Bolangiz qorong‘ulikdan nega qo‘rqadi?
Ba’zi ota-onalar kichkintoylarini uxlatayotib, ularni qorong‘ulikdan qo‘rqitishga, ajina yoki yalmog‘iz haqida vahimali so‘zlarni aytib ularni tezroq uxlatib qo‘yishga odatlanishgan. Ruhshunoslar esa bu nihoyatda noto‘g‘ri usul ekanligini ta’kidlashadi. Ba’zi ota-onalar kichkintoylarini uxlatayotib, ularni qorong‘ulikdan qo‘rqitishga, ajina yoki yalmog‘iz haqida vahimali so‘zlarni aytib ularni tezroq uxlatib qo‘yishga odatlanishgan. Ruhshunoslar esa bu nihoyatda noto‘g‘ri usul ekanligini ta’kidlashadi.
Qorong‘ulikdan qo‘rqish 3-5 yoshli kichkintoylarga xos xususiyatdir, deya hisoblashadi mutaxassislar. Chunki bola bu yoshga kelib muayyan bilimga ega bo‘ladi. U ertak eshitgan, filmlar ko‘rgan bo‘lib, o‘zi ham fantaziya qila boshlaydi.
Albatta, qo‘rqish tabiiy hol. Biroq, bu kattalarning mazax qilishi yoki "œbola katta bo‘lsa qo‘rqishi o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi", deya beparvo bo‘lishiga asos bo‘lolmaydi. Negaki bolaning qoronÂg‘udan qo‘rqishi unga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ota-onalar o‘zlarining «qo‘rqoqvoylari»ga yordam berishlari joiz.
Bolakay qorong‘ulikdan qo‘rqmaydi, balki u yerda qandaydir qo‘rqinchli sharpalar turgandek hissiyot uni vahimaga soladi. Buning uchun ana shu sharpa nima ekanligini aniqlashtirish lozim. Uni vahimaga solayotgan yalmog‘iz kampir, ko‘lanka yoki boshqa narsaning suratini chizishingiz, plastilindan yasashingiz kerak. Uning xayolidagi obraz tayyor bo‘lgach, yasalgan, chizilgan qo‘rqinchli maxluqqa sekin-asta turli kulgili, beo‘xshov yoki maftunkor detallar qo‘shib boring. Masalan, dahshatli chizilgan kuchukning bir qulog‘i tikka, ikkinchisi shalpaytirilsa, junlari jingalak qilinsa, og‘zi kulib tursa, dumi gajak qilinsa uning qo‘rqinchli tomoni yo‘qoladi.
Keyingi bosqichda dahshatli maxluq chizilgan suratni yirtib tashlash yoki g‘ijimlash, plastilindan yasalgan bo‘lsa oyoq bilan tepkilash va baqirib: "œYo‘qol, men sendan qo‘rqmayman" degan so‘zlar aytiladi. Maxluq bilan shunday "œjang" bolangiz uxlashdan oldin emas, balki kunduz kuni amalga oshiriladi. Kechasi bola uxlashga yotishidan oldin sekingina unga bugungi qahramonligini eslatib: "œanqovni rosa bopladik-a! Endi u boshqa kelmaydi, chunki uni majaqlab tashladik", deyish mumkin.