forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Fikr va mulohazalar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 09:40:10

Nom: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 09:40:10
Aziko92 Sizni qattiq ogohlantiraman!
Bu yer shou-biznes forumi emas. Istalgan narsani olib-qo'yish, istagancha ko'ngilxushlik qilish bu forum uchun emas.
Har bir postingizni o'ylabroq qiling. (O'chiraverib charchadim)
Foydasiz postlardan sizga ham, bizga ham xayr yo'q.
Yana bu holat davom etsa, ban qilishga majbur bo'laman.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2010, 09:58:07
Abdulmuhaymin, BelleQizcha!
Sizlarni ham ogohlantiraman.
1-2 mavzularda bir-biringiz bilan arzimas narsalarga tortishib, off-top qilyapsizlar. Ularni o'chirib tashladim.
Bir-biringizga hurmatda bo'ling.
Keyingi ogohlantiruv yaxshi natijalanmaydi.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: BelleQizcha 21 Iyul 2010, 02:43:40
muncha qattiq qolsilaaa
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: Ansora 22 Iyul 2010, 16:50:22
A.alaykum. AbdulAziz, bu mavzuda ham mavzuga oid bo'lmagan gaplar ko'payibdi, o'chirib yubora olasizmi?

Yuzingiz uchun niqoblar va maslahatlar.

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2127.msg262048#msg262048
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: JaviK 22 Iyul 2010, 17:00:38
A.alaykum. AbdulAziz, bu mavzuda ham mavzuga oid bo'lmagan gaplar ko'payibdi, o'chirib yubora olasizmi?

Yuzingiz uchun niqoblar va maslahatlar.

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2127.msg262048#msg262048

Postlar o`chirildi.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: Hadija 24 Noyabr 2010, 09:40:18
Yosh bo'lishiga qaramay juda aqilli userimiz ZUBAIR forumdan ketdilarmi?!!!
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: Ansora 21 Dekabr 2010, 14:32:49
Bellexon, Pazandalik mavzusidagi keraksiz postlaringizni o'chirib chiqdim, iltimos bekorchi post yozmang!
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: BelleQizcha 21 Dekabr 2010, 17:24:40
ok
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 14 Fevral 2011, 13:12:37
Dust, sizni qattiq ogohlantiraman.
Forum qoidalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=20.0)ga amal qiling:

TA’QIQLAYMIZ:
- Mazax qilish. Hech qaysi shaxsni, forum ishtirokchilarini mazax qilish, kinoya,  istehzo bilan mulohaza bildirish mumkin emas.
- Haqoratlovchi, asabga teguvchi, qo‘pol, birovni shaxsiyatiga teguvchi, g‘azabli, fitnaga sabab bo‘ladigan postlar qilish, shunday saytlarga link berish qat’iyan man etiladi. Mana shunday post kiritgan a’zolar ban qilinadi.


Dust, ikkinchi marta qoida buzilishi siz uchun ban bilan yakun topadi. O'zingizni o'nglang.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 16 Fevral 2011, 10:31:23
dust forum qoidalarini qo'pol ravishda buzgani, forum a'zolarini haqorat qilgani uchun ban qilindi.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdurRohman 16 Fevral 2011, 10:38:58
dust forum qoidalarini qo'pol ravishda buzgani, forum a'zolarini haqorat qilgani uchun ban qilindi.

Admin akamizniyam sabrlari tugadi shekilli, bitta sariq kartochka kutgandim. Lekin og'amiz birdan ikkita ko'rsatvordila.
Negadir dustni postlari gayrat17 nickli forumdoshimizni eslatadi.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 16 Fevral 2011, 10:53:32
Abdurrahmon, dust bilan gayrat17 umu8man boshqa odam.

Umidvor_banda, juda ko'p off qilyapsiz. Ogohlantiraman.
Yana davom etsangiz, dust huzuriga siz ham yo'l olasiz.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdurRohman 16 Fevral 2011, 11:04:40
Abdurrahmon, dust bilan gayrat17 umu8man boshqa odam.

bularni bir kishi demoqchimasman. aytmoqchimanki, bu userimizni ham yozuv uslublari juda ko'pchilikni e'tiroziga sabab bo'lmoqda, bir vaqtlar gayrat17da bo'lgandek :)
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 17 Iyun 2011, 14:05:07
Hurmatli foydalanuvchilar.
Ogohlantiraman:
Har xil bo'lar-bo'lmas mavzularda har xil gap-so'zlar yozib, vaqtingizni isrof qilgandan sukut qilmoq afzal.

BelleQizcha, NANO va b., ko'p off-top qilyapsizlar. Forum ko'chadagi suhbat emas, keyinchalik, nahot men shularni yozgan ekanman, deya o'zingizga taajjubda bo'lmaslik uchun o'ynab yozasangiz ham o'ylab yozing. Zero, har bitta postingizda ham kimgadir foyda bo'lsin.

Ibn Uyayna, O'zbekistonda taqiqlangan saytlardan maqola olib qo'yish man etiladi. E'tiborli bo'ling.

Akkountini o'chiraman deganlarga:

Bu borada yangi qoida kuchga kirmoqda:

1. Akkountini o'chirish uchun ariza tushgandan so'ng, administrator uch kunga arizani bajarmay turadi. Uch kun ichida forumdan chiqmoqchi bo'lgan yuzer arizani qaytarib olishi yoki yakuniy qarorni qabul qilishi mumkin. Uch kundan so'ng esa, agar niyat sobit bo'lsa, akkount o'chiriladi.

2. O'chirilgan akkount hech qachon tiklanmaydi. Endi boshqa nomda qaytib, faoliyat yuritish ham mumkin emas. Agar bu holat yuza bersa, e'lon qilinib, qayta o'chiriladi. Shuning uchun ham akkountni o'chirishdan avval 3 kun muddat beriladi. Shu muddat ichida yuzer o'z qarorini beradi.

3. Forumdan vaqtinchalik foydalanmaslik qoidasi joriy qilinadi. Buning uchun yuzer falon muddatga meni forumdan foydalanmaydigan qiling degan talabnoma yuboradi. Administrator esa, uni shu muddatda forumga kirolmaydigan qilib qo'yadi.

Hurmatli forumdoshlar, forumimiz qoidalariga amal qiling. Haqiqiy maqsadlarimizdan chalg'imaylik!
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: NANO 17 Iyun 2011, 14:25:48
Uzr!
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 26 Iyun 2011, 12:36:20
Yangi a'zolardan Umar ibn Abdulaziz!
Avvalo xush kelibsiz, forum qoidalari bilan yaxshilab tanishdingizmi?

1. Har bir mulohaza uchun alohida mavzu ochish shart emas. Mos mavzuni topib so'ng u yerga post qiling.
2. Kiritayotgan ma'lumotlaringizning manbasini, muallifini yozishni unutmang.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 26 Iyun 2011, 15:09:33
Assalomu aleykum!

Yordamiz uchun rahmat !
Birgina mulohaza uchun ochilgan po'stlarimi o'chirib tashlen.
Iltimos
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: Usmon 26 Iyun 2011, 18:42:39
O'zimam bir marta o'chmoqchi bo'lib, keyin fikrimdan qaytgandim, 3 kun muhlat yaxshi bo'ptiyu, lekin Admin aka
Iqtibos
O'chirilgan akkount hech qachon tiklanmaydi. Endi boshqa nomda qaytib, faoliyat yuritish ham mumkin emas. Agar bu holat yuza bersa, e'lon qilinib, qayta o'chiriladi. Shuning uchun ham akkountni o'chirishdan avval 3 kun muddat beriladi. Shu muddat ichida yuzer o'z qarorini beradi.
qattiqqo'llik bo'ptida sal.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: Lu`lu` 27 Iyun 2011, 00:46:37
O'zimam bir marta o'chmoqchi bo'lib, keyin fikrimdan qaytgandim, 3 kun muhlat yaxshi bo'ptiyu...
qattiqqo'llik bo'ptida sal.

Тарбис бу - тарбис. Диккатни,хушни жамлаб,кейин ёзиш керак,дегани. Адашмасам, манисм огохлантирганлар админжон  :D.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: ibnUyayna 27 Iyun 2011, 22:39:15

 ehtiyot boliyla 2 ta sariq kartochka qizilga aylanadi.. ;)
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: Yaratganga shukr 28 Iyun 2011, 04:21:57

 ehtiyot boliyla 2 ta sariq kartochka qizilga aylanadi.. ;)
bu forumchilagami yoki tenischilagami :) ogohlantirish ???
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 28 Iyun 2011, 06:28:46
Manimcha: forumga yangi a'zo bo'lganlarga tegishli. . .
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: LONER 30 Oktyabr 2011, 00:11:03
Forum Administratoriga


     Man qoidalarni buzmadimi?!
     (Forum qoidalari) To`liqligicha qayerdan olsan bo`ladi?!
               
                 Yordamingiz uchun rahmat!!!
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 30 Oktyabr 2011, 09:17:34
(Forum qoidalari) To`liqligicha qayerdan olsan bo`ladi?!

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=20.0
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Noyabr 2011, 17:06:21
Akula, sizni ogohlantiraman. O'zingiz guvohi bo'lmagan yoki sharoitda ko'rmagan holatlar haqida xuddi ko'rgan-bilgan tarzda sizda unday, bizda bunday kabi kishilarning izzat-nafsiga teguvchi mulohazalarni qoldirmang. Biron fikr yozishdan avval uni yaxshilab o'ylab, tahlil qilib, so'ng yozmoq lozim.

azizbek_mx, shaxsiy yozishmalarni forumdan tashqarida olib boringlar. Bundayin mulohazalar bizning forumimiz uchun emas.

Keyingi ogohlantiruv ban bilan yakun topadi.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 26 Dekabr 2011, 12:30:23
Ogohlantiraman:
Ibn Uyayna, mavzularda juda ko'p off-top qilyapsiz.
Keyingi safar ban bilan jazolashga majbur bo'laman.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: Donishmand 26 Dekabr 2011, 13:41:43
Bo'ldi, mening haqimda haliyam yozayotgan bo'lsangizlar bas qilinglar! Sizlarning postingizni to'liq o'qishning ilojini qilolmadim. Ammo men uchun yozib butun forumga o'qitganlaringga va bu haqida o'zim habardor bo'lmay qolganimga ham indamay turibman. Bir necha oy oldingi kin ko'ngilda qolgan bo'lsa, uni tozalash kerak edi.
Endi uyat, to'htatinglar!
Kim aslida kim - Yaratganga ayon!
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 28 Yanvar 2012, 10:06:50
uzbekweb - sizni ogohlantiraman.
Forumda turli tovar va xizmatlarni bevosita reklama qilish mumkin emas.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: NANO 28 Yanvar 2012, 10:12:21
E borakanu haqiqat
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 15 Fevral 2012, 15:08:22
Avval ham ogohlantirgandim. Yana ogohlantiraman.

UzMuslim, bir gapning ichida ko'p marta katta harf bilan yozish o'zbek tili hamda forumimiz qoidalariga to'g'ri kelmaydi. O'zbek tilida gap ichida atoqli otlardan tashqari so'zlar katta harf bilan yozilmaydi. O'zbek tili hamda forumimiz qoidalariga rioya eting.
Yana bir marta ogohlantirish jazo bilan yakunlanadi.
Nom: Re: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 28 Avgust 2012, 14:20:42
AbduLmalik1433, sizni ogohlantiraman.
1. Avval forumda ochilgan mavzularni qayta ochish mumkin emas.
2. Avval forumga joylangan post;larni qayta joylash mumkin emas.
3. O'zbekistonda taqiqlangan saytlardan copy/paste qilish mumkin emas.
4. Joylash qoidalarini buzish (har ikki-uch so'zdan so'ng qator tashlash) mumkin emas.

Ushbu qoidalarga amal qiling. Aks holda qattiqroq chora ko'rishga majbur bo'laman.
Nom: Javob: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: Muxsiya 16 May 2013, 15:53:16
Deyarli 9 oydan beri admin ogohlantirish kiritmabdi bu userlar odob saqlab harakat qilishayotganidan dalolat beradimi yoki adminni vaqti bo'lmayotganidanmi har holda birinchi taxmin to'g'ri deb umid qilaman forumdagi mehr-oqibat va o'zaro hurmat yo'qolmasin yo'qsa boshqa forumlardan(Forum deyishgayam tiling bormaydi naq chatning o'zi)  farqimiz qolmaydi.
Nom: Javob: Ogohlantiruv!!!
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2013, 18:44:36
nongolferni ogohlantiraman.
Daxriyona fikr, g'oya va sahifalaringizni bu yerda yoymang.
Yana bir marta samoreklama ban bilan yakun topadi.