forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Zamiraxon 17 Avgust 2010, 23:14:31

Nom: Siz Qanday Duo Qilasiz ?!
Yuborildi: Zamiraxon 17 Avgust 2010, 23:14:31
Bismillohir rahmonir rohiym.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
Forumimizning deyarli barcha a'zosi taqvodor, namozxon, iymoni butun muslim va muslimalar. Barchamiz namozimizdan, tanovulimizdan keyin va boshqa joylarda chiroyli qilib duo qilamiz.
Keling, shu mavzuda barchamiz özimizning öqiydigan duolarimiz bilan baham körsak, örgansak, örgatsak, inshaAlloh duolarimiz maqbul bölsa!
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: Zamiraxon 17 Avgust 2010, 23:39:22
Mening namozdan keyin öqiydigan duoim:
"Ey Alloh, Parvardigorim, ey Xudo, özingga mingdan ming shukronalar, hamdu-sanolar bölsin. Bergan har bir ne'matingga, osuda kunu-tuningga va shu kunda Sen uchun qilgan ibodatlarimizni Özing nasib etganing hamda bizga ravo körganing, bizni musulmon qilib yaratganingga shukronalar, hamdu-sanolar bölsin.
Payg'ambarimiz Muhammad Mustafoga (sav) salomu-salavotlar hamda rahmatlar bölsin. U zotga ergashgan sahobalar, tob'einlar va salafi-solihlarga Özingning rahmatlaring, mag'firatlaring bölsin.
Ota-bobolarimiz, momolarimizning ruhlarini shod aylagin, qabrlarini keng qilib, nurlarga töldirgin.
Ota-onam, aka-ukam, qarindoshlarim va barcha mömin-musulmon bandalaringni Öz panohingda asragin, xidoyat yölini körsatgin va shu yölda sobitu-qoim qilgin. Iymon, e'tiqodimizni kuchaytirgin, taqvomizni baland qilgin. Ibodatlarimizga xuwu' va xuzu'lik, hamda sobitqadamlik ato etgin. Sabr-toqat, kuch-quvvat, iymon-e'tiqodimizdan ayirmagin. Sabr, hayo, iffat liboslari ila burkagin. Xotirimizni jam, könglimizni keng, luqmamizni halol, xulqimizni chiroyli qilgin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz barakali bölsin.
Jahannam azobi, shayton vasvasasi, nafsga qullik va yomon illatlardan hamda qabr azobidan Özingdangina panoh tilovchi, Özingdangina najot istovchi bandalaringni xor qilmagin.
Özing bandam degin,
Payg'ambarimiz ummatim desin,
Tört choryor döstim desin,
Öqigan namozlarimizni dargohingga qabul qilgin, xato va kamchiliklarini Özing kechirgin. Gunohlarimizni mag'firat, duolarimizni ijobat, tavbalarimizni qabul qilgin.
Jannatning Firdavs bog'larida Payg'ambarimiz bilan birgalikda Sening yuzingni körguvchilardan bölaylik, omin Allohu Akbar!
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 18 Avgust 2010, 02:02:20

Amin!
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: UzMuslim 18 Avgust 2010, 04:00:49
Amin,Amin,Amin...
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: UzMuslim 18 Avgust 2010, 04:15:45
 :bsm:
Mani Doim O'qiydigan Duoim..

Ey Parvardigoro O'qigan Namozlarimizini O'zing Dargohingda Qabul etgin,Qilgan Barcha Kamchiligu Hatolarimizni O'zin Kechirgin.Ota ONamni,Qarindosh Urug'larimni Barcha Do'stu Brodarlaimni Doim O"z Panohingda Asragin.Man UChun Eng Qadrli Insonimni ham O'zin O'z Panohingda Arasing.Ibodatlarda Sobid Bo'lishlikni Nasib Aylagin,Haromdan Qaytargin,Halolda Rizq Bergin.Kofirlar Hiylasidan,Shayton Vasvasasidan,Nafsga Qullikdan O'zin Asragin.To'ri Yo'lindan Adashtirmagain Allohim,Bracha Mo'minu Muslimlarni Har Hil Baloyu Ofatlardan,suv Balosi,O't Balosidan O"zin Asragin.Qalbimizni Iymon Nuri Bilan Yoritgin.Qalbimizni Ko'r,Be NAMOz Munofiq Bandalrdan qilib Qo'ymagin.
Qabr Azobidan,Jahhannam Azobidan O'zin Asragin,O'tgan Barcha Buvim,Opoqimlarni Ruhlarini Shod Etgin,Borlarini Umrlarini Uzun Qilgin.Ikki dunyo Saodat Eshigini Ochgin.Songi So'zimiz La Ilaha Il Alloh Muhammadun Rasululloh Bo'lishnikni Nasib Aylagin.Qilgan Ojizona duolarimzni O'z dargohingda Qabul etgin...Assalamu Aleykum Va Rahmatullahi Va Barakatuhu..

Amin
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: Ansora 19 Avgust 2010, 01:02:22
 :bs1:

Ey yer-ko'kning yagona sohibi, Yaratgan Egam...
Yana bo'ynimni bukib huzuringga keldim, eshiklaringni och menga Yo Rabbim...

Allohim, duosi qabul bo'lganlardan ayla, bo'yin bukib duo qila olganlardan ayla...

Avvalo olamlar Sarvari Payg'ambarim Muhammad Alayhissalom boshda bo'lgan holda, butun Payg'ambarlarga salotu-salom bo'lsin...

Bizdan oldin o'tgan barcha-aziz avliyolarga salom bo'lsin...

Vafot etgan, bizdan duo kutganlarni ham rahmatingga ol, Rabbim...

Ota-onalarimizni, aka-uka, singillarim, kelinayalarim va jiyanlarimni salomat ayla, iymonlarini kuchaytir. Shu yolg'onchi, sinov dunyoda hor-zor qilma Yo Rabbim...

Dunyodagi butun Musulmonlarga birlik-barobarlik nasib et.

Yo Rabbim, butun sifatlaring bilan Senga yalvoraman, Bizlarni O'ZİNGga qul ayla, so'ng nafasimizda iymon bilan ketishlikni nasib ayla Rabbim...

Ramazonni qadriga yetib, haqqini berganlar safida bizni Ro'zalarimizni ham qabul ayla Rabbim...

Ey Rabbim SENi eshigingdan boshqa boradigan joyimiz yo'q, SEN'i huzuringdan boshqa bosh egadigan sajdamiz yo'q, faqat SENgina bizlarga huzur, sokinlik berasan....

Gunohlarimizni avf ayla, tavbalarimizni qabul ayla....

Farzandimni ham O'ZİNGni yo'lingda o'sib ulg'ayishida madadkor bo'l Rabbim...

Butun bolalar qatorida meni bolamga ham sog'lik-sihhat ber, meni farzandim bilan imtihon etma Rabbim....

Omin, Omin, Omin....
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: ibnUyayna 19 Avgust 2010, 01:07:45
Bismillohir rahmonir rohiym.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
Forumimizning deyarli barcha a'zosi taqvodor, namozxon, iymoni butun muslim va muslimalar. Barchamiz namozimizdan, tanovulimizdan keyin va boshqa joylarda chiroyli qilib duo qilamiz.
Keling, shu mavzuda barchamiz özimizning öqiydigan duolarimiz bilan baham körsak, örgansak, örgatsak, inshaAlloh duolarimiz maqbul bölsa!

   "Xusnul Muslim" ni tavsiya qilaman.
Nom: Re: Duoga ochilgan qo'llar, yoxud sizning duoingiz
Yuborildi: Robiya 19 Avgust 2010, 01:26:59
:bs1:

Ey Allohim! Ojiz bandang Sendan istig'for tilamoqda.. Ushbu istig'forimizning nuqson kamchiliklari ila qabul et va mag'firatingni darig' tutma!

Sendan boshqa Hamd va maqtovga loyiq emas Rabbim, jamiki maqtovlar Senga bo'lsin!

Bizga Islom irfonidan ta'lim bergan payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamga salovotu durudlarimiz yetib borsin!

Sahobai kiromlar, ahli bayt, ansoriylar, muhojirlar, butun islom yo'lida jon kechgan bandalaringga Rahmating bo'lsin!

Allohim, har lahzasi fitnali bo'lgan bu dunyo ishlarida bir dam emin qo'yma, O'zing bizni vaqtimizni sarhisob qiladiganlardan qil. Allohim, qalbimdagi Senga oshkor, undanda xayrlilariga yetishtir. O'zingdan begona qilma hech qachon. Jamiki musulmonlar, ular qatorida oila a'zolarim, qarindoshlarim, Sening yo'lingdagi birodarlarimni O'z panohingda asra hamda ularga Nuru jamolingdan bahramand bo'lishni nasib ayla.
Mehribon Allohim, bizdan rahmat, mag'firat, nazaringni darig' tutma..

Hayotda solihlar bilan suhbatdosh qil. Behuda amallar, behuda kishilar davrasidan uzoqda qil. Seni zikringdan, shukringdan chalg'itadigan har ishni bizga yaqinlashtirma.

Ibodatingda qoim bo'lishni va komil iymon ila Seni huzuringga borishni taqdir qilgan bo'lgin!

Yo'lidan adashgan, qalbi Islomga moyillarni Hidoyatingga yo'lla, ularni halovatdan ayirma..

Ey Qodir Allohim, ushbu qilgan duolarimiz ijobatini Sendan tilayman!

Robbano otino fid dunya hasanatav va fil oxirata hasanatav va qino azoban nor birohmatika ya arhamar rohimiyn.. Amiyn..
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: Chustiy 19 Avgust 2010, 01:41:19
Duoning afzali mahfiysi deyilganimidi yoki bu gap forumdagi duolarga tegishlimasmikan?  ::)
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: Ansora 19 Avgust 2010, 13:34:28
Duoning afzali mahfiysi deyilganimidi yoki bu gap forumdagi duolarga tegishlimasmikan?  ::)

Chustiy, haqlisiz. Lekin diqqat-nazarimizni orada duoga qaratish uchun ham yaxshi duolarni yozganimiz ma'qulmikan, deb o'ylayman...

Mahfiy duolar serob lekin : )
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: Chustiy 19 Avgust 2010, 15:42:27
«Аъроф» сурасида: «А оббингизга тазарруъ ила ва махфий дуо қилинг! Албатта, У тажаввузкорларни хуш ксрмайди», деган (55-ост).

Дейилгани учун айтгандимда

Ислом.Уз сайтида бир пайтлар Мулла Алий Қорининг Исмул Аъзам китобларини жойлашганди, дуолар жамланган жудасм ажойиб китоб...
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: AbdulAzim 20 Avgust 2010, 04:35:19
 :as:
Olimlar, duolarning yaxshilari Qur'oni karimda va Sunnatda kelganlari, deyishgan ekan. Ana shu duolardan: "Ey Rabbimiz bizga Dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, Oxiratda ham yaxshilikni bergin, bizni Do'zax azobidan asragin" degan duo. Mana shu duo Payg'ambarimiz s.a.v ning eng ko'p qiladigan duosi ekan. Bu duoning so'zlari kam bo'lsa ham Dunyo va Oxirat yaxshiliklarini o'zida jamlagan.
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: Zamiraxon 20 Avgust 2010, 04:42:01
Assalamu alaykum. Yana bir duo:
Allohumma a'iniya ala zikrika va shukrika va husniy ibodatika.
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: AbdulAzim 20 Avgust 2010, 04:45:15
Yana o'zida ko'p ma'nolarni jamlagan bir duo bor. Uning ma'nosi: "Allohim men Sendan Payg'ambaring Muhammad s.a.v so'ragan narsadan yaxshisini so'rayman va Payg'ambaring Muhammad s.a.v panoh so'ragan narsaning yomonligidan panoh so'rayman".
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: AbdulAzim 20 Avgust 2010, 04:52:14
Yana Qur'oni karimda kelgan, doim o'qib yurishimiz lozim bo'lgan duolardan: "Rabbim, ular meni kichikligimda tarbiya qilganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin", deb ota - onamiz haqqiga duo qilishimizdir.
Nom: Re: Duoga ochilgan qo'llar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: Robiya 20 Avgust 2010, 05:01:37
Vaalaykum assalam wa rohmatullohi wa barokatuh!

Amiyn ajma'in..

Alhamdulillah, navbatdagi Jum'aga salomat yetib keldik, O'zi yetkazdi, shukr..

Rasul alayhissalomdan vorid bo'lgan hadislarda ushbu Kunda Payg'ambarimiz s.a.v.ning haqlariga salovotlar yo'llash ajrli amal hisoblanadi. Shuningdek, salovotdan so'ng qilinajak duolar ijobat ekani ham diniy kitoblarimizda yozilgan.

"Innalloha va malaaikatahu' yusollu'na alannabiyyi, ya' ayyuhallaziyna a'manu' sollu' alayhi va sallimu' tasliyma".

"Haqiqatki, Alloh va uning farishtalari Payg'ambarga salovot va salom aytadilar. Ey iymon keltirganlar, siz ham Unga salovot va salom keltiring"
(Ahzob, 20)

Allohumma solli a'la ruhi sayyidina Muhammadin fil arvahi, va solli ala' jasadi sayyidina Muhammadin fil ajsadi, va solli ala' qobri sayyidina fil quburi. Allohumma ballig' minniy tahiyyatan va sala'ma".

Allohim, bugungi Kunning har daqiqasini jamiki mo'min-musulmonlarga xayrli va muborak qilgin! Ezgu duolar ijobatini bergin!
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: Zamiraxon 22 Avgust 2010, 08:14:31
 :as:
Yoshligimda bir duo yod olgan edim, lekin ma'nosini bilmayman, yordam beringlar birodarlar!

"Allohuma inniy asa'uluka sobran jamiyla va qolban saliyma va lisanan zakiyro va dua'an mustajaba va kitaban ya'mina va rizqan halala va na'iman muqiyma va Jannatin va hariyro va nazrotan va sururo. Ya qoziyal hajat ya mujibat da'vat, ya koshifaz zurri val balliyat, ya alimas-sirri va xofiyyat, iqzi hajati fi hazihis saatil muborakati behurmati Ya'sin val Qur'anil Hakimi faizi qazo amron fainnama yaqulu lahu qun fayakun. Fasubhanallazi biyadihi malakutu kulli shayyin va ilayhi turjaun. Va sallollohu ala sayyidina Muhammadin va a'la alayhi sohbihi ajma'in.
   Yosin surasining ba'zi oyatlariga o'xshaydi, o'ziyam "Yosin duosi" deyilsa kerak.
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: AbdulAzim 23 Avgust 2010, 06:02:59

Bu duoning ma'nosi quyidagicha: Allohim men Sendan chiroyli sabr, sog'lom qalb, zikr qiluvchi til, mustajob duo, o'ng tarafdan beriladigan kitob, halol rizq, doimiy ne'mat, Jannatlar, harir(ipak), hursandchilik va quvonch so'rayman. Ey, hojatlarni ravo qiluvchi, duolarni ijobat qiluvchi, zarar va balolarni arituvchi, sir va maxfiy narsalarni biluvchi,  shu muborak soatda, "Yaseen val Qur'anil hakiym" hurmati  mening hojatimni ravo qilgin. {U agar bir narsaga hukm qilsa, unga faqat "Bo'l" deydi, bas u ish bo'lur. Bas barcha narsaning egaligi O'z qo‘lida bo'lgan (Alloh har qanday aybu nuqsondan) pok zotdir. Yolg‘iz Ungagina qaytarilursizlar}. Alloh taolo Sayyidimiz Muhammadga, u kishining ahli va barcha sahobalariga salovotlar yo'llasin.
Yaxshi duo ekan. Duoning birinchi qatoridagi "zakiyro" ni "zaakiro" deb, oxirgi qatordagi "alayhi" ni "aalihi" deb va undan keyin "va" qo'shib o'qilsa to'g'riroq bo'ladi. Vallohu a'lam.
Nom: Re: Duoga ochilgan qöllar, yoxud sizning duoingiz...
Yuborildi: Zamiraxon 23 Avgust 2010, 06:52:24

Alloh rozi bo'lsin rahmat
Nom: Siz Qanday Duo Qilasiz ?!
Yuborildi: Mishariy Roshid Alafasy 08 Fevral 2011, 11:22:56
  Duo
Payg’ambarimizga va u zotning ahl oilalariga, asxobiga rahmatingni yog’dir. Iymonimni eng yuksak darajalarga yetkaz, ishonch va e’tiqodimni mustahkam qil. Niyyatlarning eng yaxshisi mening ham niyyatim, amalarning eng yaxshi (go’zali) mening ham amalim bo’lsin. Ya Robbim o’z lutfu karaming ila niyyatimni pok et. Allohim iymonimni sobit va mustahkam qil ham qudrating bilan yomonliklarimni islox et. Ey ulug’ Robbim umrimni bandalik vazifam bo’lgan ishlarga sarf etishlikk nasib ayla. O’zingdan boshqalarga yolvoradigan qilma meni. Mendan rahmatingni darig’ tutma. Meni mol mulk, obro’, martaba, dunyoga hirs qo’yishdan asra. Shon sharaf, kibr va g’urur orqasidan yugiradigan qilma, ibodatlarimni holis va tokis ado etishga o’zing madad ber. Qo’limni insonlarga sahovatli qil. Xulqimni Qur’on ila ziynatla. Nafsimni yaxshi ko’rish va maqtanishdan saqla. Allohim Payg’ambarimizga va u zotning ahl oilalariga, asxobiga rahmatingni yog’dir. Insonlar orasida nafsimga loyiq mavqe ber. Nafsimni yo’ldan ozdiradigan obro’ izzatni berma. Ey adli ilohiy Robbim adolatingning keng dasturxonida meni ham solihlik libosi bilan (ila) yasantir. Meni g’azabini yenga oladigan fitna va adovat olovini o’chiradigan insonlar orasini islox qiladigan, ularni birlashtiradigan, mo’minlarning ayblarini berkitadiganyaxshiliklarini vasf qiladigan (etadigan) hushmoamalali, ochiq ko’ngilli, muloyim, go’zal hulqli, viqorli va shijoatli doimo fazilatga intiladigan, ne’matlarga shukr qiladigan, loyiq bo’lmaganlarga ham yaxshilik qiladigan, qanchalik qiyin bo’lsa ham haqni gapiradigan. Islom uchun talabchan, hayr va yaxshilikni ko’paytiradigan, yomonlikni yo’qotishga harakat qiladigan va butun yaxshilikni ko’paytiradigan, yomonlikni yo’qotishga harakat qiladigan va boshqa butun yaxshi hislatlarga ega bo’lgan bandalaring bilan qilgil, ular kabi bo’lishni nasib et menga. Ya Robbim meni zarurat onida do’stlariga yordamga yuguradigan qil chetdan tomoshabin bo’lib turadigan qilma. Chorasiz vaqtimda o’zingdan boshqasidan yordam so’raydigan, yo’qsil holatimda sendan boshqasiga tilanadigan, qo’rqqan paytimda sendan boshqasidan qo’rqadigan qilmagil. Faqat sening huzuringdagina hor zalil, haqir bo’lishni nasib et.          Ey Robbim sening fazl karamingdan umidvorman, sening marhamatingga loyiq bir amal sohibi bo’lishimni nasib ayla. O’zimni hisob kitob qilib ko’rsam sening ehson va fazlingdan boshqa umid va sarmoyam yo’q ekan. Mendan fazl ehsoningni darig’ tutma. Allohim meni hidoyatga yetaklaydigan aql va taqvo ber. Axloq ba muomalamni go’zal ayla o’zing yaxshi ko’rgan va rozi bo’ladigan narsalarga oshno et. Sirotol mustaqiymdan yurishlikni nasib et. Sening so’zing dunyoda oily bo’lishi va sening roziligingni qozonish yo’lida shahid bo’lishlikni taqdir et ey Parvardigor!!!
                                               
        ***Amin***
Nom: Re: Siz Qanday Duo Qilasiz ?!
Yuborildi: Lu`lu` 17 Fevral 2011, 07:18:40
ИСЛОМ УЗ.ГА КИА ИБ АКЛ ЧИГИЛЛАА ИМАИ, ЗИА ФОА УМИДА КУАГИЛ ЧИГИЛЛАА ИАИ АЗИБ ЧИКАА ДИМ.
КУАГИЛ ЧИГИЛИАИ АЗАДИГАА ШУ ФОА УМАИ КУЛ КУА МАСИА ДЕБ БУГУА АСТОЙДИЛ ДУО КИЛДИМ.
Nom: Siz qanday duo qilasiz?!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 03 Iyul 2011, 21:27:29
Assalomu aleykum ! Aziz forumdoshlar, chin qalbdan qilgan duoingizni biz bilan o'rtoqlashasiz degan umitdamiz. Insholloh.
 Olloh bilguvchi. bu mavzuda aziz va qadrli forumdoshlarimiz o'zlarining Olloh  taolo zikridan so'ng qilgan duolarini , hamdu sanolarini yozishadi. Insholloh.
Olloh barchalaringizning hayrli duolaringizni qabul etsin!

Duo :
Bizlarni musulmon qilib yaratgan Allohga hamd bo'lsin. Muhammad s.a.v.ga Allohning salomlari , bizlarning esa salovotu salomlarimiz bo'lsin.
Allohim ! Barchalarimizning gunohlarimizni mag'firat et ! O'zingga tavba qildik, tavbalarimizni qabul et !
Allohim ! Qalblarimizni shirkdan, tillarimizni yolg'ondan, amallarimizni riyodan,
vujudimizni zinodan, O'zing asra.
Barcha umrimizni O'zingni rozi qiladigan amallar bilan o'tkazib ,Oldinga yorug' yuz bilan borishlikni nasib et. Omin.
Sizlarning ham duolaringizni kutib qolamiz. . . .
Nom: Re: Siz qanday duo qilasiz?!
Yuborildi: Rabella 03 Iyul 2011, 23:16:08
Дуо ҳақида
Аллоҳнинг гсзал исмлари бордир.
Бас, Унга сша (исм)лар ила дуо қилинг.
(Аъроф:180)
Аввало, дуонинг маъносини билиб олайлик. Араб тилида «дуо» ссзи чақириш, ссраш маъноларини англатади.
Кспинча дуо билан бир нарсани талаб қилиш маънолари бир-бирига аралашиб кетади.
Шунинг учун, талаб нима-ю, дуо нима сканини аниқ билиб олиш алоҳида маъно касб стади.
Талаб ссровчи нутқ қиладиган лафзнинг васфидир. Менга тилаган нарсамни бергин, каби.
Дуо сса, ссровчида пайдо бсладиган нафсий ҳолатдир. Мазкур нафсий ҳолат икки нарса билан: қалб ва ҳисларнинг уйғоқлиги ҳамда улар ҳар бирининг синиқлик ва хокисорлик ила Аллоҳ таолога юзланиши билан ва сна дуо қилувчининг сзи қилган гуноҳлари учун Аллоҳ таолога сидқидилдан тавба қилишни бошлаши билан бслади.
Ҳа, дуо қилинаётган пайтда қалб ва ҳисларнинг уйғоқлиги ҳамда улар ҳар бирининг синиқлик ва хокисорлик ила Аллоҳ таолога юзланиши бслмаса, одатга ксра икки қслни кстариб тилга келган талаб ссзларини такрорланаётган бслади. Бундоқ вақтларда қалб ғофил бслиши, тилда бир гап, хаёлда бошқа гап бслиши ҳам мумкин. Албатта, бу ҳолатни дуо деб бслмайди.
Бас, шундоқ скан, бу ишни қилаётган одамни фалончи Аллоҳ таолодан ссрамоқда, дейишимиз мумкин, аммо фалончи Аллоҳ таолога дуо қилмоқда, дес олмаймиз.
Аллоҳ таоло «Исро» сурасида:
«Аллоҳга дуо қилинглар, А оҳманга дуо қи-линглар, қайсисига дуо қилсангиз ҳам, бари бир. Гсзал исмлар Уникидир», деган (110-ост).
А ивостларда келишича, Лайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам бир куни: «А Аллоҳ! А А оҳман!» деб дуо қилаётганларини мушриклар сшитиб қолиб, дарҳол:
«Муҳаммад скка худоликка чақирар сди, сзи бслса, иккита худога дуо қилмоқда», деб гап тарқатишибди.
Уларнинг бу жоҳилона тушунчаси ва тасарруфи жавобига ушбу ост тушган скан. Бу остда мазкур нотсғри тушунча ва тасарруф тсғриланмоқда.
«Аллоҳга дуо қилинглар, А оҳманга дуо қилинг-лар, қайсисига дуо қилсангиз ҳам, бари бир».
«Аллоҳ», «А оҳман» исмлари икки хил бслгани билан соҳиби бир зот. Исм кспайса, зот ҳам кспайиб қолмайди.
«Гсзал исмлар Уникидир», деб айт».

 Аллоҳ таоло «Ғофир» сурасида:
«Ва А оббингиз: «Менга дуо қилинглар, сизга ижобат қилурман», деди», деган (60-ост).

Аллоҳ таоло «Бақара» сурасида:
«Қачонки, бандаларим сендан Мен ҳақимда ссрасалар, бас, албатта, Мен сқиндирман. Дуо қилувчи дуо қилганда, дуосини ижобат қилурман», деган (186-ост).
 
Аллоҳ таоло «Аъроф» сурасида:
«А оббингизга тазарруъ ила ва махфий дуо қи-линг. Зотан, У ҳаддан ошувчиларни севмас», деган (55-ост).

Ушбу ости каримада Аллоҳ таоло мсмин бандаларига дуо қилиш одобларини сргатмоқда. Дуода тазарруъ—ёлбориш ва махфийлик бслиши зарурлигини таъкидламоқда.
Худди шу маъно Лайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳадиси шарифларида ҳам ифодасини топган.
Имом Бухорий ва имом Муслим Абу Мусо ал-Ашъарий розисллоҳу анҳудан ривост қилган ҳадиси шарифда қуйидагилар баён қилинади:
«Одамлар баланд овоз билан дуо қилган сдилар, А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: 
«А­й, одамлар, сзингизга шафқат қилинг, сизлар кар ёки ғайбга дуо қилаётганингиз йсқ. Сиз дуо қилаётган Зот снг схши сшитгувчи ва снг сқин зотдир»
, дедилар».

Ауъмон ибн Башир розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Дуо ибодатдир», дедилар ва «Ва А оббингиз: «Менга дуо қилинглар, сизга ижобат қилурман. Албатта, ибодатимдан такаббурлик қиладиганлар тезда жаҳаннамга бсйин сгган ҳолларида кирурлар»ни қироат қилдилар».

Термизий ва Абу Довуд ривост қилган.

Ушбу ривостда келтирилган ости каримада дуо маъноси ибодат маъноси билан бир хилда ишлатилган.Бинобарин, дуонинг ибодат сканини Аллоҳ таолонинг сзи бандаларига билдирмоқда.
Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Аллоҳ таолонинг наздида дуодан ксра мукаррамроқ нарса йсқ», дедилар».

Термизий, Аҳмад ва ал-Ҳоким ривост қилган.
Шунинг учун, банда Аллоҳ таолога кспроқ дуо қилмоғи лозим.

Анас розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Дуо ибодатнинг мағзидир», дедилар».

Бундан дуосиз ибодат, мағизсиз ибодат бс-лади,съни қадри паст бслади.Чунки,ҳадисда таъкидланган маънога ксра,ибодат фақат дуо билан қадрлидир.Яъни,банданинг уйғоқ қалб билан,ҳокисорлик ила Аллоҳга илтижо қилиши (дуо) унинг ибодатига мазмун беради.

Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Ким Аллоҳдан ссрамаса, У зот ундан ғазабланади», — дедилар».

  Яна сша кишидан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Кимни Аллоҳ унга шиддатлар пайтида истижобат қилиши масрур қилса, оройиш пайтида дуони кспайтирсин», — дедилар»
.
Бу ҳақда имом Аҳмад ибн Ҳанбал раҳматуллоҳи алайҳи «Оройиш пайтида Аллоҳни танисанг, шиддат пайтида Аллоҳ сени танийди», деганлар.

Убода ибн Сомит розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Ер юзида қайси бир мусулмон гуноҳ аралаштирмасдан, қариндошлик алоқасини узмасдан туриб дуо қилса, албатта, Аллоҳ таоло унга ё ссраганини тезда беради, ёки сшанинг мислича ёмонликни ундан буриб қссди», — дедилар. 
Шунда одамлардан бири:
«Ундоқ бслса (дуони) кспайтирамиз», — деди.
«Аллоҳ кспайтирувчироқдир», — дедилар».

 Ибн Умар розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Кимга дуо сшиги очилса, унга раҳмат сшиклари очилган бслади. Аллоҳдан бериладиган нарсалар ичида снг маҳбуб бслгани офистни ссрашликдир», дедилар».

Шунинг учун, Аллоҳ таолодан офистни—соғ-лик ва тинчликни кспроқ ссраш керак бслади.

Яна сша кишидан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Албатта, дуо нозил бслган ва нозил бслмаган нарсадан сақлайди. А­й, Аллоҳнинг бандалари! Ўзингизга дуони лозим тутинг!» — дедилар».

Демак, ким нозил бслган балолардан сақланай деса, кспроқ дуо қилсин. Ким нозил бслмаган балолардан сақланай деса ҳам, кспроқ дуо қилсин.

Салмон розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Қазони фақатгина дуо рад қиладир. Умрни фақатгина схшилик зиёда қиладир», — дедилар».

 Абдуллоҳ розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Аллоҳдан Унинг фазлини ссранг. Албатта, Аллоҳ азза ва жалла Ундан ссралишини хуш ксрадир. А­нг афзал ибодат кушойишни кутишдир», дедилар».

Ушбу саккизтани Термизий ривост қилган.
Кушойиш—нажот, енгиллик, мусийбатнинг ариши.
                                                                                                                                                                          Manba (http://www.muslimaat.uz/new/ibodat/duo/item/227-duo-haqida.html)
Nom: Re: Siz qanday duo qilasiz?!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 03 Iyul 2011, 23:57:50
Assalomu aleykum !Rabella iltimos mavzuga yaxshilab e'tibor bering?
Men forumchilarning qanday duo qilishlari haqida so'radim. . . .
Nom: Re: Siz qanday duo qilasiz?!
Yuborildi: Rabella 04 Iyul 2011, 00:44:41
Va alaykumussalam va rohmatullohi va barakatuh...
Uzr Umar bin Abdulaziz mavzuizdagi off-topim uchun...
(manimcha kereli off top bo`ldi :p )

Mana ON :

(http://rasm.sb.uz/pics2/275859d8e9cd43601412d6041c5a5cb9.jpg) (http://rasm.sb.uz/#275859d8e9cd43601412d6041c5a5cb9.jpg)
Nom: Re: Siz qanday duo qilasiz?!
Yuborildi: birborekan 04 Iyul 2011, 12:23:43
Va alaykumussalam va rohmatullohi va barakatuh...
Uzr Umar bin Abdulaziz mavzuizdagi off-topim uchun...
(manimcha kereli off top bo`ldi :p )

Mana ON :

(http://rasm.sb.uz/pics2/275859d8e9cd43601412d6041c5a5cb9.jpg) (http://rasm.sb.uz/#275859d8e9cd43601412d6041c5a5cb9.jpg)

Tarjimasiniyam yozin endi
Nom: Re: Siz Qanday Duo Qilasiz ?!
Yuborildi: Rabella 04 Iyul 2011, 19:30:45
Tarjimasiniyam yozin endi

(http://rasm.sb.uz/pics2/f521257982fe8b9fc4764fb6799077eb.jpg) (http://rasm.sb.uz/#f521257982fe8b9fc4764fb6799077eb.jpg)
Nom: Re: Siz Qanday Duo Qilasiz ?!
Yuborildi: Maysara 25 Iyun 2012, 17:20:02
 :asl3:
Man duo qilganimda Fotiha sirasidagi gaplarni aytishga harakat qilaman, ayniqsa "sirotul mustaqim"ni biz yashashimiz uchun va biz muhtoj bo'lgan eng zarur ne'mat deb tushunaman. Shuning uchun ham balki namozni har ra'katida Fotiha surasi farz qilingandur. Va yana, "faqat sengagina ibodat qilamiz va faqat sendangina yordam so'raymiz" jumlasi butun tavhid ilmini o'zida jamlagan. Ushbu oyatlarga hayotimiz davomida qattiq amal qilib yashaylikki, natijada bu bizga Qabrda nur, Qiyomatda esa foydamizga hujjat bo'lsin. Qolganiga esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ta'lim bergan barcha duolarni (Alloh qodir qilganicha) o'qiyveramiz.
Nom: Re: Siz Qanday Duo Qilasiz ?!
Yuborildi: Abdulhafizaka 26 Iyun 2012, 17:42:18
Assalomu Alaykum Men Jum`a Ma`ruzalaridan birida shunday eshitganman va shunga imkon darajasida amal qilishga harakat qilaman: Bir kishi Rosululloh (SAV) ning yoniga kelib
- Qanday duo qilsam Ijobat bo`ladi deb so`rabdi. Sunda Rosuli akram:
- Duo avvalida menga salovot u salom ayt depti. Haligi inson undan ham yahshirog`ichi debti. Rosuli akram:
- Undan ham yahshirog`i Duo avvalida va ohirida menga salovotu salom ayt. dedilar. Sunda haligi Sahoba:
-Duoda faqat sizga salovotu salom aytsamchi. deb so`raganda
Rosuli akram:
-Agar shunday qilsang Alloh sening qalbingdagi barcha istaklarni bilib turguvchi zotdur. dedilar.
Bu rivoyatni qanchalik sahihligini bilmayman jum`a maruzasida eshitganman va bunga men eshitganimdan buyon amal qilaman!