ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Yurtdosh => Hamyurtlar => Samarqand viloyati => Mavzu boshlandi: As-Samarqandiy 20 Iyul 2010, 02:40:40

Nom: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: As-Samarqandiy 20 Iyul 2010, 02:40:40
Bismillohir rohmanir rohim!

Mendan boshqa ham bu yerda Samarqandliklar bormi? Yoki Samarqandliklar ziyoga intilmaydilarmi?

O'zim yenglarni shimarib, bir bu forumni Samarqandliklarga reklama qilmasam, qadamiy qo'hna shahrimiz chetda qolib ketyapti. Qani Samarqandliklar bir o'zlaringizni ko'rsatib qo'ymaysizlarmi!

Yaqinda bir o'rtog'imdan eshitdim, Samarqand shahri tubdan o'zgarib bormoqda ekan.
(http://i061.radikal.ru/1007/5a/7ce57f196c7b.jpg) (http://www.radikal.ru)

Yurtim - jonim fido bo'lsin senga!
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: Zamiraxon 28 Iyul 2010, 22:27:01
 :bsm:
Assalomu alaykum wahardowlarim. Ha rostdan ham Samarqand wahrida özgariwlar judayam zör ketyapti "yangi" Samarqand judayam 4iroyli böladi inwaalloh.
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: As-Samarqandiy 29 Iyul 2010, 15:43:47
Bismillohir rohmanir rohim!

Forumda ham Samarqandliklar ham bor ekan. Men bu yerda yakkayu yagonaman deb o'ylab yurgan edim.

Qadrli shahardoshlar forumdagi ishtirokingizlarga muaffaqiyatlar tilayman.
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: AbdulAzim 02 Avgust 2010, 19:18:05
Assalomu alaykum, viloyatdoshlar! Kelayotgan Ramazon oyi muborak bo'lsin!
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: As-Samarqandiy 03 Avgust 2010, 17:59:21
Bismillohir rohmanir rohim!

Va alaykum assalom! AbdulAzim!  Sizga ham kirib kelayotgan muborak mohi ramazon qutlug' bo'lsin! Oylar ichidagi muborak oy - Ramazon sharif hammaning xonadonifa fayz baraka olib kelsin,Ilohim!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, baxtimizga ota-onamiz, yaqinlarimiz sog'-salomat bo'lsin! Hammangizning boringizga shukr.
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: BilmasOY 20 Avgust 2010, 17:33:43
Assalomu alaykum samarqandliklar! Barchangizga Ramazon oyi muborak bo'lsin!
  Samarqandga o'tgan oy borib kelgandik. Anchadan beri borsam ham, ko'p joylariga ziyoratga bormay, 1-2kunda qaytib kelardik. Bu safar opam bilan Go'ri Amir bilan Registon maydoniga bordik. Juda go'zal joylar... Rostdan ham o'zgarishlar katta. Registon maydonini yonida "Registon" supermarketi ochilibdi. Bundan tashqari avtobuslar yo'nalishi ham yo'lga qo'yilibdi.
  Rostini aytsam, Parijdagi Eyfel minorasi, Malayziyadagi Twin Towers, hattoki Turkiyadai Bosfor ko'prigiyu Ayo Sofiya ibodatxonalarini hammasini va'da qilishsa ham Registondagi batta hujrasiga ham alishmagan bo'lardim. Siz ham shunday, to'g'rimi, hamshahar?
  Bu gaplarim balkim kimgadir balandparvoz bo'lib tuyular, lekin men dilimdagilarni yozdim. Garchi aqlimni Toshkentda tanigan bo'lsam ham, men SAMARQAND farzandiman va bundan juda faxrlanaman!
  Robbim barchangizni o'z panohida saqlasin doim!  :amn:
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: BilmasOY 20 Avgust 2010, 17:44:30
Bundan bir necha yillar oldin, 11yoshlarimda Samarqandga bag'ishlab she'r yozgandim, esimda qolgan joylarini yozaman, faqat kulmaysiz, kelishdikmi?
     
     Samarqand, Samarqand, oltin Samarqand,
     Aslida oltinmas, gavhar Samarqand.
     Moviy gumbazlar shahri Samarqand,
     O'zbek elining faxri Samarqand.
      Senda ulg'ayar ko'p buyuk zotlar,
     Bag'ringda bisyordir ziyoratgohlar.
     Senda nur sochadi ko'plab ilmu fan,
     Tan olar o'zbek buni, tan olar jahon.
     Xullas, sening haqingda
     Qancha gapirsam ham oz,
     Quvonaman ko'rib yutug'ing,
     Faxrimsan, quvonchim, Zebo Samarqand!!!
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: As-Samarqandiy 20 Avgust 2010, 18:30:05
Bismillohir rohmanir rohiym!

Oisha singlim, Samarqand shahrimiz haqidagi shirin so'zlaringizdan juda ham quvondim. Albatta alishib bo'lmaydi, to'ppa-to'g'ri aytasiz. Bunday zaminni qaydan topib bo'ladi yana. Men ham juda ham yaxshi ko'raman.

Menga yetib kelgan xabarlarga ko'ra, shahrimiz kundan kunga chiroy ochib bormoqda ekan. Ollohning bizdek bandalariga ham bu o'zgarishlarni ko'rish nasib etsin,Ilohim!
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: G_u_l_i 21 Avgust 2010, 07:56:39
 :as:
Men ham asli Samarqandlikman, lekin Toshkentda yashaymiz.Kamdan-kam hollarda Samarqandga boraman. Shuning u-n na samarqandlik, na toshkentlikman ;)
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: As-Samarqandiy 21 Avgust 2010, 09:54:17
:as:
Men ham asli Samarqandlikman, lekin Toshkentda yashaymiz.Kamdan-kam hollarda Samarqandga boraman. Shuning u-n na samarqandlik, na toshkentlikman ;)

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum, Forumdosh!

Mayli qayerlik bo'lsangiz ham, vatandoshmiza. Hush kelibsiz, Samarqandliklar mavzusiga!
Qimmatli vaqtingizni ayamasdan, ushbu mavzuga tashrif buyuribsizmi, shuning o'zi bizlarga, vatandoshlaringizga bo'lgan katta hurmat  deb bilamiz.

Kuningiz xayrli o'tsin!
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: Zamiraxon 21 Avgust 2010, 15:38:58
Assalomu alaykum.
Samarqand haqida juda ko'p yaxshi gaplar aytish mumkin, to'g'ri, lekin ancha-muncha tanqid gaplar ham eshitib turamiz.
Yaqinda Samarqandda bo'lib qaytdim. Ro'za oyi bo'lishiga qaramay, yo'lda butilka ko'tarib olgan yoshlar, ayollar erlari bilan, katta erkaklarga ko'zim tushdi. Juma shahriga ketadigan marshrutka kutib turgandim, o'sha joyda ukamdek bolalarning tamaki tutatib turganliklari dilimni xira qildi. Judayam xafa bo'ldim. Ro'zadorlarning hurmati mana!!! Hech kimning ishi yo'q bunaqalar bilan! Yoshi katta onaxonlar-u, otaxonlar biron narsa dermikin, deb qarab tursam, ularning o'zlari pista chaqqan, nos otgan...
Xullas, shu taraflarini o'ylasam, azim Samarqand diniy ilmdan ancha qoloq ekanligini his qilaman. Allohdan insof-u tavfiq, kerakli va oxiratimiz uchun foydali ilm so'raymiz!
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: UzMuslim 21 Avgust 2010, 15:50:45
Hamma Joyda Shunaqa Bo'lib Ketyapti O'zi Hozirgi Kunda...
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: BilmasOY 22 Avgust 2010, 14:12:40
Assalomu alaykum.
Samarqand haqida juda ko'p yaxshi gaplar aytish mumkin, to'g'ri, lekin ancha-muncha tanqid gaplar ham eshitib turamiz.
Yaqinda Samarqandda bo'lib qaytdim. Ro'za oyi bo'lishiga qaramay, yo'lda butilka ko'tarib olgan yoshlar, ayollar erlari bilan, katta erkaklarga ko'zim tushdi. Juma shahriga ketadigan marshrutka kutib turgandim, o'sha joyda ukamdek bolalarning tamaki tutatib turganliklari dilimni xira qildi. Judayam xafa bo'ldim. Ro'zadorlarning hurmati mana!!! Hech kimning ishi yo'q bunaqalar bilan! Yoshi katta onaxonlar-u, otaxonlar biron narsa dermikin, deb qarab tursam, ularning o'zlari pista chaqqan, nos otgan...
Xullas, shu taraflarini o'ylasam, azim Samarqand diniy ilmdan ancha qoloq ekanligini his qilaman. Allohdan insof-u tavfiq, kerakli va oxiratimiz uchun foydali ilm so'raymiz!

Shunaqa deysiz-u, lekin o'zimiz yashab turgan Toshkentda ahvol qanaqa? Siz bilmadim qayerda yashaysiz, lekin Toshkentda ham ahvol shunga yaqinroq.  Muborak Ramazon oyi bo'lsa hamki, ko'cha kuyda bu oyni boshqalaridan faqrlab bo'lmayapti. Oshxonalar oldida odam har doimgidek gavjum, hammani qo'lida coca colayu fanta, juda bo'lmasa oddiy hydrolife suv. Qizlarniyam, yigitlarniyam burqsitib olgan atirini hidi 5metr naridan ham seziladi. Yosh bolachalarning chekishiniku gapirmasa ham bo'ladi. Ularning hattoki payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni tanimasliklarini ko'rib xafa bo'lib ketasan kishi. Mayli, hammaga ham Alloh insof bersin.
   Aytmoqchi bo'lganim, siz ko'rgan holat faqat Samarqandda emas, hamma joyda shunaqa. Chunki hamma joydayam xo'roz bir xil qichqiradi.
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: munisaxon 22 Avgust 2010, 17:29:57
Mustaqilligimizning 19 yilligiga atab Samarqandda bir qancha qurib bitkazilgan turar- joy, savdo inshootlari foydalanishga topshiriladi.
Hozirda Ulug`bek Rasadxonasining qayta qurish -rekonstruksiya ishlari tugallangan. Juda chiroyli manzara hosil bo`lgan.
Bundan tashqari Shahrimizning Mirzo Ulug`bek, Bo`stonsaroy Kabi ko`chalaridagi eski binolar o`rniga yangi ko`rkam binolar qurib bitkazilyapti.
To`g`risi ilgari ko`chalarning chetidagi binolar biri katta biri kichik bo`lib turardi. Hozirda esa ularning o`rnida qurilgan inshootlar ko`zni quvontiradi.
Shu shaharni har kuni ko`rib turib ham biz oldingi sharni esga keltirish qiyin bo`lib qoldi.
Samarqandga bir kelib sayohat qilib ketishni taklif etaman barchaga
Marhabo!
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: As-Samarqandiy 22 Avgust 2010, 18:35:11
Bismillohir rohmanir rohiym!

Munisaxon, Xush kelibsiz Samarqandliklar bo'limiga! Ma'lumotlaringiz uchun katta rahmat!

Forumdagi faoliyatingizga omadlar tilayman. Kuningiz xayrli o'tsin!
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: munisaxon 22 Avgust 2010, 23:01:12
Assalomu alaykum rahmat tilaklaringiz uchun.
Iloji boricha bizning viloyatimiz haqidagi yangiliklardan boxabar qilishga harakat qilamiz.
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: As-Samarqandiy 23 Avgust 2010, 16:24:43
Assalomu alaykum rahmat tilaklaringiz uchun.
Iloji boricha bizning viloyatimiz haqidagi yangiliklardan boxabar qilishga harakat qilamiz.

Bismillohir rohmanir rohiym!

Shunday qiling, Olloh sizdan rozi bo'lsin! Sizga katta rahmat, singlim.

Kuningiz xayrli o'tsin!
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: AbdulAzim 27 Avgust 2010, 04:29:39
 :as:

Samarqanddagilar, imkoni bo'lsa o'sha o'zgarishlar tushurilgan suratlardan qo'yib borsalaringiz, yaxshi bo'lardi.
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: Zamiraxon 27 Avgust 2010, 04:39:02
Munisaxon Samarqandda bölsalar rasmlarni u kishidan kutamiz. Men afsus uydamasman. Lekin harakat qilib köraman.
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: yoqutxon 30 Avgust 2010, 20:02:45
Assalomu aleykum varahmatullohu vabarakatuh azim Samarqand shahridan bo'lgan forumdoshlarim.Men Samarqandlik bo'lmasamda shahringiz odamlari, tarixi, urf odatlariga bo'lgan hurmatim cheksiz. Zero Samarqand azal azaldan dunyoning madaniy, ilmiy o'choqlaridan biri hisoblanadi. Har safar bu azim shaharga borganimda yangidan yangi tasurotlar bilan qaytaman. Samarqand o'zgacha shukuh va fayzga ega nazarimda. Barchangizga omad, sihat salomatlik tilayman.
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 20:18:53

Va alaykum assalam va rahmatullohi va barakatuh.
Yoqutxon, Samarqandim haqidagi iliq sözlaringiz uchun tashakkur. Har bir maqtovingiz haqiqat. Alloh rozi bölsin.
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: BilmasOY 31 Avgust 2010, 17:54:53
Assalomu aleykum varahmatullohu vabarakatuh azim Samarqand shahridan bo'lgan forumdoshlarim.Men Samarqandlik bo'lmasamda shahringiz odamlari, tarixi, urf odatlariga bo'lgan hurmatim cheksiz. Zero Samarqand azal azaldan dunyoning madaniy, ilmiy o'choqlaridan biri hisoblanadi. Har safar bu azim shaharga borganimda yangidan yangi tasurotlar bilan qaytaman. Samarqand o'zgacha shukuh va fayzga ega nazarimda. Barchangizga omad, sihat salomatlik tilayman.
   Ha, SAMARQAND SAYQALI RO'YI ZAMINAS degan gap bekorga aytilmagan. Keyin QADIMIY VA HAMISHA NAVQIRON degan ta'rif ham faqat Samarqandga xos! Rahmat sizga, Yoqutxon opa!
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: Kamalak 28 Yanvar 2011, 00:43:08
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: Kamalak 28 Yanvar 2011, 00:46:31
Samarqandliklar forumda juda kam bulsa kerak shuncha vaqtdan buyon bu bo'limda jim jitlik hukmron surmoqda  :(
Samarqandlilar kirib turinglar. :)
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: As-Samarqandiy 28 Yanvar 2011, 16:02:57
 :bsm:

Yangi a'zolar kirib tursa demoqchisizda. Bizlar kirib turganimiz bilan mavzu boyimiydi.
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: Muhsin Umarov 15 Fevral 2011, 21:43:35
 :as:Мен ҳам Самарқандданман лекин нима ёзишни ҳам билмаяпман...
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: As-Samarqandiy 16 Fevral 2011, 01:52:38
:as:Мен ҳам Самарқандданман лекин нима ёзишни ҳам билмаяпман...
:bsm:

Kelingda aka, forumga hush kelibsiz! Nima yozishni, qayerga yozish sekin-asta uraganib olasiz, ammo bu postingizni tug'ri mavzuga yozibsiz. Bundan boshim ko'kka yetdi.
Forumdagi faoliyatingizga omadlar tilayman.
Nom: Re: Assalomu alaykum! Aziz Samarqandliklar!
Yuborildi: Foniy 05 May 2011, 21:52:03
Assalomu alaykum.
Xudo xohlasa bu safar Samarqandda Al-Buxoriy bobomizni ziyorat qilib ketish imkoniyatimiz bor, inshaOlloh.
 :ms: