ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Islom => Ro'za => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 24 Iyul 2010, 12:02:23

Nom: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyul 2010, 12:02:23
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Sizni kirib kelayotgan muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz.
Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin!
Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin!
Ayyom muborak!

(http://ziyouz.com/images/ramadan1429-3.jpg)

Ramazon taqvimi - 1431 Hijriy / 2010 Melodiy (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2270&Itemid=32)
Ramazon sog'inchi (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=815&Itemid=1)
Ramazonning fazilatlari (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1667&Itemid=1)
Ro'za tutish fazilatlari (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1669&Itemid=1)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyul 2010, 12:06:49
Islomiy bo'limdagi Ramazon bilan bog'liq mavzular:

RAMAZON SOG‘INCHI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg13328#msg13328)
TAQVO YO‘LI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg13331#msg13331)
RO‘ZA ARKONLARI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg14602#msg14602)
RO‘ZANING SUNNATLARI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg14602#msg14602)
RO‘ZANING MAKRUHLARI    (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg15121#msg15121)
Ro'za haqida hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=201.0)
RO‘ZANI BUZUVCHI NARSALAR (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg15136#msg15136)
RO‘ZADOR UCHUN JOIZ BO‘LGAN ISHLAR (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg15137#msg15137)
XATOLARIMIZNI O‘NGLAYLIK (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg16553#msg16553)
RO'ZA (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg16774#msg16774)
Рўзанинг фазилати (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg16928#msg16928)
Рўзанинг фойдалари (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg16929#msg16929)
Рўза одоби ва суннати (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg16930#msg16930)
Улуг ой мобайнида нималар килиш лозим? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg16931#msg16931)
Рўзага оид баъзи хукмлар (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg16932#msg16932)
Рамазоннинг кириб келганини кандай биламиз? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg16933#msg16933)
Рўза тутиш кимларга фарз (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg16934#msg16934)
RO‘ZA KIMLARGA FARZ EMAS? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg18327#msg18327)
IFTORLIK FAZILATI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg18839#msg18839)
Qazo va kafforat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg21336#msg21336)
Рамазон-Fанимат дамлар (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.msg175216#msg175216)
"Ramazon saboqlari" turkumidan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1662.0)
Ro'zani buzadigan va buzmaydigan holatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2837.0)
Fitr zakoti (рўзаи фитр) нинг хукмлари (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=923.0)
Охирги ўн куннинг фазилати (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2869.0)
ШАВВОЛ ОЙИ РЎЗАСИ ВА УНИНГ ФАЗИЛАТЛАРИ  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2905.0)
Эҳтимол бу сен учун охирги рамазондир (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2840.0)
Marhaban ya shahro Ramazon!!! (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=620.0)
"Muborak Oy tuhfasi" dasturi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=751.0)
Ramazonga oid qanday hotiralaringiz bor? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3879.0)
Ramazonga oid, Ibratli hikoyatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3912.0)
Ramazon haqida ajoyib sherlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3911.0)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyul 2010, 12:08:28
Islomiy kitoblarda Ro'za va Ramazon haqida

Al-jome' as-sahihdan:
Ro'za kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24087#msg24087)
Tarovih kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24259#msg24259)
Laylatul qadrning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24260#msg24260)
E'tikof haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24269#msg24269)

Musnadi Abu Hanifadan:
Ro’za kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=499.msg15329#msg15329)

Mukoshafatul-qulubdan:
Ramazonning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2852.msg164149#msg164149)
Qadr kechasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2852.msg164152#msg164152)

Tanbehul g'ofiliyndan:
38-bob. Ramazon oyi fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.msg5838#msg5838)

Nurul-izohdan:
RO ZA KITOBI (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170974#msg170974)
Ramazon ro zasi farz bo lish sababi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170975#msg170975)
Hukmi va farz bo lishining shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170976#msg170976)
Ro za tutishning vojib bo lish shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170977#msg170977)
Ro za tutishning durust bo lish shartlari uchta (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170978#msg170978)
Rukni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170978#msg170978)
Ro za tutish natijasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170979#msg170979)
Ro zaning sifati va qismlari  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170979#msg170979)
Ramazon oyining ko rinishi va shubhali kun, Ramazon qanday sobit bo ladi?  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170982#msg170982)
Oyni ko rish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170983#msg170983)
Oy(hilol)  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170984#msg170984)
Ro zani buzmaydigan narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170985#msg170985)
Ro zani buzib, qazo va kafforatga sabab bo ladigan holatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170986#msg170986)
Kafforatni bekor qiluvchi holatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170987#msg170987)
Ro za kafforati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170987#msg170987)
Kafforatlarning birlashuvi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170987#msg170987)
Qolgan kun ro zasini tutishi lozim bo lgan kishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170988#msg170988)
Ro zadorga nima makruh va nima makruh emas (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170990#msg170990)
Makruh bo lmagan amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170991#msg170991)
Ro zadorga mustahab bo lgan amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170992#msg170992)
Ro za tutmaslik uchun sabab bo ladigan uzrlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170993#msg170993)
Musofirlik uzri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170994#msg170994)
Vasiyat va qazo (o lim)  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170994#msg170994)
Qarilik kafforati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170995#msg170995)
Umr bo yi ro za tutishni nazr qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170996#msg170996)
Kafforatni to lashdan ojiz bo lsa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170996#msg170996)
Nafl ro za (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170998#msg170998)
Nafl ro zaning qazosi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg170999#msg170999)
Bajarilishi shart bo lgan nazr qilingan namoz va ro za (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg171000#msg171000)
E'tikof (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg171001#msg171001)
E'tikof turlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg171001#msg171001)
E'tikofdagi odam qiladigan ishlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg171003#msg171003)
Kecha va kunduzlari e'tikof (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg171004#msg171004)
E'tikofning mashru'ligi (joizligi)  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2818.msg171005#msg171005)

Ming bir fatvodan:
Ro‘zaga doir fatvolar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3234.msg156379#msg156379)

Ihyou ulumid-dindan:
Ro'za sirlari kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2884.msg147771#msg147771)

Dinda savolim bordan:
Ro'za va Ramazondagi ibodatlar   (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=17&id=62&Itemid=93)

Durratun nosihiyndan:
1-majlis: Ramazon oyining fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72423#msg72423)
2-majlis: Ramazonning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72430#msg72430)
4-majlis: Ro‘za tutish fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72449#msg72449)
71-majlis. Ramazon hayitining fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120449#msg120449)

Ramazon va taqvodan:
Ramazon – rahmat oyi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg19333#msg19333)
Assalom, mohi muborak! (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg19337#msg19337)
Ramazonning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg19343#msg19343)
Taqvo ahli bo‘ling (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg19580#msg19580)
Ro‘zadorning mukofoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg19866#msg19866)
Gunohdan voz kechish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg20087#msg20087)
Tavbaga shoshiling (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg20299#msg20299)
Nafsni yengish oyi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg20975#msg20975)
Ro‘zadorning duosi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg21374#msg21374)
Jahannamga kiradiganlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg21683#msg21683)
Oxiratga hozirlik ko‘rish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg21850#msg21850)
Kundalik zikrlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg22196#msg22196)
Mag’firat oyi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg22334#msg22334)
Ramazon ortidan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg22664#msg22664)
Muborak uch oylar va muborak kechalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg23024#msg23024)
Sha’bon oyi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg23484#msg23484)
Alvido, ey mohi rahmat! (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg24066#msg24066)
Hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.msg24596#msg24596)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: muxlisa 24 Iyul 2010, 19:16:09
Vaalaykumssalam va rohmatullohi!

Sizga ham kelayotgan Ramazoni sharif muborak bo'lsin!

Qilayotgan xayrli amallariizzi Alloh ulug' ajrlar bilan mukofotlasin!
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: BelleQizcha 24 Iyul 2010, 22:32:11
A.a
Kelayotgan Ramazon oyi Hammamizga muborak bolsin. Shu oyda Tutgan ro'zalarimiz va oqigan namozlarimiz Allohni ozi Qabul qilsin. KArim Ramazonda barcha qilgan gunohlarimiz yuvilib Savob ishlarga qo'l uraylik. iymon va insof bilan kirib kesinla Ramozon oyi. Kengi Ramozonlarni Korish va ro'za tutish Barchamizga nasib qilsin.
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Muzayyana 26 Iyul 2010, 12:51:13
 
:bs1:

(http://s39.radikal.ru/i084/1007/0c/3ba9881c151f.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 01 Avgust 2010, 10:30:18
Ramazon muborak!

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 01 Avgust 2010, 10:31:09
Ramazon muborak!

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 01 Avgust 2010, 10:35:27
(http://s46.radikal.ru/i114/1008/0a/aad0a963524c.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 01 Avgust 2010, 10:49:29
(http://s003.radikal.ru/i202/1008/5d/1886f7c6de58.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: AVAZBEK1110 01 Avgust 2010, 22:42:50
 :as::
JazakaAllohu xoyr. Sizlarga ham ulug' oy Ramozon muborak.
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Elcom 02 Avgust 2010, 16:17:22
 :bsm: 2010 yil  11 avgust kuni Ramazon oyi boshlanadi
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Zamiraxon 02 Avgust 2010, 22:39:43
 :as:
Kelayotgan ramazon ro'zasini tutmoq niyatini diliga tuggan dindoshim, Ramazon oyi siz-u bizga hayr-baraka olib kelsin. Alloh sabr-toqat bersin, qiynalmasdan mazza qilib tutaylik, omin.
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: UzMuslim 03 Avgust 2010, 09:39:23
Barchamizga Ramazon Muborak.Alloh Taolo Shu Kunlarga Yetkazgani Shukuronalar Bo'lsin..
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: UzMuslim 03 Avgust 2010, 21:57:16
«Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingaii kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi» (Baqara, 183)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Lu`lu` 04 Avgust 2010, 10:07:36
                                                                  :bs1:
Roviylar:abu Hanifa(r) Atodan,u abu Solih Zayd,u Hurayra (r.a.lar)dan:"Rasululloh s.a.v.(bir hadisi qudsiyda) "Alloh taolo aytadiki,insonning barcha amallari o`zi uchundir. Bundan ro`za mustasnodir, u xolis Men uchundir. Uning mukofotini Men beraman", dedilar".
Doim shu hadis yodimizdadir, lekin qanchalar qabul qilib, qanchalar amalda bo`lganimizni yolg`iz O`ziga yuzlanganimizda ma`lum bo`ladi. Ya Robbim, yuzimizni yorug` qil
Nom: РАМАЗОН ТАҚВИМИ
Yuborildi: Abu Muso 04 Avgust 2010, 19:16:55
 :as:

РАМАЗОН ТАҚВИМИ

http://islom.uz/azon/ramazon.php
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Latifa 06 Avgust 2010, 10:06:24
«ÐœÐ°Ð±Ñ€ÑƒÐº алайка шаҳру ромадон»
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Latifa 06 Avgust 2010, 10:10:35
Рамазон ойи кириб келиши билан табриклаш

Бисмиллаҳир роҳманир роҳийм

Барча ҳамдлар  Аллоҳгагина хосдир. Биз Унгагина ҳамд, истиғфор айтиб, гуноҳларимиздан тавба қиламиз. Аллоҳдан нафсимизнинг шумлиги ва амалларимизнинг ёмонлигидан сиғинамиз. Аллоҳ ҳидоят қилган кимсани адаштирувчи, адаштирган кимсани ҳидоятловчи Зот йўқдир. Мен ягона шериксиз Аллоҳдан ўзга илоҳ йўқ ва Муҳаммад – Унга, Унинг саҳобалари ва уларга яхшилик билан эргашган барчага Аллоҳ беадад салавоту саломлар йўлласин – Аллоҳнинг бандаси ва расули эканига гувоҳлик бераман.
Сўнг…

Атоқли аллома Солиҳ ал-Фавзон ҳафизаҳуллоҳдан сўрашди:
Савол: Рамазон ойи кирганида одамлар шу муносабат билан: «ÐœÐ°Ð±Ñ€ÑƒÐº алайка шаҳру ромадон» («Ð£ÑˆÐ±Ñƒ Рамазон ойида сенга кўп баракотлар бўлсин») деб бир бирларига барака тилаганларини кўпинча эшитамиз. Бунга шариатда асос борми?

Жавоб: Рамазон киргани билан табриклаш ёмон иш эмас. Чунки Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам Рамазон кириши билан саҳобаларини хушнуд қилганлар ва уларни иложи борича кўпроқ солиҳ амал қилишга тарғиб қилганлар. Аллоҳ таоло айтади:

«(Эй Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам), айтинг: «ÐÐ»Ð»Ð¾ҳнинг фазлу марҳамати (яъни, ислом) ва раҳмат-меҳрибонлиги (яъни, Қуръон) билан — мана шу (неъмат) билан шод-хуррам бўлсинлар. (Зеро), бу улар тўплайдиган мол-дунёларидан яхшироқдир»»
(Юнус: 58).

Ушбу ой кириши муносабати билан табриклаш ва унинг шарофатига бўлган хурсандчиликда, яхшиликка интилишга кўрсатма бор. Салафларимиз ушбу ой кириши билан бир бирларини хурсанд қилардилар. Бу ишларида улар Набий соллаллоҳу алайҳи васалламга эргашдилар. Салмоннинг узун ҳадисида келганидек, Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: «Ð­Ð¹ одамлар, сизларга муборак ой кириб келди …»

Фатво рақами: 1744
Фатво номи: «Ð Ð°Ð¼Ð°Ð·Ð¾Ð½ ойи киргани билан табриклаш»
Мақоланинг араб тилидаги манбаси:
http://www.sahab.net/forums/showthread.php?t=370906 (ftp://http://www.sahab.net/forums/showthread.php?t=370906)

Шайх Фавзон жавобларига қўшимча равишда Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳу ривоят қилган ҳадисни келтирамиз. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: «Ð¡Ð¸Ð·Ð»Ð°Ñ€Ð³Ð° муборак ой кириб келди. Аллоҳ бу ойнинг рўзасини тутишни фарз қилди! Унда осмон дарвозалари очилади ва Жаҳаннам дарвозалари ёпилади. Шайтонлар эса занжирбанд этилади! Бу ойда Аллоҳнинг бир кечаси борки, у минг ойдан кўра яхшироқдир. Кимки ушбу кеча яхшилигидан маҳрум бўлса, (ўша одам кўп яхшиликдан) маҳрум бўлибди» (Насоий 2106. Саҳиҳ ҳадис. «Ð°Ñ‚-Таълиқ ал-ғариб» 2/69).

Ҳофиз ибн Ҳажар ушбу ҳадисни келтириб дедилар: «Ð Ð°ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾ҳ (соллаллоҳу алайҳи васаллам) Рамазон кириши билан саҳобаларини хушнуд қилганлар. Баъзи уламолар: «Ð£ÑˆÐ±Ñƒ ҳадис Рамазон ойи киргани билан одамлар бир бирларини табриклашлари жоизлигига асосдир» дейишди» («Ð›Ð°Ñ‚аифул-маъариф» 156).

Шайх Ибн Боз, Шанқитий ва бошқа уламолар ҳам шу фикрни айтишган.

Аллоҳ пайғамбаримизга, унинг оиласи ва саҳобаларига салавот ва саломлар йўлласин!

http://tavhid.com/kitoblar/roza/ramazon-kirishi-bn-tabriklash (ftp://http://tavhid.com/kitoblar/roza/ramazon-kirishi-bn-tabriklash)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: braupov 09 Avgust 2010, 16:32:25
(http://s005.radikal.ru/i209/1008/f7/446267367753.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Ramazon 2010 (Plakat)
Yuborildi: Habib 10 Avgust 2010, 09:54:27
Mana Insholloh bugun tunda Alloh Taoloning inoyati bilan saharlik qilmoq niyati ila uy'gonamiz.Alloh bu kelgan muborak Ramazon oyida barchamizning qilgan gunohlarimizni mag'firat qilsin. Qalbi qotib ketganlarning qalbini yumshat Parvardigor, barchalarimizning xonadonlarimizga fayzu-baraka ato et! Kelasi yil bu ulug' kunlarga yetish baxtini barchaga musharraf aylagin! Ramazoni Sharif muborak bo'lsin, aziz forumdoshlar!

Nom: Re: Ramazon 2010 (Plakat)
Yuborildi: Habib 10 Avgust 2010, 09:55:56
Ramazon 2010 (Plakat)

(http://s06.radikal.ru/i179/1008/32/0c88adcc857b.jpg)
Nom: Re: Ramazon 2010 (Plakat)
Yuborildi: Habib 10 Avgust 2010, 09:58:40
Рамазон тақвими-2010. Мобил телефонлар учун (*.jar)

(http://info.islom.uz/images/stories/2010/ramazon2010.jpg)

Юклаб олиш (http://www.islom.uz/dasturlar/Ramazon_taqvimi_2010_maxsus_IslomUZ.zip)

Манба: info.islom.uz (http://info.islom.uz/)
Nom: Re: Ramazon 2010 (Plakat)
Yuborildi: Habib 10 Avgust 2010, 10:40:14
Ресторанда Рамазон
(http://info.islom.uz/images/stories/2009/15_09_00002.jpg)
20 сентябрга қадар «Renaissance Moscow» меҳмонхонасининг «495» ресторанида махсус хизмат – «Ð Ð°Ð¼Ð°Ð·Ð¾Ð½ менюси» амалга оширилмоқда.

Рўзадорлар учун таомни кечаси тайёрлайдилар ва гўштли таомлар учун фақат ҳалол гўшт ишлатилади. Аммо авқатлар турлари анъанавий кўринишда бўлади. Яхна таомлардан табуле, хуммус, Ливан фаттуш салати ва бақлажондан мутабель икраси (410 рублдан). иссиқ таомлардан балиқ ва товуқ гўштидан ассорти (1610 рубль), товуқ қанотчалари (650 рубль) ва «Ð°Ñ€Ð°Ð±Ñ‡Ð° микс» - пиширлган сабзавотли кабоблар ва сихдаги қўй гўшти (810 рубль).
Манзил: Олимпия шоҳкўчаси, 18/1. 931-90-00

Манба (http://info.islom.uz/content/view/1857/1015/)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: lolo 10 Avgust 2010, 14:14:16
(http://s004.radikal.ru/i208/1008/a5/9df741f922c9.jpg) (http://www.radikal.ru)

Ushbu sharofatli kunlarda Alloh huzuridan butun olam uzra yog'iladigan
fayzu barokatlar qalblaringiz va xonadonlaringizni munavvar aylasin!
Ramazon oyi hammamizga muborak bo'lsin!
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 17:22:55
МУНОЖОТ

Қишнинг қоқ чилласин оқлигини бер,
Шабнам тароватин бер менга, Аллоҳ.
Саратоннинг авжи камолотини,
Хазон ҳаловатин бер менга, Аллоҳ.

Ялдо кечасининг сабрини бергин,
Кунларнинг аввалин хуррамлигин бер.
Офтобинг авжланган кунги хуш насим,
Тирамоҳ қушларин бирдамлигин бер.

Ҳикматинг чархида айланган кунлар
Собир қулларингни этмишдир сўзон.
Ассалому алайкум, Лайлатул-қадр,
Хуш келдинг қалбимга, Моҳи рамазон!

Ҳусан Карвонли
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: BelleQizcha 10 Avgust 2010, 21:24:08
Assalom alaylum oldindan ramazon-u karimi tabriklab qoysam ham babir paytida tabriklash yaxshi-ro dib oyliman. demak barchangizga ramazon oyi munorak bolsin. oqigan nomozlaringiz va tutgan rozlaringizni Ollohni ozi qabul qilsin..
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Oyshanur 10 Avgust 2010, 22:50:40
 :as:
Barchangizga Ramazoni Sharif muborak bo'lsin.
Ushbu kunlarga yetkazganiga shukrlar aytib,ro'zani eson-omon tutib olishlikni va munosib ajrlar olishlikni nasib etsin.
Dasturxoningizni barakali qilsin.

(http://s50.radikal.ru/i128/1008/ea/f17fc4cbb990.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 11 Avgust 2010, 04:56:36
Менинг Рамазондаги режаларим
Мен сизларга ҳар йилги Рамазонда амал қиладиган оддий бир режамни баҳам кўрмоқчиман. Мен бу йилги Рамазонда биринчи навбатда Қуръони Карим билан янада яхшироқ танишмоқчиман, бунинг учун уни ўрганиш, ундаги илоҳий ваҳийнинг маъноларини англаб етишни биринчи ўринга қўяман. Бир ой давомида мунтазам равишда Қуръонни тиловат қилиб, иншааллоҳ, насиб қилса, машҳур олим ёзган мўътабар тафсир топиб, оятларнинг тафсирини ҳам Ñžқиб бораман.
Рамазоннинг бошидан охиригача бомдоддан кейин ухламайман, бунинг ўрнига ишга ёки Ñžқишга борадиган пайт бўлгунча Қуръон Ñžқийман. Кун давомида вақÑ‚ топиб, аввал ёдлаган сура ва оятларни такрорлаб, мустаҳкамлаб тураман. Кейин ҳар куни ҳеч бўлмаганда битта оят ёдлашни бошлайман.
Бу йилги Рамазонда мен эрта ётаман – таровеҳдан келаману, ухлайман. Ухлашда эрта туриб, таҳажжуд Ñžқишга, кейин саҳарлик қилиб, шомгача рўза тутишга ният қилиб ётаман. Уйқуга кетаётиб, Аллоҳнинг исмини зикр қилиб ётаман. Саҳардан анча аввал уйғонаман, уйқудан турганда Ñžқиладиган дуони айтиб, Аллоҳга ҳамду санолар айтаман, сўнг таҳажжуд Ñžқиб, умматимизга хайр-барака тилаб, шайтоннинг шарридан паноҳ сўраб дуолар қиламан. Аллоҳ таолога бутун умматни, яқинларимни ва ўзимни дажжолнинг фитнасидан сақлашини сўраб алоҳида дуолар қиламан.
Мен бу йилги Рамазонни ўз-ўзимни такомиллаштириш, маънавий ўсиш ва Аллоҳ Таолога яқинлик ҳосил қилишга бағишлайман. Сиёсий фаолиятни мақола ёзаётган, оммавий ахборот воситаларида нашр этаётган ёки бошқа бирор йўл билан уммат манфаатларига хизмат қилаётган, ўз саъй-ҳаракатини шу муқаддас ойда ҳам давом эттираётган мусулмонларга бердим.
Рўзадор ҳолимда фақат Ñ‚Ñžғри сўзлашга, сўзлаганда ҳам фақат фойдали сўзни, кишиларга ижобий таъсир кўрсатадиган сўзнигина сўзлашга алоҳида эътибор қиламан. Яхши ва фойдали сўз топмасам, беҳуда сўзламай, Аллоҳ Таолони Росуллуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ўргатган гўзал сўзлар билан зикр қиламан. Мен бу сўзларни қуруқ айтиб қўя қолмай, балки уларнинг маъносини чуқур англаб етишга интиламан, уларнинг қалбимга, ақлимга ва ҳаётга муносабатимга таъсир қилиши учун ҳаракат қиламан. Агар зикр ва дуоларни кўп ва яхши билмасам, янгиларини ўрганаман, илмимни ошираман. Хуллас, ҳар бир бўш қолган дақиқамни Қуръон Ñžқиш ёки ёдлашга сарфлашга ҳаракат қиламан.
Нигоҳимни бефойда, номуносиб, салбий, ёмон ёки уят нарсаларга қаратмайман. Машинамда ҳам фақат Қуръон ёки машҳур олимларнинг маърузаларини тинглаб юраман. Компьютеримни ҳам фақат Қуръон ўрганиш, ёдлаш учунгина Ñ‘қаман, ундан фақат шу мақсадда, шу ниятда фойдаланаман. Исталган сура ёки оятни то мен уни ёд олмагунимча такрорлайверадиган бундай ёрдамчини яна қаердан ҳам топаман? Сафарга чиқсам ҳам Қуръон ёки ҳадис китобларини ўзим билан олиб кетаман.
Айниқса, Рамазон ойида кўзимни зинодан сақлашга қаттиқ киришаман. Номаҳрам кишига кўзим тушса, уни томоша қилиб, ташқи кўриншидан завқлана бошламасимдан тезда нигоҳимни олиб қочаман. Миш-мишлар, ғийбатлар сўзланаётган жойдан тезда қочаман, таниш-билишлар, ишхонадагиларнинг беҳуда гап-сўзларига аралашмайман ҳам, уларни тингламайман ҳам.
Рамазоннинг биринчи ўн кунлигида Аллоҳдан раҳмат, иккинчи ўн кунлигида мағфират сўрайман, учинчи кунида эса жаҳаннамдан озод қилишини сўраб, илтижо қиламан.
Бу Рамазонда ҳар доимгидан сахий, мурувватли бўламан. Дунёнинг турли чеккаларидаги мусулмонларнинг ҳаққига дуо қиламан, тақдирнинг оғир синовларига учраган биродарларимга руҳан ҳамдард бўламан. Иншааллоҳ, молим нисобга етган бўлса, бу Рамазонда берадиган закотимни айнан ана шундай муҳтожларга деб ният қиламан. Авваллари закотни бирорта қийналиб қолган яқинимга бериб келган бўлсам, энди бу ишга ўз молимдан пул сарфлаб, ҳақиқий муҳтожларни топиб, закотни уларга бераман. Беш кунлик дунёда қолиб кетадиган уй-жойимга, кийим-бошимга, компьютер ўйинлари ва DVD-дискларга иложи борича камроқ пул сарфлашга ҳаракат қиламан. Бунга сарфлайдиган пулларимни менда ҳаққи борларга, Аллоҳ муҳтожлик билан синаётганларга эҳсон қиламан.
Сахийлик билан чекланиб қолмайман, оилам, яқинларим, қариндош-уруғ, дўст-оғайнилар, таниш-билишлар ва умуман ҳар қандай одам билан хафачилигим бўлса, улардан ўтган бўлса, кечириб, мендан ўтган бўлса, узр сўрайман. Қалбимни ғазаб, шубҳа, ҳасад ва нолишлардан тозалайман. Ҳатто ғайридин бўлса ҳам, қўшниларимга яхшилик қиламан, ҳеч бўлмаса, улар билан чиройли муомала қиламан. Бу йилги муборак Рамазоннинг шарофатидан уларни ҳам баҳраманд қилиб, Ийдул-Фитрда уларга совға-саломлар, ширинликлар улашаман.
Бу йилги Рамазоннинг охирги ўн кунлигига Ñ‚Ñžғрилаб таътилга чиқмоқчиман, Аллоҳ Таолога маънавий, руҳий яқинликнинг ғанимат пайтларини қўлдан чиқармасликка ҳаракат қиляпман.
Шу йилги Рамазон муносабати билан бирорта ёмон одатимни ташлайман, масалан, айтилган вақтга кечикиб бориш ёки ваъдага хилоф қилиш каби ярамас иллатларимдан воз кечаман. Кашанда бўлсам, шу Рамазондан бошлаб чекмаганим бўлсин. Энди кундузи эмас, кечаси ҳам чекмайман, умуман чекмайман. Мен энди чекмайман! Тилимни, тишларимни Аллоҳнинг зикри учун доимо покиза тутаман, аъзои баданимнинг пок ва соғлом бўлишига эътибор қиламан.
Талаба бўлсам, сессия Рамазонга Ñ‚Ñžғри келиб қолса, ҳамма имтиҳонларни аъло баҳога топширишга ҳаракат қиламан, лекин Аллоҳни эслаш ва Қуръон Ñžқишга барибир вақÑ‚ топаман!
Ана шундай қилиб, бу йилги Рамазонни унинг руҳиятига мос кайфиятда ўтказаман. Эрта ётиб, тонг ёришмасдан тураман, таҳажжуддан кейинги вақтни илмга сарфлайман. Ҳар куни бомдоддан кейин 15-20 минут Қуръон тиловат қилиб, тафсир Ñžқийман.
Агар шу йилги Рамазонни ўйлаганимдек ўтказа олсам, Ийдул фитрни ёруғ юз билан, салим қалб билан кутиб олиб, меҳрибон Аллоҳимдан рўзамнинг ажрини зиёда қилиб беришини сўрашга ботина оламан.
Аййуб Ҳамид


               manba (http://my.mail.ru/community/islamic.uz/4D02F0420D95B7A5.html)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Musannif Adham 11 Avgust 2010, 10:16:20
Assalomu Alaykum. Barcha muslim va muslima birodarlarimizni kirib kelgan Ramazon oyi bilan tabriklayman. Alloh ushbu oyimizni xayrli qilsin. Gunohlardan poklanib, xayrli va savobli ishlarni ko'paytirib ushbu oyni yakunlashimizni nasib qilsin. Bu oydagi barcha ibodatlarimizni O'zi qabul qilsin.
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: As-Samarqandiy 11 Avgust 2010, 20:02:19
Bismillohir rohmanir rohiym!

Mohi Ramazon muborak bo'lsin, qadrdon forumdoshlar! Xonadonlaringizni nurafshon aylasin,Ilohim!

(http://s40.radikal.ru/i090/1008/b4/d1ae16d23bfe.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Habib 12 Avgust 2010, 17:51:54
Обама дунё мусулмонларини Рамазон ойи билан табриклади

(http://img.beta.rian.ru/images/26165/25/261652589.jpg)

Америка халқи номидан, рафиқам Мишел ва мен Америка ва бутун жаҳон мусулмонларига ўзимизнинг энг эзгу тилакларимизни изҳор қилмоқчимиз. Рамазон муборак бўлсин.

Рамазон ойи дунё мусулмонлари ўз иймонларига кўра инсонлар бир-бирлари ва Оллоҳ олдидаги масъулиятлари ҳақида оқиллик ва эътиқод билан эслайдиган даврдир. Бу оилалар бирга тўпланадиган, дўстлар ифтор берадиган ва таомлар улашиладиган даврдир. Рамазон шунингдек иймон ва этиқодни намойиш қиладиган – мусулмонлар рўза тутиб ибодат қиладиган; мусулмонлар бошқа инсонларга имкониятларни амалга ошириш ва равнақ топишда ёрдам кўрсатадиган давр ҳамдир. Чунки ҳаммамиз биз қурмоқчи бўлган дунё – эришмоқчи бўлган ўзгаришлар – дилларимиз ва жамоаларимизда бошланиши лозимлиги ёдда тутишимиз шартдир.

Бу удумлар бизга мушатарак принципларимиз борлиги, ҳамда Исломнинг адолат, тараққиёт, бағрикенглик ва инсонлар қадр-қимматини кафолатлашда тутган ўрнини эслатади. Рамазон буюк бағрикенглиги ва ирқлар тенг ҳуқуқлилиги билан танилган эътиқоднинг қутланишидир. Қўшма Штатларда эса, Рамазон Ислом дини ҳар доим Америка ҳаётининг бўлаги ва америкалик муслумонлар мамлакатимиз равнақига юксак ҳисса қўшиб келганини эслатиб туради. Мен бугун, дунёнинг 1,5 миллиард мусулмонларига – сизнинг оилаларингиз ва дўстларингизга – Рамазон ойи кириб келиши муносабати билан энг эзгу тилакларимни изҳор этмоқчиман.

Келаси ҳафта Оқ уйда беришни ният қилганим ифтор кунини интиқлик билан кутиб қоламан ва сизга бу ойнинг қутлуғ бўлишини тилаб қоламан.

Ҳаммангизга Оллоҳнинг раҳмати бўлсин.

Манба (http://www.rian.ru/world/20100812/264272107.html)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: As-Samarqandiy 13 Avgust 2010, 03:14:49
Bismillohir rohmanir rohiym!

Ahli O'zbegim, mohi Ramazon oyining ilk jumasi muborak bo'lsin! Hammalaringizni yaxshi ko'raman. Kuningiz barokatli bo'lsin,Ilohim!
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Habib 13 Avgust 2010, 15:52:17
Маккаю Мукаррамада дунёдаги энг йирик соат ишга тушди
(http://info.islom.uz/images/stories/2010/12_08_00002.jpg)

Ғарбликлар соатларини Гринвичга қараб Ñ‚Ñžғрилашса, араб олами учун ушбу вазифани Макка бажаради.
Айни шу муносабат билан Ислом оламининг энг муқаддас қадамжосида муборак Рамазон ойининг илк кунида дунёдаги энг йирик соат ишга туширилди.
Саудия қироллигининг "Биг бен"и Британия қироллигидагисини ҳам ортда қолдириб кетди. Ўзиям соатмисан соат - ҳозирча дунёда ҳеч бир томонлама унга тенг келадигани йўқ.
Лондон "Биг Бен"идан ўзиям олти марта катта.
Узунлиги нақ 40 метр келувчи соат ердан 400 метр баландликда жойлашган. Соат механизми ўрнатилган минора эса, 601 метрни ташкил этади.
Дунёдаги бундан баланд минора фақат Дубайдаги "Бурж Халифа"дир. Унинг узунлиги 828 метрни ташкил этади.
Янги мажмуа меҳмонхона ва турар-жой биноларини ҳам ўз ичига олган жаъми етти минорадан ташкил топган. Бутун механизмнинг оғирлиги эса, 36 тоннани ташкил этади.
Мажмуадан дунёдаги энг катта лифт ҳам ўрин олган.
"Ал-Арабия" телевизион каналининг хабар беришича, Макканинг энг асосий соатига ниҳоятда аниқлик билан ишлашини таъминлайдиган механизм ўрнатилган.
Бу эса, қироллик аҳолиси ва ҳар йили Ҳажга келувчи зиёратчиларга соатга қараб, намоз вақтини аниқ белгилаб олишларига имкон беради.
Азон вақтида соатни Саудия Арабистони байроғини акс эттирувчи оқ ва яшил рангдаги 21 мингта чироқ ёритиб туради.
Чироқларнинг Ñ‘ғдусида соатни 30 чақирим узоқликдан кўриш мумкин бўлади.
Ердан кўкка қараб 10 чақиримга йўлланган 16 та нур эса, соатни ҳатто самолётдан туриб ҳам кўришга имкон яратади. Ҳар бир нурнинг қуввати 10 кВтни ташкил этади.
Миноранинг ўзидан туриб эса, бутун Маккани томоша қилиш мумкин бўлади.
Замонавий технологиялар воситасида дунёдаги энг йирик соат шамол, чанг ва ёмғирдан муҳофаза қилинган.
Соатнинг асосий механизми ниҳоятда кучли қуёш батареяларидан баҳра олади.

Манба (http://info.islom.uz/content/view/2153/1015/)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Habib 13 Avgust 2010, 15:57:58
Рамазонда соғлиқни авайлаш бўйича маслаҳатлар

(http://info.islom.uz/images/stories/2010/12_08_00003.jpg)
Ушбу мақоладан одатда муқаддас Рамазон ойида рўза тутувчиларда юзага келувчи саломатликка боғлиқ бўлган муаммоларни четлаб ўтишга ёрдам берувчи фойдали маслаҳатлар ўрин олган. Ушбу маслаҳатларга амал қилар экансиз, жисмоний ноқулайлик хиссини пасайтириб, батамом Рамазон ойининг маънавий моҳиятидан баҳра олишга эришишингиз мумкин.
Муқаддас Рамазон ойида сизнинг овқатингиз одатдагисидин кўп фарқ қилмаслиги керак ва иложи борича содда бўлиши керак. Пархез сизнинг одатдаги вазнингизни ўзгартирмайдиган бўлиши керак. Агар сиз семизликдан қийналган бўлсангиз, Рамазон вазнни нормага келтириш (озиш) учун энг қулай вақтдир. Рўза анча узоқ вақÑ‚ давом этишини ҳисобга олиб, аста-секин (8 соатлар атрофида) хазм бўлувчи, дағал таомлар тавсия этилади. Бундай махсулотларга турли ёрмалар, бутун буғдой донлари, бошоқлилар, сабзавотлар, яшил дуккаклилар, нўхат, қалампир, маккажўхори, кабачки, исмалоқ ва бошқа кўкатлар (темирга бой лавлаги барглари), пўстлоқли мевалар, қуруқ мевалар, туршак, анжир, олхўри, бодом ва Ñ….к. лар (яъни, мураккаб углеводларга эга бўлган барча махсулотлар) киради. Қанд, олий нав ун ва шу каби махсулотлар организмда тезда «Ñ‘ниб» кетади. Овқат яхши меъёрлаштирилган бўлиши, унга хар бир гурухдаги махсулотлар, масалан, сабзавот, мева, гўшт, парранда, балиқ, нон, бошоқлилар ва сут махсулотлари кириши шарт. Қовурилган овқат саломатликка зарар келтириб, унинг истеъмоли чегараланиши керак. Бундай таом қийин хазм бўлади ва семизликка олиб келади.

Истеъмол қилиш мумкин эмас: Ñ‘ғли ва ковурилган таомлар, ортиқча миқдорда қанд тутувчи махсулотлар. Қуйидагиларга йўл берманг: сахарлик пайтида ортиқча тўйиб овқатланиш, сахарлик пайтида ортиқча суюқлик ичиш (бу организм тонусини кун давомида ушлаб туришга ёрдам берувчи минерал тузларни организмдан чиқиб кетишига олиб келади). Сахарлик пайтида қуйидагиларни истеъмол қилинг: узоқ вакт хазм бўлувчи мураккаб углеводлар, бунда кун давомида очлик унча сезилмайди; хурмо – ажойиб махсулот бўлиб, қанд, клетчатка, углевод, калий ва магний манбаидир; бодом – оқсил ва кам микдорда Ñ‘ғ тутувчи толали моддалар манбаи; банан – калий, магний ва углеводлар манбаидир. Ичимликлар: ифтор билан уйқуга кетиш орасида кўпроқ сув ва шарбатлар ичинг, бу организмда суюқликнинг нормал миқдорини сақлашга ёрдам беради.

Давоми (http://info.islom.uz/content/view/2154/1015/)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: UzMuslim 13 Avgust 2010, 19:43:00
(http://s46.radikal.ru/i113/1008/8b/444dcc6ddb81.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Habib 16 Avgust 2010, 18:24:00
Обама "Ground Zero" майдонида масжид қурилишини қўллаб қувватлади
Жума куни Барак Обама Манхеттандаги ўтмишда эгизаклар-миноралари бўлган ("Ground Zero" деб аталувчи майдонда) АҚШ мусулмонлар уйшмаси томонидан таклиф этилган масжид ҳамда Ислом маданияти Марказининг қурилиши бўйича лойиҳани қўллаб қувватлади, деб хабар қилади Газета.ру Reuters агентлигига суянган ҳолда.
 Ð‘у лойиҳанинг амалга оширилишига америкалик консерватив сиёсатчилар, проционистик кучлар ҳамда Нью-Йорк аҳолисининг баъзи қатламлари қарши бўлмоқда.
 
Шунга қарамай, Обама Ислом давлатларининг раҳбарлари ҳамда америка мусулмонлар уюшмасининг етакчилари билан бўлган учрашвуда бу лойиҳани қўллаб қувватлашлигини маълум қилди.

"Мен ҳам оддий фуқаро ҳамда президент сифатида айтишим мумкин-ки, мусулмонлар давлатдаги аҳолининг бошқа қатламларидан кам бўлмаган ҳолда ўз динларининг манфаатларини Ñ‘қлаб чиқишга ҳақлилар. Бу шуни англатади-ки, улар давлатдаги мавжуд қонунлар асносида Манхеттанда масжид ҳамда Ислом Маданияти Марказини қуришга тўла ҳуқуқлари бор.", дея таъкидлади Обама.

Шу ойнинг бошларида Нью-Йоркдаги кўчмас мулклар бўйича агентлик лойиҳани тасдиқлаш учун керак бўладиган тегишли барча ҳужжатларни тўплади.

Лойиҳа режасига кўра маданият маркази айнан "Ground Zero" майдонида барпо қилиниши керак.

Манба (http://info.islom.uz/content/view/2173/1015/)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: Habib 16 Avgust 2010, 18:26:16
Москваликлар Ийд намозларига сомеъ бўладилар
Москва аҳли мусулмон байрамларидаги намозларни тинглаш имкониятига эга бўлдилар. Исломий байрамлар куни Москва жомеъ масжидларида бўлиб ўтадиган ийд намозлари овоз кучайтиргичлар орқали теварак-атрофга эшиттириладиган бўлди.
Шу йилнинг кузида Москвада нишонланадиган учта исломий байрам тантаналари бутун Москва аҳлига эшитилиб турадиган бўлди. Москва ҳукумати байрам кунлари жомеъ масжидларга овоз кучайтиргичлар ўрнатишга қарор қилди. Пойтахт мэри Москвада «Ð Ð°Ð¼Ð°Ð·Ð¾Ð½ чодири» маданий-хайрия акцияси, Ифдул фитр ва Ийдул алха байрамларини ўтказиш Ñ‚Ñžғрисидаги қарорни имзолади. Ушбу қарорнинг 8-моддасида жумладан шундай дейилади:

Пойтахт ҳокимияти «ÐœÐ¾ÑÐºÐ²Ð° шаҳар радиотрансляция тармоғи» Федерал давлат унитар корхонасидан автомобилларга ўрнатилган овоз кучайтириш қурилмаларини ажратиб беришни ва уларни Москва шаҳрининг Марказий, Ғарбий, Шимоли-Шарқий маъмурий округлари префектуралари билан келишилган жойларда ўрнатишни сўрайди.

Мерия вакиллари ушбу қарор ҳақида изоҳнома тарқатиб, унда пойтахтнинг кўпмиллатли шаҳар эканлиги ҳақида, бағрикенглик ва халқлар дўстлиги туйғулари ҳақида, шунингдек, ҳамма нарса қонун доирасида эканлиги, москваликларга ҳеч нарса таҳдид солмаслиги ҳақида батафсил маълумот бермоқдалар.

***

Москва ҳукумати шаҳарнинг Диний ташкилотлар билан алоқалар бўйича қўмитаси ва префектураларга мусулмонларга Рамазон ойидаги маросимлар учун зарур бўлган барча шарт-шароитларни яратиб беришни буюрди. Москва шаҳар ҳукуматининг тахминларига кўра, Москва жомеъ масжиди, Ёрдам масжиди, Катта Татар кўчасидаги тарихий масжид ва Шухада масжидларида Таровеҳ намозини Ñžқишга кунига 60 мингдан ортиқ мусулмоннинг келиши кутилмоқда.

Лекин Россия Муфтийлар кенгаши раисдоши Нафиғулла Аширов ҳазратлари кўрилаётган чоралар Москвадаги мусулмонлар сони ҳисобга олмаган ҳолда амалга оширилмоқда, дейди.

- “Россия ва Ислом дунёси” халқаро конференциясида пойтахт мэри жаноб Лужковнинг ўзи келтирган рақамларга кўра, Москвада 2 миллиондан ортиқ мусулмон истиқомат қилади. Совет даврида Москванинг ўзида биргина татарлар 800-900 минг кишини ташкил этган. Бугунги кунда эса Марказий Осиё, Кавказ ва бошқа ҳудудлардан кўчиб келганларни ҳисобга оладиган бўлсак, бу рақамларни бир неча баробарга кўпайтиришга Ñ‚Ñžғри келади. Оддий мисол... Жомеъ масжидида ўтказилган сўнгги байрам тадбирида, маҳаллий милиция раҳбариятининг маълумотига кўра, 60 мингдан ортиқ одам тўпланган. Масжидимизнинг ичкарисига бир минг одам жойлашган бўлса, метро бекатигача бўлган Олимпийский стадионининг майдони тўлиқ ибодатга келганлар билан тўлди,- дея ўз рақамларини келтирди Россия Муфтийлар кенгаши раисдоши Нафиғулла Аширов.

Муфтийнинг айтишича, бу ҳолат, айниқса, байрам кунлари, шаҳардаги бошқа аҳоли вакилларига бироз ноқулайлик яратмоқда. Москва ҳукумати, дейди муфтий ҳақиқий рақамларни яшириш ёки камайтириб кўрсатишдан биринчи навбатда ўзи учун муаммоларни туғдирмоқда.

Муфтият расмийсининг сўзларига кўра, масжид, синагога ёки черков каби диний мажмуалар атрофида албатта катта кенгликлар сақланиб қолмоғи керак.

Азалдан жой танқислигидан қийналиб келган Москвада кейинги ҳафтада ўрнашган қалин тутун айнан 11 август куни тарқаб кетганлигини маҳаллий мусулмонлар ÑŽқоридан келган нишон сифатида қабул қилмоқдалар.

Иман Паршукова Москвадаги Ислом маданий маркази аъзоси:

- Албатта, кўпдан бери Ñ‘ғмаган ёмғир айнан шу куни Ñ‘ғгани ва тутунни босганини Худонинг инъоми сифатида қабул қиляпмиз. Биласизми, ҳозирда ҳар куни Таровеҳ кечалари уюштирилмоқда. Биз кўпроқ халқаро мусулмон ташкилотлари билан ҳамкорлик қилганлигимиз учун, ҳозир 2011 йил апрел-май ойларига мўлжалланган Европа мусулмонлари Халқаро саммитига тайёргарлик кўрмоқдамиз,- дейди Ислом маданий маркази аъзоси Иман Паршукова.

Бугунги кунда Россияда 30 млнга яқин мусулмон истиқомат қилмоқда, дея қўшимча қилди Паршукова хоним.

Манба (http://info.islom.uz/content/view/2163/1015/)

Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: UzMuslim 16 Avgust 2010, 20:16:20
(http://s43.radikal.ru/i102/1008/c4/f6ba687fad87.gif)
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: yoqutxon 30 Avgust 2010, 10:53:48
Assalomu aleykum varahmatullohu vabarakatuh. Aziz forumdoshlar mana shaytoni lainning qo'llari kishanlanadigan,qalblarimizdagi dunyoga bo'lgan muhabatni ozmi ko'pmi so'ndirib,nafsimizni jilovlashga sababchi bo'ladigan  ramazoni sharifning yarimidan ko'pi ham o'tib boryapti. Tutgan ro'zalarimizni Olloh Taolo o'z dargohida qabol aylasin.
Nom: Re: Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
Yuborildi: JaviK 30 Avgust 2010, 15:56:13
Assalomu Alaykum Sabr toqat bilan, Qalbda katta ihlos bilan tutayotgan ro`zalaringiz qabul bo`lsin. Duolarizda yodga olin.