuz yo‘lga boshla.
Mustafo unga dedi:
—   Ey, himmati baland ummatim, bor, shayxingni banddan ozod etdim. Shayx bilan haq orasida shu paytgacha gardu g‘uborlar bor edi, qora dog‘ ko‘rinardi. Men bu g‘uborni uning yo‘lidan ko‘tardim, uni zulmat ichra doimiy qolib ketishga qo‘ymadim. Shafoat yuzidan bir shabnam ato etdimki, shayxning hayotiga ham bu fayzu safo kiritadi. Sen shunga ishonki, olam-olam gunoh bo‘lsa ham, bir tavba tufayli kechiriladi.
Payg‘ambar sallallohu alayhi vassalam bu so‘zlarni dediyu, zakovatli murid nazaridan g‘oyib bo‘ldi. Murid bu tushning ma’nosidan shunchalik xursand bo‘ldiki, o‘zidan ketib qoddi. O’ziga kelib, shunday bir na’ra torttiki, go‘yo osmonda guldirak gumbirlaganday bo‘ldi. Barcha hamrohlarini bundan xabardor etdi, ularga yaxshilik xushxabarini yetkazib, jadal yo‘lga kirdi. Hammalari shodu xurramlikdan ko‘zlarida yosh, otliq va piyoda dashtu biyobonlarni bosib, shayx manziliga yetdilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:27:00
Shayxni ko‘rdilarkim, avvalgiday cho‘chqaboqarlik qilardi, ammo beqarorlikdan qurib, qoq suyak bo‘lib qolgan edi, go‘yo bir dasta olovday yonardi. Shayx o‘zining sodiq muridini ko‘rdi, ahvoli o‘zgardi. Qalbida bir ilohiy uchqun lip etib yondi, Haq bilan rozlasha boshladi. Noqus -qo‘ng‘iroqni ham, zunnorni ham tashladi. Shayx San’on yorlari - muridlarini uzoqdan ko‘rib, go‘yo o‘zini nur ichra sezdi. Xijolat chekib, to‘nini pora-pora qildi, afsus-nadomat chekdi. Gohi oh-nola etar, gohida hasratidan tanidagi qoni muzlab qolganday bo‘lardi.
Qur’on hikmatlari, ilohiy asror va hadislar sunnati xotirasidan butunlay ko‘tarilgan edi, lekin birdan hamm&si yana yodiga tushdi, johillik va bechorshshkdan qutuldi. Xijolat va uyatdan gul kabi dil qoniga belangan edi. Do‘stlari uni bu ahvolda ko‘rib, oldiga yugurib bordilar, Tanfi Taologa ming-ming shukr qildilar. Shayxga dedilar:
— Ey, sirlarni pardasiz ko‘ruvchi zot, quyoshingni to‘sib gurgan bulut tarqaldi. Kufr ketdi, imon qaytib keldi. Rumning butparasti hakparast bo‘ldi yangidan. Mustajobu shafoat daryosi mavjlandi, sening uchun Rasulullohning o‘zi oraga kirib, shafe’ bo‘ldi. Buning shukronasini olam oxirigacha qilsang ham ado bo‘lmas, tur. shukrona qil, motamning ni.ma keragi bor? Tozalaguvchi olov qalbinggga kirdi, endi keraksiz narsalarning hammasini o‘tga tashlab kuydir!
Qissani shu yerda tugataman, chunki yana ulug‘ yo‘l azimati boshlandi, Shayx San’on tahorat olib poklandi, namoz qildi va hirqasini egniga kiydi. So‘ngra Makkaga qarab safarga otlandi, ulug‘ hashamatli karvon Ka’ba sari borardi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:27:29
TARSO QIZINING TUSH KO’RISHI VA SHAYX ORQASIDAN BORISHI

Shayx San’on Rumni tark etib, Makkaga qaytgandan keyin tarso qizi tush ko‘rdi. Tushida oftob qo‘yniga kirgan emish. Shunda oftob tilga kirib, shayxningorqasidan yo‘lga tush, dedi. Shayx majoz tariqasida sening yo‘lingga kirgan edi, sen esa uning ketidan borsang, haq yo‘liga kirasan.
Sen uni yo‘ldan urgan eding, endi uning yo‘liga kir, shayx qaytib haq yo‘lini topdi, sen ham hamrohi bo‘lgin.
Tarso qizi uyqudan uygongach, qalbida bir nur shu’lalana-yotganini his etdi, go‘yo oftob ichidan porlab turardi. Ko‘nglida ajib bir dard paydo bo‘ldi va qarorini oldi. Endi qizning vujudini ishq otashi qamrab oldi. Ko‘nglidagi otash shunday o‘rtar ediki, hech narsaga qo‘li bormas, hech narsa bilan ovunmas edi. Qizning boshiga ish tushgan edi, bu - muhabbat edi. Bu dardni birovga aytib bo‘lmas, rozdonu hamdami ham yo‘qedi. Ilgarigi holidan asar qolmadi, o‘zini bir ajoyib olam ichra ko‘rdi: bir asror zavqidan sarmastu sarxush bo‘lib, buni tabiiy holat tushunchalari bilan anglatib bo‘lmasdi. Ohurib, kiyimlarini yirtib, tashqariga otildi, sochlarini yozib, devonalardek lahza-lahza bexud bo‘lardi. Qiz toqat qilolmay, shayx va muridlari orqasidan yo‘lga tushdi. Qizning ahvoliga odamlarning rahmi kelar, chunki u ojiz, beqaror edi. Qiz zorlanib derdi:
— Ey, barcha mushkullarni oson etuvchi parvardigor! Bir ayol boshim bilan qaerga boraman. Balolar girdobiga giriftor bo‘ldim. Agar shayxni qiynagan bo‘lsam, meni qahring dengiziga tashlama, uzr so‘rayman, rahmli Allohm. Xato qildim, ammo tavba keltirib, gunohimni bo‘ynimga oldim, menday miskin bechorani qiynama. Dilni qo‘ldan berdim, bedil jonimni azobga qo‘yma. Agar mabodo o‘lsam, birov madadkor bo‘lmas, xoru zorlikdan o‘zga martabam yo‘q mening.
Tarso qizi voqeasini Shayx San’onga yetkazdilar, tarso qizi tarsolikdan chiqibdi, bizningdinga kirib, musulmon bo‘libdi, endi u senga oshiqi beqaror deb aytdilar. Shayx buni eshitib, qizning oldiga bordi va u bilan suhbatlashdi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:27:42
Muridlar unga ta’na qilib:
-  Yana but oldiga bordingmi, tavbang qayoqda qoddi, azoblaringni unutdingmi? - dedilar.
Shayx San’on qizning ahvolini ularga tushuntirdi, tarso qizi haq yo‘liga kirganligini bildirdi. Muridlar buni eshitib, hayron bo‘ldilar va qizga rahmlari keldi. Bu safar shayx muridlari, suhbatdoshlarini olib qizning oldiga bordi, ular o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, qanoat hosil qilsinlar deb shunday qildi. Ular qizni bir ahvolda ko‘rdilar, uning yaqosi chok, boshi ochiq edi, bir jonsiz jasadday tuproqqa belanib yotardi. Qiz o‘z dardining sababchisi shayxni ko‘rgach, yurakdan ohi otashnok chiqardi. Shayxga nazar tashlar, ko‘zlari esa tinmay yosh to‘kardi. Shayxga qarab dedi:
—   Sening ishqing tug‘yonidan jonim quymoqqa, bundan buyon bu dardni yashirolmayman. Bu dardning boisi nima, parda orqasidagi sirni menga tushuntir, pardani ko‘tarib ogoh et, meni islom yo‘liga boshla endi!
Shayx San’on unga shahodat kalimasini o‘rgatdi, qiz imon keltirib musulmon bo‘ldi. Bu voqeadan barcha ashobu yorlar orasida g‘avg‘o ko‘tarildi. Oxir-oqibat, ul sanam haq yo‘lini topib, imon zavqidan xushnud va munavvar bo‘ldi.
Qiz dedi:
—   Ey shayx, toqatim toq bo‘ldi, firoq toqatiga chidolmasman. Bir uyum tuproq bo‘lmish bu olami foniydan ketarman tezda, ey olam shayxi, alvido’u alvido’!
Ul oy shu gapni aytdiyu jonni jonofaringa topshirdi, yarimta bo‘lgan jonini jononga fido etdi. Bu majoz dengizida bir qatra edi u. Haqiqat daryosi tomon ketdi yana. Hammamiz ham shul sanam kabi olamdan safar etamiz bir-bir. Ishq yo‘li shunday yo‘ldir, buni ishqdan, darddan ogoh kishilar anglagay. Nafs bu asrorni eshitmaydi va anglamay-di, benasiblar bu qo‘yga kirolmaydi. Buni jonu dil qulog‘i bilan eshitib olmoq kerak, botin olami bu sirni biladi, tana-vujud buni qaerdan anglasin!
Qizning o‘limi Shayxga qatgiq ta’sir etdi, joni achidi, yorining yuzi berkilgach, ko‘zini olamdan olib qochdi. G’amzada va motamzada shayx o‘z do‘stlariga dedi:
—   Ey, do‘stlarim, biz oshiqlarning holini ko‘ring, ahvolimizga nazar tashlang. Qushim ovimga ilingan edi, uni qanotim ostiga olgan edim, ammo u uchib ketdi, biling, endi men ham bu dunyoda qolmoqchi emasman. Bu jahondan jannat sari safarga chiqaman, jononim izidan ketmoqchiman.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:27:51
Agar qiz tongda vafot etgan bo‘lsa, Shayx San’on tush paytida jon berdi. Oshiqu ma’shuqlar tobutini izma-iz ko‘tardilar. Shayxning qabrini qizning qabri yonidan qazidilar, ikkalasini yonma-yon tuproqka qo‘ydilar, oshiq va ma’shuqning piri xutba o‘qidi, jon ila jonon birlashdi-lar, oshiq va ma’shuq birga edilar. Go‘yo ular birga tirik edilar, vasl nashidasini, birlashish lazzatini tatib ko‘rardilar. Go‘yo vasldan behush bir-birlarini og‘ushga olib yotardilar ular. Ikki qabr ustida ikki tik qomat sarv daraxti o‘sdi. Parvardigori bokaram o‘z lutfi bilan ul yerda zilol suvli chashma ato etdi. Bul chashma suvidan necha farsax yerlar obod bo‘lib, yam-yashil ko‘karib turardi. Ahli dillar kelib, qabrlarni ziyorat qilar, oshiq-ma’shuqlar ruhiga fotiha o‘qirdilar. Go‘yo bu yerda to‘rt fasl ham bahor edi, aylanasi bog‘-rog‘lar, chamanzorlar bilan o‘ralgan edi. Har doim daraxtlarning mevasi pishib turar, yer yuzida jannat paydo bo‘lganday edi. Ka’ba yonida edi, ul manzil, xosu avomning ziyoratgohiga aylandi.
Attorning qissasi bir mohchehra qiz uchun emas. Alloh sirridan bandasi ogoh emas.
Bir pokdin inson huzurida muhabbat haqida so‘z borar edi. O’tirganlardan biri dedi:
—   Men oltin oshig‘iman, pulni, boylikni sevaman. Oltin ishki vujudimda jon kabidir. Agar ko‘limda zar gulday ochilib, charaqlab turmasa, men ham gul kabi kulib turolmayman. Dunyo ishqi meni g‘amlardan ozod qildi, odamlar orasida obro‘li-e’tiborli bo‘ldim. Zarparastman, zardir-oltindir mening sig‘inganim, Allohim. Shunda pokdin, Allohparast odam unga qarab dedi:
—   Ey, aslga emas, suratga oshufta bo‘lgan, surat bandiga tushgan odam, ko‘nglingdan safo saharining nuri yiroq, sen chumoliga o‘xshaysan, kavaklardan boshqa narsani bilmaysan. Kecha-kunduz deyunaday chopasan, suratga giriftorsan. Ma’noni izla, suratga o‘ralmagin, asl moxiyat ma’nodir, surat arzimas dir, hechdir. Oltin ko‘rinishda bo‘yalgan toshdir, sen yosh bola kabi rang-bo‘yoqlarning oshuftasisan. Sening oltinlaring biror ishga yaramaydi. Qiyomat quni bu oltinlar hech kimga yordam berolmaydi. Sen o‘yinchoqlardan lazzat topasan, nurning nuridan shodsan. Sen aslga intilmaysan, nurning manba’ini istamaysan. Joni pokingni oltin bandidan xalos et, ey jon, axir, mohiyat — mutlakiyat oshig‘i bo‘lmog‘i kerak.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:28:12
OSHIQ DARVESH HIKOYATI

Bir darvesh bir shahzodaga oshiq bo‘ldi. Kecha-kunduz shahzoda yodida ohu nola chekar, ammo shahzodani hech ko‘rmagan edi. Odamlar darveshga tanbeh berib, nasihat qilardilar:
- Sen qaerdayu podsho qaerda, agar bu ishing podshoning qulog‘iga yetsa, seni qattiq jazolaydi, o‘z xuningga o‘zing zomin bo‘lasan, - der edilar. Ammo darvesh bu gaplarga e’tibor qilmas, shahzodani o‘z qiblasi, ka’basi deb bilar, uning husnu jamolini maqtar, beqarorligini, oshiqligini izhor etar edi.
Podsho bu gapni eshitib, ranjidi va darveshni ushlab, qatl etishga hukm etdi. Darvesh bu gapni eshitib, xafa bo‘lish o‘rniga shod bo‘ldi, na’ra tortib, boshini toshlarga ura boshladi, aql-hushini yo‘qotdi. Shu holda uni qatlgohga olib bordilar. Darvesh qatlni uyushtiruvchi hokimdan bir muddat muxlat so‘radi, bir rakaat namoz o‘qib olayin, dedi. Hokim ijozat berdi.
Darvesh ko‘zidan issiq otashli yoshlarini to‘kib. yuzini tuproqqa qo‘yib dedi:
-   Ey Allohi hoziru nozir, ey parvardigori qodiru qahhor, shohimning umrini uzun, davlatini fuzun et, uning hech bir gunohi yo‘q. Ammo jonim tanimdan chiqishdan oldin menga shahzodani jamolini bir bor ko‘rsat, buni menga nasib et. Hech bo‘lmasa, axir bir bor uning yuzini ko‘rayin, keyin o‘lsam mayliga, mayliga uning oldida jon berayin, jonimni unga topshirib, Ismoil singari qurbon bo‘layin. Bir emas, ming jonim bo‘lganda ham unga bag‘ishlagan bo‘lardim. Ey parvadigor, minglab odamlarning hojatini chiqarasan, mening ham hojatimni chiqar...
Parvardigor ul darveshning nolasini eshitdi va podshoh ko‘ngliga rahm soldi. Hokim shoh oldiga odam yubordi va darveshning o‘lim oldidan aytgan iltimosini bildirdi. Faqir darveshning holati va so‘zi shohga ta’sir qildi, shohning qalbida ham dard paydo bo‘ldi. Shoho‘g‘lini chaqirib, dedi:
-   Darveshdan yuz o‘girma, uni o‘zingga yaqinlashtir, hozir esa vazir bilan birga o‘sha bechora oshiq oldiga boringlar va uning ko‘nglini ko‘taringlar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:28:28
Shahzoda otasining so‘ziga kirib, darvesh oldiga yo‘l oldi. Go‘yo gavhar sadaf tomon, daryo esa qatra tomon yo‘l olganday bo‘ldi. Yo‘q, quyosh tuproq oldiga kelganday bo‘ldi. Shahzoda dor ostiga, darvesh oldiga yetib kelganda, butun yig‘ilgan xaloyiq hayratdan qichqirib yubordilar. Qiyomat qo‘pganday bo‘ldi. Shahzoda gadoni tuproqqa belangan holda ko‘rdi. Darvesh go‘yo mahv bo‘lgan, yo‘qolgan edi. Uning jismi qariybki ko‘rinmas, xalq nazaridan yashiringanday edi. Shahzoda bechora darveshni bu holda ko‘rib, ko‘zlariga yosh oldi, rahmi keldi.
Voqean, kimki ishkda sodiq va sobit bo‘lsa, ma’shuq huzuriga keladi, oshiqu ma’shuq bir-biridan ajralmasdir, ishq bor joyda husn, husn bor joyda ishq mavjud. Darvesh shahzodaning ovozini eshitgan bo‘lsa-da, lekin yuzini ko‘rmagan edi. Shahzoda otdan tushib. gadoning yuzini tuproqdan ko‘tardi va tizzasiga qo‘ydi. Gado shohining yuzini yaqindan ko‘rdi. Gado bir olov, shahzoda esa bir daryoi rahmat edi. Olov nur daryosiga yetgan edi. Gado shahzodaga qarab dedi:
- Ey, shahriyor, muncha zor etding!
So‘ngra bu baxtu saodatni yetkazgan Allohga shukr etdi va bir na’ra tortib, jonini jabborga topshirdi. Go‘yo u olamda yo‘q edi. Bir sham’ lip etib o‘chganday bo‘ldi. Dilbarining visoli ma’lum bo‘lgach, mutlaqfoniy bo‘lib, yo‘qoldi-ketdi. Buni soliklar bilurlar, ishq ne kuylarga solishi, ne-ne mo‘‘jizalar ko‘rsatishi ularga ma’lumdir.
Mardlarning bari yo‘lda fano bo‘ldilar, Haqqa foniy bo‘lib, Haqdan ogoh bo‘ldilar. Ey vujuding yo‘qlikka yo‘g‘rilgan, sening lazzating alam bilan omuxtadir, bir muddat ostin-ustun bo‘lmaguncha, oromu xotirjamlikni ko‘rmaysan. Ishq — kimyo, seni poklovchi xumdon. Muncha fikrga g‘arqsan. Aql - qo‘rquv keltiradi, aql mardlikni bo‘g‘adi, aqlni qo‘y. Xumdonga kir, men kabi o‘zingdan kechgin, bir nafas o‘z olamingni tark et. Menga qaragin: menki, men emasman, men yo‘qman, mendan boshqa ham qolgan emas. Men istagan narsa aqldan ham, xayru sharrdan - yaxshi va yomondan ham balavdshir. Menga faqr oftobi nurini sochgach, ikki olam ko‘zimga tariqcha qimmatsiz bo‘lib qoldi, ul quyoshning shu’lasin ko‘rganimdan keyin men batamom yo‘qoldim, qatra daryoga qo‘shilganday bo‘ldi. Neki izlagan bo‘lsam, topgan bo‘lsam oqar suvga otdim. Bir qatra edim -yo‘qoldim. Garchi yo‘qolish har kimning qulidan kelmasa ham, ammo menday bir kishining barhaq foniy bo‘lishi yetarlidir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:28:48
O’N BESHINCHI MAQOLA

QUSHLARNING SIMURG’ TOMONGA BORISHGA AHD QILGANLARI

Hammalari bu qissani eshitgach, jondan kechish kerak bo‘lsa ham Simurg‘ni izlab topishga qasd qildilar. Simurg‘ qushlar diliga g‘ulg‘ula solib, beqaror qildi. Jonlaridagi shavqu zavq, ishq olovi ming karra ziyod bo‘ldi. Simurg‘ni izlab yo‘lga kirishga azm etdilar, azmu qarorlari qat’iy edi, hammalari bunga tayyor bo‘ldilar. Ammo ularning rahnamo pirlari yo‘q edi. Yo‘lda hammalari kelishib:
- Bizga yo‘l ko‘rsatadigan piri murshid kerak, u mushkullarimizni hal qilsin, ahdu paymonda biz bilan sobit tursin, biz o‘zbo-shimchalik qilib yo‘lga tusholmaymiz. Bu yo‘lda qiyinchilik-lar behad ko‘p uchraydi, buni biladigan, tubsiz dengizdan olib o‘tadigan sohibnazar, dono odamga muhtojmiz. Shunday odam hukmu farmoniga so‘zsiz bo‘yin egamiz, u bizning yukimizni yengil qilib, eson-omon Qof tog‘iga olib boradi, o‘sha yerda Simurg‘ soyasi bizga tushadi, biz zarralar kabi Quyosh shu’lasiga qo‘shilamiz, - dedilar.
Ko‘p o‘ylab, oralaridan shunday kishini tanlashga kelishdilar va buning uchun qur’a tashlashga qaror qildilar. Qur’a kimning nomiga tushsa, u barcha qushlarga rahnamo bo‘ladigan bo‘ldi. Shundan keyin hammalari bu tadbirga rozi bo‘ldilar va ko‘ngillari tinchidi. Hammalari jim bo‘lib, qur’a tashlashni kutdilar. Shundan keyin qur’a tashlandi va u Hudhudga tushdi. Barchalari uni o‘zlariga rahbar deb bildilar, nima desa shuni bajaradigan bo‘ldilar. Hammalari Hudhudning boshliqligini tan olib, unga itoat etishga ahdu paymon qildilar. Hudhud, shunday qilib, qushlarning peshvo va rahbari bo‘lib saylandi. Hukm uninghukmi, amru farmon ham unga tegishli bo‘ldi. Qushlar uning hukmi uchun jon fido qilishga rozi edilar.
Shunda rahnamo Hudhud lashkarning bahodir sarkardasi-day oldinga chiqdi va uning boshiga toj kiydirdilar. Yuz minglab qushlar unga ergashib, yo‘lga tushdilar, go‘yo yeru ko‘kni bulut qoplaganday edi. Vodiyning boshlanishi ko‘ringach, qushlarning fig‘onu nolasi osmondagi oygacha borib yetdi. Bu yo‘lning haybati jonlarga larza soldi, qushlarning vuju-dini dahshat olovi qopladi. Qushlarning qanotlari, parlari, oyoq va boshlari go‘yo uzilib ketganday bo‘lib, bir-birlariga urildilar, bir-birlarini bilmasdilar va sezmasdilar ham. Hammalari jondan qo‘l yuvganday bo‘ddilar, yuklari og‘ir, yo‘l esa olis edi. Ajabki, ushbu yo‘l sayrdan xoli, unda zarracha na xayr (yaxshilik) va na sharr (yomonlik) sezilardi. Bu yo‘lda jimjitlik va orom bor edi, unda fazo-makon (kenglik) ham, kamayish (qisqarish) ham yo‘q edi.
Bir solik (yo‘lovchi) Hudhuddan:
- Yo‘l nega bo‘m-bo‘sh? - deb so‘radi.
Hudhud dedi:
- Bu Podshohning buyukligidir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:29:16
BOYAZIDNING KECHASI SHAHARDAN TASHQARI CHIQQANI HIKOYATI


Shayx Boyazid Bistomiy bir kecha shahardan tashqari chiqdi va dunyoni odamlarning g‘ala-g‘ovuri, g‘ul-g‘ulasidan xoli holda ko‘rdi. Tun oydin edi, to‘lin oy olamga shunday nur taratardiki, go‘yo tun kunduzday yorug‘ edi. Osmonni g‘uj-g‘uj yulduz bezagan, sokin va halovatbaxsh edi. Go‘yo oy, yulduzlarning har biri hech g‘ulg‘ula qilmay, sokinlikda, ohista o‘z ishi — vazifasini ado etardi. Shayx sahroda qancha yurmasin, dashtu sahroda hech bir jonzot qimirlaganini qo‘rmadi.
Shunda uning ko‘nglida bir qo‘zg‘olon boshlandi. Dedi:
- Yo Rab, ko‘nglimga hayajon, sho‘rish sol! Sening bunday ulug‘vor va balandu keng, behudud olaming bor, ammo nega u bunday jimjit, nega mushtoqlar, oshiqlardan xoli?
Shu payt g‘aybdan sado keldiki:
- Ey yo‘lning hayronu sarsoni! Podshoh har kimga ham yo‘l bermaydi. Bu eshikning qadru izzati, ulug‘vorligi shuni taqozo etadiki, har gado bunga yo‘l topolmaydi. Bizning ulug‘vorligimiz nur sochganda, uyquda yotgan gofillarni uzoqlashtiradi. Odamlar orasidan mingdan biri bu dargohga yor bo‘layin, deb yillar davomida intizor kutadilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:29:38
O’N OLTIICHI MAQOLA

QUSHLARNING O’Z RAHBARLARI BILAN KENGASHISHLARI

Barcha qushlar yo‘lning vahimasi va qo‘rquvidan patlari va qanotlari qonga belangan holda oh chektilar. Yo‘lni ko‘rar-dilar, ammo bu yo‘lning oxiri yo‘q edi, dardni ko‘rardilar, ammo bu dardning darmoni — davosi ko‘rinmas edi. Bepoyon-lik, ulug‘vorlik shamoli bu vodiyda shunday esardiki, go‘yo osmonningbeli singanday edi. Bu shunday sahro ediki, falak tovusi bor narsani hech bir shubhasiz sinayotganday edi? Bunda bir lahza yo‘l bosishga dunyodagi boshqa biror qush toqat qila olarmidi?
Qushlar yo‘lni ko‘rib, uning bepoyonligidan qo‘rqib, hammalari bir yerga to‘planib, Hudhud oldiga keldilar va undan nasihat so‘radilar. Unga qarab dedilar:
- Ey yo‘lni bilguvchi zot, odobsiz kishi majlis to‘riga chiqa olmaydi. Sen ko‘p muddatlar Sulaymon huzurida bo‘lding, Sulton saroyida izzatda eding, shu bois shohga xizmat qilish rasmu odatlarini bilasan, xatar qaerdan keladi yoki amonlik qanday holatda qo‘lga kiradi - hammasini bilasan, yana bu yo‘lning past-balandini ko‘rgansan ham jahonni aylanib chiqqansan - yaxshi-yomonni ko‘rib, tajriba yiqqansan. Bizning fikrimiz shuki, modomiki sen bizning imomimiz, mushkullarni hal qiluvchi ahdlashgan yo‘lboshchimiz ekansan, bu soat minbarga chiqib, o‘z qavmingga va’z aytsang, bizni yo‘l qiyinchiliklaridan ogoh etib olga yetaklasang. Podshoh-larning rasmu odobini tushuntirgin, axir jaxlu nodonlik bilan bu yo‘lga kirib bo‘lmaydi-ku! Har bir qushning dilida bir mushkul-muammo bor, sen bularga javob qil, toki ko‘ngillari tinchib, xotirjam bo‘lsinlar. Xotirjam bo‘lmasdan yo‘lga tushib bo‘lmaydi. Sendan har birimiz o‘z mushkulimiz-ni so‘raylik, shu orqali ko‘ngillardan shubhalarni supurib tashlaylik. Avval ko‘nglimizdagi mushkullarni hal qil, shundan keyin biz to‘la ishonib, chin azmu iroda bilan yo‘lga qadam qo‘yaylik. Axir bu uzoq yo‘lning nima ekanligini biz qaerdan bilamiz, shubha-gumonlar bizni qamrab olmoqda. Ko‘nglimiz shubhalardan qutulgach, tanimizni yo‘lga boshlay-di, hatto shunday qilginki, tan bilan dilni ham unutib, boshni ul dargohga bag‘ishlaylik.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:29:57
HUDHUDNING QUSHLARGA NASIHAT QILGANI

Shundan keyin Hudhud minbarga chiqib, chiroyli ohang bilan nutq so‘zlay boshladi. Boshiga toj kiygan Hudhud taxtga o‘tirdi, uning pok yuzini ko‘rgan har bir kishi oliy baxtga erishdi. Yuz minglab qushlar uning oldida saf tortib turdilar. Bulbul bilan qumri birgalikda qorilik qilish uchun sirdoshlarday oldinga o‘tib oldilar. Ular sirdoshgina emas, balki xushovoz hamdirlar. Har ikkalasi nola chekib xonish qilganda, qushlar orasida g‘ulg‘ula qo‘zgolib, ovozlari jahonni tutdi. Bundan har bir qushda bir holat yuz berdi, ularning hushi goh o‘zlari bilan bo‘lsa, gohida behush yiqilardilar. Shundan keyin Hudhud so‘z boshladi, pardalar-ni ko‘tarib, ma’nolarni oshkor etdi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:31:08
O’N YETSHNCHI MAQOLA

BIR QUSH MUSHKULOTINING BAYONI

Bir qush savol berib dedi:
- Ey, ilmu saboq o‘rgangan kishi. sen nimang bilan Haq oldida bizdan afzalsan, bizning ilmu odobimizdan sening ilmu odobing, xizmatu martabang nimasi bilan baland? Sen bizga o‘xshamaysan, biz senday emasmiz. O’rtamizdagi bu tafovut nimadan hosil bo‘ldi?
Hudhud dedi:
- Ey savol berguvchi, bizga bir karra bo‘lsa-da, Sulaymonning nazari tushgan. Men bu martabani oltin-kumush evaziga topganim yo‘q, bu davlat menga Podshoning bir nazaridandir. Bu davlatni kishi toat-ibodat bilan topolmaydi. Zero Iblis bunday toatni ming yillar amalga oshirgan edi. Ammo toat-ibodatning hojati yo‘q, deguvchi kishiga ham har sohada la’nat yog‘iladi. Sen bir nafas ham toatni kanda qilma, biroqo‘z toatingga bino qo‘yib, ortiqcha baho ham berma. Sen umringni toat bilan shunday o‘tkazki, toki shoh Sulaymon senga nazar qilsin. Sen Sulaymonga maqbul bo‘lsang, nimaniki afzal deb aytsam, undan-da afzalroq bo‘lursan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:31:48
MAHMUD VA BALIQ OVLOVCHI YOSH BOLA HIKOYATI

Shoh Mahmud bir kun lashkardan ajralib, ot ustida yolg‘iz daryo bo‘yini kezib yurardi. Uzoqdan daryo qirg‘og‘ida bir yosh bola suvga qarmoq tashlab o‘tirganini ko‘rdi. Bola nihoyatda g‘amgin va tashvishli ko‘rinardi. Podshoh bolaga salom berib, yoniga kelib o‘tirdi. Podshoh bolaga qarab dedi:
- Ey o‘g‘il, nega g‘amgin va parishonsan, sen kabi munchalik motamzada kishini ko‘rgan emasman?
Bola dedi:
- Ey dilovar amir, biz oilada yetti go‘dakmiz, otamiz qazo etgan, onamiz esa to‘shakdan turolmaydigan bemordir. Qashshoqlikdan azobdamiz, ilojsizmiz. Biror rizqu ro‘zi topamanmi, deb sahardan shomgacha daryo yoqasiga kelib, qarmoq tashlab o‘tiraman. Birorta baliq ilinsa shod bo‘laman, chunki bizning bundan boshqa yeydigan narsamiz yo‘q.
Podshoh dedi:
- Ey g‘ayratli bola, agar xohlasang, senga sherik bo‘lib ko‘maklashaman.
Bola rozi bo‘ldi va shoh qarmoq olib suvga tashladi. Shunday qilib, go‘dakning qarmog‘i shohlik davlatiga erishdi (shoh qo‘liga o‘tdi) va ajoyibi shuki, o‘sha kuni yuzta baliq ovlandi. Bola bu qadar ko‘p baliqni ko‘rib, shuncha davlatim bormi, deb xursand bo‘ldi.
- Ey g‘ulom, ajab tole’ing borkim, shuncha baliq tuzog‘ingga (qarmog‘ingga) ilindi, - derdi ichida.
Shoh dedi:
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:32:01
- Ey, o‘g‘il, kam bo‘lma. Agar baliq ovlovchingning kimligidan xabar topsang, buning sirrini anglarding. Sening davlating mendandir, zero, sening baliqchi sheriging podshoh bo‘ldi.
Shoh bu gapni aytib, jo‘nash uchun otiga mindi. Go‘dak shohga qarab:
- O’zingga tegishli qismini ajratib olmaysanmi? - dedi.
Shoh dedi:
- Bugungi ovning barchasi seniki, ertangi ov esa — meniki bo‘ladi. Agar sen xoxlasang, bizning ovimiz ertaga bo‘ladi, shuni ham bilki, men ovimni boshqaga beradiganlardan emasman.
Ertasiga shoh saroy ayvoniga chiqqanda, esiga o‘sha sherigi keldi. Bir sipoh borib daryo labidan bolani olib keldi, shoh sheriklik qoidasiga amal qilib uni o‘z o‘rniga taxtga o‘tqazdi.
Bir kaltafahm aytdiki:
- Ey shoh, bu bir gadovachcha-ku, taxtga o‘tirishga munosibmi?
Podshoh dedi:
- U kim bo‘lsa ham, bizning sherikdir, va’dalashganmiz va rad etmay bunga vafo qilamiz. Shunday deb, bolani o‘zi kabi sulton qildi.
Bir talabgor go‘dakdan so‘radi:
- Bunday izzat-ehtiromni qanday qilib qo‘lga kiritding?
Go‘dak dedi:
- Shodlik kelib, g‘am chekindi, chunki bir sohibdavlat mardning menga nazari tushdi — uning e’tiboriga musharraf bo‘ldim.*
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:32:46
QOTIL VA HABIB AJAMIY

Odam o‘ldirgan bir qotilni podshoh qatl etdi. O’sha kecha uni bir so‘fiy tushida ko‘rdi: u jannatda shod-xurram yurardi.
So‘fiy dedi:
- Axir sen qotil, gunohkorsan, odamlarning qonini to‘kkansan. Qanday qilib sen bu martabaga erishding — jannati a’loga yetishding?
Qotil dedi:
- Podsho jallodi qonimni to‘kayotganda, qatlgoh yonidan buyuk so‘fiy Habib Ajamiy o‘tayotgandi. Soliklarning bu ulug‘ piri yashirincha menga bir qarab qo‘ydi. Ana shu bir qarash tufayli men bunday izzatu sharafga erishdim.
Kimgaki davlat ko‘zi tushsa, u saodat taxtiga o‘tiradi. Agar senga bir ulug‘ erning nazari tushmas ekan, sen o‘z vujudingni taniy olmaysan. Ming yil xilvatda yolg‘iz o‘tirsang ham, pirsiz yo‘l topolmaysan. Pirsiz yolg‘iz yo‘lga tushma, ko‘rlar kabi o‘zingni daryoga otma. Pir senga yo‘lboshchidir, barcha ishda sening suyanchig‘ing, panohingdir. Sen axir to‘g‘ri yo‘l bilan o‘nqir-cho‘nqirlar, quduqlarni ajratolmaydigan ko‘zi ojizsan, asokashing - rahnamong bo‘lmasa, yo‘lni bosib o‘tolmassan. Sening ko‘zing ko‘r, yo‘l esa uzoq, pir sen uchun qalavuz — yo‘lchidir. Kimki bir sohibdavlat soyasida bo‘lsa, yo‘lda xijolat chekmaydi, kimki bir davlatga bog‘lansa, qo‘liga tikan olsa ham, u guldastaga aylanadi.*
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:33:10
MAHMUD VA O’TINCHI CHHOL HIKOYATI

Sulton Mahmud lashkari bilan ovga chiqdi. Bir muddat u lashkaridan ajralib chetga chiqdi va atrofni kuzatdi. Bir o‘tinchi cholni ko‘rdiki, eshagiga o‘tin ortib, haydab borardi. Birdaniga o‘tinlari eshakdan tushib ketdi va chol nima kilishini bilmay, boshini qashladi. Mahmud o‘tinlari ag‘anab ketgan, o‘zi bu noilojlikda qolgan bechora odamni ko‘rib, unga yaqinlashdi va dedi:
- Ey, beqaror odam, yordamlashib yuboraymi?
Chol xursand bo‘lib, rozi bo‘ldi:
- Ey, otliq mard, menga yordam bersang, Alloh senga yordam beradi, bundan men foyda ko‘raman, ammo senga ziyon yetmaydi. Yuzingdan yaxshiliging ko‘rinib turibdi, yuzi yoqimlilardan lutfu karam kelsa ajablanmas-lik kerak.
Shohning qalbida karam jo‘sh urib, otdan tushib, sochilib ketgan tikanli o‘tinlarni nozik qo‘llari bilan qayta bog‘lab, eshakka ortdi va mahkam qilib bog‘ladi.
Keyin uchqur otiga minib lashkari oldiga kelib dedi:
- O’tinchi cholni ikki tomondan shunday o‘rab olingki, toki menga yuzlanmaguncha boshqa yo‘l topmasin, - dedi. Lashkarlar cholning orqa-atrofini o‘rab oldilar va u shoh o‘tovi tomon yurishga majbur bo‘ldi.
Chol o‘ziga-o‘zi:
- Bu zolim lashkar menga boshqa yo‘llarni to‘sdi, nima qilsam ekan, shohga ro‘baro‘ bo‘lishdan boshqa chora yo‘q endi, - derdi. Chol eshagini haydab podshoga yaqinlashdi, shohni ko‘rib tanidi va xijolatda qoldi. Soyabon ostida o‘ziga tanish yuzni ko‘rib, uyatdan qiynalib, boshin yerga qo‘ydi. Ichida dedi:
- Yo Rab, holimni kimga aytay, Mahmudni o‘z hammolim — xizmatkorimga aylantirib qo‘yibman-ku!
Shoh unga qarab dedi:
- Ey mening darveshim, mening oldimda nima uzring, nima talabing bor?
Chol dedi:
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:34:08
- Mening ishimu ahvolimni bilasan, o‘smoqchilab, o‘zingni bilmaslikka olma. Men bir ayolmand, o‘tin, tikanaklar terib, sotib kun ko‘ruvchi cholman. Kecha-kunduz cho‘lu tog‘ kezib, tikan yig‘aman. Tikan sotib non olaman, agar qo‘lingdan kelsa, menga bir parcha non ber.
Sulton dedi:
- Ey zahmatkash qariya, tikanlaringning narxini ayt, sotib olaman!.
Chol dedi:
- Ey shoh, buni mendan arzonga olma, bir hamyon oltindan kamiga sotmayman». Lashkar ahli cholga o‘dag‘aylab dedilar:
- Og‘zingni yum, ey ablah, bu tikanlaring ikki pulga qimmat, arzonroq narx qo‘y!
Chol dedi:
- Hay, mayli, bu tikanlar ikki pulga qimmat bo‘lsin, ammo bunday yaxshi xaridor kam uchraydi. Xushbaxt bir inson bu o‘tinga qo‘l tekizdi va bu tikanlar gulzor gullariga aylandi. Kimki bundayin tikanni sotib olmoqchi bo‘lsa, har bir alohida tikan novdasini bir dinorga sotib oladi. Bu inson qo‘liday qutlug‘ qo‘l tikanimga tekkuncha behad azoblar ko‘rdim. Garchi bu arzimas bir tikandir, ammo Uning qo‘lidan olganim uchun ming jonga arziydi.

 
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:34:50
O’N SAKKIZINCHI MAQOLA

BOSHQA QUSH MUSHKULOTI

Boshqa bir qush dedikim:
- Ey, hazratim, men bir notayunman, qanday qilib yo‘lga tushaman. Men juda ojizman, quvvatim yo‘q, bunaqa uzoq yo‘lga toqat qilolmayman. Vodiy uzoq, yo‘li azobu uqubatli, men birinchi manzildayoq o‘lib qolaman. Yo‘lda olovli tog‘lar ko‘p, har kim ham bunga chidash berolmaydi. Bu yo‘lda yuz minglab boshlar chavgon to‘piday yumalab ketdi, bu talab yo‘lida qancha-qancha qonlar to‘kilib, ariqday oqdi. Yuz minglab oqillar bu yerga bosh qo‘ydilar, bosh qo‘ymaganlar esa boshdan ajraldilar. Mardlar hech ikkilanmay, hayodan boshlariga soyabon olib yashiringan bu yo‘lda men miskin bechora nima qilardim. Bir zarraday yo‘qolib ketaman, azm etib yo‘lga tushsam, muqarrar o‘laman.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:35:14
HUDHUDNING BU QUSHGA JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey, ojizu behafsala! Qachongacha dilingda qo‘rquv va tahlika bilan yurasan? Sening bu olamda nima qadring bor? Tirikliging bilan o‘liming barobar. Dunyo boshdan oyoq najosatdir, xalq shu najosat uzra talashib yurib o‘ladilar oqibat. Yuz minglab xalq sariq qurt kabi dunyoda zor-zor dard bilan o‘lib ketadilar. Biz agar bu vodida azob bilan o‘lsak, bu najosat uzra xoru zor bo‘lib o‘lgandan yaxshi emasmi? Bu talab agar sendan va mendan xato bo‘lsa ham, agar g‘amdan o‘lsak bu ham ravodir. Dunyoning xatolari ko‘pdir, bir xato ikkinchi xatoni inkor qiladi. Agar birovga ishq badnomlik keltirsa, lekin bu axlatkashlik va qon olishlik kasbidan afzaldir.
Yuzminglab odamlar kissavurlik va makru hiyla bilan mashg‘ullar — pastkash dunyo o‘laksasi ustida talashadilar. Deylik bu savdo kissavurlikchalik emasdir, sen kamrog‘ini tanla, bu mening uchun kamroq g‘amdir. Qachongacha bu savdo daryosiga diling g‘arq, hamma narsani makru hiyla, kissavur-lik bilan o‘lchaysan. Agar birov buni g‘urur yoki havas desa, shunday joyga yetasanki, hech kim yetmagan bo‘ladi. Bu havas orzular g‘ururi yo‘lida jon berish, uy va do‘konga ko‘ngul bog‘lashdan ko‘ra yaxshiroq.
Buning hammasini eshitdik va ko‘rdik ham, ammo bir nafas bo‘lsin o‘zimizdan qutulolmadik. Ishimiz xalq bilan uzoq bog‘lanish bo‘ldi, qachongacha bu tilanchilik, bu sig‘inish-lar? O’zimizdan va halqumdan o‘lib poklanmasak, jonim halqumdan poklanmaydi. Kimki u xalqqan butkul qutulmasa, yo‘lning erani va bu pardaning mahrami bo‘lolmaydi. Bu pardaning mahrami ogoh jondir. Halqumiga suyangan tirik kishi mard bo‘lganmi? Agar sen ish (so‘fiylik yo‘li) eranidirsan, oyog‘ingni dadil qo‘y. Xotinlarga o‘xshab ojizlik oshkor etma. Shuni qatiy ishonch bilan bilginki, bu talab agar kofirlik bo‘lsa ham, ammo asl ish shudir, bu yuzaki, yengil-yelpi ish emas.
Ishq daraxtining mevasi benavolik, qashshoqlikdir. Agar kimningki mevasi - mol-mulki bo‘lsa, bu yo‘ldan chiqsin. Ishq agar bir ko‘ngildan joy olsa u kishining jonida orom qolmaydi, borlig‘ini berishga tayyor bo‘lib qoladi. Bu dard eranlarning qoniga kirib boradi, boshini pastga qilib, pardadan tashqariga olib chiqadi. O’zligiga bir nafas ham yo‘latmaydi, nafsni o‘ldiradi va qon bahosini talab qiladi. Agar suv bersa, faqat judolik, man’ etish suvini, agar non bersa, judolik alamidan pishirilgan patirni beradi. Zaiflikda chumolidan ojizroqdir, chunki ishq lahza-lahza zo‘rayib boradi — vujudini yemiradi. Mard kishi xavfu xatar dengiziga tushgach, jigar qonisiz bir luqma non yemaydi...
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:35:55
ABUL-HASAN XARAQONIY HIKOYASI

Shayx Xaraqoniy Nishopurga keldi, yo‘lning azobi uni xasta qildi. Bir go‘shada jandasiga o‘ralib olib, och holda bir hafta yotdi. Birov uning holidan xabar olmasdi. Hafta oxirida Allohga nola qilib dedi:
- Ey Iloh, bir burda non ato et, to yeb quvvatga kiray.
G’aybdan oyuz keldiki:
- Nishopur maydonini supurib, tuproqdan tozala, agar maydon tuprog‘ini batamom supurib olsang, yarim arpa miqdorida oltin topasan, shunga non sotib olasan!
Xaraqoniy dedi:
- Agar supurgi va g‘alvirim bo‘lsaydi, non tilashimga hojat qolarmidi? Jigarim qurib, suv qolmadi, jigarsiz bo‘lsa ham non ber menga, qonimni ichib quritma.
G’aybdan yana ovoz keldiki:
- Bu osondir, agar non kerak bo‘lsa, tuproqni supurgil!
Shayx odamlar oldiga borib, supurgi va g‘alvir so‘rab iltijolar qildi. Tuproqni supurib, sur’at bilan ishlardi va supurgan tuproqlarni g‘alvirdan o‘tkazardi. Oxirgi tuproqni supurib, elaganda, o‘shal oltin parchasini topti. Oltinni ko‘rganda, nafsi quvnab ketdi. Novvoy oldiga borib non sotib oldi. Novvoy non berganda, supurgi bilan g‘alvirni shamol olib ketdi. Qariya bundan xafa bo‘lib, fig‘on qildi.
Dedi:
- Menday omadsiz sargardon dunyoda yo‘q, endi tovon to‘lash uchun oltinim ham yo‘q». Shunday deya, u devonalarday yo‘l yurardi, oxir bir vayronaga borib o‘tirdi. Shu vayronada xoru zor g‘amgin o‘tirgan edi, qarasa supurgi bilan g‘alviri yonida turibdi.
Shayx shodu xurram bo‘lib dedi:
- Ey AIlohim, nega bunday dunyoni menga qorong‘u qilding? Topgan nonimni jonimga zahar qidding, jonimni qaytadan olganday bo‘lding.
G’aybdan ovoz keldiki:
- Ey, yaxshilikni bilmagan odam, non nonxo‘rishsiz (nonga qo‘shib yeyiladigan narsalar) yaxshi emas. Nonning o‘zini qo‘yningga solding, men nonxo‘rish qo‘shib qo‘ydim, minnatdor bo‘l!
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:36:51
DEVONA VA UNING ALLOHDAN JUBBA (PO’STIN) TILAGANI HIKOYATI

Alloh yo‘liga ko‘ngil bergan bir devona bor edi, odamlar orasta kiyingan, u esa yalang‘och edi.
Dedi:
- Yo Rab, bir po‘stin bergin, puxta-mahkam bo‘lsin, boshqalar kabi meni ham xursand qilgin.
G’aybdan ovoz keldiki:
- Ey, devona, senga issiq quyoshni ato etdim, isin.
Devona dedi:
- Yo Rab, qachongacha azob berasan, nahotki senda quyoshdan yaxshiroq po‘stin bo‘lmasa.
Dedi:
- Bor, yana o‘n kun sabr qilsang, shaksiz senga bir po‘stan berurman.
O’n kun o‘tkandan keyin bechora devonaga birov bir po‘stin keltirdi. Po‘stinning yamoqlari juda ko‘p edi, chunki u ko‘p darveshlarning qo‘lidan baxsh bo‘lib o‘tgan edi.
Devona dedi:
- Ey sirlarni bilguvchi zot, shu o‘n qun ichida jandalarni bir-biriga yamab tikdingmi. Xazinangdagi to‘nlaring yonib ketdimikin, bu jandalarni bir-biriga ulab keltirding. Yuzminglab jandalarni bir-biriga tikibsan, bunday tikuvchilik hunarini kimdan o‘rganding?
Uning dargohiga borish oson emas, Uning yo‘lida tuproq bo‘lmoq lozim. Bu dargohga juda ko‘p kishilar uzoqlardan keldilar, ular ham olov va ham nurdan kuyib, yana yashnadilar. Kimki umri oxirida maqsadiga erishdi, o‘zi hasratga aylanib, maqsadni ko‘rmadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:38:19
ROBIYA ADAVIYA VA UNING XAJI

Robiyakim, uni «tojul rijol» - erkaklar toji der edilar, Ka’ba yo‘lida yetti yil yonboshi bilan (sudralib) yurdi. Ka’baga yaqinlashganda, to‘liq hajni topdim, deb ichida gumon qildi. Haj kuni Ka’ba tavofiga niyat qilganda, xotinlarga xos uzri voqe’ bo‘ldi (hayz ko‘rdi). Shu bois yo‘ldan qaytdi va Allohga nola qilib dedi:
- Ey Zuljalol, Ka’ba tavofi umidida yetti yil yonboshlab yo‘l bosdim. Endi yettim deganda, yo‘limga bunday tikan paydo qilding. Yo menga O’z uyingdan joy ber yoki o‘z uyimga qaytishga yo‘l qo‘yma — men Ka’bani tavof qilmay ketmayman.
Robiya kabi oshiq bo‘lmasang, bu voqeaning sirrini ham, qadrini ham bilmaysan. Toki sen bu fasllar — suratlar dunyosida ekansan, rad va qabullar to‘lqini bo‘lib turadi. Gohida Ka’ba oldida yukingni beradi, gohida dayr ichida ishingni o‘nglatadi. Agar bu girdobdan boshingni tashqari chiqara olsang, har nafasda haqiqiy jam’iyat, osoyishtalik-larni ko‘rasan. Bo‘lmasa shu girdobda giriftor bo‘lib qolasan. Charxi falak bilan birga tegirmon toshiday aylanaverasan. Bunday holatda bir nafas bo‘lsa-da, xotirjamlikdan umid yo‘q, sening vaqting bir pashshaning umrichalik qimmatga ega emas.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:38:52
PASHSHA VA BURGADAN QIYNALGAN DEVONA HIKOYATI

Bir vayrona burchagida bechora va g‘arib bir devona yotardi. Bir nomdor shayx uning yoniga bordi.
Shayx dedi:
- Sening siymongda bir ulug‘lik ko‘rib turibman. Bu ulug‘liging barobarida o‘zingga yarasha suhbatdoshlaring — jamiyating ham bormi? Jamiyati bor odamda osudalik ham bo‘ladi.
Devona dedi:
- Odamlar bilan qanday suhbat qilayinki, burga bilan pashshadan qutulolmayman. Mening «suhbatdoshlarim» shular. Kunduz kunlari pashsha azob bersa, kechalari burgalar qonimni so‘rib uyqu bermaydi. Namrudning boshiga yarim pashsha qo‘nib, uning Allohdan qaytgan boshining mag‘zini yeb tugatdi. Men shu zamon Namrudimanmi, Alloh mening boshimga pashsha, chivin va burga lashkarini yuboribdi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:39:24
O’N TO’QQIZINCHI MAQOLA

BOSHQA BIR QUSHNING UZRI

Boshqasi aytdi:
- Behad gunohkorman, gunohli odam u yerga qanday yo‘l olsin? Pashsha kabi bulg‘angan kishi Qof tog‘idagi Simurg‘ nazariga arziydimi?
Begunoh kishi yo‘ldan bosh tortgandan keyin u Podshoga yaqinlashishga erishadimi?

HUDHUDNING UNGA JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey, gofil, Undan noumid bo‘lma, har zamon Undan lutfu karam tila. Bu ishni oson deb bilib, sidqidil-dan tilamasang, mushkuling oson bo‘lmaydi, soxta tavbalar bilan u tomon eshik ochilmaydi. Ammo agar gunohing bo‘lsayu, sidqidildan sadoqat ko‘rsatib, iltijo qilsang, U tomon yuz eshiklar qarshingda ochiladi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:39:46
GUNOHKOR ODAM HIKOYATI

Bu odam ko‘p gunoh qilgan edi, gunohlaridan uyalib, tavba qildi va to‘g‘ri yo‘lga kirdi. Ammo nafsi g‘alaba qilib, tavbani unutib, yana shahvatga berildi. Yana bir muddat yo‘ldan adashib, har xil gunoh ishlarni qilardi. Shundan keyin dilida shunday bir dard paydo bo‘ldiki, xijolatdan o‘zini qaerga qo‘yishni bilmasdi. Harakatlari natija bermasdi, tavba qilay desa, yana buzib qo‘yaman, deb qo‘rqardi. Kecha-kunduz qozonda qovurilayotgan bug‘doy donasiday dilida o‘t, ko‘zlaridan qonli yosh oqizardi. Agar yo‘lida chang-g‘uborlar qo‘nsa, uning ko‘z yoshi yuvib tashlardi. Bir kuni saharda qulog‘iga g‘oyibdan ovoz kelib, mushkulini oson etdi.
Ovoz dedi:
- Allohvandi jahon deydiki, ey falonchi, avvalda tavba qilding, afv etdim. Sen tavbani buzding — jazolashim mumkin edi, lekin jazolamadim. Ikkinchi marta tavba qilding va yana buzding. Muhlat berdim, g‘azab qilmadim. Endi xayolingda yana tavba qilish bor, ey bexabar. Yana tavba qilib, Men tomon qayt, eshiklarim ochiq, sen - jinoyat qiluvchi, Biz - kechiruvchimiz.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:40:21
JABRAIL VA BUTPARAST ODAM HIKOYATI

Bir kecha Ruhul-amin (Jabrail) sidra daraxti ustida edi. Alloh huzuridan «Labbayka» ovozini eshitdi. Bir banda bu zamonda chaqirardi. Uning kim ekanligini birov bilmasdi. Shuni bilamanki, bu oliyqadr bandadir, uning nafsi o‘lib, dili tirilgandir.
Jabrail bu bandani ko‘rish niyatida olamni kezib chiqdi. Avval yetti osmonni qidirdi, lekin topmadi. Keyin Yerga tushib, daryo va tog‘lar, shahar-qishloqlarni kezdi, ammo uni topmadi. Yana Hazrati Parvardigor tomon uchdi, yana «Labbayka» ovozini eshitdi. Bu bandaning izzatidan hayratga tushib, yana olamni kezib chiqdi. Ammo ul bandani ko‘rmadi.
So‘nfa Parvardigorga murojaat qilib, dedi:
- Ey Alloh, bu bandang tomon menga yo‘l ko‘rsat.
Haq taolo dedi:
- Rum tomon safar qil, cherkov (dayr)ga kirgin, topasan.
Jabrail Rumga bordi va ul bandani ko‘rdi: u butga qarab, iltijolar bilan sidqi-dildan zor-zor yig‘lardi.
Jabrail Allohga murojaat etib so‘radi:
- Ey hech narsaga muhtoj bo‘lmagan Zot, pardani ochib menga bu sirni ayon qil. Dayrda butga xitob qilib o‘tirgan kishiga Sen lutf ko‘rguzub, «Labbayka» deb javob qaytarasan, buning boisi nimada?
Haq taolo dedi:
- Albatta u ko‘ngli qora odam, o‘z adashganini shu bois bilmaydi. Agar nodonlik va g‘aflat tufayli u yo‘lini yo‘qotgan bo‘lsa, ammo Men oldinni ko‘ruvchi donoman, yo‘lni alashtirmayman. Endi (sadoqatini ko‘rib) unga Dargohi oliygacha yo‘l ko‘rsataman, Bizning lutfu marhamatimiz unga uzrxoh bo‘ladi.
Shunday deb Alloh bandaning joniga yo‘l ochdi va Alloh nomini tiliga solib, Haqni tanitdi. Shuni bilki, bu banda ham imon millatidan bo‘ldi, Ul dargohga boradiganlar illatsiz — nuqsonsizdirlar. Agar bu Dargohda hech narsang bo‘lmasa, hech narsadan tashvish chekmaysan, xotirjam bo‘l. Hamma vaqt ham zuhdu taqvo qabul bo‘lavermaydi. Uning dargohida juda oz, hatto yo‘q narsani ham arzirli deb hisoblaydilar.*
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:40:56
SO’FIY VA BAG’DODDAGI ASALFURUSH HIKOYATI

Bir so‘fiy Bag‘dod qo‘chalaridan o‘tardi, shunda bir odamning:
- Asalim bor, arzonga sotaman, - degan ovozini eshitdi.
So‘fiy uning oldiga borib dedi:
- Ey falon, hech narsani hech narsaga berasanmi?
Asalchi dedi:
- Nari tur, sen devonamisan, hech jahonda hech narsaga bir narsa beradimi?
G’oyibdan ovoz keldi:
- Ey so‘fiy, turgan joyingdan bir qadam pastga tushib, xonaga kir, men hech narsa uchun istagan narsangni beraman. Allohning rahmati munavvar quyoshdir, u barcha zarralarni yoritadi. Uning rahmatini ko‘rkim, bir kofir kishi uchun Payg‘ambar bilan ham e’tirozga bordi.**

HAQ TAOLONING QORUN TO’G’RISIDA MUSOGA XITOBI

Haq taolo dedi:
- Ey Muso, Qorun senga yetmish marta zorlanib yalindi. Sen esa unga hech javob bermading. Agar u bu zorliklarni Menga qilsaydi, uning jonidan shirkni chiqarib yuborardim, tanasiga din to‘nini kiydirardim. Ey Muso, uni yuz dard bilan azoblab o‘ldirding, yo‘lning tup-rog‘iday xor qilib, tuproqqa topshirding. Sen uni yaratmagan-san, toki azobi bilan ko‘ngling tinchisa.
Rahmatu marhamatsizlarga rahmu shafqat qilguvchi Zot rahmat ahlini ne’mat bilan siylaydi. Allohning rahmat daryolari, fazlu karami cheksiz, gunohkorlar uzr tilasa, qo‘zining yoshi bulutdan yomg‘irday yog‘ilsa — kechiradi. Kimdaki shunday marhamat bo‘lsa, u bulg‘anishlarga qarab o‘zgarmaydi. Kimki gunohkorlarni ayblasa, u o‘zini jabru sitam etuvchilar qatoriga qo‘shadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:41:37
BADBAXT ODAM O’LIMI VA ZOHIDNING TUSHI HIKOYATI

Gunohlar ichida o‘lgan mufsid - badkirdor odam tobutini ko‘tarib borardilar, buni ko‘rgan bir zohid badkirdorga janoza o‘qish noravo deb o‘zini chetga oldi. Kechasi zohid uni tushida ko‘rdi: u jannatda shodu xurram oftobday porlardi.
Zohid dedi:
- Ey qul, bu oliy maqomga qanday qilib erish-ding, tirikligingda nuqul gunoh ishlarni qilarding, boshingdan oyog‘inggacha bulg‘angansan axir?»
Dedi:
- Sening menga ta’nang va rahmsizligingni ko‘rib, Parvardigor menga rahm qildi. Bu rahmat men oshuftaga ta’sir etdi. Ko‘rgilki, ishq ichra yonish ne hikmatlar qilur, ham inkor qiladi va ham rahm etib kechiradi. Uning hikmati qarg‘a qanotiday qorong‘i kechada, go‘dakning qo‘liga chiroq tutqazib yuboradi. Keyin kuchli shamolni qo‘zg‘atib, uning chirog‘ini o‘chir, deb buyuradi. Keyin yo‘lovchi bo‘lib go‘dakni yo‘lda tutib, chiroqni nega o‘chirding, nodon deb aytadi. Shu tufayli bolani yuz savolga tutadi, unga itobu po‘pisa qiladi va yana yuz mehru shafqat ko‘rguzadi. Agar hamma uchun faqat toatu namoz buyurganda, ishqu muhabbatga giriftorlik bo‘lmasdi. Hikmat faqat shu bilan tugamaydi, uning chegarasi, qolipi, muqarrar qoidasi yo‘q. Uning yo‘lida yuz ming hikmat mavjud, undan bir qatrasi - bahri rahmatdir.
Ey, o‘g‘il, bu yetti osmon — yetti charxi pargor kecha va kunduz sen uchun ishlab turadi. Ruhlar — farishtalar toati sen uchun, jannat va do‘zax sening qahring va lutfu mehring aksidir. Farishtalar barchasi senga sajda qildilar, olamning xossalari juzvdan kullgacha vujudingda mujassam etilgan. O’zingga kamsitish va tahqir ko‘zi bilan qarayverma, chunki sendan afzalroq maxluqot yo‘q. Sening jisming - juz’, ammo joning Kullning kullidir. O’zingni pastga urib, ojiz sanama. Sening qulling porlab, juzving paydo bo‘ldi, joning harakatga kelib, sur’at ko‘rsatdi va a’zolaring yuzaga keldi. Tana jondan judo emas, balki uning juzvidir, jon Kulldan judo emas, balki uning uzvi - a’zosidir. Ahadning bu yo‘lida adad-sanoq yo‘q, abadul abad juzvu kull deb ajratish nodurust. Sening zavqing oshsin deb yuz minglab rahmat buluti ustingdan yomg‘ir yog‘diradi. Kullning yuksalish vaqti kelganda, sen uchun gul rangba-rang kiyimlar kiyadi. Malak-larning barcha ishlari — faoliyati seni deb amalga oshadi. Ularning barcha toatini Parvardigor senga tuhfa etishni xohlaydi.*
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:41:58
ABBOSA VA QIYOMAT KUNI HIKOYATI

Abbosa dedi:
- Qiyomat kuni qo‘rquv va haybatdan xalqhar tomonga qocha boshlaydilar. Osiy gunohkorlar, g‘ofil va johillarning yuzi bir soat ichida qop-qora bo‘ladi. Odamlar noiloj hayron, har biri o‘zgacha bir holatda parishonu hayajon ichida bo‘ladi.
Shunda Haq taolo yerdan to‘qqiz falakkacha malaklarning yuz ming yillar qilgan toatlari savobini ul pok qavmdan butunlay olib, xokiylar - odamlar boshi uzra sochadi.
Malaklar faryod qilib deydilar:
- Ey AIloh, bu xalq nega bizga sherik bo‘ladi - savobimizni oladi?
Haq taolo deydi:
- Ey ruhoniy xilqatlar, sizga bundan ziyon ham, foyda ham tegmaydi, ammo xokiy bandalar — tuproqdan ato etilgan xilqatlarning ahvoli og‘ir. Axir non ochlar uchun emasmi?!

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:42:59
YIGIRMANCHI MAQOLA

BOSHQA QUSHNING UZRI

Boshqa qush aytdi:
- Muxannas (xunasa — jinsi noaniq) zotdirman, har zamonda boshqa bir shoxda qo‘nadigan turlanuvchi qushman. Gohrindman, gohzohid, gohida mastman. Gohida bormanu yo‘qman va gohida yo‘qdaymanu borman. Nafsim gohida xarobotga eltadi, gohida jonim munojotga chorlaydi. Gohida dev bilan oshnolik qilaman, gohida esa farishta devdan qutqarib, qaytarib keladi. Man ikkisi orasida hayrondirman, mana shunaqa zindon qudug‘ida qolgan odamman, nima qilay?

HUDHUDNING UNGA JAVOBI

Hudhud aytdi:
- Ey, yo‘l tahlikasidan hayronu zor kishi. Shohning hukmi hammaga ham shundaydir. Har bir odamda bu xislatlar mavjud. Chunki bir sifat egasi bo‘lgan kishi bo‘lmaydi. Agar boshidan hamma pok bo‘lsaydi, anbiyoning yuborilishi shart emas edi. Agar toatingda ko‘ngling mustah-kam bo‘lsa, asta-sekin, toqatli tarbiyalanish bilan islohga kelasan (o‘zgarasan). Nafs umr davomida sarkashlik qilmasin desang, tanni orom va huzurlarga garq etma. Ey gaflat tandiri sening joying bo‘lgan odam, boshdan oyog‘ing Matlub bilan band bo‘lsin. Qip-qizil qonli yosh dil asrori nishonasi, ammo ko‘p yeyish - bu dilning zangidir. Agar sen nafs itini parvarish etsang, vujuding ham, ruhing ham xunasalikda qolib, gavharing namoyon bo‘lmaydi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:43:54
SHIBLIY BAG’DODIY VA UNING   YO’QOLISHI HIKOYASI

Shayx Abubakr Shibliy Bag‘dodda necha marta yo‘qoldi. Hech kim uni topolmasdi. Uning suhbatini sog‘inib, ko‘p izladilar, oxiri birov uni muxannasxona (xunasalar yig‘iladigan joy) da ko‘rdi. Shayx ana shu beadablar guruhi orasida ko‘zida yosh o‘tirardi.
So‘fiylardan biri dedi:
- Ey sirlarni izlovchi ulug‘ shayx, bu yerda nima qilasan, bu yer sening joyingmi?
Shayx Shibliy dedi:
- Bu qavm fosiq va badaxloqlikda shu darajadaki, dunyo yo‘lida qaysi erkak, qaysi xotin ekanligi noma’lum. Men ham shularga o‘xshaganman, ammo din yo‘lida shundayman. Na dinimda mardlik qo‘rsata olaman, na ayollarday ojizu zorman. O’zimning nojavonmardligim ichra yo‘qoldim, chunki mardligimdan uyalaman. Kimki o‘z jonini bag‘ishlasa, o‘z yaralarini Yor dasturxoniga aylantiradi. Chin erkak o‘zini past tutib, yiqilganlarning izzatu ulug‘vorligi uchun g‘amxo‘rlik qiladi. Agar sen nazarda bir tukdan ortiq ko‘rinsang, o‘zing uchun butdan ham battarsan, chunki o‘zingga but kabi sig‘inasan. Agar sen uchun maqtov va tanqidlar farqlanib tursa, ya’ni maqtovdan xursand bo‘lib, tanqiddan ranjisang, but yasaydigan butgarsan, xolos. Agar Haqqa banda bo‘lsang, but yasovchi bo‘lma, Ezid taolo yo‘liga kirgan mard bo‘lsang, (butparast) Ozar bo‘lma!
Xos va avom o‘rtasida bandalik maqomidan balandroq maqom yo‘q. Bandalik qil, bundan ortiqni da’vo qilma, Haqodami bo‘l, izzatni o‘zingni ulug‘lashdan qidirma. To‘ning ichida yuz but bo‘lsa, yana o‘zingni xalqqa nechun so‘fiy qilib ko‘rsatasan? Ey xunasa, mardlar to‘nini yech, o‘zingni bundan ortiqsargardon qilma!*
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:44:36
IKKI SO’FIYNING O’ZARO XUSUMAT QILIB, QOZI OLDIGA BORGANLARI

Xirqa kiygan ikkita so‘fiy o‘zaro janjal qilib, qozixonada hozir bo‘ldilar. Qozi ularni bir burchakka olib borib, dediki:
- Jangu xusumat so‘fiylikka yarashmaydi. Egningizga Allohga taslimlik to‘nini kiyib olgansiz, nima uchun bu xusumatni boshladingiz? Agar sizlar jangu jadal, qasdu kina odami bo‘lsangiz, bu liboslarni yechib tashlang. Va agar bu to‘nlar bilan birga bo‘lsangiz nizo va janjal qilmang. Men bir qoziman, ma’naviy (so‘fiy) odam emasman. Ammo bu kiyimlardan qattiq uyalaman. Bunday xirqa kiygandan ko‘ra, parda ichiga yashirinish, ya’ni paranji yopinish afzal.
Sen ishq ishida na xotin, na ersan, jaholat bilan birga bo‘lasan, shunday bo‘lgach, ishq sirrini hal etolasanmi? Agar bu maydonga kirishga azm etgan ekansan, boshni berib, jon tarkini etishga tayyor bo‘l! Va agar ishq yo‘lining sirriga mubtalo bo‘lsang, o‘zingga balodan zireh kiyib ol. Sen bundan boshqa da’vat qilib bosh ko‘tarma, bo‘lmasa rasvolik botqog‘iga botib ketasan.*
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:45:51
BIR KAMBAG’ALNING MISR SHOHIGA OSHIQ BO’LGANI HIKOYATI

Misrda nomi shuhratga burkangan podsho bor edi. Bir kambag‘al darvesh shu podshoga oshiq bo‘ldi. Darveshning oshiqligi xabari shohga kelib yetgach, uni o‘z huzuriga chaqir-tirdi. Shoh darveshga dedi: «Nega podshohga oshiq bo‘lding, endi ikki yo‘ldan birini tanla: yo bu diyoru shahrni tark etasan, yoki mening ishqimda boshingdan judo bo‘lasan. Senga haq gapni aytyapman: yo boshingni jallod   kundasiga qo‘y, yoki musofirligu ovoragarchilikni bo‘yningga ol».
Darvesh chin oshiqlik nima ekanini bilmasdi. Shu bois shahardan chiqib ketishni tanladi. Benavo darvesh saroydan chiqishi bilan, shoh o‘z a’yonlariga buyurdi: «Uni tutib boshini kesinglar!» Shoh yaqinlaridan biri dedi: «Axir uning hech gunohi yo‘q-ku, shohim nega uning boshini kesishga buyuradilar?» Shoh dedi: «Chunki u oshiq emas edi, bizning ishqimiz yo‘lida sodiq emas edi. Agar u chin oshiqlik ishini bilganida edi, bu yerda boshini kesishlarini xohlagan bo‘lardi. Kimda-kim, boshi Jonondan ko‘ra aziz bo‘lsa, oshiqlik unga haromdir. Agar u Mendan bosh kesishni xohlaganda edi, shoh toju taxtidan kechib, uning oldida bel bog‘lab, xizmatda bo‘lardi va darvesh olamning podshosi bo‘lardi, ya’ni o‘z o‘rniga — taxtga o‘tqazardi. Ammo u ishqda quruq da’vo qilardi, xolos, shu bois bundaylarning boshi kesilishi yaxshi. Har kimki ishkda da’vo qilur, ammo sodiq emasdir, u shaksiz beburd va buzuqidir. Buni shu uchun aytdimki, har qanday past beburd kishi bizning ishqimizda behuda lof urmasin, yolg‘on so‘zlamasin».
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:46:22
YIGIRMA BIRINCHI MAQOLA

BOSHQA QUSHNING MUSHKULI

Boshqa bir qush dedi:
- Nafsim dushmanimdur, undan qanday qutulaykim, u qaroqchiday men bilan birgadir. It nafsim hech amrimga itoat etmaydi, undan jonimni qanday qutqarishni bilmayman. Sahroda bo‘ri menga oshno bo‘ldi - bo‘ysindi, ammo bu chiroyli it (nafs) menga itoat etmaydi. Bu bevafo itni nima qilishni bilmay hayronman, qanday qilib uni bo‘ysundirish yo‘lini topolmayapman.

HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey, qo‘ynida itni erkalab, parvarish etayotgan kishi, bu it seni tuproqqa qorib poymol etibdir. Sening nafsing ham ahval (bir narsani ikkita qilib ko‘rsatuvchi) va ham a’var (bir ko‘zli)dir.
U ham it, ham kohil (dangasa, battol), ham kofirdir. Birov agar seni yolg‘ondan tilyog‘lamalik qilib maqtasa, nafsing bu maqtovdan yashnab ketadi. Yolgondan bunday yashnab semiradigan bu it hech ham yaxshilikka yuz o‘gurmaydi. Yoshlikdan bu nafs iti tarbiyalanmagan va natija ko‘rinib turibdi. Go‘daklikdan Allohga dil bermay g‘aflatda bo‘lgansan. Yigitlikda esa Haqdan yana ham begona bo‘lgansan, yoshlikda o‘yin-qulgi, beparvolik, devonalyqda kuning o‘tgan. Oxirida qariganda joning qiynalib, taning zirqiraganda bilding-ki, umring shu nafs ketidan ergashib o‘tibdi. Mana shunday jaholatda o‘tgan umr bilan qanday qilib nafs itini rom eta olasan. Ko‘p bandalar dunyoda shu it bilan birgadirlar, ular aslida itning bandasi — qulidirlar. Yuz minglab qo‘ngil g‘amda o‘ddi, ammo bu kofir nafs o‘lmasdan kelmoqda.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:47:04
GO’RKOVNING HIKOYATI

Bir go‘rkov uzoq umr ko‘rdi. Bir kishi undan so‘radi:
- Menga ayt-chi, sen umr bo‘yi go‘rkovlik qilding. Tuproq ostida nima ajoyibotlar ko‘rding?
Dedi:
- Shuni ko‘rdimki, nafsimning iti yetmish yil go‘r qazidi, ammo o‘lmadi, bir nafas farmonimga bo‘yin egmadi, toatda o‘tirmadi, mening holimga boqmadi, nolamni eshitmadi.

ABBOSA VA UNING KOFIR NAFS HAQIDAGI SO’ZI

Bir kecha Abbosa suhbatdoshlariga murojaat qilib dedi:
 -Ey hozir bo‘lganlar, agar bu jahon kofirlar bilan to‘lsa va o‘shanda kofirlar sidqu safo yuzidan imonni qabul qilsalar ishonmoq mumkin. Darhaqiqat, buning tasdig‘i shuki, minglab payg‘ambarlar odamlarni imonga da’vat etdilar, odamlar ularga ergashdilar. Ammo ularning kofir nafsni musulmon qilishga kuchlari yetmadi. Bunga urinmadilar ham, zero yuzlab tafovut va ziddiyatlar, adovatu nadomat shu nafs tufayli edi.
Biz hammamiz kofir nafs hukmidamiz, o‘z ichimizda kofirni parvarishlaymiz. Bu nafs shunday bo‘isunmas, battol kofirki, uni o‘ldirish eng katta savob. Bu nafs har jihatdan ofat keltiradi. Agar u nobud bo‘lsa, qanday yaxshi bo‘lardi. Ko‘ngil vujud mamlakatining muqim otlig‘idir, ammo kecha-kunduz bu nafs iti uning nadimi, suhbatdoshi. Otliq otini qancha choptirsa, it ham ov paytida u bilan barobar yuguradi.
Ko‘ngil nimaki Jonon huzuridan olgan bo‘lsa, nafs ham ko‘nguldan shuncha oladi. Kimki bu itni mardlik bilan band etsa, ikki olamda sherni o‘z domiga tushirgan bo‘ladi. Kimki bu itni o‘ziga bo‘ysundirsa, mardlikda hech kim u bilan tenglasholmaydi. Kimki bu itni mahkam bog‘lasa, uning oyog‘ining tuprog‘i boshqalar qonidan afzaldir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:48:34
JANDA KIYGAN ODAM VA PODSHO HIKOYATI

Bir janda kiygan odam yo‘lda ketayotgan edi. To‘satdan uni podshoh ko‘rib qoldi. Shoh dedi:
- Ey jandapo‘sh, kim yaxshi - menmi, yo sen?
Janda kiygan pir dedi:
- Ey bexabar, jim bo‘lgin. Agarchi biz darveshlar uchun o‘zini maqgash rayu emasdir. Chunki o‘zini maqgagan odam ogoh va faqru fano kishisi emasdir. Ammo zarurat yuzasidan senga shuni aytayki, bizning bittamiz sendaylarning mingtasidan yaxshiroq. Chunki sening joning din zavqini tatigan - tanigan emas, sening nafsing sendan bir eshak yaratibdir va senga minib olibdir, sen esa uning yuki ostidasan, ey amir! Kecha-kunduz boshingda nafs toji, shuningtalabida boshing sargardon. U nima buyursa, ey arzimas odam, xoh-noxoh uni bajarishga majbursan. Ammo men din sirrini tanigandan so‘ng, nafs itini o‘z eshagimga aylantirdim. Nafsim eshagim bo‘lgach, unga o‘tirib oldim. Nafs iti senga mingan, men esa, aksincha uni minib olganman. Mening eshagim seni mingandan keyin, endi o‘zing ayt, kim yaxshiroqekan? Albatta, menga o‘xshagan janda kiyganlarning bittasi sendaqalarning yuz mingtasidan afzal!
Ey nafs iti bilan xursand odam, sen shahvat olovini yoqqansan, sening obro‘yingni o‘sha shahvat olovi quritdi, dilingdan nur, tanangdan quvvatni olib ketdi. Ko‘zning xiraligi va quloqning karligi, qarilik, aqlning sustligi va ongu hushning zaifligi — bularning hammasi ofat keltiruvchi lashkar bo‘lib, ajal amirining chokar-dastyorlari-dir. Kecha-kunduz bu lashkar ketma-ket keladir. ya’ni bu lashkar orqa-oddindan atrofni o‘rab oladi. Har tomondan lashkar bostirib kelgach, sen va nafsing noiloj taslim bo‘lasizlar. Nafs iti bilan apoq-chapoqbo‘lding, uni xushlab turding, u bilan doimo ishrat qilding. Uning ishratu maishati tuzog‘iga bog‘landing, qudratiga bo‘yin egib. mag‘lub bo‘lding. Nafsing davrasid’ sen shohanshoh, hasham ichra ulug‘san. Biroq agar sen bu itdan ajralsang — hech kimsan. Vaqti kelar, sen itdan, it sendan ajralasizlar. Bu yerda sizlar bir-birlaringdan judo bo‘lgach, qiyomatda ham o‘zaro furqatda bir-birlaringni sog‘inasizlar. Bu yerda o‘lib nafsdan ajralayapman, deb ko‘p g‘am yema, zero do‘zaxtsa yana topishasizlar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:50:02
IKKI TULKI HIKOYATI

Ikki tulki bir-biri bilan yaqinlashib, qo‘shiddilar, bas, juftlashib ishrat qildilar. Bir podsho ovga chiqib cho‘lda itlarini yugurtirdi. Bul ikki tulkini bir-biridan judo qildi.
Modasi naridan so‘rardi:
- Ey teshik izlovchi, ayt, biz yana qaerda bir-birimizga yetishamiz?
Nar dedi:
- Agar biz umrdan yana bahramand bo‘lsak, shahardagi po‘stin tikuvchilar do‘konida yana uchrashamiz.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:53:01
YIGIRMA IKKINCHI MAQOLA

BOSHQA BIR QUSH SAVOLI

Boshqa qush dediki:
- AIloh huzuriga oshiqqan paytimda Iblis g‘urur va kibor bilan yo‘limni to‘sadi. Men u bilan olishaman, ammo kuchim yetmaydi, qanday qilay axir, uning makridan kalbimda isyon qo‘zg‘olgan bo‘lsa? Qanday qilib undan qutulay va ma’no mayidan ichib zavqli hayotga erishay?

HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud dedi:
- Bu it nafsing toki sen bilandir, Iblis sendan nari ketmaydi. Iblis sening o‘zing bilan birga -ichingda, uning ishvalari sening tovlanib-turlanish-laringdandir. Sening o‘zingda o‘z Iblisingning orzulari bir-bir bo‘y ko‘rsatib turadi. Agar bitta orzuyingni amalga oshirsang, bu tufayli yana yuz Iblis senda tug‘iladi. Inson uchun zindon bo‘lgan dunyo gulshani aslida hammasi shayton yerlaridir. Shu sababli uning yerlaridan qo‘lingni tort, shunda Iblis seni tinch qo‘yadi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 14:58:03
BIR KISHINING IBLISDAN SHIKOYATI

Bir g‘ofil — ma’rifatsiz odam bir darvesh oldida Iblisdan o‘pkalab (shikoyat qilib) gapirdi.
Dediki:
- Iblis meni vasvasaga solib yo‘ldan ozdiradi. nayrang va shumlik bilan mening niyatimni buzadi.
Darvesh dedi:
- Ey aziz o‘g‘lon, Iblis bundan oldin ham bor edi, voqean bu dunyo bino bo‘libdiki u bor. U sendan ozod edi, biroq senga o‘xsha-ganlar zulmidan dod der edi. Iblis hozir shu yerda, u deydiki: dunyo - mening mulkim, dunyoni do‘st tutgan kishi men bilan, ammo dunyoni o‘z dushmani deb bilgan kishi men bilan emas. Sen ul o‘g‘longa aytgin: mening mulkimdan qo‘l tortsin va yo‘liga ravona bo‘lsin. Agar mening dunyomga aralashmasa indamayman, lekin agar aralashsa - diniga chang solaman. Kimki mening mulkim - yerimdan tashqari chiqsa u bilan ishim yo‘q, vassalom».*
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:00:15
BIR KISHINING MOLIKI DINORDAN SAVOL SO’RAGANI HIKOYATI

Bir aziz kishi Moliki Dinorga aytdi:
- O’z ahvolimdan bexabarman, sening ahvoling qanday?
Moliki Dinor dedi:
- Allohning dasturxonidan non yeyman, keyin esa shayton farmonlarini bajaraman.
Ul aziz dedi:
- Dev seni yo‘ldan ozdiribdi, ammo «Lohavl» (lohavlo valo quvvatu isho billohsh aliyul azim — Allohdan o‘zga qudrat va quvvat yo‘q) demaysan, musulmonlikdan senda faqat so‘z bor, xolos. Dunyo g‘amiga mubtalo bo‘lubsan, boshingga tuproq soch, iflosliklarga bulg‘angan o‘lik tanasan. Ilgari agar dunyoni tark et, degan bo‘lsam, endi bo‘lsa, uni mahkam ushla deyman. Chunki barcha davlatingni shu dunyoga berding, endi uni osonlikcha qo‘ldan chiqarishing gumon. Ey g‘aflat orqasida orzu-havas daryosiga g‘arq bo‘lgan, nimadan ajralib qolishingni bilmaysan ham. Ikki olam o‘zgarib turuvchi liboslaringdadir, ular yig‘lab yosh to‘kadilar.
Sen esa ma’siyat — gunoh ichrasan. Dunyo mehri imon zavqini dilingdan ketkazdi, sening orzu-havaslaring axir joningni halok etadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:07:15
ISO VA IBLIS HIKOYATI

Maryam o‘g‘li Iso yarim g‘ishtni boshi ostiga qo‘yib uxlab yotardi. Iso uyg‘onib ko‘zini ochsa, la’in Iblis boshi ustida turardi. Dedi:
- Ey mal’un, nega bu yerda turibsan?
Iblis dedi:
- G’ishtimni boshingning ostiga qo‘yibsan. Dunyoning barchasi mening yerlarim, demak, bu g‘isht ham meniki ekanligi aniq. Sen bu ishing bilan mening mulkimga tajovuz qilmoqdasan, o‘zingni mening qatorimga qo‘shayapsan.
Iso g‘ishtni boshining ostidan olib tashladi, yuzini tuproqqa qo‘yib uyquga ketdi. Iso yarimta g‘ishtni tashlab yuborgach, Iblis Isoga dedi:
- Men endi ketdim, yaxshi uxlagin.
Ey insonlar, bu charxning ipiga hammamiz bog‘langanmiz, hammamiz ipni yigiruvchi Ustoz shogirdlarimiz. Abadiy chambar-charxga kelib yetganda, bu arqonni jahon atrofiga o‘rab chiqaman deb xayol etma. Bunga umring yetmaydi, chunki sen abadiy emassan. Bungacha lahad g‘ishti ostida yotgan bo‘lasan, g‘ishtni g‘isht ustiga qo‘yib nima qilasan? Buncha birni ikki qilay, birini ikkinchisiga ulay, quray, tik-lay, bezay deb halak bo‘lasan, bir kun kelib hammasi bir-biridan judo bo‘ladi, to‘kiladi, yiqiladi. Agar Qorun kabi dunyo, boylik yig‘sang ham, yeganing, kiyganing go‘ringga yaqinlashtiradi. Anbiyo dunyoni nazarga ilmadilar, sen ular qabri ustiga do‘kon qurma. Dunyo nima? U - hirsu havas oshiyoni, qaysikim Fir’avn va Namruddan merosdir. Goh Qorunday to‘ydirib, keyin qusdiradi, gohida Shaddodday shiddat ichra tutadi. Haq taolo, uni arzimas narsa deb nomladi. Sen esa joning bilan uning domiga tushib turibsan.
Bu dunyoi dun azobini qachongacha tortasan, bu arzimas narsadan o‘laksa istamak qachongacha? Sen kecha kunduz shu losha - o‘laksadan bir parcha olay deb hayronu bexudsan. Shu arzimas o‘laksaning bir zarrasida yo‘qolgan kishi odam bo‘lishi mumkinmi? Kimki arzimas o‘laksada nafasi uzilsa, u o‘laksadan yuz marta arzimas va jirkanchdir. Dunyo ishi — barchasi bekorchilik, ya’ni befoyda tashvish chekishdir. Bekorchilik esa behuda giriftorlik, xolos. Dunyo yonib turgan olov, bu olov har zamon, har lahzada yangi-yangi xalqlarni yondirib kul qiladi. Agar bu yondiruvchi olov kuchaysa, undan qochib qutulishing qiyin. Shermardlar kabi bu olovdan o‘zingni saqla, bo‘lmasa parvonaday shu olovda yonib ketasan. Kimki parvonaday olovga sig‘inuvchi bo‘lsa, bunday mastu mag‘rur kishini yondirish lozim, albatta. Olov seni o‘rab olgach, yonmaslikning iloji yo‘q. Qarab boq: shunday olovdan xoli joy bo‘lsa, o‘sha joyga bor, toki joning olov dahshatidan qutulsin.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:07:46
DEVONA BILAN QULDOR BOYNING NAMOZ PAYTIDAGI SUHBATI

Bir boy namoz paytida Allohga iltijo qilib der edi:
- Ey Alloh, rahm et menga, ishimni oson qil.
Bu so‘zni yonida turgan bir devona eshitdi.
Devona unga qarab dedi:
- Sen Allohdan rahmat tilama! Sen takabbur va noz bilan jahonga g‘arqsan, har zamonda manmanlik qilib boyliging bilan maqtanib turasan. Falakka bo‘y cho‘zgan ko‘shku ayvonlaring bor, imoratingning devorlari ham oltindan. O’nta quling, o‘nta kanizaging bor. Xo‘sh, bunday holda senga rahmat nimaga kerak? Qarab ko‘r: bu turishing, ishlaring bilan sen Alloh rahmatiga sazovormisan? Uyalishing kerak! Agar menday, qismatga tan berib, hammasidan mosuvo bo‘lsa eding, unda lutfu marhamat tilasang yarashardi. Mulk va moldan yuz o‘girmaguncha, Atloh marhamati va rahmatiga musharraf bo‘lish hissi bir nafas ham muyassar bo‘lmagay. Hamma narsadan bir damda yuz o‘girsanggina. mardlar kabi xalos bo‘lasan va oliy maqsadga yetasan.

POKDIN INSON HIKOYATI

Bir pokdin odam dedi:
- Bir to‘da tabdirkor odamlar bir kishini naz’ jon taslim qilish paytida yuzini qiblaga burdilar. Biroqendi kech edi. Bu bexabar odamni oldinroq yuzini burish kerak edi. Quriyotgan shoxni olib ekishdan foyda yo‘q. O’layotganda yuzni burishdan ham foyda yo‘q. Kimni-kim jon chiqar paytda yuzini bursalar, u nopok bo‘lsa, nopok ketadi, uni poklayman, deb ovora bo‘lma.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:08:30
YIGIRMA UCHINCHI MAQOLA

BOSHQA QUSH UZRI

Boshqa qush aytdiki:
- Men oltinni yaxshi ko‘raman, oltin ishqi terim ichida mag‘zim bo‘lib qolgan, ya’ni vujudimni qamrab olgan. Oltin qo‘limda gulday yashnab turmasa, gulday kulib o‘tirolmayman. Dinor va oltin ishqi mening dinimga aylanib qolgan, bu hol maning da’vo-iddaolarimni ko‘paytirib, o‘zimni bema’ni qilib qo‘ydi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:08:48
HUDHUDNING UNGA JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey, suratga hayron bo‘lgan kishi, subhi safo nuri dilingdan g‘oyib bo‘libdir. Kecha-kunduz sen ko‘rlikda qolgansan, chumoliga o‘xshab suratga bog‘langansan. Ma’ni kishisi bo‘l, suratga o‘ralma, ma’ni nima, bilasanmi? Ma’ni - asl, surat esa - hech narsa. Zar (oltin) surati chiroyli toshdir, sen go‘dak bolalarday rangu suratga o‘chsan. Oltin seni mashg‘ul qilib, Parvardigordan ajratibdi. U -butdir, tuproqqa tashla uni. Oltin agar kerak bo‘lsa, xachirning farji (orqasi)ga qulf urish uchun kerakdir. Sening oltinlaringdan birov bahra olmaydi, o‘zing ham undan bahramand emassan. Agar mabodo sen bir darveshga bir arpa miqdori oltin bersang, goh uning, goh o‘zingning qoningni ichishga hozir bo‘lasan. Darveshlarni qo‘y, hatto pirlar sultoni Junayd Bag‘dodiy bo‘lsa ham bir arpa doni miqdoridagi oltinga olmaysan. Sen oltinga tayanib, xalq bilan muomala qilasan, do‘st tutinasan, sening dardu yaralaring malhami ham oltindir. Yangi oydan ham do‘kon haqini talab qilasan, oltin bilan xazina to‘ldirasan, yana kon qidirasan. Do‘koningdan bir qora pul chiqsa, azizjoning chiqqanday bo‘ladi. Ey hamma narsangni hech narsaga bergan odam, bunday holda qanday qilib endi ko‘nglingni Hammaga bera olasan?
«Ammo qiyomatgacha sabrim bor», deysan, biroq turmush oyog‘ing ostidan narvonni olib qo‘ysa, nima qilasan? Dunyoga g‘arq bo‘lganingdan keyin dining ham dunyoga ko‘milgan bo‘ladi. Bunday holda, ey azizim, dinu dunyo baravar qo‘lga kirmaydi. Sen kasb-korda farog‘at izlaysan, ammo boshingga qiyomat g‘avgosi tushsa, bu farog‘atni topolasanmi? Nimaki qo‘lingda bo‘lsa, to‘rt tomonga nafaqa qilib, tarqatib yubor.
Nimaiki bo‘lsa, uni tark etish joiz, zero kerak bo‘lsa, jonni ham tark etish lozim bo‘ladi. Sening qo‘lingda joning qolmagach, molu mulk, u yoki bu narsani saklashning nima keragi bor? Agar yotish uchun ostingda palos — to‘shaging bo‘lsa, u ham yo‘lingda g‘ovdir. Bu yumshoq, chiroyli to‘shakni yondir, ey Haqshunos, tokaygacha Haq yo‘lida nayrang qilasan? Agar bu yerda ul palosni qo‘rqib yondirmasang, tongla Iloh gilami ustidan joy ololmaysan. Kimki o‘z orzulari oviga otlansa, uning ahvoliga voy, u boshdan oyoq «voy» ichra yo‘qolib ketadi!
Voydagi harflar afsus - nadomat belgilaridir: Bundagi «vov» ham «alif» ham qon va tuproq (xoku xun) ichida ko‘ramiz. Vov qon ichida, alif esa tuproq ichida xoru zordir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:09:47
YANGI KELGAN MURIDNING OLTINNI   SHAYHDAN YAShIRGANI

Yangi kelgan muridning ozgina oltini bor edi, uni o‘z shayxidan yashirmoqchi bo‘ldi. Shayx buni bildi va hech narsa demadi. Murid hamon oltinni yashirin saqlab yurardi. Murid o‘z piri rahbarligida safar qilib yo‘lga chiqdilar. Oldilaridan qop-qora zulmat qoplagan vodiy chiqdi va ham bul vodiyda ikki yo‘l paydo bo‘ldi. Oltini bor murid titrab qo‘rqardi, oltin uning sirlarini oshkor etib rasvu qilgandi.
U shayxga qarab dedi:
- Ikki yo‘l paydo bo‘ddi, qaysi biridan yuramiz?
Shayx dedi:
- Boyligingni tashla, u — eng katta xato. Keyin qaysi yo‘ldan yursang ham xato bo‘lmaydi.
Kimki oltin-kumush bilan do‘stlashsa, devdan ham qo‘rqinchlidir. Bir parcha harom oltin deb qanchadan-qancha nayrang, hiyla ishlatasan, qilni qirq yorishga tayyor turasan. Shunday bo‘lgandan keyin cho‘loq eshakday dinda mustahkam emassan, qo‘ling og‘ir tosh ostidayu, o‘zingai xoli - xalos deb gumon qilasan. Ey inson, nayrang boshlasang — shayton bo‘lasan qolasan, ammo dindorlikka yetsang, hayron bo‘lib qolasan. Kimniki oltin yo‘ldan urgan bo‘lsa, u gumroh bo‘ldi va quduq ichida qo‘l-oyoqlari bog‘liq holda asir bo‘lib qoldi. Agar sen Yusuf (bo‘lmoqchi bo‘lsang), bu quduqdan hazar qil, daming — nafasingni chiqarmay tur, chunki bu nafs chohining ajdarhoday dami bor - bir damda yutib yuboradi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:10:13
HASAN BASRIY VA ROBIYA ADAVIYA HIKOYATI

Basra shayxi Hasan Basriy Robiya huzuriga bordi va dedi:
- Ey AIloh ishqida yagona! Hech kimga aytmagan, hech kimdan eshitmagan va o‘zingdan kechgan va o‘zingga nurday ayon bo‘lgan sirlaringdan menga ayt, men shuning shavqida huzuringga keldim.
Robiya dedi:
- Ey, zamona shayxi, bir necha vaqt o‘tirib ip yigirdim, kalava qildim va bozorga olib borib sotdim, xushvaqt bo‘ldim. Kalavamning bahosi ikki pora kumush bo‘ldi. Ularni bittadan har ikki qo‘limda ushlab turdim. Shunda meni qattiq qo‘rquv bosdi: boylik menga hamroh bo‘lib, qaroqchiday yo‘ldan ursa nima qilaman, axir buni yashirib bo‘ladimi? Parvardigorimga hammasi ayon-ku. Dunyo odami jonu dilini qonga (molu mulkka) garovga qo‘yadi, bu yo‘lda yuz ming tuzoq qo‘yish bilan shug‘ullanadi. Maqsadi bir parcha harom oltinni qo‘lga kiritish, buni qo‘lga kiritgach — jon taslim kiladi, vassalom. Oltin uning yurisiga qoladi, vorisi ham jon tahlikasida yashab, oltinni qoldirib ketadi...
Ey, Simurg‘ni oltinga almashtirgan, zar ishqida dili otashda yongan kishi, bu yo‘lda soch tolasi ham sig‘maydi, oltin, kumush, boylik sig‘adimi, axir! Jonon tomon bir soch tolasi-chalik yo‘l bo‘lmasa, hech kim bunga jur’at qilmagay.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:10:29
SAYROQI QUSH OVOZIGA OSHUFTA BO’LGAN OBID HIKOYATI

Tunu kun ibodat bilan shug‘ullanib, haq saodatiga erishgan obid bor edi. Xalqdan ajralib, uzlatda o‘tirar, Haq bilan parda ortidan roz aytar edi. Uning hamnafsu suhbatdoshi Haqning o‘zi edi, agar nafasi tinsa ham Haqning birgaligi kifoya edi. Boshida bir daraxt soya solardi. Daraxt shoxida bir qush in qurib, xushovoz bilan sayrardi. Uning ovozida ajib sirlar yashiringanday yoqimli edi. Obid qushning ovozini yoqtirib, berilib tinglardi. Haq subhonahu o‘sha zamon payg‘ambariga vahiy yuborib dedi:
- Ul obidga yetkazingkim, kecha-kunduz qilgan toatlaring Menga yoqardi. Yillar davomida Mening shavqimda yonarding, oxiriga kelib Meni bir qushga sotding (almashtirding). O’zing kamol ichra ziyrak qush bo‘lsang-da, biroq bir qush nolasi seni qopga (tuzoqqa) tushirdi.
Men seni sotib olib, o‘zimga o‘rgatgan edim, sen esa noahillik qilib, meni sotding. Do‘stlik va ulfatchilik uyini kuydirding. Bunday «vafodorlik»ni kimdan o‘rganding? Sen bunaqa arzon sotuvchi bo‘lma, hamdaming Bizmiz, hamdamu hamnafassiz qolma.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:12:05
YIGIRMA TO’RTINCHI MAQOLA

BOSHQA QUSH UZRI

Boshqasi dedi:
- Yuragim olovga to‘la, negaki mening tug‘ilgan joyim, uyim menga yoqadi, uni tashlab ketmoqchi emasman. Uyim - ko‘ngil yayraydigan, dilkusho qasr, xalq unga boqib havas qiladi. Bu qasrni ko‘rib olam-olam quvona-man, qanday qilib undan ko‘ngil uzay? Bu baland qasr uzra qushlar shohiman, qanday qilib bu shon-shuhratni tashlab, azobu uqubat yudiysiga kirayin? Qanday qilib shahriyorlikni busbutun qo‘ldan berayin, bunday qasr bo‘lmasa qaerda o‘tiraman, qanday yuraman?
Biror-bir oqil odam o‘z ixtiyori bilan Eram bog‘idan voz kechib, o‘ziga alam va g‘ussa safarini tanlaydimi?

HUDHUDNING UNGA JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey pasthimmat, nomardsan, it bo‘lmasang, go‘laxu gulxanni istab nima qilasan? Bu tuban dunyo boshdan oyoq kuydirguvchi gulxandir, bu gulxandan endi nasibang qancha - noma’lum! Qasring agar jannat bog‘i bo‘lsa ham, ajal bilan birga tugaydi, u aslida azobu zahmat zindonidir. Agar ajal bo‘lmaganda ham, bu manzilni yashash manzili desa munosib bo‘lardi. Lekin ajal odamni bir zumda bu baxtdan mahrum etadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:12:43
SHAHRIYOR VA OLTIN BEZAKLI QASR HIKOYATI

Bir podshoh oltin bilan bezatilgan muhtasham qasr qurdi, uni tiklashga necha yuz ming dinor sarf bo‘ldi. Bu jannat monand kasr tiklanib, hamma joyi nafosat va mahorat bilan bezatilib yakun topgach, turli mamlakatlar, shaharlardan odamlar uni tomosha qilishga kelardilar va tabaq-tabaq oltin-kumush tuhfa qilardilar.
Shoh binokor hakimlar va nadimlarni o‘z huzuriga chorlab, kursilarga o‘tqazib dedi:
- Mening bu qasrim husnu jamol, chiroyda yagona, uning tengi yo‘q, u abadiy shunday turadi va mening buyukligimni ko‘z-ko‘z qiladi.
Yig‘ilganlar bir-bir:
- Yer yuzida hech kim bunday qasrni ko‘rmagan va ko‘rolmaydi, uning biror nuqsoni yo‘q, -  dedilar.
Shunda bir zohid qad rostlab dedi:
- Ey baxti baland shoh, bir yoriq qolibdi va u qasrga ayb bo‘lib ko‘rinmoqqa. Agar shu ayb bo‘lmasa, firdavs qasrini unga tuhfa qilsa bo‘lardi.
Shoh dedi:
- Men hech bir raxna-yoriq ko‘rmayapman, sen battol fitna qo‘zg‘ayapsan.
Zohid dedi:
- Ey shohlikda ulug‘vor zot, teshik — bu Azozildir. Agar shu teshikni berkita olsang, sen va qasring abadiydir, bo‘lmasa bu qasring ham, senu toju taxting ham hech nimaga arzimaysizlar! Bu qasr jannatday go‘zal va ko‘ngilochar bo‘lsa-da, lekin o‘lim uni sening ko‘zingga xunuk qilib ko‘rsatadi. Bu yerda boqiy va go‘zal narsa yo‘q, hammasi o‘tkinchi. O’z saroying va qasringga mag‘rur bo‘lma, kibr otiga o‘tirib, behuda chopma. Agar biror kishi sendan qo‘rqib sening ishlaring va fe’lingdagi nuqsonlarni aytmasa, sening ahvolingga voy!
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:13:13
SAVDOGAR VA UNING OLTIN QASRI

Bir savdogar oltin bilan ishlangan ajoyib saroy qurdi. Saroyi qurilib bitgach, xaloyiqqa to‘y bermoqchi bo‘lib, hammani saroyga chaqira boshladi. Odamlarni yuz g‘urur va maqtanchoqlik bilan uyiga da’vat qilardi, saroyini ko‘rsatib, maqtanishni istardi. To‘y kuni savdogar o‘zida yo‘q xursand, ko‘chalarda ot choptirib yurardi, to‘satdan bir devona uni ko‘rib qoldi.
Devona dedi:
- Ey betamiz, hozir yugurib borib, saroying ichiga bavl qilmoqchi edim, ammo hozir bir ish bilan mashg‘ulman, meni kechir.
Shunday deb o‘tib ketdi, odamlar uning so‘ziga qotib-qotib kuldilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:14:34
O’RGIMCHAK HIKOYATI

O’sha beqaror o‘rgimchakni ko‘rgansan, xayol bilan kunini o‘tkazadi u. Uzoqqa boradigan fikru andesha vahmi orqasida o‘z burchagida uya yasaydi. Chivin ilinsin deb havaslardan ajoyib tuzoq to‘qiydi. Chivin yoki pashsha tuzog‘iga ilingach, nishini uning mag‘ziga suqib, qonini so‘radi, keyin uni quritib qo‘yadi va vaqti kelganda uni ham yeb quvvatlanadi.
Kunlari shunday o‘tadi, toki bir kun uyning egasi qo‘liga tayoq olib, bir nafasda o‘rgimchak va chivin uyasini barbod etadi. Dunyo ham o‘sha chivin ilingan o‘rgimchak uyasi kabidir. Butun dunyo qo‘lingga kirsa ham, payti kelib bir ko‘z ochib-yumguncha nobud bo‘ladi. Agar shohliging bilan mag‘rur bo‘lsang, bu go‘yo yo‘lda o‘ynayotgan bolaning ishini qilgan bo‘lasan.
Eshak miyasini yemagan bo‘lsang, hashak istama, hashakni mollarga beradilar, ey bexabar. Kimki nog‘ora va bayroqdan xoli emas, u har qancha bong urib da’vo qilmasin, darvesh emas. Bayroqda yel, nog‘orada ovoz bor, yel va ovoz yarim chaqaga arzimaydi, bilsang. Behuda yumushlar otiga minib choptirma ko‘p, xoja, mulktsorman deb behuda kerilma. Yo‘lbarsning terisini shilib olganlariday, bir kuni sening ham jismingdan teringni shilib oladilar. Ko‘rishib turish mahol bo‘lgach, kishi yoki yo‘qoladi yo ag‘darib tashlanadi. Doim boshni osmonga ko‘tarib, kekkayib yurish mumkin emas. Boshingni eg, qachongacha yosh bolalarday o‘ynab yurasan? Yoki boshingni qo‘yib taslim bo‘l, boshqa sarvarlik qilma, yoki bundan ortiq o‘yinga berilmagin. Bu saroyu bog‘laring - sening zindoning. Xonumoning — joningga balo. Bu takabbur tuproq to‘da bahridan o‘t, qachonga-cha g‘avg‘o va tashvishga bo‘la bu dunyoga dil bog‘laysan? Himmat ko‘zini ochib, yo‘lni ko‘r, bu yo‘lga qadam qo‘yib, Dargohni ko‘r. Joningni shu Dargohga yetkazsang, izzatda - ulug‘vorlikda bu jahonga sig‘may ketasan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:14:53
SAHRODA DARVESHGA YETIB OLGAN ODAM HIKOYATI

Bir odam sahro yo‘lidan chaqqon yurib, bir darveshga yetib oldi va unga qarab dedi:
- Ey darvesh, ahvoling qalay?
Darvesh dedi:
- Ko‘rib turibsan-ku, uyalmaysanmi, nimani so‘raysan tag‘in. Bu dunyoning tor darasida qolibman, hozir bu jahon menga haddan ziyod tangu tor ko‘rinmoqqa.
Chaqqon odam dedi:
- Aytganlaring to‘g‘ri emas, bu keng biyobonda torlik yo‘q.
Darvesh dedi:
- Agar bu yerda torlik bo‘lmaganda, sen kabi bir ablah hecham menga to‘qnashmagan bo‘lardi.
Senga yuz yoqimli va’dalar bersalar ham, oxir-oqibat u olovning narigi yog‘idan nishona beradi. Seningoloving nima? - Dunyo. Undan voz kech, sherlar kabi bu olovdan hazar qil. Hazar qilsang, ko‘ngling joyiga tushadi, shundan keyin esa dilhushlik saroyi sening oldingda paydo bo‘ladi. Olov oldindayu yo‘l juda uzoq, taning zaif, diling asirlikda, jon esa nafratlangan. Sen esa hammasidan qutulib, ishni yakunlagansan, o‘rtada shunday bir ish hosil qilgansan. Jahonni ko‘p (sinab) ko‘rding, endi jonni nisor et. Shunda jahondan senda na nom qoladi, na nishon. Qancha ko‘rsang -hech narsa ko‘rmagandaysen. Necha bor aytaman: buncha o‘zingni g‘amu anduhda qiynama deb.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:15:32
FARZANDI O’LGAN NODON ODAM HIKOYATI

Bir ablah — nodonning qalb mevasi — farzandi o‘lib qoldi. Bu ayriliqdan sabru toqati qolmadi. Tobut orqasidan motamzada bo‘lib borardi, ohu nola chekib, zor yig‘lab, der edi: «Ey dunyo ko‘rmagan, kun ko‘rmaganim nima bo‘ldi, baxt ko‘rmay jahondan ketding». Bir bedil darvesh buni eshitib, ota ahvolini ko‘rgach, dedi: «Bu chaman, bu tikanzorni yuz marta ko‘rish mumkin. Agar jahonni o‘zing bilan olib ketishni xohlasang ham, baribir oxirida uni ko‘rmaganday o‘lib ketasan. Sen olamni tomosha qilguncha umr o‘tib ketadi, qachon dardingga malham qo‘yasan? Xasis nafsdan ozod bo‘lmaguncha, aziz joning nafs najosati ichida ko‘milib turaveradi».

G’OFIL KISHINING UD YOQISHI

Bir g‘ofil kishi ko‘plab ud yoqar edi, birov yonida xushvaqt bo‘lib, o‘h-o‘h der edi. Bul nomdor aziz kishi ud yoquvchiga dedi:
- Sen gapirayotganingda, bu udni yondirib tur, sening badbo‘y hiding, agar ud yondirib turmasang, dimog‘larni alamu azobdan tinch qo‘ymaydi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:15:57
YIGIRMA BESHINCHI MAQOLA

BOSHQA QUSHNING O’Z MUSHKULINI BAYON QILGANI

Boshqa bir qush dedi:
- Ey oshyoni baland Hudhud, mening dilimni bir dilbar ishqi band etmish. Uning ishqi vujudimni qamrab oldi, aqlu hushimni o‘g‘irlab, beqaror etdi. Uning yuzining xayoli meni yo‘ldan urdi, borlig‘im xirmanini yondirdi. Usiz bir nafas ham toqat qilolmayman. Ul nigor ishqi meni kofir qildi, usiz ko‘zimga hech narsa ko‘rinmaydi. U o‘z qoni bilan yuragimni to‘ldirdi, men hayronu sarsonman, qanday qilib yo‘lga tushay? Oddindagi vodiyga kirish uchun yuz baloni bo‘yinga olish kerak bo‘ladi. Men bir lahza ul oy yuzli nigorsiz turolmayman, qanday qilib yo‘l topaman? Mening dardim endi davosizdir, ishim kufr va iymonni ajratishdan o‘tdi. Bu g‘amu anduhda hech kimim yo‘q, yolg‘iz o‘zim shu anduh bilan birgaman. Uning ishqi meni tuproqqa qoridi, qonimni to‘kdi. Uning zulfi yodi meni hayo pardasidan chiqardi, endi nomu nomus kerak emas. Men uning ishqida shunday betoqatmanki, uning diydorisiz bir lahza sabr qilolmayman. Yo‘lida tufroq bo‘ldim, qonga belandim, nima qilay, mening ahvolim mana shunaqa, nima qil deysan?

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:16:28
HUDHUDNING UNGA JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey surat bandiga tushgan kishi, boshdan-oyoq zulmatu g‘am ichra qolibsan. Ishq suratbozlik emas, bu shahvatga botishdir, sen hayvon kabi shahvatga berilibsan. Nuqsoni bor bo‘lgan har bir go‘zalga bog‘lanish - dunyo ishvasiga bog‘lanishdir. Zavoldan amonda bo‘lgan har bir jamolga bog‘lanmaslik kufrdir. Balg‘am va qondan tiklangan suratni nuqsonsiz oy deb nomlaysan. Agar undan qon va balg‘am kamaysa, u dunyodagi eng xunuk xilqatga aylanadi. Husnu jamoli balg‘am va qondan (moddadan) bo‘lgan xilqat, oxir-oqibat yemirilib ketadi, unda zebolik na qilsin. Surat atrofida qachongacha evrilasan, ey befahm, husn G’aybdadir, g‘aybdan izla uni. Agar oldingdagi parda ko‘tarilsa, na diyor qolur, na undagi odamlar qolur. Shunda osmon suratlari ham butkul yo‘qoladi, qudrat va ulug‘vorlik bo‘lib ko‘ringanlar tuban va ojizu nochor bo‘lib qoladi. Suratning do‘stligi boqiy emas, chunki suratlar o‘zaro ziddir va jangu jadaldadirlar. Kimning-kim muhabbati G’aybdandir, muhabbat aslida shudir va beaybdir. Bundan boshqasiga do‘stlik oxir-oqibat pushaymonlik keltiradi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:16:50
USTOZINING KANIZAGIGA OSHIQ BO’LGAN SHOGIRD HIKOYATI

Bagoyat iste’dodli, zehni o‘tkir, dono bir yigit bor edi. Kecha-kunduz uzluksiz o‘qish, ilm olish bilan band edi. Yilida ikki kecha ta’til qilardi, xolos. Odamlar bilan ishi yo‘q edi, ishi nuqul ta’lim olish, ilm takrorlash edi. Ustozi undan xursand edi, shogirdining pok axloqi, berilib ilm olishini maqtab, ibrat qilib gapirardi. Uni boshqa shogirdlaridan afzal bilar, alohida o‘tqazib suhbat qilardi.
Ammo ustozning parda ortida oy desa oy, kun desa kunday go‘zal bir kanizagi bor edi. U shunday go‘zal ediki, ko‘zlari sho‘x-sho‘x boqar, qomati dilni oshufta qilar, so‘zlari jonga jon bag‘ishlardi. Boshdan-oyoq ruhdan iboratday, latofat ustiga latofat, malohat ustiga malohat yog‘ilganday ofati jon edi. Shirinlikda shakarga pand berar, itobu karashmasi har qanday qattiq ko‘ngilni yumshata olardi. Ikki o‘ram sochi yerga tegar, ataylab qilingan emas, balki aslida shunday uzun edi sochlari. Ikki la’li labidan so‘z emas, asal tomardi. To‘tilar uning nutqini eshitsalar hasaddan parlarini to‘kardilar. Ikki ko‘zi qalbga o‘q otganday jozibali edi, otilgan o‘qlar esa yuraklarni qon qilib chiqyb ketardi.
To‘satdan shogird yigitning qo‘zlari o‘shal sohibjamol kanizak yuziga tushdi. Bir damda uning husnu jamoliga maftun bo‘lib qoldi. Ko‘ngli ixtiyorini qo‘ldan berdi.
Shogird o‘ziga o‘zi dedi:
- Shu oy yuzli shogirdi bo‘lsam bas edi, unndan boshqa ustoz menga kerak emas. Uning yo‘lidan ko‘z uzmasman, mening ishqim — shogird, uning husni esa — ustozim.
Yigit o‘z ustozining darslarini tark etdi, sabru qarori-ni yo‘qotib, kanizakka bo‘lgan mehri qundan-kun orta berdi. Za’faron shoxasiday yuzi darddan sarg‘aydi, hoddan toyib yotib qoldi. Ishq kelib aqlni bosib oldi, oshiqni jonidan bezor qildi. Ko‘plar ilmu donishni to‘pladilar, ammo bir zarra ishq ularning barini barbod etdi. Zohir ilmi kibru g‘avgo keltirar, ishqibozlik o‘rtanish va devonalik keltiradi. Kimki ilmni ishqsiz topgan bo‘lsa, uning ilmi mol-dunyo va mansab muhabbatiga sarf bo‘ladi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:17:18
Alg‘araz, shogird ishq savdosida o‘rtanib, gulni tikandan ajratolmay kecha-kunduz ohu nola chekardi. Oqibatda bira to‘la xastalanib, ojizu nochor holda to‘shakka mixlanib qoldi. Shogirdning kanizakka oshiqligi ustozga ma’lum bo‘ldi. Ustoz aqlini ishlatib, hiylavu hikmat yo‘lini tutdi: avval ul kanizakning ikki qo‘lining tomirini kesib, qon ola boshladi, so‘ngra bir dori berdikim uning oqibatida qizda hayz yuz berdi. Natijada kanizakning yuzi oltin rangiday sarg‘ayib so‘ddi, gulday yashnagan yuzi za’faron bargiday bo‘ldi. Uning chehrasida ilgarigi zebolik qolmadi, yuzlarining tarovati ham yo‘qoldi. Husnidan biror nishona qolmadi. Kadah sindi, soqiy ketdi. Kanizak vujudidan tashqari chiqqan fasodlarni tog‘oraga soldilar. Ustoz ziyrak shogirdni chaqirtirib keldi. Kanizakni parda orqasiga o‘tqazdi. Shogird uning yuziga qaradi, so‘nfa andomiga nazar soldi. Bu ishdan hayron bo‘ldi, chunki ilgari ko‘rgan zebo qiz yo‘q edi. Unga yana bir qaradi-yu ko‘ngli sovudi, ishqni unutib, avvalgiday tahsilga mashg‘ul bo‘la boshladi. Ustoz shogirdining qutulganini ko‘rdi, uning g‘amu tashvishi arib, avvalgi shodligi qaytgan edi. Ishq olovi so‘nib, shogird sovudi va ranju dardi ketib, tuzalib qoldi.
Ustoz o‘shal tog‘orani keltirishni buyurdi. Tog‘orani shogird oldiga qo‘yib, dedi:
- Ey barno yigit, ishing yaxshi-likka yuzlandi, beqaror bo‘lding va yana qaror topting, ul ishq yo‘lidagi o‘rtanish — yonishlaring qani, shumliklar, behayoliklaring qani? Ul sanam doim sen bilan bo‘ladi, sen u bilan hamisha ishrat qilasan deb orzu qilarding. Nimadan yuzing uning ishqida sarg‘ardi va yana nega ishqing olovi so‘nib sovuding? Buning sababi nima? Holbuki sen ham o‘sha, kanizak ham o‘sha-o‘sha.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:17:29
Ammo kanizakdan faqat bir narsa kamaydi, ya’ni tog‘oradagi fasodlar. Seni maftun etgan, devonayu mubtalo qilgan narsa shu edi. Bu narsa kanizakdan ajralgandan keyin, sendagi ishq va uning savdosi ham sovudi. Sen kanizakka qarab ohu nola chekarding, darhaqiqat, aslida, shu tog‘oradagi qon va fasod oshig‘i ekansan. Sen juda befarosat chiqding, axir qon va najosat oshig‘i ekanliging ma’lum bo‘ldi.
Ul shogirdning ahvoli o‘zgardi va tavba qilib, ilm takroriga o‘tirdi. Kimki suratga sig‘inishni maqsad qilsa, albatta bu ma’nolar, sifatlarni anglab yetmaydi. Suratning asl mohiyati sening shaytoniy nafsingdur. Ma’noning asli sening ruhoniy joningdir. Sifat ishqida suratni tark et, toki senga ma’rifat oftobi porlab ko‘rinsin. Suratingfasod va qondan boshqa narsa emas. Suratga sig‘ingan kishi teran fikrlovchi kishi emas, balki zohirbindir. Fasod va qondan zebolik topgan jam’i narsalarga mubtalo bo‘lish devonalik-dir. Qachongacha, ey ayb izlovchi kishi, surat atrofida aylanasan, Husn G’aybdadir, husnni G’aybdan izla!

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:19:01
BIR DARDMAND KISHINING ABUBAKR SHIBLIY HUZURIDA YIG’LAGANI HIKOYATI

Bir dardli odam shayx Shibliy oldida yig‘lar edi. Shayx undan:
- Nima sababdan yig‘layapsan? - deb so‘radi.
Ul dedi:
- Ey shayx, bir do‘stim bor edi, uning jamolini ko‘rib xushnud bo‘lardim. O’shal do‘stim o‘ldi, uning g‘amida men ham o‘layotibman. Chunki uning firoqi dunyoni ko‘zimga qorong‘u qilib qo‘ydi.
Shayx dedi:
- Shundan ko‘ngling o‘ksigan bo‘lsa, sening jazoying shudir. Sen shunday do‘st tanlaginki, u o‘lmaydigan bo‘lsin va o‘zing ham bunaqa alam chekmaydigan bo‘lgin. O’limdan nuqson topadigan do‘stlik o‘tkinchidir, u joningni g‘amga to‘ldiradi. Kimki surat ishqiga mubtalo bo‘lsa, u shu surat tufayli balolarga giriftor bo‘ladi. O’sha surat qo‘ldan chiqqandan keyin, u judolikdan qonlar yutadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:19:20
O’Z KANIZAGINI SOTIB, KEYIN PUSHAYMON BO’LGAN KISHI HIKOYATI

Bir savdogar boyning ko‘p mol-mulki bilan byrgan go‘zal bir kanizagi ham bor edi. Savdogar kanizakni sotib yubordi, biroq unga ko‘ngil bog‘laganini bilib qattiq pushaymon bo‘ldi. Keyin u kanizakni sotib olgan odam oddiga borib, kanizakni qayta sotib olishini, qimmatini necha marta oshirsa ham rozi ekanligini aytdi. Biroq savdogar qanchalik zorlanib, yalinmasin, xoja kanizakni unga qaytarib sotmadi. Savdogar o‘zini yo‘qotib, yo‘llarda boshiga tuproq sochar, ohu nola chekardi.
Zorlanib der edi:
- Bu alam dog‘i meni o‘ldiradi, mening jazom shudir, ahmoqchigim oqibatida dilbarimni dinorga almashtirdim. Jonimni bozorga olib chiqqan ekanman, endi bildim, o‘zimga o‘zim ziyon qildim.
Ey odam, umringning har nafasi — bir gavhar, vujuding-dagi har bir zarra Haq tomonga rahbardir. Oyog‘ingdan boshinggacha Uning ne’matlari - tuhfasidir. Dust ne’matla-rini o‘zingga tanit, taqdim etgin. Shunda kimdan uzoqlashga-ningni anglab yetarsan va judolikda haddan ziyod sabrli bo‘lganingni ham tushunarsan. Haq seni yuz xil ne’matlar bilan parvarishlab, izzatda tutdi. Sen esa nodonlikda yana g‘ayr-begona bilan qolib ketasan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:19:52
SUYAKKA RAG’BAT KO’RSATGANI UCHUN PODSHOH TOMONIDAN HAYDALGAN OV ITI HIKOYASI

Bir podshoh sahroga ovga chiqdi va itboqarga tozi itini yasantirib orqasidan olib yurishni buyurdi. Podshohning o‘rgatilgan ovchi tozi iti bor edi. Uning yopinchig‘i qora baxmaldan va bog‘ichlari atlasdan tikilgan bo‘lib, bo‘ynida gavhar taqinchoq, qo‘l va oyoqlarida oltin halqalar taqilgan, bo‘yinbog‘i esa ipakdan edi. Shoh bu itini yaxshi ko‘rar, ovga o‘zi bilan olib yurar, uni aqlli jonvor hisoblardi. Shu bois bu safar ham itning bo‘yinbog‘idan ushlab, uni o‘zi bilan birga olib borardi. It oldinda, shoh esa ot ustida orqada borardilar. Yo‘lda bir to‘da suyaklar uchrab qoldi. It buni ko‘rib birdan to‘xtadi va suyaklarni hidlab oldinga yurmadi. Buni ko‘rgan shohning g‘azabi qaynadi va itning bo‘yinbog‘ini uloqgirib yuborib, dedi:
- Men buni parvarishlab shuncha izzat qilsam, u bir suyakni mendan afzal bildi — podshohni suyakka almashtirdi.
Shoh a’yonlariga itni haydab yuborishni buyurdi:
- Men turgan joyda u g‘ayrga qaradi. Bu ishni qilgandan ko‘ra yuz ming igna yutsa yaxshi edi.
Itboqar aytdi:
- It orasta qilib bezatilgan, hamma yog‘ida oltin-qumush taqinchoqlar. Tashlab ketsak, hayf bo‘ladi. Bu itdir, u dasht va sahroga munosib, atlas kiyimlar va oltin bezaklar insonga munosib.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:20:27
Shoh itboqarga dedi:
- Shu holida tashlab ket, undagi oltinu atlasdan voz kech. Toki u o‘ziga kelgach, o‘zini bunday bezatilganini ko‘rib, esi joyiga tushar, qanaqa oshno topganini va men kabi shohdan ajralganini anglab yetar.
Ey avvalda oshnolik qilib, oxirda judolik topgan kishi, oyog‘ingni ishqi haqiqatga mustahkam qo‘y, ajdaho bilan mardonavor may ich! Chunki bu yer ajdaho dorining ustidir, oshiqlarning boshini kesish ular ishqining tovoni -xunbahosi deb bil. Mard oshiq joniga g‘ulg‘ula solgan kuch ajdahoni uning ko‘ziga chumoli qilib ko‘rsatadi. Alloh oshiqlari yuztami, yuz mingtami — hammalari Uning yo‘lida o‘z qonlariga tashnadirlar.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:21:05
HUSAYN MANSUR HALLOJNING DORGA OSILISHI HIKOYATI

Hallojni dor ostiga olib kelganlarida tiliga «Anal-haq»dan o‘zga so‘z kelmasdi. Uning tiliga tushunmadilar, qo‘l va oyoqlarini kesdilar. Uning qoni to‘kilgach, yuzlari, badani sarg‘aya boshladi. Zero, qon oqqandan keyin kishi yuzi qizil bo‘ladimi?! Go‘yo yo‘l ustidagi quyosh kabi Mansur kesilgan qo‘lining qonlarini oyday yuziga surtdi. Va dedi:
- Oqizilgan qon bilan o‘zimning gul yuzimni yana ham qizilroq gul rangiga bo‘yadim. Toki birovning ko‘ziga sarg‘ish bo‘lib ko‘rin-mayin, yuzim o‘lganimda ham qip-qizil bo‘lib tursin. Mening yuzimni sarg‘aygan holda ko‘rgan kishi Mansur qo‘rqibdi deb gumon qiladi. Menda qilcha ham qo‘rquv yo‘q, yuzim hamisha qizil - hamisha tarikman. Oshiq eranlar boshini dorga olib kelar ekan, uning shermardligi ish beradi. Bu jahon ko‘zimga «mim» halqasiday ko‘rinadi, shu halqadan kishi qo‘rqadimi, axir?
Yetgi boshli ajdaho — dunyo bilan olishib, o‘yin o‘ynashga majbur bo‘lgan kishining eng kichik mukofoti - boshini dorga berishdir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:21:25
SHAYX JUNAYD BAG’DODIY O’G’LINING SHAHID BO’LISHI

Din imomi, ilohiy ma’nolar dengizi Junayd bir kecha Bag‘dodda va’z aytar edi. Uning so‘zlarining salmog‘i va teranligidan osmon past bo‘lganday, quloq solib hayratga tushayotganday edi. Shayxlar shayxi Junayd hazratlarining bir yosh o‘g‘loni bor edi, uning kamoli, shirinligi odamlar qalbiga orom bag‘ishlardi.
Shayx Bag‘dodda va’z aytayotgan o‘sha kechada o‘g‘lining boshini kesib, xoru zor holda keltirib, yig‘ilganlar oldiga tashladilar. Poktiynat Junayd buni ko‘rib indamadi va jamoatga yuzlanib dedi:
- Qadimu azal, abadu ahad asroridan qaynatgan qozonimdagi taom bu kecha pishipti, uning oshini ham ko‘rdingizlar. Haq yo‘lidagi qurbonim - shu, bundan ortiq ham, kam ham emas».
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:22:08
YIGIRMA OLTINCHI MAQOLA

BOSHQA BIR QUSH UZRI

Boshqa bir qush dediki:
- O’limdan qo‘rqaman, ul vodiy uzoq, men esa zaifu nochorman. O’limdan chunon qo‘rqamanki, birinchi manzildayoq jonim chiqsa ajab emas. Garchi ko‘rinishim salobatli bo‘lsa-da, ammo ajal kelsa zor-zor qaqshab o‘lib qolaman. Kimki ajal qo‘liga tushsa, uning qo‘lida qilichi bo‘lsa-da, bir nafasda qilich ham qo‘lidan tushib, qo‘li ham kesiladi. Qo‘l va qilichdan iborat bu jahonda, yuz afsuski, qo‘lda afsusdan boshqa qurol qolmaydi.
Hammalari afsus-pushaymonlik bilan yer ostiga kirib uyquga ketdilar, tiriklari ham hayronu sargardondirlar. Ko‘rgin, o‘lim yo‘li - qanday mushkul yo‘ldir, bu yo‘lning birinchi manzili — go‘riston. O’lim achchig‘i xabarini eshit-sang, shirin joning ostin-ustun bo‘ladi.

HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey, zaifu notavon odam, qo‘rquvdan bir hovuch bo‘lib qolibsan, qachongacha o‘limdan qo‘rqasan? Shuni bilasanki, umring kuni sanoqli, abadiy emassan. Bilmaysanki, odam tug‘ilgandan takdiri belgilidir, u oxir-oqibat tuproqqa ketadi va uning vujudi barbod bo‘ladi. Seni o‘liming uchun parvarish qilganlar, ya’ni bu dunyodan ketish uchun budunyoga kelgansan. Osmon bamisoli to‘ntarilgan togora, bu tasht-tog‘ora shafaqdan har kecha qon rangini oladi. Bu Tig‘ ko‘targan quyosh aylanishida hamma kesilgan boshlar uning tog‘orasidadir. Sen xoh pok, xoh bulg‘angan bo‘lgin, tuproqqa qorilgan bir qatra suvsan. Bu qatra suv - oyokdan boshgacha darddir, bu dard bilan daryoga qarshi kurasha olasanmi? Agar sen bir umr jahonda yayrab-yashnab farmon beruvchi shahanshoh bo‘lsang ham, oxir-oqibat o‘rtanib yonib, ham yayrab-yashnab jon berasan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:22:28
QAQNUS UMRINING UZUNLIGI VA UNING AHVOLI HIKOYASI

Qaqnus Hindistonda yashaydigan turfa ajib bir qushdir-kim, uzun va qattiq tumshug‘i bor. Tumshug‘ida xuddi nay kabi bir qancha teshiklar mavjud. Bu teshiklar yuztaga yaqin. Qaqnusning boshqa qushlar kabi jufti yo‘q, u bolalamaydi. Tumshug‘ining har bir teshigidan o‘zgacha ovoz chiqaradi, har bir ovozida o‘zgacha nola, o‘zga bir sir bor. Har bir teshikdan turli-tuman ohangu navolar chiqarib, nola chekkach, barcha qushlar, qushlargina emas, barcha jonivorlar, hatto suvda baliqlar bundan beqaror bo‘ladilar. Barcha vahshiy darrandalar jim bo‘lib, bu ovozdan o‘zgacha holatga tushadilar.
Faylasuflar unga hamroz bo‘lib, ovoziga qarab musiqa ilmini yaratdilar. U qariyb ming yil umr ko‘radi, ammo o‘limi vaqti yaqinlashayotganini oldindan sezadi. O’limi yaqinlashgach, ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushib, atrofiga ko‘p-ko‘p o‘tin yig‘adi.O’tinlar o‘rtasiga o‘tirib olib, o‘tli nolalar chekadi. Keyin har bir teshikdan, boshqa-boshqa dardli navhalar chiqaradi, yuz teshikdan yuz xil navha-soz chiqaradi. Navha chekayotganda o‘lim alamidan lahza-lahza titrab turadi. Bo‘zlab nola chekishidan hayratlanib, qushlar va hayvonlar uning oldiga yig‘iladilar va hayotdan umidlarini uzgandayin, behol bo‘lib qoladilar. Keyin umrining so‘ngida ajab hol yuz beradi: uning nolasi zo‘ridan tumshug‘idan qon oqa boshlaydi, bir nafas tin olib, so‘ngra qanotlarini bir-biriga ura boshlaydi. Shunda uning qanotidan o‘t chaqnab chiqadi, keyin butun vujudini o‘t qoplab yona boshlaydi, olov o‘tinlarga o‘tadi va birga-birga yonib cho‘g‘ga aylanadilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:22:48
Keyin cho‘g‘lar sovib kul bo‘ladilar. Kul ichida bitta kichkina cho‘g‘ qoladi va u kichkina qaqnus bo‘lib dunyoga keladi. Olov o‘tinni kulga aylantiradi, kul ichida esa qaqnus bolasi paydo bo‘ladi. Kishi o‘lgandan keyin tuqqani yoki tug‘ilganini birov jahonda ko‘rganmi.
Agar qaqnus kabi uzoq umr ko‘rsang, ana shunday ham o‘lib va ham yana tirilasan. Bechora qaqnus ming yil yashab, o‘z vujudidan yuz ming nolalar chiqardi. Yillar davomida nola va dard ichra edi, ota-onasi ham bo‘lmagan, jufti ham yo‘q edi, yakkalarning yakkasi edi. Dunyoda uning payvandi - bog‘liqlik joyi, ya’ni jufti ham, farzandi ham yo‘q edi. Oxirida ajal kelib jonini oldi - kulini ko‘kka sovurdi. Joni bor maxluqki bor, u ajal dastidan qutulmaydi - shuni yaxshi bilib ol. Olamda o‘lmaydigan kishi yo‘q.Yana ajoyibrog‘iki, kishining safar ozig‘i ham bo‘lmaydi.* O’lim agarchi qattiq va zolim bo‘lsa-da, lekin unga bo‘yin egish shart. Boshimizga ko‘p qattiq ishlar tushib turadi, ammo ajalning ishi eng qattiq ishdir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:23:16
OTASI O’LGAN KISHI BILAN SO’FIY HIKOYASI

O’g‘il otasi tobuti oldida yig‘lab borar ekan, oh chekib der edi:
- Ey otajon, jonimni pora qilgan bundayin og‘ir kun umrimda boshimga tushgan emas edi.
Shunda yonida borayotgan so‘fiy dedi:
- Otangning ham boshiga bundan og‘irroq kun kelgan emas. Sening boshingga emas, otangning boshiga mushkul ish tushdi. Ey dunyoga qo‘l-oyoqsiz kelgan zot, umringni tuproq tepib, havoni kesib yurish bilan o‘tkazasan. Agar mamlakat taxtiga o‘tirgan shoh bo‘lsang ham, oxiri qo‘lingda havo bilan, ya’ni hech vaqosiz ketasan.

JON BERAYOTGAN NAYCHINING JAVOBI

Bir nay chaluvchining ajali yetdi, jon berar paytida birov undan so‘radi:
- Ey, ayni sirlashuv vaqtida turgan odam, bunday paytda ahvoling qalay, nimani o‘ylayapsan?
Naychi oh chekib, dedi:
- Holimni hech ayta olmayman, ammo sezayapmanki, bir umr yel puflab kelibman (paymudan), oqibatda esa tuproqqa ketayapman, vassalom.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:24:18
ISONING ARIQDAN SUV ICHGANI HIKOYASI

Iso bir toza ariqqan suv ichdi, suv xushtamlikda gulobdan ham o‘tar edi. Birov kelib ariqdagi suvdan xumiga to‘ldirib oldi. Iso xumdagi suvdan ham ichdi. Ammo xumdagi suvdan og‘zi achchiq bo‘ldi. U yana xum oldiga keldi va yana ichdi - suv achchiq edi. Iso hayron bo‘lib dedi:
- Yo Rab, xumdagi suv ham shu ariqqan bo‘lsa, nega endi u shirin, bu achchiq? Buning siri nimada, ayt?
Shunda haligi Xum Iso oldida tilga kirib dedi:
- Ey Iso, men Qadim zamonlarda yashab o‘tgan ko‘hna odamman. Bu to‘qqiz falak ostida goh kosa, goh ko‘za, goh xum bo‘lib, ming yillardirkim yuribman. Agar yana ming marta xum qilib qayta yasasalar ham, achchiqlik mendan ketmaydi. Men o‘lim achchig‘ini chunon tatib ko‘rganman, shu sabab mendagi suv bunday achchiqdir.
Ey g‘ofil banda, sen ham o‘lim sharbatini ichishdan oldin, uyg‘on, g‘aflat orqasida o‘zingdan xum yasama. O’zingni yo‘qotgansan, ey g‘ofil, jon chiqishdan oldin tavba qil, o‘nglan. Agar tirikligingda o‘zingni tanimasang, ilohiy sirlarni anglamay o‘lib ketasan. Na hushyorligingda o‘zingdan xabardorsan, na o‘lganingda vujudingdan biror asar qoladi. Tiriklikda hech narsadan bexabar, insonligini anglamagan, o‘lgandan so‘ng yo‘qolgan — odamdan paydo bo‘lib, ammo odam bo‘lmasdan o‘lib ketgansan.
Ul bechora darvesh oldida yuz ming g‘aflat to‘siqlari turibdi. Xo‘sh, bu ahvolda u qanday qilib o‘zini topadi?
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:24:52
JON BERAYOTGAN BUQROT VA UNING SHOGIRDI HIKOYASI

Buqrot hakim kasal bo‘lib yotib qoldi, ajali yetib, jon berish azobidan qiynalardi. Bir shogirdi bor edi, u ustoziga qarab dedi:
- Ey ustoz, tanangni yuvib kafanlab dafn etgandan keyin, ayt, seni qaerdan topamiz?
Buqrot dedi:
- Ey g‘ulom, Men tirikligimda uzoq umr ko‘rib, o‘zimni o‘zim topolmadim, sen meni qaerdan topasan? Men shunday yashab dunyodan o‘tayapmanki, qilcha o‘zimdan xabardor emasman. O’limga o‘limdan o‘zga davo yo‘q, har qancha zorlanma, xazon bo‘lgan barg yerga tushadi. Biz hammamiz o‘lish uchun tug‘ilgan-miz, dunyodan ko‘ngil uzolmasak ham, jonimiz bizni tark etadi. Butun dunyoni hukmronlik muhri ostida tutgan shohanshohlar bugun yer ostida yotibdi. Shohmi, xusravmi, xonmi, amirmi, barchasi lahad tuprog‘ida, arzimas tuproqqa tengdirlar. Shohbo‘lsin, gado bo‘lsin — hammasi ketadilar.
Oxiratda Noqis va komil orasidagi farqlar ayonlashadi. Tiriklik ham azob, o‘lim ham azob, agar bu har ikki ranju azobingdan ganj - xazina topmasang, bilgilki, haqiqiy ganj — Simurg‘dir. Qolganlari esa dardu azobdir. Shu bois dunyoda bundan ortiq ganjni izlama.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:25:49
YIGIRMA YETTINCHI MAQOLA

 BOSHQA BIR QUSHNING UZRI

Boshqa bir qush dedi:
- Ey, pok e’tiqodli Hudhud, bir nafas ham murodu maqsadimga yetmadim. Butun umrim g‘amda o‘tdi, olam ishlariga asiru bandaman. Qonli dilimda qanchadan-qancha g‘am-alam bor, g‘amim zo‘ridan har zarra motamdadir. Hamisha hayron va ojizman. Kofir bo‘lay agar biror lahza shodlik ko‘rgan bo‘lsam. G’am bilan o‘zimni yo‘qotgan, o‘zi bilan o‘zi ovora odamman, bu ahvolda telbalarday qanday qilib yo‘lga kiraman? Agar bunday g‘amga botmaganimda, bu safardan balki dilim xurram bo‘larmidi. Ammo nima qilay, ko‘nglim qonga to‘lgan, senga ahvolimni tushuntirdim, endi ayt, nima qilay?

HUDHUDNING JAVOBI

Yo‘lni bilguvchi, shirin so‘zli Hudhud har narsaning mohiyatini anglovchi va har bir fikrning ziyonu foydasini bilguvchi edi. U qushga qarab dedi:
- Ey shaydo va mag‘rur kishi, boshdan-oyog‘ingtashvishu g‘amga botgansan. Bu dunyoning baxtiyorligi ham, baxtsizligi ham tez o‘tib ketadi. Bir nafasda o‘tib ketadigan narsalar bo‘lmasa ham umr uning orzu-havasida o‘tib ketgusidir. Jahom o‘tar ekan, sen ham uning bahridan o‘t. Unga mahliyo bo‘lma va tark et uni! Zero nimaiki doimiy, ustuvor emas ekan, unga bog‘langan ko‘ngil ham tirik emas.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:26:39
HECH QACHON BIROV QO’LIDAN SHARBAT ICHMAGAN SO’FIY HIKOYATI

Nafasi o‘tkir bir piri murshid bor edi. U birovlar qo‘lidan hech qachon sharbat ichmagan edi. Birov dediki:
- Ey Alloh nazariga tushgan odam, nega hech bir sharbatga rag‘bat qilmaysiz?»
So‘fiy dedi:
- O’limni boshimda ko‘rib turibman, u sharbatni mendan bir zumda tortib oladi. Ana shunday o‘lim boshimda turganda, men sharbat ichsam, u zaharga aylanadi. Muakkal bilan sharbatim xush bo‘lishni xohlasam, u qand sharbati — jullobiy emas, o‘t bo‘ladi. Poydorligi bo‘lmagan har narsa bir olam bo‘lsa ham, bir arpa donicha qimmatga ega emas.
Vaslsiz bir soatlik rohatni nima qilay, asli - poydevo-ri bo‘lmagan imorat omonatdir. Sen agar baxtdan xursand bo‘lsang, bu - bir nafasli baxt, xolos, bu bilan g‘ururlanma. Va agar baxtsizlikdan holing tang bo‘lgan ekan, bu ham bir nafasdir — zorlanib yurma. Agar senga alam yetsa, bu sening izzattalabliging, qudratga intilishing oqibatidir, xorli-gingu ojizligingdan emas. Anbiyolarga yetgan balolarni hech kim Karbaloda ko‘rsata olmaydi. Suratda senga aziyat, g‘am bo‘lib ko‘ringan narsa, sifat — ma’noda buni ko‘ra olgan odamga ganj - xazinaning o‘zidir. Har damda senga undan yuz inoyat yetkusi, sening butun boyliging — alamlaring Uning ehsonidir. Uning ehsonini yodga olmaysan, ammo Uning ozgina azobu ranjini tezda ko‘rib nola — fig‘on qilasan. Shumi, axir, do‘stlik nishonasi? Ey, sen kamaqlu g‘ofil, sen hali mag‘z emassan, mohiyatga yetmabsan, sen po‘choqsan, do‘st emas, po‘stsan, xolos.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:27:33
BIR QULNING PODSHOH QO’LIDAN MEVA YEGANI HIKOYATI

Bir yaxshi xulqli podshoh bor edi. Bir kun u o‘zining quliga bir dona meva berdi. Qul mevani podshoh qo‘lidan olib, nihoyatda xursandlik bilan yeya boshladi, qul shunday mazza qilib mevani yer ediki, go‘yo dunyodagi eng xushta’m, shirin taomni yeyayotganday edi. Podsho buni ko‘rib, havasi keldi va mevadan o‘zi ham yegisi kelib, g‘ulomga dedi:
- Ey g‘ulom, bu mevani buncha ishtaha bilan yemoqdasan, menga ham ozgina ber.
G’ulom mevaning qolganini shohga uzatdi. Shoh uni tatib ko‘rgan edi, afti burushdi. Chunki meva bag‘oyat achchiq edi. Shoh g‘ulomiga dedi:
- Sening ishingni hech kim qilgan emas, shunday achchiq narsani bunday rohatlanib yemoqdasan, bunday yo‘l tutishingning boisi nima?
G’ulom dedi:
- Ey shahriyor, men sendan yuzlab tuhfalar olganman, qanchadan-qancha yaxshilik qilgansan. Shunday ekan, bir marta tuhfang achchiq chiqqan bo‘lsa, qanday qilib buni yuzingga solay. Men sening ne’matlaring ichida yashadim. Shu bois sening qo‘lingdan olgan narsam achchiq bo‘lsa ham, menga shirindir. Sening qo‘lingdan agar bir achchiq meva menga yetgan ekan, uni qaytarib berish men uchun og‘ir gunohdir.
Allohning yo‘lida ranju azob chekishning o‘zi rohat, buni qulog‘ingga quyib ol, chunki so‘z — nasihat ham ganjdir. Uning ishi goh orqada, goh ro‘paradadir, sen uni qanday bajarsang, shunday holda voqe’ bo‘ladi. Sen bu dorulalam dunyosida yaxshilik va shodlik izlaysan, ammo bu dunyoning dilxushligi dardu g‘amdir. Har bir luqma ichida yurak qoni bor. Odam uchun Haqning haqiqatidan o‘zga hosil yo‘q. Yo‘lni bilgan puxtakorlar buni obdon teran anglab yetganlar. Shu bois ular yurak qonisiz biror luqma yemadilar. Toki non — , tuz tatib yurar ekanlar, jigar qonisiz non sindirmaganlar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:28:18
BIR KISHINING SO’FIYDAN AHVOL SO’RAGANI

Bir nomi chiqqan odam so‘fiydan so‘radi:
- Ey birodar, ro‘zg‘oring qanday o‘tayapti?
So‘fiy dedi:
- Men bir gulxan ichra bog‘lanib qolganman. Og‘zim quriq, ammo etaklarim ho‘l holda banddadirman. Bo‘ynimni sindirmasinlar, deb bu yerda biror kishining panjasini sindirmadim (ya’ni, hech kimga ozor bermadim). Agar dunyoda hamma vaqt xursandchilik istasang, u holda sen go‘yo uyqudasan va tushingni so‘zlab turgandaysan. Agar shodlik istasang, oldin ehtiyot bilan ish ko‘rib, sirot ko‘prigining naryog‘iga o‘tib ol. Olam ko‘chasi-da xursandlik yo‘q. Chunki bunda xursandlik, beg‘amlikdan nomu nishon yo‘q.
Sarkash va mast nafs olovday seni komiga tortadi, shu sharoitda qanday qilib shodlik, xotirjamlik bo‘lsin? Mohiyatga diqqat bilan qaraydigan zakovatli odam bo‘lsang, ko‘rasanki, dilxushlik yetuk insonlar nasibasi emas.

BIR KAMPIRNING SHAYX ABU SAIDDAN DUO TILAGANI HIKOYATI

Bir kampir Mehna shayxi Abusaid Abulxayrga dedi:
- Menga yaxshilik va xushvaqtlik duosini o‘rgat. Men shu vaqtgacha ko‘p baxtsizliklar ko‘rdim, ranju alam chektim. Bundan bu yog‘iga azoblarga chidayolmayman. Agar xushvaqt, beg‘am bo‘lib yurish duosini o‘rgatsang, uni har kun tilimdan qo‘ymasdan takrorlab yuraman». Shayx dedi: «Men ancha vaqtdan beri dardmandlik oqibatida joyimdan turolmaydigan bo‘lib qolganman. Sen aytganlarni ko‘p qidirdim, ammo undan biror nishona topmadim. Bu dardga davo kelmay turib, kishiga ko‘ngilxushlik qachon muyassar bo‘libdir.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:29:22
BIR KISHINING JUNAYD BAG’DODIYDAN KO’NGIL XUSHLIGI TO’G’RISIDA SO’RAGANI

Bir kishi Junayd oldiga kelib so‘radi:
- Ey, Allohga yaqin odam, kishining ko‘ngil xushligi qachon hosil bo‘ladi?
Shayx Junayd dedi:
- Allohga yetishgan chog‘da, toki podsho visoliga yetishish muyassar bo‘lmas ekan, kishi baxtsizlik vodiysida kezaveradi. Quyosh shu’lasiga tob berolmagan zarra sargardon bo‘lib yuraveradi va quyoshga yetishish harakatidan tinmaydi. Zarra yuz karra qonga botsa ham, bu sarsonu hayronlikdan xalos bo‘lolmaydi. Zarra zarraligida zarradir. Kimki uni yo‘qoldi desa, aldanadi. Agar uni aylantirsalar, u - u emas. U zarradir. Xizr chashmasi bo‘lolmaydi. Kimki zarralikdan qo‘zg‘olgan bo‘lsa, uning asli ham albatga zarradir. Agarchi u Quyoshda yo‘qolsa ham, bir zarradan Abadiyatgacha yo‘l hali uzoq. Zarra agarchi yaxshidir yoki yomondir, umr bo‘yi yashirinsa ham yo‘qolmaydi.
Ey zarra, Quyoshday kemadan joy olish uchun bunday mast va aftodahol ketayotirsan. Ey zarra kabi beqaror odam, toki sen o‘z ojizligingni ko‘rib, o‘zingni taniguncha sabr qilurman.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:29:50
BOYO’G’LI VA UNING SO’ZLARI

Bir kecha Boyo‘g‘li o‘ziga o‘zi dedi:
«Quyosh nuriga bir nafas ham toqat qilolmayman. Butun umrim davomida yuz azobu chorasizliklar bilan Quyoshga intilaman, toki uning nuriga g‘arq bo‘lib, yo‘qolib ketayin deyman. Ul dargohga yetayin deb oyu yillar ko‘zimni bog‘lab uchaman».
Ko‘zi o‘tkir bir qush dedi:
«Ey mag‘rur va mast Boyo‘g‘li, unga yetguncha ming yillar yo‘l bosish kerak. Senday yo‘lini yo‘qotgan u yerga qachon yetibdi, axir chumoli oyga borib yetibdimi?»
Boyo‘g‘li dedi:
«Meni qo‘rqitma, hechqisi yo‘q, uchavera-man, ko‘ray-chi, qani bundan nima hosil bo‘larkin?»
Necha yillar xuddi mastday, o‘zidan bexabar uchib borardi, oxir-oqibat kuch-quvvatdan qoldi, qanotlari titilib, patlari to‘kildi. Ammo yo‘l bosishdan tinmasdi. Axiri joni halokat ichra, tani o‘rtanib, qanotsiz holda ojiz va notavon bo‘lib qoldi. Quyoshdan esa nishona ko‘rinmasdi.
Boyo‘g‘li ichida:
«Quyoshdan o‘tib ketdimmikin?» - deb o‘ylardi.
Bir okil kishi dedi:
«Sen uyqudasan, yo‘lni ko‘rmay, qadam bosasan, qanday qilib undan o‘tib ketdimmikin, qanotlarim to‘kilib tushdi-ku deysan?»
Bu so‘zdan Boyo‘g‘lining g‘ashligi yana ko‘paydi, ajzu iztirob ichida qoldi. Bor-yo‘g‘idan ajralib, nochor ahvolga tushdi. Nochorlikdan Quyoshga qarab joni yonib hol tili bilan xitob qildi:
- Ko‘zi ochiq qushni toptingmi, hech bo‘lmasa undan ortib, menga ham boqqil, nuringni soch!
Boyo‘g‘li bu so‘zni qalbi yonib, chunon dard bilan aytdiki, marhamat Quyoshi unga yuzlandi. Ko‘zi yo‘qning ko‘zi ravshan-lashdi — qismatiga o‘zgarish kirdi. Omad keldi va bir miskinu bechora davlat topti, baxtga erishdi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:30:55
YIGIRMA SAKKIZINCHI MAQOLA

YANA BIR QUSHNING UZRI

Boshqa bir qush Hudhuddan so‘radi:
- Ey, rahnamo! Uning amrini hech bir bahonasiz bajaraman. U qabul qiladimi yoki rad etadimi, bu bilan ishim yo‘q. Uning farmoniga muntazirman. Nima buyursang, jonim bilan bajaraman, agar farmondan bosh tortsam, tovon to‘layman.

HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud aytdi:
- Ey qush, yaxshi savol berding, mard kishi uchun bundan afzal kamol yo‘qdir. Agar sen UningChaargohiga jon fido qilsang, joningni xalos etasan. Ya’ni Unga yetishasan. Agar jonu dildan farmonni bajarsang, joning Jononga erishadi. Kimki farmonni bajarsa, u tashvish va iztirobdan qutuladi va Uning yo‘lidagi barcha qiyinchilik-lardan osonlik bilan o‘tadi. Amru farmon bo‘yicha bir soatlik toat amru farmonsiz umr bo‘yi qilinadigan toat-ibodatdan afzaldir. Kimki farmonsiz azobu uqubat cheksa, bu odam Uning ko‘yidagi itdir, odam emasdir. It juda ko‘p xorlik-larni boshidan kechiradi, ammo bundan nima foyda. Zero uning bu ishi Farmon bo‘yicha emas edi, shu bois u ziyonu zarar keltirdi, xolos. Farmon bo‘yicha ish qilib, bir dam qiyinchilik tortgan kishi o‘z savobi bilan olamni to‘ldiradi. Farmonining ishi ulug‘dir. Farmon ichida yashab Haqqa intil, chunki sen bandasan, o‘zboshimcha ish qilma.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:32:14
O’Z SHAHRIGA QAYTIB KELAYOTGAN PODSHOH HIKOYATI

Sayohatga chiqqan bir podshoh o‘z shahriga qaytib keldi. Shahar xalqi shohni izzatu ikrom bilan kutib olish uchun shaharni bezadilar. Kim qo‘lidan nima kelsa qilardi, uyida nima bo‘lsa olib chiqardi va shaharni chiroyli qilishga sarflardi. Ammo zindon ahlida hech vaqo yo‘q edi, ularning qo‘l-oyoqlaridagi bandu zanjirlari bor edi, xolos. Yonlarida do‘stlarining kesilgan boshlari, g‘amu anduhdan pora-pora jigarlari bor edi. Ammo ular shohni kutib olish uchun kesilgan bosh va qo‘llar, oyoqlarni chiroyli qilib bezadilar. Shoh o‘z shahriga kirgandan keyin chiroyli bezaklar, rang-barang alvonlar, zebu ziynatni ko‘rdi. Ammo zindon joylashgan joyga yetganda, otidan tushib, zindon ahlining oldiga bordi, ular bilan ko‘rishib, ahvol so‘rab, ko‘plab tuhfalar in’om etdi.
Saroyga kelgandan keyin shohning yaqin kishilaridan biri shohdan so‘radi:
- Ey shohim, shahar ahli seni deb shuncha sa’yu harakat qildilar, shaharni shohiyu atlas bilan bezadilar, mushk-anbar sochdilar, ammo sen bunga e’tibor qilmay, zindon eshigi oldiga kelib to‘xtading va zindoniy-lar ahvolini so‘rading, buning sirri nimada? Axir ular o‘limga mahkum etilgan, kesilgan qo‘l-oyoq va boshlarni taxlab seni kutib oldilar.
Shoh dedi:
- Shahar ahlining bezaklari — bolalarning o‘z o‘yinchoqlarini bezaganday gap. Ularning har biri sha’nu shavkati, boyligini ko‘rsatish maqsadida ish qilgan, ular-ning ishlarida o‘zlarini ko‘rsatishga intilishlari ayon ko‘rinib turibdi. Ularning barchasi menga maqtanish, diqqatimni tortib, xursand qilish niyatida bo‘lganlar.
Ammo mening farmonimni faqat zindon ahli bajarmoqdalar. Agar mening amrim bu yerda ijro etilmasaydi, boshlar tanadan judo qilinmasdi. Bu yerda hukmim aniq va puxta joriy etilganini ko‘rmoqdaman. Shu bois bu yerga kelib otdan tushdim va zindoniy holini so‘radim. Shaharni bezaganlar o‘z g‘ururlari, manmanliklari ichra g‘arqdirlar. Faqat zindon ahli hayronu bechoralar, ular mening hukmim ostida nochordirlar. Bular gohqo‘lni, gohboshni beradilar, ho‘lu quruq, issiq va sovuq bular uchun birday. O’limni kutib, unga peshvoz chiqadilar, zindon chuqurlaridan to‘g‘ri dor ostiga boradilar.
Agar bilsang, bu zindon men uchun gulshanga aylandi, goh ular menga havas qilardilar, goh men ularga havas qilardim — bir-birimizni botinan anglab quchoqqa olardik. Yo‘lni ko‘ruvchilarning burchi farmon bilan yurishdir, ana shunda Shoh ham zindonga keladi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:32:34
SHAYX AKKOF URUG’IDAN BO’LGAN KISHINING BOYAZID BISTOMIY VA HAKIM TERMIZIYLARNI TUSHIDA KURGANI

Akkof urug‘idan bo‘lgan pok tiynat, sifatlari maqtovli qutbi kirom bir odam bor edi. U dedi:
- Bir kecha to‘satdan Boyazid Bistomiy bilan Hakim Termiziy tushimga kirdilar. Ular birgalikda yo‘dda ketmoqda edilar. Har ikkalasi menga ehtirom ko‘rsatib, oldinga o‘tqazdilar va sarvarlik maqomi seniki deb aytdilar. Men ham ular oldiga tushib rahbarlik qildim.
Bu ikki ulug‘ shayx buyrug‘ini bajarib turib uyg‘onib ketdim. Bu tushimning ta’biri shuki, sahar chog‘i yuragimdan beixtiyor bir oh chiqqan edi. Mening bu ohim Alloh dargohiga yetib bordi va menga yo‘l ochdi. Mana shu eshiklar ochilgani uchun ul azizlar so‘z so‘zlamay menga xitob qilganlar. Bo‘lmasa, bizdan oldin ko‘p-ko‘p muridlar, pirlar Boyaziddan imdodu shafqat tilagan edilar. Boyazid barcha eranlar orasida mardroq kishini istadi, chunki bizni istadi, ammo bizdan hech narsa tilamadi. Men ul kecha tushimda bu hikmatni eshitgach, hech narsani o‘ylamadim, zero men sendan nima ham istar edim, nima ham tilardim? Seni qaerdan izlash va mardligingni sinash xayolimda ham yo‘q edi. Sen nimaiki buyursang - mening istagim shu.
Mening ishim farmonni bajarish bilan bitadi. Men uchun Efilik yoki to‘g‘rilik degan tushuncha ham vojib emas, axir men kimmanki, mening biror istak-xohishim bo‘lsin! Banda uchun farmonga itoat qilishning o‘zi kifoya, bandaning Allohvandi bilan so‘zi jon ichradir. Yolg‘ondan bandalik lofini uradigan kishi banda emas. Banda har doim imtihonga tayyor turishi lozim, imtihon belgisi — ishorasi ko‘rinsa, o‘zining fidoyiligini ish bilan isbotlasin.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:33:23
SHAYX ABULHASAN XARAQONIYNING JON BERISH PAYTIDA   AYTGANLARI

Shayx Xaraqoniy joni chiqar paytida bunday dedi:
- Koshki mening jonimni teshsalar edi, biryon dilimni ochsalar edi. Shunda dilimni olam ahliga ko‘rsatib, mushkullarimni sharhlab berardilar. Toki olam ahli bilsinlarkim, sirlarni bilguvchiga nisbatan butparastlik to‘g‘ri kelmaydi. Uni yolg‘on so‘zlar bilan addab yurish mumkin emas. Bandalik — bu sadoqat va rostliqdir, qolgani quruq havas, xolos.
Bandalik — aftodalikdir, shuni bilib ol. Agar sen manmanlik, hisob-kitob, g‘irromlik qilishga kirishsang, bu bandalik emas, balki sharmandalikdir. Sen Allohlik qilma, bandalik qil, agar bandalik qilmasang Alloh hukmiga taslimda emassan. Bandalik o‘zlikdan voz kechish demak, sen o‘zingdan kech, Allohga dilu jon bilan banda bo‘l, banda bo‘lsang - tirikdirsan. Bunda bo‘lib xizmatni ado et. Unga yetishish uchun hurmat qozonib, himmat bilan yo‘lga chiq. Ka’ba (Haram) hurmatu ehtiromi yo‘q kishiga haromdir. Alloh hurmatiga erishganlar uning ne’matiga ham erishadilar.


BIR PODSHONING QULGA TO’N BAG’ISHLAGANI HIKOYATI

Podshoh qullaridan biriga to‘n kiygizdi. Qul to‘nni kiyib, podshoh bilan birga yo‘lga tushdi. Yo‘lning changi qul yuziga qo‘ndi. Qul podshoh bergan to‘n yengi bilan yuzidagi changni artdi. Shunda birov shohga dedi: «Ey podshohim, sen bergan to‘n bilan yo‘l changini tozaladi». Podsho bu behurmatlikni ko‘rib, qulni o‘zidan uzoqlashtirdi va boshqalar uning behurmatligini bilsinlar, shoh oldida arzimasligini anglasinlar deb, ahvolini og‘irlashtirdi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:34:18
YIGIRMA TO’QQIZINCHI MAQOLA

BOSHQA BIR QUSH SAVOLI

Boshqa bir qush dedi:
- Ey pok fikrli Hudhud. Alloh yo‘lida pokbozlik qanday bo‘ladi? Men bandamga e’tibor bermayman, chunki ichimda bor narsalar doimiy ravishda tashqariga chiqib turadi. Qo‘limga tushgan narsa darhol yo‘qoladi. Chunki mening qo‘limga tushgan narsa xuddi chayonga aylanganday, meni chaqib olayotganday bo‘ladi. Shu bois men uni tashlab yuboraman. Men o‘zimni hech narsa bilan bog‘liq qilib qo‘ymayman va hamma narsani o‘zimdan uzoqlashtiraman.
Ya’ni hech narsa mening qo‘limda turmaydi. Uning ko‘yida pokbozlik qilaman, toki poklikda Haqning pok yuzini ko‘rsam deb umid qilaman.

HUDHUDNING UNGA JAVOBI

Rahnamo Hudhud qushga qarab dedi:
- Albatta agar kishida pok e’tiqod bo‘lsa, poklanib Uning yo‘liga kirish yetarlidir. Kimki barcha pok narsalarini Alloh yo‘liga sarflasa, o‘z pokligida osuda va xotirjam bo‘ladi. Lekin shuning o‘zi yetarli emas. Sen hamma narsadan voz kechishga tayyor tur. Tikilganlarni yyrt va yirtilganlarni tikma, nimaiki bisoting bo‘lsa, barini yondirib tashla. Hammasini o‘tli ohang bilan kuydirib, keyin kulini jamlab ustiga o‘tir. Agar shunday qilsang, hammasidan qutulasan. Bo‘lmasa qon yutasan, chunki hamma bilan bog‘liqsan - borsan. Har bir narsada bir-bir o‘lmas ekansan, bu yo‘lga qadam qo‘yolmaysan. Bu zindon (dunyo)da ko‘p o‘tirolmaysan, shu uchun ham nimaiki bo‘lea, undan o‘zingni tort. Negaki ajal kelganda sening narsalaringning har biri qon to‘kuvchi qonxo‘r dushmaningta aylanadi. Avval o‘zingdan qo‘llaringni qisqa qil, shundan keyin turib yo‘lga chog‘lan. Agar avvalda haqiqiy poklik niyati bo‘lmasa, bu safarga chiqishing durust emas.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:34:53
TURKISTON PIRINING HIKOYATI

Turkiston piri gap-so‘z olib dedi:
- Men ikki narsani hammadan yaxshi ko‘raman: biri chopqir otim bo‘lsa, ikkinchisi aziz farzandimdir. O’g‘lim lashkar safida dushmanga qarshi jang qilmoqda. Agar shu aziz farzandim o‘limini eshitsam, otimni hamma lashkarchilarga bag‘ishlayman, toki o‘g‘lim o‘rnida jang qilsin. Voqean, aziz ko‘ringan shu ikki narsa mening jonim ko‘ziga but kabi ko‘rinadi. Har ikkalasidan voz kechmaguncha Yagona Iloh yodi kalbda abadiy o‘rnashmaydi.
Toki sham’ kabi yonib ado bo‘lmasang, odamlar oldida pok ishkdan so‘z ochma. Kimki pok Parvardigor ishqidan gapiradigan bo‘lsa, o‘z shaxsiy ishi, dunyoviy muhabbatini barbod etsin. Shahvat bilan non yeydigan, ammo pokbozman deydigan kishi, oqibatda xoru zor bo‘lg‘usi.

SHAYX XARAQONIYNING BODINJON YEGANI HIKOYATI

Arsh ayvoni bo‘lgan Shayx Xaraqoniy bir umr bodinjon yeyish ilinjida yurardi. Onasiga yolvorib, ko‘z yoshi qilgandan keyin, unga yarimta bodinjon berdi. Shayx yarimta bodinjon-ni yeb tugatgach, shu zahoti farzandining boshini kesdilar. Kech kirganda bir kishi o‘shal aziz farzand boshini Shayx ostonasiga keltirib qo‘ydi. Shayx dedi: «Men bechora sizlarga ming marta aytgan emasmidim: bu gado agar yarim bodinjon yesa, evaziga joniga qaqshatg‘ich zarba yetadi. Jonim har zamon ana shunday o‘rtanadi. U bilan ishim axir oson emas. O’z ishi bilan ovora bo‘ladigan odam, o‘z yori bila bir dam hamdam bo‘lolmay qoladi.
Bizning boshimizga og‘ir ish tushgan, bu jangu murosadan ham og‘ir. Hech bir dona o‘zga donalardan alohida emas, barcha odamlar boshiga tushgan vazifa - ish uning boshiga tushgan va beqaror etgandir.
Har zamonda bir dard mehmoni va har lahzada bir imtihon karvoni yetib keladi. Agarchi jonda yuz g‘am bo‘lsa-da, biroq buning ustiga yana g‘am paydo bo‘lishi muqarrar.
Yo‘qlik dunyosidan borliq dunyosiga kelgan har bir odam alamlar ichra qon yutib o‘tadi. Ming-minglab oshiqlari jonini Unga bag‘ishlash uchun qon kechib keladilar. Barcha jonlar Uning yo‘lida xoru zor bo‘lsa qaniydi?»
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:36:19
ZUNNUN MISRIYNING YAMOQ MURAQQA’ KIYGAN QIRQ DARVESHNI KO’RGANI

Shayx Zunnun dedi:
- Biyobonda yolg‘iz Allohga tavakkul qilib ketayotgandim, yo‘lda bir joyda jon bergan qirqta muraqqa’ kiygan erlarni ko‘rib qoldim. Bu holni ko‘rib hayajondan es-hushimni yo‘qotdim, butun vujudim olovda yonayotganday o‘rtanardim. Oxir dedim: «Ey Alloh, bu qanday ish, ishq yo‘lida jonbozlik qilgan azizlarni buncha yakson etasan?
Sado keldikim:
- Bu ishdan ogohmiz. O’zimiz o‘ldiramiz va O’zimiz tovoni — qon pulini to‘laymiz.
Dedimki:
- Axir bunday zorlikda qurbon bo‘lishlar qachongacha?
Dedi:
- Diyatim — tovonim bor ekan, ish shunday davom etaveradi. Xazinada tovon haqi qolguncha o‘ldiraman, toki ta’ziyatlari qolsin. O’ldiraman va keyin qoniga belab, olam atrofini aylantirib chiqaman. Butun vujudi, qo‘l-oyoq-jamiki a’zolari yo‘qolgach, keyin quyoshday yuzumni ko‘rsatib, o‘z jamolimdan libos kiydiraman. Oshiqning to‘kilgan qonini yuzining qizilligi — hushbaxtligiga nishona qilaman va bu yuzni o‘zi istagan ko‘y (ko‘cha)ga yuzlantiraman.
O’z ko‘yimda soyamga aylantiraman, keyin yuzimning quyoshidan unga nur sochaman. Mening yuzimning oftobi chiqqach, ko‘y-ko‘chadagi soya qoladimi? Soya Oftob shu’lasida nobud bo‘lgandan keyin, barchasi maqsadiga yetib baxtiyor bo‘ladi, vallohu a’lam bis-savob».
Kimki Haqda mahv bo‘lsa, o‘zligidan ham, o‘zidan ham qutuladi. Chunki xudparast bo‘laturib, Haqqa yaqin bo‘lish mumkin emas. Mahv bo‘l, ammo bu haqqa ko‘p gapirma, jonni hech bir g‘arazsiz sarfla, boshqa narsa qidirma. Oshiqqa ayt: o‘zidan kechib, yo‘qbo‘lsin — men bundan boshqa ulug‘ davlatni bilmayman.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 15:36:41
FIR’AVN SEHRGARLARINING SAODAT DAVLATINI TOPGANI

Fir’avn sehrgarlari topgan davlatni dunyoda boshqa hech kim topmagan. Ularning topgan davlati imon edi. Ul damda ularni jonlaridan judo qildilar, bunday saodat davlatini hech kim ko‘rgan emas. Shu lahzada ular din sari bir qadam olg‘a qo‘ydilar, boshqa narsalardan voz kechdilar. Hech kim bunday ajoyib kirim-chiqimni qo‘rmadi, ya’ni dinda omadli bo‘lib, imonga to‘siqbo‘lgan jam’i narsalarni xarj qildilar. Dunyoda hech bir daraxt bunday shirin va qimmatli meva bermadi.*
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:00:55
O’TTIZINCHI MAQOLA

BOSHQA QUSHNING HIMMATBALANDLIK HAQIDAGI HIKOYATI

Boshqa bir qush dedi:
- Ey sohibnazar, tariqatda himmat-ning ahamiyati katta. Agarchi men shaklu shamoyilda juda ojiz bo‘lib ko‘rinsam ham, ammo sharofatli himmatim bor. Ko‘p toat-ibodat qilolmayman, lekin Allohga muhabbatda oliy himmatdirman.

HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud dedi:
- Mag‘notis — ohanrabo-alastu asrori bo‘lganiday, olihimmat har narsaning kashfiga kalitdir. Kimdaki olihimmat paydo bo‘lsa, nimaiki izlasa, u darhol hozir bo‘ladi. Ikki dunyo mulkining kaliti — mantig‘i himmatdir, jahon qushlarining qanotlari ham himmatdir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:01:22
BIR KAMPIRNING HAZRAT YUSUFGA XARIDOR BO’LGANI HIKOYATI

Dedi:
- Yusufni bozorga sotish uchun olib chiqqanlarida, Misr aholisi uning husnini ko‘rib, shavqida yonardilar. Xaridorlari atrofiga yig‘iddilar, bir nechtasi Yusuf vazni barobarida mushk bermoqchi bo‘ldilar.
Bir kampir Yusuf ishqida dili o‘rtanardi. U bir qancha ip yigirib kalava qilgan edi. Xaridorlar to‘dasiga dadil kirib kelib, ovoz ko‘tarib dedi:
- Ey Kan’oniy qulni sotuvchi savdogar, bu go‘zal o‘g‘lon orzusida halovatim ham, toqatim ham qolmadi. O’n kalava ipim bor. Shuni olgin-da, Yusufni menga sot, uning qo‘lini qo‘limga tutqaz.
Savdogar kulib dedi:
- Ey keksa ona, senda bu bebaho gavharni sotib olishga mablag‘ yo‘q. Bu «mol»ning qiymati yuz xazina bilan baholanadi. Sen kimu, iplaring nimaga arzir edi?!
Kampir dedi:
- Shuni yaxshi bidtsimki, bu o‘g‘lonni sotib olishga mening molim kamlik qiladi. Ammo do‘stu dushman barchasi ko‘rdilar: men uning xaridorlari qatoridaman. Menga shuning o‘zi bas.
Olihimmat egasi bo‘lmagan dil tuganmas davlatga erishmagay. Himmatning nishonasi shu ediki, oliy qadr podshoh podshohlikka o‘t qo‘yib, podshohlikni pastlik, falokat manbai deb bildi va yuz ming xazinaga teng mol-mulk, toju taxtini arzimas deb hisoblab, undan butkul voz kechdi va darvesh xirqasini kiydi. Poklik sari uning himmati jo‘sh urdi, natijada najas mulkdan bezor bo‘ldi. Himmat ko‘zi quyoshni ko‘radigan bo‘lsa, u zarra bilan birga o‘tirmaydi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:01:45
BIR DARVESHNING IBROHIM ADHAM QOSHIDA FAQIRLIKDAN SHIKOYaT QILGANI

Bir darvesh o‘zining kambag‘al, benavoligidan shikoyat qilib yurardi. Ibrohim Adham unga qarab dedi:
- Ey o‘g‘il, faqrni juda arzon qo‘lga kiritgansan, shekilli?
Darvesh dedi:
- Bu so‘zni behuda aytayapsan. Kishi darveshlik (kambag‘allik)ni ham sotib oladimi, uyalmaysanmi shunday deyishga?
Ibrohim Adham dedi:
- Men bir necha marta jon evaziga sotib olgan emasman va butun olam mulkini taklif qilganlarida ham bermaganman. Hozir ham yuz olamni berib hech ikkilanmay faqrni olaman, chunki mening nazarimda hanuz ham faqrning qimmati ortib bormoqda. Chunki men bu boylikni qimmatga sotib olganman. Ya’ni butun bir podsholik bilan vidolashib, bunga erishganman. Shu bois buning qadrini sen emas, men bilaman va buning uchun hamisha shukr qilaman.
Himmat ahli jon va tanni bag‘ishladilar, yillar davomida o‘rtanib-o‘rtanib ruhlari poklanib bordi. Himmatlilarning qushi hasratu iztirob bilan do‘stlashdi, ular shu yo‘lda dunyovu dindan ham kechdilar. Sen agar ana shunday himmat sohibi bo‘lmasang, o‘zingni bu yo‘ldan uzoq tut va Oliy Ne’matga yetishga umid bog‘lama.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:02:04
SHAYX AHMAD   G’O’RIY BILAN SULTON SANJAR HIKOYASI

Komillikda yuksaklikni qozongan Shayx G’o‘riy devona darveshlar bilan ko‘prik ostiga tushib yashay boshladi. Bir kun sulton Sanjar lashkaru a’yonlari bilan savlat to‘kib ko‘prikdan o‘tdi. Ko‘prik ostidagi odamlarni ko‘rib, yonidagilardan:
- Bu qavm kim? - deb so‘radi. Shayx G’o‘riy buni eshitib, daf’atan javob berdi:
- Biz o‘zini unutganlarmiz, Alloh yo‘lida zikr aytishdan tinmaymiz. Holimizni ikki savol izohlashi mumkin: agar sen bizning do‘stimiz bo‘lsang, biz seni tezda dunyo muhabbatini butkul unutishingga ko‘makla-shamiz. Agar bizga do‘st emas, dushman bo‘lsang, biz seni darhol diningdan chiqaramiz. Agar otdan tushib, bir nafas ko‘prik ostiga bizning oldimizga kelsang, bu tumtaroq dunyoviy shavkatu savlat, hoyu havaslardan qutulasan. Kelgin, bizning nima bilan do‘stligimizni ham, nima bilan dushmanligimizni ko‘rgin. Oyog‘ingni biz tomon qo‘ysang, devonalik va rasvolik, ya’ni chin haqparastlik olamini ko‘rasan.
Sanjar dedi:
- Men sizning toifangizdan emasman, sizga nisbatan muhabbatim ham, nafratim ham yo‘q. Sizga do‘st ham, dushman ham emasman. Xayr, ketdim, o‘z ishimdan qolmayin. Sizlar bilan faxrlanmayman, lekin sizlardan or ham qilmayman. Sizlarning yaxshi-yomonligingiz bilan ishim yo‘q.
Himmat tez uchar qushga o‘xshaydi. U o‘z parvozida har damda yana tezroq harakat qiladi. Uning parvozi ko‘zga ko‘rinmaydi va xilqatlar ichida sezilmaydi ham. Uning sayru parvozi borliq olamidan balandroq - u hushyorlik va mastlik holatlaridan ham yuqoriroqdir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:02:38
DEVONANING OLAM HAQIDAGI SO’ZI

Bir devona yarim kechada yig‘lab o‘z-o‘ziga so‘zlardi:
- Bu olamning nimaligini aytaymi? U bir sandiqcha bo‘lib, biz shu quticha ichidamiz. O’z nodonligimiz, jaholatimiz bilan uning ichida ming savdo pishiramiz, yelib-yuguramiz, g‘am chekamiz, oldi-berdi qilamiz. Agar ajal ul huqqa — qutichani yopganda, kimningkim qanoti bo‘lsa, uchib ketadi va azaliyatga yetadi. Kimdakim qanot bo‘lmasa, quticha ichida yuz baloga giriftor bo‘lib qolib ketadi. Himmat qushiga ma’nodan (ilohiy ruhdan) qanot bog‘la, aqlga dil bag‘ishla, jonni hol martabasiga olib chiq. Ushbu qutining qopqog‘ini yopgunlaridan oddin tariqat yo‘liga kir va mustahkam qanot chiqargin. Keyin qanotlarni ham, o‘zligingni ham kuydirib tashla, shunda hammadan qutulib, eng oldin Mutlaqiyat huzurida bo‘lasan*.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:03:10
BOYO’G’LI VA QUYOSH HIKOYATI

Ajoyib gapni eshiting-a! Boyo‘g‘li dermishki:
- Ey bexabar, men bu quyosh bilan oyni na qilay? Tutilganda qorayadigan, botganida qorong‘i bo‘ladigan, yuzi sarg‘aygan, motam kiyimini kiygan, doimo porlab turmaydygan, darbadar kezadigan oftobning keragi yo‘q. Uning o‘zi boshqalardan ko‘ra haqqa tashnaroq, shafaqpaytida esa qonga belangan qonxo‘r kabidir. Agar shunaqa oftobni ko‘rmas ekanman, mayli ko‘rmayin, zarari yo‘q. Chunki boshqa oftob bor.
Ey inson, sen bir kecha uxlamay, bedor bo‘l, shunda tun kechada sen haqiqiy quyoshni ravshan ko‘rasan. Ey g‘ofil kishi, mening kunduzim tun kabidir, ammo Alloh nurini porlatuv-chi oftobim shundadir. Tunda ul oftob yuz ko‘rguzganda, olam xalqini uxlatib qo‘yadi. Ko‘kdagi oftob ul oftob ziyosining aksidan uyalib yuzini berkitadi, sharmandalikdan u qochib ketadi, kecha-kunduz degan tushunchalar yarim tun kelib barobar bo‘lib qoladi. Ammo kimki menday mahram bo‘lsa, uning oftobi qop-qorong‘i tundadir. Agar ana shunday Quyosh tunda senga nasib etilsa, agar ko‘r bo‘lsang ham uxlashing mushkuldir. Butun tun davomida men uxlamay chiqaman, ul Quyoshning atrofida yonib-o‘rtanib parvonaday uchib aylanaman. Majoziy quyosh yuz ko‘rsatganda, biz boyo‘g‘lilar zulmat og‘ushida qolamiz.
Agar Iloh oftobi tunlarda nur taratar ekan, yo‘lga kirganlar zulmatda uxlamaydilar. Agar qarchig‘aylar kabi himmating baland bo‘lsa, o‘tiradigan joying sultonning qo‘li bo‘ladi. Agar past himmatlikda pashsha kabi bo‘lsang, xuddi pashsha kabi behurmat, bee’tibor bo‘lasan. Voqean, agar pashshaday nuqsoning bo‘lsa, boru yo‘g‘ing noma’lum, nobuddirsan. Kimki himmat egasi bo‘lsa — mard erur. Quyosh kabi ko‘kda yagona bo‘lur. Agar gavhar kabi olihimmatsan, shoh tojida joying belgilidir. Agar har qanday arzimas narsaga qarab pastlashaversang, shoh qo‘lidan jom olib icholmaysan.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:03:57
O’TTIZ BIRINCHI MAQOLA

BOSHQA BIR QUSH SAVOLI

Boshqa bir qush Hudhuddan so‘radi:
- Ul Podshoh huzurida insof va vafo qanday qadrlanadi? Haq taolo meni insofu adolat tuyg‘usi bilan siylagan, birovga bevafolik ham qilmadim. Agar bir odamda bu sifatlar jamlangan bo‘lsa, ma’rifatda uning martabasi qanday bo‘ladi?

HUDHUDNING UNGA JAVOBI

Hudhud dedi:
- Insof najot sultonidir, kimki insofli bo‘lsa, u behuda vaysaqi gaplardan qutuladi. Agar sen insof bilan ish qiladigan bo‘lsang, bu bir umr namoz o‘qib, sajdaga bosh qo‘yib yurishdan ko‘ra yaxshiroqdir. Jahonda odamlarga beg‘araz insof bilan muomala qilish, zimdan byldirmay hojatlarni chiqarishdan ko‘ra ulug‘roq savob, yaxshiroq javonmardlik yo‘q. Kimki oshkoro ravishda insof ko‘rsatsa, bunday odamda riyo kam ko‘rinadi, yodingda tut. Haq yo‘liga kirgan futuvvat mardlari boshqalardan insof talab qilmaydilar, ammo o‘zlari insofda ustuvor bo‘ladilar, borlarini bag‘ishlaydilar.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:05:24
AHMAD HANBAL HIKOYATI

Ahmad Hanbal - o‘z davrining peshqadam imomi edi, uning sharhu fatvolari ta’rifu tavsifdan baland edi. Payg‘ambarning musaffo ilmini o‘rganish uchun dars olishdan forig‘ bo‘lgach, darhol Bishr Hofiyning qoshiga kelardi.
Ammo Ahmadni Bishr oldida ko‘rganlar uni qattiq malomat qilardilar, ya’nikim:
- Axir sen olam imomisan, sendan donoroq, olimroqodam yo‘q. Kim so‘z aytsa, eshitmay, o‘zingni chetga olasan, lekin shu boshi yalang, egnida janda darvesh oldiga kelasan. Buning ma’nosi nima?
Ahmad Hanbal dedi:
- Men hadis va fiqh ilmida tengsizman. Ilmda men undan ustunman, bilimim ko‘p, va lekin u Allohni mendan ko‘proq biladi. Ey o‘zining insofsizligidan bexabar odam, tariqat ahli, ulug‘ valiylar insofiga bir lahza boqqil.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:11:54
HINDISTON SHOHINING MAHMUD G’AZNAVIY QO’LIGA ASIR TUSHGANI

Hindlarning qari bir podsholari bor edi. Sulton Mahmud bilan jangda asir tushdi. Uni bandi qilib Mahmud oldiga keltirdilar. Sulton uni afv etdi va hindlar shohi musulmon dinini qabul qildi. Musulmonchilikda Allohni yaqindan taniy boshladi, ikki olamdan kechib, Alloh yodida ibodatlar qiladigan bo‘ldi. Bir xaymada xilvatda tanho o‘tirib, Alloh ishqida tunni kunga, kunni esa tunga ulab nola qilardi. Har doim o‘rtanib yig‘lardi, tuni kunduzdan, kunduzi tundan ham og‘ir kechardi. Uning zor-zor nola qilib yig‘lashlari Mahmud qulog‘iga yetdi.
Sulton uni huzuriga chaqirib dedi:
- Sen nega buncha yig‘i-sig‘i qilasan? Ko‘p oh-voh qilma, xohlasang mulkingni o‘n barobar qilib qaytarib beraman. Agar sen shohsen, senga ohu nola, yig‘lash yarashmaydi.
Hind shohi dedi:
- Ey sulton, men mulku mol, mamlakat va taxt uchun yig‘layotganim yo‘q. Mening yig‘imning sababi shuki, qiyomatkuni Zuljalol mendan:
- Ey badahtsu bevafo, menday xoliqingga jafo qilib, to Mahmud bir jahon lashkar tortib oldingga kelmaguncha, meni yod etmading. Bu vafou va’dani buzish emasmi? Shunday ekan, senga o‘xshaganlarga behisob lashkar bilan hujum qilish lozim, toki o‘zlaringni va o‘z Rablaringning haqini tanib olsalaring. Lashkar hujumiga duch kelmay, menday do‘stingni yodga olmading, endi ayt, seni do‘st deb ataymi yoki dushmanim deymi? Qachongacha mendan vafo ko‘rib, evaziga menga jafo qilasan? Vafodorlik sharti bunday emas. Agar Haq taolodan shunday xitob yetsa, nima deb javob beraman? Bu xijolat va sharmandalikka qanday chidayman? Ey sulton, bu qariyaning yig‘lashiga bois shudir.
Insof va vafodorlik so‘zini eshit, ezgulik devonidan mana shu tariqa darslar o‘qi! Agar vafodordirsan, yo‘lga chog‘lan, bo‘lmasa bir joyda o‘tirib, bu ishdan qo‘l tortgin. Vafo ma’nosidan tashqarida bo‘lgan jami narsalar javonmardlik bobida ravo emas.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:12:14
HAQ TAOLONING BEVAFO G’OZIYGA QAHRU ITOBI

Bir g‘oziy (islom askari) bir butparast kofir bilan jang qilayotgan edi. Jang namoz vaqtiga to‘g‘ri kelganidan g‘oziy kofirdan namozni o‘qib olishga muhlat so‘radi. Kofir rozi bo‘ldi va g‘oziy joynamoz to‘shab, namozini ado etdi. Keyin o‘rnidan turib yana jangga kirishdi.
Shu payt kofirning ham toat vaqgi bo‘lib qolgandi, u ham musulmondan muhlat so‘rab, bir tozaroq joy topmay, butning oldida sajda qila boshladi. G’oziy dushmanining boshi yerda ekanligini ko‘rib, paytdan foydalanib, qilich bilan uni chopmoqchi bo‘ddi.
Shu lahzada osmondan ovoz keldiki:
- Ey ahdu paymonni buzuvchi badkirdor, ahdga vafoying shumi? Sen namoz o‘qiyotgan mahalda u tiyg‘ urib boshingni kesmadi-ku? Agar u muhlat so‘rab ibodat qilayotganda sen qilich tortsang, bu nomardlik va johillik bo‘ladi. Sen ahdi vafo qilasanu, ammo unga rioya qilmaysan. U senga bundan oldin yaxshilik qildi, sen esa yomonlikka chog‘landing, bundan boshqa nomard-lik qilma, zero javonmardlikning birinchi sharti ahdga vafo qilmoqdir. U yaxshilik qilsa, sen yomonlik qilasan, holbuki bu insoniylik nishonasi emas.
O’zingga nimani ravo ko‘rsang, boshqalarga ham shuni tila. Sen kofirdan vafo va omonlik ko‘rding, agar sen mo‘min bo‘lsang, vafodorlik qil. Ey musulmon, sen hali musallam (itoatkor) emassan, vafodorlikda kofirdan kamsan. G’oziy ushbu so‘zlardan titrab, o‘rnidan turib ketdi va uyatdan terga botdi. Qilichi qo‘lidan tushib, ko‘ziga yosh oldi. G’ayridin uni bu ahvolda ko‘rib, nega yig‘lamoqdasan, deb so‘radi. G’oziy dedi:
- Meni chaqirib, so‘roqqa tutdilar. Sen tufayli bevafo deb ta’na qildilar, men bundan hayronu lolman.
G’ayridin ham bu so‘zni eshitgach, bo‘zlab yig‘ladi. Dedi:
- O’z do‘stiga ojiz bu dushmani uchun tanbeh beradigan Jabbori karim vafodorlik bobida shuncha qahru itob qilar ekan, men bevafo nima qilaman, mening gunohim, bevafoligim behisob-ku. Menga kalimani o‘rgat, toki islom diniga kirayin, shirkni kuydirib, shariat ahkomlarini bajarayin. Ming afsuski, ko‘nglimga band solib, shunday rahmli Allohdan bexabar bo‘lib keldim.
Ey beadab, o‘z matlubing bilan talabda shuncha bevafolik qilgan ekansan, ammo endi falak tomigacha yetadigan sabrni tanla, toki hamma aybingni Alloh taolo yuzingga qarab bir-bir bayon etsin.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:12:36
YUSUF ALAYHISSALOM BIRODARLARINING QAHATCHILIK YILIDA MISRGA KELISHLARI

Yusufning o‘nta aka-ukalari qahatchilik yilida non topish maqsadida Misrga keldilar va Azizi Misr o‘rnida vazirlik lavozimini egallagan Yusuf ularni qabul qildi. Aka-ukalar Yusufni tanimadilar, chunki u parda orqasida o‘tirardi. Ular qahatchilik yilida boshlaridan kechayotgan og‘ir ahvoldan nolib gapirib berdilar va undan yordam berishni so‘rardilar. Yusuf oldida bir mis lagan bor edi, u qo‘lini laganga urgan edi, lagan ovoz chiqardi, go‘yo u ham nola qilardi. Yusuf og‘alariga qarab dedi:
- Bu ovozning ma’nosini bildilaringmi?
O’nta og‘a-ini bir-birlariga qarab, ojiz bo‘lib qoldilar, so‘ngra dedilar:
- Ey haqshunos aziz, kim ham lagan ovozining ma’nosini anglabdi?
Yusuf dedi:
- Men bilaman bu ovoz nima deyatganini. Lagan deydiki, sizlarning husnu jamolda yagona bir ukangiz bor edi, uning nomi Yusuf edi, bir otadan dunyoga kelgan edilaring. Yusuf oralaringda yaxshi xulqi bilan ajralib turardi.
Yusuf shunday deb ikkinchi marta laganni chertdi va dedi:
- Endi demoqdaki, hammangiz Yusufni quduqqa tashladilaring, keyin gunohsiz bo‘rini guvohlikka olib keldilaring.
Keyin u laganni uchinchi marta chertdi, ovoz chiqargach, dedi:
- Laganning bu ovozi deydiki, otangizni ayriliq alamida kuydirdilaring. Oy yuzli Yusufni Misr savdogariga arzimas pulga sotdilaring. Bu ishni kofirlar ham o‘z birodariga nisbatan qilmaydi. Ey qarshimda turganlar, Allohdan uyalmadinglarmi?
Og‘alar bu so‘zlardan gangib qoldilar, uyatdan terga botdilar. Ular Yusufni sotganda aslida butun jahonlarini sotgan edilar. Yusufni quduqqa tashlaganda esa hammalari balo qudug‘iga tushgan edilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:12:45
Kimki bu qissadan xulosa chiqarmasa, qalb ko‘zi ko‘r, o‘zi esa johilu nodondir. Sen shu qissaga mahliyo bo‘lib, menga aloqasi yo‘qdeb angrayib qolma. Chunki, ey bexabar, bu qissa sening ham qissangdir. Nimaiki sen bevafolik yuzidan qilgan bo‘lsang, oshnolik shartiga rioya qilmagan bo‘lsang, bu Allohga ayondir. Agar birov bir umr laganni chertsa, sening noshoista ishlaring ma’lum bo‘lib boraveradi.
Harakat qilib, uyqudan uyg‘ongil, o‘z botiningga nazar sol. Shuni esda tut va tayyor turginki, tongla qiyomat kuni sening o‘zgalarga yetkazgan barcha jafolaring, xatolaring, kofirliklaringni ko‘z oldingga keltirib ko‘rsaturlar, bir-bir sanab berurlar. O’shanda tos - lagan shunchalik baland chalinadiki, uning ovozidan aqlu hushingni yo‘qotajaksan.
Bu to‘ntarilgan tosga o‘xshash osmon ostida qachongacha aylanasan, undan kech, chunki u qon to‘ldirilgan tog‘oraga o‘xshashdir. Tog‘ora tos ichida giriftorsan hanuz, o‘zing ham cho‘loq chumoliga o‘xshaysan. Agar tog‘ora ichida qolib ketsang, har damda boshqa bir ovoz senga eshitiladi. Ey Haqshunos odam, qanot chiqarib, vodiylarni uchib o‘t, bo‘lmasa tog‘ora ovozidan rasvo bo‘lasan.

 
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:13:15
O’TTIZ IKKINCHI MAQOLA

BOSHQA QUSHNING SAVOLI

Boshqa bir qush Hudhuddan so‘radi:
- Ey, rahbaru peshvo, Uning huzurida gustoxlik — beadablik ravomi? Agar birov beadablik qilib qo‘ysa, keyin uni azim qo‘rquv chulg‘ab oladi. U yerda gustoxlik qilish mumkinmi, ayt, ma’no duri sochib tushuntirib ber buni.

HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud dedi:
- Kimki ahliyat, ya’ni valiylik toifasidan bo‘lsa, Ul zot asrorining mahrami bo‘ladi. Agar u gustoxlik qilsa, bu ravodir. Chunki bunday orifi asror Podshohning sirini saklab yuruvchidir. Ammo, ajabki, sirni saqlovchi sofdil kishi gustoxlik qiladimi? Yo‘q, albatta. Adab chap tomondan bo‘lsa, hurmat o‘ng tomondandir. Bir nafas gustoxlik bunda ravo bo‘lishi mumkin. Tuya boquvchi kishi sahrolarda yuradi, u axir shohga sirdosh bo‘lolmaydi-ku. Agar tuyakash roz ahliday gustoxlik qilaman desa, imondan ham, jondan ham ajraladi. Lashkardagi odam podsho oldida gustoxlik qilishga jur’at etadimi?
Agar ajamlik o‘ynoqi ko‘rina boshlasa, uning gustoxligi shodligidandir. U ishq g‘alabasi avjida devona kabidir, hatto ishq zo‘ridan suv ustida cho‘kmay yuraveradi. Ishq savdosida o‘rtangan kishi havoda uchayotganday, qo‘llari qanot, oyoqlari taxti ravonday bexudu beparvodir, u hamma narsani Haq deb o‘ylaydi va hatto suvni ham, o‘zini ham, Rabbini ham unutadi. Uning gustoxligi muhabbatining haddan zo‘rayishi natijasidir. Uning gustoxligi naqadar yoqimli va yaxshi, chunki u bamisoli olov devonadir, - bir dasta olovdir, olov! Olov yo‘lida biron narsa butun, salomat qoladimi? Majnun kishini malomat qilish mumkinmi? Agar senda mana shunaqa devonalik yuz bersa, nimaniki desang, eshitmoq joiz.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:13:49
BIR DEVONANING XUROSONDA AMID QULLARINI KO’RGANI HIKOYASI

Xurosonda davlatu boylik ziyoda bo‘la boshladi, chunki bu yerda bir amid (qavm sardori) paydo bo‘ldi. Yuzlari oyday chiroyli yuzta turk quli bor edi, hammasi ham sarvqomat, qimmatbaho kiyimlar kiygan, oltin-kumush, duru gavhar, taqinchoqlar taqqan, zarrin halqalari tunni yoritadigan, belbog‘lari ham javohirli, mingan otlari ham bezakli edi. Shu mahal bir janda kiygan, oyoqyalang, och devona uzokdan qullarni ko‘rib, yonidagilardan bu hurlar to‘dasi kim, deb so‘radi. Shahar kattasi javob berib dedi: «Bular bizning shahrimizning buzurgvor sardoriga qarashli qullardir». Devona buni eshitib, boshidan hushi uchdi, dimog‘idan tutun chiqqanday bo‘ldi. Keyin osmonga qarab dedi: «Ey buyuk Arshning egasi! Sen bandani siylashni amiddan o‘rgan!»*
Sen agar shu devonaday gustoxlik qilish payida bo‘lsang, o‘ylab ko‘r. Avval shu ulug‘ daraxtga yarashiq novda va yaproq bo‘lishga intil. Agar bunday baland daraxt shoxining yaprog‘i bo‘lmasang, gustoxlik qilib kulgiga qolma. Devonalarning gustoxligi yaxshi, agarda ular sham’ atrofida aylanib yonishga chog‘langan oshiqlarday bo‘lsalar. Bundaylar tariqat yo‘li nima ekanini ham bilmaydilar va ko‘rolmaydilar, yomon nima, yaxshi nima, farqiga bormaydilar. Ular faqat Ulug‘ Podshoh yodida o‘rtanib yashaydilar, xolos.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:14:11
YALANG’OCH DEVONA HIKOYATI

Bir yalang‘och devona qish faslida yo‘lda ketardi, yomg‘ir qor aralash yog‘a boshladi. Yalang‘och, badani jiqqa ho‘l, sovuqdan titrardi. Boradigan joyi yo‘qedi, yura-yura bir vayronaga yetib oldi. Vayronaga kirib, pana bir joyda o‘tirgan edi, tomdan boshiga bir g‘isht kelib tushdi. Boshi yorilib qon oqa boshladi. Shunda u osmonga qarab dedi:
- Qachongacha podsholik nog‘orasini chalasan, bundan yaxshiroq g‘ishting yo‘qmidi mening boshimga uradigan?
Kimki jonini ko‘ngliga xush yoqadigan mahram deb topsa, daraxt kabi bu yo‘lda yashnab ko‘karadi. Yo Uning dargohida kamol topadi, yoki bu yo‘lda ko‘ngil devonasiga aylanadi. Har kimki Ul dilnavoz Yorning devonasi bo‘lsa, ko‘ngli nimani xohlasa, noz bilan Unga izhor etadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:14:32
BIR KISHINING QO’SHNI ESHAGINI SO’RAB OLGANI HIKOYATI

Korizda ishlovchi bir kambag‘al odam bor edi. U bug‘doyini tegirmonga olib borib, un qilib kelish uchun qo‘shnisining eshagini so‘rab oldi. Tegirmonga borgandan keyin yukni tushirib, eshakni tashqarida qoldirdi, o‘zi esa kech bo‘lgach uxlab qoldi.
Shu payt bo‘ri kelib eshakni yeb ketdi. Eshak egasi kambag‘aldan undan tovon to‘lashni talab qildi. Biroq eshakni omonatga olgan odam: eshagingni bo‘ri yedi, bo‘ridan tovon talab qil deb turib oldi.
Ikkalasi janjallashib yugurib mirob — korizlar bosh-lig‘i oldiga keldilar va voqeani aytib, tovonni kim to‘lashi lozimligini so‘radilar. Mirob dedi:
- Kimki bu och bo‘rini sahroga qo‘yib yuborgan ekan, albatta tovonni o‘sha to‘lashi kerak. Ikkovlaring ham tovonni O’shandan talab qilinglar. Axir u yaratadi va nobud qiladi, yuz minglab qo‘y va eshaklar-ning bo‘riga yem bo‘lishini u amr etadi. Bo‘rini yaratgan Uning o‘zi ekan, bu nogahon balolardan ham U qutqaradi. E Rab, U ajoyib tovonlar to‘laydi, ammo U qilgan ishga bandalar tovon to‘lamaydi.
Misr ayollarini ko‘rdingmi, ne holatga tushdilar, chunki ular Yusufning jamolini ko‘rgan edilar. Agar bir devona podsho davlatxonasidan baxt topsa, holati o‘zgarsa, hech ajablanma. Shu holatda devona o‘zligini yo‘qotadi, orqa-oldi, pastu baland, boru yo‘qning farqiga borolmaydi, hatto ko‘z solib qarashga ham holi yetmaydi. Bu holatda devona faqat Undan so‘zlaydi, Unga so‘zlaydi, xolos. Nimaiki xohlasa, Undan xohlaydi, U bilan istagi bitadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:14:54
MISRDAGI QAHATCHILIK YILIDA BIR DEVONANING GUSTOXLIGI HIKOYATI

Misr mamlakatida birdan qahatchilik boshlandi. Qahatchilik shu darajada qattiq ediki, odamlar «non-non» deb jon berardilar. Yo‘llarda odamlar o‘lib yotardi, bir qism kishilar o‘liklar go‘shtini yeb jon saqlardilar. Bir devona bu ahvolni ko‘rib, dedi:
- Ey dunyou dinning Egasi, rizqing yetishmas ekan, kamroq yaratsang bo‘lmaydimi?
Dilini Ilohga bergan bedillar ishq ichra xudu bexud, shavq olovida hamisha kuyib yuradilar, ular o‘z vujudlaridan ham bezorlar.
Devonalardan sodir bo‘ladigan gustoxlikni karam va saxovat devoni afv etadi. Uning so‘zi ma’qul bo‘lmasa ham kechiradilar, uni yaxshilikka yo‘yadilar. Har dam unga yaxshi muomala etadilar, agar fikri yaxshi bo‘lsa, mukofotlaydilar. Alloh oshiklari nuqsondan pokdirlar, xuddi daraxtlarday ilohiy shamolda raqs tushib turadilar. Xuddi daraxt kabi oyoqchari loy (er) dadir. Shu zaylda Unga yaqinlik kamolotiga erishadilar. Kimki bu dargohning beadabi — gustoxi bo‘lsa, uzr so‘rasa, yana ogohu orif bo‘ladi. Bu dargohda rost emas, mabodo egri so‘zlasa ham, lekin uning uzrini shirinlik - sidqidillik tilab turadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:15:20
YOSH BOLALAR TOSH BILAN URADIGAN DEVONA HIKOYATI

Bir yurak-bag‘ri ezilgan devona bor edi. Chunki ko‘chada yursa, yosh bolalar orqasidan tosh otib urardilar. Oxir bir hammomning gulxanxonasiga borib, bir burchakda daricha ostida o‘tirdi. Birdan havoni bulut qoplab, do‘l yog‘di va do‘l darchadan kirib devona boshiga urildi. Xona qorong‘i edi, daricha borligi ham sezilmasdi. Shu sabab devona do‘lni bolalar otayotgan tosh deb o‘yladi. Zero, u jala bilan toshni farqlay olmasdi. U nega meni shu yerda ham tinch qo‘ymadilar, deb nomaqbul so‘zlar bilan so‘ka boshladi.
Birdan shamol eshikni ochib yubordi va qorong‘i gulxanxona yorishib ketdi. Shunda devona boshiga tosh emas, do‘l kelib urilganini bildi va o‘zining so‘kishlaridan uyaldi. Dedi:
- Yo rab, bu gulxanxonam qorong‘i edi, xato qildim, kechir. Agar biror devona shunaqa vaysasa, sen itob etib jazolama. Bu yerda yotgan kishi ishqingda hushsiz, mastdir, kimsasiz, beqaroru bedil bir devonadir. Umri noxushlikda o‘tadi, har damda boshida ming g‘am. Sen uning ta’nasini afv et, devona oshig‘ingni jazolama. Agar qorong‘i kulbaaarga nazar tashlasang, barcha tavba qilganlarni ko‘rasan.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 20 Mart 2010, 16:16:19
VOSITIY VA UNING JUHUDLAR GO’RINI KO’RGANI HIKOYATI

Vositiy yo‘lda ketayotib, juhudlar qabristonidan o‘tar ekan, dilida har xil fikrlar paydo bo‘lar, der edi:
- Bu juhudlar uzrlidirlar, ya’ni ularni kofir deb bo‘lmaydi, ammo buni birovga aytib bo‘lmaydi.
Bu fikrni bir kuni ovoz chiqarib aytgan edi, bir qozi eshitib qoldi. Qozi g‘azablanib, uni qozixonaga chaqirdi. Vositiyning so‘zi qozi fahmiga loyiq emas edi, shu bois bu so‘zni mutlaq inkor etdi, Vositiyni tushunmadi va fikrini qabul qilmadi. Oxiri Vositiy qoziga dedi:
- Ey qozi, bu vayronkor qavm sening hukming bo‘yicha uzrli bo‘lmasalar-da, ammo g‘aybni bilguvchi Allohvand hukmi bo‘yicha bu zamon ma’zur - kechirilgandirlar.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:19:03
O’TTIZ UCHINCHI MAQOLA

BOSHQA BIR QUSH SAVOLI

Boshqa qush aytdi:
- Men toki tirik ekanman, Uning ishqiga loyiq va yarashiqman. Hamma narsadan voz kechib xoli bo‘lganman, shu bois doimo Haq ishqining lofini uraman. Jahon xalqlarining barini ko‘rganman, hech kimga bog‘liqlik joyim yo‘q, chunki ulardan aloqani uzganman. Mening ishim Uning ishqida yonish, xolos. Bunday ishq savdosi har kimning nasibi bo‘lmaydi. Yor ishqida shunday bandamanki, go‘yo jonim hech narsaga yaramaydiganday bo‘lib qoldi. Men uchun jondan kechish, Jonon yuzi yodida jomi may ichish vaqti keldi. Uning jamoli bilan jon ko‘zini ravshan qilib, visoliga yetib, qo‘limni bo‘yniga qo‘ymoqchiman.

HUDHUDNING UNGA JAVOBI

Hudhud dedi:
- Bunday da’vo va lof bilan Qof tog‘ida Simurg‘ yonida o‘tirish mumkin emas. Har damda Uning oshig‘iman deb lof urma, zero U hech bir kishining qopiga sig‘maydi. Agar Uning davlatidan bir yengil shamol — nasim sen tomon essa, sen shunga ming shukr qilib, yo‘lida harir parda to‘sha. Shunda U seni xursand bo‘lib, o‘z yo‘liga tortadi va seni o‘z xilvatgohida yolg‘iz o‘tqazib qo‘yadi. Sening hozirgi sevging ozor berishdir, holbuki Uning ishqi — sevgisi seni barcha lofu da’volardan xalos etib, Majnun qilib qo‘yishi aniq.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:23:20
MURIDNING BOYAZIDNI TUSHIDA KO’RISHI

Sultonul orifin Boyazid Bistomiy dunyodan rixlat qilganda, muridlaridan biri uni tushida ko‘rdi. Murid undan so‘radi:
- Ey, shoista pir, Munkiru Nakir so‘rovlari-dan qanday o‘tding?
Boyazid dedi:
- Ular nomimni tilga olgandan keyin, men bechoradan Alloh hakida so‘radilar. Ularga dedimki, bu savolga javob berish qiyin, buning javobi na menga, na sizga aniq. Chunki agar Allohyim u desam bu so‘z men tomondan bir havas-orzu, xolos. Ammo agar siz bu yerdan Parvardigor huzuriga borib, Undan mening holimni so‘rab bilsangiz edich ya’ni U meni o‘z bandasi deb qabul qilarmikin, agar bandam desa, unda mening nomim ham, shonim ham mavjuddir. Lekin agar meni bandalari qatorida sanamasa, unda mening iqrorim befoyda, unda men o‘z bandimda halokman. Birov bilan og‘izda osongina bog‘lanish mumkin emas. Agar men Allohga yaqinman deb da’vo qilaversam, bundan nima foyda? Agar Uning bandidagi banda bo‘lmasam, uni Allohyim deb lof ura olamanmi? Uni Parvardigorim deb taslim bo‘lganman, ammo U meni bandam deb aytsagina tinchiyman.
Agar Uning sharafidan ishq nasib etilsa, sen shunga loyiqsan. Lekin sening oshiqliging shunga yarashami, layoqa-tingga munosibmi? Agar U sen bilan xushmuomalada bo‘lsa, sen shodlikdan yonib ketishing kerak. Ey ko‘zi ochilmagan odam, ish mana shundaydir, boshqacha emas, bexabar kishining bu sirdan xabardor bo‘lishi qiyin.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:23:58
OSHIQ DARVESH HIKOYATI

Bir darvesh bor edi. Ishq zo‘ridan zorlanib, o‘tga tushgan parvonaday beqaror edi. Ishqi taftidan jon qiynalsa jonining o‘rtanishidan tili so‘zga kelmasdi. Ishq olovi jonidan o‘tib dilini yondirar, mushkul ustiga mushkul boshiga yog‘ilar edi. Yo‘l o‘rtasida beqaror bo‘lib, ho‘ngrab yig‘lardi va bu so‘zlarni aytardi:
- Rashk otashida jonu dilim kuydi, yig‘lay desam, ko‘z yoshlarim ham qaynoqdir.
Bir nido keldiki:
- Bu masalada lof urma, U bilan yolg‘ondan yaqinlashib yopishib olgansan.
Darvesh dedi:
- Men qachon Unga yopishib oldim, U menga yopishib olgan, agar bilsang. Men bechora bir notavon kimmanki, Uni sevsam, menda bu jur’at qayda? Men hech narsa qilganim yo‘q, nimaiki qilgan bo‘lsa Uning O’zi qildi. Ko‘nglim qonga to‘lgach, faqat Uning yodida tepadigan bo‘ldi.
Hotifdan ovoz keldi:
- U senga nazar solib, senga yuk yukladi, sen buni ovoza qilma, kibru havoga berilma. Sen toki bu ulug‘ quduq ichrasen, bir dam agar bu haqda ovoz chiqarsang, ey g‘ulom, U sen bilan ishqbozlik qilmaydi. U ishqni O’z sun’i-asroru hikmati bilan o‘ynaydi. Sen yo‘qsan va hech ishda ham emassan, bu ishni Uning O’ziga qo‘y, chunki sun’i Sone’ bilan qorishib mahv bo‘ladi. Agar sen o‘zingni o‘rtaga solsang, ham imoning va ham joningdan ajralasan.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:24:20
SULTON MAHMUDNING GULXANIY RINDGA MEHMON BO’LISHI

Bir kecha sulton Mahmud yolg‘iz o‘zi shahar aylanishga chiqdi, bir hammom oldidan o‘tayotganida gulxanda isinib o‘tirgan rindni qo‘rdi. Sulton rindning oldiga bordi. Xursandlik bilan rind uni kulto‘da ustiga o‘tqazdi va gulxanga o‘tin tashlay boshladi. So‘ngra sulton oddiga qotgan nonlarni qo‘yib mehmon qildi, sulton ham darhol qo‘l uzatib, nondan yeya boshladi. Sulton ichida:
- Agar bu gulxaniy rind ahvolidan nolib, mendan uzr so‘ramoqchi bo‘lsa, uning boshini uzib tashlayman, - degan fikrni o‘gkazdi. Lekin bunday bo‘lmadi. Podshoho‘rnidan turib ketishga chog‘lanayotganda, rindi gulxaniy dedi:
- Joyimni ko‘rding, yotar-turarim, «ayvonu qasrim»dan xabardor bo‘lding. Men uchun sen chaqirilmagan mehmon bo‘lding, meni xursand qilding. Agar qo‘ngling tilasa, marhamat qilib yana kelaver. Agar biz bo‘lmasak ham xushvaqt bo‘l, gulxaniyning ishi esa tarasha bilan gulxanni yoqib turish, xolos. Sen uchun men kam ham, ko‘p ham emasman, balki arzimas tarashadirman. Senga barobar bo‘lishga menga yo‘l bo‘lsin.
Sulton Mahmud rindning gaplaridan xursand bo‘lib, yana yetti marta unga mehmon bo‘ldi. Oxirgi marta kelganida sulton rindi gulxaniyga dedi:
- Shuncha senga mehmon bo‘ldim, noningni yedim, axir sen ham menday podshodan biror narsa tila.
Gulxaniy dedi:
- Agar bu gado hojatini bayon etsa, shoh uni ado etadimi?
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:24:33
Sulton dedi:
- Hojatingni menga ayt, xohlasang podshohlik beray, shohlik kil, bu gulxanxonani tark et.
Rind dedi:
- Hojatim shuki, shohi jahon ahyon-ahyon mana shunday mehmonim bo‘lib tursa, men uchun sening yuzingni ko‘rib turish podsholikdan afzal, oyog‘ingning tuprog‘i boshimdagi tojimdir, bilsang. Sening qo‘ling ostida shohlar, beklar ko‘p, ammo birortasi gulxanda isinib kun ko‘rish sharafiga muyassar bo‘lganmi? Sen bilan gulxanxonada o‘tirib suhbatlashish bog‘u gulshani bor saroyda podsholik qilishdan yaxshiroq. Menga davlat shu gulxan tufayli yetishdi, agar bu yerdan ko‘chib ketsam, kufroni ne’mat qilgan kofir bo‘laman. Bu yerda men sen bilan visol ayshidaman, buni ikki olam mulkiga alishtirmayman. Bu gulxanim sen bilan ravshan ekan, sendan yaxshiroqyana nimani sendan tilayin? Agar nimanidir Sendan afzal deb, Seni unga almashtirgan jonga o‘lim tilayman! Menga shohlik ham, xusravlik ham kerak emas, Sendan tilaganim Sening o‘zingsan, xolos. Shohim Sensan, shu bas, menga shohlik berma, goh-goh mening mehmonim bo‘lsang, ming roziman.
Alloh ishqi sen uchun yetarli, boshqa talab-tashvish, ish-yumishning keragi yo‘q, u - seniki, demak, Yorning g‘ami -ulug‘ davlat. Agar ko‘nglingda ishq bo‘lsa, vaslini undan tila, Uning etagini mahkam ushlagin. Ishq ham yangilanib, kuchayib borishga muhtoj, chunonchi xazina ham oz-oz yangi javohirlar bilan to‘ldirilib turishi kerak. Kishi ko‘ngli o‘ziga o‘xshashdan soviydi ba’zan, qara, dengiz bepoyon bo‘lsa-da, qatralardan tashkil topgan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:24:54
BIR SAQQO (SUVCHI)NING BOSHQA SAQQODAN SUV SO’RAGANI HAQIDA HIKOYA

Bir saqqo qo‘lida suv to‘ltsirilgan idish bo‘la turib, oldida yurib ketayotgan boshqa saqqodan suv so‘radi. Haligi odam dedi:
- Ey bexabar, suving bo‘la turib, nega boshqa kishidan suv so‘raysan?
Dedi:
- Ey nodon, bir qultum suvingdan ber, chunki o‘z suvim qo‘nglimga urdi.
Darhaqiqat, Odam Atoning ko‘ngli avvalgi ko‘hna narsalar bilan to‘q edi, biroq yangilik bo‘lgani uchun bug‘doyga dadil qo‘l urdi. Eskilarning hammasini bir dona bug‘doyga sotdi (almashtirdi), bor-budini bug‘doyga sarfladi. Jannatdan badarg‘a qilindi, ammo qalbida ulug‘ bir dard qoddi, shunda ishq kelib qalbi eshigini qoqdi. Ishq shulasida arzimas, ojiz bo‘ldi, eski ham, yangi ham yo‘qoldi. O’zi ham o‘zini mahv etdi. Hech narsasi qolmagach, hech, ya’ni yo‘qlik bilan tanho qoldi, qo‘lida nima bor bo‘lsa, yo‘qlik yo‘liga sarflagan edi. Mana shu odamning o‘ziga o‘zi yoqmagani, o‘zi o‘z ko‘ngliga urganidir. Buning oqibati o‘limdir va bu ish bizning ishimiz emas, har qanday kishi ham bunga jur’at etmaydi.

 
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:25:46
O’TTIZ TO’RSHNCHI MAQOLA

BOSHQA BIR QUSHNING SAVOLI

Boshqa bir qush Hudhuddan so‘radi:
- Men o‘zimni kamolga yetgan kishi deb hisoblayman. Ham ilm o‘rganib kamol hosil qiddim, ham og‘ir riyozatlarni bajardim. Shunday ekan, murodim shu yerda hosil bo‘lg‘uvsi, bu joyimdan ajralib, safarga chiqishim shart emas. Oldida tayyor xazina bo‘la turib, uni izlab tog‘u sahrolarni kezishga chog‘langan odamni ko‘rganmisan?

HUDHUDNING UNGA JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey tabiatan iblis xislatli, kibru g‘ururga berilgan odam, manmanlik tufayli o‘zingni yo‘qotibsan, shu bois ham maqsaddan uzoqsan. Sen o‘z xayollaring bilan mag‘rur bo‘lganing uchun ma’rifat talabi nima ekanini bilmaysan. Joning hali nafsing changalida, miyangda devlar va darrandalar g‘ujg‘on o‘ynaydi, xom tasavvurlar va xom xayollarga giriftorsan.
Bugina emas, o‘zing ham yaxlit xomxayolsan. Senga yo‘lda ko‘ringan nur nur emas, balki nor (olov)dir, ishqing, zavqu shavqing ham xayoldan tug‘ilgan, aytgan gaplaring esa taxminu gumon yoki safsatadir.
Yo‘ldagi bu yorug‘likka aldanma. Sening nafsing hali sen bilan birga, shuning uchun ogoh bo‘lgin: odam bunday tig ko‘tarib turgan dushman (nafs) bilan birga yurib omon qoladimi? Agar sening tasavvuringda nafsdan bir yorug‘lik paydo bo‘lsa, u sen uchun xuddi chayon chaqqan joyga karafs qo‘yganday bo‘ladi!1 Sen bu najas nurga aldanib yurma, modomiki quyosh emas ekansan, o‘zingni zarra deb bil! Yo‘lning qorong‘iligidan qo‘rquvga tushib, noumid bo‘lma, ammo yo‘ldagi nurni Quyosh deb ham bilma.
Ey aziz, toki o‘z xayollaring bilan band ekansan, qabul va rad etishlar, e’zozu kamsitishlar hech narsaga arzimaydi. Vujud (mavjudlik) xayollaridan tashqari chiqsang, mavjudlik doi-rasi chizig‘i sendan uzoqlashadi. Agar senda vujuding -borlig‘ing tasavvuri saqlanib tursa, shu bilan o‘ralashib turaversang, Yo‘kdik - Ilohiyot olami uchun yaroqdi hech narsaga ega bo‘lmay yuraverasan. Bu yo‘lda agar senda borliq (dunyo) bo‘lsa, demak sen hali g‘o‘rsan, butparastsan, kofirsan. Agar ana shu borlig‘ingga bir nafas berilsang, orqa-oldingdan o‘q yomg‘iri yog‘ilajak, toki bor (tirik) ekansan, jon azobiga mahkumsan. Ya’ni joning iztirobu qiynoqda ekanligiga, orqangdan yuz xil ta’na-malomatlar kelishiga sabr qil, chida. Agar sen o‘zing ilohiy borliq sari keladigan bo‘lsang, turmush ming xil malomatni orqangdan oshkor etadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:26:45
SHAYX ABUBAKR NISHOPURIY HIKOYATI

Shayx Abubakr Nishopuriy xonaqodan chiqib, muridlari bilan yo‘lda ketmoqqa edi. Shayx eshak mingan bo‘lib, suhbatdoshlari piyoda kelardi. Shu payt eshak orqasidan yel chiqardi. Bu yeldan shayxning holati o‘zgardi, bir na’ra tortib, to‘nini yirtib tashladi. Muridlari ham, atrofda kuzatib turgan odamlar ham buning ma’nosini tushunmadilar. Sal o‘tib, muridlar bu holning sababini undan so‘radilar.
Shayx dedi:
- Orqa-oldimda suhbatdoshlarim, muridlarim yo‘lni to‘ldirib kelayotganini ko‘rib, ko‘nglim ko‘tarildi. Shunda ichimda: alhaq, shayxlik martabasida Boyazid Bistomiydan kam emasman, bugun ajoyib bir orasta tartibda jonini fido etuvchi muridlar yonimda o‘rab olishgan bo‘lsa, shubhasiz bunday ulug‘vorlik va shavkatu savlat bilan mahshar kuni boshimni baland ko‘tarib yurajakman. Mana shu fikr ko‘nglimdan o‘tgan damda eshak orqasidan yel chiqardi. Ya’ni: kimki bu borada lof urar ekan, eshak unga ana shunday javob beradi. Shu sababdan birdan hushyor tortib, jonimga o‘t tutashdi, ahvolim o‘zgarib shunday holatga tushdim.
Toki sen kibru g‘urur ichrasen, haqiqatdan behad uzoqqasan. O’zboshimchalik, manmanlikni yakson et, g‘ururni kuydir, nafsing huzuridagi bor narsalarni kuydir. Ey har bir rangdan o‘zgarib turadigan, har tola sochingda o‘zga bir fir’avn yashiringan kishi, agar sendan bir zarra saqlanib qolsa ham, nifoqu nizo uchun sen yuz nishona qolgan deb hisobla. Sen agar manmanlik kasalidan xalos bo‘lsang, ikki olamni ham o‘z dushmaning hisoblashing mumkin. Agar sen bir kun «men»ni foniy etolsang, agar hammayoq qopqora tun bo‘lsa ham, sen ravshan erursan. «Man» dema, manmanlikdan yuz balo qo‘zg‘alur, manmanlik oxir-oqibat iblislikka mubtalo qilur.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:36:43
MUSONING IBLISDAN RAMZ (YASHIRIN MA’NO) SO’RAGANI HIKOYATI

Haq taolo Musoga dedi:
- Ey Muso, Iblisdan yana bir ramz so‘ra.
Muso Iblisni yo‘lda uchratganda, undan ramz so‘radi. Iblis dedi:
- Mana bu bir so‘zni doim yodingda tut: menga o‘xshab mardud bo‘lmaslik uchun hech qachon «men» dema. Agar Muso nomi bilan kerilib yashasang, qasamki, sen Allohga banda bo‘lolmaysan. Bu yo‘l oxirigacha bebaxtlik va nomurod-likdan iborat, kishining yaxshi nomi badnomlikdadir. Bu yo‘lda o‘zini baxtiyor hisoblovchi kishidan bir damda yuz xil manmanlik bosh chiqaradi.

POKDIN KISHINING BOSHLOVCHI UCHUN QORONG’ILIK AFZAL DEGAN SO’ZI

Bir poqdin odam aytdi:
«Boshlovchi kishi uchun qorong‘i-likda eshik bor, bu yorug‘likdan ko‘ra yaxshiroq. Qorong‘ilikda u saxovat dengiziga butkul cho‘madi va demak, vujudidan birer qismi dengizdan tashqarida qolmaydi. Zero, shu dengizdan uning bir qismi tashqarida qolib, zohir bo‘lsa, shunga mag‘rurlanib, kufrga beriladi. Neki hasad va g‘azabdan senda bo‘lsa, buni piri komillar ko‘zi ko‘radi, sening o‘z ko‘zing buni ko‘rolmaydi. Senda ajdar, ilonlar bilan to‘liq gulxan bor, sen g‘aflatda qolib, ularni qo‘yib yuborgansan. Kecha-kunduz ularni parvarish etasan, ularning to‘ymas ishtahasi domidadirsan, fitnalariga giriftorsan. Agar sen botiningdagi palidliklarni ko‘rolganingda, bunaqa g‘ofil o‘tirmas eding».
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:37:06
BIR KISHINING ITDAN HAZAR QILMAGANI HIKOYATI

Bir shayxning oldida bir iflos it yurardi. Shayx undan hazar qilmas, it kiyimlarini hidlar, qo‘lini yalar, yonida o‘tirardi. Bir kishi savol berib dedi: «Ey poklar poki ulug‘ shayx, nega sen bu itdan hazar kilmaysan?» Shayx dedi: «Bu itning zohiri palid, bu mening botinimga ta’sir qilolmaydi. Uning zohirida ayon narsalar bu gadoning botinida yashirindir. Mening ichim itning tashqarisi kabi bo‘lgach, qanday qilib undan qochayin, zero bunda ikkimiz barobarmiz?
Ichingdagi palidlik ozgina bo‘lsa ham, yuz najasni yuvsang-da, uni yo‘q qilib bo‘lmaydi, u seni palidlik sari yetaklayveradi. Bandadagi ozgina palidlik najas, xoh somon ustiga qo‘y uni, xoh toqqa yuklagil, baribir yo‘lga g‘ovdir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:38:00
O’Z SOQOLI BILAN MASHG’UL BO’LGAN OBID HIKOYATI

Muso zamonida bir obid bo‘lib, kecha-kunduz ibodat qilar ekan. Ammo ko‘nglida bir ilohiy zavqu shavq qo‘zg‘olmas, qalbida zarracha nur yo‘q edi. Uning chiroyli soqoli bo‘lib, har zamon soqolini tarab turar, shundan rohatlanardi. Bir kun u Musoni uzoqdan ko‘rib qoldi va uning oldiga borib dedi:
- Ey, Tur tog‘ida Haq bilan so‘zlashgan zot, men uchun ham Haqdan so‘rab bil: nega shuncha ibodat qilsam-da, ko‘nglimda zavqu hol yo‘q?
Alqissa, Muso Kalimulloh yana Tur tog‘iga bordi va obidning savolini yetkazdi. Haq dedi:
- U o‘z soqoli bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun Bizning vaslimizdan benasib bo‘lib qoldi.
Muso Tur tog‘idan qaytib kelib, obidga bu so‘zni aytdi. Obid soqolini yulib yig‘lay boshladi. Shunda Jabroil Muso huzuriga kelib, dedi:
- Obid hali ham soqol bilan mashg‘uldir. Soqolini bezaganda ham tashvish ichra edi, soqolini yulayotganda ham benasib qoldi.
Haq yodisiz bir nafas olmoq ham xatodir, egrilik ichida Undan uzoqlashsang ham, to‘g‘rilikda bo‘lsang ham U bilan bo‘lgin. Ey o‘z soqolidan tashqariga chiqolmagan, soqol bilan ovora bo‘lgan, dunyo tashvishlari daryosiga g‘arqsan, avval soqol g‘amidan qutulgin, so‘ngra ishing o‘ngidan keladi. Shunda sen soqoling bilan bu ishq daryosiga g‘arq bo‘lasan va soqolni-da unutasan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:38:20
DARYOGA CHO’KAYOTGAN SOQOLI KATTA ODAM HIKOYATI

Bir nodon odamning katta soqoli bor edi. Nima bo‘ldiyu, to‘satdan daryoga cho‘kib ketdi. Bir odam sohilda uning cho‘kayot-ganini ko‘rib, qichqirdi:
- Ey, falon, boshingdagi xalta-to‘rvangni chiqarib tashla, yengil bo‘lib suzib chiqasan.
Dediki:
- Bu to‘rva-xalta emas, balki mening soqolimdir, meningtashvish-g‘amim shu soqolimdir.
Sohiddagi odam dedi:
- Bu soqolinggayu bu tashvishingga tasanno. Axir u seni xoru zorlikda o‘ldiradigan bo‘ldi.
Ey, echki kabi soqoliga mahliyo odam, uyalmaysanmi bu ishingdan. Soqolni katta qo‘yguncha, ilm o‘rgansang, Alloh yodida bo‘lsang bo‘lmasmidi? Toki senda nafs belgilari, shaytoniy tuyg‘ular mavjud ekan, demak, hali badaningda Fir’avnlik va Homonlik bor. Musoday Alloh muhabbatini qozon, dunyo yuziga jun tortib berkit, so‘ngra Fir’avnning soqolidan tutib mahv et. Bu Fir’avn soqolini mahkam tutib, mardlarcha uni yenggin! Oyog‘ingni to‘g‘ri qo‘yib, o‘z soqoling bahridan o‘t, qachongacha soqol g‘amidasan, Haq yo‘lini tanla! Soqol senga nuqul tashvish keltirsa ham, bir nafas uni parvarish etishdan tinmaysan. Din yo‘lida mardona yuradigan kishi soqoliga mehr qo‘ymaydi. O’zingni o‘z soqolingdan ozod et, soqolingni ulug‘ yo‘lning supurgisiga aylantir.
Dil qoni bilan riyozat chekkanlar dunyo daryosiga cho‘kmaydi, faqat dili Allohga bog‘langan, ishq olovida toblanganlar bu daryodan qutuladi. Kir yuvuvchi oftobni, dehqon suvni ko‘rmasligi mumkin, ammo dilu joni Haq yo‘lida bo‘lgan odam Uning huzuriga erishadi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:38:42
TO’NINI YUVSA OSMONNI QORA BULUG QOPLAYDIGAN SO’FIY HIKOYATI

Bir so‘fiy bor edi, qachon to‘nini yuvsa, olamni qora bulut qoplardi. Bunday holda to‘n yana qop-qora kir bo‘lardi, qancha yuvsa ham ketmasdi. So‘fiy ishqor olib kelish uchun baqqol oldiga ketdi, ishqor bilan kirni tozalab yuvmoqchi edi. Shunda qora bulut yana paydo bo‘lib, olamni zulmat bosdi. So‘fiy dedi:
- Ey qora bulut, yana nega paydo bo‘dding? Ket boshimdan, chunki men ishqor emas, balki meva sotib olmoqchiman. Men baqqoldan yashirincha meva-cheva olmoqchi edim, sen qaerdan bilding ishqor olishimni? Sening dastingdan necha marta ishqorni tuproqqa to‘kib tashladim, endi sendan batamom qo‘limni sovun bilan yuvib qo‘ltuqqa urdim, ket.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:39:03
O’TTIZ BESHINCHI MAQOLA

BOSHQA BIR QUSH SAVOLI

Boshqa bir qush aytdi: «Ey nomdor Hudhud, menga ayt: safarda nimadan xursand bo‘lay? Oshuftaligim kamaysin uchun biroz rushd' bo‘lsaydi koshki. Uzoq yo‘lda kishiga rushd kerak, bo‘lmasa yo‘l azobidan zada bo‘ladi, nafratlanadi. Menda G’aybning qabuli va rushdi yo‘q, ayblarim bilan odamlarni o‘zimdan bezdiraman.

HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud dedi:
- Toki bor ekansan, yo‘lda bo‘l, shodu xurram-likda yur, ko‘nglingni cho‘ktirma. Odamlar gapiga parvo qilma, o‘zingni erkin his qil. Shu bilan joning quvnaydi, g‘amga botgan joningni xushu xurramlikda tutib yur. Ikki olamda mardlar shodligi Undandir, bu charxifalakning aylanishi, tiriklik, hayotu harakat Undandir. Shunday ekan, Uning xursandligida yashab yur, falak kabi Uning shavqida harakatda bo‘l. Ey xoksor odam, ayt, Undan yaxshiroq seni shodlantiradigan yana nima bor?
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:39:54
TOG’DA YASHAYDIGAN DEVONA HIKOYATI

Tog‘da ajib bir devonai majnun bor edi, yovvoyi hayvonlar, yirtqichlar bilan birga yashardi. Goh-gohida unda shunday bir hol yuz berardiki, o‘zini butkul unutardi. Iigirma kun hol ichra bo‘lar, bu shunday hol ediki, uni sharhlash qiyin edi. Yigirma kun tong sahardan to shomgacha raqs qilib aytardi:
- Ikkalamiz yolg‘izmiz, boshqa hech kim yo‘q. Bunday anduhsiz, g‘amsiz shodlik kimda bor? Kimning dili U bilan birga bo‘lsa, o‘lmaydi, dilni Unga ber, Do‘stni do‘st sevadi. Uning shavqiga diling mubtalo bo‘lsa, senga o‘lim ravo emas.

O’LIM YAQINLASHGANDA YIG’LAYOTGAN OSHIQ HIKOYATI

Bir oshiqjon berayotgan paytda yig‘lardi. Undan buning sababini so‘radilar. Dedi:
- Shuning uchun yig‘layotirmanki, dilim U bilan birga bo‘lgach, qanday qilib o‘larman?
Yo‘ldoshi dediki:
- Diling u bilan birga ekan, agar o‘lsang, bu ajoyib o‘lim bo‘ladi.
Oshiq dedi:
- Kimnikim dili Alloh bilan birga bo‘lsa, agar u o‘lsa ham, biroq o‘lim unga ravo emas. Dil U bilan visol etsa, uning o‘lishi maholdir.
Agar ana shu sir bilan shod bo‘lsang, jahonga ham sig‘ishing dargumon. Har kimki Uning borligidan dili shod bo‘lsa, borlig‘idan mahv bo‘lib, ozod bo‘ladi. Abadiy shoddikni Do‘stdan olgin va gul kabi g‘uncha o‘rami ichida yashirinib ol.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:40:26
YETMISH YIL HOLDA TURGAN BIR AZIZ HIKOYATI

Bir aziz dedi:
- Mana yetmish yildirki, shodu xursandman va hol shavqidan masrurman, zero borlig‘imni egallagan Zuljalolu Zuljamol Allohvandim bor. Bu Buyuk Alloh bilan bog‘langanman.
Agar sen ayb izlash bilan mashg‘ul bo‘lsang, qanday qilib G’ayb go‘zalligi bilan quvnaysan? Ey ayb qidiruvchi! Sen aybni ko‘raversang, hech qachon ko‘zing G’aybni ko‘rmaydi. Avvalida sen xalqni ayblash, tahqiru g‘iybatlari-dan qutulgin, keyin esa Mutlaq G’ayb ishqi bilan xursand bo‘l. Boshqalar aybini qilni qirqqa bo‘lib qidirasan, ammo o‘z aybingga kelganda, ko‘zing ko‘rmaydigan, qulog‘ing eshitmaydigan bo‘lib qoladi. Agar o‘z aybingni topish bilan shug‘ullansang, aybli esang-da, maqbul bo‘lasan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:40:48
QOPGA SOLINGAN MAST HIKOYATI

Bir mast odam hushini yo‘qotib uxlab yotardi. Sharob, ya’ni achchiq suv uning ishini saranjomlagan, u ham sharob-ning dodini bergan edi. Ham tinitilgan sofidan, ham loyqasidan qo‘p iste’mol qilib, xarob ahvolda o‘zini bilmay yotardi. Bir hushyor odam bu holni yoqtirmay, uni qopga solib yelkasiga ko‘tarib yo‘lga tushdi. U bu behushni yashaydigan manziliga olib borib qo‘ymoqchi edi. Shu payt yo‘dda boshqa bir mast duch kelib qoldi. Bunisi yo‘lda uchragan odamga shilqimlik bilan tegajoqliq qilardi. Qop ichida turgan avvalgi mast ikkinchi mastning xarob ahvolini ko‘rib dedi:
- Ey falon, agar yana ikki piyola ichganingda, men kabi tog‘ma-tog‘ yurarding.
U o‘zganing aybini ko‘rardi, ammo o‘zinikini ko‘rolmasdi.
Bizning hammamizning ahvolimiz va ishlarimiz, bunday olganda, bundan ortiq emas. Agar ishqdan ozgina xabaring bo‘lsa edi, barcha ayblarni fazilat hisoblarding. Ayb qidirishing va aybnigina ko‘rishing - bu oshiq emasligingdandir. Darvoqe’, sen oshiqlik ravishiga loyiq emassan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:41:04
BIR ERKAKNING MA’SHUQASIDAN AYB TOPGANI

Bir sheryurak, dushmanlar dodini beradigan er kishi bor edi, bir necha yil bir ayolga oshiq bo‘lib yurdi. Ul ayolning bir ko‘zida tirnoq uchiday kichkina oq nuqtasi bor edi. Ayolga ko‘p marta diqqat bilan qaragan bo‘lsa ham bu oqlikdan erkak bexabar edi. Oshiq boshi ishq shavqi qiyomida yor ko‘zining aybini ilg‘armidi?
Bir vaqt erkakning ayolga nisbatan ishqi kamaydi, oshiqlik dardiga darmon topilganday, ayolga bo‘lgan muhabbatida nuqson paydo bo‘ldi. Ayolga boshqacha qo‘z bilan qaraydigan bo‘ldi shekilli, uning ko‘zidagi oq dog‘ni ilg‘ab qoldi. U ayolga dedi:
- Ko‘zingdagi oq dog‘ qachon paydo bo‘ldi?
Ayol dedi:
- Sening muhabbating kamaygan kundan beri shunaqa bo‘ldi. Senda ishqaro nuqson paydo bo‘lgach, mening ko‘zimda ham shu sabab nuqson paydo bo‘ldi.
Ko‘nglingda vasvasadan ming g‘avg‘o bor. Avval o‘z aybingni ko‘r, ey ko‘ngil ko‘zi basir odam! Qachongacha boshqalardan ayb qidirasan, o‘z yoqangni hidlab, o‘z aybingni qidirsang-chi. O’z aybing o‘zingga ayon bo‘lib, og‘irligini sezsang, boshqalar aybiga parvo qilmaydigan bo‘lasan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:41:22
MUHTASIB VA MAST KISHI HIKOYATI

Muhtasib may ichib mast bo‘lgan odamni jazolash uchun uni tayoqbilan urardi. Mastdedi: «Ey muhtasib, sen to‘polon qo‘tarib, g‘avgo qilma. Chunki sen meni bir harom o‘lgan molday bu yerga keltirib, yo‘l o‘rtasida tashlading. Ko‘rinadiki, sen mendan mastroqdirsan. Ammo sening mastligingni birov ko‘rmaydi. Insofi bor odamni mard deyish mumkin, insofi bo‘lmasa u fosiqi beor kabidir. Menga jabru jafo qilishni to‘xtat, o‘zingni ham biroz qamchilab, insof-adolatni o‘rgan.
 
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:41:54
O’TTIZ OLTINCHI MAQOLA

BOSHQA BIR QUSHNING SAVOLI

Yana bir qush dedi:
- Ey rahnamo, Uning huzuriga yetganda, Undan nima talab qilayin? Menga Uning nuri yetib, jaho-nim ravshan bo‘lganda, Undan nima istashni bilmayman. Er odam uchun iltimosini oldindan bilmoq yaxshi, shunday iltimos bo‘lsinki, har qanday istak-xohishdan ulug‘roq bo‘lsin. Olamda eng zo‘r ogohlik bu - Allohdan nima tilashni bilmoq, albatta.

HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey johil, Undan ogoh emas ekansan. Sen Undan nima xoxdasang, talab qilaver. Kimki Uning eshigi tuprog‘idan xabar topsa, u yerdan qachon orqasiga qaytibdi? Uning xilvatxonasiga musharraf bo‘lgan odam, zarra-zarra Uning oshnosiga aylanadi. Albatta, kishiga ogoxlikni iltimos qilish yaxshi, ogoxlik har qanday istakdan ulug‘dir. Agar sen butun olamda Undan ogoh bo‘lsang, faqat Uning O’zini istaysan, chunki Undan yaxshiroq boshqa hech narsa yo‘q.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:42:27
BU ALI RO’DBORIYNING O’LIM PAYTIDAGI SO’ZLARI

Shayx Bu Ali Ro‘dboriy o‘limi yaqinlashgan vaqtda dedi:
- Intizorlikdan jonim og‘zimga keldi. Zero, farishtalar osmonning barcha eshiklarini ochib, jannatda menga taxt tayyorlab qo‘yibdilar.
Qudsiy farishtalar bulbul kabi yoqimli ovoz bilan xonish qilib demoqqalar:
- Ey oshiq, ichkari kir, shukr etib, shodu xurram qadam qo‘y, chunki hech kim bunday hurmatni ko‘rgan emas.
Shayx davom etdi:
- Garchi bu inom va muvaffaqiyatdir, lekin meningjonim izlanish - tahqiqda davom etadi. Chunki jonim derki, men bu in’omlar, mukofotlarni na qilay, uzoq umrimda intizor bo‘lib qutganim bular emas. Niyatim shahvat ahli kabi pora uchun bosh egadiganlardan emasman. Sening ishqing jonim bilan birga yaratilgandir, men bu yerda do‘zaxniyam, bihishtni ham bilmayman. Agar meni quydirib, qulimni sovursang va Sendan o‘zga hech kim topol-maydigan bo‘lsam ham, men faqat Seni derman, na din, na kofirlikni bilgayman. Agar sen mendan kechsang ham, men kechgayman va so‘zimda turaman. Men seni istayman, seni deyman, senga talpinaman: Sen — mening jonim, jonim esa Seniki! Butun olamda mening hojatim — izlaganim Sensan, bu dunyoyu u dunyom ham Sensan! Bu dilning hojati uchun vaslingdan noumid qilma, men bilan birga bir nafas birlash, mohiyatimni mohiyatingga qo‘sh. Agar meningjonim qilcha sendan bosh tortsa, uni O’zing bilan olgin, mendan bir «hoy» nidosi, Sendan esa bir «hay» demoq kifoya.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:44:16
HAQ TAOLONING DOVUD ALAYHISSALOMGA XITOBI

Haq taolo Dovudga xitob qilib dedi:
- Ey pok Dovud, bandalarimga ayt: «Ey, tuproqdan yaratilganlar, agar menda jannat va do‘zax bo‘lmasa, sizlarning menga bandalik qilishlaring chiroyli chiqmaydi. Agar nurdan ham, nor (olov)dan ham hech nishona bo‘lmaganda, sizlarning men bilan ishlaring bo‘lmay qolardi. Men shunday azim iste’dod - qudrat egasidirmanki, menga qo‘rquv va umidninghojati yo‘q. Ammo agar qo‘rquv va umid (xavfu rajo) voqe’ bo‘lib turmasa, sizlarning men bilan ishlaring bo‘lmay, meni unutasizlar. Men shunday abadiy va azaliy Allohmanki, jon ichiga olib yurishlaring va sig‘inishlaringga munosibdirman. Bandamga ayt: g‘ayr (Allohdan boshqa narsalar)dan qo‘l tortsin va o‘z iste’dodi darajasida bizga itoat etib, sig‘insin, Bizdan o‘zga nimaiki bo‘lsa, tashlab yuborsin, sindirib kuydirsin va kulini sovursin, toki g‘ayrdan g‘ubor ham qolmasin. Shunday qilsang, barchasidan qutulasan. Agar shunday qilmasang, toki borsan, barchadan qon ichib yurasan. Agar seni jannat va undagi hurlar bilan mashg‘ul qilgan bo‘lsa, bilki, bu bilan U seni o‘zidan uzoqlashtirish uchun qildi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:44:36
AYOZ VA SULTON MAHMUD HIKOYATI

Sulton Mahmud o‘zining xos quli Ayozni huzuriga chorlab, boshidan tojini olib, uning boshiga kiygizdi va o‘zining taxtiga o‘tqazdi. Sulton Ayozga qarab dedi:
- Shohlikni senga berdim, lashkar ham seniki. Endi sen shohlik qilasan, bu mamlakat ham senga qarashli. Bu mening istagim, barcha senga itoat etadi, davlat qo‘lingda, davru davron sur.
A’yonlar, lashkarboshilar buni eshitib, g‘ayrlik va hasaddan jonlariga titroqtushib, ko‘zlari olaydi. Der edilar:
- Hech bir podshoh quliga bunday ehtirom ko‘rsatmagan. Bu misli ko‘rilmagan voqea!
Ammo hushyor Ayoz sultonning bu ishidan shu soatda zor-zor yig‘lardi. Hamma hayron edi.
Dedilar:
- Sen tentakmisan yoki aqling ketib nimaga ega bo‘lganingni ko‘rmayapsanmi? Sen sultonlikka erishding, endi shodu xurram bo‘lib, baxtiyor hayot kechir.
Ayoz ul qavmga bunday javob berdi:
- Sizlar haqiqiy holni tushunmaysiz-lar, savob yo‘lidan uzoqsizlar. Shoh bu bilan meni o‘zidan uzoqlashtirmoqda, bundan bexabarsiz. Menga o‘zga narsalar bilan mashg‘ul bo‘lishga amr etib, o‘zi bilan mashg‘ul bo‘lishdan uzoqlashtirmoqqa. Agar butun dunyoni mening hukmim ostiga o‘tkazsa ham, men bir lahza undan uzoqlasholmayman. Nima ish buyursa qilaman, ammo undan bir nafas uzoqlashishga toqatim yo‘q. Menga sultonlik ham, mulku davlat ham kerak emas, uning diydori menga bas.
Ey inson, sen bir dinorga ba’zan diydorni almashtira-san, holbuki Ayoz Uning yuzini deb podsholikdan voz kechdi! Agar sen talabgor va haqshunos odam bo‘lsang, bandalik rasmu odobini Ayozdan o‘rgan. Ey kecha-kunduz yo‘lda mahtal qolgan, birinchi qadam bilan cheklangan odam, sen tanbal va sust irodalisan, vaholanki, har kecha Jabarut olami avjidan sen uchun da’vatlar tushar, sen esa xuddi o‘lik kabi karaxtsan, na kunduz, na kecha bir qadam olg‘a siljiysan. Ulug‘vorlik avjidan sen tomonga peshvoz chiqdi, sen esa orqada qolib, e’tiroz etding. Ey attang, sen bu ishning mardi maydoni emassan, bu dardni senga aytib bo‘lmaydi. Toki jannat va do‘zax fikri senda bor ekan, sen bu sirni anglamaysan. Jannat tama’i va do‘zax qo‘rquvidan batamom qutulsang, bu davlatning tongi sen uchun otajak. Davlat gulshani bu ashob ahli uchun emas, chunki jannat hujralari donishmandlar uchundir. Sen esa xomliging sabab goh bu eshik, goh u eshikni qoqasan. Hammasidan kech, bunisiga ham, unisiga ham qo‘ngil qo‘yma. Har iqkisidan voz kechsang, yakka — ozodsan, shunda ojiz bo‘lsang ham, mardonavor qadam qo‘yasan. Doimo Uning diydoriga loyiq bo‘lasan, kecha-kunduz yaqin va hamsoya bo‘lib qolasan*.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:49:02
ROBIYA ADAVIYANING MUNOJOTI

Robiya Allohvandga murojaat qilib dedi:
- Ey sirlarni bilguvchi zot, dushmanlarga dunyo ishlarini ber, do‘stlarga abadiy oxiratni ber. Men esa bu ikkisidan ham ozodman. Agar dunyo va oxiratdan xoli bo‘lsam mayliga, g‘am yemayman agar o‘zingga bir dam hamdamu munis etsang, menga berganing ana shu qashshoqlik yetadi, zero Sendan Sening O’zing menga basdir. Agar ikki olamga zarra havasim - rag‘batim bo‘lsa, yoxud Sendan boshqa bir narsa istasam — kofirdirman. Kimdaki Kull — barchani jamlagan zot bo‘lsa, shu Kullga tegishli bo‘ladi, ko‘prik ostidagi yetgi daryo ham uniki bo‘ladi. Nimaiki bor va nimalar yana bo‘lg‘usidir, ularning misli — o‘xshashi bor, ammo faqat Allohning o‘xshashi — misli yo‘qdir. Undan boshqa nimani izlasang, o‘xshashini topishing muqarrar. Faqat Uning o‘xshashi, tengi, tashbehi, timsoli yo‘q!
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:49:26
DOVUD PAYG’AMBARGA ULUG’VORLIK XITOBI

Oliy sirlar pardasidan osmonu yerning Yaratuvchisi Dovud payg‘ambarga xitob qilib dedi:
- Jahonda yaxshi, yomon, oshkora yoki yashirin nimaiki bor, uning o‘rnini bosadiganini topasan, faqat Mening o‘rnimni bosadigan, evaz bo‘ladiganni topolmaysan. Mening o‘rnimni bosadigan ham, tengdoshim ham yo‘q. Meni almashtirish — evaz etish mumkin emas ekan, mensiz bo‘lma, sening joning uchun men yetarliman, sen jonu tan bo‘laroq ikkiga bo‘linib yurma. Sen uchun eng zaruriysi menman, zaruriydan bir dam g‘ofil bo‘lma. Mensiz bir lahza jon baqosini tilama — bu mumkin ham emas, mendan o‘zga nimaiki seni tilasa, uni rad et.
Ey Jahondor talabida yurgan, bu g‘am bilan dili band bo‘lgan odam, ikki jahonda sening maqsading Udir, imtihon qiladigan ma’buding ham Udir. U seni bu azobu sertashvish jahonga almashtirmaydi, shunday ekan, sen ham jahonda Uni narsalarga almashtirma, sotma. Nimaiki sen uni Undan ortiqdeb bilsang — bu butdir, agar joningni Undan ortiq deb bilsang - kofirdirsan. Kimki jonini jononidan ortiq deb bilsa, uning dardi doimo darmonsiz qoladi. Jon nima degan narsa, sen uni hujjat qilib keltirma, jon o‘lsa, haq o‘z ishqi bilan uni tiriltiradi va Abadiyatga sherik qiladi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:49:46
SULTON MAHMUDNING SUMANOT BUTINI SINDIRGANI HIKOYATI

Mahmudning lashkari Hindistonni bosib olib, Sumanot shahriga kirganda, Lot degan ulkan butni topdilar. Hindiylar butni qaytarib olish uchun uning evaziga but vazni barobar oltin va javohirlar va’da qildilar. Ammo sulton bunga parvo qilmay, katta bir gulxan yoqib, butni kuydirishni buyurdi. Sardorlardan biri sultonga:
- Shuni kuydirishdan ko‘ra evaziga oltinlarni olish afzal emasmidi, deb qoldi.
Mahmud dedi:
- Qiyomat kuni meni but savdogari deb jazolashlaridan qo‘rqdim, Parvardigor: Ozar (Ibrohimning otasi, but yasovchi) va Mahmudni birga jazolanglar, Ozar buttarosh bo‘lsa, Mahmud butfurushdir.
Deydilarki, Mahmud Sumanot butini kuydirganda, ichidan yigirma man gavhar chiqdi, shoh gavharlarni xazinaga qo‘shib, dedi:
- Lotning sazosi shu, bu gavharlar esa menga Allohdan mukofotdir.
Barcha butlaringni birma-bir sindirib tashla, uning evaziga gavhar daryosiga ega bo‘lasan. Do‘st shavqida nafsni but kabi kuydirib yubor, toki po‘st ichidan behisob ma’naviy gavhar tashqariga oqib chiqsin. Jon qulog‘iga «Alastu bi rabbiqum?» Azal kunidan men sizning rabbingiz emasmanmi, bongi yangrasa, «bali» (ha) deyishdan kechikma! Sen azaldan «alast» ahdi bilan bog‘langan, «bali» deyishdan boshqa so‘z aytma. Ey avval boshda «alast»ga iqror bo‘lgan, oxiriga kelib buni inkor qilasanmi? Sen avval boshda ahdu paymon (misoq) bilan bog‘langan odamsan, qanday qilib oxiriga kelib «oq» bo‘lmoqchisan? Zarurating Udir, shunday ekan, U bilan bo‘l, axd qildingmi — vafo qil, buzg‘unchilik qilma!
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:50:42
SULTON MAHMUDNING HINDLAR QO’SHININI TOR-MOR QILGANI HIKOYATI

Deydilarki, sulton Mahmud Hindistonga yurish qildi. Hindistonga yetib kelganda, hindlarning ko‘p sonli qo‘shinini ko‘rib, uni biroz vahima bosdi. U qo‘shinini jangga tayyorlab, dedi:
«Agar bu urushda zafar quchsam, qo‘lga tushgan jamiki o‘ljalarni qalandar darveshlarga bo‘lib beraman. Mahmud jangda g‘alabaga erishdi va behisob boylikni qo‘lga kiritdi. Bu boylikni ko‘rib sulton a’yonlari, qo‘shin ahli ham hayron edi. Qimmatbaho narsalarning har biri hikmatshunos donishmandning ham aqlini lol qoldirardi. Sulton yaqinlaridan biriga aytdi: «Bu g‘animat — o‘ljani darveshlarga taqsimlab ber. Chunki boshidan buni Haqqa nazr kildim va bu ahtsimda sobit turaman».
Yaqinlari dedilar:
- Shuncha molu mulkni hunarsiz, sayoq kishilarga berib yuborish o‘rinlimi? Bu molni qo‘shinga bo‘lib berib, ularning ko‘nglini ko‘tar, yoinki xazinaga qo‘shib yubor.
Shoh Mahmud ikkilanib qoldi, shunda u bir devonasifat darveshni ko‘rib qoldi, u dunyo ishlariga qo‘l siltagan bo‘lsa-da, ammo donishmand kishi edi. Shohuzoqdan uni ko‘rib, oddiga chaqirdi. O’zicha dedi:
- Bu devonadan maslahat so‘rab ko‘ray, u to‘g‘risini aytadi, chunki u sultondan ham, lashkariylardan ham ozod odamdir.
Podsho devonani chaqirib voqeani unga aytdi. Alloh yo‘lida oshiqu devona bo‘lib yurgan bu darvesh sultonga qarab dedi:
- Ey podshoh, ishing ikki arpa donasi ustida ekan. Agar U bilan ishing bo‘lmasa, sen ham hech narsaning andishasini qilma. Ammo agar U bilan yana muomalang bo‘lsa, aloqani uzmoqchi bo‘lma-sang, unda bu o‘ljalardan arpa donasi qadar kamaygirmasdan Unga, ya’ni Uningdo‘stlari darveshlarga togshshr. Haq senga nusrat berdi, to‘g‘ri yo‘l qo‘rsatdi, U va’dani bajardi, sen nega bajarmayapsan?
Oqibat Mahmud o‘ljani darveshlarga bag‘ishladi va saxovatpesha sulton nomini oldi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:56:15
O’TTIZ   YETTINCHI MAQOLA

BOSHQA BIR QUSHNING SAVOLI

Boshqa qush dedi:
- Ey Iloh huzuriga yo‘l topgan pir, u yerda qanday molu mulk qadrlanadi, qaysi boylik muomalada bo‘ladi? Agar aytsang, shunga qarab ish tutaylik, ya’ni nima kerakli va ravo bo‘lsa, shuni olib boraylik. Axir shohlarga qimmatbaho, nafis tuhfalar elturlar, hadiyasiz odamni xasis deb mazammat qilurlar.

HUDHUDNING JAVOBI

Hudhud dedi:
- Ey, savol berguvchi, agar farmonga itoatni xush ko‘rsang, u yerda nimaiki bo‘lmasa, shuni olib bor. Agar sen bu yerdan biror narsa olib borsangu, bu narsa u yerda bo‘lsa, bu ish albatta chiroyli emas. U yerda ilm bor, ruhoniy farishtalar toati ham behisob ko‘p. Sen jonning otashiyu dil dardini olib bor, chunki u yerda buni birov ko‘rsatmaydi. Agar dard bilan dildan bir oh chiqsa, oshiqning kuygan jigar hidini Dargohgacha olib boradi. Xos joygoh sening joningning mag‘zidir, joningning po‘stlog‘i esa bo‘ysunmas nafsingdir.
Agar ohing xos joy — yurak mag‘zidan chiqsa, mard darveshning holi jami aloyiqlardan xalos bo‘ladi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:57:02
ZULAYHONING YUSUFNI ZINDONGA YUBORGANI HIKOYATI

Zulayho e’zoz va hashamat egasi bo‘lgani bois Yusufni zindonband etib saqladi. Bir qulga aytdiki, zindonga borib, Yusufning orqasiga ellik cho‘p urgin. Shunday qattiq urki, Yusuf oh desin va men bu ohni eshitay. Ammo qul zindonga kelib Yusufni ko‘rgach, rahmi kelib urmadi. Bir po‘stinni ko‘rib, qo‘lini po‘stinga qattiq uraverdi...
U po‘stinni har gal urganida, Yusuf zorlanib qattiq nola chekardi. Zulayho Yusuf ovozini uzokdan eshitar ekan:
- Ey falon, qattiqroq ur, - deb buyurardi. Po‘stinni savalayotgan odam Yusufga dedi:
- Ey Yusuf, Zulayho senga boqib badaningda jarohat qo‘rmasa, meni azobga soladi. Sen yalang‘och bo‘lib mana bu yerga yotgin, toki mana bu cho‘p bilan urayin va izi qolsin.
Yusuf kiyimlarini yechib yalang‘och bo‘ldi, go‘yo shu payt yetti qavat osmon larzaga kelganday bo‘ldi. Qul tayoqni dast ko‘tarib shunday urdiki, Yusuf tuproqqa ag‘nab tushdi va yurakdan «oh» deya fig‘on chekti. Zulayho bu «oh»ni eshitgach, qulga dedi:
- Bas qil urishni, chunki bu nola yurakdan chiqqan edi. Bundan oldingi ohlari arzimas, yolg‘on edi, ammo uning bu ohi jon ichidan chiqdi.
Agar motamda yuz kishi vovaylo deb fig‘on cheksa ham, lekin dardli nola ajralib turadi. Halqa — to‘dada yuz g‘amli odam bo‘lsa-da, ammo motamzadaning fig‘oni ularga boshdir. Sen toki sohibdard odamga aylanmaguncha, mardlar safida mard darvesh bo‘lolmaysan. Kimning qalbida ishq olovi yongan bo‘lsa, u kechasiyu kunduzi betoqat va beqarordir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:01:18
XOJA VA UNING SOFDIL G’ULOMI HIKOYATI

Sirlardan voqif xojaning bir sofdil g‘ulomi, xizmatkori bor edi. U yarim kechadan to subh — erta tonggacha uxlamay, namoz o‘qib chiqar edi. Xoja unga dediki:
— Ne kor qilursan, oqshomdan to sahar o‘zingni bedor qilursan. To quyosh chiqquniga qadar namoz o‘qursan?
G’ulom xojasiga bunday javob berdi:
— Men sening darding ko‘gshigini ko‘rib turibman. Dardi, g‘ami ko‘p odam har vaqg bedor bo‘ladi, xotirjam uxlolmaydi. Sening darding ko‘p, ertayu kech bedor bo‘larsan. Agar bir odam bedor bo‘lsa, boshqa odamlar ham unga bedorliqda hamkor bo‘lmog‘i kerak.
Agar kimdaki shu dard va shu hasrat bo‘lmasa, u mard odam emas, u bilan xok-tuproqning farqi yo‘q. Kimki o‘zgalar dardini baham ko‘rsa, bunday odamda do‘zaxga tushamanmi yoki behishtga boramanmi, degan tashvish ham bo‘lmaydi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:01:38
ABU ALI TUSIY HIKOYATI

Abu Ali Tusiy ahd piri edi. U talab vodiysining jiddu jahd qiluvchi murshidi edi. U yashab turgan joyida eng aziz va eng yetuk inson edi. Aytar ediki: Ertaga (tong-la qiyomatda) do‘zax axli zor-zor yig‘laydi. Jannat axli esa so‘roqsiz yaxshiligi oshkor bo‘ladi. Bular jannat vasli zavqidan xushdil, ular esa o‘zlarining og‘ir holidan g‘amgin bo‘ladilar. O’sha vaqtda jannat ahli barchalari firdavs xushbo‘yidan bahramand bo‘lib, behishti bokamolda beqiyos oftob jamolni ko‘radilar. U sohibjamolning tengi yo‘q, uning go‘zalligi oldida sakkiz huld-jannat uyaladi. Bu jamol yorug‘ligi o‘lganlarga jon bag‘ishlaydi. Uning nuri yorug‘ligi oldida jannatdan ham nomu nishon qolmaydi.
Jannat ahli o‘z hol-ahvolini shunday bildirdilar. Do‘zax ahli bularga javoban bunday dedilar:
—   Sizlar firdavsi jinonga (jannat bag‘riga) kirib, o‘z ahvolingiz hakida chunonam ko‘p so‘zlar aytdingiz. Biz, noxush joy - do‘zax ashoblari har qadamda otash seliga g‘arqmiz, yuzimiz qoraligi barchaga oshkor. Bu yetmaganday, yor jamolidan benasibligimiz hasratidan qiynalamiz. Sizlar yor jamoli ravshanligidan bizni ogoh qilib, holimizni battar og‘ir qildingiz. Har doim otash oldida ishlayotganlar olovga o‘rganib qolganidek, biz do‘zax otashlariga ham sabr qilayotgan edik.
Lekin sizlar Haq taolo jamoli haqida bizni ogoh qilganingizdan keyin qayg‘u-hasratimiz kuchaydi. Kimningki qayg‘u-hasrati kuchaysa, kuch-g‘ayrati ham ziyoda bo‘ladi.
Ey inson, agar jarohating oxiratda zavqu rohat keltirsa, jarohatning qayg‘u-hasrati sen uchun foydalidir. Sen yashab turgan manziling majruhlik, jarohatlar keltirsa, ruh halovatidan mahrumlik keltirsa, bu dunyo qonli jarohatlarga to‘la ekanligini o‘ylagin.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:01:56
BIR CHOLNING NABIY JOYNAMOZIDA IBODAT QILISHNI SO’RAGANI HIKOYATI

Bir chol niyozmandlik bilan nabiydan joynamozingizda namoz o‘qib olay, deb so‘radi. Xoja unga ruxsat bermadi.
—   Hozir qum va tuproq qizib yotibdi,— dedi qariya. — Agar qizib turgan joyga yuzimni qo‘ysam, kuyib, dog‘ bo‘lib qoladi.
Nabiy dedi:
—   Har bir majruxning yuzi quyishi mumkin. Yuzi kuyganlik hech gap emas, dili kuyganlik fazilatdir. Sajdagohga kuygan dilingni nisor qilsang, haq taolo senga nazarini soladi. Dardlar maydoniga dog‘li, kuygan dilingni keltirgin, toki ahli dillar dog‘li dilingni ko‘rib, mardlikni o‘rgansinlar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:02:44
O’TTIZ SAKKIZINCHI MAQOLA

BOSHQA QUSHNING SAVOLI

Boshqa bir qush Hudhudga dedi:
—   Ey, dono yo‘lboshchimiz, bu vodiyda sarsonlikda kezib, yuzimiz qorayib ketdi. Pir degan bu tariqa siyosat qilmaydi. Ey rafiq, bu yo‘l hali uzoqmi. Agar yaqin bo‘lsa yana necha farsang yo‘l yuramiz?
Hudhud javob berdi:
— Biz yetti vodiydan o‘tamiz. Yetti vodiydan o‘tganimizdan so‘ng Shoh dargohiga yetamiz. Bu yo‘lga kirmagan odam uning uzoq-yaqinligini bilmaydi. Inson bu uzoq yo‘lning boshiga kelmay turib, uzoq-yaqinligidan ogoh bo‘lmaydi. Biz boradigan joy boshdan-oyoq yo‘qlik joyidir. Ey bexabar, bu yo‘lning vodiylarini bilmasang, endi bilib ol.

SULUKNING YETTI VODIYSI BAYONIDA

Bu yo‘lning boshlanishida Talab vodiysi bor.
So‘ng Ishq vodiysi borki, u bekanor, cheksiz, chegarasizdir.
Uchinchi — Ma’rifat vodiysi.
To‘rtinchi — Istig‘no vodiysi.
Beshinchi — pok Tavhid vodiysi.
Oltinchi — mashaqqatli Hayrat vodiysi.
Yettinchi — Faqru fano vodiysi. Bu juda uzoq, yo‘qlik vodiysidir. Agar ko‘shish, sa’y-harakat qilsang, ofat keltiruvchi fe’l- ravishlaring yo‘qoladi, mabodo ozroq bir qatra qolsa ham, u Qulzum dengizi yanglig‘dir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:04:02
AVVALGI MANZIL

TALAB VODIYSI

Talab vodiysiga qadam qo‘yganlar bilsinki, bu joyda har zamonda yuz malolat, mashaqqat, har nafasda yuz balo, ofat uchraydi. Bu joyda dunyo to‘tilari pashshaga aylanib qoladi. Bu vodiyda inson had-chegaradan chiqmasliga, yillar davomida toat-ibodat va ezgu ishlarga jahd-g‘ayrat talab qilishi zarur. Bu joyda qalb bir holga kelishi, mol-mulk, boylik talabidan voz kechishi zarur. Bu vodiyda inson bag‘ri qonga to‘ladi, ko‘nglidagi barcha hoyu havaslardan ayriladi. Qo‘lida hech vaqosi qolmaydi. Dil har qanday fitna, tama’, kuduratlardan poklansa, haq va haqiqat nuridan ravshan bo‘ladi. Dilingda shu nur borligi oshkor bo‘lsa haq yo‘lida bir talabing ming talabga aylanadi. Agar shularga chidam, matonat ko‘rsatsang, bu yo‘ldagi otash azoblaridan, yana yuzlab noxush vodiylarning mashaqqatlaridan qutulasan. Bu yudiyda haq yo‘lida boshingni berish ham sen uchun xush keladi, oqibatda xush, go‘zal soqiy qo‘lidan bir jur’a (piyola) may olasan. Bir jur’a boda ichganingdan so‘ng senda ikki olam tashvishi ham qolmaydi. Tashna labing bilan daryoga sho‘ng‘iysan. Jonon sendan may uchun jon talab qilsa, jon berish sening orzuying bo‘lib qoladi. Joningdagi ajdaho senga qo‘rqinchli bo‘lmay, pashshaday ojiz bo‘lib qoladi.
Shundan so‘ng kufr va iymon birgalashib oldingga kelsa, har ikkisini xush ko‘rib, eshik ochasan. Lekin, ular xonai dilga kirganida ko‘rasanki, kufr ham, din ham yo‘qoladi (Bularning bahsidan ham qutulasan). Chunki endi sen uchun u tomon ham, bu tomon ham bo‘lmaydi, ya’ni borliqni unutasan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:05:23
ODAM XILQATI YASALISHI VA SHAYTONNING UNGA SAJDA QILMAGANI HIKOYATI

Amru bin Usmon Makkiy Ka’bada, bu nomani qalam bilan bitib qo‘ydi. Ya’ni Haq taolo Odamni suv va tuproqdan loy qilib yasab, unga jon kiritdi. Istadiki, maloika-farishtalar xayliga bu ajoyib xabarni yetkizay va bu ne asar — ijod ekanligini ularga bildiray. Aytdi:
— Ey osmon ruhlari, barchangiz bu ajib xilqat — Odamga sajda qilinglar.
Barcha farishtalar ul zoti pok — Odamga yakdil va yaktan bo‘lib ta’zim qildilar. Shu payt Iblis keldi va dedi:
—   Men Allohdan boshqa hech bir kimsaga sajda qilmayman. Odamga bosh egmayman, bo‘yin ham egmayman. Agar boshimni tanimdan judo qilsalar ham g‘am yemayman, chunki Allohdan
boshqaga bo‘y  egmaganimdan shod bo‘laman.
Haq taolo Iblisga dedi:
— Ey iymon yo‘lining josusi, sen bu yerdagi (jannatdagi) joyingni o‘zing o‘g‘irlading (ya’ni, jannatni boy berding). Sen ko‘rib turgan xilqatda (Odamda) bir ganjni yashirganman.
Sipoh, lashkar ko‘rmasligi uchun ganjni hech kim bilmay-digan joyga yashirish - shohlar odatidir. Ba’zi insonlar bu ganj qaerdaligini bilmaydilar. Lekin mard odamlar o‘sha ganjni oshkora ko‘radilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:05:34
Agar shu vaqtda sening boshingni taningdan judo qilsam, hamma olam sen haqingda gapirishini xohlamayman.
Iblis Allohga tavba qilmay, (takabburlik bilan) dedi:
—   Yo Rab, men bandangga istagan jazoingni ber, bu ishim uchun istagan chorangni ko‘r.
Alloh Iblisga dedi:
—   Senga bir bezak beray, bo‘yningga la’nat tavqini ilay, noming kazzob bo‘lib, to qiyomatgacha muttaham bo‘lib yasha.
Shundan so‘ng Iblis dedi:
—   Menga ne bersang - ganji pok, la’nati ekanim ravshan bo‘lsa, ne bok.
Shu tariqa u (Iblis) Alloh la’natini o‘ziga rahmat deb, bu menga abadiy qismat, deb bildi. «Mayli, men la’nati bo‘lay, hayotda barcha yeguliklar taryok emas, ularda zahar ham bor. Garchi barcha xalq rahmat talab bo‘lsa, men beadab, sening la’natingni boshga ko‘tarib yuray. Lekin bu la’anating uchun men Odamga rahmat demayman, men ham Odamni la’nat oluvchi ishlarga boshlayman. Bandalaring shunday ishlar qiladiki, gunohlari uchun sen ham ularni la’natlaysan va ular la’natingni rahmat deb bilmaydilar. Men imonim kuchli bo‘lib (sendan o‘zgaga sajda qilmaganim uchun) la’natlandim.
Talab vodiysiga kirgan tolib bilsinki, toliblik — barcha shaytoniy hoy-havaslar ustidan g‘oliblikdir. Agar kecha va kunduz shu goliblikni topmasang, talab yo‘lida nuqsondir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:06:00
SHIBLIYNING O’LAR CHOG’IDA AYTGANLARI

Shayx Shibliy o‘lar chog‘ida juda betoqat bo‘ldi. Ko‘zini yumib olgan,'nimagadir behad intizor edi. Beliga hayrat zunnorini bog‘lab olib, kulto‘da ustida o‘tirardi. Gohi ko‘zining yoshini kulga oqizar, gohida kulni boshiga sochardi. Bir kishi undan so‘radi:
-   Shunday bir naz’ holatida zunnor bog‘lab olgan kishini ko‘rganmisan, bu qanday hol?
Shibliy dedi:
—   Yonib o‘rtanmoqdaman, nima qilay, qanday yo‘l tutay, g‘ayrat o‘tida yonayapman, na iloj topay? Jonim ikki olamdan ko‘zini yumdi, ammo hozir Iblis nafratidan kuymoqda.
Iblisga yuborilgan «la’natiy» xitobi rost ekan, ammo buni odamga nisbat berishdan qiynalaman.
Shibliyning jigar-bag‘ri o‘rtanar, tashna va behollikda azobda edi, chunki u boshqa kishilarga gunohni ravo ko‘rmas
Ushbu hikoyat bundan oldingi hikoyat mazmunini davom ettirgani uchun, Attor bu yerda ham Iblisning Odamga sajda qilmay, takabburlik qilganiga ishora qilmoqaa. Ya’ni: odam tuproq va ruhdan tarkib topgani Allohning irodasi, buning sababini Uning O’zi biladi. Odam Iblis qutqulari (shubha, gumon) bilan ham qurashishi, Alloh sari talabda bo‘lishdan to‘xtamasligi kerak edi. Agar Shoh sening vujudingga tafovutni (xilma-xillikni) ravo ko‘rgan bo‘lsa, nima ham qilar eding, ey yo‘lovchi, axir sen tosh bilan gavhar emassan? Agar gavhardan aziz va toshdan ham xor bo‘lsang-da, Shohning sen bilan ishi bo‘lmaydi. Tosh va gavharga do‘st ham, dushman ham bo‘lma, faqat shuni bilgilki, bu Uning qo‘li bilan barpo etilgandir. Agar mast ma’shuq senga bir tosh otsa, bu begonadan gavhar olgandan ko‘ra afzaddir. Mard yo‘lovchi Alloh talabida intizor bo‘lib, yuz jonni yo‘lda nisor qilishi lozim. Bir lahza talabdan tinchimasin, bir nafas ham osuda bo‘lmasin. Agar bir lahza talabdan to‘xtasa, u bu yo‘lda beadablik qilgan murtad (rad etilgan) bo‘ladi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:06:42
MAJNUN HIKOYATI

Bir aziz odam ko‘chadagi tuproq o‘rtasida dard chekib, u yoq-bu yoqqa yugurayotgan Majnunni ko‘rdi va so‘radi:
—    Ey Majnun, bu yo‘lda nimani izlayapsan? Majnun javob berdi:
—    Laylini izlayapman. Haligi odam ajablanib, dedi:
— Bu tuproqda Layli nima qiladi, u oqar suvlari bor pok va orombaxsh joyda bo‘ladi.
Majnun javob berdi:
—   Men Laylini hamma joydan izlayman. Layli yo‘q joy oqar suvlari bor, orombaxsh bo‘lsa ham men uchun yomon joydir.

YUSUF HAMADONIY HIKOYATI

Tariqat ro‘zg‘orining imomi, jon-ruh asrorining sohibi, yaxshilik, ezgulik bunyodkori Yusuf Hamadoniy aytgan ediki:
— Basirat ko‘zi har qancha uzoq va baland-past joylarni ko‘ra oladi. Bu yo‘lda (talab yo‘lida) yo‘qolgan Yusufidan xabar so‘rab, dard chekayotgan Ya’qub kabi intizor bo‘lish zarur. Shunda tolib har ikki ro‘zg‘orda (bu dunyo va u dunyo hayotida) kashfiyot topmasa ham, tavhid asrorini izlashdan zinhor chalg‘imaydi. Mardlar sabrtalab va mehnattalab bo‘ladilar. Ahli dardlar barchasi sabrli bo‘ladilar. Ey tolib, bu yo‘lda izlaganingni topmasang ham sabr qil, axir shu yo‘lni topganing o‘zi yetarli-ku.
Agar qorni ochligidan qon yutayotgan bolani ko‘rsang, sen ham u bilan birga qon yutgin (qiynalgin). Senga bu yo‘lda tahniyat - tabrik, maqtovlar kelmasa ham, qon yutish, iztirob, aziyat chekishdan to‘xtamagin. Agar yor vasliga yetish shodligi bo‘lmasa ham, senda hijron motami bo‘lsin. Agar yor jamolini ko‘rolmasang ham, uning asrorini izlayver. Agar senda talab bo‘lmasa, talab yo‘qligidan uyal, sharm qil, shunda har on uyatli bo‘lmaysan, ya’ni uyatli ishlardan uzoqbo‘lasan.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:07:31
CHIN TOG’I USTIDA TOSHGA AYLANGAN MARD HIKOYATI

Bir odam Chin tog‘ida toshga aylandi. Har zamon ko‘zidan zaminga yosh oqizardi. Zor-zor ko‘z yoshlari ham zaminga to‘kilardi va toshga aylanardi. Shunday toshlarki, agar bu toshlar bulutga aralashsa, undan nadomat jolasi yog‘ilardi, bu odam Chinda mashhurdir, borsang izlab topgin. Bu odam ilm haykali edi. Lekin ilm himmatsiz odamlarning qo‘liga tushsa, ilm undaylarning qo‘lida mo‘minlar uchun kofir qo‘lidagi tosh kabi kulfat keltiradi.
Aslida bu dunyo mashaqqatli tor bir saroydir. Bunday tor va qorong‘i joydan qutulish uchun ilm chirog‘i senga rahnamo bo‘lsin. Ilm javhari senga jonfizoy (jonbaxsh) bo‘lib, yo‘l qo‘rsatadi. Agar sen ilmsiz bo‘lsang, boshdan-oyoq qorong‘ilikda qolasan. Jahongir Iskandar (ustozi Arastudan uzoqlashgani sababli) rahbarsiz qoldi (va fojeaga uchradi).
Agar sen ilm javhari atrofida aylanaversang, uni topmasang ham, pushaymon bo‘lmaysan, xushnudlik topasan. Oxiratda baxtsiz bo‘lgandan ko‘ra bu dunyoda yomon ishlardan pushaymonlik topish ham yaxshidir.
Bu dunyoda ham, u dunyoda ham jon faqirdir. Bilsang, bu dunyoda jon-ruh g‘arib va u dunyoda tan zaifdir. Shu zaifliqdan qutulishni istasang, g‘arib ruh yashayotgan joydan tashqariga chiq (tog‘u dashtlarga chiq), ana shu joylar xos odamlarning joyidir*.
Agar ana shu xoslar manziliga yetsang, har qadamingda, har nafasda yuz turli sirlarga oshino bo‘lasan. Mabodo bu yo‘lda senga nasiba yetsa o‘zliging (manmanliging) yo‘qolib, boshingdan oyog‘inggacha navha-yig‘iga aylanadi. Kechayu qunduz shubhali taom yeyishdan sakdan.
Talab vodiysida neni izlayotganingni ravshan bil, kamlikni, kamtarinlikni talab qil. Kunduzi kam ye, kechasi kam uxla. Shunda o‘lsang ham go‘ring nurga to‘ladi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:07:51
MEHNA SHAYXI ABU SA’IDNING JON CHIQAR VAQTIDAGI AHVOLI

Mehna shayxi Abu Sa’id qabzi azim — jon chiqar vaqtida sahroda edi, ko‘zi yoshli, dili pora edi. U olisda mol boqib yurgan va nuroniy yuzli bir qishloqi cholni ko‘rdi. Shayx Abu Sa’id u tarafga yurdi va salom bergach, unga jon chiqar vaqtidagi holini tamomila sharhlab berdi.
Pir uning so‘zlarini eshitib, bunday dedi:
— Ey, Abu Sa’id, talab yo‘lida senga Haq taolo sabr-toqat bersin.
Agar Chin qushi paydo bo‘lib, yerdan ming yilda bir marta dona cho‘qib, yig‘adigan bo‘lsa, shu tarzda yuz bora jahonni aylanib parvoz qilib kelsa, ne chand uzoq zamonlar o‘tganda ham, biz yurgan, pastliklardan to Arshi majidgacha yo‘l shu qadar uzoq bo‘ladiki, jon dimog‘iga hatto Arshning bo‘yi - hidi ham yetib kelmaydi.
Abu Sa’idki, Arshi a’lodan shu qadar uzoqda ekan, haq yo‘l toliblari doimo sabr-qanoat bilan yashasinlar. Bu yo‘lda har qanday inson sabrga tolib-talabgor bo‘lolmaydi. Talab qo‘ngil ichida mushk-nofa kabi yashirindir, mushk-nofa olish uchun ohuning qoni to‘kilishini hamma ham bilmaydi. Agar talabning ichkarisida bo‘lsang, bu qonli dunyoning tashqarisiga chiq.
Agar kim haqiqat talabi yo‘liga kirmasa, uning badani tirigu ko‘ngli o‘lik, murdordir, jonli emas, surati devordir. Ganju gavharni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsang talab yo‘liga kir, bu yo‘lda jazirama issiqham, rohatbaxsh salqinlik ham bor. Ganju gavhar topib xursand bo‘lishni istagan odam bilsinki, ganju gavhar (sadaf ichida) yashirin, pinhondir. Lekin ganju gavharga sig‘ingan odam butga sig‘inuvchi bo‘lib qoladi. Xazina-ni mag‘iz kabi ichingda sakda, yong‘oq mag‘ziday holi tang bo‘l, bedil bo‘l. (Ma’rifat, haqiqat) talab qilu, mastu loya’-qil bo‘l.1 Talab vodiysi yo‘lida pok va dilxasta bo‘l.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:08:20
SULTON MAHMUD VA XOKBEZ MARD HIKOYATI

Bir kuni Sulton Mahmud sipohi bilan tog‘ yo‘lida borayotgan edi, tuproqustida o‘tirgan darveshga ko‘zi tushdi. U odam g‘ayrat bilan o‘rtaga tuproq yig‘ib, tuproqdan tog‘ yasar, gohida bodi samand — kuchli shamol kelib, u yig‘nab qo‘ygan tuproqni har tomonga sochar edi. Ammo u odam yana tuproq yig‘averar edi.
Sulton bu g‘alati odamni yoqtirib qoldi, unga rahmi kelib dedi:
-   Ey majnunsifat odam, sen yelkangga juda og‘ir yuk olibsan, bu zahmatli ishdan ko‘ra olam xirojini yig‘ish osonroqdir. Yaxshisi, podshoh bo‘l, beniyoz bo‘lib, hech kimga muhtoj bo‘lmaysan.
Tuproq yig‘uvchi podshohga dedi:
-   Menga shu ish yoqadi, bu ishimdan yashirilgan xazinani topganday quvonaman. Menga birovningdavlati kerak emas. Shu tuproq — mening davlatimdir. Toki jonim bor ekan, shu ishimni qilaveraman.
Darvesh shu tarzda oxirat eshigini ochar, ko‘ngliga nur sochar edi.
Ko‘z qorachug‘laring hali yopilmagan, eshiklar hali ochiqlik vaktida Haq jamolini talab qil.

HUSHIDAN AYRILGAN ODAM VA ROBIYA HIKOYATI

Bir bexud — aqldan ozgan odam osmonga qarab:
— Ey Alloh, menga eshigingni och! — deb xitob qilar edi. Buni ko‘rib o‘tirgan Robiya unga dedi:
— Ey g‘ofil, sen uchun u eshik berkdir, u ochilsin desang, yuzingni haq ishlarga bur va murodingni savob ishlardan izla.

 
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:08:58
O’TTIZ TO’QQIZINCHI MAQOLA

ISHQ VODIYSI

Shundan so‘ng Ishq vodiysi keladiki, u vodiyga yetib kelgan inson ishq otashiga g‘arq bo‘ladi. Ammo oshiq uchun bu yerda otash emas, ayshu rohat bor. Bu otashga g‘arq bo‘lgan oshiq
yuzi qizib-yonadi, sarkash bo‘ladi, chaqmoq chaqib, jahonni yondirsa ham parvo qilmaydi. U endi dindormi, kofirmi, buning g‘amini yemaydi. Uzoq va yaqin, yaxshi va yomon, u tomon va bu tomon bilan oshiqning ishi yo‘q, unga baribir.
— Ey, mubohiy (o‘ziga barcha ishlar ruxsat etilgan, deb o‘ylovchi), ishq haqidagi so‘zlar sen uchun emas, ey murtadiy (Haq dargohida o‘zi va qilgan ishlari rad etilgan), zavqli jon haqidagi so‘zlar sen uchun aytilmagan. Oshiq uchun barcha eshiklar ochiq, u do‘st visoliga yetgani uchun nozlanadi, erkalanadi.
Boshqalarga yaxshi ishlari uchun mukofot ertaga (qiyomatdan so‘ng) deb va’da qilingan bo‘lsa, oshiq uchun bu mukofot va u orzu qilgan joy naqd va bugun berilgan.
Ishqotashida bir bora yonmagan odam bu so‘zlarni qaydan bilsin, ma’shuqining g‘amxo‘rligi oshiqning ko‘nglini o‘stirishini, diliga kuch-quvvat berishini qachon biladi?
Inson vujudida bu javhar tovlanmagach, dil qushi yagona yor ishqida parvozlanmagach, u zaif qaerdan quvvat olsin? Daryoning balig‘i sahroga chiqib qolsa holsizlanib tashna bo‘lsa, ishqi yo‘q odam daryoning ichida bo‘lsa ham majolsiz, holsizdir.
Ishq savdosida ustod yo‘q, oshiqlik ishida aql-modarzod yo‘q. Ishq bor joyda otash-olov yaqin va aql uzoqdir. Ishq kelsa, aql qochadi. So‘zu gudozdan (malomatdan) aniq joni isitmada kuyib-yonadi. Agar odamzodga g‘ayb olamini ko‘rish fazilati ato qilinsa, ishqning asli shudir. Agar bir barg ishqdan xasta bo‘lsa, bandidan uzilib yo‘lga tushadi.
Agar sening ko‘ngil ko‘zing ochilsa, g‘ayb olamini qo‘rsang, sen jahondagi har bir zarraga sirdosh-hamroz bo‘lasan. Agar aqling ko‘ziga ishq nazar solsa, na boshingni, na oyog‘ingni ko‘raolasan.
Ishq olamida mard bechora, uftoda bo‘ladi, inson ishqda ozoda bo‘ladi (Bu dunyoning o‘tkinchi tashvishlaridan qutuladi).
Ey, Attor, sen hayotda bechora, kamtarin emassan, murda kabisan, ishqqa loyiq emassan. Ishq yo‘liga kirgan mard odam bu yo‘lda vujudi o‘ligu, dili tirik bo‘lsin, ma’shuqiga har nafasda yuz jonini nisor etsin.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:11:30
XOJA BARGO’DAK FAQOIY IShQI HIKOYATI

Bir xoja xonumonsiz, ovora edi, ismi Faqoiy va bechora edi. Ishqi g‘olibligidan savdoyi edi. Hayoti purg‘avgo, rasvoyi edi.
U hech vaqosi yo‘q darvesh edi, lekin dard ichra bedilu biri yuz va besh edi.1 Garchi u o‘z nonini tamomila o‘zgalarga berib yuborgan va o‘zi och qolgan bo‘lsa ham joni serob, ko‘zi to‘q edi. U juda qo‘p nonga yetishgan bo‘lsa ham, borini berib yuborar, evaziga faqo-faqirlikni totar edi. Doimo bir tani ochlikda o‘tirsa ham, har damda yuz tani bilan faqirlikni yeb, rohatlanar edi.
Bir odam xoja Faqoiydan so‘radi:
-   Ey oshiftakor oshiq, ishqda seroblik nima, shuni oshkor qilgil.
Xoja aytdi:
-   Oshiqyuz olam jahon matohi bo‘lsa ham borini birgina faqo (faqirlik) uchun berib yuboradi.
Mardnqng ishi doimo shunday bo‘lsa, u hech qachon holsizlanmaydi, yiqilmaydi. Chunki u ishq va dard bilan ovora bo‘lib, boshqasini bilmaydi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:12:42
MAJNUN VA LAYLI HIKOYATI

Ahli Layli, ya’ni uning qabilasi, qavm-qarindoshlari Majnunning kelishiga yo‘l bermadilar. Shu atrofda, sahroda bir cho‘pon qo‘y boqib o‘tirgan edi. Majnun cho‘ponning qoshiga kelib, ostiga to‘shab o‘tirgan po‘stagini berib turishini so‘rab, yalindi. Cho‘pon bu qo‘rimsiz, juldur po‘stakni nima qilasan, dedi. Majnun aytdi:
- Ey bag‘ri keng, yaxshi odam, shu po‘stakni menga bersang, men uni yopinib, qo‘ylaring galasiga qo‘shilib, Laylining mahallasiga boraman, o‘zini topmasam, bir muddatdo‘stimning bo‘yi, xush hididan bahramand bo‘laman.
Ey darigo, dardga mardona bo‘laylik. Mardlar kabi dardlarga to‘laylik. Oqibat, Majnun cho‘ponning eski po‘stagini olib, unga yashirinib, qo‘ylarga qo‘shilib, do‘stining mahallasiga yo‘l oldi. Laylining qavmiga yaqinlashgach, Majnun o‘rnidan turib, zavq-shavq bilan uni chaqirdi. So‘ng hayajon zo‘ridan hushini yo‘qotdi, lekin ishq sharbatini totdi.
Majnunning ortidan qo‘ylarini haydab kelgan cho‘pon uning mastu xarob, tuproqqa hushsiz yotganini qo‘rdi. Yuziga suv sepib, hushiga keltirdi. Ishq otashida yonayotgan bu labtashna oldida bir bor o‘tirdi.
Ertasiga Majnun sahronishin qavmlar — sahroyilar orasiga qo‘shildi, bu qavm bilan bir tan, bir jon bo‘lib ketdi. Sahroyidan biri Majnunga dedi:
-   Ey sarfaroz, olijanob! Bu sahroda jamoasiz, yalangoch qolibsan, do‘stlik haqqi, senga kiyim-bosh beraylik, mayli desang, o‘tovimdan tez kiyim keltiray.
Majnun aytdi:
—   Do‘stga har qanday kiyim loyiq emas, hech bir libos shu po‘stak kabi aziz emas. Shu qo‘y po‘stagi meni yomon ko‘zdan va quyoshning kuydirishidan asraydi. Bu po‘st (po‘stak) do‘stimning hidi — bo‘yini olgani uchun menga o‘z po‘stim (terim)day ko‘nglimga yaqin bo‘lib qoldi. Dil bu po‘stdan do‘st rozini (sirini) topadi, o‘z ichida mag‘zini asramasa, po‘stning qadri bo‘larmidi?
Ishqda odam o‘zligidan kechishi, faqat dil sifatlaridan o‘zgani mahv etib (yo‘qotib), xatolar xiraligini tark etishi kerak. Agar ishqda kuyib-yonmasang, jonbozlik ko‘rgizmasang, bu sarafroz olamga»qadam b*osmaganing yaxshi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:13:02
OSHIQ AYOZ HIKOYATI

Bir kambag‘al rind Ayozga oshiq bo‘lib qolgan edi. (Saroydagi) har majlis, suhbatda shu haqda gap-so‘z bo‘lar edi. Ayoz otlanib, ko‘chaga chiqishi bilan haligi haqshunos (Haqni tanigan) oshiq rind uning ortidan yugurar edi. U mushk-bo‘y (mushk hidli Ayoz) maydonga kelganida, u tarafda yuguraverar, bu ishidan sira uyalmas edi.
Bir gado Ayozga oshiq bo‘lib, uning atrofida girdikapalak bo‘lib yurganini yaqinlari sulton Mahmudga aytdilar.
Mahmud bu so‘zlarni eshitib, ertasiga o‘sha joyga bordi va oshiq gado Ayoz atrofida yugurib yurganini ko‘rdi. Bu manzara go‘yo chavgon va go‘y o‘ynayotgan do‘stlarni eslatardi. Ayoz chavgon (to‘p suruvchi tayoq) edi, oshiq rind kichkina koptok — go‘yga o‘xshab, piddirab chopar edi. Sulton Mahmud u tomonga yashiringan joyidan qarab, ko‘rdiki, uning joni (aziz do‘sti Ayoz) oshiq gadoga teskari qarab, saroy tomonga yuz burgan edi. Go‘yo chavgon to‘pdan-go‘ydan qochar, go‘y-koptok chavgon (Ayoz) atrofida sargardon yugurar edi.
Sulton Mahmud bu holni ko‘rib, kuddi va oshiq gadoga rahmi kelib, unga:
—   Ey gado, podshoh bilan may ichishni, hamkosalik qilishni istaysanmi?— dedi.
Rind sultonga dedi:
—   Gado ham, na’im-davlatmand ham ishqibozlikda kamtarin bo‘ladi. Kamtarinlik — gadoningdavlatidir. Agar gado shohga hamsoyalik — qo‘shnichilik qilsa, bor boyligi —
sarmoyasidan ayrilib qoladi. Oshiqhammadan, hattoxeshlari, qarindosh-urug‘laridan ham forig‘ bo‘lishni xoxlaydi. U, kasalligu sog‘likdan, ozlik va ko‘plikdan ozoda yashaydi. Aql bu yo‘lga, bu joyga kelma deydi. Lekin ishq uni bu yo‘lga etaklayveradi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:26:38
BIR ARABNING QALANDARXONAGA BORGANI HIKOYATI

Bir kishi Arabistondan Eron (Ajam)ga keldi, ajamli-larning odatlaridan taajjubda qoddi. Bir qun u ko‘cha aylanib shaharni tomosha qilardi, ro‘parasidan bir qalandarxona chiqib qoldi. Qalandarxonaga kirib qarasa, bir to‘da rindlar bir-birlarining oyog‘iga bosh qo‘yib yotar, egnilari yupun, ba’zisi yalang‘och, ammo ikki olamdan bexabar mast edilar. Hammasi qimorboz firibgar, palidlikda bir-biridan battarroq. Har birining qo‘lida quyqa may ko‘zasi, ko‘zalari-dan durda (quyqa may)ni ichish uchun talashardilar.
Arab bu to‘dani ko‘rib qiziqib qoldi, eshikni ochib ularga yaqinlashdi. Yaqinlashdi dema, balki akdu jonini balo seliga topshirdi de. Qalandarlar uni ko‘rib, avrab aqlu hushini oldilar. Hammasi bir ovozdan unga qarab: «Ey falon, ichkariga kir» dedilar. U ichkariga kirdi, uni o‘rtaga olib may quyqasi (durda) ichirdilar. Arab bir ichishda mast bo‘lib qoldi, o‘zini unutib, shijoatu mardligi ham mahv bo‘ldi. Uning ko‘p mol-mulki, oltin to‘la xaltalari bor edi. Bular-ning hammasini bir nafasda o‘marib ketdilar. So‘ngra bir rind kelib yana bir durdali may ichirdi va keyin uni qalandarxonadan chiqarib yubordi. U hech vaqosiz aftoda, yalang‘och, och va tashna holda zo‘rg‘a o‘z yurti Arabistonga yetib oldi. Uning yaqinlari dedilar:
- Buncha oshufta, parishonsan, oltinlaring — boyliging qani yoki uyqudamisan, devona bo‘lib qoldingmi? Boylikla-ringdan ayrilibsan, Ajamga borish sen uchun xosiyatsiz bo‘libdi. O’g‘ri — qaroqchilar yo‘lingni to‘sdimi, bo‘lmasa moling qani, tushuntirib ber, toki holingni bilaylik.
Dedi:
- Yo‘dda ohista ketayotgan edim, birdan bir kalandar uchrab qoldi. Boshqa hech narsani bilmayman, oltinlarim ketdi, qashshoq, nochor bo‘lib qoldim.
Dedilar:
- O’sha qalandarni ta’riflab ber.
Dedi:
- Ta’rifi shuki, u haqda so‘z so‘zlama» (So‘z oraga sig‘maydi).
A’robiy fano bo‘lgan edi. Hamma savollardan qutulib, ular ichra yo‘qolgan edi.
Sen yo oyog‘ingni ichkariga qo‘y yo boshingni qutqar, yo jonni qutqar yoki jon bilan qabul qil uni. Agar sen ishq sirlarini jon bilan qabul qilsang, jonni bag‘ishlab, boshni ishqdoriga berasan. Jonni bag‘ishlab, yalangoch qolganingda so‘z (savol)dan ham qutulasan, poklanasan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:27:11
OSHIQ MA’SHUQINI O’LDIRISHGA QASD QILGANI HIKOYATI

Bir sohib kamol, olihimmat odam bor edi, u bir sohibjamolga oshiq bo‘lib qoldi. Taqdir taqozosi bilan ma’shuq og‘ir dardga chalindi, ozib-to‘zib rangi za’faronday sarg‘aydi. Ravshan qunlarda ham ko‘ngli zim-ziyo, qorong‘i edi. Dard uni qiynar, o‘limi yaqinlashib borardi. Bu haqda oshiqqa xabar yetkazdilar. Oshiq bu xabarni eshitib, qo‘lida pichoq bilan ma’shuqa qoshiga yugurib keldi va dedi:
- Nigorim o‘z ajali bilan o‘lmasin uchun men uni o‘z qo‘lim bilan o‘ldirmoqchiman.
Odamlar unga dedilar:
- Jinnimisan, bunday qotillikda nima hikmat bor? Behudaga qon to‘kma, qo‘y bu ishni, uning umri oz qoddi, hademay joni uziladi. O’likni o‘ldirishdan nima foyda, o‘likning boshini faqat ahmoq johillar kesadi.
Oshiq dedi:
- Agar yorim mening qo‘limda o‘lsa, qiyomat kuni, barchangiz go‘rdan turib, mahsharga to‘planganingizda ko‘rasiz, o‘zim o‘chirgan bu sha’mni yoqaman va do‘zax otashida yonaman. Mayli, odamlar meni so‘xta va qotil deb atayverish-sin, bu joyda ham, u joyda ham bari bir yonaman.
Jonboz oshiqlar har ikki olamda baxtga yetishol-maydilar, qo‘li qisqa bo‘ladilar. Lekin ular bu dunyoda sevganini oradan ko‘tarish bilan dili bu dunyoning barcha tashvishlaridan ozod bo‘ladi. O’z qo‘li bilan o‘z jonini yo‘q qilgan odam oxiratda xilvatda o‘z jonini topadi. Yor bilan xilvatga yetishgan odam jumla olamning barcha sirrini ham kashf eta oladi.
Agar mardlarda talab paydo bo‘lmasa, bunday xilvatga yetisholmaydi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:27:39
IBROHIM HALILULLOH VA AZROIL HIKOYATI

Bir vaqt Ibrohim Halilulloh (kasallanib) o‘lim to‘shagida yotib qoldi. Azroil uning jonini olishga keldi. Lekin hazrati Ibrohim osonlikcha jon bermay turib oldi va Azroilga dedi:
-   Podshohimga qaytib borib, Halil jonini berishga rozi bo‘lmayapti deb ayt.
Azroil borib aytgan edi, Haq taolo dedi:
-   Yana u joyga borib, Halilga aytgin: - Ey, sham’i jahon! Men barcha odamlarningjonini olaman. Barchani birma-bir tig‘dan o‘tkazaman. Haq yo‘l oshiqlari jonboz bo‘lib, o‘z jonlarini ma’shuqiga nisor qiladilar-ku. Siz nechun joningizni xojangizdan ayaysiz! - deb so‘ragin.
Azroil qaytib borib, shu so‘zlarni aytgan edi, Halilulloh yana jon berishga qo‘nmadi va bunday dedi:
-   Men jonimni siz Azroilga emas, Allohning o‘ziga topshiraman. Avvalgi vaqtlarda (Namrud odamlari) meni o‘tga tashlayotganda hazrat Jabrail kelib, yordam bermoqchi bo‘ldi. Men rozi bo‘lmadim. Mening himoyachim Allohdir! - dedim. O’shanda ham men Jabrailga qayrilib qaramadim. Hozir ham faqat Allohga jon berishga roziman. Chunki u meni yo‘qdan bor qilgan, o‘zi jon bergan. U o‘zi bergan jonni o‘zi olsin, shunda men xushnudlik bilan jon beraman. Agar ul zot jonimni olishga farmon bergan bo‘lsa, men jonimni ham, ikki jahonimni ham qo‘shqo‘llab topshiraman.

 
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:28:05
QIRQINCHI MAQOLA

MA’RIFAT VODIYSINING BAYONI

Qushlarning ko‘z o‘ngida Ma’rifat vodiysi ko‘rindiki, uning boshi ham, oxiri xam yo‘qday edi. Ma’rifat vodiysiga kelganlar unda muxtalif turli-tuman yo‘llarni topdilar. Har kimsa o‘zi topgan yo‘lni to‘g‘ri deb bilar, boshqalarning yo‘llarini tan olmas edi. Har biri o‘zi topgan yo‘l bilan faxrlanardi. Bu yo‘llar zoxirda xam, ma’noda ham bir-biridan farqlanadi. Ba’zilar ma’rifat yo‘lida tani uchun, ba’zilar joni uchun tolibdir. Tan yo‘lchisi boshqa, jon yo‘lchisi boshqadir.
Tan bilan jon nuqson va kamol kabi, taraqqiy va zavol kabi bir-biridan farqlanadi.
Ma’rifat yo‘li keng va bepoyon bo‘lib, bu yo‘lda fil ham, o‘rgumchak ham hamrohdir. Bu yo‘lda har kim qurbi yetganicha o‘z kamolini va hasbi holini topadi. Bu vodiyda parvoz qilguvchilar turli sohalarda kamolotga erishadilar. Turli taraflarga sayr qiladilar va hech bir qush hargiz boshqasiga ham ravish — o‘xshash parvoz qilmaydi.
Ma’rifat vodiysida yo‘lovchilar turli maqsadlarga yetishga intiladilar. Birov bu yo‘lda mehrobni topadi, boshqa birov butni - sanamni topadi.
Ma’rifat oftobidan dili yorishgan odamlar — haqiqat manziliga yetish uchun chandon mashaqqat, riyozatlarga bardosh beradilar. Bu dunyo gulxani bularga gulshan bo‘lib qo‘rinadi.
Ma’rifat vodiysi oxirida po‘stni, po‘choqni emas, balki mag‘izni, mohiyatni ko‘rolganlar har narsaning ichidagi yashirin zarralarni ham ravshan ko‘radi. Ammo ko‘pchilik nigohi niqob ostida ne sir-asrorlar borligini oftob kabi ravshan ko‘rolmaydi. Niqob ostidagi yuz ming sir-sinoatdan birini ko‘rish uchun yuz minglab mard insonlar gum bo‘lib, yo‘qolib ketadilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:28:23
Bu yo‘lda komillikka erishganlar uchun dunyoning niqobi shaffoflanib, g‘avvoslar dengiz hayvonlarini ko‘rganday, olam sir-sinoatlarini ko‘radilar. Bu vodiy yo‘lida kamol topish uchun minglab odamlarning tikonlardan qoni to‘kila-di. Bu yo‘lda mabodo Arshi majid (ulug‘ Haq taolo) yor bo‘lib, madad bersa, bir soatda og‘ir mushkullarni hal etish mumkin.
Ey Haq yo‘lchisi, bu vodiyda kamol topay desang, o‘zingni ilmu irfon dengiziga g‘arqqil, va bu yo‘lda chin va yolg‘onni, yaxshi va yomonni farq qil!
Agar bu jahon mulkidagi qonli dog‘larni yuvib, tozala-moqchi bo‘lsang, to abad yashasang ham umring yetmaydi. Yaxshisi (mol-dunyoda emas) ilm-ma’rifatda sultonlikka intil. Kimki ilm-ma’rifat olamida zavqlanib mast bo‘lsa, jahondagi barcha xalqlarga sulton kabi martabasi ulug‘ bo‘ladi. Bunday odam jahon mulkida farishta — malak kabi falaklarda parvoz qiladi.
Agar bu dunyo hayoti - ro‘zg‘orining tashvishlari ko‘pligi-ni bilsang, behad, bekanor ma’rifat olami sharbatlaridan ichib, zavklanib yasha. Agar bilsang bu dunyo dardu illatlarga botib, kasallanib yotib qolgan. Sen sog‘ yashay desang, bu olam tashvishu illatlarini tashlab, yo‘lga tush, ma’rifat olamida parvoz qil.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:28:46
SULTON MAHMUDNING VAYRONADA BIR BEDILNI KO’RGANI

Bir kuni Sulton Mahmud vayronalarni aylanib, bir bedil, devonani ko‘rdi. U sochlari to‘zg‘igan, g‘am-anduhga botgan, bag‘rini toshga berib yotgan edi.
Bedil devona shohni ko‘rib, dedi:
—   Yuz during bo‘lsa ham, bu yerdan uzoq bo‘l. Sen podshoh emas, dunhimmat, pastkash, Allohning berganiga qanoatsiz, kufroni ne’mat odamsan, yaxshisi yo‘lingdan qolma.
Sulton Mahmud devonaga dedi:
—   Meni kofir dema, avval ikki og‘iz suhbatlash, keyin kofir desang mayli.
Devona aytdi:
—   Hali ham tushunmadingmi, ey bexabar. Agar bilsang barchamiz tuproqdanmiz, oxiri yana tuproqqa aylanamiz. Ushanda sen bilan men yaqin bo‘lishimiz mumkin.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:29:09
QIRQ BIRINCHI MAQOLA

ISTIG’NO VODIYSI

Shundan so‘ng Istig‘no vodiysi keladi. Bu vodiy sifati beniyozlik, hech kimga muhtojligi, ehtiyoji yo‘qlikdir.
Beniyozlik, Istig‘no shamoli essa, inson ko‘nglida bir zumda mulku mamlakat ham yelga sovriladi. Bu joyda yetgi daryo qurisa, bir tomchi yomg‘ir kam bo‘lib qolmaydi. Yetti yulduz uchib yo‘qolsa, bir uchqun sochilganday. Istig‘no vodiysida sakkiz jannat xarobotday. U yerda yetti do‘zax muzlab qolganday ko‘rinadi. Bu joyda chumoli fildan kuchli. Butun bir karvon odamlarining yo‘q bo‘lishi bir qarg‘aning uchib, qo‘nishiday. Bu vodiyda kechasi bir odamningchirog‘i yonishi uchun yuz mingyashil libosli odamlar kuyib, yonadi. Bu yerda hazrat Nuh umrining bir soatida yuz ming qorako‘zning umri tamom bo‘ladi. To Barahim (Ibrohim) karavotiga uxlashga yotgunicha, yuz minglashkar charchab, yiqiladi. To kalimullo soxibdiyda (Muso a.s.) Tur tog‘iga qaraguncha, yuz ming chaqaloqbeshikdan tushib yurib ketadi. Toki Iso — Masih mahrami asror bo‘lgunicha, yuz ming xalq bo‘yniga zunnor bog‘laydi. To Muhammad Mustafo bir kecha me’rojga ko‘tarilguncha yuz ming jon va dil vayron — toroj bo‘ladi.
Bu dunyoda bir daryoga ming jon cho‘kib ketsa, Istig‘no vodiysida bepoyon dengizda bir tomchi yo‘qolganday bo‘ladi. Yuz ming odam uxlash uchun yostiqqa bosh qo‘ysa, oftobdan bir zarra nur yo soya tushganday bo‘ladi. Agar falaklar va yul-duzlar (aflok va anjum) to‘kilib tushsa, Istig‘no vodiysida daraxtdan bir bargto‘kilganday ko‘rinadi. Agar tun osmonida oy har oyda yo‘qolsa, bu vodiyda cho‘loq chumoli choh qa’riga yiqilganday bo‘ladi. Ikki olam birday yo‘q bo‘lsa, zamon qumlaridan bir zarra yo‘qolganday. Dunyoda devlar va odamlardan asar ham qolmasa, Istig‘no vodiysida bir qatra yomg‘ir tomchisi yo‘qolganday. Barcha odamlar o‘lib, tanlari tuproqqa aylansa, bu vodiyda hayvonning bir mo‘yi to‘kilganday. Bor olamdagi juz’ va kull (yakka va umumiy) taboh, vayron bo‘lsa, Istig‘no vodiysida bir qushning pari uzilib tushganday. Bir yo‘lda borayotganlarning ko‘pchyligi yo‘qolsa, yetti daryodan bir tomchi suv yo‘qolganday ko‘rinadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:30:13
CHOHGA QULAB O’LGAN YIGIT HIKOYASI

Xurosonda bir barno yigit bor edi, husnda go‘yo to‘lin oy edi. Yusufday xushchiroy bu yigit qazoi taqdirdan bo‘lib, chohga yiqilib o‘ldi (Yusufni Allohi haq taoloning farishtalari asragan edi, lekin xurosonlik bu chiroyli, nodir yigitni asrashni hech kim so‘ramagan edi). Yigit chohga yiqilganida, uning ustiga tuproq to‘kildi, oqibat bu inson tuproq bilan baravar bo‘ldi. Uning holi va ro‘zgori o‘zgardi, ishi mushkullanib, qoni yelga sovrildi.
Bu xushsiyrat, sohibjamol yigitning ismi Muhammad bo‘lib, unga ikki dunyo bir qadam bo‘dtsi (Shunday aziz nomi ham uni ajaldan qutkarolmadi).
Otasi bu ahvolni ko‘rib dod soldi:
- Ey, farzandim, ko‘zimning nuri, jonu jahonim, ey Muhammad, bir lahzagina lutf aylab, bir og‘iz so‘zingni aytib ket! So‘zla, Muhammad, so‘zla, farzandim.
Ammo hech bir inson bu xitobga javob bermadi. Shunday deb, ota ham jon berdi.
Dunyoning bunday ishlaridan kuyib-yonmagin, ey sohibnazar solih. To Muhammad so‘zladi, odam ham kuyib-yondi. Bu so‘zlarni (oyatlarni) Odam ato ham, uning zurriyodi — avlodlari ham so‘zladilar. Haqtaolo nomini juz’iyot (barcha) ham so‘zladi. So‘zladi devu pari, inson, malak. So‘zladi tog‘, zamin, daryo, falak. Yuz minglab insonlar tani xok-tuproq bo‘lishini bilib, so‘zladilar. Bu so‘zlarni (oyatlarni) aytgan yuz minglab insonlarning joni poklandi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:31:19
YUSUF HAMADONIY VA UNING SO’ZLARI

Yusuf Hamadoniy tariqat yo‘lidagi chashma, yo‘lchilarning ko‘rar ko‘zi edi. Pok siyna, dili (budunyo xavfu xatarlaridan) ogoh edi. U aytar ediki, dilni yuvish, poklash arshi a’loning buyurgan ishlaridandir. Bu olamda nelar mavjud bo‘lsa, yana kelgusida bo‘ladigan barcha narsalar, abadiy hayotdan bir zarra, hayot daryosidan bir qatradir. Kelgusi abadiy hayotda bu dunyodagi farzandlar ham, boylik, omad ham foyda bermaydi. Ey, salim (sog‘-salomat, yetuk, oqil inson) bu vodiyda yo‘l yurish oson emas, ey, la’im (pastkash odam), jaholating (bilmasliging) sababli bu yudiyda yurishni oson deb o‘ylaysan. Agar bu yudiyda yuzta rayun yo‘l bo‘lsa ham, diling qon bo‘lsa, bu yudiyda bir manzil sari biroz yurishga ham qiynalasan.
Bu jahonda har qanday yo‘lni bosib o‘tish uchun birinchi qadamni (ya’ni, qaysi yo‘lga kirayotganingni) o‘ylab bosish kerak. (Nazar bar qadam). Hech bir solik o‘z yo‘lining oxirini ko‘rolmaydi, oxiriga yetishga darmoni, kuch-quvvati yetmaydi.
Mabodo bu yo‘lda bir it kabi doimo yugursang ham abadiyat qo‘ng‘irog‘ining bongini eshitmaysan. Bu yo‘dda yuzing (qora bo‘lsa) yuvolmaysan, na tinchib turolasan. Bu yo‘lda mardliging ham, zoting — nasl-nasabing ham ish bermaydi. U yerda ishlaring mushkullashadi.
Lekin yurishda davom etaver, chunki to‘xtab turishdan foyda yo‘q. Bunda ko‘p so‘zlama, ko‘p o‘yla va xomush bo‘l. Xomushlik — mardlikdir. Bu yerda inkorni va xiyonatni tark et. So‘zlashni tark etib, ishlashni o‘rgan. Ozmi, ko‘pmi, doimo ish qil. To farmoning - quvvating bor ekan, umring poyoniga yetmay turib, ishning poyoniga yet. Agar ishlashga darmoning yetmay qolsa, bekorchi (hech kimga keraksiz) bo‘lib qolasan.
Ko‘nglingga yoqmagan (bo‘lmag‘ur, noxush) ishlarni tark et. Ishingni qilsangham, qilmasangham o‘zingdurust (yaxshi) bo‘l. Senga tanish va notanish ishlar bor. Tanish, ya’ni yaxshi bilgan ishda odam quchli bo‘ladi.
Beniyoz, qanoatli odamni qo‘r, u xoh mutrib (quvontiruvchi sozanda), xohnavhagar (yig‘lab, yig‘laguvchi) bo‘lsin, birovlarga yalinmaydi, aksincha, boshkalarning unga ishi tushadi.
Istig‘no barqi (chaqmog‘i) u vodiyni yoritadi, bu chaqmoq taftidan yuz jahon ahlining holi yengillashadi. Bu yerda yuz jahonning tashvishi tuproqqa sovriladi. Bu vodiyda jahonning o‘zi yo‘qolsa ham ahamiyatsizdir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:43:40
HAKIM ALI AL-ITLOQ MUNAJJIMGA YULDUZLAR OLAMI RAVSHAN KO’RINGANI

Dil ko‘zi o‘tkir, nazarkarda bir hakim, munajjim bor edi. U o‘z oldiga sopol taxta-lavhani qo‘yib, unga naqshu nigor: sobitu sayyoralarga to‘la osmonni va zaminni chizib qo‘ygan edi. Bu hakimga taxta naqshlarida yulduzlar va burjlar, ularning harakati va tabiati, botishi va balqib ko‘tarilishi - uruji ravshan ko‘rinur edi. Unga bu yulduzlarning avvalgi o‘rinlari, saodat keltiruvchi vaqtlari, odamlarning vafoti va tug‘ilishiga ta’siri bilinar edi. Hakim sitoralarning qachon naxs keltirishi va qachon baxt-saodatga yetkazishini hisoblab bilar edi.
Ba’zan hakim qor-yomg‘irda bu naqshu nigorlar o‘chib ketmasin deb, uyiga olib kirib qo‘yardi. Suvratda bu olamning naqshlari o‘zaro alohida edilar. Hakimning ilmi sababli unga shu lavhada samoviy mavjudotlar ko‘rinardi. Agar ilmsiz kishi qarasa, bu oddiy sopol taxta edi.
Ey solik, senga shunday yashirin xazinalar ochilishi uchun ilm yor bo‘lsin, agar senga ilm yor bo‘lmasa, sitoralar o‘rniga uying burchagida yotgan gard-changni ko‘rasan.
Agar ilm senga yor bo‘lsa, barcha insonlar, erkak va ayollar, ikki olamda noLgu nishoni bo‘lmagan mavjudotlar sening qoshingga keladi.
Agar bu vodiy yo‘lida senga sabr-toqat yor bo‘lmasa, hamma tog‘larni kezsang ham ilm qasrini topolmaysan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:44:16
AHLI ROZ PIRI VA HOTIF HIKOYATI

Ahli roz — sir ahlidan bo‘lgan bir azizga bir lsishi olami asror - sirlar olamidan gapirib ber, dedi. Pirga xotifdan bunday ovoz keldi:
— Ko‘ngillar zangini tozalovchi ey pir, sen ne tilasang, ijobat bo‘ladi, nimani so‘rasang olasan! Xohlasang payg‘ambarlikni beray!
Pir aytdi:
— Umrim bino bo‘lib ko‘rdimki, anbiyo-payg‘ambarlar kabi ulug‘ zotlarning boshiga doimo balo, tashvishlar yog‘iladi. Ular qaerda bo‘lsalar birinchi bo‘lib, ranju baloga uchraydilar. Nabiylarning nasibasi qayg‘u, kulfat ekan, mard g‘ariblar qachon umrlarida rohat ko‘rar ekan, bilmadim.
Men bo‘lsam izzat-hurmat ko‘rishni ham, xorlik ko‘rishni ham istamayman. Faqat ojizligimdan qutulsam edi. Mextar (payg‘ambarlar, azizlar) nasibasi dardu ranj ekan, ularga tole yulduzi ganj-xazina o‘rniga ranj, qayg‘u yetkazar ekan. Nabiylar ishi serg‘avg‘o, mening bu ranju balolarga tobu toqatim yetmaydi.
So‘ngra pir olam asroridan aytib ber, deb so‘ragan odamga dedi:
— Men jon kuydirib gapirganim bilan sen o‘zing uchun (oxiratda najot topishing uchun) foydali bo‘lgan ishlarni qilmasang, mening so‘zlaganimdan foyda yo‘q. Lekin olam sirlaridan xabar topmasang, xavfu xatar dengiziga yiqil-sang, qahr-g‘azab nahangidan ogohbo‘lmasang, qaysi suluk yo‘liga kirishni ham bilmaysan. Bu sirlardan ogoh bo‘lishingga sendagi kibr va g‘urur-pindor monelik qiladi, bu ahvodda xavf-xatar dengizidan qaysi soxilta chiqib olish yo‘lini ham bilmaysan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:44:46
OYOG’I ASALGA BOTIB QOLGAN PASHSHA HIKOYATI

Daryo tarafdan kelgan pashsha bir chekkada asal to‘la kosani ko‘rib qoddi. U zavqlanib, jon-dili bilan asalga o‘zini urdi. Bunday lazzatli taomni shoh ham, gado ham yemagan deb, pashsha asalni yeyaverdi. Pashsha asalni o‘rtasidan yegan edi, to‘yib qolib, chetga chiqmoqchi edi, oyog‘i og‘irlashdi. Chiqishga harakat qilgan sari battar ahvoli og‘irlashar edi.
Biz ham ba’zan ochko‘zlik kilib, chuqurga, chohga tushib qolamiz. Baqirib-chaqirsak, bizni egamning qahri o‘ldiradi. Agar haddimizni bilmasak, bizni asalning zahri o‘ddiradi.
Agar birovga bir jav - arpa bersak, ikkita qilib qaytarishni istaymiz. Shirin bo‘y - hidni mol, dunyo ichidan emas, mol-dunyoning tashqarisidan izlaylik. Bu vodiyda inson bir nafas ham g‘amdan forig‘ bo‘lmaydi. Bu vodiyda mard o‘zidan o‘zgaga suyanmaydi. Ey, dunyo moliga oshufta, mahliyo bo‘lgan odam, bular orasida sening qo‘l-oyog‘ing asalga botganday, holing og‘irlashadi. Bas, bu yozada - cho‘lda og‘ir yuklaringni kamaytir. Jonu dilingni mol-dunyo zangi — tashvishlaridan ozod qil. Agar mol-dunyoga sajda qilsang mushrik bo‘lasan, mushriklarday eng g‘ofil bandalardan bo‘lasan. Faqr yo‘liga joningni soch va dilingni bag‘ishla. Ana shunda Istig‘no vodiysiga yetib, har qanday muhtoj-likdan qutulasan.


Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:45:37
ITBOQAR QIZGA ISHQI TUSHGAN SHAYX HIKOYATI

Xirqa kiygan va nomdor bir shayx it boquvchi sohibjamol qizni ko‘rib, oshiqu beqaror bo‘ldi. Shu dilbar ishqida holi zabunlashdi. Dili daryo mavjiday qonga to‘ldi. Shayx u go‘zalning jamolini ko‘rish umidida kechasi yor ko‘chasidagi itlar orasiga qo‘shildi.
Kizning onasi bu sirdan ogoh bo‘ldi. Shayxni o‘z huzuriga chaqirib, dedi:
- Ey shayx, diling gumroh bo‘ldi. Agar bo-shingda shu havas bo‘lsa, menga itboqar bo‘lib xizmat qilasan. Bir yildan so‘ng seni mehmon qilib, qizimni nikohlab beraman.
Shayxning u qizga ishqi sira pasaymadi, xirqasini tashlab, itboqarlik choponini kiydi va bu ishga bel bog‘ladi. Itlarni boqib, bozorga olib bordi. Bu ishda va qiz ishqida necha yillar o‘tganini bilmay qoldi.
Shayx bilan hamnafas bir so‘fiy do‘sti bor edi. O’sha so‘fiy shayxga ta’na-dashnom berib, dedi:
- Sen uch yil itboqarlik qilding, mardlarning mardi bo‘dding. Endi bu ishni bas qilsang bo‘lardi.
Shayx dedi:
- Ey g‘ofil, qissadarozlik qilma (ko‘p gapirma), bu qissa pardasi ortida ne sir-asror borligini faqat Haq taolo biladi. Bu ishlarning hammasi sening ham boshingga tushib qolishi mumkin, shunda ta’nalaring o‘zingga qaytadi. Itlar mening qo‘limdan sening qo‘lingga o‘tadi. Bu ishq haqida dilimdagi dardlarni aytsam, gap qo‘payatsi. Dilim qonga to‘lganini aytsam yetarli. Behuda gaplardan ko‘ra, sirlar daryosidan bir marta ichsangiz, mening dardlarimdan ogohbo‘lasiz...
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:46:13
HIKOYAT

Shayxning muridi bu hikoyani eshitib, dedi:
- Shayxning so‘zlarida nozik ma’nolar (nuqtalar) bor, bu haqqa uzoq gapirish mumkin. Agar sizlar bu zamonda yuzingizni yuvsangiz (pokiza bo‘lsangiz), shu orada men bir kecha nozik ma’nolarni aytaman.

MUNOJOT

Ey, Allohyi zul-jalol, bizga yaxshi ne’matlaringdan ato qil, karaming dengizi - kaloming buloqlaridan ichir, ilm-ma’rifat sharobidan bizni sarxush qil, qulog‘imizga haqiqat sadolarini eshittir. Duolarimiz ham Sendan, ularning ijobati ham Sendan. Iymonimiz kuch-qudrati, mahobati ham Sendan. Ey, parvardigorimiz, kengliklar sultoni, xato gaplar aytgan bo‘lsak, o‘zing to‘g‘rila. Orzu, havaslarni do‘st tutganimiz uchun Sening yo‘lingdan adashsak, bizni to‘g‘ri yo‘lga sol, xom, chala fikrlarimizni pishiq, puxta qil. Bizni Burhoni Muhaqqiq (Qur’on) nuridan bahramand et. Nozik, teran ma’nolarga boy kaloming bilan istasang, najosatni mushk, atrga aylantirasan, istasang, mastlarni hushyor qilib, nozik ma’nolarni tushunguvchi qilasan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:50:20
QIRQ IKKINCHI MAQOLA

BESHINCHI MANZIL - TAVHID VODIYSI BAYONIDA

Shundan so‘ng Tavhid vodiysi keladi, bu tajrid (rivojla-nish) va tafarrud (yolg‘izlanish) manzilidir. Bu cho‘l-biyobonda barcha sirlar bir yoqadan bosh chiqarib, yuzlarini ravshan ko‘rsatadi.
Hayotda ko‘p narsalarni ko‘rsang ham, oz narsani ko‘rsang ham Tavhid yo‘lida barchasi bir narsa ekanini ko‘rasan. Yaratguvchi bir bo‘lgach, olamlar ham bir, ularning ichidagi narsalar ham hamisha birdir. Olamda bir narsa bo‘lmay, ko‘p narsalar bo‘lsa ham senga faqat bir narsa nasib etadi (bu — yo‘qliqdir). Agar azal va abad o‘rtasida har qancha yo‘l yursang (har qancha yashasang) ham hadni — chegarani va adadni bilmaysan. Azal ham, abad ham jovidon, mangu bor, ular orasidagi narsalardan qachonlardir hech narsa qolmaydi. Hech narsa emas deganimiz hamma narsalardir va hamma narsalar deganimiz hech narsa emasdir. Azaliy mavjud zotdan boshqa hamma narsalar hech narsa emasdir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:51:36
LUQMON SARAXSIY HIKOYATI

Luqmon Saraxsiy dedi:
- Ey Iloh, men qarigan, sarson va yo‘lini yo‘qotgan odamman. Taomilga ko‘ra, qarigan qulni xursand qiladilar. Ya’ni uning qo‘liga ozodlik xatini berib, qo‘yib yuboradilar. Ey Podshohim, sening qulligingda sochim qorday oqardi, bandalikda qachongacha g‘am chekaman, meni xursand et, qarib qoddim, ozodlik xatimni berib, erkinlik bag‘ishla.
Hotifdan ovoz keldiki:
- Ey haram xoslarining xosi, kimki qullikdan qutulmoqchi bo‘lsa, uning aqli va yumush — vazifalari yo‘qolishi kerak. Bu ikkisini tark etib, so‘ngra yo‘qla, qadam qo‘y.
Luqmon Saraxsiy dedi:
- AIlohim, men mudom Seni istayman, aql va yumushlarim, orzularim butqul yo‘qolsin, vassalom». So‘ngra u aql va orzu-istaklardan butkul qutuldi -junun ichra raqsga tushar, o‘zini bilmasdi. Shunda u der edi: «Bilmadim, endi men kimman, endi qul emasman, lekin nimaman? Menda qullik yo‘qoldi, lekin ozodlik ham qolmadi, didda bir zarra bo‘lsa ham gam yoki shodlik qolmadi. Sifatsiz bo‘ddim, lekin sifatsiz emasman, orif bo‘ldim, ammo ma’rifatim yo‘q. Men — Senmi yoki Sen — Menmi — bilmadim. Senda mahv bo‘ldim (erib yo‘qoldim) va mening «menligim» yo‘qoldi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:52:29
BIR MA’SHUQNING SUVGA TUSHIB KETGANI HIKOYATI

Bir ma’shuq to‘satdan daryoga tushib ketdi, oshig‘i uni qutqarish uchun darhol o‘zyni suvga otdi. Ular ikkalasi bir-biriga yetishgach, ma’shuq oshiqdan so‘radi: «Ey bexabar, men bu oqar daryoga tushib ketdim, sen nega o‘zingni suvga otding?» Oshiqdedi: «Men o‘zimni sendan ayri bilmaganim uchun seni daryoda ko‘rib, o‘zimni tashladim. Ko‘p yillar o‘tdikim sen mensan va men senman — ikkalamiz bir kishimiz. Sen mensan yoki men sendurman - qachongacha ikkilik fikridasan. Ikkimiz bir odammiz. Agar mudom sen men bo‘lsang va men sen bo‘lsam, ikki tan bir tan bo‘lamiz, vassalom. Toki ikkilik bor ekan, sheriklik (shirk) nishonasi bor bo‘ladi. Ikkilik yo‘qolib, birlik vujudga kelsa - tavhid paydo bo‘ladi. Sen unda yo‘qolib ket — tavhid shudir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:55:23
SULTON MAHMUD VA AYOZ LASHKAR NAZARDAN O’TKAZILAYOTGAN KUNDA

Dedilarkim, saodatli xursandchilik bir kunda sulton Mahmud o‘z lashkarlarini safga tortib nazardan o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Keng dalada adadsiz fil va otliqlar, piyoda sipohilar saflandi, shoh otga minib lashkarni ko‘zdan kechirdi. Ayoz bilan Hasan unga hamroh edilar. Go‘yo olam jang fillari va nayza ko‘targan sipohlarga to‘lganday edi. Dunyo bunday haybatli lashkarni ko‘rmagan edi. Mahmud xursand bo‘lib, Ayozga qarab dedi:
- Ey o‘g‘il, qo‘rdingmi, bularning hammasi meniki, ammo bularning hammasi seniki, sen esa mening sultonimsan». Ammo Ayoz bu so‘zga e’tibor qilmadi, qanday bo‘lsa, shunday holatda turaverdi. Shohga o‘z paytida tashakkur demadi, go‘yo sultonning so‘zlari unga taalluqli emasday edi.
Shunda Hasanning jahli chiqib, Ayozga qarab dedi:
- Ey G’ulom, shohsenga bu qadar ehtirom ko‘rsatmoqda. Sen esa hech narsa eshitmaganday jim turibsan, bu hurmatsizlik axir. Sen yerga egilib ta’zim qilishing va minnatdorchilik bildirishing kerak. Sen hurmatni bilmayapsan, shoh oldida o‘zingni munosib tutmayapsan.
Alqissa, Ayoz Hasanning bu so‘zlarini eshitgach, dedi:
- Bunga ikki sabab bor. Birinchisi shuki, yo‘l-yo‘riqni bilmasdan podshoh oldida ta’zim va xizmat qilgan kishi yoki xor bo‘lib, uning oldida tuproqqa bosh qo‘yishi kerak yoki uning oldida zor-zor iltijo qilib so‘z aytishi lozim. Shohdan qo‘p bo‘lish yoxud unga teng bo‘lish — johillikdir. Men kim bo‘libmanki, bu dargohga bosh ursam, o‘zimni unga teng deb bilsam? Men uning bandasiman, meni bandam deb siylagan bo‘lsa, bu uning himmati. Men kimmanki, farmon berayin, farmon — uning farmonidir. G’olib shoh har kungiday, bugun ham o‘z bandasi Ayozga marhamat qiddi. Ikki olam uning nomiga xutba-duo o‘qisalar ham, bilmadim, unga arzirli mukofot bo‘larmikin? Men bu namoyishu ko‘rgazma maydonida qaerda ham qo‘rinardim, men hech kimman, nega paydo bo‘layin? Unga xizmat qilish, oldiga kelishga menda jur’at qani, kim bo‘libmanki, u bilan barobar tursam?
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:55:46
Hasan Ayozdan bu so‘zlarni eshitgach dedi:
- Ofarin senga, ey haqgo‘y Ayoz! Insof bilan aytganda bu zamonda shohning har qanday in’omiga loyiqsan.
Keyin Hasan dediki:
- Ikkinchi sababni ham gapir.
Ayoz dedi:
- Bunisini sening oldingda aytish nojoiz. Agar podsho bilan men birga bo‘lsak, bu so‘zni aytarman, chunki bu ikki mahramga taalluqlidir. Sen bunga mahram emassan, senga qanday qilib aytaman, axir sen sulton emassan-ku.
Shundan keyin shoh Hasanni lashkar tomon jo‘natdi. Shoh va Ayoz ikkalasidan boshqa kishi yo‘q edi, xilvat hosil bo‘ldiki, unda «biz» va «men» qolmagandi (begona yo‘q edi). Hasan bu orada begona soch tolasiday edi, lekin bu soch tolasi olib tashlandi. Mahmud dedi:
- Ikkalamiz xilvatdamiz, sirringni ayt, o‘shal aytmoqchi bo‘lgan xos so‘zingni menga ayt.
Ayoz dedi:
- Shoh lutf kamoli-la har kachon men miskinga karar ekan, bu qarashning porlashi nurida vujudim bus-butun yo‘qolib, erib ketadi. Shohning oftobi shu’lasi ziyosidan shu dam poklanib nurga aylanaman. Menda vujud degan narsa, nom qolmaydi, shu ahvolda qanday qilib sajda qilayin? Agar sen o‘sha damda oldingda meni qo‘rib tursang-da, biroq u men emas, balki sensan. Sen bir emas, agar yuz lutf ko‘rsatsang ham, buni sen go‘yo o‘zingga qilasan, chunki men — men emasman, senman. Oftob shu’lasida yo‘qolgan soya qachon va qanday qilib xizmat qilishi mumkin? Sening bu Ayozing sening, qo‘yingda bir soyaday gap, u Sening yuzing oftobida yo‘qolpi Banda o‘zligi va o‘zidan foniy bo‘lgach, demak, undan nishon qolmaydi, sen uni nima qilsang qil, chunki u endi yo‘qdir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:56:16
QIRH UCHINCHI MAQOLA

OLTINCHI - HAYRAT VODIYSI BAYONIDA

Shundan keyin oldinda Hayrat vodiysi boshlanadi. Bunda dard va hasrat seni chulg‘ab oladi. Bu yerda har nafas bir tig‘day sanchiladi, har damda yuz pushaymonlik yuz beradi. Oh, dard, o‘rtanish bor bunda, kecha va kunduz borday, ammo na kecha bor, na kunduz. Har kimning sochlari tubidan hech bir tiyig‘siz qon sizib chiqib, yerga tomadi. Bunda solik g‘amu anduh olovi ichida qoladi, dard ichra tahayyurda o‘rtanadi. Solik qanday qilib manzilga yegishni o‘ylab hayronu parishon buladi, tahayyur ichra yo‘lini yo‘qotadi. Hayrat yo‘lida mahvu mot bo‘lib, o‘zini yo‘qotadi, o‘zining borligini ham, koinot-ni - dunyoni ham unutadi. Kimnikim joniga tavhid^aqam ursa, butun borliq mahv bo‘lib, o‘zi ham yo‘qoladi. Agar unga: «Bormisan yo yo‘qmisan, olamda mashhurmisan yo tubandamisan — kimsan, o‘rtalikdamisan yoki barchadan tashqaridamisan, dengizdami, sohildamisan, ayonmisan yoki berkinganmisan, har ikkisi bo‘lsang, yo sen u emassan, yo u sen emas-ku?» deb so‘rasalar, u bunday javob beradi:
- Aslida men hech narsani sezmayman (bilmasman), buni ham, uni ham bilmayman. Oshiqman, ammo kimga oshiqligim bilmayman, musulmon ham, kofir ham emasman, bas kimman? Ammo ishqimdan ogoh emasman, ko‘nglim ishq bilan to‘lgan, ayni vaqtda u bo‘m-bo‘sh ham.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:56:41
BIR G’ULOMNING SHOH QIZIGA OSHIQ BO’LGANI

Bir Husrav (shahanshoh) bo‘lib, ofoq (ufqlar), ko‘p mamlakatlar uning farmoni ostida edi. Uning qasri-ayvonida bir moh — qizi bulib, husn-jamolda parilarning rashkini keltirardi. U qiz dilbarlikda bahorni va sarv hamda gulni eslatardi. Uning dardida yuz dil majruh, nozik badanidagi har bir mo‘y ruhga o‘q bo‘lib sanchilardi. Uni ko‘rganlar jannat - firdavsga kirgandek bo‘lardi, ajmo qoshlarining qavsi-kamonidan tir boron-o‘qlar yog‘dirib, siynalarga dog‘ solardi. Qoshlari husniga sanoxon edi. Nargisday xumor ko‘zlari mijgonlari o‘qiga uchragan hushyorlar ham mast bo‘lib yiqilardi.
Bu oy yuzli uzrovash, xurshid chehra go‘zallikda sipehr-falak mohiday edi. Dur va yoqut lablari jonga qut-mador, bundan ruhul-quddus farishtalar ham mabhut-hayratda edilar. Xanda qilib jilmayganida lablarining obi hayoti tashna mardlar jonining zakoti edi. Yanog‘idagi kulgichining chuqurini ko‘rgan odam sarnigun bo‘lib, chohga qular edi. Bu mohchehraning tuzog‘iga sayd bo‘lib ilingan odam bearqon bog‘lanib, chohga tushar edi.
Shahanshoh xizmatida ham bir oy yuzli g‘ulom (navkar, soqchi) bo‘lib, uning jamolini ko‘rganlar quyosh va oyning zavolini ko‘rganday, olamni g‘avg‘oga to‘ldirar edilar. Bu xurshid yuzli (navkar) davrasida ko‘cha-ko‘yga chiqqanida odamlar nazarida quyosh ham xira tortganday bo‘lardi.
Bir kuni taqdirdan bo‘lib, shoh qizi ana shu oy yuzli g‘ulomni qo‘rib qoldi va qo‘nglida bir oh tortdi. Dili beqaror bo‘lib, qonga to‘ldi, boshidan aqlu hushi uchdi. Ul yigitning ishqida qizning aql-hushi ketib, ishq zo‘rligidan shirin jonida achchiqlik va sho‘rlik paydo bo‘ldi.
Qiz andisha, ibo bilan o‘zini qo‘lga olishga shuncha urinsa ham ishq va firoq otashida joni kuyib -  yonaverdi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 13:57:52
Ado qilmish qizni bu ishq va firoq, Jon bo‘ldi asiri dardu, dil pur - ishtiyoq.
Shoh qizining ikki go‘zal kanizagi bo‘lib, ikkalasi sozanda va xonanda — mutriba edi, ashula aytsalar, xush ovozlari oliy martabada edi. Saroy bulbullari bo‘lgan barcha sozandalar bu ikki mutribaning Dovudiy lahni go‘zal ovoziga jonfizoy edilar.
Jonu tanida qarori qolmagan oy yuzli qiz nomu nang (uyat, andisha)ni yig‘ishtirib, mana shu kanizaklariga mushkul hol-ahvolini bayon qildi. Jonon gar ishqini yaqinlariga oshkor qilmasa, joni tanini tark etish ehtimoli bor edi. Oy yuzli dedi:
- Agar g‘ulom yigitga ishqimni aytmasam, adoi tamom bo‘laman. Dabdaba, hashamatimda ziyon ko‘rsam ham, o‘shal g‘ulom yigitga yetishmasam holim og‘irlashadi. Agar holimni siz yaqinlarimga aytmasam, dilim qarori yo‘qolib, halokatga uchrayman. Sabr haqida yuzlab kitoblar o‘qiganim bekor bo‘lib, endi besabru beqaror bo‘ldim. Shunday bir chora-tadbir topinglarki, u yigitni yashirin qoshimga keltiring-lar, toki men u sho‘x sarvning vaslidan bahra olay. Lekin yigit bu yerga qanday kelganini o‘zi bilmasin. Agar shu maqsudim hosil bo‘lsa, jonimning kori bitar, dilim ti-lagi — komiga yetar edi.
Xush ovozli kanizaklar shoh qizining bu so‘zlarini eshitdilar va:
- Ey, bekamiz, dilingni xush qil, biz bu ishni uddalaymiz, bu kecha u yigitni qoshingga keltiramiz, dedilar va bir ajoyib ish qildilar. Kechasi go‘zal kanizaklardan biri g‘ulom yigitning hujrasiga borib, unga sharob jomini tutib, soz chalib, ashula aytib, ko‘nglini oldi. Yana va yana may tutib, yigitni payvasta mehmon qiddi. G’ulom yigit mast bo‘lib, aql-hushini yo‘qotganida, boshqa kanizaklar keldilar va siymbar, ikki olamdan bexabar g‘ulom yigitni ko‘tarib, yashirin yo‘llar bilan shoh qizining
huzuriga yetkazdilar.   
Yarim kechada yarim mast yigit biroz o‘ziga kelib, ko‘zini ochganida o‘zini jannatmonand qasr bog‘idagi bir chodir mehmonxonada, zarrin taxt ustida, shoh qizi — oy yuzli yori bilan yonma-yon o‘girganini ko‘rdi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:00:30
Mushk-anbar hidi o‘n sha’mli chodirni yoritar, ud novda-lari yonib, atrofga xushbo‘ylik taratar edi. Yigit bu yerda samoviy sanamlarni ko‘rib, jonu tani aqlu joni bilan vidolashdi. Uning nazarida barcha eshiklar o‘rtasida shoh qizi sham’ nuriga chulg‘anib, xurshid turardi. Bu o‘rtada hamma shod va murodiga yetgan g‘ulom yigit qiz chehrasiga boqib, hushini yo‘qotgan edi. Qalbi ishq bilan limmo-lim, tili lol edi. Bu yerda jon ham, aql ham bu olamda ekanligini tushunmay, hayronlikda qolgandi. Ko‘z oldida dildor ruxsori, qulog‘ida musiqori - sozandaning xush ohanglari. Dimog‘ida mushk-anbarning xushbo‘yi, og‘zida dildor labining otashi o‘yi edi. Shu holatda shoh qizi g‘ulom yigitga may to‘la qadahni paydar-pay uzatar, yigit uni ichib, gazagi uchun qizning shirin labidan bo‘sa olar edi.
Yigit ko‘zlari gul yuzda, qiz esa seviklisiga yetishganidan sevinib yig‘lar, bularning ahvolini ko‘rganlar hayron edilar. Qiz goh uyalib yerga qarar, goh yigitga nigoh tashlab yig‘lar edi. Ko‘z yoshlari sel bo‘lib okar edi. Goh shakar labidan bo‘sa berar, goh bu bo‘sadan jigariga tuz sepilar edi.
Goh sarkash, o‘jar zulfi kabi holi parishon, goh ishq dardi uni sehr-jodu qilib, hushidan ayirgan edi. G’ulom, navkar yigit may ta’siridan va qizning dilnavozligi, mehribonligidan mast bo‘lib, gohhushini yo‘qotar, shohyana hushiga kelar edi.
Visol va may ta’sirida yigit mastu behush bo‘lib, o‘tir-ganicha, Mashriqdan subh kelganini, tong otganini ham bilmay qoldi. Tong otib, shabboda (gullar atrini sochganida, yigit qaerda o‘tirganini ham unutib uxlab qoldi).
Kanizaklar baxtiyor yigitni hech kimga bildirmay yana o‘z joyiga, hujrasiga olib borib qo‘ydilar. Bir muncha vaqt o‘tgach, yigit o‘ziga kelib, kechasi ko‘rganlarini eslab, ne voqea bo‘lganini tushunmay, hayron bo‘lib qoldi. Kechasi ko‘rganlari rostdan bo‘lganmi yo tushida ko‘rdimi, bilolmay, jigari xunga to‘lib, so‘ng boshiga yetdi. Yigit toqatsizlanib, o‘zini qo‘yarga joy topolmay, tanidagi libosini yirtib, tepa sochi tikka bo‘lib, alamidan boshiga tuproq socha boshladi. Tiroz sham’i (turkistonlik) bu yigit qissasini so‘raganlar-ga aytar ediki, bu qissani yana aytishga kuchim yetmaydi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:01:55
Men visol quvonchidan so‘ng hijron, firoq dardiga chiday olmay, mastu xarob bo‘lganimni ko‘rdim. Hech kimsa hatto tushida ham bunday ayanchli ahvolga tushmasa edi. Men boshimdan o‘tgan bu voqeani o‘ngimda ko‘rdimmi, tushimda ko‘rdimmi, bilolmay hayronman. O’sha ko‘rganlarim men uchun g‘aroyib sir bo‘lib qoldi, bu sirni hech kimga aytolmayman. Faqat shuni menga aytadilarki, o‘shanday bir oy yuzli bor va o‘shanday bir bog‘ bor, deb eshitganmiz, lekin o‘zimiz ko‘rmaganmiz.
Yigit aytar ediki, u voqeaning hammasini o‘zim ko‘r-dimmi, boshqa birov ko‘rdimi, bunday voqeani mastlikda ko‘rdimmi va yo hushyorlikda birovdan eshitdimmi, bilolmay, darmondaman va muztarman. Men ko‘rganlarimni hamma odamlar eshitmagan.
Oqillar aytar edilarki, yigit bu voqeani tushida ko‘rgan, so‘ng o‘ngimda ko‘rdimmi, yo tushimda ko‘rdimmi, deb devona va sho‘rida bo‘lib qolgan.
Yigit aytar edi:
- Men bu voqeani xayolimda ko‘rdimmi, tushimdami, uyg‘oqlikdami, ogoh emasman. Jahonda shunday ajabtovur voqealar bo‘lar ekanki, ular oshkorami, nihon-yashirinmi, bilish qiyin. Bu haqda aytolmayman, lekin aytmasdan ham turolmayman. Bu voqeani shu orada ko‘rdimmi va yo narigi dunyodami. Jonim qaysi zamonga borib, qaytib kelgan? Men o‘sha (baxtli) zamonimdan zarracha nishona topmadim.
Men u zamonda haq kamolidan bir sohibjamolni ko‘rgan edim, bu zamonda hech kimsa u holdan nishona ko‘rsatmadi. Uning oftobmonand chehrasiday go‘zal yuzning zarrasini ham topolmadim. Vallohi olam bis-savob (bunday sirni Alloh bilguvchidir)-
O’sha voqeani avval ko‘rganim haqida keyinchalik nima deyishni ham bilmay qoddim. Men u baxtiyorlikni qaysi olamda ko‘rdim ekan, har ikki olam orasida sarson-sargar-donliqqaman.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:04:08
DEVONANING OLAM   HAQIDAGI SAVOLI

Bir devona aziz marddan so‘radi:
—   Bu olam va bu hasratxona haqida so‘zlab ber.
   Aziz javob berdi:
—   Bu olam nomlari ko‘p, dong‘i ham baland, uyatli, nomusli ishlari ham bor. Nihollari ham turli ranglarda meva beradi. Agar bir kishi barcha nihollarning mevalarini ezib, sharbatini chiqarsa, bir xil rangdagi mumga aylanadi. Agar kim bu sharbatni ichsa, har bir mo‘yi mast bo‘lib, boshqa hech narsani bilmay qoladi. Bu odam uchun endi turli-tuman ranglarning farqi qolmaydi. Unga hamma narsa bir bo‘ladi. Chunki bu yerda hamma bir holatda bo‘ladi, turlicha emas. U erda men ham, sen ham bir vaqtda (qabrdan) turamiz.

QIZINING QABRI USTIDA YIG’LAYOTGAN ONA HIKOYATI

Bir ayol qiz farzandining qabri ustida yig‘lab o‘tirardi. Shu payt bir yo‘lchi shu tara'fga qarab, yig‘layotgan ayolni ko‘rdi va dedi:
- Ey ona, bu yig‘lashing Haq taologa xush kelmaydi, sen mard erkaklardan saboq ol va mardona bo‘l. Yo‘qolgan during endi juda uzoqda, inson qayg‘u-kulfatga sabr qilishi kerak. Sabrsizlik yaxshi emas. Agar bu holning nimaligini, ya’ni, tabiiy hol ekanligini bilganingda bu qizni yo‘qotganingda yig‘lamasdan, topganingda yig‘lashing kerak edi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:04:49
QIYOMAT KUNI HAQIDA

Bu qissa qayg‘uli, kechayu kunduz qabr oldida motamzada bo‘lib o‘tirish ahvolni yanada mushkul qiladi. Ona aytdi:
— Ro‘zg‘orimningduridan ayrildim, uningqaerga borishi ma’lum emas. Shu sirdan ogoh emasligimdan hayronman va giryonman.
Ayolning bu so‘zlaridan gumgashta yo‘qolgan farzandining bo‘ii-hidini olgani sezilardi. Qiziga qo‘shilib, o‘zi ham gum bo‘lgan - yo‘qolganday edi.
Men (Attor) bu Hayrat vodiysidan bo‘y ololmadim, hasratim oldida qon va o‘lim ham menga xushbo‘y tuyulardi. Bu Hayrat vodiysida dil tiyra va boradigan manzil ham noravshan edi.
Odam ko‘p yig‘lasa aql-hushidan ham ayriladi, lekin kibru havo - pindor eshigi yopiladi.
Bu joyda inson boshidan hushi uchadi, o‘zligini (manmanli-gini) ham yo‘qotadi. Agar inson bu vodiyda haq yo‘lini topib olsa, borliq olamning asl ma’nosini ham topadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:05:40
SO’FIY VA YO’QOLGAN KALID HIKOYATI

Bir so‘fiy yo‘lda borayotgan edi, bir odam kalidimni yo‘qotdim, uni kim topib oldi, deb gapirayotganini eshitib qoldi. U odam aytar ediki, uyimning eshigi berk va men ko‘chada, tuproqustida qoldim. Agar eshigim doim yopiq qolsa, men g‘am-g‘ussada qolaman. Bu ahvolda kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqaman. Eshigim shu maydonda, lekin u ochilmaydi.
So‘fiy aytdiki:
- Har holda sening manziling va eshiging bor ekan. Eshik yopiq bo‘lsa-da, sen shu yerda o‘tiraversang, bir kun u ochiladi. Sening ishing oson ekan, mening holim dushvor, bu hayotda hayratli ishlardan dilu jonim kuyadi. Menga na oyog‘im, na boshim ish berayapti. Hanuzgacha na kalidim, na eshigim bor.
Koshki bu so‘fiy shoshilmasa, sabr qilsa, yopiq yoki ochiq eshikni ham topar edi. Ba’zi odamlarga xayoldan boshqa nasiba yo‘q. Odamzod o‘zi nima holda ekanligini bilmaydi. Har kim u qilaman, bu qilaman, deb gapiradi-yu, hech narsa qilmaydi. Yoki avval kilgan yaxshi ishlarini hozir qilmaydi. Har kishi Hayrat vodiysini topsa, u joyda har nafasda yuz jahon qayg‘u, hasratni topadi.
Foyda topaman degan odam bu vodiyda hayratu sargashta-likni topadi. Bu yerda yo‘qolgan narsaning payidan tushib izlasangiz, uni sira topolmaysiz.
Men bu yo‘qlik sirini bilmayman, koshki bu sirni bilsam, hayron qolmas edim. Bu vodiyda mardlar hayotdan shikoyat qilmaydilar, balki boriga shukr qiladilar. Hayrat vodiysida goh kufr iymon bo‘lib qo‘rinadi, goh iymon kufr bo‘lib ko‘rinadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:06:14
SHAYX NASROBODIY HIKOYATI

Shayx Nasrobodiy bir dardga yo‘liqdi. U qirq marta hajni bajo qilgan, barcha mardlar ichida mard edi. Endi sochi oqargan, tani zaiflashgan vaqtida g‘alati qiliq chiqardi. (Hind jo‘gilari — yogalari kabi) yalang‘och, faqat kichik ishtonda, bo‘yniga zunnor bog‘lab, kaftini ochib, gado holiga tushdi. Dili Allohvandga tobe, jismiga o‘t tutashgan edi.
Shayx ne sirlarni bilishini da’vo va lof qilib, gabrlar otashgohi atrofida aylanib, uni tavof qilar edi.
Shayxni bu ahvolda ko‘rib (qayg‘urgan) bir odam bunday dedi:
-   Ey, buzurgi nomdor (mashhur alloma), umr oxirida bu ne koru sharmisorlik? Ko‘p marta haj qilgan, ko‘plarga rahnamo, sarvar bo‘lgan odam hosil yig‘ish vaqtida kofir bo‘lib yuribsiz. Ahli dil nazarida bu ishingiz aqli xomlik va badnomlikdir.
Qaysi shayx siz kabi bu yo‘lga kiribdi, oxiratdagi otashgoh nimaligini unutdingizmi? Shayx javob berdi:
—   Ahvolim og‘ir, ko‘nglimdagi otash azobidan vujudim — jismim xonayu devorlari yiqilgan. Shu otash tufayli men o‘z xirmonimni ham, nangu(uyat, hayo) nomimni ham unutganman. O’zim
qilgan ishlarning qaysi yaxshi, qaysi xiyla ekanligini bilmay qoldim.
Jonimni qiynagan shu otash tufayli bir zamon nomimni ham, sharmu hayoni ham yo‘qotdim. Ka’badan ham bezor bo‘ldim va shu holga giriftor bo‘ldim. Allohm, sening hayratli ishlaring ko‘p. Shu joy atrofida aylanib, sen bergan hasratlaringni unutmoqchiman...
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:06:41
YOSH MURIDNING TUSHIDA O’Z PIRINI KO’RGANI HIKOYATI

Dili oftobday charaqlovchi bir yosh murid bir kechasi tushida o‘z pirini ko‘rdi va unga bunday dedi:
- Dunyoda bo‘layotgan ishlardan hayratdaman va dilim qon bo‘lib o‘tiribman. Sen aytgan o‘sha joyda ishlar qanday ekan? Sen safarga ketganingdan so‘ng firoqingda dil sham’ini yondiruvchi kechalar uzaydi. Sen ketgach, bu yerdagi ishlarga hayratlanib, jonu dilim yonmoqda. Bu joyda sirli ishlar ko‘pligidan hayratdaman. Ey ustoz, u yokda ishlaring qanday, shu haqda gapirib ber!»
Pir aytdi:
- Bu yerda ham (g‘alati ishlardan) hayron va mast bo‘lib qoldim. Qo‘lim, kaftim dandon tishga aylanib, muguz bo‘lib qolgan. Biz bu yerda zindon va choh qa’ridamiz. Bu joyda biz sizlardan ham hayronroqdirmiz. Bu yerdagi azob-uqubatlar shu qadar hayratliki, men chekayotgan azob-uqubatlarning bir zarrasini dunyodagi yuzdan ziyod tog‘lar ham ko‘tarolmaydi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:08:17
QIRQ TO’RTINCHI MAQOLA

YETTINCHI MANZIL. FAQR VA FANO VODIYSINING BAYONIDA

Hayrat vodiysidan keyin Faqr va fano vodiysiga yetiladi. Endi shu haqda so‘z aytish ravodir.
Inson xuddi shu vodiyga yetganida xotiri dunyo ishlaridan faromush, gung, soqov, kar va behush bo‘lib qoladi.
U vodiyda yuz ming soyani bir quyosh yo‘q qilganday, insonga soya tashlovchi fe’l-atvor, illatlar ham yo‘qoladi. Bu borliqdengizida fikr-o‘ylaring mavjlanadi, dengizda naqshlar yo‘qolsa, faqr va fano dengizida bu naqshlar (yaxshi fazilatlar) doimiy qoladi. Faqr va fano dengizida har ikki olamning naqshi bor. Har qancha gapirgan bilan bu dunyo savdolari tugamaydi.
Faqru fano olamida bunday savdolar yo‘q bo‘lib, dil taskin topib, osuda, tinch bo‘lib qoladi. Chunki bu yerda yo‘qoladigan hech narsa yo‘q. Aksincha, avval yo‘qolgan narsalar bu yerda yana beriladi. Avval ko‘rinmagan sirli narsalar bu yerda ravshan ko‘rinadi. Bu yerga puxta, pishgan, yetuk soliklar va mardlarning mardlari keladilar. Tulkilar, ayyorlar, dard maydonidan ketib qolganlar bu yerda yo‘q.
Insonning birinchi qadami xato bo‘lsa, uning keyingi qadamlaridan ham foyda yo‘q. Bu yerga kelganlarning barchasi xato qadam qo‘yishdan avvalroq manmanligini yo‘qotib, gum bo‘lganlardir. Bular avvalgi, kelgan joyiga qaytishni o‘ylab, chodirlarini (uy-joylarini) o‘gga tashlab, ikki olamni bir tuproq deb bilganlar. Bular (etishganlar) ikki olamda turli suvratlar yakson bo‘lib, bir sifatga kelishini bilganyaar.
Bahri kull — olam dengiziga bir palid narsa tushsa u yo‘qoladi, saxovat, qo‘li ochiqlik (bazl) esa yo‘qolmay qoladi. Agar pokdil odam bu dengizga tushsa, uning vujudi yo‘qoladiyu, ruhi yo‘qolmaydi. Bunday pokdil inson bu dengizda mavjlanib, zavqlanadi, zebolanadi. Pokdil odamga dunyoda bor bo‘lsa ham, yo‘q bo‘lsa ham bari bir. Uning aqlu xayolida dunyo ishlari bo‘lmaydi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:08:48
MA’SHUQ TUSIY

Bir kecha ma’shuq Tusiy bir muridi bilan sirli suhbat qurib, dedi:
- Har doim yonib o‘rtanib yur. Agar ishq olovida batamom o‘rtansang, bir tola sochday nozik, zaif bo‘lasan. Sening shaxsing sochday zaifu zor bo‘lsa, o‘shanda u yor zulfidan joy oladi. Kimki uning ko‘yida soch tolasiday bo‘lsa, shubhasiz uning sochida bir tola sochga aylanadi. Agar sen yo‘lni biladigan va ko‘zi o‘tkir odam bo‘lsang, sochning sochga ulanganini ko‘ra bil va hayratlangin. Kimki o‘rtadan ko‘tarilsa (qetsa), demak u yo‘qoladi (foniy bo‘ladi), agar u fanodan ham fano bo‘lsa (fanodan o‘tib ketsa), demak baqo maqomiga yetadi. Agar senda ostin-ustun bo‘lgan bunday ko‘ngil bo‘lsa, sirot ko‘prigi va uning ostidagi yondiruvchi do‘zax olovidan o‘tib ol. Olov yog‘ va chiroqdan qarg‘a qanotiday tutun chiqarsa, g‘am yema. Agar bul olovga yog‘ tegsa, (u yonib) yog‘li vujudni ham mahv etib, ruhga o‘tib ketadi. Agarchi quydiruvchi olov tomonga yo‘l boshlasa-da, ammo o‘zligini Qur’on qolipiga aylantiradi (ya’ni inson vujudi Kur’on ma’nolari uchun munosib joyga aylanadi). Agar sen o‘shal Oliy dargohga yetishmoqchi bo‘lsang, avval o‘zingni o‘zligingdan chiqar (ozod qil), so‘ngra adam — yo‘qlik sari yo‘lga kir. Yo‘klikdan tikilgan to‘nni kiyib ol, fano to‘ldirilgan kosani simir. Narsadan xaloslik xirqasini egningga ol, (abadiylik) libosini ustingga tashla. Yo‘qlik oyog‘ini yo‘qolish uzangisiga qo‘y, yo‘qlik olamiga hech narsasiz bo‘lib ot sur. Barham topish kamarini bog‘la, arzimasliklardan o‘zingga belbog‘ qil. Ko‘zlaringni yum (yo‘qot) va yana tez ochgil, keyin ko‘zlaringga yo‘qlik surmasini qo‘y. Kam bo‘lgin (faqirlik qil) va yana faqrga intil, bir nafas kamlikdan or etma, bu kam bo‘lishda g‘am chekma. Shu holda osuda bo‘lib yo‘l bos, toki kamlik (yo‘qlik) olamiga yetgaysan. Agar senda bu olamdan kilday asar qolsa, demak, bu olamdan kilcha xabardor emassan.
Agar senda o‘zlikdan qilcha asar qolsa, yomonliging yetgi dengizni to‘ldirishga yetadi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:09:27
PARVONALAR VA SHAM’ HIKOYATI

Bir kecha parvonalar yig‘ilishib, sha’mni ko‘rish ishtiyo-qida bahslashdilar, sha’mga yetishmoqchi bo‘ldilar. Hammalari maslahatlashib, bitta parvonani matlub - sham’ huzuriga yuborishga ahd qildilar, toki u sham’ qanaqaligini ko‘rib, qaytib kelib bizga xabar bersin, dedilar. Shu maqsadda bir parvonani qasr tomonga yubordilar, u uzoqdan qasrga yaqgapashib, bino ichida sham’ nurlarini ko‘rdi va qaytib kelib, sham’ haqida hikoya qila boshladi, o‘zi tushungancha sham’ni ta’rif-tavsif etdi. Parvonalar ichida bir ziyrak donosi bor edi, u parvona hikoyasidan qoniqmadi. Dedi: «Sen sham’dan ogoh emassan». Boshqa parvona qasr tomon uchib, eshikdan ichkariga kirdi va sham’ga yaqinlashib, nurni his etdi, qanot qoqib, sham’ nuri-la o‘ynadi, sham’ nurlariga ko‘mildi -mag‘lub bo‘ldi. Keyin hamrohlari yoniga qaytib kelib, bir qadar sirlarni bayon etdi - sham’ visolidan so‘zladi.
Ammo ziyrak paryuna aytdi:
- Ey aziz, aytganlaring uning nishoni emas, sening gaplaring bilan oldingi parvona aytgan gaplar orasida farq yo‘q.
Shunda sham’ ishqida mastu behud boshqa parvona yo‘lga tushdi. U uchib borib, raqs etib, gir-gir aylanib, to‘g‘ri sham’ning ustiga o‘tirdi. Uning qo‘l-oyog‘i, badani olov bilan birlashib ketdi — o‘zini yo‘qotdi va Unga qo‘shilib bir rangga kirdi. Olov uni boshdan-oyoq qamrab olib yondirdi, butun vujudi olovday qizil rangga kirdi.
Buni ko‘rib turgan ziyrak parvona dedi:
- Mana bu parvo-naning ishi haqiqiy ishdir. U Haqqa yetdi, endi u o‘zidan xabardor emas.
Toki jismu jonni unutmasang, baridan kechmasang, Jonondan xabar topolmaysan. Kimki qilcha o‘zidan nishona qoldirsa, yuz dalil ko‘rsatmasin, u Ulug‘ Dargohdan ogoh emas, Jonon visoliga mahram bo‘lolmaydi. Barcha borliqdan kechsang, bu Dargohga sig‘asan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:09:51
UXLAYOTGAN MA’SHUQINI KO’RGAN OSHIQ HIKOYATI

Bir oshiq ma’shuqasini sog‘inib, oshuftalikdan beqaror bo‘lib, uni ko‘rishga bordi. Borib qarasa, ma’shuqasi tinchgina uxlab yotgan ekan. Buni ko‘rgan oshiqning ohu fig‘oni chiqib, ko‘ngli buzilib, sevgilisiga ginaxonlik qilib, ruq’a (xat) yozib, uning yostig‘i ostiga qo‘yib ketdi.
Bir vaqt ma’shuqasi uyg‘onib, oshiq qoldirgan xatni ko‘rdi va o‘qib, dili qonga to‘ldi. Maktubda bunday so‘zlar yozilgan edi:
- Ki, ey xomush, agar kumush sirg‘aga xaridor bo‘lsang, uyg‘on (seningtillo so‘zingni eshitmoqchi edim), mard zohid tunda uxlolmaydi. Haq taologa banda bo‘lsang, tong otgunicha bandalik farzini ado qil. Agar xasta bo‘lsang (darding bo‘lsa) uxlamas eding. Uxlab yotgan ma’shuqa oshig‘ini faqat tushida ko‘radi. Mard inson kunduzini bod-paymo bo‘lib, (elday tez o‘tkazib) kechasi to‘lin oydek nur sochadi. Nur sochmaydigan oy asl oy emas. Oshiq ko‘zi ham oy kabidir. Agar bu yanglig‘ oy ishqdan lof ursa, yolg‘ondir.
Agar ma’shuqa oshig‘i bilan so‘zlashmasa, o‘zi bilan o‘zi so‘zlashadimi? Agar bu so‘zlardan jahling chiqsa, noahillar kabi (arazlab), rohatlanib uxlayver.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:10:16
OSHIQ POSBON HIKOYATI

Bir posbon — soqchi yigit bor edi, bir go‘zalga oshiqu zor edi. Kechayu kunduz uyqusiz va beqaror edi. Uyqusiz oshiqning hamdami bo‘lgan do‘sti unga hayrixoxlik bilan dedi:
— Ey uyqusiz do‘stim, kechasi biroz uhla. Oshiq posbon aytdiki:
— Posbon kechasini yor ishqi bilan o‘tkazadi. Soqchi ikkidan birini: yo uyquni, yo oshiqlikni tanlashi kerak. Ba’zilar uyquni o‘ziga loyiq deb biladi: Mard posbon esa oshiqlikni tanlaydi. Soqchilikda uxlab qolgan qancha sarbozlar boshidan ayrildi. Agar men ozgina uxlab qolsam, el-yurt (omma) notinch va zaif bo‘lib qoladi.
Har kecha ishq meni imtihon qiladi. Ishq posbonga ham posbonlik qiladi. Goh kelib, meni qamchilaydi. Goh yuzimni g‘am bilan qora qiladi. Agar uyqusiz va hur oshiq bir dam uxlab qolsa, o‘sha zamon ishq undan uzoqlashadi. Butun kecha xalq osoyishini yo‘qotadi, agar posbon uxlab qolsa, xalq ohu fig‘on qiladi.
Oshiq posbonning do‘sti aytdiki:
- Ey ishq otashida kuygan va toblangan yigit, butun kecha bir lahza ko‘zingda uyqu bo‘lmadi.
Oshiqsoqchi dedi:
- Posbon uxlashi yaxshi emas. Oshiqning yuzi ko‘z yoshidan boshqa suv bilan yuvilmaydi. Agar soqchi uyqusiz bo‘lsa, boshqa oshiqlarning ko‘zi yoshli bo‘lmaydi.
Aslida uyqu tashqaridan kelmaydi. Uyqu ichkaridan kelsa (ko‘ngil uxlab qolsa) suv tashqaridan keladi. Oshikdik posbon bilan do‘stdir. U tufayli posbonning ko‘z yoshi daryoday bo‘lsa, uyqu lashkari bu joydan qochadi.
Posbon oshiqlikdan yaxshilik topadi, uyqusizlikdan hayot mag‘zini topadi. Ey mard yigit, agar jo‘yanda (baxt izlovchi) bo‘lsang, o‘ylab ko‘r, ko‘p so‘zlovchi (go‘yanda) bo‘lsang, uxlaganing yaxshi.
Ey oshiq, dil ko‘chasida posbon bo‘l, dilingni turli o‘g‘rilardan ehtiyot qilib, saqla. Agar dil uyiga o‘g‘ri tushsa, yo‘lingni yo‘qotib qo‘yasan. Diling gavharini o‘g‘rilardan saqla.
Agar sen shunday sifatli posbon bo‘lsang, diling ma’rifat chirog‘idan ravshanlashadi. Mard insonlar hayotning qonli daryosidan ma’rifat yordamida sog‘-omon chiqadi. Agar dardli insonlar, uyqusizlar ko‘paysa, dil bedor, hushyor bo‘ladi. Kam uxlasang, diling ishkda vafodor bo‘ladi.
Agar ko‘p gapiraversa, javonmardlik daryoga cho‘kib, yo‘qoladi. Cho‘kkanlarning esa faryodi ham yetib kelmaydi.
Oshiqlar abadiyat yo‘lida boshlovchilardir. Muhabbatdan mast bo‘lganlarning hammasi uyqudadirlar. Oshiq ayollar ham mardlarning mardidir. Ular ishq mayidan yetarlicha ichganlar.
Ishq zavqini topganlarning ko‘ngli ravshan, ular har ikki olamning kalitini topganlar. Oshiq ayol mard erkak kabi ulug‘ insondir. Agar erkak oshiq bo‘lsa, u teran, chuqur daryodir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 14:12:02
ABBOSA VA UNING ISHQ HAQIDA AYTGANLARI

Abbosa bir oshiq yigitga bu so‘zlarni aytdi:
- Ey mardi ishq, agar senda ishqdardidan bir zarra bo‘lsa ham, shu dard seni toblaydi, chiniqtiradi. Ishqda ayol bilan erkak bir uzvni tashkil etadi. (Ya’ni, har ikkisi bir a’zodek). Agar ishq dardi ayolda bo‘lsa, u bu sohada erkak bilan tengdir. Ayol sening odam farzandi ekaningni ko‘rmaydimi, erkaklarning mardini Maryam tuqqanligini eshitmaydimi?
Agar zarur, kerakli narsalarni bilmasang, ishlaringga hargiz yo‘l ochilmaydi (kushoda bo‘lmaydi). Agar mulk (ma’rifat, fazilat) qo‘lingga kirsa, uninghosiliga ham ega bo‘lasan. Yaxshi hosil kelsa, diling boy bo‘lsin. Bu (ma’rifat) qanday mulkli-gini tushunib ol va bu davlatga shukr qil. Bu olamda zarra yaxshilik topsang din, iymoningdan. topasan.

ABUL-HASAN NURIYNING JAVOBI

Bir pokdin va sofdil odam shayx Abul-Hasan Nuriydan:
— «Biz Haq taolo visoliga (jamoliga) yetishgunimizcha qanday yo‘llarni bosib o‘tamiz? - deb so‘radi.
Abul-Hasan Nuriy bunday javob berdi:
— Sen aytgan manzil shunchalar uzoqki, oldinda nor - olovli va nurli manzil bor, bular o‘rtasida yetti daryo uchraydi. Har bir daryoning oralig‘i juda uzoq, juda ham uzoq. Ana o‘sha yetti daryodan o‘tganimizdan so‘ng qirg‘og‘iga yetib bo‘lmay-digan bir ulug‘ dengiz keladi va undagi bir bahaybat nahang bir damda yetti daryoning suvini ichib qo‘yadi.
Biz yashaydigan ikki olam (dunyo va oxirat) o‘sha nahangga o‘xshashdir, u vaqgi kelsa har ikki olamdagi barcha xalqni bir nafasda yutib yuboradi. Bu nahangning boshi ham, dumi ham bizga ko‘rinmaydi. Mana shu ikki olamni pisand qilmaydigan, boshi va oxiri qo‘rinmaydigan nahang Istig‘no dengizida suzadi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:34:21
QIRQ BESHINCHI MAQOLA

QUSHLARNING SIMURG’NI IZLASH YO’LIDA HORIB, HOLSIZLANGANI

So‘nggi yudiyga yetish oldidan qushlar sarnigun va jigarxun bo‘lib, holdan toydilar. Barchalari bildilarki, bu kamonni tortish juda mushkuddir. Yo‘l boshida juda ko‘p, son-sanoqsiz bo‘lgan qushlardan bu manzilga yetib kelgunlaricha, ozgina va majolsiz bir gala qoldi, bular ham yo‘ldagi hayratlardan beqaror bo‘lib, tanlarida majoli qolmadi. Bu qushlar balandlik va pastliklardan necha yillab yo‘l yurdilar. Uzun umrlarini shu tanlagan yo‘lga sarfladilar. Bu yo‘lda ular shu qadar ko‘p talofatlar ko‘rdilarki, buni sharhlash oson emas.
Sen ham, ey ikki olam yo‘lchisi, bosib o‘tgan yo‘llaringga gohi-gohida qayrilib qara, bu yo‘lning naqadar azob-uqubatli ekanligini o‘yla.
Bu yerga yetib kelguncha qushlar qanchalar qon yutdilar. Oxirul-amr, yo‘l oxiriga juda katta sipoh-qo‘shin bo‘lgan qushlarning har mingdan birlari yetib keldilar.
Yo‘lda ba’zilari daryoga g‘arqbo‘ldilar. Ba’zilari yo‘lini yo‘qotdilar. Ba’zilari tog‘ cho‘qqilariga chiqolmay, pastda qolib ketdilar. Ba’zilarini gazandalar chaqib o‘ldirdi. Ba’zilarini oftob urdi. Jazirama issiqdan ba’zilarning qanot-quyruqlari kuydi. Ba’zilariga yo‘lbars va sherlar hujum kiddi. Ba’zilar qo‘rquvdan o‘ldi. Ba’zilari dushmanlar qo‘liga tushib qoldi. Ba’zilari suvsiz cho‘lda tashnalikdan xarob bo‘ldi. Ba’zilari dona - rizq (shirin taom) orzusida tuzoqqa tushib qoldi. Yana ba’zilari hushi og‘ib, devona bo‘lib qoldi. Yana ba’zilari yo‘l mashaqqatlari, azoblariga chidol-may, uzr-ma’zur aytib, qolib ketdilar.
Qushlarningba’zilari yo‘ldagi ajoyibotlarga, tomoshalarga va ko‘ngilxushliklarga qiziqib qolib ketdilar.
Oqibatda bir olam qushlardan juda ozchiligi (mingdan biri) bu manzilga yetib keldilar. Xullas, bu yergacha yetib kelgan o‘ttiz qush (Simurg‘) qanot-quyrug‘i to‘zg‘igan, dili shikasta, tani majruh bo‘lib qolgan edi. Ana shu o‘ttiz qush ko‘zi oldida akl-idrok va ma’rifatda a’lo, vasfi va sifat-lari benihoya bo‘lgan, chehrasi oftobday nur sochib turgan bir ulug‘ zot paydo bo‘ldi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:34:32
Bu zot istig‘no nuri bilan shu qadar yorug‘ nur sochar ediki, u ming oftob nuriga teng edi. Bu nurlar yuz jahonni kuydir-gudek edi. Qushlar bu zotning nurli jamolidan hayratga tushdilar va tiz cho‘kib, boshlarini egdilar. Ular ul zotga arzi-hollarini izhor qildilar:
— Ey oftob tal’at, ulug‘ zot, darig‘oki, biz yo‘l boshida juda ko‘p edik. Yo‘l mashaqqatlari, azob-uqubatlardan holsizlanib, xarob holga tushdik. Bu manzilda (sening nazaringda) yuz jahon bir tuproq zarrasicha ekan, biz bu dargohda barchamiz bedil, chala so‘yilgan qushlardek, na tirik, na o‘lik bo‘lib, bor-yo‘kdigimiz ham noma’lum bo‘lib qoldi.
Oliy dargohdagi oftob jamol, ulug‘ zotning izzatli xizmatchisi (chovushi)1 qushlarga qarab bunday dedi:
— Ey siz, Hayrat vodiysidan bu yergacha arang yetib kelgan, bolu paringiz va jonu taningiz kuygan aftodahol qushlar, sizlar qaysi shahardan, qaysi o‘lkadan va qaysi dengizlardan o‘tib keldingiz, sizlarning nomingiz nima, nechun oromingiz yo‘qoldi?
Bechorahol qushlar bunday javob berdilar:
— Biz bedil va beqaror, sarson-sargashta, rahm-shafqatga muhtoj qushlar Simurg‘ ismli olijanob qushni bizga podshoh bo‘lsin, deb so‘rashga kelganmiz. Biz avval juda ko‘pchilik edik, odil podshohni topish umidida uzoq va mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tdik.
— Podshohimiz bizga lutf-marhamat ko‘rgizib, shoyad tilagimizga rozi bo‘lsa, biz o‘zimizni baxtli hisoblar edik. Shu payt oliy zotning farishtasi qushlarga qarab, bunday dedi:
— Ki, ey bechora, sargashtalar, qiynalgan, qon va tuproqqa belangan og‘ushtalar, aytishingizcha, yuz minglab sipohdan kichik bir to‘da bu yergacha yetib kelibsizlar. Go‘yo son-sanoqsiz chumolilar o‘ziga podshoh izlab, yelib-yugurganday bo‘libdi. Lekin afsuski, siz izlayotgan podshoh bu yerda emas.
Bu so‘zlarni eshitib, o‘ttiz qush xafa bo‘lib, umidsizlikka tushdilar, go‘yo abadiy uyquga ketgan murda holiga tushdilar. Barchalari oliy zotdan iltimos qildilarki:
— Endi bizning qaytish yo‘llarimizda ham omon qolishimiz uchun bir havoriy-rahnamo, yo‘lboshchi topib bering. Chunki bizning oramizda bunday yo‘lboshchi yo‘q, — dedilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:34:51
MAJNUN BOSHQALARNING MAQTOVIDAN LAYLINING DASHNOMINI YAXSHI KO’RGANI HIKOYATI

Majnun aytar edi: ko‘pchilik meni maqtab, ofarin aytadilar. Lekin men hech kimdan maqtov eshitishni xohlamayman. Menga boshqalarning maqtovidan ko‘ra Laylining koyishi, dashnom berishi yoqadi.
Boshqalarning yuz maqtovidan Laylining bir dashnomi xush yoqadi, uning bir ginaxonligi men uchun ikki olam mulkidan ham a’lodir. Senga maqsudimni aytsam, ey aziz, boshqalar meni izzat-ikrom qilib, siylashidan ko‘ra, Layli meni xor qilganini yaxshi ko‘raman. Chunki izzatparastlikni (maqtovni, boshqalar hurmat qilishini) yaxshi ko‘rish bir barq, yashin-chaqinga o‘xshaydi, u barcha odamlarning dilidagi kamtarinlik ildizini quritadi.
Izzatparastlik jonimizni yuz bora kuydiradi. Shunday ekan, inson goh izzat ko‘rsa, goh xorlik ko‘rsa, bunga qayg‘urishdan foyda yo‘q.
Izzat topmay joni quygan bir guruh odamlar aytdilarki: «Bizning jonimizga o‘t tutashgan, lekin (ajabki), parvona otashdan nafratlanmaydi, aksincha, u sham’ otashidan huzur topadi. Yor vasliga yetishmasak, biz kuyib-yonamiz. Biz ishq dargohiga yetishmasak ham, bu yo‘dda yetishganlarning oyog‘i tekkan tuproqni o‘pib tavof qilsak arziydi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:36:50
PARRANDALARNING PARVONA BILAN BAHS-MUNOZARASI

Hayot ro‘zgoridagi jumla parrandalar parvona qissasidan xabar topdilar. Parrandalar aytdilarki, sham’ visolini orzu qilish, bu yo‘lda o‘zni qiynash jaholatdandir.
Parrandalarning bu so‘zlari paryunani mastu xarob qiddi va u parrandalarga bunday javob qildi:
— Men sham’ ishqida mudom bedilman, agar uning vasliga yetsam tamom bo‘lishimni bilaman. Ishq barchani mard qiladi, ishq boshdan-oyoq dard-hasrat daryosiga g‘arq qiladi. Garchi istig‘no (hech kimdan hech narsa tilamaslik, oriyat, andozadan tashqari, maqtovli bo‘lsa ham, Xojib (yuzini yashirgan) lutfi-karami bizning yuzimizni yorug‘ qiladi. Ishqqa har lahza Alloh jamolidan yuz parda ochiladi.
Agar jahonni hijobsiz, pardasiz ko‘rsak, holimiz baxtga payvasta bo‘lib, nur ustiga nur yog‘iladi. Yor jamoliga yakinlik-ka-qurbatga yetishganlar u dargohning haybati va izzatidan nishona qo‘radilar.
O’sha joyda hammalarining oldiga (qismatlari haqida) ruq’a-xat, yozuv qo‘yiladi:
— Bu xatni barchangiz oxirig‘acha o‘qinglar, — degan farmonni eshitadilar. Bu yozuvda barchalarining hayogi, bosib o‘tgan yo‘li bayon qilingan bo‘ladi. Ularning holi chekkan mashaqqatlaridan ma’lum bo‘ladi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:37:14
YUSUFNING OG’ALARI MISRGA BORGANI HAQIDA

Yusufning husniga rashk qilib, yulduzlar ham isiriqday kuyar edilar, shunday yigitni og‘alari arzimas tanga, chaqaga sotib yubordilar, Misr azizi Yusufni savdogarlardan qimmat bahoga sotib oldi va arzon so‘radilar, deb sevindi.
Savdogarlar Yusufni og‘alaridan sotib olganlarida ulardan shu haqda tilxat olgan edilar. Bu xatga o‘n og‘asi imzo chekkan edi. Savdogarlar keyinchalik zarur bo‘lsa Yusuf-ning og‘alarini guvohlikka chaqirishlari mumkin edi.
Misr azizi Yusufni sotib olganida o‘sha tilxatni ham olgan va bu purqadr qimmatbaho hujjat Yusufning qo‘liga tushgan edi.
Yillar o‘tib, Yusuf podshoh bo‘lib qoldi. Bir vaqt — Kan’onda qattiq qahatchilik bo‘lganida, Yusufning og‘alari don, g‘alla, non izlab, Misrga keldilar.
Yusuf og‘alari kelganini bilib, ularni o‘z huzuriga chaqirdi. Og‘alari keldilar, lekin Misr podshohi Yusuf ekanligini bilmas edilar. Uning yuzini ko‘rganda ham tanimadilar.
Og‘alari shoh huzuriga don, g‘alla olar ekanmiz deb, sevinib keltsilar. Yusuf og‘alarini izzat-ikrom bilan kutib oldi (mehmon qildi). Og‘alari qahatchilikdan jon asrash uchun chora izlab kelganlarini aytdilar.(Yusuf ularni mehmon qildi.) So‘ng ularga:
—   Ey insonlar, mening qo‘limda ibroniycha yozilgan bir xat bor, butun dunyodan kelganlar bu xatni o‘qiy olmadilar. Ehtimol, sizlarga bu xat tanish chiqar. Agar shu xatni o‘qiyolsangiz, sizga don ham, non ham beriladi,— dedi.
Og‘alari bu so‘zlarga xursand bo‘lib:
—   Ey shahriyor, bizga tezroqu xatni qo‘rsating, — dedilar. Yusuf og‘alariga o‘zlari yozgan tilxatni berdi.
Ular xatga ko‘zi tushgach, o‘z qissalarini o‘qib, xijolatga tushib, ko‘ngillari buzilib, adoi tamom bo‘ldilar.
Bu xatdan og‘alarning vujudlari larzaga keldi. Ular ne hodisa yuz berganini tushunmay, og‘ir ahvolga tushib, ko‘z oldilari qorong‘ilashdi.
Barchalari afsuslanib, g‘am-qayg‘uga botdilar. Ular endi chohdagi Yusuf holiga tushdilar.
Yusuf ulardan
— Nechun, bu xatni o‘qib, xomush bo‘lib qoldingiz, xatni ko‘rib, go‘yo behush bo‘lib qoldingiz?—deb so‘radi.
Og‘alari unga:
—   Ey podshoh, bu xatni o‘qitgandan ko‘ra, bizni kaltaklab, gardanimizga urganing yaxshiroq edi!— dedilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:37:59
KAMPIR VA IBN SINO HIKOYATI

Bir kampir Abu Ali ibn Sino oldiga borib, unga qimmatli sovg‘a berib, buni mendan tuhfa sifatida qabul qil, dedi. Ibn Sino tuhfani olmay, men Allohdan o‘zgadan hech narsa olmaslikka ahd qilganman, dedi. Kampir darhol javob berib, dedi:
— Ey Abu Ali, ahval (ko‘ziga narsalar ikkita bo‘lib ko‘rinadigan odam) kishilarday birni ikki ko‘rish odati senda qachon paydo bo‘ldi? Agar sen darvesh ko‘zi bilan qarasang, bu yerda g‘ayr (Haqdan o‘zga) yo‘q, zotan bilsang, Ka’ba bilan dayr (nasroniylar ibodatxonasi) orasida farq -ziddiyat yo‘q. Sen bu yo‘lda qatiy ahd qilib, ishq olovida toblanib, erib hal bo‘lgan mardlardan emassan, shu bois ahvallarday ko‘zingga g‘ayr ko‘rinaveradi.
Aslida solik mard dil chegarasi haddiga yetsa, Haq yo‘lidan yurib, shu manzilga yetib kelsa, Haqdan oshkora so‘z eshitadi va vujudi ham shu manzilda mustahkam turib qoladi. Shunda darvesh bir lahza bo‘lsa-da Haqdan o‘zgani qo‘rmaydi va jahonda undan o‘zgani tanimaydi-bilmaydi. Shunda darvesh ham Unda, ham Undan, ham U bilan birga bo‘ladi. Va ham ayni vaqtda bu uch hoddan tashqarida bo‘la oladi. Kimki Vahdat daryosida yo‘qolmasa, u har qancha odam shaklida bo‘lsa-da, ammo komillikka erishgan shaxs bo‘lolmaydi.
Hunarmand, komilmi yoxud nuqsonu aybli kishilardanmi, kimki bo‘lsa, g‘ayb olami qo‘ynida uning quyoshi bor. Bir kun kelib ul quyosh, o‘sha odamni o‘zi bilan qo‘shib oladi. Kimki o‘z quyoshiga yetishsa, aniq bilgilki, u yomon-yaxshidan qutuladi. Toki sen bordirsan, yaxshi-yomon bu yerda sen bilan birgadir, sen Haqqa yo‘qolsang, yaxshi-yomon savdosi ham yo‘qoladi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:38:34
Ammo agar sen o‘z vujudingda turaversang, bu uzun yo‘lda yaxshi-yomonni ko‘raverasan. Narsa-moddalar bilan ko‘rinadigan bo‘lsang, o‘z vujudingga giriftor bo‘lib turaverasan. Koshki endi xuddi avvalgiday  (jannatda yaratilgan Odam Atoday) pok bo‘lsang, ya’ni borliqdan qutulgan bo‘lsang. Yomon sifatlardan butkul pok bo‘l. Shundan keyin kaftdagi yel va tuproqday bo‘l (Ya’ni yengil va pokiza bo‘lgin, chunki inson asli tuproqdan yaratilgan va ruh — yel bilan tirilgan). Jismingda qanchalik najas-palidliklar, nopokliklar borligini qaerdan bilasan? Ilon va chayonlar jisming pardasi ichra sen bilan birgadirlar, ular uxlaganlar, jim turibdilar. Agar sen ularga qilcha ijozat bersang, har biri yuz ajdarho-day bosh ko‘taradi. Har biri uchun ilon to‘la bir jadannam bor, toki sen bu jahannamni bo‘shatmasang, nafs ilonining ishi davom etaveradi. Agar sen bulardan pokpanib chiqsang, tuproqqa toza tuproqday qo‘shilasan. Ammo tuproq ostidagi ilon-chayonlar qiyomat kunigacha seni chaqib turadilar.
Ey Attor, bu majoziy so‘zlardan tavhidga va sirlar olamiga yetib kel. Agar solik mard bu manzil-martabaga yetsa, manzil va solik birlashib yo‘ldan ko‘tariladilar, chunki ular endi Uning soyasida yo‘qoladilar, endi U paydo bo‘ladi. Solik endi soqov bo‘lib qoladi, chunki U gapiradi. Juzv (qism) yurib Kull (butun)ga qo‘shilib, butun bo‘ldi, aksincha Kull juzvga aylanmadi. Bu shunday bir shakl — suratki, uning na a’zolari bor, na joni, uni sifatlab — ta’riflash mushkul. To‘rt unsur to‘rt unsurlikdan chiqadi, yuz ming olamu zarralar harakatga kelib, qo‘shilib uyg‘unlashib ketadi. Bu ajoyibotlar sirrining maktabida yuz ming aql ojizu nochordir. Aql bu yerda eshikda mung‘ayib qoladi, u go‘yo onadan ko‘ru kar tug‘ilgan go‘dakday bo‘lib qoladi. Kimki bu sirdan bir zarra anglagan — topgan bo‘lsa, u ikki olam mulkidan yuz o‘giradi. Bunday odam dunyoda bir soch tolasiday bo‘lsa-da, agar u Haqqa erishsa, qadr topadi. Agar u Kull bo‘lmasa-da, ammo e’tiborlidir, vujud bo‘ladimi yoki vujudi yo‘qoladimi -bu o‘sha odamdir — komil shaxsdir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:41:04
SHAHZODAGA OSHIQ BO’LGAN  DARVESH HIKOYATI

Bir podshohning oy yuzli, xurshidvash, Yusuf kabi zebo o‘g‘loni bor edi. Hech bir inson zotida bunday nodir husnu jamol, izzatu hashamat yo‘qedi. Barcha fuqarolarga u sevimli, dilband edi. Allohvand bergan bu husnu jamolga barcha el oshiqu bandi edi.
Shahzoda otlanib, oftobday tovlanib, ko‘chaga chiqsa, shahar aylansa, kechasi osmonga oy chiqib, hamma yoqni yorit-gandek edi. Uning husnu jamolini har qancha ta’rif qilgan bilan uning bir soch tolasini vasf qilgancha bo‘lmas edi. Agar timqora sochi orolansa olamni qorong‘ilik bosib, yuz ming dil chohga qulagandek, Taroz sham’iga boshini urgan parvonalardek kuyar edilar. Agar shoir bu Yusufjamolning husnini ellik yil vasf etsa ham sharhlashga ojiz edi. Shahzoda nargis ko‘zlarini bir lahza yumsa, jumla olam betoqatlikdan yonib, o‘rtanar edi. Agag^shakarday shirin bir xanda, tabassum qilsa, bahor kelib, yuz ming gul ochilganday bo‘lardi. Og‘zi shunday kichik, bilinmas ediki, yo‘q deb o‘ylash mumkin edi. Agar shahzoda el orasida yuzidan pardani ko‘tarsa, uning har mo‘yi yuz odamning bag‘rini qon qilardi. Bu o‘g‘lon fitnai jonu jahon edi.
Men uni qancha vasf etsam, kamlik qiladi. Vasfimga nisbatan bu shahzoda-ning fazilatlari ko‘pdir.
Agar o‘g‘lon otlanib, qasr tashqarisiga chiqsa ming dilga raxna solar, uning yo‘lini har lahza minglab oshiqlari zor-intizor poylar edilar.
Bir hushini yo‘qotgan, o‘zidan bexabar darvesh, gado bor edi. U shahzodaga oshiq bo‘lib, boshidan hushi uchgan, ko‘zi ma’shuqidan boshqani ko‘rmas edi. Gado ma’shuq ishqidan orqa va oldindagini ko‘rmas,'jonidan ham qo‘lini yuvgan (voz kechgan) edi. Ishq g‘amining tuxmi-urug‘i unib, o‘sib, gullab-yashnab, joni va dilini bosib qolgan edi.
Darvesh gado kechayu kunduz shahzodaning yo‘liga ko‘z tikib o‘tirardi. Ko‘ziga jumlai jahon xalqi ko‘rinmas, diydai giryon (yig‘lar) va o‘z g‘amidan hech kimga so‘z aytmas edi. Tani ishq otashida yonar, na taom yer, na uxlar edi. Dunyoda hech inson bunday dardu g‘amga uchramagandi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:41:15
Darvesh kecha va kunduz ko‘zlaridan goh zarrin, goh kumush nuqraday yosh to‘kib, yor yo‘lida muntazir o‘tirar, ko‘ngli yarimta edi.
Darvesh goh-gohida shahzodani uzoqdan ko‘rib qolar, ana shunda sabru toqati yo‘qolar edi. Ul oy yuzli uzoqda paydo bo‘lsa, bozoru maydon g‘avgoga to‘lar edi. Jahonda yuz bora janjal-to‘polon (rustaxez) bo‘lib, ko‘pchilik xalq bu yerdan qochar edi.
Sipohi-lashkari shahzoda yaqin kelishiga bir farsang1 qolganida bong urib, xalqni xabardor qilardi. Bong tovushini eshitgan gado shu zahoti tiz cho‘kib, boshini yerga qo‘yar edi. (Shahzoda boshiga oyog‘ini qo‘yishini orzu qilardi.)
Darvesh shahzodani ko‘rmay qolsa, g‘ashlikdan qon yig‘lar, vujudidan hushi tashqariga uchib ketardi. Uning vujudi yuz ming ko‘zga aylanib, ma’shuqini ko‘rishga zorlanib turardi. Uning ko‘zlari abri navbahor (ilk bahor bulutiday) yosh to‘kar, ko‘z yoshlari go‘yo Nilga aylanguday edi. Goh majolsiz oh chekar, goh vujudi yongandan ko‘z yoshi qurib qolar edi. Yarim so‘yilganday, yarim o‘lik, yarim jon edi.
Darvesh o‘lar holatga yetganida shahzoda kelib qolar va u ma’shuqi ortidan soyaday ergashar, quyosh atrofida yer aylanayotganday edi.
Bir kuni shahzoda otlanib, sipohi bilan kelib qoldi. Darvesh gado uni ko‘rib, bir na’ra tortdi va hushidan ketdi. Hushiga kelganida bor vujudi yonar edi. Necha bor joni o‘rtanib, hushidan ketib, hushiga kelib turdi. Jonim yonmoqda, sabru tokatim qolmadi, der edi. Sargashta mard shu so‘zlarni aytib, dardi kuchli ekanidan boshini toshlarga urar edi. Shahzoda yana bir bora kelganida darvesh gado uni ko‘rib, yana hushidan ketdi. Hushiga kelganida ko‘zidan qonli yoshlari oqar edi. Shahzodaning chovushi (navkar, begi) gadoning bu holidan ogoh bo‘ldi va podshoh huzuriga borib, qonli voqeani aytib berdi:
-   Ey shahriyor, bir darvesh rind shahzoda ishqida beqaror bo‘libdi.
Bu xabardan podshoh g‘azablanib, jahl ustida dedi:
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:41:32
-   Tez boringlar, o‘sha nobakorni oyoq-qo‘lini bog‘lab, boshi egik holda keltiringlar!
Podshohxayli (beklari) shu zamon otlandilar va gadoning atrofini halqa qilib, qurshab oldilar va oyoq-qo‘lini kishanlab, osib o‘ldirish uchun dor ostiga keltirdilar. Kishan-lardan badani qonab ketgan edi. Xaloyiqdarveshningdardu qayg‘usidan ogoh emas edi, shu tufayli bu yerda unga birorta shafoatxoh ham yo‘q edi.
Podshohning bir vaziri bor edi, u ham darveshning ohu hasratidan xabarsiz edi. Shu vazirdan darvesh o‘lim oldidan dor ostida bir marta ibodat qilib, sajdaga bosh qo‘yishga muhlat berishini so‘radi. G’azabnok vazir mayli deb ruxsat berdi.
Darvesh o‘z yuzini tuproq yuziga qo‘yib, ibodat boshlar ekan, sajda qilgani holda Haq taologa munojot qildi:
-   Ey ilohim, bu begunoh bandangni podshohim o‘limga hukm qildi. Sendan tilagim shuki, o‘lmasimdan avval bir marta shahzodaning go‘zal jamolini ko‘rsam, shundan so‘ng yuz ming jonim bo‘lsa ham berishga roziman. Podshohim sensan, ey ilohim, bandalaring hojatini berguvchi (hojatxoh) o‘zingsan, oshiq ham o‘zing, ishq uchun jon olguvchi ham o‘zing. Sening bandangman, agar oshiqligim kofirlik bo‘lsa, mayli menga jazo bera qol. Sen yuz minglab hojatmandlarning hojatini ravo kilasan, shular qatori men bandangning hojatini ham ravo qil, maqsudimga yetkiz.
Ishq yo‘lida zulm ko‘rgan (mazlum) darvesh shu tariqa Allohi taolodan hojatini tiladi va ko‘z oldi qorong‘ilashdi.
Shu yerda pinhon - yashirinib turgan vazir bu so‘zlarni eshitib, gadoning dilidagi dardini tushundi va faqirga hamdard bo‘ldi. Podshoh qoshiga bordi va yig‘lab turib, gadoning Haq taologa qilgan munojotini unga aytib berdi. Sajda holatida darvesh hojatini so‘raganini aytdi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:41:47
Podshoh aftodadil bechora darveshning dardini tushundi, bu hol unga xush keldi va gunohkorni afv etdi. Shahzodani xoli joyga chaqirib, darveshning dardu holini tushuntirdi: «Darvesh sening oyog‘ingga bosh qo‘yishni orzu qilar ekan, sen hoziroq dor ostiga bor va gadoning ko‘nglini ol, sargashta bemorning dardiga davo qil, yaxshi so‘zlar aytib, uni mustamand qil, sen bedilga u dil beribdi, qahringni totgan odamga lutf qil, zahringni totgan odamga rohat bag‘ishla (do‘stlik qil). Diling raxshini (tulporini) gulshan tomon bur, so‘ng huzurimga qaytib kel.
Yusufjamol shahzoda otasining farmoniga itoat qilib, darvesh gadoning oldiga, dor ostiga borib, uning yoniga o‘tirib, uni visolidan bahramand qildi. Bu otashin xurshid yuzli yigit, bu ichi gavharlarga to‘liq daryo bir qatra suvi bilan o‘likni tiriltirishga, bemorning boshini o‘z tizzasiga olib, yupatishga chog‘landi.
Shahzoda dor ostiga borganida qiyomat qo‘zg‘algandek bo‘ldi. U darvesh gadoni halokat yoqasida ko‘rdi, sarnigun-egik boshi tuproqyuzida edi. Uning qonli ko‘z yoshlaridan go‘yo tuproqda gullar ochilganday edi. Olamdagi barcha qayg‘u- hasratlarning hosili go‘yo shu yerda edi. Darveshning bu ahvolini ko‘rgan shahzoda ham o‘zini yo‘qotdi, qonli tuproq ustiga yiqildi. Uning ko‘z yoshlari qonli tuproqni ho‘l qildi.
Shahzoda sipoh ko‘zi oldida yig‘lashdan uyalib, yashirin yig‘lab, oh tortmoqchi edi. Lekin shu vaqt beixtiyor ko‘zidan yoshi ravon bo‘lib, yuz ming dardining dalasi hosil berdi.
Har kim ishqiga sodiq bo‘lsa oxiri ma’shuqi uning boshiga keladi. Ey inson (F. Attor), agar senga ishqda sodiqlik nasib etsa, ma’shuqing sening ham qoshingga keladi. Oxiri xurshidsiymo shahzoda gadoning boshini tizzasiga olib, lutf ko‘rgizib, xush keluvchi, yoqimli so‘zlar aytdi. Gado shahzodaning ovozini eshitib, uning yuziga uzoqboqdi. Ishqda barcha yo‘llarning tuprog‘i bir bo‘ldi-yu, shahzodaning yuzini ko‘rish bir bo‘ldi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:41:59
Yonib turgan o‘tni daryo suviga tashlasalar, daryo uchun buning ta’siri kam bo‘ladi. Shu tobda darvesh otash bo‘ldi-yu, daryoga (shahzodaga) yaqin kelib, unga dedi:
— Ey shahriyor, jonim og‘zimga keldi, men sening qo‘lingda o‘lishni orzu qilgan edim, maqsudimga yetdim.
Shu so‘zlarini aytib, darvesh jon taslim qildi, go‘yo u bu olamga sira kelmagandek edi. Bir na’ra tartib, xursandlik bilan ma’shuqiga jon baxshida qildi.
Dilbarning visoliga yetgan odam unga jonini berish neligini biladi. Haq visoliga yetishgan odam mutloq foniy bo‘lib, o‘zligini yo‘qotadi.
Soliklar dardi ishq daryosiga sho‘ng‘ib, fano bo‘lish — yo‘qolish nimaligini yaxshi biladilar. Ey sen, vujuding yo‘qlik bilan (jonsiz loy bilan) birga bino bo‘lgan, lazzat-rohating alam-g‘am bilan aralash qilib qorilgan, zeru zabar bo‘lib, yo‘qolish muddati kelgunicha o‘z vujuding — ruhingdan xabar top. Kutilmagan barq — yashin chaqinidan o‘lsang qo‘ling ochiq ketadi.
Fano bo‘lguningcha ko‘zingdan abadiy olamni to‘sib turgan pardani olib tashla. Yo‘q bo‘luvchiga ipakli kiyimlar ne hojat? Agar sen bu kimyoni (foniylikni) qo‘lga kiritishni istasang bir nafas boriy taoloning nazariga tushishga intil. Manman-lik fikrini xayolingdan chiqar. Avvalo aql-hushli, andishali bo‘l. Oxirgi damlaringda darveshday bo‘l, kamoli zavqqan behushday bo‘l.
Menda menlik ham, g‘ayrilik ham qolmasin. Aqlu hushim kamligidan sharr va xayrni — yaxshilik va yomonlikni ajratolmayman. Bir bora o‘zimdan voz kecholsam edi, buning uchun bechoralikdan boshqa chora yo‘q.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:42:14
Faqru fano oftobi menga nur sochsa edi, har ikki olam men uchun baribir bo‘lib qolardi. Yo‘qlik oftobining shu’lasini ko‘rolsam, suvga qo‘shilgan suvday bo‘lolsam edi. Ba’zan izlaganimni topaman, ba’zan topganimni yo‘qotaman. Mahv bo‘lay, gum bo‘lay, hech ham bor bo‘lib qolmay. Soya bo‘lay, zarracha bu dunyoga pechakday o‘ralashib qolmay.
Qatra, tomchi kabi sirlar bahri-dengizida yo‘q bo‘lib ketay. Bu zamonda haqiqat olamidan biror qatra topmadim.
Har kimsaning o‘lishi hali fano emas, bu olam tashvish-laridan qutulsam menga shu bas. Kimlardir bu olamda oydan oyga (yildan yilga) o‘tib yashashni istaydi, bu olamdan yo‘qo-lishni hech kim istamaydi. Jumla odamlarga behushlik kerak, hushi joyida bo‘lsa ular (mol-dunyoni) kam va ko‘p deb, talashib yuradilar.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:42:37
SO’FIYNING MUSHT YEGANI HIKOYATI

Bir so‘fiy bemaqsad yo‘l yurib borardi. Bir toshbag‘ir odam uning orqasidan borib bir musht urdi. So‘fiy ko‘nglida alam bilan boshini pastga egdi va haligi odamni «Seni Alloh ursin» deb qarg‘adi. So‘fiyga jabr etgan odamning o‘lganiga o‘ttiz yil o‘tgan bo‘lsa ham, ammo so‘fiy hamon uni qarg‘ardi. Bir darvesh so‘fiyga qarab dedi:
— Ey so‘fiylik da’vosini qiladigan odam, seni urgan kishi allaqachon o‘lib ketgan, u seni eshitolmaydi, gapirolmaydi ham. O’ni qarg‘ashdan uyalmaysanmi, sen toki bunaqa o‘zing haqingda dam urar ekansan, Allohga hamdam bo‘lolmaysan. Bir soch tolasiday o‘zligingdan namuna qolsa ham Unga mahram bo‘lol-maysan. Bir tola sochday orada (vujuding) qoladigan bo‘lsa, yuz olamcha masofa miqdorida Undan uzoqsan. Kimki o‘zidan bexabar bo‘lsa va o‘zligidan asari qolmasa, jamoat orasida bo‘lsa ham, u Haqdan xabardordir. Agar sen bu manzilga yetmoqchi bo‘lsang, bir soch tolasiday sendan asar qolsa ham, bu yerga yetishing mushkul. Bor-budingni olovga tashlab yondir, ko‘ylak-ishtoningni ham yondir. Hech narsang qolmagach, yalang‘och bo‘lib o‘zingni o‘tga tashla. Hech narsam qolmasa, kafanligim nima bo‘ladi, deb qayg‘urma. Hamma narsang, vujuding kuyib kul bo‘lgach, sen xalos bo‘lasan, musaffo ruhday yengil xilqatga aylanasan. Ey yo‘l kishisi, agar Iso etagiga ilingan ignaday senda mol qolsa xam bilgilki, yo‘lingda yuz yo‘lto‘sar qoladi. Agar kishi Iso kabi yukini ko‘chaga olib chiqqanda ham, igna uning yo‘lini to‘sishi mumkin. Ul dargohga yo‘l olganda, bu dunyo vujud pardasi bo‘lar ekan, demak mol-mulk, ot-ulov, martaba — mansab bunda keraksizdir. Neki qo‘lingda bor birin-ketin bahridan o‘t, keyin o‘zing bilan o‘zing xilvatda o‘tirib suhbat qur va Alloh yodida bo‘l. O’zingdan qutulib, ichki olaming — xotiring jam’ bo‘lgach, sen yaxshi-yomon tushunchalaridan qutulasan (tashqari chiqasan). Yaxshi-yomon tushunchasidan qutulsang, oshiq bo‘lasan, demak, ishq fanosiga loyiq bo‘lasan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:42:57
KITOB SIFATI HAQIDA

Ey Attor, olamga har damda yuz ming sirlar mushku anbar hidini taratding. Jahon ufqlari sendan atrga to‘ldi, xushbo‘y bo‘ddi, jahon oshiqlari sening she’ring tufayli g‘ulg‘ula va hayajondadirlar. Gohida mutlaq ishqqan dam urding, gohida oshiqlar navosining pardasini chertding. Sening she’ring oshiqlarga boylik — quvvat bo‘ldi, ularga hamishalix ziynat berdi. «Mantiqut-tayr» yoxud «Maqomoti Tuyur» asari oxirita yetdi, sen uchun Kuyoshdan nur olib voyaga yetgan farzandday bo‘ldi. Bu asar xayronlik yo‘linint maqomotidir yoki sargardonlik deyunidir.
Ey o‘quvchim, dardli dil bilan bu devonga kir (kitobni varaqla), jondan kechib bu ayvonga qadam qo‘y. Jon ko‘rinmay qolgan ana shunday maydonda, balki maydon ham ko‘rinmay qolgan (vaqtda), agar dard bilan unga kirmasang, unda bir gard-g‘ubor ham senga yuz ko‘rsatmaydi. Ko‘nglingda agar dard qo‘zgolib, maqsad sari intilsang, agar qadam tashlamoqchi bo‘lsang — maqsad sari qadam qo‘y. Noumidlik — baxtsizlik oziqang bo‘lmay turib, hayron qalbing qayta tirilarmidi? Sen dard hosil qil, chunki darmonu davoying shu darddir. Ikki olamda jonning dorisi ham shu dardtsir. Ey yo‘lovchi, mening kitobimga shoirlik va kibru havo bilan boqma. Daftarimga ishq dardi yuzasidan qara, shunda yuzdan bir dardimga ishonching ortar balki. Bu yo‘lga kirganlarga dard yuzasidan boqqan kishigina bizni tushunadi, hamdard bo‘ladi, ishqdavlatiga erishadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:43:17
Zohidlik va soddalikdan voz kech, boshiga ish tushgan odamda dard bo‘lsin, dard unga chin yo‘lni ko‘rsatadi. Kimdakim ishq dardi bo‘lsa, u darmon istaydi. Chunki darmon istagan kishida jon qolmaydi. Mard solik tashna, och va uyqusiz bo‘ladi, shunday tashna bo‘ladiki, o‘zini go‘yo hech qachon suvga yetolmaganday sezadi, chunki u Haq diydori tashnasidir.
Kimki bu so‘zlarni anglamasa, demak, dard berguvchini anglamabdi, oshiqlikdan ham qilchalik xabardor emas. Kimki buni o‘qisa, tariqatga bo‘yinsunadi, Haq yo‘liga ko‘ngil qo‘yib, ishini shunga quradi. Buni anglab topgan odam baxtiyordir.
Surat ahli mening so‘zimga shaydo, ammo ma’no ahli mening sirlarimning egasidirlar. Bu kitob ayyomning ziynati bezagidir, xoslar ham, avom ham undan nasiba oladi. Agar ko‘ngli muzday qotgan odam ham bu kitob bilan tanishsa, olov bo‘lib, pardani yorib chiqadi. Mening nazmim shunday bir ajib xosiyatga egaki, u har lahzada yana ko‘proq nasiba bag‘ishlaydi. Agar sen qayta-qayta o‘qisang, borgan sari qo‘proq yoqib qoladi. Noz to‘shagida to‘rda o‘tirgan bu uy kelin-chagi yuzidan pardalar asta-sekinlik bilan, birin-ketin ochiladi. Qiyomatgacha menday behudu telbalarcha qog‘oz ustiga qalam surgan odam yo‘q. Haqiqat dengizidan dur olib odamlarga sochuvchiman, so‘z men bilan tugadi, nishonaslmana shu kitob. Agar o‘zimni o‘zim maqgashga tushsam, birov buni qabul qilolmaydi. Lekin insofi bor odam mening qadrimni biladi, zero mening to‘lin oyimning nuri yashirin emas. O’z ahvolimni bir qadar pardali qilib aytdim, aslida so‘zim-ning o‘zi holimni bayon etib turibdi. Halq e’tiboriga havola qilganlarim — xalqning boshiga toj bo‘lsa, buni qilmasam qiyomatgacha armonda qolardim. Ushbu ma’nolar sirrini xalq tilida bitdim, uni qiyomat qunigacha esdalik bo‘ladigan qilib yozdim, shuning o‘zi yetarlidir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:43:29
Agar bu to‘qqiz falak uqalanib tushsa ham, ammo mening asarim kam bo‘lmaydi, ziyon ko‘rmaydi. Bu kitob kimga yo‘l ko‘rsatsa, u odam ko‘zi oldidan pardalarni ketkazadi. Bu kitobni o‘qiganlar muallifni duo qilsinlar.
Bu bo‘stondan gul olib, elga sochdim, ey do‘stlar, yaxshilik bilan meni yodga oling. Har bir shoir udumga binoan o‘zi xoxlagan tartibda so‘z jilvasini berib, o‘tib ketdi. Nima qilay, men ham o‘tganlar misoli jon qushini uxlaganlarga jilvalantirdim. Agar sen uzoq umr uxlagan bo‘lsang ham, bu so‘zdan byr nafas diling bezor bo‘lajak. Shubhasiz, shunda bilamanki, maqsadimga erishaman va g‘amu anduhim unugiladi. O’zimNi bir chirog‘day yondirib, jahonni sham’day ravshan qiddim. Toki jannat sham’i yorug‘lik sochsin deb tutunlarim-dan dimog‘im charog‘ tokchasiday qoraydi. Kundo‘zi ovqat yemadim, tunlari uyqum qochdi, qalbim yonishidan jigarimda suv qolmadi. Ko‘nglimga dedimki, ey vaysaqi, buncha gapira-san, jim turib asror izlagin. Ko‘nglim dediki, o‘t-olov ichra g‘arqman, ayb etma, agar so‘z so‘zlamasam, yonib ketaman. Jonimning dengizi yuz xilda to‘lkinlanadi. Shunday holatda bir dam jim turishim mumkinmi?
Bu bilan biror kishiga maqtanmoqchi emasman, shunisi borki, bu bilan o‘zimni o‘zim mashg‘ul etaman. Uning dardidan dilim xoli bo‘lmasa xam, ammo Unga loyiq mard bo‘lolmadim, men ul mard emasman deb necha bor aytdim-ku! Agar shunday desam, faxru g‘ururga berilgan, manmanlik qilgan bo‘laman. Bularning bari behuda afsonadir, odamlar ishi manmanlik-la qorilgan. Bu behudalar bilan mashg‘ul bo‘lgan ko‘ngildan nima ham chiqardi. Yuz marta jon tarkini qilib, bu behudalardan tavba qilish kerak. Jon uchun qachongacha jafo chekish lozim, yaxshisi jonni bag‘ishlab, jim bo‘lmoqdir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:43:52
PODSHO BILAN VAZIRNING O’G’LI HIKOYATI

Dunyoni egallagan bir qudratli podshoh bor edi. Yetti iqlim mamlakatlari farmoni ostida edi. Iskandarday jahongirlikda mashhur bo‘lib, lak-lak lashkari bor edi. Uning saroyi shavkati oyga yetar, oy esa bu podshohhuzurida yuzini tuproqqa qo‘ygandaydi. Bu podshohning bir dono vaziri bo‘lib, olijanoblik va tadbirkorlikda nom chiqargandi. Bu vazirning esa bir barno, xushsurat o‘g‘li bor edi. Uning husnu jamoli olam ahlini lol qoldirgan edi. Husnu kamol bilan birga bag‘oyat dilkash, xushsuxan va dilfirib edi. Agar u kunduz kuni ko‘chaga chiqsa, odamlar orasida g‘avgo qo‘tarilar, qiyomat bo‘lardi, shu bois ko‘proq kechasi shahar aylanardi. Uning yuzi quyoshidan bahra olishga odamlar mushtoq edilar, lekin visoliga yetishishning ilojini topolmasdilar. Bu go‘zal o‘g‘lonning husnini sharhlashdan qalam ojiz, har qancha ta’rif-tavsif qilsam ham, faqat bir zarra madhini qilgan-dayman.
Alqissa, o‘shal podshoh shu barno yigit husnu jamolidan mastu behud, oshiqi beqaror edi1. Shoh agarchi qudratli bo‘lsa-da, ammo ishq g‘amida hilolday aftoda edi. Vazir o‘g‘liga shu darajada oshiq bo‘ldiki, o‘zini unutardi, aqlu hushidan ajralganday edi. Agar o‘g‘lon bir lahza oldidan ketsa, shohning ko‘ngli buzulib, qonli yoshlar oqizardi. Na dilida qarori, na firoqda sabri qolgandi. Doimo, kecha-qunduz birga bo‘lgisi kelardi. Shoh yigitning yuziga boqib to‘ymas, qo‘zlaridan nur emganday rohatlanardi. Yigitni yonidan siljitmaslikka intilar, ota-onasi oldiga ham yuborgisi yo‘qedi. Yigit ota-onasini ko‘rgisi kelsa ham, shohning qahridan qo‘rqib, bormas edi. Lekin bu orada boshqa qissa chiqib qoldi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:44:10
Saroy yaqinidagi bir xonadonda bir go‘zal qiz bor edi. Jamolidan quyosh andesha qilardi. Vazirning o‘g‘li shu qizni qo‘rib, unga oshiq bo‘lib qoldi. Bir kecha ikkalasi kelishib, xilvatda birga bo‘ldilar. Shoh bundan bexabar edi, qazodan shoh shu kecha mast edi. U yarim kecha uyg‘onib, qo‘lida dashna xonasidan chiqdi. Yigitni izlashga tushdi, ammo uni topmadi. Oqibatda yigit va qiz o‘tirgan joyga yetib keldi. O’g’lon va qizning bir-biri bilan muhabbat og‘ushida suhbatlashib o‘tirganlarini ko‘rdi. Shoh bu ahvolni ko‘rib, rashk o‘ti qalbini o‘rtadi. Sulton mast edi, o‘z ma’shuqini boshqa bilan o‘tirganini qo‘rib, g‘azabga keldi:
- Qanday qilib menday jahongir sultonni qo‘yib, boshqa bilan bo‘ladi, mening ma’shuqim o‘zgalar bilan suhbat quradi, bu ablahlik, mendan qo‘rgan lutfu marhamatni hech kimdan ko‘rmagan, mukofoti shu bo‘ldimi, do‘stlikka vafo qani, men xazinalar kalidini uning qo‘liga berib qo‘yganman, hamma ulug‘larni unga ta’zimda bo‘lishga buyurgan, o‘zimga hamdard, sirdosh deb hisoblagan bo‘lsam, kelib-kelib bir gadoyning qizi bilan xilvatda o‘tirsa, qanday chidayman bunga. Hoziroq buning jazosini beraman», deya darhol vazir o‘g‘lini bandi zindon qilishga buyurdi. Uning qumushday muloyim va toza badanini tuproqqa beladi, kaltaklatib majruhetdi. Keyin dorga osib, odamlarga ibrat qilib qo‘rsatishga buyurdi. Dedi:
- Avval uning terisini shilib olinglar, keyin boshini quyiga qilib dorga osinglar. Toki bundan keyin podshohga yaqin bo‘lgan kishi begonalarga qaramaydigan bo‘lsin.
Ul o‘g‘lonni sudrab, xoru zor etib, gunohkorlar jazolana-digan joyga olib chiqdilar. Shu payt vazir o‘g‘lining ahvolidan xabardor bo‘lib, ohu nola chekib dedi:
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:44:24
- Ey otasining jonu jigari, bu qanday shum taqdir bo‘ldi, qanday balo seni yo‘ldan urdi? Nega podshoh sening dushmaningga aylandi?
O’nta xizmatkor qul o‘g‘lonni dorga osib, shoh amrini bajarishga tayyorgarlik qo‘rardilar. Vazir qullar oldiga kelib, ularni gapga oldi va har biriga bir qimmatbaho dur berib, dedi:
- Podsho bu kecha mast holdadir, agar u hushyor bo‘lsa, qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, betoqatlik dardida yonishi aniq. Shoh bu farmonni bajarganlarni ham omon qoldirmaydi.
Qullar dedilar:
- Shoh kelib dorda hech kim yo‘qligini ko‘rsa, daf’atan bizning boshimizni oladi va tanamizni dorga osadi.
Shunda vazir o‘limga hukm etilgan bir jinoyatchini keltirib, terisini shildirdi va tanasini boshini tubanga qilib dorga ostirdi, uning qonidan atrof qizil rangga bo‘yaldi. O’g‘lini bir joyga yashirib qo‘ydi va oqibati nima bo‘lishini kuta boshladi.
Ertasiga podshoh mastligi tarqalib hushyor bo‘ldi, ammo g‘azabi hali bosilmagan edi. U qullarni chaqirib, farmon ijrosini so‘radi. Hammalari:
- Bu nobakor yigitni qattiq jazoladik, jasadi terisiz suffa ustida dorda osilgan turibdi deb javob berdilar. Shoh bu so‘zlarni eshitib, xursand bo‘ldi. Xizmatkor qullarninghar biriga to‘n kiydirdi. Har birining xizmat darajasini ko‘tarib qo‘ydi.
Yana dediki:
- Bu itning tanasi dorda uzoq osilib tursin, xor bo‘lsin, toki bu nobakor palidning ishidan zamona ahli ibrat olsinlar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:44:40
Shahar ahli bu qissani eshitib, shoh qahridan norozi bo‘ldilar. Ko‘p odamlar dor ostiga kelib nazar solardilar, biroq jasad kimniki ekanini taniyolmasdilar. Qonga belangan qip-qizil go‘shtni ko‘rardilar va rahmlari kelib qo‘z yoshi qilardilar. Shahar ahli ul mohning motamini tutardi, barchaning qalbida dardu alam va labida ohu nadomat bor edi,
Shoh bo‘lsa, bir necha kun o‘tgach, dildorini sog‘ina boshla-di, o‘z qilmishidan pushaymon bo‘ldi. G’azabi kamayib, ishqi zo‘rayaverdi, sherdil shohni ishq chumoliday zaif holga keltirdi. Shavkatli shoh endi taxtda emas, xilvatda nola qilib o‘tirardi. Alamdan ichar, xayoliga yorini keltirar, hajru ayriliq yuragini ezardi. Oqibat toqati toq bo‘lib, ohu vovaylo chekishdan tinmasdi. Firoq dardi ichra joni qiynalar, mushtoqlikda o‘rtanardi. Pushaymonu afsuslar chekar, o‘zini har tomonga tashlab, yoqa yirtar, ko‘zidan yosh o‘rniga qon oqizardi. Ish shu darajaga borib yetdiki, taom yeyish, sharbat ichishni ham kanda qildi, tunlari uxlamadi.
Yashirin ravishda dorning ostiga borib, ul o‘g‘lon holiga yig‘lar, ishlari, husnu jamoli, so‘zlarini bir-bir yod etardi. Murdaning qonlarini yuzlariga surtardi. Butun kecha dor ostida zor-zor yig‘lab, tong otganda qasrga qaytardi. Shu zaydda qirq kecha-kunduz o‘tdi, podshoh ramaqijonday ozib, vujudi qilday ozib ketgan edi. Oxiri o‘g‘lon yodida kasal bo‘lib yotib qoldi. Hech kim og‘iz ochib shohga so‘z qotishga jur’at qilmasdi. Qirq kecha-kunduz azoblardan keyin bir kecha o‘g‘lonni tushida ko‘rdi: o‘g‘lonning oyday yuzi ko‘z yoshiga belangan, oyoq uchidan boshigacha qonga cho‘mgan edi.
Shoh dedi:
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:44:58
- Ey jonga jon bag‘ishlovchi latif inson, nima sababdan qonga g‘arqbo‘lding?
O’g‘lon dedi:
- Sening oshnoliging tufayli shunday holga tushdim, bevafolik   qilib, shu ahvolga solddag. Men gunohsizni terimni shilding, shu vafodor kishining ishimi, ey podshoh?! Do‘st o‘z do‘stiga shuni ravo ko‘radimi? Hech bir kofir bunday ishni qilmaydi. Endi sendan yuz o‘girdim, qiyomatda sening jazong muqarrar. Atsolat va ajrim kuni kelganda Parvardigor sendan mening qasdimni olajak.
Shoh o‘g‘londan bu javobni eshitgach, ko‘ngli g‘ash bo‘lib, uyqudan uyg‘ondi va sapchib o‘rnidan turdi. Qalbida g‘alayon qo‘zg‘oldi, mushkul ustiga mushkuli ortardi. Devonalarday o‘zini yo‘qotdi, g‘am daryosiga sho‘ng‘idi, dod solib yig‘lay boshladi. Der edi: «Ey samarasiz, sabil qolgan jonu dilim, na jon qoldi qo‘dda, na dil. Bu o‘g‘lon (ruhi) meni izlab kelibdir, demak, meni zor-zor qiynab o‘ddirishga kelibdir. Men kabi o‘zini o‘zi rasvo qilgan kim bor, kim o‘z qo‘li bilan bunday ishni qilibdir, axir? O’z ma’shuqini o‘ldirgan men kabi odam qoniga belansa arziydi. Bir boqsang-chi, ey o‘g‘lon, qaerdasan, oshnolikni butkul unutma. Men yomonlik qildim, ammo sen yomonlik qilma, zero bu yomonliklarni men o‘zimga qildim. Men seni deb hayron va g‘ambodaman, seni deb tuprog‘ing ustida boshimga tuproq sochmoqdaman. Ey mening jonim, seni qaerdan izlayin,  hayronu sargardon oshig‘ingga rahm qilgin. Agar men bevafodan jafo ko‘rgan bo‘lsang-da, lekin sen vafodorsan, menga jafo qilma. Men bexabar sening qoningni to‘kdim, endi sen mening jonim qonini to‘kayapsan. Mast edim, shu bois bu xato sodir bo‘ldi, balki qazo hukmi-da men tufayli amalga oshdi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:45:13
Agar sen mendan oldin to‘satdan ketgan bo‘lsang ham, sensiz men dunyoda tirik qolishim gumon. Sensiz bir nafas o‘zimni bilmayman, umrim ham oxir bo‘lmoqda, bilsang. Men o‘limdan va tanani tark etishdan qo‘rqmayman. Agar jonim abadiy uzr so‘rasa ham bu uzrni so‘rab ado qilolmaydi. Koshki birov bo‘g‘zimga tig‘ urib kessaydi. O’shanda balki ko‘nglimdan bu pushaymonlik dardi ketarmidi? Xoliqo, jonim bu hasratda kuydi, boshdan-oyog‘im hasrat o‘tida o‘rtandi. Endi menda firoqqa toqat qolmadi. Qachongacha jonim yor yodida kuyadi? Ey odil Alloh, jonimni olib meni bu darddan xalos et, boshqa majolim qolmadi.
Shunday hasrat chekaverib, shoh oxir jim bo‘ldi. Jimjitlikda hushidan ketib yiqildi. Oxir-oqibat inoyat mujdasi yetib keldi, shikoyatu zorliklardan keyin shukrlar yetib keldi. Podshohning dardi haddan oshgan vaqtda, vazir o‘sha yerda edi. U o‘g‘lini yuvintirib, ozoda kiyintirib, keyin shahanshohhuzuriga jo‘natdi. Podshohul oyni ko‘rgach, shunday holga tushdiki, uni tasvirlab berish qiyin. Shohtuproqqa, o‘g‘lon esa uning oyog‘iga yiqildi. Bu ajoyib uchrashuvni hech kim ko‘rmagan edi. Bundan keyin nima desam beta’sirdir, aytmaganim yaxshi. Shohhijron dardidan qutulgach, ikkalasi xos ayvonga qarab yo‘l oldilar. Bundan keyingi voqealarni birov ko‘rmadi, zero bu yerda ayolga o‘rin yo‘q.1 Har kim har narsa so‘zlashi mumkin, u esa albatta boshqalarga hikoyat qiladi. Go‘yo ko‘zi ko‘r bu holni ko‘rganday, kar quloq eshit-ganday qabilidagi gap. Men kimmanki, bu voqeaningsharhini qilsam, agar buni sharh etsam, xatini jon bilan bitardim. U yerda bo‘lmay, buni qanday izohlay, undan ko‘ra og‘zimni yumib yurganim ma’qul. Agar oldingilardan (salaflardan) ijozat bo‘lsaydi, ular menga sharh etishni buyurgan bo‘lardi-lar. Bu zamon ozgina so‘z aytdim, xolos, aslida ish — amalga o‘tayin, so‘zni tugatdim, vassalom.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:45:53
QUSHLARNING SIMURG’NI IZLAB KELIB, O’TTIZ QUSHNI - O’ZLARINI KO’RGANI HIKOYATI

So‘nggi manzilga yetganda, o‘ttiztagina qolgan qushlar zor-intizor boqdilar.
Ammo ular izlab kelgan yo‘lboshchi ko‘rinmasdi, ular qaragan tomonda noyob va bepoyon naqsh kabi sirli bir yozuv-xat paydo bo‘ddi. Bu yozuv-xat butun borliqni egallab olganday edi.
Qushlarning juda og‘ir ahvolda benihoya mashaqqatlarga, talafotlarga uchrab, holdan toygan bo‘lsalar ham, bu sirli xatga umid va shodlik bilan boqdilar.
Lekin o‘zlari hali bilmas edilarki, ularni sevintirgan bu narsa, yanada cheksiz mashaqqatdan iborat edi. Ular go‘yo Yusuf bir noyob narsa topaman deb, yugurib borib, chohga qulab ketganiday edi. Yusuf u chohda alam, qayg‘u va tashnaliqdan azob chekkan bo‘lsa-da, lekin oxiri podshoh bo‘lgan edi. Bu ziyoratchilar esa ham chohga tushgan, ham gado, ham och-yalang‘och qolgan edilar. Agar Yusufni og‘alari bir necha tanga-chaqaga sotgan bo‘lsalar, bularni hech kim tekinga ham olmas edig
Bu holni anglab, bular uyat va hayajondan vujudlari erib, to‘tiyoga aylangandek bo‘ldi. Hammalari yonib, kuyib, poklandilar va nurga aralashib ketdilar.
Bular shu tariqa oliy hazratning nuriga yetishdilar. Fanodan so‘ng baqoga o‘tilganida yangi jon qanday bo‘lishi shu vaqtgacha bular uchun sir bo‘lib kelgan edi. Ular shu vaktgacha bu holning nimaligini bilmas edilar. Bular shu yo‘l bilan avvallari qilgan va qilmagan gunohlaridan siynalari poklanib, oftob jamolga yaqinlashdilar.
Qushlarning ko‘z oldida bepoyon oina — ko‘zgu paydo bo‘ldi. Shu ko‘zguga qarab, ular o‘zlarini Simurg‘ - o‘ttiz qush holatada ko‘rdilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:46:07
Bu holatdan ular yanada hayratga tushib, nimalar bo‘layotganini tushunmay qoldilar. Ular qayta-qayta ko‘zguga qarab, faqat o‘zlarini - o‘ttiz qushni - si murg‘ni ko‘rar edilar. Ular goh ko‘zguga, goh o‘zlariga qarab, Simurg‘ o‘zlari ekaniga hayratda edilar. Ular har ikki tomonda2 faqat o‘zlarini ko‘rar edilar. Har ikki tomonda birorta ko‘p yo birorta kam emas edi. Barchalari hayrat ummoniga g‘arq bo‘lib, fikrsizlikdan tafakkur tomonga o‘tsalar-da, bu ne hol ekanligini anglashga ojiz edilar.
Shu asnoda ular oliy zotdan tilsiz yo‘sinda «biz» va «sen» so‘zlarining ma’nosini, bu azim sirni ochish (kashf etish)ni so‘radilar. Oliy zot ham tilsiz yo‘sinda javob berdiki, «Mana shu oina (ko‘zgu) oliy zotdir, sizlardan har biringiz ko‘zguga qarab, o‘zingizni ko‘rasiz, bu ko‘zguda sizlarga joningiz badanli va badaningiz jonli bo‘lib ko‘rinadi. Sizlar izlab kelgan Simurg‘ shu ko‘zguda ko‘rganin-gizdir. Sizlar qirqtami, elliktami, oltmishtami, baribir ko‘zguda boringiz ko‘rinadi. Buyuk sir pardasi faqat siz ko‘ra oladigan darajada ochiladi. Ko‘p narsalar boshingizdan kechsa ham, o‘zingiz ko‘rasiz va o‘zingizni ko‘rasiz. O’zingiz qanday bo‘lsangiz, shunday ko‘rinasiz.
Ko‘pchilik ko‘rgan bilan bir odam ko‘rganining farqi bor. Chumolining ko‘zi bilan Surayyoni ko‘rib bo‘lmaydi. Chumolining nazari sandonni, filning nazari dandonni (o‘z tishini) ko‘ra oladi. Har kimning bilgani va ko‘rgani u bilganicha va ko‘rganicha emasdir. Asl hodisalar mohiyati odam gapirganicha va eshitganicha emasdir.
Sizlar bosib o‘tgan vodiylarni hamma ham bosib o‘tolmay-di. Sizlar qilgan ishlarni har kim ham qilolmaydi.
Sizlar ko‘zguda o‘ttiz qush — Simurg‘ni ko‘rib, hayron qoddingiz. Bedil, besabr va bejon bo‘lib qoldingiz. Biz sizlarga qo‘rsatgan o‘ggiz qush haqiqat qushlarining gavharidir. Onangiz quchog‘ida o‘zingizni ko‘rganday, bizning bag‘rimizda yuz turli izzat va nozni topasiz.
Oliy zot elchisi shu so‘zlarni aytib, quyosh nuri tushganda soya yo‘qolganiday, g‘oyib bo‘ldi.
Mening so‘zlarim ham qushlarning yo‘liday uzayib ketdi. Lekin bu so‘zlar bilan ham buyuk sirning ildiziga yetib bo‘lmaydi. Shuning uchun so‘zimni muxtasar qilay. Endi qushlar uchun yo‘l ham, yo‘l ko‘rsatuvchi, rahnamo ham qolmadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:47:22
ISKANDAR VA ARASTU HIKOYATI

Iskandar din yo‘lida jon bergach, Arastu xitob qilib dedi:
- Toki tirik eding pandu nasihat qilarding, ammo bu kungi o‘liming xalq uchun oxirgi pand - ibratdir.
Ey ko‘ngil, hayot girdobidan va buning orqasidan keladigan o‘limdan ibrat ol, g‘aflatdan bedor bo‘l. Men (Attor) qushlar tili, nutqini bir boshdan senga so‘zladim, ey bexabar, buni anglagil! Oshiqlar orasida qushlar go‘yo eshikdirlar, ular qafas (dunyo)dan ajaldan oldin parvoz qilib chiqadilar. Hammasi uchun boshqacha sharhu bayon bor, chunki qushlarning tili o‘zgacha tildir. Bu qushlarning barchasining tilini bilgan odamgina Simurg‘ oldiga iksir (hikmat javhari)ni keltira oladi. Yunonlar hikmati — falsafasi ichida sen ruhoniy mardlar davlati — ma’rifatini taniy olarmisan? Yunonlar hikmatidan batamom qutulmasang, din hikmatida, mard bo‘lolmaysan. Kimki ishq yo‘lida yunon falsafasi - aqliy bilimga tayansa, u din qoidasi — devonida ishqdan ogoh emasdir. Bu yerda Haq ma’rifati yo‘lida «qufr»ning «k» harfini «falsafa»ning «f» harfidan yaxshiroq ko‘raman. Zero agar bu kufr yana parda bo‘lsa, sen buni anglab kufrdan saklanasan. Ammo agar ul jadal (dialektika) ilmi yo‘lto‘sarlik kila boshlasa, ko‘proq ogoh — oqil odamlarni yo‘ldan uradi. Agar yunon hikmatiga dil bog‘lagan bo‘lsang, Umari Foruq kabi yonib, dinni himoya qilolmaysan. Din sham’i yunon hikmatini yondirib yubordi, shu bois din sham’ini bu ilm (yunon falsafasi) bilan o‘chirolmaysan. Ey, din odami, Yasrib hikmati (Muhammad rasululloh dini) o‘zga ilmlar yo‘lini to‘sdi, endi dini islom yo‘lida Yunoniston ilmi ustiga tuproq sep.1
Ey Attor, qachongacha gap sotasan, axir sen bu mushkil ishning mardi emassan, undan ko‘ra o‘z vujudingdan pok bo‘lib, butkul tashqari chiq, tuproq uzra tuproqday to‘kil, ko‘zga ko‘rinma! Toki sen bor ekansan, har bir xasga poymol-san, agar yo‘qolsang — fano bo‘lsang odamlar boshiga toj bo‘lasan. Sen fano bo‘lgin, toki barcha yo‘lovchi qushlar Ulug‘ Dargohga yetib ol, deb yo‘l bo‘shatsinlar. Sening aytganlaring har kimga yo‘l ko‘rsatsin. Shu so‘zlar senga ham rahnamo, pir bo‘lsin. Yo‘lga kirgan qushlar nazarida hech kim bo‘lmasam-da, biroqular ishi, ahvolini so‘yladim, shu basdirki, ushbu karvon orqasidagi changdan menga ham g‘ubor yetsa, men ham shu dard ahliga bir qism bo‘lib qo‘shilsam.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:47:54
YOSHI ULUG’ PIR VA SO’FIY HIKOYATI

Yoshi ulug‘ pir bir so‘fiyga haq yo‘lida yashovchi mard insonlar haqida ancha so‘zlarni aytib berdi:
- Yaxshi so‘zlarni aytguvchi til yoqimlidir, bunday so‘zlarni odamlar doimo bir-birlariga aytib yuradilar. Bu so‘zlarni baxtiyor odamlar eshitgan bo‘lsalar ham, men bu qissani jonu dilim bilan sizlarga aytib beraman.
Men hayotda Haq taolo yetkizganlariga shukr kilishdan boshqa boyligim yo‘q, lekin shukr boyligi ba’zilarning zaharli so‘zlaridan ming bor yaxshiroqdir.
Kamina jumla devonalarning devonasiman, bu so‘zlarim aklga begonadir. Men nelarni bilamanu, nelarni gapiraman, ajabo, yo‘qolgan qanday narsalarni izlayman, ajabo?!
Molu davlatni tark etganlar haqida, hamoqat va g‘aflat ilmlaridan dars berganlar haqida so‘zlayman.
Ba’zilar menga:
- Ey yo‘lini yo‘qotgan odam, qilgan gunohlaring uchun uzr so‘ra, — desalar, balki bu so‘zlarini rost deb bilmayman, balki, rost deb, yuz yilgacha uzr so‘rayman.
Hayot yo‘limda ba’zi damlarda ishim may ichish bo‘lsa ham, men she’riyat mayini ichganman. Meni doimo shu yo‘lda desalar to‘g‘ri aytadilar. Hali ham she’riyat yuragimda dard, ham bag‘rim sargashta.
Shu ham anikki, hujjatsiz, hosilsiz (mevasiz) she’rlar aytish jaholatda yashayotganlarning ishidir. Jahonda bir dilkash mahram do‘st topmagan bo‘lsam-da, dilimdagi dardu hasratlarimni she’rim bilan baham ko‘rganman.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:48:04
Agar, sen (ey, o‘quvchim), sirlarga qiziquvchi va ma’no-larni ochuvchi bo‘lsang, diling qonga to‘lib va qon to‘kib, sirli jumboqlarni topuvchi bo‘lsang, men dilingdagi shak-shubha, gumonlarning boshini kesib, «qon to‘kaman» va «qon to‘kuvchi» (o‘tkir) so‘zlar aytaman. Mening teran, chuqur ma’no-lar dengizimdan suv ichmoqchi bo‘lsang, «qon hidi» keluvchi so‘zlarimni tingla.
Bid’at zahridan kasal bo‘lgan odam bu yuksak so‘zlarni shifobaxsh dori taryok deb bilsin. Garchi Attorman va taryokli dorilar berurman, aslida dilim tok novdasiday quruqshab qolgan. Xalq orasida benamak (tuzsiz so‘zlar aytuvchi) bexabarlar (bilimsiz, johillar) bor. O’shalar tufayli men jigarim qonini ichaman. Garchi suframda qattiq non bo‘lsa ham, ko‘zim yoshlaridan yangi «sho‘rvalarni» ichaman.
Dilim sufrasini ba’zan yig‘ishtirib qo‘ysam-da, gohi-gohida hazrat Jabrail mehmonga kelib turadi. Ruhul-quddus meni o‘ziga «hamkosa qiladi» (Ma’rifat mayini beradi).
Qachongacha, har qanday mudbirlar-badbaxtlar bilan non-tuzni baham ko‘rib yuraman? Har doim noxush (ya’ni, aqlsiz, hushsiz) odamlar bilan non yeyishni xohlamayman. Ozgina non va nonxurush bo‘lsa, menga kifoya. G’inoul-qalb, ko‘ngil ohanglarim men uchun jonafzo, haqiqat - men uchun kanzi loyafnodur.
Boy, badavlat odamlarning har qancha - xazinasi bo‘lsa-da, mendan harjihatdan past, tuban odamlardir. Izid-taologa shuqrlar bo‘lsinki, menga har qanday nosoz, aybli ne’matlarni bermaydi. Dilimdagi dardlarni har kim bilan baham ko‘rmayman, har qanday bo‘lmag‘ur ishlar uchun Allohvandimning nomini tilga olmayman. Hech bir zolim bilan taom yemayman. Taxallusim (Attor)ni har qanday kitobga qo‘ymayman.
Olimning mehnati mamduh-maqtovlidir, jismim quvva-ti ruh quvvatidandir, shu menga kifoya. O’z yukimni o‘zim ko‘taraman, o‘z nonimni o‘zim topib yeyman. Xalqning (bo‘lmag‘ur) ishlaridan ozodman, yuz balo ichida yashasam ham shodman. Badxoh, yomon niyatli odamlardan forig‘man. Ba’zan nomimni yomonga chiqarsalar ham, yaxshiga chiqarsalar ham sabr qilaman. Men o‘z dardlarim bilan darmondaman. Barcha ufqlarga qo‘lim (aqlim) yetadi. Gohida dardlarimni hech kim tinglamasa ham, dunyoning ishlaridan hayron qolsam ham mayli. Eng muhimi, jismim va jonim yo‘ldadir, kelgusida jismim jonimga yetishadi deb umid qilaman. Qismatim shu dardlarda va darig‘olardadir, boshqa joyda emas.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:48:34
YO’LCHINING O’LIMI OLDIDAN AYTGAN SO’ZLARI

Yo‘lchilardan (haq yo‘lchisi, solikdan) jon chiqar vaqtida do‘stlari:
- Nechuk holdasan? - deb so‘radilar. Haq yo‘lchisi javob berdi:
- Umrim yo‘lida oxirat ozig‘ini g‘amlamadim, meva ham, bargham bermadim. Xijolatli fe’lim sababli qo‘limda faqat loy va tuproq qoldi. Oxirida topganim go‘rimga qo‘yiladigan bir g‘isht bo‘ldi. To‘plab yiqqan kiyim-kechaklarimdan shu janda va kafanligim qoldi.
Avvalo meni qo‘z yoshlarim bilan yuvinglar. Oxirimda boshim tagiga bir g‘isht qo‘yinglar. Kafanim ko‘z yoshlarimga og‘ushta, peshanamga yozilganini ko‘rmoqqaman. Pok tanimni kafanim yopib tursa, tezroq tuproqqa qo‘shilaman. Kichik bir chuqurda (go‘rda) yotganimda boshimga tuproqdan o‘zga yog‘in yog‘maydi. Afsus, bir dona (urug‘) emasmanki, tuproqdan unib, o‘sib yashasam. Soya quyosh visolini orzu qiladi, lekin bu savdo juda qiyin, amrimaholdir. Bu ishning qiyinligi soyaga oshkor-ma’lum bo‘lsa-da, u shu mushkul ishni sira xayolidan chiqarib tashlol-maydi. Mening ham ahvolim oftob yorug‘ini orzu qilgan soyaga o‘xshaydi. Men bu mushkul ishni xayolimdan chiqarolmayman.
Inson o‘lganidan so‘ng yolg‘iz qoladi, daryo suviga g‘arq bo‘lsa ham labi quruqshab, bir tomchi suvni tomizadigan odam topolmaydi.
Menga endi hech kim hamroz va hamdam bo‘lolmaydi, endi hech kim hamdard va mahram bo‘lolmaydi. Menda endi hech bir himmat va xirs kabi mayllar ham qolmaydi. Endi ruhim halovatida zulmat-g‘ashlik bo‘lmaydi. Endi dilimni hech kim ranjitmaydi, men ham hech kimning dilini ranjitmayman.
Endi men sulton dasturxonidan luqmani havas qilmayman. Eshik ogasiga ham shoh dargohiga kiriting deb, yalinib-yolvormayman. Endi dilimda xalqdan uzoqlashib, yolg‘izlanib qolishdan tashvish bo‘lmaydi. Mening ahvolimda hamma narsa ostin-ustin bo‘lgan.
Pir shunday deb, o‘z hol-ahvolidan xabar berdi.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:48:53
POKDIN YIGIT VA UNING SO’ZLARI

Bir pokdin yigitdan bunday so‘zlarni eshitdim:
- Kamina o‘ttiz yoshga to‘ldim, shu yillarda goh yaxshi, goh yomon kunlarni ko‘rdim. Ismoil kabi g‘am chekmadim. Axir, Haq amri bilan otasi uning boshini olmoqchi edi. Shu yoshdagi har bir yigit umrida bir lahza bo‘lsa-da, o‘zini Ismoilday his etsa edi. Axir inson Ismoil kabi tabiati bo‘lsa ekan.
Allohning roziligi uchun nima ish qilsam ekan, deb kecha va kunduz zor-intizor sha’mdek yonaman. Goh abri navbahor, ya’ni ilk bahor yomg‘iriday ko‘z yoshi to‘kaman.
Ey birodar, sen sha’mning yorug‘ini yaxshi ko‘rasanu, uning boshi otashda ekanini ko‘rmaysan. Menga tashqaridan qarab turgan odam ham oxirat yo‘lini o‘ylab, dilim yonib-kuyayotga-nini bilmaydi.
Gohida o‘zimni chavgonning go‘yi — to‘piday his etaman, boshim qaerda, oyog‘im qaerdaligini bilmay, sarsonman. O’z vujudimdan (oxirat, iqbolim uchun) hech foyda ko‘rmadim. Vujudim foyda topgandir, lekin men topmadim.
Ey darig‘o, (Haq yo‘lida) biror do‘st-yorim yo‘q. Behuda, befoyda, bekorchi ishlar bilan umrimni zoe’ qilmoqdaman. Yaxshi, xayrli ishlarga quvvatim yetmasligini bilaman. Lekin buni bilganimdan foyda yo‘q. Shu vaqtlarda, bu zamonda men kabi ojiz va bechora yo‘q, Haqdan o‘zga men uchun chora qiluvchi g‘amxora yo‘q.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:49:30
MANSUR HALLOJNING KULI HIKOYATI

Hallojni qatl etib, gulxanda kuydirdilar va u ishqda omadi kelgani uchun bir hovuch kulga aylandi. Hagto uning kuli ham tilga kirib, «Anal-Haq» dedi. Bu bilan kul ham oshiqlik martabasiga yetdi.
Shayxning kulidan shunday sado chiqqan vaqtida, bu so‘zni aytgan zot qani, u o‘lsa ham o‘zining so‘zini rost deb bilmoqda, deb ajablandilar.
Kuldan bunday sado chiqqanini bu yerda yig‘ilganlarning hammasi eshitdi. Uning so‘zini eshitib, bu holni o‘z ko‘xaari bilan ko‘rdilar. Hamma odamlar avval Hallojga:
- Bu so‘zlaring afsonadan boshqa gap emas, borar joying vayronadan boshqa joy emas, - degan edilar. Lekin ko‘rdilarki, asl aynimas ekan, asl mustag‘ni hech kimga ehtiyojsiz va pok ekan. U zot-ning bir qismi (kuli) qolgan bo‘lsa ham, qolmagan bo‘lsa ham, u so‘zidan qaytmas ekan. Asl quyosh abadiy so‘nmas ekan. U aytdiki: na zarra, na soyaman.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:50:17
QUSHLARNING FANODAN SO’NG BAQO HOLIGA YETISHGANI HIKOYATI

Fano holatida qushlar uzoq vaqtlarini hushsiz, go‘yo yo‘qlikda o‘tkazdilar. Ular bu holatda yuz ming qarn1, ehtimol undan avval ham, keyin ham yana shuncha zamonlarni o‘tkazdilar.
Qushlarninguzoqzamonlar bexudlikda, yo‘kdikda qolgan-lari behuda ketmadi. Ularning niyozmandligi, Haq taologa yolvorishlari yaxshi hosil berdi. Vaqti-soati yetib, barchalari yana hushlariga keldilar. Fanodan so‘ng ular baqo holatiga, abadiy hayotga yetishdilar.
Fano va baqo haqida hargiz odamlar na eski gapni, na yangi gapni aytoladilar. Bu haqda sen ne desang ham o‘zing bil-gancha gapirasan va bu gaplaring haqiqatdan juda uzoq bo‘ladi. Bu holning vasfu xabarini juda uzoq sharhlash mumkin. Lekin ashob-sahobalarimiz bu yo‘lning misolini (fanodan so‘ng baqoga yetishuvni) sharhlab berganlar. Ular baqo qaysi joyda ekanligi haqida yangi kitob yozishlari kerak edi.
Fanodan so‘ng baqo asrorini bilganlar ham buni aytol-maydilar. To o‘zing vujuding va yo ruhing bilan yo‘qlikdan abadiylikka, baqo manziliga qadam qo‘ymaguningcha, u manzil neligini bilmaysan. U manzilga bormaguningcha, sen uchun fano ham yo‘q, baqo ham yo‘q. Bu yo‘lning avvalini va oxirini bil-maganing uchun senga bu haqda gapirish foydasizdir.
Yo‘klikdan bor bo‘lish qandayligini inson hali bir tomchi nutfa holida ekan, u Allohning qudrati bilan parvarish qilinib, yuz bora izzatlanib va nozlanib, oqil va korsoz -ishlaringni sozlovchi tomonidan vujudga keltirilding. So‘ng u vujud voqifi asror (Alloh)ga xush kelsa, unga kerakli ma’rifatni ham beradi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:52:11
Otashda yonib, mahv etilgan bir hovuch kul ham qo‘li ochiq zot tomonidan izzat-hurmat ko‘radi. Uni yana yo‘l tuprog‘iga qo‘shadi. U allaqancha vaqt yo‘l tuprog‘ida foniy bo‘lib yotadi. Bu orada yo‘l unga yuz turli sirlarni aytadi. Bu sirlarni yo‘l goh u bilan, goh usiz aytadi.
Shundan so‘ng Haqtaolo uni (osmonga uchirib) baqo holiga musharraf qiladi. (U yomg‘ir bilan yerga tushib, gul yo boshqa o‘simlik bo‘lib unib chiqadi). Uzoq vaqtlar xorlikda yotgani unga izzat keltiradi.
Sen bu so‘zlardan nimani tushunding, sen o‘zing avval qaysi holatda eding? Allohning qudrati bilan sen izzat va aql topding. Agar, sening joningni eng oliy shoh rad etsa, sen elga shoh bo‘lsang ham baqo manziliga yetolmaysan.
Fano holi ma’nosining tagiga yetmagan odam haqiqiy baqoni ko‘rolmaydi. Avval ruhing ko‘p zamonlar xorlikda bo‘lsagina, bir zamon kelib, noming boqiy bo‘lib, abadiy izzat-hurmat topasan.
Borliqqa yetishish uchun yo‘q bo‘lishing kerak, o‘zingni doimo bor deb o‘ylasang, bor bo‘lib qolmaysan, abadiy yo‘q bo‘lasan. Xor-zorlik va fano-yo‘qlikni ko‘rmaganlar boqiylik izzat-hurmatiga hech qachon yetisholmaydilar.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:52:42
BIR JAVONMARD TUSHIDA SHIBLIYNI KO’RGANI

Shayx Shibliy bu Xarob dunyodan ketganidan so‘ng bir javonmard uni tushida ko‘rdi va undan:
- Ey nekbaxt, Haq taolo seni qanday kutib oldi? - deb so‘radi.
Shibliy dedi:
- Men haq dargohida hisob beryshda shunchalik qiynalmoqdamanki, bunday ojizligimni, zayf va navmidligimni dushmanim ham ko‘rmasin, deyman. Yaxshiki, dunyodagi hayotimda gohi paytlarda bechora bo‘lib qolgandim, xuddi shu holim uchun Allohyim menga bir marta rahmat nazari bilan qaraydi deb, umid qildim. Xoliqo, bechoraligim uchun rahm qil, dedim, — sen ojiz, bechora, cho‘loqchumoliga ham rahmdilsan. Men ham shunday bechoraman-ki, o‘zimning qaerdan kelganimni, qayoqqa borishimni va kimligimni ham bilmayman.
Bekase, bedavlate, behosile, Benavoe, beqarore, bedile, ya’ni, bechoraman, davlatsizman, ilmsizman, navosiz, karorsiz, dilsizman. Umrim jigarxunlik bilan o‘tdi, hech kimga bahra yetkazmadim. Ne ish qilsam, barchasiga tovon to‘layman. Jonim og‘zimga kelganida dinu dunyoyimni boy berdim. Menda na suvrat va na ma’no qoddi. Ikki o‘rtada sarson va hayronman.
Sargardon va muztar, na kofir, na musulmonman.
Tor eshikdan o‘tolmay, tang ahvolga giriftorman. Yuzim pindor (takabburlik) devoriga urildi.
Faqat bechoraligim uchun bu eshik menga ochildi, zarracha aftodaligim yo‘limda rahnamo bo‘ldi. Axar har banda dunyoda hayotda yo‘l ozig‘i (toat, ibodat, xayrli ishlarni) jamg‘armasa, bu yokda oh chekib, ko‘z yosh to‘kishdan foyda yo‘q ekan. Bu yoqqa kelmay turib, dunyo hayotida oh chekish, yig‘lash kerak ekan. Inson hayotligida chekilgan ohlar bor gunohlarni yoqib, yo‘qotar, to‘kilgan ko‘z yoshlari hisob daftariga gunoh deb bitilgan siyohlarni yuvib yuborar ekan.
Hayotda daryo ko‘z yoshi oqizganlarga bu yoqda go‘zal hurlar manzili nasib etar ekan. Agar kimki hayotligida diydasi xunbor - qonli ko‘z yosh to‘kmasa, bu yokda Haq taolo mening bu odam bilan ishim yo‘q deb, yuz o‘girar ekan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:53:10
PIR VA RUH QUSHI HIKOYATI

Shogirdlariga ustozlik qiluvchi pir (bir kecha tushida) juda ko‘p ruxdarni ko‘rdi. Hayotda naqdinalarini (molu davlatini) yaxshi ishlarga sarf qilgan odamlarning ruhlari u olamda boshqa ruhlarga amir, podshoh ekanligini bildi. Pir u qavmdan (ruhlardan) naqdlaringizni qanday ishlarga sarf qilgan edingiz, deb so‘radi. Ruhoniyat ahlidan bir mard inson bunday javob berdi:
—   Ey piri roh, bu go‘zal joyga hayotda dardmand bo‘lib, oh chekkanlar kelgan. Aslida dili pok odamlar dunyoda dardu hasrat bilan yashaydi, otashin oh-faryod va qaynoq ko‘z yoshlarini to‘kadi. Faqat bir-ikki marta dard chekkan bilan maqsad hosil bermaydi.
Bu so‘zlarni tinglab, pir o‘ziga dedi:
-   Yo Rab, menga ham ashk va ohni yoriy, do‘st va madadkor qil. Agar dard cheksam, ko‘z yosh to‘kmasam hosilsiz qolaman. U dunyoda oh va ko‘z yoshlardan xushbo‘ylik (ravohe) taralar ekan. U joyda shu matoh qimmatbaho ekan. Yo Rab, jonu dilimdan aytgan dardi qayg‘uli so‘zlarimni qilishni nasib ayla.
Bu dunyo chohida, zindonda bandi kabi yashayman, jismim gunohlarga oluda — aralashmi, bilmadim, lekin dilim mehnat bilan horib-charchagan. Garchi olis yo‘lga yaxshi va yomon ishlarim aralashgan holda chiqdim, iloho, o‘zing meni afv etib, bu zindon va chohdan chiqargaysan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:53:47
ABU SA’ID MEHNA VA MAST KISHI

Haq yo‘lining mardlaridan bo‘lmish Abu Sayid Mehna bir kuni xonaqoh bog‘ida shogirdlari bilan suhbatlashib o‘tirgan edi, nogahon bir mast kishi kelib, uni behayo va nosazo so‘zlar bilan so‘ka boshladi. Mast odam goh g‘azabnok, gohida beqaror, oshiftahol qo‘z yosh to‘kar edi. Yana nosoz so‘zlarining pardasini sozlar, yana yig‘lab, badmastlik qilar edi.
Shayx Abu Sa’id bu badmastni ko‘rib, shafqat-muruvvat yuzasidan uning yoniga keldi va dedi:
-   Ey mast, bu tabarruk joyda nechun g‘avg‘o, to‘polon qilasan, nima gaping bo‘lsa, mana menga aytaver.
Mast odam shayxga qarab dedi:
-   Sening do‘sting Haq taolo bor. Lekin sening haq yo‘liga boshlaguvchi dastgiring, ustozing yo‘q. Sen o‘zingni mard va boshqalarga Mir deb, o‘z atrofingga odamlarni yig‘asan. Yaqinda mening qulim bilan birga yo‘ldan o‘tarding. Chumoli ham o‘z qavmiga boshliq va amir bo‘ladi. Sen ham chumoli kabisan, o‘zingni amir chog‘laysan. Meni shogirding qatorida ham ko‘rmaysan. Bu sening ustozing yo‘qligidandir.
Mast odamning bu so‘zlari shayx Abu Sa’idga qattiq ta’sir qildi. U ham qo‘z yosh to‘kib, mastning oyog‘iga yiqilib, dedi:
-   Senda o‘zimning barcha kamchiliklarimni, yomonliklarimni ko‘rdim va o‘zimni tuzatdim. Binobarin, sen menga ustozdirsan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 00:56:03
BIR AZIZNING HAQ-TAOLOGA MUNOJOTI

Bir aziz Allohga munojot qilib, dedi:
- Ey zuljalol, fardo (tong-la qiyomatda) hashr dashtida (mahsharda) mendan «Ey orqada qolgan, umring yo‘lidan bu yerga nima olib kelding?»— deb so‘rasang, aytamanki, «Ey iloh, zindonda yotganlar ozodlikka chiqsa, u joydan nima olib kelishi mumkin? Zindonda baxtsizlikka g‘arq edim, qo‘l-oyog‘im bog‘liq, hayronlikda edim. Sening dargohingta u yoqdan bir kaft tuproq olib keldim. Chohing va zindoning bandisi edim. Hech kimga sotmagan2 ko‘zim, sening fazlingdan to‘qilgan libosim bor. Pokligimga ham gard-g‘ubor aralashgan, musulmonligim ham tuproqqa qorilgan.
Avval boshdan tanam loyu tuproqdan edi. Qilgan ishlarimdan ba’zilari xo‘b (yaxshi), ba’zilari xunuk, nodurust edi. Ey yagona Allohm, meni ofarida qilishni (yaratishni) ravo ko‘ribsan, endi marzaning (do‘zax va jannat chegarasining) qaysi tarafiga chaqirsang, o‘shanga sazovorman».

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:00:56
NIZOMULMULKNING JONCHIQAR VAQTIDAGI HOLI HIKOYATI

O’lim to‘shagida yotgan Nizomulmulk bunday dedi:
- AIlohim, umrim yelday o‘tib, sening dargohingga bormoqqaman. Yo Xoliq, yo Rabbim, bu dunyoda nelarni ko‘rgan bo‘lsam, shularni aytaman. Hayotda barcha yangi narsalarga xaridor bo‘ldim, o‘shalarga do‘st-yor bo‘ldim. Seni tanib, senga xaridor (talabgor) bo‘ldim va hech qachon sening nomingni sotmadim.
Umrimizning oxirgi damlarida bizni o‘zingga xaridor (talabgor) qilgin, nodo‘stlar orasida bizni o‘zingga do‘st-yor qilgin. Oxirgi nafasimizda ham bizni o‘zingga do‘st qilgin. So‘ngti nafasda ham sendan o‘zga do‘stni xohlamaylik.
O’sha vaqtda (jonim chiqqanida) pokdil do‘stlarim go‘rimga tuproq tashlasin. O’sha soatda o‘zing meni qo‘llab, holimni durust qilgin. O’sha lahzada ham fazling etagini tutib, yig‘layman.

SULAYMON VA CHO’LOQ CHUMOLI HIKOYATI

Chun Sulaymon bir qancha riyozatlar chekib kamolga yetganida (payg‘ambarlik nasib etganida) uning oyog‘i ostida ojiz holda qolgan chumoliga bunday dedi:
—   Ey mening oyog‘ ostimda qolgan, qon va tuproqqa aralashgan jonivor, qanday qilib bu holga tushding?
Cho‘loq chumoli shu vaqt unga bunday javob berdi:
—   G’isht va tuproq orasida tor go‘rga tiqilganman. Hayotimdagi barcha pok umidlarim kesilgan. Ey pok zot, tuproq ostida qolganim mayli edi, lekin eng yomoni, bu g‘isht yuzimga koinotni to‘sib qo‘ydi. Agar mening holimni tushungan bo‘lsang, fazling bilan men tomonga qarab, yuzimni ochib qo‘ygin. Yuzimdan to‘siqni olib tashlaki, barcha tomonlar ko‘rinib tursin.
Ey, shoh, men (Attor) gunohlarim, ayblariyam ko‘p bo‘lib, yuzingga qarayolmasam-da, meni ochiq yuzli qilgin. Axir sen eng karamli, karimi mutlaqsan. Yaxshi va yomon ishlarim bo‘lsa-da, dargohingga ochiq yuz bilan boray.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:01:31
ABU SA’ID MEHNANING HAMMOMGA KIRGANI HIKOYATI

Shayx Abu Sa’id ibn Abul-Xayr Mehnaviy bir kuni hammomga kirdi.
U bilan birga kuch-quvvatga to‘lgan, ammo ma’rifati kam, xom yigit hammomga kirgan edi. Yigit badanini namoyish etib, sho‘xlik qilib, shayxga maqtandi:
- Ey pok zot, javon-mardlik qanaqa bo‘lishini menga aytib ber.
Abu Sa’id aytdiki:
- Javonmardlar sho‘x joyini yashiradi, xalq ko‘ziga ko‘rsatmaydi.
Bu javobdan haligi yigit xijolat chekib, o‘zining nodonligiga iqror bo‘lib, shayxning oyog‘iga yiqildi. Yigitning istig‘for aytib, tavba qilgani shayxga ma’qul keldi va uni duo qildi:
Xoliqo, parvardigoro, mun’amo,
Podshoho, korsozo, muqramo.
Yo Rab, Olam xalqi orasida javonmardlar sening fazling daryosidan maysalarga sochilgan shabnamlar kabi (pokiza)dir. Sen o‘z zotingda qoyimi mutlaqsan, sening sifatlaring javonmardlarda xam topilmaydi. Barchamiz ham umrimizda qo‘p sho‘xlik, sharm-xayoga zid ishlar qilamiz. Iloho, bizni shunday ishlardan o‘zing asra.

Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:02:00
KITOB XOTIMASI

Izid-taologa behad, behisob hamdu sanolar, sipos-maqtovlar aytamiz va shukronamizni oshkor etamiz. Jonimiz senga hamdu sano bo‘stonida, ko‘nglimiz sening buyuk sifat-laringdan mastu hayratda. Dil senga shakarday shirin ovozli to‘ti kabi madhu sanolar aytadi.
Dil sening ishqing bilan mast bulbulday xushnayu. Lekin senga munosib madhu sano aytolmay ojiz va hasratdan benavo.
So‘ngra Allohning jondo‘sti, mujtabo1 rasuliga durudlar-salomlar aytamiz. Allohning ne’matlarini adadsiz, son-sanoqsiz yod etamiz. Alloh sevimli do‘sti — rasuliga doimo qalblarni yondiruvchi so‘z2 va dard bergandir. Rasulullohga doimo durud aytish — dardimizga malham, jonimizga davodir.
Iloho, sening ishlaringga barcha jonlar lolu hayrondir. Rasuling ham sening diydoringga tashnayu giryondir. Iloho, Sen unga lutfu marhamat bilan qara, u Seying jamolingni ko‘rishga musharraf bo‘lsin.
Dil Sening qudratingdan hayratlanganida farida, yolg‘iz qoladi, goh hamd aytib, goh dard chekadi. Haq taolo madadi bilan lutf-marhamat eshiklari ochiladi. Alloh tavfiqi bilan bu asarimni besh yuzu sakson uchinchi yilda3, muborak ro‘zai-ramazon.oyining seshanba kuni, choshgoh vaqtida yozib tugatdim. Bu ishni yozgan vaqtlarimda Haq taolo kaminaga osoyish, safo va zavq, vaqtixushlik baxsh etdi. «Rasuli Zuljalol» so‘zlari bu asarni bitkazish ta’rixi bo‘ldi.
Bu asarda Attor mardlar, azizlar haqida suxanlar, so‘zlar aytdi. Ey o‘quvchim, sen ham o‘sha mardlar, azizlarni yaxshilik bilan esla.
AIloho, Sening tavfiqing bilan bu asarni tugatishga muvaffaq bo‘ldim, vallohi a’lam bis-savob (Bu ishning savobini Alloh bilguvchidir).
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:02:27
IZOH VA SHARHLAR

Namrud buyrug‘i bilan hazrat Ibrohimning gulxanga otilishi, Alloh farmoni bilan gulxan gulshanga aylanishi voqeasiga ishora. («Qur’oni karim»dan.)
Hazrat Muso qavmlari bilan Misrdan qochayotganida Alloh farmoni bilan dengiz vaqtincha ikkiga bo‘linib, yo‘l ochilishiga ishora. («Qur’oni karim»dan.)
Fir’avn Namrud Allohga qarshi urush ochganida, Alloh-ning bir nimjon pashshasi uning miyasiga kirib, azoblaydi. Fir’avn boshiga gurzi bilan urishni buyuradi. («Qur’oni karim»dan.)
Makka mushriklari quvlab kelayotganida Muhammad s.a.v bilan hazrat Abubakr g‘orga yashirinadilar. Shu payt Alloh farmoni bilan bir o‘rgumchak g‘or og‘zini o‘z to‘ri bilan berkitadi. Mushriklar qaytib ketadilar. («Qur’oni karim», Ankabut surasi.)
Sulaymon payg‘ambar lashkari bilan borayotganida chumolilarni bosib ketmaslik uchun to‘xtashi va chumolilar rahbari bilan suhbatda uning akdiga qoyil qolishiga ishora. («Qur’oni karim», Nahl surasi.)
Hazrat Iso a.s. vafot etgach, samoga ko‘tarilayotganida kafanidagi bir to‘g‘nog‘ich uning parvoziga to‘sqinlik qiladi. (Qur’on, Injil va Hadisdan).
Quyoshning qizarib botishiga ishora.
Najmiddin Kubro nazar qilgan itning aziz bo‘lganiga ishora bo‘lsa kerak - tarj.
Bag‘dod xalifalari — abbosiylarga ishora (Mansur, Xorun ar-Rashid, al-Ma’mun va b.)
Muso a.s. fir’avn sehrgarlari bilan bahslashgan vaqtida uning asosi ajdahoga aylanib, sehrgarlarning ilonlarini mag‘lubiyatga uchratadi. («Tavrot» va «Qur’on»dan.)
Nuh payg‘ambar duosi bilan Alloh to‘fon yuborganida osmondan, yerdan va hatto tandirdan suv yopirilib kelganiga ishora. («Qisas ul-anbiyo»dan).
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:02:40
Solih payg‘ambarning mo‘‘jizalaridan, Tog‘u tosh ichidan tuya chiqib, bir vaqtda teva tug‘ib, sut bergan. («Qur’oni karim».)
«Naba» («Xabar») surasida Yer, Osmon, tog‘lar, Quyosh, Oy, Kecha, Kunduz sifatlari aytvdganiga ishora. («Qur’oni karim».)
«Havo... hech narsa ustidan turmaydi» - bu so‘zlar moddiy olam, Yer yuzidagi hayot o‘tkinchi, omonat degan ma’nolarni bildiradi.
Odamlar esa ko‘rinmasdirlar — olam kattaligi shu qadar cheksiz va Alloh shu qadar ulug‘, qudratliki, bularga nisbatan odamlar shu qadar ojizki, ularni yo‘q desa ham bo‘laveradi.
Rim shoiri Lukretsiy Kar ham «Narsalar tabiati» asarida olam ulug‘vorligi oldida odamlar, urishayotgan jangchilar ko‘rinmasdir», deydi.
«... Ammo u sening nishoning emas», odamlar akli shu qadar cheklangan-ki, Allohning buyukligini bilsa ham, bu bilimi shu qadar kamki, go‘yo Ul zotdan zarra nishona topmagan bilan tengdir. Hatto, falak shuncha ko‘zlari -yulduzlari bo‘lsa ham Allohning ulug‘vorligini ko‘rishdan ojizdir. Yulduzlardan behad kichik bo‘lgan inson esa Allohning naqadar ulug‘ligini tasavvur ham qilolmaydi. Bu so‘zlarni Fariduddin Attor ilohiy ilhom holatida aytgan.
«... aqldan emas». Fariduddin Attor fikricha, Haqtaoloni va ruhiy olamdagi go‘zallik va buyuklikni akl bilan anglab bo‘lmaydi, uni dil bilan, musaffo qalb bilan anglash mumkin.
Payg‘ambarlarga, shaksiz, ilohiy olam sirlari-dan ayrimlarini anglab, kelajakni bashorat qilish zakovati, qobiliyati berilgan, lekin barchasini (kullni) Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi.
«Lo»dan boshqa hech narsa topmadi...» Inson to‘lib-toshgan hayot daryosining ustida «mavjlangani» bilan maqtanadi, lekin hayotning asl durru javohirlari mavjda emas, daryo tubidadir.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:03:17
Lablaringni bog‘la... Yaratuvchining olamlarni, hayotni qanday yaratganligini bilishga inson aqli ojizdir, yaxshisi - inson o‘zini turli illatlardan poklab, Yaratganga shukronalar aytib yashashi kerak.
Inson ilohiy sirlar olamidan tashqaridadir. Agar, ichkarida bo‘lsa, bu olamda axmoqona, gunoh ishlar bilan, vayrongarchilik bilan, jabr-zulm qilish bilan o‘zini do‘zaxga tayyorlamas edi. Shu sababli, sofdil insonlar bu dunyoda mashaqqatda yashaydilar.
Fariduddin Attorning sirli so‘zlaridan: Hatto Shayton ham kibru havosini tashlab, Allohning qudrati bilan, payg‘ambarning da’vatiga quloq solib, oxiri musulmon bo‘lishi mumkindir, lekin inson o‘zi gunoh ishlarni ko‘paytirib, o‘z aybini shaytonga to‘nkamoqda. Bu so‘z shariat peshvolari nazarida kufrday ko‘rinadi. Aslida Shayton la’natlangan bo‘lsa ham, Allohdan o‘zgaga sajda qilmaganini Ibn Arabiy, Jaloliddin Rumiy kabi avliyolar to‘g‘ri deb hisoblaydilar. Buni anglashga ko‘pchilikning aqli yetmaydi va bu haqda hammaga gapirib bo‘lmaydi.
Muhammad rasululloh s.a.v. o‘tmishdan va kelajakdan xabardor edi, ma’nosida.
Muhammad rasululloh s.a.v. ga me’roj kechasi to‘rtinchi osmonda barcha payg‘ambarlar ta’zim qilganlar (Qarang: Muhammad G’azzoliy. Kimiyoi saodat.)
Me’roj kechasi Muhammad s.a.v. narigi dunyo-oxiratga borib, do‘zaxlar va jannatlar ahlining ahvolidan xabardor bo‘lib qaytganiga.ishora. Payg‘ambarni na’t aytib ulug‘lash adabiy an’ana bo‘lib7'Su sohada ham Fariduddin Attor barcha mutafakkirlarga, valiylarga ham ustozdir. Alisher Navoiy ustoz Attorni behudaga nasf etmagan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:03:39
Hijrat boshlanishida Muhammad s.a.v. safdoshi Abubakr Siddiqbilan yashirin yo‘lga chiqqanlar. Mushriklar buni bilib qolib, bularni quvib yetayozganida ikkalasi g‘orda yashiringan, Allohning qudrati bilan bir o‘rgumchak to‘r to‘qib, g‘orni yashirgan. Dushmanlar o‘rgumchak to‘rini ko‘rgach, bu yerga hech kim kirmagan, deb o‘ylab qaytib ketganlar. Bu yerda yana hazrat Abubakrning kam so‘zlashi ham maqtalmoqda.
Qur’oni karim hazrati Usmon ibn Affon davrida kitob holiga keltirilgan va mukammal to‘rt nusxadan boshqalari yo‘qolgan.
Hazrat Ali ibn Abu Tolib tib ilmida ham mohir bo‘lgan. Uning tibbiy maslahatlari hozirgacha saqlanib qolgan. (Qarang: Sarvar Ochil. Hazrat Ali - she’r va ilm sarvari. Eron Islom respublikasi. «Al-Alloh»; Minhoj. Tehron—Toshkent. 2004.)
Umrining oxirlarida Fariduddin Attordan payg‘ambar sahobalaridan Hazrat Alidan boshqasini tan olmaydi, deb, shialikda ayblamoqchi bo‘lganlar. Ammo, bu sahobalar haqidagi bu ajoyib so‘zlar ayblovchilarning nohaqligini ko‘rsatadi.
Fariduddin. Attor qudratli podshohlarga yo‘l ko‘rsatuvchi qush Hudhud timsolida payg‘ambarning yo‘lboshchiligini tasvirlaydi.
Solih payg‘ambardan kofir qavmlar mo‘‘jiza ko‘rsat deb talab qilganlarida, u Alloh qudrati bilan tog‘ ichidan urg‘ochi tuyani chiqarganiga ishora. (Qarang. Rabg‘uziy. Qisas ul-anbiyo», T. Yozuvchi, 1990 yil, 55-bet.)
Fariduddin Attor Simurg‘ timsolida o‘ttiz qushdan -o‘ttiz vaziri bo‘lgan adolatli podshohning majoziy tasviri-ni beradi. Bu timsolda go‘zallikni, san’atni ulug‘lovchi Moniy ta’limotining ta’siri ham borga o‘xshaydi (tarj).
Bu yerda gul o‘tkinchi, zohiriy, tashqi go‘zallik timsoli. F. Attor zohiriy emas, ma’noga oshiqlikni yoqlaydi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:03:53
Mazkur hikoyatda ham Fariduddin Attor o‘tkinchi, bebaqo va bevafo go‘zallarga oshiqbo‘lishni qoralaydi. Bu yerda soqol hajvi o‘tkinchi go‘zalning oshiqni masxara qilishini ko‘rsatadi.
Jannat ahlining jigar yeyishi. Tasavvuf falsafasiga ko‘ra, oshiq jannatni emas, Haq jamolini orzu qiladi. Jannatni orzu qiluvchilarning shu haqda qayg‘urib, jigar-bag‘ri ezilishiga ishora bo‘lsa kerak.
Bu fikr ikki olamdan ham voz kechuvchi rindlar, xarobotiylar ta’limotiga aloqadorga o‘xshaydi.
Hazrati Sulaymon va uzugi timsolida bu dunyodagi eng qimmatbaho javohir ham mangu hayot oldida arzimas ekanligi aytiladi.
Humoy, Humo qushi podshohlar, tojdorlarga mulku saltanat berishi ham bu olamda oliy baxt ko‘rinsa-da, Fariduddin Attor fikricha ahamiyatsiz va hatto azoblarga sababchi-dir — bu ham tasavvuf ta’limotining muhim g‘oyalaridan biri.
Bu hikoyatda dunyo podshohining sevimli quliga munosabati barcha olamlar podshohi — Haq taoloning sevimli quliga mehribonchiliklari oldida arzimasligi, hatto jabr-zulmdan xoli emasligi ochib beriladi.
Bu hikoyatda zarga, tilloga hirsu havas kufr va butparastlik ekanligi ma’nolari ochiladi.
Mazkur hikoyatda olamdagi barcha mavjudotlar Oliy Ruhning soyasi, zarralari deb hisoblanuvchi panteizm falsafasi tasavvufga ham xosligini ko‘ramiz.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:04:35
Tasavvufiy ishqdagi kufr ma’nolari shariatda kufr sanalsa-da, tariqat va ma’rifatda kufr emas, ilohiy ishq ahlining aql-xushdan ayrilishi deb tushuniladi. Shu sababli bo‘lsa kerak, Ibn Sino dunyoviy ishqni illat, kasallik deb, ruhiy ishqni esa hayot javhari deb biladi. (Qarang: Ibn Sino. Ishq risolasi.)
Shayx San’on qissasi - Fariduddin Attor va A.Navoiy asarlarining eng go‘zal sahifalarini tashkil etadi. Mazqur qissada — vujudiy va ruhiy go‘zallikning ilohiy, muqaddas ekanligi, oshiq uchun barcha din va mazhablarning farqi yo‘qligi, ishqning xalqaro va dinlararo ahillik va do‘stlik sababchisi ekanligi tasvirlanadi.
Aql-hushdan ayrilib, dildan sevish -tasavvufda fazilat, tibbiyotda esa illat, kasallik hisoblanadi. Erkak odamning go‘zal yigitni sevishi deganda tasavvuf tariqatida Allohning jamoliga oshiqlik tushuniladi. Shariatda bu kufr va illat, gunohi kabira. Tasavvufda go‘zal yigit — odamzod emas, Haq taolo jamoli ma’nosida keladi.
Bu hikoyatda buyuk saltanat bunyodkori, Hind elini musulmon qilish uchun 17 marta yurish qilgan sulton Mahmudning bir o‘ta kambag‘al oila bolasiga oliy himmati tasvirlangan. Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asarida sulton Mahmud, goh zolim qaroqchilardan elni qutqaruvchi, goh turli unvon, martabalarni deb, nohaq ishlar qiluvchi sifatida tasvirlanadi. Aslida ham sulton Mahmud G’aznaviy turli fazilatlarga ham, nuqsonlarga ham ega bo‘lib, asosiy ishi — dini islomni keng yoygan qahramon — G’oziydir. «Mahmud va o‘tinchi chol» hikoyasida u olihimmat, insonpar-var, odil podshoh sifatida tasvirlangan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:06:16
Avliyolardan Habib Ajamiy karomatiga bag‘ishlangan bu hikoyada aytilgan pirni ulug‘lash fikri shariatda oqlanmaydi. Qotil pir nazari tushsa ham qotildir, uni jazolash adolatlidir.
Bu hikoyat ma’nolari juda murakkab. Butparast odamning ne sababdan okdanishi tushunarli emas. Bu ishdan hazrat Jabroil ham ajablangani tabiiydir. Lekin Alloh taolo barcha sirlarni bilguvchidir.
Bu hikoyatda vujud ham, ruh ham muqaddas, pok bo‘lishi kerak, degan g‘oya ilgari surilgan.
Shibliyning bu ishi ramziy bo‘lib, mardlikni unutgan erkaklarga tanbeh uchundir. Keyingi hikoyat ham shu haqqadir.
Bu hikoyatlarda ba’zi odamlar o‘z gunohlari uchun Iblisni ayblab, nohaq tuhmat qilishi qoralanadi.
Muhammad payg‘ambar s.a.v. bir badavlat odam bilan gaplashib turganida kambag‘al — dinsiz savol so‘rashi, rasululloh uni mensimay yuz o‘girgani va Allohdan tanbeh eshitganiga ishora.
Aslida inson oxiratga borayotganida safar ozig‘i — uning bu dunyoda qilgan toat, ibodati, yaxshi, savob ishlari bo‘ladi.
Bu hikoyatda Haq taolo farmoniga asosan dunyo hayotitsa azob chekayotganlar yaxshi amal qiladi, davlatmand odamlar faqat maqtanish uchun ibodat qiladilar, degan ma’no yashiringan.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:07:15
Qulning shohona to‘n yengiga yuzidagi changni artishi Alloh yetkizgan ne’matni mensimay, qadrsizlantirga-ni deb tushuniladi.
Hazrati Muso bilan Fir’avn sehrgarlari bahs-munozara qilgan vaqtida sehrgarlar haq dinga o‘tib imon keltirishi Tavrotda ham, Qur’oni karimda ham keltirilgan. 139-betga. Bu g‘oya (falak qo‘g‘irchoqboz, insonlar — qo‘g‘irchoq) Umar Xayyom va Pahlavon Mahmud ruboiylarida ham ravshan ifodalangan. Lekin Pahlavon Mahmudning javonmardlik, futuvvat tariqati chin insonlarni qo‘g‘ir-choq bo‘lmay, olamni yaxshilik tomonga o‘zgartiruvchi, faol inson bo‘lishga o‘rgatadi.
Imom Ahmad Hanbal — ahli sunna val -jamoaga xos to‘rt ilg‘or mazhabdan birining asoschisi. U go‘zal xulqli, o‘ta kamtarin bo‘lib, imom al-Buxoriyga ham ta’zim qilib, hadislar yozgan qo‘lini o‘pgan va uni turli ig‘volardan himoya qilgan.
Bu voqeaning tarixiy asosi bor. Yuz yillar davom etgan salb urushlari vaqtida musulmon bahodirlari masihiylarga va ularning bahodirlari musulmon jangchilarga ibodat vaqtida jangni to‘xtatib, imkoniyat berganlar. (Qarang: Usoma bin Munqiz. Ibrat kitobi. Arabchadan Ismatullo Abdullaev tarjimasi.)
Bu voqea ham haqiqatda bo‘lgan, shu haqda Tavrotda va Qur’oni karimda yetarli so‘zlar bor. Yusufning og‘alari oxiri xorlanadilar.
Devona bu so‘zlarni alam ustida aytgan. Aslida Arsh egasi — Alloh o‘z bandalarini siylashda bu yerda maqtalgan amid - lashkarboshiga nisbatan yuz ming chandon himmatliroqdir. Shu sababli Fariduddin Attor devonaning so‘zini gustoxlik deb to‘g‘ri aytadi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:07:35
Fariduddin Attorning bu HIKOYATIda Jaloliddin Rumiy va Alisher Navoiyda ham uchraydigan barcha millatlarga va g‘ayridinlarga Allohning bandalari deb hurmat bildirish, dinlararo bag‘rikenglik bor.
Mazkur hikoyatda sulton Mahmud G’aznaviyning qudratli podshoh bo‘la turib, gulxan yoquvchi bilan do‘stona suhbatlar qurishidan bu podshoh haqida ba’zi tarixchilarnnng ta’na, malomatlari nohaq bo‘lib ko‘rinadi. Sulton Mahmud shoir Fariduddin Attorning ustozlaridan biri — Abul-Hasan Haraqoniyga ham tavoze’ bildirib, ziyorat qilgan.
O’tmishdagi ba’zi atoqli ulamolar Iblisni faqat bir Allohga sajda qilib, boshqaga (Odamga ham) sajda qilmaganini Allohga faqat Shayton shirk keltirmagan deb, u haqda ijobiy fikr bildirilgan. Lekin Alloh bilguvchiroqdir!
Bu hikoyatda boshqalarning aybini topib jazolovchilarning o‘zlarida ham ko‘p gunohlar borligi, ammo ular o‘ziga jazo bermasliklari qoralanadi.
Fariduddin Attor bu hikoyatda Alloh do‘zaxlar va jannatlarni oqilona maqsad bilan yaratgani haqida Alloh so‘zlarini keltiradi, ammo, hikoyat xulosasida bu fikrga qo‘shilmay, Robiya Adaviya kabi «Do‘zaxlar va jannatlarni yo‘q qilishni ma’qullaydi. Sofdil musulmonlarning ko‘pchi-ligi do‘zaxdan qo‘rqib, jannatni orzu qilishi, shu sababli yomonliklardan tiyilishi Qur’oni karim suralarining asosini tashkil etadi. Ammo, do‘zax va jannatga beparvo qarab, Allohni sevish - ayrim xoslarning fikridir. Xoslar juda ozchilikni tashkil etadi.
Ilm o‘rganish* ayniqsa iymon va ruhni poklaydigan, ma’rifatni ziyoda qiluvchi foydali diniy, ma’naviy ilmlarni o‘rganish barcha musulmonlar uchun farzdir. F.Atgor bu hikoyatda mashaqqatli sharoitlarda ham ilm bilan fidokorona shug‘ullangan odamni majozan, o‘ziga haykal qo‘ygan, qahramon deb ulug‘laydi.
Nom: Re: Mantiqut-tayr (nasriy bayoni). Farididdin Attor
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:07:53
Bu g‘aroyib hikoyatda oshig‘ini og‘ir dard, qiynoqdan xalos etishni istagan ma’shuqaning ruhiy kechinmalari tasvirlangan. Ammo bu ish islomiy shariatda oqlanmasa-da, hozirgi vaqtda butun dunyo olimlari o‘lishga qiynalayotgan odamga «yordam berish» (extenaziya) masalasida bahslashmoqdalar.
Mazkur hikoyada yosh, hali o‘n gulidan bir guli ochilmagan o‘smirning chohga yiqilib o‘lishi tasodif bo‘lsa-da, uning sog‘-omon yurganida zarur, muqaddas so‘zlarni (ayniqsa, iymon-e’tiqod kalimasini va boshqa go‘zal ma’nolarni aytolmay ketishi juda qayg‘uli ekani dilimizga kuchli ta’sir qiladi. Hikoyaning yana bir, yashirin maqsadi inson qisqa umrida juda ko‘p yengil, sayoz, behuda, zararli so‘zlarni aytishi baxtsizlik ekanligini bildirishdir.
Mir Alisher Navoiy ustoz Fariduddin Muhammad Attorning shu fikrlari ta’sirida bo‘lsa kerak, Nizomiy, Dexlaviy, Jomiy ijodi abadiy yashashiga umid bildirar ekan, agar bu ustozlarning nomi yo‘qolsa yoki ular -foniy bo‘lib, yo‘q bo‘lib ketsalar, men ham ularning izidan yo‘qolay, deb lutfu sadoqat biddirib, «Qur’oni karim»ning «Kahf» surasida 300 yil g‘orda uxlab qolgan g‘arib o‘smirlar taqdiriga ishora qilib, yozadi:
Kahfi fano ichra alar bo‘lsa gum, Men ham o‘lay arbaahum, kalbuhum...
Ya’ni, «Ular fano g‘orida yo‘qolsalar, men ham bularning to‘rtinchisi - iti bo‘lay» ma’nosida.
Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarining yana o‘zgacha, «Maqomati Tuyur» («Qushlarning manzillari») nomi bilan ham atalishi faqat shu faslda tilga olingan. Daho mutafakkir, avliyolar ustozi Fariduddin Attor «Tazkirat ul-avliyo» asarida o‘zini kamtarona tutib, faqat aziz avliyolarni zikr-yod etuvchi bir kotib deb bilgan bo‘lsa-da, kelguvchi avlodlar, xususan Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat min-shamoyim ul-futuvvat» asarida uni avliyolarning eng komil rahnamolaridan biri deb bilgan va bu eng adolatli bahodir.