forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: Abdulhafiz 10 May 2010, 00:15:29

Nom: Mening blogim...
Yuborildi: Abdulhafiz 10 May 2010, 00:15:29
:bsm:

:as:
"œBismillah"¦" deb boshlagum,Haq

Olsin o’z panohiga,

Barcha hamdu sano bo’lsin

Borliq mulkin Shohiga.

Salovat durudlar bo’lsin

Habibi,Rasuliga,

Ul Muhammad Mustafoga —

Haqning sodiq quliga.

Haqning rahmat salomlari

Bo’lsin chahoryorlarga,

Ashoblarga, ya’ni ul dam

Ul saflarda borlarga....


"Insonnoma"-dan


Biz ham anchadan beri blog ochishni niyat qilib yuruvdik nasib bugunga ekan....

Tahrir qilindi
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: siddiqa 10 May 2010, 05:48:40
 :as:

Blog muborak bo'lsin !!!!!!!!!!!

forumdoshlar o'z ijodidan she'r yozishsinmi yoki farqi yo'q ???????.....
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: JaviK 10 May 2010, 09:14:11
Muborak bo`lsin Bloglar
Jamlanar eng yahshi misralar
Keldik biz ham to`rtlik bilan
Safingizda turmoqlik niyati ila
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: Abdulhafiz 10 May 2010, 22:36:51
:as:

Blog muborak bo'lsin !!!!!!!!!!!

forumdoshlar o'z ijodidan she'r yozishsinmi yoki farqi yo'q ???????.....
:vslm:
farqi yo'q !!!!!!!.....
forumdoshlar o'z ijodlaridan, boshqalar ijodidan ham o'zlariga yoqqanlarini yozishuvradi...
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: Abdulhafiz 30 May 2010, 23:04:03
:as:

Sarob


Har inson bu dunyoga mehmondir-mehmon,
Sahro kezib otguvchi  yolovchi karvon,
Iymon qo'lin tutsalar yo'llar farovon,
Ohirati saodatli, baxtlidir har on.
Iymonni unutsalar, cho'llarda sarson,
Jaholatga botmoq ham bo'ladi oson,
Kimligini unutsa, adashsa inson,
Hayoti yaproq kabi bo'ladi hazon.
Vaqtni ortga surmoqqa berilmas imkon,
Ko'zlarda yosh o'rniga oqajakdir qon,
Jaholatdan hattoki qizarar osmon,
Sadqai odam ketgur, hazon kabi yon,
Essiz bosgan yo'llaring, kezganing tuproq,
Tuproq zarrasidan ham gunohing ko'proq,
Sarson bo'lib kezasan-kezasan biroq,
Kezgan saring manziling bo'ladi uzoq.
Sahro kezib topasan-topasan baxting,
Gohida omad kulib, bo'ladi taxting,
Islom yo'lidan ketmoq, bo'lsa gar axting,
Albat senda qolgaydir iymoning  taxting,
Yiqqan barcha davlating, savlating sarob,
Hayotdagi hurmating, taxting ham sarob,
Sarobga aldanganning ahvoli harob,
Jahannamda tayindir otashin azob.
Mayli totgin ey, inson hayot lazzatin,
Lek joyga qo'y o'zganing izzat-hurmatin,
O'qib, uqib Quronni, bilgin hislatin,
Rizosi uchun Haqning qilgin xizmatin.
Shunda kezgan sahroying chaman bo'lgaydur,
Shunda bosgan izlaring uzoq qolgaydur,
Avlodlar hurmat ila tilga olgaydur,
Va albatta haqqingga duo qilgaydur!


"Islomiy she'rlar" sobshestvasidan
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: Robiya 04 Iyun 2010, 10:28:51
 :as:

She'riy GULISTON ichra qadam qo'yib astagina,
Robiya o'ylar bugun nelarni yozmoq mumkin...
Qalb asta shivirlab der bugun ayyom - Jum'a,
Abdulhafiz bloglar muborak, xayrli bo'lsin!  :)
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: siddiqa 08 Iyun 2010, 15:19:50
Rashkim

(Shoirdan o'qishda yig'ilish bo'lganida ,shu she'ringiz qanday hotiralar bn bog'liq ,qanday yozilgan desak
 " Yahshi hotiralar bn bog'liq ,yahshi yozilgan degandilar kulib ) :7 :7 :7 :7

Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o'zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo'lurman g'ash ko'zimdan ham.

Ko'zim yongay senga nargis —
Ko'zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo'lgay yuzimdan ham.

Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum
Gilos birlan uzumdan ham.

Seni jonim dedim yolg'iz,
Seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman
Qo'pol aytgan so'zimdan ham.

Visol onida ko'z ochsa,
Ne tong, tongdan ko'ngilda ranj,
Judo qilgay meni oy yuz,
Xumor ko'z yulduzimdan ham.

Senga o'n to'rtda bog'landim,
Hanuz erkin bo'lolmas dil,
O'zim dog'man, aql kirmas,
To'zimsiz o'ttizimdan ham.


Erkin Vohidov ( bu she'rni sevib o'qimagan muhlis bo'lmasa kerak )
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: Shokir 09 Iyun 2010, 12:34:56
BISMILLAHIR ROHMANIR
ROHIM
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Dunyoda yashashga
qo'ymasangiz gar,
Shu sizga buyursin qaytib
beraman.
Ammo arimagay ko'nglimdan
kadar,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Fitratda tug'ildim, vale'
tarbiya,
Mudhish bir holatga soldiku
soya.
Sof ta'lim neligin bilmadim
deya,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Yoshlikda g'am nima bilmay
yurgandim,
Bog'chani eng oliy dargoh
bilgandim.
Kalima o'rniga qo'shiq
o'rgandim,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Quvnab yo'l tushganda
maktabim tomon,
Jami' ilmlarga izladim imkon,
Ammo nimaligin bilmadim
Iymon,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
So'ng oliy bilim yurt o'ziga
chorlar,
Muhabbat atalmish go'zal
bahorlar.
Ustozlarim dindan etgan
bezorlar,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Allohga hamd bo'lsin
qutqardi O'zi,
Qalbimga sochildi hidoyat
tuzi.
Shunda yaqinlarim burdilar
yuzin,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Aroqli to'ylarga bormay
qolsam gar,
Otamga la'nat der eng yaqin
jigar.
Ko'zimdan yosh emas
oqqanda zahar,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Yodimda o'zini eng zo'r er
degan,
Namozxon bo'ldingmi, deya
jerkigan.
Bo'g'zimga qadalib yovuz
sher kelgan,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Xaq so'z yetkazilsa mard
jo'vonsherlar,
O'zingcha nelarni so'ylading
derlar.
Kecha kim eding, deb yuz
burgan ellar,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Alloh ruhsat, degan oyatni
bilib,
Hayotga tadbiq et, gar desam
kulib,
Ayol zoti minar g'azabga
to'lib,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Hammaga tegishli aytilgan
so'zlar,
Xaqdan olib qochamng
jovdirar ko'zlar.
Qiyomat kelganda ko'rasiz,
do'stlar,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Hayrulloh Hamidov
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: Abdulhafiz 28 Iyun 2010, 05:22:52
Sog'inch
Vatanni sog'inish nimadir asli
Chanqagan mahali suv topgan misol
Yoki oshiqlarni qiynagan vasli
To tongga qadar xayoliy visol
Vatanni sog'inish nimadir, do'stlar
Itarib yuborgan jami qo'rqinchni?!
Hatto kitoblarda eng go'zal so'zlar
Izohlab berolmas ushbu sog'inchni!
Vatanni sog'inish nimadir, balki
Og'iz yetganidir tansiq taomga!
Vatanni sog'inish nimadir? Topdim!
Quvonchdan ko'z tugul, yurakda ham nam:
Bag'rida indamay ko'zimni yopdim
U meni ezozlar ikkinchi onam!
Vatanni sog'inish tushsa gar dilga
Qarshi bo'lolmagay eng yovuz qo'rqinch.
Ishoning, dunyoda biron bir tilga
Tarjima qilinmas yagona sog'inch!
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: siddiqa 14 Iyul 2010, 12:24:55
Tashvish tashlamasin yuzingga soya ,
Quvonching topmasin also nihoya ,
Men bahtiyor bo’lay bahtingni ko’rib ,
Menga shunisi bas,menga kifoya
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: siddiqa 14 Iyul 2010, 12:33:17
Sensiz

bir umr qolganman sening sevgingsiz ,
taqdirimga tan berib bo'ldim ,
vasling uzoq ruhimdir yolg'iz ,
o'lmay turib ming bora o'ldim .

Tuproqlarga yozdim ismingni ,
qabr toshi hasratga guvoh ,
ketib qolding qoldirib meni ,
Aytolmadim sevishim biroq .

ayriliqqa hamrohman bugun ,
hamma narsa barbirdek go'yo ,
sevib yonib kimlar kul bo'ldi ,
Sen o'zga dunyoda tushsan bir ro'yo....

hamon sensiz ,umr o'tmoqda ,
darahtlar ham gullar har yili ,
lekin qalbim o'tga tutmoqda ,
qabul qilmay o'zgasin dilin .
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: Abdulhafiz 15 Avgust 2010, 06:42:47

Siz erkak emassiz siz xotin quli
Bir kuni bo'lasiz do'zaxning guli.
Unvoningiz bo'lar shaytonning o'g'li
Xotinni onadan afzal bilganlar.
Onaning holidan olmaysiz xabar,
Lek har kun guldasta olar u dilbar.
Ona ham do'st erur, ona ham jigar,
Xotinni onadan afzal bilganlar.
Bir oyda bir bora soramaysiz ahvol,
Onangiz bu holdan goh garang, goh lol.
Oh, sizga nasihat, saboq ham uvol,
Xotinni onadan afzal bilganlar.
Onangiz shuncha yil chekkanda zahmat,
Qiyinmi ko'rsatish unga muruvvat.
U ham bu dunyoda olsinda rohat,
Xotinni onadan afzal bilganlar.
Alloh sizdaylarga yog'dirsin la'nat,
Rosti ham qarg'ishga arziysiz faqat.
Tezroq bering endi tavbaga navbat,
Xotinni onadan afzal bilganlar.
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: Shokir 20 Avgust 2010, 21:04:12
Ko'zgamas bu qalbimga boq,
Meni ado etmoqda firoq,
Javobingdan qalbimda titroq,
Hor ishqimni qabul et faqat!
Sevganim chin hech xato emas,
O'jar yurak o'zgani demas,
Ishon aldash qo'limdan
kelmas,
Hor ishqimni qabul et
faqat
Rahm et, Qolmay aqldan
ozib,
Ishqqa armon qabrimni
qazib,
Tiz cho'kaman, Ishqnoma
yozib,
Hor ishqimni qabul et
faqat
Yosh bo'layin ko'zlaringda bas
Yuzlaringda yashayin bir pas,
Lablaringda jon berar
besas...
Hor ishqimni qabul et
faqat
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: BilmasOY 20 Avgust 2010, 22:35:59
Ey ko'ngil, bunchalar bo'lmagin g'amgin,
Qo'l silta dunyoning tashvishlariga.
Go'zal tuyg'ular ko'p, atrofingga boq,
Faqat sevgi emas umr mazmuni.
O'z ilming, obro'ying, qadr qimmating,
Beva-bechoraga qilgan himmating
Bilgin Alloh bergan buyuk ne'mating
Faqat sevgi emas umr mazmuni.
Bor, mushtipar onangni mehr ila suy,
Padar buzrukvoring ko'tar boshingga.
Bunday go'zal tuyg'u yo'qdir, bilib qo'y,
Faqat SEVGI EMAS umr mazmuni.
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: siddiqa 03 Sentyabr 2010, 01:31:20
[ b]meni yolgiz o'zing qo'lla Parvardigor.[/b]


Oppoq degan dunyolarim siyoh balki ,
dunyo dilni o'ldirguvchi giyoh balki,
savob deya qilganlarim gunoh balki ,
meni yolg'iz o'zing qo'lla Parvardigor.

Charhlar keldi,yuragimni charhlab ketdi,
va jonimni yaproqlarga narhlab ketdi,
ular kelib nimani ham farqlab ketdi,
meni yolgiz o'zing qo'lla Parvardigor.

Tosh otdilar yuragimda tog'lar paydo,
Tuproq bo'ldi o'shal tog'lar dog'lar paydo,
qalbim qayga borgan bo'lsa,bog'lar paydo
meni yolgiz o'zing qo'lla Parvardigor.

Hushim uchib dunyolarga uchdim ba'zan,
Rostdan tonib ro'yolarga uchdim ba'zan,
yashirmayman do'stimdan ham kechdim ba'zan.
meni yolgiz o'zing qo'lla Parvardigor.

Ahir qanday yashirayin hayratimni,
suratimdek bilasanku siyratimni ,
ko'rib o'lsam seni topgan gayratimni .
meni yolgiz o'zing qo'lla Parvardigor.

G'ayrat
Nom: Re: She'riy GULISTON
Yuborildi: Abdulhafiz 04 Sentyabr 2010, 22:23:51
OTA O'GITI
Har bitta so'z - suvdek aziz,
Har bitta so'z - nondek uvol.
Til boyligin bog' deb bilsak,
Har bitta so'z - bitta nihol.
Biron so'zni isrof qilmoq
Bir ko'chatni yulmoqlikdir.
Bora-bora, otameros
Bog'ni xarob qilmoklikdir.
E bolam, yot yurtga borsang,
Ne atalur eling, derlar.
Qay millatning vakilisan,
Bormi ona tiling, derlar.
Shunda, mening qutlug' tilim
Navoiyning she'ri, degil.
Yurtim - Ulug'begu Bobur,
Amir Temur yeri, degil.
Ayt g'urur-la Beruniylar, Farg'oniylar ajdodim, deb.
Qoshg'ariylar darsin tinglab,
O'tkirlangan savodim, deb.
Maqtanma hech qimmat kiyim,
Oltinlaru qasring bilan.
Faxr et doim qudratli yurt,
Boy til, nasab-nasling bilan.
Obro'yingni baland tutmoq,
Ey bolam, oz qo'lingdadir.
Sening olamdagi narxing
Vatan, millat, tilingdadir.
Nom: Re: Mening blogim...
Yuborildi: Abdulhafiz 21 Yanvar 2011, 19:33:18
Shunisi ham bo'laveradi

O'z zamonasini puldor boy kishilaridan biri uy qurayotgan ekan, boy bo'lishiga qaramay ko'rimsiz va ancha past qilib qurayotgan ekan.
Buni ko'rgan odamlar so'rashibti:
"Shunday boy kishi bo'la turib, nega bunday past,  ko'rimsiz uy quryapsiz..?"
U kishi javob berib, aytgan ekan:
"Tashlab ketadigan dunyoga shunisi ham bo'laveradi..."
Nom: Re: Mening blogim...
Yuborildi: JaviK 22 Yanvar 2011, 09:31:50
Yutganing o`zingniki, chaynaganing — gumon.
Cho`lpon
Nom: Re: Mening blogim...
Yuborildi: Abdulhafiz 05 Fevral 2011, 21:50:09
Bu olam ibrat olishni istagan kishilar uchun hamisha hikmatga to'ladir. Har bir narsaga ibrat olish istagi bilan qarash hayotning haqiqati va hikmatini topishning kalitidir...

1950 yilda Shimoliy Koreya(KXDR) armiyasi Janubiy Koreya Respublikasiga bostirib kiradi. Janubiy Koreya armiyasi tomonida AQSH va 19ta davlatning BMT bayrog'i ostidagi armiyasi jang qilardi. Uch yildan so'ng urush tugaydi. Shunday kunlarning birida AQSHdagi boy xonadonlarning birida telefon jiringlab qoladi. Telefon trubkasini ko'targan ayol hayratdan quvonib, o'z o'g'lining ovozini eshitadi. Onaizor uzoq muddat davomida Koreyada bo'lgan o'g'lidan shu paytgacha hech qanday xat-xabar olgani yo'q edi. Shuning uchun aziz o'g'lining hozir Amerikada ekanligidan, okean qirg'og'idagi San-Diyego shahridan uyiga qaytayotganidan quvonib ketadi.

  - Oyi, men sizga faqat shuni aytmoqchi edimki, o'zim bilan quroldosh do'stimni olib boryapman. U qattiq jarohatlangan - ko'zi, qo'li va oyog'idan ajralgan. Men uning biz bilan yashashini xohlardim.
   - Tushunarli, o'g'lim, - javob berdi ayol. - U juda jasur va mard yigitga o'xshaydi. Bizda uning uchun bir necha muddatga joy topiladi.
   - Oyi, siz meni tushunmadingiz. Men uni biz bilan yashashini xohlardim.
   - Ha, mayli, - javob berdi ona. - Biz uni uyimizda olti oygacha saqlashimiz mumkin.
   - Yo'q, oyi. Men uni biznikida doimiy qolishini xohlayman. Biz unga juda ham kerakmiz. Uning faqatgina bir ko'zi, bir qo'li va bir oyog'i bor. U dahshatli holatda.
  Gap shu yerga kelganda ona sabr-toqatini yo'qotdi.
   - O'g'lim, sen vaziyatga to'g'ri qaraydigan holatda emassan. Sen urushda qatnashganing uchun ham unga juda rahming kelyapti. Bu sheriging senga va bizga dardisar bo'lib, hammamizga jiddiy tashvishlar keltiradi. Aqlli odam bo'l.
    Telefon birdan jimib qoldi. Ertasiga yetib kelgan telegrammadan uydagilar dahshatga tushishdi. Ya'ni, o'g'li o'z joniga qasd qilib, San-Diyego mehmonxonasining o'n ikkinchi qavatidan o'zini tashlabdi. Bir hafta o'tgach, ularning uyiga armiya tobuti keldi. Dahshatli qayg'uga botgan ota va ona tobutda o'zlarining bir ko'zi, bir qo'li va bir oyog'i yo'q o'g'illarining jasadini ko'rdilar.
"Salomatlik taqvimi"dan olindi.
Nom: Kasallikni yengishda ikki kuchli ta'sir - davoga ishonch, tuzalish umidi...
Yuborildi: Abdulhafiz 24 Fevral 2011, 07:52:33
Kasallikni yengishda ikki kuchli ta'sir - davoga ishonch, tuzalish umidi deyisharkan :

Qishloqdan bir qariya anchadan beri tuzalmayotgan kasalini davolatish uchun mashhur bir tabibga boribdi. Tabib kasalni tekshirib ko'rib, qo'liga ro'yxat tutqazibdi-da:
- Mana shu dorini qaynatib suvini kuniga uch mahaldan ichashz, kasalingizdan asar ham qolmaydi, - debdi.
   Ma'lum vaqt o'tgandan keyin bemor tabibga o'z minnatdorchiligini bildirish uchun kelib shunday debdi:
- Do'xtir, buyurgan tavsiyangizni siz aytgandek qilib bajardim. Bergan qog'ozingizni suvda qaynatib kuniga uch mahaldan ichdim. Mana ko'rib turganingizdek tuzalib, otdek bo'lib ketdim...

*    *     *

Ko'zlari yaxshi ko'rmaydigan keksa ayol uyqusizlikdan shikoyat qilar va uyqu dorisiga ko'nikib qolgan edi. Kunlardan birida kutilmaganda ana o'sha keksa ayol uyida uyqu dorilari tugab qolibdi. O'g'lidan dori olib kelishini iltimos qilibdi. O'g'li ham dorixonaga borsa, baxtga qarshi aynan o'sha dori tugab qolgan ekan. Uyga bo'sh qaytib, nima qilishini bilmay turganda, ko'zi bir chekkada idishda turgan loviyalarga tushibdi. Loviyalardan bittasini olib onasiga:
- Onajon, siz har doim ichadigan doridan qolmabdi, undan ham yaxshi yangiroq, yanada kuchliroq dori olib keldim, mana iching - debdi.
    O'sha kecha ayol ancha yaxshi uxlab, tetik holda uyqudan turgach, o'g'lidan so'rabdi:
  - O'g'lim, kecha bergan doring juda yaxshi ekan, rosa mizg'ib uxladim, bosh og'riqlarim ham yo'qoldi. Olib kelgan doringni nomi nima edi?
O'g'li esa:
 - Dorining nomi loviyazol edi, - deb javob beribdi.
Nom: Haydovchining himmati
Yuborildi: Abdulhafiz 13 Yanvar 2012, 20:10:38
Haydovchining himmati

Tuman markaziga borish uchun bekatda bo'sh turgan "Damas"ga o'tirdim. Hadeganda to'lavermadi, lekin kirachi ham poylab o'tirmadi, yurvordi.
Yo'lda bir to'da bola chuvillashib mashinani to'xtatishdi. Kirachi ularni manzillariga eltib qo'ydi. Bolalar xursand bo'lishib, haydovchiga rahmat aytishdi.
Vujudimni ajib bir tuyg'u qamrab oldi. Ko'p kirachilar bolalarga to'xtalishmaydi. Boisi - "ular pul berishmaydi". Bunday holatlarni ko'p ko'rganim uchunmi, bu yigitning himmatidan hayratlandim.
- Bolalarning duosiga qoldingiz-da! - dedim haydovchiga.
Yigit kulimsirab qo'ydi. Ozgina yurar-yurmas, bir voqeani so'zlab berdi:
- Bir amakini bilardim. Nafaqaga chiqdi. Bir idoraga ishi tushib, lavozimi kattaroq yigit huzuriga kiribdi. Yigit amakini izzat-hurmat bilan kutib olibdi. Amaki bundan g'oyat ajablanib, boisini so'rabdi.
Amaki uni kichik o'quvchi yoshida doim avtobusida olib ketar, chipta haqi ham so'ramas ekan. O'sha bola uchun u hayotidagi "eng yaxshi amaki" bo'lgan ekan... Amaki bu so'zlardan quvonibdi. Ishi oson bitganidan mamnun bo'lib, yigitni duo qilibdi.
Darhaqiqat, bolalar yaxshilikni unutishmaydi. Ularning duosida hikmat ko'p.

Adashali Bekmirzayev

"Hidoyat" jurnali 2009yil 7-son
Nom: Re: Mening blogim...
Yuborildi: Abdulhafiz 12 Mart 2012, 20:47:15
Ustiga tuz yuklangan eshak
Ustiga tuz ortilgan eshak daryo
kechuvidan o’tayotib toyib ketdi —
suvga yiqildi: tuz suvda erib ketib, yuk
 ancha yengillashdi, eshak benihoya
sevindi. Keyingi gal o’sha joydan 
o'tayotib, eshak: "œSuvga yiqilsam yukim yengilaydi, keyin turib
ketaveraman", deb o’yladi-da, atayin
yiqildi. Ittifoqo, bu gal eshakka
 yuvg'ich ortilgan edi: yuvg’ich suvni
shimib olib, yuki og’irlashib ketgan
 eshak eplanolmay qoldi-yu, suvga cho’kib ketdi.

Alqissa, ayrimlar ishlatgan hiyla-
nayrang ularning o’z boshiga
 yetarkan.
Nom: Re: Mening blogim...
Yuborildi: Abdulhafiz 11 Avgust 2012, 20:26:48
Farzandlarin to'yin ko'rmagan,
Nabiralar bo'yin ko'rmagan,
Hech bo'lmasa qirqqa kirmagan,
Orangizda otam bo'lsaydi.

Yarim ko'nglim, qani to'lsaydi,
Go'dak qalbim, diydor qo'msaydi,
Sochlari oq xasta bo'lsa ham,
Orangizda otam bo'lsaydi...
Nom: Re: Mening blogim...
Yuborildi: Abdulhafiz 18 Noyabr 2012, 20:09:33
5-6 oydan beri xorijda yurgan kishini, onasi bilan telefondagi suhbatidan:
- Ona: Bolalaringni sog'indingmi?
- Ha judayam sog'indim.
- Ona: Men ham bolamni sog'indim...
Nom: Javob: Mening blogim...
Yuborildi: Abdulhafiz 29 Oktyabr 2013, 19:46:13
   “Кир ювишни билмайдиган” қўшни



   Ёш эр-хотин янги ҳовлига кўчиб келишди. Кўчиб келган кунларининг эртасига хонада нонушта қилаётганларида, аёли ташқари томонда қўшнисининг ювилган кирларни осиб қўйганлигини кўрди ва эрига деди:


– Кирлар яхши ювилмаган. Қўшним яхши кир юва олмайди, шекилли. Эҳтимол унга яхшироқ совун керакдир.


   Эри ташқарига қаради ва индамади. Ҳар гал қўшниси кирларни дорга илганда, аёл худди шундай гапларни айтарди. Тахминан бир ойдан сўнг аёл дорда топ-тоза кийимлар илинганини кўриб ҳайрон қолди ва эрига деди:


– Қаранг! Қўшнимиз кирларни қандай ювиш кераклигини ўрганиб олибди. Унга буни ким ўргатганлигини билишни хоҳлардим…


– Бугун эрталаб вақтлироқ турдим ва ўзимизнинг деразани тозалаб қўйдим, – деб жавоб берди эри.





 Инглиз тилидан Ёлқин таржимаси, 2013

Manba: forum.islom.uz (http://forum.islom.uz)
Nom: Javob: Mening blogim...
Yuborildi: Abdulhafiz 03 Noyabr 2013, 18:33:32
Менинг эрим Раззоқ эмас!




   Бир вақтлар бир аёлнинг эри оламдан ўтди.

   Бир неча кунлардан сўнг аёлнинг дугоналаридан бири ундан сўради:


– Хўжайининг оламдан ўтгандан сўнг, оилангга қандай қилиб ғамхўрлик қила оляпсан? Ўзинг ва фарзандларингни қандай боқа оляпсан?

   
Аёл хотиржамлик билан жавоб берди:


– Менинг эрим Раззоқ эмас! Ризқимиз Аллоҳдандир!




   (Инглиз тилидан Ёлқин таржимаси, 2013)
forum.islom.uz (http://forum.islom.uz)dan
Nom: Mening blogim 2008yil 22-dekabr
Yuborildi: Abdulhafiz 22 Dekabr 2013, 21:46:51
:as:
Bugun forumga a'zo bo'lganimizga ham roppa-rosa 5 yil bo'libti. 2008yil 22-dekabr 23:46:06, vaqtni o'tishini qaranglar... Bu vaqt orasida forumdan juda ko'p narsa o'qib o'rganib, forumdosh aka-uka, opa-singillar orttirdim, bunga sababchi bo'lganlardan Alloh rozi bo'lsin(davomli qilsin)...
Agar kimnidir diliga ozor beradigan post qoldirgan bo'lsam, urz, rozi bo'linglar!
Inshaalloh "forumga a'zo bo'ganimga 50 yil bo'pti"
degan postlarni yozish nasib qilsin. Forumda forumdoshlarning faolliklari yanada oshsin, oramizdagi mehr oqibat ko'tarilmasin.
PS: Men o'zimni o'zim 5 yoshim bilan tabriklayman! :))
Nom: Javob: Mening blogim...
Yuborildi: Abdulhafiz 12 May 2014, 14:47:01
(https://fbcdn-photos-d-a.akamaihd.net/hphotos-ak-prn2/t1.0-0/10365775_700737166649146_2865488936252322932_n.jpg?_e_pi_=7%2CPAGE_ID10%2C2884892532)
O'glimiz Lutfulloh.
Nom: Javob: Mening blogim...
Yuborildi: Abdulhafiz 05 Fevral 2015, 08:23:03

                                        :as:
              ***Суюқ ҳақида Метафора***
Сен ширали сақич кабисан. Сени чайнашган сари ширанг йўқолиб боради. Чайнашавергач ёқимсизлашиб қоласан ва сени тупуриб ташлашади. Сен энди кимнингдир оёғига ёпишасан...!


А.Т.Ҳ.
FBdan
Nom: Javob: Mening blogim...
Yuborildi: Abdulhafiz 25 Iyun 2015, 01:43:49
МОҲИ РАМАЗОН!
Ойнинг чеҳрасида янги бир дарак,
Гўёки осмонга таралган азон.
Бари мўминларга бўлсин муборак
Ойларнинг султони – моҳи Рамазон!
Ҳар лаҳза сезамиз бул ойнинг кучин,
Кўнгиллар хотиржам... маҳзунлик нечун?!
Буюк бир жазодир шайтонлар учун
Ойларнинг султони – моҳи Рамазон!
Юраклар ёнадир, диллар ёнадир,
Хаёллар қаърида порлаган қадр,
Минг ойга тенглашган қадр шундадир,
Ойларнинг султони – моҳи Рамазон!
Ёронлар, бул қайтмас имконга шошинг,
Сизга ҳужжат бўлар Қуръонга шошинг.
Рўзадорлар уйи - Райёнга шошинг,
Ойларнинг султони – моҳи Рамазон!
Биз уни суямиз, парвонамиз-да,
Чунки биз Аллоҳга ишонамиз-да!
Киришга тайёрдир... Остонамизда
Ойларнинг султони – моҳи Рамазон!
X.Hamidov
Nom: Javob: Mening blogim...
Yuborildi: Abdulhafiz 25 Iyun 2015, 01:48:17
ЯҚИНЛАР
Қадрига етинг-е, бўлса акангиз,
Қўлини тутинг-е, бўлса укангиз.
Бир куни қуриса мадор, тинкангиз,
Бегоналар томон чопа олмайсиз,
Улардан бошқани топа олмайсиз!
Бошингизда тутинг мушфиқ синглингиз,
Кўтарар шу қизча бир кун кўнглингиз!
Ғамли кун келганда, шуни билингиз –
Ташвишлар эшигин ёпа олмайсиз,
Улардан бошқани топа олмайсиз!
Агар ёнингизда бўлса опангиз,
Пойини эмаклаб, суйиб ўпингиз!
Мусибат чоғида ҳар ён чопингиз,
Бозордан бошқа бир опа олмайсиз,
Улардан бошқани топа олмайсиз!
Яхши кунда қадрин билинг ёрингиз,
Дард келса шу бўлар ҳамбеморингиз...
Тарқалиб кетганда йўғу-борингиз,
Кўз ёшни бировга сепа олмайсиз,
Шу ёрдан бошқани топа олмайсиз!
Бугун шўх югурган жажжи болангиз
Артади бир куни кўзда жолангиз...
Суйкалиб келса гар бошин силангиз,
Бировнинг боласин ўпа олмайсиз,
Улардан бошқани топа олмайсиз!
Оҳ, қаттиқ авайланг бўлса онангиз,
Дуосини олинг бўлса отангиз!
Тузатинг шу бугун айбу хатонгиз,
Кейин кеч бўлади, хафа бўлмайсиз,
Улардан бошқани топа олмайсиз!!!
X.Hamidov