forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar => Mavzu boshlandi: Robiya 09 Sentyabr 2010, 05:19:52

Nom: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Robiya 09 Sentyabr 2010, 05:19:52
:bsm:

Bizga Ramazon ro'zasini farz qilgan Alloh subhonahu va taologa Uning jamoli adadidan ham ko'proq hamdu sanolar bo'lsin!

Islomni ta'lim bergan, Alloh amrlarini yetkazgan Payg'ambarimiz - Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovotu durudlarimizni yo'llaymiz!

:as:

Qadrli dindoshlarim, aziz forumdoshlar!

Mana, Siz bilan ajru mukofoti beqiyos bo'lgan Kunlar ARAFAsida turibmiz. Duolar mustajob bo'lgan kunlar qatorida ARAFA kuni ham tilga olinadi. Shunday ekan, Siz azizlarning ushbu Kunda qilajak barcha ezgu niyatlaringiz mustajob bo'lsin! Tutgan ro'zalarimiz Ertaga do'zax otashidan parda bo'lib, boshqa xayrli amallarimiz gunohlarga kafforat bo'lsin!

Dindosh birodarlar, qadrli aka-opa, uka-singillarim! Ertaga butun musulmon dunyosida ulug' BAYRAM, inshaAlloh!

Barchangizni Iyd ul Fitr, muborak Ramazon hayiti bilan tabriklayman! Siz orqali oila a'zolaringiz, qavmu qarindoshlaringizga ham ushbu Kun xayrli bo'lsin deb qolaman!

Yaratgan Egamning O'zi yurtimiz va butun dunyodagi mo'min musulmonlarning qalbidagi mehr muhabbat, birodarlik rishtalarini mustahkamlab, hamisha yelkama-yelka bo'lishni nasib etsin!

AYYOM MUBORAK BO'LSIN!!!
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: JaviK 09 Sentyabr 2010, 07:33:44
Barchani ertanggi  Ramazon HAyiti  muborak bo`lsin. Olloh yo`lida qilingan ibodatlarimiz qabul bo`lsin. Olloh barchannggizni panohida saqlasin.
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Habib 09 Sentyabr 2010, 09:38:48
Muborak bo'lsin, muborak qilsin! Dillarni shod aylab, keyingi Ramazonga yetishni nasib aylasin!  :amn:
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: ibrohim 09 Sentyabr 2010, 10:22:14
Birodarim doimo ibodatda bo'ling,
Pokligu halollik yo'lida yuring.
Hayotni o'tkinchi g'animat biling,
Hayit bayramingiz muborak, duolar qiling!
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Govegastar 09 Sentyabr 2010, 20:07:19
Ajib go'zallikni o'ziga jamlagan,
Oyning yuzin yopar ehtimol etak.
Rosululloh sevib bayram aylagan,
Hayit bayramingiz bo'lsin muborak.


(mavjud sherdan olindi)
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: yoqutxon 09 Sentyabr 2010, 22:05:51
 
Assalomu aleykum varahmatullohu vabarakatuh! Azizlarim Ramazon Hayiti muborrak bo'lsin!!!! Men uchun Olloh bergan umrning har  yangi yilli aynan mana shu ramazon hayitidan boshlanadi.Har bir narsaning ohirida esa imtihonni bo'ladi. Shuning uchun ramazon oyida ro'zani kanda qilmay tutgan birodarlarimizni Ollohga bo'lgan muhabbati va sabrini ro'za orqali  imtihondan o'tkazganliklari va bu amallari uchun Inshaaloh qiyomatda Ollohning mukoffatiga ega bo'lishlari bilan muborakbot etaman.Bu ulug' kunlarga yetkazganiga shukur!


Rabbisi Alloh, Qiblasi Kabatulloh,
Rasuli Muhammad,
Payg'ambariga ummat,
Kitobi Qur`on,
Dili to'la Iymon,
Sizga eng ezgu tilak
Ushbu kun muborak.


Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Abdumuhaymin 09 Sentyabr 2010, 22:21:10
 :as:
Barcha muslim,muslimalarga ayyom muborak
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Abdulhafiz 09 Sentyabr 2010, 23:09:17
:as:
(http://s44.radikal.ru/i104/1009/a8/c6a0b6cc3f7b.jpg) (http://www.radikal.ru)
Allohim barchamizni keyingi ramazonga ham salomatlikda yetkazsin.
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Chustiy 09 Sentyabr 2010, 23:24:11
 :bsm:

 :as:

Сердечно поздравлсю Вас с
Лраздником Ураза-байрам!
Лусть праздник Ураза-байрам принесет в Ваш дом, семью тепло и радость, согласие и благосостосние, мир и благополучие! От всей души желаю Вам крепкого здоровьс, добрс‹х десний, успехов, счастьс!

 :as:
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Fayzbek 09 Sentyabr 2010, 23:34:36
 :bsm: :as:    Bu oyni boshi (oldingi 10 kunligi) rahmat, o'rtasi mag'firat (gunohlarni kechirilishi), oxiri do'zah o'tining harom bo'lish kunlari deyishadi, Allohim o'zi qilgan ibodatlarimizni qabul qilgan bo'lg'ay? Barcha mo'minu-mo'minalar, muslimu-muslimalarga Iyd Al Fitr muborak bo'lg'ay?
Bayram tinch, asoyishta va chiroyli kayfiyatda o'tgay?
(Nimaga "?" belgisi qo'yibsiz deb hayron bo'lmanglar Allohimdan umid bilan so'rayapman. Yana bir gap Yuqorida hamma "etkazsin", "Bo'lsin", "aylasin" kabi buyruq ohangidagi so'zlarni ko'p ishlatibdilar, Aslida bu so'zlar Allohdan umid bilan "etqazgay", "bo'lg'ay", "aylagay" bo'lib ishlatilishi maqsadga muofiq. Allohim barchamizni tilaklarimizdanda avfzallarini bergay.  :amn: )
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Muallim 10 Sentyabr 2010, 02:12:17
:bsm:

Аллоҳ субҳанаҳу ва таоло'га ҳамду санолар ва унинг бутун башаристга раҳмат стиб юборган пайғамбари Муҳаммад мустафо соллаллоҳу алайҳи васаллам'га чексиз дуруду саловатлар бслсин.
***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***
Азиз диндош биродарларим Ийд ал-Фитр барчангизга муборак бслсин. Моҳи А амазонда А аббим қодир қилганича, бизга мусссар стганича қилган ибодатларимизни, ҳайру сҳсонларимизни Ўз даргоҳида қабул стсин. Қиёмат куни тутган А сзаларимиз бизларга шафоатчи бслишига, унинг сабабидан А аййон номли жаннатлардан Ўзига ҳамд айтган ҳолатимизда, югуриб киришимизга насиб стсин. (амиин)  
***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***
Субҳанал Ҳаннанил Манан, Субҳанал Маликид Дасйан. Ал-Маъруфи бил Иҳсан, Вал Мавсуфу бил Ғуфрон. Ал-Вадаъ, ал-Вадаъ йа шаҳро А амазон, ал-Фироқ, ал-Фироқ йа шаҳро Таровеҳи ва Тасобеҳи ва Ҳотмил Қуръан.

Аллоҳ барчамизни келгуси йилги А амазон ойига соғ-саломат етказсин. А амазон соғинчи сизу бизни асло тарк стмасин. Яна бир бор Ҳайит байрамингиз, Жума аёмингиз муборак бслсин.
:as:
Ҳилолни ксриш учун линк ==> http://www.die.net/moon/ (http://www.die.net/moon/)
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: siddiqa 10 Sentyabr 2010, 05:09:04
Dunyoda bayramlar to'lib yotibdi ,
ularning ko'pi cho'pchak yo ertak .
bugun quyosh ham handon otibdi ,
Hayit Ayyomingiz bo'lsin Muborak .

Aziz dindoshlarim ,qadrdonlarim ,forumdoshlarim

Hayit ayyomingiz qutlug' bo'lsin !!!!!!!!!!!!!!!!!!
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Zulfina 10 Sentyabr 2010, 06:19:18
Assalamu alaykum. Alloh bizga muborak qilgan kun muborak bölsin dindoshim. Ne bahtki Yaratganim bizni Iyd ul Fitrni bayram qilguvchilardan qildi. Shu kun sharofati ila Özi bizga cheksiz rahmatini yog'dirsin! Ramazon oyida tutgan rözayu, qilgan ibodatlarizni dargohida husni maqbul aylasin. Iyd muborak!
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Musannif Adham 10 Sentyabr 2010, 07:01:15
Assalomu Alaykum.

Barcha muslim va muslima birodarlarimizni bugungi 'Iydul-Fitr - Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Alloh ushbu hayitni biz uchun xayrli qilsin va keyingi hayitlarda ham sog'-omon ko'rishishlikni nasib qilsin.

Barchamizga hayit muborak bo'lsin.
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Robiya 10 Sentyabr 2010, 07:04:21
:as:

Bayram muboraaak!!!

Alhamdulillah... Alhamdulillah...
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: UzMuslim 10 Sentyabr 2010, 07:52:17
Assalamu Aleykum
Iydi Ramazon Muborak Qadrli Forumdoshlar,Alloh Taologa Shukuronalar bo'lsinki Mana Shundey Baxt Bizga Nasib Etib Turibdi...
Yana Bir BOr Ramazon Hayiti MUBORAK BO"LSIN..
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 10 Sentyabr 2010, 08:06:51
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Aziz dindoshim, Sizni Islom olamidagi eng ulug' ayyom "Iyd Ramazon" hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman! Bu muborak kunlarga yetkazganiga yaratgan Parvardigorimizga beadad hamdu-sanolar bo'lsin! Allohim barchamizning xonadonlarimizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, mustahkam iymon, dasturxonimizga qut-baraka, ishlarimizga rivoj bersin! Barchamizni xayr-sahovat sohibi qilsin va mana shunday muborak kunlarga qayta-qayta salomat iymon va xayrli amallar bilan sog'-salomatlikda yetkazsin! Shunday qasr quringki, darvozsi ISLOMdan, devorlari IYMONdan, zinalari NANOZdan, oynalari RO'ZAdan, ustunlari ZAKOTdan, taxti HAJdan, qo'rg'oni esa TAQVOdan, inshaAlloh xazinasi JANNATdan bo'lsin! Ushbu xazinaning ichidagi eng ulug' ne'mat - "Allohning beparda jamolini ko'rishlik" barchamizga nasib qilsin! Amin! AYYOM MUBORAK BO'LSIN !!!
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Muslim-2 10 Sentyabr 2010, 08:17:32
HAYYIT ayyomingiz muborak aziz birodarlar!
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: N.Nodirbek 10 Sentyabr 2010, 08:48:15
Assalamu alaykum ahli islom!
Alloh barchamizga iyd Ramazon byramini hayrli, barokatli va qutlug' qilsin.
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Ansora 10 Sentyabr 2010, 12:53:15
(http://s006.radikal.ru/i215/1009/fd/cb57cf22d375.jpg) (http://www.radikal.ru)


 :as:

Barchangizni Muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbdan tabriklayman.

Rabbim yana necha shunday Bayramlarni haqqini bergan holda ko'rishni, bir-birimizni muborakbod etishni nasib etsin inshalloh...
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: BilmasOY 10 Sentyabr 2010, 13:42:32
Assalomu alaykum qadrli dindoshlarim, forumdoshlar! Barchangizni ulug' ayyom - Ramazon hayiti bilan tabriklayman! Ilohim, bu kun va bundan keyingi amallarimiz barchamiz uchun xayrli bo'lsin! Umrimiz davomida bilib bilmay O'ziga shirk keltirib qo'yishdan, shayton vasvasalaridan O'zi asrasin! Tug'ilganimizdek islom fitratida olamdan ko'z yummoqlikni nasib aylasin! Eng oliy baxti, eng oliy ne'mati, Subhon Robbimning diydorini ko'rish baxti barchamizga nasib etsin! Xayrli qilsin!  :amn:
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: braupov 10 Sentyabr 2010, 14:18:11
 :as:
Barcha forum ahlini Ramazon Xayiti bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Ramazon oyida qilgan solih ammallringiz Yaratganning xuzurida maqbul bo'lsin. Kelasi Ramazon oylarida bag'ri butunlik bilan etib borish nasib qilsin. 
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: AbdulAzim 10 Sentyabr 2010, 14:52:13
Assalomu alaykum, barcha forumdoshlarni qutlug' bayram - Ramazon Hayiti bilan tabriklaymiz. Alloh barchamizdan rozi bo'lsin!
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Zamiraxon 10 Sentyabr 2010, 20:54:16
 :as:
Aziz forumdoshlarim, birodaru opa-singillarim, Barchangizni Alloh bizga mukofot qilib bergan kun - Iyd-ul Ramazon Hayit bayrami bilan qutlayman. Eng ezgu tilaklar va eng yaxshi niyatlar ila ...
OFF: bugun barcha qizlarimiz "yugur-yugur", "pishiriq pishir" qilishgan, yaxshilab dam ovolizlar :)
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: BelleQizcha 11 Sentyabr 2010, 01:46:14
Assalom alaykum aziz porumdoshlar, bugun bizada hayit yaniy juma kuni., to'risi hech voqytim yo hamma postlarni tekshirishimga oshanchun vazyatdan foydalanaib, barcha porumdoshlarni  chin-chin yurakdan hayit bayramla bilan tabrikliyman ro'za namozilia qabul bolsin. Doim bor bob yurila inshallah. Silani hurmat qiluvchi BelleQizcha,. yaxshii kunlada korushulu
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: lolo 11 Sentyabr 2010, 13:46:32
 :as:

Taqabbala Alloh minna va minkum! (ma’nosi: Alloh (yahshi amallarimizni) sizdan ham va bizdan ham qabul qilsin"

Buni Rasululloh صلَّى اللهُ عََليْهِ وَ سَلَّم ning ashoblari ‘Id kuni uchrashganlarida bir-birligini tabriklab etishardi." [Ibn Hajar. Al-Fath 2/446]
Nom: Re: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Ummu Muslima 11 Sentyabr 2010, 14:25:16
 :as:
Sizu-bizni mana shunday Ulug' Ayyomlarga yetkazgan ALLOHimga behissob hamdu sanolar bo'lsin,

yana ko'p yillar ,tinchlik salomatlikda Ramazonlarga yetib , ALLOHga maqbul bo'ladigan amallar qilib  Roziligini topish barchalarimizga nasib etsin omiin.

Iyd Ramazon barchangizga muborak!
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: كوثر 06 Avgust 2013, 23:37:25
as.al.vr.vb.
kevotgan hayitila bilan aziz forumdoshlar  ! ! !
in shaa Alloh inninga hayit.
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: IRFON-2012 09 Avgust 2013, 00:01:06
Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!

Allohning buyuk marhamati ila, bu yilgi Ramazon oyini ham o'tkazib oldik. Qalblarda biroz mahzunlik, chunki yana doimgidek, ko'z ochib yumguncha oylarning sultoni bilan xayrlashish vaqti keldi. Ammo Allohning buyuk xikmatini ko'ring. Ularning qalblarida shodlanib, sokinlik topishlari uchun, Ramazondan keyingi oyning birinchi sanasini musulmonlar bayrami qilib qo'yibdi. Imkon qadar ibodatlarda bardavom bo'lib, ro'za tutib ancha poklanib, sayqallanib olgan nafsimiz endi bir shodlanib olsin. Islom dini faqatgina namozu ro'zadan iborat emas. Bayram va shodiyona kunlari ham bor. Bu kunda ro'za tutish xarom, aza tutishdan ham qaytarilgan. Musulmonlar muqaddas oyning rahmatlaridan bahramand bo'lganini nishonlashlari kerak. Bu kuni bir-birini tabriklaganlar ham ulkan savoblarga ega bo'ladi.
Muhtaram Prezidantimiz farmonlari bilan, har yili hayit kunlari butun mamlakat bo'ylab dam olish va katta bayram kuni qilib belgilanadi. Alohida tabriknomalar o'qib eshittiriladi. Bu bayramni xalqimiz azaldan e'zozlab, nishonlanib kelgan. Bu kuni erta tongda, hayit namoziga shoshilgan insonlarni ko'ramiz. Boshlarida milliy do'ppilar, yuzlarida mayin tabassum. Mana shu holatni ko'rib, o'zinga o'xshading jonajon xalqim, degim keladi. Qaniydi har kuni hayit bo'lsa!
Bolalarga hayitlik ulashamiz. Buning zamirida ulkan va pokiza maqsadlar bordir. Esini tanigandan boshlab, bolajonlar hayitni yoqtirib qolishadi. Garchi pul yoki shunga o'xshash xadyalar tufayli mehr qo'ysada, bu faqatgina hayitning ne'mati ekanligidan, bolaning ongiga bu kunning qadr-qimmati chuqur singib boradi. Kattalarga, oilasiga, jamiyatga va muqaddas dinimizga muhabbati ortadi.
Bayram kunida qabristonlarga shoshadiganlar ham ko'p. Mayli, haqlariga duo qilsin, ibrat olib qaytsinlar. Lekin afsuski, bu kunni azaga aylantirib olganlar ham talaygina. Axir bugun bayramku! Bayramda faqat shod-u xurramlik, xursandchilik va tabassum bo'lishi kerak. Shu kuni azani qo'yib turaylik. Necha haftadan beri qarindoshlarni ziyorat qilgani bahona yoki vaqt topolmayotgandik. Mana imkoniyat, mana bahona. Ota-ona, amma, xola, tog'a, amaki, hammalariga hayitlik berib duolarini oling. O'ttiz kun ibodat qilgan odam, bir kun bayram qilishni ham bilish kerak. Sal yayrab, o'yin-kulgu ham qilib turish kerak chegaradan chiqmasdan. Kunduzi farzandlaringizni olib, istirohat bog'larida aylantirib keling. O'zingiz ham bir maza qilib xordiq chiqaring. Ha bugun shunaqa kun. Boshqa payt ham dam olib turamiz, lekin bugun zarur bu narsa. Ishdagi tashvishlarni bir kunga yig'ishtirib turing! Shunday nishonlangki, musulmon bo'lmaganlar ham Islomga xavas qilsin. Bayram qilsa ham katta savob bo'ladi, deganimizning boisi shudir.

Butun O'zbekistonimizni, vatanimizning har bir fuqorosini, barcha forumdoshlarimizni, dunyodagi barcha musulmonlarni, osmonlar-u yer va undagi barcha mavjudotlarni, bayramni quvonch bilan qarshi olgan barcha zotlarni chin qalbimdan tabriklayman! Ushbu kun quvonchli damlaringiz boshlanishi bo'lsin! Bu ojizona bitilgan tabrikni o'qiyotgan qaro ko'zlarga alohida tabrigimni izxor etaman! Ko'zlari hamisha baxt-u quvonchni ko'rsib yursin. Yashab turgan muqaddas zaminimiz, ko'rkam diyorimiz hamisha eng sokin va tinch maskanlar bo'lib qolsin! Uning bag'rida avlodlarimiz o'ynab-kulib ulg'aysinlar va keyingi avlodga yanada obodroq yurtni qoldirsinlar! Yurtimning har bir kuni avvalgisidan hayrliroq bo'lsin! Qalblarimiz hamisha iymon nuridan halovat topsin! Keyingi Ramazonga ham sog'-salomat, tinch-osudalik bilan yetish nasib qilsin!

Xayr Ramazon! Hozirdanoq seni sog'inishni boshladik...
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Ansora 09 Avgust 2013, 10:12:24
Assalomu alaykum.

Barchangizni Ramazon bayrami bilan tabriklayman. Turkiyada "shakar-qand" bayrami, deyishadi:)

Hayitingiz qandday o'tsin:)


(http://s16.postimg.org/6r5ixg6at/candy.jpg) (http://postimg.org/image/hqqq91wpt/full/)
resİm yÜkleme (http://postimage.org/index.php?lang=turkish)
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Sadulla 09 Avgust 2013, 11:41:30
Assalomu alaykum.

Barcha forumdoshlarni Ramazon hayiti bilan tabriklayman.Olloh barchamizga keyingi Ramazon oyiga sog'-salomatlikda yetishlikni nasib qilsin!
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Muxsiya 09 Avgust 2013, 12:10:00
Assalomu alaykum forumdoshlar Ramazon hayiti hammangizga qutlug' kelsin. Allohdan ulug' ayyom kunlarida barcha mo'min musulmonlar gunohlarini mag'firat aylab behisob ajrlar bilan mukofotlashini tilab qolaman. Bunday bayramlardan ko'pini ko'rish hammamizga nasib etsin.
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Salsabil 09 Avgust 2013, 14:25:33
Assalamu Alaykum Varohmatulloh Barchamizga Iydul Fitr Muborak bo`lsin!
Robbim Ramazonda qilgan barcha ibodatlarimizni o`zi qabul qilsin! Dualarimizni o`zi ijobat qilsin! Qiyomatda "Rayyon" eshigidan kiruvchi bandalari qatorida qilsin!
(http://rasm.sb.uz/pics2/98af38fdb3745b0301e811019a4e91c9.jpg) (http://rasm.sb.uz/#98af38fdb3745b0301e811019a4e91c9.jpg)
جعل الله عيدك مبارك .. و أيامك تبارك .. و جنة الخلد دارك .. و النبي جاري و جارك ..
( كل عام و الأمة الاسلامية بخير )
Bosila :) (http://www.saaid.net/mktarat/eid/flash/3id_kolsana.swf)
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Зайнаб 09 Avgust 2013, 18:20:29
Ассалому алайкум. Ҳарматли форумдошлар, ийд муборак бўлсин. Шундай улуғ кунларга иймон, тани  соғлик бутунлигида такрор - такрор етказсин ҳаммамизни.
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Abdumuhaymin 10 Avgust 2013, 21:52:04
Assalomu alaykum. Barcha muslim, muslima forumdoshlarimizga ayyom muborak!
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Habib 13 Avgust 2013, 12:33:12
Assalamu Alaykum wa rahmatullohu wa barakatuhu aziz dinqardoshlar!


Biroz kechroq bo'lsa-da Iyd al Fitr - Ramazon hayiti bilan chin dildan qutlayman!
Alloh barcha qilingan ibodatlarni O'z dargohida qabul qilsin, ikki dunyo saodatini ko'rishni nasib aylasin. Xonadonlarga fayz, shukuh bersin, ota-onalarimizdan o'tganlarni rahmat qilib, hayotlarini salomat, umrlarini uzoq qilsin! Dilbandlarimizni ko'zimizni quvonchi, zakiy, fozil bo'lishlarini nasibi ro'zi aylasin! O'zimizni Islomda sobitqadam, taqvodorlarga peshvolardan qilsin!
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Ansora 13 Avgust 2013, 15:09:43
Valaykum assalom. Sizlargayam muborak bolsin uka:)
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Abdulhafiz 17 Iyul 2015, 16:43:22
:as:
Aziz firumdoshlar! Barchamizga Iyd al fitr muborak bo'lsin. Mohi ramazonda qilgan ezgu amal va duolarimizni Alloh dargohida qabul qilsin. Keyingi ramazonlarga ham salomat yetkazsin.
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: IRFON-2012 18 Iyul 2015, 08:08:17
Assalomu alaykum!
Sahar vaqtida barcha musulmonlar qatori hayit namozini ado qilish uchun masjidlarga otlandik. Qanday ham go'zal?!
Minglab musulmonlar jamoatning oldingi safidan joy olish ilinjida masjidga subh vaqtidan avval yetib kelganlar. Qanday ham go'zal?!
Odamlarning ko'zlarida tabassum, qalblarida shodlik, yuzlaridan nur yog'ilmoqda. Qanday ham go'zal?!
Internetda ham kattayu kichik faqat hayit bilan muborakbod etib post qoldirmoqda. Har birini o'qib yanada quvonchimiz ortadi. Qanday ham go'zal?!
Butun dunyo musulmonlarini, yurtimiz musulmonlarini va barcha internetdosh birodaru ustozlarni kirib kelgan Ramazon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Ramazon oyidan chiqqan pokiza va nurli holatlar keyingi ramazongacha sizu bizni tark etmasin! Allohning rahmati va mag'firati hammamizga hamon yo'ldosh bo'lsin! Bu kunga onadan tug'ilgandek pok chiqish hammamizga nasib qilgan bo'lsin!
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: albatros 05 Iyul 2016, 14:37:50
Бу мавзуга хабар ёзилмаганигаям аааанча бўлибди.

Барчангизни бугунги арафа ва эртанги Ҳайит аёми билан қутлайман. Аллоҳ барчамизни тутган рўзамизни қабул айлаб, билиб билмай қилган гуноҳларимизни мағфират қилсин. Беморларга шифо, қариларга куч қувват берсин. Барчамизни кейинги муборак Рамазон ойларига ҳам эсон омон етказсин. Юртимиз доимо тинч бўлсин. Ҳар бандани барча эзгу ниятларини ижобат қилсин Аллоҳим
Nom: Javob: RAMAZON HAYITI muborak!
Yuborildi: Lu`lu` 06 Iyul 2016, 10:22:58
Азиз форумдошлар жумламизга Рамазонни хайити муборак булсин. Тутган рузаларимизни кабул килиб, барокатли кунларда узимиздан утган хато ва камчиликларини Аллохим Уз фазли ила кечирсин. Уз мархамати ила иймонимизни фитналардан, балолардан куткарсин. Хавои нафсларимизни хидоятида тизгинласин. Жонларимизни, молларимизни Узини ризолиги йулида сарфлашимизни, охиротда еруг юз ила рубаро булишимизни насиби руз айласин.