forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:19:22

Nom: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:19:22
Assalomu alaykum forum ishtirokchilari!
hozirda juda ham ko`payib ketgan teleseriallar haqidagi fikringiz qanday?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Munira xonim 27 Iyul 2006, 10:48:34
Va alaykum assalam.
Bu teleseriallar insonlarga ayniqsa yoshlarimizga juda ham yomon ta'sir qilyapti. To'g'ri o'rnak bo'ladiganlari ham bordir. Lekin yomon o'rnak bo'ladiganlari juda ham ko'p. Musulmonlarimiz shunday teleseriallarni ko'rib, shunday qilsa bo'lar ekan deb ularga taqlid qilib,o'zlarining kim ekanliklarini unutib qo'yishmoqda. Bu meni fikrim.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Foniy 27 Iyul 2006, 11:38:18
Assalomu alaykum do'stlar!
Shaxsan men o'zim seriallar ko'rishga umuman toqatim yo'q, hozirgi paytda ko'pchilik yoshlarimiz(kattalarimiz ham bundan mustasno emas) ayrim seriallar uchun hamma narsaga tayyor turishadi, nahotki osha serialdan biron bir moddiy yoki ma'naviy naf topishsa, ayniqsa Meksika teleserillari hozirda ko'pchilik yoshlarimizni o'zgartirib yuborayapti.., nachora, OAVlari shu narsalarni bemalol uzatib turgandan keyin bir narsa deyish qiyin...
Olloh Barchamizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin!
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: forumnnb 27 Iyul 2006, 18:53:34
Menimcha, hamma seriallar ham yomon emas, ayniqsa shu yilda ekranga chiqqan "Saroy javohiri" serialini hamma tomosha qildi desam xato qilmasam kerak.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:40:30
Otabek:
Men faqatgina koreys teleseriallarini hayotiy, deb hisoblayman...

Shaxina:
Nima koreysladan boshqasi nohaqiqiymi?

Otabek;
Boshqa seriallarning qanday yakun topishini oldindan aytib berishim mumkin...

Shaxina:
O`sha siz sevadigan koreys seriallarininig tarbiyaviy ahamiyati qanday?

Otabek;
Koreys seriallari sharqona odob-axloq, sharqona go'zallikni ifoda etadi...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:41:09
Kumushbibi:
"Ramayana" filmi garchi hayotiy bo'lmasa-da juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.Har bir yosh avlodga uni ko'rishni tavsiya etgan bo'lar edim.Unda aka-uka,ota-ona,oilaga,vatanga bo'lgan muhabbat ,gurur,mardlik va shu kabi fazilatlar rangli qilib berilgan.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:41:22
AbdulAziz:
Albatta har bir xalqning odob-axloqqa buyuruvchi tarbiyaviy eposlari bo`ladi. Ularda umuminsoniy g`oyalar tarannum etiladi.

"Ramayana" ham shulardan. Yana hozir efirga uzatishayotgan "Mahobhorat" haqida ham iliq fikrlar aytish mumkin.

Ikkinchi masala, ulardan faqatgina odob-axloqni olamiz. Dinni esa olmaymiz. Chunki, ushbu seriallarning ko`pgina qismlarida shirk va kufr jihatlari mavjud.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:42:24
Otabek;
Odamlarni "jinni"qilgan "Esmeralda", degan serial bo'lardi...

AbdulAziz:
"Esmeralda" yo`q bo`lib ketdi.
"KLON" haqida nima deysizlar?
"Klon"da musulmonlarni ifoda etish qanday bo`lgan? Ko`rgan odam musulmonlar haqida qanday taassurotga ega bo`ladi?

Kumushbibi:
Albatta har bir xalqning shunday tarbiyaviy eposlari mavjud.Aytmoqchimanki Hozirgi bo'layotgan Esmeralda va shunga o'xshash mexica serilallaridan ko'ra ko'proq shunaqa seriallar qo'yilsa yoshlar uchun ancha ibratli bo'lar edi.
Diniy tomondan siz haqsiz,ammo Mexico seriallaridan ko'ra afzalroq demoqchiman.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:43:31
AbdulAziz:
Savol: Seriallar jamiyatdagi odamlar hayot tarziga ta'sir qiladimi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:43:43
Otabek:
Albatta ta'sir qiladi. Yosh bolakaylar orasida "man Xose Armandoman", "u Esmeralda", "anovi Melisio", deb yurganlar ko'p guvox bo'lganman. Bu achinarli xolat...
Xali maktabga xam qadam qo'ymagan bolalarning shunday taqlid qilishlari - seriallarning ta'siri, deb o'ylayman...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:44:13
Kumushbibi:
Albatta.Hozirgi kunda yoshlarning dunyoqarashi,umuman o'zgarishiga ta'sir ko'rsatayoytgan asosiy omillardan biri.O'gil bolalarda bilmadimu,ammo qizlarda birinchi navbatda kiyinish etikasining o'zgarishi va yana bir qancha taqlidlar.Bu albatta achinarli xol.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:46:49
unknown:
To'g'ri "Kongil ko'chalari" yahshi serial ediku lekin 4 ta seriya ko'rsez zo'rg'ga ma'no chiqishi mumkin :(\

Men ham fikrizga qo'shilaman hozrgi qizlani kiyinishi o'g'il bolladan farqi yo'q. O'g'il billar ham shim kiyadi qizlar ham. Sochniku gapirmasayam bo'ladi...
Evropani kiyimini kiygan bilan evropalik bo'lib qomidi.
"Ho'rozqand evropaniki desa yotvolib yalashadiya" :D
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:47:02
AbdulAziz:
Juda to`gri aytasiz, seriallar bilan birgalikda bizga Yevropacha yengil hayot tarzi ham kirib kelayapti. Buni ko`chadagi kiyinishlardan ham ko`rishingiz mumkin.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:47:30
AbdulAziz:
O`zi o`zbek seriallariga ko`z tekkan. Bir-ikki seriyasi chiqadi-yu, keyin daf bo`pketadi.

"Kongil ko`chalari"yam
"Domla"yam

Ha aytgancha yana bitta serial bor. Telezorda qo`yaverib jonga tegib ketgan. Askarlar to`g`risida: "Sardor" Maza-matrasi yo`q serial ???
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:47:50
AbdulAziz:
Nega ko`proq qizlar shunaqa-a? Bilib-bilmay har xil narsalarga taqlid qilaverishadi?

Kumushbibi;
Negaki bu hayot shunaqa.Zamon o'zgargari sayin ularning ham o'zgargisi keladi.Bu holatni nafaqat qizlarda balki ba'zi yigitlarda ham kuzatishingiz mumkin.Tasavvur qiling ayol erining xoxishiga binoan hijobda,yoki o'zbekona kiyimlarda bo'lsayu,er ko'chada shim yoki kalta yupkalarda yurgan qizlarga havas qilsa.Albatta bu ularga qattiq ta'sir qiladi.Shundayin qizlarda ham.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:48:04
Shahina:
To`gri etasiz. Muammo faqat qizladamas. Bollayam yaxshi emas (hammasi ham emas). Ko`pchiligi shunaqa ochu-sochu qizlaga qiziqishadi-yu. o`zligini yaqinlarini bunaqaligini bilishmidi. :) :) :)
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:48:24
AbdulAziz:
Gapingiz yuz foiz haqiqat!!!
Albatta, jamiyatimizning yosh avlodi kiyinish borasida va boshqa sohalarda ham ajdodlarini ortda qoldirdi va ular tushlarida ham ko`rmagan tasavvur qilmagan holatlar vujudga keldiki, uni ko`rib achinib ketadi, odam.

Qizlarni kiyinish harakatlari yigitlarni o`ziga jalb qilish. Agar yigitlar bunga xayrihohlik qilsalar, qizlar ham haddidan oshaveradi. Afsuski, yigitlarimizga hma bu holat yoqadi, shekilli, O`ylamaydilarmi, o`z singillarini, opalarini, bo`lg`usiz qalliqlarini... ???
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:48:38
otabek:
Koreys va Meksika seriallari orasida qanday farq bor sizningcha? Qaysi biri hayotiyroq, deb o'ylaysiz?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:48:50
dilshod:
Otabek, manimcha koreys seriallari hayotiyroq, meksikaliklar juda bo`rttirvorishadi. :D
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:49:00
otabek:
Koreys seriallaridagi qaysi jihatlarini yoqtirasiz?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:49:25
assalom;
Koreys seriallarining (biz tomosha qilgan) ham asosiy mavzusi muhabbat. Koreys seriallarida voqelik romantika bilan bezalgan. Tabiat manzaralari, ob-havo hammasi ikki sevishgan yoshning kayfiyatidan kelib chiqadi.

Meksika seriallari esa o`ta ezma, va qiziqarsiz. Kratkost sestra talanta, degandek, koreys seriallari qisqa, ham mazmundor.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:49:55
AbdulAziz:

Iqtibos
Koreys seriallarining (biz tomosha qilgan) ham asosiy mavzusi muhabbat. Koreys seriallarida voqelik romantika bilan bezalgan. Tabiat manzaralari, ob-havo hammasi ikki sevishgan yoshning kayfiyatidan kelib chiqadi.
Bu holat ularning yutug`i. lekin o`zbekistonda uzatilganm koreys seriallarining (Panasonic company mahsuloti) ko`pini syujeti bir-biriga juda yaqin. Faqat fasllar almashadi xolos. Balki rejissori bir odamligi uchundir...  ???

Iqtibos
Meksika seriallari esa o`ta ezma, va qiziqarsiz. Kratkost sestra talanta, degandek, koreys seriallari qisqa, ham mazmundor.

Shu siz ezma va bema'ni deb atagan teleseriallarni ko`pgina o`zbek oilalarida intiqlik bilan kutishadi va oilaviy tomosha qilishadi. Hatto erkaklar ham. Bitta ortog`im aytib bergandi. Qaysidir serial yangi namoyish etilganda chollar xuftonga chiqmay qo`yishgan ekan.  :D
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:50:12
Otabek:
Har qancha tanqid qilinsa ham Meksika seriallari odamlarni o'ziga ohanrabodek tortayapti...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:50:26
muxbir:
Demak, o`sha odamlarni saviyasi o`sha Meksika seriallariga mos. Yoxud Meksika seriallarining ham saviyasi baland deguvchilar bormi? ???
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:50:37
otabek;
Gaplariyzga 200% qo'shilaman... Bu yerda saviya ham muhim...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:50:50
AbdulAziz:
O`zbek tomoshabininig saviyasi shunchal;ik past deb o`ylaysizlarmi?
Balki, hech narsa yo`qligidan ko`rayotgandir?
Yana balki? ???
   
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:51:02
Komron:
Otabek, mana siz Koreyada ekansiz. Koreyslarning serialga munosabatlari qanday? Hech qiziqib ko'rganmisiz?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:51:16
Otabek;
Agar koreys seriallarini ko'rgan bo'lsangiz ko'pchiligi qayg'uli yakun topadi. Men ham nimaga bunaqa ekanligidan hayron qolardim. Endi-endi bunga tushunib yetdim. Serial ham xalqning dunyoqarashidan kelib chiqib ishlab chiqazilar ekan. Darhaqiqat, koreyslar g'amgin seriallarni xush ko'rishadi. Shuning uchun koreys serialining so'nggi qismida serial qahramonlarining sevgisi poymol bo'lsa yoki qahramonlarning o'limi yuz bersa, bu xolatni o'sha xalqning mentaliteti bilan izoxlash mumkin.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:51:24
Nima koreysla mahzun xalqmi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:51:41
Otabek;
Yo'q. Aytmoqchi bo'lganim, ularda g'amgin seriallarga moyillik kuchli. Koreyslar sevgi faqat shodlikdan iborat emas, balki qayg'uli tomonlari ham bor, degan ma'noda shunday seriallar ishlab chiqazishadi. Lekin bu "koreyslar yotib olib mahzun seriallarni ko'rar ekan-da",degan fikrni keltirib chiqarmaydi: baxtli yakunlanadigan koreys seriallar ham anchagina.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:51:55
AbdulAziz:
Nega bo`lmasa bizga o`sha oxiri baxtli yakun topadiganlarini9 ko`rsatishmidi?
Ular qimmatmi? ???
   
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:52:07
Otabek;
Afsuski, qaysi serialni namoyish etish mani qo'limdamas-de...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:52:22
Komron:
Koreyslar ham bizga o'xshab Meksika, Braziliya seriallarini ko'rishadimi? Yoki faqat o'zlarinikini ko'rishadimi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:52:36
Otabek;
Yo'q. Koreyslarda Janubiy Amerika seriallariga qiziqish yo'q. Hali TVda biror marta Janubiy Amerika seriali namoyish etilganini ko'rmadim...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:52:48
Muxbir:
Rus seriallari haqida fikrilar qanaqa?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: zulayxo 04 Avgust 2006, 07:57:12
Bismillahir rohmanir rohiym
"Agar nopokning ko'pligi seni ajablantirsa ham, pok bilan nopok teng bo'la olmaydi, ey aql egalari, Allohga taqvo qiling, shoyadki najot topsangiz" (Moida100-oyat)
  Qilayotgan ishingiz "Allohni zikridan" qaytarsa u ish "harom" hisoblanadi!!!
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Shoxjahon12 04 Avgust 2006, 10:22:33
Muxbir:
Rus seriallari haqida fikrilar qanaqa?

"Chirog'i singan ko'chalar", "Uboynaya sila" seriallari menga yoqqan. Bu seriallar ko'proq  kriminal ruhda ishlangan.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:27:48
AbdulAziz;

Oxirgi paytda rus seriallariga ham qiziqish ortib bormoqda. Rus seriallarining eng qiziqtiradigan jihati unda mafiya va jinoyatchilik illatlari haqida ekanligidir. Bu mavzuga ko`pchilik qiziqadi. Shunday seriallardan biri "Brigada" bo`ldi. Buning qanday natijalarga olib kelganligi haqida bilgan bo`lsangiz kerak. Rossiya, ayniqsa Moskva ko`chalarida "Brigada"dagi guruhga o`xshagan jamoalar chiqib ketdi. Albatta bu oqlashga sabab bo`ladigan holat emas.
Yaqinda "Bliznitsi" degan serial qo`ydi. Bunda kechirasizlaru, o`zbeklar mentalitetini tahqirlovchi bir seriala bo`lganligidan boshqalarda ham yomon kayfiyat uyg`otdi.
Bundan oldin "Rodina jdyot" degan serialni qo`ygandi. Bu serial Buxoroda olingan ekan.

Xullasi kalom, boshqalar ham fikr beringlar >:(
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:28:27
mansur:

Salom forum ishtirokchilari!

Hozir mexico telleseriyallari ko`p qoyilyapti Masalan:begona, muhabbat mojarosi kabi serialar. Bu seriallar bizning madaniyatimizga to`g`ri keladimi. Shuni siz forum ishtirokchilaridan so`ramoqchiaman.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:29:00
shohista:

 Assalomu alaykum.
bilasmi, hozirgi bovotgan teleseriallani deyarli mazmuni, syuketi bir xil shuni uchun ulani birontasini kormiman. Lekin koreya seriallarini korib boraman, ula qanaqadir hayotiy real kinolaga oxshiydi. Meksika seriallariga ishongandan kora kopro man ertaylaga ishonaman ;)
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:29:10
Bonu;

Assalomu alaykum! Azizlar, mani sizlarga savolim bor edi: Hozirgi kunlarda O'zbekiston telekanalida qanday seriallar berilmoqda? Masalan, oldingi "Qish Sonatasi"kabi har bir insonni oziga jalb qiladigan seriallar bormi? Nomlarini va qaysi davlatniki ekanligini sanab otsangiz . Thanx
BONU
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:29:24
Bonu:

Otabek, huddi man bu yerni serialini koradigandek gapirasiz-a? ;D Ho'sh...bu yerda seriallarning ashaddiy ishqibozlari juda ham kop. Reklama juda kuchli har doim keyingi serialarni juda qiziq joylarini reklama qilib odamlarni intizor bolib kutishga majbur qilishsa kere. Serialla juda ham oddiy, Romance ga boy. Man juuuuda yahshi korib qolgan, hammani sevimlisi bolgan
"FRIENDS" - Do'stlar seriali komediya janrida bolib, korsangiz ozingizni kulgidan tohtata olmaysiz. 5 ta do'stning hayotidan olingan kulgili epizodlardan iborat bolgan ushbu serial bozorlarda juda ham qimmatga sotiladi. Ana shunaqa, qolganlarini bilmadim..... ???
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:29:38
Kumushbibi:

"Friends"ni men ham sevib tamosha qilaman.Haqiqatda juda yumorga boy :).Bizda tez-tez tv orqali berib boriladi.Hozirda ''Everybody Loves Raymond"ni berishyapti.Juda yaxshi ishlangan.Bu serial bitta oila yani Qaynona va qaynota,ikki o'gil va kelin ishtirokidagi komediyalardan iborat.Biz tomonlarga mehmon bo'lsangiz ''Friends"ni tekinga ko'rib ketasiz. ;)
http://www2.warnerbros.com/friendstv/container.html
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:29:52
Otabek:

AQSHda Janubiy Amerika seriallariga munosabat qanday? Ular ham bizga o'xshab yotib olib "Esmeralda"yu "Kamilla"larni ko'rishadimi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:30:06
Kumushbibi;

Haligacha bunday holatga duch kelmaganman.Men bilgan insonlarda ham uchratmaganman.
Balki shunday seriallarning ham ishqibozlari bordir.Lekin bu yerda odamlar (ba'zilarini hisobga olmaganda) vaqtni qadrlay olishadi(qanday o'tkazishni bilishadi).
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:30:19
Bonu:

 Masalan, Angliyaliklar orasida serial korish juda popular emas, lekin umuman Braziliya seriallaridaka uzun yoki umuman Janubiy Amerikaniki hali borligini ham bilmiman, shu chet eldagi yoshlar(koproq qizlar) seriallarga hozir juda ham qiziqib borishyapti. Dostlarim orasida gapirib qolinadi shu haqda, lekin koproq bo'tta kinolar ko'riladi, ayniqsa KINOTEATRlarga juda ham kop borishadi, haftada 1 borishmasa bolmaydi. Eng yangi chiqqan kinolarni taqdimoti rosa reklama qilinadi, keyin koras biletga ocheredni!!!Bizada shu uyda DVD korish rusum. Lekin bizada vaqt qayoqda deysiz bunaqa narsalarga! ;)
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:30:40
Noza:

Hammaga Salom! :)
Seriallar haqida gap borar ekan mani fikrimcha.....
To'g'ri Mexico yoki boshqa bir Lotin Amerikasi davlatlari olayotgan bu kinolar kimgadir qiziq kimgadir bemani.
Man masalan bu davlatlarni kinosini bekorchi bo'lgan vaqtimdagina ko'rishim mumkin.
Bo'lmasa umuman ko'rmiman.
Bir marta "Esmeralda" seriali Tv da qo'yilayotganda man ham o'zimga "Ke shu serialni bir tomosha qilichi hamma mahtayabdi" degandi.
Ishonsangiz 10 minut ham ko'rolmadim.
1 dan juda ezma kino,
2 dan olinishi ham jida past saviyada.
Otabekning gaplariga qo'shilaman.
Koreys kinolariga gap yoq.
Masalan "Vabang" ("Tavakkal") filmi manga juda juda yoqqan edi.
Bu kino Romantikaga boy bo'lmasa ham xaqiqiy kino.
XAQQONIY, REAL kino edi.
Manga Koreys kinolarida asosan ularning 1 mavzuga qaratilgan jihati juda yoqadi.
Ularning kinolarida romantika ham bor, axloq ham bor, manzara ham zo'r.
O'zbeklarda ham yahshi seriallar bor.
Manimcha "Shaytanat" yomon kino emas.
Umuman bizning Tv hali rivojlanmagan.
Bizning TV da boshqa qiziqarli ko'rsatuv bo'lmagani uchun ham odamlar shunday seriallarni ko'rishga odatlanib qolishgan.
Manimcha "Ramayana", "Mahob horat" kabi seriallarni berguncha "Muhammadun Rasulullox" serialini 10 marta qaytarsa ham ARZIDI!!!!!!!!!!!!!! ;)
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:31:29
AbdulAziz:

Iqtibos
Hammaga Salom!

Va alaykum assalom! Forumim izga xush kelibsiz!
Iqtibos
Seriallar haqida gap borar ekan mani fikrimcha.....
To'g'ri Mexico yoki boshqa bir Lotin Amerikasi davlatlari olayotgan bu kinolar kimgadir qiziq kimgadir bemani.
Man masalan bu davlatlarni kinosini bekorchi bo'lgan vaqtimdagina ko'rishim mumkin.
Bo'lmasa umuman ko'rmiman.
Meksika seriallari, america seriallari ham (masalan, «santa barbara») kimga yoqadi? Bekorchilarga!
Iqtibos
Bir marta «Esmeralda» seriali Tv da qo'yilayotganda man ham o'zimga «Ke shu serialni bir tomosha qilichi hamma mahtayabdi» degandi.
Ishonsangiz 10 minut ham ko'rolmadim.
1 dan juda ezma kino,
2 dan olinishi ham jida past saviyada.
3-dan mentalitetimizga to`gri kelmaydi.
4-dan syujeti o`ta haqiqatdan yiroq.
5-dab g`irt bema'ni.
Iqtibos
Otabekning gaplariga qo'shilaman.
Koreys kinolariga gap yoq.
Masalan «Vabang» («Tavakkal») filmi manga juda juda yoqqan edi.
Bu kino Romantikaga boy bo'lmasa ham xaqiqiy kino.
XAQQONIY, REAL kino edi.
Manga Koreys kinolarida asosan ularning 1 mavzuga qaratilgan jihati juda yoqadi.
Ularning kinolarida romantika ham bor, axloq ham bor, manzara ham zo'r.
Aytish mumkinki, america, latinamerica seriallaridan ko`ra rus, koreys seriallari ortiqroq. Lekin ular ham ideal emas. To`gri o`rganish va tadbiq qilish kerakdir ba'zi jihatlarini, lekin yuqoridagi kamchiliklar ularda ham mavjud.
Iqtibos
O'zbeklarda ham yahshi seriallar bor.
Manimcha «Shaytanat» yomon kino emas.
«Shaytanat» yaxshi asar, shuning uchun TV varianti ham yaxshi chiqqan. Lekin hamma qismlari ham efirga uzatilsa va «Domla», «Ko`ngil ko`chalari», «Charxpalak»ka o`xshab «yo`qolib qolmasa yaxshi bo`lardi.
Iqtibos
Umuman bizning Tv hali rivojlanmagan.
Bizning TV da boshqa qiziqarli ko'rsatuv bo'lmagani uchun ham odamlar shunday seriallarni ko'rishga odatlanib qolishgan.
TV rivojlanmagan deb bo`lmaydi. Usul eski, Rus TVlaridek yangilikka intilish yo`q. (Baz'i ko`rsatuvlarni hisobga olmaganda.
Iqtibos
Manimcha «Ramayana», «Mahob horat» kabi seriallarni berguncha «Muhammadun Rasulullox» serialini 10 marta qaytarsa ham ARZIDI!!!!!!!!!!!!!!
Ha «Muhammadur Rasululloh» kabi seriallar odamlarga qaysidir ma'noda bilim, qaysidir ma'noda ma'rifat berar edi. O`zimizning allomalarimiz haqida ham shunday seriallar ishlansa juda yaxshi ish bo`lardi. Nimagadir kinomiz faqat ashulachilarga qoldi... :(
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:32:18
Assalom:

Assalomu alaykum!
Shu serialsifat Reklama-kinolarining tomoshabinga foyda jihati bormi?
Nega shunday kinolarga, seriallarga ehtiyoj kuchli?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:32:30
Samo;

Eh inson umri bir marta berilishi har doim esda saqlolganida edi OZI ni hayoti bilan yahsar
edi
koplab insonlar esa Seriallar hayoti bilan yashamoqda.
bir oylab korsa ozini hayoti MAZMUNLIROQ bolarmidi ?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:32:42
Noza:

Seriallarda kimdur o'ziga yoqadigan aktyorni ko'rish uchun ko'radi, kimdir serial voqealariga qiziqib uni tomosha qiladi, yana kimdur serialni umuman bekorchilikdan ko'radi.
Seriallarni foydasi bormi yoqmi? Man uchun yoq. To'g'ri bir hil seriallarda hayotiy voqealar aks etadi. Har bir tomoshabin bu voqealardan o'ziga yarasha hulosa chiqaradi. Kimdur hayotda bu narsallarni qo'llashi ham mumkin???? Yana bilmadim.
Bilasizmi nega bu seriallarga ehtiyoj kuchli, seriallarda umuman kinolarda hayot go'zal, problemalar yoq qilib ko'rsatiladi, agar biron bir muammo bo'lsa ham kinolarda bu tez va oson hal bo'ladi. Hayotda esa unaka emas! Shuning uchun odamlar hech bo'lmasa kino, seriallarga qarab o'zlariga ta'salli bersalar kerak. Balki shuning uchun ham odamlar bunday kino, seriallarni ko'rishni yoqtirsalar kerak.Yana bilmadim. Albatta bu kulgili bo'lishi mumkin. Lekin shunday odamlar ham kam emas.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:32:56
Otabek:
Kechirasiz, siz ham serial ko'rasizmi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:33:10
Samo:

Ha kuniga 24 soat
haftasiga 7 kun. Hayot Serialini :)
Hayot serialini KUZATISH biroz mushkul
shuni organish payidaman.

PS Yoq. Ayrim paytlar foydali film bolsa koraman.
tahminan 1 oyda tv-film uchun 20 soatcha vaqtim ketadi. Shuni
kamaytirishim kerak
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:33:25
AbdulAziz:

Gaplarizga qo`shilaman Noza!
seriallarda umuman kinolarda hayot go'zal, problemalar yoq qilib ko'rsatiladi
Haqiqatda san'at (adabiyot, musiqa, kino va h) ga nima uchun odam qiziqadi?
Chunki unda hayot go`zal qilib tasvirlanadi. garchi utopiyanamo bo`lsa-da, inson o`z his-tuyg`ulari, orzularini qog`ozga, lentaga bitadi. Shuning uchun ham san'at insonni ohanrabodek o`ziga tortadi.
Endi seriallarga kelsak, ularning aksariyati syujeti bir xil: ya'ni albatta ikkita sevishgan bo`ladi, va oxirida ular baxtga erishadilar. Hayotdachi? hayot seriallardagidek emas, uning o`nqir-cho`nqir yo`llari mavjud. Serialda rejissorlar senariyni o`zgartirishlari mumkin.
Lekin hayot senariysini o`zgartirib bo`ladimi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:33:45
Bonu:

Assalomu alaykum wr wb!
Man ham yuqoridagi fikrlarga qoshilaman.
Lekin bitta narsani soramoqchi edim, har gal shu savolimga javob olomayman. Hozirda Uzbeksitonda hali ham uzundan uzoq Lotin Amerika mamlakatlari qoyiladimi? Koreaning hammani oziga jalb qiluvchu seriallarichi? Qish Sonatasi kabi.... :DHozir qanaqa seriallar ketyapti, nommma nom etsangiz juda hursand bolardim, hech kim shuni aytgisi kemidi ,kormidigan bolselar ham shu reklamalardan korgandirsila, qanaqa seriallarligini! Yangi tarjima qilinganlardanchi bilaslami?>Oldindan rahmat...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:34:00
AbdulAziz:

Ha, qo`yiladi haliyam, o`sha bema'ni, odamlarning vaqtini, qalbini, iymonini o`g`irlaydigan, hayosizlikka, xiyonatga chorlovchi Amerika seriallari hali hamon ekranlarimizda!!!
Ikkala kanaldan ham qo`yiladi. Ko`rishga, hatto reklamasini eshitishga ham toqatim yo`q. Mayli, hozir TV-programmadan ko`rib bilib beraman:
1. "O`zbekiston" kanalidan dushanba, seshanba, chorshanba. payshanba kunlari 9.30 da "Begona" serialini qo`yisharkan.
2. "O`zbekiston" kanalida shanba kuni "Sevgi tilsimi" serialini qo`yarkan.
3. "Yoshlar" telekanalida haftaning 5 kunida 8.30 da "Muhabbat mojarosi" seriali qo`yilarkan.
4. "Yoshlar" telekanalida haftaning 5 kunida 22.30 da "Haqiqat chegarasi" seriali qo`yilarkan.
5. "Yoshlar" telekanalida har shanba va yakshanba kunlari 20.05 da "Mahobhorat" seriali qo`yilarkan.
6. Sport kanalida har kuni "Qaqnus" degan serila qo`yarkan.
7. TTV da har kuni "O`g`rini ushla" degan serial qo`yisharkan.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:34:15
Bonu:

Assalomu alaykum! Ma'lumotingiz uchun katta rahmat, lekin lol! :o shunchalik ham kopmi? degandim, va oqisam koplari har doimgidek edki seriallar ekan.
Man ham ozi juda qiziqmiman, har doim oqishda ham qizlar serial haqida gaplashishsa yuragim siqilib ketardi, lekin bilmadim. Bilasmi manimcha "Haqiqat chegarasi deganni 5 yildan beri berishadi, yana har yili, u kino chiqqaniga asrlar bop kettiyov! "Og'rini ushla deganini bervurib odamlarni bezor qilsihgan, "Muhabbat mojarosi ham juda tanish...yana yangi seriallar ham chiqibdide! Lekin "Mahobhorat"juda zor bopti. Oldin kichkintoyligimda korardim uni. Hozir rosa korgim kepketti. Etgancha ketishimdan oldin Sport kanali ochilgandi, esimda ham yoq. Yana boshqa kanal ochish rejalar yoqmi hozircha?
   
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:34:35
Noza:

Salom!
BONU! Eshitdingizmi yo'qmi bilmimanu, lekin 6 oycha bo'lib qoldi Markaz TV degan kanal ochilganiga.
Manga masalan bu kanal yoqadi.
Oldinlari faqat chet el (asosan Rossiya) MTV larini ko'rardim.
Hozir hudoga shukur bizda ham shunday kanal ochildi.
Umuman olganda yomon kanal emas.
Lekin hali to'liq efirga ketmayabdi. Faqat 12:00 dan 24:00 gacha.
Shunaqa gaplar!
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:34:46
Bonu:

Yoq, bu kanalni eshitmagandim, qaranga!!!! ;)
SHu haqida malumot bersangiz hali Toshkentga borsam hayron bolib hech narsa b ilmay yurmay yana! Ozi qanaqa kanal? Gapizga qaraganda Musiqa kanaliga ohshidi? nimalar beriladi?
   
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:34:58
AbdulAziz:

Wa alaykum assalam!
Yuqorida yozilgan seriallarning bittasini ham ko`rmaganman. Lekin "Ramayana"ning ba'zi qismlarini ko`rgandim. Hindlar milliyligi va bizga to`gri kelmaydigan diniy motivlar ufurib turgan bo`lsa ham, tarbiyaviy jihatdan yaxshi serial. Ayniqsa, aka-uka, ota-ona, do`st-yorlar o`rtasidagi mehr-muhabbatni aynan shu serialdan o`rgansa bo`ladi.
Boshqalari haqida bir narsa deyolmiyman. ha aytgancha, to`yda xizmat qilib yuribman-u. ikkita 7-8 yoshlardagi bolaning suhbati e'tiborimni tortdi:
- Kecha Paolani ko'rdingmi?
- Ha, zo`r bo`ldi, uni eri boridi-yu, osha boshqasi bilan yurarkan.
- Ha, kecha Paola erini ushlab oldi.
- Endi ajrashisharkan...
8 yoshli bolaning ongidagi o`zgarishni ko`ryapsizmi? Bu nimadan? Bugun bundan debturgan boladan ertaga kim chiqadi? Bugun Paolayu yana balo-bvattarlariga taqlid qilgan qizlarimiz, bolalar ertaga kimga yor bo`ladi?...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:35:15
Bonu:

Man ham huddi shu narsani guvohi bolganman, juda ham yomon holat, bundan battar behayo joylarigacha gaplashishadi hozirgilar. Ayniqsa 7 yoshdan 15 yoshgacha bolganlar juuuda ham qiziqishadi, yana uni ustiga usti odamlar bizness qilib pul topib olay deb, hamma yoqqa oshalarni ideal qilib chiqargan rasmlaru , oquv qurollariyu, kalendarlaru, hullas, hamma narsalar chiqarishadi, bir yili esimda bor, Esmeralda seriali berilvotganda, kochaga chiqsez hamma yoqda uni rasmi, sentyabrda oquv qurollari olishga borsez hamma daftarda uni rasmi..shunga chalgimay yana nimaga chalgishsin bechora maktab yoshlari!!!
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:35:25
Noza:

Bu kanal o'zi yaqindan beri efirga chiqmoqda.Manimcha yomon emas. Siz etgande faqat kliplar emas hozir.
Hozir kinolar ham qo'yilmoqda. Bundan tashqari News , hit parad. Boshlanishiga yomon emas. Umuman bu kanal manga boshqalariga nisbatan ko'proq yoqadi.
Bu kanalda hind kinolaridan ham, chet el va o'zbek estradasidan ham qo'shiqlar beradi.
Bunisi juda ma'qul
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:35:38
AbdulAziz;

Ha, mana teleseriallarning zararini ko`rib turibmiz.
Siz aytgan holatdan ayrim shotirlar foydalanib qolmoqdalar. Endi o`ylab qoling, daftari ham, futbolkasi ham, kalendari hammasi "sevimli" qahramoni rasmlari bilan to`lib toshgan yosh bola o`ziga o`sha qahramonni ideal qilib oladi va harakteri ham shunga o`xshab boradi.
Man yana bir narsaga e'tibor berdim. Shu behayo, bema'ni seriallar ayni hamma uydaligida, juda qulay vaqtda - 8.30 da qo`yilarkan. 11 dan keyin qo`yishning ham iloji bor-ku! Nima bu atayin millatni aynitishga qo`yilgan harakatmi? Bugun TV dan ehtiroslar-u, behayo tasvirlarni ko`rib ulg`aygan millatdoshimiz ertaga kim bo`lib yetishadi? Nega mutasaddilar shu jihatlarga e'tibor bermaydilar?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:35:51
Noza:

Hozircha MARKAZ TV ni hech bir programmada ko'rmadim. Manimcha hali bu kanal to'liq ya'ni 100% tayyor bo'lmaganligi uchun proggrammasi yoq.
Ha bu kanalda seriallar ham qo'yilmoqda. Otabek! Man sizdan qo'shiqlarini so'ragan koreys kinosi "VABANK" ni qo'yishayabdi.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:36:04
Mohinur:

Assalomu alaykum hamma forum ishtirokchilariga!
Qalaysizlar? Forumda ishtirok etmaganimga ham bir oylar bo`lgandi. Juda ko`p yangiliklar bo`libdi.
Barchangizaga tashakkur!
Noza, "Vabank" qanaqa serial ekan? "qish sonatasi", "Yoz ifori" larning davomimi? Yoki shunga o`xshashmi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:36:16
Noza:

Salom Mohinur!
"Vabank" umuman "Qish sonatasi" "Yoz ifori" kabi ezma kino emas. Manga shunisi bilan ham juda yoqgan bu Korea seriali. Bu kino boshqalariga nisbatan tabiiyroq, ya'ni raelno! Kimga qanaqa yoqadi bilmadimku lekin manga juda yoqdi bu serial.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:36:31
Margilanets:

Shu telekanal boshqa joylarda nimaga ko`rsatmaydi?
Boshqa joylarga uzatishsayam bo`ladi-yu.
Lekin bizga keremas.
O`zimiz telekanallar bor.
   
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:36:44
Noza:

Manimcha bu hozircha shunday, vaqtinchalik
Keyinchalik Markaz TV ham O'zbekistonnig boshqa viloyatlarida ham efirga ketsa kerak
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:37:02
Margilanets:

SAVOL: Nimaga o`zbekcha teleseriallar yo`qalib ketyapti? Bir chiqadi-da, keyin yo`g` bo`pketadi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:37:13
Noza:

Seriallar yoqolib ketvotti, lekin kinolar ko'payvottiku ayniqsa ashulachilarimiz bilan olinayotgan kinolar. Balki o'zbeklar hali seriallar olishga hali tayyor emasdir. Serial olganda ham qanaqa serial.................
Axir bunga katta mablag' kerak
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:37:28
Margilanets:

Ha, hozirgi ashula kinolardi bizam ko`ryappiz. Har xil VCDlarini ko`pligidan qaysi birini ko`rishni bilmysiz. Lekin hammasi bir xil.
Oldinlari bo`lardi-yu, Domla, Ko`ngil ko`chalari, Charxpalak, ana "Shaytanat"am zo`r serial. Shuniyam davom ettirishmadi, balki, bizga ko`rsatishmadi...
Siz qaysi seriallarni sevib tomosha qilgansiz?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:37:41
Otabek;

Manga "Shaytanat" va "Ko'ngil ko'chalari" yoqqan.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:37:52
Noza:

Manga Korea seriallari ko'proq yoqadi.
Lekin serial ko'rishni uncha hush ko'rmiman.
Korea mayli, LotinAmerikasi seriallarini juda cho'zvoradi. Agar o'zbek seriallarini nazarda tutayotgan bo'lsez manga ham "Ko'ngil ko'chalari", "Shaytanat" ham yoqardi.
Lekin baribir serialdan ko'ra oddiy 1-2 seriali kino yahshi deb o'yliman, albatta mazmuniga qarab..............
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:38:04
Margilanets:

Gaplarizga qoshilaman. Ayniqsa bitta serila bor: Santa Barbara, esimi taniganimdan beri qo`yadi. Odamlar zerikib ketmasmikin-a?
Ozimizdegi manga yoqqan serial "Shaytanat" bo`ldi. Zo`r olingan. Boshqa seriallar oxiriga yetmagani yaxshi bo`lmadi.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:38:20
Noza:

Hozir 1TV da yangi Koreys seriali ketmoqda. Nomini bilmiman. Lekin komedia ekan. Juda qiziqarli. O'zim ham uncha to'liq ko'rganim yoq bu serialni. Atiga 1 ta seriasini ko'rdim, lekin juda qiziq ekan!
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:38:31
Mohinur:

Men ham ko`rmadim. Qanaqa serial ekan?

Otabek aka, sizga savol: Shu seriallarni sotib olishadimi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:38:44
Otabek:

Albatta, sotib olishadi. Serialni yaratgan tomonning roziligisiz serialni boshqa TVda namoyish etish mumkin emas.
Hozir O'zTVda yangi koreyscha serial qo'yilayapti, deb eshitdim. Komediya janrida ekan. Serialni nomini aytolmiysizlarmi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:39:00
Margilanets:

Bugun sog`ot 7 larda ko`chada hich kim qomadi, keyin bilsam, hamma uyga kirketib serial ko`ryakkanakan, qanaqadir "Klon"di oxirgi seriali bugun bo`pti.
Silaram ko`rasilarmi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:39:11
Noza:
Bu bo'limda ushbu serial haqida ham bir necha fikrlar yozilgan edi. Bu serial adshmasam 2004 yilda eng yahshi seriallardan biri deb tan olingandi. "Klon" da ko'p narsalarni oshirib yuborgan. Lekin manga bu serialni mazmunidan ko'ra uni olinishi, manzarasi juda yoqardi.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:39:26
Noza:

Toshkent TV sida yana o'sha hammamiz "sevib tomosha qiladigan ;D seriallarimisdan" "Esmeralda" va "Morena Klara" boshlandi deb eshitdim
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:39:39
AbdulAziz:

Obbo!
Yana-ya?
T`oyishmadimikin?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:39:50
Noza:

To'yishmaganga o'xshaydi.
Chunki ko'pchilikni og'zida shu
"-Vay eshittilarmi Esmeralda boshlanibdi?
- Soat nechchida ekan?
- "Begonadan" keyin bersa yahshi bo'lardi"
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:40:08
Bonu:

Ajabo!!! teleradiokompaniya qayoqqa qaravotti??? Shunaqasi ham boladimi??? hammani vaqtini olishdan boshqasimas. Qaysi vaqt berarkan shu Esmeraldani yana bolalar uhlamasdan ularni miyasini buzishmasin huddi oldingi galadaka!
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:40:20
Margilanets:

Manam shunga hayron qolaman.
Buni nafaqat ayollar, ba'zi erkaklaram ko`rarkan. Man bir-ikkitasini bilaman, xotinlari bilan, bola-chaqasi bilan billa ko`rarkan.
ha, keyin bitta o`rtag`im bitta voqeani aytiberdi. Qaysidir qishlaqqa borganakan. O`sha kuni xuftonga machitga chiqsa, chollar yo`qmish, keyin bilsa shu kuni qaysidir serialdi zo`r joyi bo`ganakan, shunichun jamoatdanam kechib qo`yishibdi, shum chollar. ???
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:40:29
Noza:

Aynan siz etgande bu seriallarni kechki payt berar ekan. Yana qaysi kanaldan deng "Yoshlar" mish. Hech bir yoshlarga ta'luqli tayinli programma ham yoq. Albatta bundan keyin biz nima ko'rishimiz kerak? Rossiya yoki boshqa bir davlatning TV sida berayotgan kinomi, klipnimi ko'ramizda......................
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:40:45
Nodirbek:
Assalomu alaykum. Seriallar haqida menda ham bir-ikki fikr bor edi. Umuman G'arb davlatlari tomonidan ishlangan seriallarda men birorta ham tarbiyaviy ahamiyatni ko'rmaganman. To'g'risi bu haqda o'ylasam achinib ketaman. Avvallari biz oila a'zolarimiz bilan birorta film tomosha qilayotganimizda "jonim" degan so'z ishlatilib qolsa uyatdan o'zimizni qo'yarga joy topolmay qolardik. Endi-chi ..? Umuman bu seriallar Ma'naviy tubanlik, hayosizlik va bachkanalikdan boshqa hech narsa bermayapti bizga.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:40:57
Mohinur:
\
Assalomu alaykum Nodirbek!
Gaplarizga qoshilaman.
Ha, bu bema'ni seriallarni qo`ygandan kimga va nimaga foyda? Shuni tushunolmayapman.
Bu seriallarni qo`yib, bundan maqsad nima? Ularning o`rniga yaxshi seriallar topib, shularni namoyish qilsa ham bo`ladi-ku!
Nima bu bilan millatimizga qanday qilib uzr, "o`ynash" qidirishni, qanday qilib "oila qurish"ni o`rgatishmoqchimi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:41:09
Mohinur:

Hurmatli Mohinur. Sizning gaplaringizni o'qib juda xursand bo'ldim. Negaki bu masalada men ko'proq ayollardan hafa bo'layotgandim. Chunki aynan ayollar bugungi kunda seriallarga mukkasidan ketishgan. Natijada bolalar ham ana shunday kinolar ta'siriga tushib qolishayapti. O'zlari bilib bilmay bolalarini noto'g'ri yo'lga boshlashayapti. Hozir ham yosh bolalariga ertaklar, dostonlar o'qib beradigan ayollar bormikan-a?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:41:20
Maknuna:

Naga har doim ayollarimizani ayblashadi. Nima erkela orasidayam bir kun serialli ko`rmasa

boshqacha bo`pqoladiganlari bor.
Man uladan bitta-ikkitasini taniyman. Ula har kungi serialli kevolib muhokama qilishadi. Ipidan

ignasigacha bilishadi.
Bolala tarbiyasi toboro bizilib ketvotti. Bunga serialladan boshqa narsalayam sabab boladi.
Bormikan deb savolli juda aktual qo`yib yo`q, demoqchimisiz?
Naga endi hoziram bor. Mana mani oyimla jiyanlarimga har kuni kechgi ovqatdan keyin har xil

ertelar etiberadilar....
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:41:34
Otabek:

Hurmatli forumchilar! Biz shu paytgacha seriallarning faqat salbiy tomonlari haqidagina gaplashdik. O'ylab ko'raylikchi, seriallarning yaxshi tomonlari, foydali jihatlari ham bormikan???
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:41:44
Noza:

Hammaga Salom!
Albatta 5 qo'l baravar bo'lmagandek, seriallar orasida haqiqiy, ya'ni hayotiy seriallar ham bor.
Odatda 100-200 seriali seriallar bema'ni va oldi qochdi gaplarga to'la bo'ladi. Buni hammamiz juda yahshi bilamiz. Ayrim seriallar bor ularda hayotiy gaplar, hayotiy voqealar aks etadi.
Lekin hozirgi paytda bunaqa seriallarni faqat qo'l bilan sanash mumkin. Ular juda kam. Yoki bizning TV da qo'tilmaydi
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:41:59
Otabek:

Masalan, qaysi seriallarni "pichoqqa ilinadigan" serial deb hisoblaysiz?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:42:11
Noza:

Man uchun "pichoqqa ilinadigan" serial o'sha etib o'tganimiz "Shaytanat", "Vabank".
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:42:30
Margilanets:

Ha, yaxshi sreriallaram bor.
Lekin ular kam ko`rsatiladi-da, undan foyda yo`q, chon`takka,
Anu jinnicha seriallarni ko`pchili ko`radi, ichiga reklama joylashadi va soqqa qilishadi, yaxshi seriallar bor, ulardan foyda yo`q, chontakka, shunichun bunaqa seriallarni sotvolishmiydi.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:42:47
Farzonochka:

Torisini etsam Tv da qoyilvotgan hamma teleserialladan bezor boldim
Albatta kormiman, lekin boshqala korsam ham jahlim chiqadi, nega kere ekan shu filmla, kimgadir bula "zavq" bag`ishlar, lekin hozir 2-3 yoshli bolani og`zida ham Esmeralda, Palumo, Verheniya.. va hokazo, hatto ulani oynashvotgan oyinlarida ham shu nomlani oziligiga qoyib olishgan, Bu bola miyasiga yaxshi ta`sir etmayapti....
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:42:58
Maknuna:

Gaplarizga qo'shilaman, farzona!
Teleseriallarning foydasidan kora zarari koproq deb oylayman, Chunki uni korvotgna yoshlaga ta'sri kotta bovotti.
Hatto kichkina bolalar ham hayotning aldovli, yosh bola bilishi kerak bolmagan holatlarini ham shu seriallardan organishmoqda.
Bu narsaning ta'sirini ayni damlarda kochaga chiqib ko'ring. Tuppa tuzk ozbek qizlarimizayam shu seriallanikidaka behayo kiyimlani kiyib yurishibdi.
   
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:43:13
Farzonochka:

Xuddi shuni ettimde man xam.
Kimga qaramen, og`zida osha kino taxlili.
uychilari ham etishmasmikin, "san korma, yoshli qilasan" deb. yo ula ozligisi bollani chaqirishadi.
"kel, kino boshlandi" ... ana shunga man qarshiman...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:43:23
Kamol:

Siz, masalan, umuman serial ko'rmaysizmi?
Sizlar ko'radigan seriallar ham bormi?
   
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:43:37
Farzonochka:

Tori savol, man ham koraman serial.
Oxirgi sevib korgan serialim "qish sonatasi' edi.
U haqiqy ishonsa boladigan serial edi.
Urf-odat, madaniyatlari uzbelaga yaqin.
Balki shuning uchundri, serialni oilaviy korvotganda ham hech "xijolat" bolib qoladigan joylari yoq. Mexico seriallari esa umuman .... manga yoqmidi. Endi bu mani fikrim albatta.
   
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:43:54
Assalom:

Oldinlari Ramazonda ma'naviy-islomiy seriallar qo'yilardi, hozir ham qo'yilyaptimi?
Yoki bir-birini quchoqlab o'pishishi namoyish etadigan seriallarmi haliyam?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:44:08
AbdulAziz:

17-23 oktabr O'zbekiston televideniyelari dasturlarini kuzatamiz:
Ramazonga oyida ma'rifiy ko'rsatuvlar:
O'zTV I. Dushanba, 17.20-17.45 - "Ramazon tuhfasi"
O'zTV I. Seshanba, 17.20-17.45 - "Ramazon tuhfasi"
O'zTV I. Chorshanba, 17.15-17.40 - "Ramazon tuhfasi"
O'zTV I. Payshanba, 17.15-17.40 - "Ramazon tuhfasi"
O'zTV I. Juma, 17.15-17.40 - "Ramazon tuhfasi"
O'zTV I. Shanba, 9.40-10.00 - "Hidoyat sari"
O'zTV I. Shanba, 17.15-17.40 - "Ramazon tuhfasi"
O'zTV I. Shanba, 17.10-17.35 - "Ramazon tuhfasi"

SERIALLAR
O'zbekiston telekanali:
"Oshin" - dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba - soat 18.50 da
"Egizaklar" - dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma - soat 20.05 da
"Usta Hasan" - dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma - soat 22.05 da

Yoshlar telekanali
"Esmeralda" - seshanba, chorshanba, payshanba, juma - 22.50 da
"Kusto komandasining suvosti sarguzashtlari" - payshanba, juma - 11.45 da
"Dallas" - payshanba, juma - 16.45 da
"Muhabbat va ehtiros" - juma, shanba, yakshanba - 21.10 da

Toshkent telekanali
"Morena Klara" - dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma - soat 20.20 da

30 kanal
"Ayol zoti" - dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma - soat 21.00 da

TV Markaz
"Jemchujina dvorsa" - dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma - soat 19.10 da

Ushbu 5 ta telekanalda uzatilayotgan teleseriallar soni 10tani tashkil etmoqda.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:44:27
qaysar:

Tushunarli, buyoqda Ramazoni sharif, TVda esa har xil bo'lar bo'lmas seriallar ekan-da!
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:44:38
Maknuna:

Hozir yana "Yoshlar" telekanalida ikkita yangi serialni qo'yisharkan, shu reklama qilishvotti:
"Haqiqat" - koreyscha
"Shubha" - meksikancha.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:44:53
Behzodbek:

Assalomu alaykum, forumdagi qizlarimiz orasida serial ko'rmaydiganlar bormi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:45:03
Maknuna:

Va alaykum assalom!
Siz-chi?
Umuman serial ko'rmay(magan)sizmi?
   
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:45:16
Behzodbek:

Assalomu alaykum,
Men deyarli umuman serial ko'rmayman, desam ham bo'ladi. O'zbekiston kanallarida beriladigan seriallarni olib qarang. Ular xalqning turmushini buzishdan, ongini zaharlashdan boshqa narsaga yaramaydi. G'arbning eng iflos hayotini ochiqdan ochiq namoyish etadigan bunday seriallarni, afsuski, 7 dan 70 yoshgacha bo'lgan odamlar, bir oila-a'zolari, ota-bola, ona-bola birgalikda bu hayosiz manzaralarni tomosha qilishmoqda. Yana ayrim ochiq holatlarni uzib berishlarini ko'rib ensam qotadi. Xalqning milliy urf-odatlarini o'ylar ekanlar, nega bunaqa filmlar berishadi? Xurshid Davrondek bir ziyoli odam boshqaradigan TV da shunday seriallar qo'yilishiga hayronman. TV da ishlaydigan tanishimdan bu haqda so'raganman, u bu narsa unng qo'lida emasligini aytdi. Ishonasizmi, bunday seriallarning qo'yilishiga hatto siyosat aralasharkan. Odamlarni ovutib, chalg'itib turish uchun shular kerak ekan.

Yana bir gap. Agar diqqat qilgan bo'lsangiz, har bir qo'yilayotgan g'arb serialida xristianlikning propagandasi ham ketyapti, bu yerda hamma narsa qilish mumkin, xohlaganing bilan yur, o'ynash tut, hayotdan zavqlan wa xristian bo'l, xristianlikdahayotdan zavqlanasan, degan ma'no chiqyapti. Bu dahshat-ku. Bunisiga chidash qiyin. Ayniqsa, Paula degan bir serial bor edi, egizak qizlar haqida. Mana shu g'irt xristianlik ta'limotini targ'ib qiladi. Dahshat, ko'zimizni ochaylik, vatandoshlar, ko'r bo'lib bunday filmlarni ko'ravermaylik.

Chunki, biz musulmonlarmiz. Bizning o'z hayotimiz, qiymati tengsiz dinimiz,o'z sivilizatsiyamiz bor! Uni yo'qotib qo'ymaylik. Iymonimizni boy berib qo'ymaylik.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:45:27
Assalom:

Kuyunchalik bilan bildirgan fikrlaringizga qo'shilaman. Seriallar orqali xalqimizning onfggiga g'arbning jirkanch illatlari ham o'rnashib bormoqda.
Xristiablikka propogandani ko'tarib bo'lmaydi. Hatto, jonsiz rasmlarga qarab "Ey Xudoyim" deya talp[inishlari, bunday e'tiqod orqasidagi yengil hayot...
Avvallari hech bo'lmasa ramazonda islomiy serial va kinolar ko'rar edik. Endi esa ramazonda ham Qaysar etkanlaridek, o'pishishi, quchoqlashish to'la seriallar qo'yilmoqda...
   
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:45:41
Otabek:

O'zbekiston televideniesida koreyscha seriallar ko'payib ketyapti...
Bunga qanday qaraysizlar?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:45:54
Maknuna:

Turli xil bema'ni Meksika seriallaridan koreys seriallari yaxshiroq.
Chunki ularda tarbiyaviy jihatlar talaygina.
Yaqinda imperator saroyi, oshpaz, hamshiralari haqida serial boshlashdi. Judayam tarbiyaviy serial ekan. Boshqalarga o'xshab ochiq-sochiq serial emas. Uni ko'rgan odam tarbiya oladi, xolos.
Siz o'ziz nima deysiz? Koreyada ham odamlar seriallarga o'chmi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:46:08
Farzonochka:

Xa, maknuna fikrlarizga qoshilaman, kores xalqining kopgian jihatlari ozbeklaga oxshab ketadi.
Biroq Meksika,.... ozim kormimanu biroq kocha-kuyda ham shuni muxokamasi ... mayli ozligi bilishadiyu, lekin man bunga qarshiman, iloji bosa shula qoyilamsa...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:46:20
Shamshir:

Assalomu alaykum,azizlar...
avvallari ham ko`p TV ko`rmasdim. Ochig`i hozir ham shu uzoqroq yuraman seriallaridan.Bu ming bir kecha ertaklaridan ham yomon.Shunga qarshi 8-9 oy bo`ldi jihod elon qildim. Muntazam kuzatib boraigan seriallarim yoq.Yashirmayman ,,Dallas,,ni qiziqib korganman.O`zimizning yaxshi seriallar bolsa korsak boladi, bu jihatdanku maqtanadigan film yoq ochigi.Keyin shu qadar seriallarni chala qoyib berishganki, har qanday odamni ham asabini o`ynatishi aniq.Masalan Dallas, Kongil kochalari, Domla, Charxpalak...qaysi birini aytib kuyay, shunchun TV ham korib otirmayman.
Meksika va korey filmlari haqida baxslarizga bir narsa, koreyslar ham qaysidir manoda toliq tarbiyaviy kinolar yaratmaydi.Aslida ular bilan bizning madaniyatimizda biroz tafovvut bor.Institutimizda 30 dan ortiq koreyslar bor. Yigilib olib biram ichadi, chekadi, boshqa ishlari ham bizga togri kelmaydi.lekin yaxshi ular seriallarda hayotni chiroyliroq korsatib beradi.
Hayrulla Hamidovning kassetasini eshitganimda, bir qiz olgandan keyin uning burnilaridan ham hushboy modda kelgan ekan.Sabablaridan biri u umuman seriallar kormagan ekan.shunaqa ayollarni bu seriallarni kormang deb cheklolmaymizku baribir, chunki ayam ham bazi kinolarni korib otiradi, shu nima kerak desam dam olamanda deb qoyadilar.Iloj yo`q oldilarida o`tirib qarab otiramiz.....
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:46:30
maknuna:
Ha, mana shunday bema'ni seriallar ataylabdan berioladi, shekilli, TVda!
Chunki, ko'pchilik, mana shu seriallar og'ushida ko'p narsani unutib qo'yishadi. Serial ketidan yengisini tomosha qilib o'tirishuradi.
Sho'tta AbdulAziz yozgandilar shekilli, qaysi qishloqda chollar seriallarni ko'rish bahonasida xuftonga chiqmiy qo'yishibdi.
Bu albatta kulgili hol. Lekin aslida judayam ayanchli holdir. Oldinlari ramazonda bo'lsayam yaxshi serialla berishardi, hozir shulayam yo'q. Axloqiy buzuq seriallarni qo'yishuradi-qo'yishuradi. Ko'chaga chiqsez, shu bema'ni seriallaga taqlid qivotgan yoshlani uchratasiz, shunday qilib jamiyatimiz ham buzilib ketvotti shu serialladan...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:46:42
Otabek;

TVda berilayotgan "Saroy javohiri" seriali haqida nima deysizlar?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:46:53
Noza:

BU SERIALNI MARKAZ TV DA QO'YISHGANDI.
MAN HAM KO'RDIM. JUDA YAHSHI SERIAL.
KO'RISHNI TAVSIYA ETAMAN.

LEKIN KOREYS KINOLARIDA BIR NARSAGA HAYRON QOLAMAN.
ULARDA SHUNCHALI BO'SH ODAM HAM BO'LADIMI.
KO'P KOREYS SERIALLARIDA QIZLARNI JUDA HAM SODDA QILIB KO'RSATISHADI.
ROSTAN HAM SHUNAQAMIKIN?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:47:19
Shamshir:

TVda berilayotgan "Saroy javohiri" seriali oshpaz qiz haqida bolsa, man 2 seriyasini kordim.Oshin degan serialga oxshagan tarbiyaviy ahamiyati bor film....,,Shubha,,dan kora (uni ham 2 seriya korganman)shuni korishsa yomon bolmasdi. Ha Otabek,sizda TV ni kuzatib borish imkoniyati qanaqa?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:47:39
Assalom:

Assalomu alaykum!
Hozirgi kunda juda ko'p seriallar TVmizda qo'yilvotti!

Ularning ta'siri jamiyatga juda katta bo'layapti.
TVga qarasangiz seriallarning keti tugamaydi. Biri tugasa ikkinchisi boshlanadi.

Bu narsa esa odamlarimiz psixologiyasida juda katta yemirilishlarga olib kelmayaptimikan?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:47:49
Maknuna:

Ha, judayam aktual muammo.

Bu haqda ko'p gapirish mumkin.
Hozirda yoshlarni buzish, kattalarni "tinch" o'tirishga mo'ljallangan eng katta propogandalardan biri - SERIALlardir...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:48:01
Abdulaziz:

To'g'ri aytasiz, seriallar orqali jamiyat madaniyatiga juda katta ta'sir o'tkazish mumkin.
Hozirgi global dunyoda informatsiya orqali madaniyat va g'oyalar singdirishga intilish juda kuchaygan. Dunyoda kim ko'proq o'zi haqida informatsiya tarqatsa, shu davlat madaniyati, g'oyalari boshqa yurtlarda ham keng targ'ib etilyapti.

Mustaqillikdan keyingi O'zbekiston televideniyesida berilgan seriallar ommaviy madaniyatga juda katta ta'sir o'tkazdi. Bu narsa eng avvalo kiyinish madaniyatida yaqqol ko'zga tashlanadi. Serial qahramonlariga taqlid qilish, ulardek bo'lishga, ulardek kiyinishga intilish odamlar uchun urfga aylanib ulgurgan.

Ayni paytdagi statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, hozirda bozorda koreys parfyumeriya va boshqa mahsulotlariga bo'lgan talab oshibdi. Bunga bir tomondan TV da berilgan, berilayotgan seriallar ham sabab bo'lgan. Seriallar ba'zida reklama vositasi vazifasini ham bajaradi.

Mutaxassislarning fikricha, hozirgi paytdagi bo'lar-bo'lmas, ochiq-sochiq ga'rbona kiyinish madaniyati aynan shu seriallar va AQSh filmlari ta'sirida yuzaga kelgan ekan. Tomoshabin, ayniqsa ayollar psixologiyasida serial qahramonlari ideal darajasida bo'larkan. Shuning uchun ham ular shu qahramonlardek kiyinishga, ish yuritishga harakat qilarkanlar.

Seriallarning axloq-odobga ta'siri ham juda kattadir. Bu haqda keyinroq...
   
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:48:41
AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Ma’lumki, seriallar jamiyat hayotiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston televideniyesida ham 10 dan ortiq seriallar namoyish etiladi. Eng ommabop seriallar "œO’zbekiston" va "œYoshlar" telekanallarida uzatiladi. Seriallarning efir vaqti esa asosan chas-piklarga to’g’ri kelyapti. TVda bir serial tugashi bilan boshqa kanalda ikkincvhisi boshlanadi. Qarabsizki, kechgacha televizor tagidan ketolmaysiz (agar siz serial jinnisi bo’lsangiz). Quyidagi ro’yxatda davlat telekanallarida berilayotgan seriallarning davomiyligini kuzatishingiz mumkin. Shuningdek, xususiy telekanallarda ham birqancha seriallar efirga uzatiladi.

Davlat telekanallaridagi seriallarning davomiyligi:

DUSHANBA
09.30. "œТалисман" ("œSport" telekanali).
14.05. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
20.10. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
20.30. "œКамила" ("œToshkent" telekanali).
21.00. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
21.50. "œПрерватности любви" ("œSport" telekanali).
22.00. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
22.50. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

SESHANBA
09.20. "œТалисман" ("œSport" telekanali).
11.20. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
12.45. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
15.05. "œDallas" ("œYoshlar" telekanali).
20.10. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
20.35. "œКамила" ("œToshkent" telekanali).
21.00. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
22.00. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
22.40. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

CHORSHANBA
08.35. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).
09.20. "œТалисман" ("œSport" telekanali).
10.15. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
11.20. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
12.45. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
13.30. "œRey Bredberi teatri" ("œYoshlar" telekanali).
15.05. "œDallas" ("œYoshlar" telekanali).
20.10. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
20.30. "œКамила" ("œToshkent" telekanali).
21.00. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
21.50. "œПрерватности любви" ("œSport" telekanali).
22.00. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
22.40. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

PAYSHANBA
08.50. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).
09.20. "œТалисман" ("œSport" telekanali).
10.15. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
11.20. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
12.45. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
13.30. "œRey Bredberi teatri" ("œYoshlar" telekanali).
15.05. "œDallas" ("œYoshlar" telekanali).
20.10. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
20.30. "œКамила" ("œToshkent" telekanali).
21.00. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
21.50. "œПрерватности любви" ("œSport" telekanali).
22.00. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
22.40. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

JUMA
08.50. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).
09.20. "œТалисман" ("œSport" telekanali).
10.15. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
11.20. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
12.45. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
13.30. "œRey Bredberi teatri" ("œYoshlar" telekanali).
15.00. "œDallas" ("œYoshlar" telekanali).
20.10. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
20.30. "œКамила" ("œToshkent" telekanali).
21.00. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
21.50. "œПрерватности любви" ("œSport" telekanali).
22.00. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
23.00. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

SHANBA
08.40. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).
09.30. "œТалисман" ("œSport" telekanali).
10.10. "œShubha" ("œYoshlar" telekanali).
10.55. "œIshq ertagi" ("œO’zbekiston" telekanali).
12.45. "œYarqiroq tosh siri" ("œO’zbekiston" telekanali).
23.40. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

YAKSHANBA
08.55. "œEsmeralda" ("œYoshlar" telekanali).

Jami 9 ta serial har hafta Tvda aylanayapti. "œO’zbekiston" va "œYoshlar" telekanalidagi seriallar o’zbek tilida, "œSport" va "œToshkent" kanallarida berilayotgan seriallar esa rus tilidadir.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:49:06
AbdulAziz:

O’zbekiston televideniyesida serialdan boshqa ma’niliroq dasturlar qolmadi, shekilli, hammayoqni serial bosib ketdi. Seriallardan chiqadigan foyda esa ma’naviyat, madaniyatning barbod bo’lishidan nariga o’tmayapti. Bu efir soatlarining o’rniga xalq uchun, yoshlar uchun foydaliroq boshqa dasturlar tashkil etilsa bo’lmaydimi? Birgina "œYoshlar" kanalini tahlil qilib ko’rsak. Bu kanalda chorshanba, payshanba kunlari 6 mahal (!) serial efirga uzatilmoqda. Boshqa telekanlarning efir soatlari haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Davlat telekanallarida seriallarga ajratilgan efir soatlari

DUSHANBA
"œO’zbekiston" kanali — 02:00 soat.
"œYoshlar" kanali — 02:00 soat.
"œToshkent" kanali — 00:30 soat.
"œSport" kanali — 01:40 soat.

SESHANBA

"œO’zbekiston" kanali — 03:40 soat.
"œYoshlar" kanali — 02:00 soat.
"œToshkent" kanali — 00:25 soat.
"œSport" kanali — 00:40 soat.

CHORSHANBA

"œO’zbekiston" kanali — 03:40 soat.
"œYoshlar" kanali — 04:25 soat.
"œToshkent" kanali — 00:30 soat.
"œSport" kanali — 01:40 soat.

PAYSHANBA
"œO’zbekiston" kanali — 03:45 soat.
"œYoshlar" kanali — 03:50 soat.
"œToshkent" kanali — 00:30 soat.
"œSport" kanali — 01:40 soat.

JUMA
"œO’zbekiston" kanali — 03:50 soat.
"œYoshlar" kanali — 03:50 soat.
"œToshkent" kanali — 00:35 soat.
"œSport" kanali — 01:40 soat.

SHANBA
"œO’zbekiston" kanali — 01:40 soat.
"œYoshlar" kanali — 01:50 soat.
"œToshkent" kanali — 00:00 soat.
"œSport" kanali — 00:40 soat.

YAKSHANBA
"œO’zbekiston" kanali — 00:00 soat.
"œYoshlar" kanali — 00:30 soat.
"œToshkent" kanali — 00:00 soat.
"œSport" kanali — 00:00 soat.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:49:34
Assalom:

Kuniga deyarli 10 soat (kunning yarmi) seriallar bilan o'tib ketrakan-da :) :(
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:49:46
Assalom:

Seraillarning tarbiyaviy ahamiyati haqida esa umuman o'ylashmaydi.

Quchoqlashib tursa ham, o'pishsa ham, yotoqxona kadrlarini ham uzatishadi... yana chas pik vaqtida...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:49:56
Margilanets:

Lekin manga "Saroy javohiri" yoqdi.
Tarbiyaviy serial ekan.

Lekin Tangemga rahmim keldi.
Doim haqiqat uchun kurashadi, lekin yomonlar uni ko'ra olmaydilar.

Baribir, haqiqat ro'yobga chiqadi.
Keyin, bu kinodan ancha-muncha meditsina haqida ham ma'lumot olsa bo'larkan.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:50:08
Shoir:

Ha, juda yaxshi serial bo'pti.
Aytish mumkinki O'zTV namoyish etgan eng yaxshi serial bo'ldi.

Endi anuv, "Shubha", "Ehtiros" deganlari haqida gapirmasak ham bo'ladi. ba'zida shularni ham ko'radigan tomoshabin ham bormikin degan savol beraman. Bor ekan. hatto katta yoshdagilar ham tomosha qilarkan.
Ajoyib, hayron qolasan, kishi.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:50:22
Qaysar:

Kunning yarmi lag'v bilan, bema'ni qadriyatlarga to'la hayot tarzi targ'ibi bilan o'tadi.
Qarabsiz-ki, jamiyatda ayri bir nopok toifalar yuzaga keladi...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:50:38
Ozoda:

Ma'lumotni yozib juda yaxshi qilibsiz, chunki, menhosiz horijdaman, Bu seriallni juda yaxshi deb eshitgandim!!
Nasib qilsa kelasi yil ko'ramiz!!
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:50:57
maknuna:

Ha, siz kelganizgacha yana TVda berishsa kerak.

Chunki bizada TVda hadeb qaytarishuradi-yu.
Lekin bu serialni ming marta qaytarishsa ham mayli edi.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:51:12
Nodi:

TVmizda turklarni seriallari ham ko'payib qoldi.

Shularga fikringiz qanday?

Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:51:25
Shukrullo:

Seriallar ba'diy to'qma holoc, ulardan keragini olib kerakmasidan xulosa chiqarish kerak.
Aytishadi-ku; ahloqni-ahloqsizdan, odobni-odobsizdan o'rgan deb. ;D ???
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:51:38
djdilshodbek;

seriallar boshqa hayot boshqa ammo ko'p insonlarda seriallardagidek o'y fikr paydo bo'lyapti
va bular ularning turmush tarziga ta'sir qilmasdan qolmayapti va g'oyaviy bo'shliq
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:51:49
Dildor:

Odamlarni fikrini teleseriallar bilan chalg'itishmoqda, ayniqsa hind va meksika seriallari bilan, yoki turklarchi, ular hozir Italiya bilan aralashib ancha o'zgarishgan. E'tibor bergan bo'lsangiz, yosh qizlar ota-onasiz uyda bo'lmaganidan shu seriallardan tarbiya olyapti, o'gil bollar esa ko'chadan, albatta TVni ko'rma deb taqiqlab bo'lmaydi, lekin ko'rishiga ham ruxsat berib bo'lmaydi, hatto reklamalani ham!!!
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:52:05
Mohinur:

Seriallarni ko'rib, turmush qiyinchiliklarini ozgina unutishsa kerak-da... Yana boshqa narsalarniyam unutib yuborishayapti...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:52:19
djdilshodbek:

Salom azizlar
O'zbek telekanallarida shunday seriallar dublaj qilishida men ularning ketgan vaqtlariga achinaman chunki ular dublaj qilayotgan serillarda ma'no bir xil ya'ni <muhabbat mojarolari>
yana hozirda Yoshlar tvda berilayotgan <Shubha> filmidagi voqealar bizning asrlar davomida rivojlanib kelgan azaliy urf-odatlar va madaniyatimizga umuman mos kelmaydi.
Ulardagi voqealar odamni zeriktiradi man umuman olganda O'zb dublajchilarini yomonlamoqchimasman faqatgina o'sha kinoni dublaj qilishga ketgan mablag'ga achinaman holos. Man arab dunyosi kinolarini tarjima qilishsa yaxshi bo'lardi. Chunki ulardagi g'oya insonni aniq bir yo'lga chorlaydi va ularda shariat qonunlari va hadislar va muqaddas islom dinimizning yog'dulari ziyolari o'z aksini topgan.
Balki mening bu so'zlarim ularga hech narsani anglatmas lekin O'zbekiston xalqining ko'p qismini yoshlar o'smirlar tashkil etadi shuning uchun ularni kamollikka bo'lgan orzusini amalga oshirish uchun kinolarda ularga qandaydir yo'l bo'luvchi ssujetlar yaratilsa maqsad muvofiq bo'lardi degan umiddaman .
Sizlar qanday firkdasizlar bu haqida aziz forum a'zolari????????????
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:52:35
Maknuna:

Judayam yaxshi gaplarni gapirdingiz.
Absurd narsa-de bu.
Davlat katta pul ajratadi TVga. Shu jumladan seriallarga ham. Lekin mana shu pullar bizning foydamizga emas, zararimizga xizmat qivotti.
Essiz, pullar, essiz, mehnat, essiz vaqt...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:52:52
Noza:

Assalomu alaykum barcha serial ko'rishni yoqtiradiganlarga!

Esingizda bo'lsa shu bo'limda koreys seriallaridan biri "VABANK" haqida yozgan edim.
Hozir shu serialni O'zbekiston kanalidan uzbek tilida muhlislarga taqdim etishmoqda.
Serialga "Taqdir o'yini" deb nom berishibdi.
Juda yahshi serial. Ko'rishingizni tavsiya etaman
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:53:04
uztermbek:

Shu-u, koreys do'stlarimizning seriallari yaxshi, ma'noli, ibratli, behayo sahnalari ham yo'q, Lotin Amerikasining mahsulotlaridan farqli ravishda. Lekin, bitta salbiy jihati - yoshlarining deyarli hammasining spirtli ichimlik ichishini ko'rsatadi. Ayniqsa, qizlarining barda o'tirib olib, ustma-ust quyib ichib, mast bo'lib gandiraklashini deyarli har bir serialida (har holda, mening nazarimda shunday) ko'rsangiz bo'ladi. Mana shu tomoni yaxshi emas-da...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:53:16
Mohinur:
Gaplaringizga qo'shilaman.
Haqiqatda mana shunday sahnalarni ko'rib hayron qolasan.

Balki, bu narsa ular uchun oddiy holatdir?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:53:29
uztermbek;

He, oddiy bo'lmay ketsin...
Aftidan, rostdan ham o'zi shundayga o'xshaydi.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:53:42
shoir:

Yomonlash emas-u, koreyadagi o'rtog'imning aytishicha, koreyslar shayton suviga juda mukkasidan ketishgan ekan.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:53:55
farzonochka:
Ha, bugungi knda seriallani korish ham zararli bolib ketgan (ayniqsa yosh bollaga)
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:54:08
Maknuna:

Judayam to'g'ri!
Jamiyatimizning har bir a'zosi mana shunday bema'ni seriallardan zararlanmoqda.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:54:21
gareeb:

Serial ko'rmay qo'yganimga 7-8 yil bo'ldi shekili.Umuman o'zi TVni kamdan kam ko'raman, uyda TV yo'q.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:54:40
Assalom:

Ko'rmayinam, kuymayinam, prinsipiga amal qilib judayam to'g'ri ish qilar ekansiz.
Manam umuman serial ko'rmiyman.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 05 Sentyabr 2006, 07:54:52
Mubashshir:

Assalamu alaykum. Teleseriallarni deyarli foydali tomonlari yo'q.Chunki har kimni iymoni va aqli har hil, teleseriallardagi voqealarni hamma o'zicha tushunib o'ziga foydali va yoqqan tomonlarinigina oladi menimcha. "Odobni odobsizdan o'rgan" degan maqolga hamma amal qilsaku yahshi, lekin hamma ham unday emasda. Shuning uchun teleseriallarni yoqtirmayman. Hamma seriallarni qahramonlarini musulmonlarga mos kelmaydigan tomonlari juda ko'p. Hatto turk kinolari ham shunaqa, hozir berilayotgan "Ishq ertagi"ni olaylik, bundagi hamma yahshi ko'radigan bosh qahramonlar,hatto qizlar ham mast bo'lishgunicha ichishadi. Allohni ismini aytib yana ichishlari ba'zi yoshlarga salbiy ta'sir qiladi,menimcha.Umuman olganda oltinga teng vaqtni sarflab bunaqa kinolarni ko'rish menga yoqmaydi. Alloh bizlarni adashtirmasin.Amiyn.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Shoxjahon12 05 Sentyabr 2006, 12:33:48
shoir:

Yomonlash emas-u, koreyadagi o'rtog'imning aytishicha, koreyslar shayton suviga juda mukkasidan ketishgan ekan.
Gaplaringiz to'g'ri. Ular ichkilikka juda ruju qo'yishgan. "Ichish madaniyati" degan ibora bor ularda... Biz o'zbeklarda ota-o'g'il birga aroq ichayotsa, bu holatni ko'rganlar "he, beting qursin!", deyishi aniq. Koreyslarda ota-o'g'il birga aroq ichishi juda yuksak madaniyat sifatida e'tirof etiladi. "barakalla, otasi o'g'liga ichishni o'rgatibdi!", deb yuqori baho berishadi. Madaniyatlarimizdagi farqli jihatlardanbiri - bu.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Nodi 24 Oktyabr 2006, 20:14:52
Seriallar haqida serial

Seriallarning biz bo‘ydoqlar hayotiga ham ta’siri kuchli bo‘ldi. Masalan, sevib yurgan qizingiz birdan serial qahramoniga o‘xshab qolsa...
Shu o‘rinda bir ma’lumot: aytishlaricha, kechagina Esmeralda kabi paypaslab yurishni «moda» qilgan qizlar, so‘ngra Gvadalupega o‘xshab oqsab yurgisi kelib qolibdi.
— «O‘sha» ham        yostiqday yumshoq, muloyim qiz edi. «Pavula» boshlanib, cho‘rtkesar bo‘lib qoldi. Demak qizlarning xarakteri o‘zgarishini «programma»ga qarab bilsa bo‘lar ekan-da.
Bir kuni Nayzagulni, ya’ni «o‘sha»ni ko‘rib qoldim. Qaysidir serial qahramoniga o‘xshab, sochlarini sariqqa bo‘yab olibdi. Xuddi temir zanglaganday shoirligim tutib ketdi:
Sochlaringni sariqqa bo‘yab nima qilasan?
Soch ostida iljayib, qarab nima qilasan?
Qilg‘ilikni qilib qo‘yib, tirjaymagin Sanamjon.
Nima emish, men ham sochimni sariqqa bo‘yab, bo‘ynimga sharf osib yursam, Junsanga o‘xsharmishman. He, o‘rgildim Junsan-Punsaningdan. Ko‘zimni qisib yursam qanday bo‘ladi?
Vaqtida shu Junsang ham boshga bitgan balo bo‘lgan. Bir kuni kechasi, shu deng, Nayzagulni kutaman, hech chiqmaydi. Derazani chertaman, hech chiqmaydi. Keyin bilsam, «Junsang»ni ko‘rib o‘tirgan ekan. Shartta bir parcha qog‘ozga she’r yozdim-da, qoldirib ketdim.
Kelsam agar chiqmagin,
Kino ko‘rib o‘ltirgin.
Menga emas, Junsangga
Chap yuzingni o‘ptirgin.
Ha, darddosh, bemaza qovunning urug‘day ko‘p seriallari ancha-muncha narsaga ta’sir qilayapti. Hatto vaqtga hukmini o‘tkazmoqda.

Dardisar JIZZAXIY
Farruh JABBOROV
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Oktyabr 2006, 11:46:19
"Yoshlar" teleradiokanalida berilayotgan "Shimol tafti" seriali haqida nima deysizlar?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Mahdiyah 01 Noyabr 2006, 18:55:48
Yaqinda Markaz TV da namoyish qilingan "Birkam dunyo" seriali haqida qanday fikrdasizlr?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:28:23
Afsus ikkalasini ham ko;'rganim yo'q.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Nodi 07 Noyabr 2006, 07:26:11
Yaqinda Markaz TV da namoyish qilingan "Birkam dunyo" seriali haqida qanday fikrdasizlr?

O'zingiz biroz hikoya qilib bering. Qanaqa ekan?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Nodi 07 Noyabr 2006, 07:27:32
SERIALLAR SEHRI

Hozirgi kunda mamlakatimiz telekanallarida namoyish etilayotgan seriallar har bir xonadonda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Birgina yoshlarimiz suhbatlariga e’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, "œYoshlar" va "œO‘zbekiston" telekanallarida berib borilayotgan Meksika va Koreya seriallaridagi qahramonlar nomi tillaridan tushmaydi. Yoshlar-ku mayli-ya, ammo kattalarga nima bo‘ldi? Axir, ular hayoti davomida ko‘pni ko‘rgan insonlar-ku! Ishdan kelgach, farzandlari bilan dasturxon atrofida yig‘ilishib, ibratli maslahatlar va hikoyatlar gapirish o‘rniga saviyasi past va yoshlar ongiga salbiy ta’sir qiluvchi seriallarni ko‘rishadi.

Rivojlangan davlatlar televidinielariga e’tibor qiladigan bo‘lsak, unda har bir beriladigan kinolar yoshlar va kattalarga mo‘l ishlanadi. Voyaga yetmaganlar uchun belgilangan ko‘rsatuv va kinolar namoyish qilinadigan bo‘lsa, ekranning pastki qismida kichikroq yashil rang paydo bo‘ladi. Ota-ona va farzandlar birgalikda tomosha qilishlari mumkin bo‘lgan kinolarda sariq rang, qizil rang esa faqat kattalar uchun mo‘ljallangan kinolarda paydo bo‘ladi. Bu belgilarning xorij televideniesida joriy etilishi yoshlarning ota-onalari tomonidan nazorat qilinishi uchun qo‘l keladi.

Endi o‘zimizga qaytadigan bo‘lsak, sevgi-muhabbat mavzusi birinchi o‘ringa chiqarilgan va hali yoshlarning ongiga to‘g‘ri yetib bormaydigan seriallarni ota-onalar farzandlarini atroflariga to‘plab, berilib tomosha qilishadi. Bunga misol qilib hozirgi kunda qaytadan namoyish etilayotgan "œYolg‘on asirasi" serialini ko‘rsatish mumkin. Nafaqat yoshlarimiz, balki ularning ota-onalari ham ma’lum ma’noda mazkur kinosiz hayotlarini tasavvur qila olishmaydi. Birgina "œO‘zbekiston" kanalida namoyish etilayotgan "œIshq ertagi" seriali qahramoni Demir o‘zining omadsiz muhabbati alamini ichkilikdan oladi. "œYolg‘on asirasi" haqida-ku izohning o‘zi ortiqcha. Yolg‘onga asir bo‘lgan Paulina emas, balki ekrandan ko‘z uzmay o‘tirgan tomoshabinlardir.

So‘ng so‘z o‘rnida shuni aytmoqchimanki, farzandlari kelajakda o‘z o‘rnini topib, or-nomus, andisha, iffat kabi xislatlardan yiroqlashmasligi uchun ota-onalar, bekorchilarga mo‘ljallangan va ma’naviy qashshoqlikni yuzaga keltirishga sabab bo‘ladigan seriallarni ular bilan birga tomosha qilish o‘rniga turli xil badiiy kitoblarni o‘qishni tavsiya qilsalar bo‘lmaydi-mi? Bu yoshlarning mustaqil hayotga tayyorlanish, nutqini rivojlantirib, ravon qilish, mantiqiy fikrlash va shuningdek, o‘zini munosib tutishga ko‘mak beradi.

Gulruxsor SAODATILLO qizi,
O‘zDJTU talabasi
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: shoir 03 Yanvar 2007, 17:55:11
Ayni paytda TVda ko'rsatilayotgan "Xinoli qor"seriali haqida fikringiz qanday?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Umarbek 04 Yanvar 2007, 16:35:54
TV1 da hozirda ketayotgann "Muhabbat dardlari yohud Hinoli qor" seriali haqida gapiradigan bulsak bu serial har bir odamga har hil ta'sir ko'rsatadi, nafaqat
ushbu serial, balki barcha serial yoki filmlar insonga har hil ta'sir ko'rsatadi, bu
insonning temperamentiga bog'liq. Insonni bevosita o'ziga bog'liq qanday o'z hayotiga
filmlarni ta'sir ko'rsatishi.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Nodi 05 Yanvar 2007, 00:12:10
Manga bu serial yoqdi.
Hayotiy mavzularni ko'tarib chiqishgan. Ayniqsa, Ali muallimning taqdiri judayam qiziqarli.

Umarbek, sizga aynan bu serial qanday ta'sir qildi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Umarbek 05 Yanvar 2007, 11:19:26
 Nodirahon bilasizmi manga bu serialni har hil biddiatlarga muallimning qarshi chiqishi, bundan tashqari haqiqiy muhabbatning paydo bulishi. Keyin Alining shohona hayotdan oddiy bir qishloq hayotiga moslashishi va shunga uhshash yana bir qancha holatlari mavjud. Biroq serialning tanqid qiladigan tomonlari ham albatta mavjud. Bu haqda yana alohida tuhtalib utamiz albatta.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Shoxjahon12 05 Yanvar 2007, 14:20:25
Nodirahon bilasizmi manga bu serialni har hil biddiatlarga muallimning qarshi chiqishi, bundan tashqari haqiqiy muhabbatning paydo bulishi. Keyin Alining shohona hayotdan oddiy bir qishloq hayotiga moslashishi va shunga uhshash yana bir qancha holatlari mavjud. Biroq serialning tanqid qiladigan tomonlari ham albatta mavjud. Bu haqda yana alohida tuhtalib utamiz albatta.
Anu jinni obrazini optashlash kerak,manimcha...Har qadamda sevgidan gap ochadi..Axir hayot faqat muhabbatdan iboratmasku...(((
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: shoir 05 Yanvar 2007, 14:49:34
Anu jinni obrazini optashlash kerak,manimcha...Har qadamda sevgidan gap ochadi..Axir hayot faqat muhabbatdan iboratmasku...(((

Menimcha shu ishq telbasi serialni qiziq qilayapti.
Hayotda shunaqa insonlar ham uchrab turadi.
Ali muallim ham Qambarga suyanib qolgan-ku, ayni damda.

Lekin Nazarning oyisiga tan bermadim. Mol-dunyoni deb qizini jirkanch bir insonga sotdi-qóydi...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:48:04
"Kurtlar vodiysi"ni ham ko'rganlar bormi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Munira xonim 16 Fevral 2007, 17:52:39
"Kurtlar vodiysi"ni ham ko'rganlar bormi?

Meni eng yahshi ko'rgan filmim bu. Juda zo'r ishlangan.
Lekin afsus ohirigacha ko'rolmaganman...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: AbdulAziz 16 Fevral 2007, 18:11:01
Nargiza opa, "Kurtlar vadisi" ("Qashqirlar vodiysi")ning seraili ham bor.
Yana "Kurtlar vadisi Irak" ("Qashqirlar vodiysi - Iroq") degan film ham bor.

Serial 97 qismdan iborat bo'lib, unda Turkiyadagi davlat va mafiyaning qilmishlari ochib beriladi.
Filmda esa Iroqdagi musulmonlarga nisbatan AQSh tomonidan o'tkazilayotgan vahshiyona ishlar haqida hikoya qilinadi.

Nargiza opa siz qaysi birini ko'rgan edingiz?
 
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Munira xonim 17 Fevral 2007, 08:42:05
Nargiza opa, "Kurtlar vadisi" ("Qashqirlar vodiysi")ning seraili ham bor.
Yana "Kurtlar vadisi Irak" ("Qashqirlar vodiysi - Iroq") degan film ham bor.

Serial 97 qismdan iborat bo'lib, unda Turkiyadagi davlat va mafiyaning qilmishlari ochib beriladi.
Filmda esa Iroqdagi musulmonlarga nisbatan AQSh tomonidan o'tkazilayotgan vahshiyona ishlar haqida hikoya qilinadi.

Nargiza opa siz qaysi birini ko'rgan edingiz?
 

Assalamu alaykum.
Men birinchisini ya'ni, "Qashqirlar vodiysini" ko'rganman.
TVda.keyin oxirini ko'rolmadim. Lekin keyingi filmini ham ko'rmoqchiman.
Birinchisini VSD yoki DVD disklari ham sotuvda bormi?
Filmnikini topdim,lekin serialini topolmadim....
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Margilanets 18 Fevral 2007, 22:10:08
Ha, mangayam juda yoqdi bu serial.
Sizlarga qaysi joylari kotta taassurot qoldirdi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: AbdulAziz 19 Fevral 2007, 21:33:19
Assalamu alaykum.
Men birinchisini ya'ni, "Qashqirlar vodiysini" ko'rganman.
TVda.keyin oxirini ko'rolmadim. Lekin keyingi filmini ham ko'rmoqchiman.
Birinchisini VSD yoki DVD disklari ham sotuvda bormi?
Filmnikini topdim,lekin serialini topolmadim....

Ha, bu filmning DVDsini topsa bo'ladi.
Man ham prokatdan olib ko'rishga muvaffaq bo'ldim.
88-seriyagacha (aslida 44-bo'lim, o'zbekchaga tarjimada 1 seriyani ikkiga bo'lishgan) o'zbek tilida mavjud.
Qolgan qismlari esa turk tilida mavjud.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: islimakhanim 20 Fevral 2007, 17:10:16
           Assalamu alaykum!
Nargiza opajon, plzzz, shu serialni ko'rmay qoya qoling, bu ayollar ko'radigan narsa emas. Originalidan bitta seriyasini ko'rib, dod devorishimga ozgina qoldi,  o'zbek tiliga qanaqa tarjima qilishgan bilmadimu, lekin man turkchasini ko'rib umuman ayolla ko'rmasin degan qarorga kelib, hamma disklarini yashirib qoydim uydagiladan....
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Shahina 21 Fevral 2007, 16:30:48
Assalomu alaykum Islimakhanim!
Bu serialni man ham ko'rdim.
Lekin nega uni ayollar ko'rmasin, deyapsiz.
Normalniy serial-ku :)
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: islimakhanim 22 Fevral 2007, 11:36:34
Assalomu alaykum Islimakhanim!
Bu serialni man ham ko'rdim.
Lekin nega uni ayollar ko'rmasin, deyapsiz.
Normalniy serial-ku :)
  wa aleykum salam, Shahina hanim!
Man originalini nazarda tutgan edim, balki o'zbek tiliga sal "o'rab" tarjima qilishgandir, bilmadim, man ozbekchasini ko'rmaganman, lekin turkchasi ko'rarli emas. Agar gapim qattiq botgan bo'lsa uzr so'rayman, rozi bo'lasila...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: shoir 26 Fevral 2007, 01:37:06
Assalomu alaykum!
Men "kurtlar vadisi"ning turkchasini ham ko'rdim. Lekin manimcha hech xatarli joyini ko'rmadim.
To'g'ri, mafiya bo'lgandan keyin zo'ravonlik bo'ladi, lekin TV da har kuni bundan ham battarlarini berishyapti-ku.
"Kurtlar vadisi" esa ularga qaraganda haqqoniyroq.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Murod_bek 28 Fevral 2007, 21:23:06
"Kurtlar Vadisi" ning turkchasini men ham ohirigacha ko'rib chiqdim.Zo'r kino.Lekin menimcha 14-yoshgacha bo'lgan bolalarga ta'siri bor, undagi vahshiyona odam o'ldirishlar bola ongiga qattiq tasir qilishimi mumkin...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Shahina 01 Mart 2007, 07:29:39
"Kurtlar Vadisi" ning turkchasini men ham ohirigacha ko'rib chiqdim.Zo'r kino.Lekin menimcha 14-yoshgacha bo'lgan bolalarga ta'siri bor, undagi vahshiyona odam o'ldirishlar bola ongiga qattiq tasir qilishimi mumkin...

Shu serialni qaysi jihatlari sizga yoqdi-yu, qaysi jihatlari yoqmadi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Murod_bek 02 Mart 2007, 22:05:24
Assalomu Alaykum
Yahshi jihatlari bor obrazlar ham bor,ko'p, lekin hozir ayni qayerida ekanligi esimda yo'q
Yomon jihatlariga kelsak asl turkchasida behayo joylari uchrab qoladi, keyin fol ochishlar...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Asal 03 Mart 2007, 19:57:36
Hozir sila ko'rvossilami ketmaket kinola berishvotti bittasi yoshlarda bittasi tv1 da yoshlarda Muhabbat dardlari unda behayo joylari umuman uchramidi.TV1 da esa Oila rishtalari bu kinoda faqat oila qurish va oilani boshqarish xaqida.Yana TV1 da Ikki taqdir seriali u kino xam xuddi Oila rishtalariga o'xshidi,faqat egizaklar xaqida.Yoshlarda Salomeya ufffffff eng yomon ko'rgan kinoyim uni ko'rmiman o'lgide yomon ko'raman alkashla xaqida.Xo'sh bu kinolar xaqida nimala disila.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Murod_bek 06 Mart 2007, 19:25:04
 Assalomu Alaykum!
Keyin "O'zbekkino" umuman barcha hozirgi kunda chiqayotgan filmlardagi mazmum mohiyat...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: oyqiz 04 Aprel 2007, 21:46:35
Man hozir turk seriallaridan"ezo gelih, binbir gece"kuryapman juda yoqdi.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: lolo 17 Aprel 2007, 14:08:35
Mazza qilib Reklama ko'rib o'tirsak orasida qanaqadur serillar qo'yip qoladi: KinoliKor, Oshin, Nurhayot, koreyscha, hitoycha va hokazo.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Shoxjahon12 21 Aprel 2007, 12:01:03
"œZinoli qor" yoki xiyonatni targ‘ib qilayotgan serial     


Ushbu maqolani yozishdan oldin yozsammi, yozmasammi deb ko‘p o‘yladim. Oxiri o‘z fikrimni gazeta orqali Sizlar bilan bo‘lishmoqchi bo‘ldim. Kimdir fikrimga qo‘shilishi yoki umuman qarshi bo‘lishi mumkin. Qarshi fikr bildirmoqchi bo‘lganlar bilan baxslashishga tayyorman.
"Muhabbat dardlari yoxud xinoli qor" teleserialini ko‘rayotgan bo‘lsangiz kerak. Umuman olganda bunday saviyasi past seriallar muntazam ravishda xalqimizga taqdim qilinib kelmoqda. Serialni ko‘rib, yoqamni ushladim. "Astag‘firulloh" deyishdan o‘zga so‘zga o‘rin yo‘q! Serial bosh qahramoni Nazar eriga ochiqchasiga xiyonat qiladi. Ali muallim ham uni bu yo‘ldan qaytarmaydi. Nazar xiyonatini eriga faxr bilan aytadi. Serial o‘zi nima haqda, o‘zi? Serial sevgini tarannum etmoqchi, desangiz adashasiz. Bunaqa sevgini boridan yo‘g‘i ma'qul emasmi?

Eng alam qilgani, xiyonatni serial oqlaydi, hatto targ‘ib qiladi. Ha, endi bu serial turklarniki deyishingiz mumkin. Lekin turklar ham musulmon millati shekilli?! Islomda eriga xiyonat qilish u yoqda tursin, hatto o‘zga erkakning ko‘ziga tik qarash gunoh sanaladi. Serialda loaqal boshqa oilalar bu gonohdan uzoqroqdar, desangiz yana bir bor adashasiz. Masalan, Zahroni olaylik. Nima bo‘lgan taqdirda ham erining ruxsatisiz hatto uydan ko‘chaga chiqqan ayolni, to uni eri kechirmagunicha ibodatlari qabul bo‘lmasligini bu ayol yo bilmaydi yoki bilsa ham gunohdan toymaydi. Serial ijodkorlari bu bilan nima demoqchi? Ey, ayollar bemalol eringizga bildirmasdan uydan ko‘chaga chiqishingiz mumkin, agar sevganingiz bo‘lsa, u holda eringizga bildirmasdan u bilan uchrashing, xiyonat qilishingiz ham mumkin, demoqchimi? Yo‘q, kechirasiz, bu bizning muslima ayollarimizga xos emas! Shunday deyman-u, yana o‘ylanib qolaman, axir shu paytda hamma o‘zbek xonadonlarida "Muhabbat dardlari"ni ko‘rishayotgani meni uyaltirib qo‘yadi.

Ba'zi bir hind kinolarini ko‘rganimda, ongi pastlar uchun ishlab chiqarilgandek tuyulardi. Endi televideniemiz orqali Turkiya, Braziliya seriallari ham shular qatoriga qo‘shildi. Saviyasi past, tarbiyaviy tomondan hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan, faqat gunohga boshlovchi seriallardan voz kechish vaqti kelmadimikin?! Nahot ketgan vaqtingizga achinmasangiz?!

To‘g‘ri, Siz ketkazgan vaqtingiz evaziga qancha-qancha insonlar oylik maosh oladi, oilasini boqadi. E-ha, bu masalani yana boshqa tomoni. Keling, bu mavzuni ochiq qoldiramiz...

Buva-buvilar, ota-onalar, aka-uka, opa-singil, kelinlar, qolaversa, nevaralar bilan birga o‘tirib televizor tomosha qiladigan o‘zbek xonadonida, hech kim televizordan ko‘zini olib qochishga majbur qilmaydigan seriallar ishlab chiqarish vaqti kelmadimikin?!

Agar hozir shu paytda ota-bobolarimiz, tarixda o‘tgan buyuk insonlarimiz yonimizda bo‘lganida taxminan shunday deya xitob qilishardi. "Ko‘z zinosidan yuzingizni buring!"

Dilfuza Abdujabborova

www.hurriyat.uz
 
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Qoplon 21 May 2007, 11:29:57
salom manga umuman teleseriallar yoqmaydi
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Mahzunabonu 21 May 2007, 12:30:58
Manga turk seriallari juda yoqadi,"Binbir geche","Gumush","Ezo gelin" seriallari judayam qiziqarli va ma noli seriallar
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Amina 05 Iyun 2007, 09:47:44
Assalomu alaykum1
Teleseriallar haqid agpa ketadigan bolsa, manimcha ulada tarbiyaviy ahamiyat deyarli yoq. Ayniqsa Meksika, seriallarida.
Turkcha seriallarga kese, ulani birinchilari yaxhsi ediyu, ammo hozir ual ham unchali qiziq emas. Lekin mani fikrimcha yosh bolalaga umuman serial korsatmaslik ma`qul!
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Laylo 06 Avgust 2007, 02:17:17
Assalomu alaykum!
Men tushunmay qoldim. Agar seriallar fahsh, buzg'unchilikni, kufrni targ'ib qilsa, nega uni TVda hammaga namoyish etishadi?
Bundan maqsad nima?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Abdulholiq 06 Avgust 2007, 02:49:38
Man ancha bo'ldi TV da ba'zida futbol yoki yangiliklar ko'raman holos,seriallar haqida gap bo'lishi mumkin emas.Uyda dadamlar ham hech kimga ko'rishga ruhsat bermas edilar.Sizlarga ham ushbu usulni qo'llashni maslahat beraman.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Nozigul 16 Sentyabr 2007, 15:16:08
Manga turk dizilari yoqadi Genco, Kavak yelleri, Menekse ile Halil
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Foniy 12 Avgust 2009, 19:29:31
Ba'zi teleseriallar bor - tarbiyalashi, yaxshi tomonga yo`naltirishi mumkin, lekin ba'zilari-chi?..
... yomon qovunga o`xshab urug`lab ketgan, bir-biridan "ajoyib" va "g`aroyib" ba'zi "zamonaviy" teleseriallardan "ibrat" olayotganlar ham yo`q emas, yetarlicha topiladi.
Qani endi, TV kanallar tarbiyaviy ahamiyatlarga ega, o`zimizning milliy mentalitetimizga yaqinroq, yoshlarimizning ongiga ijobiy ta'sir ko`rsata oladigan seriallarni ko`proq namoyish qilishsa?!.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Abdulhafiz 12 Avgust 2009, 22:17:06
Ba'zi teleseriallar bor - tarbiyalashi, yaxshi tomonga yo`naltirishi mumkin, lekin ba'zilari-chi?..
... yomon qovunga o`xshab urug`lab ketgan, bir-biridan "ajoyib" va "g`aroyib" ba'zi "zamonaviy" teleseriallardan "ibrat" olayotganlar ham yo`q emas, yetarlicha topiladi.

So'nggi paytlarda koreys tarixiy seriallarini namoish etilyapti. Bu seriallarni ko'pchilik qiziqib ko'ryapti ekan, lekin bu yosh bolalarga juda qattiq ta'sir qilyapti. Ko'cha kuyda qo'liga yog'ochdan qilich kamonlar ushlab olib urishishgani urishishgan, biri yig'layotgan biri qochayotgan. Bu judayam xunuk holat. Iloji boricha bolalarni serialladan chetlataylik.

Qani endi, TV kanallar tarbiyaviy ahamiyatlarga ega, o`zimizning milliy mentalitetimizga yaqinroq, yoshlarimizning ongiga ijobiy ta'sir ko`rsata oladigan seriallarni ko`proq namoyish qilishsa?!.

Qani endi, shunday bo'lsa.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Munira xonim 29 Avgust 2009, 11:11:02
Assalamu alaykum.
Teleseriallar,ehh bu haqida juda ko'p gapirilgan, bundan keyin esa undan ham ko'p gapiriladiganga o'xshaydi.
TVda namoyish qilinayotgan serillar insonni ibodatdan, zikrdan chalg'itadigan manbaadan boshqa narsa emas. Bolalarni tarbiyasiga salbiy ta'sirini esa umuman gapirmasa ham bo'ladi.
Hozirgi bolalardan Rasuling kim, U zotni otalarini ismini bilasanmi desa, Marsdan tushgan kishi bilan gaplashyotgandek yelka qisadi, lekin Jumongni otasi kim desangiz aniq javob bera oladi. Tili endi chiqqani ham buni ayta oladi. Bu soz'alrga tilini kelishganiga hayron qolasan kishi. Buni eshitgan ota-onalar esa bolalar katta narsani o'rgangandek hursand ham bo'lishlari odamni hayron qoldiradi.
Bunda ayb albatta bolalarda emas. Ayb ota-onalarda, buvi buvalarda. Buni hamma biladi, lekin buni to'xtatish hech kimni hayoliga kelmaydi. Bechora bolalar oilasidan olmagan tarbiyani, TVlardagi  serial qaxramonlaridan oladida. Bu esa yana Islomga Iymonga borib taqaladi. HAqiqiy IYmon egasi bo'lgan muslim va muslimalar o'z farzandlarini hech qachon bunday girdobga tushib qolishlarini xohlashmagan bo'lishardi.
Xullas, gapirsa gap ko'p.
Dinimiz keljagi bo'lgan, bizni orqamizdan duo qilib qolguvchi, bu beg'ubor Allohning omonatlarini, Jannatning rayhonlarini haqiqiy musulmon qilib tarbiya qilaylik. Buni har bir kishi o'z oilasidan boshlashi lozim. Alloh bizga bu yo'lda O'zi sabr, salohiyat, aql bersin....
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Shoxjahon12 08 Sentyabr 2009, 13:46:18
Yaxshi seriallar ham bor. Tarixiy, tarbiyaga to'g'ri keladigan seriallar yetarlicha topiladi.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Shoxjahon12 08 Sentyabr 2009, 13:51:28
Har bir serial ijodkori ma'lum bir maqsadni ko'zlab serialni suratga oladi. Xalqni ongini zaharlayman,deb ishlamasa kerak har holda... To'g'ri, pul ishlash serialning maqsadlariga kiradi. Lekin yomon tarbiya berishni maqsad qilmasa kerak.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Hadija 08 Sentyabr 2009, 20:59:46
Yaxshi seriallar ham bor. Tarixiy, tarbiyaga to'g'ri keladigan seriallar yetarlicha topiladi.

Deylik Jumong-mi?!
Yaqinda stomotologda o'tirganimda ikkita katta ya'ni 60 yoki undan kam kattaroq yoshdagi amakilar suhbatiga guvoh bo'lib qoldim, istamas holatimda. 5 yoshlik nevaralari Jumongni bir-birini pichoqlab urushayatgan joylarini qattiq stres va hayajon, intiqlik bilan ko'rishayotganini hattoki ota-onasining gaplarini ham eshitmayatgan ekan. Kino tugagach uyquga ketar chog'da, bobojon manam katta bo'sam yaxshi urushadigan, dushmanlani so'yib tashliyman-a? deb bobosiga mo'ltirab turganmush. Nabirasini bu savoliga hangu mang bo'lib bobo behchora mung tishlab hayron bo'lganini yonidagi birodarlariga aytib turgandila...
Ho'sh ayting-chi, shu tarixiy seriallar qanchalik ibratli?!

U ham mayli O'zimizning o'zbek seriallari.
Albatta tan olish kerakki, kundan kunga aktyorlar soni ko'payib har hil kino va seriallar ko'paymoqda. Afsuski quvonarlik ham pichoqqa ilarlik hali ishlandi deyish qiyin.
Masalan, hozir tele ekranlarda namoyish etilayotgan "tutash taqdirlar" serialini olib qaraylik. To'g'ri bir tomondan qaraganda hozirgi kunimizdagi ayni holatlar tanqid ostiga olib chiqilgan ammo bu serial ham tanqiddan holi emas. Deylik, yangi kelin bo'lib tushgan qiz, qaynonani aldab, Onasini uyiga borib uhlab kelishi, bu qanchalik to'g'ri?!
Yoki "Dil payvandi" seriali, qishloq va mahallaning muammosini ko'tarib chiqishganuuu.... :)

Mayli, tanqid qilay desa, yoki kamchilik topay desak har bitta odam ham kamchilikdan holi emas, ammo achinarlisiki o'sha kamchilikni bila turib qilishimiz va kamchilikni to'g'irlay olmayotganimiz, bizning eng katta kamchiligimiz deb o'ylayman...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Afruza 09 Sentyabr 2009, 00:13:06
Ochig'i, necha oydirki, u kanaldan bunisiga olmoqchi bo'lsam, koreys seriallari chiqib qoladigandek tuyuladi. Qoyil, ular o'z tarixini shunday yo'l bilan dunyoga tanitishmoqda. Ko'pchilik o'zbek oilalarida bu seriallar sevib tomosha qilinmoqda. Lekin nega koreys xalqidan kam bo'lmagan o'zimizning o'zbek tariximiz haqida film berilsa bunday qiziqish bilan ko'rilmaydi. Bizda texnika yaxshi rivojlanmaganmi? Kino sanoati bo'yicha Bollivuddan yaqinda o'zib ketadigan o'zbek kino ijodkorlari shunga biroz e'tibor berishsa yaxshi bo'lardi.

Seriallarga uncha toqatim bo'lmasa ham "Tutash taqdirlar"ni ko'rib maza qildim. Haqiqiy o'zbekona hayot ikir-chikirigacha ko'rsatib berilgan.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: siddiqa 09 Sentyabr 2009, 04:45:32
Ochig'i, necha oydirki, u kanaldan bunisiga olmoqchi bo'lsam, koreys seriallari chiqib qoladigandek tuyuladi. Qoyil, ular o'z tarixini shunday yo'l bilan dunyoga tanitishmoqda. Ko'pchilik o'zbek oilalarida bu seriallar sevib tomosha qilinmoqda. Lekin nega koreys xalqidan kam bo'lmagan o'zimizning o'zbek tariximiz haqida film berilsa bunday qiziqish bilan ko'rilmaydi. Bizda texnika yaxshi rivojlanmaganmi? Kino sanoati bo'yicha Bollivuddan yaqinda o'zib ketadigan o'zbek kino ijodkorlari shunga biroz e'tibor berishsa yaxshi bo'lardi.

Seriallarga uncha toqatim bo'lmasa ham "Tutash taqdirlar"ni ko'rib maza qildim. Haqiqiy o'zbekona hayot ikir-chikirigacha ko'rsatib berilgan.


serial ko'rishga sabr kerak bo'lsa kerak ,serilalarsiz ham kun o'tadi hayotimizni o'zi serialkuu :13,tutash taqdirlar yahshi ishlanibdi lekin 5-6 taseriasidan keyin nimagadir muommolari ko'payib ketdi , ;)ohirigacha ko'ra olmadim  :D
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Ansora 18 Oktyabr 2009, 19:58:02
Bir paytlar "Bogatıye toje plachut", "Boylar ham yig'laydi" degan serial bo'lardi. Meksika filmi, bosh rolda Maria Lopes bor edi.  Bola edim. O'ziyam SSSR davrida berilgan ilk seriallardan bo'lsa kerak. Oilaviy rosaaa qiziqib ko'rgandik. Mavzusi ham yaxshi edi.
Lekin har qanday film ham insonni o'z hayotidan muhimroq bo'lmasligi kerak.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Munira xonim 19 Oktyabr 2009, 22:46:32
Assalamu alaykum.
Yaqinda net orqali turk ijodkorlari tomonidan suratga olingan "Hakkini helal et" nomli serilani 2 qismini ko'rgandim.
Menga juda yoqqandi shu serial. Lekin afsus hali hammasini ko'rish nasib qilmadi.
Bizni kanallarda ham koreyslarni tarixi, ularni sevgisi aks etgan filmlarni bervavermasdan, shunday seriallarni ham tarjima qilib berishsa.... o'ho'o'o'...
Ancha o'zgarish bo'lgan bo'lardi....
Lekin bu bizni hayollarimizda qolib ketyapti afsus....
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Bahrom Qori 20 Oktyabr 2009, 10:07:05
"Qashqirlar makoni" zararli deb topildi.
 
 Nejati Shashmaz "Po'lat Alemdar" rolini o'ynagan aktyor. Turkiyada bu serial bolalarning psihologiyasi uchun zararli, deb topilgani uchun keyingi vaqtda tv kanallarida ko'rsatilishi ko'p tortishildi va ko'rsatilishi qattiq ta'qiqlandi. O'smirlar men Po'latman, deb qurol bilan insonlarga zarar bera boshlagani haqida habarlarda ko'rgan edi. Shuning uchun voyaga yetmagan bolalarga Qashqirlar kinosoni ko'rishi mumkin emasligi ta'kidlab o'tildi. Chunki u kinodagi qonli urushlar, qotilliklar va narkobiznes qiladigan mafiyalar bolalarning ongini zaharlaydi va u ongi zaharlangan bola hayotda shunday yashash kerak ekan deb jinoyatga qo'l uradi. Shuning uchun bolalaringizni u kinoni ko'rishini tavsiya etmaymiz.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Hadija 20 Oktyabr 2009, 21:04:17
Yaxshi seriallar ham bor. Tarixiy, tarbiyaga to'g'ri keladigan seriallar yetarlicha topiladi.

Deylik Jumong-mi?!
Yaqinda stomotologda o'tirganimda ikkita katta ya'ni 60 yoki undan kam kattaroq yoshdagi amakilar suhbatiga guvoh bo'lib qoldim, istamas holatimda. 5 yoshlik nevaralari Jumongni bir-birini pichoqlab urushayatgan joylarini qattiq stres va hayajon, intiqlik bilan ko'rishayotganini hattoki ota-onasining gaplarini ham eshitmayatgan ekan. Kino tugagach uyquga ketar chog'da, bobojon manam katta bo'sam yaxshi urushadigan, dushmanlani so'yib tashliyman-a? deb bobosiga mo'ltirab turganmush. Nabirasini bu savoliga hangu mang bo'lib bobo behchora mung tishlab hayron bo'lganini yonidagi birodarlariga aytib turgandila...
Ho'sh ayting-chi, shu tarixiy seriallar qanchalik ibratli?!

U ham mayli O'zimizning o'zbek seriallari.
Albatta tan olish kerakki, kundan kunga aktyorlar soni ko'payib har hil kino va seriallar ko'paymoqda. Afsuski quvonarlik ham pichoqqa ilarlik hali ishlandi deyish qiyin.
Masalan, hozir tele ekranlarda namoyish etilayotgan "tutash taqdirlar" serialini olib qaraylik. To'g'ri bir tomondan qaraganda hozirgi kunimizdagi ayni holatlar tanqid ostiga olib chiqilgan ammo bu serial ham tanqiddan holi emas. Deylik, yangi kelin bo'lib tushgan qiz, qaynonani aldab, Onasini uyiga borib uhlab kelishi, bu qanchalik to'g'ri?!
Yoki "Dil payvandi" seriali, qishloq va mahallaning muammosini ko'tarib chiqishganuuu.... :)

Mayli, tanqid qilay desa, yoki kamchilik topay desak har bitta odam ham kamchilikdan holi emas, ammo achinarlisiki o'sha kamchilikni bila turib qilishimiz va kamchilikni to'g'irlay olmayotganimiz, bizning eng katta kamchiligimiz deb o'ylayman...

bahromQorini postini o'qib ko'rsangiz,Jumong serialiga ham javob topasiz...

Iyaa, "Jumong" qayerdayu "Qashqirlar makoni" qayerda. Aslida-ku ularning ham mativi bir hil... Bahrom Qorining postlaridagi haqqoniylik deb fikrimcha bolalarni TVdan uzoq tutishga bo'lgan takid. Aslidaku nafaqat bolalarni o'zimizni ham u balodan uzoq tutishimiz lozim...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2009, 11:33:07
"Qasqirlar makoni"ning ham Turkiyada ham O'zb-da qolaversa Turkiy Jumhuriyatlarda diqqat bilan sevilib tomosha qilinishini sababi u yerda haftama hafta bo'lib o'tayotgan voqealarni va hatto bo'lishi mumkin bo'lgan siyosiy voqealarni aniq ko'rsatib berilishida. Yana bir tarafi teleserialda insonlar haqlarini talab qila oladilar. Yosh bollar uchun zararli albatda, lekin haqiqatlarni bilish uchun kattalar uchun kerakli, deb o'ylayman. To'g'ri bizda hatto erkaklar ham siyosat haqida ko'p gapirishmaydi, sababi o'zi endigina Mustaqil bo'lganmiz, undan oldin esa faqatgina 1 partiya bo'lgan, nimasini gapirasiz.
Turkiyada esa hozirgi hukumat bilan uning muholiflari o'rtasida ochiqma-ochiq "jang boradi". Tabiiy holda ularning partiyalaridagi odamlar ham bir-birlarining kamchiliklarini aytadi, xalqning ko'zini oldida hamma narsa oshkora aytiladi. Keyin inson bolasi nimaga "chanqagan" bo'lsa-shuni hohlaydi...

Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Ulugbek-Uz 21 Oktyabr 2009, 18:12:24
Ашлар каналидаги "Олабсжилар" ҳақидаги ксрсатувни ксргандирсизлар. сқинда бслди? Худди шу мавзуга ҳам, уларнинг ёш болаларга таъсири ҳақида ҳам гап бслди. 
Айнан сериалларни ёмон дейилганда Ашлар канали сзига сзи қарши чиқиб қолган бсларди, чунки айнан уша Жумонгу Жанг бого лар шу каналдан берилади. Фақат ёш болаларни вақтини тсғри тақсимлаш, бефарқ бслмаслик, тарбиссига жиддий сътибор бериш лозимлиги ҳақида айтилди.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Muslimа 21 Oktyabr 2009, 23:18:55
Moderator:

 :as:
Hurmatli ChehMik va Hadija! Mavzuga oid bo'lmagan postlariz o'chirildi! Iltimos, shaxsiy muammolarni PM orqali hal qilsangiz. Forumda har kim erkin fikr bildirish va ma'qul bo'lmagan fikrlarga qarshi chiqish huquqiga ega. Lekin bu bir-birini ko'ngliga ozor berish yo'li bilan amalga oshirilmasligi kerak! Iltimos forumdoshlar bir-birimizga ozor berishdan ehtiyot bo'laylik! Chunki Habibimiz Rasululloh sallalohu alayhi vassalam aytganlar: "Musulmon odam, boshqalar uning qo'li va tilidan ozorlanmagan odamdir!"  (hadis mazmuni). Alloh barchalarimizni O'zi isloh qilsin!
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Mahdiyah 22 Oktyabr 2009, 10:50:24
Teleseriallar, multfilmlar...

Bular odamni ongiga tez kirib o'rnashadigan yo'llardan biri.

Ayrim kinolarni ko'rasizda "Mana shu yeri o'xshamay qolibdi" dib yuboradi inson, ayniqsa hind kinolariyu, seriallarida.

Lekin o'ta mahorat bilan ishlangan kinolar ham talaygina.
Hatto ichida mantiqqa tog'ri kelmaydigan epizodlari ko'p bo'lsa ham, mahorat bilan ishlangani uchun hoxlasak hoxlamasak ongimiz o'sha narsaga moslashadi.
Qo'pol qilib aytganda unga asir bo'lamiz.
O'zimizcha shu narsalar hayotimizda bo'lishini orzu ham qib qolamiz.

Bu bilan esa biz real hayotga real qarashdan yiroqlashamiz.
Oqibatda mulohazali mavzularda bosh qotirishni istamaymiz.
Salgina mulohazali gap boshlansa "E bo'ldi qilgin, hayotni o'zi muammo undan ko'ra o'ynab kul, hadeb muammolardan gapiraverma" deymiz.

Teleseriallardagi oldi qochdi sahnalar, gaplar odamlar ongida muhim narsalarga qarash uchun, ular borasida qattiqroq fikr yuritish uchun to'sqin dib bilaman!

To’g’ri aytishimiz mumkin: "œYaxshilari ham borku!" deb.
Lekin o’sha "œyaxshi seriallar" qatoridagi seriallarga nazar solingchi, ibratli, odamni mulohazaga soladigan epizodlari ko’pmi yoki odamni chalg’itadigan, hayolini buzadigan epizodlarimi?

Bir tanishim: "œSeriallar g’ir bekorchilarning hayot mazmuni" degandi.
Gaplarida jon bor, ayniqsa uybekalarida bu katta muammoga aylangan.

Misol ayrim oilalarda seriallar boshlansa hamma o’z ishini tashlab shuni ko’rish uchun yig’iladi.
Xatto ibodatni keyinroqqa qo’yib, serialni tamomlaganlaridan keyin boshqa ishlarga o’tishadi.
Seriallarga qarab "œertaning plani"ni tuzadiganlar ham kam emas!

Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Ansora 22 Oktyabr 2009, 14:59:09
Amerikada ishlab chiqarilgan butun kinolar-seriallarda Davlat-albatta Amerika bayrog'ini ko'rsatish shartini qo'yar ekan!
Bu ham bir missiya, filmni ko'rgan insonni miyyasiga albatta bu bayroq o'rnashadi...
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: registan 06 Noyabr 2009, 22:10:36
А­КА ААЛАА АИ ҚОА АЙТИА МАСДАА КЎАГИЛЛАА  ОЙДИАЛАШМАС

А­р-хотинлар вақтларини каламушдай кемирувчи телевизор ва интернетга боғланиб қолишдан сзларини қутқаришлари керак. Ҳар кун соатлаб телевизор ксрадиган инсон оила муҳаббатига қандай фурсат топади? Айниқса, интернет фалокати оилаларни қақшатмоқда. Бахтли оилада телевизордаги сериалларга ҳам, интернетдаги бемаъни хабарларга ҳам жой йсқ. Қатъий билишимиз керакки, скранларни қорайтирмай, кснгиллар ойдинлашмайди. Америкаликларнинг телевизорни «тентак қути» дейишлари бежиз смас. Телевизорга сарфланган ҳар бир сонис ҳақиқий ҳаётдан узилиб, скран дунёсига бериламиз.

Телевизорга сарфланган ҳар соатимиз бизшшг сртача сттиз саҳифа китоб сқишимизга монеълик қилади.
Телевизорга сарфланган ҳар кунда сртача етмиш иккита жиност, тажовуз, сралаш ва номусга тегиш ҳодисаси рсй берар скан.
Бу ифлосликдан зеҳн ва қалбимизни асраш йсли телевизор деган бош оғриғидан иложи борича узоқроқ бслишидир.

Табиийки, Телевизор фақат вақтимизни сғирлаб, исроф қилади, ундан-да бадтари онгимиз ва қалбимизни ифлослантиради. Ички дунёмизга канализаяисдан бадтар кирликларни доимо оқизиб туради.
Телевизорга сч одамлар ҳеч бслмаса, томошани камайтириши, снг муҳими ҳар қандай ксрсатувни қсравермаслиги, танлаб томоша қилиши керак.

Телевизорга ажратилган вақт турмуш сртоғи ва болаларга ажратилса, уй севги жаннатига айланади.

Шоира Ауриддинова

muslimaat.uz (http://muslimaat.uz/content/view/487/117/)dan olindi
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 22:08:10
Xozir O'zbekistonimizda qaysi seriallar berilyabdi o'zi?
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: braupov 11 Fevral 2010, 22:15:29
Xozir O'zbekistonimizda qaysi seriallar berilyabdi o'zi?
:as:
Turkiyaliklarning "Arg'uvonlar ostida" seryali, siz ko'rganmisiz?
Qogan seriyallar KOREYS ahliga tegishli serialardir. shekilli.....
yozganlarimni o'qib hamma seriallarni ko'rarkan deb o'ylamanlar faqatgina PROGRAMMADA o'qidim
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 22:19:31
Tarjimalari boshqa bo'lgani uchun bazan qaysi biri ekanligini bilish qiyin.
Men ham uncha ko'rmaganman o'zi seriallarni. Masalan Qashqirlar vodiysini hech tomosha qilmaganman. Sabrim yetmaydi to'g'risi:)

Bundan 3 yil oldin İstambuldan mehmonlar bilan Buxoroda bozorda aylanib yurgandik. 65 yoshlardagi xolajon mehmonlarning Turkiyadan ekanliklarini eshitib,
: Hamma Turklar kelsin O'zbekistonga, faqat Jabbor kelmasin, deb qo'llari bilan yo'q, yo'q ishorati etgandilar....

Xinali qor seriladi edi shekilli. Ma'lum bo'lishicha Jabbor yomon odam ekan : )

Mehmonlar rosa kulishgandi....
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: braupov 11 Fevral 2010, 22:24:45
Tarjimalari boshqa bo'lgani uchun bazan qaysi biri ekanligini bilish qiyin.
Men ham uncha ko'rmaganman o'zi seriallarni. Masalan Qashqirlar vodiysini hech tomosha qilmaganman. Sabrim yetmaydi to'g'risi:)

Bundan 3 yil oldin İstambuldan mehmonlar bilan Buxoroda bozorda aylanib yurgandik. 65 yoshlardagi xolajon mehmonlarning Turkiyadan ekanliklarini eshitib,
: Hamma Turklar kelsin O'zbekistonga, faqat Jabbor kelmasin, deb qo'llari bilan yo'q, yo'q ishorati etgandilar....

Xinali qor seriladi edi shekilli. Ma'lum bo'lishicha Jabbor yomon odam ekan : )

Mehmonlar rosa kulishgandi....

TURKIYADA HAM o'zbek kinolarini qo'yishadimi
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 22:32:20
O'tgan yillarda İstambulda "O'zbek kinosi" haftasi tashkil etilgandi.

O'tgan kunlar hammani yig'latgan....
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: braupov 11 Fevral 2010, 22:35:34
O'tgan yillarda İstambulda "O'zbek kinosi" haftasi tashkil etilgandi.

O'tgan kunlar hammani yig'latgan....

O'zbek ayollari shuncha yig'laganda, turklar bir martta oz'beklar uchun yig'lashsa ..................
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 22:59:17
:) O'zi İsroyil bilan shu serial sabab Turkiyani orasi buzildi...

Arab o'lkalarida esa yana bir serial yuzidan Arab erkaklar ayollariga serialni ta'qiqlashibdi, sababi serial qahramoni Arab ayollarini tilidan tushmay qolibdi.

Endi bo'lsa Mr_Soibjondan ogohlantirish oldi ;D
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: braupov 11 Fevral 2010, 23:01:47
Manam KURTLARga kasal bo'ganlarni ko'p ko'rdim
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 23:04:49
Forumda ham anchagina: Jamshidjon, Muhammad Sohib haaa Nurillobek : )

yana bir dunyo bordir aniq.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Nurilla 12 Fevral 2010, 03:35:49
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar. Ha man Kurtlar Vadisi serialiga oshiqman. Mr.Soib aytganlaridek 1hafta kutiladi. Lekin juda zo'r. O'zi seriallarga uncha o'ch emasman odamni vaqtini oladi, lekin 1chi seriyasini ko'rdimu 1ko'rishda . . .  Shu KVD(dizi), KVI(irak), KVT(terör), KVP(pusu) ni ko'rganlar bo'lsa, o'z fikrini qoldirsa yaxshi bo'lardi. Ko'rmaganlar yozmasa ham bo'ladi javobi aniq.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Nurilla 12 Fevral 2010, 03:40:42
Hozirda Pusu turk tilida O'zbekistonda, iloji boricha tushunishga harakat qilaman, ayniqsa KVDni yarmi turk tilini ko'rganim uchunmi tushunsa bo'ladi. InshaAlloh bugun ohirgi 79 va 80 bolimlarini olaman. 2haftadan beri kutdim-a.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Nurilla 12 Fevral 2010, 05:24:47
Polat va uning komandasi - bu Jumong ku. Otib ketishsa ham pichoq tiqishsa ham bomb portlasa ham Jumongga o'xshab tirik qoladi. 79 va 80 bölumni intizorlik bilan kutvomman.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Ansora 20 Fevral 2010, 14:48:49
Turkiyaning 1 chi davlat kanalida doimo Koreya yoki Xitoyning teleseriallari berib boriladi. Lekin hammasi tarixiy mavzularni yoritib beradi. Saroy, saroydagi "o'yinlar"...

Xozirgi kunda "Muhtasham Qirolicha" seriali berilmoqda.

Mavzularni bir-biriga o'hshasa kerak, chunki hech birini to'liq ko'rmaganman-da.
Menga ularning milliy kiyimlari juda yoqadi holos. Shunchalik ovora bo'lishgan endi, rahmat  : )
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: siddiqa 22 Fevral 2010, 08:11:55
Turkiyaning 1 chi davlat kanalida doimo Koreya yoki Xitoyning teleseriallari berib boriladi. Lekin hammasi tarixiy mavzularni yoritib beradi. Saroy, saroydagi "o'yinlar"...

Xozirgi kunda "Muhtasham Qirolicha" seriali berilmoqda.

Mavzularni bir-biriga o'hshasa kerak, chunki hech birini to'liq ko'rmaganman-da.
Menga ularning milliy kiyimlari juda yoqadi holos. Shunchalik ovora bo'lishgan endi, rahmat  : )

bizda adashmasam ko'p kanalda hitoy ,koreys lar ijod na'munalari bn to'lgan . :D :D
bir ko'rgim kelsa doctor houseni ko'raman ,shifokorlar hayoti kasallik tarihlari zo'r ishlangan ,qiziq .

eng ohirigi sevib tomosha qilgan serialim .......Romayana edi ;) ,

ram bn rovanni otgan o'qi Hudo Hohlasa 2 kundan keyin yetib kelardida ,5 sinfmidik ko'chada o'ynashga mahalladan chiqsak kimdir baqirib qolardi

Ramayana boshlandi ,

20 ta boladan hich kim qomasdi ko'chada  :D :D
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: gayrat17 22 Fevral 2010, 17:25:19
xech kimni majburlagani yo'q TV ko'rishga, men uchun televizor musorga aylangan, faqat xaftada 1-2 marta futbol ko'raman xolos.
Nom: Re: Teleseriallar haqida
Yuborildi: uzboy 22 Fevral 2010, 18:01:36
Assalomu alaykum forum ishtirokchilari!
hozirda juda ham ko`payib ketgan teleseriallar haqidagi fikringiz qanday?
Bilishimcha teleseriallar yoshi katta nafaqaga chiqqanlar uchun o'ylab topilgan narsa. Har kuni quyishadi va qiziq joyida tugatib quyishadi. Qariyalar keyingi kungacha serialni davomi nima bularkan deb kun o'tganini sezmay qoladilar, zerikish yuq hullas. Lekin hozir hamma birdek ko'radi, bir tomondan ba'zi seriallar ijobiy va salbiy tomonlari bor, mavzuga qarab. Umumiy hulosa chiqarish qiyin
Nom: Javob: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Muxsiya 05 Mart 2013, 09:41:29
fikringizga qo'shilaman. Yaqinda bo';lib tugagan "Iztopar"filmiga shunchalik qiziqibmanki, tezroq uxlasamu erta bo'lsa va ishdayam tezroq ish tugasayu borib serialnid davomini ko'rsam deb yurardim shunaqa qilib 2 oy umrimniyam 45 daqiqalik serial uchun sarflab qo'yibman
Nom: Javob: Teleseriallar haqida
Yuborildi: azizbek_mx 07 Mart 2013, 17:30:30
Doktor House serialini rus tilida boshladim. Medicina sohasidan umuman xabarim yo'q. Ham bu sohadan ham ruschadan "praktika" bo'ladi deb umid qildim. hozircha yomonamas :)
Nom: Javob: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Abdulhafizaka 07 Mart 2013, 18:48:53
Doktor House serialini rus tilida boshladim. Medicina sohasidan umuman xabarim yo'q. Ham bu sohadan ham ruschadan "praktika" bo'ladi deb umid qildim. hozircha yomonamas :)
Ха мен хам ксриб чиÒ›дим, Доктор Хауснинг (Динлар ичида фаÒ›ат Исломда мантиÒ› ксрдим) деган жумласи ва шунга схшаш бошÒ›а схши гаплари, хеч нимага Ò›арамай фаÒ›ат муваффаÒ›истга интилиши, кузатувдаги мижози учун хатто ток билан сзини ваÒ›тинчалик слим холатига киритиш даражасидаги интилишлари мени жуда таъсирлантирди.
АйниÒ›са шогирдларига нисбатан Ò›аттиÒ› Ò›сллиги, мазахлари жуда кулгили сахналар кайфистни кстаради.
Nom: Javob: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Muxsiya 11 Mart 2013, 09:14:43
Bu filmdagi jumlalarga e'tibor bersangiz uni har birini tagida chuqur ma'no yotadi, xuddi ipga terilgan marjondek so'zlarni saralab ishlatishgan
Nom: Javob: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 12 Mart 2013, 22:11:41
Doktor House serialini rus tilida boshladim. Medicina sohasidan umuman xabarim yo'q. Ham bu sohadan ham ruschadan "praktika" bo'ladi deb umid qildim. hozircha yomonamas :)
Ха мен хам ксриб чиÒ›дим, Доктор Хауснинг (Динлар ичида фаÒ›ат Исломда мантиÒ› ксрдим) деган жумласи ва шунга схшаш бошÒ›а схши гаплари, хеч нимага Ò›арамай фаÒ›ат муваффаÒ›истга интилиши, кузатувдаги мижози учун хатто ток билан сзини ваÒ›тинчалик слим холатига киритиш даражасидаги интилишлари мени жуда таъсирлантирди.
АйниÒ›са шогирдларига нисбатан Ò›аттиÒ› Ò›сллиги, мазахлари жуда кулгили сахналар кайфистни кстаради.

Vaaauuuu Doktor Houseda shunaqa gaplar aytilganmikan. Ko'rsam bo'ladi ekan.
Nom: Javob: Teleseriallar haqida
Yuborildi: albatros 15 Mart 2013, 16:00:22
Mana sevimli seriallarimdan biri. Matonat va sabrdan saboq beruvchi muhabbatni tarannum etuvchi bu serialni siz ham har safar ko'rganingizda sevib  tomosha qilarsiz ehtimol...

(http://img.uz/d/2013/03/5142feab18c64.jpg) (http://img.uz/)

(http://img.uz/d/2013/03/5142fec5f1fae.jpg) (http://img.uz/)

Mana o'sha irodali Choliqushi(Farida)ning chorasiz qolgan iztirobli damlarida o'ziga matonat beraoluvchi jasorati :

"Алекси опанинг оғзидан тушмайдиган бир гапи бор эди: “Қизларим, умидсиз касалликларнинг, табиий фалокатларнинг биргина дориси бор: чидаш ва бўйсуниш… Ғам-аламларда яширин шафқат бор. Шикоят қилмаганларни, ўзларини очиқ чеҳра билан қаршилаганларни камроқ азоблайди”, — деярди. Чолиқуши бу сўзларни ҳар доим кулимсираб эшитарди. Мана энди уларни тўғри деб билади, кулишга жасорат ҳам қилолмайди. Зайниларда ўтган мана шу бир ой ичида шундай дамлар бўлдики, бутун умидсизликка чулғандим. “Беҳуда уринма! Энди у ёғига чидай олмайсан!” деяр эдим ўзимга. Ана шундай дамларда Алекси опaнинг пайғамбарона сўзлари менга ёрдам берарди. Юрагим қон йиғлаб турса ҳам кулар, ашула айтар, ҳуштак чала бошлар эдим. Шундайки, қалбим, ниҳоят, бу кайфиятнинг ёлғонлигига ишонар, сувга тушган гуллар каби титрай-титрай тирила бошлар эди."

Рашод Нури Гунтекиннинг «Чолиқуши» романидан парча
Nom: Javob: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 16 Mart 2013, 16:09:34
Men seriallardan "Ashobul Kahf" (G'or sohiblari) serialini ko'rishni istardim. Oldinlari ko'rganman yoshligimda Hozir qumsagandi ko'rishni istab Google togamga murojat qilsam topib bermadilar. Yo yahshilab iltimos qilmadimmi. Sizlarga ham tavsiya etaman!
Nom: Javob: Teleseriallar haqida
Yuborildi: Sayyid90 17 Mart 2013, 21:30:14
Bechora_Bandang_:bu serial spaces saytida bor edi yani Gor sohiblari.
Nom: Javob: Teleseriallar haqida
Yuborildi: azizbek_mx 18 Mart 2013, 18:10:34

Iqtibos
Men seriallardan "Ashobul Kahf" (G'or sohiblari) serialini ko'rishni istardim. Oldinlari ko'rganman yoshligimda Hozir qumsagandi ko'rishni istab Google togamga murojat qilsam topib bermadilar. Yo yahshilab iltimos qilmadimmi. Sizlarga ham tavsiya etaman!

http://muxlis.at.ua/load/g_39_or_sohiblari_or_sokhiblari_o_39_zbek_tilida/1-1-0-1919 (http://muxlis.at.ua/load/g_39_or_sohiblari_or_sokhiblari_o_39_zbek_tilida/1-1-0-1919)
Nom: Javob: Teleseriallar haqida
Yuborildi: albatros 01 Oktyabr 2013, 14:42:07
Севиб тамоша қиладиган сериалларимдан бири "Чолиқуши" қайта тасвирга олинибди.
Туркиянинг машҳур «ТИМС Продуcтионс» маҳсулоти сифатида қайта ишланаётган янги сериал ўз мухлисларига қандай кутилган ва кутилмаган таасуротларни берар экан.

(http://img.uz/d/2013/10/524a9871e661b.jpg) (http://img.uz/)

Фериденинг болалик ва ўсмирлик даврлари акс этган эпизодлар кўпчиликнинг диққатини тортди. Сериалнинг яна бир ютуғи актёрларнинг тўғри танлангани десак адашмаган бўламиз. «Муҳташам юз йил» да Малкочоғлу образи орқали таниш бўлган актёр Бурак Ўзчивит сериалда Камрон ролини ўйнамоқда. 1980- йилларнинг насталгияси сифатида эсда қолган «Чолиқуши»ни юртимизда ҳалигача севиб мутоала қилишади. ХХ аср турк адабиётининг йирик намоёндаси Гунтекиннинг «Чолиқуши»си адибимиз М.Исмоилий томонидан моҳирона таржима қилинган.

(http://img.uz/d/2013/10/524a979ee15cd.jpg) (http://img.uz/)

Бош ролларда:
Фериде - Фаҳрие Эвжен; Камрон - Бурак Ўзчивит; Продюссер - Тимур Савжи; Режиссёрлар - Чаған Ирмак, Доған Умид Каража; Сценарий муаллифи- Севги Йилмаз.
Сериал шу кунларда Туркиянинг маҳаллий "kanal D" телеканали орқали намойиш этилмоқда.
Манбаа: darakchi.uz  (http://darakchi.uz)sayti