forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: JaviK 30 Aprel 2010, 16:14:45

Nom: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 30 Aprel 2010, 16:14:45
:bs1: :as: Mehribon Olloh va Uning Rasuli rizoligin so`rab Blogimni ochiq deb e`lon qilaman.  



Ustozlarga dildan  qilib havas
Ular ila  bo`lmoq uchun ham nafas
Bo`lishin istadim  olamdan  bir bog`
Ochmoqlikni niyat qildim bir  blog,

Blogimga ko`p nomlarni tayinladim,
Bularni juda uzoq saraladim
Nomlarning eng yahshisi
"œBugungi kunim Hissasi "

Blogimdan joy olar yahshi qissa
Hadis, Rasm, Video hattoki falsafa
Blogim yordamdadur har ishda
Javlonbek forum.ziyo.uzdadir  hamisha!


Assalomu Alaykum aziz forumdoshlar va nihoyat men ham blog ochishga qaror qildim. Kunlarim o`tmoqda, o`tkizgan kunlarimini sarhisob qilyapmanmi? Olloh uchun ibodatdamanmi? Yahshi o`qishga, O`zimdan yahshi nom qoldirishga harakat qilyapmanmi? Shularni  o`ylab Ollohdan so`ramoqdaman: Ollohim tugallanmagan ishlarim tugatib  olmagunimcha, Umrim tugab qolmasin deb .  

Dunyo ba misoli bir maktab, har kuni har hil fan(kasblar , farzlar, sunnatlar  ), Fanlarni o`zlashtirish uchun qo`limizda har hil darslik, Kundaligimizga qo`yilgan  Bilimlarimzga yarasha baho  (Qilgan ishlarimizni, amallarimizni yahshi yomonligi, savob olishimiz, Ota onalarimizni duolarini olishimiz, ) Kechqurun esa uyga vazifa (Bugungi kunimizni qanday o`tganligi to`g`risida sarhisob qilishimiz fursati, )  

Shunday ekan men ham bugungi kunimda o`rgangan bilimimni, Ibrat bo`ladigon hadis va voqeliklarni joylab boraman, Albatta sizlarning yordamingiz bilan.  

Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 30 Aprel 2010, 16:17:35
Bir insondan eshitgan voqeamni sizlarga aytmoqchiman: Bir inson bor ekan dunyo ishlari bilan bo`lib, olloh yo`lida ibodatda turmas ekan, Rafiqasi homiladorlik chog`ida U inson avtohalokat tufayli vafot etibdi. Dafn qilingan qabristonida bir farishta aylanib yurar ekan, o`sha inson qabri oldidan o`tganda qabr ichida azoblanayotganini ko`rar ekan. Oradan vaqtlar o`tibdi, rafiqasi o`g`il  ko`ribdi, o`g`li tilichi chiqqanda bolalik tillari bilan "œLa Illaha illallohu Muhammadur Rasululloh"  deb aytishni o`rganibdi. Onasi unga kichiklar bilishi kerak bo`lgan narsalarni o`rgata oshlabdi. Farishta esa qabristondan o`tayotib, haligi inson qabriga nazar solibdi va qarasa qabrda azoblanayotgan inson orom olib yotgan ekan.     
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 30 Aprel 2010, 16:18:30
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "œErtaga jangda bayroqni bir kishiga beraman, Alloh va Rasuli uni yahshi ko`radi  va u ham Alloh va Rasulini yahshi ko`radi  "  debdi. Ertasiga hamma sahobalar o`sha kishi o`zlari bo`lishini umid qilishganda,   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati Alini so`rab qoldilar. Sahobalar Alining ko`zlari og`riyotgani haqida habar berishdi. Rasululloh u kishini huzurlariga borganlarida haqiqatda ko`zlari og`rigan edi. Shunda  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak qo`llarini Alining ko`zlariga tekkizib duo qildilar va ko`zlari shifo topdilar.  
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 30 Aprel 2010, 16:20:06
Bir kuni Umar ibn Xattob qilichini yalang`ochlab, Rasulullohni o`ldirmoqni qasd qilib, oldiga ketayotganida yo`lidan Na`im ibn Abdulloh uchrab qoladi. Umarning holini ko`rib qayerga ketayapsan deb  so`raydi, Umar ibn Xattob:
"œQurayshning olihalarini so`kkan, ilohni yagona deb payg`ambarlikni da`vo qilayotgan Muhammadni o`ldirish uchun ketayapman "œ deb javob beradi. Na`im :
"œAvval singling va kuyovingga qarasang-chi, ular Muhammadning diniga kirishdi-ku!   " deydi. Umar yo`lidan qaytib, singlisining uyiga kelganida Xabbob ibn Art r.a  Fotima va uning eriga Qur`on o`qib berayotgan edi. Umar eshikni taqillatadi. Fotima eshikni ochadi. Umar uyga kirmasdan oldin singlisidan Islomga kirgani haqidagi habarni rost yoki yolg`onligini surishtiradi. Keyin u kuyovini urib ketadi, buni ko`rgan singlisi u kishiga yopishadi. Umar singlisini turtib, uni ham qonga belaydi. Shunda singlisi yig`lab :
   "œBizni urib o`ldirib yubor, lekin bu dindan qaytmaymiz " deb qat`iy turib oladi. Shunda Umarning Qalbi yumshab qilgan ishidan afsuslanadi. Singlisidan Qur`on oyatlari bitilgan varoqni tortib olmoqchi bo`lganida, U:
"œSen nopoksan g`usl qilmaguningcha buni ushlashing mumkin emas " deydi. G`usl qilib kelib varoqni qo`liga oladi. Unda    "œToha"    surasining quyidagi oyatlari bor edi.

"œSenga Qur`onni baxtsiz bo`lishing uchun nozil qilganimiz yo`q, Faqat (Robbisidan ) qo`rquvchi kimslarga eslatma qilib tushurdik. (Bu Qur`on ) yer va  buyuk osmonni yaratgan Zot tarafidan nozil qilingandir"¦."

   Umarning qalbida bir narsa shu`lalanadi. Bu shu`la Islom nurining uchquni edi. Bu uchqun kelajakda olovga aylanib, butun dunyoni zabt ettirishi kerak edi.
   Shunda Xabbob berkinib yotgan joyidan chiqib, ey Umar, hursand bo`l, Men Rasululloh  sollallohu alayhi vasallam seni haqingda "œAllohim, Islomni Umar bilan quvvatlagin" deb duo qilayotganlarini eshitdim" dedi. 
   
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: Muslima.bgm 30 Aprel 2010, 16:21:04
Hurmatli forumdosh, blogingiz muborak bo'lsin. Inshaalloh blogingiz kerakli va odamlarga foydasi degadigan, eng ko'p ibratli postlar qoldiriladigan bloglardan bir bo'ladi ;)
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 08 May 2010, 14:25:35
Uyquning Xillari  


1. Sunnat uyqu
2. Bid`at  uyqu
3. Telbalikka sabab bo`ladigon uyqu
4. Uqubatga sabab bo`ladigon uyqu
5. Odatiy uyqu
6. Nadomatga sabab bo`ladigon uyqu
7. G`aflat uyqu
8. Darveshlikka sabab bo`ladigon uyqu
9. Garomat uyqu
10. Rohat uyqu
11. Ibodat uyqu
12. Karomat uyqu  
 
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 08 May 2010, 14:28:37
Sunnat uyqu  


Kunning yarimidagi uyqu, ya`ni oftob ko`tarilib to peshin namozigacha bo`ladigon oralig`idagi (2 soatlik) uyqu yani —kaylula.. Bu uyqu aqlni ziyoda qiladi va tungi uyquni o`rnini ham bosadi.  

                         
     Bid`at uyqu  


Peshin nomozi vaqtidagi uyqu —bid`at uyqu. Bid`atchining joyi do`zahdir.  


                         
Telbalikka sabab bo`ladigon uyqu  


Asr Namozidan keyingi uyqu devonalikka, jinnilikka, Parishonlikka, telbalikka sabab bo`ladi.
 
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 08 May 2010, 14:31:12
Uqubatga sabab bo`ladigan uyqu  


Namozi huftonni o`qimay uhlangan uyqu, Bu dunyoda xam oxiratda ham azob uqubatga sabab bo`ladi  

Odatiy uyqu  


Odatiy, Xuftondan keyingi uyqu, ya`ni xuftonni o`qib uhlash.  

Nadomat uyqu  


     Tong otar vaqtida uhlash(ya`ni uyg`onib, turib ketmay yana uhlab qolish) bilan bomdodni qazo bo`lishiga sabab bo`ladi, shunda turib nadomat qiladi. Yana biri ilmiy majlisda uhlash.  
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 08 May 2010, 14:34:24
G`aflat uyqu  


Tong otganda uhlab yotish ya`ni subhda.
   Xadis :  Rasululloh (s.a.v) qizlari Fotima (r.a) ga dedilar: "œSubh vaqtida uhlab yotmagin, chunki bu vaqtda 3 narsa taqsim qilinadi. " :
--Barcha yahshiliklar taqsimlanadi.
--Xusni xulqlik, yahshi fe`llik va odob taqsimlanadi.
--Rizq —ro`z va fayzu barokat taqsimlanadi.
"œKim tong otganda, ya`ni subhda yotsa, shu 3 narsadan quruq qoladi ".
 

Darveshlikka sabab bo`ladigan uyqu.

Darveshlikka kambag`alikka, devonalikka, qarzdorlikka —barcha qiyinchiliklarga sabab bo`ldi sabab bo`ladigan uyqu, ya`ni bomdoddan keyin kun chiqquncha uhlab yotish.  

Garomat uyqu  


Ibodatdan so`ng duoda, sanoda, salovatda, qiroatda ko`zi ketib qolish garomat uyqusidir.  
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 08 May 2010, 14:36:48
Rohat uyqu  

Bu kasal va go`daklarning uyqusidir. Qancha ko`p uhlasa, shifo, foyda, rohat bo`ladi.  

Ibodat uyqu  


Bu uyqu olimlar, Obidlar, ro`zadorlar uyqusidir. Har kishi xufton namozidan keyin taxoratlik uhlasa, farishtalar uni parvarishlab, atrofida bo`ladi va uning uyqusi tong otguncha ibodat qilganning savobini oladi va uning uyqusi rohatlik bo`ladi.  

Karomat uyqu  

Karomat uyqu —sajdadagi, ya`ni tunda namoz o`qiyotib, charchab sajdada uhlab qolishdir.  
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 09 May 2010, 11:37:33
   Optsiyalari   Narxi К-82   $ Narxi   Narxi E-94   $ Narxi
DAMAS   Damas STD b/к 5 korobkali   11 764 610   7 587,.82      
   Damas DLX b/к               12 016 630               7 750,36      
NEXIA   Nexia GL b/к   14 594 080   9 412,74   14 944 430   9 638 ,71
   Nexia GL b/к (rul gidravlika)   14 931 920   9 630,64   15 282 270   9 856,60
   Nexia GL c/к   15 110 740   9 745,97   15 461 090   9 971,94
   Nexia GLE b/к   16 194 300   10 444,84   16 544 650   10 670,80
   Nexia GLE c/к   16 710 960   10 778,07   17 061 310   11 004,03
Matiz   Matiz STD b/к   9 681 140   6 244,04   9 923 740   6 400,51
   Matiz STD b/к         10 323 340   6 658,24
   Matiz MX b/к   10 395 920   6 705,06   10 586 070   6 827,70
   Matiz MX с/к   10 795 520   6 962,79   10 985 670   7 085,43
   MAtiz H9 с/к   11 046 030   7 124,36   11 236 180   7 247,00
Lacetti   Lacetti I-poz   24 114 870   15 553,36      
   Lacetti II-poz   27 833 800   17 951,96      
   Lacetti III-poz / Otd.yog`ozdan    27 878 000   17 980,47      
Chevrolet   Epica I-poz   38 380 000   24 753,94      
   Epica II-poz   41 400 000   26 701,75      
   Epica III-poz   44 300 000   28 572,17      
   Captiva   55 000 000   35 473,34      
MILLIY VALYUTADA               
               
   Damas DLX b/к   13 819 130         
Matiz BEST/AT   Matiz BEST b/к   13 067 890      13 258 040   
   Matiz BEST с/к   13 467 490      13 657 640   
   Matiz BEST с/к H9   13 718 000      13 908 150   
   Matiz AT b/к         14 069 010   
   Matiz AT с/к         14 469 410   
   Matiz AT H9 с/к         14 719 920   
Nexia DOHC   H-DOHC GL 1.6   19 014 280         
   H-DOHC GL б/к 1.6 (rul gidravlika)   19 352 120         
   H-DOHC GLE b/к   21 217 190         
   H-DOHC GLE b/к 1,6 (litiy diska)   21 388 600         
   H-DOHC GLE с/к 1,6   21 684 830         
   H-DOHC GLE с/к 1,6 (litiy diska)   21 856 240         
Chevrolet   Lacetti II-poz   32 053 070         
   Lacetti III-poz   39 061 990         
   Epica III-poz   50 945 000         
   Captiva   63 250 000         
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: siddiqa 09 May 2010, 17:16:34
Uyquning Xillari  


1. Sunnat uyqu
2. Bid`at  uyqu
3. Telbalikka sabab bo`ladigon uyqu
4. Uqubatga sabab bo`ladigon uyqu
5. Odatiy uyqu
6. Nadomatga sabab bo`ladigon uyqu
7. G`aflat uyqu
8. Darveshlikka sabab bo`ladigon uyqu
9. Garomat uyqu
10. Rohat uyqu
11. Ibodat uyqu
12. Karomat uyqu   
 


Judayam qiziq ma'lumot ekan .

yana bir uyqu ham bor bu bu dunyoda uhlab u dunyoda turish .....o'lim bo'lsa kerak .
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: ibnUyayna 10 May 2010, 01:59:05
  :as:
  Uyqu haqidegi hamma gaplariz sahih dalilga muhtoj.Qattan oldiz bu malumotlarri?
  Aziz dindoshla bir narsani sunnat,bidat,makruh,yoki fazilat,mazammatligini etvotganda dalillarini etib otishshi unutmeyli.
 Hadis etadigan bose Ms:Buxoriy,2351:Termiziy hasan degan kabi
 Javik togri qabul qilin
 :as:
 
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 10 May 2010, 11:14:32
  :as:
  Uyqu haqidegi hamma gaplariz sahih dalilga muhtoj.Qattan oldiz bu malumotlarri?
  Aziz dindoshla bir narsani sunnat,bidat,makruh,yoki fazilat,mazammatligini etvotganda dalillarini etib otishshi unutmeyli.
 Hadis etadigan bose Ms:Buxoriy,2351:Termiziy hasan degan kabi
 Javik togri qabul qilin
 :as:
 

To`g`ri siz haqsiz. Bir qorikamiz bilan nusha ko`chirish joyida ko`rishib qoldik, shunda menga shu narsalar  yozilgan  varoq berdi "Uyizdagilarga ham o`qitin " dedi. Ko`pchilik ilmlarga ko`rsatdim, yomon deyishmadi, Bida`tlik tomonini ham ko`rmadim, Siz aytganday hadisni kim rivoyat qilgan, hudo hohlasa izlab topaman. Zararsiz hisoblab joyladim.    
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: siddiqa 10 May 2010, 16:16:54
bugun judayam ko'ooooop ishlarga ulgurishim keragidyuuu ulgurmadim.

bir qadrdonimning gaplarini eslayman

" mahzunlik iyeee bu so'zni lug'atingdan chiqarib tashla . :7 musulmonni hafa bo'lib o'tirishga vaqt topganini ko'rsam jahlim chiqadi .odaaam musulmon hafa bo'lishga vaqti yo'q chunki u ko'p narsa qilishi kerak ,judayam ko'p narsa ,aslida biz o'z vazifalarimizni bimayapmiz "

shundaymikin ,bilmadim .....
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 13 May 2010, 11:02:15
J O Y N A M O Z


Serg`alva dunyodan sokinlar  izlab,
Beorom ko`nglima taskinlar izlab.
Ziyoga intib, savobni ko`zlab
Qaytaman bobomning joynamoziga

Zulmatdan, jahannam o`tidan qochib,   
Yurak qo`rg`oniga gavharlar sochib
Ming bor  eshiginni dilimga ochib
Qaytaman bobomning jaynomoziga

Gavharga teng erur  qolgan meroslar
Bobolar ezozlab, kiygan liboslar.
Shohi belbog`lari qadrimni rostlar
Qaytaman bobomning jaynomoziga

Jannat bog`laridan, hurlar yog`ilgan
Marvarid,  marjonu,  durlar yog`ilgan
Sajdalar qilganda Nurlar yog`ilgan
Qaytaman bobomning jaynomoziga

Olloh ne`matiga rahmat qilay deb
Rasuliga mo`min ummat bo`lay deb
Qilsammi o`z ko`nglima himmat qilay deb
Qaytaman bobomning jaynomoziga
 

                                     Botir Qodirov qo`shig`idan  
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 13 May 2010, 11:04:35
G O` D A K  


Derazadan  qarab turlar murg`ak ko`zlar
Onam kelib qolarmi deb yig`lar ko`zlar
Yetimni  ko`z yoshini kim artar endi
O`zi yig`lab yana o`zi tinar ko`zlar

Qaydan bilar ahir bola
Degan so`zi faqat ona
Ostonasi bo`lmaguncha
Bohor nima bayram nima

Otang bilan kezar shayton
Onangdanku ketkan iymon
Erkalaydi kelgin desang
Oyni degin onajon

Ezma diling ezilma
Bo`ldi kutma bolajon

Toshdan mehr izlama
Bo`ldi endi yig`lama
Manzili yo`q kimsadan
Qo`ygin  manzil so`rama

Hali senga oftob nuri 
Yog`dulari taralar
Qodir huda ashkida
sen uchun baxt yaralar
 

                                    Botir Qodirov qo`shig`idan
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 13 May 2010, 11:37:59
Bir Insondan eshitgan voqeam:
Bir nuroniy otaxon, ko`chadan uyiga tomon borar ekan yo`lida chuqurni ko`rmay yiqilibdi asta turib, "Allohga shukur bo`lsin" deb yo`lida davom etibdi. Ollohim farishtalarga shu insonni barcha gunohlaridan kechdim deb marhamat qilibdi. Haligi inson yo`lda yana bir bor yiqilibdi va   "Allohga shukur bo`lsin"  deb yo`lida davom etibdi.  Ollohim farishtalarga shu insonni qarindoshlarini gunohidan kechdim deb marhamat qilibdi.
Haligi insonni yo`lidan bir o`spirin chiqib uni uyigacha kuzatib qo`shini aytibdi va birga ketibdi. Otaxon darvozasini oldiga kelganda haligi o`spiringa "seni bir duo qilib qo`yay"  deb, qo`lini duoga ochganda O`spirin "meni duo qilishingiz kerakmas. Men shaytonman sizni yo`lda qoqilmasdan kelishiz kerak edi menga" deb javob beribdi.
Qissadan Hissa sizga havola
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 14 May 2010, 15:42:23
Zindagi omad baroyi bandagi
Zindagi bebandagi sharmandagi
 

Ya`ni  

Tiriklik shubhasiz bandalikdir
Bandaliksiz tiriklik sharmandalikdir.
 
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 14 May 2010, 20:52:05
 :bs1: :as:(http://s61.radikal.ru/i172/1005/72/f526c963cdd9.jpg)
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: siddiqa 15 May 2010, 06:36:01
J O Y N A M O Z


Serg`alva dunyodan sokinlar  izlab,
Beorom ko`nglima taskinlar izlab.
Ziyoga intib, savobni ko`zlab
Qaytaman bobomning joynamoziga


                                     Botir Qodirov qo`shig`idan  

 :as:

Aslida namozga ilk mugabbatimni uyg'otgan ham faqtgina yoz oylarida 1 oyginaga kelib bir yillik mehrlarini berib ketadigan opog'dodam (bobo) edilar .

kechagidek yodimda doim masjidda namoz o'qirdilar uyda o'qib qolsalar kaaaattttttttttaaaaaaaaaaaaaaa qizil chetiga naqsh solingan joynamozlari bor edi .

Kichkina hijolatxon (ular shunaqa chaqirqrdilar ,chaqalog'ligimda ko'tarsalar bezovta bo'luvrganimdan hijolatxon derdilar ) joynamozimni solib qo'ying .

u joynamozga 4 kishi mendaqalarni 8 tasi sig'ardi o'shanda .chetiga o'tirib men ham namoz o'qirdim .keyin opog'dodamni soqollarini yahshi ko'rardim .

negadir siqilib yurganimda ... uydan o'sha joynamozni topib oldim ,g'ariblashib egasini sog'ingan .uni avvalgidek yozidim va har doimgiday bir chetida o'qidim .

Joynamoz bor edi ...........u hozir ham bor lekin egasini sog'ingan
.

Allohim shundayin joynamoz egalariga qiyomatga qadar qabrda omonlik ,jannat bog'larini ko'rsatin turuvchi darcha ,va kenglik ila mukofotlasin .jannatlarga dahldor qilsin ,jahannam olovini ularga va hammamizga harom qilsin .............
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: akmal bax 15 May 2010, 06:45:29
Haliyam kech emas, hali bor fursat
Axir vujuddamas qalbdadir quvvat
Lahzada o'zingni o'zingga ko'rsat
Ehtimol ertaga bo'lmaydi bu vaqt
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 16 May 2010, 11:27:18
Kim aybdor?

          Turli omillarga ko`ra, biz musulmonlar boshimizga tushgan  musibatlar uchun o`zimizdan boshqalarni ayblashga odatlanib qolganmiz. Islom olamining qayeriga borsang, muammo, mushkulliklarda, balo ofatlarda va musibatlarda hali mustamkachilarni, hali xalqaro uyushmalarni,, hali g`ayri dinlarni ayblashayotganini ko`rasan. Bu masalani aniqlash uchun Qur`oni karimga murojaat qiladigon bo`lsak, ayb o`zimizda ekani ko`rinadi-qoladi.    
<<Sizga qaysi bir musibat yetsa, bas o`z qo`lingiz qilgan kasbdandir va U zot ko`pini afv qilur>>  (Sho`ro surasi 30-oyat )


Shayx M.S.M Yusuf "Din Nasihatdir"
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 21 May 2010, 07:18:03
Sayfiddin qori akani o`zlari bilan ko`rishmagan bo`lsamda, maruzalarini eshitib U insonga ixlosim baland edi. Janazasiga ulgub yetib kela olmadim, qalbimni bir chetida armon bo`lib qoldi.  
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 21 May 2010, 07:28:33
Bir yigit bir qizni sevib unga uylanaman deb qizga aytibdi. Qiz senga tegaman lekin bir shartim bor debdi. Qanday shart? Qaynani yomon ko`raman, onanggizni o`ldirib yuragini olib kelasiz debdi, faqat issiq sovumagan bo`lsin debdi.
Nodon yigit esa uyga borib, Onasini uxlayotgan yerida o`ldiribdi. Sovub qolmasin  deb yugura boshlabdi. Oyog`i toyib yiqilibdi, shunda Onasini yuragidan ovoz chiqibdi. "Bolam yomon yiqilmadingmi? Hech qayerin lat yemadimi?".
(Sayfiddin qori.  To`ydagi ma`ruzadan. )   
 
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 20:42:46
(http://s44.radikal.ru/i104/1005/37/8bf63b3016f8.jpg)
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 26 May 2010, 16:47:55
 :as: Universiadaga tayyorgarlik sababli bugun jami katta ko`cha, prostpektlar, shox ko`chalar va ularga chiquvchi mahalla boshlarini berkitib qo`ydi. Yangi bozor, Eski shahar, Va bekilgan ko`chalardagi odamni ko`rib nahot shuncha insonlar orasida yashamoqdaman deb o`ylab qoldim. Uyi, ishi tomon yo`llari berkilgan insonlarni jonhalak qaysi tomonga yurishini bilmay qolib turgan holatini ko`rib, Oxiri zamonda hech qayerga qocha olmay qilgan ishlarimizga javob berish fursati hayolimdan o`tdi. Olloh Hammamizni panohida saqlasin.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 28 May 2010, 15:44:10
Hikmatli so`zlar:



Odam bolasini tuzoqqa tushirish uchun shaytonni eng kuchli quroli faqirlik bilan qo`rqitishdir. (Sufyoni Savriy)

Kimga yahshi kuyov uchragan bo`lsa u odam  o`g`illik bo`libdi, kimga yaramas  kuyov yo`liqqan bo`lsa  u odam  qizini yo`qotibdi.


davomini eshitish uchun [email protected] ni moy mirida joylangan.

Link qo`ysam to`g`ri kelmayapti .

Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 28 May 2010, 15:56:06
Xudoga aytib beraman.(Hayrulla Hamidov)


eshitish uchun [email protected] ni moy mirida joylangan.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 28 May 2010, 16:10:53
BENAMOZLIK

Oxiri zamonda Habibim Muhammad alahissalom ummatlari keladi. Ular qancha tashvish bilan o`ylar bilan, quloq qoqib qo`yib pulini sanash qo`yish bilan, tahoratida shikastalik bilan  ozgina daqiqada 2 rakat bomdod namozini o`qiydi seni o`qigan namozingdan afzal. degan ekan olloh taolo.
=================================================================================================================
Bir odam sayohatga chiqibdi, bir mo`ysafid kishi unga hamroh bo`libdi,  kun bo`yi yurishibdi, charchab  kechqurun bir darahtni tagiga kelishibdi, dam olishmoqchi bo`lib o`tirganida  haligi mo`ysafid qochib qolmoqchi bo`libdi shunda, ey birodar kun bo`yi birga yurdik, kech kirdi bir birga yotmaymizmi?  debdi.
Sen meni tanimading men odam suratidagi shayton edim.  Men hayotimda ollohga to`xtamay sajda qilganman, umrim davomida bir marotaba Insonga sajda qilmaganim uchun barcha ibodatlarimni hayf qilib dargohidan quvdi, Sen bir kunda Hudoning 5 marta hudoni gapini qilmayapsan. Bomdodni o`qimadin, Peshin, Asr, Shom Huftonni o`qimadin. endi senio tepanga bir balo kelib qolsa men sherik bo`lib qolmay deb qochib ketib qolgan ekan benamozdan. Sen bir kunda besh marta sajda qilmadin, Men umrimda 1 marotaba sajda qilmaganim uchun Shayton bo`lib qolganman, sen mendan ham yomon ekansan deb qochib ketgan ekan Benamozdan. (Sayfiddin qori)



davomini eshitish uchun [email protected] ni moy mirida joylangan.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: Robiya 28 May 2010, 16:17:37
Xudoga aytib beraman.  (http://my.mail.ru/cgi-bin/my/audiotrack?file=8a83258444dfaf13f1302f1836de4c73&uid=179802445)

 :as:

javik_0770_lito, bu yerda nimani nazarda tutgansiz?
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 28 May 2010, 16:18:38
BENAMOZLIK

Hayrulla Hamidov.


davomini eshitish uchun [email protected] ni moy mirida joylangan.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 28 May 2010, 16:20:24
Xudoga aytib beraman.  (http://my.mail.ru/cgi-bin/my/audiotrack?file=8a83258444dfaf13f1302f1836de4c73&uid=179802445)


 :as:

javik_0770_lito, bu yerda nimani nazarda tutgansiz?

Eshitdizmi?
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 28 May 2010, 16:21:56
Hammaga tegishli aytilgan so`zlar
Haqdan olib qochmang jovdirar ko`zlar
Qiyomat kelganda ko`rasiz do`stlar
hudoga hammasin aytib beraman.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: Robiya 28 May 2010, 16:23:41
Xudoga aytib beraman.  (http://my.mail.ru/cgi-bin/my/audiotrack?file=8a83258444dfaf13f1302f1836de4c73&uid=179802445)


 :as:

javik_0770_lito, bu yerda nimani nazarda tutgansiz?

Eshitdizmi?


Bu yerda faqatgina Moy mirga kirish sahifasi chiqdi ???
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 28 May 2010, 17:03:15
Xudoga aytib beraman.  (http://my.mail.ru/cgi-bin/my/audiotrack?file=8a83258444dfaf13f1302f1836de4c73&uid=179802445)


 :as:

javik_0770_lito, bu yerda nimani nazarda tutgansiz?

Eshitdizmi?


Bu yerda faqatgina Moy mirga kirish sahifasi chiqdi ???

Yozganimdek qilib ko`ringchi
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: Robiya 28 May 2010, 17:11:34
Xudoga aytib beraman.  (http://my.mail.ru/cgi-bin/my/audiotrack?file=8a83258444dfaf13f1302f1836de4c73&uid=179802445)


 :as:

javik_0770_lito, bu yerda nimani nazarda tutgansiz?

Eshitdizmi?


Bu yerda faqatgina Moy mirga kirish sahifasi chiqdi ???

Yozganimdek qilib ko`ringchi


Xudoga aytib beraman (http://my.mail.ru/cgi-bin/my/audiotrack?file=8a83258444dfaf13f1302f1836de4c73&uid=179802445)

Tuzatib kiritib qo'ydim, rozi bo'lasiz! :)

OFF.: endi angladim, men hali mail.ruga kirmasdan turib linkka kirgandim, ehtimol shunga chiqmagandir...?

Forumdoshlar ham avval maillariga kirib, keyin ushbu linkdagini eshitishlari mumkin...
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 29 May 2010, 19:13:42
 :as:(http://s53.radikal.ru/i140/1005/53/a1473e3f6c11.jpg)
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 29 May 2010, 19:17:05
 :as:(http://i081.radikal.ru/1005/08/6577aad4295f.jpg)
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 29 May 2010, 19:19:28
 :as:(http://s59.radikal.ru/i164/1005/bc/990ca7d717d2.jpg)
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 29 May 2010, 19:34:18
 :as:(http://s45.radikal.ru/i107/1005/75/b77fba6afaa7.jpg)
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 27 Iyun 2010, 10:00:15
УММАТ

Дунё сралганди унинг хурмати,
Қани бу умматнинг анга химмати?!
Дунёга қул бслиш сенга срашмас,
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Олдингга боқ, тозалаб юр орқангни,
Дарвозадан олиб ташла тақангни!
Аҳли китоб бир кун тутар ёқангни,
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Қандай бардош бергайсан бу қайғуга?
Фикр юрит, берилмайин туйғуга!
Минг йил бслди кирганингга уйқуга,
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Сиғинганинг Аллоҳ смас, бир мозор,
Шайтон букун иймонингга харидор!
Бошқа уммат сени кутар интизор,
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Чин мусулмон йиғлаб чекса аламни,
Турк ажратса фалон отлиғ ҳсжамни,
Араб кулиб тан олмаса ажамни
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Гар сшитсин десанг Аллоҳ нолангни,
Тун қсйнида йиғлаб оқиз жолангни,
А­ртак айтма ухлатгани болангни
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Қалбдан итар ғойри Аллоҳ қсрқинчни,
Аари туртгин минг асрлик соғинчни,
Бас, босиб ст амал деган босқични
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Ксзгуга боқ, инсонист юзисан,
Аусратсизлик сабаби ҳам сзингсан,
Таъм соғинган умматларнинг тузисан
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Тутаб турган машъалани ёқ снди,
Илмга сч болангга ҳам боқ снди,
А уҳистнинг сшигини қоқ снди,
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Маккани тслдирдинг тавофларингга,
Аммо бегонасан савобларингга,
Бухорийлар илҳақ жавобларингга -
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Қсй сртага, мангу сшар саволни,
Ааҳот замин ксрмай стса рижолни,
Бу ҳолингда не қиласан дажжолни? -
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Саодатни алиштирдинг рсёга,
Уммонларни чсктирдинг-а дарёга
Ссқирликка келмагансан дунёга
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Кимдир қсшиқ айтиб нолон бақирар,
Олимларинг уйғонишга чақирар,
Ҳатто Ийсо пайғамбар ҳам ҳайқирар:
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Хсп сргандинг давру даврон суришни,
А­нди бошла жиндай хаёл суришни!
Тсхтатақол тсйхоналар қуришни
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Аечун дунё арқонига бойландинг,
Бозорларнинг пешвосига айландинг,
Асли бошқа юмуш учун сайландинг
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Қачон кскка тарқаб кетар бу қсрқинч,
Ибодатлар замирида минг скинч.
Дунё йиғлаб, сендан ссрар бир стинч:
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Бошдан нари кетмай қолмиш оминлар,
Иймонига қани пухта мсминлар?!
Миллиарддан ҳам ошди соҳта мсминлар
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Ўзингга ҳам оғир бундай юришинг,
Кофирни-да ҳайрон айлар туришинг.
Бу дунёни осон бслар ксришинг
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Тингла! Қулоқ осгин бугун ссзимга,
Тик қарагин тик қараган ксзимга,
Қулоқларинг беркит майли бир зумга
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Аёлларинг оғзи тинмас шаллақи,
Шаҳарлигинг деса тинмай «қишлақи»,
Санга боғлиқ букун ислом равнақи
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Керак смас мавзуларга қалашма,
Ав бошқадир, сзинг билан курашма!
Ҳадеб суннат хусусинда талашма,
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Ҳаловат не оқар уммон, ариқлар,
Сенга муштоқ дарёдаги балиқлар!
Туғавермай фақат ксзи юмуқлар
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Бахт топасан асҳобларга схшасанг,
Тинмай сриб кетажаксан юмшасанг,
Умар сшагандек сша сшасанг!
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Унут ёт кимсалар ссйлар сртагин,
Астиқ қилма бошгинагга патагин!
Ушла маҳкам Ғаззолийнинг стагин
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!

Сснгги ссзим сйга чсмишдан олдин,
Отангни, онангни ксмишдан олдин
Ксзингни ростакам юмишдан олдин
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!


P.S: Bir dindoshim menga shu she`rni jo`natibdi, oldin hech o`qimagan ekanman, menga yoqdi shunga, joylashga qaror qildim, mendan hafa bo`lmaydi degan umiddaman.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 27 Iyun 2010, 10:08:58
Juma kuni masjidda immom ma`ruzasida bir voqeani aytib berdi:
Bir Avg`anistonlik O`zbeklar honadonida 3 kun mehmon bo`libdi.
Uyiga ketishdan oldin mezbonga shunday javobni aytibdi. Men 30 yildan beri Avg`anistonda yashayman, shu umrim davomida kechqurun uyimda tinch orom olmaganman, Bugun mana O`zbekistonga kelib 3 kun tinch orom oldim  deb javob beribdi.

Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: shirin_a 27 Iyun 2010, 10:39:48
 :as:
Allohu Akbar, bugun akamga kelin topdik, inshaalloh sizlar dindoshlar duo qilib tursezlar buyog`iga to`y. Kelin o`zimning dugonam bb chiqdila. Alhamdulillah shu ishga mani hissam qo`shildi, Allohga shukur. : ) : ) : )
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 28 Iyun 2010, 14:30:24
Indamaslar Olamin sayr ayladim.
Sayr ayladim bir on o`yladim.
Tug`ilganingda hamma bo`ldi shod,
O`lganingda qoldima yoningda biror zot.

Bu olamni aylabon
Bir narsni angladim
Tug`ilayotgan har bir kelajak
Indamaslar olamiga kelajak.

Bu olamnning podshohi Olloh
So`ranglar undan panoh
Indamaslar olamiga kelganiz chog`
Aylasin  Qabrlaringgizni bir bog`.


Olamlar sarvariga salovatlar bo`lsin
Muhammad ummati bo`lib yashash  nasib etsin,
Birodarlar Yaqin bo`lib kelmoqda qiyomat
Chunki oramizdan ketib bormoqda mehr- oqibat.

            Javik 19/06/2010 
 
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 28 Iyun 2010, 14:32:47
Munkar va Nakirni bayoni


Har kishi yer ostina manzil qilur,
Munkaru Nakir anga beshak kelur.

Bas, ajoyib arzak o`lg`ay ko`zlari,
Uni qattig`, ham qarodur yuzlari

Qo`llarida gurzilar bo`lg`oy chunon ,
Yeti ming botmon boamri musta`on

Bas, alar degay hudoying kim, diyning
Kim erur bizga bu yerda nabing?

Gar Hudo yor o`lsa, bersa ul javob,
Qilmag`ay onlar azobu ham niqob.

Bas, Hudo yor o`lg`ay ang ul zamon,
Ham alardin ul zamon qolg`ay omon.

Ul Hudo ochg`ay go`rina, ey pisar
Rabzag`a qilg`ay hamisha ul nazar.

Ya`ni, jannatdin kelur nozu na`im
Huru G`ilmon hizmatida ey salim.

Doimo jannat aro sayr aylagay,
Do`zah o`tin yuzig`a  Haq bog`lag`ay.

Hurramu hushvaqt bo`lub shomu sahar,
Bo`lg`ay anda, hech nima qilmas zarar.

Gar javobin bermasa, ey muqtado
Gurzi birla urg`ay oni, ey gado.

Vaqti gurz urmoqda ovozin bori,
Eshitur illo bashar birla pari   

Odamiy birla pari eshitsalar,
Yemoqu ichmoqni qo`yg`aylar alar.

Oni uchun ul odamg`a amr emas,
Muni bilg`on yer bo`lur, ul ma`ni ras.

Go`rii qilg`ay chunon tang, ey falon,
So`ngogin bir —biriga kirguzgay hamon.

Ravzani do`zaxni ochgay go`rina
To qiyomat shula urg`ay to`rina


To Qiyomat beshak ul ko`rgay azob,
Bo`lmag`ay anga savob illo iqob.

Afzaliy nazm ayladi, ey muqtado
Ul aqoyid  Nazmidin shohu gado.

Mavlaviyni nazmi bil shiru shaker,
Afzaliyni nazmi olamda hunar.

Man shariy`at gularidin, ey pisar
Bir  gul uzdim, hush ajoyib, toza , tar.

Afzaliyga ushbu ishni, e Kariym,
Ayla oson, chunki otingdur Rahim.

Afzaliyni jurmi ko`pdir, ey Hudo,
Ayla jurmin mahv, qil iymon ato.


Afzaliy R.A "œMajma` ul-masoil"  asaridan.
 
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 08 Iyul 2010, 17:31:03
:bsm:
:as:

(http://s04.radikal.ru/i177/1007/40/7b1fb710af0b.jpg)
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 08 Iyul 2010, 17:33:10
:bsm:
:as:
(http://s004.radikal.ru/i206/1007/4d/03a691592460.jpg)
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 08 Iyul 2010, 17:40:23
:bsm:
:as:
(http://s41.radikal.ru/i093/1007/d9/f69059222a2f.jpg)
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 08 Iyul 2010, 17:42:27
Birodarlarning Joylagan rasmlaridan yoqqanlarini joyladim. Ulardan Olloh rozi bo`lsin.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: Robiya 23 Iyul 2010, 10:33:54
 :as:

YAXSHILIK DEB YASHAYMAN

Yaxshi kunni saharidan kutdim men,
Tong keltirgan xabaridan kutdim men,
Hayot zavqin saharidan kutdim men,
Men kelganman yaxshilik deb dunyoga,
Azizlarim, yaxshilik deb yashayman!

Do st qadrini vafosidan bildim men,
Ishq jabrini jafosidan bildim men,
Qalb zarbini xatosidan bildim men,
Men kelganman yaxshilik deb dunyoga,
Azizlarim, yaxshilik deb yashayman!

Gul atrini uforidan angladim,
Tikan zahrin ozoridan angladim.
Oshiq dardin dil zoridan angladim,
Men kelganman yaxshilik deb dunyoga,
Azizlarim, yaxshilik deb yashayman!

Ul chamanmas - lola, guli bo lmasa,
Ul maskanmas - gar bulbuli bo lmasa,
Ul Vatanmas - shoir o g li bo lmasa,
Men kelganman yaxshilik deb dunyoga,
Azizlarim, yaxshilik deb yashayman!

Normurod Narzullayev
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: Margiloniy 23 Iyul 2010, 12:54:55
IKKI SOLIH.

Ikki solih bir - biri bilan suhbat qilib o`tirgan ekan, biri ikkinchisiga savol beribdi:
- Men ko`p narsaga tushunmayman, shekilli. Agar Alloh hech narsaga muhtoj bo`lmasa, nega uni maqtashimiz, ko`klarga ko`tarishimiz kerak bo`ladi? Nima biz undan qarzmizmi?

Ikkinchi solih aytibdi:
- Biz Yaratgandan har daqiqa qarzmiz va doimiy qarzdormiz.
Shunda taajubdan pasaygan solih nafasini rostlab gerdayib:
- Ha, qarzdormiz, lekin har daqiqa emas.

Ikkinchi solih unga yaqinlashib qo`llari bilan birinchi solihning burun - og`zini bekitibdi. Nafasi siqilgan solih kuch bilan itarib, debdi:
- Sen nima qilayapsan, axir o`ldirib qoyasanku!
Shunda ikkinchi solih jiddiylik bilan debdi:
- Seni Hudoning nafas qarzidan qutqarmoqchi edim.....
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 26 Iyul 2010, 20:31:56
ONAJON - Abdulla Oripov ijodidan
Onam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga
 


Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

Qo`llarida oq yelpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.


Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.

Qaylargadir yuguraman,
Fig`onimdan chiqar dud.
Yig`lama, deb qo`llarimga
Tutqazarlar so`ng tobut.

Tongda ruhsiz ko`z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.

Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
- Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.

Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.


Bevaqt xazon bo`lmay har kim
Yoshab o`tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o`tsin dunyoda.

Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.

Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.


II


U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.

Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.

O, o`g`lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko`ra bag`rim o`ysang
Bo`lardi-ku, onajon.

Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?

Yo`qmidi hech o`zga gaping, -
Nola qilib so`ylasang.
Nahot, axir so`nggi dam ham
Farzandingni o`ylasang.

Axir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim, bir kunini
O`tkazar-ku tiriklar.


Unutilar g`ussalar ham,
Orzular ham cho`zar bo`y.
Onajonim, balki bir kun
Aytganingday bo`lar to`y.

Balki sening qabring uzra
Ko`karganda gul, chechak,
Ostonamga qadam qo`yar,
Sen istagan kelinchak.

Kimdir uning yo`llariga
Balki gul ham sochadi.
Balki munis opajonim
Kel, deb, quchoq ochadi.

Balki do`stlar davrasida
Kamim bo`lmas hech qachon.
Lekin seni o`sha damda
Qaydan topay, onajon.



III


Esimdadir, titrar edim -
G`amgin, bolish pastida.
Kitobimni ko`rdim nogoh
Boshginangning ostida.


Toshday qotdim o`shal oni
Bor toqatdan ayrilib.
- Shoir o`g`lim, - deding menga
Sekingina qayrilib.

Onajonim, so`ng bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bo`lgin, deya balki
Havas qilding u zamon.

Onajonim, balki men ham
Bir kun shavqqa to`larman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bo`larman.

Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bo`lsam ehtimol.

Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni ko`rar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.

Payti kelib to`lar bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham so`ng
Senga tomon, sen tomon.

Balki u kun boshim uzra
Do`stlar bosh ham egadir.
O`sha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.

Dilda neki jur'atim bor,
Dilda neki hayajon,
Bari, bari senga bo`lsin,
Senga bo`lsin, onajon.

Senga bo`lsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yo`la.
Xotirangga ushbu she'rni
Yozdi o`g`ling Abdulla.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 26 Iyul 2010, 23:31:53
Bir insonni do`sti vafotetibdi. Janozasi o`tgandan keyin olti oy o`tsaham inson dnyo ishlari bilan bo`lib dostini qabrini ziyorat qila olmabdi, Bir kun o`tirib ertaga qabristonga do`stining qabrini ziyorat qilishlikka qasd qilibdi. o`sha kuni tush ko`ribdi, tushida do`stini ko`ribdi, Ranggi bi ahvol bo`lgan do`stini ko`rib unga salom beribdi, do`sti indamabdi. Hayron bo`lib nega salomimga alik olmading deb so`rabdi shunda do`sti biz salomga alik olishdan, ibodat qilishlikdan kesilganmiz chunki vafot etganmiz debdi. shunda haligi inson do`stim hayotliging chog`ida chiroyli hushbichim yuzlarin tiniq inson eding nega bu ko`rinishga kelib qolding deb so`rabdi? shunda do`sti e do`stim men qabrga qo`yilganimdan so`ng bir arishta kelib meni gunohlarimni sanab ketdi oxirida bir katta gursi bilan urdi. shunda suyaklarim qaxshab ketti. tanam esa sarg'aya boshladi. shunda yer birdan ey gunohkor banda yer yuzida yurib shu gunohlarni qilgani olloxdan qo'rqmadinmi?  uyalmadinmi?  dedida qattiq siqa boshladi. qovurg'alari bir biriga birlashib ketti har kuni shu ahvol takrorlanar edi.  bir kun qayerdandur bir ovoz keldi, bas to'xtating ,  menga berilyotgan og'riqlar to'xtadi.  Og`riqlar to`htagan kecha esa Barot kechasi ekan. VA tiriklik chog`imda barot kechalaring birida 2 rakat namoz o`qiganim uchun gunohlarim kechirilib jannatga kirishligim aytildi.

Juma ma`ruzasidan.

Birodarlar bugun Barot kechasi. 
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 08 Avgust 2010, 23:31:14
:as:

Shu yilning 26-iyul kuni, hayotimda birinchi marta narkoz oldim...

Hamma ta'riflab berganidek, "katta parvoz"ga zo'r tayyorlanib turgandim... ;D

Osmonu-falak tugul, operatsiya xonasidan tashqariga uchib chiqa olmadim. :(


Shu narkoz deganizda bir voqea esimga tushib ketdi. Ollohdan madad so`rab esimda qolganicha yozaman.

Hazrati Ali r.a jangda orqasidan nayzayeb nayzani sug`urish uchun hushsizlantirish kerakligini tabib aytadi, shunda Hazrati Ali r.a birozdan keyin namoz vaqti keladi men namoz o`qiyatganimda sug`urib olasiz debdi. Namoz vaqti bo`libdi va namoz o`qishni boshlabdi, Tabib nayzani sug`uribdi va namozdan so`ng hazrati Ali r.a Sug`urdinggizmi deb so`rabdi ha deb javob beribdi. Namozimning hushusi tufayli hech narsani sezmabman debdi.

p/S : Esimda boricha, Hato bo`lsa Ollohning o`zi kechirsin.  
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 19 Oktyabr 2010, 07:52:04
Dunyo hashamatli bir sallaga o‘xshar

So‘filardan biri xalqning o‘ziga e’tibor bermog‘i uchun boshidagi sallani ulkan qilib
o‘radi; ichini bo‘z bo‘laklari bilan to‘ldirdi. Tabiiyki, bu haybatli sallani ko‘rganlar, ichida
ancha gazlama bo‘lsa kerak, deb o‘ylardilar.
So‘fi bir kun madrasaga ketayotganda o‘g‘ri sallani olib qochdi. So‘fi ortidan baqirdi:
— Sallani och, sallani och. Ichidagini ko‘rginda keyin olib ket.
O’g‘ri qocharkan, qo‘ltig‘idagi sallani yecha boshladi. Qarasa, sallaning ichi bo‘z va
teri parchalari, paxta bo‘laklari bilan to‘la. Oxiri, qo‘lida faqat bir quloch bo‘z qoldi, xolos.
Qo‘lidagini yerga urdi:
— Oh pastkash odam. Men bu haybatli sallada bir narsalar bor, deb o‘ylagandim.
Sening hiylang meni rasvo qildi, deya hayqirdi. Bu so‘zlarni eshitgan so‘fi:
— O’g‘lim, dunyo mana shunaqadir. Mening sallam kabi yaxshi ko‘rinadi, ammo
so‘ngida vafosizligini ko‘rsatadi, besh pulga arzimaydi, eski tuski bo‘laklarga aylanadi,
dedi.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 19 Oktyabr 2010, 07:52:32
Majnun jon tuyasiga mingan edi
Laylining ishqi bilan yonib yurgan Majnunga bir xabar yetkazishadi:
— Layli saharda bu qishloqtan anavi qishloqqa ketyapti. Majnun vaqt yo‘qotmasdan
ortidan tushsa, unga etadi, tezda harakat qilsin...
Majnun tuyasini hozirlab yo‘lga tushdi. Tuyaning yangi tug‘ilgan bir bo‘talog‘i bor edi.
Onasiga yetolmasdan orqada qolayotgan edi. Tuyaning fikri zikri ortda qolgan
bo‘talog‘ida edi. Majnun nixtalab haydaganda tuya orqaga qarab qarab qo‘yardi.
Majnunning xayoli esa Laylida. Majnun o‘zidan kechib, xayolga cho‘mganda tuya iziga
qarab olardi; Majnun o‘ziga kelgan vaqtda oldinga yurardi. Shunday qilib oqshomga
qadar yo‘l yurildi. Majnun bir orqasiga qaradiki, yo‘lga tushgan joyidan hatto bir farsah
ham uzoqlashmabdilar. Shu payt tuyaga bu so'zlarni aytdi:
— O tuya ikkimiz ham oshiqmiz. Men Layliga, sen bo‘taloqqa. Ishqlarimiz teskari
bizning... Bir birimizni yo‘ldan qoldiryapmiz. Biz bu yo‘lda yo‘ldosh bo‘lolmaymiz. Sen tanga oshiqsan, men jonga. Ayrilishimiz kerak...
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 19 Oktyabr 2010, 07:53:08
Xoja bilan quli

Bir kishi hammomga borishga ehtiyoj sezdi. Tong payti quliga: "Sungur uyg‘on.
hammom togorasini, lungi va sovun ol. Hammomga bormoqchiman", deb buyurdi.
Qul darrov hozirligini ko‘rdi. Birgalikda yo‘lga tushdilar. Shu paytda bomdod
namoziga azon chaqirildi. Namozga ixlosi baland bo‘lgan qul xojasiga yolvorgansimon:
dedi
— Ey mening marxamatli xojam. Siz do‘konda biroz o‘tirib tursangiz men shu
ro‘paradagi masjidda namoz o‘qib olsam, dedi.
Xojasi rozi bo‘lib, do‘konda o‘tirdi. Sungur esa masjidga kirdi. Bir ozdan so‘ng jamoat
namoz o‘qib masjiddan chiqdi. Xoja qulini kutdi, lekin nimagadir qul ko'rinmasdi. Ancha
paytgacha kutdi, darak bo‘lmadi. Xavotir olib masjidning eshigiga borib dedi:
— Sungur, seni kugyapman, nega tashqariga chiqmayapsan?
Sungur javob berdi:
— Xojam, menga yana biroz vaqt bering, hozir boraman.
Xoja yana kutdi. Oxiri sabri tugab yana takror aytdi:
— Hoy Sungur kech qolyapmiz. Tugat shu namozingni tezroq. Tugatginda tashqariga
chiq!
— Xojam, hozir boraman. Yana biroz...
Xojasi ortiq chidolmadi. Bu safar buyruq ohangda qulni tashqariga chorladi.
Qul yana:
— Xojam, men chiqmoqchiman, lekin qo‘yib yubormayaptilar, dedi.
Xoja hayron bo‘ldi.
— Masjidda hech kim qolmagan bo‘lsa, seni kim qo‘yib yubormayapti? deb baqirdi.
Sungur shunday javob berdi:
— Seni masjidga kirishingga yo‘l qo‘ymayotgan meni ham ichkaridan tashqariga
chiqishimga yo‘l qo‘ymayapti. Seni ichkariga kirishingga izn bermayotgan mening ham
tashqariga chiqishimga mone’lik qilmoqta. Sening bu tarafga qadam bosishingga ruxsat
bermayotgan mening xam tashqariga chiqishimga ruxsat bermayapti.
Chiqmayotganimning sababi ana shu.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 19 Oktyabr 2010, 07:55:59
Karning bemor ziyorati

Oqqo‘ngil bir kar odam kasal qo‘shnisi holidan xabar olmoqchi bo‘ldi. Uzicha:
"Qo‘shnim kasal ekan. Uni borib ko‘rishim, hol ahvolini so‘rashim kerak, Ammo men
karman, u esa xasta, ovozi chiqmaydi. Lekin kasaldan odatdagi savollar so‘raladi va
ma’lum javoblar olinadi. Men qandaysiz desam, u yaxshiman, rahmat deydi. Nima
ovqatlar yeyapsiz deb so‘rayman, albatta, bir taomning nomini aytadi. Men esa osh
bo‘lsin deyman. Tabiblardan kim kelyapti, desam, biron tabibning ismini aytadi... Men
unga yaxshi tabib, deb aytaman", deb o‘yladi.
Kasalning yoniga kirib bosh tomoniga o‘tirdi:
— Yaxshimisiz? deb ahvol so‘ragan bo‘ldi. Kasal ingragan holda:
— O’lyapman deb javob berishi bilan kar odam:
— Voy, voy, juda xursand bo‘ldim dedi.
Xasta:
— Bu nima degani? Birovning o‘limiga ham xursand bo‘ladimi deb g‘azablandi.
Kar yana so‘radi:
— Nima yeyapsiz?
Xasta achchiq qilib:
— Zahar, — dedi. Kar uning bir taom nomini aytganini o‘ylab: "Osh bo‘lsin!" deb
javob qaytardi. Kasal butunlay aqldan ozayozdi.
Kar odam so‘rashda davom etdi:
— Davolash uchun tabiblardan kim kelyapti?
— Qani, yo‘qol bu yerdan! Azroil kelyapti, deb javob qaytardi.
 Kar:
— Juda bilimdon, tajribali tabib. Xudo xohlasa, yaqinda davosini topadi deganida,
kasal chiday olmay:
— Daf bo‘l deb baqirdi.
Kar esa qo‘shnilik haqqini ado etganidan juda xursand bo‘lib xayrlashdi.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 19 Oktyabr 2010, 07:56:55
Namozda gaplashgan hindlar

To‘rtta musulmon hindi masjidda namoz o‘qiy boshlashdi. Ittifoqo, ichkariga muazzin
kirdi. ibodat mahali gaplashish, o‘ngga chapga qarash namoz qoidalariga to‘g‘ri
kelmaydi. Ammo ulardan biri yonidagi do‘stidan so‘radi:
— Ajabo muazzin azon aytdimi yoki namozga hali vaqt bormi?
Do‘sti namoz o‘qiy turib o‘zini tutolmay javob berdi:
— Jim bo‘l, namozda gaplashilmaydi! Namozing buziladi.
Uchinchi hind ikkinchisiga tanbeh berdi:
— Nega gapga aralashasan? Aslida o‘zingga qara. Sen ham gapirding, sening ham
namozing buzildi.
To‘rtinchisi luqma tashladi:
— Namozlaring buzildi. Xudoga shukrki, men jim turdim.
Aslida to‘rttalasining ham namozi buzilgan edi.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 19 Oktyabr 2010, 07:57:28
Bu mushukmi yo go‘shtmi?
Bir odamning beodob xotini bor edi. Uyga keltirilgan narsalarni isrof etardi. Bechora
odam janjal bo‘lmasin deya indamas, sabr qilardi.
Bir kun ikki kilo go‘sht olib keldi. Kabob buyurdi. Xotin go‘shtni pishirayotib paqqos
tushirdi. Eri kechqurun uyga kelib, xotinidan go‘shtni so‘radi.
Xotin:
Ey xo‘jam, so‘ramang... Go‘shtni mushuk olib qochdi. Yeganini o‘zim ko‘rdim, dedi.
Odam shubhalandi. Darhol mushukni topdi, taroziga tortdi. Roppa rosa ikki kilo...
Xotiniga
Xotin, agar bu mushuk bo‘lsa, go‘sht kaerda? Yo‘q, bu go‘sht bo‘lsa, gapir bizning
mushuk qaerda? deya baqirdi.

Masnaviy Hikoyalaridan.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 19 Oktyabr 2010, 08:06:30
Benzin quyish shahobchlarda benzin tanqisligi uchun "Benzin tadbirkorlariga " katta yo`l ochildi. Bir qo`shnim bor edi bir kuni qarasam benzin sotayapti ekan ozgina gaplashib qolibman....
-Ha aka ishlariz yahshimi
zo`r benzinni sotishni yo`li ko`p ekan uka
-Iye qanaqa yo`llar
 40 ta olib chiqsam 2-3 litr boshqa narsa aralashtiryapman, keyin idisga 5 litr deb ozroq quyyapman ancha poyda qildim
-Bunday sotishlik haromku
Kim aytdi, Tirikchilikni aybi yo`q ukam.
-Olloh insof bersin aka.......

Bir ikki oydan keyin mahallani boshida ko`rishib qoldik, qo`lida ikkita stka ichida dori darmonlar hammasi qimmat dorilar.
-Asta so`radim:
-Ha aka qayerga ketyapsiz
Eh uka banisaga kichik qizim kasal bo`lib qoldi, onasi olib yotibdi, topgan pulim shu dohtir va dorilarga ketyapti
-Siqilmang, Olloh shifosini bersin...
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 26 Oktyabr 2010, 11:46:18
ОЛИСЛАА ДА КОЛГАА ТУЙҒУЛАА 

Орзиктириб кор ёгди.
Кор смас, бир олам шодлик ёққандай.
Кеч кириб, окшом пардаси ёзилаётганига карамай атроф сут рангида. Хаттоки, хийладан буен сйдок. "туши"ни ксрсатавериб, хижолат тортаётган кир-адирлар хам харир либосда улуғвор куринади.
Машина ойнасига парвонадай аёвсиз урилаётган турфа шаклдаги кор ушоклари беихтиёр хаёлингни уғирлайди. Гсёки бутун борлик покликка чумилаётгандай, гсёки оламда факат оппок орзулар колгандай.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 26 Oktyabr 2010, 11:47:06
Дафъатан йул ёкасидага йигит ва киз ксл кстариб колис‰ди. Оёкларим тормоз тепкисига кадалди. Машинанинг орка сшиги очилиб, худди Кумушдай кулиб турувчи сулув киз ва унинг кимматбахо пальтоси ортида бода ичган Отабекни сслатувчи хушсурат йигит кузга чалинди.
— Шахарга олиб кетинг!
Бу каби латиф овозни анчадан буён сшитмагандим. Хали розилик бериб улгурмасимдан кушканотлар сриндикдан жой олишди.
Яна кор бурони ойнани сркалашга чогланади. Яна кунгилда тароватли туйгулар тугён уради. Илк куёвлик кезлари, бир пиёла чойни хуплаб, ютишга ийманган дилбаримнинг холати, енгил аразлари, шух-шодон кунлар худди кечагидай дил хотирасидан бирма-бир утаверди.

Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 26 Oktyabr 2010, 11:47:42
Ойнадан хамрохларимни кузатгим келди. Бирок, бу нистимдан тезда кайтдим.
Ашлик — бу бир неъмат сканлиги, бу даврда срашмайдиган килик, булмаслигини сслаб, интик, хиссиёт ила снтикдим.
- Тухтаб куйинг, тоға!
Машинани чеккага олдим.
-   А­й, туринг  Келдик, кузингизни очинг!
Шу топда "Отабек" ороми бузилганидан зорланиб, нималарнидир гулдиради. Келинчак унинг кслтиғидан кутаришга уринди. Бу куёв болага ёкмади.
-   Тегма, тегма деспман, хе онангни...
Бу гап мисмга отилган укдай вужудимни ларзага солди. Киз бечора менинг олдимда сзини канчалар мулзам сезди скан-а.
Хали узимга келиб улгурмай, иккинчи  ук  отилди.
— Ичмай сл, мени уйнатгани олиб чикиб, узи сйраболди-с,
ТУАҒИЗ...
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 26 Oktyabr 2010, 11:48:50
Ашлар качон машинадан тушди-ю, качон куздан ғойиб булис‰ди, сезмай колдим. Улар шу кун кечаси бошимдан совук, сув куйиб кетишганди.
Билдимки, бир пайтлар минг истихола ва хаё билан лутф стилган "Сиз ушаму?" деган хасжонли сурок, ва унга жавобан мухаббат ва одоб ила йугрилган угли нигох  биздан жуда-жуда олисларда колиб кетибди.
А­ссиз...


Dunyoning Kaliti.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 04 Dekabr 2010, 13:39:51
А­скисини киймаганга снгиси йукдир

Кусайр ибн Убайддан, розийаллоху анху: «Муминларнинг онаси Ойишанинг, р.а , зиёратига бордим. Менга:
-   Хозир, бир оз кутиб тур, куйлагимнинг шу йиртик,
жойини тикиб олай, сунг гаплашамиз, — дедилар.
-   А­й уммул муминин, хозир шу ишингни одамларга
айтсам, сени хасисга чикаришади, — дедим.
Ойиша, р. а , шундай дедилар:
-   Болам, аклли бул. А­скирган кийимларини киймаган
киши учун снга куйлак йукдир».

Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 04 Dekabr 2010, 13:41:55
Аакадар ёмон иш

Абул Хасан, розийаллоху анху, ривост киладилар: "Аабийнинг, соллаллоху алайхи ва саллам, ёнларида утирар сдик. Даврадан кимдир туриб кетди, бирок, оёк кийимини унутиб колдирди. Даврадагилардан бири унинг оёк кийими устига утириб олди. Халиги киши бир оздан кейин кайтиб келиб, оёк кийимини суради.
-   биз курмадик, - дейишди.
-   Лойафзал сгаси безовталаниб колди. Сунг унинг оёк кийими устига утирган киши:
-   Мана, оёк  кийиминг, — деди.
Шунда Лайгамбаримиз, соллаллоху алайхи ва саллам:
-   Мусулмон кишини безовта килиш накадар ёмон иш, — дедилар.
-   Мен хазиллашдим, — деди у киши.
А асули акрам, соллаллоху алайхи ва саллам, сна уша гапларини такрорладилар".
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 04 Dekabr 2010, 13:45:50
Аллох, хохлаган жойда

Торик  ибн Шихобдан ривост килинади:

"Бир схудий Хазрати Умардан, розийаллоху анху, суради:
-Куръонда: "Жаннатнинг кенглиги осмонлар ва ер баробарида..." (Ол-и-Имрон, 133, мазмуни) дейилган. Хуш,айтинг-чи, унда дузах каерда булади?
Умар, розийаллоху анху, сахобаларга:
—Бу одамнинг саволига жавоб беринг, — дедилар. Бирок, хеч кимдан жавоб чикмади. Шунда хазрати Умар,розийаллоху анху, схудийдан:
-Хар  куни куриб турганингдек, кечкурун хамма ер зимистонга бурканади. Айт-чи, тун чукканида кундуз каерда булади? — деб сурадилар.
-Аллох  хохлаган жойда.
—Ундай булса, дузах хам Аллох таоло хохлаган жойдадир.
Иттифока, схудий хасжонини сширолмай:
—А­й муминларнйнг амири! Аллох  таолога касамки, Аллох таоло нозил килган китобда (Тавротда) хам худди сен айтганингдай ёзилган, — деди.

Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 13 Dekabr 2010, 15:56:44
Horun ar-Rashid yoniga bir faylasuf kelib Qur’onda ikki marotaba takrorlangan qissalarni bir joyda jamlab, keraksizini chiqarib tashlashni taklif etadi. Bu ishni uning o‘zidan boshqa hech bir kimsa uddalay olmasligini ham uqtirib qo‘yadi. Horun ar-Rashid uning so‘zlarini tinglab bo‘lgach, tabibni chorlatadi. Tabibning bu mavzuga ne aloqasi bor? deb ko‘pchilik hayron bo‘ladi. Tabib kalimasining eshitgan olim ham mufassirni, faqihni, yoki biron bir olimni chaqirmay, tabibni ham chaqiradimi? deb ensasi qotadi. Tabib kelgach: "Janobi tabib qarshingizdagi "olim" qoidalariga binoan har ikki narsaning biri ortiqcha ekan. Shunga ko‘ra ulug‘ Yaratuvchimizning kitobi Qur’ondagi ikki marta takrorlangan qissalarni bir qilish taklifini ko‘tarib chiqdilar. Biz olimimiz qoidalarini avvalo o‘zlarida tajribadan o‘tkazsak. Olimdagi ikki bir xil a’zoni kesib tashlasangiz. Odamga ikki qo‘l, ikki oyoq, ikki ko‘z, yigirmata barmoqning ne keragi bor?!" deydi. Faylasuf o‘z taklifidan xijolat chekib yerga qaraydi. Saroy ahli podshoh tutumiga tasanno aytadilar.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 17 Dekabr 2010, 13:57:47
Arshning soyasidagi yetti kimsa  


Abu Hurayra r.a. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. dan shunday rivoyat qiladilar: "œYetti kishini Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradi:

1. Odil boshliqni;
2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o'tgan kishini;
3. Yolg'iz holida Allohni eslab ko'z yosh to'kkan kishini;
4. Qalbi doim masjid bilan bog'langan kishini;
5. O'ng qo'li bilan bergan sadaqani chap qo'li bilmagan (ya'ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini;
6. Alloh yo'lida do'stlashgan ikki kishini;
7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda "œAlloh taolodan qo'rqaman", deb bosh tortgan kishini".


manbaa: ziyouz.com
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 22 May 2011, 09:29:49
Bugun yana qor yog`di, Tongda turib o`sha sen yoqtiradigon Sevgi adiriga yo`l oldim, Adir yonboshidagi Hurmo darahti hamon sevishganlar uchun qadrli va ardoqli bo`lib kelmoqda ekan, Sen bilan birga ismimizni o`ygan o`sha hurmo darahti, Ro`molcheni bog`lagan o`sha sevgi darahti. Adirga chiqar ekanman Ikki sevishgan qor bobo yasamoqda ekan, Azizzim Biz yasagan qorbobo ham ko`z oldimda Ikkimizga jilmaygancha boqib turganga o`hshardi, men esa hazilalshib seni undan rash qilib ko`zini olib qo`yganlarim shularni eslasam yurgim eziladi. Mana bir yil ham o`tdi o`sha mashun avtahalokat seni mendan ayirdi, Mana sensiz keyingi qish kirib keldi, birinchi qor ham yog`di Lekin sen yo`qsan balki yonimdadursan boshingni yelkamga qo`yib yig`layotgandursan men kabi"¦"¦
Shomda uyga qaytdim, negadur boshim og`ridi uyquga ketdim, ko`zimni ochsam  Bir kasalhona palatasida ekanman, Yonimda onajonim stolga boshini qo`ygan holda uhlab qolgan ekanlar, Toliqqani yuzlaridan bilinib turar edi, Eh onajonim sizni rosa qiynab yubordim, Seni juda yahshi ko`rar edilar, o`z qizlaridek ko`rar edilar. Menga doim aytar edilar bolam Otangdan yolg`iz yodgorimsan o`zingni asra"¦"¦Hushimga kelganimni ko`rib uyg`ondilar, Duhtirlar ko`rigidan o`tdim, Honaga kirib derazaga boqaman tashqarida bir yigit va qiz qor bo`ron o`ynashmoqda , Ikkisin kuzatar ekanman, Sen bilan o`tkizgan o`sha bir gina qish yodimga kelaveradi, Nega meni erta tashlab ketding,"¦..Ko`rik Natijalari chiqdi, TEz tez behush bo`lishim, bemadorligim bir kassalik alomati ekan, Onam ko`zlari qizargan holda honaga kirib keldi, Men majburlab ohiri kasalim qanday ekanligini bilib oldim, Miyamda o`simta bor ekan ahvolim tobora o`girlashib borardi, Har kuni turli dorilar bilan tirik edim , bir kun duhtir oyimga o`g`lizga dorilarni to`htatsak ahvolli juda o`girlashadi, keyin yordam bera olmay qolamiz deb qoldi, Men esa oyimni qiynagim kelmas edi, Bir kun oyijonimga :
Oyijon duhtirlarga aytin ukkollarini boshqa qilishmasin, yuragim og`rib ketdi, menga boshqa ukol qilishmasin ayting oyijon men sizni yahshi ko`raman, meni kechiring oyijon sizni orzularinggizni ro`yobga chiqara olmadim, Singlim meni kechir Seni bahtli qila olmadim, Oyijon meni kechiring faqat yi`glamen, men sizlarni yahshi ko`raman,,.. "¦.
Bugun esa gapirishdan ham qoldim balki bu so`nggi bor qo`limga ruchka ushlashimdur"¦"¦"¦.
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: Best friend 22 May 2011, 16:51:03
 Tushinmadim, Bu sizning hayotingizda ro'y berayotgan narsami?
Nom: Re: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: JaviK 22 May 2011, 17:53:50
Tushinmadim, Bu sizning hayotingizda ro'y berayotgan narsami?

yo`q
Nom: Javob: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: Shokir63 27 Mart 2013, 01:15:18
Olisdagi tuyg'ular xususida.

Nega endi, ikki tarbiyasiz kishini Otabek va Kumushga o'xshatishgan ekan, shuni tushunmadim. Birgina jilmayishi uchunmu, Kumushning jilmayishini uning tarbiyasi, hayosi ko'rkam qilmagan edimi, ichib olgan kishini manimcha Homidga o'xshatish kerak edi, u ham hush surat edi, lekin uni xunuk qilgan narsa, qalbining chirkinligi emasmidi?

Jamiyatdagi chirkin narsani ko'rsatishga urunib, uning qahramonlari, hayo qahramonlarining xulq atvori suiste'mol qilinmayabtimikin, shuni o'ylab qoldim.

To'g'ri Kumush va Otabek olislarda qolib ketishgan, bu o'sha o'tkan kunlar yozilgan paytdayoq, ular olislarda qolib ketishgan edi, shuning uchun ham u o'tgan kunlar.

Demak solishtirgandan ko'ra yangi O'tgan kunlarni, yangi hayo obidalarini yaratish kerak. Chirkin narsalarni ko'rsatib, go'zal narsalarga erishish qiyin, chunki go'zallik unutilgan.

Yana bilmadim...
Nom: Javob: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: Lu`lu` 27 Mart 2013, 08:38:03
Olisdagi tuyg'ular xususida.


Demak solishtirgandan ko'ra yangi O'tgan kunlarni, yangi hayo obidalarini yaratish kerak. Chirkin narsalarni ko'rsatib, go'zal narsalarga erishish qiyin, chunki go'zallik unutilgan.

Yana bilmadim...


Билмадиммас, билдингиз, тугри фикр билдирдиз.
Инсон нафси хаел ва вахмларга буйсунувчандир.
Шунгасм ба'зилар хаелини реаллаштиришганида  чалкашликлар келиб чикади, с'ни нафсидагини иймонлаштиришга уринишади. Туйгуларини истаган кузлари бн куришга харакат килишади.
Бир мультфильм булардику, шайтонни боласини топиб олиб, ювиб - тараб, шохчасига лента такиб куйишади. Жавикжонни хикосси хам ухшаркан бу мультикка.
Nom: Javob: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: Muxsiya 26 Aprel 2013, 11:51:51
Rasululloh S.A.V aytardilar
-Asal yenglar zero u o'limdan boshqa barcha dardga davodir.
Nom: Javob: Bugungi Kunim Hissasi
Yuborildi: Muxsiya 26 Aprel 2013, 12:04:23
bir inson tongda bomdodni masjidda jamoat bilan o'qishga shoshilib ketar ekan chuqurga tushib hamma yo'g'i loyga belandi. Haligi odam tezda o'rnidan turib ortga qaytdi va kiyimlarini almashtirib tezlik bilan yana yo'lga tushdi qorong'u bo'lganligi uchun yana o'sha chuqurga tushdi va yana kiyimlarini almashtirib qaytdi bu safar uni o'sha yerda bir mo'ysafid kutib turar edi. mo'ysafid unga bolam, bu yerda chuqur bor, ehtiyot bo'l deb o'tishiga yordamlashdi va masjidgacha kuzatib qo'ydi. masjidga yetgach esa ortga burilayotganini korib haligi odam
-iye, meni masjidgacha olib keldingiz yuring endi birga Allohga ibodat qilaylik dedi. Shunda haligi mo'ysafid:
-sen meni tanimading, men shaytonman, odam qiyofasiga kirgandim. Seni chuqurga ikki marotaba men itardim seni jamoat bilan o'qiladigan namozdan qaytarmoqchi edim. Sen esa chekinmay ikki marotaba borib toza kiyimlarn bilan yana namozga oshiqding. Birinchi marta ortga qaytib yana yo'lga chiqqaningda Alloh seni barcha gunohingdan kechganligini bildirdi, ikkinchisida esa barcha yaqinlarningni gunohlaridan kechdi qo'rqdimki uchunchi bor bu holat qaytarilsa Alloh barcha mo'minlarning gunohlaridan kechib yuborishini bildirdi shuning uchun ham senga yordam berib masjidgacha olib keldim yo'lda yana yiqilib uyingdan yana qaytib kelsang mening shuncha qilgan mehnatlarim zoe kemasin deb qo'rqdim, dedi va ko'zdan g'oyib bo'ldi.