forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: JaviK 11 Aprel 2010, 19:21:16

Nom: Biz Baxtli bo`lamiz hudo hohlasa
Yuborildi: JaviK 11 Aprel 2010, 19:21:16
Assalomu alaykum bu mavzu bordir lekin topa olmadim, Sizlardan baxt, Yahshi tilakli she`rlar, Baxdli hayot haqida sherlar kutib qolaman.  
Nom: Re: Biz Baxtli bo`lamiz hudo hohlasa
Yuborildi: JaviK 11 Aprel 2010, 19:23:12
Maylida kimgadur yoqsa yoqmasa
Ularga qo`shilib yig`lasharmidik
Biz baxtli bo`lamiz hudo hohlasa
Hudo hohlamasa uchrasharmidik

M.Yusuf
Nom: Re: Biz Baxtli bo`lamiz hudo hohlasa
Yuborildi: BelleQizcha 13 Aprel 2010, 04:49:38
Shu sher judayamm zor de.... Oqib oqib toymiman..
Nom: Re: Biz Baxtli bo`lamiz hudo hohlasa
Yuborildi: Mas'ud 13 Aprel 2010, 22:26:38
Сени сйласпман...
Қайдадир сен ҳам,
Олис юлдузларга
Термуласан жим...
Кимнидир кутасан
Интиқиб шу дам.
Мен ҳали билмаган,
Дилгир малагим.

Кичик бир нуқтада,
Жамулжам хаёл...
Йсл қараб чарчаган
Аигоҳинг ғамгин.
Толиққан қарашда
Сон мингта савол,
Ораста қалбингга.
Бермаспти тин.

Ичинг анор каби.
Қизилликка ғарқ,
Ҳар битта донаси —
Азобинг, дардинг.
Айт нега жим тилинг,
Сарвинози Шарқ,
Бунчалик сабрни
Қаердан олдинг?

Битмас матонат-у
Туганмас тоқат,
Ва жиндек табассум,
Ксзларингда жо.
Юрагинг ақлингдан
Истайди шафқат,
Ҳар битта зарбаси —
Юзта илтижо.

Бас, етар!
Қийноқли дамларинг
Ортда,
Унутиб ғамларни,
Шодон куламиз.
А­згуликка тсла
Ксркам ҳаётда,
Албатта иккимиз
Бахтли бсламиз...

Соғиниб, сртаниб,
А­нтикиб ёниб,
Сени сйласпман...

(c)
Nom: Re: Biz Baxtli bo`lamiz hudo hohlasa
Yuborildi: Zuxurov 21 Iyun 2010, 10:34:03
Originali manda bor, kitobdan topdim, o'qinglar:

BIZ BAXTLI BO'LAMIZ.
Mayli-da, kimlargadir yoqsa-yoqmasa,
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik.
Biz baxtli bo'lamiz, Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrashaemidik.

Rayhon hidlaringni yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan.
Faqat, yig'lamagin, gunohim ne deb,
Aybing-onang seni chiroyli tuqqan.

Menga bir tabassum hadya et, ey yor,
Nur tomsin lablaring sohillaridan.
O'zing ayt, senday qiz yana qayda bor,
Kipriklari uzun-kokillaridan.

Iymanib yashama xayol pinjida,
Yoyil, yayra jonim, o'rtanma g'amda.
G'iybatlarga chida, tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir, yorug' olamda.

Men esa Oshig'ing sening-eng g'arib.
Tundan qarz olib, tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham seni axtarib,
Sening yoningda ham seni kutguvchi.

Ista, tiz cho'kaman hozir oldingda.
Sevdim, Sevganimdan uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar Sening qalbingda
Ijarada turgan qizlar men uchun!...