forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumdoshlar kitobi => Mavzu boshlandi: Govegastar 06 Sentyabr 2010, 13:37:12

Nom: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 06 Sentyabr 2010, 13:37:12
Qabrdan intervyu.

Tasavvur qiling, qabr ahlidan qaysidur jurnalist intervyu olsa...


j: Bu yerga kelganingizga qancha bo'ldi?


-Kecha tunda bola, chaqamni bag'ridan yulinib to'g'ri shu yerga keldim.


j: Sizni joyingiz qayer.

- Hov anavi yangi shuvalgan qabir.


j: Bu yerga kelishingizga nima sabab bo'ldi?

- Ko'rib turganingizday juda yoshman. Shundoqqina yo'l chetida ketayotganimda. Birdan butun hayotimga nuqta qo'yildi.


j: Qayerda ishlar edingiz?

- O'qir edim, endi menga reyting daftarchani keragi yo'q.


j: To'g'ri. Hamma hammasi tamom.
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: lolo 07 Sentyabr 2010, 21:52:01
Davomi qanday?
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 09 Sentyabr 2010, 01:07:22
j: Tiriklik chog'ingda bu yerga kelganmisan?


- Bu fikr hayolimgaham kelmagan.

j: Nima uchun?


- Chunki hayolim faqat dunyoviy safsatalar bilan band bo'lgan.


j: O'sha kuni qayerdan kelayotgandin?


- O'qish yotoqhonasidan chiqib fahishlar ummoniga g'arq bo'lgani.

j: bu nima deganing?


- Keyin bildimki yigit va qiz o'rtasidagi no shariy, sevgi deb ataladigon hissiyot aslida zinoga bir rishta ekan.

j: Shundim? oilang qayoqda qolgandi unda.


- Yoshligimdan ko'plarga hiyonat qildim va ahlimham bundan chetda qolmadi.


j: O'qishchi?



- Talabalik horamhorlik evazga barpo bo'ldi. Bay bay buni so'rog'ini o'ylasam...


j: Nima qilganding?


- Bilib tursamda o'zimcha ishm oson bitsin deb poraxorlar bilan xaramxorlik qilardim. Shu sabab vaqt bemalolga o'hshardi.

j: Namoz o'qiysanmi?


- Oylaymanki umrim davomida  Robbim qolib shaytonnus'halardan qo'rqib yashadim. Afsus, haqiqiy baht, haqiqiy quvonchni qo'ldan boy berdim (a'uzubillah).

 
j: Tavba qilganmiding.


- Ulgurmadim. Essiz hayotimni hazonday sovurib tashladim. Qaniydi 10 sekundga ortga qaytsam va  istig'for aytib olsam.


j: Afsus, senga bir sekundgaham imkon yo'q.

   Istaysanmi tiriklik chog'ingda sendan intervyu olgandim, aparat hotirasida o'shanday saqlanib turibti, hohlasang qo'yib beraman.


- Kechirasiz eslay olmayapman...



j: O'shanda ko'chani to'ldirib kimlarbilandur kelayotgan eding. Marhamat eshiting.


I> play ...
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 18 Sentyabr 2010, 14:14:30
 Bu shuncha o'limni eslashdagi tasavvur bo'lib, islom aqidasiga aloqasi yo'q. Aloqasi bor joylarham mavjud bo'lishi mumkin.

I> play...

(mast-alast)


Hoooy jurnalisjon, buyoqqa keel, nimaga mendan intervyu olmayapsaan?

(jurnalist yaqin o'rtada ish qilayotgan edi, uning ovozi yozilib qoldi)

j; Nimaga sizdan in.yu oliishim kk?

 - Qani buyoqqa kelchi...tag'in simlaringa chuvalashib ketmagin.

 
(jurnalistham jahli chiqdi va uni oldiga bordi)



j: Hosh, nima deysiz?


- Bugun meni tug'ulgan kunim, mendan intervyu ol.


j: nimaga?



- Butun dunyoga elon qilasan.


j:  Elon qilginimcha o'lib qolsangiz nima bo'ladi.


- Hozir seni......


Eeeee boldi to'htata qoling.

I_I  stop.


j: nima deysan.



- Kechiring meni?


j: Endi kech bo'ldi, hechqanday amaling ko'tarilmaydi. Qancha tavba bo'lsa tiriklik chog'ingda qilishing kerak edi. To qiyomatgacha bir joyda chirib yotaverasan.


- Judaham qo'rqib ketayapman.


 j: O'zing pishirgan osh.



- Bugun tunda men bilan qoling, iltimos.

 
j: Aqling joyidami? hechqachon. O'zi qorong'ulikdan juda qo'rqaman. Bore, topgan gaqini, o'zing borib yotaver.


- Qo'ying unday demang, bir kun halos, juda qo'rqayapman.



j: Agar solihlardan bo'lganingda bunchalik qo'rqmas eding, gunohlaring seni kutmoqda.



-  Hech bo'lmasa qabrga tashlab chiqiasiza.


j: Mayli, yuraqol salqinroqqa o'taylik. Kafaning muncha hunuk, boshqasi yo'g'mi? Iyaaa....kechirasan, uzr.



-Hechqisi yo'q, tirikligimda, birqancha kiyimlarim bo'lishiga qaramay moda deb har baloni sotib olaverardim. Afsuski ohiri faqat shu chiriyotgan kafandan boshqa barisi qolib ketdi.

U pullarni na zakoti berilgan, na muhtojlarga sadaqa qilganman. Endi meni eshiting. O'smirlik paytim edi. O'zi 2 ta qishki kiyimim bor, bir kuni yangi chiqqan Palto olaman deb turganimda muammo chiqib qoldi.


j: Rostdanham kafaning o'ngishni boshlabti, nima bo'lgandi o'shanda?


- Hullas oyim tong saharlab:

O: Bolam, paltoni kelasi oyga ola qolgin. Nazira singlingni davolatgani ancha pul ketadi shekli.


- VOOOOY NMALAR DIYAPSIZ AHIR....MODADAN QOGAN degan laqab olaymi?


O: Singlingniham o'ylada, keyin ahvoli og'irlashib ketsa....?


- OG'RLASHIB KETADI? hech narsa bo'lmaydi. NAZIIII ! Buyoqqa kel.


N: Ha akajon, chaqirdizmi.


- Menga qara, sog'ppa -sog'sanku, shundaymi?, ayt oyimga, ayt...ahvolim yahshi degin.



- Ko'zimga faqat olmoqchi bo'lgan narsam ko'rinar edi. Singlim esa...
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: ibrohim 18 Sentyabr 2010, 14:54:26
hayollarga, his-tuyg'ularga berilib bekorchi narsalarni yozishdan ko'ra biron yaxshi ish qilmaysizmi..?  yozishda --- biron maqsad bo'ladi, agar hayolimizga kelgan narsani yozadigan bo'lsak nima naarsalarni yozmaymiz deysiz...!!

erkak kishi og'ir bosiq kam gap, hayollarga, ehtiroslarga berilmaydigan  bo'lish kere manimcha...

p.s.sizi postizi o'qib yodimga bir narsa tushdi....  adashmasam 2002-2003-yillari "do'zaxdan nido" digan kaseta chiqqandi, qabrdagi oh-vohlar, qiynalayotgan insonlarning ovozlari yozilgan kaseta.. bo'magan narsaku bu ahir

qanaqa qilib do'zahga mikrofon tiqib eshitish mumkin....

xom-hayollarga berilmay foydali ish qilin, undan ko'ra
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 18 Sentyabr 2010, 16:00:24

on:

davomi...

-  Men ko'pincha uydagi  ko'p islomiy targ'iblarni masxara qilib, ularni yo'lini to'sishga urinar edim. Shunig uchunmi menda insoniy hislatlar uncha shakillanmagan edi.

HATTO ISLOMIY FORUMLARGA  KIRIB o'zimni buzg'unchilik g'oyalarimni ilgari surar edim va bu yo'lda hech narsadan tab tortmasdim.



j: Aniqroq gapir.


- Yaniy, FORUMDA islomiy harakatlarni ko'rsam darrov o'sha mavzuni yo'lini to'smoqchi bo'lar edim, ularni bekorchilik deb baho berardim. O'zim har hil bemani sherlarni uyalmay yozaverardim.


j: O'zi sen kimsan? AGENTMISAN?
ISLOMIY forumlarga qarshi yollangan fitnachimisan? Kimga hizmat qilasan? Kimning hamtavog'isan? nega islomiy mavzularga kirvolib bemaza fikrlarlar bildirasan, o'zingda biron islomiy harakat bormidi? nega boriniham yo'q qilishga urunasan?
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: ibrohim 18 Sentyabr 2010, 17:40:37
-Bu diyman, tanqidlardan ilhom parilariyingni osmonda uchirib , yanayam hayollar og'ushiga kalla tashesanmi diyman-a?

j: ha sal shunaqaroq...

-manku agent ham, fitnachi ham, anu hech narsani tushunmaydigan hayolinga keladigan barcha nima narsalar bo'sa, hech qaysinisi emasman, oddiy userman xolos....

tushunmagan hayoliy kallenga yana bir bor tushuncha:misol uchun mani hayolimga bitta narsa keldi, man qabrdagi Gitler bilan bo'lgan intervyuni senga  o'xshab yozmoqdaman...

j: iye, zo'rku...

-o'zimcha to'qib, oraga 1 2 ta gaplar qo'shib,  jamiyatdagi bema'zachiliklar, zino, to'ntarishlar , qirg'izstondagi notinchliklar, terrorizm , narkobiznes va yana boshqa narsalarni yozdim..

Nima digani o'zi bu,

kimga foyda, kimga zarar,

o'zi maqsad nima bularni joylashdan,

kimnidur biron yo'l tomon chorlashmi yoki boshqami....?

j:....?

-agr tushunmasang, o'zing bilasan, xohlagancha xom-hayollar dengizida cho'milib, tushinda ko'rgan narsalarini ham yozgin...

p.s.  forumdoshlardan uzr, man ham shunaqa be'mani hayollarga berilib ketibman...
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 18 Sentyabr 2010, 18:13:53
   Subhanallohi valhamdulillahi va lailaha illallohu vallohu Akbar.
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: JaviK 18 Sentyabr 2010, 18:23:34
Aka  Ibrohim ko`rdizmi kim hayolga qanday berilishi bilan berilgan hayoliz yahshi yoki yomon bo`lishi mumkin.

Abu Muslim shunchaki Inson hayotida yo`l qo`yadigan hato kamchiliklarni yozib qoldirmoqda shunchaki. Ya`ni tiriklik chog`izda qilgan ishlarizni rostini aytmaysiz, hatoliarizni aytsa tan olmaymiz, Lekin ohiratda esa Hech KIm yolg`in gapira olmaydi.

 
Bu shuncha o'limni eslashdagi tasavvur.
I> play...

(mast-alast)




- Hullas oyim tong saharlab:

O: Bolam, paltoni kelasi oyga ola qolgin. Nazira singlingni davolatgani ancha pul ketadi shekli.


- VOOOOY NMALAR DIYAPSIZ AHIR....MODADAN QOGAN degan laqab olaymi?


O: Singlingniham o'ylada, keyin ahvoli og'irlashib ketsa....?


- OG'RLASHIB KETADI? hech narsa bo'lmaydi. NAZIIII ! Buyoqqa kel.


N: Ha akajon, chaqirdizmi.


- Menga qara, sog'ppa -sog'sanku, shundaymi?, ayt oyimga, ayt...ahvolim yahshi degin.



- Ko'zimga faqat olmoqchi bo'lgan narsam ko'rinar edi. Singlim esa...


Shu so`zlar orqali bir hayolga berilib ko`ringda Hayotimizda shunday insonlarga albatta yo`liqamiz. Yo`q deya olmaymiz. Insoniylar o`rtasidagi mehr oqibatni oddi jonsiz narsalar eggalayotgani sizni o`ylantirmaydimi?
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: ibrohim 18 Sentyabr 2010, 18:38:03
to Abu Muslim.  Agar shu narsalar haqida bir hayolga berilib, insonlarni yaxshi tomonga o'zgartirish mumkin bo'ganda, barcha va'z-nasihatlar shulardan iborat bo'lgan bo'lar edi....

Hayotga real qarang, nima qilasiz qabrdagi insondan intervyu olib...

Hayolga berilmay, hayotdagi bo'layotgan real narsalarni yoritib berin undan ko'ra... o'sha siz aytgan narsa va hodisalarni oldini olish chora - tadbirlarini yozing

to Javik_0770_litto ko'plab masjidlarda bo'lgansiz, amru- ma'ruflar eshitgansiz. biror marta bo'lsa ham imom domla "qabrdan intervyu" deb yoki "bir hayolga berilaylik, mana shunaqa, mana shunaqa ..." dib amru-ma'ruf qilganlarini eshitganmisiz...? Balkim, "birodarlar bu dunyoda yaxshi amal qilaylik, u dunyoda yomon amallarimizga javob beramiz,... ,...." va hkz la deb va'z-nasihat qiladilar, to'g'rimi.

Endi, kim nima haqida o'ylaydi u narsa o'ziga...



Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: JaviK 18 Sentyabr 2010, 18:51:05
Agar shu narsalar haqida bir hayolga berilib, insonlarni yaxshi tomonga o'zgartirish mumkin bo'ganda, barcha va'z-nasihatlar shulardan iborat bo'lgan bo'lar edi....

Hayotga real qarang, nima qilasiz qabrdagi insondan intervyu olib...

Hayolga berilmay, hayotdagi bo'layotgan real narsalarni yoritib berin undan ko'ra... o'sha siz aytgan narsa va hodisalarni oldini olish chora - tadbirlarini yozing



Ollohga Hamdlar bo`lsin, Payg`ambarimiz Muhammad Rasululloh s.a.v duru salovatlar bo`lsin. ziyouz forumiga kiruvchi ahil forumdoshlarimizga Olloh o`z rahmati Qalbiya Hidoyat bergan. Siz tanqid qilin deya aytaotganlar esa Olloh bilguvchi Qalbi muhrlanganlardur. Olloh o`zi saqlasin.

بسم الله الرحمن الرحيم

وَإِذَا سَمِعُواْ مَا أُنزِلَ إِلَى الرَّسُولِ تَرَى أَعْيُنَهُمْ تَفِيضُ مِنَ الدَّمْعِ مِمَّا عَرَفُواْ مِنَ الْحَقِّ يَقُولُونَ رَبَّنَا آمَنَّا فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِين


Rasul (Muhammad)ga nozil qilingan narsa (Qur'on)ni eshitganlarida, uning haqligini anglayotganlaridan ko'zlari yoshga to'layotganini ko'rasiz. Aytadilar: "Ey, Rabbimiz! Imon keltirdik. Bizni shahodat ahli bilan birga yozgin!

(Moida surasi, 83-oyat)

بسم الله الرحمن الرحيم

وَقَضَى رَبُّكَ أَلاَّ تَعْبُدُواْ إِلاَّ إِيَّاهُ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِندَكَ الْكِبَرَ أَحَدُهُمَا أَوْ كِلاَهُمَا فَلاَ تَقُل لَّهُمَآ أُفٍّ وَلاَ تَنْهَرْهُمَا وَقُل لَّهُمَا قَوْلاً كَرِيمًا  *  وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا


Rabbingiz, Uning O'zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Ey, inson, agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "uf" demagin va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so'z ayt!
Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik aanotini past tut va (duoda): "Ey, Rabbim! Meni (ular) go'daklik chog'imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin", - deb ayt!


(Al-Isro surasi, 23-24-oyatlar)

بسم الله الرحمن الرحيم

إِنَّا أَنذَرْنَاكُمْ عَذَابًا قَرِيبًا يَوْمَ يَنظُرُ الْمَرْءُ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ وَيَقُولُ الْكَافِرُ يَا لَيْتَنِي كُنتُ تُرَابًا

(Ey, Makka kofirlari,) darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe bo'ladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi o'zi qilib o'tgan narsani (ya'ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko'rar va kofir kimsa: "Eh, koshki edi tuproq bo'lsam", - der.    
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: JaviK 18 Sentyabr 2010, 18:55:12

to Javik_0770_litto ko'plab masjidlarda bo'lgansiz, amru- ma'ruflar eshitgansiz. biror marta bo'lsa ham imom domla "qabrdan intervyu" deb yoki "bir hayolga berilaylik, mana shunaqa, mana shunaqa ..." dib amru-ma'ruf qilganlarini eshitganmisiz...?

Balkim, "birodarlar bu dunyoda yaxshi amal qilaylik, u dunyoda yomon amallarimizga javob beramiz,... ,...." va hkz la deb va'z-nasihat qiladilar, to'g'rimi.

Endi, kim nima haqida o'ylaydi u narsa o'ziga...





To`g`ri siz haqsiz Qabrdan intervyu bu hayolga sig`maydgon hayol, lekin men Abu Muslimning Hayotimizdagi Qo`shtirnoq ostidagi insonlarni yahshi hislatlatlarini ko`rsatmoqchi bo`lganini yoqlamoqdaman. Lekin Qabrdan Maktub degan kitob bor lekin uni hali o`qimadim hudo hohlasa o`qib yana fikr almashamiz.
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 18 Sentyabr 2010, 19:26:38

 - Singlim esa  yoshligidan hatto bu bemehirlikni uncha anglamas edi.


j: Keyin nima bo'ldi?


O: Aqildan ozibsan...

...dediyu men kutib yurgan puldan ziyodaroq pulni yaqinda olib o'rnatib qo'yganim sambuferni ustiga jirkanibnamo tashlab yeg'layotgan singlimni ko'tarib chiqib ketdi.
   

j: Masjidga borganmisan.


- Turli bemani qo'shqlarni baland qilib eshitib o'tirar edim. Shu sababmi oldimizdagi masjiddan aytilgan azonniham eshitmay qolardim.
   Aytgancha meni bir namozhon sinifdoshim bo'lar edi. O'ngib ketgan birnarsani kiyvolib nuqul masjidga oshiqardi. Bir kuni...



S: - ...yur qabiristonga borib, ziyorat qilib kelamiz, u yerga bormaganimgaham ancha bo'ldi...


deb qolgandi, men ham bahonani yopishtirib qo'ydim.


-...


 
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: JaviK 19 Sentyabr 2010, 07:35:31
Abu Muslim bu o`zizni fikrlarizmi yoki birorta yerdagi maqolami?
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 19 Sentyabr 2010, 14:00:47
E birodarlar yozsa yozaversin nima bo'pti endi o'qimasiz kirmin bu mavzuga biz sizlarni notog''ri fikrlaringizni tanqid qilib chiqqanimiz yo'qku. Atak manga bu maqola yoqdi Davomi bormi Abu muslim
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 19 Sentyabr 2010, 15:54:37
   ЖАМШИДЖОА albatta, insha Alloh...






Abu Muslim bu o`zizni fikrlarizmi yoki birorta yerdagi maqolami?

  Bu forum bilan endi tanishayapman. Muallifga kelsak, bu haqida siz bilan maktub orqali gaplashsak. Aslida bunday qilmas edim. Forumdagi bazi ibratlar shunga majbur qilmoqda. Meni to'g'ri shundingiz deb umit qilaman.  Imkon qadar jo'natishga harakat qilaman. Marhamat kimda qanday savol bor, maktub orqali jo'nating.


 Bu faqat ohirat hayotini eslashdagi bir urinish. Kerakli izohlarham insha Alloh beriladi.
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 20 Sentyabr 2010, 11:35:35

- Birodar, kel shu bugun o'limni eslatmagin. Har safar ko'rganimda erta indin o'lib qoladigon odamga o'hshab uyoqdan buyoqqa chopib yurasan. Undan kora qani mashinaga chiq, seni zo'r joyga oboraman.

  Qolimda tutab yotgan sigara, pastda piva, vino, tagimda otamning inamarka mashinasi. Mashinadagi cd shovqinidan uning ovozi uncha eshitilmas edi. Menga birnima dediyu shart eskirgan veligini tezlatib ketvordi.


j: Mana, bu yerdan qochib qutulmadingku, baribir kelding...


Bekorga aytishmaganda...Tort chubunlik cho'yan ot bir kun sanga yetaro...


 To'rt chubinlik cho'yan ot nima?


 deb so'rashganda "Tobut" deb javob berishgan ekan.



- Haa, pullarim shim cho'ntagida qoldi, noutbookim stol ustida, telefonim zaryadnikda, sevimli chashkam idish tovoqlar orasida, telvizor pastavka ustida, tufligim ostonada...
....Otam va ukum, sinifdoshlarim, mahalladoshlarim, tanishlarimu qarindoshlarim qabr ustida qolib bu barzahni yolg'z o'zim makon ayladim. Aytgancha nikim va qoldirgan po'stlarim, olgan-bergan rahmatlarim forumda qolib ketdi. Bu yerga men bilan faqat huddi belimga bog'langan belbog'day amallarim keldi.


j: Peshin bo'layabti, men namozimni o'qib kelay....



- Bir paytlar namozhon sinifdoshim aytgan gaplar esimga tushib ketdi: Agar banda qalbida faqat holis o'y bilan tahorat shartlariga rioya qilgan holda tahorat olsa uning qollaridan, ko'zlaridan, yuzlaridan....gunohlari to'kilar ekan. Namozham gunohlarga kafforot bo'larkan. Afsuski umrim davomida bularga begonadek yashadim, na farzni ado qildim na vojibni.....Ularni tark qilib, bazida inkor qilib ham katta gunohkor bo'ldim, ham dunyo - ohiratim barbod bo'ldi. Men ko'pincha odamlarni gap so'zidan qo'rqar edim. Shuning uchu ularni orasida o'zimni birinchi qatorlarda ko'rishga urinardim, ham shuhratparastlik. Afsus yelib yugurganlarim bir kunda yonib ketgan bir parcha qog'ozday yo'qqa chiqdi, faqat gunoh va savoblarim qoldi. Afsus, afsus, ming afsus..

...

...

...


j: Kutib qolmadingmi?

 (U qattiq afsus ichra hechnima demadi)

Menga qara kafaning orti muncha shalabbo...?


- Qabir juda zah ekan kovlab qo'yib ketishgandan keyin suv chiqib , ko'lmak ichida qoldim ketdim. Hohlasangiz u yerga birga kirib ko'ramiz...
   

j: Qabr ichida intervyu qanday bo'larkin?
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 24 Sentyabr 2010, 12:24:14
 - Siz manabuni o'qigansizmi?

j: Qaysini?

- net orqali manabu manzilga kiring.

http://www.arbuz.com/archive/index.php/t-31506.html
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: BelleQizcha 31 Oktyabr 2010, 09:14:16
Juda tasirli va real mavzu ekan, hamma maqtaganini o'qirdim-u lekin hech o'qib ko'rmagan ekanman.. oldinroq o'qisam yaxshi bo'lardi afsuus..
Abu Muso Aka sizga kotta rahmat, bu zamonga yaniy bizadaka go'r, sodda yoshlaga yarashaydigan mavzulardan biri ekan... hali beri forumga kirib unaqa tasirli narsa o'qimagandim.. Sizga Kotta rahmat, umrizdan baraka toping..

P.S: BU mavzuga qarshi userlar, yaniy bu mavzuni yurib ketishga qarshi userlar iltimos, bu mavzuga kirmey qo'yila... Sila o'qishi hohlamsela oqiydiganla bor. Rahmat
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: ibrohim 31 Oktyabr 2010, 09:53:58
Juda tasirli va real mavzu ekan, hamma maqtaganini o'qirdim-u lekin hech o'qib ko'rmagan ekanman.. oldinroq o'qisam yaxshi bo'lardi afsuus..
Abu Muso Aka sizga kotta rahmat, bu zamonga yaniy bizadaka go'r, sodda yoshlaga yarashaydigan mavzulardan biri ekan... hali beri forumga kirib unaqa tasirli narsa o'qimagandim.. Sizga Kotta rahmat, umrizdan baraka toping..

P.S: BU mavzuga qarshi userlar, yaniy bu mavzuni yurib ketishga qarshi userlar iltimos, bu mavzuga kirmey qo'yila... Sila o'qishi hohlamsela oqiydiganla bor. Rahmat

Abu Muso emas bu mavzuni muallifi, Abu Muslim.
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: ibrohim 31 Oktyabr 2010, 17:45:31
Siz ham o`sha domlalarning ma'ruzalarin eshitganmisiz? umuman eshitishni hoxlaysizmi? menimcha yo`q. Bilmadim, balki bu maqoladagi ayrim holatlar sizga tanish va shu sabab qalbizda qo`rquv yonib, AbuMuslimni to`xtatishga h-t qilayotgandirsiz. Unutmang, hammamiz adashamiz, mening nazarimda siz hattoki shu tanqidiz uchun ham tavba qilishiz kerak! Boshdan o`tganni ko`z ko`rar deydilar. Boshiz devorga urilganda kech bo`lishini anglatib, sizni ogohlikka da'vat qilinmoqda. Bu so`zlarni aytishimga, boshim devorga urilib ko`zim ochilgani majbur qildi. faqat bu mavzuda emas. Sizga ham ezgulik tilab qolaman, va... AbuMuslimdan uzr so`raysiz degan umiddaman. Ranjigan bo`lsangizda uzr so`rayman, lekin haqiqat shunaqa, achchiq bo`ladi.... ;)

Asosiy manba Quro'ni Karim va Hadislarda qabr haqidagi savol-javoblar haqida aytilgan. Tafsirchilarimiz tafsir qilib tushuntirib berishgan. Shular turganda nima keragi bor ortiqcha narsalarni...

Tashqaridan qaragan ilmli inson kulishi mumkin, "qanday qilib jurnalist qabran intervyu olishi mumkin" deb..

Xop mayli, shunchaki bir hayolga berilish bo'sa qachongacha shunaqa hayollarga berilib yuramiz.. Mundoq hayotga real qaraylik. Qanchadan qancha o'zgarishlar bo'lyapti, bu o'zgarishlar jarayonida, manfaatlar to'qnashuvi jarayonida turli razilliklar, qirg'inbarodlilklar va hokazolar bo'lmoqa.. Shunaqa xayollarga berilib yuraversak, bizni ustimizdan bosib hukmron bo'lib olishadiku ayrimlar...

Sizlarga aytsam, bizni birinchi kamchiligimiz, shunaqa ko'p hayollarga berilib yurishimizdir. Chet-el davlatlari nega bizdan oldinga o'tib ketgan, sababi ular amalda ko'p bajaradilar.. To'g'ri ular bizda man qilingan narsalarda ham oldinga chiqib ketganlar(buni inkor qilmayman) Lekin, ular yaratgan telefonni ishlatamiz, mashinasida yuramiz va hokazo...

Bizlar ham shu narsalarniu yaratsak bo'ladiku.. Ulardayam bor kalla bizdayam bor, ularda ham 2 ta qo'l bizda ham ikkita qo'l. Nimamiz kam ulardan!? Bizda faqat shu: bironta odam direktor yoki boshlig' bo'pqosa darrov tagiga suv quyib, ig'vo bo'xtonlar ishlatib yo'qotamiz .. Bizga shu kerak "yog'li" joylarda faqat tanish bilishimiz, yoki qarindosh urug'larimiz bo'lishi kerak xolos, begona kerak emas...

O'zimizcha turli balo ofatlardan aziyat chekkanlarga, nogiron insonlarga hamdardliklar bildiramiz-u, amalda esa survoramiz... "Bizni ota-bobolarimiz dunyoda taraqiyotni boshlabergan" deymiz, ko'ksimizga urib maqtanamiz... Lekin , shu ota-bobolarimizni asarlarini, kitoblarini, qoldirgan yodgorliklarini o'rganib chiqqan zo'r kadrlarimiz kam, yo'q disa ham bo'ladi(dindagi bobolarimiz haqida aytayotganim yo'q albatta)..

Masalan: mana yaqinda Ibn Sino bobomizni tavallud ayyomlariga nishonlab forum o'tkazildi. Qanchadan qancha davlatlardan turli olimlar kelishdi, bobomizni kitoblarini ko'rib, o'qib, olib ketishdi.Ular nima qiladi deng: tib ilmidagi barcha bobomiz qoldirga dori-darmonlarni o'zlari ishlab chiqarib, qaytarib bizga sotishadi.  Biz esa o'sha dorilarni palon pulga sotib olamiz..
O'zimiz o'sha dorilani ishlab chiqaradigan texnolgoyalarni yaratsak bo'ladiku... Bunga imkoniyatlar ham ko'pku.

Qisqasini aytadigan bo'lsam, hozirgi globallashuv jarayonida bizni vatanimizga bo'layotgan turli sohalardagi, turli ta'sirlar domida aldanib qolmaylik , ba'zi dinni niqob qilib gapiradiganlarning gaplariga ko'r-ko'rona ergashib ketavermaylik(bu borada Abu Muslim. ni nazara tutganim yo'q), doimo hushyor bo'laylik dimoqchi edim. Turli hayollarga berilib, bu to'qnashuvlardao'zimizni yo'qotib yoki birovlarga qul bo'lib qolmaylik dimoqchi edim aziz do'stlar...

p.s. bu mavzuni to'xtashiga man qarshiyam emasman, qarshilik ham ko'rsatmayman...
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: azizbek_mx 31 Oktyabr 2010, 19:51:58
Xurmatli ZeroHero! Sizni noto'g'ri tushunibman, uzr so'rayman. To'g'ri aytasiz, bizning bobolarimiz ochib bergan yo'lni davom ettira olmayapmiz, birimiz birimizning tagimizga suv quyamiz, o'z manfaatimiz yo'lida jigarniyam tanimaymiz... Haqsiz!
Lekin, siz aytayotgan o'sha chet el telefonlariyu mashinalarini ham o'zimiz chiqara boshlasak, uni biz qabrga olib keta olamizmi? Ibodat, shariatga vaqt topa olamizmi. U darajaga bormagan bo'lsak ham, ko'pchilik "musulmonman" deganlar aslida qanday razillikka borishayotgani sizgaham sir emas! Achinarlisi, Arab xalqidan bo'la turib islomdan yuz o'girayotganlar, islomni yuztuban qilayotganlar ham borligi sizga yangilik emas. Axir, Dubay ham juda mashhur binolar shahri, u yer ham yevropa madaniyatini butkul o'zlashtirib olgani hammaga ma'lum. Xo'p, mayli, ibodat, shariatni asrash odamning o'ziga bog'liq. Bu mavzu sizu biz uchun hayolga berilishng maslahat qipti, lekin, o'qima, rivojlanma deyotgani yo'q. Menga yoqmagani, intervyu qahramoni bo'lmish ko'cha bolasi yonini ogandek bo'ldiniz. Axir bunday nokaslar yurtimizda ham kammi? Yaqinda TVda bir jinoyat izidan ko'rsatuvida ko'rib roldim: Samarqandlik uch aka-uka bir bokira, go'zal, endi balog'at yoshiga yetgan qizning uyiga pul uchun bostirib, qizniyam, uning 10 yoshli ukasiniyam (eslasam haliyam achinib ketaman) so'yib ketishibdi (ularga Olloh vijdon bersin, boshqa jazo kam). Abu_Muslim ham shu kabi nokaslarni to'g'ri yo'lga da'vat etmoqchi. Zero, o'lim qachon va qay vaqt kelishini hech kim bilmaydi. Meni to'g'ri tushundingiz degan umiddaman.
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: ibrohim 31 Oktyabr 2010, 20:02:44
Menga yoqmagani, intervyu qahramoni bo'lmish ko'cha bolasi yonini ogandek bo'ldiniz. Axir bunday nokaslar yurtimizda ham kammi?

man u ko'cha bollarini yonini olganim yo'q...

Yaqinda TVda bir jinoyat izidan ko'rsatuvida ko'rib roldim: Samarqandlik uch aka-uka bir bokira, go'zal, endi balog'at yoshiga yetgan qizning uyiga pul uchun bostirib, qizniyam, uning 10 yoshli ukasiniyam (eslasam haliyam achinib ketaman) so'yib ketishibdi.

xabarim bor bu narasadan, o'sha aka-ukaning bittasi sportsmen bola edi, kurashchi...
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 31 Oktyabr 2010, 22:04:08


j: Balki endi uyga qaytsamham bo'lar...

- Birodar, meniham sizda bir iltimosim bor.

j: Qanday ekan u iltimosing?

-  Juda qo'rqayapman, hozir meni bilan birga qabirga kirib, shu kecha men bilan qoling, iltimos !

j: Iyaa! aqling joyidami? menham qo'rqaman. Boree...

- Bir kunga holos, yolvoraman sizdan, intervyuni o'sha yerda davom ettiramiz...

j: Mana, tunham tumonatdek oralamoqda, endi men uyga ketaman, yahshi qol.

- Meningham ahvolimni o'ylangda, men sizga o'hshab, shnamgina hovliga ketoyotganim yo'qku, rahmingiz kelsin...

j: Nima desamikin...??? mayli yuraqol, faqat ichkariga tashlab qo'yaman, billa yotib qolishni hayolingaham keltirma.

- :( yuraqolin...

j: Qaysi biri sening qabring?

- Hov anavi, yangi qo'yilgani...

j: Mana yetib keldik, qani o'zing boshla...

- Qani yuring....Eeee shoshmang, shoshmang, oyoq kiyimingizni yechmayqo'yavering..!

j: Nega endi ?! bu hurmatsizlik bo'lmaydimi, bu qanaqasi ? Ahir sen bu uyda qiyomatgacha yotasanku?!



- Hechham hijolat bo'lmang. Bu uyning ostonasiham, poyafzal tokchasiham yo'q...
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 01 Noyabr 2010, 12:56:07
Hayronman nega ochilmadi ekan, menda ochilayapti. U yerda qabr azobini keltiruvchi sabablar haqida malumotlar bor edi.
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: JaviK 01 Noyabr 2010, 13:25:26
Hayronman nega ochilmadi ekan, menda ochilayapti. U yerda qabr azobini keltiruvchi sabablar haqida malumotlar bor edi.


Bu sayt proxy bilan ishlaydi uzbda ochilmaydi.  
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: JaviK 01 Noyabr 2010, 13:44:13
Siz ham o`sha domlalarning ma'ruzalarin eshitganmisiz? umuman eshitishni hoxlaysizmi? menimcha yo`q. Bilmadim, balki bu maqoladagi ayrim holatlar sizga tanish va shu sabab qalbizda qo`rquv yonib, AbuMuslimni to`xtatishga h-t qilayotgandirsiz. Unutmang, hammamiz adashamiz, mening nazarimda siz hattoki shu tanqidiz uchun ham tavba qilishiz kerak! Boshdan o`tganni ko`z ko`rar deydilar. Boshiz devorga urilganda kech bo`lishini anglatib, sizni ogohlikka da'vat qilinmoqda. Bu so`zlarni aytishimga, boshim devorga urilib ko`zim ochilgani majbur qildi. faqat bu mavzuda emas. Sizga ham ezgulik tilab qolaman, va... AbuMuslimdan uzr so`raysiz degan umiddaman. Ranjigan bo`lsangizda uzr so`rayman, lekin haqiqat shunaqa, achchiq bo`ladi.... ;)

Asosiy manba Quro'ni Karim va Hadislarda qabr haqidagi savol-javoblar haqida aytilgan. Tafsirchilarimiz tafsir qilib tushuntirib berishgan. Shular turganda nima keragi bor ortiqcha narsalarni...

Tashqaridan qaragan ilmli inson kulishi mumkin, "qanday qilib jurnalist qabran intervyu olishi mumkin" deb..

Xop mayli, shunchaki bir hayolga berilish bo'sa qachongacha shunaqa hayollarga berilib yuramiz.. Mundoq hayotga real qaraylik. Qanchadan qancha o'zgarishlar bo'lyapti, bu o'zgarishlar jarayonida, manfaatlar to'qnashuvi jarayonida turli razilliklar, qirg'inbarodlilklar va hokazolar bo'lmoqa.. Shunaqa xayollarga berilib yuraversak, bizni ustimizdan bosib hukmron bo'lib olishadiku ayrimlar...

Sizlarga aytsam, bizni birinchi kamchiligimiz, shunaqa ko'p hayollarga berilib yurishimizdir. Chet-el davlatlari nega bizdan oldinga o'tib ketgan, sababi ular amalda ko'p bajaradilar.. To'g'ri ular bizda man qilingan narsalarda ham oldinga chiqib ketganlar(buni inkor qilmayman) Lekin, ular yaratgan telefonni ishlatamiz, mashinasida yuramiz va hokazo...

Bizlar ham shu narsalarniu yaratsak bo'ladiku.. Ulardayam bor kalla bizdayam bor, ularda ham 2 ta qo'l bizda ham ikkita qo'l. Nimamiz kam ulardan!? Bizda faqat shu: bironta odam direktor yoki boshlig' bo'pqosa darrov tagiga suv quyib, ig'vo bo'xtonlar ishlatib yo'qotamiz .. Bizga shu kerak "yog'li" joylarda faqat tanish bilishimiz, yoki qarindosh urug'larimiz bo'lishi kerak xolos, begona kerak emas...

O'zimizcha turli balo ofatlardan aziyat chekkanlarga, nogiron insonlarga hamdardliklar bildiramiz-u, amalda esa survoramiz... "Bizni ota-bobolarimiz dunyoda taraqiyotni boshlabergan" deymiz, ko'ksimizga urib maqtanamiz... Lekin , shu ota-bobolarimizni asarlarini, kitoblarini, qoldirgan yodgorliklarini o'rganib chiqqan zo'r kadrlarimiz kam, yo'q disa ham bo'ladi(dindagi bobolarimiz haqida aytayotganim yo'q albatta)..

Masalan: mana yaqinda Ibn Sino bobomizni tavallud ayyomlariga nishonlab forum o'tkazildi. Qanchadan qancha davlatlardan turli olimlar kelishdi, bobomizni kitoblarini ko'rib, o'qib, olib ketishdi.Ular nima qiladi deng: tib ilmidagi barcha bobomiz qoldirga dori-darmonlarni o'zlari ishlab chiqarib, qaytarib bizga sotishadi.  Biz esa o'sha dorilarni palon pulga sotib olamiz..
O'zimiz o'sha dorilani ishlab chiqaradigan texnolgoyalarni yaratsak bo'ladiku... Bunga imkoniyatlar ham ko'pku.

Qisqasini aytadigan bo'lsam, hozirgi globallashuv jarayonida bizni vatanimizga bo'layotgan turli sohalardagi, turli ta'sirlar domida aldanib qolmaylik , ba'zi dinni niqob qilib gapiradiganlarning gaplariga ko'r-ko'rona ergashib ketavermaylik(bu borada Abu Muslim. ni nazara tutganim yo'q), doimo hushyor bo'laylik dimoqchi edim. Turli hayollarga berilib, bu to'qnashuvlardao'zimizni yo'qotib yoki birovlarga qul bo'lib qolmaylik dimoqchi edim aziz do'stlar...

p.s. bu mavzuni to'xtashiga man qarshiyam emasman, qarshilik ham ko'rsatmayman...

Fikrlarizni hurmat qilaman. Siz bir tomonlama siz haqsiz, lekin hozirgi hayotimizdan nolimasligimiz kerak. Siz yahshi bilasiz 2-johon urushi nihoyasida g`olib aniqlangan mag`lublar esa g`olib davlatlarga yerlar va pul to`lashgan. Agar adashmayotgan bo`lsam 1945 yil urush tugagan, oradan qancha o`tdi 65 yil o`tdi buncha muddatda davlatlar rivojlanishi tabbiy.  Urush nihoyasiga yetdi, SSSR g`alaba qozondi,  O`g`illariga, otalariga intiq ko`zlar farzandim kelib bag`rimda bo`ladi deb kutib o`tirishar edi. Barchani qalbida endi bizda erkinlik bo`ladi degan his tuyg`u uyg`ondi, lekin bu uzoqqa cho`zilmadi.
 
Erkaku ayol teng qilib dalalarga, korhonalarga ishga joylandi. Daladagi hom ashyolarni yig`ib poytahtga olib ketilar edi, Yarim tayyor mahsulot qilib yana uzbekistonga olib kelinar  zavodda ishlab chiqilib qayta o`zimizga sotilar edi. Kunlar shu zayilda o`tib ketdi, qarshi chiqqanlar esa izsiz yo`qola boshladi, o`ziz aytingchi bunday sharoitda qaysi dsavlat rivojlana oladi.
 
1991-yil O`zbekiston Mustaqil bo`ldi, hamma kutgan damlar keldi. mustaqillikka erishganimizga 19-yil bo`ldi bu oz davrda esa biz uchun juda ko`p yangiliklar amalga oshirildi, Siz aytgan chet el avtosiga ham ehtiyoj qolmadi, to`g`ri qo`shma korhona lekin hodimlari esa o`zimizdan. Bozor iqtisodiga bosqichma bosqich o`tish moduli ishlab chiqildi. O`z pul birligimiz, ramzlarimizga O`zbek tiliga Davlat maqomi berildi. Ummuman qilganda o`zligimizni topdik.  

Men nima demoqchiman men o`z qolim bilan biror nima ihtiro qilmasman, yaratmasman, lekin men o`zligimni vatanimni taniyman, uzoqdagi narsalarni orzu qilmayman. Vatanim ravnaqi uchun bir nihol eksam ham men uchun bitta narsa ihtiro qilgandek quvonaman. Toshkenni men havas qilishim u yerdagi o`tkizilayotgan har hil ko`rgazmalar o`z qo`li bilan yaratgan mahsulotlar ko`rgazmasi bu rivojlanishdan darak emasmi?
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 01 Noyabr 2010, 18:07:50
j: Shu yerda, ichkariga kirmasdan bazi narsalarni yozib olsam.

rec I>

: sen yashayotganingda, davlatimizdagi iqtisodiy yuksalishlar qay yo'sinda edi?

- nega endi bu fikr qabrni oldiga kelganimizda esingizga tushib qoldi, qiziq ekansizku !.

j: Yaniy sen yashagan davrdagi davlatimizdagi imkoniyatlarni bilganmisan yoki yo'g'mi shuni bilmoqci edim. Agar sanoatning biron tarmog'ida ishlagan bo'lsang albatta buni sezishin kerak deb o'yladim ham u yerda ortirgan tajribang bu yerdaham biznes qilishinga asqotib qolsa keraak deb o'ylab qo'ydimda ukahon.

- Siz okaaa...unqa mani boshimni qotirmang. To'g'ri bu yerda yaqinda katta biznes boshlanadi. Yaniy, qurt qumirsqaru, kalamush kabilar meni chirib, iljirab ketayotgan tanamni yeb biznes qiladi, kemiradi, nimtalaydi, g'ajiydi, qurtlaydi, hatto ko'z soqalarimni ichidan birnechta qurt  boshini chiqarvolib, sizga hayroon boqib turganini ko'rishingiz mumkin...


j: bo'ldi, bo'ldi stooop, stoop, buyog'ini yozmayman...

stop I_I


- Ha...yozavering, tavba, to'g'ri gap tuqqaningga yoqmaydi deb shunga aytishsa kerakda.
   Qani kiring, faqat sekinroq pastda kalamushlar bo'lishi mumkin, tag'in ezvomang...
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: azizbek_mx 01 Noyabr 2010, 18:33:54
bu yog`i boshqacha tus oldiku! Nega bunaqa kesatib yzodiz, yoki menga shunaqa tuyuldimi?
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 01 Noyabr 2010, 19:23:39
Hechkimga salbiy ko'rinishda kesatganimyoq. Mavzuni uzluksizligini taminlamoqchi edim. Avvalgi postlarniham hisobga olish kerakmi ahir.
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 10 Noyabr 2010, 08:46:12
j: - ichkariga kirmayqo'yaqolay.

- unda keling, manabu o'rindiqda biroz suhbat quramiz, yangi tanishlarham bor....

Deptiyu, oldida turgan, cho'kib qolgan qabr oldidagi to'nkani gurs-gurs etkizib duppilata boshlati...

- Hooy birodar, chiqing, haligi yigit keldi.

j: - Qabr juda eski ekanku? chiqaolmasa kerak.

- Kecha o'zim gaplashgan edim. Bir kalamush, oyog'idagi bashmaldoq suyagini o'g'irlab, men yotgan qabirdan olib o'tolmay tashlab ketgan ekan...

/
- Hoy qo'shni, manabu suyak siznikimi?

Q: Bilmadim, hozir oyoqlarimni qarab ko'raychi. Ha rostdanham bir barmog'im yo'q ekan, uni sizdan qanday olaman?

- Tepadan irg'itaymi?

Q: - Qo'ying birodar, qabrim o'zi juda tor, yillar o'tishi bilan cho'kib, yana turpoq to'ldi, turish qiyin. Tirikligimda bir alohida kenggina (qabrga nisbatan) honam bo'lardi. U honada kompiyuterham bo'lib, har kuni ziyouz.com degan saytga kirib mazzaqilib iymonlashiiib o'tirardim. Endi esa mana sizga "koshonaning koshonasi", qurt - qumursqalarlar bilan tumalashib yotibman. Yana nimasini aytay, yonimda bir daraht ekilgan ekan, o'sha shunaqa tomir otdiki, ustimdan chirmashtiribtashladi. Qolaversa, u barmoqni boshimga uramanmi?  oyog'mga qo'ndirvolib yugirib yurarmidim.

/

- Manashunaqa gaplar...

j: balki uni chiqishiga yordam berarmiz?

- Yahshi fikr.
Hoy birodar, qolni cho'zing, tortib chiqaramiz.


Eski qabrdan bir quruq skletni o'zi qolga qol chiqibti. Sekinroq deb yolvorishiga qaramay rosa tortishibti. Ahiri chiqibti.


j: - Voy, jag'i yo'qku, qayerga tushib ketdikin?

- Attang, endi gapiraolmaydi. Balki saqov tilini bilar...

j: - Sen saqov tilini qayerdan bilasan?

- Bir milyaner do'stim bo'lardi. O'shandan ko'p-ko'p qariz olib turardim. Muomalani yahshi qilay deb saqov tilini atay o'rganganman. Chunki undan rosa foyda ko'rardim.


j: - Tavba, odamlar pul desa, saqov tiliniham o'rganib yuborishadi. Ammo, ikki rakat namoz o'qishni bilishmaydi.


Qo'shnisiga...

- Saqov tilini bilasizmi?


 Bosh chayqab, oz - moz diganday bo'libti. Jag'i tushib ketgan sklet endi imo-ishora bilan fikrini ifodalay boshlabti. Bechora, 2 yildan beri bir joyda yotaverib yuragi siqilib ketgan ekan.
    Qabirdan qattiq tortishganda, chap ko'ziga pichoqday keladigon tomir sanchilib qolibti. Asta uni ko'zidan sug'irar ekan, bir qolida nimalarnidur shuntira boshlabti. Yangi qabirdagi odam uni tarjima qila boshlabti...

- U sizni yoniga chaqirayapti.

j: Nega endi meni ?

- Boringchi, menham bilmadim.
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 10 Noyabr 2010, 08:51:22
Jurnalisit kelishi bilan, sklet ko'zidagi tomirni sharta sug'iribtiyu jurnalistni boshiga bir uribti.


j: Nega urasiz?


- Boya qattiq tortib yuborganizga jahli chiqayapti.


Sklet jurlnalistga qattiq tikilib qolibti...


- Janob, janob u sizni tanir ekan.

j: - Yo'ge, adshtirayapti shekli.

Sklet, jurnalistni uzoqyillar avval bir honada ishlagan hamkasbi bo'lib. Ikkalasi ziyouz.com azo bo'lgan ekan. Butun badani tuproqqa belangan sklet, jurnalist birodarini tanib qolib, unga buni qanday shuntirsam ekan deb uyoq - buyoqqa alanglay boshlabti. Bechoraning jag'i, qabrdan tortishganda daraht tomiriga ilinib tushib qolgan edi.

Sk: - Unga qanday shuntirdima....Ha aytgancha, forumdagi niki nima edi, eh esim qursin...
 
j: Qara, u birnima demoqchi...


Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: CHAMPION 10 Fevral 2012, 22:14:06
Astafirulloh...

Qalbdan kibr ko'tarilmas ekan inson haqiqiy mo'min bo'la olmaydi.
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Best friend 12 Fevral 2012, 18:17:19
To'g'risi umuman ta'sirlanmadim. Men haqimda fikr bildirishga shoshilmang... Bu yerda qabrda inson qay holatda bo'lishi yoritilyabdimi? Yoki qanday intervyu berishimi? Jurnatlist bilan murda "XOLA XOLA" o'ynayotganga o'xshaydi. Murdayam hotirjam nimagadir... Undan ko'ra qabrdagi holatlarni yozila! Iflos, fasod, buzuq yo'lda yurganlarni qabrda holati qanday bo'lishi haqida sahih hadislardan, salafi solihinlarning gaplaridan iqtibos keltirila! Misol uchun Umar ibn Abdulazizning o'lim oldidan gapirgan gaplari...
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 20 Fevral 2012, 08:33:22

  To'g'ri, lekin bu post sanaisi bilan oxirgi post sanasini solishtirsangiz. Qandaydur marifiy urunish bo'ldi, lekin qandaydur bemani chatlarda birovlarga so'kinib yurganim yo'q va yana avvalgi holimda qotib ham qolmadim. O'sha davrdan beri qandaydur holatdan chiqib bormoqdaman. Siz aytgan narsalarni madrasaga kirib yaxshilab o'rganmoqchiman, inshaalloh. Masalaga obyektib yondashsak masala yana ham ochiladi. Hammaga rahmat !

  Murda: Bilasanmi seni va meni qanday ommillar birlashtirib turadi.

  J: Sen menga yaqin odamlardan ekansan, bilmagan ekanman...

 M: Sen va men Odam a.s farzandlari va XV asr ummati...
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Best friend 21 Fevral 2012, 22:49:41
 :asl3:

 Madrasaga kirmoqchi ekansiz, Alloh nasib qilsin. Madrasada yaxshilab o'rganib, keyin bu mavzuyingizga qaytishingizni maslahat berardim. Niyyatingiz yaxshi ekani sezilib turibdi, Alloh hayrli amallarga musharraf qilsin hammamizni.
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Govegastar 21 Fevral 2012, 23:55:19

  va alaykum assalom.

  Inshaalloh, nasib qilsa asl yo'lda qoim bo'lsak. Tilimizdagi va dilimizdagi yo'llar ochilsa.
Nom: Re: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: Nur_Ziyo 12 Iyul 2012, 10:26:44
hikoya menga juda yoqdi davomi bormi?
Nom: Javob: Qabrdan intervyu.
Yuborildi: IsLaMiYyA 28 Avgust 2013, 10:29:23
Assalamu Alaykum Vr Vb! hıkoya mavzusı va maqsadı juda yoqdı, ammo hıkoyanı juda chuzıb yuborıbsız, ohırgı yozganlarız esa huddı qabrnı mazah qılgandek bulıb qobdı vallohu a'lam.. balkı manga shunaqa tuyılgandur, lek ta'sırchanlıgı juda ham sust.. Alloh ajrızzı bersın va gunohlarga kafforat aylasın!..