forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Ansora 19 Avgust 2010, 00:47:10

Nom: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Ansora 19 Avgust 2010, 00:47:10
 :as:

Azizlar, kelinglar hammamiz Vatanimizni ta'riflaylik. Bu bahona bilan bir-biridan chiroyli ta'riflar yozilsa qanchalar a'lo bo'lardi...

Eslatma: U yer bu yerdan ko'chirish yo'q. İchingizdan nima kelsa shuni yozing : )
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: ibnUyayna 19 Avgust 2010, 01:04:02

   Odammi asl vatani jannat !
 
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Chustiy 19 Avgust 2010, 01:29:14
Москвадаги метролада катта афишалани илиб қсйишган, у ерда Любовь к родине начинаетсс с семьи деган ёзув мавжуд, бир канча бошка дин вакиллари хам, А усислик мусулмонлар хам сз ватани, юрти хусусда илиқ ва самимий фикрлар билдиришади...

Аммо нагадур бизнинг юртдошларимиз орасидаги  аксри намозхонлардасм, бенамозлардасм, на миллат севгиси ва на ватан туйгуси йсқлиги баъзан ажаблантирса, баъзан кснгиллани хира қилади...
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lar edingiz?
Yuborildi: Robiya 19 Avgust 2010, 01:51:40
:as:

Vatan...

Har harfi takrorida qalbim bir entikadi..

O'zbekistonim.. Kunlari bahor tarovatiyu, tunlari saratonning mayin shabadasidan mast bo'ladi odam..

Ha, men O'zbekistonda yashayman va U meni Vatanim!

Shu yerda tug'ilishni nasib qilgan Allohga hamdlar bo'lsin!

Vatan men uchun nima..? Bir qarashda oddiy, lekin javob berish mushkul bo'lgan savol..

Vatan men uchun hamma narsa - ota-onam, uka singlim, mahallam, maktabim, ko'chalar, unda o'sayotgan daraxtlar. Yo'llar, undagi manzili turfa bo'lgan ulovlar..

Go'dak yig'isi, bolakaylarning kulgisi, nuroniy otaxonu onaxonlarning duoga ochilgan qo'llari..

Har lahza, har daqiqada yangilanib turgan nafasim, orzu o'ylar, maqsadlarim ham men uchun Vatan.. Shu va shunga o'xshash ezguliklar Vatanim bilan hamohang..

Bu balandparvoz gaplar emas, azizlarim.. Men Vatanimni SEVAMAN!!!
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Ansora 19 Avgust 2010, 13:15:52
Vatan...

Men uchun Vatan


Paxta gulli piyolamda ichgan choyim....

Onajonimni telefondagi titroq sasi....

Kitob javonimdagi "Shaytanatlarim", "Boburnomam"...

İshlatishga ko'zim qiymay, sanqidda yashirib qo'ygan xonatlasimdir...

Yana men uchun Vatan:

Dugonam olib kelishiga so'z bergan danaksiz qora Samarqand mayizimdir...

Har safar qovun yeyishimda, Bizni qovunlar baribir boshqachada, deyishimdir Vatanim...

Vatanim- Turkiy Jumhuriyatlari bayroqlari orasida darrov O'zbekiston bayrog'ini qidirishimdir....

O'g'limni ismi Vatanimdir (bu yerlarda Abdulaziz ismi juda kamyob 1000 da bir)

Yana o'g'limni O'rta Osiyoni eslatgan ko'zlaridir Vatanim...

Vatanim, Vatanim...
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: AL_laziz87 19 Avgust 2010, 16:33:41
Vatan menga nima ber deb emas men Vatanga nima berdim deb yashash kerak
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Musannif Adham 19 Avgust 2010, 17:34:56
Vatan men uchun - O'zbekiston. O'zbekiston ijobiy va salbiy jahatlari bilan, butunligicha menga Vatan.

To'g'ri, Turkiston degan tushuncha ham bor. Lekin men bugun bu atamaning hayotiy ifodasini ko'rmayapman.

Albatta yuqorida bir birodarimiz aytganlaridek, hamma muslimlarning asl Vatani Jannatdir. Lekin dunyoda ham vatanimiz bor va aksariyat o'zi tug'ilib o'sgan zaminni, ba'zilar esa yangi o'rnashgan va fuqarolik olgan joylarini Vatan deb bilishadi.

Rosullulloh  :sw: ham, Makkani tug'ilgan shaharlari sifatida yaxshi ko'rganlar. Demak, Vatan sevgisi, tug'ilib o'sgan joyiga nisbatan muhabbat har kimning qalbida bor.

Asosiysi esa Oxirat diyorini esdan chiqarmaslik.
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Zamiraxon 19 Avgust 2010, 17:56:59
Men Vatanimni yaxshi köraman!

  ...chunki, bu yurtga Allohning rahmat nazari tushgan. Televizorda Pokistonning suv ostida qolgan odamlariyu, ularning uylarini körganda, Braziliyaning yonib, kuli kökka sovurilgan örmonlarini körganda Tangriga behad shukronalar aytmasdan iloj yöq!
...chunki mening Vatanimda, mening shahrimda g'ayridinlarga nisbatan musulmonlar köp. Uydagi onajonim, qishloqdagi buvijonim közlaridagi mehr köz yoshlari bilan qilgan duolarida "Parvardigoro, bergan tinchliging uchun shukronalar bölsin" deyishlari menda bu Vatanga nisbatan mehr uyg'otgan.
 
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: UzMuslim 19 Avgust 2010, 18:16:04
Vatan Bu Tug'ilib O'sgan,Man katta Bo'gan Joyim.Vatanni Sevmoq Iymondandir Deyishadi.Albatta Bu Diyorda Yashab Turganimdan Allohga SHukuronalra aytaman Zamiraxon Aytganlaridek Allohning Nazari Tushgan Diyor Bu O'zbekistonimiz.
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: AL_laziz87 19 Avgust 2010, 20:34:41
O'zligimni anglatgan O'zbekistonimdan o'rgulay!
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: BelleQizcha 19 Avgust 2010, 22:08:08
vatan man uchun huddi bolalikni shirin hotiralardanda shirin, huddi birinchi marta eng guzal narsadanda guzal, va eng shirin atirdan-da hushbo'y, vatan huddi sinifda o'qtuvchi savol so'raganda shu sovolni javobini bilganinda qo'l ko'targaninda g'ururlanib ketasan o'shandada g'ururlik, huddi chanqab turganda suv ichsa (yokiy coca-cala hammaga har-hil) shundan mazzali... Uyqu keganda yumshoqina o'rindiqdanda mayin, huddi insoni boshi og'risa dorini istaganchalik-kerakli, huddi,huddi qorni och it kabi vaxshiy, huddi yoz kunida chivin chaqsa nervimizga tegadigan narsa... huddi ertalab turganda hamma-yoq toza hovoda bo'lganchalik yoqimli, huddi yosh bollarga o'xshaydigan shirin..(porah'orlarni olib tashlaganda)

Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Robiya 22 Avgust 2010, 20:47:32
:as:

Yurtimga ko'z tegmasin ilohim!

Men Vatanimni hech qayer bilan taqqoslamayman. Chunki O'zbekiston butun dunyoda tengsiz!!!

Jonajon Vatanim - O'zbekistonimni Alloh hamisha O'z panohida asrasin! Amiyn!
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: AL_laziz87 22 Avgust 2010, 21:42:56
O'zbekiston! -Barcha asrlar va kelajak seniki bo'lsin! Mustaqilligimiz xamisha mustaxkam bo'lsin
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: UzMuslim 22 Avgust 2010, 21:55:09
Alloh suygan Diyor Bu O'zbekistondir.Man Jud ahaM KO'p O'ylab Qolaman Man Nima Qildim Mana Shu Diyor Uchun,Hozirgacha Bronta Foydali Ish qilmabman..LEkiN Jonim Fido Sanga Ona Diyorim...
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Chustiy 23 Avgust 2010, 02:11:04
:as:

Yurtimga ko'z tegmasin ilohim!

Men Vatanimni hech qayer bilan taqqoslamayman. Chunki O'zbekiston butun dunyoda tengsiz!!!

Jonajon Vatanim - O'zbekistonimni Alloh hamisha O'z panohida asrasin! Amiyn!


Yuksak manaviyat yengilmas kuch kitobini, nuqta, vergullarigacha yodlap olgandirsiz...
Shu asarni o;qishni boshlagandim, tugata olmadim haliyam :{ yaxshi kitob ekan...

Amiyin...
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: The_Alchemist 23 Avgust 2010, 13:00:28
VATAN- bu tugulganimda Ollohni menga bergan eng katta sovgasi! Omadim bor ekan shu vatanda, shu yurtda va uz oilamda tugilganman. Vatanni uzim tanlamadim balki Olloh uzi man uchun tanlab bergan, demak man shu Vatan uchun yaralganman, shuni uchun ham Vatanni sevaman, Ollohni menga bergan sovgasi bulgani uchun ham :):):)

The Alchemist
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: AbdulAzim 25 Avgust 2010, 19:16:58
 :as:
Ha to'g'ri, The_ALchemist, Vatan Allohning bizga bergan ne'mati, unga noshukrlik - kufroni ne'mat. Vatan kishining o'z oilasiga, vatandoshlari oila a'zolariga o'xshaydi, unga qaytib borganda xotirjamlikni his qiladi. Buni ko'proq, chetda yurganlar yaxshi his qilishsa kerak.
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: yoqutxon 25 Avgust 2010, 21:47:44
 Vatanimdan boshqa hech bir yurtni ko'rmaganligim, bormaganligim uchun vatan men uchun bu  butun bir Dunyoni anglatadi. Birinchi qadamim tuprog'iga tushgan zamin,ko'nglim jo'shib kuylaydigan madhiya,  dunyoda eng yahshi ko'rgan, qalbim talpinadigan so'lim go'shalar, ota-onam, qadirdon, tanish ,nurli chehralar, dunyodagi eng shirin  noz-u ne'matlar,hidi dimoqda qoladigan shirmoy non,qorday oppoq paxta, quvonchli, g'amli damlarim.Mana shularning barcha-barchasi men uchun Vatandir.
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: BilmasOY 29 Avgust 2010, 13:26:10
VATAN...
  Bu so'zni ta'riflash juda ham mushkul...
Vatan, men uchun avvalo, tug'ilganimda kindik qonim to'kilgan zamin, Samarqandim...
Vatan bu - men aqlimni tanigan Toshkentim...
Vatan bu - ilk bor maktab formasini kiyib ziyo maskaniga qadam qo'ygan Xorazmim...
Vatan bu - onajonimning hech kimnikiga o'xshamaydigan mehribon ovozi, dadajonimning iliq kafti, akamning bolaligimda meni opichlagan yelkasi...
Vatan - olamga mashhur Sohibqiron,  jasur Jaloliddin, qalami bilan dunyoni egallagan Alisher, muhaddislarni hayratga solgan Buxoriy...
 Jonim fido bo'lsin senga, O'zbekistonim!!!
 P/S: Vatanni sevmoq IYMONdandir.
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: JaviK 30 Avgust 2010, 16:17:57
Assalomu Alaykum.

Vatan hozirgi yoshlar uchun oddiy bir so`z yoki yashayotgan maskani bo`lib ko`rinar. Lekin O`tmishni tarihni o`rgangan inson vatan uchun kurashgan ota bobolarimizni, vatan uchun shahid bo`lgan insonlarni o`qib vatanga bo`lgan mehri ortadi. Vatan men uchun nima? Vatan men uchun ota bobolarimizdan o`tib kelgan merosdek, uni asrash esa bizni vazifamiz. Vatanni qadridi bevatan biladi deganlaridek. O`z vataningda yashar ekansan ko`ngling taskin topadi. Ollohga shukur aytaman shu aziz vatanda tug`ilganim uchun. O`zbekiston esa mening vatanim. Shunday tinch diyorda yashaganim bizni bahtimiz.



Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: siddiqa 03 Sentyabr 2010, 01:57:56
Vatan tushunib bo'lmas ichki bir tuyg'u ,vatanni his qilishingiz mumkin musofirlikda ,

G'ururdan jo'shib ketishingiz mumkin bayrog'ingiz balandligini ko'rib ,

Qashqirlar makoni degan serialda Duran Emiy degan qahramonni vafotidan tasirlangandim ,Vatan omon bo'lsin deb jon taslim qigandi.........
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Ansora 14 Sentyabr 2010, 14:48:03
Serquyosh kunlar Vatanimni yodimga soladi. Vatanim-dunyoning eng serquyosh o'lkasi men uchun.
Sentyabr quyoshi esa- cheksiz-chegaraiz paxta dalalarini eslatadi. Paxta so'zi O'zbekistonimni eslatadi...Bazan shu o'lkada paxta yetisharkan, deyishsa, menga kulgili tuyuladi, chunki haqiqiy paxtakor- bizni Xalqimiz. Shu darajada paxta bilan mujassamlashganmizki futbol komandamizni ismi ham Paxtakor : )
O'zbekistonim, O'zbek Xalqim- paxta yig'im-terimida Rabbim kuch-quvvat bersin iloyim....
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: yoqutxon 14 Sentyabr 2010, 16:45:17
Vatanni bir ikki og'iz so'z bilan ta'riflab bo'lganda edi. Kimda qanaqa bilmadim lekin men romanlar , tom tom kitoblar yozsam ham  menimcha ichimda vatan deganda nimalar hayolimga kelishini tas'virlab bera olmasam kerak. Ahir qanday buyuk tariximiz bor, qanday ajoyib mehribon odamlarimiz, qanday ser hosil yerimiz bor. Yuqorida Kapalak opani postini o'qib paxta tergim kelib ketti, qorday oppoq paxtalarni.. Bu ham jona-jon vatanimning bir ajralmas qismi. Iloyim Vatanimizdagi fayz yo'qolmasin.
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: JaviK 14 Sentyabr 2010, 20:52:00
Vatan haqida she'r yozolmayman...

Vatan haqida gapirolmayman...

Vatanni ifodalash uchun musiqa,she'r,so'z ojizlik qiladi.


Bu gaplatga o`zinnggizni majburlab kulishinnggiz shart emas. Bu gapni  gapirganlarni qalbida bunday tuyg`u yo`qdur, lekin shunday vatan uchun jon beruvchilar, Vatanni sevuchliar ko`p.
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Foniy 08 Oktyabr 2010, 22:15:44
VATAN

Agar do‘stlar erur sodiq bir-birin qiyratib bo‘lmas,
Agar qilg‘il necha fitna alarni ayratib bo‘lmas.
Demishlar: moru qushni bir qafasda asratib bo‘lmas,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.

Vatan deb men bayon qildim, ayo do‘stlar, muxammasni,
Vatanni kim ulug‘ bildi, aziz bildim men ul kasni.
Vatan deb jo‘sh urar ersa ko‘targum boshima xasni,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.

Nadomat birla boqg‘ayman vatansizlarga har doim,
Egib boshini zor yig‘lar, agarchi davlati qoyim,
Faqir bo‘lsam-da bor yurtim - toju taxtim, borar joyim.
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.

Bobolar kechmishin hargiz faromush aylamang, do‘stlar,
Haqiqat tongi otganda ani tush aylamang, do‘stlar,
Agar kim e’tiqodsizdur, ani xush aylamang, do‘stlar,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.

Diyorim O’zbekistondur, ki andin iftixorim bor,
Demakkim, hur adolatlig‘, davlati barqarorim bor,
Onamdek mehribon, munis Vatan bor, g‘amguzorim bor,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.

Vatan, sen hur, yo‘ling shonli, qadamni tashlagin shaxdam,
Faxr-la boqg‘ay Abdullo, ko‘zida shodligidan nam
Panohingni tilab Haqdin dilida iltijo har dam,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
1994

Abdulla Oripov Manba (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1752.msg82758#msg82758)

Bobomurod Hamdamov - VATAN (http://ifolder.ru/19674737)
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Aqoid 09 Oktyabr 2010, 09:37:15
 :as: Vatan . Birinchi bu dunyoga tushgan  zot Odam(A.S) NING Vatanlari Jannat edi. Biz u zotning avlodlarimiz.Demak bizning vatanimiz ham Jannat. "Vatan"ga intilaylik
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Ansora 24 Oktyabr 2010, 15:49:24
İnson bolasi o'z onasiga yomon so'z ayta olmaganidek men Vatanim haqida aslo yomon so'z ayta olmayman!

Vatanim mensiz ham bor bo'ladi, lekin men Vatanimsiz- imkonsiz!

Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: AbdurRohman 24 Oktyabr 2010, 16:05:41
 :as:
Man uchun Vatan chegara bilmaydi. Butun Yer yuzi insoniyat uchun makon-Vatan qilib berilgan! Negadir duo qilganda ma'lum bir chegarani ofat, balolardan asrashini so'raymizu, vaqt-soatimiz yetganda bag'riga qaytadigan Yer yuzini so'ramaymiz?!
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 25 Oktyabr 2010, 14:39:58
eeh,yana postimmi o'chirishibdi...

O'zbekiston va amaldorlarni tanqid qiladigan hechqanaqa gap yo'q edi u postimda,axir?!!!

Shuuncha vaqt sarflovdim...Pikirlarimga achindim...

Saqlab qo'ygan bo'sela jo'natvorila qaytarib,oltin merosimga kerak ular....

Bizni yurakdan chiqqan so'zlarimiz ham o'chirilibdi...
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Ansora 25 Oktyabr 2010, 15:23:11
Azizlar, bu mavzu shirin tuyg'ular bilan ochildi. Menday g'urbatda yurganlar tez tez Vatanimizni sog'inib turamiz. Boshqa yerlarga ishlagani ketganlar albatta qaytadilar bir kuni (Xudo umr bergan bo'lsa) lekin menday turmushga chiqqanlar palahmonni toshimiz, qachonki turmush o'rtog'larimiz ruhsat berishsagina boramiz Vatanga. Shunday ekan, sizlardan iltimos bu mavzuni tortishuvga aylantirmanglar.
Vatandagi kamchiliklarni yozadigan mavzularimiz anchagina. Albatta bularni tilga keltirishni ham o'ziga yarasha odobi-uslubi bor.
Muholif fikrlarni yozadigan alohida saytlar bor. Bu yerda unday fikrlarni bildirsak avvalo sayt egasini va saytni qiyin ahvolga tushirib qo'yishimiz mumkinligini hammamiz bilamiz, degan umiddaman.
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Foniy 28 Oktyabr 2010, 10:48:04
Tushimda "Feruz"ni kuylaydi birov
Bolalar boychechak aytishar ba'zan.
Umr so`ngidaman, boshimda qirov
O`zim muhojirman, nomim bevatan.

Men ne izlaganman - javobsiz so`roq
Boylig-u, shon-shuhrat - barchasi bir pul.
Bugun bu begona osmon tagida
Vatanni qo`msaydi bechora ko`ngil.

Qora kunlarida men tark etganim
O`sha go`zal yurtni - O`ZBEKISTONNI!
Bir bor tuprog`iga qo`yolsam labim
So`ng TANGRIM mayliydi olganda jonni!

Bir hikmat angladim, juda kech, e-voh
Vatanlar bo`lmaskan, bittadir VATAN!
Bugun men boylikka cho`milgan, qashshoq
Beona, beosmon, nomim bevatan...

Tushimda "Feruz"ni kuylaydi birov
Saharlar uyg`onsam yostiqlarim ho`l...
 :2 :2 :2
Darvesh

Manba (http://forum.islom.uz/smf/index.php/topic,672.0.html)
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Ansora 07 Noyabr 2010, 20:01:54
Vatanim-sutli tandir nonni hidi keladigan mahallam, erta saharlab xo'rozni qichqirishi, handalakni insonni mast qiladigan hidi....
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Ansora 12 Avgust 2011, 04:23:42
Mana mustaqilikka oz qoldi, biiiir ilhom qilinglarchi bu mavzuda:)
Nom: Re: Vatanim manim - O'zbekiston!
Yuborildi: As-Samarqandiy 12 Avgust 2011, 05:36:36
 :asl3:



Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar - jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

Oltin bu vodiylar - jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: azizbek_mx 12 Avgust 2011, 07:46:05
Vatan... Vatan haqida juda köp ta'riflar, qiyoslar, bitiklar, qasidalar bitilgan. Lekin harchand urinmaylik, uning qiyosini ta'riflab berolmaymiz, uning qanday tuyg'u ekanligini söz bilan ifodalab berolmaymiz...
... Vatan men uchun tong sahardagi mayin, musaffo shabboda... Bu shabadada xalqim ifori, mahallam tarovati, odamlarning mehnati tafti, chaqaloqlarning yig'isi, onalarimiz duosi, kelinlar hayosi, otalarimiz g'ayrati, qariyalarimiz ziyosi mujassam... Har tong turib shu shabadani birinchi bölib darvozadan kiritishga harakat qiluvchi xalqim Vatan. Shu shabadani xush kelibsiz qilib qarshilagan keksalarimiz Vatan. Shu shabada taftini tuyib, ishga-oöqishga otlangan yigitlarimiz Vatan... Eng muhimi, tunashga, issiq sovuqqa boshpana bölishga arzirlik bir qarichgina yer bor ekan, ana shu Vatan. Rizq esa Vatandan kelaveradiimi, tunashga, issiq sovuqqa boshpana bölishga arzirlik bir qarichgina yer bor ekan, ana shu Vatan. Rizq esa Vatandan kelaveradi
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Humayro 12 Avgust 2011, 07:49:59
Vatanimiz Jannatdur!!!
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: AL_laziz87 12 Avgust 2011, 14:18:16
Ватанимиз мустакиллигининг 20 йиллиги муборак азиз ватандошлар!
Буюк ва мукаддассан мустакил, ватан!
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: tengdosh 12 Avgust 2011, 16:51:10
  Eng qizig’i shundaki, biz undan qochib ketolmaymiz, garchi, chin dildan xohlagan taqdirimizda ham. Negaki, ba’zida u bizni ohanraboga, ba’zida esa temirni tortayotgan ulkan magnitga o’xshaydi. Yana bir jihati, biz uni yaxshi ko’ramizmi yoki yo’qmi buni o’zimiz ham bilmaymiz, go’yoki, bu haqida bosh qotirishga vaqtimiz yo’q. Albatta-da, axir mehru muhabbat mavhum tushunchalar-da. O’zimizga ma’lum bo’lmagan narsalar haqida uzoq va tiniq fikr yuritish esa, insonga xos emas. Ammo, shunisi aniqki, biz uni sevamiz"¦ aniqrog’i, men uni sevaman"¦ Lekin, buni faqat undan, Vatandan uzoqlashgandagina anglab yetamiz.
  Ko’pincha uzoq safarga otlanishimga  to’g’ri keladi. Boradigan joyim uncha uzoq bo’lmasa ham, uzoq muddat qolib ketmasam ham, hattoki, xushmanzara va bahuzur go’shada bo’lsamda, o’zimning yeri sho’r ochgan, qovjiragan tuproqli, chang va to’zonga boy, ha deganda ichimlik suvini topish anchayin mushkul bo’lgan, ammo eng asosiysi o’zim dunyoga kelgan, birinchi bor olgan nafasim shu yerga tegishli bo’lgan joyni qo’msayveradi qalbim.
  Men undan qarzdorman. Chunki, u men dunyo yuzini ko’rganimda, tug’ilishim uchun joy berdi.
  Men undan umidvorman. Qachon, umrim nihoyalab, o’z safarim tugasa, aynan shu maskandan, bir qarich yerni egallashga intilib yashayman. Ha, hatto zamin qa’rida bo’lsa ham-Vatanimda, men tug’ilgan o’lkada, o’zim taniganlarim, ko’nglimga yaqin olganlarim yonida tuproqqa qo’yishlaridan ta’magirman. 
  Shu ilinj bilan yashayman. Dunyo kezishni, jahongashtalar singari butun dunyoni ko’rishni istasamda, ammo bir kuni albatta, omonatimni o’z tuprog’imgagina topshirishni ko’nglimga tugganman.
   Bu men uchun- asl Vatanni sevish tuyg’usi.
   Axir bu-BAXT! Cheksiz-BAXT!

Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Ansora 11 Sentyabr 2011, 12:04:38
Vatanga eng oson borishni yo'li - tushlar, na bilet tashvishi, na viza tashvisi, na da OVIR dardi bor....

Toshkent ko'chalari, Navoiy teatri, Eski "Tsum", qator qator kitob rastalari, u yerlardan piyoda yurib "Sharq Mir"ga yurib kelishlarim yoki "Mustaqillik" metro bekatidan davlatni jiddiy bir binosidan o'tib, "Zarafshon", "Ardus" larni yonidan yurib kelishlarim....hammasi go'yo tushday tuyuladi, mana bir necha yildan beri.

Ko'z o'ngimdan kino lentasiday o'taveradi, o'taveradi...
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Usmon 11 Sentyabr 2011, 12:07:07
Ўша ерлардан стовриб чарчаган одамларни Анталисга боргиси келади..
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Ansora 11 Sentyabr 2011, 12:11:53
Ўша ерлардан стовриб чарчаган одамларни Анталисга боргиси келади..

Antalyada eng ko'pi bilan 1 oy dam olgandan keyin "Voyey O'zimi uyim qatta qoldiykan" deydi ishanoring:)
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Ansora 09 Noyabr 2012, 16:57:54
 :asl3:

Vatanim- behosdan, sababsiz, kutilmaganda ko'zimdan oqqan yoshim sababi...
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Mahdiyah 09 Dekabr 2012, 08:18:36
Vatan haqida qancha she'rlar, qo'shiqlar etilgan bo'lsada har bir insonning Vatan bn bog'liq o'z ichki tuyg'ulari har xil.

Nimagadur bizda VATANPARVARLIK hissi juda sust?

Odamlar faqat "yeb-ichsam, yaxshi yashasam" bob qolishgan.

Qorin ochligida VATANPARVARLIK sig'armdi deysiz balki? Tog'ri. Lekin hayron qolamande qancha o'z vatanida qiynalib yashayotgan millatlar bor... yaqinlaridan shu vatandagi notinchlik sababli ayrilgan... Lekin shular vatandan "qochish"ni hech o'ylamaydi, qaytangi VATANI uchun, VATANI rivoji uchun, VATANI yanada ko'tarilishi uchun kurashadi.

Ahamiyat berib qarasak rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarni deyarli barida VATANPARVARlik hissi juda kuchli.
Bularga Yaponiya, AQSh, Koreya, Rossiya, Eron, BAA, Turkiya va yana bir qancha davltlarni misol qilsak bo'ladi.

Bir paytlar chetga chiqib ishlash haqida gap borganida, bir ko'pni ko'rgan tanishim: "Hamma VATANda yashash qiyin deb osonroq yashash joyini qidirib chiqib ketaversa, hamma VATANdan qochaversa qachon rivojlanamiz, qachon va kim bu VATAN uchun hizmat qiladi" degandilar.
Nom: Re: Vatan siz uchun nima, Vataningizni qanday ta'riflagan bo'lardingiz?
Yuborildi: Best friend 09 Dekabr 2012, 15:10:26
Faqat pul topish maqsadida kufr yurtida yurganlarga men ham ochig'i qarshiman, ammo o'z yurtiga sig'may qolish ham bo'larkan, Mahdiyah opa.