forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: N.Nodirbek 16 Iyul 2010, 16:29:55

Nom: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek 16 Iyul 2010, 16:29:55
 Assalamu alaykum hurmatli forumdoshlar! Ushbu mavzuda sizlar bilan ishaalloh yurtimiz, jahon va muqaddas dinimiz tarixiga yana bir bor nazar tashlaymiz.O'ylaymanki bu mavzu barchamizni bilimlarimizni oshiriga va bilmaganlarimizni o'rganishga yordam beradi.

Sharti: Berayotgan javobingizga manba keltirishingiz shart.
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek 16 Iyul 2010, 16:38:02
Savol: Yurtimiz tarixi bo'yicha eng qadimgi ilk manba qaysi?
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: Nodirbek 01 21 Iyul 2010, 19:00:25
Savol: Yurtimiz tarixi bo'yicha eng qadimgi ilk manba qaysi?

 menimcha "Avesto" kitobi.(6-sinf Tarix)
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek 22 Iyul 2010, 17:00:36
Nodirbek 01 javobingiz to'g'ri.

Savol:" Rigveda" asari qaysi xalq tarixi haqida ma'lumot beradi?
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: Musannif Adham 22 Iyul 2010, 19:42:38
Nodirbek 01 javobingiz to'g'ri.

Savol:" Rigveda" asari qaysi xalq tarixi haqida ma'lumot beradi?

Hind xalqi tarixi bo'yicha.

Manba: Hindiston tarixiga bag'ishlangan barcha tarix kitoblari.
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek 23 Iyul 2010, 16:05:11
Musannif Adham javobingiz to'g'ri.

Savol:Ilk olimpiada o'yinlari qachon o'tkazilgan?
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: Robiya 24 Iyul 2010, 05:41:12
Assalamu alaykum!

Javob: mil.avv. 776-yilda.

Manba: 6-sinf Tarix darsligi
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek 26 Iyul 2010, 18:05:03
 Robiya xonim javobingiz to'g'ri.

Savol:Jahon tarixida 1- marta muntazam qo'shinni kim tuzgan?
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: Nodirbek 01 28 Iyul 2010, 13:18:51
Akkad podshosi Sargon I tomonidan
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek 28 Iyul 2010, 17:26:46
 Nodirbek 01 javob to'g'ri.

Savol: Yurtimizning qaysi qadimgi manzilgohidan ilk ibodatxona qoldiqlari topilgan?
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: Nodirbek 01 30 Iyul 2010, 17:39:45
Surxon vohasida Jarqo'ton manzilgohidan

Manba: 6-sinf tarix kitobi
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek 30 Iyul 2010, 19:25:29
Nodirbek 01 javob to'g'ri.

Savol: Qadimda qaysi davlat o'zining samoviy otlari bilan mashhur bo'lgan?
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: shohruxmirzo 06 Avgust 2010, 15:44:56
Savol: Qadimda qaysi davlat o'zining samoviy otlari bilan mashhur bo'lgan?
Farg'ona vodiysidagi qaysidir davlat ulardan ter o'rniga qon oqgan deyiladi.Tahminimcha Qang' yoki Dovon bo'ishi keray.
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek 06 Avgust 2010, 18:45:58
shohruxmirzo aniqrog'i qaysi biri va manba ham keltiring.
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: munisaxon 06 Avgust 2010, 22:20:19
Farg`ona hududidagi Dovon davlati
6-sinf tarix kitobi
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek 08 Avgust 2010, 18:39:21
munisaxon javob to'g'ri.

Savol:Misrda piramidalar qaysi podsholik davridan qurilmay qo'ydi?