forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: maknuna 29 Iyul 2006, 05:15:32

Nom: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: maknuna 29 Iyul 2006, 05:15:32
Muslimasubh:
As-Salomu alaykum forum a'zolari,
men barcha mo'min-musulmonlarning dunyo haqidagi fikrlarini bitishlari uchun shu postni ochdim. Dunyo haqidagi fikringizni, hayotiy hodisalarni talqin etishingizni so'rayman, axir hammaning dunyo haqida turli fikrlari borku, fikrlaringizni kutib qolaman!!!
Allohim nafsimizni o'zimizga buyinsundirsin!
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: maknuna 29 Iyul 2006, 05:15:51
Muslimasubh:
Bu dunyo, bir zumlik, xech narsaga arzimaydigan, bekor dunyo bu magar Alloh subhanohu va taolo yo’lida bo’lmasa. Nadir u, bir kun qo’ldan ketguchi narsadir holos, ulamolar insonning ko’zi faqat tuproq bilan to’ladi, toki tuproqqa bormas ekan, unga bor narsa kamlik qilaveradi deyishgan, ha labtta nafsiga egalik qila olmaydigan kishilarga chiroyli ta’rif bu.Rasululloh salolohu alayhi vasallam bu dunyo haqidagi gaplari hammamizga o’rnak bo’ladi.
Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladi:"Rasululloh menga dedilar:
-Ey Abu Hurayra, dunyoni ipidan ignasigacha senga ko’rsataymi?
Men:"Ha, ko’rsating, ey Rasululloh!"-dedim. Qo’limdan tutdilar-da, Madinaning daralaridan biriga yetaklab bordilar. U yerda, insonning bosh suyaklari, ichak-chovoqlari, lattaga aylangan bo’z parchalari va chirigan suyaklar uyulib yotgan bir axlat tepa bor edi. Olloh Rasuli "œEy Abu Hurayra,-dedilar,-bu kalla suyaklari ham sizlar kabi tirik edilar, orzu-havaslari ham sizlarnikiga o’xshardi. Bugun esa ular terisiz bir suyak , holos. Keyinroq bular ham chirib, tuproq holiga keladilar. Anavi ichak-chavoqlar qanday topsalar topib(harom-harish), me’dalarni to’latib yegan-ichgandilar. Anov eski latta bo’z parchalari ular kiygan liboslar edi. Endi ularni bu yerda shamollar o’ynayotir. Bu suyaklar esa, ular foydalangan hayvonlarning suyaklaridir. Kim bu dunyo dardida yig’lamoqchi bo’lsa, yig’layversin!". Raulullohning bu so’zlaridan keyin yig’imizning keti uzilmadi, brogan sari kuchayaverdi"
Hozir biz dunyo-dunyo deb yig’laymiz, yelib yuguramiz. Ertalab sahardan mashinalarning g’izillab o’tishini ko’rasiz, ular bu dunyo ishlari uchun shoshadilar, o’sha vaqt ishingni tashlab namoz o’qimaysanmi desangiz vaqtim yo’q degan bema’no javobni olasiz, axir ,birodar hozir nima bilan shug’ullanishga ketyapsiz,bu dunyo uchun, unga vaqt topibsizku, nahot o’zingizning oxiratingiz uchun vaqt topa olmasangiz.
Avtobusda hamma har yerga shoshgan, hamma o’z hayoli bilan band, shu avtobus doim bir qbristonning oldidan o’tadi, shunda odamlarni ko’rib ko’nglim ezildi, qabriston oldidan o’tayotganda yuziga fotiha tortguchilarning sonini sanasam hatto barmoqlarim ortiqchalik qiladi, nahotki o’limni eslaydiganlar shunchalik oz bo’lsa, eh shaytonga g’olib kela olmagan birodarlar deb xo’rsinib qo’yasiz. Bir kun taksida ketayotgan edim, shafyor akamiz ashula eshitib ketayotgan edilar, keyin birdan magnitafonni o’chirdilar, man hayron bo’ldim, nahotki eshitmasak endi deb xursand bo’ldim, lekin sezdimki biz qabristonga yaqinlashayotgan ekanmiz, shuning uchun u kishi o’chiribdilar, keyin yana yoqib eshitib ketaverdilar. O’shanda shu kishiga sizning o’limingiznifaqat qabriston oldida yodga olasizmi, demak siz qachon o’loshjingizni bilasiz shekilli, nahotki shaytonga insonlarni aldashi uchun in’om etilgan ashulani qabriston oldida eshitishdan qo’rqasiz, a sizning yodingizga Alloh tushadida, ha siz undan qo’rqasiz, nega endi faqat o’liklar yotgan joydagina qo’rqasiz, u har doim sizni ko’rib turadiku, eh insonlar, ko’zimizni ochaylik, qazoimiz qachonligi faqat Uninh o’zigagina ayonku axir!
Alloh hammamizni hidoyatga boshlasin.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 08 Avgust 2006, 06:13:56
Assalamu alaykum!
Dunyo - Bu Allohning eng buyuk mo'jizalaridan biri.
Dunyo - Bandalarning Allohga yetishlari uchun imtihon diyori!
Dunyo - kofirlar uchun o'yin-kulgi diyori.
Dunyo - Musulmon uchun ham rohat, ham mashaqqat diyori!
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:38:36
Mubashshir:

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh! O'n sakkiz ming olamni Egasi, har-bir narsaga qodir, har narsani ko'rguvchi ,eshitguvchi, vijdonlarimiz-da yashirgan narsalarni bilguvchi,osmonlarni beustun yaratgan, o'likdan tirikni, tirikdan esa o'likni chiqarguvchi,kunni tunga, tunni kunga ulaguvchi ALLOH Taologa cheksiz hamdu sano, Rasullarni ulug'i, ota-onamizdan-da mehribon Zot R.S.A.V.ga salovotu-salomlar bo'lsin. Doimo AHAD, AZAL, ABAD bo'lgan Zot oldida bu dunyoni, butun yer yuzi va undagi boyliklarni pashshani bir qanotichalik qadri yo'q bo'lsa-yu, ertaga bormi yo'qmi bilmaydigan biz insonlar bu dunyoga nechun buncha harismiz. Ota-onamiz va farzandlarimiz ham dushman bo'ladigan ul Kundan qo'rqaylik! Jahannamga parda va Jannatga burxon hujjat bo'lguvchi amallarni ko'paytiraylik.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:39:35
Muslimasubh:

Man bu yerga G'azzoliyning "Mukoshafatul qulub" asaridan dunyo haqidagi bir parchani qo'ymoqchiman:
Abu ad-Dardo rivoyat qiladi:
Rasululloh buyurdilarki:
-Agar mening bilganlarimni bilsaydingiz, oz kular, ko’p yig’lar edingiz. Havoi nafs orzulariga berilib yashalgan bu dunyo hayoti sizga haqir ko’rinardi. Alloh yo’lida hayot kechirishni ustun qo’ygan bo’lardingiz.
Abu ad-Dardo Payg’ambarimizdan shu hadisni naql etgandan so’ng, o’zi shunday hitob qildi:
-Mening bilganimni bilsaydingiz, tog’-toshlarga chiqib ketib, Allohga yolvorar va o’z holingizga yig’lardingiz. Joningizni jabborga berib yig’gan, ko’z qorachig’iday asragan mollaringizni tashlab ketar, ular XECH NARSA emasligini tan olardingiz. Lekin, uzun orzu-havas sizlarning qalbingizdan oxirat tushunchasini sidirib tashlagan. Dunyo hayoti birdan-bir orzuingiz bo’lib qolgan. Shu tufayli to’g’rilikdan yuz o’girgansiz. Ba’zilaringiz esa qilgan ishlari falokatga olib borishini o’ylamagnaligi uchun havoyi istakalrini tark etolmagan. Bular hayvonlardan ham tubanroqlardir. Sizlarga nima bo’lgan o’zi,bir-biringizni to’g’ri yo’lga solmaysiz? Ahvol shundayki, so’zda bir-biringizning diniy birodarisiz. Ammo aslida yomonlik sizlarni bir-biringizdan ayirgan, bir-biringizni yiqitasiz. Sizlarga nima bo’ldi o’zi, dunyoviy ishlarda bir-biringizga yo’l ko’rsatasizu, oxirat masalasida huddi shu ishni qilmaysizlar? Hech biringiz dunyoviy masalalarda yordam bergan kishingizga , oxiratga oid xususlarda sira nasihat qilmaysiz; bu hol, sizlarning qalbingizdagi imonning sustligi tufayli yuz berdi. Agar dunyo hayotini bilganingizday oxirat hayotini ham yaqindan bilsaydingiz, unga inonsaydingiz, u dunyo uchun ham biror ish qilar, Alloh o’rtaga qo’ygan imonu ahloq asoslariga rioya qilar edingiz. Chunki oxirat hayoti siz uchun abaduydir. Yo’q:"Dunyo hayotiga bo’lgan sevgimiz ajoyibroq!"-deyomaysiz, chunki dunyo hayotida ham ba’zan kelajakda qo’lga kiritishingiz mumkin bo’lgan narsa uchun qo’lingizdagi bor-yo’q narsalaringizni fido qilasiz.(Masalan, bir yil keyin erishishingiz mumkin bo’lgan hosil uchun hozir qo’lingizda tayyot turgan urug’ni sochasiz). Kutgan narsangiz, bo’lmay qolish ehtimolini bila turib ham zahmatu mashaqqatlarga ko’milib, naqd narsangizni qo’ldan chiqarasiz. Siz komil imon sohiblariga xos alomatlardan mahrum bo’lgan yomon insonlarsiz! Yoki, ayting, Allohning Rasuli Muhammad salolohi alayhi vasallam taqdim etgan haqiqatlardan shubhangiz bormi?
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:39:55
Agar shubhangiz bo'lsa , bu shubhalaringizni bayon eting, men esa sizlarga haqiqatni dalillari bilan ko'rsatay, qalblaringizni qanoatlantiruvchi nur bilan yoritay. Allohga ont ichib aytamanki, sizlar aqli noqis kishilardan emassizki, ma'zur ko'rsam. Chunki dunyoviy ishlaringizda to'g'ri va foydali narsalarni farqlay olasizlar, qorningizga yraydigan narsalarni qo'lga kiritishni yaxshi bilasizlar, ularga ega bo'lasizlar. Sizlarga nima bo'lgan o'zi , bir oz dunyolikni qo'lga kiritsangiz, sevinib sakraysiz, lekin ozgina bir dunyolikni yoqotsangiz qayg'urasiz?! Shunday qayg'urasizki, bu narsa yuzingizdan o'qilib turadi, tilingiz uyalmay shundan gap ochaveradi va shu arzimas yoqotishni musibatday ta'riflaysiz va bilmaysizki, bu hususda gunohga botasiz.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:40:03
Ko’plaringiz din asoslarining aksarini tark etgansiz. Shunday bo’la turib, yuzlaringizda zarracha o’zgarish, qayg’u alomatlari yo’q. Men hozircha, sizlardan Alloh yuz o’girgan, deb o’ylamayman. Ba’zilaringiz o’zaro sevinib suhbatlashasiz. Har biringiz boshqa biringizni qabul qilganda uni hafa qilmaslikka tirishasiz, ammo buni faqat u ham menu qabul qilganda hush muomalada bo’lsin deb shunday qilasiz. Qalblaringizda esa bir-biringizga nisbatan ginayu adovat va dushmanlik bo’ladi. Butun hayotingiz hoyu-havasdan iborat. Amlani unitish borsida bir-biringizni ortda qoldirib ketgansiz. Istardimki, Alloh meni sizlarning bu hollaringizga solmasizn, tinchlik-hotirjamlik bersin va meni Alloh Rasuliga yetishtirsin. Agar ular hayot bo’lsalar edi, sizlarning bu hatti-harakatlaringizga chiday olmasdilar. Mana, sizlarga haqiqatlarni eshittirdim, aqlingiz bo’lsa, Allohning nazdidagi narsalarni izlasangiz, osonlik bilan topasiz. Men o’z nafsim uchun va sizlar uchun yolg’iz Allohdan madad so’rayman!
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:40:12
Alloh Hazrati Musoga vahiy yo’li bilan shunday buyurdi:
-Ey Muso, oxiratingni unuttiradigan tarzda dunyo sevgisiga mayl qo’yma. Agar huzurimga dunyo sevgisi bilan keladigan bo’lsang, eng katta gunohing shu bo’ladi.
Bir kuni Muso alayhissalom bir joydan o’tayotgan edi. U yerda duo o’qib yig’layotgan bir odamni ko’rdi. Hz. Muso ketayotgan yo’liga ketaverdi. Anchadan keyin orqaga qaytdi. Qarasa, o’sha odam hamon duo o’qib yig’layotgan ekan. Shunda o’z-o’zicha:
"œYo Rabb, banding sendan qo’rqib yig’layotir!", Hz. Musoning ichidan shunday o’y o’tishi bilan, Alloh vahiy bilan unga shularni biladirdi:
-Ey Muso, bu qulim duo qilib yig’layotganida oqqan ko’z yoshlari bilan miyasi suyilib oqib ketsa ham va qo’llarini duo uchun ko’tarib, holdan toyguncha tursa ham uni avf etmayman, chunki u meni emas, dunyoni sevadi. Menga emas, dunyoga, dunyo moliga ishonadi.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:40:21
Luqmon alayhissalom:
--(O’g’liga o’git beradi) Ey o’g’lim, dunyo hayoti benihoya chuqur bir dengizdir. U yerda ko’;p kishilar cho’kdi Bu hayot dengizida kemang-TAQVO bo’lsin. Kemangning ashyolari-ALLOHGA IYMON bo’lsin, yelkani ALLOHGA TAVAKKUL bo’lsin. Shunday bo’lsa, umid qilamanki, bu hayot dengizidan cho’kmasdan omon qolasan. Yo’sa , boshqa qutulish yo’lini ko’rmayman sen uchun.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:40:29
Bir kishi :
--Ey insonlar, tadbirli bo’ling! Allohdan qo’rqing. Uzun orzu-havaslar va o’limni unutish silarni aldab qo’ymasin. Dunyo hayotining iflos tomonlariga cho’mmang. Bu dunyo hayotining iflos qismi zulmdir, aldoqdir. Uzun orzu-havaslar siz uchun bir tuzoqdir. Sizga bezangan kelinday ko’rinadi. Ko’plar unga maftun bo’ladi, ko’ngillar uni ko’rganda titraydi, nafslar unga talpinadi. Lekin u, necha-necha oshiqlarni qatl etgan, undan qanoat topuvchilarni, qanchadan-qancha ishqivozlarni rasvoi raddi balo qilgan. Unga haqiqat ko’zi bilan boqing, ey insonlar! Havoi nafsning orzulariga berilib yashashning zahmatu mashaqqatlari ko’p. Alloh bunday yashashni qat’iyan man qoralagan. Bu dunyoda har yangi narsa mutlaqo eskirgay; qo’lga kiritilgan mol-mulk yana qo’ldan chiqishi muqarrardir; aziz va qadrli boylillar bir kun kelib qiymatini yo’qotadi. Ko’p ozayadi, sevgi o’ladi, ezgulik halok bo’ladi. Ko’zingizni oching, ey insonlar, g’aflatdan uyg’oning! Alloh hayringizni bersin, ogoh bo’ling, o’lmasdan oldin ko’zingizni oching, o’lim kuni kelganda odamlar shunday deyajaklar:
--Falon kishi og’ir kasal. Tuzalishdan umidi yo’q emish. Ajabo, bunga shifo bo’ladigan biron dori va yo uni oyoqqa turg’iza oladigan biron tabib yo’qmikin?
Tabiblarni chaqirajaklar, ular sening tomiringni ushlab ko’rib:"Bu, endi shifo topa olmaydi!",-deyajaklar. So’ngra shivir-shivir yana davom etajak:
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:40:37
So’ngra shivir-shivir yana davom etajak:
--Falon kishi vasiyatini yozdiribdi!
Undan keyin aytiladigan gaplar shu:
--Tildan qoldi, kelgan-ketgan do’stlarini tanimayotir!
Bu asno sen tinmay ingrab, ajal terlarini to’kajaksan. Endi bu dunyodan ko’chib ketayotganingni anglayajaksan. Ko’zlaring shiftga tikilajak, tiling tutilajak, ilgari gumon qilgan narsalaring to’g’riligi yuzaga chiqajak.
Yaqinlaring sening yoningda yig’layajaklar. Senga tepangda turgan odamlarni ko’rsatajaklar:
--Bu o’g’ling falonchi, bu ukang pismadonchi"¦-derlar.
Lekin sen gapirolmaysan: tiling tutilgan, og’zing hech ochilmaydi. So’ngra Allohning hukmi keladi, ruhing badaningdan ayriladi, ko’klarga yuksali ketadi. Keyin do’stalring va yaqinlaring kelishadi, kafaningni tayyorlaydilar, qabring tepasida kafaningdan tutib, dast ko’taradilar va lahadga qo’yadilar. Keyin ziyoratchilarning keti uziladi, seni ko’romaydiganlar o’limingga sevinadilar va bir "œuh" tortadilar. Vorislaring mol-mulkingni bo’lishib olishga kirishadilar, sen omonat sifatida amallaring bilan yuzma-yuz qolajaksan.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:40:48
Dunyo, Alloh yaratgan dunyo, agar biz dunyo deb faqat nafsdan iborat narsalarni tasavvur etsak u qanchalik haris va bema’nodir, agar u Rabb taolo yo’lida bo’lsa u qanchalar chiroyli, lazzatlarga to’la, baxtini butub vujud bilan his qilinadigan ne’matdir.
Ey insonlar, nima uchun bu dunyoda bir burdalik yemishimiz uchun har qanday azobga chidab turamiz, ikki ko’zimiz shu narsada, butun e’tiborimiz shu narsada bo’ladiyu, bizni yaratgan, qanchadan-qancha ne’matlarni bizning ihiyorimizga berib qo’ygan Tangrimizni yod etmaymiz, aytingchi agar pulingizni bir joyga qo’yib qo’ygan bo’lsangiz, qaytib shu joyga kelguncha shu pul haqida necha bor o’ylaysiz, nechta odamga bu haqda gapirib ham o’tasiz, lekin o’zingizni O’zigagina ibodat qilishligimiz uchun yaratgan Tangri haqida shunchalar o’ylab, shunchalar o’zgalarga gapirasimi?! Yo’q, albatta, bizga hali bor deydilar, hali yoshmiz, nega siz umringiz qancha belgilanganligidan habaringiz bormi, yoki JANNAT KALITI cho’nchagingizdami,bamdodni o’tkazib bemalol uxlab yotasiz, dunyo uchun besh vaqti farz bo’lgan namozingizni esingizga ham olmaysiz?! Hatto Alloh taoloning Rasuli, butun olamlar sarvari Rasululloh s.a.v. ham o’ng tomonimdan so’limga qaragunimcha tirikmanmi yo’qmi bilmayman deya qo’rqib yatganlar, ular jannat kalitiga ega edilar, shunday ersada Allohdan azobidan qo’rqib muntazam ibodat qilar edilar, bizchi, dunyo uchun(o’qish, ish, uy yumushlari, bozor , kin ova boshqalar) vaqtimizni o’tkazamiz, shaytonga qarshi chiqishga kuchimiz yetmaydi.
Ey odamlar, bizga nima bo’ldi, nega atrofdagilarga o’zimizga ravo ko’rgan narsani-ilm o’rganishlikni ravo ko’rmaymiz, nega o’zimiz o’qib o’rganamizu o’zgalar ham o’rganyaptimi deb o’ylamaymiz, bir islomiy kitob olamizu, faqat o’zimizni o’ylaymiz, o’zimiz o’qishimiz uchun olamiz, nega shuni o’zgalarga ham olsakchi, ular ham o’qisinlar, ko’chada har
turli keraksiz narsalarga sarflamasdan,qornimizni hadeb to’ydiravermasdan sal tejab, shularning o’rniga foydali ishlar qilaylik, ahir hamma ham jannatga tushgisi keladi. Zamonni ayblaydilar, zamonni ayblamang deyilgan, nega ayblaymiz zamonni, nima haqqimiz bor uni ayblashga, undan ko’ra zamonni to’g’irlaylik, odamlarni insofga-to’g’rilikka chaqiraylik, nega ular tikka gunohga ketaptilar?! Biz o’zimiz ilmdan oz bo’lsada bahramandmizu, lekin shu ilmni o’zgalar bilan o’rtoqlashishdan cho’chiymiz, yoki iymanamiz, nega , Allohning haq dini bo’lmish Islomni gapirishdan uyalaylikmi, also!
Birodarlar, ilmdan bebahra insonlarni ilm o’rganishlarida ko’mak beraylik va ularning qalblarini Alloh muhabbati bilan to’ldiraylik!!!
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:41:33
Muslimasubh yozadilar:

Ibodat"¦
Alloh taolo kunlarni,unind ketidan quvib kelguchi tunlarni yaratdi.Bir kun 24 soatga teng, shu 24 soatning har birida 60 daqiqa , har daqiqada 60 soniya bor. Qarang, bir kunimizni agar shunday hisob bilan hisoblasak qanchalik uzun hisoblanar ekan?! Alloh taolo har kuni 5 vaqt namozn farz qildi, bir kunlik namozga o’rtacha 1 soat atrofida vaqt ketadi, ana boring 1.5 soat ham ketsin deylik, bir kunda 24 soat bor desak, shundan 1.5 soatigina ibodatimizga, farz qilingan namozlarga ketarkan, qolgan vaqtimiz esa dunyo g;amida o’tarkan. Birodar, bir o’ylab ko’ring, bizni yo’qdan bor qilib qo’ygan, qornimizni to’q qilib rizqimizni berib qo’ygan, aql berib butun mavjudotdan ustun qilib qo’ygan, hatto farishtalarini ham sajda qildirgan Alloh taologa 24 soatdan atigi 1.5 soatgina ibodat qilar ekanmiz, bu insofsizlik emasmi bir tomondan, axir o’ylab ko’ring, siz bir robor yaratdingiz deylik, uni bepul ovqatlantirsangiz , hamma aytganlarini bajo keltirsangizu, u sizning buyrug’ingizni bajarmasa, siz bunga qanday qarar edingiz, o’ylab ko’ring, albatta chiroyli qilib javobini bergan bo’lardingiz, lekin Alloh taolo yana umr-muhlat ham berib qo’yibdiku, shu 1.5 soatlik ibodat-namoz nahotki bu dunyo uchun qilayotgan ishlaringizdan afzal bo’lmasa. Birodar, bilasizmi, sizning namoz o’qish yoki o’qimasligingiz Qudrat egasi bo’lgan Zotga xech qanday foyda ham , ziyon ham yetkaza olmaydi, bu siz uchunku ahir, oxiratda yuzingiz yorug’ bo’lsin deb farz qilinganku ahir, nahot tushunib yetmasangiz?!
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:41:45
Alloh taoloning mehribonligini qarangki, uU bizlarga Payg’ambarlar yuborib, yana bizni ummatlar ichida afzal qilib, oz’ farzlarini ochiq bayon etib, agar amal qilmasak halok bo’lajagimizni O’z kitoblarida aytdi, lekin shunda ham biz ibodatda sustkashlik qilamiz. Endi tasavvur qiling, agar Alloh taolo bizni ogohlantirmasdan, Payg’mabarlar yubormasdan, qiyomat kuni kelganida , sizga aql-idrok berilgan, o’z aqlingiz bilan topmadingizmi, sizni yaratdimmi , menga ibodat qilish sizga farz bo’ladi, o’zga narsalagayetgan aqlingiz shu narsada sustkashlik qildimi, desa unda nima qilar edik? Yo’q Mehribon-Rahmon bizga o’z farzlarini ayon qildi, nahotki shunda ham aql ishlatmasak?
Siz xech o’ylab ko’rganmisiz, namoz nima uchun zarur deb, nahotki siz o’z aqlingiz bilan o’ylab ham namoz o’qimayotgan bo’lsangiz, ahir sizni mukammal inson qilib yarata olgan Alloh sizdan-da aqlli emasmi, nahotki uning buyurgan buyrug’i, oxiratdagi azoblardan ogohlantirishlar sizning aqlingiz bilan o’ylaganda noto’g’ri bo’lsa, unda siz ham kichik insonga o’xshagan, mayli undanda kichik bir hoshorat yoki mayli bir gul yaratib ko’ringchi. Yo’q, also bunday qilolmaysiz hech qachon, mana ayonku Allohning eng oli Zot ekanligi, shunday ekan avvalu-oxirni bilguchi Zotni aytganini qilmaysizmi, axir u siz bilmagan narsalarni biladiku?!
Birinchi sajdaga bosh qo’ygan insonlardan so’rang, ular qanday hissiyotni boshlaridan kechirgan ekanlar, buningdek hissiyot dunyoda yo’q, uni hech izlab topolmaysiz, bu hissiyot yakayu yagonadir, chunki bu faqat Alloh taologagina izhor etiladigan hissiyotdir!
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:42:34
Baxt"¦

Birodar, bilaman siz ham hamma qatori baxtli bo’lishni, orzularingizga erishishingizni, niyatlaringiz ro’yobga chiqishini istaysiz, chin ko’ngildan qilasiz bu niyatlaringizni, to’g’rimi? Endi sizga savol, ho’sh, nima deb o’ylaysiz, shu baxtga sizni kim erishtiradi, o’zingiz yelib-yugurib erishasizmi, yo’q , uncha ishonarli javob emas, chunki nohaqlik qilib og’zingizdagi luqmangizni ham olib ketguchi sizdan-da kuchliroq odamlar bor, qarang demak kuchli odam zo’r bo’larkanda, uni istagani bo’larkan,chunki u kuchli, har kimni yenga oladi, endi bir fikr qilingchi, shu kuchlilarni yaratib qo’ygan kim o’zi, qarang , demak siz o’ylagan kuchlilarning ham kuchlisi bor ekan, u qanday zot ekan, U sizni yo’qdan bor qilgan , har narsaga Qodir bo’lgan, birgina "œbo’l" so’zi birlan barcha ishlarni yarata oladigan Tangrimiz-Alloh taolodir, U o’sha siz oylagan kuchlilarning eng kuchlisidir! Demak, boya aytganimizdek doim kuchlilarning aytgani g’olib keladi desa, demak Alloh taoloning aytgani hamisha g’olib ekanda, ha bunga shubha ham yo’q, o’ylab ko’ringchi, bu degani hamisha Alloh taoloni xohishi bo’ladi deganimasmi?! Shunday ekan, demak biz biror bir narsaga erishmog’imiz uchun, o’zimizdan kuchliroqlarni yengishimiz uchun biz Unga iltijo qilarkanmiz, chunki Ugina har narsaga Qodir va bizning istagimizni ro’yobga chiqarhuchi ekan, siz orzu-niyatlaringizga erishishingiz uchun unga iltijo qilasiz:"Allohim, niyatimga yetkazgin, O’zing har narsaga Qodirdirsan!" Hosh, o’ylang birodar,kimdir sizga bir iltimos bilan kelsa, lekin u sizning avvalgi buyruqlaringizni bajarmagan bo’lsa siz uni iltimosini qabul qilasizmi, yo’q, siz uni hatto ko’rishni ham xohlamaysiz, nega endi mani xohishimni qilmaydiyu man unikini qilamanmi deb o’ylaysiz, to’g’rimi? Unda, o’zingiz aqlan aytingchi, Alloh taolo sizning istagingizni ro’yobga chiqarishi uchun siz uni aytganlarini qilishngiz lozim emasmi, hozir aytganimizdek qanday qilib Uning buyruqlarini-farzlarini ado etmay turib o’zingizni istagingizga erishmoqchisiz hayronman, bilasizmi nima, Alloh siz uning farzlarini bajarmasangiz ham , dunyodagi eng katta istagingizni-umringizni berib qo’yibdiku, shuni o’zi uchun siz unga qanchalar ibodat qilishingiz kerak, shuni xech o’ylaganmisiz?
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:42:46
Birodar, ikki dunyoda baxtli yashashni istaysiza, unda Avvalu-Oxirni bilguchi Alloh taoloning farzlarini ado eting, ularning o’zi sizni jannatga yetaklaydi, siz bu dunyoda ham, u dunyoda ham baxtga erishasiz, InshaAlloh!
Mayli, sizga bir maslahat, bir kun tahorat oling, dunyo o’ylarini o’ylamang oz vaqt, keyin pok holda joynomoz ustiga o’tiring, qarshingizda Alloh turibdi deb tasavvur qilingda, boshingizni sajdaga qo’ying, uch bora "œSubhana rabbiyal a’la" deb,shunda hayol bilan "œEy ulug‘ Robbim, Sen butun nuqsonlardan poksan" deb butun vujudingiz bilan sajda qiling, Allohni huddi qarshingizda deb tasavvur qiling, keyin sajdadan bosh ko’tarib o’tiring, va yana sajdaga borib boyagi so’zlarni takrorlang, faqat chiqn ko’ngildan, butun vujudingiz bilan manga dunyoda eng yaqin Zot, manga baxt berguvchi, niyatlarimga yetjazguchi, eng Mehribon Zot qarab turibdi deb tasavvur qiling, keyin boshingizni ko’tarib ozgina o’ylang Alloh haqida, mana shu vaqtda Alloh deburguchi yuragingizning butun vujudingizga tarqatgan sevinchini his qilasiz, siz keyin bu onni juda so’g’inasiz!
Banda Allohga qarab yursa(y’ani din ahkomlarini sekin-sekin o’rgana boshlasa,ularga amal qila boshlasa) Alloh taolo u tomonga yugurib kelar ekan. Balki sizning bu birinchi sajdangiz Alloh taoloning sizga nazarini tushurib, uning siz tomonga yugurib kelishini nasib aylar va butun olamlardan topilmas u dunyodagi Jannat bo’g’laridan siz uchun joy ajratar!!! InshaAlloh!
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:43:05
O’lim…

O’lim nima, siz o’lim deganda nimani tasavvur qilasiz, albatta harakatsiz-ojiz holda yaqinlarinig yig’isi ostida zim-zimiston, qop qorong’u, o’zingizdan boshqa xech kim bo’lmagab bir tuproq ichiga kirish? Aytingchi , dunyoda o’lmagan odam bormikin, siz xech eshitganmisiz bu haqda, yo’q, hamma o’ladi “Har bir jon o’limni totguvchidir”, bu Alloh taoloning so’zi, mana qarang hozirning o’zida Allohning so’zi haq ekanligini ko’ryapmiz, demak o’limdan keyingi holatlar ham rost ekanda, chunki u ham Allohning so’zlariku, to’g’rimi, qabr azobi, qilingan ishlar hisobi, birinchi so’raladigan namozlar va hokozolar!
Alloh avvalu-oxirni biladi, u har bir jonning o’lim kunini belgilab qo’ygan , undan o’zga kim biladi, insonlarmi, yo’q, agar shunday bo’lganida ayrim odamlar hor bo’lib o’lib ketmasdilar, unga tayyorgarlik ko’rardilar, demak bundan ko’rinib turibdiki, xech kim o’z o’limini bilmaydi. Unda sizga bir savol, agar o’limingiz qachon kelishini bilmas ekansiz, siz unga tayyormisiz? Qarang, to’y qilyapsiz, unga tayyorgarlik ko’rasizmi, albatta , mehmonlar kelishiga hamma narsa taxt bo’lish kerak, chunki uyalib qolasiz bo’lmasa ular oldida, o’qishga kirmoqchisiz, unga kirish uchun tayyorgarlik ko’rasiz, chunki agar tayyorlanmasangiz yiqilishingiz turgan gap, yoshingiz katta bo’lyapti, hali oila qurishingiz kerak, yoshingiz katta bo’lyapti, hali oila qurishingiz kerak, buning uchun yetarlicha narsalardan bohabar bo’lishga(o’qish,ish) harakat qilasiz, chunki ertaga bir oilani tebratish kerak yoki bir oilada farzandlarni chiroyli hulqda tarbiyalash kerak, siz bularning hammasizga tayyorgarlik ko’rasiz, lekin o’lim ham huddi shunday narsaku, faqat bu ishlardan farqi unda siz faqat yolg’iz o’zingiz javob berasiz, sizga to’y,o’qish va oilada yordam bergan odamlar yo’q bo’lishadi, siz hamma yukni o’z yelkangizda ko’tarib qabrga borasiz, ikkinchi farqi esa sizga to’y va imtihonning qachon bo’lishi ayon , aniq sanasini ham bilasiz va bir necha kun oldin bunga tayyorgarlik ko’ra boshlaysiz, lekin o’limning qachon kelishini bilmaysiz, ayrimlaga o’xshab bir soat oldin kulib yurib ozginadan keyin birdan yurak porogi bo’lib o’lib qolmasligingizga kafolat bera olmaysiz to’g’rimi, o’lim birdan kelib olob ketib qoladi o’sha zim-zimiston qabrga. U yerda nima bo’ladi, bu qabr azobining qanchalar qattiq va shavqatsiz ekanligi yozilgan hadislardan , ya’ni bizni yaratgan Zot yuborgan Rasululloh s.a.v. keltirgan so’zlardan bilasiz. Agar namoz o’qimagan banda bo’lsa qabri shunchalik tor bo’ladiki,hatto qobirg’alari ham bir-biriga aralashib ketar ekan, azob farishtalari kelib qattiq azob berishar ekan, endi o’sha zimistonda o’zingizni tasavvur etib ko’ring, xech kim yo’q, bir ko’zi ko’r, qulog’I kar bir katta farishta qo’lida uzun gurzi bilan keldi, gursining uradigan tomoni ignalarga tola, u sizni ko’rmaydi ham , baqirsangiz eshitmaydi ham!
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:43:40
Agar qabr azobiga dosh bera olaman desangiz, maning sizga yatadigan boshqa so’zim yo’q, chunki bilaman Allohdan o’zga xech Zot qabr azobidan halos etolmaydi. Lekin agar o’zingizni o’ylab, qabr va do’zax azoblaridan halos bo’lay desangiz o’lim haqida o’ylang, ko’p o’ylang, qop-qorong’u zimistonda yotgan holingizni va qabr azobi qo’rqinchlarini, birodar sizni birodarim deb yozaman shu so’zlarni , siz ham bilng deb yozman shu so’zlarni, mani sizning amalingiz qabrdan halos etarmikin, o’ylab ko’ring, siz amalingiz faqat siz uchun kerak bo’ladi, mani qabrimda sizning amalingizmanga zarracha yordam bermaydi, man hammamiz mo’min bo’laylik deb, sizni islom yo’lida birodarim deb aytyapman bu so’zlarni, sizga undek azoblarni ravo k’rmaganim sababli aytyapman bu so’zlarni, bir o’ylab ko’ring bu haqda!
O’limni o’ylang hamisha, bu o’y sizni saodatga yetaklaydi!
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:43:59
Behzodbek:

Yozganlarizdan judayam ta'sirlandim, xuddi menga qarata aytilayotgandek, qo'rqib ketdim.

Ha, o'limga tayyorgarlik ko'rmayapmiz. Hammamiz musulmonmiz, deb jar solamiz, hatto, o'lim nima, undan keyin nima bo'ladi, juda yaxshi havas qilgulik ilmga ham egamiz. Lekin amal-chi?

Ba'zan o'zimning ahvolimga qarab o'zimga-o'zim savol beraman?

Xudo bormi? Bor.

Unga ishonasanmi? Ishonaman.

Qabr azobidan, Qiyomat dahshatlaridan, Jahannamdan xabaring bormi? Bor.

Allohning gunohkorlarni jazolayman, degan so'zi bor, bilasanmi? Bilaman.

Yuqoridagilarning haqligiga zarracha shubhang bormi? Yo'q.

Unda nega butkul o'zingni Haqqa topshirmaysan? Nima yurish bu? Agar zarracha shubhang bo'lmasa, seni komil Islomda yashashdan nima to'syapti? Nega hanuz amallaringda, o'y-xayollaringda johillikning asoratlari mavjud?

Bilmayman.

Mening ruhim g'alati. Bir iymon zavqidan to'lib toshadi, bir gunohga o'ralib, xomush tortadi, hatto bu dunyoni tark etgisi keladi.

Inson ojiz, Alloh xohlamasa, u hech narsa qila olmaydi, hech narsa. Zalolatga ketish hech narsa emas, lahzada iymondan ayrilib, tandan jon chiqib murtad bo'lib o'lib ketish ehtimoli yo'q emas. Qalb o'zgaruvchandir. Lekin Alloh bor ekan, u mo'minlarni hifz etadi. Men o'zimning ojizligimni, haqirligimni his qilganim sari Allohning buyukligini, azamatini yanada tanib boryapman.

Men namunali musulmonman, deyolmayman. Men bilgan ilmimga yarasha yashay olmayapman, men gunohkorman. Lekin umidim shuki, bular behikmat emas. Men haqiqiy muslim bo'lib yashashni xohlayman. Men Alloh nima buyurgan bo'lsa, shuni bajarishni, nimadan qaytargan bo'lsa, undan qaytishni istayman. Men yaxshi odam bo'lishni xohlayman.

Tushkun kunlarimning birida "Love of Allah"ni o'qidim. U menga qattiq ta'sir qildi. Ehtimol, menga tuganmas iroda ato etdi. Men bilamanki, Alloh G'ofurdir, Rohiymdir. U meni kechirishga Qodir.

Men kimman o'zi? Yo'q edim, Alloh xohladi, yaratildim. Qarang, Alloh Behzod degan bir bandamni yarataman, deb qasd qildi, va meni yaratdi, menga faqat o'zimgagina xos bo'lgan surat ato etdi, jism berdi, meni mehribon ota-onam qo'liga topshirdi. Qarang Alloh meni yaratdi. Millionlab nutfalar orasidan aynan meni (men ham bir nutfa edim) tanladi. Shuning o'zi buyuk baxt emasmi? Alloh sizni yaratdiya... Axir, sizni yaratmasa ham bo'lardi, siz yo'q edingiz va yana yo'q bo'lib ketaverardiz, nima ham bilardiz, axir siz yo'qsiz-ku!

Alloh bizni o'ziga ibodat qlish uchun yaratdi. Bizda bundan boshqa ish qilishga vakolat yo'q. Har ne qilsak, u shu bosh maqsadimiz yo'lidagi vosita bo'lishi kerak. Bugun Hindistonda o'qiyotgan bo'lsangiz, o'qishdan maqsad, ilm olish va uni Alloh yo'lida ishlatish bo'lsin. Shu bilan biz Allolhga ibodat qilamiz, shu niyat bilan yashasak, har bir lahzamiz ibodatga aylanadi, "Indian Government and Politics" kitobini o'qisak ham ibodat bo'ladi.

Unsonning aniq ikki dushmani bor: nafs va shayton. Shularni yengish kerak, bu esa oson emas. Men buni beamal professor olimlardan ming marta yashi bilaman, chunki men shu kurash ichidaman, goh mag'lubman, goh g'olib. Goh yig'layman, goh kulaman. Ehtimol, hozir qo'lim baland kela olmayotgandir.

Lekin Bir Zot bor, u yaxshilarga ularga qarshi kurashda albatta yordam beradi, faqat U mening irodamni sinamoqda, deb o'ylayman. Qani bu bandam, qanchagacha chidarkan.

Ey, Alloh, men osiyman, ko'p uyatliman. Lekin yaxshi odam bo'lishni xohlayman, Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamning asl ummati bo'lishni xohlayman. Seni ko'rishni xohlayman. Lekin men uyatsiz Senga qarashdan uyalaman.

Meni afv et. Meni shunday darajaga qo'yginki, johillikda o'tgan xunuk ishlarim xotiramdan ko'tarilsin, nomai a'molimda faqat yaxshilik bo'lsin. Huzuringga faqat yorug' yuz bilan boray.

Amin.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:48:01
Muslimasubh:

G’aflat"¦

Erta tong, bomdod vaqti, hamma uyquda, lekin bir-ikki kishi, kimlarningdir nazdida eskicha ishlarni qilib yurgan kishilargina Alloh taolo oldida bosh egib sajdadalar, hamma dunyoviy ishlarini tashlab, hatto uyqularidan ham kechib sajdaga bosh qo’ydilar, lekin nimaga, nima uchun, shunchalik zarur ishmikin-a? Nima uchun ertalabku eng shirin uyqularidan kechib, tahorat olib sajdaga bosh qo’yarkinlar-a?
Yana bir boshqa kishi quyosh ko’tarilib, hamma yoq yop-yoruq bo’lgunicha uyquga to’yib , orom oldi, keyin sekingina turib yuz-qo’lini yuvib, choy ichdi, lekin shu uyquni orom qilib bergan, shu ichayotg choyi, yayayotgan narsalari qayerdan kelganligini, qanday qilib uning ochiqqan qornini to’yg’azayotganini, uyqudan keyin yana bir lazzat baxsh etayotganini hayoliga ham keltirmadi. Keyin kiyimlarini kiydi, ko’chaga chiqishga-ishiga tayyorlandi, chiroyli kiyimlar kiydi, uning tashvishi bir hozircha ishiga vaqtiga yetib borsa bo’lgani, chunki agar vaqtida bormasa boshliqning urushihsi turgan gap, chunki ishga kirayotganda boshliq o’z talabini-o’z vaqtida ishga kelishini aytgan, agar boshliqning aytganini qilmasa ishdan ketishi turgan gap! Ey birodar, bitta boshlig’ingizdan, ishdan ajralib qolishdan shuncha qo’rqar ekasiz, nahotki sizni yaratgan Parvardigoringizdan qo’rqmasangiz, axir uning ham huddi sizning boshlig’ingiz qo’ygani kabi talablari borku, nega uni bajarmayapsiz, siz boshlig’ingizdan qo’rqasizu , sizni yo’qdan bor qilgan, uyquni-oromni bergan, ertalabki nonushtangizni-rizqingizni bergan, ishga kelishingiz uchun kiygan kiymingizni-ustingizni but qilib qo’ygan butun Kuch va Qudrat sohibi bo’lgan Allohdan shu bergan ne’matlari oldida uyalmaysizmi? Ey birodar, nahotki o’ylamadingiz shuni, axir U:" Ular Allohning «makri»dan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? Bas, Allohning «makri»dan faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘lur" (A’rof, 99)
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:49:07
Axir avvalu-oxirni bilguchi Zot shunday deb aytib qo’yibdiku, nahotki siz shuni bilib turib ham g’aflatda yurishda davom etsangiz, boshlig’ingiz agar ishga vaqtida kelmasangiz ishdan ketkazishini bilib, ishga vaqtida kelasiz, siz bu ishni bir oz muddatga yo’qotishingiz mumkin xolos, yana boshqa ish topa olasiz, lekin aytingchi agar  Alloh buyurganlarini bajarmasangizda, shu ko’yi jon bersangiz-o’sangiz, undab keyin yana dunyoga qaytguchi bo’lasizmi birodar, siz qattiq azobga mubtalo bo’lasizku axir, junki Alloh aytgan ishi vojibdir, u albatta boladi, chunki siz bir o’ylab ko;ring, siz ham farzandingizga bir ishni buyursangiz va agar aytganingizni qilmasa albatta seni jazolayman desangiz-da, shunda ham farzandingiz aytganingizni qilmasa, siz nima qilasiz , albatta uni jazolaysiz, chunki sizning aytganingiz bo’lishi kerak, chunki siz bir so’zli kishisiz! Endi bir o’ylab ko’ring, butun olamlarni atigi olyti kunda yaratgan, Odam Atoni loydan yasab, unga jon ato eta olgan Rabbigizning aytganini qilmasangiz ahvolingiz ne kechar ekan?! Bilasiz axir U har narsaga Qodir va Qudratli Zot bo’lib, uning birgina "œbo’l" so’zi ila hamma narsa amalgam oshadi, siz o’ylamang, sizning ibodat qilmasligingiz yoki qilishingiz unga biror bir zarar yoki foydani beradi deb, yo’q, bu faqat sizning foydangiz yoki zararingizgadir, chunki Qiyomat kuni sizni yaratgan Alloh taolo oldida qilgan har bir amaligiz uchun siz javob berasiz, va shunga yarasha mukofot yoki jazo olasiz!
Shu kunga yaxshi yetish uchun bu g’aflatli kunlardan uyg’oning birodar, keyin esa kech boladi, chunki Bilguchi Zot aytganki:" U qishloqlarning axli balo-qazoyimiz tunda, uxlayotgan hollarida kelib qolishidan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? (Kutmaganmidilar?)  Yoki u qishloqlarning ahli balo-qazoyimiz choshgoh paytida, o‘yin-kulgi qilayotgan hollarida kelib qolishidan xotirjammilar? "œ(A’rof, 98-99)
Shu kun kelib qolishidan ilgari tayyor bo’laylik birodar!
To hayot ekanmiz, Alloh taoloning ushbu so’zlaridan umid qilib, uni kechirishini so'rab yashayveramiz:" Gunoh ishlarni qilib, keyin ularning ortidan tavba qilgan va iymon keltirgan kishilar uchun esa albatta Parvardigoringiz o‘shandan keyin ham mag‘firat qilguvchi, mehribondir"(A’rof,153)
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:49:32
Abdurahmonqizi:

Dunyo ba'zida shunchalik shirinki, unga o'ralib qolish hech gap emas, tarki dunyo qilib hammasidan qutulay desang iloji yo'q. Balki uni ichida turib undan voz kechishga to'g'ri keladi, ya'ni qadrsizlik holatiga yaqinlashtiriladi.
Ba'zida dunyo shunchalik mashaqqatliki, o'limni kutasan, ammo o'limdan keyin sani nima kutib turganini bilmaganing uchun yana orqaga tisarilasan.

Dunyo shunchalik go'zalki, har bir bargda Allohingning muhabbatini tuyasan, hatto o'sha dunyo matosi joynamozni quchoqlab suyasan.
Dunyodan tunda pardalarni olib tashlasang u shunchalar zalolatda, ifloslikdaki, undan hazar qilasan.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:53:14
Mubashshir:

Dunyo- nima??? Dunyo-tug'ilish,tug'ilish esa O"LIMGA quyilgan birinchi qadamdir!Bu Dunyo-imtihon dunyosi.Har bir qadamimiz ulchanadigan,har bir so'z uchun javob talab qilinadigan, har bir ko'z qarash uchun izoh beriladigan- Dunyo bu. Hech kimni minnatdor qilolmaydigan, vaqti kelsa ota-ona farzandidan farzand esa ota-onasidan norozi buladigan,hech narsaga arzimaydigan,hamma narsasi hatto eng go'zal g'unchasi ham bir kuni so'lib bitadigan,o'tkinchi Dunyo bu.Bu dunyoda ohiratlarini, haqiqiy DUNYOlarini o'ylab unga zahira hozirlaydiganlar qanday bahtli insonlar.Bu hor va zalil dunyoda bir zumlik rohatlarini o'ylab yashaydiganlar ohiratlarini uhutganlar naqadar bahtsizdirlar.O'lim har bir nafasimizda yo'qlab turar ekan biz g'aflatda qolmayapmizmi???Ertangi ULUG' KUNDA hisob kitob qilinayotganda qilgan ishlarimizni kurib o'zimiz ham hayron bulib qolsak kerak,chunki biz hayotimizni o'tayotgan har bir kunimizni taftish qilmaymiz.O'sha Kunda R.s.a.v. bizlarni tanirmikinlar shuni o'ylaymizmi,UL ZOTGA bir kunda hech bo'lmasa bir marta salavot aytamizmi?Ul Zotni sunnatlarini birortasini tiriltirib o'z hayotimizga joriy qildikmi? Shu savollarni o'zimga berar ekanman o'zimni naqadar gunohkor va o'z nafsimga qul bulib borayotaganimni his qilib qo'rqib ketaman va......
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:53:30
Soliha:

Dunyo , biz dunyoga nima u-n keldik, nima u-n yashayapmiz , hozirgi voqta buni ko`pchilik unitib qo`ygan , biz dunyoga sinov u-n kelganmiz , bu dunyo hammamiz u-n sinov , barchamiz inshaAlloh shu sinovlardan eson omon o`tib olaylik, Allohimning o`zi barchamizni to`g`ri yo`lidan adashtirmasin , hammamizni payg`ambarimiz Muhammad s a v ning shafoatlariga loyiq insonladan qilsin , AMIN.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:53:45
Muslimasubh:

Dunyo huddi bir dengizga o'xshaydi, undan o'ta olgan o'tadi, ya'ni taqvo kemasiga ega bo'lganlargina o'ta oladilar, taqvo kemasiga ega bo'lmaganlar esa turli to'lqinlar uzra halok bo'ladilar!
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:56:26
* * *

Dunyo bargga qo‘nib, titrab turgan shudring tomchisiga o‘xshaydi. Dunyo jar yoqalab ketayotgan, yo‘q, aniqrog‘i — qil ko‘prikdan o‘tayotgan kimsaga o‘xshaydi. Sal toydimi — tamom! Balki qiyomat qoyim shu birgina toyishdan boshlanar? Har holda inson bolasi esini tanigan onidan boshlab kuchlar kurashiga guvoh bo‘ladi. Guvohlik bilan cheklansa, koshki edi. Shu kurashlarning qurboni bo‘ladi.
Zamon o‘zgaraveradi, kuchlar kurashi esa turli ko‘rinishlarda qaytarilaveradi. Kuchlar kurashini hal etmoq g‘oyat murakkabday tuyuladi. Hozir bu masalani hal etmoq uchun necha o‘n minglab siyosatdonlar bosh qotirishadi. Dunyoning u chekkasidan bu chekkasiga uchishadi va oqibatda... deyarli hech narsani hal etisha olishmaydi. Bu masala nahot shu darajada murakab bo‘lsa?
Roviylar derlarki, Iskandar Zulqarnayn dunyoni zabt etmoq qasdida jang safariga chiqib, necha yurtlarni egallab, Chin mamlakatiga yetdi. Jang oldidan chodir tikib o‘tirgan ekan, Chin podshosi elchi yuborganini bildirishdi. Elchi kirib gapini yolg‘iz Iskandarga aytajagini ma’lum qildi. Uning istagi vojib bo‘lib, holi qolishgach, dedi:
— Men elchi emas, Chin mamlakatining podshosiman. Behuda qon to‘kmay izingizga qaytmog‘ingiz uchun nima qilmog‘imiz mumkin?
— Uch yillik xirojni to‘lasanglar maqsadga muvofiq bo‘ladi, — dedi Iskandar Zulqarnayn. So‘ng so‘radi: — Chog‘inglar keladimi bunga?
— Uch yillik hirojni to‘lay olamiz, — dedi Chin podshosi, — ammo shu darajada qashshoqlashamizki, kichkina qabila ham bizlarni zabt etib, egalik qilmog‘i mumkin.
— Ikki yilligini to‘lasalaring-chi?
— Ahvol o‘zgarmaydi.
— Bir yillik-chi?
— Xazinamda hech vaqo qolmasligi mumkin, ammo chidab yashasa bo‘lar.
— U holda yarim yillik hirojni to‘plab ber-da, men izimga qaytay.
— Marhamatli sultonimizga jonimiz fido bo‘lsin. Erta yoki indin biz — faqirlar kulbasini tashrifingiz bilan obod qilsangiz. Mehmondorchilik adog‘ida biz hirojni ham jamlab qo‘yajakmiz.
Iskandar Zulqarnaynga bu taklif ma’qul kelib, ikki kundan so‘ng Chin mamlakati sarhadidan o‘tdi. Shu ondan boshlab atrofda ming-minglab askarlar paydo bo‘lib, atrofni o‘ray boshladi. Bundan xavotirga tushgan Iskandar dediki:
— Sen hiyla bilan meni olmoqchi bo‘ldingmi?
— Yo‘q, — dedi Chin podshosi, — hiyla — ojizlar ishi. Siz ko‘rib turgan lashkarlar qo‘shinning bir ulushi xalos. Asosiy kuchlar tog‘ ortida turibdi.
— Shuncha qudrating bor ekan, nechun menga taslim bo‘lyapsan, nechun hiroj to‘lamoqqa rozilik beryapsan?—deb hayratlanibdi Iskandar.
— Men insonlar qonining behuda to‘kilmog‘ini istamadim. Undan tashqari sizga Osmon nazar qilgan. Nazarkarda sultonlarni hech qanday kuch bilan yengib bo‘lmas.
Bu javob Iskandarga ma’qul kelib, saroyga kirdi-yu, tovoqlar, laganlarda tovlanib turgan tilla-yu, javharlarni ko‘rib yanada ajablandi. Chin podshosi «dasturxonga marhamat, tanovul qiling», degach, taajjubini yashirmay so‘radi:
— Bu bezaklar odam uchun taom bo‘lolmaydi-ku?
— U holda siz nima yeysiz, ulug‘ sulton?
— Men hamma kabi non yeyman.
— Shundaymi? Voajab! Rumda non topishingiz shunchalar mushkulmidi? Shuncha mashaqqatlar chekib bu yerga qadar lashkar tortib kelibsiz?
Bu gapni eshitib, Iskandar uning donoligiga tahsin o‘qibdi. «Men bu yerdan bir dona javhar ham olmayman, sening hikmatli panding barcha talablarimni qondirdi», deb orqasiga qaytgan ekan.
Necha yuz yillarni oralab bizga qadar yetib kelgan bu rivoyatni o‘qigach, yigirma yilcha avval bo‘lib o‘tgan bir voqeani esladim. Yetmishinchi yillarning oxirida Amerika bilan Sovet Ittifoqining orasidagi munosabat chigallashib, rosmana urushning sharpasi sezilib qolgan edi. Bir izdihomda qariyalar shu masalada kuyunib gapirishdi. Ularning aksari urush ko‘rgan, urushning kasofati qanday bo‘lishini biluvchi odamlar edi. Davra to‘rida o‘tirgan bir qariya suhbatga aralashib:
— Agar menga qo‘yib berishsa Amerikaning podshosi bilan biznikini yarim soatda yarashtirib qo‘yardim, — dedi. Atrofdagilar bu gapni hazilga yo‘yishdi. qariya esa jiddiy turib, fikrini isbot etishga kirishdi:
— Agar menga qo‘yib berishsa, ikkalasini shu yerga chaqiraman. Kelishgach, ikkalasiga bittadan non beraman.
— Nonni nima qilamiz? — deb hayron bo‘lishadi.
— Yenglar, — deyman.
— Yemaymiz, qornimiz to‘q, — deyishadi.
— qorinlaring to‘q bo‘lsa nega urushmoqchisizlar? Nimani talashasizlar? Sizlarga nima yetishmayapti, aytinglar men topib berayin, — deyman. Agar aqli bo‘lsa ikkalasi o‘ylanib qoladi. Keyin «gapingiz to‘g‘ri ekan» oqsoqol, deb yarashib olishadi...
Dunyoning murakkab savdolari bu kabi sodda tarzda hal qilinsa edi, zamin inson qonlaridan to‘yib ketmasdi. Otaxonning gapi ko‘pchilikka g‘alati tuyular. Uch-to‘rt yil muqaddam qo‘shni jumhuriyat bilan chegara bir qishloqqa bordim. Dunyo dunyo bo‘lganidan beri ahil qo‘shni, ahil qarindosh bo‘lib yashab kelgan ikki qishloq zamona zayli bilan endi ikki mamlakatning yeri sifatida bo‘lingan edi. qishloqdan ajib bir soy oqib o‘tardi. Men borganimda, ayni yoz chillasida soy suvi quribdi. Soy qo‘shni qishloqdan (endi qo‘shni jumhuriyatga tobe) oqib o‘tardi. Bilsam, tuman boshlig‘i nimadandir norozi bo‘lib soy suvini burib yuborishga farmon beribdi. Bizning hokim iltimosini inobatga olmabdi. Shunda hokim donolik qilib, qishloq oqsoqollarining vakillarini o‘sha qo‘shni qishloqqa yubordi. Bir soatdan so‘ng soydan sharqirab suv kela boshladi...
Umar Hayyom hazratlarining bir ruboyilarida ikki kishi yer talashib, biri «shu parcha yer meniki», derkan, boshqasi «yo‘q, meniki» derkan. Shunda Yer tilga kirib, talashmalaring, ikkoving ham menikisan», degan ekan. Bu falsafaning ma’nosiga barcha tushunib etsa edi...

Tohir Malik
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:56:43
* * *

Inson tabiati ko‘p g‘alatidir: boyligini yo‘qotsa, qayg‘uradi, dunyo ko‘zlariga qorong‘u ko‘rinadi. Ammo, hayotining kunlari manguga yo‘qolayotgani bilan ishi yo‘q...

Tohir Malik
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:57:05
Abdurahmonqizi:

Dunyo hamma narsaga boy makon. Unda boyligam, ilm ham, amal ham, iymon ham, inson ham bor. Uning ne'matlarini inkor etolmaysan. Dunyo modiyyat bilan ilohiyotni o'zida mujassamlashtirgan olam. Moddiyatdan yuqoriga qarab intilasan, nurga qarab intilasan, ortingdan u yana tortaveradi, tortaveradi.
Dunyodan qutulishning yagona yo'lini topdim - bu dunyoda har bir ishni Alloh rizoligi uchun amalga oshirish lozim ekan.

Dunyo o'tkinchidir, ammo u ohirat ekinzoridir.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2006, 07:02:50
Assalomu alaykum!

Qur'oni karimdagi dunyoning ta'rifi - eng to'g'ri ta'rifdir!

Bu dunyo hayoti faqat behuda o'yin-kulgidir. Taqvolilar uchun esa oxirat diyori yaxshidir. Aql yuritmaysizlarmi?!
An'on surasi, 32-oyat.

Har bir jon o'lim (achchig'i)ni totuvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringiz sizlarga to'la-to'kis berilur. Bas, (o'sha kuni) kim do'zaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, demak, u (katta) yutuqqa ega bo'libdi. Bu dunyo hayoti esa, faqat g'urur (aldov) matohidir.
Oli Imron surasi, 185-oyat.

Dinlarini o'yin va behuda narsa qilib olgan va bu dunyo hayoti aldab qo'yganlarni (parvo qilmay) qo'yavering! Har bir jon (o'z) qilmishi sababli halok bo'lishi, Allohdan boshqa hech bir do'st va oqlovchi bo'lmasligi, bor badalni bersa ham undan olinmasligini u (Qur'on) orqali eslating! (O'z) qilmishlari sababli azoblanadiganlar ana o'shalardir. Ular uchun kufrda bo'lganlari tufayli qaynoq suvdan iborat ichimlik va alamli azob (bordir).
An'om surasi, 70-oyat.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2006, 07:04:11
Dunyo - mo'minlarning bozori: kecha va kunduz - sarmoyalari, go'zal amallar - tijorat mollari, jannat - foydalari, jahannam esa - zararlaridir.
Abu Bakr Siddiq

* * *

Olam bir daryodir, uning qirg'og'i oxirat. Ul daryoning kemasi taqvo bo'lib, odamzodning hammasi shu daryodan o'tguvchi musofirlardir.
Shayx Abu Is'hoq Zuhuriy

* * *

Dunyo ila ohirat, ikki oilasi bor kishiga o'hshaydi. Inson birini rozi qilar ekan ikkinchisini ranjitadi.
Abu Bakr Siddiq r.a.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Muslima_subh 10 Sentyabr 2006, 23:54:13
Bir kuni Alloh nasib etib bir to’yda bo’ldim, bir ayol ma’ruza o’qiyaptilar, hammaning ko’zi ularda, ularning so’zlarida, ular ayollarning o’z turmush o’rtoqlarining oldidagi burchlarini gapirayotgan edilar, ha ular hadislardan misollar keltirib, Qur’ondan suralar aytib ayollarning oiladagi burchlarini so’zlamoqda edilar, lekin ularning gaplari bilmadim kimning qulog’iga jirdi ekan, kimnikiga yoq, balki siz buni hozirgi zamonda ayollar shunaqa bo’lib ketgan, ular islomdan, unga amal qilshdan qochadilar dersiz, balkim, lekin man bu fikrga shu sabab deb o’ylamadim,ma’ruza o’qiyotgan ayolimizaning ilm berish yo’llari, ovoz tonlari boshqacha edi, ularning gapirishlaridan ayollar biz shunday qilishimiz kerak ekan deb chunmadilar chamamda, balki shu ayol hammasiga amal qilarkanu, biz qilmaskanmiz, shuning uchun bizlarga ta’na qilyapti deb tushundilar, chunki bu ayolimiz huddi shunday ovozda gapirar edilar, singlim, opam, opoqi, bilaman siz yaxshisiz, siz eringizga itoatdasiz, bo’lmasa shu paytgacha qanday yashar edingiz, lekin bilasizmi turmushni yanada shirin qilguvchi yo’llari bor, bular mana bular "¦ deya ularni siz yomonsiz, siz eringizga itoat etmaysiz, siz falonsiz, siz pistonsiz, siz mana buni qilishingiz kerak, qimasangiz deya islomdan sovutadigan gaplardan emas, balki boshida ularni quloqlariga yoqadigan gapdan boshlab, keyin ularni shu amal qilmasalar yuz tutajak azoblar haqida aytib,ularni bundan ogoh etsalarmidi deb qoldim. Insonni faqat ilmli bo’lishi yetarli emas, manimcha uni odamlarga yetkaza bilishi ham zarur, uni, islomni insonlar qalbiga bir muhabbat kabi olib kirsa, huddi bir gul kabi eksayu, keyin uni parvarishlay bilsa, ana shunda biz ilsomni asl mohiyatini odamlarga yetkaza bilamiz, avval o’zizmizni tarbiya qilib, keyin o’zgalarga suhbat berish foydaliroq deb bilaman!
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2006, 11:24:51
Yod et!!!

Boshingga tashvish tushganida, hayotning ikir chikirlari seni domiga tortganida, insonlarni nodonlik va jaholat botqog'idan Iymonu Hidoyat nuriga olib chiqish yo'lida Toifga borgan, ammo u yerda qabul qilinmay, toshlar bo'roni ostida kovushlari qonga to'lib qaytgan, ona yurtlari Makka ham u kishiga eshiklarini yopgan Zotni yod et!

Arzimagan zafarlar oldida mag'rurlanib, maqtovlar eshitishni hohlab qolganingda, "Maddohlarni yuziga tuproq sochinglar", degan Rahnamoning kamtarligini yod et!

Haqiqat qidirib, yo'lda yolg'izligingdan shikoyat qilganingda,go'dakligidayoq yetimlikning achchiq azobini totgan Muhammad Mustafo s.a.v. sabrini yod et!

Tansiq taomlarning hush bo'ylaridan boshing aylanganida, birgina hurmo bilan ro'za tutgan  Payg'ambaringni ham yod et!
Ul inson senu menga sabru qanoatda eng yahshi namuna ekanliklarini yod et!

Shunda bu o'tkinchi dunyoning qiymatini, o'zingga berilgan umrning qadrini anglab borasan....
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Samo 09 Oktyabr 2006, 23:56:57
DUNYO
inson yo jannatga yoki jahannamga borishidan avval keladigan bekatdir.
qaysi bilet olinsa shu yonalishda olib boriladi.
Dunyo ikki tarafli tanga misoli; bir tarafi nurga ikkinchi tarafi zulmatga garq bolgan.
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Azamat 15 Oktyabr 2006, 13:20:43
Men hayotimda bir hadisdan olgan xulosamga asosan yashashga harakat qilaman. Yani payg'ambarimiz sallollohu alayhi vasallam o'z hadisi muboraklarida shunday manoni aytganlar: "Odamlarning yaxshisi oxiratni deb bu dunyani, bu dunyoni deb oxiratni unutib qo'ymaydiganidir". Fikrimcha bugun bizlar manashu tamoyildan yiroqlashib ketganmiz va ketmoqdamiz. Yuqoridagi bu hadis duyoda yashashning haqiqiy va qulay mezini deb hisoblayman. Bugun atrofga bir nazar tashlaylik, kimdir boshqani kofirlikda ayblagan, yana kimdir befarq, loqayd, hech kim bilan ishi yo'q, boshqacha aytganda musulmon sifatida jamiayt oldidagi masu'lligini unutgan, amri maruf va nahiy munkarga befarq.
Noshukurlik qilmaymiz, Alhamdulilloh barcha imkoniyatlar bor, faqat, harakat va shijoat qilishimiz kerak.
Shundagina ham bu dunyoimizni, ham u dunyoizmizni obod qila olamiz.
Shunday emasmi qadirdonim?
Nom: Re: Dunyo haqida fikrim...
Yuborildi: Robiya 24 Oktyabr 2006, 15:47:41
Bu mavzu meni juda qiziqtirib keladi.Va unga quyidagicha javob bermoqchiman.Men ham Layloga o'xshab "Mukoshafat ul-qulub" asarini o'qiganimda dunyo borasida aytilgan uyidagi fikrlarga duch keldim va ularni javob sifatida yo'llayman:
Qur'onda bu mavzuda ayrim oyatlar keltirilgan:
 - Bilinglarki, bu dunyo hayoti faqat o'yin-kulgi, zeb-ziynat, o'rtalaringizdagi o'zaro maqtanish va mol-dunyo hamda farzandlarni ko'paytirishdir, xolos.U xuddi bir yomg'irga o'xsharki, u sababli ungan o't-o'lan kofirlarni hayratga solur.So'ngra u qurir bas, uni sarg'aygan holda ko'rursiz.So'ngra u quruq cho'p bo'lib qolur.Oxiratda esa(o'sha tort kunlik dunyoga aldanib qolganlar uchun) qattiq azob va (imon e'tiqod bilan o'tganlar uchun) Ollon tomonidan mag'firat va rizolik bordir.Dunyo hayoti esa faqat aldaguvchi matodir.
 - Mol-mulk, bola-chaqa dunyo hayotinig ziynatidir.Parvardigoringiz nazdida esa abadiy qolguvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroqdir.