forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:54:20

Nom: Muhammad Huzariy. Nur-ul yaqin
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:54:20
NUR-UL YAQIN

Muhammad Huzariy ibn shayh Afifiy XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida Misrning Qohira shahrida yashab o’tdi. U yashagan davr Misrda uyg’onish va maorif islohoti harakatining boshlanish davri edi. Muhammad Huzariy islom dini hamda din tarihiga oid chuqur tadqiqotlar olib bordi. “Muhozirot fiy tarihil ummamil Islomiya”(Islom davlatlari tarihi haqida ma’ruzalar), “Itmomul”vafo fiy siratil xulofa”(Halifalarning tarixi) va yana bir nechta mashhur kitoblari qatori “Nur-ul yaqin” asari ham olimga katta shuhrat keltirgan Payg’ambarimiz s.a.v hayotlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi mazkur asar Islom oli bilim yurtlarida maxsus darslik o’rnida qo’llaniladi hamda Islom dini tarixini o’rganishda eng mo’tabar manbalardan biri sifatida e’tirof etiladi.


MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10576#msg10576)
Ulug' nasab (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10577#msg10577)
Rasulullohning tug'ilishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10581#msg10581)
Rasulullohning ko’kragi yorilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10584#msg10584)
Rasulullohning yetim qolishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10585#msg10585)
Fijor urushi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10587#msg10587)
Rasulullohning Xadichaga uylanishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10593#msg10593)
Baytullohning isloh qilinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10594#msg10594)
Rasulullohning payg’ambar bo’lishdan avvalgi tirikchiliklari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10597#msg10597)
Rasulullohning payg’ambar bo’lishdan avvalgi axloqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10598#msg10598)
Rasulullohning payg’ambar bo’lishdan oldin Ollohdan ko’rgan marhamatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10600#msg10600)
Muqaddas kitoblardagi bashoratlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10602#msg10602)
Rasululloh payg’ambar bo’lishlaridan avval odamlarning bu haqidagi fikr-mulohazalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10606#msg10606)
Vahiyning boshlanishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10608#msg10608)
Rasulullohning yashirin da’vatga o’tishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10612#msg10612)
Rasulullohning oshkora da’vatga o’tishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10617#msg10617)
Rasulullohning chekkan aziyatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10620#msg10620)
Amir Hamzaning musulmon bo’lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10626#msg10626)
Habashistonga qilingan dastlabki hijrat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10635#msg10635)
Hazrati Umarning musulmon bo’lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34021#msg34021)
Muhojirlarning Habashistondan qaytib kelishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34023#msg34023)
Habashistonga qilingan ikkinchi hijrat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34027#msg34027)
Xadicha raziyallohu anhuning olamdan o’tishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34030#msg34030)
Rasulullohning Toifga hijratlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34034#msg34034)
Isro va me'roj (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34039#msg34039)
Rasulullohning boshqa qabilalarni da’vat qilishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34108#msg34108)
Aqoba bay'ati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34111#msg34111)
Musulmonlarning Madinaga hijrat qilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34116#msg34116)
Rasulullohning Madinaga hijrat qilishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34119#msg34119)
Rasulullohning Makkada amalga oshirgan ishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34124#msg34124)
Rasulullohning Madinaga kirishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34126#msg34126)
Muhojirlarning tushishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34130#msg34130)
Hijratning birinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34135#msg34135)
Azonning paydo bo’lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34137#msg34137)
Madinalik yahudiylar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34141#msg34141)
Urushishning shar’iylashishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34464#msg34464)
Hijratning ikkinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34474#msg34474)
Qiblaning o’zgartirilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34480#msg34480)
Katta Badr g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34485#msg34485)
Qaynuqo' g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34516#msg34516)
Hijratning uchinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34522#msg34522)
Uhud g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34531#msg34531)
Hamroul Asad g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34946#msg34946)
Hijratning to’rtinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34952#msg34952)
Bani Nazir g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34958#msg34958)
Hijratning beshinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35211#msg35211)
Oisha r.a.ga qilingan tuhmat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35219#msg35219)
Xandaq g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35226#msg35226)
Bani Qurayza g’azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35238#msg35238)
Hijratning oltinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35257#msg35257)
Hudaybiya g’azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35297#msg35297)
Hudaybiya sulhi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35542#msg35542)
Podsholarga yo’llangan maktublar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35552#msg35552)
Xaybar g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35575#msg35575)
Habashistondagi muhojirlarning qaytishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35587#msg35587)
Xolid va uning ikki do’stining islomga kirishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35591#msg35591)
Umraning qazosi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35597#msg35597)
Hijratning sakkizinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35696#msg35696)
Mu'ta g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35699#msg35699)
Makkaning fath etilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35707#msg35707)
Rasulullohning muruvvatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35719#msg35719)
Ayollarning bay’at qilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35728#msg35728)
Hunayn g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35730#msg35730)
Toif g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35737#msg35737)
Ji’rona umrasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36100#msg36100)
Hijratning to’qqizinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36110#msg36110)
Tabuk g’azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36113#msg36113)
Ayla hokimining kelishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36120#msg36120)
Tabuk g’azotiga chiqmagan uch kishi haqida hikoya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36124#msg36124)
Toif aholisiga yozilgan maktub (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36130#msg36130)
Abu Bakrning haj qilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36134#msg36134)
Hijratning o’ninchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36138#msg36138)
Vidolashuv haji (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36141#msg36141)
Vidolashuv nutqi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36142#msg36142)
Elchilar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36149#msg36149)
Payg’ambar alayhis-salomning o’g’illari Ibrohimning vafot etishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36171#msg36171)
Payg’ambar alayhis-salomning betob bo’lishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36173#msg36173)
Abu Bakrning namozda imom bo’lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36175#msg36175)
Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
[url=http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36183#msg36183]Payg’ambar alayhis-salomning sifatlari va go’zal axloqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36179#msg36179)
Payg’ambar alayhis-salomning mo’jizalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36295#msg36295)
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:54:47
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM.
(Nihoyatda shafqatli va mehribon Allohning nomi bilan boshlayman)

Bizga to’g’ri yo’lni aniq ko’rsatib bergan, ko’zimizdan esankirash pardasini olib tashlagan Alloh, seni madh etamiz. Bashoratchi, ogohlantiruchi, buyrug’ingga binoan dininggga da’vat etuvchi va yorug’ nurdek yo’limizni yorutuvchi Payg’ambaringga duo va salomlar yo’llaymiz. Sening rahmatingni izlab, roziligingni tilab vatanidan ayrilgan sahobalarga boshpana berib, yordam qo’lini cho’zgan , Islom dinini quvvatlantirish yo’lida xech narsasini ayamagan ansorlariga duo va salomlar yo’llaymiz.
Payg’ambarimizning odamlarni dinga da’vat etish yo’lida chekkan azoblari, ko’rsatgan sabru-bardoshlari, hatto tug’ilib-o’sgan yurtini tashlab hijrat qilishlarimusulmonlar uchun ibratli saboqdir. Rasululloh salollohu alayhi vasallam o’z qavmlarini har jihatdan kamolotga yetkazish uchun odamlar o’rtasida chinakam birodarlik, qadr-qimmar hukmdorlarga munosabat, bir-biriga tish qayragan raqiblarni sulhga keltirish, sarkardalarning vazifa va ma’suliyatlari , xalqning boshini qovushtirib , g’animlarga qarshi turish kabi ilmlardan ta’lim berdilar.
Keyingi paytllarda musulmonlar Rasululloh salollohu alayhi vasallamning tarjimai hollari va Islom tarixi bilan uncha qiziqmay qo’yganlaridan qattiq iztirob chekardim. Bu mavzuda yozilgan kitoblarning haddan tashqari zerikarli va kattaligi odamlarni cho’chitar edi. Shu bois mansuralik olim Mahmudbek Salimning ma’rifat ziyosi bilan yo’g’rilgan suhbatlari hamda u kishining daldasi bilan bu hayrli ishga qo’l urishga jazm etdim. Allohning rizosiga erishish umidida kirishgan harli ishda avvalo Qur’oni Karimga hamda Imom Buhoriy, Imom Muslimning sahih hadislariga tayandim. Qozi Iyozning "œShifo", Qastaloniyning "œHalafda tarjimai hol", Imom G’azoliyning "œIhyoul-ulumid-din"(Din ilmlarini rivojlantirish to’q’risida) nomli asarlardan foydalandim. Alloh sa’y-harakatlarimdan rozi bo’lib, rahmatiga musharraf etsin.
Endi Allohdan madad so’rab maqsadga o’tamiz.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:55:03
ULUG’ NASAB

Insonlarni Allohning haq yo’liga musharraf etgan Payg’ambarimiz Rasululloh salollohu alayhi vasallamning otalari Abdulloh, onalari Omina edi. Omina Quraysh qabilasi Zuhra jamoasiga mansub Vahobning qizi edi; Abdullohning otasi Abdulmuttalib Quraysh qabilasining mo’tabar oqsoqollaridan bo’lib, qabiladoshlarinig boshiga mushkul ish tushganda to’g’ri yo’l-yo’riq ko’rsatar, katta ishlarda odamlar hamisha uning peshini tutishar edi.Onasi Fotima maxzum jamoasiga mansub Umarning qizi edi. Abdulmuttalibning otasi Hoshim, onasi Salmo bo’lib, u xazraj qabilasi, najjor jamoasiga mansub Amrning qizi edi; Hoshimning otasi Abdumanaf, onasi esa Otika edi. Otika Salmiy jamoasiga mansub Murraning qizi edi. Abdumanafning otasi Qusay, onasi Hubba bo’lib, u huzoa jamoasiga mansub Hulaylning qizi edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:55:10
Johiliyat davrida Baytulloh xizmatini boshqarish , ziyoratga keluvchilarni ovqat va suv bilan ta’minlash, Quraysh qabilasining maslahat qig’inlarini ochish Qusayning qo’lida edi. Bunday yig’inlar uning uyida o’tkazilar, janglarda tug’ ko’tarish huquqi ham uning ihtiyorida edi. Qusay jon taslim qilayotgan chog’ida bu vasifalarni o’g’li Abduddorga topshirdi. Lekin Abdumanafning avlodi amakisi Abduddorning bunday faxrli lavozimni egallashga norozilik bildirishdi. Ular o’rtasida kelishmovchilik katta mojaroga yalanish havfi tug’ilganda ikki tomonning oqil kishilari kengashib, Abdumanaf avlodiga Baytulloh ziyoratiga keluvchilarni zamzam suvi hamda ovqat bilan ta’milash huquqini berdi. Baytullohni boshqarish huquqi Abduddor avlodiga qoldi. Bu ishga shariat ham ruxsat berdi. Bu vazifa hanuzgacha shu avlodning ilkida. Tug’ qadash Abduddirning bir avlodidan ikkinchisiga o’taverdi, faqat Islom dini dunyoga kelgach , bu vazifa halifaning ihtiyoriga o’tib, hikmdor o’zi munosib ko’rgan kishini tayin etadigan bo’ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:55:17
Qusayning otasi Kilob, onasi Fotima yamanlik Azdushanua qabilasidan bo’lmish Sa’dning qizi edi. Kilbning otasi Murra, onasi Vaxshiya Fihr jamoasidan bo’lmish Shaybonning qizi edi. Koibning otasi Luay, onasi Moriya Quzoa qabilasiga mansub Ka’bning qizi edi. Luayninf otasi G’olob, onasi Huzao jamoasiga mansub Amrning qizi Salmo edi. G’olibning otasi Fihr, onasi Huzayl qabilasidan bo’lmish Sa’dning qizi Laylo edi. Ko’pgina rivoyatlarda Fihr Qurayshning o’zi , qurayshlar Fihrning avlodi deyiladi. Quraysh qabilasi o’n ikki jamoadan iborat:Abdumannof jamoasi, Abduddor ibn Qusay jamoasi, Asad ibn Abdulluzo ibn Qusay jamoasi, Zuhra ibn Kilob jamoasi, Maxzum ibn Yaqiza ibn Murra jamoasi, Taym ibn Murra jamoasi, Adiy ibn K’ab jamoasi, Sahm ibn Husais ibn Amr ibn Ka’b jamoasi, Omir ibn Luay jamoasi, Taym ibn G’olib jamoasi, Horis ibn Fihr jamoasi, Muharib ibn Fihr jamoasi. Ulardan Makkada o’rtoqlashganlari soy qurayshlari, shahar atrofida joylashganlari esa sirtdan qurayshlar deyiladi. Fihrning otasi Molik, onasi jurhumlik Harsning qizi Jandala edi;Molikning otasi Nazr, onasi Qays Aylonga mansub Advoning qizi Otika edi; Nazrning otasi Kinona, onasi Murr ibn Odning qizi Barra edi; Kinonaning otasi Huzayma, onasi Qays Aylonga mansub Sa’dning qizi Avona edi; Huzaymaning otasi Mudrika, onasi quzoalik Aslamning qizi Salmo edi; Mudrikaning otasi Ilyos, onasi sharaf va obro’da zarbulmasal bo’lgan Hindaf edi; Ilyosning otasi Muzar, onasi Rabob Junda ibn Ma’dning qizi edi; Muzarning otasi Nizor, onasi Savda Akning qizi edi; Nizorning otasi Ma’d, onasi Muona jarhumlik Javshamning qizi edi, Ma’dning otasi esa Andon edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:55:24
Muhammad salollohu alayhi vasallamning nasl-nasablari haqida tadqiqotchi olimlar va muhaddislar shunday yakdil fikrga kelishgan, shuningdek ular Andonning ajdodlarini sanash durust emas deb hisoblashadi"¦ Qiaqasi Payg’ambar salollohu alayhi vasallamning nasl-nasablari Ibrohim alayhis-salomning aralashib ketgan o’g’illari Ismoilga borib tutashadi. Bundan ko’rinadiki, Rasululloh salollohu alayhi vasallamning ajdodlari pok, mo’tabar va nufuzli kishilar bo’lgan. Payg;ambar bo’lishning eng zaruriy shartlaridan biri nasl-nasabning toza bo’lishligidir. Alloh taolo Rasululloh salollohu alayhi vasallamning ajdodlarini joxiliyat davridagi nopok ishlardan, buzuqliklardan, razolatdan o’z hifzu himoyasiga olib asragan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:55:36
ABDULLOHNING OMINAGA UYLANISHI

Abdulloh Abdulmuttalibning eng suyukli bolasi edi. U o’n sakkiz yoshga kirganda otasi unga Vahobning qizi Ominani olib berdi. Vahob Abdumanofning o’g’li, Abdumanof Zuhraning o’g’li, Zuhra esa Kilobning o’g’li edi. Omina Quraysh ayollari orasida nasl-nasab jihatdan eng zoti poklardan hisoblanar edi. U Abdullohga turmushga chiqqach, Payg’ambar alyhissalomga homilador bo’ldi. Gumona endigina ikki oyga to’lganda Abdulloh vafot etdi va Adiy ibn Najjor avlodidan bo’lmish tog’alari uni Madinaga dafn etdilar. Abdulloh Shom(Suriya)ga savdo-sotiq bilan borib kelayotganida Madina shahrida qazo qildi. Ominaning oy kuni yetib , go’zal ahloq, ilm-ma’rifat va pokiza e’tiqod bilan olamni munavvar etuvchi chaqaloq tug’ildi. Misrlik munajjim Mahmud Posho Muhammad salollohu alayhi vasallam rabiul avval(hijriyning uchunchi oyi)ning to’qqizinchi kuni dushanba ertalab tug’ilganlarini , bu quvonchli hodisa melodiy 571 yil to’rtinchi oyning 21 kuniga , ya’ni *fil voqeasining birinchi yiliga to’g’ri klishi aniqlandi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:55:59
Rasululloh salollohu alayhi vasallam Bani Hoshim ko’chasidagi Abutolib xonadonida dunyoga keldilar, Abdurahmon ibn Avfning onasi Shaffo doyalik qildi. Bu hushhabarni eshitgan Payg’ambar alayhis-salomning buvalari chaqaloqqa Muhammad deya ism qo’ydi. Ilgari arablarda bunday ot qo’yish rasm bo’lmagan edi. Avvalgi payg’ambarlarga nozil qilingan Tavrot, Injil kabi ilohiy kitoblarda bu ism zikr etilgan, Alloh o’sha kitoblar zikr qilingan narsani amalgam oshirishni iroda qilib, Rasulullohning ismlarini buvalarining ko’ngliga slogan. Rasululloh salollohu alayhi vasallamning enagalari Abdullohning cho’risi habash Ummu Ayman Baraka, ilk daf’a emizga ayol esa amakilari Abdulahabning cho’risi Suvayba edi.

____________
* Fil voqeasi-Makkada yuz bergan mashhur voqea. Arablar bu voqeani tarix boshi qilib olishgan. Qur’onning Fil surasida ham bu voqea zikr etiladi. Unda aytilishicha, Yamanga hukmronlik qilgan habash podsholaridan biri Abraha Makkaga hujum qilib, Ka’bani buzmoqchi bo’ladi. U bahaybat fillar bilan, hali Quraysh aholisi umrida ko’rmagan, ular birinchi marta ko’rib turgan bahaybat mahluq bilan hujum qiladi. Quraysh bu mahluqni ko’rib o’zlarini himoya qila olmay, undan qochishadi. Alloh taoloning qudrati ila , U tumshug’ida tosh tishlagan qushlar yuborib, g’animlarni yer bilan yakson qiladi, har bir qush tashlagan tosh ularning boshidan teshib chiqib va yana alangaga aylanadi . Alloh oz’ qudrati bilan O’z uyini —Ka’bani saqlab qoladi
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:56:13
EMIZISH

Bola sog’lom va ziyrak bo‘lib o‘sishi uchun arablarda sahroyi ayollardan sut ona topib emizish odati bor edi. Ular shaharda o‘sgan bola bo‘shang, anqovroq bo‘ladi, deb hisoblashardi. Kunlarning birida Sa’d ibn Bakri kabilasidan bir guruh ayol emizadigan bola izlab shaharga keladi. Muhammad alayhis-salomga sut ona bo‘lish Abu Zuaybning qizi Halimaga nasib etdi. Halimaning eri chorvador Abukabsha edi. Quraysh xalqi payg’ambar alayhis-salomni masxaralab kulganda u kishini Abukabshaga mansub qilib, bu Abukabshaning o‘g’li nuqul osmondan gapiradi, deyishardi. Rasulullohni to‘rt yildan ortiq vaqt ichida emizgan Halimaning oilasiga baraka yog’ilib turdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:56:27
RASULULLOH SALALOHU ALAYHI VASSALAMNING KO’KRAKLARI YORILISHI

Payg’ambar alayhis-salom Halimaning tarbiyasida yurgan vaqtlarida inson aqliga sig’maydigan g’oyat sirli hodisa yuz beradi. Rasululohning ko’kraklari yorilib, qora nuqta-hayton vasvasasi olib tashlanadi. Bu voqeadan qo’rqib ketgan Halima u kishining onalariga eltib topshiradi va ularning eshonasini chiqarib yuborgan hodisani shunday bayon etadi:" Bolalar bilan uyimizning orqasida o’ynab yurishgan edi, to’satdan o’g’lim yugurib kirib, qurayshlik ukamni oq kiyimli ikki kishi ushlab olib yerga yotqizishdi, keyin qornini yorib, qamchi dastasi bilan ichini titkilashyapti, dedi. Otasi ikkalamiz chiqib qarasak, uning rangida rang yo’q. Bag’rimizga bosib:"Nima bo’ldi, o’g’lim?"-deb so’radik. U:"Oq kiyimli ikki kishi keldi-da, biri meni ko’rsatib:"Shumi?"-dedi. Unisi bosh irg’ab tasdiqladi. Keyin ikkovlashib yerga yotqizishdi. Ko’kragimni yorib, titkilay-titkilay bir nimani olib tashlashdi. Nimani olib tashlashganini bilmayman",-dedi.
Shu kundan e’tiboran Payg’ambar alayhis-salom insonni yo’ldan ozdiradigan shaytoniy hoyu-havaslardan xalos bo’ldilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:56:41
RASULULLOHNING OMINA VAFOTIDAN KEYIN ABDULMUTTALIBNING QO’LIDA, U KISHINING VAFOTIDAN KEYIN ESA ABUTOLIBNING ILKIDA QOLISHLARI

Onasi o‘g’lini Halimadan qaytarib olgach, Adi ibn Najjor avlodiga mansub erining tog’alarini yo‘qlab Madinaga yo‘l oldi. Ziyoratdan qaytib kelayotganda Makka bilan Madina oralig’idagi Abvo degan kentda to‘satdan vafot etdi. Rasulullohni buvalari Abdulmuttalib o‘z tarbiyasiga oldi, Ummu Ayman parvarish qildi. Abdulmuttalib nevarasini haddan tashqari yaxshi ko‘rar, uning istiqboliga, kelajakda ulug’’ odam bo‘lishiga umid bog’lagani uchun yer-ko‘kka ishonmas edi. Payg’ambar alayhis-salom sakkiz yoshga kirganlarida buvalari olamdan o‘tdi. Yetim bolani amakilari Abutolib o‘z qaramog’iga oldi va chinakam otalik mehri bilan suyub, xomiylik qildi. U qo‘l uchida kun kechiradigan kambag’al odam edi. Shundan keyim Olloh u kishining arzimas mol-dunyosiga baraka berdi. Amaqilarining qaramogida yurgan paytlarida payg’ambar alayhis-salom sabr-qanoati, odatda yosh bolalar berilib o‘ynaydigan ma’nosiz o‘yinlarga ragbati yo’qligi bilan alohida ajralib turardilar. Enagalari Ummu Aymanning rivoyat qilishicha, ovqat mahali boshqa bolalar talashib-tortishib yeyishsa ham, rasululloh odob saqlar, tekkan ulushiga qanoat qilar ekanlar
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:56:53
RASULULLOHNING SHOMGA QILGAN ILK SAFARLARI

Payg’ambar alayhis-salom o‘n ikki yoshga kirganlarida amakilari Shomga safarga otlandi. Eng yaqin kishisidan ayrilish rasulullohga qattiq ta’sir qilib, ma’yuslanib qolgandilar. Bundan yuragi ezilgan Abutolib bolani birga olib ketishga jazm etdi. Ular Shomda uzoq turishmadi. Orqaga qaytishayotganda Suriya bilan Arabiston sarhadiga joylashgan Busro kentiga qo‘nib, yahudiylarning ulamolaridan biri rohib Bahoyro bilan uchrashishdi. Bahoyro yahudiylarning muqaddas kitobida zikr etilgan, shu zamonda arablar orasidan chiqadigan payg’ambar haqida so‘rab-surishtirdi. Karvondagilar bir ovozdan hali unday zot dunyoga kelmaganini aytishdi.
Yahudiy va nasorolar Muhammad alayhis-salomning dunyoga kelishlarini, arablardan payg’ambar yetishib chiqishi mumkinligini jon-jahdlari bilan rad etishardi. Ular avval e’tirof qilgan payg’ambar dunyoga kelganda uni inkor etishdi. Olloh kofirlarni rahmatidan darig’ tutadi" (Baqara surasi, 89-oyatning bir qismi).
   
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:57:07
FIJOR URUSHI

Payg’ambar alayhis-salom 20 yoshga kirganlarida Fijor urushiga qatnashdilar. Kinona, quraysh va qays kabilalari o‘rtasida yuz bergan urushning sababi quyidagicha edi. Furot daryosining g’arbidagi Xira shahrining podshosi No‘mon ibni Munzir Madina yaqinidaga har yili bir marta bo‘ladigan Ukoz bozoriga mol yuborib sottirar edi. U mollarni hammaga gapi o‘tadigan e’tiborli odamlar nazoratida jo‘natar edi. Kunlarning birida Kinona qabilasidan bo‘lmish Barroz ibn Kays No‘monning huzuriga tashrif buyurdi. O’ta zolim va yovuz bu kimsani qabiladoshlari oqsoqollikdan olib tashlashgan edi. U kelganda Urva ibn Utbatur Raxxol No‘monning huzurida o‘tirgan edi. No‘mon: "Mening mollarimni kim Ukozga yetkazib qo‘yadi?" deb so‘radi. Barroz: "Men mollaringni kinona qabilasidan asrab beraman", dedi. No‘mon: "Mening mollarimni boshqalardan ham asray oladigan odam bormi, deyapman", dedi. Urva gapga aralashib: "E, qoyil-e, allaqanday pastkash it mollaringni asray olarmidi. Sening mollaringni arablarning hammasidan mana men asrayman", dedi. Bu gap Barrozga og’ir botsa-da, indamadi, o‘ch olishni ko‘ngliga tugib qo‘ydi. Urva tijorat bilan yo‘lga chiqqanda qulay fursat topib uni o‘ldirdi va kinona qabilasiga odam jo‘natib, qays qabilasi ularga hujum qilmoqchiligini yetkazdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:57:31
Bu xabarni eshitgan qays qabilasi yoppasiga otlanib Naxla*ga yetib keldi, hamda quraysh bilan kinona qabilasiga hujum qildi. Beadad qonlar to’kilib, qays qabilasi g’olib keldi, mag’lub ikki qabilaning odamlari panoh istab masjidi haromga yashirinib olishdi. Ularning orasida rasululloh ham bor edilar. G’alaba nash’u namosidan g’ururlangan qayslar: "Biz Urvaning qonidan kechmaymiz. Kelgusi yili Ukozda yana jang qilamiz!" deya tahdid solishdi. Ular yurtiga qaytgach, butun qabilani urushga safarbar etdi, atrofiga o‘z tarafdorlarini yig’di. Saqif bilan yana bir necha qabila ularning tug’i ostiga jam bo‘ldi. Quraysh ham kinonadan tashqari Makkaning janubidagi o‘z ittifoqchilarini to‘pladi. Hoshim avlodining boshlig’i Zubayir ibn Abdulmuttalib esa u bilan birga aka-ukalari Abutolib, Hamza, Abbos hamda jiyani Muhammad alayhis-salom ham bor edilar. Harb ibn Umayya quraysh qabilasidagi eng yoshi ulug’’ va mo‘tabar kishi bo‘lgani uchun bani Umayya aymog’ining boshlig’i hisoblanardi. Bu qabiladagi har bir aymoqning o‘z boshlig’i bo‘lar edi.
__________
* Makka bilan Toif oralig’idagi joy.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:57:44
Ikki tomon yuzma-yuz kelib, shiddatli jang boshlandi va arab tarixida misli ko‘rilmagan qirg’inbarotga aylandi. Muqaddas Makkaning hurmati oyoq osti qilingani uchun bu qirg’in Fijor urushi — gunohkorlar urushi deb ataldi. Qays qabilasining omadi chopmay uning tarafdorlari birin-ketin mag’lubiyatga uchray boshladi. Shunda tadbirli bir odam o‘rtaga chiqib, ikki tomonning qancha talofot ko‘rganini, kim ko‘p odam yo’qotgan bo‘lsa g’olib tomon o‘lganlarga tovon to‘lashi lozimligini aytib, sulhga chaqirdi. Qays qabilasi ko‘p talofat ko‘rgani uchun qurayshlar tovon to‘laydigan bo‘ldi, bu ishni nazorat qilishga Harb ibn Umayya mas’ul etib tayinlandi va tovon to‘lanib bo‘lgancha o’g’li Abu Sufyonni qays qabilasiga garovga berib qo‘ydi. Juda ko‘p begunoh odamlarning yostig’ini quritgan bu maqsadsiz urush shu zayl barham topdi. Islom nuri tarqala boshlagach, Olloh arablarning qalbini do‘stlik, birodarlikka moyil qildi, nohaq qon to‘kishlar to‘xtadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:58:24
XAYRIYA UYUSHMASI

Qurayshlar Fijor urushidan qaytgach, xayriya uyushmasi qurishga qaror qilishdi. Qabila boshliqlaridan Abdulloh ibn Jud’on Taimning hovlisida uyushma tashkil etildi. Bu ishda Abdumonofning ikki o’g’li bo‘lmish Hoshim va Muttalib avlodi, Asad ibni Abduluzzo, Zuhra ibni Kilob avlodi va Taim ibn Murra avlodi jamoasi qatnashdi. Ular ittifoq tuzib, makkaliklardan yoki musofirlardan birortasi Makkada zulmga uchrasa, unga yordam berib, haqni qaror toptirishga qaror qilishdi. Payg’ambarimiz ham amakilari bilan birga uyushmaga a’zo bo‘ldilar. U kishi payg’ambarlik sharafiga erishgach, men Abdulloh ibn Jud’oning hovlisida qurilgan uyushmaga kirganman, bu tashkilot qizil tuyalardan* qimmatroq, agar hozir ham birov shunday ishga da’vat etsa, sira ikkilanmay qabul qilardim, deganlar. Payg’ambar alayhis-salom odamlarga go‘zal xulq-atvorlarni o‘rgatishga yuborilgan, xayriya uyushmasining ishlari ham go‘zal axloq jumlasiga mansub. Islom dini mana shunday olijanob ishlarni e’tirof etadi. Payg’ambar alayhis-salomning "Men go‘zal axloqlarni jam etish uchun yuborildim", degan so‘zlari shu fikrning tasdig’idir. Mazkur uyushmaga kirgan ko‘pchilik xulq-atvorini o‘zgartirib, yaxshilarning safidan joy olishgan.

_________
* Arablarda qizil tuyalar eng qimmatbaho narsa sanalardi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:58:37
RASULULLOHNING SHOMGA QILGAN IKKINCHI SAFARLARI

Payg’ambar alayhis-salom yigirma besh yoshga kirganlarida Shomga ikkinchi marta safarga otlandilar. Asad jamoasidan bo‘lmish Huvaylidning qizi Xadicha boy savdogar xonimlardan edi. U odam yollab, sherikchilikka tijorat qilardi. Muhammad alayhis-salomning g’oyat samimiyligini, rostgo‘yligini, qabiladoshlari uni Amin (ishonchli) deb atashlarini eshitgan Xadicha u kishini ishga yollab, mollarining eng aslini berdi hamda sodiq xizmatkori Maysarani hamroh qilib Shomga jo‘natdi, bu galgi savdo-sotiq juda katta foyda keltirdi, tujjorlarning ishlari doim o‘ngidan kelib, baraka yog’ilib turdi. Rasulullohning xosiyatli odamligini ko‘rgan Maysaraning hurmati chandon ortib, u kishiga bir umr bog’lanib qoldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:58:49
RASULULLOHNING XADICHAGA UYLANISHLARI

Muhammad alayhis-salom bilan Maysara sog’-salomat Makkaga qaytib kelishdi. Ularning ishlari o‘ngidan kelib, juda ko‘p foyda olishdi. Biriga o‘n qo‘shilganidan o‘zida yo’q quvongan Xadichaning rasulullohga mehri tushib qoldi. Odamlar u kishini bekorga Amin deyishmasligini, halolligi tufayli hamisha omadi chopishini ko‘rgan qirq yoshlar chamasidagi boy-badavlat bu ayol taomilga zid holda unga turmushga chiqish mayli borligini bildirdi Payg’ambar alayhis-salom amakisi Abutolib bilan Xadichaning amakisi Amr ibn Asadnikiga sovchi bo‘lib borishdi. Mezbon ularning istagiga rozilik berdi Abutolib kelin-kuyovni nikoh qilib, quyidagicha xutba o‘qidi:
"Olloh bizni Ibrohim va Ismoil avlodi, Ma’ad va Muzor nasli qilib yaratganiga, Baytullohga qaraydigan, Masjidi haromni boshqaradigan martabaga erishtirganiga, Ka’bani ulug’’ ziyoratgoh, qon to‘kish, hatto bironta giyohni uzish man etilgan muqaddas maskanga aylantirganiga, bizni martabamizni ko‘tarib, odamlarga hukmron qilganiga ming qatla shukr. Jiyanim Muhammad ibn Abdullohning mardlikda, olijanoblikda, fazlu karamda tengi yo’q. To‘gri, uning mol-dunyosi ko‘p emas, biroq davlat degani soyaga o‘xshash o‘zidan nariga tushmaydigan va egasiga qaytariladigan omonat. Ollohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, Muhammad kelajakda ulug’ odam bo‘ladi, katta ishlarni amalga oshiradi".
Nikoh o‘qilib, kelin-kuyov bir yostiqqa bosh qo‘yishdi. Xadicha oldin turmush ko‘rgan, avvalgi eri Abu Hola vafot etib, undan Hola ismli bola bilan tul qolgan edi. Yetim bolani rasululloh o‘zlariga o’g’il qilib oldilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:59:01
BAYTULLOHNING ISLOH QILINISHI

Muhammad alayhis-salom o‘ttiz besh yoshga kirganlarida katta sel kelib, Ka’baning bir necha yil muqaddam yuz bergan yong’inda shikastlangan devorlari tars-tars yorilib ketdi. Quraysh ahli ziyoratgohni buzib, qaytadan muhtashamroq qilib qurmoqchi bo‘lishdi. Oldingisi odam bo‘yi balandlikda toshdan tiklangan edi. Odamlar hasharga to‘plandi-yu, biroq qadimiy va ulug’ inshootni buzishga hech kim botinolmadi, allaqanday qo‘rquv bunga monelik qilardi. Valid ibn Mug’ira yig’ilganlarga yuzlanib: "Ka’bani buzishdan maqsad tuzatishmi yoki vayron qilishmi?" deb so‘radi. Haloyiq tuzatish deb javob berdi. "Olloh tuzatuvchilarni halok qilmaydi", dedi Mug’ira va nuragan devorni buza boshladi. Uning jasoratidan ruhlangan odamlar yurak yutib ishga tushib ketishdi. Ismoil alayhis-salom qo‘ygan poydevorga yetganda turli hikmatli so‘zlar zarb etilgan qimmatbaho laganlar chiqdi. Ilgari ulkan inshootlarning poydevori ishlanayotganda quruvchilar kelgusi avlodlarga mana shunday yodgorlik qoldirish udumi bor edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:59:09
Ka’bani qayta qurish boshlandi. Bu xayrli ishga fahsh va sudxo‘rlikdan topilgan harom pul aralashmagan halol mol-dunyo sarflandi. Qabila oqsoqollari ham imoratning toshlarini tashishga ko‘maklashishdi. Tosh tashuvchilar orasida rasululloh ham bor edilar. Qurilishga boshchilik qilayotgan Bokum ismli rumlik usta Ka’baning har bir burchagiga bir guruh odamni tosh tashishga tayin etdi. Afsuski, halol yo‘l bilan topilgan pul bu ulkan inshootni asl holiga keltirishga yetmay qoldi. Shu bois binoning shimol tomonidagi hijr va hatim deb ataladigan olti gazcha yer mo‘ljaldan chiqarib tashlanib, pastakkina devor tiklandi va Ka’ba shu yerdan boshlanajagini bildiruvchi belgi qo‘yildi. Binoning balandligi o‘n sakkiz gaz bo‘lib, ilgarigisidan to‘qqiz gaz baland edi. Ichkariga maxsus zinapoyalardan ko‘tarilib, salobatli eshiklardan kirilar edi. Hajarul asvad joyiga qo‘yiladigan paytda bu sharafli ishni kim bajarishi qattiq bahsu munozaraga sabab bo‘ldi. Qiziqqon quraysh oqsoqollari san-manga borishdi, birov-birovga yon bergisi kelmas, shu bahona har kim o‘z nufuzi va nasl-nasabini ulug’lashga intilardi. Talashib-tortishish to‘rt kunga cho‘zildi. Nihoyat Xolid ibn Validning amakisi Abu Umayya ibn Mug’ira Mahzumi janjallashayotganlarga: "Ey xaloyiq, bekorga tortishavergandan ko‘ra o‘zinglar yaxshi ko‘radigan bir odamni tanlanglar. Shu odam qanday hukm chiqarsa, hammamiz rozi bo‘laylik", dedi. Yig’ilganlar eshikdan kirgan birinchi kishining hukmiga itoat etishga rozilik berishdi. Eshikdan birinchi bo‘lib rosto‘yligi va aminligi bilan hammaning hurmat-e’tiborini qozongan Muhammad alayhis-salom kirib keldilar. Yig’ilganlar mamnuniyat bilan biz Muhammadning xolisligiga ishonamiz, deb yuborishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:59:31
Quraysh odamlari orasida biron janjal, kelishmovchilik yuz bersa, rasulullohning oldilariga kelishar, u kishi esa hech kimni yuzxotir qilmay, hech kimning dilini og’ritmay odil hukm chiqarar edilar. Hozirgi vaziyatda ham payg’ambar alayhis-salom g’oyat tadbirkorlik bilan ish tutdilar: choponlarini yerga yoyib, ustiga hajarul asvadni qo‘ydilar-da, har bir qabila oqsoqoliga choponning chekka-chekkasidan ushlab, barobar ko‘tarishni buyurdilar. Qancha bahsu munozaraga sabab bo‘lgan tosh o‘z o‘rniga qo‘yildi, bironta qabila boshlig’ining ko‘ngli qolmadi, sharafli ishda barobar ishtirok etganidan hammaning boshi osmonga yetdi. Bunday voqealar tufayli ko‘pincha arablarda qonli urushlar kelib chiqar, arzimas narsalar sabab bo‘lib, o‘nlab odamning yostig’i qurir edi. Quraysh ahlining o‘zaro muttasil qirpichoq bo‘lishining sababi, Baytulloh ularning qiblagohi, haj qiladigan ka’basi bo‘lib, bu muqaddas dargohga sarf etilgan mol-dunyo, mehnat tufayli katta imtiyoz va shon-sharafga erishish mumkin edi. Qur’oni Karimda uqtirilishicha, yer yuzida dastlab qurilgan ibodatxona Baytulloh edi. "Odamlarga (ibodat qilishlari uchun) dastavval barpo etilgan, olamlarni hidoyat qilguvchi uy chindan ham Makkadagi muborak Ka’badir. Ka’bada buning aniq nishonalari bor, maqomi Ibrohim* ana shulardan biri. Ka’baga kirgan kishi bunga ishonch hosil qiladi", deyiladi Oli Imron surasining 96-97 oyatlarida. Ka’baga Ismoil avlodidan keyin jurhum qabilasi egalik qildi. Ular Makkaga kelgan kishilarga zulm o‘tkazishganda huzoa qabilasidagilar birlashib zo‘ravonlarni muqaddas dargohdan quvib chiqarishdi va uzoq yillargacha Ka’baga ular ega bo‘ldilar. Qusay ibn Kilob zamoniga kelib ziyoratgoh qurayshlarning qo‘liga o‘tdi. Makkada osoyishtalik o‘rnatildi, qurayshlardan boshqa arab qabilalari hayiqishardi. G’animlar ta’qibga uchraganlar uchun Ka’ba ishonchli boshpanaga aylandi. Olloh Qur’onda ularga bergan ne’matini eslatib: "Ularning yon-beridagi kishilar talon-tarojga uchrashyapti, Makkani, Ka’bani tinch joy qilib qo‘yganimizni bilishmadimikin" deydi Ankabut surasining 67-oyatida.

_________
* Ibrohim alayhissalom Ka’bani qurganlarida turgan joylari.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:59:46
RASULULLOHNING PAYG’AMBAR BO’LISHDAN AVVALGI TIRIKCHILIKLARI

Muhammad alayhis-salomga otalaridan hech narsa meros qolmadi, u kishi kambag’al oilada, yetim bo‘lib dunyoga keldilar, banu sa’d qabilasida emizilib, emukdosh birodarlari bilan podachilik qildilar. Makkaga qaytib kelgach, arzimagan ish haqiga odamlarning qo‘yini boqdilar. Payg’ambar alayhis-salom dunyoga, dunyoviy mashg’ulotlarga ruju qo‘ymadilar. Agar u kishi dunyoviy ishlarga berilib, boylik ketidan quvsalar abadiy baxt-saodatdan bebaxra qolardilar. Shu bois Olloh taolo dunyoga berilmaslikka va undan yiroq turishga da’vat etadi. Oldin o‘tgan payg’ambarlar o‘z hayotlarida bu o‘gitga qat’iy amal qilganlari hammaga ayon. Iso payg’ambar dunyo haqida o‘ylab ham ko‘rmaganlar, Muso va Ibrohim payg’ambarlar ham shunday yo‘l tutishgan, ular ham bolaligida og’ir qiyinchiliklarga duch kelishgan, hayot mashaqqatlarini sabrlik bilan yengishgan. Olloh o‘z payg’ambarlarining xulq-atvori tufayli odamlarga hayot ne’matlariga o‘zini urmaslik, boylikka ortiqcha hirs qo‘ymaslikni ta’lim beradi. Ma’lumki, yer yuzida hamma baloi qazo boylikka o‘chlikdan, dunyoga keragidan ortiqcha berilishdan kelib chiqadi. Imom Buxoriyning "Sahihul Buxoriy" kitobidagi bir hadisda bayon etilishicha, payg’ambarlarning hammalari podachilik qilishgan. Bu narsada ham ajoyib hikmat bor. Jonivorlarning yuvoshi bo‘lmish qo‘yni boqqan insonning dilida muloyimlik, mehribonlik kurtak otadi. Payg’ambarlar odamlarni to‘gri yo‘lga da’vat etganlarida ularning tabiatidagi charslik, qalbidagi beqarorlik tuzalib, mo‘tadil holga keladi.
Muhammad alayhis-salom ulg’aygach, Soib ibn Abu Soib bilan birga tijorat qildilar. Hadichaga uylanganlaridan keyin ham u kishi o‘z mehnatlari bilan pul topib, kun kechirdilar. Olloh Qur’oni Karimdagi Zuho surasining 6-8-oyatlarida rasulullohdan darig’ tutmagan ne’matlarini shunday zikr etadi: (Robbing) yetim deb senga panoh bermay qo‘ydimi, adashgan deb to‘gri yo‘lga solmadimi, faqir deb boy qilmadimi?" Shuningdek, Sho‘ro surasining 52-oyatida: "Boshqa payg’ambarlarga vahiy qilgandek, senga ham amrimizga binoan Jabroilni yubordik. Sen aslida Qur’on va imon nimaligini bilmasding. Qur’onni shunday nur qildimki, shu orqali istagan bandamni hidoyatga muyassar etaman", deydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 07:59:58
RASULULLOHNING PAYG’AMBAR BO’LISHDAN AVVALGI AXLOQLARI

Muhammad alayhis-salom muloyim fe’l-atvorli, ahdiga sodiq, inson sha’niga dog’ tushiradigan yomon xulqlardan holi, odamgarchiligi ustun, xushmuomala, qo‘shnichilikni o‘rniga qo‘yadigan, tabiati yumshoq, eng muhimi rostgo‘y zot edilar. Olloh u kishining vujudida muloyimlik, sabrlik, shukronalik, odillik, kamtarlik, iffat, qo‘li ochiqlik, qahramonlik, uyatchanlik kabi go‘zal xislatlarni, to‘gri sa’y-harakatlarni jam etgani uchun el-yurt Amin deb atardi. Hatto Abduddor jamoasidan bo‘lmish rasulullohning ashaddiy dushmani Nazru ibn Xoris ham u kishidagi fazilatlarga tan berib, Ukoz bozorida o‘tgan bir yig’inda: "Sizlar (qurayshlarni aytmoqchi) Muhammaddan bolalik chog’idayoq xursand edinglar, u orangizdagi eng rostgo‘y, eng ishonchli kishi edi. Voyaga yetib, payg’ambar bo‘lganda uni sehrgarga chiqardinglar. Ollohning nomi bilan qasamyod qilamanki, u aslo sehrgar emas", degan, Rum podshosi Xiraql (Qaysar) Abu Sufyondan: "Muhammad payg’ambarlik da’vosini qilishdan oldin yolg’onchiligi uchun hech malomatga uchraganmidi?" deb so‘raganda u: "Yo‘q", deb javob qaytargan. "Muhammad odamlarga yolg’on so‘zlamagan ekan, demak Xudoga yolg’onchilik qilishi mumkin emas", deydi Xiraql.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:00:06
Olloh taolo payg’ambar alayhis-salomni bolaligidanoq johiliyat davrining qusurlaridan asragan, odamlar ko‘r-ko‘rona sig’inaditan but va sanamlarni yomon ko‘rsatgan, u kishi butparastlarning o‘z sanamlari sharafiga o‘tkazadigan bayramlarida qatnashmas edilar. "O’smirlik paytimdanoq butlarni, bema’ni she’rlarni yomon ko‘rardim. Johiliyat davrining ishlarini faqat ikki marta ko‘nglim tusadi, lekin har ikki gal ham Olloh o‘ylaganimni ro‘yobga chiqarmadi. Shundan keyin Tangri taolo meni payg’ambarlikka musharraf etgunga qadar bunday narsalar xayolimga ham kelgani yo’q. Bir kuni kechasi birga qo‘y boqadigan cho‘pon bolaga qo‘ylarimga qarab turishni iltimos qilib, Makkadagi yoshlarning tungi saylida qatnashmoqchi bo‘ldim. Shaharga kirib to‘y bo‘layotgan bir xonadonning oldida to‘xtab qoldim. Nay, childirma, qo‘shiq ovoziga quloq tutib o‘tirdim. Biroq hali quloqlarim kuy-qo‘shiqdan rohatlanib ulgurmay ko‘zim ilinibdi. Ertasiga quyoshning issiq taftidan uyg’onib ketdim. Ko‘zlagan maqsadimga yetolmay izimga qaytdim. Ikkinchi safar ham shu hol takrorlandi", deya hikoya qiladilar payg’ambar alayhis-salom.
Rasululloh qurbonlik molning qonini oqizib, ibodat qilinadigan tosh — Nusubga atab so‘yilgan molning go‘shtini yemasdilar. Aroq-sharob ichish arablarda keng tarqalgan bo‘lsa-da, u kishi bu illatdan hamisha o‘zlarini tiyganlar. Olloh payg’ambarlar vahiyni qabul qilishga layoqatli bo‘lishlari uchun ularning jismini ana shunday fazilatlar bilan ziynatlagan. Ular payg’ambar bo‘lishdan oldin ham, keyin ham har qanday gunohlardan holi edilar. Bu zoti muborak bolaligida erta-indin zimmalariga yuklanadigan ulkan vazifalarga munosib bo‘lish uchun, payg’ambarlikka erishgach esa, o‘z ummatlariga ibrat ko‘rsatish uchun ham jisman, ham ruhan poklandilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:00:17
RASULULLOHNING PAYGAMBAR BO’LISHDAN OLDIN OLLOHDAN KO’RGAN MARHAMATLARI

Muhammad alayhis-salomni emizayotganida Halimaning oilasiga Olloh tomonidan yuborilgan qutu barakotlar payg’ambarimizga berilgan dastlabki in’om edi. U kishi olib kelinishidan avval Halimaning oilasi qo‘l uchida zo‘rg’a tirikchilik o‘tkazardi. Yangi chaqaloqning xosiyati tufayli qo‘ylari yaylovdan yelinidan chakillab sut tomib qaytadigan bo‘ldi. Olloh rahmat qilgur Imom Busayrining "Hamziya" qasidasidagi quyidagi misralarda bu narsa o‘z ifodasini topgan:
Bir elga baxtiyor insonni muyassar aylasa, Olloh, Uning xosiyati-la el saodatmand bo‘lg’usi mutloq.
So‘ngra rasulullohning ko‘kraklari yorilib, shayton vasvasasi-nafsi ammora olib tashlandi. Kimki bu narsaga ajablansa, u Ollohning qudratiga shubha bildirgan, quvvai hofizasi cheklangan, dunyoning g’aroyib ishlarini faqat o‘z tasavvuridan kelib chiqqan holda baholaydigan odam bo‘ladi. Payg’ambarlar hayotida favqulodda hodisalar yuz berishi aql bovar qilmas g’ayritabiiy hol emas. Muhammad alayhis-salom Shomga safarga chiqqanlarida Olloh u kishining hurmatlari uchun bir parcha bulutni boshlariga soyabon qilib qo‘ydi, oftob olov purkab turgan jazirama yoz kunida bu soyadan karvondagi biror kimsa bahra olgani yo’q. Rasulullohga hamsafar bo‘lgan Maysara bu g’aroyib hodisani Xadichaga xayratlanib so‘zlab bergan. Xadicha Muhammad alayhis-salomning bo‘lakcha odam ekanliklarini qalban his etib, kelgusida ulug’ ishlarni ro‘yobga chiqarishlariga ishonib, o‘z taqdirini bog’lashni ixtiyor etgan. Shu bois rasulullohga dastlabki vahiylar kela boshlagan saodatli kunlardayoq Xadicha u kishining tabiatidagi go‘zal xulq-atvordan tashqari biron bir mo‘jiza talab qilmasdanoq Islom diniga kirgan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:00:26
Tosh va dov-daraxtlarning salom berishi, payg’ambar alayhis-salomga Olloh bergan ne’matlardan biri edi. Rasululloh hojat uchun tashqariga chiqqanlarida odam yo’q unguru jarliklar tomonga ketadilar, yo‘llarda uchragan har bir tosh, dov-daraxtdan: "Ey rasululloh, senga rahmat va omonlik bo‘lsin!" degan ovoz chiqar, u kishi yon-beriga alanglab, biron jonzotni ko‘rmay ajablanardilar. Bunday ishlar bandasining qo‘lidan kelmaydi, albatta, biroq Ollohga oson, u ilgarigi payg’ambarlarga ham yer yuzidagi barcha jonli va jonsiz narsalarni bo‘ysundirib bergan. Muso alayhis-salomning hassalari ajdarhoga aylanib, Fir’avnning sehrgarlari ko‘rsatgan hiyla-nayranglarni yutib yuborgan. Muso alayhis-salom asolarini toshga urganlarida o‘n ikkita buloq otilib chiqqan va bani Isroilning har bir qavmi o‘z bulog’idan suv ichadigan bo‘lgan. Olloh boshqa payg’ambarlarning ham ulug’ligini namoyon etib, el-yurt orasida qadr-qimmatini baland qilish uchun turli jonsad narsalarni amriga bo‘ysundirib, mo‘jizalar ko‘rsatgan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:00:51
TAVROTDAGI BASHORAT

Alloh taolo Muso payg’ambarga shu zamondagi xalqning ahvol ruhiyasiga mos qonun-qoidalar bayon etilgan Tavrotni nozil qildi. Bu muqaddas kitobda parvardigori olam yuborajak payg’ambarlari haqida xabar bergan. Tavrotning 5-pora, 8-bobida oxir zamon payg’ambari haqida ham bashorat qilinib, Muso alayhis-salomga: "Bu payg’ambarlar orasidan senga o‘xshagan bir payg’ambarni yuboraman, og’ziga kalomimni solaman, u o‘z ummatiga men buyurgan hamma narsani aytib beradi. Mening nomimdan aytgan so‘zlariga quloq solmagan odamdan intiqom olaman. Menga takabburlik qilishga jur’at etgan, men buyurmagan narsalarni mening yoki boshqa ilohlarning nomidan gapiradigan payg’ambarlar o‘limga mahkum. Chin payg’ambarlar bilan yolg’on payg’ambarlarni bir-biridan ajratish oson: payg’ambarlik da’vosini qilgan odam mening nomimdan aytganlari amalga oshmasa, u o‘zini ulug’lashni ko‘zlagan yolg’onchidir", deyiladi. Yahudiylar bu bashorat Muso alayhis-salomning o‘rinbosari Yusha ibn Nun haqida aytilgan deyishadi. Vaholanki, ular Iso alayhis-salom davrida u kishidan boshqa payg’ambar kelishini kutishar, shu bois yuvingan* Yuhanno (Yahyo)ga odam yuborib: "Sen Ilyomi?" — deb so‘rashganda, u kishi: "Yo‘q", deganlar. "Sen Isomi?" — deb qiziqsinishganda ham yo’q deganlar. "Sen payg’ambarmi?" deb qisti-bastiga olishganda ham rad javobini berganlar. Ular ajablanib: "Ilyo bo‘lmasang, Iso bo‘lmasang, payg’ambar ham bo‘lmasang, nega yuvinding?" deb so‘rashgan. Bundan shu narsa oydinlashadiki, Tavrotda Ilyo, Muso va Iso davrigacha hali dunyoga kelmagan payg’ambar haqida bashorat berilgan. Bu muqaddas kitobda Muhammad alayhis-salomning Muso payg’ambarga o‘xshashligi aytiladi. Tavrotning 5-porasida: "Bani Isroilda Musoga o‘xshash payg’ambar dunyoga kelgani yo’q", deyiladi hamda Ollohga tuhmat qiluvchi payg’ambar o‘ldirilajagi ta’kidlanadi. Bu kalom Qur’onning Al-haqqa surasidagi: "Agar u bizning nomimizni sotib uydirmachilik kilsa, uni albatta qahrimizga olardik, keyin shaksiz katta qizil tomirini uzib tashlardik", degan 44-46-oyatlariga uyg’un.

_________
* Nasroniy dinida yangi tug’ilgan va nasroniy dinini qabul qilganlarning Xudo, Iso va Ruhulquddus nomi bilan yuvinish nazarda tutilmoqda.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:00:59
Muhammad alayhis-salom yigirma uch yil mobaynida mushrik va yahudiylardan iborat ashaddiy dushmanlari orasida yashab, ularni islom diniga da’vat qildilar, shunday qaltis vaziyatda Olloh u kishini dushmanlarning suiqasdlaridan omon saqladi. Hamma narsaga qodir Olloh payg’ambarga bo‘xton yog’dirgan odamning ta’zirini berib qo‘yolmaydimi? Haq taolo Qur’ondagi Sho‘ro surasining 24-oyatida: "Ular: u (ya’ni payg’ambar) Xudoning nomidan yolg’onni do‘ndirdi, deyishadi. Olloh istasa, qalbingni muhrlab qo‘yardi. U botilni yo’qqa chiqaradi, o‘z kalomi orqali haqni yuzaga chiqaradi. Olloh ko‘ngildagi narsalarni ham bilguvchidir", deydi. Bu bashorat payg’ambarimizning kelajakda yuz beradigan ishlar haqidagi aytgan fikrlari rostligini tasdiqlaydi. Sarvari olam ko‘p narsalar haqida oldindan bashorat qilganlar. U kishining aytganlari aynan yuz bergan, hatto boshqalar tasavvur ham qilolmaydigan voqea-hodisalarni ham oldindan ko‘ra bilganlar. Masalan, rumliklar forslar tomonidan halokatga uchrab poytaxti Konstantinopol qo‘ldan ketay deb turgan bir paytda, rasululloh rumliklarning kelajakda dushmandan g’olib kelib, o‘z yerlarini qaytarib olajagini bashorat qilganlar. Bu xabar sarvari olamga Olloh tomonidan vahiy qilingan. Payg’ambarning aytganlariga shubhalangan quraysh mushriklari Abu Bakr Siddiq bilan o‘rtaga mol tikib bahs boylashgan (Keyinchalik bahs boylashish qimorning bir turi sifatida man etilgan). Rasulullohning aytganlari ro‘yobga chiqib, rumliklarning qo‘li baland kelgach, Abu Bakr Siddiq garovda ancha-muncha narsa yutib olgan. Xudo xohlasa bunday bashoratlar haqida o‘rni kelganda yana to‘xtalib o‘tamiz.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:01:07
Qozi Iyozning "Shifo" nomli asarida aytilishicha, Ato ibn Yasar Abdulloh ibn Amr ibn Osdan Rasulullohning sifatlari haqida so‘raganda Abdulloh: "Ollohning nomi bilan qasamyod qilamanki, payg’ambarimizning Qur’onda aytilgan ba’zi sifatlari Tavrotda ham zikr etilgan: Ey payg’ambar, Seni guvoh, bashoratchi, ogohlantiruvchi va ummilar (ya’ni omilarga) qo‘rgon qilib yubordim. Sen mening bandam va rasulim (ya’ni elchim)san, men seni mutavakkil (xudoga suyanguvchi) deb atadim. Sen qo‘pol va to‘ng’ emassan, bozorlarda shovqin-suron solmaysan; yomonlik qilganlardan qasd olmay kenglik bilan afu etasan; adashgan xalq la iloha illalloh (ya’ni Ollohdan boshqa iloh yo’q) deya imon keltirish bilan haqiqatni ko‘rmas ko‘zlari, tinglamas quloqlari, anglamas dillari ochilgandan keyingina yaratgan egang seni qabzi ruh qiladi (ya’ni joningni oladi).
Tavrotda payg’ambar alayhis-salom yana shunday ta’riflanadilar: "U bozorlarda baqirib-chaqirmaydi, xunuk so‘zlarni og’ziga olmaydi, uni yaxshi ishlarga muvaffaq qilaman, go‘zal axloqqa erishtiraman. Libosi tamkinlik, sifati yaxshilik, vijdoni taqvodorlik, so‘zlari hikmat bo‘ladi. Rostgo‘ylik va vafo qon-qoniga singadi. Keng fe’llik, mehribonlik odatiga aylanadi. Har qanday holatda haqqoniy, shariati haq, imoni hidoyat, dini islom bo‘ladi. Uning ismini Ahmad deb atayman, gumrohlikdan hidoyatga olib chiqaman. Ahmad orqali qarama-qarshi dillarni, tizginsiz xavaslarni, turli millatlarni "œbirlashtiraman". Rostgo‘y va ishonchli payg’ambar alayhissalomning aytishlaricha, Olloh u zotni Tavrotda bunday ta’riflaydi: "Mening tanlagan — bandam Ahmad Makkada tavallud topib, Madinaga hijrat qiladi, uning ummati har qanday vaziyatda menga — Ollohga shukr qilguvchilardan bo‘ladi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:01:29
INJILDAGI BASHORAT

Iso alayhis-salom o‘z qavmiga Injilda Forqilit degan ism zikr etilishi haqida xabar beradilar. Forqilitning ma’nosi Muhammad bilan Ahmadga yaqin. Buni Ollohning Saf surasidagi 6-oyati tasdiqlaydi: "Shunda Maryamning o’g’li Iso: "œEy Isroil avlodi, men sizlarga chindan ham Xudo tomonidan yuborilgan, mendan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlaguvchi, mendan keyin keladigan Ahmad ismli payg’ambar bilan bashorat berguvchi Xudoning elchisiman", dedi. Isoyi Masih Forqilitni bizning payg’ambarimizga mos keladigan sifatlar bilan ta’riflagan: "Forqilit insonlarni qilgan xatolari uchun ayblaydi, ularga bor haqiqatni o‘rgatadi, chunki u o‘z maylicha emas, Ollohdan eshitganlarini bayon etadi". Qur’onda Va-n-najm surasining, 4-oyatida: "Muhammad o‘z maylicha emas, Ollohdan kelgan vahiylarni aytadi", deyiladi. Injilning uzoq vaqt jaholat to‘zoniga ko‘milib, yaqindagina topilgan Barnobo* nusxasida rasulullohning ismi ochiq zikr etilgan.

_________
* Injilning arabchaga tarjima qilingan nashri..
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:01:48
RASULULLOH PAYG’AMBAR BO’LISHLARIDAN AVVAL ODAMLARNING BU HAQIDAGI FIKR-MULOHAZALARI

Muhammad alayhis-salom payg’ambar bo‘lishlari arafasida po‘p va rohiblarning olib borgan faoliyatlari tarixdan ma’lum. Yahudiylar dunyoga kelishi mumkin bo‘lgan payg’ambardan o‘z g’animlari madinalik arablarga qarshi kurashda yordam kutishardi. Osim ibn Amr ibn Qatodaga o‘z qavmining odamlari bunday deyishgan: "Ollohning rahmati bilan yahudiy dushmanlarimizdan eshitganlarimiz musulmon bo‘lishimizga sabab bo‘ldi. Biz Ollohga shirk keltiradigan butparast edik, yahudiylar esa ahli kitob, biz bilmaydigan narsalardan xabardor edi. Ular bilan o‘rtamizda muttasil ko‘ngilsizliklar bo’lib turardi. Yahudiylarni ranjitgan paytlarmizda ular shu kunlarda dunyoga payg’ambar keladigan vaqt yetganini, u bilan birlashib, bizlarni xuddi Od va Eram xalqidek o‘ldirajaklarini aytishardi. Biz bunday tahdidni ko‘p eshitganimiz uchun Olloh o‘z payg’ambari Muhammadni yuborganda uning da’vatlariga quloq solib, dinini qabul qildik. Yahudiylar aytgan gapning magzini chakib, ulardan oldinrok musulmon bo‘lishga shoshildik. Yahudiylar esa imon keltirishdan bosh tortishdi". Yahudiylarning biz payg’ambar bilan birlashib, sizlarni Od va Eram xalqidek qirib tashlaymiz, deyishining boisi, ularning kitobida Xudoning elchisi butparastlarni kuch bilan yo’qotadi, deyilgan. Ularning dili hasad va adolatsizlikka to‘lib-toshgani uchun bu dunyo va oxirat azoblariga mubtalo bo‘lishlarini o‘ylamay imon keltirishmadi. Nasroniy dinini qabul qilgan arab Umayya ibn Abissolt yurtimizda dunyoga keladigan payg’ambarlarning sifatini kitoblarda ko‘p o‘qiganman, der edi. Eronlik Salmon Roziyallohu anhu bir kohin bilan suhbatlashganida u: "Ey Salmon, Olloh Ahmad ismli bir payg’ambar yuboradi, bu zot Tixoma toglaridan chiqadi. Uning sifatlaridan biri sovg’ani olish, sadaqani rad etish bo‘ladi", deganini hikoya qiladi. Kohinning bu gapi Salmonni imon keltirishga undadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:01:56
Payg’ambar alayhis-salom ko‘pgina podsholarni islom diniga da’vat etib, maktub yo‘llaganlar. Faqat nasroniy va yahudiy dinlaridan xabarsiz Kisrogina u kishining nomasiga nopisandlik bilan qaragan. Habash podshosi Najoshiy, Misr podshosi Muqavqis, Rum podshosi Qaysar kabi nasroniy dinidagi hukmdorlar payg’ambarning elchilarini izzat-ikrom bilan kutishgan. Ularning orasida Najoshiydek iymon keltirganlari ham, Qaysardek chiroyli javob qaytargan, qalban imonga kelishiga oz qolgan, dunyoga podsholikka mukkasidan ketmagan insoflilari ham, Muqavqisdek ikkilanganlari ham bor. Rasulullohning podsholar qo‘rqqudek kuch-qudratlari yo’q edi. Ular Isoyi masihning o‘zidan keyin keladigan payg’ambar haqidagi bashoratlarini, Muhammad alayhis-salomning ta’riflari o‘z kitoblarida bayon etilgan sifatlarga aynan mos kelishini bilganlari uchun Rasulullohning elchilarini izzat-ikrom bilan kutishgan. Sarvari olam dunyoga kelishlari arafasida g’oyibdan u kishi haqida xabar beruvchi ovozlar eshitilib turgan. Kohinlar o‘z kitoblaridagi vahiylarni odamlarga muttasil yetkazishgan. Ollohning rasulullohga muyassar etgan ishlari u zotning odamlarga yetkazgan so‘zlari, da’vatlari to‘griligini, o‘zlarining chin payg’ambar ekanliklarini isbotlaydigan dalildir. Chuqur mulohaza qilgan kishi hidoyat topadi, Olloh hammamizni to‘gri yo‘lga boshlasin.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:02:11
VAHIYNING BOSHLANISHI

Rasululloh kamolot cho‘qqisi bo‘lmish qirq yoshga yetganlarida Olloh insoniyatni jaholat zulmatidan ma’rifat oydinligiga chiqarish uchun u kishini bashoratchi va ogohlantiruvchi payg’ambar qilib tanladi. Munajjim Mahmud Poshoning aniqlashicha, bu voqea melodiy 610 yil 2-oyining boshida yuz bergan. Vahiy dastlab o‘ngidan keladigan tushlardan boshlangan. Bu tushlar haddan tashqari aniq, xuddi o‘ngida sodir bo‘lgandek ravshan edi. Olloh, o‘z bandasini har bir ishga bosqichma-bosqich tayyorlab, kamolotga yetkazadi. Farishtadan ilk vahiyni qabul qilish odam bolasi uchun g’oyat mushkul edi. Shu bois rasululloh Ollohga yuzlanish uchun dunyoning ishlariga qo‘l siltab, xalqdan uzilib, yolg’izlikni ixtiyor etdilar. Tanholik kishining ruhini poklaydi. Payg’ambar alayhis-salom Makka yaqinidagi Hiro g’orida talay kunlarni tanholikda o‘tkazdilar. Bunday holat ba’zan o‘n kun, ba’zan biror oyga cho‘zilar, sarvari olam bobokaloni Ibrohim alayhis-salom diniga binoan istiqomat qilardilar. Istiqomatdan qaytgach, Xadichaning yonida bir necha kun bo‘lib, navbatdagi uzlatga hozirlik ko‘rardilar. Bunday istiqomat to ilk daf’a payg’ambarlik vahiysi kelguncha davom etdi. Kunlarning birida rasululloh tog’ tepasida turganlarida to‘satdan ro‘paralarida bir odam paydo bo‘lib: "Ey Muhammad, suyunchi ber, men Jabroilman, sen esang Ollohning bandalariga yuborgan elchisisan!" dedi va shundan keyin: "O’qi!" deya amr etdi. Rasululloh: "Men o‘qishni bilmayman", dedilar. Chindan ham u kishi o‘qishni, yozishni bilmas edilar. Jabroil payg’ambar alayhis-salomni quchoqlab qattiq qisdi, rasulullohning oyoq-qo‘llaridan mador ketib, bo‘shashib qoldilar. Jabroil qo‘yib yuborib yana: "O’qi!" dedi. Payg’ambar alayhis-salom tag’in: "O’qishni bilmayman", deya javob qaytardilar. Jabroil yana u kishini qattiq qisib, qo‘yib yubordi-da, "O’qing" deb buyurdi. Rasululloh tag’in: "O’qishni bilmayman", deya javob qaytardilar. Jabroil u kishini uchinchi marta qattiq quchoqlab qo‘yib yuborgach: "Insonni quyuq qondan yaratgan robbingning nomi bilan o‘qi. Robbing benihoya hurmatga sazovordir. U qalam bilan yozishni o‘rgatdi, insonga bilmagan narsalarini bildirdi", dedi. (Alaq surasining 1-5-oyatlari)
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:02:21
Payg’ambar alayhis-salom farishta bilan ilk bor uchrashuvdan qattiq vahimaga tushib, uyga shoshildilar. Qo‘rquvdan paydo bo‘lgan titroqni bosolmay Xadichaga: "Meni o‘rab qo‘yinglar, yaxshilab o‘rab qo‘yinglar!" deb buyurdilar. Xadicha u kishini o‘rab-chirmab, titroqlari bosilguncha tepalarida o‘tirdi. Rasululloh yuz bergan voqeani bayon etib: "O’zimdan xavfsirab qoldim!", dedilar, chunki u kishi Jabroil haqida hech qanday tasavvurga ega emasdilar. Shu bois farishta quchog’iga olib, qattiq qisganda qo‘rquv va og’riqdan jonlari halqumlariga kelib qoldi. Xadicha umr yo‘ldoshlariga tasalli berib: "Olloh qarindosh-urug’lariga rahm qiladigan, ojizu notavonlardan marhamatini ayamaydigan, yo‘qsillarning holidan xabar oladigan, mazlumlarga yordam qo‘lini cho‘zadigan, mehmonlarni ochiq chehra bilan kutadigan sizdek odamni hargiz yomon ahvolga solib qo‘ymaydi. Yaratgan egam sizga shaytonni ro‘baro‘ qilib, vasvasaga solmaydi. Imonim komilki, Olloh xalqingizni hidoyat qilish uchun sizni tanlabdi", dedi. Xadicha o‘z fikrini isbotlash uchun ilohiy kitoblarni o‘qigan, avvalgi payg’ambarlarning tarjimai holidan xabardor olimlarga uchrashishni ko‘ngliga tugib, rasulullohni amakisining o‘g’li Varaqa ibn Navfalning huzuriga olib bordi. Varaqa johiliyat davrida nasroniy diniga kirgan, ibroniy yozuvini puxta egallab, bu yozuvda Injilga juda ko‘p sharhlar yozgan, yoshi o‘tib, ko‘zi o‘tmaslashib qolgan mo‘tabar olim edi. Muhammad alayhis-salom u kishiga ko‘rgan-kechirganlarini bir boshdan gapirib berdilar. Varaqa: "Olloh Muso payg’ambarga yuborgan shariati mana shu", dedi. Bu zot Jabroilning Xudo tomonidan o‘z payg’ambarlariga yuboriladigan elchisi ekanidan xabardor edi. "Koshki yosh yigit bo‘lsam, — dedi Varaqa afsus-nadomat bilan. — Qavming ota-bobosi e’tiqod qilib kelgan dinini o‘zgartirishni targ’ib etganing uchun seni yomon ko‘rib, dushmanlik qilishadi, tug’ilib o‘sgan yurtingdan haydab chiqarishadi". Rasululloh bu gapdan hayratga tushdilar, chunki u zot husni xulq, rostgo‘y bo‘lganliklari uchun qabiladoshlari yaxshi ko‘rib, Muhammad amin, ya’ni ishonchli Muhammad, deyishardi. Varaqa "Payg’ambarlik sharafiga erishgan odamning dushmani bo‘ladi", dedi. Qur’oni karimdagi Ibrohim surasining 13-oyatida bu haqda to‘xtalib: "Kofirlar payg’ambarlarga "Sizlarni yo tuprog’imizdan haydab chiqaramiz, yo dinimizga qaytishinglar kerak, deydi", deb Xudo o‘z elchilarining boshiga tushadigan ishlardan ogoh etadi. Umri poyoniga yetib qolganini sezgan Varaqa Muhammad alayhis-salomning payg’ambarligiga astoydil ishonib: "Sen odamlarni dinga da’vat etganingda tirik bo‘lsam qo‘limdan kelganicha yordam berardim", dedi. Chindan ham oradan ko‘p o‘tmay rasulullohga suyanchiq bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu odam olamdan o‘tdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:02:38
VAHIYNING UZILIB QOLISHI

Rasululloh uchun kutilmaganda boshlangan vahiy to‘satdan to‘xtab qoldi. Vahiy qancha vaqt to‘xtagani haqida tarixchilarning fikrlari turlicha, har qalay bu muddat qirq kun bo‘lganligi haqiqatga yaqin. Bundan maqsad payg’ambar alayhis-salomni vahiyga ruhan va jisman moslashtirish edi. Biroq qirq kunga cho‘zilgan tanaffus sarvari olamga qattiq ta’sir qildi. Olloh ulug’ ne’matini bir ko‘rsatib, endi meni undan benasib etdimikin, degan o‘y yuraklarini ezar, biron baland cho‘qqiga chiqib o‘zlarini tashlab yuborgilari kelardi. Ollohning u kishini o‘zi bilan bandalari o‘rtasida vositachilikka tanlanganligi ulug’ ne’matdir. Rasulullohga farishta ko‘rinib: "Sen Ollohning haq payg’ambari", deb aytar va shu bilan vasvasaga solayotgan yomon xayollarni aritib, ko‘ngillariga farog’at bag’ishlardi. Nihoyat parvardigori olam dunyoni islom nuri bilan munavvar etishni ixtiyor etib, Muhammad alayhis-salomga yana vahiy yo‘llay boshladi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:02:52
VAHIYNING QAYTA BOSHLANISHI

Muhammad alayhis-salom yo‘lda ketayotganlarida g’oyibdan surnay navosidek yoqimli ovoz eshitildi, bosh ko‘tarib yer bilan ko‘k o‘rtasida muallaq o‘tirgan tanish farishtani ko‘rdilar. Rasululloh farishtaning birinchi marta kelib, Hiro g’orida qanday azob berganini eslab, qo‘rqqanlaridan uyga qarab qochdilar. Uyga kira solib: "Meni o‘rab qo‘yinglar! Tezroq o‘rab qo‘yinglar!" dedilar. Olloh shu zahoti u kishiga quyidagi oyatlarni nozil qildi: "Ey o‘ranib olguvchi zot, tur, ogohlantir!" - ya’ni odamlar noto‘g’ri yo‘ldan, ota-bobolari topingan butlarga sig’inishdan qaytmasa, Olloh azob berajagini aytib qo‘rqit. "Robbingni ulug’la!"-ya’ni faqat Ollohni ulug’la, unga boshqa narsalarni sherik keltirib, ibodat qilishdan saqlan. "Kiyimingni pok tut!" - ya’ni Ollohning huzuriga toza libos bilan kelib, ibodat qil, isqirt bosib, nopok yurish mo‘min odamga munosib emas. "Azobga giriftor etadigan ishlardan yiroq bo‘l!" - ya’ni Ollohga itoat etib, buyruqlarini so‘zsiz bajar. "Ko‘p olish niyatida berma!" - ya’ni birovga biron narsa hadya etsang undan ko‘proq olishni ta’ma qilma. Bu mard odamlarning ishi emas. "Robbing uchun sabrli bo‘l!" - ya’ni qavmingni islom diniga da’vat etgan paytingda ulardan yetgan aziyatlarga sabr bilan bardosh ber.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:03:04
RASULULLOHNING YASHIRIN DA’VATGA O’TISHLARI

Muhammad alayhis-salom asta-sekin dinga da’vat etishni boshladilar. Odamlarni birovga na foyda, na ziyon keltirish qo‘lidan kelmaydigan butlarga cho‘qinishni yig’ishtirib, Ollohga ibodat qilishga chaqirdilar. Odamlarning: "Biz ota-bobolarimiz tutgan yo‘ldan yurib, ular tanlagan dinga sig’inyapmiz", deyishdan boshqa vaj-korsoni yo‘q edi. Bu odamlar o‘ta takabbur, dimog’idan eshak qurti siqiladigan mag’rur, go‘zal odob-axloqning yaqiniga ham yo‘lashmagan edi. Mana shu fe’llari tufayli ularning o‘rtasida qon to‘kish, bot-bot talon-taroj, urush-janjal chiqib turardi. Rasululloh mana shu johil kimsalarga mehr-oqibat, qon-qondoshlikni ulug’lovchi islom dinini olib keldilar. Aqli raso insonlar u kishining gaplariga ishonib, butlarga sig’inishni bas qilishdi, biroq yuqori martabali amaldorlar o‘z obro‘-e’tiboridan ajrab qolishdan qo‘rqib, islomni rad etishdi. Kibru havosi bunga yo‘l qo‘ymadi. Islom dinini birinchi bo‘lib Huvaylidning qizi va rasulullohning umr yo‘ldoshi Xadicha bilan amakilarining o‘g’li Ali qabul qildi.
Alini payg’ambar alayhis-salom o‘z tarbiyalariga oldilar, chunki yurtda qahatchilik yuz berib, serfarzand Abutolibning tirikchiligi goyat og’irlashib qolgan edi. Rasululloh amakilari Abbos ibn Abdumuttalibga: "Birodaring Abutolib jo‘ja-birday jon, qahatchilik bechoraning iligani chaqib qo‘ydi. Yur, uning og’irini yengillatib, bittadan bolasini olaylik", dedilar. Bu taklifdan Abutolibning boshi ko‘kka yetdi. Abbos Ja’far ibn Abutolibni, payg’ambar alayhis-salom esa Ali ibn Abutolibni oldilar. U to balog’at yoshiga yetguncha xuddi o‘z farzandlaridsk suyub tarbiyaladilar. Ali balog’at yoshiga yetgach, hamma narsada rasulullohdan ibrat olib ish tutdi, jaholat davrining hoyu-havaslariga ko‘ngil bermadi, yomon xulq-atvorlardan saqlandi, butga cho‘qinishdan o‘zini tiydi. Ulardan ibrat olib Zayid ibn Horisa ibn Shurahbil ham musulmon bo‘ldi. U rasulullohning ozodgardasi (ozod qilgan quli) bo‘lib, odamlar Muhammadning o‘g’li deyishardi. Payg’ambar alayhis-salom uni sotib olib, ozod qilganlaridan keyin xuddi o‘z farzandlaridek tarbiyalagan edilar. Arablarda asranda bola ham o‘z farzandi qatori hisoblanib, meros olar, o‘z navbatida u ham meros berardi. Rasululloh enagalari Ummu Aymanni Zayidga olib berdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:03:13
Bu oiladan tashqaridagi dastlab islomga kirgan odam taym jamoasidan Abubakr ibn Abu Quhofa (ibn Omir ibn Ka’b ibn Sa’d ibn Taym ibn Murra) edi. Rasulullohning bolalik do‘stlari bo‘lgan bu odamning guvohlik berishicha, payg’ambar alayhis-salom umrlarida biron marta axloqsizlik qilmaganlar, biron marta yolgon gapirmaganlar. Muhammad payg’ambar Abubakrga Ollohdan vahiy kela boshlaganini aytganlarida u: "Sen menga ota-onamdek qadrdonsan, doim rost gapirgansan, Ashhadu al-la ilaha illallohu va ashhadu annaka rasululloh (guvohlik beramanki, bir Ollohdan boshqa hech iloh yo‘q, sen Ollohning barhaq elchisisan)", dedi. Abubakr quraysh qabilasining nufuzli, xushaxloq, saxovatli, suhbati shirin boylaridan biri edi. U rasulullohning yaqin yordamchisiga aylandi, har bir ishni ikkovlon bamaslahat qiladigan bo‘lishdi. "Men islom diniga da’vat etganlar orasida faqat Abubakrgina hech ikkilanmay imonga kelgan", degan edilar payg’ambar alayhis-salom. Arablar islom dinini o‘tkinchi bir narsa, payg’ambarimizning da’vatlarini shuhratparastlik vasvasasi deb qarashlarini bilganlari uchun imonga chaqirishni o‘ta maxfiy olib bordilar. Rasululloh ham, Abubakr ham faqat o‘zlari ishonadigan, sirdosh odamlarini da’vat qila boshladilar. Abubakr tufayli ko’pchilik dinga kirdi. Shulardan biri Umaviy jamoasidai Usmon ibn Affon (ibn Abul-Os ibn Umayya ibn Abdushams ibn Abdumonof) bo‘ldi. Uning islom dinini qabul qilganidan xabar topgan amakisi Hakam Usmonni bog’lab qo‘yib: "Ota-bobongning dinidan qaytib, yangi dinni topdingmi? Xudo haqqi,bu niyatingdan qaytmasang, shu holda yotaverasan", dedi. Usmon Xudoning nomini o‘rtaga qo‘yib, dindan qaytmasligini aytdi. Uning qatiyatini ko‘rgan amakisi oyoq-qo‘lini yechib yuborishga majbur bo‘ldi. Islom diniga kirgan paytda Usmon o‘ttizlarga kirgan navqiron yigit edi. Endigina balog’at yoshiga yetgan Zubayir ibn Avvom (ibn Huvaylid ibn Asad ibn Abduluzzo ibn Qusay)ni amakisi chandib tashlab, og’zi-burniga tutun haydadi. Onasi, Abdulmuttalibning qizi Safiya ham o‘rtaga tusholmadi. Zubayir bu qiynoqqa katta matonat bilan chidadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:03:22
Zuhra jamoasidan bo‘lmish Abdurahmon ibn Avfning islomga kirishdan oldingi ismi Abduamr edi. Rasululloh unga Abdurahmon deb ot qo‘ydilar. Shu jamoadan Sa’d ibn Abuvaqqos Molikning onasi, Abu Sufyon ibn Umayyaning qizi Hamna o‘g’lining musulmon bo‘lganini bilgach: "Bu diningdan qaytib, Muhammadning payg’ambarligini rad qilmaguningcha uyga kirmayman, tuz totmayman", deya shart qo‘ydi va uch kungacha gapiga amal qildi. Bu holdan dovdirab qolgan Sa’d maslahat so‘ragani rasulullohning huzurlariga keldi. Olloh Ankabut surasining 8-oyatida bu haqdagi hukmni nozil qildi: "Insonni ota-onasiga yaxshi muomala qilishga buyurdim. Agar ota-onang noma’lum bir narsani menga sherik keltirishga (buyurib) zo‘rlasa, itoat etma. Sizlar mening dargohimga qaytib borasizlar, sizlarga o‘z qilmishinglarni ayon qilaman". Ko‘rinib turibdiki, Olloh taolo ota-ona musulmon yoki kofir bo‘lishidan qat’i nazar, izzat-ikrom qilishni, bordi-yu, kufrona yo‘lga boshlab, Ollohga boshqa narsalarni sherik keltirishga undasa, amriga itoat etmaslikni buyuradi. Garchi ota-onaning haqqi har qancha ulug’ bo‘lmasin bunday vaziyatda u narsa farzandning zimmasidan soqit etiladi. Ota-ona roziligini istab, Ollohga osiylik qilgan holda biron maxluq yoki butga sig’inish durust emas. Yuqoridagi oyatda jazo berish Ollohning ilkida ekanligi, bola ota-onasining xudoga shirk keltirasan deb o‘tkazgan zulmidan aslo ranjimasligi kerakligi, oxiratda jazoga giriftor bo‘lmasligi uchun e’tiqodda sobit turish uqtiriladi.
Taym jamoasidan Talha ibn Ubaydulloh ham dastlab musulmon bo‘lganlardan. Bu odamlar rasulullohning ismi va sifatlarini rohiblardan eshitgan, u kishining so‘zlari benihrya foydali ekanligini, nuqsonu qusur to‘lib-toshgan arab jamiyatini faqat islom dinigina isloh qilishi mumkinligini, faqat shu yo‘l bilangina Ollohning roziligiga erishish imkoni borligini anglab darrov imon keltirganlar, Ozod etilgan rumlik qul Suhayb bilan Ammor ibn Yosir, uning onasi Sumayya birinchilar qatori islomni qabul qilganlardan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:03:30
Qurayshlik bir mushrikning qo‘ychivoni Abdulloh ibn Ma’sud payg’ambar alayhis-salomning go‘zal xulq-atvorlarini ko‘rib, yaxshi gaplarini eshitgach, darrov butga cho‘qinishni tashlab, imon keltirdi. Abdulloh hamisha Rasululloh bilan birga bo‘lishga urinar, biron joyga otlansalar oldilarida yo‘l boshlab yurar, yuvinsalar pana qilib turar, uxlasalar posbonlik qilar, uyg’onganlarida oyoq kiyimlarini kiydirib qo‘yardi. Dastlab musulmon bo‘lganlardan Abuzar sahroda yashovchi, shirin so‘zi bilan tosh yuraklarni eritib yuboradigan notiq a’robiylardan edi. U Payg’ambar alayhis-salomning ovozalarni eshitgach, bir birodarini otga mindirib, o‘zini osmondan vahiy keladigan zot deb hisoblaydigan odamni ko‘rib, gaplarini eshitib kel, deb Makkaga jo‘natdi. Birodari topshiriqni ado etib, iziga qaytgach: "Uning gaplari hech ham she’rga o‘xshamaydi", dedi. Abuzar bu gapdan qanoat hosil qilmay shartta otlanib, Makkaga yetib keldi. Masjidga kirib, Payg’ambar alayhis-salomni izladi, lekin birovdan so‘rab-surishtiryshga botinmadi, u kishi bilan gaplashganlarni quraysh mushriklari yomon ko‘rishini yaxshi bilardi. Kun kech bo‘lgach, Ali uning musofirligini bilib, uyiga olib ketdi. Ikkovlon gap-so‘zsiz ovqatlanishdi (Arablar uch kungacha mehmondan kelish sababini so‘rashmaydi). Tong otgach, Abuzar suv to‘la meshi bilan narsalarini olib masjidga bordi, biroq rasululloh uni ko‘rmadilar. Kech kirgach, Ali yana uni uyiga olib ketdi va churq etmay ovqatlanib yotishdi. Uchinchi kun ham shu tahlid o‘tgach, Ali uning bu yerga nima maqsadda kelgani bilan qiziqsindi. Abuzar: "Menga yo‘l ko‘rsatishga va’da bersang aytaman", dedi. Ali rozilik bergach, muddaosini bayon etdi. "Muhammad alayhis-salom rostdan ham xudoning payg’ambari, — dedi Ali. — Ertaga ertalab men bilan birga masjidga borasan. Mabodo biron xavf-xatar sezsam to‘xtayman, bo‘lmasa orqamdan ergashib ketaverasan". Ertasiga Abuzar Aliga ergashib rasululloh huzurlariga kirdi, u kishinung gaplarini eshitgan zahoti imon keltirib, musulmon bo‘ldi. Payg’ambar alayhis-salom: "Joyingga qaytib, to mendan biron topshiriq borguncha ko‘rgan-bilganlaringni odamlaringga so‘zlab ber", dedilar. Abuzar tashqariga chiqib, baland ovozda: "Ashhadu al-la ilaha illollohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh", deb yubordi. Mushriklar kela solib uni do‘pposlay ketishdi. Abbos uni himoya qilib: "Abuzar shom yo‘lida joylashgan G’ifor qabilasidan. Savdo-sotiqqa ketayotganinglarda holingiz nima kechishini o‘ylab ko‘rmaysizlarmi?" degan tahdid bilan qutqarib qoldi. Lekin Abuzar bu ishini ertasiga ham takrorladi va yana mushriklarning g’azabiga uchradi; bu gal ham Abbos joniga oro kirdi. Abuzar rostgo‘y va har qanday tamadan yiroq odam edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:03:39
Quraysh qabilasidan Said ibn Zayd bilan umr yo‘ldoshi (Xattobning qizi, Umarning singlisi) Fotima, Abbos ibn Abdulmuttalibning ayoli (Horis Hiloliyaning qizi) Ummulfazli Liboba, rasulullohning amakilarining o’g’li Ubayda ibn Xoris ibn Abdumuttalib, ibn Hoshim, ammalarining o‘g’li maxzum jamoasidan Abusalama, quraysh qabilasidan Umar ibn Maz’un Jumahi va uning ikki qarindoshi Qudoma, Abdulloh, shu qabiladan Arqam ibn Abu Arqam Maxzumi ham dastlab musulmon bo‘lganlardan. Birinchi musulmonlardan ummaviy avlodidan Xolid ibn Said (ibn Os ibn Umayya ibn Abdushams)ning otasi quraysh oqsoqoli edi. Agar Xolid salla o‘rasalar, u kishini hurmat qilganliklari uchun qabiladoshlaridan hech kim salla o‘ramas edi. Xolid tushida tubsiz bir chuqurga tushib ketadi. Rasululloh yordamga kelib uni qutqarib oladilar. Xolid ertasiga payg’ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib: "Ey Muhammad, sen nimaga da’vat qilasan?" deb so‘radi. Sarvari olam: "Zoringni eshitmaydigan, hech narsani ko‘rmaydigan, foyda-ziyon yetkazolmaydigan butlarni tashlab, hech qanday sherigi yo‘q yolg’iz Ollohga ibodat qilishga, ota-onaning hurmatini bajo keltirishga, kambag’allikdan qo‘rqib bolasini o‘ldirmaslikka, xoh yashirin, xoh oshkora yomonliklarga qo‘l urmaslikka, nohaq odam o‘ldirmaglikka, yetimlarning molini yemaslikka, tosh-tarozini to‘gri tutishga, qarindosh-urug’ingga zarar yetkazmasa-da, odil hukm chiqarishga, va’daga vafodor bo‘lishga da’vat qilaman", dedilar. Xolid bu gaplardan qattiq ta’sirlanib, imon keltirdi. O’g’ilning musulmon bo‘lganidan xabar topgan otasi unga ko‘p ozor berdi, ta’minotini to‘xtatib, butunlay och qo‘ydi. Xolid rasulullohning huzurlaridan boshpana topdi. Xolidga ergashib qarindoshi Amr ibn Said ham islom diniga kirdi. Payg’ambar alayhis-salomda bu odamlarni zo‘rlab islomga olib kiradigan kuch-qudrat, ularni ota-ona, mol-mulklaridan voz kechishga majbur qiladigan favqulodda biron vosita ham yo‘q edi. Aksincha Abubakr, Umar, Usmon, Xolid ibn Saidga o‘xshaganlar boy-badavlat, qo‘lini qayoqqa uzatsa yetadigan obro‘-e’tiborli zotlar edi. Islomga kirgan qullar esa rasulullohga ergashib, o‘zlarini battar xor-zorlikka, adadsiz zulmga giriftor etishdi, agar o‘z hojalarining izmidan chiqishmasa, tinchgina tirikchiligini o‘tkazaverishardi. Ular Ollohning hidoyati tufayli noto‘g’ri yo‘ldan qaytdilar, adashib-uloqib yurishganlarini anglab rasululloh ko‘rsatgan yorug’likka talpindilar, garchand ko‘plari azob-uqubatlarga uchragan bo‘lsalar-da, qalblari islom nuri bilan munavvar bo‘lib, Ollohning roziligiga erishdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:03:53
RASULULLOHNING OSHKORA DA’VATGA O’TISHLARI

Mushriklarning tahdidi kuchayib ketganligi sababli rasululloh qurayshning katta yig’inlarida oshkora da’vat olib bormadilar. Musulmonlar pinhona ibodat qilishar, nomozlarini ko‘pincha Makkaning tog’lariga chiqib, pana-pastqamda o‘qishardi. Ularning soni o‘ttizdan oshganda rasululloh hammalarini bir joyga jamlab, din ahkomlarini o‘rgatishlari va yo‘q-yo‘riq ko‘rsatishlari zarur bo‘lib qoldi. Shu maqsadda birinchilar qatori islom diniga o‘tgan Arqam ibn Abu Arqamning hovlisiga yig’ildilar. Shu paytgacha Hijr surasining: "Senga buyurilganini oshkora o‘rtaga tashla, mushriklar bilan teng bo‘lma", degan 94-oyati nozil bo‘lguncha maxfiy ish tutilgan edi. Bu oyat kelgach, rasululloh Ollohning va’dasi va yordamiga ishonib, oshkora da’vatga o‘tdilar. Sarvari olam Safo tog’iga chiqib: "Hoy Fihr jamoasi, hoy Adi jamoasi!" — deya butun quraysh xalqini chaqirdilar, ba’zi urug’ va jamoalarga odam yubordilar, hamma jam bo‘lgach: "Agar hozir sizlarga tog’ning orqasida Makkaga hujum qilish uchun otlik; qo‘shin poylab turibdi, desam ishonasizlarmi?" — deb so‘radilar. Odamlar: "Ishonamiz, shu paytgacha sening yolg’on gapirganingni hech kim eshitmagan", deyishdi. Rasululloh: "Men sizlarni Ollohning qattiq azobidan ogohlantiradigan payg’ambarman", dedilar. Odamlarning orasida turgan Abulahab ibn Abdulmuttalib: "He, o‘l-a, bizni shu gapga chaqirdingmi?" — dedi g’azablanib. Parvardigor bu odam to‘g’risida Tabbat surasida: "Abulahabning ikki qo‘li shol bo‘lib qolsin! Shol bo‘lishi muqarrar! Mol-mulki va yig’ib-tergan narsalari asqotmaydi, u lovullab turgan do‘zaxga tushadi. Uning o‘tin tashiguvchi xotini ham lang’illagan do‘zaxga tushadi, uning bo‘yniga pishiq o‘ralgan arqon solinadi", deydi. O’tin tashish deyilishida bu ayolning so‘zamol, ig’vogarligi ko‘zda tutilgan, chunki u ayollar yig’ilgan joylarda Payg’ambar alayhis-salom haqida har xil uydirmalarni to‘qib-chatib, tarqatib yurardi. Shundan so‘ng Olloh Shuaro surasida: "Hesh-aqrabolaringni ogohlantir" degan oyatni nozil qildi. Bu oyat rasulullohning qarindosh-urug’lari Abdumonof avlodi bo‘lmish Hoshim, Navfal, Abdushams jamoasiga taalluqli edi. Shu suraning 215-216-oyatlarida Parvardigor: "Senga ergashgan mo‘minlarni qanoting ostiga ol. Hesh-aqrabolaring da’vatingdan bosh tortishsa, men sizlarning qilmishinglardan bezorman degin", deya ta’kidlaydi. Rasululloh darrov qarindosh-urug’larini yig’ib: "Elchi hech qachon o‘z odamlariga yolg’on gapirmaydi. Xudo haqqi mabodo men boshqalarga yolg’on so‘zlaganimda ham sizlarga yolg’on aytmayman, boshqalarni aldaganimda ham sizlarni hargiz aldamayman. Yakkayu yagona Ollohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, men butun insoniyatga, xususan, sizlarga Xudo yuborgan elchiman. Ollohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, xuddi uyquga ketgandek o‘lasizlar, uyg’ongandek tirilasizlar, qilmishinglar uchun hisob berasizlar, yaxshiliklar uchun mukofotlanasizlar, yomonliklar uchun jazolanasizlar. Qarorgohinglar abadiy jannat yoki do‘zax bo‘ladi", dedilar. Bu gaplardan yig’ilganlar qattiq ta’sirlandilar. Faqat birgina amakilari Abulahabning tosh diydasi yumshamadi. Muhammadga butun arab xalqi qarshi qo‘zg’almasidan oldin uni bu yo‘ldan qaytarish kerak. Agar uni odamlarga tutib bersanglar kamsitilgan bo‘lasizlar, tutib bermasanglar arablar birlashib, bizga urush ochadi", dedi u jazavasi tutib. "Xudo haqqi, toki tirik ekanmiz Muhammadni himoya qilamiz", dedi Abutolib. Yig’ilganlar shu qarorga kelib tarqalishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:04:01
Rasululloh oshkora da’vatga o‘tganlaridan keyin quraysh qabilasida to‘rt odam yig’ilsa, u kishining ustidan kuladigan, haqoratlaydigan bo‘lishdi. Mabodo ko‘cha-kuyda ko‘rib qolishsa: "Abu Kabshaning o‘g’li nuqul osmondan keladi-ya. Nimasiga ishonarkin", deya mashara qilishardi. Sarvari olam esa bunga javoban: "Xudo haqqi, sizlar bobokalonimiz Ibrohimning diniga xilof ish tutyapsizlar", deya inson o‘z qo‘li bilan yasagan jonsiz butlarga sig’inishni nodonlik, jaholat deb atardilar. G’azablangan olomon ota-bobolari sig’ingan butlarning qahriga uchrashdan qo‘rqib, payg’ambar alayhis-salomga nisbatan gina-adovat bilan qarashardi. U kishini zolimlardan asrash o‘rniga Hoshim jamoasining oqsoqoli amakilari Abutolibning huzuriga borib, jiyanini yo‘lidan qaytarishni, qanoti ostiga olib himoya qilmaslikni talab etdilar. Abutolib ularni otang yaxshi, onang yaxshi deya yaxshi gapirib, hovridan tushirdi. Rasululloh o‘z faoliyatlarini bemalol olib baraverdilar. Unga sari qabiladoshlarining jaholati junbushga minib, bir-birlarini rasulullohga qarshi turishga undashardi. Ular yana Abutolibning huzuriga kelib: "Sen bizning eng obro‘li, mo‘tabar oqsoqolimiz bo‘la turib, gapimizga quloq solmayapsan, jiyaningai qaytarish o‘rniga himoya qilyapsan, ota-bobolarimizning dinini haqoratlashiga, bizlarni nodon deb atashiga, ilohlarimizni behurmat qilishiga yo‘l qo‘yyapsan. Bu ishing yaxshilikka olib bormaydi", deyishdi. Mushriklar Islom diniga, uning targ’ibotchisiga qanchalik tish qayrashsa, payg’ambar alayhis-salom ularni Xudo bergan aqlni ishlatib, yaxshi bilan yomonni bir-biridan farqlamaslikda ayblardilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:04:10
Qur’oni Karimning "Baqara" surasidagi 170-oyatda: "Qachonki ularga, "Olloh nozil qilgan kitobga ergashinglar, deyilsa, ular: "Yo‘q, biz ota-bobolarimizni diniga e’tiqod qilamiz, deyishadi. Agar ota-bobolari hech narsani tushunib yetmagan va adashgan bo‘lsa ham, ularning diniga ergashdingmi?" deyiladi. "Moida" surasining 104-oyatida ham: "Mushriklarga Qur’on va payg’ambar tomonga yuzlaninglar", deyilsa, ular: "Bizga ota-bobolarimizning dini kifoya", deyishadi. Agar ota-bobolari adashgan va hech narsadan bexabar bo‘lishsa ham "ularning dini kifoya qilaveradimi?" deyiladi. "Luqmon" surasining 21-oyatida esa: "Ularga Olloh nozil qilgan kitoblarga ergashinglar", deyilsa, ular: "Biz ota-bobolarimizning diniga ergashamiz", deyishadi. "Agar ota-bobolarini shayton do‘zaxga chaqirib turgan bo‘lsa ham ergashaverishadimi?" deyiladi. Olloh "Zuxruf" surasining 22-oyatida mushriklarning bahonalarini bayon etib, bunday deydi: "Yo‘q, unday emas, biz ota-bobolarimizning bir xil dinga, ya’ni butparastlikka e’tiqod qilganini bilamiz, biz ularning izidan yuramiz". Olloh taolo mutaassiblikda va tarsolikda mushriklarning bu gaplari ota-bobolarining aynan takrori ekanini "Zuxruf" surasining 24-oyatida ta’kidlab o‘tadi: "U, ota-bobomizga e’tiqod qilgan dindan ko‘ra to‘g’ri bir dinni olib kelsam nima deysizlar", desa, ular: "Sen olib kelgan dinga ishonmaymiz", deyishadi. Ularning ota-bobolariga sobitlik bilan astoyidil taqlid qilishliklari ajdodlarining beaqllik, gumrohlikda ayblanishiga sabab bo‘lishi turgan gap. Lekin mushriklar es-hushini yig’ib olish o‘rniga battar jazavaga tushib, Abutolibga.
"Muhammadga ayt, yangi dinga da’vatini yig’ishtirsin. Gapimizga ko‘nmasang, Muhammad bilan sen bir tomon, biz bir tomon bo‘lib, to bir-birimizni o‘ldirguncha kurashamiz", deya tahdid solishdi. Abutolib uchun o‘z xalqidan ajralib qolish og’ir edi, biroq Xudoning payg’ambari va jiyanidan voz kechishi ham mumkin emasdi. Shu bois payg’ambar alayhis-salomni huzuriga chorlab: "Ey jiyan, odamlar kelib har xil talab va shartlarni qo‘yib ketishdi. Endi o‘zingni ehtiyotingni qil, bundan buyon seni asrash qo‘limdan kelmaydi", dedi. Payg’ambar alayhis-salom u kishining nochor ahvolini his etib: "Ey amaki, Ollohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, agar o‘ng qo‘limga quyoshni, chap qo‘limga oyni tutqazishsa ham Xudoning o‘zi boshlagan ishimga ravnaq bermaguncha yoki shu yo‘lda halok bo‘lmagunimcha tanlagan yo‘limdan voz kechmayman", dedilar va o‘pkalari to‘lib teskari qarab oldilar. "Menga qara, ey jiyan, — dedi Abutolibning ham ko‘ngli buzilib. Rasululloh o‘girilib qaragan edilar: — Bor, nimani xohlasang, gapiraver, Xudoga qasamki, seni ularga topshirib qo‘ymayman. Bu gap payg’ambar alayhis-salomga qanot baxsh etdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:04:24
RASULULLOHNING CHEKKAN AZIYATLARI

Muhammad payg’ambar dinga oshkora da’vat eta boshlaganlaridan keyin juda ko‘p qiyinchiliklarga, tazyiqlarga duch keldilar. Xususan, Baytullohga borib namoz o‘qish azobga aylandi. Rasulullohga ko‘p aziyat yetkazuvchi bir guruh. bo‘lib, ochiqdan-ochiq haqoratlab ozor bergani uchun ular mashara qilguvchilar, deyilardi. Bu kimsalarning boshlig’i Mag’zum jamoasidan bo‘lmish Abu Jahl Amr ibn Hishom ibn Mug’ira edi. Bir kuni u o‘z odamlariga: "Ey birodarlar, ko‘rib turibsizlar, Muhammad dinimizni kamsityapti, ilohlarimizni so‘kyapti, bizlarni aqlsizlikda, ota-bobolarimizni zalolatda qolganlikda ayblayapti. Ollohga qasam ichib aytamanki, ertaga katta bir toshni olib, Muhammadni poylab o‘tiraman. Namoz paytida sajdaga bosh qo‘yganida boshini yanchib tashlayman. Keyin meni Abdumonof jamoasiga topshirasizlarmi yoki himoya qilasizlarmi ixtiyor o‘zlaringizda. Abdumonof jamoasi qo‘lidan kelganini qilsin", dedi. Ertasiga u katta bir toshni olib, rasulullohni poylay boshladi. Hech narsadan xabari yo‘q Payg’ambar alayhis-salom odatdagidek namoz o‘qigani keldilar. Tamoshatalab qurayshlar Abu Jahlning nima karomat ko‘rsatishini kuzatib turishardi. Sarvari olam sajdaga bosh qo‘yganlarida Abu Jahl orqadan pusib keldi-da, toshni baland ko‘tardi va birdaniga rangi oppoq oqarib, qo‘llari qaltiragancha orqaga tisarildi, qo‘lidagi tosh tushib ketdi. Tekin tomosha ilinjida to‘planganlar uning oldiga kelib, nima bo‘lganini so‘rab-surishtirishdi. "Muhammadga yaqinlashib endigina uraman deganimda bahaybat bir bug’ro (erkak tuya) paydo bo‘lib, daf qildi. Xudo haqqi, umrimda bunaqa qo‘rqinchli tuyani sira ko‘rgan emasman", dedi Abu Jahl. Bu gap rasulullohning quloqlariga yetganda u kishi: "O’sha tuya qiyofasidagi Jabroil edi, agar Abu Jahl yana bir qadam tashlaganida oyog’i ostiga olib tepkilab tashlardi", dedilar. Abu Jahl, baribir, rasulullohning jig’iga tegishini, u kishining namoz o‘qishiga xalal berishini qo‘ymadi. Hatto bir kuni: "Agar yaxshlikcha namoz o‘qishni yig’ishtirmasang, holing voy bo‘ladi", dedi surbetlik bilan. Rasulullohning jahllari chiqib, uni koyib tashladilar. Olloh "Alaq" surasining 15-19- oyatlarida Abu Jahlga tahdid soladi: "Agar u niyatidan qaytmasa, albatta uning zulfidan, (barcha) yolg’onchi va gunohkorlarning sochidan tutib jahannamga sudraymiz, u o‘z sheriklarini chaqirsin! Biz zaboniyalarni chorlaymiz. Unga bo‘ysunma, Ollohga sajda qil va yaqin bo‘l".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:04:37
Imom Buxoriy rivoyat qilishicha, payg’ambar alayhis-salom namoz o‘qiyotganlarida Abu Jahl: "Kim tuyaning qornini op kelib Muhammadning ustiga tashlaydi", deya odamlarni gij-gijlaydi. Aqaba ibn Abi Muayd tozalanmagan qorinni olib kelib rasululloh sajdaga bosh qo‘yganlarida ustilariga tashladi. Masjiddagi musulmonlarning birontasi u kishini himoya qilishga, hatto qorinni olib tashlashga botinolmadi, ular oz, mushriklar esa ko‘pchilik edi. To qizlari Fotima kelib qorinni olib tashlamaguncha rasululloh sajdadan bosh ko‘tarmadilar. Mushriklardan qattiq dili og’rigan payg’ambar alayhis-salom: "Ey Xudo, mana shu qurayshlarning jazosini o‘zing bergin!" — deya duoibad qildilar va bir qancha odamning nomini tilga oldilar. Abdulloh ibn Masudning guvohlik berishicha, o‘sha odamlar badr urushida bitta qolmay halok bo‘lishgan. Tarixchilar rivoyat qilishicha, payg’ambar alayhis-salom bilan Abu Jahl o‘rtasida yana bir g’aroyib voqea yuz bergan. Bu murtad kimsa Aroshiy degan odamning tuyalarini olib, pulini bermay yuraveradi. Bir kuni Aroshiy quraysh zodagonlari to‘planib turgan yerga kelib, dardini aytib yordam so‘raydi. Ular payg’ambar alayhis-salomni mayna qilib, ustidan kulish niyatida: "Hov anovi odamga uchrashsang, haqqingni undirib beradi", deyishadi. Tomoshatalablar rasululloh bilan Abu Jahlning munosabatini yaxshi bilishgani uchun ham tuyakashni atay ro‘para qilishadi. Aroshiy sarvari olamning yoniga kelib muddaosini aytadi. Rasululloh uni boshlab Abu Jahlnikiga boradilar. Darvozani taqillatishganida ichkaridan: "Kim?" — degan ovoz eshitiladi. Rasululloh: "Bu men, Muhammadman", deydilar. Abu Jahl rangi o‘chgan holda bo‘shashib chiqadi. Rasululloh: "Manavi odamning haqqini ber", deydilar. Abu Jahl churq etmay pulni sanab beradi. Ishi osongina bitganidan tuyakashning og’zi qulog’iga yetadi. Tomoshatalablar esa hayron bo‘lishib, Abu Jahlning oldiga kelishadi. "Muhammadning ovozini eshitganimdayoq tepamda bahaybat bir bug’ro tuya paydo bo‘ldi. Bunaqa qo‘rqinchli hayvonni sira ko‘rmaganman. O’takam yorilib ketishiga sal qoldi", deya shikoyat qildi u.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:04:47
O’z amakilari Abulahab ibn Abdulmuttolib ham rasulullohga ko‘p ozor berib, masxara qilguvchidardan biri edi. Devor-darmiyon qo‘shni bo‘lgan Abulahab jiyanining eshigi oldiga najosatlarni keltirib tashlardi, xotini Ummu Jamila ham eridan qolishmas, bekor turmay rasulullohni haqoratlar, tinmay g’iybat qilar, axlatu najosatlarni topib kelishda eriga ko‘maklashardi. Ular haqida Tabbat surasi nozil bo‘lgach, battar quturib ketishdi. Rasulullohning ikkinchi qo‘shnisi Uqba ibn Abumuayt ham har qadamda yomonlik qilib ig’vo tarqatib lazzatlanar, marazlikda Abdulahabdan qolishmas, qilmishi yovuzlik edi. Bir kuni u quraysh oqsoqollariga qo‘shib, rasulullohni mehmonga chaqirdi. Payg’ambar alayhis-salom: "Xudo haqqi, imonga kelib, kalima keltirmaguningcha ovqatingni yemayman", deya shart qo‘ydilar. Uqba naridan-beri kalimai shahodatni aytdi Bu xabar shu zahoti Uqbaning do‘sti Ubay ibn Xalafga yetib bordi. U Uqbadan: "Bir g’alati xabar eshitdim, shu gap rostmi?" — deb so‘radi. Uqba: "E, bo‘lmagan gap, uyimga bir mo‘tabar odam kelib, imonga kelmasang, ovqatingdan yemayman, deb turib oldi. U mening xonadonimdan tuz totmay chiqib ketishidan ko‘nglim g’ash bo‘lib, kalima keltirgan bo‘ldim. Aslida niyatim boshqaligini yaxshi bilansan-ku", dedi. "Muhammadni oyog’ing ostiga olib, yuziga tuflab, ko‘ziga qo‘lingni tiqib olmaguningcha sening yuzingga qarash menga harom", dedi Ubay. Uqba uning shartini bajo keltirdi. Olloh Furqon surasining 27-29-oyatlarida Uqba haqida shunday deydi: "U kuni zolim kishi (Uqba) ikki qo‘lini tishlab: payg’ambar bilan bir yo‘lni tanlagan, falonchini do‘st tutmagan bo‘lsam koshki edi. Qur’on kelgandan keyin u (shayton) meni yo‘ldan urdi, deydi. Shayton insonni (yo‘ldan urgach) tashlab ketadi".
Uqbaning rasulullohga qilgan eng yomon muomalasidan yana biri "Sahihul Buxoriy"da bayon etilgan. Kunlarning birida payg’ambar alayhis-salom namoz o‘qiyotganlarida Uqba orqadan kelib u kishining bo‘yniga choponini tashlab, bo‘g’a boshladi. Tasodifan kelib qolgan hazrat Abu Bakr rasulullohni ajratib oldi-da, Mo‘minlar surasining "Robbing Olloh" degan va "robbingiz tomonidan sizlarga mo‘jizalar olib kelgan kishini o‘ldirasizlarmi", degan oyatini aytib, mushrikni koyidi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:04:54
Rasulullohga o‘chakishib ozor yetkazadiganlardan yana biri Amr ibn Osning otasi Os ibn Voil edi. U doim: "Muhammad o‘lganidan keyin tirilasizlar deb (sahobalarni) aldayapti. Xudo haqqi, biz faqat vaqt o‘tishi bilangina o‘lamiz", derdi. Olloh Osning gapiga raddiya berib Josiya surasining 24-oyatini nozil qildi: "Ular hayot deganlari faqat bu dunyoda ko‘rgan-kechirganimiz, tug’ilamiz va umrguzaronlik qilamiz, faqat vaqt o‘tishi bilangina yo‘q bo‘lamiz, deyishadi. Bu haqda ular hech qanday ma’lumotga ega emas, qiyos bilangina shunday deyishadi". Xabbob ibn Aratt degan sahobaning Osda puli bor edi. U haqini talab qilganda Os: "Sen islom diniga kirgansan, Muhammad jannatda oltin-kumush, kiyim-kechak, xizmatkorlar muhayyo bo‘ladi, deydi. To‘g’rimi?" deb so‘raydi. Xabbob uning gapini tasdiqlaydi. "Sen jannatga kirguningcha mening mol-mulkim, bola-chaqam ko‘payadi, o‘shanda qarzingni qaytaraman", deydi Os surbetlik bilan. Olloh Maryam surasining 77-80-oyatlarida bunday deydi: "Bizning oyatlarimizni inkor etgan, menga mol-dunyo, bola-chaqa beriladi, degan odamni ko‘rdingmi? U g’aybni bilarmidi yoki Olloh bilan ahdu paymon qilishganmi? Sira unday emas, uning aytganlarini yozib qo‘yamiz, unga beriladigan azobni ko‘paytiramiz, uning mol-mulki, bola-chaqasi bizning izmimizda qoladi, oldimizga yolg’iz o‘zi keladi".
Zuhra jamoasidan Asvad ibn Abduyag’us rasulullohga qarindosh bo‘la turib, har qadamda u kishiga ozor yetkazardi. Agar u payg’ambar alayhis-salomning sahobalar bilan kelayotganlarini ko‘rsa: "Qaranglar, podsholar kelishyapti!" deb mazax qilardi. Sahobalar turli tomondan tazyiqqa uchragani uchun tirikchiligini zo‘rg’a o‘tkazishar, kiyim-boshlari yupun edi. "Ha, bugun osmondan gapirmaysanmi?" deya rasulullohni mayna qilardi Asvad. Xadichaning amakivachchasi Asvad ibn Muttolib Asadi ham masxaralovchilardan biri edi. U musulmonlarni ko‘rsa, sheriklariga ko‘z qisib, piching qilardi; ularni izzat-nafsiga tegib, janjal chiqarishga urinardi. Olloh Mutaffifiyn surasining 29-32-oyatlarida ular haqida shunday deydi: "Mushriklar imon keltirgan kishilarni doim masxara qilib, ustilaridan kulishadi. (Imon keltirganlar) yonidan o‘tganda ko‘z qisishadi, uylariga maqtanib qaytishadi, musulmonlarni adashganlar deb hisoblashadi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:05:05
Abu Jahlning amakisi Valid ibn Mug’ira quraysh oqsoqollaridan biri edi. O’ziga to‘q, obro‘-e’tiborli bu kimsa ham payg’ambarni masxara qiluvchilardan biri edi. Kunlarning birida u Qur’on oyatlarini eshitib qattiq ta’sirlandi. O’z qavmi bani mag’zum jamoasiga kelib: "Muhammadning og’zidan shunday so‘zlarni eshitdimki, xudo xaqqi, bu insu jinsning kalomiga o‘xshamaydi. Bu shu qadar shirin, chiroyli, boshdan-oxirigacha lutfdan iborat so‘zlarki, har qanday baytu g’azalni bosib tushadi. Dunyoda bundan o‘tadigan so‘z bo‘lmasa kerak". Quraysh mushriklarining yuragiga g’uluv tushdi: "Agar Validdek odam dinini o‘zgartirsa bas, qolganlarni to‘xtatib bo‘lmaydi". Abu Jahl ularni xotirjam qilib: "Amakim bilan o‘zim gaplashaman, u Muhammadning orqasidan ergashadigan jinni emas", dedi va Validning oldiga borib, ahvolni yotig’i bilan tushuntirdi, ota-boboning yo‘lidan qaytish gumrohlik ekanini, hamma e’tiqod qilayotgan din qolib, ko‘zga ko‘rinmaydigan Xudoga sig’inish aqldan emasligini aytdi. Valid jiyaniga o‘ychan ko‘z tashlab: "Sizlar Muhammadni jinni deysizlar, lekin uning poyintor-soyintor gapirganini eshitganmisizlar? Uni folbin deysizlar, biroq qachon fol ochib, karomatgo‘ylik qilgan? Uni shoir deysizlar, ammo uning she’r yozganini kim ko‘rgan. Uni yolg’onchi deysizlar, lekin shu paytgacha u biron kimsani aldaganmi?" deb so‘radi. Abu Jahl va unga ergashib kelganlar bu gaplarning hammasini rad etishdi, lekin uning qanday odamligini tushuntirib berishni o‘tinishdi. Valid bir oz sukutga cho‘mgach: "U sehrgar! — dedi. — Agar sehrgar bo‘lmasa erni ayoldan, otani bolasidan, xo‘jani qulidan ajrata olarmidi". Yig’ilganlar quvonganidan qiyqirib yuborishdi. Valid ayni ularning ko‘nglidagi gapni topib aytgan edi. Olloh Muddasir surasining 11-26-oyatlarida bu kimsa haqida shunday deydi: "Men tanho yaratgan kishini (yani Validni) o‘zimga qo‘yib ber. Unga juda ko‘p mol-dunyo, amriga tayyor turadigan o‘g’illar berdim, martabasini baland qildim. U yana ko‘proq berishimni tama qiladi. Aslo, aslo! U bizning oyatlarimizga qarshi chiqdi. Unga qattiq azob beraman, chunki u o‘ylab rejalar tuzdi. La’natlar bo‘lsinki, qanday rejalar tuzdi? Yana la’natlar bo‘lsinki, qanday rejalar tuzdi, a? Undan keyin qovog’ini uyib, aftini burishtirib, razm soldi. Takabburlik bilan orqasiga o‘girildi. Bu o‘rganilgan sehr va insonning so‘zi, dedi. Men uni do‘zaxga solaman". Valid haqida Qalam surasining 10-16-oyatlarida yana bunday deyiladi: "Qasamxo‘r, past, tuhmatchi, g’iybatchi, baxil, haddidan oshgan, gumroh, qo‘pol, ustiga-ustak otasi noma’lum odamga itoat etma. U boy-badavlat va serfarzand bo‘lgani uchun bizning oyatlarimiz o‘qib berilsa, qadimgilarning cho‘pchaklari deydi. Dimog’ini kuydiradi". Dimog’ kuyishi xorlikning nishonasi. Yuz-et qadrli a’zo bo‘lib, yuzga joylashgan burun g’urur nishonasidir. Xudo qadrli qilgan yuzdagi qimmatli a’zoning kuyishi takabbur insonning xor bo‘lajagiga ishoradir.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:05:18
Abduddor ibn Qusay jamoasidan Nazir ibn Horis ham rasulullohning g’animlaridan edi. Bir kun sarvari olam va’z-nasihat qilayotgan va o‘tgan ummatlarning tarixlarini so‘zlayotganlarida Nazir shartta o‘rnidan turib: "Ey odamlar, buyoqqa kelinglar, men sizlarga Muhammaddan ko‘ra qiziqroq narsalarni gapirib beraman", dedi va Eron shohlari haqida hikoya qila ketdi. Chindan ham u Eron podsholari tarixini yaxshi bilardi. Shu bois rasulullohning gaplarini xuddi shunday tarixiy voqea yoki odatdagi afsonalar deb hisoblardi. Olloh Luqmon surasining 6-7-oyatlarida Nazir haqida bunday deydi: "Odamlar orasida Ollohning yo‘lidan adashtirish va uni (ya’ni payg’ambarni) kulgiga qo‘yish uchun o‘zi omi bo‘la turib, quruq gap sotadiganlar ham bor. Bunday odamlar xorlik azobiga giriftor bo‘lishadi. Bundaylarga oyatlarimiz o‘qib berilsa, go‘yo eshitmayotgandek, xuddi ikki qulog’i og’irlashib qolgandek takabburlik bilan teskari qarashadi. Undaylarning qattiq azobga giriftor etilajagidan bashorat bering".
Hijr surasining 95-96-oyatlarida Olloh payg’ambar alayhis-salomni masxara qilguvchilardan o‘ch olajagini bayon etadi: "Mashara qilguvchilarga qarshi turishga shak-shubhasiz bizning o‘zimiz kifoyamiz, ular Ollohdan boshqa ilohga cho‘qinishadi, hademay (buning oqibatini) bilishadi". Olloh aytgan gapini albatta amalga oshirajagini avvaldan ma’lum qilgan, Makkada nozil bo‘lgan oyatlarda bu haqda xabar bergan edi. Rasululloh Madinaga ko‘chganlaridan keyin masxara qilguvchilar birin-ketin halok bo‘lishdi. Abu Jahl, Nazir ibn Horis, Uqba ibn Muayt o‘ldirildi. Abulahab, Os ibn Vohil, Valid ibn Mug’ira kabilar og’ir dardga chalinib, abgor bo‘lishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:05:32
HAMZANING MUSULMON BO’LISHI

Mushriklarning payg’ambar alayhis-salomga qilgan xurujlari amakilari Hamza ibn Abdulmuttalibning iymon keltirishiga sabab bo‘ldi. Abu Jahl rasulullohni haqoratlaganda qarindoshlari oraga tushmadi, lekin Hamzaning xizmatkori chidolmay o‘z hojasini vijdonsizlikda aybladi. Qoni qaynab ketgan Hamza borib Abu Jahlning yoqasidan oldi. "Mana men ham Muhammadning dinidaman. Bundan keyin uni so‘kkaningni ko‘ray-chi", deya tahdid soldi. Shu voqea tufayli Olloh Hamzaning ko‘zini ochdi, u to so‘nggi nafasigacha islomga sodiq, fadoyilardan bo‘lib qoldi. Jismoniy jihatdan haddan tashqari baquvvat, o‘ta jasur Hamza musulmonlarning qalqoniga, mushriklarning yuragiga g’uluv soladigan qudratli bahodirga aylandi va unga Asadulloh (Ollohning sheri) deya nom berildi.
Rasulullohga ergashganlarning hammasi ta’nayu malomatlarga uchradi, himoyachi qavmu qarindoshlari yo‘qlarning holiga voy edi. Ollohning roziligini istagan musulmonlar bu azorlarga sabr-toqat bilan bardosh berishdi, birovi ham dindan qaytgani yo‘q. Parvardigor mana shunday ahdida sobit, imoni mustahkam odamlar orqali dinni kamolotga yetkazdi. Agar bu zotlar dastlab dunyodagi ojizu notavon kimsalar bo‘lishsa, alaloqibat yor yuzining podsholariga aylanishdi. Qasos surasining beshinchi oyatida bu haqda shunday deyiladi: "Yer yuzida xo‘rlanganlarga marhamat qilmoqchimiz", ularni yetakchilar va vorislarga aylantirmoqchimiz. Olloh va’dasida sobit zot.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:05:40
Bilol ibn Raboh qurayshlik Umayya ibn Xalafil Jumahining quli edi. Umayya o‘z quli islom diniga kirganini eshitgach, uning bo‘yniga arqon solib, bolalariga jonli o‘yinchoq sifatida berib qo‘ydi. Xuddi buyumdek, hayvondek xo‘rlangan Bilol Ollohning birligiga sira shak keltirmadi. Bu azoblar kor qilmaganini ko‘rgan Umayya yozning eng jazirama kunlari uni qoq peshinda hovur ufurib turgan cho‘lga olib borardi. Yerga oyoq bosib bo‘lmas, qumga tuxum qo‘ysa pishar, tovondan o‘tgan issiq miyadan tutun chiqarardi. Umayya Bilolni issiq qumga chalqancha yotqizib, ustiga bahaybat tosh bostirar va Muhammaddan yuz o‘girib, Lot, Uzzo degan butlarga cho‘qinmasang mana shunday azobda qiynab o‘ldiraman der, Bilol esa og’ishmay: "Olloh bir, Olloh bir", deya javob qaytarardi. Kunlarning birida xuddi shunday dahshatli azobning ustiga Abubakr kelib qoldi. "Ey Umayya, bir bechoraga shuncha azob bergani Ollohdan qo‘rqmaysanmi? Uni tokay qiynaysan?" dedi u. "Uni sen yo‘ldan ozdirding. Qani qo‘lingdan kelsa, uni qutqarib olmaysanmi?" — dedi Umayya zahrini sochib. Abubakr shu zahoti Bilolni sotib olib, ozod qildi. Olloh Abubakr va Umayya haqida Vallayl surasining 14-21-oyatlarida bunday deydi: "Sizlarni lang’illab turgan do‘zaxdan ogohlantirdim. Unga badbaxt odamlar tushadi. (Umayya) badbaxtki, haqni inkor etdi va haqiqatdan yuz o‘girdi. Eng muttaqiy (Abubakr) undan yiroq qilindi, U poklanish uchun mol-mulkini sarflaydi. U birovning yaxshiligini qaytarish uchun yaxshilik qilmaydi. Faqat ulug’ parvardigorining roziligiga erishishga intiladi. Uning o‘zi ham albatta xursand bo‘ladi". Abubakr mollarini sotib, Bilolni ozod qilgani xudoning roziligi uchun bo‘lgan ish ekani yuqoridagi oyatlarda ta’kidlab o‘tildi. Ollohning roziligi Abubakr raziyallohu anhu uchun beadad sharaf edi. U Biloldan boshqa islomga o‘tib, xo‘jayinlarining zulmiga uchragan bir talay qulni ozod qildi. Ularning orasida Bilolning onasi Hamoma, Omir ibn Fuhayra, Abu Fukayha og’ir qiynoqlardan ikki ko‘zi ko‘r bo‘lib qolgan Zinnira ismli ayol bor edi. "Bularga ergashayotganlarga qarab yoqamni ushlayman. Muhammad da’vat etayotgan din rostdan ham haq din bo‘lsa, hammadan oldin uni biz qabul qilishimiz kerak edi. Bizdan avval qanday qilib Zinniradek qul haq yo‘lni topishi mumkin?" der edi Abu Jahl hayratga tushib. Bunga javoban Olloh Ahqof surasining 11-oyatini nozil qildi: "Kofirlar mo‘minlarga agar islomda biror xayriyat bo‘lsa edi, ular bunga bizdan oldin ishonishi mumkin emas. Ular hidoyat topmaganligi uchun bu narsani ko‘hna uydirma, deyishadi". Bani Zuhraning kanizagi Ummu Unaysni ham Abubakr ozod qildi. Asvad ibn Abdiyag’us bu bechorani qiynardi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:05:48
Ammor ibn Yosir ota-onasi bilan og’ir zulmga giriftor bo‘ldi. Ularning zabun ahvolini ko‘rgan rasululloh: "Yosirning oilasi, sabr qilinglar, sizlarga jannat va’da etilgan. Ey Olloh, Yosirning oilasidan mag’firatingni darig’ tutma", dedilar.
Jabrdiydalar zulmga sabr-toqat bilan bardosh berdilar. Ammorning ota-onasi azobga chidolmay o‘ldi (Olloh ularni rahmat qilsin), Ammor esa qiynoq jonidan o‘tib ketgach, og’zida dindan qaytganini aytdi. Chunki Abu Jahl unga temir kiyimlarni kiydirib, yozning jazirama oftobiga solib qo‘yardi. Ammorning a’zoyi badani qavarib, terisi shilinib tushar edi. Odamlar joni azobda qolgan chorasiz qulning og’zidan chiqib ketgan gaplarni ushlab olib, ana, Ammor dindan qaytdi, deya ovoza tarqatishdi.
Bunga javoban payg’ambar alayhis-salom Ammorning butun vujudi imon bilan sug’orilgan, dedilar. Olloh Ammorning murtadlar jinsidan emasligini Nahl surasining 106-oyatida bayon etgan: "Imon keltirgandan keyin xudoni inkor etganlar, qalban imonda barqaror turib, qiyin-qistov ostida dindan qaytdim deganlar bundan mustasno va kufr bilan ko‘nglini xotirjam qilganlar Ollohning g’azabiga yo‘liqishadi hamda og’ir azobga giriftor bo‘lishadi".
Johiliyat zamonida asirga tushgan Xabbob ibn Aratni Ummu Anmor sotib olgan edi. Xabbob rasululloh bilan yaqin do‘st edi, shu bois birinchilar qatori imon keltirdi. Uning musulmon bo‘lganidan xabar topgan bekasi qizdirilgan temirni yelkasiga bosib azob bera boshladi. Zulmdan sillasi qurigan Xabbob bir kuni Ka’baning devori tagida dam olib o‘tirgan rasulollohning oldilariga kelib: "Bizning haqimizga duo qilmaysanmi?" deb so‘radi. Rasululloh: "Ilgari musulmon odamlarni temir taroq bilan qiynashgan. Bigizdek uchli taroqni badanga botirib, to suyagi chuqquncha tarashgan, go‘shti titilib, paylari uzilgan odamlar qonsirab o‘lishgan. Ba’zilarning bo‘yniga arra tortishgan. Musulmonlar shunda ham dindan qaytishmagan. Yaratgan egam islom dinini g’olibu muzaffar qilishi muqarrar. O’shanda Yamanning San’o shahridan yo‘lga chiqqan yo‘lovchi Hazri Mavtgacha hech narsadan xavotir olmay bemalol yetib keladi, bo‘rilar orasiga kirib qolgan qo‘y bexavotir yuraveradi", dedilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:05:57
Rasululloh bu gaplarni aytgan paytlarida musulmonlarning holi tang, ro‘shnolik ko‘rishlari dargumon, eng zakiy odam ham najot topishiga ishonmas edi. Faqat payg’ambar alayhis-salomgina Olloh dillariga solgan vahiy tufayli kelajakni oldindan ko‘rib, bashorat qildilar. Parvardigori olam musulmonlarning irodasini mustahkamlash uchun Ankabut surasining 2-3-oyatlarini nozil qildi: "Insonlar imon keltirsak sinovlardan ozod bo‘lamiz, deb o‘ylashadimi? Ulardan avvalgilarni ham sinagan edik. Olloh rost gapiruvchilarni ham, yolg’onchilarni ham juda yaxshi biladi". Abubakr Siddiq ham islom dinini qabul qilgani uchun ko‘p aziyat chekdi. Mushriklarning zulmi jonidan o‘tib ketgach, Habashistonga hijrat qilishga qaror qildi. Makkadan besh kunlik yiroqdagi Barko‘lg’imod degan joyga yetib kelganda ibn Dag’na degan kishi bilan uchrashib qoldi. Ibn Dag’na qora qabilasining oqsoqoli edi. U Abubakrdan qayerga ketayotganini so‘radi. Abubakr qabiladoshlarining zulmidan qochib, yurtidan bosh olib chiqqanini, Ollohga ibodat qilishdan boshqa niyati yo‘qligini aytdi. "Yo‘qsillarning holidan xabar olsang, xesh-aqrobalaringga siylai-rahm qilsang, ojizlarni qo‘llasang, mehmonlarni ochiq chehra bilan kutsang, mazlumlardan yordamingai ayamasang, sendek odamni yurtidan haydab chiqarishadimi? Bu qanday noinsoflik, — dedi ibn Dag’na. — Yur, yurtingga qayt, seni men himoyamga olaman. Ibodatingni tug’ilib o‘sgan joyingda qil". Ikkovlon birgalashib orqaga qaytishdi. Ibn Dag’na quraysh oqsoqollariga uchrashib, Abubakrdek odamni yurtiga sig’dirmaslik adolatdan emasligini aytdi. Ibn Dag’naning o‘rtaga tushishi quraysh oqsoqollariga qattiq ta’sir qildi. "Abubakrga ayt. Xudosiga hovlisida ibodat qilsin, Ka’bada qur’on o‘qib bizni ranjitmasin. Oshkora diniy faoliyat olib bormasin. Unga ergashib bola-chaqamiz yo‘ldan ozishidan qo‘rqamiz", deyishdi ular. Abubakr bu talablarga rozi bo‘ldi. Toat-ibodatini o‘z uyida ado etaverdi. Keyinchalik hovlisiga masjid qurdirib, oshkora ibodat qilishga o‘tdi. Mushriklarning bola-chaqalari, ayollari kelib, uning qanday namoz o‘qishini, Qur’on tilovatini qiziqsinib kuzata boshlashdi. Abubakr ko‘ngli bo‘sh odam edi. Qur’on o‘qiganda o‘zini tutolmay ho‘ng-ho‘ng yig’lar edi. Quraysh oqsoqollarining yuragiga battar vahm tushdi, darrov ibn Dag’nani chaqirtirib kelib diydiyo qilishdi: "Sen o‘rtaga tushganing hurmati uchun Abubakr qaytib kelishiga, hovlisida namoz o‘qishiga rozi bo‘lgan edik. Lekin izzatini bilmagan bu kimsa hovlisiga masjid qurdirib, oshkora ibodatga o‘tdi. Bola-chaqamiz uning hovlisidan beri kelmay atrofida o‘ralashib yurishibdi. Ular yo‘ldan o’zib ketishidan qo‘rqyapmiz. Agar yashirin ibodat qilishga, baland ovozda Qur’on o‘qimaslikka va’da bersa berdi, bo‘lmasa, endi sen o‘rtaga tushma, xomiylikdan voz kech, bu odam o‘rtaga tushishingga arzimaydi. Endi uning oshkora ibodat qilishiga yo‘l qo‘yolmaymiz", deyishdi. Boshi qotgan ibn Dag’na: "Ey Abubakr, ikkalamiz yaxshi niyatda ahdu paymon qilishgan edik. Sen yo o‘sha paytdagi va’daga binoan ish tutishing, yo mening xomiyligimdan voz kechishing kerak. Sen tufayli odamlar orasida ibn Dag’na lafzida turmas ekan, degan gap tarqalishini istamayman", dedi. Abubakr uning xomiyligidan voz kechib, Ollohning himoyasiga suyanajagini bildirdi. Ularning o‘rtasidagi ahdning buzilishi Abubakrga juda ko‘p tashvish keltirdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:06:06
 O’sha paytda mushriklardan jabr ko‘rmagan musulmonning o‘zi yo‘q edi. Lekin bu azob-uqubatlar ularni dindan qaytarmadi, aksincha imonlarini mustahkamladi. Rasulullohga ergashganlar orasida musulmonchilik tufayli bu dunyoda biron narsaga erishishni ko‘zlagan, manfaat orqasidan quvgan odam yo‘q edi. Agar o‘rtada manfaat ilinji ko‘ndalang tursa ularning imondan qaytishi juda ham oson bo‘lardi.
Islom dini yoyilmasligi uchun qo‘llagan chora-tadbirlari samara bermaganidan, musulmonlarning soni kamayish o‘rniga ortib borayotganidan tashvishga tushgan mushriklar maslahat kengashiga yig’ildilar. Abdushams ibn Abdumonof jamoasidan Utba ibn Robia hammaga gapi o‘tadigan qabila boshliqlaridan biri edi. U yig’ilganlarga murojaat qilib: "Men Muhammadga uchrashib bir-ikkita narsani taklif etay, zora birontasini ma’qul ko‘rib, bizni o‘z diniga da’vat etishni to‘xtatsa", dedi. Bu fikr hammaga ma’qul tushdi. Utba izlab kelganda rasululloh masjidda namoz o‘qiyotgan edilar. "Ey jiyan, — dedi Utba. — Hammaga ma’lumki, sen nasl-nasabi toza odamsan. Shuning uchun seni qattiq hurmat qilamiz. Lekin hozir o‘ylab topgan ishing birligimizga putur yetkazdi, odamlarimizni aqlsizga, ma’budlarimizni qo‘lidan hech narsa kelmaydigan haykalga, dinimizni keraksiz ermakka, shu dinga e’tiqod qilgan ota-bobolarimizni kofirga chiqarding. Bu ishing bizni tashvishga solib qo‘ydi. Shu sababli huzuringga bir-ikkita taklif bilan keldim. Qaysi birini qabul qilsang, biz o‘shanisiga rozimiz". "Qanday takliflar ekan, eshitib ko‘ray-chi", - dedilar rasululloh. "Ey jiyan, agar yangi dinga da’vat qilishdan maqsading boylik topish bo‘lsa, mol-dunyo yig’ib, seni hammamizdan boy-badavlat odamga aylantirib yuboraylik. Agar ko‘ngling shon-shuhratni tusab qolgan bo‘lsa, o‘zimizga rahnamoyu boshliqlikka saylab faqat sening maslahating bilan ish tutaylik. Agar podsho bo‘lishni istasang, ertagayoq taxtga chiqaraylik. Mabodo jin chalib ketib, chorasiz dardi bedavoga uchragan bo‘lsang, sarf-harajatini to‘lab davolataylik. Bunaqa dardga chalingan odam davolanmasa tuzalishi qiyin", dedi Utba. "Gaping tugadimi?" deb so‘radilar rasululloh. "Ha, tugadi", dedi Utba. "Unday bo‘lsa, gaplarimga yaxshilab quloq sol, — dedilar sarvari olam va Qur’ondagi Fussilat surasining dastlabki oyatlarini o‘qidilar. — Bismillahir rohmanir rohim. Homim. Bu benihoya mehribon va shafqatli Olloh nozil qilgan vahiydir, oyatlari ravshan bayon etilgan kitobdir, biladigan qavm uchun nozil bo‘lgan bashoratchi va ogohlantiruvchi arabcha Qur’ondir. Afsuski, ularning aksariyati yuz o‘girishadi, unga (Qur’on oyatlariga) quloq solishmaydi. Ular dillarimiz chalg’igan, sen da’vat etayotgan narsalarni tushunmaymiz. Quloqlarimiz og’irlashib qolgan. Sen bilan bizning o‘rtamizda parda bor. Sen o‘z ishingni qil, biz ham o‘z tirikchiligimizdan qolmaylik, deyishadi. Sen ularga men ham sizlarga o‘xshagan odamman, menga yolgiz Ollohdan o‘zga iloh yo‘q, deya vahiy qilindi, unga yuzlaninglar, faqat undangina mag’firat tilanglar, degin. Mushriklarning holiga voy! Ular zakot berishmaydi, oxiratni inkor etishadi. Imon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga albatta uzluksiz savob berilajak. Sen ularga: Sizlar zaminni ikki kunda yaratgan Ollohni inkor etasizlarmi, unga shirk keltirasizlarmi? U jam’i olamlarning parvardigori, degin. Olloh zaminni, tog’larni barpo etib, qut-baraka koniga aylantirdi, jonli mavjudotlarning rizqini oldindan belgilab qo‘ydi. Bu ishlarni to‘rt kunda birdaniga nihoyasiga yetkazdi. Qiziquvchilar uchun shu javobning o‘zi kifoya. Shundan so‘ng osmonni yaratishga chog’landi, ungacha samo tuman holatida edi. Olloh osmon bilan zaminga o‘z maylingiz bilan yoki majburan keling, deb buyurdi. Ular o‘z ixtiyorimiz bilan keldik, deyishdi. Parvardigor yetti qavat osmonni ikki kunda yaratdi. Har bir osmonga o‘zining vazifasini tayin etdi. Eng pastdagi osmonni yulduzlar bilan ziynatlab asrab-avayladi. Bu hamma narsani bilguvchi muzaffar Ollohning tadbirlaridir. Agar ular (mushriklar) bo‘yin tovlashsa, sizlarni Od va Samud qavmlarining boshiga tushgan kulfatga o‘xshash azobdan ogohlantiraman, degin. Ilgari ketma-ket kelgan payg’ambarlar yagona Ollohdan boshqa narsaga ibodat qilmang, deyishsa, ular: agar parvardigorimiz istasa farishtalarni yuborar edi, biz bu payg’ambarlarni butunlay inkor qilamiz, deyishadi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:06:17
Utba, qarindoshligimizning haqqi-hurmati tilovatingni bas qil, dedi-da, shartta o‘rnidan turib, iziga qaytdi. Yo‘liga ko‘z tikib o‘tirgan oqsoqollarning huzuriga kelib: "Muhammaddan shunday gaplarni eshitdimki, xudo haqqi, ilgari bunday kalomni sira eshitgan emasman. Uning gaplari she’rga ham, kohinning duolariga ham, sehru joduga ham o‘xshamaydi. Ey quraysh oqsoqollari, Muhammadga tegmaylik, u o‘z maylicha yuraversin. Xudo haqqi Muhammadning menga aytgan gaplari hammayoqqa yoyilib, odamlarni qiziqtirib qo‘yadi. Mabodo Muhammadni boshqa qabilalar oradan ko‘tarib tashlashsa, uvdan oson qutilgan bo‘lasizlar, bordiyu, u g’olib chiqsa, bu sizlarning ham g’alabanglar hisoblanadi", dedi. Mushriklar Muhammad sening es-hushingni og’dirib qo‘yibdi shekilli, deyishdi va rasulullohga odam jo‘natib, ikkala tomonning odamlarini bir-biriga moslab, hammaga ma’qul keladigan yo‘l topishni taklif etishdi. Olloh taolo bunga javoban Kofirun surasini nozil qilib, rasulullohga yo‘l ko‘rsatdi: "Ey kofirlar, sizlarning cho‘qinayotgan butlaringizga men cho‘qinmayman, sizlar ham men ibodat qilayotgan Ollohga sig’inmaysizlar. Men sizlarning butlaringizga cho‘qinganim yo‘q, sizlar ham men topinayotgan Ollohga ibodat qilmadinglar. Sizlarning diningiz o‘zingiz uchun, meniki ham o‘zim uchun, degin". Bundan ruhlangan payg’ambar alayhis-salom: "Meni Ollohga sherik keltirish taklifinglarga ko‘nadi deb xomtama bo‘lmanglar", dedilar. Bu umidi ham puchga chiqqan mushriklar hech bo‘lmasa, Qur’ondagi ularning g’ashini keltiradigan, butlarni ayblab, butparastlikka tahdid soladigan oyatlarni boshqalariga almashtirishni, loaqal sal o‘zgartirishni o‘tinishdi. Olloh bunga javoban Yunus surasining 15-oyatini nozil qildi: "Qur’onni o‘zimcha o‘zgartirolmayman, faqat menga vahiy qilingan narsalargagina ergashaman, degin".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:06:26
Rasululloh bilan mushriklar shunday bahs-munozara qilayotgan kunlarning birida g’alati voqea yuz berdi. Bu hodisa ojiz odamni nazar-pisand qilmaslik durust emasligiga bir ishoradir. Rasululloh quraysh oqsoqollarini imonga keltirish umidida Qur’on bilan dinning mohiyatini tushuntirayotganlarida allaqachon musulmon bo‘lgan ko‘zi ojiz Abdulloh ibn Ummu Maktum kelib qoldi. Payg’ambar alayhis-salom quraysh oqsoqollarining samimiy muomalasidan erib, zora shu bahonada islomga kirib qolishsa degan umidda jon koyitib gapirardilar. Ummu Maktum: "Ey rasululloh, Olloh senga bildirgan narsalarni menga ham o‘rgatgin", dedi va gapni cho‘zib yubordi. Bu rasulullohning g’ashlarini keltirgan bo‘lsa-da, indamay oqsoqollar bilan suhbatlarini davom ettiraverdilar. Ayni vaqtda qurayshning kattalari Ummu Maktumni yoqtirishmasligini, agar suhbatni buzib, u bilan gaplashsalar endigina insofga kelib turgan oqsoqollar yana to‘nini teskari kiyib olishi mumkinligidan xavfsirab, unga qayrilib qaramadilar ham. Payg’ambar alayhis-salomning bunday muomalasi uchun Olloh koyib, Abasa surasining 1-10-oyatlarini nozil qildi: "(U) peshonasini tirishtirib, yuzini teskari burdi, chunki uning yoniga ko‘zi ojiz (Abdulloh) kelgan edi. Uning poklanishi yoki va’z-nasihat tinglab, bahra olishi mumkinligini sen qaydan bilasan? O’zing nasihatga behojat hisoblaydigan odamga esa yuzlanasan U poklanmasa, senga baribir emasmi? Sendan ma’rifat istab yugurib kelgan odam esa Ollohdan qo‘rqadi. Sen bu odamga qayrilib qaramading ham". Shu voqeadan keyin payg’ambar alayhis-salom biron faqir kimsaga olayib qaraganlari yo‘q. Mabodo Ummu Maktum kelib qolsa: "Robbim u tufayli meni koyigan kishi, marhabo, marhamat qilsinlar", derdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:06:35
Talab va shartlari o‘tmaganidan tarvuzi qo‘ltigidan tushgan mushriklar boshqacha yo‘l tutmoqchi, rasulullohdan biron mo‘jiza ko‘rsatishni talab qilib uyaltirmoqchi bo‘lishdi. Ular yig’ilishib: "Ey Muhammad, agar rost payg’ambar bo‘lsang oyni ikkita qilib ko‘rsat", deyishdi. Olloh o‘z payg’ambarini mulzam qilib qo‘ymaslik uchun oyni qoq ikkiga bo‘lib ko‘rsatdi. Rasululloh: "Ana, ko‘ringlar", deya osmonga ishora qildilar. Bu g’aroyib hodisani juda ko‘p kishilar aynan bir xil rivoyat qilishgani uchun yolg’on bo‘lishi mumkin emas. Olloh taolo bu voqeani Qamar surasining 2-7-oyatlarida: "Qiyomat yaqinlashdi, oy bo‘lindi", deya bayon etadi. Mushriklar bu voqeadan ta’sirlanish o‘rniga Muhammad sehr ishlatib, odamlarning ko‘zini bog’ladi, deyishdi. Olloh yuqoridagi suraning 3-oyatida: "Ular biror mo‘jizani ko‘rganda teskari qarashadi, uni odatdagi sehr deyishadi", deydi. Shundan keyin mushriklar qarshilik ko‘rsatish niyatida qaysarlik bilan rasulullohdan boshqa mo‘jiza ko‘rsatishni talab qilishadi va xuddi Isro surasining 90-93-oyatlarida bayon etilgandek shart qo‘yishadi. "Toki sen yer ostidan bironta buloqni qaynatib chiqarmaguningcha gaplaringga aslo ishonmaymiz. Yo qoq o‘rtasidan kattakon anhor oqib o‘tadigan xurmozor, tolzor bog’iig bo‘lsin, yo o‘zing aytgandek ustimizga osmonni parchalab tashla, yo payg’ambarligingga guvoh qilib xudo bilan farishtalarni oldimizga olib kel. Loaqal biz o‘qiy oladigan biron kitob ko‘rsatmaguningcha osmonga chiqib tushganingga ishonmaymiz", deyishadi ular. Olloh ularning talablariga javoban Isro surasiiiig 90-93-oyatlarida: "Sen, robbim pokdir, men bor-yo‘gi payg’ambar bo‘lgan bir insonman, degin", dedi. Mushriklarning dili mutaassiblik va jaholat bilan shu qadar qorayib ketganki, har qancha mo‘jiza ko‘rsatilsa ham, baribir, imonga kelishmasligini parvardigor yaxshi bilar edi. Shu bois An’om surasining 109-oyatida bu haqda shunday deydi: "Ularga mo‘jiza ko‘rsatilsa-da, baribir, ishonmasligani bilmaysizlarmi?" Anfol surasining 32-oyatida aytilgandek: "Ey Olloh, Qur’on chindan ham sen tomondan nozil qilingan bo‘lsa, ustimizga tosh yog’dirgin yoki bizga og’ir azob yuborgin", degan odamlardan yaxshilik kutish mumkinmi? Dili qoraygan bu kimsalar Qur’onni chindan ham sen yuborgan bo‘lsang bizni hidoyat qilgin, deyishgani yo‘q. Ular payg’ambarni mulzam qilish niyatida mo‘jiza ko‘rsatishni so‘rashar, xudoning elchilari esa imon keltirishdan bosh tortayotgan kofirlar Od va Samud qavmidek qirilib ketishidan qo‘rqib ular istagan mo‘jizani xudodan so‘rashmas edi, Olloh Isro surasining 59-oyatida aytgan gaplari bu fikrni tasdiqlaydi: "Avvalgilarning karomatlarini yo‘qqa chiqarishgani uchun mo‘jizalarni namoyon etmadik".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:06:45
Iso alayhis-salom Hirdavsning huzuriga kirganlarida u payg’ambardan mo‘jiza ko‘rsatishni talab qilgan. Isoyi masih talabini rad etgani uchun Hirdavs u zoti muborakning ustilaridan kulib, payg’ambarning ashaddiy dushmani Bilotusga qaytarib bergan. Vaholanki, u Iso alayhis-salom uchun jon koyitar, u kishi bilan ko‘rishishni orzu qilardi. Faqat qulfi dili muhrlangan bo‘lgani uchun unga imon esh bo‘lmadi. Bu voqea Injilning Luqo nusxasidagi 23-bobida batafsil bayon etilgan. Mushriklar musulmonlarni biron dalil-isbot bilan lol etolmagach, kuch ishlatishga qaror qilishdi. Ibrohim payg’ambarning qavmi ham chorasiz qolganda shunday sharmisorlikdan qaytmagan edi. Anbiyo surasining 69- oyatida bu yovuz qavm tilidan shunday deyilgan: "Ibrohimni kuydirib ma’budlaringizga yordam bering, deyishdi". Mushriklar ham musulmonlarning rasulullohga ergashishga yo‘l qo‘ymaslik uchun har qadamda bir shumlik o‘ylab topishdi, qo‘llaridan kelgan har qanday razolatdan qaytishmadi. Rasululloh sahobalarga: "Turli tomonga tarqalib ketinglar, Olloh tez kunlarda sizlarni topishtiradi", dedilar. Sahobalar qayoqqa borishni so‘rashganida rasululloh Habashistonga yo‘l ko‘rsatdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 04 Avgust 2006, 08:06:58
HABASHISTONGA QILINGAN DASTLABKI HIJRAT

Vaziyat keskinlashib, musulmonlarning hayoti xavf ostida qolgani uchun rasulullohning ko‘rsatmasiga binoan bir qism odam diniy ta’limotni asrash niyatida uy-joy, mol-mulkini tashlab, yurtini tark etishga qaror qildi. Bu islom tarixidagi dastlabki hijrat edi. Muhojirlardan o‘n kishi erkak va beshovlon ayol bo‘lib, bular Usmon ibn Affon va uning rafiqasi, rasulullohning qizlari Ruqiyya, Abu Salama ayoli Ummu Salama bilan, Abu Salamaning o‘gay birodari Abu Subra ibn Abu Rahm ayoli Ummu Gulsum bilan, Omir ibn Robiya ayoli Laylo bilan, Abu Xuzayfa ibn Utba ibn Robiya ayoli Suhaylning qizi Sahla bilan, Abdurahmon ibn Avf, Usmon ibn Maz’un, Mus’ab ibn Umayr, Suhayl ibn Bayzo, Zubayir ibn Avvomlar edi. Ibn Hishomning rivoyat qilishicha, Usmon ibn Maz’un ularga boshliq etib tayinlandi. Muhojirlar ko‘p mashaqqatlar chekib, Qizil dengiz sohiliga kelishdi va bir kemani yollab, ko‘zlangan manzillariga sog’-salomat yetib olishdi. Mushriklarning jabr-sitamlaridan qutulib, Habashistonda xotirjam yashay boshladi. Rasululloh bilan Makkada sanoqligina musulmon qoldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:15:06
UMARNING MUSULMON BO’LISHI

Xuddi mana shu qaltis vaziyatda quraysh qabilasidagi aslzoda, sheryurak kishilardan biri Umar islom diniga kirdi. To shu paytgacha u musulmonlarning ashaddiy dushmani bo‘lib, rasululloh tarafdorlariga juda ko‘p ozoru kulfatlar yetkazgan edi. Habashistonga jo‘nab ketgan Laylo bu haqda shunday hikoya qiladi: Umar ibn Xattob musulmon bo‘lganimiz uchun bizni juda yomon ko‘rardi. Men safarga otlanib, endigina tuyaga minganimda Umar kelib qayoqqa ketayotganimni so‘radi. Men, islom diniga kirganimiz uchun sizlardan ko‘p jabr ko‘rdik, endi biron tinchroq joy topib, jonimizni asramoqchimiz, dedim. Umar oq yo‘l tilab qoldi. Erim kelgach, unga Umarning to‘satdan shirinso‘z, muloyim bo‘lib qolganini aytdim. Omir: "Umarni imonga keladi, deb umid qilmay qo‘ya qol. Xudo haqqi, eshagi musulmon bo‘lmaguncha Umar imon keltirmaydi", dedi. Omir Umarning musulmonlarga nisbatan qo‘pol va shafqatsizlitani yaxshi bilgani uchun shunday degan edi. Mana shu berahm odam rasulullohning qilgan duolari xosiyati gufayli islomga kirdi. Payg‘ambar alayqis-salom: "Ey xudo, Umar bilan islom dinini quvvatlantirgin", deya duo qilgan edilar. Oradan ko‘p o‘tmay Umar musulmonlar to‘planadigan Arqam ibn Abu Arqamning hovlisida imon keltirdi. Parvardigor Umarning diliga imon solish bilan rasulullohning orzusini ro‘yobga chiqardi. "Sahih-ul-Buxoriy"da rivoyat qilinishicha, Umar islomga kirgach, musulmonlar kuchayib, o‘zlariga ishonch paydo bo‘lgan va uning talabiga binoan nomozni masjidda o‘qiy boshlashdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:15:32
Umarning musulmonlar safiga o‘tganini ko‘rgan mushriklarni g‘am bosdi, undan qanday o‘ch olishni bilmay oxiri o‘ldirishga qaror qilishdi. Bir to‘da mushrik til biriktirib Umarning uyi atrofida izg‘ib yurishganda bani sahimlik Os ibn Voil kelib qoldi va uy egasidan nima bo‘lganini so‘rab-surishtirdi. "Musulmonchilikni qabul qilganim uchun sening qavming meni o‘ldirmoqchi", dedi Umar. "Men bunday sharmandalikka yo‘l qo‘ymayman", dedi Os va seldek oqib kelayotgan quturgan olomonning yo‘lini to‘sib chiqdi. "Biz dinini sotgan Umarni o‘ldirmaguncha qo‘ymaymiz, yo‘ldan qoch", dedi ko‘zi qonga to‘lgan johillar. "Jonidan to‘ygan odam Umarning uyiga yaqinlashsin", dedi Os qilichini yalang‘ochlab. Uning vajohatini ko‘rgan olomon orqasiga chekindi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:15:56
MUHOJIRLARNING HABASHISTONDAN QAYTIB KELISHI

Habashistonga ketgan muhojirlar uch oydan keyin qaytib kelishdi. Ular ozchilik bo‘lgani uchun begona yurtga ko‘nikolmay aziyat chekishdi. Bundan tashqari ular qurayshning aslzoda zodagonlaridan bo‘lib, shohona hayotga, el-yurt orasida izzat-ikromga o‘rgangan ayollarga g‘urbatdagi g‘aribona hayot behad zerikarli tuyuldi.
Ba’zi tarixchilar muhojirlarning Habashistondan qaytib kelishiga haqiqatdan yiroq bir voqeani sabab qilib ko‘rsatishadi. Emishki, rasululloh Van-najm surasining: "Sizlar Lot, Uzzo va Monot haqida menga gapirib beringlar", degan oyatlarini o‘qib, mushriklar cho‘qinadigan butlar haqida yaxshi gaplarni aytganmishlar, bu sanamlar ulug‘ farishtalar bo‘lib, ularning shafoatiga ikkilanmay umid bog'lash mumkin, deganmishlar. Bu gapdan terisiga sig‘may quvonib ketgan mushriklar payg‘ambar alayhis-salom bilan birga sajda qilishganmish. Bunday tuturiqsiz rivoyatni duch kelgan narsa haqida bilar-bilmas aljirayveradigan befahm odamgina aytishi mumkin. Bu rivoyat butunlay yolg‘onligiga aqliy va naqliy dalillar keltirib o‘tamiz. Bu hadis sanadi (ya’ni rivoyat qiluvchi vositasi) va matni jihatdan ham poyma-poy. Qozi Iyoz "Shifo" nomli asarida bu hadisning sahih hadislar kitobiga kiritilmaganini va biron muhaddis uni ishonchli sanad asosida zikr etmaganini ta’kidlaydi. Hadisning matnidan kelib chiqsak, butlarni ayblab turib, ularni madh etish mantiqqa zid. Rasululloh ham, sahobalar ham dinni hech qachon bunday usul bilan targ‘ib etgan emas, sahobalarga bunday ayb qo‘yish aqlga ziddir. Mabodo butlar maqtalsa, Najm surasining 23-oyatidagi: "Bu butlar faqat siz va ota-bobongiz e’zozlagan quruq ismlardan boshqa narsa emas.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:16:15
Olloh buni isbotlash uchun hatto biron dalil hujjat tushirgani ham yo‘q", deyilgan fikrdan keyin hamma narsa ostin-ustun bo‘lib ketmaydimi? Bordi-yu, shunday hodisa yuz bergan taqdirda mushriklar rasululloh bilan san-manga borgan paytlarida bu narsani olamga doston qilishmasmidi? Hech qanday dalil-hujjati yo‘q ko‘r-ko‘rona tarsolik tufayli idroki susaygan mushriklar bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy berishadimi? Nafsilamrini aytganda, bu qiblaning Baytulmuqaddasdan Ka’baga o‘zgartirilishidan kichik ish emas. Kofirlar qiblaning o‘zgarishi xususida ham ancha-muncha shov-shuv ko‘tarishdi. Olloh taolo Baqara surasining 142-oyatida: "Ba’zi ahmoq odamlar musulmon ko‘z tikib turgan qiblasidan nega yuz o‘girishdi, deyishadi", deya bu kimsalarni ahmoq deb ataydi. Ashaddiy din dushmani bo‘lmish eng johil mushrik ham nega o‘zing ayblagan xudolarimizni maqtayapsan, deyishi turgan gap. Hatto qo‘liga qurol olib rasulullohga qarshi turganlari ham biron marta bunday so‘z aytmagan.
Mazkur hikoyani naql etgan va uni Habashistondagi muhojirlarning qaytib kelishiga sabab qilib ko‘rsatgan tarixchilar, hijrat vaqti rajab oyi, qaytishlari esa shavvol oyi, Van-najm surasi esa ramazon oyida nozil bo‘lgan deyishadi. Dsmak, Van-najm surasining tushishi bilan muxojirlarning qaytib kelishi oralig‘ida roppa-rosa bir oy vaqt o‘tgan. Ma’lumki, u paytlarda Makkadan Habashistonga borib kelish uchun bir oy muddat kamlik qilardi. Suvda kemalar qatnovi hozirgi taraqqiyot darajasida emas, qochib ketayotganlarning musulmonchilikni qabul qilgan qurayshlar ekanini yetkazadigan telegraf yo‘q edi. Bundan ushbu rivoyatni islomning ashaddiy dushmani, ko‘ngliga kelganini o‘ylab-netib o‘tirmay valdirayveradigan kimsalar to‘qib chiqargan, degan xulosani aytish mumkin.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:16:25
Tuhmatchi kazzoblar bilan bizning oramizda adolatli hukm chiqaruvchi Olohning muqaddas kitobi bor. Baqara surasida u nafsi va xohishiga qarab gapirmaydi, degan oyat bor. Yuqoridagi fikrni payg‘ambar alayhis-salomning diliga shayton soldi, degan eng qabih tuhmatdir. Rasululloh vahiyga shak keltiradigan gaplarni aytishlari sira mumkin emas. Sajda borasida "Sahihul Buxoriy" da Abdulloh ibn Mas’udning rivoyati keltirilgan": "Payg‘ambar alayhis-salom Van-najm surasini o‘qib, sajda qilgan edilar, birga nomoz o‘qiyotganlarning hammasi u kishiga ergashdi, faqat bir kishi sajda qilmay, bir siqim toshni olib peshonasiga bosdi-da, menga mana shuning o‘zi kifoya, dedi. Ko‘p o‘tmay uning kofir holatida o‘ldirilganining guvohi bo‘ldim". Bu rivoyatdan payg'ambar alayhis-salom bilan birga mushriklar ham sajda qilishgan ekan-da, degan xulosa chiqmaydi. Aksincha, Abdulloh ibn Mas’ud aytgan odam islom diniga kirib, keyinchalik murtad holatida o‘ldirilganligi anglashiladi. Bir guruh odam mushriklarning jabr-zulmlariga chidolmay imoni zaiflik qilib, murtad bo‘lib ketishgan. Shundaylarning biri Ali ibn Umayya ibn Xalaf edi.
Habashistondan qaytgan muhojirlarni himoyasiga olib, pushtipanoh bo‘ladigan kishisi borlargina Makkaga kira olar edi; Abu Salama amakisi Abutolibning, Usmon ibn Maz’un Valid ibn Mug‘iraning himoyasi ostida Makkaga kirdi, biroq Validning musulmonlarga tinmay yomonlik qilayotganini ko‘rgach, qanday bo‘lmasin jonini asrashga vijdoni yo‘l qo‘ymay, uning pushti-panohligidan ixtiyoriy voz kechdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:16:46
QARORNING YOZILISHI

Quraysh mushriklari islom dinini yo‘qotish chorasini topolmay rasululloh mansub Abdumonof urug‘iga u kishini tiriklay topshirib, evaziga istagancha badal olib turishni taklif etishdi. Biroq ularning taklifi rad etildi. Gapi yerda qolgan mushriklar Abutolibga kishi qo‘yib, payg‘ambar alayhis-salomni qurayshning istagan yigitiga almashtirib berishni so‘rashdi. "Voajab,— dedi Abutolib yoqasini ushlab. — Sizlar bolangizni menga boqqani berar ekansizlaru men o‘z bolamni o‘ldirgani sizlarga topshirar ekanmanmi?" Bu javobdan quturgan mushriklar toki Muhammad alayhis-salomni o‘z qo‘llari bilan qatl etishga topshirmagunlaricha Hoshim va Muttalib jamoasini yakkalab, ular bilan savdo-sotiqni to‘xtatishga, tavbasiga tayanishmasa, Makkadan haydab chiqarishga qaror qilishdi. Qaror yozilgan qog‘oz Ka’baning o‘rtasiga osib qo‘yildi. Shu kundan e’tiboran ikki jamoaning Abulahabdan boshqa hamma odami musulmon, kofirligidan qat’iy nazar Abu Tolib darasiga qamal qilindi. Abdumonof urug'idan Abdushams va Navfal jamoasi qamalga olinganlarga yerdam qo‘lini cho‘zmadi. Qamalda qolganlarning holi tang bo‘lib, daraxtlarning yaproqlarili yeb jon saqlashdi. Quraysh mushriklari hatto o‘zga yurtlardan kelgan savdogarlarni ham bu yerga yaqin yo‘latishmadi. Aql bovar qilmas bu yovuzlikda ayniqsa Abulahab jonbozlik ko‘rsatdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:17:06
HABASHISTONGA QILINGAN IKKINCHI HIJRAT

Payg‘ambar alayhis-salom jamoasi qamalga olingach, odamlar bir-biriga ko‘maklashib, mehr-oqibat ko‘rsatishlari uchun rasulluloh musulmonlarga Habashistonga safarga otlanishni buyurdilar. Sakson uch erkak bilan o‘n sakkiz ayol yo‘lga chiqdi. Ular orasida Ja’far ibn Abutolib va uning ayoli Umaysning qizi Asmo, Miqdod ibn Asvad, Abdulloh ibn Mas’ud, Ubaydulloh ibn Jahsh va uning ayoli, Abu Sufyonning qizi Ummu Xubayba bor edi. Yamanlik musulmonlardan Abumuso Ash’ari o‘z yaqinlari bilan ularga hamroh bo‘ldi. Bundan xabar topgan mushriklar Habashiston podshosi Najoshiyga Amr ibn Os hamda Umora ibn Validni juda ko‘p sovg‘a-salomlar bilan jo‘natib, musulmonlarni yurtiga kiritmay qaytarib yuborishni so‘rashdi. Najot istab kelgan kishilardan muruvvatini darig‘ tutishni talab etishgani Najoshiyga og‘ir botdi. U mushriklarning elchilarini qattiq haqoratlab iziga qaytarib yubordi. Muhojirlar Habashistonda quchoq ochib kutib olindi. Biroq darada qolgan musulmonlar uch yilgacha benihoya azob-uqubatlarga giriftor bo‘ldilar. Ular faqat imonli odamlar xufyona yetkazib bergan oziq-ovqatlar bilan bir amallab jon saqladilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:17:27
QARORNING BEKOR QILINISHI

Quraysh oqsoqollaridan besh kishi bu mash’um qarorning bekor etilishini talab qilishdi. Qamalga olinganlarga hammadan ko‘p qayg‘urgan Hishom ibn Amr ibn Alhoris Al’omiri, rasulullohning ammalari Otikaning o‘g‘li Zuhayir ibn Abu Umayya Maxzumi, Mut’am ibn Adi Navfali, Abulbuhtari ibn Hishom Al’asadi, Zam’a ibn Al’asad kechasi maslahat kengashiga yig‘ilib, qat’iy qarorga kelishdi. Tong otganidan keyin Zuhayr Baytullohni ziyorat qildi-da, odamlarga yuzlanb: "Ey Makka xalqi, bizning yeyishga ozig‘imiz, kiyishga kiyimimiz bor. Hoshim bilan Muttalib jamoasi halok bo‘lish arafasida turibdi. Ular savdo-sotiq qilish xuquqidan mahrum. Xudo haqqi, bu shafqatsiz, nohaq qaror yirtib tashlanmaguncha men o‘taomay tik turaveraman", dedi. Shunda Abu Jahl yolg‘on aytyapsan, dedi. Uning gapidan ta’sirlangan Zam’a ibn Asvad Abu Jahlga: "Sen o‘zing slg‘onchisan. Biz boshdayoh bunday qarorga qarshi edik", dedi. Abulbuhtari uning fikrini qo‘llab-quvvatladi. Mut’am ibn Adi: "Sizlar rost gapni aytdinglar. Abu Jahlning fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi", dedi. Hishom ibi Amr ham ularning gapini yoqladi. Ko‘pchilikning gapidan ruhlangan Mut’am ibn Adi devorga yopishtirib qo‘yilgan qarornomani yirtib tashladi. Qurt nomani yeb bitirgan edi. Unda faqat Ollohning nomi yozilgan joyigina qolgan edi. Bunday bo‘lishini Rasul alayhis-salom amakisi Abu Tolibga oldinroq aytgan edi. Darada qamal qilinganlar ozodlikka chiqib, o‘z makonlariga yo‘l oldilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:17:48
NAJRON ELCHILARINING TASHRIFI

Payg'ambar alayhis-salom qamaldan chiqqanlaridan keyin nasroniy diniga e’tiqod qiluvchi najronlardan vakillar tashrif buyurishdi. Ular panoh istab Habashistonga borgan musulmonlardan rasululloh haqida eshitgan, u zotning Injilda bayon etilgan sifatlarini qiyoslab ko‘rish uchun yuborilgan yigirma nafar elchi edi. Najronlar Qur’on oyatlarini eshitgach, hammalari barobariga imon keltirishdi. "Dunyoda sizlarga o‘xshagan ahmoq odamlarni ko‘rmaganman", — dedi Abu Jahl ularning ustidan kulib. — Xalqingiz sizlarni Muhammad nimalar qilib yurganini bilish uchun yuborgan bo‘lsa-yu, sizlar he yo‘q, be yo‘h dininglarni o‘zgartirib, el-yurtingizga xiyonat qilib o‘tiribsiz. Najronlar: "Bizning g‘amimizni yeb qayg‘urayotganingiz uchun rahmat. Bu yerga munosabatimizni buzish uchun emas, yaxshi niyat bilan kelganmiz. Sizlarning diningiz o‘zingizga tan, biz yangidan tanlaganimiz o‘zimizga tan. Bu masalada arazlashmaylik", deyishdi. Olloh taolo Qasos surasining 52-55-oyatlarida bu xususda shunday deydi: "Qur'ondan ilgari biz kitob nozil qilganlar (yahudiy va nasroniylarning mo‘minlari) Qur’onga ishonishadi. Ularga Qur’on tilovat hilinsa, biz unga ishondik, u parvardigorimiz tomonidan nozil etilgan haqiqatdir, biz bundan ilgari ham haqiqiy musulmon edik, deyishadi. Ularning sabr-qanoati uchun qo‘shaloq savob beriladi, ular yaxshilik orqali yomonlikni daf etishadi. Biz ularga rizq qilib bergan ne’matlarni yaxshilik yo‘liga sarflashadi. Behuda gaplarni eshitishganda teskari qarab: bizning amallarimiz o‘zimizga, sizlarniki ham o‘zinglarga tan, omon bo‘linglar, biz nodonlar bilan do‘stlashishni istamaymiz, deyishadi".
Makka mushriklari rasulullohni da’vatdan qaytarish chorasini topolmagach, u kishi keltirgan dalillarga javoban hujjat keltirolmagach, payg‘ambar alayhissa-lomni goh sehrgarga, goh yolg‘onchiga, goh jinniga, goh folbinga chiqarishdi. Shu bilan o‘zlarini kulgiga qo‘yib, sharmisor bo‘lishdi. Qur’oni Karimdagi Anfol surasining 32-oyatida aytilganidek: "Ey Xudo, Qur’on chindan ham sen tomondan nozil etilgan bo‘lsa, ustimizga osmondan tosh yog‘dir yoki bizga qattiq azob ber", deyishdan uyalishmadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:18:11
XADICHA RAZIYALLOHU ANHUNING OLAMDAN O’TISHI

Payg'ambar alayhis-salom qamaldan chiqqanlaridan keyin ko‘p o‘tmay umr yo‘ldoshlari Xadicha raziyallohu anhu olamdan o‘tdi. Hali dini islom yo‘lidagi qiyinchiliklar bartaraf etilmagan, oldinda Madina hijrati bor edi. Rasululloh Xadichani ko‘p eslar edilar, birinchilar qatori imon keltirgan bu pokiza zotning fazilatlarini chuqur qayg'u va jon o‘rtaguvchi anduh bilan yodga olardilar, muslima ayollarga ibrat qilardilar. Sarvari olam Ibrohimdan boshqa bolalarining hammasini Xadichadan topgan edilar. Xadichadan tug‘ilgan to‘ng‘ich qizlari Zaynab islomdan avval Abu Os ibn Robiaga nikohlanib, ular Umoma ismli qiz ko‘rishgan, Fotimaning vafotidan keyin uni Ali ibn Abutolib iikohiga olgan edi. Usmon rasulullohning Xadichadan topgan qizlari Ruqiya bilan turmush qurib, Habashistonga birga ketishgan, u vafot etgach, Madinada payg‘ambar alayhis-salomning boshqa qizlari Ummu Gulsumga uylangan. Sarvari olamning kenja qizlari Fotima Ali ibn Abutolibga turmushga chiqqan. Rasulullohning Xadichadan topgan bolalari bu olamdan juda erta ketishgan. Otadan keyin qolgan Fotima ham uzoq yashamagan.
Yaqin hamdami, og‘ir damlarda maslahatgo‘yi, o‘z qabilasidagi obro‘-e’tibori tufayli qaltis vaziyatlarda qalqon bo‘la oladigan suyanchig‘i Xadichaning vafoti rasulullohni qattiq iztirobga soldi. U kishi Xadichadan Qosim, Abdulloh degan o‘g‘illar ko‘rganlar. Rasulullohga Qosim o‘g‘illarining ismi bilan ham murojaat qilishardi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:18:31
RASULULLOHNING SAVDAGA UYLANISHLARI

Xadicha vafot etgan oyda payg‘ambar alayhis-salom omiriyalik Zam’aning qizi Savdaga uylandilar.
Savda qarindosh-urug‘larining qattiq noroziligiga qaramay imon keltirgan va eri Sakron ibn Amir bilan qiyin-qistovga olingach, Habashistonga hijrat qilgan ayol edi. Safardan qaytgach, Sakron ibn Amir vafot etib, Savda tul qoldi. Rasululloh bu ayolni nikohlariga olib, mushrik, qarindoshlarining taz’iqidan, har xil kimsalarning tanayu malomatlaridan saqlab qoldilar, qolaversa, u kishiga imonli, islom saboti bilan kurashuvchi bir hamdam zarur edi. Agar bu nikoh bo‘lmasa, Savdaning qarindoshlari uni dindan qaytarishga urinishar, beva ayol chorasiz qolib, ularning yo‘rig‘iga yurib ketishi ham ehtimoldan xoli emasdi. Bundan tashqari nasl-nasabi yuqori Savda uziga munosib umr yo‘ldoshi topguncha vaqt o‘tib, qarib ketishi va turmush qurishga rag‘bati qolmasligi ham mumkin edi.
Rasulullohning har bir ishlarida boshqalarning aqli bovar qilmaydigan hikmat bor.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:18:50
RASULULLOHNING OISHAGA UYLANISHLARI

Hadicha vafot etib, oradan bir oy o‘tgach, rasululloh do‘sti Abubakrning hali yettidan o‘tmagan qizi Oishani nikohlariga olib qo‘ydilar. Rasululloh Oyshadan boshqa qiz olgan emaslar. Madinaga hijrat qilishganidan keyingina ikkalovi bir yostiqqa bosh qo‘yishdi, ungacha payg'ambar alayhis-salom Savda bilan Makkada hayot kechirdilar.
Xadichaning vafotidan bir oy o‘tar-o‘tmas rasulullohning amakilari Abutolib olamdan o‘tdi. Garchand u kishi Muhammad alayhis-salomning payg'ambarligiga shubha bildirmagan, sarvari olamni din dushmanlarining xurujlaridan hamisha himoya qilgan bo‘lsa-da, o‘zi iymon keltirib, musulmonchilikka kirmadi. Bu haqda Qasos surasining 57-oyatida bunday deyiladi: "Sen yaxshi ko‘rgan odamingni hidoyat qilolmaysan, lekin Olloh istagan odamini hidoyat qiladi, hidoyat topguvchilar unga yaxshi ayon". Abutolib rasulullohga pushti-panoh bo‘lgani uchun Olloh u kishining gunohlarini yengillatadi, deya umid qilamiz.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:19:04
Rasulullohning qarindosh-urug‘lari islom diniga kirmaganida ham hikmat bor, agar ular payg‘ambar alayhis-salomga ergashib, darrov islom diniga kirishsa, mushriklar Muhammadning qavmi ustunlikka erishib, podsholikni qo‘lga kiritmoqchi, shuning uchun yangi din o‘ylab topishdi, deyishardi. Rasulullohga ergashganlar butunlay begona, hatto payg‘ambar alayhis-salomga dushman bani Umayya qavmidan Usmon ibn Affondek kishilar ekanini ko‘rgach, qanday vaj-korson ko‘rsatishni bilmay Muhammad er-xotinni bir-biridan judo qiladigan sehrgar, g‘oyibni bilaman deydigan kohin, deya ig‘vo tarqatishga o‘tishdi. Eng yaqin kishilaridan ayrilganlari yetmagandek mushriklarning xurujlari avj olgani rasululloh uchun g‘oyat og‘ir musibat bo‘ldi.
Abutolibning vafotidan keyin ilgari sal hayiqib turgan mushriklar endi ochiqdan-ochiq dushmanlik qila boshladilar. Rasululloh ko‘chada ketayotganlarida ustlaridan tuproq sochishar, namoz o‘qiyotganlarida boshlariga qo‘yning yelinini yepishtirib qo‘yishar, sen nega shuncha ilohni bir ilohga aylantirmoqchisan, deya o‘jarlik bilan hadeb bitta savolni takrorlayverishardi. Musulmonlar oz, jismoniy va harbiy qudratga ega bo‘lmaganliklari uchun u kishini himoya qilishga botinisholmasdi. Faqat bir safar Abubakr: "Robbim yolg‘iz Olloh degan kishiga shuncha zulm qilasizlarmi?" deya o‘rtaga tushdi. Payg‘ambar alayhis-salomning ahvollari kundan-kunga og‘irlashaverdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:19:29
RASULULLOHNING TOIFGA HIJRATLARI

Mushriklarning jabru sitami haddidan oshib ketgach, rasululloh Makkaning sharqi-janubida joylashgan Toifdagi saqif qabilasidagilardan yordam so‘ramoqchi hamda shu bahonada ularni dinga da’vat etmoqchi bo‘ldilar.
Saqif qabilasi orasida payg‘ambar alayhis-salomning qarindoshlari ham bor edi. Sarvari olam ozodgardasi Zayid ibn Horisa bilan qabila oqsoqollari huzuriga bordilar. Amir ibn Umayr Soqifning o‘g‘illari Abdiyolil, Mas’ud, Habib qabila boshlig‘i edilar. Rasululloh gapni dinga da’vatdan boshladilar va shu zahoti qattiq zarbaga uchradilar. Muhammad alayhis-salom bu yerga bekorga kelganlarini, urinishlari zoe ketishini anglab afsuslandi va bu yerga kelishlarini quraysh mushriklari noto‘g‘ri tushunishlaridan, bizga qarshi kuch to‘playapsan degan xavotirda dushmanlikni battar avj oldirib yuborishlaridan xavfsirab kelganlarini sir tutishlarini o‘tindilar, biroq oqsoqollar u kishining iltimosini rad etishdi. Bunisi ham yetmagandek ahmoq odamlar bilan bolalarni gij-gijlab, rasulullohning yo‘lini to‘sib tosh ottirishdi. Zayid ibn Horisa himoya qilishga harchand urinmasin rasulullohning oyoqlari yaralandi. U kishi qocha-qocha bir tup tok tagiga kelib dam olmoqchi bo‘ldilar. Biroq, tok ashaddiy dushmanlari Utba bilan Shaybaga qarashli ekanini bilgan rasululloh bu yerda bir nafas turishni ham istamadilar. Payg‘ambar alayhis-salom: "Ey parvardigorim, — deya haq taologa murojaat qildilar. — Tanimda madorim, el-yurt orasida hurmat-e’tiborim qolmagani uchun senga shikoyat qilyapman. Ey ulug' hurmatga sazovor zot, sen ojizlarga yordam berguvchisan, yaratgan robbimsan, meni kimlarga topshirib qo‘yding? Agar g‘azab qilmasang bu qiyinchiliklar menga pisand emas". Bu gaplarni eshitib turgan Utba bilan Shaybaning rahmi kelib rasulullohga quli Addosdan bir bosh uzum berib yuborishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:19:42
Payg‘ambar alayhis-salom: "Bismillahir rohmanir rohim" deb uzumni yeya boshladilar. Addos: "Bu yurtning odamlari bunday gaplarni aytishmasdi. Qayerliksan?" — deb so‘radi "Sen o‘zing qayerliksan? Qaysi dinga e’tiqod qilasan?" — deb so‘radilar rasululloh. "Men Dajla daryosi bo‘yiga joylashgan Ninavay shahridanman. Nasroniy diniga e’tiqod qilaman", dedi Addos. "Yunus ibn Matto degan yaxshi odamning yurtidan ekansan-da", dedilar sarvari olam. "Sen u kishini qaydan bilasan?" deya qiziqsindi Addos. Rasululloh Qur’ondagi Yunus qissasini o‘qib berdilar. Bu hikoyatdan qattiq mutaassir bo‘lgan Addos kalima keltirib, musulmon bo‘ldi.
Jabroil alayhissalom kelib payg‘ambar alayhis-salomga: "Olloh xalqning senga o‘tkazgan jabr-zulmlari uchun nima qil desang men shuni bajo keltirishga Olloh tomonidan yuborilganman", deganda rasululloh: "Ey parvardigor, xalqimni hidoyat qil, chunki uning hech narsadan xabari yo‘q, omi", deganlar. Shunda Jabroil: "Olloh taolo seni mehr-shafqatli, rahmdil deb rost aytgan ekan", deydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:19:54
Payg‘ambar alayhis-salom Naxla degan joyga kelganlarida bir guruh jinlar paydo bo‘lishdi va Qur’on oyatlarini eshitib, imon keltirishdi. Ahqof surasining 29-32-oyatlari mana shu jinlar haqida nozil bo‘lgan: "Vaqti kelib, bir guruh jinlarni Qur’on eshitishga yubordik. Ular yetib borishgach, bir-biriga jim turinglar deyishdi. Qur’on tilovati tugagach, ular ogoh etuvchilar bo‘lib o‘z qavmiga qaytib ketishdi. Ular: "Ey qavm, biz Musodan keyin nozil bo‘lgan, avvalgi kitoblarga mos keladigan, haq dinga va to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan kitobni eshitdik. Ey qavm, Ollohga da’vat etuvchining haq so‘zlarini qabul etinglar va Ollohga ishoninglar, parvardigor ba’zi gunohlarni mag‘firat qiladi. Sizlarni qattiq azobdan qutqaradi. Kimki Ollohga ishonishga chaqiruvchining da’vatidan bo‘yin tovlasa, u yer yuzida azobdan qochib qutulolmaydi. Unga Ollohdan o‘zga biron yordamchi yo‘qdir. (Da’vatni rad etish) borib turgan gumrohlikdir". Jinlarning nomi bilan atalgan surada ularning qissasi batafsil bayon etilgan. Jin surasining 1-2-oyatlari mana bunday boshlanadi: "Bir necha nafar jinning mendan Qur’on eshitganligi, ularning biz to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan ajoyib kitobni eshitib: "Imon keltirdik, robbimizga hech kimni sherik keltirmaymiz" deganligi menga vahiy qilindi, degin".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:20:14
MUT’IM IBN ADINING RASULULLOHNI HIMOYASIGA OLISHI

Payg‘ambar alayhis-salomning Toifdagilardan yordam so‘rab borganlaridan Quraysh mushriklari xabar topishgani uchun u kishi Makkaga kirib borishga botinolmadilar. Shu bois Mutim ibn Adi ibn Navfal ibn Abdumonofga odam yuborib, uning himoyasida shaharga kirib olishga izn so‘radilar. Mut’im bolalari bilan qurollanib keldi-da, rasulullohni Ka’bagacha kuzatib qo‘ydi. Mushriklar undan: "Sen Muhammadga homiy bo‘ldingmi yoki uning diniga kirdingmi?" deb so‘rashdi. Mutim: "Men faqat uni himoyamga oldim", deya javob berdi. Mushriklar: "Unday bo‘lsa sening homiyligingga hurmatan unga tegmaymiz", deyishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:20:52
DAVS QABILASINING ELCHISI

Rasululloh Makkaga qaytganlaridan keyin Davs qabilasidan Tufayl ibn Amr elchi bo‘lib keldi. Bu mashhur sahoba Abu Xurayraning qabilasidan edi. O’z qabilasining mo‘tabar kishisi, mashhur shoiri bo‘lgan Tufayl Qur’on oyatlarini eshitgach, imon keltirib, musulmonchilikka o‘tdi. Rasululloh unga: "Izingga qaytib, o‘z qavmingni islomga da’vat qil", deb buyurdilar va Xudoga yolborib: "Yaratgan egam, Davs qavmini hidoyat qil!" deya duo qildilar. Tufayl yurtiga qaytib kelgach, rasullohning ko‘rsatmasi bo‘yicha ish tutdi, bir talay odam islomga kirdi. Bu odamdar keyinchalik payg‘ambar alayhissalomga juda ko‘p ko‘maklashdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:21:15
ISRO VA ME’ROJ

Payg‘ambar alayhis-salom Madinaga hijrat qilishlaridan oldin Olloh u kishini Isro va Me’roj martabasiga erishtirdi. Rasulullohning Makkadagi Masjidi Haromdan Baytulmuqaddasga bir kechada borib kelishlari Isro deb, shu kuni kechasi osmonga chiqib, ruhiy olam bilan tanishib qaytganlari esa Me’roj deb ataladi. Ahli sunnatlar — e’tiqod va amallarida payg'ambarning sunnatiga va sahobalarning yo‘liga ergashuvchilar ham to‘rt choharyor — Abu Bakr, Umar, Usmon, Alini qonuniy xalifa deb e’tirof etganlar — sarvari olam Me’rojga jisman chiqib tushganlar deb hisoblashadi. Oisha roziyalloxu anhu rasulullohning Ollohni ko‘rganliklarini inkor etadi. U: "Kimki payg‘ambar xudo bilan ko‘rishgan desa, gunohkor, bo‘htonchi bo‘ladi", deydi.
Isro voqeasi Qur’ondagi Isro surasiniig 1-oyatida bunday bayon etilgan: "Bandasiga o‘z qudratining nishonalarini namoyon etish uchun uni bir kechada Masjidi haromdan tevarak-atrofi barokatli Masjidi Aqsoga olib borgan Olloh pokdir. U hamma narsani ko‘rib, bilib turguvchi zotdir". Me’roj voqeasi "Sahihul Buxoriy" va "Sahihul Muslim" kitoblarida haqqoniy bayon etilgan. Qozi Iyoz ham o‘zining "Shifo" asarida bu haqda alohida to‘xtalib o‘tgan. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinishicha, rasululloh Me’roj voqeasini shunday bayon etganlar: "Menga eshakdan kattaroq, xachirdan kichikroq qadami ildam bir duldul keltirildi. Uni minib Baytullohga bordim. Duldulni payg‘ambarlarning ulovlari turadigan joyga bog‘lab, masjidda ikki rakaat nomoz o‘qib chiqdim. Jabroil menga bir idishda may bilan ikkinchi idishda sut keltirdi. Men sutni tanladim. "Tabiiy narsani topding", dedi Jabroil. Shundan keyin osmonga ko‘tarildik. Jabroil osmonning ochilishini talab qildi. Shu payt: "Kimsan?" degan ovoz eshitildi. Jabroil o‘zini tanitdi. "Yoningda kim bor?" deb so‘radi boyagi ovoz. "Muhammad bor", dedi Jabroil. "Unga payg‘ambarlik keldimi?" dedi ovoz. "Ha", dedi Jabroil.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:21:25
Shundan keyingina osmonning qopqalari ochildi. U yerda men Odam alayhis-salomni ko‘rdim. U zoti muborak menga peshvoz chiqib, yaxshilik tiladilar. Undan keyin ikkinchi osmonga ko‘tarildik. Bu yerda ham avvalgi savol-javoblar takrorlanib ko‘kning darvozalari ochildi. Bu yerda Yahyo bilan Isoni uchratdim. Ular ham menga peshvoz chiqib, yaxshiliklar tilashdi. Uchinchi osmonga ham shu tahlid chiqdik va bu ma’voda jam’i go‘zallikning yarmi ato etilgan Yusufni ko‘rdim. U ham menga peshvoz chiqib, yaxshilik tiladi. To‘rtinchi osmonda Olloh taolo Maryam surasining 58-oyatida: "Idrisni yuqori darajaga ko‘tardik", deya e’tirof etgan Idris bilan yuz ko‘rishdik. Beshinchi osmonda Horun bilan, oltinchi osmonda Muso bilan uchrashdim. Ular ham menga peshvoz chiqib, yaxshilik tilab qolishdi. Yettinchi osmonda Baytulma’murga suyanib o‘tirgan Ibrohimni ko‘rdim. Baytulma’murga har kuni etmish ming farishta kirib chiqar, bir marta tashrif buyurganlariga qaytib kelish navbati tegmas ekan. Keyin Sidratulmuntiho daraxtini ko‘rgani bordik. Uning yaproqlari filning qulog‘idek, mevalari qovoqdek kelar ekan. Robbimning amriga binoan bu daraxt o‘zgarib, tovlanib turardi. Uning ta’rif-tavsifiga barcha maxluqlar qatori odam ham ojiz. Olloh taolo menga ba’zi ishlarni vahiy qilib, bir kecha-kunduzda ellik marta namoz o‘qishni buyurdi. Men Musoning yoniga kelganimda u: "Robbing ummatingga nimalarni farz qildi?" deb so‘radi. Men ellik marta namoz o‘qishni buyurganini aytdim. "Izingga qaytib, robbingdan ibodatni yengillatishini o‘tin, ummatingning bunga toqati yetmaydi. Sendan avval men bani Isroilni sinab ko‘rganman", dedi. Men darrov izimga qaytib: "Ey robbim, ummatimga yengillik ber", deb yolbordim. U namozning besh mahalini qisqartirdi. Musoning yoniga kelib voqeani bayon etdim. U yuqoriga chiqib, yana yengillik so‘rashni maslahat berdi. Shu zayil robbim bilan Musoning o‘rtasida zir qatnadim. Toki parvardigorim: "Ey Muhammad, bir kecha-kunduzda besh mahal namozni farz qildim. Har bir namozga o‘n mahalning, besh mahalga ellik mahalning savobini beraman. Kimki biron ezgulikni o‘ylab uni qilolmasa, bir yaxshilikning savobi, mabodo ko‘ngliga tukkan ezgulikni ro‘yobga chiqarsa, o‘n yaxshilikning savobi beriladi. Kimki biron shumlikni ko‘zlasayu, amalga oshirmasa, yomonlik yozilmaydi, mabodo o‘ylagan yomonligini qilsa, bitta yomonlikning gunohi yoziladi", dedi. Musoning yoniga kelib bo‘lgan gap-so‘zlarni aytdim. U yana robbingdan yengillik so‘ra, deb maslahat berdi. Men: "Hadeb robbimning huzuriga boraverishdan uyalaman", dedim.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:21:38
Payg‘ambar alayhis-salom shu kuni kechasi Makkaga qaytdilar. Ertalab masjidga chiqqanlarida Abu Jahl ibn Hoshimga tunda yuz bergan voqealarni gapirib berdilar, Esi og‘ib qolgan Abu Jahl: "Hoy Ka’b ibn Luay jamoati, buyoqqa kelinglar!" deb odamlarni chaqirdi. Tamoshatalab quraysh mushriklari yugurgilab kelishdi. Rasululloh ularga ham Me’roj voqeasini bayon etdilar. Kofirlar hayratdan yoqa ushlab, bo‘lmagan gap, deya chuvvos solishdi, ba’zilari chapak chalib yuborishdi, ba’zilari peshonasini tutamlab o‘yga cho‘mishdi, imoni zaifroqlari shu zahoti dindan chiqdi. Erinmagan xabarchilar bu gapni Abu Bakrga yetkazishganda: "Payg‘ambar alayhis-salom shunday degan bo‘lsalar demak rost gap ekan", dedi. "Uning shu bo‘lmag‘ur gapiga ham ishonasanmi?" deyishdi mushriklar. "U kishining bundan g‘ayritabiiy gaplariga ham so‘zsiz ishonaman", dedi Abu Bakr. Shu kundan e’tiboran Abu Bakr Siddiq rostgo‘y, samimiy, haqgo'y odam deb ataladi. Nochor qolgan mushriklar rasulullohni sinab ko‘rmoqchi bo‘lishdi: Baytulmuqaddasni ko‘rganlari, bu masjidning shakli-shamoyili qandayligini so‘rashdi. Rasululloh Baytulmuqaddasni ilgari ko‘rmagan edilar, lekin Ollohning yordami bilan uning qanday qurilganini, nechta eshigi borligini, hatto qanday bezaklar bilan zeb berilganini aniq aytib berdilar. "Buni-ku topding, endi bizning o‘sha yoqqa ketgan karvonimiz haqida gapirib ber", deyishdi mushriklar. Rasululloh mushriklarning Shomga ketgan karvonida nechta tuya borligi, odamlarining ahvol-ruhiyasi haqida xabar berib, karvon falon kuni kun yorishganda shaharga kirib keladi, targ‘il tuya yo‘l boshlovchi bo‘ladi, dedilar. Mushriklar aytilgan kuni yo‘lga chiqib turishdi. Chindan ham quyosh ufqdan bosh ko‘targanda uzoqdan targ‘il tuya yetovidagi karvon ko‘rindi, lekin bu hol ularni imonga keltirish o‘rniga kofirligi va tarsoligini battar kuchaytirdi. Bu hodisani ko‘z boylog‘ichlik, folbinlikka yo‘yishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 13 Fevral 2007, 16:21:51
Me’rojga chiqilgan tunning ertasi Jabroil alayhis-salom kelib, rasululloqga besh vaqt namozni o‘qish tartiblari hamda namoz vaqtlaridan ta’lim berdi, Ikki rakaat bomdod nomozi tong yorishganda, to‘rt rakaat peshin nomozi kun og‘a boshlaganda, to‘rt rakaat nomozdigar narsalarning soyasi ikki barobar uzayganda, uch rakaat shom namozi kun botganda, xufton namozi qizil shafaq yo‘qolgandan keyin o‘qiladi. Besh vaqt namoz farz bo‘lishida avval rasululloh Ibrohim alayhis-salomga o‘xshab ertalab va kechqurun ikki rakaatdan ibodat qilardilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 21:48:26
RASULULLOHNING BOSHQA QABILALARNI DA’VAT QILISHLARI

Payg‘ambar alayhis-salomning dinga da’vat etishlari dillari takabburlik va manmanlik illati bilan qoraygan quraysh mushriklari tomonidan qattiq qarshilikka uchradi. Rasululloh arab qabilalarining mavsumiy savdo-sotiq va faxrlanish musobaqalarini o‘tkazish yig‘inlarida ulardan Islom dinini tarqatish uchun himoyasiga olishlarini so‘rardilar. Ba’zi qabilalar nazokat bilan, ba’zilari zsa qo‘pollik bilan rad etishar, lekin hech kim kazzob Musaylima*ning banu Hanifa jamoasidek qabihlik qilgan emas. Omir jamoasi payg‘ambar alayhis-salomga imon keltirishni, lekin u kishidan keyin o‘zlari hammaga bosh bo‘lishni talab qilishardi. Rasululloh bu Ollohning izmidagi ish ekanini, kim yetakchi bo‘lishini uning o‘zi istagan kishisiga nasib etajagini yotig‘i bilan tushuntirdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 21:48:55
Makka bilan Shom orasidagi Yasrib (Madina) xalqi Baytullohni tavof etgani kelib turishardi. Yasriblik Avs va Xazraj urug‘lari qarindosh bo‘lishsa-da, o‘rtalarida ahillik yo‘q, muttasil yovlashib, urush-janjal chiqqani-chiqqan edi. Ular bilan bani Qaynuqo, bani Qurayza, bani Nazir kabi yahudiy qabilalari birga yashashardi. Arablar ular bilan urushib, g‘alaba qozonishdi. Mag‘lubiyatga uchragan yahudiylar yaqin orada dunyoga keladigan payg‘ambar haqida so‘zlashib, ularni qo‘rqitishardi. Arablarning orasida ixtilof tug‘ilib, ahillik yo‘qolgach, dushmanlari bo‘lgan yahudiylar bilan ittifoq tuzishdi. Avs qabilasi bilan bani Qurayza, Xazraj bilan bani Nazir hamda bani Qaynuqo o‘rtalarida do‘stlik shartnomalari imzolandi. Buos urushi Avs qabilasi bilan Xazraj qabilasi o‘rtasidagi so‘nggi qirg‘in bo‘lib, bu jangu jadalda ikkala tomon oqsoqollarining ko‘pi qirilib ketdi. Xazraj boshliqlaridan Abdulloh ibn Ubay ibn Salul, Avsdan Rohib ibn Omirgina tirik qolishdi. Oisha raziyallohu anhuning fikricha, Olloh bu urushni Muhammad alayhis-salom uchun keltirib chiqargan. Avs qabilasidagilarning ko‘nglida Xazrajga qarshi kurashda qurayshlar bilan birlashish fikri tug‘ildi. Ular Iyoz ibn Muoz, abul Haysar Anas ibn Rofi’ bilan birga bir guruh odamni elchi qilib yuborishdi. Elchilar Makkaga yetib kelishganda rasululloh: "Sizlar o‘tinib kelgan ishdan ko‘ra foydaliroq narsani qabul qilsanglar, yolg‘iz Ollohga ishonsanglar, unga shirk keltirmasanglar bo‘lmaydimi? Men Olloh tomonidan barcha xalqlarga yuborilgan payg‘ambarman", dedilar va Qur’on oyatlarini o‘qib berdilar. Iyoz ibn Muoz hamrohlariga: "Xudo haqqi, chindan ham bu biz istab kelgan ishdan ko‘ra yaxshiroq ekan-ku", dedi. Abul Haysar unga tosh otib: "Ovozingni o‘chir, biz bu yerga Muhammadning gapini eshitgani emas, butunlay boshqa ish bilan kelganmiz", dedi. Iyozning dami ichiga tushib ketdi, boshqalardan ham churq etgan sado chiqmadi.

______________
*Kazzob Musaylima — dastlab Islomga kirgan, keyin murtad bo‘lib payg‘ambarlik da’vosini qilgan yamomalik kimsa.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 21:50:21
ANSORLARNING MUSULMON BO’LA BOSHLASHI

Arablarning mavsumiy yig‘inlarida rasululloh ansorlardan olti kishi bilan uchrashdilar. Bular Xazraj qabilasining Najjor jamoasidan As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Zurayq jamoasidan Rofi’ ibn Molik, Salama jamoasidan Qutba ibn Omir, Harom jamoasidan Uqba ibn Omir, Ubayd ibn Adiy jamoasidan Jobir ibn Abdullohlar edi. Payg‘ambar alayhis-salom ularni musulmon bo‘lishga va islomiy targ‘ibotga yordamlashishga chaqirdilar. Ular o‘zaro maslahatlashib, yahudiylar aytgan payg‘ambar mana shu, ular bizdan ilgari musulmon bo‘lib olishmasidan avval biz uni e’tirof etib, imon keltiraylik, deyishdi. "Ey Muhammad, o‘zaro urush-janjal, gina-adovat xalqimizni adoyi-tamom qilyapti. Agar Olloh sen orqali birlikka keltirsa, sen biz uchun eng mo‘tabar odam bo‘lib qolasan", deyishdi va kelgusi yili Ka’ba ziyoratida uchrashishga va’dalashib ketishdi. Yasrib arablarining musulmon bo‘lishi ana shundan boshlandi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 21:51:00
BIRINCHI AQOBA BAY’ATI

Keyingi yili Ka’ba ziyoratiga Xazraj qabilasidan o‘n kishi, Avs qabilasidan ikki kishi keldi. Bular As’ad ibn Zurora, Horisning o‘g‘illari Avf bilan Muoz, Rofi’ ibn Molik, Zakvon ibn Qays, Uboda ibn Somid, Yazid ibn Salaba, Abbos ibn Uboda, Aqaba ibn Omir, Qutba ibn Omir, Abul Haysan ibn Tayhon, Uvayim ibn Soidalar edi. Ular Makkadan uch chaqirim naridagi Aqoba degan jilg‘a bo‘yida rasululloh bidan uchrashib, Islom diniga kirdilar.
Makka fath etilgan kuni ayollar qanday bay’at berishgan bo‘lsa, xuddi shunday qasamyod etishdi. Bu jihod farz etilishidan avvalgi qasamyod bo‘lib, mazmuni quyidagicha edi: "Ollohga hech narsani sherik keltirmaslik, o‘grilik qilmaslik, zinodan saqlanish, bolalarni o‘ldirmaslik, birovga tuhmat va bo‘hton yog‘dirmaslik, payg'ambar alayhis-salom buyurgan yaxshi ishlardan bo‘yin tovlamaslik. Mana shu narsalarga amal qilganlar jannatga kiradi, bo‘yin tovlaganlarning taqdiri Ollohning ixtiyorida: istasa kechiradi, istasa azob beradi". Bu birinchi Aqoba bay’ati edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 21:51:16
Payg'ambar alayhis-salom ularga Qur’on va diniy ahkomlarni o‘rgatish uchun Mus’ab ibn Umayir bilan Xadichaning xolavachchasi Abdulloh ibn Ummu Maktumni jo‘natdilar. Mus’ab qasamyod qilganlardan Abu Umoma As’ad ibn Zuroraning uyiga tushib, Xazraj va Avs qabilasidagilarni islom diniga da’vat eta boshladi. Kunlarning birida Avs qabilasining boshlig‘i Sa’d ibn Muaoz qarindoshi Usayid ibn Xuzayirga: "Bizning odamlarimizni ahmoq deb hisoblaydigan bu ikki kelgindi bilan bir gaplashib qo‘ymaysanmi?" dedi. Usayid nayzasini olib ikki muhojirga ro‘baro‘ bo‘ldi-da: "Nega sizlar bizning odamlarimizni ahmoq qilib yuribsizlar? Agar shaxsiy adovatinglar bo‘lsa, orani ochdi qilib olinglar, boshqa talabinglar bo‘lsa, uni ochiq aytinglar", dedi. Mus’ab unga javoban: "Oldin mana bunday o‘tirib gaplarimizni eshitib ko‘r, xohlasang islom dinini qabul qilasan, xohlamasang zorimiz boru zo‘rimiz yo‘q", dedi va Qur’on oyatlarini o‘qiy boshladi. Ollohning irodasi bilan Usayidning kulfi-dili ochilib, islom dinini qabul qildi. U qaytib borganda oqsoqoli nimalar qilganini so‘radi. "Xudo haqqi, ular yomon odamlar emas ekan", dedi Usayid. Sa’d darg‘azab bo‘lib, kelgindilar bilan gaplashib qo‘ygani o‘zi bordi. Mus’ab uni xuddi Usayiddek xushmuomalalik bilan kutib oldi, muddaosini yotig‘i bilan tushuntirdi. Qur’on o‘qib berdi. Sa’d ham insofga kelib, musulmon bo‘ldi va Abdu Ashhal jamoasiga borib: "Men sizlar uchun kimman?" dedi. "Sen bizning boshlig‘imiz va oqsoqolimizning o‘g‘lisan", deyishdi. "Unday bo‘lsa, bugundan e’tiboran imon keltirib, islom diniga kirmaguninglarcha sizlar bilan gaplashish menga harom", dedi Sa’d. Abdu Ashhal jamoasining odamlari oqsoqollariga ergashib yoppasiga musulmon bo‘ldilar.
Yasribda islom dini keng tarqala boshladi. Odamlar behuda bahs-munozara qilish o‘rniga endi ko‘proq islom dini ta’limotlari haqida gaplashadigan bo‘lishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 21:55:20
IKKINCHI AQOBA BAY’ATI

Birinchi Aqoba bay’atidan keyin ikki yil o‘tgach, haj ibodatiga yasribliklardan juda ko‘p odam keldi. Ularning orasida mushriklari ham bor edi. Rasululloh yasribliklarning vakillari bilan ko‘rishib, kechasi Aqobada uchrashishga kelishdilar; va’dalashilgan paytda uxlayotganlarni uyg‘otmaslikni, vaqtida yetib kelmaganlarni kutmaslikni tayinladilar, chunki bu ishlar qurayshlardan pinhon olib borilar, agar ular sezib qolishsa, halal berishga, g‘alva chiqarishga urinishlari turgan gap edi.
Ansorlar haj ibodatini tugatgach, yarim kechasi o‘z oralaridagi mushriklardan yashirincha va’dalashilgan joyga kelishdi. Ular yetmish uch kishi bo‘lib, oltmish ikkitasi Xazraj, o‘n biri Avs qabilasidan edi. Bularning orasida ikki ayol kishi — Najjor jamoasidan Ka’bning qizi Nusayba, Salama jamoasidan Amrning qizi Asmo ham bor edi. Rasululloh ansorlar bilan aytilgan vaqtda shartlashilgan joyda uchrashdilar. U kishi bilan hali musulmon bo‘lmagan amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib birga keldi. U rasululloh bilan yasribliklar o‘rtasidagi ahdu paymonni mustahkamlash uchun qarindosh-urug‘lari payg‘ambar alayhis-salomni himoya qilajaklarini, g‘animlari u kishiga biron shikast etkazishga yo‘l qo‘ymasliklarini, bu yo‘lda har qanday qiyinchilikka tayyor ekanliklarini bildirib qo‘ygani kelgan edi. "Agar sizlar payg‘ambarga bergan va’danglarda turib dushmanlardan himoya qilolsanglar, yurtingizga borsin, agar bu ishning uddasidan chiqolmasanglar o‘z urug‘-aymog‘i bilan yashayvergani tuzuk", dedi Abbos.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 21:55:43
Ansorlarning boshlig‘i Baro ibn Ma’rur hammaning nomidan: "Xudo haqqi, va’damizga vafo qilamiz, rasululloh uchun jonimiz fido", deya va’da berdi. Yasribliklar rasulullohdan: "Robbing uchun, o‘zing uchun qo‘yadigan qanday shartlaring bor?" deb so‘rashdi. "Robbim uchun qo‘yadigan shartim shuki, sherik keltirmay yolg‘iz Ollohga ibodat qilasizlar, — dedilar payg‘ambar alayhis-salom. — O’zim uchun qo‘yadigan shartim shuki, sizlar tomonga borganimda meni xuddi o‘z ayolingiz va bolalaringizdek himoya qilasizlar". Abul Haysan ibn Tayhon o‘rnidan turib: "Ey rasululloh, biz yahudiylar bilan shartnomalarimizni buzib sen tomonga o‘tamiz. Qo‘ling baland kelib g‘alabaga erishsang darrov bizni tashlab, Makkadagi qavm-qarindoshing yeniga ketib qolmaysanmi?" deb so‘radi. "Qonga qon, jonga jon", dedilar rasululloh kulimsirab. Shundan keyin qasamyod boshlandi. Bu tarixan ikkinchi Aqoba bay’ati deb ataladi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 21:56:26
Odamlar payg‘ambar alayhis-salomning talablariga binoan bir-birlab qasamyod qilishdi. Bu sharafli ishni birinchi bo‘lib As’ad ibn Zurora ado etdi. Shundan so‘ng o‘n ikki kishi — Xazraj qabilasidan to‘qqiz, Avs qabilasidan uch kishi — ularga boshliq etib saylandi. Bular Abul Haysan ibn Tayhon, As’ad ibn Zurora, Usayid ibn Xuzayir, Baro ibn Ma’rur, Rofi’ ibn Molik, Sa’d ibn Abi Xaysama, Sa’d ibn Robi’, ibn Uboda, Abdulloh ibn Ravoha, Abdulloh ibn Amr, Uboda ibn Somit, Munzir ibn Amr edilar. Rasululloh ularga: "Isoning yordamchilari unga kafil bo‘lishgandek sizlar ham o‘z qavminglarga, men ham qavmimga kafilman", dedilar. Mushriklar bu bay’atdan xabar topib, yasribliklar tushgan joyga kelib: "Muhammadni Makkaddan olib ketmoqchimisizlar? U bilan shartnoma tuzib, biz bilan urushmoqchimisizlar?" deyishdi. Yasribliklar bu gapni rad etishdi. Bay’atdan bexabar mushriklar ham kechasi hech qanday hodisa yuz bermaganini tasdiqlashdi. Mushriklar ko‘zlagan maqsadiga erisholmay noiloj iziga qaytishga majbur bo‘lishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 21:57:49
MUSULMONLARNING MADINAGA HIJRAT QILISHI

Ansorlar Madinaga qaytgach, islom dini keng quloch otib yoyila boshladi. Musulmonlarning madinaliklar bilan ittifoq tuzganidan va bu ittifoq o‘zlariga qarshi qaratilgan kuch ekanidan xabar topgan mushriklar payg‘ambar alayhis-salom bilan sahobalarga ilgarigidan yomonroq zulm o‘tkaza boshlashdi. Vaziyat yomonlashganidan tashvishga tushgan rasululloh musulmonlarni Madinaga ko‘chishga buyurdilar. Musulmonlar quraysh mushriklarining to‘sqinlik qilishlari andishasida yakka-yolg‘iz yo‘lga chiqdilar. Birinchi bo‘lib Abu Salama Mahzumi ayoli Ummu Salama bilan ko‘chdi, biroq Ummu Salamani mushrik qarindoshlari ushlab qolishdi, keyin insofga kelib qo‘yib yuborishdi. Ayol ne mashaqqatlar bilan eriga yetib oldi. Qalblari yaratganning muhabbati bilan limmo-lim to‘lgan musulmonlar Ollohga ibodat qilish, islom dinini turli tajovuzlardan asrash uchun tug‘ilib o‘sgan maskanlaridan bosh olib keta boshladilar. Ular tangri taolo va payg‘ambar alayhis-salomning roziligi uchun kindik qoni to‘kilgan zamindan, ota-ona, bola-chaqalaridan ayrilishga ham rozi bo‘ldilar. Makkada Abu Bakr, Ali, Suhayib, Zayid ibn Horisa va tarki vatan etishga imkoni yo‘q kishilargina qolishdi. Rasululloh safar hijratga ijozat berishi umididaman", dedilar. "Sen shunday umiddamisan? — dedi Abu Bakr. — Unday bo‘lsa sening istaging men uchun vojib. Sen menga otamdan ham azizsan". Ikkovlon birga yo‘lga chiqishga ahdlashib, tuyalarini hozirlab qo‘yishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 21:59:53
DORUNNADVADAGI KENGASH

Quraysh mushriklari ansorlarning payg‘ambar alayhis-salomni jonlarini tikib himoya qilajaklarini eshitib tahlikaga tushdilar. Mushriklarning boshliqlari va obro‘li kishilari Dorunnadvaga yig‘ilib, rasulullohga qanday zarba berish haqida kengash tuzdilar. Dorunnadva Qusay ibn Kilobning hovlisi bo‘lib, quraysh xalqi barcha muhim ishlarini shu yerda hal etishardi. Bu yig‘inga kelgan-lardan ba’zilari payg‘ambar alayhis-salomni yurtimizdan haydab chiqarib, xotirjam yashayvermaymizmi, deyishsa, ba’zilar, yo‘q, unday qilsak u yaxshi gapirib, yoniga odam to‘plab boshimizga balo bo‘ladi, deya bu taklifni rad etishdi. Ayrimlar uning oyoq-qo‘lini bog’lab to o‘lguncha bir uyga qamab qo‘yaylik deyishsa, bunga ham qarshi chiqadiganlar topilib, bu gap Muhammadni yaxshi ko‘radiganlarning qulog‘iga yetsa, uni har qanday yo‘l bilan qutqarib olishi, hatto bizga qarshi urush ochishlari mumkin, deyishdi. Hammadan ko‘ra o‘zini tadbirli hisoblovchi, rasulullohning ashaddiy dushmani Abu Jahl keskin taklifni o‘rtaga tashladi. "Muhammadni o‘ldirish kerak, — dedi u. — Qarindosh-urug‘i bizdan o‘ch ololmasligining ham yo‘lini topib qo‘ydim. Har qabiladan bittadan baquvvat yigitni tanlab olamiz.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:00:20
Ular Muhammadning eshigi oldida shay bo‘lib turishadi, u tashqariga chiqqan zahoti barobariga qilich urishadi, oqibatda bu g‘alamisning joniga hamma qabila zomin bo‘lgan hisoblanadi. Abdumanof avlodi hamma qabilaga barobar urush e’lon qilishga qodir emas, tovon olish bilan cheklanib qo‘ya qoladi". Bu fikr ko‘pchilikka ma’qul tuyuldi va shu joyning o‘zidayoq suiqasdning rejasi tuzildi. Lekin Ollohning irodasi ularning niyatidan g‘olib keldi. Oli Imron surasining 54-oyatida bu xususda shunday deyiladi: "Ular hiylai makr ishlatishdi, parvardigor ham tadbir ishlatdi. Tadbirkorlikda Olloh hammadan omilkorroq". Haq taolo o‘z rasulini g‘animlarning qabih niyatidan ogoh etdi va u zoti muborakka islom dini rivojlanib kuch-quvvatga erishadigan Madinaga ko‘chib o‘tishni buyurdi. Bu narsada ham ajoyib hikmat bor. Agar islom dini Makkada tarqalsa, dushmanlar: "Quraysh qabilasi barcha arablarga hukmron bo‘lishi uchun Muhammadni payg‘ambarlik da’vosini qilishga undadi", deyishlari aniq edi. Aslida esa rasulullohning boshiga beadad musibatlar solgan qurayshlar bo‘ldi. Shu bois parvardigor payg‘ambar alayhis-salomni yurtidan ayro tushib, quraysh qabilasidan olisroqqa ketishlarini iroda qildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:00:45
RASULULLOHNING MADINAGA HIJRAT QILISHLARI

Payg‘ambar alayhis-salom darrov do‘stlari Abu Bakrning yoniga borib, Olloh hijrat qilishlariga ijozat berganini aytdilar va ikkov yo‘l tadorikini ko‘rishdi. Abu bakr safarga tayyorlab qo‘ygan ikki tuyaning ustiga yuklarini orta boshladi, bitta meshga oziq-ovqat, bittasiga suv solindi. Dayil ibn Bakr urug‘idan Abdulloh ibn Urayqitni yo‘l boshlovchilikka yollashdi. U usta yo‘l boshlovchi bo‘lgani uchun mushrikligiga qaramay uch kundan keyin Savr g‘orida uchrashishga kelishib, ikki tuyani yuklari bilan ishonib topshirishdi. Shu kuni kechasi suiqasdchilar o‘z manfur niyatlarini amalga oshirishlari kerak edi. Ular rasulullohning eshigi oldida to‘planishdi. Payg‘ambar alayhis-salom g‘animlarida shubha tug‘dirmaslik uchun o‘rinlariga amakilarining o‘g‘li Alini yotqizib qo‘ydilar. Mushriklar esa u kishini ko‘zdan qochirib qo‘ymaslik uchun eshik tirqishidan mo‘ralab turishdi. Rasululloh to‘nlarini Alining ustiga yoptilar-da, Yosin surasining 9-oyatini o‘qib, tashqariga chiqdilar. "Ularning oldida bir to‘siq, orqasida bir to‘siq paydo qilib, ko‘zlariga parda tortdik, shu bois hech narsani ko‘risholmadi". Olloh qonxo‘rlarni uxlatib qo‘ydi. Payg‘ambar alayhis-salomiing uydan chiqqanlarini hech kim ko‘rgani yo‘q. U kishi kelishilgan joyda Abu Bakr bilan uchrashdilar. Ikkovlon Savr g‘origa kirib yashirinishdi. Mushriklar suiqasdlari barbod bo‘lganidan, tuni bilan rasulullohni emas, Ali ibn Abu Tolibni poylab chiqishganidan hayratga tushishdi. Shu zahoti payg'ambar alayhis-salomni izlab yo‘lga otlanishdi, u kishini tutib bergan yoki qayerdaligini aytgan odamga mukofot va’da qilishdi. Agar ular Savr g‘origa borib qarashsa, rasululloh bilan Abu Bakrni bemalol topib olishlari mumkin edi. Nochor ahvolda qolganlaridan qattiq o‘kingan Abu Bakr yig‘lab yubordi. Payg‘ambar alayhis-salom unga tasalli berib: "Qayg‘urma, Olloh biz bilan birga", dedilar. Chindan ham parvardigor mushriklarning ko‘zini ko‘r qilib qo‘ydi. G’orga qarash birontasining esiga ham kelmadi, hatto rasulullohning ashaddiy dushmanlari Umayya ibn Xalaf ularning bu yerga yashirinishi mumkinligini tasavvuriga ham sig‘dirolmasdi. Mushriklar chor-atrofni tit-pit qilib, izg‘ib yurishdi. Qochoqlar uch kungacha g‘ordan chiqmay pusib yotishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:01:42
Abu Bakrning o‘g‘li ziyrak, uddaburon yigit edi, u kunduzlari mushriklarga aralashib, rasululloh bilan otasi haqida eshitgan-bilganlarini ularga gapirib berar, qosh qorayganda iziga qaytib, g‘orda tunardi. Bomdoddan keyin yana Makkaga yetib kelardi. Uning izini yo‘qotish uchun Omir ibn Fuhayra boqayotgan qo‘ylarini uning orqasidan haydardi. Ta’qib tugagan kuni ertalab yo‘l boshlovchi Abdulloh ibn Urayqit yetib keldi. Ular Qizil dengizni yoqalab yo‘lga tushishdi. Kutilmaganda orqadan Suroqa ibn Molik kelib qoldi, u mushriklarning rasulullohni o‘ldirgan yoki tutib bergan odamga mukofot ta’sis etishganidan xabardor edi. Mudlij qabilasidan besh-o‘n kishi gaplashib o‘tirishganida birov kelib: "Dengiz bo‘yida uch-to‘rt kishining qorasini ko‘rdim, Muhammad bilan birga qochgan sheriklari emasmikin?" dedi. Mukofotni bir o‘zi olishni ko‘zlagan ochko‘z Suroqa: "Falonchi-pismadonchilar yo‘qolgan mollarini izlab yurishgan edi, shularni ko‘rgandirsan", deya gapni chalg‘itdi va bir ozdan keyin sekingina davradan sirg‘alib chiqdi-da, otga minib, qochoqlarning izidan tushdi. Ularga yaqinlashganda oti munkib yiqildi. O’rnidan turib yana otiga mindi, ovoz bemalol eshitilgudek joygacha yaqinlashib keldi. Rasululloh parvo qilmay xotirjam ketaverdilar. Abu Bakr esa tez-tez orqasiga burilib qarardi. To‘satdan Suroqaning oti tizzasigacha qumga botib qoldi. U otini qamchilab joyidan jildirishga urindi. Joni azobda qolgan jonivorning oyoqlari qumdan chiqar-chiqmas, chang-to‘zon ko‘tarilib, ko‘zlari hech narsani ko‘rmay qoldi. Shum niyati g‘alati yo‘sinda barbod bo‘lganidan qattiq vahimaga tushgan Suroqa yordam so‘rab payg‘ambar alayhis-salomni chaqirdi.
Rasululloh hamrohlari bilan Suroqa yetyb kelguncha kutib turdilar. U mushriklarning yovuz niyatlarini, rasulullohni tutish uchun hamma choralarni ishga solishayotganini, hatto pul sarflashayotganini aytib berdi va yenidagi bor oziq-ovqat bilan yo‘lga kerakli narsalarni ularga taklif etdi. "Bizga narsalaring kerak emas, faqat quvlab kelayotganlarga ko‘rmadim desang bas", deyishdi ular. Suroqa omonlik xati so‘ragan edi, rasululloh Abu Bakrga yozib berishni buyurdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:03:26
Olloh katta iltifot ko‘rsatib o‘z payg‘ambarini balo-qazolardan asradi. Madinaliklar rasululloh kelayotganlaridan xabar topib, har kuni Harraga — qora toshli soy bo‘yiga chiqishardi va quyosh tikka kelgandagina qaytib ketishardi. Shunday kunlarning birida bir yahudiy payg‘ambar alay-hissalomning olisdan elas-elas ko‘rinayotganlarini xabar berib: "Hay arab jamoasi, sizlar kutayotgan payg‘ambaringlar kelyapti!" deya qichqirdi. Ansorlar apil-tapil soy bo‘yiga yugurib, rasulullohning yo‘llariga peshvoz chiqdidar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:04:39
QUBOGA TUSHISH

Sarvari olam bani Amr ibn Avf jamoasining mahallasiga kelib tushdilar. Mashhur munajjim Muham-mad Poshoning aniqlashicha, bu hodisa rabbiul avvalning 8-kuni, melodiy 622 yil 9-oyning 20 kuniga to‘g‘ri keladi. Islom dini paydo bo‘lib, o‘n uch yildan keyin g‘alabaga yuzlanganining yangi tarixi shu kundan boshlanadi. Bu yillar mobaynida rasululloh juda ko‘p jabr-sitam tortdilar, Ollohga oshkora ibodat qilish imkonidan mahrum etildilar. Mushriklar tomonidan xo‘rlangan, mol-mulki talon-taroj etilgan musulmonlar sadoqatli do‘stlarga, osoyishta boshpanaga erishdilar. Payg‘ambar alayhis-salom Amr jamoasining oqsoqoli Kulsum ibn Hadimning uyiga qo‘ndilar. So‘qqabosh Said ibn Xaysamaning uyida odamlarni yig‘ib, suhbatlar o‘tkazardilar. Abu Bakr Siddiq Sinih mahallasidagi Horija ibn Zayidnikiga joylashdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:05:10
PAYG’AMBARLARNING HIJRATI

Muhammad alayhis-salom bu hijratlari bilan ilgari o‘tgan payg‘ambarning sunnatini bajo keltirdilar. Avvalgi payg‘ambarlarning deyarli hammasi tug‘ilib o‘sgan yurtidan bosh olib ketgan, Ibrohim alayhis-salomdan tortib Isoyi Masihgacha tarki vatan etishga majbur bo‘lishgan. Bu zoti muboraklar parvardigorning dargohida beqiyos yuksak martabalarga erishgani holda o‘z qavmi, urug‘-aymog‘i tomonidan xo‘rlangan. Ular Ollohning roziligy yo‘lida o‘z qavmiga ibrat ko‘rsatish va ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun barcha ozoru kulfatlarga chidab, sabr-qanoatda namuna bo‘lganlar. Agar Misr tarixiga nazar tashlansa, Isroil (Yaq’ub alayhis-salom) va u kishining bolalari qismati ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Kan’onliklar Yusufni donoligi, hushxulqligi uchun hurmatlab, dini bilan mutlaqo qiziqishmagan. U kishi Misrga hijrat qilganlar. Vaqt o‘tishi bilan misrliklar Yusuf alayhis-salomning beqiyos ulkan xizmatlarini unutib, bani Isroilni ezib, juda ko‘p sitamlar o‘tkazishgan. Muso bilan Horun Ollohning ibodatini bajo keltirmoq niyatida bani Isroil qavmini Misrdan olib ketgan. Yahudiylar Iso alayhis-salomni tan olmay o‘ldirishga qasd qilishganda, u kishi jon saqlash uchun qochib ketishga majbur bo‘lganlar. Masih shogirdlariga: "Haq uchun quvilganlar baxtlidirlar, ular Ollohning dargohiga kirurlar, ya’ni avliyolar maqomiga yetadilar. Sizlarga osmonda katta ajr berilajagi haqida bashorat qilindi. Ular (bani Isroil) sizlardan avvalgi o‘tgan payg‘ambarlarni ham shu tariqa haydab yuborishgan", deydilar. Chindan ham tarixga nazar tashlansa, Lud, Od, Samud qavmlari singari xalqi kofir bo‘lgan yurtlar Ollohning g‘azabiga yo‘liqishidan avvalroq pang‘ambarlari bu joylardan bosh olib ketishgan.
Bundan anglashiladiki, Muhammad alayhis-salomiing Islom dinini targ‘ib etish yo‘lida turli qiyinchiliklarga uchrab, tarki vatan etganlari tabiiy bir hol ekan. "Bu yaratganning azaliy bir qonuniyatidir. Ollohning qonu-niyatida o‘zgarish yo‘qdir" (Axzob surasi, 62-oyat).
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:05:41
RASULULLOHNING MAKKADA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI

Payg‘ambar alayhis-salom Makkada ikki asosiy ishni ro‘yobga chiqardilar.
Birinchi, Ollohni bir deb e’tiqod qilish. Mushriklardek yaratganga butlarni, nasroniy va yahudiylardek Xudoning o‘g‘li va xotini degan narsalarni sherik keltirmaslik, ya’ni tavhid eng muhim ishlaridan biri bo‘ldi. Agar Ollohning birligiga e’tiqod qilinmasa, inson hayotda o‘zi uchun beniqoya zarur odob-axloqqa rioya etmaydi, birov bilib qolmasa nafsning istagan ko‘yiga kiraveradi.
Ikkinchisi, o‘lgandan keyin qayta tirilishga, bu dunyodash qilmishlari uchun oxiratda mukofot yoki jazo berilishiga ishonish. Makkada nozil bo‘lgan oyatlarning ko‘pida mana shu ikki fikr bayon etilyb, isbotlangan hamda bunga ishonmaganlar tanqid qilingan. Har ikkala fikr aqlga muvofiq dalil, hujjatlar bilan isbotlanib, behuda bahsu munozaraga, befoyda safsata sotishga o‘rin qoldirilmagan. (Afsuski, hanuzgacha bu xususda bahs qo‘zg‘ab falsafa so‘qadiganlar yo‘q emas). Qur’onning asosiy qismi Makkada nozil bo‘lib, faqat yigirma uch sura Madinada vahiy qilingan. Bular: Baqara, Oli Imron, Niso, Moida, Anfol, Tavba, Haj, Nur, Ahzob, Qitol, Fath, Xujurot, Hadid, Mujodala, Hashr, Mumtahana, Saf, Jum’a, Munofiqun, Tag‘obun, Taloq, Tahrim, Nasr suralaridir. Bulardan boshqa suralarning hammasi Makkada nozil bo‘lgan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:06:12
QUBO MASJIDI

Rasululloh bir necha kun dam olgach, masjid qurishvi buyurdilar. Bu qurilishda muhojirlar ham, ansorlar ham barobar qatnashib, chinakam taqvodorlik namunasini ko‘rsatdilar. Nihoyat musulmonlar hech narsadan xavotir olmay xotirjam namoz o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. payg'ambar alayhis-salom zamonida masjidlar ortiqcha dabdabayu as’asasiz oddiygina qilib qurilar, keyinchalik paydo qilingan zeb-ziynat, hashamatlarning nom-nishoni yo‘q edi. Bu odamlarning fikr-yodi qalblarini imon bilan ziynatlash, shayton vasvasasini dillaridan yulib tashlash bilan band edi. Masjidlar odam bo‘yi qilib qurilar, tomiga oftob tig‘idan asraydigan soyabon tutilardi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:07:33
RASULULLOHNING MADINAGA KIRISHLARI

Payg‘ambar alayhis-salom qilich taqqan ansorlar qurshovida Madinaga kirib keldilar. Quvonchi ichiga sig‘magan madinaliklar ko‘chalarga chopib chiqdilar, bu ularning hayotidagi eng baxtiyor kun edi. Ko‘chalarni to‘ldirgan ayollar, bolalar, kanizaklar zavq-shavqqa to‘lib qo‘shiq aytishardi:

Rasululloh to‘lin oydek nur sochib,
Chiqib keldi Saniyyatul-Vado’dan.*
Shukr aytmoq lozim bizga har lahza,
Biron kimsa qo‘l uzmasin duodan.
Musulmonning shamchirog‘i bu dinni
Olib keldi Rasul bizga Xudodan.


Poyu piyoda, ot-ulovdagi kishilar rasulullohning atrofida girdi-kapalak bo‘lishar, o‘z uyiga olib kirish uchun tuyaning jilovini talashishardi.

_____________
*Saniyyatul-Vado’ — Madinaga yaqin joydagi adir.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:07:52
ILK DAF’A O’QILGAN JUM’A NAMOZI

Payg‘ambar alayhis-salom bani Salimi ibn Avf mahallasiga yetib kelganlarida jum’a vaqti bo‘ldi, u kishi tuyadan tushib namoz o‘qidilar. Bu rasulullohning birinchi marta o‘qigan jum’a namozlari edi. Xutbada Ollohga hamdu sano aytganlaridan keyin yig‘ilganlarga murojaat qilib bunday dedilar: "Ey jamoat! Oxirat uchun tayyorgarlik ko‘ringlar! Yaxshi amallarni qilib, in’om va ehson beringlar. Bir kuni mol-dunyolaringizdan ayrilib, Xudoning dargohiga borasizlar. Yaratgan egam: "Tarjimon va vositachiga hojatsiz payg‘ambar yubormaganmidim? Mol-dunyo bermaganmidim? Qilgan yaxshi amallaring qani? Keltirgan imoning, bergan ehsonlaring qani? deb so‘raydi. O’shanda qilgan yaxshi amallaringizdan boshqa joningizga oro kiradigan hech narsa bo‘lmaydi. Yon-veringizga boqib do‘zaxdan boshqa narsani ko‘rmaysiz. Shuning uchun qo‘ldan kelgancha yaxshi amallarni qilib, do‘zax azobidan qutilishga urininglar. Yarimta xurmochalik narsani bo‘lsa-da, sadaqa qilinglar. Hech narsasi yo‘q odamlar loaqal yaxshi gapirib miskinlarning ko‘nglini olsin. Parvardigori olam bitta yaxshilikni bir necha barobar qilib qaytaradi. Sizlarga omonlik, Ollohning rahmati va barokatlarini tilayman".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:08:18
ABU AYYUBNIKIGA TUSHISH

Jum’adan keyin rasululloh yo‘lda davom etdilar. Har bir hovlidan o‘tayotganlarida odamlar tuyaning jiloviga osilishib, u kishini uyiga taklif etishardi. Payg‘ambar alayhis-salom jilovni qo‘yib yuborishlarini o‘tinib, tuya qayerga cho‘ksa, o‘sha uyga tushajaklarini aytdilar. Tuya esa rasulullohning qarindoshlaridan Adiy ibn Najjor mahallasiga yetganda Abu Ayyub Xolid ibn Zayid Ansoriyning eshigi oldida to‘xtab cho‘kkaladi.
Xolid Muoviyaning xalifalik davrida Istambul muhosarasida halok bo‘lib, shahar tashqarisiga dafn etilgan. Rasululloh tuyadan tusha turib: "Inshoolloh turar joyimiz shu yer bo‘lg‘usi. Rabbim, meni muborak yerga tushirgin, sen hamisha qutlug‘ joyni ato etguvchisan", dedilar. Abu Ayyub payg‘ambar alayhis-salomning narsalarini ichkariga olib kirdi, As’ad ibn Zurora esa tuyani boqish uchun o‘z uyiga olib ketdi. Bani Najjor mahallasining qizaloqlari rasulullohni qo‘shiq aytib kutib olishdi. "Meni yaxshi ko‘rasizlarmi?" deb so‘radilar sarvari olam. Qizlar "ha" deb javob qaytarishdi. "Xudo haqqi, men ham sizlarni jon-dilimdan yaxshi ko‘raman", dedilar u zoti muborak.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:16:38
Abu Ayyubning uyi ikki qavat bo‘lib, rasulullohga ikkinchi qavatni munosib ko‘rdi, biroq u kishi ziyoratchilar bilan ko‘rishib, suhbatlashishning qulayligi uchun pastda turishni ixtiyor etdilar. Mezbon kelim-ketim ko‘payib chang-to‘zon, dam-badam sepilgan suvlardan hovur ko‘tarilib rasululloh ozor chekishlaridan tashvishlangan edi. Chindan ham kunlarning birida suv solingan xum sinib ketdi. Er-xotin rasulullohning ustlaridan chakka o‘tmasin deb suvni ko‘rpaga shimdirib olishdi. Shundan keyin qo‘yarda-qo‘ymay rasulullohni yuqorigi qavatga ko‘chirib chiqishdi. Ansorlarning kattalaridan Said ibn Iboda, As’ad ibn Zurora, Zayd ibn Sobitning onasi turli-tuman lazzatli taomlar pishirib u kishini har kuni yo‘qlab turishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:16:56
MUHOJIRLARNING TUSHISHLARI

Muhojirlarning ko‘pchiligi rasululloh bilan birga Madinaga kelishdi. Ularni o‘z uylariga joylashtirish ansorlar o‘rtasida talashib-tortishishga sabab bo‘ldi. Shunda chek tashlanib, kimga qaysi muhojirning nomi yozilgan qog‘oz chiqsa, shuni o‘z uyiga olib ketishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:17:18
ISLOMIY BIRODARLIK

Ollohning fazlu karami tufayli ansorlar bilan muhojirlar o‘rtasida chinakam qarindoshlik rishtalari ulandi, harbiy jihatdan ojiz, kam sonli musulmonlar mushrik va ahli kitoblar ustidan g‘alaba qozondilar. Ansorlar diniy birodarlarini qarindosh-urug‘laridan a’loroq bilib e’zozlashardi. Parvardigor Hashr surasining 9-oyatida ansorlar haqida bunday deydi: "Ular (muhojirlar) dan ilgari Madinada o‘troqlashgan imoni butunlar yoniga hijrat qilganlarni do‘st tutishadi, ularga berilgan narsalar uchun aslo baxillik qilishmaydi". Qarindoshlikning chinakam namunasi mana shu. Ansorlar dindosh birodarlari uchun ko‘rsatgan marhamatlarini juda kam hisoblashardi. Rasululloh tufayli ular qiyomatli do‘st, chinakam birodarga aylandilar. Garchand ularning vujudlari boshqa-boshqa bo‘lsa-da, qalblari birlashib ketgan edi. Mana shu birlik tufayli musulmonlar g‘alabaga erishganlaridek, Olloh taolo bugungi musulmonlarni ham bir jonu bir tanga aylantirib, g‘olibu muzaffar etgay. Ansorlar bilan muhojirlarning qarindoshligi tenglik va adolatga asoslangan edi. Do‘st tutingan ikki kishining biri o‘lsa, tug‘ishgani emas, tutingan dindoshi merosxo‘r hisoblanardi. Rasululloh: "Oxirat uchun ikkitadan juft bo‘lib do‘st tutininglar", derdilar. Bu odat Ahzob surasining. "Kitobullohda qarindosh-urug‘lar  (merosxo‘rlikda) bir-birlariga juda yaqindir", degan 6-oyat nozil bo‘lgach, bekor etildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:17:50
OILASINING HIJRATI

Payg‘ambar alayhis-salom bola-chaqalarini olib kelishga Zayid ibn Horisa bilan Aborofiyni Makkaga yubordilar. Abdulloh ibn Urayqid ularga yo‘l boshlovchi bo‘ldi. Ular rasulullohning qizlari Fotima, Ummu Gulsum va jufti halollari Savda, Zayid ibn Horisaning xotini Ummu Ayman bilan o‘g‘li Usomani olib kelishdi. Payg‘ambar alayhis-salomning qizi Zaynab eri Abul Os ibn Rabiy ruxsat bermagani uchun Makkada qoldi. Abu Bakrning umr yo‘ldoshi Ummu Rumon, o‘g‘li Abdulloh, qizi Oisha va Asmoni olib qaytdi. Asmo homilador bo‘lib, Madinada ko‘zi yoridi. Abdulloh muhojirlar orasida tug‘ilgan birinchi chaqaloq edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:18:41
MADINA BEZGAGI

Makkadan kelgan muhojirlarga dastlabki paytlarda Madinaning havosi yohmadi, ko‘pchilik qorin shishish kasaliga giriftor bo‘ldi. Ularning holidan xabar olib, arz-dodlarini eshitgan rasululloh parvardigorga yolborib: "Ey Olloh, bizga Madinani ham sevimli maskan hilib ber. Madinaning tosh-tarozi va o‘lchovlari bizlarga barokatli bo‘lsin. Madinaning vabosini Juhfa*ga ko‘chir", deya duo qildilar. U kishining duosi ijobat bo‘ldi. Kasallik arib, muhojirlar Madinada xotirjam yashay boshlashdi.

_____________
*Juhfa — Makkadan 82 mil yiroqdagi qishloq. Suriyaliklar hajga kelayotganlarida shu yerdan ehrom boglashadi. Bir mil 1600 metr.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:19:07
NOCHORLARNI HIJRATDAN QAYTARISH

Biroq safarga chiqishga qurbi yetmay Makkada qolgan musulmonlarning ahvoli zabun edi. Ularning ba’zilari qamoqqa olindi, ba’zilari barcha haq-huquqlardan mahrum etildi. Bular Valid ibn Valid, Iyosh ibn Rabia, Hishom ibn Os edi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning haqiga duo qilib, Xudodan mushkullarini oson qilishni o‘tinardilar. "Duoi qunut" o‘shanda paydo bo‘lgan. "Duoi qunut" turli vaqtlarda, ya’ni xuftonning vitrida, bomdod namozining rukusidan oldin hamda keyin o‘qilgan. Har bir sahoba o‘z ko‘rgan-bilganini bayon etgan "Duoi qunut" qaysi namozda o‘qilgani haqida mazhab imomlari orasida ixtilof borligining sababi shunda.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:20:02
HIJRATNING BIRINCHI YILI. MASJID QURISH

Payg‘ambar alayhis-salom bani Najjor mahallasidagi tuyasi cho‘kkan joyga masjid solishni ixtiyor etdilar. Bu yer As’ad ibn Zurora tarbiyasidagi ikki yetim bolaning xurmo xirmoni edi. Rasululloh ularni chaqirib, xirmon o‘rnini va uning atrofidagi xurmozorlarni sotishni iltimos qilganlarida bolalar masjid uchun bu yerni tekinga berajaklarini aytishdi, biroq sarvari olam haqini to‘lab, yerni sotib oldilar. Bu joyning bir qismi daraxtzor, bir qismi mushriklarning eski qabristoni va yana bir kismi katta-kichik jarlik edi. Qabristondagi jasadlar boshqa joyga ko‘chirildi, jarliklar tekislanib, daraxtlar kesildi. Kaftdek tekis maydonga masjidning birinchi g‘ishti qo‘yildi. Binoning poydevoriga tosh terilib, devorlari xom g‘ishtdan ko‘tarildi, xurmo daraxtlaridan ustun qilinib, shox-shabbasi tomga bosildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:20:37
Shift odam bo‘yidan salgina baland edi. Masjid qurilishida rasululloh boshchiligida hamma musulmonlar barobar ishtirok etishdi. Odamlarning kayfi chog‘, charchoq nimaligini bilmay ishlashar, tinmay qo‘shiq aytishardi. Hatto rasululloh ham:

Ko‘zlagaymiz robbimizdan oxiratning savobin,
Muhojir, ansorlarga raqm-shafqat aylasin. —


deya xirgoyi qilardilar. Masjidning mehrobi Baytul muqaddas tomonga qaratib qurildi, Binoga zax urmasin degan niyatda ostiga shag‘al to‘shaldi, ustun va peshtoqlarga zeb berilmadi, suvoqdan boshqa pardoz-andoz qilinmadi. Odamlar bemalol kirib-chiqishlari uchun uch tomondan eshik ochildi, atrofi qo‘rg‘on bilan o‘ralmadi ham. Rasulullohning rafiqalari Savda va Oisha uchun masjidga taqab ikki hujra solindi. Payg‘ambar alayhis-salom har gal uylanganlarida xuddi shu tarzda masjidga taqab bittadan hujra qurilardi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:21:02
AZONNING PAYDO BO’LISHI

Musulmonlar yaratganning ulug‘ligini eslab, buyruqlarini ado etib, qaytargan ishlaridan o‘zlarini tiyishlari uchun namoz farz qilindi. Ankabut surasining 45-oyatida bejiz: "Namoz gunohdan, yomon ishlardan qaytaradi", deyilmagan. Musulmonlar o‘rtasida do‘stlik aloqalari mustahkamlanishi, dunyoviy va uxroviy ishlar haqida maslahatlashib turishlari uchun jamoat namozlari eng afzal namoz hisoblanadi. Namoz vaqti bo‘lganda g‘ofillarni uyg‘otadigan, beparvolarni hushyor torttiradigan, odamlarni yig‘ilishga undaydigan biron vosita kerak edi. Ba’zilar odamlar ko‘rib kelishlari uchun namoz vaqtida bayroq ko‘taraylik, deyishdi, lekin bunday usul uyqudagilarni uyg‘otolmasligi, g‘ofillarni sergak torttirolmasligi uchun bu fikrga qo‘shilishmadi. Ayrimlarning baland tepalik ustida gulxan yoqish fikrini rasululloh yahudiylarga taqlid deb rad etdilar. Nasroniylar singari zang chalib ibodatga chorlash fikri ham ko‘pchilikka o‘tirishmadi. Alaloqibat azon aytib, namozga chorlash usuli ma’qul topildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:21:24
Shu kunlarda Abdulloh ibn Zayid Ansoriyning tushida bir kishi: "Namozga chaqiruvchi azonni senga o‘rgatib qo‘yaymi?" deb so‘radi. Abdulloh bajonu dil rozi bo‘ldi. Notanish kishi: "Ikki marta Allohu Akbar (Olloh hammadan ulug‘dir), ikki marta Ashhadu al-la ilaha illalloh (Bir Ollohdan boshqa hech qanday iloh yo‘qligiga guvohlik beraman), ikki marta Ashhadu anna Muhammadan rasululloh (Muhammad Allohning elchisi ekaniga guvohlik beraman), ikki marta Hayya alas-solah (Tezroq namozga kelinglar), ikki marta Hayya alal-falah (Najot topishga shoshilinglar), ikki marta Allohu Akbarni aytib, bir marta La ilaha illalloh deyiladi, deb o‘rgatdi. Abdulloh ko‘rgan tushini rasulullohga aytgan edi, u kishi: "Juda yaxshi tush ko‘ribsan. Bu narsani Bilolga o‘rgat, uning ovozi senikidan jarangliroq. Azonni u aytgani yaxshi", dedilar. Xuddi shunday tushni Umar ham ko‘rgan ekan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:21:46
Payg‘ambar alayhis-salomning muazzinlaridan biri Bilol, ikkinchisi Abdulloh ibn Ummu Maktum edi. Hazrati Bilol bomdod namozining azonida "Hayyal alal falah" dan keyin ikki marta "Assolatu xoyrun min an-navm" (Namoz uyqudan yaxshiroq) degan gapni qo‘shib aytdi. Rasululloh bu gapni ma’qullab e’tirof etdilar. Sarvari olam ramazon oyining sahar paytlari ikki marta Azon aytishni buyurganlar. Birinchisi, saharlikka uxlab qolganlarni uyg‘otish uchun, ikkinchisi bomdod namoziga chaqirish uchun aytilardi. Rasululloh, Abu Bakr hamda Umar xalifa bo‘lgan davrlarda Jum’a namozida imom minbarga chiqqanda birinchi azon aytilardi. Usmonning davriga kelib odam behad ko‘payib ketgach, Zavroda azon ikkinchi marta qo‘shilganini imom Buxoriy rivoyat qiladi. Hishom ibn Abdumalik taxtga chiqqanda Usmon Zavroda qo‘shgan azonni minorada, keyinchalik masjidning ichida, xatib minbarga ko‘tarilganda aytiladigan qildi. Masjidda xatibning oldida aytilgan azon Hishom ibn Abdumalik paydo qilgan bid’atdir. Azondan maqsad namozga chorlash, masjid ichidagi kishilarni ibodatga chaqirishning hojati yo‘q. Qolaversa, ichkarida aytilgan azonni tashqaridagilar eshitmaydi. Shayx Muhammad ibn Hoj "Madhal" nomli kitobida bu xususida bahs yuritadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:22:13
Hofiz "Fathul Boriy" nomli asarida yozilishicha, Jum’a namozidan avval ba’zi joylarda duo-durud o‘qiladi, ba’zi joylarda yo‘q. Bu masalada salaf solihlarga — Islomning avvalidagi ulamolarga ergashish kerak, deydi. Tarixdan ma’lumki, muazzin minorada azon aytayotgan paytda rasululloh minbarda o‘tirganlar, xutbani o‘qigach, namozni boshlaganlar. Bundan boshqa xatti-harakat keyin paydo qilingan bad’atdir.
Iqomat aytish masjid ichida namozga da’vatdir. Iqomatning iboralari har xil bo‘lgani uchun mazhab imomlari o‘rtasida ixtilof bor. Muhammad ibn Idris Shofeiy* mazhabida "Qod qomati salot" (Namoz hozir bo‘ldi) iborasi takror, holganlari bir martadan aytiladi. Imom Molik ibn Anas* mazhabida hammasi bir martadan, Abu Hanifa Nu’mon* mazhabida esa hammasi ikki martadan aytiladi.

______________
*Imom Muhammad ibn Idris Shofeiy islomda arbaa deyiladigan to‘rt mazhabdan uchinchisinshi asoschisidir. Shofeiy mazhabi Misr, Iroq, Suriya, Hijoz, Yaman, qisman Afina, Hindiston, Xurosonga tarqalgan.
*Imom Molik ibi Anas Molikiy mazhabining asoschisi. Bu mazhab Madina, Hijoz, Basra, Misr, Marokash, Sudan, Nishopur, Yamanda tarqalgan.
*Abu Hanifa Nu’mon kufalik bo‘lib, imom Azam nomi bilan mashhur. U kiish to‘rt mazhabdan birinchisi — hanafiya mazhaoining asoschisi. Imom A’zam hijriy 80 (melodiy 699) yili tug’ilib, hijratning 150-yili Bag’dodda vafot etgan. Hanafiya mazhabi boshqalarga qaraganda keng tarqalgan. Iroq, Misr, Turkiya, Pokiston, Hindiston, O’rta Osiyo, Xitoydagi musulmonlar shu mazhabdanyoir.
To‘rtinchisi Hanbaliy mazhabi bo‘lib, asoschisi imom Ahmad ibi Hanbaldir. U hijriyning 164 (melodiy 780) yili Bag’dodda tug’ilib, 241 (melodiy 855) yili vafot etgan. Hnibaliy mazhabi asosan Iroq, Suriya, Misrga keng yoyilgan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:22:43
MADINALIK YAHUDIYLAR

Musulmonlar Makkada quraysh mushriklarining zulmiga uchragan bo‘lishsa, Madinada dushmanlik kayfiyatidagi Banu Qaynuho’, Qurayza, Nazir qabilalariga duch kelishdi. Yahudiylar islom dinining haq din ekanini bila turib, uni rad etishdi. Muhammad alayhis-salom kelishlaridan burun arab mushriklari bilan urushgan paytlarida ular xudo tomonidan yuborilajak payg‘ambarning nomi bilan Ollohdan madad so‘rashardi. Rasululloh dunyoga kelganlaridan keyin payg‘ambarlik sharafi arab millatiga mansub kishiga berilganidan ranjigan yahudiy ohsoqollari islom dinini ham, uni olamga tarhatuvchisini ham tan olishmadi. Ollohning elchisi avvalgi payg‘ambarlarga yuborilgan kitoblarni e’tirof etuvchi, ularning yashirin ma’nolarini oydinlashtiruvchi ekanini bila turib, o‘zlarini ovsarlikka solgan holda Qur’ondan yuz o‘girishdi. Ular islom dinini. go‘yo dastdab aytgan hukmlarini keyin bekor etavsradigan betayin din deya ayblashdi. Islom nimaga muhtojligini uning o‘zidan ko‘ra yaratgan egasi yaxshiroq bilishini anglab yetishmadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:23:09
Inson tabiati takomilga moyil. Payg‘ambar alayhis-salom butunlay kufrona e’tiqod bilan yashagan omi arablar orasida voyaga yetdilar. Shariat ahkomlari ularning orasida bosqichma-bosqich shakllana borishi kerak edi. Agar parvardigori olam ichkilikbozlik, sudxo‘rlik kabi illatlarni birdaniga taqiqlab, namoz o‘qishga, zakot berishga undaganida fikri-yodi dunyoviy hoyu havaslar bilan band, turli aldam-qaldam, nopok ishlarga mukkasidan ketgan odamlarning birontasi ham uling amru farmoniga itoat etmasdi. Rasululloh ularga diniy ahkomlarni bir-birlab o‘rgatib, qalblarini Ollohning buyrug‘iga asta-sekin rozi qildilar. Haq taolo o‘z amru farmoni nozil bo‘lishini taqozo etadigaq voqea yuz berganidan keyingina diniy qonun-qoidalarini joriy etdi. Yahudiylar yaratganning qudratini o‘z xohishlariga moslashga urinishardi. Yahudiylar o‘zlarining haqiqatidan yiroq ekanliklarini yaxshi biladilar. Buni Olloh taolo Baqara surasining 94-oyatida bayon etadi: "Ularga, Olloh oxirat yurtini boshqalarga emas, faqat sizlargagina atagan bo‘lsa, sizlar chindan ham shunday e’tiqod bilan yashasanglar, o‘limni orzu qilib ko‘ringlar-chi, degin". Ular bunga jur’at etolmasligini Olloh keyingi oyatda ta’kidlaydi: "Ular yomon amallari tufayli sira ham o‘limni orzu qilishmaydi. Olloh zolimlarni juda yaxshi biladi". Yahudiylar o‘zlarini haq deb bilganlarida edi, bunday oson talabni darhol qabul qilgan bo‘lardilar. Axir ular haq payg‘ambarni jon-jahdlari bilan yolg‘onga chiqarishga urinishardi. Ulardan birontasi til uchida bo‘lsa-da, o‘limni orzu qilgan emas. Banu Qaynuqo qabilasining oqsoqollaridan biri Abdulloh ibn Salom Qur’on oyatlarini eshitib Islomning haq din ekanini anglab yetdi va gururini yengib musulmon bo‘ldi. Abdullohni o‘zlarining dono yo‘lboshchisi deb biladigan yahudiylar endi uni ahmoq deya haqoratlay boshlashdi. Uyaar o‘zlarining tutgan yo‘li nechog‘li yomonligini bilishsa-da dillar zalolat bilan qorayib ketgani uchun bu kimsalar islom dinini yo‘qotishga astoydil harakat qilishardi. "Garchand mushriklar yomon ko‘rishsa-da, Alloh islom dinini hamma dinlardan muzaffar qildi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:23:27
MUNOFIQLAR

Haqiqatni ko‘rmaydigan madinalik arablardan bir guruhi yahudiylarning islom diniga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlashdi. Ular jon saqlash uchun kofirligini sir tutishardi. Rasulullohning hijrat qilishlaridan ilgari madinaliklarga oqsoqol bo‘lishga nomzodi ko‘rsatilgan Abdulloh ibn Ubay ibn Salul Xazrajiy mana shu munofiqlar to‘dasiga bosh edi. Musulmonlarga kofirlardan ko‘ra munofiqlar ko‘proq zarar yetkazishi turgan gap. Ular musulmonlarning orasida yurgani uchun ichki sirlaridan voqif bo‘lishar va bu gaplardan yahudiy va boshqa din dushmanlarini darrov voqif etishardi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning ichida qanday niyati borligini Xudoga solib, faqat zohiriy jihatiga qarab muomala qilsalar-da, bu kimsalarga sira ham ishonmas edilar. Rasululloh zaruratdan biron joyga ketsalar, Madinada ish yuritib turish uchun o‘z o‘rinlariga ansorlardan birovni qo‘yib ketar, bunday mas’uliyatli vazifaga munofiqlarni yaqin yo‘latmas edilar. Mabodo, bunday imkoniyatga ega bo‘lib qolishsa, ular musulmonlarga juda ko‘p zarar yetkazishini yaxshi bilardilar. Bu narsa islom yo‘lida zahmat chekayotganlarga ikkiyuzlamachi, munofiq kimsalar bilan qanday muomala qilishi kerakligiga yaxshi ibratdir.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 14 Fevral 2007, 22:23:56
YAHUDIYLAR BILAN AHDLASHISH

Rasululloh Madinadagi mana shu ikki guruh — yahudiylar va munofiqlar bilan o‘zlariga yarasha muomala qilardilar. Munofiqlar bilan orani buzmagan holda yahudiylar bilan ikki tomon bir-biriga tegmaslik, ziyon-zahmat yetkazmaslik, bir-birining dushmaniga yordam bermaslik, qaysi tomon tajovuzga uchrasa unga yordam qo‘lini cho‘zish, yahudiylar o‘z dinida qolishi haqida shartnoma imzolandi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 14:58:22
URUSHISHNING SHAR’IYLASHISHI

Payg'ambar alayhis-salom hech kimni kuch bilan dinga kiritgan emaslar, aksincha, tushuntirish orqali da’vat etganlar. Rasululloh quraysh mushriklarining xurujlarini sabot bilan yengishlari uchun Olloh taolo sabrga undovchi oyatlar nozil qilib turardi. Ahqoq surasining 35-oyati bunga yorqin misol bo‘la oladi: "Irodali payg‘ambarlar singari sabr-qanoatli bo‘l, ularga (qavmingga) keladigan azoblarga shoshqaloqlik (yengillik) qilma". Xudo o‘z rasulining irodasini mustahkamlash uchun payg‘ambar birodarlarining qissalarini bayon etardi. Makkaliklarning zulmi haddidan oshib, rasulullohga suiqasd uyushtirishganda u kishi tug‘ilib o‘sgan joylaridan bosh olib ketishga majbur bo‘ldilar. Mushriklar chorasiz musulmonlarni yurtidan haydab, tajovuzni — urushni o‘zlari boshladilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 14:58:51
Hijratdan keyin Olloh taolo musulmonlarning quraysh mushriklari bilan urushishiga izn berib, Haj surasining 39-40-oyatlarini nozil qildi: "Mushriklarning zulmiga uchragani uchun musulmonlar ular bilan urushishiga ruxsat beriladi. Olloh Islom dinini qabul qilgani uchungina yurtidan nohaq haydab chiqarilgan musulmonlarga yordam berishga qodirdir. Shundan keyin Haq Taolo Baqara surasining 194-oyatlarini nozil qilib, musulmonlarni urushishga buyurdi. "Sizlarga qarshi urush ochgan odamlarga qarshi Olloh yo‘lida jihod qilinglar, lekin haddan oshmanglar, Olloh haddidan oshganlarni (o‘ziga) do‘st tutmaydi. Ularni duch kelgan yerda o‘ldiringlar, sizlarni qanday haydab chiqarishgan bo‘lsa, ularni ham yurtidan xuddi shunday haydab chiharinglar. (Birovning) payini qirqish urushishdan ko‘ra yomonroq. Toki o‘zlari qurol ko‘tarmaguncha Masjidi Haromning yonida ular bilan urushmanglar, agar Masjidi Haromning yonida urush ochishsa, o‘ldiraveringlar. Kofirlarning jazosi shu. Agar ular jangni to‘xtatishsa, Olloh albatta mag‘firat qilguvchidir, benihoya mehribondir. To zarari tugab, Ollohning dini yo‘lga qo‘yilguncha ular bilan urushish, (mabodo) urushni to‘xtatishsa, zulm qiluvchilardan boshqalari bilan yovlashish durust emas."
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:00:13
Payg'ambar alayhis-salom parvardigorning adolatli ko‘rsatmasiga amal qilib, faqat quraysh mushriklari bilan urushdilar. Biroq boshqa qabilalar ham ularga qo‘shiyaib, musulmonlarga qarshi turishgani uchun Olloh Taolo Tavba surasining 36-oyatini nozil qildi: "Mushriklarning hammasi sizlarga qarshi urush ochgandek sizlar ham ularning barchasiga qarshi urush ochinglar". Shu oyatdan keyin mushriklarga qarshi yoppasiga g‘azavot boshlandi. Shu bois rasululloh: "Kishilar La Ilaha Illalloh Muhammadur-rasululloh" degunlaricha urushishga buyuril-dim. Imon keltirganlaridan keyin ularning joniga, moliga nohaq teginmayman. Boshqa ishlari xususida ular bilan Ollohning o‘zi orani ochdi qilib oladi", deganlar. Yahudiylar shartnomani buzib, mushriklarga ko‘maklashgani uchun Haq Taolo Anfol surasining 58-oyatida ularga ham qarshi turishga chaqirdi: "Biror qavmning shartnomaga xiyonat qilishidan xavotirlansang bu bitimni ularning vijdoniga havola et. Olloh xoinlarni sira ham do‘st tutmaydi". Musulmonlar ulardan amin bo‘lishlari uchun yahudiylar bo‘ysunmaguncha yoki xiroj to‘lamaguncha urushish farz qilindi. Rasululloh g‘animlar bilan quyidagi talablarga binoan urushdilar:
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:00:29
1.   Quraysh mushriklari oldin musulmonlarga zulm o‘tkazganlari uchun tajovuzkor hisoblanib, to Makka fath etilguncha yoki ikki tomonning kelishimi asosida vaqtincha tinchlik bitimi imzolanguncha ular bilan urushish va savdo karvonlarini musodara qilish.
2.   Yahudiylar shartnomani buzib mushriklarning yonini olsa, ulardan amin bo‘lish uchun surgun qilish yoki o‘ldirish.
3.   Biron arab qabilasi musulmonlarga tajovuz qilsa yoki qurayshlarga yordam bersa, to musulmon bo‘lmagunlaricha ular bilan urushish.
4.   Nasroniy va yahudiylardan birontasi birinchi bo‘lib musulmonlarga tahdid solsa, to ular Islomga bosh egmagunicha yoki o‘zlarini past tutgan holda xiroj to‘lamagunicha jang qilish.
5.   Islom diniga kirganlarning joniga va moliga nohaq teginmaslik, ularning avvalgi ishlarini kovlashtirmaslik.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:00:47
Olloh Taolo Qur’oni Karimda musulmonlarni dushmanlar bilan urushishga rag‘batlantiruvchi juda ko‘p oyatlarni nozil qildi, jangdan qochganlarning yuzi qora bo‘lishini aytib ogohlantirdi. Niso surasinig 74-oyatida g‘azavotchilarning ko‘nglini tog‘dek o‘stiradigan va’dalar bor: "Bu dunyoni u dunyoga almashtiradiganlar Olloh yo‘lida jihod qilishsin! Kimki Olloh yo‘lida jihod qilsa, mayli shahid bo‘lsin, mayli g‘oziy, biz unga beadad savob ato etamiz". Olloh Taolo Anfol surasining 16-17-oyatlarida gazotdan qochganlarni ogohlantirib: "Ey mo‘minlar! Kofirlar sizlarga hujum qilgan paytda dushmandan qochmang. Joyni almashtirish yoki boshqa musulmonlarga yordam berish niyatida chekinsa, buning yo‘rig‘i boshqa, kimki orqaga qochsa, Ollohning g‘azabiga uchraydi, uning joyi do‘zax bo‘ladi. Do‘zax benihoya dahshatli joy", deydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:01:14
URUSHNING BOSHLANISHI

Quraysh xalqi azaldan Shom bilan savdo-sotiq qilar, ikki o‘rtada muntazam qatnaydigan karvon bor edi. Ko‘pchilik nufuzli kishilar Madina orqali o‘tadigan karvonni qo‘riqlab borardi. Payg‘ambar alayhis-salom mushriklarga iqtisodiy jihatdan zarba berish uchun karvonning yo‘lini to‘sib, mollarni musodara qilishni mo‘ljalladilar. Bu usul ularni jangda yengish imkonini berardi. Ikki o‘rtada qon to’kilishi muqarrar edi, o‘z diniga sodiq qurayshlar rasulullohning arablar e’tiqod etadigan ilohlarni haqoratlab, Islomga da’vat etishlariga tomoshabin bo‘lib turaverishlari mumkin emasdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:01:41
QO’SHIN YUBORISH

Hijriyning birinchi yili ramazon oyida payg‘ambar alayhis-salom amakisi Hamza ibn Abdulmuttalib boshchiligidagi o‘ttiz kishini qurayshlarning Shomdan qaytayotgan karvonini to‘sishga jo‘natdilar. Abu Marsad oq tug‘ ko‘tarib oldinda yurdi. Karvonda Abu Jahl boshchiligida uch yuz qurolli odam bor edi. Islom askarlari Qizil dengiz bo‘yidagi Iys degan joyda karvonga duch keldilar. Ikki tomon saf chekib, jangga hozirlanayotgan paytda Juhayna qabilasining oqsoqoli Majdi ibn Amr Juhaniy o‘rtaga tushib qon to‘kilishining oldini oldi, ikki tomon omon-omonlikda o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Musulmonlar ozchilik, mushriklar bir necha hissa ko‘pliginy nazarda tutib, rasululloh Majdining ishini ma’qulladilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:02:02
Shu yilning Shavvol oyida Ubayda ibn Horis boshchiligida muhojirlardan sakson kishi yana mushriklarning yo‘lini to‘sishga otlandilar, bu safar Mistah ibn Usosa a’lambardor bo‘ldi. Qurayshlarning karvonida ikki yuz nafar odam bor edi. Ikki tomon Robig‘ degan joyda uchrashganda hech qanday tayyorgarliksiz kamondan bir-biriga o‘q yog‘dira boshladi. Mushriklar musulmonlar bunchalik oz bo‘lishi mumkin emas, yaqin atrofda pistirmasi bor, degan xavotirda qocha boshlashdi, musulmonlar ularni ta’qib etib quvmadi. Mushriklardan Miqdod ibn Asvad, Utba ibn G’azvon musulmonlar tomoniga qochib o‘tdilar. Ilgariroq islom diniga kirgan bu odamlar anchadan beri musulmonlar safiga qo‘shilish imkonini topolmay yurishgan edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:02:28
VAFOT ETGANLAR

Shu yili muhojirlikda rasulullohning ikkala hijratida qatnashgan emikdosh birodarlari Usmon ibn Maz’un vafot etdi. Usmon dafn etilgach, payg‘ambar alayhis-salom uning qabriga suv sepishni buyurdilar. Tuproq uyumi cho‘kkach, ustiga tosh qo‘ydilar va qarindoshimning qabrini shu toshdan topib olaman, oilamda kim qazo qilsa shu yerga qo‘ydiraman, dedilar. Qabrlarga tosh qo‘yishdan maqsad shu edi, biroq keyingi paytlarda qabr ustiga turli hashamatli binolar qurib, naqshlar bilan bezash mozorni butxonaga aylantirishga o‘xshagan bir ish. Marhumning qarindosh urug‘lari qabr tepasida o‘tkazadigan turli-tuman rasm-rusmlar xuddi mushriklarning butxonalarda olib boradigan marosimlariga o‘xshaydi. Oxiratga taalluqli ishlarda rasululloh qilmagan narsalar bilan mashg‘ul bo‘lish gumrohlikdir.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:08:23
Shu yili Najjor jamoasining boshlig‘i Asad ibn Zurora vafot etdi. Uning vafotidan keyin rasululloh bu jamoaga bosh bo‘lishni ixtiyor etdilar, chunki u kishining najjorlar bilan qarindoshligi bor edi. Ko‘p o‘tmay ikkinchi Aqoba bay’atida hammaga vakolatan gapirgan Baro’ ibn Ma’rur ham olamdan o‘tdi. Xuddi shu yili Makka mushriklaridan Valid ibn Mug‘ira o‘ldi. U jon talvasasida yotgan paytida qattiq beorom bo‘ldi. Jiyani Abu Jahl undan: "Nimadan bunchalik bezovta bo‘lyapsan?" deb so‘radi "Men o‘limdan qo‘rqib beorom bo‘layotganim yo‘q, — dedi Valid. — Makkada Abu Kabshaning o‘g‘li o‘ylab topgan din g‘alaba qozonishi mumkinligidan xavotirdaman." "Xotirjam bo‘l, Muhammadning dini g‘alaba qozonmasligiga mana men kafil", — dedi Abu Sufyon. Ketma-ket Os ibn Voil ham qazo topdi. Olloh Taolo musulmonlarni o‘taketgan zolim ikki badbaxtdan xalos etdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:08:46
HIJRATNING IKKINCHI YILI VADON G’AZOTI

Hijriyning ikkinchi yili kirib, o‘n ikki kun o‘tgach, payg‘ambar alayhis-salom o‘z o‘rinlariga Said ibn Ubodani qo‘yib qurayshlarning karvonini to‘sishga otlandilar. Amakilari Hamza u kishiga bayroqdor bo‘ldi. Biroq ular Vadonga yetib kelganlarida karvon o‘tib ketgani uchun to‘qnashuv yuz bermadi. Safar chog‘ida Zamra jamoasi bilan do‘stlik shartnomasi imzolandi va zarur topilganda bir-biriga yordam berishga kelishildi. O’n besh kundan keyin rasululloh boshchiligidagi qo‘shin Madinaga sog‘-salomat qaytib keldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:09:10
BUVOT G’AZOTI

Oradan ko‘p o‘tmay Shomdan qurayshlarning katta karvoni kelayotgani, ikki ming besh yuz tuyani Umayya ibn Xalaf boshchiligidagi yuz kishi qo‘riqlayotgani aniqlandi. Payg‘ambar alayhis-salom ikki yuz muhojir bilan yo‘lga chiqdilar, bu gal Sa’d ibn Abu Vaqqos yalovbardorlik qildi. Lekin bu safar ham mushriklar bilan to‘qnashish nasib etmadi. Ehtiyotkor quraysh mushriklari allaqachon manzilini o‘zgartirib ulgurishgan edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:09:29
USHAYRA G’AZOTI

Muhojirlar qaytib kelar-kelmas qurayshlarning juda ko‘p mol-mulk ortilgan yangi karvoni yo‘lga chiqqani, uni Abu Sufyon boshchiligidagi yigirma chog‘li odam qo‘riqlab borayotgani haqida ma’lumot keldi, Payg‘ambar alayhissalom jum’adil avval oyida yuz ellik kishi bilan mushriklarning yo‘lini to‘sgani otlandilar. Lekin bu gal ham ikki tomon uchrashmadi; Mushriklar musulmonlar yetib kelgan joydan allaqachon o‘tib ketishgan ekan. Safar behuda ketgani yo‘q. Rasululloh bani Mudlij qabilasi hamda ularning ittifoqchilari bilan do‘stlik shartnomasi tuzdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:09:54
DASTLABKI BADR G’AZOTI

Musulmonlar safardan kelar-kelmas Kurz ibn Jobir Fihriy madinaliklarning yaylovdagi chorva mollarini talon-taroj qilib qochdi. Rasululloh o‘z qo‘shini bilan qaroqchining izidan tushdilar, biroq Kurz allaqachon olislab ketgani uchun tutolmay quruq qaytdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:10:14
HARBIY QISM

Shu yilning rajab oyida payg‘ambar alayhis-salom Abdulloh ibn Jahish boshchiligida sakkiz kishini safarga otlantirdilar. Abdullohning qo‘liga muhrlangan xat tutqazib, ikki kundan keyin ochib o‘qishni uqtirdilar. Rosa ikki kun yurganlaridan keyin Abdulloh xatni ochib o‘qidi. Unda: "Bu xatimni o‘qigach, Naxla degan joyga bor, quraysh arablarini kuzatib ular haqida ma’lumot olib kel", deyilgan edi. Rasululloh niyatlari yahudiy va munofiqlarning qulog‘iga yetib qolishidan xavfsirab, shunday usul qo‘llashga majbur bo‘ldilar. Safarga ketayotganlarning soni oz, dushmanga taqobil turishi mahol edi. Aksiga olib yo‘lda Sa’d ibn Abu Vaqqos bilan Utba ibn G’azvon mingashib ketayotgan tuya yo‘qolib, ular hamrohlardan ayrilib qolishdi. Oltovlon Naxlaga yetib kelganda qurayshlarning karvoniga duch kelishdi. Karvonda Amir ibn Hazramiy, Usmon ibn Abdulloh ibn Mug‘ira, uning birodari Navfal bilan Hakam ibn Kaysonlar bor edi. Musulmonlar karvonga hujum qilib, mollarni qo‘lga tushirmoqchi bo‘lishdi va Rajab oyining so‘nggi kuni karvonning yo‘lini to‘sib Amir ibn Hazramiyni o‘ldirishdi, Usmon bilan Hakam asir olindi, Navfal esa qochib qutildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:10:26
Musulmonlar karvonni o‘z manzilgohlariga olib ketishdi. Bu g‘animlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda musulmonlarning qo‘lga kiritgan birinchi o‘ljasi edi. G’oliblar Madinaga qaytib kelgach, yahudiylar bilan mushriklar ularni jang qilish ta’qiqlangan oyda qon to‘kishda ayblashdi, musulmonlar ham bu fikrga qo‘shilmay ilojlari yo‘q edi. Rasululloh ham jang qilish ta’qiqlangan oyda urushishni buyurmaganliklarini aytdilar. Karvonning yo‘lini to‘sganlar o‘z qilmishlari uchun pushaymon bo‘lishdi. Bu xususda Olloh Taolo Baqara surasining 217-oyatida shunday deydi: "Sendan ta’qiqlangan oyda urush qilish haqida so‘rashadi. Ularga bu oyda urushish katta gunoh, lekin Xudoning yo‘lidan qaytarish, parvardigorga osiy bo‘lish, Masjidi Haromda ibodat qilishga yo‘l qo‘ymaslik, bu dargohdan odamlarni haydab chiqarish yaratganning nazdida undan ko‘ra kattaroq gunohdir, deb ayt". Shundan keyingina urushganlarning ko‘ngli sal joyiga tushdi. Mushriklar asirlarni to‘lov evaziga qaytarib olmoqchi bo‘lishdi. Rasululloh bu taklifni ma’qulladilar. Ikki asir yurtiga qaytarildi, lekin Hakam ibn Kayson islom dinini qabul qilib, Madinada qoldi, Usmon esa musulmon bo‘lmay qaytib ketdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:10:46
QIBLANING O’ZGARTIRILISHI

Payg‘ambar alayhis-salom Madinada turgan o‘n olti oy mobaynida Ka’bani qibla qilishni istasalar-da, Baytulmuqaddasga qarab namoz o‘qidilar. Namozlarida musulmonlarning qiblasini o‘zgartirishni o‘tinib, duo qilardilar. Bir kuni namoz o‘qiyotganlarida parvardigordan hozirdan e’tiboran musulmonlar uchun qibla Ka’baga o‘zgartirilgani haqida vahiy keldi. Rasululloh ibodatlarini buzmagan holda xonai Ka’ba tomonga o‘girildilar, orqada namoz o‘qiyotganlar ham u kishiga ergashishdi. Amrim imoni sust kimsalar shu voqea tufayli dindan qaytib, murtad bo‘lib ketdi. Kutilmaganda qiblaning o‘zgartirilishi yahudiylarning islom diniga tosh otishlariga bahona bo‘ldi. Vaholanki, mag‘ribu mashriq Ollohning ixtiyoridagi mulk. Kimni qayoqqa yuzlantirish, kimni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uning izmidadir.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:11:21
RAMAZON RO’ZASINING FARZ QILINISHI

Shu yili parvardigor musulmonlarga ramazon oyida o‘ttiz kun ro‘za tutishni farz qildi. Bungacha rasululloh har oyda uch kun ro‘za tutardilar. Ro‘za islom dinining asoslaridan biri bo‘lib u inson tabiati va shaxsiyatini kamolga yetkazadigan amaldir. Inson tabiati barobarida ijtimoiy tuzum ham o‘zgarishi tabiiy bir hol. Ma’lumki, inson avvalo o‘z huzur-halovatini, shaxsiy manfaatini ko‘zlaydi, ojizu notavonlar uchun saratonda qo‘lini sovuq suvga urmaydi. Olloh taolo ro‘zani farz qilishining hikmati shundaki, inson ochlik tufayli noz-ne’matlarning, suvning qadrini his etadi va shu asnoda qalbi yumshab, fa’l-atvorini o‘zgartiradi, yo‘qsil, bechoralarga muruvvat ko‘rsatib, sadaqa, ehsonlar berishga odatlanadi. Xudo yo‘lida ehson berish insonni juda ko‘p ofatu kulfatlardan asrab qoladi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:11:40
FITR SADAQASI

Olloh taolo ramazon ro‘zasining pirovardida fitr sadaqasini vojib qildi. Bu mol-dunyosi o‘z ehtiyojiga bemalol yetib ortadigan kishi oilasidagi har bir jon uchun kambag‘allarga berishi lozim bo‘lgan sadaqadir. Odamlar fitr sadaqasini og‘rinmay chin ko‘ngildan berishlari kerak.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:12:03
MOL ZAKOTI

Shu yili ehtiyojidan ortiqcha pul, mol-dunyoga zakot berish farz qilindi. Bu o‘ziga to‘q kishilarning boyligiga tariqcha zarar yetkazmay kambag‘al, beva-bechoralarning ro‘zg‘orini ozmi-ko‘pmi butlab qo‘yadigan adolatli usuldir. Zakotning miqdori bir yil mobaynida ehtiyojdan tashqari (o‘sha davrdagi pul birligi bo‘yicha) dinor-tilla tanga yigirmaga, dirham-kumush tanga ikki yuzga yetsa va bir yil o‘tsa qirqdan bir qismini, ya’ni yuz so‘mdan ikki yarim so‘m beriladi. Bundan ortiqcha mol-dunyo mana shu tartibda hisoblanadi. Shariatning xukmi bo‘yicha qo‘y qirqqa, sigir o‘ttizga, tuya beshtaga yetsa va bir yil o‘tsa ma’lum miqdorini kambag‘allarga berish lozim. Savdo mollari, dehqonchilik mahsulotlaridan ham zakot beriladi. Zakotni imom (amir) yig‘ib olib, tavba surasining 60-oyatida bayon etilgan ko‘rsatmaga binoan taqsimlaydi:
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:12:21
"Zakotni (hech narsasi yo‘q) faqirlarga, (topgani uchi-uchiga yetmaydigan) miskinlarga, zakot nazoratchilariga, dillarini islomga moyil qilish ko‘zda tutilgan kimsalarga, qullarni ozod qilishga, (halol ishga mol-dunyo sarflab, qarzdor bo‘lib to‘layolmaydigan) chorasizlarga, xudo yo‘liga (g‘arib goziylarga, g‘arib hojilar, g‘arib musofirlarga), mol-mulkidan foydalanish imkoniyatidan vaqtincha mahrum musofirlarga berish farz. Olloh, hamma narsani bilguvchi va hikmat bilan ish yurituvchidir".
Ko‘rinadiki, zakot boylarning mol-dunyosiga zarar yetkazmagan holda ijtimoiy hayotda ma’lum mo‘tadillikni yuzaga keltirish, beva-bechoralarga ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan ko‘maklashish imkonini beradi. Yo‘qchilik juda ko‘p mamlakatlarda mazkur tuzumga qarshi norozilikka sabab bo‘ladi, ijtimoiy adolat, tenglik, ozodlik uchun kurash o‘tini yoqadi. Zakot esa mana shunday notinchliklarning oldini oladigan adolatli yo‘ldir.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:12:47
KATTA BADR G’AZOTI

Payg‘ambar alayhis-salom qurayshlarning katta karvoni Shomga ketganini bilardilar. Karvon orqaga qaytayotganidan xabar topib, sahobalarni safarga otlantirdilar: "Karvonning yo‘lini to‘sib chiqinglar. Olloh bu karvonni sizlarga marhamat qilishi mumkin". Ba’zilar darrov yo‘l hozirligini ko‘rdi, ba’zi birovlar rasululloh bari bir ular bilan urushmaydilar, degan o‘yda o‘z yumushlari bilan mashg‘ul bo‘laverdilar. Sarvari olam ot-ulovini shaylaganlarni yonlariga olib, boqi-beg‘amlarni kutmasdan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. Ramazon oyining uchinchi kuni uch yuz o‘n uch kishi quraysh mushriklari yetkazgan ozoru kulfatlar uchun o‘ch olgani yurish qildi. Ularning ikki yuz qirqdan ko‘prog‘i ansorlardan, qolgani muhojirlar bo‘lib, ixtiyorlaridagi ikkita ot bilan yetmish tuyani galma-galdan minishardi. Bayroqni Mus’ab ibn Umayr Al-Abdari ko‘tarib olgan edi. Abu Sufyon payg‘ambar alayhis-salom karvonning yo‘lini to‘sib chiqqanlarini eshitib, darrov Makkaga odam jo‘natdi. Bu gapdan xabar topgan qiziqqon qurayshlar o‘z karvonini asrash uchun (Abulahab ibn Abdul Muttalibdan boshqa hamma) yo‘lga otlandi. Abulahab o‘z o‘rniga Os ibn Hishom ibn Mug‘irani jo‘natdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:13:02
Imom Buxoriyying rivoyat qilishicha, Sa’d ibn Muoz hijratdan keyin Ka’ba ziyoratiga borgan paytida Umayya ibn Xalafga: "Musulmonlar seni qanday bo‘lmasin o‘ldirmoqchiligini rasulullohdan eshitdim", dedi. "Ular meni qayerda o‘ldirisharkan?" deb so‘rabdi Umayya. Sa’d: "Bunisini bilmadim", debdi. Bu gapdan qattiq vahimaga tushgan Umayya Makkadan bir qadam ham tashqariga chiqmaslikka qasam ichdi. Biroq Abu Jahlning tanayu-dashnomlariga chidolmay ko‘pchilik bilan karvonni qo‘riqlagani borishga majbur bo‘ldi. U shahar tashqarisiga chiqsa ham hech narsaga aralashmay, biron kimsa bilan to‘qnashmay qaytishga qaror qildi. Biroq Olloh taoloning irodasi uning istagidan ustun keldi. Umayyaning xohish-irodasiga zid holda ajal uni Badrga sudrab keldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:13:18
Quraysh oqsoqollaridan ko‘plari bitta karvon uchun musulmonlar bilan urushishni istamas, biroq ko‘pdan ajrab qolishning ham iloji yo‘q edi. Cho‘riyu-qullar oldinda musulmonlarni hajv qiluvchi qo‘shiqlarni aytib borishar, orqada ot, tuyalarga mingan mushriklar dabdabayu-as’asa solib kelishardi. Ularning bu holati Anfol surasining 48-oyatida aniq bayon etilgan: "Vaqtiki kelib shayton ularga o‘z amallarini yaxshi ko‘rsatib, sizlarni hech kim yengolmaydi, men sizlarning madadkoringizman, dedi. Ikki qo‘shin to‘qnashgan paytda esa shayton orqasiga qochdi va qo‘limdan hech narsa kelmaydi, sizlarga yashirin narsalarni ko‘rib turibman, men chindan ham Ollohdan qo‘rqayapman, uning ovozi (juda ham) vahimalidir", dedi. Esli-hushli odamlar ibrat olishlari uchun parvardigor Hashr surasining 16-oyatida shaytonning qilmishlarini misol keltiradi: Munofiqlar shaytonga o‘xshaydi. Payti kelganda shayton insonga kofir bo‘l, dedi. Inson kofirlik ko‘chasiga kirgach, men rostdan ham hech narsaga arzimayman. Men barcha olamlarning parvardigori Ollohdan juda ham qo‘rqaman, dedi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:13:37
Abu Sufyonga yordamga otlanganlarning soni to‘qqiz yuz ellik kishi bo‘lib, yetti yuzi tuyada, ikki yuz ellik kishi otliq edi. Mushriklarning bu hatti-harakatlaridan bexabar payg‘ambar alayhis-salom o‘z qo‘shinini ko‘zdan kechirib, jangga yaroqsiz, nimjon, kasalvandlarini Madinaga qaytarib yubordilar. Ikki kishini karvondan xabar olib kelishga jo‘natdilar. Ular Madinadan o‘ttiz-qirq mil olisdagi Rakho degan joyga yetib kelishganda mushriklarning katta qo‘shini jangga otlangani, ularning erta-indin Badr degan joyga yetib kelajagi ma’lum bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:13:50
 Rasululloh o‘z sarkardalarini yig‘ib: "Parvardigor menga yo karvon, yo quraysh askari bilan uchrashishni havola etdi. Bu ikki ishdan qay birini tanlashni xohlaysizlar", dedilar. Maslahat chog‘ida ba’zi birovlarning o‘ljaga ega bo‘lish uchun karvonni qo‘lga kiritishdan boshqa niyati yo‘qligi ma’lum bo‘ldi, ba’zilar esa g‘azotga otlanganidan bexabar qolib puxtaroq tayyorgarlik ko‘rib kelishmaganidan afsuslanishdi. Ularning gapi Anfol surasining 7-oyatida bayon etilgan fikrga mos keladi: "Payti kelganda Olloh sizlarni ikki guruhdan biri bilan uchrashishingizga ruxsat bergan edi. Sizlar kuchsizlar bilan uchrashishni ixtiyor etdinglar". Miqdod ibn Asvod o‘rnidan turib: "Ey rasululloh, Olloh nimani buyursa, shuni qil. Xudo haqqi biz Muso alayhis-salomga: "Sen parvardigoring bilan birga borib urushaver, biz bu yerda kutib turamiz", (Moida surasining 24-oyatida) degan bani Isroilga o‘xshab muomala qilmaymiz. Biz sen bilan birga g‘azotga boramiz. Agar bizni Barko‘lg‘amodga boshlasang ham hech ikkilanmay boraveramiz", dedi. Rasululloh unga minnatdorchilik bildirib, ansorlarining fikrini so‘radilar. Aqoba bay’atida ular payg‘ambar alayhis-salomni himoya qilishga so‘z berishgan bo‘lsa-da, u kishi bilan birga jangga kirishlari aytilmagan edi. Avs qabilasining oqsoqoli Sa’d ibn Muoz "Ey rasululloh biz sening payg‘ambarligingga ishonib imon keltirdik. Xudo nimani buyursa shuni qil, biz gap-so‘zsiz senga ergashamiz. Agar manavi Qizil dengizga kirishni buyursang, so‘zsiz bajo keltiramiz. Agar ertaga sen g‘anim bilan yuzma-yuz kelsang, biz yoningda bo‘lamiz, bizning qanchalik sabr-qanoatli, bardoshli ekanimizni ana o‘shanda ko‘rasan. Xudo xohlasa, bizlardan rozi bo‘lsang ajab emas, Xudoga tavakkal qilib yo‘lingda davom etaver", dedi. Bu gapdan rasulullohning yuzlari nurlanib ketdi. "Sizlarga xushxabar aytib qo‘yay, men mushriklarning jasadlarini ko‘rgandek bo‘lyapman", dedilar. Bu gapdan musulmonlar qonli to‘qnashuv bo‘lishi muqararligini his etishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:14:10
Abu Sufyon poyu piyoda musulmonlarning qat’iyat bilan bostirib kelayotganini eshitgach, shartta yo‘lini o‘zgartirib, dengiz sohili bilan qochib qoldi hamda qurayshlarga xat yozib vaziyatni batafsil tushuntirgach, orqaga qaytishlarini tavsiya etdi. Lekin Abu Jahl uning gapiga quloq solmay Badrga borib uch kun turib, tuyalarni so‘yib, rosa mayxo‘rlik qilib va arablarga o‘zimizni tanitib o‘la-o‘lguncha bizlardan hayiqadigan qilmagunimizcha bu yerdan ketmaymiz, deya qasam ichdi. Axnas ibn Shariyq ittifoqdoshi Zuhro aymog‘iga Xudo mol, joninglarni asraganiga shukrona aytib, tezroq ketinglar, deya maslahat berdi. Uning gapi bilan bani Zuhro, bani Adiy aymoqlari Badr urushida qatnashishmadi. Abu-jahlning odamlari Badr vodiysining Madinadan olisdagi tuprog‘i o‘ynab yotgan joyiga kelib tushdi. Payg‘ambar alayhis-salom boshchiligidagi musulmonlar ham Badrga yetib kelgach, Ali ibn Abu Tolib bilan Zubayr ibn Avvom vaziyatni o‘rganib kelgani jo‘natildi. Ular mushriklarning suv tashiydiganlaridan ikki kyshini tutib kelishdi. Bu chog‘da rasululloh, namoz o‘qiyotgan edilar. Ali bilan Zubayr asirlarni o‘rtaga olib so‘roq qila boshlashdi. "Biz bor-yo‘g‘i suv tashuvchilarmiz, ko‘p narsalardan xabarimiz yo‘q, deyishdi ular. So‘roq qiluvchilar asirlarning gapiga ishonmay ura ketishdi. Ular biz suv tashuvchi emas, Abu Sufyonning xizmatkorlarimiz, deyishganidan keyingina qo‘yib yuborishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:14:21
Bu orada ibodatini tugatgan rasululloh: "Ajab, ular rostini aytganda tutib olib urdinglar, yolg‘on gapirganda qo‘yib yubordinglar. Bular qurayshning xizmatkorlaridan ekanligi shundoqqina ko‘rinib turibdi-ku", dedilar va mushriklar qo‘shini qayerga tushganini so‘radilar. Asirlar mushrik askarlari joylashgan yerni aniq aytib berishdi. Rasululloh ular kuniga nechta tuya yeyishayotgani bilan qiziqdilar. "Ba’zi kunlari, to‘qqizta, ba’zan o‘nta", deya javob berishdi asirlar. "Demak, ularning soni to‘qqiz yuz bilan ming o‘rtasida ekan", deya xulosa chiqardilar payg‘ambar alayhis-salom hamda oqsoqollardan kimlar kelganini surishtirdilar. Asirlardan ularning nomlarini eshitgach, sahobalarga: "Makka sizlarga qarshi o‘z jigarporalarini tashlabdi", dedilar. Musulmonlar joyidan qo‘zg‘alib, Madina yaqinidagi suvsiz, sho‘rxok yerga ko‘chishdi. Ularni tashnalik qiynay boshladi, ko‘plari junub, tahoratsiz bo‘lib qoldi, payt poylab turgan shayton darrov vasvasa qilishga tushdi: "Mushriklar suvsizlikdan tinka-madoringiz qurib, yo‘lingizni eplab yurolmaydigan ahvolga tushishingizni kutib turishibdi. Keyin sho‘ringizni quritib, boshingizga it kunini solishadi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:14:38
Agar Haq Taolo o‘z fazlu marhamatini namoyon etmasa, chindan ham ba’zi odamlarning irodasi bo‘shashib ketishi hech gap emasdi. Kutilmaganda havoga bulut chiqib, shu qadar qattiq yomg‘ir yog‘diki, jilg‘alar to‘lib-toshib ketdi. Odamlar idishlarini, chuqurlarni suvga to‘lg‘izib olishdi, chang-to‘zon bosilib, yurish osonlashdi. Mushriklar uchun esa yomg‘ir katta tashvish keltirdi, ular turgan yer botqoqqa aylanib, na ulovda. na yayov yurish mumkin bo‘lmay qoldi. Olloh Anfol surasining 11-oyatida musulmonlarga ko‘rsatgan marhamati haqida bunday deydi: "Sizlarni poklash, shayton vasvasasini daf etish, qalbinglarni sokin, qadaminglarni baquvvat qilish uchun Olloh bulutdan yomg‘ir yog‘dirib berdi". Parvardigor musulmonlarga dalda berish uchun jang maydonida ularga mushriklarning sonini kamaytirib ko‘rsatdi. Olloh taoloning hukmi bajo keltirilishi bu voqealarning davomida ayon bo‘ldi. Anfol surasining 43-44-oyatlarida bu xususda shunday deyiladi: "Vaqtiki kelib Olloh tushingda ularni senga kamaytirib ko‘rsatdi, agar ko‘paytirib ko‘rsatsa, qo‘rqib ketardinglar va shubhasiz o‘rtangizda nizo chiqardi, lekin Xudoning o‘zi asradi, u ko‘ngildagi (sir-asrorlarni) yaxshi bilguvchidir. Olloh bo‘ladigan ishni bo‘ldirish uchun ularni sizlarga ozgina qilib ko‘rsatdi. Sizlarni ham ularga kamaytirib ko‘rsatdi. Hamma narsa Ollohning dargohiga qaytajak".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:14:55
Musulmonlar qarorgohini o‘zgartirib, katta suv bo‘yiga kelib joylashishdi. Ansorlardan Xubob ibn Munzir benihoya tadbirli, harbiy salohiyati o‘tkir kishi edi. U payg‘ambar alayhis-salomdan: "Ey, rasululloh, bu yerga Ollohning amriga binoan keldikmi yo sening xohishing bilanmi?" deb so‘radi. Payg‘ambar alayhis-salom qo‘shinni o‘z xohish-irodalari bilan ko‘chirganlarini aytdilar. "Unday bo‘lsa, mushriklarga yaqin joyga ko‘chib o‘taylik, bu yer jang qilishga noqulay. Mushriklarning shundoqqina biqinida katta ko‘l bor, biz shu yerga joylashib, meshlarni suvga to‘ldirib olganimizdan keyin yon-verimizdagi hamma quduqlarni ko‘mib tashlaylik. Hali jangga kirib ulgurmay suvsizlikdan mushriklar adoyi-tamom bo‘lishadi". Hubobning fikri ma’qullanib, uning ko‘rsatmasi bo‘yicha ish qilindi. Jangovar tayyorgarlik tugagach, Avs qabilasining oqsoqoli Sa’d ibn Muoz "Ey rasululloh, biz sen uchun alohida chodir tikib, ulovingni shay qilib qo‘yaylik. Agar Olloh bizga nusrat ato etib, g‘alaba qozonsak nur ustiga a’lo nur, bordi-yu, dushman ustun kelsa, sen darrov orqaga qaytib ketishing kerak. Seni bizdan ortiq suyib, itoat etadigan qancha odam Madinada qoldi. Ularning ham g‘azotda qatnashish istagi bor edi. Biroq bu safar sening g‘azavot niyatida otlanganingdan bexabar qolishdi, bor-yo‘g‘i karvonni qo‘lga kiritish uchun ketdi, deb o‘ylashdi. Bu odamlar har qanday sharongda sen uchun ko‘ksini qalqon qilishga tayyor, ular saodatga erishishi uchun ham sen omon bo‘lishing kerak", dedi. Bu fikr ko‘pchilikka ma’qul kelib, katta tepalik ustiga chodir tikildi. Musulmonlar saf chekib, jangovar holga kelgach, rasululloh zarur ko‘rsatmalarni berdilar va xudoga murojaat qilib, duoga qo‘l ochdilar: '"Yaratgan egam, quraysh xalqi senga takabburlik va bo‘yni yo‘gonlik qilib yuborgan payg‘ambaringni yolg‘onchiga chiqarmoqda. Menga va’da qilgan yordamingni darig‘ tutma, bizlarga nusrat ato et!" Bu duoga qo‘shilgan musulmonlar qalblarida bir munavvarlik tuydilar, dushman har qancha qudratli, soni har qancha ko‘p bo‘lmasin, baribir g‘olib kelishlariga ishonch uyg‘ondi. Bu har qanday jangning hal qiluvchi omili edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:15:08
Bu orada mushriklar orasida ixtilof chiqib, jangga kirish-kirmaslik haqida tortisha boshlashdi. Utba ibn Robia urushishdan qaytarib, musulmonlar tomonidan o‘ldirilgan Amir ibn Hazramiyning tovonini va musodara qilingan mollarni o‘z yonidan to‘lashini aytdi. Abujahl uni qo‘rqoqlikda ayblab, malomatlar yog‘dirdi. "Xudo haqi, Muhammad bilan urushib, taqdirda nima borligini ko‘rmaguncha qaytib ketmayman", dedi u takabburlik bilan. Jang oldidan Asvad ibn Abdulasad: "Qasam ichib aytamanki, musulmonlarning qo‘lidan suv ichaman. Bu yo‘lda o‘lsam ham roziman", dedi. Biroq niyatiga yetolmadi. Jang boshlanishi bilanoq Hamza uni yaralab, oyog‘ini chopib tashladi. Johil Asvad qasamini bajarish uchun emaklab borib, o‘zini hovuzga tashladi, Hamza uning boshini tanasidan judo qildi. Rasululloh musulmonlarga sabr-matonat, dovyuraklik tiladilar. "Jangda chidamli bo‘lgan odamni Olloh g‘am-qayg‘udan xalos etadi", dedilar u kishi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:15:23
Urush o‘sha paytning taomiliga binoan yakkama-yakka olishuv bilan boshlandi. Mushriklardan Utba ibn Robia, uning birodari Shayba hamda o‘g‘li Validlar maydonga tushishdi. Ansorlardan chiqqan kishilarni ko‘rgan mushriklar: "Biz sizlar bilan urushmaymiz, qurayshliklardan chiqishsin", deya chuvullashdi. Payg‘ambar alayhis-salom Ubayda ibn Horis ibn Abdumuttalib, Hamza ibn Abdumuttalib va Ali ibn Abutolibni oldinga chiqardilar. Hamza bilan Ali o‘z raqiblarini yengdilar, biroq Ubayda bilan Utba ikkalasi yaralandi. Hamza bilan Ali yordamga kelib, Utbani o‘ldirishdi va yarador Ubaydani rasulullohning chodiriga olib kelishdi. Payg‘ambar alayhis-salom uning boshini tizzalariga qo‘yib, shahidlik darajasiga yetgani bilan bashorat berdilar. Ubayda Abu Tolibning: "Muhammadni asraymiz, atrofida jon chekib, uning uchun yor, do‘stu xonumondan voz kechib", degan she’rini esladi hamda o‘zining mana shunday sharafga erishganidan mamnun bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:15:40
Muboraza tugagach, har ikki tomon saflarni jangovar holga keltira boshladi. Payg‘ambar alayhis-salom odamlarni oralab, qo‘llarida kichkina tayoqcha bilan xuddi namozdagidek saflarni tekisladilar. Oldinga chiqib ketgan Savod ismli mujohidning qorniga turtib, to‘g‘ri tur, dedilar. Savod: "Ey rasululloh, sen bekordan bekorga meni urding, sendan o‘chimni olaman", dedi. Rasululloh rozi bo‘lib, qorinlarini ochib turdilar. Savod sarvari olamni qattiq quchoqlab, qorinlaridan o‘pdi, u kishining ajablanganlarini ko‘rib: "O’lim bilan yuzma-yuz kelib turibmiz, umrimning so‘nggi daqiqalarida sizni quchoqlab bir rohat qilmoqchi bo‘ldim", dedi. Rasululloh unga ezgu tilaklar tilab duo qildilar. Shundan keyin mujohidlarga: "Mening buyrug‘imsiz hujumga o‘tmanglar. Dushman hujum qilsa, o‘q bilan qaytaringlar, ular qilich yalangochlab kelmaguncha sizlar bostirib bormanglar", deb tayinladilar va jangda sabrli, dovyurak bo‘lishga chaqirdilar. Shundan keyin birodarlari Abu Bakr bilan chodirga qaytib, xudoga munojot qildilar: "Ey parvardigor, bergan va’dang bilan kafolatingni amalga oshirgaysan. Agar mo‘minlarning halokatini istasang yer yuzida senga ibodat qilguvchi odam qolmaydi". Abu Bakr u kishining ko‘nglini ko‘tarib: "Xudo albatta va’dasida turadi", dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:15:55
Bunga javoban rasululloh Qamar surasining 46-oyatini o‘qidilar: "Mushriklar to‘dasi mag’lub bo‘lib orqaga chekinadi". Rasululloh mana shu ishonch bilan mujohidlarni ruhlantirish uchun tashqariga chiqib "Xudoning nomi bilan qasam ichamanki, bugun kimki mushriklarga qarshi sabr va matonat bilan jang qilsa, Olloh unga jannat ato etadi. Kimki bir mushrikni o‘ldirsa, uning engil-boshi bilan qurolini o‘lja oladi'", deya xitob qildilar." Juda yaxshi gap ekan-ku, — dedi Umayr ibn Xumom. — Jannatga tushishim uchun mushriklar bilan jang qilib shahid bo‘lishimgina qolgan ekan. Nega bu qulay imkoniyatni orqaga surib o‘tiribman", deya yeb turgan xurmosini tashlab jangga kirib ketdi. Dushmanlar bilan sherdek olishib shahid bo‘ldi. Jang rosa avjiga chiqqanda parvardigori olam musulmonlarning ko‘ngliga dalda berib, ruhini ko‘tarish uchun ko‘kdan farishtalarni tushirdi. Jang biron soat davom, etgach, mushriklar mag‘lub bo‘lib, betartib qocha boshlashdi. Musulmonlar ularni quvib, qilichdan o‘tkazishdi, bir qismini asir olishdi. Bu jangda mushriklar yetmish nafar odamidan ayrildi, yetmishtasi asirga tushdi. Payg‘ambar alayhis-salom jangdan qayta turib, Makkada juda ko‘p ozor bergan Uqba ibn Abu Muayid bilan Nazir ibn Horisni qatl etdilar. Shundan keyin o‘liklarni Badrdagi chuqurlarga ko‘mishni buyurdilar. U kishining amriga binoan xoh mushrik bo‘lsin, xoh musulmon jasadlar albatta dafn etilardi. Chuqurga birinchi bo‘lib Abu Huzayfaning otasi tashlandi. Uning rangi bo‘zarib, g’alati bo‘lib ketdi. "Otangga achinyapsanmm?" deb so‘radilar payg‘ambar alayhis-salom. "Yo‘q, — dedi Abu Huzayfa. — Lekin otam aqlli, muloyim, mehribon odam edi. Hamisha Ollohdan u kishini islom diniga hidoyat etishni so‘rardim. Afsuski, nasib etmadi. Otamning imonsiz ketganiga ichim achiyapti". Rasululloh unga tasalli berib, haqiga duo qildilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:16:16
Shundan keyin mushriklarning jasadlari ko‘milgan joyga kelib, hay falonchi, hay pismadonchi, deya marhumlarni nomma-nom chaqirdilar-da: "Islom dinini qabul qilmaganinglar uchun afsuslanyapsizlarmi? Biz robbimizning va’dasi rostligiga ishondik, sizlar ham o‘z robbingizning va’dasi chinligiga amin bo‘ldinglarmi?" "Ey rasululloh, jonsiz jasadlar gapingni eshitarmidi?" dedi hayratga tushib Umar. "Ular sizlardan ko‘ra yaxshiroq eshitishadi", dedilar payg'ambar alayhis-salom. Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinishicha, rasululloh mushriklarning qabrlari tepasiga kelib: "Bular endi da’vatimning haqligani juda yaxshi bilishadi", degan ekanlar. Shuningdek u kishi: "Sen o‘liklarga va qabrdagilarga gapingni eshittirolmaysan", degan oyatni o‘qiganlarini, o‘lgan mushriklar rasulullohning da’vati haqligini do‘zaxga kirganda bilajagini aytdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:16:33
Muhammad alayhis-salom Madina xalqiga xushxabar yetkazish uchun kun chiqish tomonga Abdulloh ibn Abu Ravohani, kun botish tomonga Zayid ibn Horisani yubordilar. Yahudiylar bilan munofiqlar har xil gap-so‘z tarqatib, musulmonlarning ko‘ngliga g’uluv solib yurishgan edi. Azaliy niyati odamlarning halovatini buzib, ko‘nglini gash qilish bo‘lgan murtadlarning dami ichiga tushib ketdi. Xushxabar Madinaliklar rasulullohning qizi, Usmonning umr yo‘ldoshi Ruqiyani dafn etish paytida yetib keldi. Payg'ambar alayhis-salom zudlik bilan qaytmoqchi bo‘lgan edilar, biroq o‘lja olingan mollar taqsimoti ustida ixtilof chiqib qoldi. Yoshlar jangni biz qildik, o‘ljaning ko‘pini biz olishimiz kerak, deyishdi. Qarilar, agar biz qo‘llab-quvvatlamasak g‘alaba qayda edi, o‘ljada bizning ham ulushimiz bor, deyishdi. Agar oldi olinmasa bu ixtilof adovat o‘tini yoqib, o‘rtaga nizo solardi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:17:05
Olloh taolo musulmonlar o‘rtasidagi kelishmaslikni bartaraf etish uchun Anfol surasining birinchi oyatini nozil qildi: "Sendan o‘lja haqida so‘rashadi, sen ularga: "O’lja yaratgan bilan payg‘ambarga tegishli; agar mo‘min bo‘lsangizlar, Ollohga taqvo qilinglar, munosabatinglarni yaxshilanglar, xudoga va payg‘ambarga itoatda bo‘linglar, degin". Shundan keyin musulmonlarning qalbi Qur’on nuri bilan nurafshon bo‘lib, nizoga chek qo‘yildi, ahillik qaror topdi, o‘ljani xudoning hukmiga binoan taqsimlab berishni rasulullohga topshirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom piyodalarga bir xil, suvoriylarga boshqacha ulush ajratdilar. Ma’lum sabablar bilan jangda qatnashmaganlarni ham benasib qo‘ymadilar. Bular rasulullohning o‘rinlarida Madinada qolgan Abu Luboba Ansoriy, Amir ibn Avf qabilasiga xalifa bo‘lib qolgan Horis ibn Hotab, Ravho degan joyda qo‘shindan qolib ketgan Horis ibn Simma bilan Xavvot ibn Jubayr, dushman tomoniga vaziyatni o‘rgangani jo‘natilgan Talha ibn Ubaydulloh bilan Said ibn Zayd, kasal rafiqasining tepasida qolgan Usmon ibn Affon Kubo va Oliya aholisiga boshchilik qilish uchun qoldirilgan Osim ibn Adiylar edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:17:36
Shuningdek jangda shahid ketgan o‘n to‘rt kishining oilasiga ham tegishli ulush ajratildi. Urushning avvalida yaralangan Ubayda ibn Horis ibn Abdulmuttalib ham o‘z nasibasini olgan bo‘lsa-da, foydalanish nasib etmadi. U musulmonlar Badrdan qaytishayotganda olamdan o‘tdi. Rasululloh Madinaga yaqinlashtanlarida yosh qizaloqlar qo‘shiq aytib u kishining istiqboliga chiqishdi.

Rasululloh to‘lin oydek nur sochib
Chiqib keldi Saniyyatul-Vado’dan
Shukr aytmoq lozim bizga har lahza,
Biron kimsa qo‘l uzmasin duodan.
Musulmoining shamchirog‘i bu dinni
Olib keldi rasul bizga xudodan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:18:09
ASIRLAR HAQIDA KENGASHISH

Madinaga yetib kelishgach, payg‘ambar alayhis-salom asirlarning taqdiri haqida kengashib olish uchun sahobalarni huzurlariga chorladilar. Umar ibn Hattob so‘z olib: "Ey rasululloh, bular payg‘ambarligingga ishonmay senga qarshi kurashgan, seni yurtingdan haydab chiqargan kimsalar. Menga o‘z qarindoshimni, Hamzaga qarindoshi Abbosni, Aliga jigari Uqayilni ber, ularni o‘zimiz o‘ldiraylik. Mushriklarga sira shafqat yo‘qligini bilib qo‘yishsin. Meningcha, asirlarning hammasini qirib tashlash ksrak. Ularning hammalari quraysh kattalari, shu paytgacha biz ulardan faqat yomonlik ko‘rdik. Mana endi orani ochdi qilib qo‘yadigan payt keldi", dedi. Sa’d ibn Maoz bilan Abdulloh ibn Ravoha uning fikrini qo‘llab-quvvatlashdi. Biroq Abu Bakr ularni yoqlamadi "Ey rasululloh, bular o‘z urug‘-aymoqlaring. Olloh taolo senga nusrat ato etib, qo‘lingni baland qilgan ekan, meningcha ularni o‘ldirish o‘rniga tovon olib qo‘yib yuborish kerak. Tovon puli kofirlarga qarshi kurashimizda kunimizga yaraydi. Mabodo mana shu muruvvating tufayli ularning qalblari yumshab iymonga kelishsa, suyanchiginga aylanib qolishlari hech gap emas", dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:18:21
Bu fikrlarni eshitgach, rasululloh dedilar: Parvardigor ba’zi birovlarning ko‘nglini sutdan ham oq, paxtadan ham yumshoq, ba’zilarnikini esa toshdan ham qattiq qiladi. Ey Abu Bakr, sen yumshoq ko‘ngil Ibrohimga o‘xshaysan. U o‘z fazlini namoyon etib bunday degan edi: "Kimki menga ergashar ekan, u mening dinimdadir, kimki menga osiylik qilar ekan, sen shubhasiz (unga) mag‘firat qilishga va marhamat ko‘rsatishga qodirsan". (Ibrohim surasining 36-oyati). Ey Umar, sen xuddi Nuhga o‘xshaysan, u kofirni duoibad qilib: "Parvardigorim, yer yuzida bironta kofir zotini qo‘ymagin", degan edi. (Nuh surasining 96-oyati) — Payg‘ambar alayhis-salom har ikkala sahobani maqtagach, Abu Bakrning fikrini yoqladilar, chindan ham ayni vaqtda qanday yo‘l bilan bo‘lmasin islom dinini keng yoyish, moddiy va ma’naviy kuch yig‘ib, mushriklarni mag‘lub etish kerak edi. — Biz hozir yo‘qsilmiz, shuning uchun asirlarni tovon olmay qo‘yib yubormaslik kerak". Bu qarordan xabar topgan mushriklar ancha yengil tortishdi. O’lganlar uchun aza ochib, bir oy motam tutishgach, toki ular uchun intiqom olmaguncha ko‘z yoshi to‘kmaslikka ahd qilishdi. Musulmonlar ko‘p pul so‘ramasin, degan o‘yda asirlarni qutqarib olishga shoshilmaslik kerak, degan to‘xtamga kelishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:18:39
ASIRLARNI QUTQARIB OLISH. FIDYA

Muttalib ibn Abu Vadoa Sahimiy mushriklarning taqiqlashiga qaramay yashirincha Madinaga keldi-da, to‘rt ming dirham to‘lab otasini qutqarib oldi. Shundan keyin quraysh mushriklari har bir odam uchun mingdan to‘rt ming dirhamgacha tovon to‘lab, o‘z yaqinlarini asirlikdan ozod qilishdi. Puli yo‘q, lekin ilmli odamlar madinalik o‘nta bolaning savodini chiqarib tutqunlikdan qutulishi mumkin edi. Abu Sufyonga tovon to‘lab o‘g‘lini qutqarib ketish taklif etilganda u qat’iyan rad etib: "Men hech qachon haq to‘lab o‘g‘limni qutqarmayman. Uning ixtiyori Muhammadda, nima qilsa o‘zi biladi", dedi. Shundan keyin bu yovuz kimsa Ka’ba ziyoratiga borgan Sa’d ibn Nu’mon Ansoriyni tutib olib, qamab qo‘ydi. Rasululloh Abu Sufyonning o‘g‘lini Sa’d bilan almashtirishga majbur bo‘ldilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:18:55
Asirlar orasida payg‘ambar alayhis-salomning kuyovi Abul Os ibn Rabiy ham bor edi. Musulmonlar bilan mushriklar o‘rtasida ziddiyat kuchaygan paytda makkaliklar undan rasulullohning qizi Zaynabni qo‘yib yuborishni talab qilishdi. Abul Os imonga kelmagan bo‘lsa-da: "Mening qo‘yadigan xotinim yo‘q. Qurayshda unga teng keladigai yaxshi xotin topilmaydi", degan edi. Zaynab erini asirlikdan qutqarish uchun to‘y kuni onasi Xadicha bo’yniga osib qo‘ygan marvaridni otasiga yubordi. Ham Xadichani eslab, ham qizining chorasiz ahvoliga achinib ko‘ngli buzilgan rasululloh sahobalarga: "Abul Osni qo‘yvorib, marvaridni qizimga qaytarib bersanglar bo‘larmikin", dedilar. Sahobalar rozilik berishdi. Payg‘ambar alayhis-salom Zaynabning Madinaga ko‘chib kelishiga ruxsat berish sharti bilan Abul Osni ozod qildilar. Oradan ko‘p o‘tmay, Zaynab Madinaga yetib keldi. Makka fath etilishi arafasida islom diniga kirgan Abul Osga Zaynab avvalgi nikohi bo‘yicha qaytarib berildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:19:15
Suhayil ibn Amr fasohatli notiq bo‘lgani uchun musulmonlarni haqoratlab ko‘p ozor yetkazgan edi. U asirga tushganda Umar ibn Xattob: "Ey rasululloh, ijozat ber, Suhayilning ikki tishini sug‘urib olay, toki seni yomonlab gapirolmaydigan bo‘lsin", dedi. Rasululloh: "Men birovning a’zosiga zarar yetkazib, mayib qilmayman. Zolimlik qilsam payg‘ambar bo‘lishimdan qat’iy nazar Olloh meni ham shu ko‘yga soladi. Kelajakda Suhayil islomning foydasiga so‘z aytsa ajab emas", dedilar. Mikroz ibn Hafis notiq uchun to‘lanadigan haq miqdorini kelishgach, Suhayil ozod etiladigan, lekin to tovon puli kelguncha Mikroz garovda qilgan bashoratlarini ro‘yobga chiqardi. Sarvari olam vafot etganlaridan keyin makkaliklarning bir qismi boshqa arablar kabi dindan qaytmoqchi bo‘lganda, Suhayil o‘rnidan turdi-da, xudoga hamdu sano, payg‘ambar alayhis-salomga durud o‘qidi hamda yig‘ilganlarga xitob etib: "Ey xaloyiq! Kimki Muhammadga ibodat qilmoqchi bo‘lsa, u kishi olamdan o‘tdi. Kimki Ollohga ibodat qilishni istasa, u tirik, xudo abadiy barhayot! Zumar surasining 20-oyati esinglardami? Olloh: "Sen ham albatta o‘lasan, ular ham o‘lishi aniq", deydi. Bundan tashqari Oli Imron surasining 144-oyati aynan sizlar haqingizdadir:
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:19:32
"Muhammad bor-yo‘g‘i bir payg'ambar, undan avval ham talay payg‘ambarlar o‘tgan. u olamdan o‘tsa, yoki o‘ldirija darrov imondan qaytasizlarmi?" Xudo haqqi, men aniq bilamanki, islom dini xuddi quyosh nuridek yer yuziga tarqaladi. Abu Sufyonga aldanmanglar, u islomning haq din ekanini juda yaxshi biladi, faqat hasadgo‘yligi tufayli unga qarshi turadi. Robbingizga tavakkal qiling! Ollohning dini keng tarqaladi. Ollohning so‘zi haq. Ollohni yoqlagan kishiga yaratganning o‘zi madad beradi'. Xudo o‘z diniga quvvat ato etadi. Yaratgan egam sizlarni birlashtirgani uchun hammadan fazilatli Abu Bakrni payg‘ambar alayhis-salomning xalifasi qilib sayladinglar. Bu bilan islom dini yanada kuchga kiradi. Kimki dindan qaytib, murtad bo‘lar ekan, shartta kallasini olamiz".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:19:52
Bu gap arosatda yurgan odamlarni sergaklantirdi, haqiqiy musulmonlarning imonini yanada mustahkamladi. Suhayil haqida aytilgan fikr rasulullohning mo‘jizalaridan biridir.
Valid ibn Validni Xolid bilan Hishom qutqarib olishdi. Valid Makkaga qaytib kelgach, musulmon bo‘ldi. Unga: "Tovon to‘lanmasidan oldin imon keltirib qo‘ya qolsang bo‘lmasmidi?" deyishganda, "Odamlar qo‘rqqanidan islomga kiribdi, deyishmasin deb atay shunday qildim", deya javob berdi. Uning islom diniga kirganidan g‘azablangan qarindoshlari Madinaga ketishiga yo‘l qo‘yishmadi, Rasululloh Ka’ba ziyoratiga kelganlarida Valid payt poylab u kishiing yoniga qochib ketdi.
Badr urushida mushriklarning a’lamdori bo‘lgan Soib ibn Yazid islom olamining mo‘tabar imomlaridan Shofeiy Muhammad ibn Idrisning bobokalonidir.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:20:07
Tutqun Vahobning otasi Umayir qurayshlarning shayotinlaridan bo‘lib, payg‘ambar alayhis-salomga ko‘p aziyat yetkazgan edi. Kunlarning birida Safvon ibn Umayya bilan Badr jangida boshlariga tushgan musibatlarni eslab o‘tirishganda Umayir dardini to‘kib soldi: "Agar birovdan qarzdor bo‘lmaganimda, mendan keyin bola-chaqamning holi ne kecharkin degan tashvish qiynamaganda Madinaga borib, Muhammadni o‘ldirib, asirlikda qiynalayotgan o‘g‘limni qutqarib kelardim", dedi. Safvon: "Unday bo‘lsa, qarzlaringni men to‘layman, bola-chaqangning holidan xabar olishga so‘z beraman", dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:20:18
Umayir qilichiga zahar suvi berib, Madinaga yo‘l oldi. Bir to‘da musulmonlar bilan suhbatlashib o‘tirgan Umar qilich osib kelgan Umayirga ko‘zi tushib: "Manavi Ollohning dushmani bo‘lgan it yaxshi niyat bilan kelmagan", dedi-da, darrov payg‘ambar alayhis-salomga xabar yubordi. Rasululloh Umayirni huzurlariga olib kelishni buyurdilar. Umar dushmanning qilichidan tutgancha ichkariga boshlab kirdi. Payg‘ambar alayhis-salom uni qo‘yib yuborishni buyurdilar va Umayirni yaqinroq kelishga taklif etdilar. Umayir yaqinroq kelib: "Ertangiz xayrli bo‘lsin!" dedi. Rasululloh: "Parvardigori olam sening salomingdan yaxshiroq salomni o‘rgatdi", dedilar va uning nima maqsadda kelganini so‘radilar. Umayir: "Qo‘linglarda bandi bo‘lib yotgan o‘g‘lim uchun keldim, unga muruvvat qilinglar", deya o‘tindi. "Unday bo‘lsa nega qilich ko‘tarib kelding?" deb so‘radilar payg‘ambar alayhis-salom. "Xudo ursin bu qilichni, kunimizga yaramadi-ku", dedi Umayir. "Rostingni ayt, nima maqsadda kelding?" deya qayta so‘radilar rasululloh. "Aytdim-ku, asir o‘g‘limni qutqargani keldim", dedi Umayir. "Yolg‘on gapiryapsan, — dedilar rasululloh. — Sen Safvon bilan tosh ustida o‘tirib, meni o‘ldirishga qasam ichding. Safvon qarzingni to‘lashga va’da berib, qutqu soldi". Esi og‘ib qolgan Umayir: "Sening nuqul osmondan kelishinga, vahiylaringa ishonmagan edim, lekin bu gaplarni qanday bilding? Axir biz gaplashgan yerda Safvon ikkalamizdan boshqa biron tirik jon yo‘q edi-ku", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom sahobalarga: "Qarindoshinglar Umayirga Qur’on bilan diniy ahkomlarni o‘rgatib, o‘g‘lini qo‘yib yuboringlar", deb tayinladilar. Umayir Makkaga qaytib borgach, musulmon bo‘lganini e’lon qildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:21:12
Abu Aziz ibn Umayirni onasi to‘rt ming dirham to‘lab kutqarib oldi.
Payg'ambar adayhis-salomning amakilari Abbos ibn Abdulmuttolib Badr jangiga majburan qatnashgan edi. Shu bois tovon to‘lashdan bosh tortdi. Lekin rasululloh: "Dushman safida bo‘lganing uchun ham qarindoshing Uqayil ikkalang tovon to‘lanmaguncha ozod etilmaysizlar", dedilar. Ular tovon to‘lab ozod bo‘lishdi. Ketar oldidan: "Meni qurayshlarning orasida bir umr kosasi oqarmaydigan gado qilib qo‘yding", deya yozg‘irdi Abbos. "Bekorlarni aytibsan,— dedilar rasululloh. — Sen Badrga kelishdan oldin Ummul-Fazlga juda ko‘p mol-mulk qoldirib, qaytib kelsam olaman, mabodo o‘lib ketsam senga bo‘la qolsin, demabmiding?". Abbos: Buni hech kim bilmagan edi-ku, deb dovdirab qoldi. Payg'ambar alayhis-salomning o‘z qarindoshiga yon bosmay qilgan muomolasi eng adolatli hukmdir. U kishi Abbosning jangga majburan chiqqanini bilsalar-da, baribir afv etmadilar. Vaholanki, hech vaqosi yo‘q kambag‘allarni kechirib, asirlikdan ozod qilib yubordilar. Bu chinakam islomiy adolatning mumtoz namunasidi
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:21:26
Olloh taolo Qur’oni Karimda musulmonlarga adolatli va rostgo’y bo‘lish ta’limini berib, Niso surasining 135-oyatida: "Ey, mo‘minlar, o‘zingiz, ota-onangiz yo qarindosh-urug‘ingizning zarariga guvohlik berish lozim bo‘lsa-da Ollohni nazarda tutib, guvohlikda odil bo‘linglar", deydi. Mana shu islomiy axloq namunalarini payg‘ambar alayhis-salom asirlarga munosabatda namoyon etdilar.
Shoir Abu Uzza Jumahiy Makkada yashayotganlarida rasulullohni hajv qilib, ko‘p aziyat yetkazgan edi, asirga tushgach: "Mening bola-chaqali, kambag‘al odamligimni bilasan, rahm qilib, qo‘yib yuborgin", deb yalindi. Payg‘ambar alayhis-salom iltifot ko‘rsatib uni qo‘yib yubordilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:22:00
TOVON OLINISHIGA OLLOHNING NOROZILIGI

Asirlar tovon evaziga ozod qilingach, parvardigor Anfol surasining 67-88-oyatlarini nozil qildi. "Payg‘ambarga yer yuzida dushmanni ko‘proq o‘ldirmay (ya’ni mushriklarning tahdidini yo‘qotib, Islomni quvvatlantirmay) turib asirlardan tovon olish durust emasdi. (Ey, mo‘minlar! Sizlar tovon olib) dunyoviy manfaatii ko‘zlaysiz, Olloh esa sizlarga oxiratning (savobini) tilaydi. Olloh qudratlidir, hikmat bilan ish qilguvchidir. Agar Olloh ilgariroq hukm chaqirmaganida edi, tovon olganingiz uchun qattiq azobga giriftor bo‘lardinglar". Parvardigor Xudo yo‘lidan qaytargan, islom dinining tarqalishiga halal beradigan asirlarni o‘ldirmay tovon evaziga qo‘yib yuborishni man etib, jon o‘rniga mol-dunyoni tanlagan ba’zi musulmonlarni aybladi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:22:44
Ishtihod qilguvchining maqsadi to‘g‘ri bo‘la turib, xatoga yo‘l qo‘ysa, jazolanmasligi haqida yaratganning hukmi nozil etilgani uchun azobdan holi. Shu bois yaxshi niyatda olingan tovonni Olloh taolo musulmonlarga halol qildi. Bu narsa Muhammad alayhis-salomning haqiqiy payg‘ambar ekaniga dalil bo‘la oladi. Agar payg‘ambarlik Xudo tomonidan yuboriladigan ulug‘ martaba bo‘lmaganida Muhammad alayhis-salom sahobalar bilan kelishib asirlarni tovon evaziga qo‘yib yuborgani uchun bunchalik afsuslanmas edilar. Olloh taolo rasulullohni xotirjam qilish uchun Anfol surasining 70-oyatida aslida niyati yaxshi asirlarning gunohlarini kechishini bayon etadi: "Ey payg‘ambar, qo‘l ostingdagi asirlarga, agar Olloh dilinglarda tariqcha yaxshilik borligini bilsa, tovonga berilganidan ko‘ra yaxshiroq narsalarni ato etadi, sizlarga mag‘firat qiladi. Olloh benihoya mehr-shafqatli va mag‘firat qilguvchi zotdir, degin".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:22:56
Badr g‘azoti tufayli Islom muzaffar dinga aylandi, musulmonlarda o‘z kuchiga ishonch paydo qildi, mushriklar birinchi marta qattiq zarbaga uchrab, saflarida parokandalik paydo bo‘ldi. Dushman son jihatdan bir necha barobar ustun, musulmonlar bir hovuchgina edi, mushriklarning ot-ulovi, qurol-yarog‘i badastir, jangovar tayyorgarligi puxta, musulmonlarda esa minishga ulov ham yetishmas edi. Faqat Olloh Taoloning ko‘rsatgan iltifoti tufayli Islom vakillarining qo‘li baland keldi. Parvardigori olam Oli Imron surasining 123-oyatida Badrdagi g‘alaba ne’matini minnat qilib shunday deydi: "Badrda Olloh sizlarga madad berdi. Vaholanki, sizlarning soningiz oz edi", Badr jangi musulmonlar hayotidagi eng katta g‘azot edi, shu bois u islom tarixida hal etuvchi burilish nuqtasi bo‘ldi. Shundan keyin islom diniga munosabat o‘zgardi. Bu jangda islom dinining ashaddiy dushmanlari o‘ldirildi. Musulmonlarning qo‘li baland kelganini ko‘rgan arablarning yuragiga g‘uluv tushdi. Olloh taoloning bu iltifotiga shukrona aytmoq, Badr g‘azotida g‘alaba qozonilgan kun — ramazonning o‘n yettisini nishonlab, payg‘ambar alayhis-salom va musulmonlarga ato etilgan ne’matlardan minnatdor bo‘lmoq lozim.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:23:16
QAYNUQO’ G’AZOTI

Agar bir kishining ikki dushmani bo‘lib, birining ustidan g‘alaba qozonilsa, ikkinchisi halovatini yo‘qotib, g‘am bosishni,oqibati nima bo‘larini o‘ylab o‘tirmasdonoq g‘animini fosh etishi turgan gap. Badr g‘azoti musul-monlarning g‘alabasi bilan yakunlangach, bani Qaynuqo’ yahudiylari xuddi shunday ish tutishdi. Ular o‘rtadagi shartnomani buzib, dushmanligini fosh etib, ansorlardan bir ayolning nomusini bulg‘ashdi. Bu hol musulmonlarni hushyor torttirib, din dushmanlari bilan to‘qnashuv yuz berganda ularga ishonib bo‘lmasligiga amin qildi. Olloh taolo Anfol surasining 59-oyatida bu xususda payg‘ambar alayhis-salomga shunday deb uqtiradi: "Sen ma’lum qavmning shartnomaga xiyonat qilishidan qo‘rqsang, shartnoma mas’uliyatini ularning zimmasiga yuklab qo‘yaver. Olloh hech qachon xoinlarni do‘st tutmaydi". Rasululloh yahudiylardan boshqalarni chaqirib, xiyonatning oqibati yaxshilikka olib bormasligini aytdilar. Yig‘ilishga to‘planganlar: "Ey Muhammad, Badrdagi g‘alabangdan bunchalik kerilib ketma. Qurayshlar urushishni bilmaydigan ro‘dapo xalq. Biz bilan urushsang kimligimizni bilib olasan", deya tahdid solishdi. Chindan ham bani Qaynuqo’ yahudiylari jangovar odamlar edi. Xuddi shu asnoda Olloh taolo Oli Imron surasining 13-oyatini nozil qildi: "Kofirlarga, sizlar yengilasizlar va jahannamga to‘planasizlar. Jahannam naqadar yomon joy, degin. Urushayotgan guruhda sizlar uchun ibrat bor: ulardan biri xudo yo‘lida kurashayotganlar bo‘lib, ikkinchisi kofirlardir. Ularga (musulmonlar) ikki barobar ko‘p ko‘rinadi. Olloh istagan kishisiga yordam berib, qo‘llab-quvvatlaydi. Aqli raso kishi uchun bu narsada chindan ham ibrat bordir".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:23:49
Shu yig‘ilishdan keyin Hazraj qabilasning oqsoqoli Uboda ibn Somid bani Qaynuqo’ yahudiylari bilan butunlay aloqasini uzdi. Abdulloh ibn Ubay esa zamon o‘zgarishidan qo‘rqib, Hazraj bilan munosabatini yana=da mustahkamladi. Olloh taolo musulmonlarga ta’lim berib, Moida surasining 51-52-oyatlarini nozil qildi: "Ey mo‘minlar, yahudiy va nasorolarni do‘st tutmanglar, (chunki) ular bir-biri bilan (yaqin) do‘stdir. Kimki ular bilan do‘stlashsa, o‘shalardandir. Zolim qavmni Olloh sira ham hidoyat qilmaydi. Dillarida illat borlarning bizga biron ofat kelishidan qo‘rqamiz deb ular bilan do‘stlashishga oshiqqanini ko‘rasan. Olloh (xohlagan odamiga) g‘alaba ato etadi yohud (istagan) ishini ro‘yobga chiqaradi. Ko‘nglidagi yashirin (niyatlari) uchun ular (ko‘p) nadomat chekishadi".
Bani Qaynuqo’ yahudiylari dushmanligani oshkor etib, qo‘rgonlariga yashirinib olishdi. Payg‘ambar alayhis-salom shu yil shavvol oyining o‘rtalarida ularga qarshi otlandilar, amakilari Hamza bayroqdor bo‘ddi. Bani Qaynuqo’ yahudiylari muhosaraga olindi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:24:19
QAYNUQO’NING KO’CHISHI

O’n besh kunlik qamaldan keyin musulmonlarga bas kelolmasligiga aqli yetgan yahudiylar rasulullohdan mol-mulkini tashlab, faqat bola-chaqasini olib ko‘chib ketishga ijozat so‘rashdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularga uch kun ichida ko‘chib ketishga ijozat berib, bu ishga Uboda ibn Somidni mas’ul etib tayinladilar. Yahudiylar Suriyadagi Azriot degan joyga ko‘chib ketdilar va bir yilga qolmay hammasi qirilib ketdi. Rasululloh ulardan qolgan mol-mulkni beshga bo‘lib, o‘z urug‘-aymoqlariga tegishli ulushni Hoshim jamrasi bilan muttalib jamoasiga berdilar. Abdushams bilan Navfal jamoasiga hech narsa tegmadi. Buning sababi so‘ralganda ularning islomdan ilgari ham bani Qaynuqo’ bilan juda yaqin, xuddi tug‘ishgandek ahil bo‘lganligini aytdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:25:23
SAVIQ G’AZOTI

Ikki o‘g‘li bilan yaqinlari o‘ldirilgan Badr g‘azotida qatnasholmagan Abu Sufyonning ichiga chiroq yoqsa yorishmasdi. U Muhammad alayhis-salom bilan uchrashmaguncha boshiga suv tekkizmaslikka qasam ichdi va so‘zining ustidan chiqish uchun ikki yuz kishilik qo‘shin bilan Madinaga yo‘l oldi. Yo‘l-yo‘lakay bani Nazir yahudiylarini musulmonlarga qarshi otlantirish uchun ularning boshlig‘i Huyay ibn Axtab bilan ko‘rishmoqchi bo‘ldi, biroq oqsoqol uchrashuvdan bosh tortdi. Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan Abu Sufyon Madinaga bir nechta odam yubordi, ular xurmozorlarga o‘t qo‘ydilar va ansorlardan bir kishini ko‘rib qolib, uni o‘ldirdilar. Bundan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom zulhijja oyning beshinchi kuni ikki yuz sahoba bilan Abu Sufyonga qarshi otlandilar. Biroq dushman allaqachon qochib qolgan, ularni quvib yetish mahol edi. Mushriklar yukini yengillatish uchun tashlab qochgan talqon solingan qoplar musulmonlarga o‘lja bo‘ldi. Shu bois bu yurish saviq (talqon) g‘azoti deb ataladi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:26:35
HAYIT NAMOZI

Shu yili Olloh taolo musulmonlarga hayit namozini o‘qishni farz qildi. Hayit namozi tufayli musulmonlarning do‘stligi, qarindoshligi yanada mustahkamlanadi, ro‘za va qurbon hayiti kunlari bir yerga jam bo‘lib, diniy aloqalari kuchayadi. Payg‘ambar alayhis-salom musulmonlarni yig‘ib, ikki rakaat namoz o‘qir, ularning safini yanada jipslashtirib, g‘animlarni yengishda Ollohdan madad so‘rab iltijo qilardilar. Xutba o‘qib, do‘stlik, birodarlikni rag‘batlantirib, ko‘ndalang turgan birlamcha masalalarni aytib o‘tardilar. Namozdan keyin musulmonlar bir-birlari bilan qo‘l olishib ko‘rishar, masjiddan chiqqan kambag‘al, beva-bechoralarga ro‘zi fitr sadaqasini berishar, qurbon hayitida esa qurbonlik qilishar, qalblari shodlikka to‘lib-toshardi. Olloh Taolodan bizni ham do‘st birodar qilishini, Islomning avvalidagi musulmonlar darajasiga erishtirishini so‘raymiz.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:27:58
ALINING FOTIMAGA UYLANISHI

Shu yili yigirmaga to‘lgan Ali payg'ambar alayhis-salomning o‘n besh yashar qizi Fotimaga uylandi. Rasulullohning zot-zurriyoti ularning bolalari Hasan-Husan va Zaynablar orqali ko‘payib tarqaldi. Shu yili payg‘ambar alayhis-salom Madinada Abu Bakrning to‘qqiz yashar qizi Oisha bilan qo‘shildilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:28:59
HIJRATNING UCHINCHI YILI

Yovuz odam baxti qarodur, u xiyonatni o‘ziga shior, suiqasdni qalqon qilib oladi. Yomonlik qilmasa turolmaydigan bu kimsa birovning shodligini ham, qayg‘usini ham his etmaydi. Bani Nazir qabilasining oqsoqoli yahudiy Ka’b ibn Ashraf mana shunday kimsalardan biri edi. U musulmonlarni haddan tashqari yomon ko‘rar, quraysh mushriklarini sira tap tortmay payg‘ambar alayhis-salomga qarshi kurashishga gij-gijlar, turli hajviy she’rlar bitib u kishini mayna qilar, qanday yo‘l bilan bo‘lmasin musulmonlar o‘rtasida nizo chaqirishga urinar, rasululloh bir ishni tuzatib ulgurmay, u buzishning payida bo‘lardi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:29:22
KA’B IBN AL-ASHRAFNING O’LDIRILISHI

Musulmonlar Badr urushida g‘alaba qozongach, oyoq-qo‘li bog‘langan asirlarni ko‘rdi-yu, Ka’b ibn Ashraf Makkaga yugurdi, o‘lganlarga aza ochib, yig‘lab-siqtarkan, birga o‘nni qo‘shgancha mushriklarni o‘ch olishga unday boshladi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Ka’b ibn Ashraf Olloh taologa ham, menga ham ozor beryapti, kim uning ta’zirini berib qo‘ya oladi" dedilar. Ansorlarning Avs qabilasidan bo‘lmish Muhammad ibn Maslama "Uni o‘ldirishimni istaysanmi? — deb so‘radi va rasulullohdan tasdiq javobini olgach, — unday bo‘lsa, Ka’bni ishontirishim uchun ba’zi bir yolg‘on gaplarni aytishimga ijozat ber".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:30:29
Payg‘ambar alayhis-salom rozi bo‘lganlaridan keyin Maslama to‘rt yigitni yoniga olib Ka’bning uyiga bordi-da: "Ey birodar, Muhammad hadeb fidya so‘rayverib bizlarni xonavayron qildi, sendan qarz so‘rab keldik", dedi. "Hali undan hafsalanglar pir bo‘ladi, demaganmidim", dedi Ka’b og‘zi qulog‘iga yetib. Ibn Maslama: "Unga ergashishga ergashdik, birdan yuz o‘girib ketsak bo‘lmas, vaziyatga qarab ish qilarmiz. Ungacha bizga bir-ikki tuya xurmo berib tur", dedi. "Mayli, — dedi Ka’b, — faqat menga biron narsani garovga berishinglar kerak", "Nima beraylik? deya qiziqsindi ibn Maslama. "Xotinlaringizni garovga qo‘ying", — dedi Ka’b. "Sen arablarning ichida eng kelishgan odamsan. Qanday qilib xotinlarni ishonib bo‘ladi?" dedi ibn Maslama hazil aralash. "Unday bo‘lsa o‘g‘illaringizni garovga qo‘ying", dedi Ka’b. "Qiziqmisan, — deya raddiya bildirdi ibn Maslama. — Arzimagan xurmo uchun bolalarini garovga qo‘yishibdi, degan gap-so‘zga qolamiz-ku. El-yurt orasida qanday bosh ko‘tarib yuramiz? Qullarimizni garovga berishimiz mumkin".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:31:03
Ka’b bu gapga rozi bo‘lgach, kechqurun uchrashishga va’dalashib xayrlashishdi. Ibn Maslama hamrohlari bilan tayinlangan vaqtda yetib keldi. Ka’bning xotini erini yo‘ldan qaytarib: "Do‘stidan ko‘ra dushmani ko‘p odamsan, bemahalda chiqmaganing yaxshi bo‘larmidi", dedi. "Mard odam yarim kechasi jangga chaqirilsa ham yuragi po‘killamay chiqishi kerak. Ibn Maslama qarindoshimning o‘g‘li, yonidagi Abunoila emukdosh birodarim", dedi Ka’b va qilichini taqib tashqariga yo‘l oldi. "Ka’b chiqqanda sochini hidlagan bo‘lib, boshini mahkam ushlab turaman, sizlar bo‘yniga qilich urasizlar", dedi ibn Maslama. Tashqariga chiqqan Ka’bdan chindan ham muattar ifor hidi kelib turardi. "Sendan mushku anbar hidi kelyapti, sochingni bir hidlay", dedi ibn Maslama. Ka’b engashgan edi, sochiga chang solib, qattiq ushlab oldi, sheriklari shu zahoti g‘animning kallasini tanasidan judo qilishdi. Musulmonlar shum niyatli yovuz kimsadan qutilishdi. Rabbiul avval oyida yuz bergan bu quvonchli voqea shu zahoti payg‘ambar alayhis-salomga yetkazildi. Rasululloh biron qabila boshlig‘ining yovuz niyati yoxud qon to‘kadigan hatti-harakatini sezib qolsalar, katta talafot yoki qirg‘inning oldini olish uchun ularni o‘rtadan ko‘tarib tashlardilar. Yahudiy Abu Afk ham o‘tayovuz, zolim kimsa bo‘lgani uchun payg‘ambar alayhis-salomning amriga binoan qatl etildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:31:39
G’ATAFON G’AZOTI

G’atafon qabilasining bani Sa’laba va muhorib urug‘lari Du’sur boshchiligida Madinani talon-taroj qilishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bundan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom bu tajovuzning oldini olish uchun rabbiul avval oyining 12-kuni to‘rt yuz ellik nafar odam bilan ularga qarshi yurish qildilar. U kishining o‘rniga Usmon ibn Affon yurtiga bosh bo‘lib Madinada qoldi. Musulmonlarning katta kuch bilan kelayotganini eshitgan dushman tog‘-toshlarga qochib ketdi. Musulmonlar Zoamar degan jilga bo‘yida qo‘r tashlab yotishdi. Rasululloh yomg‘irda ivigan kiyimlarini yechib, bir daraxtning panasiga o‘tib cho‘zildilar. Uzoq yo‘l bosib horigan musulmonlar chekka-chekkaga tarqalib uyquga ketishdi. Payt poylab turgan Du’sur tog‘dan tushib, asta-sekin payg‘ambar alayhis-salomning tepasiga qilichini yalang‘ochlab keldi va: "Ey Muhammad, endi seni mendan kim qutqara oladi" dedi. "Xudoning o‘zi qutqaradi", dedilar rasululloh o‘ta xotirjamlik bilan. U kishining xotirjamligi va ishonch bilan gapirishi Du’surni esankiratib qo‘ydi, rangi bo‘zdek oqargancha qo‘lidan qilich tushib ketdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:33:52
Payg‘ambar alayhis-salom uning qilichini olib: "Xo‘sh, endi kim sening joningga oro kiradi?" deb so‘radilar. "Hech kim", dedi Du’sur bo‘shashgancha. Sarvari olam muruvvat ko‘rsatib uni kechirdilar. Du’sur shu zahoti musulmon bo‘lib, qavmini islomga da’vat etdi. Payg‘ambar alayhis-salomii yomon ko‘rib, hammani u kishiga qarshi turishga undab yuradigan yovuz bir kimsa Ollohning iltifoti tufayli u kishini yaxshi ko‘radigan va odamlarni islom diniga da’vat etadigan zotga aylandi. Bu rasulullohning xushmuomalaligi, muloyimligi, rahmdilligining sharofatidir. Bu xususda Oli Imron surasining 169-oyatida bunday deyiladi: "Ollohning rahmati bilan sen ularga muloyim bo‘lding. Agar qo‘pollik, bag‘ritoshlik qilganingda yaqininga yo‘lamay tarqab ketishardi, ularni afu et, ular uchun magfirat tila, ular bilan kengashib ish qil".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:34:50
BUHRON G’AZOTI

Bani Sulayimdan bir to‘p odam Madinani talon-taroj etmoqqa otlanganini eshitgan payg‘ambar alayhis-salom o‘rinlariga ibn Ummu Maktumni qo‘yib, jumodiul avvalning 6 kuni uch yuz askar bilan ularga qarshi yo‘lga chiqdilar. Ular Buhron degan joyga yetib kelishganda dushman allaqachon orqasiga qaytib ketgan ekan. Musulmonlar jangu jadalsiz Madinaga qaytdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:36:05
QO’SHIN YUBORISH

Shom bilan Madina orqali savdo-sotiq qiladigan qurayshlar asosiy tirikchilik manbaidan ayrilgach, Abu Sufyon ibn Harb, Sofvon ibn Umayya, Huvaytib ibn Abduluyazo boshchiligidagi yangi karvonni Iroq tomondan yo‘lga solishdi. Buvdan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom jumodnul oxir oyida Zayid ibn Horisa boshchiligida ularga qarshi yuz kishini jo‘natdilar.
Qo‘shin Arab yarim orolining Tahoma, Yaman, Iroq, Suriya bilan chegaradosh Najid degan joyida karvon bilan uchrashdi. Qisqa to‘qnashuvdan keyin mollar o‘lja olindi. Uni qo‘riqlab kelayotganlar qochib qutulishdi. Rasululloh mollarni beshga bo‘lib, hammaga teng taqsimladilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:38:56
UHUD G’AZOTI

Badrda mag‘lubiyatga uchrab, savdo yo‘llari to‘silib qolgach, quraysh zodagonlari bu mushkul ahvoldan qutilish chorasini izlay boshlashdi. Ular Abu Sufyonga uchrashib: "Muhammad bizni xo‘rlab, mo‘tabar odamlarimizni o‘ldirdi. Karvon bilan jo‘natgan mollarimizning foydasini Muhammad bilan urushishga sarflamoqchimiz. Bu ishga o‘zing bosh bo‘lgin", deyishdi. Karvondagi mollar Dorunnadvada saqlanar, uning foydasi ellik ming dinor edi. Bu gapdan ruhlangan Abu Sufyon darrov urush tadorikiga kirishdi, qurayshlarning o‘zidan uch ming odam to‘plandi. Ular orasida ittifoqdoshlari Mustaliq, Havn ibn Xuzayma urug‘lari ham bor edi. Bundan tashqari rasulullohni yomon ko‘rib bir to‘da odamlari bilan Madinadan chiqib ketgan Abu Omir Rohib, Avsiy Kinona va tihomalik arablar ham ularga qo‘shildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:39:31
Safvon ibn Umayya shoir Abu Azzaga: "Sen hech bo‘lmasa bizga tiling bilan yordam ber", dedi. Abu Azza Badr g‘azotida asirga tushganda rasululloh uni tovon olmay qo‘yib yuborgan va minnatdor shoir bundan keyin hech qachon Islomga til tegizmaslikka va’da bergan, ikkinchi qayta musulmonlar qo‘liga tushishga toqati yo‘q edi. Biroq Safvon ta’nayu malomat qilaverib uni holi-joniga qo‘ymadi. Abu Azza yana qo‘lga tushsa omon qolmasligini bila turib mushriklarning qutqusiga uchdi. Bor so‘zamollik san’atini ishga solib hammani musulmonlarga qarshi kurashga chorlay boshladi.
Jubayir ibn Mutim Vahshiy ismli quliga Hamzani o‘ldirib, amakim Tuayimning intiqomini olib bersang, ozod qilaman, deya va’da berdi. Qurayshlar meshlarga aroq-sharoblarni to‘ldirib, cho‘riyu kanizaklarini olib, childirmayu nog‘oralarini chalgancha yo‘lga tushdilar. Ayrim zodagonlar bu jangda chekinmaslik uchun xotinlarini ham hamroh qilib oldilar va juda katta dabdaba, as’asa bilan Madina yaqinidagi Zuhulayfa degan joyga kyolib tushishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:40:07
Quraysh mushriklari jangga otlangani haqida payg‘ambar alayhis-salomning amakilari Abbos maktub yo‘llab xabar yetkazdi. Uning o‘zi Badrda juda ko‘p talafot ko‘rganini bahona qilib bu yurishdan chetda qoldi. Rasululloh sahobalar bilan kengashib, shahardan tashqariga chiqmaslikni, agar yov Madinaga bostirib kirsagina jang qilishni taklif etdilar. Bu fikr yoshi ulug‘ muhojir va ansorlarga ma’qul keldi, biroq Badr jangida zafar quchgan yoshlar, shu jumladan Hamza Ibn Abdulmuttalib ham g‘anim bilan shahar tashqarisida olishishni talab qilishdi. Ular son jihatdan ko‘pchilik hamda urushning asosiy yuki shularning zimmasiga tushadigan bo‘lgani uchun payg‘ambar alayhis-salom o‘z fikrlaridan qaytdilar.
Shavvol oyining o‘ninchi kunidagi Jum’a namozidagi xutbada rasululloh sahobalarni dovyurak va sabr-bardoshli bo‘lishga chaqirdilar: "Chidam va sabr egalariga g‘alaba yor bo‘lgay!" dedilar. Shundan keyin uylaridan ikki qavat sovut (simdan to‘qilgan kiyim) kiyib, qilich taqib, qalqonlarini orqalariga osib chiqdilar. Shakkokligi uchun yoshlarni ayblagan kattalar: "Ey rasululloh, sening fikring bo‘yicha ish qilganimiz durust emasmi?" deyishdi. "Payg‘ambar jangu jadal libosini kiygach, dushmanlari bilan urushib Olloh iroda etgan natijani ko‘rmaguncha kiyimini almashtirishi mumkin emas", dedilar rasulluloh va bayroqlarni tarqatdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:40:19
Muhojirlar bayroqdori Mus’ab ibn Umayir, Xazraj qabilasining yalovbardori Habbob ibn Munzir, Avs qabilasining a’lambardori Usayid ibn Huzayir bo‘ldi. Ming kishilik qo‘shin shahardan chiqib, toqqa yaqinlashib qolganda bir to‘p qurolli kishilarga duch kelishdi. Bular yahudiy Abdulloh ibn Ubayning ittifoqchilari ekanini bilgan rasululloh: "Mushriklarga qarshi kurashda kofirlardan yordam so‘ramaymiz", deb ularni qaytarib yubordilar, sababi ularning xiyonat qilmasligiga ishonch yo‘q edi. Payg'ambar alayhis-salom qo‘shinni ko‘zdan kechirib balog’atga yetmagan o‘spirinlarni orqaga qaytarib yubordilar. Ularning orasida Rofiy ibn Xadij bilan Sumra ibn Jundublar ham bor edi. Rofiyning usta kamonchiligi ma’lum bo‘lgach, qoldirildi. Buni eshitgan Sumra: "Nega endi kurash tushganda doim mendan yengilib yuradigan Rofiy qolib, men ketar ekanman", deb yig‘lab yubordi. Buni eshitgan payg'ambar alayhis-salom ikkalasini kurashga soldilar. Chindan ham Sumra g‘olib chiqqach, safda qoldirildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:41:50
Qo‘shin shu yerda tunadi. Muhammad ibn Maslama bilan Zakvon ibn Abdi Qays posbonlikka qo‘yildi. Ertalab qo‘zg‘alib, Uhud bilan Madina orasidagi Shavat degan boqqa yetganda Abdulloh ibn Ubay: "Mening maslahatimga quloq solmay (rasulullohni aytmoqchi) go‘daklarning gapiga kirib shahar tashqarisiga urushgani chiqdi. Biz nega bekordan bekorga o‘zimizni ajalning tig‘iga urushimiz kerak ekan?" deb uch yuz odami bilan qaytib ketdi. Jobirning otasi Abdulloh ibn Amr ularning orqasidan borib: "Hoy birodarlar, o‘z qavmingiz bilan payg‘ambaringizni tashlab ketgani Xudodan qo‘rqing", dedi. "Urush bo‘lishini bilganimizda sizlarga sira ham qo‘shilmasdik", dedi qochoqlar. "Olloh sizlarni bizdan yiroq qilsin. Xudo xohlasa, payg'ambarimiz sizlarga sira ham muhtoj bo‘lmaydi", dedi Abdulloh ibn Amr. Bu voqea musulmonlar safiga sarosima soldi, Xorisa bilan Salama aymog‘ining odamlari ham vaqtni g‘animat bilib juftakni rostlamoqchi bo‘lishdi-yu, lekin botinisholmadi. Qaytib ketganlarni nima qilish kerakligi haqida darrov bir qarorga kelisholmadi, fikrlar ikkiga bo‘linib bir guruh ular bilan urushish, ikkinchisi esa o‘z mayliga qo‘yib berish tarafdori edi. Bu xususda parvardigori olam Niso surasining 88-oyatida bunday deydi: "Sizlar nega munofiqlar haqida ikki guruhga bo‘linasizlar? Vaholanki, Olloh munofiqlarni qilmishlari tufayli kufurga qaytardi. Olloh ularni gumroh qilgan bo‘lsa-yu, sizlar hidoyatga erishtirmoqchimisizlar? Olloh gumroh qilgan kimsaga sen hech qachon hidoyat yo‘lini topib berolmaysan".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:42:09
Qo‘shin Uhud tog‘idagi bir daraga kelib tushdi. Rasululloh qo‘shinni Madina tomonga yuzlantirib, tog‘ etagiga joylashtirdilar. Tog‘ yaqinidagi tekislikdan joy olgan mushriklarning o‘ng qanotiga Xolid ibn Valid, chap qanotiga Ikrima ibn Abujahl, piyodalarga esa Safg‘on ibn Umayya boshchilik qilardi. Payg‘ambar alayhis-salom Xolidga Zubayir ibn Avvom qo‘mondonligidagi qo‘shinni, chap qanotdagilar bilan piyodalarga qolgan lashkarlarni qarshi qo‘ydilar. Ellik kamonchiga madinalik Abdulloh ibn Jubayirni bosh qilib, orqa tomonga joylashtirildi a kutilmaganda hujum bo‘lib qolsa, qaytarish, musulmonlar yengsa ham yengilsa ham, o‘rnidan qimirlamaslik buyurildi. Shundan keyin rasululloh nutq so‘zlab, jangchilarni sabotli bo‘lishga chaqirib: "Jabroil dilimga soldiki, kishi rizqi bitmaguncha o‘lmaydi. Rizqinglar tugamagan bo‘lsa, Ollohdan qo‘rqib, uni halol yo‘l bilan topinglar, harom yo‘llarni izlamanglar. Mo‘minlar xuddi inson tanasidagi a’zolarga o‘xshaydi, agar birortasi og‘risa, butun badan halovatini yo‘qotadi", dedilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:42:36
Shundan keyin taomilga binoan yakkama-yakka olishuv boshlandi. Mushriklar safidan bir odam chiqib, muborizaga talabgor chaqirdi. Zubayir oldinga chiqib, uni o‘ldirdi. Mushriklarning bayrog‘i Talha ibn Abu Talhaning qo‘liga o‘tdi. Ali uni o‘ldirgach, bayroqni qarindoshi Usmon oldi. Hamza uni o‘ldirgach, bayroqqa Abu Said ega bo‘ldi. Sa’d ibn Abu Vaqqos uni yoy otib o‘ldirgach, bayroq quladi. Shundan keyin chiqqan to‘rt kishi ham halok bo‘ldi. Mushriklar safidan Abu Bakrning o‘g‘li Abdurahmon muborizaga chiqqanda oldinga intilgan otani rasululloh qaytarib: "Sen bizga keraksan", dedilar.
Mushriklarning suvoriylari uch marta qilgan xujumi kamonchilarning o‘q seliga duch kelib qaytdi. Ikki tomon yuzma-yuz bo‘lib, jang qizigan paytda lashkarning ruhini ko‘tarish uchun mushriklarning ayollari childirmalarni chalib, sho‘x-sho‘x qo‘shiqlar ayta boshlashdi. Buni ko‘rgan rasululloh: "Ey yaratgan egam, senga ishonib xujumga o‘taman, sen uchun g‘azot qilaman. Menga o‘zing kifoyasan, parvardigor, sen ishonchli va suyukli zotsan!" dedilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:43:04
Kutilmaganda rasulullohning amakilari Hamza ibn Abdumuttalib shahid bo‘ldi. U o‘ngu so‘ldan kelgan dushmanni qiyratib ketayotganida Vahshiy ismli qul nayza urib uning qornini yorib tashladi. Buni ko‘rgan musulmonlar yanada shiddat bilan jangga kirishib, dushman sarkardalarini ketma-ket halok qilishdi. Mushriklar orqa oldiga qaramay qocha boshladi, jang maydonida o‘ralashib yurgan ayollar uvvos solib yig‘lashga tushdi. Musulmonlar bo‘shab qolgan jang maydonidagi kiyim-kechak, qurol-yaroglarni yig‘ishga kirishishdi. Tog’ tepasidagi o‘qchilar buni ko‘rishgach, rasulullohning topshirigini unutib, o‘lja olishga yugurishdi, boshlig‘i Abdulloh ibn Jubayirnyng gapiga hech kim quloq solmadi. U bir nechta odami bilan o‘z joyidan jilmay turaverdi. Bu ahvolni ko‘rgan Xolid ibn Valid o‘qchilarga hujum qilib, ularni qirib tashladi. Jang maydonidagi mavqeni qo‘lga kiritgach, o‘lja yig‘ib yurgan musulmonlarni bir chetdan qiyrata boshladi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:43:47
Sarosimaga tushib qolgan musulmonlar nima qilarini bilmay o‘ljasini tashlab duch kelgan tomonga qocha boshladi, hatto yanglishib bir-birlariga qilich ham solishdi. Bir mushrik ayol yerda yotgan bayroqni ko‘targan edi, atrofiga darrov askar to‘plandi. Ibn Qim’a degan mushrik men Muhammadni o‘z qo‘lim bilan o‘ldirdim, degan ovoza tarqatdi. Musulmonlar safidagi parokandalik battar kuchaydi. Bir guruh odam payg‘ambar o‘lgan bo‘lsa ham, biz dinni himoya qilib urushishimiz kerak, deyishdi. Mag‘lubiyatdan esankirab qolgan Valid ibn Uqba, Xorija ibn Zayid, Rifoa ibn Mualloh, Usmon ibn Affon orqaga chekinishdi, lekin dabdurustdan Madinaga kirishdan uyalib, uch kungacha shahar atrofida aylanib yurishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:43:59
Rasululloh omon qolgan musulmonlarni jamlab, kurashni davom ettirdilar. Abu Talha Ansoriy u kishining yonida yurib, himoya qilishga urinardi. Usta mergan Abu Talha g‘animni bexato urar, sadoqni rasulullohga berib, mening jonim sen uchun fido bo‘lsin, deya g‘animlarni u kishining yaqiniga yo‘latmasdi. Rasululloh musulmonlarga: "O’qlaringizni Abu Talhaga beringlar", der edilar. Abu Talha dushman tomonni kuzatib, bo‘ynini cho‘zayotgan rasulullohning etagidan tortib: "Qo‘y, ular tomonga qarama, tag‘in biron daydi o‘q tegab ketmasin. Sen menga ota-onamdan ham azizsan. Qanday bo‘lmasin, joningni asrab qolishim kerak", derdi. Payg‘ambar alayhis-salomni muhofaza qilganlar orasida Sa’id ibn Abuvaqqos, usta merganlardan Sahl ibn Hanif, rasulullohni tanasi bilan pana qilib, o‘q tegsa ham qilt etmay turgan Abu Dujona, tayg‘ambarni himoya qilib shahid bo‘lgan Ziyoda ibn Horis bor edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:44:25
Payg‘ambar alayhis-salom boshlariga tushgan bu qiyinchiliklarga mardona bardosh berdilar. Ubay ibn Xalaf u kishini o‘ldirishga qasd qilib kelayotganini ko‘rganlarida yonidagilarning nayzasini olib, og‘ir yaraladilar. Ubay Uhuddan qaytayotganida o‘sha jarohatdan vafot etdi. U rasulullohning barcha g‘azotlarda o‘z qo‘llari bilan o’ldirgan yagona odam edi. Abu Omir Rohib musulmonlar tushib ketsin degan niyatda katta-kichik o‘ralar kovlab, ustini xas-po‘shlab qo‘ydi. Payg‘ambar alayhis-salom shunday chuqurlardan biriga yiqilib, tizzalari shilindi. Ali bilan Talha ibn Ubaydulloh u kishini tortib olishdi. Tong otib rasulullohning kurak tishlarini sindirgan Utba ibn Abu Vaqqosni Hatib ibn Abu Baltag yugurib borib o‘ldirdi.
Mushrik Abdulloh ibn Shihos Zuhriy rasulullohning yuzini yorib yubordi. Ibn Qim’a shunday qattiq urdiki, sovutning simlari rasulullohning yuzlariga kirib, qonatib yubordi. Yordamga yetib kelgan Abu Ubayda simlarni tishlab sug‘urganda tishlari sinib ketdi. "Payg‘ambarning yuzini qora qonga belagan qavm najot toparmidi" dedilar payg‘ambar alayhis-salom. Oli Imron surasining 128-oyatida parvardigor bu xususda shunday deydi: "Hech bir ishning inon-ixtiyori sening izmingda emas, Olloh yo ularning tavbasini qabul qiladi, yo zolim bo‘lgani uchun azobga giriftor etadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:44:36
Rasululloh o‘ldiga chiqarilganlaridan keyin u kishini birinchilar qatori ko‘rgan Ka’b ibn Molik Ansoriy quvonganidan: "Musulmonlar, xushxabar!" deya qichqirib yubordi. Rasululloh unga jim bo‘lishni amr etib, Sa’d ibn Abu Vaqqos bilan Sa’d ibn Ubodaning hamrohligida safdagi o‘z joylarini egallashga yurdilar. U kishining yonida Abu Bakr, Umar, Ali, Talha, Zubayir, Horiz ibn Sammalar ham bor edi. To‘satdan ularning oldidan Usmon ibn Abdulloh ibn Mug‘iro chiqib: "Muhammad qani? Hozir yo u o‘ladi, yo men o‘laman", deya dag‘dag‘a qildi. Kutilmaganda mushrikning oti munkib, o‘zi chuqurga yumalab tushdi. Horiz ibn Samma vaqtni g‘animat bilib, uni chopib tashladi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:44:56
Payg‘ambar alayhis-salom jangovar safda o‘z o‘rinlarini egallaganlaridan keyin Ali suv quyib turdi, Fotima u kishining jarohatlarini yuvib, malham qo‘ydi. Rasululloh katta tosh ustiga chiqib, jang maydonini kuzatmoqchi bo‘ldilar, biroq ko‘p qon yo‘qotganlari uchun xarsangga chiqolmadilar. Talha ibn Ubaydulloh yugurib kelib u kishiga ko‘maklashdi. Rasululloh tog‘ yonbag‘rini egallagan dushmanlarni ko‘rib: "Ular bizdan yuqorida turmasligi kerak, — dedilar va Xudoga munojot qildilar, — Ey yaratgan egam, o‘zing bizga kuch-quvvat ato etgin!" Umar ibn Xattob boshchiligidagi bir guruh musulmonlar jang qilib g‘animlarni tog‘ tepasidan quvib tushirdilar. Payg‘ambar alayhis-salomni qo‘riqlayotganlar juda ko‘p jarohatlanishgani uchun birin-ketin safdan chiqa boshlashdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 16 Fevral 2007, 15:48:56
Rasulullohni mo‘l otilgan o‘qlarga o‘zini qalqon qilaverib yetmishdan ortiq jarohat olgan Talha ibn Ubaydullohning bir qo‘li butunlay ishlamay qoldi. Ka’b ibn Molik o‘n etti yeridan yaralandi. Umuman bu jangda musulmonlardan yetmish kishi shahid bo‘ldi; ularning oltitasi muhojirlardan, qolgani ansorlardan edi. Shahidlar orasida muhojirlardan Hamza ibn Abdulmuttalib, Mus’ab ibn Umayir, ansorlardan Hanzala ibn Abu Omir, Amr ibn Jamuh, uning o‘g‘li Xallod ibn Amr va xotinining akasi bor edi. Amrning ayoli shahidlarni tuyaga ortib, Madinada dafn etmoqchi bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salom shahidlarni Uhuddan olib ketishni ta’qiqladilar. Hind noiloj orqaga qaytib ketdi. Shahidlar orasida Sa’d ibn Robi’ qam bor edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:09:23
Rasululloh izlab topish uchun odam yuborganlarida u uziladigan bo‘lib turgan ekan. Payg‘ambar alayhis-salomdek zot uni eslab izlatganlarini eilgach, benihoya ta’sirlanib ketdi. "Qavmimga aytinglar, rasulullohga bergan ahdida qattiq tursin. Xudoning nomi bilan qasamyod qilamanki, agar va’dasida turishmasa, u dunyoda mening yuzimga qarasholmaydi", dedi. Shahid bo‘lganlar orasida Anas ibn Molikning amakisi Anas ibn Nazir ham bor edi. U payg‘ambar alayhis-salomning o‘ldirilgani haqidagi xabarni eshitgach: "Ey, qavmim, rasulullohdan orqada qolib nima qildik? Birodarlarimiz kabi dushman bilan olishib o‘laylik!" dedi-da mushriklarning safiga o‘zini urdi va bahodirlarcha olishib halok bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:15:05
Mushriklar bu jangda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan vahshiyliklarni qilishdi. Ular jasadlarning quloq va burunlarini kesib olishdi, qornini yorib, ichak-chavog‘ini ag‘darib tashlashdi. Abu Sufyonning xotini Hind Hamzaning qornini yorib jigarini sug‘urib oldi-da, chaynadi, biroq yutib yuborolmay tuflab tashladi. Qo‘li baland kelganidan g‘ururlangan Abu Sufyon tog‘ tepasiga chiqib baland ovozda: "Yaxshi urush bo‘ldi, savash bor joyda yengish, yengilish bo‘lishi turgan gap. Omadimiz chopib Badrdagi o‘chimizni oldik. Xohlasanglar kelgusi yili Badrda yana uchrashamiz. O’liklarning quloq burni kesib tashlanibdi, men bunday qilishga buyruq bermaganman, lekin bu ishdan ko‘p xafa bo‘lganim ham yo‘q", deya jar soldi. Shundan keyin mushriklar Makkaga yo‘l olishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:15:12
Bu jangda musulmonlar ko‘p talafot ko‘rishgan bo‘lsa-da, yengilmagani oydinlashadi. Agar yengilishganida mushriklar ularni ta’qib etib, Madinaga bostirib kirar va shaharni talon-taroj qilishar edi.
Payg‘ambar alayhis-salom shahidlarni ko‘zdan kechirdilar, amakilari Hamzaning chavaqlanib yotganini ko‘rib qattiq iztirob chekdilar. Uhud jangida shahid bo‘lganlar engil-boshi bilan ikki-uchtasi bir qabrga dafn etildi. Og‘ir jangda horib-charchagan musulmonlarning har bir odam uchun alohida go‘r kovlashga majoli yo‘q edi. Ular ezilgan ahvolda Madinaga qaytib kelishganda yahudiy va munofiqlar masxaralab kulishdi, o‘zlarini shahidlarga achingandek ko‘rsatib: "Biz bilan qolishganda o‘lishmasdi", — deya dushmanliklarini oshkor etishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:15:20
Uhud jangida musulmonlar ikki sabab tufayli og‘ir talafotga uchradi:
Birinchisi, kamonchilar rasulullohning biz yengsak ham, yengilsak ham o‘rningizdan qimirlamang, degan topshiriqlariga amal qilmay joylarini tashlab ketganligi; ikkinchisi, har bir ishni Xudo yo‘lida xolis emas, balki juda ko‘p musibatlarga sabab bo‘ladigan dunyo manfaatini ko‘zlanganidir. Kamonchilar dunyo manfaatini o‘ylab o‘ljaning ketiga tushib ketishdi va oqibatda buning jazosini tortishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:15:27
Olloh taolo Oli Imron surasining 152-oyatida Uhud jangi tafsiloti haqida bunday deydi: "Olloh sizlarga bergan va’dasida turdi. Ollohning irodasi bilan ularni qirayotgan edinglar, Olloh sizlar yoqtiradigan g‘alabani ko‘rsatgandan keyin zaiflashib qoldinglar, payg‘ambarning amri haqida bahslashdinglar, (payg‘ambarning amriga) bo‘ysunmadinglar; ba’zilaringiz dunyoni ko‘zladingiz, ba’zilaringiz oxiratni ko‘zladingiz, keyin Olloh sinash uchun sizlarni dushmandan qaytardi va sizlarni afvu etdi. Olloh mo‘minlarga marhamat qilguvchidir".
Uhud fojiasining asosiy sababi birlikning yo‘qligi, boshliqqa itoat etmay bosh-boshdoqlik qilish, zarur paytda shijoatning yetishmasligidir. Har qanday ishda birlik, boshliqqa itoat va jasorat zarur. Olloh hammaga tavfiq bersin.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:15:44
HAMROUL ASAD G’AZOTI

Payg‘ambar alayhis-salom mushriklar uzil-kesil g‘alaba qozonish niyatida orqaga qaytib, shaharni talon-taroj qilish ehtimolining oldini olish niyatida sahobalarni dushmanni ta’qib etishga chaqirdilar va safarga faqat Uhud jangida qatnashganlar borishi mumkinligini uqtirdilar. Sahobalar jarohatlariga malham qo‘yib, Uhud g‘azoti uchun bog‘langan a’lamni yechmasdanoq jangga otlanishdi. Bu safar bayroq Ali ibn Abutolibga tutqazildi. Rasululloh o‘z o‘rinlariga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktumni qoldirdilar. Lashkar jadal yo‘lga chiqib, Madinadan sakkiz mil olisdagi Hamroul Asad degan joyga yetib keldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:15:52
Payg‘ambar alayhis-salomning taxminlari to‘g‘ri chiqdi: mushriklar Madinani bosib olib to‘la zafar qozonmay ketayotganlari uchun qattiq bahslashayotgan, iziga qaytib, musulmonlarni bosh ko‘tarmaydigan qilib qo‘yishni ko‘zlab turishgan ekan. Rasulullohning lashkar tortib kelayotganlarini eshitgach, Uhud jangida qatnashmaganlar ham ular bilan birga otlangan bo‘lsa kerak, degan xayolga borishdi. Qo‘rquvdan o‘takalari yorilib orqa-oldiga qaramay Makkaga qochishdi. Rasululloh qo‘lga tushgan shoir Abu Azzani o‘limga buyurdilar. U Badrda asirga tushganda musulmonlarga qarshi tashviqot yurgizmaslik sharti bilan qo‘yib yuborilgan edi. "Ey Muhammad, qizlarim uchun qo‘yib yubor, bolalarimni yetim qilma. Bundan keyin senga qarshi bir og‘iz ham gapirmaslikka va’da beraman", deya yolbordi. "Yo‘q, sening Makkaga sog‘-salomat borib, Muhammadni ikki marta boplab laqillatdim, deyishinga yo‘l qo‘yilmaydi. Mo‘min odam chayon chaqqan to‘shakka ikkinchi marta qo‘lini tiqmaydi, — dedilar rasululloh qat’iyat bilan va Zayidga yuzlanib buyurdilar. — Uning kallasini tanidan judo qil!" Buyruq shu zahoti ijro etildi.
Rasulullohning yuqoridagi gaplaridan aldam-qaldamdan saqlan-magan odam aqlli hisoblanmasligi, hokimiyatning asosini mustahqamlash uchun, qat’iyatli bo‘lish zarurligi anglashiladi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:16:11
SHU YILI YUZ BERGAN BOSHQA VOQEALAR

Payg‘ambar alayhis-salomning Usmon ibn Affon nikohidagi qizlari Ruqiya vafot etgach, ikkinchi qizlari Ummu Gulsumni unga nikohlab berdilar. Shu bois u kishi Usmon Zunnurayn (Ikki nurli) deb ataladi.
Shu yili payg‘ambar alayhis-salom Umar ibn Xattobning qizi Hafsani nikohlariga oldilar. Hafsaning onasi Usmon ibn Maz’unning hamshirasi edi. Hafsa ilgari Badr g‘azotida yaralanib vafot etgan Hunays ibn Huzofaning nikohida edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:16:19
Shu yili payg‘ambar alayhis-salom Hilol ibn Omir avlodidan bo‘lmish Huzaymaning qizi Zaynabni ham nikohlariga oldilar. Zaynab johiliyat davrida miskinlarga qilgan shafqati va xayr-saxovati tufayli Ummul Masokin (Miskinlarning onasi) degan nomga erishgan edi. U kishi ilgari Uhud jangida shahid ketgan Abdulloh ibn Jahshning xasmida edi. Zaynab Horisning qizi Maymuna bilan ona bir hamshira (egachi-singil) edi.
Shu yili Alining o‘gli Husayn tug‘ildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:16:28
Shu yili aroq harom qilindi. Arablar ichkilikni haddan tashqari yaxshi ko‘rishar, agar birdaniga taqiqlansa juda ko‘p ko‘ngilsizlik yuz berishi ko‘zda tutilib, tadrijiy cheklana bordi. Aroq odamlarning dilini xufton qiladigan voqealarga sabab bo‘lishi, ham moddiy, ham ma’naviy, ham tibbiy zarari tufayli harom deb topildi. Har qanday ish ma’lum sabab tufayli taqiqlansa hech kim e’tiroz bildirmaydi, aksincha qattiq ta’sirlanib, qo‘llab-quvvatlaydi. Ichkilik haqida dastlab Baqara surasining 219-oyatida to‘xtalib o‘tilgan: "Sendan ichkilik va qimor haqida so‘rashadi. Sen ularga: "Bu ikki narsada katta gunoh va ba’zi bir foyda bor, lekin ularning gunohi foydasiga nisbatan anchagina katta, degin". Qimorning foydasi shuki, arablarning odatiga binoan cho‘tal kambag‘allarga sadaqa tarzida bo‘lib berilardi. Aroq inson a’zosini kuchaytiradi, deb hisoblanardi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:16:37
Ba’zi musulmonlar kayf bilan namoz o‘qiy turib Qur’on tilovatidan yanglishib ketgani uchun Niso surasining 43-oyati nozil bo‘ldi: "Ey, mo‘minlar, agar mast bo‘lsangiz, to nima deyayotganingizni anglab yetmaguningizcha namozga yaqinlashmanglar". Musulmonlar mast holda bir-biriga ozor yetkazgani uchun Moida surasining 90-91-oyatlari nozil bo‘lib, ichkilik butunlay harom qilindi: "Ey mo‘minlar, aroq ichish, qimor o‘ynash, butlar (cho‘qinish uchun tiklangan toshlar), fol cho‘plari* chindan ham yaramas odat, shaytonning ishi. Najot topish uchun ulardan saqlaninglar. Shayton aroq, qimor orqali orangizda adovat, dushmanlik tug‘dirishga, Ollohning zikridan va namozdan qaytarishga urinadi. Bu ishlardan qaytmaysizlarmi?" O’sha paytdagi musulmonlar "qaytdik" deb javob berishgan. Bugungi musulmonlar ham shunday deyishlari kerak.

______________
*Fol cho‘plari — johiliyat davrida arablar   safarga chiqmoqchi, uylanmoqchi bo‘lsa yoki biron kishining nasl-nasabi ustida tortishib qolishsa, Uzro, Hubal nomli butlarning yoniga borib Azlom deb ataladigan maxsus cho‘plar bilan fol ochishardi.   Masalan, "Robbim buyurdi" yoki "robbim qaytardi" degan so‘zlar yozilgan cho‘plarni maxsus idishga solib aralashtirishar va qo‘liga qaysi cho‘p chiqsa, shunga qarab ish qilishardi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:16:46
HIJRATNING TO’RTINCHI YILI

Payg‘ambar alayhis-salom Huvaylidning o‘g‘illari Tulayha va Salamalar o‘z qavmi bani Asadni musulmonlarga qarshi kurashga safarbar etishganidan xabar topdilar. Rasululloh Abu Salama ibn Abdul Asadga tug‘ tutqazib, bir guruh askar bilan bu ikki qabilaga xujum qilishni buyurdilar. Musulmonlar muharram oyining boshida Madinaning sharqidagi Qatan degan joyda Asad qabilasiga hujum qilishdi. Mushriklar tum-taraqay qochishdi. Abu Salama juda ko‘p qo‘y, tuyalarni o‘lja olib iziga qaytdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:16:54
Shu yilning boshida Makkaning Arofat tog‘iga yaqin Urana degan joyda yashovchi Sufyon ibn Xolid ibn Nabih Huzaliy musulmonlarga qarshi kuch to‘playotgani ma’lum bo‘ldi. Rasululloh bu yovuz kimsani yo‘qotish uchun Abdulloh ibn Unayis Juhaniyni yolg‘iz yubordilar. Abdulloh topshiriqni ado etish jarayonida lozim bo‘lib qolsa yolg‘on ishlatishga ijozat so‘radi va muharram oyining boshida o‘zini Huzoa qabilasidan deb Sufyoning yoniga bordi. Sufyon uning kimligini, nasl-nasabini so‘rab-surishtirdi. Abdulloh: "Men Huzoadanman. Sening Muhammadga qarshi odam to‘playotganingni eshitib yoningda birga bo‘lish uchun keldim", dedi. Sufyon bu gapdan xursand bo‘lib, uni o‘z chodiriga olib kirdi va chindan ham kuch to‘playotganini e’tirof etdi. Suhbat pirovardida Sufyon yonboshlab uyquga ketdi. Abdulloh vaqtni g‘animat bilib, uni o‘ldirib, sekingina chodirdan chiqib ketdi va eson-omon Madinaga qaytib keldi. Olloh taolo kofirlarning navbatdagi xurujini shu yo‘l bilan daf etdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:17:07
QO’SHIN YUBORISH

Shu yilning safar oyida Azal, Qora qabilalaridan islomiy saboq berishga odam yuborishlarini so‘rab vakillar kelishdi. Payg‘ambar alayhis-salom Osim ibn Sobit Ansoriy boshchiligida o‘n kishini ularga qo‘shib berdilar. Ular kunduzi yashirinib, kechalari yo‘l bosishdi. Rajiy degan joyga yetganlarida vakillar xiyonat qilib, musulmonlarni Abdulloh ibn Unays tomonidan o‘ldirilgan Sufyon ibn Xolid Huzaliyning qabilasiga oshkor etishdi. Huzayl qabilasidan ikki yuz o‘qchi musulmonlarning izidan tushdi. Dushman ta’qibidan xabar topgan musulmonlar toqqa chiqib olishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:17:22
Dushmanlar: "Pastga tushinglar, sizlarni o‘ldirmaslikka va’da beramiz", deyishdi. Uch kishi aldanib pastga tushdi, Osim boshchiligidagi qolgan yetti kishi jang qildi. Pastga tushganlardan biri shu zahoti qatl etildi, qolgan ikkovlon Makkaga eltib musulmonlarda qasdi bor mushriklarga sotildi va shu yerda qiynab o‘ldirildi. Ulardan Hubayib ibn Adiy o‘limi oldidan quyidagi she’rni o‘qidi:

Imon bilan ketsa bas, asar qolmas armondan,
Shahid bo‘lib yiqilsang o‘q yeb o‘ngu so‘l yondan.
Haq yo‘liga jon tikdim, u istasa shubhasiz
Qiynalgan bu vujudim joy oladur rizvondan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:17:37
QO’SHIN YUBORISH

Shu yilning safar oyida Omir qabilasining boshliqlaridan Mula Ibul Asinna nomi bilan tanilgan Abu Omir ibn Molik payg'ambar alayhis-salomning huzurlariga keldi. Rasululloh uni Islom diniga da’vat etdilar, garchand u musulmon bo‘lishga ko‘nmasa-da: "Men sening da’vatingni rost, benihoya go‘zal deb hisoblayman. Sahobalaringdan bir qismini men bilan Najid ahliga yubor, ular diningni qabul qilishsa ajab emas", dedi. "Najid ahli sahobalarga biron zarar yetkazib qo‘yishidan qo‘rqaman", dedilar rasululloh. "Men ularni o‘z himoyamga olaman", dedi Abu Omir. Payg‘ambar alayhis-salom Munzir ibn Amr boshchiligidagi yetmish sahobani unga qo‘shib berdilar. Bular Qur’onni puxta o‘rgangan qurro (qori)lar edi. Ular Madinaning sharqidagi Biri Mauna degan joyga kelib tushishgach, bani Omir qabilasining boshlig‘i Omir ibn Tufaylga Harom ibn Milhondan maktub yo‘llandi. Omir maktubni o‘qimasdanoq elchini o‘ldirdi va qabilasini sahobalarga qarshi urushishga da’vat etdi. Biroq qabiladoshlari Mula Ibulasinna himoyasiga olgan kishilarga qilich ko‘tarishga ko‘nishmadi. Omir bani Sulayim qabilasidagi Rayil, Zakvon va Asiyadan yordam so‘ragan edi, ular bajonudil rozi bo‘lib, o‘z odamlari bilan sahobalarni o‘rab olishdi. Garchand sahobalar mardona olishishgan bo‘lsalar-da, son jihatdan bir necha barobar ortiq g‘animga bas kelishlari mumkin emasdi. Ular jang maydonida mardlarcha halok bo‘lishdi. Faqat o‘liklar orasiga yotib olgan Ka’ib ibn Zayid hamda zarur ish bilan ketgan Amr ibn Umayyagina omon qolishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:17:45
Amr Biri Ma’unada yuz bergan xunrezlikning xabarini payg'ambar alayhis-salomga yetkazdi. Rasululloh sahobalarni yigib, nutq irod etdilar: "Birodarlaringiz mushriklar tomonidan o‘ldirildi. Ular, ey robbimiz, el-yurtga yetkazginki, biz sening dargohingga ketdik, biz sendan rozi bo‘ldik, sen ham bizdan rozi bo‘l, deyishgan. Ularni Olloh rahmat qilsin!"
Rajidagi xiyonat bilan bu qayguli xabar payg'ambar alayhis-salomga bir kunda yetib keldi. U kishi qattiq iztirob chekib, bir oygacha namozda mushriklarni duoyibad qildilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:18:13
BANI NAZIR G’AZOTI

Yengiltaklik bilan o‘ylamasdan ish qilish xunuk oqibatlarga sabab bo‘ladi. Tinchgina yashayogan biron qavmning boshliqlari o‘z manfaatlarini ko‘zlab qilgan xiyonatlari shu qavmga baloyu-qazo, vayrongarchilik olib kelishi muqarrar. Madina yaqinida yashovchi Xazraj qabilasining ittifoqdoshi bani Nazir yahudiylarining boyniga shunday kun tushdi. Musulmonlar bilan bani Nazir qabilasi o‘rtasida tinch-totuv yashash bitimi imzolangan edi. Biroq ular hasadgo‘yligi va niyati buzuqligi tufayli xiyonat ko‘chasiga kirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom bir guruh sahobalar bilan bani Nazirlarning mahallasiga kelganlarida yahudiylar u kishiga suiqasd uyushtirishdi. Rasululloh ko‘chadan o‘tayotganlarida ustilariga xarsangtosh tashlab yuborishni rejalashtirishdi. Ularning shum niyatini sezib qolgan payg‘ambar alayhis-salom darrov orqaga qaytib ketdilar va Muhammad ibn Maslamani yuborib, xoinlik qilganlari uchun yahudiylarga Madinadan chiqib ketishni buyurdilar. (Zero haqiqiy ehtiyotkorlik insonning xiyonat bilan muomalada beparvo bo‘lmasligidir.)
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:18:21
Yahudiylarning shahardan ko‘chib ketish tadorikini ko‘rayotganidan xabar topgan munofiqlar o‘z vakillarini yuborib: "Hech qayoqqa ketmanglar. Har qanaqa sharoitda biz yordam beramiz", dedilar. Olloh taolo Hashir surasining 11-12-oyatlarida munofiqlar haqida bunday deydi: "Munofiqlar ahli kitob orasidagi (Qur’onni) inkor etgan birodarlariga (yurtinglardan) chiqarib yuborilsanglar, biz ham albatta sizlar bilan birga ketamiz, sizlarning zararingaz hisobiga hech qachon birovga itoat etmaymiz, sizlarga (qarshi) urush ochilsa, yordam berishimiz aniq, deyishganini bilmaysanmi? Olloh guvohlik beradiki, ular mutlaqo yolg‘onchilardir. Agar ular haydab chiqarilsa, munofiqlar sira birga ketishmaydi. Agar ularga (qarshi) urush ochilsa, munofiqlar yordam qo‘lini cho‘zishmaydi, yordam berishsa-da ters burilib qochishadi, ahli kitob yordamga erisholmaydi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:18:29
Yahudiylar munofiqlarning yordamiga umid bog‘lab, ko‘chish muddatini paysalga solishdi. Payg‘ambar alayhis-salom o‘rinlariga ibn Ummu Maktumni qo‘yib, Aliga tug‘ ushlatib, yahudiylarga qarshi yasov tortib chiqdilar. Bani Nazir yahudiylari omon qolish umidida qo‘rg‘onlariga yashirinib olishdi. Musulmonlar ularni olti kun muhosara qilishgach, payg‘ambar alayhis-salom xurmo daraxtlarini kesib tashlashni buyurdilar. Bu holdan yuragiga vahm tushgan yahudiylarning taslim bo‘lishdan o‘zga chorasi qolmadi.
Munofiqlarning boshlig‘i Abdulloh ibn Ubaydan kutilgan yordam kelmadi; ular ilgari Bani Qaynuqo’ qabilasidan voz kechishgandek bani Nazirdan ham osongina yuz o‘girishdi. Yahudiylar rasulullohdan jonlariga omonlik, qurol-yaroqlardan boshqa narsalarini tuyalari ko‘targuncha olib ketishga ijozat so‘rashdi. Ruxsat olingach, uylarini musulmonlarga qoldirmaslik uchun o‘z qo‘llari bilan buzib tashladilar. Haybarga kelib tushgan guruhga yahudiylarning Huyay ibn Axtab va Sallom ibn Abu Huqayq bosh edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:18:38
Yahudiylarning bir qismi Shomdagi Azriot degan joyga ko‘chib borishdi. Ulardan Yomin ibn Amir bilan Abu Sa’d ibn Vahab musulmon bo‘lishdi. Bani Nazirdan g‘animat olingan mol-mulkni rasululloh g‘oziylarga bo‘lib bermadilar, sababi, bu chinakam jang qilib, qon to‘kib, qo‘lga kiritilgan o‘lja emas edi. Bu xildagi g‘animat urush tayyorgarligini ko‘rgani uchun Payg‘ambar alayhis-salomning o‘zlariga, oilasi va yaqinlariga, yetim-esir, g‘ariblarga tegishli edi. Hashir surasining 7-oyatida bu narsa alohida ta’kidlab o‘tilgan: "Olloh payg‘ambariga g‘animat qilib bergan ahli quroning,* mollari orangizdagi boylar o‘rtasida qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yurmasligi uchun yaratganga, payg‘ambarga, uning hesh-aqrabolariga, yetimlarga, miskinlarga ibn sabillarga xos qildi". Rasululloh g’animatning bir qismini yurtidan bosh olib ketishga majbur bo‘lgan kambag‘al muhojirlarga berdilar. Shu bilan ular yangi kelgan paytida ansorlardan olgan qarzlarini uzishdi. Payg'ambar alayhis-salom ishlab ro‘zg‘orlariga yegulik yetishtirish uchun bir parcha yerni o‘zlariga ajratib oldilar.

_________
*Ahli quro — Madina atrofidagi bani Quzayza, bani Nazir, Fadak Haydar Urayna qabilalari va qishloqlarining aholisi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:18:52
ZOTUR-RIQO’ G’AZOTI

Shu yilning rabbiul oxir oyida Najd tomonda yashovchi arablardan bani Muhorib, bani Sa’la qabilalari musulmonlarga qarshi urushga taryorgarlik ko‘rishayotgani ma’lum bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salom yetti yuz sahobani ularga qarshi otlantirdilar. Rasulullohning o‘rnilarida Usmon ibn Affon qoldi. Musulmonlar dushman yurtiga yetib kelganda, shahar, qishloqlarda ayollaru bola-baqradan boshqa hech kim ko‘rinmadi, erkaklar qo‘rqqanidan tog‘-toshga juftakni rostlab qolishgan ekan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 20 Fevral 2007, 19:19:03
Musulmonlarning unchalik ko‘p emasligini ko‘rgach, mushriklarning bir qismi yurak yutib pastga tushdi, lekin baribir jang qilishga botinisholmadi. Bu orada namozdigar (asr namozi) vaqti bo‘lib qoldi. Rasulluloh dushman qo‘qqisidan hujum qilib qolishdan xavfsirab salotuxavf* dedilar. Mushriklar musulmonlarga yaqinlashishga jur’at etolmay tarqab ketishdi. Imom Buxoriy bu g‘azotni hijratning yettinchi yili, boshqa islom tarixchilari esa to‘rtinchi yili bo‘lgan deb hisoblashadi.

______________
*Salotuxavf — musulmonlar urush holatida turganlarida namozni ikkiga bo‘linib galma-gal o‘qish.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:21:26
IKKINCHI BADR G’AZOTI

Shu yili sha’bon oyida Abu Sufyon dag‘dag‘a qilib aytgan vaqt keldi. Uhud g‘azotidan keta turib u kelgusi yili sizlar bilan savdo mavsumida Badrda yana urushamiz, degan edi. Payg‘ambar alayhis-salom bu gapga rozilik bergan edilar. Har yili sha’bon oyida Badrda sakkiz kun bozor bo‘lar edi. Va’dalashgan vaqt yetib kelganda qurayshda qahatchilik yuz berib, mushriklar urushishga botinisholmadi. Abu Sufyon lafzida turmaydigan qo‘rqoq degan nom olmaslik uchun qo‘shinining soni ko‘pligini pisanda qilib, musulmonlarni qo‘rqitmoqchi va shu bahonada ularni urushish fikridan aynitmoqchi bo‘ldi. Naim ibn Mas’ud Abu Sufyonning topshirig‘iga binoan musulmonlarning huzuriga elchi bo‘lib bordi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:21:45
Olloh taolo Naimning musulmonlar ko‘ngliga g‘uluv solish uchun aytgan gaplarini Oli Imron surasining 173-oyatida bunday naql etadi: "Kishilar ularga: haligi odamlar sizlarga hujum qilish uchun qo‘shin to‘pladi, ulardan qo‘rqinglar", deyishdi. Bu gap ularning imonini mustahkamlaydi. Ular: "Bizga Olloh kifoya, u naqadar yaxshi xomiy, deyishdi". Payg‘ambar alayhis-salom Naimning tahdidini pisand qilmay bir yarim ming sahoba bilan yo‘lga chiqdilar. Va’dalashilgan joyda biron kimsa ko‘rinmaydi. Naimning tahdididan keyin musulmonlar Badrga kelishga jur’at etolmay beburd bo‘lishadi, deb o‘ylagan Abu Sufyon Majinna degan joydagi mashhur bozorga yetib kelganda qavmiga: "Bu yil qahatchilik yili, ma’murchilikda kelganimiz yaxshi", deb odamlarini qaytarib yuborgan edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:21:56
Musulmonlar esa Badrda bemalol savdo-sotiq qildilar. Bu xususda Oli Imron surasining 174-oyatida: "Ular Ollohning ne’mati va fazli bilan qaytib kelishdi, hech qanday ziyon-zahmatga uchramadi, ular yaratganning roziligini izlashdi. Olloh ulug’ fazl egasidir". Safvon ibn Umayya bu gapdan xabar topib Abu Sufyonga: "Boshda seni musulmonlarga bergan va’dangdan qaytargan edim. Ular va’daga xilof ish qilganimizni ko‘rib bizga qarshi otlanishga jur’at etishdi", dedi.
Shu yili payg‘ambar alayhis-salomning nevarasi Husayn ibn Ali tug‘ildi. Rasullohning ayoli, Xuzaymaning qizi Zaynab onamiz vafot etdi, shuningdek ammalarining o‘gli va Habashistonga birinchi bo‘lib hijrat qilgan emakdosh birodari Abu Salama olamdan o‘tdi; eri vafot etib, tul qolgan Ummu Salamani rasululloh nikohlariga oldilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:22:12
HIJRATNING BESHINCHI YILI DUMATUL JANDAL G’AZOTI

Shu yilning rabiul avval oyida Madinadan o‘n besh kunlik masofadagi Dumatul Jandaldagi bir guruh arobiy yo‘lto‘sarlik qilib, odamlarni qon-qaqshatayotgan Madinaga bostirib kirib musulmonlarni qilichdan o‘tkazmoqchiligi ma’lum bo‘ldi. Payg'ambar alayhis-salom o‘rinlariga Sibo’ Urfutani qoldirib, bu ofatning oldini olish maqsadida ming nafar sahoba bilan yo‘lga chiqdilar. Kechasi yo‘l bosib, kunduzlari yashirinib yaqinlashib kelganlarida arobiylar bilib qolib, tum-taraqay qochib ketishdi. Musulmonlar ularning chorvasini qo‘lga kiritishdi. Bir-ikkita podachidan boshqa hech kimni uchratolmay orqalariga qaytishdi. Yo‘l-yo‘lakay Bazora qabilasining boshlig‘i Uyayna ibn Hisni bilan hamkorlik bitimi tuzildi. Bu qabilaning yeri giyoh ko‘karmaydigan yaydoq dashtga aylanib ketgani uchun rasululloh ularga mollarini boqishga Madinadan 36 mil uzoqdan yer ajratib berdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:22:25
BANI MUSTALAQ G’AZOTI

Shu yilning sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Uhud urushida qurayshga yordam bergan Mustalaq qabilasining boshlig‘i Horiz ibn Ziror musulmonlarga qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topdilar. Rasululloh o‘rinlariga Zayid ibn Horisani qoldirib, katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar. Ayollaridan Oisha bilan Ummu Salama ularga hamroh bo‘ldilar. Ilgari biron jangovor yurishda qatnashmagan munofiqlar o‘lja olish umidida safga qo‘shilishdi. Yo‘lda bani Mustalaqning bir josusi qo‘lga tushdi, biroq so‘ralgan savollarga javob berishdan bosh tortgani uchun qatl etildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:22:32
Musulmonlarning katta qo‘shin bilan kelayotganidan xabar topgan bani Mustalaqning lashkarboshisi Horis vahimaga tushdi, qo‘rqqanidan bir qism askarlari qochib ketdi. Musulmonlar Muraysi’ yetib kelgach, bani Mustalaq odamlarini Islom diniga da’vat etishdi, biroq ular bosh tortishgach, ikki tomon safga tizilib kamondan bir soat o‘q uzishishdi. Keyin musulmonlar yoppasiga hujumga o‘tib, g‘alaba qildilar. Ikki ming tuya, besh ming qo‘y qo‘lga kiritildi. Payg‘ambar alayhis-salom mol-hollarni boshqarishni Shaqronga, asirlarga qarashni Buraydaga topshirdilar. Asirlar ikki yuz qiz bo‘lib, ular orasida qabila boshlig‘ining qizi Barra ham bor edi. Asirlar musulmonlarga taqsimlab berildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:22:40
Bani Mustalaq qabilasi arablar orasida eng kuchli va jangovor qabila hisoblanardi. Ayollarining asir olinib, quldek taqsimlanishi ularga g‘oyat og‘ir botardi. Bu narsani yaxshi bilgan payg‘ambar alayhis-salom juda katta oliyjanoblik va mardlik namunaeini namoyon etdilar, ayollarni ozod etishning musulmonlar rozi bo‘ladigan yo‘lini o‘ylab topdilar. Sarvari olam, Horisning qizi Barrani nikohlariga olib, Juvayriya deb atadilar. Shu bilan musulmonlar asirlarni rasulullohning qudalari hisoblab, ozod qilib yuborishdi. Oisha raziyallohu anhoning ta’biricha, Juvayriya o‘z qavmi uchun g‘oyat sharofatli ayol bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salomning marhamatlaridan qattiq ta’sirlangan bani Mustalaq qabilasi yoppasiga imon keltirdi, ilgari musulmonlarning ashaddiy dushmani hisoblangan odamlar endi ularning yaqin do‘stlariga aylanishdi. Agar rasululloh tadbikorlik qilmaganlarida ikki o‘rtadagi adovat battar kuchayib, ancha-muncha qon to‘kilishi mumkin edi. Bu g‘azot jarayonida ibratli ikki voqea yuz berdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:23:13
Birinchisi, Umar ibn Xattobning xizmatkori bilan Xazraj qabilasining ittifoqchilaridan bo‘lmish bir odam urushib qolishdi. Umarning xizmatkori uni urib, yarador qildi va ikkalovi o‘z qavmini yordamga chaqirdi. Agar rasululloh kelib qolmaganlarida ikki o‘rtada boshlangan dahanaki jang qon to‘kilishiga sabab bo‘lishi hech gap emasdi. "Yana johiliyat davridagi tarafkashliginglarni qilmoqchimisizlar? Yo‘qotinglar bunday yaramas odatni!" dedilar rasululloh va jabrdiydaning o‘chini olib berdilar. Shu bilan janjal barham topdi.
Bu voqeani eshitgan Abdulloh ibn Ubay xafa bo‘lib o‘z qabiladoshlariga: "Men hech qachon bugungidek xo‘rlikni ko‘rmagan edim. Ularni yurtimizga kiritib, uyimizning to‘ridan joy bersagu buning evaziga bizni savalashadimi? Itingni semirtirsang o‘zingni qopadi, deganlari shu ekan-da. Xudoga qasamki Madinaga qaytsak albatta aziz u yerdan xorni chiqarib tashlaydi. Aslida-ku bu xo‘rlikni o‘zinglar tilab oldinglar. Ularni uyingizga chaqirib mol-mulkingizni baham ko‘rdingiz. Agar quchoq ochib kutib olmaganingizda boshqa tomonlarga ravona bo‘lishardi. Bunisi ham yetmagandek Muhammad uchun urushib joninglarni qurbon qilyapsizlar, bolalaringiz yetim bo‘lib chirqirab qolishyapti, ular esa ko‘paygandan ko‘payyapti. Bundan keyin ularga yordam bermanglar, kambag‘allashib, Madinadan ketishga majbur bo‘lishsin", dedi. Shu yerda hozir bo‘lgan imoni butun Zayd ibn Irqam ismli yigit bu gaplardan payg‘ambar alayhis-salomni voqif etdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:23:31
Rasulullohning yuzlari o‘zgardi, uzoq sukutga cho‘mdilar va xabarchiga yuzlanib: "Balki, unda biron xusumating bordir, shuning uchun atay bunday gaplarni to‘qiyotgandirsan?" dedilar. "To‘qiyotganim yo‘q, bunday gaplarni o‘z qulog‘im bilan eshitdim", dedi Zayd ibn Arqam. "Yanglish eshitgan bo‘lishiing mumkin", deya bu gapga nuqta qo‘yishga urindilar payg‘ambar alayhis-salom. Umar rasulullohdan ibn Ubayni o‘ldirishga ruxsat so‘radi. "Ey Umar, odamlar Muhammad sahobalarini o‘ldira boshladi, deyishsa yaxshi bo‘ladimi?" dedilar payg‘ambar alayhis-salom va odamlarning e’tiborini chalg‘itib, bu gapni o‘rtadan ko‘tarib yuborish uchun kun zabtiga olgan jaziramada lashkarni safarga otlanishga buyurdilar. Usayid ibn Huzayr bunday issiqda yo‘lga chiqishning boisini so‘radi. "Qabiladoshingning gapini eshitmadingmi? U Madinaga qaytgach, "Aziz undan xorni chiqaradi debdi", dedilar rasululloh. Usayil u kishiga: "Ey rasululloh, istasang sen uni haydab chiqarasan. Ollohga qasamki "u xor va sen - azizdirsan" dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:23:46
Oftob tig‘ida yo‘l bosgan odamlar manzilga yetgan zahoti uyquga ketishdi. Ansorlardan bir guruhi Abdulloh ibn Ubayga rasulullohdan kechirim so‘rashni taklif etishdi, biroq u takabburlik bilan bosh tortdi. Shu lahzada Munofiqun surasi nozil bo‘lib, Abdulloh ibn Ubay va uning hamfikrlarining sharmandasi chiqdi. Zayd ibn Arqamning aytganlari rostligi isbotlandi. Abdulloh ibn Ubayning o‘g‘li bu gapdan xabar topgach, otamni birov o‘ldirsa, u kishi bilan o‘rtamizda dushmanlik tug‘ilib qolishi mumkin, yaxshisi bu ishni o‘zim ado etay, deb ijozat so‘raganida rasululloh uni fikridan qaytarib otasini izzat-ikrom qilishga buyurdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:24:16
OISHAGA QILINGAN TUHMAT

Ikkinchisi, yuqoridan bayon etilgan voqeadan qabihroq va og‘irroq bo‘lib, rasulullohning umr yo‘ldoshlari Oisha bilan Safvon ibn Muattal o‘rtasida xufya munosabat bor, degan tuhmat tarqatiladi. Aslida voqeaning tafsiloti bunday: musulmonlar bani Mustalaq gazotidan qayta turib, Madina yaqinidagi bir qo‘nalg‘aga tushishdi. Payg‘ambar alayhis-salom yarim kechasi qo‘shinni yo‘lga otlantirdilar. Bu paytda hazrat Oisha zarurat uchun chekkaroqqa ketgan edi, manzilgohiga kela turib, bo‘ynidagi marjoni tushib qolganini bilib, darrov iziga qaytadi. Bu orada otlanishga buyruq kelib, kajavani ko‘taradigan xizmatchilar uning ichida hazrat Oisha bor degan o‘yda, tuyaga ortishadi.
Hazrati Oisha yosh, ozg‘in yengil bo‘lgani uchun kajavaning ichida bor-yo‘qligi bilinmagan. O’sha davrdagi ayollarning aksariyati ozg‘in, vazni yengil bo‘lardi. Hazrati Oisha munchog‘ini topib kelganlarida qo‘shin yurib ketgan; u kishining yo‘qligidan hech kim xabar topmagani uchun biron kimsa qoldirilmagan edi. Oisha baribir izlab kelishadi, degan o‘yda ilgarigi joyiga o‘tiradi-yu, ko‘zi ilinadi. Qo‘shinning orqasidan qolib ketgan, yo‘qolgan narsalarni yig‘ishtirib yurgan Safvon ibn Muattal ismli sahoba mizg‘ib o‘tirgan hazrat Oishani ko‘rib qoladi. U Oishani mastura bo‘lishindan avval bilgani uchun tanib, baland ovozda: "Inna lillahi va inna ilayhi rojiun" (Biz Ollohning ilkidamiz, yana Ollohning dargohiga- qaytib boramiz.) deydi. Hazrat Oisha uyg‘onib yuzini yopadm. Safvon bir og‘iz so‘z qotmay, tuyani cho‘ktiradi, hazrat Oisha ham churq etmay minadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:25:08
Safvon tuyani yetaklab qo‘shinning orqasidan yetib kelganda odamlar tushlik ovqatdan keyin dam olishayotgan edi. Darrov shivir-shivir boshlandi, g‘iybatchilar esa hayiqmay bu ikkovi haqida og‘ziga kelganini bemalol aljiy boshlashdi, ayniqsa Abdulloh ibn Ubay tilini bir qarich qilib, beandishalikni haddidan oshirib yubordi. Qo‘shin Madinaga yetib kelganda hazrat Oisha kasal bo‘lib yotib qoldi. Bir oygacha bosh ko‘tarmay yotgan hazrati Oisha kun sayin bolalayotgan mish-mishlardan butunlay bexabar edi. Bu safar rasululloh hazrati Oishaga ilgari kasal bo‘lgan paytlaridagidek marhamat ko‘rsatmay, bo‘sag‘ada turib: "tuzukmisan?" deb qo‘yish bilan chekanardilar. Bu holdan hayratga tushgan Oishaning yuragi siqilib, halovatini yo‘qotadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:26:16
Dard arib, ancha quvvatga kirgan kunlarning birida Mistah ibn Usosaning onasi bilan tashqariga chiqmoqchi bo‘lishdi. Etagini bosib olib yiqilgan Mistahning onasi: "Ha, Mistah boshini yesin!" deya qarg‘aydi. "Nega unday deysan. Badr g‘azotida qatnashgan odamni qarg‘aysanmi?" deydi hazrati Oisha ajablanib. "Ha ajalning o‘qiga uchrasin, ular gapirib yurgan gaplardan xabaring yo‘qqa o‘xshaydi-ku" deydi va odamlarning og‘zida yurgan gaplarni aytib beradi.
Oishaning bir dardiga o‘n dard qo‘shiladi. Rasululloh odatdagidek ahvol so‘ragani kirganlarida otasinikiga borib yotishga izn oladi va kela solib onasidan ko‘cha-ko‘ydagi gaplarning tafsilotini surishtiradi. "Bekorga o‘zingni koyitma, qizim, — dedi onasi mehribonlik bilan yupatib. — Eri yaxshi ko‘radigan chiroyli ayolga g‘ayirlik qiladiganlar ko‘p bo‘ladi. Bundaylar har xil bo‘lmag‘ur gap-so‘zlarni tarqatishadi. "Subhanalloh! (Olloh pokdir.) Odamlar shunday gaplarni gapirib yurishibdimi hali?" dedi hazrat Oisha ezilib va tong otguncha qon yig‘ladi. Payg‘ambar alayhis-salom bu xususda oilasidagilar bilan maslahatlashdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:26:47
Usoma ibn Zayd Oishani yaxshi bilgani uchun: "Biz Oishani ham, Safvonni ham begunoh deb hisoblaymiz", dedi. Ali ibn Abutolib esa: "Seni parvardigor xotindan qisgan emas. Boshqalari ham ko‘p. Cho‘risidan so‘ra, rostini aytadi qo‘yadi", — dedi. Rasululloh shu zahoti Oishaning cho‘risi Burayrani chaqirib: "Oishaning biron shubhali xatti-harakatini sezganmisan?" deb so‘radilar. "Xudo haqqi, shu paytgacha biron marta tariqcha shubhali narsa sezgan emasman, — deya ont ichdi Burayra, faqat u xamir qora turib uxlab qolar, keyin uydagi jonivorlar xamirni yeb ketar edi". Payg‘ambar alayhis-salom shu kuni musulmonlarni yig‘ib minbarga chiqdilar-da: "Ey jamoat, orangizda ahliyam haqida bo‘lmag‘ur gaplarni gapirib meni ranjitgan odam bor. Ahliyamning ham, Safvonning ham xatti-harakatida shu paytgacha yaxshilikdan boshqa narsani ko‘rgan emasman. Meni ranjitgan odam haqida qanday fikrdasizlar? Bu xususda kim meni ma’zur tutadi?" dedilar. "Ey rasululloh, seni men ma’zur tutaman, dedi Sa’d ibn Muoz — Agar ig‘vogar avslik bo‘lsa, uning kallasini olaman, agar u xazrajlik o‘z birodarlarimizdan bo‘lsa, sen nima istasang shuni bajo keltiraman". Xazrajlik Sa’d ibn Uboda o‘rnidan turib: "Bekorlarni aytibsan, uni o‘ldirish qo‘lingdan kelmaydi. Agar u o‘z qavmingdan bo‘lganda bunday gaplarni aytishga botinolmasding", dedi. Usayd ibn Huzayr uning gapini bo‘lib: "Uni albatta o‘ldiramiz. Sen munofiq bo‘lganing uchun uning yonini olyapsan", dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:27:37
Payg‘ambar alayhis-salom minbardan tushib, ularni bosib qo‘ymaganlarida avs bilan xazraj qabilasi o‘rtasida mojaro chiqishi hech gap emasdi. Bu gapdan xabar topgan hazrat Oisha ikki kungacha yostiqdan bosh ko‘tarmay yig‘ladi. U ota-onasi bilan o‘tirgan paytda rasululloh ularnikiga kirib: "Ey Oisha, sen haqingda har xil gaplarni eshitib yuribman. Agar pok bo‘lsang Olloh seni oqlaydi, bordiyu gunohkor bo‘lsang tavba qil. Inson gunohini tan olib kechirim so‘rasa, Olloh uning tavbasini qabul qiladi", dedilar. Hazrat Oisha ho‘ngrab yig‘laganicha javob berishini ota-onasiga havola etdi, biroq ular nima deyishni bilmay nochor yelka qisishdi. "Sizlar bu gaplarga shunchalik ishonasizlarki, men begunohman deganimning foydasi yo‘q. Men pok bo‘la turib bu tuhmatni ustimga olsam shak-shubhasiz ishokasizlar. Men o‘zimga tasalli berish uchun Ya’qub alayhis-salomning: "Men faqat bardosh bilan sabr qilaman, sizlarning xatti-harakatingizga qarab, Ollohdan madad tilayman"* degan so‘zidan boshqa hech narsa deyolmayman", deya hazrat Oisha ko‘rpaga o‘ralib oldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:27:47
Payg‘ambar alayhis-salom o‘rinlaridan qo‘zg‘alib ulgurmay Olloh taolo Nur surasining 11-21-oyatlarini nozil qilib, hazrat Oishani oqladi: "Orangizdagi bir guruh odam (Oishaga) bo‘hton yog‘dirdi, bu siz uchun yomon emas, aksincha yaxshidir. Tuhmatchilardan qay birining qanchalik gunohi bo‘lsa shunga yarasha jazo beriladi; asosan bo‘htonni tarqatgan odam (Abdulloh ibn Ubay) og‘ir azobga giriftor etiladi, bo‘htonni eshitgan paytda o‘zlarini yaxshi odam deb hisoblovchi mo‘min erkagu ayol nega bu quruq tuhmat, demadi? Ular nega to‘rt nafar guvoh topib kelishmadi? Guvoh topishmagan ekan, ular Ollohning nazarida yolg‘onchi hisoblanadi. Sizlarga dunyo va oxiratda Ollohning fazlu marhamati bo‘lmasa edi, bo‘hton yog‘dirganinglar uchun og‘ir azobga giriftor etilardinglar. Bo‘htonni til bilan tarqatdinglar, bilmaydigan narsalarni og‘zingizga oldinglar, buni yengil (ermak) fahmladinglar. Vaholanki, Ollohning nazarida bu katta gunohdir. Uni. (ya’ni bo‘htonni) eshitgan paytinglarda nega: bunday so‘zlarni gapirmasligimiz kerak, bu katta gunohdir, ey Olloh, sen pokdirsan, demadinglar? Olloh agar mo‘min bo‘lsangiz bunday gaplarni qayta og‘zingizga olmang, deb o‘git beradi. Olloh sizlarga oyatlarini bayon etadi, Olloh hamma narsani bilguvchi, hikmat bilan ish yurituvchi zotdir. Mo‘minlar orasida behayolik tarqalishini istaydigan odamlar dunyo va oxiratda qattiq azobga uchraydi, Olloh bilguvchi, sizlar esa (hech narsani) bilmaysizlar. Agar Ollohning sizlarga fazlu. marhamati bo‘lmasa edi (qattiq jazolardi). Olloh shafqatli va mehribondir. Ey mo‘minlar, shaytonning yetoviga yurmanglar! Kymki shaytonning etoviga yurar ekan, shayton uni behayolikka, yomon ishlarga boshlaydi. Olloh sizlarga fazlu marhamat ko‘rsatmasa, hech qaysingiz to abad pok bo‘lmas edingiz. Olloh istagan bandasini pok qiladi. Olloh hamma narsani eshitib, bilib turguvchidir".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:27:58
Bu oyatlar nozil bo‘lgach, payg‘ambar alayhis-salom ochiq chehra bilan hazrat Oishaning pokliga haqida bashorat berdilar. Oishaning onasi qiziga: "O’rningdan tur! Rasulullohga rahmat ayt", dedi. "yYo‘q, men yuzimni yorug‘ qilgan Ollohga rahmat aytaman", deya javob berdi hazrat Oisha. Rasululloh tuhmatchilarning har biriga shariat hukmiga binoan sakson darra urishni buyurdilar. Bo‘hton yog‘dirganlar Jahishning qizi Hamna, Mistah ibn Usosa, Xasson ibn Sobitlar edi.
Mistah Abu Bakrga qarindosh bo‘lgani uchun qo‘lidan kelganicha uning holidan xabar olib, ko‘maklashib turardi. Mistahning ig‘voga aralashganini eshitgach, berayotgan nafaqasini yig’ishtirib qo‘ydi. Bu xususda Nur surasining 22-oyatida alohida to‘xtalib o‘tilgan: "Orangizdagi ahli karam va davlatmandlar hesh-aqrabolariga, miskinlarga va din yo‘lida hijrat qilganlarga hech narsa bermaslikka qasam ichishmasin, ularni afv etishsin, kechirishsin. Olloh sizlarga mag‘firat qilishini istamaysizlarmi? Olloh mag‘firat qilguvchi va benihoya shafqatli zotdir." Abu Bakr: "Ey rasululloh Ollohning mag‘firati va rahmatini tilaymiz", dedi va Mistahga beriladigan nafaqasini asliga keltirdi. Odamlar orasiga kirib sirtdan qaraganda ularni yaxshi ko‘radigandek, aslida esa yuragida adovat saqlaydigan, ninaning ko‘zicha teshik topsa so‘qilib kirib, fisqu fasodni urchitadigan munofiqlarning kasofati shu bo‘ldi. Bizlarni ulardan Ollohning o‘zi asrasin.

___________
*Ya’qub alayhis-salomning tilidan aytilgan bu naql Yusuf suradishshg 18-oyatidan olingan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:28:20
XANDAQ G’AZOTI

Bani Nazir qabilasi surgun qilinib, yurti musulmonlarga qolgach, ularning fikri zikri qanday bo‘lmasin musulmonlardan o‘ch olish, tug‘ilib o‘sgan joylarni qaytadan qo‘lga kiritish bilan band bo‘ldi. Bir guruh alamzada Makkaga borib, quraysh qabilasini musulmonlarga qarshi qayradi, agar jangovor yurish boshlansa, hamma jihatdan ularga yordam berajaklarini aytib o‘z yo‘rig‘iga solishdi.
Qutquchilar bunga qanoat qilmay G’atafon qabilasiga o‘tib, ularni ham Muhammad alayhis-salomdan o‘ch olishga undashdi. G’atafon qabilasi quraysh jangovor yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganini eshitib, bajonu dil rozilik bildirishdi. Abu Sufyon boshchiligida to‘rt ming kishilik qo‘shin to‘plandi, Usmon ibn Talxa Abdariy ularga a’lambardor bo‘ldi. Rasululloh mollarini boqish uchun sero‘t yaylovlarni berib, qilgan yaxshiliklariga yomonlik bilan javob qaytargan Uyayna ibn Hisnni ming otliq askar bilan, Horis ibn Afv Murriy boshchiligida bani Murra qabilasidan to‘rt yuz kishi Abu Sufyonga kelib qo‘shildi. Sufyon ibn Abd Shams boshchiligidagi bani Salim qabilasidan yetti yuz kishi, shuningdsk Abu Mas’ud ibn Ruhayla boshchiligida bani Ashja qabilasi hamda Tulayha ibn Xuvaylid Asadiy boshchiligida bani Asad qabilalari yoppasiga mushriklar bayrog‘i ostida saf chekishdi. Musulmonlarga qarshi otlanganlarning soni o‘n mingdan oshib ketdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:28:47
Bu xabarni eshitgan payg'ambar alayhis-salom o‘z sarkardalarini yigib, shahar darvozalarini tambalab mudofaada turib jang qilish kerakmi yoki dushmanning istiqboliga chiqish lozimmi degan masalada mashvarat o‘tkazdilar. Salmon Forsiy dushmanning yo‘liga xandaq kovlashni taklif etdi. Bu taklif shu paytgacha tajriba qilib ko‘rilmagan yangilik edi. Rasululloh Madinaning Sharq va Shimol tomonlariga xandaq qazishni buyurdilar. Shaharning qolgan ikki tomoni quyuq xurmozor, bog‘-rog‘lar va zich imoratlar bilan o‘ralgani uchun yov bu tarafdan bostirib kelishi dargumon edi. Asbob-uskuna yetishmasligi hamda oziq-ovqat tanqisligi tufayli ish juda sekin siljir, odamlarni ruhlantirish uchun rasullohning o‘zlari ham hamma qatori ishladilar. Tuproq tashiyotgan Abdulloh ibn Ravoha zavqlanganidan she’r to‘qib yubordi:

Robbimiz sen bo‘lmasang, topmas edik hidoyat,
Bilmas edik nimadir zakot, namoz-ibodat.
Baxsh aylagin bizlarga xotirjamlik, jasorat,
Olishganda yov bilan ato etgin matonat.
Zulm qildi mushriklar, saklar bizga adovat,
Dinimizdan qaytarsa, qilmaymiz hech itoat.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:30:26
Musulmonlar qo‘shini shaharga kiraverishdagi Sal’ tog’i etagiga joylashishdi. Ularning soni uch ming bo‘lib, muhojirlarga Zayd ibn Horisa, ansorlarga Sa’d ibn Uboda bayroqdor bo‘ldi. Quraysh va ularga ergashib kelganlar Madinaning g‘arbi-shimolidagi Jurab bilan G’azobaning oraligiga, G’atafon qabilasi Uhudga kelib tushishdi. Xandaq qazilib, yo‘li to‘silganidan xabar topgan mushriklar musulmonlarga kamondan o‘q ota boshlashdi, lekin bunday usul bilan ularni yengolmasligini anglab, qoni gupurgan bir guruhi otlarini sakratib xandaqning bu tomoniga o‘tishdi. Ali ibn Abutolib qilich urib Amr ibn Vadni o‘ldirdi, Navfal ibn Abdulloh xandaqqa yiqilib bo‘yni qayrilib ketdi, Sa’d ibn Muozning bilagiga o‘q tegib, tomirini uzib yubordi. Qolganlar orqalariga qochib, xandaqning u tomoniga o‘tib olishdi. O’q otish kechgacha to‘xtovsiz davom etdi. Hatto musulmonlarning namozlari qazo bo‘ldi. Mushriklar kechasi hujum qilib qolishi mumkinligini hisobga olib, xandaq atrofiga qo‘riqchilar qo‘yildi. Kun qattiq sovuq bo‘lishiga qaramay rasululloh ham xandaqning bir chetida poyloqchilik qildilar. U kishi sahobalarga nusrat, g‘alaba va yaxshilik bashorat qildilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:30:46
Ozginagina qiyinchilikka chidamagan munofiqlar darrov nolishga tushib: "Olloh taolo bilan uning rasuli yolg‘on gapirib, bizni laqillatishgan ekan. Uy-joyimiz ochiq-sochiq qolgan, dushman bostirib kelsa, bor budimizdan ayrilamiz", deb qaytib ketishdi. Musulmonlarning holi og‘irlashdi. Muhosara madinalik qo‘l uchida kun kechiradigan kambag‘allarning holini tang qildi. Shaharda yashovchi bani Qurayza yahudiylari qaltis vaziyatda do‘stlik shartnomasini buzib, musulmonlarni battar tang ahvolga solib qo‘yishdi.
Bani Nazir qabilasining boshlig‘i Huyay ibn Axtab bani Quriyzaning oqsoqoli Ka’b ibn Asadning yoniga kelib shayton misol vasvasga soldi, ularni musulmonlarga qarshi urushishga undab, Muhammadga ergashganlarning kuni bitib qolganini, makkaliklar erta-indin Madinaga bostirib kirishini bashorat qildi. Yahudiylar uning yetoviga yurib dushmanga aylanishdi. Bu shumxabarni eshitgan payg‘ambar alayhis-salom Madinada qolgan ayollar bilan bolalarni asrash uchun Muslima ibn Aslamni ikki yuz odamga, Zayd ibn Horisani uch yuz edamga bosh qilib jo‘natdilar. Vaziyatni o‘rganib kelish uchun yuborilgan Zubayr esa yahudiylarning chindan ham yaiyati buzulganiga amin bo‘ddi. "Ular sira tap tortmay Muhammad alayhis-salom bilan musulmonlar sha’niga tosh otishardi. Zubayr ko‘rgan-bilganlarini rasulullohga ro‘y-rost aytib berdi. Musulmonlar safiga qo‘rquv oralab, yuraklarini vahm bosdi. Chekka-chekkada qurshab turgan dushmanning tahdidi yetmaganidek orqadagilarning xiyonati ularni butunlay gangitib qo‘ydi, imoni zaiflar hatto xudoning qudratiga ham shubha bildirdilar, munofiqlar esa har xil bo‘lmagur vasvaslarni aljirashga tushishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:30:56
Payg'ambar alayhis-salom Uyaynaga odam yuborib G’atafon qabilasini fikridan qaytarish uchun Madinada bor oziq-ovqatning uchdan birini berib, kelishishni tuzmoqchi bo‘ldilar, biroq ansorlar: "Biz johil paytimizda g‘atafonlar ninamizni olisholmagan edi, kelib-kelib islomga kirganimizda rizqimizga sherik bo‘lishadimi", deb bu fikrga qo‘shilmadilar. Olloh taolo biror qavmga yordam berishini istasa, kutilmagan biron narsani sabab qilib, g‘alabaga erishtiradi. Dinida sobit odamlarga parvardigori olam juda katta iltifot ko‘rsatdi: quraysh, g‘atafon va yahudiy qabilalarining hamfikr yaqini Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib: "Ey rasululloh, mening musulmon bo‘lganimni hech kim bilmaydi. Senga foydam tegadigan biron ish buyurgin", dedi. "Yolg‘iz odamning qo‘lidan nima ham kelardi, — dedilar rasululloh. — Sen bir amallab dushmanni orqaga qaytarishning chorasini topgin. Urushda hiyla-nayrang ishlatish mumkin".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:33:47
URUSHDAGI NAYRANG

Nuayim ibn Ma’sud ahdiga bevafolik qilgan Qurayza yahudiylarning yoniga bordi. Ular bilan azaldan yaqin bo‘lgani uchun yahudiylar Nuayimni izzat-ikrom bilan kutib olishdi. "Ey bani Qurayza xalqi! Mening sizlarga do‘stligimni va sadoqatimni yaxshi bilasizlar, — dedi Nuayim. — Men sizlarga muhim bir gapni aytib qo‘yish uchun keldim. Faqat uni hech kimga og‘zingizdan gullab qo‘ymasligingiz kerak. — Yahudiylarning oqsoqollari sir saqlashga va’da berishgach, gapida davom etdi. — Bani Qaynuqo’ bilan bani Nazir qabilalari yurtidan haydalib, mol-mulki, uy-joyi musodara qilinganidan xabaringlar bor. Quraysh bilan G’atafon qabilalarining shart-sharoiti boshqa; ular qulay fursat kelsa urushadi, mag‘lub bo‘lishsa o‘z yurtiga qaytib ketishaveradi, yutqizadigan hech narsalari yo‘q. Sizlar anavi odam (payg‘ambar alayhis-salom demoqchi) bilan bir joyda yashaysizlar, yaxshi kuninglarga ham, yomon kuninglarga ham ular sherik. Mabodo urushsanglar musulmonlarni yengamiz, deb o‘ylaysizlarmi? Menga qolsa sizlar Quraysh bilan G’atafon qabilasining eng mo‘tabar odamlaridan yetmish nafarini garovga olib, ittifoqdoshlaringiz qaltis vaziyatda tashlab qochmasligiga ishonch hosil qilganingizdan keyingina bu urushda qatnashishingiz kerak. Yahudiylar uning fikrini ma’qullab, do‘stona maslahati uchun qayta-qayta minnatdorchilik bildirishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:34:07
Nuaym esa, bu yerdan chiqib to‘ppa-to‘g‘ri Quraysh kattalarining huzuriga kirib bordi. "Mening sizlarga do‘st ekanimni, hurmatim cheksizligini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q. Do‘st ekanimni isbotlash uchun sizlarga bir maslahat bilan keldim, faqat bu gap o‘rtamizda qolsin, tashqariga chiqmasin, dedi. Quraysh kattalari sir saqlashga ont ichishgach, Nuayim gapida davom etdi. — Bani Qurayza yahudiylari sizlarga ishonmaydi, agar urushda yengilsak, baribir, qurayshlar bizga yordam bermay tashlab qochishadi, deb Muhammad bilan tuzgan shartnomasini buzganiga afsuslanib o‘tirishibdi. Ular sizlardan bir guruh odamni garovga olib Muhammadga topshirishmoqchi, buning evaziga musulmonlardan bani Nazir qabilasining o‘z yurtiga qaytishiga izn olishmoqchi. Erta-indin bani Qurayza odam yuborib sizlarga shart qo‘yadi. Ehtiyot bo‘linglar, ularning nayrangiga uchmanglar".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:34:33
Quraysh kattalari bu gapga ishonishini ham, ishonmasligini ham bilmay boshi qotdi. Bu orada Nuayim bani G’atafon qabilasiga o‘tib qurayshlarga aytgan gaplarini takrorladi. Ularning safida sarosima paydo bo‘ldi. Abu Sufyon Nuayimning gapi rost-yolg’onligini sinab ko‘rish uchun bani Qurayzaga odam yuborib, ertaga urushga otlanishni buyurdi. Bani Qurayza oqsoqollari: "Biz shanba kuni urushmaymiz, boshimizga tushgan hamma sho‘r ishlar shanba kuni qon to‘kkanimizning kasofatidan. Qolaversa, bizni arosatda tashlab ketmasligingizning kafolotiga bir guruh odamingizni garovga berib qo‘ymaguningizcha urushga chiqmaymiz", deyishdi.
Quraysh bilan G’atafon qabilalari Nuayim rost gapirganiga ishonch hosil qilishdi, o‘rtaga nifoq tushib, bir-birlaridan shubhalana boshlashdi. Payg‘ambar alayhis-salom Xudoga yolborib iltijo qildilar: "Qur’onni nozil etguvchi, bandalaridan zudlik bilan hisob oluvchi yaratgan egam, mushriklarni mag‘lub qilgin! Ey Olloh, ularni maglub qilgin! Bizni ularning ustidan g‘olibu muzaffar aylagin!"
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:35:07
Olloh taolo rasulullohning duosini ijobat qilib, yarim kechasi dushmanlar ustiga sovuq bo‘ron yubordi. Musulmonlar bilan yahudiylar birlashib hujumga o‘tishidan qo‘rqqan mushriklar chekinish harakatiga tushishdi. Payg‘ambar alayhis-salom dushman safidagi sarosimani ko‘rgach, sahobalarga: "U yoqda nimalar bo‘lyapti? Qaysi biringiz borib ahvolni bilib kelasiz?" dedilar. Hech kimdan churq etgan sado chikmadi. Rasululloh savolni uch qayta takrorlab javob ololmagach, Huzayfa ibn Ya’monga: "Nega gapimni eshitib turib javob bermayapsan?" dedilar. Huzayfa: "Ey Rasululloh, sovuq jonimdan o‘tib, gapirishga chog‘im kelmayapti", deya javob qaytardi. "Payg‘ambarning ehtiyoji uchun ahvolni bilib kelgin", dedilar sarvari olam. Huzayfa rasulullohning ehtiyoji uchun jonini tahlikaga qo‘yib, dushman shoshilinch qaytmoqchi bo‘layotganini aniqlab keldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:36:12
MUSHRIKLARNING MAG’LUB BO’LISHI

Mushriklarni shu qadar vahima bosgan ediki, ularning lashkarboshisi Abu Sufyon oramizga dushman qo‘shilib qolmasin, deb hammani qo‘l ushlashib yurishga buyurdi va birinchilar qatori tuyasining jilovini yecha boshladi. Qochishni lashkarboshining o‘zi boshlab bermohchiligini ko‘rgan Safvon ibn Umayya uning yo‘lini to‘sib: "Hammaga boshliq bo‘la turib juftakni rostlab qolmoqchimisan?"— dedi. O’z qilmishidan uyalgan Abu Sufyon chekinishni buyurdi. Musulmonlar hujum hilib qolmasin, degan xavotirda Xolid ibn Valid boshchilidagi bir guruh sarbozga safning orqasini qo‘riqlab borishni buyurdi. Shu bilan Olloh taolo musulmonlarni arab mushriklari bilan yahudiylardan tarkib topgan katta qo‘shinning hujumidan asrab holdi, agar parvardigor ularga iltifot va marhamat ko‘rsatmasa vaziyat keskinlashib, ko‘p odamning yostig‘i qurishi muqarrar edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:36:41
Zulqa’da oyida yuz bergan bu voqea Qur’oni karimdagi Ahzob surasining 9-13-oyatlarida haqli ravishda yaratganning ne’mati deb ataladi: "Ey mo‘minlar, Ollohning sizlarga bergan ne’matini eslanglar! O’shanda ustingizga lashkar bostirib kelgan edi, biz ularga bo‘ron va sizlarga ko‘rinmaydigan qo‘shin (farishtalarni) yubordik. Olloh sizlarning qilgan ishlaringizni ko‘rib turdi. O’shanda ular yuqoridan ham, pastdan ham (bostirib) kelgan, (qo‘rquvdan) ko‘z oldingiz qorong‘ilashib, o‘pkangiz bo‘g‘zingizga tiqilib qolgan. Olloh haqida har xil xayollarga borgan edinglar, shu joyda mo‘minlar sinalgan va qattiq sarosimaga tushgan edi. Shu lahza munofiq va dillarida qudratlari borlar Olloh va uning payg‘ambari bizga quruq va’dalarni berishgan ekan, deyishardi. Shu asnoda ulardan bir guruhi: "Ey yasribliklar, bu yerda turmay qaytib ketinglar," derdi. Ulardan yana bir guruhi uy-joyimiz ochiq-sochiq (qolgan) deb ruxsat so‘rashdi. Ularniig uy-joyi ochiq-sochiq emas, faqat qochib (qolishnigina) ko‘zlashgan".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:37:43
BANI QURAYZA G’AZOTI

Payg‘ambar alayhis-salom Xandaq jangidan qaytib, hali jangovar liboslarini yechib ulgurmaslaridan Olloh taolo musulmonlar tang ahvolda qolganda ularga qarshi xiyonatkorona bosh ko‘targan yahudiylar bilan orani ochdi qilib, bu zamindan quvib chiqarishini amr etdi. Rasululloh sahobalarga asr namozini bani Qurayza yerida o‘qishni buyurib, o‘zlari ularning orqasidan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. Ali ibn Abu Tolib bayroqdor bo‘lib, sahobalarni jadal boshlab ketdi.
Jangga otlanganlarning soni uch ming nafar edi. Sahobalarning bir qismi rasulullohning buyrug‘ini manzilga tezroq yetish ma’nosida tushunib namozdigarni yo‘lda o‘qidi, ikkinchi guruh esa bu farmonni ayni ma’nosida anglab, ibodatni bani Qurayzada bir oz kechikib ado etdi. Rasululloh ularning hech qaysisini ayblamadilar. Bani Qurayza yahudiylari quyundek shiddat bilan bostirib kelayotgan musulmonlarni ko‘rgach, o‘takalari yorilgudek bo‘lib, shosha-pisha qo‘rg‘onlariga yashirinib olishdi. Ular o‘z qilmishlarini — va’daga vafo qilmay musulmonlarni tang ahvolda qoldirib, g‘anim bilan til biriktirishganini, bu munofiqliklari uchun kechirilmasliklarini yaxshi bilishardi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:37:51
Musulmonlar ularni yigirma besh kun muhosara qildilar. Yahudiylar to‘qnashuv muqarrarligini, agar muhosara shu zaylda davom etaversa ochlikdan qirilib bitajaklarini, yaxshisi musulmonlarni insofga keltirib, xuddi bani Nazir qabilasidek faqat mol-mulkini olib yurtidan chiqib ketishga ijozat so‘rash kerakligini anglab yetishdi. Biroq rasululloh ularning talabiga rozi bo‘lmadilar. Yahudiylar hech narsasini olmay, choponini yelkasiga tashlab chiqib ketajaklarini aytishdi. Sarvari olam bunga ham ko‘nmadilar, nimaga hukm etsalar shunga rozi bo‘lmagunlaricha qamalda saqlayajaklarini bildirdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:38:00
Yahudiylar: "Bizga Abu Lubobani yuborgin. U bilan kengashib bir qarorga kelaylik", deyishdi. Abu Luboba yahudiylarning ittifoqchisi Avs qabilasidan bo‘lib, bola-chaqasi, mol-mulki yahudiylarning qo‘lida edi. Ular Abu Lubobadan nima qilish kerakligi haqida maslahat so‘rashdi. "Agar payg‘ambar alayhis-salomning hukmiga rozi bo‘lsanglar, qix, — u kaftining qirrasi bilan tomog‘ini kesib ko‘rsatdi. — Kallanglar ketadi, hammangiz o‘limga hukm etilasiz". Abu Luboba bu gapni aytishga aytdi-yu, biroq shu zahoti Xudoga, payg‘ambarga xiyonat qilganini tushundi.
Yahudiylarning qarorgohidan qaytgach rasulullohga ro‘para kelishdan uyalib Madinaga yo‘l oldi, o‘zini ustunga bog‘latib, payg'ambar alayhis-salomga xabar yubordi va qilmishiga yarasha jazo kuta boshladi. Rasululloh: "Agar Abu Luboba to‘g‘ri kelib menga uchrashganda afv etardim, o‘z bilgicha ish tutgan ekan, Ollohdan hukm tushguncha qimir etmay tursin", dedilar. Chorasiz qolgan bani Qurayza yahudiylari rasulullohning amriga bo‘ysunishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:38:11
Payg‘ambar alayhis-salom bani Qurayzaning barcha erkaklarini qo‘lini bog‘lagan holda olib kelishni buyurdilar. Avs qabilasining odamlari o‘rtaga tushib, ularga ham bani Qaynuqo’ yahudiylariga qilinganidek iltifot ko‘rsatilishini o‘tinishdi. "Agar orangizdan biron kishi hukm chiqarsa, uning aytganiga rozi bo‘lasizlarmi?" deb so‘radilar rasululloh. Odamlar rozi bo‘lajaklarini aytib, hukm chiqarish huquqini o‘z oqsoqollari Sa’d ibn Maozga munosib ko‘rishdi. Sa’d ibn Muoz Xandaq jangida yaralanib, yaradorlar uchun ajratilgan maxsus chodirda yotardi. Payg‘ambar alayhis-salom yuborgan odamlar uni eshakka mindirib olib kelishdi. Avs qabilasining oqsoqollari Sa’dning atrofini o‘rab, yahudiylarga qattiqqo‘llik qilmaslikni o‘tinishdi. "Odamlarning ayblashlaridan qo‘rqmay Ollohning hukmini ijro etadigan payt keldi," dedi Sa’d. U yetib kelganda rasululloh sahobalar bilan gaplashib o‘tirgan edilar. "Boshlig‘inglarni eshakdan tushirib qo‘ynnglar", dedilar payg‘ambar alayhis-salom uning atrofida turganlarga. Odamlar buyruqni bajo keltirishgach, rasululloh senga ittifoqchilarning ustidan hukm chiqarishni topshirmoqchilar, deyishdi.   
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:38:21
Payg‘ambar alayhis-salom bu fikrii tasdiqlab: "Ey Sa’d, bani Qurayza yahudiylari ustidan hukm chiqar, dedilar. Sa’d sahobalarga yuzlanib: "Men chiqargan hukmni ijro etishga Xudoni o‘rtaga qo‘yib qasam ichasizlarmi?" deb so‘radi. Sahobalar qasam ichib, rasululloh ularning fikrini tasdiqlagach, Sa’d qarorini aytdi: "Erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olishga hukm etaman". "Sen Ollohning hukmi kabi hukm chiqarding", dedilar rasululloh. Suiqasdchi xoinlarning jazosi shunday bo’lishi kerak. Payg‘ambar alayhis-salomning amriga binoan hukm shu zahoti ijro etildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:38:30
Bir yarim ming qilich, uch yuz sovut, ikki ming nayza, besh yuz qalqon, juda ko‘p ro‘zg’or buyumlari, idish-tovoq, tuya, qo‘y ganimat olindi. Bularga xurmo va asirlarni ham qo‘shib, beshga bo‘lindi. Suvoriylarga uch hissa, piyodalarga bir hissa, hatto yaradorlarga qaraydigan ayollarga ham ma’lum ulush berildi. Ichkilik solingan idishlarning ichidagi aroq-sharoblar to‘kib tashlandi. Bu ishlar nihoyasiga yetmay turib Sa’d ibn Muoz ham vafot etdi. U juda ko‘p qon yo‘qotgan, jarohati tuzalish o‘rniga battar zo‘rayib ketgan edi. Uning ansorlar orasidagi obro‘-e’tibori Abu Bakrning muhojirlar o‘rtasidagi martabasi bilan tang edi. Sa’d ibn Muoz hamma g‘azotlarda qatnashib beqiyos qahramonliklar ko‘rsatgan, shu bois rasululloh uni juda yaxshi ko‘rardilar. Dafn marosimida jannatu rizvonga noil bo‘lajagini bashorat qildilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:38:36
Musulmonlar Madinaga qaytib kelgach, Olloh taolo Qur’ondagi Tavba surasining 102-oyatini nozil qilib, Abu Lubobaning tavbasini qabul etdi: "Yaxshi ishga yomonlikni aralashtirilib bajargan bir guruh odam o‘zlarining gunohini tan olishdi, Olloh ularning tavbasini qabul qilishi mumkin, Olloh mag‘firat etguvchidir, benihoya mehribondur. "Abu Luboba xiyonat qilgan joyi — bani Qurayza diyorini butunlay tark etishga qasam ichdi. Bu g’azot tufayli parvardigor musulmonlarni ikkiyuzlamachilik va xoinlikka odatlangan yahudiylarning xavf-xataridai xolos etdi. Aslida Xandaq urushiga kelganlarni vasvasga solganlar yahudiylarning Haybarda qolgan bir guruh buzg‘unchi kattalari edi. Ularning qanday ta’zirini yeganligi haqida keyingi boblarda to‘xtalib o‘tamiz.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:39:03
PAYG’AMBAR ALAYHIS-SALOMNING ZAYNABGA UYLANISHLARI

Rasululloh shu yili Jahshning qizi Zaynabni nikohlariga oldilar. U ilgari payg‘ambar alayhis-salomning ozodgardasi (ozod etilgan quli) bilan turmush qurgan edi. Rasululloh o‘z ammalarining qizini Zaydga olib berganlarida uning asilzoda ota-onasi qulni kuyov qilishni o‘zlariga or bilishgan edi. Arablar qizlarini qullarga berishni haqorot deb bilishar, bunga imkoni boricha yo‘l qo‘yishmas edi. Rasululloh asrab-avaylagani bilan Zaydning nasl-nasabi o‘zgarmas, payg‘ambar avlodiga kuyov bo‘lishga baribir loyiq sanalmasdi. Lekin parvardigor Ahzob surasining 3-oyatini nozil etgach, Zaynabiing ota-onasi rasulullohning istagiga qarshi chiqolmay qolishdi. "Olloh va uning payg‘ambari biror ish (xususida) hukm chiqargandan keyin erkagu ayol mo‘minlarking ixtiyorlari o‘zlarida bo‘lmaydi. Kimki Ollohga va uning payg‘ambariga osiylik qilsa, ro‘y-rost adashgan hisoblanadi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:39:11
Turmush qurishganidan keyin Zaynab eridan o‘zini ustun qo‘yib, takabburlik qildi. Bu haqoratga chidolmagan Zayd rasulullohga dardini aytganda, u kishi asrandi o‘g‘lini sabr qilishga, turmush qiyinchiliklarini og‘ir-bosiqlik bilan yengishga undadilar. Oradan ko‘p o‘tmay o‘ziga bino qo‘ygan bu xotin bilan murosa qilolmasligini aytib yana bir necha marta nolidi. Zo‘rlik bilan qurilgan oila buzilib, xotinining talog‘ini berdi. Shundan keyin Olloh taolo payg'ambar alayhis-salomga Zaynabni nikohiga olishni buyurdi. Shu bilan har xil gap-so‘zlarga sabab bo‘lgan mojarolarga chek qo‘yildi hamda Zaynabning qulga nikohlanishi bilan oilasining yerga urilgan qadr-qimmati tiklandi.
Payg‘ambar alayhis-salom odamlarning Muhammad asrandi o‘g‘lining xotinini tortib oldi, deya gap-so‘z qilishlaridan qo‘rqib, Zaydga: "Turmushingni buzishga Xudodan qo‘rqqin. Sabr-toqat bilan chidab yashayver", derdilar. Rasululloh Olloh taoloning bo‘yrug‘ini oshkor etishdan hayiqdilar. Ahzob surasining 37-oyati bilan parvardigor bunday o‘y-fikrlarni bekor etdi: "Mo‘minlarga ularning asrandi o‘g‘illari taloq qilgan xotinlarini nikohlab olish gunoh bo‘lmasligi uchun Zayd xotinini qo‘yib yuborgach, uni senga nikohlab berdik, Ollohning amri bajo keltirilishi kerak".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:39:19
Parvardigori olam arablardagi bola asrash odatining ayrim zararli tomonlarini e’tiborga olib, bu odatni Ahzob surasining 40-oyati bilan bekor qildi: "Muhammad orangizdagi biron erkakning otasi emas, u Ollohning payg‘ambari va nabiylarning so‘nggisidir. Olloh hamma narsani (ko‘rib) bilib turguvchidir". Shu daqiqadan e’tiboran asrandi o‘g‘il Muhammadning o‘g‘li Zayd deb emas, Horisaning o‘g‘li Zayd deb atala boshlandi. Shu lahzadan e’tiboran uning ismi Qur’onda asrlar mobaniyda zikr etiladigan bo‘ldi.
Ayrim nodon tarixchi-yu, g‘arazli kimsalar bu voqeani o‘z mayllariga moslab talqin etishadi. Ularning aytishicha, go‘yo kunlarning birida payg‘ambar alayhis-salom asrandi o‘g‘li Zaydni ko‘rgani borganda shamol bo‘lib, Zaynabning yuzidagi parda ochilib ketganmish va Sarvari olamning ammavachchasiga ishqi tushib, subhonalloh, deb yuborganmishlar. Zaynab bu voqeani aytgach, Zayd o‘zini ajralishim kerak deb o‘ylab, niyatini rasulullohga aytganmish. Lekin rasululloh uni niyatidan qaytarish uchun ko‘p nasihat qilganmishlar va hokazo va hokazo...
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:42:59
Bu gaplarning yolg‘onligi shundan ma’lumki, u paytlarda arab ayollari yuzlarini berkitib yurishlari hali rasm bo‘lmagan edi; qolaversa ammalarining qizi Zaynab rasululloh Makkada paytlarida Islomga kirgan edi. Payg‘ambar alayhis-salom uni o‘n yil mobaynida biron marta ko‘rmay shamol ro‘molini ko‘tarib yuborishi bilan ko‘zi tushib qoladimi? Zaynabni Zaydga rasulullohning o‘zlari olib berganlar. Agar u kishining ko‘nglida boshqacha niyat bo‘lsa, bu ishga o‘zgacha tus berib, Zaynabga uylanishlariga nima mone’lik qilardi? Chindan ham Olloh tomonidan yuborilib, Qur’ondagi: "Biz kofirlardan bir jamoani manfaatlantirgan dunyoning mol-mulki, zeb-ziynatlariga ko‘z tashlamagin", degan buyrug’ini ertayu kech takrorlab, odamlarga ezib-ichki qilib yuradigan payg‘ambar o‘z yaqinining uyiga kirib, xotiniga tasodifan ko‘zi tushib qolsa, darrov uni olish fikriga borishiga aql bovar qilmaydi. G’ayritabiiy bu ish odatdagi odam tomonidan sodir etilsa ham ayblanishi turgan gap.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:43:15
Bunday ish barcha tarixchilar tomonidan birdek eng odobli, dunyoviy, hoyu havaslardan holi, hushyor va dono deb e’tifor etilgan, hatto parvardigor Qalam surasining 4-oyatida: "Sen chindan ham ulug‘ axloq egasisan", deya maqtagan zot tomonidan sodir etilishi sira mumkin emas. Bu gapni xuddi G’aroniq afsonasidek Islom dinining dushmanlari o‘z chirkin maqsadlariga yetib, Xudoning elchisini qoralash niyatida o‘ylab topishgan. Xudoga shukrki, ularning yovuz niyatlari aqliy va naqliy dalillar bilan barbod etildi. Odamlarning xohishi bilan payg‘ambarni badnom etib bo‘lmasligi yana bir karra isbotlandi. Ahzob surasining 37-oyati bu fikrni to‘la tasdiqlaydi: "Olloh ne’mat bergan, sen ham in’om qilgan kishiga: xotiningni nikohingda tut, Ollohdan qo‘rq, degan paytingni eslagin. Olloh oshkor etmoqchi bo‘lgan narsani ko‘nglingda pinhon tutding, odamlarning ta’nayu malomatlaridan qo‘rqding. Vaholanki, Ollohdan qo‘rqsang to‘g‘ri bo‘lardi. Mo‘minlar asrandi o‘g‘illari qo‘yib yuborgan xotinlarini nikohiga olsa gunoh hisoblanmasligi uchun Zayd xotinini taloq qilgandan keyin senga nikohlab berdik. Ollohning amri bajo keltirilishi kerak". Parvardigori olamning o‘zi rasulullohga Zaynabga uylanishi lozimligini uqtiryapti. Xudoning amri hech qanday shubhayu g‘iybatlarga o‘rin qoldirmaydi. Bunga faqat imoni zaif odamgana e’tiroz bildirishi mumkin.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:43:38
YUZNI YOPIB YURISHNING JORIY ETILISHI

Shu yili yuzni yopib yurish haqida oyat nozil bo‘ldi. Bu narsa avvalo Payg‘ambar alayhis-salomning ayollariga taalluqli edi. Oyat nozil bo‘lishdan avvalroq Umar ibn Xattob ayollar yuzini yopib yurishi lozimligi haqida ko‘p gapirar, bu xususda Xudoning hukmi kelishini orzu qilardi. Payg‘ambar alayhis-salomning ayollariga, sizlarga begona odamning nazari tushmasligi kerak, derdi. Shunday kunlarning birida Ahzob surasining 53-oyati nozil bo‘ldi: "Payg‘ambarning ayollaridan biron narsa so‘ragan paytingizda parda orqasida turib gapiringlar, bu har ikkala tomonning ko‘nglini pok saqlaydi".
Ba’zi bir badniyat kimsalar: "Bundan keyin ammalarimizning qizlari bilan ham pardaning naryog‘ida turib gaplashamizmi? Bo‘lmagan gap. Men Muhammad (alayhis-salom) o‘lgandan keyin albatta Oishani olaman", deya aljishdi. Olloh taolo yuqoridagi oyatni davom ettirib, bunday kimsalarga qattiq tanbeh berdi: "Rasulullohning dilini og‘ritadigan ishlarni qilishinglar va vafotidan keyin uning ayollariga uylanishinglar sira mumkin emas. Bu (ishinglar) Ollohning oldida katta gunohdir".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:43:53
Shu bilan birga payg‘ambar alayhis-salomning rafiqalaridan boshqa ayollarga ham hayoli va iffatli bo‘lish buyurildi, erkaklardan ham shu narsa talab etildi; ayollar barmog‘idagi uzuk, tirnog‘idagi xina, ko‘zidagi surmadan tashqari ichki taqinchoqlarini nomahramlardan pinhon tutishlari joriy etildi. Bilakuzuk, bo‘yinga osiladigan marjon, tillaqosh, zebigardon, zirak namoyish etilmaydigan ziynat buyumlaridir. Bunday buyumlar taqilgan-joyiga qarab namoyish etiladigan va yashiriladigan turlarga bo‘linadi. Ayollar ko‘kragi ochilib qolmasligi uchun maxsus yopinchiq tashlab yurishlari kerak.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:44:11
Shu paytgacha ayollar keng yoqalik ko‘ylak kiyganlari uchun ko‘ksi ochiq yurishaverardi. Arab ayollari oyoqlariga qo‘ng‘iroq bog‘lab olishardi, endi ularning oyoqlarini qattiq bosishlari ham ta’qiqlanadi; hamonki taqinchoqni yashirish lozim ekan, uning ovozini chiqarib birovlarning e’tiborini jalb etish ham mumkin emas, ziynatning o‘zi ham, ovozi ham pinhon tutilar ekan, bu narsa taqilgan a’zolarni begona ko‘zdan yashirish zarurligi o‘z-o‘zidan ayon. Olloh taolo Nur surasining 31-oyatida bu haqda shunday deydi: "Mo‘minalarga aytginki, (nomahramlarga) tikilib qarashmasin, avratlarini (uyat joylarini) yopishsin. Tashqi ziynatlaridan boshqa taqinchoqlarini namoyish etishmasin, yoqalariga yopinchiqlarini yopishsin. Pinhon ziynatlarini erlari va otalaridan, qaynotalaridan, o‘g‘illaridan, erlarining o‘g‘illaridan, xotinlarining o‘z qarindoshlaridan, qarindoshlarining o‘g‘illaridan, hamshiralarining (egachi singillarining) o‘g‘illaridan, dindosh ayollaridan, qo‘l ostidagi cho‘rilardan, qullardan, tobelardan,* ayollarning uyat joylariga fahmi yetmaydigan (balog‘atga yetmagan) bolalardan o‘zgalarga ko‘rsatishmasin. Ayollar yashirin taqinchoqlarini birovlarga bildirish uchun oyoqlarini yerga qattiq bosishmasin. Ey mo‘minlar, baxtga erishish uchun hammaigaz Ollohga tavba qiling!"
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:44:28
Islomning avvalida ayollar xuddi johiliyat davridagidek faqat ko‘ylagu yopinchih bilan tashqariga chiqib ketishaverardi, Kiyinishda hur ayol bilan cho‘riiing farqi yo‘q edi, Cho‘rilar kechasi hojat uchun tashqariga chiqishganda yosh-yalang sho‘xlik qilib, yo‘llarini to‘sishardi. Hur ayollarning ham yo‘llarini to‘sib, cho‘ri deb o‘ylabmiz, deyishardi. Shu bois hur ayollarga yopinchiq yopinib, yuzi va ko‘ksini berkitib yurish joriy etildi. Bunday libosdagi hur ayolga birov botinib so‘z qotolmasdi. Olloh taolo Ahzob surasining 59-oyatida rasulullohga bunday iltifot qiladi: "Ey Payg‘ambar, ayollaringga, qizlaringga va mo‘minlarning ayollariga aytginki, nimcha bilan badanini o‘rab olishsin. Shundagana ular yaqqol ko‘zga tashlanib turishadi, hech kim ularga teganishga botinolmaydi. Olloh bandalariga mag‘firat qilguvchidir, benihoya mehribondir".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:44:44
Ayollarning turmushga chiqayotgan kishisiga ko‘rinmay turib mastura bo‘lishi rasululloh davrida ham, salaf-solihlarning zamonasida ham odat tusiga kirmagan edi. Payg‘ambar alayhis-salom xotinni ko‘rib olishni sunnat qildilar. Bu erkak kishi olayotgan ayoli bilan tanishib, bilishib, totuv oila qurishiga xizmat qiladigan islomiy omillardan biridir. Buyuk alloma imom G’azzoliy "Ihyou ulumiddin" nomli kitobida bu xususda alohida to‘xtalib o‘tadi. Jumladan: "Shariat er-xotinning inoq bo‘lishini e’tiborga olib, uylanishdan oldin ayol bilan ko‘rishishni lozim topadi. Shunday ekan, biron ayolni olmoqchi bo‘lsang, ko‘rib ol, buning totuv o‘tishga foydasi bor. Payg‘ambar alayhis-salom: "Ansor ayollarining ko‘zlarida qusur bor, uylanishni istaganlar ularni ko‘rib olishsin", deganlar. Ba’zi birovlar ularning ko‘zi xira desa, birovlar ko‘zi kichik edi, deydi. Uylanmoqchi bo‘lgan ayrim dindorlar chuv tushib qolishdan qo‘rqib, olayotgan xotinini sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazardi. A’mash ismli olim: "Olayotgan ayolni ko‘rmasdan qilingan to‘yning hammasi oxir-oqibat kishiga g‘am-qayg‘u olib keladi", deb yozadi. Zamon buzilgani va odamlarni go‘zal axloq egasi qilib voyaga yetkazadigan haqiqiy diniy tarbiya yo‘qligi uchun islomning avvalida musulmonlar buzuqchilikni cheklab, fisqu fujurning oldini olish maqsadida barcha ayollarning begona ko‘zdan o‘zlarini yashirib, mastura bo‘lishlarini to‘g‘ri deb topishgan.

__________________
*Tobelar — qorin to‘yg‘azish ilinjida birovlarnikiga boradigan chaqirilmagan mehmonlar, yoshi o‘tib qolgan yoki aqliy noqisligi tufayli ayollarga hojati tushmaydigan kishilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:45:13
HAJNING FARZ QILINISHI

Ko‘pchilik olimlarning fikricha, hijratning beshinchi yili Olloh taolo moddiy va jismoniy jihatdan qodir odamga haj ziyoratiga borishni farz qildi. Hajdan maqsad, turli joylardan kelgan musulmonlar yig‘ilib, Islom e’tiqodidagi odamlarga yordam berishini tilab, Ollohga yuzlanib iltijo qilishdir. Haj musulmonlarning o‘zaro aloqasini mustahkamlabgina qolmay bir-biriga mehr-oqibatini oshiradi, qalblarini poklaydi, bu dunyoda to‘g‘ri yo‘lga boshlagani uchun Haq taologa shukrona aytishni o‘rgatadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:45:38
HIJRATNING OLTINCHI YILI QO’SHIN YUBORISH

Payg‘ambar alaihis-salom shu yil muharram oyining o‘ninchi kuni Muhammad ibn Maslama boshchiligida o‘ttiz kishini Madinadan yetti kunlik yo‘ldagi Zorba degan joyda yashovchi bani Bakr ibn Kilob qabilasiga qarshi yubordilar. Ular kunduzi pana-pastqam joylarda dam olib, faqat kechasi yo‘l bosishdi. Ko‘zlangan manzilga yetgach, bani Bakr qabilasiga to‘satdan hujum qilib, o‘n kishini o‘ldirishdi, qolganlari tumtaraqay qochib ketishdi. Musulmonlar ularning tuya, qo‘ylarini g‘animat olib qaytishdi.
Yo‘lda uchrab qolgan bani Xanifa qabilasining oqsoqoli Sumoma ibn Usolni asir olishdi. Rasululloh u kishini tanib izzat-ikrom bilan kutib oldilar. Garchand Sumoma musulmonchilikdan bosh tortgan bo‘lsa-da, payg‘ambar alayhas-salom uch kungacha mehmon qilib, qo‘yib yubordilar. Sarvari olamdan bunday iltifotlarni kutmagan Sumoma go‘zal xulq-atvorni, insoniylikni targ‘ib etadigan Islomdan bebahra yashash mumkin emasligini anglab yetdi va iziga qaytib, rasulullohga uchrashdi: "Ey Muhammad, dunyoda eng yomon ko‘rgan odamim sen eding, endi eng yaxshi ko‘rgan kishimga aylanding. Islom dini desa ensam qotardi, endi u hayotimning mazmuniga aylandi, yurtingni ko‘rishga toqatim yo‘q edi, endi u mening ham suyukli vatanim bo‘lib qoldi", deya imon keltirdi. Bu holdan payg‘ambar alayhis-salom juda quvondilar. Sumoma yurtiga qayta turib Ka’bani ziyorat qildi va musulmon bo‘lganini hammaga eshittirdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:46:42
Mushriklarning tirikchiligi Yamomaning don-duniga bog’liq bo‘lgani uchun unga qo‘l tekkizishmadi Sumoma to mushriklar imon keltirmaguncha Yamomaning donini yubormaslikka qasam ichdi. Doimiy don-dun manbaidan uzilgan mushriklar tang ahvolda qolishdi. Muhtojlik toshni yorar deganlaridek mushriklar ilojsizlikdan payg‘ambar alayhis-salomga yalinib, Yamomaning donini olishlariga yordam berishlarini o‘tinishdi. Tabiatan rahmdil, odamlarga mehribon payg‘ambar alayhis-salom Sumomaga xat yozib quraysh xalqiga yuboriladigan don-dunni to‘xtamasligini aytdilar. Rasulullohning aytganini qildi.
Sumoma Islom diniga e’tiqodi kuchli, pokdomon odam edi. Payg‘ambar alayhis-salomning vafotlaridan keyin Yamoma xalqining bir qismi Islomdan yuz o‘girib, Musaylimaga ergashgan paytda u odamlarni bu niyatdan qaytarib: "Musaylimaning boshlayotgani zulmatga olib boradigan soxta yo‘l. Unga ergashganlarni Olloh badbaxt qiladi, o‘z ixtiyoringiz bilan baxtiqaro bo‘lishdan haqlaninglar", degan. Uning sa’y-harakati bilan Yamoma xalqining ko‘pchchiligi Islom dinida sobit turdi. Olloh taolo u kishidan rozi bo‘lsin!
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:46:57
BANI LIHYON G’AZOTI

Bani Lihyon xalqi yuqorida bayon etilganidek, Osim ibn Sobit bilan uning hamrohlarini o‘ldirgan edi. Payg‘ambar alayhis-salom sahobalarga achinib, ko‘pdan beri dushmandan qasos olish uchun qulay fursat yetishini kutardilar. Shu yilning Rabiul avval oyida sahobalarga safar tadorikini ko‘rishini buyurdilar, jangga otlanganliklarini ganimdan sir tutish maqsadida xuddi avvalgi g‘azotlaridagidek qayoqqa ketayotganlarini hech kimga bildirmadilar. O’rnilariga ibn Ummu Maktumni qoldirib, ikki yuz nafar odam bilan yo‘lga chiqdilar. Osim ibn Sobit boshchiligidagi sahobalar o‘ldirilgan joyga yetganda ularni chuqur iztirob va sog‘inch bilan eslab, haqlariga duo qildilar. Musulmonlar bostarib kelayotganidan xabar topgan bani Lihyon xalqi tog‘-toshga bosh olib ketdi. Rasululloh ularning yurtida ikki kun turib, hech kimni uchratmadi, chor atrofga yuborgan odamlari ham biron kimsani topib kelisholmadi.
Payg‘ambar alayhis-salom Makka mushriklariga o‘zlarining shavkatlarini ko‘rsatib qo‘yish uchun sahobalarning bir qismini Usfon degan joyga yubordilar. Ular Quroulg‘amim degan joygacha borib kelishdi. Shundan keyingina rasululloh qo‘shinni Madinaga qaytarib keldilar. Yo‘l-yo‘lakay u kishi: "Biz qaytib kelguvchilarmiz, tavba qilguvchilarmiz, robbimizga hamdu sano aytguvchilarmiz. Yo‘l azobidan, manzil tashvishidan, oila va mol-mulkimizga shikast yetmasligi uchun Ollohdan omonlik tilaymiz", degan duoni o‘qidilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:48:24
G’OBA G’AZOTI

Madinadan o‘n ikki mil olisdagi G’oba degan joyda payg‘ambar alayhis-salomning yigirmata tuyasi boqilardi. Bani Asad qabilasidan Uyayna ibn Hisn qirq suvoriy bilan keldi-da, podachini o‘ldirib, tuyalarni olib ketdi. Ansorlardan Salama ibn Akva’ degan odam bu xabarni rasulullohga chalg‘itib turishini topshirdilar. Salama shu zahoti iziga qaytib, dushmanning orqasidan o‘q ota boshladi, quvlashsa tutqich bermay qochdi, ular daraga kirganda tepadan tosh dumalatdi. Musulmonlar kelib qolishidan xavotirlangan suvoriylar yukini yengillatish uchun nayza, kiyim-kechaklarini tashlab qocha boshladi. Salamaning yolg‘iz o‘zi g‘animlarni anchagina tahlikaga solib, ovorai sarson qildi.
Payg‘ambar alayhis-salom sahobalarni dushmanning orqasidan quvib borishga chaqir-ganlarida birinchi bo‘lib Miqtod ibn Asvad yo‘lga otlandi. Rasululloh unga a’lamni tutqazib, sen odamlarni boshlab ketaver, men orqangdan yetib boraman, dedilar. Miqtodi qancha tez yurmasin, baribir, dushmanning orqa safidagi odamlarnigini quvib yetishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki o‘rtadagi otishma natijasida qaroqchilardan ikki kishi o‘ldi, musulmonlardan bir kishi shahid bo‘ldi. Musulmonlar tuyalarning ko‘p qismini tortib olishdi, qolganini oldingi safdagilar haydab ketishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:49:28
QO’SHIN YUBORISH

Buni Asad qabilasi ko‘pdan beri musulmonlarga zarar yetkazib turardi. Payg‘ambar alayhis-salom ular bilan orani ochdi qilib qo‘yish uchun Ukkosha ibn Mihsan boshchiligida qirq kishilik qo‘shin jo‘natdilar. Mushriklar musulmonlar bostirib kelayotganini eshitib, uy-joy, mol-mulkini tashlab, qochib ketishdi. Musulmonlar ulardan bir odamni qo‘lga tushirib, bani Asadning chorvasi qayerda boqilishini so‘rashdi. Uning ma’lumoti bo‘yicha borib, g‘animning yuz tuyasini o‘lja olib qaytishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:49:53
QO’SHIN YUBORISH

Shu yil rabbiul avval oyida Zilqassa degan joydagi arablar musulmonlarning Hayfo degan yerdagi mol-holini haydab ketmoqchiligi ma’lum bo‘lib qoldi. Payg‘ambar alayhis-salom Muhammad ibn Maslama boshchiligidagi o‘n kishini dushman tomonga yubordilar. Musulmonlar Zilqassaga kechasi yetib kelishdi va yo‘l yurib charchagani uchun uyquga ketishdi. Poylab turgan mushriklar ularni qilichdan o‘tkazishdi, faqat Muhammad ibn Maslamagina tasodifan omon qoldi. U iziga qaytib, bo‘lgan voqeani rasulullohga bayon etdi. Payg‘ambar alayhis-salom dushmandan qasos olish uchun Abu Ubayda Omir ibn Jarroh boshchiligida qirq kishilik qo‘shin yubordilar. Biroq ungacha mushriklar juftakni rostlab qolishgan edi. Musulmonlar ularning chorvasini o‘lja olib qaytishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:50:16
QO’SHIN YUBORISH

Payg‘ambar alayhis-salom Robiul oxir oyida Xandaq jangida mushriklar bilan birga musulmonlarga qarshi kurashgan bani Sulayim qabilasi bilan ham orani ochdi qilib qo‘yish uchun Zayd ibn Horisa boshchiligida lashkar yubordilar. Islom lashkari ketayotganidan xabar topgan bani Sulayim qabilasining odamlari qochib ketgani uchun to‘qnashuv yuz bermadi. Bani Muzayna qabilasidan bo‘lgan bir ayolning yordami bilan musulmonlar bani Sulayim qabilasining mol-holini qo‘lga kiritishdi va bir talay odamni asir olib Madinaga qaytib kelishdi. Asirlar orasida yo‘l ko‘rsatuvchi ayolning eri ham bor edi. Rasululloh bu ayol bilan erini qo‘yib yuborishini buyurdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:50:39
QO’SHIN YUBORISH

Shu yili Qurayshning katta karvoni Shomdan qaytib kelayotganini eshitgan payg‘ambar alayhis-salom uning yo‘lini to‘sish uchun Zayd ibn Horisa boshchiligida bir yuz yetmish kishilik lashkar jo‘natdilar. Ular karvonni odamlari bilan birga qo‘lga tushirib kelishdi. Asirlar orasida rasulullohning kuyovi Abulos ibn Rabi ham bor edi. Abulos boyligi va nufuzi jihatidan Makkadagi hurmatli odamlardan biri edi. U xotini Zaynabdan himoyasiga olib, panoh bo‘lishini o‘tindi. Zaynab eriga panoh bo‘ljagini qurayshlarning oldida ochiq e’tirof etdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Musulmonlar ahil va mehribon bo‘lishadi, asirlarni musulmonlarning eng bechora holi ham himoyasiga olishi mumkin, Zaynab panoh bo‘lgan kishiga biz ham muruvvat ko‘rsatamiz", dedilar. Rasulullohning bu gaplari musulmonlar o‘rtasidagi tenglik va mehr-oqibatning ifodasidir. Payg‘ambar alayhis-salom Abulosga karvondagi hamma mol-mulkini qaytarib berdilar. Abulos Makkaga borib mollarini egalariga tarqatgach, musulmon bo‘lib, Madinaga qaytib keldi. Rasululloh ham muruvvat ko‘rsatib Zaynabni u bilan tanishtirib, imon-e’tiqod tufayli buzilgan oilani qayta tikladilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:51:03
QO’SHIN YUBORISH

Shu yili jumoidul oxir oyida payg‘ambar alayhis-salom Muhammad ibn Maslamaning hamrohlarini o‘ldirgan bani Sa’laba qabilasidan qasos olish uchun Zayd ibn Horisa boshchiligida o‘n besh kishini jo‘natdilar. Madinadan o‘ttiz olti mil yiroqda Iroq yo‘lidagi Tarif jilg‘asining bo‘yida yashovchi bu qabila sahobalarni ko‘rgach, ularni musulmon qo‘shinining bir qismi degan xayolda bor budini tashlab turli tomonga tirqirab ketishdi. Musulmonlar ularning mol-mulki bilan chorvasini o‘lja olib qaytishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:51:28
QO’SHIN YUBORISH

Shu yili rajab oyida payg‘ambar alayhis-salom Madinaning shimolidagi Vodi Quro degan joyda yashovchi bani Fizor qabilasi bilan orani ochdi qilib qo‘yish uchun Zayd ibn Horisa boshchiligida qo‘shin jo‘natdilar. Bu qabila Zayd savdo qilib, Shomdan qaytayotganida karvonga hujum qilib uning mol-mulkini tortib olgan, o‘zini o‘ldirishlariga sal qolgan edi. Musulmonlar qo‘shini bani Fizor qabilasini qurshovga olib bir qism odamini qirib tashladi, oqsoqollaridan birining qizini asir olib qaytdi. Rasululloh uni Makka mushriklarining qo‘lidagi tutqin ayol bilan almashtirdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:52:06
QO’SHIN YUBORISH

Shu yili sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Dumatujandaldagi bir nechta kent va katta qal’asi bor bani Kalb qabilasiga qarshi Abdurahmon ibn Avf boshchiligida yetti yuz sahobani yubordilar. Rasululloh Madinadan o‘n besh kunlik yo‘ldagi bu joyga ketayotganlarga: "Olloh yo‘lida g‘azot qilib kofirlarga qarshi kurashinglar, lekin haddingizdan oshmanglar, o‘liklarning a’zolarini kesmanglar, yosh bolalarni o‘ldirmanglar. Bu haqda Ollohga va’da berishingiz hamda payg‘ambarning ko‘rsatmalariga amal qilishingiz kerak", deb tayinladilar.
Musulmonlar lashkari ko‘zlangan manzilga yetgach, mushriklarni uch kungacha Islom diniga da’vat etdi. To‘rtinchi kuni dushmanlarning boshlig‘i Asbog‘ ibn Amr bilan uch-to‘rt kishi musulmon bo‘ldi, qolganlar hiroj to‘lash sharti bilan omonlik so‘rashdi. Payg‘ambar alayhis-salomning topshirig‘iga binoan Abdurahmon ibn Avf qabila boshlig‘ining qizini nikohiga oldi. Shu bilan o‘rtada do‘stlik, birodarlik rishtalari ulandi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:52:52
QO’SHIN YUBORISH

Shu yili payg‘ambar alayhis-salom Haybar tomondagi Fadak degan joyda yashovchi bani Sa’d qabilasiga qarshi Ali ibn Abu Tolib boshchiligida yuz kishilik qo‘shin jo‘natdilar. Bu qabila arzimagan xurmo uchun musulmonlarga qarshi otlangan yahudiylarga yordam bermoqchiligi oshkor bo‘lib qolgan edi. Qo‘shin yo‘lda ketaturib dushmanning yahudiylar bilan yashirincha bitim tuzish uchun ketayotgan maxsus odamini qo‘lga tushirdi va bani Sa’d qabilasi yashaydigan joyni ko‘rsatsa omonlik berilishi aytildi. Josus Islom lashkarini o‘z yurtiga boshlab bordi. Biroq musulmonlar kelayotganidan xabar topgan bani Sa’d odamlari mol-mulkini tashlab qochib ketishdi. Musulmonlar besh yuz tuya, ikki ming qo‘yni o‘lja olib qaytishdi. Shu bilan mushriklarning yahudiylarga yordam berish niyati barbod bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:53:16
ABU ROFI’NING O’LDIRILISHI

Xaybar yahudiylarini musulmonlarga qarshi urush qilishga undab, qutqu solib yuradigan ularning boshlig‘i Abu Rofi’ edi. Hijoz ahlining savdogari deya nom chiqargan bu shaxs mol-mulkini qayerga qo‘yishni bilmaydigan darajada boy va hammaga hukmini o‘tkazadigan nufuzga ega edi. Payg‘ambar alayhis-salom mana shu xavfli kimsani o‘rtadan ko‘tarib tashlashni taklif etdilar. U kishining taklifini amalga oshirishga Hazraj qabilasidan Abdulloh ibn Atik boshchiligidagi besh kishi talabgor bo‘ldi. Bu bilan ular Avs qabilasidagi qarindoshlari Islomning ashaddiy dushmani Ka’b ibn Ashrafni o‘ldirib erishgan savobga yetishishni ko‘zlashdi.
Bu ikki qabila rasulullohning topshiriqlarni bajarib faxrlanar, buni o‘zlariga Olloh taoloning iltifoti deb bilshshar edi. Avs qabilasi rasulullohning biron topshirig‘ini bajarsa, Hazraj qabilasi ham ulardan orqada qolmaslikka tirishardi. Payg‘ambar alayhis-salom din dushmani Abu Rofi’ni o‘ldirishga otlanganlarga yosh bolalar va ayollarga tegmaslikni alohida tayinladilar. Musulmonlar Xaybarga yetib kelgach, Abdulloh hamrohlariga: "Sizlar shu yerda tura turinglar, men darvozabonga yaxshi gapirib ichkariga kirib olishga urinib ko‘ray", dedi-da, darvoza yaqiniga kelib xuddi hojatga o‘tirgandek choponini yopinib oldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:54:06
Odamlar darvozadan uzluksiz kirib-chiqib turishardi. Abdullohni tanib qolgan darvozabon: "Ichkariga kirsang tezroq qimirla, hozir darvozani yopaman", dedi. Abdululloh ichkariga kirib ko‘zdan pana joyga yashirindi. Darvozabon uyquga ketgach, qochishi oson bo‘lishi uchun darvozani ochib qo‘ydi. Shundan keyingina Abu Rofi’ning uyiga yo‘l oldi. Yahudiylarning boshlig‘i bir necha eshikdan kiriladigan ichkaridagi qorong‘i uyda dam olayotgan ekan. Abdulloh har bir eshikni ehtiyotkorlik bilan ochib kirgach tambalab qo‘ydi. Xona haddan tashqari qorong‘i bo‘lgani uchun Abdulloh hech narsani ilg‘ayolmay qoldi va noiloj ovoz chiqarib uy egasini chaqirishga majbur bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:55:16
Abu Rofi’ yotgan joyida: "Kim?" dedi. Abdulloh ovoz chiqqan tomonni tusmonlab qilich urdi, biroq mo‘ljali xato ketdi. "Bu ibn Abu Atikning ovozi", dedi Abu Rofi’ning xotini. "Madinada yurgan ibn Abu Atik shu paytda bu yerda nima qiladi, esipast", dedi Abu Rofi’. Abdulloh ovozini o‘zgartirib: "Bu qanday ovoz bo‘ldi, ey Abu Rofi’", dedi. Shunda Abu Rofi’ onang o‘lgur, menga kimdir qilich sermadi, dedi. Abdulloh yana bir urdi. Bu gal ham xato hiddi. Keyin aylanib o‘tib, xuddi yordamga kelayotgandek unga yaqinlashdi va chalqancha tushib yotgan Abu Rofi’ni ko‘rdi. Oyoq uchida yurib bordi-da, uning qorniga zarb bilan qilich urdi. To uydagilar nima bo‘lganini anglab yetguncha xonadan chiqib qochdi, lekin ko‘zi xiraligi xalal berib, zinadan tushayotganda yiqilib oyog‘i sindi. Abdulloh sallasi bilan oyog‘ini sirib bog‘ladi-da, hamrohlari turgan yerga shoshildi. "Tezroq bo‘linglar, Abu Rofi’ o‘ldirildi", dedi u sheriklarini shoshiltirib. Ular shu zahoti yo‘lga chiqib, eson-omon manzillariga yetib olishdi. Payg‘ambar alayhis-salom Abdullohning jarohatlangan oyog‘ini bir necha bor silagan edilar, og‘riq bosilib, ko‘rmagandek bo‘lib ketdi. Ollohning irodasi bilai din yo‘lida, payg‘ambar alayhis-salomning roziligiga erishish umidida har qanday qiyinchilikka tayyor turgan bu zotlardan Xudo rozi bo‘lsin va ularni ham rozi qilsin.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:56:13
QO’SHIN YUBORISH

Ka’b o‘ldirilgach, yahudiylar uning o‘rniga Usayir ibn Rizomni o‘zlariga boshliq qilib saylashdi. U hokimiyatni qo‘lga kiritgach: "Men shu paytgacha Muhammadga hech kim qilmagan karomatlarni ko‘rsataman. G’atafon qabilasini unga qarshi oyoqqa turg‘izaman", deya qasam ichdi. Payg‘ambar alayhis-salom vaziyatni kuzatib kelishga yuborgan odam yahudiylarning fe’li aynab, bir-birlarini musulmonlarga qarshi qayrab yurishganini, urushga qizg‘in tayyorgarlik ketayotganini bilib keldi. Rasululloh Hazraj qabilasidan Abdulloh ibn Ravoha boshchiligada ansorlardan o‘ttiz kishini Usayirni Islom diniga da’vat etish uchun yubordilar.
Musulmonlar Xaybarga borib, Usayirga uchrashdilar va maqsadlarini aytdilar. Ikki tomon bir-biriga dahl qilmaslikka kelishgach, elchilar Usayirni urushish niyatidan qaytarishga urinishdi, agar ikki tomon yovlashib qon to‘kilmasa, oqsoqolning o‘zi imon keltirib musulmon bo‘lsa, payg‘ambar alayhis-salom uni Xaybarga hokim etib tayinlashlarini va bu yurtning xalqi tinch hayot kechirishini aytishdi. Usayir bu taklifni ma’qul ko‘rib rasulullohning huzuriga otlandi va o‘ttiz nafar yahudiyni o‘ziga hamroh qildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 21:56:28
Bir musulmonga bir yahudiy hamroh bo‘lib yo‘lga tushishdi. Yo‘lda ketaturib to‘satdan Usayirning shaytoni zo‘r keldi, ko‘nglida badbin o‘ylar tug‘ilib, musulmon elchilarining gapiga kirganiga afsuslandi, ulardan qutulish uchun suiqasd yo‘lini tanladi. Birinchi navbatda musulmonlarning boshlig‘ini qurolsizlantirish niyatida Abdulloh ibn Ravohaning qilichiga yopishdi. Biroq u epchillik qilib o‘zini orqaga tashladi-da, sakrab otdan tushdi. "Ey Ollohning dushmani, xiyonat qilmoqchimisan?" dedi-da, qilichini qinidan sug‘urib g‘animning sonini chopib tashladi. U o‘sha zahoti o‘ldi. Musulmonlar qilich yalang‘ochlab yahudiylarni bitta qo‘ymay qirib tashlashdi. Xiyonatning oqibati mana shunday bo‘ladi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 22:11:32
UKAL VA URAYNA VOQEASI

Shu yili shavvol oyida Ukal va Urayna arablaridan bir guruh odam payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib imon keltirishdi hamda Madinada makon tutishdi. Biroq, ularga bu yerning havosi yoqmay rangi sarg‘ayib, qorinlari shishib ketdi. Rasululloh ularni mol boqilayotgan yaylovga borib; tuya suti bilan peshobini aralashtirib ichishni buyurdilar. Ular payg‘ambar alayhis-salomning tavsiyalariga amal qilib darddan forig‘ bo‘lishdi, ammo shayton vasvasasiga uchib non tepkilik qilishdi. Podachilarning oyoq-qo‘lini kesib, ko‘zlarini o‘yib, tuyalarini haydab ketishdi. Bundan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom ularni tutib kelishga Kurz ibn Jobir boshchiligida yigirma kishini jo‘natdilar. Xiyonatkorlar olib kelingach, ular podachilarga qanday zulm o‘tkazgan bo‘lishsa, xuddi shu tarzda jazolab o‘ldirildi.
Imondan qaytib, birovga suiqasd qilganlar shunday jazoga mustahiq. Bu badbaxt kimsalarning qilmishi asli ularning zoti buzuqligini, qabilasi pastkashligini isbotlab turibdi. Shu qonli voqeadan keyin rasululloh odamlarning oyoq-qo‘lini kesib jazolashni qat’iyan man etdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 22:11:46
QO’SHIN YUBORISH

Kunlarning birida Abu Sufyon to‘planib turgan odamlarga: "Muhammad bozorda aylanib yuribdi. Orangizda uni o‘ldirib, bizni tashvishdan qutqaradigan mard bormi?" dedi. Bir odam o‘rtaga chiqib, bu topshiriqni bajo keltirajagini aytdi. Abu Sufyon unga ot, sarf-xarajati uchun pul, oziq-ovqat berib safarga jo‘natdi. U olti kun yo‘l yurib, Madinaga kelgach, rasululloh qaerdaligini so‘rab-surishtirdi. U kishining bani Abdu Ashhal masjidida ekanliklarini aniqlab, to‘ppa-to‘g‘ri shu tomonga yo‘l oldi.
U eshikdan kirar-kirmas payg‘ambar alayhis-salom: "Anovi odam meni o‘ldirgani kelyapti, lekin uning tajovuzidan Ollohning o‘zi asraydi", dedilar. Usayid ibn Huzayir yovuz niyatli kimsa rasulullohga yaqinlashib qolganini ko‘rib, ishtonbog‘idan tortib yubordi, uning qo‘yniga tiqib olgan xanjari yerga tushib ketdi. U qilmishiga pushaymon bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salom uning bu yerga nima maqsadda kelganini, agar rostini gapirsa qo‘yib yuborilishini aytdilar. "Ey Muhammad, Xudo haqqi, shu paytgacha men biron kimsadan qo‘rqqan emasman, lekin seni ko‘rishim bilan negadir dovdirab qoldim. Mening bu yerga nima maqsadda kelganimdan deyarli hech kim voqif emasdi, sen bir qarashdayoq bilib olding. Shundan senga qasd qilib bo‘lmasligini tushundim. Sen rostdan ham haqiqiy payg‘ambar ekansan, Abu Sufyonning guruhi esa shaytonning to‘dasi ekan", deya ko‘nglida borini to‘kib soldi va imon keltirib musulmon bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 22:11:54
 Payg‘ambar alayhis-salom yovuz niyatli Abu Sufyonni qilmishiga yarasha jazolab, o‘ldirish uchun Amr ibn Umayya Zamariyga bir kishini qo‘shib yubordilar. Ular Makkaga kelgach, oldin Baytullohni tavof qilishdi. Shu atrofda yurgan bir odam Amrni tanib, u biron shum niyat bilan kelgan, deya shovqin soldi. Mushriklar o‘rtasida g‘ala-govur boshlandi, qo‘lga tushishdan qo‘rqqan musulmonlar vaqtni ganimat bilib, qochib qolishdi. Parvardigori olam musulmollarga Makkaning kalitini o‘z qo‘li bilan topshirib, Islom diniga kirishi uchun Abu Sufyonning hayotini saqlab qolishni iroda qilgan ekan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 22:12:07
HUDAYBIYA G’AZOTI

Payg‘ambar alayhis-salom tushlarida Masjidi Haromga kirib, haj ibodatlarini bajo keltirganlarini ko‘rgach, musulmonlarga umra* qilajaklarini aytdilar. Qurayshlar qarshilik ko‘rsatishdan xavfsirab, Madina atrofidagi ko‘chmanchi arablarni hamsafar bo‘lishga undadilar, lekin ularning payg‘ambar boshchiligidagi musulmonlar uyiga sog‘-salomat qaytib kelishiga ko‘zi yetmay, bola-chaqasi bilan mol-holi qarovsiz qolishini bahona qilishdi va kechirim so‘rashib, safarga chiqishdan bosh tortishdi. Rasululloh muhojir va ansorlardan bir yarim ming odamni olib yo‘lga tushdilar. Rafiqalari Ummu Salama u kishiga hamroh bo‘ldi. Madinada rasulullohning o‘rinlariga ibn Ummu Maktum qoldi.
Musulmonlar birov bilan urushgani ketmastganini bildirib qo‘yish uchun qurbonlikka so‘yiladigan mollarni oldinda haydab borishdi. Sahobalarda qiniga solingan qilichdan boshqa qurol yo‘q edi. Payg‘ambar alayhis-salom umraga qilichlarni yalang‘ochlab borishni istamadilar. Musulmonlar Usfonga yetib kelishganda Makkaga yuborilgan xabarchi qaytib ksldi. U mushriklar musulmonlarni Makkaga yaqin yo‘latmaslikka qaror qilib, urushga tayyorlanishayotganini, Xolid ibn Valid boshchiligidagi ikki yuz suvoriy ziyoratchilarning yo‘lini to‘sish uchun otlanganini aytdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 22:12:16
Vaziyat keskinlashib, behuda qon to‘kilishi mumkinligini sezgan payg‘ambar alayhis-salom: "Bizni kim boshqa yo‘ldan olib boradi?" deb so‘radilar. Musulmonlar orasidan bir odam talabgor bo‘lib chiqdi-da, ularni notekis, egri-bugri yo‘llardan boshlab, Makkaning etak tomonidagi yalanglikka olib chiqdi. Bundan xabar topgan Xolid ibn Valid darhol shaharga qaytib, makkaliklarga xabarni stkazdi. Musulmonlar Muror* tepaligiga kelganda payg‘ambar alayhis-salomning tuyasi yurmay cho‘kkalab oldi. "Tuyaning bunday odati yo‘q edi. Uni filni to‘xtatgan parvardigor cho‘ktirdi. Xudo haqqi makkaliklar Baytullohni ulug‘lash uchun qanday shart qo‘yishsa so‘zsiz qabul qilaman", dedilar.
Hozirgi vaziyatda jangga kirsa musulmonlar zafar quchishi aniq edi. Lekin Olloh taolo kelajakda Baytullohni butun dunyo musulmonlarini birlashtirib, do‘stlik, qarindoshlik rishtalarini mustahkamlaydigan ziyoratgohga aylantirishni iroda qilib qon to‘kilishining oldini oldi va muqaddas maskanning hurmatini o‘rniga qo‘ydi. Payg‘ambar alayhis-salom musulmonlarga Hudaybiyaning* olis bir chetiga joylashishni buyurdilar. Ular hali nafas rostlab ulgurmay Makkadan vakil bo‘lib kelgan Budayl ibn Varqo musulmonlar nima mahsadda tashrif buyurishgani bilan qiziqdi. Payg‘ambar alayhis-salom maqsadlarini bayon etdilar. Budayl iziga qaytib, bo‘lgan gapni aytganida u musulmonlar bilan ittifoqdosh Xuzoa qabilasidan bo‘lgani uchun qurayshlar uning so‘zlariga ishonishmadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 22:12:24
"Muhammad lashkarlari bilan kelib umra qilarmishmi? Ular bilan urush holatidamiz, arablar eshitishsa musulmonlar Makkaga bostirib kirishibdi, deyishmay-dimi? Toki ko‘zimiz ochiq ekan, ularni bu dargohga yaqin yo‘latmaymiz", deyishdi. Makkaliklar shuncha musulmonning yasov tortib kelishidan muddaosi nimaligini uqib kelish uchun qurayshning ittifoqdoshi Ahobish qabilasining oqsoqoli Xulays ibn Alqamani jo‘natishdi. Payg‘ambar alayhis-salom Xulaysni ko‘rib: "Bu odam qurbonlikka atalgan mollarni bo‘lakcha ehson deb biladigan qavmdan, tuyalarni uning oldiga haydab boringlar, ko‘rsin", dedilar. Tuyalar vakil turgan joyga olib borildi, odamlar Xulaysni Talbiya* aytib kutib olishdi. Musulmonlarning niyati beg‘arazligini ko‘rgan Xulays: "Olloh pokdir, bu odamlarning umra qilishiga xalal berish insofdan emas, ular faqat umra ibodatini bajo keltirgani kelishgani ko‘rinib turibdi-ku. Laxam, Juzom, Himir qabilalari Baytullohni ziyorat qilganda nega endi Abdulmuttalibning avlodini yo‘lini to‘samiz? Iloyo quraysh zavol topsin!" dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 22:12:33
Makka mushriklari Xulaysnyng gaplarini eshitib, g‘azabga kelishdi: "Ovozingni o‘chir, sen hiyla-nayrangni bilmaydigan qishloqisan", deya koyishdi va rasulullohning huzuriga Toif qabilasining oqsoqoli Urva ibn Mas’udni jo‘natishdi. U payg‘ambar alayhis-salomga uchrashib: "Ey Muhammad, sen tentirab yurgan sayoq odamlarni to‘plab qurayshlik o‘z qarindosh-urug‘laringga hujum qilmoqchimisan? Quraysh xalqi zo‘rvonlik bilan Makkaga bostirib kirishingga yo‘l qo‘ymaslikka qasam ichdi. Azbaroyi Xudo, atrofingga yig‘ib yurgan bu betayin odamlaring payti kelganda seni albatta tashlab ketishadi", dedi. "Ha, tiling tanglayingga yopishgur, biz payg‘ambar alayhis-salomni tashlab ketamizmi?" dedi Abu Bakr g‘azablanib.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 22:12:41
Urva rasulullohning soqolidan tutamlaydigan vajohatda qo‘lini paxsa qilib gap boshlagan edi, Mug‘ira ibn Shu’ba uning qo‘lini siltab tashladi. Urva har qancha johil bo‘lmasin, musulmonlar payg‘ambar alayhis-salom tahorat olgan suvni talashishlarini, u kishining huzurida baland ovozda gaplashishmasliklarini, hatto u kishining yuziga tikilib qaramasliklarini ko‘rib ta’sirlandi. U Makkaga qaytgach, qurayshlarga ko‘rgan-bilganlarini ro‘y-rost aytdi: "Men Eron podshosi Kisro, rum podshosi Qaysar, Habashiston podshosi Najoshiy huzurida bo‘lganman, lekin ularning birontasi Muhammad erishgan izzat-ikromga, sahobalar ko‘rsatgan sadoqatga erisholmagan. Muhammadga ergashganlar uni hech qachon yolg‘izlatib qo‘ymasligiga amin bo‘ldim. Muhammadning talabiga rozilik berish kerak, tag‘in o‘zinglar bilasizlar. Muhammad haq, taklifini qabul qilinglar. Men butunlay sizlar tomondaman, lekin Muhammadning ustidan g‘alaba qozonishlaringga ko‘zim yetmaydi", dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 22:12:50
Quraysh kattalari: "Bema’ni gaplarni gapirma. Muhammadni bu yil shaharga kiritmaymiz, yanagi yil kelsin", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom esa o‘z navbatida qurayshlarga muddaolarini anglatish uchun Usmon ibn Affonni elchi qilib yubordilar. Qarindosh-urug‘ini ko‘rib kelishga ruxsat olgan o‘n kishi unga hamroh bo‘ldi. Rasululloh Makkada qolgan musulmonlarga g‘alaba yaqinligi, Olloh taolo Islom dinini g‘olibu muzaffar etajagi haqidagi xushxabarni yetkazishni tayinladilar. Usmon Makkaga Ibbon ibn Sayid Umaviyning himoyasi ostida kirib, mushriklarga payg'ambar alayhis-salomning gaplarini yetkazdi. Mushriklar: "Muhammadning Makkaga zo‘rlik bilan bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymaymiz", deyishdi va Usmonga Baytullohni tavof qilishni talab qilishdi. Usmon: "Payg‘ambar alayhis-salomga ta’qiqlangan ish menga ham ravo emas", deb unamadi. Gapi yerda qolganidan achchig‘langan mushriklar uni qamab qo‘yishdi. Bu xabar musulmonlarga boshqacha tus olib, Usmon o‘ldirilibdi, degan tarzda yetib keldi. Rasululloh qattiq qayg‘urib, Usmonning o‘chini olmaguncha qaytmaslikka ahd qildilar.

__________________
*Umra — Kai’bani Qurbon hayitidan boshqa vaqtda tavof qilish.
*Soniyatulmuror — Makka yaqinidagi joy va quduqning nomi.
*Hudaybiya — Makka yaqinidagi quduq va shu nom bilan ataladigan joy.
*Talbiya — Haj qilganda o‘qiladigan duo.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 22 Fevral 2007, 22:13:18
RIZVON BAY’ATI

Payg‘ambar alayhis-salom sahobalarni mushriklar bilan urushi uchun bay’at qilishga chaqirdilar. Musulmonlar katta bir daraxtning tagiga to‘planib, o‘limdan qo‘rqib orqaga chekinmaslikka qasamyod qilishdi. (Keyinchalik Rizvon daraxti deb atalgan bu daraxtni odamlar ilohiylashtira boshlagach, Umar roziyallohu anhu davrida kesib tashlangan.) Musulmonlarning bay’ati haqidagi xabar mushriklarni vahimaga soldi. Ular musulmon lashkarini qurshovga olib, to‘satdan hujum qilish uchun Mikraz ibn Xifs boshchiligida ellik kishini jo‘natishdi. Musulmonlarning soqchisi Muhammad ibi Maslama ularni jangu jadalsiz qo‘lga tushirdi. Faqat Mikraz qochib qutuldi. Buni eshitgan mushriklar yana bir guruh odam yuborishdi, lekin qisqa to‘qnashuvda o‘n ikki kishi asir tushdi, musulmonlardan esa bir kishi shahid bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:35:11
HUDAYBIYA SULHI

Bunday usul bilan musulmonlarga bas kelolmasligiga ko‘zi yetgan mushriklar Suhayl ibn Amrni sulh tuzish uchun yuborishdi. U musulmonlar qarorgohiga kelib, rasulullohga uchragach: "Ey Muhammad, yuz bergan voqealar bizning dono kishilarimiz ko‘rsatmasi bo‘yicha emas, nodonlarning hovliqmaligi tufayli sodir bo‘ldi. Qo‘lga tushgan asirlarni qo‘yib yuboringlar", dedi. "Oldin sizlar bizning odamlarimizni ozod qilinglar, keyin biz ham asirlarni qo‘yib yuboramiz", dedilar payg‘ambar alayhis-salom. Mushriklar Usmon ibn Affon boshchiligidagi o‘n kishini musulmonlar ham jangu jadalda qo‘lga tushganlarni ozod qilishdi, Shundan keyingina Suhayl quraysh xalqi musulmonlar bilan tuzmoqchi bo‘lgan sulhning quyidagi shartlarini ma’lum qildi:
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:35:26
1.   Ikki tomon o‘n yilgacha bir-biri bilan urush qilmaslik;
2.   Qurayshlardan qochib borganlarni musulmonlar qaytarib berishi, musulmonlardan mushriklar tomonga o‘tganlarni esa qaytarmaslik;
3.   Payg‘ambar alayhis-salom bu yil Baytullohni tavof qilmay qaytib ketishi, kelgusi yili quraysh xalqi Makkadan chiqib ketganda sahobalar bilan qinga solingan qilich va kamondan boshqa qurol-yaroq olmay muqaddas maskanni uch kun ziyorat qilishi;
4.   Arab qabilalariga musulmonlar yoki qurayshlardan panoh tilash ixtiyorini berish.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:35:42
Payg‘ambar alayhis-salom sulhning barcha talablariga rozi bo‘ldilar. Rasulullohning kelishuvchanlik qilganlaridan ajablangan sahobalar: "Nega endi musulmon bo‘lib biz tomonga o‘tganlarni qaytarib beramizu dindan qaytgan murtadlarni ulardan qaytib olmaymiz?" deyishdi. payg'ambar alayhis-salom: "Murtad bo‘lib ular tomonga qochib o‘tganlarni Olloh bizdan yiroqlashtirsin. Ulardan biz tomonga o‘tganlarni qaytarib bersak parvardigor ularning mushkulini osonlashtirib, najot yo‘lini ko‘rsatadi", dedilar. Sulhning 3-bandi musulmonlarga juda og‘ir botdi, chunki rasulullohning tushlarida Baytullohni emin-erkin ziyorat qilib qaytganlari ayon bo‘lgan edi. Rasulullohning aytganlari amalga oshmasligi mumkinligidan hayratga tushgan Umar Abu Bakrdan buning sababini so‘radi. "Rasululloh Ka’bani albatta bu yil tavof qilamiz, deganmidilar?" dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:36:03
Shundan keyin sulhnoma rasmiylashtirildi. Uni Ali ibn Abutolib yozdi. Rasululloh aytib turdilar. Rasululloh sulhnomani Bismillahir rohmanir rohim, deb boshlagan edi, Suhayl: "Bismikallohhumma (Ey Olloh, sening noming bilan boshlayman) deb yoz", deya talab qildi. Payg‘ambar alayhis-salom o‘shanday yoz deb buyurdilar. Keyin: "Ollohning elchisi shunga sulh qiladiki", degan edi, Suhayl: "Sen Ollohning elchisi ekaningni bilganimizda senga qarshi chiqmas edik, Muhammad ibn Abdulloh deb yoz, dedi. Payg‘ambar alayhis-salom yana Suhaylning aytganidek yozishni buyurdilar, biroq Ali yozganlarini o‘chirishga unamadi. Shunda rasulullohning o‘zlari xatni o‘chirib tuzatish kiritdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:36:23
Sulhnoma ikki nusxa yozilib, biri mushriklarga topshirildi, ikkinchisi musulmonlarning o‘zlarida qoldi. Kutilmaganda sulhnoma yozilayotgan joyga oyog‘iga kishan solingan Abu Jandal ibn Suhayl chigirtkadek irg‘ishlab kirib keldi. U musulmon bo‘lib Madinaga hijrat qilishni ixtiyor etgani uchun otasi qamab qo‘ygan ekan. Rasululloh musulmonlardan panoh istab kelgan Abu Jandalni yupatib: "Mendan xafa bo‘lmay qismatingga sabr qil. Olloh taolo seni, senga o‘xshash musulmonlarni o‘z panohida asrab najot yo‘lini ko‘rsatadi. Biz qurayshlar bilan sulh tuzib, ahdu paymon qilishdik, uni buzishimiz mumkin emas", dedilar. Sulh tuzilgach, payg‘ambar alayhis-salom Xuzoa qabilasini, qurayshlar esa Banu Bakr qabilasini o‘z himoyasiga olishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:36:41
Sulh tuzilib bo‘lingach, payg‘ambar alayhis-salom sahobalarga sochlarini oldirib, qurbonlik qilib, ehromdan chiqishni buyurdilar. Motamsaro kayfiyatdagi musulmonlar rasulullohning amrini bajo keltirishga unchalik oshiqmadilar. Bundan ranjigan payg‘ambar alayhis-salom rafiqalari Ummu Salamaning huzuriga kirib, sahobalar gapini yerda qoldirishganiii aytdilar. Ummu Salama: "Shartlari juda ham og‘ir sulhga rozilik berdingiz, Makkaga kirmay, Baytullohni tavof qilmay qaytish musulmonlar uchun katta musibat, ularni to‘g‘ri tushunib, afv eting. Yaxshisi, oldin o‘zingiz ehromdan chiqing", dedi.
Payg‘ambar alayhis-salom qurbonlik qilib, sochlarini oldirdilar. Sahobalar ham u kishining amriga itoat etdilar. Shundan keyingina musulmonlar Madinaga qaytishdi. Ikki raqib tomon bir-biridan amin bo‘ldilar. Oradan ko‘p o‘tmay Uqba ibn Abu Muaytning qizi, Usmonning ona bir hamshirasi Ummu Gulsum Madinaga qochib keldi. Mushriklar uni qaytarib berishni talab qilishganda Ummu Gulsum: "Ey rasululloh, men ayol kishiman, agar ularga qaytarib bersang meni dindan chiqarishadi", dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:36:57
Shu asnoda bu masalani oydinlashtiradigan Mumtahina surasining 10-oyati nozil bo‘ldi: "Ey mo‘minlar, agar mo‘mina ayollar hijrat qilib kelishsa ularni sinab ko‘ringlar. Ularning imoni Ollohga yaxshi ayondur. Agar ularning mo‘minaligini bilsanglar, kofirlarga qaytarib, bermanglar. Ular kofirlarga halol emas, kofirlar ham ularga halol emas. Kofir erlari ularga bergan mahrlarini qaytarib beringlar. Erlariga mahrlarini qaytarib bergach, ularni nikohingizga olsangiz gunohkor bo‘lmaysiz. Kofir ayollarni amringizda saqlamang, ularga bergan mahrlaringizni talab qiling, kofirlar ham (hijrat qilib kelgan asllardan) mahrlarini talab qilsin. Ollohning hukmi ana shunday. Olloh odillik bilan hukm chiqaradi. Olloh hamma narsani bilguvchi, hikmat bilan ish qilguvchidir. Muslima ayollar boshqa yurtlarni ko‘rishga ishtiyoqmandligidan yoki musulmon erga turmushga chiqish istagi borligi uchun emas, balki Ollohning roziligini istab, payg‘ambarni do‘st tutgani uchun hijrat qilgan bo‘lsa, mushriklarga qaytarilmay uning eriga mahrigina berilardi xolos. Shundan keyin biron musulmon uni bemalol nikohiga olishi mumkin. Mazkur oyatdan musulmon bo‘lmagan ayolga uylanish haromligi va unga berilgan mahrni qaytib olib, o‘zini oilasiga jo‘natib yuborish kerakligi oydinlashadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:37:11
Abu Basir Utba ibn Usayd Saqafiy musulmon bo‘lib, payg‘ambar alayhis-salomning yenlariga qochib keldi. Qurayshlar orqasidan ikki kishini jo‘natib, uni talab qilishdi, rasululloh Abu Basirga qaytib ketishni buyurdilar. "Ey rasululloh, Olloh meni kofirlardan qutqarsa-yu, sen dindan chiqaradiganlarga qaytarib bermoqchimisan? dedi Abu Basir ranjib. "Olloh sen bilan urug‘-aymog‘ingga najot yo‘lini ko‘rsatadi", dedilar rasululloh. Abu Basir noiloj qurayshlarning oldiga tushib Makkaga yo‘l oldi. Zulhulayfa degan joyga stganda Abu Basir soqchilardan birini o‘ldirdi, ikkinchisi esa qochib ketdi. Abu Basir yana Madinaga qaytdi-da: "Ey rasullulloh, aytganing bo‘ldi, men dushman ta’qibidan qutuldim", dedi. "Endi istagan joyga ketaverishing mumkin, Madinada turma, dedilar rasululloh. Abu Basir qurayshning karvoni Shomga o‘tadigan yo‘l ustida makon tutib yotdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:37:26
Makkadan qochib kelgan musulmonlar uning yoniga jam bo‘laverdi, sahroyi arablardan ham bir guruhi ularga qo‘shildi. Abu Jandal ibn Suhayl ham kelib qo‘shildi. Keyin qurayshning savdo karvoni o‘tadigan yo‘lni to‘sib olishdi. Bundan qattiq tashvishga tushgan mushriklar sulhnomaning ikkinchi bandini bekor qilib, qochib borgan musulmonlarga o‘z yonidan joy berishni rasulullohdan o‘tinishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning bu taklifiga rozilik berdilar, shu bilan Hudaybiyada Abu Jandal mushriklarga qaytarilganda musulmonlar boshiga tushgan tashvish aridi. Bu voqea sahobalarga saboq bo‘ldi, ular payg‘ambar alayhis-salom boshqalarga nisbatan uzoqni ko‘rib, ko‘pchilikning faqatgina hozirgi emas, balki kelgusidagi g‘amini yeb ish tutajaklariga ishonch hosil qilishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:37:40
Musulmonlar bilan kofirlarning bir-birlariga aralashib yurishi natijasida Islom dinining ta’sir doirasi kengaydi. Hatto hazrati Abu Bakr Siddiq: "Islom tarixida Hudaybiya g‘alabasidan ko‘ra kattaroq g‘alaba bo‘lgan emas", degan edilar. Muhammad alayhis-salom bilan parvardigori olam o‘rtasidagi aloqalardan bexabar odamlar shoshma-shosharlik qilishadi, Olloh taolo esa shoshilmay, har bir ishni tadbir bilan o‘z xohish-irodasiga binoan amalga oshiradi. Payg‘ambar alayhis-salom Hudaybiyadan qaytganlarida Fath surasi nozil bo‘ldi. Bu sura: "Biz senga ravshan bir g‘alabani ato etdik", degan bir oyat bilan boshlanadi. Hudaybiya g‘azoti ravshan g‘alaba deb atalishi Abu Bakr Siddiqning fikrini tasdiqlaydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:38:05
PODSHOLARGA YO’LLANGAN MAKTUBLAR

Musulmonlar Hudaybiyadan hijratning oltinchi yili tugashiga yaqin qaytib kelishdi. Yo‘llar qurayshlardan amin bo‘ldi. Shundan keyin payg‘ambar alayhis-salom turli iqlim podsholariga maktub yozib, elchilar yubordilar. Maktublarga bosish uchun kumushdan muhr yasatilib, unga "Muhammadun rasululloh" degan so‘zlar zarb etildi. Rum podshosi Qaysarga Dihyatul Kalbi degan kishi orqali maktub jo‘natilib, nomani Busro hokimi orqali topshirish tayinlandi. Maktub quyidagicha mazmunda edi:
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:38:27
QAYSARGA MAKTUB

"Bismillahir rohmanir rohim. Muhammad ibn Abdullohdan Rumning kattasi Hiraqlga.
To‘g‘ri yo‘lga ergashganlarga salom. Men seni Islom diniga da’vat etaman. Musulmon bo‘lsang joning omonda, Olloh senga ikki hissa savob beradi (Biri Iso alayhis-salomga, ikkinichisi Muhammad alayhis-salomga imon keltirgani uchun). Agar Islom dinini qabul qilmasang xalqingning barcha gunohi sening gardaningga tushadi. Ey ahli kitob! Faqat Ollohga ibodat qilish, Ollohga hech narsani sherik keltirmaslik, Ollohni qo‘yib, bir-biringizni Xudoga aylantirib olmaslik kabi hammamiz uchun mushtarak aqidani hurmat qilaylik, degin. Agar ular bu (taklifni) qabul etishmasa, bizning musulmon ekanimizga guvoh bo‘lsinlar, denglar". (Oli Imron surasining 64-oyati.)
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:38:46
ABU SUFYONNING GAPI

Qaysar bu maktubni olgach: "Muhammadning qavmidan biron kishini topib keling, undan Muhammad haqida so‘rab ko‘raylik", dedi. Shu kunlarda Abu Sufyon sheriklari bilan Shomda savdo-sodiq qilishayotgan edi. Qaysarning odamlari uni podshoning huzuriga taklif etishdi. Abu Sufyon hamrohlari bilan Quddusga kelib hukmdorning huzuriga tashrif buyurdi. Qaysar tarjimon orqali ulardan qaysi birining nasabi payg‘ambar alayhis-salomga yaqinligini so‘radi. Abu Sufyon Abu Manof jamoasidan bo‘lgani uchun: "Unga hammadan ko‘ra men yaqinman", deb javob berdi. Qaysar uni o‘ziga yaqin turg‘izib, qolganlarni orqaga chekintirdi va Abu Sufyonning hamrohlariga: "Men o‘zini payg‘ambar hisoblagan Muhammadning qanday odamligi haqida so‘rab bilish uchun Abu Sufyonni oldinroqqa turg‘izdim. Agar u yolg‘on gapirsa, hijolat chekmang deb sizlarni orqaga oldirdim", dedi. Shundan keyingina podshoh bilan Abu Sufyon o‘rtasida quyidagi savol-javob bo‘ldi:
— Muhammadning nasl-nasabi qanday?
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:38:59
— Oliy nasab.
— Muhammaddan ilgari orangizdan payg‘ambarlik da’vosini qiladigan biron kimsa chiqqanmi?
— Yo‘q.
— U payg‘ambarlik da’vosini qilishdan ilgari yolg‘onchiligi uchun yuzi qaro bo‘lganmi?
— Yo‘q.
— Uning ota-bobolari orasida podsholik qilganlari bormi?
— Yo‘q.
— Unga ergashganlar yuqori tabaqa kishidarimi yo past tabaqa vakillarimi?
— Past tabaqalar.
— Unga ergashganlarning soni ko‘payyaptimi yoki ozayyaptmi?
— Ko‘payyapti.
— Unga ergashganlar orasida Islomni yoqtirmay dindan qaytganlari bormi?
— Yo‘q.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:39:10
— Muhammad biron marta va’dasiga bevafolik qilganmi?
— Yo‘q. Hozir u bilan shartnoma tuzganmiz. Bu shartnomani buzadimi-yo‘qmi bilmayman.
— U bilan urushdinglarmi?
— Urushdik.
— Kim g‘olib chiqdi?
— Ba’zan u, ba’zan biz g‘alaba qozondik.
— U sizlarni nimalarga da’vat etadi?
— Faqat birgina Ollohga ibodat qilishga, unga hech narsani sherik keltirmaslikka, ota-bobomizning dinini tashlashga, namoz o‘qishga, sadaqa berishga, iffatli bo‘lishga, va’daga vafo qilishga, omonatga xiyonat qilmaslikka undaydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:39:25
—   Muhammadning nasabi oliy deding, payg‘ambarlar shunday oliy nasab bo‘lishadi. Undan ilgari hech kim payg‘ambarlik da’vosini qilmagan ekan, mabodo shunday kimsa bo‘lganda Muhammad unga taqlid qilyapti, deyish mumkin edi. U ilgari yolg‘onchilik bilan odamlarni laqillatib, yuzi qora bo‘lmagan ekan, demak bunday odam Xudoga ham kazzoblik qilmaydi. U ota-bobosining taxtini talashayotgan ekan desam, avlodidan podshoh chiqmagan ekan. Unga ergashuvchilar quyi tabaqa vakillari deding, payg‘ambarga hamisha past tabaqa kishilari ergashadi. Ularning soni ortib boryapti deding, ahli imon ko‘payishi turgan gap. Unga ergashganlar orasida dindan qaytganlar yo‘q ekan, imon odamlarning qalbiga singiganda shunday bo‘ladi. Jangu jadalda goh sizlar, goh musulmonlar g‘olib kelganini aytding, payg‘ambarlik shu tarzda sinaladi, alaloqibat ular g‘olib chiqishadi. Uning namozga, sadaqa berishga, iffatli bo‘lishga, va’daga xiyonat qilmaslikka, omonatga ko‘z olaytirmaslikka buyurganini aytding, bu payg‘ambarlarga xos fazilatdir. Muhammadning haqiqiy payg‘ambar ekaniga ishonch hosil qildim. Biz ko‘pdan beri kutgan odam dunyoga kelibdi, lekin uni sizlardan chiqadi deb sira o‘ylamagan edim. Agar aytgan gaplaring rost bo‘lsa, Muhammad mana shu ikki oyog‘im turgan joyni ham zabt etadi. Uning yoniga o‘zim borishga harakat qilaman.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:39:40
Abu Sufyon guvohlik berishicha, Qaysarning yon-verida turganlar birdan shovqin-suron ko‘tarishgan. Podshoh quraysh vakillariga chiqib ketishni buyurgan. Qaysarning saroyini tark eta turib, Abu Sufyon: "Abu Kabsha o‘glining dovrug‘i Banu asfar podshohini ham qo‘rqitib yubordi", dedi.
Qaysar Hims shahriga kelib, Rumning katta arboblarini huzuriga yig‘di-da, saroyning eshiklarini tambalatdi. Shundan keyingina a’yonlariga yuzlanib: "Ey rumliklar! To‘g‘ri yo‘lni topishni va podshohligingiz barqaror bo‘lishini istasanglar Muhammad payg‘ambarni e’tirof etinglar!" dedi. Bu gapni eshitgan saroy a’yonlari xuddi qafasga tushib qolgan yovvoyi eshaklardek o‘zlarini eshikka urishdi, biroq chiqib ketolmay talvasada uyoqdan-buyoqqa zir yugura boshlashdi. Qaysar taklifi ularning nafratiga uchraganini ko‘rgach: "Men bu gapni o‘z diningizda mustahkammisiz yoki yo‘qmi sinash uchun aytgan edim", dedi. Saroy a’yonlari yengil tortib, unga ta’zim bajo keltirishdi. Qaysar podsholikni Islom dinidan ortiq bildi, bu bilan payg‘ambar alayhis-salom aytganlaridek fuqarosining gunohini ustiga oldi. Shunga qaramay, Qaysar rasulullohning elchisini izzat-ikrom bilan kuzatdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:40:01
BUSRO HOKIMIGA YO’LLANGAN MAKTUB

Payg‘ambar alayhis-salom Horis ibn Umayir Azdiydan Busro hokimiga maktub jo‘natdilar. Horis Mu’ta degan kentga yetib kelganda Shurahbil ibn Amr G’assoniy degan kimsa uchrab qoldi. U elchidan qayerga ketayotganini so‘radi. Horis Shomga yo‘l olganinini aytdi. Shurahbil: "Sen Muhammadning elchisi bo‘lsang kerak-a?" deb so‘radi. Horis tasdiq javobini bergan zahoti o‘ldirildi. Payg‘ambar alayhis-salom bu xabarni eshitib, qattiq qayg‘urdilar. Shu paytgacha u kishining biron elchisi halok bo‘lmagan edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:40:19
HORIS IBN ABU SHIMRGA YO’LLANGAN MAKTUB

Payg‘ambar alayhis-salom Hiraqil tomonidan tayinlangan Damashq hokimi Horis ibn Abu Shimrga Sho‘jo ibn Vahibdan quyidagicha mazmundagi maktubni jo‘natdilar:
"Bismillahir rohmanir rohim. Ollohning elchisi Muhammaddan Horis ibn Abu Shimrga!
To‘g‘ri yo‘lga ergashgan, Ollohga imon keltirgan va Ollohni e’tirof etganlarga salom. Men seni hech bir sherigi yo‘q yolg‘iz Ollohga ishonishg‘a da’vat etaman. Gapimga ko‘nsang hokimliging barqaror bo‘laveradi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:40:32
Horis maktubni o‘qib chiqqach, g‘ijimlab otdi. "Mening hokimiyatimni kim tortib olarkan?" dedi nopisandlik bilan va musulmonlarga qarshi urush e’lon qildi. "Qaytib borganingdan keyin ko‘rgan-bilganlaringni Muhammadga ayt", dedi u elchiga. Shundan keyin yo‘l-yo‘riq olish uchun Qaysarga odam jo‘natdi. Chopar yetib kelganda Qaysarning huzurida musulmonlarning elchisi Dihya bor edi. Qaysar Horisga maktub yo‘llab, uni niyatidan qaytardi hamda tez orada Eliyoni ziyorat qilishga borajagini, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rib qo‘yishni buyurdi. Qaysar Eronni zabt etgach, Eliyoni ziyorat qilishni ko‘ngliga tugib qo‘ygan edi. Bu xatni olgan Horis darrov muomalasini o‘zgartirib, rasulullohning elchisiga yaxshi yengil-bosh, yo‘l xarajatiga yetarli pul, oziq-ovqat berib, izzat-ikrom bilan kuzatib qo‘ydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:40:53
MUQAVQISGA YO’LLANGAN MAKTUB

Payg‘ambar alayhis-salom Qaysar tomonidan qo‘yilgan Misr hokimi Muqavqisga Hotab ibn Abu Bultaadan quyidagi mazmundagi maktubni yo‘lladilar:
"Bismillahir rohmanir rohim. Ollohning elchisi Muhammaddan Qibti*ning kattasi Muqavqisga!
To‘g‘ri yo‘lga ergashganlarga salom. Men seni musulmon bo‘lishga da’vat etaman. Musulmon bo‘lsang joning omonda, Olloh ikki barobar savob berajak, agar taklifimdan yuz o‘girsang, qibtilarning gunohi ham senga yuklanadi. "Ey ahli kitob, faqat Ollohga ibodat qilish, unga hech narsani sherik keltirmaslik, yaratgan qolib bir-birimizni Xudoga aylantirmaslik kabi ikkala tomon uchun ham mushtarak aqidalarni hurmat qilaylik, degin. Agar ular bundan yuz o‘girishsa, bizning musulmon ekanimizga guvoh bo‘linglar", denglar. (Oli Imron surasining 64-oyati.)
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:41:04
Hotab Iskandariyaga borib, maktubni Muqavqisga topshirdi. U maktub bilan tanishib chiqqach: "Agar Muhammad haqiqiy payg‘ambar bo‘lsa, nega unga osiylik qilib, yurtidan haydab chiqarganlarni duoibad qilmadi?", deb so‘radi. Hotab: "Men bibi Maryamning o‘g‘li Iso Ollohning elchisi ekaniga ishonasan-ku. O’z xalqi tutib olib Isoni o‘ldirmoqchi bo‘lganda yaratgan egam uni o‘z dargohiga olib ketgan. O’sha paytda Iso xalqiga halokat tilab duoibad qildimi?" dedi. Uning javobidan mamnun bo‘lgan Muqavqis: "Sen donishmand zot tomonidan yuborilgan aqlli odam ekansan. Mundoq razm solib qarasam, Muhammad odamlarni yomon ishlarga undamas, yaxshiliklardan esa qaytarmas ekan. U adashgan sehrgar ham, yolg‘onchi kazzob ham emas ekan. Unda yashirin, g‘ayb sirlarini, maxfiy ishlarni bilishdek payg‘ambarlarga xos fazilatlar bor ekan. Biz bu takliflar haqida o‘ylab ko‘raylik", dedi va rasulullohga quyidagicha javob maktubi yozdi:
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:41:14
"Bismillahir rohmanir rohim. Qibtilarning kattasi Muqavqisdan Muhammad ibn Abdullohga salom!
Maktubingni o‘qidim. Unda bayon etilganlarni va nimaga da’vat etayotganingni tushundim. Men payg‘ambar kelishidan voqif edim, uni Shomdan chiqadi, deb o‘ylardim. Yuborgan elchingni izzat-ikrom bilan kutdim, senga qibtilar orasida katta nufuzga ega ikki kanizak, kiyim-kechak, minishingga bir xachir jo‘natyapman, vassalom".
Bu kanizaklardan biri Moriyani payg‘ambar alayhis-salom nikohlariga oldilar, undan o‘g‘illari Ibrohim tug‘ildi; ikkinchi kanizak Hasson ibn Sobitga berildi. Muhavqis esa musulmon bo‘lmay qolaverdi.

____________________
*Qibti — Misrdagi qadimiy millat nomi. Bu srda butun mamlakat ko‘zda tutilgan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:41:34
NAJOSHIYGA YO’LLANGAN MAKTUB

Payg‘ambar alayhis-salom Habashiston podshosi Najoshiyga Amr ibn Umayya Zumariy orqali quyidagi maktubni jo‘natdilar:
"Bismillahir rohmanir rohim. Ollohning elchisi Muhammaddan Habashistonning kattasi Najoshiyga salom!
Olloh shunday maqtovga sazovarki, undan boshqa biron iloh yo‘qdur. Olloh butun koinotning egasi, ayb-nuqsonlardan holi, mo‘minlarga salomatlik bash etguvchi, ularni azobdan asraguvchi, jam’iki narsalarni boshqaruvchi zotdir. Iso Maryamning o‘g‘li Ollohga mansub ruh va Ollohning Maryamga ato etgan so‘zidir. Olloh Isoni dunyodan aloqasini uzgan Maryamga marhamat etdi va iffatli, pokiza ayol homilador bo‘ldi. Olloh qudrat qo‘li bilan Odamni yaratgandek, Isoni dunyoga keltirdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:41:54
Men seni sherigi yo‘q bir Ollohga ishonishga, unga itoat qilishga, menga ergashishga, menga, kelgan vahiylarga imon keltirishga da’vat qilaman. Men Ollohning elchisi, seni va xalqingni Ollohga itoat etishga undayman. Men sizlarga Ollohning amrini yetkazib nasihat qildim, nasihatimni qabul etinglar. To‘gri yo‘lga ergashganlarga salom".
Najoshiy maktubni olgach, elchini benihoya izzat-ikrom bilan kutdi. "Xudo haqqi, men Isoning Muhammad haqida xabar berganidan voqifman. Lekin Habashistonda yordamchilarim oz, ularning sonini ko‘paytirib, dillarini yumshatgunimcha sabr qilgin", dedi elchiga. Amr ilgari Habashistonga kelib, qolib ketgan musulmonlarni Madinaga, payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga taklif etdi. Muhojirlar orasida Abu Sufyonning qizi Ubaydulloh ibn Jahshning ayoli Ummu Habira ham bor edi. Islomning avvalida er-xotin Habashistonga hijrat qilgan, biroq ko‘p o‘tmay Ubaydulloh gumrohlashib nasroniy diniga kirgan va uzoq yashamay o‘lib ketgan edi. Ummu Habiba Habashistondaligida payg'ambar alayhis-salom Najoshiyni vakil qilib uni o‘z nikohiga oldilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:42:17
KISROGA YO’LLANGAN MAKTUB

Payg‘ambar alayhis-salom Eron podshosi Kisroga Abdulloh ibn Huzofa Sahmiy orqali quyidagi maktubni yubordilar.
"Bismillahir rohmanir rohim. Ollohning elchisi Muhammaddan Eronning kattasi Kisroga!
To‘g‘ri yo‘lga ergashib Ollohga va Ollohning elchisiga imon keltirgan, Ollohdan boshqa iloh yo‘q, u sherigi yo‘q zotdir, Muhammad Ollohning bandasi va elchisi deb shahodat bergan kishilarga salom.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:42:32
Men seni musulmon bo‘lishga da’vat etaman. Men Olloh tomonidan butun insoniyatga yuborilgan payg‘ambarman. Men tirik odamlarni ogohlantiraman, so‘zimni inkor etganlarni Ollohning azobiga uchraydi deb qo‘rqitaman. Musulmon bo‘lsang joning omonda. Agar bosh tortsang barcha ma’jusiy*larning gunohi senga yuklanadi.
Kisro maktubga ko‘z yugurtirgzch, takabburlik bilan uni yirtib tashladi. Bu xabar payg‘ambar alayhis-salomga yetib borganda u kishi: "Olloh uning podshohligini yakson qilsin", deya duo qildilar. Chindan ham ko‘p o‘tmay Eron podshohligi tanazzulga yuz tutdi. Kisro manmanlikni haddidan oshirib, Yamandagi hokimiga payg'ambar alayhis-salomni tutib, huzuriga olib kelishni buyurdi. Biroq u manfur niyatiga yetolmadi. O’g‘li Shirvayh otasiga qarshi bosh ko‘tarib, Kisroni o‘ldirdi va u Yamanga odam yuborib, hokimni otasi buyurgan ishdan qaytardi.

_________________
* Ma’jusiylar — o‘tga topinuvchilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:42:53
MUNZIR IBN SOVIYGA YUBORILGAN MAKTUB

Payg'ambar alayhis-salom Bahraynning hokimiga Alo’ ibn Hazramiydan quyidagicha maktub yo‘llab, uni musulmon bo‘lishga da’vat etdilar:
"Bismillahir rohmanir rohim. Men Ollohni undan boshqa hech bir iloh yo‘qligi uchun maqtayman. Bizning (besh vaqt) namozimizni o‘qigan, qiblamizga yuzlangan, bo‘g‘izlab o‘ldirilgan mollarimizni yeganlar musulmon hisoblanadi, Ollohning va payg‘ambarning himoyasida bo‘lishadi. Shunday qilishni istagan ma’jusiylar mo‘min sanaladi, bosh tortganlardan boj-xiroj olinadi".
Bahrayn hokimi Munzir ibn Sovi islom dinini qabul qilib, javob maktubi yubordi:
"Ey rasululloh, maktubingni Bahrayn xalqiga o‘qib eshittirdim. Ayrim kishilar islom dinini ma’qullab musulmon bo‘lishdi, ayrimlari ma’qul ko‘rishmadi. Mening yurtimda ma’jusiy va yahudiylar bor, ularga qanday munosabatda bo‘lishni buyurasan?"
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:43:08
Payg‘ambar alayhis-salom unga bunday javob yo‘lladilar:
"Bismillahir rohmanir rohim. Ollohning elchisi Muhammaddan Munzir ibn Soviga salom!
Men tanho Ollohni madh etaman. Undan boshqa hech iloh yo‘qligiga guvohlik beraman, Muhammad ollohning bandasi va elchisidir. Men senga Ollohni eslataman. Mana bu so‘zlarini aytib o‘tmoqchiman: "Kimki menga sodiq bo‘larkan, u o‘zi uchun foydali ish qilgani aniq, kimki mening elchilarimga itoat etarkan va ularning buyrug‘ini bajo keltirarkan, u menga itoat etgan bo‘ladi, kimki ularga sadoqat ko‘rsatarkan, ular menga sadoqat ko‘rsatgan hisoblanadi. Elchilarim seni yaxshi, deb ta’rif qilishdi. Xalqing uchun ustivor turishingni qabul etdim. Musulmon bo‘lganlarga tegma, men gunohlarini kechirdim, sen ham afv et. Qanchalar o‘nglanmagin, mansabingdan olib tashlamayman. Yahudiy va ma’jusiylarning o‘z dinida qolganlaridan xiroj olish kifoya".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:43:27
UMMONNING IKKI HOKIMIGA YUBORILGAN MAKTUB

Payg‘ambar alayhis-salom Ummonning ikki hokimi — Julandiyning o‘g‘illari Jayfal bilan Abdga Amr ibn Osdan quyidagicha maktub yo‘lladilar.
"Bismillahir rohmanir rohim. Ollohning elchisi Muhammaddan Julandiyning o‘g‘illari Jayfal bilan Abdga!
To‘g‘ri yo‘lga yurganlarga salom. Men sizlarni islom diniga da’vat qilaman. Musulmon bo‘lsanglar omon qolasizlar. Men tirik odamlarni ogohlantirish, kofirlarga Ollohning azobi muqarrar ekanini isbotlash uchun butun insoniyatga yuborilgan elchiman. Musulmon bo‘lsangiz mansabingizda qoldiraman, aks holda amalingiz qo‘lingizdan ketadi. Lashkarim yurtingizni zabt etib, odamlarga payg‘ambarligimni ma’lum qilishadi, vassalom".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:43:40
Abd ibn Julandiy ibn Osdan payg‘ambar alayhis-salom nimalarga buyurib, nimalarni man etishlarini so‘radi. Ibn Os: "Payg‘ambar alayhis-salom odamlarni Ollohga itoat etishga buyuradi, unga osiylik qilishdan qaytaradi. Yaxshi ishlarga, silai-rahm qilishga buyuradi. Zulmni, birovlarning haqiga tajovuzkorlikni, aroq ichishni, toshlarga, butlarga, salb (xoch)larga cho‘qinishni man etadi", dedi. "Uning buyurgan narsalari juda ham yaxshi ekan-ku. Agar birodarim (akam ski ukam) ko‘nsa, hoziroq Muhammadning oldiga borib, unga imon keltirib, musulmon bo‘lardim, lekin u Muhammadga tobe’ bo‘lib, amalidan ayrilib qolishdan qo‘rqadi", dedi Abd ibn Julandiy. Ibn Os: "Agar birodaring imon keltirsa, mansabida qolaveradi. Payg‘ambar alayhis-salom boylardan zakot olib, kambag‘allarga bo‘lib berishni buyuradi", dedi. "Qanday yaxshi, — dedi Abd ibn Julandiy. — Zakot deganing nima?" Amr ibn Os zakotning shartlarini batafsil bayon qilib, chorva mollari haqida to‘xtalganda Abd ibn Julandiy: "Yaylovda boqiladigan mollardan ham zakot olinadimi?" deb so‘radi. Amr ibn Os olinishini aytganda hokim: "Xudo haqqi, odamlarimning yaylovlari poyonsiz, mollari behisob bo‘lgani uchun bu shartga o‘la qolsa ko‘nishmaydi," dedi. Shunga qaramay u elchini birodarining huzuriga yubordi. Jayfal Amr ibn Osning gaplarini eshitgach, qalbi yumshab, imon keltirdi, Abd ibn Julandil ham musulmon bo‘ldi va o‘z halqidan zaqot olish unga topshirildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:44:07
HAVZA IBN ALIGA YUBORILGAN MAKTUB

Payg‘ambar alayhis-salom Yamoma hokimi Havza ibn Aliga Salit ibn Amrdan quyidagi maktubni yubordilar:
"Bismillahir rohmanir rohim. Ollohning elchisi Muhammaddan Havza ibn Aliga!
To‘gri yo‘lga ergashganlarga salom. Bilginkim, menim dinim hamma joyda bosh ko‘taradi. Musulmonchilikni qabul qilsang omon bo‘lasan, hokimligingda qoldiraman".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:44:21
Havza payg'ambar alayhis-salomga bunday javob yozdi: "Sen da’vat qilayotgan ishlaring qanchalik yaxshi va naqadar go‘zal. Men o‘z xalqimning shoiri va notig’iman, barcha arab xalqi mendan hayiqadi. Agar meni ishingga sherik qilsang, senga ergashaman".
Bu xatni olgach, rasululloh: "Agar u mendan kaftdek yer so‘rasa ham bermas edim. Uning o‘zi ham, hokimiyati ham halok bo‘ladi", dedilar. Hech qancha vaqt o‘tmay payg‘ambar alayhis-salom Makkani fath etib qaytganlarida Havza ibn Ali o‘ldi. Rasululloh Islom dinini qabul qilgan har bir qavmga uning mo‘tabar kishisini ooshliq etib tayinlar edilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:44:44
HIJRATNING YETTINCHI YILI XAYBAR G’AZOTI

Hijratning yettinchi yili muharram oyida payg'ambar alayhis-salom sahobalarga Xaybar yahudiylariga qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdilar. Xaybar yahudiylari Xandaq g‘azoti vaqtida arab qabilalarini musulmonlarga qarshi qayragan edilar. Ka’b ibn Ashraf voqeasida bayon etganimizdek, ular hali ham adirdagi arablar bilan payg‘ambar alayhis-salomga qarshi til biriktirib yurishardi. Bundan xabar topgan rasululloh Hudaybiyada birga bo‘lgan sahroyi arablarni safarbarlikka chaqirdilar. Hudaybiya g‘azotida qatnashmaganlar kelib bu safar urushda ishtirok etishga ijozat so‘rashdi. Payg'ambar alayhis-salom ularga: "G’animat uchun emas, faqat jihod uchun talabgorlar kelsii, bu safar hech kimga g‘animat berilmaydi", dedilar hamda bu qarorlarini jarchi orqali hammaga eshittirdilar. Rasululloh o‘z o‘rinlariga Sibo’ ibn Urfatani tayinlab, safarga otlandilar. Bu gal u kishiga ayollari Ummu Salama hamroh bo‘ldi. Musulmonlar qo‘shini Madinaning g‘arbi-shimolidan yuz mil olisdagi Xaybarga yetib kelgach, baland ovozda takbir aytib duo o‘qidi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Bunchalik kuchanib baqirmanglar, sizlar garang yoki o‘zi yo‘q narsaga emas, balki sizlardan sira ham ayrilmaydigan, gaplaringizni eshitib turadigan Ollohga duo qilyapsizlar", dedilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:45:00
Xaybar xalqi bir-biridan uncha olis bo‘lmagan Natot, Kasiba, Shiq nomli uchta qal’ada yashardl. Natot qal’asida Noim, Sa’b, Qila qo‘rg‘onlari, Kasiba qal’asida Ubay, Bari’ qo‘rg‘onlari, Shiq qal’asida Qamus, Vatih, Sulolim qo‘rg‘onlari bor edi. Payg‘ambar adayhis-salom ishni Natot qal’asini qamal qilishdan boshladilar. Qo‘shinni qal’aning sharqidagi o‘q yetmaydigan bexavotir yerga joylashtirgach, dushmanga tahdid solish niyatida shahar atrofidagi xurmo daraxtlarini kesib tashlashni buyurdilar. Musulmonlar to‘rt yuzga yaqin darxtni kesib tashlashdi. Lekin dushman tomon miq etmadi. Rasululloh yahudiydarning urushishga astoydil bel bog‘laganini anglab daraxtlarga qiron keltirishni to‘xtatdilar va o‘q otib shaharga hujum qilishni buyurdilar, biroq bu urushdan biron naf chiqmadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:45:24
Ertasidan boshlab rasululloh kichik bir guruhni olib dushmanning shahar tashqarisiga chiqqan askarlari bilan uncha-muncha to‘qnashib qaytaverdilar. Kechasi bir kishi soqchilikka turdi. Safarning yettinchi kuni soqchilikka turgan Umar ibn Xattob yarim kechasi shahar tashqarisiga chiqqan bir yahudiyni asir olib, payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga olib keldi. Qo‘rquvdan dag‘-dag‘ qaltirayotgan asir: "Agar meni o‘ldirmasanglar, sizlarga foydali bir sirni aytib beraman", deya omonlik so‘radi. Rasululloh omonlik berganlaridan keyin u: "Qamal qal’adagilarning tinkasini quritdi, odamlar muttasil tahlikadan qattiq charchashdi. Ular bola-chaqasini Shiq qal’asiga ko‘chirib bo‘lishdi, ertaga tashqariga chiqib sizlar bilan jang qilishmoqchi. Shahar darvozasi ochilganda manjaniq*, dabboba*, qilich va nayzalar saqlanadigan omborni ko‘rsatib qo‘yaman. Agar bu qurollarni qo‘lga kiritsanglar, boshqa qal’alarni osongina ishg‘ol etasizlar. Manjaniqdan o‘q otib dushmanni chalg‘itib, dabbobalar yordamida bemalol shahar devorini teshsa bo‘ladi", dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:45:38
Asirning gapidan qoniqish hosil qilgan payg‘ambar alayhis-salom Muhammad ibn Maslamaga: "Ertaga bayroqni shunday bir odamga tutqazamanki, u xudo bilan payg‘ambarni jon-dildan sevadi. Bunday odamni Olloh bilan payg‘ambar ham yaxshi ko‘radi", dedilar. Muhojirlar bilan ansorlar o‘sha suyukli kishi o‘zlari bo‘lib chiqishini orzu qila-qila uyquga ketdilar. "O’sha kechasi bayroqdorlik lavozimiga erishishni orzu qildim", deya eslaydi Umar ibn Xattob. Tong otganda rasululloh Ali ibn Abu Tolibni yo‘qladilar. Odamlar uning ko‘zi og‘rib yotganini aytishganda, baribir olib kelishni buyurdilar va Alining ko‘ziga dam urib, tuflab qo‘ydilar, bemorning ko‘zi shu zahoti darddan forig‘ bo‘lib, charaqlab ochilib ketdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:45:51
Payg‘ambar alayhis-salom Aliga bayroqni tutqazib, qo‘shinni jangga boshladilar. Yahudiylar ham urushga shay bo‘lib turishgan ekan. Ulardan biri taomilga binoan yakkama-yakka olishuvni taklif etdi. O’rtaga chiqqan Ali uni bir hamladayoq o‘ldirdi. Yahudiylarning botirlaridan Marhab talabgor bo‘lib maydonga tushdi. Muhammad ibn Maslama uni osongina yer tishlatdi. Marhabning birodari (akasi yoki ukasi) Yosir maydonga chiqqan zahoti Zubayr ibn Avvomning zarbasiga uchrab o‘ldi. Shundan keyin ikki qo‘shin bir-birining ustiga seldek yopirildi. Yahudiylar musulmonlarning shiddatli hujumiga dosh berolmay qochdi, islom lashkari ularni quvib, shaharga bostirib kirdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:46:06
Yahudiylar Sa’b qo‘rg‘oniga chekinishdi. G’alabadan ruhlangan musulmonlar ta’qibni davom ettirishdi, biroq yahudiylar qattiq qarshilik ko‘rsatib, ularni orqaga surib tashlashdi. Habob ibn Munzir boshchiligidagi musulmonlar qo‘shini orqaga chekinmay dushman bilan qattiq olishib, ularning safini to‘zitib yubordi. Yahudiylar betartib qocha boshladi. Shaharga bostirib kirgan musulmonlar juda ko‘p oziq-ovqatni g‘animat oldi. Payg‘ambar alayhis-salom bu narsalarni yeyish va ot-ulovlarga berish mumkinligini, biroq olib ketish man etilishini e’lon qildilar. Qilla qo‘rg‘oniga kirib olgan yahudiylarni musulmonlar uch kun muhosara qildilar. To‘rtinchi kuni yahudiylar tashqariga chiqib musulmonlarga tashlanishdi, ikki o‘rtada shiddatli jang bo‘ldi, alaloqibat yahudiylar yengilib, Shiq qal’asiga chekinishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:46:24
Musulmonlar qal’ani o‘rab olishdi, taslim bo‘lishni istamagan dushman shahar tashqarisiga chiqib qattiq jang qildi. Musulmonlardan Abu Dujona Ansoriy mislsiz qahramonlik ko‘rsatib, o‘z yigitlari bilan shaharga birinchi bo‘lib bostirib kirdi. Bu shaharda juda ko‘p ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat, qo‘y g‘animat olindi. Bari’ qo‘rg‘oniga chekingan yahudiylar oldingisidan ko‘ra ko‘proq qarshilik ko‘rsatishdi. Bu joyning odamlari kamondan o‘q, palahmondan tosh otishga usta edi. Ular otgan o‘q, toshlar nishonga bexato tegib, musulmonlar ancha talafot ko‘rishdi, hatto rasululloh ham jarohatlandilar. Bundan g‘azablangan musulmonlar manjaniqni tiklashdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:46:38
O’z davrining zambaragini ko‘rib esxonasi chiqib ketgan yahudiylar shaharni tashlab qochishdi. Shaharga kirgan musulmonlar juda ko‘p mis hamda sopol idish-tovoqni ko‘rishdi. Rasululloh: Bu idishlarni yuvib ishlatsanglar bo‘ladi", dedilar. Islom lashkarlari g‘animni Kasiba qal’asigacha ta’qib etib bordilar hamda Qomus qo‘rg‘oniga yashirinib olgan yahudiylarni yigirma kun qamal qilishdi. Nihoyat, Ali ibn Abu Tolib boshchiligidagi musulmonlar dushman qarshiligini yengib, shaharni ishg‘ol etdi. Bu qo‘rg‘onda Huyay ibn Ahtabning qizi Safiyya asir olindi. Shundan so‘ng Islom qo‘shini Vatih hamda Sulolim qo‘rg‘onlari sari otlandilar. Muttasil ta’qib va jangu jadaldan tinka-madori qurigan yahudiylar faqat bola-chaqalarini olib, Xaybardan chiqib ketishga ijozat so‘rab taslim bo‘lishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning o‘tinchiga rozilik berdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:46:55
Bu qo‘rg‘onlarda to‘rt yuz qilich, yuzta sovut, mingta nayza, besh yuzta kamon g‘animat olindi. Xonadonlardan topilgan Tavrotning parchalari talabgorlarga berib yuborildi. Payg‘ambar alayhis-salom Kanona ibn abu Huqayiqni o‘lim jazosiga buyurdilar. U Huyay ibn Axtabdan qolgan qimmatbaho ziynat buyumlarini yashirib qo‘ygan edi. Bu sir oshkor bo‘lgach, ular orasida bilakuzuk, oyoqqa taqiladigan taqinchoqlar, tilla uzuklar, sirg‘alar, marvarid va zumrad ko‘zli turli xil taqinchoqlar borligi aniqlandi. Rasululloh boshqalarga ibrat bo‘lishi uchun uni qatl ettirdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:47:20
Xaybar g‘azotida musulmonlardan o‘n besh kishi shahid bo‘ldi, yahudiylardan esa to‘qson uch kishi o‘ldi. Gazot vaqtida bir yahudiy ayol zahar qo‘shilgan qo‘yning sonini pishirib rasulullohga berdi. Payg‘ambar alayhis-salom uning samimiyatiga ishonib, go‘shtdan bir tishlab ko‘rdilaru shu zahoti tuflab tashladilar. Bishr ibn Baro’ go‘shtdan yeb, til tortmay o‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salom yahudiy xotinni chaqirtirib, nega bunday qilganini so‘radilar. "Agar sen rostdan ham chin payg‘ambar bo‘lsang, zahar kor qilmaydi, bordiyu soxta payg‘ambar bo‘lsang, zaharni yeb o‘lginu sendan tezroq qutulaylik, degan niyatda shunday qildim", dedi yahudiy ayol. Rostgo‘yligi uchun rasululloh uning gunohidan kechdilar.

_____________________
*Manjaniq — istehkomlarga tosh otadigan qurol.
*Dabboba — ichiga odam kirib olib, shahar devorlarini teshishda ishlatiladigan moslama.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:47:51
RASULULLOHNING SOFIYAGA UYLANISHLARI

Xaybar g‘azoti g‘alaba bilan tugagach, payg‘ambar alayhis-salom bani Nazir qabilasining boshlig‘i Xuyayning qizi Sofiyani nikohlariga oldilar. Ozod bo‘lishi uning mahri etib belgilandi. Sofiya islom dinini qabul qilib, mo‘minlarning onasi bo‘lish sharafiga erishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:48:10
NIKOHI MUTANI BEKOR QILISH

Payg‘ambar alayhis-salom Xaybarda turgan paytlarida nikohi mutani bekor qildilar. Nikohi muta ma’lum muddatga uylanish. Bunday nikoh johiliyat davrida hamda islomning avvalida mavjud edi. Shu yildan e’tiboran shariat hukmi bilan bu odat ta’qiqlandi. Shuningdek Xaybarda eshak go‘shtini yeyish harom qilindi. Bu hukmni eshitgan musulmonlar eshak go‘shti pishib turgan qozonlarini ag‘darib yubordilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:48:41
HABASHISTONDAGI MUHOJIRLARNING QAYTISHLARI

Xaybar yurishi nihoyasiga yetgach, Habashistondagi Ja’far ibn Abu Tolib, Abu Muso Ash’ariy bilan ularning hamrohlari qaytib kelishdi. Payg‘ambar alayhis-salom musofirchilikda o‘n yil yashagan musulmonlarning qaytganidan benihoya xursand bo‘lib, ularga Xaybarda qo‘lga kiritilgan g‘animatlardan berdilar. Abu Sufyonning qizi Ummu Habiba Ja’far bilan birga qaytib keldi. O’sha vaqtda Davs qabilasining odamlari ham kelib musulmonlar safiga qo‘shilgan edi. Ularning orasida Abu Hurayra bor edi. Payg‘ambar alayhis-salom yangi kelganlarni ham quruq qo‘ymadilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:49:35
FADAKNING FATH QILINISHI

Payg‘ambar alayhis-salom Madinadan olti kunlik olisdagi Fadak kentiga odam yuborib, u yerdagi yahudiylarning musulmonlarga itoat etishini talab qildilar. Yahudiylar mol-mulki bilan yer-suvini berish evaziga omonlik so‘rashdi. Bu taklif ma’qul ko‘rilib, sulh tuzildi. Fadakning yerlari to‘laligicha rasulullohning ixtiyorlariga o‘tib, olingan daromad u kishining o‘z ehtiyojlariga hamda Hoshim jamoasining yetim-esirlari, beva-bechoralariga sarflanadigan bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:50:11
TAYMA’ SULHI

Madinadan sakkiz kunlik joydagi Tayma’ kenti yahudiylarining - yuragiga g‘ulgula tushib, musulmonlar bilan sulh tuzishga shoshildilar. Ular o‘z yurtida xotirjam yashashlari uchun xiroj to‘lashni taklif etishdi. Musulmonlar bu taklifga rozi bo‘ldilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:50:46
VODIL QURONING FATH ETILISHI

Payg‘ambar alayhis-salom Vodil Quro yahudiylariga taslim bo‘lishni taklif etdilar, biroq ular bosh tortib, musulmonlarga qarshi urush e’lon qilishdi. Natijada ulardan o‘n bir kishi o‘ldi, ko‘pchilik yaralandi, musulmonlar esa juda ko‘p g‘animatni qo‘lga kiritdilar. Payg‘ambar alayhis-salom g‘animatni beshga bo‘lib, taqsimladilar. Olingan hosilning teng yarmini musulmonlarga berish sharti bilan yer-suv egalarida qoldirildi. Xaybar yahudiylari bilan ham xuddi shunday kelishim tuzilgan edi. Rasululloh Vodil Quro yahudiylarining mahsulotini chamalab taqsimlashga Abdulloh ibn Ravohani yubordilar. Uning taqsimoti yahudiylarga yoqmadi. Ular Ravohaga pora berib, taqsimotni o‘z foydasiga hal qilmoqchi bo‘lishdi. "Ey Ollohning dushmanlari, — dedi g‘azablangan ibn Ravoha. Menga harom yedirmoqchimisizlar? Men sizlarii maymundan ham, cho‘chqadan ham yomon ko‘raman. Sizlarga bo‘lgan nafratim, o‘zim uchun suyumli payg‘ambarga bo‘lgan muhabbatim tufayli adolat bilan hukm chiqaraman".
Madina atrofidagi yahudiylar bo‘ysunib, o‘rtada va’dayu shartnomalar tuzilgan bo‘lsa-da, musulmonlarga xavf solib turtanlar ko‘p edi. Shunga qaramay musulmonlar Vodil Quro yahudiylarini taslim qilib muhim g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:51:11
XOLID VA UNING IKKI DO’STINING ISLOMGA KIRISHLARI

Bu g‘alabadan keyin musulmonlarga qarshi yurishlarga boshchilik qilgan uch nafar taniqli kishi Xolid ibn Valid Maxzumiy, Amr ibn Os Sahmiy, Usmon ibn Abi Tolha Abdariylar musulmon bo‘ldilar. Payg‘ambar alayhis-salom ularning Islom dinini qabul qilganidan benihoya quvondilar. "Seni hidoyat qilgan Ollohga shukr, — dedilar u kishi Xolidga. — Sening aqlli odamligingni bilardim, fahmu farosating seni hidoyatga yetaklashidan umidvor edim". Sarvari olamning samimiy muomalasidan mutaassir bo‘lgan Xolid: "Ey rasululloh, senga qarshi ko‘pgina janglarda qatnashdim, duo qilgin, zora Olloh Taolo gunohlarimni kechirsa", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Islom dinida musulmon bo‘lishdan avvalgi gunohlar surishtirilmaydi", deya uni xursand qildilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:51:42
QO’SHIN YUBORISH

Shu yilning sha’bon oyida San’o bilan Makka oralig‘idagi Turoba degan joyda yashovchi Havozin arablari musulmonlarga qarshi harakat qilishayotgani ma’lum bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi Umar ibn Xattob boshchiligida o‘ttiz nafar sahobani jo‘natdilar. Bu xabarni eshitgan Havozin arablari qochib ketishdi. Musulmonlar bu yurtda biron kimsani uchratolmay qaytib kelishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:52:17
QO’SHIN YUBORISH

Shu yilning sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Fadak tomondagi bani Murra arablariga qarshi Bashir ibn Sa’d Ansoriy boshchiligida qo‘shin yubordilar. Bu qo‘shin ham biron kimsani uchratmagach, dushmanning chorva mollarini haydab yo‘lga tushdi. Jarlikda yashirinib yotgan bani Murra arablari bundan xabar topib yarim kechasi musulmonlarga hujum qildi, ikki o‘rtada shiddatli jang boshlandi. Musulmonlar juda ko‘p talafot ko‘rishdi, qo‘shinning boshlig‘i Bashir qattiq yaralanib yotgani uchun o‘ldi, degan o‘yda unga tegishmadi. Tong otgach, Bashir qolgan-qutgan odamlarini yig‘ib, rasulullohning huzurlariga qaytib keldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:52:31
Shu yilning Ramazon oyida payg‘ambar alayhis-salom Mayfag‘a xalqiga qarshi G’olib ibn Abdulloh Daysiy boshchiligida bir yuz o‘ttiz kishilik qo‘shin jo‘natdilar. Musulmonlar Mayfag‘alar bilan to‘qnashib, bir qismini o‘ldirishdi, bir qismini asir olishdi. Jang paytida Usoma ibn Zayd bir mushrikning orqasidan quvladi. Garchand u kalimai shahodatni aytgan bo‘lsa-da, Usoma baribir, chopib tashladi. Usoma mushrik o‘limdan qo‘rqqanidan kalima keltirdi, deb o‘yladi. Madinaga qaytib borganlaridan keyin bu gapdan xabar topgan rasululloh Usomadan: "La ilaha illalloh desa ham o‘ldirdingmi? Endi La ilaha illalloh degan kalima uchun qanday hisob berasan?" deb so‘radilar. "U jonini saqlab qolish uchungina imon keltirdi", deya o‘zini saqlashga urindi Usoma. "Sen uning yuragini yorib, gapining chin, yolg‘onligini bilganmiding?" dedilar rasululloh. Bu haqli savoliga qanday savob berishni bilmay qolgan Usoma: "Ey rasululloh, men uchun istig‘for aytgin", deya o‘tindi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:52:51
Payg'ambar alayhis-salom esa hadeb: "U La ilaha illalloh degan bo‘lsa, o‘ldirishga qanday qo‘ling bordi-a?" deb takrorlar edilar. Usoma o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, ko‘p afsus-nadomat chekdi. Hatto: "Qani edi shu kungacha musulmon bo‘lmaganimda," dedi. Olloh Taolo Niso surasining 94-oyatida bu xususda shunday deydi: "Dunyo molini ko‘zlab sizlarga musulmon bo‘lganini bildirgan odamni sen mo‘min emassan, demanglar. Ollohning dargohida juda ko‘p g‘animatlar bor". Usoma yanglishib bir musulmonni o‘ldirib qo‘ygani uchun payg‘ambar alayhis-salom unga bir qulni ozod qilishni buyurdilar. Chunki u bilmay o‘ldirgan edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:53:17
QO’SHIN YUBORISH

Shu yilning shavool oyida payg‘ambar alayhis-salomga Uyayna ibn Hisnning G’atafon qabilasidan bo‘lmish Xaybar yaqinidagi Yumun, Jibor degan joylardagi jamoani yig’ib, Madinaga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabar yetib keldi. Ularga qarshi Bashir ibn Sa’d boshchiligida uch yuz kishilik qo‘shin yuborildi. Musulmonlar kunduzi yashirinib, kechasi yo‘l bosishdi. Ular dushmanning yurtiga yetib kelgach, dushmanning son-sanoqsiz chorva moldarini o‘lja olishdi. Qochib ketgan podachilardan bu xabarni eshitgan arablar tog‘larning baland cho‘qqilariga chiqib olishdi. Musulmonlar ikki kishini asir olib orqaga qaytishdi. Keyinchalik bu ikki odam imon keltirib, musulmon bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:53:43
UMRANING QAZOSI

Xudaybiya shartnomasiga binoan bir yil to‘lgach payg‘ambar alayhis-salom o‘z o‘rnilariga Abozarr G’iforiyni tayinlab, o‘tgan yilgi umraning qazosini ado etish uchun sahobalarni olib Makkaga otlandilar. Qurbonlik uchun oltmish tuya oldilar hamda qurayshlarning xiyonat qilishi mumkinligini o‘ylab, ehtiyot shart qurollanib yo‘lga chiqishni buyurdilar. Bashir ibn Sa’d boshchiligidagi yuz sipohiy Madina masjididan ehrom bog‘lab ular bilan safarga otlandi. Zul xulayfa degan yerga yetganda silohiylar oldinga o‘tkazib yuborildi. Ba’zi sahobalar: "Ey rasululloh, sulhda qurol taqmaslik shart qilingan edi, biz qurollanib ketyapmiz-ku", deyishdi. "Masjidi haromga qurol bilan kirmaymiz, — dedilar rasululloh. — Qurollarimizni yaqin joyda qoldiramiz, mabodo makkaliklar hujum qilib qolishsa, ishlatamiz".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:54:05
Musulmonlar Marru Zahron degan yerga borganlarida quraysh qabilasining bir necha vakili ularning jangovor holatda kelayotganidan o‘takasi yorilgudek bo‘lib, darrov Makkaga xabar yetkazishdi. Qurayshlarning bir guruh yoshlari kelib: "Ey Muhammad, Xudo haqqi, sen bolaligingdanoq xiyonat nimaligini bilmasding. Biz hech narsa qilmay turib nega bunday alfozda kelding?" deyishdi. "Biz Masjidi haromga qurol bilan kirmaymiz", dedilar rasululloh. Musulmonlar yetib kelishgach, makkaliklar ularning Baytullohni qanday tavof qilishlarini ko‘rmaslik uchun shahardan chiqib ketishdi. Payg‘ambar alayhis-salom boshchiligidagi musulmonlar qurol-yarog‘ini taqqan holda Kada’ tepaligi orqali Makkaga kirib borishdi. Abdulloh ibn Ravoha rasulullohning oldiga tushib: "Yolg‘iz Ollohdan boshqa hech bir iloh yo‘qdir. Olloh va’dasida turib o‘z payg‘ambariga yordam berdi, ahli Islomni g‘olib va muzaffar qildi, mushriklarni mag‘lub etdi", deb yuborardi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 24 Fevral 2007, 15:54:31
Payg‘ambar alayhis-salom Ka’bani tuyadan tushmay tavof qildilar, qo‘llaridagi uchi egri tayoq bilan Hajarul-asvadni istilom etdilar (ushladilar). Mushriklarga bardam-baquvvat ko‘rsatish uchun sahobalarga Ka’bani zudlik bilan uch marta tavof qilishni buyurdilar. Mushriklar Madinaning og‘ir havosi adoyi tamom qilgan musulmonlarning Ka’bani qanday ziyorat qilishlarini bir ko‘raylik, deyishgan edi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Mushriklarga o‘zini kuchli ko‘rsatgan odamga Ollohning rahmati bo‘lsin", dedilar. U zoti muborak ham o‘zlarini o‘ktam ko‘rsatish uchun ridolarining bir yengini kiymagan edilar. Sahobalar ham u kishiga taqlidan ish tutishdi. Rasulullohning tushlarida ayon bo‘lgandek musulmonlar Baytullohni bemalol tavof qilishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:21:39
RASULULLOHNING MAYMUNAGA UYLANISHLARI

Payg‘ambar alayhis-salom Makkada turgan vaqtlarida Horis Hiloliyning qizi, Uhud urushida shahid bo‘lgan amakilari Hamzaning tul qolgan xotini Maymunani nikohlariga oldilar. Maymuna rasulullohning eng oxirgi xotinlari edi. Payg‘ambar alayhis-salom Makkadan chiqib, shahar tashqarisida ot-ulovlarga qarab qolganlarni Ka’bani tavof etishga jo‘natdilar. Shundan keyingina rasululloh xursand bo‘lib, tushini o‘ngidan keltirgan parvardigorga shukronalar aytib, Madinaga yo‘l oldilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:21:50
HIJRATNING SAKKIZINCHI YILI QO’SHIN YUBORISH

Shu yilning safar oyida payg‘amar alayhis-salom Kadid degan joyda yashovchi bani Mulavvih arablariga qarshi G’olib ibn Abdulloh boshchiligida qo‘shin yubordilar. Qo‘shin Kadidga yetib kelganda ibn Barso’ nomi bilan mashhur musulmonlarning ashaddiy dushmani Horis ibn Molikni asir olishdi. "Men musulmon bo‘lish uchun ketayotgan edim", dedi Horis. "Yana bir kun kechikib musulmon bo‘lsang hech narsa qilmaydi. Qanday niyatda ketayotganingni surishtirb aniqlaymiz", deyishdi sahobalar. Ular bani Mulavvihning yurtiga yetib, chorvalarini haydab jo‘nashdi. Bundan xabar topgan mushriklar katta qo‘shin to‘plab ularning orqasidan quvdi. Olloh taolo musulmonlarga mehribonlik qilib qattiq yomg‘ir yog‘dirdi, katta sel kelib musulmonlar bilan mushriklarning o‘rtasini ayirib tashladi. Mushriklar har qancha qudratli bo‘lishmasin, Ollohning irodasiga qarshi hech narsa qilolmay qolaverdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:22:08
QO’SHIN YUBORISH

G’olib Madinaga sog‘-salomat yetib kelgach, payg‘ambar alayhis-salom uni ikki yuz kishilik qo‘shin bilan Fadakdagi bani Murra arablariga qarshi jo‘natdilar. Bani Murra arablari Bashir ibn Sa’d boshchiligidagi qo‘shinni qirib tashlagan edi. Musulmonlar dushmanga yaqinlashib kelgach, G’olib o‘z askarlariga qarata nutq so‘zlab, Ollohga hamdu sano aytganidan keyin: "Men sizlarni sherigi yo‘q yolg‘iz Ollohdan qo‘rqishga, menga itoat etishga, buyrug‘imdan bo‘yin tovlamaslikka chaqiraman", dedi. Musulmonlar uning chizgan chizig‘idan chiqmaslikka so‘z berishdi. G’olib o‘z askarlarini nomma-nom sanab, har ikki kishini bir-biridan ayrilmaydigan sherik qilib qo‘ydi. "Hech kim sherigini yo‘qotib, yolg‘iz kelmasin. Men takbir aytsam, hammangiz qo‘shilib barobariga takbir ayting", deya tayinladi. Shundan keyin ikki yuz odam g‘animlarni o‘rab oldi-da, baland ovozda takbir aytib barobariga dushman ustiga tashlandi. Sarosimada qolgan bani Murra arablari bitta qo‘ymay qirib tashlandi. Ularning mol-mulki g‘animat olindi, har bir odamga o‘ntadan tuya mukofot berildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:22:20
QO’SHIN YUBORISH

Shu yilning rabbiul avval oyida payg‘ambar alayhis-salom Zotu Atloh degan joyga Ka’b ibn Umayr boshchiligida o‘n besh kishilik qo‘shin yubordilar. Musulmonlar borib yerli aholini islom diniga da’vat etdilar, lekin ular bu da’vatdan bosh tortib, urush e’lon qilishdi hamda bir hovuch islom elchilarini qilichdan o‘tkazishdi. Faqat Ka’b ibn Umayr tasodifan omon qolib, voqeadan rasulullohni ogoh etdi. Payg‘ambar alayhis-salom qattiq iztirob chekdilar. Mushriklardan o‘ch olish uchun qo‘shin yubormoqchi bo‘lib turganlarida, dushmanning o‘z o‘rnidan ketganligi haqida xabar keldi. Xabarni eshitgach niyatlaridan qaytdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:22:35
MU’TA G’AZOTI

Shu yilning jumodiul avval oyida payg‘ambar alayhis-salom Busro hokimi tomonidan o‘ldirilgan Horis ibn Umayr Azdiyning qasosini olish uchun qo‘shin yuborishga qaror qildilar. Qo‘shinga Zayd ibn Horisa bosh bo‘ldi. Rasululloh: "Agar u shahid ketsa, Ja’far ibn Abu Tolib, agar u ham shahid ketsa, qo‘shinga Abdulloh ibn Ravoha bosh bo‘lsin", deb tayinladilar. Uch ming kishilik qo‘shin yo‘lga chiqishi oldidan payg'ambar alayhis-salom: "Ollohning yordamiga tayanib Shomdagi dushmanlar bilan g‘azot qilinglar, lekin cherkovlarda ibodat bilan mashg‘ul kishilarga ozor bermanglar, ayollarni, bolalarni, qari-qartanglarni o‘ldirmanglar, dov-daraxtlarni kesmanglar, uy-joylarni buzmanglar", deb tayinladilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:22:43
Qo‘shin Horis ibn Umayr shahid ketgan Mu’ta degan joyga yetib kelganda bu yerda rumliklar bilan nasroniy dinidagi arablardan katta qo‘shin to‘plangani ma’lum bo‘ldi. Musulmonlar ko‘p sonli g‘anim bilan jang qilaverish kerakmi yoki payg‘ambar alayhis-salomga odam yuborib, yordam kelishini kutish zarurmi, degan ma’noda maslahatlashishdi. Abdulloh ibn Ravoha: "Ey xaloyiq, g‘azot uchun otlanib, shahid bo‘lishni talab qilib yo‘lga chiqdinglar. Biz kuch-qudratimizga yoki odam soniga suyanib emas, faqat Olloh azizu mukarram qilgan Islom diniga suyanib jangga kiramiz. Biz urushib g‘olib yoki shahid bo‘lishdek ikki sharafning biriga erishamiz. Bas, shunday ekan, nega talvasaga tushishimiz kerak". Odamlar Abdulloh ibn Ravohaning gapini ma’qullab, son-sanoqsiz qo‘shinga qarshi jangga kirdi. Zayd ibn Horisa shahid bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:23:06
A’lamni qo‘liga olgan Ja’far ibn Abu Tolib:

Jannat ajib yuksakdir, nasib etgan insonga,
Sharobi jon rohati boldek shirin makonga.
Irqi o‘zga rumliklar — shum niyatli yomonga
 Do‘zax qa’ri lang ochiq, dinni inkor etganga.
 Mard bo‘lsang gar biz tayyor, tushgin qani maydonga,—


dedi-da, shiddat bilan dushman safiga o‘zini urib, mardlarcha jang qildi. Ja’far shahid bo‘lgach, a’lamni qo‘lga olgan Abdulloh ibn Ravoha bir oz taraddudlandi. Keyin o‘ziga xitob qilib, bunday dedi:

Qasamkim, ey nafsim, bu urushga sen,
Xohlabmi, xohlamay kirarsan albat.
Odamlar turganda bog‘lab bellarin,
nechun talpinmaysan? Joying-ku jannat.
Aslingni surishtir, sen o‘zi kimsan?
Bir tomchi harom suv erursan faqat!
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:23:21
Shundan keyin u ot surib o‘zini dushman safiga urdi, g‘animlar bilan uzoq olishib, shahid bo‘ldi. Musulmonlar safida parokandalik boshlanib, chekina boshlashgan edi, Uqba ibn Omir: "Birodarlar, orqaga chekinib o‘lgandan olg‘a intilib o‘lgan afzal!" deya ularni qaytardi. Musulmonlar maslahatlashib jasur Xolid ibn Validni o‘zlariga lashkarboshi etib saylashdi. Ular Xolidning tadbirkorligi tufayli dushman bilan mardona olishib halokatdan saqlanib qolishdi. Agar sarkarda mohir va zakiy bo‘lmasa, uch ming kishilik musulmonlar qo‘shini yuz ellik ming kishilik g‘animga bas kelishi sira mumkin emasdi. Dastlabki kuni Xolid bayroqni mahkam tutgancha jang qildi. Ertasiga u qo‘shinning safini o‘zgartirib, oldindagilarni orqaga, orqadagilarni oldinga, chap tomondagilarni o‘ngga, o‘ng tomondagilarni esa chapga o‘tkazdi. Bu o‘zgarishdan bexabar rumliklar musulmonlarga yordamga kelibdi, deya yuraklariga g’ulg’ula tushdi. Xolid paytdan foydalanib qo‘shinni Mu’taga chekintirdi va yetti kungacha dushman bilan jang qilib turdi. G’anim musulmonlar bilan urushishdan voz kechib orqaga qaytdi. Ular musulmonlarni ta’qib etib, cho‘lning ichkarisiga kirib qolishdan, jazirama issiqda suvsizlikdan halok bo‘lishdan qo‘rqishdi. Shu zayil Xolid ibn Validning mohirona qo‘llagan tadbirlari tufayli urush o‘z-o‘zidan barham topdi. Bu xabar hali yetib bormay turib, payg‘ambar alayhis-salom suyukli sahobalari shahid bo‘lganini odamlarga aytdilar: "Dastlab Zayd a’lambardor edi, o‘ shahid bo‘lgach, tug‘ni Ja’far oldi, undan keyin Abdulloh ibn Ravoha bayroqdor bo‘ldi, afsuski, ular shahid bo‘lishdi, — deya ko‘zlaridan shashqator yosh to‘kdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:23:29
— Shundan keyin a’lamni Ollohning qilichlaridan biri (Xolidning sifati shunday edi) o‘z qo‘liga oldi. Olloh ularga g‘alaba ato etdi". Shu payt bir odam kelib: "Ja’farning oilasidagi ayollar ovoz chiqarib yig‘lashyapti", dedi. Rasululloh ularni yig‘idan qaytarishni buyurdilar. Xabarchi: "Urinib ko‘rdim, lekin foydasi bo‘lmadi", dedi. Rasululloh ikkinchi marta ularga sabr tilab, yig‘idan qaytarishni tayinladilar. Biroq, xabarchi urinishidan hech qavday naf chiqmaganini aytib keldi. Shunda rasululloh "Agar yig‘idan to‘xtashmasa, og‘izlariga tuproq tiq", dedilar.
Qo‘shin yetib kelganda kutib olgani chiqqan sahobalar ularni qochoqlikda ayblashdi, lekin payg‘ambar alayhis-salom bu fikrni rad etib, jangchilarni g‘oliblar deb maqtadilar. Madinada qolganlar qo‘shinning o‘z jonini saqlab chekinganini mag‘lubiyat deb hisoblashdi, biroq rasululloh bu jangda ishlatiladigan harbiy usul deb, Xolidning tadbirkorligiga ofarin aytdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:23:40
QO’SHIN YUBORISH

Shu yilning jumodul oxir oyida Huzoa qabilasining odamlari Madinaga hujum qilish uchun Vodil Quroning orqa tomoniga to‘planayotgani haqidagi xabar payg‘ambar alayhis-salomga yetib keldi. Rasululloh ularga qarshi Amr ibn Os boshchiligida uch yuz muhojirni yubordilar. Bu qo‘shinga madad berish uchun ketma-ket Ubayda ibn Jarroh boshchiligida ikki yuz kishilik qo‘shin jo‘natdilar. Ularning orasida Abu Bakr, Umar ibn Xattob ham bor edi. Oldin ketgan qo‘shin dushman tuprog‘iga qadam qo‘yib ulgurmay orqadagilar yetib kelishdi.
Jangchilardan ba’zi birlari gulxan yoqmoqchi bo‘lganida Amr ibn Os ruxsat bermadi. Umar ibn Xattob shu zahoti lashkarboshiga e’tiroz bildirdi. Abu Bakr o‘rtaga tushib: "Sen bilan mendan ko‘ra Amr ibn Os jang qoidasini yaxshiroq bilgani uchun rasululloh uni bizga bosh qilib yubordi. O’chakishib, uning ishiga xalal berma", dedi. Umar ibn Xattob uning gapiga ko‘nib, lashkarboshining amriga itoat etdi. Musulmonlar qo‘shini sezdirmay borib, dushmanga to‘satdan hujum qildi; qisqa muddatli jangdan keyinoq g‘anim safi to‘zib ketdi. Musulmonlar betartib qochayotgan dushmanning orqasidan quvlamoqchi bo‘lgan edi. Amr ibn Os ruxsat bermadi. G’animatlarni yig‘ib, Madinaga qaytishni buyurdi. Yo‘lda kelayotganlarida lashkarboshi junub bo‘lib qoldi. Kechasi qattiq sovuq turgan, yuvinishning iloji yo‘q edi. U Ollohning Baqara surasidagi 195-oyatda: "O’zimglarni o‘zinglar halok etmanglar", degan nasihatiga amal qilib, zahrli kunda yuvinib, shamollab qolishdan o‘zini asrash uchun tayammum bilan kifoyalandi. Shu holicha qo‘shinga imom bo‘lib namoz o‘qiyverdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:23:53
Ular Madinaga yetib kelganlarida rasululloh odatlaricha safarda nimalar bo‘lganini so‘rab-surishtirdilar. Sahobalar Amr ibn Osdan norozi bo‘lib, izg‘irinli kechalarda gulxan yoqtirmaganidan, qochayotgan dushmanning orqasidan quvishga yo‘l qo‘ymaganidan, junub holatida namoz o‘qiganidan shikoyat qilishdi. Payg‘ambar alayhis-salom Amr ibn Osdan nega bunday qilganini so‘radilar. "Dushman sonimiz ozligini bilib qolmasin deb o‘t yoqishga ruxsat bermadim, yo‘lda ganimning pistirmasi bo‘lishi mumkinligidan xavfsirab qochayotganlarning orqasidan quvishni ta’qiqladim, Ollohning Qur’ondagi: "O’zinglarni o‘zinglar halok etmanglar", degan oyatiga binoan g‘usldan o‘zimni tiydim, yuvinsam sovuqda shamollab o‘lishim mumkin edi. Shu sababli tayammum qilib namoz o‘qiyverdim", dedi lashkarboshi. Payg‘ambar miyig‘ida kulimsirab, Amr ibn Osni. aql bilan ish tutgani uchun maqtadilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:24:06
QO’SHIN YUBORISH

Shu yilning rajab oyida rasululloh Abu Ubayda Omir ibn Jarroh boshchiligida uch yuz kishilik qo‘shinni Qizil dengiz bo‘yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga jo‘natdilar. Yil og‘ir kelib, qahatchilik bo‘lgani uchun qo‘shinga faqat xurmo berildi xolos. Ular dengiz bo‘yiga kelib, o‘n besh kun turishdi. Juhayna qabilasining odamlari tarqab ketgan, urushadigan kimsadan darak yo‘q edi. Qo‘shinning yemishi tugab, odamlar daraxtlarning yaproqlarini suvda ivitib yeyishdi. Qo‘shinda Qays ibn Sa’d ibn Uboda degan mard yigit bo‘lib, u uch kun mobaynida uchta tuyasini so‘yib, odamlarga yedirdi. To‘rtinchi kuni yana tuya so‘yishga chog‘langanda lashkarboshi Abu Ubayda ko‘nmadi, chunki Qays tuyalarni otasining nomidan qarzga olib so‘yayotgan edi. Abu Ubayda Madinaga qaytganda Qaysning otasi bu qarzlarni tan olmasligi mumkinligidan qo‘rqdi. "Otam hamisha birovlaring qarzini to‘lab, och-nahorlarning qornini to‘ydirib yuribdi. Nahotki nochor ahvolga tushib qolgan sahobalar uchun" olgan qarzimni uzmaydi, deb o‘ylaysiz", deya norozilik bildirdi Qays. Lashkarboshi shunda ham uning otasi nomidan birovlarga muruvvat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymadi. Ko‘p o‘tmay qo‘shin jangu jadalsiz Madinaga qaytdi. Qays yuz bergan voqealarni aytib, sahobalar ochlikdan qiynalishganini so‘zlaganda, otasi: "Mol so‘yib bermadingmi?" deb so‘radi. Qays lashkarboshi bilan o‘rtalarida bo‘lgan gap-so‘zlarni aytdi. Qaysning otasi o‘g‘lining kamxarjlik qilganidan qattiq ranjidi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:24:19
MAKKANING FATH ETILISHI

Olloh taolo biron ishni ro‘yobga chiqarishni iroda qilsa, sabablarini hozirlab, to‘siqlarini bartaraf etadi. Payg‘ambar alayhis-salom quraysh xalqi bo‘ysunmaguncha arablar yalpisiga bo‘ysunmasligini, Makka u kishining izmiga o‘tmaguncha boshqa shaharu o‘lkalar itoat etmasligini yaxshi bilar, shu bois tezroq Makkani fath etish fikrida edilar. Biroq u zoti muborak va’dasiga qat’iy amal qiladigan kishi bo‘lganlari uchun Hudaybiyada qurayshlar bilan tuzilgan sulh shartnomasiga binoan bu niyatlaridan o‘zlarini tiyib turardilar. Dunyoning izmi parvardigori olamning ixtiyorida, u nimani iroda qilsa, amalga oshiradi, istagan ishiga ma’lum sabab va qulayliklar yaratib beradi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:24:31
Ma’lumki, yuqorida zikr etilgan sulhdan keyin Huzoa qabilasi musulmonlarning, Bakr qabilasi qurayshlarning himoyasiga olingan edi. Johiliyat davrida bu ikki qabila bir-biri bilan yovlashib, muttasil qir-pichoq bo‘lib yurishardi. Islom dini dunyoga kelgach, ularning o‘rtasidagi adovat bosilib, surunkali urush janjallar barham topgan edi. Mana shunday tinch-osuda kunlarning birida Bakr qabilasining bir odami payg‘ambar alayhis-salomni mayna qilib ashula aytdi. Huzoa qabilasidagilardan bir kishi buni eshitib, ashulachini do‘pposladi. Bu narsa necha yildan beri bosilib, usti bitib qolgan eski yaradek kin-adovatni yana qo‘zg‘atib yubordi. Bani Bakr qabilasi ko‘hna alamlarini eslab, shu bahonada dushmanidan o‘ch olish niyatida urush harakatiga tushib, ittifoqchisi qurayshlardan yordam so‘radi. Qurayshlar maxfiy ravishda ularga odam, qurol-yarog‘ jo‘natishdi. Bakr qabilasi Huzoa qabilasiga hujum qilib, tinchgina yashayotgan yigirma chog‘li odamni o‘ldirdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:25:06
Huzoa qabilasi payg‘ambar alayhis-salomga Amr ibn Salim boshchiligida elchilar yuborib, bani Bakr bilan qurayshlarning xiyonatkorona qilmishlarini ma’lum qilishdi. Rasululloh bu xabardan qattiq xafa bo‘ldilar hamda elchilarga: "Sizlarni o‘zimni asragandek asrayman", dedilar. Qurayshlar o‘ylamasdan qilgan ishi usun afsuslanishdi va yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizlikning oldini olish maqsadida Abu Sufyon ibn Harbni Madinaga yuborishga qaror qilishdi. Abu Sufyon ikki qabila o‘rtasida yuz bergan qirg‘indan payg‘ambar alayhis-salom hali bexabar degan o‘yda bemalol Madinaga kelib, rasulullohning nikohidagi qizi Ummu Habibaning uyiga tushdi. Abu Sufyon payg‘ambar alayhis-salomning palosida o‘tirmoqchi bo‘lgan edi, qizi uni tortib oldi. Abu Sufyon: "Qizim, bu palosni ayaganingmi yoki meni ayaganingmi?" deb so‘radi. Ummu Habiba: "Otam bo‘lsang ham rostini aytay: sen mushrik, nopok odamsan. Senday odam payg‘ambarning palosida o‘tirishi mumkin emas", dedi. Abu Sufyon qattiq ranjib: "Qizim, sen mendan ayrilgandan keyin aynib ketgan ekansan", dedi-da, shartta uydan chiqib ketdi va to‘ppa-to‘g‘ri masjidga borib, payg‘ambar alayhis-salomga uchrashdi, tashrifining sababini aytib, sulh muddatini uzaytirishni taklif etdi. "Biron gap bo‘ldimi?" deb so‘radilar rasululloh. "Yo‘q hech narsa bo‘lgani yo‘q", deb javob berdi Abu Sufyon. "Unday bo‘lsa avvalgi sulh bo‘yicha ish tutamiz, uning muddatini o‘zgartirishning hojati yo‘q", deya gapni cho‘rt kesdilar sarvari olam.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:25:32
Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan Abu Sufyon muhojirlarning boshliqlariga uchrashib maqsadini amalga oshirish uchun ko‘mak so‘radi, biroq ularning hammasi xuddi kelishib olishgandek aynan rasulullohning javobini berishdi. Ko‘zlangan maqsadiga erisholmagan Abu Sufyon noiloj Makkaga qaytib ketdi. Makkadagalar esa: "Sen aynib, Islom diniga kirib ketganga o‘xshaysan", deb unga malomat toshini yog‘dirishdi. Abu Sufyon o‘zini oqlash uchun butlarning oldida cho‘qinib qasam ichdi.
Payg‘ambar alayhis-salom esa sahobalarga safar tadorikini ko‘rishni buyurdilar. Makkaga otlanganliklarini faqat Abu Bakrga aytdilar. "Ey rasululloh, qurayshlar bilan o‘rtamizda imzolangan shartnoma bor-ku", dedi Abu Bakr ajablanib. "Ha, bor, dedilar rasululloh. — Lekin qurayshlar shartnomani buzishdi-ku". Shundan keyin payg‘ambar alayhis-salom Madina atrofidagi qirlarda yashovchi arablarni safarbarlikka da’vat etib: "Kimki Ollohga va oxirat kuniga ishonarkan, ramazon oyida Madinaga jam bo‘lsin", dedilar. RasululLohning chaqirig‘ini eshitgan Aslam, G’ifor, Muzayna, Ashja’, Juhayna qabilalarining vakillari Madinaga to‘planishdi. Bu xabar ovoza bo‘lib, qurayshlar harbiy safarbarlik e’lon qilishi mumkinligini o‘ylab, rasululloh niyatlarini pinhon tutdilar. Sarvari olamning ko‘nglida Makkada qon to‘kish emas, balki Xudoning muqaddas dargohining hurmatini saqlagan holda qurayshlarni tinch yo‘l bilan itoat qildirib, imonga keltirish niyati bor edi. U kishi Xudoga yolborib: "Ey Parvardigor, men yetib borguncha ayg‘oqchilar makkaliklarni ketayotganimizdan xabardor etib qo‘yishlaridan asragin", deya iltijo qildilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:25:59
Badr g‘azotida qatnashgan sahoba Hotab ibn Abi Bultaa payg‘ambar alayhis-salomning Makkani fath etish uchun katta qo‘shin to‘plab yo‘lga chiqayotganlari haqida xat yozib bir ayoldan yashirincha jo‘natib yubordi. Bu hodisa rasulullohga vahiy orqali ma’lum bo‘ldi. Josus ayolni qaytarib kelish uchun darrov Ali, Zubayr, Miqdodlar yuborildi. Ular Hox nomli bog‘ oldida josus ayolni quvib yetishdi-da, xatni talab qilishdi, biroq u surbetlik bilan yonida hech qanday xat yo‘qligini aytib, jinoyatini tan olmadi. Ta’qib etuvchilar yaxshilikcha xatni bermasa,  yechintirib tintishlarini aytgandan keyingina u noiloj sochining orasiga yashirilgan xatni chiqarib berdi. Ta’qib etuvchilar xatni payg‘ambar alayhis-salomga topshirishgach, u kishi Hotabni chaqirtirib, xiyonatkorligining sababini so‘radilar. "Ey rasululloh, men qurayshlardan emasman, muhojirlar quraysh qabilasidan, — dedi Hotab. — Muhojirlarning Makkada qolgan bola-chaqalarini qanotiga oladigan yaqinlari bor, mening u yoqda hech kimim yo‘q. Qurayshlar qilgan yaxshiligim evaziga u yoqda qolgan bola-chaqalarimga muruvvat ko‘rsatisharmikan, degan umidda yashirincha xat jo‘natganman. Lekin murtad bo‘lib dindan qaytganim yo‘q".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:26:17
Rasululloh: "Hotab rostini aytdi", dedilar. U zoti muborakning josusga muruvvat ko‘rsatib mehribonchilik bilan gapirishlari Umar ibn Xattobning zardasini qaynatib yubordi. "Ey rasululloh, ijozat ber, men bu munofiqning kallasin olay", dedi u sakrab o‘rnidan turarkan. "Hotab Badr g‘azotida qatnashgan, — dedi rasululloh. Olloh taolo Badr g‘azotida qatnashganlarning qay ahvolga tushganini bilgani uchun bundan buyon istagan ishinglarni qilinglar, sizlarni mag‘firat qildim, deganidan xabaring yo‘qmi? Bu haqda parvardigori olam Mumtahina surasining: "Ey mo‘minlar, mening dushmanimni va dushmanlaringizni do‘st tutmang. Ular sizlarga kelgan haqiqatni inkor, etishgan-ku. Ularga do‘stlik ko‘rsatsanglar parvardigoringiz Ollohga imon keltirganingiz uchun payg‘ambar bilan sizlarni yurtingizdan haydab chiqarishadi. Agar sizlar mening yo‘limda kurashish va mening roziligimga erishish uchun otlangan bo‘lsanglar, ular bilan qanday do‘st tutinishingiz mumkin? Men sizlar pinhon saqlagan va oshkor etgan narsalarni bilaman. Qay biringiz ularga do‘stlik ko‘rsatsa, u to‘g‘ri yo‘ldan adashgan bo‘ladi", degan birinchi oyatini nozil qildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:26:32
Payg‘ambar alayhis-salom Ramazon oyining o‘rtasida katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar. Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktumni bosh qilib qoldirdilar. Islom qo‘shini o‘n ming kishidan iborat edi. Ular Abvo degan joyga yetib kelganlarida rasulullohning ashaddiy dushmanlaridan ikkitasi uchrab qoldi. Ulardan biri Badr jangida qatnashgan Ubayda ibn Horisning qarindoshi, rasulullohning amakivachchasi Abu Sufyon ibn Horis ibn Abdulmuttalib; ikkinchisi u kishining xotinlari Ummu Salamaning qarindoshi Abdulloh ibn Abu Umayya ibn Mug‘ira edi. Bu ikkovlon musulmon bo‘lish uchun rasulullohning huzurlariga kelishayotgan ekan. Payg'ambar alayhis-salom ularni behad quvonib qarshi oldilar. "Bugun sizlar sira ham ayblanmaysizlar. Olloh sizlarni mag‘firat qilsin! Olloh eng marhamatli zotdir", dedilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:26:41
Qo‘shin yo‘lida davom etib Qudayd degan joyga kelganda payg‘ambar alayhis-salom sahobalarning ochlikdan behad qiynalib ketishganini ko‘rib og‘iz ochishni buyurdilar, o‘zlari ham ovqatlandilar. Yo‘lda bola-chaqalarini olib Madinaga ketayotgan amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib uchradi. Rasululloh u kishiga bola-chaqasini Madinaga jo‘natib, o‘zi Makkaga qaytishini maslahat berdilar. Qo‘shin Maruzahron degan joyga yetib kelganda payg‘ambar alayhis-salom o‘n mingta gulxan yoqishni buyurdilar. Quraysh mushriklari Muhammad had-hisobsiz qo‘shin bilan kelayotgan ekan, degan xabarni eshitgach, vaziyatni bilib kelishga Abu Sufyon ibn Xarb, Hakim ibn Hizom, Budayl ibn Vaqoni yuborishdi. Ular Maruzahronga kelib xuddi Arofat*da yoqiladigandek son-sanoqSyz gulxanlarni ko‘rishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:27:03
Abu Sufyon: "Bu gulxanlar Arofatning gulxanlariga o‘xshaydi", dedi. Budayil ibi Varqo: "Amr aymog‘ining gulxanlari bo‘lsa kerak", dedi. "Bani Amr aymog’ining bunchalik ko‘p gulxan yoqadigaya odami yo‘q," degan e’tiroz bildirdi Abu Sufyon. Kuzatib turgan musulmon soqchilari ularni ushlab olib, rasulullohning huzurlariga olib borishdi. Abu Sufyon imon keltirib musulmon bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salom Abbosga: "Abu Sufyonni ikki tog‘ oraligiga olib bor, musulmon birodarlarini ko‘rsin", dedilar. Abbos Abu Sufyonni aytilgan joyga olib keldi. Ularning oldidan har bir qabila lak-lak odami bilan gulduros solib o‘tardi. Abu Sufyon har bir to‘p qaysi qabilaning odami ekanini so‘rab-surishtirdi. Ansorlarning qabilasi o‘tayotganda tug‘ ko‘targan Sa’d ibn Uboda: "Ey Abu Sufyon, bugun qonli urush bo‘ladigan, Ka’bada qon to‘kishga ruxsat beriladigan kun", dedi. Abu Sufyon esa unga javoban: "Ey Abbos, Ka’bada urush qilish ta’qiqlangan kun kunlarning eng yaxshisi", dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:27:12
Rasululloh eng kichik guruh safida kelar, ularning bayroqdori Zubayr ibn Avvom edi. Abu Sufyon rasulullohga Sa’dning gapini aytdi. "Sa’d bekorlarni aytibdi, dedilar rasululloh. Bugun Ollohning Ka’basi ulug‘lanadigan, uning ustiga yopinchiq yopiladigan kun". Payg‘ambar alayhis-salom o‘z guruhining a’lamini Makkaning quyi tomonidagi Xujun tog‘iga qadashni, Xolid ibn Validga shaharning past, Kuday tomonidan kirishni buyurdilar. O’zlari esa bir guruh odam bilan Tepa, Kudo’ tomondan kirib bordilar.
Jarchi oldinda yurib kimki o‘z hovlisiga yoki masjidga kirib olsa, omon qolajagini, Abu Sufyonning uyiga kirgan odamga ham teginilmasligini e’lon qildi. Shu tarzda omonlik berish rasulullohning o‘zlariga xos fazilatlari edi. Faqat musulmonlarga ko‘p zarar yetkazgan, gunohi haddan tashqari og‘ir kishilar bundan mustasno bo‘lib, ular muqarrar o‘ldirilishi e’lon qilindi. Abdulloh ibn Sa’d ibn Abiy Sarh shundaylarning biri edi. Islomning avvalida musulmon bo‘lgan bu odam vahiylarni yozadigan kotib edi. Keyinchalik murtadlik ko‘chasiga kirib: "Muhammad Aliymun Hakiym, deb yoz deganda, G’ofurun Rahiym, deb yozsam ham mayli, bunisi ham bo‘laveradi degan", deya rasullulohga tuhmat qilgan. Ikrima ibn Abu Jahl, Safron ibn Umayya, Hubor ibn Asvad, Horis ibn Hishom, Zuhayr ibn Abu Umayya, Ka’b ibn Zuhayr, Hamzaning qotili Vahshiy, Abu Sufyonning xotini Hind va yana bir guruh kishilar shunday noma’qulchiliklar qilishgan. Garchand bunday kimsalarning gunohi katta bo‘lsa-da, payg‘ambar alayhis-salom tig‘ ko‘tarib qarshilik ko‘rsatmagan odamni o‘ldirishni qat’iyan man etdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:27:23
Xolid ibn Valid boshchiligidagi qo‘shin quraysh mushriklarini vahimaga soldi, shu bois qanday bo‘lmasin uni chekintirish niyatida askar to‘plab jang qilishdi. Qisqa to‘qnashuvdayoq mushriklardan 24 kishi o‘ldi, musulmonlardan esa ikki kishi shahid bo‘ldi. Xolid ibn Valid boshchiligidagi Islom askarlari Makkaning quyi tomonidan hujum qilib kirib kelishdi.
Payg‘ambar alayhis-salom boshchiligidagi qo‘shin esa sira ham qarshilikka uchramadi. Rasululloh peshonalari tuyaning o‘rkachiga tekkuncha, boshlarini quyi solganlaricha Ollohga tavozu qilib, parvardigorning ne’matlariga qayta-qayta shukronalar aytar edilar. Bu quvonchli hodisa ramazonning yigirmasida, jum’a kunining tong pallasida yuz berdi. Hajun degan yerga yetganda rasululloh tuyadan tushib, alam tiktirdilar, o‘z dargohlarini ham shu yerga qurdirdilar. Ummu Salama bilan Maymuna payg‘ambar alayhis-salomga hamroh bo‘lib, birga safarga chiqishgan edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:27:39
Musulmonlar bir oz hordiq chiqargach, rasululloh Abu Bakr Siddiq bilan birga gaplashib, Fath surasini o‘qib, Ka’ba ziyoratiga ravona bo‘ldilar. Tuyaning ustidan tushmay Ollohning ziyoratgohini yetti marta tavof etdilar hamda asolari bilan Hojarul Asvadni istilom qildilar. Baytullohning atrofiga 360 but tiklangan edi. Rasululloh qo‘llaridagi aso bilan haykallarni nuqib: "Endi Islom dini dunsga keldi, butparastlik zavol topdi, u qayta tiklanmaydi", dedilar. So‘ngra butlarni olib tashlashni buyurdilar. Musulmonlar u kishining amrini shu zahoti bajo keltirishdi. Navbat qo‘llarida taqsim (fol ko‘rish) o‘qlarini tutgan Ibrohim va Ismoil alayhis-salomning haykaliga kelganda odamlar nima qilarini bilmay dovdirab qolishdi. "Olloh mushriklarni juvonmarg qilsin! — dedilar payg‘ambar alayhis-salom. — Ibrohim bilan Ismoil taqsim o‘qlarini ishlatishmaganini mushriklarning o‘zlari ham juda yaxshi bilishadi. Qo‘rqmay olib tashlayveringlar." Bu Ka’baning birinchi marta butlardan tozalangan sharafli kun bo‘lib qoldi. Barcha arab xalqi tomonidan ulug‘lanadigan muqaddas Ka’ba chin ma’nodagi ziyoratgohga aylandi. Ba’zi bir joylarni hisobga olmaganda arab zaminida butparastlik tugatildi.

______________
*Arofat — Makkadan 22 chaqirim olisdagi vodiy. Haj mavsumida shu yerda quyosh botguncha turish haj ibodatining muhim farzlaridan biri hisoblanadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:27:56
RASULULLOHNING MURUVVATLARI

Payg‘ambar alayhis-salom Ka’baning ichiga kirib takbir aytdilar. Maqomi Ibrohimda ikki rakaat namoz o‘qiganlaridan keyin obizamzam ichdilar va masjidga kirib o‘tirdilar. Odamlar rasulullohning atrofiga yig‘ilib, u kishiga juda ko‘p aziyatlar yetkazgan, yurtlaridan haydab chiqargan, har qadamda bir shumlikni ko‘zlab urushgan quraysh mushriklariga qanday muomala qilishlarini kutib turishardi. Mana shu qaltis vaziyatda sarvari olamning shunday bebaho fazilatlari namoyon bo‘ldiki, bundan har bir musulmon faqat biron maqsadni ko‘zlab emas, balki har qanday vaziyatda Olloh uchun xolis turish lozimligini o‘rganishi kerak. Payg‘ambar alayhis-salom yig‘ilganlarga: "Ey quraysh xalqi, meni hozir nima qiladi, deb o‘ylayapsizlar?" deb so‘radilar. Odamlar: "Sen mard qarindoshimizning o‘g‘lisan. Mard qarindoshimiz bizga yaxshilik qiladi, deb o‘ylayapmiz", deyishdi. Rasululloh: "Bo‘pti, sizlar o‘ylagancha bo‘la qolsin. Boringlar, hammangiz ozodsizlar!" deya muruvvat ko‘rsatdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:28:36
Xudo rahmat qilgur imom Busayiriyning "Hamziya" qasidasida bunday misralar bor:

Haq uchun bo‘lsa muhabbat, nafrati insonning,
Unga baribir erur hukm etganda yotu o‘z.
Maqtovlardan mast bo‘lib, g‘ururlanmas payg‘ambar,
Ranjimaydi aytsa gar yovuz kimsa yomon so‘z.
Zolimlardan olsa qasd, xo‘rliklarga chidolmay,
To‘kilardi begumon daryo-daryo qizil qon.
Har bir ishda Ollohning rizosini ko‘zlab u,
Vafoga ham jafoga adolat bo‘ldi qalqon.
Fazlu karam bobida betimsol edi asli,
Xushchiroyu husnixulq, hech ishida yo‘q nuqson.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:29:10
Payg‘ambar alayhis-salom nutq so‘zlab, islom dinining ayrim muhim masalalari ustida to‘xtalib o‘tdilar: "Kofirlarning badaliga musulmon o‘ldirilmaydi. Dini boshqa odamlar bir-biriga merosxo‘r bo‘lmaydi. Hech kim otasi yoki onasining hamshirasi (egachi-singlisi)ga uylanishi mumkin emas. Da’vogar dalil ko‘rsatsa, javobgar qasam ichishi lozim. Ayol kishi mahramsiz uch kunlik safarga chiqishi mumkin emas. Bomdoddan keyin kun chiqquncha, asrdan keyin kun botguncha namoz o‘qib bo‘lmaydi. Qurbon hayiti va ramazon hayiti kunlari ro‘za tutilmaydi. Ey quraysh jamoasi, Olloh taolo sizlardagi johiliyat davridagi kibru havoni, otalaringiz bilan faxrlanish hissini yo‘qotdi. Hammangiz odam bolalarisizlar, odam esa tuproqdan yaratilgan". Shundan keyin rasululloh Hujrot surasining 13-oyatini o‘qidilar: "Ey insonlar, biz sizlarni bir erkak bilan bir ayoldan yaratdik. O’z aro tanishib, bilishishinglar uchun ko‘pgina millat va urug-aymog‘ qildik. Eng taqvodor bo‘lganingiz Ollohning dargohida eng hurmatli hisoblanasizlar. Olloh esa hamma narsani bilguvchi, hamma narsadan xabardor zotdir".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:29:19
Bu gaplardan ta’sirlangan odamlar musulmon bo‘lib, payg‘ambar alayhis-salomga bay’at qila boshlashdi. Muoviya ibn Abu Sufyon bilan Abu Bakr Siddiqning otasi Abu Qahofa ham shu kuni imon keltirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning islom diniga kirganidan benihoya xursand bo‘ldilar.
Bay’at qilish uchun bir odamning dag‘-dag‘ titrayotganini ko‘rgan rasululloh: "Qo‘rqma, men podshoh emasman. Quritilgan go‘sht yeydigan quraysh xotinning bolasiman", dedilar.
Payg‘ambar alayhis-salom o‘limga hukm etgan kimsalarga bu olam tangu tor bo‘ldi, lekin u zoti muborakning hukmlari odil va haqli edi. Bundaylarning bir qismi Ollohning iltifoti tufayli imon keltirib, jonini saqlab qoldi. Abdulloh ibn Sa’d ibn Abiy Sarh emikdosh qarindoshi Usmon ibn Affonga yolborib rasululohdan omonlik olib berishini o‘tindi. To Makkada osoyishtalik o‘rnatilguncha Usmon ibn Affon Abdullohni o‘z uyiga yashirib qo‘ydi. Keyin uni payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga olib bordi-da: "Ey rasululloh, men qarindoshimga omonlik berdim, sen uning bay’atini qabul qilgin", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom xuddi uning gapini eshitmagandek teskari qarab oldilar. Usmon iltimosini bir necha marta takrorladi, rasululloh har gal yuzlarini ters buraverdilar. Lekin Usmon juda ham hokiturob bo‘lib yolboravergach, oxiri uning yuz xotiri uchun Abdullohning gunohidan kechdilar. Usmon bilan Abdulloh chiqib ketgach, sarvari olam sahobalarga: "Birontangiz Abdullohning kallasini olarmikinsiz deb teskari qarab olsam, nega jim turaverdinglar?" dedilar. "Nega bizga ishora qilib qo‘ymadingiz?" deyishdi sahobalar. "Payg‘ambar ko‘zi xiyonat qilishi mumkin emas", deya ularga tanbeh berdilar rasululloh.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:29:40
Ikrima ibn Abu Jahl Makka fath etilgandan keyin qochib ketdi. Uning xotini Ummu Hakim Makka fath etilishidan avval musulmon bo‘lgan edi. Ummu Hakim sarvari olamdan eri uchun omonlik olgach, izlab yo‘lga tushdi. Izlay-izlay nihoyat uni dengiz sohilida kemaga chiqmoqchi bo‘lib turganda topdi. "Men senga dunyodagi eng yaxshi, yangi odil odamdan omonlik olib keldim. O’zingni o‘zing juvonmarg qilmay men bilan birga yur", dedi Ummu Hakim. Ikrima xotinining gapiga ishonib Makkaga qaytib bordi. Payg‘ambar alayhis-salom uni ko‘rib: "Musulmon bo‘lib, bizga hijrat qilib kelgan odamni quchoq ochib kutib olamiz", deya o‘rinlaridan turib ketdilar. Ikrima imon keltirib, ilgarigi gunohlari uchun payg‘ambar alayhis-salomdan o‘ziga istigfor aytishlarini o‘tindi. Rasululloh uning iltimosini bajo keltirdilar. Shu kundan e’tiboran Ikrima islom uchun astoydil jon koyitadigan musulmonlardan biriga aylandi.
Hubar ibn Asvad qochib gadoy topmas bir pastqamlikka yashirindi. U payg‘ambar alayhis-salom Makka bilan Toif oralig‘idagi Ji’ronada turgan paytlarida kelib: "Ey rasululloh, men Eronga qochib ketmoqchi edim, lekin sening silai-rahmingni, dilingni ranjitganlarning ham gunohidan o‘tishingni eshitib qaytib keldim. Bizlar butparst edik. Olloh sen orqali hidoyatga erishtirdi, halokatdan qutqardi. Meni ham kenglik qilib kechirgin", dedi, "Mayli, kechirdim", dedilar payg‘ambar alayhis-salom.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:29:47
Horis ibn Hishom bilan Zuhayr ibn Aru Umayya Maxzumiyni Abu Tolibning qizi Ummu Honi himoyasiga olgan edi. Horis payg‘ambar alayhis-salomga uchrashgan paytida rasululloh seni hidoyat qilgan xudoga shukr, senday odam islomning nimaligini tushunmay qolishi mumkin emasdi", dedilar. Sarvari olamning bu gaplari Hishomning ko‘nglini tog‘dek o‘stirib yubordi. U to umrining oxirigacha islom uchun astoydil jon koyitadigan sahobalardan biriga aylandi.
Yashirinib olgan Safvon ibn Umayya musulmonlarning qasosidan qo‘rqib o‘zini dengizga g‘arq etmoqchi bo‘ldi. Amakisining o‘g‘li Umayr ibn Vahib payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib: "Ey ollohning payg‘ambari, Safvon o‘z qavmining boshlig‘i. Oldin qilgan gunohlaridan qo‘rqib o‘zini suvga g‘arq etmoqchi. Sen saxovat bilan hamma odamning gunohidan kechyapsan, unga ham omonlik bergin", deb o‘tindi. "Mayli, amakivachchanga borib ayt, gunohidan kechdim", dedilar rasululloh. "Bu gapingni isbotlaydigan biron nishona bergin", dedi Umayr. Payg‘ambar alayhis-salom sallalarini olib, uning qo‘liga tutqazdilar. Umayr sallani olib, Savfonga uchrashdi. "Ota-onam sadagang ketsin, men eng yaxshi, eng mehribon, eng muloyim, eng oqil odam — payg‘ambar alayhis-salomning yonidan keldim. U amakingning o‘g‘li, uning hurmati — sening hurmating, uning sharafi — sening sharafing, uning hokimiyati — sening hokimiyating. Yur, borib tavba qil", dedi. Safvon: "Unga ro‘para kelishdan qo‘rqaman", dedi. "Payg‘ambar alayhis-salom haddan tashqari muloyim, bag‘ri keng odam", deya uni ishontirishga urindi Umayr va omonlik berilganining nishonasi bo‘lmish sallani ko‘rsatdi. Safvon shundan keyingina payg‘ambar alayhis-salomga uchrashib: "Umayr rasululloh senga omonlik berdi, deyapti, shu gap rostmi?" deb so‘radi. "Ha rost" dedilar payg‘ambar alayhis-salom. "Unday bo‘lsa, menga o‘ylab ko‘rishga ikki oy muhlat bergin" deya iltimos qildi Safvon. Payg‘ambar alayhis-salom unga to‘rt oy muhlat berdilar. Safvon to‘rt oydan keyin kelib imon keltirdi va islom uchun astoydil xizmat qiladigan fidoyi musulmonlardan biriga aylandi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:29:56
Utbaning qizi Hind ham yashirinib olgan edi, bu urinishidan biron natija chiqmasligiga ko‘zi yetgach, kelib islom dinini qabul qildi. Payg‘ambar alayhis-salom uning hurmatini o‘rniga qo‘yib, o‘rinlaridan turib kutib oldilar. "Ey rasululloh, — dedi Hind, — men ilgari sening xalqing mag‘lub bo‘lishini istagan edim, endi sening xalqingga zafar yor bo‘lishiga tilakdoshman".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:30:15
KA’B IBN ZUHAYRNING IMONGA KELISHI

Taniqli shoir Ka’b ibn Zuhayr biron himoyachi va dalda beruvchi odam topolmay qattiq azobda qoldi. Payg‘ambar alayhis-salom Makkadan qaytganlaridan keyin Madinaga kelib islom diniga kirdi va rasulullohning huzurlarida mashhur "Qasidai burda"ni o‘qidi. Quyidagi misralar ushbu qasidadan olingan.

Umid bog‘lab kelgan do‘stlarim aytu'
Qilolmaymiz senga yordam-shafoat.
O’z holimga qo‘ying dedim ne bo‘lsa,
Peshonamga bitganini ko‘ray nihoyat.
Oxir bir kun qazo topar odamzot,
Uzoq yillar yashasa-da salomat.
Rasululloh hukm etibdi o‘limga,
Lek afv etar qilib menga inoyat.
Olloh senga berdi nurli Qur’onni,
Haq diniga qilib seni hidoyat.
Rasululloh dushman uchun Ollohning
O’tkir tig‘li qilichidir benihoyat.

Qasida shu yerga yetganda rasululloh ustilaridagi to‘nlarini yechib, shoirning yelkasiga tashladilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:30:32
Rasulullohning amakilari Hamzani o‘ldirgan Vahshiy ham imon keltirib, yaxshi musulmonlar safidan joy oldi. Payg‘ambar alayhis-salom uni qabul qilib, musulmon bo‘lgani bilan qutladilar. Abu Lahabning o‘g‘illari Utba bilan Mu’tab ham islom diniga o‘tdilar, rasululloh bu xabardan benihoya xushnud bo‘ldilar.
Suhayl ibn Amr yashirinib olgan edi, o‘g‘li Abdulloh payg‘ambar alayhis-salomdan omonlik olib berdi. "Suhayl aqlli va yaxshi odam. Bunday odam islom dininning haqiqatini anglab yetmasligi mumkin emas", deya marhamat qildilar sarvari olam. Bu gapdan qattiq hayajonlangan Suhayl: "Hudo haqqi, payg‘ambar menga juda ko‘p yaxshiliklar qildi", dedi minnatdorchilik bilan va umrining oxirigacha islom dini uchun kamarbasta bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:30:44
AYOLLARNING BAY’AT QILISHI

Payg‘ambar alayhis-salomga erkaklar bay’at qilib bo‘lgach, navbat ayollarga keldi. Ular Ollohga hech narsani sherik keltirmaslikka, o‘g‘rilik va zino qilmaslikka, bolalarini o‘ldirmaslikka, birovlardan topgan bolasini erlaridan deb turib olmaslikka, yaxshi ishlarda payg‘ambar alayhis-salomga ergashishga bay’at qilishdi. Shundan keyin rasululloh Bilolga Ka’baning ustiga chiqib azon aytishni buyurdilar. Bu Baytullohda islom dinining birinchi marta oshkora e’tirof etilishi edi. Bu kunni Olloh bergan katta ne’mati va ulug‘ g‘alabasi uchun musulmonlar hayit bayramidek ulug‘lab nishonlasalar arziydi. Makka fath etilgach, rasululloh bu yerda o‘n to‘qqiz kun turdilar, bu vaqt ichida namoz qasr* qilib o‘qildi. Payg‘ambar alayhis-salom Makkaga Attob ibn Usaydni hokim qilib, kuniga bir dirham maosh tayinladilar. "Kuniga bir dirhamga to‘ymagan qorinni Olloh sira ham to‘yg‘azmasin", derdi Attob.

_______________
*Qasr — uch kunlik safarga chiqqan kishi to‘rt rakaat farz namozini ikki rakaat qilib o‘qilishi. Hozirgi zamon ulamolari 80 kilometr masofaga safar qilgan odamni musofir hisoblashadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:31:16
UZZO, SUVO’, MANOT BUTLARINING YO’QOTILISHI

Payg‘ambar alayhis-salom Makkaga kelganlarining beshinchi kuni Xolid ibn Valid boshchiligidagi o‘ttiz nafar suvoriyni Uzzo degan butni sindirib kelishga yubordilar. Uzzo qurayshlar cho‘qinadigan eng katta but bo‘lib, Nahla degan joyga o‘rnatilgan edi. Musulmonlar uni qulatib, maydalab tashlashdi.
Rasululloh Amr ibn Osni Suvo’ butini yo‘q qilishga yubordilar. Huzayl qabilasining bu eng katta buti Makkadan uch mil olisdagi bir joyga o‘rnatilgan edi. Amr ibn Os uni yer bilan yakson qilib qaytdi.
Sarvari olam Sa’d ibn Zayd Ashhaliy boshchiligida yigirma nafar odamni Manot degan butni yo‘qotib kelishga jo‘natdilar. Bu Kalb va Xuzoa qabilasining buti bo‘lib dengiz yoqasidagi Mushallal degan toqqa o‘rnatilgan edi. Musulmonlar borib uni qulatib tashlashdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:31:29
HUNAYN G’AZOTI

Makka fath etilib butparastlik tugatilgach, arablar guruh-guruh bo‘lib islom diniga kira boshladilar. Lekin buning aksicha jaholati avj olib, musulmonlarga qasdlashgan odamlar ham talaygina edi. Havozin bilan saqif qabilasining kattazang oqsoqollarining johiliyat davridagi ko‘hna takabburligi tutib, musulmonlarga qay yo‘sin o‘zlarini tanitib qo‘yish xususida maslahat kengashiga yig‘ilishdi. Qolaversa, ularda Muhammad o‘z qavmi bilan urushishdan forig‘ bo‘ldi, endi bizga hujum qiladi, degan xavotir ham yo‘q emasdi. U urush ochishini kutmasdan biz qo‘qqisdan bostirib brraylik, degan to‘xtamga kelishib, Molik ibn Avf Nasriyni o‘zlariga bosh etib saylashdi. Molikning atrofiga turli qabilalardan juda ko‘p odam to‘plandi. Ularning orasida rasulullohning sut onasi mansub qavm banu Sa’d aymog‘i ham bor edi. Jasurligi va fahm-farosati o‘tkirligi bilan shuhrat qozongan Durayd ibn Simma ularga qo‘shilib kelgan edi. Biroq u yoshi o‘tib qolganligi sababli faqat maslahatgo‘ylikdan boshqa ishga yaramasdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:31:39
Molik ibn Avf to‘planganlarga bola-chaqasi bilan mol-mulkini birga olib yurishni buyurdi. Durayd ajablanib, buning sababini so‘radi. "Agar bola-chaqasi bilan mol-mulki yonida bo‘lsa odamlar, ularni himoya qilish uchun astoydil urushadi", deya izoh berdi Molik. Keksa jangchi afsus bilan bosh chayqab: "Mag‘lub bo‘lganlarni orqaga qochishdan hech narsa to‘solmaydi. Agar jangda g‘alaba senga yuzlansa, faqat qurol tutishga qodir erkaklargina kuninga yaraydi. Mag‘lub bo‘lsang, bola-chaqalarning uvoliga qolasan", dedi. Molik uning maslahatiga quloq solmay, jangchilarning orqasiga ayollarini saf-saf qilib tizdi, ulardan keyin tuyalarni, sigirlarni va eng orqaga qo‘ylar podasini qo‘ydi.
Lashkarboshining mo‘ljalicha bu usul jangchilarning orqaga chekinib jang maydonidan qochib ketishiga imkon bermasdi. Havozin bilan Saqif qabilalari urushga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi otlanishga qaror qildilar va o‘n ikki ming g‘oziy bilan yo‘lga chiqdilar; ularning ikki minggi Makkalik, qolganlari Madinalik sahobalar edi. Makkaliklar o‘lja — g‘animat ilinjida g‘ayratga minib, topgan ot ulovda, topmagan poyu piyoda safarga otlandi. Ularning orasida ayollar, hatto Safvon ibn Umayya Suhayl ibn Amr kabi saksonta mushriklar ham bor edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:31:47
Dushman qarorgohiga yaqinlashgach, payg‘ambar alayhis-salom g‘oziylarni safga turg‘azdilar. Muhojirlarning a’lamini Ali ibn abu Tolibga, Hazraj qabilasining a’lamini Hubob ibn Munzirga, Avs qabilasining a’lamini Usayd ibn Huzayrga tutqazdilar, boshqa qaoilalarga ham o‘z bayroqlarini berdilar. Shundan keyin ustilariga ikki qavat sovut, boshlariga dubulg‘a kiyib, xachirlariga mindilar. Musulmonlar o‘zlarining ko‘shshgidan g‘ururlanib yo‘lga tushgan edilar. Biroq ularning soni jonlariga asqotmadi, darayu jilg‘alarda tepaligu adirlarda pistirmada turgan dushman yomg‘irdek o‘q yog‘dirdi. Sarosimaga tuvdib qolgan musulmonlarning oldingi safidagilar otlarining boshini burib qocha boshladilar. Nima gapligini anglab yetmagan orqa safdagilar ham ularga ergashdi. Payg‘ambar alayhis-salom xachirdan tushmay jang maydonida turaverdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:31:55
Muhojirlar bilan ansorlarning bir qismi rasulullohning yonlaridan jilishmadi. Bular Abu Bakr, Umar, Ali, Abbos va uning o‘g‘li Fazl, Abu Sufyon ibn Horis bilan uning qarindoshi Robi’a ibn Horis, Mut’ab ibn Abilahab edi. Abbos xachirning tizginidan, Abu Sufyon egaridan ushlab payg‘ambar alayhis-salomni muhofaza etishardi.   Rasululloh musulmonlarni qochmaslikka undasalar-da, hsch kim u kishining gaplariga quloq solmas, qochoqlar uchun keng olam tangu tor o‘raga aylangan edi. Haligacha butparastlikdan voz kechmay endigina musulmonchilik ko‘chasiga qadam qo‘ygan ba’zi bir makkaliklar quvonsa, ayrimlari qattiq iztirob chekishardi.
Abu Sufyon ibn Harb: "Ular endi to dengiz sohiliga yetmaguncha to‘xtashmaydi" dedi. Safvon ibn Umayyaning ukasi quvonib: "Mana, Muhammadning sehri barbod bo‘ldi", dedi. "Og‘zingni yum, ovozing o‘chgur! — deya o‘dag‘ayladi Safvon. — Xudo haqqi, menga Havozin qabilasidan birov boshliq bo‘lganidan ko‘ra qurayshlik hukmronlik qilgani yaxshi edi. Senlar ham odammisan?" Qurayshliklardan birovi o‘tib keta turib: "Xushxabar! Muhammad bilan sahobalari adoyi tamom bo‘lishdi! Endi ular mag‘lub bo‘lishi muqarrar!" — dedi. "Sen hali badaviylarning g‘alabasidan xushxabar yetkazguvchi xabarchimisan? — deya o‘dag‘ayladi Safvon battar zardasi qaynab. Bor yo‘qol, ko‘zimga ko‘rinma. Ikrima ibn Abu jahl qurayshlik mushrikning yo‘lini to‘sib: "Musulmonlar o‘la qolsa mag‘lubiyatdan qutulolmaydi, deyapsanmi? Bu narsa sening ilkingda tugul, jatto Muhammadning ham qo‘lida emas, balki Ollohning ixtiyorida. Musulmonlar bugun yengilsa, ertaga g‘alaba qozonishi muqarrar", dedi. Suhayl ibn Amr unga e’tiroz bildirib: "Ey Ikrima, hukm chiqarishga shoshilma, bu ishning oqibati nima bo‘lishini bilmaysan-ku", dedi. Ikrima uning fikriga qo‘shilmadi. "Biz ilgari noto‘g‘ri yo‘lda adashib-uloqib yurgan, aql-hushimizni ishlatmagan edik. Na foydasi, na zarari bor butlarga cho‘qinib o‘zimizni laqillatardik. Endi ham esimizni yig‘ib olmaymizmi?" dedi u qizishib.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:32:05
Islom lashkarining oldingi safi to‘zib, musulmonlar mag‘lub bo‘lganligi haqidagi xabar Makkaga yetib bordi. Jang maydonidan qochganlar qochib, qolganlar sarosimada edi, biroq payg‘ambar alayhis-salom hamon joylaridan jilmay: "Men Abdulmuttalibning o‘g‘liman, xudoning payg‘ambariman, yolg‘onchi emasman", deb turaverdilar. Musulmonlar orasida Abbosning ovozi o‘tkir edi. Rasululloh unga: "Ansorlarni chaqir!" deb buyurdilar. Abbos bor ovozi bilan: "Ey ansorlar guruhi! Ey rizvon bay’atiga qatnashganlar!" deb qichqirdi. Uning ovozi vodiy bo‘ylab gumburlab eshitildi. Ansorlar ovoz kelgan tomonga shoshilib tuyalarining jilovini bo‘shatdilar, lekin palapartish qochayotgan arobiylar ularning yurishiga halal berishardi. Ansorlar shartta tuyalaridan tushib sovutlarini yelkalariga tashlagancha yugurib ketishdi. Hash-pash deguncha payg‘ambar alayhis-salomning atrofiga qilichu nayza bilan bir talay odam to‘plandi. Olloh taolo o‘z rasuli va musulmonlarga g‘ayrat-shijoat baxsh etdi hamda ko‘kdan ko‘zga ko‘rinmas jangchilarni yordamga tushirdi. Musulmonlar hamjihatlik bilan hujum qilib, dushmanning safini yorib o‘tdi va sira kutilmaganda shiddatli jang boshlandi. Tahlikaga tushgan g‘anim bola-chaqayu mol-holiga qaramay qocha boshladi. Musulmonlar ularni quvlab tutib olishdi, bir qismi qirib tashlandi. Dushmanning bola-chaqalari bilan jangda qatnashgan xizmatchilari asir olindi, faqat bir qismigina musulmonlar ta’qibidan qochib qutildi. Bu gazotda Xolid ibn Valid og‘ir yaralandi. Ollohning qilgan iltifotidan qattiq ta’sirlangan mushriklarning bir qismi imon keltirib, musulmon bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:32:14
Bu g‘azotning o‘ziga xos bir jihati bor edi: Qo‘shinga makkalik mushriklar, arobiylar hamda endigina musulmon bo‘lganlar ko‘pchiligi aralashib ketgan edi. Shu bois islom vakillarining g‘alaba qozonishi yoki mag‘lub bo‘lishi ular uchun baribir edi. Ular dastalbki zarbaga uchragan zahoti hamma narsadan voz kechib, o‘z , jonlarini asrashning tashvishiga tushib qolishi tabiiy bir hol edi. Agar Olloh taoloning marhamati bo‘lmasa, musulmonlarning barcha urinishlari zoe ketishi hech gap emasdi. Bu urush qo‘shin din uchun ko‘ksini qalqon qilib, sabot bilan kurashadigan va Ollohning g‘azabiga uchrashdan qo‘rqib, jang maydonini tashlab qochishdan uyaladigan kishilardan tashkil topmog‘i lozimligini isbotladi.
Jangdan keyin payg‘ambar alayhis-salom qo‘lga tushgan asir va g‘animatlarni yig‘dirdilar. Qo‘lga kiritilgan yigirma to‘rt ming tuya, qirq mingdan ortiq, qo‘y, to‘rt ming uqiyya kumush (bir uqiyya 4,37 gramm) ji’rona degan joyga to‘plandi. Hunaynda mag‘lub bo‘lgan mushriklar uchga bo‘linib, bir qismi toifga, bir qismi Naxlaga, yana bir qismi Avtosga qochib ketdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:32:49
QO’SHIN YUBORISH

Payg‘ambar alayhis-salom Avtosga qochganlarning orqasidan Abu Omir Ash’oriy boshchiligida qo‘shin yubordilar. Musulmonlar dushmanni butunlay tor-mor etib juda ko‘p g‘animatlar olib qaytishdi. Bu g‘azotda sarkarda Abu Omir shahid bo‘lib, qo‘shinga uning qarindoshi Abu Muso qo‘mondonlik qildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:33:06
TOIF G’AZOTI

Saqif va Hovozin qabilalaridan qochganlar Toif shahriga borib olishgan edi. Payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi otlangan qo‘shinga Xolid ibn Validni sarkarda etib tayinladilar-da, o‘zlari ham sahobalar bilan birga yo‘lga chiqdilar. Yo‘lda keta turib Avf ibn Molik Nasriyning qal’asidan o‘tayotganlarida sahobalarga uni buzib tashlashni buyurdilar. Saqiflik bir kishining bog‘i yonidan o‘tishayotganda bog‘bon musulmonlarga itoat etishdan bosh tortib yashirinib oldi. Rasululloh unga odam yuborib, agar yaxshilikcha chiqmasa bog’iga o‘t qo‘yib yuborilishini ayttirdi. Bog‘ egasi bosh tortgach, boqqa o‘t qo‘yib yuborildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:33:14
Musulmonlar ko‘zlangan manzilga yetib kelgach, g‘animlarning bir yilga yetadigan oziq-ovqatni g‘amlab shahar qo‘rg‘oniga yashirinib olishganini bilishdi. Musulmonlar o‘zlari; uchun qulay joyni topib qo‘r tashlashdi, lekin hali nafas rostlab ulgurishmay shahar devoriga chiqib olgan g‘animlar qattiq o‘qqa tutishdi. Musulmonlardan juda ko‘p odam yaralandi. Abdulloh ibn Abu Bakrning jarohati og‘ir bo‘lib eng omilkor tabiblarning muolijalari ham naf bermadi, oxiri otasi xalifalik taxtiga o‘tirganda shu jarohat azobidan vafot etdi. Abu Sufyon ibn Harbning bir ko‘zi oqib tushdi, ikki kishi shahid bo‘ldi.
Payg‘ambar alayhis-salom dushman yomg‘irdek o‘q yog‘dirayotganini, ajal xavfi kamayish o‘rniga battar zo‘rayotganini ko‘rgach, Toifdagi hozirgi masjid o‘rniga rafiqalari Ummu Salama bilan Zaynab uchun ikkita chodir tiktirdilar. Muhosara o‘n sakkiz kun davom etdi. Xolid ibn Valid dushmanni muborazaga (yakkama-yakka olishishga) chaqirdi. Lekin uning taklifiga hech kim javob bermadi, aksincha o‘q yomg‘iri battar kuchaydi. Saqif qabilasining oqsoqoli Abduyolil esa sarkardani mazax qilib: "Ey Xolid, xomtama bo‘lmay qo‘ya qol, sening oldingga hech kim chiqmaydi, biz qal’ada tinchgina o‘tiraveramiz. Bir necha yilga yetadigan oziq-ovqatimizni g‘amlab olganmiz. To yeguligimiz tugaguncha muhosara qilsang ixtiyoring. Hech vaqomiz qolmagandan keyin chiqib so‘nggi nafasimizgacha olishib o‘lamiz", dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:33:31
Muhosara cho‘zilib ketgach, payg‘ambar alayhis-salom manjaniqni ishga solishni buyurdilar: istehkomni portlatish uchun bir nechta sahoba dabbobalar ichiga kirdi, lekin dushman musulmonlarning urinishini chippakka chiqardi: tepadan qizdirilgan temirlarni tashlab, hujum qilayotganlarni orqaga chekintirdi. Payg‘ambar alayhis-salom dushmanning tok va xurmo daraxtlarini kesib tashlashni buyurdilar. Musulmonlar shu zahoti ishga tushib ketishdi. Qal’adagilar rasulullohga murojaat etib: "Ollohning va qarindosh-urug‘chilikning haqqi-hurmati dov-daraxtlarni kestirma", deya yolborishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Mayli, Olloh bilan qarindosh-urug‘chilikning haqqi-hurmati daraxtlarni kestirmayman", dedilar va kim qal’adan chiqsa omonlik berilishini, uning joniga ham, mol-mulkiga ham dahl qilinmasligini aytdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 26 Fevral 2007, 00:33:41
Qo‘rg‘on devoridan o‘ntacha odam osilib tushdi. Yaxshi qurollangan dushmanning qattiq qarshilik ko‘rsatishi sababli muhosara uzoqqa cho‘zilib ketishi mumkinligidan tashvishlangan payg'amoar alayhis-salom Navfal ibn Muoviya Daylini chaqirib, qamalni davom ettirish kerakmi yoki orqaga qaytgan ma’tsulmi deya maslahatlashdilar. Navfal: "Ey rasululloh, iniga bekinib olgan tulkini poylab turaversang, oxiri tutib olasan, bordiyu tashlab ketsang, u senga biron ziyon-zahmat yetkazmaydi", dedi. Uning gapi ma’qul tushib rasululloh qo‘shinni chekintirishga buyruq berdilar. Ajablangan ba’zi sahobalar saqifliklarni duoibad qilishni so‘rashdi. Lekin sarvari olam parvardigorga yolborib: "Ey Olloh, saqif xalqini hidoyat qilgin, ular ham musulmon bo‘lib, huzurimga kelishsin", deya yaxshi tilak tiladilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 13:01:58
O’LJALARNING TAQSIMLANISHI

Payg‘ambar alayhis-salom Ji’ronaga qaytib, g‘animalarning hisobini olgach, teng beshga bo‘ldilar. Islom dini hali diliga butunlay em bo‘lib ulgurmagan kishilarning ko‘nglini ovlash uchun ularga ko‘proq ulush berdilar. Hali imon keltirmagan odamlarni musulmonchilikka moyil qilish uchun bir talay narsa ulashdilar. Oldingi safda turgan Abu Sufyonga qirq uqiyya oltin bilan yuzta tuya berildi. Abu Sufyonning o‘g‘illari Muoviya bilan Yazidga ham shuncha narsa ulashildi. Abu Sufyon: "Ey rasululloh, ota-onam sadag‘ang ketsin, sen tinch-totuv paytida ham, urushda ham bir xilda madad ekansan", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom Hakim ibn Hizomga ham Abu Sufyonga berganchalik narsa ajratdilar. Hakim yana shuncha narsa berishni so‘ragan edi, payg‘ambar alayhis-salom o‘ylab o‘tirmay rozi bo‘ldilar. Hakim bunga ham qanoat qilmay yana shuncha so‘radi, rasululloh hech ikkilanmay uning talabini qondirganlaridan keyingina: "Ey Hakim, mol-mulk degan ko‘zga chiroyli ko‘rinadigan, shirin narsa. Ko‘zi to‘qlik bilan olsa barakasi bo‘ladi, ochko‘zlik bilan olsa, barakasi bo‘lmaydi. Mol-mulkka o‘ch odam yeb to‘ymas ochopatga o‘xshaydi. Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroq", dedilar. Hakim dastlab berilgan yuz tuyani olib, qolganini qaytardi. "Seni haq payg‘ambar qilib yuborgan Ollohning nomi bilan qasam ichamanki, sendan keyin to dunyodan o‘tganimcha birovdan sariq chaqalik narsa olmayman" dedi. Chindan ham Hakim so‘zining ustidan chiqdi. Rasulullohdan keyin o‘tgan halifalar Hakimga xazinadan keragicha mol-dunyo olishni taklif etishganda u qat’iyan bosh tortgan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 13:02:12
Ibn Hisnga, Aqra ibn Hobisga, Abbos ibn Mirdosga ham yuztadan tuya berildi. Safvon ibn Umayyaga bir darani to‘ldirib turgan chorva hadya etildi. U mollarga ilgariroq qiziqsinib qaraganini sezgan payg‘ambar alayhis-salom: "Bu mollar ko‘zingga yaxshi ko‘rinyaptimi?", deb so‘radilar. Safvon bosh irg‘ab iqror bo‘lib qo‘ya qoldi. — Unday bo‘lsa olaqol, hammasini senga berdim." "O’sha paytda hech kim menchalik sevingan emas" deya eslaydi Safvon. Uning Islom diniga kirishining sababi ham shu edi. Payg‘ambar alayhis-salomning bu tarzda saxovat bilan qo‘li ochiqlik qilishlaridan ko‘zlangan maqsad odamlarning qalbini yumshatib Islom diniga kiritish sovg‘a-salomga qiziqtirish yo‘li bilan bo‘lsa ham Ollohning haqiqatini anglatish edi. Zakotning bir qismi ham odamlarning Islom diniga rag‘batlantirish uchun sarflanardi. Payg‘ambar alayhis-salom ulashgan sovg‘a-salomlar keyinchalik juda katta foyda keltirdi. Dastavval musulmonchilikda to‘la barqaror bo‘lib ulgurmagan Safvon ibn Umayya Muoviya ibn abu Sufyon, Horis ibn Hishom singari zotlar o‘sha paytda berilgan hadya tufaylimi yoki boshqa sababdanmi, keyinchalik Islom dini uchun juda katta naf yetkazadigan mashhur shaxslarga aylanishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 13:02:29
Payg‘ambar alayhis-salom qolgan g‘aiimatlarning hisobini olib, g‘oziylarga bo‘lib berishni Zayd ibn Sobitga topshirdilar. Biroq arobiylar ungacha sabr qilmay ulushimizni ber, deb rasulullohni o‘rtaga olib, bir daraxt tagiga surib kelishdi. Sarvari olamning ridosi (yaktagi) daraxtning butog‘iga ilinib, orqaga tislanishlariga imkon bermadi. Shunda u kishi: "Ey jamoat, ridoimni qo‘yib yuboringlar. Xudo haqqi agar qo‘limda Tuhomaning daraxtlaridek behisob mol-mulk bo‘lsa o‘zimga hech narsa qoldirmay sizlarga bo‘lib berardim. Men qo‘rqoq, baxil, ko‘zi och odam emasman, — dedilar va borib tuyalarining bitta tukini yulib, oldilar-da, — ey, odamlar, menga g‘animatning beshdan biridan tashqari mana shunchalik ham narsa tegmaydi. Menga berilgan ulush ham sizlarga qaytariladi, sizlarning ehtiyojingiz uchun ishlatiladi. G’animatda ninachalik narsa olib qolmay o‘rtaga tashlanglar. G’animatga xiyonat qilganlar bu dunyoda uyatga qoladi, qiyomat kuni esa rasvo bo‘lib, azobga uchraydi", dedilar. Qo‘li egrilik qilib g‘animatni o‘g‘irlab olganlar hamma narsani qaytarib berishdi. Payg‘ambar alayhis-salom shundan keyingina g‘animatlarni taqsimlab, piyodalarga to‘rttadan tuya, qirqtadan qo‘y, otliqlarga esa uch hissa ortiq narsa berdilar. Lekin munofiqlardan biri norozi bo‘lib: "Olloh rozi bo‘ladigan taqsimot qilinmadi", dedi. Payg‘ambar alayhis-salomning jahllari chiqib, qizarib ketdilar. — Seni qara-yu, agar men odil bo‘lmasam bu dunyoda kim odil bo‘ladi", dedilar. Har qancha achchiqlaigan bo‘lsalar-da, munofiqdan o‘ch olishdan o‘zlarini tiydilar. U kishi bunday qusurdan xoli edilar. O’zlarini bosib, yotig‘i bilan pand-nasihat qildilar. Payg‘ambarga tuhmat qilishning oqibati nimaga olib kelishini aytib ogohlantirdilar. Umar bilan Xolid ibn Valid: "Ey rasululloh bu yaramasning kallasini olaylik", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Yo‘q u namoz o‘qishi mumkin" deya ularni qaytardilar. Xolid: "Dili boshqa, tili boshqa namoz o‘qiydiganlar ko‘p-ku", dedi. Rasululloh unga tanbeh berib: "Men odamlarning ichini yorib ko‘rishga buyurilmaganman", dedilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 13:02:43
G’animatdan quraysh va boshqa hamma qabilalarga ulush berildi, faqatgina ansorlarga hech narsa tegmadi. Bundan norozi bo‘lgan ayrim ansorlar: "Tavba, galati-ku! Kechagina safimizga qo‘shilgan qurayshlarga g‘animat beriladi-yu, qilichimizni qonga bo‘yagan biz quruq qolaveramizmi?" deyishdi. Bu gapdan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom ansorlarni bir joyga to‘plab va’z aytdilar: "Ey ansorlar jamoasi, eshitishimcha mendan norozi bo‘libsizlar. Ilgari gumroh edinglar, Olloh men tufayli sizlarni hidoyat qilmadimi? Kambag‘al edinglar, Olloh men orqali sizlarni boylikka erishtirmadimi? Bir-biringlarga dushman edinglar, Olloh mening vositamda sizlarni do‘stlashtirmadimi? Qurayshlar endigina kufurdan xolos bo‘layotgan, boshiga musibat tushgan xalq. Men ularga mol-dunyo berib ko‘ngillarini ovlashga intildim. Ey ansorlar jamoasi, ularning ko‘nglini ko‘tarib musulmon qilish uchun berilgan arzimas narsaga mendan ranjidinglarmi? Men sizlarni imoni mustahkam, har qanday vaziyatda og‘ishmaydigan deb bilganim uchun hech narsa berganim yo‘q. Odamlar uyiga tuya, qo‘y haydab borishsa, sizlar Ollohning elchisini olib qaytasizlar. Nahotki bu sharafdan norozi bo‘lsanglar? Xudo haqqi, agar hijrat qilinmasa men ansor bo‘lardim, agar hamma odamlar bir yo‘lga yurib ansorlar boshqa tomonga ketishsa, men shubhasiz ularga ergashardim. Ey robbim, ansorlarga rahmat qil! Ularshshg bola-chaqalaridan rahmatingni darig‘ tutma!"
Payg‘ambar alayhis-salomning chin yurakdan kuyunib aytgan gaplarini eshitgan ansordarving diydasi yumshab, ko‘z yoshlaridan soqollari ho‘l bo‘ldi va bir ovozdan nasibamiz rasululloh bo‘lishiga mingdan ming rozimiz, deyishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:09:58
HOVOZIN QABILASINING ELCHILARI

Oradan o‘n kun o‘tgach, payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga Hovozin qabilasining elchilari tashrif buyurishdi. Ular asir olingan ayollarini ozod etishni, aks holda nomusdan bosh ko‘tarib yurolmasliklarini aytib, tavallo qilishdi. Zuhayr rasulullohga: "Ularning orasida sut onalaring, ammalaring, oq yuvib, oq taragan tarbiyachilaring bor", dedi va u zoti muborakning ko‘ngillarini eritish uchun quyidagi. she’rni o‘qidi:

Kechirgin ey rasululloh, qilib sen marhamat bizga,
Kutarmiz iltifotingni umidvorlik bilan har dam.
Oq sutini ko‘kka sog‘magan onalarga qil shafqat,
Ularning mehri-la bo‘lding Ollohga suyumli, hamdam.
Aytajakmiz tashakkurlar sening bu iltifotinga,
Muhr bo‘lib bosilgusi bir umrga unutilmay noming ham.
Umidvormiz erishgaymiz sening shafqat, iltifotingga,
Qancha ko‘p avf etsang senga shuncha nusrat bo‘lur hamdam.
Seni oq sut berib boqqan ayollarni kechirgaysan,
Rasulnnig bag‘ri keng albat, saxovati beadad har dam.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:10:14
Payg‘ambar alayhis-salom: "Men rost gapni yaxshi ko‘raman, ikki-narsadan birini tanlanglar: yo bola-chaqangazni, yo mol-holingizni olib ketasizlar. Yo‘lingizga ko‘z tikib charchadim, endi kelmasanglar kerak deb o‘ylagan edim", dedilar. Elchilar bu gapdan quvonib ketishdi. Biz uchun zurriyotlarimiz hamma narsadan a’lo. Xotinlarimiz bilan bolalarimizni qaytarib bersang bo‘lgani, mol-mulkimiz haqida gaplashnb ham o‘tirmaymiz. Bola-chaqadan ham ortiq davlat bormi", deyishdi ular.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:10:39
Payg‘ambar alayhis-salom: "O’zim bilan Abdulmuttalib jamoasi qo‘lidagi asirlarni qaytarib beraman. Peshin namozidan keyin xalqqa musulmon bo‘lganinglarni aytasizlar. Rasululloh orqali musulmonlardan, musulmonlar orqali rasulullohdan shafoat tilaymiz, deb diniy qarindosh ekaninglarni el-yurtga bildirasizlar", dedilar. Elchilar u kishining aytganlarini bajo keltirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom o‘z sahobalariga yuzlanib: "Diniy qarindoshlaringiz tavba qilib kelishibdi, men ularning bola-chaqalarini qaytarib bermoqchiman. Istagan odam menga o‘xshab ish tutsin, istamagan odam esa asirniig badaliga narsa olib ozod qilsin", dedilar. Muhojirlar bilan ansorlar barobariga: "Qo‘limizdagi hamma asirlarning ixtiyori rasulullohda", deyishdi. Faqat Aqra’ ibn Hobis, Uyayna ibn Hisn, Abbos ibn Mardos kabi bir guruh odam asirlarni qaytarib berishdan bosh tortdi. Payg‘ambar alayhis-salom ulardan asirlarni qarzga olib, egalariga qaytardilar. Payg‘ambar alayhis-salom bu urushda Hovozin qabilasi bilan boshqa mushriklar qo‘shiniga sarkardalik qilgan Molik ibn Avf Nasriyning oila a’zolarini Makkadagi ammalari Ummu Abdulloh ibn Abu Umayya bilan bir joyga qamab qo‘yishni buyurdilar. Elchilar: "Ular bizning kattamiz-ku", deyishgan edi, rasululloh: "Mening ularga yomonlik qilish niyatim yo‘q", dedilar va Molikning qayerdaligini so‘radilar. Uning Saqif bilan birga qochib ketganini aytishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Molikka aytinglar, agar u mening huzurimga musulmon bo‘lib kelsa, xotin bola-chaqasidan tashqari yuzta tuya ham beraman", dedilar. Bu gapdan xabar topgan Molik qal’adan yashirincha chiqdi-da, Ji’ronaga kelib rasulullohning huzurlarida islom diniga kirdi. Payg‘ambar alayhis-salom uni Hovozin qabilasidagi imon keltirgan musulmonlarga bosh qilib tayinladilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:12:15
JI’RONA UMRASI

Payg‘ambar alayhis-salom umra qilish niyatida Ji’ronadan ehrom bog‘lab, kechasi Makkaga bordilar. Baytullohni tavof etgach, hojarul asvadni o‘pib, izlariga qaytdilar va Ji’ronada o‘n uch kun turganlaridan keyin qo‘shinni yo‘lga otlanishga buyurdilar. Musulmonlar Zulqa’da oyining 27-kuni Madinaga eson-omon yetib keldilar.
Hunayn g‘azotida Olloh taoloning irodasi bilan mushriklar parokandalikka uchradi, shon-shavkatidan ayrildi, aholining ko‘pchiligi xonavayron bo‘ldi. Hovozin qabilasi urushga yaroqli odamlarning hammasini, tuyalarini, chorva mollarini jangga haydab chiqqan edi. Olloh taolo mushriklarni mag‘lub qilib, ularning mol-mulkini musulmonlarga berdi va shu yo‘l bilan mushriklarning tahdidini daf etib, islom dinini kuchaytirdi. Bu g‘azotdan keyin mushriklar orasida payg‘ambar alayhis-salomga qarshi chiqadigani qolmadi. Havozin qabilasi tor-mor keltirilgan Hunayn g‘azotini mushrik arablar bilan musulmonlar o‘rtasidagi so‘nggi to‘qnashuv deyish mumkin. To‘g‘ri, keyin ham payg‘ambar alayhis-salomga qarshi chiqadiganlar, qurol ko‘tarib islom dinini mahv etishni ko‘zlaganlar bo‘ldi, biroq ularning hammasi Olloh taoloning asl haqiqatini anglab yetgach, o‘z-o‘zidan qurollarini tashlashdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:14:02
QO’SHIN YUBORISH

Payg‘ambar alayhis-salom Madinaga qaytib kelganlaridan keyin Yamanda yashovchi Sudo’ qabilasini islom diniga da’vat etish uchun Qays ibn Sa’d boshchiligida to‘rt yuz kishilik qo‘shin yubordilar. Sudo’ qabilasidan bir kishi kelib: "Ey rasululloh, qo‘shining qaytsin, men o‘z qavmimni huzuringa boshlab kelaman", dedi. payg'ambar alayhis-salom islom lashkarini qaytishga buyurdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:16:11
SUDO’ ELCHILARI

Elchi o‘z qabilasiga qaytib borgach oqsoqollar bilan kengashib, o‘n besh kishi rasululloh huzurlariga borishga qaror qilishdi. Ular Madinaga kelib, Sa’d ibn Ubodaning uyiga tushishdi. Shundan keyin islom diniga kirganlarini bildirib, payg‘ambar alayhis-salomga bay’at qilishdi. "Biz bu yerga kelmagan odamlar uchun qam bay’at qilamiz", deyishdi ular. Elchilar o‘z yurtiga qaytib borgach, butun qabilasi imon keltirib, musulmon bo‘ldi. Hajjatul vadoh (xayrlashish haji) da ulardan yuz kishi kelib, payg‘ambar alayhis-salom bilan Ka’bani tavof qilishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:18:36
QO’SHIN YUBORISH

Payg‘ambar alayhis-salom Bashr ibn Sufyo Adviyni Huzo qabilasiga mansub banu Ka’b arablaridan zakot olish uchun yubordilar. Banu Ka’b arablarining qo‘shnilari banu Tamim qabilasi ularni zakot, berishdan qaytardi. Bu xabarni eshitgan rasululloh ularga qarshi Uyayna ibn Hisn boshchiligida ellik kishilik qo‘shin yubordilar. Musulmonlar qo‘shini banu Tamim qabilasi bilan urushib, o‘n bir erkak, yigirma bir ayol, o‘ttiz nafar bolani asir olib qaytdi. Payg‘ambar alayhis-salom asirlarni Horisning qizi Ramlaning hovlisiga qamab qo‘yishni buyurdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:19:41
TAMIM ELCHILARI

Oradan bir necha kun o‘tgach, asirlarni ozod etish uchun banu Tamim qabilasining oqsoqollaridan iborat elchilar hay’ati payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga yukunib keldi. Ularning orasida Utorid ib Hojid, Zabirqon ibn Badr va Amr ibn Ahtamlar bo{ edi. Payg‘ambar alayhis-salom hadeganda chiqavermaganlaridan keyin elchilar u kishining uylariga borib baland ovozda: "Ey Muhammad, bu yoqqa chiq! Biz sen bilan basma-bas maqtanishgani keldik. Biz maqtagan kishimizni osmonga opchiqib qo‘yamiz, hajv qilgan odamni yerga kirgizib yuboramiz"', deya baqirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning baqiriq-chaqiriqlaridan og‘rinib istar-istamas chiqdilar. Qur’oni Karimdagi Hujurot surasining 4-5 oyatlari mana shu befarosat, baqiroq odamlar haqida nozil bo‘lgandir: "Uyingning orqasidan seni chaqirganlarning ko‘pchiligi aqlsiz odamlardir. Agar ular sen chiqquncha sabr qilishsa, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi albatta. Olloh mag‘firat qilguvchi nihoyatda mehribondir".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:21:30
Ayni shu paytda peshin namozining vaqti yetib, hazrati Bilol azon aytdi. Payg‘ambar alayhis-salom masjidga yo‘l oldilar, biroq elchilar u kishining yo‘llarin to‘sib: "Biz banu Tamim qabilasidanmiz. Shoiru notiqlarimizni olib keldik. Sen bilan she’r aytishmoqchimiz, basma-basiga maqtanishmoqchimiz", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Men Olloh tomonidan she’r aytishga yuborilmaganman, maqtanishga buyurilmaganman" deya namozlarini o‘qiyverdylar. Elchilar u kishining atrofini o‘rab olib, o‘zlarining hamda ota-bobolarining shon-shavkati bilan maqtana boshlashdi. Amr ibn Ahtam Zabirqon ibn Badrni maqtab: "Davralarda uning gapi o‘tadi, u o‘z qabilasining xo‘jasi" dedi. O’z navbatida Zabirqon o‘rnidan turib: "Ey rasululloh, Amr mening shon-shavkatimni ko‘rolmay yuqorida aytilganlardan ustun turadigan boshqa fazilatlarimni bila turib, tilga olmadi", dedi. Amr shu zahoti: "Zabirqon odamgarchiligi yo‘q, toshdan ham qattiq, zoti past odam", dedi. Amrning birpasning o‘zida ikki xil gapirganidan payg‘abar alayhis-salom g‘azablandilar. Rasulullohning g‘azablanganlarini ko‘rgan Amr: "Ey rasululloh, avvalgi gaplarim rost, lekin keyingi aytganlarim ham yolg‘on emas. Men oldiniga undan rozi bo‘lib bilganlarimning eng yaxshisini aytdim, keyin undan ranjib, bilganlarimning eng yomonini aytdim", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Bayon qilishda bir sehr bor", dedilar. Shundan keyin elchilar imon keltirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularga asirlarni qaytarib berdilar hamda talay sovg‘a-salom ulashdilar. Tamimliklar Madinada ancha vaqt turib Qur’on va diniy ahkomlarni o‘rganishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:22:40
QO’SHIN YUBORISH

Payg‘ambar alayhis-salom bani Mustaliq arablaridan zakot olish uchun Valid ibn Uqba ibn Abi Muaytni yubordilar. Mustaliq arablari Valid kelayotganini eshitib, uning istiqboliga qurolli odamlarni chiqarishdi va birvarakayiga zakotga beriladigan tuyalarni ham olib borishdi. Johiliyat davrida Valid bilan bu qabila o‘rtasida adovat bor edi. Shu bois Valid qurolli odamlarni ko‘rgach, mustaliq arablari urushgani yasov tortib kelishayotgan ekan, degan o‘ida darrov iziga qaytdi-da, payg‘ambar alayhis-salomga: "Ular murtad bo‘lib ketishibdi, zakot berishdan bosh tortishdi", dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:23:36
Rasululloh vaziyatni bilib kelish uchun Xolid ibn Valid boshchiligida qo‘shin jo‘natdilar. Xolid qo‘shindan ilgarilab, yashirincha Mustaliqqa keldi va bomdod namoziga azon aytilayotganini eshitib, astagina iziga qaytdi. Payg‘ambar alayhis-salomga bani Mustaliq arablarining murtad bo‘lib ketmaganini ma’lum qildi. Rasululloh zakot olishga Validdan boshqa odamni jo‘natdilar. Valid haqida Qur’oni Karimdagi Hujurot surasining 6-oyati nozil bo‘ldi: "Ey mo‘minlar, agar bir fosiq kimsa biron xabar yetkazsa, sizlar bilmasdan biror xalqni ranjitib qo‘ymaslik uchun surishtirib ko‘ringlar. Aks holda qilmishinglar uchun pushaymon bo‘lib qolasizlar".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:23:56
QO’SHIN YUBORISH

Payg‘ambar alayhis-salomga Habashistonlik bir guruh odam Jidda aholisiga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabar yetib keldi. Rasululloh ularga qarshi Alqama ibn Mujazziz boshchiligida uch yuz kishilik qo‘shin jo‘natdilar. Islom lashkarlari Jiddaga borgach, dushmanning yo‘lini to‘sish uchun kemalarga tushdilar. Habashlar bir orolga to‘planib turishgan edi, yasov tortib kelayotgan jangovar musulmonlarni ko‘rib, tumtaraqay qochishdi. Kutilgan to‘qnashuv yuz bermadi. Alqama qo‘shinni orqaga qaytardi va qadami ildamlarni oldinga o‘tkazib, tezroq ketaverishni buyurdi. Qadami ildamlarga Abdulloh ibn Huzofa Sahmiyni bosh qildi. Abdulloh tabiatan hazilkash odam edi. U yo‘lda keta turib bir joyda gulxan yoqdi va lashkarga: "Sizlar menga itoat etishga buyurilganmisizlar?" deb so‘radi. Jangchilar "ha", deb uning gapini tasdiqlashdi. Abdulloh: "Unday bo‘lsa, mana shu yonib turgan gulxanga sakranglar", dedi. Ba’zilar: "Axir biz o‘tdan qo‘rqib musulmon bo‘lganmiz-ku", deya e’tiroz bildirishdi, ba’zilar boshliqning amriga bo‘ysinib olovga o‘zini urmoqchi bo‘ldi. Abdulloh ularni qytarib; "hazillashdim" dedi. Bu voqeani eshitgan payg‘ambar alayhie-salom: "Olloh taolo oldida gunoh bo‘ladigan ishlarda maxluqqa itoat etilmaydi", dedilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:24:38
HIJRATNING TO’QQIZINCHI YILI QO’SHIN YUBORISH

Shu yilning rabbiul avval oyida payg‘ambar alayhis-salom Ali ibn Abu Tolib boshchiligidagi ellik nafar suvoriyni Tay qabilasining Fulus degan butini sindirib tashlagani yubordilar. Musulmon suvoriylar butni parchalab, yoqib yuborishdi. Tay qabilasining aholisi qarshilik ko‘rsatishgani uchun jang qilib, bir qism odamni asir tushirishdi va chorva mollarini g‘animat olishdi. Asirga tushganlar orasida saxiyligi bilan dong‘i ketgan Hotamning qizi Saffona ham bor edi. Madinaga borishgach, Saffona rasulullohga murojaat etib, muruvvat ko‘rsatishlarini o‘tingan edi, sarvari olam uni ozod qilib yubordilar. U kishi qo‘li ochiq, saxovatli odamni behad qadrlar edilar. Saffona payg'ambar alayhis-salomni duo qilib: "Iloyo boylikdan ayrilib, kambag‘allashib qolganlar senga rahmat aytishsin; kambag‘allikdan keyin boyiganlarning qo‘liga qaratib qo‘ymasin; yaxshiliklaring o‘z joyiga em bo‘lsin; seni pastkash odamga muhtoj qilmasin; xor bo‘lib qolgan aziz odamni sening sharofating tufayli yana azizu mukarram etsin", dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:26:40
Payg‘ambar alayhis-salomning yaxshi muomalasi Saffonaning akasi Adiy ibn Hotamning islom diniga kirishiga sabab bo‘ldi. Adiy islom qo‘shinining son-sanoqsiz a’lamlarini ko‘rib, Shomga qochib ketgan edi. Saffona Shomga borib, payg‘ambar alayhis-salomning ko‘rsatgan muruvvatlari, u zoti muborakning benihoya samimiy insonligi haqida gapirib berdi, qalbi islomga moyil bo‘lgan Adiy nima qilishi kerakligi haqida singlisidan maslahat so‘radi. "Meningcha darrov rasulul-lohning huzurlariga borishing kerak. Agar u chin payg‘ambar bo‘lsa, oldinroq borib imon keltirganing yaxshi. Agar u podshoh bo‘lsa sen yana boyagi-boyagi Adiyligingcha qolaverasan", dedi Saffona. Bu maslahat ma’qul kelgan Adiy shosha-pisha safar tadorikini ko‘rib, yo‘lga tushdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:29:02
ADIY IBN HOTAMNING KELISHI

Adiy Madinaga kelib, payg‘ambar alayhis-salomga uchrashdi. Rasululloh uni hurmatlab uylariga boshladilar. Yo‘lda ketishayotganlarida ramaqijon bo‘lib qolgan qari bir kampir uchrab, o‘zining hojatlari haqida uzoq arzi-hol qildi. Kutaverib diqqati oshgan Adiy: "Xudo haqqi, bu odam podshoh emas ekan", deya ko‘nglidan kechirdi. Uyga ketib kelishgach, payg‘ambar alayhis-salom Adiyni ko‘nmaganiga qo‘ymay, ichiga xurmoning po‘stlog‘i tiqilgan charm yostiqqa o‘tqizdilar, o‘zlari esa quruq yerga o‘tirdilar. Shundan keyin uch marta: "Ey Adiy, agar musulmonchilikni qabul qilsang boshing omon bo‘ladi", dedilar. Adiy: "Mening o‘z dinim bor", deya javob berdi. (U nasroniy diniga e’tiqod qilardi.) Payg‘ambar alayhis-salom: "Diningni sendan ko‘ra yaxshiroq bilaman", dedilar. Hayratga tushgan Adiy: "Nahotki dinimni mendan ko‘ra yaxshiroq bilsang", deb so‘radi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Ha, yaxshi bilaman", deya tasdiqladilar va nasroniy dinidagi boshliqlarning arablarga taqlidan g‘animatning to‘rtdan bir ulushini oladigan aslida dinda yo‘q bir talay ishlarini sanab o‘tdilar. Shundan keyin: "Ey Adiy, menga ergashganlarning ojizu notavonligini, kambag‘alligini ko‘rib, islom dinini qabul qilmayotgan bo‘lsang kerak. Men komil ishonch bilan Ollohga shunday qasam icha olaman, musulmonlarning mol-mulki ko‘payib ketadigan shunday kunlar keladiki, uni oladigan odam topilmay qoladi. Ehtimol dushmanlarimiz ko‘pligidan cho‘chib, imon keltirmayotgandirsan? Ayt-chi, Hiyraga borganmisan?" deb so‘radilar. Adiy: "Yo‘q, Hiyrani ko‘rgan emasman, lekin eshitganman", dedi. Rasululloh: "Ollohning nomi bilan qasam ichamanki, islom dini keng qanot yoyishi tufayli shunday aminlik bo‘ladiki, Hiyradan yolg‘iz yo‘lga chiqqan ayol kishi bemalol Baytullohni ziyorat qilib, bexavotir qaytib ketadi. Ehtimol podshohlik, hokimiyat bizning ilkimizda emasligi uchun imon keltirishni istamayotgandirsan? Xudo haqqi, yaqin orada Bobilning oq saroylari ishg‘ol etilgani haqidagi xabarni eshitasan", dedilar. Payg‘ambar alayhis-salomning gaplaridan qattiq ta’sirlangan Adiy imon keltirdi va chindan ham rasululloh bashorat qilgan ishlarning hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:31:53
TABUK G’AZOTI

Payg‘ambar alayhis-salomga Rumliklar musulmonlar bilan urushishga tayyorgarlik ko‘rishayotgani haqidagi xabar yetib keldi. Bu ayni qahatchilik hukm surayotgan, haddan tashqari issiqdan odamlar qanday jon saqlashni bilmay qolgan, tirik jonning hammasi o‘zini soya-salqinga urgan, odamlar pishgan mevalar bilan jon saqlayotgan kunlar edi. Payg‘ambar alayhis-salom musulmonlarga jangga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdilar. Dushmanga qo‘qqisdan zarba berish maqsadida avvalgi g‘azotlarning vaqti, borilajak manzili sir tutilar, hatto elchilarning soni ham aniq aytilmasdi. Bu safar mashaqqatliligi, yo‘l haddan tashqari olisligi, g‘animning soni behad ko‘pligi hisobga olinib, odamlar puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun maqsad oshkora aytildi. Makkaga va boshqa joylarga elchilar yuborilib, harbiy safarbarlik e’lon qilindi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:32:44
Boylarga kambag‘allarni yetarli oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlash buyurildi. Usmon ibn Affon bu harbiy yurishga o‘n ming dinor pul, barcha anjomlari bilan uch yuz tuya, ellikta ot iona qildi. Bundan quvongan payg‘ambar alayhis-salom: "Ey Olloh, Usmondan rozi bo‘lgin, men undan mingdan-ming roziman", deya duo qildilar. Abu Bakr Siddiq to‘rt ming dirhamlik bor mol-mulkini xudo yo‘liga atadi. Payg‘ambar alayhis-salom undan: "Bola-chaqalaringa biron narsa qoldirdingmi?" deb so‘ragan edilar. Abu Bakr: "Ularga Olloh bilan uning payg‘ambarini qoldirdim" deya javob berdi. Umar ibn Xattob mol-mulkining yarmini keltirib topshirdi. Abdurahmon ibn Avf yuz uqiyya oltin, Abbos bilan Talha ham bor bisotining talay qismini, Osim ibn Adiy yetmish tuya xurmo iona qildi. Ayollar barcha zeb-ziynatlaridan voz kechishdi. Shariat ahkomlarini mukammal egallagan yetti faqih kelib payg'ambar alayhis-salomdan safarga chiqishlari uchun kerakli narsalar berishlarini o‘tinishdi. Rasululloh ularga yordam berolmasliklarini aytganlarida faqihlar qo‘llari kaltaligidan o‘kinib, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib qaytib ketishdi. Ulardan uch kishini Usmon, ikki kishini Abbos, ikki kishini Yomin ibn Amr kerakli narsalar bilan ta’minlab yo‘lga otlantirishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:33:26
Barcha tayyorgarlik tugagach, payg‘ambar alayhis-salom Madinada Muhammad ibn Maslamani oilalariga qarashga Ali ibn Abu Tolibni qoldirib, o‘ttiz ming kishilik qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar. Abdulloh ibn Ubay boshchiligidagi bir talay munofiqlar g‘azotda qatnashishdan bosh tortishdi. Ular: "Muhammad issiqda qiynalib, olisdagi rumliklar bilan urushmoqchi. Yaxshi qurollangan, harbiy jihatdan qudratli rumliklar bilan to‘qnashish hazil fahmlayapti shekilli. Ular sahobalar bilan hali jangga kirmay turib, oyoq qo‘liga arqon tushib bandi bo‘lishadi", deyishdi, Munofiqlar payg‘ambar alayhis-salom bilan sahobalar haqida turli-tuman bema’ni gaplarni tarqatishdan uyalishmadi. Munofiqlarning aljirashlaridan xabar topgan rasululloh bu gaplarning qanchalik rost-yolgonligini aniqlab kelishga Ammor ibn Yosirni jo‘natdilar. Munofiqlar darrov niqobini o‘zgartirib Ammorga: "Biz hazillashib, so‘z o‘yini uchun har-xil gaplarni gapirganmiz, lekin ko‘nglimizda hech qanday xusumat yo‘q", deyishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:34:16
Jad ibn Qaysga o‘xshash bir guruh odam qo‘shindan ajrab qolayotgani uchun payg‘ambar alayhis-salomga turli bahonalarni ro‘kach qilib, uzr aytishmoqchi bo‘lishdi. Ular: "Ey rasululloh, bizning qolishimizga ijozat bergin. Bizning ehtirosimiz zo‘r, rumliklarning ayollarini ko‘rsak o‘zimizni tutolmay gunoh ish qilib qo‘yishimiz mumkin", deyishdi. Bir guruh arobiylar ham o‘zlarini ojizligini va yo‘l xarajatiga qurblari yetmasligini aytib safarda qoldirilishini o‘tinishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning talabini qondirdilar. O’z uzrini aytgan munofiqlar ham safardan qoldirildi. Olloh taolo bu ishlari uchun payg‘ambar alayhis-salomni koyib, Tavba surasining 43-oyatini nozil qildi: "Olloh seni kechirdi. Rost so‘zlaguvchilar bilan yolg‘onchilarning gapi aniqlanmaguncha (ularga) nega ruxsat berding?" Shundan keyin parvardigori olam ushbu suraning 46-oyatida munofiqlar haqida bunday deydi: "Sendan faqat Ollohga, oxirat kuniga ishonmaydiganlar va dillarida shubhasi borlar ruxsat so‘rashadi. Ular o‘z gumoni bilan arosatda yurishadi". Olloh taolo munofiqlarning uzri yolg‘onligini yuqoridagi oyatning davomida fosh etadi: "Agar ularning gazotga chiqish niyati bo‘lsa, albatta tayyorgarlik ko‘rishardi, biroq Olloh ularning bu safarda ishtirok etishlarini istamay qaytardi, ularga ojizu notavonlar bilan birga qolinglar, deyildi. Munofiqlar qolib ketishganidan musulmonlar xafa bo‘lmasligi uchun Olloh taolo Tavba surasining 4-oyatida: "Agar ular sizlar bilan birga borishsa yuragingizga faqat g‘ulg‘ula solishardi, fitna-fasod urugini sochishga uringan bo‘lishardi. Orangizda ularning gapdonlari bor, Olloh zolimlarni juda yaxshi biladi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:35:01
Madinada Ka’b ibn Molik, Hilol ibn Umayya, Mirora ibn Robi’a va Abu Xaysama singari imoni mustahkam bir guruh musulmonlar qoldirildi. Payg‘ambar alayhis-salom Alini qoldirganlarida munofiqalar uning ustidan kulib, landovur, qo‘lidan ish kelmaydigan bo‘lgani uchun, olib ketishmadi, deya gap tarqatishdi. Bu gaplardan izzat-nafsi haqoratlangan Ali Rasulullohning huzurlariga borib, arz qildi. Payg‘ambar alayhis-salom uning gaplarini eshitgach, miyig‘ida kulib: "Horun payg‘ambar Muso payg‘ambarga qanchalik yaqin bo‘lsa, sen ham menga shunchalik yaqinligingdan quvonmaysanmi?" dedilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:35:29
Payg‘ambar alayhis-salom boshchiligidagi qo‘shin yo‘lga tushdi. Lashkarning katta bayrog‘i Abu Bakr Siddiqqa tutqazildi. Rasululloh umrlaridagi eng so‘nggi g‘azotda a’lamni Abu Bakr Siddiqqa tutqazib, oilasiga qarashga Ali ibn Abu Tolibni qoldirishlarida chuqur hikmat bor edi; bu narsada Islom davlatining kelajagiga ishora, payg‘ambar alayhis-salomning o’zlariga xos bashoratlari yaqqol ko‘zga tashlanardi. Sarvari olam muhojirlarning bayrog‘ini Zubayrga, Avs qabilasining a’lamini Usayd ibn Huzayrga, Xazraj qabilasining a’lamini Xubob ibn Munzirga tutqazdilar. Qo‘shin Samud qavmining yurti Hijir degan joydan o‘tayotganida rasullulloh sahobalar Ollohning buyuk qudratidan qo‘rqib, ta’sirlanishlari uchun: "Halok bo‘lgan kofirlarning yeriga yig‘i-sig’i bilan kiringlar", dedilar. Yer-ko‘kni odamlarning qiy-chuvi bosib ketdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:36:16
Abu Bakr qo‘shinga imom qilib tayinlandi. Ibod ibn Bishr esa soqchilikka qo‘yildi. Ular Tabukka yetib kelganda bu joylar butunlay vayron bo‘lgan, odam yashaganining nishonasi yo‘q edi. Payg‘ambar alayhis-salom tikon bosib yotgan fayzsiz joylarga o‘ychan tikilganlaricha Muoz ibn Jabalga: "Umring yetsa, sen bu yerlarning yana obod bo‘lib, bog‘-bo‘stonga aylanganini ko‘rasan", dedilar. Chindan ham u kishining bashoratlari ro‘yobga chiqib, Tabuk eng xushmanzara maskanlardan biriga aylandi. Qo‘shin Tabukda dam olayotganda Abu Xaysama yetib keldi. Uning issiq kunda aziyat chekib bu yerga yetib kelishining sababi bor edi. Abu Xaysama uyiga kelsa, ikki xotini orom olishi uchun bog‘da salqin joy hozirlab, muzdek suv, lazzatli taomlarni tayyorlab qo‘yishgan ekan. Kun haddan tashqari issiq, har bir tirik jon soya-salqinga o‘zini urib, orom olishni ko‘zlaydigan payt edi. Abu Xaysama: "Mana shu issiq kunda rasululloh jonlarini qiynab yo‘l yursalaru men daraxt soyasida, chiroyli xotinlarimning bag‘rida muzdek suv ichib, rohatlanib yotamanmi, deya xayoldan kechirdi va vijdoni qiynalib, huzur-halovatdan voz kechdi. "Ollohning nomi bilan qasam ichamaiki, hech qaysingizning pashshaxonangizga kirmay, rasulullohniig orqalaridan quvib yetaman. Yo‘lga yegulik tayyorlab beringlar" dedi. To xotinlari yo‘l tadorikini ko‘rguncha qilichu nayzasini olib, tuyasini mindi va issiq zabtiga olib turganiga qaramay qo‘shinning orqasidan yo‘lga tushdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:37:30
AYLA HOKIMINING KELISHI

Payg‘ambar alayhis-salom rumliklarning urushga tayyorgarlik ko‘rishayotganini eshitgan bo‘lsalar-da, biroq Tabukda biron g‘anim askari ko‘rinmadi. Islom lashkari bu yerda bir necha kun dam oldi. Bu orada rasulullohning huzurlariga Aylaning hokimi Yuhanno va u bilan birga Jarbo, Azruh Mino aholisining vakillari kelishdi. Yuhanno islom dinini qabul qilmay xiroj to‘lashga payg‘ambar alayhis-salom bilan shartnoma tuzdi. Rasululloh unga quyidagicha ahdnomani yozib berdilar:
"Bismillahir rohmanir rohim. Bu Ollohdan va uning elchisi Muhammad payg‘ambardan Yuhainoga va Ayla aholisiga xoh quruqliqda, xoh dengizda bo‘lsin ularga omonlik berilgani haqidagi ahdnomadir. Bu odamlar va ularning tarafdorlari bo‘lmish Shom, Yaman, dengiz xalqi Ollohning va uning payg‘ambari Muhammadning himoyasida bo‘ladilar. Ularning qaysi biri ahdnomani buzsa, joni ham, mol-mulki ham himoya qilinmaydi. Bunday odamlarning mol-mulki tortib olgan kimsalarga halol hisoblanadi. Ahdnomaga binoan ish tutganlar xoh quruqliqda, xoh dengizda, qayerda bo‘lishidan qayti nazar dahl, tajovuz qilinmaydi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:41:40
RASULULLOHNING AZRUH VA JARBO AHOLISIGA AHDNOMA YOZIB BERISHLARI

Payg‘ambar alayhis-salom Azruh va Jarbo aholisiga quyidagicha ahdnoma yozib berdilar: "Bismillahir rohmanir rohim. Muhammad payg‘ambarning Azruh va Jarbo aholisiga bergan ushbu ahdnomasi bu odamlar Ollohning va payg‘ambarning himoyasida tinch yashashlari haqidagi hujjatdir. Ular har yilning rajab oyida roppa-rosa yuz dinor xiroj to‘lashadi. Musulmonlarga pand-nasihat qilishga va marhamat ko‘rsatishga Olloh kafildir".
Mino aholisi musulmonlarga mahsulotining to‘rtdan birini berish sharti bilan kelishim imzolandi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:43:07
Shundan keyin payg‘ambar alayhis-salom sahobalar bilan Shom tomonga borish haqida kengashdilar. Ular: "Ey rasululloh, agar oldinga yurishga buyurilgan bo‘lsang boshlayver", dedi. Rasululloh: "Agar oldinga yurishga buyurilgan bo‘lsam, maslahatlashib o‘tirmasdim", dedilar. Umar: "Unday bo‘lsa shu yerdan orqaga qaytganimiz ma’qul. Rumliklar son jihatdan bizdan ko‘p, Shomda esa bironta musulmon yo‘q. Dushman bizning bu yergacha kelganimizni ko‘rib, urush qilishga botinolmadi. Biz mana shu fursatdan foydalanib, qaytib ketaylik. Keyinchalik vaziyatga qarab ish qilarmiz. Ollohning o‘zi mushkulimizni osonlashtiradigan biron yo‘l-yo‘riq ko‘rsatar", dedi. Payg'ambar alayhis-salom Umarning fikrini ma’qullab qo‘shinni orqaga qaytardilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:43:43
ZIROR MASJIDI

Payg'ambar alayhis-salom Madinaga yaqinlashib qolganlarida Ziror masjidi qurilgani haqida xabar yetkazishdi. Bir guruh munofiqlar musulmonlar orasiga rahna solish niyatida Qubo masjidiga taqlidan bu ibodatxonani tiklashgan edi. Munofiqlar rasulullohdan shu masjidda namoz o‘qib berishlarini iltimos qilib kelishdi. Sarvari olam bu yerga masjid solishning sababini so‘raganlarida erta-indin musulmonlarning soni ko‘payib ketsa, baribir, ibodatxona kerak-ku, degan yaxshi niyatda shu ishni amalga oshirdik, deya Ollohning nomini shafe’ keltirib, qasam ichishdi. Ularning yolg‘onchi, kazzobligiga Ollohning o‘zi guvohdir. Payg‘ambar alayhis-salom bir guruh sahobalarni yuborib masjidni buzib tashlashni buyurdilar. Sahobalar shu zahoti rasulullohning buyrug‘ini bajo keltirishdi
Payg‘ambar alayhis-salom Madinaga yetib kelganlaridan keyin turli vaj-karson ko‘rsatib g‘azotdan o‘zini chetga olganlar uzr aytishdi. Rasululloh ularning ogzidan chiqqan so‘zlariga ishonib uzrini qabul qildilar, dillarida nimalar (borligini ichki aqvolini Ollohga topshirdilar va yolg’ondan bo‘lsa-da, bosh egib kelgan bu kimsalar uchun istig‘for aytdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:44:43
TABUK G’AZOTIGA CHIQMAGAN UCH KISHI HAQIDA HIKOYA

Ka’b ibn Molik Xazrajiy, Murora ibn Robi’ Asiy hamda Hilol ibn Umayya Avsiylar payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib qilgan ayblari uchun uzr so‘rashdi. Ka’b kirib kelganda rasululloh zaxarxandalik bilan: "Nega ko‘pchilikdan ajrab qolding?" deya xushlaymaygina so‘radilar. Ka’b: "Ey rasululloh, sendan boshqa odamning huzurida bo‘lsam so‘zamollik san’atimni ishga solib uzr aytardim, uni gapimga ishontirib gazabidan qutilib qolardim. Lekin bugun yolg‘on gapirib sening roziligingga erishganim bilan Ollohning g‘azabiga uchrashim mumkin. Xudo haqqi, rostini aytsam, mendan xafa bo‘lasan, biroq haq gapni aytmay ilojim yo‘q. Ollohning karami kengligiga va uzrimni qabul qilishiga umid bog‘lab to‘g‘risini aytaman. G’azotga chiqmasligimga hech qanday sabab yo‘q edi", dedi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:45:11
Payg‘ambar alayhis-salom "Rostini aytding, bor, Ollohning hukmini kut", dedilar. Ka’bning ikki sherigi ham rostini aytib uzr so‘rashdi. Rasululloh ularga ham yuqoridagi javobni berdilar va musulmonlarga aralashib, muomala qilishni ta’qiqladilar, hatto xotinlari bilan yaqin munosabatda bo‘lishni ham man etdilar. Hilol ibn Umayyaning xotini o‘rtaga tushib, erining qariligi va og‘irini yengillashtiradigan xizmatkori yo‘qligini aytib, shafqat so‘radi. Rasululloh uning uzrini e’tiborga olib, erining xizmatida bo‘lishga ijozat berdilar. Garchand payg'ambar alayhis-salom marhamat ko‘rsatgan bo‘lsalar-da, berilgan jazo ularga keng olamni tor qildi, biron kimsa bilan gaplasholmay yuraklari zardobga to‘ldi, yolgiz Ollohdan o‘zga najotkorlari yo‘qligini anglab, unga sig‘inib, yolborishdi. Karami keng parvardigor ularning tavbasini qabul qildi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:45:56
Payg'ambar alayhis-salom ularga odam yuborib, Olloh taoloning bu katta ne’matidan bashorat berdilar. To‘da-to‘da odamlar uylariga borib uchovlonni Olloh taolo gunohidan o‘tgani bilan qutladilar. Ka’b masjidga kirgan paytida payg‘ambar alayhis-salom uni ochiq chehra bilan qarshilab: "Ey Ka’b, senga hayotingdagi eng yaxshi kun kelgani bilan bashorat beraman", dedilar. Ka’b: "Bu bashorat sen tomondan kelganmi yoki Olloh tomonidanmi?" deb so‘radi. "Olloh tomonidan", deya javob berdilar rasululloh. Quvonchi ichiga sig’may ketgan Ka’b: "Ey rasululloh, mening tavbamni qabul etgani uchun bor mol-mulkimni Ollohga va uning rasuliga sadaqa qildim", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Mol-mulkingning bir qismini olib qol, o‘zingga ham kerak bo‘lib qoladi", dedilar va shundan keyin uchovlonning tavbasi qabul qilinganligi haqidagi Tavba surasining 118-oyatini o‘qib bsrdilar: "Olloh g‘azotdan qolib ketgan uch kishining tavba qilishiga ham ijozat berdi. Chunki keng olam ularga tangu tor bo‘lgan, yuraklari siqilgan, ular Ollohdan o‘zga sig‘inadigan hech kim yo‘qligini anglab yetishgan edi. Tavba qilishgani uchun Olloh ularning tavbasini qabul ayladi. Olloh tavbani albatta qabul etguvchi, benihoya mehribon(zot)dir".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:46:56
SAQIF QABILASINING ELCHILARI

Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga Saqif qabilasining elchilari tashrif buyurishdi. Bu tashrifning o‘z tarixi bor edi; Musulmonlar qo‘shini Saqif qabilasini muhosara qilib, qaytishayotganda Urva ibn Mas’ud yashirincha kelib payg‘ambar alayhis-salomga uchrashgan va imon keltirganidan keyin o‘z qabilasini Islom diniga da’vat etajagini aytgan edi. Rasululloh uning hayotidan xavfsirab: "Qabiladoshlaring o‘ldirib yuborishlari mumkin-ku", degan edilar. "Mendan sira tashvishlanma, rasululloh, qabiladoshlarim meni o‘z qizlaridan ham yaxshi ko‘rishadi", deya sarvari olamni xotirjam qilishga urindi Urva. U qabiladoshlari orasidagi nufuziga va yuqori martabasiga ishonib, odamlar menga ergashishadi deb o‘ylardi. Chindan ham qabiladoshlari uni haddan tashqari yaxshi ko‘rishar va astoydil hurmat qilishardi. Urva Toifga kelib maqsadini aytishi bilanoq hech qanday gap-so‘zsiz uni shartta nayza otib o‘ldirishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:47:15
Oradan bir oy o‘tgach, Saqif qabilasining oqsoqollari maslahatlashib o‘zlarining atrofdagi arab qabilalalari bilan urushishga qodir emasligini tan olishdi va bundan buyon qanday yo‘l tutishlari lozimligi haqida yo‘l-yo‘riq olgani payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga biron kishini yuborishga qaror qilishdi. Ko‘pchilik Abd Yelayl ibn Amr borsin, degan fikrga kelgan, biroq u: "Besh-olti kishini qo‘shib bermasanglar bormayman", deya oyoq tirab turib oldi. Oqsoqollar hurmatga sazovor kishilardan beshovlonni unga hamroh qilib Madinaga jo‘natishdi. Elchilar kelib payg‘ambar alayhis-salomga maqsadlarini aytishdi. Rasululloh elchilar Qurtyun eshitishlari va musulmonlarning namoz o‘qishini ko‘rib turishlari uchun masjidning bir chetiga maxsus chodir tikdirdilar. Elchilar oralaridagi eng yoshi kichik Usmon ibn Abu Osni narsalariga qorovul qilib, o‘zlari payg‘ambar alayhis-salomning yonlariga borib turishardi. Ular qaytib kelgach, Usmon borib rasulullohdan Qur’on o‘rganar, u kishi dam olganlarida Abu Bakrdan ta’lim olardi, Usmon tirishqoqlik bilan Qur’onning ko‘pgina suralarini yod oldi, biroq bu narsani hamrohlaridan pinhon tutdi. Elchilar Islom dinini qabul qilib, birovni o‘zlariga boshliq etib tayinlashlarini so‘rashdi. Usmon ibn Abu Osning Islom diniga Qur’on o‘qishga va diniy ahkomlarni bilishga ishtiyoqi kuchli ekanini bilgan payg‘ambar alayhis-salom uni elchilarga rahbar etib tayinladilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:47:58
TOIF AHOLISIGA YOZILGAN MAKTUB

Payg‘ambar alayhis-salom Toif aholisiga qarata xat yozib, elchilardan berib yubordilar:
"Bismillahir rohmanir rohim. Ollohning elchisi Muhammad payg‘ambardan mo‘minlarga: "Vaj*dagi daraxtlarni kesish, hayvonlarni ovlash haromdir. Bunga amal qilmagan odamning kiyimini yechib darra uriladi".
Islom dini oldin xalqimizning qalbiga tuzukroq o‘rnashib olsin va nodon xotin-xalajlarning esxonasi chiqib ketmasin, degan o‘yda rasulullohdan saqifliklar cho‘qinadigan butni yo‘qotishni bir oyga kechiktirishni iltimos qilishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning bu iltimosiga rozilik berdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:48:41
Elchilar yo‘lga chiqqanlaridan keyin Usmon o‘z hamrohlariga yuzlanib: "Men saqifliklarni yaxshi bilaman, biz hozircha musulmon bo‘lganimizni ulardan sir tutaylik, birovlar bilan urushishning, nohaq qon to‘kishning yomonligini aytib qo‘rqitaylik. Ularga: "Muhammad bizni mashaqqatli ishlarga da’vat etgan edi, ko‘nmay bosh tortdik, u butlarimizni parchalashni, zino qilmaslikni, aroq ichmaslikni, sudxo‘r bo‘lmaslikni talab qildi, deymiz", dedi. Hamrohlari uning taklifini ma’qul ko‘rib, yurtiga yetib kelishgach, qabiladoshlariga: "Biz qurol bilan qarshi chiqqan odamlarni yengib, o‘z diniga kirgizgan o‘ta zolim odamning yonidan keldik", deya yuqoridagi kelishilgan gaplarni aytishdi. Bu gaplarni eshitgan Saqif aholisi Muhammad alayhis-salomga hargiz itoat etmaslikka ahd qilishdi. Elchilar: "Unday bo‘lsa, qurol-yarog‘ingizni shaylab, qo‘rg‘onlaringizni puxtalab urushga tayyorgarlik ko‘ring", deyishdi. Odamlar jangovar tayyorgarlikni boshlab yuborishdi, biroq oradan ikki-uch kun o‘tgach, Olloh taolo ularning dillariga qo‘rquv, vahima soldi. Ular kengasha-kengasha elchilarni chaqirib kelishdi. "Biz har qancha tayyorgarlik ko‘rmaylik, baribir, Muhammad bilan urushib yengolmaydiganga o‘xshaymiz. Yaxshisi borib, u da’vat etgan ishlarni qabul qilinglar", deyishdi. Shundan keyingina elchilar sirni ochib, allaqachon musulmon bo‘lishganini, faqat ularning jaholatidan xavfsirab shunday yo‘l tutishganini aytishdi. Qabiladoshlari ajablanib: "Buni bizdan yashirishning nima hojati bor edi?" deb so‘rashdi. "Tabiatingizda shayton kibri bor, u sizlarni doim vasvasga solib turadi, shu narsa yo‘qolmaguncha musulmon bo‘lganimizni sir tutishga qaror qildik o‘sha paytda sizlardan har qanday yomlnlikni kutish mumkin edi", deyishdi elchilar. Shu kundan e’tiboran Saqif aholisi imon keltirib, musulmon bo‘lishdi.

_________________
*Vaj — Toifdagi bir jilg’aning nomi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:49:20
LOTNING PARCHALANISHI

Bu xushxabarni eshitgan payg‘ambar alayhis-salom Abu Sufyon bilan Mug‘ira ibn Shab’a Saqafiyni Saqif qabilasining Toifdagi Lot degan butini yo‘qotishga yubordilar. Ular butni parchalab, o‘rnini tep-tekis qilib tashlashdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:49:49
ABUBAKRNING HAJ QILISHI

Hijratning to‘qqizinchi yili zulqa’da oyining oxirida hajga boradiganlarga payg‘ambar alayhis-salom Abu Bakr Siddiqni boshliq etib tayinladilar. Abu Bakr uch yuz kishi bilan rasululloh qurbonlikka atab bergan yigirmata tuyani va o‘zining beshta tuyasini olib yo‘lga tushdi. Ular jo‘nab ketishgandan keyin payg‘ambar alayhis-salomga Boroat surasining bosh qismi nozil bo‘ldi. Rasululloh hajji akbar (katta haj) kunida ushbu surani hojilarga yetkazish uchun bu sharafli vazifani menga vakolatan mening xonadonimga mansub odam ado etmog‘i kerak, deb Abu Bakrning orqasidan Ali ibn Abu Tolibni jo‘natdilar. Ali ulovini qichab haydagancha hajga ketayotganlarga yarim yo‘lda yetib oldi. Abu Bakr: "Rasululloh seni hajga yetakchi qilib yubordimi?" deb so‘ragan edi Ali: "Yo‘q, meni odamlarga Boroat surasini yetkazish uchun yubordi", deya javob berdi. Hojilar Qurbon hayiti kuni Minoda to‘plangan paytda Ali ularga Boroat surasining bosh qismidagi o‘n uch oyatni o‘qib berdi. Bu oyatlarda va’dasida turmagan mushriklar bilan tuzilgan shartnomalar kuchga ega emasligi, mushriklarga to‘rt oy muhlat berilishi, ular bu muddatda istagan joyga bora olishi, musulmonlarga qarshi chiqmagan va xiyonat qilmagan mushriklar bilan tuzilgan shartnomalar esa muddati bitgungacha to‘la kuchga egaligi bayon etilgan edi. Ali mazkur oyatlarni o‘qib bo‘lgach, bu yildan e’tiboran Baytullohni mushriklar va yalang‘och odamlar tavof etishi mumkin emasligini e’lon qildi. Ali bu safar mobaynida hazrati Abu Bakr Siddiqning orqasida namoz o‘qidi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:50:27
IBN UBAYNING VAFOTI

Shu yilning zulqa’da oyida Abdulloh ibn Ubay olamdan o‘tdi. Uning janoza namozini payg‘ambar alayhis-salomning o‘zlari o‘qidilar. Dafn etilayotganda qabr tepasida turdilar. Rasululloh bu ishlarni marhumning o‘g‘li Abdullohning ko‘nglini ko‘tarish hamda o‘z qabilasida yuqori nufuzga ega bo‘lgan kishining o‘lganidan keyin ham hurmatini joyiga qo‘yish orqali Hazraj qavmini insofga keltirib, dilini islom diniga moyil etishni ko‘zlab qildilar. Keng fe’li, kechirimli, muruvvatli sarvari olamning Abdulloh ibn Ubay xonadoniga ko‘rsatgan iltifotlari juda ko‘p munofiqlarning u kishi hamda islom dini haqidagi chalkash tasavvurlarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Ko‘plari shu kundan e’tiboran xiyonatkorlikni butunlay yig‘ishtirdilar. Shundan keyin Olloh taolo payg‘ambar alayhis-salomga munofiqlarning janoza nomozini o‘qishni taqiqlab, Tavba surasining 84-oyatini nozil qildi: "Ulardan o‘lganlarning sira janozasini o‘qima va qabrlari ustida turma".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:51:43
UMMU GULSUMNING VAFOTI

Shu yili rasulullohning qizlari, hazrati Usmonning umr yo‘ldoshi Ummu Gulsum vafot etdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:51:57
HIJRATNING O’NINCHI YILI QO’SHIN YUBORISH

Shu yilning robiul oxir oyida payg‘ambar alayhis-salom Yamanning Najron degan joyidagi Abdu Madon aymog‘iga Xolid ibn Valid boshchiligida qo‘shin yuborib, ularni uch marta islom diniga da’vat etishni, agar bosh tortishsa, jang qilishni buyurdilar. Musulmonlar qo‘shini Najronga yetib borgach, Xolid ibn Valid otliq askarlarni chor atrofga yo‘llab musulmon bo‘lishsa, omon qolajaklarini ayttirib, odamlarni islom diniga da’vat qildirdi. Musulmonlardan islom dinining ahkomlarini eshitgan Abdu Madon aymog‘ining odamlari yoppasiga imon keltirishdi. Xolid ularga islom dini bilan Qur’oni Karimdan ta’lim berdi va payg‘ambar alayhis-salomga bu yerdagi ahvol haqida maktub yo‘lladi. Rasululloh Abdu Madon aymog‘idan elchi yuborilishini so‘rab, xat yubordi-lar. Ularning vakillari kelgach, sarvari olam: "Johiliyat davrida sizlar bilan urushganlarni qanday yengar edinglar?" deb so‘radilar. Elchilar: "Ahil edik, bir yoqadan bosh chiqarardik, birovlarga tajovuz qilmasdik", deya javob berishdi. "Bundan keyin ham mana shu fazilatlaringizni saqlab qolinglar. Musulmonlar ahil, hamjihat bo‘lishlari kerak", dedilar rasululloh va bu aymoqqa Zayd ibn Husaynni oqsoqol etib tayinladilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:52:44
QO’SHIN YUBORISH

Shu yilning ramazon oyida payg‘ambar alayhis-salom Yamandagi bani Mazhin aymog‘iga Ali ibn Abu Tolib boshchiligida qo‘shin jo‘natdilar. Rasululloh Aliga o‘z qo‘llari bilan salla o‘rab: "U joyga borgandan keyin odamlarni: "Yolg‘iz ollohdan boshqa iloh yo‘q, deyishga da’vat etgin. Agar bunga ko‘nishsa, namoz o‘qishni buyurgin. Bundan oshirmasin, sen tufayli Olloh biron kishini hidoyat qilsa, bu sen uchun quyosh nuri tushadigan hamma narsadan yaxshiroq. Ular oldin urush ochmaguncha sen ularga qarshi qilich ko‘tarma", deb tayinladilar.
Ali ko‘zlangan manzilga yetib borgach, odamlarni islom diniga da’vat etgan edi, ular bosh tortib, musulmonlar ustiga o‘q yog‘dirdilar. Ali qo‘shinni safrost qilib, jangga kirishni buyurdi. Qisqa to‘qnashuvdan keyinoq dushman safi to‘zib, yengilishdi. Ali urushni to‘xtatib, ularni qaytadan dinga da’vat etdi, bu safar bani Mazhin aymog‘i islom dinini qabul etib, yalpisiga imon keltirdi, oqsoqollari bay’at qilib mollarining zakotini berdilar. Ali payg‘ambar alayhis-salom Makkada paytlarida yetib kelib, u kishi bilan birga haj ibodatini ado etdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:53:35
YAMANGA HOKIMLARNI TAYINLASH

Payg‘ambar alayhis-salom Yamanga o‘z vakillarini hokim etib tayinladilar: Yamanning Adan tomonidan yuqori qismiga Muoz ibn Jabal, pastki qismiga Abu Muso Ash’ariy hokim bo‘ldi. Rasululloh ularga: "Diniy ishlarni sira qiyinlashtirmanglar, aksincha yengillashtiringlar, odamlarni cho‘chitmasdan yaxshilikdan bashorat beringlar, — dedilar va Muozga yana shunday deb tayinladilar. — sen ahli kitob xalqining yoniga ketyapsan. U yerga borgandan keyin ularni "La ilaha illallohu Muhammadur — rasululloh" deb guvohlik berishga da’vat etgin. Agar shunday deb imon keltirishsa, Olloh musulmonlarga bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilganini tushuntirgin. Bunga ham rozi bo‘lishsa, boylarining mollaridan zakot olib kabag‘allariga berilishini aytgin. Bunga ham ko‘nishsa, zakotni yaxshi mollardan olmagin. Mazlumlarning qarg‘ishidan o‘zingni asra, bunday duoyibad bilan Ollohning o‘rtasida parda yo‘q", deb uqtirdilar. Muoz to rasululloh vafot etgunlarigacha Yamanda turdi. Abu Muso payg‘ambar alayhis-salom vidolashuv hajiga borganlarida Makkaga qaytib keldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:53:50
VIDOLASHUV HAJI

Hijratning o‘ninchi yili payg‘ambar alayhis-salom musulmonlar bilan xayrlashuv hajini ado etdilar. Bu sarvari olamning hayotlaridagi eng so‘ngi haj edi. Rasululloh zulqa’da oyining yigirma beshinchisi, ya’ni shanba kuni Madinada o‘rinlariga Abu Dujona Ansoriyni qoldirib yo‘lga chiqdilar. Payg‘ambar alayhis-salom bilan birga to‘qson ming odam safarga otlandi. Rasululloh ulovlari qo‘zg‘algan joyda niyat qilib ehrom bog‘ladilar hamda "Labbaykallohumma labbayk, la sharika laka labbayk, innal hamda vanne’mata laka val mulk la sharika lak" (Ey Olloh, men sening itoatingdaman, sening itoatingdaman, sening sheriging yo‘q, sening itoatingdaman. Barcha hamdu sano, ja’mi mavjudotlarni boshqarish va ne’mat (berish) senga xos. Sening sheriging yo‘q,) deya talbiya aytdilar. Sarvari olam to‘xtamay yo‘l bosib, quyosh ko‘tarilgan paytda Kado tepaligidan oshib, Makkaga kirib bordilar. Baytullohga ko‘zlari tushgan asnoda: "Uni yanada sharofatli, yanada ulug‘, yanada salobatli va yanada yuksak qilgin", dedilar va bu muqaddas dargohni yetti qayta tavof ayladilar, hajarul asvadni istilom qildilar, maqomi Ibrohimda ikki rakaat namoz o‘qidilar, obi zamzamdan ichdilar, Safo bilan Marva tog‘lari orasida ulov bilan yetti marta qatnadilar. Har gal Safo tog‘iga chiqqanlarida: "Yolg‘iz Ollohdan boshqa hech iloh yo‘q. Olloh va’dasini ro‘yobga chiqardi, bandasiga (payg‘ambariga) yordam berdi. Ollohning bir o‘zi mushriklar to‘dasini mag‘lub etdi", dedilar. Sarvari olam zulhijja oyining sakkizinchi kuni Minoga kelib dam oldilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:54:08
VIDOLASHUV NUTQI

Payg‘ambar alayqis-salom zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni Arafotga chiqdilar va shu yerda islom dinining asosiy shahobchalari batafsil bayon etilgan ulug‘ nutqlarini irod etdilar. Bu tarixny nutqning mazmuni tsuyidagichadir:
"Barcha hamdu sano Ollohga xos, Ollohni ulug‘laymiz, Ollohdan afv so‘raymiz, Ollohga tavba qilamiz. Ollohga sig‘inib nafsimnzning vasvasadan hamda yomon ishlardan panoh tilaymiz. Olloh hidoyatga boshlagan odamni hech kim yo‘ldan ozdirolmaydi, Olloh adashtirgan odamni hech kim hidoyat qilolmaydi. Shunga guvohlik beramanki, bir Ollohdan o‘zga hech iloh yo‘q, Ollohning sherigi ham yo’q. Shunga guvohlik beramanki, Muhammad Ollohning bandasi va elchisidir.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:55:08
Sizlar Ollohning bandalari, sizlarni Ollohga taqvodorlnk qilnshga da’vat etaman, Ollohga itoatda bo‘lishinglarni targ‘ib etaman. Gapimni xayrli ishlardab boshlayman. Ey odamlar, so‘zlarimga quloq solinglar! Bu yildan keyin shu yerda sizlar bilan uchrashmasligim mumkin deb o‘ylayman. Ey odamlar, to robbingizning dargohiga borguncha bir-biringizning joniga, moliga xiyonat qilish mana shu oyning, mana shu kunning, mana shu joyning hurmatani bajo keltirmaslik kabi haromdnr. Yetkazdimmi? Ey Olloh o‘zing guvoh bo‘lgii!
Qo‘lida birovlarning omonatlari bor kishilar bu narsalarni o‘z egalariga qaytarishsin, johiliyat davrida hukm surgan sudxo‘rlik bekor etiladi, men ishni avvalo amakim Abbos ibn Muttalibning sudxo‘rligini bekor qilishdan boshlayman. Johiliyat davridagi qon qarz (qasos) ham bekor qilinadi, avvalo Omir ibn Robia ibn Horisning qon qarzini yo‘qqa chiqaraman. Johiliyat davridagi odatlardan Ka’ba bilan Obi zamzamni boshqarishdan boshqa ishlarning hammasi bekor qilinadi. Qasddan odam o‘ldirgan qotil (albatta) o‘ldiriladi. U birovni kaltak yoki tosh bilan urib o‘ldirsa, qisman qasd qilgan hisoblanib, tovoniga yuzta tuya to‘latiladi, bundan ortiq haq undirish johiliyat davridagi kishilarga xos.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:55:27
Ey odamlar! Shayton zaminingizda Xudo bo‘lishdan umidini uzdi, lekin u mayda-chuyda hisoblaydigan ishlaringizda sizlarni o‘ziga bo‘ysundirishga urinadi. Ey odamlar! Nasi* degan narsani qo‘llash kufrni yanada oshiradi, kofirlarni adashtiradi. Olloh harom qilgan oyni o‘zlaricha halolga aylantirish uchun uni bir yil halol, kelgusi yili esa haromga chiqarishadi. Olloh osmonu zaminni yaratganidan buyon zamon o‘z yo‘rig‘ida hukm surmoqda. Qur’onda Ollohning hukmiga binoan osmonu zamin yaratilgandan buyon oylarning soni o‘n ikki, ulardan to‘rt oyning hurmatini saqlamaslik harom qilingan. Bu oylarning uchtasi Zulqa’da, Zulhijja, Muharram oldinma-keyin, Jumadiul oxir bilan Sha’bonning orasidagi Rajab oyi esa yolg‘iz keladi. Sizlarga yetkazdimmi?! (Ollohning hukmini yetkazdimmi?) Ey Olloh, o‘zing guvoh bo‘lgin!
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:56:46
Ey odamlar! Zimmangizda amal qilishingiz lozim bo‘lgan ayollaringizning haqi bor, ayollarning zimmasida ham ular rioya etadigan sizlarning haqqingiz bor. Sizlarning haqingiz shuki, ayollaringiz iffat joyiga begona odamlarni yaqin yo‘latmasligi, sizlar yoqtirmaydigan kimsalarni beruxsat uyga kiritmasligi va fohishabozlik qilmasligi lozim. Mabodo shunday qilishsa, Olloh ularni qattiq tutishingizga, ostona hatlatib chiqarmasligingizga, bir to‘shakda yotmasligingizga, astaroq urishingizga ijozat beradi. Bordi-yu, ular tiyilib, hukmingizga itoat etishsa, yaxshilikcha osh-non, kiyim-kechak bilan ta’minlanglar, sizlarning amringizdagi ayollarning ixtiyori o‘zlarida emas. Ularni Ollohning omonati qilib olgansizlar, ularni nikoh orqali o‘zinglarga halol etdinglar. Ayollarga Ollohdan qo‘rqib munosabatda bo‘linglar, ayollarga yaxshi muomala qilish haqidagi vasiyatlarni qabul etinglar. Sizlarga yetkazdimmi? Ey Olloh, guvoh bo‘lgin!
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:57:14
Ey odamlar! Mo‘minlar bir-biriga qarindosh, qarindoshning o‘z ixtiyori bilan bermagan moli hech kimga halol emas. Sizlarga yetkazdimmi?! Ey Olloh, guvoh bo‘lgin!
Mendan keyin murtadga aylanib, bir-biringizni qiradigan kofir bo‘lmaganlar. Sizlarga men Ollohning kitobi bo‘lgan Qur’onni o‘qib eshittirdim. Qur’onni mahkam tutsanglar adashmaysizlar. Yetkazdimmi?! Ey Olloh, guvoh bo‘lgin!
Ey odamlar, sizlarning robbingiz bir, otangiz bir, hammangiz bir otadan tarqagansiz. Odam Ato tuproqdan yaratilgan. Kimki eng muttaqiy (Ollohning buyruqlariga- amal qilib, qaytargan ishlaridan o‘zini tiygan odam) bo‘lsa, u Ollohning nazarida eng hurmatli odamdir. Arab bilan arabdan boshqa odamning qaysi biri taqvodor bo‘lsa o‘shanisi afzal. Yetkazdimmi?! Ey Olloh, guvoh bo‘lgin!
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:57:50
Gaplarimni eshitib turganlar bu yerga kelolmaganlarga yetkazishsin. Ey odamlar, Olloh har bir vorisga meros nasibasini belgilagan. Merosni faqat birgina vorisga vasiyat qilish durust emas. Merosning uchdan biridan ko‘p qismini vasiyat qilish ham yaxshi emas. Bola erkakka mansub, asl zinogarniki emas. Kimki o‘z padaridan boshqa birovni ota deb, xo‘jasidan boshqa birovni xo‘ja deb da’vo qilsa, Ollohning, farishtalarning va barcha kishilarning la’natiga uchraydi, uning bergan narsasi va guvohligi qabul etilmaydi. Sizlarga omonlik va Ollohning rahmati bo‘lsin!
Shu kuni Olloh mo‘minlarga bergan ne’matini Qur’ondagi Moida surasining 3-oyatida bayon etdi: "Bugun sizlarnikg diningizni kamolotga yetkazdim, sizlarga bergan ne’matimni tamomladim va diningizga islomni tanladim". Musulmonlar mana shu kunni Olloh taoloning beadad ne’matiga shukr izhor etadigan baxti kulgan kunga, bayramga aylantirib olishsa arziydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:58:57
Shundan so‘ng payg‘ambar alayhis-salom shaytonga tosh otish, qurbonlik qilish, soch oldirish kabi hajning shartlarini bajo keltirdilar va Makkada o‘n kun turgach, Madinaga qaytdilar. Olisdan Madina ko‘ringanda uch qayta takbir aytib: "Yolg‘iz Ollohdan boshqa iloh yo‘q, Ollohning sherigi yo‘q, Olloh jam’iki jonzotlarni idora qiladi. Barcha hamdu sano Ollohga xos, Olloh hamma narsaga qodir. Biz robbimizning dargohiga qaytguvchilarmiz, tavba qilguvchilarmiz, sajda qilguvchilarmiz, hamd aytguvchilarmiz. Olloh va’dasini bajo keltirdi, payg‘ambariga yordam berdi, mushriklar to‘dasini yolg‘iz o‘zi mag‘lub etdi", dedilar.

________________
*Nasi — arablarda oy, yil hisobida qamariya oylari qo‘llanilardi. Qon to‘kish ehrom qilingan haj oylari (Rajab, Zulqa’da, Zulhijja, Muharram)ning hurmatini saqlash Ibrohim va Ismoil payg'ambar zamonasidan boshlab joriy etildi. Lekin bu tartib-qoida ularning savdo-sotiq ishlariga zarar yetkazdi, chunki haj ba’zan ularga nomuvofiq faslga, ba’zan esa harom qilingan oylar tijoratga foydasiz paytga to‘g‘ri kelib qolardi. Shu bois ular oy-kunlar hamisha manfaatlariga mos keilshi uchun qamariya yilini Shamsiyaga moslashtirish niyatida uning oxiriga ma’lum kunlarni qo‘shib nasi ya’ni kechiktirilgan deb atashdi. Bunday kunlar jamlanib bir oyni tashkil etar, ba’zi yillar o‘n ikki oy, ba’zilari esa o‘n uch oy bo‘lardi. Oqibatda haj bir yilda ikki marta ham kelaveradigan bo‘ldi. Shu bois payg‘ambar alayhis-salom Haj-ul-vadoda Olloh taoloning amriga binoan bu tartibni amaldan qoldirib, qamariya hisobi bo‘yicha ish yuritishni tavsiya etdilar. Zamon aylanib, haj yana o‘z vaqtida keladigan bo‘ldi. Payg'ambar alayhis-salomning "Zamon aylanib keldi", deganlarida shu voqea ko‘zda tutilgan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:59:18
ELCHILAR

Shu yili arablarning guruh-guruh elchilari rasulullohning huzurlariga kelib, islom diniga bay’at qilishdi. Bu elchilarning bizgacha yetgan xabarlarida tarbiyaviy ahamiyatga ega bebaho ta’limotlar bo‘lib, ishonchingizni mustahkamlab, qalblaringizni nurafshon etadiganlarini e’tiboringizga havola etamiz.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 17:59:44
NAJRON ELCHILARI

Nasroniy Najronlarning oltmish kishidan iborat elchilari payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga tashrif buyurishdi. Ular egniga qimmatbaho kiyimlar kiyib, barmoqlariga tilla uzuklar taqib olishgan edi. Ular rasulullohga surat solingan gilamlar bilan jundan to‘qilgan kiyimlar hadya etishdi. Sarvari olam surali gilamni egalariga qaytarib, faqat jun kiyimlarni oldilar. Nasroniylar cho‘qinadigan vaqtlari bo‘lganda Batulmuqaddasga qarab ibodat qildilar. Payg‘ambar alayhis-salom ularni islom diniga da’vat etdilar. Biroq mehmonlar: "Biz sizlardan burunroq haq yo‘lni topganmiz", deb musulmon bo‘lishdan bosh tortishdi. Rasululloh: "Sizlarning musulmon bo‘lishingizga avvalo salbga (xochga) cho‘qinishingiz, ikkinchidan, cho‘chqa go‘shtini yeyishingiz, uchinchidan, Ollohning bolasi bor deb e’tiqod qilishingiz halal beradi, dedilar. Elchilar: "Isoga o‘xshab otasiz yaratilgan biron kimsa bormi?" deb so‘rashdi. Bunga javoban Olloh taolo Qur’oni Karimdagi Oli Imron surasining‘ 59-oyatini nozil qildi: "Ollohning nazdida Iso Odam alayhis-salomga o‘xshaydi. Olloh Odam alayhis-salomni tuproqdan yaratdi, keyin unga bo‘l, degan edi, u bo‘ldi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:00:30
Olloh taolo nasroniylarning e’tiqodi cheklanganligini oshkor etish uchun Oli Imron surasining 61-oyatini nozil qildi: "Sen Iso hahida batafsil ma’lumotga ega bo‘lganingdan keyin kimki sen bilan baholashsa, ularga: "Kelinglar, o‘g‘illarimizni va o‘g‘illaringizni, ayollarimizni va ayollaringizni, o‘zlarimizni va o‘zlaringizni yig‘ib, Ollohning la’nati yolg’onchilarga bo‘lsin deya Ollohga yolborib duo qilaylik, degin". Payg‘ambar alayhissalom bu shartni taklif etganlarida nasroniylar qat’iyan bosh tortishdi. Har yilning safar oyida ming kishilik kiyim, rajab oyida ming kishilik kiyim bilan bir uqiyya oltin miqdorida xiroj to‘lashga rozi bo‘lishdi. Xirojni topshirib olishga ishonchli bir odam yuborilishini taklif etishdi. Rasululloh ularning yurtiga Abu Ubayda Omir ibn Jarrohni yubordilar. Shundan e’tiboran Abu Ubayda islom ummatining ishonchli odami deb ataldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:00:53
ZIMOM IBN SA’LABANING KELISHI

Payg‘ambar alayhis-salom masjidda sahobalar bilan suhbatlashib o‘tirganlarida sahroyi arablardan sochi yoyilgan, ovozi o‘tkir, biroq nima deganini uqib bo‘lmaydigan bir odam tuyasini to‘ppa-to‘g‘ri ichkariga opkirib cho‘ktirdi. "Qaysi biringiz Abdulmuttalibning o‘g‘li?" deb so‘radi. Sahobalar rasulullohga ishora qilishdi. Sahroyi arab payg‘ambar alayhis-salomga yuzlanib: "Men sendan qo‘pollik bilan savol so‘rayman, xafa bo‘lmagin", dedi. Rasululloh: "Istagan gapingni so‘rayver", deya ijozat berdilar. Sahroyi arab: "Xudoni shafe’ keltirib so‘raymanki, Olloh seni jam’i insonlarga payg‘ambar qilib yubordimi?" dedi. "Ha, shunday", dedilar payg‘ambar alayhis-salom. "Olloh bizlarga besh vaqt namoz o‘qishni buyurdimi?" deb so‘radi sahroyi arab. "Xuddi shunday", deya javob berdilar rasululloh. "Olloh boylarimizning mollarini olib, kambag‘allarga berishni buyurdimi?" deb so‘radi sahroyi arab, "Ha, shunday'', dedilar sarvari olam. "Olloh har yili ramazon oyida o‘ttiz kun ro‘za tutishimizni buyurdimi?" deb so‘radi sahroyi arab. "Xuddi shunday", deya javob berdilar rasululloh. "Qodir bo‘lganlarimizga umrimizda bir marta Baytullohni tavof qilish buyurildimi?" deb so‘radi sahroyi arab. "Xuddi shunday", dedilar payg‘ambar alayhis-salom. Sahroyi arab: "Menkim Zimom ibn Sa’laba bu ishlarning hammasiga imon keltirdim va tasdiq qildim", dedi. U ketgandan keyin rasululloh: "Bu odam diniy ishlarning olimi bo‘ldi", dedilar. Zimom o‘z qavmiga borgach, odamlarni butlarga cho‘qinishdan voz kechib, islom diniga kirishga da’vat etdi. Odamlar uning aytganlariga ishonib, yoppasiga musulmon bo‘ldilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:01:49
ABDUL QAYS AYMOG’INING ELCHILARI

Bir kuni payg‘ambar alayhis-salom sahobalar bilan sahbatlashib o‘tirganlarida: "Yo‘l yiroqligiga, oziq-ovqat taxchilligiga qaramay Sharq ahlining yaxshisi bo‘lgan bir jamoa bu yerga islomni ixtiyoriy ravishda qabul qilish uchun keladi. Ey Olloh, abdul Qays aymog‘ini mag‘firat qilgin", dedilar. Abdul Qays aymog‘ining elchilari yetib kelgach, payg‘ambar alayhis-salomni ko‘rgan zahoti ulovlaridan o‘zlarini tappa-tappa tashlab, salom berishga oshihishdi. Abdulloh ibn Avf Ashaj elchilar orasida eng yoshi kichigi bo‘lgani uchun tuyalarni cho‘ktirib, yuklarni tashitdi va shundan keyingina oq matodan tikilgan kiyimlarini kiyib, rasulullohga salom berdi. U pachoqqina, ko‘rimsiz odam bo‘lgani uchun rasulullohning o‘ziga tikilib qaraganlaridan xijolat chekib: "Ey rasululloh, odamning chiroyiga non botirib yeb bo‘lmaydi, inson tili va dili bilan odam", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Senda Olloh va uning payg‘ambari yaxshi ko‘radigan ikki xislat — muloyimlik bilan tamkinlik bor ekan", dedilar va shundan keyin elchilarga murojaat qildilar: "Xor-zorlikda qolmay, nadomat chekmay kelgan qavmni quchoq ochib kutib olamiz". Elchilar: "Ey rasululloh, biz bu yerga olis joylardan* keldik. Ikki o‘rtada Muzor kofirlarining qabilasi bor, biz sening huzuringa faqat qon to‘kish harom qilingan oylardagina kelishimiz mumkin. Shuning uchun ado etishimiz lozim bo‘lgan ishlarni ochiq aytib, tushuntirgin", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Avvalo sizlarni Ollohga imon keltirishga buyuraman. Bu nima degani bilasizlarmi? Ollohga imon keltirgin degani: La ilaha illaloh Muhammadur rasululloh, deb guvohlik berish, namoz o‘qish, zakot berish, ramozon oyida ro‘za tutish va g‘animatning beshdan birini topshirishdan iborat. Sizlarning tomoshaqovoqlarda Hantam (maxsus moy bilan moylangan idish), naqir xurmoning ildizidan yasalgan idishlarda sharob ichishinglarni man etaman", dedilar. Ashaj: "Ey rasululloh, biz tomonlarning havosi siyrak, aroq ichib turmasak qornimiz shishib, kasal bo‘lib qolamiz. Bizga oz-moz aroq ichishga ruxsat bermasang bo‘lmaydi", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Yo‘q, ozginaga ruxsat bersam ko‘proq ichasizlar. Keyin bir-biriiglarga qilich ko‘tarib urishasizlar", dedilar. O’sha paytda yuqorida nomlari zikr etilgan idishlarda sharob ichish rasm bo‘lgani uchun rasululloh ichki-likka qo‘shib ulardan foydalanishni ham taqiqladilar.

______________
*Ularnnig yurti fors qo‘ltig’iga yaqin joyda edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:02:11
BANI XANIFA AYMOG’INING ELCHILARI

Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga bani xanifa aymog‘ining elchilari tashrif buyurishdi. Ularning orasada Kazzob Musaylima ham bor edi. U: "Muhammad o‘zidan keyin o‘rniga meni xalifa qilsa, unga ergashardim", degan gapni ko‘p gapirardi. Rasululloh Qays ibn Shammos bilan birga elchilarning huzuriga chiqdilar. U kishining qo‘llarida xurmo daraxtining ikkita novdasi bor edi. "Sen mendan mana shu shoxni so‘rasang ham bermayman, — dedilar sarvari olam. — Men seni xuddi tushimda ko‘rgandek jazolayman". Payg'ambar alayhis-salom tushlarida qo‘llaridagi ikkita tilla bilaguzukni vahiyga binoan puflasalar ular uchib ketgan emish. Rasululloh bu tushga o‘zlaridan keyin payg‘ambarlik da’vosini qiladigan ikki yolg‘onchi keladi, deya ta’bir bergan edilar. Bu yolg‘onchilarning biri Musaylima, ikkinchisi San’oning hokimi Asvad Anasiy edi. Bani Xanifa aymog‘i anchagacha adashib — uloqib yurgach, alaloqibat musulmon bo‘ldi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:02:28
TOY QABILASINING ELCHILARI

Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga Zayid Xayl boshchiligida Toy qabilasining elchilari tashrif buyurishdi. Rasululloh Zayid haqida gapirib: "Arab xalqi orasida Zayidni eng yaxshi odam deb hisoblayman", dedilar va unga Zayid xayr (yaxshi Zayid) deya nom berdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:03:14
KANDA QABILASINING ELCHILARI

Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga Ash’as ibn Qays boshchiligida Kanda qabilasining elchilari tashrif buyurishdi. Ash’as o‘z qabiladoshlari orasida katta obro‘-e’tiborga ega, nufuzli kishilardan biri edi. Elchilar masjidga kirishgach, rasulullohni sinash uchun: "Biz bir narsani yashirib qo‘ydik. Haqiqiy payg‘ambar bo‘lsang shuni top", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Subhanolloh! Men kohin emasman, kohinlar do‘zaxga kiradi. Olloh meni haq din bilan yubordi, sira o‘zgarmaydigan va xatosi yo‘q Qur’onni nozil qildi", dedilar. Elchilar: "Biz ham Qur’on eshitmoqchi edik", deyishdi. Payg'ambar alayhis-salom ularga Saf surasining 1-5-oyatlarini o‘qib berdilar: "Qator-qator saf tortgan dushmanlarga qarshi ot solgan va Kalomullohni tilovat qilayotgan qo‘shinlar bilan qasam ichamanki, sizlarning ilohinglar chindan ham bittadir. U osmonu zaminning, ular orasidagi narsalarning va mashriqlarning robbisidir». Rasululloh tilovatdan to‘xtaganlarida ko‘zdan oqqan yoshlaridan soqollari ho‘l bo‘lgan edi. Elchilar: "Xudodan qo‘rqib yig‘layapsanmi?" dsb so‘rashdi. "Ha, Ollohdan qo‘rqib yig‘dayapman, — dedilar rasululloh. — Olloh meni qilichning tig’idek o‘tkir, to‘gri yo‘l bilan yubordi, toyib ketsam halok bo‘laman". Shundan keyin sarvari olam Isro surasining 86-87-oyatlarini o‘qidilar: "Agar biz istasak senga vahiy qilgan Qur’onni dillardan, mushaflardan albatta ko‘tarib tashlardik, keyin bizga qarshi homiy topolmas eding, lekin biz senga rahmatimiz yuzasidan bunday qilmadik. Senga chindan ham Ollohning fazli kattadir''. Rasululloh: "Endi ham musulmon bo‘lmaysizlarmi?" deb so‘radilar. Elchilar imon keltirib islom diniga kirishdi. Rasululloh ularning bo‘yinlariga osilgan yaltiroq latta nimaga xizmat qilajagi bilan qiziqdilar. Elchilar bo‘yinlaridagi lattalarini olib tashlashdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:03:24
AZDISHANUA QABILASINING ELCHILARI

Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga Surad ibn Abdulloh Azdiy boshchiligidagi  Azdishanua qabilasining elchilari tashrif buyurishdi. Ular imon keltirishgach, rasululloh Surad ibn Ardullohni o‘z qabilasiga boshliq qilib tayinladilar va unga yon-veridagi mushriklarni islom diniga da’vat etishni topshirdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:04:00
HAMIR PODSHOHLARINING ELCHILARI

Hamir podshohlari Horis ibn Abdulkulol, Nuaym, Nu’mon, Muofir va Hamadonlar imon keltirishdi va payg‘ambar alayhis-salomga elchi yuborib, musulmon bo‘lganliklarini bildirishdi. Rasululloh ularga maktub yo‘lladilar. "Bismillahir rohmanir rohim. Ollohning elchisi Muhammadan Horis ibn Abdukulol, Na’aym, Nu’mon, Muofir va Hamadonlarga:
Men sizlar musulmon bo‘lganinglar uchun yolg‘iz Ollohga hamd aytaman, undan boshqa hech iloh yo‘qdir. Yuborgan elchinglar biz Rumdan qaytayotgan paytimizda kelgan ekan, ular bilan Madinada uchrashdik. Ular menga sizlarning hol-ahvolingizni, musulmon bo‘lganingizni va mushriklarni o‘ldirayotganingizni aytishdi. Sizlar tuzatuvchilardan bo‘lib, Ollohga, payg‘ambarga itoat etsanglar, farz namozini o‘qisanglar, zakot bersanglar, g‘animatning beshdan birini Olloh yo‘liga ajratsanglar, payg‘ambarning ulushini hamda mo‘minlarga vojib bo‘lgan sadaqani bersanglar, bu Ollohning sizlarni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilganidir. Men Zur’a Ziyyazin elchilarimni yubordim. Ularga yaxshi muomala qilishinglarni tavsiya etaman. Ular Muoz ibn Jabal, Abdulloh ibn Zayid, Molik ibn Uboda, Uqba ibn Namir, Molik ibn Murra bilan ularning hamrohlaridir. Sizlar beradigan zakotni va g‘ayridinlardan olinadigan xirojni shularga topshirishinglar mumkin. Elchilarning boshlig‘i Muoz ibn Jabal. Ular sizlardan rozi bo‘lib qaytishsin. Muhammad shunga guvohlik beradiki, yolg‘iz Ollohdan boshqa iloh yo‘q. Muhammad Ollohning bandasi va elchisidir. Molik ibn Murra sening hamirliklar orasida birinchi bo‘lib imon keltirganing va mushriklarni o‘ldirganing haqidagi xabarni yetkazdi. Senga xayrli bashorat beraman va Hamir xalqiga boshchilik qilishni topshiraman: bir-biringizga xiyonat qilmaslikni, aksincha yordam berishni buyuraman. Muhammad boyu kambag‘al hammangizning yo‘lboshchingizdir. Muhammad va uning oilasi sadaqa olishi durust emas. Sizlarning bergan zakotingiz kambag‘al musulmonlarga, muhtoj musofirlarga ulashiladi. Molik (u yerdagi) ahvol haqida batafsil ma’lumot berdi. Unga yaxshi muomala qilishinglarni buyuraman. Sizlarga salom. Olloh sizlarga rahmat yog‘dirsin va barokat bersin".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:04:39
HAMADON ELCHILARI

Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga Hamadondan elchilar tashrif buyurishdi. Ularning orasida mashhur shoir Molik ibn Namat ham bor edi. Egnilariga Yamanning yo‘l-yo‘l matosidan to‘n kiyib, boshlariga Adan sallasini o‘ragan elchilar bilan rasululloh Tabukdan qaytganlaridan keyin uchrashdilar. Molik payg‘ambar alayhis-salomni maqtab she’r o‘qidi:

Qasam tangriga, el etmish tuyalarni biyobonga,
 Mushkulini oson etar safar chog‘ida karvonga.
Rasulullohga ergashdik so‘zini tasdiq qilib,
Yubormish Olloh bizni da’vat etgani imonga.
Muhammaddan botir yo‘q dushmanga qarshi turmoqqa,
Topilmas bas kelar inson bu yanglig‘ mardu maydonga.


Payg‘ambar alayhis-salom Molik ibn Namatni o‘z qavmidan musulmon bo‘lganlarga boshliq etib tayinladilar. Rasululloh hamadonliklar haqida alohida mehr bilan gapirganlar: "Bu naqadar yaxshi qabila, hamadonliklar darrov jonimizga oro kirdi, ular azobga g‘oyat bardoshli odamlar, ularning orasida mard kishilar, qobiliyatli arboblar bor".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:05:34
TUJIB ELCHILARI

Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga Tujib qabilasining o‘n uch kishilik elchilari tashrif buyurishdi. Zakot mollari olib kelgan elchilarni rasululloh xursand bo‘lib, ehtirom bilan kutib oldilar. Elchilar: "Ey rasululloh, biz mollarimizdan Ollohning haqini (zakotni) olib keldik", deyishdi. Rasululloh: "Bu mollarni olib ketib, kambag‘allarga ulashib beringlar", dedilar. Elchilar: "Ey rasululloh, biz kambag‘allarimizdan ortganini olib keldik", deyishdi. Abu Bakr gapga aralashib: "Shu paytgacha bunday yaxshi elchilarni ko‘rmagan edim", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Hidoyat Ollohning ixtiyorida, u biron odamga yaxshilikni iroda qilsa, uning qalbini imon bilan munavvar etadi", dedilar. Elchilar rasulullohdan Qur’on ta’limini olishdi va shu jarayonda sarvari olamga bo‘lgan muhabbatlari yanada ortdi. Ular yurtiga qaytmoqchi bo‘lishganda rasululloh: "Nega buncha shoshayapsizlar?" deb so‘radilar. Elchilar: "Tezroq yurtimizga borib, xudoning elchisi bilan uchrashganimizni va o‘rgangan narsalarimizni aytib bergani shoshyapmiz", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularni qimmatbaho sovg‘a-salomlar bilan taqdirladilar va: "Hamrohlaringizdan biron kishi qolib ketmadimi?" deb so‘radilar. "Narsalarimizga qarayotgan bir yosh bola qoldi", deyishdi elchilar. Rasululloh: "O’sha bolani mening oldimga yuboringlar", dedilar. U bola kela solib: "Ey rasululloh, men ham sening ziyoratinga kelgan elchilardanman, sen boshqalarning hojatini ravo qilding, mening ham talabimni bajo keltir", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Nima talabing bor?" deb so‘radilar. Elchi bola: "Ollohdan meni mag‘firat qilishini, menga rahmat qilishini va boyligimni qalbimga jo qilishini so‘ragin" dedi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Ey Olloh, unga mag‘firat qilgin, shafqatli bo‘lgin, uning boyligini qalbiga jo qilgan", deya duoga qo‘l ochdilar. Shundan keyin sheriklariga buyurilgan narsalarni unga ham tayinladilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:06:50
SA’LABA ARABLARINING ELCHILARI

Sa’laba arablari musulmon bo‘lganining xabarini yetkazish uchun to‘rt nafar elchi keldi. Ular payg‘ambar alayhis-salomga uchrashib: "Ey rasululloh, biz xalqimiz musulmon bo‘lganini aytgani keldik. Eshitishimizcha, hijrat qilmaganlar musulmon hisoblanmaydi, degan emishsan. Shu gap rostmi?" deyishdi. Rasululloh: "Qaerda bo‘lsangiz ham taqvo qilsangiz musulmon hisoblanasiz", dedilar va el-yurtning ahvoli bilan qiziqdilar, Yurtimizda mo‘l-ko‘lchilik, odamlar farovon yashashyapti", deyishdi elchilar. "Xudoga shukr", — yengil tin oldilar rasululloh. Elchilar Madinada bir necha kun mehmon bo‘lishdi. Qaytayotganlarida payg‘ambar alayhis-salom ularning har biriga besh uqiyadan kumush sovg‘a qildilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:07:10
BANI SA’D IBN HUZAYIM ARABLARINING ELCHILARI

Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga Huzoa qabilasidan bani Sa’d ibn Huzayim arablarining elchilari tashrif buyurishdi. Ulardan Nu’mon degan elchi bunday hikoya qiladi: "Biz rasulullohning huzuriga kelgan paytimizda arablardan tashqari ko‘pgina davlatlar u kishiga bo‘ysunib bo‘lgan edi. Ularning bir guruhi ixtiyoriy tarzda, ikkinchi guruhi esa qilichdan qo‘rqib bosh eggan edi. Biz Madinaga kelib, qo‘nalg‘a topib, joylashganimizdan keyin masjidga yo‘l oldik. Biz yetib borganimizda rasululloh bir mayitning: janoza namozini o‘qiyotgan ekanlar. Biz ko‘pchilikka qo‘shilib janoza namozini o‘qimay rasululloh bu ibodatni tugatishlarini kutib, bir chetga chiqib turdik. Rasululloh namozdan forig‘ bo‘lgach, bizni chaqirib, kimligimizni so‘radilar. Biz bani Sa’d ibn Huzayim arablaridan ekanligimizni aytdik. "Musulmonmisizlar?" deb so‘radilar rasullulloh. Biz musulmonligimizni, faqat payg‘ambarga bay’at qilmay turib namoz o‘qish durust bo‘lmasmikin, deb o‘ylaganimizni aytdik. Rasululloh: "Islom dinini qayerda qabul qilishingizdan qat’i nazar, baribir, musulmon hisoblanaverasizlar", dedilar. Biz rasulullohga qo‘l berib, bay’at qildik va qo‘nalg‘amizga qaytib ketdik. Oramizdagi eng kichigimizni narsalarimizga qarab o‘tirgani qoldirgan edik. Rasululloh bundan xabar topib, uni chaqirtirdilar. Biz uni masjidga boshlab bordik. U oldinga o‘tdi-da, musulmon bo‘lganini bildirib, payg‘ambar alayhis-salomga qo‘l berdi. Biz: "Ey rasululloh, u bizning eng kichkinamiz va xizmatchimiz", dedik. Payg‘ambar alayhis-salom: "Qavmning xizmatchisi qavmning xo‘jasi hisoblanadi. Olloh uni barokatli qilsin", dedilar. Payg‘ambar alayhis-salomning duolari sharofati bilan u Qur’onni yaxshi o‘qiydigan eng yaxshi odamlarning biriga aylandi. Biz rasulullohdan qimmatbaho sovg‘a-salomlar olib yurtimizga qaytdik.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:07:34
FUZOA QABILASINING ELCHILARI

Islom dinini qabul qilgan bani Fuzoa qabilasidan payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga elchilar kelishdi. Bu qabila qahatchilikka uchrab, tang ahvolda kun kechirardi. Rasululloh elchilardan xalqning ahvolini so‘radilar. Elchilardan biri o‘rnidan turib: "Ey rasululloh, yurtimizda qahatchilik bo‘lib, mol-holimiz qirilib ketdi, bola-chaqamiz och qoldi. Robbingga duo qilgin, yomg‘ir yog‘dirsin. Robbing huzurida bizga shafoat qilgin, robbing: shafoatingni qabul etib, muruvvat ko‘rsatsin", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom, men robbimning huzurida shafoat qilamanmi? Robbimiz huzurida kim shafoat qila olardi? Olloh pokdir. Undan boshqa hech iloh yo‘qdir. U oliy ulug‘ zot, uning arshi osmonu zamindan ham katta: Ollohning ulug‘vorligi, azimligidan osmonu zamin xuddi tuyaning yangi to‘qimidek g‘ijirlaydi (Zalvirining og‘irligidan)", dedilar. Shundan keyin minbarga chiqib, Ollohga duo qildilar. Parvardigori olam beadad rahmat ko‘rsatib, Fuzoa qabilasining yurtiga mo‘l-ko‘l yomg‘ir yogdirdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:08:15
BANI ASAD QABILASINING ELCHILARI

Sarvari olamning huzurlariga kelgan bani Asad qabilasi elchilarining orasida Ziror ibn Azvar bilan keyinchalik payg‘ambarlik da’vosini qilgan Tulayha ibn Abdulloh bor edi. Ular imon keltirgach: "Ey rasululloh, biz qahatchilik yilidagi qiyinchiliklarni yengib, qorong‘i kechalarda yo‘l bosib, huzuringa keldik. Biz tomonlarga biron kishingni yubormading", deyishdi. Olloh taolo Qur’ondagi Hujurot surasining 17-oyatida bu haqda shunday deydi: "Ular musulmon bo‘lganini senga minnat qilishadi. Sen ularga: "Musulmon bo‘lganingizni menga minnat qilmanglar, aks holda Olloh imonga hidoyat etgani uchun sizlarga minnat qiladi, degin".
Elchilar johiliyat davridagi qushlarning parvoziga qarab fol ko‘rish, kohinlik qilish, mayda toshlar bilan qur’a tashlash kabi ishlarining hukmini so‘rashgan edi, rasululloh bundan buyon bunday ishlar bilan shug‘ullanishni man etdilar. Elchilar folbinlik hqqida so‘rashdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Bu narsani bir payg‘ambar bilardi, uni shu payg‘ambarning ilmichalik bilimi bor odamgina bilishi mumkin", dedilar. Elchilar bir necha kun turib, diniy ahkomlarni o‘rgandilar va sovg‘a-salomlar olib o‘z yurtlariga qaytdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:08:27
BANI UZRA ELCHILARI

Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga bani Uzra, bani Yaliy, bani Murra va Yamandagi Xavlon qabilasining elchilari tashrif buyurishdi. Rasululloh ularga va’daga vafodor bo‘lishni, omonatga xiyonat qilmaslikni, qo‘ni-qo‘shnilar bilan muomala-munosabatni o‘rniga qo‘yishni tayinladilar hamda birovga zulm o‘tkazgan kishining qilmishi qiyomat kuni o‘ziga qorong‘i zulmat bo‘lajagini uqtirib, zulm qilishdan qaytardilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:08:39
BANI MUHORIB ELCHILARI

Bir paytlari payg‘ambar alayhis-salom Ukozda odamlarni Islom diniga da’vat etganlarida qattiq norozilik bildirib, musulmonchilikni rad etgan bani Muhorib arablarining elchilari tashrif buyurishdi. Musulmonlarning ashaddiy dushmani bo‘lgan Qaysar bani Muqorib xalqini Islom diniga bo‘ysundirib, rasulullohning huzurlariga keltirgan Ollohning marhamati va qudratiga tasanno.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:08:56
G’ASSON ELCHILARI

Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga G’asson, bani Abs, Nax’ arablarining elchilari tashrif buyurishdi. Rasululloh ularni parvardigor ato etgan odob va ochiq chehra bilan kutib oldilar, juda ko‘p sovg‘a-salom ulashdilar. Yurtiga qaytib borgach, qabiladoshlariga o‘rgatishlari uchun imon va shariat ahkomlaridan ta’lim berdilar. Keyinchalik ular qir-adirda yashovchi arablar orasida Islom dinini targ‘ib etishda katta xizmat ko‘rsatishdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:09:12
PAYG’AMBAR ALAYHIS-SALOMNING O’G’ILLARI IBROHIMNING VAFOT ETISHI

Shu yili payg‘ambar alayhis-salomning o‘g‘illari Ibrohim vafot etdi. Munajjim Mahmud Poshoning aniqlashicha, bu qayg‘uli hodisa hijratning o‘ninchi yili shavval oyining 29-kuni (melodiy 632-yil birinchi oyning 27-kuni) yuz bergan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:11:04
HIJRATNING O’N BIRINCHI YILI QO’SHIN YUBORISH

Shu yili safar oyida payg‘ambar alayhis-salom rumliklar bilan urushish uchun Ubno degan joyga Usoma ibn Zayid boshchiligidagi qo‘shinni jo‘natdilar. Avvalgi to‘qnashuv paytida Usomaning otasi Zayid shu yerda shahid bo‘lgan edi. Payg‘ambar alayhis-salom Usomaga: "Otang shahid etilgan joyga borib, dushmanni tor-mor keltir. Seni bu qo‘shinga sardor etib tayinladim. Ubno aholisiga sahar paytida hujum qil. Ularning uy-joylarini yondirib tashla. Dushman xabardor bo‘lib qolmasligi uchun tez harakat qil. Olloh senga g‘alaba ato etsin. Dushman yerida ko‘p turma. Yo‘l boshlovchilarni hamroh qilib ol, xabarchilar, choparlar oldinda yurishsin", deya tayinladilar. Bu qo‘shin safida Abu Bakr, Umar, Abu Ubayda, Sa’d kabi muhojir va ansorlarning kattalari ham bor edi. Rasululloh a’lamni Usomaga tutqaza turib: "Bismillah deb Ollohning yo‘lida g‘azot qilgin. Ollohni inkor etuvchilar bilan urushgin", dedilar. Muhojirlarning kattalari bor qo‘shinga Usomadek o‘n yetti yashar yoshgina yigitni sardor etib tayinlanganiga ayrim sahobalar norozilik bildirishdi. Rasululloh ularning gaplarini eshitib, qattiq ranjidilar. "Ey jamoat, Usomani lashkarboshi etib tayinlaganimdan ba’zi birovlarning norozi bo‘layotganini eshitdim. Uni yosh bola fahmlab ta’na toshlarini otibsizlar. Usomaning otasini lashkarboshilikka tayinlaganimda ham xuddi hozirgidek ta’na-malomatga qolgan edim. Xudo. haqqi, Usomaning otasi sardorlikka qanchalik munosib bo‘lsa, bolasi ham shunchalik munosib. Bu ota-bola men uchun eng suyukli kishilar, ularni eng yaxshi odamlardan deb hisoblayman. Usomaga yaxshi munosabatda bo‘linglar deb vasiyat qilaman. U orangizdagi yaxshi odamlarning biridir", dedilar. Biroq bu qo‘shinga Rasulullohning zamonida yo‘lga chiqish nasib etmadi. Bu qo‘shinning payg‘ambar alayhis-salom vafotlaridan keyingi yurishlari haqida "Siyratul xulafo" (Xalifalarning tarjimai holi) nomli kitobimizda hikoya qilamiz.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:12:19
PAYG’AMBAR ALAYHIS-SALOMNING BETOB BO’LISHLARI

Payg‘ambar alayhis-salom odamlarni Islom diniga da’vat etishdek Xudoning ulkan topshirig‘ini bajo keltirganlaridan va shu tufayli parvardigori olam u kishining ummatini hidoyat qilganidan keyin Olloh u zoti muborakni o‘z dargohiga chorladi. Payg‘ambar alayhis-salom bir kuni minbarda o‘tirib: "Olloh bir bandasiga bu dunyoda qolish yoki u dunyoga ketishni istash ixtiyorini o‘ziga berdi, bu banda u dunyoga, ketishni ixtiyor etdi", dedilar. Bu gapni eshitgan Abu Bakr ho‘ngrab yig‘lab yubordi: "Ey rasululloh, ota-onamiz qurboning bo‘lsin", dedi u yurak bag‘ry ezilib. Payg‘ambar alayhis-salom: "Men Abu Bakrning suhbatidek (shirin) suhbat ko‘rmadim, undan benihoya xursandman. Agar do‘st tutsam albatta Abu Bakrni do‘st tutgan bo‘lardim. Lekin bizga diniy qarindoshlikning o‘zi kifoya. Masjidga ochilgan tuynuklardan* Abu Bakrnikidan boshqasi yopib tashlansin", dedilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:12:51
Hijratning o‘n birinchi yili safar oyining oxirlarida payg‘ambar alayhis-salom Maymunaning uyida turganlarida betob bo‘la boshladilar. Kasal o‘n uch kunga cho‘zildi. Rasululloh har kuni asllaridan birining uyiga ko‘chib turdilar. Dardlari og‘irlashgach, Oisha Siddiqning uyida muqim turishga boshqa ayollaridan rozilik so‘radilar. Bu yerga ko‘chib o‘tganlaridan keyin kasal zo‘raydi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Ustimga og‘zi ochilmagan yetti mesh suv quyinglar, odamlarga vasiyat qilaman", dedilar. Rasulullohni sopol tog‘oraga o‘tqizib, to qo‘llari bilan bo‘ldi, deya ishora qilgunlaricha ustilaridan suv quyishdi. Sarvari olam kiyimlari ustidan hovurdek ufurib turgan isitma haroratini pasaytirish uchun yuvinishni ixtiyor etgan edilar.

_____________
*Ba’zi sahobalarning uylari masjidga tutash bo‘lgani uchun ular to‘ppa-to‘g’ri masjidga chiqadigan tuynuk ochib olishgan edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:13:14
ABU BAKRNING NAMOZDA IMOM BO’LISHI

Payg‘ambar alayhis-salom isitmalab, oyoq-qo‘llarida darmon ketgani uchun Abu Bakrga jamoatga imom bo‘lib namoz o‘qishni buyurdilar. Bu rasulullohning Abu Bakrni o‘zlariga xalifa (o‘rinbosar) qilishni ixtiyor etganlarining nishonasi edi. Ansorlar payg‘ambar alayhis-salomning dardi og‘irligini bilib, masjid atrofida aylanib yurishdi. Abbos ichkariga kirib, ansorlar tashvishda qolishganini aytdi. Rasulullohning ishorasiga binoan Ali bilan Fazl u kishining qo‘ltig‘iga kirishdi. Abbos oldinda yo‘l boshlab yurdi. Boshlari tang‘ib bog‘langan sarvari olam minbarning birinchi pillapoyasiga o‘tirdilar. Odamlar u kishining hurmatlari uchun gur etib o‘rinlaridan qo‘zg‘alishdi. Payg‘ambar alayhis-salom Ollohga hamdu sano aytganlaridan keyin:
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:14:45
 "Ey xaloyiq! Sizlar payg‘ambaringiz vafot etishidan qo‘rqayapsizlar. Avvalgi payg‘ambarlar mangu yashagan emas, men ham abadiy yashamayman. Men robbimning dargohiga ketaman, sizlar ham orqamdan yetib borasizlar. Mendan keyin hijratning avvalidagi muhojirlarga yaxshi muomala qilishinglarni tavsiya etaman, muhojirlar ham o‘zaro bir-birlariga mehr-oqibatli bo‘lishsin. Olloh Qur’ondagi Val’asr surasida bunday deydi: "Zamon bilan qasamki, barcha inson ziyon ichidadir, faqat imon keltirgan, yaxshi amallarni qilgan, bir-biriga haqni tavsiya etgan, bir-birini sabrli bo‘lishga undagan kishilar bundan mustasnodir". Hamma ish Ollohning izni bilan amalga oshadi. Hech bir ishda shoshqaloqlik qilmanglar, Olloh insonning shoshilishiga qarab bir ishni tezlatmaydi. Ollohga qarshi urush ochgan odam mag‘lub bo‘ladi, Ollohni aldashni ko‘zlagan odam o‘zi aldanib qoladi. Muhammad surasining 22-oyatida bejiz: "Agar sizlar hokimiyat yurgizsanglar yer yuzida yomon ish qilasizlarmi, qarindoshlik munosabatlarini uzib qo‘yasizlarmi, deyilmagan. Sizlar muhojir ansorlarga yaxshi muomala qilinglar, chunki ansorlar sizlar Madinaga kelmasdan burun bu yerlarda makon tutgan va oqko‘ngillik bilan imon keltirishgan. Ansorlarga yahshilik qilinglar, ular topgan-tutganini sizlar bilan baham ko‘rishdi, uylaridan joy berishdi, o‘zlari muhtoj bo‘la turib, o‘z nafslarini tiyib, bor-budini sizlardan ayashmadi. Muhojirlardan birov ansorlarga hokim bo‘lsa, ularning kamchilik va xatolarini kechirsin, o‘zini ulardan yuqori tutmasin. Men sizlardan avval ketaman, sizlar ham orqamdan yetib borasizlar, sizlar bilan jannatda ko‘rishamiz. Kimki oxiratda jannatga kirishni istasa, tili bilan qo‘lini yomonlikdan tiysin", dedilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:15:00
Rabbiul avval oyining 13 (dushanba) kuni Abu Bakr musulmonlarga imom bo‘lib bomdod namozini o‘qiyotganida payg‘ambar alayhis-salom hazrati Oishaning hujrasidan pardani ochib, odamlarga tabassum qildilar. Abu Bakr rasululloh namozga chiqdilar degan o‘yda orqa safga chekindi. Payg‘ambar alayhis-salomni ko‘rgan musulmonlar quvonganlaridan namozlarini ham unutib, u kishining ziyoratlariga yugurishlariga sal qoldi. Sarvari olam qo‘llari bilan Xudoning ibodatini davom ettiraverishni imo qildilar va ichkariga kirib, pardani yopib qo‘ydilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:16:29
PAYG’AMBAR ALAYHIS-SALOMNING VAFOT ETISHLARI

Shu kuni kun peshinga yetmay payg‘ambar alayhis-salom bu dunyo bilan xo‘shlashib, Ollohning dargohiga safar qildilar. Bu hijratning o‘n birinchi yili, rabbiul avval oyining o‘n uchinchisi, ya’ni dushanba kuni edi. (Melodiy 632-yili, 6-oyning 8-kuniga to‘g‘ri keladi). Payg‘ambar alayhis-salomning yoshlari qamariya yil hisobi bo‘yicha 63 yoshu 3 kun, shamsiya yil hisobi bo‘yicha 61 yoshu 84 kun edi.
O’sha asnoda Abu Bakr yo‘q edi. U bani Horis ibn Xazraj jamoasiga tegishli Sanh mahallasida yashovchi xotini Habibani ko‘rgani ketgan edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:16:54
Umar payg‘ambar alayhis-salom o‘ldi, degan xabarni olib kelganlarga qilich yalang‘ochlab tahdid soldi: "Muso payg‘ambar Ollohning huzuriga borib, o‘z xalqidan qirq kun yiroq turganidek, rasululloh ham Ollohning dargohiga ketdi. Xudo haqqi, payg‘ambar alayhis-salom albatta qaytib kelib, mana shunday gap-so‘zlarni tarqatganlarning oyoq-qo‘lini kesib tashlaydi, deb umid qilaman". Rasulullohning vafotlaridan xabar topgan Abu Bakr shu zahoti iziga qaytib, Hazrati Oishaning uyiga kirdi. U tiz cho‘kkancha payg‘ambar alayhis-salomning yuzlarini ochib o‘parkan, o‘pkasini bosolmay yig‘lab yubordi: "Xudoning nomi bilan qasam ichib aytamanki, senga Ollohning rahmati bo‘lsin. Ey rasululloh, ota-onam senga qurbon bo‘lsin, sen hayot chog‘ingda ham, o‘lganingda ham naqadar yoqimli, muattar bo‘ylisan. Olloh senga ikkinchi qayta o‘lim bermaydi, dedi. Shundan keyin tashqariga chiqib, Olloh taologa hamdu sano aytdi va yig‘ilganlarga yuzlanib: "Kimki Muhammadga ibodat qilmoqchi bo‘lsa, Muhammad o‘ldi. Kimki Ollohga ibodat qilmoqchi bo‘lsa, Olloh tirikdir, u hech qachon o‘lim topmaydi", dedi va Zumar surasining 30-oyatini o‘qidi: "Sen ham (rasululloh ko‘zda tutilyapti) albatta o‘lasan, ular ham o‘lajak", shundan so‘ng Oli Imron surasining 143-oyatini tilovat qildi: "Muhammad esa bir payg‘ambar, undan ilgari ham ko‘pgina payg‘ambarlar kelib ketishdi. Agar u o‘lsa, yoki o‘ldirilsa, orqaga qaytasizlarmi? Orqaga qaytuvchilardan Olloh sira zarar ko‘rmadi, shukr qiluvchilarni esa Olloh mukofotlaydi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:17:24
Hayajonlangan Umar: "Bu oyat ilgari qulog‘imga chalinmay Abu Bakrdan birinchi marta eshitayotgandek bo‘ldim", dedi.
To musulmonlar uch kungacha kengashib, o‘zlariga xalifa saylashmaguncha payg‘ambar alayhis-salom dafn etilmadilar. Payshanba kuni ertalab dafn etishga qaror qilishdi. Ali ibn Abu Tolib payg‘ambar alayhis-salomni yuvdi, unga Abbos, Abbosning ikki o‘g‘li Fazl bilan Qusam hamda Usoma ibn Zayid, rasulullohning ozodgardasi Shuqron yordamlashishdi. Sarvari olam uch qavat libos bilan kafanlandilar, kafanliklar orasida ko‘ylak bilan salla yo‘q edi. Shundan so‘ng rasululloh uy ichidagi so‘riga (karavotga) yotqizildilar. Odamlar ketma-ket kirib janoza namozini o‘qidilar, ularga hech kim imom bo‘lgani yo‘q. Hazrati Oishaning hujrasidagi rasulullohning jonlari uzilgan joyda go‘r kovlandi. Ali, Abbos va u kishining o‘g‘illari Fazl bilan Qusam payg‘ambar alayhis-salomni lahadga qo‘yishdi. Yerdan bir qarich ko‘tarilgan qabrga xasti Bilol suv sepdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:17:49
Payg‘ambar alayhis-salom vafot etdilar, lekin u zoti muborak musulmonlarga dono va tadbirkor Olloh tomonidan nozil bo‘lgan, mahkam tutilsa hech narsa zarar yetkazolmaydigan, yolg‘onu tuhmatlar sira ta’sir o‘tkazolmaydigan muqaddas Qur’oni Karimni qoldirib ketdilar. Olloh Islom dinini kamolotga yetkazib, va’dasini ro‘yobga chiqarguncha din ahkomlarini yechib beradigan, mamlakat-larni fath etishni davomlashtiradigan va Islom dinining quyosh nuridek ziyosidan hammani bahramand qiladigan sohibi karam sahobalarni qoldirib ketdilar. Olloh Taolo va’dasining ustidan chiqib, olamni imon nuri bilan munavvar etdi. Ollohdan o‘zining bu ulug‘ marhamati va beadad ne’matining shukronasini ado etishga muvaffaq qilishini tilaymiz.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:18:05
PAYG’AMBAR ALAYHIS-SALOMNING SIFATLARI VA GO’ZAL AXLOQLARI

Olloh taolo payg‘ambarimiz Muhammad alayhis-salomga hech kimga bermagan bu dunyo va oxiratning kamolotlarini ato etgan. Sarvari olamning izidan borib, bu dunyoda maqtovga, oxiratda savobga erishmoq uchun bu bobda* rasulullohning betakror sifatlari hamda go‘zal axloqlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Olloh hammamizga hidoyat ato qilib, bizni to‘gri yo‘lga boshlasin. Insondagi ulug‘lik va kamolot fazilat-lari ikki turlidir: birinchisi, dunyoviy xislati, zaruriya bo‘lib, u inson tabiati va yashash ehtiyojidan kelib chiqadi, ikkinchisi, diniy xislati qasbiya bo‘lib, bu sifatga erishganlar maqtovga sazovor va Ollohga yaqinlashganlar jumlasiga kiradi. Dunyoviy xislati zaruriya kasbiy bo‘lmaydi, u insonning ixtiyoriga bog‘liq ham emas. Masalan: payg‘ambar alayhis-salomning yaratilishlaridagi tabiiy kamolotlari, husndagi go‘zalliklari, aqliy zakovatlari, idroklarining yuksakligi, tillarining fasohatliligi, his-tuyg‘u va badanlarining kuchliligi, harakatlarining mo‘tadilligi, nasablarining tozaligi, qavmlari va yurtlarining mo‘tabarligi kabi xislatlar bo‘lib, yashash zarurati taqozo etadigan ovqat, uyqu, kiyim-kechak, turar-joy, mol-mulk va obro‘-e’tibor kabilar shu jumlaga mansubdir; din, ilm, muloyimlik, sabr, shukr, adolat, haqqoniylik, ta’madan yiroqlik, kamtarlik, kechirimlilik, iffat, saxiylik, shijoat, hayo, odamgarchilik, kamgaplik, tamkinlik, og‘ir-bosiqlik, mehr-shafqat, husnixulq, yaxshi muomala kabi yuksak axloq-odobning barchasi oxiratga mansub xislati kasbiya sanalib, bular go‘zal axloq deb ataladi. Insonda mavjud tabiiy yo‘sindagi g‘ayrikasbiy kamolot xususiyatlarining barchasi payg'ambar alayhis-salomning vujudlarida mavjud edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:18:23
Payg‘ambar alayhis-salomning rang ro‘ylari benihoya chiroyli, gavda tuzilishi va a’zolarining mutanosibligi rivoyatlarda bunday tasvirlanadi: Payg‘ambar alayhis-salomning yuzlari oppoq, nuroniy, ko‘zlari katta, qorachig‘lari timqora, oqi qizg‘ishga moyil, kipriklari quyuq, qoshlari uzun, ingichka, qirra burunlarining uchi xiyol egilgan, tishlari guruch donasidek oppoq, orasi ochiqroq, peshonalari keng, yuzlari dumaloq, soqollari quyuq, ko‘kraklari keng, gavdali, bilaklari uzun, kaftlari, oyoqlarining tovoni keng, o‘rta bo‘y, miqtidan kelgan, jundor odam edilar; ko‘kraklarida pastga qarab o‘sgan mayin yollari bor edi, kulganlarida tishlari xuddi marvarid donalaridek yarqirab ketardi, gapirganlarida shu’lalanib, og‘izlaridan nur taralayotgandek bo‘lardi, bo‘yinlari ham gavdalariga g‘oyat mos edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:18:48
Baro ibn Ozib: "Umrimda qora sochlari quloqlarini bosib tushgan, qizil to‘nli payg‘ambar alayhis-salomdan kelishganroq odamni ko‘rgan emasman", deydi. Abu Hurayra: "Men rasulullohdan ko‘ra chiroyli odamni ko‘rmaganman. Quyosh xuddi u kishining yuzidan balqigandek tuyulardi, kulganida yuzidan nur yog‘ilib, shu’lasi devorlarga tushardi", deb eslaydi. Ibn Abu Holaning hadisida: "Payg‘ambar alayhis-salomning yuzi xuddi o‘n to‘rt kunlik oydek nurlanib turardi", deyilgan. Hazrati Ali rasululloh haqida gapirib: "Payg‘ambar alayhis-salom dastlab ko‘rgan odamga vajohatli tuyulardi, yaqindan bilgandan keyin esa eng suyukli kishisiga aylanib qolardi. Men rasulullohdek odamni avval ham, keyin ham ko‘rmadim", deydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:19:07
Payg'ambar alayhis-salom tozalikda, xushbo‘ylikda, ifloslik va najosatdan yiroqlikda alohida xususiyatlarga ega edilarki, bunday fazilatlar u zoti muborakdan boshqa kishida topilmasdi. Olloh taolo rasulullohni shariatining pokizaligi bilan yanada yuksak kamolotga erishtirdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Islom dini pokizalik asosiga qurilgan", deya marhamat qilganlar. Anas: "Payg‘ambar alaihis-salomdagi xushbo‘y hid men hidlab ko‘rgan anbarlarning, iforning va boshqa mushku anbarlarning atridan yoqimliroq edi", degan. Jobir esa "Payg‘ambar alayhis-salom yuzimni silab qo‘ygan edi, u kishining qo‘lidan xuddi attor (atr sotuvchi)ning qutisidan taralgandek dimog‘imga gup etib xushbo‘y is urildi", deydi. Ko‘plarning ta’kidlashicha, sarvari olam xushbo‘y narsalarni iste’mol qilsalar ham, qilmasalar ham u kishi bilan ko‘rishgan odamning qo‘lidan kechgacha yoqimli hid kelib turarkan. Agar rasululloh, biron bolaning boshini silab qo‘ysalar, kechgacha o‘rtoqlari uning yonidan ketolmay qolisharkan. Imom Buxoriy katta tarixida Jobirdan rivoyat qilishicha, mushk-anbar ufurib turgan ko‘chadan yurgan odam bu yerdan shubhasiz rasululloh o‘tganlarini bilar ekan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:19:21
Payg‘ambar alayhis-salom aqlda komilliklari, zehnlari o‘tkirligi, hissiyotlarining kuchliligi, tillarining biyronligi, harakatlarining chaqqonligi, ahloqlarining go‘zalligiga qaraganda u zoti muborakni hech shubhasiz eng aqlli va eng hushyor inson deb e’tirof etish kerak. Sarvari olam ilgari o‘qib, xat-savod chiqarmagan, maxsus saboq olmagan, dunyoviy va diniy kitoblarni ko‘rmagan, bo‘lishlariga qaramay odamlarga juda ko‘p ilmlarni o‘rgatdilar, shariatni barpo etdilar, odamlarning shaxsiy va jamoat ishlarini boshqarishlari, xalqqa qo‘llagan siyosatlari, betakror xulq-atvorlari va ajoyib turmush tarzlari u kishi aql-zakovatda komil, idroklari teran zot ekanliklarini isbotlab turibdi. Payg‘ambar alayhis-salom namoz o‘qiyotganlarida orqadagi narsalarni ham xuddi oldilaridagidek aniq-tiniq ko‘rardilar. Olloh taoloning Shuaro surasidagi: "Olloh namozga turgan paytingizdagi harakatlaringizni ham ko‘rib turadi", degan 219-oyati bevosita yuqoridagi fikrlarning tasdig‘idir. Hazrat Oisha raziyallohu anho: "Payg‘ambar alayhis-salom qorong‘ida ham xuddi yorug‘ paytdagidek ko‘raverar, Xulkardagi o‘n bir yulduzni bemalol sanay olardi", deydi. Rivoyatlarda aytilishicha, rasululloh zamonasining pahlavoni Rakonani kurashda yengib, Islom diniga da’vat etgan ekanlar. Abu Hurayra: "Men payg‘ambar alayhis-salomdan ko‘ra tez yuradigan odamni uchratmaganman. U kishi yo‘lga chiqqanida yer xuddi qatlamadek qatlanib, qisqarayotgandek tuyular, biz qiynalib yursak u kishi aksincha yayrab odimlar, xuddi tepalikdan pastga tushayotgandek bemalol qadam tashlardi. Kulganida ovozini balandlatmay tabassum qilar edi", deydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:19:44
Payg‘ambar alayhis-salomning tili benihoya fasohatli va chuqur ma’noli edi. Gaplari sun’iylikdan xoli, ravon, jumlalari lo‘nda, qisqa, tushunarli, fikri aniq, mazmunli, takallufsiz va chuqur ma’noli edi. U kishi arab tilining lahjalarini, hikmatli so‘zlarini ko‘p bilardilar. Har bir xalqqa ularning o‘z tili, shevasi va uslubida fasohatiga yarasha gapirar edilar. Ko‘pgina sahobalar so‘zlarning ma’nosini aytib berishni payg‘ambar alayhis-salomdan iltimos qilishardi. Rasulullohning hadislari va tarixlari bilan tanishgan odam bu narsani ayniqsa yaxshi his etadi. Payg‘ambar alayhis-salomning quraysh xalqiga, hazri Mavj va Yaman podsholariga hamda najidning oqsoqollariga aytgan gaplari bir-biridan keskin farq qiladi. U kishi biron qabila bilan gaplashganlarida ular yoqtiradigan iboralarni ishlatar, yerlik odamlarga xush keladilan uslubda so‘zlashar edilar. Sarvari olam mana shu tarzda Islom dinining ta’limotlarini odamlarga yetkazar, Qur’on oyatlarini, shariat ahkomlarini har bir kishining didi, saviyasiga moslab tushuntirar edilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:20:27
Payg‘ambar alayhis-salomning fasohat bilan aytilgan chuqur ma’noli, lo‘nda so‘zlarini sharhlab, muzmunini chaqishga urinib, uslublarini tadqiq etib kitoblar yozilgan. Quyidagi hikmatdan iborat so‘z-iboralar rasulullohning ahli donish va fasohat bobida chinakam kamolotga yetganliklarining tasdig‘idir:
Hamma musulmonlarning joni barobardur. Ularning eng tubani ham birovlarni asrash ko‘yida yuradi, dushmanga qarshi (turishda) uyushqoq bo‘lishadi.
Insonlarning hammasi taroqning tishlaridek barobardur.
Kishi suygan odami bilan birga (bo‘ladi).
Sen birovga ravo ko‘rganni u senga ravo ko‘rmasa bunday suhbatdoshlikda xosiyat yo‘q.
Insonlar ma’dan konlariga o‘xshashadi.
O’z qadr-qimmatini bilgan odam halok bo‘lmaydi.
Maslahatga chaqirilgan odam ishonchli odam.
Gapirib yaxshilikka erishgan yoki sukut saqlab omon qolgan bandaga Olloh rahmat qilsin.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:20:54
Musulmon bo‘lsang salomat bo‘lasan, musulmon bo‘lsang, Olloh ikki hissa ajr beradi. Sizlarning xushaxloq, kamtar, do‘stlashtirguvchi va do‘stlikka intilganinglar qiyomat kuni menga eng ardoqli va eng yaqin bo‘ladiganinglardir.
U (ya’ni musulmon) behuda gapiradigan yoki arzimas narsalarga baxillik qiladigan bo‘lishi mumkin.
Ikkiyuzlamachi odam Ollohning dargohida maqbul emas.
Bundan tashqari payg‘ambar alayhis-salom behuda bahs-munozarani, ko‘p savol so‘rashni, molni isrof qilishni, onalarni ranjitishni, qiz bolalarni tiriklay ko‘mishni man qilib, aytgan gaplari ham ayni donolikning nishonasidur.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:21:23
Har qanday sharoitda Ollohga taqvodor bo‘l. Yomonlik qilsang, uni yaxshilik bilan yuv. Odamlarga xushmuomala bo‘l. Ishning yaxshisi o‘rtachasidir.
Do‘stingga haddan tashqari yaqin bo‘lma, bir kuni u sening dushmaningga aylanib qolishi mumkin.
Zulm qiluvchilarning zulmi qiyomat kuni o‘zlariga qorong‘u zulmat bo‘ladi.
Payg‘ambar alayhis-salomning quyidagi duolari ham u kishining yuksak fasohati va zakovatidan dalolat beradi:
"Ey Olloh, sendan tilagim shuki, rahmating bilan qalbimni hidoyat qilgaysan, ishlarimni parokanda etmagaysan, tarqoq ishlarimni jamlagaysan, umid bog‘lagan ishlarimni ro‘yobga chiqargaysan, amalimni pok qilg‘aysan, ishlarimni to‘g‘ri yo‘lga solgaysan, do‘stligimni qaytargaysan, meni barcha yomonliklardan asragaysan. Ey Olloh, oson o‘limni, shahidlarcha qazoni, baxtiyor hayotni, dushmanlar ustidan g‘alaba qozonishni tilayman".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:21:54
Bundan tashqari payg‘ambar alayhis-salomning ko‘pgina kishilar tomonidan zikr etilgan so‘zlari, nutqlari, xutbalari, duolari, sulhnomalari hayratomuz fasohat va hikmatga to‘ladir. Sahobalar rasulullohga: "Sendan ko‘ra fasohatliroq gap gapiradigan kishini ko‘rmadik", deyishganda u zoti muborak: "Qur’on mening tilimda, ya’ni ravshan arabiy tilda nozil etilgan ekan, boshqacha bo‘lishi ham mumkinmi?" deya javob qaytarganlar. Rasululloh: "Men quraysh qabilasida dunyoga kelib, banu Sa’d aymog‘ida voyaga yetdim", deganlar. Payg‘ambar alayhis-salomning gap-so‘zlarida sahro odamlariga xos qudrat va bosiqlik, shaharliklarga xos nafislik bilan nazokat jam bo‘lgan. Bundan tashqari sarvari olam boshqa odamlarga nasib etmaydigan vahiy orqali Ollohning madadi va qo‘llab-quvvatlashiga erishganlar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:22:18
Payg‘ambar alayhis-salom nasablarining asilligi, yurtlarining ulug‘ligi hammaga ayon. Rasululloh quraysh qabilasi Hoshim jamoasining ko‘rar ko‘zi, arablarning eng asili, ota-ona tomonidan hurmatga sazovor, Olloh uchun ham, payg‘ambar alayhis-salom uchun ham aziz maskan hisoblanmish Makkadan edilar. Bu haqda kitobning bosh qismida batafsil gapirilgani uchun ortiqcha to‘xtalib o‘tirmaymiz.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:22:36
Inson hayotiga zarur hisoblangan ayrim narsalarning oz bo‘lishi fazilatdir. Masalan: ovqat bilan uyquning kami shu jumlaga kiradi. Odamlar azalu azaldan me’yorida ovqatlanish bilan kam uxlashni maqtab, ko‘p yeyish bilan ko‘p uxlashni ayblashgan. Ko‘p yeyish, ko‘p ichish ochko‘zlik, harislik, shahvatparastlik nishonasidir. Ko‘p yeyish va ko‘p uxlash bu dunyoda ham, u dunyoda ham zarar, koni ziyon, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi, aqlni zaiflashtirib, xomush qilib qo‘yadi; oz yeyish esa qanoatning, nafsni jilovlay bilishning, shahvatni o‘ldirishning nishonasidir, badanni sog‘lomlashtirib, zehnni o‘tkirlashtiradi; ko‘p uxlash kishini lanj, zaif, xomush, yalqov qilib qo‘yadi, inson umrini zoe ketgizadi, diydasini qotiradi, g‘aflatda qoldirib, dilini o‘ldiradi. Payg‘ambar alayhis-salom oz yeb, kam uxlaganlar. Shu bois u kishi doim oz yeyishni targ‘ib etganlar: "Odam bolasi qorin degan rasvo idishni to‘ldirolgani yo‘q. To‘yish uchun bir necha luqma kifoya, Yeyish zarur bo‘lganda u oshqozonning uchdan birini ovqat uchun, uchdan birini suv uchun, uchdan birini nafsi uchun ajratib qo‘ysin", deganlar. Ko‘p yeyish bilan ko‘p ichish ko‘p uxlashga sabab bo‘ladi. Oisha raziyallohu anho: "Payg‘ambar alayhis-salomning qorni yolchib ovqatga to‘ygan emas. U kishi oilasidagilardan bo‘lakcha ovqat so‘ramas, berganni yeb, berganni ichardi", deydi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Men suyanib o‘tirib ovqat yemayman", deganlar. Tabiiyki, kishi chordona qurib, bemalol suyanib o‘tirsa, ko‘proq ovqat yegisi kelishi turgan gap. Rasululloh esa qovushmasdan cho‘nqayib o‘tirganlaricha naridan-beri ovqatlanganlar. "Men bir qulman, ovqatni quldek o‘tirib yeyman", deganlar u zoti muborak. Rasululloh juda kam uxlaganlar, shunda ham: "Ikki ko‘zim uxlagani bilan qalbim sira uxlamaydi", deganlar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:22:48
Insonda qancha ko‘p va qancha yuqori bo‘lsa shuncha fazilat sanaladigan narsalar bor. Obro‘-e’tibor shular jumlasidandir. Donolar ta’kidlashicha, kishining obro‘siga qarab, uning hurmati belgilanadi. Olloh taolo Iso alayhis-salomni "dunyo va oxiratda obro‘li", deya sifatlagan. Muhammad alayhis-salom esa payg‘ambar bo‘lishlaridan avval ham, keyin ham el-yurtning hurmatiga sazovor bo‘lganlar. Mushriklar payg‘ambar alayhis-salom bilan sahobalarga ozor berishni, suiqasd qilishii ko‘zlashsa-da, ko‘pincha u kishidan hayiqishar, baribir, yo‘riqlariga yurishardi. Birinchi marta duch kelgan odamni payg‘ambar alayhis-salomning salobatlari bosardi. Qiyla degan ayol rasulullohni ko‘rganda qo‘rqqanidan osq-qo‘li bo‘shashib, qaltiray boshlaganda u kishi: "Ey miskina, qo‘rqma, o‘zingni bosib ol", deganlar. Ibn Mas’ud rivoyat qilgan bir hadisda aytilishicha, bir odam payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib, gapirolmay qalt-qalt titrayerganda, rasululloh: "Qo‘rqma, men podshoh emasman", deganlar.
Muhammad alayhis-salomning qadr-qimmati balandligi va Olloh taolo u kishini payg‘ambarlikka tanlagani bu dunyoda erishgan eng yuqori martabalaridir. Oxiratda esa rasululloh bani inson sayyididurlar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:23:25
Odamlar mol-dunyosi ko‘pligi bilan faxrlanishadi, boy-badavlat kimsa bir kunimizga asqotib, hojatimizni chiqararmikin, degan ilinjda kishilar ularni katta bilib, izzat-ikrom qilishadi. Mol-mulki ko‘pligi fazilat emas, boyligini o‘zining va boshqalarning ehtiyoji uchun sarflab, yaxshi nom qozonsa va kishilarning hurmatiga erishsa, ahli dunyo nazarida katta olijanoblik hisoblanadi; agar bisotini oxiratni ko‘zlab yaxshi yo‘llarga, foydali ishlarga sarflasa, hamma odamning nazarida fazilat sanaladi. Badavlat odam baxil bo‘lib, boyligini yaxshilikka sarf etish o‘rniga mol-mulk to‘plashga hirs qo‘ysa, bunday boylikning qadri yo‘q, mulkdor esa baxil, pastkash degan haqoratga uchraydi. Payg'ambar alayhis-salomning qo‘llariga yer yuzining xazinalari, mamlakatlariing kalitlari topshirilgan, g‘animatlar u kishiga halol qilingan edi. Rasululloh hayot vaqtlarida Hijoz, Yaman, Shom, Iroqning bir qismi, arab yarim oroli fath etilib, juda ko‘p g‘animat, xiroj, zakot mollari keltirilgan, yaqin yiroqdagi podshohlar had-hisobsiz sovg‘a-salomlar yuborishgan edi. Lekin payg'ambar alayhis-salom bu narsalarni shaxsiy mulk sifatida o‘zlashtirib olganlari, biron tangalik narsani o‘z ehtiyojlari uchun ishlatganlari yo‘q, hamma narsa tegishli joyga sarflandi. Odamlar boyib, musulmonlarning beli baquvvat bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Uhud tog’idek oltinim bo‘lsa, undan Olloh yo‘lida sarflash uchun mo‘ljallanganidan tashqari biron dinorni olib qolish meni xursand qilmaydi", deganlar. Kunlarning birida rasulullohning qo‘llariga Murra dinorlari kelgan edi, uning ozginasini qoldirib ayollaridan birining qo‘liga berib qo‘ydilar. Lekin baribir yotib uyqulari kelmadi, to qolgan dinorlarni ham bo‘lib bermagunlaricha ko‘ngillari joyiga tushmadi. Yonlarida hech vaqo qolmagandan keyingina: "Endi xotirjam bo‘ldim", deya yengil tin olganlar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 27 Fevral 2007, 18:23:50
Payg‘ambar alayhis-salom vafot etganlarida jangovar sovutlar oilasining xarajati uchun garovga qo‘yilgan edi. U zoti muborak oziq-ovqat, yengil bosh, uy-joyning ehtiyojiga yarashasi bilan qanoatlanganlar, ortiqcha narsalarga sira qiziqma-ganlar. Sarvari olam sira kiyim tanlagan emaslar, ko‘pincha dag‘al gazlamalardan tikilgan to‘n va shunga o‘xshash liboslar kiyardilar. Vaholanki, huzurlaoiga tashrif buyurganlarga oltin hal bilan ziynatlangan to‘n kiydirar, kelolmaganlarga jo‘natib yuborar edilar. Bu narsa payg‘ambar alayhis-salom bu dunyoning boyligiga sira qiziqmaganlarini, bor narsalarini mustahiq (zakot olishi lozim bo‘lgan odam)larga sarf etish fazilatiga ega ekanliklarini ko‘rsatadi. Go‘zal odob-axloqlardan iborat xislatlar husni xulq deyiladi. Rasululloh bunday xislatlarning timsoli edilar. U kishining husni xulqlari har jihatdan kamolatga yetgan, mukammmal edi. Olloh taolo nur surasining 4-oyatida payg‘ambar alayhis-salomni maqtab: "Sen chindan ham yuksak axloq egasisan", degan. Hazrati Oisha raziyallohu anho: "Payg‘ambar alayhis-salomning xulqi — Qur’on edi. U Qur’on mamnun bo‘lgan narsadan mamnun bo‘lar, g‘azablanganidan g‘azablanardi", deydi. Payg‘ambar alayhis-salomnig o‘zlari: "Men go‘zal axloqlarni kamolga yetkazish uchun yuborildim", deganlar. Anas: "Rasululloh eng go‘zal axloq egasi edi", degan. Muhammad alayhis-salom xuddi boshqa payg‘ambarlarga o‘xshash ma’naviy va axloqiy barkamollikka erishgan edilar. Bu zoti muboraklar payg‘ambarlikka tanlanib, Ollohning nuri dillarini yoritishi bilan fazlu kamolat cho‘qqisiga ko‘tarildilar. Parvardigor ularni payg‘ambarlikka tanlashi bilanoq tiri-shib o‘zlarini qiynamay, mashq qilmay bebaho fazilatlarga ega bo‘ldilar. Payg‘ambarlarga xos bunday go‘zal axloq va xislatlar behisob. Biz ularning mohiyatini bayon etish bilan cheklanib, Muhammad alayhis-salomning sifatlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 17:59:04
Odob-axloqning manbai — aql. Ilm-ma’rifat aqlniig mahsuli. Donolik, teran fikr, rostgo‘ylik, to‘g‘rilik, uzoqni ko‘ra bilish, nafsning ko‘yiga tushmaslik, aksincha uni tiyish, shahvat bilan kurashish, to‘g‘ri tadbir va to‘g‘ri siyosat yuritish, past orzu-havaslardan xoli bo‘lish kabi xususiyatlarga faqat aql tufayli erishiladi. Payg‘ambar alayhis-salom aql va ilm jihatdan hech kimga nasib etmagan eng yuksak darajaga yetganlar. Bunga rasulullohning hayot yo‘li va islom tarixi bilan tanishgan, u kishining lo‘nda, ma’noli so‘zlarini, go‘zal axloqlarini, hadislarini o‘rgangan, sarvari olamning Tavrot, Injil va boshqa muqaddas kitoblar haqidagi bilimlarini, faylasuflarning falsafasi va o‘tgan ummatlar tarixi haqidagi bilimlari, maqol-matallari, odamlarga qo‘llagan siyosiy tadbirlari, yo‘lga qo‘yilgan shariat haqidagi bilimlarini, tabobat, aljabr, nasabshunoslikka oid fikrlarini tadqiq etgan kishilar amin bo‘lishadi. Vaholanki, Muhammad alayhis-salom ummi payg‘ambar bo‘lib, hech qayrrda o‘qimagan, avvalgi kitoblarni ko‘rmagan, birovga shogird tushmagan edilar, u zoti muborak faqat Olloh taolo dillariga jo etib, bildirgan ilmga ega edilar xolos. Payg‘ambar alayhis-salom Olloh taolo o‘rgatgan ilmlar, kelajakdagi sodir bo‘ladigan ishlar haqidagi bashoratlari, yaratganning qudrati va mulki azimi haqida bildirganlaridan tashqari rasululloh o‘z aqlu farosatlariga yarasha dunyoviy va uxroviy ma’lumotlarga ega edilar. Olloh taolo Niso surasining 112-oyatida payg‘ambar alayhis-salomga: "Olloh senga bilmaydigan narsalaringni bildirdi, senga Ollohning fazli kattadir", deydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 17:59:22
Payg‘ambar alayhis-salomning muloyimligi, bagri kengligi, o‘ch olishga qodir bo‘la turib avf etishlari, boshlariga musibat tushganda chidam bilan yengishlari, sabrliklari Olloh bergan ulug‘ fazilatdir. Olloh taolo A’rof surasining 99-oyatida payg‘ambar alayhis-salomga: "Afvni do‘st tutgin, amr-ma’ruf qilgin va nodonlar bilan teng bo‘lmagin", deydi. Rasululloh Jabroil alayhis-salomdan bu oyatning ma’nosini tushuntirib berishni so‘radilar. Jabroil alayhis-salom: "Ey Muhammad, Olloh sendan yuz o‘girganlarga yaqin bo‘lishni, muhtoj bo‘lganingda hech narsa bermaganlarga berishni, zulm o‘tkazganlarni avf etishni buyuradi", deganlar. Olloh taolo Qur’oni Karimda yana bunday deydi: "Senga yetgan aziyatlarga sabr qilgin, bu ulug‘ ishdir", Sho‘ro yeurasining 42-oyatida: "Kimki sabr qilsa, (zolimdan o‘ch olishga qodir bo‘la turib qasos olmasa) va uni avf etsa, bu ulug‘ ishdir". Shuningdek Nur surasining 22-oyatida: "Avf etsin, bag‘ri keng bo‘lsin. Ollohning sizlarga mag’firat qilishini istamaysizlarmi? Olloh mag’firat qilguvchidir, benihoya mehribondir", deydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 17:59:38
Payg'ambar alayhis-salom haqidagi rivoyatlarda u kishida mazkur sifatlar mukammal jamuljam ekani ayon bo‘ladi. Har qanday yumshoq tabiat odam ham hamisha muloyim bo‘lavermaydi. Payg‘ambar alayhis-salom esa hayotda duch kelgan shuncha ko‘ngilsizliklarning hammasiga sobirlik bilan chidaganlar, u kishiga ozoru kulfat yetkazgan johillarga yaxshi muomalalarini sira o‘zgartirmaganlar. Hazrati Oisha raziyallohu anho: "Payg'ambar alayhis-salom ikki ishdan birini tanlash lozim bo‘lganda gunoh bo‘lmasa; ulardan osonrog’ini tanlar edi. Agar gunoh sanalsa, bu narsalardan o‘zini yiroq tutardi. U kishi o‘zi uchun o‘ch olmasdi, faqat Ollohning hurmati oyoq osti qilingandagina Olloh uchun qasos olardi", deydi. Odamlar Uhud jangida payg‘ambar alayhis-salomning boshlariga juda ko‘p kulfatlar solgan mushriklarni duoibad qilishni so‘rashganda rasululloh: "Ey Olloh, qavmimni hidoyat qilgin, chunki ular (hech narsani) bilishmaydi", deya yaratganga yolborganlar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:00:04
Payg‘ambar alayhis-salomning nechog‘li muloyim va rahmdil odamligini Makka fath etilgan kuni u kishining dilini juda qattiq og‘ritgan, masxaralab ustilaridan kulgan, musulmonlarni yurtidan haydab chiqargan va ularga qarshi urush ochgan, bunga ham qanoat qilmay boshqa arab qabilalarini to‘plab, rasulullohga qarshi gij-gijlagan quraysh mushriklarini avfi umumiy qilganlari ro‘y-rost ko‘rsatib turibdi. Rasululloh shu kuni ulardan: "Meni nima qiladi deb o‘ylayapsizlar?" deb so‘radilar. Mushriklar: "Sen mard qarindoshimizning mard o‘g‘lisan, bizga albatta yaxshi munosabatda bo‘lasan deb o‘ylaymiz", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Boringlar, hammangiz ozodsiz!" dedilar. Anas bunday deydi: "Men rasulullohning yonida turgan edim. U kishining egnida chetiga dag‘al matodan jiyak tutilgan to‘n bor edi. Arobiylardan biri kelib to‘nning etagidan qattiq tortgan edi, yoqasi payg‘ambar alayhis-salomning bo‘yinlarini qiyib yubordi. "Ey Muhammad, yoningdagi Ollohning molidan manavi ikki tuyamga ortib ber, asakang, ketmaydi. Menga o‘zingning yoki otangning molidan bermaysan", dedi arobiy surbetlik bilan. Rasululloh biroz sukut saqlab turgach: "Bu Ollohning moli, men Ollohning bir bandasiman, sening qilmishing uchun o‘ch olaman", dedi. Arobiy: "Yo‘q, o‘ch olmaysan", dedi. Rasululloh hayron bo‘lib: "Nega o‘ch olmas ekanman?" — deb so‘radi. Arobiy hozirjavoblik bilan: "Sen yomonlikka yomonlik qilmaysan", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom kulib yubordi va arobiyning bir tuyasiga arpa, ikkinchisiga xurmo ortib berishni buyurdi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:00:23
Oisha raziyallohu anho: "Agar Ollohning hurmati oyoq osti qilinmasa, rasululloh o‘ziga zulm o‘tkazganlardan noliganini yoki o‘ch olganini sira eslolmayman. Payg‘ambar alayhis-salom xudo yo‘lida olib borilgan jangdan boshqa joyda biron kimsani chertmagan; umrida na xizmatkori, na ayolini bir shapaloq urmagan", deb eslaydi. Olloh taolo rasulullohga rahmat yog‘dirsin! Musulmonlar sunnatlariga ergashib, u kishini rozi qilishsin!
Saxiylik va mardlik bobida zamondoshlari orasida payg‘ambar alayhis-salomga teng keladigan odam yo‘q edi. Jobirning aytishicha, birov nima so‘ramasin rasululloh sira yo‘q degan emas ekanlar. Ibn Abbos: "Yaxshilik uchun rasulullohning qo‘li haddan tashqari ochiq edi. Ayniqsa ramazon oyida saxiy bo‘lib ketardi. Jabroil bilan uchrashgan kezlari odamlarga yaxshilik qilish uchun yeldirimdek tez yelib-yugurar edi", deydi. Xadicha raziyallohu anho rasulullohning sifatlarini bayon etib: "Sen ojizlarning boshini silaysan, g‘ariblarga yordam berasan", degan. Payg‘ambar alayhis-salomning havozin qabilasi asirlarini ozod qilish uchun qo‘llagan tadbirlari, dili islom diniga moyil odamlarga juda ko‘p mol-mulk berganlari u kishining saxovatlariga dalildir. Bu haqda yuqorida batafsil to‘xtalib o‘tdik.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:01:23
Kunlarning birida payg‘ambar alayhis-salom qo‘llariga tushgan to‘qson ming dinorni bo‘yra ustiga tashlab, oxirgi chaqasigacha sahobalarga bo‘lib berganlar. Bir odam kelib rasulullohdan narsa so‘raganda u kishi: "Yonimda hech vaqo yo‘q, lekin sening so‘raganing mening gardanimda qarz bo‘lib tursin, qo‘limga biron nima tushgan zahoti beraman", deganlar. Umar ibn Xattob: "Olloh seni bajo keltirib bo‘lmaydigan ishga undagani yo‘q-ku", deganida rasululloh uning gapini xushlamay javobsiz qoldirganlar. Ansorlardan bir kishi: "Ey rasululloh, beraver, xudo bor, kambag‘al bo‘lib qolishdan qo‘rqma", deganida sarvari olam kulimsirab: "Men shunday qilishga buyurildim". deya javob qaytarganlar. Payg‘ambar alayhis-salomning saxovatlariga doir misollar haddan tashqari ko‘p, ularning hammasini bayon etishning imkoni yo‘q.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:01:59
Payg‘ambar alayhis-salom jasoratli va botir kishi edilar, sheryurakligi bilan dong taratgan odamlar qaltis vaziyatlarda orqaga chekinganlarida ham sarvari olam jang maydonini tashlab qochmaganlar. Aksincha olg‘a intilib, hammani kurashga undaganlar, orqaga chekinishni xayollariga ham keltirmaganlar. Rasulullohning Hunayin va Uhud g‘azotidagi qahramonligini yuqorida bayon etdik. Ibn Umar: "Rasulullohdan ko‘ra jasur, saxiy, qanoatli kishini ko‘rgan emasman", deydi. Ali ibn Abu Tolib: "Biz eng mushkul paytlarda rasulullohga iltijo qilardik. Jang maydonlarida, payg‘ambar dushmanga eng yaqin joyda turardi, Badr g‘azotida rasululloh g’anim bilan yuzma-yuz turib, mislsiz qahramonlik ko‘rsatdi", deydi. Anas: "Rasululloh eng qahramon, eng chiroyli, eng saxiy kishi edi. Bir kuni kechasi Madina aholisi vahimali ovozdan uyg‘onib, dushman hujum qilgan bo‘lsa kerak, degan xayolda qurollanib, ovoz kelgan tomonga qarab yurdi. Vaholanki, rasululloh allaqachon Abu Talhaning yaydoq otiga minib, vaziyatni aniqlab kelibdilar. "Qo‘rqmanglar, hech gap yo‘q!" deya odamlarni xotirjam qildilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:02:42
Payg‘ambar alayhis-salom dunyodagi eng hayoli odam bo‘lganlar, birovlarning ayblarini ko‘rib turib ko‘rmaslikka olardilar. Abu Said Xudriy: "Rasululloh go‘shangadagi kelinchakdan ham hayoliroq edi. Biror ishni yoqtirmagani shundoqqina yuzidan bilinib turardi, u kishining rangi tiniq va nafis edi. Oliyjanob va hayoli bo‘lgani uchun birovlarga malol keladigan gapni yuzma-yuz turib aytmasdi", deb eslaydi. Hazrati Oisha raziyallohu anho: "Rasululloh birovlar haqida biron yomon gap eshitsa, hech qachon falonchi bunday ish qilibdi, deb otini atamas, aksincha oramizda shunday ish qilib yurganlar bor ekan, deya tanbeh berish bilan cheklanardi. U kishi odob axloqqa zid so‘z, xatti-harakatlardan yiroq edi. Bozorlarda shovqin-suron solmas, yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarmas, yomonlik qilganlarni albatta avf etardi" deydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:03:02
Hazrati Ali: "Payg‘ambar alayhis-salom eng bag‘ri keng, eng rostgo‘y, eng muloyim va eng xushmuomala odam edi", deydi. Rasululloh kishilarni o‘zlaridan yiroqlashtirmas, aksincha doim o‘zlariga jalb etib turardilar. Har bir qavmning yaxshi odamini e’zozlab, uni o‘z aymog‘iga boshliq qilib qo‘yardilar. Odamlarni biron narsadan ogohlantirastganlarida avzoyini o‘zgartirmay va peshonlarini tirishtirmay gapirardilar. Rasululloh o‘ta hushyor odam edilar. Sahobalarni tez-tez yo‘qlab turardilar, davralarda suhbatdoshlariga o‘ziga yarasha joy ko‘rsatardilar. Bunday yig‘inda ishtirok etgan kishilarning har biri rasululloh hammadan ko‘ra mening hurmatimni joyiga qo‘ydilar, degan fikr bilan o‘z ko‘nglini chog‘ etardi. Payg‘ambar alayhis-salom hojatmand bo‘lib kelgan odamni bajonidil qabul qilib, arziga sabr-toqat bilan quloq solardilar. Imkoni bo‘lsa, bunday odamlarning hojatini chiqarar, imkoni bo‘lmasa, yaxshi gap bilan ko‘nglini ovlab, kuzatardilar. Payg‘ambar alayhis-salomning fe’l-atvori shu qadar yoqimli ediki, odamlar u kishining bundan boshqacha bo‘lishlari mumkinligini tasavvur etisholmasdi. Haqiqat oldida rasululloh uchun kishilarning hammasi barobar edi. Ibn Abu Hola u kishini shunday ta’riflaydi: "Rasululloh hamisha ochiq chehra, yoqimli, muloyim edi. U kishi to‘ng, qo‘pol, shovqin soladigan, odobsiz, haddan ziyod ayblaguvchi yoki madhiyalovchi emasdi". Olloh Taolo Oli Imron surasining 159-oyatida rasululohga murojaat etib tayinlaydi: "Sen Ollohning rahmati bilan ularga muloyim bo‘lding. Agar qo‘pol, bag‘ritosh bo‘lganingda ular yoninga yaqin yo‘lashmasdi. Ularni afv et, ular uchun istig‘for ayt, hamma ishda ular bilan kengash". Olloh taolo Fussilat surasining 34-oyatida yana bunday deb uqtiradi: "Yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytar. Shunday qilsang sen bilan adovatda bo‘lgan odam do‘stingga aylanadi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:04:30
Payg‘ambar alayhis-salom chaqirgan yerga borardilar, berilgan sovg‘a oz bo‘lsa-da, rad etmay olardilar va shunga yarasha qaytarardilar. Sahobalari bilan hazillashardilar, bordi-keldi qilardilar, dardlashib ko‘ngillarining chigilini yozardilar, ularning bolalarini erkalatardilar, o‘z hujralariga taklif etardilar, xoh hur odam, xoh qul, xoh kanizak, xoh g‘arib-bechora bo‘lsin, chaqirgan odamning taklifini rad etmay, albatta borardilar. Madinaning narigi chekkasidagi kasallarni ham borib ko‘rardilar, uzr aytuvchilarning uzrini qabul qilardilar. Anas aytadi: "Biron kishi rasulullohning qulog‘iga shivirlasa, uning gapi tugamaguncha boshlarini olib qochmasdilar, ko‘rishganda to boshqalar qo‘lini qo‘yib yubormaguncha qo‘llarini tortib olmasdilar, uchraganlarga oldin salom berardilar, sahobalarga avval qo‘l uzatardilar, birovlarni qiynab qo‘ymaslik uchun sahobalarning oldida oyoqlarini uzatib o‘tirmasdilar, huzurlariga kirgan odamni izzat-ikrom bilan kutib olardilar, ularning tagiga to‘shak yoki to‘nlarini solardilar, ko‘nmaganiga qo‘ymay mehmonni to‘rga chiqarardilar, sahobalarni ism-sharifi bilan to‘liq atardilar, ularni hurmatlab eng yaxshi ko‘radigan ismlari bilan murojaat qilardilar, gapiraetgan odam kim bo‘lishidan qat’i nazar gapini bo‘lmasdilar, Qur’on oyatlari nozil bo‘layotgan yoki o‘zlari va’z aytayotganlarida ko‘ngillari yayrab, tabassum bilan chehralari ochilib yurardilar.
Payg‘ambar alayhis-salom odamlarga mehribon, marhamatli edilar. Olloh taolo Qur’oni Karimdagi Tavba surasining 128-oyatida rasulullohni sifatlab: "Sizlarning boshingizga musibat tushsa, u bundan eziladi, u sizlarni yaxshi ko‘radi, mo‘minlarga mehribon, marhamatlidir" desa, Anbiyo surasining 109-oyatida: "Biz seni butun olamga rahmat qilib yubordik", deydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:19:18
Rivoyat qilinishicha, bir arobiy rasulullohdan narsa so‘rab kelgan. "Payg‘ambar alayhis-salom unga so‘raganini berib: "Rozi bo‘ldingmi?" deb so‘raganlarida arobiy: "Yo‘q, meni rozi qilolmading", deya javob qaytargan. Sahobalar jahli chiqib o‘rinlaridan turib ketishgan. Rasululloh ularni qo‘l ishorasi bilan qaytarib, arobiyni uylariga olib ketganlar va talay narsa berib: "Endi rozimisan?" deb so‘raganlar. Arobiy: "Ha, endi rozi bo‘ldim, Olloh senga oilangdan, xesh-aqrabolaringdan yaxshilik qaytarsin", degan. Rasululloh: "Agar shu gapingni sahobalarning oldida aytganingda ko‘ngillari erishardi, boyagi muomaladan keyin ularning dili g‘ash bo‘lib qoldi", dedilar. Arobiy u kishining gapiga binoan ertasiga keladi. Rasululloh sahobalarga: "Bu kecha sizlarni xafa qilgan gapni aytgan arobiy so‘ragan narsalarini berganimdan keyin rozi bo‘ldi. Rostmi?" dedilar. Arobiy: "Rost. Olloh senga oilangdan va xesh-aqrabolaringdan yaxshilik qaytarsin!" deya kechagi gapni takrorlaydi. Rasululloh sahobalarga: "Ikkalamizning o‘rtamizdagi gap tuyasi qochib ketgan odamning ishiga o‘xshaydi. Bir odamning tuyasi qochib ketibdi, odamlar uni quvlagan sari tezroq yuguribdi. Tuyaning egasi: "Bo‘ldi, aralashmanglar o‘zimning tuyamni o‘zim tutib olaman", debdi. Ozgina o‘t yulib, tuyani ushlabdi, yuklarini ortib darrov minib olibdi. Agar men arobiyni kechagi gapi uchun qo‘yib berganimda sizlar uni o‘ldirib qo‘yardinglar, u do‘zaxga kirar edi". Rasululloh aytadi: "Sahobalarim haqida menga ig‘vogarlik qilmanglar. Men sizlarning huzuringizga ko‘nglim yorishib chiqishni istayman".
Rasululloh namoz o‘qiyotganlarida yosh bolaning yig‘isini eshitsalar, ibodatni qisqartirardilar. Ibn Mas’ud: "Rasululloh bizga malol kelmasin deb va’zni ham qisqaroq qilardilar", deya xotirlaydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:21:47
Payg‘ambar alayhis-salom vafodor, so‘zining ustidan chiqadigan, silai rahmli zot edilar. Abdulloh ibn Xamso bunday rivoyat qiladi: "Muhammad alayhis-salom payg‘ambar bo‘lishidan ilgari u kishidan bir narsa sotib olgandim, menda ozgina pul qolgandi. Pulni bir joyga olib kelib berishga va’dalashib, esimdan chiqib ketibdi. Uch kundan keyin kelsam, rasululloh kutib o‘tiribdi. Meni rosa sarg‘aytirding-ku, uch kundan beri kutib o‘tiribman, dedi".
Biron joydan sovg‘a-salom kelib qolsa, rasululloh bu narsani falonchi xonimga eltib beringlar, u Xadichaning dugonasi edi, uni juda yaxshi ko‘rardi, der edilar. Payg‘ambar alayhis-salom xesh-aqrobalariga ularning darajasiga qarab silai-rahm qilar edilar. Bir kuni huzurlariga kelgan elchilar hay’atini rasulullohning o‘zlari kutib, xizmat qilganlar. Sahobalar shu xizmatni biz qilsak bo‘lmaydimi, dsb ajablanishgan. Rasululloh: "Ular sahobalarimizni izzat-ikrom qilishgan, ularni shunga yarasha mukofotlamoqchiman", deganlar. U zoti muborakka payg‘ambarlik vahiysi kelganda hazrati Xadicha raziyallohu anho: "Suyunaver, Olloh seni aslo sharmanda qilmaydi. Sen silai-rahm qilasan, ojizlarga yordam berasan, g‘ariblarning holidan xabar olasan, mehmonni yaxshi kutasan, haqni o‘z joyida qaror toptirish uchun kurashasan", degan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:23:15
Payg‘ambar alayhis-salom martabalari baland, nasl nasablari ulug‘ bo‘lsa-da, kamtar, kamsuqum zot edilar. U kishining kamtarliklari shu darajadaki, podsho payg‘ambarlik bilan banda payg‘ambarlikdan birish tanlash imtiyozi berilganda u kishi banda payg‘ambar bo‘lishni ixtiyor etganlar. Bir kuni rasululloh aso tutib sahobalarning oldiga chiqqanlarida hurmatlari uchun ular gurra o‘rnidan qo‘zg‘olishgan. Payg‘ambar alayhis-salom: "Ajam (eronlik)lar bir-birini ulug‘lab o‘rinlaridan qo‘zg‘olgandek sakrab turmanglar. Men ham bir bandaman, yeb-ichishda, yotib-turishda sizlardan farqim yo‘q", deganlar. Rasululloh ko‘pincha eshakda yurardilar, doim orqalariga birovni mingashtirib olardilar, miskinlarning holidan xabardor bo‘lardilar, g‘aribu g‘urabolar bilan suhbatlashib o‘tirardilar, qul uyiga taklif etsa ham borardilar, qayerda duch kelsalar sahobalar bilan aralashib ketaverardilar. U kishi doim: "Meni nasorolar Isoni uchirgandek uchirib yubormanglar. Men ham bir bandaman, meni Ollohning bandasi va elchisi deb bilinglar", der edilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:23:33
Rasululloh haj qilganlarida mingan tuyalarining ustida eski to‘qim, engillarida to‘rt dirhamga ham arzimaydigan jun yopinchiq bor edi. Sarvari olam: "Ey Olloh, hajimni riyosiz va shon-shavkatsiz qilgin", deya Xudoga yolborar edilar. Vaholanki, u paytda arab zamini fath etilib, rasululloh shu haj chog‘ida yuzta tuyani qurbonlik qilgan edilar. Makka fath etilgan kuni rasululloh Islom lashkari bilan Makkaga kirayotganlarida Ollohga tavozu’ qilib, boshlari to‘qimga tekkuncha quyi egilgan edi. Abu Hurayra raziyallohu anhu shunday deydi: "Bir kuni rasululloh bilan birga bozorga borib, u kishiga kiyimlik oldik. Sarvari olam gazlama uchun ortiqcha haq to‘ladilar. Sotuvchi quvonib ketganidan u kishining qo‘lini o‘pmoqchi bo‘ldi. Rasululloh shartta qo‘lini tortib oldi-da: "Bu ajamlarning odati. Ular podshohlarining qo‘lini shunday o‘pishadi, men podshoh emas, sizlarga o‘xshagan oddiy bir odamman", dedi. Olingan gazlamani men ko‘tarib yurmoqchi edim: "Har kim o‘ziga tegishli narsani o‘zi ko‘tarib yurishi kerak, deb menga bermadi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:23:56
Payg'ambar alayhis-salom azaldan eng ishonchli, eng rostgo‘y odam edilar. Rasulullohning bu fazilatlarini hatto dushmanlari ham e’tirof etishardi. Payg‘ambarlik sharafiga erishmaslaridan avval ham u kishini amin, ya’ni ishonchli deb atashar, yoshu qari birdek hurmat qilishardi. Payg‘ambar alayhis-salomning yana bir fazilatlari o‘zlarining gaplaridan oydinlashadi. "Nikohimda bo‘lmagan biron ayolning qo‘lini tutgan emasman", deydilar u zoti muborak. Abul Abbos yanada ibratli bir voqeani hikoya qiladi: "Kisro kunlarni taqsimlab, bo‘ron chiqqan kuni uxlash, havo bulutli kunda ovga chiqish, yomg‘irli kunda nag‘ma-navo tinglab, sharob ichish, quyosh charaqlab turgan kunda ishlash kerak, degan. Payg‘ambar alayhis-salom esa kunni uchga bo‘lib, bir qismini Olloh uchun, bir qismini oilasi uchun, qolgan qismini o‘zlari uchun taqsim etganlar. O’zlari uchun ajratilgan qismini esa odamlarning hojatini chiqarish uchun sarflaganlar. Sahobalarni ham ko‘pning hojatini chiqarishga undab: "Men mushkulini oson etolmagan kishilarning hojatini ravo qilinglar. Hojatmandning mushkulini oson etgan odamni Olloh qiyomat kunining vahimasidan asraydi", — deganlar. Rasululloh hech qachon birovning gunohi uchun boshqa kishini jazolagan emaslar, birovning ustidan ig‘vo qilgan kimsalarning gapiga quloq solmasdilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:24:23
Payg‘ambar alayhis-salom o‘ta vazmin, xushaxloq, ko‘pincha yukingan kuyi sukut saqlardilar, faqat lozim bo‘lgandagina gapirardilar. U kishining gapi ayni vaqtida aytilib, yurakka em bo‘lardi. Behuda chakak uradiganlarning gapiga quloq solmasdilar, qah-qah otmasdan faqat tabassum bilan kulardilar, sahobalar ham u kishiga hurmatan va taqlidan tabassum bilan kifoyalanishar edi. Rasulullohning suhbatlari shirin, hayoli, dilni yayratadigan va amin kayfiyatda o‘tardi. U kishi bor davrada hech qachon shovqin-suron, xunuk gap eshitilmasdi. Sarvari olam gapirayotganlarida suhbatdoshlari xuddi boshlariga xumo qushi qo‘ngandek qilt etmay tinglashardi. Ibn Abu Hola: "Rasulo‘llohning sukuti to‘rt xil edi: "Yoqimli, ehtiyotkorona, birovga malol kelmaydigan va chuqur tafakkurga to‘la", deb eslaydi. Hazrati Oisha: "Rasulullohning so‘zlari ma’noli, xuddi sanasa bo‘ladigan darajada dona-dona edi. Sarvari olam xushbo‘y narsalarni yaxshi ko‘rar, ularni ko‘p ishlatar va boshqalarga ham tavsiya etardi", deb eslaydi. Rasululloh ovqat va ichimliklarni puflab iste’mol qilishni qat’iyan man etardilar, har kim ovqatni o‘z oldidan olib yeyishi, misvok ishlatishi, qo‘l va oyoq barmoqlarining orasini tozalab yurishi zarurligini ko‘p uqtirar edilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:24:45
Payg‘ambar alayhis-salom tamadan xoli edilar, boylikka qiziqmas, fath etilgan juda ko‘p joylarda tog‘dek uyulib yotgan mol-mulkka loaqal ko‘z qirini tashlab qo‘ymasdilar. U kishi vafot etganlarida oilalarining nafaqasi uchun sovutlari bir yahudiyga garovga qo‘yilgan. Rasululloh hamisha: "Ey Olloh, Muhammadning oilasiga kuni o‘tgudek rizq bersang kifoya", deb duo qilardilar. Hazrati Oisha: "Rasululloh ketma-ket uch kun to‘yib ovqat yemay dunyodan o‘tdi. U kishidan oltin, kumush, biron tuya yoki qo‘y qolgani yo‘q. Rasululloh vafot etganida mening uyimda to‘rt hovuch arpadan bo‘lak yegulik yo‘q edi", deb eslaydi. Rasululloh: "Olloh menga Makkaning soylarini oltinga aylantirib bermohchi edi, men: keragi yo‘q, robbim, bir kun och, bir kun to‘q o‘tganim durust. Och qolganimda senga iltijo qilib, duoda bo‘laman, to‘q kunimda senga shukr qilib, sano aytaman", deganlar. Hazrati Oisha: "Biz rasulullohning oilasidagilar oylab qozon osolmay xurmoyu suv bilan qanoatlangan vaqtlarimiz ko‘p bo‘lgan", deydi. "Payg‘ambar alayhis-salom Shira (xontaxta) qo‘yib, laganda ovqat yemaganlar. (Faqat davlatmand odamlargina shunday imtiyozlarga ega bo‘lgan.) Qayta-qayta elakdan o‘tkazilgan mayin unning nonini og‘izlariga solmaganlar, qaynagan suvga bosib o‘ldirilgan qo‘yning go‘shtidan totmaganlar", deydi Anas. (O’sha paytda o‘ziga to‘q odamlar qo‘yni qaynagan suvga bosishardi-da, junini yulib, terisi bilan pishirib yeyishardi.)
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:24:59
Rasululloh ichiga xurmo daraxtining po‘stlog‘i solingan charm to‘shakda yotardilar. Hafsa shunday hikoya qiladi: "Rasulullohning to‘shagi bittagina palos edi, uni ikki buklab solib berardik. Bir kuni palosni to‘r buklab solib bergan edik, ertasiga u kishi palosni necha qavat qilib to‘shaganimizni so‘radi, biz to‘rt buklab solganimizni aytganimizda, bundan keyin ikki qavat qilib solinglar, bugun o‘rinning yumshoqligi meni namozdan qo‘ydi, degan. Hazrati Oisha: "Rasululloh to‘yguncha ovqat yegan emas, lekin hech qachon birovga zorlanmagan. Boylikdan ko‘ra yo‘qsizlikni yaxshi ko‘rardi. Ko‘pincha ochlikdan tuni bo‘yi qorni og‘rib chiqar, lekin shunga qaramay kunduzlari ro‘za tutardi. Agar u kishi Ollohdan butun olamning xazinayu ne’matlarini, to‘kin-sochin hayotni so‘rasa berishi muqarrar edi biroq rasululloh so‘ramasdi. U kishining ahvoliga achinib yig‘lardim, ochlikdan og‘riyotgan qornini ikki qo‘llab silab chiqardim. Senga jonim fido bo‘lsin, xazinadan ehtiyojingga yarasha mol-dunyo olaqolmaysanmi, deganimda u kishi: ey Oisha, menga mol-dunyoning nima keragi bor? Mening irodali payg‘ambar do‘stlarim bundan ham og‘ir ahvolga chidashgan, shu sababli ular Ollohning dargohiga borganda hurmatga, savobga erishishdi. Men farovon hayot kechirib, Ollohning dargohida martabam ularnikidan pastroq bo‘lib qolishidan qo‘rqaman. Men uchun payg‘ambar qarindoshlarim bilan birga bo‘lishdan ortiq baxt yo‘q, derdi", deya hikoya qiladi. Hazrati Oishaning guvohlik berishicha, payg‘ambar alayhis-salom mana shu so‘zlarni aytganlaridan keyin oradan bir necha oy o‘tgach, vafot etganlar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:25:16
Rasulullohning Ollohdan qo‘rqishlari va toat-ibodatlari u kishining ilmiga yarasha edi, Shu bois sarvari olam: "Men bilgan narsalarni bilsanglar kamroq kulib, ko‘proq yig’lardinglar. Sizlar ko‘rmagan narsalar menga ayon, sizlar eshitmaydigan narsalar menga ma’lum. Osmon ohlar uradi, uning faryod chekmog‘i joiz (sababi)osmonda har to‘rt enlik joyda bir farishta Ollohga sajda qilib turadi: Xudo haqqi, men bilganlarimdan xabardor bo‘lsanglar, shubhasiz oz kulib, ko‘p yig‘lar edinglar. To‘shaklaringizda ayollaringiz bilan lazzatlanmas edinglar, Ollohga iltijo aylab, qir-adirlarga chiqib ketardinglar. Koshki edi, men kesib tashlanadigan daraxt bo‘la qolsam", deya nido qilganlar payg‘ambar alayhis-salom. Ko‘p namoz o‘qiyverganlaridan rasulullohning oyoqlari shishib ketganini ko‘rgan ba’zi birovlar: "Olloh sening hamma gunohlaringni mag‘firat qilgan bo‘lsa, shunchalik azob chekib o‘zingni qiynaysanmi?" deyishganda, u zoti muborak: "Men shukr qilguvchi bandalardan emasmanmi?" deya javob berganlar.
Hazrati Oisha: "Payg'ambar alayhis-salomning ibodati tinimsiz yog‘ib turadigan yomg‘irga o‘xshardi. Qaysi biringizning rasulullohdek bunga toqatingiz yetadi? U kishi ro‘za tutganda og‘iz ochmasmikin, deb o‘ylardik, ogiz ochganda ro‘za tutmasmikin, degan xayolga borardik", deya xotirlaydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:25:30
Avf ibn Molik: "Rasululloh bilan bir kecha birga bo‘lgandim. U kishi misvok bilan tishini yuvdi: keiin tahorat qilib, namozga turdi. Men ham u kishiga ergashdim. Rasululloh Baqara surasini o‘qiy boshladi, Ollohning rahmatiga oid oyatlarni o‘qiganda to‘xtab, parvardigorning rahmatini tilardi, Ollohning azobiga oid oyatlarni o‘qiganda esa to‘xtab, yaratganning azobidan panoh so‘rardi. Shundan keyin ruku qilar va qiyomda qancha turgan bo‘lsa, rukuda ham shuncha turardi. Rukuda: "Qudratning, saltanatning va buyuklikning sohibi bo‘lmish Olloh pokdir", der va undan keyingina sajdaga borardi. Sajdada ham rukuda aytganlarini takrorlar, so‘ngra Oli Imron surasini o‘qir, keyin keladigan suralarni qo‘shimcha qilardi va namozni yana avvalgi tartibda davom ettirardi", deya hikoya qilardi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:25:43
Boshqa bir sahoba: "Rasulullohnikiga kelsam, namoz o‘qiyotgan ekan, qorinlaridan xuddi shaqirlab qaynayotgan qozondek ovoz chiqardi", deydi. Ibn Abu Hola rasulullohni hamisha g‘amgin, o‘ychan, halovat nimaligini bilmasdi, deb ta’riflaydi. Hazrati Ali: "Men rasulullohdan u kishining sunnatini so‘raganimda: "Ma’rifat — hamyonim, aql—dinimning asosi, Ollohni do‘st tutish - tayanchi nuqtam, Ollohga bo‘lgan ishtiyoqim — ulovim, Ollohning zikri — ulfatim, Ollohga bo‘lgan ishonchim — xazinam, g‘am-qayg‘u — hamrohim, ilm — qurolim, sabr — choponim, Ollohning qismatiga rozi bo‘lish — g‘animatim, ojizlik — faxrim, ta’masizlik — hunarim, imon — quvvatim, rostgo‘ylik — shafoatim, toat-ibodat — qanoatim, jihod — axloqim, namoz — quvonchim, Ollohning zikri — qalbimning mevasi; tashvishim ummatimdan, ishtiyoqim robbimga", deb javob bsrgan", deya ta’riflaydi.
Olloh rasulullohni ummatidan xayriyatlarga erishtirsin! Qiyomat kuni Ollohning roziligiga, Rasulullohning shafoatiga erishish uchun payg‘ambar alayhis-salomning betakror, go‘zal axloqlarini, benazir xizmatlarini mulohaza qilib, u zoti muborakka ergashgan va u kishining yo‘lini mahkam ushlagan bandaga Olloh rahmat qilsin! Ey mehribon parvardigor, marhamatingni darig‘ tutmay bizni yaxshi ishlarga muvaffaq aylagaysan!
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:25:56
PAYG’AMBAR ALAYHIS-SALOMNING MO’JIZALARI

Payg‘ambar alayhis-salomning yuqorida bayon etilgan ulug‘ ishlari, go‘zal siyratlari (tarjimai hollari, turmush tarzlari hamda bosib o‘tgan yo‘llari), beqiyos ilmlarni, favqulodda aql-zakovatlari, xushmuomalaliklari, rostgo‘yliklari hamda yuksak kamolotlariyu betakror fazilatlari haqida mulohaza yuritgan odam u kishining chin payg‘ambarligiga, da’vatlarining to‘g‘riligiga zarracha shubha qilmaydi. Shunday mulohazakor kishilar favqulodda mo‘jizalar talab qilmasdanoq musulmon bo‘lishgan. Shunday kishilardan bo‘lmish Abdulloh ibn Salom: "Payg‘ambar alayhis-salom Madinaga kelganda yuziga bir qaraboq yolg‘onchi emasligini bildim", deydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:26:09
Imom Muslim rivoyat qilishicha, Zimod ismli kishi payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelganda u zoti muborak: "Barcha hamdu sano Ollohga xos, Ollohni madh etamiz va Ollohdangina madad so‘raymiz, Olloh hidoyat etgan odamni yo‘ldan urish mumkin emas, Olloh adashtirgan odamni esa hidoyat qilib bo‘lmaydi. Guvohlik beramanki, yolg‘iz Ollohdan boshqa hech iloh yo‘q, uning sherigi ham yo‘qdir, Muhammad uning bandasi hamda elchisidir", deganlarida Zimod g‘oyat mutaaasir bo‘lib: "Shu gaplaringni yana bir takrorlagin. Aytganlaring ayni muddao bo‘ldi, qo‘lingni ber, men bay’at qilaman", degan.
Rasululloh Ummon podshosini dinga da’vat etganlarida hukmdor: "Xudo haqqi, meni umumiy payg‘ambarga ergashishga undagan narsa, u odamlarni boshlagan yaxshi ishlarga avvalo o‘zi amal qilishi, ularni qaytargan yomon ishlardan oldin o‘zi tiyilishi bo‘ldi. U g‘alaba qozonsa, ortiqcha quvonib ketmaydi, mag‘lubiyatga uchrasa umidsizlikka tushmaydi. Va’dasiga vafodor, hamisha so‘zining ustidan chiqadi, men uning payg‘ambarligiga shohidman", degan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:26:26
Olloh taolo Islomning haq din ekanini isbotlash uchun payg‘ambar alayhis-salomni juda ko‘p mo‘jizalarga muyassar etgan. Sarvari olam barcha payg‘ambarlar orasida mo‘jizalari ko‘p, dalil-isbotlari kundek ravshan zotdirlar. Sizni xursand qilish va e’tiqodingizni musahkamlash uchun ko‘pgina sahobalar rivoyat qilishgan va muhaddislar sahih kitoblarida bayon etgan ayrim mo‘jizalarni bayon etamiz. Gapimizni bu mo‘jizalarning eng oydini va buyugi bo‘lmish Qur’oni Karimdan boshlaymiz.
Qur’onning o‘zida hayratomuz mo‘jizalar ko‘p. Biz shartli ravishda ularni to‘rt turkumga ajratamiz:
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:26:42
Birinchisi: Qur’oni Karim mundarijasining boyligi, so‘zlarning sermazmunligi, fasohatliligi, g‘oyat ixchamligi, arablardagi so‘z o‘yinidan ustun turishidir. Arablarda so‘z san’ati taraqqiy etgan bo‘lib, ularning tili boshqa xalqlarnikiga nisbatan ilmu hikmatlarga boy, kishini hayronu lol qoldiradigan darajada o‘tkir va lo‘nda edi. Ollohning bu marhamati arablarning tabiatiga singib ketgan edi. Ularning odamdagi nutqi ham san’atkorona bir ruh bilan sug‘orilgan bo‘lib, so‘z orqali ko‘zlagan maqsadlariga erishar, mushkul ahvolga tushganda ham, jang maydonlarida raqib bilan yuzma-yuz kelganda ham so‘z mahoratini ishga solishar, aslo behuda gap gapirishmasdi; birovlarni maqtashsa ham, hajv qilishsa ham, do‘stlik izhor etishsa yoki koyishsa, baribir, aytilgan so‘z sehrdek ta’sir kuchiga ega bo‘lardi; so‘z durdonalarini marjondek terib, aqllarni lol etishar, qiyinchiliklarni bemalol yengishar, kin-adovatlarni aritib yuborishar yoki aksincha battar kuchaytirishar, qo‘rqoqlarni botir, nomi chiqmaganlarni olamga tanitishar, taniqli kimsalarni tuproqqa teng qilishardi. Sahroyi arablarning tili sof, lo‘nda, keskin, tantanavor bo‘lib, ular o‘ta samimiy va jozibali so‘zlashar edilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:27:00
Qisqa va chiroyli gapiruvchi shaharliklar ortiqcha takallufni bilmaydigan yengiltabiat edi. Xoh sahroyi bo‘lsin, xoh shaharlik, baribir, arablarning tili boy va jarangdor edi. Ular o‘z maqsadini juda ravshan bayon etishardi; tilning turli uslub va usullarini yaxshi bilishar va mohirona qo‘llashar, har qanday ishda so‘z san’ati namoyon bo‘lar, nasr va nazm usullari barobar istifoda etilardi. Mana shunday imkonga ega bo‘la turib ular Olloh tomonidan nozil etilgan va botil narsalar ta’sir qilmaydigan Qur’onga — so‘z san’atining eng yuksak namunasiga taqobil turishga ojizlik qilishdi. Qur’onning oyatlari puxta, so‘zlari keskin bo‘lib, badiyati aqllarni hayratga solar, fasohati barcha so‘z san’atlaridan ustun edi. Unda so‘z san’atining mukakammalligi va takomili o‘z ifodasini topgan. Olloh yigirma uch yil mobaynida so‘z san’atining turli sohalarida yuksak yutuqlarga erishgan arab xalqiga murojaat etib, Yunus surasining 39-oyatida: "Ular Qur’onni o‘zi (ya’ni Muhammad) to‘qigan deyishdimi? Sen ularga: Ollohdan boshqa chaqirish mumkin bo‘lgan yordamchilarni chorlab, agar rostgo‘y bo‘lsanglar Qur’onga o‘xshash biror kalima to‘qib ko‘ringlar, degin". Baqara surasining 23-oyatida: "Agar bandamizga nozil qilgan Qur’onga shak keltirsanglar, chindan ham rostgo‘y bo‘lsanglar, Ollohdan boshqa yordamchilaringizni chaqirib, Qur’onga o‘xshash biror so‘zni to‘qib ko‘ring-chi", Isro suraeining 88-oyatida: "Insonlar, jinlar iig‘ilib, bir-biriga yordamlashsa-da, Qur’onga o‘xshash (kitob) yaratisholmaydi", Hud surasining 1-oyatida esa: "Qur’ondagidek tuzilgan o‘ntagina surani keltirib ko‘ring-chi, degin", deydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:27:24
Qur’on bu kimsalarni qattiq ayblardi, ularning aqlsizligini, mavqelarining nochorligini aytib malomat yog‘dirardi, butlarini, mushrik ota-bobolarini koyib, ularga tegishli yer-suvni, shahar-qishloqlarii, mol-mulklarni musodara qilishni durust hisoblardi. Shunda qam ular Qur’on bilan yuzma-yuz kelib, bahslashyshdan o‘zlarini olib qochar, unga teng keladigan kitob yaratishdan ojiz edilar. Lekin ular Qur’onni mensimay, har xil ig‘volar tarqatib, unga qarshi turishar va shu bilan o‘zlarini o‘zlari aldardilar. Ular: "Qur’on o‘qilganda qattiq ta’sir ko‘rsatadigan sehr-jodudan iborat bir kitob, qadimgilardan qolgan cho‘nchaklar to‘plami", deyishardi. Qur’on mo‘jizalaridan butuilay gangib qolgan bu kimsalar ochiqdan-ochiq: "Bizning dillarimiz pardalangan, hech narsa em bo‘lmaydi, quloqlarimiz tom bitgan, sen bilan bizning o‘rtamizda to‘siq bor", (Fussilat surasi, 5-oyat.) "Quronga quloq solmaslik ksrak, uni o‘qistganda chalg‘itib yuborish kerak", (Fussilat surasi, 41-oyat.) deyishdan uyalishmasdi. Ular ojizu notavonligini tan olmay: "Agar istasak Qur’onga o‘xshagan cho‘pchaklarni biz ham to‘qiy olamiz", (Anfol surasi, 8-oyat.) deya katta kstishardi. Olloh taolo ularga javoban: "Qur’ondagidek gaplarni sira ham tuza olmaysizlar", (Baqara surasi, 24-oyat.) deydi. Chindan ham Qur’onga o‘xshagan mo‘jizani barpo etishga hech kim qodir emas.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:27:44
Musaylimadek ayrim nodonlar bunga urinib ko‘rgan bo‘lishsa-da, alaloqibat sharmandasi chiqdi. Olloh taolo ularni Qur’onga taarruz qila oladigan quvvatdan mahrum etdi. Ular Qur’onning uslubi o‘zlarining gapirish uslublariga o‘xshamasligini, bu favqulodda ilohiy mo‘jiza ekanini bila turib, rad etishdi. Qur’oni Karimdagi Baqara surasining 179-oyatida: "Qasos olinsa, sizlar tirik qolasizlar" (qotib o‘ldirilsa, qon to‘kishga jur’at etadigan zolimlar qolmaydi, boshqalar bexavotir yashaydi manosida), Sa’ba surasining 51-oyatida: "Ularni vahm bosgan, ular qochgani joy topolmay (yurishganini) ko‘rasan, ular do‘zaxga yaqin joyda ushlanadi", Fussilat surasining 34-oyatida: "Yomonlikka yaxshilik bilan taqobil turgin, shunday qilsang senga adovati bor odam do‘stingga aylanadi", Xud surasining 44-oyatida: "Zaminga suvingni yut! Osmonga suvingni to‘xtat!" deyildi. Suv tortildi, Ollohning hukmi ijro etildi. Kema Judi tog‘ining ustida to‘xtadi. Zulm qilgan qavm halok bo‘lsin deyildi", Ankabut surasining 40-oyatida: "Har bir qavmni uning qilgan gunohi tufayli halok etdik. Ba’zisiga tosh yog‘dirdik, ba’zisini qattiq ovoz bilan halok qildik, ba’zisini yerga yuttirdik, ba’zisini suvga g‘arq etdik; Olloh ularga zulm qilmadi, (aksincha) ular o‘zlariga o‘zlari zulm o‘tkazishdi", kabi oyatlarning, umuman, Qur’ondagi boshqa ko‘pgina kalomlarning ustida fikr yuritsak, Quronning haqiqat ekanini, jumlalari qisqa, ma’nosi esa teranligini, gaplarining chiroyli tuzilib, so‘zlarning o‘z o‘rnida ishlatilganini, har bir iboraning tagida juda ko‘p ma’nolar yashiringanini, ulardan foydalanib talay kitoblar yozilganini, turli hikmatlar kashf etilganini anglyash mumkin. Odamda notiqlar ojiz qoladigan, bayoni zerikarli tus oladigan avval o‘tgan ummatlarning hayoti haqidagi Yusuf qissasidek uzun asarlarda so‘z-iboralar, bayon shu qadar omuxta bo‘lib kstganki, ozgina mulohaza yuritgan kishi Qur’onning faqat o‘ziga xos san’at durdonasi ekaniga yana bir karra ishonch hosil qiladi Garchand Qur’ondagi ayrim qissalar juda ko‘p takrorlansa-da, bayon etilish usuli bo‘lakchaligi, so‘zlarning jarangdorligi, jumlalarning ixcham va sermazmunligi bilan alohida ajrab turadi, shu bois bu takror kishiga aslo zerikarli tuyulmaydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:28:00
Ikkinchisi: Qur’onning shaklan chiroyli, betakrorligi, arab tili uslubiga o‘xshamaydigan boshqa bir uslubda yaratilganligidir. Islom dinidan avval ham, keyin ham bunday uslub dunyoga kelgan emas. Uning o‘xshashini o‘ylab topishga hech kim erisholmadi, Qur’onning uslubi arablarni hayronu lol etdi, so‘zga chechan arablar xoh nasrda, xoh nazmda, xoh qofiyali so‘z o‘yinida bo‘lsin Qur’ondagidek uslubni o‘ylab topisholmadi. Qur’on fasohat jihatdan ham, uslub jihatdan ham mo‘jiza bo‘lib, arablar har ikkala jihatdan unga taqobil turishga qodir emasdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:28:22
Uchinchisi: Qur’ondagi bo‘lg‘usi ishlar haqida oldindan berilgan xabarlardir. Qur’onda aytilgan bashoratlar vaqti-soati bilan amalga oshgan. Masalan: "Fath surasining 27-oyatida: "Inshoalloh, masjidi haromga albatta sog‘-salomat kirasizlar", deyilgan. Shuningdek, Rum surasining 3-4 oyatlarida rumliklar haqida: "ular mag‘lubiyatga uchragandan keyin bir necha yil o‘tgach, g‘olib bo‘lishadi", deyiladi. Yoki Saf surasining 10-oyatida "Olloh Islom dinini barcha dinlardan ustun qiladi", deyiladi. Nur surasining 55-oyatida esa: "Olloh orangizdagi imon keltirgan va yaxshi ishlarni amalga oshirgan kishilarni ham ulardan avval o‘tganlarni yer yuziga hukmron qilgandek albatta hokim etajagini, ular tanlagan dinni esa mustahkamlayajagini va ularning qo‘rquvini omonlikka aylantirib berajagini va’da qildi". Nasr surasining 1-2 oyatlarida: "Ollohning yordami va g‘alaba yetib kelgan paytda odamlarning gurros-gurros Islom diniga kirishganini ko‘rasan" deya ishontiriladi. Yuqoridagi oyatlarda bayon etilgan bashoratlar aynan ro‘yobga chiqdi: rumliklar forslar ustidan g‘alaba qozonishdi, odamlar gurros-gurros Islom diniga kirishdi, musulmonlarning zamini kun sayin kengayaverdi, bir tomoni G’arbdagi Andalusiya (Ispaniya) ning chekka o‘lkalarigacha, Sharqda Hindistonning eng ichkarisigacha, Shimolda turklar yurtigacha, Janubda Sudanning barcha shahar, qishloqlarigacha keng quloch yoydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:28:32
Parvardigori olam Hijr surasining 10-oyatida: "Biz chindan ham Qur’onni nozil qildik va uni albatta asraymiz", degan va’dasi xudoga shukrki, chindan ham amalga oshdi. Olloh taoloning Makkada nozil bo‘lgan Qamar surasining 45-oyatida: "Mushriklar jamoasi mag‘lub bo‘lib, orqaga chekinadi", degan va’dasi keyinchalik Badr g‘azotida amalga oshdi. Bu oyat esa Makkada nozil bo‘lgan edi. Tavba surasining 14-oyatida: "Mushriklar bilan urushinglar, Olloh sizlarning qo‘lingiz orqali ularni jazolaydi", deyilgan.
Munofiqlarning va yahudiylarning sir-asrori, yolg‘onliklari haqida xabar berilib, fosh etiladi; Masalan, Qur’ondagi Mujodala surasining 8-oyatida bu kimsalar haqida: "Ular o‘zicha bu so‘zimiz uchun nega Olloh bizga azob bermaydi, deyishadi", deyiladi. Shuningdek Oli Imron surasining 154-oyatida: "Senga oshkor etmaydigan so‘zlarini ko‘nglida pinhon tutishadi", deyiladi. Niso surasining 46-oyatida esa "Yahudiylar orasida so‘zlarning o‘rnini o‘zgartirib yuboradiganlari ham bor. Ular: "Eshitdik, lekin bo‘ysunganimiz yo‘q, (sen bizga) quloq sol, (biz senga) quloq solmaymiz, deyishadi. Dinni masxaralash uchun roino so‘zini tillarini aylantirib, buzib talaffuz etishadi", deyiladi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:29:00
To‘rtinchisi: Qur’onda o‘tmishdagi nom-nishonsiz yotgan ummatlar, izsiz yo‘qolgan shariatlar haqida ma’lumot beriladi. Ilgari biror qissani ahli kitoblarning umrini ilm-ma’rifatga bag‘ishlagan ulkan olimlargina bilishardi, Muhammad alayhis-salom esa bunday qissalarni asli qanday bo‘lsa, shundayligicha aytib berardilar. Nasoro va yahudiy olimlar u kishining hikoyasi rostligini e’tirof etishardi. Rasululloh bu ma’lumotlarga o‘rganish orqali erishmaganlar. Payg‘ambar alayhis-salom ummi edilar, maktab ko‘rmaganlari, na o‘qish, na yozishni bilishlari, ilm-urfon bilan shug’ullanish imkoniga ega bo‘lmaganliklari nasoro va yahudiylarga yaxshi ma’lum edi. Ahli kitoblar rasululloh avval o‘tgan payg‘ambarlarning qissalari, olamning yaratilishi va ilgarigi muqaddas kitoblarda yozilgan narsalar haqida ko‘p narsalarni so‘rab-surishtirishar, bu savollarga Qur’on orqali javob berilardi, so‘rovchilar bu javoblarni rad etisholmas, ularga qoyil qolmay ilojlari yo‘q edi. Shuningdek biron kimsa bu javoblarni muqaddas kitoblarga xilof keladigan joyi borligini aytgan emas. Hatto ularni koyib, Oli Imron yeurasining 93-oyatida: "Agar rostgo‘y bo‘lsanglar Tavrotni keltirib o‘qib ko‘ringlar", degin" deyilganda ham uni inkor etisholmagan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:29:22
Ollohning Baqara surasidagi 94-oyati orqali ahli kitobga murojaati ular payg‘ambar alayhis-salomning so‘zlari rostligini bilajagini ko‘rsatib turibdi: "Jannat boshqa kishilarga emas, faqat sizlargagina xos ekan, agar rostgo‘y bo‘lsanglar o‘limni orzu qilib ko‘ringlar-chi". Bu kimsalar sira ham o‘lishni istamasligi Baqara surasining 95-oyatida aniq-ravshan bayon etiladi: "Ular o‘z qilmishlari tufayli aslo o‘limni orzu qilishmaydi". Bu kimsalar loaqal til uchida bo‘lsa-da, o‘limni orzulashganini birov eshitgan emas. Vaholanki, ular payg‘ambar alayhis-salomni yolg‘onchiga chiqarishni juda ham istashardi. Rasululloh Najron nasorolarini o‘z gaplarining rostligiga qasam ichishni buyurganlarida bosh tortishgan edi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:29:39
Qur’on inson so‘zi emasligining yana bir isboti shuki, Ollohning oyatlarini eshitgan kishi qattiq mutaassir bo‘ladi; mushriklarga esa Qur’on tinglamoq mashaqqatli tuyular, to‘g‘rirog‘i eshitishdan qo‘rqishardi. Shu bois payg‘ambar alayhis-salom: "œYoqtirmagan kishilarga Qur’on mashaqqatli tuyuladi", deganlar. Bu eng odil hukmdir. Mo‘min odam Qur’on o‘qiganda mutaassir bo‘lishi Ollohning kalomiga ishtiyoqini yanada kuchaytiradi, imonini mustahkamlaydi. Olloh Taolo Zumar surasining 23-oyatida: "Qur’onni eshitganda xudodan qo‘rqqanlarning badaniga titroq yuguradi, ular parvardigorning rahmat-mag‘firatini eslaganida titrog‘i bosilib, xotirjam bo‘lishadi", deydi. Olloh Taolo Hashr surasining 21-oyatida esa: "Agar Qur’onni biron toqqa nozil etganimizda xudodan qo‘rqqanidan tog‘ning albatta bosh egib yorilib ketganini ko‘rar eding", deydi. Qur’oni Karimning qiyomatgacha boqiy bo‘lishi ham uning mo‘jizalaridan biridir. Parvardigori olam uni o‘zi asrayajagiga kafolat berib, "Biz chindan ham Qur’onni nozil etdik va muqarrar uni asraygaymiz", degan hamda: "Qur’onga hech qaysi jihatdan botil yuzlanmaydi", deya uqtirilgan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:30:05
Avval o‘tgan payg‘ambarlarning mo‘jizalari o‘z zamonasidayoq barham topib, bizgacha ularning faqat xabarlarigina yetib kelgan xolos. Qur’on esa to hanuz zavol topmay yengilmas bir qudrat namunasi bo‘lib turibdi. Har bir asrda son-sanoqsiz tilshunos olimlar, usta notiqlar, mashhur yozuvchilar o‘tgan, ularning orasida dahriylari, islomga ochiqdan-ochiq dushmanlik kayfiyatidagilari ham bor edi. Bunday shaxslar Qur’onga taqobil turadigan biron narsa kashf etisholgani yo‘q, loaqal tilga olishga arzigudek ikki og‘iz jumla tuzib, xudoning kalomiga tuzatish kiritisholmadi ham. Bunga urinib ko‘rganlar esa chorasiz qolib, alalloqibat mag‘lubiyatini sharmandalarcha tan olishga majbur bo‘lishgan. Bu bobni payg'ambar alayhis-salomning Qur’oni Karim haqidagi muborak hadislarini naql keltirish bilan yakunlaymiz:
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:30:34
"Olloh nozil qilgan bu Qur’on yaxshi ishlarga undaguvchi, yomon ishlardan qaytarguvchidir, avvalgi payg‘ambarlarning yo‘li va ibratidir. Qur’onda sizlar haqingizda, o‘tgan ummatlar to‘g‘risida va kelajakdagi ishlar xususida xabarlar bor, sizlarning orangizdagi ishlarni hal etguvchi hukmlar bor. Qur’on ko‘p takrorlangani va ko‘p istifoda etilgani bilan eskirib qolmaydi, Qur’onning mo‘jizalari tugamaydi. Qur’on hazil emas, haq. Qur’on bilan gapirgan odam to‘g‘ri gapirgan bo‘ladi. Qur’on bilan hukm qilgan odam odil hukm qilgan bo‘ladi: Qur’onga tayanib urushgan odam zafar quchadi, Qur’onga binoan hukm chiqargan odam to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘ladi, Qur’onga amal qilgan odam savob topadi, Qur’onni mahkam ushlagan odam to‘g‘ri yo‘lga yo‘llanadi. Qur’ondan boshqa narsadan hidoyat kutgan odamni Olloh adashtiradi, Qur’ondan boshqa narsa bilan hukm chiqargan odamni Olloh halok etadi. Qur’on hikmatlar zikridir, ravshan nurdir, to‘gri yo‘ldir, Ollohning tiyran rishtasidir, shifobaxsh malhamdir. Qur’onning hukmini mahkam tutgan odamni u asraydi, unga ergashgan odam najot topadi. Qur’onda tuzatish lozim bo‘lgan qing‘irlik yo‘q. Qur’on haqiqatdan yiroq ketmaydi, shu bois ayblashga, ta’na-malomatga uchramaydi".
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:31:14
Payg‘ambar alayhis-salomning mo‘jizalaridan yana biri oyning ikkiga bo‘linishi edi, bu voqeani yuqorida batafsil bayon etganimiz uchun ortiqcha to‘xtalib o‘tirmaymiz.
Payg‘ambar alayhis-salomning yana bir mo‘jizalari barmoqlari orasidan suv chiqqani va uning barokati bilan suvning ko‘payganidir. Bu g‘aroyib voqeani Anas, Jobir hamda ibn Mas’ud kabi ko‘pgina sahobalar rivoyat qilishgan. Anas: "Rasulullohni asr namoziga ozgina vaqt qolganda uchratdim. Odamlar tahorat olish uchun suv topolmay zir yugurib yurishardi. Rasululloh tahorat olinadigan bir idishni olib kelib, ichiga qo‘lini tiqqan edi, barmoqlari orasidan suv qaynab chiha boshladi. Rasululloh tahoratga shu suvdan olishni buyurdi. Odamlar birin-ketin kelib, idishlarini to‘ldirib ketaverishdi", deya hikoya qiladi. Undan tahorat olganlarning soni qanchaligi so‘ralganda: "Uch yuzga yaqin odam edi", deb javob bergan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:31:58
Ibn Mas’ud: "Biz rasululloh bilan birga edik, ichishga suvimiz qolmadi. Shunda rasululloh bor suvni yig‘ib kelishni buyurdi. Biz suvlarni yig‘ib kelganimizda u kishi bir idishga quyib, qo‘lini tiqqan edi, barmoqlari orasidan suv chiqa boshladi", deb eslaydi. Jobir: "Xudaybiya g‘azotida odamlar tashnalikdan qattiq qiynalishdi. Rasulullohning oldida suv to‘la kichkinagina mesh bor edi. Odamlar: Shu meshdagidan boshqa suv qolmadi, deb zorlanishdi. Rasululloh meshga qo‘lini qo‘ygan edi, barmoqlari orasidan xuddi buloqdek suv qaynab chiqa boshladi", deya hikoya qiladi. Jobir o‘sha g‘azotda bir yarim ming odam qatnashganiga guvohlik beradi. Ayni shu voqeani ko‘pgina sahobalar rivoyat qilishgan. Buncha odam jam bo‘lgan joyda biron kishining yolg‘on to‘qib chiqarishi mumkin emas, bordiyu yolg‘on aytilgan taqdirda butun vujudiga rostgo‘ylik singib ketgan sahobalar uni shu zahoti rad etishi muqarrar edi. Bu voqealarni aytganlar juda ko‘p odamlarni guvoh keltirishadi, nomlari zikr etilgan sahobalar esa ularning hikoyasini inkor etishmaydi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:32:35
Rasulullohning sharofati bilan suv otilib chiqishi, u kishining qo‘l tekkizishlari yoki duo o‘qishlari bilan suvning ko‘payishi ham mo‘jiza. Muoz ibn Jabal Tabuk gazotida shunga o‘xshash g‘aroyib voqea yuz berganini hikoya qiladi: "Sahobalar bir joyga kelishsa, buloqning suvi haddan tashqari oz bo‘lib, toshlar orasida yiltirab turgan ekan. Sahobalar suvni galma-gal hovuchlab olishgan, to yana suv yig‘ilguncha kutishgan. Rasululloh buloqda bet-qo‘llarini yuvgan zahoti buloqning ko‘zi ochilib, biqirlab qaynay boshlagan, odamlar tashnaligi qonguncha ichishgan, ulovlarini sug‘orishgan. Ibn Ishoq guvohlik bsrishicha, suvdan xuddi chaqmoq chaqqandek qarsillagan ovoz chiqib turgan. Rasululloh: "Ey Muoz, Xudo umr bersa, bu yerlarning bog‘-bustonga aylanganini ko‘rasan", deb bashorat qilganlar. Bu xususda Tabuk g‘azoti bobida batafsil to‘htaldik. Baro bilan Salama ibn Akva’lar rasulullohning duolari sharofati tufayli Hudaybiyadagi buloq suvi ko‘payganligini rivoyat qili-shadi. Abu Qatoda rivoyat qiladi: "Bir safarda odamlar rasulullohga tashnalikdan shikoyat qilishdi. Rasululloh sopol obdasta so‘ragan edi, men darrov topib keldim. Rasululloh uni qo‘ltigiga qisib, jo‘mragini og‘ziga tutib, dam soldimi yoki biron boshqa narsa qildimi, bilmadim, sharillab suv tusha boshladi. Odamlar tashnaligini qondirib, idishlarini to‘ldirib olishdi. Razm solib qarasam, sopol obdasta men keltirib berganimda qanday bo‘lsa, shundayligicha turibdi. Lekin shu kichkinagina idish yetmish ikki odamni suv bilan ta’minladi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:33:01
Turli joy va turli vaqtlarda yuz bergan bunday voqealarni sahobalar ko‘p rivoyat qilishadi. Roviylar rostgo‘y, ishonchli odamlar bo‘lishgani uchun bu gaplarning chinligiga zarracha shubha yo‘q.
Rasulullohning birgina harakatlari va duolari bilan oziq-ovqatning barokatli bo‘lib ketgani ham u kishining mo‘jizalaridan biridir. Talxaning rivoyat qilishicha, rasululloh Anas qo‘ltig‘iga qisib kelgan bir nechta arpa non bilan yetmishdan ortiq kishini to‘ydirganlar. Payg‘ambar alayhis-salom nonlarni mayda ushatib, Olloh rozi bo‘ladigan duolarni o‘qib, dam solganlar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:34:02
Jobirning rivoyat qilishicha, Xandaq g‘azotida rasululloh uch kilogrammga yaqin arpayu bitta uloqchaning go‘shti bilan ming odamga yetadigan ovqat tayyorlatganlar. Jobirning aytishicha, o‘sha kuni odamlar to‘yib ketganidan ovqat ortib qolgan, hatto ortgan xamirdan non ham yopishgan. Payg‘ambar alayhis-salom xamir bilan qozonga dam solishlari tufayli hamma narsaga beadad baraka kirgan. Abu Ayyubning rivoyat qilishicha, u rasululloh bilan Abu Bakr ikkalasiga loyiq ovqatii pishirgan. Payg‘ambar alayhis-salom mana shu ovqatni bir yuz sakson kishiga yetkazganlar. Shunga o‘xshash voqealarni Abdurahmon ibn Abu Bakr, Salama ibn Akva’, Abu Hurayra, Umar ibn Xattob, Anas ibn Molik kabi sahobalar ham rivoyat qilishadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:34:30
Yog‘ochning rasulullohni sog‘inib nola qilgani ham u zoti muborakning mo‘jizalaridandir. Jobir ibn Abdulloh: "Masjidning xurmo yog‘ochidan qilingan ustuni bor edi. Rasululloh shu ustunga suyanib xutba o‘qirdilar. Minbar yasalib, xutba minbarda o‘qiladigan bo‘lgach, ustun xuddi jonli hayvondek nola qilganini eshitganmiz", deya hikoya qiladi. Anasning rivoyat qilishicha, ustunning faryodidan masjidning devorlari zirillab ketgan. Sahlning aytishicha, bu ovozni eshitgan odamlar o‘zlarini tutolmay yig‘lab yuborishgan. Muttalibning xotirlashicha, ustun tars yorilib ketgan. Rasululloh kelib silab qo‘yganlaridan keyingina jimib qolgan. Payg‘ambar alayhis-salom: "Bu ustun Ollohning zikridan judo bo‘lgani uchun nola qildi. Xudo haqqi, agar uni ushlab olmasam ustun to qiyomatgacha faryod urar edi", deganlar. Rasulullohdan ayrilganiga chidolmay nola qilgan ustun u kishining amriga binoan minbarning ostiga ko‘milgan. Boshqa sahoba va tobeinlar (sahobalarni ko‘rganlar) shunga o‘xshash ko‘pgina g‘aroyib voqealarni hikoya qilishadi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:34:49
Xasta va mayib-majruhlarni davolaganlari ham rasulullohning o‘zlariga xos mo‘jizalaridir. Uhud g‘azotida Qatoda ibn No‘monning ko‘zi qinidan chiqib ketdi, rasululloh uni kosasiga solib qo‘yishi bilan asl holiga kelib qoldi. Ziq irid g‘azotida Abu Qatodaning yuziga o‘q tegib, jarohatlandi, rasululloh dam solib qo‘yishlari bilan darrov jarohati tuzaldi. Terlama kasaliga chalinganda ibn Muloib Asinna darrov rasululohga xabar yubordi. Payg‘ambar alayhis-salom bir chimdim tuproqqa dam urib xabarchiga tutqazganlar. Xabarchi rasululloh meni mayna qildilar, degan o‘yda dili og‘rib iziga qaytgan. Dardi og‘irlashib, isitmadan alahsirab yotgan Asinna u olib kelgan tuproqni og‘ziga solishi bilan birdan yengil tortib, dardi arigan. Xaybar g‘azotida hazrati Alinnig ko‘zi og‘riganda, rasululloh hech qanday dori-darmonsiz uni tuzatib yuborganlarini yuqorida bayon etib o‘tdik. Bunday hayratomuz voqealarni sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydi. Ularni Islom olamidagi ko‘pgina mo‘tabar olimlar rivoyat qilishgani uchun qalbida imoni bor odamlar hech ikkilanmay ishonadilar.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:35:01
Qilgan duolarining ijobat bo‘lishi ham payg‘ambar alayhis-salomning mo‘jizalaridandir. Anas ibn Molik: "Onam Ummu Sulaym, ey rasululloh, xizmatching Anasni duo qilgin, deb o‘tinganida sarvari olam, ey Olloh, Anasning mol-mulki bilan bolalarini ko‘p va barokatli qilgin, deya duo qilgan. Shuning uchun mening molim ham, bolalarim ham ko‘p. Bola-chaqam bilan nevaralarim yuzga yaqin", deya xotirlaydi. Rasululloh Abdurahmon ibn Avfni ham mol-mulki ko‘payishini tilab duo qilganlar. Abdurahmon vafot etganda, to‘rt xotinining har biriga sakson ming dinordan meros tekkan. Abdurahmon ibn Avf tirigida yetti yuz tuyadan iborat bir savdo karvonini mol-mulki, asbob-anjomi, hatto tuyalari bilan qo‘shib sadaqa qilib yuborgan.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:35:22
Rasululloh Muoviyani yer yuzida qudratli bo‘lishini duo qildilar. U xalifalik martabasiga erishdi. Rasululloh Sa’dga duosi ijobat bo‘linishi tilaganlari uchun u kimni duo qilsa, duosi albatta ijobat bo‘lardi. Rasulullohning Umar ibn Xattob orqali Islomga quvvat berishini so‘rab Xudoga iltijolari ro‘yobga chiqqanini yuqorida bayon etdik. Payg‘ambar alayhis-salom Abu Qotadani: "Olloh senga najot bersin, badaningdagi soch va tuklaringni barokatli qilsin", deya duo qildilar. Duoning sharofati bilan abu Qatoda yetmish yil umr ko‘rdi, dunyodan xuddi o‘n besh yashar boladek navqiron bo‘lib o‘tdi.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:35:34
Olloh taoloning rasulullohga kelajakda bo‘ladigan nshlarni asn etganligi hammaga ma’lumdir. Huzayfa rivoyat qilib: "Rasululloh bir joyda turib to qiyomatgacha bo‘ladigan ishlarni bir-birlab so‘zlab bergan. Ba’zilar bu gaplarni eslab qolishdi, ba’zi birovlar esa unutib yuborishdi, Rasululloh aytgan ishlarining birontasi yuz bersa hamrohlari xuddi anchadan beri ko‘rmagan tanish odamini uchratgandek quvonib ketishardi. Rasululloh to qiyomatgacha dunyoga kelib fitna-fasodlarga bosh bo‘ladigan uch yuzdan ortiq odamning ism-sharifini hamda qabilasini bir-birlab tilga olgan edi", deydi. Ishonchli hadis kitoblarning mualliflari va hadis ilmining peshvolari rasulullohning dushmanlari ustidan g‘alaba qozonajaklari, Makka, Baytulmuqaddas, Yaman, Shom va Iroqlarning fath etilishi, tinchlik barqaror bo‘lishi sharofati bilan ayollarning Ollohdan boshqa hech kimdan xavfsiramay Hirodan Makkagacha yolg‘iz safarga chiqishlari, Madinaning dushmanlar hujumiga uchrashi, ertasigayoq Xaybar Ali qo‘mondonligidagi qo‘shin tomonidan fath etilishi, ummatlar Ollohning madadi bilan dunyoning ko‘p joylarini egallab, had-hisobsiz mol-dunyoni qo‘lga kiritishlari, Kisro, Qaysarning xazinalari bo‘lib olinishi haqidagi bashoratlarni keltirib o‘tishadi. Ularning bir qismini hamda Qurayunda zikr etilganlarni biz ham o‘z kitobimizda aytib o‘tdik.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:36:07
Payg‘ambar alayhis-salomga yovuz kimsalarning su’iqasdlari, ziyon-zahmatlaridan asrash uchun Ollohning ko‘rsatgan iltifotlari ham rasulullohning mo‘jizalari sirasiga kiradi.
Parvardigori olam Moida surasining 67-oyatida o‘z rasuliga: "Olloh seni odamlarning dushmanligidan asraydi", deydi. Tur surasining 48-oyatida esa: "Rabbingning hukmiga sabr qil, sen bizning himoyamizdasan", deyiladi. Zumar surasining 36-oyatida esa: Bandasiga Olloh kifoya emasmi?" deya ta’kidlanadi. Hijr surasiining 95-oyatida: "Biz seni masxara qilguvchilarning ta’zirini berib qo‘yamiz", deyiladi. "Seni Ollohning o‘zi asraydi", degan oyat nozil bo‘lgach, rasululloh qo‘riqchilariga: bo‘ldi, ketaveringlar, meni Ollohning o‘zi asraydi, deya javob berib yuborganlar. Dusur payg‘ambar alayhis-salomni o‘ldirmoqchi bo‘lganda, yaratgan egamning o‘zi asragani, Abu Jahlning juda ko‘p su’iqasdlaridan saqlagani, Madinaga hijrat qilgan kunlari Ollohning sarvari olamga iltifotlar ko‘rsatgani, yo‘lda Suroqa bilan yuz bergan hodisani yuqorida aytib o‘tdik.
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Doniyor 28 Fevral 2007, 18:36:38
Payg‘ambar alayhis-salom Makkada ashaddiy dushmanlari orasida o‘n uch yil yashadilar. Yigirma uch yil mobaynida biron g‘anim u kishiga hech qanday ziyon-zahmat yetkazolmadi. To Islom dini g‘alaba qilib, takomilga yetguncha Olloh taolo sarvari olamni o‘z hivzu himoyasiga olib asradi. Buning uchun yaratgan egamizga hamd aytamiz va shu bilan uning ne’matlariga erishajakmiz. Olloh taolo ko‘p hamd aytuvchilardan muruvvatini darig‘ tutmaydi. Bu kitobni sabr-toqat bilan o‘qib chiqqanlarni Olloh taolo rasululloh alayhis-salomga ergashuvchilar safidan joy olishini muvaffaq etsin!
Sayyidimiz Muhammad alayhis-salomni, u kishining oilasini, sahobalarini, do‘stlarini Olloh taolo rahmat qilsin! Omin!

Cho‘lpon — Kamalak — 1992
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: Laylo 31 Oktyabr 2007, 08:12:41
MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10576#msg10576)
Ulug' nasab (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10577#msg10577)
Rasulullohning tug'ilishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10581#msg10581)
Rasulullohning ko’kragi yorilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10584#msg10584)
Rasulullohning yetim qolishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10585#msg10585)
Fijor urushi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10587#msg10587)
Rasulullohning Xadichaga uylanishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10593#msg10593)
Baytullohning isloh qilinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10594#msg10594)
Rasulullohning payg’ambar bo’lishdan avvalgi tirikchiliklari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10597#msg10597)
Rasulullohning payg’ambar bo’lishdan avvalgi axloqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10598#msg10598)
Rasulullohning payg’ambar bo’lishdan oldin Ollohdan ko’rgan marhamatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10600#msg10600)
Muqaddas kitoblardagi bashoratlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10602#msg10602)
Rasululloh payg’ambar bo’lishlaridan avval odamlarning bu haqidagi fikr-mulohazalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10606#msg10606)
Vahiyning boshlanishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10608#msg10608)
Rasulullohning yashirin da’vatga o’tishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10612#msg10612)
Rasulullohning oshkora da’vatga o’tishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10617#msg10617)
Rasulullohning chekkan aziyatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10620#msg10620)
Amir Hamzaning musulmon bo’lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10626#msg10626)
Habashistonga qilingan dastlabki hijrat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg10635#msg10635)
Hazrati Umarning musulmon bo’lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34021#msg34021)
Muhojirlarning Habashistondan qaytib kelishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34023#msg34023)
Habashistonga qilingan ikkinchi hijrat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34027#msg34027)
Xadicha raziyallohu anhuning olamdan o’tishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34030#msg34030)
Rasulullohning Toifga hijratlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34034#msg34034)
Isro va me'roj (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34039#msg34039)
Rasulullohning boshqa qabilalarni da’vat qilishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34108#msg34108)
Aqoba bay'ati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34111#msg34111)
Musulmonlarning Madinaga hijrat qilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34116#msg34116)
Rasulullohning Madinaga hijrat qilishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34119#msg34119)
Rasulullohning Makkada amalga oshirgan ishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34124#msg34124)
Rasulullohning Madinaga kirishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34126#msg34126)
Muhojirlarning tushishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34130#msg34130)
Hijratning birinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34135#msg34135)
Azonning paydo bo’lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34137#msg34137)
Madinalik yahudiylar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34141#msg34141)
Urushishning shar’iylashishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34464#msg34464)
Hijratning ikkinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34474#msg34474)
Qiblaning o’zgartirilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34480#msg34480)
Katta Badr g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34485#msg34485)
Qaynuqo' g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34516#msg34516)
Hijratning uchinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34522#msg34522)
Uhud g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34531#msg34531)
Hamroul Asad g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34946#msg34946)
Hijratning to’rtinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34952#msg34952)
Bani Nazir g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg34958#msg34958)
Hijratning beshinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35211#msg35211)
Oisha r.a.ga qilingan tuhmat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35219#msg35219)
Xandaq g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35226#msg35226)
Bani Qurayza g’azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35238#msg35238)
Hijratning oltinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35257#msg35257)
Hudaybiya g’azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35297#msg35297)
Hudaybiya sulhi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35542#msg35542)
Podsholarga yo’llangan maktublar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35552#msg35552)
Xaybar g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35575#msg35575)
Habashistondagi muhojirlarning qaytishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35587#msg35587)
Xolid va uning ikki do’stining islomga kirishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35591#msg35591)
Umraning qazosi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35597#msg35597)
Hijratning sakkizinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35696#msg35696)
Mu'ta g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35699#msg35699)
Makkaning fath etilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35707#msg35707)
Rasulullohning muruvvatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35719#msg35719)
Ayollarning bay’at qilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35728#msg35728)
Hunayn g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35730#msg35730)
Toif g'azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg35737#msg35737)
Ji’rona umrasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36100#msg36100)
Hijratning to’qqizinchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36110#msg36110)
Tabuk g’azoti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36113#msg36113)
Ayla hokimining kelishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36120#msg36120)
Tabuk g’azotiga chiqmagan uch kishi haqida hikoya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36124#msg36124)
Toif aholisiga yozilgan maktub (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36130#msg36130)
Abu Bakrning haj qilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36134#msg36134)
Hijratning o’ninchi yili (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36138#msg36138)
Vidolashuv haji (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36141#msg36141)
Vidolashuv nutqi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36142#msg36142)
Elchilar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36149#msg36149)
Payg’ambar alayhis-salomning o’g’illari Ibrohimning vafot etishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36171#msg36171)
Payg’ambar alayhis-salomning betob bo’lishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36173#msg36173)
Abu Bakrning namozda imom bo’lishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36175#msg36175)
Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
[url=http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36183#msg36183]Payg’ambar alayhis-salomning sifatlari va go’zal axloqlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36179#msg36179)
Payg’ambar alayhis-salomning mo’jizalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.msg36295#msg36295)
Nom: Re: NUR-UL YAQIN. Muhammad sav hayotlari. M. Huzariy
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 08:27:09
Nurul-yaqiyn

(http://ziyouz.com/images/books/nurul_yaqin.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=48)

Muallif: Muhammad Xuzariy

Hajmi: 583 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=48)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=497.0)