forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: maknuna 29 Iyul 2006, 05:13:47

Nom: Savob istab...
Yuborildi: maknuna 29 Iyul 2006, 05:13:47
Dildor Rustamova:
Bismillohir Rahmonir Rahiym.

 (Alloh bilguvchiroqdir, xato qilgan bo’lsak o’zing mag’firat qilgaysan) Al Faqix Abu Lays  As Samarqandiy kitoblaridan olindi.

Butun olamlar xojasi, yakkayu yagona, ulug’ Alloh taologa hamdu sano bo’lsin! Bizni shu kunga, shu ne’matlarga  yetkazgan barokotli va buyuk zotga hamd bo’lsin. Qiyomat kuni mo’min bandalarini  o’z rahmati soyasiga olguchi va ostlaridan daryolari oqib turguchi jannatini nasib etguch bo’lgan Allohni zikr (hamisha yodda tutishni va hamd aytishni )etishni Parvardigor qalbimizga bog’lab qo’ysin.

Anas ibn Molik(raziyollohu anhumo) Payg’ambardan(s.a.v.) rivoyat qiladilar: Payg’ambarimiz aytdilar: "Allohni zikr qilish imonni alomati  va nifoqdan ozod bo’lish, shaytondan qo’rg’on va do’zahdan to’suvchidir"

Taqvodor shunday zotki , u ham Allohdan qo’rqadi, ham gunohlaridan qo’rqadi.
Molik ibn Dinor(r.a) aytadilar: "Agar kishi nafsida qo’rqinch va umid alomatini bilsa , u ishonchli ishni ushlabdi.Qo’rqinch alomati-Alloh taolo man qilgan narsalardan qaytish. Umid etish alomati-Alloh taolo buyurganlarini qilish " Aytilishicha , xavf va umid ikki alomatdir. Umid alomati-amalingizningAllohni rozi qiladigan bo’lishi, qo’rqinch alomati_Alloh man qilgan narsalardan qaytishingizdir.
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: maknuna 29 Iyul 2006, 05:14:06
"œLa-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati

Faqih Abu Lays Samarqandiy(Aloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Abdulloh ibn Amr ibn Osdan(r.a) rivoyat qilinishicha, Payg’ambar (s.a.v.) aytadilar: "Kishi qiyomat kuni torozi oldiga keltiriladi. So’ngra to’qson to’qqizta metin daftari chiqariladi.Har daftarning uzunligi ko’z nuri yetgunchadir.Unda xatolari, gunohlari yozilgan bo’ladi.Ular tarozining bir pallasiga qo’yiladi, so’ng barmoqning uchidek bir varaq chiqariladi.Unda shahodat kalimasi-"œla-a ilaha illallohu va anna Muhammadan ‘abduhu va rasuluh" yozilga bo’ladi. Uni tarozining ikinchi pallasiga qo’yiladi va u xatolardan og’ir keladi"
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: maknuna 29 Iyul 2006, 05:14:16
Anas ibn Molik(r.a) aytadilar:
Payg’ambar(s.a.v) huzurlariga Jabroil(a.s) kelib:"Yer boshqa yerga, osmonlar (o’zga osmonlarga) aylanib qoladigan hamda(barcha odamlar) yolg’iz va qudratli Allohga ro’baro’ bo’ladigan kunda (qiyomatda) intiqom oluvchidir" oyatini tilovat qildi.

Payg’ambar(s.a.v.) aytdilar:"Ey Jabroil, odamlar qiyomat kunida qanday holatda bo’ladilar?".Jabroil aytdi:"Ey Muhammad, ular oppoq, hech ham gunoh qilinmagan yerda bo’ladilar. Agar jahannamning guvillashi eshitilsa, maloikalar arshga yopishib oladilar.

Har bir farishta:"Ey Alloh, faqat o’zimizning nafsimizni Sendan so’raymiz(qiyomatning qo’rqinchi farishtalarning ham faqat o’zlarining qayg’ulari bilan band qilib qo’yarkan".Tog’lar esa titilgan jundek bo’lib,jahannamning qo’rqinchidan osmaonda uchib yuradi. So’ngra jahannam keltiriladi.U guvillab ovozini chiqarib keladi, uning yetmish ming arqoni bor, ahr bir arqonda yetmish mingta farishta bo’ladi, keyin Alloh oldida to’xtaydi.

Alloh taolo:"Ey jahannam, gapir",deydi.Jahannam aytadi:"La-a ilaha illalloh,Sening izzating va pokliginggaqasamki,bugun sen berga rizqni yeb,boshqaga ibodat qilgan kishidan,albatta , o’ch olaman.Mening xuzurimdan faqat o’tish huquqi bo’lgan kishilgina o’tadi".Payg’ambar(s.a.v.):"Ey Jabroil,qiyomat kunidagi o’tish nima?"dedilar.

Jabroil(a.s):"Ey Muhammad, ummatingizdan kim la-a ilaha illalloh kalimasini aytib , guvohlik bergan bo’lsa,jahannam ko’prigidan o’tadi,"dedi.Payg’ambar(s.a.v.)aytdilar:"Ummatimni la-a ilaha illalloh kalimasibilan ilhomlantirganZotga hamdu sano bo’lsin""
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: maknuna 29 Iyul 2006, 05:14:24
Ey birodar,qarang,o’lim kelmasidan oldin ishalringizni isloh qilib oling.Chunki siz qachon o’lim kelishini bilmaysiz.Bilingki,umr ozgina,hasrat esa uzoqdir.Sizga la-a ilaha illalloh so’zini ko’paytirmoq va unga shukr qilmoq lozim.Shukr ulug’ ne’mat uchundir.Chunki ne’mat shukr bilan boqiy.

Hasan Basriy aytadilar: "La-a ilaha illalloh jannatning bahosidir"
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: maknuna 29 Iyul 2006, 05:14:33
Bir sahobiydan rivoyat qilaindi:"Kim ixlos bilan(butun vujudibilan) la-a ilaha illalloh desa,ulug’lab ovozini ko’tarsa,Alloh uning to’rt mingta katta gunohini kafforat qiladi"Aytildiki:"Agar unda 4000 ta gunoh bo’lmasachi?",deb.Aytdilar:"Unda ahli(oilasi) va qo’shnilarining gunohlari kechiriladi"

Ey,birodar, Allohni zikr qilish qalbdan shaytonni ketkazadi, qalbni iymonga—islomga yumshoq qilib, uni xotirjam qiladi,keling shuning uchun kuni tun xech bo’lmasa La-a ilaha illalloh kalimasini aytib yuraylik.
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:31:37
Rasulloh salolohu alayhi vasallam namozdan so’ng:
"œAstag’furilloh" deb orqasidan :
"œAlohumma antas salam va minkas salam tabaroka ya zal jalali val ikrom"
Ma’nosi:
Allohim Salom Sensan va salom sendandir. Ey ulug’ va hurmatli zot, Sen barokatlisan" deb aytar edilar.
So’ngra:
"œSubhanollohi valhamdilullohi va la ilaha ilollohu vallohu akbar va la havla va la quvvata illa billahil Alliyil Aziym" deb so’ngra 33 martadan Subhanolloh , Alhamdilulloh va Allohu Akbar deganimizdan so’ng:
"œLa ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah lahul mulku lahul va lahul hamdu va huva a’la kulli sha’in qodiyr"
Ma’nosi:
Allohdan boshqa iloh yo’q.Uning jufti va sherigi yo’q. Mulk unikidir. Hamd unga hos. U har narsaga qodirdir"
Shunda 33martadan zikr qilinganda 33*3=99 va shu duo bilan 100 bo’lib . Har bir namozdan so’ng ushbu amalni qilgan inson oladigan savob haqida Rasulloh salolohu alayhi vasallam hazratlari :"Ey Abu Zarr, har namozdan so’ng 33marta Subhanolloh, Alhamdilulloh va Allohu Akbar deb zikr qilib , orqasidan La ilaha ilollohu duosini o’qisang, gunohlaring dengizning ko’pigi qadar ko’p bo’lsa ham Alloh avf etadi(InshaAlloh)"
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:31:46
Kim bomdod va shom namozlaridan keyin o’rnidan turmasdan 10 marta :
"œLa ilaha ilollohu vahdahu la shariyka lah lahul mulku va lahul hamdu yuhyi va yumiytu va huva ‘ala kulli shay’in qodiyr"
Ma’nosi:
"œBir va sherigi bo’lmagan Allohdan boshqa iloh yo’q. Mulk Unikidir. Hamd Unga hosdir. Tiriltirguvcha va o’ldirguchi Udir. U har narsaga qodirdir"
Desa Alloh unga 10ta savob yozadi, 10ta gunohini o’chiradi, 10marotaba darajasini yuksaltiradi. Butun kun davomida o’zi xohlamagan barcha narsalardan yiroq bo’ladi. Shayton ham unga yaqinlasha olmaydi. Shu kuni xech qanday gunoh qilmaydi. Allohga sherik qo’shish bundan mustasno"(Termiziy)
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:31:57
1/1. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki kalima borki, ular tilga yengil, tarozida og’ir va Rahmonga mahbubdir. Ular:  «Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil ‘aziym», deb aytdilar». (Ma’nosi: Allohni hamd aytish va ulug’lash bilan poklayman.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari

2/2. Abu Zarr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh menga: «Alloh taologa eng mahbub bo’lgan kalomni aytaymi? Alloh taolo uchun kalomlarning eng yaxshisi «Subhanallohi va bihamdihi», deb aytishingdir», dedilar».
Boshqa rivoyatda aytiladi: «Rasulullohdan: «Qaysi kalom afzal?» deb so’rashdi. U zot: «Alloh farishtalari yoki bandalari aytishini ixtiyor qilgan «Subhanallohi va bihamdihi», kalimasidir», dedilar», deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari

3/3. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taologa kalomlarning eng yaxshisi to’rttadir: «Subhanallohi, valhamdu lillahi, va la ilaha illallohu, vallohu akbar». Ularning qaysi biridan boshlasang, zarari yo’q», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:32:07
4/4. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdu lillah» kalimasi tarozini to’ldiradi. 
«Subhanallohi valhamdu lillahi» yer bilan osmonni to’ldiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari

5/5. Ummul mo’miniyn Juvayriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertalab subh namozi paytida uning huzuridan chiqib ketdilar. U namoz o’qiydigan xonasida edi. So’ngra zuho namozini o’qib bo’lib qaytib kelsalar, Juvayriya onamiz hali ham o’tirgan edilar. Shunda Rasululloh: «Chiqib ketganimdan beri shu holatda o’tiribsanmi?» deb so’radilar. Onamiz (r.a.): «Ha», deya javob berdilar. «Men sendan keyin to’rtta kalimani uch martadan aytdim, agar ular tarozida o’lchansa, sen bugun aytgan narsalardan og’ir keladi, — dedilar Rasululloh. — Ular: «Subhanallohi va bihamdihi ‘adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata ‘arshihi va midada kalimatihi». (Ma’nosi: Yaratganlarining adadicha, nafsi rozi bo’lgunicha, arshning vaznicha, kalimalarning uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklayman.) Imom Muslim rivoyatlari

Boshqa bir rivoyatda:
«Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi», deyilgan. (Ma’nosi: Xalqining adadicha Allohni poklayman, nafsi rozi bo’lguncha Allohni poklayman, arshning og’irligicha Allohni poklayman, kalimalarining uzunligicha Allohni poklayman.)

"Al-Azkor"dan
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:32:23
6/6. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadislarning lafzi quyidagicha:
«Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi».

7/7. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha  illallohu vallohu  akbar», deyishim men uchun quyosh chiqib, nur sochganidan yaxshiroqdir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari

8/8. Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb o’n marta aytsa, Ismoil zurriyotidan to’rt kishini ozod qilgandek bo’ladi», dedilar». (Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo’q, U yolg’iz, Uning sherigi ham yo’q, butun mulk Uniki, hamd ham Unga xos va U har bir narsaga qodirdir.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:32:40
9/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb bir kunda yuz marta aytsa, o’nta qul ozod qilgan barobarida bo’libdi. Unga yuzta hasanot yozilib, yuzta yomonligi o’chiriladi, kech kirgunicha shaytondan omonda bo’ladi. Uning bu amalidan afzalroq ishni hech kim qila olmaydi. Faqat shu kalimalarni ko’proq aytgan kishi o’zib ketishi mumkin», dedilar. Va yana Rasululloh: «Kim: «Subhanallohi va bihamdihi», deb bir kunda yuz marta aytsa, xatolari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechib yuboriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

10/10. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Zikrlarning afzali «La ilaha illalloh»dir». Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari

11/11. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhissalom: «Allohni zikr qiladigan kishi bilan zikr qilmaydigan kishining misoli xuddi tirik bilan o’likning misoli kabidir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:33:02
12/12. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Menga bir kalom o’rgating, aytib yuray», dedi. Shunda Rasululloh:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, Allohu akbar kabiyro valhamdu lillahi kasiyro va subhanallohi robbil ‘alamiyn, la havla va la quvvata illa billahil ‘aziyzil hakiym», deb ayt», deb o’rgatdilar. (Ma’nosi: Allohdan bosh-qa iloh yo’q, U yakkayu yolg’izdir. Uning sherigi ham yo’q. Alloh juda buyuk, Allohga cheksiz hamd bo’lsin, olamlar rabbi Alloh barcha aybu nuqsonlardan pokdir, hakim va aziz bo’lgan Allohdan o’zgada o’zgartirish ham, quvvat ham yo’q.) Keyin haligi a’robiy: «Ey Rasululloh, bu aytganlaringiz Rabbim uchun, men uchun-chi?» deb so’radi. Rasululloh:
«Allohummag’fir liy varhamniy vahdiniy varzuqniy» deb, ayt», dedilar». (Ma’nosi: Allohim meni mag’firat qil, menga rahm ayla, meni hidoyat et, meni rizqlantir.) Imom Muslim rivoyatlari

13/13. Yana Sa’d ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. U zot: «Birontangiz bir kunda mingta hasanot kasb qila oladimi?» deb so’radilar. O’tirganlardan biri: «Mingta hasanotni qanday qilib olish mumkin?» dedi. Rasululloh: «Kim yuzta tasbih aytsa, mingta hasanot yozilib, mingta xatosi o’chiriladi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari

14/14. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning har bitta a’zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz — sadaqa, har bir tahmidingiz — sadaqa, har bir tahlilingiz — sadaqa, har bir takbiringiz — sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz — sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz — sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rak’at zuho namozi o’qishingiz kifoyadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:33:18
15/15. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Jannat xazinalaridan birini senga aytaymi?» dedilar. Men: «Ha, ayting, ey Rasululloh», dedim. Shunda Rasululloh:
«La havla va la quvvata illa billah»ni ayt, u jannat xazinalaridandir», dedilar».Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

16/16. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot Rasululloh alayhissalom bilan bir ayolning huzuriga kirdilar. Uning oldida danak (yoki mayda) toshlar bor edi. Ayol ana shularni sanab, tasbih aytardi. Rasululloh unga: «Bundan yengilroq va afzalroq narsani aytaymi?
«Subhanallohi ‘adada ma xolaqo fis-samai va subhanallohi ‘adada ma xolaqo fil-arzi va subhanallohi ‘adada ma bayna zalika va subhanallohi ‘adada ma huva xoliq», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Osmonda yaratgan narsalari adadicha Allohni poklayman, yerda yaratgan narsalari adadicha Allohni poklayman, u ikkalasi orasidagi narsalar adadicha Allohni poklayman va U yaratadigan narsalari adadicha Allohni poklayman.)

«Allohu akbar», «alhamdu lillah», «la ilaha illalloh», «la havla va la quvvata illa billah» kalimalarini ham xuddi «subhanalloh»ni aytgandek aytadi. (Ya’ni, «Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fis-samai va Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fil-arzi...» deb.) Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari

17/17. Yusayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam takbir, tahlil, taqdisga rioya qilgan holda aytib yurishga buyurib, barmoq bilan ado etishni tavsiya etar edilar. Chunki barmoqlar so’ralib nutq qildiriladi». Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:33:37
18/18. Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Rasulullohning o’ng qo’llari bilan sanab tasbih aytayotganlarini ko’rdim», deydilar. Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy rivoyatlari

19/19. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim:
«Roziytu billahi robban va bil islami diynan va bimuhammadin sollallohu alayhi vasallama rosula», desa, unga jannat vojib bo’ladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohni rabbim deb, Islomni dinim deb, Muhammad alayhissalomni rasul deb rozi bo’ldim.) Abu Dovud rivoyat qilganlar

20/20. Abdulloh ibn Busr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Bir kishi: «Ey Rasululloh, Islom shari’ati menga ko’payib ketdi. Menga bir narsa o’rgatingki, ana shuni mahkam ushlay», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Doimo tiling Allohning zikri bilan nam bo’lib yursin», dedilar».Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:33:48
21/21. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qiyomat kuni Allohning huzurida darajasi ulug’ ibodat qaysi?» deb so’rashdi. Rasululloh: «Allohni ko’p zikr qiluvchilar», deb aytdilar. Shunda men: «Allohning yo’lida g’azot qiluvchidan ham afzalmi?» dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qilichi bilan kofir va mushriklarni urib, qilichi sinib, qonga belanib ketsa ham, Allohni zikr qiluvchining darajasi undan afzaldir», dedilar». Termiziy rivoyatlari

22/22. Abu Dardo (r.a.) aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Rabbingiz huzurida amallarning yaxshisi, darajangizni baland qiluvchisi, pul va oltinlarni infoq qilishdan afzalroq bo’lgan va dushmaningizga yo’liqib, uning bo’yniga qilich urishdan ham yaxshi narsani aytaymi?» dedilar. Sahobalar: «Ayting», deyishdi. Shunda Rasululloh: «Allohni zikr qilish», dedilar. Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari
Hokim «Mustadrak» nomli kitoblarida bu hadisning isnodini sahih deganlar.
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:34:03
Eng katta gunoh

Hammamizga ma’lumki, Alloh eng yomon ko’rgan amal shirk keltirishdir. Undan saqlanish, agar Allohning o’zi marhamat qilmasa, bandasi uchun juda mushkuldir. Chunki shirkning xili, turi ko’p. masalan, ulamolarning aytishicha, "œAgar itim bo’lmaganida yoki eshikni qulflamaganimda uyimni o’g’ri urib ketardi", deyish ham shirkning bir ko’rinishidir. Chunki hamma ish Allohning xohishi bilangina amalga oshadi. Agar u xohlasa, eshikka bir emas, o’nta qulf urilsa ham, o’g’ri o’marib ketaveradi. Xohlamasa, eshigida qulfi bo’lmasa ham, uyga hech kim kirolmaydi.
Albatta, bu gapda, extiyot choralatini ko’rish shart emas, degan ma’no yoq. Balki inson sababini o’rinlatib qo’yib, natijani faqat Allohdan kutishi kerak, deyilmoqchi. Chunki natijada sababgagina, bog’lab qo’yilsa, shirk paydo bo’ldi.
Darhaqiqat, Alloh taolo hayoti dunyoni sabablar pardasi bilan o’radi. Buyuk xohishini esa, pardaning orqasida qoldirdi. Ammo pardaning ortidagi ana shu xohishni ko’ra olishda insonga mashaqqat yoq. Zero, irodasi har narsadan ustun ekaniga Alloh bisyor oyat-alomatlar qildi. Faqat, insonga uyg’oq qalb kerak. Ozgina g’aflat, xolislikdan chekinish shirk tomon toyib ketish deganidir (Alloh saqlasin). Umar ibn Xattob (r.a.) ogoh qilib aytadilarki: "œShirk kishi qalbiga qorong’u uyda qora toshning ustida o’rmalab kelayotgan qora chumolidan ham maxfiyroq tarzda kiradi".
Payg’ambarimiz (s.a.v.) ham ummatlariga shirkdan panohlanish sari bir yo’lni ko’rsatib ketgankar: "œKim to’shakka kirganda "œQul ya ayyuhal kafurin" surasini o’qisa, Alloh taolo uni shirkdan asraydi", deganlar.
Xullas, bu og’ir gunohdan saqlanish uchun bandaga teran qalb bilan qilingan xolis harakat hamda Allohning o’ziga ilyijo kerak.
Biz Allohni shirkdan poklaganimiz kabi, Alloh ham bizni shirk amallardan poklasin. Tavfiq Allohdandir.

Abdug’afur Iskandar
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:34:13
Hazrati Oisha r.a.dan shunday naql qilinadi:" Rasululloh s.a.v.ning shunday duo qilganlarini eshitdim:" Allohim! Sening pok va poklovchi,faqat o'zingga hos,muborak,o'zing sevgan,u bilan duo qilinsa,sen qabul etadigan,u bilan marhamat so'ralsa,sen marhamat qiladigan,u bilan g'amlardan qutulish so'ralganda qutqaradigan ismi jaliling hurmati Sendan yordam so'rayman!" (Ibn Moja rivoyati)
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:34:26
Sayyidul istig'for.
" Allohim,robbim Sensan,Sendan boshqa iloh yo'qdir,meni yaratgan sensan,senga ibodat qilaman,kuchim yetganicha senga bergan ahdim va va'damni bajaraman.Qilgan hatolarim uchun senga sig'inaman.Menga bergan ne'matlaringni va gunohlarimni ham e'tirof etaman.meni mag'firat qil,Sendan boshqa gunohlarni kechiradigan Zot yo'q".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:34:52
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladi:
Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "œAytishga yengil, tarozida og’ir, Rahmonga suyukli ikki so’z bor: "œSubhanallohi va bihamdih" (Alloh pokdir va maqtov Ungadir) va "œSubhanallohil ‘aziym" (Ulug’ Alloh pokdir)".


Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) marhamat qiladilar:
"œQiyomat kuni kishilar orasida men bilan birga bo’lishga muyassar bo’luvchilar (yoki: Qiyomat kunida mening shafoatimga erishadigan baxtli inson) "œLa ilaha illalloh"
kalimasini chin qalbdan aytuvchilardir".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:35:34
Sen o'zingni ihlosingda ihlosni ko'rsang, bilgilki, seni ihlosing ihlosga muhtoj.
"Hikmatlar hazinasidan".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 08:06:57
Bismillahir rohmanir rohiym.

Duo ham bir ibodat bo'lib, u inson bilan Allohning orasini bog'laydi. Inson o'z hayotidagi hodisalar va mushkulliklar oldida ojiz qolib, duoga qo'l ochadi va shu orqali Allohga iltijo qilib, Undan madad so'raydi. Bu bilan Alloh huzurida bandalikni, qullikni bo'yniga oladi. Duo qilmoqlikni, Allohning zikr etmoqlikni fazilatlari haqida Alloh taolo Qur'oni Karimning "Baqara"surasining, 152-oyatida shunday marhamat qiladi:
"Fazkuruniy azkurkum vashkuruliy vala takfurun".
Ma'nosi:"Bas Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilingiz va Meni inkor qilmangiz!"
Yana bir oyati karimada Alloh taolo shunday amr qiladi:
"Vad'uhu xovfav vatoma'an inna rohmatallohi qoriybun minal muhsinin".
Ma'nosi:"Qo'rquv va umid ila Robbingizga duo qiling. Shubhasiz muhsinlarga Allohning rahmati yaqindir".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 08:16:42
Rasululloh s.a.v.dan duo qilishning fazilatlari va qoidalari haqida vorid bo'lgan hadisi sharidlar.
"Albatta Alloh taolo sahiy va hayo egasidir. U O'zi uchun ko'taribduo qilib turgan kishini umidsiz, qup-quruq qaytarmoqlikdan hayo qiladi".

"Alloh taolo duolarimni qabul etadi, deb ishingan holingizda duo qiling, chunki Alloh taolo g'ofil va mashg;ul qalbning duolarini qabul qilmaydi".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 08:20:59
"Kimniki g'am tahsvish, mashaqqt paytida duosi Alloh taolo tarafidan ijobat qilinmog'i hursand qilsa, farovonlik va hushbaht holida duolarni ko'paytirsin".

"Muhammad s.a.v. va uning ahli baytiga salovot aytilmaguncha duo Allohdan to'silgan bo'ladi".

"Kaftlaringizni ichini qilib duo qiling, ustini qilib duo qilmang va duodan forig'bo'l;sangiz qo'llaringiz yuzga surting".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 08:27:37
Salovot.

"Ey Rabbim, Sayyidimiz Muhammad s.a.v.ga va sayyidimizning ahli baytlariga duo-yu salovatlar yuborgil-ki, u salovot sababidan bizga barcha qo'rquv va ofatlardan najot bergaysan. Hamma hojatlarimizni ravo qilgaysan, bizni jamiki yomonliklardan poklagaysan, shu salovottufayli bizlarni oliy darajaga ko'targaysan, u sababli bizga hyotda ham, o'limdan keyin ham barcha yahshiliklarni bergaysan".
Ushbu salovot odatda, bomdod namozidan keyin o'qiladi, shuningdek boshga biror kulfat tashvish tushganida ko'p marta o'qish mumkin.
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 08:32:04
Salovotdan keyin va hamma holatlarda o'qiladigan duo.
"Robbana atina fid-dunya hasanatav va fil ohirati hasanatav va qina azaban nar".

Ma'nosi:"Allohim, bizga bu dunyoda ham, ohiratda ham yahshilik ato qilgin va bizni do'zax azobidan asragin".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 08:37:04
Jamiki duolarni qamragan duo.

"Allohim, men Sendan Rasulimiz Muhammad s.a.v. tilagan narsalarni hayrini so'rayman. Va u zot panoh tilagan narsalarning yomonligidan Senga sig'inaman. Yordam yolg'iz Sendan kutiladi. Bu dunyodsa ham, ohiratda ham, tilagan narsaga yetishtiruvcha faqat O'zingsan. Kuch-quvvat faqat Sening yordaming bilandir".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 08:41:51
Uyquga yotayotgan o'qiladigan duo.

"Allohim, faqat Sening isming hurmati ila bu dunyo va ohiratda salomatli va ofiyat tilayman".

Uyqudan turganda o'qiladigan duo.

"Meni uyquga ketkazib, yana turgizgan Alloh taologa hamdu sano bo'lsin. Uning huzuriga borishlik haqdir".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 08:47:20
Uyga kirayotganda o'qiladigan duo.

"Allohim, Sendan kirishning ham, chiqishning ham yahshiusini so'rayman. Allohning simi bilan kirdik. Allohning simi bilan chiqdik.Rabbimiz Allohga tavakkul qildik".

Uydan chiqayotgan o'qiladigan duo.

Alloh nomi bilan. Allohga tavakkul qildim.Allohim, adashish va adashtirilishdan, toyilish va toyiltirilishdan, zulm qilish va zulm ko'rishdan, johillik qilish va menga nisbatan johillik qilinishidan Sendan panoh so'rayman".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 08:51:14
Masjidga kirganda o'qiladigan duo.

"Allohim, gunohlarimni kecghirgil va rahmat-marhamat eshiklarni ochgil".

Qabristonga borganda o'qiladigan duo.

Ey qabrda yotgan mo'minlar-musulmonlar, sizlarga Alloh taoloning rahmati-salomi sizlarga bo'lsin! Inshaalloh, albatta biz ham sizlarning ortingizdan boramiz. O'zimiz va sizlar uchun Allohdan mag'firat so'raymiz".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 10:22:44
Tahorathonaga kirganda o'qiladigan duo.

"Quvilgan shaytonning yovuzligidan Allohning panohiga qochaman.Ey, Rabbim, ifloslik va jinlardan O'zing saqlagin".

Biror ishni boshlaganda o'qiladigan duo.

"Ey, Rabbim, bu ishni O'zing uchun hayrli qil!Va bir lahza ham o'zimga tashlab qo'yma".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 10:26:20
Safarga chiqayotganda o'qiladigan duo.

Ey, Rabbim, safarda yo'ldoshim O'zingsan!Mol-mulkim,ahlu-ayolim va farzandlarimni ham O'zingga topshirdim".

Jufti haloliga yaqinlik qilayotganda o'qiladigan duo.

Ey,Rabbim, bizni shaytondan va shaytonni esa bizga nasib etadiganing (farzand)dan uzoq qil".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 10:29:45
Biror musibat yetganda o'qiladigan duo.

"Biz Allohning O'zinikimiz va Uning huzuriga albatta qaytajakmiz.Bizga O'zi kifoya qilguvchi va tavakkul qilishga loyiq Zotdir".

Betob bo'lganda o'qiladigan duo.

Ey insoniyat Parvardigori, mendan bu dardni daf qilgin,shifo bergil. Sen shifo berguvchi Zotsan. Sening davoyingdan o'zga davo yo'qdir".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 10:33:10
Kiyim kiyganda o'qiladigan duo.

"Avratlarimni barkitib, hayotda chiroyli bo'lib yurgudek liboslarni nasib etgan Allohga hamdlar aytaman".

Biror majlisga kirib o'tirganda o'qiladigan duo.

"Ey,Rabbim, meni muborak o'ringa tushirgil,Sen hayrlik tushirguvchisan".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 10:37:04
Dasturhondan turilayotganda o'qiladigan duo.

"Meni to'ydirib, chanqog'imni qondirgan hamda Islom ahli toifasidan qilgan Alloh taologa hamd bo'lsin!"

G'amgin holatda o'qiladigan duo.

"Ey,Rabbim, albatta men Sening bandangman hamda bandang o'g'liman,Sening hukmingga va taqdiringga roziman, ko'nglimdan g'am anduhni ketkazishingni va g'amdan so'ng shodlik keltirishnigni tilayman".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 10:52:09
Dushmandan qutulomqchi bo'lgan o'qiladigan duo.

"Alloh bizga kifoyadir, U qandayin yahshi vakil va qandayin yahshi nusrat berguvchi Hojadir".

Bo'htonga qarshi o'qiladigan duo.

"Ishimni Allohga topshirdim. Albatta Alloh bandalrini ko'rib turguvchidir".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 10:56:38
Hamisha o'qib yuriladigan duolar.

"Ey qalblarni burguvchi Zot! Qalbimni O'z toatingga burgil!"

Ey,Rabbim, ilmimni ziyoda qilgin. Hidoyatga musharraf qilganingdan keyin qalbimni haq yo'ldan og'dirib qo'yma va menga O'z huzuringdan rahmat ato et!Albatta Sen barcha yahshiliklarni ato qiluvchisan".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 10:58:53
"Ey,Rabbim, meni atvba qilguvchilardan va pok yuruvchilardan qilgin!"

Ey,Rabbim, qalbimni nifoqdan, amalimni riyodan va ko'zimni hiyonatdan saqlagin!"
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 11:02:11
"Ey,Rabbim, meni ilm bilan boyitgin, halimlik bilan ziynatlagin va sog'lik bilan bezagin".

"Ey,Rabbim, men Sendan foyda beruvchi ilm, keng rizq va har dardga shifo so'rayman".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 11:04:13
"Ey,Rabbim, men Sendan qorni bilan yuruvchi, ikki oyoqlab yuruvchi va to'rt oyoqlab yuruvchi narsalarning yomonligidan panoh so'rayman".

"Ey,Rabbim, hotinlarning fitnasidan va qabr azobidan panoh so'rayman".
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Munira xonim 15 Avgust 2006, 11:08:53
"Ey,Rabbim, yaratilishimni chiroyli qilding, hulqimni ham chiroyli qil. Rabbim, kechir, rahm qil va to'g'ri yo'lga boshla".

"Ey,Rabbim, har bir yomonliklardan va rahmatingdan quvilgan shaytonning yomonligidan panoh so'rayman".


Yuqoridagi duolar "Eng zarur duolar" kitobchasidan olindi.
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Tilla 07 Dekabr 2006, 14:09:10
Anas ibni Molik rivoyat qiladilar..
10 yilga yaqin vaqt ichida Rasulalloh (s.a.v) ning xizmatlarida bo'ldim.Biror marta qilgan ishimni negha bunday qilding va birorta qilmagan ishimni nega qilmadig,deb aytmadilar,Bir kuni shunday dedilar; "Yo Anas ,senga 1 vasiyat qilaman ,uni hech qachon unutmagin; 1,Gejalari ko'proq namoz o'qigin ,shunda farishtalar seni ximoyalashni yahshi koradilar,...2. xar doyim uyingga kirganigda o'z axli oilangga salom bergin .Alloh ta'olo sening barokatingni oshiradi,..3.Qo'ligdan kelgancha tahoratli bolib,o'rningda suyanib o'tir.Agar bunga odatlansag o'lgan vaqtigda shaxid darajasida bo'lasan...4.Xar qachon axli oilang xuzuridan tashqariga chiqayotganigda ,ko'rgan xar bir musulmonga salom bersang.Alloh ta'olo savobingni ko'paytiradi...5.Musulmonlarning ulug'lariga yahshilik qilgin,kichiklariga raxm - shafqatli bo'lgin.Agar shu vasiyatlarga rioya qilsag,mana shu ikki barmoq singari Jannatda men bilan yonma-yon bo'lasan.Yo Anas bilginki, bir luqma taom eb "Alxamdulilox" va suv ichib " Alxamdulillohi ta'olo" degan bandadan Allox ta'olo rozi bo'lg'usidir
Nom: Re: Savob istab...
Yuborildi: Tilla 07 Dekabr 2006, 14:16:00
Paygambarimiz sav dedilar
meroj kechasi Alloh taolo menga 5 narsani  vasiyat etdi;
1. kongilni -boylikga,dunyoga berma, seni boylik uchun yaratgan emasman....
2. Seni do'st tutishim uchun muhabbating faqat menga bo'lsin....
3. Jannat istagi bilan yasha...
4. Xalqdan ta'ma etma, chunki xech narsaning ihtiyori ular qo'lida emas..
5. Taxajjudni muntazam ado et , chunki yordamning yahshisi tun yarmidadur..